forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Robiya 15 Dekabr 2007, 16:28:17

Nom: Nima qiyin?
Yuborildi: Robiya 15 Dekabr 2007, 16:28:17
 "Nima qiyindir?" - so'radilar Xilondan. "Sir saqlash; bo'sh vaqtni suiiste'mol qilmaslik; nohaq gap eshitmoq", - deb javob berdi u.
  Hurmatli userlar, sizlar bu savolga qanday javob berasiz?
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2007, 19:18:56
Assalamu alaykum.
Ajoyib mavzu uchun tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

"Nima qiyin?"
Xudbin kishi bilan suhbatlashish;
Ko'nglingni og'ritishganini unutish;
Do'st xiyonatiga ko'nikish;
Va eng qiyini Farzand tarbiyasi.


PS: Hozircha shu.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: ikbaljohn 16 Dekabr 2007, 14:27:00
"Nima qiyindir?" - so'radilar Xilondan. "Sir saqlash; bo'sh vaqtni suiiste'mol qilmaslik; nohaq gap eshitmoq", - deb javob berdi u.
  Hurmatli userlar, sizlar bu savolga qanday javob berasiz?

Nafsga yengilmay yashash eng qiyini.

Ofarin.Juda to'g'ri aytilibdi
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muslimа 21 Dekabr 2007, 10:01:51
Diydor va Munira opajonlarni gaplariga 100% qo'shilaman.

Yana, QALBGA BERILGAN OZORDAN QOLGAN JAROHATNI O'RNINI BITISHI JUDA QIYIN...
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Shoxjahon12 21 Dekabr 2007, 13:08:56
Xiyonatni kechirish qiyin.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: ikbaljohn 21 Dekabr 2007, 18:57:57
Offtop qilmasdan post qoldirish qiyin :(
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Seyfullah 21 Dekabr 2007, 19:47:49
Alloh yo'lida Birodar tutungan  insonlarni qilgan hiyonati qalbizga xanjar bo'lib sanchilgandegi og'riq juda qiyin!

Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: lolo 23 Dekabr 2007, 02:08:09
bilmagan narsangiz qiyin
chorasizlik qiyin
sabr qiyin
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Usmon 23 Dekabr 2007, 12:24:03
bilmagan narsangiz qiyin
chorasizlik qiyin
sabr qiyin
Bilmagan narsangiz o'rgangandan so'nga oson
Chorasiz ish chora topgach oson
Sabr  - chidash tugab meva bergach oson :)
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muslimа 24 Dekabr 2007, 08:47:41
Hayotingizni bir bo'lagi bo'lib qolgan, qalbingizga yaqin bo'lgan birodaringizni olis safarga kuzatish qiyin...

Sog'inch a'zobi juda qiyin...
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2007, 13:58:49


Sog'inch a'zobi juda qiyin...

Juda to'g'ri...:(
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Robiya 27 Dekabr 2007, 16:14:13
Hammaning ko'ngliga birdek yo'l topish qiyin
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Usmon 27 Dekabr 2007, 16:53:14
Hammaning ko'ngliga birdek yo'l topish qiyin
Hammaning ko'ngliga yo'l topishning zarurati ham yo'q. Chunki hammaga do'st bo'lgan kishi hech kimga do'st emas.
Eng qiyini o'zini kechirish bo'lsa kerak.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Mahzunabonu 31 Dekabr 2007, 20:38:07
Nima qiyin???

Hayotda bir insonga bor haqiqatni etganizda sizzi tushunmasligi qiyin
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: djepotai 19 Yanvar 2008, 17:02:35
Аима қийин ? ? ? Ҳаётда ҳар қандай ҳолатлар бслиши мумкин, инсон иложи борича барига чидаши керак, лекин айрим туйғулар борки, уларга чидаш нақадар қийин. Бунга ҳар ким ҳар қандай мисол келтириши мумкин, уларнинг аксаристи сса сз бошларидан стган ҳолатлардир.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: mss_madina 29 Yanvar 2009, 14:52:28
Хозир энг кийин булган иш : Соф иймонни ушлаш кийин. "Уммат учун шундай даврлар келадики, иймонни ушлаб туришлик,чугни ушлаб туришлик билан баробар"  маъносидаги хадис. Уша даврлар келди. Узингиз уйлаб куринг бир кунда канча инсонни дилини огритамиз, канчасига хужакурсинга муомала киламиз, яна канчасининг оркасидан гийбат киламиз ...
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: zuhrahon 29 Yanvar 2009, 17:05:07
May  zo’rlik  qiladi  yoshu  qariga,
Mard  bo’lsang,sura  ol  uni  nariga.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
manimcha  juratsizligimiz  hamda  ojizligimiz  qiyin
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: siddiqa 30 Yanvar 2009, 08:08:16
doimo yoningizda do'stlaringiz ,ahlingiz,lekin yana bir narsa qiyin Qabrda yolg'iz qolishingiz,
keyin" Bilmayman"deyish ham qiyin .jahilni tiyish bu narsalarning yechimi nafsni yengish qiyin ....
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muhseena 30 Yanvar 2009, 20:16:43
Musibatlarga sabr qilish qiyin,sobira bo'lishlik hissi doim biz bilan bo'lsada,qiyin bo'lmagan holatlar ham qiyin tuyulaveradi,chunki bizda sabr yo'q.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muhammadali 30 Yanvar 2009, 20:21:03
Alloh uchun kimnidir sevib. Songra esa undan ajrab qolish juda qiyin. Albatda bu mani fikrim.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Munira xonim 17 Fevral 2009, 17:38:40
Assalamu alaykum
Insonlarni tushunish juda qiyin...
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muslim_4101 20 Fevral 2009, 16:37:34
Assalom alaykum! to'g'ri eng qiyini inson bir birini tushunishi qiyin ekan.   
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muhseena 20 Fevral 2009, 16:58:11
Nahotki insonlar bir-birlarini tushunishlari shunchalik qiyin bo'lsa  :'( Balki bu insonlarning xudbin bo'lganliklari uchundir...
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muslim_4101 20 Fevral 2009, 17:46:59
Bunday insonlar ko'p aziz birodar, Bazida o'ylaymiz bu do'stim, akam, ukam, singlim yoki bo'lmasa opam mani tushunmayapti deb hafa ham bo'lib qolamiz, aslida esa biz ularni tushunmayotganimiz. Azizlar, inson bir birini juda qiyin tushunadi bunga balkim kunlar, haftalar, oylar, yillar kerakdur, lekin tushunib yetganimizda kech bo'lmasmikan. Keling azizlar harakat qilaylik bir birimizni tushunishga. Alloh yordam bersin     
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: gulnora 21 Fevral 2009, 04:19:47
 :bs2: :as:
MANI FIKRIMCHA, INSONLAR BIR-BIRLARINI TUSHUNISHLARIDAN KO'RA, O'ZLARINI TUSHUNISHLARI,OZ VAZIFALARINI ANIQ BILIB OLISHLARI  MUHUMROQ,YA'NI HAMMA O'Z VAZIFASINI BIRO'VLARNING HOHSHIGA EMAS,ALLOHNING BUYRUG'I,UNI RIZOLIGI  YO'LIDA BAJARSA,SHUDA ALLOHNI O'ZI INSONLARNI O'RTALARINI ISLOH QILIB QO'YADI.DEMAK, INSONLAR BIR BIRLAINI ANLASHLARI EMAS,ALLOHNI ANGLASHLARI MUHUM!!!
ENG QIYINI ESA NARIGIDUNYOGA BORGANDA ... JAVOB BERISH QIYIN!!!
HOZIRGI QIYIN HOLAT ESA INSONLAR BIR BIRIGA YAHSHILIKNI RAVO KO'RADILARU, LEKIN ASLI YAHSHILIK NIMADA EKANLIGINI BILMAYDILAR. MISOL:BOLA YIG'LAB ILIM ISTASA , UNI OVUTMOQ UCUN NON BERISHGANI YOKI ERTAK ETISHGANI SINGARI...

:as:

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muhseena 21 Fevral 2009, 18:14:43
Ey ummati Muhammad, sizlar odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo'ldingiz.Zero,sizlar yaxshi amalga buyurasiz,isyon-gunohdan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz.
                                   Ol-i-imron surasi,110-oyat.
Alloh barchamizni mo'min va mo'minalar qatoridan qilsin.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Munavvara 21 Fevral 2009, 22:03:26
 :as: Hayotda nafsni yengmoq! qiyin to'g'ri ba'zida biz nafsimizni yengdik deb o'ylaymiz lekin ba'zida shu nafsga qul ham bo'lib qolganimizni sezmay ham qolamiz...
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: siddiqa 22 Fevral 2009, 18:54:22
Qiyin qiyin desak ko'p narsa qiyin ekan  :) :)
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Abdurauf 23 Fevral 2009, 10:58:16
Shayton yo'lidan yurmaslik va nafsga tobe bo'lmaslik qiyin
Bunday holatda Allohdan yordam so'ramoq lozim :)
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: ibnUyayna 24 Fevral 2009, 02:36:40

Bunday holatda Allohdan yordam so'ramoq lozim :)
  Assalamu alaykum wr wb!
Har qanaqa holatda Allohdan yordam so`rash lozim.Rasullulloh s.a.v ham oldingi va keyingi barcha gunohlari kechirilgan bo`lishiga qaramay 1 kunda 70 marta tavba qilganlar.
  Musulmon uchun bu hayoti dunyo sinovdan iborat.Boylikda ham,kambag`allikda ham,sog`likda ham,kasallikda ham va har qanday holatda Allohdan yordam so`rashi lozim.
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muslim_4101 10 Aprel 2009, 21:06:50
Assalomu alaykum! Ko'pchilik birodarlardan eshitaman mehnat qilib halol pul topish juda qiyin deyishadi. Ha, ularning gaplariga qo'shilaman haqiqatdan ham halol pul topish oxirgi paytlari judayam qiyin bo'ldi. Ammo eng qiyini halol pulni qay maqsadda ( yo'lda ) sariflash deb o'ylayman       
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Hadija 13 Aprel 2009, 18:11:40
 :as:

Allohning farzini bila turib, uni qila olmaslik, vijdon azobing qiyinligi...
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muzayyana 14 Aprel 2009, 11:19:36
Qiyin bu--yo'qotilgan obro'ni qayta tilash!
Qiyin bu-- sinovlardan adashmasdan iymon va taqvo bilan o'tib olish!
Qiyin bu....to'g'risi bundey o'ylab qaralsa, qiyin ishlar juda ko'p!
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 11:29:25
 :as:
Inson o'zligini yo'qotib ,bilib turib inkor qilib yashash qiyin .
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Shokir63 14 Aprel 2009, 19:23:50
Ateizm, komunizm girdobida g'arq bo'layotganlarga, juda oson narsalarni tushuntirish qiyin.

Ularning kibrining va ilmining qurboni bo'layotganini ko'rish qiyin.

Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Muzayyana 16 Aprel 2009, 10:29:26
Yaqinlaringni tobora do'zax jari sari ketayotganini ko'rib,
qo'lingdan xech narsa kelmayotganini bilib,
indamay turish ham juda qiyin!
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: braupov 18 Aprel 2009, 14:40:16
 :bsm:
Assalomu alaykum!
Dunyodagi hozirgi kunda  eng qiyini gunoh qilishdan saqlanish bo'lsa kerak. lekin Allohning o'zizi madad bera bundan ham qutilish mumkin   
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Abdulhafiz 15 May 2009, 00:35:01
Bu yarim yalang'ochlar dastidan, ko'cha-ko'ylarda yurish ham ancha qiyin bo'lib qoldi!
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: Рузиматжон 20 May 2009, 04:18:02
Ҳозирги кунимизда оддий ҳақиқатларни ксра била туриб, уларга ксз юмиб порлоқ келажак мана олдимизда турибдику деб сзини сзи ишонтириш менимча қийин бслса керак?!
Nom: Re: Nima qiyin?
Yuborildi: XXXXXX 20 May 2009, 19:39:41
 :as:
nima qiyinligini aytish qiyin. Alloh oson qilsa hamma narsa oson, agar Alloh xohlasa xatto juda oson ko'ringan nafas olish ham ilojsiz bo'lib qoladi!