forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 06 Dekabr 2007, 17:41:14

Nom: Ota nima uchun farzandiga tanbeh beradi? (Otalar so'zi-aqilning ko'zi)
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Dekabr 2007, 17:41:14
Donolik timsoli bo’lgan Luqmoni hakim ham o’z o’g’liga 10 ta nasihatni qilgan [18, 628-bet];
1.   Siringni maxfiy tut, hech kimga aytma.
2.   Hamma ishda o’rtacha yo’l tut.
3.   Boyliging miqdorini do’stu dushmanga bildirma.
4.   Bolalaring nima desa o’shani qilaverma
5.   Mol-dunyo topaman deb o’zingni qiynoq ostiga tashlama
6.    G’azabing kelganda so’zingni tanlab gapir.
7.   Esi past, devona, axmoq va mast bilan so’zlashma
8.   Pulsiz, pichoqsiz, uzuksiz yurma
9.   O’zingni o’tda xor qilmaslikka intil.
10.   Xudoni va o’limni doimo yodingda tut, qilgan yaxshiliklaringni unut.


Mahmudo.O ning "œOta nega farzandga tanbeh beradi" kitobidan.  T. G’.G’ulom nashriyot-2005 yil.
Nom: Re: Ota nima uchun farzandiga tanbeh beradi? (Otalar so'zi-aqilning ko'zi)
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Dekabr 2007, 17:43:38
Bir donishmand ushbu 10 turli maslahatni aytib qoldirgan:

1.Yaxshilikni hech kanda qilma, u shunday bir daraxtki, doim shirin meva beradi.
2.Har qachon yaxshi orzu niyat qiling, dildan sayi harakat qilsangiz, orzular ushalishiga ishoning.
3.Birov sizni yomonlaganini aytsa, to sinab bilmaguncha u odamning dilini og’ritmang, gap eykazgan kimsa yolg’on aytgan bo’lishi mumkin.
4.Inson dilini xushnud etishni odat qiling, shirin so’zga saxiy bo’ling.
5.Baxtli odamlarga xasad qilmang, havas qilib mehnat qilsangiz siz ham baxtli bo’lasiz.
6.Nafa balosi odamni har kuyga solishini unutmang, nafsni tiygan hurmat izzat topishi va bexavotir yashashini yodda tuting.
7.Ulug’ odamlar ibratini o’rganing, ular haqida hech qachon ig’vo-bo’hton gaplarni aytmang.
8. O’ychi o’yiga etguncha tavakkalchi ishini bitiradi, degan naqilni dilga jo eting, buxuda xayol umurni yemirishini unutmang.
9.R’zg’or turmushingizda uydagilar bilan birga sa’yiharakat qiling, kattayu-kichikka ahamiyatli bo’ling.
10.Sihat salomatligingizga beparvo bo’lmang, umurni xushyor va bardam o’tkazishni baxt deb biling.

 (Otalar so’zi-aqilning ko’zi)
Nom: Re: Ota nima uchun farzandiga tanbeh beradi? (Otalar so'zi-aqilning ko'zi)
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Dekabr 2007, 17:45:45
Bir donishmandning o’z farzandiga qilgan nasixatlari:
 
1.Ey o’g’il hayotda muvofaqiyat qizonish, jisman va ruhan mukammal bo’lish uchun halol bo’l, mehnatni sev. Halol mehnat qilgan odam ikki dunyoda kam bo’lmaydi.
2.Yalqovlikdan uzoqlash, g’ayratli bo’l. Vujudingni harakatga bag’ishla. Tinma tirish, olg’a bos.
3.Ehtiyot bo’l. Hamma ishingda tartib va intizomga rioya qil.
4.Senga jamiyat tomonidan topshirilgan vazifani to’g’rilik ila bekamu ko’st ado qil.
5.Haqiqatni sev, yurish-turishingda sadda va tabiiy yo’lni tut.
6.Samimiy, pok qalbli, vijdonli va haqshunos bo’l.
7.Qanoatli, hammaga mehribon va g’amxo’r bo’l.
8.Tog’rilik va shijoatni o’zingga shior qilib ol.
9.Sharaf va nomusingga dog’ tushirma ehtimoli bo’lgan har turli zavq va safodan kech.
10.Go’zal axloqning matonati, hissiyotning oliyjanobligi bilan vujudingga sihat va latofatlik bag’ishla.


Mahmudo.O ning "œOta nega farzandga tanbeh beradi" kitobidan.  T. G’.G’ulom nashriyot-2005 yil.
Nom: Re: Ota nima uchun farzandiga tanbeh beradi? (Otalar so'zi-aqilning ko'zi)
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Dekabr 2007, 17:47:10
YOSHLARGA O’N NASIHAT
"¢Senga hayot baxsh etgan ota-onangni va har vaqt senga yordam berib, hayotingni qo’riqlovchi zotlarni hurmat qil, ularning izzat ikromlarini bajo keltir.
"¢Aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug’ va yor do’stlaringga muhabbat hamda sadoqat ipi bilan bog’lan.
"¢Ma’nosiz yo’llardan sharaf va no’musingni barbod qiladigan ishlardan yiroq bo’l.
"¢Yoshligingni, hissiyoting, sof-pokligingni, sihating, nomusing, obro’ va etiboringni qo’riqla.
"¢Sevishni bil muhabbat va sog’lam aql o’zingga umur yo’ldosh tanlashda yo’lboshchi bo’lsin.
"¢Imkoning etgan vaqtda darhol uylan, bir oila tashkil qilib, o’zingga bir oshiyonini hozirla. Bu ishing insoniy vazifa, o’xshashi bo’lmagan saodat vositasidir.
"¢O’g’illaringni sabrli, matonatli,fazilatli va shijoatli qilib yetishdir. Qizlaringni ham go’zal hislatli qilib tarbiyala.
"¢Oilang hayotini go’zal suratda davom etdir. Oila davrasini sev, u ko’zga yoqimli, qalbga zavq-shavq baxsh etishi uchun kuchingni sarf qil.
"¢Lutfkor va shafqatparvar bo’l. Boshlariga mushkul ish tushgan, falokatga erishganlarga tasalli ber, mushkullikdan qutilishida ularga yordam ber.
"¢Bo’sh vaqtingdan bir qismini odob va axloqqa  qarshi bo’lmagan o’yin va kulgularga sarf qil.


"œOz-o’rganib, dono bo’lur" kitobidan