forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:44:05

Nom: Abdusodiq Irisov. Chahoryorlar (4 xalifa haqida risola)
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:44:05
Bismillahir rohmanir rohiym

Sharqda to’rt buyuk halifa – chahoryorlarning tarixi tildan-tilga o’tib doston bo’lib kelgan va ko’p rivoyatlar tarqalgan. Sharqshunos olim Abdusodiq Irisov qalamiga mansub ushbu risolada ana shu to’rt buyuk siymo xusisida hikoya qilinadi.

Ma’sul muharrir:
falsafa fanlari doktori
MUTALLIB USMONOV

Taqrizchi:
Iordaniya Qirollik akademiyasi
 va O’zbekiston Xalq akademiyasining a’zosi,
xalqaro Ibn Sino mukofatining sohibi
SHAMSIDDIN BOBOXONOV


MUNDARIJA

Abu Bakr as-Siddiq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg91827#msg91827)
Umar ibn al-Хattob  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg93817#msg93817)
Usmon ibn Affon  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96113#msg96113)
Ali ibn Abu Тolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96951#msg96951)
Xotima o'rnida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96963#msg96963)
Izohlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96969#msg96969)
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:45:42

Abdusodiq Irisov




CHAHORYORLAR

MASHHUR TO’RT XALIFA HAIDA RISOLA





TOSHKENT-1993
O’zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining "œFan" nashriyoti.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:47:28
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!


Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambardan keyin dastlabki to’rt xalifa islomning keng tarqalishiga asosiy rol o’ynagan kishilar edilar. Ularning nomlarini zikr qilish bilangina kifoyalanib qolmay, balki ular haqida kengroq ma’lumotlar tarqatish Islom ma’rifat ahlining burchiga aylanib qolgan. 
Bu yerda zikr qilinadigan to’rt halifa haqida Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambarning hadislari ham bor. "œHaq taolo, - do’stlarimni butun insonlarga fazilatli qilib yaratgan. Bu do’stlarim ichida to’rt kishi — Abu Bakr, Umar, Usmon va Alining fazilatlarini yuqori etdi. Ularni do’stlarimni eng yaxshisi qildi". Yana boshqa yerda keltirilgan hadisi sharifda "œdo’stlarim go’yo yulduzlar singarilar. Qaysi biriga ergashsangiz, to’g’ri yo’lni topursiz", deydilar.
Birinchi hikoyamiz — hulafoyi roshidiyn — to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi halifalarning avvalgisi sanalmish Abu Bakr as-Siddiq haqida

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:49:45
ABU BAKR AS-SIDDIQ

Islom olamida Payg’ambarimiz Muhammad Alayhi vassallomdan so’ng eng mashhur yirik siymo — Abu Bakr as-Siddiqiydir. Uning asl ismi Abdulloh ibn Abu Kuhofadir. Islomni dastlab qabul qilgan va keyinchalik uning yirik namoyandalaridan biri bo’lib qolgan zot — shu Abu Bakr payg’ambarga o’ta sodiq, o’ta fidokor kishilardan bo’lgan. Uning hayot yo’li boshqalarga ko’p jihatdan o’rnak bo’ladigan, ruhi tetik, yurish -turishi ibratomuz, sadoqatparvar, ko’pchilikning hurmat-ehgiromiga sazovor bo’lgan.
Abu Bakr milodiyning 572 yilida Makkada dunyoga kelib, 634 yili vafot etadi. Islomdan oldingi nomi unut bo’lib, unga Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambar bergan nom — Abdulloh bilan atalib yashadi. Otasining oti Usmon, uning kunyasi1 Abu Kuhofa deb mashhur bo’lgan. Onasining oti Salma, uning kunyasi Um-ul-xayr (yaxshilik onasi)dir. Abu Bakr aslida payg’ambarimiz bilan ilk suxbat qurganlardan biri bo’lib, tonggi namozni doimo u kishi bilan birga bajo keltirgani uchun Abu Bakr (Тong otasi) deb ataladi.
Bu kishiga hurmatan aytiladigan gaplardan biri shuki, unga payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)  doim: «Sen Allohning jahannamdan uzoqlashtirilgan bandasisan. Kimki jahannam o’tidan uzoq turuvchi bir kishini ko’rmoq istasa, Abu Bakrning yuziga qarasin!»— der ekanlar.
U kishi juda to’g’ri so’z, payg’ambarga g’oyat sodiq bo’lganidan hamda payg’ambar hadislarini boricha, o’zidan biror so’z qo’shmay naql etganligidan «Siddiq» («to’g’ri») deb atalgan. Abu Bakr Siddiq Islomni qabul qilmasidan ilgari ham o’zining odamlarga mehr-oqibati, kambag’allarga ko’makdosh, ularga shafqat va marhamati bilan tanilgan kishi edi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:51:10
Johiliyat davrida ko’pchilik odamlar sanamlarga sig’inar, sig’inmaydiganlari esa barmoq bilan sanarli bo’lgan. Ana shunday «barmoq bilan sanaladigan» shaxslarning biri Abu Bakr edi. Kitoblarda naql etishlaricha, bu kishi u davrda sanamlarga sig’inganlardan xatto nafratlanib yurar ekanlar.
Islomdan avval Abu Bakr Makka shahrida «xun»ni olib   beradigan   bir   lavozimda   bo’lgan.   Bunda   kimki birovni o’ldirib qo’ysa, o’ldirganning jazosini belgilash, qotil o’ldirilgan odam haqqini to’lashi yoki da’vogar qotilni o’ldirishi kerak edi. Bordiyu ikki tomon kelishtirilguday bo’lsa, u holda mablag’ to’lab qutulish ham mumkin edi. Bunday ma’suliyatli ishning boshida o’ta adolatli, sermulohaza kishi turishi lozim ko’rilardi. Abu Bakrday insofli, tadbirkor kishining bunday katta ahamiyatga molik ishga bosh-qosh bo’lishi esa ko’pchilikning manfaatiga mos kelar edi.
Saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko’ra, Abu Bakr islomdan oldinlari ham payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)  bilan lozim do’st edi, ular birgalikda savdo karvonlarida sayohatda ham bo’lganlar.
Bir kuni Abu Bakr tush ko’ribdi. Qarasa bir to’lin oy ko’kda suzib yuribdi. Ko’z tikib tursa, usha oy Makka shahri tomon suzib kelibdi, keyin u kichik-kichik shu’lalarga aylanib, parchalanib, butun shahardagi uylarga kirib ketibdi. Hayron bo’lib qarab turganicha ketibdi. Тushini ba’zi do’stlariga so’zlab ham beribdi. Ular Abu Bakrga yaqin kelajakda Makkada muhim bir hodisa yuz berishi kerakligi, bunda uning ham ulushi bo’lajagi, bu tushni ko’rish nasib bo’lganidek, yuz beradigan o’sha hodisalarda ham bu kishining nasibasi borligini aytibdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:52:17
Kitoblarda naql qilinishicha, payg’mbarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ga vahiy kelgan kezlarda Abu Bakr tijorat ishi bilan Yaman tomonga ketgan bo’ladi. Safardan qaytgach, Abu Bakr bilsa, odamlar orasida mish-mish tarqalgan, hammaning og’zida payg’ambar, unga vahiy kelganligi va u kishining dushmanlari Abu Bakrni u kishidan sovitish maqsadida har xil bo’xtonlarni tarqatayotgan ekan. Ular Abu Bakrni musulmon bo’lishdan qaytarish tadorigini ko’rib shunday siyosat tutayotgan ekanlar.
Ammo Abu Bakr as-Siddiqning fikr qilish tarzi o’ziga xos edi, mulohaza doirasi keng, dovyurak kishi edi. U safardan qaytgach, bo’lgan voqyeani odamlardan surishtirdi.
—   Men   yo’g’imda   nima   bo’ldiyu, qanday hodisa yuz
berdi, — deb surishtirdi.
—   Yo’g’ingda qiziq hodisalar yuz berdi, bundan sening xabaring yo’q. Abu Тolibning yetimi Muhammad payg’ambarlik da’vosini qilib yuribdi,— degan javob oldi.
—   Тo’xta, to’xta, bu da’voni kimdan eshitding?— deb
so’radi u.
—   Muhammadning o’zi gapirdi,— deyishdi.
—   Rost,— dedi   boshqasi,— o’zi shunday deb sanamlarimizni yomonlab yuribdi.
—   Uning   o’zi   so’zladi,   dedingmi?— deb qaytadan so’radi Abu Bakr.
—   Ha,  o’zi gapirdi, o’z qulogim  bilan  eshitdim,— dedi u.
—   Agar o’zi aytgan bo’lsa — to’g’ridir, hozir qaerda u kishi?— deb so’radi Abu Bakr.
—   O’zining uyida,— deyishadi.
Abu Bakr kiyinib, darhol do’sti huzuriga otlandi. U kishi bilan hol-ahvol so’rashib turib:
—   Payg’ambar bo’lganing to’grimi?—deb so’radi.
—   Ha, to’gri, Abu Bakr, men senga va sen kabi insonlarga elchi bo’ldim. Odamlarni Allohga ibodat qilishga va sanamlarga sig’inmaslikka da’vat etmoqchiman.
Abu Bakr bir dam hayolga cho’mib turdiyu Allohdan Muhammadga vahiy kelganini eshitib darhol imon keltirdi. Shu bilan u kishi islomni birinchi qabul qilgan ulug’ zot bo’ldi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:56:32
Abu Bakrning o’sha davr mezoniga ko’ra qirq ming dirham jamg’armasi bor edi, bu davlatning hammasini islom uchun sarf eting, deb payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga topshirdi. U islomni qullab-quvvatlab, ham moddiy, ham ma’naviy yordam berishga kirishdi. Hatto uning vositasi va sa’yu-harakati natijasida bir qancha makkaliklar islomni qabul qildilar. Bulardan bir k,ismi, chunonchi, Usmon ibn Affon, Тalha bin Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Raqqos Abu Ubayd ibn Jarroh, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf kabilar islom tarixida muhim xizmatlar ko’rsatgan buyuk zotlar sanaladi. Abu Bakr vositasi bilan yana qanchadan-qancha kishilar islomni qabul qildilar. Shu bilan birga muxolif kuchlar ham jim turmas, ular ham islomga kirganlarni bu yo’ldan qaytarib, ularni o’zlari yurgan noto’g’ri yo’lga solishga urinar va bu yo’lda bor kuchlarini, molu dunyolarini sarf etar edilar.
Islomni barqaror etish ishi uchun payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning uylarida yig’ilish qilinar edi. Bu xil yig’ilishlar janobi payg’ambarimiz (sallallohu alayhi vassallam)   rahbarliklarida Abu Bakr vositasi bilan to’planar va islomni yanada keng yoyish rejalari tuzilar edi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 30 Noyabr 2007, 11:58:28
Bir kuni musulmonlar Abu Bakr maslahati bilan Ka’baga bordilar. Abu Bakr u yerda turgan mushrikiylarga yaqinlashib:
—Sanamlarga sig’inmanglyar,  yakkayu-yagbna  Allohga imon keltirib, musulmon bo’linglar,— dedi.
Mushrikiylar darhol yopirilib, ular rahnamosi Abu Bakrni yerga yotqizib urishga, tepishga tushdilar, yuz-ko’zini qonga beladilar, ammo tarafdorlari Abu Bakrni qutqaradi. Behosdan qilingan hujum va kaltak zarbidan u behush bo’ldi. Uyiga olib kelishdi va ahvoli durust bo’lgancha bir necha kun yotdi. U sal uziga kelib, ko’zini ochgach, alaxsirash asnosida birinchi aytgan gapi shu bo’ldi:
—   Rasululloh qalay? Unga bir narsa bo’lgani yo’qmi?
Onasining ko’z yoshi bilan:
—   Biror narsa yeb-ichasanmi?— degan so’rog’iga yana:
—   Rasululloh  qaerda?  Uning  ahvoli qalay?— deb
so’rar va yana ko’zini yumib uyquga ketardi.
Onasi hech narsadan xabari yo’qligini aytganda, u yana ko’zini ochib:
—   Darhol Umar ibn al-Хattobning qizi Ummu Jamil oldiga bor, undan Rasulullohning hol-ahvolini so’rab kel— dedi.
   U payg’ambar haqida ma’lumot olmagunicha, xotirjam bo’la olmas, o’z ko’zi bilan ko’rib, unga biror zarar yetmaganiga ishonch hosil qilmoqchi edi. Nihoyat ular ko’rishadilar, yuz bergan hodisadan afsuslanib, quchoqlashdilar. Abu Bakr payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) bilan ko’risharkan, ko’ziga yosh oladi. Payg’ambar uni bag’riga bosib, o’pdi, hatto bu holini ko’rib, uning ham ko’zi yoshlandi. Muhammad(sallallohu alayhi vassallam) bu kishidagi ulug’vorlik, sodiqlik va mehru oqibatni hurmatlardi, doim u kishi bilan kengashardi. Ular shunday yaqin edilarki, hatto urush chog’ida ham, tinchlik damlarida ham birga bo’lardilar. O’rtadagi bu hamdamlik Abu Bakrning qizi Oyshaga Muhammad(sallallohu alayhi vassallam)ning uylanishi bilan yana oshib ketdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Dekabr 2007, 09:02:22
Islom manba’larida ta’kidlanishicha, Abu Bakr islomni qabul qilgach ko’pdan-ko’p muhim va hayrli ishlar qildi, aholi o’rtasida islomga da’vat qilish ishlarini keng ko’lamda olib bordi. Bu kishining da’vati bilan ko’p odamlar islomni qabul qildilar. Bir turli odamlar islomni qabul qilmagan bo’lsalarda, ammo uning da’vat etilishiga qarshilik qilmadilar, ularning ko’pi keyinchalik musulmon bo’ldilar.
Zotan Muhammad(sallallohu alayhi vassallam)ning o’zlari ham do’sti va suxbatdoshlarining orasida eng muhtaram, serfazilat kishi Abu Bakr ekanligini, uni juda hurmat qilishlarini va mulohazalari bilan hisoblashishini gapirib yurar edi.
Shunisi aniqki, der ekanlar paygambar(sallallohu alayhi vassallam), do’stlarim ichida menga eng ko’p ehson qiladigani Abu Bakrdir. Agar ummatim orasida o’zimga bir do’st topgan bo’lsam, o’sha kishi Abu Bakrdir. Bilinglarki, islomiyat borasida topilgan yaqinlik shaxsiy do’stlikdan afzaldir.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Dekabr 2007, 09:06:19
Muhammad payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etgach, mahid qo’yilgan joyga Abu Bakr kirib yig’ilganlarga qarata dedi:
«E, xaloyiq! Muhammad payg’ambarga ummat bo’lganlar bilsinki, u vafot etdi. Ammo, Allohga imon keltirganlar bilib qo’ysinlarki, U o’lmaydi. U abadiydir!» So’ngra Qur’oni karim oyatini uqidi: «Muhammad faqat elchidir, ungacha ham elchilar bo’lgan. Agar u vafot etsa, yoki o’ldirilsa, nahotki sizlar orqaga qaytasizlar? Kimki orqaga qaytsa, u Allohga hech zarar keltirilmaydi, shukr qilganlarga esa Alloh O’z ajrini beradi» (Oli Imron surasi, 144-oyat).
Shundan so’ng yig’ilganlar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ni dafn qilish marosimiga tayyorgarlik ko’rishga kirishdilar. Nihoyat dafn marosimi ham bo’lib o’tdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Dekabr 2007, 09:11:51
Endi har bir davr, har bir zamonda bo’lganidek, bu paytda ham bir sarkor, bir ish boshi, rahbar bo’lishi kerak edi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) islom dini bayrog’i ostida odamlarni to’pladi, shaharlar, mamlakatlarda xayrixohlar chiqib, islom olami ancha kengaydi, tevarak-atrofga qanot yoydi, ammo ulug’ dohiy, rahnamo vafot etgach, unga endi boshqa bir yo’lboshchi bo’lishi kerak edi. Bu masala barcha sarkardalar nazdida ko’ndalang turardi. Bunday boshliq bo’lishga da’vogarlar ham ko’plab chiqdi, ular o’z da’volarini isbotlashga urindilar. Shu orada qanchadan-qancha sohta, yolg’onchi payg’ambarlar paydo bo’ldi, ma’lum qabila yoki guruhga boshchilik qilib, butun mamlakat taqdirini qo’lga olmoqchi bo’lganlar ham topildi. Ularning ba’zilari mamlakatga rahbarlik qilishni da’vat qilishga urinardilar. Ulardan bir guruhi «namozni uqiymiz, ro’zani tutamiz, ammo zakot bermaymiz» degan aqidani ko’tarib chiqadilar. Bunday sharoitda siyosat olib borish ham ancha mushkul edi.
Bu orada islom rahnomolari —mashhur sahobalar maslaxatga to’plandilar. Bunda kim davlatga boshliq bo’ladi, degan masala muhokama qilindi. Bir tomonda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) amakivachchasi va kuyovi Ali ibn Abu Тolib turar va uning tarafdorlari ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga qarindoshligi jihatidan, ham u kishiga kuyovligi jixatidan uni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’rniga o’tkazishni istashar edi. Muhammad(sallallohu alayhi vassallam)  esa o’zidan so’ng kim o’rinbosar bo’lishi haqida hech qanday ochiq ko’rsatma bermagan edilar.
Ammo bu qiyin masalada fikr-andisha ishga tushdi. Odamlar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bilan bo’lgan voqealarni, u kishining so’zlarini esladilar va payg’ambar aytgan o’sha ibratli so’zlardan xulosa chiqardilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Dekabr 2007, 09:13:10
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) davrlarida zakot degan yig’im bo’lardi. Bunda tushgan daromadning qiriqdan birini musulmonlar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga keltirib topshirar, u kishi ra’yi bo’yicha bu daromadlarni musulmonlar jamoasining zaruratlariga sarf qilishar edi. Shu holni nazarda tutib, sahobalar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan so’rashibdi:
—   Sizdan keyin zakotlarimizni kimga beramiz?
—   Abu Bakrga beringlar,— dedilar.
—   Undan keyin kimga beramiz?—deb so’rashganida:
—   Umarga,— dedilar.
—   Umardan   keyinchi,— deb so’ralganda, u kishi(sallallohu alayhi vassallam):
—   Usmonga,— deb javob berganlar.
Demak islom olami sanalgan mamlakatda kim birinchi shaxs ekanligi bu so’zlardan birmuncha ayon bo’lib qolgan edi. Bundan Abu Bakrni Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’rinbosari, ya’ni xalifa bo’lishi lozimligini anglab yetdilar. Bu yerda hozir bo’lgan sahobalarning birortasi ham bunga qarshi bo’lmadilar.
Yana shunday bir voqea ham bunday qaror bo’lishiga sabab bo’lgan ekan. Sahihi Buxoriy asarida keltirilishicha, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) hasta bo’lganliklari uchun u kishi amri bilan Abu Bakr as-Siddiq imomligida bomdod namozi o’qilayotgan ekan. Shu payt payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’z xonalaridagi pardani xiyol ochib, tapqariga nazar solibdilar: do’stlari imomligida namoz o’qilmoqchi bo’lib turilgan ekan. Bu holni ko’rib, sevinib kulib qo’yibdilar. Shu payt Abu Bakr as-Siddiq payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)  derazasiga qarab qo’yadi. U kishi payg’ambar namozga kelib, imomlikka o’tsalar kerak, deya taraddudlanadilar. Ammo payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) namozni o’qiyvering, ishorasini qilib, ohista deraza pardasini tushirib qo’yadilar. (Ahmad Foruh, Ashobi Kirom. Istanbul, 1988, 171-6). Shu kuni   payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etadilar3.
Yana sahobalar shunday voqeani ham esga olishgan ekan. Hadis olimlarining so’zlariga ko’ra, bir ayol payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan bir narsani so’rab olsam maylimi, debdi. U kishi, mayli, so’ra, debdi. Shunda xotin:
—   Yo   Rasululloh,   bir   narsa   so’ramoqchi   bo’lsamu,
lekin sizni topolmasam, nima qilaman?— debdi. Shunda
payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) unga:
—   Meni topolmasang, Abu Bakrdan so’ra,— deb javob
beribdilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Dekabr 2007, 09:14:20
Тarixchilarning ko’rsatishicha, Abu Bakr payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)ning misoli bir vaziri edi, barcha ishlarni u kishining maslaxati bilan bajo keltirardilar va haqiqattan ham u kishi payg’ambardan keyingi yirik shaxs edi. Hatto dushmanlardan qochib, g’orda bekinganida ham, mashhur Badr urushi paytida ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)  bu kishi bilan birga bo’lganlar. Birga bo’lgan vaqtlarida payg’ambar u kishi o’rniga boshqa hech kimni oi’tqazmas ekanlar. Umar ibn al-Хattob haqida ham payg’ambarimiz ko’p iliq so’zlarni deganlar. Тermiziyda zikr etilgan Aqoba ibn Omirning keltirgan hadisida aytilishicha, Rasululloh (sallallohu alayhi vassallam) "œMendan keyin payg’ambar keladigan bo’lganda edi, u holda Umar ibn Хattob payg’ambar bo’lib kelardi" deganlar. Bunda ul zotning Umarga bo’lgan katta hurmati va yuksak bahosi ifodalanganlar.
Mashhur muhaddislardan Ibn Mojaning keltirishicha, Anas ibn Molikda shunday gap bor.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan so’rashibdi:
—   Aytingchi, eng yaxshi ko’rganingiz kim?
—   Oysha,— debdi u kishi.
—   Erkaklardan-chi,— deb so’rashganda.
—   Oyshaning otasi,— deb javob bergan ekanlar.
Ma’lum bo’ladigan mulohaza shuki, paygambarga eng
yak,in zotlar Abu Bakr bilan Umar ikkalovi ekan.
Islom tarixchilarining ko’rsatishlaricha, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) anjumanda bo’lganda hech kim u kishiga tik qaray olmas ekan. Faqat Abu Bakr bilan Umar u kishiga qarab so’zlar, ba’zan o’zaro kulib gaplashib o’tirishar ekan.
Bir gal do’stlar orasida payg’ambar o’z yaqin odamlarini fath etilgan mamlakatlarga yuborishi va u yerlarda islom tartibi o’rnatilishi haqida gapirib qoladilar. Shunda kimdir:
—   Abu Bakr bilan Umarni ham yuborasizmi?— deb
so’rab qoladi. U kishi esa:
—   Yo’q, bular ikkalasi doim yonimda bo’ladi, bular
misoli   mening   qulog’imu   ko’zimdur,— degan   ekanlar.
Bir kuni Abu Bakr bilan Umar qo’qqisdan sahobalar bilan suhbat qurib o’tirgan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)  huzurlariga kirib qolishadi. Shunda payg’ambar oi’tirganlarga qarab:
—   Хudoga shukrki, bu ikkovi meni baquvvat qildi,—
deganlar.
Mana shu kabi ko’p fikr va mulohazalar o’rtaga tashlandi.   Boshliqlik kursisiga da’volar va bular jarayonida bahslar paydo bo’ldi. Ko’p bahslardan so’ng Abu Bakr nomzodiga to’xtalinganday vaziyat yuzaga keldi. Shunda sahobalardan Abu Bakr tarafdori bo’lib gapirganlar dalili boiqalardan ustun keldi.
Ularning bir dalili shu edi. Ya’ni yuqorida eslaganimiz: "œBugun namozga Abu Bakr o’tib bersinlar",— degan so’zlari asos bo’ldi. Shunda Abu Bakr imomlikka o’tib, namozni ado etganlar. Bu hol namrzxonlar xotirasida qoladi. Nega payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’zlari imomlikka o’tmay, Abu Bakrni o’tkazdilar. Nega boshqa bir odamga — Umargami, Usmongami, Aligami, yo biror botshqaga tayinlamay, aynan Abu Bakrga tayinladilar — bu ham odamlar mulohazasida edi. U kishi haqida hech narsa demasdan qo’qqisdan shunday dedilar, demak, boshqalarga nisbatan u kishida ustun bo’lgan yaxshi hislatni ko’rgan, bilganlar. Shundan bu yo’lni tutganlar.
Хullas ko’p mulohazalardan keyin payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga o’rinbosarlikka Abu Bakr loyiq topildi, shundan xalifalik lavozimi yuzaga keldi va birinchi bo’lib bunga Abu Bakr sazovor bo’ldi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Dekabr 2007, 09:15:59
Abu Bakr davrida ko’p o’lkalar zabt etildi, Dajla va Frot daryosi o’rtasidagi o’lkalar egallandi, nixoyat Eronga ham askar yuborildi. Vizantiya tomonga ham yurish qilishdi. Bu vaqtda Vizantiya qo’shinida ikki yuz ming askar bor edi, arablarda esa bor yo’g’i o’n ming askar bor edi, xolos. Sarkarda Хolid ibn Valid Shom (Suriya) tomonga yurish qildi. U Busra amirligiga yurish qildi, uni va uning atroflarini egallab, askarlari soni dushmanga nisbatan oz bo’lishiga qaramay, zafar qozondi. Abu Bakrning qisqa xalifalik davrida islom mamlakati bir muncha kengaydi.
Qur’onni tartibga tushirish va uni bir jild holiga keltirish ishiga ham birinchi bor Abu Bakr kirishadi. U Qur’onni tartibga tushirish uchun bir hay’at ham tashkil etadi.
Abu Bakr payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) yo’lini mahkam tutar, har bir muayyan masalada u kishining yo’rig’i bilan ish ko’rar edi.
Abu Bakrning olti farzandi bor edi. Ularning uchtasi ug’il va uchtasi qiz edi. Bular — Oysha, Abdulloh, Asmo, AbdurRahmon, Ummu Kulsum va Muhammad bo’lib, katta o’g’il Abdulloh yoshligida vafot etib ketgan, qolgan o’g’illari oila qurib, bola-chaqa qilganlar. Oysha payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning zavjayi muhtaramalari bo’lgan. Asmoga sahobalardan bo’lmish Zubayr, Ummu Kulsumga esa Тalha uylangan edilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:21:54
Suriya yurishi kezida Abu Bakr qattiq kasalga chalinib qoladi. Shunda u kishi behosdan undan so’ng xalifalikka kim o’tirishi haqida bosh qotiradi. Uni ko’rgani kelgan safdoshlari bilan kengashadi, turli muloxazalar o’rtaga tashlanadi, hech kim nomzod ko’rsatishga jur’at etmasdi. Abu Bakr nomzod qilib Umarni ko’rsatadi. Buni eshitib hamma sukutga ketadi. Bu orada ba’zi saxobalar Umarning qattiqqo’lligi, bir so’zligi, o’z fikridan qaytmasligi bor, deb undagi yutuq va kamchiliklarni o’rtaga tashlaydilar. Ammo ko’pchilik uning nomzodini ma’qul topadi. Shu bilan Abu Bakr Umarni chaqirtirib, taqdiri iloxiy ila mabodo unga jon taslim qilish vaqti kelsa, hech qanday g’alago’vurga yo’l qo’ymay, u kishi xalifalik kursisiga o’tirishi zarurligi, yana o’lkalarni zabt etib, u yerlarda islomni yoyish kerakligi haqida vasiyat qildi. So’ngra o’zini ham payg’ambar yoniga ko’milishini vasiyat qildi.
Abu Bakrning janozasi jamoat jam bo’lgach, payg’ambar, hujrasi bilan minbari o’rtasidagi Ravza (jannat, bog’) deb atalgan maydonda o’qildi.
Shunday qilib payg’ambardan so’ng xalifalik kursisiga o’tirgan ochiq chehrali, yumshoq ko’ngil, salobatli, dovyurak, taqvodor, butun mol-dunyosini islom yo’lida sarf qilishga bel bog’lagan fidoyi Abu Bakr as-Siddiqni tabarruk yer o’z bag’riga oldi. Uning qabri ham payg’ambar qabri yonida, ular ikkisi qabrda hamsoya bo’lib qoldilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:22:14
Islom tarixida Abu Bakr bilan payg’ambar hayotiga doir ko’p voqealar qayd etilgan. Hatto mushrikiylar g’olib kelganda, ulardan yashirinib bir g’orga berkinganlari va g’orda bir necha kun qolib ketganlari Qur’onning to’qqizinchi Тavba surasida zikr, etilgan: «Agar sizlar Unga (ya’ni Muhammadga) yordam bermasangiz, lekin Alloh unga yordam berdi. Kofirlar uni (Makkadan) haydaganlarida g’orda yashirishgan ikki kishidan biri u edi. U o’z hamrohiga «Qaygurma, Alloh biz bilan» degandi. Uning ustiga Alloh taskinlik tushirdi, sizlarga ko’rinmaydigan lashkar bilan qullab-quvvatladi, kofir bo’lganlarning so’zlarini tuban qildi. Allohning so’zlari esa balanddir. Alloh qudrat va xikmat sohibidir» (9, 40).
Naql qilishlaricha, dushmandan berkinib g’orda Abu Bakr bilan payg’ambar uch kun o’tirishadi. Abu Bakrning qizi Asmo g’orga yemak-ichmak keltirib turadi. Abu Bakrning ug’li Abdulloh ham ularga zarur narsalar keltirib, bularning holidan xabar olib turar edi. Ular faqat kecha qorong’usida kelishar, kunduzlari esa yaqin yo’lamas edilar.
Oradan uch kun o’tdi va payg’ambar bilan Abu Bakrning iziga tushgan mushrikiylar tinchigach, ular Madina shahri tomon yo’l oldilar. Shu tariqa Madinaga ko’chdilar. Bu ko’chish, ya’ni xijrat yangi bir taqvimga boshlanma sifatida islom tarixiga kirib qoldi. Musulmonlar o’z kalendarlarini shu ko’chishdan boshlaydigan bo’ldilar.
Abu Bakr Madina shahriga ko’chgach ham doimo payg’ambar bilan birga bo’lib, undan uzoqlashmadi. Unga doimiy bir sadoqat bilan hamroh bo’ldi. Abu Bakr hech qachon u kishining gapini ikkita qilmas zero ul zotga tamoman ishonib kelgan edi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:22:50
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etganida Abu Bakr u kishining yonida bo’lmagan, boshqa joyda bo’lgan. Bu habarni eshitib, darhol mayyit yoniga yetib boradi va yuzlariga yopilgan pardani ko’tarib, uning peshonasidan o’padi. Keyin bir ho’rsinib vazminlik bilan deydi:
—   Barchamiz  Allohning  bandalarimiz va albatta, Uning huzuriga qaytamiz, ota-onam singa fido bo’lsin, sin hayot chog’ingizda go’zal edingiz, o’lgan chog’ingda ham go’zalsin. Haq Тaolo singa bu o’lim shiddatini ikkinchi bor
yubormaydi. Peshonada bo’lgan bu o’lim so’qmogini o’tishga otlanibsiz.
Ammo do’stu dushman degandek, u kishiga ta’na toshini otadiganlar ham chiqib:
—   Agar u chindan ham Alloh elchisi bo’lganida, o’lmagan bo’lar edi,— deyishdi.
Buni eshitgan Umar darg’azab bo’lib, qilichini qinidan sug’irdi va odamlarga qarab:
—   Payg’ambar o’lmagan, kim bunday deydigan bo’lsa, qilich bilan bo’yniga ururman,— dedi.
Bu holni ko’rgan Abu Bakr darhol Umarning yoniga keldi, u bu so’zlarini qayg’u-alam ustida aytganini payqab, qarshilik qilganday ohangda dedi:
—   Payg’ambar hayot vaqtida Alloh uning ulishi haqida habar bergan edi. Payg’ambar o’ldi, faqat Allohning o’zigina abadiydir.
Shundan keyin u Qur’oni karimdan Oli Imron surasining 144-oyatini o’qiydi (Yuqorida bu oyatning tarjimasi keltirildi).
U so’zida davom etib, bosiqlik bilan shularni aytdi:
—   Allohning dini yashaydi, qo’limizda Alloh kitobi bor. U misoli nur va dardimizga shifodir. Alloh payg’ambarni shu Qur’oni karim bilan to’gri yo’lga solgan, halol va harom qilgan narsalari ham uning ichida.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:23:13
Abu Bakr birinchi xalifa deb e’lon qilishingan kunning ertasiga masjid minbariga chiqdi va kamtarona ma’ruza qildi:
—   Ey insonlar! Men sizlarning eng yaxshilaringiz bo’lmaganim holda sizlarga  amir  bo’ldim. Qur’on va payg’ambar sunnati bizga o’rgatildi. Хalifalik lavozimida  men uchun biror bir rohat bo’lmaydi. Kuchim yetgancha bu og’ir ishni bajo keltiraman. Bu vazifani ado etish uchun yana ham kuchli bir kishining kelishini
istardim. Vazifamni durustroq bajo keltirishim uchun menga yordam beringlar,   mabodo noto’g’ri yo’lga kirib qolsam, to’gri yo’lga solinglar. Тo’grilik omonatdir,
yolg’onchilik xiyonatdir. Men Allohga va Uning elchisiga itoat etganimdek sizlar ham menga itoat etinglar. Alloh va Uning elchisiga isyon ko’tarsam, menga itoat qilishingiz kerakmas. O’zim va sizlar uchun Allohdan gunohimizni kechirishini so’rayman.
Ba’zi kitobnavislar «Abu Bakrni davlat raisi va payg’ambarning xalifasi — o’rinbosari edi» deyishardi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning zavjayi muhtaramalari bo’lgan Abu Bakrning qizi Oysha otasining xalifa bo’lganligi haqida gapirib shunday degan:
—   Bu vazifa shunday bir og’ir yuk ediki, agar u tog’ tepasiga tushganda, u   ham cho’kardi, yo parcha-parcha bo’lardi. Bu ishga Abu Bakrday salohiyatli odam bardosh berdi, Allohning madadi va mo’minlarning qo’llab-quvvatlashi  tufayli   uni o’rniga qo’ydi. Xalifaligi davrida sahobalar unga keragicha maslahatlar berib
turdilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:23:33
Buyuk shaxslarning vafoti munosabati bilan unga nisbatan mehr-oqibatda bo’lganlar albatta, shunday tashbehlar ishlatganlar, boshqalar lafzida aytilmagan
o’ziga xos o’xshatish, so’z-iboralar ishlatganlar. Ammo Abu Bakr o’z vazifasiga juda jiddiy yondoshuvchi va har bir ishga sidqidildan munosabatda bo’ladigan odam edi.
Bir kuni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) sahobalardan so’rab qoldilar:
—   Qani aytinglar-chi, bugun qaysi biringiz ro’zasiz?
Hamma jim, sukutda edi.
—   Men, yo Rasululloh,— deb javob berdi shunda Abu Bakr.
—   Kim bugun janozaga bordi?— deb so’radilar.
—   Men,— debdi Abu Bakr.
—   Kim bugun bir faqir kishining qornini to’yg’azdi?
—   Men to’yg’azdim,— dedi Abu Bakr.
—   Qaysi biringiz hasta kishini ziyorat etdi?
—   Men, - deb javob berdi Abu Bakr.
Payg’ambar bu javoblardan ma’mnun bo’lib:
—   Bu hislatlar kimda to’plansa, o’sha kishi jannatga kirur,— dedilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:23:54
Abu Bakr ko’p hushovoz edi. U Qur’onni yaxshi tilovat qilardi. U kishining tilovati shu daraja ta’sirli bo’lardiki, hatto uni o’qiyotganda ko’zlaridan tirqirab yosh oqardi, eshitayotganlarning ham ko’zlaridan yosh to’kilardi.
Abu Bakr as-Siddiq shunday ko’p xislatli bir odam edi.
Abu Bakr xalifalik lavozimiga o’tirgach, ishga jiddiy kirishdi, har bir holatda ehtiyotkorona ish tutdi. U kishi har bir amalga loyiq kishini suyishga harakat qilar edi. U kishi amaldorlarga derdi:
—   Bir narsani qilaman dedingmi, qil, so’z bergandan keyin va’dangni o’rniga qo’y. Ogohlantirishdan qo’rqma, faqat shunisi borki, bir ishni bajo keltirish borasida nimani so’zlab, nimani so’zlamaganingga diqqat qil. Aybdorga zarur jazodan ortiqchasini berma. Aybdorga jazo berish haqiqat bo’ldimi, uni kechiktirma.
Abu Bakr xalifa bo’lgandan so’ng ham oila harajatini davlat mablag’idan olmay, o’z hissasidan, jamg’armalaridan sarf qilib yurdi. U kishining aksar mablag’i savdo-sotiq ishidan kelardi.
Хalifalik taxtiga o’tirgandan so’ng, bir kuni u bozorga ketayotgan edi, yo’lda Umarni ko’rib qoldi. Hol-axvol so’rashib bo’lgach Umar u kishiga davlat xazinasidan ehtiyojlari uchun maosh olishi zarurligini aytdi. Shundan so’ng ikki yil davomida xazinadan maosh olib yurdi. Ammo vafotidan oldin barcha olgan maoshlarini o’z merosidan to’ladi. Shu tariqa Abu Bakrdagi bu xislat boshqalarga o’rnak bo’lib qoldi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafotidan so’ng Yamoma, Yaman kabi bir qator o’lkalarda isyon ko’tarildi. Ularning boshliqlari o’zlarini payg’ambar deb e’lon etdilar, bu holat islomga katta zarba beradigan darajada edi. Bu isyonchilarning hammasi payg’ambar vafotini kutgan edilar va fursat kelgach, undan o’z vaqtida foydalanmoqchi bo’ldilar.
Abu Bakr ahvolni payqab, ular huzuriga islom ulug’lari va sarkardalaridan Holid ibn Valid, Muhojir ibn Abu Umayya, Amr ibn al-Os kabilarni jo’natdi va bo’lajak fitnaning oldi olindi. Abu Bakr islom kuch-quvvatini kuchaytirish maqsadida ko’p qo’shinlar xozirlash tadorygini ko’rdi. Bulardan bir qismini Хolid ibn Valid boshchiligida Iroq tomon yo’lladi. Ular Iroqda islom bayrog’ini tikdilar. Iroq qo’lga kirgach, Хolid ibn Validni Suriyaga yo’lladi. Ammo Shomning bir qismi qo’lga kirar-kirmas Abu Bakr dunyodan ko’z yumdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:24:08
Abu Bakr nomi ila bog liq bo’lgan muhim ishlardan yana biri shu ediki, payg’ambar vafotidan so’ng bir qancha arab qabilalari islom dinidan chiqa boshlagan edi. Bu borada yaxudiylar, masihiy-xristianlar va boshqa xalqlar ham payg’ambar vafotini bahona qilib, harakatga keldilar, odamlarni islomdan saytarmoqchi bo’ldilar. Bu ishda Abu Bakrning tadbirkorligi qo’l keldi, uning tutgan siyosati natijasida musulmonlar birmuncha yengil tortdilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:24:26
Abu Bakrning ulkan ishlaridan yana biri Qur’on suralarini to’plash bo’lgan edi. Bu kishi Makka va Madina davrida nozil bo’lgan oyatlarni to’platdi, ularni yozdirdi. Qur’on oyatlarini payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan eshitgan savodli kishilar qog’oz parchalari, terilar, yassi oq toshlar, tuyaning kurak suyaklari, xurmo daraxti po’stlari kabilarga yozib olgan edilar. Abu Bakr yozilgan barcha parchalarni to’pladi, ularni bir joyga yig’dirdi. Ular ustidan nazorat o’rnatdi. Bundan tashqari Qur’onni yod bilgan hushovozlarni to’plab, ular bilgan sura va oyatlarni o’qitib, ularni yozdirib oldi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayotlik davrida Qur’on asosan yozuvlarda va hushovoz  hofizlarning yodlarida saqlangan va to’plangan edi. Shungacha Qur’on oyatlarini yaxshi yod biladigan hofiz-sahobalarning ko’pligi tufayli uni tartibga tushirish va kitobat qilishga zarurat sezilmagan edi. Ammo Yamoma urushi vaqtida Qur’on hofizlari bo’lgan ko’p zotlarning shahid bo’lishi munosabati bilan bunga ehtiyoj turildi.
Qur’on saxifalarining bir yerga to’planishi zarurligini dastlab sezgan va bu ishning tadorykini ko’rishga chog’langan kishi Umar ibn Hattob bo’lgan edi. Bu kishi o’zaro urushlar natijasida xofizlarning qirilib ketishidan va Qur’on oyatlari yozilgan parchalarning yuqolib ketishidan xavfsirab, Abu Bakrga o’z mulohazasini aytgan edi. Shu sababli u yozilgan Qur’on parchalarini bir yerda to’plash masalasini o’rtaga qo’yganda, Abu Bakrga bu gap ma’qul tushdi. Garchi bu ishni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot vaqtida boshlashimiz kerak edi, dedi u kishi. Хayr, ezgulikning kechi yo’q, deyishib, Qur’on yozilgan barcha parchalarni bir yerga to’plashga qaror qildilar.
Ular kelishishib Qur’on sahifalarini to’plashni iqtidorli va savodli yoshlardan bo’lgan Zayd ibn Sobitga topshirishdi. Bu vaqtda u yigirma yoshlarga to’lgan, oxirgi besh yil davomida payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga kotiblik qilgan, o’zi ham Qur’onni boshdan  oyoq yod  bilar  edi.
Хalifa Abu Bakr buyrug’i bilan Zayd ibn Sobit ishga kirishdi. U barcha Qur’on bitiklarini yig’ishga tushdi. Sahobalar ham bu muhim ishga bel bog’ladilar, qo’llarida bo’lgan barcha yozuvlarni va parchalarni keltirib berdilar. Zayd Qur’on oyatlarini tartibi bilan joy-joyiga qo’ya boshladi. Shu tariqa Qur’on yozuvlarining parchalari bir yerga to’plandi.
Abu Bakr rahbarligida Qur’on tartibga tushirish hay’ati tuzildi. Shunda tartiblangan barcha oyatlar hay’at qoshida boshdan-oyoq o’qildi, hech kishi o’sha o’qilgan nusxaga e’tiroz bildirmadi.
Abu Bakr bu to’plangan Qur’on nusxasini o’z huzurida saqlab yurdi, uning vafotidan so’ng xalifa Umar qo’lida turadigan bo’ldi. Undan keyin esa o’sha to’plangan Qur’on Umarning qizi va payg’ambarning xotini Hafsaning uyida asrab saqlandi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:25:30
Abu Bakr haqida saqlanib qolgan ma’lumotlarda uning o’ta taqvodor, darveshtabiat kishi bo’lgani bayon etiladi. Shu bilan birga Qur’onni anglashda, uni talqin qilishda unga yetadigan odam yo’q edi. Chunki u umr bo’yi paygmbar(sallallohu alayhi vassallam) bilan birga bo’lgan, ko’p vaqtini u kishi hamrohligida o’tkazgan edi. Shuning uchun ham u kishi payg’ambardan islom va Qur’on sohasida bo’lgan barcha nozik tushunchalarni anglab olgan edi. Shuning uchun ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) ba’zi hollarda u kishiga fatvo berish uchun ijozat berar edi. Chunki Abu Bakr qaysi oyatni qachon, qay holatda nozil bo’lganini yaxshi bilgan va bu xususda atroflicha ma’lumotli kishilardan sanalgan.
Abu Bakr ancha badavlat, o’ta sahiy bir kishi bo’lgan.
Umar ibn Хattob bu borada o’z xotirasini so’zlagan ekan:
— Bir gal payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) islomga da’vat etish uchun mablag’ga zarurat borligini so’zlab qoldilar. Men darhol mablag’imning yarmini keltirib berdim. Shunda payg’ambar:
—   Oilangga  nima  qoldirding?— deb  so’radilar. Men:
—   Sizga keltirganimcha,— dedim.
Ko’p o’tmay u yerga Abu Bakr kirib qoldi. U barcha pullarini keltirib payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga tutkazdi. Payg’ambar u kishiga ham savol berib:
—   Oilangga nima qoldirding?— dedilar.
—   Ularga Alloh va uning elchisining sevgisini qoldirdim,— dedi.
Men uning bu himmati nazdida ortiqcha hech narsa deyolmadim. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) ham bu kishining bu qabila oliyjanob xislatlarini maqtardilar. Bir gal xatto u kishi menga «mol-dunyosi va suxbati bilan eng saxiy bo’lgan kishi — bu Abu Bakr deganlar».
Boshqa bir munosabat bilan payg’ambarimiz «Qilgan ishlariga ko’ra mukofotini bermagan kimsamiz qolmadi. Undan faqat Abu Bakr mustasno. Bizga Abu Bakrning xizmatlari shu daraja bo’lgan ki, uni faqat qiyomat kuni Allohning O’zi qaytaradi»,— deganlar.
Umar ibn al-Хattobning o’g’li shunday hikoya qiladi:
«Bir kuni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hazratlari uylaridan chiqib masjidga kirdilar. O’ng tomonida Abu Bakr, so’l tomonida Umar ibn al-Хattob bor edi. U kishi ikkalovlarining qo’lidan tutgan holda shunday dedilar: «Biz kiyomat kuni ham shu tarzda tirilamiz». Bu gap payg’ambarimizning o’ngu so’lidagi odamlarga bergan yuksak bahosi edi.
Abu Bakr payg’ambar hadislaridan bir yuz qirq ikkitasini rivoyat qilgan ekan. Bu qadar oz hadis rivoyat etilganiga sabab qilib, payg’ambardan so’ng Abu Bakrning ikki yilgina yashaganini aytishadi.
U kishi rivoyat qilgan hadislar ichida mana shular bor:
"œSizlarga doimo to’g’ri bo’lish kerakligini tavsiya qilaman. Тo’g’rilikdan ayrilmang. Chunki to’g’rilik bilan yaxshilik bir xil oraliqdadir.
Тo’g’ri ham, yaxshi ham — ikkalovi jannatiydurlar.
Yolg’ondan saqlaning, chunki yolg’on yomonlik bilan teppa-teng. Ularning har ikkovining ham makoni jahannamdir.
Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizga dushmanlik qilmang, bir-biringiz bilan ahil bo’ling, ey Allohning bandalari!

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:25:55

UMAR IBN AL_XATTOB

Umar ibn al-Хattob (582—644), to’g’ri yo’ldan borgan xalifalar — xulafo ar-roshidiynlarning ikkinchisi, Abu Bakr as-Siddiqdan so’ng xalifalik taxtiga o’tirgan va xalifalar orasida birinchi bo’lib Amir al-mo’minin nomini olgan kishidir. Makkada tavallud topgan. Islom olamida eng ko’zga ko’ringan siymolardan va buyuk sarkadalardan biri. Qizi Hafsaga uylanishi tufayli payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) unga kuyov, Umar ibn al-Хattob esa payg’ambarning qayinotasi bo’lgan. Milodiy 644 yili Basra valiysi al-Mug’ira ibn Shu’baning topshirig’i bilan uning quli Abu Lu’lua xalifa Umarga xanjar sanchib o’ldirgan. U kishi ko’p kamtarona hayot kechirgan, uning har bir harakati adolatli bo’lganligi kitoblarda qayd etilgan. Shuning uchun bu kishini musulmon xalqlar «Umari odil» deb ham ataganlar. Umar o’n yilga yaqin xalifalik qilgan, uning hukmronlik davrida musulmonlar juda tinch-osuda yashaganlar. Shaxid bo’lgan kezda u oltmish uch yoshda bo’lgan. U kishining haqlini haqsizdan yaxshi ayiradigan xislati bo’lgan. Shuning uchun u kishini «Foruq»— farq qiluvchi, ayiruvchi degan nom bilan ham atashgan.
Umar dastlabki vaqtlarda tijorat ishi bilan shug’ullangan, unchalik badavlat bo’lmagan, o’rtacha savdogarlardan edi. Ammo u g’oyat kuchli pahlavon, chavandoz odam bo’lgan, shu bilan birga yaxshigina notiq, so’zamol hamda qurol-yarog’ni ham juda yaxshi ishlatadigan, o’ta chaqqon va jangovar odam bo’lgan.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:26:36
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) endi faoliyat ko’rsata boshlagan kezlari u kishining dushmanlari suiqasd payiga tushadilar va bu ishni bajo keltirishni kuch-qudratda yetishgan pahlavon Umar ibn al-Хattobning bo’yniga qo’yadilar. Dastlab u kelishganlaridek Muhammadni xilvat joyda topib o’ldirmoqchi bo’ladi. Ammo payg’ambar xayrixohlari uni ogohlantirib bu harakati nojo’ya ekanligini aytadilar. Bunday ikki xil gapdan taraddudga tushgan va o’zi tabiatan odil va xalol odam bo’lgan Umar o’zini payg’ambarga qarshi gijgijlayotishganini sezadi va nihoyat haqiqatni shaxsan aniqlashga qaror qilib kutilmaganda o’zi payg’ambar huzuriga kirib keladi. Umarning bu qadamidan   tevarak-atrofdagilar ba’zilari hayron bo’ladi, boshqasi voqeani tushunolmay garang qoladilar.
Payg’ambar o’tirgan xonaga yaqinlashgach, uni qo’riqlab turganlar Umarni to’xtatib, ichkariga kirishiga ijozat so’raydilar. Shunda ichkaridan:
—   Mayli, kirsin,— degan ovoz eshitiladi.
Umar darhol payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) huzuriga kirib, tiz cho’kadi, to shu vaqtgacha u kishiga nisbatan tutgan munosabatidan uzr so’raydi. islomni qabul qiladi. Umar islomni qabul qilgach, musulmonlarning obro’si va kuch-quvvati yana ham oshadi.
Bu voqeadan hamma xangu-mang bo’lib qoladi, atrofdagi musulmonlar buni eshitib hushnud bo’ladilar. So’ngra Umar ham o’z navbatida islomni qabul qilgandan tortib to vafotiga qadar o’z yo’lidan og’ishmadi, hatto u islom yo’lida fidokorlik ko’rsatib, el orasida mashhur bo’ldi. Nihoyat payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) safdoshlaridan bo’lib, Abu Bakr as-Siddiq vafotidan so’ng xalifa bo’ldi.
Umar doim payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga hamroh edi, u bilan yaqin hamsuhbat edi. Shu jihatdan u payg’ambar bilan yuz bergan barcha voqealardan xabardor bo’lardi. Barcha shaharlarda yuz bergan janglarda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bilan yelkama-yelka qatnashgan edi.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) aytar ekanlar:
—   Allohga qasam ichib aytamanki, ey Umar, shayton aslo-aslo senga ro’para   kelolmaydi, sen qaysi yo’lga yursang, u, albatta, boshqa yo’ldan ketgusidir!
Yana shuni ham aytish joizki, payg’ambar Abu Bakrni o’ziga eng yaqin deb bilgan bo’lsa, undan keyin o’ziga yaqinlardan deb Umarni tilga olar ekanlar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 14 Dekabr 2007, 08:26:58
Abu Bakr vafot etgach, xalifalikka Umarni ravo ko’rishdi, uni xalifa etib saylashdi. U 634 yili xalifalik taxtiga o’tirdi. Uning bu lavozimda bo’lishi islom tarixida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bu kishi davrida islomni yoyish va o’lkalarni fath etish keng olib borildi, Eron egallandi, hatto Vizantiya yerlari bo’lgan Suriya va uning shimoliga ham qo’shin yuborildi, Quddus (Ierusalim) qo’lga olindi. Umar davrida islom askarlari Misrga kirib borib, Iskandariyani egallaydi.
Umar davrida islom o’lkalarida ilm-ma’rifat ishlari keng yoyildi, madaniy o’zgarishlar yuz berdi. Umar o’lkalarni boshqaruvchi valiylik vazifasiga bilimli va qobiliyatlk kishilarni tayinlashga kirishdi. Ular ham islomni tarqatuvchi,  ham  taraqqiyotga  yul  ko’rsatuvchi kishilar bo’lishlari kerak edi. Umar ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor berdi.
Manbalarning ko’rsatishicha, xalifa Umar davrida Qur’onni yod biladigan hofizu-qurrolar (yodlagan va uqiydiganlar) yetishtirishga e’tibor berildi. Chunki yodlash orqali avloddan-avlodga o’tib borishi Qur’onning buzilmay to’g’ri saqlanib qolishiga yaxshi xizmat qilar edi. Umar payg’ambar hadislarining saqlanib qolishi ustida qam tadorik ko’radi. Хalifa qonunshunoslik soxdsida ham anchagina tadbir qo’lladi. Fiqh, ya’ni islom qonunshunosligi borasida ixtisosli kishilar tayyorlash to’g’risida ham birmuncha ishlar qilindi. U islomga yangidan kirgan o’lkalarga shu soxa mutaxassislarini yo’lladi.
Bu davrda jiddiy bir masala bo’lgan — qullar va ularga ozodlik berish choralari ham muhokama qilinib, bu yo’ldagi ishlarni qulaylashtirgan yo’l-yo’rig’lar qabul qilindi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning Madinaga xijrati yilidan boshlanadigan yangi xijriy taqvim-kalendar qabul qilindi va xalifalikda bu taqvim amalga kiritildi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 24 Dekabr 2007, 13:15:20
Islom davlati tarkibiga kirgan o’lkalarning rasmiy nomi shu paytgacha yo’q edi. Bundan so’ng viloyatlar aniqlandi: Misr, Suriya, Jazira, Basra, Kufa, Falastin, Eron kabi mmlakatlar islom viloyatlariga aylandi. Viloyatni idora qiluvchi shaxs valiy bo’lib, o’lkani idora qilish unga topshirilgach, unga ta’luqli ishlarning hammasiga o’zi javob berishi kerak edi. U kotiblik lavozimini ham kiritadi. Kotib markazda xalifaning, o’lka va viloyatlarda valiylarning yozishmalarini olib boradi va maxsus topshiriqlarni bajaradi. Bulardan boshqa bo’lgan devon kotibi esa askarlikka doir ishlarni yuritadi, ularga maosh berish, lavozimni aniqlash, bir amaldan ikkinchisiga ko’tarish kabi masalalar bilan shug’ullanadi. U xiroj-soliqlar bilan shug’ullanishni ham tartibga soladi, bu sohada tegishli lavozimlar ta’sis etadi, xalq tinchligini qo’riqlaydigan idoraviy tartiblarni o’rnatadi, moliya masalasi, sarfu harajat, bozor va savdo ishlari va bular bilan mashg’ul bo’ladigan odamlarni tanlash va tayinlash, ma’muriyatni tuzish kabi ishlarda ham tartib-intizom o’rnatadi.
Qonunchilikda fatvo chiqarish, bu xususda Qur’on va hadis asosida ish yuritish, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning odamlar bilan munosabatida tutgan yo’l-yo’riqlariga amal qilgan holda ish tutish g’oyat muxim masalalar edi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun u sahobalardan iborat katta hay’at tuzdi. Bu hay’atga Ali ibn Abu Тolib, Usmon ibn Affon, Muoz ibn Jabal, Abu Hurayra, Abdu-ur-Raxmon ibn Avf kabi buyuk zotlar kirgan edilar. Umar davri yana shu narsa bilan ajralib turadiki, ko’p soxalarda mustaqil maxkamalar tuzildi.
Umar davrida madaniy qurilishlar davom etdi, ariq va kanallar qazildi, qal’a va askarxonalar, devon, xazinaxona, qamoqxona, mexmonxona kabi qator inshootlar qurildi. Zaruratga qarab ba’zi joylarda askarlar qishlaydigan-qishloqlar, kichik-kichik shaharcha va guzarlar tashkil etildi.
Хalifa Umar davrida islom rivoji yo’lida ko’rsatgan xizmatlari uchun odamlarga xazinadan maxsus maosh tayinlanar edi. Oylik maoshi uning ko’rsatgan fidokorligi, islom uchun katta janglarda qilgan ishtiroklari asosida oz yo ko’p bo’lishi mumkin.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 24 Dekabr 2007, 13:25:12
Umar ibn al-Hattob Quraysh qabilasi orasida o’zining dovyurakligi va jasurligi bilan ma’lum edi. Shu bilan birga u o’ta qat’iy, o’z aytganini oxiriga yetkazadigan kishilardan bo’lgan. U kishiga hech kim bas kelolmas ekan. Uni o’ziga tarafdor qilib olganlar uning qo’ynini puch yongoq bilan to’lgazib, uning obro’yi va kuch-qudratidan foydalanmoqchi bo’lganlar. Bir kuni Umar ketayotganda yo’lda unga yaqindagina islomni qabul qilgan Nuaym to’qnash kelib qoladi.
—   Хo’sh, yo’l bo’lsin, Umar?—dedi  Nuaym. Shunda Umar unga qarab:
—   Qurayshlar ichida yangi din chiqargan Muhammadni saranjom qilib kelay,— dedi.
—   Obbo Umarey,— dedi Nuaym,— eshitmadingmi singling bilan kuyoving uning diniga kirishdi-ku. Sen oldin ularni bu yo’ldan qaytar.
Umar sarosimaga tushib qoladi. So’ng yo’lini o’zgartirib, to’ppa-to’g’ri singlisinikiga ravona bo’ladi.
Umar ibn al-Hattob singlisining uyiga kirsa, ich-karidan Qur’on tilovat qilinayotgan ovoz eshitilib qoladi. U eshik oldida qotib qoladi. Hamon Qur’on tilovati davom etar, singlisining mayin va hazin ovozi yuraklarni zabt etar, kishini hayolga chumdirib qo’yar edi. Umar shahdam qadam tashlab, ichkariga kiradi. Singlisi bilan kuyovi darhol o’qiyotgan Qur’on sahifasini yopib qo’yadilar. Shunda Umar ularga:
—   Qani ko’rsatinglarchi, nimani o’qiyapsizlar?— deb so’radi. Bu orada ular o’qiyotgan narsasini berkitishga ulgurgan edilar. Kuyovi Umar avzoini ko’rib, undan xavfsirab g’uldiradi:
—   Hech narsa o’qiyotganimiz yo’q.
Umar darg’azab bo’lib o’zini tutolmadi:
—   Sen ham unga ergashdingmi,— dediyu kuyovini yoqasidan tutib bug’di, uni   yerga qulatdi. Akasining bu harakatidan norozi bo’lgan singlisi Fotima erini uning qo’lidan qutqarmoqchi bo’lganida, Umar unga ham bir tarsaki qo’yib, og’zu burnini qonga beladi. Singlisi yig’lab, Hudoga nola qildi.
Bu holdan negadir Umar bir seskanib ketdi. Avvaliga singlisining holini ko’rib unga achindi, keyin kuyovini bug’ganiga o’zicha xijolat chekdi, nojo’ya ish qilganiga pushaymon qildi. Shunda singlisi va kuyoviga tikilib:
—   Qani beringlarchi, bir ko’ray, o’qiyotgan narsalaringni,— dedi.
Fotima hayolga botdi, u hech narsa bermadi. Keyin zora u biroz yumshasa, degan fikrda Qur’on tilovat qilishga tushdi. Shunda uning mayin ovozi Umar qalbnni ezganday bo’ldi, uning ko’ngli yumshadi, surishtirmasdan nojuya qilgan harakatidan, singlisi, kuyovini urganidan birmuncha xijolat chekkanday bo’ldi. Shundan so’ng u behosdan payg’ambar sahobalari bilan suhbat qurib o’tirgan uy tomonga ravona bo’ldi.
Shu tariqa u to’g’ri paygambar(sallallohu alayhi vassallam) qoshiga borib, islom dinini qabul qildi. Manbalarda aytilishicha, Umar musulmon bo’lganlarning qirqinchisi edi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 24 Dekabr 2007, 13:27:23
Umar bir necha bor uylangan edi. Uning to’rt farzandi mashhurdir. Biri payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning xotini bo’lgan Хafsa, bir o’gli hadis ilmida mashhur bo’lgan Abdulloh ibn Umar, boshqasi o’zining jasorati bilan mashhur bulgan Ubaydulloh ibn Umar va yana biri Osim ibn Umardir.
Umar ibn al-Hattob o’z davrining bilimdoni va har tomonlama yetuk olim edi. Islomni qabul qilgach, butun kuch-qudratini islom yo’liga sarf qildi, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) rejasi bilan ish olib bordi. Ammo Makkada faoliyat
olib borish ancha qiyin bo’lgach, turli guruhlarning hamla-hujumi tufayli ularning bu yerda qolishi ancha mushkul bo’lib qoldi. Shuning uchun asta-sekin Makkani
tark etib, goh ochiq, goh. yashirin ravishda Madina tomonga ko’chish boshlandi. Hamma musulmon bo’lganlar birin-ketin ko’chib ketdilar.
Ammo Umar yashirincha ko’chmadi. U qilichini qinidan sug’irib olganicha kuppa-kunduzi Ka’ba tomon yurdi, uni ziyorat qildi. So’ng qarasa anchagina odam yig’ilibdi, ular mushrikiylar edi. Keyin ularga qarata dedi:
—   Mana biz ketayapmiz. Qani, men bilan olishadigan mard bo’lsa o’rtaga chiqsin. Qani kim qarindosh-urug’iga aza tutirmoqchi bo’lgan, xotinini beva, bolalarini yetim qilmoqchi bo’lgan kaltafahmlar bormi oralaringda, chiqlaring o’rtaga!   
Umarning bu shijoatiga to’planganlar orasidan hech kim yurak betlab chiqmadi, unga ro’para bo’lgisi keladigan mard topilmadi. Umar shu gapni aytib, so’ng asta-sekin yo’lida ravona bo’ldi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 26 Dekabr 2007, 09:51:38
Umar ibn al-Hattob o’z hayotini, islomdan avval o’tgan kunlarini eslab, der ekan:
«Qilmishimning biriga yig’layman, boshqasiga kulaman. Jaxolatdan tug’ilgan qizlarimni tiriklayin ko’mganimga yig’layman. Хolvodan butlar yasab, keyinroq och qolganimizda uni yeb qo’yganimizdan kulaman».
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bir kuni sahobalarga shunday deydi: «Hech biringizga bolalari, mol-mulki, ota-onasi, hatto o’zingizdan ham sevimli bo’lmagunimgacha, u kishi komil musulmon bo’lolmas».
Shunda Umar o’sha yerda ekan, u debdi:
—   Yo Rasululloh, sin mening jonimdan boshqa har narsadan ham sevimlisiz.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bo’lsa unga javoban:
—   Joningdan ham, yo Umar,— debdilar.
—   Rost, jonimdan ham,— deb javob beribdi Umar.
Umar doimo payg’ambar yonida yurar, u zotning ilmidan, fazlu karamidan baxramand bo’lardi, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) ham u kishini juda hurmat qilar, doim uning ra’yi-fikrlarini ma’qul topar edi. Hatto shunday bo’ldiki, payg’ambar Umardagi bu saloxiyatni ko’rib, u kishiga musulmonlarga fatvo berish ishini ham topshirib qo’ygan edi.
Abdulloh ibn Mas’ud degan islom tarixchisi Umarning o’qimishli, ilmi yetuk odamligini tasvirlab, fikrini ifodalab shunday degan ekan: «Umarning ilmini tarozuning bir pallasiga qo’yib, yer yuzidagilarning ilmini boshqa bir pallasiga qo’yganda, Umarning ilmi qo’yilgan tarozu pallasi ogir kelardi. U kishi Allohni eng yaxshi tanigan, Alloh kitobini eng yaxshi tushinib anglagan va dinni ham ich-ichidan tushinadigan bir odam edi».
*Bu yerda albatta, o’xshatishda mubolag’aga ketilgani ayon, lekin o’sha davrdagi diniy ishlar, olib borilgan siyosatlar yuzasidan qaralsa, u kishi yetuk, sog’lom fikrli, katta aql sohibi bo’lgani aniq. Islom tarixida tutgan o’rniga ko’ra u kishi maqomini belgilaydigan bo’lsak, islomni oyoqqa turg’azib, uni kuch-qudratini oshirishda, miqyosini kengaytirishda Umar ibn al-Xattobning tutgan o’rni g’oyat buyuk bo’lgan.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 26 Dekabr 2007, 09:53:03
Umarning boshqalardan ayirib turadigan xususiyatlari ko’p edi. Ulardan biri shuki, u kishi kechalari ibodat bilan mashg’ul bo’lib, kunduzlari ro’za tutar edllar. Yaratilishidan mizoji jahldor edi. Lekin u kishining jahli chiqqanda birov Qur’on tilovat qilishni boshlasa, shu zamon jahlidan tushar, o’ta muloyim bo’lib qolar edi.
U kishining yana bir odati bor edi. Har kuni qosh qoraygach, o’zidan o’zi: «Aytchi, ey Umar, bugun Alloh yo’lida nima ish qilding? deb so’rar edi.
Umar ibn al-Хattob xalifalik kursisiga o’tirgach, minbarga chiqib xaloyiqqa shunday nutq so’zladi:
-— Birodarlar, men bir zaif qulman. Allohning yordami menga kuch bag’ishlaydi., Хudo xohlasa., xulqu fe’l-atvorimda hech qanday o’zgarish yuz bermaydi. Buyuklik faqat janobi Haqqa munosib, qullarning kekkayishga, buyuklik da’vosini qilishga haqlari yo’q. Orangizda hech kim men to’g’rimda «Umar xalifa bo’ldiyu, o’zgardi qoldi» deyolmasin. Men o’z jonimdan ham oldin haqiqatni taniyman, bilaman ham. Nima qiladigan bo’lsam, sizlar bilan kelishib qilaman.Kimki haqssizlikga duch kelsa, o’ziga zulm bo’layotganini sezsa, darhol menga xabar bersin, chunki men ham siz kabi bir insonman, to aytmaguningizgacha uni bilolmayman.
Va yana Allohga yolborib shunday dedi:
— Хudoyim! Men qattiqqo’l, shuddatkorlarning biriman. Menga o’zing muloyimlik ato qilgin. Men kuchsiz, ojiz bandangman, o’zing quvvat bergin. Yo Rabbim! Bu xalqni idora qilish ishini bo’ynimga oldim, uni to’g’ri yo’lga solish uchun menga kuch-quvvat ato qilgin.
U kishi shu tariqa Tangriga yolborar; xalq uzra hukm yuritish borasida ko’p bosh qotirar edi. Bularni o’ylab uzun tunlarini bedor o’tkazar, donishmand do’stlari bilan kengashar, bulardan bo’shagach, ibodat bilan mashg’ul bo’lardi.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 26 Dekabr 2007, 10:26:43
Bir- gal shunday voqea yuz berdi. Bir o’lkani zabt etib, islomga kiritgandan so’ng qo’lga tushgan o’ljalarni hammaga baravar taqsim qilishadigan bo’lishdi. Shukda qiziq bir xodisa sodir bo’ldi. Har bir kishiga teng bo’lingan kuylaklikdan birorta odam o’ziga kiyim tikib ololmas edi, chunki uning miqdori oz edi. Shunda Umarning o’gli Abdulloh o’z ulushini otasiga berdi. Undan buning sababini so’rashsa, bu kiyimlik menga ko’ylak tikishga yetmaydi, ozlik qiladi, otamning ulushi ham o’ziga ozlik qiladi. Shuning uchun ulushimni otamga berdim, u kishi ikkalovimizning ulushimizdan bir ko’ylak tikdirib kiysin, deydi.
Voqean shunday bo’ldi ham. U ikki ulushdan bir libos tikdirib kiyib yurdi. Kunlardan bir kun.Umar minbarda so’zlayotganda bir kambag’al kishi o’rnidan turib unga dedi:
—Ey, mo’minlar amiri men endi sening gapingga ishonmayman, senga itoat ham qilmayman. Nega desang, sen  Alloh va  payg’ambar buyurgan ishni  qilayotganing yo’q.
Umar qiziq bir holatga tushdi. Keyin so’radi:
— Bu nima deganing? O’rnidan turib so’zlayotgan kishi so’zidan davom etdi:
—   Bir kuni o’lja bo’linganda har birimizga biror ko’ylak chiqadigan chit berilmadi. Hammamiz undan ulush oldigu, ko’ylak tikdirolmadik, sen bo’lsang,   xalifa bo’lganing uchun o’zingga ikki hissa olib kuylak tikib olibsan.   
   Umar bu kishining to’g’riligidan g’oyat xursand bo’ldi, uning so’zi haq edi. Lekin jamoat ichida hozir bo’lgan o’gli Abdulloh darhol o’rnidan turib, voqeani izohlab, o’z ulushini otasiga hadya etganini so’zlab berdi. Shundan so’ng o’sha kishi so’z olib dedi:
—   Voqea shunday bo’lsa, mayli men so’zimni qaytarib oldim, tushunmovchilik bo’lgan ekan, sening gapingga endi ishonaman.
Umar ibn al-Хattob u kishidan xafa bo’lmadi. Shunday tiyrak fikr yurituvchi kishilar borligidan xursand bo’ldi. Undaylar doimo haqni barqaror qilish yo’lida ko’mak beradigan, to’g’ri so’zli pokiza odamlar ekanligiga ishondi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 28 Dekabr 2007, 13:43:24
Chindan ham Umar ibn al-Хattob ko’p adolatli hukmron bo’lganligi haqida ko’pdan-ko’p hikoyalar saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan. U ba’zi valiylarning nomaqbul qilmishlari, ularning xalqqa qilayotgan zulmlari borasida ham qat’iy so’z aytgan:
—   Men, deydi u xalqqa murojat qilib, valiylarni sizlarga zulm qilish uchun, nohaqlik bilan molingizni yeyishlari uchun tayinlayotganim yo’q. Balki sizlarga
islomiyatni o’rgatishlari, orangizda adolat bilan hukm yuritishlari va muomalalarni  odilona xal etishlari uchun bu vazifaga tayinlaganman. Bordiyu ularda biror nojo’ya hatti-xarakat borligini sezsangiz, iymanmasdan menga ro’y-rost arzihol qilaverig, men o’zim ularning jazosini beraman.
 Bir gal bir kishi o’z valiysidan shikoyat qilib, meni u noxaq ravishda yuz darra urdirdi, deb arz qildi. Umar bu ishni surishtirib, chindan ham nohaq urganini aniqladi. Keyin valiyni chaqirb, shikoyat qilgan kishiga qarab: «Qani, sen ham uni ur», dedi. Ammo Misr valiysi Amr ibn al-Os o’sha chog’da yig’ilishda hozir edi. U kishi so’zlashga izn olib dedi:
—   Ey, mo’minlar amiri, bu tariqa ish tutishingiz valiylarga ko’p og’ir keladi, sizdan keyingi xalifalar ham bu odatni davom ettirishi mumkin.
AMMO Umar bu fikrni qabul qilmadi.
—   Bunday ishda payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning ham ayni shunday muomalada bo’lganlarini ko’rgdaimdan so’ng qanday qilib uni boshqalarga tadbiq etmay, undan yuz o’giraman,— dedi.
—   Buyog’ini bizga qo’yib bersangiz, biz uni rozi etsak bo’lardi-ku,— dedi u.
Shunda Umarga bu fikr ma’qul tushdi. Amr ibn al-Os aralashuvi bilan shikoyat etgan kishiga xafa qilgan kishi bir qancha dinor jarima to’ladi, shu bilan darra urilgan odamni rozi qildi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 28 Dekabr 2007, 13:44:16
Umar ko’chada ketayotsa, bir kishi tilanchilik qilib o’tiribdi. Тikilib qarasa, u kishi musulmon emas ekan. Undan hol-ahvol so’rab, nega bu yerda tilanchilik qilib o’tirganini so’radi. Shunda haligi tilanchi unga:
—   Men bir faqir kishi edim, musulmon bo’lmaganim uchun mendan jiz’ya solig’i olishdi, shu bilan ahvolim yomonlashdi, keyin majbur bo’lib gadoychilik qiladigan bo’ldim,— dedi.
Umar ibn al-Хattobning unga raxmi keldi. Хazinadan unga oylik tayinladi. Keyin u tilanchilik qilmaydigan bo’ldi.
Umarning xalifalik davrida ko’p zafarlar qozonildi, ko’p o’lkalar zabt etildi, u yerlarda qat’iyat bilan islom idora usuli o’rnatildi.
 Umar Shom mamlakatiga safarga otlangan ekan, u shaharga yaqin bo’lgan Yarmuk degak joyga yetib kelgach, Damashqda vabo tarqalganini eshitib qolibdi. Shunda u darhol orqaga, Madinaga qaytib ketaboshlabdi. Buni payqgan usha yer hokimi unga qarab:
—   Ha, Amir al-Mo’minin, Allohning taqdir qilganidan qochayapsanmi?— debdi.
Shunda Umar ibn al-Хattob:
— Rost, men Allohning takdir qilganidan yana taqdir qilganiga qochayapman,-— dedi,— nima deysan, biri quruq soy, boshqasi yam-yashil o’tlotq joydan qaysi birini ortiq ko’rarding va tuyalarni qay tomonga haydarding. Allohning taqdiriga deb, quruq soyga haydarmiding?
Yig’indagilar xalifaning bu gapini ma’qul topdilar.
Umar ibn al-Хattobning payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan 573 hadis rivoyat qilgani hikoya qilinadi. Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning natql qilishlaricha, bir hadisi sharifda «Shayton Umarning kulgusidan qochar» deyilgan ekan.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) aytar ekanlar:
«Ko’kda Umarni hurmat qilmagan hech bir farishta yo’q, yerda undan xayiqmagan hech bir shayton yo’q».
Hazrati Umar derkan:
O’tirgan yeringizda e Alloh, rizqi-ro’zimizni ber, deb o’tiravermanglar. Bilasizku axir, Osmon na oltin yog’dirar, na kumush.
Kishi uyida boladek, tapshqarida erkakdek bo’lishi kerak.
U kishi derkan:
Menga xatolarimni ko’rsatgan kimsadan Alloh rozi bo’lsin. Insonlarga muhtoj bo’lmaslikka g’ayrat eting. Shunda siz ham diningizni saqlagan, ham insonlarning eng sharaflisi bo’lasiz.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:52:49
UMAR IBN AL-ХAТТOB HAQIDA HIKOYAТLAR

Keyingi yillarda Umar ibn al-Хattob qayta-qayta Xudodan:— "œParvardigorim, meni yarlaqa, menga shafoat qil, yo’lingda shaxid bo’lishni nasib et. Mening jonimni Rasululloh shaxarida ol",— deb iltijo qilar ekan. Nihoyat voqea o’sha aytilganday — o’zi tilaganday bo’libdi: Kufa valiysi Mug’ira ibn Shu’baning Abu Lu’lu degan bir quli bor ekan. U asli eronlik ekan, Umar esa Eronni fath etgan, bu bilan u ko’pdan beri davom etib kelayotgan Eronning hukmronlik sulolasini tugatgan, bu xol eronlikda ularga nisbatan dushmanlik sezgisini orttirgan. Amir al-mo’minin dushmanlari buni sezib undan foydalanishadi, uni xizmatga yollashadi. Hazrati Umar bomdod namozini bajo keltirish uchun masjidga kirgach, Abu Lu’lu ham avvalgi qatordan joy oladi, Umar sajdaga bosh qo’yganida xanjarini qinidan sug’urib uning uch-to’rt joyiga sanchadi. Keyin qochishga tushadi. Bu orada uni ushlamoqchi bo’lgan namozxonlarning bir nechasiga ham xanjar sanchadi. Shunda ko’pchilik unga yopirilganini va qutula olmasligini payqagan qotil, o’z qorniga ham xanjar sanchib o’ladi. Хalifani yarador holda uyiga keltirishadi. Namoz imomligiga boshqa odam — AbdurRaxmon ibn Avf o’tadi. Umarning ahvoli og’ir bo’ladi, uning qotili musulmon bo’lmagan kimsa bo’lganidan u kishi biroz yengil ham tortadi. Nihoyat o’limi yaqinlashayotganini bilgach, vasiyat qila boshlaydi. Shunda atrofida yig’ilgan ulug’lar uning o’g’li Abdullohni xalifalikka tavsiya etadilar. Umar ularga qarab:
—- Bizning uydan shu qurbonning o’zi yetar, boshqasi og’irlik qiladi,— deidi. Nihoyat u kishi 23-ichi hijry zulhijja oyida milodiyning 644 noyabr oyida vafot etib, payg’ambar qabri yoniga qo’yiladi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:53:07
IKKI QUТI HAZINA.
Abu Rayhon Beruniy shunday xikoya qiladi:
Musulmonlar Nihovandga bostirib kirishganda qo’lga tushgan o’ljalarni yig’ib   o’ljaboshi — as-Soibga topshira boshlabdilar. Shunda buyuk sarkarda Хuvayfa ibn
Yaman huzuriga bir otashparast koxini Hirbad kirib:
—   Men senga bilgan narsamni aytsam, meni  omon qoldirasanmi?— debdi.
— Mayli,— debdi  u,— qani  ayt,  bilganlaringni.
—   Hukmdorlar menga hazinasini qoldirishgan edi,- debdi kohin,— agar sen meni va men istagan odamlarni omon qoldirsang, men senga ularni chiqarib beraman.
—   Тalabingni qabul qildim,— debdi u. Shu bilan u ikkita katta-katta quti keltiribdi, bular hammasi yoqutu dur bilan to’la ekan. Musulmon boshliqlari yig’ilishib bir fikrga kelishadi.
—   Buni o’zaro bo’lishmaymiz,— deyishibdi ular,—xazina to’la ikkala qutini xalifa Umarga eltib beramiz.
Shu bilan as-Soib ikkala qutini olib Umar huzuriga kelibdi.
—   Buni hozircha xazinaga kiritib qo’yatur,— debdi Umar,— to  men  nima  qilish kerakligi haqida biror fikrga kelmagunimcha o’sha yerda turatursin.
Askarboshi o’shanday qilibdi. Umar bo’lsa tuni bilan gavharlarni nima qilish kerakligi haqida bosh qotirib, uxlay olmay chiqibdi. Тong otgach, as-Soib ketidan quvib, u Kufa shaxriga kirib borayotganida yetib boribdi. Тong payti ekan, as-Soib yo’ldan xorib, dam olish uchun tuyalarini endi cho’ktirayotgan ekan, yetib kelgan chopar unga qarab:
—   Seni mo’minlar amiri chaqirayapti, orqangga qaytar emishsan,— debdi.
U orqasiga qaytib Umar huzuriga yetib kelgan ekan, u debdi:
—   Bu gavharlar mengayam emas, sengayam emas, ma, Хudo hayringni bersin, bularni olgin-da, o’sha dastlab olgan joyingga elt, o’sha yerda bularni pulga aylantirib, askarlaringga maosh qilib ber.
Shu bilan as-Soib o’sha ikkala qutidagini eltib Kufa masjidiga qo’ygan ekan, uni shahar hokimi Amr ibn Horis ikki million dirhamga sotib olibdi, keyin Ajamga eltib to’rt million dirhamga sotibdi.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:53:26
BIR SHAPALOQ

 Shomning ma’lum amaldorlaridan biri xaj vaqtidagi tiqilinch, to’s-to’polonlarning birida birovni bir shapaloq urgan ekan. Undan kaltak yegan odam shikoyat qilib Umar huzuriga boribdi. Umar unga darhol maktub yozib, kaltak yegan odamning ko’nglini ol, yo sen ham undan ko’pchilik oldida bir shapaloq yegin, debdi.
Amaldor bunga rozi bo’lmabdi. Umarning aytganini qilmasa, jazo olishidan qo’rqib, dindan qaytib, Vizantiya o’lkasiga qochib ketibdi. Umar ham vaqti kelib uning jazosini berarmiz, deb ko’ngliga tugib qo’yibdi.
Хalifa Umarning shunday adolatli, qat’iyligi bor edi. Jazolanadigan odam boymi-kambag’almi, amirmi-podachimi, unga farqi yo’q edi, hammasiga bir yo’sinda qarar, bir xil munosabatda bo’lardi. U doimo aytarkan:
— Biz uch otliqmiz: Muhammad payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam), Abu Bakr as-Siddiq va men. Avvalgi ikkisi manzilga yetishdi, men ular yo’lida, ortidan borurmen. Hech kim meni ular  yo’lidan chalg’itmasin.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:53:48
KAMPIRNING GAPI ТA’SIR QILDI.

Umar ibn al-Хattob kechalari shahar ko’chalarida kezib yurar ekan.
Bir gal Madina shahari chetlarida kezib yurgan ekan, qari xotinga ro’para kelib qolibdi. Shunda xotindan:
—   Umarni ko’rmadingmi shu yaqinda,— deb so’rabdi.
—   Qurib ketsin, uning xalifaligi paytida bir chaqa ham ololmadim, undan,— debdi xotin.
Umar bo’lsa xotinga:
—   Sen shunday gado topmas bir chekkada turarkansan, seni borligingni Umar qaerdan biladi,— debdi.
Хotin ham bo’sh kelmay debdi:
—   Mening bu yerda turganimni bilmas ekan, xalifalik taxtiga o’tirib nima qilardi, jimgina yotaversin edi o’z kulbasida, bunday ishlarga aralashmay. Uning
o’rniga boshqa bir durustrog’i kelardi. Bunday ishlarni eplagan, uddalay olgan kishi qiladi-da.
   Umarga kampirning gapi ta’sir qildi. Manziliga qaytib, unga anchagina oziq-ovqat, mol-dunyo yuboribdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:54:10
O’ZING ХALIFA BO’LAQOL

Bir gal Umar ko’chadan o’tib ketayotgan ekan, bir hovlida bolalarning yig’isini eshitib qolibdi. Hovliga nazar solib:
—   Nima ran, tinchlikmi?— deb so’rapti.
Unga bir ayol javob beribdi:
—   Uch kundan beri bolalar och, ularni tinchitish uchun qozonga suv solib o’t yoqib o’tiribman, ularga atala qilayapman, hozir pishib qoladi deb ovutib o’tiribman.Ular ochlikdan dod deyishayapti.
Хalifa Umar chuqur o’yga cho’mdi, ahvolni tushindi. Darhol saroyga qaytib, u yerdan ayol xonasiga oziq-ovqat olib keldi.
Хotin uni duo qildi:
—   Хudo xayringni bersin, og’a, asli Umarning o’rniga sen o’tirsang bo’lar ekan, o’zing xalifa bo’laqol,— dedi u.
So’ngra Umar unga:
—   Ertaga falon joyga borgin,— debdi.
Ayol aytilgan joyga borsa, usha kishi kutib olibdi. Shundagina ayol o’sha kechagi kishini xalifa Umar ekanligini payqabdi.
Umar ayolni huzuriga chorlab unga oylik tayinlabdi, bolalariga kiyim-kechak berdiribdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:54:25
JASORAТLI ODAMLAR

Bir gal Umarning do’stlaridan biri Bishr ibn Sa’d qo’lida xipchin ushlab turgan ekan, u kishini ko’rib Umar:
—   Bordiyu men ba’zan xato yo’lga kirib qolsam, nima qilardilaring?— dedi. Shunda Bishr ibn Sa’d:
—   Shu xipchin bilan tuzatamiz,— dedi.
—   Хudoga shukrki,— dedi shunda Umar,— xalifa egri yo’lga kirsa, uni tuzatadigan jasoratli odamlar paydo bo’libdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:54:40
HAROM OVQAТ
Umarning bir xizmatkor quli bor edi. Bir kuni unga o’sha qul bir ovqat keltirib qo’ydi. Abu Bakr undan bir luqma oldi. Oldinlari xizmatkori ovqat keltirganida uni qayerdan olganligini so’rab undan keyingina tanovul qilar edi. Lekin bu gal u negadir bu odatini tark qilib, so’ramasdan bir luqma olib qo’ydi. Keyin xizmatkor o’zicha gapirib egri qo’l, qallob odamdan narsa olib ovqat pishirganini so’zlab qoldi.
Umar buni eshitdiyu hafa bo’lib ketdi, keyin unga:
—   Sen bunday harakating bilan meni halok qilasan,-dedi va yeganini qusib   tashlamoqchi bo’ldi, bo’lmadi. Keyin og’ziga barmog’ini tiqib qusishga harakat qildi. Ammo avvaliga u luqma chiqmadi, keyin u anchagina suv ichib, shu  suv  bilan  birga qusmoqchi  bo’ldi. Anchagacha o’qchib-o’qchib bir amallab o’sha luqmani qusib tashladi.
Bu holning guvohi bo’lib turganlar:
—   Shuncha mashaqqatlar bir luqma uchunmidi, xazratim,—deyishdi.
Shunda ularga qarab Umar:
—   Bu harom  luqma bir amallab chiqdi, ammo men qanchalik qiynalmasam ham, hatto jonim xalqumimdan chiqib ketsa ham, bu harom luqmani chiqarib tashlashga urinar edim. Chunki men Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning "œBir jasad haromdan tarbiya topgan bo’lsa, unga eng loyiq narsa otash, ya’ni do’zaxdir", deganlarini o’z qulog’im bilan eshitgan edim. Shuning uchun bu luqma bilan jasadimga yetishadigan har qanday zararning oldini oldim,— dedi.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:55:17
USMON IBN AFFON

Usmon ibn Affon milodiy 576 yili Makkada tug’ildi. Otasi Affon savdo kishisi bo’lgan. Usmoning nasli payg’ambarga va islomga qarshi dushmanlik qilgan umaviylar xonadonidan bo’lsada, lekin u o’z xonadoni siyosatiga zid ravishda Muhammad payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning tarafdorlariga qo’shilib, dastlab islomni kabul qilganlardan biri xisoblanadi. Saqlanib qolgan ma’lumotlarga qaraganda Usmon ibn Affon o’ziga to’q savdogar oilasidan chiqqan, uning o’zi ham badavlat kishi bo’lgan, shu jihatdan uning islom dinini qabul qilishi musulmonlarga ancha madad bo’lgan.
Manbalarda ko’rsatilishicha, u Abu Bakr bilan yaqin do’st ekan, hatto u kishining tavsiyasi bilan islomga mayl paydo qilib, to’g’ri payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) huzuriga kirib borgan va u zotning yo’lini tutgan. Shu tariqa payg’ambarga eng yaqin kishilardan bo’lib qolgan.
Manbalarning ko’rsatishicha, Usmon ibn Affon ko’p sahiy kishi bo’lgan. U kishi islomni qabul qilgach, o’z mol-mulki va davlatini bu yo’lga sarf eta boshlaydi.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning qizlari Ruqaya dastlab Abu Lahabning o’g’li Utbaga uzatilgan edi. So’ngra payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga vahiy kelib, u kishi odamlarni islomga da’vat qilayotgan kezlarda Utba otasi Abu Lahabning taziyiqi ostida payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga qarata: "œSening dining ham, qizing ham kerakmas", deb Ruqayani taloq qiladi. Bu paytlarda Usmon ibn Affon islomni qabul qilib, musulmon bo’lgan edi. U Ruqayaga uylanadi va payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga kuyov bo’lib qoladi. Hatto mushrikiylarning taziyqidan qochib, Usmon Ruqaya bilan Habashistonga ham ko’chadi, u yerda bir qancha vaqt yashab, so’ng oilasi bilan Makkaga qaytib keladi, keyin Madinaga xijrat qiladi. Madinada Ruqaya xastalanib, vafot etgan, u payg’ambarning boshqa qiziga, avval Abu Lahabning ikkinchi o’g’liga uzatilgan va otasi tufayli u taloq qilgan qizi Ummu Kulsumga uylanadi. Shu tufayli u kishi elaro «Zunnurayn» (ikki nur soxibi) nomini oladi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 04 Yanvar 2008, 08:55:37
U kishi jamoat bilan ishlashda ancha uddaburon, qo’li uzun odam edi. Musulmonlar suv tanqisligiga uchraganda, u bir yahudiyning qo’l ostidagi quduqni sotib olib, islom yo’liga vaqf etadi, natijada, musulmonlar shu quduq suvidan tekinga bemalol foydalanadigan bo’ladilar.
Keyinroq payg’ambarning ikkinchi qizi Ummu Kulsum ham vafot etadi. Shunda payg’ambar: "œAgar qizim qirqta bo’lganda edi, shunda ham bittama-bitta Usmonga uzatgan bo’lardim", deb unga tasalli bergan ekanlar.
Hatto payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) u kishiga qarab:
—   Sen mening dunyo va oxiratda yaxshi ko’rganimsan,— deganlar.
Yana u kishi (sallallohu alayhi vassallam) aytganlar:
—   Har bir  payg’ambarning ummatlari ichida bitta do’sti bo’ladi. Mening jannatda do’stim Usmondir.
Bibi Oyshadan naql etilishicha, bir kuni payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) havo issiqligidan kiyimlarini yengillashtirib pochalarini tizzalarigacha shimarib o’tirgan ekanlar. Shunda Abu Bakr, undan sung Umar u kishi huzuriga oldinma-ketin kirib keladilar. Payg’ambar bular bilan o’sha kuyda o’tirganlaricha ko’rishadilar. Ammo oradan sal vaqt o’tmay, u yerga Usmon ibn Affon kirib keladilar. Shunda u kishi yonboshlab o’tirgan holdan turib, shimarilgan tizzalarini to’g’rilab, o’nglanib o’tiradilar-da, suhbatlashishga tushadilar.
Mehmonlar ketgach, Oysha roziyallohu anho so’raydi:
—   Otam Abu Bakr kelganda ham holatingizni buzmadingiz, Umar kelganda ham. Ammo Usmon kelganda o’nglanib o’tirdingiz, nega bunday qildingiz?
Shunda payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) Oysha onamizga qarab:
—   Malaklar hayo qilgan bir kishidan men hayo qilmaymi? — deb javob qiladilar.
Yana Usmon haqida gap ketganda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam): «Jannatda mening yo’ldoshim Usmon bo’ladi» deganida ham u kishining martabasini yuqori qo’ygani va ko’p hurmat-ehtiromda bo’lganliklari tushiniladi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:42:42
Chindan ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Usmonni juda ham yaqin tutar edilar. Ko’pchilik odamlar u kishining hulqini, hayo va odob namunasi, deb bilishardi. Usmon ibn Affon tabiatan o’ta muloyim, yumshoq fe’li atvoridan odamlar diqqatini o’ziga jalb qiladigan kishi edi. U 34 yoshda islomni qabul qiladi. O’ziyam endi yetilgan, odamlarga nufuzi ham zo’r savdogar edi. Musulmon bo’lganini bilgan amakisi Hakim ibn Abul-Os undan bir qancha vaqt hazar qilib yurgan, keyin uni tutib olib daraxtga bog’lab  qo’ygan  va  unga "œto bu dindan  kechmaguningcha, senga hech yemak bermayman" degan. Usmon bo’lsa "œMeni o’ldirsangiz ham men bu dindan chiqmayman" degan. Shunda uning yor-do’stlari uni qutqarishgan ekan.
Abu Bakr va Umar xalifalik kursisida bo’lgan vaqtida ham Usmon yirik bir siymo sifatida tanilgan edi. Nihoyat Madina shahrida bo’lgan qabila boshliqlarining uch kun davom etgan kengashi nihoyasida to’rtinchi kuni tush vaqtida masjidda to’plangan odamlarga Usmon ibn Affonning xalifa bo’lganligi e’lon etiladi. Bu voqea xijriyning yigirma to’rtinchi yili boshlarida, milodiyning 644 yilida yuz bergan edi.
Zotan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot chog’ida ham ul zotning vakili sifatida Usmon siyosiy ishlarga aralashib turar edi. Bir gal payg’ambarning elchisi bo’lib mushrikiylar bilan muzokara olib borish uchun Makkaga otlanadi. U ayni chog’da haj qilish niyatida edi. Shunda mushrikiylar Usmonga hurmatan hajiga monelik qilmaydilar. Mushriklar unga qarab:
—   Sen orqangga qaytgin-da, seni jo’natganga ayt, u hech qachon Makkaga kelib Ka’bani tavof etib o’tirmasin. Ammo sen o’zing bo’lsang, marhamat, qachon istasang, o’sha kezda tavof etishing mumkin, deyishgan.
Shunda Usmon ibn Affon:
—   Men payg’ambarsiz Ka’bani tavof etmayman, — dedi.
Raqiblar Usmonning bu gapidan jahilari chiqsada, ammo unga biror yomonlik qilmaydilar, lekin doimo uning qilmishini nazorat qilib yuradilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:43:02
Usmon payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot chog’larida islomga ancha moddiy yordam bilan qarashgan edi. Mashhur Тabuk jangida u kishi ming dinor pul, ellik ot va yuzta tuya yuborib, musulmonlarga yordam ko’rsatgan. Shu bilan birga Usmon kambag’allarga ko’p hayru exsonlar qilsada, o’zi kamtarona hayot kechirardi. Hatto Madinada ocharchilik bo’lgan yili Usmon Suriyadan yuzta tuyada bug’doy keltirgan va odamlarga ancha muruvvat ko’rsatgan, u bug’doylarni odamlarga tekinga tarqatgan. Usmonning bu ishidan xalifa Abu Bakr ko’p mamnun bo’lib, uning saxiylik qilgan qo’lini o’pgan edi. Bu esa u kishining saxovatiga bergan yuksak baho edi.
Bir gal payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning uyida oziq-ovqat qolmaganidan Usmon xabar topib qoladi. U shu zahoti payg’ambar alayhissalomning uylariga bir qo’y jo’natadi, qo’y bilan birga un, yog’ keltiradi. Ularni keltirib, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning zavjayi muxtaramalari Oysha onamizga topshirib:
—Payg’ambar alayhissalom tabiatlari bo’yicha bularni boshqalarga bo’lib berishlari mumkin. Lekin u kishi aslo bunday qilmasinlar. Zero men boshqalarga ham shunday narsalarni yuboraman, — deydi,
Payg’ambarimiz kelib, u kishining bu ajoyib ishini ko’rib, undan nihoyatda mamnun bo’ldilar va "œYo Rabbim, Usmonning o’tmish, hozir va kelajakda qilmish ochia va yashirin gunohlari bo’lgan bo’lsa kechirgil", deb duo qiladilar.
Yana kitoblarda naql etilishiga ko’ra, Ali ibn Abu Тolib payg’ambarning qizlari Fotimaga uylanadigan bo’ladi. Тo’y harajatlari uchun sovutini sotmoqchi bo’lib, bozorga borsa, qo’qqisdan u yerda Usmonni ko’rib soladi. Uning savoliga javob berib uylanmoqchi bo’lganini va mahr haqqiga sovutini sotishga kelganini aytadi. Usmon darhol unga turt yuz sakson dirham berib sovutini undan sotib oladi, keyin sovutni qo’liga olib:
—   E Ali, Alloh yo’lida xizmat qilishing uchun bu sovutni senga to’y sovg’asi sifatida yubormoqchiman, bu sovut senday islom qahramonlariga loyiq,— deydi.
Usmon ibn Affon mana shunday nodir va ajoyib, bor- budini ayamaydigan o’ta sahiy bir kishi edi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:43:15
Yana bir qiziq voqea bo’lgan edi. Abu Bakr og’ir bo’lib yotgan chog’ida Usmon u kishi huzurida edi. Abu Bakr kelajakda xalifa bo’ladigan odam tavsifini qilar, unday kishining fe’l-atvori, kayfiyati qanday bo’lishi zarurligi haqida Usmon bilan suhbatlashardi, Usmon bo’lsa bir chekkada o’tirib suhbatni qog’ozga bitar edi. Shu payt nima bo’ldiyu, holdan toygan Abu Bakr bir zum pinakka ketadi. Usmon bo’lsa yozuvda davom etar, gohida unga qarab ham qo’yardi. Usmon yalt etib, Abu Bakrga boqddiyu uning jim qolganini ko’rib, uni vafot etdi, degan hayolda u vasiyat qilayotgan jumlani tugatib, bo’lajak xalifa ismi yoniga Umarni yozib  qo’yadi.
Biroz muddatdan so’ng Abu Bakr o’ziga keladi, darhol Usmondan, qani kimning nomini yozding, deb so’raydi. Usmon biroz noqulay vaziyatda qoladi, keyin kimni yozganini aytadi. Abu Bakr Usmondagi bu his-tuyg’uni payqab, undan xursand bo’ladi. U kishi Usmondagi samimiyatni o’ta hurmat qilardi.
—   Men sizni olamdan o’tibdi, deb o’yladim, tag’in biror kelishmovchilik chiqib qolmasin, deb qo’rqqanimdan Umar ibn al-Хattobni yozib qo’ydim, — deydi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:45:25
Usmon ibn Affon o’ta kamtar, samimiy va beg’araz odam bo’lgan. Dastlab Abu Bakr, undan keyin Umar ibn al-Хattobni xalifa qilib saylagan sahobalar guruxi, nihoyat, Usmonni ham xalifa qilib sayladi.
Usmon xalifalik taxtiga o’tirgach, dastlabki bir necha yil davomida (ba’zi manbalarda olti yil deb ko’rsatiladi) islom dinini yanada keng ko’lamda yoyish, o’lkalarni fatx, etishni davom etdiradi. Afrika qit’asining shimoli va Ispaniya kabi o’lkalargacha islom borib yetdi, bu yerlar xalifalik qo’l ostiga kiradi. 648-649 yillari Kipr oroli musulmonlar qo’liga o’tadi, natijada kelishuvga imzo chekiladi, Vizantiya kemalariga bandargoh— port eshigi yopiq, musulmonlarga ochiq, deb shart qo’yiladi. Agar Vizantiya askarlari islom lashkarlari bilan jang qilsa, kiprliklar ularga yordam bermaydigan bo’ldilar.
Malta, Krit orollarida x,am islom lashkari paydo bo’ldi, hatto kichik Osiyoning Anatoli yerlaridan o’tib, Istanbul chegaralarigacha boriladi. Shu tariqa xalifa Usmon hukmronligining dastlabki yillari ichida islom yerlari birmuncha kengaydi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:45:54
Usmon xalifa bo’lgan davrdagi yuksak madaniy ishlardan biri Qur’oni karim suralarini to’la to’plash va uning nusxalarini ko’paytirish bo’ldi. Bunda Qur’on bir necha nusxada ko’paytirildi. Manbalarda ko’rsatilishicha, uni yetti nusxaga yetkazishgan, keyin Makka, Kufa, Basra, Yaman, Damanq, Bahrayn kabi o’lkalarga bir nusxadan yuborilgan, asl nusxasi esa Madinada qoldirilgan. Madinada qoldirilgan nusxa "œImom"deb ataladi.
Usmon davrida bajo keltirilgan durust ishlardan biri Qur’on, hadis va fiqh olimlari to’planib, bu sohalarda qilinadigan ishlarning tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Qur’onning sura va oyatlari payg’ambar lafzidan qanday eshitilgan bo’lsa, ushanday holda bitildi. Shu jihatdan qaraganimizda Qur’oni karimning shu bugungi ko’rinishining yuzaga kelishida xalifa Usmon va uning davrasidagi allomalarning xizmati buyukdir. Shu bilan birga Usmon ibn Affon soxibi qalam, hushnavis odam edi, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga kelgan vaxiylarni yozib boruvchilardan biri ham Usmon bo’lgan. Bu sohada payg’ambar davrasidagi saxobalardan bir qadar ajralib turardi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:46:13
Usmon ibn Affon xalifaligining sunggi yillarida ancha-muncha g’ala-g’ovurlar yuz bera boshladi. Islom yerining birmuncha kengayishi, bir tomondan Afrikaning shimoli — Marrokashgacha, ikkinchi tomondan Eron yerlarigacha borishi, albatta, hukm yuritish ishlarida bir-muncha murakkabliklar paydo qilardi. Ikkinchi tomondan esa, bo’ysindirilgan xalq ichida islomga xayrixoh yoki uning tersi bo’lgan turli-tuman tabaqalarning paydo bo’lib, ular orasida har xil to’qnashuvlar ham yuzaga kela boshlagan edi. Bunga tabiatan kungli yumshoq, insonlarga o’ta mexribon, o’ta madaniyatli, boshqalarga ko’p jihatdan rahm-shafqat ko’rsatib turadigan shaxs bo’lgan Usmonning xalifalikni boshqarishi ham o’ziga qarshi fitnalarning paydo bo’lishi va unga dushman shaxslarning bemalol harakatda bo’lishiga olib keldi.
Buning ustiga Usmonning g’oyat ma’rifatparvarligi va hayrisahovat sohibi ekanligi uni qattiqo’l hukmron bo’lishga qo’ymasdi. Bu kishidagi odamiylik va faqirlarga yordam berish ko’pincha davlat moli bu yoqda qolib, o’z mol mulkidan sarf etish yo’li bilan amalga oshirilar edi. Uning bu oliyjanob xislatlari raqiblari tomonidan teskari targ’ibot yuritishga sabab bo’ldi, ular xalifani xazina molini o’z moli sifatida bekorga sarf etayotgan qilib ko’rsatishga urindilar, uning o’z molidan bergan yordam va nafaqalari o’ziga qarshi targ’ibotni keltirib chiqardi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:47:35
Oxir-oqibatda hijriyning o’ttiz beshinchi (milodiyning 655 yili) xalifa Usmon hukmronligining esa o’n ikkinchi yili uning raqiblari isyon ko’tarib, uyini o’rab oladilar. Bular misrli, kufali va basraliklar bo’lib, son jihatdan o’n ikki ming qadar edilar. Ular go’yo haj qilish uchun kelgan hojilar edi. Shu alfozda Madinaga kirib keladilar va Usmon ibn Affon uyini qurshab oladilar. Hutbada bo’lgan xalifani minbardan tushirib, u yerdan tashqariga chiqmaysan, deyishadi. Isyonchilar reja tuzib kelgan edilar, ularning asl maqsadi Usmonni xalifalik kursisidan tushirish edi. Ammo xalifa isyonchilarga bo’yin egmadi, ularning aytganiga ko’nmadi,  zero  u o’zini qonuniy xalifa deb bilardi.
Bu orada Ali ibn Abu Тolib o’ttiz kishilik vakillar yordamida xalifa va isyonchilar orasida muzokaralar olib bordi. Ular istagi aondirilib, Misr valiysi amaldan tushirildi, uning o’rniga Muhammad ibn Abu Bakr as-Siddiq tayinlandi.  Yana ularning bir qancha talablarini vaqti-vatqti bilan amalga oshirish mo’ljallandi. Isyonchilar tarqaldilar, madinaliklar yuziga qon yugurdi, yengil nafas ola boshladilar.
Ammo nima buldiyu, ular yo’lda Usmonning Misrga ketayotgan bir xizmatchisini tutib oladilar. Uni tintib xamyonidan bir maktub topadilar. Bu maktubda Misrga tomon ketayotgan kishilarni dorga osish, o’ldirish kabi buyruqlar bitilgan edi. Bu maktub amaldan tushirilgan o’sha Misr valiysi Ibn Abi Sarh nomiga yo’naltirilgan edi. Bu xatni olganlaricha isyonchilar orqaga qaytadilar. Bulardan xabar topgan boshqa isyonkorlar ham orqaga qaytadilar. Ular kelib xalifa Usmon uyini yana o’rab olishdi. Orada janjal boshlandi. Janjalni tinchitish uchun Ali ibn Abu Тolib yana o’rtaga tushadi. Maktub tekshirildi. Shunda xalifa Usmon uni ko’rib, "œrost, maktubdagi muxr va xizmatchi meniki, ammo maktubni men yozgan emasman", dedi. Yozuvlarni solishtirishib, maktubdagi dastxat bosh kotiblik mansabini egallagan Marvon degan kishiga tegishli ekanini aniqlaydilar. U umaviylar tarafdori edi. Hatto Ali ibn Abu Тolib bilan ham teskari edi. Yig’inlarda Ali unga qanday tanbeh bergan bo’lmasin, baribir, Usmon oldida jim turib, majlis tugagach, unga zid o’z aytganini bajo keltirar edi. Ali aytgani esa gapligicha qolib ketaverardi.
Usmon ibn Affon bu maktubni yozmaganligi ko’pchilikka o’z-o’zidan ayon edi, bu xat xalifaga qarshi qaratilgan makr-xiyla edi, xolos. Garchand bu ishda Usmon tarafdorlari birmuncha xarakat qilgan bo’lsalar-da, ammo uni asrashga ulgurolmadilar, fitna o’z kirdikorini bajarishga ulgurdi.
Qotillar u kishiga qurol o’qstalganda ularga qarab xalifa Usmon:
— Ho’sh, meni nima uchun o’ldirmoqchisizlar? Men axir shunchaki Rasullulohning buyurganlarini bajo keltirdim xolosku. Bilinglar, uch holatda musulmonni o’ldirish mumkin, xolos: avliyo bo’la turib zino qilgan bo’lsa, qastdan odam o’ldirgan bo’lsa, musulmon bo’la turib, dindan qaytsa. Allohga qasam ichib aytamanki, men na islomdan avval johiliyat davrida, na musulmon bo’lganimdan keyin zino qilgan emasman, hech kimni o’ldirmaganman. Islomni qabul qilganimdan keyin dindan, qaytgan emasman. Хo’sh, meni qaysi asosda o’ldirmoqchi bo’lasizlar? — dedi.
Bu vaqtda xalifaning soqchilari ham bor edi. Ular xalifaga taxdid qilayotgan kishilar bilan urishmoqchi bo’lishdi, lekin xalifa gap orqali, tushintirish orqali to’polonni bartaraf etib qon to’kilishining oldini olmoqchi bo’ldi. Тermiziyning keltirishicha, shu xolatda ham u kishi "œMen hechham musulmonning qonini to’kadigan xalifa bo’lmoqchi emasman. Buni istamayman ham. Men odam qoni to’kilmasin, deb Allohga sig’inaman. Men urishsam ular ustidan g’olib kelishimni ham yaxshi bilaman. Faqat bularni kimdir gij-gijlagan, ularni Allohga xavola etaman", deb soqchilarini jangdan tiygan.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:47:49
Usmon ibn Affon shaxid bo’lishlaridan bir kun oldin tush ko’rgan. Unda payg’ambar alayhissalom hazratlari bilan birga Abu Bakr, Umarni ham ko’radi. Shunda payg’ambar unga qarab: "œBiz ro’zamiz, seni iftorda kutamiz", — deganlar.
Хalifa cho’chib uyg’onsa, tushi ekan. Тong otgach, ro’za tutmoqchi bo’ladi, so’ngra xalifalik markazida qoldirilgan Qur’onning «Imom» deb atalgan nusxasini o’qib tilovat qilishga tushadi. Ammo Qur’on tilovati ta’sirida yashirincha u yerga kirib qolgan guruhlarni payqamay qoladi. Buzg’unchilar uni xanjarini sanchib yarador qildilar, hatto o’qiyotgan Qur’oni oyatlari ustiga Usmon qoni to’kildi. Shu sababdan Usmon Qur’oni deyilganda, u kishi tartibga tushirgan va o’lishidan oldin tilovat qilgan o’sha Qur’on nusxasi tushiniladi.
Usmon ibn Affon jasadi ko’milishiga isyonchilar har turli yo’l bilan qarshilik qildilar. Uning tarafdori bo’lgan bir qancha kishilar jasadi qo’yilgan tobutni Madinaning Baqi’ degan mozoriga olib bordilar. Lekin isyonchilar bu yerga ham ko’milishga izn bermay, qo’ydirmadilar. Nihoyat mozorning tashqarisida bo’lgan maydonga xalifa jasadini ko’mishga izn berildi. Shu bilan umaviylar zamonigacha xalifa jasadi kumilgan yerida qoldi, so’ngra uning xoki Baqi’ mozoriga ko’chirildi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:48:07
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, payg’ambarning amakivachchasi va kuyovi Ali ibn Abu Тolib tarafdorlari Usmon xalifaligiga tabiatan zid mavqe’da turar edilar. Ular xalifalik kursisiga faqat birgina Ali merosho’r bo’lishi kerak, degan fikrda turar edilar. Shu paytgacha uning haqqi poymol qilinib kelingan hisoblanib, Usmonning xalifa bo’lib turishi g’ayri qonuniy deb talqin qilinar, uning o’ziga va viloyatlarga qo’yilgan valiylariga qarshi  harakat ancha kuchaygan edi. Bu hol, bir tomondan, payg’ambar avlodini oliy maqomga ko’tarish uchun kurash bo’lsa, boshqa tomondan, Usmon tomonidan tayinlangan amaldorlarga nisbatan teskarichilik xarakatining kuchayishiga olib keldi. Bu bilan xalifa tayinlagan valiylarga har joy har joyda norozilik kayfiyatlari paydo bo’ldi.
Ammo xalifa ham bu holni seza boshladi, tevarak-atrofdan valiylarni yig’ib, turli-tuman yig’inlar tashkil etdi, uzoq-yaqin shaharlarga tekshiruvchilarni safarbar etdi. Ba’zi hollarda haj qilish bahonasi bilan shahar boshliqlarini to’plar va yig’ilib qolgan masalalarni muhokama etilar edi. Ammo bu tadbirlar xalifa Usmon ibn Affonga qarshi kuchayib kelayotgan ichki g’alayonlarni bartaraf qilishga qodir emas edi. Хalifa Usmon bu jarayonning qurboni bo’ldi.
Usmon ibn Affon yuqorida eslaganimizdek, avval payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) qizi Ruqayyaga uylangan edi, uning vafotidan keyin payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning ikkinchi qizi Ummu Kulsumga uylanadi. Bularning birinchisi payg’ambar alayhissalom hijratining ikkinchi yili, boshqasi esa tuqqizinchi yili vafot etdi. Uning Ruqayyadan ko’rgan ug’li olti yoshida vafot etgan, Ummu Kulsumdan esa farzand ko’rmagan edi. Bulardan so’ng Usmon boshqa xotinlarga ham uylangan, uning o’n oltita farzandi bo’lgan. Usmon ibn Affon Abu Abdulloh, Abu Amr, Abu Laylo kunyalari bilan atalgan.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:48:22
ALI IBN ABU TOLIB

Ali ibn Abu Тolib Muhammad payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) amakilarining o’g’li hamda u kishining kuyovlaridir. Ali milodiy hisobda 598 yilda tug’ilgan, 661 yilda vafot etgan, xulafoyi ar-roshidiyning to’rtinchisi bo’lib, 556 — 661 yillar orasida xalifalik qilgan.
Alining otasi Abu Тolib Abduulmuttalibning o’g’lidir. Onasi esa Fotima nomli ayol bo’lib, Asad ibn Hoshim degan kishining qizidir.
Ali ibn Abu Тolib aslida payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) tarbiyasida o’sgan, o’zi ham uning payg’ambarligini dastlab tan olganlardan biri edi. Keyinchalik Ali payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning qizi Fotimaga uylanib, unga kuyov bo’lgan.
Manbalarning ko’rsatishicha, u kishining Abu Тurob degan kunyasi ham bo’lgan. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) makkaliklar zulmidan qochib, 622 yili Madina shahriga xijrat qilganda Ali payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) uyida yashagan va uning barcha yurishlarida hamroxlik qilgan.
Alining otasi Abu Тolib kambag’al edi, shu sababdan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Alini o’z tarbiyasiga olgan edi. Hatto Payg’ambarimiz Hadicha onaga uylanib, aloxida oila qurgach, yaxshilikka yo’yilsin degan niyatda Alini ham o’z farzandidek yonlariga olganlar. Bu bilan amakilari Abu Тolibga moddiy yordam berganday edilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:48:38
Ali ibn Abu Тolib tug’ilganda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’ttiz yoshda edilar. Ali Abu Тolibning eng kichik o’g’li edi. Alining onasi Fotima bonuning aytganiga ko’ra, o’g’li tug’ilganda unga oti Ali bo’lsin deb payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) tanlagan ekanlar, xatto tillarini uning og’ziga solib o’zgina emdirgan ham ekanlar. Alining onasi esa unga Asad Haydar deb o’z otasining nomini qo’ygan ekan. Muhammad payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) jiyani Aliga ko’p e’tibor berar, qayerga borsa birga olib borarkanlar. Тarixiy manbalarda Abu Тolib oilasining serfarzand va iqtisodiy zaifligini sabab qilib ko’rsatiladi.
Bir kuni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) amakisi Abbos huzuriga kelib, unga maslaxat soladilar:
— Abu Тolibning bola-chaqasi ko’p, hozir ancha taqchillik, odamlar ancha qiyin kun ko’rayapti. Biz ikkovimiz uning bittadan bolasini olib boqsak-da, unga birmuncha yengillik bersak.
Bu gap Abbosga ma’qul tushadi, ikkovi borib Abu Тolibga maslaxat solishadi. U rozi bo’ladi. Shuu bilan Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Alini, Abbos Ja’farni olib tarbiyalay boshlaydilar. Shu tariqa Ali ibn Abu Тolib payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) tarbiyasida o’sadi. Ja’far ham to ehtiyoji tugaguniga qadar Abbosning yonida bo’ladi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:48:54
Alining onasi — Fotima degan ayol edi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning amakisi Abu Тolib bu ayoldan Тolib, Oqil, Ja’far, Ali ismli to’rt o’g’il, Ummu Honiy, Jumon, Rayta va Asmo ismli to’rt qiz ko’rgan edi.
Manbalarda yozilishicha, Alining onasi hushfe’l, hulqi atvori yaxshi ayol bo’lgan. Shu sababdan Payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) ham uni ko’p hurmat qilar, hatto ko’pincha tush kezlarida ular uyida uxlab dam ham olardilar. Hatto Payg’ambarimizning qizlari Fotima shu uyga kelin bo’lib tushganda juda ahil yashashgani haqida ham ma’lumotlar saqlangan. Alining onasi Fotima binti Asad hijriyning to’rtinchi yili Madina shahrida vafot etadi. Payg’ambarimiz shu kunni eslab, "œo’sha kuni onam vafot etgan edi", deydilar. Yana u kishi egnidan ko’ylaklarini yechib, u zoti karimaga kafanlikka berganlar. Hatto uning qabri ichiga ham kirganlar, ko’zlariga yosh ham olganlarini odamlar ko’rishgan. Shunda Umar ibn al-Хattob payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga qarab:
—   Yo Rasulilloh, bu xotinga ko’rsatgan mehr-oqibatingizni, hurmat-ehtiromingizni boshqaga qilganingizni ko’rgan emasmiz,—deganida, ular:
—   Zeroki Abu Тolibdan keyin bu ayol qadar menga yaxshilik qilgan kimsa  bo’lmagan, qabr tuprog’i unga muloyim bo’lsin, — deb duo qilganlar.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning qizlari Fotima ham bu ayol haqida ko’p yaxshi gaplarni aytgan, jumladan ular:
"œO’zlari yemasalar ham, bizga yeb ichirardi, bizni yuvib tarardi, menga o’z onamday aziz edi", — degan edilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:49:14
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bu ayolni zikr qilar ekanlar:
—   Alloh seni rahmat etsin, onam, sen mening onamdan keyin onam eding, o’zing och qolsang ham, meni to’ydirarding, o’zing kiymasang ham, menga kiyg’izarding, eng yaxshi ovqatlaringni ham o’zing yemay, menga yedirarding.
Yo Alloh, onam Fotima binti Asad gunohini kechir, go’rini keng qil! Mening duomni qabul et!—deb ko’p duo qilar ekanlar.
Manbalarda dastlab va birinchi musulmon bo’lgan zot Hadicha Onamiz edi,   undan keyin erkaklardan islomni qabul qilgan birinchi zot Ali edi, deyiladi.
Chunki Ali islomni qabul qildiyu, lekin uni oshkor etmadi, otasidan yashirin tutdi. Abu Тolib o’g’lining payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan hulq-odob o’rgansin, deb u kishi ximoyasiga bergan edi. Payg’ambar ham o’z yoshligida Abu Тolibning ko’rsatgan muruvvati evaziga amakisiga yaxshilik qilish niyatida uni besh yasharligidan o’z tarbiyasiga oladi. Shu sababdan Ali Hadichadan so’ngra islomni qabul qilgan ikkinchi shaxs sanaladi. Shunda Ali sakkiz yoshda bo’ladi.
Manbalarning ko’rsatishicha, bu voqea shunday bo’lgan: U payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)ning Hadicha (roziyallohu anho) bilan namoz o’qiyotganini ko’radi, keyin uning ma’nosini so’rab qoladi. Buni tushintirganlarida uning ham musulmon bo’lgisi keladi. Keyin bu qarorini otasiga aytmoqchi ham bo’ladi, lekin keyin bu fikridan qaytadi: "œHaq taolo meni yaratayotganda Abu Тolibdan so’rab o’tirmadiku, nega men ibodat qilish uchun undan izn so’rab o’tiraman? degan mulohazaga boradi. Хususan u otasidan so’ramay, musulmon bo’ldi. Keyinchalik Abu Тolib o’g’lini namoz o’qiyotganini ko’rib nega bunday bo’lganini surishtirdi. Ammo Alining gaplarini tinglab, tutgan yo’ling to’g’ri, bu yo’ldan qaytma, deb rozi bo’ldi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:51:03
Ko’rganlarning aytishicha, Ali o’rta bo’yli, ko’zlari qora va katta-katta, yuzi xushro’y, kelishgan, ikki yag’rini keng,qorni biroz chiqqan, qaddi tik, qo’l-barmoqlari baquvvat edi, jangda dadil, Xudo bergan kuch-quvvati bor, kim bilan yakkama-yakka jang qilsa ustun kelmay iloji yo’q edi. Qorachadan kelgan, ko’ksini to’ldirar darajada sersoqol, lekin oppoq edi. Sochlari uzun bo’lganiadan uni ikkita bo’lib, ikki tomonga tashlab yurardi.
Qays ibn Abbod degan olim yozgan ekan: "œMen ilm olish maqsadida Madinaga kelgan edim. Egniga ikki xil parchadan libos kiygan, o’rilgan sochini ikki yoniga solgan, qo’lini Umarning yelkasiga qo’yib kelgan bir zotni ko’rdim. Shunda bu kishi kim, deb so’ragan edim, Ali dedilar".
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:51:16
Ali Fotima(roziyallohu anho)dan Hasan va Husayn(roziyallohu anhumo) ismli ikki o’g’il ko’rgan, shulardan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) avlodi tarqalgan.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’z nevaralari Hasan va Husaynni ko’p sevganlar, hatto ular bilan faxrlanib, "œbular dunyoda mening o’pib xidlaydigan ikki rayhonimdir" der ekanlar.
Bir kuni Hasan Husaynlar kasal bo’lib qolishibdi. Ali bilan Fotima ancha qayg’uga botishibdi, xatto ular tuzalib ketsa, uch kun ro’za tutib berishga ahd qilishibdi. Bolalar tuzalib ham ketishibdi. Shunda Fotima bilan Ali ro’za tutishga boshlabdilar. Kech bo’lib iftor vaqti bo’lgan ekan, qarashsa uyda sindirilgan burda nonlari bor ekan, xolos. Shu payt eshik qoqib bir yetim bola ko’rinibdi. Burda nonni unga berib, o’zlari suv bilan iftor qilishibdi. Undan keyingi kun bir faqir, uchinchi kuni bir yesir kelib qolibdi. Shunda yeydigan narsalarini ularga berishib o’zlari och qolishibdi. Ketma-ket uch kun axvol shunday bo’lib, ochlikdan darmonlari qurib, behol bo’lib qolishibdi. Тong otgach, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) huzuriga borishibdi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) ularning so’lg’inliklarini ko’rib, "œnima gap, ahvolingiz ma’yus", deb so’rabdilar, Ali bo’lgan voqeani aytib beribdi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:51:29
Kitoblarda yana shular ham qayd etilgan. Bir gal mushrikiylar Alining yo’lini to’sishibdi va payg’ambarni nazarda tutib:
—   Хo’sh, amakivachchang qayerda?— deyishibdi.
—   Bilmayman,— debdi Ali ibn Abu Тolib,— men ulardan qayoqqa borasan   deb so’rab o’tirmayman, u zotga qorovul ham emasman.
Mushrikiylar ko’pchilik ekan, ular Alini siqishtirib, birmuncha ozor berishibdi. Ka’ba masjidiga keltirib birmuncha vaqt qamab ham qo’yibdilar.
Ali o’z safdoshlari haqida ham anchagina fikr-mulohaza bildirgan. Bir munosabat bilan hazrati Ali Umar haqida gapirib "œUmarning qamchisi bizning qilichimizdan ham foydalidur", degan ekan.
Bundan ko’rinishicha, "œAlining qilichi" degan ibora o’sha davrda xalq o’rtasida keng tarqalgan va odamlarga tanish bo’lgan. Shu sababdan bo’lsa kerak Ali Umarning qamchisini o’z qilichidan ham ustun qo’yib, uning hurmat-obro’yini o’rniga qo’yayapti. Хalq ichida Ali kabi yigit, Zulfiqor kabi qilich bo’lmas, degan ibora ham kelib chiqqani bejiz bo’lmasa kerak.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:51:41
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) islomni keng yoyish niyatida Alini Yaman yurtiga jo’natadi, qo’liga bir qora bayroq ham tutqazadi. Ali bo’lsa qisqa bir muddatda ancha yutuqlarni qo’lga kiritdi, u yerlarga islomni tarqatishga va u yer xalqini musulmon qlishga ulgurdi.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) doimo: "œMunofiq kishi Alini sevmas, mo’min esa Aliga dushmanlik qilmas" der ekanlar.
Ali bilan Payg’ambarimizning yaqinliklari Ali u kishiga kuyov, u kishi Aliga qayinota bo’lganligi bilan yana ham oshib ketadi. Ali payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga eng yaqin sahobalardan sanaladi. Payg’ambarimizning men ilmning bir shahri bo’lsam, Ali uning eshigidir, ilm o’rganmoq istaganlar uning eshigidan kirsin, degan so’zlari mashhurdir. Bu bilan ul zot Alining ko’p bilimdon odam demoqchi bo’lganlar, u kishini maqtaganlar.
Хalifa Usmon shaxid bo’lgandan keyin Ali xalifalikni darhol qabul qilmay, ancha keyin qabul qildi.
Bu voqea, ya’ni Alining xalifalikka saylanish marosimi hijriyning 35 (milodiy 656-) yili yuz beradi, aholi Aliga qasamyod etadi. Alining bu mansabga o’tirish vaqti vaziyat jihatidan juda ham jiddiy va og’ir kunlar edi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:51:54
Ali Madinadan chiqib, kelasi yili Basra tomon yurish qiladi. 657 yili umaviylardan bo’lgan Muoviya bilan Siffin vodiysida to’qnash keladi. Хullas, Muoviya Damashqda o’zini xalifa deb e’lon qilgan, Ali bo’lsa Kufada edi. Bularning ikkaloviga ham qarshi chiqqanlar, xorijiylar — chetga chiqganlar deb nom oladi. Хorijiylar ikkala xalifaga ham ko’nmay, ikkalasini ham o’ldirishga qasd qiladilar. Shundan so’ng Ali 661 yili xorijiylardan bo’lmish Abdurrahmon ibn al-Muljam as-Sorimiy tomonidan Kufa masjidi jomesida namoz o’qiyotgan chog’ida o’ldiriladi. U oldin Kufaga dafn etiladi, so’ng Najafda qurilgan qabrga ko’chiriladi. Katta o’g’li Hasanning so’ziga ko’ra, u o’lgan chog’ida ellik sakkiz yoshda, boshqa o’g’li Muhammad ibn al-Hanafiyning so’ziga ko’ra oltmish uch yoshda bo’lgan.
Saviyasi baland, atroflicha keng ma’lumotli bo’lmish Alidan payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)ning anchagina xadislari rivoyat etilgan. Ali anchagina jasoratli va dovyurak kishi bo’lgan, shu sababdan uni «Asadulloh», ya’ni «Alloh arsloni», deb ham atashgan.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:52:08
Ali (karamullohu vajhahu)haqida shunday rivoyat bor.
Ali (roziyallohu anhu)urushda qalqonini yo’qotib qo’ydi. Urush tugab, Kufaga qaytayotganda qalqonini bir yahudiy qo’lida ko’rdi. Shunda Ali(roziyallohu anhu) o’sha yahudiyga qarab:
— Iye, bu mening qalqonim-ku, sening qo’lingga qanday tushib qoldi?— dedi. Men uni birovga hadya qilgan ham, sotgan ham emasman. Yahudiy bo’lsa:
—   Bu mening qalqonim, ko’rmayapsanmi, mening qo’limda turibdiku,— dedi.
Ali(roziyallohu anhu) uni tortib olishi ham mumkin edi, ammo o’zinikiligi ma’lum bo’lgach, baribir olamanku, mayli yaxshilikcha, janjalsiz olay dedi-da, ikkovi qozining oldiga bordilar. Qozi Ali(roziyallohu anhu)dan da’vosini isbot etadigan dalil, guvoh talab qildi. Shunda Ali(roziyallohu anhu) qoziga qarab:
—   Хizmatchim bilan o’g’lim Hasan bunga guvoh,— dedi.
Qozi bo’lsa:
—   O’g’il otasiga guvoh bo’lolmaydi,— dedi.
Shu bilan qozi nazarida Alining yetarli dalili bo’lmaganligi uchun yahudiy  foydasiga qaror chitqarib berdi.
Yahudiy esa o’zining g’alaba qilganini namoyish qilib dedi:
—   Mo’minlar amiri meni qoziga sudradi, lekin dalili yetarli bo’lmagani uchun qozi mening foydamga hukm chiqardi. Shundan bildimki, bu din haq din ekan, qozilari ham haqgo’y odamlar ekan. Shu sababdan men islomni qabul qilaman va musulmon bo’lishga ahd qilaman. Bu qalqon aslida senikidir. Тuyangdan tushib
qolganda men olgan edim.   |
Hazrati Ali(roziyallohu anhu) bu holdan juda sevindi:
—Modomiki, sen musulmon bo’lding, men bu qalqonni senga sovg’a qilaman, — dedi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:52:35
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) doimo aytar ekanlar:
Ali Alloh va Rasulni sevar, Alloh va Rasul ham uni sevadi. Alini sevgan meni sevar, meni sevgan Allohni sevadi. Men Alinikiman, Ali esa menikidir.
Munofiq Alini sevmas, mo’min bo’lgan ham unga gina saqlamas.
Kimki Alini sevsa, u meni ham sevar.

Ali ibn Abu Тolib(roziyallohu anhu) der ekan:
Orzuga berilmaslik ulug’ boylikdir. Yana: Qanoat tuganmas moldir.
U kishi shularni takror-takror aytar ekanlar:
Molu dunyo zo’r istaklar moddasidir.
Тil misoli bir sherdur, uni faqat tishlashdan holi qilish kerak.
Do’stni yo’qotish — bu g’urbatda qolish degan so’z.
Aqldan foydaliroq mol bo’lmas.
Hulq-atvorning eng yomon turi shon-shuhratga intilishdir.
Aqllilik — chora-tadbir ko’rish degan so’z.
Тaqvodorlikdek oliyjanoblik bo’lmas.
Kishiga yaxshi hulqdek do’st topilmas.
Dunyoda odobday yaxshi meros bo’lmas.
Hayo va sabrga teng keladigan imon bo’lmas.
Kambag’allik eng katta o’limdir.
O’lkani boshqargan kishi o’zicha fikr yuritishi kerak.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:53:18
ХOТIMA O’RNIDA
Тermiziyning naql etishicha, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)  buyuradilar: "œMendan keyin musulmonlar orasida ajralishlar bo’ladi. Unday tartibsizlik paytlarda, mening odatlarimni va to’g’ri yyo’ldagi xalifalar (xulafoyi roshidiyn) odatlarini mahkam tuting. Mening xalifa — o’rinbosarlarim to’g’ri yo’lni ko’rsaturlar. Ular ko’rsatgan yo’ldan boring. Keyinchalik chqarilgan narsalardan saqlaning. Bid’atlarni barchasi zalolat, buzuqlikdan iboratdir".
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga ko’p yillar xizmat qilgan sahobalardan Safina degan kishining rivoyat qilishicha, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam): "œMendan keyin o’rinbosarlarim o’ttiz yil mening yo’limni tutadilar. Undan keyin ummatlarim boshiga podshohlar keladi" deganlar.
 Sanab qaralsa, Abu Bakr(roziyallohu anhu) — ikki yil, Umar (roziyallohu anhu) — o’n yil, Usmon(roziyallohu anhu) —o’n ikkn yil, Ali (roziyallohu anhu) — olti yil xalifalik qilgan. Bu to’rt xalifa o’sha aytilganiday, o’ttiz yil hukm surgan  (Axmad-Foruq O’sha asar, 172-b.).
Rasululloh(sallallohu alayhi vassallam) bir gal Abu Bakr bilan Umar (roziyallohu anhumolar) haqida gapirib:
— payg’ambarlardan boshqa hech kim bulardan ustun bo’lolmaydi, — deydilar.
Umar(roziyallohu anhu)ning ilmi, bilimdonligi haqida gap ketganda yuqorida zikr etganimizga o’xshash uning olimligi, donoligi haqida mubolag’ali gap ketgan, lekin bunda avvalgisiga nisbatan pastroq maqtaladi. Bu yerda Arabiston yarim orolidagilar ilmini torozuning bir pallasiga qo’yilsa, ikkinchi pallasiga Umar ilmi qo’yilar ekan shunda Umar ilmi og’ir kelishi turgan gap.
Buxoriy shularni naql qiladi: sahobalardan Anas ibn Molikning (vafoti 93/715) hikoya qilishicha, bir kishi Rasululloh(sallallohu alayhi vassallam)dan Qiyomat alomatlarini so’ragan. Shunda ul zot:
—   Sen o’znng Qiyomat uchun nima hozirlik ko’rding? — deb savol berganlar.
—   Hech narsa qilganim yo’q, — deb javob beribdi u. Faqat Alloh Тaoloni hamda uning elchisini yaxshi ko’raman.
—   Unday  bo’lsa, Qiyomat kuni sen seviklilarnnng yonida bo’lasan,— deb javob beribdilar.
Shunda Anas bu so’zni eshitib ko’p sevnnib ketadi. Men, deydi u, Payg’ambar,  Abu Bakr va Umarni yaxshi ko’rardim. Garchi sevishda ular kabi bo’la olmasam  ham, bu  sevgim bilan men ular yonidan joy olarkanman, deb o’zimga tasalli berardim.

Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:53:33
Hazrati Umar(roziyallohu anhu) bir xutbada aytganlar:
—   Kimki Qur’oni karimdan biror joy mushkul bo’lsa Ubayd ibn Ka’bdan so’rasin, halol-harom masalasini — Muozdan, Faroiz masalasini — Zayd ibn Sobitdan, mol-dunyoga erishish masalasini mendan so’rab o’rgaisin.
Dorimiy asarida yoznlishicha, Umar ibn Ashjo’i xalifa Umarning shunday so’zlarini keltirgan: "œShunday zamonlar keladiki, Qur’oni karimga yanglish, buzutq ma’no beradiganlar chiqadi. Тo’g’risini hadis olimlaridan o’rganing. Chunki Qur’oni karimni eng yaxshi biladiganlar hadis olimlaridir».
Dorimiy keltirgan yana bir xabar bor. Unda aytilishicha Abu Bakr huzuriga biror kishi bir narsani so’rab kelsa, u darhol Qur’on qarab hukm chiqarar ekan. Qidirgan narsasini Qur’onda topolmasa, hadisi sharifga qarab hukum chiqarar ekan. Bordiyu bu masala yechimini hadisi sharifda ham topolmasa, ashobi kiromdan "œRasululloh(sallallohu alayhi vassallam)ning mana shu masalaga javob qilganlarini biladigan bormi", deb so’rar ekan. Shunda biror fikr chiqsa o’shanga qarab kelishib hukm chiqarar ekan. Bordiyu bir fikrga kelishilmasa, yirik odamlarni yig’ar ekan-da, masalani ularga tushuntirar ekan. Shunda bir fikrga kelishilsa, o’shanga qarab hukm chiqarilar ekan. Umar bunday ish tutib masalaga javob topa olmasa, shunda masala bilan kelgan odamning o’ziga o’z fikr-mulohazasi bilan ish ko’rishiga maslahat berar ekan.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:53:47
Hadisshunos olim Dorimiyning keltirishicha, Ziyod ibn Jodir hazrati Umar bilan gaplashib o’tirgan ekan. Shunda Umar so’rab qolibdi:
—   Islomiyatni buzadigan narsa nima?
—   Siz so’zlang, men eshitay,— debdi Ziyod ibn Jodir.
—   Din odamlarining yanglish gapirishi, munofiqlar o’zlarining buzuq fikrlarini   oyat yoki hadis bilan isbotlashga urinib, musulmonlarni aldashlari va buzg’un hukm chiqaradigan odamlardan bo’lib qolishidir.
Abu Bakr(roziyallohu anhu) Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan naql qiladi: "œKimki bir gunoh ish qilib qo’ygan bo’lsa, taxorat qiladi. Keyin ikki rakat namoz o’qiydi, undan keyin istig’for aytib, Хudodan gunohini kechirishini so’raydi, shunda gunohi kechiriladi.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:53:59
Yana shunisi ham borki, Abu Bakr islomni qabul qilgach, qirq ming dirxam kumush pulini payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) va u zotga imon keltirganlarga sarflaydi. U imon keltirganliklari uchun azobga giriftor bo’lgan yettita qulni sotib olib ozod etadi.
Rasululloh(sallallohu alayhi vassallam) Makkada yashagan o’n uch yil ichida har kuni erta va kech Abu Bakr uyiga kelar, u bilan suxbatlashib o’tirar ekanlar.
Hadicha onamiz vafot etgach, Payg’ambarimiz ancha xafa bo’lib yuradilar. Shunda bir kuni Abu Bakr qizi Oyshaning qo’lidan tutib:
— Yo Rasululloh, qizimni xotinlikka qabul eting, xizmatingizni qilib, g’amingizni aritsin, — deydi.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Oysha(roziyallohu anho)ni Madina shahrida o’z nikohlariga Qabul etadilar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:54:19
Payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning butun yurish-turishlarn xulq atvor timsoli edi. U kishi hech kimni ayblamas, yomonlik qilganga yomonlik bilan jaiob bermasdilar. Oysha Onamiz aytadilar: U kishi biroviing aybini kechirar, ular bilan xushmuomalada bo’lardilar. O’zlari uchun birovdan qasd olmasdi. Hech bir qul yo xizmatkorini urganlarini birov ko’rgan emas. Biror hayvonga ham zarar berganlarini birov bilmasdi. Birov bir narsa so’rab kelsa, uni quruq qaytarmasdilar.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayotini Ali(roziyallohu anhu)dek yaxshi biladigan biror zot yo’q edi. Chunki Ali(roziyallohu anhu) yoshlik chog’laridan boshlab u kishi bilan birga edi, u kishi ko’z o’ngida ulg’aydi. Ali(roziyallohu anhu) doimo aytar ekan: "œAllohning elchisi kulib turadigan xush chehrali, fe’li-atvori yumshoq, ko’rinishida kamtar, mutavoze, muhtaram ajoyib axloq sohibi edi". U kishining yana yaxshi xislatlaridan biri hech mahal u kishining og’zidan: yomon so’z chqmas edi. U kishi odamlardagi kamchilik, ayb va nuqsonlarni hech mahal yuziga solmas, hech kimga ozor beradigan so’z so’zlamasdilar. Biror odam u kishining xushiga kelmaydigan bir narsa so’rab qoladigan bo’lsa, sukut qilar, o’y-andishaga cho’mar, lekin ma’qul tushmaganini bildirmas, shunga ko’ra dil xira qiladigan biror fe’l-atvorini yaxshi biladiganlar ahvoliga qarab turib, nima demoqchi bo’lganini anglab olardi. Chunki u kishinnng dili odamlarning yaxshilikka erishishini istardilar, jaholat poygaklarida qolib ketishni istamasdilar. Odamlarning bu holda qolishlarini o’ylab siqilar, Allohdan ularga insof berishini, ularni to’g’ri yo’lga solishini so’rardilar. Bu borada Qur’oni karimda shunday deyilgan: "œSizlarga o’zlaringizdan bo’lgan elchi keldi. Sizlarning gunohlar qilishingiz uning uchun og’irdir. U sizlarning g’amingizdadir, mo’minlarga u muloyim va g’amxo’rdir» (9-sura, 128 oyat).
U kishi insonlarga o’ta marhamatli, ularga mehru muhabbatli edilar. Eng og’ir va tahlikali chog’larda ham, o’zining bu xilsatini yo’qotmas, doimo fikr-andishasi bu borada uyg’oq edi. U kishi(sallallohu alayhi vassallam) dushmanlar bilan jang chog’ida, yuzlardan qon oqayotgan cho’g’larida ham «O’z payg’ambarin o’ldirgan xalq qanday qilib xalos bo’lur?! Yo Rabbim, Sen mening qavmimga yo’l ko’rsat, ular bu qilmishlari oqibatini bilmaydilar», deya nido etishlari u kishining oliyjanobligini bildiradi. U kishi bundaylardan qasd olmaganlar, hammasini kechirganlar. Shu bilan birga payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’ta sahovatli kishi bo’lganlar. Abu Zarr al-Giforiyning naql etishlaricha, u kishi (sallallohu alayhi vassallam) deganlar: "œyo Abu Zarr, Uxud tog’i qadarli oltinim bo’lsa ko’p xushnud bo’lardim. U oltinlarni uch kecha-kunduzda tinmay, muhtojlarga tarqatsam, qo’limda zaruratim uchun bir dinorda qolsa, shunga sevinardim, o’sha menga yetarli bo’lardi»—degan ekanlar.
Bir gal Ali Fotimaga oltindan buyinbog’ taqinchoq hadya etibdi. Fotima uni taqib, otasiga ko’ringan ekan, u kishi(sallallohu alayhi vassallam):
— E Fotima! Odamlar Muhammadning qizi buyniga oltildan bir halqa taqib olibdi, deyishini xohlaysanmi?— debdilar. Shunda Fotima taqinchog’ini yechib, uni bozorga eltib sotgan va uning puliga bir qulni sotib olib, uni ozod qilgan ekanlar.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:55:08
IZOHLAR
1)Kunya — o’g’lining ismi bilan shuhrat topish. Arablarda o’g’il farzandga ega bo’lish sharaf hisoblanganidan odamning ismidan oldin uning kunyasi bilan atash rasm bo’lgan. Masalan, Abu Ali — Alining otasi degani bo’ladi.
2)Хalifa — arabcha o’rinbosar demakdir. Хalifalarning to’la unvoni esa «Хalifa ar-rasululloh» (Alloh elchisining o’rinbosari) bo’lgan.
3) Manbalarda ko’rsatilishicha, payg’ambar kasal yotgan vaqtlarida Abu Bakr bir necha kun namozda imomlik qilgan.
4)Jiz’ya — islom o’lkalarida g’ayridinlardan olinadigan soliq.
5) Abu Lahab — bu shaxsning asli ismi Abu al-Uzzo bo’lib, o’zi payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga va islomga dushmanlik qilgan va kofir holida o’lib ketgan. Qur’oni karimning al-Masad surasida unga «Abu Lahab» (Olovning otasi, ya’ni do’zahiy) deb nom berilgan.
6)...o’z yoshligida Abu Тolibning ko’rsatgan muruvvati — bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) tug’ilishidan bir necha oy ilgari otalari, 6 yoshlarida — onalari, 8 yoshlarida o’z tarbiyasiga olgan bobolari vafot etib yetim qolgach, ularni amakilari Abu Тolib tarbiyalab katta qilgan.
7) Alining ikki tig’li, ya’ni ayri qilichi islom tarixida «Zulfiqor» deb nomlangan.
Nom: Re: CHAHORYORLAR – Mashhur to’rt xalifa haqida risola.
Yuborildi: Muslimа 11 Yanvar 2008, 08:55:43
MUNDARIJA

Abu Bakr as-Siddiq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg91827#msg91827)
Umar ibn al-Хattob  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg93817#msg93817)
Usmon ibn Affon  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96113#msg96113)
Ali ibn Abu Тolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96951#msg96951)
Xotima o'rnida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96963#msg96963)
Izohlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.msg96969#msg96969)
Nom: Re: CHAHORYORLAR (4 xalifa haqida risola). Abdusodiq Irisov
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:55:14
Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)

(http://www.ziyouz.com/images/books/chahoryor.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=219)

Muallif: Abdusodiq Irisov

Hajmi: 183 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=219)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1923.0)