forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:12:21

Nom: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:12:21
KANT HIKMATLARIDAN

«Hech kimga zarar yetkazmaydigan yolg‘onni ham gunohsiz, deb bo‘lmaydi».

«Aql-zakovat va ma’naviyatsiz, faqat huzur-halovat uchun yashovchi insonlarning hayoti bir chaqaga ham arzimaydi».

«Hayoti bebaho qiymatga ega kishilar o‘limdan kamroq qo‘rqadilar».
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:12:43
"¢ Ahmoqni yuz darra urgandan ko‘ra esi bor odamga bitta tanbeh kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.

"¢ Yo‘lda esi past bilan uchrashgandan ko‘ra bolalarini yo‘qotgan ona ayiqqa duch kelgan afzalroqdir.

"¢ Do‘st hamma vaqt yaxshi ko‘radi, qora kuningda ham akang kabi yetib keladi.

"¢ Aqli noqis odamgina o‘z yaqini uchun kafil bo‘ladi.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:13:01
"¢ Eshitadigan quloq, ko‘radigan ko‘z — unisini ham bunisini ham Parvardigor yaratgan.

"¢ Uyquni yaxshi ko‘rma — qashshoq bo‘lmaysan; ko‘zlaringni ochiq holda tut va mudom to‘ygancha non yeysan.

"¢ Xaridor «Yomon, yomon», deydi; lekin nariroqqa borgach, maqtaydi.

"¢ Oltin bor va ko‘plab inju bor, ammo eng bebaho ashyodono so‘zdir.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:13:34
"¢ Tafakkur yo‘lidan adashgan inson marhumlar mashvaratiga borib qoladi.

"¢ Injiq va badjahl ayol bilan yashamoqdan ko‘ra cho‘lu dashtda kun o‘tkazmoq yaxshidir.

"¢ Otni jang kuniga hozirlaydilar, lekin fath-g‘alaba — Tangridandir.

"¢ Yaxshi nom katta boylikdan afzal va yaxshi obro‘ kumush va oltindan yaxshidir.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:13:56
"¢ Boy va kambag‘al bir biri bilan uchrashadi; har ikkalasini ham Xudo yaratgan.

"¢ Bilim Robbimiz hifzu himoyasida turadi, qonunni buzuvchining so‘zlarini esa u botil qiladi.

"¢ «Ko‘chada sher yuribdi! -deydi yalqov odam. -Maydonning o‘rtasida meni o‘ldirishadi!»

"¢ Buzuq ayol dahani — chuqur jarlikdir; Tangri g‘azabiga duchor bo‘lganlar o‘sha yerga qulab tushadilar.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:14:18
"¢ Kambag‘alni tunovchi bo‘lma, chunki u kambag‘aldir; va eshiging oldida mazlumni izza qilma.

"¢ Chunki Tangri ularning ishiga aralashadi va tunovchilarning ruhini tanidan sug‘urib oladi.

"¢ Agar to‘lashga qudrating qolmasa, ostingdagi to‘shagingni tortib olib ketishlarigacha ahvolga tushirmasang bo‘lmasmidi o‘zingni?

"¢ Ota-bobolaring o‘tkazib ketgan chegaralarni o‘zgartirmagin.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:14:39
"¢ Boylik orttiraman deb joningni koyitma; bunday o‘ylarni boshingdan chiqarib tashla.

"¢ Ko‘zlaringni bu boylikka qaratishing bilan u g‘oyib bo‘ladi; qanot bog‘lab, burgut singari osmonu-falakka uchib ketadi.

"¢ Hasadgi odam uzatgan taomdan yemagin va uning shirinliklariga mahliyo bo‘lmagin.

"¢ Chunki qalbida qanday o‘yi bo‘lsa, o‘zi ham shundaydir; «egin, ichgin», deydi u senga, ammo yuragi sen bilan emasdir.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:14:57
"¢ O‘spirinni jazosiz qoldirma, xipchin bilan savalasang u o‘lmaydi:

"¢ Sen uni xipchin bilan jazolaysan va ruhini jahannamdan qutqarib qolasan.

"¢ O‘g‘lim, mayno‘shlikka berilgan va go‘shtxo‘rlikdan qornini qappaytirib oladiganlar orasida bo‘lmagin:

"¢ Chunki mast va ochafatlar qashshoqlashadi va seruyqulik juldur kiyim kiydiradi.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:15:20
"¢ Haqiqat xaridori bo‘l; donolikni, ilmni va aqlni sotmagin.

"¢ Ey iymonsiz, sen taqvodorning xonadoniga nisbatan shar ishni o‘ylama; uning tinch-halovatini buzma.

"¢ Zero taqvodor yetti marta yiqilsada turadi; murtadni esa o‘lim yutadi.

"¢ Zolimdan koyinma, betavfiqdan o‘kinma, zotan, zolimning kelajagi yo‘q, betavfiqning chirog‘i o‘chadi.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:15:40
"¢ Shimoldan esuvchi shamol yomg‘ir yog‘diradi, yashirin-mahfiy zabon esa dilni og‘ritadi.

"¢ Vayron etilgan devorsiz shahar qanday bo‘lsa, o‘z ruhiga sohiblik qilolmaydigan odam ham shundaydir. 
 
"¢ Otga — qamchin, eshakka — yugan, ahmoqqa esa tayoq kerak.

"¢ Palaxmonga qimmatbaho toshni solib otuvchi kim-u, aqlsizga ehtirom bildirgan kim: ikkisi tengdir.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:16:02
"¢ It o‘z qusgan joyiga qaytgani singari, ahmoq odam ham ahmoqligini qaytaraveradi.

"¢ Chuqur qazgan o‘zi shu chuqurga qulaydi; toshni kim yuqoriga yumalatsa, o‘sha odamning o‘ziga qaytib tushadi.

"¢ Yolg‘on zabon o‘zi zarar yetkazadiganlarni yomon ko‘radi, xushomadgo‘y og‘iz esa qulashni hozirlaydi.

"¢ Ertangi kun bilan maqtanmagin; zero o‘sha kun nimani tug‘ishini bilmaysan.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:16:27
"¢ O‘z do‘stingni va otangning do‘stini tashlab ketmagin; va baxtsiz kuningda iningning uyiga bormagin; uzoqdagi og‘ayningdan yaqindagi qo‘shning yaxshi.

"¢ Aqlsizni keliga solib don bilan birga to‘ysang ham ahmoqligi undan ajramaydi.

"¢ Subutsiz-yolg‘onchi odam hech kim ortidan quvmasa ham qochadi, iymonli inson esa sherdek dovyurak bo‘ladi.

"¢ Qulni bolaligidan rohatda tarbiyalashsa, kattargach u farzand bo‘lishni istaydi.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:16:48
"¢ Uy va mol-mulk — volidlardan meros, aqlli xotin esa Tangrining tuhfasidir.

"¢ Qura tashlash kuchlilarning bahs-tortishuvlariga barham beradi.

"¢ O‘lim va hayot — til hukmidadir; va uni sevuvchilar uning mevalaridan ham bahramand bo‘ladilar.

"¢ Yolg‘on guvohlik beruvchi jazosiz qolmas va yolg‘on so‘zlovchi o‘zini qutqarolmas.
Nom: Re: Immanuel Kant hikmatlaridan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:17:03
"¢ Xudovand o‘zi uchun hamma narsani qildi: hatto gunohkor kimsani ham hisob-kitob kunigacha saqlashni zimmasiga oldi.

"¢ Keksalarning hayot cho‘qqisi — o‘g‘illarining o‘g‘illari, farzandlar sharafi — ularning ota-onasidir.

"¢ O‘z-o‘zingni donishmand deb o‘ylama, Parvardigordan qo‘rqgil, yomonlikdan uzoqda yur.