forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Xorazm viloyati => Mavzu boshlandi: Robiya 16 Yanvar 2008, 12:11:59

Nom: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Robiya 16 Yanvar 2008, 12:11:59
Assalomu alaykum!
 Faoliyatim davomida turli kitoblarni o'qiyman. Ularda Xorazm viloyati bilan bog'liq ba'zi ma'lumotlarni o'qiyman. Shunda savollar tug'iladi. Ularni forumdagi xorazmlik yurtdoshlarimizdan bilib, aniqlashtirib olishga qaror qildim. Xorazmliklar bunga qanday qarasharkin?
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Robiya 16 Yanvar 2008, 12:14:57
 Kecha bir kitobda shunday fikrni o'qib qoldim. Hovliga yangi tushgan kelinchak qaynota, qaynona, qaynilari bilan umuman gaplashmas ekan. Ba'zan bir umrlab ham gaplashishmas ekan. Shu haqda batafsilroq aytsangizlar. Oldindan rahmat.
Nom: Uzr lekin siz nohaqsiz....
Yuborildi: Sohibjon 16 Yanvar 2008, 13:48:44
Assalomu ALaikum va rahmatulloh!  hurmatli birodari aziz! to`g`ri ko`p kitob o`qigan ekansiz,
Xorazmda kelinlar hech qachon unaqa qimaydi (Allahga shukur)   
1-3 kun shunday bo`lishi mumkin faqat Qaynota bilan., ammo qaynona bundan mustasno, bir umr deganiz esa umuman noto`g`ri siz mani noto`g`ri tushunmang... hurmatli bilan Sohibjon
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: mansur_bek 16 Yanvar 2008, 14:04:28
Kecha bir kitobda shunday fikrni o'qib qoldim. Hovliga yangi tushgan kelinchak qaynota, qaynona, qaynilari bilan umuman gaplashmas ekan. Ba'zan bir umrlab ham gaplashishmas ekan. Shu haqda batafsilroq aytsangizlar. Oldindan rahmat.

 Assalamu-alekum Robiyapa uzrku lekin bir chiroylik nichk tanlagansiz nega umuman hayotga va insoniy muomalaga zid narsala haqida bosh qotirib yurasiz-a? .Har qanday o'zini hurmat qilgan kelin yangi oilada o'zini shu honadon farzandi hisoblashga harakat qimidilarmi?
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Robiya 20 Yanvar 2008, 12:20:17
Kecha bir kitobda shunday fikrni o'qib qoldim. Hovliga yangi tushgan kelinchak qaynota, qaynona, qaynilari bilan umuman gaplashmas ekan. Ba'zan bir umrlab ham gaplashishmas ekan. Shu haqda batafsilroq aytsangizlar. Oldindan rahmat.

 Assalamu-alekum Robiyapa uzrku lekin bir chiroylik nichk tanlagansiz nega umuman hayotga va insoniy muomalaga zid narsala haqida bosh qotirib yurasiz-a? .Har qanday o'zini hurmat qilgan kelin yangi oilada o'zini shu honadon farzandi hisoblashga harakat qimidilarmi?
Bu savolni to'g'ri tushuning. O'qigan narsamni so'ragandim, xolos.  Balki, hozir urf - odatlar o'zgargandir. O'sha paytda shunaqadir. Nima bo'lganda ham,javoblaringiz uchun rahmat.
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Usmon 21 Yanvar 2008, 12:15:17
... hayotga va insoniy muomalaga zid narsala haqida bosh qotirib yurasiz-a...
Odamlagayam hayronsan. So'rashgayam qo'rqib qolasan kishi....
Bir narsa so'ramoqchidim manam, lekin yuqoridagiladan keyin ....
:D
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Robiya 30 Yanvar 2008, 12:13:30
Ajoyib urf — odatlarimiz bor-da. Aniqrog’i Urganch va Xiva shaharlarida bu udum saqlanib qolgan. Kelinchak xonadonga qadam ranjida qilgan kundan boshlab qaynotasiga, qaynonasi, qaynmomasiyu, yoshulli (katta) qaynakalari va qarindosh — urug’larga gapirmaydi, balki imo — ishora bilan munosabatda bo’ladi. Biron gap aytmoqchi bo’lsa, uyidagi bolalar orqali bildirib qo’yadi.
  Kelinchakning shunga o’xshagan ko’ngillarga iliqlik indiruvchi go’zal jihatlari juda ko’p. Qolaversa, bu qadim momolarimizdan qolgan odat. Har bir an’ananing o’ziga xos tarixi mavjud bo’lganidek uning zamirida inson tarbiyasi, o’zaro qaynona va kelin munosabatlari yotgan bo’lsa ajabmas. Mohiyatini tahlil qilishga harakat qilib ko’raylik.
  Tarixning ming bir chig’iriqlaridan o’tgan va bizgacha yetib kelgan betakror udumlarimiz borki, xalqimiz ularni bamisoli tabarruk qilib, bajonudil turish — turmushda tatbiq qilyapti. Elimizga xos bu udumga ko’ra, kelin eng avvalo, ibo — hayosi, iffati va nazokati bilan o’zini namoyon qilishi kerak. O’zbek kelinlari benazir va go’zal fazilatlar sohibalaridirlarki, mabodo ular ana shu chiroydan xoli qoldimi, qo’ni — qo’shnilar, qarindosh — urug’lar oldida izza bo’lishlari tayin.
  Bu mutlaqo kelinning qadrini yerga urish, kamsitish emas, balki milliy, o’zbekona turmush tarzimizning yorqin namunasidir.
  Shunday ersa-da, nega bu udum tatbiq etilgan ekan, degan haqli savol tug’iladi. Xalqimiz hamisha o’ziga maqbul va sara urf — odatlarimizgagina amal qiladi. Shu boisdan gap kam, ish ko’p qilingan joyda urush — janjal, g’idi — bidi bo’lmasligini juda yaxshi bilamiz. Qadim momolar o’zaro munosabatlarda ana shu tomonlarni e’tiborga olgan bo’lsalar ajabmas.
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Robiya 30 Yanvar 2008, 12:13:45
Xorazmda kelinlar kattalar bilan so’rashmoqchi bo’lsalar, tizzalariga qo’lini qo’yib, egilib ta’zim qiladilar. Mutlaqo "œsalom" so’zini aytmaydilar. Qadimda kelinlar hatto yetti yashar qo’shni bolaga ham ta’zim qilishgan. Yillar o’tishi bilan bu unut bo’ldi. Hozir yoshi katta qo’ni — qo’shnilarga, qarindosh — urug’largagina ta’zim qilishadi.
  Qo’shnimiz Oymonjon opa ellikka kirdi. Yaqinda nevara ham ko’rdi. Diqqatga sazovor tomoni shuki, ko’chadagi keksalarga hamon egilib salom beradi.
  To’ng’ich kelinoyim onam bilan roppa — rosa o’n yil so’zlashmadi. Kattasidan o’rnak olguvchi yangalarim ham an’anaga amal qilishdi. Oilada kichkintoylardan biri bo’lganim uchun doimo "œtarjimonlik" qilishga to’g’ri kelardi. Goho qo’rsligim tutib, "œBiyi, endi boshqa tarjimonlik qilmayman, o’zingiz gapirib qo’yaqoling", derdim. Onam kelinoyimga gapiraveringlar"¦ men roziman, deyishsa-da, hurmat yuzasidangina "œchurq" etishmadi. Shundan so’ng kelin bo’lsam albatta gapirganim bo’lsin deb qasam ichganman, lekin qayoqda deysiz. "œQush uyasida ko’rganini qilarkan", bundan tashqari o’zingiz ham uyalarkansiz.
  Xullas, ko’pgina xonadonlarda bu udumga qat’iy amal qilishmoqda. Qishloqdan shaharga tushgan kelinlar ham an’anaga rioya etishyapti.
  Urganch fuqarolik holatini qayd qilish bo’limiga nikohdan o’tishga kelgan yoshlar — kelin-kuyovlar bilan ana shu mavzuda suhbatlashdik. Natijada bir savolga besh xil javob oldik.
  Iroda: Albatta, urf — odatlarga bo’ysunish kerak. Kelin shu bilan chiroyli-da. Qaynlarning ruxsati bilan gapirishim mumkin.
  Xushnudbek kuyov: Men ham so’zlashmaslik tarafdoriman. Oilada gap — so’z kamroq bo’ladi.
  Dildora: Qaynonam nima xohlasalar shu bo’ladi. Menga qolsa so’zlashgan bo’lardim.
  Gulchehra: Ammamga kelin bo’lyapman. Bu to’g’risida o’ylab ko’rmagan ekanman. Kelinlik hayoti boshqacha bo’ladi. Bizdan iboli, iffatli bo’lish talab etiladi.
  Sayyora: Kelinlikning eng chiroyli udumi — so’zlashmaslik. Bu esa qaynlarga hurmat demakdir. Uyda kelinning sasi baland chiqmasligi kerak. Yo’qsa, bu kattalarga hurmatsizlik sanaladi.
  O’zbekona hayo, ibo va nafosat kelinchaklarimiz qalblariga jo bo’lganligini his qilishimiz qiyin emas. Shunga xursand bo’ldimki, yoshlarimiz millatimizga xos an’analarni hurmat qilisharkan. Zotan oilada gapirish yoki gapirmaslik muhim emas. Muhimi qaynona va kelin o’rtasidagi munosabatlarni sog’lomlashtirish, oiladagilarning bir — birlarini tushunib, hurmat qilib yashashidir. Oiladagi totuvlik, o’zaro hurmat va mehr — muhabbat farzandlar tarbiyasiga, ular kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini unutmaylik. Shirali so’z, ochiq ko’ngilik bilan tinch — totuv yashash har bir kishining o’ziga bog’liq.  Dilbar Bekjonova., "œTurkiston" gazetasi, 1994 yil, 28 dekabr
 
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: dilshodnod 13 Fevral 2008, 02:10:51
xaqiqatda shunaqaroq masalan bizda shunaqa lekin ja unaqa bo'lmasaham 3-4 yilgacha gaplashmasliklari mumkin bunda faqat qayn ota bilan  chunki bizda yangi tushgan kelnchak uyalchng bo'ladi o'zining or- nomusini ifoda etadi shu bilan
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:28:09
Rahmat, javobingiz uchun.
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Sheralihon 13 Avgust 2008, 10:52:26
Assalomu alaykum Robiya opa!
To'g'ri aytdingiz,bizda,Horazmda Shunaqa.O'zim ham shu udumning tarafdoriman.Manimcha qaysidir ma'noda kelin va qaynota qaynona orasida masofa bo'lishi kerak.shunda oila mustahkam va tinch,turmush shirin bo'ladi deb o'layman.Honadonga kelinmas qiz keldi deyishadi.Shu kelin qizmas shu honadonnig farishtasi bo'lib qolishini iastayman.Hozir zamon o'zgargan.Ayrim kelin qizlarimiz bu bunaqa udumni bachkanalik deb bilishadi.Afsus bu faqat Horazmdamas,balki hamma joyda bor.Ahir bu an'analar bizga ota bobolarimizdan qolgan emasmi?Ular ham bunda nimagadir asoslanganlar.Bularning barchasi bizgacha etib keldimi biz ham bunga amal qilishimiz,keyingi avlodga chiroyli tarzda etkazishimiz kerak emasmi?Hozirchi,hamma zamonaviylashib ketgan.Chetdan kirib kelgan udumga amal qilishadi.Bizda kelinga osonroq bo'lishi,shu honadonga tez ko'nikishi uchun qaynonalari gaplashishAVERING DEYISHADI.Qaynona qilgan shu kamtarlikni nega kelin qilmasligi kerak.Bu ularning qo'llaridan keladi va men bunga ishonaman.Bu gapim kimgadir ma'qul kelmasa oldindan sizlardan uzr so'rayman.
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Nurzoda 10 Noyabr 2009, 17:52:32
Avvalo assalomu alekum robiya opa!
juda zo'r savol savol beribsiz =)
ha to'ri bizada xorazmda shunaqa bir hil oilalada qaynota b-n vobshem gaplashishmidi qaynonaga esa 3-4 yildan keyin gapirishadi =)
Masalan: Mani tog'amni xotini kelinoyim do'dam b-n vobshem gaplashmaganla joylari jannatda bo'sin do'dam olamdan o'tganla lekin kenlioyim bir martayam gaplashmasdan o'tib ketdila bizada shunaqade hurmat oyimam shunaqa nu buvimla b-n gaplashadilayu momom b-n gaplashmaganla hicham biza yetkizib o'tirardik gaplarini manimcha shunaqangi go'zal odatga hamma xorazmlik kelinla amal qilishsa yahshi bo'lardi buyum bir hurmatni ko'rinishide =))
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Ansora 10 Noyabr 2009, 20:42:58
Avvalo assalomu alekum robiya opa!
juda zo'r savol savol beribsiz =)
ha to'ri bizada xorazmda shunaqa bir hil oilalada qaynota b-n vobshem gaplashishmidi qaynonaga esa 3-4 yildan keyin gapirishadi =)
Masalan: Mani tog'amni xotini kelinoyim do'dam b-n vobshem gaplashmaganla joylari jannatda bo'sin do'dam olamdan o'tganla lekin kenlioyim bir martayam gaplashmasdan o'tib ketdila bizada shunaqade hurmat oyimam shunaqa nu buvimla b-n gaplashadilayu momom b-n gaplashmaganla hicham biza yetkizib o'tirardik gaplarini manimcha shunaqangi go'zal odatga hamma xorazmlik kelinla amal qilishsa yahshi bo'lardi buyum bir hurmatni ko'rinishide =))


rooooossa go'zal odat ekan...Hurmatni qaren hurmatni....urush janjal ,qaynona kelin mojarosi kam bo'sin deb--gaplashishmasa kere.... ana odatu mana odat...hatto kelini b-n bir og'iz gaplashmasdan o'tib ketishibdiya..

Lekin menga to'g'ri kelmaydi. yaxshiyam bunday odatlari yo'q:)
Chunki qaynotam 7 oy biz bilan qoldilar. Qaynonam eng kichkina qaynim boshqa shaharda Tibbiyot fakultetini qozongandan keyin bola o'rganguncha, deb yonlariga ketgandilar.
Qaynotam o'qituvchilar. Uyga soat 13.00 da kelib, ovqatlarini yeb, namozlarini o'qib keyin takror maktabdagi mahsus kurslariga ketardilar.
Ho'jayinimni ishlari qiyinroq bo'lgani uchun kunduz uyda bo'lmaydilar, desam ham bo'ladi.
Men ham o'tgan 7 oy davomida dissertatsiyamni yozayotgan edim. Qaynotam kelardilar, "xush keldingiz", "qachon ovat beray", "qachon ketasiz", deyishim shart:)
"Dadajon, ovqatingiz dasturxonda, men darslarimga qaray", deb bildirmasam, nima bo'lardi, bilmadim:)
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: registan 11 Noyabr 2009, 11:30:29
"Tursucu baba" catoq ekanlaru. ;D
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Ansora 11 Noyabr 2009, 15:10:14
"Tursucu baba" catoq ekanlaru. ;D

Mashallohlari bor:)
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: MSJON 26 Noyabr 2009, 15:50:21
Sizlarni va oila a'zolaringizni Iydul azho-Qurbon hayiti bilan samimiy
qutlab qolaman . Siz azizlarga sihat salomatlik, mustahkam e'tiqod, ikki
dunyo saodati hamda honadonlarizga fayzu barakot tiliyman !!
HAYITINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!
(http://s58.radikal.ru/i159/0911/02/876e60d10d58.jpg)
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: ABU ZUFAR 19 Oktyabr 2010, 22:34:47
Assalomu alaykum!
 Faoliyatim davomida turli kitoblarni o'qiyman. Ularda Xorazm viloyati bilan bog'liq ba'zi ma'lumotlarni o'qiyman. Shunda savollar tug'iladi. Ularni forumdagi xorazmlik yurtdoshlarimizdan bilib, aniqlashtirib olishga qaror qildim. Xorazmliklar bunga qanday qarasharkin?

Ха Сиз айтган холат бизни Хоразмда бор :).....Бунинг ёмон жойи йук,аксинча бу хурматни билдиради келин томондан.Кейин умуман гаплашмиди деган гап йук.Гаплашади ,факат шивирлаб ,овоз чикармасдан гаплашади.Менинг Кайнонам кайнонаси билан 6 йил шивирлаб гаплашган :))
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: Ansora 20 Oktyabr 2010, 15:40:51
Xorazmni qovuni mashhur deyishadi, ma'lumot bersangiz:)
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: ABU ZUFAR 21 Oktyabr 2010, 08:09:55
Xorazmni qovuni mashhur deyishadi, ma'lumot bersangiz:)

Хакикатан Хоразмнинг Гурвак,бешак,Олахомма деган навлари дунёнинг хеч бир ерида йук деб уйлайман....Яна ширинпечак хам жуда мазали.....Шуларнинг ичида ГУА ВАК снг мазали тенги йук ковундир....Келсангизлар Мехмон килардим Ковун пишигида ;))...Айтганча Гурвак ёз ковуни.....Хандалакдан кейин чикади ...Кузгача тамом булади....Июльнинг охири Августь ойида маромига етиб пишади :)
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: yoqutxon 21 Oktyabr 2010, 08:36:13
Assalom aleykum. Horazmda bir ammam yashaydilar. Har yil kelganlarida qovun op  keladila. U qovunlarni ta'mi og'zingizda qoladi. Lekin nomini so'ramagan ekanman.......... Balki guvrakdir. Nima bo'lgandayam horazm qovunlariga gap yo'q. 
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: ABU ZUFAR 21 Oktyabr 2010, 08:45:39
Ваалайкум Ассалом....Тугри айтасиз :)

Узр савол бор сди....Бу ерда кандай мавзу очса булади?.....Менга хеч куринмаспти снги мавзу очиш функяисси.....Бу форумда биз Хоразмликлар канча сканлигимизни билмокчийдим :)
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: yoqutxon 21 Oktyabr 2010, 09:23:52
Mavzu ochish oson. Masalan siz Xorazm bo'limida mavzu ochmoqchisiz. Birinchi bo'limga kirasiz kirganingizdan so'ng yuqorida o'ng tarafda ''Yangi mavzu'' degan joy bor. O'shani tanlaysiz .
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: ABU ZUFAR 21 Oktyabr 2010, 12:48:44
Mavzu ochish oson. Masalan siz Xorazm bo'limida mavzu ochmoqchisiz. Birinchi bo'limga kirasiz kirganingizdan so'ng yuqorida o'ng tarafda ''Yangi mavzu'' degan joy bor. O'shani tanlaysiz .

Афсус менга куринмасптида шу снги мавзу деган функяис....Аки Админдан доступ олиш керакми ?
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: smartboy_uz 21 Oktyabr 2010, 13:54:57
Assalomalekum, yangi mavzu ochadigan joyni quyidagi rasmdan ko'rib olishiz mumkin:

(http://i062.radikal.ru/1010/91/9ebd1c266c6d.jpg)
Nom: Re: Xorazmliklarga savollar!
Yuborildi: ABU ZUFAR 24 Oktyabr 2010, 07:24:10
Assalomalekum, yangi mavzu ochadigan joyni quyidagi rasmdan ko'rib olishiz mumkin:

(http://i062.radikal.ru/1010/91/9ebd1c266c6d.jpg)
:bar:

Ваалайкум Ассалом ва А охматуллохи ва Боракотуху

Катта рахмат биродар Смартбой,уз.....А­нди топдим ,Аллох рози булсин биродар!