forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Fantomas 16 Noyabr 2007, 15:02:47

Nom: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Fantomas 16 Noyabr 2007, 15:02:47
G‘iybat nima? G‘iybatchi kim?  Tuhmat bu birovni ayblash yoki qoralash  maqsadida o‘ylab chiqarilgan asossiz da’vo, bo‘hton, ig‘vo. Tuhmatchi bu birovlar ustidan tuhmat gaplar aytib tarqatib yuruvchi, bo‘htonchi, ig‘vogar.G‘iybat bu birovni or­qasidan yomonlab gapirish, fisq-fasod. G‘iybatchi fisq-fasodni qo‘shib-chatib, ko‘pirtirib tarqatuvchi. Maqol: G‘iybatchining ko‘zi yo‘q, tuhmatchining yuzi yo‘q.

«Izohli lug‘at»imizdan keltirilgan izohlardan ko‘rinib turibdiki, g‘iybatu tuhmat, g‘iybatchiyu tuhmatchi hammasi ham bir.

Tuhmatning tarixi juda uzoq, odam borki bu illat ham bor. Buning kasofatidan qancha sof odamlar og‘ir dardlarga chalingan, do‘stlar dushmanga aylangan, tug‘ishganlar begonalashib, oilalar, jamoalar tarqalib ketgan, qishloqlar yovlashgan, davlatlar o‘rtasida urushlar kelib chiqqan...
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Fantomas 16 Noyabr 2007, 15:03:37
Tuhmatchi tuhmat qilganda quyidagi jirkanch maqsadlarni ko‘zlaydi: birovga qora surkab o‘zini oqroq qilib ko‘rsatish, ko‘pchilik fikrini asosiy ishdan chetga chalg‘itish, parokandalikni keltirib chiqarish, birovning tili bilan birovni urish, obro‘sizlantirish, u ham anoyi emas, yeya olmasa ham to‘ka olishini namoyish etish, qaysidir bir alamini olish, birovlar qiynalishidan huzurlanish (kim bozor ko‘rib, kim mozor ko‘rib suyunadi), g‘araz, hasad...

Avvalo, g‘iybatchi axborot yig‘ish uchun tevarak-atrofidan hamtovoq izlaydi. Xo‘sh, falonchiboy, ko‘changizda yana janjal chiqibdi, mahallada falonchini uribdilarmish, maktablar tinchlikmi, korxonangda nima gap, o‘tgan kun to‘yda pismadonchini rosa ichiriptilarmi... Ana ko‘ribsizki, isbotlanmagan ig‘volar, tuhmatlar oqib kelaveradi. Chunki g‘urbat izlaganga g‘urbat topiladi. Ikki ahil birodarning orasiga rahna nizo solish uchun unchalik ter to‘kish shart emas. «To‘yiga borolmayman» degan gapni «to‘yiga bormayman» deb aytdi desa munosabat salbiy tomonga o‘zgaradi-qo‘yadi.
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Fantomas 16 Noyabr 2007, 15:04:16
Tuhmatchi tuhmatni o‘ziga o‘xshagan g‘iybatchi, sodda-samimiy yoki gap-so‘zining oxirini o‘ylamaydigan,anqov, befahm-befarosat yoxud yangi gap bilan boshqalarni lol qoldirishni istagan soxta shuhratparastlar orqali tarqatadi. Tuhmatchi tuhmatni ochiqdan-ochiq, tomdan tarasha tushganday tarqatishi mumkin yoki kulib, go‘yo hech gap bo‘lmaganday (holbuki ichi olov bo‘lib yonib turgan bo‘ladi) qiziqarli voqealar aytib turib gap orasida tuhmatni, ya’ni ignani sanchib oladi. G‘iybatchining kirish so‘zlari: bir gap eshitdim, senga ichim achiganidan aytayapman, uyi kuygur falonchi shunday dedi, eh mening sodda dugonajonim-ey... Bu makkorona «mehribonchilik» orqasida g‘iybatchi sizga ikki tomonlama hujum qiladi: ham sizni yaralaydi, ham falonchiga sizni zid qilib qo‘yadi. Tuhmatni aksariyat kishilar ko‘tara olmaydilar, ayniqsa, qizlar, ayollar, madaniyatli-ma’rifatli insonlar qattiq iztirobga tushadilar. Bu ig‘vogarga yog‘day yoqadi, ba’zilar esa unchalik e’tibor qilishmaydi, xudodan topsin ilohim, deb o‘z yo‘lida ketishaveradi, bu esa tuhmatchiga ma’qul kelmaydi, chunki u istagan urush, to‘polon bo‘lmayapti-da.
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Fantomas 16 Noyabr 2007, 15:05:00
Afsuski, inson tabiatan to‘g‘ri gapdan ko‘ra noto‘g‘ri gapga ko‘proq ishonadi. Aytaylik, falonchi falonchining uyiga yordam sifatida ikki xalta bug‘doy eltib beribdi, degandan ko‘ra, falonchi falonchining uyidan ikki xalta bug‘do­yini o‘g‘irlab ketibdi, deganga ko‘proq ishonishadi. Yoki...

Psixologlar tahliliga ko‘ra, g‘iybat va tuhmatning 57 foizini sergap, xushtavoze-mahmadonalar, 26 foizini kamgap-pismiqlar tarqatar ekan. Ig‘vogar-tuhmatchilar tabiatan qo‘rqoq, tez ta’sirchan, sergumon (gumon iymondan ayi­rar), sershubha, xayoliga kelganini orqa-oldiga qaramasdan vaysayveradigan, asabiy, qiziqqon, o‘zini bosh­qalar nazaridan chetda qolayapman deb talmovsiraydigan, hasadgo‘y kimsalardir.

Ruhshunoslarning bildirishlaricha, g‘iybatchi-tuhmatchining bolaligiga nazar solsangiz achinib ketasiz. Bu oilada ota-ona, qaynona-kelin, yanga, qo‘shnilar bilan gap-so‘zlar, ig‘volar, aytdi-aytdilar, kelishmovchiliklar, nizolar iskanjasida o‘tgan bo‘ladi. Tengdoshlari orasida ham hayoti erkin, bolalarcha emas, siqiq, soxta kechgan.
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Fantomas 16 Noyabr 2007, 15:06:22
«Ne balo kelsa tilingdan keladi», — deydi donish­mand­lar. To‘g‘riku-ya, lekin tilga yurakda bori ko‘chadi. Yurak toza, samimiy bo‘lmog‘i kerak. Qurigan daraxtning butog‘ida ne ayb, hamma sabab ildizidadur. Ba’zan g‘iybatchilar o‘zlarini ochiqko‘ngil qilib ko‘rsatishlari uchun men yuragimda gap saqlamayman, nima bo‘lsa tilimda, deb o‘zlarini oqlamoqchi bo‘ladilar. Aslida, ular sabr­siz kishilardir. Demak u yuragida gap saqlay olmadimi, o‘sha gap endi boshqaning ko‘nglini vayron qiladi. Bir ko‘ngilni vayron qilish esa Ka’bani vayron qilish bilan bab-baravar. Donolar dildan tilga ko‘chadigan so‘zning salmog‘ini, shakarini, zaharini juda yaxshi biladilar. Sukutda savob bis­yordir!

G‘iybatchiga, tuhmatchiga ishonib bo‘lmaydi, sizga ulardan g‘iybat, tuhmat olib keldimi, biling, ularga ham sizdan g‘iybat, tuhmat olib boradi. Ilon Eshmatga ham, Toshmatga ham zahar sochadi, asal  emas!
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Fantomas 16 Noyabr 2007, 15:08:06
Ikki yuz yildan beri yarim dunyo Pushkinning mana bu misralarini takrorlab keladi:

Ahmoq bilan o‘chakishma aslo!

Bu g‘iybatu tuhmatlardan zada bo‘lgan daho shoirning hukmi edi! U buyuk edi, hasadgo‘ylar uni ko‘rishsa oromini yo‘qotishar, tinmay tosh otishardi, toshni esa mevali daraxtga otadilar, saksovulga emas!

Qonunda tuhmatga jazo tayinlangan.

Dinimizda g‘iybat, tuhmat qilish qattiq qoralanadi.

Xo‘sh, o‘zingiz yoki yaqinlaringiz, boshqalar haqidagi g‘iybatu tuhmatni eshitmaslik uchun nima qilish kerak? Bu o‘rinda donolik, og‘ir-bosiqlik ham zarur.

G‘iybatu tuhmat haqidagi maqolani o‘qib turib, tavba men ham g‘iybatchimanmi deb o‘ylab qolsangiz kerak. O‘zingizni sinab ko‘ring. Agar jamoada, do‘stlar davrasida, oilada (turmush o‘rtog‘ingiz, farzandlaringiz) sizga eshittirib kimnidir qoralashsa, g‘iybat qilishsa, demak, siz ularda g‘iybat qilishga, g‘iybatni eshitishga moyilligingiz bilan taassurot qoldirgansiz. Xodimlaringizdan sizga tinmay «mish-mish» yetkazilaversa endi siz rahbar emas, siz ham bitta nusxasiz.

Ayni damda shuni faxr va iftixor bilan ta’kidlashni istardimki, oramizda ma’naviy olami, qalb madaniyati shu qadar yuksak kishilarimiz borki, nafaqat ularning o‘zlari, ular o‘tirgan davralarda ham g‘iybatu ig‘vo mutlaqo bo‘lmaydi. Ularning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy gurunglarini eshitib yayrab ketasiz, ko‘nglingizga nur yog‘iladi. Bunday insonlar oz emas, ko‘p, juda ko‘p!

Orifjon VOHIDOV,

Ma`rifat uzdan olindi.
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Muslimа 19 Noyabr 2007, 16:15:17
      Ajablangan ko’yi g’iybatga quloq tutgan kishi ham g’iybatchidir. Chunki o’zining taajubi bilan g’iybatchining g’ayratini oshiradi, yanada ko’proq g’iybat qilishga undaydi. Go’yo shu yo’l bilan uning ichidagi g’iybatni sug’irib chiqaradi. Masalan, aytadi: "œAjabo! Men uning bundayligini bilmagan ekanman, shu paytgacha men uni yaxshi deb o’ylardim-a?" yoki "œMen uniboshqacharoq deb o’ylardim. Alloh bizni uning balosidan saqlasin!"
      Bularning barchasi g’iybatchini tasdiqlashga kiradi. Giybatchini tasdiqlash ham g’iybatdur. g’iybat qilinayotgan paytda jim turish esa g’iybatchiga sheriklik hisoblanadi. Payg’ambar alayhissalom aytdilar: "œ(G’iybatni) tinglovchi ham g’iybatchining biridir" (Tabaroniy rivoyati).

"œTil ofatlari" kitobidan
"œHilol taqvimi" 4/1428/2007
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Noyabr 2007, 13:32:52
G'iybatchi-bu qanday gap b'lsa ham darhol kimgadir aytgisi keladigan va birovni gapini boshqaga aytib ularning urishishini xohlaydigan kishi hisoblanadi. G'iybat dunyoda eng yomon odatlardan biri va kim gi'ybat qilsa uning gunohi kechirilmaydi.
Nom: labbe?
Yuborildi: lolo 30 Noyabr 2007, 07:33:04
...kim gi'ybat qilsa uning gunohi kechirilmaydi ? ? ?
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Salmoni Forsiy 30 Noyabr 2007, 11:35:52
G'iybatchi-bu qanday gap b'lsa ham darhol kimgadir aytgisi keladigan va birovni gapini boshqaga aytib ularning urishishini xohlaydigan kishi hisoblanadi. G'iybat dunyoda eng yomon odatlardan biri va kim gi'ybat qilsa uning gunohi kechirilmaydi.

Tepada yozgan gapizda ozgina adashdiz.Alloh Taolo o'zi hohlagan bandalarini shirkdan boshqa barcha gunohlarni kechirishi mumkin
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:26:04
Uch kishi haqida g’iybat ravodir,
Boshqalar haqida bo’lsa xatodir.

Biri podishohu jafokor bo’lsa,
Elu yurti undan ko’p bezor bo’lsa.

Halol erur undan bermoqlik xabar,
Tokim qilsin undan elu yurt xazar.

Ikkinchisi esa hayosiz kishi,
O’z pardasin o’zi yirtmoqlik ishi.

Hovuzga tushishdan qilma ehtiyot,
O’zi ham chuqurga yiqilur u bot.

Uchinchisi egri qo’lli tarozibon,
U haqda ne bilsang elga qil e’lon.
           
        Sa'diy Sheroziy
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:27:08
Odamni yomonlab kelsa yoningga,
Ul kimsani yaqin tutma joningga.

Kim senga boshqalar aybin gapirgay,
Boshqalar oldida sendan "œlof" urgay.

Ming afsus, ammo hozir bunaqa toifadagi kishilar ko'payib ketgan...
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:27:28
Nizomiya ichra maosh bor edi,
Ishlarim tunu kun dars takror edi.

Ustodimga bir kun dedim ber madad,
Falonchi qiladir menga ko’p hasad.

Men hadisga ma’ni berganda boqib,
U yonib ketadi ichi tutoqib.

Mudarrisim mendan bu so’zni tinglab,
Tutoqib ketdiyu dedi: "œVo ajab!

Do’st hasadi ma’qul tushmabdi, axir,
G’iybat yaxshiroq deb kim aytdi, gapir!"


                 Sa'diy Sheroziy
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Imron 31 Yanvar 2008, 15:16:12
Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло сз Каломида:
«... Ва айримларингиз айримларни ғийбат килмасин! Сизлардан бирон киши сзининг  слган биродарининг гсштини ейишни схши ксрурми?! Ана ёмон ксрдингизми?! (Бас, гуноҳи бундан-да ортиқроқ бслган ғийбатни ҳам ёмон ксринг)! Аллоҳдан ксрқинг! Албатта, Аллоҳ тавбаларни Қабул қилгувчи, Меҳрибондир». (Ҳужурот сураси:12- ост)


Лайғамбар саллаллоҳу алайҳи васаллам ғийбатнинг таърифини ссраб дедилар:
«Ғийбат нима сзи? Биласизларми? Саҳобалар:
- Аллоҳ ва унинг расули билувчирок, — дейишди.
- (Ғийбат бу) биродарингизнинг сзи ёмон ксрадиган бир "œайб"ини айтмоғингиздир. Ссрадиларки:
-  Агар биродаримда мен айтган "œайб" (ҳақиқатда ҳам) бор бслса-чи?
-  Агар биродарингда сен айтган "œайб" бор бслса - уни ғийбат килибсан, агар бор бслмаса бсҳтон қилибсан».


Оиша онамиз розисллоҳу анҳо айтадилар: «Бизникига бир аёл кирди. Қайтиб чиқиб кетаётганида, қслим билан унинг паканалигига ишора қилдим. Шунда Лайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам уни ғийбат қилдинг, дедилар».


Муоз ибн Жабал айтади: «Лайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг олдиларида бир киши хусусида ссзланиб, у нақадар ожиз, дейилди. Шунда Лайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам "œбиродарингизни ғийбат қилдинглар″, - дедилар. Саҳобалар айтдиларки: "œА А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам, биз унда бор нарсани айтдик-ку!", "œУнда бслмаган нарсани айтганларингда унга бсҳтон қилган бслар сдинглар", - дедилар.


***
Суфён ибн Ҳусайн айтади: "œИлёс ибн Муовиснинг олдида стирган сдим, бир киши стиб колди. Мен уни камситадиган бир гап айтдим. Шунда у:"Жим бсл", деди. Кейин менга Илёс ибн Муовис шундай деди:
- А умга карши уруш қилганмисан?
- Йсқ.
- Мсғул-татарларга карши уруш қилганмисан?
- Йсқ.
- Сендан руму-мсғуллар саломат бслибди-ю, мусулмон биродаринг саломат бслмабти-да".
Шундан кейин бу ишни қайтиб қилмадим″.


Яхё ибн Муоз айтади:
«Мсъминнинг сендан оладиган насибаси учта бслсин. Унга фойда бермасанг зарар ҳам қилма, уни хурсанд қилолмасанг ғамга ҳам солма, мақтай олмасанг ёмонлама ҳам».


Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳга, сизни фалончи ғийбат қилди, дейишса, унга бир товоқ хурмо ҳадс қилибди. Ҳалиги одам келиб, мен сизни ғийбат қилсам, сиз менга ҳадс берасизми? - дебди. Шунда Ҳасан Басрий раҳматуллох алайҳ: «Барча схши амалларингни савобини ҳадс қилган скансан, шунга сраша муомала килиб қсйишни ҳоҳладим», деган сканлар.


Абдуллох ибн Муборак шундай деган сканлар: «Агар бировни ғийбат қилмоқчи бслсам, аввало ота-онамни ғийбат килардим. Чунки, менинг схши амалларим савобига сшалар ҳаклироқ».


***
Лайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Биласизларми? Хонавайрон, қарздор-муфлис ким?, - деб ссрадилар.
Саҳобалар:
- Биз пули ҳам, нарсаси ҳам йсқ одамни хонавайрон муфлис одам деймиз, - дейишди.
Лайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
- Умматимнинг хонавайрон муфлиси шундай кимсадирки, у Қиёмат кунига намози, рсзаси, закоти билан келур. Айни пайтда бир одамни ҳақорат килган, бировнинг молини еган, сна бировни ноҳақ қонини тсккан, сна бировни сса урган бслади. Бу кимсаларга унинг схши амалларининг савобидан берилур. Қарзини тслаб бслмай туриб, схшиликларининг савоби тугаб колса, уларнинг хатоларидан олиниб унинг устига юкланур. Кейин сзи дсзахга ташланур, - дедилар». (Имом Муслим ривости).


Анас ибн Моликдан ривост:
Лайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар:
«Мени меърожга олиб чиқилганида бир қавмнинг олдидан стдим. Уларнинг мисдан тирноқлари бслиб, юзларини ва кскракларини тирнар сдилар.″А­й Жаброил, булар кимлар?″, — деб ссраган сдим. У зот: ″Одамларни гсштларини ейдиган ва обрсларини тскадиган кимсалар″, — деб жавоб бердилар».

Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: AbdulAziz 04 Fevral 2008, 08:17:57
Bir olim g'iybatchiga debdi:
- Aytaylik. sen yomonlayotgan odamning obro'si kamaydi, ammo bu to'kilgan obro' senikiga kelib qo'shilmaydi-ku...
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 15:45:30
Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: "œFalonchi sening haqqingda falonday pistonday noma’qul gaplarni gapirdi", debdi.
-Qachon?
-Bugun.
-Qaerda?
-Uyida.
-Uning uyida nima qilayotgan eding?
-Ziyofatga boruvdim.
-Ziyofatda nima yeding?
Xaligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi.
Shunda Hasan Basriy (q.s.):
-O’sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu yerdan! — dedilar va g‘iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Robiya 18 Iyul 2008, 13:57:39
Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. Qandaydir sassiq hid taraldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bilasizlarmi bu nima? Bu mo'minlar g'iybatining hididir", dedilar".
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Robiya 18 Iyul 2008, 13:58:01
(Yana) Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bir kuni sassiq hid taraldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Munofiqlar musulmonlarni g'iybat qilishdi, bu o'shaning sassig'i", dedilar".
Nom: Re: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Robiya 18 Iyul 2008, 13:59:26
Ibn ummu Abd aytdilarki, qaysi bir mo'minning oldida g'iybat qilinganda u o'sha g'iybatni to'xtatsa, Alloh taolo uni dunyo va ohiratda mukofotlaydi. Qaysi bir mo'min oldida bo'layotgan g'iybatni to'xtatmasa, Alloh taolo uni dunyo va oxiratda jazolasin! Kishi bir mo'minni g'iybat qilishi bilan harom luqmani og'zi-ga olgan bo'ladi; o'sha gapirayotgan odamdagi bor narsani aytsa, g'iybat qilgan bo'ladi. Agar yo'q narsani aytsa, unga tuhmat qilgan bo'ladi.
Nom: Javob: G`iybatchi kim?
Yuborildi: Muxsiya 22 May 2013, 17:05:31
G'iybatchini qilayotgan ishi harom go'sht g'ajish ekanmi demak u o'laksaxo'r