forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 07:57:44

Nom: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 07:57:44
Assalamu alaykum forumdoshlar.
Men quyida bir voqeani keltirmoqchiman. Va bu voqeada Rasululloh sav va eng ulug' sahobiylarni so'zomollik ila bergan javoblari, ularni mahoratlari va eng yaxshi ko'rgan, qadrlagan narsalarni qanday tasavvur qilishlari haqida so'z ketgan. Bu hodisa sahih yoki nosahih ekanligi haqida menda ma'lumot yo'q. Lekin hammamiz bundan o'rnak olsak, foydalansak arziydigan hodisot ekanligi uchun sizlarga ilindim.
Bu yerda bu hodisadan foydalangan holda, o'zimiz yaxshi ko'rgan, o'zimiz qadrlagan narsalarni, xuddi sahobiylar kabi tasvirlashimiz va bu orqali o'z hayollarimizni o'zgalarga taqdim etishimiz mumkin.
Bu yerda hamma birodarlarimiz xuddi Rasululloh savga va boshqa sahobiylarga o'xshab tos, asal va qilga ta'rif berishlari mumkin.
ALloh sizlardan rozi bo'lsin. O'zimiz yaxshi ko'rgan insonlar ila, Alloh yaxshi ko'rgan amallarni qilib, Uning Jannatul Firdavsida birga bo'lmoqlikni nasib qilsin. Amiyn.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:09:45
Rasulullohning sav eng ulug' sahobiylaridan bo'lgan Ali r.a. bir kuni g'azotdan g'alaba bilan qaytib keldilar. Ularni bu ulug' g'alaba bilan qutlash uchun sahibiylardan Abu Bakr r.a. Umar r.a. va Usmon r.a. keldilar. Ular Ali r.a. bag'rilariga bosib tabriklashdi, Allohga hamdu sanolar aytishdi. Ali r.a. mehmonlarni ichkariga taklif qildilar. Ularni mehmon qilish uchun Fotima r.a.ga tosda asal keltirishni aytdilar. (Tos o'sha paytda ishlatilgan, oltinga o'xshash yaltirib turadigan ro'zg'or buyumi) Fotima r.a. tosda asalni keltirib o'rtaga qo'ydilar. Shunda Umar-ul Foruq tosdagi asaldan olish uchun qo'llarini cho'zdilar va uning o'rtasida turgan qilga ko'zlari tushdi. Va uni olib tashlash uchun qo'llarini cho'zdilar. Abu Bakr r.a. esa tezda Umar r.a. ni to'xtatdilar. Va:"To'xta Umar Fotima juda aqlli, zukko ayol. u bizni oldimizga buni bekorga olib kirib qo'ymagan. Kel, bunga hammamiz o'zimizcha ta'rif beramiz", dedilar. Birinchi Abu Bakr r.a. tos, asal va qilga ta'rif berishga kirishdilar....
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:13:03
Abu Bakr Siddiq r.a.ni bergan ta'riflari:

Namoz o'qiganlarning qalbi tosdan-da nurlidir.

Dunyo andishasini ko'ngilga keltirmasdan ikki rakat namoz o'qimoq boldan-da totlidir.

Turli makruhotlardan pok bo'lib Haq Taologa tavajjuh ila o'zini baxshida qilmoq qildan-da ingichka.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:15:38
Hazrati Umar-ul Foruqni r.a. tos, asal va qilga bergan ta'riflari:

Mehmonni sevuvchi xonadon sohibining qalbi tosdan-da nurlidir.

Mehmonlarni ikrom qilmoq va ko'nglini olmoq boldan-da totlidir.

Mehmonlarning qalbi esa qildan-da ingichkadir.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:18:25
Usmon r.a.ni bergan ta'riflari:

Olimlarning qalbi tosdan-da nurlidir.

Olimlar bilan suhbat qurmoq boldan-da totlidir.

Olimlikka erishmoq va Qur'oni Karimga ma'no bermoq  qildan-da ingichkadir.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:21:56
Hazrati Ali r.a. tos, asal va qilga bergan ta'riflari:

G'azotda qatnashgan g'oziylarning qlablari tosdan-da nurlidir.

G'azotda kofirlar bilan jang qilib, ularni qoniga bo'yamoq boldan-da totlidir.

G'azot nayranglari qildan-da ingichkadir.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:25:21
Bularni eshitib turgan Fotima r.a. tos, asal va qilga bergan ta'riflari:

Erini xushnud va rozi qilgan ayolning qalbi tosdan-da nurlidir.

Eriga jafo qilmasdan uni roziligiga erishmoq boldan-da totlidir.

Erining haqqini o'rniga qo'ymoq qildan-da ingichkadir.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:28:33
Bulardan xabar topgan Rasululloh sav ham tos, asal va qilga ta'rif beridlar:

Ummatimning qalbi tosdan-da nurlidir.

Kavsar sharobi esa boldan-da totlidir.

Shariatimizning ahkomlari va qaytariqlariga amal qilmoq qildan-da ingihckadir.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:31:28
Rasululloh sav dan bularni eshitgan Jabroil a.s. shunday dedilar:

Sizning Nubuvvat nuringiz tosdan-da nurlidir.

Qiyomat kunida maxshar yerida ummatlaringizni shafoat etmog'ingiz boldan-da totlidir.

Sirot ko'prigi esa qildan-da ingichkadir.
Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:38:17
Mana, bu go'zal kalomlarni sizlarga taqdim etdim.
Endi aziz forumdoshalrimizdan asal, tos va qilga bergan ta'riflarini kutib qolamiz.

Birinchi o'zim boshlab bersam,Alloh qodir qilganicha:

Alloh yo'lida sodiq do'st bo'lganlarni qalbi tosdan-da nurlidir.

Bu do'stlar ila hamsuhbat bo'lmoq, ularni bilimlardan bahra olmoq boldan-da totlidir.

Bu do'stlikni hech qanday g'arazsiz, hech qanday ta'masiz va gina adovatsiz oxirigacha yetkazmoq qildan-da ingichkadir.

Nom: Re: Tos, asal va qil...
Yuborildi: Jakonda 30 Mart 2008, 20:14:55
Haqiqatni ayta olgan va Haq yo'lida kurashgan insonning bu dunyosi... bilmadimu, u dunyosi tosdan-da nurlidir.
Haqiqatni aytib, bu dunyoning g'ofil bandalaridan olinadigan uqubat-u jazo boldan-da shirindir.
Haqiqatning yo'li dadil turmaganni yiqitadi, chunki u qildanda ingichka.