forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Kino olami => Mavzu boshlandi: JaviK 18 Noyabr 2007, 05:41:07

Nom: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JaviK 18 Noyabr 2007, 05:41:07
Assalomu alykum aziz forumdoshlar. men kino sahifasiga kirganimda hind filmlari haqida mavze yo`q ekan shuni ochoshga qaror qildim. meni fikrimcha hozirgi hind filmlarining saviyasi yomon emas, lekin oldingi ya`ni  95-98 yillardagi hind filmlari yahshiroq edi. menga o`sha davrdagi kinolardan "QAYSAR" "POLVON" "TANSO DISKO" "AMAR AKBAR ANTONI" shulardir.(film yilida adashgan bo`lishim mumkun.
Hozirgi filmlardan esa "Don" "HARITA" "KRISH" "TEZLIK 1-2" shular jumlasidandir.

Sizga qanday hind filimlari yoqadi va nima uchun
Nom: Re:
Yuborildi: lolo 19 Noyabr 2007, 01:58:16
Manga "Vir va Zara", "Devdas", "Hech qachon alvido dema" va "O'tkinchi dunyo" filmlari yoqadi, chunki bulada bachkanali kamro bo'gan. Shoxruxhon esa a'lo darajada o'ynagan o'z rolini. Muzikalariyam yaxshi tanlangan.
Nom: Re: Hind kinolari haqida
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 08:16:29
Manga "Vir va Zara", "Devdas", "Hech qachon alvido dema" va "O'tkinchi dunyo" filmlari yoqadi, chunki bulada bachkanali kamro bo'gan. Shoxruxhon esa a'lo darajada o'ynagan o'z rolini. Muzikalariyam yaxshi tanlangan.

"Hech qachon alvido demang"
G'oyasi judayam buzuq kino. Tavsiya qilmayman...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: AL_laziz87 22 Noyabr 2007, 03:23:13
Xind filmlari ajoyib! Menga Shoxruxxonni "Fribgar" filmi juda xam yoqadi..
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: djepotai 21 Yanvar 2008, 13:39:02
Ҳинд кинолари ёмон смасу, лекин шахсан мен уларнинг барисини фантазис фильмлар рсйхатига киритган бслар сдим.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: qaysar 21 Yanvar 2008, 15:09:16
Ҳинд кинолари ёмон эмасу, лекин шахсан мен уларнинг барисини фантазия фильмлар рўйхатига киритган бўлар эдим.

Hammasiyammas.
Real voqelikka asoslanganlari ham bor. Faqat ula bizga kam keladi va kam tomoshabinni qiziqtiradi.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Usmon 21 Yanvar 2008, 15:10:38
Ҳинд кинолари ёмон смасу, лекин шахсан мен уларнинг барисини фантазис фильмлар рсйхатига киритган бслар сдим.
Zulmat filmini ko'rishni tavsiya qilgan bo'lardim
:9
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: qaysar 21 Yanvar 2008, 15:14:08
Ҳинд кинолари ёмон смасу, лекин шахсан мен уларнинг барисини фантазис фильмлар рсйхатига киритган бслар сдим.
Zulmat filmini ko'rishni tavsiya qilgan bo'lardim
:9

Juda yaxshi.
Umuman hind filmiga o'xshamidi.
Lekin undayam ba'zi hind filmlariga xos kichik motivlar qo'shilgan.
Umuman olganda jahon kinosi darajasidagi film.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: djepotai 23 Yanvar 2008, 12:34:08
   Яхши. Тушунарли, сал бсрттириб юбордим.
   Баъзи бир ҳинд киноларини ксрганман, бачканалигини айтайми??!! АҚШ кино ижодкорлари томонидан ҳавола стилган машҳур киноларнинг нусхаси. Худди бизнинг анчагина бслиб қолган - турк ва срон  ёки тағин сна бирор бир давлат мусиқа-ашулаларининг нусхалари, фарқи фақат сзбек тилида, (ой, кечирасиз, бошқа мавзуга стиб кетдим). Худди шундай ҳинд кинолари АҚШ кино усталари нусхаси, фақат воқеа Ҳиндистонда.
   Бир вақтлар Ҳинд киноси, "Она" деб номланган кинони ксргандим, ссладизларми??? Мана бу лекин ҳақиқий фильм, тсғри, фантазис қсшилган, аммо ундан жуда унумли фойдаланилган. Ушбу фильм мен учун бетакрор.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: shoir 04 Fevral 2008, 11:00:45
   Бир вақтлар Ҳинд киноси, "Она" деб номланган кинони ксргандим, ссладизларми??? Мана бу лекин ҳақиқий фильм, тсғри, фантазис қсшилган, аммо ундан жуда унумли фойдаланилган. Ушбу фильм мен учун бетакрор.

"Ona Hindiston"masmidi?
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Muzayyana 26 Fevral 2008, 14:03:24
Assalomu alekum! To'risi forumga kirganimdan beri bilmasakanman, forumda shunaqa mavzu borligini. Zo'r mavzu, kim ochgan bo'sayam Allox rozi bo'sin. Xind kinolari bugungi kundegi eng yengil-yelpi, nimigagina ko'riladigan filmlar. Masalan man xind kinolarini ko'rishgachi xatto vaqtimmi qizg'onaman. Bu kinoladan biror foydali narsani olish amri maxol!
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Muzayyana 26 Fevral 2008, 14:04:52
Xind filmlari ajoyib! Menga Shoxruxxonni "Fribgar" filmi juda xam yoqadi..

Xayronman forumdosh, bu kinoni sizga nimasi yoqadi? (agar gapim qo'polro bo'lsa uzr)
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: The_Alchemist 06 Avgust 2008, 11:52:43
Yoshligimda kurar edim hind kinolarini lekin yildan yilga manosiz bulib ketdi.
Hozirgilari judayam bachkana bulib qolgan. Tugrisi kura olmay qolganman.
Lekin qizla yaxshi kursa kerak haliyam.

The Alchemist
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JaviK 24 Dekabr 2008, 18:13:37
Assalomu alekum! To'risi forumga kirganimdan beri bilmasakanman, forumda shunaqa mavzu borligini. Zo'r mavzu, kim ochgan bo'sayam Allox rozi bo'sin. Xind kinolari bugungi kundegi eng yengil-yelpi, nimigagina ko'riladigan filmlar. Masalan man xind kinolarini ko'rishgachi xatto vaqtimmi qizg'onaman. Bu kinoladan biror foydali narsani olish amri maxol!

salom, menimcha hozirgi Hind kino filmlar sizi fikrizga to`g`ri keladi. munga misol xozirda bo`layotgan <<G`olib>> filmini olish mumkin. Lekin mashxur xind aktyorlari o`ynagan filmlarni qayta ko`rsez yangittan ma`no kelib chiqa veradi.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: ORIF 26 Dekabr 2008, 03:50:29
Manga "Vir va Zara", "Devdas", "Hech qachon alvido dema" va "O'tkinchi dunyo" filmlari yoqadi, chunki bulada bachkanali kamro bo'gan. Shoxruxhon esa a'lo darajada o'ynagan o'z rolini. Muzikalariyam yaxshi tanlangan.

"Hech qachon alvido demang"
G'oyasi judayam buzuq kino. Tavsiya qilmayman...

Gapizga qo`shilaman. Bu filmni ko`rishga ketgan vaqtimga juda achindim.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: siddiqa 26 Dekabr 2008, 04:45:40
Ҳинд кинолари ёмон смасу, лекин шахсан мен уларнинг барисини фантазис фильмлар рсйхатига киритган бслар сдим.
Zulmat filmini ko'rishni tavsiya qilgan bo'lardim
:9
bu kinofilmning qahramoni haqiqatdan ham bo'lgan .uni ismi HELEN keller bo'lgan ,u soqov yahshi ko'rmasligiga qaramiy ustozinig yordamida (albatta ALLOH hohlagani un)oliy darajaga yetgan va universitetni bitirgan ,keyinchalik o'ziga o'hshagan bolalarga dars bergan.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JaviK 27 Dekabr 2008, 14:00:40

Siz bu filmni qayerda ko`rgansiz, tele ekranlarda qo`yilganmi?
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Shohrux 30 Dekabr 2008, 05:18:10
Xaaa,  Zulmat ajoyib olingan hozirgi yangi chiqayotgan kinolardan ancha tuzukroq,
<Qaynota > degan hind filmini ham tavsiya qilgan bulardim , yaxshi ishlangan, <Men borman-ku>ham yomon emas
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: zuhrahon 01 Yanvar 2009, 21:27:15
Assalomu alaykum  wr  wb  Olloh  barchamizni  o'zi  holaganidek tarabiyat  qilsin.Hind  kinollarni kormagan inson  bolmasa kerak.Tog'ri  bullarni  korishdan foyda yo  dunyoga aladanib  qolamizayu  lekin  osha kinolardan ham  ozmi  kopmi  nimadir  olamiz  o'zimizga  kerakli  deb oyliman  kim qanday  hikmat  olishiga  bog'liq deb  oyiliman.Manga  ZULMAT  koproq  yoqan  DOST  BOLBI  QOLAMIZAMI.shu  filim  ha  juda  yoqan.juda  yaxshi  fikirlar  bildirlibdi  hursandman ;)
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: rukiya 04 Yanvar 2009, 14:51:25
assalomu alaykum  wr wb. manga shohurhon o'yngan kinolr yoqadi.  vir va zara, devdas, kinolari juda yoqadi mano kop
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: ibnUyayna 04 Yanvar 2009, 15:02:26
e shu Shoxruxxonni nimasi yaxshi musulmonla?!Sardormirzo.com saytida u haqdagi ko`rsatuvni ko`rishiz mumkin.U ham Qur`on o`qishshi biladi,ham o`zini anu Krishna-Prishna degan butlariga sig`inadi.Umuman juda jirkanch odamakan.Qigan ishla "daxshat" Ishommasela ko`rila
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 15:42:53
Bizni O'zbekistonda hamma Hind, Hindiston, Hind filmi degan narsalarni biladi. Afsus ular bizni kamdan kam tanishadi. Hindistonlik o'rtog'im hatto Gollivud aktyor va aktrisalarini ham tanimas edi. Rosa hayron bo'lgan edim. Ularga qanchalik vaqt ajratanimizni ko'rib turibsiz:)
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Nurilla 26 Avgust 2009, 08:38:50
Tarbiyaviy jihatdan man uchun BOG'BONga yetadigani yo'q.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 09 Noyabr 2009, 16:04:44
Tarbiyaviy jihatdan man uchun BOG'BONga yetadigani yo'q.

Menga "Goho shodlik, goho g'am" filmi ham juda yoqadi...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2009, 20:02:58
Men eski Hind filmlarini yaxshi ko'raman. "Hamroz", "Dunyo"...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 05:57:22
Assalamu alaikoum!

Hind kinolarining deyarli barchasi komediya janrida ishlangan. Bundan tashqari juda ta'sirli (yig'latadigan) qilib ishlashga ham kotta e'tibor berishadi. Balki shuning uchundirki ko'pchilik bularni sevib tomosha qilishadi.

Yomon tomonlari esa deyarli hammasi o'ta bachkana, balki hindlarni asli shunaqa bachkanadir?! Lekin o'zbelagayam bu narsa sekin-asta ta'sir qilib borvatti.

Undanda yomon tomoni esa Shirk avjida ekanligi. To'g'ri, bu hindlar uchun, yoki islom dinini yaxshi chunmidiganlar uchun bilinmas, lekin jamiyatimizga bu tomoni ham sezilarli ta'sir o'tkazib kelyapti.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Mahdiyah 10 Noyabr 2009, 06:05:47
Ha endi...

ulada farqi yo'q musulmoni hochga sig'inib turgandan keyin...

Bir musulmon honadoni qizini sigirga sig'inib yurganga uzatganlaridan keyin...

Xudo hamisha har yerda bir dib shikr keltirganlarni amaliyu, bayramiyu hamma balo-battarini qilib yurganlaridan keyin GAPIRMASAYAM BO'LADI...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 06:22:13
Iye Mahdiyah?!, Nega GAPIRMASAYAM BO'LADI... ekan? O'ziz ko'chadagi odamlarni tarbiyasiz bb ketganidan shikoyat qilib yuribsizku, bunga sabab bo'layotgan asl-negzni o'rganib, analiz qilib, kerakli hulosalarni chiqarish kk emasmi?!
Ya'ni o'sha muammolarni ko'chada hal etib bo'lmaydi. Qush uyasida ko'rganini qiladi, deganlaridek, ular ham uyidagi eng katta "Ona" - TV dan o'rganganlari ta'sirida yurishibdi. Deyarli har kuni, hamma kanalda hindiski kino bo'ladi. Tug'ilganidan boshlab 10-15 yil TVga anqayib, undagi multik, clip va kino-seriallardan TARBIYA olishadi-de, keyn ko'chaga chiqib o'sha olgan narsaligini hammaga namoyon etishadi!
Etmoqchimanki, muammoni hal etish uchun uni (muammoni) o'ziga emas, uni ildiziga yopishish kk.
Va yana Alloh bilguchiroq.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Mahdiyah 10 Noyabr 2009, 06:38:04
GAPIRMASAYAM BO'LADI dib gapirmen diganim yo'q,
bu yuqoridagi xolatlar Xindistonda oddiy hol bo'ganidan keyin kinosi nima bo'lardi digan ma'noda yozganmanku.
Marhamat manga disa turkiyaniyam, hindistonniyam, amerikaniyam kinosini gapirurin,
deyarli hech birida ibrat qolmagan xozir.

Uyda ota-onasi o'zi TV ga ang'rayib o'tirganidan keyin bolasiga kino ko'rmagin dib tanbeh berarmidi?
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 21:05:10
ChehMik, hindistonda qarindoshlariz bormi deyman a?

Rostanam, ularni boshini ikki yonga qimirlatib turishini o'zi yetarli asos bachkanalikka.

Gapirayotganidayu qo'lini uchi tepaga-pastga, tepaga-pastga harakat qilaverib, suhbatdoshini ham boshini aylantirib yuboradi... endi ularni etayotgan so'zlariniyu umuman... ... ...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 21:48:43
Raxmat, inshaalloh salomat bo'laman.
Lekin hindlarni ham musulmonlari borligi ularni musulmonlari ishtirok etmagan kinolarini ko'rib o'tirishimizga sabab bo'la olmiydi.
Siz esa hamisha salomat bo'lin!
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 21:57:26
hop bo'ladi.

ko'rishni oqibati - zalolat
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: lolo 11 Noyabr 2009, 21:00:29
Mabodo 10 yil oldingi postlarimam yo'g'akanmi obsujdat qilishiz uchun?
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JaviK 05 Dekabr 2009, 08:56:09
Kecha xindistonni yangi SAKINA fimini ko`rdim. xindistonni filmlarida maza  matras qolmaganligiga endi ishondim. yangi  xind filmlariga 0 baho beish mumkin
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 05 Dekabr 2009, 17:35:41
Kecha xindistonni yangi SAKINA fimini ko`rdim. xindistonni filmlarida maza  matras qolmaganligiga endi ishondim. yangi  xind filmlariga 0 baho beish mumkin

Kinolarni maza matrasi qolmagani yaxshi bo'libdi, siz ham ko'proq imtihonlarga tayyorlanasiz bu bahona bilan  : )
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 15 Fevral 2010, 20:26:15
Haliyam Hind kinolarini ismlari "Panorama" kinostudiyasining yonida kattakon reklamalar holida yozilyabdimi  : )

5 yildan beri "Panorama" ismi ham ming marta o'zgargan bo'lsa hayron bo'lmayman ;D
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: uzboy 16 Fevral 2010, 00:26:11
Bundan 8-10 yillar oldin hind kinolarini juda sevob ko'rardim. O'sha davrda milliy hindcha kinolar edi
Hozirgi kunlarda umumay kurmay quyganman, chunki ular zamonaviylashib ketib huddi Hollywood kinolariga uxshab bachkanalashib qolyapti. Keyin juda ochiq kiyinib chiqyapti qizlari.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 16 Fevral 2010, 00:29:24
Ha haqlisiz. "Hamroz", "Dunyo", "Daydi"...qani u kinolar. Haliyam ko'rsam hayajonlanib ketaman. Muzikasiyam yetadi.
Hindistonlik Musulmon dugonam bilan soatlab eski kino muzikalaridan tinglab, suhbat etardik.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Zuxurov 27 Mart 2010, 00:45:24
Hindistonlik rejjisorlar hozirda Amerika kinolariga taqlid qilishayapti, tayyor filmlarni rimeykini yaratib.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 27 Mart 2010, 16:03:17
Shu oscar olgan Xind filmini hamma bilsa kerak. "Millioner"
Shu kinoda o'ynagan kichkina qizni otasi qizini olib chiqib sotishga qo'yibdi...

Bugun TRT 1 da shu kinoni berishadi...

Tomosha qilmoqchi bo'lganlar uchun online adres:

http://www.canlitv.com/index.php

O'zbekiston vaqti bilan 20.00, sizlarda 23.00 bo'lsa kerak.

Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 12:24:38
Hind kinosidan men bormanku filmini ko`rdim, qancha ko`rsam takror ko`rgim kelaveradi , menga yoqadi juda yahshi ishlangan, aka -uka mehr oqibati(o`gay bo`lsada)
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JaviK 06 May 2010, 16:10:29
Kecha Alladin filmini ko`rdim, komedik, lekin anglatmoqchi bo`lgan ma`nosi juda sayoz nazarimda
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: BelleQizcha 06 May 2010, 17:35:30
Hind kinollaryam oldindagi yaxshi mas.. Oyimla etgandey.. hamma narsa ozini vaqti bilan..
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Hadija 01 Noyabr 2010, 15:12:40
To'g'ri-yu, o'zbek filmlariga qaraganda Hind filmlaridan qay ma'noda bo'lsa ham hayotiylik va ma'no bor.
Masalan, "Zulmat", "Millioner iz trushev" vhk...
Ammo shuni aytish kerakki, hind filmlari bilan hind seriallarida juda farq bor ekan, kinosini sabr b-n ko'rishiz mumkun, ammo seriallariga eng sabrli inson bo'lsa ham sabri yetmasa k-k... Tavba, juda sayoz...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Dilafruza 01 Noyabr 2010, 16:35:49
Hind kinolarini ko'rsam, faqat asabimi ketkani qoladi.
Umuman fantastikadan ham oshib tushadi.
Ey, hudoyim ayniqsa urf-odatlari va turli hil sanamlarni-ku ...
manimcha ularni rejissorlari boshqa planetadan kelib qolshgan. ( bu mani fikrim holos )
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JaviK 01 Noyabr 2010, 17:44:24
Hind kinolarini ko'rsam, faqat asabimi ketkani qoladi.
Umuman fantastikadan ham oshib tushadi.
Ey, hudoyim ayniqsa urf-odatlari va turli hil sanamlarni-ku ...
manimcha ularni rejissorlari boshqa planetadan kelib qolshgan. ( bu mani fikrim holos )

Ko`rayotgan narsalringgizdan yahshisigina olin, qolganlariga e`tibor bermang, u filmlarda balki siz aytganlar ham bor, lekin siz aytgan filmlardan do`stlik, silayi rahm, mehr muhabbat, sadoqat degan tuyg`ularga hiyonat qilishlik insonga qanday og`ir botishi ko`rsatiladi, ayrim filmlarda esa vafodorlik, sadoqat ham o`rgansa bo`ladi.Shularni ko`rib atrofizdagilarga boqin hech kim bu tuy`gulardan holi emasdur balkim. Olloh hammamizga insof tafqe ato etsin!!
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: BelleQizcha 01 Noyabr 2010, 18:08:23
o'tgan kuni Udnaan digan kinoni ko'rdim 2010 http://www.imdb.com/title/tt1639426/

juda qiziq kino ekan... hind kinolari yoqmiy-diyuu lekin o'qishim uchun ko'rish kerak....... kinoni ko'rin *qaddini ur hindla( digim keldi, chunki juda manoli hayotiy va albatta Ashulasi, va kino qahramonlari o'yinga tushmasliglari uchun juda-juda yoqdi
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: yoqutxon 01 Noyabr 2010, 18:42:23
Assalom aleykum.

Hind kino filmlari deganda birinchi navbatta Raj Kapoor, yoshligim, va bir nechta qadrli hotiralar ko'z oldimga keladi........
Ho'sh umumman hind filmalari haqida fikrim ijobiy lekin hammasi haqida emas.To'g'ri ohirgi paytda hind filmlarida biroz "ochiqroq" ishlanayapti . Hamma filmlari birdek yaxshi yoki yomon bo'lavermaydi bu tabiiy hol. Lekin maqtovga sazovor filmlari ham anchagina. Bilmadimu nimagadir qanchalar "fantastika"
janriga yaqin qilib ishlansa ham, o'zimizni  filmlardan ko'ra hind filmlarini ko'rgim kelaveradi. Ayniqsa ohirgi filmlardan " My name is Khan", "Ghajini", " Harobadan chiqqan milioner","O'tkinchi dunyo" kabi filmlar menga juda yoqdi.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Aqoid 01 Noyabr 2010, 18:54:15
o'tgan kuni Udnaan digan kinoni ko'rdim 2010 http://www.imdb.com/title/tt1639426/

juda qiziq kino ekan... hind kinolari yoqmiy-diyuu lekin o'qishim uchun ko'rish kerak....... kinoni ko'rin *qaddini ur hindla( digim keldi, chunki juda manoli hayotiy va albatta Ashulasi, va kino qahramonlari o'yinga tushmasliglari uchun juda-juda yoqdi
agar raqsi bo'lmasa, ko'rsa bo'ladi. Xindlarni raqsi ancha tushunarsizday tuyuladi menga.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Zamiraxon 01 Noyabr 2010, 18:59:30
Assalomu alaykum.
Namaste :)
Hozir indiya kanalida Vir va Zara kinofilmi bölyapti. Judayam achinarli, qayg'uli kino. Körishga arziydi. Kamchiliklari:
1. Börttirish alomatlari kuzatiladi.
2. Hayotiy emas, ya'ni hayotda bunaqa holat bölishi amri mahol yoki men eshitmaganman.
Ijobiy taraflari:
Axloq doiralaridan Gollivud kinolaridagidek chiqmagan.
Yaxshilik g'alaba qozonadi.
Rollarni har doimgidey qoyilmaqom qilib ijro etgan aktyor Shoxrux Xon va aktrisa Priti Zinta kinoning asl mohiyatini yoritib berishda özlarini hissalarini qöshishgan.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: azizbek_mx 01 Noyabr 2010, 19:13:17
Hind filmlaridan ko`proq ShoxruhXon ishtirokidagi filmlar ko`proq yoqadi, chunki uning muxlisiman. Shu jumladan Amir Xon va Saif Ali Xon ham chakki emas. Ayollardan esa Prittin Zinta, Kajol, Juhi Chavla yoqadi. Om Shanti Om filmi Menga eng manzur bo`lgan film, to`g`ri, biroz fantastik, hayoliy film, lekin oddiy Om ning muhabbati menga juda ta'sir etgan. Shu filmdagi Shanti Priyaning shaydosi bb qolganman, boshqa filmlardagi rollari umuman yoqmagan, chunki juda ochiq chiqadi. Menga faqat Shanti Priya yqadi xolos
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Zamiraxon 01 Noyabr 2010, 19:29:30
Nimagadir ög'il bolalar hind filmlariga qiziqishi ozgina emasday tuyuladi menga.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: azizbek_mx 01 Noyabr 2010, 19:36:41
Nimagadir ög'il bolalar hind filmlariga qiziqishi ozgina emasday tuyuladi menga.
to`g`ri, masalan menda oz emas. TV da hind filmi bo`lsa, yoqsa ko`raman. Agar hind seriali bo`lsa, umuman ko`romiman
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: azizbek_mx 02 Noyabr 2010, 15:35:05
:as:

Menga hind kinofilmlari negadir yoqmaydi. Akterlarning filmdagi ijrolari haddan tashqari sun'iy. His-hayajonga berilib o'ynashadi. Konvulsiv harakatli raqslarini gapirmasayam bo'ladi.
Shoxruh Xon rollari bundan mustasno, ayniqsa, Devdas filmida!  :13
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Nurilla 03 Noyabr 2010, 22:00:12
Manga Amitabh Bachchanni kinolari yoqadi 1-2tasidan tashqari.

Shohruxxonniki ham zo'r. Qoyilmaqom ijro etadi. Lekin ikkalasiga taqlid qilmayman.

Eng yaxshi hind kinolarim bu "Bog'bon" va "Salom shodlik, salom g'am". Vaqtim bo'lganda berib qolsa, erinmasdan ko'raman. Yengil yelpi hind kinolarni yoqtirmiman, vaqtimga achinaman. Asosan tarbiyaviy kinolarini ko'raman.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Abdulhafiz 04 Noyabr 2010, 00:11:09
Bir necha yil oldin "Bog'bon" va "Bardosh" filmini ko'ruvdim nisbatan yaxshi ishlangandi...
Bilishimcha hozirgi kunda normalniy ishlangan hind filmlari yo'q, yosh bolalarni umuman yaqinlashtirmaslik kerak..!
Yaqin orada birorta hind filmini boshidan oxirigacha ko'rmadim, ko'rish niyatim ham yo'q.........
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Mo'min Mirzo 06 Noyabr 2010, 00:10:29
Men hind kinolarni yoqtirmayman, ba'zi ba'zida xitga erishganlarini ko'rib turaman.
Hind kinolari yoqmasligiga sabab, ssenariy ko'pida juda sayoz... jang sahnalarini umuman o'xshata olishmaydi. raqsga tushib qo'shiq aytib ketishi bachkanalik, ayniqsa, qahramonlar orqasidagi ho'kizdek kishilar ham sakrab raqsga tushishlari juda kulgili.

Bilishimcha hozirgi kunda normalniy ishlangan hind filmlari yo'q, yosh bolalarni umuman yaqinlashtirmaslik kerak..!
Yaqin orada birorta hind filmini boshidan oxirigacha ko'rmadim, ko'rish niyatim ham yo'q.........
yoqqanlari Вспомнить все (2006), Zulmat (2005), Bog'bon (2004), Lagaan (2001), Om Shanti Om (2008), Ghajini (2009), Ismim Xon (2010)... ohirgi uchtasi yangi filmlardan.
Ghajini filmi AQSH, Rossiya va boshqa bir qator Yevropa mamlakatlarida ham katta yutuqqa erishdi. Hind filmlaridan hech qaysi biri bunchalik kassabop bo'lmagan ("Ismim Xon"dan tashqari).
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: JeeS 06 Noyabr 2010, 00:17:33
Man xam uncha ishqiboz emasman, kurib turaman. Stenariyga keladigan bulsak, Uzbekkinosi juda sayoz. Davlat tomonidan ishlangan filmlar kursa buladigan darajada.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 06 Noyabr 2010, 11:50:07
Menga eski oq-qora kinolari ko'proq yoqadi. "Hamroz", "Dunyo", "Daydi" (Avaraum:) )
keyin Jimi Jimiyam (Disko raqqosi) boshqacha edi-da, eng asosiysi bolaligimni eslatadi...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: jasur.best 11 Dekabr 2010, 19:06:50
Shohruxxon o'ynagan barcha hind filmlari menga yoqadi... boshqalari ham chakki emas...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Nurdinboy 11 Dekabr 2010, 20:50:38
Hind kinolarini hozir bachkanasi chiqib borayapti.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: jasur.best 11 Dekabr 2010, 21:07:45
Hind kinolarini hozir bachkanasi chiqib borayapti.
ko'rishga arziguliklari juda ko'p. Sizga "bachkana"lari yo'liqsa kerakda!..
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Nurdinboy 11 Dekabr 2010, 21:10:39
Shunaqa shekili. Lekin yaxshilari kamayib borayapti
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: UzMuslim 02 Yanvar 2011, 23:14:04
Hozirgi Kunda HInd Kinolari ancha bachkanalashgan Oldingidan HAm Fantastiklashib Ketgan LekiN Ora Orada O'rnak Bo'ladigan Kinolari ham bor 50tadan 1tasi shunaqa chiqmasa agar,...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Nurdinboy 19 Yanvar 2011, 15:38:49
Hozirgi hind filmlarining ayrimlari (deyarli ko'pida) fantastika meyoridan owib ketgan. Ishoniw qiyin bo'lgan sahnalar qalawib ketgan.
Bu esa odamni zeriktiradi.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 19 Yanvar 2011, 17:30:26
Hind kinolarini eng ko'p O'zbekisonda ko'rishsa kerak:)

sog'indi odam eski kunlardagiday "Indiyskiy" kinoni oilaviy ko'rishni...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Habib 19 Yanvar 2011, 17:41:38
Vir va Zara yahshi ishlangan. Zulmat, Bog'bon kabi filmlari tarbiyaviy ahamiyatga ega. Lekin ba'zida ko'z tushib qoladi Markaz TV orqali bachkana kinolariga ham hindlarni.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 19 Yanvar 2011, 17:51:56
Ay har safarida Hind kinosi deganda Shoxruh Xon bilan bog'liq voqea esimga kelaveradi:)

Bu aktyor mashhur bo'layotgan paytlar edi, biz talabamiz. Hadrada bularni rasmlarini sotadigan joy bo'lardi. U paytlar indiyskiy rasm topish qiyin edi, xozirgiday hamma yerda "qaynamasdi"...
Xullas dugonam Shoxruhni rasmini uyiga olib boribdi, uydagilari uni ko'rib, voy bu kim, deyishibdi. Dugonam kulib, "menga ko'ngil qo'ygan yigit" debdi:)
Uydagilar "voydod" nima balo lo'liga tegasanmi deb vahima qilishgan ekan ;D
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: siddiqa 19 Yanvar 2011, 18:20:50
 :as:

Shohruhhon o'ynagan o'tkinchi dunyo filmini avval ko'p ko'raradim .hozirgi hind filmlari faqat vaqtni oladi va asabni buzadi .
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Nurdinboy 19 Yanvar 2011, 18:37:56
Siddiqani gaplariga 2martalab qo'shilaman.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Habib 19 Yanvar 2011, 18:48:48
:as:

Shohruhhon o'ynagan o'tkinchi dunyo filmini avval ko'p ko'raradim .hozirgi hind filmlari faqat vaqtni oladi va asabni buzadi .
O'tkinchi dunyo filmi очень трогательнс‹й film. Yahshi ishlashgan. ;)
Hozirgi filmlari chindan ham hayosizlikka yo'g'rilmoqda.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: azizbek_mx 19 Yanvar 2011, 21:12:58
Menga ko'proq soundtracklari yoqadi. Bulardan o'tkinchi dunyo, jonim fido, salaam-namaste, o'g'irlanmagan kelin, hayotda hamma narsa bo'ladi, va h.k.lar. Juda bachkanalari umuman yoqmaydi. Anu, goho shodlik, goho g'am filmiya yaxshi chiqqan. Eng yoqtirganim DEVDAS!.. Hayotimga yaqin ;)
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: _IYMONA_ 22 Iyun 2012, 19:39:00
Охирги пайтлар тузукроқ ҳинд фильмини ксрганим йсқ. Фақат беҳаёлик, срим-сланғоч қизларни рақс тушиши, тарбисни бузувчи кадрлар қалашиб ётибди...
Манимча бу романтик ҳиндларни 3 сшар боласидасм севган йигити ёки севган қизи бслса керак...  ;D
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Sayyid90 22 Iyun 2012, 20:39:59
Plyaj,dengiz bo'ylarida yarim yalang'och qizlar,o'pish umuman bo'mayapti bu filmlari.Yaxshi filmlari ham bor.Misol "uch savdoyi"filmini olaylik umuman tarbiyaga to'g'ri kelmaydi.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Mo'min Mirzo 22 Iyun 2012, 20:55:45
Nega endi, ibratli filmlari ham ko'p. Duch kelganini ko'ravermay, eshitib bilib keyin ko'rsak vaqtimiz isrof bo'lmaydi.
Masalan, so'nggi ko'rgan filmim Zulmat bo'ldi! Buni bir necha yil oldin ham ko'rgandim, lekin tushunmaganman. 3-4 oy oldin qayta ko'rdim, bu hayotga teranroq qarashga undadi.
Hayotda shunday Zulmat qahramoniday insonlar bor, bular ham ko'p qiyinchiliklar evaziga shunday darajaga erishgan. Jumladan, Olga Ivanovna Skoroxodova fan doktori bo'lgan. Vaholanki bu ayol 10 yoshlarida meningitga chalinib "Zulmat" qahramoni Mishelday ko'rish, eshitish va gapirishdan mahrum bo'lgan.
Zulmat
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: My Ummah 22 Iyun 2012, 22:10:58
ohirgi ko'rganim ,,hozir bo'ling'' to'g'risidagi, oila davrasida ko'radigan kinomas ekan, keyin ,,mening ismim hon'' autizm kasalligi, hayotiy voqea bo'lgani uchunmi zo'r chiqqan
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Shuhrat_ 22 Iyun 2012, 22:58:20
Plyaj,dengiz bo'ylarida yarim yalang'och qizlar,o'pish umuman bo'mayapti bu filmlari.Yaxshi filmlari ham bor.Misol "uch savdoyi"filmini olaylik umuman tarbiyaga to'g'ri kelmaydi.
postni 8marta uqidim, tushunolmadim,qiynalib ketdim.
Bunga raxmat aytgan tushunganmikinla?! ???
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Donishmand 23 Iyun 2012, 08:27:25
Plyaj,dengiz bo'ylarida yarim yalang'och qizlar,o'pish umuman bo'mayapti bu filmlari.Yaxshi filmlari ham bor.Misol "uch savdoyi"filmini olaylik umuman tarbiyaga to'g'ri kelmaydi.
"Uch savdoyi" (Three idiots) aslida juda yaxshi film, menga yoqqan uch-to'rtta filmlardan biri.
Siz uning o'zbekcha tarjmasini ko'rmang, bekorga vaqtingiz sarflangani qoladi. Kinoni dublyaj qilganda, o'zimiznikilar rasvo qilishgan. Siz ruschasini ko'ring, o'shanisi durust.
Biznikilar hattoki bu kinoning nomini ham tuzukroq tarjima qilisholmabdi. Eskilar kabi dublyajchilar qolmadi shekilli...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Best friend 23 Iyun 2012, 08:46:55
 Aksariyat hind filmlarini fantastikadan nima farqi bor bilasizlarmi? Farqi shuki, bu qalbiy fantastika. Maqsad odamlarni qalbini mast qilish, ayni aqli rivojlanishni boshlagan yoshlarni qalbiga "sevgi" degan "muqaddas" tuyg'uni jo qilish. Mana shu hind filmlarini ko'rib, bizda ham oshiq-mashuqar ko'payib ketgan, bu narsa oddiy hol bo'lib qolgan. Odamlar sevgini umuman boshqacha tushunadigan bo'lib qolgan. Sevgani tegib ketgani uchun o'zini osgan qancha odamlarni eshitganman, bularni ichida tanishlarim ham bor, kecha esa sevgan qizi tegib ketgani uchun alam ustida uchta qizga uylanib olgan bir yigitni eshitdim, afsuski o'sha tegib ketgan qiz menga butunlay begona emas edi. Alloh taolo aytadi:

"Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular o‘zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar. Iymonli kishilarning Allohga bo‘lgan muhabbatlari qattiqroqdir. Bunday zolimlar azobga ro‘baro‘ bo‘ladigan zamonlarida (qiyomat kunida) butun kuch-qudrat Allohniki bo‘lishini va Allohning azobi qattiq azob ekanini bilsalar edi." (Baqara, 165)

 E'tibor bering "...ular o‘zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar...". Bugun o'zlaricha indiski bo'lib sevishib yurganlar huddi "Telba" kinosidagidek telba bo'lib qolishmadimi? Xo'sh kinolar bizga nima beryabdi? Aroq odamniy aqlini mast qilsa, bu yolg'onchi shaytoniy sevgilar qalblarni mast qilib qo'ydi. Allohdan qo'rqaylik, zora Allohning bizga rahmi kelsa...
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Humayro 25 Iyun 2012, 10:24:13
Alloh rozi bo'lsin Best friend.

Sevgi haqidagi o'zbek klip, qo'shiq va kinolari ham aynan manashu tarzda haq yo'ldan ozdirishga xizmat qilayapti.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: _dadasining erkatoyi_ 25 Iyun 2012, 15:06:01
Men hind kinofilmlarini juda yaxshi ko'raman. Hind kinosiga kirib qolsangiz barcha g'amlarni unutib yuborasiz, chunki bu filmlar o'ziga jalb qilib maftun qilib qo'yadi. Undagi qo'shiq va raqslar yashashga undaydi. Hali birorta hind kinosini yomonlik bilan tugaganini ko'rmadim. To'g'ri, ular hayotiy emas, fantastikaga, shirin hayolga o'xshaydi. Ammo ba'zan odam charchaganida shu aldamchi hayollar uni biroz bo'lsada quvontiradi. Shunday emasmi?
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Mufazzala 25 Iyun 2012, 15:44:04
 :asl3:

Dadasining erkatoyi, xozirdan nima g'amingiz bor ajabo.
O'zi sizlarning yashab turgan hozirgi hayotinglar "Hindcha kinoyu"  :D
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Best friend 25 Iyun 2012, 15:55:38
 Kimdir qimor o'ynab orom oladi, kimdir shahvoniy tuyg'ularni qo'zg'atuvchi kinolarni ko'rib orom oladi, kimdir o'sha aynan iflos - buzuq ishlarni qilib orom oladi va h.k. Kimlardir bunday yomon ishlarni qilmasada, ana shu yomon oqibatlarga olib boradigan ishlarni qilib, yoki tarbiyani buzuvchi kinolarni ko'rib orom oladi. Ammo savol tug'iladiki, bu haqiqatdan ham orom olishmi? Orom o'zi nima? Orom - qalban dam olishdir! Ashula va raqsdan orom olayotgan ko'ngil, agarda bir noxush xabarga yo'liqib qolsa, u ko'ngil o'sha orom olayotgan narsalari - ashula va raqsni o'ziga sig'dira olmay qoladi. Ammo xoh tili bilan, xoh dili bilan Allohni zikr qilib orom olayotgan inson biror noxushlikka yo'liqsa, "Allohdanmiz..." deya oladi, chunki uning qalbi Allohni zikr qilish ila dunyo g'amidan haqiqatdan uzoqlashgan. Siz dam olish uchun, biroz g'amlarni unutish uchun yuqoridagi ikki yo'ldan qaysi birini tanlagan bo'lardingiz? Ayniqsa, butun olamlarni yaratgan, butun ilmlarni Egasi bo'lgan Zotning: "Ogoh bo'lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur" (Ra'd, 28) degan so'zidan voqif bo'lganingizdan so'ng?
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: _dadasining erkatoyi_ 26 Iyun 2012, 10:17:08
Iqtibos
Dadasining erkatoyi, xozirdan nima g'amingiz bor ajabo.
O'zi sizlarning yashab turgan hozirgi hayotinglar "Hindcha kinoyu"
:vsl3:  :asl3: nimaga endi g'amimiz yo'q bo'lsin? Hudoga shukur, har bir yashagan kunimizda nimanidir yoki kimningdir g'amini eb yashaymiz. To'g'ri, hali katta g'am-tashvishlar boshimga kelgani yo'q, lekin yoshimga mos tashvishlar har kuni bo'lib turadi. Allohga shukur.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Abdulloh_8800 26 Iyun 2012, 11:39:39
Iqtibos
Dadasining erkatoyi, xozirdan nima g'amingiz bor ajabo.
O'zi sizlarning yashab turgan hozirgi hayotinglar "Hindcha kinoyu"
:vsl3:  :asl3: nimaga endi g'amimiz yo'q bo'lsin? Hudoga shukur, har bir yashagan kunimizda nimanidir yoki kimningdir g'amini eb yashaymiz. To'g'ri, hali katta g'am-tashvishlar boshimga kelgani yo'q, lekin yoshimga mos tashvishlar har kuni bo'lib turadi. Allohga shukur.
Har bil balog'atga yetgan yigit va qizda oxirat g'ami bo'lmasa u adawibdi.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Sayyid90 26 Iyun 2012, 15:55:25
islom dinimiz haqida bir qancha hind filmlari bor
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Maysara 26 Iyun 2012, 22:02:28
 :asl3:
islom dinimiz haqida bir qancha hind filmlari bor
Mabodo siz boburiylar avlodi haqida ishlangan hind filmini ham nazarda tutayotgan bo’lsangiz uni islom dini haqidagi film deb bo’lmaydi. U yerda buddizmga qarshi turgan musulmonlar salbiy obraz qilib aks ettirilgan. Boburiylar saroyiga but olib kirib bir xonani ibodatxonaga aylantirishadi va ushbu shirk amalni tomoshabinlarga imkon qadar go’zal sur’atda ko’rsatishga harakat qilishgan. Natijada mana - islomiy ilmi yo’q bo’lgan o’zbek musulmonlari bu film g’oyasini tasdiqlab, hatto yig’lab tomosha qilishayotganini o’zim guvohi bo’ldim. Alloh taolo barcha musulmonlarni to’g’ri yo’lga hidoyat etsin.  :amn3:
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Sayyid90 27 Iyun 2012, 04:45:09
Maysara :men boshqa filmlarni nazarda tutgandim boburiylar haqidagi film umuman esimga kelmagandi.Misol Amitabx bachchan o'ynagan eski "Xammol"filmi juda tasirli film yo Shoxruxhon o'ynagan "Mening ismim Xon"filmi.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Humayro 28 Iyun 2012, 09:30:41
Adashmasam 2011 yilda chiqqan "Jertva/Kurbaan" filmini ham islom haqida, amerika musulmonlari haqida deb tariflashgan edi.

Ammo aslida aksi bo'lib chiqdi. Filmni ko'rgan kishida musulmonlar terrorist degan aniq fikr paydo bo'ladi. Filmni mohirlik bilan ishalshgan, musulmonlarda tarorrist bo'lishlikalriga sabablar bor, ularni bu ishga alam va o'ch olish dardi, adolatsizlik undayapti ma'nosidagi fikrlarga ishontirishga urunishgan..., xullas quruq safsata.

Hayotni kinolardan emas, sahih manbalardan, solih insonlarning hayotidan o'rganing.
Nom: Re: Hind kino filmlari haqida fikringiz.
Yuborildi: Mo'min Mirzo 23 Oktyabr 2012, 21:11:53
(http://www.ebuzztoday.com/wp-content/uploads/Amir-khan-hajj-ebuzztoday.com_.jpg)
Shu bolaning so'nggi o'n yilda chiqqan filmlari bo'lsa edi...