forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Kino olami => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:54:44

Nom: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:54:44
"Yoshlar" teleradiokanali orqali namoyish etilayotgan Janubiy Koreyaning "Dengiz hukmdori" filmi minglab muxlislarni ekranga "mixlab" qo`ymoqda. Film tarixiy voqealar asosiga qurilgan bo`lib, bundan taxminan 1200 yil avval yashab o`tgan admiral Jang Bogoning hayoti haqida hikoya qiladi.
 

 
Jang Bogo 676-935-yillarda Sharqiy Osiyo bozorlarida hukmronlik qilgan Shila sulolasi vakili bo`lgan. U 846-yilgacha yashagan. Tug`ilgan vaqti esa noma`lum. Jang Bogo siyosatchi, savdogar, dengizchi va harbiy arbob bo`lgan. Tarixdan uni Vandodagi Chung Hay shahrining qurilishida ishtiroki ham ma`lum. Shuningdek u Vandoda turib Xitoy va Yaponiya bilan dengiz orqali savdo aloqalarini amalga oshirgan. Uning floti Shila, Tang kabi shaharlarda ham savdo bilan shug`ullanishgan. Uni Xitoy bilan Yaponiyani do`stligiga asos solgan kishi deb atasak ham bo`laveradi.




Film Choi In-honing shu nomli asari asosida suratga olingan. "Dengiz hukmdori" seriali Gung Bok nomli yetim bolaning Buyuk dengiz hukmdori bo`lishgacha bo`lgan mashaqqatli yo`li haqida ma`lumot beradi. Shuningdek filmning qiziqarli ko`rinishini ta`minlash uchun Yami xonim va Yung Hva xonim obrazlari kiritilgan. Aynan shu obrazlar filmdagi muhabbat va nafratni kuchaytirgan va film muvaffaqiyatini ta`minlagan.




Filmga 50 milliard von sarflangan. Mehmonxona, bozor, Shiladagi ofis, portlar film uchun maxsus qurilgan. Katta o`lchamdagi harbiy janglar va qaroqchilar bilan bo`lgan jang sahnalari kompyuter yordamida tayyorlandi.
Filmning muvaffaqiyatida aktyorlar tarkibining katta ahamiyati bor. Hozir sizlarni filmda asosiy rollarni ijro etgan aktyorlar bilan tanishtirib o`tamiz.

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:56:31
"Dengiz hukumdori" filmi  ishtirokchilari:

Choi Su Yong
Choi Su Yong filmda bosh roldagi Gung Bok va Jang Bogoni jonlantirdi. Aktyor 1962-yilning 28-dekabrida tug`ilgan. Debyut rolini u 1987-yilda "Muhabbat daraxti" filmida o`ynagan. U Kolorado davlat universitetini tugatgan. Oilali bir o`g`il, bir qizning otasi. Hobbisi: u har yakshanba kuni ertalab sokker o`ynaydi.
Filmografiyasi:
"Young Punch" (1988-yil)
"Il Ji Mae superodam" (1990-yil)
"Bu sir" (1990-yil)
"Siz uchun qaytadan" (1991-yil)
"Yulduzli kechada" (1991-yil)
"Yomg`irni ertaga to`xtashini istaysizmi?" (1991-yil)
"Pastda ayol" (1992-yil)
"Bo`sa olmaydigan erkak" (1994-yil)
"Ilk muhabbat" (1996-yil)
"Dengiz hukmdori" (2005-yil)
"Yosh Dae Jo" (2006-yil)
Yutuqlari:
1996-yil - Yilning eng yaxshi aktyori (KBS Drama Award)
1997-yil - Yilning eng yaxshi aktyori (Korea Broadcasting va Filming Association Award)
1999-yil - Korea Broadcasting Producer Award
1999/2001-yil - Yilning eng yaxshi aktyori (KBS Drama Award)
1999-yil - Yilning eng yaxshi aktyori (Baeksang Art Award)

Filmda u yaratgan obraz bolaligidan ota va onasidan ajrab qolgan yetim boladir. Hayot qiyinchiliklari Gung Bokni mulohazali, lekin qasos o`ti bilan yonayotgan odamga aylantiradi. Uni dengizni bilishi unga ko`plab omad keltiradi. U gladiatordan boshqaruvchiga, keyin esa Chung Hay elchisi darajasiga yetadi.


Mashhur uzdan olindi
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:58:20
Chai Si Ra
Chai yaratgan Yami obrazi huddi buqalamunga o`xshaydi, vaizyatga qarab o`z foydasi tomonga og`ib ketaveradigan. Aktrisa buni juda yaxshi ko`rsatib bera olgani ham uning mahorati yuksakligidan dalolat beradi. Filmni ko`rgan har bir kishi beixtiyor Yami xonimni yomon ko`rib qoladi. Bu esa aktrisaning muvaffaqiyatidir. Aktrisa 1968-yilning 25-iyunida tug`ilgan. Aktrisa debyut rolini o`ynaganda 16 yoshda edi. U rolini mahorat bilan ijro etgan va muxlislar haligacha bu rol haqida gapirib charchashmaydi. Aktrisa turmushga chiqqan va bitta qizalog`i bor.
Filmografiyasi:
"Tongotardagi ko`zlar" (1991-yil)
"Neon fonusdagi quyosh" (1995-yil)
"Ona, yulduz va Aktiniya" (1995-yil)
"Qahramon Hong Kil-Dongning qaytishi" (1995-yil)
"Ayollar nidosi" (2001-yil)
"Endearment qoidalari" (2004-yil)
"Dengiz hukmdori" (2005-yil)

"Choi Jang-Su ko`rinmas odam" (2006-yil)

 

Yami xonim go`zal va aqlli ayol. U ko`zlagan maqsadiga boshqalarning qurbonliklari evaziga erishish strategiyasini ishlab chiqqan. U boylik va qudrat uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Yami xonim Yung Hvaga yordam berishga harakat qiladi. U qaroqchilar hujumidan so`ng ota-onasiz qolgan qizni o`z qaramog`iga oladi. Lekin uning maqsadi qizdan o`z manfaatlari yo`lida foydalanish edi. Yami xonim Jang Bogoni ham o`z flotida ko`rishni istar edi. Jang Bogo uning flotida soqchi bo`lib ishlaydi. Biroq, keyingi voqealar, ya`ni Jang Bogoni Seol Pyungni qo`l ostiga o`tishi unga nisbatan dushmanlikni uyg`otdi. Chunki o`z buyrug`iga asosan amalga oshirilgan jazo uchun albatta qasos olinishini bilar edi. Seol Pyungni ish boshqaruvchisi bo`lgan Jang unga yetarlicha tashvish tug`dira oladigan raqib sifatida shakllanmoqda edi.

Mashhur uzdan olindi
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 05:03:01
Song Il Guk
Yum Yang obrazi tomoshabinlarda ikki hil taassurot qoldiradi. Avvaliga hamma uni yoqtirardi. Keyin esa... Yum Yang obrazini yaratgan Song Il Guk 1971-yil, 1-oktabrda tavallud topgan. U Koreyaning mashhur aktyorlaridan hisoblanadi. Aktyor "Jumong" serialida bosh rolni ijro etgach bunday mashhurlikka erishgan. U Chenju universitetida teatr va kino yo`nalishida ta`lim olgan.
Filmografiyasi:
"Biz rostdan ham bir-birimizni yoqtiramizmi?" (1999-yil)
"Tansoqchi" (2003-yil)
"Saxroda bahor" (2003-yil)
"Endearment qoidalari" (2004-yil)
"The Art of Seduction" (2004-yil)
"Qizil ko`zlar" (2005-yil)
"Dengiz hukmdori" (2005-yil)
"Uch Xan kitobi" (2006-yil)
"Lobbylist" (2007-yil)
Yutuqlari:
2006 MBC Best (Golden) Actor

2006 MBC Drama Awards: Daesang Award

2006 MBC Drama Awards: Top Excellence Award

2005 MBC Awards: Best Actor, Most Popular Actor, Best Couple (With Su-ae)

2005 KBS Acting Awards: Best Actor

2004 KBS Awards: Best Couple (With Han Ga-in)

2002 KBS Acting Awards: Best New Actor

 

Yum Yang yoshligida qaroqchilarga qo`shilib ketadi. U shu sharoitda katta bo`ladi. U qilich bilan juda yaxshi "muomala" qilar edi. Jang san`atini ham juda mukammal egallagan edi. Keyinchalik qaroqchilarning boshlig`i janob Li tomonidan tashkil etilgan flotda ish boshqaruvchi bo`lib ishlaydi. U Yung Hvani yoqtirib qoladi. Bu esa o`zi jang san`atini o`rgatgan Jang Bogo bilan raqib bo`lishiga sabab bo`ladi. U bir necha marta Jang Bogoni o`ldirishga harakat qiladi. Va bunga erishadi ham.

Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 05:04:16
Su E
Aktrisa Su E yaratgan Yung Hva obrazi ham kinoda alohida ahamiyatga ega. U ikki qahramonning o`zaro raqib bo`lishiga sabab bo`lib, filmning qiziqarliligini ta`minlaydi. Su E 1980-yilning 19-avgustida tug`ilgan. Suzish uning jonu dili.
Filmografiyasi:
"Sevgi maktubi" (2003-yil)
"Karusel" (2003-yil)
"Aprel bo`sasi" (2004-yil)
"Oila" (2004-yil)
"Dengiz hukmdori" (2005-yil)
"Nikoh tashviqoti" (2005-yil)
"Faqatgina yozda" (2006-yil)
"9 ta ichki, 2 ta tashqi" (2007-yil)
Yutuqlari:
2004 New Actress of the Year, the Blue Dragon Film Festival
2004 New Actress of the Year, the Korean Film Award

 

Yung Hva Jang Bogoni yoqtirardi. Uning ota-onasi qaroqchilar hujumida vafot etishadi. Shundan beri u Yumi xonimning qo`l ostida. Yung Hva juda muloyim qiz bo`lib o`z muammolrini bartaraf eta olmaydi.

Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 05:04:55
Film 50 qismdan iborat. Biz sizlarga filmda asosiy rollarni ijro etgan aktyor va aktrisalarni tanishtirdik. Hozir sizlarga biz film nima bilan tugashi haqida aytmoqchi emasmiz. Faqatgina film direktori - Gang Byok-taekning aytgan so`zlarini eslatib o`tmoqchimiz: "Men Jang Bogo timsoli orqali odamlarga mehnat qilish orqali hamma narsaga erishish mumkinligini ko`rsatdim. Yetim bolaning o`z mehnati orqali Sharqiy Osiyo dengizlari va savdo olami hukmdoriga aylanganini siz o`z ko`zingiz bilan ko`rdingiz".

shbu ma'lumotlar Mashhur.uz dan olindi
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: djepotai 21 Yanvar 2008, 13:04:08
Тушунмадим, Жахон киносининг снг сснгги снгилиги бу "Денгиз ҳукмдори" сериалими,
ундан ташқари снгилик йсқми ? ? ?
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: qaysar 21 Yanvar 2008, 15:11:04
Тушунмадим, Жахон киносининг снг сснгги снгилиги бу "Денгиз ҳукмдори" сериалими,
ундан ташқари снгилик йсқми ? ? ?

Sekin-sekin-de, hozir bizada eng topdegi serial shu bo'lib turibdi.
Qolganlariniyam asta-ekin kiritishar.
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:46:20
Xitoylik kinoaktyor Jet Li "œThe Warlords" filmidagi roli uchun 10 million yuan (13 million dollar) miqdoridagi gonorarni qo`lga kiritdi. Bu summa Xitoy kinosanoati uchun rekord miqdor hisoblanadi.
 

 
Film byudjeti 40 mln. dollarga teng. Uning yarmi aktyorlar uchun gonorar tarzida ajratiladi. Film rejissyori Piter Channing fikricha filmda Jet Lining ishtiroki filmning kassabopligini ta`minlaydi. Ushbu filmning premyerasi 13-dekabr kuni Gonkongda bo`lib o`tadi. Bu kabi rekordni avval ham aynan Jet Li o`rnatgan edi. O`shanda u "œQahramon" filmidagi roli uchun 70 million yuan olgan edi.
 

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:47:06
31-yoshli aktrisa Riz Uizerspun 2007-yilning eng ko`p gonorar oladigan aktrisasi sifatida qayd etildi. Uning bitta rol uchun oladigan gonorari miqdori 15-20 millionni tashkil qilgan.
 

 
O`tgan yili Riz 15 million bilan faqatgina Nikol Kidmandan ortda qolgan edi. Avstraliyalik aktrisa Nikol Kidman bu yilni to`rtinchi bo`lib yakunladi. Uning bitta rol uchun oladigan puli 10-15 millionni tashkil etgan.

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:47:28
Bu yil ikkinchi va uchunchi o`rinlarni Anjelina Joli va Kameron Diaslar egallashgan. Ular bitta film uchun o`rtacha 15 milliondan olishgan. 5-8-o`rinlarni Rene Zellveger, Sandra Ballok va Juliya Roberts band etib turishibdi. Ular bu yili 10-15 million evaziga suratga tushishgan. O`ntalikka 10-12 millioni bilan Dryu Berrimor va Jodi Foster nuqta qo`ygan.


Kameron Dias


2002-2005-yillarning eng qimmat aktrisasi bo`lgan Juiya Roberts bu yil ham uchlikka kira olmadi. Buning sababi albatta uning bolalari bilan bog`liq. Juliya hozirda egizaklari tarbiyasi bilan band. Lekin, avval xabar qilganimizdek u kinoda ham rollar o`ynamoqda. Shu yilning dekabr oyida uning ishtirokidagi "œCharli Uilson jangi" filmi kinoprokatlarga chiqariladi.
G`oliba Riz esa o`tgan yili ikkinchi o`rinni egallagan. U juda yaxshi ko`rsatkichlarga ega bo`lgan aktrisa hisoblanadi. Riz romantik va komediya yo`nalishlari aktrisasidir. Riz Uizerspun 2006-yilda "œWalk in Line" filmi uchun "œOskar"ni ham qo`lga kiritgan edi.
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:47:50
Bugun biz TV-Markaz orqali namoyish qilinayotgan va muxlislarning alohida e`tiboriga tushgan Jassi haqida ma`lumot beramiz.
 

 
Jassi, ya`ni Mona Singh Hindistonning Dejli shahrida tug`ilgan. U muqaddas Mira va Pyun kollejlarida tahsil olgan. "œJassiga o`xshashi yo`q" filmida hunuk qizni ijro etganiga qaramay Mona Singh hayotda go`zal qiz. U aktrisa va model bo`lib faoliyat yuritadi. Uning kinodagi debyuti ham aynan Jassidir.
2005-yilda yaratilgan bu serial Hindistonda xit darajasiga ko`tarildi. Undan tashqari hind moda sanoatida ham alohida e`tiborga sazovor bo`ldi. Mona Singh bu filmda bosh qahramon, ya`ni Jassi obrazini yaratgan. Modalar agentligiga ishga kirgan bu hunukkina qiz o`z harakatlari tufayli nafaqat tashqi ko`rinishini o`zgartiraoladi, balki o`z shahzodasining qalbiga sevgi olovini ham yoqa oladi. Hindistondagi ko`pchilik qizlar unga hatto havas bilan qarashadi.
Mona Singh bu serialda suratga tushishiga qadar modellik bo`yicha ancha-muncha muvaffaqiyatlarga erishgan. Mona kinoda suratga tushish uchun shartnoma imzolaganlarida unga g`alati shartni ham ilova qilishgan. Ya`ni, u ikki yil davomida (serial shuncha davom etadi) ommaviy axborot vositalarida Jassi qiyofasida ko`rinishi kerak. Intervyularni ham Jassining tilidan berishi kerak edi. U shu vaqt davomida o`zining haqiqiy qiyofasini oshkor etmagan.
Ikki yildan keyin Jassi yana sohibjamol Mona ko`rinishida omma oldida namayon bo`ldi. Bu bilan film prodyusserlari o`ziga hos shou qilishmoqchi edi va bu modalar olamiga ham foydali bo`lishini ko`zda tutishgan edi. Harakatlar o`z samarasini berdi. Hozirda ko`pchilik hind qizlari modelyer bo`lish ishtiyoqida.
Quyida sizlarning e`tiboringizga Mona Singh bilan qilingan suhbatni havola etamiz.

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:48:24
 Siz o`zingiz yaratgan obrazdan xursandmisiz?
- Ha, men juda xursandman. Men huddi yangidan tug`ilgandek bo`dim.
- Ekranlarda namoyish etilmagan obrazingiz haqida ham qisqacha gapirib bersangiz.
-  Men har kuni 22:00 da ekranlarda paydo bo`lar edim. Keyin sochlarimni turmaklash uchun salonga, undan keyin grim qilishga borib, soat 2:00 gacha o`sha yerda bo`lardim. Yana soat 5:30 dan boshlab television obrazga o`tishim kerak. Ko`rib turibsiz-ki, men yangi soch turmagimdan bir necha soatgagina bahramand bo`lar edim holos.
- Hozirgi soch turmagingizga qadar necha marta salonga murojaat etgansiz?
- Juda ko`p marotaba. Hatto sanog`idan ham adashib ketasiz. Men bir kunda ikki martalab ham salonlarga borar edim. Buning ustiga grim xonasida ham ko`p bo`lishimga to`g`ri keladi. Yana bir voqea stomatolog huzurida ekanligimda bo`lgan. Mening tishlarimga maxsus anjom o`rnatilgan edi. Bu tishlarimni hunuk ko`rinishi uchun qilingan. Uni oldirib tashlaganimda tishlarim uzoq vaqtgacha og`rib yurgan. Chunki, men unga o`rganib qolgan edim-da.
- Jassi obrazini yaratishingizda sizga nima qiyinchilik tug`dirgan?
- Kiyimlar va tishlarimdagi anjom. O`shanda milklarim ham qonab ketgan edi. Lekin dialoglar va so`zlarmi yodlash unchalik qiyin bo`lmagan.
- Sizning  asl ismingiz Mona emasligi haqida ham eshitib qoldik"¦
- Ha, mening haqiqiy ismin Jasmit. Mening opamning ismi Sona. Yaqinlarim unga taqlid qilib meni Mona deb chaqirishadi.




- Bo`sh vaqtingizda nimalar bilan shug`ullanasiz?
- Mening bo`sh vaqtimning bo`lishining o`zi qiyin masala. Men huddi mashina kabi ishlayman, doimo yugurib yuraman. Lekin, bo`sh vaqtim bo`lganida karri va rajma tayyorlashni yoqtiraman. Yana"¦ do`stlarim bilan kinoga borishni ham.
- Siz teatrga biror marta Jassining kiyimida borganmisiz?
- Yo`q.
- Jassi Apura Agnixotri va Samir Soniani yoqtiradi. Mona-chi?
- Monani muhabbatga vaqti yo`q. Boshqa ishlarimga ham zo`rg`a ulguryapman.
- Ijodingizni davom ettirasizmi?
- Bu haqda hali o`ylab ko`rganim yo`q. Lekin Bollivud juda keng va hilma-hil. Men kinolardan ko`ra televideniyada ishlashni ma`qul ko`raman.




- Hayotda ham o`shanday hodisa bo`lishi mumkinmi? Ya`ni chiroyli yigit hunuk qizni yoqtirib qolishi"¦ Siz nima deb o`ylaysiz?
- Ha, bunday holat bo`ladi. Mening bir sinfdoshim bitta chiroyli yigitni yoqtirib qolgan edi. Qiz unchalik chiroyli bo`lmagani sababli biz uni orzusiga yetisha olmaydi deb hisoblardik. Lekin ular turmush qurishdi, hozirda juda baxtli.

Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:49:01
Ko`pgina mashhur Gollivud aktyorlari kinobiznesini zarar bilan ishlashga sabab bo`lishyapti. Buni Global Media Intelligence kompaniyasi ma`lumotlari tasdiqlaydi.
 

 
Tadqiqotchilarning aniqlashlariga ko`ra, 2006-yilda chiqarilgan oltita kinostudiyaning 132 ta filmi 1,9 mlrd. Dollar miqdorida studiyalarga zarar ketirgan. 2000-2004-yillarda bu miqdaor ancha kam summani tashkil etgan. Bugungi kunga kelib, aktyorlarga to`lanadigan narxlar oshganligi va boshqa sarf-harajatlar oshganligi sababli buy o`qotish ana shunday katta ko`rinishga ega bo`lgan.
Kinostudiyalar uchun eng katta chiqim aktyor va aktrisalarning gonorari bo`lmoqda. Ba`zi aktyorlarga bitta kertinada suratga tushishi uchun 100 mln. dollargacha sarflashga majbur bo`lishyapti. Undan tashqari, kinodan olingan daromadning 20 foizigacha pul olish to`g`risida ham shartnomalar tuzilyapti. Aynan shu chiqim kinostudiyalarning daromadini kamaytirib yuboryapti. Masalan, "œTugallanmagan missiya - 3" filmi uchun Tom Kruz 95 million dollarni qo`lga kiritgan. Kartina esa kinoijaralarda 400 millionga yaqin pul ishladi.
Undan tashqari, hozirgi kunda Gollivud filmlariga bo`lgan talab avvalgidan birmuncha kamaygan. Reklama va filmlardagi maxsus effektlar esa qimmatga tushmoqda.
 

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:49:34
Rossiyalik mashhur aktyor Sergey Bezrukov o`zining 34 yoshini qamoq kameralaridan birida nishonlash "œbaxtiga" musharraf bo`ldi. U bu yerga o`z hohishi yoki aybiga binoan keltirilmagan"¦
 

 
Rus kinoijodkorlari Sergey ishtirokida "œQat`iy rejimdagi ta`tilllar" filmini suratga olishyapti. Bu sahna ham aynan shu filmning bir qismidir. "œTug`ilgan kunimni shunday joyda o`tkazaman deb sira ham o`ylamagan edim, - deydi aktyor bu haqda. — Yaxshi hamki bu qamoq haqiqiy emas."  Filmni suratga olish ishlari Pskovning Opochka shaharchsida bo`lib o`tmoqda.
 - Ha aytgancha, Pushkin ham bu shaharda bo`lgan. Lekin u balga kelgan edi. Menga o`xshab qamoqqa emas, - deb kuldi Sergey
 

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:50:09
Koreys kinoijodkorlari tomonidan mahorat bilan ishlangan "œQish sonatasi" seriali o‘zbek tomoshabini uchun yana bir sevimli aktyorni kashf etgan. Boshqa mamlakatlarni bilmadigu, har qalay bizda u Chjun Sang nomi bilan shuhrat qozondi. Aktyorning mahoratli ijrosi, ko‘rkam tashqi ko‘rinishi, ayniqsa, yoqimli tabassumi muxlis qizlar qalbini zabt etdi. O‘zbek tomoshabini ham namoyish etilajak koreys seriallaridan aynan uni izlaydigan bo‘ldi. "œMuhabbat va ehtiros" bunga yaqqol misol. Filmni serialda aynan biz bilgan Chjun Sang qatnashgani uchun ham sevib tomosha qiladiganlar talaygina. Demak,  Chjun Sang haqida barchasi...
 

 
BOLALIGI

Be Yon Chjun 1972 yil 29 avgustda Seulda tug‘ilgan. Tengdoshlari qatori avval bolalar bog‘chasiga, so‘ng boshlang‘ich maktabga qatnadi. San’at maktabiga borishdan oldin odatiy o‘rta maktabda tahsil oldi.
Bolaligida anchayin yuvosh, kamgap bola bo‘lgan. O‘ziga o‘xshagan bir nechta do‘stlari bilan doimo birga edi. Uning bitta singlisi bor.




SAN’AT OLAMIGA TASHRIF...

Sungkyunkwan universiteti qoshidagi san’at maktabini tamomlaganidan so‘ng birin-ketin filmlarda suratga tusha boshladi. Uning debyut filmi "œPpilKu" 1994 yilda suratga olingan. Keyinroq "œSalom, sevgi" ("œSalut D"Armour", 1994) va "œSeparatizmga olti kadam" ("œSix Steps to Seperation", 1995) dramalarida suratga tushdi. Aynan mazkur filmlar uni yulduz darajasiga chiqardi. Bundan oldinroq u "œSevgi haqiqati" ("œTrue To Love") filmida bosh rolni ijro etgan, lekin film muvaffaqiyat qozona olmagandi. Birinchi mag‘lubiyati ana shu!

Be atrofdagilar nazdida omadsiz yigitcha bo‘lib qolishni istamay, o‘z ustida kunu tun ishladi. Intilishlari samarasi o‘laroq, iqtidorini namoyish eta oldi. Rejissyorlar uni o‘z filmlarida ayniqsa, rahbar rolida ko‘rishni istab qoldilar. "œHotelier", ya’ni biz bilgan "œMuhabbat va ehtiros" serialidagi rolni hech bir aktyor Bechalik mahorat bilan ijro eta olmagan.




HAMKASBLARI U HAQDA

Chjang Yon Vu, "œMuhabbat va ehtiros" filmi direktori:

- Men uni ilk bor 1998 yilning 12 oktyabrida uchratganman. Birinchi taassurot yolg‘onchi bo‘ladi, deganlaricha bor ekan. Chunki men uni hozirgiday emas, boshqacha tasavvur qilgan edim. Ehtimol, o‘shanda Be o‘zini ancha kamtar tutgandir?  "œEy, siz professional aktyorlardek bo‘lishni xohlamaysizmi o‘zi?" degan gapimga hozir o‘zimning kulgim keladi.

Bizning ikkinchi uchrashuvimiz 1999 yilning 7 dekabrida bo‘lgan. Esimda, tun bo‘yi unga aktyorlik kasbining buyukligi, mashaqqatlari, agar bo‘lajak aktyor ijro etayotgan rolining mohiyatini tushunmasdan o‘ynasa, hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmasligi to‘g‘risida gapirgandim. O‘shanda tajribaning qanchalik muhimligini muhokama qilgan edik.

Vaqt o‘tib, gazetalar bosh sahifalarida Be Yon Chjun haqida yoza boshlashdi.  Intellektuallik - uning asosiy obrazi bo‘lib qoldi. O‘zi ham doim shunday bo‘lishini xohlardi.

Amerikaga kelganida dastlab uzundan-uzun inglizcha matnlarga biroz qiynalgandi. Shu sababli ish jarayonida hatto, tushlik vaqtini ingliz tilini o‘rganishga bag‘ishlardi. Hamma tushlik qilish uchun oshxonaga yoki do‘konlarga ketsa, u inglizcha talaffuzidagi "œL"ni to‘g‘irlash uchun amerikalik bir aktyor bilan "œHotel, Hotel!" deya qichqirgani-qichqirgan. O‘shanda kamgina miqdorda oladigan gonorarini til o‘rganishga sarflab, qolganini esa tejab-tergab ishlatardi.

Ba’zan tushkunlikka ham tushib qolar, ba’zida jahli chiqardi. Xullas, ana shunday qiyinchiliklar evaziga u nimalarga qodirligini namoyish eta oldi.



 

Che Chji U, aktrisa ("œQish sonatasi"dagi Yu Chjin):

- Be bilan yaqinligimdan xursandman. U bilan ishlash juda maroqli. Muxlislar shunchalik sevganlaricha bor. Hamkasbim inson sifatida ajoyib shaxs! "œQish sonatasi" filmi suratga olinayotganida bosh rolga Be taklif etilganini bilardim. Lekin keyinroq u filmda qatnashmasligi mumkinligini eshitib, to‘g‘risi, mening ham suratga tushgim kelmay qoldi. Lekin... o‘zingiz guvohi bo‘ldingiz: biz "œQish sonatasi"da u bilan birga ishladik.

Filmda birinchi sevgisiga sadoqatli qiz obrazini talqin etdim. Agar hayotda ham serialdagidek kechganida, ya’ni birinchi sevgim Bedek yigit bo‘lganida, xuddi Yu Chjindek yo‘l tutardim.

Song Yona, aktrisa ("œMuhabbat va ehtiros" serialidagi Chjin Yang):

- "œBoss", "œHimoyachi", "œYomon bolalar" kabi kartinalarga taklif etganlarida Be Yon Chjun bilan birga suratga tushishni xohlagandim. Nihoyat, "œMuhabbat va ehtiros"da birga ishladik. Filmdagi "œDon Xyuk va Jin Yan" obrazlari va ularning muhabbati muxlislar ko‘nglidan joy olganidan baxtiyorman. Bening bir odatiga qoyil qolaman: o‘z ustida tinim bilmay ishlaydi, bu borada o‘zini mutlaqo ayamaydi. Uni model-aktyor sifatida bilaman. Be hamkasblar orasida jiddiyligi bilan ajralib turadi. Hatto, uning laqabi ham bor: "œJanob jiddiy" (kuladi). Lekin qanchalik jiddiy bo‘lmasin, ochiq tabiatli, ko‘ngli yumshoq inson.

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:50:46
BYE YON CHJUN ISHTIROKIDAGI SERIALLAR:

 2002: "œQish sonatasi" (KBS)

 2001: "œMuhabbat va ehtiros" (MBC)

 1999: "œSevgiga sadoqat" (MBC)

 1998: "œYalangoyoq yoshlik" (KBS)

 1997: "œBirinchi muhabbat" (KBS)

 1996: "œOta" (KBS)

 1995: "œYoshlikning kuyoshli damlari" (KBS)

 1995: "œDengiz shabadasi" (PSB)

 1995: "œSeparatizmga olti kadam" (KBS)

 1994: "œSalom sevgi" (KBS)




FILMOGRAFIYA:

 2005: "œApreldagi qor"

 2003: "œAytilmagan mojaro"

 1994: "œPpilKu"

MUKOFOTLARI:

       1995: KBS: "œEng yaxshi boshlovchi-aktyor" va "œSuratga juda yaxshi tushadigan aktyor" mukofotlari...

       1996: KBS: "œTengi yo‘q aktyor" va "œEng taniqli aktyor" 1997: mashhurlik mukofoti

       2002: KBS: "œMashhur aktyor" va "œEng exshi aktyor"

       2002: Mashhurlik mukofoti

       2003: "œMoviy ajdarho": "œEng mohir aktyor" va "œTaniqli yulduz" sovrindori

       2005: mashhurlik mukofoti

KITOBI:

2004: "œTasavvur: 1-ovoz"

BILISHNI ISTAGANLAR UCHUN:

Bo‘yi: 181 cm.
Vazni: 78 kg.
Burji: Sunbula.
Oilasi: Otasi, onasi, singlisi.
Xobbisi: Baliq ovlash, mutolaa, suzish, suv-chang‘i sporti, bouling...
Yoqtiradigan kiyim uslubi: jinsi, sport kostyumi, qora  ko‘zoynaklar taqishni yaxshi ko‘radi.
Mashinasi: qora "œEquus"
Odati: bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha dush qabul qiladi. Suvni juda yaxshi ko‘radi.
Orzusidagi qiz: unga Annetta Beningga o‘xshagan aqlli qizlar yoqadi.
U uchun qadrli: kamera, kino va kundaliklar
Shiori: Hayot uchun!
Uni qadrlashadi: nafaqat muvaffaqiyatli rollari uchun, shuningdek, o‘tkir aqli, ajoyib tahlilchi sifatida ham.
Yoqtirgan aktyorlari: hamyurtlari orasidan Enn Sung Gi, xalqaro miqyosda Robert de Niro, Al Pachino.
U birga ishlashni afzal ko‘radigan ijodkorlar: Martin Skorses, Alfred Xichkok.




QISQA SATRLARDA:

       Qator filmlardagi muvaffaqiyatli rollariga qaramay, "œQish sonatasi" uning "œtashrif qog‘ozi" bo‘lib qoldi.

       "œQish sonatasi" butun Osiyo mamlakatlari bo‘ylab namoyish etilgan.

       Mazkur seraial ayniqsa, Yaponiyada katta muvaffaqiyat qozondi. "œQish sonatasi" o‘z yurtida aholining 80 foizini ekran qarshisiga to‘play olgan bo‘lsa, yaponlarning deyarli barchasi uni sevib tomosha qildi.

       Chjun Sang obrazi Be Yon Chjunni mashhurlik cho‘qqisining qoq markaziga olib chiqdi. Film namoyishidan so‘ng ana shu nom ostida ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Masalan, "œChjun Sang" nomli pleer hatto, Yaponiyada ham xaridorgir bo‘ldi...
 

 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Yanvar 2008, 13:51:30
Koreys kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan "œTaqdir o‘yini"  ("œAll In") seriali ko‘pchilikning yodida muhrlanib qolgan. Serial ekranlarimizda namoyish etilayotgan paytlarda gazetalar sahifalarida uning qahramonlari haqida ma’lumotlar berilgan. Chunki bu serial ishqibozlarining talabi edi. Qolaversa, "œsevimli"ga aylanib qolgan seriallar teleekranlarimizda bot-bot namoyish etilsa-da, ularning muxlislari ekran qarshisida jam bo‘laveradilar. Shuni inobatga olib, biz ham o‘sha tanish serialga qaytishni lozim topdik...
 

 
SERIAL HAQIDA QISQACHA

"œTaqdir o‘yini" 2003 yilda SBS kompaniyasi tomonidan suratga olingan. Serial Koreyada 2003 yilning 15 yanvaridan 3 apreliga kadar  namoyish etildi. Stsenariy muallifi: Choy Van Kyu. Prodyuser: Yo Chul Yong. Unda asosiy rollarni Koreyaning mashhur aktyor va aktrisalari - Li Byong Xun, Song Xe Gyo, Ji Sung, Park Sol Milar ijro etgan.




JANOB JEYMS DEYN

Serialda In A obrazini aktyor Li Byun-xun mohirlik bilan talqin etgan. Aktyor 1970 yilning 12 iyulida tug‘ilgan. Hanyang universitetida tahsil olgan. Aslida sohasi butunlay boshqa: u frantsuz tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan. Lini ko‘pchilik Jeyms Deyn deb chaqiradi. Bu - uning laqabi. Shlyapalar to‘plashga juda qiziqadi. Sayohat qilish jonu dili. Hali uylanmagan. Bo‘yi: 178 sm. Vazni esa 72 kg.

Ijodi davomida "œHarmonium in My Memory",  "œBungee Jumping of Their Own", "œAddicted" kabi filmlarda,  "œTomorrow’s Love" ("œLyubov Zavtra"), "œLove Story" ("œMuxabbat qissasi"), "œHappy Together" ("œschastlivс‹ vmeste"), "œSunflower" ("œKungabokar"), "œAsphalt Man" ("œChelovek Asfalta") singari kuplab TV dramalarda suratga tushgan.

1996 yilda o‘tkazilgan filmlar festivalida "œEng yaxshi yangi aktyor", 1995 yili bo‘lgan "œBaeksang" nomli san’at taqdimotida  "œEng mashhur aktyor", yana o‘sha yili tashkil etilgan "œKNS TV" taqdimotida "œEng yaxshi aktyor" nominatsiyalarini qo‘lga kiritgan.




"œO‘RDAK" LAQABLI AKTYOR

Bosh qahramon I Naning do‘sti Choy Jun Von obrazini aktyor Ji Syong muvaffaqiyat bilan talqin etgan. Serialda Choy Jun Von In A bilan tengdosh. Uning sinfdosh do‘sti. Hayotda esa ular tengqur emas: Choy Jun In Adan yetti yosh kichik. Aniqrog‘i, aktyor Ji Syong 1977 yil 27 fevral kuni tavallud topgan. Bo‘yi: 178 sm, vazni 70 kg. Ota-onasi, akasi va singlisi bilan yashaydi. Oliy ma’lumotli: Suvon universitetining teatr bo‘limini, so‘ng kino bo‘limini tamomlagan. Chang‘i sporti ishqibozi. Kuylashni ham juda yaxshi ko‘radi. Bilasizmi, uning laqabi nima: o‘rdak! Ha, do‘stlari unga shunday murojaat qilishadi. Ijodga shunchalik sho‘ng‘ib ketganidanmi, hali bo‘ydoq. Suratga tushgan filmlaridan "œHwiparam Gongju" ("œPrincess Whistle") mashhur. Uning ishtirokidagi televizion dramalar esa talaygina:

                       



1999: "œKaistu" (SBS)
2000: "œI Want To Keep Seeing You" (SBS)
2001: "œDelicious Proposal" (MBC)
2001: "œLaw of Marriage" (MBC)
2001: "œNam Gwa Yuh" (SBS)
2001: "œHwaluhhan Sijul" (SBS)
2002: "œHaebit Sinhyung" (KBS)
2002: "œLet"s Go" (SBS)
2004: "œThe King"s Woman" (SBS)
2004: "œCondition of Love" (KBS)

                     



Ji Syong 2001 yilda bir yo‘la ikkita mukofotga - MBC kompaniyasining "œEng yaxshi aktyor" hamda SBSning "œYangi yulduz" nominatsiyalariga sazovor bo‘lgan.
 
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: The_Alchemist 06 Avgust 2008, 11:55:46
Yaqinda "Titanik-2" chiqarkan. Hozicha faqat reklamalarda.
Kim biladi qachon chiqar ekan?
Eshitishimga qaraganda Terminator-4 ni ishlash jaroyoni ham boshlangan ekan faqat bu safar Arnoldsiz...

The Alchemist
Nom: Re: Jahon kinosining eng so'ngi yangiliklari.
Yuborildi: Huseyn 03 Oktyabr 2008, 12:46:17
Кореслик машхур актриса А¦ой Жин Сил вафот стди. Уни ювиниш хонасида осилган холда топишди. Жанубий Коресда "Мамлакат актрисаси" унвонини кулга киритган ушбу актриса вафотидан аввал бироз оилавий муаммолар гирдобида колганини тахмин килиш мумкин. Сал аввал актёр Ан Чже Хва хам узини узи улдирган сди. Улимидан сунг ушбу акётрнинг актрисадан жудда катта маблаг карз сканлиги тугрисида гап-сузлар болалаган сди. 2004 йилда А¦ой Жин Сил турмуш сртоғи - Жанубий Коресдаги машҳур бейсбол сйинчиси Чо Сун Мин билан ажрашган сди. Актрисанинг икки фарзанди булган, улимидан аввал уларга караб туришни пардозчисидан илтимос килган. Карийб 20 йил аввал кино оламига кириб келган мархума актриса 40 ёшда сди.

Бу актрисани сизу биз схши таниймиз, ханузгача у иштирокидаги сериални снтикиб-снтикиб томоша киламиз. Чунки, А¦ой Жин Сил Узбекистон телеканалларида илк сфирга берилган корейс сериали - "Калбим чечаги"даги Юн Хи сди-да !!!

(http://img.uforum.uz/images/8519653.gif)  (http://img.uforum.uz/images/1070060.jpg)