forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Muslimа 22 Noyabr 2007, 10:56:13

Nom: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Muslimа 22 Noyabr 2007, 10:56:13
Assalomu alaykum!
Bu mavzu bugungi kunni dolzarb mavzularidan biri nazarimda. Tan olish kerakki, ko’pchiligimiz ko’p ishlarimizni odamlar uchun qilamiz? Biror ish qilsak, biroro kiyim kiysak, biror marosim qilsak ham odamlarni gapini o’ylab, ular nima diyshlari haqida qayg’uramaiz!

(Bu mavzuda Yorqinjon qorining ma'ruzalaridan keltirib o'taman. Inshaolloh, hulosa chiqarishga arzirlik masalalar yoritilgan.)

"œQizimizni erga bermoqchi bo’lsak, uni yoki erini manfaatiga qaramaymiz, hayotini bahtli qilish haqida fikr qilmaymiz, yolg’iz to’y kunlari haqida hayol qilamaiz. Bizda hamma sa’yu harakatlarimiz ODAMLARni hursand qilish uchun bo’ladi. Ba’zi kishilarni mustasno qilib aytamanki biz yigitni ahloq va tabiatidan so’ramaymiz, "œDini qanaqa ekan, namozxon ekanmi ishqilib?" demaymiz. Balki, odamlarga "œqizimizni mahri mana shuncha" diyish uchun mahr pulidan so’raymiz. ODAMLAR ko’rib "œmashalloh, juda zo’r jihozlarku" diyshlari uchun, sep-sidirg’adan so’raymiz. Nikoh marosimi, yani to’y — tomoshosidan so’raymiz, "œQaysi restoranda bo’larkin?". Shu va shunga o’xshash o’rinlarda mollarni zoye (uvol) qilish bilan, shaytonni rozi qilish uchun musobaqalashamiz!
   Bir kechagina kiyiladigan kelin libosiga minglab pul sarflaymiz. Ba’zilarning pista-bodomiga harjlangan puliga, bitta kambag’alni to’yini o’tqizsa bo’ladi (!). Boshqa sarf harajatlar ham shunga o’xshash.
   Bular hammasi nima uchun? Kelin kiyovni manfaati uchunmi? Allohga qasamki, yo’q! SAVOB YO JANNAT UCHUNMI? YO’Q! MOL TOPISH UCHUNMI? YO’Q! Unda nima uchun??? ODAMLAR uchun!
   Motamlarimiz ham to’ylarimizdek. Motamlarimizni ham to’ydan kam o’tqizmaymiz. Hammasi yana ODAMLAR uchun!
Hulosa shuki, seni yeyishinig, ichishing, uyingni to’shak, ko’rpacha, gilamlari, jihozlari, kundalik sarf harajatlaring ODAMLAR hohlaganidek bo’lishi kerak. Nimaga?
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Muslimа 22 Noyabr 2007, 11:04:46
Hikoya

Sahobalardan birlari bir o’tirishda, katta elchilar bilan birga taomlanishga o’tirishganda ovqat yeb bo’lganlaridan keyin, tavoqni va qo’llarini yalab qo’ygan ekanlar. Shunda yonlaridagi do’stlari : "œTaqsir, shu katta mehmonlarni oldida shu ishni qilmasangiz bo’lardi, ja hijolatli bo’ldi-da, qo’l yalash" diganlarida, u kishi aytgan ekanlarki "œMan Habibim Payg’ambar sallallohu alayhi vassallamni sunnatlarini shular uchun tark qilamanmi?" degan ekanlar.
Biz ham shunday bo’lishimiz kerakki, ODAMLAR gapirishligi uchun bir ish qilmasdan, balki Alloh taoloni roziligini istashimiz kerak!
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Muslimа 22 Noyabr 2007, 11:07:11
Hadis

Rasululloh sallallohu alayhi vassallam marhamat qilganlar: "œQaysi banda, bir ishni qilib turganida, Alloh taoloni farmoniga nazar qimasa,"(Odamlarni roziligini o’ylab bir ish qildiyu, shu ish haqida Alloh nima derkin? Deb fikr qilmasa, Alloh taoloni farmoniga e’tibor bermasdan, odamlarni hursandchiligini e’tiborga olgan bo’lsa), "œAlloh taolo shu bandani o’sha hursand qilaman dib ish qilgan odamlarni qo’lida rasvo qiladi", (yani u odamlarni nazaridan ham qoladi, Alloni nazaridan ham qoladi). Alloh asrasin!
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Muslimа 22 Noyabr 2007, 11:08:22
ODAMLAR DOIMO MANA SHU ODAMLAR! ODAMLARNI GAPIRMOQDAN BOSHQA YANA NIMA ISHI BOR?
Ey, odamlar, biz qachon o’zimiz uchun yashaymiz? Biz qachon shariat va aqlni chegarasida tura olamiz? Bizni oramizda manashu ahmoqona fikrlarni sindira oladigan insonlar qachon chiqadi?
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Foniy 22 Noyabr 2007, 15:21:58
Assalomu alaykum!
Inshaolloh sekin-astalik bilan bu narsalar o'z-o'zidan barham topadi, 3-4 yil oldin kim o'zarga to'y qiluvchilar soni hozirgiga qaraganda anchagina ko'p edi,.. hozir esa to'ylarida amru-ma'ruf o'tkazayotgan odamlar (ulardan Olloh rozi bo'lsin) safi ham kengaymoqda, bu albatta yaxshilik alomati.
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Robiya 30 Noyabr 2007, 17:00:59
Assalomu alaykum!
  Foniy aytganlaridek, vaqt hamma narsani o'z joy-joyiga qo'yadi.Chindan ham ilgarigi to'ylar hozirgilariga qaraganda ancha o'zgacha edi.Yaqinda opamni to'ylari bo'ldi.To'ylarida aroq qo'yilmadi (Opam va u kishining turmush o'rtoqlari hamda ota-onalari shu qarorga kelishibdi).
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Foniy 04 Dekabr 2007, 17:56:10
Assalomu alaykum!
Islomda joriy etilgan barcha xayru ehsonlar boshqa amallar kabi, avvalam bor, Alloh roziligini topish uchun bo‘lmog‘i lozim. Xo‘sh, qanday qilinsa Alloh rozi va ehson Uning huzurida maqbul bo‘ladi? Buning bir necha shartlari bor:
...xolis Alloh uchun bo‘lmog‘i shart. Odamlar ko‘rsin, maqtasin deb, riyo maqsadida qilingan ehson maqbul emas. Niso surasining 36,38-oyatlarida mol-dunyolarini xayrli ishlarga sarf etishga baxillik qiladigan, ehson qilgan taqdirda ham odamlar ko‘rsin, maqtasin deb qiladigan kishilarni Alloh sevmasligi, balki ular kibrli va maqtanchoq kishilar ekanligi bayon qilingan. Riyokorlik bilan qilingan ehson evaziga hech qanday savobga erishib bo‘lmasligi, aksincha og‘ir gunohga botish mumkinligi Baqara surasining 264-oyatida ochiq aytilgan... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=251.msg92468#msg92468)
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Foniy 10 Fevral 2010, 11:47:41
Bir kuni Hazrati Abu Bakr bilan Hazrati Umar Hazrati Aliga aytdilar:
— Ey Ali, Rasululloh qizlari Fotima voyaga yetdi, unga uylanish uchun Rasulullohdin so‘rar bo‘lsang, albatta senga berurlar, — deyishdi. Yana xotunlardan biri:
— Ey Ali, agar xotun olur bo‘lsang, Rasulullohdin Fotimani talab qilgil, — dedi.

Shuning bilan uylanish niyati Hazrati Alining ko‘ngliga tushdi. Arablar odaticha, Hazrati Ali to‘g‘ri kelib: «YO Rasululoh, Fotimani menga juft qiling», deb so‘radi. Anda Rasululloh aytdilar: «Agar mahr bo‘lgudek biror narsang bo‘lsa, uni keltirgin». Hazrat Alining g‘azotga minarlik bir otdin, urush kunlarida kiyarlik bir sovutdin boshqa hech narsalari yo‘q edi. Rasululloh otni qoldirib, sovutni sotmoqni buyurdilar. To‘rt yuz sakson tanga baho bo‘lib, sovut sotildi. U pulni kelturib, Rasulullohning oldilariga to‘kib qo‘ydi. Undin bir changalini olib: «Fotima to‘yiga keraklik narsalarni sotib kelturgil», deb Hazrati Bilolga buyurdilar. O‘z odatlaricha, to‘y ziyofati o‘tgandin so‘ngra Rasululloh sahobalar oldida o‘zlari xutba o‘qib, nikoh qildilar. Nikoh ahdi bog‘langandan keyin, o‘rtaga bir tovoq xurmo g‘o‘rasi qo‘yildi. O‘lturgan kishilar Rasulullohning ishoratlari bilan chochila sochgandek talashib oldilar. Suyunchilik kunlarda chochila talashmoq rasmi shul vaqtdan qolgan.

So‘ngra Payg‘ambarimizning dodaklari Ummu Ayman Hazrati Fotimaga yanga bo‘lib, Hazrati Alining uyiga tushirib kelturdi. Ikkovlari uyning ikki tomonida o‘ltirdilar. Rasululloh kelib: «Bir kosa suv keltir», deb Fotimaga buyurdilar. Anda Hazrati Fotima uyalganlikdan etaklariga o‘ralib yiqilayozib, bir kosa suv keltirdi. Bu suvdin Rasululloh bir xo‘plab olib, yana og‘izlaridan kosaga qaytardilar, so‘ngra shu suvni Hazrati Fotimaning ko‘kraklariga, boshlariga sepdilar, keyin Fotimaga qarab, ushbu duoni o‘qidilar:
«Allohumma inniy u’iyzuho bika va zurriyyataho minash shaytonir rojim». Ya’ni «Ey bor Xudoyo, Fotimani va uning bolalarini o‘z panohingga qo‘ydim. Shaytonning sharridan bularni o‘zing asragil», deb duo qildilar. So‘ngra Hazrati Aliga ham suv keltirgizib, shunday qildilar.

Hazrati Fotimaga Payg‘ambarimizning bergan seplari mana shular edi: ostilariga solgudek bir qo‘chqor terisi, ustilariga yoping‘udek bir jun sholcha, yana bir dona yostuq, tashqarisi meshdan tikilgan, ichi xurmo qovuqlari bilan to‘lg‘izilgan edi. Bir kuni ertalab Rasululloh Hazrati Fotimaning uyiga kirdilar. Qarasalar Hazrati Ali, Hazrati Fotima bomdod namozini o‘qigandin keyin, sovuqqa chiday olmay, to‘shaklariga qaytadan kirishib yotgan ekanlar. Rasulullohni ko‘rib, uyalganlaridan boshlarini burkashib oldilar. Rasululloh kelib: «Oyoqlarimni isitib olg‘ayman», deb oralariga muborak oyoqlarini uzatdilar. Birini Hazrati Ali quchoqlab ko‘kraklariga bosdi, ikkinchi oyoqlarini Hazrati Fotima qo‘ltiqlariga qo‘ydi.

Shuning bilan bir necha oylar o‘tdi. Bir kuni Hazrati Fotima Rasulullohning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, meni Quraysh yigitlari ichida eng kambag‘al kishiga bergan ekansiz, ostimizga solgudek bir qo‘chqor terisidan boshqa to‘shagimiz yo‘qdur, kechasi jun tomonini solib yoturmiz, kunduzi teri tomonini ag‘darib, tuyamizga yem berurmiz. Ustimizdagi yopinchimiz tor va ensiz, torligidan yo‘ldoshim tortsa, men ochilurman, men tortsam, ul ochilib qolgay», dedi.
Anda Rasululloh: «Ey qo‘zichog‘im, bu yo‘qsullikka sabr qilgaysiz. Muso payg‘ambar xotunlari Saquro, ya’ni, Shuayb payg‘ambar qizlari bilan o‘n yilgacha o‘rtalarida bir dona chopondin boshqa ostilariga solgudek to‘shaklari yo‘q edi», dedilar. Mana shuning uchun Rasululloh: «Al-faqru faxriy», dedilar: Ya’ni, «Har kimsalarning dunyoda maqtanurlik biror belgisi bordur, mening maqtanurlik narsam — faqirligimdur».

Payg‘ambarimizning bu so‘zlari esa kambag‘al ummatlari uchun yupang‘u bo‘lmoqqa yetarlikdur.

Hazrati Fotima, Hazrati Ali haqlarida Payg‘ambarimizning qilgan duolari maqbul bo‘lib, butun dunyoga tarqalgan sayidlarimiz Fotimai Zahrodin tug‘ilgan o‘g‘illari imomi Hasan, imomi Husayn, qizlari Zaynab shularning nasllaridur, Payg‘ambarimiz aytganlaridek, Alloh taolo bularning avlod-nasllariga barakot ato qilgandur.

Tarixi MUHAMMADIYAdan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=436.msg9830#msg9830)
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Ansora 13 Fevral 2010, 20:43:46
Lekin bazan odamlarimizni bizni ogohlantirib turgani ham yaxshi.
Masalan ko'cha-ko'yda har xil yoshlarni ko'ramiz, kattalarni ularga bergan tanbehlari bazan yoshlarga juda ta'sir qiladi...
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Hadija 16 Fevral 2010, 05:42:04
Muslima birodarim Alloh rozi bo'lsin, har doimgidek bugungi kunimizning dolzarb mavzusi bo'lgan mavzuning muallifi bo'libsiz!
Haqiqatda gaplaringiz chin haqiqat. Bizdagi ayni bu holatning mag'zi asl sababi RIYOkorlikdir! Ya'ni, bir ishni qilsak, falonchining ko'ziga yaxshi ko'rinay, yomon kunimda foydasi tegadi. Yoki falonchiga yaxshi yediray, o'zi yemaganini ham hadya qilib ertaga shundan foyda keladi yordami tegadi degan maqsad, riyokorlik bo';gani uchun ham ODAMLAR UCHUN, ODAMLAR NIMA DEYDI? degan gaplarimiz oshsa oshyaptiki ammo tiyilmayapmiz!...
Shu o'rinda Umar r.a ning xalifalik davrlari yodimga tushib ketadi, 1 ko'ylaklari bo'ladi, u ko'ylakni yuvgan kunlari ko'ylak quruguncha uyda bo'ladilar. Yoki qizlari yo otajon endi xalifasiz sal yaxshiroq yeb, kiying deganlarida Rasululloh ayoli bo'la turib shu gapni aytayapsanmi degandilar...
Bizdachi, falonchi nima deydi degan hayollardan ortib, Rasululloh hayotlari ashoblar qanday edi degan savollarni bera olmayapmiz?...
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 24 Mart 2010, 15:58:16
Qanaqa to'y qilmoqchisiz? (Yohud qirq tog'oraning qirq nog'orasi )
                                       "O'nta qo'y nima buladi? Mahallada duv-duv gap bo'lsin deyman"
 
 Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
  Yaratgan egam ALLOHga behisob hamdu sanolar bo'lsinkim bizlarni, faqat O'zigagina ibodat qiluvchi mo'min musulmon bandalaridan qilib yaratgani uchun! Ushbu yozmoqchi bulganlarimni yuqoridagi epigrafdan qisman bulsada bilib olgan bulsangiz kerak?! Bu gapni hammamizga ma'lum va mashhur kinofilmda juda kop marotaba eshitgansiz albatta. Ushbu jumlalar utgan asrning ikkinchi yarmida aytilganiga qaramay  oradan shuncha vaqt utsa ham  bugungi hayotimizga qanchalik tog'ri keladi. Kamina ushbu yozmoqchi bulganlarim bilan hech kimga dilxiralik qilmoqchi emasman, shunchaki bugungi kunimizdagi to'ylar haqida o'z fikrimni sizning ixtiyoringizga havola qilmoqchiman holos.
  To'y! Naqadar ajoyib marosim! Ikki yoshning "visol onlariga" guvoh bulish uchun bundan-da ko'ra tantanali marosim bormi? O'zbek xalqini to'y qilganda ko'ring! Hammamizni ham to'ylarga yetkizsin deymiz gohida, lekin qanday to'ylarga? Biz to'y deganda nimani tushunadigan bo'lib qoldik? 300-400 kishilik mehmon chaqirib hammani qornini to'yg'izib, erkak-u ayolni aralashtirib chang to'zonda xar-hil musiqalarga o'ynab, spirtli ichimliklarni mast bulib ichadigan marosimnimi? Qiziq...yuqorida yozilgan epigrafni misol qilganim shuki usha davrdan hozirgi kunimizgacha qancha vaqt utdi, qanchadan qancha o'zgarishlar buldiyu lekin kishilarning onglari o'zgarmadimi? Aksincha o'zgardi, shu darajada uzgardiki rivojlanish bilan birga kishilar ongi barovar uzgardi. Faqat isrofgarchilik yuzasidan uzgardi! Usha davrdan hozirgi kungacha hamma narsa qanchalik rivojlanib ommalashgan bulsa, isrofgarchilik ham ommalashdi! Farzandini to'yini kuraman degan ota-onalar misqollab yig'ganlarini bir kunda ko'kka sovuradigan bulib qoldi. Balki meni aytayotganlarimi notog'ridir, lekin bugungi kunimizdagi to'ylarning aksariyati isrofgarchiligu, noshariy amaldan boshqasi emas. Bugungi to'ylarning deyarli hammasi "Sendan men kammi?" shiori ostida o'tib bormoqda! Puli bor odamga to'y qilish oson, lekin puli yuq odamga qiyin. Falonchi keliniga manashuncha ko'ylak olibdi, pistonchi qiziga manabunaqa mebel olibdi degan gaplarni kunda bulmasa kunora eshtib hayratlanasan kishi! Nahotki oila deb atalmish kichik jamiyatning o'zagi mahr bilan ulchansa?  Mol dunyo va obro'-mansab uchun quda andachilik qilayotgan ota-onalar nahot o'z farzandlarini baxtini o'ylashmasa? Bunday xoyu-havaslar evaziga qurilgan oila poydevorsiz qurilgan uyga uhshab qolmaydimi? Poydevorsiz qurilgan uy ko'p o'tmay nurab qolib, qulab tushganidek, havoyu-nafs evaziga qurilgan oila ham parokandaga yuz tutishi aniq. Bundan 12-14 yil muqaddam otalar so'zi-aqlning ko'zi ko'rsatuvida Orif otaning (ALLOH rahmat qilsin) shunday gaplari yodimga tushadi: Yaqinda Toshkentda bir to'y buldi. Kuyovning onasi keliniga 450 ta ko'ylak qilibdi. Eh, bir yil 365 kun bulsa kuniga bittadan yangi ko'ylak kiyganda ham bir yildan keyin farzandli bulsa, qolgan ko'ylakni kiyarmidi?" Bunday dabdabalar hozir ham uchrab turibdi. Qo'sha qo'sha moshinalar, uch to'rt xil taomlar hammasi isrofgarchilikning o'zimasmi? To'ylarning yevropalashib ketganligi haqidaku aytmasa ham bulaveradi. Alhamdulillah hammamiz musulmonmiz! Nega endi musulmon bulib islomiy, shariatga muofiq to'y qilmaymiz? Chuqurroq o'ylab qaraydigan bulsak, daxshatning o'zginasimasmi? Bir kelinni olib ketgani yigirma chog'li yigit qo'sha-qo'sha moshinalarda kelsa, u yigitlarga bir mahalla ota-onalar o'z qizlarini moshinalarga mindirib qo'shib bersa bu nima degan hol? Qiziq savol tug'iladi islomiy to'y bulmagan to'y yoki nasroniy yoki yahudiylarniki buladi! Bunday to'yga nikoh deb atalmish muqaddas shariy hukmni nima keragi bor degin keladi kishi?! Usha yevropaliklar ham uzlarini to'ylariga bu darajada sarf harajat, isrofgarchilik qilmaydi! Ho'sh, biz endi qayoqqa qarab ketayabmiz? To'ydan keyin ichib olib duo ham qilishadi. Axir harom luqma bilan qilingan duo qabul bulmasligini nahot bilmasalar? RasulALLOH s.a.v:"Ey, Sa'd haromdan saqlaning, zero qoringa bir luqma harom kirsa bandaning duosi qirq kungacha qabul bulmaydi" dedilar.
 Hurmatli mo'min musulmon birodarlar! Qayoqqa qarab ketyabmizu, kimga taqlid qilyabmiz? Bir o'tmishimizga nazar solsak yahshi bulardi. Bunday dabdabayu isrofgarchilikni qiyomat kuni javobgarli borligini balki ayrimlarimiz bilmasmiz? Bunday dabdaba va hoyu havaslar haqida bot-bot aytilgan bulsada, lekin amalda ijobiy tarafga uzgarish sezilmayabdi. Bularning hammasi diniy ilmimiz, shariy savodimiz yuqligidan! Ahir qachongacha shunday bid'at bilan yashaymiz? Yohud to'ylarimizning hammasi odamlar nima deydi? deyishlik uchun bulib qoldimi?
 Yozmoqchi bulganlarimni shu yerda muxtasar qilib, ushbu hadis birla yakunlamoqchiman, Nabiy s.a.v.: Agar qaysi bir odam ALLOHning roziligini uylamasdan, bandani roziligni o'ylasa, ALLOH usha odamni, roziligini o'ylagan odam qo'lida xor qiladi." dedilar.
  Yaratgan egam ALLOH barchamizni hidoyat yulidan adashtirmasin! Qalblarimizni iymon nuri bilan nurlantirsin. Faqat O'Zining rozilini topishligimiz uchun kuchli taqvo va sabr ato etsin! Guzal Jannatda O'Zining nurli jamoliga nazar solmog'likka nasibu musharraf aylasin deya duolaringizga muhtoj Shoxruh Mirzo. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Abdulhafiz 15 May 2010, 14:08:17
:as:

Quyidagi postni qo'shni forumda o'qigandim juda ham ibratli voqea ekan bu yerdagilarga ham ilindim(ko'pchilik o'qigan bo'lsa ham kerak).
:bismilloh:
 :as:
Одамлар нима дейди ? Бу гап кундалик турмуш тарзимизни белгилаб берадиган меъёр бслиб қолди афсус..
Яқинда, аниқроғи куз ойлардаги бир воқеани айтиб берай, сзим жуда таъсирланган сдим.
Корхонамизда ксп йил ишлаган бир акахонимиз туйга таклифнома ташлаб кетди. Кенжа қизимни чиқарспман, борасизлар кспчилик бслиб деб тайинлади. Ишхонамизда ксп йил ишлаган, туй куни тонгда корхонадан 5 киши бир жойга йигилиб туйхона томон юрдик.
Йулда кулишиб кетар сканмиз, бир хамкасбимиз туйхонага сқин қолганда "Туй бугун смас шекилли, хеч ким йуға"- деди. Хақиқатан туйхона олдида 2-3 киши турибди холос. Илгари туй қилганларида 1000-1200 одам туйга айтилар. Хизматдагиларни саноғи бслмас сди. Дарвоза олдида 50-60 одам қсл қовуштириб турар сди, уйда 3-4 дастурхончи хизматда бслар сди.
Ае ажаб хайрон қолдик.
А­шик олдида туй қилаётган акахон сзи кутиб олди, келинглар-келинглар дес тсрга кузатди. Туйхонага кирдик 20-25 чоғли одам бир уйда стиришибди. Ош тортилди. Турдик. Табиийки дарвоза олдида, бизга нима хизмат дес хайрлашган бслдик. Шунда бир хамкасбимиз сабри чидамай "Хожи ака, кспчиликни айтмадингизми дейман, одам оз", деб қолди.
Хожи ака мийиғида кулимсираб "Махалладигиларга ош қилиб бердим холос, сйлаб қарасам сша келадиганлар бир коса ошни еб рахмат хам демай, қолмишига шунча одамни айтибди, пули қспда, ундоқ-мундоқ дес хар хил гап қилишади.Сизга схшаган сқин биродарларни айтиб холос туйга деди.
Кейин сшитишимизча хожи ака катта туй қилмай туйни харажатидан кечиб 2500000 сум пулни махалласидаги бир уйлана олмай юрган йигитга бериб, шу болани уйлантириб қуйибди. Хақига жуда кспчилик дуо қилибди.
Мен хам дуо қилдим, шунақа одамлар кспайсин деб.
Одамлар.. Одамлар сса 5-6 кун гапиришди, хожи қарзга кириб қолган бслса керак, бслмаса катта туй қиларди деб. А­шитиб кулиб қусман. Кейин булар хам унут бслди.
А­х одамлар... 
forum.islom.uz (http://forum.islom.uz)
Nom: Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
Yuborildi: Foniy 29 Oktyabr 2010, 11:09:12
Камҳарж никоҳ барака келтиради

Оилавий турмуш баракали бслишини, ҳаёти муҳаббат ва тақволи фарзандлар билан тслашини истовчилар Аллоҳ расули саллалоҳу алайҳи васаллам қуйидаги гапларига амал қилмоғи лозим: "œА­нг баракали никоҳ снг кам харажат сарфланадиган никоҳдир".
А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам сна таъкидлайдиларки, "œА­нг схши аёл маҳри кам аёлдир" (Ибн Ҳиббон ривости).
Яна бир бошқа ҳадисда А асуллуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар: "œСовчиларга тез рози бслиш, маҳрнинг кам бслиши ва тез фарзандли бслиш аёлнинг барака соҳибаси сканидандир" (Канзул Уммал ривости).
Аикоҳнинг дастлабки шарти бслган маҳрнинг кам сарфлашни тарғиб стувчи шариат, албатта, тсй маросимида ҳам камхарж бслишни буюради...

Ҳазрат Суфён Саврий разисллаҳу анҳу айтадиларки, келиннинг сзи билан  нима олиб келганида ксз тиккан куёв сғридир. Ҳаётларининг нури бслган, машаққатлар билан восга етказилган қизларини берганлари учун шукр қилиш срнига куёвнинг келин олиб келадиган матоҳларига ксз тикиши унинг ахлоқсизлигидандир. Худди шунингдек, куёвнинг келин томонга, улардан ҳам ҳадс қайтади, деган умид билан совға жснатиши ҳам номақбул ишдир.
Қиз одатда ота-онасига оғирлиги тушмаслигини истайди. Шундай скан, қиз турмушга чиққанида ота-онаси унга кам нарса берса ҳам ёки умуман ҳеч нарса бермаса ҳам кснглига олмайди. "œАммо қайнонам ва қайин опа-сингилларим мени мазаҳ қилади, одамлар оиламни назарга илмайди", дес қайғуриш мумкин. Куёвнинг ота-онаси келиннинг ота-онасидан рсйхати тузилган матоҳларни кутиши кспчилик мамлакатларда одат бслиб қолган. Улар ҳаттоки келин томондан куёвнинг сзига нималар келиши, куёвнинг отасига, онасига ва ҳар бир опа-сингилу, ака-укаларига нималар юборилиши кераклигини талаб қилади. А сйхатда кутилганидек сарполар берилмаганлиги қуда томоннинг кайфистида келиннинг ота-онасига маълум бслади. Бу одатлар барчаси адолатсиз ва шариатга зиддир.
Шундай скан, ҳар бир аёл шуни ёдида тутиши керакки, срта ёки кеч акаси, укаси ёки сғли уйланганда у ҳам қайниопа, қайнисингил ёки қайнона бслади. Тсйларда сарпо масалалари кстарилар скан, онаси қуда томонга кераксиз сарпо талаблари қсйишига йсл қсймаслиги керак.
Она қуда томонга бирор сарпо талабини қсйса, бу одат адолатсиз сканлигини, қайтар дунё қайтиб келиб, бир куни қизининг қайнона тарафи ҳам худди шундай оғир талаблар қсйиши мумкинлигини тушунтириши керак. Марҳамат фақат Аллоҳдан кутилиши керак. Ўзгаларни кераксиз харажатларга қсйиш Аллоҳнинг кучли ғазабини келтиради.

Муҳаммад Ҳаниф АбдулМажид,
"œМуслима келинга ҳадс" китобидан

Manba (http://www.muslima.uz/node/4390)