forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:13:08

Nom: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O’limdan so’ng)
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:13:08
Imom G'azzoliy

O’LIMDAN SO’NG...
Ikkinchi qism

«O’limni eslash» (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.0) kitobining ikkinchi qismida Sur chalinishidan to jannat yoki do‘zaxda qaror topishgacha bo‘lgan voqealar, shuningdek, bular orasida sodir bo‘ladigan qo‘rqinch va xatarlar zikr qilinadi.

Ikkinchi qism quyidagi mavzulardan iborat:
MUNDARIJA

Sur chalinishi bayoni  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg93836#msg93836)
Mahshar va uning ahli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg93841#msg93841)
Terning sifati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg94177#msg94177)
Qiyomat kunining uzunligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg94179#msg94179)
Qiyomat kuni, uning dahshati va nomlanishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg94181#msg94181)
So‘ralish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134115#msg134115)
Mezon - tarozining sifati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134124#msg134124)
Da’vogarlarning sifati va mazlumlar haqqining qaytarilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134127#msg134127)
Sirot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134141#msg134141)
Shafoat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134147#msg134147)
Havzi Kavsar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134157#msg134157)
Jahannam va uning dahshatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134161#msg134161)
Jannat va jannat ne’matlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134179#msg134179)
Jannat ahlining libosi, to‘shaklari, so‘rilari va chodirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134191#msg134191)
Jannat ahlining taomi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134193#msg134193)
Ohu ko‘z hurlar va hech qachon qarimaydigan bolalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134196#msg134196)
Jannat ahlining sifatlari haqida ba’zi xabarlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134199#msg134199)
Alloh taoloni ko‘rish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134203#msg134203)
Alloh taolo rahmatining kengligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134205#msg134205)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:18:39
Sur chalinishining bayoni

Jon chiqar holatdagi talvasa, oqibat xavfida to‘lg‘onishlar xususida «O’limni eslash kitobi» orqali tanishdik. Bas, shunchalik to‘lg‘onishlar o‘tdi, banda bu dunyodan uzildi. Endi uni qabr zulmati, jasadni kemiruvchi qurtu hasharotlar, Munkar va Nakir savollari, agar Allohning g‘azabiga sazovor bo‘lsa, qabr azobi va uning xatarlari «quchog‘iga oladi».

Bulardanda xatarlisi, hali oldinda Sur chalinishi, jasadlarga qaytadan jon iiib, qabrdan chiqish, barcha ishga qodir Zot oldida katta-yu kichik narsalar haqida so‘ralish, xar bir miqdorni hisobga oluvchi amallar tarozisining qurilishi, qildan ingichka va qilichdan o‘tkir Sirotdan o‘tish, keyin yo saodat sari yo shaqovat-badbaxtlik sari yo‘llaydigan hukm nidosini kutishlar bor.

Bas, bu xolat, bu dahshatlardan ogoh bo‘l va ularni sidqi dildan tasdiqla, iymoningga zarracha shubha aralashmasin! Bu xususda qanchalik ko‘p fikr yuritsang, kalbingda u Kunga xozirlik ko‘rishga undovchi sabablar shunchalik ortadi.

Afsus! Aksar kishilarning oxirat kuniga bo‘lgan iymoni qalbiniig to‘ridan joy olmagan. Shuning uchun ham ular yozning issig‘i-yu, qishning sovug‘iga mukammal hozirlik ko‘rgani holda, suyaklarni eritib yuboradigan jaxannam oloviga, turli-tuman musibat va daxshatlardan iborat zamharir sovuqlariga e’tiborsiz. Ulardan oxirat kuni xaqida so‘rasangiz, tillari biyron, qalblari esa g‘ofil. Agar birortasi ularga «oldingdagi taom zaharli» desa, unga «to‘g‘ri aytding, do‘stim» deyishadi va taomga qo‘l cho‘zishadi. Tillari bilan tasdiqlagan narsani amallari bilan yolg‘onga chiqarishadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:25:26
Angla! Amaldagi yolg‘on tildagi yolg‘ondan xavflirokdir.

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Alloh taolo dedi: «Meni so‘kmaslik lozim bo‘laturib, Odam farzandi Meni so‘kdi. Meni yolg‘onchiga chiqarmaslik lozim bo‘laturib, Meni yolg‘onda aybladi. Meni so‘kkani: «Allohning bolasi bor» deganidir. Meni yolg‘onda ayblagani «Alloh avval yaratgani kabi qayta yaratolmaydi» deganidir» (Buxoriy rivoyati).

Qayta tirilish, hisob uchun Maxshar maydonida to‘planish xususida fikrlash kam, o‘ylar sayoz, ishonchda quvvat yo‘q, tasdiqlar zaif, Agar tirik jonzotning tug‘ilishini umrida ko‘rmagan odamga: «Sodda va arzimas bir urug‘dan sen ko‘rib turgan mana shu mukammal odamni paydo qilgan Yaratuvchi bor» deyilsa, u bu haqiqatga shubha bilan qaraydi.

Alloh taolo dedi:
«Inson Biz uni nutfadan - bir tomchi suvdan yaratganimizni, endi esa banogoh u (O’zimizga) ochiq qarshilik qilguvchi bo‘lib qolg‘anini ko‘rmadimi?!» (Yosin, 77oyat).

Alloh taolo dedi:
«Inson o‘zini (bu dunyoda dinu iymonga buyurilmasdan, oxiratda esa qayta tirilib hisob-kitob qilinmasdan) bekor tashlab qo‘yilishini o‘ylarmi?! Axir u (bachadonga) to‘kiladigan maniydan bir(haqir) nutfa emasmidi?! So‘ngra laxta qon bo‘ldi. Bas, (Alloh uni ) yaratib, raso qildi. So‘ng undan erkak va ayol juftlarini (paydo) qildi» (Qiyomat, 36-38 oyatlar).

Odamning ilk yaralishidagi, yo‘kdan bor bo‘lgan turli-tuman a’zolarning birikishidagi ajibliklar oldida qayta tirilish nima degan gap! Alloh taoloning shunday san’ati va qudratiga guvox bo‘lgan kishi qanday qilib Qayta tirilish va buning hikmatini inkor eta olardi?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:30:11
Agar qayta tirilishga ishonching mustaqkam bo‘lmasa, ilk yaralishga nazar sol, iymoning quvvatlansin, Qayta tirilish ham avvalgi yaralishdek, balki undanda yengilrokdir. Iymoni bakuvvat qalbgina kelajakda muqarrar xavf-xatarlarni his qiloladi. Shu xususda o‘yla, e’tiboringni shunga karat. Bu dunyo va uning rohatini qalbingdan sug‘urib ol, ertaga Ulug‘ Zot karshisida kanday yuzma-yuz turishingni o‘yla!

Surning shiddatli tovushidan qabr axli dahshatga tushadi. Shunday dahshatki, qabrlar yorilib, bir daf’ada undan jasadlar ko‘tariladi. Tasavvur qil: yuzing bo‘zargan, boshdan oyog‘ing qabr tuprog‘iga belangan hodda turibsan. Ko‘zlaring nido kelgan tomonga tikilib, qotib qolgan.Olomon sinovlari uzoq cho‘zilgan qabrlar ichidan bir qo‘zg‘olishda chiqadilar, Endi ular oldingidan ham chuqurroq qayg‘u, shiddatliroq qo‘rquv - oqibat kanday bo‘lishini kutish dahshati ichra qoladilar.

Alloh taolo dedi:
«Sur chalindi-yu, osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina(tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular (ya’ni barcha xaloyiq qayta tirildi va qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) ko‘z tutarlar» (Zumar, 68 oyat).

Alloh taolo dedi:
«Chunki qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganida, ana o‘sha Kun qiyin Kundir! Kofirlarga oson bo‘lmagan (Kundir)!» (Muddassir,8-10 oyat).

Alloh taolo dedi:
«Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar(aytinglarchi), mana shu va’da (qilingan azob) qachon bo‘ladi?»-derlar. Ular faqat birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqda xolos. U ularni (o‘limdan mutlaqo bexabar hollarida, ko‘cha-ko‘y va boaorlarda bir-birlari bilan) janjallashib turganlarida olib ketar(ya’ni halok etar). Bas, ular na biron vasiyat qilishga va na uylariga qaytishga qodir bo‘lurlar. (Qiyomat soati kelib farishta Isrofilning‘) suri chalinishi bilan banogoh ular qabrlaridan Par-vardigorlari (huzuriga hisob-kitob uchun) sug‘urilib chiqurlar. Ular: «Ey bizlarga o‘lim bo‘lsin! Kim bizlarni yotgan joyimizdan(qabrlarimizdan) turg‘izdi?» deganlarida, (ularga aytilur): «Mana shu Rahmon va’da qilgan va payg‘ambarlar rost so‘zlagan narsa — Qiyomatdir» (Yosin, 48-52 oyatlar).

Agar o‘liklardan barcha azoblar ko‘tarilib, faqatgina Sur chalinishi qolsa, mana shu daxshatning o‘ziyoq ularni tinimsiz qo‘rqitishga kifoya bo‘lardi. Surning dahshatu vahshatga to‘la ovozi osmonlaru yerdagi barcha jonzotning yuragini yoradi. Faqat Alloh o‘ldirishni iroda qilmagan ba’zi farishtalargina undan omon koladilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:34:11
Rasuli akram dedilar: «Qanday quvonay, Sur egasi shoxni og‘ziga qo‘ydi. U boshini egib, quloklarini «ding» qilgan hodda chalishga qachon amr bo‘lishini kutyapti» (Termiziy rivoyati).

Muqotil ibn Sulaymon deydi: «Sur bu shoxdir. Isrofil alayxissalom bu shoxga dam uradi(puflaydi). Shoxning dam uriladigan og‘iz tomoni osmonlaru yerning kengligichadir, Isrofil alayhissalom Arshga ko‘zini tikib, qachon amr bo‘lishini kutyapti. Surga birinchi dam urilganda osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar ko‘rquvdai jon beradilar. Magar, Alloh tirik qolishini iroda etgan farishtalar — Jabroil, Mikoil, Isrofil va Malak ul-mavt omon koladilar. Keyin o‘lim farishtasi - Malak ul-mavtga Jabroilning, so‘ngra Mikoilning, so‘ng Isrofilning jonini olmoq buyuriladi. Oxirda o‘lim farishtasiga xam o‘lmoq amr etiladi. Bas, u ham jon taslim qiladi.

Birinchi bor sur chalinganidan so‘ng xalq qirq yil bar-zaxda qoladi. Keyin Alloh taolo Isrofilni tiriltirib, surga ikkinchi bor dam urishni buyuradi».

Alloh taolo dedi:
«Sur chalindi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzotlar o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u (sur) ikkinchi bor chalindida, banogoh ular (ya’ni barcha xaloyiq qayta tirildi va qabrlari
dan) turib, (Allohning amriga) ko‘z tutarlar»
(Zumar, 68 oyat).

Ko‘z oldingga keltir, surning dahshatli qichqirig‘idan qo‘rquv ichra oyoqqa qalqqan xaloyiq gangib, o‘zini yo‘qotgan. Lekin ustlariga yopirilgan shuncha xorlik va siniqlikka qaramasdan bitta tuyg‘u ularda hali o‘lmagan - kutish tuyg‘usi! Ular hukmni kutishyapti: saodatmi yo shaqovat?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:36:11
Tasavvur et, sen ham shular orasidasan. Sen ulardek xor-nochor, hayronalik ichra qotib qolgansan. Bu dunyoda to‘kin-sochin, turli-tuman noz-ne’matlarga burkangan holda yashading, boy eding. U Kunda vahshiy hayvonlar boshlari egik holda sahrolardan, tog‘lardan tushib keladi. Odamlardan qo‘rqish o‘rniga, xaloyiqqa qo‘shilib, beozor va begunoh holda Hashr sari yuradilar. Surning dahshatli qichqirig‘i ularni bu tomon chorlaydi, bu dahshat tufayli ular odamlardan qo‘rqishni unutadi:

«Vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to‘planib qolganida» (Takvir, 5 oyat).

Keyin yo‘ldan ozib, osiy bo‘lganlaridan so‘ng mardud bo‘lgan shaytonlar Mahsharga keladilar. Alloh taolo oldida turish qo‘rqinchi ularning bo‘ynini egadi:

«Bas (ey Muhammad), Parvardigoringizga qasamki, albatta Biz ularni (yo‘ldan ozdirgan) shaytonlari bilan birga to‘plarmiz, so‘ngra (barchalarini) jahannam atrofida tiz cho‘kkan hollarida hozir qilurmiz» (Maryam, 68 oyat).

Fikr et, o‘tpa payt ahvoling ne kechadi?!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:39:05
Mahshar va uning ahli

Qayta tirilib, qabrdan chiqqanlaridan so‘ng odamlar yalang oyoq, yalang bosh, onadan endi tug‘ilgandek, xatna kilinmagan holda Mahshar maydoni sari haydaladilar. Mahshar oppoq, kaftdek tekis yer bo‘lib, uning na qiyshaygan, na egraygan yeri bor, Unda inson panasiga berkinib oladigan na bir do‘nglik, na ko‘zdan yashirin jarliklar bor. Bu keng maydonniig tuprog‘i barcha yerida bir xil, zarrasi zarrasidan farqlanmaydi. Odamlar Mahsharga to‘p-to‘p haydaladilar. Ajabo! Kurai zaminning turli burchaklaridan, turli toifalarga bo‘linib kelayotgan sonsiz xaloyiqni bitta maydonga jamlagan Zot naqadar ulug‘, na qadar kudratli!

«Qiyomat kuni odamlar oq va ofra(oppoq emas, qoraga moyilroq) rangdagi, kepaksiz undan qilingan non kabi (dumalok), na bir bino, na bir aholi yashashiga alomat bo‘lmagan yerda to‘planadilar» (muttafaqun alayh).

U yer bu dunyo yeriga o‘xshamaydi, faqat ismdagina o‘xshash xolos:

«U Kunda yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladi...» (Ibrohim, 48-oyat).

Ibn Abbos deydi: «U yerda ziyodalashish va kamayish bor. U yerning daraxtlari, tog‘lari, vodiylari va ustidagi bor narsa sidirib olingan va u yer ukoziy teri kabi cho‘zilib yotibdi. Kumush kabi oqish bu yerda na bir qon to‘kilgan, na bir xato qilingan. Osmonlarning quyoshi, oyi, yulduzlari yo‘q» .

Ey miskin! U Kunning dahshati va shiddati haqida o‘yla. Xaloyiq Mahsharda to‘planar ekan, yulduzlar falaklaridan to‘kiladi, quyosh va oy so‘nadi. Nur ketib, yerga zulmat cho‘kadi. Mana shu holatda odamlar uzra osmon o‘rala boshlaydi, qalinligi va shiddati besh yuz yillik yo‘l qadar bo‘lishiga qaramasdan osmon yoriladi. Farishtalar uning girdi-chekkalarida qoim turadilar. Yorilayotgan osmonning quloq pardasini teshgudek ovozi naqadar daxshat! Shunchalar salobatli va shiddatli osmonlar yorilgan u Kun qanday haybatli! Keyin osmon erigan kumush kabi oqadi, unga bir sariqlik qorishadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:46:46
«U Kunda osmon eritilgan mis kabi bo‘lib qolur. Tog‘lar yung kabi (engil) bo‘lib qolurlar».(Maorij, 8-9oyatlar)

«U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan parvonalar kabi bo‘lib qolurlar(Ya’ni qabrlaridan chiqishib,Qiyomat dahshatidan o‘zlarini har yonga urib-to‘zib ketadilar)(Al-Qoria, 4 -oyat).

Rasululloh sollallohu alayqi vasallam dedilar: «Odamlar yalangoyoq, yalang‘och, xatna qilinmagan holda, qulog‘ining yumshoqlarigacha terga botib yuradilar». Shunda Savdo onamiz; «Voy, qanday uyat, birovning ko‘zi birovga tushmaydimi? - so‘radilar. «Odamlar o‘zlari bilan o‘zlari band bo‘lib qoladi» dedilar Allohning rasuli (va ushbu oyatni o‘qidilar):

«(Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur!(Abasa, 37-oyat)

Bu qanday Kunki, odamlarning avratlari ochiq, lekin hech kim ularga qayrilib boqmas. Qandayam boqsin, qayrilib qarashga qani majol, kimdir qorni bilan, kimdir yuzi bilan sudralib ketayotir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Dekabr 2007, 16:47:50
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Qiyomat kunida odamlar uch guruh bo‘lib to‘planadilar: ulovda yuruvchilar; yayov yuruvchilar; yuzlari bilan yuruvchilar». Shunda bir kishi: «Yuz bilan qanday yuriladi, ey Allohning rasuli?» deya so‘radi. «Oyoqlar bilan yuritishga qodir Zot, ularni yuzlari bilan yurgizishga ham qodirdir!» deb javob berdilar Allohning rasuli.(Termiziy rivoyati)

Odamzod tabiati o‘ziga yoqmagan barcha narsani inkor qilishga odatlangan. Agar inson yashin tezligida qorni bilan o‘rmalab yuradigan ilonni ko‘rmaganida edi, oyoqsiz yurish mumkinligini inkor qilgan bo‘lardi. Aslida, oyoq bilan yurishni ko‘rmagan odamga bu odatiy hol, ya’ni oyoq bilan yurish xam ehtimoldan uzoq narsa.

Shunday ekan, Qiyomat kunida sodir bo‘ladigan ajib ishlarni bu dunyoda qiyosi yo‘qligi uchun inkor etishdan saqlan! Negaki, dunyo hayotida ham ko‘zing ko‘rmagan bir ajoyibotni senga gapirib berishsa, albatta inkor qilgan bo‘larding.

Bas, Mahshar maydonidagi holatingni qalbingda jonlantir: qip-yalang‘och, xor, mag‘lub, o‘zni unutgan holda turibsan. Ustingdan qanday xukm o‘qilishini kutyapsan, bu hukm seni saodatga eltadimi yo shaqovatga, bilmaysan?

Allohim! Bu hol g‘aflatidai saqla. Chunki, u ulug‘ holdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:30:40
Terning sifati

Keyin Mahshar maydonida to‘plangan yetti falak va yetti yer mavjudoti: farishtalar, jinlar, insonlar, shayton, vahshiy hayvonlaru yirtqich qushlardan iborat xaloyiqni tasavvur qil. Ularning ustiga yog‘ilayotgan quyosh nurining harorati borgan sari ziyodalashyapti...

So‘ngra quyosh ularning boshi uzra ikki yoy miqdorida yaqinlashtiriladi, u yerda butun olamlar Parvardigori soyasidan boshqa soya qolmaydi. Faqat muqarrab zotlargina bu soya ostida bo‘ladilar.

Insonlar ikki guruhga ajraladilar: bir gurux, Arshning soyasida, boshqasi quyoshning sindiruvchi harorati ostida. Eritib yuboruvchi bu kaynok harorat g‘am-anduhni kuchaytiradi. Zich va tiqilinchdan oyoqlari chalkashib ketayogan xaloyiq bir-birini itaradi. Butun olamlar Rabbi -Alloh oldida bunday sharmandali xolda bo‘lish ularni yanada qattiqroq xijolatga soladi. Quyoshning olovli tafti, nafaslarning harorati, hayo va xavf o‘tida qovrilayotgan qalbning kuydirishi va boshqa azoblar odamlarni qiynaydi, ularning xar tukidan ter toshadi. Shu darajada toshadiki, yerlar suvga to‘ladi, badanlarga kadar ko‘tarilib, xatto Allohning huzuridagi manzillargacha yetadi. Toshib chiqayotgan ter kimnidir tizzasigacha, kimnidir bellarigacha, kimnidir qulog‘ining yumshog‘igacha ko‘msa, yana kimnidir butkul g‘arq qiladi.

Ibn Umar Rasuli akramning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Barcha odamlar Parvardigori olam huzurida tik turib(hisob-kitob beradigan Qiyomat) Kunida ulardan ba’zilari kulog‘ining yarmigacha terga g‘arq bo‘ladi»(muttafaqun alayx).

Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini aytadi: «Qiyomat kuni odamlardan oqqan terlar yerga yetmish bo’(quloch) singadi, ularning og‘izlari va quloqlarigacha yetadi»(muttafaqun alayx)-
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:33:36
Boshqa bir xadisda aytiladi: «Qirq sana ko‘zlarini osmonga tikkancha turadilar. G’am-andux shiddatidan terlari og‘izlarigacha yetadi»(Ibn Mas’ud rivoyati).

Aqoba ibn Omir deydi: «Rasululloh sollallohu alayxi vasallam dedilar: «Qiyomat kuni quyosh yerga yaqinlashadi, odamlar terga botadi. A’zoi badandan toshib chiqayotgan ter kimningdir tovonigacha, kimnikidir boldirining yarmigacha, ba’zilarniki tizzagacha, biroviniki belgacha, biri-niki og‘izgacha yetadi,- deb og‘izga ishora kildilar. — Yana birlaridan oqqan ter (oyog‘idan to) boshigacha to‘la qoplab oladi» (Axmad rivoyati).

Ey miskin! G’am-andux ichra terlarga g‘ark bo‘layotgan Maxshar axliga boq. Ularning ichida shunday deb bakirayotganlari xam bor: «Ey Rabbim, garchi jaxannamga jo‘natib bo‘lsada, meni bu andux va intizorlikdan qutqar!»

Bularning barchasi xali hisob-kitob qilinishidan, jazolar berilishidan oldin ro‘y beradi. Sen xam shu odamlardan birisan, a’zoi badaningdan toshib chiqayotgan terlar qaerga yetishini bilmaysan.

Alloh yo‘lida qilingan xar qanday ibodat- u xaj bo‘ladimi, ro‘zami, namozmi, musulmonning biron hojatini ravo qilishmi, amri ma’ruf yoki nahyi munkar yo‘lidagi mashaqqatmi, bularning barchasi insonni terlatmasligi mumkin. Lekin Mahshar maydonidagi xayo va xavf xar bir bandani terga g‘arq qiladi.

Mahshardagi qayg‘u shu darajada davomliki, go‘yo cheki yo‘qdek tuyuladi. Agar Odam farzandi jaholat va g‘ururdan uzoq bo‘lsa edi, bu dunyoda toat tufayli chekilgan ranju alamlarda oqqan terlar Qiyomatdagi g‘am-anduh va intizorlik ostida to‘kilgan terlar oldida arzimas va muddat jihatidan juda qisqa ekanligini bilgan bo‘lardi. Chunki, u Kun shiddati qattik, muddati uzoq Kundir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:35:38
Qiyomat kunining uzunligi

U Kun ko‘zlar tikilgan ko‘yi qotib qolgan, kalblar parchalangan, birov birovga so‘z qotmaydi, birov birovga boqmaydi. Uch yuz yil tuz totmasdan, bir qultum suv i-masdan turadilar, g‘ir etgan shabadani topmaydilar.

«U Kunda barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turadilar» (Mutaffifun,6)oyati tafsirida Ka’b va Qatoda dedi: «Uch yuz yil mikdorida turadilar». Abdulloh ibn Amr dedi: «Rasululloh sollallyxu alayhi vasallam bu oyatni tilovat qilib: «Alloh sizni muddati ellik ming yilga barobar bir Kunda o‘qlarni sadoqqa joylagan kabi jamlab,(lekin)sizga boqmagan Kunda xolingiz qanday bo‘lur?!»(Tabaroniy rivoyati).

Hasan Basriy deydi: «Muddati ellik ming sanaga teng bir Kunda yemasdan, ichmasdan oyoq uzra turish xususida o‘ylab ko‘rdingizmi? Tashnalikdan tomoqlar kurib yoriladi, ochlikdan qorinlar yonadi. Shu holatda jahannam sari yuradilar, qaynab turgan bulokdan ichadilar. Harorat battar kuchayib, ichlarni kuydiradi. Ahvollari toqat qilib bo‘lmas darajaga yetadi. Shunda ular: «Allohning huzurida mukarram bo‘lgan bir zot bizni shafoatiga olmasmikan?» deya bir-biridan so‘raydilar. Keyin ular qaysi payg‘ambarning yoniga borishmasin, u payg‘ambar: «Meni tinch qo‘ying,o‘zim bilan o‘zim ovoraman, o‘zga bilan ishim yo‘q» deb javob beradi. Alloh taoloning qattik, g‘azabidan ogox, har bir payg‘ambar: «Parvardigorimiz na ilgari va na keyin bugungidek g‘azablanmagan» deb shafoat so‘rovchilarga o‘zlarining uzrini izhor qilishadi.Keyin Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom izn berilgan kishilarni shafoat qiladilar».

«U Kunda oqlov foyda bermas, magar Rahmon izn bergan va so‘zidan U zot rozi bo‘lgan kishigagina (foyda berur)» (Toho,109-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:37:42
Agar Qiyomat kunining naqadar uzun va u Kundagi intizorlikning naqadar achchiq ekani xususida o‘ylasang, bu qisha umrda gunohlardan tiyilishga sabr etishing shuncha oson kechadi.

Bu dunyoda shahvatlardan tiyilish qiyin bo‘lgani uchun o‘limni uzoq kutyapsan. Bilginki, bugun cho‘zilgan intizorliging tufayli u Kunning intizorligi qisqa bo‘ladi.Qiyomat kunining uzunligi to‘g‘risida Rasuli akram dedilar: «Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, u Kun mo‘minga bu dunyoda o‘qigan farz namozidan xam yengilroq qilinadi»(Abu Ya’lo va Bayhaqiy rivoyati).

Bas, ana o‘sha mo‘minlar jumlasidan bo‘lishga tirish! Modomiki, umringdan bir nafas qolgan ekan, hali imkoniyat bor, hozirlik ko‘r. Muddati qiska bu kunlarda muddati uzun Kunning g‘amini ye! Senga cheksiz surur bag‘ish-laydigan foydani qo‘lga kirit. Sening arzimas umring, balki bu dunyoning yetti ming yillik umri Oxiratning bir kuni oldida nima degan gap! Mayli, yetti ming yil sabr etsang, nima bo‘pti? Axir evaziga muddati ellik ming yilga barobar Kunning azobidan xalos bo‘lasan-ku! Sen uchun bundan katta yutuq, bundan huzurbaxsh hordiq bormi?!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:39:53
Qiyomat kuni, uning dahshati va nomlanishlari

Ey miskin! Muddati uzun, sultoni qahrli, vaqti yaqin u ulug‘ Kunga hozirligingni ko‘r. U kun sen osmonning yorilganiga, qo‘rqinchdan yulduzlarning sochilib ketganiga guvoh bo‘lasan. U Kun chaknab turgan yulduzlar falaklaridai to‘kiladi, kuyosh o‘ralib(nursizlanib) qoladi. Tog‘lar o‘z joylaridan jildiriladi, qornidagi bolasi o‘n oylik bo‘lgai bo‘g‘oz tuyalar bo‘sh qo‘yib yuboriladi, vahshiy hayvonlar bir joyga to‘planib qoladi, dengizlar tandir kabi qizitiladi va suv o‘rniga olov bilan to‘ladi. Jonlar qaytadan badanlarga juftlanadi, do‘zax lovullatib yoqiladi, jannat yaqin qilinadi. Tog‘lar qumlar kabi sochiladi, yer yoyilib tep-tekis bo‘ladi.

O’sha Kun yer dahshatli silkinadi, bag‘ridagi xazina va inson jasadlaridan iborat «yuk»larni yuzaga chiqarib tashlaydi. U Kunda odamlar qilgan amallarining‘ jazo yoki mukofotlari ko‘rsatilishi uchun to‘da-to‘da bo‘lib chiqib keladilar. U Kunda yer va tog‘lar zo‘riqib, bir daf’ada portlab ketadi. Ana shunda Qiyomat voqe bo‘ladi, osmonlar yoriladi. Farishtalar osmonning chor atrofida Allohning amriga muntazir! Ularning ustida Rabbingning Arshini u Kunda sakkizta farishta ko‘tarib turadi.

O’sha Kunda sizlar hisob-kitob uchun Allohga yuzlantirilasiz, biron siringiz maxfiy qolmaydi. U Kunda tog‘lar bulutlar kabi yurgiziladi, yer tog‘-toshlarsiz, bog‘-rog‘larsiz ochiq-yalang‘och holda qoladi. U Kun yerlar qattiq larzaga keladi, tog‘lar titilib, chang-to‘zonga aylanadn. U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan parvonalar kabi bo‘lib qoladi. Tog‘lar esa titilgan jun kabi uchib yuradi.

U Kuni onalar emizib turgan bolasini unutadi, homilador ayollar homilasini tashlab yuboradi. U Kuni odamlarni mastu gangigan holda ko‘rasan, holbuki ular mast emaslar. Allohning azobi esa qattiq.

U Kuni yer boshqa yerga, osmonlar o‘zga osmonlarga aylanib qoladi. Barcha odamlar yolg‘iz va kudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladilar. U Kun tog‘lar kumlar kabi sochiladi, yer tep-tekis qilib qo‘yiladi, unda na chuqur va na do‘nglikni ko‘rasiz. U Kun siz tog‘larni ko‘rib, tek qotib turibdi, deb o‘ylaysiz. Holbuki ular xuddi bulutlar yurgan kabi yuradi. U Kun osmon yorilib, teri kabi qizarib qoladi. Ana o‘sha Kunda ka bir ins va na bir jin qilib o‘tgan gunohidan so‘raladi.

U Kunda osiy kimsalar so‘zdan mahrum qilinadi. U Kunda gunoxlar haqida so‘ralmaydi, balki peshona va oyoqlaridan ushlab uloqtiriladi.U Kunda har bir jon o‘zi qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko‘radi, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydi. U kun har bir jon nima amal qilganini biladi, avvalu oxir qilgan gunohlariga guvoh bo‘ladi. U Kun tillar soqov bo‘lib, a’zolar gapiradi.

U Kunning zikri mursallar sayyidi Muhammad alay-hissalomning sokolini oqartirdi. Abu Bakr Siddiq ro-ziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli, soqolingizga ok oralaganini ko‘ryapman?» dedi. «Hud va unga o‘xshagan suralar meni qaritdi» dedilar Allohning‘ rasuli. Ular: Voqea, Val-mursalot, Naba’, Takvir suralaridir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:41:38
Ey ojiz qori! Sening qiroatdan olgan ulushing — Qur’on kalimalarini g‘o‘ldirashu, ular bilan tilingni qimirlatish xolos. Agar o‘qiyotganlaringni fikr eta olsayding, mursallar sayyidining soqolini oqartirgan narsa sening o‘takangni yorgan bo‘lardi. Bilginki, Allohning Kalomi-ni tilidagina takrorlaydigan qori Qur’on samarasidan mahrumdir.

Qiyomat Qur’onda ko‘p zikr qilingan mavzulardandir. Quyida bu Kunning turli-tuman nomlanishlari va ularning ma’nolaridan voqif bo‘lamiz. Maqsad Qiyomatning turli-tuman nomlarini takrorlashdangina iborat emas, balki u Kunni aql egalariga eslatish. Bilginki, Qiyomatning har bitta nomi ostida bir sir yashirin, har bir sifat alohida ma’noga ega. Bas, ma’nolarni ilg‘ashga urin!

Qiemat kuni (jasadlar tirilib, tik turadigan kun),-Xasrat kuni, Nadomat kuni, Hisob kuni, So‘ralish kuni, Musobaqa kuni, Munoqasha (bahs-muiozara) kuni, Munofasa(raqobatlashuv)kuni, Zilzila kuni, Damdama(momoqal-diroq) kuni, Soika(chaqmoq) kuni, Voqea kuni (qyyomat voqe bo‘ladigan kun), Al-Qoria kuni(qalblarni qattiq qoquvchi kun), Rojifa kuni (sur birinchi marta chalinib, yerni titratguvchi kun), Rodifa kuni(sur ikkinchi marta chalinib, barcha narsaga kdytadan hayot ato etiladigan kun), G’oshiya kuni(o‘z dahshati bilan o‘rab oladigan kun), Dohiya(dahshat) kuni, Al-Ozifa kuni(yaqin kun), Al-haaqqa kuni(aniq ro‘y beruvchi kun), Tomma(balo) kuni, Soxxa(quloqlarni kar qilguvchi dahshatli qichqiriq)kuni,Talaq(muloqot) kuni, Firoq(ajralish)kuni, Masaq(haydalish)kuni, Qasos kuni, Nido kuni, Hisob kuni, Qaytish kuni, Azob kuni, Qochish kuni, Uchrashuv kuni, Baqo kuni, Qazo kuni, Jazo kuni, Balo kuni, Yig‘i kuni, Hashr kuni, Va’id (qo‘rquv)kuni, Namoyish kuni, Amallar tortiladigan kun, Xdq kuni, Hukm kuni, Ajralish kuni, Jamlanish kuni, Tirilish kuni, Ochilish kuni, Xorlik kuni, Ulug‘ kun, Aqim (tug‘mas, ya’ni ertasi yo‘q ) kun, Asir (og‘ir) kun, Din(jazo) kuni, Yaqiyn kuni, Yaushur(tirilish) kuni, Masir (qaytish) kuni... U shunday kunki, kishi o‘z og‘a-inisidan, onasi va otasidan, xotini-yu bola-chaqasidan qochadi. U kunda na gapiriladi, na tinglanadi, mol ham, bola-chaqa ham foyda bermaydi. Zolimlarning uzri o‘tmaydi, ularni faqatgina la’nat va yomon oqibat kutadi. U kunda ko‘zlar qo‘rquvdan qotadi, ovozlar o‘chadi,yashirinlar oshkor bo‘ladi. U kun bandalar Mah-shar maydoniga xaydaladi, yosh bolalar qarib qoladi, qari-lar hushdan ayriladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:04:20
O’sha kuni tarozilar quriladi, daftarlar ochiladi, jahannam ko‘rinadi, qaynaydi, bo‘kiradi, kofirlar noumid bo‘ladi, jahannam olov sachratib yonadi, tillar gung-soqovga aylanadi, qo‘l-oyoqlar gapiradi.

Ey inson! Nima seni «ulug‘ Parvardigoringga ibodat qilmasang ham bo‘laveradi» deb aldab qo‘ydi? Eshiklarni yopding, pardalarni tushirding, xaloyikdan bekinding va buzuq ishlarga sho‘ng‘iding. Butun a’zolaring senga qarshi guvohlik berganda ahvoling ne kechadi?
Evoh! Bizdek g‘ofillarning ahvoliga voy bo‘lsin, voy bo‘lsin! Alloh taolo bizga mursallar sayyidini jo‘nat-di, u zotga ochiq-ravshan Kitob nozil etdi, Qiyomatning dahshatlaridan xabar berdi. Keyin bizga g‘aflatda ekani-mizni bildirdi:

«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchidirlar. Ularga Parvardigorlari tomonidan biron yangi eslatma-oyat kelar ekan, albatta uni masxara qilib, dillari g‘ofil bo‘lgan hollarida tingladilar»(Anbiyo,1-2-oyatlar).

So‘ngra bizni Qiyomatning yaqin qolganidan ogoh etdi:
«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi» (Qamar,1-oyat).

«Chunki ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!» (Maorij, 6-7-oyatlar).

«Odamlar sizdan (Qiyoiat) soati (qachon bo‘lishi) haqida so‘raydilar. «U (soatni) bilish yolg‘iz Allohning huzuridadir» deb ayting. Qaerdan bilursiz, ehtimol u soat yaqin kelib qolgandir» (Ahzob, 63-oyat).

Keyin bizning eng go‘zal holatimiz — Qur’on o‘qish va uning ma’nolarini fahm etmaslikdan iborat bo‘ldi. Ha, biz Qiyomat kunining sifatlari va nomlari nima uchun ko‘p zikr etilgani xususida o‘ylamadik, u Kunning dahshatla-ridan xalos bo‘lish uchun xozirlik ko‘rmadik.
Allohim! O’zing 6u g‘aflatdan bizni asra, marhamatingni keng qilmasang, holimiz xarob.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:04:42
So‘ralish

Ey miskin, fikr et! Ushbu holatlardan so‘ng sen bilan tarjimonsiz, bevosita hisob-kitob boshlanadi. Eng mayda, arzimas deb bilganlaringdan tortib, eng katta deb hisoblagan narsalaringgacha birma-bir hisob berasan. Qayg‘u va kulfatlar ichra, xijolat terlariga g‘arq bo‘lib turganing-da osmon qavatlaridan ulkan va bahaybat farishtalar tu-shadi. Ularga gunoxkorlarning peshona sochidan ushlab, ulug‘ va qudratli Zotning huzuriga olib kelish buyurilgan...
Tasavvur et: o‘sha farishtalar seni ushlab, hisob-kitob uchun Rabbingning huzuriga eltyapti. Farishtalar ptuncha-lik ulkan va bakuvvat bo‘lishiga qaramasdan u Kunning dahshatidan shikasta, bandalarga yog‘dirilayotgan qahru g‘azab-dan qo‘rquvda, sening holing ne kechadi?
Farishtalar yerga tushar ekan, ularning siquvga olishidan qo‘rqib, yerga yuzlari bilan yiqilmagan biron payg‘am-bar, biron siddiq, biron solih kishi qolmaydi. Bu Allohga yaqin bo‘lgan — muqarrab bandalarning holi! Bo‘g‘zigacha gunoxga botgan osiylarning ahvoli qanday bo‘ladi?! Farish-talarning ko‘kdan inishidagi haybatni ko‘rib, qo‘rquvdan shoshib qolgan bir qavm ulardan: «Rabbimiz sizlarning orangizdami?» deb so‘rashadi. Farishtalar o‘zlarini yaratgan zot qanday qilib ularning orasida bo‘lishi mumkin, de-gan vahm ichra bu savolning xatoligidan dahshatga tushishadi va darxol: «Parvardigorimiz sizlar gumon qilayotgan narsadan pok. U Zot bizning oramizda emas, lekin albatta hozir bo‘lur!» deya ovozlari boricha nido qilishadi.
So‘ngra saf-saf bo‘lib turgan farishtalar xaloyiqni o‘rab olishadi. Bu Kunning haybatidan ularning yuzlarida ko‘rquv va siniqlik hukmron.

Alloh taolo dedi:
«Endi albatta payg‘ambar yuborilgan kishilar bilan ham, yuborilgan payg‘ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz. Endi albatta ularga, bilgan holimizda,(qilib o‘tgan ishlari haqida)so‘ylab berurmiz. (Zotan) Biz g‘oyib-yo‘q emas edik,(balki barcha narsaga guvoh bo‘lib turgan edik)» (A’rof, 6-7-oyatlar).

«Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta, ularning barchasidan qilib o‘tgan ishamallari haqida so‘raymiz»(Hijr, 92-93-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:05:04
Alloh savolni payg‘ambarlardan boshlab, deydi:
«Alloh payg‘ambarlarni to‘plab: «Sizlarga(ya’ni, qilgan da’vatingizga ummatlaringiz tomonidan)qanday javob bo‘ldi?-deb so‘raydigan kunida, ular: «Biz bilmaymiz. Faqat Sening O’zinggina g‘ayb ilmlarining bilim-donisan- deydilar» (Moida, 109-oyat).

U Kunning shiddati payg‘ambarlarning aqlini shoshiradi, bilganlarini unuttiradi. Ularga: «Xaloyiqqa payg‘ambar qilib jo‘natildingiz, qani, nima deysiz?» deyilsa, garchi bilsalarda, dahshatdan javob berolmay qolisha-di va: «Bizda ilm yo‘q, O’zing g‘ayblarni bilguvchisan» deydi ular Qiyomatning xaybati bosib. Xaqiqatan ham o‘sha payt ularning bilganlari aqlini tark etadi va Alloh taolo quvvat bergunicha unut bo‘ladi.

Keyin Nuh alayxissalom chaqiriladi va unga: «Haqni yetkazdingmi?» deyiladi. U: «Ha» deb javob bsradi. So‘ngra uning ummatidan: «Sizlarga haqni yetkazdimi?deb so‘ra-ladi.  «Biz bu odamni tanimaymiz!» deyishadi.

Iso alayhissalom keltiriladi va Alloh taolo unga deydi:
«Ey Iyso binni Maryam, odamlarga: «Allohni qo‘yib, meni va onamni xudo qilib olinglar!» deb sen aytdingmi..?» (Moida, Ib-oyat).

Iso alayhissalom bu savol haybatidan bir necha yillar iztirobda qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:05:24
Ha, u ulur Kunda payg‘ambarlar ham shunday savollarga tutiladi. Keyin farishtalar kelib: «Ey falonchining o‘g‘li falonchi! Amallaring ko‘rsatiladigan yerga kel!» deya odamlarga birma- bir nido qilishadi. Ana o‘sha payt tizza-lar qaltirab, jamiki a’zolar titroqqa tushadi, aqllar lol qoladi. Ba’zi qavm qabih amallari Parvardigori huzu-rida namoyish qilinishidan, yashirib yurganlari xaloyik-ning oldida ochilib qolishidan or etib, jahannamga hay-dalishni orzu qilib kolishadi.
Savol bogalanigaidan avval Arshning nuri yorishadi:

«Yer (ya’ni mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishdi; kitob-nomai a’iol(hisob-kitob uchun hozirlab) qo‘yildi; payg‘ambarlar va guvohlar keltirildi va ular-ning (ya’ni barcha bandalarning)o‘rtalarida (bironta-lariga) zulm qilinmagan holda xaq bilan hukm qilin-di» (Zumar, 69-oyat).

Endi har bir banda Yaratuvchisi oldida  yuzma-yuz xisob berishga shak-shubhasiz ishonadi. Ulardan har biri go‘yo: Allohdan o‘zgasi meni ko‘rmayapti, Allohning oldida yolg‘iz o‘zim savolga tortilyapman, deb o‘ylaydi.

O’sha payt Alloh taolo: «Ey Jibril, do‘zaxni keltir!» dyoydi. Jibril do‘zaxga yaqinlashib: «Ey jahannam! Yaratuvching va Xojang — Allohning amriga javob ber» dey-di. Jibril daf’atan do‘zaxning qahru g‘azabga to‘layotganiga guvoh bo‘ladi. Jahannam quturib, qaynaydi, «chars-chars» yonib, osiylarni qa’riga chorlaydi, xaloyiq do‘zaxning g‘azabli bo‘kirigini eshitadi. Jahannam qo‘rikchilari Allohning amriga bo‘ysunmagan osiylarga qahr bilan tashla-nadilar.
Jahannam o‘tidan yuz o‘girib qochmoqchi bo‘layotgan, borlig‘i qo‘rquv va daxshatga to‘lib, tiz cho‘kkan ko‘yi yikilayotgan xaloyiqni bir ko‘z oldingga keltir, ularning axvolini bir chin ko‘ngildan his qilib ko‘r:

«(U Kunda) barcha ummatni (daxshat va iztirobla) tiz cho‘kkan holda ko‘rursiz...» (Josiya, 28-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:05:41
Ba’zilar yuzlari bilan yiqiladi, osiy va zolimlar shovqin-suron solib bo‘kiradi, siddiqlar «nafsim, nafsim» deya o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘ladi.

Shu payt xaloyiqqa jahannamning ikkinchi o‘kirigi eshi-tiladi. Odamlarning qo‘rqinchi yanada oshib, quvvatdan qoladilar, «ana endi biz ketdik» deb o‘ylaydilar. So‘ngra ja-hannam uchinchi marta o‘kiradi, xaloyiq xadik to‘la nigoh bilan atrofga boqqancha jahannamga yuz tuban qulaydi. Zolimlarning qalblari qaynab, bo‘g‘ziga tiqiladi. Saodat axli ham, shaqovat ahli ham bu dahshatlardan o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadi.

Shundan so‘ng Alloh taolo payg‘ambarlariga qarata: «Ne deb javob berasiz?» deydi. Hatto payg‘ambarlarga nisbatan qilinayotgan bu siyosatni ko‘rgan osiylarning qo‘rqinchi yanada ortadi. Ota bolasidan, aka ukasidan, er xotinidan qochadi. Har biri takdiri ne bo‘lishini bilmaydi, faqat kutadi, kutadi...

Keyin ular bittama-bitta ushlanib, so‘roqqa tutiladi. Alloh taolo ularning ozu ko‘p, ochig‘u yashirin amallarini hisob-kitob qiladi. Ko‘zu quloq, ko‘lu oyoq, barcha a’zolari guvohlikka o‘tadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Sahobalar:
- Ey Allohning rasuli! Qiyomat kuni biz Parvardigo-rimizni ko‘ramizmi? deyishdi.
- Havo ochiq, bulutsiz, qoq kunduz kuni quyoshni ko‘rishingizga biron narsa xalaqit beradimi? -so‘radi Rasulul-loh sollallohu alayhi vasallam ulardan.
-   Yo‘q, deyishdi sahobalar.
- Oy to‘lishib, osmon charog‘on bo‘lgan kechada oyni ko‘ri-shingizga biron narsa xalaqit beradimi?-so‘radilar Alloh-ning rasuli.
-   Yo‘q, deyishdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:05:58
Shunda Rasululloh dedilar:
- Nafsim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, Rabbingizni ko‘rishga ham hech narsa xalaqit berolmaydi. Banda Parvardigoriga yuzma-yuz qilinadi, Alloh taolo bandasi-ga deydi: «Seni maxluqotning eng mukarrami va sayyidi qilmaganmidim? Seni jufti xaloling bilan ko‘shmagan-mqdim, ot va tuyalarni senga bo‘ysundirmaganmidim?..»
-   Ha, shunday, deydi   bandasi.
- Menga albatta yuzma-yuzma bo‘lishingni o‘yladingmi? -so‘raydi Alloh taolo.
-   Yo‘q, deydi bandasi. Shunda Alloh taolo bandasiga:
- Meni unutganipg kabi Men ham seni unutdim, deydi-»(Imom Muslim rivoyati).

Uyla va tasavur et, ey miskin!    Farishtalar yelkangdan ushlagan ko‘yi Allohning oldida turibsan, so‘rokqa tuti-lyapsan: «Yigitlikni senga ne’mat etib berdim, uni ni-malarga sarflading? Umrni muhlat etib berdim, uni qay-larga sovurding? Senga rizq o‘laroq mol berdim, halol yo‘l bilan topdingmi, infoq qildingmi? Seni ilm bilan mu-karram etdim, bilganlaringga amal qildingmi?

Alloh O’zining ne’matlarini va sening gunoxlaring-ni, O’zining yaxshiliklarini va sening yomonliklaringni birma-bir sanayotgan paytda xijolatu sharmandalikdan qan-day ahvolga tushasan? Agar inkor qilsang, a’zolaring senga qarshi guvohlik beradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:06:26
Anas roziyallohu anhu dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Bir payt u zot jil-mayganday bo‘ldilar va daf’atan:
-   Bilasizlarmi, nega kuldim? dedilar.
-   Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq, dedik.
- Bandaning o‘z Parvadigori bilan bo‘layotgan suhbati meni kuldirdi. Banda: «Ey Rabbim, meni zulmdan qaytar-madingmi? deydi. «Qaytardim»- deydi Alloh taolo. Shunda banda: «Rabbim, nafsimga o‘zim tomondan bir guvoh bo‘lsin» deya so‘radi. «Nafsing seni bugun hisob-kitob kilishga, «kiromin kotibin»-amallaringni yozib boruvchi farishtalar guvohlikka kifoyadir» dedi Alloh taolo.

Keyin bandaniig og‘zi muhrlanadi, a’zolarga «Gapiring!» deya amr qshshnadi. A’zolar bandaning barcha ishla-rini birma-bir aytadi. Keyin bandaga so‘zlash ixtiyori beriladi, Banda afsus-nadomatlar bilan a’zolariga qara-ta: «Sizlarga halokat bo‘lsin, men sizlarni kanday ayar-dim-a?!» deydi (Muslim rivoyati).

Ey Alloh! Mo‘minning gunohini bekitib, O’zingdan o‘zgaga bildirmaslik va’dang bor. A’zolar egasiga qarshi guvohlik bergan paytda xaloyiq oldida sharmanda bo‘lish-dan O’zing asra.

Bir kishi Ibn Umardan so‘radi: «Payg‘ambar alayhissaom «najva»( sirlashuv) haqida nima deganlar?» Payg‘ambar alayhissalom (bu hakda) aytadilar. Yurangizdan kimdir Parvardigoringizga yaqin boradi. Parvardigori olam u kishini ximoyasiga olib: «Falon-falon ishlarni qilding!» deydi. «X,a, qildim» deydi bandasi. «Falon-falon ishlar-ni xam qilding!» deb Alloh unga yana boshkd amallarini ham eslatadi. «Xa, kildim» deya banda barchasini tan oladi. Shunda Alloh taolo: «U(foniy) dunyoda gunohlaringni yashir-dim. Bu Kun(Qiyomatda) ularni kechiraman» deydi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:07:09
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kim-ki bir mo‘minning aybini bekitsa, Qiyomatda Alloh taolo uning aybini bekitadi». Allohning bu marhamati odam-larning ayblarini bekitadigan, ularning nuqsonlariga toqat etib, yomonliklarini ovoza qilmaydigan, g‘iybatdan tiyiladigan mo‘min bandalar uchun umid etiladigan nasibadir. Zero, bunday mo‘min banda Qiyomatda ayni amaliga muvofiq mukofotlanishga munosibdir.

Nega parishonsan, xayollaring qayga sochilgan? O’zingni yig‘ib, bir jiddiy o‘yla. Alloh aybingni o‘zgalardan be-kitdi! Mahsharga chorlanayotgan sas qulog‘ingga chalinmayap-timi? Agar bilsang, bu - gunohlaringga kifoya qilgulik qo‘rqinchdir.

Tasavvur qil: peshona sochlaringdan ushlab, seni sudrab ketishyapti. Ranglaring bo‘zargan, a’zolaring shalviragan, tizzalaring titrokda, hushing boshingdan uchgan, qalbing iz-tirobga to‘la, olam ko‘zingga qorong‘u, ko‘zlar esa senga ti-kilgan. Faraz qil, xuddi shu holatda muakkil farishtalar oldidasan. Ular yoningga yaqinlashib, seni Rahmonning arshi qadar otishadi. Allohu subhanahu taolo senga ulug‘ kalomi-ni nido qiladi: «Ey Odam farzandi, yaqin kel!»

Qo‘rquvdan dukillab urayotgan mahzun qalb bilan, ko‘z-laringdan mo‘lt-mo‘lt yosh to‘kib, siniq bir axvolda yaqin-lashasan. Biron narsa koldirilmasdan yozilgan noma’i a’mo-ling beriladi. Evox! Senga unut bo‘lib ketgan qanchadan-qancha ishlar nomangga bitib qo‘yilgan, eslayapsanmi? Qanchadan -qancha ibodatlarni boy berding, buning ofatlari-dan g‘ofil qolding? Bas, mana endi senga ularning oqibatlari!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:07:52
Nomai a’molingga qara, qanchadan-qancha xijolatdik ishlar va qo‘rqoqliklar! Kanchadan-qancha chekinishlar va ojiz-liklar! Koshki, Allohning huzurida qanday turishingni, qanday javob berishingni, javob berayotib, qalbing qay axvolga tushishini, ozgina bo‘lsada, sezganingda edi!

Keyin gunohlaring birma-bir, oshkora zslatiladi. Fikr et, bundan ortiq uyat va sharmandalik bormi?! «Ey bandam! -deydi o‘shanda Alloh. -Mendan xayo qilmay, qabix amallarga bosh urdingu, Men xalq etgan maxlukotdan uyalib, ularga chiroyli bo‘lib ko‘rinding. Men senga ulardan haqir-roq bo‘ldimmi? Mening nazarimni arzimas bilib, o‘zga-ning nazarini ulug‘ sanadingmi? Seni ne’matlantirmadim-mi? Nima seni aldab ko‘ydi? « Bugun ko‘rmayapman, ertaga ham yuzma -yuz bo‘lish yo‘q» degan gumonga bordingmi?

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Butun olamlar Parvardigori Alloh sizlarning xar birin-gizni xech qanday to‘siq va tarjimonsiz so‘roqqa tutadi» (muttafaqun alayx).
Allohning rasuli dedilar: «Xdr biringiz ulug‘ va qud-ratli Alloh oldida turasiz, orada hech qanday to‘siq bo‘l-maydi. Shunda Alloh bandasiga xitoban:

-Seni rizqlantirmadimmi, senga mol-dunyo bermadimmi?»-deb so‘raydi.
- Xa, berding, deydi bandasi.

Keyin Alloh:
- Senga payg‘ambar yubormadimmi? -deb so‘raydi.
- Ha, yubording, deydi bandasi. So‘ngra o‘ng tomonga qaraydi, jaxannamdan o‘zga narsani ko‘rmaydi. Keyin chap tomonga karaydi, jahannamdan boshqasini ko‘maydi. Bas, yarim xurmo bilan bo‘lsa xam do‘zaxdan saqlaning. Agar topolmasangiz, bitta yaxshi so‘z bilan bo‘lsa xam do‘zaxdan saqlaning»(Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:08:06
Ibn Mas’ud aytadi: «Hali har biringiz munavvar kechada to‘lin oy bilan yolg‘iz kolganingiz kabi ulug‘ va qud-ratli Zot bilan yuzma-yuz bo‘lasiz. Shunda Alloh deydi: «Ey Odam farzandi! Nima seni «Allohga ibodat qilma-sang ham bo‘laveradi» deb aldab qo‘ydi. Ey Odam farzandi!

Bilganlaringta amal qildingmi? PaYg‘ambarlarga nima deb javob berding? Ey Odam farzandi! Men ko‘z oldingda ku-zatguvchi emasmidim, harom narsalarga qarading?! Men senga bo‘yin tomiringdan ham yaqii emasmidim, faxshu g‘iybat-larga quloq tutding...» Shunday deb Rasululloh yana bir nechta a’zolarnn sanadilar».

Mujohid aytadi: «Qiyomat kuni banda to to‘rt narsa xususida so‘ralmagutgcha ulug‘ va kudratli Zot oldidan ketmaydi: yo‘qotgan umri; amal qilgan ilmi; ozib to‘zdirgan jasadi qaerdan topib, qaerga sarflagan moli».

Ey miskin! U Kuniing xijolati, xijolat paytidagi xatar naqadar ulug‘! Chunki u payt sen ikki yo‘l orasida bo‘lasan: yo senga aytiladi: «Dunyoda sodir etgan gunohiigni bekitdim, bugun uni kechiraman». Avvalgilaru oxirgi-lar havas qilgulik bu holdan boshing osmonga yetadi. Yoki farishtalarga aytiladi: «Bu yomon bandani ushlanglar, bog‘langlar. So‘ngra jahannamga uloktiringlar. O’shanda yeru osmonlar sen uchun yig‘laydi. Bu yig‘i sening ulug‘ musibatingga, Allohning toatidan benasib qolib chekayotgan qattiq hasratingga, oxiratingni bebako va tuban bir dunyoga almashganingga munosib yig‘ingdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:08:22
Mezon - tarozining sifati

Mezon ya’ni, amallar tortiladigan tarozi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisan? Ko‘z oldingga keltir: gunoh va savoblar bitilgan nomalar o‘ng va so‘lga sochilib uchadi, odam-lar uch guruhga ajraladi. Birinchi guruh birorta savob amali yo‘q odamlardan iborat. Do‘zaxdan kop-kora bo‘yin chiqib, qush donni tergan kabi ularni teradi va barchasini yig‘ishtirib jahannamga uloqtiradi. Olov ularni komiga tortadi. Shunda: «Bu jahannamiylar abadiy badbaxtlikka tushdilar» degan nido eshitiladi.

Ikkinchi guruh begunoh odamlardir. Ularga; «Allohga doimiy hamd aytuvchilar o‘rnidan tursin» deyiladi. Ular o‘rnidan qalqib, jannat sari yuradilar. So‘ngra kechalarini ibodat bilan o‘tkazuvchilar va dunyo tijorati Alloh taoloning zikridan chalg‘itmagan kishilarga ham shu muoma-la qilinadi. Keyin ularga: «Bu jannatiylar boqiy sao-datga ketdi» degan nido bo‘ladi».
Uchinchi guruh ko‘pchilikni tashkil etib, ular yaxshi va yomon amallarni aralash qilgan kishilardir. Ularning yaxshi amali ko‘pmi yo yomonimi, bu yolg‘iz Allohga ayon. Lekin Alloh taolo O’zining afvidagi fazlini va jazosida-gi adlini bandalariga ham bildirish uchun ularning amal-larini taroziga soladi. Gunox va savob amallar o‘ralgan noma va sahifalar har tomonga sochilib uchadi ...

Tarozi qurshtadi. Ko‘zlar nomalarga tikilgan: nomalar ta-rozining o‘ng pallasiga tushadimi yoki chap pallasiga? So‘nfa nigohlar tarozining tiliga qadaladi: gunohlar tomon og‘ir bosadimi yo savoblar? Bu daxshatli xolat xaloyiqning aqlini shoshiradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:08:45
Hasan Basriy rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini Oisha onamizning tizzalariga qo‘yib uxlayotgan edilar. Oisha onamiz oxiratni eslab yig‘ladilar. Hatto ko‘z yoshlari sarvari olamning yonoqla-riga tushib, u zotni uyqudan uyg‘otib yubordi. Shunda Allohning rasuli:
-Nega yig‘layapsan, ey Oisha?- dedilar.
-Oxiratni esladim. Siz payg‘ambarlar Qiyomat kunida ahlingizni esga olasizmi? - so‘radi Oisha
-Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, uch yerda kishi kishini esga olmaydi: tarozi qurilib, amallar tortila-yotgan paytda(chunki o‘sha payt Odam farzandining ko‘zi yen-gil yo og‘ir kelayotgan tarozi pallasiga qadalgan bo‘ladi nomai a’moli berilayotganida(bu paytda bandaning nazari o‘ng yo chapdan kelayotgan nomadan uzilmaydi); sirotdan o‘ta-yotganda»(Abu Dardo rivoyati).

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Qiyomat kuni Odam farzandi tarozining ikki pallasi orasiga keltiriladi. Unga bir farishta vakil kilingan bo‘ladi. Agar ban-daning tarozisi og‘ir kelsa, farishta odamlar eshitadigan ovozda nido qiladi: «Falonchi abadiy saodatga erishdi». Agar tarozisi yengil kelsa, farishta barcha eshitadigan ovoz-da: «Falonchi abadiy badbaxtlikka yuz tutdi» deya nido qila-di. Tarozining savoblar qo‘yiladigan pallasi yengil kel-ganida azob farishtalari qo‘llarida temirdan bo‘lgan to‘hmoqlar bilan, ustlarida olov kiyimlarda kelishadi va do‘zaxning nasibasini do‘zaxga olib ketishadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:09:03
Rasululloh sallalloqu alayhi vasallam Qiyomat haqida dedilar: «Alloh taolo Qiyomat kuni Odam alayhissalomga nido qilib:
- Ey Odam, tur, jahannamiylar guruhini jo‘nat, deydi.
- Ular qancha?-deb so‘raydi Odam alayhissalom.
- Har mishtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizta!

Bu so‘zlarni eshitgan sahobalar qattiq g‘amga botdilar, kulish neligini unutdilar. Rasuli akram ashobida sodir bo‘lgan bu ahvolni ko‘rib: «Amal qshshnglar, xushxabar be-ringlar!

Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga qasam-ki, dunyoda siz bilan birga yana ikkita maxluq bor...
- Kim ular, ey Allohning rasuli? deyishdi,
- Ya’juj va Ma’juj, dedilar Rasuli akram. Qavm endi o‘ziga keldi. Rasululloh dedilar:
- Amal qilinglar va xushxabar beringlar! Muhammad-ning joni Uniki bo‘lgan Zotga qasamki, Qiyomat kuni odam-lar orasida sizlar tuyaning yonboshidagi xoldek, otning tizzasidagi bo‘rtib, qavarib turgan yeridek ko‘zga tashlanasizlar»(muttafaqun alayh).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:09:23
Da’vogarlarning sifati va mazlumlar haqqining qaytarilishi

Tarozining qo‘rqinchi va xataridan voqif bo‘lding. Ko‘zlar tarozining tiliga qadalib qolgan:
«Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari)og‘ir kelsa, ana o‘sha(inson) rozi bo‘ladigan-orzu qiladigan xayotda bo‘lur. Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi «jarlik»dir! (Al-Qoria, 6-9 oyat).

Bilgil! Bu dunyoda nafsini hisob-kitob qiladigan, amallari, so‘zlari, laxzalarini shariat mezoni bilan o‘lchaydigan kishigina tarozining xataridan najot toladi. Umar roziyallohu anhu dedi: «Hisob berishingizdan oldin nafsingizni xisob-kitob qiling. Taroziga qo‘yili-shidan avval amallaringizni torting»

Nafsni hisobga tortish - o‘limdan oldin barcha gunoh-lardan xolis tavba qilish, Alloh taolo farz etgan amallarni bajarishda qo‘yilgan nuqsonlarni o‘nglash, mazlumlar haqqini qaytarishdir. Kimki kimgaki tili, qo‘li, qal-bida yomon gumoni bilan ozor yetkazgan bo‘lsa, halollanib olsin, ya’ni o‘zi ozor bergan har bir mazlumni topib, uni rozi qilsin. Toki umrining oxirigacha qalbi pok bo‘lib, unda bironta mazlumning haqi, bironta ado qilinmagan farz qolmasin. Bunday insonlar jannatga hisob-kitobsiz kiradilar. Mazlumlar xaqini ado qilmay ketgan kishining ahvoliga voy!

Ko‘z oldingga keltir: da’vogarlar xaqqini talab qilib, atrofini o‘rab olishadi. Kimdir uning qo‘liga, kimdir sochiga, kimdir yoqasiga yopishadi. Biri «menga zulm et-ding» desa, yana biri «meni so‘kding» deydi. Birovi «meni haqorat etding» desa, boshqa birovi «men yo‘g‘imda o‘zimga yoqmagan narsalar bilan meni eslading» deydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:09:45
Kimdir «menga qo‘shni bo‘lding, lekin qo‘shnichilikni buzding», desa, yana kimdir «men bilan muomala qilding, lekin aldading», deydi. Yana birovi «men bilan oldi-berdi qildingu, meni chuv tushirib ketding» desa, boshqasi «molning aybini mendan yashirding, bahosini ko‘tarib, yolg‘on so‘zlading» deydi.

Kimdir aytadi: «Muhtojligimni ko‘rding, bilding, boy bo‘laturib, holimdan xabar olmading». Yana biri deydi: «Men mazlum edim. Zulmni mendan daf’ qilishga qodir bo‘laturib, zolimga yaltoqlik etding, uning istagiga yurding».

Shunday ahvolda turganingda da’vogarlar senga tirnoqlarini botiradi, yoqangdan mahkam ushlab, haqlarini ta-lab qiladi. Sen ularning ko‘pligidan o‘zingni yo‘qotgan holda hayratda qotasan: nahotki, umring davomida sen muomala qilgan kishilar ichida senda haqqi bo‘lmagan yoki sen g‘iybat, xiyonat etmagan yo masxaraomuz nazaring bilan qaramagan birorta odam topilmasa?!

Sen bu dahshatli iskaijadan qutulishga urinasan, umid-la Parvardigori Egamga bo‘yningni cho‘zasan, koshki u Zot bu qo‘llardan seni xalos etsa. Shunda qulog‘ingga ulug‘ va qudratli Zotning nidosi eshitiladi:

«Bu Kunda har bir jon o‘zi qilgan ish amali bilan jazolanur. Bu Kunda (hech kimga) zulm qilinmas» (G’ofir, 17-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:10:11
O’sha paytdagi dahshat qalbni go‘e ildizidan sug‘urgandek bo‘ladi, nafs halokatiga aniq ishonadi va Alloh taoloning O’z payg‘ambari orqali ogohlantirganlarini eslaydi:
«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil», deb o‘ylamang! Faqat Alloh ularning(jazolarini) ko‘zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoq-da, xolos. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko‘targan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) chopurlar. Ko‘zlari o‘zlariga qaytmaydi (ya’ni, qo‘rquvdan qotib qolib, o‘zlarining qanday holda ekanliklarini ham ko‘rmaydilar)...(Ibrohim, 42-43-oyatlar).

Bugun sen odamlarning izzat-nafsiga tegib, ularning mollarini yeb, o‘yiab-kulib yuribsan. Bugun sening quvonching naqadar cheksiz! Lekin u Kun - adolat gilami uzra Rabbingning xuzurida turganingda, senga siyosat bilan xitob qilinayotgan bir paytda hasrating naqadar cheksiz bo‘lur! Sen u Kunda muflis, faqir, ojiz, hatto uzr aytishga ham yaroksiz, siniq bir ahvolda qolasan.
Evoh! Umr bo‘yi ter to‘kib topgan yaxshiliklaring u Kuni haqlari uchun evaz so‘rayotgai da’vogarlaring hisobiga o‘tkaziladi.

Abu Xurayra roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi:, «Payg‘ambar alayhissalom dedilar:
- Muflis kim bilasizlarmi?
- Ey Allohning rasuli! Bizningcha, muflis na dir-hami, na dinori, na boshqa matohi bor kishidir, dedik. Shunda Payg‘ambar alayhissalom aytdilar:
Ummatimning muflisi Qiyomat kuni Parvardigori-ning xuzurida o‘qigan namozi, tutgan ro‘zasi, bergan zakoti bilan hozir bo‘ladi. (Lekin shu ibodatlarni ado etgani holda) u kimnidir so‘kkan, kimningdir obro‘sini poymol qilgan, birovning molini yeb ketgan, birini urgan, boshqasining qonini to‘kkan. (Bu mazlumlarning) buiisiga xam, unisiga xam uning yaxshiliklaridan olib berilaveradi. Na-tijada, mazlumlarning qaqlaridan hali qutulmay turib, (topgai barcha) yaxshiliklari tugab bo‘ladi. Endi unga da’-vogarlariing gunohlari yuklanadi, Keyin u jahannamga uloqtiriladi»(Abu Xurayra rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:11:19
Bas, u Kundagi musibat haqida o‘yla. Aytchi, riyo ofatlaridan, shayton hiylalaridan omonda bo‘lgan biron yaxshiliging bormi?! Bilgilki, agar bitta xayr amalni uzoq muddatlarda, ming mashaqqat bilan bu ofatlardan omon saq-lab qolganingda ham oxiratdagi da’vogarlaring sevdan pesh-qadamroq u amalga yetadi va uni o‘ziniki qilib oladi.

Nafsingni bir tergab, taftish qilib ko‘r! Kunduzni ro‘za, kechani namoz bilan o‘tkazishga tirishding. Keyin bildingki, hali kun tugab ulgurmasdanoq, tiling g‘iybatga shoshibdi. Endi o‘ylab ko‘r, shuncha topgan savoblaring qaerga ketdi?! Xo‘sh, haromu shubhali narsalarni yeganlaring, to-atlarni nuqsonli ado qilganlaringchi? Bunga qanday chi-dash mumkin?! Shoxsizlar uchun shoxlilardan qasos oli-nadigan kunda qanday qilib mazlumning haqlaridan xalos bo‘lishni umid etyapsan?

Abu Zar shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh sollal-lohu alayhi vasallam ikkita qo‘yning suzishayotganini ko‘rdilar va:
- Ey Abu Zar, bularning nima uchun suzishayotganini bilasanmi? deya so‘radilar.
- Yo‘q, dedi Abu Zar.
- Lekin Alloh biladi, xali Qiyomat kuni ularshshg o‘r-tasida hukm qiladi»(Imom Ahmad rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 18:11:38
Abu Xurayra Alloh taoloning:
«Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo‘l ostimizdagi) jamoalardir. Kitobda(ya’ni taqdiri azal kitobida) biron narsani qo‘ymay (yozganmiz). Keyin hammalari Parvardigori dargoxiga to‘planurlar» (An’om, 38-oyat) oyati xususida dedi: «Alloh taolo Kiyomat kuni barcha maxluqshi to‘ilaydi. U Zotngng adolati hatto shoxsiz hayvonning shoxli xayvondan intiqom olinishiga-cha joriy bo‘ladi. Keyin Alloh taolo (ularga): «Tuproq bo‘l!» deb amr qiladi. Shunda kofir kimsa: «Koshki men tuproqqa aylansam zdi» deb koladi».

Ey miskin! U Kun amallaring sahifasiga boqib, nomai a’molingni savob ishlardan xoli ko‘rasan. Axir sen qancha yaxshi amallar qilgan eding, savob uchun qanchalar ter to‘kkan eding, Shunda sen: «Qani, qaerga ketdi mening yaxshi amallarim?» deb zorlanasan. «Sening savoblaring mazlum da’vogarlaring sahifasiga o‘tkazildi» deya javob beriladi. Saxifang gunohlar bilan to‘lganini ko‘rasan. Holbuki, bu sening gunohlaridg emas. Holbuki, sen bu gunohlardan tiyilish uchun kanyaalar mashaqkdt chekkansan. «Ey Rabbim, axir bu gunoxlarni men qilmaganman-ku!» deysan. «Xa, bu sendan aldangan, sen so‘kkan, sendan yomoshgak ko‘rgan, ko‘shni-chilik, suhbat, munozara va boshkd muomalalarda sendan zulm ko‘rgan qavmning gunoxlaridir» deyiladi.

Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh dedilar: «Shayton arab yerida sanamlarga ibodat qilinishidan noumiddir. Lekin butparastliqtsan xaqirroq bo‘lgan gunohlaringiz uni xursand qiladi. Aslida shu kichik gunohlar sizni xalokatga yetaklaydi. Kuchingiz yetgancha zulmdan saklaning. Zero, banda Qiyomat kunida Alloh taoloning huzuriga tog‘lar qadar ibodatlari bilan kelib, ular menga najot beradi, deb o‘ylaydi. Holbuki, o‘sha payt uning oddiga boshqa bir banda kelib: «Rabbim, bu bandang menga zulm etdi» deydi. «Uning savoblaridan oling» deb bugoradi Alloh. Savoblari tog‘larcha bo‘lgan bandaning bironta yaxshiligi qolmagun-cha bu hol davom etadi. Buning misoli, safarga otlanib, yaydoq bir sahroda to‘xtagan musofirlarning holatiga o‘xshaydi. Ularning yonida o‘tinlari yo‘q. O’tin terib kelish uchup ular turli tomonlarga tarqalishadi. Sal vaqt o‘tmay, yig‘ilgan o‘tinlardan katta gulxan yoqib, xohlaganlariga erishishadi-(ya’ni, birorta o‘tin yo‘q edi, anchagtsha o‘tin yig‘shpdi, uni yoqib, issig‘idan foydalanishdi, sal fursatdan so‘ng shuncha o‘tindan hech narsa qolmadi)»(Ahmad rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:19:44
«(Ey Muhammad), hech shubhasiz siz hai o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar. So‘ngra albatta sizlar qiemat Kunida Parvardigoringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib-tortishursizlar (va siz o‘z zimmangizdagi payg‘ambarlikni to‘la-to‘kis yetkazganingizga hujjat keltirursiz, ular esa sizni yolg‘onchi qilib, kufru zalolatda o‘tganlariga turli bahonalarni ro‘kach qilurlar, ammo Allohning adolatln hukmidan qochib qutula olmaslar)!» (Zumar, 30-31) oyatlari nozil bo‘lganda Zubayr ibn Avvom:

— Ey Allohning rasuli! Bu dunyoda gunohlarga botib talashib-tortigaganlarimiz, (u Kunda) yana xuddi shu tarzda takrorlanadimi? deb so‘radi.
— Ha, har bir haq egasining haqqi to‘la ado etilgung‘a qadar takrorlanadi, dedilar Allohning rasuli.

Shunda Zubayr: «Allohga qasamki, ahvol og‘ir» — dedi» (Imom Ahmad rivoyati).

Ha, u Kun shunday shiddatliki, zarracha o‘tinch o‘tmas. Bitta tarsaki, bitta so‘z uchun intiqom olinur, zolimda mazlumning haqi kolmas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:20:08
Anas ibn Molik aytadi: «Rasulullohning shunday deganlarini eshitdim:
— Alloh taolo bandalarini yalang‘och, changga belangan va «buqm>> holida tiriltirur.
— «Buqm» nima degani? deya so‘radik.
— Ular hech vaqosiz bo‘lishadi. Uzoqdagilar xuddi yaqin-agilardek eshitadigan ovozda Alloh taolo ularga nido qiladi: «Podshoh Menman, Qozi Menman! Jannat ahlidan bo‘lgan kishida jahannam ahlidan bo‘lgan kishining haqqi bor ekan, to o‘sha haq olinmaguncha, u jannatiy jannatga kirmaydi. Do‘zax ahlidan bo‘lgan kishi ham to jannat ahlidap bo‘lgan kishining hakqini ado qilmaguncha do‘zaxga kirmaydi. Hatto, bu haq bir tarsaki bo‘lsin, (albatta uning uchun qasos olinadi).
— Axir biz ulug‘ va qudratli Allohning huzuriga yalang‘och, changga belangan va hech vaqosiz holda borsak, qanday qilib haqlarni ado qilamiz? dedik.
— Savoblariigiz va gunohlaringiz evaziga, dedilar Allohning‘ rasuli» (Imom Ahmad rivoyati).

Ey banda, Allohdan qo‘rq! Kishilarning mollarini nohaq yo‘llar bilan olib, ularga zulm kilishdan, izzat-nafsiga teg‘ib, ko‘ngillarini xijil etib ko‘yishdan, muomalada xu-lqqa zarar yetishidan saqlan. Albatta Alloh va bandasining o‘rtasida bir xoslik, yaqinlik bor. Olamlar Parvardigori mag‘firatli Zot, kechirimli bo‘l. Kimning zimmasida mazlumlar haki yig‘ilib qolgan ekan, darhol tavbaga shoshsin. Mazlumlar hali haqini so‘rab, qistovga oladi. Bas, Intiqom kuniga hozirlik ko‘r, savob amallarni ko‘paytir. Alloh va o‘zinggagina ayon yaxigaliklarni paydo qil. Kamoli ixlos bilan qilingan bu yaxshiliklarni Allohdan o‘zga hech kim bilmasin. Shoyad shunday amallardan biri seni Parvardigoringga yaqinlashtirar va mo‘min do‘stlarini bandalarining haqlaridan xalos etishdek lutfiga sazovor etar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:20:27
Anas ibn Molik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qiladi: «Payg‘ambar alayhissalom huzurida edik. U zot kuldilar, hatto kurak tishlari ko‘ri-nib ketdi. Shunda Umar:
— Otachsham Sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rasuli! Nima Sizni kuldirdi? — deya so‘radi.
— Ummatimdan ikki kishi ulug‘ va qudratli Alloh qarshisida tiz cho‘kkan holda turibdi. Biri: «Ey Rabbim, birodarimdan haqqimni olib ber» dedi. Shunda Alloh taolo: «Birodaringning haqqini ber» deb amr qildi. «Rab-bim, hakqini qanday qilib beray, bitta ham savob amalim qolmadi-ku?!» dedi u. «Bitta ham savob amali qolmabdi, nima qilasan?» dedi Alloh haqqini talab qilgan kishiga. «Ey Rabbim, gunohlarim unga yuklansin», dedi u.

 (Birdaniga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jim bo‘lib qoldilar), ko‘zlari to‘la yosh edi, yig‘ladilar, so‘ngra dedilar: «Darhaqiqat, u Kunning xatari ulug‘. U Kunda odamlar gunohlari boshqaga yuklanishga muhtoj bo‘ladilar... Keyin Alloh taolo haqqini birodaridan talab qilayotgan bandasiga dedi:
— Boshingni ko‘tar, jannatlarga nazar sol! U boshini ko‘tarib:
— Yo Rabbiy, kumushdan bo‘lgan baland shaharlarni, duru marvaridlar bilan bezatilgan oltin qasrlarni ko‘ryapman. Bular qaysi payg‘ambarniki yo qaysi siddiqniki yoxud qaysi shahidniki?— dedi hayratlanib.

Shunda Alloh taolo:
— Kim Menga kiymatini to‘lasa, shuniki, — dedi.
— Ey Rabbim, kim ham bu qasrlarning qiymatiga ega bo‘la olardi, dedi u umidsizlanib.
— Sen unga ega bo‘lolasan, dedi olamlar Parvardigori haqqini birodaridan da’vo qilayotgan bandasiga.
— Qanday qilib? - so‘radi u.
— Birodaringni kechir, dedi ulug‘ va qudratli Zot.
— Ey Rabbim, men uni kechirdim! Shunda Alloh taolo dedi:
— Qani, birodaringning qo‘lidan ushla va uni jannatga yetakla!

Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Allohdan qo‘rqinglar! Oralaringizni isloh qilinglar! Chunki, Alloh mo‘minlarning orasini isloh qilur» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:20:37
Demak, bu o‘rinda: oralarimizni isloh qilmoq — Allohning xulqi ila xulqlanmoq va shu yo‘l bilan bu buyuk martabaga noil bo‘lmoq xikmati eslatilyapti.

Bir tasavvur qil: sahifang kishi xaqidan holi yoki Rabbing seni O’z lutfi ila afv etdi, abadiy saodatga ishonching komil. Hukm yerini tark etar ekansan, senga rizodai kiyim kiydirildi, so‘ngsiz saodatga, tuganmas ne’matlarga qaytyapsan, qanchalik kuvonchga to‘lasan?! Sevinch va su-rurdan qalbing uchib ketay deydi. Yuzing oppoq va nurli, xuddi kechasi porlagan to‘lin oydek. Tasavvur qil, xaloyiq oldidan boishngni tik tutib, gunoh yuklarydan ozod holda ko‘r to‘kib o‘tyapsan. Atrofingda mayin shabada g‘ir-g‘ir esadi, baxtiyor peshonangdan rizo musaffoligi yog‘iladi. Av-valgilaru oxirgilar senga, sening holingga havas ila bo-qadi. Husning va jamolingga suqlanib qaraydi. Oldingda va orqangda farishtalar yuradi, barchaning ko‘z o‘ngida: «Bu falon o‘g‘li falon! Alloh undan rozi bo‘ldi va rozi qildi, U abadiy saodatga erishdi!» deb nido qilishadi.

Bir o‘ylab ko‘r! Oxiratdagi bu makom riyokorlik va hiylakorlik bilan xalqning qalbida qozongan bu dunyodagi soxta martabangdan ulug‘roq emasmi?! Bas, oxirat maqomini bu martabadan beqiyos darajada yuksak deb bilar ekansan, endi samimiy bo‘l. Ulug‘ va qudratli Zot bilan muo-malada sof ixlos va sodiq niyat bilan bu maqomni idrok qilishga intil. Boshqa yo‘l yo‘q!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:20:49
Alloh asrasin, agar sahifangdan sen arzimas deb bilgan, holbuki Alloh nazdida ulug‘ deb sanalgan gunohlar chiqsa, senga Allohning nafrati yog‘iladi: «Seng‘a la’nat bo‘lsin, ey yomonlikning quli! Ibodatingni qabul qilmayman». Bu nidoni eshitiboq, yuzing qorayadi. Alloh taoloning g‘azabiga sababchi bo‘lganing uchun farishtalar ham sendan g‘azablanadi va: «Seng‘a bizning va butun xaloyiqning la’nati bo‘lsin!» deyigaadi. Keyin oldingda azob farishtalari hozir bo‘lib, qahr bilan senga tashlanishadi, peshona sochingdan ushlab, butun xalq oldida yuzingni yerga sudrab o‘tishadi. Xaloyiq qorayib ketgan yuzingga qarab, xor bo‘lganingni ko‘rishadi.

Sen o‘zingga jahannamni, halokatni chorlaysan. Shunda senga: «Bugun sen bitta emas, ko‘p halokatlarni o‘zingga chorla!» deyiladi va farishtalar nido qilishadi: «Bu falon o‘g‘li falokdir, Alloh uni sharmanda etdi, xor qildi, qabih qilmishlari uchun la’natladi. Bas, u abadiy badbaxtlikka ketdi».

Bu sharmandalik gunohlarni bandalardan yashirib, davomli qilganing yoki bandalarning mehrini qozonishni talab etganing-uchun yoxud faqat ularning huzurida aybing ochilib qolishidan qo‘rqqaning uchun sodir bo‘ldi. Bu na-kadar ulkan jaholat! Inqirozi muqarrar dunyoda banda oldida sharmanda bo‘lishdan bor kuchingni sarflab saqla-nasan. Lekin bundan ulug‘roq sharmandalik - Mahshar ahli oldida Allohniig g‘azabiga uchrashdan, jahannamga uloqti-ruvchi azob farishtalarining alamli azobidai qo‘rkmaysan.

Bu tafsilotlarning barchasi senga tegishli, ammo oldingda bulardanda ulug‘roq xatar bor, u Sirot xataridir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:21:13
Sirot

Alloh taolo dedi:
«Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon dargohiga to‘playdigan va jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!» (Maryam, 85-86-oyatlar).

Mana shu dahshatlardan so‘ng odamlar Sirot tomon haydaladilar. Jahannam uzra cho‘zilgan Sirot qilichdan o‘tkir, qildan ingichka ko‘prikdir. Kimki bu olamda hayotini to‘g‘ri yo‘lga qurgan bo‘lsa, oxirat Sirotidan o‘tish uning uchun yengil bo‘ladi va najot topadi. Kimki bu dunyo xayotida to‘g‘rilikdan chalg‘igan va gunoh yuklarini yelkaga ortib olgan bo‘lsa, Sirotga avval kadam qo‘yishi bilanoq, qoqiladi va qulaydi.

Tasavvur qil: oldingda tubsiz, qop-qora jahannam ustiga qurilgan qilday ingichka ko‘prik, yuraging qo‘rquvdan orqaga tortadi. Shunda qulog‘ingga jahannamning g‘azab bilan o‘kirgan faryodi eshitiladi.

Holing nochor, qalbing iztirobli, oyoqlaring dirdir titrayotgan bo‘lishiga qaramasdan, ko‘prikdan yurishga majbursan. Eng alamlisi, yelkangga nafaqat bunday nozik ko‘prik, balki keng yo‘lda ham tekis yurishingga moyae’lik qiladigan yuklarni ortib olgansan. O’ngmi yo chapmi, bitta oyog‘ingni ko‘prikka asta ko‘yar ekansan, qilichning damidek o‘tkirlikni sezib seskanasan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:21:42
Oldingda xaloyiq: kimdir qokilyapti, kimdir qulayapti, azob farishtalari ularni changak va ilgaklar bilan jahannamga tortyapti. Shularga guvoh bo‘lib turgan paytingda birdaniga sen keyingi qadamingni tashlashga majbur qili-nasan. Ko‘z oldingda odamlar oyoqlari osmondan bo‘lib, boshlari bilan jahannamga qulayaptilar... bor kuchinpsh so‘-rib, toliqtirib tashlaydigan tepalik, nafasni bo‘g‘ib qo‘yadigan darajadagi tor yo‘lak! Naqadar dahshatli manzara!

O’sha ondagi holingga nazar sol: go‘yo emaklab bir tepalikka ko‘tarilyapsan, yelkangga og‘ir yuk ortilgan. O’ngga, chapga qayrilib, odamlarga qaraysan, do‘zaxga kulashyapti. Payg‘ambar alayhissalom: «Yo Rabbim, salomat qil, salomat qil» deyapti. Sirotdan o‘tolmay, jahannam ka’riga qulagan xaloyiqning azob va halokat to‘la faryodlarini eshitasan.

Endi aytchi, oyog‘ing toyib ketsa, so‘nggi nadomatdan ne foyda?! Usha payt halokatni o‘zingga chorlab, shunday deb qolmaysanmi: «Eh, koshki edi, men hayot vaqtimda solih amallar qilib o‘tgan bo‘lsam! Eh, koshki edi, Payg‘ambar alayhissalom bilan bir yo‘lda bo‘lgan bo‘lsam! Boy bo‘lsin menga, koshki edi, falonchini o‘zimga do‘st tutmagan bo‘lsam! Eh, koshki edi, qaytadan tuproqqa aylanib, butkul unut bo‘lib ketsam! Ex, koshki edi, onam meni tug‘magan bo‘lsa!»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:22:01
O’sha payt lovullagan olov seni qa’riga tortadi va nido keladi:

«(Alloh) aytdi: «(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!» (Mo‘minlar, 108-oyat).

Chinqirasan, ingraysan, yordam so‘rab baqirasan, nafasing bo‘g‘zingga tikiladi. Ha, hali oldingda mana shunday xatarlar turibdi. Ajabo, bugun aqling u xatarlar xususida o‘ylarmikan, ularni tasdiqlarmikan? Agar ishonmasang, bilki, joying abadiy jahayanamdir. Yo‘q, sen bu muqarrar vo-qelikka ishonasan, uni tasdiqlaysan-u, ammo negadir g‘ofillik og‘ushidasan, erta uchun xozirlik ko‘rishda sustkashlik qilyapsan. Bu ziyon va tug‘yondan boshqa narsa emas.

Alloh taologa to‘la itoat qilish va gunohlarni tark etish bilan u Zotning roziligi yo‘lida harakat qilmasang, iymoning foyda beradimi?! Agar oldingda Sirot va undan o‘tish daxshatidan boshqa birorta qo‘rqinch bo‘lmaganida ham mana shu daxshatning o‘zi (umrbod) qo‘rqishingga kifoyadir.

Allohning rasuli deydilar: «Sirot jahannam uzra quriladi. Payg‘ambarlar ichida men birinchi bo‘lib ummatlarim bilan undan o‘taman. U Kun payg‘ambaralardan boshqa hech kim gapirmaydi. U Kun payg‘ambarlarning duosi: «Allohim salomat qil, Allohim salomat qil» degan so‘zlar bo‘ladi. Jahannamda sa’don o‘simligining tikoniga o‘xshash changaklar bor. Sa’donning tikonini ko‘rganmisizlar?
— Ha, ko‘rganmiz, ey Allohning rasuli, deyishdi.
— Changaklar sa’donning tikoniga o‘xshaydi, biroq bu changaklar juda katta, ularning sanog‘ini bir Alloh biladi. Odamlar u changaklarga amallari bilan ilinadilar, kimdir halokatga yuz tutsa, kimdir etlari shilinib, si-lynib, keyin najot topadi» (muttafaqun alayh).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:24:07
Abu Said Xudriy Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: «Odamlar usti tikonu changaklarga to‘la jahannam ko‘prigidan o‘tishar ekan, o‘ng va chap tomonlaridan changaklarga ilinadilar. Ko‘prikiing ik-kala tarafida turgan farishtalar: «Allohim, salomat qil, Allohim, salomat qil» deyishadi tinimsiz. Kimdir ko‘prikdan chaqmoq kabi o‘tsa, kimdir shamol kabi o‘tadi. Kimdir chopqir ot kabi, kimdir yugurib o‘tadi. Kimdir yurib o‘tsa, kimdir emaklaydi, yana kimdir sudraladi. Axli do‘zax esa na o‘ladi, na yashaydi. Kimlardir gunohlariga ko‘ra jazolanadi, kuydiriladi, ko‘mirga aylanadi, so‘ngra shafoatga izn yeriladi» (muttafaqun alayh).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Alloh taolo avvallaru oxirgilarni ma’lum Kunda shak-shubxasiz mahsharga to‘playdi. Ular samoga ko‘zlarini tikkan holda qirk yil hukmni kutib turishadi.Keyin mo‘minlarga: «Boshlaringizni ko‘taring» deyiladi. Boshlarini ko‘tarishadi. Bas, ularga amallariga yarasha nur ato qilinadi. Kimgadir ulkan tog‘ barobar nur beriladi va bu nur uning oldida yuradi. Kimdir bundan kichikroq, kimdir xurmo daraxticha, kimdir undan ham ozroq nurga ega bo‘ladi. Hatto oxirgi kishiga be-rilgan nur oyog‘ining bosh barmog‘i kadar yergagina yetadi, shu darajada xira yorug‘lik taratadiki, goh yenadi, goh o‘chadi. Nur taralib, oyoq osti ko‘ringan paytda yuradi, o‘chganida to‘xtab qoladi». So‘ngra ularning nurlari miqdoriga ko‘ra Sirotdan o‘tishlari zikr qilinadi: «Kimdir ko‘z ochib yumguncha,kimdir chaqmoq kabi, kimdir bulut kabi, kimdir uchar yul-duz kabi, kimdir uchqur ot kabi, kimdir chopqir kishi kabi o‘tadi. Nuri oyog‘ining bosh barmog‘i qadar yerni yoritgan kishi yuzlari, qo‘llari, oyoqlari bilan sudralib, emaklaydi. Bitta qo‘lini oldinga tashlaydi, ikkinchisi orqaga tortadi, bitta oyog‘ini yerdan uzsa, narigisi osilib qoladi. Hatto olov uning yonlarigacha keladi.

Bu xatarlardan qutulgach, ko‘prik ustida turib, deydi: «Allohga hamd bo‘lsin, hech kimga bermagan ne’matini menga ato etdi, jahannamni ko‘rganimdan so‘ng undan najot berdi».

Keyin uni jannat eshigi oldidagi ko‘lga olib kelib, cho‘miltirishadi» (Ibn Adiy va Hokim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:24:40
Anas ibn Molik aytadi: «Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini eshitdim: «Sirot qilich kabi o‘tkir, qildek ingichkadir. Farishtalar mo‘min va mo‘minalarni qutqaradilar. Jabroil alayhissalom mening belim (kamarim) dan tutadi, men: ey Rabbim, salomat qil, salomat qil, deyman. U Kunda toyib ketuvchi erkaklar va toyib ketuvchi ayollar ko‘p bo‘ladi» (Bayhaqiy rivoyati).

Ey inson! Fursating g‘animat. Sirot xaqida, uning daxshat va qo‘rqinchi xususida o‘yla. Chunki Qiyomat kuni dahshatlaridan eng omon kishi bu dunyoda u hakda ko‘p o‘ylagan kishidir. Negaki, Alloh bir bandada ikkita ko‘rkuvni jamlamaydi. Kimki Qiyomat kuni dahshatlaridan bu dunyoda qo‘rqsa, oxiragda u dahshatlardan omon bo‘ladi.

Lekin bu o‘rinda Qiyomat daxshatlarini eishtgan paytda qalblar erib, ko‘zlardan yoshlar kuyulib, hech qancha o‘tmasdan, qayg‘ular unutilib, o‘yin-kulguga beriladigan ayollarga xos yengil-yelpi ko‘rqinch nazarda gutilmayapti. Bu qanaqasiga qo‘rqinch bo‘lishi mumkin?! Axir, ko‘rqkan narsadan qochiladi, kimki bir narsaga yetishni umid qilsa, uni izlaydi. Alloh taologa gunoh qiljtsdan to‘sadigan va U Zotga toat qilishga undaydigan xavfgina, faqat shu xavf seni qutqaradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:24:55
Ayollarning yengil-elpi qo‘rkuvidan ham yengilrog‘i ahmoqlarning qo‘rquvidir. Kdchonki ular Qiyomat daxshatlarini eshitsa, tillari darhol panoh tilashga shoshiladi: «Allohdan yordam so‘rayman, Alloh bizni panohingga ol, Allohim salomat qil...» deydi-yu, xalokatining sababi - gunohlardan qaytmaydi, Alloh qaytargan ishlarni kilishda davom etaveradi. Shayton uning «panoh tilash»idan kuladi. Uning misoli, shundoq yonida mustahkam qal’a turib, qal’aga bekinmasdan, o‘zi tomon odimlayotgan vahshiy hayvonni kutib o‘tirgan kishiga o‘xshaydi. U uzoqdan yirtqichshshg yovuz, so‘yloq tishlarini, bahaybat gavdasini ko‘radi va tilida tinimsiz: mustaxkam qal’a meni panohiga oladi, qal’aning puxta qurilishi va pishiq ustunlari meni yirtqichdan qutqaradi, deya takrorlaydi. Bularni u faqat tilida aytadi-yu, amalda joyidan jilmaydi. Bu tarzda yirtqichdan «xalos bo‘lish» o‘ta kulguli emasmi?!

Oxirat dahshatlaridan saqlovchi yagona qal’a «La ilaha illalloh»dir. Kimki bu kalimani aytar ekan, endi u ki-shining yagona maqsadi Alloh taolo va uning uchun endi Allohdan o‘zga ibodat qilinadigan zot yo‘q.

Havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib olganlarning «La ilaha illalloh» deganlari esa yolton, ularning ahvoli xatarli.

Agar yuqorida aytilganlarni bajarishdan ojiz bo‘lsang, Allohning rasuliga mehr qo‘y, u zotning sunnatlarini ulug‘ bil, ummatlari ichidagi solih kishilarning hurmatini qozon, ularning duosi bilan baraka tol. Balki shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yoki u zotning ummatlaridan bo‘lmish solih kishilarning shafoatiga noyil bo‘larsan, oxirat uchun yiqqan sarmoyang kam bo‘lsada, balki shafoat tufayli najot toparsan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:25:52
Shafoat

Bilgil, mo‘minlardan ba’zi toifalarning do‘zaxga kirishi haq. Albatta Alloh taolo bunday mo‘minlarga nisbatan payg‘ambarlar va siddiqlarning shafoatini qabul qiladi. Ummatning ulamosi va solih kishilari, umuman, Alloh taolo dargohida martaba va chiroyli muomalaga sazovor har bir banda o‘zining aqli, yaqinlari, do‘stlari, tanishlariga shafoat qilishi mumkin.

Ey inson! Shafoat qilinishga munosib darajada bo‘lish ishtiyoqi aslo ko‘nglingni tark etmasin. Hech qachon hech kimni kamsitma. Chunki, Alloh taolo Uzining do‘stligini bandalari ichiga yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki ko‘zlaring nazarga ilmayotgan kishi Allohning do‘stidir?!

Ey inson! Birorta gunohni kichik sanama.Chunki, Alloh taolo g‘azabini gunohlar ichiga yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki Allohning g‘azabi sen arzimas deb bilgan o‘sha gunoh ichra yashirindir.

Ey inson! Birorta ibodatni kichkina deb bilma. Chunki, Alloh taolo O’z roziligini toati ichiga yashirgan. Qaerdan bilasan, balki sen haqir sanayotgan ibodatda Allohning roziligi bordir. Mayli, u bir yaxshi so‘z yoki yaxshi niyat yoxud shunga o‘xshash ibodatlar bo‘lsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:27:12
Qur’oni karim va hadislarda shafoatning haqligi xususida dalillar ko‘p. Alloh taolo aytadi:

«Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u ilohiy marhamatlardan) rozi bo‘lursiz» (Vaz-Zuha, 5-oyat).

Amr ibn Os rivoyat qiladi: «Rasulloh sallallohu alayhi va sallam Ibrohim alayhissalomning so‘zlarini tilovat qildilar:

«Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar, Bas, kim menga ergashsa, ana o‘sha mendandir (ya’ni, mening dinimdadir). Kim menga isyon qilsa, yana O’zing mag‘firatli, mehribonsan (ya’ni, unday kimsalarni ham haq yo‘lga hidoyat qilishga qodirsan)» (Ibrohim, 36-oyat).

Iso alayhissalomning so‘zlarini tilovat qildilar:
«Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandala-ring...» (Moida, 118-oyat),

So‘ngra qo‘llarini ko‘tarib, «ummatim, ummatim» deya yig‘ladilar. Shunda Alloh taolo: «Ey Jibroil, Muhammadning huzuriga bor, so‘rachi, uning yig‘isiga nima sabab bo‘ldi?»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:27:46
Jibril alayhissalom Rasululloqning huzurlariga kelib, yig‘i sababini so‘radi, Rasululloh aytdilar... (Aslida Alloh bu sababni yaxshi bilguvchidir. Lekin Payg‘amba-riga xushxabar berish va O’ziga ayon boshqa hikmatlarga ko‘ra farishtasi Jabroil orqali habibi Muhammaddan ahvol so‘radi).

Keyin Alloh taolo dedi: «Ey Jibril, Muhammadning huzuriga bor va unga: «Biz sizni ummatingizdan rozi qilamiz va o‘zingizga ham yomonlik bo‘lmaydi» deb yetkaz» (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Menga mendan oldingilarga berilmagan beshta narsa berildi:
- bir oylik masofada bo‘lganim holda dushmanimga qo‘rquv solib, g‘alaba qozondim;
- mendan oldin hech bir payg‘ambarga halol qilinmagan o‘lja olish menga halol qilindi;
- yer yuzi men uchun masjid, tuprog‘i poklovchi qilindi (toki ummatimdan qaysi kishi namoz vaqtig‘a yetsa, borgan yerida namozini o‘qisin) ;
- menga shafoat berildi;
- har bir payg‘ambar faqat o‘z qavmiga payg‘ambar qilib jo‘natildi, msn butun insoniyatga payg‘ambar qilib jo‘na-tyaldim» (muttafaqun alayh).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:27:52
Rasuli akram shunday dedilar: «Faxr qilmag‘an holda aytaman, Qiyomat kuni men payg‘ambarlarning imomi, ularning xatibi va shafoatchisi bo‘laman» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Men Odam farzandlarining‘ sayyidiman. Maqtaiish emas, men qabrdan eng avval chiqquvchi, eng avval shafoat qiluvchi va eng avval shafoat qilinuvchiman. «Liva ulhamd» (hamd bayrog‘i) mening qo‘limda bo‘ladi. Odam alayhissalom va undan so‘ng kelganlar mana shu tug‘ ostida to‘planadi» (Termiziy va Ibya Moja rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Har bir payg‘ambarning mustajob duosi bor. Men bu duomni Qiyomat kuni ummatimning shafoati uchun asrashni xohlayman» (muttafaqun alayh).

Ibn Abbos Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlariii rivoyat qiladi: «Payg‘ambarlar uchun oltindan minbarlar quriladi, ular ana shu minbarlarda o‘tnradilar. Men esa «jannatga kiritishsa, mendan so‘ng ummatim qolib ketadi» degan xavfda minbarga o‘tirmasdan, Rabbim huzu-rida tik turaman va: «Yo Rabbiy, ummatim» deyman.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:28:09
Shunda ulug‘ va qudratli Zot:
— Ey Muhammad! Ummatingga nima qilishimni xohlaysan? - so‘raydi.
— Rabbim, ularning hisobini tez qil, men shafoat etay, deyman Rabbimga. Menga jahannamga jo‘natilgan kishilarning xujjati beriladi. Shunda jahannam ko‘riqchisi Molik: «Ey Muhammad, do‘zax Rabbiyagning g‘azabidan qo‘rqib, ummatingdan biror kishini jahannamda qoldirmadi» (Tabaroniy rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Qiyomat kuni yer yuzidagi tosh va qumlardan ham ko‘prok kishini shafoat qilaman» (Ahmad va Tabaroniy rivoyati).

Abu Hurayra hikoya qiladi: «Payg‘ambar alayhissalomga go‘sht keltirishdi. Rasululloh ko‘yning qo‘l (old soni) ni yaxshi ko‘rardilar. Undan uzib yedilar. So‘ngra shunday dedilar: «Men Qiyomat kunida payg‘ambarlarning sayyidi bo‘laman. Buning sababini bilasizmi? Alloh avvalgilaru oxirgilarni bir tepalikka to‘playdi. Ular nido qiluvchining ovozini epshtadilar, ko‘zlar ularni ko‘radi, quyosh ularga yaqinlashadi. Odamlar g‘am va qayg‘udan toqat qilib bo‘lmas darajaga yetadilar. Shunda odamlar bir-biriga: bo-shingizga ne savdolar tushganini anglamayapsiz, siz uchun Rabbingiz huzuriga shafoat so‘rab boradigan kishini ko‘rmayapmisiz?!- deb qolishadi. Ular Odam alayhissalomning oldiga borib: «Sen butun insoniyatning otasisan. Alloh taolo seni yaratdi va jon ato qildi. Farishtalarga buyurdi, ular senga sajda qildilar. Axvolimizga qara, holi-miz xarob, Parvardigoring huzurida biz uchun shafoat tila». Odam alayhissalom ularga dedi: «Rabbim bugun shunday g‘azabdaki, na avval, na keyin bunday g‘azabni ko‘rmaganman. Parvardigorim meni daraxtga yaqinlashishdan qaytargan edi, itoat qilmadim... o‘zimni o‘ylayapman, o‘zimni! Yaxshisi, mendan boshqasining oldiga boringlar, Nuh alayhissalomning oldiga boringlar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:28:20
Ular Nuh alayhissalomning oldiga keldilar va: «Ey Nuh! Sen yer yuzida eng avvalgi payg‘ambarlardansan. Alloh seni «abdun shakur (shukrli banda) deb nomlagan. Ahvolimizga bir qara, Parvardigoring xuzurida biz uchun shafoat tila» deyishdi. Shunda Nuh alayhissalom: «Bugun Rab-bimning g‘azabi qattiq. Na oldin, na keyin U Zotning bu darajada g‘azablang‘anini ko‘rmaganman. Alloh menga duo qilish ne’matini berdi, men esa qavmimni duoibad qildim. Endi o‘zimning shafoatimni o‘ylayapman, o‘zimning!

Mendan boshqasining oldiga boringlar, Ibrohim Xali-lullohning oldiga boringlar».

Ular Ibrohim Xalilullohning oldiga borishdi va: «Sen Allohning payg‘ambari va halili-do‘stisan. Ahvolimizga qara, og‘ir kunlarga qoldik. Rabbingning huzurida biz uchun shafoat tila» deyishdi. Shunda Ibroxim alayh-issalom ularga dedi: «Rabbim bugun shu kadar g‘azabdaki, hech qachon bunday g‘azablanmagan va bundan keyin ham g‘azablanmaydi. Men uch marta yolg‘on gapirdim, deya ularni eslatdi, endi esa o‘zimning shafoat qilinishimni o‘ylayap-man, o‘zimning! Mendan boshqasining oldiga boringlar, Muso alayhissalomniig oldiga boringlar!»

Muso alayhissalomning oldiga borib: «Ey Muso! Sen Allohning rasulisan. Sen Allohning elchisi bo‘lganing uchun, Alloh bilan so‘zlashganing uchun ham odamlardan afzalsan. Ahvolimizga bir qara, Rabbing huzurida bizning shafoat qilinishimizni so‘ra deyishdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:28:33
Muso alayhissalom dedi: «Bugun Rabbim shu darajada darg‘azabki, hech qachon bunday bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Men o‘ldiriga buyurilmagan jonni o‘ldirdim, o‘zimning sha-foatimpi tilayman, o‘zimning..! Mendan boshqasining oldiga boringlar, Iyso alayhissalomning oldiga boringlar!»

Ular Iyso alayhissalomning oldiga borib: «Ey Iyso! Sen Allohning rasuli va Allohning Maryamga yetkazgan so‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan ruh sohibisan, beshikdalingdayoq odamlar bilan gaplashgansan. Bizga bir qara, holimiz xarob. Rabbing huzurida bizning shafoat qilinishimizni so‘ra» deyishdi.

Shunda Iyso alayhissalom: «Hech kachon Rabbim bugun-gidek g‘azablanmagan va bundan keyin ham g‘azablanmaydi, deya bironta gunohini eslatmasdanoq o‘zimning shafoatimni tilayman, o‘zimning!» dedi. Keyin aytdi: «Mendan boshqasining oldiga boringlar, Muhammad alayhissalomning oldiga boringlar!»

Ular mening oldimga kelib, deyishadi: «Ey Muhammad!

Sen Allohning rasuli, payg‘ambarlarning oxirgisisan. Alloh sening oldingi va keyingi gunohlaringni mag‘fi-rat qilgan. Xolimiz xarob, Rabbing huzurida bizni sha-foat et...»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:30:41
Shunda men Arshning ostiga borib, Rabbimga sajda qilgan holda yiqilaman. Seyin Alloh taolo hali hech kimga izxor etmagan eng go‘zal maqtov va sanolarni menga bildiradi va: «Ey Muhammad, boshingni ko‘tar, So‘ra, so‘raganing beriladi, shafoat zt, shafoating qabul qilipadi». Boshimni sajdadan ko‘tarib: ummatim, ummatim, yo Rabbiy, deyman.

«Ey Muhammad, deydi Parvardigorim, ummatingdan behisob kishini jannatning o‘ng tomondagi eshiklaridan kiritaman...»

Keyin Payg‘ambar alayhissalom: «Nafsim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, jannatning ikkala eshigi orasidagi masofa Makka va Xumayr yoki Makka va Busra orasi qadar kengdir» (muttafaqun alayh).

Boshqa bir hadisda ham ayni matn vorid bo‘lgan. Faqat unda Ibrohim alayhissalomning «uchta yolg‘oni» keltiriladi: yulduzlar xususida «bu mening Rabbim» degani; qavmining butlariga nisbatan aytgan «bu ishpi ularning kattasi - mana bu «haykal» qildi» degan so‘zlari (Anbiyo, 63-oyat) ; «Albatta men (vabo) kasaliga yo‘luqkuvchidirman» (Vas-soffat, 88-89-oyatlar).

Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shafoatlaridir. Shuningdek, bu ummatning‘ olim va solix kishilari ham shafoat kilishga haqli bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz aytadilar: «Ummatimdan bir kishining shafoati bilan Ra-bi’a va Muzir qabristonidagilardan ham ko‘proq kishilar jannatga kiradi» (Termiziy, Ibi Moja, Xokim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:30:50
Rasuli akram dedilar: «Bir kishiga «tur, ey falonchi, shafoat qil» deyiladi. U kishi turib, qabilasini, ahli baytini, bir yo ikki kishini amali miqdorida shafoat etadi (Termiziy rivoyati).

Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladi: «Qiyomat kuni jannat ahlidap bo‘lgan bir kishi do‘zax ahliga ko‘rinadi. Shunda do‘zax ahlidan bo‘lgan bir kishi uni chaqirib:
— Ey falonchi, meni tanidingmi?— deydi.
— Yo‘q, Alloh haqqi, seni taniyolmayagshan, javob qiladi unga jannatiy kishi.
— Dunyo hayotida yenimdan o‘tib ketayotib, bir qultum suv so‘ragan eding. Suv berib, chanqog‘ingni bosgan edim.
— Endi tanidim.
— Shu yaxshiligim xaqqi, Parvardigoring huzurida menga shafoat tila.

Shunda bu jannatiy Alloh taologa iltijo bilan deydi: «Men do‘zax ahliga ko‘ringanimda bir kishi: «Meni taniysanmi?» dedi. Men uni taniyolmayotganimni aytdim. U menga: «Dunyoda suv so‘ragan paytingda seni suvga qondirgan kishiman, Rabbingdan men uchun shafoat tila» dedi. Ey Rabbim, u kishiga meni shafoatchi qil».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:31:20
Alloh taolo do‘zaxiy kishi uchun so‘ralgan bu shafoatni qabul qildi va uni do‘zaxdan chiqarishga amr etdi. Bas, u jahannamdan xalos qilindi. (Daylamiy rivoyati).

Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomdan gaunday rivoyat qiladi: «Qayta tirilish kuni qabrdan eng avval chiqadigan inson menman. Parvardigor huzuriga borayotganlarida ularning xotibi — so‘zlovchisi ham menman. Umidsizlikka tushganlarida ularga xushxabar beruvchi ham menman. O’sha kuni «hamd tug‘i» mening qo‘limda bo‘ladi. Faxrlanish emas, Rabbimga Odam farzandlari ichida eng hurmatlisi ham men bo‘laman» (Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Men ulug‘ va qudratli Rabbimning huzurida turaman. Jannat kiyimlaridan birini kiyaman. Keyin Arshning, mendan boshqasi turmaydigan, o‘ng tomonidagi maqomni zgallayman» (Termiziy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhuma dedi: «Rasululloh sahobalaridan bir guruhi sarvari olamni kutib o‘tirishgan edi. Rasululloh chikdilar, ularga yaqinlashdilar, ularning shunday mazmunda suhbatlashayotganini eshitdilar:
— Ajabo! Ulug‘ va qudratli Alloh O’zi yaratgan inson, Ibroximni O’ziga halil — do‘st qildi.
— Muso alayhissalomning Yaratuvchi Zot bilan so‘zlashganiga nima deysizlar?!
— Iyso alayhissalom Allohning so‘zi va U Zot tomo-nidan bo‘lgan rux sohibidir!
— Alloh Odam alayhissalomni tanladi!..

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga salom berdilar va shunday dedilar: «So‘zlaringizni tingladim. Ibroxim alayhissalomiing Allohning halili ekanligi sizni hayratlantiryapti. Ha, Muso Alloh bilan sirlashdi, Iyso Alloh tomonidan bo‘lgan ruh va Uning so‘zidir. Ha, Alloh taolo Odamni tanladi.

Ogoh bo‘ling, men Allohshshg habibiman. Faxrlanish emas, Qiemat kunida hamd bayroshni ko‘taruvchi menman. Faxrlanish emas, Qiyomat kunida eng avval shafoat qiluvchi va eng avval shafoat qilinuvchiman. Faxrlanish emas, jannat (eshigi) xalqasshsh eng birinchi ushlovchi menman. Alloh menga jannatini ochadi. Men va men bilan birga faqir mo‘minlar u yerga kiradi. Faxrlanish emas, men avvalgilaru oxirgilarning eng hurmatlisiman, ha, bu faxrlanish emas» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:31:43
Havzi Kavsar

Bilgil! Kavsar hovuzi ulug‘ hurmatdir. Bu ulug‘ hurmat payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga tegishlidir. Hovuzning tavsifi hadislarda batafsil izoxlangan. Umidimiz, Alloh taolo bizni bu dunyoda hovuz hakdda xabardor qilish va oxiratda uning totini totish bilan rizqlantirsin.

Bu hovuzning sifatlaridan birisi undan ichgan odam hech qachon chanqamaydi. Anas ibn Molik shunday rivoyat qiladi: «Rasuli akram ozgina mudradilar. Keyin tabassum qilgan holda boshlarshsh ko‘tardilar.
— Ey Allohning rasuli, nega kulyapsiz?— dedik.
— Hozirgina menga oyat nozil bo‘ldi, dedilar va Kavsar surasini oxirigacha o‘qidilar, so‘ngra — Kavsar nima ekashshgini bilasizlarmi? deya so‘radilar.
— Alloh va rasuli bilguvchirokdir, dedik.
— Kavsar bu ulug‘ va qudratli Rabbim menga va’da etgan jannatdagi daryodir, unga ko‘p xayr yog‘iladi. Daryoning yonida hovuz bor. Qiyomat kunida ummatim u hovuz atrofida to‘planadi. Hovuzga (tegishli) idishlarning adadi osmondagi yulduzlar qadardir» (Muslim rivoyati).

Anas roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan shunday rivoyat qiladilar: «Jannatda yurgan edim, ko‘zim bir daryoga tushdi. Daryoning ikki chetida ichi g‘ovak injulardai yasalgan qubbalar bor edi. «Bu nima, ey Jibril?» deb so‘radim. «Bu Rabbingiz sizga bergan Kavsardir» dedi u va qulini hovuzga botirdi. Hovuzning loyi xushbo‘y mushkdan ekanshsh ko‘rdim» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:33:19
Yana Anas roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Hovuzimning, ikki chekkasi orasidagi masofa Madina va San’o yoki Madina va Ammon orasidagi masofa qadardir» (Muslim rivoyati).

Ibn Umar shunday rivoyat kiladi:«Alloh taoloning: «(Ey Muhammad), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik» (Kavsar, 1) oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh dedilar:«U (Kavsar) ikki qirg‘og‘i oltindan bo‘lgan daryodir. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, mushkdan xushbo‘ydir. Kavsarnint suvi inju va marjon qoyalar uzra okddi» (Termiziy rivoyati).

Rasulullohning mavlosi (ozod qilgan quli) Savbon Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladi: «Hovuzim (ning kattaligi) Adandan Ammanul Bolqongacha bo‘lgan masofa qadardir. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, qadaxdari osmondagi.yulduzlar adadichadir. Kim undan bir qultum ichsa, hech qachon chanqamaydi. Hovuz labiga eng avval boradigan odamlar faqir muhojirlardir». Shunda Umar ibn Xattob:
— Kim ular, ey Allohning rasuli? dedi.
— Ularning sochlari to‘zg‘ib, changlarga belangan, kiyimlari kirdir. Ular boybadavlat ayollarga uylanmagan. Ularga (dunyo) xovlilarining eshiklari ochilmaydi, dedilar Rasu-lulloh sollallohu alayhi va sallam» (Termiziy rivoyati).

Bu hadisni eshitgan Umar ibn Abdulaziz shunday degandi:«Allohg‘a qasamki, men o‘ziga to‘q ayollarga uylandim, Abdulmalikning qizi Fotimani nikohimga oldim. Menga dunyoning barcha eshiklari ochiq. Demak, men Kavsar labiga avval borguvchilardan emasman. Fakat Alloh menga rahm kilsagina, u safda bo‘lishim mumkin. Shubhasiz, endi to sochim changlarga belanib, paxmoq bo‘lib ketmaguncha boshimga xushbo‘y narsalar surmayman. To kirlanib ketmaguncha eg-nimdagi kiyimni yuvmayman».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:33:34
Abu Zardan shunday rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar alayhissalomdan Hovuzning idishlari haqida so‘radim, dedilar:-«Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga qasamki, (Havzi Kavsar) idishlarining soni bulutsiz, yop-yorug‘ osmonda porlagan yulduzlardan ham ko‘proqdir. Undan ichgan odam chanqamaydi. Xovuzga suv kuyadigan oxirgi ikki tarnovning boshi jannatda. Xovuzning uzunligi eni bilan barobar bo‘lib, u Ammon bilan Iyla orasidagi masofaga teng. Hovuzning suvi sutdan ok, asaldan shirindir» (Muslim rivoyati).

Sumradan Rasulullohning shunday deganlari rivoyat qilinadi: «Har bir payg‘ambarning o‘z hovuzi bor. Ular hovuz bo‘yida ummatining ko‘pligi bilan faxrlanishadi. Albatta men umid qilamanki, hovuz bo‘yida mening umma-tim ko‘p bo‘ladi» (Termiziy rivoyati).

Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning umidlari. Allohning habibi, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ummatidan shunchalik umidvor bo‘lsa, biz nega hovuz bo‘yiga keluvchilar jumlasidan bo‘lishni umid kilmaylik! Lekin o‘zni umid qiluvchilar jumlasiga ko‘shib, aslida kuruk orzu-xayollarga aldanuvchilardan bo‘lib qolishdan Alloh asrasin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:33:51
Xosildan umidvor kishi yerni yumshatib tekislaydi, yerga urug‘ sochib, keyin uni sug‘oradi. So‘ngra ekinlarning yerdan unib chikshdini, to yig‘im-terim paytigacha hosilni har qanday ofatlardan omon saqlashini Allohning fazlidan umid qiladi. Kimki yerni haydab yumshatishni, urug‘ sochib, unga suv ochishni tark etsa-yu, ekinlarning boshoklashini, daraxtlarshshg gullab, meva tugishini Allohdan umid qilsa, u Allohning fazlini umid qiluvchilar jumlasidan emas, balki orzu-xayollarga aldangan kimsadir.

Afsuski, aksar kishilarning umidi g‘urur (aldanish) va g‘aflatdan boshqa narsa emas. Umid etilgan shpning tadbirini qilmasdan faqat Allohning fazlini kutish dunyoga aldanishdan xatarliroqdir.

«Ey insonlar, albatta Allohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib o‘tilgan yaxshi-yomon amaldarning mukofot jazosini berish to‘g‘risidagi) va’dasi haq (va’dadir). Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo aldab qo‘ymasin! Va hargiz sizlarni Alloh (barcha gunohlarni kechib yuboraveradi,— deb) aldaguvchi (shayton) addab qo‘ymasin!» (Fogir, 5-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:34:29
Jahannam va uning dahshatlari

Tugab bitayotgan dunyoning tashvishlariga aldanayotgan, ey g‘ofil nafs! Sen endi butkul tashlab ketayotgan o‘tkinchi uyning zmas, balki abadiy kolish uchun ko‘chib o‘tayotgan oxirat uyingning g‘amini ye! Chunki har bir insonning jahan-namga tushirshshshi senga yaxshi ma’lum:

«Hech shakshubha yo‘qki, Biz O’zimiz unga (jahannamga) kirishga loyiqroq bo‘lgan kimsalarni juda yaxshi bilguvchidurmiz. Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringizga (ya’ni, u Zotning amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng Biz taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqaruriiz va zolii kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz» (Maryam, 70-72-oyatlar).

Demak, barchaning, jumladan sening ham jahannamga tushishing aniq, undan najot topishing esa gumon. Borishing anik bo‘lgan joyning qo‘rqinchini qalbdan his qil, shoyad undan najot topsang.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:34:51
Qiyomat dahshatlarigot boshdan kechirayotgan xaloyiqning ahvolini tasavvur qil. Ular qayg‘u va qo‘rkdnch ichra tik holatda kotib qolishgan. Qiyomat haqida eshitganlari ko‘zlari o‘ngida sodir bo‘lyapti, shafoat kutishadi. O’sha payt mujrim — gunohkor bandalarning atrofini zulmat qoplaydi. Birdan ularning ustiga olov yolkini «ko‘lka» tashlaydi. Jahannamning hovurli nafasini eshitadilar. Bo‘kirikka o‘xshash bu nafasdan g‘azab uchqunlari sachraydi. Ana o‘shanda mujrim bandalar va’da etilgan halokatga uzil-kesil ishonadilar. Ummatlar tiz cho‘kkan hollarida kelti-riladi. Hatto do‘zaxdan najot topganlar ham qo‘rquvdan dirdir titrashadi. Shunda azob farishtalaridan biri chi-qib, nido qiladi:«Dunyoda nafsini orzuhavaslar bilan aldab, yomon amallar bilan umrini zoe qilgan falonchining o‘g‘li falonchi qani?!» Qalblarga taxdid solib, ul-kan kaltaklar bilan uni qattiq azob sari xaydashadi va «mana bu azobni totib ko‘rgin» deya uni jahannam qa’riga yuz tuban uloqtirishadi. Bu tor, korong‘u, xatarlarga to‘la uyni maskan tutganlar u yerda abadiy tutqun bo‘lishadi. U yerda olovlar yonadi, u yerdagilarning ichadigan suvlari qaynoq, u yerdagilarning qarorgohi — jahannam. Jaxan-nam ahli o‘limni orzu qilishadi, lekin u yerdan qutulishning imkoni yo‘q. Arqonning u uchini bu uchiga bog‘langani— dek, ularning oyoqlari yonoqlariga bog‘lanadi, yuzlari gunoh zulmatidan qorayib ketadi. Ular do‘zaxning u burchiyu, bu burchidan baqirashadi: «Ey jazo Kunining podshohi! Azoblaring haq bo‘ldi, temir gurzilar bizni ezdi, terilari-miz kuydi. Ey saltanatning tanho egasi! Bizni jahannamdan xalos et. Endi biz zinhor gunoh yo‘liga qaytmaymiz». Shunda azob farishtalari deydi: «Xayhot! Orzular vaqti o‘tdi. Endi sizlar uchun bu xorlik diyoridan chiqish yo‘q. Boring, ichkariroq kiring, gapirmangiz. Agar u yerdan chi-qarilsangiz, albatta yana man’ qilingan ishlarga qaytasiz». Ular noumid bo‘ladilar, Allohga yaqin bo‘laturib, fursatni boy berganlariga afsus chekadilar. Koshki bu na-domatlar foyda bersa! Ular yuzlari tuban, mag‘lub holda borishadi. Ustlarida va ostlarida ham, o‘ngu so‘llarida ham - olov! Ular olov dengiziga g‘arq. Ularning taomi olov, sharobi olov, libosi olov, to‘shaklari ham olovdan. Ular qora moydan bo‘lgan kiyimlari bilan alanga ichra krlib, og‘ir zanjirlar va gurzilar zarbidan azob chekadilar. Tor yo‘laklardan tubanlikka tushib ketaveradilar, zulmat pardasi ularni iztirobga soladi. Olov qozoni qaynatgan kabi jahannam ularni qaynatadi. Ular ho‘ngrab, o‘limni chorlaydilar.Chorlagani sayin boshlari uzra qaynoq suyuqlik quyuladi. Bu qaynoq suyuqlik ularning ichi va terilarini eritib goboradi. Temir gurzilar peshonalarini parchalaydi, og‘izlaridan yiring oqadi, jigarlari issiqdan yorilib ketadi. Qorachiqlar yonoqlarga oqib tushadi, yonoqlarning eti silinadi, sochu tuklar teridan bir-bir yulinadi. Terilar kuyib jizg‘anak bo‘lganidan so‘ng qizib turgan etlarga qaytadan teri qoplanadi. Suyaklar etdan ajraladi. Tomir va asab tolalari bilan bog‘langan tiriklik rishtalarigina qoladi. Ular ham olovning shiddatli xovuridan kurib boradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:35:30
Azoblar ichra to‘lg‘onastgan jahannamiylar o‘limni orzu qiladi, lekin o‘lolmaydilar. Aytchi, yuzlari issiqdan qop-qora tusga kirib, ko‘zlari ko‘r, tillari soqov bo‘lib qolgan, bellari sinib, suyaklari parchalangan, quloqlari ke-silib, terilari titilib ketgap, qo‘llari bo‘yiiga, boshi va oyog‘i bir-biriga chirmab tashlanganlarga ko‘zing tushsa, holing ne kschadi?

Ular jahannamga yuzlari bilan sudralib boradilar, qorachiqlariga temir tikanlar bosiladi. O’tning yolqini a’zolarining ich-ichigacha o‘rlaydi. Do‘zaxning ilon va chayonlari badanlariga yopishadi.

Kel, do‘zaxiylar ko‘radigan dahshatlarga yaqinrokdan nazar sol, jahannam vodiylari va daralari xususida tafakkur et.

Payg‘ambar alayhissalom dedilar:«Jahannamda yetmish ming vodiy, har vodiyda yetmish ming dara, har darada yet-mish ming ilon va chayon bor. Kofir va munofiqlar bu vodiyu daralarning barchasidan o‘tmaguncha, jahannamning nihoyasiga yetmaydi» (Ibn Koniy rivoyati).'

Ali karramalloqu vajxahu rivoyat qiladi: «Rasuli akram shunday degan edilar:
— «Jubbul xuzn»ga tushib qolmasligingiz uchun Allohdan panoh tilangiz.
— «Jubbul huzn» nima? deya so‘raldi.
— U jahannamdagi shunday vodiyki, jahannamning o‘zi har kuni yetmish marta undan nanoh tilaydi. Alloh taolo bu vodiyni riyokor qorilar uchun hozirlab qo‘ygandir, dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Ibn Adiy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 06:36:53
Jahannamning kengligi va u yerdagi quyilashib boruvchi vodiylarning soni dunyo vodiylari va undagi shahvat (dunyoviy istak) larning adadiga muvofik keladi. Bandaning gunohga vosita bo‘ladigan a’zosi nechta bo‘lsa, jahan-nam eshiklarining soni ham shunchadir. Bu edshklar ustma-ust qurilgan. Ular kuyidagi tartibda joylashgap bo‘lib, eng tepadagi eshikning nomi - Jahannam, Saqar, Lazzo, Xutoma, Sa’ir, Jahim va Xoviya deb ataladi. Hoviyaning chukurligi xuddi dunyo shahvatlari kabi tubsizdir. Shuningdek, dunyo hayotida bir uzv o‘zidan kattaroq boshqa uzvga borib ulangani kabi jahannamdagi Hoviya ham o‘zidan chukurroq Hoviyaga borib ulanaveradi.

Abu Hurayra aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Daf’atan gumburlagan sasni eshitdik. Shunda Rasuli akram:
— Bu nima bilasizlarmi? - so‘radilar.
— Alloh va rasuli bilguvchiroqdir, dedik.
— Bu yetmish yil oldin jahannamga tashlangan toshdir, hozir uning qa’riga yetdi, dedilar Rasuli akram» (Muslim rivoyati).

Endi tubanlashuv pog‘onalaridagi tafovutga ham bir nazar sol. Chunki oxirat uyi darajot va fazilatlarga boy qarorgohdir. Zero, mana shu hayotda ham bandalar dunyoga muxabbat jihatidan farqlanadilar. Kimdir dunyoga mukkasitsan ketib, unga butkul g‘ark bo‘ladi, kimdir ma’lum chegarada to‘xtaydi.

Shuningdek, jahannam olovi komiga tortilish darajasi ham tafovutlidir. Alloh zarra misqolicha zulm qilmaydi. Do‘zaxga tushgan barcha kishilarning azobi bir xil emas. Balki har bir do‘zaxiyning azoblanish darajasi isyo-nu gunohiga qarab ma’lum doirada chegaralangan. Agar azo-bi eng kam do‘zaxiyga butun dunyo to‘laligicha berilsa, azob shiddatiii kamaytirish uchun u o‘sha dunyoning hammasini fido qilgan bo‘lardi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:04:51
Payg‘ambar alayhissadam aytdilar: «Qiyomat kunida do‘zax ahli tortadigai azobniig eng yengili - o‘tdan kavush kiyish, kavushning harorati miyani qaynatadi» (muttafaqun alayh).

Bas, shunday ekan, bu azoblarni o‘ziga yengil sanayotganlardan qanday ajablanmasliging mumkin?! U azoblarni o‘ziga shiddatli bilayotgan insondan esa nega ibratlanmaysan? Jahannam azobining shiddatidan shubhaga borayotgan bo‘lsang, qani, barmog‘ingni o‘tga yaqinlashtir va jahannam azobini shunga qies et. Endi bilginki, sen bu qiyosda adashding. Chunki, dunyo olovi jahannam oloviga o‘xshamaydi. Ammo bu dunyoda eng qattiq jismoniy azob o‘tning kuydirishidir. Shu azob orqali jahannam neligini anglag‘anday bo‘lamiz. Lekin bu anglash naqadar noqis! Agar jahannam ahli do‘zaxda dunyo olovini topsa, jahannam olovidan qochib, o‘zlarini dunyo oloviga urgan bo‘lar edilar. Xabarlarda kelishicha, dunyo olovi yetmish marta rahmat suvi bilan yuvilg‘anidaya so‘ng dunyo ahli toqat qiladigan darajaga yetdi (Ibn Abdulbar rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom jahannam olovini shunday si-fatlaydilar: «Alloh taolo jahannamga ming yil yonishni buyurdi, xatto olov qizardi. Keyin yana ming yil yonishga buyurdi, olov oqardi. So‘ng yana ming yil yonishga buyurdi, olov qoraydi. Jahannam qop-qora, zimistondir» (Termiziy rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom xabar beradilar:«Do‘zax Rab-biga shikoyat qildi: -Ey Rabbim, o‘zim o‘zimni yeyapman. Par-vardigori olam unga ikki marta nafas olishga izn berdi: yoz oyida bir marta va qish oyida bir marta. Yoz mavsumida-gi eng issiq kun jahannamning xaroratidandir. Qish mavsumidagi eng sovuk kun jahaniamning zamharir sovug‘idandir» (muttafaqun alayh).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:05:11
Anas ibn Molik aytadi: «(Qiyomat kuni) dunyo hayotida to‘kin-sochin yashagan kofirlardan biri keltiriladi va farishtalarga:
— Uni jahannam oloviga bir tiqib oling! deya buyuriladi. O’tga kirib chiqqandan so‘ng undan:
— Dunyo hayotida hech to‘kinlik ko‘rdingmi? deb so‘raladi.
— Yo‘q, deydi.

Dunyo hayotida eng ko‘p ozor va zarar ko‘rgan odam kelti-riladi va farishtalarga:
— Uni jannatga bir kiritib oling, deya amr qilinadi. So‘ngra unga:
— Dunyo hayotida hech yomonlik ko‘rdingmi? deb so‘raladi.
— Yo‘q, aslo, deydi u».

Abu Hurayra aytadi: «Agar yuz ming yoki undanda ko‘prok kishi jamlangan masjid ichida jahannam ahlidan bittasi bir marta nafas olsa, masjid ahlining barchasi o‘sha zahoti til tortmay o‘lgan bo‘lardi».

«Ularning yuzlarini o‘t kuydirib, badbashara bo‘lib qolguvchidirlar» (Mo‘minin, 104) oyagi xususida olimlaridan biri deydi: «Bu jahannam olovining bir marta kuydirishidir. Shu kuydirishda etlar suyakdan ajrab, to‘-piqqacha shilinib tushadi».

Jahannam ahlining badanlaridan oqayotgan badbo‘y yiringlarni ko‘z oldingga keltirolasanmi?! Ular o‘sha sassiq yiringlarga g‘arq bo‘lishgan. Abu Said Xudriy Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Agar jahannam yiringidan bir paqiri dunyoga to‘kilsa, butun yer ahli badbo‘y, sassiq hidga ko‘milgan bo‘lardi» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:05:44
«Uning (ya’ni, har bir kofir kimsaning) oldida jahannam bordir. (Jahannamda) unga yiringli suvdan berilganida, uni yutmoqchi bo‘ladi-yu (tomog‘idan) o‘tkazolmaydi, unga har tomondan o‘lii keladi-yu, u o‘lolmaydi...» (Ibrohim, 16-17-oyatlar).

«...Agar ular (tashnalik shiddatiga chidolmay) suv so‘rasalar, ularga eritilgan (dog‘langan) yog‘ kabi yuzlarni kuydirguvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy u» (Kahf, 29-oyat).

Keyin ularning «zaqqum» deb atalmish taomi xususida fikr et. Alloh taolo dedi:

«So‘ngra albatta sizlar, ey (qayta tirilishni) yolg‘on deguvchi gumrohlar! Shak-shubhasiz, (jahannamning o‘rtasida o‘sadigan) Zaqqum daraxtidan yeguvchi, undan qorinlaringizni to‘ldirguvchidirsizlar. So‘ng uning ustiga qaynoq suvdan ichguvchi, (ichganda ham) tashna, to‘ymas tuyalar kabi ichguvchidirsizlar!» (Voqea, 51 55-oyatlar).

«Darhaqiqat, u do‘zax qa’rida o‘sadigan bir daraxtdir. Uning butoqlari (dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o‘xshar. Bas, ular (ya’ni, do‘zaxilar) albatta undan yeb, qorinlarini to‘ldirguv-chidirlar. So‘ngra albatta ular uchun uning (Zaqqum mevalarining) ustiga qaynoq suvdan aralashtirilur (ya’ni, ularga majburan qaynayotgan suv ichirilur). So‘ngra albatta ularning yana qaytadan do‘zaxga qaytishlari bordir» (Ya’ni, qaynoq suv ularning butun ichki a’zolarini kuydirib bitganidan so‘ng endi do‘zax o‘ti ularning badanlarini kuydirur)» (Vassoffot, 64-68-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:06:08
«(Ular) qizigan do‘zaxga kirur! Qaynab turgan bu loqdan yeug‘orilur!» (G’oshiya, 4-5-oyatlar).

«Zero Bizning dargohiiizda (kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan) kishanlar va (ularni kuydirib azob berguvchi) olov-do‘zax bordir! Va (tomoqqa) tiqilguvchi (yiring va qon kabi) «taom» hamda alamli azob bordir!» (Muzzammil, 12- 13-oyatlar).

Ibn Abbos Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Agar dunyo dengizlariga «zaqqum» ning bir tomchisi to‘kilsa, dunyo ahlining butun hayotini buzadi» (Termiziy rivoyati).

Bir tomchisi shunchalik bo‘lsa, taomi «zaqqum» bo‘lgan kishining holi ne kecharkan?!

Anas aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Alloh sizlarga targ‘ib etgan narsalarga rag‘bat qiling. Alloh sizlarni qo‘rqitgan narsaning azobidan, jazosidan, jahannamdan saqlaning. Agar siz yashayotgan bu dunyoga jannatdan bir parcha tushsa, hayotingiz nihoyatda go‘zal va ko‘rkam bo‘lib ketardi. Agar unga do‘zaxdan bir parcha tushsa, butun hayotingiz bulg‘angan bo‘lardi» (Bayhaqiy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:06:30
Abu Dardo Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganligini aytadi: «Jahannam ahli jahannam azoblari barobar ochlikka duchor etiladi. Ular taom so‘raydilar. Ularga oziq bo‘lmaydigan, ochlikni ziyoda qiladigan «zariy’» (zaharli va badbo‘y tikansimon o‘simlik) dan bo‘lgan taom beriladi. Ular «taom, taom» deb baqirishadi. Shunda ularga tomoqlarini bo‘g‘adigan taom beriladi. (Dunyo hayotida) tomoqqa nimadir tiqilib qolganida uni suv bilan yutib yuborganlarini eslab, suv so‘raydilar. Ularga tsmir changaklarga ilingan idishlarda qaynoq suv uzatiladi. Idishga yaqinlashishlari bilan changakning hovurli tafti yuzlarni yondiradi, ichgan suvlari tamomi a’zolarini kuydi-radi. Keyin ular bir-birlariga: «Jahannamning qo‘riq-chilarini chorlanglar» deb qolishadi.

«(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: «Parvardigoringlarga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin», deb yolvorg‘anlarida, ular aytdilar: «Axir sizlarga payg‘ambarlaringiz aniq hujjatlar bilan kelmaganmidilar?!». «Ha, (kelgan edilar, lekin bizlar ularni yolg‘onchi qilgan edik)» dedi ular. (Shunda farishtalar ularga) aytdilar: «U holda o‘zlaringiz duo-iltijo qilaveringlar. Kofirlarning duo-iltijolari albatta zalolatdadir (ya’ni, befoydadir)» (G’ofir, 49-50-oyatlar).

«Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan haeti dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz, (o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz (ya’ni, jahannam azobiga loyiqdirmiz). (Alloh) aytdi: «(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz» (Mo‘minun, 107-108-oyatlar).

O’shanda ular ohu faryod qilib, tuganmas hasratga botadilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:06:47
«Uning (ya’ni, har bir kofir kimsaning) oldida jahannam bordir. (Jahannamda) unga yiringli suvdan berilganida, uni yutmoqchi bo‘ladi-yu, (tomog‘idan) o‘tkazolmaydi, unga har tomondan o‘lim keladi-yu, o‘lolmaydi. Uning ortida (bundanda) og‘ir azob bordir» (Ibrohim, 16-17) oyati xususida Payg‘ambar alayhissalomyaipg shunday deganlarini Abu Umoma rivoyat qiladi: «Unga yiringli suv yaqinlashtirilganida, jirkanadi. Yanada yaqinlashtirilganida yuzi (o‘tdek) yonadi. (Qaynoq suv) bosh terisiga to‘kiladi. Ichgan suvlari ichaklarini yorib yuboradi, parcha-parcha bo‘lgan ichaklar uning orqasidan tushadi». Alloh taolo deydi:

«.. (Jannat axdi bo‘lgan taqvo egalari) do‘zaxda mangu qoladigan va (u joyda) qaynoq suv bilan sug‘orilib, u (suv ichaklarini bo‘lak-bo‘lak qilib tashlagan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi?!» (Muhammad, 15-oyat).

Jahannamning ilon va chayonlari to‘g‘risida hech o‘ylaganmisan? Ularning zaharlari o‘tkir, ko‘rinishlari qo‘rqinchli, sovuq qarashlaridan badanlar muzlaydi. Ularning hamla bilan tashlanib, chaqib-chaqib olishlariga qanday chidash mumkin.

Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Kimgaki Alloh taolo mol-dunyo bersa-yu, u mol-dunyosining zakotini ado qilmasa, o‘sha berilmagan zakoti Qiyomatda boshidan tuki to‘kilgan, ko‘zlari o‘rnida ikkita qop-kora nuqta bo‘lgan ilon suvratida uning oldida paydo bo‘ladi. So‘ngra u do‘zaxiyga o‘ralib, komiga tortar ekan, deydi: «Men sening mol-dunyongman, men sening xazinangman» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:07:15
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning ushbu oyatini tilovat qildilar:

«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermag‘an narsalari Qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Oli Imron, 180-oyat).

Payg‘ambar alayhissalom dedilar:«Do‘zaxda yo‘gonliga tu-yaning bo‘ynidek keladigan iloplar bor. Ular bir marta chaqsa, og‘rig‘i qirq yilgacha davom etadi. U yerda egarlangan xachirdek chayonlar bor. Agar ular bir marta chaqsa, harorati qirq yilgacha ketmaydi. Bu ilon va chayonlar dunyo xayotida baxil, badxulq, odamlarga aziyat beruvchi kishilarga yopishadi. Kimki bunday yomon xulqlardan saqlansa, dunyoda o‘xshashi yo‘q o‘sha ilonlardan saklangan bo‘ladi» (Ahmad rivoyati).

Jahannam holatlaridan birma-bir ogoh bo‘lar ekansan, jahannamiylarning jussalarini hech tasavvur qilganmisan? Alloh taolo ularni eniga va bo‘yiga xaddan ortiq o‘stiradi va shu katta jussalar orqali jahannamiylarga azobini ziyoda qiladi. Do‘zaxiylar olovning yondirishi-yu, ilon va chayonlarning chaqishini bir daf’ada butun a’zolarini bilan his etadilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:07:26
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Do‘zaxda kofirning tishi Uqud tog‘icha, terisi uch kunlik masofa miqdorida bo‘ladi» (Muslim rivoyati).

Rasuli akram dedilar: «Do‘zax ahlining pastki labi ko‘kragigacha osilib tushgan, tepasi yuzlarini yopadigan da-rajada yuqoriga ko‘tarilgandir» (Termiziy rivoyati).

«Kofir Qiyomat kuni Sijjiynda tilini yerga sudrab yuradi, odamlar uni bosib o‘tadi» (Termiziy rivoyati).

Jasad katta bo‘lgani uchun jahannam olovi uni bir necha marta yoddiradi. Terilari kuyib bo‘lgach, qaytadan qoplanadi.

«Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni almashtiramiz» (Niso, 56) oyati tafsirida Hasan Basriy shunday deydi: «Do‘zax kofirlarni har kuni yetmish ming marta yeb tugatadi. Xar yeb tugatganida ularga: «Oldingi holingizga qaytinglar» deyiladi. Keyin ular oldin qanday bo‘lsa, (yangi azob) uchun yana shunday holatta qaytishadi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:08:02
Jahannam ahlining ho‘ngrab yig‘lashlari, bo‘kirib o‘limni chorlashlarini ham bir xayolingga keltir. Bularning barchasi dastlab do‘zaxga otilgan paytdayoq, sodir bo‘ladi. Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «U Kuni jahannam yetmish ming jilov bilan olib kelinadi. Xdr jilovni yetmish ming farishta ushlaydi» (Muslim rivoyati).

Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Do‘zax ahliga shunday yig‘i beriladiki, ularning yuzida, tugagan ko‘z yoshlar o‘rnida chu-kurga o‘xshash yoriklar paydo bo‘ladi. Yoriqlar ichida kema suzadigan darajada qonga to‘ladi. Ho‘ngrash, bo‘kirish, dod-voylab o‘limni chorlashga izn berilganida go‘yo rohatlanadilar. Lekin ular bundan ham man qilinadilar» (Ibn Moja rivoyati).

Muhammad ibn Ka’b deydi: «Jahannam ahlining beshta so‘rovi bor, Alloh ulardan to‘rttasiga javob beradi. Be-shinchi so‘rovlaridan keyin ular abadiy gapirmaydilar:

1) «Ular dedilar: «Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor o‘ldirding va ikki bor tiriltirding (ya’ni, avval ona qornida o‘lik-jonsiz holda yaratib, so‘ngra O’zing bizlarga jonhayot ato etding. Keyin, ajalimiz yetganida O’zing jonimizni olib-o‘ldirib, Qiyomat kunida yana tiriltirding). Bas, bizlar (Hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha) gunohlarimizni e’tirof etdik. Endi (bu do‘zax azobidan chiqishning biron yo‘li bormi?» (G’ofir,11-oyat).

Alloh taolo ularga javob beradi:
«(Yo‘q, sizlar mana shu azobda mangu qolursizlar). Bunga sabab, qachon (sizlarni) yolg‘iz Allohgagina (ibodat qilishga) da’vat qilinganida, kofir bo‘lib, bo‘yin-sunmay, agar U Zotga shirk keltirilsa (ya’ni sizlardan kimdir turli butsanamlarga sig‘inishga chorlaganida, iymon keltirishlaringizdir» (G’ofir, 12-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:08:34
2) keyin aytishadi:
«Parvardigoro (va’dang rost ekanini), ko‘rdik va eshitdik, bas, bizlarni (hayotga) qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi bizlar (Qiyomat haq ekaniga) shak-shubhasiz ishonguvchidirmiz» (Sajda, 12-oyat). Alloh taolo ularga javob beradi:

«... (Qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina iuhlat bergan (ya’ni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul qilurmiz va payg‘ambarlarishta ergashurmiz» deydilar. (Shunda ularga javob qilinur) : «Ilgari (hayot paytlaringizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni hech qachod o‘lmasligingiz va Oxirat jazosiga duchor bo‘lmasligingiz) haqida qasam ichmagan edingizlarmi?!» (Ibrohim, 44-oyat).

3) jahannam ahli deydi:
«...Parvardigoro, bizlarni (bu azobdan) chiqargin, biz lar qilib o‘tgan amallarimizdan boshqa yaxshш (amallar ) qilurmiz» deb dod-voy qilurlar...» (Fotir, 37-oyat).

Alloh taolo deydi: «...Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Endi zolim kimsalar uchun biron yordamchi bo‘lmas!» (Fotir, 37-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:08:57
4) jahannam ahli deydi:
«Parvardigoro, badbaxtligimiz bizlardan g‘olib kelib, adashgan qavm bo‘lib qolgan ekanmiz. Parvardigo-ro, bizlarni (jahannamdan hayoti dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz (ya’ni, jahan-nam azobiga loyiqdiriiz)» (Mo‘minun, 106-107-oyatlar).

Alloh taolo javob beradi:
«(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!» (Mo‘minun, 108-oyat).

Bu javobdan so‘ng jahannamiylar abadiy gapirmaydilar».

Rasuli akram dedilar: «Qiyomat kuni o‘lim, bamisoli, ko‘zlariga oq tushgan ko‘y suvratida keltiriladi. So‘ngra u jannat va do‘zax orasqda so‘yiladi. Keyin: «Ey jannat ahli! O’limi yo‘q boqiy saodatga kelinglar. Ey do‘zax ahli! O’limi yo‘q mangu shaqovatga kelinglar» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Hasan Basriydan shunday rivoyat qilinadi: «Odamlar ichida do‘zaxda ming yil qolib, keyin chiqadigani ham bor. Koshki, o‘sha kishi bo‘lsam!»

Alloh undan rozi bo‘lsin, Hasan Basriyning bir burchakda yig‘lab o‘tirganini ko‘rishdi. Undan: «Nega yig‘layapsiz? deya so‘rashdi. «Jahannamga uloqtirilib, e’tiborsiz qolishimdan dahshatga tushyapman» dedi Hasan Basriy.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:09:09
Jahannam ahliga mana shuiday nihoyasi yo‘q azob, sinov va hasratlar yuzlanadi. Azobning eng qattig‘i - jannatni, Alloh taoloning roziligini boy berib qo‘yganlari uchun hasrat chekishlaridir. Allohning roziligi kabi eng oliy ne’matni dunyodek arzimas matohga sotganlarini anglagan paytda bu hasratning achchikligi chidab bo‘lmas darajaga yetadi va ular buni butun vujudlari bilan to‘xtovsiz his qilib turadilar.

Ha, ular oliy ne’matni o‘tkinchi dunyoling arzimas, kir-chirkin istaklariga alishdilar. Keyin: «Voy, bunchalik. hasrat! Rabbimizga isyon qilib, o‘zimizni halok qilibmiz! Nimaga shoshildik? Ozgina sabr qilsak, muddati ko‘z ochib. yumishga teng kunlar allaqachon tugab, hozir olamlar Parvardigorining huzurida rizo mulkini qo‘lga kiritgan bo‘lmasmidik?!» deb qolishadi.

Qanday musibat! Ular borini boy berishdi.Endi ular uchun dunyoning birorta ne’matu lazzati qolmadi. Keyin ularga jannat ne’matlari ko‘rsatildi. Balki, shu ne’matlarga guvoh bo‘lishmasa, hasratlari ziyoda bo‘lmasmidi?!

Rasuli akram shunday dedilar: «Qiyomat kuni odamlar do‘zaxdan jannat tomon olib kelinadi. Ular jannatg‘a shu darajada yaqin bo‘lishadiki, hatto jannatning bo‘yini hidlashadi, u yerdagi qasrlarni va Alloh jannat ahli uchun hozirlagan narsalarini ko‘rishadi. Shunda ularga bu yerdan jo‘nab qolishlari, jannatda ular uchun nasiba yo‘qligi nido qilinadi. Ular shunday bir hasrat bilan qaytishadiki, na avvalgilarga va na oxirgilarga bunday hasratning misli ko‘rilgan. Keyin ular: «Ey Parvardigoro! Koshkk, jan-natingdagi savoblarni va u yerda do‘stlarishta hozirlagan narsalarni ko‘rsatmasdan bizni jahannamga kiritsang, bizga chandon yengil bo‘lardi» deyipgadi. Shunda Alloh taolo ularga aytadi: «Sizlar yoningizda hech kim yo‘k paytda katta gunohlarni qilib, men bilan kurashga chog‘landingiz. Qachon odamlarga yo‘liqqaningizda. itoatkor bo‘lib qoldin-giz. Qalbingizda Menga nisbatan haqsizliklar sodir etgan holda, odamlarga buning xilofini ko‘rsatdingiz. Mendan emas, odamlardan qo‘rqdingiz. Meni emas, odamlarni ulug‘ladingiz. Odamlar uchun (eng aziz narsalaringizdan ham) kechdyangiz, Men uchun kecholmadingiz. Bas, bugun sizlar mahrum bo‘lgan abadiy savob barobarida alamli azobni totingiz» (Abu Hudba) rivoyati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:09:24
Ahmad ibn Harb shunday deydi: «Oramizda shundaylar borki, soyani quyoshdan afzal sanashadi-yu, jannatni do‘zaxdan ortiq ko‘rmaydi».

Iso alayhissalom dedilar: «Qancha sog‘lom gavdalar, go‘zal! yuzlar, fasih tillar bor, ertaga jahannam eshiklari oldida «dod-voy» solib qolishadi».

Dovud alayhissalom aytadi: «Allohim! Quyoshingning taftiga sabrim yo‘q. Do‘zaxingning taftiga qanday chidar ekanman? Rahmating savtiga sabrim yo‘q, azobing ovoziga qanday toqat qilar ekanman?!»

Ey miskin! Bu aytilganlar jahannam dahshatlaridan bir tomchi. Bilginki, Alloh taolo do‘zaxni va uning dahshatlarini yaratdi, ko‘paymaydigan va kamaymaydigan do‘zax ahlini ham yaratdi, bu bitgan ishdir:

«(Ey Muhammad), siz ularni barcha ish bitirilib (ya’ni, jannat ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilinib), ular hasrat-nadomat qilib qoladigan Kundan - Qiyomatdan qo‘rqiting! (Bugun) ular g‘aflatdadirlar (shu sababdan), iymon keltiriaydilar» (Maryam, 39-oyat).

Ajabo! Bu hukmdan so‘ng qanday qilib ko‘nglingga o‘yin-kulgu sig‘adi? O’zing hakda azaliy hukm qandayligini bilmaysan-u, yana nelar bilan mashg‘ulsan?!...
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:10:48
Jannat va jannat ne’matlari

Mana, oxiratning g‘am va qayg‘uga to‘la diyori bilan tanishding. Bilginki, buning muqobilida yana boshqa bir diyor ham bor. Bu diyorning ne’matlari, sururu quvonchlari xaqida fikr et. Bu ikki diyorning biridan uzoqlashgan kishi, shubhasiz, ikkinchisida qaror topadi. Bas, lsahan-nam dahshatlari haqida uzoqrok o‘yla, qalbing xavfga to‘lsin. Jannat ahliga va’da kilingan, abadiy ne’matlar haqida ham uzoq fikr et, qalbing umidga to‘lsin. Nafsingni xavf kamchisi bilan haydab, umid bilan jilovla va sirotul mustaqimga yo‘lla. Ana shunda bukj mulkka yetasan, alamli azobdan xalos bo‘lasan.

Ahli jannat xususida, ularning yuzlarida aks etgan ne’matlar jilvasi, mushk bilan muhrlangan may ila qondirilishlari haqida o‘ylaganmisan?! Jannat ahli oq durdan tikilgan chodirlar ichida, qizil yoqutdan bo‘lgan minbarlarda, yashil bolishlar va gilamlar ustida, may va asal ohayottan daryolar bo‘yida qurilgan so‘rilarda yastanib o‘ti-rurlar. Ularning atrofida xizmatga hozir g‘ulomlar va hech qachon qarimaydigan bolalar bo‘lur. Jannat ohu ko‘zli, xushxulq va go‘zal yuzli ayollar bilan ziynatlangan. Yoqut va marjondek nafis bu bokiralarga ilgari na bir ins va na bir jin tegingan...

Ularning egnidagi" onpoq ipak ko‘zlarni qamashtiradi. Boshlaridagi inju va marjonlar qadalgan tojlari undanda nurafshon. Ishvalari sokinlik va osudalik bilan bezangan yuzlar qarib qolish kabi noqisliklardan holi. Ular jannat bog‘chalarining o‘rtasida yoqutdan bunyod etil-an chodirda yolg‘iz bo‘lurlar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:10:57
Ularning xuzurida borlig‘i xayo bilan to‘silgan musaffo ohu ko‘z hurlar bor. Ustlarida esa mangu yosh bolalar oqar chashmadan qadahlarni, ko‘zalarni va kosalarni aylan-tirib tururlar. Yana ular uchun xuddi sadaf ichida yashirib qo‘yilgan gavhar misoli ohu ko‘z hurlar bordir. Bu hurlar jannat ahlining dunyo hayotida qilib o‘tgan solih amallarining mukofotidir. Ular jannatning chashmalar, daryolar oqib turgan emin maqomida, Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan o‘rinda Malikul Karim Parvardigorining jamoliga boqadilar. Ularning yuzlarida ne’matlar jilvasi porlaydi. Ularga na bir zaiflik, na bir xorlik yetadi. Balki ular Parvardigori tomonidan yog‘dirilayotgan turli ne’matlardan baxtiyor, o‘zlari istagan maskanda abadiy qolguvchidirlar. Ularga u yerda na bir xavf, na bir hazinlik yetmas, balki baloyu falokatlardan omondadirlar.

Ular jannat taomlaridan yeydilar. Sut, may, asal to‘la daryolardan ichadilar. U daryolarning yerlari kumushdan, toshlari marjon, tuprog‘i mushk, o‘tlari za’farondir. Quyuq ko-fur aralashgan oq atirgul suvlariga to‘la bulutlardan yomg‘irlar yoadi. Jannat ahliga asli kumushdan bo‘lgan, dur, yoqut, marjonlar bilan ziynatlangan kadahlar, shuningdek, ichida muhrlangan may, aralashmasi chuchuk salsabil bo‘lgan may-kosalar keltiriladi. U maykosalardan nur porlaydi. Ularning sofligi shu darajadaki, mayning mayinligi va qir-mizi ranggi kosaning tashqari tomonidan bilinib turadi. Chunki, bu odamzodning san’ati emas, u bunday go‘zallikdan ojiz. Maykosalar chehrasidan nur yog‘ilayotgan xodimlar kaftida (jannat ahliga uzatilgan holda) turadi.

Ha, xodimlarning nur porlayotgan yuzlari quyogaga o‘xshaydi, fakat, u yuzlardagi halovat, u ko‘zlardagi xusnu malohat quyoshda ne qilsin!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:11:29
Ajabo! Oxirat diyorining bu sifatlarig‘a, bu diyor ahlining o‘lmasligiga va jannat ahlining kutilmagan o‘zgarish, ofatbalolardan omonda ekanligiga aniq igaongan kishi, qanday qilib, oxiri xarobalikka yuz tutuvchi bu o‘tkinchi dunyoni o‘ziga do‘st bilishi mumkin?! Qanday Kilib, u diyor lazzatini, bu dunyo lazzatiga almashtirish mum-kin?!

Allohga qasamqi,agar jannatda sihatsalomatlik bilan birga o‘lim, ochlik, tashnalik kabi ofatlardan omonlik bo‘lsa-yu, boshqa hech narsa bo‘lmasa, faqat shu sababning -o‘zi ham bu dunyodan yuz o‘girishga arziydi. Nega endi oxirat dshzri bu dunyodan ustun ko‘yilmasin? Axir, jannat ahli har qanday xavfdan omon podshohlardir. Ular turli-tuman ne’matlar ichida shod-xurram, xohlagan ne’matlari oldida muhayyo! Ular xar kuni Arsh yonida hozir bo‘lib, Allohning diydoriga nazar soladilar...

Abu Hurayra Rasuli akramning shunday deganlarini ri-voyat qiladi: «Munodiy,-nido qiladi: «Ey jannat ahli! Endi siz hamisha sog‘lomsiz, hech qachon dardga chalinmaysiz, hamisha tirdkeiz, hech qachon o‘lmaysiz. Doimo yoshsiz, hech qachon qarimaysiz. Albatta, siz saodatli bo‘lasiz, hech qachon baxtsizlikka yo‘liqmaysiz» (Muslim rivoyati). Alloh taolo deydi:

«...ularga: «Qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli sizlarga.lmeros qilib berilgan jannat mana shudir» deb nido qilinur* (A’rof surasi, 43).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:11:44
Jannat sifatlari bilan tanishmoqchi bo‘lsang, Qur’on o‘qi. Jannat xaqida Alloh taoloning bayonidan ulug‘roq bayon bormi?!

«Parvardigori (huzurida) turishidan (ya’ni, Parvardigor oldida turib, hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jan-nat bordir» (Rahmon, 46) oyatidan to sura oxirigacha, shuningdek, Voqea va boshqa suralarni ham o‘qi, jannat xaqida-gi xabarlarning tafsilotiga boq! Avvalo, jannatning soni bilan borliq jihatlarga e’tiboringni qarat. Rasuli akram Rahmon surasidagi «Parvardigori (huzurida) turishidan ko‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir» oyati xususida deydilar: «Ikki jannat bor, u yerning idishlari va boshqa barcha narsalari kumushdan. Ikki jannat bor, u yerning idishlari va boshqa barcha narsalari oltindan. «Adn» deyilmish mangu jannatda ahli jannat va Parvardigorining orasida kibriyo ridosigina bo‘lur» (muttafaqun alayh).

Keyin jannat eshiklarini tasavvur qil. Ularning soni toatingga yarasha. Ya’ni, qaysi mo‘minning Alloh taologa itoati ko‘p bo‘lsa, unga ochiladigan jannat eshiklari ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Jahannam eshiklarining soni ham kishining ma’siyatiga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni, inson Alloh taologa qancha ko‘p itoatsizlik qilsa, unga gauncha ko‘p do‘zax eshiklari ochiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:12:07
Abu Hurayra Rasuli akramning shunday deganlarini ri-voyat qiladi: «Kimki Alloh yo‘lida - bir juft narsani infoq qilsa, u jannatning barcha eshiklaridan chorlanadi. Jannatning sakkizta eshigi bor. Kimki ahli namoz bo‘lsa, «Bobus-solat» (Namoz eshigi) dan, ro‘za ahli «Bobus-siyam» (Ro‘za eshigi) dan, ahli sadaqa bo‘lsa, «Bobussadaqa» (Sadaqa eshigi) dan, ahli jihod bo‘lsa, «Bo-bul-jixod» (Jixod eshigi) dan ichkariga chorlanadi». Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu:
— Allohga qasamki, bu eshiklarning bittasidan chaqirilgan kishi najot topadi. Jannat eshiklarining barcha-sidan chorlanadigan kishi ham bormi?
— Ha, sen o‘shalardan biri bo‘lishingni umid qilaman, dedilar Payvambar alayhissalom» (muttafaqun alayh).

Osim ibn Zamra Ali karramallohu vajxdhudan rivoyat qiladi: «Xdzrati Ali do‘zaxni eslatdi. Shunday bir qo‘rq-ivch bilan eslatdiki, uning dahshatidan xozir ko‘rqinchdan boshqasi xotirimdan ko‘tarildi. Keyin shu oyatni o‘qidi:

«Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga kiritiladilar. Qachonki ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingaz! Bas, unga mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz» deganlarida (ular behad shodlanurlar)» (Zumar, 73-oyat).

So‘ng‘ra keyingi chashmaga borib, u bilan poklanadilar. Ularga ne’matlar jilvasi yog‘iladi. Badandagi tuklardan mudom xush bo‘ylar taraladi. Sochlar go‘yo atirli moy surilgandek bir tekis, tartibli. Keyin ular jannatga yetib keladilar. Jannat qo‘riqchilari ularga: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz» deyishadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:14:15
So‘ng vildon - mangu yosh bolalar ularni qarshi olishib, atrofida aylanishadi, bamisoli, dunyo bolalari uzoq vaqt ko‘rmagan yaqinlarini sog‘inch bilan kutib olib, atrofida aylanishganlari kabi. Ular ahli jannatga: «Quvoning, shodlaning! Qarang, Alloh taolo sizga shunchalik ne’matni ato qilibdi!» deya suyunchilashadi».

Roviy deydi: «Mangu yesh bolalardan biri jannat ahli zavjalaridan bo‘lgan oxu ko‘z hurlardan biriga: «Falonchi keldi!» deb u jannatiyning dunyoda chaqirilgan ismini aytadi. Shunda ohu ko‘z xur:
— Sen uni aniq ko‘rdingmi? deb so‘raydi.
— Ha, aniq ko‘rdim, mana u izimdan kelyapti, deydi u. O’shanda u xur sevinchdan shu darajada yengillashib ketadiki, bir zumda jannat eshigi bo‘sag‘asida hozir bo‘ladi. Jannatiy banda o‘z maskaniga yetib, marjonlardan iborat soxil ustiga qurilgan qizil, sariq, yashil kabi turfa rangda tovlanayotgan ko‘shkka nazari tushadi. Boshini ko‘tarib, chaqmokdan chaqnayotgan ko‘shkning shiftiga asta qaraydi. Agar Alloh taoloning takdiri bo‘lmaganida bu yorqinlik uning ko‘zini ko‘r qilgan bo‘lar edi. Ko‘zini shiftdan olar ekan, qoshida zavjalarini, bulok bo‘yiga qo‘yilgan qadahlarni, tizib qo‘yilgan yostiqlarni va to‘shalgan gilamlarni ko‘radi. So‘ngra ularga suyanib:

«...Bizlarni bu (ne’iatlarga) yo‘llagan Zot — Allohga hamdu sano bo‘lgay. Agar bizni Alloh xidoyat qilmaganida hargiz yo‘l topa olmas edik...» deydi (A’rof, 43-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:14:46
Keyin munodiy nido qiladi: «Mangu hayotsiz, hargiz o‘lmaysiz. Doimo bunda muqimsiz, hech qachon ketmaysiz. Hamisha salomatsiz, hsch qachon xastalanmaysiz».

Rasuli akram dedilar: «Qiyomat kuni jannat eshigi oldida hozir bo‘laman, uning ochilishini so‘rayman Shunda jannat qo‘riqchilari:
— Kim u? deydi.
— Muhammad! deyman.
— Sizdan oldin birorta kishiga eshikni ochmaslikka bu-yurilgan edim, deydi u» (Muslim rivoyati).

Jannatdagi ko‘shklar, u yerda darajalarning farqlani-pti to‘g‘risida ham fikr et. Chunki, oxirat daraja jihatidan eng yuksak, afzalligi jihatidan eng ulug‘ mezondir. Odamlar toatlarning zohiriy ko‘rinishida va botiniy xulqda bir-biridan farqlangani kabi amallariga ko‘ra takdirlanishda ham farqlanadilar. Agar yuksak darajalarni ko‘zlayotgan bo‘lsang, jiddu jaxd qil, toki Alloh taologa itoat qilishda hech kim sendan o‘zib ketolmasin. Axir, Alloh taolo ayni shu maydonda senga musobaqa va raqobatni buyurgan-ku!

(Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan mag‘firatga hamda Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qo‘yilgan, kengligi osmon va yer kengligi kabi bo‘lgan jannatta shoshilingiz...» (Hadid, 21-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:15:46
«U (may) ning muhri mushk bo‘lur. Bas, bahslashguvchi - musobaqa qilguvchi kishilar (iana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida) bahslashsinlar - musobaqa qilsinlar» (Mutaffifun, 26-oyat).

Ajabo! Yaqinlaring yo qo‘shnilaringdan birortasi boyib ketsa yoki imoratini baland qilib ko‘tarsa, siqilasan, qiy-nalasan. Hasad tufayli xayoting achchik zardobga aylanadi. Lekin eng oliy qarorgoxda, jannatda shunday yaqinlaring yoki ko‘shnilar borki, ular o‘z fazilatlari bilan allaqa-chon sendan o‘zib ketdi. Bu fazilatlarga dunyo va undagi jamiki narsalar ham bas kelolmaydi.

Abu Said Xudriy Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Ustma-ust, darajamadaraja joylashgan ko‘shk ahli jannatiylarga, bamisoli uzoq ufqlarda mag‘ribu mashriqqa sochilib, bir-biri bilan musoba-qalashayotgan yulduzlardek bo‘lib ko‘rinadi.
— Ey Allohning rasuli, ular payg‘ambarlardan o‘zgasi yetolmaydigan manzilmi? deya so‘rashdi.
— Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, u Allohga iy-mon keltirgan va mursallarni tasdiqlagan kishilarning manzillaridir» (muttafaqun alayh) ;

Rasuli akram bu haqda yana shunday deganlar:-«Jannatda-gi baland daraja egalarini ulardan quyidagilar xuddi os-mon ufqlarida porlagan yulduzlarni ko‘rganday ko‘radilar. Abu Bakr va Umar shulardandir...» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:16:04
Jobir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat kiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bizga:
— Sizlarga jannat ko‘shklarining xabarini beraymi? dedilar.
— Ota-onamiz Sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rayouli, xabarini bering, dedik.
— Jannatda hamma tomoni gavhardan bunyod qilingan ko‘shklar bor. Bu ko‘shklar shu darajada shaffofki, tashqa-risidan ichi, ichidan tashqarisi ko‘rinib turadi. Ko‘shk ichkarisida na ko‘z ko‘rgan, na kuloq eshitgan, na inson xotiriga kelgan bir ne’mat, tuganmas lazzat, adoqsiz surur bor, dedilar.
— Ey Allohning rasuli, bu ko‘shklar kim uchun hozirlangan? so‘radim.
— Shunday bir kishi uchunki, u salomni yoyadi, taom yedi-radi, davomli ro‘za tutadi, tunda odamlar uyquga g‘ark pay-tda namoz o‘qiydi, dedilar.
— Ey Allohning rasuli, bularni kim bajara oladi? dedik.
— Ummatim bu ishlarni bajarishga qodir. Ular haqida sizlarga xabar berayinmi? Kim birodariga yo‘liqqan paytda salom bersa yo alik olsa, demak u salomni yoygan bo‘ladi. Kimki ahli oilasini to‘yguncha oziqlantirsa, taom yediruvchilar jumlasidan bo‘ladi. Kimki ramazon oyida va har oyning uch kunida ro‘zador bo‘lsa, davomli ro‘za tutgan hisoblanadi. Kimkya xufton va bomdod namozini jamoat bilan ado qilsa, tunda odamlar ya’ni, yahudiylar, nasoralar va majusiylar uyquda paytda namoz o‘qigan bo‘ladi, dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. (Abu Naim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:16:33
Alloh taoloning: «...abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur» (Saf, 12) oyati haqida Rasulullohdan so‘rashdi. Rasuli akram dedilar: «Pokiza maskanlar -marjonlardan bunyod qilingan qasrlardir. Xar bir qasrda qirmizi yoqutdan bo‘lgan yetmishta xovli, xar hovlida yashil zumraddan bo‘lgan yetmishta uy, har uyda bir taxt, xar taxtda barcha ranglardan uyg‘un yetmishta to‘shak, xar to‘shakda ohu ko‘zli xurlardan bir jufti halol bor. Xar uyda yetmishta dasturxon, xar dasturxonda yetmish xil taom bor. Xar uyda yetmishta xodima bor. Mo‘min kishiga xar kuni ertalab shunday bir quvvat beriladiki, kun davomida xodimlarning barchasi bilan qo‘shilishga kodir bo‘ladi» (Abu Shayx rivoyati).

Jannat suvratini xayolingda jonlantir. Jannat ahlining baxtiyorligi va bu dunyoning huzurhalovatini deb abadiy baxtiyorlikdan maxrumlarning hasrati haqida tafakkur et.

Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Jannat devorining g‘ishtlari kumush va oltindan, tuprog‘i za’faron, loyi mushkdir» (Termiziy rivoyati).

Abu Hurayra Rasuli akramdan rivoyat qiladi: «Kimki ulug‘ va qudratli Alloh tomonidan oxirat mayini totib, xushnud bo‘lmoqchi ekan, dunyo mayini tark etsin. Kimki oxiratda Alloh kiydirgan ipak (kiyim) dan sururga to‘lmoqchi ekan, duyayo ipagidan voz kechsin» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:17:37
«Jannat daryolar tepaliklar yoxud mushk tog‘lar ostidan toshib oqadi» (Abu Hurayra rivoyati).

Oxiratda jannat ahliga beriladigan eng ko‘rimsiz ziynat ham bu dunyoning barcha zeb-ziynatlaridan afzaldir. Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Jannatdagi daraxt soyasi bir otliq yuz yil yuradigan masofa qadardir. «O’ng tomon egalari yoyilgan soya (osti) dadirlar» (Voqea, 30-oyat).

Abu Umoma deydi: «Payg‘ambar alayhissalom sahobalari der edilar: «Ulug‘ va qudratli Alloh a’robiylar va ularning savollari bilan bizga naf beradi. Bir a’robiy kelib:
— Ey Allohning rasuli! Alloh Qur’onda aziyat beruv-chi bir daraxtni zikr qilibdi. Jannatda o‘z ahliga aziyat yetkazuvchi daraxt ham bo‘ladimi?
— Nima ekan u? dedilar Rasuli akram.
— Sidr (buta), axir uning tikani bo‘ladi-ku?
— Ha, Alloh taolo: «Fi sidrim maxzud» («O’ng tomon egalari tikansiz butazorlarda bo‘ladi») (Voqea, 28-oyat) deydi. Alloh taolo bu daraxtning tikanini olib, xar olingan tikan o‘rniga bitta mevani o‘rnashtiradi. So‘ngra msva-si uzib olinadi va har mevasidan bir-biriga o‘xshamagan yetmiga ikki xil taom hozirlanadi, dedilar Rasuli ak-ram» (Ibn Muborak rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:17:56
Jarir ibn Abdulloh hikoya qiladi: «Saffoh degan joyda to‘xtadik. Daraxt ostida uxlab yotgan bir kishiga ko‘zim tushdi, quyosh nurlari unga tushay deb qolgan ekan. Xizmat-kor bolaga: — Bor, teri to‘shamini keltir va mana bu yotgan odamga soyabon qilib qo‘y, dedim. U aytganimdek qildi. Uyg‘ongach qarasam, uxlab yotgan bu odam Salmon Forsiy ekan. Oldiga borib, salom berdim. Shunda u:
— Ey Jarir, Alloh uchun tavozu’da bo‘l. Chunki, kim bu dunyoda Alloh uchun tavozu’da bo‘lsa, qiyomatda Alloh uning darajasini baland qiladi. Qiemat kunining zulmatlari nima, bilasanmi? dedi.
— Yo‘q, bilmayman, dedim.
— Odamlarning bir-biriga yetkazgan zulmlari, dedi Sal-mon va ko‘liga juda kichkina bir cho‘pni olib, aytdi: - Ey Jarir, jannatda mana shu cho‘pcha narsani ham izlab topmaysan.
— Ey Abu Abdulloh, u holda ta’rifu tavsif qilingan xurmo va shajar (daraxt) qaerda? dedim.
— Ularning ildizi inju va oltin, ustlarida esa mevalari bor, dedi Salmon».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:18:18
Jannat ahlining libosi, to‘shaklari, so‘rilari va chodirlari

«...Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezanurlar, liboslari esa harir-ipak bo‘lur»
(Haj, 23-oyat).

Bu xususda oyatlar ko‘p. Ularning tafsiloti hadislarda keladi. Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladi: «Jannatga kirgan kipga ne’matlar ila baxti-yor, kulfatlardan uzoq bo‘ladi. Uning kiyimi hecham to‘zmaydi, yoshligi boqiy qoladi. Jannatda shunday ne’matlar borki, ularni na ko‘z ko‘rgan, na quloq egaitgap, na inson xayolidan o‘tgan» (Muslim rivoyati).

Bir kishi; «Ey Allohning rasuli! Jannat ahlining kiyimi haqida bizga xabar bering. U (tayyor) yaratilgan narsami yoki to‘qilgan?» deb so‘radi. Rasuli akram ozgina sukut kilib, ipdamay turdilar. Qavmdan ba’zisi kuldi. Shunda Rasuli akram: «Nimaga kulyapsizlar? Bilmaganini bilgan kishidan so‘ragan odam ustidanmi?! Jannat me-valari ikki marta hosil berib, jannat liboslarini chiqaradi» (Nisoiy rivoyati).

Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomniig igunday deganlarini rivoyat qiladi: «Jannatga avval qadam qo‘yuvchilar yorug‘ kechadagi to‘lin oydek bo‘lib ichkari kiradilar. Ular u yerda tupurmaydi, burnini qoqmaydi, hojatga chiqmaydilar. Jannat ahlining idishlari, taroqlari oltip va kumushlan, terlari mushkdandir. Jannatga avval kiruvchilarning har birida ikkitadan jufti halol bo‘lib, ular shu darajada nafiski, suyaklaridagi ilik etlari ustidan ko‘rinib turadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:18:51
(U ikkala jufti xalol ham) o‘zaro totuv. Bir-birini ko‘rolmaslik, nafrat degan narsalar ularga begona, qalblari go‘yo bir qalbdek. Ertayu kech Alloqga tasbeh aytadilar».

Yana bir rivoyatda aytilishicha, zavjalarning har biri yettitadan xulla kiyib olgan» (muttafaqun alayh).

Alloh taoloshshg «...Ular u joyda oltindai bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid -marjonlar bilan bezanurlar...» oyati tafsirnda aytganlar: «Ularning boshlarida tojlari bor. Tojlarga qadalgan eng kichik injulardan taralayotgan vur mashriq va mag‘ribni yoritadi» (Termiziy rivoyati).

Rasuli akram dedilar: «Jannat chodiri ichi g‘ovak bir durdir. Uning samodagi uzunligi oltmish mil bo‘lib, xar burchagida mo‘minning ahli ayoli bor. Boshqalar uni ko‘rolmaydi» (muttafaqun alayh).

Ibn Abbos aytadi: «Jannat chodiri kengligi ikki farsah kedadigan ichi govak durga o‘xshaydi. Uning oltindan bo‘lgan to‘rtta eshigi bor» (Buxoriy rivoyati).

Abu Said Xudriy deydi; «Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar (usti) dadirlar» (Vokea, 34) oyati xususida Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Ikki ko‘rpachaning orasi osmon bilan yer qadardir» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:19:06
Jannat ahlining taomi

Jannat ahlining taomi Qur’onda zikr qilingan. Qushlar, shirinliklar, asal, sut kabi turli-tuman noz-ne’matlar shular jumlasidan bo‘lib, ularning hisobi yo‘q. Alloh taolo deydi:

«...Qachon o‘sha (jannat) larning biror mevasidan bahramand bo‘lsalar: «Ilgari tatib ko‘rgan narsamiz-ku!» deyishadi. Zero, ularga (surati) bir-biriga o‘xshash me-valar beriladi...» (Baqara, 25-oyat).

Jannat ahlining sharobi haqida Alloh taolo ko‘p eslatgan. Rasuli akramning mavlosi (qullikdan ozod qilingan kishi) Savbon hikoya qiladi: «Payg‘ambar alayhissaslom huzurlarida tikka turgan edim. Yahudiy olimlaridan biri Rasuli akramdan bir qancha narealarni so‘radi:
— Sirotdan kim avval o‘tadi?
— Muxojirlarning faqirlari!
— Jannatga kirganlarga qanday tuhfalar qilinur?
— Nahang jigarining ziyodasi (jigarning eng totgi qismi)
— Undan so‘ng qanday taom bo‘lur?
— Jannat atrofida o‘tlab yurgan ho‘kizlardan so‘yilur!
— Ahli jannatning sharobi nima?
— Ularning sharobi «Salsabil» deb nomlanmitsd buloqdan olinur!
— To‘g‘ri aytding, dedi yaxudiy olimi (Rasuli akramning javoblariga tan berib)» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:19:27
Zayd ibn Arqam deydi: «Yahudiylardan biri Payg‘ambar alayhissalom oldlariga kelib:
— Ey Abu Qosim! Sen jannat ahliniig u yerda yeb-ichishlarini tasdiq etmaysanmi? deya so‘radi. Yaxudiy savol 6e-rishidan oldin do‘stlariga: «Agar Muhammad so‘zlarimni tasdiqlasa, uni maglub etaman deb so‘z bergan edi. Rasuli akram yaxudiyning savoliga shunday javob berdilar:
— Ha, jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, jannat ahli-nint xar biriga yeyish-ichish, jimo’ qilishda yuz kishining quvvati berilur!
— Axir, ular yeb-ichsa, hojatlari nima bo‘ladi?
— Ularning hojatlari terilaridan toshib chiquvchi terdir. Bu terdan xushbo‘y mushk taraladi. Jannat ahlining qorni juda ozg’in bo‘ladi» (Nasoiy rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg’ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Jannatdagi qush (parranda) larga boqib, ishtaxang ochiladi. Shunda ular qovurilgan holda oldingga tushadi» (Bazzor rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:19:36
Huzayfa rivoyat qiladi: «Payg‘ambar alayhissalom aytdilar:
— Jannatda kattaligi tuyadek qushlar bo‘lur.
— Ularning go‘shtlari yoqimli va mayin bo‘lsa kerak, ey Allohning rasuli? so‘radi Abu Bakr Siddiq.
— U go‘shtdan yegai kishi undan ham yoqimli va mayin bo‘ladi. Sen, ey Abu Bakr, o‘sha qushlardan totadiganlardan birisan, dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Termiziy rivoyati).

Abdulloh ibn Amr Alloh taoloning: «Ularga oltindan bo‘lgan laganlar (da taomlar) va qadahlar (da sharoblar) aylantirilur» (Zuhruf surasi, 71) oyati xususida deydi: «Ularga oltindan bo‘lgan yetmishta laganda biri boshkd-siga o‘xshamagan taomlar aylantirilur».

Ibn Mas’ud: «U mayshshg mizoji-aralashmasi Tasnimdandir» (Mutaffifin, 27) oyati tafsirida dedi: «Ashobi yamin-o‘ng tomon egalari aralashtirilgan, muqarrabun-Alloh taologa yaqin qilinganlar toza, aralashmagan sha-robdan ichurlar».

Abu Dardo roziyallohu anhu mazkur oyat tafsirida dedi: «U sharob kumush kabi okdir, muhrlangan. Agar dunyo ahlidan birortasi u sharobga barmog‘ini tiqib olsa, yer yuzida uning xush bo‘ylarini tuymagan bironta jonzot qolmasdi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:19:52
Ohu ko‘z hurlar va hech qachon qarimaydigan bolalar

Huri iyn - oxu ko‘z hurlar va vildon - hech qachon qarimaydigan, mangu yosh bolalar vasfi Qur’oni karimda takrortakror zikr qilingan.

Anas roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan shunday rivoyat qiladi: «Bir kecha-kunduz Alloh yo‘lida bo‘lish dunyo va undagi narsalardan yaxshiroq. Sizlardan birortangiz jannatda yoy oralig‘icha yoki oyoq qadamlaricha joyni egallasa, bu dunyo va undagi barcha narsadan yaxshiroq. Agar jannat ayollaridan bittasi yer yuziga chiqsa, yeru ko‘k orasi yorishib, butun atrofni xush. bo‘ylar tutgan bo‘lardi. Jannat ayolining boshidagi yopinchig‘i duiyo va undagi barcha narsadan yaxshirokdir» (Buxoriy rivoyati).

Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini keltiradi: «Me’roj kechasida jannatning la’l, ko‘k zabarjad va kizil yoqutdan bo‘lgan chodir bilan yopilgan Baydax degan joyiga kirdim. Chodir ichidagilar menga: «Assalomu alayka yo Rasulalloh» deyittsdi. Shunda men Jabroil alayhissalomdan:
— Ey Jibril, bu qanday nido bo‘ldi? deya so‘radim.
— "Ular chodirlarda asralgan hurlardir, Sizga salom berish uchun Parvardigoridan izn so‘rashdi, ularga izn bo‘ldi, dedi Jabroil alayhissalom.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:20:22
Keyin ular: «Biz erlaridan rozi bo‘lguvchi ayollarimiz, biz hech qachon g‘azablanmaymiz. Biz bu yerda abadiy qolguvchilarmiz, deyishdi (Termiziy rivoyati) va Payg‘ambar alayhissalom ushbu oyatni o‘qidilar:

«(Ular) chodirlarda asralgan hurlardir» (Rahmon, 72-oyat).

Mujohid Oli-Imron surasi 15-oyatdagi «Azvajun mu-tohxaroh» - «Pokiza juftlar» iborasi tafsirida deydi: «Ya’ni, ular hayz, hojat, bavl, tupuk, balg‘am, maniy va farzand tug‘ishdan ozod - pokdirlar».

«Shak-shubhasiz, jannat egalari bu Kunda (o‘zlari istagan-orzu qilgan) ish (lari) bilan shod-xurram bo‘lguv-chidirlar» (Yosin, 55) oyati tafsirida Avzo’iy aytadi: «Ularning mashg‘uloti qizlarning bakarotini olmokdir».

Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, jannat ahli ham jufti bilan qo‘shiladimi?» deya so‘radi. «Jannat ahliga sizdek yetmishtasidan ko‘proq kishining quvvati berilur» dedilar Rasuli akram.

Abdulloh ibn Umar aytadi: «Jannatning quyi dara-jalaridan o‘rin olgan kishining mingta xodimi bo‘lib, har bir xodim boshqasinikiga o‘xshamagan alohida ish bilan band bo‘lur».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:20:29
Rasuli akram dedilar: «Har bir jannat ahli besh yuzta xurga, to‘rt mingta bokira ayolga va sakkiz mingta beva ayolga uylanadi. Ularning xar birini dunyodagi umri miqdoricha bag‘rkga olur» (Bayhaqiy rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Jannat bozorida oldi-sotdi yo‘q. U yerda er va ayol suratlari bor. Erkak kishi ko‘ngli tusagan suratning ichiga kiradi. Uning ichida ohu ko‘z xurlar jamlangan bo‘lib, jonzot tinglamagan ovozla-rini ko‘tarib: «Biz jannatda abadiy qolguvchimiz, hech qachon o‘lmaymiz. Bizning badanlarimiz latif, biz hech qachon hazin bo‘lmaymiz. Biz erlarimizdan rozi bo‘lganlarmiz, g‘azablanmaymiz. U bizniki va biz uniki bo‘lgan jannatiy naqadar baxtli!» deyishadi (Termiziy rivoyati).

Anas roziyallohu anhu Rasuli akramning shunday deganlarini aytadi: «Jannatdagi ohu ko‘z hurlar shunday deb kuylashadi: «Biz eng go‘zal hurlarmiz, javonmard erlar uchun saqlandik» (Tabaroniy rivoyati).

Abu Umoma Boqiliy deydi: «Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Jannatga kirgan har bir bandaning boshi va oyog‘i uzra ikkita ohu ko‘z hurlar o‘tirur. Ular bu bandaga eng go‘zal tovushda kuylashadi. Uni insu jin tinglaydi. Bu tovush shaytonning nag‘masi emas, balki Allohga hamd va takdisdir» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:21:22
Jannat ahlining sifatlari haqida ba’zi xabarlar

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladi: «Payg‘ambar alayhissalom ashobiga: «Jannatga shoshilayotganlar bormi, jannatda xatar yo‘q?! Ka’baning Rabbiga qasamki, jannat porlagan nur, (xush ifor taratib) chayqalib turgan rayhon, mustahkam qal’a, to‘xtovsiz oqayotgan daryo, mo‘l-ko‘l va g‘arq pishgan meva, yopinchiklar o‘rangan chiroyli ayol, abadiy makomdagi ne’mat, salim, ko‘rkam, baland diyordagi bir jilvadir» dedilar.
— Biz u joyga shoshyapmiz, ey Allohning rasuli, deyishdi sahobalar.
— «Inshaalloh» deng, dedilar Payg‘ambar alayhissalom va Alloh yo‘lida kurashni eslatdilar va unga undadilar»- (Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib:
— Men otni yaxshi ko‘raman, jannatda ham ot bo‘ladimi? deya so‘radi.
— Otni yaxshi ko‘rsang, senga qizil yoqutdan bo‘lgan ot beriladi. U ot sen bilan jannatning istagan yeriga uchib boradi, deb javob berdilar Payg‘ambar alayhissalom.
— Men tuyani yaxshi ko‘raman, jannatda tuya bo‘ladimi? so‘radi boshqasi.
— Ey Allohning bandasi! Agar jannatga kirsang, ko‘ngling u yerda nimani tusasa, ko‘zingni pima quvontirsa, u senikidir, dedilar Payg‘ambar alayhissalom» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:23:18
Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Jannat ahliga o‘zi xohlaganidek farzand tug‘iladi. Uning xomila dav-ri, tug‘ilishi va yigit bo‘lib voyaga yetishi bir soat ichida ro‘y beradi» (Ibn Moja, Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallahu alayhi vasallam dedilar: «Jan-nat ahli jannatda qaror topgach, birodar birodariga mushtoq bo‘lur. Shunda birining taxti boshqasining taxtiga yurib borur va ikki birodar yonma-yon bo‘lib qolur. Ular dunyoda bo‘lgan kezlarini xotirlashib, bir-biriga aytur; «Ey birodarim! Falon kuni, falon majlisda Alloh taologa yolborib duo qilganimiz esingdami! Mana, ulug‘ va qudratli Alloh bizni mag‘firat qildi» (Bazzor rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Jannat ahlining eng kuyi darajadagisi uchun sakson ming xodim va yetmish ikki zavjasi bo‘lur. Uning uchun la’l, zabarjad, yoqutdan iborat qubba tiqilur. Qubbaning ichi Jobiya va San’o orasi qadar kengdir. Jannat ahlining boshlarida tojlari bor. Tojdagi injuning eng kichigidan mashriq va mag‘-ribni yorutgudek ziyo taraladi» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:23:25
Alloh rahmatiga olsin, Hasan Basriy jannat sifatla-rini shunday zikr qiladi: «Jannat anorlarining kattaligi chelakday. Daryolarida turib qolmagan musaffo suvlar, ta’mi o‘zgarmaydigan totli sutlar, suzib olingan toza asallar oqadi. Bu asalning suzib oluvchilari inson emas. Jannat daryolarida ichganlarga lazzat beruvchi shunda maylar oqadiki, ular aqlni zoyil qilmaydi, boshni og‘ritmaydi. Jannatda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, xotirga kelmagan ne’matlar bor. Jannat ahli shu ne’matlarga sa-zovor podshohlardir. Ularning barchasi o‘ttiz uch yoshidadir. Bo‘ylari oltmish ziro’, ko‘zlari surmali, yuzlari va badanlari tuksiz, azobdan omonda, jannat diyorida xotir-jamdirlar. Jannat daryolari yoqut va zabarjadlar sochilgan yerlardan okar. Jannat xurmolari, bog‘lari marjondan, mevalari nimadan ekanini bir Alloh biladi. Ularning bo‘ylari besh yuz yillik masofadan taraladi. Jannat ahli uchun jannatda otlar va tezyurar tuyalar bor. Tuyalarning egarlari yoqutdan. Jannat ahli bir-birini ziyorat qilishadi. Ularning zavjalari go‘yo yashirib qo‘yilgan (oppoq) tuxumdek (zahalanmagan) ohu ko‘z hurlardir. Jan-nat ayoli yetmishta hullani ikki barmog‘i bilan ushlab kiyadi. Yetmish qavat xulla ostidal ham ularyaing suyagidagi iligi ko‘rinadi. Alloh taolo jannat ahlining ahloqini yomonlik, jasadlarni o‘lim kabi nuqsondan poklagandir. Ular jannatda burun qoqmas, bavl qilmas, hojatga chiqmaslar. Balki ular kekiradi va terlaydilar. Terlari mushkdandir. Ular uchun jannatda ertayu kech rizq bor. Kunduz kechani, kecha kunduzni quvmaydi. Jannatga eng so‘ng kirgan va eng quyi darajani egallagan kishining mulki yuz yillik masofa qadar cho‘ziladi. U oltin va kumushdan bo‘lgan qasrlarda, marjon chodirlarda karor topadi. Uning nazari kengayib, jannatning eng uzoq joylarini ham yaqinni ko‘rgandek ko‘radi.

Jannat ahliga oltindan bo‘lgan stmshp ming laganda nonushta, kechqurun ham shuncha nonushta ato qilinur. Har bir laganning rangi o‘zgacha. Avvalgi yeganida totgan toti, keyin-gisida yo‘qolmaydi. Jannatda shunday bir yoqut borki, uning ichida yetmish ming xovli, har hovlida yetmish ming uy bo‘lib, u uylarda na bir teshik va na bir yoriq bor».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:23:35
Mujohid aytadi: «Jannat ahlining eng quyi darajasidagi kishi o‘ziga berilgan mulkda ming yil yuradi. Mulkining eng chekka joylarini yaqin joylarini ko‘rgandek ko‘radi. Jannat ahlining eng yuqori darajasiga yetgan kishi ertalab va kechqurun Parvardigoriniig jamoliga nazar soladi».

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Jannatda «Al-iyna» deb nomlanmish xurlar bor. Ular yursa, o‘ng va chap tomonlarida yetmish ming xodima bo‘ladi. U hur: «Yaxshilik-ka buyurib, yomonlikdan qaytarganlar qaerda? deya chaqiradi.

Yahyo ibn Muoz deydi: «Dunyoni tark qilish og‘ir, jannatni boy berish undanda og‘ir! Dunyoni tark qilish oxiratning mahridir». Yana aytadi: «Dunyo talabida bo‘lish-jonlarning zillati, oxirat talabida bo‘lish jonlarning izzatidir».

Ajab, voajab! Axir, yo‘qolib ketadigan o‘tkinchi narsa talabida xorlikni ixtiyor qilgan, baqo talabida erigailadigan izzatni tark etgan kishiga qanday ajablanmaslik mumkin?!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:24:02
Alloh taoloni ko‘rish

Alloh taolo dedi:
«Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go‘zal oqibat va ziyoda (ne’matlar) bordir» (Yunus, 26-oyat).

Ziyoda ne’mat Alloh taoloning jamoliga boqmokdir. Bu shunday ulug‘ lazzatki, jannat ahli bu lazzat oldida bo-shqa barcha ne’matlarni unutadi.

Jarir ibn Abdulloh Bajliy deydi: «Payg‘ambar alayhissalom huzurlarida o‘tirgan edik. Oy to‘lishgan kechasi oyga karab, shunday dedilar: «Mana shu oyni qaqtsay ko‘rib turgan bo‘lsangiz, albatta Rabbingizni ham shunday (aniq va tiniq) ko‘rursiz. Ko‘rishda hech kim haqsizlikka uchra-mas. Agar quyosh chiqishidan va botishidan oldin namoz o‘qishga qodir bo‘lsangizlar, uni ado qilinglar» deya ushbu oyatni o‘qidilar: «Bas, (Ey Muhammad) Siz ular aytayotgan so‘zlarga sabr-toqat qiling va quyosh chikishidan va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U Zotni) poklang - namoz o‘qing...» (Toho, 130-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:24:12
Imom Muslim Suhaybdan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go‘zal oqibat va ziyoda (ne’matlar) bordir...» (Yunus, 26) oyatini o‘qib, dedilar:
— Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirar ekan, munodiy nido qiladi; «Ey jannat ahli! Alloh sizlarga va’da qilgan narsasini ado qilmoqni xohlaydi».
— Qanday va’da? Axir, Rabbimiz bizning mezonimizni og‘ir, yuzlarimizni urug‘ qilib, jannatiga kirgizdi, do‘zaxdan qutqardi! deyishadi.

Shunda parda ko‘tarilib, ular ulug‘ va qudratli Allohning jamoliga boqadilar. Ularga Allohning diydoriga yetishdan suyukliroq ne’mat berilmagan».

Allohning jamolini ko‘rmoq xususida sahobalardan ko‘p hadislar rivoyat qilingan. Bu eng go‘zal holat, eng go‘zal ne’matdir. Allohning diydoriga yetish sururi va saodati oldida biz yuqorida ta’rifu tavsif etgan jannatning barcha ns’matlari hechdir!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:24:56
Alloh taolo rahmatining kengligi

Rasululloh, sollallahu alayhi vasallam har bir ishni yaxshilikka yo‘yishni suyar edilar. Biz ham Payg‘ambarimizga ergashib, har qanday holatda yaxshi gumonda bo‘laylik. Chunki, biron amalimiz yo‘kki, u tufayli mag‘firatni umid qilmasak. Kitobimizning so‘ngini Alloh taolo rahmatining kengligini zikr etish bilan nixoyalayapmiz. Umid qilamizki, Alloh. taolo bizning dunyo va oxiratimizni xayr bilan xotimalasin.

«Albatta Alloh taolo O’ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O’zi xohlagan kishilar uchun kechirur...» (Niso, 48-oyat).

«(Ey Muhammad), Mening (turli gunohlar qilish bilan) o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan nouiid bo‘lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarshvd mag‘firat qilur...» (Zumar, 53-oyat).

Nimaiki qadamimizni toydirgan bo‘lsa yoki kitobimizda nimaiky qalamimizni tug‘yonga tortgan bo‘lsa, Alloh taolodan mag‘firat tilaymiz. Amalimizga to‘g‘ri kelmagan so‘zlarimiz uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz. Alloh taoloning dinini bilamiz deb da’vo qildik va bu jabhada nuqsonli bo‘lganimiz holda bilganimizni zohir etdik, Alloh bizni mag‘firat etsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:25:06
Ulug‘ Zotning diydoriga yetiti yo‘lida qilinib, keyin unga boshqa maqsadlar aralashib qolgan har qanday ilm va amalimiz uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz. O’zimiz va’da berib, keyin unga vafo qilishda kosirlik qilib qolgan har bir va’damiz uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz. Bizga berilgan qaysi bir ne’matni ma’siyat yo‘lida ishlatgan bo‘lsak, Allohdan mag‘firat tilaymiz.

O’zimiz nuqson va qusurlar bilan sifatlangan holda ampi pukson va qusurlar haqida ochiq, ba’zan kinoya bilan aytganlarimizni Alloh mag‘firat etsin. Bizni soxtalikka, takallufga undagan har bir lahza uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz. Yozgan kitoblarimizda, tuzgan jumlala-rimizda berayotgan yoki olayotgan ilmimizda odamlarga ziynatli bo‘lib ko‘rinishga sarflangan har bir daqiqa uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz.

Bu istig‘forlardan so‘ng bizni va ushbu kitobni o‘qigan yoki tinglagan kishilarni Alloh O’z rahmati bilan mukarram etsin, zohiru botin gunohlardan bizni saqlasin.

Alloh taolo karami barchaga barobar, rahmati keng, bandasiga sahovati cheksiz Zot. Bizni U Zotga eltuvchi yagona vosita O’zining fazli va karamidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:25:19
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar: «Alloh taoloning yuzta rahmati bor. Shulardan bittasi jinlar, insonlar, qushlar, hayvonlar va xashoratlar orasiga nozil etilgan. Nuzul etilgan bittagina rahmat tufayli ular bir-biriga mehribon, o‘zaro rahmli. Qolgan to‘qson to‘q-qizta rahmati bilan Alloh taolo Qiyomat kuni bandalariga rahm qiladi» (Muslim rivoyati).

Rivoyat qilinadiki, Qiyomat kuni Alloh taolo Arshning tagidan bir yozuvni chiqaradi. Unda shunday so‘zlar bitilgan: «Albatta Mening rahmatim g‘azabimdan o‘zguvchidir. Men raxm qilguvchilarning rahmlirog‘iman». Shunda do‘zaxdan jannat ahliga ikki barobar ko‘p kishi chiqarilur» (muttafaqun alayh).

Rasululloh sollalohu alayhi vasallam dedilar: «Ulug‘ va qudratli Alloh Qiyomat kunida bizga tabassum bilan tajalli qilib: «Musulmonlar jamoasiga xushxabar bering, ulardan har bittasining o‘rniga jahannamda yahudiy yoki nasroniyga joy hozirladim» deya marhamat qiladi» (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Alloh taolo Qiyomat kunida mo‘minlarga qarata:
— Men bilan uchrashishga intiqmidingiz? deydi.
— Ha, albatta, ey, Rabbimiz bo‘lgan zot! deyishadi.
— Nega?
— Sening afv qilishingdan, mag‘firatingdan umidvormiz, deyishadi.
— Sizlarga mag‘firatimni vojib qildim, deydi Alloh taolo» (Ahmad, Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:25:36
Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Ulug‘ va qudratli Alloh Qiyomat kunida: «Falon kuni meni zikr etgan yoxud falon yerda Mendan qo‘rqqan kishilarni do‘zaxdan chiqaring» deydi» (Termiziy rivoyati).

Rasuli akram dedilar: «Allohning xohishi bilan jahannamda do‘zax ahli va ba’zi qibla ahli jamlanadi. Shunda kofirlar qibla ahlidan;
— Sizlar musulmon emasmidinglar? deya so‘raydi.
— Ha, musulmon edik...
— Musulmonligingiz foyda bermadimi? Nega sizlar ham biz bilan birgasiz?!
—   Gunohlarimiz bor, shuning uchun jahannamdamiz, deyishadi osiy musulmonlar.
—   
Ularning bu so‘zlarini eshitgan ulug‘ va qudratli Zot o‘sha zaxoti ahli qiblaning do‘zaxdan chiqarilishini amr etdi. Bas, ular jahannamdan xalos etildi. Buni ko‘rgan kofirlar: «Biz ham musulmon bo‘lsak, ularga o‘xshab biz ham do‘zaxdan chikarilar edik» deb qolishadi. Keyip Pay-g‘ambar alayhissalom ushbu oyatni o‘qidilar:

«Hali (Qnyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulion bo‘lishni istab qolurlar» (Hijr,2-oyat) (Nasaiy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:26:00
Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Mushfiq ona o‘z far-zandiga qanday mexribon bo‘lsa, Alloh O’zining mo‘min bandasiga undanda mehribonrokdir» (muttafaqun alayh).

Jobir ibn Abdulloh deydi: «Qiyomat kunida kimning savob amallari gunohlaridan ziyoda kelsa, japnatga hisob-kitobsiz kiradi. Kimning savob amallari va gunohlari barobar kelsa, savol-javobi yengil o‘tadi va jannatga kiradi. Rasuli akramning shafoatlari nafsini halokatga sudragai, gunohdar yukini yelkasiga ortib olgan odam uchundir».

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Ey Muso! Qorun sendan yordam so‘radi, yordam bermading. Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, agar u mendan yordam so‘raganida, albatta yordam bergan va uni afv qilgan bo‘lardim» deydi.

Sa’d ibn Bilol aytadi: «Qiyomat kuni ikki kishini do‘zaxdan chiqarish buyuriladi. Shunda Alloh taolo: «(Do‘zaxga tushishingiz) qo‘llaringiz sodir etgan gunohlar tufaylidir, Men bandamga zulm qilguvchi emasman» deydi va ikkalasini ham do‘zaxga qaytarishni buyuradi. Bittasi zanjirlarini sudrab, buyurilgan joyga gaoshadi, do‘zax uni komiga chorlaydi. Ikkinchisi shoshmaydi. Alloh taolo yana qaytadan ularga do‘zaxdan chiqishni amr etadi. Savol-javob boshlanadi. Do‘zaxga shoshib kirib ketgani aytadi: «Gunohning xalokatli oqibatidan qo‘rkdim. Amringda sustkashlik qilmay, ikkinchi marotaba g‘azabingga yo‘likmay, dedim.» Do‘zaxga shoshmasdan kirgan deydi: «Sen hakda-yaxshi gumonga bordim. Do‘zaxdan bir marta olib chiqqaningdan keyin kayta u yerga meni tashlamassan, degan o‘yga bordim». Alloh taolo u ikkisiga ham jannatga kirishni buyurdi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:26:10
Rasuli akram aytadilar: «Qiyomat kuni Arishing ostvda bir munodiy shunday nido qiladi: «Ey Muhammad ummati! Mensizlarning ustingizdagi haqqimni o‘zingizga hadya qildim. Sizlar ham bir-biringizning xaqlaringizni o‘zaro hadya qilishing va Allohning rahmati bilai jannatga kiring» (Abu Said Kushayriy rivoyati).

Sunojiy deydi: «Uboda ibn Somitning xuzuriga kirdim. U o‘lim to‘shagida edi, yig‘ladim. Shunda Uboda: «Nega yig‘layapsan, o‘zingni bos?! Allohshshg rasulidan eshitgan har bir xayrni sizga yetkizganman. Ammo bitta hadis bor, uni sizga stkizmagan edim. Bugun, jonim g‘arg‘araga kelgan bir paytda sizga uni aytay. Rasulullohning shunday deganlarini eshitganman: «Kimki «la ilaha illallohu va antsa Muhammadan rasululloh» deb guvohlik bersa, Alloh unga do‘zax o‘tini harom qiladi» (Muslim rivoyati). U Abdulloh ibn Amr ibn Os.aytadi: «Rasululloh shunday dedilar: «Alloh taolo Qiyomat kuni ummatimdan bir kishini xaloyiq ko‘z oldida qutqaradi. Keyin u kishining to‘qson to‘qqiz daftari ochiladi. Har daftar ko‘zning nazari yetadigan joy kadar kattadir. Alloh taolo u kishidan:
— Bu daftarlarda bitilganlardan biron narsani inkor etasanmi? Amallarni yozib boruvchi farishtalardan norozi emasmisan? deb so‘raydi.
— Yo‘q, (yozilg‘anlarning barchasi to‘g‘ri), ey Rabbim. deydi u kishi.
— Biron uzrlik ishing bormi?
— Uzrlik ishim yo‘q, ey Rabbim.
— Bale, huzurimizda senga atalgan bir yaxshilik bor, bugun senga zulm yo‘q, deydi Alloh taolo va bir parcha bitikni unga ko‘rsatadi: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh».
— Ey Rabbim, bu parchagina bitik shuncha daftarlar qoshida nima bo‘lardi?
— Senga zulm qilinmas, deydi Alloh taolo.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:26:23
So‘ngra daftarlar tarozining bir pallasiga, haligi parcha bitik tarozining boshqa pallasiga qo‘yiladi, parchagina bitik shuncha daftarlardan og‘ir keladi.

Demak, hech narsa Allohning ismidan og‘ir kelolmaydi» (Termiziy rivoyati).

Qiyomat va Sirot vasf etilgan bir hadis so‘ngida aytiladi: «Kimning qalbida dinor misqolicha yaxshilik topsangiz, uni do‘zaxdan chiqaring». Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqa-rilganidan so‘ng farishtalar aytishadi:
— Parvardigoro, do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan birortasini ichkarida qoldirmadik. Shunda Alloh taolo:
— Qalbida yarim dinor misqolicha yaxshiligi bor bandamii do‘zaxdan chiqaring! deb buyuradi.

Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqadi va farishtalar:
— Parvardigoro, bizga do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan birortasini u yerda qoldirmadik, deyishadi. Shunda Alloh taolo:
— Qalbida zarra misqolicha yaxshilik bor bandamni do‘zaxdan chiqaring, deb amr qiladi.
Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqadi. So‘ng farishtalar:
— Parvardigoro, do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan birortasini u yerda qoldirmadik, deyishadi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:26:37
Abu Said aytadi: «Kim bu hadisni tasdiq etmasa, ushbu oyatni o‘qisin:

«Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas, Agar (zarracha) yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur, yana O’z huzuridan ulug‘ ajr ato qilur» (Niso, 40-oyat).

Alloh taolo shunday deydi: «Farishgalar shafoat qildilar, payg‘ambarlar shafoat qildilar, mo‘minlar shafoat qildilar. Arhamur Rohimin bo‘lmish Zotdan o‘zgasi qolmadi».

Shunda Alloh taolo umrida yaxshilik qilmagan, jahannam ko‘miriga aylanib ketgan qavmni jannat eshigi oldidagi Hayot daryosiga otadi. Ular oqimning quyi qismidagi o‘t-o‘landek bo‘lib daryodan chiqishadi. Tosh va daraxtlar yaqinidagi bu o‘t-o‘lanlarga hech ko‘zingiz tushtanmi? Ular quyosh nurida sariq va ko‘kimtir bo‘lib, soyalari oqish rangda ko‘riiadi.
— Ey Allohning rasuli! Go‘yo barchasini hech to‘siqsiz, yalang bir tekislikda ko‘rayotgandek tasvirlayapsiz-a! deyishdi.
— Ular marjondek bo‘lib chiqishadi. Bo‘yinlarida muhrlari bor, jaknat ahli ularni tanib, deyigaadi: «Ana ular - Rahmonning do‘zaxdan xalos etgan bandalari! Alloh ularni biron (solih) amalsiz, savobsiz jannatga kiritgan».
Keyin Alloh taolo:
— Jannatga kiringiz, nimaiki ko‘rsangiz, u siz uchundir, deydi.
— Ey Parvardigoro! Birorta kishiga bermagan ne’matingni bizga berding, deyishadi. Shunda Alloh taolo:
— Huzurimda siz uchun bundanda afzali bor, deydi.
— Parvardigoro! Bundan afzal nima bo‘lishi mumkin?!
— Sizdan roziligim va bundan so‘ng hamisha g‘azabimdan omonda ekanligingiz, deydi Alloh taolo» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:28:05
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Payg‘ambar alayhissalom yonimizga kelib, dedilar: «Menga ummatlar ko‘rsatildi. Ba’zi payg‘ambarlar yonida bir kishi, ba’zisi ikki kishi bilan, qaysidir payg‘ambar yolg‘iz, qaysi bir paig‘ambar yonida jamoat bilan o‘tdi, Keyin bir olomonga ko‘zim tushdi. Mana shu mening ummatim bo‘lsa kerak, deya umid qildim. «Bu Muso va uning qavmi» deyildi. So‘ngra menga: «(Anavi tomonga) karang» deyildi. Ufqlarni to‘ddirgan jamoatni ko‘rdim. So‘ngra menga: «Anavilarga... anavilarga qarang» deyildi. Juda katta jamoatni ko‘rdim. Shunda menga: «Ular sizning ummatingiz, anavi yetmish mingtasi jannatga hisob-kitobsiz kiradi» deyildi».

Keyii odamlar tarqalishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u qavmning kimlar ekanini bayon qilmadi. Saxobalar bu xakda o‘zaro munozaraga kirishishdi: «Biz shirk ichida tug‘ildik. Lekin Alloh va rasuliga iymon keltirmadik. U qavm bizning farzandlarimizdir». Bu so‘zlar Payg‘-ambar alayhissalomgacha borib yetgach, dedilar: «Ular shunday kishilarki, badanlariga olov bosib, kuydirmaydilar, fol ochmaydilar, (yolg‘iz) Parvardigoriga tavakkul qiladilar».

Shunda Ukkosha o‘rnidan qalqib:
— Ey Allohning rasuli, duo qiling, Alloh meni o‘sha qavm jumlasidan etsin! dedi.
— Sen u qavmdansan, dedilar Payg‘ambar alayhissalom.
Keyin yana biri o‘rnidan turib, Ukkoshaning so‘zlarini takrorladi. «Ukkosha sendan peshqadamlik qildi» dedilar Rasululloh u kishiga» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:28:35
Umar ibn Hazm Ansoriydan shunday rivoyat qilinadi: «Rasudulloh sollallahu alayhi vasallam uch kunlar oramizdan g‘oyib bo‘ldilar. Faqat farz namozlaridagina hozir bo‘lib, boshqa payt yana ko‘rinmay qolardilar. To‘rtinchi kun oldimizga chiqdilar, shunda biz so‘radik:
— Ey Allohning rasuli, bizni o‘zingizni chetga tortdingiz, biron korhol ro‘y berdimikan? degan gumonga bordik.
— Faqat yaxshilik ro‘y berdi. Ulug‘ va qudratli Rabbim ummatimdan yetmish ming kishini hisob-kitobsiz jannatga kiritishni va’da qildi. Men esa bu uch kun davomida yanada ko‘proq ummatimshshg jannatiy bo‘lishini so‘rayverdim. Rabbim shu darajada karim, ulug‘ sahovat egasi ediki, yetmish ming kishining har biri uchun yana yetmish ming kishini menga ato etdi. Shunda men:
— Ey Rabbim, ummatimning soni shunchaga yetadimi? deya so‘radim.
— Faqat a’robiy ummatlaringiz hisobiga bu sanoqni sizga to‘ldirib beraman, dedi Rabbim» (Bayhaqiy rivoyati).
Abu Zar Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Jabroil alayhissalom ulkan bir toshning yonida turib menga:
— Ummatingizga xushxabar bering. Qaysi kishiki, Allohga shirk qilmasdan dunyodan o‘tsa, jannatga kiradi, dedi.
— Ey Jabroil, (umrida biror marta Allohga shirk qilmagan bo‘lsayu, lekin) o‘g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa-chi? so‘radim.
— O’g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa ham! dedi Jabroil.
— O’g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa ham? yana so‘radim.
— O’g‘irlik va zino qilgan, hamr ichgan bo‘lsa ham! dedi Jabroil alayhissalom» (muttafaqun alayh). Abu Dardo aytadi: «Payg‘ambar alayhissalom:
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:28:49
«Parvardigori (huzurida) turishidan (ya’ni, o‘zshpshg Parvardigor oldida turib xayoti dunyoda qilib o‘tgan bar-cha amallariga javob berishidan) qo‘rkqan kishi uchun ikki jannat bordir» (Rahmon surasi) oyatini o‘qidilar. Shunda men:
— O’g‘irlik va zino qilgan kishi uchun hammi, ey Allohning rasuli? deb so‘radim.

Payg‘ambar alayhissalom Rahmon surasining o‘sha oyatini qayta o‘qidilar.
— O’g‘irlik va zino qilgan kishi uchun hammi, ey Allohning rasuli? yana so‘radim.
Payg‘ambar alayhissalom mazkur oyatni yana takrorladilar.
— O’g‘irlik va zino qilgan kigai uchun hammi, ey Allohning rasuli? deya yana so‘radim.
— Ha, burning yerga ishqalangur, ey Abu Dardo, dedilar» (Ahmad rivoyati).

Imom Muslim Abu Burdadai keltiradi: «Umar ibn Abdulaziz Payg‘ambar alayhissalomning quyidagi so‘zlarini otasi Abu Musodan rivoyat qiladi : «Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Musulmon kishi vafot etar ekan, Alloh taolo uning o‘rniga byar yahudiy yoki nasroniyni do‘zaxga kiryatadi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:28:59
Shunda Umar ibn Abdulaziz bu hadis haqikdtan ham Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilinganiga ishonch hosil qilish uchun otasidan Allohning nomiga uch marta qasam ichishni so‘radi. Otasi aytganlarini tasdiqlab, Alloh nomi bilai uch marta qasam ichdi»

Rivoyat qiliiishicha, g‘azotlardan birida asirlar ora-sida go‘dak bola borligi ma’lum bo‘ldi. Asirlar o‘lja sifatida taqsimlandi. Lekin qancha nido qilinsa, ham bolani oluvchi topilmadi.

Shunda asira ayollardan biri kun tig‘ida qiynalayotgan go‘dakka ko‘zi tushib, bor kuchi bilan u tomon otildi, yaqinlari ham ayolniig orqasidan yura boshlashdi. Darhol ayol bolani qo‘liga olib, bag‘riga bosdi. Butun gavdasi bilan qaynoq qumga chalqancha yotib, «bolam, bolam» deya unga ko‘ksini tutdi, sahroiing o‘tli hovuridan bolani to‘sdi. Bu holatga guvoh bo‘lgan barcha yig‘ladi, keyin ularni holi qoldirishdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:29:11

Payg‘ambar alayhissalom bu voqeadan xabar topgach, ularning qoshiga keldilar va asxobining raxmdilligidan xursand bo‘lib, shunday xushxabarni yetkazdilar:
— Bu ayolning bolasiga bo‘lgan mehribonligidan xayratga tushyalsizmi?
— Ha, deyishdi.
— Bu ayol o‘g‘liga qancha raxmdil bo‘lsa, Alloh taolo sizga undanda rahmliroqdir! (Buxoriy rivoyati).

Bu xabarlarning barchasi Alloh taolo raxmatishshg cheksizlig‘iga dalolat qiladi.

Najotga xaqlimiz, degan da’vodan yiroqmiz, holimiz ma’lum. Hisob kunida bu holimizga muvofiq muomala qilinmasligini marhamati keng Parvardigorimizning fazlidan umid qilamiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 07:29:31
Ollohim! Xalqingni tafovutli qilib yaratding. Yaratishingdan oldin ularni tanlading. Kimnidir badbaxt etding, kimnidir saodatmand! Kimnidir adashgan qilding, kimnidir to‘g‘ri yo‘lda! Gunohlarim tufayli meni badbaxtlar toifasidan qilma.

Ollohim! Xar bir jonni yaratishdan oldin uning amallarini bilguvchi Zotsan. Sen bilgan narsadan hech bandang kochib kutula olmaydi! Meni o‘zingga itoat qiladiganlar jumlasidan ayla.

Ollohim! Bandalaring harakatini O’zing taqdir etding. Biron narsa sening izningsiz xarakatdana olmas. Xarakatlarimga taqvoni asos qil.

Ollohim! Yaxshilikni va yomonlikni yaratding. Yaxshilik va yomonlik qilguvchini ham yaratgan O’zing. Bas, meni yaxshilik qilguvchilar jumlasidan ayla.

Ollohim! Jannat va do‘zaxni yaratding. Jannat va do‘zax ahlini yaratgan ham O’zing. Bas, meni jannat ahlidan qil.

Ollohim! Qaysi bir kavmga zalolatni yor etding, ko‘kragini tangu tor etding. Bas, mening ko‘ksimni iymon uchun och, qalbimni iymon bilan ziynatla.

Ollohim! Ishlarning tadbirini etguvchi O’zingsan. Natijani ham belgilovchi O’zing. O’limdan so‘ng meni go‘zal hayot bilan tiriltir va O’zingga yaqyan et.

Ollohim! Kimki kunduzi va kechasini Sendan o‘zgaga ishonch va umid bog‘lab o‘tkazsa, ziyondadir. Ollohim, O’zing mening ishonchim va umidimsan. Mutloq kuch va qudrat O’zinggagina xosdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:03:58
MUNDARIJA

Sur chalinishi bayoni  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg93836#msg93836)
Mahshar va uning ahli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg93841#msg93841)
Terning sifati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg94177#msg94177)
Qiyomat kunining uzunligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg94179#msg94179)
Qiyomat kuni, uning dahshati va nomlanishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg94181#msg94181)
So‘ralish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134115#msg134115)
Mezon - tarozining sifati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134124#msg134124)
Da’vogarlarning sifati va mazlumlar haqqining qaytarilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134127#msg134127)
Sirot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134141#msg134141)
Shafoat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134147#msg134147)
Havzi Kavsar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134157#msg134157)
Jahannam va uning dahshatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134161#msg134161)
Jannat va jannat ne’matlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134179#msg134179)
Jannat ahlining libosi, to‘shaklari, so‘rilari va chodirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134191#msg134191)
Jannat ahlining taomi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134193#msg134193)
Ohu ko‘z hurlar va hech qachon qarimaydigan bolalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134196#msg134196)
Jannat ahlining sifatlari haqida ba’zi xabarlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134199#msg134199)
Alloh taoloni ko‘rish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134203#msg134203)
Alloh taolo rahmatining kengligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.msg134205#msg134205)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:08:47
Ihyou ulumid-din. O'limdan so'ng...

(http://www.ziyouz.com/images/books/ihyo_ulimdan_sung.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=220)

Muallif: Imom G'azzoliy

Hajmi: 233 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=220)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1970.0)