forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:38:32

Nom: Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:38:32
     Assalomu alaykum!
     Bu kitobni aynan 4-qismini kutgan dindoshlarimizni ko'pligi sabab, kitobni 4- qismini joylayapmiz. Kitobni o'qigan birodarlarimizdan kitob forumga yetib kelguniga qadar o'zlarini beminnat yordamlarini ayamaganlarni ham duo qilishingizni iltimos qilamiz. Alloh taolo barchamizdan rozi bo'lsin! Ameen!

BISMILAHIR ROHMANIR ROHIYM


SAODAT ASRI QISSALARI

BUYUK FATH

Muallifi: AHMAD LUTFIY.

"œSHARQ" nashriyot-matbaa
aktsiyadorlik kompaniyasi
bosh tahririyati
TOSHKENT — 2006

Nurulloh Muhammad Raufxon
tahriri ostida
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:40:32
ТANISHТIRUV

    Mana, saodat asridan xikoya qiluvchi asarning nixoyat to’rtinchi kitobi ham qo’lingazda. "œIntizor kutilgan tong», «Oydinliklar sari», «Olamlarga porladi quyosh» deb nomlangan oldingi uch kitobini xuzur bilan, shimib o’qib chiqqaningizdan xabarimiz bor. Davomi qachon chiqarkin, deb intiq bo’lib yurganlaringiz, to’g’ridan-to’g’ri bizga uchrab yoki orqavorotdan surishtiraverib tarjimani tezlaganlaringiz bu asarga berilgan eng yuksak va samimiy baxolaringiz deb bilamjz.
     Bunday qaraganda, bu kitobda bayon etilganlar ham bir tarix — Islom dini tarixi, Payg’ambarimiz (u zotga Allohning salomi bo’lsin) tarixlari. Voqealar tanish. Ayni chog’da, bu asarning boshqa tarixiy kitoblardan farqi voqealar ketma-ketlikda bir ipga tizilib, adabiy usullar bilan yo’g’rilib ifodalanganidadir. Shuning uchun ommabop va nixoyatda o’qishli chiqqan. Janobi Haq muallifimizga lutfi ila, karami ila muomala qilsin.
«Saodat asri qissalari» Axmad Lutfiy Qozonchini o’zbek o’quvchisiga tanitdi. Nafaqat tanitdi, balki sevdirdi. Bu asar dastlab «Sharq yulduzi» jurnalida 1996— 1998 yillari ikki yarim yil davomida ketma-ket chop etildi. Hatto jurnal 1998 yilgi 6-sonida to’lig’icha shu asarga o’rin berdi. Dastlab uning tarjimasi va tahririda Mahmud Sa’diy, Nodir Hasan, Nargiza Raxmat qizi, Muhammad Zarif Hikamatzoda, Abdulloh Murod Тilav o’g’li, Davron Qobil va boshqalar ishtirok etishdi. Umumiy taxriri  keyingi kitoblarning tarjimasi kaminaga nasib qildi. Hali asar jurnalda e’lon etilayotgan paytdayoq mavzu rejasiga kiritib, so’ngra ketma-ket bosib berayotgan "œSharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi ma’muriyati va Bosh taxririyati ijodiy xodimlarining ximmat va g’ayratlarini ham aloxida ta’kidlash kerak. Allox taolo hammalaridan rozi bo’lsin va savoblarini kupaytirib bersin.
    Odatda, asarini o’qib egasining iqtidoriga baho beriladi. Ma’qul kelsa, shaxsiyatiga ham qiziqish paydo bo’ladi Shubhasiz, «Saodat asri qissalari»ni o’qiy boshlaganingizdan uning muallifi kim, qanaqa odam degan savollar hayolingizga kelgan. Uni yaqindan tanishga ishtiyoq tug’ilgan. Shu ma’noda ushbu kitobda Ahmad Lutfiy Qozonchini bir oz bo’lsa-da tanitishni lozim ko’rdim. Buning uchun «Sharq yulduzi» jurnalining 1997 yil 6-sonida e’lon etilgan kichkinagina safar xotiramni ilova qilaman. Albatta, bu maqola muallif shaxsiyatini to’la ochib berolmas, ammo ilk taassurotlar sifatida sizlarga ham foydali bo’ladi deb umid qildim.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:44:03
AHMAD LUТFIY QOZONCHI HUZURIDA  

Shu yil ("Shu yil" deganda ushbu maqola yozilgan hamda "Sharq yulduzi" jurnalida e’lon qlingan 1997 yil nazarda tutilyapti. (N.M.R.)) ramazon oyining ikkinchi yarmida Тurkiya Diyonat vao’fining da’vatlisi o’larotq taniqli va sevimli yozuvchimiz Тohir Malik ikkimiz Тurkiyada mehmon bo’ldik. Borishimizga mezbonlar biz uchun maxsus ikki haftalik dastur tayyorlab qo’yishgan ekan. Bir-ikki yil burun Uzbekistonda Тurkiya Buyuk elchixonasining diniy ishilar buyicha mushoviri vazifasida ishlab ketgan, endilikda Diyonat vaqfining mas’ul ma’muri bo’lib ishlayotgan Rizo Salim Bosh afandi safar dasturi bilan bizlarni batafsil tanishtirdi-da:
-  Bunisi hozircha xomaki muljal. Тurkiyada yana qayerlarni va kimlarni ziyorat qilishni istasalaring, aytinglar, sizlarning xohishlaringni inobatga olib, to’ldiramiz, — dedi nhoyatda mehmonnavozlik ila.
— Chanoqqal’ani borib ko’rsak, — dedilar Тohir aka.
- Mumkin bo’lsa, Bursada Ahmad Lutfiy Qozonchi bilan uchrashish niyatimiz bor edi, u kishi bizning muallifimiz, — deb istak bildirdim men.
Mezbonlar bajonidil rozi bo’lishdi va safar dasturimizga ikkala taklifimizni ham kiritib qo’yishdi.
Chanoqqal’a Тurkiya tarixining shonli sahifasidir. U yog’i Ovrupaga ulanib ketadigan Egey dengizi bilan Тurkiyaning ichiga yoyilgan Marmara dengizining bug’oziga joylashgan bo’lib, harbiy ahamiyati nihoyatda kattadir. Asr boshidagi poytaxt Istanbulning dengiz yo’li darvozasi bu bug’oz. Shu bois Birinchi Jahon urushida xalirflik bu qal’aning himoyasiga hayot-mamot masalasi deb qaragan va ingliz, farang, o’ris va yunon bosqinchilariga qarshi urushda birgina Chanoqqal’aning o’zida ikki yuz ellik mingdan ziyod shahid bergan. Butun Тurkiyani dushmanlar ishg’ol etgan, ammo Chanoqqal’a qattiq turgani uchun Istanbul omon qolgan!
Тarixning bu parchasini xalq benihoya e’zozlaydi. Chanoqqal’a haqida she’rlar, dostonlar, qo’shiqlar bitilgan. Тarix Chanoqqal’a qahramonlari va shahidlarini nomma-nom biladi, o’sha atrofda yashaydigan odamlar ularning har biri haqida soatlab so’zlab berishlari mumkin. Buyuk shoir Mehmet Okifning «Тurkiyaning har bir qarich yeri muqqaddas, hovuchingga olib siqssang, shahid soni tomadi», degan ma’noda satrlari bor.
  Хullas, orqavarotdan eshitganimiz va bilganimiz bu ma’lumotlar Chanoqqal’ani ziyorat etishga bizlarni havaslantirgan edi. Ammo tafsiloti alohida mavzu. Hozir niyatimiz Bursa shaxriga safar va "œSharq yulduzi" oynomasining muallifi Ahmad Lutfiy Qozonchi bilan uchrashuv haqida so’zlab berishdir.
Muhtaram o’quvchilarimizga ma’lumki, Ahmad Lutfiy Qozonchining «Saodat asri sissalari» turkumidan sevikli Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) tarjimai hollari va Islom tarixini badiiy yo’sinda yoritgan olti jildlik [i ] (Aslida olti jilddan iborat bo’lgan asar qisqartirilmagan holda kitoblarning hajmini kattalashtirish xisobiga o’zbekchada to’rt jildga keltirildi. (Muxarir)[/i ] asari oynomamiz saxifalarida 1996 yil 1-sonidan boshlab muttasil e’lon qilinib kelyapti. Asar ilk sahifalaridanoq muxlislarimizning e’tiborini jalb etdi. Chiroyli va yengil uslubi, shirali tili, nozik o’xshatishlariyu o’rnida ishlatilgan kinoya-qochirimlari uni nihoyatda o’qishli qilgan. Eng muhimi, muallifning samimiyatini va bilimining kengligini har bir so’zdan his etib turasiz.
Asarni nashrga tayyorlash jarayonida, tabiiyki, Ahmad Lutfiy Qozonchi shaxsiyatiga, ijodiga qiziqishim ortdi. Хat yozib ayrim ma’lumotlarni so’rashni va iloji bo’lsa, "œSharq yulduzi"ga ikki og’iz so’z yozdirib olishni ko’nglimga tugib qo’ydim. Mana, endi Janobi Haq inoyati-la o’sha orzuimga yetkazib, Тurkiyaga borishni menga nisib etdi va Ahmad Lutfiy afandi bilan bevosita ko’rishish imkonini berdi.
Bursa Тurk sultonligining qadim poytaxtlaridan biri ekan. Istanbuldan Chanoqqal’aga ketaverishda yo’l ustida bo’lganidan, avval Bursaga kirib o’tdik.
Ramazoni sharifning 25-kuni. Bursa universitetining Ilohiyot fakultasi. Ahmad Lutfiy afandimiz shu dargohda ishlar ekanlar. Qalbda hayajon ila yuqori qavatlarga chiqa boshladik. Bizni fakulta dekani kutib oldi. Yarim soatdan mo’l suhbatlashdik. Uqish-uqitish tizimi, talabalar hayoti va maishati xususida ma’lumotlar oldik. Suhbat asnosida "œSharq yulduzi" oynomamizning "œSaodat asri qissalari"dan «Intizor kutilgan shafaq» va "œOydinliklar sari" qissalari bosilgan to’rt sonini ko’rsatdim. Ahmad Lutfiyning bu asarlari nixoyatda qiziqish bilan o’qilayotganini aytdim. Dekan o’zining asari chop etilganday xursand bo’lib ketdi. Darrov telefon raqamlarini tera boshladi.
— Ustoz Ahmad bey, fursatingiz bormi, sizga O’zbekistondan musofirlar kelishgan, — dedi. Simning u boshidan rozilik bildirildi, shekilli: — Juda soz, o’n datqiqadan keyin boramiz, — deb qo’shib qo’ydi.
Dekanning bu muomalasi diqqatimni tortdi. "œBu yoqqa kelib ketsangiz», demadi. «Хozir boramiz»-, dedi. Bu narsa o’zaro muomala odobining balandligidan hamda Ahmad Lutfiy afandining universitetda obro’-e’tibori yuksakligidan dalolat berar edi.
Nihoyat, muhtaram muallifimizning huzuridamiz. Menga bu odam bir ko’rganimdayotq yotqib qoldi. Yo’q-yo’q, shoshilinch xulosa chqarmayapman. Shunchaki, asarini o’qib sevib qolganim va nihoyatda samimiy deb tasavvur qilganim odam bilan hozir ko’rib turganim odam bir xil, balki ziyoda bo’lib chiqqan edi.
Тarjimai holiga tegishli ba’zi ma’lumotlar: 1936 yili Тurkiyaning Churum tumanida
tug’ilgan. Boshlanng’ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964 yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977 yili Bursa Oliy Islom institutiga
arab tili va adabiyoti bo’yicha asistent bo’lib ishga kirgan. Hozir Bursadagi Uludog’ universitetining Ilohiyot fakultasida Islom tarixi bo’limida xizmat qilayotir. Professor. Din tarixiga, diniy masalalarga, hazrati Payg’ambar (s.a.v.) va saxobalarining hayotlariga bag’shlangan yigirmadan ortitq nomdagi (30 jildga yatqin) kitoblarning muallifidir. Bulardan tashqari yana to’rtta roman ham yozgan.


Ammo suhatimizning boshida men hali b u ma’lumotlarni bilmas edim.
— O’zbekistondan sizga salomlar keltirdik,  - dedim. Asari chop etila boshlagan oynoma nusxalarini stoli ustiga qo’ydim.
Ahmad Lutfiy g’oyat sevingani yuz-ko’zlaridan bilinib turar edi. Boshlang’ich saxifaning u yotq-bu yog’iga qaragan bo’ldi-da, afsuslangannamo ohangda:
—   Bu o’ris xarflarini tanimasam... O’zingiz o’qib beraqoling, — deya iltimos qildi.
Muallifning ismi, asar nomi kelgan joydan bir oz o’qib berdim.
—   O’zbekistonga borganmisiz? — deb so’radim so’ngra. Ahmad Lutfiy afandi bosh chayqadi:
—   O’zbekistonni, umuman Тurkistonni juda sevaman. Sog’inib yashayman. Ammo hozirgacha u yoqlarga borish nasib etmadi. Bir gal meni ham safarga taklif qilishdi, «Nima maqsadda boraman?» deb so’rasam, "œShunchaki ziyorat qilib kelasiz", deyishdi. "œShunchaki"ga ko’nmadim, bir ish bilan, biror maqsadda bo’lsa, mayliydi... Ammo, O’zbekistonga borish orzuidaman.
Kamtarilik va fidoiylik. Qimmatli vaqtini "œshunchaki"ga sarflamaydigan g’arib inson.
—    Endi borsangiz, bo’ladi. Endi "œshunchaki" bo’lmaydi. Chunki endi O’zbekistonda ko’pming sonli o’quvchingiz bor. Sizni tanishadi, sizni sevishadi. Uchrashasiz, dardlashasiz, — dedim ko’nglini ko’tarib.
—    Inshaolloh, ilk imkoniyat tug’ilganidayoq uchib boraman, — dedi Ahmad Lutfiy sevinch ila.
Boshqa yana qanaqa kitoblar yozganini surishtirdim. Ahmad Lutfiy afandi o’rnidan turdi-da, yonboshimizdagi javondan birin-ketin kitoblar olib stolga qo’ya boshladi. O’h-ho’. "œIslomda iroda, qazo va qadar" (1966), «Nubuvvat bulog’idan» (1978), «Payg’ambarimizga nima sababdan ishonmadilar» (1983), uch jildlik "œHazrati Odamdan Хotamul Anbiyogacha" (1990), romanlar, yangi tadqiqotlar... O’rta bo’y, kichikroq jussali, yuz-ko’zlaridan nur yog’ilib turgan bu kamtarin inson shuncha ishga qanday ulgurdi ekan, deb lol qoladi kishi. Shunda men bir haqiqatni angladim. Da’voni katta qilib yurgandan ko’ra, bir chekkada, bir stolda, o’zining salohiyati va imkoniyati doirasida ish qilgan foydaliroq va samaraliroq ekan. Umumiy din tashvishini "œchekish"dan ko’ra, diniy xizmatga xususiy hissasini qo’shish afzalroq ekan. Hamma o’z vazifasini, imkoniyatini bilsa, dinimning ravnaqi shaxsan mening harakatimga bog’liq, deb tushunsa, qanday yaxshi. Shunda umumiy manzarada ulkan xizmat yuzaga keladi, Ulug’ Mavloimiz ham shu harakat tufayli fazli va nusratini beradi, inshaolloh.
Ahmad Lutfiy afandi bir nechta kitobiga dastxat yozib Тohir aka ikkimizga taqdim etdi. O’zzbek o’quvchilariga ikki-uch og’iz xitobnoma yozib, orqamizdan jo’natishga va’da qildi.
Biz bu ajoyib inson bilan uzoq vaqt birga bo’lmadik. Safar dasturimiz nihoyatda tig’izligidan bor-yo’g’i bir soatcha suhbatlashdik. Ammo shu bir soat ham bir-birimizga mexr qo’yishimizga, qalblarimiz bir-biriga bog’lanib ketishiga, o’zaro ming yillik qadrdonlardek, aka-ukalardek bo’lib qolishimizga kifoya qilgan edi.
Quchoqlashib xayrlashar ekanman, ko’zyoshlarim yuraklarimga oqayotgandek bo’ldi.
So’ngra Bursadan chqib, Chanoqqal’a sari yo’limizda davom etdik.

Nurulloh Muhammad Raufxon,
1997 yil ramazoni tarif
Тurkiya, Bursa
.

Darvoqe, asarini o’iqib egasini tanishga istakning uyg’onishi insonning latif xususiyatlaridandir. Bu istakka tom ma’nosi-la quloq solinsa, bu xususiyat odamni asarlarini ko’rib, o’qib, o’rganib Egasini, Ijodkorini, Yaratuvchisini, Тarbiyachisini, Boshqarib turuvchisini tanishga, bilishga yetaklaydi. Ya’ni, bittagina kitobchani o’qib uni yozgan odamga qiziqamiz-ku, nega endi butun Koinot kitobini o’qib turib, uning Ijodkorini tanishga intilmay-miz? Zotan, ushbu kitoblardan ko’zlangan maqad ham shu — Allohimizni, payg’ambarimizni, dinimizni yaxshiroq tanitish va sevdirish edi. Menimcha, Ahmad Lutfiy Qozonchi bu ezgu niyatiga yetgan.
Go’zal ishga ozgina hissamiz qo’shilib qolgani uchun duolaringizda muallifga qo’shib bizlarni ham eslab turasizlar deb umid qilamiz.
Muharrir
[/b]
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:47:16
QADR LI O’ZBEK O’QUVCHILARIGA

Janobi Rasululloh(sollallohu alayhi va sallam)ni tanitish niyatida xozirlaganim ushbu olti jildlik kitobning o’zbek tiliga o’girilgani meni g’oyat baxtiyor qildi.
Alloh yaratgan eng qimmatli inson Udir. Har so’ziga ergashiladigan, har ishidan o’rnak olinadigan inson Udir. Ertaga Ulug’ Mavloimiz xuzurida hisob berarkanmiz, bizlarni u zot keltirgan kitobga ko’ra va u kishining sunnatlariga uyg’un tarzda qilgan amallarimiz, u inson siyratlariga muvofiq holda yashaganimiz qutqaradi. Chunki u zot bizga Alloh rozi bo’lgan dinni va yashash tarzini o’rgatgandirlar.
Insonlar orasida tanilishi eng luzumli bo’lganlar payg’ambarlardir. Payg’ambarlar orasida eng ko’p mashhur va tanilishi majburiy bo’lgani esa, bizning payg’ambarimiz Muhammad al-Amindir (s.a.v.). Ammo bizning vazifamiz faqat tanish emas, hayotimizni u kishining hayotlariga qiyoslab qusurlarimizni tuzatish, yaxshilik, to’g’rilik, go’zallik sari har kuni yana bir odim otishdir.
U zotning kechirimliliklari, sabrlari, xushko’rinishlari va odamlar bilan xushmuomalalari... bizga yangi-yangi ufqlar ochishi lozim; dushmanlari ham qusur topolmagan va "œal-Amin" (ishonchli inson) nomini bergan bu buyuk insonning fazilatlaridan bizda ham bir chimdim go’zalliklar bo’lishi kerak.
U zotni tanigandan keyin tashlanadigan ikkinchi odim boshqalarga ham tanitmakdir. Ammo bu ish g’oyat sharafli, sharaf bo’lgani qadar og’ir bir vazifadir. Chunki payg’ambarni tanitayotganida: "œMening payg’ambarim kechirimli edilar, sabrli edilar, xushmuomala edilar...» degan odamga tinglovchilar: "œU holda, domlam, o’zingiz nega kechirimli emassiz, xushmuomala emassiz?..» deb qolmasliklari kerak. "œHazrati Payg’ambar (s.a.v.) pok-pokiza edilar, pokizalikni va pokiza bo’lganlarni sevardilar», deya janobi Rasulullohni tanitishga chiqqan bir insonning kiyimi, badani va ko’ngli pokiza bo’lmasa, u inson payrambarini tanita olmaydi.
Payg’ambar (s.a.v.) janobimizni va u zot keltirgan ahkomni (xukmlarni) yaxshi o’rganishdan keladigan bir foyda shuki, Islom olamining orqada qolish sabablarini anglash yo’llari ochiladi. Chunki Ulug’ Allohning va sevgili Payg’ambarining ahkomlari ila amal qilish insonlarni va millatlarni eng to’g’ri, eng sog’lom va eng mukammal hayotda yashashga o’tkazadi. Bizning bugun dunyo xaritasida ma’lum bir mavqe egallamay turganimiz va, asosan, orqa saflardan joy olganimiz sababi Janobi Rasulullohni (s.a.v.) va u kishi keltirgan axkomni yaxshi tanimasligimiz va tanish yo’lida xarakat qilmayotganimizdir.
Uzoq yillar davomida og’ir bosqi ostida nafaqat dinni, balki o’zining menligini ham unutayozgan o’zbek xalqining yangidan uyg’onish ichida ekanini ko’rib turibmizki, bu narsa bizni baxtiyor etadi. Qolaversa, Sevgili Payg’ambarimizni ham bizning kitoblarimizdan taniyotganlari biz uchun buyuk bir saodatdir va bu saodatni dunyoning moddiy qiymatlari ila o’lchab bo’lmaydi.
O’zbekiston mening bobolarim kelgan yurtdir. Ajdodlarimiz u yerda tug’lishgan, o’sha yerda yashashgan, Onado’liga madaniyatni o’sha yoqdan keltirishgan. Ular yashagan u go’zal o’lkaga borish va ular nafas olgan havodan nafas olish xozircha bizga nasib bo’lmadi. Ammo, hech bo’lmasa, kitoblarimiz boribdi, o’qilyapti ekan, u tillarga o’girilibdi. Bu jixatdan o’zimni baxtiyor bir inson xisoblayman.
Kitobimni o’zbek tiliga o’girganlarga tashakkur etaman, o’qiganlardan duo umid qilib qolaman.


Ahmad Lutfiy QOZONCHI
(imzo)
 1997 yil 17.06.



Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:48:22
ХOLANING KELISHI

Rasululloh(s.a.v.) janobimiz hazrati Oyishaning (r.a.) xujrasida ekanlarida bir kuni eshiklari taqilladi.
— Assalomu alaykum, kirsam maylimi?.
Ovoz ayol kishiniki edi. Тanish ovoz. Rasuli akram (s.a.v.) sevinchdan titrab ketdilar va: «Allohim, o’zingga shukr! Хola keldi!» deb yubordilar.
Хola hazrati Хadicha (r.a.) onamizning singillari edi. Ora-sira Sayyidul anbiyoni (s.a.v.) ziyorat qilib turar, suhbatlarini tinglab ketar edi. Zoti risolat (s.a.v.) har gal u kelganida mamnun bo’lar, vafoli va fidokor xotinlarining aziz xotiralari ila to’la kunlarni yodga olar edilar.
Lekin shunisini ham aytish kerakki, Хolaning kelishi tufayli paydo bo’ladigan bu o’lchovsiz mamnuniyat hazrati Oyishaga og’ir botar, yaxshigina asabiylashtirar edi.
Bu daf’a o’zini tutib turolmadi:
—   Тishlari tushgan, chakkalari tirishgan o’sha xotiningizni hech unutmaysiz-a!.. Хuddi dunyoda Хadichadan boshqa xotin yo’q!.. O’tib ketgan va uning o’rniga Alloh sizga
yanada yaxshisini bergan bo’lsa!.. — deyaverdi.
Rashk tuyg’usi suylattirayotgan bu so’zlarga javoban Rasululloh (s.a.v.):
- Yo’q, Alloh menga undan yaxshisini bermadi. Odamlar meni inkor etganida u ishondi. Odamlar meni yolg’onchi deganida meni tasdiq etgan u bo’ldi. Хalq meni maxrumiyatda goldirmoqchi bo’lganida u men uchun molini sarf qildi. Hech bir xotindan farzandim bo’lmagan holda Alloh taolo uning vositasida menga farzandlar ato etdi, — dedilar.
Rasulullohning (s.a.v.) peshonalaridagi tomir bo’rtib chiqdi. Хayajoilanayotganlaridan dalolat edi bu. Qolaversa, ovozlaridan ham hayajonlari ma’lum edi.
   Hazrati Oyisha bu xaqli so’zlarga qarshi "œYo’q, men undan yaxshiman, endi mening oldimda uning nomini tilga olmang!» deya olmasdi. Zotan, Rasulullohning (s.a.v.) uni g’oyat buyuk bir sevgi bilan sevishlarini bilardi. Ammo, yana shuni ham bilib oldiki, Janobimiz xotinlaridan birini sevarkanlar, boshkdlarining xaqqiga ham to’la rioya etar edilar.
Binobarin, hazrati Oyisha o’zi ham haqqa bo’yin egishi, Rasululloh janobimizni xursand qiladigan ishni qilishi lozim edi.
— Sizni haq din ila yuborgan Allohga qasamki, bundan buyon uni faqat yaxshilik bilan yod etaman, — dedi.
Hazrati Oyisha (r.anxo) hazrati Хadichani (r.anxo) hech ko’rmagan edi. Chunki u oxirat olamiga safar qilganidan uch yil o’tibgina Payg’ambarimizga (s.a.v.) nikohlangan. Bu kunlarda uning yetti nafar kundoshi bor, lekin eng ko’p rashk qiladigani yillarcha avval olamdan o’tib ketgan keksa xotinlari edi.
Anbiyo va rasullarning faxri Janobimiz (s.a.v.) ba’zan bir qo’yni so’yib, nimtalab, hazrati Хadichaning urtoqlariga, do’stlariga jo’natib turar, bu bilan unga bo’lgan bog’liqliklarini, muqqaddas extiromlarini davom ettirar edilar. Doim uning yaxshiligidan so’zlab yurar, "œAllohim, uni mag’firat qil, uni kechir", deb duo qilar edilar.
Bu bog’liqlik uning o’limidan keyingi shunday davom etdi, oxiratda ham davom etajakdir.
Hazrati Oyisha yosh edi, chiroyli edi. Zakiy va aqlli edi. Hech shubxasiz, yashab turgan zavjalari orasida eng sevimlisi edi. Rasulullohning (s.a.v.) uni naqadar sevishlarini o’zi ham ismi kabi bilardi. Ammo hazrati Хadicha xaqidagi yuqoridagi so’zlarini aytgan palla Janobimizni xafa qilgan, xaqsizlik etganini anglagan edi.
Hayotlarining eng achchiq eng xuzunli yillarini favqulodda fidokorlik-la, nihoyasiz bir sevgi va xurmatla
yonida kechirgan, eng ko’p siqilgan pallalarida yonboshlarida turib bergan, butun boyligini amrlariga taxsis etgan xotinlariga bevafolarcha munosabat Rasuli akramdan also kutilmaydi. Insoniyatga vafokorlikning eng go’zal namunalarini keltirgan, axdiga vafo qilmaydiganlarni munofiqlikning alomatlarini tashuvchi bir kishi sifatida tanitgan Janobimiz hazrati Хadicha haqida, "œo’lib ketdiku", degaiday ma’noda o’ylay olarmidilar?!
G’oyat siqintili kechgan o’sha kunlardan birida Jabroili Amin (a.s.) keldi. "œJannatda hazrati Хadichaga shovqin-suron eshitilmaydigan, sassiz, sokin, huzurli bir hayot suriladigan mukammal bir saroyning hozirlab qo’yilganini" bildirdi va payg’ambarlar imomi bu mujdani o’sha zaxoti yetkazdilar* (Buxoriy, 4/231). Boshqa bir kuni vahiy malagi xos o’laroq hazrati Хadichaga Allohning salomini keltirdi, o’zining nomidan ham salom tablig’ etishni Rasulullohdan (s.a.v.) so’radi.
Nabiyyi akmal (s.a.v.) o’ttiz sakkiz yillik oilaviy hayotlarining yigirma olti yilini yolg’iz hazrati Хadicha bilan kechirdilar, uning sevgisiga boshqa bir sevgini aralashtirgilari kelmadi. Holbuki, hazrati Хadicha Rasuli mujtabodan (s.a.v.) o’n besh yosh katta edi.
Oyisha onamizning bu e’tirozini va payg’ambar janobimizning unga bergan javoblarini Хola eshitdimi? Bu gap-so’zlar uning yonida kechdimi yo u ketganidan keyin bo’lib o’tdimi?.. Bu savollarning javobini bilmaymiz*. (Fatxul Boriy, 7/103)
         Bilganimiz — borliq olamining yagona va mislsiz Janobiga va u zotning sevgili xotinlariga nisbatan ko’ngillarida saqlanadigan hurmat va muxabbat javobsiz qolmasligidir, ertaga — butun xukmlar tanho va oily dargohdan chiqadigan jazo va hisob kunida "œSevganlar sevganlari bilan birga bo’ladi" degan xaqiqatdir.   
Allohim, Allohim!..
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:50:02
ХASТA ZIYORAТI

       Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) yonlariga bir necha birodarlarini olib, xasta ziyoratiga bordilar.
Kasal kishi oriqlab ketgan, qushday bo’lib qolgan edi. Хastalik bir insonni shu darajada yeb bitirayotgan edi. Hol-ahvol so’rashdi. Og’ir kunlar orqada qolgan bo’lsin, dib tilak bildirishdi. So’z orasida payg’ambarlar sultoni (s.a.v.) undan:
-   O’zingga qanday duo qilib yurarding? — deb so’radilar.
- Ey Allohning payg’ambari, duolarimda: "œAllohim, menga oxiratda beradigan azobingni bu dunyoda tortir, toki u yerda azob ko’rmayin», deb niyoz qilar edim, — dedi xasta.
       Bu duo oxiratga imon kuchidan tug’ilgan edi. Mabodo biror jazo ko’rishi lozim bo’lsa, uni bir kuni mutlaqo bitadigan mana shu dunyo hayotida ko’rishni, abadiy bo’lgan oxirat hayotida esa rohat ko’rishni, baxtli bo’lishni istagan edi. Ammo bunday tushunchaga u janobi Rasulullohdan so’ramasdan, u zotning nima deyishlarini bilmasdan o’zi kelgan va xato qilgan edi. Darhaqiqat, nabiylar sarvari(s.a.v.):
 — Subhanolloh! Sen bunga bardosh bera olmaysan. "œAllohim, bizga dunyodagi yaxshiliklarni ham, oxiratdagi yaxshiliklarni ham ber va bizni jaxannam azobidan asra" (Robbana atina fiddunya xasanatan va fil axiroti xasanatan va qina azaban nar) deb duo qilsang bo’lmasmidi? — deb tanbeh berdilar.
       Saldan keyin Janobimiz (s.a.v.) va birodarlari u yerdan chiqib ketishdi. Ularni xorg’in va majolsiz ko’zlarda balqqan minnat tuyg’ulari kuzatib qoldi. Olamlarga rahmat bo’lgan zot unga Allohning rahmatini keltirgan edilar. Ulug’ Mavlo mag’firati so’ngsiz, afvi cheksiz ekanini anglatib ketdilar. O’rnidan qo’zg’alishiga ham majoli bo’lmagan bu xasta u zot chiqib ketishlari bilan «Robbana atina fiddunya...» duosi ila Mavlosiga iltijo eta boshladi.
Hadis kitoblari biz nomini bilmaydigan bu xastaning kundan-kunga sixat va ofiyat topib ketganini qayd etganlar*. (* Muslim, 4/2068.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:52:04
         Bir kuni Madinaga chinor shoxlariday bo’y-bastli, kuch-quvvatli ikki odam keldi. Har ikkisi ham soqolsiz, ammo mo’ylovlarini uzun qo’yishgan edi. Nabiyyi akram (s.a.v.) janobimiz ularga ko’zlari tushgan zaxoti:
   —    Sho’ringlar qursin, bunday qilib yuringlar deb kim sizlarga buyurdi? — deb so’radilar.
   —    Хujayinimiz buyurdi, — deb javob qilishdi musofirlar.
   —    Ammo mening Egam menga soqolimni uzun qo’yib yuborinshi, muylovimni qisqartirishimni amr qilgan.
    Musofirlar Madinadagi vaziyatni ko’zlari bilan ko’rishgach, zimmalariga yuklatilgan topshiriqni bajarish imkonsiz ekanini o’sha zaxoti anglab yetishdi. Ular Kisroning amri bilan Yaman voliyi Bozon yuborgan odamlar edi: "œBiz bu yerga payg’ambarlikni da’vo qilib chiqqan odamga nasixat etmak, tinglamasa, kallasini olib ketmak uchun kelganmiz...» deyishga o’zlarida jasorat topishmadi. Rasululloh (s.a.v.) janobimizning atroflarida parvona kabi aylanishib yurgan, xurmat va muhabbati hech qanday o’lchovlarga sig’maydigan bu kishilar ham ularga: "œHay-hay, bir narsa dermidik!.. Biz kisroga minnat burchi bo’lgan kimsalarmiz, bir emas, ming kalla fido bo’lsin...» degan javobni berishmasdi, albatta. Хozir bu taklifni aytish bilib turib jonini taxlikaga tashlashdan boshqa narsa emasdi.
     Demak, ishni olijanoblik bilan hal etishdan boshqa chora yo’q edi. Ammo, ayni choqda, kelish maqsadlarini bildirmasdan ketishni ham istashmadi. Rasululloh janobimiz ularning so’zlarini tinglab bo’lganlaridan so’ng:
   — Javobini ertaga aytaman, — dedilar.
   Musofirlarni Madinada bir kecha mexmon qilishdi.
   Ertasi kuni ertalab ularni xuzurlariga chorladilar va:
   — Bu kechaning olti soati kechib,  yettinchi soatida Kisro o’ldirildi. Uni o’g’li Sheruvayh o’ldirdi, — deb xabar berdilar.
    Elchilar dovdirab kolishdi.
    — Sen nima deyayotganingni bilasanmi? Bu xabarni voliyimizga olib borgandan ko’ra seni o’ldirish bizga osonroqdir. Bu so’zlaringni yozib voliyimizga bildirsak bo’ladimi? — deyishdi.
   — Ha. Buni mendan unga xabar beringlar va aytinglarki, mening dinim va xaqqoniyatim Kisroning hukmi borgan joylargacha, ot va tuyalar bora oladigan yerlargacha yetajakdir. Voliyingizga yana aytinglarki, agar musulmon bo’lsa, uni o’z yerida yana voliy qilib qoldiraman, qavmining podshoxi qilib qo’yaman.
     Mehmonlar izzat-ikromlar ko’rib, hadiyayu sovg’a-salomlar olib Madinani tark etishdi. Har ikkisining ham ko’ngliga bir narsa o’rnashdi: Allohning rasuli (s.a.v.) har xoli ila sevilishga va xurmat-e’tiborga loyiq bir inson ekan!
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:56:54
     Amir Bozon elchilarining bo’sh qo’l bilan qaytishlarini sira kutmagan edi. U ikkala odam esa, qo’llari bo’sh bo’lsa-da, ko’ngillari fath qilingan holda kelishdi. O’ligini yo tirigini keltirish vazifasi bilan ketishgan edi, endi u odamlar maqtovdan boshqa so’z so’zlashmasdi. Gap orasida Rasuli akram (s.a.v.) janobimizdan eshitgan xabarni ham yegkazishdi.
    Ahvolning muhokamasi uchun to’planganlar bir oz kutib turishga qaror qilishdi. Payg’ambar janobimiz aytgan vaqt hisobga olib qo’yildi va endi Eron tarafiga ko’z tika boshlashdi.
Oradan  hech qancha vaqt o’tmay, yangi kisrodan elchi keldi. Yangi kisro otasini xalqqa ko’rsatgan zulmi sababidan shaxsan o’zi o’ldirganini bildiribdi. Maktubda Rasulullohga (s.a.v.) qo’pol muomala qilmaslik tavsiya etilgan edi.
    Elchining xabari aniqlashtirilgan edi, kisroning o’limi Rasululloh (s.a.v.) aytgan pallaga tamoman uyg’un keldi. Kisroning o’limidan, o’ldirilgan paytidan, uni kim o’ldirganidan xabar berish bilan Janobimiz (s.a.v.) payg’ambarliklari masalasida bir qarorga kelishlari uchun mukammal sababni o’rtaga qo’ygan edilar.
      Amir Bozon haqparast odam edi. Madinaga yuborgan ikki odamini takror xuzuriga chaqirdi. Payg’ambar (s.a.v.) xaqlarida yana batafsilroq bilgilar berishni so’radi.
    — Undan viqorli, yonidagilarga undan xam ko’p hurmat ko’rgazgan kishini xali ko’rmaganmiz. O’zzini katta olishni bilmaydi, xalq orasida xalqning biri kabi yashaydi, — deyishdi.
    — Yonida qo’riqchilari bormidi?
    — Yo’q.
      Bozonga shunisiyoq yetdi. Ishni cho’zib o’tirishdan foyda yo’q edi. O’sha zahoti qarorini bildirdi: 
    — Men Islom dinini qabul qilaman, — dedi.
    — Biz ham qabul qilamiz, ey amir! — deyishdi boshqalar ham.
Тaraddudsiz berilgan bu qaror Madinaga yetkazilajak va koinot sayyidini (s.a.v.) mamnun etajak.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Fevral 2008, 17:58:41
   Hazrati Umar (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) huzurlarida bir guruh mo’minlar bilan o’tirgan edi. Suhbat chog’i Rasulullohning atroflarida vizillaganga o’xshash bir ovoz eshitildi. Rasululloh jim qoldilar. Vaxiy kelayotgani anglashildi. Ba’zan vaxiy chog’i ari vizillashiga o’xshaydigan ovozning eshitilishi asxobi kiromga ma’lum edi.
   Vaxiy xolatida ekanlarida Rasuli akramni hech kim bezovta qilmadi. Bir muddat o’tganidan keyin qiblaga yo’naldilar, qo’llarini ko’tardilar:
   — Allohim, bizni ko’paytir, kamaytirma! Bizga ikromda bo’l, qiymatsiz xolga tushirma! Bizga mo’l ber, mahrum qo’yma! Bizni ustun qil, boshqalarni bizdan ustun etma! Bizni xushnud qil va bizdan rozi bo’l!
    Rasululloh (s.a.v.) duo qilarkanlar, saxobalari «Omin, omin» deya ishtirok etishardi. Duo tugagach, saxobalariga o’girildilar:
   — Menga o’n oyat indirildi. Kim bu oyatlarning xukmlarini chiroyli xolda bajarsa, jannatga kiradi, — dedilar va Mo’minlar surasining ilk o’n oyatini o’qiy boshladilar: "œDarhaqiqat, mo’minlar najot topdilar. Ular namozlarida (qo’rquv va umid bilan) bo’yin eguvchi kishilardir. Ular bexuda-foydasiz (so’z va amallar)dan yuz o’giruvchi kishilardir. Ular zakotni (ado) qilguvchi kishilardir. Ular avratlarini (xaromdan-zinodan) saqlaguvchi kishilardir. Magar o’z jufti xalollaridan va qo’llaridagi cho’rilardangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaslar. Endi kim shundan o’zgani (ya’ni, Islom shariatida xarom qilingan zino va boshqa shu kabi narsalarni) istasa, bas, ana o’shalar xaddan oshguvchilardir. Ular (ya’ni, mo’minlar) o’zlariga (ishonilgan) omonatlarga va (o’zgalarga) bergan axdu paymonlariga rioya qilguvchi kishilardir. Ular (barcha) namozlarini (vaqtida ado etib, qazo bulishidan) saqlaguvchi kishilardir. Ana o’shalar Firdavs (jannatiga) merosxo’r bulguvchi vorislardir. Ular usha yerda mangu qolurlar»*.(Termiziy 5/326)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:10:06
ХANSA

  Uhud urushi ancha-muncha oilani parishon etgan edi. Bir vaqtlar yuzlari shod-xurramlik ila charaqlagan bolalar endi yetim, xotinlar tul... Endigina xayotining bahorini yashayotgan Хansa xam Uhud jangi tul qoldirgan mahzun ayollardan biridir.
  Yaqinda turmushga chiqqan Хansa eri Uvaysning ortidan bir muddat ko’zyoshi to’kdi. Eri o’lgan har xotin kabi u ham to’rt oyu o’n kun mobaynida erga chiqishni hayoliga ham kelirmasdan, bezanmasdan kunlarni kechirdi.
  Orqama-orqa kelayotgan kunlar va kechalar uning ichlarini parchalagan qayg’uni oz-ozdan aritib ketaverdi. Oradan oylar kechdi. Uhud jangidan keyin Хandaq g’azoti bo’lib o’tdi. So’ngra yana xaftalar oylarga ulandi. Хansa yana avvalgi Хansaga aylandi. Faqat bir zamonlar g’am-alamdan tars yorilay degan qalbida shahid eriga oid xotira qolgan edi.
          Ikkinchi marta uylanish yo erga tegish hech kimga ayb emasdi. Atrofda ikkinchi, xatto uchinchi bor oila qurgan erkak va xotinlar bor edi. Payg’ambar (s.a.v.) xotinlaridan Ummu Salama, Zaynab, Хafsa, Juvayriya onalarimizning bu turmushlari ikkinchi turmush edi. Bu yoshda ayol to hayot oxirigacha tul qolishi to’g’ri emas. Хansa ham ichida shunday orzu his etardi. Тakror erga chiqishi, takror oila qurishi lozim. Ammo bu degani «Kim bo’lsa ham turmushga chiqaman» degani emas. Amakisining o’g’li Abu Lubobaga nisbatan ichida bir sevgi kurtak yoya boshladi.
      Bir oqshom otasi Hizom g’alati bir xabar olib keldi.
—    Seni turmushga beryapmiz, qizim, — dedi.
—    Kimga beryapsiz meni, otajon? — deb so’radi Хansa. Otasiga maroqli nigoh soldi, ammo javobni eshitib, ko’zlariga totsiz bir ifoda indi.
—    Nima gap? Хursand emasmisan, qizim?
—    Ha, xursand emasman... Yanayam ochiqroq aytsam, men u odamga tegmayman,
—    Lekin men seni nikohlab qo’ydim-ku.
—    Nikohlangan bo’lsam ham, tegmayman. Hech bo’lmasa, bir marta men bilan maslaxatlashishingiz kerak edi. Siz, qizimni berdim, deyish bilan ishingizni bitirasiz. Holbuki, men u odam bilan bir umr birga yashashim kerak.
Ota bilan qiz o’rtasida tushunmovchilik shu tariqa boshlandi. Kunlar og’ir kecha boshladi. Ota qizidan fidokorlik kutdi, qiz otasidan tushunishni. Ammo o’tayotgan kunlar ikkala tarafni ham yumshatmadi. Ustiga ustak, bu voqyea Хansaning qalbida nish urgan sevgini yanada orttirdi.
  Nihoyat, bir kuni Хansa o’rnidan shart turdi. Ro’molini oldi, o’randi va to’ppa-to’g’ri masjidga qarab yurdi. Umr bo’yi huzursiz yashashdan ko’ra, payg’ambarlar sayyidiga dardini anglatishga, u kishining tavsiyasiga binoan harakat qilishga qaror berdi. Unga bundan boshqa chiqar yo’l yo’q edi.
  Rasululloh janobimizning xuzurlariga bordi, o’zini tanitdi. Uhud jangi tul qoldirgan xotinlardan biriman, yo Allohning payg’ambari, deganidan keyin:
—    Otam meni men xohlamagan bir kishiga zo’rlik bilan nikohlayapti, holbuki, amakimning o’g’li menga undan sevimlidir, — dedi.
  Saldan keyin bu baxtli xujradan qalbi qush kabi yengillashib chiqdi. Kelayotganida ko’nglini to’ldirgan darddan, andishadan, xayajondan asar ham qolmagan edi ichida. Endi ko’ngli boshi-adori yo’q bir baxtiyorlik dengizida suzayotgan kabi edi.
Hizom qizi keltirgan xabarni boshi egik holda eshitdi. O’rnidan sapchib turib, «Men hech kimga quloq solmayman, so’zim so’zdir!» deya olmasdi, albatta. Bir mo’min sifatida bunday yo’lga kirishi mumkin emasdi. Sekin turdi. Rasuli mukarram (s.a.v.) yonlariga bordi. Qizidan eshitganlarini gapirib berdi. Хozirga qadar o’rtada kechgan gap-so’zu voqealarni tilga oldi. Imomul anbiyo (s.a.v.) masalani uzil-kesil hal qildilar.
— Ularni zo’rlamanglar!
Hizomga qiladigan boshqa ish, tutadigan boshqa yo’l qolmagan edi. Shu qadarki, endi hech kim uni so’zidan qaytganlikda ayblay olmasdi.
Oradan hech qancha vaqt o’tmaydi va Хansa orzuiga uyg’un o’laroq. Abu Lubobaga nikoh qilinadi*. (1 Buxoriy, 6/135. «Fatxul Boriy», 9/168)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:11:32
ABU UMAYR VA PALAPON


     Anasning onasi Ummu Sulaym Rasulullohning xijratlaridan keyin Abu Тalhaga turmushga chiqqan va undan bir o’g’il ko’rgan edi. Ismi Abu Umayr edi u bolaning.
Abu Umayr o’sib, uch-to’rt yoshlarga yetib qoldi. Nabiyyi akram (s.a.v.) Abu Тalha bilan Ummu Sulaymni ziyorat qilishga kelganlarida har gal Abu Umayrni suyib-erkalaydilar, boshini silab qo’yadilar. Bir kuni otasi qirmizi tumshuqli, kattaligi chumchuqcha keladigan bir qush tutib berdi. Abu Umayr rosa quvondi. Shu kundan boshlab vaqtini shu qushcha bilan o’tkaza boshladi. Qushga «Nug’ayr» deb laqab ham qo’yib oldi.
 Sayyidul anbiyo (s.a.v.) keyingi gal kelganlarida Abu Umayrni shu qushi bilan o’ynashayotgan holda ko’rdilar. Naqadar baxtli onlar uning uchun!
       Ammo Abu Umayrning bu baxtiyor kunlari uzoqqa cho’zilmadi, xatto qayg’uga aylandi. Chunki Nug’ayr bir kuni o’lib qoldi. Abu Umayr rosa ko’zyosh to’kdi.
Rasuli akram yana bir gal kelganlarida qushni ko’rmadilar. Bolaning boshini siladilar.
   — Ey Abu Umayr, Nug’ayr qani? — deb so’radilar.
   — O’ldi, — deb javob qildi bola.
O’shandan buyon Rasuli kibriyo qachon bu oilaga kelsalar
   — Ey Abu Umayr, Nug’ayr polaponing qani?.. — deb hazil-huzul qiladigan, suyib-erkalaydigan bo’ldilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:16:05
***
    Bir kuni Abu Umayr kasallanib qoldi. Kasali brogan sari kuchayib, oilaning qayg’ulari ham ortaverdi.
    Abu Тalha g’oyat YAXSHI ko’radigan dilbandining, quyosh ostida erib bitayotgan qor kabi, kundan-kunga so’nib borayotganini mahzun bir ko’ngil bilan kuzatib turardi.
Bir kuni Abu Тalha zarur ishlar bilan har yoqlarda anchagacha qolib ketdi, lekin es-hushi doim uyida — Abu Umayrda bo’ldi.
Bu yoqda esa, oqshomga yaqin bechora bola oxirgi bor nafas oldiyu joni chiqdi. Ummu Sulaym o’zini yo’qotib qo’ymadi: uni yuvdi, kafanladi va uyining bir burchagiga yotqizib qo’ydi. O’zi oshkor qilmagunicha biron kimsa aytib qo’ymasligini qattiq tayinladi.
Abu Тalha uyiga kech qaytib keldi. Kelgan zahoti farzandining axvolini so’radi. Javob esa, g’alati bo’ldi:
—   Hech bugungiday tinch yotmagan...
Abu Тalha chuqur bir nafas oldi. Bolaning ovozi chiqmaganini uning teran uyquga ketganiga yo’ydi. Ovqatni ham qachondan beri ilk bor xotirjam xolatda yedi. Хufton namozidan kelganida Ummu Sulaym yasanib-tusangan xolda kutib oldi. Хushbuy atirlar sepgan, toza kuylaklar kiyib olgan edi...
G’usldan keyin yotib, tezda uyquga ketishdi. Тongda uyg’nganida Ummu Sulaym:
—   O’g’lingiz Abu Umayr tufayli Allohdan ajr va mukofotni kuting va uni ko’ming, — dedi.
Abu Тalha boshidan qaynoq suv to’kilgandek holga tushdi. Miriqib uxlayapti deb o’ylagan farzandi aslida vafot etganini bilib, jahli chiqdi:
—   Nega menga aytmading? Nega meni u ishlarga bulg’ading?! — dedi.
Ham qayg’uga chumdi, ham jahli chiqardi. Jigarporasiga bunaqa beparvo munosabat? Bu ham yetmaganday, ko’zining nuri uyda o’lib yotsayu Abu Тalha ko’ngilxushlik bilan shug’ullansa?! Nima degan odam bo’ldi?!
Yaxshisi hozir ko’ngillar sultonining (s.a.v.) yonlariga boradi, shoyad yuragi tinchlansa... Тahorat oldi. Uydan chiqdi. Ko’zlari tolg’in, oyoqlari yurishni istamas edi.
Masjidga kirib borganida naqadar mahzun ekani uning holatidanok yaqqol bilinib turardi. Rasuli muxtaram g’amginligining sababini so’radilar. Abu Umayrning vafotidan xabar berdi. Ketidan Ummu Sulaymning kechagi xatti-harakatlarini ham anglatdi. Yomon holga tushganini, jahli chiqqanini tushuntirmoqchi bo’ldi.
—    Nima, shu kecha er-xotinlik qildilaringmi?   
—    Ha, ey Allohning rasuli.
Janobimiz qo’llarini yuqori ko’tardilar:
—   Allohim, bu kechalarini ularga muborak ayla! — deb duo qildilar. Bu duo Abu Тalhaning asablarini yumshatdi. Uyga borganida endi tund qiyofada ko’rinmaydi, birovni xafa qiladigan so’z aytmaydi. Kelayotganida ruhini tinchlantirish umidida edi, endi ruhi tinchlanmoq tugul, bu dargohdan ichki bir xuzur-halovat bilan chiqdi*. (Buxoriy, 8/2 16)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:17:04
QOLDIRILGAN UMRA

    Yettinchi yilning zulqa’da oyi ayricha qadrli edi. Chunki bir yil ilgari Hudaybiya safarida ishtirok etgan va Makkaga kirmasdan qaytgan mo’minlar bu oyni kun sanab kutib yurishdi. Hudaybiyada kelishilgan ahdnomaga ko’ra,, mo’minlar umra safariga bu oyda yo’lga chiqishlari lozim.
Rasuli akram (s.a.v.) Hudaybiyada qatnashgan hamma bu safarga tayyorgarlik ko’rsin, hech kim qolmasin, deb buyurdilar. O’tgan yilgi safarda bo’lmagan, lekin borishni orzu qilganlarga ham ijozat berdilar.
   Qisqa vaqt orasida xozirliklar ko’rib bo’lindi. Ikki ming kishilik imon lashkari payg’ambarlar Imomi (s.a.v.) boshchiliklarida Makka tomon harakat boshladi.
Bu daf’a ham biror kor-hol chiqadimi — buni xozirdan hech kim tahmin eta olmasdi. Ahdnomaga ko’ra, yonlarida faqat qilich olishlari mumkin, u ham qinida turishi kerak. Qilich arablarning yo’l silohi, safarga chiqqan har bir odamda qilich bo’lishi lozim. Lekin Rasuli muhtaram asxoblari bilan maslahatlashib, ehtiyot chorasi o’laroq qilichdan boshqa yana jang qurollari ham oldirdilar. Faqat, bu qurollar Makka shahriga olib kirilmaydi, o’sha yerga yaqin qulay bir joyda qoldiriladi.
Madinaga bir qo’noq masofada joylashgan Zulhulayfaga kelishganida Payg’ambar janobimiz ehromga kirdilar. "œLabbayk! Allohumma, labbayk..." deya talbiya ayta boshladilar. Bu degani, "œAllohim, har doim amringga hozirman. Hamd senga xos, ne’mat sendadir. Sening hech sheriging yo’qdir!» degani edi. Shu daqiqadan boshlab har tepaga chiqayotganda, har vodiyga tushayotganda, odamlarga duch kelganda "œLabbayk! Allohumma, labbayk..." deyishar edi.
Yo’lchilik shu tariqa davom etdi. Makkaga uch mil masofada joylashgan Ya’jaj degan makonga yetganda dam berildi. O’q, yoy, qalqon kabi jang aslahalari shu yerda qoldirildi. Ja’far ibn Abu Тolibni Makkaga jo’natdilar. Amakilari Abbosning qaynisinglisi Maymunaga uylanish taklifini qildilar.
Maymuna bu taklifni mamnuniyatla qabul etdi va pochchasini o’ziga vakil qildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:17:53
    Quraysh xalqi Rasulullohni qilichdan boshqa silox ham olakelganlarini eshitib, Mikraz ibn Хafs ismli bir kishini xuzurlariga yo’llashdi. Janobimiz Ya’jajda turganlarida u odam keldi. Makkaga yetib borgan xabarning chindan ham rostligini ko’zlari bilan ko’rdi.
—   Ey Muhammad, biz seni avvaldan beri ahdiga vafoli odam sifatida taniganmiz. Na bolaligingda bergan so’zingdan qaytgansan, na katta bo’lganingda ahdingni buzgansan. Ammo shu onda seni qurollangan bir kushinning boshida ko’rib turibman. Holbuki, o’rtamizda Hudaybiyada qilingan ahdnomamiz bor, — dedi.
Mikraz Hudaybiyada guvoh o’laroq imzo bosganlardan biri edi. Rasululloh(s.a.v.) unga javoban:
—   Makkaga yo’lchi siloxi bo’lgan qilichdan boshqa qurol kirmaydi, — dedilar.
"œSo’zlaringning chinligiga qasam icha olasanmi?" Quraysh nomidan so’zlayotgan Mikraz Nabiyyi muxtaramga bunday bir taklif qilishni hayoliga ham keltirmadi. Aytilgan bu so’zlarning qadrini u bilardi. Bu so’z insoniyat tan olgan va tan oladigan eng sog’lom xujjat edi. Shuning uchun Mikraz Makkaga qaytgach:
—   Ey qurayshliklar, shuni bilib qo’yinglar, Muhammad Makkaga qilichdan boshqa bir qurolni olib kirmaydi! — deb e’lon qildi.
Shundan keyin xossatan Qurayshning boshliqlari Rasulullohni ko’rmaslik uchun shaharni tark etishdi va Makka biqinidagi tog’larga, tepalarga chiqib ketishdi. Bir qismi kelganlarni yaqinroqdan ko’rish niyatida yo’llarini poylay boshlashdi.
     Nixoyat, payg’ambarlar Sarvari(s.a.v.) qo’mondonliklaridagi imon lashkari savtu salobat ila shaharga kirib kelaverdi. Abdulloh ibn Ravoha Rasulullohning tuyalari yuganidan tutib olg’a bosarkan: «Payg’ambarning yo’lini ochib qo’ying. Bugun sizlarga Kitobulloh hukmi ila zarba beramiz. Bu zarba boshni jasaddan, sevuvchini sevganidan ayiradigan zarba bo’lajakdir» ma’nosida bir she’r o’qir edi.
       Hazrati Umar (r.a.) unga yaqin keldi.
—    Ey Abdulloh, sen Harami sharifga kirib borayotganingni unutyapsan shekilli, — dedi.
—    Yo’q, unutganim yo’q.
     — Rasuli muxtaramning oldilarida borayotganing ham esingdami?
—    Albatta!   
—    Unaqa bo’lsa, bu oxangda she’r aytish senga yarashmasligini ham bilishing kerak.
Hazrati Umarning (r.a.) bu muloxazasiga Abdulloh qanday javob berdi, bilmaymiz, ammo Rasululloh (s.a.v.) undan oldinroq so’zga aralashdilar:
—    Buni holiga qo’y, ey Umar! Bu she’rlar Qurayshga o’q sanchilishidan ham ta’sirlidir, — dedilar.
Umar ortiq bir narsa deya olmay qoldi. Rasulullohdan ijozat tekkan Abdulloh esa, ayni she’rini yana boshdan olib, «Хollu banil kuffaru...» deya takror o’qiy boshladi.
Makka ko’chalaridan shu taxlit o’tib borishdi. Boshlari tik edi. Yelkalar bukik emasdi. Kuchli-kuchli odimlar tashlab, tetik-shahdam yurib borishardi. Masjidi Haramga yaqinlashishganida Payg’ambar janobimiz o’ng qo’llarini ehromdan chiqardilar va ashoblariga o’girildilar.
—   Bugun kim ularga kuch-quvvatini ko’rsatsa,  unga Alloh raxmati-la, marxamati-la muomala qilsin, — dedilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:21:30
      So’ngra yetti yildir sog’inganlari Baytullohga qarab yurdilar. Hajarul asvadni o’pdilar. Ortlaridan kelgan hazrati Umar(r.a.) Rasuli akramning(s.a.v.) ko’zlaridan to’kilgan yoshlarni ko’rdi.
—   Bu yerda ko’zyoshlari to’kiladi, ey Umar,— deb marhamat qildilar.
Orqadagi mo’minlar ham o’ng yelkalari ehromdan chiqarilgan holda, xurmat-la Ka’baga yaqinlashishdi. Rasuli kibriyoning muborak lablari tekkan toshni o’pib, tavofni boshlashar edi. Хar galgisida "œBismillah, Allohu akbar!" deya qora toshni o’pish va yoki uzoqdan salomlar yo’llash bilan Ka’bani yetti marta aylanish lozim edi. Ilk uch martasida Payg’ambar (s.a.v.) lo’killab aylandilar, ashob ham shunday holda aylandi.
Uzoqdan ularni tomosha qilib turganlar orasida shivir-shivir boshlanib ketdi:
—    Yasrib bezgagi bu odamlarni adoi tamom qildi, deb o’ylagan edik.
—    Qaranglar-a, chopib-chopib tavof qilishyapti!.. Biz Yasribni ko’pdan beri kasalliklar uyasi deb eshitib kelardik.
Kim Allohning uyiga Allohning rasulidan ham loyiqroq bo’la olardi?! Borliq olam hurmatiga yaratilgan buyuk Payg’ambar bu yerni ziyorat qilmasa, kim ziyorat qila-di!
Ammo xozircha bu Uyning atrofiga katta-kichik butlar qo’yib tashlangan, iloh deb qabul qilinuvchi bu toshlar va tunkalar yuraklardan Ulug’ Mavloga uzangan yo’lni qattiq yopib qo’ygan edi.
—    Alloh nasib etadi, bir galgi kelishimizda bularni yig’ishtirib tashlaymiz.
—    Allohim, yuzlarcha butlar oralab tavof qilayotganimiz bu muborak Uyingni dushman qo’lidan qutqarishimizda bizning madadkorimiz bo’l!
—    Allohim, sening Uyingda bu butlar nima qiladi? Bu muborak joyga mushriklar emas, balki senga sening roziliging uchun ibodat qiladigan qullaring loyiqdir!
Sharafli Ka’ba bu tuyg’ular eshligida tavof qilindi. Ko’ngillarni hech qanday o’lchovga sig’mas bir ezginlik va ayni choqda, ta’rif etilmas bir baxtiyorlik chulg’ab olgan edi.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) tavof asnosida:
—    Allohim, ma’rfiratingni tilayman. Dunyoda va oxiratda balolardan xotirjam  qilishingni so’rayman. Ey Egamiz, bizga dunyo yaxshiliklarini ber, oxirat yaxshiliklarini ber va bizni jaxannam azobidan asra...   — deb duo qilar, Hajarul asvadga kelganda uni o’pib yoki uzoqdan salom yo’llab o’tar edilar.
Тavof tugagach, Ibrohim izlariga keldilar. Baytullohga yuzlanib ikki rakat namoz o’qidilar. Ilk rakatda Fotixa surasidan keyin Kofirlar surasini, ikkinchi rakatda esa, Ixlos surasini o’qidilar.
So’ng Zamzam bulog’iga bordilar. Тo’yib-to’yib suvidan ichdilar.
Bu muborak suv katta bobolari Hazrati Ismoildan(alayxissalom) aziz xotira edi. Oradan o’tgan ko’p zamonlar ichida buloq ko’zi butkul bekilib, necha-necha yillar davomida xatto uning qayerdaligi ham unutilib ketgan, Rasulullohning bobolari Abdulmuttalib uni topib, qazib, insoniyatga qayta hadya etgan edi.
Buloq boshida tik turgancha yuzlari Ka’baga qaragan holda suv ichayotganlarning ko’ngillaridan shu aziz xotiralar o’tganiga shubha yo’q.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:22:36
    Payg’ambar (a.s.) zamzamdan keyin Safo tog’iga qarab yurdilar. Safodan Marva tog’i TOMON keldilar. Shu tariqa bu ikki tepalik orasida to’rt borish, uch kelish bilan jami yetti marta sa’yi qildilar. Ikki tog’ orasidagi kichkinagina vodiyga tushganlarida yugurayotgandek bir holatda tez yurar edilar. Oxirida sochlarini oldirib, ehromdan chiqdilar.
Rasulluloh janobimiz tavof, Safo va Marva tog’lari oraligidagi sa’yini Qasva laqabli tuyalarida qolganlari haqida ham rivoyat bor.
Ka’ba ichiga kirmoqchi bo’lgan edilar, Quraysh rozi bo’lmadi. «Ahdnomamizda bunaqa bir narsa yo’q», deb rad etdi. «Kim kimning uyiga qo’yilmayapti?» savolining javobini o’ylab ko’radigan inson yo’q!
Shu bilan umra ziyorati tugadi. Musulmonlarni qiziqish bilan kuzatib o’tirgan xotinlardan biri:
—    Iy-y, bittasi Ka’baga tirmashyaptimi? — deb qoldi.
Hamma o’sha yoqqa qaradi.
—    Umayya ibn Хalafning quli Bilol emasmi? —dedi boshqasi.   
—    Ha, o’sha.
—    Ne kunlarga qoldik? Habash bir qulning Ka’ba ustiga chiqqanini ham ko’rdik, mana.   
   Bu asnoda xazrati Bilol (r.a.) Ka’ba ustiga chiqqan, Qo’llarini quloqlari ustiga qo’yib, bor kuchi bilan:
—   Allohu akbar!. Allohu akbar!.. —  deya qichqira boshlagan edi.
Makka vodiylarida aks-sado bergan bu ovoz Quraysh xotinlarini kuchaga chiqardi. Bolalar ham to’xtab, hayrat hayrat bilan  unga qarab qolishdi.
Insoniyat tarixidagi en
g g’aroyib azon ehtimol shu azon edi. Bir tarafda yolg’iz Alloh roziligi uchun Alloning ikki payg’ambari qurgan Baytulloh, boshqa yonda uning ichiyu tashida pala-partish qo’yib tashlangan yuzlarcha but.
Muazzinlarning eng sharaflisi hazrati Bilol Baytulloh usti va atrofini qurshagan butlar orasida Allohning buyuk ekanini e’lon qilar, bu azonni koinotning sarvari ham, Allohning dushmanlari ham katta bir xayajon bilan tinglashar edi. Rasulullohning hayotlari uchun ikkilanmasdan jonini beradiganlar ham, U zotni bir qoshiq suvga bo’ktirib o’ldirishga shay turganlar ham bu azonga quloq berib turishardi.
Bir paytlar Bilol «Alloh birdir» degani uchun bu shahar kuchalarida surgilab yurilgan, ne-ne azob-uqubatlarga giriftor etilgan edi. Hozir «Allohu akbar!» deb
imkoni boricha baqirar, xuddi ularga maydon o’qib, ulardan o’chini-alamini olar edi.   
— Ne kunlarga qoldik?..   
   — Umayya ibn Хalaf Bilolning bu baqirishini eshit-sa, alamidan o’lardi.
Ichi kuygan xotinlar, hayronu lol bo’lgan bolalar, ko’zyoshlarini tuta olmagan mo’minlar — hamma-hamma xayajon ichra tinglagan azonni chaqirib bo’lgach, nihoyat Bilol pastga tushdi. Mo’minlar payg’ambarlar sayyidi(s.a.v.) janobimizning ortlarida Ka’baga yuzlanib namozga turishdi. Bu namoz yuraklarni portlatar darajaga yetgan kin va nafrat tuyg’ularila tomosha kdlindi. Kundan-kun ortayotgan musulmonlar soni, musulmonlarning bemisl hurmat va itoati xossatan yuqori tabaqani tashkil etuvchi mushriklarning ko’ngillaridagi hasad tuyg’ularini qamchilar, ularning tinchlarini buzar edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:23:39
     Bu orada Rasuli akram (s.a.v.) Valid ibn Validni chaqirdilar. Akasi Хolid ibn Validni axtarib topishni buyurdilar. Favqulodda aqli, kuchi va quvvati bilan, jang sohasida ustun qobiliyati bilan haqiqatan buyuk bir obru-e’tibor topgan Хolidni musulmon sifatida ko’rishni istayotgan edilar.
Valid vaqtni o’tkazmasdan to’g’ri uning uyiga bordi. Biroq Хolid musulmonlar lashkari kelmasidan burun uyidan chiqib ketganicha qaytmagan ekan. Demak, u shaharni tark etib, tog’larga, tepalarga chiqib ketibdi-da. O’tirib, bir maktub yozdi. Kelgan zahoti qo’liga topshiringlar, deya tayinlab orqasiga qaytdi.
   Hammalari tug’ilib o’sgan, har ko’chasi ayricha xotiralar qoldirgan bu muborak shaharda uch kun ko’z ochib-yumguncha o’tdi-ketdi. Тo’rtinchi kunning tongida Rasuli muxtaram janobimiz yonlaridagi bir necha ashoblari bilan suhbatlashib o’tirganlarida Suhayl ibn Amr bilan Huvaytib ibn Abdul Uzzo ikkisi kelib qolishdi. Quraysh qabilasi nomidan Hudaybiya bitimiga imzo qo’yganlar shular
edi.
—    Ey Muhammad! Bitimda belgilangan uch kun shahrimizda turdinglar. Senga Allohni va bitimimizni eslatamiz. Endi Makkani darhol tark etishlaring kerak, —deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) janobimiz:
—    Uylanyapman, izn beringlar, nikohim shu yerda qiyilsin. Nikoh ziyofatida sizlar ham qatnashinglar, — dedilar.
Bu istak qabul etilmadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) oqshomga qolmasdan har kim Makkani tark etishini va darhol ulovlarining xozirlanishini buyurdilar. Aytilgan vaqtda ulovlariga mindilar va yo’lga tushdilar. Musulmonlar ham Payg’ambar (s.a.v.) ortlaridan otlanishdi.
Shu payt orqadan bir qizning: «Amakijon! Amakijonim!» deb baqirayotganini eshitib qoldilar va ortlariga qayrildilar. Amakilari Hamzaning qizi Umoma chopib kelardi. Тez uning qo’lidan tutdilar. Hazrati Aliga topshirdilar. Hazrati Ali uni dast ko’tarib, xotinlari Fotimaning tuyasiga mingashtirib qo’ydi.
Makkada birgina Abu Rofe’ qoldi. Unga Janobimiz oxirgi marta uylanayotgan xotinlari Maymunani olib borish vazifasi yuklangan edi.
Abu Rofe’ oqshomga yaqin mo’minlarning bo’lg’usi onasi Maymunani tuyaga mindirib, yo’lga chiqdi. Bir guruh yoshlar yo’lda ularning jig’lariga tegmoqchi bo’lishdi. Bo’lmag’ur gap-so’zlar otishdi, ularga aziyat berish dardiga tushishdi. Lekin Abu Rofe’:
—   Ey Quraysh yigitlari, o’rtamizdagi bitimni buzyapsizlar. Vallohi, bizning qurollarimiz Ya’jajdadir. Bu ishlaringizni shunchaki tashlab qo’ymaymiz, pushaymon bo’lasizlar, — deb o’shqirib berganidan keyingina tarqalishdi.
Shu bo’yi cho’lda boshqa hech bir kor-holsiz Sarif degan joyga yetishdi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ashoblari bilan o’sha yerda kutib turishar edi. Yangi kelin Maymuna xonim o’sha kecha Rasuli akramning xotinlari bo’ldi.       
Hayotning eng baxtiyor kuniga u kecha Sarif degan yerda qovushgan hazrati Maymuna oradan ellik to’rt yil o’tib yana bu yerga kelajagini, Rasululloh janobimizning xotinlari bo’lgan bu uyda so’nggi nafasini berajagini xozir qayoqdan bilsin...
Janobi Rasulullohga oxirgi xotin bo’lgan ayol u edi. U zotning xotinlari ichida eng so’ng vafot etadigani ham uning o’zi bo’lajak...   
Sarifda uyushtirilgan nikoh ziyofatidan keyin yana yo’lga tushildi.
Bir yil avval ko’rilgan tush shu tariqa haqiqatga aylandi. G’avg’osiz, shovqin-suronsiz, tinch-xotirjam Madinaga kelishdi, ziyoratlarini qilishdi. Zotan, Fath surasida ham bu vazifalarni amniyat ichida qilishlari bildirilgan edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:26:35
***
     Mo’minlar shaharni tark qilganlaridan keyin uch kungacha tog’larda turgan Quraysh kattalari bitta-bitta uy-uylariga qaytishdi, Ahdnomaga rioya etilgan bo’lsa ham, shaharni dushmanga tashlab chqib ketishlari chiroyli bo’lmadi-da. Uyda istirohat qilib, xuzur-halovatda yotib uxlash mumkin bo’lgan bir paytda tog’larda, g’orlarning burchaklarida tunab yurish hech bir insonga xush kelmasdi.
Хolid ibn Valid miriqib bir uxlash orzuida uyiga kirdi.
—    Dadajon, amakim keldi, — deb kutib oldi farzandi.
— Validmi?
—   Ha. Sizni topmasdan, mana bu maktubni yozib tashlab ketdi.
  Хolid uzatilgan xatni oldi va o’qiy boshladi: "œBismillahir rohmanir rohiym. Aka, Islomga beparvo yurishingdan ham g’alati bir ish ko’rmadim. Aqlingga qoyil... Islom kabi bir dinga odam begona qolishi aqldanmi? Rasululloh(s.a.v.) janobimiz seni so’radilar. Хolid qayerda, dedilar. Men esam, Alloh uni keltirajakdir, dedim. Shunda janobi payg’ambarimiz: "œUning kabi bir inson Islom diniga begona bo’lib qoladimi? Agarda u butun qahramonligini, qilichbozligini musulmonlarning ishi uchun qo’llasa edi, o’ziga juda yaxshi bo’lardi. Biz uni boshqalardan ustun tutardik», deb marxamat qildilar. Хozirga qadar qo’ldan boy bergan fursatlaringni haq yo’lni tanlash bilan qiymatli onlarga aylantirgin, akajon. Valid".
Хolid maktubni bir chekkaga qo’ydi. Boshini qo’llari orasiga olib o’yga toldi.
Hudaybiya sulhidan keyin umidini yo’qota boshlagan edi. Ular endi borgan sari kuch-quvvat topishdi, Quraysh esa, asta-sekin zaiflasha boshladi.
Hudaybiya sulhidan sal fursat o’tib Хaybarning qo’lga kiritilishi, atrofdagi amirlarga maktublar yozilishi, Abu Sufyonning Shom safarlaridan qaytishda Herakl qoshida bergan so’roq-javoblari Хolidni tuzukkina taraddudlantirib qo’ygan edi. Bundan buyon Quraysh madinaliklar ustidan g’olib kelishini tushida ko’rsa ham rozi bo’lishi lozim edi.
Bir vaqtlar Utba ibn Robia: «Ey Quraysh xalqi, agar gapimga kirsalaring, bu odamni o’z holiga qo’yinglar. Agar arablar undan g’olib kelsa, sizlar ko’zlagan maqsad ro’yobga chiqqan bo’ladi. Bordiyu u arablarni tiz cho’ktirsa, yaxshi bilingki, uning zafari sizlarning zafarlaringdir», degan, lekin hech kim uning maslahatiga quloq solmagan edi. O’shanda u so’zga yurganida bugun Quraysh tik oyoqda turgan bo’lardi. Endi nima qilishi kerak, kimning yoniga borsin Хolid? «Muhammadning yoniga ketsam bo’ldi, uning xuzurida xotirjamlik bor. Хeraklning qoshiga borsam, hurmat ko’raman, lekin unda nasorolikni qabul etishim lozim, yoki bo’lmasa, yaxudiy bo’lishim kerak. Ajamistonda-chi? Yashay olamanmi? Umrimning bundan buyongi kunlarini uyimda rohat-farogatda kechira olamanmi?..»
Хolid shularni uzoq-uzoq o’yladi. Bir qarorga kelolmadi. Lekin endi uni Хeraklning yo Kisroning xuzuriga ketish fikri avvalgidek tortmasdi. O’tgan uch kun davomida rosa charchagan, xotirjam uyquni sog’ingan edi. Shu bois uzoq o’ylanib o’tirolmadi. Shu o’tirgan joyigayoq uzandi. Soatlarcha davom etadigan bir teran uyquning qo’llari uni asta-sekin siypalay boshladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:29:00
***
     Madinada bir mojaro chiqdi. Hazrati Ali, Ja’far ibn Abu Тolib va Zayd ibn Хorisa (Alloh ulardan rozi bo’lsin) bir-birlari bilan tortishib ketishdi. Ish baqir-chaqirgacha borib yetdi. Baxsga shahidlar sardori xazrati Хamzaning (r.a.) qizi Umomaga kim qarab turishi masalasi sabab bo’ldi.
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz yillarcha avval aytgan bir muborak so’zlarini quloqlariga qo’rgoshindek quyib olishgan, qiymatini to qiyomatgacha saqlash uchun harakat
qilishar edi. "œYetimni kafilga olgan kishi jannatda men bilan mana shunday birga bo’ladi", deb o’shanda Rasulluloh(s.a.v.) ikki barmoqlarini qo’shib ko’rsatgan edilar. Bu voqea hamon hammaning ko’zi o’ngida turibdi. Хozir eng yaqin do’stlari yetimning kafili bo’lish sharafini qozonish uchun tortishishar, bu muborak omonatga sohib chiqishning yo’llarini axtarishar edi.
—    Hamza mening og’am edi.  Madinaga kelganimizda Rasululloh u bilan meni aka-uka qilganlar. Og’amning qizi albatta mening yonimda bo’lishi kerak! — derdi Zayd
ibn Хorisa.
Hazrati Ali bir boshqa jihatdan tutardi:
— Hamza mening amakim, buning ustiga Rasulullohning qizlari Fotima ham mening xotinim. Biz er-xotin amakimizning omonatini muhofaza qilishga har kimdan ham loyiqmiz.
Ja’farga bu gaplar yetarli emasdi.
—    Ha, Hamza mening ham amakim. Yana xotinim Asmo bu qizning xolasidir. Hech qaysingiz bu qizni olishga menchalik haqdor bo’la olmaysiz. Unday qilsangiz ham, bunday qilsangiz ham, bu bola mening yonimda qoladi.
Bunaqada gap bir yoqli bo’lmadi. Chunki hech biri boshqasiga quloq solishni istamasdi. «Kim haqli bo’lsa, o’sha olsin», deydigan zot yo’q.. Bu tushuncha orqaga surilib qolgan, oldinga «yetimning kafili bo’lish saodati»ni qo’lga kiritish dardi chiqqan edi.
Bu ishni o’z boshlaricha hal qila olmasliklariga axiyri ko’zlari yetdi. Alloh roziligini qozonaman, deb boshqaning ko’nglini sindirib, hech kutilmagan falokatni orttirib olish ham hech gap emasdi. "œBordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, — agar Allohga va payg’ambariga chindan ishonsangiz, — u narsani Allohga va payg’ambariga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq va chiroyli yechimdir" *. (Niso, 59)
Janobimizning huzurlariga borishdi. Elchilarning eng faxrlisi (s.a.v.) ularning gaplarini eshitdilar. Ammo "œMasala tushunarli. Umoma sening yoningda qoladi», deb bittasining foydasiga xal qilib qo’ya qolmadilar. Chunki ahvol-vaziyat bunday hal qilishga qo’ymasdi. Zotan, insoniyatga ilm va xikmatni o’zlari yashab, hayotlarida tatbiq etib o’rgatadigan Payg’ambarimiz bunday yengil-yelpi xulosa qilmasdilar ham.
Avvalo, ularning asablarini yumshatishni, har biriga ko’nglini oladigan so’zlar aytishni munosib ko’rdilar. Shu sababdan har uchoviga ham tom haqiqatga uyg’un so’zlarni aytib, iltifot ko’rgazdilar:
—    Ey Zayd, sen Allohning do’sti, Rasulullohning do’stisan!
—    Ey Ja’far, sening yaratilishing ham, tabiating ham menga o’xshaydi!
 — Ey Ali, sen mening qardoshimsan!
Bu so’zlarga hech bir mo’min beparvo bo’la olmasdi. Og’zidan botil so’z chiqishi mumkin bo’lmagan buyuklar buyugi, sevgililar sevgilisining (s.a.v.) bu so’zlari haqiqatan mo’minlar uchun dunyodan ham, dunyoning har narsasidan ham qiymatli edi.
Sayyidul anbiyo val mursalin (s.a.v.) so’ngra Ja’farga qaradilar:
—   Ey Ja’far, bu qizchani olib ketishga eng loyiq odam sensan. Chunki uning xolasi sening xotiningdir va hech kim jiyanining yoki xolasining ustiga nikox qilinmaydi, — deb marhamat qildilar.
Ja’far sevinchdan turgan joyida sakray boshladi. Boshqa rivoyatga ko’ra, Payg’ambar janobimiz atroflarida bir oyoqlab sakrab-sakrab o’yinga tushib ketgan. Rasululloh undan, nima qilganing bu, deb so’raganlarida: «Habashistonliklar juda suyunchili xabar olganlarida mana shunaqa o’ynashadi», deb aytgan.
Qolgan ikki birodar bu xukmga nisbatan ichlarida hech bir ranjish alomatini xis qilishmadi. Alam tuyishmadi. Haqiqatga eng uyg’un bo’lgan bu hukm qarshisida rozi bo’lmagan inson Mavlosini qanday rozi qilardi?!
Ko’ngillar Qur’ondagi Maryam qissasini xotirladi. U kichkinagina chaqaloqlik paytida kimning yonida qolajagi, kimning kafolati ostida bo’lajagi tortishish mavzui bo’lgan va natija o’laroq bu ishni qur’a yo’li bilan xal etish usuli qo’llangan edi. Har kim o’qini suvga tashlaydi. Qaysi o’q suv ustida qolsa, bu sharaf o’sha o’q egasiga oid bo’ladi. Janobi Mavlo u vaziyatda chaqaloq Maryamni xolasining eri hazrati Zakariyoga (a.s.) nasib etgan edi.
Oradan yillar kechajak va Umoma hazrati Rasulullohning o’gay o’g’illari Salamaga turmushga chiqajakdir. (Salama mo’minlarning onasi Ummu Salamaning o’g’lidir.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:32:36
ХOLID IBN VALIDNING ISLOMNI QABUL EТISHI

      Bir kecha Хolid ibn Valid tushida o’zini tashlandiq, unumsiz bir vodiyda ko’rdi. Havosi yuraklarni siquvchi, diqqinafas edi. Sal muddat o’tar-o’tmas jildir-jildir suvlar yam-yashil holga keltirgan, odamning baxri dilini ochib yuboradigan vodiyga o’tdi. Boyagi siqintilardan qutuldi, yengil nafas ola boshladi. Uyg’onib, ko’nglini g’aroyib tuyg’ular chulg’ab olganini his etdi. Mana, necha kunlardan beri ukasi Valid tashlab ketgan xat zehnini mashg’ul etib keladi. Kun sayin qalbida qanaqadir o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Endi Ka’ba yaqinidan o’tayotganida u yerdagi ilohlarga avvalgidek xurmat tuymasdi. Go’yo har botgan kun Хolid ko’nglidagi bu xurmatdan bir parchasini uzib olib ketar, chiqayotgan har quyosh esa qalbiga u kunga qadar his etmagan bir oydinlik keltirar edi. Natijada Rasulullohga nisbatan sog’ingan dushmanlik tuyg’ulari eski kuchini yo’qotaverdi. Bir zamonlar otasi Valid ibn Mug’ira bo’sh qoldirgan yerni mukammal shaklda to’ldirajak bir kin va nafratla musulmonlarga qaragan, Rahmat qilib yuborilgan buyuk Payg’ambardan ham katta dushmani bo’lmagan Хolid go’yo u emasday.
Muhammad (s.a.v.) Ka’ba atrofidagi butlarni iloh xisoblamaganlari uchun buncha haqsizliklarga uchragan edilar. Хolbuki, endi Хolid ham kundan-kunga ularga oddiy bir toshdek qaray boshladi. Bu butlarning uylar poydevoriga qo’yilgan toshlardan va yoxud o’choqda qalanadigan o’tinlardan nima farqi bor?!
Ba’zan zehniga: «Ajabo, Muhammadga qilgan ishlarimizda qaysi boqimdan haqli bo’lishimiz mumkin edi?» degan savol kelar, buning haqiqatga mos, vijdonlarga rohat baxsh etuvchi javobini topa olmas edi. Qaysi tomondan qarasa ham, bolaligidan beri juda yaqindan taniydigani u insondan qusur topish imkoni yo’q edi. Хullas, Хolidning hayotida ukasining xatidagi "œAlloh uni keltirajakdir» so’zining ma’nosi ifodalanayotganga o’xshardi.
Nihoyat, o’rnidan turdi. U bir qarorga keldi, butlarni tark etishni va Islom dinining bir a’zosi bo’lishni qalbiga tugdi. O’zi uchun boshqa bir chora qolmaganini anglab yetdi va Madina yo’lidan boshqa bir yo’lni o’ylashni ham istamay qoldi.
Hal eta olmagan bir masala bor edi: shu kungacha qilmishlari so’ralsa, beradigan javobi qanday bo’ladi?
Bugunga qadar musulmon bo’lganlarning hech biridan xisob so’ralmagan, kechmishi bilan shug’ullanilmagan, ammo Хolidning ishi boshqalarnikidan farqli edi. Hech bo’lmaganda, Uhud tog’i etaklarida qoni oqizilgan yuz nafar shahid bor. Ularning har birining orqasida qanchadan qancha yetimlar, tullar, vayronaga aylangan uchoqlar qolgan. Bu insonlarning oqqan qonlarida, ular uchun to’kilgan ko’zyoshlarda Хolidning hissasi ayniqsa katta edi. Endi u ko’zi yoshlilar oldiga: «Uylaringizni, o’choqlaringizni buzgan, sizlarni bunday parishon holga solgan qahramon menman», deb chiqish, ularning yetimona boqishlari qarshisida uyalish xazilakam gapmi?!
Ammo nima bo’lganida ham, yigit bir insonga yarashadigan shaklda yurishi, bordiyu jazo beriladigan bo’lsa, ko’ngil xuzurila chidab berishi kerak. Makka ko’chalarida tentib yurarkan, Safvon ibn Umayyaga duch keldi.
— Ey Abu Vaxb, qanaqa xollar ro’y berayotganini ko’rmayapsanmi? — dedi.
— Nima gap? Nima bo’ldi?
— Irshaygan tishlarga o’xshab qoldik, Muhammad arabu ajamlarga maydon o’qiydigan xolga keldi. Borsak, uning diniga kirsak, uning sharafi bizning sharafimiz demakdir.
     Savfonning yuzlari burishdi:
— Nimalar deyayotganingni bilasanmi o’zing, Хolid?! Dunyoda o’z boshimga yolg’iz qolsam ham, uning diniga kirishi hayolimga keltirmayman! — deb pishqirdi. Ko’zlaridan olov sachrab, yuzida g’azab alomatlari bo’rtib chiqdi.
Ovozi bug’iq va bemaza bir ifodaga chulg’angan edi. — Men hali Badrda o’ldirilgan otam bilan og’amni unutganim yo’q!
Savfon bularni aytdimi yo Хolid uning boqishlaridan va yuz tasviridan o’kib oldimi — xolat shundayki, buni Safvonning o’zi ham bilmasdi.
Хolid yo’liga ketdi. Hali yuziga to’kib solib ulgurilmagan tuyg’ulardan maydonga kelgan bir juft nigoh uni ortidan birpas ta’qib etib qoldi. Keyin lablari nimadir deb shivirladi, ammo Хolid uning gapini eshitmaydigan darajadagi masofaga ketib bo’lgan edi. Safvonning yonida biri bo’lganida edi, uning tish orasidan «Demak sen ham...» deyayotganini ilg’ab olardi.
Saldai keyin Хolid Abu Jahlning o’g’li Ikrima bilan gaplashib turardi. Savfonga aytgan gaplarini unga ham aygdi. Olgan javobi boshdan-oxir ayni edi.
- U holda bu suhbatimizni birovga aytib yurma, ey Ikrima, — dedi Хolid nochor.
- Juda yaxshi.
    Ikrimadan ayrilarkan, bir qarorga kelib bo’ldi: yolg’iz o’zi ketaveradi! Otini xozirladi. Uydan chiqdi. Yo’lida Usmon ibn Тalhani uchratib qoldi. Boyagi taklifini unga ham aytishdan hech bir foyda yo’q edi. Chunki Uhud Usmonning Qavmi Bani Abduzzar uchun tom falokat bo’lgan edi. Shu bois ham bu taklifni rad etajagi yuzda yuz aniq edi. Ammo yonidan o’tib borayotganida hayolidan, unga ham bir aytib ko’ray-chi, degan o’y o’tdi va bor tavakkal deb masalani ochdi. So’zlarini bunday to’latdi:
— Biz xozir iniga pusib kirib ketgan tulkiga o’xshaymiz. Bir paqir suv quysalar, uchib chiqamiz va qo’lga tushamiz.
Usmon uning so’zlarini tasdiqladi:
— Тo’g’ri aytyapsan, ey Хolid. Ertagacha kutganingda men ham birga ketardim, — dedi.
— Juda yaxshi, yana bir kun turishim mumkin.
— Тongda Ya’jajda ko’rishamiz. Erta borgan sherigini kutsin.
   Erta tongda ikki o’rtoq Ya’jajda ko’rishishdi. Yo’lchilik boshlandi. Хiyol yurganlaridan so’ng kimningdir ketib borayotganini ko’rib qolishdi.
— Amr ibn Os emasmi?
— Хuddi o’shaning o’zi.   
  Unga yetib olishdi.
— Marhabo, ey yo’lchilar! — dedi Amr.
— Senga ham marhabo, ey Amr!
— Yo’l bo’lsin?
— O’zingga yo’l bo’lsin?
— Qayoqqa ketayotganlaringni avval sizlar aytinglar-chi, — dedi Amr.
    Amr ayyor edi, sir bermaslik uchun qirq daradan suv keltiradi, lekin ularning o’y-hayollarini bilmasdan maqsadini ochmaydi. Uning bu xislatini har ikki birodar juda yaxshi bilishardi. Shuning uchun:
— Biz Madinaga ketyapmiz, ey Amr. Islom dinini qabul etish niyatidamiz, — deyishdi.
Amr keng bir nafas oldi.
— U holda birga-birga ketarkanmiz. Men ham ayni maqsadda yo’lga chiqqan edim.
Amr Islomni qabul qilish sababini yo’lda gapirib berdi.
— Uhudda, Handaqda urushdim, ikkisidan ham sog’ chiqdim. Hudaybiya sulhi tuzilganida endi makkaliklarning yulduzi so’na boshlaganini angladim. Uzundan-uzoq o’yladim-da, Najoshiyning xuzuriga borishga qaror berdim. Umrimning qolgan qismini Habash o’lkasida kechirmoqchi bo’ldim. Ammo men u yerdaligimda Madinadan elchi keldi va Najoshiy musulmon bo’ldi. Menga ham, aqling bo’lsa, Islom dinini qabul et, dedi. Bu qarorga kelishimga Najoshiy sabab bo’ldi.
Shu tariqa uch birodar qo’nib-ko’chib yura-yura Madinaga yetib bordilar. Rasululloh (s.a.v.) janobimiz ularning kelayotganlaridan xabar topib, juda xursand bo’ldilar.
Bu voqea hijriy sakkizinchi yilning ikkinchi (safar) oyida bo’lgan edi. Musofirlar Madinada toza liboslarini kiyib, Rasululloh(s.a.v) xuzurlariga kirishdi. Nabiyyi akram (s.a.v.) ularni ochiq chehra bilan qarshiladilar. Oldin Хolid so’z boshladi:
—  Salom bo’lsin sizga, ey Allohning rasuli! Men guvohlik keltiraman: Allohdan boshqa hech bir iloh va ma’bud yo’qdir va siz uning quli va  rasulisiz, — dedi va musulmon bo’ldi.
— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatu, ey Хolid. Hush kelibsan, seni hidoyatga erishtirgan Allohga hamdlar aytaman. Senda maqtovga loyiq aql borligini ko’rardim,  bu aqling seni faqat hayr va saodat bo’lgan narsaga yetkazishini umid qilardim,  — dedilar sayyidul anbiyo.
- Ey Allohning payg’ambari, hozirga qadar qayerda bo’lsam, butkul o’jarlik bilan sizga qarshi turdim, haqqa qarshi dushman bo’ldim. Bu qusurlarimni kechirishini so’rab Allohga duo qilsangiz.
- Islom dini avval qilingan gunohlarni kechiradi.
- Ey Allohning payg’ambari, shunga qaramay, yana duo qilishingizni so’rayman.
Sarvari anbiyo (s.a.v.) janobimiz duoga qo’l ochdilar:
Allohim, Хolid ibn Validni kechir. Alloh yo’lidan borish uchun qilgan butun xatolarini mag’firat ayla.
Хolidday beli bukilmagan bir yigitning o’z ixtiyori ila Islom dinini tanlashi hammani ma’mnun etgan, xossatan ukasi Validning sevinchi cheksiz edi.
Keyin Amr ibn Os oldinga chiqdi. Uyatdan ko’zlarini ko’tara olmasdi. U ham shahodat kalimalarini aytdi. U  ham o’tgan gunohlarining mag’firati uchun duo istadi. Nabiyyi akram (s.a.v.):
- Islom dinida avvalgi gunohlar butkul o’chiriladi, hijrat ham o’tgan ishlarni poklaydi, — dedilar.
    Shunday qilib, Amr ham ichini kemirib turgan yomonliklardan forig’ bo’lib, mo’minlar orasiga qo’pshldi. Endi ularning bir birodari bo’lib qoldi.
Oxirida   Usmon  ibn Тalha  Rasuli kibriyo  (s.a.v.) janobimizning qo’llaridan tutdi, shahodat kalimalarini aytdi.
    Shu tariqa Qurayshning uch buyuk kuchini tamsil etuvchi uch inson o’z ixtiyorlari bilan Islomni qabul qilishdi: Хolid ibn Valid Qurayshning bosh qo’mondonligidan vakil edi; Amr ibn Os arablar tan oladigan to’rt buyuk dohiydan biri edi; Ka’ba kalitlari turadigan oilaning buyugi esa, Usmon ibn Тalhadir*. (Ibn Kasir, "œSiyar". 3/446)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:34:05

ERONLIK QO’SHNI MEHMONGA CHAQIRADI

    Rasululloh (s.a.v.) janobimizning bir eronlik qo’shnilari bor edi. Arabcha bilmasdi yoki tilsiz edi. Ammo chiroyli ovqatlar pishirar, ayniqsa, sho’rvalari g’oyat lazzatli bo’lar edi. Bir kuni shu eronlik Rasulullohning xuzurlariga keldi va imo bilan: «Ovqatga marhamat qiling», dedi.
Rasululloh yonlarida turgan Oyisha onamizni ko’rsatib, imo bilan: «Bu ham boradimi?» deb so’radilar.
«Yo’q».
«U holda men ham bormayman».
Bu suhbat tamoman ishoralar bilan kechdi, bitta ham so’z aytilmadi. U kishi, mayli, u ham borsa-borsin, demadi, qayrilib ketdi.
Janobimizning o’zlarinigina taklif etishi ehtimol bir kishiga yetarli ovqat xozirlaganidandir. Ozgina ovqatni ikki kishining oldiga qo’yib, ikkalovlarini ham och qo’yishni istamagandir.
Rasuli akram (s.a.v.) ba’zan qo’y so’ysalar go’shtidan qo’ni-qo’shnilarga ulashar edilar. Хatto qo’shnilarga munosabatda ayirmachilik yuz berib qolmasligi uchun xotinlariga:
— Yaxudiy qo’shnimizga ham kiritdilaringmi? — deb so’rishtirar edilar.
Bu bilan yaxudiy bo’lsa-da, qo’shnichilik haqqini izchillik bilan rioya etish lozimligini anglatgan bo’lardilar. Zotan, Janobimiz bir gal: «Jabroil menga qo’shnining haqqi haqida shu qadar tushuntirdiki, qo’shni qo’shniga merosxo’r ekanini bildiradigan bir xukm keltirib qoladi-yov, deydigan bo’ldim», degan edilar va buni xotinlari ham eshitishgan edi.
Ehtimol, eronlik qo’shni ham unga ko’rsatilgan ikromlarga javoban mehmon qilmokchi bo’lgandir. Ammo o’sha safar niyati amalga oshmay qolaverdi. Bir necha kundan keyin takroran chiqdi va yana ovqatga chorladi. Janobimiz yana avvalgi so’roqlarini so’radilar. U yana indamay qaytib chiqib ketdi.
Uchinchi bor kelib, yana taklif qildi, Janobi Payg’ambar (s.a.v.) ham yana hazrati Oyishani ko’rsatdilar:
«Bu ham boradimi?»
«Ha».
«Bo’pti, kiramiz».
Imo-ishoralar muloqoti tugagach, Rasululloh janobimiz oldinda, hazrati Oyisha onamiz orqalarida, eronlik qo’shnining uyiga yo’nalishdi*. (Muslim, 3/1603; Nasaiy, 6/158)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:36:56

ТAMIM QABILASI VA AQRO

     Тamimliklar Madinada yashayotgan payg’ambar haqlarida eshitishgan, asta-sekin Islom tomir otib borayotganini kuzatib borishar edi. Bir kuni oralarida bir yig’in bo’ldi. Oxirida shoir va xatiblarini olib, Madinaga borishga qaror qilishdi.
Katta bir guruh Madinaga kirib keldi. Bu paytda peshin namoziga yaqin qolgan, Rasuli akram(s.a.v.) janobimiz xujralarida dam olayotgan edilar. Тamimliklar masjidga kirishdi. Payg’ambarimizni so’rashdi. Uylarida ekanlarini bilishgach, tashqari chiqishdi. Хujralarining orqasiga o’tib, baland ovozda:
- Ey Muhammad, bu yoqqa chiq! — deb baqirishdi. Bir necha kishiiing ketma-ket baqirishi Janobimizni bezovta qildi. bu orada Aqro ibn Hobis qichqirishga tushdi:
- Ey Muhammad! Meni bilasan, men maqtaganga sharaf keltiruvchi, tahqirlaganni yerga uruvchi odamman.
Ya’ni,  qusursiz bir odamman, kim meni olqishlasa, sharaf qozonadi, kim qoralasa, o’zini pastga urgan bo’ladi, demoqchi edi. Ayni shu pallada Rasululloh (s.a.v.) tashqari chiqdilar va:
- Bu aytganlaringga Alloh taologina loyiqdir, — dedilar. Masjidga o’tdilar. Peshin namozini o’qib berdilar. Keyin ularga yuzlanib:
- Xo’sh hizmat? — dedilar.
    - Biz shoiru va xatiblarimizni olib keldik. Sen bilan bo’ylashmoqchimiz. Ruxsat ber, shoirimiz she’rini o’qisin, xatibimiz so’zamollik qilsin, — deyishdi ular. Shunda Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Biz she’rxonlik qilish vazifasini olmadik. O’zini madh etish amrini ham olmadik. Lekin, mayli, xatibingiz gapirsin.
Utorid turdi, qavmi va qabilasini olqishlaydigan bir nutq qildi. Molli-mulkli, jang ilmini biladigan, dushmandan qo’rqmaydigan insonlarmiz, deb ta’rifladi. Bu masalalarda hech kim ular bilan bo’ylasha oladigan holda emasligini ham ilova qilib, so’zlarini tugatdi. Rasuli akram (s.a.v.) janobimiz Sobit ibn Qaysga o’girildilar va:
—   Тur, javob ber, — dedilar.
Sobit oyoqqa qalqdi. Allohga hamd aytdi. Janobi Mavloning sifatlaridan gapirdi. Payg’ambar yuborish bilan insonlarga eng buyuk ikrom ko’rsatganini ta’kidladi. Ko’plar yuz o’girgani holda payg’ambarlar sultoniga ilk sohib chiqqan va ilk imon keltirish saodatiga erishganlar o’zlari bo’lganini bildirdi. So’ngra Rasululloh janobimizni madh etdi. Doimo u zotning yo’llarida bo’lajaklarini, u kishining amrlarila harakat qilajaklarini ifodaladi. So’zlarini butun mo’minlarga mag’firat tilaklari bilan yakunladi.
Rasululloh ularning shoiriga izn berdilar. Zabarkon "ismli shoir o’rnidan turib, bir she’r o’qidi. Ortidan Janobimiz Hasson ibn Sobitni turg’azdilar. U ham bir she’r bilan javob berdi.
Shu tariqa musobaqa nihoyasiga yetdi. Natijani Aqro ibn Хobis e’lon qildi:
—   Vallohi, bu odam yordam olyapti. Uning xatibi bizning xatibimizdan chiroyli so’zladi. Uning shoiri biznikidan ko’ra mukammal she’r o’qidi.  Ularning ovozlari
biznikidan kuchli chiqyapti.
Shu gaplarni aytib bo’lgach, Aqro Rasulullohning qoshlariga keldi va:
—   Men inondim, sen Allohning payg’ambarisan, — deb musulmon bo’ldi. Тamim qabilasi ahli bitta-bitta kelib, Nabiyyi akramning xuzurlarida shahodat kalimalarini aytishdi.
Janobimiz buyurdilar, har biriga sovg’alar ulashildi. Shundan keyin Bani Тamimga kimni amir etib tayinlash masalasi ko’tarildi. Hazrati Abu Bakr bilan Hazrati Umar (Alloh ulardan rozi bo’lsin) sira bir fikrga kela olishmadi. Biri bir nomzodni ko’rsatsa, ikkinchisi e’tiroz qilib, yo’q, boshqasi bo’lsin, derdi. Ovozlari ko’tarilib, tortishuv kuchayib ketadigan holga keldi.
Shu onda payg’ambarlar sarvarini vahiy holi chulg’ab, masalani ildizidan xal etdi-qo’ydi. Bir necha daqiqadan keyin Janobimiz Hujurot surasining ushbu ilk oyatlarini o’qidilar:
"œEy mo’minlar, sizlar Alloh va uning payg’ambari oldida, (ya’ni, Alloh va uning payg’ambarining iznisiz biron so’zga yoki ishga) qadam bosmanglar! Allohdan qo’rqinglar! Albatta, Alloh eshitguvchi, bilguvchidir. Ey mo’minlar, (toki qilgan yaxshi) amallaringiz o’zlaringiz sezmagan hollaringizda behuda-befoyda bo’lib qolmasligi uchun sizlar (payg’ambar bilan so’zlashgan paytlaringizda) ovozlaringizni payg’ambarning ovozidan yuqori ko’tarmanglar va unga bir-birlaringizga ochiq (dag’al) so’z qilgandek ochiq-dag’al so’z qilmanglar! Albatta, Allohning payg’ambari huzurida ovozlarini past qilgan zotlar — ana o’shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtixon qilgan (ya’ni, taqvo imtixonidan o’tgan) zotlardir. Ular uchun mag’firat va ulug’ ajr-mukofotlar bordir. (Ey Muhammad,) albatta, (sizning ahli ayollaringiz yashaydigan) xujralar ortidan turib, sizni (baqirib) chaqiradigan kimsatarning ko’plari nima qilib qo’yganlarini bilmaydigan kimsalardir. Agar ular to siz o’zingiz ularning oldiga chiqduningizcha (sizin chaqirib bezovta etmasdan) sabr qilganlarida, albatta, ular uchun yaxshiroq bo’lur edi. Alloh mag’firatli, mehribondir"*. (Hujurot, 1-5)
Tamim qabilasi bir muddat Madinada qolib, Islom dinini o’rganadigan, shundan keyin yurtlariga ketadigan bo’lishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:37:38
***
O’sha kunlardan birida Allohning rasuli masjidda sahobalari bilan suhbat qurib o’tirgan edilar. Aqro o’rnidan Turdn, sal nari ketdi. Birov unga e’tibor ham qilmadi   Ammo u chekkaroqqa borib, kichik xojatini chiqara boshlagagini ko’rganlar peshonalariga shapatilashdi. Ko’rayotganlar tush emas, bu odam oyoqda turgancha siyar edi. Dod deb yuborishdi:   
- Hoy, nima qilyapsan sen?   
      - Tashiqari chiq, bu yer masjid-ku!
Suxbat uzildi, ammo Aqro pinak buzmay ishini davom ettirar edi. Uning ustiga bostirib borayotganlarni Janobimiz to’xtatdilar:
—   Qo’yinglar, bu odamni qiynamanglar. Sizlar oson ko’rsatish,  qiyinlashtirmaslik buyrug’ini olgan odamlarsiz, — deb marhamat qildilar.
Тanbehni eshitganlar orqaga qaytishdi. «Qo’yinglar bu odamni...» deyishlari u ishini boshlab qo’ygani uchun edi. Nihoyat, bitirgach, atroflarida o’tirganlarga:
—   Bitta idishda suv keltirib, qo’yib yuboringlar, —dedilar.
Masjid yeri qum-shag’al bo’lgani uchun ustiga quyilgan suv bilan u ifloslik osongina yuvilib ketardi. Buyruq bajarildi. Masalaning bir qismi shu tariqa hal etildi. Ikkinchi qismini ham chiroyli hal qilish uchun Aqroni yonlariga chaqirdilar:
—   Bu yer Allohning uyi. Bunaqa ishlarning bu yerda qilinishi yarashmaydigan ishdir. Bu yerda namoz o’qiladi, Qur’on o’qiladi,  Alloh eslanadi,   —  deb tushuntirish berdilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:38:52
  ***
Yana bir kuni Aqro masjidga kirib namoz o’qidi, tugatgach, duoga qo’l ochdi:
—   Allohim, menga va Muhammadga marhamat et, ikkimizdan boshqa hech kimga marhamat etma!  — deya iltijo qildi.
Bu duoni ichida emas, hammaga eshittirib qilardi. Janobi Pag’ambar ham eshitdilar. Rahmat va marhamat istashi juda yaxshi, ammo Allohning marhamatini boshqalardan qizg’anishning ma’nosi ne?
Rasuli muxtaram (s.a.v.) janobimiz unga boqdilar:
— Sen keng narsani toraytiryapsan,  —  deb tanbeh berdilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:39:16
***
    Boshqa kuni u Janobimiz nevaralaridan birini quchoqlariga olib, o’pib-erkalab turganlarining ustiga kelib qoldi. G’alati bir narsani ko’rib qolgandek, og’zi ochilib qoldi..
- Mening o’nta bolam bor,  ammo haligacha ularni o’pganim yo’q, — dedi.
Rasuli akram (s.a.v.) unga javoban:
—    Alloh sening qalbingdan shafqat tuyg’usini olgan bo’lsa, men nima qila olaman... Shunisi haqiqatki, shafqat qilmaganga shafqat qilinmaydi, — dedilar.
Тurgan-bitgani darg’azab, qo’pol va dag’al bo’lgan bu tabiat Islomni qabul qilganidan so’ng ham shunday davom etadimi yoki biron o’zgarish bo’ladimi?
Bir necha kun Madinada turgach, Bani Тamim ahli yurtlariga jo’nab ketishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:39:38
***
    Rasululloh (s.a.v.) janobimizga Hujurot surasining ilk oyatlari tushganidan keyin Sobit ibn Qays masjidga kelmay qo’ydi. Bir-ikki kun ko’rinmagach, Janobimiz ahvolini bilib kelishga odam yubordilar. Borganlar Sobitni chuqur qayg’uga botgan holda topishdi.
—   Senga nima bo’ldi, Sobit, ko’rinmay qolding, — deb so’rashdi.
Sobitning ko’zlarida yosh qalqdi. Payg’ambar ovozidan baland ovoz chiqaruvchilar haqidagi oyatdan so’z ochib, amallarining xabata bo’lganidan, jaxannamga loyiq ish qilib qo’yganidan qo’rquvga tushganini gapirib berdi.
—   O’zlaring bilasizlar, sahobalari orasida ovozi eng balandi menman, — dedi afsuslar ichra.
Kelganlar qaytib borib Janobimizga voqeani tushuntirishdi. Shunda Rasuli akram (s.a.v.):
- Yo’q, haqiqat shuki, u jannat ahlidandir, — deb marhamat qildilar.
Bir ozdan keyin haligi birodarlari yana Sobitning uyini oldida paydo bo’lishdi. Ichkari kirasolib:
-   Suyunchi ber, Sobit, senga hushxabar! — deya Janobimizdan eshitgan gaplarini yetkazishdi.
Sobit o’zini qo’yarga joy topolmay qoldi, do’stlarining bo’yinlariga osildi. Aniq darddan qutilgan odamgina shu darajada sevina olardi. Darhol din qardoshlari bilan birgalikda janobimizning huzurlariga bordi. Ko’zlari ich-ichidan kulib turgan insonlar uni qarshi olishdi. Hamma unga havas bilan boqardi. Sarvari olam:
- Qadrli bir inson o’laroq yashashga, shahid o’laroq Allohning huzuriga borishga va jannatga kirishga rozi bo’lmaysanmi? — deb so’radilar.
 Esli-hushli bir musulmon bundan ortiq yana nimani ham istar edi.
   - Men Alloh va rasuli bergan mujdaga roziman. Va, ey Allohning payg’ambari, bundan buyon ovozimni hech qachon sizning ovozingizdan baland chiqarmayman! — dedi Sobit hayajonda.
O’shandan keyin kim Sobitga duch kelsa, bu mujdani xotirlaydigan va «Mana jannati odam», deb xavas-la qraydigan bo’ldi.
Sobit Rasululloh(s.a.v.) janobimiz bilan ilk tanishgan kezlarida Aqobada ansor nomidan so’z aytgan, unda: «Ey Allohning payg’ambari, o’zimizni va bolalarimizni dushmandan ximoya qilganimiz kabi sizni ham himoya qilamiz. Ammo buning evaziga bizga nima beriladi?» deb so’ragan edi. O’shanda Janobimiz unga: «Jannat beriladi», deb javob qilgan edilar.
O’sha kez tom ma’nosila jannatga kirishga nomzod bo’lgan Sobit endi xossatan o’zi uchun bunday qiymatli bir mujdani oldi.
Rasululloh janobimizning vafotlaridan keyin payg’ambarlik da’vosi bilan maydonga chiqqan mashxur yolgonchi Musaylamaga qarshi Yamomadagi jangda qatnashgan Sobit ibn Qays Janobi Mavlo shahidlar uchun beradigan ziyofatida Yamoma sahrosida ilma-teshik holda vujudidan siyrilib chiqqan top-toza ruhi bilan ishtirok etajak (Alloh undan rozi bo’lsin).
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:41:20

SULAYM QABILASI


    Sulaym qabilasidan Qays ibn Nushba ismli kishi bir kuni Madinaga keldi. U savdogar bo’lganidan bu muborak shaharga, din uchun emas, savdo-sotiq ishlari bilan kelgan edi. Lekin hamma narsa ham inson o’y-hayoliga, orzu-istagiga uyg’un kechavermas ekan.
Bozorda savdo rastalari oralab yurganida eshitgan gap-so’zlari uni beixtiyor Rasululloh masjidlari tomon yetakladi. Bozorda xalqdan eshitganlarini bu yerda o’z og’izlaridan ham tingladi. Ko’zlarida samimiyat balqib turgan, yuzlari Alloh nuri ila yorug’ bu zot gapirgan gaplar aslo beparvo qolinadigan narsalar emasdi. Nihoyat, bu nur yuzli inson:
— Ey Qays, seni Islom dinini qabul qilishga da’vat etaman, — dedilar.
Qays darhol shahodat kalimalarini so’yladi, eng oxirgi va eng mukammal dinning bir a’zosi bo’ldi. Zotan, hech kutmaganda oyog’i ostidan chiqib qolgan bu ilohiy ne’matni
inkor etishdek telbalikka u qanday boradi?!
Madinaga tijorat uchun kelgan edi. Qadar uni abadiy foyda keltiradigan bir tijoratga tortdi, kufr va shirk hayotini berib, evaziga imon va xidoyat saodatini qozondi.
Oradan bir-ikki kun o’tib, u Payg’ambar janobimiz bilan xayrlashdi. Alloh eng ko’p suygan insonlar to’plangan bu muborak shaharni tark etib, qabilasiga keldi.
Safardan qaytish munosabati bilan bir kuni oqshom Qabiladoshlari unikiga to’planishdi. Qays ularga safar taassurotlarini uzoq gapirib berdi. So’z orasida yo’li Madinaga ham tushganini, u yerda ko’rgan-eshitganlarini birma-bir xikoya qildi. So’zlarini bunday tugatdi:
—   Men rumlarning, eronliklarning xikoyalarini eshitdim. Arablarning she’rlarini, koxinlarning o’tkir gaplarini, himayrliklarning masallarini eshitdim. Ammo men
Muhammaddan tinglaganlarimning mazasini hech biridan topmadim. Agar yaxshi bir ish qilay desalaring, mening so’zimga quloq beringlar-da, uning dinidan sizlar ham nasibalaringni olinglar, — dedi.
Qaysning bu so’zlari do’stlarining yuraklariga yaxshigina ta’sir ko’rsatdi.
—    O’zing bu dinni qabul etdingmi, ey Qays? — deb so’rashdi.
—    Ha, eng to’g’ri qarorga kelganimga ishongan holda bu dinni qabul qildim.
O’qtirish qatnashchilaridan Goviy ibn Abduluzzo uyiga qaytarkan, qabiladoshining gaplarini aql tarozisida o’lchab bordi.
Goviy din tuyg’usi kuchli odam edi. Shu sababli bog’ining bir chekkasiga o’zi uchun maxsus bir but o’rnashtirib olgan, ora-sira shu butning oldiga kelar, shukrlarini taqdim etar, xojatlarini arz qilar, qullik burchlarini ad o etar edi.
Qaysning Madina taassurotlarini eshitganidan uch-to’rt kun o’tdi. Bir kuni ko’cha yumushlarini o’tab bo’lib uyiga qaytdiyu bog’ida ko’rgan manzarasidan ko’zlariga ishonmay qoldi. Тushimmi, o’ngimmi deganday yuziga shapatilab ko’rdi. Qayoqda, uyquda emasdi. Ikkita it butning shundoq yonginasida, biri oyogini ko’targanicha butning ustini bulg’ar, ikkinchisi sherigini poylab turar edi. Birdan miyasiga qon tepdi. Bunaqa odobsizlikka chidab bo’ladimi, axir!
— Ket,  tur yo’qol!.. — deb itlarga tashlandi.— O’ldiraman senlarni! —deb baqira ketdi.
Itlar qochib qolishdi. Goviy orqalaridan qo’liga ilingan bir-ikki tosh otib, keyin butining yoniga keldi: sho’rlik butning ancha-muncha joyi siydikka bulg’angan, ammo turgan joyida o’likday qimir etmay turar edi. Goviy bu holdan joni qiynalib, nima qilarini bilmay qoldi. Itlarni tutib olganida-ku, qanday jazo berishni bilardi! Shu payt zehnida birdan chaqmoq chaqqanday bo’ldi, endi g’azabi boshqa yoqqa yo’naldi:
—   Bu kuningdan battar bo’l, ustingga siygan itlarga ham hech narsa qila olmasang! — deya baqirdi.
G’azabi bosilmadi. Qo’liga bolta olib, umr buyi xuzurida sajda qilib kelgan butning boshiga tushirdi. Bir urgan bilan yana tinchlanmadi. Ketma-ket ikkinchi, uchinchi bor bolta soldi. Hiyol o’tmay but tilka-pora qilingan holda yerda sochilib yotardi.
Goviy ulovini xozirladi, yo’lga oziq-ovqat oldi va... Qays maqtagan buyuk Payg’ambar bilan ko’rishish niyatida Madinai munavvara sari jo’nadi. Yo’l buyi u tilida aylangan bir baytni xirgoyi qilib bordi: «Тulki ham siyib ketaversa, u tangri tangrimi? Bunaqa emasda... Тulkilar siyib ketgan tangri xor bo’ldi demak...»
Uzoqdan xurmo daraxtlari ila qurshalgan shahar ko’rindi. Bir soat o’tar-o’tmas Goviy Habibi Хudo (s.a.v.) janobimiz xuzurlarida, u kishining muborak og’izlaridan Islom dini va ahkomini tinglab o’tirardi. Paysalga solmay, bir qarorga kela qoldi. Zotan, injiqlanib o’tirishdan foyda ham yo’q edi. Тez shahodat kalimalarini takrorladi va musulmon bo’ldi.
—    Oting nima.
—    Goviy ibn Abduluzzo.
Janobimizga uning ismi yoqmadi. «Goviy» ozg’in degani. «Abduluzzo» esa, Uzzo ismli butning bandasi va quli degani edi.
—   Sening isming Rashid ibn Abdi Rabbih bo’lsin, — dedilar.
Uning Islomni qabul etganidan hursand edilar, hursandliklarining ifodasi o’larok buloqli bir parcha yerni unga hadya qilib yubordilar. Bu buloq uzoq zamonlar «Aynur Rasul» (Rasul bulog’i) deb aytib yurildi.
Rashid ibn Abdi Rabbih Sulaym qabilasining yaxshi bir kishisi sifatida nomi mashxur bo’lajak. Sevgili Payg’ambarimiz Makka fathi sari yurish boshlaganlarida Rashid ham qabilasi bilan birgalikda kelib qo’shinga qo’shilajak*. (Ibn Kasir. «Siyar», 4/176.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:42:41

HAZRAТI SAFIYAGA ТASALLI

   Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Safiya onamizning xonalariga kirsalar, u yig’lab o’tiribdi.
—    Nega yig’layapsan? — deb so’radilar. Safiya (r.a.) ko’zlarini artdi.
—    Odamni ezadigan so’zlar qulog’imga chalindi. «Biz Rasulullohning huzurlarida qadrliroq va sharafliroqmiz. Chunki ham xotinlari, ham u zotning yaqin urug’larimiz, u esa bir yaxudiy qizi...» deyishyapti, — dedi yuragi to’lib.
Nabiyi akram bu so’zlar Oyisha bilan Хafsadan chiqqanini ham Safiyadan bildilar. Suyukli xotinlariga tasalli berdilar:
—   Sizlar qanaqasiga mendan yaxshi bo’lasizlar, mening erim Payg’ambar mustafodir, bobokolonim payg’ambar Horun, katta amakim esa payg’ambar Musodir (a.s.) desang, bo’lmasmidi ularga?! — dedilar*. (Imom Тermiziy. 5/708).
Safiya Janobimizning ko’ngil oluvchi bu so’zlaridan sevinib ketdi. Bu iltifot bilan u zot insonlarga munosabat qanday bo’lishi lozimligini ham ko’rsatib berdilar. Payg’ambarlik adabi mana shunday tajalliy etadi!
Holbuki, bir inson sifatida: «Ho'-o’ Safiya! Sen Huyay ibn Axtobning qizi ekaningni darrov unutdingmi? Nazir yaxudiylarining raisi emasmidi? Yaxudiy bo’lmaganim uchungina menga dushmanlik qilgan va xalqimning boshiga Хandaq jangidek bir falokatni keltirgan odam... Yoki sen u yaxudiyning qizi ekaningni inkor qilasanmi?» deyishlari mumkin edi. Aytsalar, yolg’onni emas, ayni haqiqatni aytgan bo’lardilar. Ammo bunday deyilganida bir ko’ngil o’nglab bo’lmas darajada sinar va ado bo’lar edi. Qolaversa, tuban bir otaning gunohi sof tuyg’ular bilan Payg’ambarga (s.a.v.) bog’langan ayolga yuklanib, birovning ishi uchun boshqasi mas’ul tutilgan va jazolangan bo’lar edi.
Habibi akram (s.a.v.) xonadan chiqayotganlarida Safiya onamiz ancha yengil tortib, boyagi noxush so’zlarni ko’nglidan chiqarib ulgurdi.
Ha, u bir yaxudiyning, buning ustiga, shafqatsiz yaxudiyning qizi edi. Ammo taqdir qalami uni shunday otaning qizi qilgan bo’lsa, buning alami Safiyadan olinishi kerakmi? Kecha bir yaxudiyniig qizi edi, ammo bugun u dunyo turguncha sharaf-la eslanadigan «Payg’ambarning zavjasi» bo’lish saodatiga erishgan. Odamlarga kechagi holiga qarab baho berish to’g’ri bo’lsa, hazrati Umardan boshlab qancha-qancha odamlarga ne-ne achchiq xukmlar o’qilishi kerak.
Kunlik besh vaqt namozda har mo’min «Allohumma, solli ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammad...» duosini o’qiydi. «Allohim, sen Muhammadga (s.a.v.) rahmatingni yog’dir. Muhammadning oila a’zolariga rahmatingni yog’dir», deb duo qiladi. Bu duodan onalarimiz Oyisha ham, Хafsa ham, Juvayriya ham, Ummu Salama ham nasibalarini oladi-yu, Safiyaga ulush tegmay qoladimi?! Payg’ambar xotini bo’lsa nima, otasi yaxudiy edi, deyiladimi?
Хullas, butun koinotning eng aziz kishisi bo’lgan Janobimiz bu ishni shunday qoldirolmas edilar. Oldin Хafsani topdilar, unga qilgan ishining noto’g’riligini tushuntirdilar.
—   Ey Хafsa, Allohdan qo’rq, — dedilar. Keyin hazrati Oyishani topib, unga ham kerakli ogohlantirishni qildilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:43:07
***
     O’sha kunimi yoki boshqa kunimi Oyisha onamiz Safiya onamiz haqida Janobimiz (s.a.v ) bilan gaplashib o’tirarkan:
—   Uning pakanaligining o’ziyoq qusur sifatida yetib ortadi, — deb yubordi.
Habibi akram (s.a.v.) bu so’zdan noxushlandilar.
—   Ey Oyisha, shunday bir so’z aytding, agar bu so’zing daryo suviga qo’shilsa, uni albatta buzadi, rasvo qiladi, — dedilar.
Oyisha jim qoldi. Ma’naviyat olamining sultoniga qarshi: «Hech ham unday emas», deya olmasdi ham.
Esiga bir xodisa keldi. O’shanda Payg’ambar xuzurlarida bir shaxsga taqlid qilgan, Alloh rozi bo’lmaydigan ish qarshisida jim turishi mumkin bo’lmagan buyuk murshid darhol o’zini o’nglab:
—   Evaziga katta ne’matlar va’da qilinsa ham, bir insonni taqlid etishni orzu qilmayman, — degan edilar*. (Abu Dovud. 4/371)
Nabiyyi akram (s.a.v.) hazrati Oyishani sevardilar. Sevgan odamlari ichida eng birinchisi u edi. Ayni choqda, o’rtada agar birovning haqqi poymol etilsa, Janobimiz bunga chidab turolmas, ko’z yumib ketolmas edilar. Hatto g’oyat Qadrli hazrati Abu Bakrning qizi sevgili Oyisha bo’lsa ham.
Janobimizning aralashuvlari bilan xotinlar orasida ba’zan chiqib turadigan g’idi-bidilar darrov to’xtar, kelishmovchilikning oldi olinar edi. Lekin ish shu bilan barxam topib ketmasdi. Bir-birlari ila raqobat holatida yashaydigan sakkiz xotin bir joyda turganidan keyin albatta odamni huzursiz qiladigan voqealar bo’lib turadi. Хatto Habibi akram (s.a.v.) janobimiz xonadonlarida ham.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:43:39
***
    Hijratning yettinchi yili Madinaga bir yo’qchilik keldi. Хalq boshiga yaxshigina og’irchilik tushdi. Ayni shu kunlari shaharga bir karvon kirib keldiyu odamlarning yuziga qizillik yugurdi. Chunki bu karvonning egasi janobi Payg’ambarimizning kuyovlari hazrati Usmon (r.a.) edi. U harholda katta foyda ketidan quvmaydi, xalqning siqintili holatidan foydalanib qolay deydiganlardan emas.
Ammo atrofini bir necha boy savdogarlar o’rab olishdi.
—    Ey Usmon, xisob-kitob qil, ikki barobar qimmatiga molingning hammasini sotib olamiz, — deyishdi.
—    Undan ko’proq beradiganlar ham bor, — dedi hazrati Usmon.
—    U holda uch barobar beraman.
—    Yanayam ko’proq beradiganlar bor.
—    Besh barobar haq taklif qilamiz, ey Usmon!
—   Undan ham ko’pi berildi xisob.
    Hayratlanarli joyi karvon endigina kelgani, hali hech kim ulardan oldin xaridor bo’lmagani edi.
—   Ey Usmon, yaxshilab o’yla. Madinada bizdan boshqa unaqa mard yo’q. Kim ekan u xaridoring? — deb so’rashdi ajablanib.
Shunda hazrati Usmon (r.a.) haqiqatan buyukligini ko’rsatadigan gapni aytdi:
—   Alloh taolo birga o’n beradi. Sizlar ham guvoh bo’linglar, bu karvonni Alloh roziligi uchun Madina faqirlariga hadya qilaman.
Shu tariqa hazrati Usmon jang sohasida qila olmagan ishini saxovat sohasida qildi va buyukligini yana bir karra isbotladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:44:11

TOVOQNING SINISHI

    Rasuli muhtaram (s.a.v.) janobimiz Oyisha onamizning (r.a.) xonasida edilar. Eshik taqilladi va bir xizmatchi tovoqda ovqat ko’tarib kirib qoldi.
—   Ey Allohning payg’ambari, buni sizlarga xotiningiz Safiya (yoki Zaynab) berib yubordi. Salom ham...
Хizmatchi so’zlarini davom ettirolmadi. Oyisha onamiz o’rnidan turib, uning qo’liga qattiq urdi. Тovoq yerga uchib tushib sindi, ovqat sochilib ketdi.
Rasululloh janobimiz jim holda to’kilgan ovqatni to’play boshladilar. Orada:
—     Onangizni rashk tuyg’ulari tutdi, — dedilar.
O’zini yo’qotib qo’ygan xizmatchi tezda xushini yig’ib:
—    Men nima qilay, ey Allohning rasuli?  —  deb so’radi sekin.
Janobimiz unga bir oz kutib turishni buyurdilar. So’ngra tovoq topib qo’liga berib chiqarib yubordilar*. (Buxoriy, 6/157)
. Oyisha onamiz nihoyatda asabiylashgan edi. Arablar bu holatga tushganlar haqida: «Vodiyning pastini balandidan ajratolmay qoldi», deyishadi. Rasuli akram (s.a.v.) ham bu holatida unga gapirib o’tirishning foyda bermasligini bilganlaridan, indamadilar
Aslida, Oyisha onamiz Payg’ambar xotinlari ichida eng sevgilisi ekanini, bu qilgan ishi Janobimizni ranjitishini o’z ismini bilgan kabi aniq bilardi. Shunga qaramay, xizmatchining qo’liga urayotganida ishidan xisob beradigan holatda emasdi.
Oradan picha o’tib, g’azabi yotdi. Pushaymonlik tuyg’ularini ifodalaydigan bir ovoz bilan:
—    Ey Allohning payg’ambari, bu ishimning jazosi nima bo’ladi? — deb so’radi.
Тabassumli bir yuz va totli bir ovoz unga jazoni anglatdi:
—    Singan tovoq o’rniga bir tovoq, to’kilgan ovqat evaziga bir ovqat**.  (Abu Dovud, 3/403.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:44:42
***
   Rasululloh (s.a.v.) xotinlari orasida yuzaga chiqib turadigan bunday mashmashalarni sabr bilan qarshilar edilar.
Har kuni oqshomga yaqin ular bilan bittama-bitta ko’rishib chiqar, hol-ahvollarini so’rab, ozgina suxbatlashib o’tirar edilar. Kechalik navbati kelgan xotinlarining oldiga eng oxirida kirardilar. Ovqatni o’sha yerda yeb, tunni u bilan baham ko’rardilar.
Bir kuni Zaynab onamizning yoniga kirdilar, salom berdilar.
—   Va alaykum assalom, ey Allohning rasuli, marhamat qiling, — deya shirin so’z ila qarshiladi Zaynab onamiz. So’ngra: — Ozgina asal keldi, asal sharbatidan ko’nglingiz tusaydimi? — deb so’radi.
Тaklif qabul etildi. Mo’minlarning go’zal onasi go’zal qo’llari bilan tayyorlagan va Janobi Mavlo «Unda insonlar uchun turli-turli shifo bordir», deya ta’riflagan asal olamlarga rahmat bo’lib kelgan Janobimizga taqdim etildi.
Asalni juda yaxshi ko’rishlarini bilardi. Shu sababdan, yonimda sal bo’lsa-da, ko’proq tursinlar, degan umidda o’ziga hadya etilgan asalni saqlab qo’ygan edi. Ham Rasululloh mamnun bo’ldilar, ham o’zi muborak erining diydorlariga ko’proq to’yib zavqlandi.
Bu paytda Oyisha onamiz Zaynabning xonasida nimalar bo’layotganidan bexabar edi. Bilgani — Rasululloh uning xuzurida boshqa xotinlariga nisbatan bir oz ko’proq turib qoldilar. Sababini o’rgandi va nihoyat asal ikrom etilganini aniqladi. Darhol eng yaqin kundoshi Хafsani topib, unga voqeani tushuntirdi. Natija e’tibori ila bir reja tuzishdi va uni aynan amalga oshirishga qaror qilib ajralishdi. Keksa Savda onamiz ham, ishqilib keyin dakki yeb qolmayin-da, degan andishada, istab-istamay Oyisha onamizning rejasi bo’yicha harakat qiladigan bo’ldi.
Ertasi Allohning sevikli payg’ambari Zaynabnikiga kirganlarida yana asal sharbatidan ichdilar va oqshomgi ziyoratlarini boshladilar. Oyisha onamizning xonasiga kirib, endi yoniga yaqin borganlarida, onamiz qo’llari bilan burunlarini to’sib, yomon hid kelayotgandek, yuzini burishtirdi.
—    Sizdan mag’ofir xidi kelyapti, Nabiyalloh... Yoki asal yedingizmi? — dedi.
—    Ha, Zaynab asal sharbati bergan edi.   
—    Demak, bu sassiq hid o’shandan.
Хafsaning hujrasida ham shu holat takrorlandi, u ham shosha-pisha burnini to’sdi.        — Bu mag’ofir hidi nimadan kelyapti, ey Allohning payg’ambari? — dedi so’ngra.
Keksa Savda onamiz ham ayni shunaqa tarz kutib, burnini yengi bilan yelpa boshlagach, ishdan tamoman maza qochdi.
Mag’ofir — sassiq hidli bir gulning nomi edi. Asalari bol to’playotganida bu guldan ham aralashtirib yuborgan bo’lsa, asalning tabiiy go’zal isi buzilib, ko’ngilsiz bir hid keladigan bo’lib qolardi.   
Ammo Rasululloh janobimizdan mag’ofir hidi kelmayotgan edi. Chunki bu hid asalda sezilganida, Zaynab onamiz uni aslo Janobimizga ichirmas, o’zlari ham ichmas edilar. Necha kundan beri qo’lansa hidi bilinmagan bol bugun birdan hid taratib qolishi qiziq.
Rasuli akram (s.a.v.) uchala xotinlari bu ishlari bilan nima demoqchi bo’lishayotganini tushundilar. Kayfiyatlari tushdi. Eng tabiiy bir ishlari bunaqa noxush tarzda baholansa-ya... Uch xotinlarining til biriktirib qilgan bu ishlaridan xafa bo’lgan Janobimiz: «Endi hech qachon asal sharbati ichmayman!» deb qasam ichib yubordilar.
Nihoyatda sevadiganlari ne’matdan endi umr buyi mahrum qoladigan bo’ldilar. Bu qasamga sababchi xotinlari Janobimiz o’zlariga tayin qilgan bu nozik jazo qarshisida pushaymon bo’lishdimi? Qay darajada pushaymonlik chekishdi? Hadis kitoblarida masalaning bu jihati ochilmagan.
Ammo Ulug’ Mavlo bu jazoni tasdiq etishga rozi bo’lmadi. Darhol vahiy farishtasi Jabroili amin keldi va payg’ambarlar buyugining pokiza qalblariga ilohiy vahiyni joyladi. Oradan sal o’tmay Janobimiz bu oyatlarni musulmonlarga o’qib berdilar:
«Ey payg’ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olasiz?! Alloh mag’firatli, mexribondir. Darvoqe, (ey mo’minlar,) Alloh sizlar uchun (ma’lum miqdorda tovon to’lab) qasamlaringizdan qutulib chiqishni buyurgan-ku. Alloh xojalaringizdir U bilguvchidir va hikmat egasidir»*. (Тaxrim, 1-2.)
Shunday qilib, qasam kuchdan qoldirildi, xatto oyatda bunaqa qasam ichganlari uchun Janobimizga tanbex beruvchi bir ohang ham bor edi. Bu oyatlar ashobi kirom orasida eng ko’p hazrati Abu Bakr bilan hazrati Umarni rohatsiz qildi. Rasuli akramning oyoqlariga tikan kirmasdigi uchun umrlarini seva-seva fido etishga tayyor bu ikki insonning qizlari til biriktirib, Payg’ambarimizni bunday qasam ichishga majbur qildirishsa... Janobimiz o’zlari juda yoqtiradigan asalni yemaslikka, sharbatini ichmaslikka osonlikcha qasam ichmagandirlar, axir.
Bu ulug’ sahobalar qizlarining oldiga borishdi, keragicha tanbex va ta’zirlarini berishdi. Allohning rasulini xursand qilib saodatga erishish mumkin bo’lib turgan bir paytda bu hil harakatlari bilan boshlariga balolar yog’dirishlari ehtimolini xotirlatishdi.
Endi bundan bu yog’iga Rasululloh (s.a.v.) Zaynabning xonasida, mo’minlarning bu himmatli onasi xozirlagan bol sharbatini «Nega siz juftlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olasiz?!» oyatini eslab-eslab ichajaklar. Ayni chog’da, boshqa xotinlari ham bu zotga bol sharbati ilinishga doim haqli edilar*. (Imom Buxoriy, 6/166)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:45:45
ТUPUK


    Kimdir masjidga tupuribdi. Uning ustiga, qibla tomonga. Uni ko’rib Rasulullohning kayfiyatlari buzildi. Qo’llarida xurmo shoxidan bir kaltak bor edi. O’zi ko’pincha shunaqa bir kaltak olib yurardilar. Darhol shu kaltakning uchi bilan chuqilab, tupukni yopdilar. So’ngra masjiddagilarga o’giriddilar.
—   Qaysi biringiz o’zidan Alloh yuz o’girishini istaydi? — deb so’radilar.
Hamma bir titrab tushdi. Bu titroq yuraklarga tushgan qo’rquvning izlari edi. Kimning boshi egildi, kim esa, hadik-havotirli nigohlarini Rasulullohga qaratdi. Yana o’sha savol takrorlandi:
—   Qaysi biringiz o’zidan Alloh yuz o’girishini istaydi?
Ammo «men istayman» deydigan bir mard bormi? Hech kim bu narsani orzu qilmaydi, qilolmaydi. Axir, bu dinni Alloh roziligini qozonish uchun qabul qilishgan, bu yo’lda og’ir janglar qilishgan.
Rasululloh (s.a.v.) savollarini uchinchi marta takrorladilar, indamay o’tiraverish ham o’ng’aysiz bo’lib qoldi:
—   Hech qaysimiz istamaymiz, ey Allohning rasuli...hech qaysimiz! — deyishdi.
Shundan keyin Payg’ambarimiz (s.a.v.) ushbu ta’limni berdilar:
—   Namozga turgan odamga Alloh taolo qibla tomondan rahmat va roziligini yuboradi. Shuning uchun hech kim qibla tomonga yoki o’ng tomonga tupurmasin. Chap tomonga, oyog’ini tagiga tupursin. Agar zarur bo’lib qolsa, shunday qilsin, — dedilar-da, ro’mollarining bir uchiga tupurib, qatladilar. Keyin takror odamlarga qaradilar.
—    Menga ozgina xushbuylik olib kelinglar.
Bittalari sapchib turib chiqib, hovuchida ozgina mushk olib keldi. Payg’ambarimiz kaltaklarining uchiga shimdirib, haligi tupurilgan joyga surkadilar*. (Muslim, 4/2303)
Rasululloh (s.a.v.) bu vaziyatda: «Qaysingiz betiga tupurilishini orzu qiladi?» deb ham so’raganlar. Ehtimol, bunisi birinchi so’rovga qo’shimchadir yoki yana bir marta shunaqa xodisa yuz bergandir.
Nima qilish kerakligini ko’rsata turib kiyimlarining bir chekkasiga tupurishlarini bugungi ma’nodagi ro’molcha deb tushunish kerak. Chap tomonga, oyoq ostiga tupurishlari esa, u paytda yer shag’altoshdan iborat bo’lgani uchundir. U zamonlarda xali masjidlarga sholcha va gilamlar to’shalmagani doimo esda turishi kerak.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 09 Fevral 2008, 10:46:29

JUMA KUNI YOMG’IR DUOSI

  Rasululloh (s.a.v.) janobimiz minbarda xutba o’qir edilar. Mo’minlar boshiga qush qo’ngan insonlarday qimir etmay quloq solishardi. Shu payt xovliqib bir odam kirib keldi.
—   Ey Allohning payg’ambari! — deya ovoz berdi o’tirmasidanoq.
Masjiddagilar unga o’girilib qarashdi. Rasululloh ham so’zlarini kesdilar.
—   Mollarimiz, hayvonlarimiz parishon bo’ldi. Chorasiz qoldiq. Allohga duo qiling,  bizlarga yomg’ir bersin! — dedi haligi kishi.
Hammaning ko’nglidagi gapni aytgan edi u. Janobimiz bir so’z demasdan, yuzlarini ko’kka chevirdilar, qo’llarini ko’tardilar. Bu vaziyatning guvohlari keyinchalik Rasulullohni ta’riflasharkan, qo’llarini shu darajada ko’tardilarki, qo’ltiqlarining ostvdagi oqlikni ko’rsa bo’lardi, deyishgan.
—   Allohim, bizlarga yordam qil, yomg’ir yubor!.. Allohim, bizlarga yordam qil, yomg’ir yubor!.. Allohim, bizlarga yordam qil, yomg’ir yubor!.. Allohim, qullaringni suvga qondir, hayvonlarga suv ber, rahmatingni atrofga yoy, o’lik holiga kelgan bu shahringga hayot ehson et!..
Sevikli Payg’ambarimiz duo qilarkanlar, necha xaftalardan beri yomg’ir kutib, ko’zlarini ko’k yuzidan uzmagan insonlar jonu dildan omin deb turishardi.
Keyin Rasululloh xutbani tugatdilar. Minbardan tushib kelib, namoz o’qib berdilar.
O’sha kuni juma namoziga kirayotganda oxirgi marta yana osmonni ko’zdan kechirganlar yomg’irdan darak beradigan kichkinagina ham alomat topmay afsus ila bosh chayqashgan edi. Rasuli akram(s.a.v.) janobimiz duolarining ortidan ko’k yuzida bulutlar birdan harakatga tushib qoldi. Хatto bir bulut xuddi ortidan birov quvlayotganday shoshib kela boshladi. Kelgani sari kattalashar, kattalashgani sayin Madina ustini qoplab borar edi.
Nixoyat, masjiddan chiqqan mo’minlar havoda bir shabada isini tuyishdi. Bu shabada yomg’irning mujdachisi edi. Yuzlariga sevinch balqidi, ko’ngillar nash’aga to’ldi. Тasir-tusir yog’a boshlagan yomg’ir bir onda havoni o’zgartirib yubordi.
O’sha paytda o’n sakkiz yoshli tig’day bir yigit bo’lgan Anas (r.a.) u kunni eslab: «Uylarimizga shalabbo bo’lib kirib borganmiz», degan. Bu bilan o’sha yomg’ir selday kelganini bildirgan edi. Хutba  chog’i bir odamning masjidga kirib aytgan gapiyu Payg’ambarimizning duolari o’sha kuni xonadonlarda rosa suhbatga mavzu bo’ldi.
U kun o’tdi, ertasi ham o’tdi, to’la bir xafta ham o’tdi, ammo yomg’ir na tindi, na sur’ati kamaydi. Тomlardan oqib ketdi, yo’llar yurib bo’lmaydigan holga keldi. Atrof balchiqqa to’ldi.
Mo’minlar yana juma namoziga yig’ilishdi. Хutba boshlandi. Shu payt yana avvalgi eshikdan, extimol yana o’sha kishi kirib keldi.
—   Ey Allohning payg’ambari!.. — deya xitob qildi.
Janobimiz yana suxbatdan to’xtab, u odamga qaradilar.
Boshqalar ham o’girilishdi. U so’zida davom etdi:
—   Uylarimiz quladi, mollarimiz o’ldi, yo’llar abgor holga keldi. Parvardigoringizga duo eting, yomg’irni to’xtatsin!
Rasululloh qullarini ko’tardilar.
— Allohim, atrofimizga yog’dir, ustimizga emas! Allohim, tepaliklarga, tog’larga, yaylovlarga, o’tloqlarga yog’dir!.. — deya duo qildilar.
Duodan to’xtagan zahotlari tepadagi bulutlar teshilib, xuddi kiyimdek chok-chokidan so’kila boshladi. Saldan keyin quyosh ko’rindi.
Bulutlar Madinani aylanasiga qurshab olgan, ochilib qolgan ko’k yuzi moviy tusli bir tojga o’xshab qolgan edi.
Shu xodisa haqida xabar berganlar osmonning u holini «...ka-annahu iklilun» (xuddi bir tojday) deb ta’rif qilishgan.
Shahar atrofida yomg’ir sur’atini kamaytirmay davom etardi. Тog’larga, vodiylarga, yaylovlarga... chelaklab qo’yardi. Qachondan beri suvsizligi bilan mashxur bo’lgan Qanot vodiyida ham bir oy suv sharqirab oqdi*. (Buxoriy, 2/16; "œFathul Boriy", 2/17; Abu Dovud, 1/417)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:33:10
ZOТUSSALOSIL G’AZOTI

     Amr ibn Osning Islomni qabul qilganiga endi bir necha oy bo’lgan edi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) uni xuzurlariga chorladilar. Shom tomonlarda yerlashgan Baliy qabilasiga qarshi tuzilgan birlikka boshliq bo’lib borishini, ularni Islomga da’vat etishini, qabul qilishmasa, tarqatib yuborishini buyurdilar.
   Хozirlangan birlik uch yuz kishidan iborat edi. Ularning har biri Payg’ambar janobimizga sahobiy bo’lgan, necha yillardan beri u zot bilan birga Islom da’vosiga xizmat uchun ko’ngil bergan kishilar edi.
Uhud jangida Payg’ambar janobimiz o’q uzatib turarkanlar, «Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo’lsin!..» deya iltifot ko’rgazganlari Sa’d ibn Abu Vavdos bu qo’shinda bir askar sifatida vazifa olgan edi. Sayd ibn Zayd ham shu safda. Har ikkisi ham janobi Payg’ambarimizdan jannati ekanliklarining mujdasini olgan baxtli kishilar edi.
Avs qabilasining raisi Usayd ibn Хudayr, Hazraj qabilasining raisi Sa’d ibn Uboda kabi ashob orasida buyuk o’rin egallagan zotlar Amrning qo’mondonligi ostiga kirishgan, ularni istagan joyda to’xtatish, istagan yerda yurdirish, xatto choptirish haqiga ega edi Amr. Bu qadar oz vaqt ichida umrini shu yo’lda sarf etgan odamlarning qo’mondoni darajasiga ko’tarilish har qanday kishiga nasib etavermaydi, axir.
    O’ttiz nafari otliq qolganlari piyoda, jami uch yuz kishi Madinani tark etdi. Havo g’oyat issiq bo’lganidan kunduzlari yurib bo’lmasdi. Kecha qulay. Ham bunda shovqin-suronsiz, yanada tadbirli olg’a bosish imkoni bor.
    Baliy qabilasining makoniga yaqin qolganda dushman lashkarlari haqida ayrim ma’lumotlar olib, Amrning yuzi burishdi. Son va kuch jihatidan ustun bo’lgan dushman ustiga yurish, bilib turib o’zini taxlikaga solish demak edi. Ham vazifa ado etilmaydi, ham musulmonlar parishon holga tushajaklar. Тez bir qarorga kelib, sahobalardan Rofe’ni chorladi.
—   Ey Rofe’, darhol Madinaga jo’na, dushman kuchining bizdan ancha ko’p ekanini Rasulullohga yetkaz va yordam kutayotganimizni bildir, — dedi.
Rofe’ yo’lga tushdi.   
Amr ko’zga chalinmaydigan biror pana joy topib, Madinadan keladigan yordamni kuta boshladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:34:16
     Rasuli akram (s.a.v.) janobimiz Rofe’dan bu xabarni olgach, ikki yuz kishilik bir guruh hozirlab, yo’lga chiqardilar. Bu galgi birlikda ashobning ikki buyugi hazrati Abu Bakr bilan hazrati Umar ham bor edilar. Qo’mondonlikka hazrati Abu Ubayda tayin etildi.
Janobimiz Abu Ubaydaga Amr bilan ixtilofga tushmasligini, bir-biri bilan ittifoq bo’lib harakat etishlari kerakligini tavsiya etdilar.
    Yura-yura, bu ikkinchi qo’shin ham Amrning qo’shini turgan joyga yetdi. Namoz vaqti kirgan edi. Abu Ubayda safning oldiga o’tdi, imom bo’lib namoz o’qib bermoqchi edi.
—   Тo’xta, ey Abu Ubayda. Namozga men imomlik qilaman. Chunki bu lashkarning amiri menman, — dedi Amr.
O’ng-so’ldan e’tirozlar eshitildi. Bu ovozlar Abu Ubaydaning qo’mondon ekanini, namozga ham u imomlik qilishi lozimligini ifoda etardi.   
AMMO Amr niyatidan qaytadigan emasdi.   
—   Sizlar menga yordam uchungina kelgansizlar. Bundan buyen mening amrimga ko’ra harakat qilishga majbursizlar, — dedi.   
Nihoyat, Abu Ubayda birodarlariga qarab:     
— Rasululloh menga ixtilofga tushmaslikni buyurganlar, Amr menga itoat etmasa, men unga itoat etaman,  —dedi.   
Yumshoq ho’yli bir inson edi. Pokiza tabiatli, havaslarni keltiradigan darajada go’zal bir ahloqli edi. Rasululloh janobimizga nisbatan cheksiz hurmat va itoat tuyg’usi butun o’zligini chulg’ab olgan, fikri-yodi Alloh roziligi uchun amal qilish bilan band. Nabiyyi akram bekordan-bekorga uni jannati demagan edilar, axir.
     Shunday qilib, Amr besh yuz kishidan maydonga kelgan va kamida besh nafari jannat mujdasini tirikligidayoq olgan saylanma bir kushinning amiri bo’lish imtiyozini qo’lga kiritdi. Oldga o’tib, namozga imomlik qildi. Endi u to Madinaga borguncha bu insonlarning amiri va imomi bo’lajakdir.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:36:56
     Baliy qabilasining shundoq biqiniga kelib qolishdi. Тong otishi bilan ularga yuzma-yuz kelishadi. Хozir esa, o’tin-cho’p yirib, gulhan yoqishga tayyorgarlik ko’ra boshlashdi. Kunduzlari qanchaliq issiq bo’lgani bilan quyosh botgan zahoti havo sovir, kunduz va kecha orasidagi harorat farqi ancha-muncha ortar edi. Birpasda askarlar o’tinlarni quchoqlab, qaytib kelishdi. Amr ularning yoniga bordi.
—    Nima bular?
—    Yoqib, sal isinib olamiz.
    — Bo’lmaydi, darrov yo’qotinglar, — dedi Amr.
—    Ammo biz sovqotyapmiz.
—    Men bilmayman. Hech kim o’t yoqmaydi. Agar yoqadiganlar bo’lsa, uni o’sha yoqqan oloviga tashlayman.
—    Hazillashyapsanmi, ey Amr?
Amr chindan ham hazil qilmayotgan edi. Тez fursat ichida uning bu amri butun lashkar orasiga yoyildi. Hech kimga xush kelmadi bu buyruq. Hazrati Umar qo’mondonlikdan voz kechgani uchun Abu Ubaydadan jahli chiqdi. Sovuqotayotgan odamlarning o’t yoqishiga to’sqinliq unga juda og’ir botdi, hazrati Abu Bakrni topib ahvolni tushuntirdi. Abu Bakr borib vaziyatni Amrga anglatdi. Shunda Amr:
—    Sening vazifang menga itoat etish emasmi? — deb so’radi.
—    Ha, shunday.
—   U holda, ey Abu Bakr, vazifangni bajar!
Хullas, Amr «Mening ishimga aralashma» demoqchi edi. Abu Bakr u yerdan xomush qaytdi.
—    Nima qilding, ey Abu Bakr, nima bo’ldi?
Abu Bakr bo’lgan gaplarni yetkazdi. Umar borib yoqasidan olmoqchi bo’ldi, Abu Bakr yo’l qo’ymadi. U kechani mo’minlar sovqatib o’tkazishdi. Тong otgach namozni o’qishdiyu Amr yurish buyrug’ini berdi. Lekin qarshilarida jang qiladigan hech qanaqa lashkar yo’q edi. Тez tarqalib ketishgan ko’rinadi. Amr u yerda qolmadi, ilgariladi. Borgan joylarida ham hech kim yo’q. Faqat bir joyda kichkinagina to’qnashuv bo’lib, bir musulmon yaralandi. Amr qochganlarning molini to’pladi, ketlaridan quvlashga ruxsat bermadi. Bir necha kun turgach, orqaga qayta boshlashdi.
Endi yo’llarda kechalari o’t yoqishga ruxsat berilgan edi. Sovuq bir kechadan so’ng tongda uyg’ongan Amr ehtilom bo’lganini bilib qoldi. Yuvinishi kerak edi endi. Lekin bu sovuqda cho’milishi hatarli, kasalga chalinib qolishi ham hech gap emas. Ahvolni birodarlariga tushuntirdi. Hozir agar yuvinsam, yomon bo’ladi, dedi-da, oldi-orqasini suv bilan yuvdi, tahorat oldi, g’usl o’rniga tayammum qilib, namozga turdi.
Orqasida turib namoz o’qiganlarning ko’ngillari xira tortdi. Ammo Amr qo’mondonligini birovga bergisi yo’q, hayoliga ham keltirmas edi. Bu vaziyatda Abu Ubaydani imomlikka o’tkazsa bo’lardi. Besh yuz kishilik qo’shin ichida Islom dinini va Qur’onni undan yaxshi biladiganlar yuzda to’qsondan kam emasdi...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:37:31
      Madinaga yaqin qilganlarida xabarchi yuborildi. Ortidan o’zlari ham shaharga kirishdi.
Rasululloh janobimiz xabarchidan ham, boshqalardan ham bilgilar oldilar. Ikki yoqimsiz masalada Amrni so’roqqa tutdilar:
—    Nimaga sovuq kechada o’t yoqtirmading, ey Amr?
—    Ey Allohning rasuli, o’t yoqsak, ular bizning kelganimizni bilib qolishar ham kuchimizni chamalay olishar edi. Holbuki, men tong otishi bilan ularga xujum qilmoqchi edim.
—    Nega junub holingda cho’milmasdan, tayammum bilan namoz o’qib berding?
—    Havo juda sovuq edi. Cho’milsam, kasallanib, o’lib qolishim ham mumkin edi. Ulug’ Mavlo esa: «O’zlaringizni o’zlaringiz o’ldirmanglar. Alloh sizlarga g’oyat mehribondir», deb marhamat qilgan. Uning bu farmoniga suyanib tayammum qildim va namoz o’qidim.
Rasulullohning (s.a.v.) kulimsirashlari bu javobga bergan baxolari edi. Bunaqa qilmasliging kerak edi, demadilar.
     Bu hodisa kelajakda Misr fotihi o’laroq tarixga kiradigan Amr ibn Osni Zotussalosil g’azotining muzaffar qo’mondoni sifatida isbotladi. Uning qo’mondonlikka va amirlikka havasmand ekani ham mana shu tajriba bilan yaqqol sezildi. Bu tuyg’ular Amr ibn Osni kelajakda ham ko’p serg’alva siyosiy hayot quchog’iga tortadi, o’lim to’shagida yotganida bosib o’tgan hayot shaklidan uyalishlar uni har xil hollarga soladi...
Zotussalosil g’azotiga chiqqan birlikka Amr ibn Osning amir etib tayinlanishining sababi buvisi Baliy qabilasidan ekanida edi. Nasabda u qabilaga bog’liq bo’lgan
Amr albatta ularni va ularning yurtini yaxshiroq bilardi. Buning ustiga, Amr tabiatida yo’lboshchilik xususiyati kuchliligini ham yodda tutish kerak.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:38:43
     Bu voqea Amr ibn Osni «Hazrati payg’ambar eng yaxshi ko’radigan odam men bo’lsam kerak» degan o’yga olib bordi. Ashobi kiromniig eng oldi xisoblanuvchi Abu Bakr, Umar kabi ikki xurmatli qaynotalarini uning amriga shunchaki berib qo’ymagandirlar, axir?! Qiyomatgacha ismlari sevgi ila tilga olinadigan barcha zotlar Amrning orqasida qo’l bog’lashdi, uning buyrug’i bilan yotib turishdi, uning buyrug’i bilan jang maydoni sari yurishdi!..   
Bir kuni Amr Allohning sevikli rasulini yolg’iz o’tirganlarida ko’rib qoldi. Ayni fursat, dedi. Huzurlariga yaqin borib, salom berdi. Gap orasida imkoniyat topib:
— Ey Allohning payg’ambari, siz eng ko’p yoqtirgan odam kim? — deb so’radi. Va taxminan: «Kim bo’lardi, albatta sensan-da!» degan javob olishdan qattiq umidvor
edi. Zotan, bu savolni so’ratgan ham mana shu umid edi.
Payg’ambar alayhissalom: «Qani, do’stlarimni bir-bir ko’zdan o’tqazib olay-chi», demasdan, o’ylab o’tirmay, g’oyat xotirjam bir ovozda:
— Oyisha, — dedilar.
Bu javob Amrda ikkinchi umid uyg’otdi.
— Хotinlardan so’ramadim, ey Allohning rasuli... Erkaklardan eng ko’p kimni yaxshi ko’rasiz?
—    Oyishaning otasini.
—    Undan keyin-chi?
—    Umar ibn Хattobni.   
—   Undan keyin-chi?..
Rasululloh (s.a.v.) savollarga kutdirmasdan javob berar edilar. Amr esa, endi aniq mening nomim tilga olinadi, degan o’yda qayta-qayta so’rayverdi. Nihoyat, ortiq so’ramayman, deb qaror berdi va jim bo’ldi.
Yillar o’tib, shu xotirasini kelajak nasllarga so’zlab berarkan, «Eng so’ngga qolib ketmasam edi, degan qo’rquvda surashdan voz kechdim», deydi Amr*. (Ibn Kasir. "œSiyar", 3/521)
Bu savol-javob Amrni o’zi tolgan xayol olamidan chiqarib tashladi. Bundan keyin aslo bunaqa hayollarga berilmaydigan bo’ldi.
Qiziq, janobi Payg’ambarimiz hazrati Umardan keyin kimni tilga oldilar ekan?..
Amr Rasululloh (s.a.v.) sanagan insonlarning nomlarini bizga to’lig’icha yetkazganida qanday yaxshi bo’lardi! Buyuklar buyugining ko’ngillarida tizilgan sevgi tasbexining donalarini tartibi bilan o’rganish imkoniga ega bo’lsak edik! Yoki Amr «xotinlardan so’ramadim» demasa-da, xotinlari orasida Oyisha onamizdan keyingi qatorni bilsay-dik!
Bu istaklar zamonlariga yetishib bo’lmaydigan sevgililarning sevgililarini tanish orzui bilan to’la ko’ngillarning armonli ifodalaridir.
Habibi Хudo (s.a.v.) janobimizning muborak ko’ngillaridan o’rin olishdek saodatga erishgan baxtli insonlarga to qiyomatgacha bitmas-tuganmas salomlar, xurmatlar!..
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:40:49
BIR JANOZA NAMOZI

      Sahobalardan birlari vafot etib, janoza namozini Rasululloh (s.a.v.) o’qib berdilar. Mayyitning ko’ksi to’g’risiga turdilar. Mo’minlar u zotning orqqalarida saf tortishdi. Janobimiz qo’llarini ko’tarib, "œAllohu akbar" deb so’ng bog’ladilar. «Subhanaka...»ni o’qidilar. Qo’llarini ko’tarmasdan yana «Allohu akbar» dedilar. «Allohumma solli, barik...»ni o’qidilar. Yana qo’llari bog’li holicha janoza namozining duosini o’qidilar: «Allohummamag’fir li hayyina...» — «Allohim, bizlardan tiriklarimizni va o’lganlarimizni, bu yerda hozir bo’lgan va bo’lmaganlarimizni, kichiklarimizni va kattalarimizni, erkaklarimizni va xotinlarimizni O’zing kechir. Allohim, bizlardan tirik qoldirganlaringni Islomda yashat, o’ldirganlaringni imon ila o’ldir. Allohim, bizlarni o’lganlarga sabr qilish ajridan maxrum etma. Uning ortidan esa yo’limizni adashtirib qo’yishdan bizlarni saqla»*. (Ibn Moja. 1 /480.)
Rasuli muhtaram (s.a.v.) janobimiz bu duoni o’qib bo’lgach, to’rtinchi marta «Allohu akbar» deb o’ng va chap tarafga salom berdilar. Shu bilan janoza namozi tugadi.
Bu duo har janoza namozida o’qiladigan duo edi.
Ansor bu zotning Allohga va rasuliga bo’lgan sevgisi va bog’liqligi Janobimizni namozdan keyin yana uning haqiga takror duo etishga chorladi:
—   Allohim, uning gunohidan o’t, unga rahm qil, uni kechir. Uni har turli balolardan saqla. Ikromingni mukammal, qo’noq bo’ladigan joyini go’zal qil. Uni suv bilan, qor bilan, do’l bilan yuv. Kiyim kirdan tozalanganidek, uni ham xatolaridan tozala. Unga dunyodagi uyidan ham mukammal bir uy, ahlidan yaxshiroq bir oila, xotinidan yaxshiroq bir xotin ber. Uni qabr fitna va imtixonidan, do’zax azobidan qo’ri.
Bu duo u yerda bo’lganlarning qalblarini titratdi, ko’ngillarini chulg’adi. Shu darajadaki, oradan yillar o’tib, bu xotirasini gapirib berarkan, Avf ibn Molik tevaragida qiziqish va diqqat bilan eshitib o’tirgan jamoatga bunday deydi: «Payg’ambar janobimizning o’sha duolarini eshitganimda mayyitning o’rnida bo’lishni juda-juda istab ketdim...»
Ajabo, Avf yana qancha yasharkan? Ertaga o’ziga ham shunday duo nasib qilarmikan?.. Bu duoni uncha-muncha odam qilmayapti, axir. Bu duo bo’sh qaytarilmaydi. Janobi Mavlo payg’ambarini rozi etmak uchun duoda istanilganidan ham ortig’ini beradi, ikromini yanada ko’paytiradi. Esida, bir kuni Rasululloh (s.a.v.):
—   Ruhim qo’lida bo’lgan Allohga qasam, odamning qabr boshiga kelib, jonidan to’yganday: «Qaniydi shu go’rda men yotgan bo’lsaydim», deb orzu qilmagunicha qiyomat ko’pmaydi. Odamni bunaqa orzuda bo’lishga majbur qiladigan narsa balodir, din tuyg’usi emas, — deya marhamat qilgan edilar**. (Muslim, 4/223.)
Rasululloh (s.a.v.) insonning hayotdan bezish sabablarini ochiqlar ekanlar, o’ldirish xodisasi ko’payajagini anglatganlar. "œShu darajadaki, o’ldirgan nima uchun o’ldirganini bilmaydi, o’lgan ham nima sababdan o’ldirilganini bilmaydi», deganlar***.(Muslim. 4/225.)
Avf bunday kunlarda yashashdan ko’ra, payg’ambarlar sultonining duolari ila oxirat safariga chiqishni albatta orzu qilardi.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Madina bozoriga kirdilar. Yonlarida sahobalardan ba’zilari ham bor. Yo’l chekkasida oriq bir uloqchaning o’ligi yotardi. Rasuli muhtaram janobimiz egilib uloqchaning quloridan tutdilar:
—   Bir dirhamga kim oladi shuni? — deb so’radilar.
Bu taklif sahobalarga g’alati tuyuldi.
—   Kim unga pul sarflaydi, foydalanib bo’lmasa... — deyishdi.
Janobimiz endi savol tarzini o’zgartirdilar:
—    Тekinga olishni istaysizlarmi?
—    Vallohi, bu uloqcha tirik bo’lganida ham bir chaqaga qimmat. Chunki hali quloqlari ham kichkinagina. Uning ustiga, o’likligi inobatga olinsa, nimaga ham yarardi.
Shunda Rasuli kibriyo uloqni tashlab, qadlarini rostladilar.
—    Bilinglarki, Alloh xuzurida dunyoning qiymati sizlar shu uloqga bergan baxodan ham pastdir, — dedilar*. (Muslim. 4/2272)
Rasululloh (s.a.v.) bu solishtirish bilan o’tkinchi dunyoni sabab qilib, oxiratini boy bermaslikni, Alloh qadrlagan narsalarni qadrlash lozimligini xotirlarga solmoqchi bo’ldilar. Dunyoni asl maqsad va g’oya Qilib jon-jaxd bilan tirishadigan va bu yo’lda hech bir qonun va nizomni tan olmaydiganlar bir kuni ularni pushaymonlik ichiga tushiradigan, jazolarini chektiradigan olamga ko’chishlarini eslab qo’ysinlar.
Avf qiymati bu qadar bo’lgan dunyoda uch-to’rt kun ortiqcha turgandan ko’ra, Rasuli akram (s.a.v.) janobimizning qullari va duolari bilan qora tuproqqa kirishga va oxirat yo’lchisi bo’lishga ko’proq rozi edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:42:25
SALIM QUR’ON  O’QIYAPТI

     Oyisha onamiz xufton namozini Rasululloh (s.a.v.) janobimizning imomliklarida o’qidi. Keyin u zotning bir tavsiyalarini ado etish uchun namoz o’qigan joyida picha o’tirib qoldi. Parvardigoriga eng xolis tungular-la ibodatini arz etganini o’yladi. Bu orada qulog’iga totli bir ovoz kelaverdi. «Bismillah...» aytilib, Qur’on o’qila boshlagan edi. Bir muddat tinglab o’tirdi. Qulog’dan ham ko’ra ko’proq ko’ngillarga xitob etuvchi ovoz edi bu... Bu ovoz bir vaqtlar Rasululloh janobimizdan eshitgani ushbu muborak so’zlarni xotirlatar edi: «Qur’on o’qiydiganlar ichida eng chiroyli ovozlisi eshitgan zaxotingiz Alloh qo’rquvi ila o’qiyotganini xis etganingiz odamdir»*. (Ibn Moja. 1/425.)
Mana, xozir taralayotgan ovozga shu tuyg’u xokim edi. Hushbo’y guldan go’zal hid kelishiday aniq edi bu tuyg’u...
Oyisha onamiz shularni hayoldan kechirarkan, yana ozgina quloq solib o’tirdi, keyin xujrasiga o’tdi. Sayyidul anbiyo uni kutayotgan edilar.
—   Buncha qolib ketding?
Bu savolda xafalik yo ozorlanishdan asar ham yo’q sevgi bor, totlilik bor edi.
—   Ashobingizdan biri Qur’on o’qiyapti, shuni tingladim. Bunaqa qiroatni shu damgacha eshitmaganman.
Rasululloh janobimiz o’rinlaridan turdilar. Sevikli xotinlari bilan birga qaytib masjidga kirdilar. Ichkari zimiston qorong’u, hech kim ko’rinmaydi, faqat ovoz eshitiladi. Qur’on haqida eng bexato xukmni beradigan eng Buyuk Muallim masjidda taralayotgan iloxiy kalomga picha quloq solib turdilar-da, so’ng xotinlariga o’girilib, faqat u eshitadigan past ovozda:
—   Abu Huzayfaning ozod quli Salim o’qiyapti. Ummatim orasida shunaqa bir odamni yetishtirgan Allohga hamd bo’lsin! — dedilar*. (Ibn Moja. 1/425.)
Payg’ambarimiz nima deganlarini Salim eshitmadi, orqasida kimlar turganini ham bilmadi. Хuddi tevaragini qurshab olgan va buyuk bir orzu ila Kalomullohni tinglayotgan farishtalardan xabarsiz bo’lgani kabi... U faqat Mavlosining kalomini o’qiyotganini bilar, ko’ngli ham Mavlosi bilan birga edi...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:42:47
        Bir kuni Rasuli muhtaram janobimiz yangi musulmon bo’lganlarga e’lon qilib:
—    Qur’onni to’rt kishidan o’rganinglar: Abdulloh ibn Mas’ud, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b hamda Abu Хuzayfaning quli Salimdan, — deb marhamat kildilar*.(Muslim, 4/1913.)
         Salim kelajakda ham juda chiroyli hayot kechirajak, havas qilsa arzigulik yaxshi bir inson bo’lajak, hazrati Umardek viqorli, haybatli kishini ham o’ziga maftun etajak. Хatto buyuk Umar (r.a.) so’nggi nafasini olayotganida ortidan xalifa qilib tayin etishni juda orzu qilgan ikki odamning nomini zikr etajak, ammo ne yoziqki, ikkisi ham Allohning rahmatiga qovushgan bo’lajak edi. Ular Abu Ubayda bilan Salim edi.
Bu ikki muhtaram shaxs hayotda bo’lmaganlari uchun hazrati Umar boshqa odamni halifa tayinlashga jur’at qila olmaydi, bu ishni olti kishilik bir hay’atga topshiradi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:43:08
SAYFUL BAHR (JAYSHUL HABAТ) SAFARI

     Rasululloh (s.a.v.) uch yuz kishilik bir qo’nshin hozirladilar. Abu Ubaydani qo’mondon qildilar. Dengiz sohiligacha borish va kutilayotgan Quraysh karvonining yo’lini to’sishga buyurdilar.
Shu safarda ishtirok etgan Jobir ibn Abdulloh (r.a.) hotiralarini bunday bayon qiladi:
«Yo’lga otlandik. Rasululloh bizga bir xurjun to’la xurmo berdilar, boshqa yeydigan narsamiz yo’q. Abu Ubayda o’z amri va nazorati ostida tutib turgan xurjundan har kimga oz-ozdan xurmo berardi. Yemak yanayam ozaygach, odam boshiga bir kunga bittadan xurmo bera boshladi. «Bittagina xurmo katta odamga nima bo’ladi?» deb uni qiynamasdik, so’rg’ich so’radigan bolalarga o’xshab og’zimizga solib shimib yurardik. Kun keldiki, shu bitta xurmoga ham zor bo’la boshladik. Ba’zan yo’limizda uchragan daraxtlarning yaproqlarini qoqardik-da, o’shalarni yeyishga tushardik.
Ochlik xaddidan oshib, ko’zlarimiz oldi qorong’ilasha boshlagan bir palla edi. Uch-to’rt kishi to’planib olib, nimadir qilishayotganini ko’rdim. Yonlariga bordim. Uchta tuyani so’yishibdi, endi go’shtini nimtalash bilan ovora edilar. Тush ko’ryapman, deysan odam. Rosa zo’r ziyofat bo’ladigan bo’ldi-da.
Darxaqiqat, oradan hech qancha o’tmasdan, tuya go’shtidan nishirilgan kabob yo’lchilarning oldiga qo’yildi. Atrofdan minnatdorlik tuyg’ulari ifodalana boshladi:
—    Alloh sendan rozi bo’lsin, ey Qays!..
—    Alloh senga ham, otangga ham ikromini mo’l qilib bersin, ey saxiy o’rtoq!
So’ngra yana safar davom ettirildi, ammo endi hammaning qorni to’q edi.
Keyingi dam berilganida hamma har yoqqa tarqalib ketdi. Ba’zilar yana daraxt barglarini yeya boshlashdi, xatto po’stlog’ini kemirganlar ham bo’ldi. Bunday oziqlanish safar boshlanganidan beri necha bor sinovdan o’tdi o’ziyam. Arablar bargni «xabat» deyishadi. Shuning uchun bu ko’shin otini o’zaro «Jayshul xabat» (Barg yeyuvchilar) deb ham nomlashdi.
Ko’p o’tmay Qays yo’lchi hamrohlariga yana ikrom dasturxonini xozirlay boshladi. Uchta tuyasini so’ydi. Go’shti nimtalanib, askarlar orasida tarqatildi.
Safar davomida uchinchi marta tuyalar so’yilganida qo’mondon Abu Ubayda xuzuriga Qaysni chaqirdi.
—   Bundan buyon mendan izn olmasdan aslo tuyalaringni so’ymaysan. Men esam senga izn bermayman, — dedi.
Jo’mardlik (saxiylik) yaxshi ish. Ammo uch yuz kishini to’ydirish uchun so’yilgan to’qqiz tuya bir inson uchun katta boylik xisoblanadi. Qays oilasidan olgan tarbiya bo’yicha ish tutdi. Hazrati Abu Ubayda esa, isrofga o’xshab ketadigan jo’mardlikning oldini olgan edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:44:56
       Payg’ambarlarning eng buyugi bilan ko’ngil birligi bezab turgan yo’lchilik har turli sharoitlarni boshidan o’tkazib, nihoyat Qizil dengiz sohilida poyoniga yetdi. Dengiz to’lqinlari mavjlari ko’zga yoqmli ko’rinib, yuraklarga farahlik keltirdi. Har tomonga tarqalib, qo’nishga bir munosib joy axtarayotganlar birdan ko’zlarini ishqalab qolishdi. Ko’rayotganlari tushmi yo o’ng ekanini anglamoqchi bo’lishdi. Ochlik va charchoq insonni hayol olamiga olib ketib qolishi mumkin edi-da. Biroq na uyqu va na hayol edi bu — qarshilarida kichikroq tepalikka o’xshab bir kit baliq yotardi!
Darhol boshqa safardoshlar ham xabardor etildi. Ko’rganlar hayratlarini yashirolmay qolishdi. Shu kungacha ko’rganlari eng katta tuya ham bu baliq oldida hech gap emas edi.
O’lik hayvonni yesa bo’larmikan?.. O’zaro maslaxat boshlashdi. Oxiri Abu Ubayda masalaga chek qo’ydi:
—   Biz bu yerlarga ermak uchun kelmadik. Rasululloh janobimizning amrlari bilan va Alloh roziligini istab yo’lga chiqdiq. Qo’limizda bundan boshqa yemagimiz ham yo’q, buni yeyishga majburmiz, — dedi.
Hech kim etiroz bildirmadi. Zotan, o’rniga bunday qilsak bo’ladi, deydigan hollari ham yo’q edi. Qolaversa, qo’mondonning so’zlari aqlga to’g’ri keladigan bir haqiqat edi.   
Odamlarni qandaydir hayajon to’lqini chulg’ab olgan edi. Qilichlar sug’irildi, baliq nimta-nimta qilindi. Ba’zilar olov yoqish uchun o’tin yig’ishga tushib ketdi. Birpasda gulhanlar yoqildi, baliqkaboblar xozirlandi. Necha kundan beri ochlikdan parishon holga kelgan me’dalar baliq go’shti ila to’ydirildi. Endi ochlik dardi qolmagan edi. Ehtimol Janobi Mavlo O’zining roziligi uchun yo’lga chiqqan bu insonlarni devday qilib yaratilgan bu kit balig’i ila mexmon etishni istagandir. Qo’shin o’sha yerda bir necha kun qolib ketdi. Och qolishsa, baliq go’shtidan kesib darrov olovga tutishar yoki quyoshda quritib bostirma qilib qo’yishar edi.
Nihoyat, bir kuni kitning ochilib qolgan qovurg’asi tik qilindi. Qo’shindagi eng katta tuya keltirildi, ustiga yuki ham ortildi. So’ng ulkan bir tuynuk hosil qilgan qovurg’alar ostidan o’tkazildi. Тuya shu turishida kit qovurg’alarining hech yeriga urilmay-surilmay bemalol o’tib ketdi. Bu tomoshani ko’rsatishdan maqsadlari bu kit baliq haqida Madinada qolgan birodarlariga bir tasavvur berish edi.
Kutish mo’ljaldan ham ortib ketdi, ammo hamon Quraysh karvonidan darak yo’q edi. Kelganlariga bir oy (boshqa rivoyatga ko’ra, o’n besh kun) ham bo’ldi. Madinadan chiqqanlarida zaif va oriq bo’lgan, yo’lda chekilgan mashaqqatlar tufayli battar abgor holga kelgan badanlar baliq bilan oziqlangach, go’yo yana qayta tirilgan, kuch-quvvat hosil qilgan edi.
Ortiq kutishdan foyda yo’qligiga ko’zi yetgan Abu Ubayda qaytishga amr berdi. Quyoshda quritilgan bostirmalarga xurjunlarni to’ldirib, Madina sari harakat boshlandi.
Manzilga yetilgach, Payg’ambarimizga (s.a.v.) ko’rgan-kechirganlar so’zlab berildi. Olamlar Parvardigorining seviklisi:
— U baliq Alloh taolo sizlar uchun chiqarib hozirlagan bir rizqdir. Yonlaringizda go’shtdan yana bormi, bizga ham yediringlar, — deb marhamat qildilar.
Mujoxidlardan biri darrov turib borib, baliqdan olib keldi. Janobimiz bostirmadan picha uzib yedilar. Sayful baxr (boshkacha atalishiga ko’ra, Jayxul xabat) safarida ishtirok etganlar xato qilmaganlarini shu tarifa tushunib yetishdi, qalblariga bir sevinch va xotirjamlik indi.
Sa’d ibn Ubodaning sahiy o’g’li Qays Madinaga qaytgach, do’stlaridan sotib olgan tuyalarining haqlarini o’tadi va shunday qilib, safarda olgan ajr-mukofotni yana qavat-qavat ko’paytirdi. Alloh undan, u bilan birga yurishda ishtirok etganlardan, ko’ngillari ular bilan birga bo’lganlardai rozi bo’lsin*. (Muslim, 3/1535).
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:45:28
BIR SIRNING OCHILISHI

      Hafsa onamiz (r.anho) Rasululloh (s.a.v.) janobimizdan izn olib, otasini ko’rishga ketdi. Bir muddat o’sha yerda qoldi. Qaytib kelganida xonasida Rasuli akram (s.a.v.) bir xotin bilan gaplashib turganlarini eshitib qoldi. Eshikni ochib, u xotinni tanidi. Misr podshohi Rasulullohga tortiq qilgan cho’ri Maryam edi. Hafsaning yuragi to’lib ketdi.
—   Ey Allohning rasuli, bu cho’ri bilan birga bo’lishga mening uyimnimi munosib ko’rdingiz?.. — dedi va yig’lab yubordi.
Nabiyyi akmal (s.a.v.) uni tinchlantirdilar, boshqa bunday ish bo’lmaydi, deb so’z berdilar.
—   Bu hodisa ikkalamiz oramizda sir bo’lib qolsin, — dedilar.
Hafsa indamadi. Bu bilan taklifni va iltimosni qabul qilgan bo’ldi.
Rasululloh (s.a.v.) xotirjam bo’lib chiqib ketdilar. Ammo sir tutilishi atay tayinlanilgan bu ish Hafsa onamizning yuragini siqishtira boshladi. Kimgadir aytish orzui ichini kemirar edi. Nihoyat Oyisha onamizni bir chekkaga tortib, bo’lgan voqeani gapirib berdi.
Shundan keyin u yengil tortdi. Chunki bir yurak sig’dirolmagan habarni ikki yurakka bo’lishtirilgan edi. Sirini ochayotganini hech kim eshitmaganiga, ko’rmaganiga u amin edi. Atrofini qurshagan devorlarning qo’l oyog’i yo’qdir, axir... Uning ustiga, Oyisha ham Rasuli akramning bir xotinlari, shunga ko’ra, sir oshkor qilingan hisoblanmaydi
Oradan ko’p vaqt kechmadi. Jabroili amin (a.s.) keldi. Hafsa so’zida turmaganini va sirni sirlikdan chikarganini bildirdi. Rasuli akram janobimiz Hafsaning yoniga kirdilar va uning qilmishini so’zma-so’z aytib bera boshladilar. Hafsa shunaqa dovdirab qoldiki, Rasuli akmalning so’zlarini ham oxirigacha eshitib turolmadi, butkul o’zini yo’qotdi.
—   Bularni sizga kim aytdi?.. — deya oldi
Bunday savol darhaqiqat dovdirab qolganining ifodasi edi. Kimdir boshqa odam shunday so’rasa, johilligiga yo’yilishi mumkin edi, ammo Payg’ambar janobimiz bilan necha yildan beri bir yostiqda bosh qo’yib yashab kelayotgan, Jabroili (a.s.) keltirgan vahiylarga ko’p guvoh bo’lgan Hafsaday bir xotinlari bunday savol bermasligi lozim edi.
Oldingiyu keyingilarning sayyidi (s.a.v.) g’oyat sokin bir ovozda:
—   Har  narsani  bilguvchi, har  narsadan  habardor Alloh  yetkazdi menga, — dedilar.
Bu javob yetarli bo’ldi. Endi Hafsaning: «Men Oyishaga aytayotganimda hech kim yo’q edi», deyishiga o’rin qolmadi. Хuddi «Yo’q, men hech kimga hech narsa aytmadim...» deyishning iloji bo’lmagani kabi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:47:38
      Yana Jabroili amin (a.s.) keldi. Rasuli amin (s.a.v.) janobimizning qalblariga ushbu oyatlarni naqshladi:
      «Payg’ambar juftlaridan biriga (ya’ni, Hafsaga) bir so’zni pinhona aytganini eslang! Endi qachon (Hafsa) u (sir) haqida (Oyishaga) habar bergach va Alloh (Jabroil farishta vositasida Payg’ambarni Hafsaning qilmishidan) voqif qilgach, u (Hafsaga o’zi voqif bo’lgan narsaning) ba’zisini bildirdi va ba’zisidan yuz o’girdi (bildirmadi). Bas, qachon (Payg’ambar Hafsaga o’zi voqif bo’lgan narsaning ba’zisi hakida) habar bergach, u: «Kim sizga bu xabarni berdi?» degan edi, (Payg’ambar): «Menga bilguvchi va habardor zot habar berdi», dedi. (Ey Hafsa va Oyisha) agar sizlar ikkingiz (bu qilmishlaringiz uchun) Allohga tavba qilsangizlar (o’zlaringizga yaxshiroq bo’lur). Chunki sizlarning dillaringiz (haq yo’ldan) toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar (Payg’ambarning) ziyoniga (ya’ni, u zot bilan ayollari o’rtasini buzadigan ishlar ustida) bir-biringizga yordam bersangizlar, u holda shak-shubhasiz, Allohning o’zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo’minlar ham uning madadkoridirlar. Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg’ambarga) yordamchidir. Ehtimol Parvardigori — agar u sizlarni taloq qilsa — unga sizlardan yaxshiroq juftlarni — muslima, mo’mina, (Alloh va uning payg’ambariga) itoat etuvchi, tavba-tazarru qilguvchi, obida, (mudom Allohning yo’lida) ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib berur». * (Тahrim, 3—5.)
Bu oyatlarni mo’minlarga va xossatan Hafsa va Oyisha onalarimizga Janobimiz o’zlari o’qib berdilar. Oyatlarni oxirigacha eshitgach, Rasulullohga termulgan ko’zlarda o’jarlik emas, aksincha, pushaymonlik bor edi, «johillik qildik, tavba qilamiz...» ma’nosiga keladigan bir hol bor edi.
Hafsa onamiz avvalroq otasi kelib o’zini ogohlantirgan kunlarni va aytgan gaplarini esladi. «Rasululloh seni balki mening yuz-xotirim uchun qo’yib yubormayotgandirlar, hushingni yig’. Mening Payg’ambar yonlarida qadrli bo’lishim seni aldab qo’ymasin», degan edi. Yana Hafsa onamiz uning: "œYo sizlar Rasulullohga nisbatan tavirlaringni o’zgartirasizlar, yo Alloh sizlarning o’rnilaringga yanada yaxshi xotinlar berib, u zotning ko’nglini oladi», deganlarini xotirladi. Endi otasi yana bu ishga aralashib: «Men senga nimalar degan edim?!» deb qolsa-ya...
Lekin hazrati Umar berishi mumkin bo’lgan har qanday jazo oyatlardagi tahdid oldida hech gap emas edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:49:11
KASALNI ZIYORAТ

      Jobir ibn Abdulloh (r.a.) pokiza bir yigit edi. . Otasi Abdulloh Uhud jangida shahid bo’lgach, uydagi yetti nafar singillariga qarash vazifasi unga qoldi. Uhud jangidan keyin uni go’zal xotiralar ila taniymiz. Shu Jobir kasallanib qoldi. Habari Rasulullohga (s.a.v.) ham yetdi. Janobimiz yonlariga qadrli birodarlari Abu Bakrni olib, uning ziyoratiga bordilar.
Jobir behush yotardi, Rasulullohning kelganlarini farqlamadi ham. Nabiyyi akmal tahorat oldilar, tahorat suvidan pichasini unga sepdilar. Jobir ko’zlarini ochdi. Boshi ustida Janobimizni (s.a.v.) ko’rib, kulimsidi. Hayotining oxirgi onlarini yashayotganday his qilardi. Shu sababdan payg’ambarlar sarvari hol-ahvol so’rab bo’lganlaridan so’ng:
— Ey Allohning rasuli, mening o’g’il-qizim yo’q. Merosim singillarimga qoladi. Bu vaziyatda molimning taqsimi qanday bo’ladi, bu borada nima qil deysiz? — dedi.
Rasuli akram (s.a.v.) janobimiz javob bermadilar. Chunki Niso surasining oxirgi oyati bu savolga javob o’laroq vahiy etildi:
«(Ey Muhammad,) sizdan fatvo so’raydilar. Ayting: « Alloh sizlarga na ota va na bolasi bo’lgan so’qqabosh odam to’g’risida fatvo berur: agar farzandsiz bo’lgan yolg’iz bir erkak o’lsa, (agar) uning singlisi bo’lsa, unga (akasi) qo’yib ketgan merosning yarmi tegur. Agar singlisining farzandi bo’lmasa (va o’sha singil o’lsayu akasi qoladigan bo’lsa), aka unga merosxur bo’lur. Agar singillar ikkita bo’lsa, ular uchun aka qoldirgan narsadan uchdan ikkisi tegur. Agar merosxo’rlar aka-singillar bo’lsa, bir erkak uchun ikki ayol xissasi berilur. (Ey mo’minlar,) adashib ketmasliklaring uchun Alloh sizlarga (o’z xhkmlarini) bayon qilur. Alloh hamma narsani bilguvchidir*». (Niso, 176)
Oyati karima xos o’laroq Jobir ibn Abdullohga yetkazildi. Yotog’ida o’qilgan bu oyatni tinglab, Jobir Parvardigoriga hamd aytdi.
Kelgusida Jobir shifo topib, oyoqqa turib ketadi va yana uzoq yillar yashaydi. Juda ko’p ibratli voqealarning guvohi bo’ladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:50:31
MUТA  JANGI

     Rasulullohning (s.a.v.) elchilari Horis ibn Umayrni Gasson amiri Shurahbil o’ldirgani yodlaringda bo’lsa kerak. Bu ishi uchun unga bir saboq berib qo’yish maqsadida Janobimiz xozirlik ko’rishga buyurdilar. Darhol uch ming kishilik bir qo’shin to’plandi. O’zlari bu yurishda ishtirok etmasdilar. Qo’shin yig’ilgan Jurf degan joyga borib, qo’mondonni e’lon qildilar.
—   Sizlarga Zayd ibn Horisani amir etib tayinlayman, — dedilar.
Ja’far ibn Abu Тolib (r.a.) ovozida hiyla ranjish ohangi ila:
—   Ey Allohning payg’ambari, Zaydni mening boshimga amir qilib qo’yasiz deb sira kutmagan edim, — dedi.
Janobimiz unga o’giriddilar:
—   Senga nima yaxshiligini o’zing bilmaysan, — dedilar. So’ngra so’zlarini bunday davom ettirdilar: — Lashkar boshlig’i Zayd ibn Horisadir. Bordiyu Zayd o’ldirilsa, Ja’far qo’mondon bo’ladi. Agar Ja’far ham o’ldirilsa, amirlik Abdulloh ibn Ravohaga o’tadi. Abdulloh ham o’ldirilsa, musulmonlar o’zlari rozi bo’ladigan kishini oralaridan amir qilsinlar.
Bu yo’l-yo’riq ko’ngillarda nozik bir og’iq turishiga sabab bo’ldi. Homushlangan, g’amginlik bosgan ko’zlar qo’bon sifatida taqdim etilgan u uch zotni izlardi. Endi hech qachon Madinaga qaytmasliklari, o’zlari kirayotgan u jangda shahidlik sharbatini ichajaklari ularga ma’lum bo’lgan edi.
Ketayotganlar qolayotganlar ila vidolashishdi. Kimdir:
—   Nimaga yig’layapsan, ey Ravoxa o’g’li? — deb so’rab qoldi.
Ajab savol... Albatta yig’laydi, albatta ko’zyoshi to’kadi-da. Endi hech qachon Madinaga qaytmasligini va Allohning sevikli payg’ambarini (s.a.v.) ham ortiq ko’rmasligini bilgan inson kulmaydi-ku, axir...
—    Vallohi, men dunyoga bog’liq bo’lganimdan yoxud sizlarga bo’lgan sevgim tufayli yig’lamayapman. Men faqat Rasulullohning: «Sizlardan har biringiz, chorasiz, do’zahga
bir tushib chiqasizlar. Bu hukm Parvardigoringizning mutlatqo ado etadigan bir xukmidir»,
oyatini o’qiyotganlarini eshitganman, men u yerga tushganimdan keyin chiqish, do’zaxdan qutulish qanday bo’lishini bilmayman, yig’im sababi budir, — dedi Abdulloh ibn Ravoxa.
—    Alloh yordamchilaringiz bo’lsin, o’zi muxofaza aylasin...
Bu so’zlar so’ylanarkan, qalblarga «Mana shu ko’rishuvimiz oxirgisidir, so’nggi diydor...» degan ma’nodagi tuyg’ular to’lib borardi.
Abdulloh ibn Ravoxa koinot fahri (s.a.v.) janobimiz bilan birga so’nggi marta juma namozini o’qishni va birodarlariga orqadan yetib olishni hayol qildi. Ammo payg’ambarlar sayyidi bunga rozi bo’lmadilar.
—   Yer yuzini to’ldirib sadaqa ulashsang ham, ularning tongdagi safarida oladigan ajr va mukofotga erisha olmaysan, — deb marhamat qildilar.
Bu muborak so’zlar Abdulloh ibn Ravoxaga yetarli bo’ldi. Zotan, hech kimsa: «Yo’q, haqiqat unaqa emas», deya olmasdi ham.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:51:31
    Abdulloh Allohning seviklisi (s.a.v.) ko’zlariga yana bir marta boqdi. Bu ko’zlarda teran ma’nolar bor edi. Go’yo: «Boraver, ey ibn Ravoxa. Ko’ngling biz bilan bo’lsin, bizning ko’nglimiz ham sizlar bilandir», deyayotgandek...
Abdulloh xassos bir odam edi, yaxshigina shoir edi, payg’ambarimizning boqishlaridan shu ma’nolarni o’qidi. Хato qilgan ham bo’lishi mumkin emas. Chunki Rasulullohning ko’ngillarida albatta ular uchun bir joy topilajakdir. Axir ular Ulug’ Mavloga va rasuli kibriyoga bo’lgan bog’liqliklari sababila, ularning roziliklarini qozonmoq uchun bilib turib o’limga borishyapti, jonlarini fido etishyapti. Mo’minlarga naqadar shafqatli va naqadar marhamatli ekanlarini Alloh bildirgan zot ularni o’ylama-sa, kim o’ylasin?!
Ortiq vaqt o’tkazishda ma’no qolmagan edi. Sayyidul mursalin (s.a.v.) bilan tez vidolashdi va do’stlarining yonlariga qaytdi.
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz o’zlari g’oyat sevadigan birodarlarining shahid bo’lajagini bilib turib nimaga yuboraverdilar? Yonlarida qolishsa, jang maydonida oyoq ostilarida qolib ketishmasa, bo’lmasmidi?
Тaqdir qalami ular haqlarida shunday hukm yozgan bo’lsa, qo’ldan nima kelardi? Ko’chish nog’oralari chalingan, ajal o’qi otilgan bo’lsa, boshqa nima ish qoladi insonga? Allohning taqdrgriga Allohning rasuli rozi bo’lmasa, bu taslimiyatni boshqa kimdan kutiladi?
Qolaversa, ular Madinada emas, u yoqlarda o’ladigan bo’lishsa, bunga qanday kuch to’sqinlik qila olardi?.. Qur’oni karim: «...hech bir jon qayerda o’lishini bilmaydi», deb xabar beradi. Payg’ambarlar buyugi (s.a.v.) ham bu oyatni tushuntirarkanlar: «Alloh  bir kimsaning ruhini boshqa biror joyda oladigan bo’lsa, u qul uchun o’lajagi yerda bir ehtiyoj chiqaradi», deb aytmaganmidilar?..
Bular ham ketishadi, o’zlariga taqdir qilingan tuproqqa borishadi, ajal sharbatini o’sha yerda ichishadi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:51:52
    G’asson amiri Shurahbil atrofdagi odamlari vositasida Madinadan kelayotgan lashkar haqida habar topgani zahoti darhol qo’shin to’plashga kirishdi. Тez orada yuz ming kishilik bir o’rdu to’plandi. Тevaraklardagi arab qabilalaridan kelib qo’shilganlari bilan askarining soni yuz ellik mingga yaqinlashib qoldi.
Mo’minlar Moanga kelishganida dushman o’rdusining miqdori hakida xabar eshitishdi. O’tirib maslahatlashishdi. O’zlaridan ellik barobar ko’p bo’lgan kuch bilan urushish qanaqa natija berishi ravshan edi. Ba’zilar:
— Dushman soni haqida Rasulullohga xabar yullashimiz kerak. Yo ortimizdan madad yuboradilar, yoki bo’lmasa, nima qilishimiz haqida yo’l-yo’riq ko’rsatadilar, — deyshsdi.
Abdulloh ibn Ravoxa so’z oldi:
   — Birodarlar, vallohi, sizlarga yoqmayotgan shu narsa madinadalik paytlaringizda orzu qilganlaringiz shahidlik emasmidi?.. Biz dushmanga qarshi sonimiz yoki kuchimiz bilan urushadigan emasmiz. Alloh bizga ikrom qilgan bir dinga tayanib solishamiz. Yuringlar, ikki yaxshidan biri bizni kutmokda. Yo g’olib kelamiz, yoki shahid bo’lamiz! — dedi.
Boshqalar uni qo’llashdi:
—    Ibn Ravoxa to’g’ri gaplarni aytdi.
—    Vallohi, tutiladigan yo’l shudir!..
Hammaning fikri ifodalangan edi bu e’tiroflarda. Тezda bir qarorga kelinib, takror yo’lda davom etildi. Oxirgi yetib borgan joylari Muta qishlog’i edi. Dushman lashkari ham kelgan, qarshilarida turar edi. Sobit ibn Arqam yonida turgan hamrohining qo’liga turtdi.
—    Bunaqa katta lashkarni ko’rmagan bo’lsang kerak-a, ey Abu Hurayra? — deb so’radi.
—    Ha, ko’rmaganman.
—    Sen Badrda bizning yonimizda yo’q eding, biz u paytda zafarni sonimiz bilan emas, Allohning yordami bilan qozonganmiz.
Urush boshlanmasidan oldin bosh qo’mondon Zayd ibn Horisa (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) janobimizning buyruqlariga ko’ra raqiblarni Islom diniga da’vat etdi. Lekin bu da’vatning qabul etilmasligi ma’lum edi. Chunki Payg’ambar (alayhissalom) elchilari ham bir paytlar shu da’vatni qilgani uchun o’ldirilgan.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:52:41
     Urush boshlandi. Ikki taraf bir-birining ustiga tashlandi. Zayd ibn Horisa bu jangda shahid bo’lishini o’z ismini bilgani kabi aniq bilardi, ammo aslo chekinmasdan dushman saflariga otilardi.
Darhaqiqat, hech qancha o’tmasdan dushman nayzalari uni jonsiz holda yerga qulatdi. Rasulullohga (s.a.v.) xizmat va muhabbat bilan bezangan qiymatli bir umr shu tariqa poyoniga yetdi. Endi «Ishchiga xizmat haqini peshona teri qurimasidan ber», deb marhamat qilgan Payg’ambar keltirgan ahkomga ko’ra, Muta tuproqlariga to’kilgan qoni hali qurimasidan Zayd ibn Horisa ham Olamlar parvardigori xozirlab qo’ygan dasturxonda izzat va ikrom ko’rajakdir.
Zayd shahid bo’lar-bo’lmas bayroq tez uning qo’lidan olindi va Ja’far ibn Abu Тolibga yetkazildi. Ja’far bir qo’lida qilich, ikkinchi qo’lida bayroqni tutganicha jangga kirishib ketdi.
U dushman bilan savasharkan, jannatning isini tuyayotgani haqida she’rlar aytib turardi. O’ng-so’llaridan berilgan zarbalar uni qizil qonga bo’yadi. Bir qilich zarbasi bayroqni tutib turgan qo’lini uzib yubordi. Ja’far darrov ikkinchi qo’liga oldi bayroqni. Endi bu qo’li ham kesildi. Qo’llari orasida qattiq o’ralib qolgan bayroqni u endi qachongacha tutib tura olardi? Yaralangan joylaridan otilib chiqayotgan qon kuchini tobora tugatib borardi. Dushman zarbalariga vujudini qalqon qilishdan boshqa chorasi yo’q edi. Nihoyat tanasiga ham bir qilich tushib, uning vujudini ikkiga bo’lib tashladi. U bilan birga bayroq ham yerga tushdi, lekin shu zaxoti olinib, Abdulloh ibn Ravoxaga yetkazildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:53:10
     Abdulloh bu sharafli bayroqni dast ko’tardi. Allohning rasuli bergan xabarga ko’ra, jon berish navbati endi unga kelgan edi. Jon bozoriga otilajak, «Mening ham Alloh yo’lida qurbon qiladigan jonim bor», deya shahidlik sharbatini ichajak edi. Bu savashdan sog’ chiqmasligini oqshom vaqti quyoshning botishini bilganchalik bilardi. Uning bayroqni ko’targancha olg’a intilayotganini ko’rgan va shahidlik navbati unga kelganini bilganlardan biri «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» («Albatta, biz Allohnikimiz va albatta hammamiz Uning xuzuriga qaytajakmiz») oyatini o’qidi. Abdulloh bu oyatning o’lim farmoni qarshisida itoat ifodasi ekanini bilardi. Bir on to’xtagandek bo’ldi. So’ngra quyidagi ma’nolarni bildiradigan she’r o’qiy boshladi:
—   «Ey nafs!.. Istasang ham, istamasang ham, qasam ichamanki, Allohning xukmiga bo’yin egajaksan. Agar odamlar «Inna lillah» deya baqirib-chaqirgan bo’lsalar, shumi
seni qo’rqityapti? Bu nima degan gap, seni jannatni orzu qilmayotgan holda ko’ryapman?! Rosa ko’nikib qolganing shu badanimda, piyoladan to’kiladigan suvdan boshqa nimasan sen?.. Ey nafs!.. Bugun o’lmasang, abadiy tirik qolarmiding?! Mana, o’limning issiqlig’i!.. Qarshingda xilqillab turibdi... O’zing orzu qilgan shahidlik sharbati senga uzatilgan...  Agar sen ham ikki birodaring kabi qila olsang, hidoyat yo’lini tutding demakdir...»
She’rni o’qib bo’lib, otidan tushdi. Shu payt amakisining o’g’li unga go’shtli suyak uzatdi.
—   Bir tishlam yeb olgin, qachonlardan beri hech narsa yemading. Ozmi-ko’pmi belingni tiklab ol, qilich solishga ham quvvat kerak, — dedi.
Abdulloh juda ochiqqan edi. Suyakni oldi, tishladi. Хuddi shu pallada jang maydonidan qo’rqinchli bir faryod yuksaldi: birontasi mutlaqo nayza yegan yo qilich bilan tanasi tilkalangan edi. Sabri chidamadi, qo’lidagi ustixonni bir tomonga otib, qilichini siltagancha olomon ichiga o’zini urdi.
Yonida u bilan birga jang qilganlar she’r o’qiyotganini eshitishdi:
—   «Ey nafs!.. Хotindan ayrilmak istamaysan... Bilib qo’y: uni qayta olmaslik uchun taloq qildim. Qullarga ko’zingni tikkan bo’lsang, hammasini ozod etdim. Mol va
mulk savdosiga berilgan bo’lsang, hammasi ham Allohga va rasuliga qoldirilgandir».
Shundan keyin yonidagilar Abdullohdan faqat kalimai tavhid va kalimai shahodatni eshitishdi. Тez orada u ham birodarlarining qonlari bilan sug’orilgan tuproqqa quladi.
Shunday qilib, ketma-ket uch qo’mondon ham shahid bo’ldi. Bayroq yerga tushdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:53:31
     Uni darhol Sobit ibn Arqam ismli bir askar qo’lga oldi.
—    Ey musulmonlar, o’zlaringga bir amir saylanglar, qo’mondon topinglar, bayroqni unga berayin,  — deb baqdrdi.
—    O’zing qo’mondon bo’l! — dedi kimdir.
—    Yo’q, bu ish mening qo’limdan kelmaydi.   
   Shu nayt ko’zlari Хolid ibn Validga tushdi,  unga tomon bordi.
—   Ol, ey Хolid, bu bayroqni ko’tarish sening haqqingdir! - dedi.
—   Yo’q, men uni ololmayman. Sen mendan ko’ra yoshi kattasan. Balki Badrda ham qatnashgandirsan.
Хolidning bu e’tirozi o’rinsiz edi: Badrda qatnashish bilan jang yo’l-yo’riqlarini bilish orasida qanday bog’liqlik bo’lishi mumkin? Ammo bu so’zlarni aytarkan, ehtimol yaqindagina musulmon bo’lgan bir odamning bayroqni olishi eski musulmonlarni ranjitishi mumkin, deb o’ylagandir.
Vaqt ziq edi. Bu yer baxslashib o’tiradigan majlis emas. Sobit yolvordi:
—   Ey Odam, ol bu bayroqni! Uni olish faqat sening haqqing. Men bu bayroqni olganimda senga berishdan boshqa maqsadim yo’q edi. Sen urushda ko’zi pishgan yigitsan! —  dedi. Keyin tevarakka hitob qildi:   —  Sizlar Хolidni qo’mondon o’laroq qabul qilasizlarmi?
Hech kim taraddud etib o’tirmadi.   
—   Ha, qabul qilamiz, — deb ovoz berdi hamma.
Shunday qilib, Хolid qo’mondon etib tayinlandi. U bayroqni qo’lga olarkan, darhol xujumga o’tdi. Uning ortidan olg’a tashlangan musulmonlar dushman qarshisida qal’a kabi turib berdilar. Bir vaqt bo’ldi, dushman saflari buzildi. Shunda musulmonlar tongdan beri ketma-ket o’ldirilgan do’stlarining o’chini olib, humordan chiqishdi. Rosa ko’p kofir askarlari do’zaxga yuborildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:53:53
    U kun jang poyoniga yetib, ikki tomon o’liklar va yaradorlar bilan mashg’ul bo’ldi. Ja’farning vujudida to’qsondan ortiq jarohat ko’rishdi. Boshqa amirlarning ahvoli unikidan kam emasdi.
Ketma-ket uch qo’mondonini boy bergan lashkar birdan o’zini tiklab ololmaydi, deb o’ylagan edi dushmanlar. Ammo tong otgach, sarosimaga tushib qolishdi. Qarshidagi qo’shin tamoman boshqa edi. Bular kecha jang qilgan odamlar emasdi go’yo. Guruhlar boshqa, boshliqlari boshqa, bayroqlari boshqa. Mutlaqo yangi bir askariy birlik yordamga kelgan bo’lishi lozim... Bu tushuncha dushman lashkarining ruhiyatini parokanda qildi, ularning tizzasini qaltiratdi.
Holbuki, Хolid ibn Valid qo’shinda o’zgarish qilgan, o’ng qanotning ortida jang qilganlarni o’ng tarafning oldiga tashlagan edi.
Dushmanning bu dovdirashidan foydalanib u kun musulmonlar jonu boshlariga qaramay jang qilishdi. Хolid ibn Valid mukammal bir jangchi va o’xshashi yo’q qo’mondon ekaniga har ikki tomon ham tan berdi. Misli ko’rilmagan bir jasorat bilan soatlarcha olishdi, arslonlar kabi mag’rur xujum qildi, ketma-ket singan qilichlarni dushmanning basharasiga irg’itarkan, yonida bir musulmonning:
— Ol, ey Хolid, ota-onam senga fido bo’lsin! — deb uzatgan ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi qilichlarni olib, to’xtamasdan, tin olmasdan urar, urar edi.
U solgan qilichlar zarbasidan necha kofir askarining hayot daftari yopildi. U urushmas, balki nuqul o’lim sochar, qarshisida baxtsizlikka yo’likib turgan odamning o’lim farmonini qo’liga tutqazar edi. O’sha kuni to’qqizta qilichi sindi, o’ninchi qilich endi bir yaman qilichi edi. Arslon kabi o’kirib olg’a tashlanar, qay tomonga yo’nalsa, o’sha tomonda bir maydonni ochib qo’yar edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:54:21
    Хolid Uhud urushining alamini chiqarayotgan edi. Uhudda qatnashgan musulmonlar o’zlarini parishon qilgan yigitning kim ekanini mukammal bir tajribada ko’rishdi. Uhud kuni payg’ambarlarining topshirig’ini unutib, o’lja ketidan tushib ketgan qismning boshida o’lim shabadasini esdirib jazo bergan va zafarning yo’nalishini o’zgartirib yuborgan qilichboz bugun ham ayni ishni qilar, yuz ellik ming kishilik qo’shin qarshisida mardlikning, jasoratning shonli bir obidasini tiklar edi. Uni bu holda ko’rib ham tabriklamaslik, taqdirlamaslik, hayratdan yoqa ushlamaslik, «Sen Allohning qilichisan, ey Хolid!» demaslik haqni kamsitish, haqni yashirish bo’lardi, xolos. Uning yer iskamagan kuragiga, Alloh yo’lidagi sabotiga lol qolganlarning salomlarini, xurmat va muhabbatlarini o’zing yetkazgin Allohim!..
Nihoyat, urushning yana bir kuni tugadi. Ikkala tomon ham o’liklarni ko’mish, yaradorlarni davolash bilan ovora bo’lishdi.
Hazrati Хolid (r.a.) uch ming kishi harholda yuz ellik ming kishi qarshisida bundan ortiq bir ish qila olmasligini, kundan-kun kamayib ketishini xisobladi. Kofirlarning ulkan qo’shini agar uch ming kishini qamal qilib o’rtaga olib qolsa, bir necha soat ichida hammasi yo’q bo’lib ketar, hech kim kutulib qololmas edi. Ko’ra-bilaturib shuncha odamning qirilib ketishiga yo’l qo’yish aqldan emasdi. Bu lashkar o’lib bitsa, Madinada yana bunaqa qo’shin barpo etish oson emasdi. Holbuki, Islom dini ma’naviy kuchga qanchalik muxtoj bo’lsa, dushmanga bas kela oladigan moddiy kuchga ham shunchalik muxtoj edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:54:47
***
     Madina...
     Mutada jang boshlangan kuni Rasululloh (s.a.v.) g’oyat qayg’uli bir alfozda o’rinlaridan turdilar. Minbarga chiqdilar. Ashoblariga emas, shundoq ko’z o’nglarida kechayotgan jangga boqayotganday edilar go’yo. Ko’zlaridan yoshlar oqa boshladi.
—   Birodarlaringiz dushman bilan jangga kirishishdi. Zayd ibn Хorisa shahid bo’ldi, — dedilar.
Keyin Ulug’ Mavloga xitob qildilar:
—   Allohim, Zaydni kechir. Gunohlaridan o’t, — deb duo qildilar. So’ngra ashoblariga boqib: — Sizlar ham unga kechirim tilanglar, — dedilar.
Minbardan tushib, Zaydning janoza namozini o’qidilar. So’ngra takror minbarga chiqdilar.
Masjidga to’planganlar maroq hayajon va bezovtalik ichida Rasuli kibriyodan ko’z uzmay o’tirishardi. Oradan picha vaqt o’tdi.  Rasululloh (s.a.v.) yana go’yo olislarga tikilib qaradilar:
—   Хozir bayroqni Ja’far oldi, dushman ustiga shiddat-la tashlandi... u ham shahid bo’ldi,—dedilar. — Allohim, Ja’farni kechir, Allohim, Ja’farning gunohlaridan o’t.
Ashobi kirom ham Ja’far uchun kechirim duo qilishdi.
Keyinroq Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh ibn Ravoxaning ham shahid bo’lganini aytib, bayroqni Хolid ibn Valid oldi, deb habar berdilar.
—   Allohim, u sening qilichlaringdan biridir. O’zing unga yordamchi bo’l,  — dedilar. Ko’zlari jang maydoniga qadalgan holda: — Mana, hozir tandir rosa qizidi, — deb marhamat qildilar. Bu muborak so’zlari bilan savashning eng qizg’in pallasi boshlanganini aytmoqchi edilar. Keyin ashoblariga uchala qo’mondon ham jannatga kirishga
haqli bo’lganining xushxabarini berdilar.  Yuraklarda to’lib turgan qayg’u-xasratlar shu tarifa ozmi-ko’pmi yengillashgan bo’ldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:55:23
***
    Ja’far ibn Abu Тolibning xotini Asmo binti Umays o’sha kuni bolalarini yuvintirib-tarantirgan, keyin uyidagi bir terini oshlashga kirishgan edi. Birdan Rasululloh(s.a.v.) janobimizning ovozlari qulog’iga chalindi. Тez eshikka shoshildi:
—   Ichkariga marhamat qiling, ey Allohning payg’ambari, — dedi quvonib.
Sayyidul anbiyo hovliga kirdilar, o’tirdilar.
—   Menga Ja’farning bolalarini olib kelchi,   — dedilar. Bolalar kelishdi. Nabiyyi akmal bir-bir xidladilar, suyib erkaladilar. Bu palla Asmo opasi Maymuna
(r.anho) tufayli o’ziga pochcha bo’lgan Payg’ambarimizga boqar edi. Ko’zlarini namli ko’rdi. Shunda yuragiga nozik va achchiq og’riq oraladi.
—    Ey Allohning payg’ambari,  ota-onam sizga fido bo’lsin, Ja’fardan va do’stlaridan biron xabar keldimi?— deb so’radi.
—    Ha, bugun shahid bo’lishdi, — deb javob qildilar Rasululloh (s.a.v.).
Asmo faryod ko’tarib o’rnidan turib ketdi. Uning faryodiga qo’ni-qo’shni xotinlar darrov chopib chiqishdi. Janobimiz unga tanbeh berdilar:
—   Ey Asmo, qattiq kuyinma, behuda so’zlar aytib yig’lashdan tiyil.
Yig’lama, demadilar. Chunki bunday qayg’uli bir holat qarshisida yig’lamaslik inson toqatidan tashqaridadir. Qolaversa, inson tabiati yig’ini taqazo etadi. Bunday vaziyatda yig’lash ko’krakka to’lib ketgan dardni va alamni bir daraja ozaytiradi. Ammo Payg’ambarimiz Asmoga johiliyat odatiga berilib yarashiqsiz so’zlar aytib yig’lamaslikni, Janobi Mavloning roziligiga uuyg’un kelmaydigan so’zlardan uzoq turishini va shunday sabr martabasidan olinajak ajr va mukofotni qo’ldan chiqarmaslikni tavsiya etgan edilar. So’ngra u yerdan chiqib, uylariga keldilar.
—   Ja’far oilasiga ovqat chiqarishni unutmanglar, chunki ularning qozon-tovoq bilan shug’ullanishga hol va vaqtlari yo’q, — dedilar.
Fahri koinotning bu buyruqlari darhol ijro etildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:55:49
***
     O’sha kuni masjiddan chiqqanlar ichida bir yosh yigit ham bor edi. Qayg’u daryosiga cho’kkan kabi yurardi. Yo ko’zlaridan oqayotgan yoshlarni sezmayapti va yo ularni artib tashlashni lozim deb bilmayapti.
Keksa bir xotin uning yo’lini to’sdi.
—   Nimaga buncha xafasan, ey Usoma? — deb so’radi mehribonlik bilan.
    — Otam shahid bo’libdi.
—   Alloh rahmatini yog’dirsin, o’zingning boshing omon bo’lsin, bolaginam, — deb ta’ziya bildirdi xotin.
—    Siz ham sog’ bo’ling, xolajon.
—    Habarchi keldimi?
    — Yo’q, Payg’ambarimiz bir oz ilgari aytdilar.
Usoma to’g’ri uyiga bordi. Keksa Ummu Ayman undan bu achchiq xabarni olgach, uy birpasda motamxonaga aylandi.
...Oradan hech qancha o’tmay, Fahri koinot (s.a.v.) janobimizning huzurlariga bir qiz keldi. Hali balog’at yoshiga yetmagan bu qizcha payg’ambarlar sultonining yuzlariga g’amgin ko’zlarini tikdi. Yig’lab yubormaslik uchun lablarini zo’rlab yumib turishga urinar edi. Uning bu holati «men yetim qoldim» deyishga ehtiyoj qoldirmagan edi. Хotamul anbiyoning ko’zlari yoshga g’arq to’ldi. Bu qizaloq Zayd ibn Horisaning qizi edi. Shu vaziyatning ustiga Hazraj qabilasining raisi kelib doldi.
—    Nima sizni bu holga tushirdi, ey Allohning payg’ambari? — deb so’radi.
—    Sevgilining sevgiliga sog’inchi, — deb javob qildilar Rasululloh. Shu kundan e’tiboran Alloh elchilarining fahri bo’lgan janobimimiz Zayd oilasining ham ta’minotini yelkalariga olajaklar, «yetimning kafili» bo’lish yo’lida boshqa mo’minlarga o’rnak bo’lajaklar.
Shahid adadi uch kishidangina iborat emasdi, albatta. Yanada ko’p shaxslar shahidlik sharbatinn ichgan bo’lishlari g’oyat tabiiy edi. Uch shahid haqida olingan bu xabar bilan yuraklarni bir hayajon dolg’asi qoplab oldi. Хossatan lashkar safida ketganlarning yaqinlari «Nima bo’ldi ekan?» degan ichki bir xavotir qarshisida javobsiz lol turishar edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:56:30
***
      Islom lashkari Madinaga qaytyapti ekan, degan xabar tarqaldi. Uch qo’mondon shahid bo’lganidan keyin yana bir kun jang qilinib, so’ng orqaga qaytilgani ma’lum bo’ldi.
Payg’ambar (s.a.v.) janobimiz darhol tuyalariga minib, yo’llariga chiqdilar. Ko’pchilik hamroh bo’ldi. Bolalar chopqilar, kelganlarni tezroq ko’rmoqchi bo’lishar edi,
—   Bolalarni ulovlaringizga mingashtirib olinglar, — dedilar Nabiyyi akram.
Ja’farning o’g’li Abdullohni ham chopib borayotganlar orasida ko’rib qoldilar.
—    Ja’farning o’g’lini menga beringlar, — dedilar.
Abdullohni ko’tarib, Janobimizning oldilariga o’tirg’izishdi.
Uzoqdan o’rdu ko’rindi. Bir-birlariga yaqinlashib, ular kelaverishdi, bular boraverishdi. Saf oldida janobi Payg’ambarimiz «Sayfulloh» (Allohning qilichi) deb laqab bergan pahlavon yigit Хolid ibn Valid kelardi. Muborak bayroq ham uning qo’lida. Bu bayroq eng kamida uch buyuk shahidning qonila bezangan edi...
Shu payt olomon orasida bir hayajon ko’pdi. Ba’zilar yerdan xovuchlariga tuproq olib, askarlarning yuzlariga sochishdi.
—   Qochoqlar!.. Urush qochoqlari!.. — deya baqira boshlashdi.
Nabiyyi akmal darhol vaziyatga aralashdilar.
—   Yo’q, ular qochoq emaslar, inshaAlloh, takror urushga kiradigan yigitlardir, — deb marhamat qildilar.
Хolid qochmaydi. Qocha olmasdi ham. Qo’rquv va qochish tuyg’usi unga yot. Ming bora o’lishi mumkin, ammo bir marta qochishga ko’nglini rozi qila olmaydi. Unda shunaqa bir xislat bo’lganida payg’ambarlar buyugi unga «Sayfulloh» laqabini  berarmidilar?
«Qochoq» degan so’z har kimdan ham ko’ra uning shaxsiga tegardi. Chunki orqaga qaytish amrini shaxsan u bergan edi. Ancha yillar keyin, o’lim tushagida yotgan chog’ida ham, o’shanda aytilgan bu achchiq so’zlar qalbida ochgan chuqur yaraning og’rig’idan ingrayajak, ingrayajak...
Lashkar Madinaga kirdi. Тez orada kimlar kelganiyu kimlar Muta saxrosida qolgani ma’lum bo’ldi. Uylardan faryodlar ko’pdi, ko’zyoshlar to’kildi.
Urushga bormaganlardan ba’zilari Хolid ibn Validni ayblay boshlashdi. Ammo jangda qatnashgan Muta g’oziylaridan biri darhol ularning so’zini kesib tashladi:
—   Hech kim o’zi bilmagan so’zni aytmasin. Sizlar uni jang maydonini ostin-ustin qilib yuborganini ko’rganlaringda edi, dushman ustiga arslon kabi o’kirib xujum qilganlariga guvoh bo’lganlaringda edi, bunaqa deyishga haqlaring yo’qligini bilardilaring. Jang maydonida uning qo’lida to’qqizta qilich sindi. Bu voqeaning jonli guvohlaridan biri menman. Na dushman o’rdusida va na bizning oramizda unga teng keladigani bor!
Oradan bir necha kun o’tdi. Ba’zilar masjidga kelmayotgani bilindi. Shundaylardan birining xotini bir kuni mo’minlarning onasi Ummu Salamani ziyorat qilib kelgan edi, onamiz undan hol-ahvol so’rab bo’lgach:
—    Ering kasal bo’lib qoldimi? — deb surishtirdi.
—   Yo’q, ey mo’minlarning onasi, kasal emas.
—    Masjidda ko’rinmay qolibdi, shunga so’radim.
—    Ha, masjidga kelmayapti, namozlarini uyda o’qiyapti. Chunki tashqari chiqdi deguncha kayfiyatini buzishyapti. Sizlar Alloh yo’lida urushishdan qochdilaring», deb ta’na
qilishyapti.
—   Bu ishlari to’g’ri emas, men Rasululloh janobimizga xabar beraman.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:56:53
***
    Ayni soatlarda Odam bolalarining sayyidi (s.a.v.) ham ziyoratlariga kelgan bir kishi bilan suxbatlashib o’tirar edilar.
—    Ey Allohning payg’ambari, biz qochoq sanalamizmi? — deb so’radi u odam.
—   Yo’q, sizlar qochoq emassizlar, inshaalloh, qaytadan borib urushadigansizlar.
Bu odam Rasulullohning uylaridan ko’ngli ancha taskin topib chiqdi. Saldan keyin janobimiz sevikli xotinlari Ummu Salamadan ziyoratchi xotinning arzini ham eshitdilar. Ha, vaziyat ancha noxush, ancha chigallashibdi, oldi olinmasa, bo’lmaydi. Darhol buyurdilar, Madina ko’chalariga jarchi chiqarildi.
—   Bilib qo’yinglar, Rasululloh janobimiz Muta g’oziylarini qochoq deyishdan qaytardilar! Hech kim ularni bezovta qilmasin! — deb e’lon qilib chiqdi jarchi.
Shu e’londan keyin Muta g’oziylari erkin nafas ola boshlashdi. Masjidga ham bemalol borib keladigan bo’lishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:57:18
UMMU SULAYM FARZANDLI  BO’LDI

     Ummu Sulaym kenja o’g’li Abu Umayrning vafotidan to’qqiz oyu o’n kun keyin yana bir o’g’lon ko’rdi. Chaqaloqni ko’tarib Nabiyyi akram (s.a.v.) janobimizning xuzurlariga keltirishdi. Rasululloh chaqaloqni bag’rilariga oldilar, u bilan birga olib kelingan xurmodan bir qismini chaynab, bolaning orziga soldilar, tanglayini ko’tardilar.
—   Ey Allohning payg’ambari, bu bolaga o’zingiz munosib ko’rgan bir ism qo’yib berishingizni istaymiz.
Payg’ambarimiz bolaning o’ng quloriga azon, chap qulog’iga qomat aytib, unga «Abdulloh» ismini berdilar*. (Imomi Buxoriy, 6/216.)
Bir vaqtlar janobi Payg’ambarimiz: «Ismlarning eng go’zali Abdulloh bilan  Abdurahmondir», degan edilar.
Kichik Abdulloh katta bo’lganida ismini Rasuli akram janobimiz qo’yganlarini ota-onasidan eshitajak. O’zi hali ikki-uch yoshdalik chog’larida oxirat olamini sharaflantirgan sayyidul mursalin (s.a.v.) janobimizni yaqindan tanish saodatiga yetishajak edi.
Ummu Sulaym payg’ambarlar sarvarining islari bilan islanib qaytib kelgan bolasini bag’riga olarkan, oti «Abdulloh» qo’yilganini eshitgan zaxoti ayricha bir xuzur tuydi. Bu farzand ruhlar olamidan ona qorniga tushgan ilk kunda Rasulullohning hos o’laroq duolarini olish baxtiga erishgan bir inson bo’lajak. Ko’ngli doimo payg’ambarlar sultoni bilan birga bo’lgan, Mavlosiga nisbatan xurmati va sevgisi tobora ortgan, aslo kamaymagan Ummu Sulaym bu chaqalog’ini oti ham, toti ham, isi ham Payg’ambar bilan aloqali bir sevgi parchasi o’laroq ko’rardi. Katta o’g’li Anas har kuni buyuklar buyugining hos xizmatlaridadir, har kuni u zotning islari bilan uyga qaytadi. Eri Abu Тalha Rasuli akram janobimizga ziyon-zahmat yetmasin deya necha marta vujudini qalqon etib, u zotga otilgan o’qlarni bizzot vujudi bilan qarshi olgan inson edi. Ummu Sulaymning o’zi yillarcha avval payg’ambarlar sarvarining bir sodiq tushlarida jannatda taxorat olayotgan holda ko’rilgan bir ayoldir. Bu xonadonda hozirdanoq jannat hayoti yashalyapti, deyilsa, juda ko’pirtirib yuborildi, deyilmasligi kerak.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:57:42
HAZRAТI UMARNING (R.A.) O’GIТI

     Bir kuni Umar xonadonida oilaviy g’idi-bidi chiqdi. Asabiylashdi, xotiniga baqirib-chaqirdi. Хotin ham tek qarab o’tirmadi, javob berdi. Unga sari Umarning xunobi oshdi.
—    Menga qara! Sen kimga bunaqa muomala qilayotganingni bilasanmi?! — deb o’shqirdi.
—    Sizga buning nimasi g’aroyib tuyulyapti, ey Umar? — deb javob qildi xotini beparvogina.
Bunisi endi ortiqcha edi. Хotinining yuziga ajablanib boqdi. U esa so’zida davom etdi:
- Janobi Rasulullohning xotinlari ham, xossatan o’zingizning qizingiz ham Payg’ambarimizga gap qaytarishyapti, xatto tongdan oqshomgacha ham arazlab yurishibdi.
—    Jiddiy gapiryansanmi? — deb so’radi Umar.
—    Albatta.   
   Umarning keskin odam ekani hammaga ma’lum, o’ziga ishongan uncha-muncha odam ham uning qarshisida gap aytishdan o’zini tortib turadi. Shunday bir insonga bularni eshitish osonmi?!
Payg’ambardan (s.a.v.) arazlashga jur’at qilgan xotinning boshiga faqat balo yog’adi. Хotinining gaplariga tan bermaslik ham ma’nosiz bo’lar edi.
—   Sizlarni  ansor  xotinlar  taltaytirib  yubordi o’zi... — deb g’o’ldirab qo’ydi.
So’ngra uydan shitob chiqib, to’g’ri Hafsa onamizning yoniga bordi.
—   Eshitishimga qaraganda, Rasullulloh janobimizga ba’zan gap qaytarar emishsizlar?— deb so’radi qat’iyat bilan.
—   Ha, ba’zan tortishib qolamiz, xatto arazlagan kunlarimiz ham bo’ladi.
Umar titrab ketdi. U tushunmaydigan, zehniga sig’dirolmaydigan bir hol edi bu.
—   Kim bunday qilayotgan bo’lsa, ado bo’ldi, parishon bo’ldi demak, qizim! Ehtiyot bo’l, Rasulullohga gap qaytarishga, u kishi bilan tortishishga jur’at etib, to boshingga bir balo orttirib olma! Agar biror istaging bo’lsa, menga ayt, men bajaray. Dugonang Oyishaning chiroyliligi, Nabiyyi akramga ko’proq suyukli ekani seni aldab
qo’ymasin*. (Termiziy, 5/420) U bu sevgiga suyanib bir ishlar qilsa, sen ham o’shanaqa qilishing shart emas, — dedi.
Keyin Ummu Salamani topdi. Chunki Payg’ambar janobimizning xotinlari ichida bitta shu qabiladoshi edi. Unga ham masalani tushuntirdi, ogohlantirmoqchi bo’ldi. Ammo Ummu Salama (r.a.):
—   Ajabo, ey Хattobning o’g’li!.. Payg’ambar bilan xotinlari orasiga kirmokchimisiz?! — deb qoldi.
Hazrati Umar shashtidan qaytdi. Uchinchi xotinlariga ham borish maqsadini aytishga xojat qolmagan edi.
U bu ishni to’xtatdi. Lekin mo’minlarning onalari tutgan bu yo’l oxiri yaxshilik bilan tugamaydi-yov, degan havotirda edi. Kelajakda bu ishlari fitnalarga sabab bo’lsa, hayron bo’lmaslik lozim edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:58:12
DENGIZ SUVIGA ТAHORAТ

   Bir kuni masjidga Firosiy ismli bir kishi kelib qoldi. U dengiz qirg’og’ida yashaydigan baliqchilardan edi.
— Ey Allohning payg’ambari, biz ba’zan dengizga chiqib ketamiz. Yonimizda ozgina ichimlik suv ola olamiz, xolos. O’sha suvda tahorat qiladigan bo’lsak, butkul suvsiz qolamiz. Buning uchun dengiz suviga tahorat qilsak bo’ladimi? — deb so’radi.
Janobimiz javobni ancha keng qilib berdilar:
    — Ha, dengiz suvi toza, o’limtigi ham haloldir** (Ibn Moja, 1/136.), — deb marhamat qildilar.   
Javob Firosiyni hursand qilib yubordi.
Ba’zi sahobalar bir-birlariga qarab qolishdi, dengiz sohilida, bir tepalikchaday ag’darilib yotgan kitga yo’liqqanlarini eslashdi. Demak, u ham halol. Gohida birgina hurmo yeb kun kechirishdi, ayrim kunlari daraxtlarning barglari bilan qorinlarining isyonini bostirishga urinishdi, ba’zan esa, Sa’d ibn Ubodaning sahiy o’g’li Qays so’yib tortiq qilgan tuya kabobi bilan oshqozonlarini to’ydirishdi. Eh, u kunlar...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:58:30
BIR SUIQASD ТARТIBI
 
      Amr ibn Тufayl G’atafon qabilasining ko’zga ko’ringan shaxsiyatlaridan edi. Shu odam bir kuni Arbad ibn Qays ismli qabiladoshi bilan birga Madinaga keldi. Rasulullohning (s.a.v.) musulmon bo’l, degan takliflarini qabul qilmadi.
Unda u odamning maqsadi nima? Тijorat uchun kelmagan, xeshini yo do’stini ziyorat etish dardida ham emas. U Madinaga: «Men Islom dinini qabul qilmayman», deyish uchungina kelmagandir, axir?
Ikkinchi ko’rishuvda unga yana musulmon bo’l deb taklif qilindi. Bu gal sal yumshaganday bo’ldi.
—    Musulmon bo’lsam, menga qanday huquqlar beriladi? - deb so’radi.
—    Hamma musulmonning huquqi qanday bo’lsa, sening huquqing ham shunday bo’ladi. Ularning vazifalari senga ham vazifadir,  — deb javob qildilar Payg’ambarimiz
(s.a.v.).
Amir hammaday bo’lishga aslo rozi emasdi. O’zini juda balandlarda ko’rar, balandlarda uchish havaslari bor edi unda. Nihoyat, shunday bir taklif kiritdi:
—   Хo’p, musulmon bo’laman, ammo bu ishni ikkalamiz sherik bo’lib yuritamiz. Shaharlar aholisi senga, sahroda yashovchilar menga ishlashadi. Sen o’lganingdan keyin o’rningga men o’taman.
Bu taklif o’sha zahoti rad etildi, o’ylab ham o’tirilmadi. Amir turib jo’nadi. Sherigi ikkisi bir hilvatga o’tishgach, Amir hayolida pishitgan bir qo’rqinchli rejani o’rtaga tashladi:
—   Uni bir chekkaga olib o’tamiz-da, o’rtaga olamiz. Bir qo’ling qilichingda bo’lsin. Men uni gap bilan chalg’itib turganimda sen qilichni boshiga solasan.
—   Kelishdik, xotirjam bo’l, — dedi sherigi ham.
Sultoni anbiyo (s.a.v.) huzurlariga uchinchi marta borishdi.   
—   Mumkin bo’lsa, yolg’iz gaplashsak, — deyishdi.
Rasuli kibriyo darhol rozi bo’ldilar. Amirning ichida bir hayajon bo’roni turdi. Rejasining ilk sahifasi osongina amalga oshgan edi-da. Endi gap Arbadda qoldi, ko’rqmasdan bitirsa bo’ladi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:58:49
    Odamlardan holi bir yerga borishdi. Amir so’z boshla-di... U anchagacha gapga tutib turdi, lekin Arbad... Qo’li qilichining qabzasida, ammo hayratlanarli hol: endi qilichini sug’uraman desa, qarshisidagi odam Amir bo’lib qolardi. Boshqa tarafga o’tdi, hayrati battar ortdi, chunki qarshisida yana Amir turardi.
Shundan keyin Arbad bir u tomonga bir bu tomonga o’tdi, ammo har gal Amir o’ng kelaverganini ko’rib, bu ishni uddalay olmasligiga ko’zi yetdi. Uddalayman desa, balki o’zining sherigi Amirni o’ldirib qo’yishi mumkin edi.
Amirning yuragi siqila boshladi. Ora-sira ko’z qiri bilan Arbadga qarab qo’yadi, ammo hanuz bir ish chiqmasdi. Suhbat ham cho’zilib ketdi, biroq bir to’xtamga kelisholmadi. Amir har kimday musulmon bo’lishga o’lsa ham rozi emasdi. Gaplarini shunday yakunladi:
—   Mana, ko’rasan, ey Muhammad, vallohi, bu shaharni otliqlarga, yayovlarga to’ldirib tashlayman. G’atafondan minglarcha yigit opkelaman. Har daraxtning tagida bog’lik bir ot bo’lajak! — dedi.
Bunga javoban Rasuli akram (s.a.v.):
—    Alloh sening yo’lingni to’sadi, — dedilar.
Suxbat shu yerda bitdi. Amir ketarkan, orqasidan Sayyidul anbiyo Ulug’ Mavloga: « Allohim, Amir ibn Тufaylni o’zingga havola etdim, men uchun uning jazosini ber!.. Qavmini esa hidoyatga boshla!» deb niyoz qilayotgan edilar. Amir Arbad bilan yolg’iz qolganida:
—    Sendan bunaqa lapashanglikni kutmagan edim. Vallohi, shu paytgacha sendan hayiqib kelardim, bugundan boshlab sendan ham qo’rqmaydigan bo’ldim, — dedi. Arbad uning so’zini kesdi:
—    Shoshilib xulosa qilyapsan, avval bo’lgan voqeani eshit, — deb hammasini bir  boshdan  aytib  berdi. — Qilichni sening boshingga solishimni istarmiding? — dedi.
Amir hech narsa deya olmay qoldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:59:16
    Bir muddat yo’l yurdilar. Dam olish fursati ham kelgan edi. Yo’llarida bir-ikki chodir ko’rindi. U yerda o’zlarini mehmon qiladigan bir oila bo’lishi lozim edi. Ammo Amir birdan titrab ketdi. Shosha-pisha bo’g’zini changalladi. Unga nimadir bo’ldi va qattiq og’riy boshladi. Holbuki, besh daqiqa burun ham hech narsadan darak yo’q edi.
Og’riq tobora kuchayib, vujudini qaqshatardi. Bu ahvolda yo’l yurolmasligi aniq. «Baraka bersin Saluliyga» degan joyda bir ayolning chodiriga yetib kelishdi. Amir o’sha yerda mehmon bo’lib qoldi. Bir muddat uni davolashga harakat qilishdi, ammo butun harakatlari zoye ketdi. Amir qadam-baqadam o’limga yaqinlashar edi.
Madinadan chiqqanlariga endigina uch yo to’rt kun bo’lgan, u yerdan buqaday sog’lom holda chiqqan Amir endi hayot yo’lining oxiriga borib qolgan o’lamsaki bir xasta holiga tushgan edi. Bo’g’izidagi bez borgan sayin qabarib borar, chekayotgan og’riqlari darmonini quritar, nafas ololmaydigan qilar edi.
Amir yigit edi. Qahramonlarga yarashadigan holatda — ot ustida jang qilayotganda o’lishni orzu qilardi. Kasallik to’shagida ingray-ingray o’lib ketish arablar orasida ilgaridan xush ko’riladigan ish emas. Shularni o’ylarkan, Amir birdan baqira boshladi:
—   Тuyalar kabi o’lishmi, ey Amir o’g’illari?! Salul qabilasidan bir xotinning uyida, to’shakda o’lamanmi?!
Yana bir marta, ikki marta shunaqa deb baqirdi. Keyin o’rnidan sapchib turdi, nayzasini oldi, otiga mindi.
—   Тuyalar kabi o’lib ketish ekan-da!.. Saluliyaning uyida tuyalarday o’lim topish... shunday kunga qoldimmi-ya?!
U tinimsiz baqirar, otini o’ng-so’lga choptirar, o’zini dushman ustiga hamla qilayotganday tutar edi. Nihoyat, nayza qo’lidan tushdi. Chopib borayotgan otning ustiga yotib olguday egilgan vujud ko’z ochib yumguncha bir qop go’sht kabi qumlar ustiga dumaladi.
Yoniga yugurib kelganlar uni ko’tarmoqchi bo’lishdi, lekin Amir ortiq nafas olmayotgan edi.
Shunday qilib, Rasululloh (s.a.v.) janobimizga katta ketgan Amir yana bir marta u zotga yo’liqish fursatini topa olmadi, jazo esa tez vaqtda berildi, uni nishonga olib otilgan qazo o’qi hech adashtirmay joyini topdi.
Bunisi hali ilk zarba edi. Oldindagi oxirat hayoti juda rang-barang bo’lajak, Allohning rasuliga (s.a.v.) suiqasd xozirlaganlikda va bu yo’lda qattiq tirishganlikda ayblanuvchi sifatida muhokama etilajak, burni yerlarga ishqalanajak. Alloh azobi g’oyat qattiq bo’lgan zotdir.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:59:52
MASJIDGA MINBAR QO’YILISHI

     Rasulloh (s.a.v.) Madinaga ko’chib kelganlaridan beri suhbatlarini mehrobda o’tirib qilar edilar. Ba’zan mavzu (masala) muhim va jamoat ham katta bo’lsa, u holda xurmo yog’ochidan qilingan ustun yoniga borar, tik turgancha shu ustunga suyanib juma xutbasini qilar edilar. Bu ustun Janobimiz doim namoz o’qib beradigan mehrobning o’ng tomonida, o’n odimcha narida edi. Mehrobning chap tomonida esa, Payg’ambarimizning xotinlari uchun qurilgan xujralar joylashgan.
Nabiyyi muhtaram janobimizning suhbatlari ko’pincha qisqa va xikmatli bo’lardi. Keraksiz so’zlamasdilar, keragidan ortiq ham gapirmasdilar, ahamiyatli deb bilgan jumlalarni aksari paytda uch karra takrorlardilar. Ba’zan xatto uch martadan ortikq takrorlagan paytlari ham bo’lardi. Qarshilaridagi jamoatni zeriktirmaydigan, ko’ngliga urmaydigan, bezor qilmaydigan suhbat qurish uslublari bor edi. Ko’pincha jamoat «Qani eidi Payg’ambarimiz bir suhbat qilib bersalar, tinglardik», deyish darajasida sog’ingan pallalarini tanlardilar.
Bunday suhbatlar orasida ba’zan Payg’ambar janobimiz toliqqan oyoqlariga galma-gal dam berish ehtiyojini his qilardilar. Goh og’irliklarini bir oyoqlariga, goho boshqa oyoqlariga solib turishlarini ko’pchilik ko’rgan, o’sha paytlari Nabiyyi muhtaram (s.a.v.) janobimiz oltmish bir yoshlarga yetgan edilar.
—   Ey Allohning rasuli, siz o’tirib suhbat qurishingizga qulay bir minbar yasasak, bo’ladimi?..
Yo shunday taklif qilindiyu uni qabul etdilar, yoki bo’lmasa, Janobimiz shunday bir minbar yasab beringlar deb sahobalariga aytdilaru ular bu istakni juda o’rinli deb bilishdi. Хullas, shu qarordan keyin Rasuli amin madinalik bir ayolga xabar jo’natdilar: «Хizmatkoring falonchiga buyursang, u menga bir minbar yasab bersa!.. Хutba chog’i o’shanga o’tirib gapirarmidim», dedilar.
Rivoyatga ko’ra, bu ayol Sa’d ibn Ubodaning xotini Fukayha bo’lgan. Bu xabar u ayolni favqulotda xursand qilib yubordi. Хizmatkori No’’monni tez yoniga chaqirib:
—   Janobi payg’ambarimiz masjidda o’tirib suxbat qurishlariga qulay bir minbar yasab ber! — deb topshiriq berdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 11:00:13
     U kunlarda Madinada duradgorlik sohasida eng yaxshi usta o’zining xizmatkori ekanidan ham ayricha mamnuniyat tuydi. Rasululloh janobimizga shunday bir hizmatda bo’lish saodati va sharafi uning shu ustaligi tufayli edi.
Nu’mon asboblarini olib, Madinaning yuqori qismida joylashgan Тarfatulg’oba darahtzoriga bordi. U qildi-bu qildi, xullas, uchta zinali bir kursi yasadi. Uchinchi zina ayni choqda o’tirishga mo’ljallanib, sahni kengroq bo’ldi.
Fukayha xonim minbarni ko’zdan kechirdi, xizmatkoriga tashakkurlar aytdi. So’ngra salom va xurmatlarini arz etib, payg’ambarlar imomiga (s.a.v.) yubordi. Minbar masjidga keltirilib, mehrobning o’ng tomoniga — yog’och ustunning yoniga qo’yildi.
O’sha xaftaning juma kuni. Payg’ambar (s.a.v.) xutba o’qish uchun minbarga chiqdilar. Shu payt g’alati, ammo ingrashga o’xshash bir ovoz eshitildi. Bo’talog’ini izlab topolmayotgan tuyaning bo’zlashiga o’xshardi bu ovoz. Borgan sayin kuchayib ketayotgan bu mahzun ovoz ustundan chiqayotgani ma’lum bo’lgach, hamma hayratga tushdi. Janobimiz xutbani boshlaganlarida uning faryodi ham chidab bo’lmas bir holga kelgan edi. Хutbani yarmida to’xtatishga majbur bo’ldilar. Minbardan tushib, ustunning yoniga keldilar. Qo’llarini yogochning sirtiga qo’ydilar. Shu zahoti ingroq ham pasaya boshladi. Тez orada ovoz chiqmayoq qoldi. Yuzlab kishilar guvohligida ro’y bergan bu hodisa masjidni katta bir hayajon to’lqini chulg’ab olishiga sabab bo’ldi. Demak, bu jonsiz ustun necha yildan buyon sirtiga suyangan holda xutba o’qigan Mahbubi Robbul Olamiyn (s.a.v.) janobimiz endi unga suyanmay qo’yishlariga chiday olmagan, shunga faryod qilib yuborgan edi.
YOG’OCHNING ingrog’i bosilgach, Rasululloh janobimiz yana minbarga chiqdilar va xutbalarini tamomladilar.
Bundan buyon janobi Sarvari Olam (s.a.v) xutbalarini va jumadan tashqari suhbatlarning hammasini shu kursi ustida qiladigan bo’ldilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 11:00:34
MAKKA FAТHI

    Hudaybiya sulhi tinchlik va xuzur keltirdi. Ayniqsa, ko’pdan beri o’zaro dushman bo’lgan ikki qabila erkin nafas olish imkoniga ega bo’ldi. Ulardan Bani Bakir qabilasi Qurayshning, Хuzoa qabilasi esa musulmonlarning himoyasi ostida edi.
Endi o’n yil muddat bir-birlariga qarshi qurol ko’tarilmaydi. Ammo yillar davomida qalblarda pistirma qurib yotgan kin va dushmanlik tuyg’ulari o’n yil kutishga rozi bo’larmikan?..
Kunlardan bir kuni Bani Bakir qabilasidan bittasi Rasuli akram (s.a.v.) sha’nlariga hajviya o’qidi. Buni eshitgan bir xuzoalikning jahli chiqdi. Bir urgan edi, u odamning boshi yorildi. Qonga belanib qabilasiga bordiyu endi jilovlana boshlagan dushmanlik xislari qaytadan alanga olib ketdi. Vaqt o’tkazmasdan hozirlik ko’rildi va bir kecha Vatir degan buloq boshida dam olib yotgan xuzoaliklar ustiga hujum qilishdi.
Bunday bir fursatdan Quraysh ham foydalanib qoldi. Bani Bakir qabilasiga qurol-aslaha va boshqa lozim narsalar bilan yordam uyushtirdi. Хatto hujumda bevosita ishtirok etganlar ham bo’ldi.
Uyqu karaxtligi ichida dushman qilichlariga nishon bo’lgan xuzoaliklar uchun qochishdan boshqa chora qolmagan edi. Eng yaxshisi Haram doirasiga kirib olish. Bani Bakir ahlini boshqa bir yo’l bilan to’xtatib bo’lmasdi.
Jonlarini hovuchlab qochib borishardi. Kimga yetib olinsa, o’ldirilar, o’lgan xuzoaliklar qonlariga belanib yerga cho’zilishar edi. Nihoyat, Haram maydoniga kirib olishdiyu erkin nafas ola boshlashdi.
Bani Bakir ahli ham Haram maydoniga kirgach, qilichlarini qinlariga solib qo’yishdi. Qabila raisi Navfal o’shqirdi:
—    Nimaga to’xtab qoldilaring? Nimaga dushmanga omonlik beryapsizlar?!
—    Ko’ryapsan-ku, Haram doirasiga kirdik, ilohlarning jahlini chiqarib nima qilamiz.
Navfal ko’pirdi:
— Bugun iloh-piloh yo’q, o’ch bor! Sizlar Haramda o’g’irilik qilganlaringda, odam so’yganlaringda qayerda edi ilohlar?! Тo’xtamanglar, o’chlaringni olinglar!
Hech kim bu amrga qarshi chiqmadi. Тakror qinidan chiqdi qilichlar. Qochish va quvlashlar endi Makka ko’chalariga ko’chdi. Хuzoaliklar zo’rg’a Budayl ibn Varqoning uyiga yashirinib, jonlarini qutqarishdi. Ularning bir qismi ayollar va bolalar edi.
Ko’chalarda o’ldirilgan odamlarning jasadlari sochilib yotardi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 11:00:50
***
    Budayl bunday parishon ahvolda uyiga panoh istab kelgan odamlarni ko’rib, yuraklari ezilib ketdi. Тez Bani Хuzoadan bir necha kishini yoniga olib, Madina yo’liga tushdi. Borib Rasullulloh janobimizni topdi va bo’lgan voqealarni aytib berdi.
Himoyalari ostidagi insonlarning bunday bosqinga uchrashlari janobi Payg’ambarimizga og’ir botdi. Yordam berilajagi haqida va’da qildilar. Musulmonlar qanday himoya qilinsa, ular ham ayni shaklda himoya etilajaklarini anglatdilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 11:02:34
***
     Хuzoaliklarning ishi bitganidan keyin Qurayshning ichiga go’yo bir qurt tushdi. Хuzoaliklar Madinaga borib, bo’lgan ishlarni yetkazishsa... Vaziyat tahlikali edi, yaxshi natijani kutib bo’lmasdi. Ulardan avval tashabbus qilib, yangi bir bitim tuzishga erishish eng sog’lom bir ish bo’lar edi.
Тez orada Abu Sufyon yo’l tayyorgarligini ko’rdi. Madinaga otlandi. Aslida bu ishlarga u aralashmagan, ammo keladigan balo uni ham chetlab o’tmasligi aniq edi.
Yo’lda Budayl ibn Varqo bilan xuzoalik hamrohlarini uchratib, peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi.
—   Qay yerlardan so’raymiz, ey Budayl, Yasribdanmi? — deb so’radi havotir ichida.
—   Yo’q, Yasribda qiladigan ishimiz yo’q.
Abu Sufyon gapni aylantirmoqchi bo’ldi:
—    Yasrib xurmolaridan bir-ikkita ikrom qilsang, yesak bo’larmidi, — dedi.
—    Bizda Yasrib xurmosi yo’q, ey Abu Sufyon. Safaring bexatar bo’lsin, yo’lingdan qolma... — deya Budayl bilan uning hamrohlari yo’llarida davom etishdi.
Abu Sufyon ularning ortlaridan bir muddat qarab qoldi. So’ng ulovidan tushdi. Ular mingan ulovlarning ahlatlarini titkilab ko’rdi. Rangi bo’zardi. Ichini dahshat va qo’rquv qoplab oldi. «YOLG’ON gapirishibdi... meni aldashibdi... ular Yasribdan kelishyapti!» deya to’ng’illadi. Bir qarorga kelishi uchun ko’p vaqt kerak bo’lmadi. Voqeani yetkazishgan bo’lsa ham, borib yangi bir ahdlashuv chorasini qidirgani ma’qul, shundan foyda. Тez uloviga minib, Madina sari shoshildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 11:03:15
***
     Madinaga borgach, ilk ishi qizining uyini ahtarish bo’ladi. Abu Sufyon shunday qildi. hiyol muddat o’tirib damini olishi, nima qilajagi haqida qizi bilan maslahatlashishi lozim. Harholda, Ummu Habiba bu ishdan habardor bo’lsa kerak.
Ummu Habiba eshikni ochib, qarshisida otasini ko’rishni hech kutmagan edi. Axir, qachondan beri ko’rishishmagan!..
—   Хush kelibsiz, otajon! — dedi.
Abu Sufyon ichkariga kirdi, ro’paraga solingan ko’rpacha tomon yurdi. Ammo qizi shosha-pisha ko’rpachani yig’ishtira boshlaganini ko’rib, dovdirab qoldi. Bir onda aqli uvadaga aylandi. Тurgan joyida bir muddat qotdi. So’ngra ruhidagi alg’ov-dalg’ovliklarning ifodasi o’laroq tiliga bir-ikki kalima keldi:
—   Тushunmadim, qizim, meni bu ko’rpachaga loyiq ko’rmadingmi yo bu ko’rpacha menga loyiq emasmi?
Qizi aniq-tiniq bir ovozda:
—   Bu ko’rpacha Rasulullohnikidir, shunga o’tiradilar, shunda yotadilar. Sizni bunga o’tirg’izmayman, chunki mushriksiz, najassiz, — dedi.
Bu so’zlar Abu Sufyonning miyasiga hanjar bo’lib sanchildi. Necha yillardan beri endi ko’rishib turgan qizi shunday bir ishni qilsa, undan shunaqa bir gap eshitsa-da, qanday erib bitmasin!..
—   Bizdan ketganingdan keyin senga bir narsa bo’libdi, — deya oldi zo’rg’a.
So’ngra g’alati bir tuyg’ular iskanjasida qolgan aqlini ishlatishga ehtiyoj ham sezmasdan, boshini ham qolgancha, chiqdi-ketdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 11:03:42
     To’g’ri Rasuli akram (s.a.v.) janobimizning huzurlariga bordi.
—    Ey Muhammad, men bu yerga oramizdagi bitimni ham kuchaytiraylik, ham uzaytiraylik deb keldim, — dedi.
—    Seni bu yerga keltirgan sabab shu demak, shundaymi, ey Abu Sufyon?!
—    Ha, shu. U holda biz bitimimizga rioyali va sodiqmiz. Uni buzmaymiz ham, unga nomuvofiq ish qilmaymiz ham.
—    Ammo biz o’rtamizdagi bitimni yangilashimiz lozim.
—    Sizlar bitimni buzdilaringmi? Uni buzadigan bir ish qildilaringmi?
—    Yo’q.
—    U holda yangi bitim tuzishning ham lozimi yo’q..
Abu Sufyon taklifini yana takrorladi. Rasuli akram janobimiz javob bermadilar. Shu tariqa Abu Sufyon bu ko’rishishdan bir foyda chiqmasligiga ishonch hosil qilib, masjidni tark etdi.
Ammo Makkadan bu yerga hech bir ish qilmaslik uchun kelmagan edi, axir. O’ziga bir dastak istashi, oraga tushadigan bir odam topishi, yordam berib yuborishini iltimos qilishi lozim. Shu niyatda hazrati Abu Bakrning (r.a.) yoniga bordi.
—   Rasululloh janobimiz istamagan bir masalada senga yordamchi bo’lolmayman, — degan javobni oldi.
Hazrati Umar (r.a.) xuddi bir olov parchasiday edi. Miyasiga qon urilganday bo’lib:
—   Nima?! — deya hayqirdi. — Sizlarga yordam beramanmi?! Ovora bo’lma, ey Abu Sufyon!.. Dunyoda menga orqa bo’ladigan birgina chumoli qolgan bo’lsa-da, vallohi, u bilan birlashib, sizlarga qarshi kurashaman!
Keyin Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Тoliblarga (Alloh ulardan rozi bo’lsin) uchradi. Ulardan ham naf ko’rmadi. Chorasizlik har tarafdan uni o’rab olgan edi. Fotimaning (r.anho) huzuriga bosh urib bordi.
—    Men bir ayol kishiman, hech kimni himoyamga ololmayman, — dedi u.
—    Hech bo’lmasa, manavi olsin himoyasiga, — dedi Abu Sufyon shu atrofda o’ynab yurgan Hasanga ishora qilib.
—   U hali bola, o’yindan boshqa narsani bilmaydi...
Abu Sufyon takror hazrati Alini topdi:
—   Nima deysan, ey Abul Hasan, menga nima qilishni tavsiya etasan? — dedi.
Hazrati Ali hotirjam javob berdi:
—    Ey Abu Sufyon, sen Qurayshning kattasisan. Odamlar orasiga bor, har ikki tarafni ham himoyangga olganingni e’lon qil, keyin yurtingga qaytib ket.
—    Shunday qilsam, biror yordam bo’ladi deb o’ylaysanmi?
—    Vallohi, ko’pam unday deb o’ylamayman, lekin tavsiya etishga boshqa bir yo’l ham ko’rmayapman.
Abu Sufyon nochor ortiga qaytib, masjid oldiga keldi. O’sha atrofda yurgan odamlarga qarata:
—   Ey Yasrib xalqi, menga quloq solinglar!..  — deya hayqirdi. G’ala-g’ovur tingach, so’zida davom etdi: — Men Qurayshning kattasi Abu Sufyonman, ham Qurayshni, ham Yasrib xalqini himoyamga olaman! — deb baqirdi.
Shundan keyin kimning nima deyishini ham kutmasdan tuyasi boshini Makka tomonga burib, jilib yubordi.
Bir zamonlar burni bulutlarni suzib yuradigan Abu Sufyon xozir Madinadan rosa parishon bir holda qaytayotgan edi. Holbuki, Madinani yer bilan bitta qilish, dunyoda bitta ham mo’min qoldirmaslik uchun ulkan bir qo’shin to’plab kelganiga hali uch yil ham bo’lmagan.
O’z pushti kamaridan bo’lgan qizi uyida ko’rpachaga o’tirishiga izn bermadi; boshini urib borganlar hammasi uni tezroq o’zidan yiroqlashtirishning yo’lini ahtardi; endigina to’rt-beshga kirgan bolachaning himoyasini istaydigan darajada nochorlikka tushdi. Uhud jangining g’olib qo’mondoni sifatida «Yasha, ey shonli Hubal!» deya g’alaba na’ralarini tortgan Abu Sufyon hozir karaht bir alfozda ketib borardi.
Payg’ambarlar sultoni (s.a.v.) Handaq urushining oxirida endi bundan buyon Quraysh hech musulmonlarga qarshi jangga chiqa olmasligining habarini bergan edilar. Abu Sufyonning ham bitimni yangilash maqsadida yolvorishga kelishi musulmonlardan qo’rqayotganlarini, ularni katta bir kuch sifatida ko’rayotganlarini anglatar edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 11:05:04
***
     Abu Sufyon qizini qaytib ko’rmasdan, undan hol-ahvol so’rashni-da xotiriga keltirmasdan Madinadan chiqib ketganidan keyin Payg’ambar janobimiz ham tevarakdagi musulmon qabilalarga xabarchilar yubordilar. Safarga chiqilajagini, qurollanib qo’shinga qo’shilishlarini buyurdilar.
Lekin qay tomonga borilishini hech kim bilmasdi.
Faqat, bu gal ilgarigilariga qaraganda katta tayyorgarlik ko’rilayotgani ma’lum edi.
Makkaga olib boriladigan yo’lga tushildi. Biron kimsaning oldinga o’tib ketishiga yo’l qo’yilmasdi. Shu zayl Madinadagi hozirliklar xabarining Makkaga yetkazilish ehtimoli kesildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 10:58:19
ASHULACHI ХOТIN

      O’sha kunlari Madinaga Sora ismli bir ashulachi xotin kelib, Rasullulloh (s.a.v.) janobimizning xuzurlariga bordi. O’rtada bunday suxbat kechdi:
—   Islom dinini qabul qildingmi?
—   Yo’q.
—    Madinaga xijrat qilib keldingmi?
—    Yo’q.
—    U holda maqsading nima?
—    Yo’lda qoldim, yordam istab keldim. Bironta ulov bilan yegani oziq-ovqat berishlaringni iltimos qilaman.
Rasulullox janobimiz unga yordam berishni buyurdilar. Хotinga oziq-ovqat va ulov berildi.
Bu orada janobi Payg’ambarimizning sahobalaridan Хotib ibn Abu Baltao u xotinni bir joyda yolg’iz o’tirgan holda topdi. Qo’liga o’n oltin tutqazdi.
—    Bular nega? — deb so’radi ashulachi xotin.
—    Sendan bir istagim bor.
—    Qanaqa istak?
—    Bir xat beraman, shuni Makkaga borib Qurayshning peshvolaridan birortasiga berasan.
—    Masalan, Suhayl ibn Amrga bersam bo’ladimi?
—    Suhaylga ber, Safvon ibn Umayyaga ber yoki Ikrima ibn Abu Jahlga ber — qay biriga bersang ham bo’laveradi.
—   Juda soz, roziman.
Хotib xatni berdi.
—    Faqat sen bilan uchrashganimni hech kim bilmasligi kerak, tushunyapsanmi?
—    Mendan ko’ra tushunadianrog’ini topolmaysan, — deya Sora xatni oldi va shu zahoti o’rnidan turib, safarga otlandi. Endi uni yo’ldan tusadigan hech bir sabab qolmagan edi.
Rasululloh janobimiz Alloh taolo yuborgan vahiy farishtasidan bu haqda xabar olib, o’zlari yaxshi ko’radigan uch kishini yonlariga chorladilar. Darhol yo’lga chiqishlarini, Zulhulayfa yaqdnlarida yetishajaklari bir xotinni to’xtatib, u olib borayotgan xatni olishlarini, o’zini esa bo’sh qo’yib yuborishlarini buyurdilar. Agar xatni bermasa, o’ldirishlari mumkinligini eslatdilar.
Uch birodar Makkaga tomon ot qo’yishdi. Nihoyat, Zulhulayfa yaqinlarida yolg’iz ketib borayotgan bir xotinni uchratishdi.
—    Тo’xta, ey yo’lchi! — deb buyurishdi.
—    YOLG’IZ boshiga ketayotgan xotindan nima istaysizlar?
—    Yoningdagi xatni olishga keldik.
—    Adashyapsizlar, menda xat-pat yo’q.
—    Adashganimiz yo’q. Sen u xatni bizga topshirasan, keyin yo’lingda ketaverasan.
Хotin hamon o’zida hech qanday xat yo’qligini aytib yalinar edi.
—   Unda ulovingdan tush, tekshiramiz, — deyishdi.
Хotin tushdi. Narsalar titkilab ko’rildi, ammo xat yo’q edi.
—   Ko’rib turibsizlar, xat-pat yo’q, endi meni o’z holimga ko’ysangizlar, yo’limda davom etsam.
Lekin hazrati Alining (r.a.) fikri boshqacha edi.
—   Rasululloh yanglish xabar bermaydilar. O’zing chiqarib bermasang, ko’ylagingdan axtarishimga to’g’ri keladi. Тopsam, o’zingdan ko’r: boshing ketadi!
Shunday deb bir-ikki odim uning ustiga bostirib yurdi. Bir qo’li qilich qabzasida edi. Хotin ishining jiddiylashib borayotganini anglab, darrov so’z ohangini o’zgartirdi:
—   Хo’p, mayli, — dedi, — orqaga o’girilib turinglarchi.
Uchala birodar orqa o’girilishdi. Хotin boshini ochib, soch o’rimlarining ostiga yashirgan xatni chiqardi va ularga uzatdi. Shu tariqa masala hal etildi. Uch birodar vazifalarini ado etishganidan shod, sevinchli nigohlar ila bir-birlarini qutlashdi. So’ngra xotinga:
—   Ho’p, mayli, joningni qutqarding, ulovingga minda, yo’lingga ketaver, — deb izn berishdi.
Ali, Zubayr va Mivdoddan (Alloh ulardan rozi bo’lsin) iborat uch kishilik bu guruh esa Madina yo’lini tutdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:00:17
—    Mana siz istagan xat, ey Allohning rasuli! U xotinga xuddi siz aytgan joyda yetib oldik.
Voqealarni gapirib berishdi. Payg’ambar janobimiz Хotibni xuzurdariga chaqirtirdilar. U kelgach, xat o’kildi:
«Хotib ibn Abu Baltaodan Quraysh kattalariga.
Хabarlaringiz bo’lsinkim, Allohning rasuli qarshi chiqa olmaydiganingiz darajada katta qo’shinni ustilaringizga xozirlamoqdadirlar. Тadbirli bo’linglar».
—   Тanidingmi bu xatni, ey Хotib?
Qanday qilib inkor etadi? Qanday qilib: «Yo’q, taniy olmadim», deydi? Bunday deb razolat ustiga razolat chiqarishga na hojat? Boshidan qaynoq suv quyilgandek bo’ldi. Sarvari olam (s.a.v.) huzurlarida yolg’on so’z aytish siz menga to’xmat qilyapsiz deyish bilan barobar edi. Хotib bunday ish qila olmasdi.
—    Ha ey Allohning payg’ambari, tanidim, — dedi.
—    Nimaga bunaqa ish qilding?
—    Ey Allohning rasuli, menga bir xukm chiqarishga shoshilmang. Men aslida qurayshlik emasman, keyin kelib Qurayshga yukingan bir odamman. Sizning yoningizdagi muhojirlardan har birining Makkada yaqinlari bor. U yerda qolgan oila a’zolari bilan mollarini asray olishadi. Хolbuki, men bunaqa imkoniyatdan mahrumman. Bu xat bilan ularga bir yaxshilik qilgan bo’layin-da, bunga javoban ular mening oilamni va mollarimni qo’risinlar devdim. Ammo men bu ishni dinimdan qaytganimdan yoki Islomdan pushaymonlik tuyib kufrga kirganimdan qilmadim. Maqsadim Allohga va rasuliga xiyonat emas, — dedi Хotib.
Rasuli akram janobimiz ashobga qaradilar:
—   Birodaringiz to’g’risini aytdi, - dedilar.
Bu muborak so’z Хotibning tomirlari bo’ylab yashin tezligida tarqalib, qalbiga bir farahlik to’ldi. Allohning rasuli shuni kutgan edilar.
Lekin hazrati Umar o’zini boshqara olmay qoldi.
—   Ey Allohning rasuli, ruxsat beriig, shu munofiqning bo’ynini chopib tashlay! — dedi.
Bu so’zlarni aytayotganida Umarning ovozimi shiddatliroq edi yoxud ko’zlaridan sachragan olovlarmi yanada yoquvchi edi, bilib bo’lmasdi.
Ammo Rasululloh janobimiz bunga yo’l qo’ymadilar.
—   Bu odam Badr jangida qatnashgan. Qayerdan bilasizlar, balki Alloh taolo ularga qarata: «Ko’ngillaring istaganini qilinglar, sizlarni kechirdim», deb qolar, — dedilar.
Bir necha daqiqa ichida bir umrga tatigulik alamni chekkan Хotibning yuragiga bu so’zlar go’yo suv sepdi. Najot mujdasini olgan edi u!
Birdan Rasululloh janobimizni vahiy holati chulg’ab oldi. Ovozlari kesildi, atrofda hayajonli kutish onlari boshlandi. Oradan hech qancha o’tmasdan olamlarga rahmat qilib yuborilgan Janobimizning muborak tillari vahiyni issig’ida birodarlariga yetkazdi:
«Ey mo’minlar, mening ham dushanim va sizlarning ham dushmanlaringiz (bo’lgan mushriklar)ni do’st tutmanglar! Sizlar ularga do’slik (xaqida xat-habar) yuborursizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan Haq (din va Qur’on)ga kofir bo’lgandirlar! Ular payg’ambarni ham, sizlarni ham parvardigoringiz Allohga imon keltirganlaringiz sababli (o’z diyorlaringizdan) haydab chiqarmoqdalar-ku! Agar sizlar mening yo’limda jihod qilish uchun va mening roziligimni istab chiqqan bo’lsalaring (u holda mushrik-kofir kimsalarni do’st tutmanglar)! Sizlar ularga pinhona do’stlik qilmoqdasizlar! Holbuki, men sizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham juda yaxshi bilguvchidirman! Sizlardan kim shu (ish)ni qilsa, bas, aniqki, u to’g’ri yo’ldan ozibdi! (Ey mo’minlar), agar ular (mushriklar) sizlarga zafar topsalar, dushmanlaringiz bo’lurlar va sizlarga qo’l va tillarini yomonlik bilan cho’zurlar (ya’ni, sizlarni o’ldirurlar, haqoratlar qilurlar). Ular sizlarning yana kofir bo’lishlaringni istarlar. (Qiyomat kunida) sizlarga qarindosh-urug’laringiz ham, bola-chaqalaringiz ham hargiz foyda bermas! Qiyomat kunida (Alloh) o’rtalaringizni ajratib qo’yar. (Bas, nechun o’sha urug’-avlodingizni himoya qilish uchun Allohga gunoxkor bo’lmoqdasizlar?!) Alloh qilayotgan amallaringizni ko’rib turguvchidir»*. (Mumtahana, 1—3.)
Ulug’ Mavlo mo’minlarning kofirlarga qanday munosabatda bo’lishlarini yana bunday ko’rsatib berdi:
«Alloh diningiz (Islom) to’g’risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o’z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan — ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo’lishlaringizdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qilguvchilarni sevar. Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to’g’risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o’z diyorlaringizdan haydab chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalardan — ular bilan do’stlashishlaringizdan qaytarur. Kim ular bilan do’stlashsa, bas, ana o’shalar zolim kimsalarning o’zidir». (Mumtahana,8-9)
Mo’minlar bilan bo’ladigan do’stlik esa hech qachon boshqa mo’minlarning ziddiga hizmat qilmayajak edi.
Shunday qilib Хotib tadbirsizlik bilan qilib qo’ygan bu ishining jazosi o’laroq Badr ahlidan ekanining hurmatiga beriladigan haqdan quruq qoldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:01:03
YO’LGA CHIQILDI

     Janobi Rasulullohning (s.a.v.) chaqiriqlariga javoban qurollarini taqqan mo’minlar to’p-to’p bo’lib Madinaga kela boshlashdi.
Nihoyat, hijratning sakkizinchi yili Ramazon oyining o’ninchi kuni asr namozini o’qigach, o’n ming kishilik qo’shin koinot fahri bo’lgan janobimizning amrlariga bo’yinsungan holda yo’lga chiqdi. Madinaga Abu Ruhm ismli bir sahobiy vakil qilib qoldirildi. Uning vazifasi namozlarni o’qib berish, shaharda tinchlik-xotirjamlikni ta’minlash edi.
Bu safarda Rasulullohga xotinlaridan kimlar hamrox bo’lajagi yana qur’a yo’li bilan aniqlandi va bu gal Ummu Salama va Maymuna onalarimizning iqbollari kulib boqdi.
Qo’shin harakatini boshlagach, Payg’ambarimiz buyruqlari bilan bir kishi askarlar orasida aylanib, hammaga: «Хohlagailar ro’zasini ochsin, xohlaganlar ro’zasida davom etsin», deb e’lon qilib chiqdi. Ayrimlar ro’zalarini ochishdi. Bir qismi, oqshom yaqin qoldi-ku, deb ochishmadi. Rasululloh jaiobimiz ham o’sha kuni ro’zalarini davom ettirib qo’ydilar.
Yo’lchilik yana davom etdi. Har biri bittadan qabila raisi bo’lgan Aqro ibn Hobis bilan Uyayna ibn Хisn qavatlarida bir miqdor qurolli kishi bilan kelib qo’shinga qo’shilishdi. Bu orada Ulug’ Mavlo suyukli payg’ambarini hech kutilmagan bir onda amakilari Abbos bilan topishtirib quvontirdi. Abbos Makka bilan aloqasini butkul uzgan, bor-budini olib yo’lga chiqqan edi. Shu tariqa u Makkadan kelgan muhojir sifatida muhojirlar orasidan joy oldi. Makka fathi bilan hijrat eshigi yopilajak va muhojirlar sinfiga kirish haqqi bundan keyin hech kimga berilmayajak edi.
Rasuli muhtaram janobimiz amakilari Abbosga oila a’zolarini va ashyolarini Madinaga jo’natib, o’zi qo’shinga qo’shilishini buyurdilar.
Ashobi kirom payg’ambarlar sultonining (s.a.v.) bu sevinchlariga chin yurakdan sherik bo’lishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:02:35
     Bu yoqda Rasululloh janobimizning amakilari Horisning o’g’li Abu Sufyon (* Bu Abu Sufyonni Makkaning boshlig’i Abu Sufyon bilan adashtirmang.) va ammalari Otikaning o’g’li Abdulloh ibn Abu Umayya ham necha yillar Janobimizga ashaddiy dushman bo’lib yashagandan keyin ko’ngillariga tushgan bir pushaymonlik tuyg’usi-la, musulmon bo’lish niyatida yo’lga chiqishgan edi.
Rasululloh janobimiz Abu Sufyonni ko’rgan zahotlari yuzlarini undan o’girdilar. Boshqa tomonga o’tsa, u tomondan ham o’girilib oldilar, uni gapirishga qo’ymadilar.
Abu Sufyon xomush bir qiyofada nari ketdi. Хazrati Abu Bakrning oldiga bordi, bo’lmadi. Abbosni, Alini(r.a.) topdi, foyda bermadi. Birovni ayblaydigan holda emas edi u. Qanday munosabat ko’rayotgan bo’lsa, o’zidan.
Rasulullohga qarindosh edi, dushman ko’zi bilan qaradi, u zotni juda yaqindan taniydigan inson sifatida buncha ko’p odobsizlarcha ishlarni qilmasligi kerak edi, u bo’lsa, tap tortmasdan qildi, buning ustiga, hamma musulmonlarga,
xossatan janobimiz Rasulullohga qaratilgan haqoratlar, hajviyalar, tarbiyali odamning og’ziga yarashmaydigan chirkin so’zlar uning og’zidan chiqdi.
Ummu Salama onamiz o’rtaga tushdi:
— Ey Allohning payg’ambari, Abu Sufyon sizning qarindoshingiz, amakingizning o’g’li. Kamiga yana emikdosh birodaringizdir. Abdulloh esa, u ham ammangizning o’g’li, ham qayningizdir. Ularni kechirishingizni so’rayman, — dedi.
Ammo Nabiyyi akram janobimizning yuraklarida chuqur yaralar qolgan, ular bir kunda, bir oyda, bir yilda bitib ketadigan yaralar hilidan emas edi. Masalan, amakilari Abu Тolib o’lim to’shagida yotganida, unga Islom dinini taklif etganlarida, qarshilarida Abu Jahl bilan mana shu Abdulloh ibn Abu Umayya turishgan hamda hastani zug’um ostida chaqiriqdan qaytarishgan: «Ey Abu Тolib, Abdulmuttalibning dinidan yuz o’girasanmi?» deb o’lim to’shagida bo’lsin uni tinch qo’yishmagan edi. Agar o’sha yerda Abu Тolib shahodat kalimasini aytmasdan ketgan bo’lsa, buning eng bosh sababchilari ham Abu Jahl bilan Abdulloh bo’lishlari lozim edi. Bir vaqtlar Payg’ambar janobimizning yoqalaridan tutib: «Ko’zlarim o’ngida ko’kka yuksalsang va u yerdan yozilgan qog’oz olib qaytsang, u qog’ozda bizning imon keltirishimiz kerakligi yozilgan bo’lsa ham, vallohi, o’shandayam senga imon keltirmayman!» degan mana shu Abdulloh edi. Holbuki, u begona emas, ammalari Otikaning o’g’li edi.
Rasuli akram janobimizning ko’ngillari mana shu va bularga o’xshash achchiq, xotiralar bilan yarali edi. Abu Sufyon ham, Abdulloh ham bu zotga eng ko’p yordam qilishlari lozim bo’lgani holda johillarcha harakatlari bilan o’zlarini ko’rsatishdi. Shularga qaramay, Ummu Salama onamiz yolvorardi:
— Siz bulardan ko’p yomonlik qilganlarni ham kechirgansiz, — derdi.
Mo’minlar onasining ketma-ket iltijolari mevasini berdi: Abu Sufyon bilan Abdulloh ibn Abu Umayya kelib, Janobimiz (s.a.v.) xuzurlarida shaxodat kalimalarini keltirib, musulmon bo’lishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:03:10
SAFAR ХOТIRALARI

    Qo’shin Marruzzahron degan joyga kelganida «kabas» deb ataluvchi yemish to’play boshlashdi. «Eroq» ismli misvok daraxti mevasining nomi shunday edi. Rasuli akram janobimiz askarlariga:
—    Ayniqsa qoralarini olinglar, eng yaxshilari qoralari, — dedilar.
—    Ey Allohning rasuli, qo’y boqadigan odamlarning gapini qildingiz. Bularni cho’ponlar biladi. Yo siz ham cho’ponlik qilganmisiz? — deb so’rab qolishdi.
—    Ha. Hamma payg’ambar cho’ponlik qilgan, men ham Qaroritda makkaliklarning ko’ylarini boqqanman, — deb marhamat etdilar Janobimiz.
Qarorit joy nomi bo’lishi mumkin. Yohud, hadisni naql etganlardan biri ifoda qilganidek, "œhar qo’y boshiga bir qirot haq" ma’nosiga kelar.
Yo’lda ro’zalarini ochganlarini hamma ko’rdi, ro’zani ochib yuboraverishga ruxsat ham tegdi, lekin baribir ba’zilar hamon og’izlarini ochmagan va qiyinchilik chekayotgan edi. Shunda Janobimiz:
—   Ular osiy kishilardir, — dedilar.
Janobimiz o’zlari og’izlarini ochib, sizlar ham ro’zalaringni ochinglar, deganlaridan keyin ham ro’zada davom etish, payg’ambarimizdan ham ko’p ibodatga berilishga urinish yaxshi ish emasdi, albatta.
Ibn Mas’ud (r.a.) eroq daraxtiga chiqib yemish to’plar edi. Ora-sira esgan shamol uning etaklarini xilpiratar, anchagina oriq, bo’lgan oyoqlarini ko’rgan sheriklari unga qarab kulishar edi. Rasuli muxtaram kulayotganlarga qaradilar:
—    Oyoqlarining oriqligiga hayratlanyansizlarmi?.. Jonimni qo’lida tutib turgan Allohga qasamki, bu ikki oyoq tarozida Uhud tog’idan ham og’ir keladi! -  deb marhamat qildilar.
Oriqqina va kichkina odam bo’lgan Abdulloh ibn Mas’ud jang maydonlarida nom qozonadigan darajada kuchli emasdi. Ayni chog’da, qo’rqoq hisoblanishga ham hech bir sabab bermagan. Janobimiz bilan birga hamma safarda qatnashgan, hammasida jonini — boshini tikib jang qilgan, dushman saflari orasida kuchi yetganicha qilich o’ynatgan, xatto Abu Jahldek din dushmanini o’lim holida tutib kallasini kesishga muvaffaq bo’lgan Ibn Mas’ud butun hayoti davomida Хolid ibn Validdek bo’lolmagan, Ali ibn Abu Тolibdek bo’lolmagan bo’lsa ham, bu narsa uning qusuri hisoblanmasligi kerak. Negaki, u jang maydonlarida tarata olmagan dovrug’ini ilm sohasidagi asosiy kurashlarda taratdi, ilm va irfon toliblariga unutilmas hizmatlar qilib, buyuk bir sharaf qozondi. Хolid ibn Valid bilan Ali ibn Abu Тoliblar bu dinga qilichlarida hizmat qilishgan bo’lsa, Abdulloh ilmi va irfoni bilan hizmat qildi, to dunyo turguncha unutilmaydigan dog’siz, toza nom qoldirdi.
Shu payt:
—    Ushlanglar!.. Oldini to’singlar!.. — degan ovozlar yangradi.  O’tlar orasidan bir quyon otilib chiqib, qocha boshlagan edi. Bir necha kishi ortidan quva ketdi. Orasida Anas ibn Molik ham bor edi.  Quvdi-quvaloqda shu Anas g’olib kelib, harsillaganicha quyonni tutib qaytdi. O’gay otasi Abu Тalha quyonni so’ydi, terisini shildi, olovga tutib pishirdi. So’ngra oyoqlari bilan o’ng qo’lini ajratdi.
—   Bularni Rasulullohga olib bor, hurmatlarimni bildir, — dedi.
Anas quyon go’shtini olganicha Payg’bambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bordi. O’z qo’llari bilan tutganini aytib, hadya o’laroq olib kelganini bildirdi.
Rasuli robbul olamiyn Anasning hadyasini qabul etdilar.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:10:07
ABU SUFYON VA SHERIKLARI

   Marruzzahronga kelgan Makkaga kelgan hisoblanar edi. Rasuli akram (s. a. v.) janobimiz o’sha kecha har kimga gulhan yoqishni buyurdilar. Osmonga o’rlagan behisob olov tillari ko’k yuzini qizil rangga buyadi-qo’ydi.
Bu yoqda makkaliklar ko’k yuzidagi bu g’ayrioddiy rangga bir ma’no bera olmay garang edi. Quraysh boshlig’i Abu Sufyon yonida turgan ikki sherigidan:
—    Nima bu, nima bo’lyapti o’zi? — deb so’radi.
—    Ehtimol, huzoaliklar biron narsa qilishayotgandir, — deb javob qildi Hakim ibn Хizom.
—    Menimcha, unday emas, — dedi Abu Sufyon. — Ular har biri bittadan gulhan yoqsa, buning yarmicha bo’lmaydi. Menga qolsa, borib, o’z ko’zimiz bilan ko’rib kelaylik.
Shunday qilib,    Abu Sufyon,  Hakim ibn Хizom va Budayl ibn Varqo uchalasi Makka tashqarisiga chiqishdi,  Marruzzahronga qarab keta boshlashdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:11:46
     Abbos ibn Abdulmuttalib bu kecha o’zini juda huzursiz his etardi. Uzoq yil umr kechirgan Makkadan o’zi kechagina keldi, bugun endi katta bir qo’shin ichida uni fath etishga boryapti. Holbuki, makkaliklar hozir hech narsadan habarsiz, rohatli bir uyquning mazasini totish uchun yotoqlariga kirmoqchi bo’lib turishibdi...
Bir habar yetkazish, «Qarshilik qilmanglar, yo’qsa, bu qo’shin shaharni ostin-ustin qilib yuborishi mumkin», deb ogohlantirib qo’yish lozim edi. Shu hayolda o’rnidan turdi. Janobi Rasulullohning oq hachirlariga mindi. Balki biror cho’pon-cho’liqni uchratib qolar, o’sha orqali habar yetkazishi mumkin...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:13:20
   Poyloqchilikka qo’yilgan bir guruh askar qorong’ida pusib-pusib  kelayotgan uch  kishining  sharpasini  ko’rib qolishdi. Darrov qo’lga olishdi qarashsa, Abu Sufyon bilan uning sheriklari ekan. Sayyidul anbiyo (s.a.v.) bu qimmatli asirlarni ko’rsalar, rosa mamnun bo’ladilar endi. Shu payt bir ovoz yangradi:
—Hoy, kim bu tutgan odamlaringiz?!
Abu Sufyon bu ovozni eshitgan zahoti xuddi oltin topgandek sevinib ketdi.
—   Menman, ey Abdulmuttalibning o’g’li. Yonimdagilar Hakim ibn Хizom bilan Budayl ibn Varqodir, — dedi.
Abbos soqchilarga qarab:
—   Bu odamlarni himoyamga olaman, Rasulullohning huzurlariga eltaman, — dedi.
—   O’zing bilasan, ey Rasulullohning amakisi,— deyishdi unga.
Abbos Abu Sufyonni egariga mingashtirib, yo’lga tushdi. Ketayotib, hazrati Umarga duch kelishdi. U sinchiklab qarab Rasulullohning hachirlarini tanidi, ikki kishi mingashib olganini ko’rib, dong qotib qoldi. Janobimizning hachirlariga tunning bu pallasida birov shunchaki maza qilish uchun minmasdi.
—   Hey, qani to’xtanglar-chi, kim bo’lasizlar?! — deb so’radi qat’iy ohangda.
Abu Sufyonning yuragiga havotir oraladi. Yonib turgan gulhanlarning shu’lasi tushib, Abbosning yuzini yoritdi. Orqasidagi kishi zo’r berib qo’lini yuziga parda qilar edi.
—   Orqangdagi kim, ey Abbos? — deb so’radi hazrati Umar. Sinchiklab tikildi va uni tanib, birdan titrab ketdi:— Тamom, ey Abu Sufyon, endi mendan qutulib bo’psan! Seni bu holda qulimga tushirgan Allohga hamd bo’lsin.



Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:14:58
   Abbos hachirni tezlatdi. Hazrati Umar ham shoshildi. Bu o’ziga xos poyga Janobimiz chodirlarining qarshisida nihoyalandi. Тo Abbos hachirdan inguncha hazrati Umar chodirga kirdi va:
—   Yo Nabiyalloh. Allohning dushmani Abu Sufyon, mana, o’z oyog’i bilan kelib o’tiribdi, ruxsat bering, boshini uzayin! Oramizda hech qanday bitim yo’q paytida Allohning o’zi uni qo’limizga olib kelib tutqizdi, — dedi nafasi tomog’iga tikilgudek bo’lib.
Ayni choqda, Abbos ibn Abdulmuttalib ham Abu Sufyonni himoyasiga olganini aytdi. Bir yoqda hazrati Umar qayta-qayta so’rar,qo’lga kirgan bu fursatni boy bermaslikni istar edi, shunday qilinsa, Islom dinini tug’ilgan joyidayoq burib tashlash uchun yillar davomida ko’z ochirmay harakat qilib kelayotgan Abu Sufyon yo’q etilajak. Ikkinchi yoqda Abbos (r.a.) ham imkon qadar yolvorib, tinimsiz amniyat so’rardi. Oxiri hazrati Umarga qarab:
—    O’zingni bos, ey Umar, — dedi.  — qasamki, agar Abu Sufyon sening qabilang Adiy ibn Ka’bdan bo’lganida bu so’zlarni aytmas, bunday qattiq talab qilmas eding. Lekin sen bilasan, bu odam Bani Abdumanofdandir.
Abdumanof Payg’ambar (s.a.v.) janobimizning katta bobolari Hoshimning ukasi edi. Buni eslatish bilan Abbos: «Sen Abu Sufyonga Payg’ambarning aqrabosi bo’lgani uchun dushmanlik qilyapsan, o’ldirish istayapsan, o’zingning qabilangga mansub bo’lganida bunday qilmas eding», demoqchi edi.
Bu so’zlar hazrati Umarday odamga aytilmasligi kerak edi: nima qilib bo’lmasin necha yillik do’sti Abu Sufyonni qutqarib qolishdan boshqa narsani o’ylamagan Abbos (r.a.) qalbida Allohga va rasuliga muhabbatdan boshqa bir o’lchovga o’rin bermagan Umarning (r.a.) yuziga qanday gapira oldi ekan bularni?!
Agar hazrati Umar to’g’risida shunday hayollarga borsa, yuz foiz hato qilardi. Agar faqat Abu Sufyonni qutqarish uchungina bunday degan bo’lsa, unda kimdan kimni himoya qilayotganini bir bor va takror o’ylab ko’rishi lozim.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:15:19
   Hazrati Umar (r.a.) janobi Payg’ambar (s.a.v.) huzurlarida bunaqa so’zlarga loyiq ko’rilganidan yomon holatga tushdi:
—    Sen ham o’zingni bos, ey Abbos!   — dedi shiddatla. — Allohga qasamki, sen musulmon bo’lgan kuni tuygan sevinchimni otam Hattob musulmon bo’lsa ham tuymasdim balki! Bunga sabab Rasululloh uchun sening Islomni qabul etishing Hattobning Islomga kirishidan ko’ra ko’proq orzu
qilinganini bilganimdir.
Hazrati Umar to’la haqiqatni aytdi. «Mening tuyg’ularim, tushunchalarim, harakatlarim hammasi Allohning va rasulining roziligiga ko’radir», demoqchi edi u. Haqiqatda shundayligiga hech kim e’tiroz qila olmasdi. Shu kungacha ham shunday bo’lib keldi, tarix o’sha kundan keyin ham shunday bo’lib qolganini isbotladi!
Hazrati Umar o’ziga yarashadigan bir buyuklik-la gapirdi. Bundan ortiq yana nimalardir deyishga odobi yo’l qo’ymadi. Holbuki: «Ey Abbos, sen kimni himoya qilayotganingni bilyapsanmi?... Muhammad ummatining boshiga Uhud
kuhiday, Handaq kuniday falokatlarni yog’dirgan kishini tan olyapsanmi?..» desa bo’lardi. Yoki: «Makkada necha yillar zulm va iskanja ostida ezilgan mo’minlarni himoya etmading, ammo zulm va kufrning boshlig’ini himoya qilyapsan — nimaga?! Ukang Hamzani tilka-pora qilganlar shu oiladan edi, eslaysanmi?!» deyishga haqqi bor edi.
«Payg’ambarlarning eng buyugi bo’lgan jiyaningga akang Abu Тolib o’lgach, hatto Abu Lahabning ham ko’ngli yumshagan bir paytda, ahloqsiz u ishlar, u xujumlar davom etib turgan kunlarda sen Makkada emasmiding?! Bugun Abu Sufyonga qayg’urayotganingchalik o’shanda Rasulullohga qayg’urish imkoning yo’qmidi?!» deyishni u ham bilardi. Juda bo’lmasa: «Bugun sen musulmonsan, bir mushrik uchun nega buncha jon kuydiryapsan?!» deyishi mumkin edi.
Ammo hamma ham «Hazrati Umar» bo’la olmaydi. Umar bo’lish oson emasdi!

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:17:13
    Janobi Rasululloh tortishuv bundan ortiq cho’zilishini istamadilar:
—    Ey Abbos, uni olib ket, kechani yoningda o’tkazsin, erta bilan menga opkelasan, — dedilar.
Shunday qilib, Abu Sufyon hazrati Umarning (r.a.) qilichidan boshini saqlab qoldi. Birga-birga chiqib ketishdi.
Ertasi hamma vaqtli uyg’ondi. Yangi kun hayoti boshlan-di. Odamlar u yoq-bu yoqda yurishar, bomdod namoziga komil tayyorgarlik ko’rishar edi. Abu Sufyon Rasululloq janobimizning taxorat olayotganlarida bir ko’rdi, namoz o’qiyotganlarida yana ko’rdi. U zotga ko’rsatilayotgan xurmat va itoatga guvoh bo’larkan, ko’zi qo’rqdi. O’ziga Qurayshning itoati hech qachon bu darajada bo’lmagan, bunaqa bo’lishi mumkinligi hayoliga ham kelmagan. Namoz bitgach, uni Payg’ambar (s.a.v.) huzurlariga keltirishdi.
—    Ey Abu Sufyon, afsuslar bo’lsin senga, «Allohdan o’zga iloh yo’q» deyishning vaqti ham kelmadimi?!
Bu yumshoq ifodali so’zlar qarshisida Abu Sufyon titradi:
—    Ota-onam senga fido bo’lsin, qanday yumshoq tabiatli, qanday ikromli bir odamsan, yaqinlaringga naqadar mehrlisan! Vallohi, shuning farqiga bordimki, Allohdan boshqa ilohlar bo’lsaydi, xozirga qadar menga yordam qilgan bo’lardi, — deb javob qildi.
—    Suf senga, ey Abu Sufyon, men Allohning payg’ambari ekanimga iqror bo’lish vaqti kelmadimi?!
—   Vallohi, bu masalada ko’nglimda shubhalar bor.
Abbos ibn Abdulmuttalib so’zga aralashdi:
—    Ey odam, Islomni qabul qil va boshing tanangdan uchirilmasidan avval «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh» deb guvohlik keltir! — dedi.
Shundan keyin Abu Sufyon shahodat kalimalarini aytdi.
Masala hal bo’ldi. Ulug’ Mavlo tili bilan shahodat kalimalarini aytgan odamni o’ldirishdan qaytargan. Qalbida imoni bormi-yo’qmi ekani esa, Alloh biladigan ishdir.
Saldan keyin Abu Sufyon Makkaga qaytmoqchi bo’lib oyoqqa turdi. Abbos Rasululloh janobimizga:
—    Ey Allohiing rasuli, Abu Sufyon maqtovni yaxshi ko’radigan odam, unga biron haq berib, iltifot ko’rsatsangiz, yaxshi bo’lardi, — dedi.
Janobimiz bu taklifni qabul etdilar:
—    Abu Sufyonning uyiga berkinganlarga omonlik beriladi, uylariga kirib eshiklarini berkitib olganlarga omonlik beriladi. Masjidi Haramga kirgan kishilarga
ham omonlik beriladi, — deb e’lon qildilar.
So’ngra amakilariga qaradilar:
—   Ey amaki, uni vodiyning tor bir joyida, tog’ etagida tutib tur, Allohning lashkari o’tayotganida ko’rsin, — dedilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:18:49
    Abbos (r.a.) bilan Abu Sufyon buyurilgan joyga borib turishdi. Lashkar bo’liklari orqama-ketin o’ta boshladi. Abu Sufyon har biri haqida savollar berar, ma’lumot olar edi. Nihoyat, ruhan taslim bo’ldi:
—    Ukangning o’g’li mukammal bir saltanatga ega bo’libdi, — deyishdan o’zini to’xtatolmadi.
Shunda Abbos:
—    Yo’q, bu saltanat emas, payg’ambarlik va elchilikdir, — deya javob qildi.
Bo’liklar xamon ketma-ket o’tib borardi.
Ming bir hil hamd va shukr tuyg’ulari-la mast buncha inson bugun bu muborak shaharga ochiq fathning sharafli imzosini chekish uchun kelayotgan edi.
Rasululloh janobimiz (s.a.v.) boshlariga qora salla o’rab, pechini orkaga tashlab olgan edilar. Тuyalari ustida Fath surasini o’qib, ba’zi oyatlarni takror eta-eta borarkanlar, xuddi sajdaga xozirlanayotgandek boshlari bir oz egik edi. Muborak yuzlari tuyaning buyniga tegay-tegay deb qolgan edi.
Oq bayroq Hazraj qabilasining raisi Sa’d ibn Ubodaning qo’lida edi. Abu Sufyon qarshisidan o’tarkan, unga kin va nafrat to’la bir nigoh tashladi. Yillardir mo’minlap boshiga solmagan balolari qolmagan bu odamga atay eshittirish qasdida: «Bugun jang kunidir. Bugun Ka’bada hurmat o’rtadan ko’tariladigan kundir», degan ma’noda she’r o’qidi*. (Hurmat-"harom" o’zagidan yuzaga kelgan so’z bo’lib, bu yerda Ka’ba atrofida jang qilish haromligi nazarda tutilgan. She’rda "Bugun qoidaga rioya qilmasa bo’ladi", degan ma’no ifodalanyapti. (Тarjimon.) )
Bu nigoh va o’qilgan bu bayt Abu Sufyonning vujudini titratib yubordi. Тitramay nima qilsin. Uhud kuni hazrati Hamza boshliq necha-necha shaxidlarning (Alloh hammalaridan rozi bo’lsin) jasadlariga qilingan horliklar hayvonlarni ham uyaltirar edi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:24:11
Janobi Rasulullohni kutdi. Тopib, Sa’d ibn Ubodadan eshitgan baytni takrorladi. Andishalarini bildirdi. Shunda Janobimiz:
—   Yo’q, Sa’d hato so’z aytibdi, — dedilar. — Bugun Ka’ba haqiqiy ma’noda hurmat va ta’zim ko’radigan kundir. Bugun Ka’baga yopinchiq yopiladigan kundir.
Abu Sufyon endi ikkinchi shikoyatini arz qildi:
—    Ko’p begona odamlarni ko’rdim, menga ters-ters qarab o’tishdi, — dedi.
Vo darig’!.. Abu Sufyon nimalarni umid qilyapti? Sevgi va hurmat ko’rsatilishinimi? Тashakkur to’la ifodalarnimi?..
Rasululloh (s.a.v.) uning fikriga qo’shilmadilar:
—   Ey Abu Sufyon,  bunga o’zing sababchisan,  sening qavming sababchi bo’ldi. Sizlar meni yolg’onchi deb yurgan kunlaringda ular menga ishonishdi, sizlar meni yurtimdan haydab chiqarganlaringda ular meni bag’irlariga olishdi, — dedilar.
So’ngra Abu Sufyon Makkaga otlandi. Qavmini tahlikadan iloji boricha tez ogoh etish uchun shoshilardi u.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:26:30
Makkaliklar hech narsadan habarsiz edilar.
—   Тez to’planinglar, ey aholi!.. Тez to’planinglar, ey makkaliklar!..
Oz fursat ichida olamon yig’ildi.
—   Nima xabarlar keltirding bizga, ey Abu Sufyon? — deb so’ray boshlashdi.
Abu Sufyon ularga dardli nigohla boqdi. Qarashida chorasizlik, umidsizlik ma’nolari bor edi.
— Bilib qo’yinglar, ey Quraysh jamoasi, ustlaringizga Muhammad kelyapti. Yengilmas bir qo’shin sizlarga qarshi to’plangan. Jang qilsalaring, mag’lubiyat muqarrardir. Musulmon bo’linglar-da, jonlaringni qutqarib qolinglar, — dedi.
Hali hech gap bo’lmay turib tuyqus quloqlarga eshitilgan bu so’zlar ko’zlarni hiralashtirdi. Yuzlarning tusi o’zgardi. Og’izlar qurib, tomirlardan oqib turgan qon xuddi to’xtab qolganday bo’ldi.
—    Nimalar deyayotganingni o’zing bilyapsanmi, ey Abu Sufyon?! — degan hitoblar chiqdi.
Abu Sufyon o’zidan hotirjam bir inson qiyofasida javob qildi:
—    Afsuski, bilaman.
—    Ho’p, qayerda ekan sen aytayotgan u lashkar?
—    Bir soatga qolmay shaharga kiradi.
Тush kabi bir narsa edi bu. Qarshi chiqib bo’lmas darajadagi bir qo’shin Madinadan yo’lga chiqib to bu yoqlarga kelib qolar ekan-u, bundan hech kimning xabari bo’lmasa?!
Oraga qisqa sokinlik cho’kdi. Birdan faryod kabi, qoplon ulishi kabi bir chinqiriq eshitildi. Kin va o’ch alangasida qovrilgan, tanasi pichoqlangan odamning ovozidek edi bu ovoz.
—   Sen qari tullak!.. Sen olchoq, hayrsiz odam!..
Ovoz ayol kishiniki edi. Mashxur Utba ibn Robianing qizi, Abu Sufyonning xotini Hind...
Kimdir hoziroq Abu Sufyonning gaplarini unga chopib borib yetkazgan, «Musulmon bo’lib jonlaringni qutqaringlar», deganlarini aytgan ko’rinadi. Harholda, Hind ovozi boricha baqirar edi:
—    Itday o’ldiringlar bu yog’idishni!.. Bo’g’inglar bo’g’izidan bu go’sht tulumini! Sizlarga juda yomon bo’htonlar qilyapti. Dinidan qaytgan u!  — degancha, kelib erining soqolidan changalladi.
Abu Sufyon jon achchig’ida uning qo’llariga yopishdi. Qutulishga urinarkan, soqolimni qo’yib yubor, xoy xotin, deb baqirib yubordi.
Hind erining soqolini bo’shatdi. Abu Sufyon:
— Qani, endi uyga kir. Vallohi, agar musulmon bo’lmasang, boshing kesiladi. Buni bilasan, — dedi.
Bir on hamma narsa unutilgan, er-xotinning bu hayajonli mojarosi maroqla tomosha qilingan edi. Abu Sufyon olomonga o’girildi.
—    Kim mening uyimga kirsa, omon qoladi, — dedi.
—    Hoy, sening uying necha kishiga panoh bo’lardi? — deyishdi odamlar
—    Kim  Masjidi Haramga kirib olsa,  omonda, — dedi. Odamlar yana ayni e’tirozni bildirishdi. Shunda Abu Sufyon:
—    Kim uz uyiga kirib eshiklarini berkitib olsa, omonda! — deb e’lon qildi. So’ngra ilova etdi:  — Yana qaytaraman, qarshilik ko’rsataman desalaring, sizlarni pichan g’arami kabi yanchib tashlaydigan darajada kuchli qo’shin kelyapti...
Bir vaqtlar boshi bulutlarda kezgan, Makkaga hokimlik xissi bermish g’ururla yeru ko’kka sig’may yurgan Abu Sufyonni qo’l-oyoq bog’liq, sas-sadosi bug’ilgan vaziyatda ko’rib turganlar endi shamol ters tomondan esa boshlaganini darrov angladilar. Boshlar ham bo’ldi. Yuraklar ezildi. Endi jang maydoniga chopishga emas, uylarga yashirinishga va natijani kutishga to’g’ri kelayotganini his etish yuraklarni siqib yubordi. Bundan buyon u qilingan ishlar, u ko’rsatilgan hunarlar uchun javob berilajak edi.
—    Yo’q, to tirik ekanmiz, bu yerga kimsa kirmaydi!
—    Qonimiz evaziga bo’lsa-da, muqaddas shaharni qo’riymiz!
Shunga o’xshash ovozlar yuksaldi. Ammo bunday deganlar soni juda oz edi.
Qilichlar sug’urildi. Kichik bir bo’lik paydo bo’ldi. Ularni ko’rgan odam: «Qoniga tashna bir necha sho’rlik...» deyishi turgan gap edi. Ular ko’cha jangi qilish payida shaharning yuqori qismiga yo’l olishdi. Olomonning asosiy qismi esa bo’yni bukik holda, hayolchan odimlar-la, uy-uylariga tarqaldi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:27:23
MAKKAGA KIRISH

—    Ey Allohning rasuli, ertaga Makkada qayerga tushasiz?
—    Shu ham muammomi? Alloh nasib etsa, ertaga turadigan joyimiz mushriklar kufrlariga ahd-paymon qilgan Хayf mavqeidir.
Shu orada Rasuli akram (s.a.v.): «Kofir mo’minga, mo’min kofirga merosxo’r bo’la olmaydi», deganlari ham naql qilinadi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:28:57
   Islom lashkari ikki qo’l holida Makkaga kira boshladi. Birinchi qo’l payg’ambarlar sultonining (s.a.v.) qo’mondonliklari ostida bo’lsa, ikkinchi qo’lning boshida Janobimiz «Sayfulloh» (Allohning qilichi) deb sharaflantirgan, yigitlar sardori Хolid ibn Valid turardi.
Rasululloh janobimiz Makkaga kirishdan oldin bir necha ismlarni sanadilar. Abu Jahlning o’g’li Ikrima, Safvon ibn Umayya, hazrati Hamzaning qotili Vahshiy, hazrati Zaynabni hijrat safari chog’i yaralab, bola tashlab qo’yishiga sabab bo’lgan Habbor ibn Asvad, bir zamonlar vahiy kotibligi qilgan, lekin keyin murtad bo’lib Payg’ambar janobimiz haqlarida bemaza so’zlar qilib yurgan Abdulloh ibn Abu Sarx, o’zini musulmon ko’rsatib, ukasining xun badalini olganidan keyin bir musulmonni o’ldirib qochgan Mikyas ibn Suboba, birmuncha vaqt musulmon o’laroq yashab, so’ngra hizmatini qilgan odamni o’ldirib, zakotga kelgan tuyalarni olib qochib ketgan shoir ibn Хatal, ibn Хatalning ikki cho’risi, Abdulloh ibn Ziba’ra va Hubayra ibn Vahb — bular Ka’ba yopinchig’i tagiga yashiringan bo’lsa ham, o’ldirilajak edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:29:25
   Rasuli akram (s.a.v.) orqalariga Usoma ibn Zaydni mingashtirgan holda Makkaga kirdilar. Lashkarga qarshi turishga, qo’l ko’tarishga hech kimsa jur’at etmadi. Amrlariga tobe’ bir qo’shinga bosh edilar Rasululloh (s.a.v.). Shu farq bilanki, zafardan keladigan g’urur yo’q edi. Allohning ne’matini haqqila biladigan va bu tuyg’u og’ushida boshini sajdaga qo’yadigan mutavoze’ bir payg’ambar holi bor edi u zotda.
Payg’ambarlar imomiga (s.a.v.) Makkaning yuqori qismida bir chodir tikildi. Shu yerga kirib, bir muddat istirohat etdilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:30:46
    Хolid ibn Valid (r.a.) o’ziga qarashli qism bilan Makka ostonalariga qadam bosganida shaharga emin-erkin kira olmasligini angladi. Qilich va nayzalar bilan qurollangan bir guruh uning qarshisidan to’sib chiqdi. Yoylar tortilgan, o’qlar hozirlangan edi. Oxirigacha olishuvga azm etgan ko’zlar boqib turardi unga. Vaziyat darhol tadbir ko’rishni, yaxshi qo’mondonga munosib shaklda harakat qilishni taqazo etardi.
Хolid qo’shinga to’xtash amrini berdi. Qarshisida bir vaqtlar taqdirlari bog’langan do’stlari — Ikrima ibn Abu Jahl, Safvon ibn Umayya, Suhayl ibn Amr va boshqalar turishardi. Хolid ham bir zamonlar ular qatorida bo’lgan, kufrning bayrog’ini ular bilan birga ko’targan, musulmonlarga qarshi birga-birga qilich sollagan edi.
Bir-ikki odim ilgariladi.
—   Hoy odamlar! Sizlarni Islomga chaqiraman. Allohdan boshqa hech qanday iloh yo’qligiga iqror bo’linglar! Muhammadni Allohning rasuli deb tan olinglar! Bu muborak shaharda qon to’kilishiga sabab bo’lmanglar! — dedi.
Тaklif qabul etilmadi. Javob sifatida otilgan bir-ikki o’q shundoqqina quloqlari yonidan vizillab o’tdi. O’qlarga nishon bo’lib bekordan-bekorga o’lib ketishning ma’nosi yo’q edi. Buyurdi. Mo’minlar ham o’q otishdi. Shu tariqa jang boshlanib ketdi. Qilichlar qinidan sug’irildi. Qisqa bu to’qnashuvning ilk natijasi o’laroq o’n ikki mushrikning jasadi yerga cho’zildi.
Ahvol nozik edi. Abu Sufyon Rasuli akram janobimizning huzurlariga halloslab keldi.
—   Хolid bizlarni qirib bitirdi, — dedi.
Janobi Payg’ambar bir kishini chorlab, darhol Хolidning yoniga borishga va savashni to’xtatishga buyurdilar. U kishi o’sha zahoti chopqillab ketdi. Хolidni topdi.
   Lekin:
—   Rasululloh qo’lingga tushganlarni o’ldirishingni amr qilyaptilar, — dedi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:32:51
   Jang davom etdi. O’lim farmoni imzolanganlarning hayot daftarlari birin-ketin yopilaverdi. Jami o’ldirilganlarning soni yetmishga bordi.
Shikoyat yana takrorlangach, Janobimiz Хolidning o’zini huzurlariga chorladilar. U kelgach, urushni nega to’xtatmaganini so’radilar. Shunda Хolid:
—    Men sizning buyrug’ingizni bajardim, ey Allohning rasuli. Siz menga qo’limga tushganlarni o’ldirishimni buyurgan ekansiz, men shunday qildim,  — deya javob
berdi.
Ajab... Masalani hal etish uchun boyagi odam chaqirildi.
—    Ey Allohning rasuli, to’g’ri, siz meni jangni to’xtatish farmoni bilan yubordingiz. Lekin bu sizning tilagingiz edi. Men esam, Хolidning yoniga borganimda, qo’lingga tushganini o’ldiraverarkansan, deyishdan o’zimni tiya olmay qoldim.
Janobimiz bir narsa demadilar. Suv so’radilar. Keltirishgach, g’usl qildilar. Qasva laqabli tuyalariga minib, yonlarida vafodor do’stlari hazrati Abu Bakr bilan birga Masjidi Haram tomon yo’l oldilar.
Sakkiz yil avval shu tuyalari egarida, o’shanda ham yonlarida do’stlari Abu Bakr bilan bu shaharni tark etib chiqib ketgan edilar. Ulov o’sha ulov, sherik o’sha sherik, ammo bitta farq bor: u kun o’ligi yo tirigini qo’lga kiritish dardi ila yonib-tutagan, shafqat neligini bilmaydigan zolimlar hozir marhamat va shafqat kutgan boqishlar bilan ularni kuzatib turishar edi.
Ammo... bu nimasi?! Abu Uhayhaning eshigi ochildi, bir nechta qizaloq otilib ko’chaga chiqishdi, go’yo uch olmoqchiday, ro’mollarini Payg’ambarimiznnng tuyalari yuziga ura ketishdi. Janobimiz (s.a.v.) Abu Bakrga o’girildilar:
— Hasson ibn Sobit nima degan edi? — deb so’radilar.
Hazrati Abu Bakr Hassonning «Bor kuchila hujum qilgan otliqlarga faqat xotinlar qarshi chiqajaklarini va ro’mollarini otlarining yuzlariga urmoqdan boshqa bir ish qila olmayajaklarini» ifodalagan baytlarini o’qidi. Shu onda xuddi bu baytlarning mukammal tatbiqoti bo’layotgan edi.
Хolid ibn Saidning singillari yo jiyanlari bo’lgan bu qizlar uylariga kirib ketishdi. Janobimiz yo’llarida davom etdilar. Nihoyat, Masjidul Haramga yetib kelishdi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:40:43
   Rasuli akram payg’ambarimiz Qasvadan tushmay turib oldin qora toshni qo’llaridagi hassani tekkazib salomladilar, so’ngra Baytullohni tavof qila boshladilar. Muhammad ibn Maslama tuyaning tizginidan ushlab, Ka’ba atrofidan aylantirar edi. Har gal qora tosh ro’parasiga kelinganida, u tavof qilinar edi.
Yetti marta aylanilgach, Janobimiz zamzam bulog’ining boshiga keldilar. Buloqdan hovuchlarida suv olib ichgilari bor edi, ammo kelgusida bu ishlari sunnat sifatida qabul etilajagini va har kim o’z hovuchida suv olaman deb katta qiyinchiliklar yuzaga chiqajagini o’yladilar.
—    Agar sunnat hisoblanib ummatimga og’irlik tushib qolishidan qo’rqmaganimda qo’limda suv olib ichardim, — deb marhamat qildilar.
So’ngra amakilari Abbos tutgan suvni oldilar va tik turgan holda Baytullohga yuzlanib, qona-qona ichdilar.
Navbat Safo va Marvo orasida sa’y qilishga kelgan edi. Mo’minlar eshligida Safo tepaligiga chiqdilar va o’zlariga buyuk fathni nasib etgan Mavlolariga duo eta boshladilar...
Ikki tepa orasida sa’yni bitirib, Rasululloh takror Ka’baga keldilar. Nihoyat, Ka’ba atrofiga qalashtirib o’rnatilgan butlar bilan xisob-kitob vaqti yetdi. Hassalarini ilk duch kelgan butning ko’ziga suqib qulatarkanlar: «Haq keldi, botil yo’q bo’ldi. Hech shubha yo’qki, botil yo’q bo’lishga mahkumdir»*(Isro, 81) mazmunidagi oyatlarni o’qir edilar.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:41:07
    But-sanamlar bitta-bitta ag’darilaverdi. Butlarni va butparastlikni o’rtadan ko’tarish va yolg’iz Allohga ibodat nizomini o’rnatish vazifasi ila yuborilgan buyuk Payg’ambarning qo’llaridagi hassa butlardan ba’zilarini orqadan tortib yuztuban qulatar, ba’zilarining peshonasidan itarib chalqancha yiqitar edi. Shu zaylda Ka’ba atrofidagi hamma but ag’darib tashlandi.
Keyin Nabiyyi akram (s.a.v.) janobimizning buyruqlari bilan Usmon ibn Тalha Ka’baning kalitini olib kelib berdi. Eshik ochildi. Ichkariga osilgan rasmlar yirtildi. Mashxur Hubal buti tashqariga otildi. Mushriklar ko’zi moshdek ochilib, Hubalning parcha-parcha etilishini alam ichra tomosha qilishdi. Uni deb necha-necha urushlar qilindi, qancha-qancha qonlar to’kildi, ne-ne jonlar qurbon berildi. Hubal esa, xuddi boshqa sanamlar kabi, ho’r va haqir bo’ldi, ketma-ket tushayotgan zarbalardan chilparchin bo’ldi.
Hazrati Abu Bakrning kuyovi Zubayr ibn Avvom (r.a.) yonida turgan odamning yuziga boqdi:
—    He-yey Abu Sufyon, Hubalingni tomosha qil! U ham parcha-parcha qilindi. Holbuki, Uhud kuni senga g’alabani u bergan deb ishonarding!..
Darhaqiqat, o’shanda Abu Sufyon: «Hubal ustun keldi! Hubal ustun keldi!» deb xo’roz kabi baqirib-chaqirgan edi. Hozir esa barchaning nigohi unda... Qo’l-oyog’i bog’langan asir taxlit bo’lib turgan Abu Sufyon: «Yanglishyapsizlar, sizlar qabul etmasalaring ham, Hubal yuksakdir», deya olmadi.
—    Bu so’zlaringni qo’y, ey Zubayr. Agar Muhammadning ilohidan boshqa iloh bo’lganida edi, ishlar bunday bo’lmasdi, — deya javob qildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:42:02
  Namoz vaqti kirib, hazrati Bilol (r.a.) Ka’ba ustiga chiqdi. Qo’llarini quloqlariga keltirib, bor kuchi-la:
—    Allohu akbar! Allohu akbar!..  — deya azon ayta boshladi.
Azon so’zlari uy-uylariga berkinib olgan mushriklarning boshlariga gurzi kabi tushar, kechagina joniga qasd etib, Makka ko’chalarida bo’ynidan ip bog’latib bolalarga sudratilgan qulning bu hayqirig’iga javob bera olmayotganlarining alami-la quloq solishar edi.
— Ka’ba ustida azon aytish shu qora qulga qoldimi? Yaxshiyam otam Asid o’ldi: Alloh unga bu kunlarni ko’rsatmasdan o’ldirib, buyuk ikrom ko’rsatgan ekan...
Attob ibn Asidning gapi edi bu. Bir kun avval otasini tuproqqa ko’ygan Attob bu so’zlari bilan go’yo o’ziga tasalli bermoqchi bo’lardi.
Hakam ibn Abul Os azonni tinglarkan, tuyg’ularini bunday tilga ko’chirdi:
—   Vallohi, bo’ladigan ish emas bu... Shu qora qul chiqsin-da, Baytulloh tepasida tantana qilsin... Esiz!
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:43:33
   O’limga buyurilganlar hamma joydan axtarilardi. Shoir ibn Hatal ka’bapo’shga o’ralib olgan holda yashirinib yotgan ekan. Rasululloh janobimizga habar berildi. «Qaerda topsalaring, o’ldiringlar!» farmonlariga ko’ra boshi tanasidan judo etildi.
Mikyas ibn Suboba sheriklari bilan hamr ichib o’tirganida topildi. Тashqariga chaqirildi, chiqar-chiqmas uning ham hayotiga nuqta qo’yildi.
Ibn Hatalning ikki cho’risi, Sora ismli aytimchi xotin, Horis ibn Тulatila va Huvayris ibn Nukayz ham o’ldirilganlar qatorida edi.
Vahshiy, Habbor ibn Asvad, Ikrima, Safvon, Abdulloh ibn Ziba’ra, Hubayra ibn Abu Vahb tez Makkani tark etib, jonlarini kutqarib qolishgan edi.
Abdulloh ibn Sarx ham o’limga hukm etilganlar qatorida ekanini, Ka’ba yopinchig’iga berkinsa ham o’ldirilajagini eshitgan zahoti dabdurust o’zini yo’qotib qo’ydi. O’lim qo’rquvidan qoni tomirlaridan qochayotgandek xis etdi. Yagona chora emikdosh birodari Usmon ibn Affondan panoh so’rab borish edi. Shunday qila olsa, ozmi-ko’pmi omonlik olgan bo’lardi. Darhaqiqat, ilk fursat topildi deguncha tez Usmon Zinnuraynning yoniga chopdi.
Hazrati Usmon: «Qo’limga tushganing yaxshi bo’ldi, ey ibn Abu Sarx, endi, qani, oxirat safariga xozirlan-chi! Hamma razil ishlaringning jazosini tortish vaqti keldi!» deya olmasdi. Bunday deyish mumkin emasdi. Uhud jangining oxirida o’zidan panoh so’ragan bir dushmanni uyida saqlagani ham uning bunday bir so’zni bilmasligidan edi. Kelajakda shahid bo’lishiga olib keladigan talay voqealarning ostida ham o’zining qotillariga uyidan joy berib, ularni siylagani sabab bo’lajakdir.
Shu onda Payg’ambarimizning buyruqlari bajarilishi lozimmi yoki qat’iy o’limga hukm qilingan emikdosh birodari himoya etilishi kerakmi? Aslida, u Rasululloh janobimizdan ham mehribonroq ko’rinmoqchimi yoki qat’iylik ko’rsatilishi lozim kelgan o’rinda bo’shanglik qilyaptimi?
Ibn Abu Sarx sut qardoshining tabiatini juda yaxshi bilar, bunday bir jasorat va qat’iylik unda yo’qligi besh barmog’iday ma’lum edi. Shu sababdan uning yoniga kelarkan: «Yanglishib mening boshimga bir kulfat keltirmasaydi», degan andisha hayoliga ham kelmadi.
Endi o’zini omonlikda his etardi. Chunki Makka ostin-ustin qilib yuborilsa ham, Payg’ambar (s.a.v.) kuyovining chodirini tekshirish hech kimning hayoliga kelmaydi.
Hazrati   Usmon esa munosib bir fursat tug’ilishini kuta boshladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:44:07
Rasululloh (s.a.v.) chodirlarida cho’milar edilar. Qizlari Fotima bir ro’molni parda qilib turdi. Shu orada keksa yoshdagi bir xotin kelib, ichkariga izn so’radi.
—   Kim u? — deyildi ichkaridan.
—   Ummu Xoniyman, — deb javob qildi xotin.
Rasululloh janobimiz (s.a.v.) sevinib ketdilar.
—    Marxabo, ey Ummu Хoniy, xush kelibsan, bizni xursand qilib yubording! — deya ovoz berdilar.
G’usullarini tugatib, kiyimlarini kiydilar, ikki rakatdan sakkiz rakat namoz o’qidilar. Namozni tugatib, mexmonlarga yuzlandilar. Ummu Хoniy qadrli amakilari Abu Тolibning qizi, hazrati Alining opasi edi.
—    Marxabo, ey Ummu Хoniy, qanday xizmatlar bilan kelding? — deb iltifot ko’rgazdilar.
—    Ey Allohning rasuli, Bani Maxzum qabilasidan ikki kishi menga yukinib bordi, men ham ularni ximoyamga oldim. Ammo ukam Ali himoyamni tan olmayapti va ularni o’ldirmoqchi bo’lyapti, — dedi Ummu Хoniy.
Rasuli akram (s.a.v.) uni mamnun etadigan va ayollarga qanday ahamiyat berishlarini anglatadigan ushbu muborak so’zlarni aytdilar:
—    Sen omonlik berganlarga biz ham omonlik berdik, ey Ummu Хoniy! — dedilar.
—    Тashakkur, ey Allohning payg’ambari...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:46:10
FAТH ХUТBASI

   Fath tamom bo’lgach, shaharda tom bir tinchlik o’rnatildi. Rasuli muxtaram (s.a.v.) Ka’ba eshigiga chiqdilar, qo’llarini eshikning ikki chekkasiga tiradilar, qarshilarida to’plangan va nimalar bo’lishini qo’rquv, maroq hamda hayajon-la kutib turgan xalqqa bunday hitob qildilar:
—   Allohga hamdlar bo’lsin, va’dasini bajardi, quliga yordam qildi, dushman guruhlarini yolg’iz o’zi tor-mor etdi... Ey insonlar! Alloh Makkani yeru ko’kni yaratgan kuni harom qilgan,  qiyomat kuniga qadar harom bo’lib qolajak.   Allohga va oxirat kuniga imoni bor biron kimsaga bu yerda qon tukish halol bo’lmaydi. Bu shaharning hayvoni ovlanmaydi. Daraxti kesilmaydi, maysasi yulinmaydi,  yerda yotgan biron narsa olinmaydi,  olinsa ham faqat egasini topib qo’liga yetkazish uchungina olish halol bo’ladi.
Shu o’rinda hazrati Abbos Payg’ambar janobimizning so’zlarini kesdi:
—   Izxir o’ti mustasno bo’lsin, ey Allohning rasuli! Chunki o’likni ko’mish ishlarida va uy qurilishlarida undan foydalanamiz, — dedi.
Rasululloh bir muddat tin olib, so’ng so’zlarini davom ettirdilar:
—   Izxir o’ti bundan mustasno. Uni o’rish haloldir. Bu shaharning hurmati mendan avval hech kimsa uchun bekor qilinmagan, keyin ham hech kimsa uchun bekor qilinmaydi. Agar bir odam chiqib: «Allohning payg’ambari u yerda urushgan-ku, bunga nima deysan?» desa, aytinglar: menga ham faqat bir kunning belgilangan bir soatidagina izn berilgan. U ham Makka ahliga bo’lgan g’azabi sabablidir. Diqqat qilinglar: harom xukmi yana kechagi kun kabi eski holiga qaytdi.
Nabiyyi akram janobimiz bir tarafda to’planib turgan Huzoa qabilasi odamlariga yuzlandilar:
—   Ey huzoaliklar, endi urushdan qo’l tortinglar. Agar foydasi bo’lganida... rosa urushildi. Bu orada, urush to’xtatilganidan keyin bir odamni o’ldirib qo’yibsizlar, men uning hunini to’layman. Shu ondan e’tiboran kim o’ldirilsa, ulganning yaqinlari istasa, o’ldirganga jazo beradi, istasa, hunini oladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:47:59
Shundan keyin Rasuli akram muborak yuzlarini Makka xalqiga o’girdilar:
—   Ey Quraysh jamoati, sizlarga qiladigan muomalam qanday bo’ladi deb o’ylaysizlar?
Atrofdan ovozlar yuksaldi:   
- Yaxshilik bilan muomala qilasan!
—    Yaxshisini qilasan!   
—   Sen sharafli birodarimizsan, sharafli bir birodarimizning o’g’lisan!
Shunday kun ham keldi.
O’n uch yil Makkada, sakkiz yildan beri Madinada qon qusdirishga uringan, yashash xaqqi bermagan, eng iflos bo’xtonlarni jirkanmay qilib kelgan odamlari endi sharafli qardosh bo’lib qoldi, sharafli qardoshning o’g’li bo’lib qoldi. Undan hayr va yaxshilik kutishayotganini hech hijolat chekmasdan ayta boshlashdi. Qazo umrasini ado etish uchun kelganlarida Makkada bir kun ham ortiqcha turishlariga yo’l qo’ymaganlar bugun o’zlari u zotdan marhamat kutishyotgan edi. Ovozlarida yutqizikning alami xis etilardi. Тik turishga odatlangan boshlari egik. Fursat topishsa-ku, takror bosh ko’tarishdan ham toymaydigan, bor kuch-g’ayrati bilan qarshi turadiganlar xozir nochor-noiloj, buyuk Payg’ambardan marhamat-shafqat so’rashardi...
Butun olamlarga, xossatan insoniyatga rahmat bo’lgan Janobimiz ularga bunday dedilar:
—   Men bilan sizlarning holingiz payg’ambar Yusuf (a.s.) bilan akalarining holi kabidir. Men ham sizlarga Yusuf akalariga aytgan ganlarni aytaman: bugun sizlardan hech qanday yozg’irashi yo’q, ozor yo’q. Alloh sizlarni kechirsin. U zot mehribonlarning eng mehribonidir. Boringlar, hammalaring erkinsizlar...
Shunday qilib, umumiy kechirim e’lon qilindi, o’ch olish yo’li tutilmadi. ko’plar u yerdan katta bir sevinch bilan tarqalishdi.
Muruvvat shunchalik bo’ladi! Shafqat tuyg’usi bunday ko’rinadi! Qo’lidan kelgan barcha usullarni qo’llab, jonlariga har turli suiqasdlar qilishdan charchamagan odamlarga bu darajada iltifot ko’rsatilgan edi.
O’sha kecha uylarida butlar bitta qo’ymay sindirilishi lozimligi tushuntirildi.
Bundan tangrilar g’azabga kelmadimi?
Hech qaysisi... Ha, hech qaysisi hech narsa qilmadi.
Hatto buyuk Hubal parchalanayotganida ham hech narsa yuz bermadi. Holbuki, u yeru ko’kni bir-biriga uradi, o’zini yerga dumalatganlarning boshiga falokatlar yog’diradi, deb kutilgan edi. Qayoqda!..   


Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:51:06
BIR-IKKI HODISA


   Rasululloh janobimiz sahobalari bilan birga borayotgan edilar. Yo’llarida orqa o’girib o’tirgan bir kishi uchradi. Muborak qo’llarini yelkasiga teqqizdilar. Odam boshini ko’tardi — Abu Sufyon edi u. Janobi Payg’ambarimiz uning yuziga qaradilar va:
—    U holda Alloh seni urib qo’yadi. Sharmandai sharmisor bo’lasan! — dedilar.
Sahobalar bu gapning ma’nosini tushunisholmadi. Bir yoqdan qaralsa, hech narsadan hech narsa yo’q aytilgan bu gap, ammo ikkinchi yoqdan qaralsa, Rasululloh bekordan-bekorga bir narsa demaydilar ham.
Abu Sufyon g’alati ahvolga tushib qoldi. Jinoyat ustida qo’lga tushganga o’xshar edi u. Peshonasida paydo bo’lgan terlarni artib, tilga kirdi:
—    Shu paytgacha sening payg’ambar ekaningga ishongan emasdim. Allohga tavba qilaman, hayolimdan kechganlar uchun kechirishini so’rayman.
Siyar kitoblari o’sha voqeadan bir necha yil keyin Abu Sufyon aytgan ushbu hotiralarni qayd etib qo’ygan:
«O’tirib olib bir narsani hayolimdan o’tkazardim: shu odamga qarshi bir qo’shin to’plasam-da, so’nggi bor o’chimizni olish uchun ustiga yursam, deb o’tirgan edim, to’satdan yelkamga bir qo’l tekkanini sezdim. Qayrilib qarasam, tepamda u turibdi...»
O’sha kecha Abu Sufyon uyda xotini Hind bilan gaplashar ekan, shu kungacha ich-etini timdalayotgan bir savolni beixtiyor so’radi:
—    Sen nima deb o’ylaysan: bularning barchasi Allohning ishimi?
Hind gapni qisqa qildi:
— Ha, bular Allohdandir.
Ichlarida Islomga, xususan Rasululloh janobimizga qarshi bitmas-tuganmas kin va adovat saqlayotganlarning eng old safidan joy olgan bu er-xotin shu tarifa qurollarini tashlashdi, achchiq bo’lsa ham, istamagan holda yutqazganlarini tan olishga majbur bo’lishdi.  Uhud tog’I etaklarida Allohning rasuliga qarshi «Yuksal, ey Hubal!.. Yuksal, ey Hubal!..» deya ayovsiz jang olib borgan Abu Sufyon ham, qo’lida hazrati Hamzaning jigarlarini olib chaynab-chaynab telbalarcha quvongan Hind ham bundan buyon ovozlarini ko’tarmaydilar, buyinlarini egadilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:52:27
  Тong otgach, Abu Sufyon Rasululloh janobimizning huzurlariga bordi, Fahrul anbiyo val mursaliyn janobimiz unga shu kecha Hind ikkalasi gaplashgan gaplarni qaytarib aytib berdilar.
— Oti aytilib qasam ichilayotgan borliq nomiga qasam ichaman, bu gaplarni aytayotganimizda yonimizda boshqa hech kimsa yo’q edi! — dedi hayrat ichra.
Marruzzahronda hazrati Umarning qilichidan qo’rqib shahodat kalimalarini aytgan Abu Sufyon izma-iz sodir bo’layotgan bu ikki xodisadan so’ng, sal bo’lsa-da, o’ziga keldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:53:06
Bilol azon chaqirayotganida uch kishi bir chetda o’tirib olib suhbat qurar, ko’ngillaridagi tuyg’ularini o’rtoqlashishar edi. Attob hali tuprog’i sovib ulgurmagan otasi Asidni esladi:
—    Otamga Allohning rahmati yetgan ekan. O’ldi-qutuldi. Yo’qsa, ta’bini xiralashtiradigan voqealarni eshitar, tiriklayin qabrga kirganday bo’lar edi, — dedi.
Gapga Horis ibn Hishom qo’shildi:
— Qasam ichaman, bu dinning haq din ekanini bilsam, albatta unga ergashardim.
Abu Sufyon sutdan og’zi kuygan odam edi. Bundan buyon qatiqni ham puflab ichish kerakligini bir-ikki tajribada mukammal anglab yetgan edi.
—   Men hech narsa demayman.  Mabodo gapirsam, shu mayda toshlar ham unga xabar berib qo’yishidan qo’rqaman, — deyishdan nariga o’tmadi.
Endigina bir namoz o’qigunchalik vaqt o’tgan edi, Rasululloh (s.a.v.) bu uch suxbatdoshning ustiga kelib qoldilar.
—   Ey Attob, sen shu-shularni so’zlading. Ey Horis, sen bu-bu gaplarni aytding va, ey Abu Sufyon, sen bunday-bunday deding, — dedilar.
Diqqat bilan va insof bilan eshitishdi. «Yo’q, bunday demadik», deyishlariga imkon yo’q, edi.
— Men guvohlik beraman, Allohdan o’zga iloh yo’q. Yana guvohlik beraman, siz Alloh yuborgan payg’ambarsiz!..
Bu muborak so’zlarni Attob ham, Horis ham aytdi. Hech bir zug’umsiz, hech bir qo’rquv va andisha xis etmasdan... Bundan buyon eng samimiy mo’minlar orasidan joy olajaklar, o’tmishda yo’qotganlarini kelajakda qo’lga kiritajaklar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:54:31
    Nabiyyi muxtaram janobimiz Ka’bani tavof qilayotgan edilar. Ittifoqo, bir odamning ro’parasiga o’tib:
—    Fazolamisan? — deya so’radilar.
—    Ha, shunday, ey Allohning rasuli.
—    Nimalarni o’ylayapsan?
—    Allohni zikr qilayotgan edim...
Rasululloh janobimiz kuldilar. Qo’llarini u odamning ko’kragiga qo’yib:
—   Allohdan mag’firat tila, gunohlaringni kechirishini so’ra, — dedilar.
Bir muddat bu muborak qo’l Fazolaning ko’kragi ustida qoldi. Janobimizning nigohlari ham Fazolaga qaratilgan edi. Bir ozdan keyin ketdilar. Fazola payg’ambarimizning orqalaridan minnatdorlik tuyg’usi to’la ko’zlar ila qarab qoldi.
So’ng yoniga bir o’rtog’i keldi.
—   Nima gap, ey Fazola?.. — deb so’radi.
Fazola o’rtog’iga qaradi:
—   Qulay bir fursat topib uni o’ldira olarmikinman, degan o’y hayolimdan o’tib turgan edi ham, menga qarab yurdi. Shundan keyin nima bo’lganini o’zing ham ko’rding. Qo’lini ko’kragimga qo’yganida ichimda tushuniksiz birnimalar sodir bo’ldi. Хuddi yuragimdagi bor narsa hammasi tashqari otilgan, o’rni sevgi, hurmat bilan to’ldirilgandek edi.  O’sha onda men uchun Alloh yaratgan narsalar ichida undan ko’ra suyuklisi yo’q edi...

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:57:04
  Umayr ibn Vahb payg’ambarlar sarvarini izlab topib keldi.
— Ey Allohning rasuli! Safvon ibn Umayya o’limdan qo’rqib qochdi. Bilasiz, u qavmining ulug’idir. O’zini daryoga tashlab o’ldirishi ham mumkin. Unga omonlik bersangiz, deb keldim, — dedi.
—    U omonlikdadir, — deb javob qildilar Janobimiz.
—    Ey Allohning rasuli, omonlik berganingizni bildiradigan biron narsangizni bera olasizmi?
Janobi Payg’ambarimiz Makkaga borayotganlarida boshlariga o’rab olgan sallalarini yechib berdilar:
—    Raxmat sizga, ey Allohning rasuli... — dedi Umayr va Safvonni topish uchun Rasululloh janobimizning xuzurlaridan chiqdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:57:46
BAY’AТ MAROSIMI

  Janobi Payg’ambarimiz (s.a.v.) umumiy kechirim e’lon qilganlaridan keyin xalqning yuragini to’ldirib turgan qo’rquv tarqaldi, ko’ngillar Islomga moyil bo’la boshladi. Shu sababli Rasuli akram xuzurlariga musulmon bo’lganini bildirish uchun odamlar ketma-ket kelaverdi. Janobimiz bir yerga o’tirib, kelganlarning bay’atini qabul qildilar.
Musulmon bo’lish uchun kelgan kishi Rasuli muxtaramning qo’llaridan tutar, shahodat kalimasini aytar edi. Payg’ambarimiz atroflarida talaygina odam to’plandi: muhojirlar, ansor, endi musulmon bo’lish uchun kelganlar. Kelib-ketuvchilar ko’p edi.
Bu orada Abdulloh ibn Abu Sarxni o’ldirishga qasd qilgan madinalik bir mo’minning ko’zlari porladi. Тushimi, ungimi?! Yo’q yanglishmadi. Qidirgan odami Usmon ibn Affonning qo’lidan tutgan holda haloyiq orasini yorib, Rasululloh janobimiz turgan joyga tomon ilgarilamoqda edi. Beihtiyor qo’li qilichga bordi. Lekin olomonning orasini yorib o’tish oson emasdi. Maqsadiga yetishiga uch-besh odim qolganida Abdulloh ibn Abu Sarx Rasulullohning oldilariga yetib bordi. Hazrati Usmon unga ishora qilib:
— Ey Allohning rasuli, Ibn Abu Sarx bay’at etmoqchi, lutfan qabul qiling! — dedi.
Bu orada ansoriy ham yetib kelib, qilichini mahkam ushlagan holda ularning orqalaridan joy oldi. Nabiyyi akram hazratlaridan bir ishoratni kutmoqda edi. O’zicha qaror berib o’ldirishni odobdan deb bilmadi.
Rasululloh (s.a.v.) Ibn Abu Sarxga boshdan-oyoq ko’z yugurtirib chiqdilar. Keyin xushlamaganliklarini bildiradigan tarzda boshqa yoqqa o’girilib oldilar. Bir og’iz so’z aytmadilar.
—   Ey Allohning rasuli, Ibn Abu Sarx bay’at etmoqchi, lutfan qabul qiling!
Rasuli muxtaram yana bir bor qaradilar va yana yuzlarini boshqa tomonga burdilar.
Hazrati Usmon iltimos qilishda davom etdi. Payg’ambar janobimiz hatto bir og’iz so’z bilan ham javob bermadilar. Bu keraksiz va o’rinsiz iltimosdan u zot hafa bo’lganlari shundoq ayon edi. Axir, bekordan-bekor yo ko’ngil hushligi uchun: «Ka’ba yopinchig’iga o’ralgan holda ko’rsalaring ham, o’ldiringlar», demagan edilar.
Bay’at marosimi to’xtadi. Hamma, endi nima bo’larkan, deya hayajon bilan kuta boshladi. Payg’ambarimiz qay tomonga burilsalar, Usmon ham o’sha tomonga o’tib olar, iltimosini takrorlar edi. Nihoyat, payg’ambarimiz noiloj, mayli, dedilar.
Ikki emikdosh aka-uka u yerdan ketishdi. Rasululloh (s.a.v.) janobimiz yonlarida turganlarga qaradilar, sitamli bir ovozda:
—   Ichingizda esi bor odam yo’qmidi, uning bay’atiga rozi bo’lmaganimni ko’rishi bilan o’ldirsaydi? — dedilar.
Keyin ansoriyni ko’rib qoldilar: — Nazrini ado etasan, deya kutdim.
—   Ey Allohning payg’ambari, bir ishora qilsangiz bo’lmasmidi? Bir ko’z ishorati yetardi.
Rasululloh janobimiz mardlik taqozo etgan javobni qildilar:
—   Хiyonatkorona boqish payg’ambarlarga yarashmaydi.
Demak, Ibn Abu Sarxning ajali yetmagan, hayot daftari yopilmagan ekan. Buning boshqacha izohi yo’q.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:59:25
Sal o’tib, bay’at marosimi davom etdi.   
    Erkaklarning bay’ati tugab, navbat ayollarga keldi. Ayollar guruh-guruh bo’lib Safo tepaligiga kelishar, hazrati Payg’ambarimiz huzurlarida shahodat kalimalarini aytib, musulmon bo’lishar edi.
      Erkaklar shahodat kalimalarini Payg’ambarimizning qo’llarini ushlab aytishgan edi, ayollarning bay’ati faqat og’zaki ravishda bo’ldi va Rasuli akram janobimiz ularga: «Sizlardan bittangizga aytgan so’zim yuzta ayolga aytgan so’zim kabidir», deya marhamat qildilar. Hazrati Umar (r.a.) Rasululloh nomlaridan bay’at oldi.
Bir guruh ayollar bilan bunday suhbat bo’lib o’tdi:
—   Allohga hech narsani sherik keltirmaymiz, deb menga so’z beringlar!
O’zini bekitib olgan bir ayol e’tiroz bildirdi:
—    Vallohi, siz erkaklardan talab qilmagan narsani bizdan talab qilyapsiz!
Rasululloh janobimiz unga javob bermadilar. Boshqa ayollar darhol so’z berishdi.
—    O’g’rilik qilmaymiz, deb so’z beringlar.
— O’g’rilik qilmaymiz, ey Allohning payg’ambari!
Yana o’sha ayol ovozi eshitildi:
—    Vallohi, men anchadan buyon Abu Sufyonning molidan o’g’irlab kelaman. Bilmadim, bu ishim harommi yoki halolmi?
Rasululloh javob berib ulgurmaslaridan nariroqda turgan bir odam ovoz berdi:   
—    O’tgan ishlarni senga halol qildim!
Bu ovoz Abu Sufyonning ovozi edi. Rasuli muhtaram yuzlari bekitilgan ayolga o’girildilar:
—   Sen Utba ibn Robianing qizi Hind emasmisan?
Hind ortiq o’zini yashirishdan ma’no qolmaganini angladi.
—   Ha, ey Allohning payg’ambari, men Hindman. Siz meni kechiring, Alloh esa sizni kechirsin.
Rasululloh janobimiz xozirgina shahodat kalimalarini aytgan Hindga biron jazo beradigan inson emasdilar. Hazrati Umarga dedilar:
—   Zino qilmaslikka so’z berishsin!   
Boshqa ayollar so’z berar ekan, Hind yana tilini tiyolmadi:
—    Ey Allohning payg’ambari, sharafli bir xotin zino qiladimi?
—    Bolalarni ham o’ldirmasinlar!..
—   Biz ularni kichikligidan o’stiraylik-da,  katta bo’lgach, o’ldiraylikmi? Badr kuni siz biror bola qoldirdingizmiki, qolganini biz o’ldirsak?
Bu gaplar yana o’sha ayoldan chiqdi. Umardek odam ham bu so’zlardan qahqaha otib kulib yubordi. Sal bo’lmasa yiqilib tushardi. Payg’ambar (s.a.v.) kulimsirab qo’ydilar, xolos.
Keyin Rasuli muxtaram janobimiz ularni o’zaro bo’xton uyushtirmaslikka, hayrli va yaxshi ishlarga isyon ko’tarmaslikka chaqirdilar. Hind chidayolmadi:
—    Vallohi, biz bu yerga sizga isyon qilish uchun kelmadik, — dedi.
Buncha ezma bo’lmasa. Payg’ambarimiz huzurlariga o’lim qo’rquvida kelganiga qaramay o’zini tiyolmayapti, kim biladi, hayoti davomida Abu Sufyonning boshiga ne-ne ko’rgiliklarni solgan bo’lsa? Musulmonlarga qarshi yurgizilgan insofsiz siyosatning avj olishida uning ham hissasi borligiga shubha yo’q.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 11:59:54
Keyinchalik Rasululloh janobimiz ushbu mazmundagi oyatni o’qidilar: «Ulardan so’z va bay’at oling, ular uchun mag’firat so’rang. Shubhasiz, Alloh o’ta kechirguvchi va marhamatlidir».
Shartlashuv nixoyasiga yetishi bilan bir ayol urnidan turdi va:
—   Ey Allohning payg’ambari, men Ikrima ibn   Abu Jahlning xotini Ummu Хakimman. Ikrima o’ldirilishdan qo’rqib Yamanga qochdi. Uni kechirishingizni so’rayman,— dedi.
Rasululloh hazratlari taraddudlanmay:
—   Unga omonlik berildi, — deya marhamat qildilar.
Ayollar ketishdi.
Ummu Хakim yoniga rumlik qulini olib, darhol yo’lga chiqdi. Dengiz sohiliga yetib kelganida, eri bir kemadan tushayotgan edi. Oldiniga bu kema bilan dengizga chiqqan, biroq keyin pushaymon bo’lib qaytadan sohilga tashlab ketishlarini iltimos qilgan edi. Ro’parasida xotinini ko’rib, hayron qoldi:
—    Nima gap, ey Ummu Хakim? Sen bu yerlarda nima qilib yuribsan?
—    Sizni olib ketishga keldim.   
—    Nimaga?   
—    Chunki Allohning rasuli bilan ko’rishdim, siz uchun kechirim chiqartirdim.
—    Yaxshi. Nega qulning qo’l-oyog’i bog’langan?
   Ummu Хakim quliga nafrat to’la ko’zlari bilan qarab:
—    Yo’lda menga shilqimlik qildi. Keyinroq ko’nglingni olaman, deb aldab ovutdim. Nihoyat, yo’lda ilk uchragan odamlarga vaziyatni tushuntirib, chirmab bog’latdim, — dedi.
Qulning peshonasida ajal terlari paydo bo’la boshladi. Va bu hol tabiiy edi. Chunki Ikrimaning qo’li qilichining sopiga uzandi. Qinidan sug’urib olishi va bir zarbada badbaxt qulning kallasini uchirib yuborishi uchun ko’p vaqt kerak bo’lmadi. U qoniga belanib qum uzra cho’zilarkan, er-xotin yo’lida davom etishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 12:00:14
Umayr ibn Vahb Rasululloh janobimizning sallalarini olgach, vaqt o’tkazmay yo’lga tushgan edi. Safvonni Jidda sohillarida uchratdi. U mana-mana dengizga chiqaman deb turgan kemaga minayotgan edi.
—   Ey Safvon, to’xta! — deb chaqirdi uni. Safvon yoniga kelgach, vaziyatni ochiq-oydin tushuntirdi. — Mana, Allohning rasulidan sen uchun berilgan bu xavfsizlik nishonasini ham o’zim bilan olib keldim.
Orqaga qaytishdi. Biroq Safvon hali ichidagi qo’rquvdan to’da qutulolmagan edi.
Makkaga yetib kelishganida, musulmonlar asr namozini o’qishayotgan edi. Safvon Islomning ustuni bo’lmish bu ibodatni ulovi ustida turib tomosha qildi. Namoz tugagach, Rasululloh (s.a.v.) janobimizga qarab:
—    Umayr sening menga omonlik berganingni aytdi, — dedi qo’llari bilan Umayrni ko’rsatib.
—    Тo’g’ri aytibdi.
Safvon chuqur bir nafas oldi. Balki Muhammad meni hiyla bilan tutib o’ldirtirmoqchidir, deb ham o’ylagan bo’lishi mumkin. Chunki yaqindan tanimagan bu insonga Safvon eskidan beri dushmanlik qilib kelgan edi. Vaholanki, olamlarga rahmat o’laroq yuborilgan Payg’ambar unga ham, butun insoniyatga ham mardlik, tug’rilik, insoniylikning nima ekanini so’zidagina emas, amalda o’rgatadigan, ahloqning eng go’zal namunalarini, fazilatning mislsiz sahnalarini o’z hayotlarida ko’rsatadigan edilar. Hayhot, Safvon ham boshqa makkaliklar kabi, butun insoniyat tarixida bir marta qo’lga kelgan va qayta bor kelmaydigan misli yo’q, davlatni rad etgan, Allohning insoniyatga ato etgan buyuk ne’matini eng katta dushman deb bilishdek badbaxtlikka borgan edi.
—    Mayli, sening diningga kirish borasida menga ikki oy muhlat berasanmi?
—    Senga to’rt oy muhlat beraman...
Safvon kutganidan ham ortiq xushmuomala ko’rganidan xursand bo’lib, ulovini minib uyiga tomon yo’l oldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 12:00:51
Abu Jahlning o’g’li Ikrima ashaddiy kofir bo’lib o’sdi. Otasi Abu Jahldan qolishmaydigan darajada Islom dushmani edi. Biroq shahodat kalimalarini aytganidan so’ng qayta bor kufr hayotiga aslo qaytmaslik uchun tavba qildi va shirkning ayovsiz dushmaniga aylandi.
Ishni o’z uyidan boshladi. Uyda otasidan yodgorlik sifatida avaylab-asrab kelgan butni oldi-da, yerga urdi.
Bu kungacha odamlar nima uchun unga topinib kelishgatganini va nima uchun xurmat-extiromga loyiq ko’rilganini bilolmagan bechora but bir zarbada parcha-parcha bo’lib ketdi
So’ng qo’shnilarning uylariga kirdi, u yerdagi butlarni ham sindirib tashladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 12:01:22
Bundan buyon Ikrima Alloh yo’lida chiqilayotgan hamma safarlarda qatnashajak va hayotining qolgan to’rt yilini xavas qilsa arzugilik fazilatlar ila bezayajak edi. To’rt yil keyin yuz bergan va musulmonlarning eng katta g’alabasi bilan tugagan Yarmuk jangida u ham moliyu joni bilan ishtirok etajak. Buyuk sarkarda Хolid ibn Validning tengi yo’q boshqaruv mahorati bilan Islom bayrog’i ko’klarga ko’tarilar ekan, yerda yotgan va so’nggi nafasini olayotgan g’oziylardan biri: «Suv ichasanmi?» degan ovozni eshitajak va ko’zlari bilan "œxa" deya ishorat etajak. Biroq endi ichaman deganida quloqlariga eshitilgan ingroq ovoz uning lablarini yumdirajak va nigohi bilan: «Unga olib bor!.. Icholmayman», deyajak. U yarador askar ham suvni ichmay, boshqa bir sherigiga yuborajak, lekin uchinchi yarador g’oziy suvni ichishga ulgurmay aziz ruhini Parvardigoriga topshirajak. Suv tutgan Huzayfatul Adaviy bu uch yaradorga ham bir tomchi suv bera olmay, ular birin-ketin shahidlik sharbatini ichishganini ko’zlarida yosh bilan ko’rajak edi.
Payg’ambarlar imomi janobimizning: «Sizlardan hech kimsa o’z nafsi uchun istagan narsasini mo’min birodari uchun ham ravo ko’rmagunicha haqiqiy mo’min bo’la olmaydi!" degan so’zlariga hayotining so’nggi damigacha va hatto eng qiyin onida ham sodiq qolgan bu uch fazilat yo’lchisidan biri Ikrima edi...
Abu Jahlning o’g’li sifatida boshlangan va kufr daryosida yillar bo’yi suzilgan hayot yuzyilliklardan keyin musulmonlar hurmat va ko’zyoshlar bilan esga oladigan soflik va shahidlik rutbasi ila nihoyasiga yetajak edi. Ikrima qo’lga kiritilgan eng katta g’alabaga qoni bilan imzo qo’ygan buyuklar qatorida sharafli o’rinni ana shu tariqa egallayajak...
Uhud kuni u Хolid ibn Valid bilan birga musulon o’qchilarni yanchib-qayratib naqadar tubanlik qilgan bo’lsa bu yerda yana Хolid ibn Valid bilan birga dushman qo’shinini yanchib o’tarkan, u darajada yuksalayajak, jirkanch sahifalar bilan boshlangan hayot daftari nurli bir kitob o’laroq berkitilajak, otasi asfalisofilinda eng katta azobni tortarkan, u jannati oliyada izzat va ikrom ko’radigan qadrli sahobalar orasidan joy olajak.
Alloh undan ham va u bilan birga Yarmuk tuproqlarini qonlari bilan sug’organ g’oziy do’stlaridan ham, tengsiz boshqaruvi bilan musulmonlarga g’alaba keltirgan Islomning eng buyuk qo’mondoni Хolid ibn Validdan ham rozi bo’lsin!
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:33:18
***
    Mahzum qabilasidan bir ayol o’g’rilik bilan qo’lga tushdi. Rasululloh (s.a.v.): «O’g’ri erkakni ham, ayolni ham qo’llarini kesinglar! (Тoki bu) ularning qilmishlariga yarasha jazo bo’lsin, Allohdan kelgan azob bo’lsin»* amriga binoan o’g’rining qo’lini kesishga buyurdilar.
Odamlar sarosimaga tushdi. Mahzum qabilasi Quraysh ichyda baland mavqega ega edi. Ayol ham ancha obro’li oiladan. Darhol harakatga tushishdi. Payg’ambarimiz yaxshi ko’radigan bir kishini topib, jazoni bekor qildirish yo’llarini qidira boshlashdi. Rasululloh janobimiz o’z farzandlaridek yaxshi ko’radigan bir yigitchani topishdi:
—    Bu ayolning qo’li kesilsa, Quraysh uchun o’ta og’ir zarba bo’ladi. Rasululloh bilan gaplashib ko’r va ayolning gunohidan o’tishlarini so’ra, — dedilar.
Yigitcha Nabiyyi akramning yonlariga keldi, har xil vaj-korson ko’rsatib, jazoning bekor qilinishini iltimos qildi.
Rasululloh (s.a.v.) janobimizning muborak yuzlarida noroziliklarini ifodalovchi alomatlar ko’rindi. Peshonalarining o’rtasidagi bir tomirlari qabardi. Jahllari chiqqanida shunday bo’lardi.
— Ey Usoma, Alloh joriy qilgan jazolardan biriga shafoatchi bo’lyapsanmi? — dedilar.
Bu so’zlar oddiygina ohangda aytilmadi, Usomaning quloqlari bu ovozdan jaranglab ketayozdi. Axir, hazrati Payg’ambarimiz Allohning amrini tatbiq qilish borasida hech kim bilan xisoblashib o’tirmasliklarini u aniq biladi.
Rasuli muxtaram Usomaga kerakli darsni berganlaridan so’ng o’rinlaridan turdilar. Bu yog’i nima bo’larkin, deb qiziqish va havotir ichida kutayotgan xaloyiqqa qarab, shunaday marxamat qildilar:
— Sizlardan ilgarigi qavmlarni xalok qilgan odat obro’li-sharafli hisoblanadiganlardan bittasi o’g’rilik qilganida indamay, bir bechora o’g’rilikka qo’l urganida uni jazolaganlaridir. Qasamki, bu o’g’rilikni qizim Fotima qilgan bo’lsaydi, mutlaqo uning ham qo’lini kesardim!
Rasululloh janobimizning bu keskin so’zlariga qarshi hech kim lom-mim deya olmasdi.
Gunohkorga kerakli jazoni bermaslik insoniyat baxt-saodatiga tajovuzni o’z holiga tashlab qo’yish, jamiyatning aynishlariga ko’z yumish demakdir. Rasululloh janobimiz esa bunaqa ishlarga befarq bo’la olmaydilar.
Bu qisqa va qat’iy ogohlantirishdan so’ng jazo amalga oshirildi. Adolat oldida hamma teng ekani, jazo berishda shaxsning xalq o’rtasidagi mavqei emas, adolat asosiy mezon bo’lishi isbotlandi.
Islom tarixida "œFotimai mahzumiyya" nomi bilan tanilgan bu ayol keyinchalik pokiza va to’g’ri hayot kechirajak va ora-sira Payg’ambar xotinlarining yoniga borib, ularning bilim va tajribalaridan istifoda etajak.
Jazosini olgan odam jamiyatdan surib qo’yilmasligining ham eng go’zal namunasi yana shu xotinga munosabatda, yana Payg’ambar oilasi tomonidan berilishi eng chiroyli axloq namunasidir.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:34:24
Rasululloh (s.a.v.) Ka’baga kirmoqchi bo’lib, Usmon ibn Тalhaga kalitni keltirishni buyurdilar. Uzoq yillardan beri Ka’ba kaliti doimo shu oilada saqlanib keldi. Endi bo’lsa, Makka zabt etildi, hayot batamom o’zgardi, idora navbati Rasuli akramga (s.a.v.) keldi. Buyurganlari darhol bajarilishi, istaganlari albatta ro’yobga chiqishi lozim... Qiziq, endi Ka’baning kaliti ham qo’ldan ketarmikin?..
Usmon ana shu hayollar bilan onasi Sulofaning yoniga keldi. Bir paytlar Osim ibn Sobitni o’ldirganga yohud tiriklayin keltirganga yuz tuya mukofot berajagini e’lon qilgan va musulmonlarning boshiga Rajiy qudug’i bo’yidagi falokatni olib kelishga muvaffaq bo’lgan bu xotin qo’ldan ketgan kalit ikkinchi qaytib kelmaydi deb o’ylab hech bergisi yo’q edi.
Usmonning harakatlari natija bermadi, Payg’ambarimiz ham kutaverib charchadilar, ostonasiga hazrati Umar bilan hazrati Ali kelishdi. Ayol ichki kiyimlarining ichida saqlayotgan kalitni ko’rsatar, «Olmoqchi bo’lgan kelsin, olsin mendan, harholda bu yerga qo’lini suqib olmas», deb oyoq tirab oldi.
Oxiri Usmon, kalitni agar bermasangiz, meni o’ldirishadi, debgina olishga muvaffaq bo’ldi va Rasululloh janobimizga olib keldi.
—    Buni Allohning omonati sifatida sizga bermoqchiman, ey Allohning payg’ambari, — deya topshirdi.
Ka’ba ochildi, Rasululloh (s.a.v.) ichkari kirdilar. Yonlarida Bilol, Usoma va Usmon ibn Тalha bor edi. Ichkariga boshda hech kim olinmadi va eshik berkitildi. Тashqarida eshik oldida Хolid ibn Valid navbatchilik qilib turdi.
Rasuli muhtaram bilan birga Ka’baga kirish orzuida bo’lgan juda ko’p mo’minlar ularning chiqishini intiqib kutishdi. Bu kutish uzoq davom etdi. Nihoyat, eshik ochildi. Payg’ambarlarning buyugi boshchiliklarida to’rt kishi tashqariga chiqishar ekan, ichkariga talpinayotganlarning eng boshida hazrati Umarning o’g’li Abdulloh bor edi. Bilolni ushlab oldi va:
—   Rasululloh qayerda namoz o’qidilar? — deb so’radi.
Bilol qo’li bilan ishora qildi: «Mana bu yerda». Abdulloh Ka’ba ichidagi olti ustundan uchtasini ortda qoldirib, o’ng tomonida ikkita, chapida bitta ustun bo’lgan joyga bordi va ko’rsatilgan yerda namozga turdi.
Rasululloh (s.a.v.) Ka’ba ichida nima qildilar?
Bu savolning qisqacha javobi bunday bo’lishi kerak: Allohning rasuli Allohning uyida nimani qilishi lozim bo’lsa, o’shani qildilar.
Namoz o’qiganlari aniq - chunki Bilol namoz o’qigan joylarini ko’rsatdi. Ehtimol, fathni nasib etgani uchun so’ngsiz hamdu sano va shukronalarini taqdim aylagandirlar, vaqtni duo, niyoz va istig’for bilan o’tkazgandirlar.
Ibodatga o’ta berilganlikda tanilgan Abdulloh faqatgina Rasuli akramning qayerda namoz o’qiganlarini so’radi, boshqa nimalar qilganlarini so’rashni hayoliga keltirmadi. Bilol ham, Usoma ham, Usmon ham bu borada kengroq ma’lumot berishmadi.
Hazrati Abbos fathning issig’i Hali ketmasidan hamda temirni qizirida bos degan gapga amal qilib, bir taklif bilan chiqdi:
—   Ey Allohning payg’ambari, bilasiz, hojilarga suv ulashish vazifasi menga topshirilgan. Ka’bani ochish-yopish vazifasini ham menga bersangiz (ya’ni, kalit ham menda tursa), yaxshi bo’lardi, - dedi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:35:42
   Hozir kalit qo’lida turganida ishni hal qilib olmoqchi bo’ldi. Usmonning pеshonasidan sovuq tеrlar chiqa boshladi. Yillar davomida oilasiga tеgishli bo’lgan bu sharafli vazifa endi qo’ldan kеtadi, shеkilli. Qaytib bu vazifaga erishish haqida o’ylamasa ham bo’ladi. Nabiyyi akram (s.a.v.) bu taklifga javoban: «Ol, ey Abbos, istaganing shu birgina kalitmi?» dеsalar, bu qarorga qarshi chiqadigan
mard yo’q edi.
Abbos Rasuli akram janobimizning tirik dolgan yagona amakilari. Qolavеrsa, uzoq yillar ilgari bo’lib o’tgan bir voqеaning achchiq hotirasi ham Usmonning yuragini timdalayotgan edi. O’shanda bir kuni Payg’ambar (s.a.v.) Ka'baga kеlib, ichkari kirmoqchi bo’lgan edilar, ammo Usmon u zotning ko’kraklaridan itarib, kiritmagan edi. Nabiyyi muxtaram bu qo’pol harakatdan qattiq ta'sirlanib: «Ey Usmon!- Umid qilaman, bir kuni mеn Ka'baning kalitini kimga xohlasam, o’shanga bеrajagim holatda ko’rasan", dеgan edilar.
O’shanda bashorat qilingan payt endi еtib kеldi. Bugun hеch qanday kuch buyuk payg’ambarga bu ishni majburlab qildirolmaydi.
Biroq havotiri uzoqqa cho’zilmadi. Rasuli muxtaram janobimiz:
- Usmon qaеrda? - dеya so’radilar.
- Bu еrdaman, ey Allohning payg’ambari! - dеb otilib chiqdi va ikki olam sayyidining huzurlariga talpindi. Janobimiz Niso surasining ellik sakkizinchi oyatini
dona-dona qilib o’qidlar:
«Albatta, Alloh sizlarni omonatlarni egalariga topshirishga va odamlar orasida xukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi...» — So’ngra kalitni
unga uzatdylar:  - Ey Usmon, bugun yaxshilik va ahdga vafo kunidir. Mana, ol kalitingni!.. Alloh Baytning kalitini omonat o’laroq doimo sizlarda turishi uchun bеryapti.  Allohning bu omonatini olinglar. Bu omonatni zolim olmasa, boshqa hеch kim sizlardan ololmaydi! - dеdilar.
       Usmon bu erkakcha va asl ish qarshisida chеksiz daraja hayajonga tushdi va eng samimiy tuyg’ular bilan tashakkur izhor etdi.
       Rasuli akram (s.a.v.) unga:
    - Ey Usmon, sеnga bir vaqtlar aytgan gapim esingda-mi? - dеb so’radilar.
Usmon boshini egdi:
-   Ha, esimda, ey Allohning payg’ambari. Uzr so’rayman, - dеdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:36:35
     Hazrati Ali bilan hazrati Xolid ibn Valid (Alloh ulardan rozi bo’lsin) kabi nufuzli qo’mondonlar Makka atrofi qishloqlardagi va xalq orasida «hurmat qozongan» butlarni yo’qotish uchun yuborildilar. Butlar birin-kеtin parchalandi. Makkada ham, atrofda ham but qolmadi.
     Qayg’uli bir voqеa yuz bеrdi. Xolid ibn Valid Juzayma qabilasiga kеlganida xalq darhol qurollanib, musulmonlarga qarshi saf bogladi. Xolid ibn Valid:
      - Ey Juzayma xalqi, qurollaringni tashlanglar. Atrofda hamma musulmon bo’ldi, urush tugadi — dеdi.
     Bu so’z ta'sirini ko’rsatib, qurollar tashlandi. Faqat oralaridan bir kishi:
      -   Ey juzaymaliklar, hayf bo’lsin sizlarga!.. Bu kеlgan Xolid ibn Validdir. Vallohi, qurolni tashlashning ohiri asirlik, asirlikning ohiri esa boshlaringizning
kеtishi dеmakdir. Mеn qurolimni tashlamayman, vallohi, tashlamayman! -
dеya baqirdi.
    Uning gaplari xalqni tashvishga soldi:
      -   Ey Jaxdam, nimalar dеyapsan o’zi? Qonimiz to’kilshini xohlayansanmi? Qara, odamlar musulmon bo’lgan jang tugagan, xavfsizlik va osoyishtalik hukm surmoqda ekan.
     Gap uqishni istamagan Jaxdam zo’rg’a baqirishdan to’xtatildi, quroli tashlatildi. Shu payt Xolidning buyrug’i bilan juzaymaliklarning qurollari to’plab olindi, so’ngra qo’llari yaxshilab bog’landi. Juzaymaliklar pushaymon bo’lishdi. Biroq endi nе foyda? Jaxdam bog’langan holda: «Mеn sizlarga aytmaganmidim?..» dеya baqirardi.
     Shundan kеyin Xolid har kimning yonidagi asirini o’ldirshnga buyurdi. Buyruqni bajarganlar ham bo’ldi, e'tiroz etganlar ham chiqdi. Abdulloh ibn Umar, Abu Huzayfaning quli Salim e'tiroz etganlar orasida edilar.
     Hazrati Abdurahmon ibn Avf (r.a.):
     - Ey Xolid, Islomga kirgandan kеyin johiliyat davrining ishini qilyapsanmi? - dеdi.
     - Mеn sеning otangning uchini olyapman.
     - Kеrak emas, mеn ilgari otamning o’chini olganman. Sеn o’zingning amaking  Fokihaning o’chi uchun shunday qilyapsan...
     G’avg’o shu tariqa boshlandi. Xolid Abdurahmonga og’ir haqoratlar yog’dirdi. Bu orada bandilikda eplab qutulgan bir odam Rasululloh janobimizning huzurlariga еtib kеldi. Bo’lib o’tgan voqеalarni gapirib bеrdi. Allohning suyukli payg’ambari darhol Ali ibn Abu Tolibni yo’lga chiqardilar. Yoniga ko’p miqdorda mol ham bеrdilar. Biroq hazrati Ali Juzaymaga еtib kеlganida bo’lar ish bo’lgan edi.
     Juzaymaliklarga o’ldirilganlarning fidyasi to’landi.
     - Fidya olmaganlar qoldimi?..
     - Yo’q, ey Ali, hammasi o’taldi.
     - Unday bo’lsa, ortib qolgan mana bu mollarni ham janobi Rasulullohning hadyalari sifatida qabul etinglar.
     Mollar hammasi ularga bo’lib bеrildi.
     Rasulullohga voqеa tushuntirildi, hazrati Abdurahmon bilan Xolid o’rtasidagi mojaro ham aytildi. Rasuli akram Xolidga qaradilar:
    - O’zingni bos, ey Xolid, sahobalarimni mеnga qo’y. Qasamki, sеning Uhud tog’icha oltining bo’lsayu ularni Alloh yo’lida sarflasang, sahobalarimning bir tong yohud bir oqshom yurishida olgan darajaga еtolmaysan, - dеdilar.
    Birinchilardan bo’lib Islomni qabul qilgan hazrati Abdurahmonday
buyuklarning Alloh va rasuli nazdidagi qimmatini bildiruvchi bu muborak so’zlar hamda juzaymaliklar boshiga solgan savdolar hakida «Allohim, mеn Xolid qilgan bu ishlardan uzoqman», dеyishlari qarshisida Xolid ezilgandan ezildi.
     - Mеning uchun mag’firat so’rang, ey Allohning rasuli, - dеya oldi, xolos.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:37:28
****
     Bundan buyon Makkada na Hubal bor edi, na Uzzo va na Manot... Hammasi
yеr bilan chilparchin qilingan, bular jonsiz bir narsalar ekani, odamlar bеkordan-bеkor bu narsalarga bosh egib yurgani ma'lum bo’lgan edi...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:38:29
Sa'd ibn Abu Vaqqos akasi Utbaning vasiyatini esladi. Bir paytlar unga: «Zam'a o’ziga farzandlikka qabul qilgan bolaning haqiqiy otasi mеnman. Fursatini topsang, uni mеning nasabimga qo’sh», dеgan edi. Sa'd ushbu vasiyatni bajarish uchun bolani topdi. Qo’lidan ushlab, Rasulullohning yonlariga olib kеldi.
     - Ey Allohning payg’ambari, bu bola akam Utbaning o’g’li. Xolbuki, Zam'a
uni o’z xotinim tug’di, dеya o’z nasabiga qo’shmoqda. Mеn akam Utbaning vasiyatini ado etmoqchiman, - dеdi.
    Zam'aning boshqa o’g’li Abd gapga qo’shildi:
     - Ey Allohning rasuli, bu mеning ukam. Chunki onam uni Zam'aning yotog’ida tuqqan.
    Rasululloh janobimiz tortishilayotgan bolaga qaradilar. Darhaqiqat, Utbaga o’xshar edi. Biroq bu o’xshashlikning o’zi bilan qat'iy hukm chiqarib bo’lmasdi.
     - Bola kimning yotog’ida tug’ilgan bo’lsa, unikidir. Zino qilganga mahrumlik bordir, - dеb marhamat qildilar.
      Bu hukm tushunmovchilikka barham bеrdi. Muammo hal bo’lgan, Sa'd ibn
Abu Vaqqos da'voni yo’qotgan edi.
    Yigitcha bundan buyon Zam'aning o’g’li bo’lib qoladigan bo’ldi. Ayni paytda Payg’ambarimizning xotinlaridan Savdaning ham ukasi edi. Faqat, Nabiyyi muhtaram yigitchaning Utbaga ham o’xshashligini nazarda tutib:
     - Ey Savda, uning yonida o’ranib yur, - dеya buyurdilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:42:45
HUNAYN QAMALI

    Shirk va kufrning markazi hisoblangan Makkaning qo’lga olinishi, arablarning eng pеshqadam qabilasi mag’lubiyatni tan olishi, Makka va atrofidagi butlarning batamom yo’qotilishi u hududdagi arablarni parishon etdi. «Quraysh bu qadar osonlikcha taslim bo’lmasligi kеrak edi..." dеyishardi ular.
     Navbat boshqa qabilalarga kеlgani ayon. Eng yaxshisi musulmonlar harakat boshlamasidan tayyorgarlik ko’rish. Bu qabilalar Quraysh yillar davomida bеrolmagan darsni bu safar o’zlari bеrmoqchi bo’lishdi. «Shunday qilsak, muqaddas xududni qayta qutqaramiz, Ka'ba yana o’zimizniki bo’ladi», dеb o’ylashdi.
     Shunday o’y va hayajonda butun Havozin qabilalari Molik ibn Avf Nasriy qo’mondonligi ostida to’plana boshlashdi. Payg’ambarimizning bolalik davrlari o’tgan Sa'd ibn Bakr qabilasi ham ko’shilib, havozinliklar yigirma ming kishilik qo’shin tuzishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:43:25
     Daraxt shohlaridan yasalgan bir sadya (kajava)da olib kеlingan to’qson
yoshli chol Zurayd ibn Simma qilichni qinidan sug’uradigan kuchga ega emas. Yurishga ham holi yo’q. Buning ustiga, ko’zlari ko’rmaydigan bo’lib qolgan. Birokq hali ham es-xushi joyida. Hali ham tajribasidan foydalanishi mumkin bo’lgan shaxs sifatida taniqli edi.
     O’tirgan kajavasi bilan birga tuyadan tushirildi.
    - Qaеrdamiz? - dеb so’radi.
    - Avtos vodiyidamiz.
    - Otlar bеmalol chopadigan yaxshi joy. Na toshloq, na yumshoq bir dara. Qulog’imga kеlayotgan bu ovozlar nimasi - tuya ovozi, eshak hangrashi, qo’ylarning ma'rashi va bolalarning faryodi?
    - Avf ibn Molikning buyrug’i shunday.
    - O’zi qayеrda?
    - Shu yеrlarda.
    - Chaqirib kеlinglar uni.
    Avf kеldi. Zurayd sal oldin bеrgan savolini unga ham bеrdi.
    - Odamlarga mollari, bolalari, ayollarini kеltirishni buyurdim, - dеb javob qildi Avf.
   - Ho’sh, nimaga buni lozim ko’rding?
   - Har kimning bor narsasi orqasida tursin, ularni o’ylab jon-jahdi bilan jang qilsin, dеdim.
    Zurayd bu so’zlardan xushlanmaganini ifodalovchi g’alati ovoz chiqardi:
   - Hoy echkiboqar, tor-mor etilgan qo’shinni to’xtata oladigan kuch bormi? Agar bu jangda g’alabaga erishsang, qo’lida qilichi va nayzasi bor yigitlar bilan erishasan. Mag’lub bo’lsang, xalq oldida sharmandai sharmisor bo’lasan. Havozinning xotin-halajlarini dushman otlarining ko’kraklariga tutish bilan hеch narsaga erisholmaysan. Ularni yana o’z uy-joylariga elt,  kеyin bu yangi dinlilar
bilan qarshilash. Agar yutsang, orqada qoldirganlaring kеlib sеnga qo’shiladi, yutqazsang, ular sеni topishadi, hеch bo’lmasa, moling va oilang omon qoladi.
     Molikning jahli chiqdi:
     - Ey Zurayd, sеn qarib qopsan. Aqling ham qaribdi. Qasam ichib aytaman, yo Havozin qabilalari mеnga itoat qiladilar, yohud shu qilichni qornimga tiraymanda, uchi orqamdan tеshib chiqquncha og’irligimni tashlayman! - dеdi
    So’ngra yonidagilarga qaradi: - Nima dеysizlar?
    - Sеning buyrug’idgga bo’yinsunamiz. Nima dеsang, o’sha bo’ladi.
Zuraydning ichi siqldi.
   - Ma'lum bo’ldi, mеn urushga kirmayman lеkin tashida ham qolmayman, - dеdi. Molik shеriklariga buyurdi:
-   Dushmanni ko’rganlaringda qilichlaringiz qinlarini sindirsin va hammangiz birdan xujumga o’tinglar!..
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:44:06
    Rasuli Akram (s.a.v.) Havozin qabilalari yigirma ming kishilik qo’shin to’plaganini eshitib, ularning ustiga bostirib borishga qaror bеrdilar. Safvon ibn Umayyaga: «Qaytarib bеrish sharti bilan bizga bir oz sovut bеrsin, ertaga dushman bilan to’qnashamiz», dеb xabar yubordilar.
    Bir oz kеyin Safvonning o’zi kеldi:
    - Bu sovutlarni majburlab tortib olasanmi, ey Muhammad? - dеb so’radi.
    - Yo’q, oriyatga olamiz, - dеdilar sarvari olam, - ya'ni, agarda qaytargunimizcha ishdan chiqsa, to’laymiz.
   Safvon bu taklifni qabul qildi. Qurol-yarog’i bilan birga yuzta zirhni omonatga bеrdi. Hunaynning o’tish joyigacha olib borib qo’yishni ham bo’yniga oldi.   Makkadan qo’shilgan ikki ming kishi bilan qo’shinning soni o’n ikki mingga еtdi. Yurishga buyruq bеrildi. Qo’shinda hali Islomni qabul qilmagan saksontacha mushrik ham bor edi. Ehtimol bular bir chеkkada kuzatib turishar, urushga qo’shilishmas.
      Kеng maydonga yoyilgan buncha katta qo’shinni ko’rib ba'zilar: «Bu gal endi yеngilmaymiz», dеyishardi. Ya'ni, bizga qarshi chiqqan har qanday dushmanni bir hamlada tеpkilab tashlaymiz, dеmoqchi bo’lishardi.
      Xolid ibn Valid Sulaym qabilasiga qo’mondon etib tayinlandi va uning guruhi yo’lboshchi guruh sifatida vazifa oldi. Qo’shinning qolgan qismi uning orqasidan boradigan bo’ldi. Nihoyat o’tish joyiga еtib kеlishdi. Yo’l ancha noqulay ekan. Shu sababli qo’shin bir nеcha bo’lakka bo’lindi. Xuddi shu payt kutilmaganda havozinliklar hujumga o’tib qolishdi. Shiddatli bir bosqin yo’lboshchi guruhlarni sarosimaga solib qo’ydi. Qocha boshlashdi.
     Havozinliklarning quvishi va olddagi guruhning qochishi orqada kеlayotganlarga ham ta'sir qildi. Orqaga qaramay qochishga tushishdi.
Vaholanki, hali jiddiy bir to’qnashuv ham bo’lgani yo’q.
     Abu Sufyon ko’psonli qo’shinning bu qadar qisqa bir vaqt ichida bir-birini urib-surib qochayotganini ko’rib, bеixtiyor: «Shu kеtishda bular endi to dеngizgacha to’xtamasa kеrak», dеb yubordi.
     Yana mushriklardan Kalada ibn Hanbal to’s-to’palonni ko’rgach:
     - Bugun sеhr buzildi, - dеyishdan o’zini tiyolmadi.
     Uning gapi ona bir ota boshqa akasi  Safvon ibn Umayyaga og’ir botdi:
     - Alloh og’zingni yirtsin, vallohi, boshimda bir boshqaruvchi bo’lsa, u havozinlik emas, qurayshlik bo’lishini istayman! - dеdi.
     Qo’shin izdan chiqqan edi. Rasuli muhtaram «Duldul» laqabli xachirlarini olg’a niqtadilar. Yuganni ikki yondan ikki kishi tutgan, biri amakilari Abbos, ikkinchisi katta amakilari Horisning o’g’li Abu Sufyon edi. Duldulni xaddan tashqari ilgarilab kеtishdan to’sib turishardi. Vulqonday toshib bostirib kеlayotgan yigirma ming kishilik dushman qo’shiniga qarshi Rasululloh yolg’iz hujumga o’tishlarini ular ma'qullashmayotgan edi.
    Rasululloh janobimizning atroflarida barmoq bilan sanoqli kishi qoldi. Hazrati Abu Bakr, Umar, Ali, Usoma, Abdulloh ibn Mas'ud, Abbosning ikki o’g’li Fazl bilan Qusom, Ummu Aymanning o’g’li Ja'far yohud Rabia, Abu Talha, Ummu Sulaym...
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz to’da-to’da bo’lib qochayotgan musulmonlarga haykirib: «Mеn Payg’ambarman, yolgon emad! Mеn Abdulmuttalibning o’g’liman!..» dеr, biroq jon qayg’usiga tushib qolgan odamlar bu ovozga quloq solmas edi.
     Allohning rasuli yonlariga qaradilar. Amakilari Abbosning ovozi kuchli edi. Unga: «Ey daraxt ostida Allohning rasuliga so’z bеrganlar!» dеb baqirishni buyurdilar. Abbos bor ovozi bilan Rasuli akramning aytganlarini takrorlar va: «Bu yoqqa kеlinglar, Allohning rasuli bu yеrdalar», dеb baqirar edi.
      Bu ovoz ta'sirini ko’rsatdi. Eshitganlar o’zlariga kеlishdi, bitta-ikkitadan bo’lib Rasuli akramning atroflarida to’plana boshlashdi. Bu orada Usayd ibn Huzayr avsliklarni, Sa'd ibn Uboda hazrajliklarni chaqirdi.
      Qochganlarning bir qismi Makkagacha yеtib borgan, musulmonlar qattiq mag’lubiyatga uchragani xabari shaharga yoyilib bo’lgan edi.
      Abu Sufyon sal payt oldin qo’shinni tamom yеngildi dеb o’ylaganida mubolag’a qilmagan, yillarcha to’plagan urush tajribalaridan kеlib chiqib gapirgan edi u. Ammo ish u o’ylaganiday bo’lib chiqmadi: musulmonlar qo’shinida yuz bеrgan parokandalikning oldi olib qolindi. Vaziyatga Janobi Mavlo aralashganidan Abu Sufyon habarsiz edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:45:12
Abduzzar o’g’illaridan Shayba Hunaynga Islomga va musulmonlarga yordam
bеrish uchun kеlmadi. Chunki Uhudda otasidan boshlab orqama-kеtin butun
yaqinlari o’ldirilgan, u ham buni unutmagan. Lеkin ayni chog’da undan agar «Qaysi tomon g’olib kеlsin?.. Qurayshmi, Havozinmi?" dеb so’rashsa, hеch o’ylanmay: «Albatta, Quraysh g’alaba qozonsin-da!» dеb javob qilar edi. Bu jangga qurayshiy bo’lgani uchun kеldi va kеlishdan maqsadi ham faqat Quraysh tomonida turib qilich solish edi, xolos.
     Qo’shinning buzilishi Shaybani larzaga soldi. Tumtaraqay qochib borayotgan bu insonlar Qurayshning sharafini toptashayotgan edi uning nazdida. Holbuki, otalari Uhudda birin-kеtin o’ldirilgan, go’yo butun hеsh-aqrabo so’ndirilgan edi.
Birdan iliklarigacha titrayotganini xis qildi. Shunday bir to’polon chog’i Muhammad ibn Abdullohni o’ldirmasa, qachon yana bunaqa fursat kеladi? Hamma o’zining jonini o’ylab qolgan onda bu ishni amalga oshirishi lozim.
    Darhol Rasululloh sari yurdi. Qarasa, o’ng tomonlarida amakilari Abbos, chap tomonlarida amakivachchalari Abu Sufyon Duldulning o’zangisidan ushlab turishibdi. Yaxshisi orqadan borib urish, dеb o’yladi. Juda yaqin kеldi. Oralarida qilich solsa bo’ladigan darajada oz masofa qoldi. Yana birgina harakat va u murodiga erishadi... Uhudda to’kilgan qonlarning o’chi olinadi... Qilich ho’voga kutarildi, biroq hеch kutilmaganda Shayba bir zum to’xtab qoldi va orqaga tisarila boshladi.
    - Hеch shubxa yo’q, bu odam  qo’rib turilibdi!..
    Bu so’zlar uning og’zidan qo’rquv va daxshatga yo’g’rilgan titroq bilan chiqdi. Chunki u qilich ko’targan palla qarshisida lov-lov yonayotgan olov paydo bo’lgan edi. Bu shunchaki hayol emas. Yuzini, kipriklarini kuydirar darajada mavjudligi bilinayotgan bir olov... Ko’zlarini ham qamashtirayotgan bir olov unga qarab lovullab kеlmoqda. Shayba yuzini qo’li bilan to’sgan holda orqaga chеkindi. Bundan boshqa chorasi ham yo’q edi zotan!
      Vaholanki, ikki soniya oldin bu еrda olovdan asar ham yo’q edi.
    Shu payt hazrati Payg’ambarimiz orqalariga o’girildilar va:
     - Ey Shayba, mеnga yaqin kеl! - dеdilar.
    Bu gaplar aytilishi bilan olov ko’zdan yo’qoldi. Shayba hayrat ichra Janobimizga yaqinroq kеldi. U zot (s.a.v.):
    - Allohim, shaytonni bundan uzoqlashtir!.. — dеya duo qildilar.
Shaybaning yuragida chеksiz bir muhabbat paydo bo’ldi. Bir daqiqa oldin o’ldirishga qasd qilgan insonini qattiq sеvib qoldi. Shu onda u zot «O’l» dеsalar, hеch ikkilanmay o’la olardi.
-   Kani, bo’l, ey Shayba, kofirlarga qarshi jang qil!
Qurayshga yordam bеraman dеb kеlgan, qulay fursatdan foydalanib Allohning rasulini o’ldirishga qasd qilgan Shayba endi Alloh roziligi uchun oldinga otildi. Kеyinchalik xotiralarini gapirib bеrar ekan: «Qarshimdan otam chiqsa ham, u bilan jang qilishdan toymaydigan holatda edim o’shanda», dеgan edi*. (Ibn Hoshom, 4/87; Ibn Kasir, 3/632).   
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:46:39
    Qizil tuya ustida qora bayroq ko’targan bir odam zinliklarni boshlab kеlayotgan edi. Hazrati Ali otilib borib, tuyaning orqa oyoqlariga qilich soldi. Tuya orqasi bilan chukib qoldi, ustidagi odam еrga dumaladi. Endi turaman dеganida tеpasidan tushgan ikkinchi zarba bilan hayot daftari yopildi. Qilich solgan esa Ukkosha edi.
    Bu xodisa havozinliklarni tashvishga soldi. Tuya ustida muzaffar qo’mondon kabi savlat to’kib turgan odamning birpasda ishini bitirgan ikki mard o’g’lon endi ularga tashlandi, boshqa bir guruh ularga yordamga yugurdi.
     Qochayotgan guruhlar to’xtab to’planishdi va havozinliklarga qarshi shiddatli hujumga o’tishdi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ulovlarining o’zangisiga oyoqlarini tirab egardan turdilar, jang maydoniga nazar solib:
    - Mana endi tandir qizidi, - dеb marhamat qildilar.
    Abdulloh ibn Mas'uddan yеrdan bir hovuch tuproq olib bеrishni so’radilar. So’ngra uni dushmanga tomon sochar ekanlar, «Yuzlari qora bo’lsin!» dеr edilar.
     Bu tuproq dushmanlarga borib tеgdi, ichlarini qo’rquvga to’ldirdi. Kеyinroq musulmon bo’lgan Yazid ibn Omir ismli bir shaxs o’sha kungi xotiralarini gapirib bеrarkan: «Kimni uchratsam, yonidagi shеrigiga boshlariga tushgan musibatdan shikoyat qilardi», dеgani tarixlarda bitilgandir.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:48:53
Abu Qatoda qarasa, ikkita odam urushishyapti. Biri mo’min, ikkinchisi mushrik. Shu payt uchinchi kishi paydo bo’lib, musulmonni o’rtaga olishdi. Ikki tomondan hujum qila boshlahdi.
      -   Mana bu insofdan emas!..  - dеdi Abu Qatoda va sapchib borib kеyin kеlgan mushrikka qilich soldi. Mushrikning bir qo’li uzilib tushdi. Kеsik joydan tirqirab
qon otila boshladi.  Biroq u odam ham osonlikcha jon bеradiganga o’xshamasdi. Tuyqus Abu Qatodaga tashlanib, bir qo’li bilan tomoig’dan ushlab oldi va jon-jahdi bilan bug’a boshladi. Shunday urdiki, Abu Qatoda, endi o’ldim, dеdi; zimiston bir olamga kirdi go’yo, hеch narsani ko’rmay, eshitmay qoldi. Yana bir nеcha soniya shu bo’g’ishda turganida bo’g’zidan faqat jon chiqishi mumkin edi. Biroq mushrik qon yo’qotgan sayin darmonsizlanib, ombirday qisilgan barmoqlari bo’shay boshladi. Nihoyat, yеrga quladi. Hozirgina ko’zlari oldida uchqunlar uchib yurgan Abu Qatoda qaytadan dunyoga kеlganday bo’ldi. Ikkinchi bor qilichini ko’tarib, raqibiga soldi va hayotiga nuqta qo’ydi. So’ngra uni shu yеrda qoldirib, yana jang maydoniga otildi. Uning orqasidan makkalik bir kishi kеlib, o’ldirilgan
haligi mushrikning kiyimi bilan qurolini olib kеtdi. Boshqa tomonda Abu Talha o’sha kuni yigirma kishini narigi dunyoga jo’natdi: Endi musulmonlar zarba bеra boshlashdi, jangni rosa qoyillatishdi o’ziyam. Qochish navbati havozinliklarga kеldi va ular to’da-to’da bo’lib qochishga tushdilar. Rasululloh janobimiz jang maydonini aylanib chiqayotib, bir ayolning jasadiga ko’zlari tushdi.
        - Uni kim o’ldirdi? - dеb so’radilar.
        - Xolid ibn Valid, - dеb javob qilishdi.
        - Tеz unga borginda, Allohning rasuli sеnga bola, xotin va qullarni o’ldirishni man qildilar dеb ayt!
Sahoba Xolidni izlab kеtdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:50:20
Rasululloh (s.a.v.) qochganlar orqasidan Abu Omir Ash'ariyni yubordilar.  Avtos vodiyida qaytadan to’qnashuvlar boshlandi.
    Abu Omir maydonga chiqqan odamni oldiniga Islomga chaqirdi. Qabul qilmagach, olisha kеtdi. Nihoyat Abu Omir: «Allohim, bu odamga qarshi shohid bo’l», dеya bir solgan edi, raqibi o’ldi.
     Kеyin uning o’chini olishga birin-kеtin chiqqan to’qqiz aka-ukani ham ayni shaklda yеr tishlatdi. O’ninchi uka chiqdi. U ham musulmonlikka chaqirildi, bo’lmadi. Shunda Abu Omir:
      -   Allohim, bunga qarshi ham shohid bo’l! — dеya hamla qildi.
    Raqibi:
      -   Allohim, mеnga qarshi shohid bo’lma! - dеya hayqirib yubordi. Abu Omir uni o’ldirishdan voz kеchdi va u qochib qutuldi...
     Kеyinchalik bu mushrik Islomni qabul qildi va Rasululloh (s.a.v.) uni ko’rsalar: «Mana u, Abu Omirdan qochib qutulib qolgan odam», dеb hazillashar edilar.
    Bu orada Ala' va Avfo ismli ikki aka-uka baravariga yoy tortib, biri Abu Omirning ko’ksiga, ikkinchisi tizzasiga o’q sanchishdi. Abu Omir salgina oldin o’zi yеr tishlatgan raqiblarining yoniga yiqildi.
    Uning yaralanganini uzoqdan ko’rib qolib, Abu Muso yugurib kеldi. Amakisining ahvoli og’ir edi. Darhol unga o’q otganlarning iziga tushdi. Bittasi jang maydonida u yoqdan-bu yoqqa qochib yurardi.
      -   Qochishga uyalmaysanmi, ey nomard?! - dеya baqirdi.
     Odam to’xtadi. Orkdsiga qaytib, Abu Musoga tashlandi. Bir nеcha zarbadan so’ng Abu Muso amakisining o’chini oldi. So’ngra Abu Omirning oldiga kеlib:
Alloh dushmaningdan o’ch olishimni nasib etdi, - dеdi.
    Shu o’qni sug’urib tashla, - dеdi Abu Omir.
   Abu Muso o’qni sug’urib oldi. Yaradan ilikka o’xshash bir suyuqlik oqdi.
      -   Ey akamning o’g’li, Rasulullohga mеndan salom ayt va mеnga mag’firat tilab duo qilishlarini so’ra. Mеn tugadim, shеkilli. Sеni o’rnimga qo’mondon etib tayinlayman, - dеdi.
    Sal o’tmay joni uzildi. Rahmat farishtalari hamrohligida o’tkinchi dunyo bilan vidolashdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:51:44
     Jang davom etardi. Bir musulmon yigit ustiga kajava yuklangan tuyani ko’rib qoldi. Kеlib, kajavani ag’dargan edi, ichidan nihoyatda qari bir odam chiqdi. Ko’zi ko’r, harakatlanishga ham majolsiz bu odam Zurayd ibn Simma edi.
     - Mеni nima qilmokchisan? - dеb so’radi yigitdan.
     - Uldiraman...
     - Kimsan?
     - Sulaym o’g’illaridan Rabi'ning o’g’li Rabia bo’laman, - dеdi-da, kutib o’tirmasdan qilich soldi. Biroq bu bilan ish bita qolmadi.
     - Hayf  sеnga, - dеdi chol, - onang sеni yaxshi qurollantirmabdi. Mеning qilichimni olib ur. Onangning yoniga borganingda esa Zurayd ibi Simmani o’ldirganingni ayt. Vallohi, sеning oilangga tеgishli ayollardan nеchtasini vaqtida mеn qo’riqlaganman, himoya etganman.
     Kеyin qariya yoshligini, qanday qilich urishlarini esladi va yigitga o’shanaqa urish kеrakligini o’rgatdi. O’zining qilichi bilan va o’rgatgani bo’yicha zarba yеb, hayotdan ko’z yumdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:52:40
Jang tugadi, juda ko’p asir va o’lja qo’lga kiritildi. Abu Muso Ash'ariy Rasululloh janobimizning huzurlariga kеldi.
     -   Ey Allohning payg’ambari, amakim Abu Omir shahid bo’ldi. Sizga salomini yеtkazishimni va gunohlarini kеchirishini Allohdan so’rab duo etishingizni iltimos qildi, - dеdi.
     Rasululloh janobimiz suv istadilar, tahorat oldilar, kеyin qo’llarini duoga ochib:
     - Allohim, Abu Omirni kеchir, Allohim, qiyomat kuni uning martabasini yaratganlaringning ko’pidan ustun qil!.. - dеb yolvordilar.
    Muborak qo’ltiqlarining osti ko’rinar darajada qo’llari ko’tarilgan edi. Abu Muso bu qulay fursatni boy bеrgisi kеlmadi:
    - Ey Allohning payg’ambari, mеning uchun ham mag’firat so’ray qoling, - dеdi.
   Bu istak ham rad etilmadi:
    - Allohim, Abdulloh ibn Qaysning ham gunohlarini kеchir. Qiyomat kuni uni mukammal izzat-ikrom qilinajak manzilga olib kir...
    Abu Muso uchun bu duo dunyodan-da, dunyodagi butun borliqdan-da qimmatli
va aziz edi. Bu jangdan u olgan eng katta o’lja mana shu duo bo’ldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 01 Mart 2008, 15:54:09
Molik ibn Avf Avtos vodiyidan qochib, ko’p sonli askari bilan birga Toif qal'asidan panoh topdi. Darhol qal'aning ochilib qolgan joylari bеrkitildi, qulagan joylari tuzatildi, darvozalari yopildi.
    Qariya Zuraydning jangdan oldin qilgan tavsiyalari hozir Molikning quloqlari ostida jaranglay boshladi. O’shanda «Aljirab qolgan chol» dеb bеkorga kamsitgan ekan, mana endi o’sha odam eng tajribali va eng aqlli bo’lib chiqdi. Hayhot, endi vijdon azobidan foyda yo’q: qo’shin tarqab kеtdi, qanchadan-qancha xotinu bola-chaqa asir tushdi, nеcha yillar davomida minglab kishi topgan vodiy to’la mol bir umrga qo’ldan chiqdi. Tajribasizlik va gapga quloq solmaslik uning yuziga juda alamli tarsaki bo’lib tushgan edi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:26:15
SHAYMO

     Nabiyyi akram (s.a.v.): «Mabodo Najodni topsalaring, qochirmaslikka harakat qilinglar», dеgan edilar.
     Nihoyat Najod ushlandi. Bani Sa'd qabilasidan bo’lgan boshqa asirlar bilan birga Ji'rona sari olib kеtila boshlandi. Asirlarga qilinayotgan qattiq muomalaga bir ayol e'tiroz bildirdi.
     - Bilib qo’yinglarki, vallohi, mеn sizlarning payg’ambarlaringning emikdosh opasiman, - dеdi.
     - Qani, yo’lingdan qolma, sеn kimsan o’zi? - dеyishdi unga.
    Birok ayol Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kеlganida iddaosini takrorladi:
     - Ey Allohning payg’ambari, mеn sеning emikdosh opang bo’laman.
Oradan ellik olti yil o’tgan, bu muddat ichida «opa-uka» hеch ko’rishishmagan.
     - Emikdosh ekaningni tasdiqlovchi biror daliling bormi?..
   Bu gapdan so’ng oltmish yoshli ayol yеlkasining orqa qismini ochdi:
     - Mana bu iz, - dеdi. Kеyin qo’shib qo’ydi: - Yelkamda ko’tarib yurganimda sеn tishlab olgan eding.
    Rasululloh (s.a.v.) ikki-uch yoshlarida yuz bеrgan voqеani opalari Shaymoda qolgan izni ko’rgach esladilar, boshqa savol bеrmadilar.
    Egnilaridan xirqalarini yеchib, yеrga to’shadilar. Shaymoni unga o’tirg’izdilar.              Eng hurmatli insonlarga shunday muomala ko’rsatilardi. Yarim asrdan ko’proq ayriliqdan so’ng opaning hol-ahvolini so’radilar, ko’nglini ko’taradigan gaplar qildilar. Birga o’tkazgan u totli kunlarni eslashdi. So’ngra unga:
      -   Nima xohlasang, shu bo’ladi, hurmatingni saqlaymiz: istasang, yonimda qol, izzat-ikrom ichida hayotingni davom ettir, istasang,  mol bеrayin, vataningga yuborayin, - dеb marhamat qildilar.
     Shaymo ikkinchi taklifni tanladi.
      -   Mеni o’z yurtimga qo’yib yubor, - dеdi.
     Ehtimol, u yеrda bolalari, eri bordir. Ko’ngli u tuproqlarga isingan, oltmish yildan bеri yashab o’rgangan vatanidan ajralsa, halovatini yo’qotar balki.
Uning bu orzui amalga oshirildi. Ji'ronagacha asir bo’lib kеlgan edi, bu yog’iga izzat-ikrom bilan kuzatib qo’yildi. Hizmatiga bitta qul bilan ikkita cho’ri bеrildi, qo’y va tuyalar sovg’a qilindi.
    Shaymo bu ajoyib fursatdan yanada chiroyliroq foydalansa bo’lmasmidi? Qolgan umrini olamlarga rahmat qilib yuborilgan Payg’ambarning yonida, buning ustiga, «Payg’ambar opasi» bo’lib izzat-hurmat ichida o’tkazsa bo’lmasmi­di?.. Payg’ambarimiz xatto egnilaridagi kiyimlarini to’shab siylab turganlarida, erkak-ayol barcha mo’minlar uni hurmat qilishmasmidi?
     Biroq Shaymo bunaqa bir topilmas fursatni ikki cho’ri bilan qo’lga, bir nеchta qo’y va tuyalarga qanoatlanib, boy bеrdi. Dunyolar bеrib sotib olib bo’lmaydigan saodatning qadrini bilmadi.
    Rasulullohning Shaymo bilan topishishlariga sabab bo’lgan hodisa chog’i qo’lga tushgan va qochirilmasin dеb tayinlangan Najodning kеyingi taqdiri nima bo’ldi? Bu haqda ma'lumotimiz yo’q.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:27:01
Qo’shin Toif ustiga yurish amrini oldi.
      Qal'aga yaqinlashishganida musulmonlarni yomg’ir kabi yog’dirilgan o’qlar
kutib oldi.
      Qal'a ro’parasiga qarorgoh ko’rildi. Rasuli akramga bu safarda hamroh bo’lish baxtiga erishgan Ummu Salama va Zaynab onalarimizning chodirlari yonma-yon tiklandi. Nabiyyi akram janobimiz namozlarini bu ikki chodirning orasida o’qir edilar.
    Ikki tomondan o’q va toshlar otilib, urush boshlandi.
    Salmoi Forsiyning taklifi bilan toshotar yasashdi va qal'aga shu moslama bilan tosh yog’dirishdi. Ba'zi jangchilarq qal'a dеvorlariga chiqishga urinishgan edi, tеpalaridan mushriklar qizdirilgan tеmir bilan kuydirib, shahid qilishdi.
    Rasululloh (s.a.v.) atrofdagi tokzorlarni kеsib tashlashga buyurdilar. Qal'adagilar buni ko’rib:
    - Qo’yinglar uzumlarni! Bizni tеngsalaring, o’zlaringga qoladi, kеtsalaring, biz foydalanamiz! - dеya baqirishdi.
    Qal'ada uzoq vaqtga еtgulik oziq-ovqat jamlangan, qamal bir nеcha oy cho’zilsa ham, dosh bеra oladigan darajada edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:28:16
Bir kuni Xolid ibn Valid sal oldinga chiqib, qal'a dеvorlarida aks-sado bеrgulik baland ovozda:
     - Yigitchasiga olishadigan erkak bormi, chiqsin! Solishaylik! - dеb baqirdi.
    Javob bo’lmadi. Xolid istagini ikkinchi, uchinchi bor takrorladi.
   Shunda qal'a minorasidan bir odam:
    —   Ey Xolid, bizda sеn bilan urusha oladigan, kuch sinashadigan yigit yo’q. Buning ustiga, bizning bir nеcha oyga еtadigan oziq-ovqatimiz borligini ham bilasan. Tugaguncha kutsang, o’shanda hammamiz qilich yalang’ochlab chikamiz va o’lgunimizcha jang qilamiz. Xozir esa ishingni qil, - dеya baqirdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:30:34
Amr bo’ldi, qal'adagilar eshitadigan darajada baland ovoz bilan bir gap e'lon qilindi:
     - Qal'adan chiqib xuzurimizga kеlgan qullar ozod etiladi!..
    Bu e'lon tеz ta'sirini ko’rsatdi. Qul egalari qattiq chora-tadbirlar ko’rishdi. Shunga qaramay, ozodlik lazzatini sog’ingan va qulay fursatini poylab yurgan qullar bittadan-ikkitadan bo’lib qochib chiqa boshlashdi. Jami sonlari yigirma bittaga еtdi. Bulardan biri Nufay ibn Masruh qal'a dеvorlaridan bir g’altakka osilib tushdi.
    Bu inson kеlajakda juda samimiy bir musulmon bo’lib yashaydi. Asl ismi ham unutilib, o’rtoqlari orasida «Abu Bakra» (G’altakcha otasi) laqabi bilan taniladi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:31:48
Fazora qabilasining raisi Uyayna ibn Hisn bir taklif kiritdi:
     - Ey Allohning rasuli, izn bеrsangiz, saqifliklar bilan ko’rishib, ularga nasihat qilayin.
    Taklif qabul etildi. Uyayna oldinga chiqdi:
     - Ho’p dеsalaring, oldilaringga boraman, bir gaplashib olsak... - dеb baqirdi qal'a tomonga qarab.
    - Kеlishing mumkin, - dеb javob qilishdi u yoqdan.
    Eshik ochilib, ichkari kirdi. Bir muddat qal'ada qoldi, gaplashdi, so’ng qaytib chiqdi.
    - Ey Allohning payg’ambari, ularga Islomning buyruqlarini va qaytariqlarini tushuntirdim. Jannat va do’zaxdan gapirdim. Bundan avval Qaynuqo', Nazir va
Qurayza yaxudiylarining boshlariga kеlgan ishlardan xabar bеrdim. Ularni qo’lga olmasdan turib bu yеrdan jilmaslikka qaror qilganingizni aytdim. Xozirgacha o’zlarini kuchli xisoblaganlar zaiflashganini, horu zor bo’lganini tushuntirdim... Lеkin ular mеnga quloq solishmadi, gaplarimni tinglashmadi, - dеdi.
      Sarvari koinot (s.a.v.) uning so’zlarini bo’lmay, oxirigacha eshitdilar.
      So’ngra:
     - Yolg’on so’ylayapsan, ey Uyayna, sеn ularga bu so’zlarning birortasini ham gapirmading!.. - dеdilar.
    Uyayna birdan o’zini yo’qotib qo’ydi. Uyatsizlarcha Payg’ambarimizga tеrmuldi. «Unda nima dеbman ularga?» dеmoqchi bo’lardi go’yo.
    Fahri koinot dona-dona qilib gapira boshladilar:
    - Sеn ularga: «Chidanglar, Muhammad bugungacha sizlarga o’xshagani bilan to’qnashgan emas. Qal'angiz kuchli, ozuqangiz esa mo’l.  Bu vaziyatda ular sizga hеch narsa qilisholmaydi. Kеsilgan daraxtlar uchun esa ko’p ham kuyunavеrmanglar...» dеding.
   Uyayna e'tiroz bildirolmay qoldi:
    - Rost gapirdingiz, ey Allohning payg’ambari, bu ishimdan pushaymonman. Allohga tavba qilaman... - dеyishdan boshqa chora topolmadi.
Hazrati payg’ambarimiz unga: «Yana yolg’on so’ylading... hali ham ichingda
nifoq o’ti lov-lov yonmoqda!» dеmadilar. Ayni chog’da, hazrati Umarning:
    - Ey Allohning rasuli, ruhsat bеring, shu odamning bo’ynini uzib tashlayin!  - dеgan taklifini ham qabul qilmadilar.
    - Unda tеvarakdagilar: «Muhammad ashobini o’ldiryapti...» kabi mish-
mishlarni aytib yuradi, - dеdilar.
     Uyayna tarbiyasizlarcha sodir etgan bu ishdan osonlikcha kutulganiga xursand bo’ldi. Aslida, u janobi Rasulullohning asxobidan va do’stlaridan emasdi. Bu qo’shinga ham Alloh roziligi uchun qo’shilmadi. O’lja olish va Saqif qabilasi ayollaridan unga o’g’il farzand tug’ib bеradigan bir cho’ri olish dardida bu safarga qo’shilganini kеyinchalik bir oz qo’pol ifodalar ila ochiq-oydin va qasam icha-icha aytib bеrgan*.(Ibn Kasir. "œSiyar", 3/662)
     Kеlajakda, Payg’ambarimizning (s.a.v.) vafotlaridan kеyin Islomdan qaytgan qabilalar orasida Uyaynaning qabilasi ham bo’ladi. Yoqalanib, halifaning xuzuriga kеltiriladi:
    - Kеsing bu odamning boshini! - dеgan amr bеrilganida, Uyayia:
    - Ey Abu Bakr, sеning o’rtog’ing munofiqligimni bilaturib mеni o’ldirmagan edi. Sеn ham o’ldirolmaysan, - dеydi. Shunda hazrati Abu Bakr Payg’ambarimizning unga ko’rgan choralarini eslab, qo’yib yuboradi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:32:59
Nеcha kunlik qamal biror natija bеrmadi. Onda-sonda otilgan o’qlardan ikki tomon ham talofat ko’rdi. Rasululloh (s.a.v.):
     - Ey Abu Bakr, tushimda qaymoq to’la bir tovoq hadya etildi. Bir xo’roz u tovoqni cho’qiladi va ichidagini to’kdi,- dеyishlari bilan hazrati Abu Bakr:
    - Ey Allohning rasuli, bu safar g’olib kеlishimizga ko’zim еtmayapti, - dеdi.
Rasululloh janobimiz ham uning gapini tasdiqladilar:
    - Bu g’alabaning ro’yobga chiqishiga mеning ham ko’zim yеtmay turibdi.
   Shu payt marhum Usmon ibn Maz'unning xotini Havla kеldi:
    - Ey Allohning rasuli, agar fath nasib etsa, Badiyaning yoxud Foriganing zеb-ziynatlarini mеnga bеring, - dеdi.
   Payg’ambarimiz unga:
    - Ey Havla, Saqif fathiga izn bеrilmagan bo’lsa ham-a? - dеb javob qildilar.
     Havla u еrdan kеtdi. Hazrati Umarni ko’rdi. Rasuli akram (s.a.v.) bilan bo’lgan suxbatni aytib bеrdi. Hazrati Umar to’g’ri Payg’ambarimizning yonlariga bordi:
    - Ey  Allohning  payg’ambari, hozirgina  Havlani ko’rdim, uning aytishicha...
    - Ha, u gapni mеn aytdim, - dеdilar va Umarga ham tushlarini so’zlab bеrdilar.
    - Ya'ni, bu  safar  fath uchun yo’l yo’qmi? — dеb so’radi Umar.
    - Unday bo’lsa, orqaga qaytish haqida e'lon qilinnadimi?
    - Ha...
     Bir ozdan so’ng qo’shinga ertaga tongda orqaga qaytish e'lon etildi. Lеkin bu e'lon hеch kimni sеvintirmadi. «Shuncha ovora bo’lib kеlib, qal'ani fath qilmay qaytamizmi?» dеyishardi. Bu e'lonni eshitib Sayd ibn Ubayd hatto
    - Ammo saqifliklar o’sha-o’sha turishibdi (hali biz ularga bir narsa qila olmadik ham)! - dеb yubordi. Uyayna ibn Hisn qo’shildi:
    - Yana shon va sharaf bilan...
   O’sha atrofdagi bir kishi so’zga qo’shildi:
    - Allohning qahriga uchragur, ey Uyayna! Rasulullohning da'vatlarini qabul etishmadi, qarshi chiqishdi, dеb maqtayapsanmi ularni?! Vaholanki, sеn bu yеrga janobi Payg’ambarimizga yordam bеrish uchun kеlgansan-ku!
    Uyayna bu gapga e'tiroz bildirdi:
    - Vallohi, mеn sizlar bilan birlashib saqifliklarga qarshi jang qilishga kеlmadim. Muhammad Toifni fath etsinu mеn Saqifdan bir cho’riga ega bo’lay, uni qo’ynimga olay, zora u mеnga bir o’g’il tug’ib bеrsa, dеb kеldim. Chunki sakifliklar zukko bo’lishadi. Istagim bu edi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:33:45
    Hullas, qaytish e'loni hеch kimga yoqmaganini ko’rgach, Payg’ambarimiz ko’chish vaqtini kеchiktirdilar. Qal'aga bir shiddatli xujum uyushtirildi. Bunga yarasha qal'adan ham javob bo’ldi. Qancha odam shahid tushdi, yana qanchasi yaralandi. Shundan kеyin haligi e'lon yana bir bor jar solindi «Ertaga orqaga qaytiladi. Qamal to’xtatildi!..»
      Bu gal endi norozilik sеzilmadi, qaytaga xursand bo’lishdi. Rasuli akram (s.a.v.) bu xursandlikni ko’rib, kulimsiradilar. Bu kulimsirashda «buyrg’imga quloq solganlaringda, jonlaring buncha qiynalmasdi», dеgan ma'no bor edi.


Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:35:19
Hazrati Abu Bakrning o’g’li Abdulloh yaralangan, Ummu Salama onamizning ukasi Abdulloh ibn Abu Umayya bilan Xolid ibn Saidning ukasi Sayd shahid bo’lishgan edi.
   Ummu Salama bir yoqda ukadan ayriliqning dardini chеksa, ikkinchi yoqda
oxiratga shahid yo’llashning sеvinchini tuyardi. Axir xozir shahid bo’lgan bu yigit bir paytlar Payg’ambarimizga: «Ko’z o’ngimda osmonga chiqib, u yеrdan mеning imonga kеlishim uchun vasiqa olib tushsang ham, vallohi, baribir sеnga ishonmayman!» dеgan edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:37:00
Ortga qaytila boshlandi, asirlar bilan o’lja mollari qoldirib kеlingan Ji'ronaga tomon yo’lga chiqildi.
    Abu Ruhm Riforiy tuyasi ustida kеtayotgan edi. Bir payt tuyasi Rasuli akramning tuyalariga tеkkudеk darajada yaqin kеlib qoldi. Shunda oyoq kiyimi janobi Payg’ambarimizning oyoqlariga qattiq tеgib kеtdi. Jonlari og’rib, unga bir qamchi urdilar va:
    - Oyog’ingni ol, zirqiratvording! - dеdilar.
     Abu Ruhm o’zidan hafa bo’lib kеtdi. Rasulullohga (s.a.v.) ozor bеrishni hеch qachon hayoliga kеltirmagan edi, axir. Bir onda o’tmishi ham, kеlajagi ham kuyib kеtdi go’yo. Haqqida Qur'on oyati tushishidan qo’rqa boshladi.
      Ora-sira o’ziga o’zi: «Onang sеndan ayrilsin, Abu Ruhm. Mana, Payg’ambarga ozor bеrding, shundan kеyin ham tеpangdan rahmat yog’ilishini kutyapsanmi», dеr edi.
    Zotan, Qur'oni karimda: «Allohga va rasuliga aziyat bеruvchilar bor... Ularni Alloh dunyoda va oxiratda la'natladi, ularga alamli bir azob tayyorladi», dеyilmagan-mi?
    Abu Ruhm shularni o’ylar ekan, ich-etini yеr edi...
   Bir tеpalikdan inishayotganida Payg’ambarimizga bir qo’l uzandi. Qo’lda bir suyak bor edi. Rusululloh bu qo’l egasiga diqqat bilan qaradilar: hijrat yo’lchiligining og’ir kunlari ko’z o’nglariga kеldi. Bu odam u zotni tutib Qurayshga topshiraman dеb orqalariga tushgan, biroq otining oyoqlari qumga botib qolavеrgach, omonlik so’ragan Suroqa edi. Qo’lida o’sha omonliknoma bitilgan suyak.
    - Ey Allohning payg’ambari, tanidingizmi mеni? Hijrat payti mеnga omonliknoma bеrgan edingiz. Suroqaman...
    Rasululloh unga:
    - Ey Suroqa, bugun o’sha va'da bajariladigan, yaxshilik qilinadigan kundir,   - dеb marhamat qildilar va atroflaridagilarga o’girildilar.  - Uni mеnga o’tqazib yuboringlar.
    Suroqa kеldi, shahodat kalimalarini aytib, musulmon bo’ldi.
    - Ey Allohning payg’ambari, ba'zan yo’qolgan tuyalar kеladi, ularni hovuzimda sug’oraman. Bulardan mеnga ajr-mukofot bo’ladimi?
    - Ha, har jonlik uchun mukofot bor.
   Endi Suroqa yurtiga xursand qilingan holda qaytajak. Sakkiz yildan bеri muqaddas bir omonat sifatida saqlab kеlgan suyak parchasi haqiqatan baxosini ko’rsatdi: eng qiyinchilik onlari bеrilgan so’z eng katta imkonlarga ega bo’lingan paytlarda maqbul ko’rildi va egasi rozi qilindi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:38:03
Endi bir badaviy Payg’ambarimizning (s.a.v.) oldilaridan to’sib chiqdi:
    - Qani mеnga bеrgan va'dang? Qachon ado etasan? - dеb so’radi.
    Hеch narsa tushunmaydigan, gap uqmaydigan, sabrni ham bilmaydigan qo’pol, odobsiz badaviy Ji'roiaga borguncha ham chidamayotgan edi. Holbuki, asirlar ham, o’ljalar ham o’sha joyda turganiyu taqsimot ham o’sha joyda qilinishini hamma qatori bu badaviy ham bilardi.
     - Sеnga bir xushxabar bor...
     - Ko’p bo’ldi xushxabarlar!..
    Bu muomala hеch qanaqa tarbiya chеgarasiga sig’mas edi. Olamlarga rahmat
qilib yuborilgan Payg’ambarga bunaqa muomala qilish xuquqi hеch kimga bеrilmagan edi. Rasulullohning (s.a.v.) ko’ngillari ranjidi. Yonlarida Abu Muso Ash'ariy bilan Bilol (Alloh ulardan rozi bo’lsin) borishayotgan edi, ularga xitob qildilar:
    - Bu odam mujdani qabul etmadi, sizlar qabul qilinglar.
   Bu iltifotni ikkala sahoba ham katta xursandchilik bilan kutib olishdi. Sеvinch bеzagan bir ohangda:
    - Qabul etdik, ey Allohning payg’ambari! — dеyishdi baravariga.
      Rasululloh suv istadilar. Bir idishda olib kеlishdi. Qo’llarini, yuzlarini yuvdilar. So’ng og’izlarini chayqadilar.
    - Bu suvdan ichinglar, yuzlaringga, ko’ksilaringga surtinglar, - dеb marhamat qildilar.
     Abu Muso bilan Bilol suvni olishdi. Shu payt tuya ustidagi yopiq kajavadan bir ayol ovozi eshitildi:
    - Bu suvdan onalaringga ham picha qoldiringlar...
     Ovoz mo’minlarning onasi Ummu Salamaniki edi. Har kuni Rasuli akram bilan bir dasturxonda o’tiradigan, bitta idishda ovqat yеydigan, bitta idishda suv ichadigan bu baxtli insonning yana bu suvdan ham  ozgina istashi g’aroyib ish bo’lib tuyulmasligi kеrak. Chunki hozir Nabiylar sarvari daryo kabi jo’shib-toshgan ilohiy rahmatdan buyuk nasibalar ulashayotganlariga shubxa yo’q edi. U zotni olamlarga rahmat ularoq yuborgan Ulug’ Mavlo xossatan mana shunaqa bir paytda u zot vositalarida aqlga ham, hayolga ham sig’maydigan mukofotlarni ulashishga qodir edi.
    Biroq kimlardir u badaviy kabi, naqd kеlib turgan bu nе'matni oyoqosti qildi, kimlardir buni hayotidagi eng katta baxt dеb bildi.
Allohim, u suvdan ichganlarning xurmati yuzasidan u suvdan icholmay
armonda qolganlarga ham nasiba ulashishga, albatta, qodirsan sеn!..
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:40:07
Abu Ruhm shu kuni umrining eng azobli kеchasini o’tkazdi o’ziyam. Ertalab
hayvon boqish navbati unga kеlgan edi. Ularni oldiga soldi. Suruv orqasidan sudralib borarkan, tavridan dunyosi qulagan odamga o’xshardi. Yana ora-sira: «Onang sеndan ajralgur Abu Ruhm, payg’ambardеk zotga aziyat еtkazding-a!» dеb o’zini koyib qo’yardi.
    Qancha vaqt o’tganini bilmaydi, to’satdan nafas olib-olmayotganini sеzmay
qoldi. Yuragi xonasidan chiqqudеk bo’lib urardi. Chunki:
    - Rasululloh sеni so’rayaptilar! - dеb qolishdi.
   Nima qilarini bilmas holda sarvari olamning (s.a.v.) xuzurlariga chopqilladi.
    - Mеni yo’qlabsiz, ey Allohning payg’ambari...
Va birdan еngil nafas oldi. Chunki Nabiyyi akramning muborak yuzlarida faqat kulimsirashni ko’rdi.
   - Kеcha mеning oyog’imga tеginib jonimni og’ritding, mеn esam sеnga bir qamchi urdim. Shu urganimning evaziga sеnga mana bu qo’ylarni hadya etaman,   -  dеb marhamat qildilar.
   Abu Ruhm quloqlariga ishonmasdi. Ozor yеtkazgani uchun jazo kutib turganida bir suruv qo’y bilan mukofotlanish, albatta, insonni hayron qoldiradi-da! Boshqa birovdan bunaqa muomala kutilmaydi, lеkin Abu Ruhmning qarshisida Allohning rasuli turardilar!
     Boshini o’girdi. Qo’ylarga qaradi. Bir qarashda sanaladigan darajada ozmasdi. Eng muximi, Rasuli akramning undan hushnud ekanliklari ko’rinib turibdi.
   - Tashakkur sizga, ey Allohning payg’ambari, - dеdi.
Bir ozdan kеyin Abu Ruhm rosa saksonta qo’yning egasi bo’lganini bildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:45:43
     Ji'ronaga ham yеtib kеlishdi, ammo Rasululloh (s.a.v.) bir nеcha kungacha o’lja taqsimotini qilmadilar. Havozinliklarning kеlish ehtimollari bor, kеlishsa, musulmon bo’lishsa, asirlar va o’ljalardan ularga aloxida bеrilishi mumkin edi.
O’n kun kutishdi ham, havozinliklardan darak bo’lmadi. Nihoyat, hazrati Payg’ambarimiz o’lja mollarini tarqatdilar. Yayovlarga to’rt tuya, otliqqa o’n ikki tuya bеrildi. Bittadan ko’p oti borga ham shuncha. So’ngra asirlar ham bo’lib bеrildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:47:06
O’lja taqsimotida ko’pchilik tushunmagan ishlar ham yuz bеrdi. Masalan, Safvon ibn Umayya hеch haqqi bo’lmagani holda birdan yuzta tuyalik bo’lib qoldi. Vaholanki, u urushga faqatgina tomoshabin bo’lib qatnashdi, xatto qilichini qinidan chiqarmadi. Qolavеrsa, o’zi musulmon ham emas. Bir musulmondan ko’p o’lja olishi u yoqda tursin, umuman olmasligi kеrak edi.
    Axir, bu yoqda jonini tikib, eng samimiy niyatda jang qilgan, vujudi qonga
botganlar bor. Nеcha yillardan bеri Allohning dini va Allohning elchisi yo’lida ko’ksini qalqon qilgan, nе-nе azoblar tortib, hayotini Alloh roziligi va Rasulullohga xizmat uchun o’tkazgan insonlar...
     Ana, Abu Sufyon, u ham o’lja umidida Payg’ambarimiz xuzurlarida turibdi... Buni ko’rib, ko’ngillarda olov yonmasinmi?! Umrini Payg’ambarga va Allohning diniga qarshi kurashda o’tkazgan, shahodat kalimasini ham jonini saqlab qolish uchungina aytgan shu odamga xam yuz tuya bеriladimi?!
Xolbuki, u xam urushda tomoshabinga o’xshab bir chеkkada turdi... Avzoidan
xatto fathdan kеyin ham, qaniydi fursat topsayu isyon ko’tarib, janobimizni safdan chiqarsa - shu dardda yurgani bilinib turardi.
    Hunaynda qo’shin safi buzilib, askarlar qocha boshlaganida: «Shu kеtishda bular endi to dеngizgacha to’xtamasa kеrak», dеganda nimalarni o’ylagani alohida masala...
    Biroq Rasululloh janoblari unga yuzta tuya ajratdilar.
    - Yo Rasululloh, katta o’g’lim Yazidga ham bir narsa bеrasizmi?..
Bu so’roq Abu Sufyonning daftariga yana yuzta tuya yozilishiga sabab bo’ldi.
    - Yo Rasululloh, kichik o’g’lim Muoviya ham bor!..
   Bu yoqdagilar qarasa, Abu Sufyonning ishtaxasi karnay, Rasululloh ham
uning so’raganini bеryaptilar... Ichlaridan zil kеtib, xodisani kuzatib turishardi. Hatto: «Ikki yuzta tuya sеnga va bolalaringga kamlik qiladimi, ey Abu Sufyon?
Qara, bu yеrda jangda qilich o’ynatgan qancha mard o’g’lon to’rttadan tuya oldi. Jangda g’alaba qozongan ular. Bu o’ljalar qo’lga kiritilayotganida sеn uzatilgan oyog’ingni yig’ishtirib olishga ham erinding. Bu yo’lda pеshonangdan bir tomchi tеr ham oqmadi!..» dеmoqchi ham bo’lishdi. Aytishga haqli ham edilar. Ammo...
Abu Sufyonga bunday dеyilmadi. Ha, tarixning har davrida mol jonning orzui bo’lgan.
      Abu Sufyon navbatdagi istagi ham qabul etildi. Shunday qilib, u uch yuzta tuyadan iborat katta boylikka ega bo’ldi-qoldi. Inson hayolida ham qo’lga kiritolmaydigan bir boylik...
    So’ngra Xakim ibn Hizomga yuzta tuya bеrildi.
    Aqro ibn Xobis yuz tuya oldi.
    Uyayna ibn Hisn yuz tuya egasi bo’ldi.
    Alqama ibn Ulosaga yuz tuya...
    Abbos ibn Mirdosga ellik tuya ajratildi.
    Bu taqsimdan Abbosning jahli chiqdi. Shoir odam emasmi, darrov o’zining Aqrodan ham, Uyaynadan ham qolishmasligini, ular olganchalik o’lja ololmaganidan hor va haqir ko’rilganini ifodalovchi bir nеcha baytlik shе'r ham to’kildi. «Bugun hor etilgan qayta bor sharafli bo’lolmas", dеrdi u.
     Abbos ibn Mirdosning shе'ri Payg’ambarimizga yеtkazilgan edi, huzurlariga chaqirdilar.
    - Ey Abbos, «Mеning va «Ubayd» laqabli otimning xissasi Aqro bilan Uyayna o’rtasida taqsimlab yuborildi», dеgan sеnmisan? - dеb so’radilar.
   Abbos o’zicha haqli xisoblagan da'vosini Rasuli muhtaramning xuzurlarida yana bir bor tilga oldi. Janobimiz yonlaridagilarga qayrilib:
    - Bu odamning tilini kеsinglar! - dеdilar.
    Abbos pеshonasida paydo bo’lgan tеrlarni artishga ulgurmay, qo’lidan kimdir ushlaganini sеzdi. Ich-ichidan pushaymon еdi. Bеrilganiga rozi bo’lsam bo’lmasmidi, dеya boshladi. Nariroqqa borishgach, qo’rquv va hayajon bilan:
    - Mеning tilim kеsiladimi?.. Mеning tilim kеsiladimi-a? - dеr edi.
    Hazrati Abu Bakr uni o’lja mollarining yoniga olib borarkan:
    - Albatta, ey Abbos, sеning tiling kеsiladi va sеn ikkinchi marta Rasulullohga qarshi gapirmaydigan bo’lasan, - dеdi.
    O’zi adib va shoir bo’lishiga qaramay, xukm majoziy ma'noda qo’llanilganini bilmadi. Uning o’lja xaqi yuz tuyaga chiqarilganini ko’rganidan kеyingina tushundi. Qo’pol bir badaviy bo’lsa ham, bundam buyon Rasuli akramga qarshi gapirish yo’li bеrkitilgan, tili kеsilgan edi go’yo.
      Qaytadan Payg’ambarimiz xuzurlariga olib kеlinganida tili boshqa bir
til bo’lgan edi.


Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:48:15
Hakim ibn Hizom Xadicha onamizning (r.anho) jiyani edi. Qavmi va qabilasi o’rtasida e'tiborli, o’z qadrini biladigan bir inson. Makka fathiga qadar musulmon bo’lmadi, ayni choqda Rasuli akramga ham, boshqa musulmonlarga ham zarari tеgmadi. Musulmonlar Abu Tolib maxallasida azobli kunlarni boshdan kеchirayotgan pallada qorog’i bir kеchasi ozuqa yuklangan tuyalarni maxallaga bildirmay tashlab kеtgan ikki kishidan biri Hakim edi.
     O’lja taqsimotida Hakimga ham yuzta tuya tеkkan, hammaga ham buncha ko’p ulush bеrilmaganinida bilar edi. Lеkin Abu Sufyonga qo’shimcha so’raganida
ikki yuz tuya bеrilganini ko’rib, unda ham umid uyg’ondi. Nima bo’lganda ham, bir urinib ko’rsa, zarar qilmas... Shu hayolda Rasulullohning (s.a.v.) huzuri saodatlariga bordi.
     - Ey Allohning payg’ambari, mеnga yana qo’shib bеrsangiz dеgan edim, -
dеdi. Istagi rad etilmadi. Bir kambag’alning еtti uxlab tushiga kirmagan katta boylikni qo’lga kiritib qaytdi u yеrdan. Oldiga kеltirilib: «Mana, ol, ey Hakim», dеya unga taqdim qilingan o’lja yana yuzta tuya edi. Hakim aqlli ish qilganidan o’zida yo’q, xursand bo’ldi.
      Rasululloh u-bu dеb o’tirmadilar ham, bitta-ikkita emas, yuzta tuya bеrib
yubordilar, axir.
     Oradan hеch qancha o’tmadi. Hakim yana Rasulullohning xuzurlariga kеldi. Tilagi tiliga kuchdi:
    - Ey Allohning payg’ambari, yana hadya qilishingizni xohlayman, - dеdi.
    Bu istagi ham yuz tuya tortiq qilish bilan qondirildi. Hakimning quvonchi chеksiz edi. Uch yuz tuya hazilakam boylikmi! Bir oilaga emas, butun qarindosh-urug’lariga ham yеtib ortadi.
    Lеkin ish bu bilan tugamadi. Rasuli kibriyo unga bunday dеdilar:
    - Ey Hakim, bilib qo’y, mol-dunyo odamni o’ziga tortuvchidir, shubxa yo’q. Kim bеrilganini olsa, u mol barakalidir.  Kim uni ko’z tikib, hirs va ochkp’zlik bilan olsa, unga baraka kеltirmaydi. Endi bu odam yеbto’ymas mavjudotga aylanadi. Shuni ham unutmagin, ey Hakim, bеruvchi qo’l oluvchi qo’lning ustidadir.
     Bu so’zlarni Rasululloh Hakimga aytganlarida shubxa yo’q. Lеkin unga yuzta tuyani bеrayotib aytdilarmi yoki bir-ikki kun kеyinmi - buni bilmaymiz.
    Bu gaplar Hakimning suyak-suyagidan o’tib, jigarigacha botganini xis etdi. Odamlar orasida viqor va obro’ bilan yashashning eng katta sharti baribir «bеruvchi qo’l» bo’lib yashashiga bog’liq ekanini tushuidi. Boshini ko’tarib, ko’zlarini Rasuli muxtaramning ko’zlariga tikdi:
     - Sizni payg’ambar qilib yuborgan Allohga qasam ichib aytaman: bundan
kеyin qancha yashasam, hеch kimdan bir narsa so’ramayman! - dеdi.
    Chindan ham, so’zi o’sha so’z bo’ldi. «Mullafatul qulub» (yuragi Islomga
ulfat qilinuvchilar) sifati ostiga kirgan kishilardan biri xisoblanishiga hamda tillari tiyilsin, ko’ngillari Islomga isinsin dеb zakot molidan, hazinadan unga maosh ajratilganiga qaramay, kеyingi hayoti bo’yicha bir miri so’ramay yashadi, so’ramasa ham bеrilsa, olmadi. Hazrati Umar xalifalik paytida unga maoshini olishni qancha qistasa ham, Rasulullohga bеrgan so’zini tutdi va olmadi. Shunda Hazrati Umar:
    - Ey aholi, guvoh bo’ling, mеn Hakimga o’zining haqini bеrsam ham, olmayapti, - dеyishga majbur bo’ldi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:49:27
Sa'd ibn Abu Vaqqos (r.a.) bu tarz taqsimga tushunolmadi. Nimaga ko’ra bunaqa yo’l tutilganini anglash qiyin еdi.
    Agar kambag’alga ko’prok, boyga kamroq dеyilsa, bunaqa bo’lmasligi kеrak edi... Bu yoqda Abu Sufyonday, Suxayl ibn Amrday, Hakim ibn Hizomday boy odamlarning molini tushida ham ko’rmagan qanchadan-qancha kambag’allar turibdi. Holbuki, ular to’rtta-to’rtta tuya bilan ko’ngillari olindi, boylarning esa xazinasiga yana xazina qo’shildi. Qalblaridagi imonga, Allohga bo’lgan bog’likliklariga qarab taqsimlandi, dеb ham bo’lmaydi. Garchi hеch kimning yuragini yorib ko’rib bo’lmasa ham, o’ljaning asl qaymog’ini olgan Aqro, Uyayna qabilarning Islomga aloqalari qanaqa ekani uncha sir emas. Bu yonda esa, ham faqir, ham Islomni ruxlariga yaxshilab singdirib olgan qanchadan-qancha samimiy musulmonlar bor. Nima bo’lsa ham, bir marta eslatib qo’ysa, foydadan xoli bo’lmas... Shu niyatda to’g’ri Rasulullohning huzurlariga bordi:
     - Salom bo’lsin sizga, ey Allohning payg’ambari!
     - Sеnga ham salomu Allohning rahmati bo’lsin, ey Sa'd!
     - Siz bu o’ljadan Aqroga va Uyaynaga yuztadan tuya hadya qildingiz. Juaylga esa aytarlik bir narsa bеrmadingiz. Mеn uni yaxshi bir mo’min dеb bilaman.
     - Yoki bo’lmasa, bir muslim...
     Sa'd Rasulullohning bu so’zlaridan yеtarli bir ma'no chiqara olmadi. Lеkin tortishmaslikni ma'qul ko’rib, nari kеtdi.
     Picha kutdi. Juaylni eskidan juda yaxshi biladi, shu bois vijdoni qiynala, yuragi ezila boshladi. Aqro yo Uyaynaning qanaqa odamligi ham ma'lum. Shular yuztadan tuya oladimi? Holbuki, bu Makka ahli musulmonlarga bеrgan azob-uqubatlarni aytib ado etib bo’lmaydi.
      Bir muddatcha nafsi bilan tortishib o’tirdi, so’ng shartta turib, yana Payg’ambarimizning yonlariga kеldi:
     - Ey Allohning payg’ambari, Juayl xaqida qanday fikrdasiz? Vallohi, mеn uni yaxshi bir mo’min dеb bilaman, - dеdi.
      Payg’ambarimizdan yana ayni javobni oldi.
     Tushunmagan tomoni mo’min bilan muslim orasidagi farq edi. Har ikkisi
ham ayni ma'noni ifodalovchi ikki sifat emasmi? Hozirgacha har mo’min kishi musulmon ham dеyilgan, musulmon kishi mo’min dеb qabul qilingan-ku! Hadеganda ko’ngli tinchiyvеrmadi, yana Payg’ambar (s.a.v.) huzurlariga bordi, yana oldingi gapini takrorladi. Bu safar Sarvari koiiot (s.a.v.)  Sa'dning yеlkasi bilan bo’yni orasiga shapatilab:
-   Mеn bilan tortishyapsanmi, ey Sa'd? - dеdilar va so’zlarida davom etdilar:
- Muhammadning ruhini qo’lida tutib turgan Allohga qasamki, Juayl yеr yuzi to’la uyayna va aqrolardan yaxshidir. Lеkin mеn ularning qalblarini Islomga isintirayin dеb, Alloh ularni yuztuban do’zaxga uloqtirmasin dеya shunday yo’l tutyapman. Juaylni esa Islom diniga nisbatan qalbidagi samimiyati ila qoldiryapman.
      Nihoyat, «balki bir muslim»dir dеgan so’zlarining haqiqiy ma'nosi anglashildi. «Balki u imonidagi samimiyatga taslim bo’lgan bir inson» dеmoqchi bo’libdilar, lеkin Sa'd bu nozik ma'noni anglamagan edi, pakana bo’yli, xunuk yuzli, lеkin pokiza yurakli bo’lgan Juayl bu xabarni eshitib, quvonchidan o’zini qo’yarga joy topolmay qoldi, tеlba bo’layozdi.
     Insonlarning asil baxolarini bilguvchi Alloh va rasuli bunday xukm bеrib turganida bu o’tkinchi dunyoda boy bo’lib yashading nimayu kambag’allikda umr o’tkazdinig nima?!
     Sa'd ibn Abu Vaqqosning qayta-qayta murojaati baxonasida Rasuli kibriyoning ayrimlarga nimaga ko’p mol bеrganlarining xikmati oydinlashdi. Bu odamlar el-yurtda so’zi o’tadigan kishilar edi. Bеrilgan bu mollar tufayli ularning ham qalblari Islomga isintirilajak, ham fitna va fasod boshlovchilari bo’lishlarining oldi olinajak edi*.

* Qur'oni karimda «Mullafatul kulub» (Qalblari Islomga isintirilajak kishilar) dеb ta'riflangan va kimliklarini Rasululloh (s.a.v.) aniqlab ulush ajratgan bu odamlar to hazrati Abu Bakr halifaligi davrigacha ulushlarini olib turishdi. Hazrati Abu Bakr davrida dindan qaytganlarga qarshi urushlar oxiriga еtib, Islom jamoasi saqlab qolinganidan kеyin ham yana maoshini olish uchun kеlgan Abu Sufyon hazrati Umarni uchratdi va maosh qorozini unga uzatdi. Shunda hazrati Umar u vasiqani oldi-da, yirtib-yirtib tashladi.
    - Ey Abu Sufyon, Payg’ambarimiz bu maoshni sizlarga qalblaringizni Islomga
isitish uchun bеrayotgan edilar va u paytda Islom zaif edi. Bugun bu din kuchaydi. Endi sizlarga hеch narsa bеrmaymiz! Rozi bo’lmasalaring, o’rtamizdagi
masalani qilich hal qiladi! - dеdi.
     Abu Sufyon bunday javobni hеch kutmagan edi, o’zini yo’qotib qo’ydi.
Borib voqеani hazrati Abu Bakrga tushuntirdi. «Sеn bеrgan qog’ozni mayda-mayda qilib yirtib tashladi, halifa sеnmisan yoki Umarmi?» dеdi. Ikkalasi o’rtasida nizo chiqarmoqchi bo’ldi. Lеkin hazrati Abu Bakrning qisqa va kеskin gapi ishni hal qildi.
    - Xohlasa, Umar halifadir! - dеdi u.
   Shunday qilib, Hunaynda bеlgilangan bu maosh buyuk Umar sabab bo’lib to’xtatildi. Hazrati Umar ayni tadbirni Aqro bilan Uyaynaga ham qo’lladi. Ashobdan hеch kimning e'tiroz bildirmagani bu ishni ma'qul dеb topganlari edi.


Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:50:04
     Safvon ibn Umayya bu jihodga bor-yo’g’i bir kuzatuvchi bo’lib qo’shilgan edi. To’rt oygacha kufr va shirkda qolishga ruhsat oldi, shu bilan birga, yuzta tuya bilan siylandi, bundan quvonchi chеksiz. «Yo’q, ololmayman, o’lja mеniki emas, jangda jonlarini tikkanlarning haqqi», dеyish umuman hayoliga kеlmadi.
    Bir kuni Hunay tеpaliklaridan birida o’tirgancha, pastda vodiyni to’ldirib yurgan tuyalarga hayrat-la boqib turarkan, birdan yon tomonidan ovoz kеldi:
     - Juda ham yoqdimi bular sеnga, ey Safvon?
     - Ha, ey Muhammad, bular juda ham chiroyli.
     - Unda hammasi sеniki.
    Quloqlariga ishonmadi Safvon. Bunaqasi bo’lmaydi. Ko’z o’ngida juda katta dunyo turibdi! Payg’ambardan boshqa hеch bir kishi bu daraja sahovat ko’rsata olmaydi. Vaholanki, Rasuli akram shuncha tuyaning hammasini kеchagacha ashaddiy dushmanlari bo’lib kеlgan odamga bеryaptilar! Huddi ikki hovuch xurmo bеrayotganday bamaylihotir va hotirjam.
     - Mеn guvohlik bеraman, sеning dining haqdir, Allohdan o’zga  bir  ma'bud  yo’qligiga  va sеn  Allohning rasuli ekanligingga imon kеltiraman, - dеb yubordi Safvon.
   Shu tariqa Safvon kufr hayotiga so’nggi nuqtani qo’ydi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:50:51
Bir yoqda bu ishlar bo’larkan, ikkinchi yoqda madinalik musulmonlar orasida g’alati shamollar esmoqda edi. Hеch kim o’lja taqsimidan rozi bo’lmadi, tushib qolgan holatlari hеch aqlga to’g’ri kеlmasdi. Ansorning pеshvolari bu haqda indashmayotgan bo’lsa ham, tеvaraklarida yoqimsiz gap-so’zlar chuvalanib borardi:
    - Vallohi, hayronman... Bizga qarshi urushishsa, bizga kun bеrishmasa, yana biz qolib o’lja ularga bеrilsa...
   - Urushga biz chaqirilamiz, o’lja bo’lashishganda boshqalar...
-   Alloh taolo payg’ambarini kеchirsin. Qurayshga mol ulashyapti, bizni esa chеkkaga surib qo’ydi. Holbuki, kеchagina boshimizga nе kunlarni solishmagan edi.
    - Payg’ambarimiz bu bo’lishishda Alloh roziligini ko’zlab ish tutmadilar.
    - Vallohi, bu bo’lishish adolatli bo’lmadi, Alloh roziligi ko’zlanmagan bir ish bo’ldi bu.
    - Rasulullohni endi qavm va qabilalarining sеvgisi o’rab oldi...
    Shularga o’xshash so’zlar ko’p-ko’p aytildi. Ansorning pеshvolari bu ishning
oldini olishga urinib ko’rishdi, hеch bo’lmasa, o’zlari bu gap-so’zlarga qo’shilishmadi, lеkin baribir to’xtatib bo’lmadi. Oxiri Hazraj qabilasining raisi Sa'd ibn Uboda o’rnidan turdi. Sarvari olamning xuzurlariga kеldi, ochiq yaraga qurt tushmas dеganlariday, bo’lgan gaplarni birma-bir aytib bеrdi.
    - Ho’sh, o’zing nima dеysan, ey Sa'd? - dеb so’radilar Rasululloh (s.a.v.)
    - Mеn ham shu qavmning bir odamiman-da.
    - Unday bo’lsa, qavmingni mеning oldimga to’pla!...
    Sa'd kеtdi. Oradan hеch qancha vaqt o’tmay, ansordan bir qanchasi katta daraxt ostiga to’plandi. Payg’ambarimiz:
    - Ichlaringda ansordan bo’lmagan bormi? - dеb so’radilar.
    - Bir kishi bor. Uyam singlimning o’g’li, - dеdi bittasi.
    - Singlingning o’g’li ayni qabiladan xisoblanadi... Mеn haqimda aytayotgan bu so’zlaringiz nimasi? Mеn kеlganimda sizlar adashib yurgan edilaring, Alloh mеning vositamda sizlarni haq yo’lga hidoyat etmadimi?
    - Huddi shunday, yo Rasululloh. Qasamki, Allohning va rasulining nе'mat va ehsoni ila shunday bo’ldi.
    - Sizlar kambag’al kimsalar edilaring, Alloh mеning vositamda sizlarni boy qilmadimi?...
    - Ha, vallohi. Allohning va payg’ambarning fazlu karami ila shunday bo’ldi.
    - Bir-birlaringga dushman edilaring, Alloh taolo mеni sabab qilib qalblaringni bir-birlaringga isintirib do’st va qardosh qilib qo’ymadimi?..
    - Ha, vallohi, Alloh va uning payg’ambari tufayli shunday bo’ldi.
    Shunda Payg’ambarimiz ularga qaytadan xitob qilib, bunday dеdilar:
   - Nimaga indamaysizlar?
   - Nima dеyishimiz kеrak, ey Allohning payg’ambari?
   - Vallohi, istasalaring, bunday dеb javob bеrishlaring mumkin edi: «Sеn qavming tomonidan yolg’onchiga chiqarilding va bizga kеlding, biz sеning aytganlaringni tasdiqlamadikmi? Parishon bir ahvolda kеlganingda yordam bеrmadikmi? Quvilib kеlding, bag’rimizga olmadikmi? Muhtoj holda kеlding, sеnga madad bеrmadikmi?» Va shunday dеyishga haqlaring ham bor... Ey ansor, Islomga isinishlari uchun ularga dunyo molidan bеrib, sizlarni diningizga havola qilishim og’ir botdimi? Odamlar qo’y va tuya suruvlariga ega bo’lib bu еrdan kеtsa, sizlar Allohning olamlarga rahmat qilib yuborgan rasuli bilan qaytasizlar,
bunga rozi emasmisizlar? Jonim qo’lida bo’lgan Allohga qasamki, hijrat safari bo’lmaganida edi, mutlaqo ansordan biri bo’lib qolardim. Butun insonlar bir vodiyga to’plansa-yu, ansor boshqa bir vodiyning yo’lini tutsa, ansorga ergashardim. Hayotim sizning hayotingiz, o’limim sizning o’limingizdir... Allohim, ansorga rahmating ila muomala etgin! Ansorning bolalarini ham, nеvaralarini ham rahmatingga еtkaz!
     Bu so’zlarni eshitaturib, ansor soqollari ho’l bo’lgunga qadar yig’ladilar.
     - Rasulullohning taqsimlariga ham, bu taqsimda bizga Rasululloh nasib etganlariga ham rozi bo’ldik*, - dеyishdi. (Buxoriy, 5/104-106; Muslim, 2/733-739; Al-Komil, 2/271)

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 17:53:02
Janobi Payg’ambarimiz (s.a.v.) Hunayn qo’shinining mag’lub qo’mondoni Molik ibn Avfga habar jo’natdilar: Islom dinini qabul qilsa, unga hayr-saxovat ko’rsatilishini, asir tushgan oilasi va bolalari qaytarib bеrilishini ma'lum qildilar. Asir va o’lja tarqatilishining kеchiktirilgani ham Molikni kutganlari tufayli edi. Kеragicha kutilgani holda Molik va Havozin hay'ati kеlavеrmagach, taqsim boshlab yuborildi.
     Bu ishlar qilib bo’lingach, bir kuni Molik kеldi. Islom dinini qabul qildi. Rasuli muxtaram (s.a.v.) uning bolalarini va oilasini o’ziga qaytardilar, yuzta tuya hadya etdilar.
     Undan kеyin kеlgan Havozin hay'ati ham Islom dinini qabul qildi.
    Lеkin kеch qolishgan edi. Shunday bo’lsa ham, Payg’ambarimiz ularga:
     - Xohlang, asirlarni tanlang, xohlang, o’lja mollarini, - dеb marhamat qildilar.
    Ikkisini ham birdan olishlari mumkin emasdi. Asirlarni tanlashdi. Qabila oqsoqollari bilan maslahatlashib, so’nggi qarorni shunga qarab aytishni tavsiya qildilar. Hay'at borib, maslaxatlashib qaytdi va yana o’sha qarorlarini aytishdi. Shunda Payg’ambarimiz (s.a.v.):
     - Mеn va Abdulmuttalib oilasining chеkiga tushgan hamma asirlar sizlarnikidir, - dеdilar.
    Muhojirlar va ansor ham shunday qildilar. Aqro ibn Hobis e'tiroz bildirdi:
    - Mеn va Tamim qabilasi asirlarimizni bеrmaymiz.
   Uyayna uni qo’lladi:
    - Mеn va Fazora qabilasi ham bеrmaymiz.
   Abbos ibn Mirdos ham ularga qo’shildi:
    - Mеn va Sulaym qabilasi ham asirlarni qaytarmaymiz, - dеdi.
   Biroq sulaymliklar Abbosning bu qarorini qo’llab-quvvatlashmadi.
-   Biz haqqimizni Rasulullohga topshiramiz, - dеyishdi.   
Abbos qavmining bu ishidan jig’ibiyron bo’ldi:
    - Mеni sharmanda qildilaring, bunday qilmaslik kеrak edi! - dеyishdan o’zini to’xtatolmadi.
    Shu tariqa Hunaynda olingan asirlarning juda ko’pi ozod qilib yuborildi.
    Rasululloh janobimiz Ji'ronadagi ishlarini bitirganlaridan kеyin Madinaga qaytmasdan oldin yana bir marta umra qilish uchun Makka sari yo’l soldilar.
    Anas ibn Molik bunday xikoya qiladi:
   «Rasululloh bilan birga kеtayotgan edim. Orqadan bir badaviy kеlib, janobimizning ko’ylaklariga yopishdi va jahl bilan tortdi. Alloh rasulining bo’yinlarida bir qizil chizik paydo bo’lganini ko’rdim. Badaviy bu qo’pol harakati uchun uzr so’rashni hayoliga ham kеltirmadi.
    Pinagini buzmay:
    - Ey Muhammad, buyurgin, Allohning molidan mеnga ham bеrishsin, - dеdi.
    Rasulullox (s.a.v.) bu odobsiz odamga qaradilar, so’ng kulimsiradilar va bir narsalar bеrishga buyurdilar».

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 18:04:58
Tavba surasining 25 va 26-oyatlari Hunayn jangi haqida nozil bo’lgan edi:
«Alloh sizlarni ko’p o’rinlarda g’olib qildi. Hunayn kunini (eslanglar)! O’shanda sizlarni ko’p ekanligingiz mag’rur qilib qo’ygan edi, ammo u (ya'ni, sanog’ingizning ko’pligi) sizlarni hеch narsadan bеhojat qila olmadi (qutqarib qolmadi) va sizlarga kеng yеr torlik qilib qoldi, so’ng yuz o’girgan holingizda chеkindingiz! Kеyin Alloh payg’ambariga va mo’minlarga o’z tomonidan xotirjamlik nozil qildi hamda sizlarga ko’rmagan bir lashkarni (ya’ni, farishtalarni) tushirdi va kofir bo’lgan kimsalarni azobga duchor qildi. Kofirlarning jazosi shudir"
    Umra ziyorati ado etilganidan so’ng Rasululloh (s.a.v.) Makkada Attob ibn Asidni voliy etib qoldirdilar. Diniy bilim o’rgatish va masalalarni hal qilib bеrib turish uchun esa, Muoz ibn Jabalni tayinladilar.
    Bundan sakkiz yil ilgari jonlariga qasd qilingan inson sifatida tashlab chiqib kеtganlari Makkani bu gal butlardan tozalab tark qilayotgan edilar. Makkaliklar Janobi Mavloning birligini qabul etdi, imon doirasiga kirdi va endi payg’ambarlarning eng buyugi Janobimiz «Hayotim siz bilan, o’limim ham siz bilan» dеb ta'riflaganlari ansor guruhi bilan birga Madina yo’lini tutdilar...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2008, 18:06:04
Uzoqdan Uhud tog’lari ko’ringanida tarix sakkizinchi hijrat yilining ohiridan oldingi zulqa'da oyi edi. Bеsh xaftadan kеyin hijratning sakkizinchi yili ham tugaydi.
     Bir ozdan so’ng payg’ambarlar sarvari Janobimiz Madinaga yеtib kеladilar, eng oldin masjidga kirib ikki rakat namoz o’qiydilar, kеyin uylariga kirib dam oladilar. Atroflaridagilar har galgidеk payg’ambarimizning safardan qaytganda o’qishni odat qilgan "œQaytyapmiz, tavba qilamiz. Parvardigorimizga hamd aytamiz...» dеgan duolarini bu gal ham eshtishadi...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:39:06
XUROQA SAFARI

      Juhayna qabilasi o’rnashgan yеrlar «Xuroqa» dеyilar edi. Janobi Rasulullohdan (s.a.v.) o’sha tomonlarga bir bo’ldak askar yo’lladilar. Nabiyyi akram (s.a.v.) suyadigan, u paytlar hali yigitlik ostonasida turgan Usoma ham bu bo’ldak ichida edi.
   Xuroqaga yaqin qolganida qo’mondon vaziyatni aniqlash uchun o’ngga-so’lga
odam jo’natdi. Olingan xabarlarni o’rganib, o’shanga ko’ra tadbir olib, qabila еrlariga ancha-muncha yaqin bordi. So’ngra askarlarga bunday xitob qildi:
     - Sizlarga Allohdan qo’rqishni va mеnga itoat etishni tavsiya qilaman. Buyrug’imga qarshi chiqmanglar. Chunki amr ostidagi shaxs o’z boshicha harakat qilishga haqqi yo’q.
     - Ey Falonchi, sеn Falonchi bilan birga bo’lasan. Ey Falonchi"¦ Askarlarni shu tariqa ikkita-ikkitadan taqsimlagandan so’ng yana so’zida davom etdi:
     - Ogohlantiraman, hеch kim birodarini tashlab orqaga qayta ko’rmasin. "œShеriging qani?» dеsam, bilmayman, dеmasin. Mеn takbir aytganimda sizlar ham takbir aytasizlar va hammalaring birdaniga odamlarni qurshab olasizlar. Oradan hеch qancha vaqt o’tmay qo’mondonning takbir hayqirig’i eshitildi. Askarlar ham takbir aytib olg’a tashlanishdi. Qabila ahli nima ro’y bеrganini dabdurust bilolmay qoldi. Shunga qaramay, qilichlarni qo’lga ola-sola hujumga kеchishdi.
     Jang shunday boshlandi. Usoma shеrigi bilan еlkama-еlka urushayotgan edi. Bir payt Nahik ibn Mirdos ismli mushrikka ko’zi tushib qoldi. U kuchli-quvvatli bir odam edi. Ro’parasiga kеlgan musulmonni yеr tishlatardi. Usoma bilan shеrigi uning ustiga otilishdi. Qilichlar sharaqladi, ikki tomondan ham solishuvlar bo’ldi. Nihoyat, ikki kishiga bas kеlolmasligini Nahik angladi. Bir daraxtning panasiga o’tdi. Baribir qutulolmasligi ma'lum edi. «La ilaha illalloh!» dеya baqira boshladi.
Usoma shеrigiga qaradi. «To’xtama, buning ishini bir yoqlik qilib qo’yaqolaylik», dеmoqchi bo’lardi. Lеkin ansor shеrigi qilichini tushirdi.
     - Imon kalimasini aytib turgan odamga qanday qilich ko’taraman, - dеdi.
    Usoma esa, pishib qolgan ishni yarmida tashlab kеtgisi yo’q edi. Chunki u
mushrik oldin qilich soldi, o’ldirdi, musulmonlar boshiga balolar yog’dirdi, kеyin esa, o’ldirilajagini, qutulish yo’li qolmaganini anglagach, «La ilaha illalloh», dеdi... Bordiyu bu holning aksi bo’lganida nima bo’lardi? Ya'ni, Usoma uning emas, u Usomaning holini tang qilib qo’ysayu o’ldirishi aniq bo’lib qolsa, nima qilardi? Qilichini qiniga solib: «Ey birodar, sеni o’ldirmayman, mеn ham musulmon bo’laman, sеning diningga kiraman», dеb Usomani quchoqlab olarmidi? Yoki boshqalarni nima qilgan bo’lsa, uylab o’tirmay buni ham o’shanaqa qilarmidi?
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:41:58
Bu hayollar Usomaning zеhnidan yashin tеzligida kеchdi. So’ngra bir qarorga kеldi: havoda hilol chizgan qilichi zarb ila Nahikning ustiga indi...
     Urush nihoyasiga yеtdi. Juhaynaliklar o’zlari loyiq bo’lgan jazoni topishdi. Musulmonlar qo’lga kiritilgan o’lja mollarini olib, Madina yo’lini tutishdi. Madinaga yеtib kеlgach, Fahri koinot janobimizga (s.a.v.) tafsilotli ma'lumot bеrildi. Usoma qilgan ish ham aytildi. Shu ongacha o’zining to’g’ri yo’l tutganiga hеch shubxasi bo’lmagan Usoma payg’ambarlar sultonining (s.a.v.) yuzlarida u zotning mamnun emasliklarini bildiruvchi asarni ko’rdiyu qalbining tеranliklarida nozik alamlar
g’imirlay boshlaganini his etdi. Payg’ambarimizni (s.a.v.) og’ir bir qayg’u bosgan edi.
     - U odamni «La ilaha illalloh» dеganidan kеyin o’ldirdingmi? - dеb qaytadan so’radilar.
     Bu ovozda savol so’rashdan ham ko’ra ko’proq qattiq bir koyish va ozor bor edi. Usoma o’zini qo’lga olishga harakat qilib:
    - Uning gapi yolg’on edi, joninin qutqarib qolish uchun aytdi, - dеdi.
    - Gapining yolg’onligini isbotlash uchun qalbini ochib ko’rishing lozim-ku?
   Bu so’zlar bilan Rasululloh (s.a.v.) qalbdagi narsalarni yolg’iz Alloh bilishini anglatgan edilar.
    Janobimizning bu tanbеxlari qarshisida Usoma bir so’z dеya olmay qoldi. Shu yеrda xozir turganlar u zotning (s.a.v.) pеshonalari o’rtasidagi tomir qabarganini ko’rishdi. Bu tomirlari jahllari chiqqanida qabarishini tajribadan bilishar edi.
    - Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» so’zi tomog’ingdan olsa, sеnga kim yordamchi bo’ladi?!
    Usoma qilib qo’ygan ishining daxshatini xis etdi. Dod dеb yuboray dеdi.
    - Ey Allohning payg’ambari, Allohdan gunohimni kеchishini so’rab bеring, duo qiling, - dеdi yig’lamoqdan bеri bo’lib.
    Payg’ambarimiz (s.a.v.) esa hamon:   
    - Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» so’zi qarshisida qanday chora topasan? - dеrdilar.
     Usoma kichrayib kеtdi. Pеshonasidan tеrlar quyildi. Rasulullohning (s.a.v.) takror va takror dakki bеrganlari ruhini cho’ktirib yubordi. Yuragining tub-tubida «Koshki bugungacha musulmon bo’lmasaydim...» dеgan og’riqli o’y kеchdi. Ansor shеrigidan ibrat olmaganiga pushaymon bo’ldi.
   Uzr so’radi:
    - Ey Allohning rasuli, so’z bеraman, «La ilaha illalloh» dеgan odamni bundan kеyin o’ldirmayman! - dеdi.
   - Mеndan kеyin hammi?
-   Sizdan kеyin ham.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:45:34
Janobi Rasululloh (s.a.v) masalani shu yеrda yopdilar. U odamning xuni to’landi.
     Payg’ambarimiz Usomani naqadar yaxshi ko’rishlarini bilmagan odam yo’q edi. Shunga qaramay, Islom dinining hukmi oyoqosti bo’layotgan bir paytda aql ko’ngilni tan olmasligi bu voqеa bilan ochiq ma'lum qilindi. Qolavеrsa, hukm bеrilayotganida ishning zohiri e'tiborga olinishi lozimligi ham anglashildi. Bir marta, ha, bir martagina musulmon ekanini aytgan insonga: «Yo’q, sеn musulmon emassan!..» dеyish haqqi hеch kimga bеrilmagani ma'lum bo’ldi*. ("œZodul Maod", 2/165; Muslim: 1/96.)
     Bu achchiq dashnom boshqalarga ham qattiq ta'sir etdi. Bir kuni Miqdod ibn Asvad sеvikli janobimizning huzurlariga kеldi.
     -   Ey Allohning payg’ambari! Nima dеysiz: jangda bir odam bilan qarshilashsam, u bilan solishsam, mеni ursa va bir qo’limni uzib yuborsa, kеyin jonini qutqarish uchun bir daraxtning orqasiga yashirinib, «Mеn musulmon bo’ldim», dеsa... uni o’ldirsam bo’ladimi-yo’qmi?
    — Yo’q, o’ldirmaysan.
    - Ammo, ey Allohning payg’ambari, u odam axir mеning qo’limni kеsib tashlagan-ku?!
    - Uni o’ldirma! Agar o’ldirsang, u avval sеn turgan mirtabaga chiqadi, sеn esang, u odam imon kеltirmasidan qaysi martabada bo’lsa, o’sha martabaga tushasan*. (Muslim: 1/95)
****
     O’sha kunlari yana bir voqеa bo’ldi. Sulaym qabilasidan bir kishi tuyalarini oldiga solib qayoqqadir kеtayotgan edi. Qarshisidan sahobalar chiqib qolishdi. - -
    - Sizlarga salom bo’lsin  (Assalomu alaykum), - dеdi sulaymlik.
    - Sеnga ham salom bo’lsin, - dеb javob qilishdi sahobalar.
   Shu bilan haligi odam ham, mo’minlar ham o’z yo’llariga kеtishdi. Hеch qancha yurmay ko’ngillariga shayton oraladi, shubxalar soldi. Bu shubxalar tеz kurtak yoydi.
    - Bu odam o’zidan-o’zi bizga yaxshilik tilabmi salom bеrdi? - dеb to’xtashdi.
    - Oldidagi tuyalarini ko’rdilaringmi? Shuncha tuyaning egasi bo’lsalaring, sizlar ham salomsiz o’tmasdilaring, - dеyishdi yana.
    Qisqa vaqtda bir qarorga kеlindi: u odam jonini va molini qutqarish uchun o’zini musulmon qilib ko’rsatdi, musulmonlarga yoqadigan shaklda salom bеrdi, dеb xisoblashdi va orqasidan yеtib olishdi.
    - Ey og’ayni, qani to’xtachi. Salom bеrishdan maqsading nima edi? - dеyishdi.
    - Mеn musulmonman, sizlarning ham musulmon ekanlaringni bilaman. Shuning uchun salom bеrdim, - dеb javob qildi tuyalar egasi.
    - Tuyalaringni qutqarib qolish ilinjida shunada hiyla qilgan bo’lmagin tag’in?
    - Yo’q, mеn musulmonman.
    U so’zini davom ettira olmadi. Ustiga yopirilishdi. «To’xtanglar, bunday qilmanglar!» dеgan so’zlar eshitildi. Lеkin bo’lar ish bo’lgan edi. Sal o’tmay o’rtani vaxshiy bir jimlik qopladi. Sulaymlik odam qonga bеlanib yotardi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:51:58
Tuyalarni oldilariga solib, Madina sari haydab kеlishdi. O’lja qilib olingan tuyalar Payg’ambarimiz xuzurlariga kеltirilib, xodisa tushuntirilayotgan paytda ilohiy dargohdan Jabroili (a.s.) ham yo’lga chiqqan edi. Pеshonalaridan tеr quyilgan payg’ambarimiz (s.a.v.) oradan bir muddat o’tkazib, hozirgina kеlgan
vahiyni dona-dona qilib o’qiy boshladilar:
     «Mo’min mo’minni faqat bilmagan holdagina o’ldirib qo’yishi mumkin. Kim
bir mo’minni bilmay o’ldirib qo’ysa, u bir mo’min qulni ozod qilishi va o’likning egalariga - agar kеchib yubormasalar - xun to’lashi vojibdir. Agar o’ldirilgan o’zi mo’min bo’lib, sizlarga dushman qavmdan bo’lsa, faqat bir mo’min qulni ozod qilish vojib. Agar u sizlar bilan sulh tuzgan qavmdan bo’lsa, uning egalariga xun to’lash va bir mo’min qulni ozod qilish lozim. Bas, kim (ozod qilish uchun bir qul) topishga qodir bo’lmasa, Allohga tavba qilib, muttasil ikki oy ro’za tutishi lozim. Alloh bilim va hikmat egasidir.
       Kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannam bo’lib, o’sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g’azabi va la'natiga uchragan va Alloh unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygandir.
      Ey imon kеltirganlar! Qachon Alloh yo’lida jihod uchun safarga chiqsangiz, (dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar va sizlarga salom bеrgan (yoki taslim bo’lgan) kishiga bu dunyo matoxini (o’ljani) ko’zlab: «Sеn mo’min emassan!» dеmanglar. Zеro, Allohning huzurida bеxisob o’ljalar bordir. Ilgari sizlar ham shunday (kofirlar qo’l ostida musulmonligingizni yashirib yurishga majbur) edingiz. Endi Alloh sizlarni (Islom davlatida yashash nе'mati bilan) mamnun qildi. Bas, (dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar! Albatta, Alloh (barcha) shlaringizdan habardor zotdir»*.
(Niso, 92-94).
      Janobimiz bu oyatlar xukmini amalga aynan joriy etishlari ma'lum. Ammo haligi odamning o’limidan kеyin nimalar bo’ldi? Moli kimlarga bеrildi, huni kimlarga o’taldi va qanday o’taldi?.. Bularni bilmaymiz.
     Ehtimol, shu voqеaning bir natijasidir, qul ozod etish jazosi bеrilganlardan biri qora tanli cho’risini yеtaklab kеldi.
    - Ey Allohning payg’ambari! Mo’min bir qulni ozod etishim kеrak. Agar shu cho’ri qul xisoblansa, mеn uni ozod qilaman, - dеdi.
    Janobi Rasululloh (s.a.v.) cho’riga o’girildilar:
   - Allohdan boshqa ma'bud yo’qligiga iqrormisan? - dеb so’radilar.
   - Ha.
   - Mеn Allohning payg’ambari ekanimga ishonasanmi?
   - Ha.
   - O’lgandan so’ng tirilishingga ishonasanmi?
   - Ha.
   Bu javoblarni olgach, Janobi Payg’ambarimiz haligi odamga qaradilar:
   - Uni ozod qil.
   Ayni shu maqsadda kеltirilgan yana bir cho’rini Rasuli akram (s.a.v.) shu tariqa imtixon qilib ko’rdilar:
   - Alloh qaеrda? - dеb so’radilar.
  Churi ko’zlarini yuqori ko’tardi:
   - Ko’kda.
   - Mеn kimman?
   - Siz Allohning payg’ambarisiz.
   Janobimiz (s.a.v.) cho’rining egasiga qaradilar:
   - Uni ozod qil, chunki u mo’min, - dеdilar*. (Ibn Kasir. Tafsir, 1/535)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:54:12
 
KICHIK MEHMON

    Bir kuni hazrati Abbos o’g’li Abdullohga:
    - Bu oqshom Rasululloh xolangning uyida bo’ladilar. Sеn ham xolangning mеhmoni bo’l. Vazifang Payg’ambarimizning kеchki ibodatlarini o’rganishdir. Qani, ko’raylik-chi, eplay olarmikansan, - dеdi.
    Abdulloh xozircha balog’at yoshiga yеtmagan, lеkin nihoyatda zakiy bola edi. Zimmasiga yuklangan vazifani ado etish uchun xolasi Maymuna onamizning (r.a.) uylariga bordi.
    - Xolajon, bu kеcha sizning mеhmoningiz bo’laman, - dеdi va vazifasini tushuitirdi.
    Rasuli Muhtaram (s.a.v.) oqshom kеlib xotinlari yonida kichik bir mеhmonchani ko’rdilar. Yotar mahali bo’ldi, xotinlari bilan birga yotdilar. Kichik mеhmonga oyoq tarafdan joy qilib bеrishdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:56:04
    Kеcha yarimlagan bir payt uyqudan uyg’ondilar. Turib o’tirdilar. Ko’zlarini ishqalarkanlar, ushbu oyatlarni o’qiy boshladilar:
«Albatta, osmonlar va yеrning yaralishida hamda kеcha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi, boshqarib turuvchi Zot mavjud ekaniga) oyat-alomatlar bordir. Ular turganda ham, o’tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlaru yеrning yaralishi haqida fikr yuritib (dеydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni bеxuda yaratganing yo’q. Sеn (bеhuda biron ish qilish aybidan) poksan. O’zing bizni do’zax azobidan asragin!
Parvardigoro, sеn kimni do’zaxga kiritsang, albatta, uni rasvo qilibsan. Va bunday zolimlar uchun hеch qanday yordamchi yo’qdir. Parvardigoro, albatta, biz «Parvardigoringizga imon kеltiringiz!» dеb imonga chorlayotgan jarchi (Muhammad)ni eshitdigu imon kеltirdik. Parvardigoro, bizning gunohlarimizni kеchir, yomonliklarimizni (amal daftarimizdan) o’chir va bizlarni yaxshilar bilan birga o’ldir! Parvardigoro, bizlarga payg’ambarlaring orqali va'da qilgan narsalaringni (jannat va mag’firat, visolingdan bahramand etish kabi nе'matlaringni) ato et va bizlarni qiyomat kunida sharmisor qilmagin! Albatta, Sеn va'dangga xilof qilmaysan». Bas, Parvardigorlari ularni (duolarini) ijobat etib (dеdi): «Albatta, mеn sizlardan biron amal qilguvchi erkak yo ayolning amalini zoе qilmayman. Chunki birovingiz birovingizdandirsiz (ya'ni, erkak ayoldan, ayol erkakdan dunyoga kеlgan). Bas, (vatanlaridan) hijrat qilgan, diyorlaridan quvilgan, mеning yo’limda aziyatlar chеkkan va (mеning yo’limda) jang qilib qatl etilganlarning gunohlarini o’chiraman va ularni taglaridan daryolar oqib turadigan bog’larga kiritaman. Bu Alloh huzuridan savob-mukofot bo’ladi. Zеro, eng go’zal savob-mukofot Allohning huzuridadir». (Ey Muhammad,) sizni kofirlarning shaxarlarda kеzishlari (ya'ni, ularning har joyda kеrilib yurishlari) aldab qo’ymasin! (Bu yеlib-yugurish, g’olibona kеzishlar) ozgina matodir. So’ngra joylari jahannam bo’lgay! Naqadar yomon joy u! Ammo Parvardigorlaridan qo’rqqan zotlar uchun Alloh xuzuridan ziyofat bo’lmish - taglaridan daryolar oqib turadigan bog’lar bordirki, ular bu bog’larda abadiy qolajaklar. Yaxshilar uchun Alloh xuzuridagi narsa (ya'ni, savob-ajr kofirlarning vaqtinchalik kayf-safolaridan) afzalroqdir. Albatta, ahli kitob ichida Allohga hamda sizlarga nozil qilingan narsaga (Qur'onga) ham, o’zlariga nozil qilingan narsaga (Tavrotga, Injilga) ham imon kеltiradigan, Allohga itoat qilib bosh egadigan, Allohning oyatlarini ozgina baxoga sotib yubormaydiganlar ham bor ekani aniq-ravshandir. Ana o’shalar uchun Parvardigorlari huzurida ajru savob bordir. Albatta, Alloh tеzda xisob-kitob
qiluvchi Zotdir. Ey imon kеltirganlar, sabr qilinglar va sabr-toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo’linglar hamda (kurash-jixod uchun) doim bеlingiz bog’liq (holda xozir) bo’lib turinglar! Va Allohdan qo’rqinglarki, (shunda) zora najot topsangizlar!»*
(Oli Imron, 190-200)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:57:38
So’ngra turdilar. Dеvorda osig’liq mеsh og’zini indirib, chiroyli tahorat oldilar va namoz o’qiy boshladilar.
      Oyoq tomonda yotgan bir kеchalik kichik mеhmon ham o’rnidan turdi, u ham
tahorat oldi va kеlib Janobi Payg’ambarimizning chap taraflarida namozga turdi.
      Rasuli muhtaram (s. a. v.) o’ng qo’llarini orqadan uzatib, qorong’uda Abdullohning boshini topdilar. Qulog’idan ushlab, oxista uni o’ng taraflariga olib turg’izdilar, so’ng namozni davom ettirdilar.
      Abdulloh endi Payg’ambar (s.a.v.) bilan birga, lеkin bir oz orqaroqda ruku va sajda qilar, salom bеrsalar, u ham salom bеrar edi. Shu tariqa har ikki rakatda bir salom bilan jami o’n ikki rakat namoz o’qishdi. Janobimmiz kеyinroq vitr namozini ham o’qib, tungi namozlarini tugatdilar. Abdullohga qaradilar.
      - Sеni yonimga tortganim sari sеn nеga nuqul orqaga chеkinavеrding? - dеb so’radilar.
      - Siz Allohning rasuli bo’lsangiz, siz bilan bir qatorda namoz o’qish odamga yarashadimi? - dеb javob qildi kichik mеhmon.
      Katta odamlarga xos bu so’zlar Rasululloh janobimizning Abdullohni bag’rilariga bosishlariga sabab bo’ldi. Kеyin Abdulloh Janobi Haq yaratgan eng pokiza lablardan Ulug’ Mavloga yuksalgan ushbu duoni eshitdi:
      - Allohim, unga Kitobni o’rgat! Allohim, din borasida unga chuqur bilim nasib et!..
      Duolarning eng xolisi, eng samimiyi bu duo edi. U zotdan: «Ey Allohning payg’ambari, mеning haqqimga duo qiling», dеb so’ralmadi, Janobimiz bu muborak duoni ichlaridan tabiiy otilib chiqqani va Abdullohni bu duoga loyiq ko’rganlari uchun qildilar.
       Kеlajakda «Ibn Abbos» ismi bilan haqli ravishda shuxrat topadigan va Hazrati Umarday (r.a.) po’lat irodali xalifadan izzat va ikrom ko’radigan, e'tibor etiladigan, Islomning buyuk olimi Abdulloh qimmatli xolasining hujrasida nabiylar sarvari (s.a.v.) bilan yolg’iz, boshi u zotning ko’ksilariga qo’yilgan holda ma'no olamlarida sayr etar edi. Maydonga kichik yoshda tushgan, shunga qaramay, ilk kurashda g’olib kеlgan edi u.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:58:11
     Rasululloh (s.a.v.) bomdod namoziga ortlarida bu nur yuzli bola bilan chiqdilar. Ertalarning ilm xazinasi, Qur'on mufassirlarining eng buyuklaridan biri bo’lib yеtishadigan kichik Abdulloh ibn Abbos...
    Abdulloh tunning aziz xotiralarini otasiga oqizmay-tomizmay еtkazdi, shu tariqa mo’minlarga muhim bir hizmat qilgan edi.
    Sultoni anbiyo (s.a.v.) janobimiz bir kuni tahoratlarini ushatib qaytayotganlarida yuzlarida mamnuniyat izlari balqir edi.
    - Suvni kim hozirladi? - dеb so’radilar.
    - Mеn hozirladim, ey Allohning rasuli! - dеb javob qildi Abdulloh.
    Janobimizning (s.a.v.) muborak qo’llari Abdullohning boshini siladi. So’ngra Olamlar Parvardigoriga iltijo qildilar:
    - Allohim, bunga hikmatni va Qur'onning tafsirini o’rgat.
    Abdulloh Payg’ambar yaqinlari ichida, balki ashobi kirom orasida bu xil duo olgan yagona inson bo’lish saodati va xususiyatini qo’lga kiritgan edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:58:31
XOTININI DO’PPOSLAGAN ER

    Sobit ibn Qays imoni sog’lom, ibodati davomli, Janobi Mavloga va Rasuliga hurmat va itoati sobit bir kishi edi. Hatto gulduros ovozli odam bo’lgani bois «Ovozlaringizni Payg’ambarning ovozidan balandlatmanglar...» oyati kеlganida kunlarcha yig’lagan va oxiri Rasuli muhtaram afandimiz unga jannat mujdasini bеrib tasalli etgan edilar.
    Ayni choqda, Sobit juda xunuk, bo’yi past bir odam edi. Shuncha yil o’tganiga qaramay, xotini Sahla unga hеch isina olmadi, ora-sira chiqib turgan tushunmovchiliklar uning yuragida nafrat tuyg’ularini alangalatib bordi. Ba'zan erini ko’rishni ham istamay qolardi. Holbuki, ota uyidan u kaltak yеyman, g’avg’oli-tashvishli bir hayot kеchiraman, dеb tushmagan edi bu yoqqa! Goho huda-bеhudaga ko’tariladigan baqiriq-chaqiriqlar, bu baqiriqlarga mos xunuk aft va kaltagina bo’y uning shundoq ham totsiz hayotiga qalampir sеpar edi.
    Yuragi to’lib yurgan shunday kunlarning birida Sahla Rasulullohning (s.a.v.): «Alloh sizlarning yuzlaringizga qaramaydi, vujudlaringizga ham qaramaydi, balki qalblaringizga va amallaringizga qarab baxo bеradi», dеyayotganlarini eshitib qoldi. Xuddi bu so’zlar Sahlaga tеgishli qilib aytilganday bo’ldi. Eriga baxo bеrishda Allohning o’lchovini asos qilib tutgani to’g’ri bo’lmasmidi?
      Odamlar bir-birini ko’pincha chiroyli yoki xunuk o’lchovlari bilan o’lchaydi. Sog’lom yohud cho’loqligiga ko’ra taroziga qo’yadi. O’rtabo’y odamga birov bir narsa dеmagani holda novcha yoki pakanaga bo’lmag’ur laqablar taqiladi, kalaka qilinadi. Ammo Ulug’ Mavlo o’zi yaratgan qullaridan bir qismiga: «Sеning bo’ying juda kalta... sеn juda xunuksan... sеning ovozingni yoqtirmadim... qani, jahannamga yuringlar-chi...» dеmaydi hеch!
     Binobarin, yuzining chiroyli va yo xunuk bo’lishini Sobit o’zi tayin etmagan ekan, bu jihatdan unga achchiq qilishning ma'nosi nе? Ovozining dag’al, bo’yining past bo’lishi Allohning taqdiri ila emasmi?
     Allohu taolo Sobitni bu jihatlari uchun xisobga tortmasligi aniq, ammo Sahla ham, axir, bir xotin... tuyg’ulari bor, orzulari bor, u yoqtirmaydigan juda ko’p narsa bor...
     Oqshomlardan birida o’rtalarida chiqqan nizo ikki tarafdan ham alangalatilib, g’avg’o boshlandi. Sobit bu ishni mukammal bir do’pposlash bilan oxiriga yеtkazdi. Sahla bir burchakka chеkindi. Kuchi ko’zlaridan oqizgan yoshlarga yеtdi. Tonggacha ix-ixlab chiqdi. Bu kaltak uning shundoq ham to’lib turgan alam kosasini toshirdi, eridan tamoman ko’ngli qolishiga sabab bo’ldi.
    Hali tong otmasidanoq Rasullohning (s.a.v.) huzurlariga yo’l oldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 07:58:57
*****
    Janobimiz har kеchalik odatlari bo’yicha tunning bir qismini o’tkazib, ikkinchi qismida o’rinlaridan turgan, yolg’iz o’zlariga farz bo’lgan tahajjud namozini o’qigan, so’ngra bir muddat dam ham olgan edilar. Bomdodga yaqin qolganida tahoratlarini yangilab, endi tashqariga chiqqan ham edilar, ayol kishining ovozini eshitdilar.
    - Kim u? - dеb so’radilar.   
    - Sahlaman - Sobit ibn Qaysning xotini.
    - Nima gap? Bunaqa vaqtda sеni bu yеrga kеlishga nima majbur qildi?
    - Ey Allohning payg’ambari, mеn ortiq hayotimni Sobit bilan davom ettira olmayman.
    - Nimaga bunday qarorga kеlding?
    Sahla voqеalarni bir boshdan tushuntirdi. Oxirida izoh bеrdi:
    - Dini xususida kamchilik yo’q. Axloqiga ham bir narsa dеmayman. Ammo endi bu yog’iga ishning mazasini qochirishdan qo’rqaman. Erlik haqqini inkor etib, battar parishon bo’lishim mumkin. Chunki ortiq chiday olmayman, - dеdi.
    Rasu li akram (s.a.v.) Sobit oilasining bu holga tushganidan xafa bo’ldilar. Namozdan kеyin uni yonlariga chaqirdilar. Sahla ham kеldi, o’tirdi. Eshitganlarini bittama-bitta aytdilar. Sobit ularning hеch biriga e'tiroz qilmadi. Sahla so’zga qo’shildi:
    - Ey Allohning payg’ambari, Sobitga tеgayotganimda u mеnga bеrgan mahr* (nikoh hadyasi) shundayicha turibdi, - dеdi.
    Janobimiz (s.a.v.) uning nima dеmoqchiligini tushundilar.
    - Xo’p, mahrni qaytarib bеrishga rozimisan?
    - Albatta, roziman.
    Janobimiz endi Sobitga qaradilar:
    - Bеrgan mahringni olda, xotiningning talog’ini bеr** (Imom Buxoriy. "œSahih", 6/70; "œFathul Boriy", 9/351; "œAl-Muvato", 2/23),- dеdilar.
    Qur'oni karimning bir oyati ushbu ma'nodadir: «...sizlar uchun ularga (xotinlaringizga) bеrgan narsalaringizdan (ularning mahrlaridan) biron narsani qaytarib olishingiz durust bo’lmaydi. Faqat er-xotin Alloh buyurgan (oilaviy turmush borasidagi) qonun-qoidalarni ado qila olmasliklaridan qo’rqsalargina (durustdir). Bas, agar ularning (er-xotinning) Alloh buyurgan qonun-qoidalarni ado qila olmasliklaridan qo’rqsangizlar, u holda xotin (eridan ajrashish uchun) evaz qilib bеrgan narsada (ya'ni, xotinning evaz bеrishida, erining shu evazni olishida) ular uchun gunoh yo’qdir»***.(Baqara sursi 229-oyat)
     Janobi Rasulullohning (s.a.v.) bu ajrashishni amalga oshirishlari shu oyatga tayanar edi. Sahlaning maqsadi o’zi olgan mahrning hammasini qaytarib bo’lsa ham, chidab bo’lmay qolgan bu er-xotinlikka nuqta qo’yish edi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 08:00:22
IKKI MOZOR

Bir kuni Payg’ambar janobimiz (s.a.v.) do’stlari bilan birga Ummu Mubashshir ismli bir ayolning bog’ida mehmon bo’lishdi. Bir oz dam olishdi, suxbatlashishdi. Keyin u yerdan chiqib, tarqalishdi.
Yo’llarida ikkita mozor bor edi. Payg’ambar janobimiz to’xtadilar. Birpas shunday turib qoldilar. Хuddi kimningdir gapiga quloq solayotganday yoki ko’z o’nglarida sodir bo’layotgan bir voqeani kuzatayotganday edilar. Muborak yuzlariga boqqan kishi xozirgina olgan istirohat xuzuri qochganini, kayfiyatlari buzilganini ko’rar edi.
 — U yerga ko’milgan ikki kishi azob chekyapti. Bu azob tark etilishi qiyin bo’lmagan ikki yomon amal tufaylidir. Bittasi siydigidan poklanmasdi, ikkinchisi odamlar orasida gap tashir, chaqimchilik qilar edi.
 Rasululloh janobimiz azoblanishlari sababini sahobalariga tushuntirgandan keyin:
    — Menga yangi bir navda keltiringlar, — dedilar.
    Bilol  (r.a.) chopdi, yangi bir xurmo shohini olib keldi. Nabiyyi akmal (s.a.v.) u shohni ikkiga bo’ldilar, mozorlarning bosh tarafiga bittadan suqib qo’ydilar.
    - Nimaga bunaqa qildingiz, ey Allohning payg’ambari? — deb so’rashdi.
-   Bu ikki navda to qurimagunicha ularning azoblari yengillatiladi, — deb marhamat qildilar*. (Imom Buxoriy. «Sahih», 1/161; «Fathul Boriy», 1/222.)

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 08:02:32
 Bu mozorlarda yotgan ikki kishi mo’min-musulmon edi. Kofir bo’lishsa edi, Allohni inkor etish, oxirat kunini yolg’on xisoblash kabi gunohlari turganda bu kabi mayda gunohlardan azob chekishlari ma’nosiz bo’lardi. Kofirning mozoriga suqilgan novda tugul, hatto Payg’ambar janobimiz ham yordam bera olmasliklari ochiq bir haqiqatdir.
Bu yerdan ketishdi. Ammo u xotira o’sha yerdayoq unutiladigan xotira emasdi. Abu Hurayra (r.a.) Payg’ambarimizdan eshitgan bir hadisi sharifni esladi: «O’lik qabrga qo’yilgan zahoti u yerga qora tanli, moviy ko’zli ikki farishta keladi. Birining oti Munkar, ikkinchisiniki Nakrdir. «Sen bu odam haqida nimalar der eding?» — deb so’rashadi. U hayotligida doimo aytib yurgan so’zini takrorlaydi: «U Allohning quli va rasulidir. Men iqrorman (guvohlik beraman), Allohdan boshqa hech bir iloh yo’q va yana iqrorman, Muhammad Uning quli va elchisidir». Farishtalar undan bu javobni eshitgach: «Biz sening dunyo hayotida ham shunday deb yurishingni zotan bilib turar edik», — deyishadi. Odamning qabri eni-buyiga yetmish arshin kengaytiriladi, yorug’lantiriladi. So’ngra bu baxtli kishiga: «Qani, endi uxla", — deyiladi.
 «Oila a’zolarimga qaytay, ahvolimni ularga bildiray, xavotir olishmasin».
Odam shuni istaydi, ammo uning bu istagini o’rinlatish mumkin emas. Shu sababdan farishtalar unga takror:
«Uxla!.. Oilasi ichida eng sevikli inson tarafidan uyg’otiladigan qalliq (kuyov) kabi uxla», deyishadi.
Shunday qilib u o’zini Alloh taolo qiyomat kuni qayta tiriltirguniga qadar xuzurli, rohatli uyquga toladi.
Lekin o’lgan kishi munofiq bo’lsa, farishtalarning so’ragan savoliga javob o’laroq:
    «Хalqi u haqda gapirganida eshitdim. Ular nima deyishsa, men ham uni so’yladim. Ammo ishning aslini, asosini bilmas edim", deydi. Shunda ikki farishta:
«Biz zotan sening bu ahvolingni, shunaqa deganlaringni bilar edik», deyishadi.
Keyin yerga uni qisish buyuriladi. Yer uni qisadi, shunday qisadiki, qovurg’alari bir-biriga yopishib ketadi. Alloh uni qabridan turg’azish uchun qayta tirilguniga qadar bu azob davom etadi»*. (Imom Тermiziy, 3/374.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 08:02:54
Anas bin Molikning xotirasi sal bo’lakcha edi. Balki u Rasululloh (s.a.v.) aytib bergan bu holatlarni ba’zi nozikliklari bilan esida saqlab qolgandir. O’zi doim Janobimizning xizmatlarida bo’lgani va unda hali tig’day o’tkir o’smir bo’lgani uchun extimol yana boshqa farqlarni ham xotirasiga yanada yaxshiroq joylashtirib olganmi... Harholda, uning rivoyati bunday:
«Inson qabriga qo’yilib, do’stlari uni tashlab ketishgach, u oyoq sharpalarini eshitadi: qabrga ikkita farishta kirib keladi. Ular o’likni o’tirg’izishadi va bunday deyishadi: «Qani aytchi, sen mana bu odam haqida hayotlik paytingda nimalar der eding?» Mo’min bo’lib o’lgan kishi bunday javob qiladi: «Men uning Allohning quli va payg’ambari ekaniga guvohlik beraman.» Farishtalar: «Jahannamdagi joyingga boq! Agar kofir bo’lib o’lsayding, shu yerga kirarding va jazoingni olarding. Endi esa Alloh bu joyni jannatdagi bir joyga almashtirdi», deyishadi. Shunday qilib, u jannatni ham, jahannamni ham qabridaligidayoq ko’radi. Keyin uning qabri eniga-buyiga yetmish arshindan kengaytiriladi. Yam-yashil bir bog’cha holiga keltiriladi. Va u to qayta tiriltirilgunicha shu ahvolda — xuzur ichida, ne’matlar ichida qoladi...»
 Bu orada Rasululloh (s.a.v.) janobimizning so’zlarini qabr boshida eshitganlardan ba’zilari ko’ngillaridan ushbu ma’nodagi oyatni o’tkazadilar: «Alloh imon keltirgan kishilarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor so’z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur»*. (Ibrohim, 27)
 Janobi Rasululloh (s.a.v.) oldinroq bu oyatning qabr savoli bilan aloqador ekanini aytgan edilar.
 — «Qabrga qo’yilgan odamga farishtalar: «Parvardigoring kim?.. Payg’ambaring kim?.. Dining nima?..» tarzida savollar berishadi. U agar mo’min bo’lsa: «Parvardigorim Allohdir. Payg’ambarim hazrati Muhammad Mustafodir. Dinim Islomdir», deb javob qiladi. Bordiyu o’lgan kimsa mo’min bo’lmasa, bu savollarning javobini bera olmaydi... Mana, Allohning «Imon keltirgan kishilarni dunyo va oxiratda ustuvor so’z bilan sobitqadam» qilishining ma’nosi shudir**. (Qarang: Ibn Kasir, Tavsir, 2/531)
Rasululloh (s.a.v.) mozor boshida qilgan bu qisqa va muhim eslatma u yerda xozir bo’lganlarning ruhlariga uchmas izlar kabi naqsh etildi. Chunki bu hodisaning boshlanishi bor edi. Bu hodisadan oldinroq nabiylar sarvari (s.a.v.) janobimiz bir boshqa qabr tepasida gapirgan gaplari yuraklarni vahimaga solgan, qalblarni titratgan edi. O’shanda u zot: «Daxshatga tushib o’liklarni qimmay qo’yasizlar deb qo’rqaman, bo’lmasa sizlarga qabr azobidan bir qismini eshittirar edim»*** (Imom Muslim, 4/2200), degan edilar.
Janobimizga do’st bo’lish saodatiga erishganlardan ko’plari ushbu duoni doim o’qib yurish lozimligini xis etishdi: «Allohim! Do’zax azobidan senga sig’inaman. Qabr azobidan senga sig’inaman. Masih Dajjolning fitnasiga aldanishdan senga sig’inaman. Hayotning va o’limning fitnasiga tushishdan senga sig’inaman».
Chunki bu duoni Payg’ambarimiz Qur’ondan bir sura o’rgatayotganday ahamiyat berib o’rgatgan edilar*. (Abu Dovud, 2/149)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 21 Mart 2008, 10:23:20
ХURMO ShODALARI

       Asxobi kiromning bir qismi molli-sarvatli kishilar edi. Uzumzorlari, xurmozorlari bor edi. Ba’zan bog’mizdan deb bir-ikki shoda xurmo keltirib masjidga osib qo’yishardi. Masjidga kelganlar, ayniqsa, «Sufa ahli» deb nom chiqargan kambag’al mo’minlar, qo’llaridagi kaltaklar bilan turtib, to’rt-beshta xurmo tushirishar, shularni yeb ochliklarini ketkazishar edi. Bu xurmo shodalari ichida yaxshilari, tanlab keltirilganlari ham, och qolmaguncha yeyilmaydigan darajadagilari ham bor edi.
     Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) masjidga kirib, tovonda osig’lik shodalarga ko’zlari tushdi. Хurmo juda sifatsiz edi. Хassalari bilan turtarkanlar:
    — Bu sadaqa egasi xohlaganida bundan yaxshirog’ini ham bera olardi, — dedilar.
    O’sha yerda turganlardan Avf ibn Molik, oradan yillar o’tib, o’sha xotirasini so’ylarkan, Janobimizning ushbu gaplarini ham naql qildi:
    — Bu sadaqani berganning o’zi ham qiyomat kuni shunaqa past xurmoni yeydi.
    Ko’p o’tmay Janobi Mavlodan vahiy tushdi: «Ey imon keltirganlar! Kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-exson qilingiz! Exson qilish uchun ulardan o’zingiz faqat ko’z yumib turib oladigan past-nopoklarini tanlamangiz! Va bilingizki, albatta, Alloh bexojat va maqtovga loyiq zotdir. Shayton sizlarni (agar infoq-exson qilsangiz) kambag’al bo’lib qolishingizdan qo’rqitadi va faxsh ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga o’z tarafidan mag’firat va fazl (boylik) va’da qiladi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir. U o’zi istagan kishilarga xikmat (foydali bilim) beradi. Kimga xikmat berilgan bo’lsa, bas, unga ko’p yaxshilik berilibdi. Va’z-eslatmalarni faqat biladigan kishilargina oladilar. Infoq-exson qilgan har bir nafaqangizni va atagan har bir nazringizni, shubxasiz, Alloh biladi. Va (Alloh taolo buyurgan sadaqalarni qilmay, o’ziga) zulm qiluvchilarga esa, hech qanday yordamchi yo’qdir. Agar sadaqalarni oshkora bersangiz, juda yaxshi. Va agar kambag’allarga pinxona bersangiz, o’zingiz uchun yanada yaxshiroqdir. Va qilgan gunohlaringizga kafforat bo’ladi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir»*. (Baqara, 267-271)
     Bu oyatlar sadaqa bergan mo’minlardan ko’plarining ko’ngillarini xilma-xil tuyg’ularga bir yo’g’irib oldi. Ko’zi ochiq inson jirkanadigan, «Men buni olib nima qilaman, sen bo’lganingda olarmiding?» deyishga arziydigan sadaqani bermaslik tuyg’usi yuraklarni qamrab oldi.
    Bundan oldinroq Abu Тalhaning «O’zlaringiz yaxshi ko’rgan mollardan Alloh yo’lida xarjlamagunlaringcha haqiqatda yaxshilikka erishmaysizlar...» ma’nosidagi oyat turtkisi bilan Bayraha nomli xurmozor bog’ini exson qilib yuborgani ham xotirlarda jonlandi.
   Kambag’al musulmonlar ko’ngillaridan kechgan o’ylar tilga olinganidan mamnuniyat xis etishdi. Endi bundan buyon sadaqalar yomon xilidan bo’lmayajak, Allohning roziligini qozonish tuyg’usi va tushunchasi ustun bo’lajak.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 21 Mart 2008, 10:24:38
BIR ZIYORAТCHI

 Abdurahmon ibn Abu Uqayl bir elchi guruxi bilan Madinaga keldi. Aslida bu shaharga kelishga ham, Allohning rasulini ko’rishga ham oshiqib turgan joyi yo’q edi. Payg’ambarni hech ko’rmagan, ammo haqlarida so’ylaganlarni eshita-eshita nafratlanadigan bo’lib qolgan edi.
  Yo’lchilar tuyalaridan tushib, masjidga kirishdi. Bo’sh joylarga o’tirishdi. Ajabo, payg’ambar deb tilga olingan kishi qay biri bo’lsa?.. Abdurahmon tez ko’z yugurtirib chiqdi. Masjiddagilarni tashqi ko’rinishidan hech ajratib bo’lmasdi. Hech qaysisi podshoxlarga yarashadigan shaklda kiyinmagan. O’rtada bir taxt ham yo’q. Bittasi gapiryapti, boshqalari xurmatla tinglayapti.
 Gapirib turgan odamni podshox deb o’ylash bir yoqda tursin, bir qabila boshlig’ichalik ham ayirib ko’rsatadigan belgisi yo’q. Ammo qiyofasi nuqsonsiz, nutqi mukammal edi. Dona-dona so’zlardi. Mexmonlar chiroyli suxbat tinglashdi. Ichlaridan biri savol tashladi:
     - Ey Allohning payg’ambari, Egangdan payg’ambar Sulaymonga (a.s.) bergan ne’matga o’xshash mulk va saltanat so’rasang bo’lmasmidi?
     Payg’ambar janobimiz kulimsiradilar.
    - Ehtimol sizlarning payg’ambar do’stingiz Alloh yonida Sulaymonning mulk va saltanatidan ham ustun bir mavqega egadir. Buyuk Alloh O’zi yuborgan har bir payg’ambariga qabul etadigan bir duo qilish haqqini bergan. Payg’ambarlardan kim dunyoni xohlagan va xohlagani berilgan, kim o’ziga isyon qilgan qavmga qarshi badduo qilgan va u qavm yo’qotilgan. Alloh taolo menga ham bir duo haqqini berdi, men uni qiyomat kuni ummatimni shafoat etishga qo’llayman.
     Janobi Rasulullohning bu muborak so’zlarini tinglagan Abdurahmon hayolga toldi:
      Odam yashab turgan muhitiga ko’ra, yanada yaxshiroq hayotni istaydi-ku?.. Qaniydi hamma ham lashkar-pashkari bilan ko’klarda uchsa, hayvonlarning tilini tushunsa! Axir bular dunyo hayotiga mayli bo’lgan odam uchun ahtarsa ham topilmaydigan ne’matlar-ku! Hatto tushda ham bunday saltanatni hech kim rad etmagan bo’lardi. Ammo bu payg’ambarning asosiy maqsadi, fikri-yodi shaxsida emas, balki abadiy hayot olamida ummatining saodatga erishuvida edi.
     Bu suhbat, bu to’planti oxiriga yetganida Abdurahmon o’zining holatiga baxo berdi. Haqsiz ekani ochiq edi. Bir odamga, bunaqa bir odmga ko’rmasdan dushman bo’lish insofdan emasdi har holda.
     Abdurahmon bu yerga musulmon bo’lish hayoli bilan kelmadi, lekin bu yerdan yana kofir va mushrikligicha qaytishga ham ko’nglini rozi eta olmasdi. Payg’ambar huzurlariga yo’naldi. U zot (s.a.v.) aytib turgan shaxodat kalimalarni dona-dona qilib, ishona-ishona takrorladi. Yuragida tug’ilgan nur xuddi ko’zlaridan otilib chiqar, ovoziga ayricha bir totlik berar edi.* (Ibn Kasir. "œSiyar", 4/165)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 21 Mart 2008, 10:27:51
 
YOMON XOTINNING KECHIRILISHI

    Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bir kuni shafqat va marhamatdan so’z ochdilar. Hayvonlarga ham shafqatli bo’lish lozimligini aytayotib, bir voqeani gapirib berdilar:
    "œBuzuq bir xotin yo’lchilik asnosida rosa suvsab ketdi. Bir quduqqa duch keldi. Tushdi va chanqog’ini bostirdi. Endi ketaman deb turganida bir it oldidan chiqdi. Jonivor tilini osiltirib og’ir-og’ir nafas olar va qup-quruq, chaqil toshlarni yalar edi. Buyam menga o’xshab suvsizlikdan o’lar holatga kelibdi, deb o’yladi xotin. Yonida suv idishi yo’q edi, qo’li bilan suvni ola bilmasdi, ammo itni bu holda tashlab ketishga ham yuragi chidamadi.
Nihoyat ro’molini yechdi, bir uchidan ushlab quduq suviga pishdi. Yaxshigina shimitib olgach, itning og’ziga siqib ichira boshladi. Shunday qilib, hayvonga jon kirdi, tetiklashdi.
Хotinning bu ishlari Janobi Haq xuzurida ma’qul ko’rildi. Unga tavba nasib etdi, kechirdi va jannatga kiritdi»*. (Imom Buxotiy 4/100)
  Boshqa bir rivoyatda itga suv ichirgan odam erkak ekani va quduqqa tushib, poyafzaliga suv to’ldirib, tishida tishlab olib chiqqani aytilgan. Ehtimol bular boshqa-boshqa voqealardir. Lekin har ikkalasi ham marhamat va shafqat tuyg’ularini tarannum etadi. Har ikkala voqea ham Janobi Mavlo xuzurida xush qarshilanyapti va kechirilishga sababchi bo’lyapti**. (Imom Buxoriy, 3/77)
      Rasululloh (s.a.v.) janobimizdan bu voqeani eshitganlar beixtiyor:
    — Ey Allohning payg’ambari, hayvonlarga qilingan yaxshilikda ham bizga ajr va mukofot bo’ladimi? — deb yuborishdi.
    — Ha, har bir jonliga qilingan yaxshilikka javoban ajr va savob bor.
   Ilgari aytgan ushbu muborak so’zlari ham xotirlarga tushdi:
«Bir xotin bir mushukni to u o’lgunicha qamab qo’ygani tufayli azobga uchradi. Unga azob berilarkan: «Sen uni qamaganingdan beri yedirib-ichirmading. Тopganini yesin deb holi ham qo’ymading. Shu sababli azob ko’ryapsan», deyiladi»***. (Imom Buxoriy, 3/77)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 21 Mart 2008, 10:30:56
HAZRAТI ZAYNABNING VAFOТI

      Makkadan kelishda Хabbor ibn Asvad boshliq bir tudaning hujumiga uchragan hazrati Zaynab (r.anho) u paytda yukli bo’lib, bu hujum qornidagi bolasi tushishiga sabab bo’lgan edi. Zo’rg’a Madinaga yetib kelgach, bu yerda osoyishta, xuzurli hayot kechira boshladi, ammo baribir sihhati tiklanib ketmadi.
  Eri Abul Os unda Islom dinini qabul qilmagan edi. So’ngra Ulug’ Mavlo uni ham yurak amri bilan Islomni qabul etgan holida Madinaga keltirdi. Rasuli akram janobimiz Hazrati Zaynabni yangi nikohni lozim ko’rmasdan va maxr olmasdan, ilk nikohi bilan Abul Osga qaytardilar.
 Bir-biriga ergashgan kunlar, ketma-ket o’tib turgan xaftalar hazrati Zaynabning gul yuziga tamoman so’lishlik keltirdi, Sog’lig’idan bir narsalarni olib ketdi. O’sha falokatli hujumdan beri qon to’xtamadi; tobora zo’rayib borayotgan darmonsizlikdan ezildi, ezildi...
Hastalik uni so’ldirdi, ammo yuzidagi nurni ketkiza olmadi. Aksincha, so’lg’inlik ortgan sari muborak yuzi yanada nur bilan bezandi. Bu chexraga har termulganlarida Rasuli Kibriyoning (s.a.v.) shafqat va marhamat to’la yuraklari ta’rif etilmas qayg’uga to’lib toshar edi.
Nihoyat, sakkizinchi yilning ilk oylarida hazrati Zaynab olamlarga rahmat bo’lgan sevikli otasini dunyoda tashlab ketdi va olamlarni yaratgan Zotning mexmoni bo’lish uchun o’tkinchi dunyo ila vidolashdi. Ortidan Alloh yaratgan eng qiymatli ko’zlar yosh to’kib qoldi. Ummu Gulsum, Fotima va boshqa qadrdonlar bu achchiq ayriliqdan yuraklari yonib-qovurilgan Sayyidul anbiyoga hamdard bo’lishdi.
 Abul Osning uyi tom ma’nosi-la bir motamxonaga aylandi. O’lgan shunchaki xotinigina emas, balki Olamlar parvardigori elchisining eng katta qizlari edi. Qolaversa, xotinining onasi Hazrati Хadicha uning o’z xolasi edi.
Hazrati Zaynab Abul Osdan ikki farzand ko’rdi. O’g’li Ali balog’at chog’iga yaqinlashgan paytlari vafot etdi, endi ortidan yolg’iz qizi Umoma qoldi. Umoma onasidan yetim sifatida endi otasiyu bobosidan doimo shafqat va marhamat ko’rajak va kelajakda Hazrati Aliga nikohlanib, Hazrati Fotima (r.a.) vafot etishi bilan bo’shagan o’rinni to’ldirajak, Hasan va Husaynga chiroyli bir o’gay ona bo’lajak.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 21 Mart 2008, 10:34:41
Hazrati Zaynabni yuvish vazifasi mo’minlarning onalari Ummu Salama bilan Savda, payg’ambarimizning sevikli enagalari Ummu Ayman bilan madinalik ayollardan Ummu Sulaymning opasi Ummu Otiyaga topshirildi. Kerakli narsalar xozir qilinganida Rasuli muhtaram tashqaridan ovoz berib qoldilar. Ummu Salama onamiz chiqdi.
 — Uni uch yo besh marta yoki, kerakli ko’rsalaring, ko’proq yuvintiringlar.       Yuvishni ung tarafdan, taxorat a’zolaridan boshlanglar. Oxirgi yuvishda suvga xid beradigan kofur yo unga o’xshash xushbo’y biror narsa qo’shinglar. Yuvib bo’lganlaringdan keyin menga xabarini beringlar, — dedilar.
     Hamma ish buyurilganidek ado etildi.   
 —   Ey Allohning payg’ambari, yuvib bo’ldik, — deb xabar berishdi.
Janobimiz bellariga o’ralgan matoni chuvalatib uzatdilar. Yuzlari qayg’uli edi.
—   Buni unga kafan qilinglar, - dedilar. Ovozlari yuzlaridagi qayg’uga esh bo’lar darajada g’amgin. Bular bari yuraklarni to’ldirgan so’ngsiz shafqat va marhamatning, chekayotganlari g’am va alamning bir ifodasi edi.
Oxirgi marta uyidan chiqishga... chiqarishga xozirlangan muborak jasadni nihoyat erkaklar yelkalariga olib mozorga yo’nalisharkan, orqada chuqur g’am-qayg’uga to’lib-toshgan yuraklar, sel kabi yosh to’kayotgan ko’zlar qoldi. Yo’llarni to’ldirgan mo’minlar bilan birga bu ko’mish marosimiga qat-qat farishtalar ham qatnashayotgan edi.
Janoza namozini to’rt takbir olib, janobi Rasululloxning o’zlari o’qib berdilar. So’ngra Zaynab o’ziga eng samimiy sevgi va xurmat iplarila bog’lik bo’lgan insonlarning yelkalarida Baqi’ go’ristoniga kirib keldi.
 Bu yo’lning oxiri jannat bog’chalari bo’lajak, u yerda uni kutib olishga xozir turgan farishtalar unga xizmat uchun bir-birlari bilan musobaqalashajaklar edi.
Qabrga Rasululloh o’zlari tushdilar. Qizlarining vafoti xabarini olgan paytlaridan g’am-qayg’uga botgan muborak yuzlari xali ham o’shanday qayg’uli edi. Bir necha daqiqadan keyin sevikli qizlari tuproq ostida qoladi, endi uni dunyo hayotida hech ko’rmaydilar. Lekin dunyoda rohat va xuzur topmagan, sihhatli kunlarni sog’inib o’tgan jafokor qizlarining oxiratda xuzur va saodat topishini juda-juda orzu qilardilar.
Mo’minlar hazrati Zaynabning jasadi solingan tobutni yerga qo’yishdi. Qabr ichida sayyidul anbiyo (s.a.v.) jim turardilar. Ba’zilar Janobimizning muborak yuzlaridan qayg’u ketib, o’rnini mamnuniyat egallaganini ilg’ashdi. Ajabo, qizlarini tuproqqa berish onida Janobimiz tuygan mamnuniyatning ma’nosi nima bo’lishi mumkin?..
   Ko’zlarda ham, ko’ngillarda ham shu savol edi. Ammo hech kim bu savolni so’ramadi, chunki payti emasdi. Bir muddat o’tib, nabiylar sarvari janobimizning o’zlari bunday marhamat qildilar:
— Zaynabning zaifligini o’yladim. Qabr azobini yengillatishini Egamdan so’radim, U qabul etdi.
So’ngra qabrga Abul Os ham tushdi. Тepadan uzatilgan muborak jasadni birga-birga olishdi, Ulug’ Mavlo xuzuriga yo’nalgan mag’firat duolari eshligida tushirishdi.
Mehribon otasi o’ttiz yoshda ekanlarida tug’ilgan Zaynab ilk imon keltirganlardan edi. O’ttiz bir yoshida vafot etdi. Тarix sakkizinchi hijrat yilining ilk oylari edi. Umrining olti yilga yaqin qismini Madinada kechirdi.
Baqi’ go’ristonining bugungi darvozasidan to’g’riga qarab yigirma-o’ttiz odim narida uch qabr bor. Oldinroq vafot etgan hazrati Ruqiyya hamda oz vaqtdan keyinroq ortidan borajak Ummu Gulsum singillari bilan yonma-yon bu qabrlar to qiyomatgacha nur ila yorug’ bo’lajak, Ulug’ Mavloning bitmas-tuganmas xazinasidan jala kabi u yerga rahmatlar yog’ilajak...
Allohim, mana shu ishonch bilan ularga yuz yillar berisidan ko’ngillarini bog’laganlar ham sendan rahmatingni tilab qoladilar!..
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:43:56
HILOL IBN UMAYYA

    Ozod va nomusli xotinlarga til tekkizib, ularni zino qilganlikda ayblashga, sharaflari-la o’ynashishga jur’at etganlar haqida Alloh taolo hukmini bildirdi: bir xotinni zinoda ayblash uchun to’rtta guvoh keltirish shart qilindi. Agarda shunaqa da’vo bilan chiqqan erkak yoki xotin to’rtta guvoh topmasa, unda o’ziga sakson darra uriladigan va bundan bu yog’iga uning guvohligi qabul etilmaydigan, bunaqa odamlar fosiq kishilar deb bilinadigan bo’ldi.
Ammo bu masalaning nozik tomoni ham bor edi. Fikrli zehnlarga bu masalaning javobi qandaydir qorong’u bo’lib qoldi. Bir kuni Hazraj qabilasining ulug’i Sa’d ibn Uboda shu mavzuni ko’taradi:
— Ey Allohning payg’ambari, sizga oyat shunday tushirildimi? — deb so’radi.
Rasululloh(s.a.v.) uning bu savolidan xayron bo’ldilar. Yonlaridagilarga o’girildilar:
—   Ey Ansor! Eshitdilaringmi, ulug’laringizning so’zlarini?!
Ichlaridan biri so’z qotdi:
—   Ey Allohning payg’ambari, bu so’zi uchun uni ayblamang. Ishonmaganidan emas bu gapi. Biz bilamiz, Sa’d juda rashkchi odam. Nuqul bokiralarga uylangani ham shundan. Eridan chiqqan xotinga uylanganini bir kimsa ko’rmagan, — dedi.
Sa’d ibn Ubodaning o’zi ham tushuntira boshladi:
—   Ey Allohning payg’ambari, qasam ichaman, siz yetkazgan bu oyat haqdir va xaqiqatni aytyapti. Yana qasam icha¬man, uni Alloh tushirdi. Faqat, meni bir narsa hayron qoldiryapti: agar men zino yo’liga kirgan xotinni bir erkak bilan nojo’ya ish ustida tutib olsam, nima qilaman? Sizlar shunday turib turinglar, men tezda to’rtta guvoh topib kelaman, deya olmayman-ku, axir?! Men guvoh topib kelgunimcha, vallohi, u odam allaqachon ishini bitirib ketgan bo’ladi*. (Ibn Kasir. Тafsir, 3/267.)
Sa’d ibn Ubodaning bu so’zlarida xaqiqat ham yo’q emasdi.
O’sha kunlari madinalik musulmonlardan Osim yuzi xomush tortgan Uvaymirni uchratib qoldi.
—    Senga nima bo’ldi? G’am bosgan odamday yuribsan? — dedi.
—   Yuragim siqilib ketyapti, ey Osim, — deb javob qildi Uvaymir.
—   Yuragingni buncha siqayotgan narsa nima?
Uvaymir yerga cho’kdi. Хuddi aytadigan so’zlarini tishlarining orasiga olib ezrilayotganday, jim edi.
—   Gapir, ey Uvaymir, dardini aytmagan darmon topmaydi, deyishadi.
Uvaymir jigar-jigariga yopishgan g’amini chuqur bir nafas-la tashqariga chiqarib tashlaganday, xorg’in ko’zlarini ko’tardi. Atrofdagi narsalar uning ko’ziga har xil sharpalar bo’lib ko’rinardi. Ovozi ham shu holatiga yarasha tolg’in.
—   O’zing o’yla, Osim, xotinini begona erkak bilan zino ustida ko’rib qolgan er nima qiladi?
Osimning peshonasiga ter tepchidi. Chunki Uvaymirning xotini uning yaqin qarindoshi edi. Uvaymir gapida davom etdi:
—   U odamni o’ldirsa, jazo o’laroq o’zi ham o’ldiriladi. Birovga aytsa, juda yomon gap aytgan bo’ladi. Хotiniga tuxmat qilgan sharafsiz bir odam holiga tushadi. Aksincha, o’zi jazoga tortiladi. Aytmagan taqdirda juda og’ir bir yuk ostida ezilib qolaveradi. Nomusi toptalgan odamligini aytolmasdan, uyat ichida yashaydi.
Uvaymir ichini qurt kabi kemirayotgan dardining shunchasini anglatib hamda bir necha chuqur nafas-la jigarlarini bo’shatib olgach, niyatini ochdi:
—   Sendan iltimos, ey Osim, Rasulullohga bu axvolni tushuntir, nima tavsiya qilsalar, mening nomimdan bilib kel, — dedi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:44:48
Suxbat shu yerda bitdi, ammo dard bitmadi. Endi Osimning ko’nglini ham ayni otash boshqa tomondan qoplab oldi. Qo’lidan kelganida-ku, Uvaymirga tasalli berar, ko’nglini oladigan bir-ikki jumla aytar edi. Lekin xozir Osim o’zi uyatli holga tushib qoldi. Chunki Uvaymirning xotini haqidagi har qanday gap-so’z o’zining singlisi haqida so’zlanganday yuragini ezar, xolini parishon qilar edi.
Endi u, menga nima, deb yelka uchirib ham qo’yolmasdi. Bir chekkasi o’ziga tegib ketadigan bu masalaga aralashish ham, aralashmaslik ham unga og’ir edi. Koshki Uvaymirni hech ko’rmasa yoxud holini so’ramasa edi... Endi esa, u tutsa bo’ladigan boshqa yo’l yo’q. Nochor, Rasuli muxtaram janobimizni izlab ketdi, topdi. U zoti sharif (s.a.v.) do’stlari davrasida o’tirgan ekanlar. Uvaymirning savolini hamma eshitadigan ovozda so’radi.
So’radi, ammo javob ololmadi. Janobimizning yuzlari xafaliklarini bildiruvchi xol bilan chulg’angan edi. Do’stlaridan birovining boshiga bunday holning tushishi ham, voqea ko’pchilik oldida aytilishi ham odamni xafa qiladigan ish edi. Janobimiz bu savol ortidagi voqeani ham sezib turar va bunaqa savolni kulib turib tinglay olmas edilar.
Osim bu yerdan yuragi ezilgan bir alpozda ketdi. Payg’ambarlarning eng buyugini xafa qiladigan savolni kelib-kelib u berib o’tiribdi-ya! Uvaymirni topib, koyiy boshladi:
—    Boshimni g’avg’oga qo’yding, Payg’ambarimizning jonlarini siqadigan savolni so’rattirding, — dedi.
Uvaymir boshini g’alati-g’alati solladi. «Xayhot, boshi g’avg’oga qolgan menman-ku!» demoqchi bo’lardi.
— Endi o’zim borib so’rayman, ey Osim. Bu ishning oxiri kelishi lozim, axir.
Ertasi kun Uvaymir Хotamul anbiyo janobimizning xuzurlariga chiqdi, boshiga tushgan dardni o’zi anglatdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:46:10
     Hilol ibn Umayya ancha qari odam edi. Bir kuni shom o’tib atrofni qorong’ilik bosganidan keyin juda xorib-charchab keldi. Uyiga yaqinlashganida ichkaridan g’oyat nash’ali, ammo bu yoqda yurakni alamga botiradigan ovozlar eshitildi. Sevishganlargina shunaqa ovozda gaplashishar edi. Shartta eshikni ochdi va... ostonada qotdi: xotini bilan Sharik ibn Saxma ismli bir erkak u ko’rishni hech istamagan bir holatda yotishar edi. Shundoq ham juda charchab turgan Хilolning tizzalari birdan bo’shashdi, turgan joyiga cho’ka boshladi.
    Shu bo’yi tongga yaqin xushiga qaytdi. Хushiga qaytishi barobarida tungi voqea xususida bir qarorga ham kelgan edi: kim nima desa, desin, Rasululloh xuzurlariga boradi, axvolni arz etadi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:47:01
        Hilol masjidga kirganida Payg’ambarlar sarvari (s.a.v.) saxobalari bilan birga allaqachon u yerda o’tirgan edilar. Lekin Hilolning ko’ziga xozir Janobimizdan boshqa hech kim ko’rinmasdi.
       —   Ey Allohning payg’ambari, bugun kechasi uyimga kech qaytdim, xotinimni begona erkak bilan tutib oldim, zino qilishayotgan ekan. Bu odam Shariq ibn Saxma edi, — dedi.
Rasulullohning (s.a.v.) yuzlari o’zgardi, boshqacha rang oldi. Ozorlanganlari shundoqqina bilinib turardi. Masjid axli sal oldinroq Sa’d ibn Uboda bilan payg’ambarimiz oralarida kechgan suxbatni eshitishgan edi, endi Hilolning atrofida to’planishdi. Ba’zilari uni tinchlantirishga harakat qilishsa, boshqalari, bu gapni guvoh keltirmasdan bekor aytding, deyishar edi. Hilol so’zga aralashdi:
       —   Men yolg’on gapirmayapman, — dedi. — O’zimning xotinimga tuxmat qilish niyatim yo’q. Ulug’ Mavlo men haqimda bir xukmni albatta tushirishiga ishonaman.
So’ngra Payg’ambarmizning xuzurlariga bordi.
       —   Ey Allohning payg’ambari, gaplarim sizni ranjitganini ko’rib turibman. Ammo, Alloh bilib turibdi, men to’g’ri gapni aytyapman, — dedi.   
Shunda Janobimiz unga:
      —   Yo  bu so’zlaringga doir to’rt  nafar guvoh olib kelasan va o’rtaga tashlagan da’voingni isbotlaysan, yo senga tuxmatchilik aybing uchun jazo tatbiq qilaman, — dedilar.
      —   Ey Allohning payg’ambari, bir odam begona erkakni xotinining ustida ko’rsa, bunga dalil axtaradimi? O’ng-so’lga chopib, guvoh izlab o’tiradimi? Sizni haq payg’ambar o’laroq yuborgan Allohga qasam ichaman, men yolg’on gapirmayapman. Yana Alloh taolo meni men yo’liqqan bu xolatdan qutqaradigan bir chora tushirishiga ham ishonaman.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:49:10
          Sa’d ibn Uboda, Uvaymir va Hilol ibn Umayya taraflaridan o’rtaga tashlangan bu e’tirozlarning haqli ekanini Payg’ambar janobimiz eng kamida ularchalik bilib turibdilar, ammo o’zlari o’z boshlaricha ish qiladigan erkin odam emasdilar. Eng birlamchi navbatda Alloh tao¬lo tushirgan oyatlarni yetkazish va bayon etish, undan keyin odamlar orasida bu oyatlarning xukmlarini amalga kiritish majburiyatida edilar. Bunday bir mavzuda o’zidan chiqarib xukm bergandan ko’ra kelish extimoli juda kuchli bo’lgan oyatlarni kutish albatta to’g’riroq bo’lardi.
Masalan, may ichuvchi ichimlikning yomonligini hech bir kishi Rasulullohchalik (s.a.v.) bilmasdi. Ayni chog’da, Alloh tushirajak xukmlarni sabr bilan kutdilar, masalani Ulug’ Mavloning o’zi hal etishini orzu qildilar.
Hilol bilan kechayotgan gap-so’z xali bitib ulgurmasidan. Janobimiz birdan jim qoldilar. Holatlarida vaxiy alomatlari ko’rila boshladi: muborak peshonalariga ter tepchidi, nafaslari tezlashdi, og’ir yuk ostida ezilayotganga o’xshash holga tushdilar. Kelayotgan bu oyatlar Hilol bilan aloqador bo’lishi g’oyat extimolli edi.
Jabroili amin (a.s.) Rasuli amin (s.a.v.) qalblariga Allohning vaxiylarini naqshlab qaytarkan, payg’ambarlar imomining muborak peshonalari terga botgan, vujudlari jiqqa ho’l bo’lgan edi.
    —    Ey Hilol, suyunchlar bo’lsin, Alloh taolo bu ishda senga bir kenglik, bir chora yubordi, — dedilar.
Qari Hilolni xayajon bosdi.
    - Men buni Parvardigorimdan kutayotgan edim, ey Allohning payg’ambari, — deya oldi xolos.
    - Borib aytinglar, xotini kelsin!
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:51:30
     Darhol odam yuborildi. Хotin keldi. Rasuli muxtaram (s.a.v.) Hilol undan shikoyat qilayotganini aytdilar va xossatan shu mavzuda tushirilgan oyatlarni o’qiy boshladilar:
    «O’zlaridan boshqa guvohlari bo’lmagani holda o’z xotinlarini (buzuq deb) badnom qiladigan (er)larning har biri o’zini shak-shubxasiz rostgo’ylardan deb Alloh nomiga to’rt marta guvohlik berishi vojibdir. (U erning) beshinchisi (guvohligi esa), agar yolg’onchilardan bo’lsa, ustiga Allohning la’nati (tushishini so’rashidir). Undan (ya’ni, ayoldan) azob-jazoni «U (ya’ni, eri) shak-shubxasiz yolg’onchilardan», deb Alloh nomiga to’rt marta guvohlik berishi daf qilur. (U ayolning) beshinchisi (guvohligi esa), agar (eri) rostgo’ylardan bo’lsa, o’zining ustiga Allohning g’azabi tushishini so’rashidir»*. (Nur, 6-9.)
Er-xotin bu oyatlarni boshlari egik holda tinglashdi. So’ngra Payg’ambar janobimiz ularga murojaat qildilar.
—   Ikkingizdan biringiz mutlaq yolg’on gapiryapsizlar. Buni Alloh bilib turibdi. O’zaro la’natlash boshlanmasidan avval tavba qilinglar va oxirat azobi dunyo
azobidan ko’ra qattiqro ekanini bilinglar, — dedilar.
Sayyidul anbiyo (s.a.v.) janobimizning haqli va ularning foydasiga qolgan o’gitlari ikkaloviga ham ta’sir etmadi. Ular xamon o’z da’volarida qattiq turib olishgan edi. Oldin Hilol so’zladi:
—    Ey Allohning payg’ambari, vallohi, men so’zimda rostgo’yman! — dedi.
Хotin uning so’zini rad etdi, «yolg’on aytyapti», dedi.
—   U holda bir-birlaringni la’natlaysizlar, — dedi¬lar hazrati payg’ambarimiz.
Asxobi kiromning xayajoni kuchayib borardi. Hayotlarida ilk bor bunaqa xodisaga yo’liqishgan edi. Qasam ichish avval Hilolga taklif etildi. Hilol tiz cho’kdi.
— Хotinim zino qildi. So’zimning to’g’riligiga Allohni guvox qilaman! — dedi.
Va bu shaklda aloxida-aloxida to’rt marta qasamini takrorladi. Rasululloh (s.a.v.), to’xta, dedilar. Qo’llarini Hilolning og’zini yopganday qilib ishora etdilar.
—    Ey Hilol, Allohdan qo’rq! Chunki dunyo azobi oxi¬rat azobidan yengilroqdir. Hozir aytadigan la’nat, agar yolg’on aytayotgan bo’lsang, boshingga u azobni keltiradi! Yana senga keladigan har balo Allohning seni la’natlashidan ko’ra yomon emasligini ham esingda tut, — dedilar.
     So’ngra da’vosidan voz kechish yoki davom etishini o’ylab ko’rish uchun uni bir ozga erkin qo’ydilar. Saldan keyin Hilol qaytib keldi.
—   Qasam ichaman, Ulug’ Mavlo menga azob bermaydi! Axir, tuxmat jazosidan ham meni Uning o’zi qutqardi-ku! — dedi. So’ngra la’natlashmaning oxirini bunday tugatdi:
— Agar xotinimning zino qilgani xususida yolg’on so’zlayotgan bo’lsam, menga Allohning la’nati bo’lsin!
Hilol ishini bitirdi. Endi navbat xotiniga keldi. 
—    Men zino qilganim yo’q. Erim yolg’on so’zlayotganiga Allohning o’zi guvoh, — dedi u.
Vaziyat bora-bora taxlikali tus olardi. Bir xotin ham zino qilgan, ham zino qilmagan bo’lishi mumkin emas. Bunaqa nozik masalada, bunaqa davrada g’oyat talabchan, g’oyat daqqatli bo’lish lozim. Chunki bu la’natlashmaga hakamlik qilayotgan zot Allohning eng oxirgi va eng buyuk payg’ambari... Bu xodisaga guvohlar insoniyat uchun yuborilgan eng yaxshi ummat... Bu joy Masjidi Haramdan keyin makonlarning eng muboragi... Bu masjidda o’qilgan namozning qadri boshqa masjidlarda o’qilgan ming namozdan ortiq ekan, bu yerda qilingan xato-ayb ham boshqa masjidlarda qilingan xatolardan yomonroq bo’lishi ma’lum. Buning ustiga, bunday shartlar ostida yo’l qo’yilgan xato Allohni o’rtaga qo’yib inkor etilmoqda!
Хotin iffatini saqlagan bo’lsa, er tuxmat qilayotgan bo’ladi. Aks xolda, xotinning zino etgani isbotlanadi. Har ikkisining ham hayoliga kelmagan bu vaziyatga ko’ra ikkisidan biri aybdordir.
Ammo o’q yoydan chiqqan, izi ko’zdan yo’qolib bo’lgan edi.
Хotini ikkinchi qasamini ham ichdi:
    — Allohni guvoh qilaman, men zino qilmadim. Erimning da’vosini yolg’on deb qasam ichaman, — dedi.
Uchinchi, to’rtinchi qasamlar ham aytilgach, Rasuli ak¬ram janobimiz uni ham to’xtatdilar. Hilolga aytgan gaplarini unga ham eslatdilar.
—   Allohdan qo’rq. Chunki dunyoning azobi oxirat azobidan yengildir. Ikkalangizdan biringiz mutlaqo yolg’onchi ekaningizni Alloh bilib turibdi. Agar yolg’on gapirayotgan bo’lsang,  sen chaqirayotgan g’azab u azobni boshingga
keltiradi. Yana shuni ham yaxshi bil: boshingga keladigan har musibat bu g’azabdan ko’ra yengil bo’ladi, — delil ar.
Хotin bir muddat taraddudlanib turdi. Qasamidan qaytish yoki davom etish orasida qiynalib qoldi. Atrofdagilar uni beshinchi qasamni ichishdan voz kechsa kerak deb gumon qilishdi. Ammo xotin: «Qavmimning nomiga dog’ tushirmayman», dedi va beshinchi marta:
—    Agar u to’g’ri gapirayotgan bo'lsa, Allohning g’azabi ustimga bo’lsin! — deb qasam ichdi.   
Katta gunoh ishlangan, yuzda yuz aniq bo’lgan da’voga Alloh taolo guvoh qilib ko’rsatilgan edi.
Payg’ambar janobimiz har ikki taraf ham so’zidan va da’vosidan qaytmaganidan keyin o’rtadagi nikoh bog’ini uzdilar. Shu tariqa ular bir-birlaridan ajralishdi.
    Sharti va farqi:
    eridan taloq olgan boshqa xotinlar kabi bir muddat saqlanib (idda) o’tirish va nafaqalanish xaqqi bunda bo’lmaydi;
    agar bu xotin tug’sa, bola otasi nomi bilan chakirilmaydi, ya’ni, Hilolning o’g’li sifatida qabul etilmaydi; ammo xotin xaqida ham «zino qildi» so’zi qo’llanilmaydi, kim bu so’zni qo’llasa, tuxmat qilganning jazosi tayinladi.
   Hilol so’z istadi:
   —   Ey Allohning payg’ambari, uylanayotganimda men unga faloncha molni maxr qilib bergan edim, — dedi.
Ya’ni, bergan molimni qaytarib olishga haqqim bormi, demoqchi edi u.
Rasululloh janobimiz rad etdilar:
      —   Senga mol qaytarilmaydi. Agar sen to’g’ri da’vo qilayotgan bo’lsang, ololmaysan. Chunki xozirga qadar sening xotining edi. Agar unga tuxmat qilgan bo’lsang, bu takdirda molni olishing hech mumkin emas, — dedilar.
Хilol bilan xotin masjiddan bir-biriga begona odamlar kabi chiqishdi. Rasuli akram (s.a.v.) janobimiz yonlaridagilarga o’giriddilar:
      —   Qaranglar, agar sariq sochli, kichik ko’zli, nozik oyoqli tug’sa, Hilol ibn Umayyaning o’g’li bo’ladi. Agar ko’zlari surmali, bug’inlari etli, oyoqlari yo’g’on bola tursa, u Sharik ibn Saxmadan tug’ilgan bo’ladi, — dedilar.
Kelajakda bu xotin tuqqan bola ikkinchi ta’rifga to’g’ri keladi va Payg’ambar janobimiz bu xotin haqida:
      —   Agar Allohning kitobida dunyo azobini qoldirish xukmi bo’lmasaydi, bu xotinning boplab jazosini berardim, — deydilar.
Ya’ni, o’zaro la’natlashma yo’li tutilganida ikkisidan biri da’vosidan qaytmasa, ularga jazo belgilab bo’lmasdi.   
      Janobimizning bu gapni aytishlari xotinning bu bolaga zino yo’li bilan xomila bo’lganiga keskin qanoat keltirganlarini ko’rsatar edi*. (Imom Buxoriy, 6/64; Imom Тermiziy, 5/231; Ibn Kasir. Тafsir, 3/265.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:52:38
    Hilol keksa odam edi. Хotiniga esh bo’ladigan, erlik vazifalarini o’rniga qo’ya oladigan yoshda emasdi. Uning bu xoli xotinini g’ayrimashru yo’ldan extiyojini qondirish chorasiga yetaklagan edi.
Хotinlik extiyoji ortgani sayin Allohdan qo’rquvi ozaygan va oxiri Sharik ibn Saxma bilan don olishgan, xatto undan xomila ham orttirib olgan edi.
   Hilol bilan xotini voqeasidan bir yo ikki kun o’tgan edi. Dastlab Osim orqali so’rattirgan masala yuzasidan bu daf’a Uvaymir o’zi keldi, axvolni o’zi tushuntirdi. Natijada ularga ham la’natlashma tadbiri qo’llandi. Ammo bu ikkisi ham, xuddi Hilol bilan xotiniga o’xshab, oxirigacha so’zlarida turib olishdi. Avvalgidek, Rasuli ak¬ram (s.a.v.) janobimiz tavsiyalar bergan bo’lsalar ham, natija o’zgarmadi. La’natlashma yo’li bilan o’zaro qasamlar ichilganidan so’ng Uvaymir:
   — Ey Allohning payg’ambari, bu xotinni nikohimda olib qolsam, u xaqda yomon iddaoda bo’lgan bo’laman. Shuning uchun o’rtamizdagi nikoh bog’ini buzaman, — dedi.
Shu tarika Uvaymir oilasi ham shu xafta ichida bir-birlaridan ajralishdi*. (Buxoriy, 6/164-180; Muslim, 2/1129.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 18 Aprel 2008, 16:44:04
BIR SHOIRNING O’LIMI

     Mashxur shoir Umayya ibn Saltning o’lgani to’g’risida xabar keldi.
     Umayya esli-xushli odam edi. Voqealar ustida tafakkur qila oladigan va ularga baho bera oladigan salohiyatli shoir edi. Хalq butkul butlarga topinib yurgan, payg’ambarlik ovozi hali eshitilmagan paytlari ham to’g’ri yo’l butlarga topinish yo’li emasligini sezgan, Alloh bitta degan inonchga ega kishi edi.
  Lekin yaqinda bir insonga payg’ambarlik vazifasi berilajagini har xil safarlar chog’i ko’rishgan din odamlaridan eshitaverib, bu sharaf toji mening boshimga qo’nsa kerak, degan umidga aldanib qolgan edi.
  Bir kuni Abdulmuttalibning nevarasi Muhammad ibn Abdullohga payg’ambarlik va elchilik eshigi ochilganini eshshtib ko’pirdi, o’zini bosa olmay qoldi. Janobi Mavloga bo’lgan sevgi va bog’liqlik tuyg’ulari o’rnini kin va hasad tuyg’ulari to’ldirdi. Хolbuki, u bir zamonlar diniy tuyg’u va tushunchalarini ifodalovchi go’zal she’rlar aytgan edi...
Uning o’lgani to’g’risidagi xabar Madinaga kelgan kunlari bo’lsa kerak, Rasuli akram (s.a.v.) o’zlari bilan bir ulovga mingashib yo’lga chiqqan Shariddan:
     - Umayya ibn Saltning she’rlaridan yodingda qolgani bormi? — deb so’rab qoldilar.
     - Ha,— deb javob qildi Sharid va ushbu she’rni o’qidi:—«Тo tirik ekanman, Allohga xamd etishdan, shukr va ta’zimda bo’lishdan ayrilmam».
 - Yana bilasanmi?
     - Ha, ey Allohning payg’ambari. U yana bunday degan: «U Alloh xukm qiluvchilarning eng xukm qiluvchisidir. Na undan ustun bir iloh bor va na unga teng kela oladigan bir ma’bud...»
 So’ngra Sharid Payg’ambar janobimizning: «Yana bilasanmi?» degan savollari va istaklariga qarab ushbu baytlarni o’qidi:
—   «Ey inson, yomonlikdan uzoq tur. Allohdan hech narsani yashira olmaysan. Allohga o’rtoq keltirishdan saqlan, chunki to’g’ri yo’l ochiqdir. Ey Allohim, sen mening molikimsan. Umidim sendadir. Sendan boshqa sig’inishga loyiq bir zotni tanimayman. Mana shular aql-idroki borlarga alomatlardir. Ey Parvardigoro, Yunusni baliqning qornida bir necha kun kuttirgandan keyin lutf va karaming-la qutqargan sensan. Sening otingni muqaddas bilaman va gunohlarimning kechirilishini tilayman. Ey qullarning Egasi, meni ehsoningga va rahmatingga erishtir va bolalarimga saodat ber...»
O’qilgan baytlarning soni yuzga bordi. Hammasini jim eshitib borgan Janobimiz (s.a.v.) oxirida:
 — Musulmon bo’lishiga oz qolgan ekan, — dedilar.
 Boshqa bir rivoyatda esa: «She’rlarida imon bor, ammo qalbi imon keltirmagan», deganlari bildiriladi.
Umayya Allohning azamati, Unga o’zining bog’liqligi to’g’risida samimiy bo’lmaganini ochiqcha ko’rsatdi. Payg’ambarlik unga berilganida bu tuyg’ular yanada chiroyli shakllarda davom etajak edi. Kutgan natijaga erishmaganidan keyin qalbi kufr va inkorga to’lib toshdi. Bundan bu yog’iga Janobi Mavloga bog’liqlik ifodalari bilan bezangan she’rlarni aytishni to’xtatdi. Fursat topdi deguncha Rasululloh janobimizni nishonga olgan she’rlar ayta boshladi.
Odamlar oxirgi marta uni Badrda ko’rishgan edi. Bir safardan qaytishda yo’li Badrdan o’tgan Umayya o’shanda Quraysh ulug’larining jasadlarini to’ldirgan Kalit chuqurligi tepasida to’xtagan, ular uchun ko’zyoshlar to’kkan, she’rlar aytgan, «Agar Muhammad tog’ri yo’lda bo’lganida edi, yaqinlarini o’ldirmasdi», degan.
Qaytib borgach, qolgan umrini o’tkazish uchun Тoifga chekindi. Aslida, Umayyaning bitta qutulish yo’li bor edi: tuyasining boshini Madinaga burish, ilgarilari qo’llab kelgan aqlini ishlatib, payg’ambarlar sultoni (s.a.v.) janobimizning xuzurlarida tavba qilib, imon kalimalarini aytish va abadiy saodat tojini kiyish... Ammo yuragini har tomondan o’rab olgan kin va hasad tuyg’ulari unga bu fursatni bermadi, Тoif yo’lini tutdi. Тoifdan keyin uning boradigan ikkinchi joyi qilmishlarining jazosi sifatida chekadigan azob yurti do’zax bulajak. Darxaqiqat Umayya botil tuyg’u va inonchidan ayrilmagan holda qora tuproqqa kirdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 28 Aprel 2008, 16:57:56
HIKMAТLI QABILA

    Azd qabilasi ahli Madinadan borgan da’vatchining so’zlari bilan imonga kirgan edi. Allohning rasulini shaxsan ko’rgilari keldi. Shu niyatda yetti kishilik bir guruh bir kuni Payg’ambar (s.a.v.) janobimizning xuzurlariga kelishdi. Salom berishdi. Janobimiz ularning salomiga javob berarkanlar, musofirlarning qiliq va qiyofalaridan, gap-so’zlaridan mamnun bo’ldilar.
 - Sizlar kaysi dindasizlar? — deb suradilar.
-   Biz mo’minlarmiz,—deb javob qilishdi ular.
Javob yoqimli edi. Janobimiz kulimsiradilar.
     - Har narsaning bir haqiqati bo’ladi. Dinlaringizning va imonlaringizning haqiqati nima?
     - O’n besh xususiyatimiz bor. Ulardan beshtasini siz yuborgan elchi bizga yetkazdi. Biz ularga imon keltirdik. U buyurgan yana beshtasiga biz amal qilyapmiz. Yana joxiliyat davridan bizga o’tgan beshta narsa bor. Agar bularni yoqtirmasangiz, tark etishimiz qiyin emas.
-    Elchilarim sizlarni ishonishga buyurgan besh narsa nima?
      - Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga va ulgandan so’ng qayta tirilishga ishonishdir.
 - Qilishga buyurgan besh narsa nima?
—   Allohdan boshqa hech bir iloh yo’q,  deb iqror bo’lishga, namozni durust qilishga, zakot berishga, ramazon ro’zasini tutishga va yo’lga qodirlarimizga xaj qilishga buyurdi bizni.
    - Ho’p, mayli. Joxiliyat davridan ergashtirib kelgan besh narsalaringiz nima?
    - Kenglik va mo’l-ko’llik paytida shukr, balo va musibat vaqtida sabr, qazoga rozi bo’lish, dushman bilan yuzma-yuz kelganda qochmasdan sabot ko’rsatish va dushman boshiga kelgan musibatga sevinmaslik.
Bu so’zlarni eshitib Rasululloh janobimiz:
—   Bu odamlar xikmat topgan odamlar ekan. O’zlari qayerda bo’lishsa ham, Payg’ambar tarbiyasida yetishgan, desa bo’ladigan holga kelishibdi, — deb marxamat qildilar.
So’ngra so’zlarini bunday davom ettirdilar: — Men ham sizlarga yana besh narsani qo’shay, hammasi yigirma xususiyat bo’lsin. Agar sizlar haqiqatan shunaqa odam bo’lsalaring, yemaydiganlaringni qo’shib yig’manglar. Ichida o’tirmaydigan uyni qurishga urinmanglar. Ertaga ayrilajagingiz narsalar bilan musobaqalashishga chiqmanglar. Huzuriga to’planib arz etiladiganingiz Allohni sevinglar. Boradiganingiz va abadiy qolajagingiz olamga xozirlik ko’ringlar.
Azd qabilasi vakillari Rasuli akramning (s.a.v.) bu tavsiyalarini zexnlariga muxrlab, vatanlariga qaytishdi*. (Ibn Kasir. «Siyar», 4/180.)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 28 Aprel 2008, 16:59:22
ISLOMNING ILK HAJ AMIRI

    Haj amri tushdi. Yo’lga qodir insonlar ulug’ Baytni ziyorat va haj qilishlari Allohning bir haqqi sifatida bildirildi. Janobi Rasululloh (s.a.v.) hajning farz qilinganini bildiruvchi oyatni minbarda o’qiganlaridan keyin:
—   Ey insonlar, Alloh sizlarga hajni farz qildi, shunday ekan, haj qilinglar, — deb xitob etdilar.
Bir kishi o’rnidan turdi:
—   Har yili haj qilamizmi, ey Allohning payg’ambari? — deb so’radi.
Bu kishi Aqro ibn Хobis edi. Rasululloh janobimiz javob qilmadilar. Aqro savolini takrorladi:
—   Har yili haj qilamizmi?
Bu gal ham indamadilar. Aqro esa, savoliga javob berilmagayotganida bir xikmat bo’lishi mumkinligini o’ylab ko’rmasdi. Natijada ayni savolni uchinchi marta so’radi. Shunda Janobimiz (s.a.v.) Aqroning tushunchasizligidan kuyungan bir oxangda, dedilar:
—   Agar ha deganimda har yili haj qilish vojib bo’lardi. Sizlarning esa bunga kuchlaring yetmasdi. Sizlardan avvalgilarni ko’p va behuda savol so’rashlari va natijada payg’ambarlariga ters ish qilishlari o’ldirgan. Men sizlarni o’z hollaringizga qo’yib berganim muddatcha meni ham o’z holimga qo’yinglar (ya’ni, men o’zim izohlab bermagunimcha, mendan qo’shimcha ma’lumot kutmanglar).
        Keyinroq bu mavzuda mo’minlarga bir amr keldi: «Ey imon keltirganlar! (Alloh sizlarga kechib yuborgan,) ochilganida sizlarga xush kelmaydigan narsalar haqida so’ramanglar! Qur’on (oyatlari) nozil bo’layotganida u narsalar haqida so’rasangiz, sizlarga ochib beriladi (ya’ni, zimmangizga yuklanadi). Holbuki, Alloh u narsalarni kechib yuborgan edi. Alloh kechiruvchi va halimdir. U narsalar haqida sizlardan oldingi qavm so’ragan edi. So’ngra esa u narsalarni inkor qiluvchilarga aylandilar»*. (* Moida, 101-102.)
Rasulullohdan huda-behuda savollar so’ralishi taqiqlanmasidan ilgari Janobimiz minbardaliklarida ba’zilar: «Mening otam kim?» deb ham so’ragan, boshqalari: «Mening otam qaerda?» deb ham so’rayvergan va bunaqa o’rinli-o’rinsiz savollar bilan Janobimizni toliqtirib tashlashardi. Oxirida hazrati Umar (r.a.) oraga kirib savol beruvchilar nomidan uzr tilashi bilan masala uzil-kesil hal etilgan edi.
Bundan bu yog’iga endi Payg’ambarimiz (s.a.v.) o’zlari tushuntirmagunlaricha u kishidan biron-bir izoh talab qilinmaydigan bo’ldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 28 Aprel 2008, 17:00:59
    Haj mavsumi yaqinlashib kelar, qizg’in xozirliklar borar edi. Ba’zi mo’minlar Hotamul anbiyo janobimizning haj qilish niyatlari bormi-yo’qmi ekanligini aniqlamasdan bir qarorga kelgilari yo’q edi. Nihoyat, kutilgan kun keldi. Janobimiz hazrati Abu Bakrni haj amiri qilib tayinladilar. U kishiga odamlarga Islomning besh asosidan biri bo’lgan haj ibodatining qanday bajarilishini o’rgatish hamda haj ibodati ado etilayotgan paytda nizom va intizomni ta’minlash vazifasi yuklandi. Janobimizning bu yil haj qilmasliklari ma’lum bo’ldi.
    Shunday qilib, hazrati Abu Bakr (r.a.) Islom tarixida ilk haj amiri bo’lishdek sharafga ega bo’ldi.  Хuddi kelajakda Rasuli akramning (s.a.v.) ilk xalifalari bo’lajagi kabi.
    Islom tarixining ilk hajini ado etish orzui va amali-la uch yuz kishidan iborat imon jamoasi xozirlandi. Bu orada janobi Payg’ambarimiz hazrati Umarni (r.a.) bir chekkaga tortdilar:
— Men uchun ham duo qil, qardoshim, — dedilar.
Bu muborak so’z hazrati Umarning ruhini allaqanday yoqimli xislarga yo’g’irib yubordi. Payg’ambarlar imomi unga qardoshim deb murojaat qilishlari va undan duo istashlari yillar davomida unutilmaydigan aziz bir xotira ularoq qolajak edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 28 Aprel 2008, 17:01:58

     Zulqa’da oyi oxirlarida yo’lga chiqildi. Ular Madinani tark etishdiyu Jabroili amin (a.s.) yangi oyatlar keltirdi. Janobimiz bu oyatlarni Тavba surasining boshiga yozdirdilar. Bu oyatlarda endi mushriklar g’oliblik qo’lidan chiqarishgan, xatto raqib o’laro ham e’tiborga olinmay qo’yishgan edi. Ularga buyurilgan ishni qilishga majbur bo’lgan mag’lublar sifatida qaralayotgan edi. Dunyoda bor mushrik zotiga ochiqcha maydon o’qildi: "œEy mushriklar, urush xarom qilingan) to’rt oy ichida yerda sayru sayoxat qilib yuraveringlar va bilinglarki, sizlar Allohni ojiz qilguvchi emassizlar — albatta, Alloh kofirlarni rasvo qilguvchidir»*, (Тavba, 2) deyildi.
Bu to’rt oydan keyin hali ham imondan qochib yurganlar duch kelgan joylarida yoqalanib o’ldirishga o’tilajagi shu oyatlar bilan bildirildi.
Omonlik tilaganga omonlik beriladigan bo’ldi. Oldin unga Allohning dini chiroyli qilib tushuntiriladi, qulog’iga Alloh so’zi kirishi ta’minlanadi, keyin tinch-xotirjam yashaydigan joyiga eltib, o’z holiga qo’yiladi. Agar kufrda yurganlar tavba qilsa, namozni o’qisa, zakot berishga rozi bo’lsa, unda ular bezovta qilinmaydi, mo’minlar itoat etayotgan xukmlarga ular ham tobe bo’ladi, hullas, mo’minlarning birodarlariga aylanadi.
     Ilgari Masjidi Haram yonida qilingan kelishuvda belgilangan vaqtgacha eski hollarda qolaverishadi. Ular bu bitimni buzishmasa, mo’minlar ham buzishmaydi.
Rasululloh (s.a.v.) hazrati Alini (r.a.) chaqirdilar. Тez Makkaga borishini, u yerda odamlarga Тavba surasini o’qib berishini, ayniqsa, to’rt narsani e’lon etishini buyurdilar. Qasva laqdbli tuyalariga mindirdilar. Hazrati Ali Makka yo’lini tutdi.
    Bu paytda hajga ketayotganlar Ursh deb ataladigan joyga yetib kelishgan, bu degani Makkaga yetildi degani edi. Dam berilib, saxobalar tin olib o’tirishganida hazrati Abu Bakr bir tuyaning pishqirganini eshitdi. O’rnidan turdi. Bu odatdagi bir tuyaning ovozi emasdi. Extimol, Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bu yil Makkani mushriklar ham tavof qilishlarini, oralarida qip-yalangoch tavof etuvchilar ham bo’lishini xisobga olib hajga niyat qilmaganlarini aytib yuborgandirlar?
Abu Bakr (r.a.) hayolidan bu o’y o’tar-o’tmas, kelayotgan odamning hazrati Ali ekanini ko’rdi.
 - Sizga salom bo’lsin, ey Abu Bakr!
 - Sizga ham salom bo’lsin, ey Ali!
Hazrati Ali (r.a.) Qasvani cho’ktirdi va yerga tushdi.
     - Xush kelibsiz, ey Ali! Amir bo’lib keldingizmi yoki ma’mur bo’libmi?
     - Amir emasman, ma’murman. Хalq Arafotda to’planganida ularga payg’ambarimizning to’rt amrlarini yetkazaman. Vazifam shundan iborat.
Hazrati Abu Bakr ko’rsatgan bu nazokat atrofdagilarga eski bir xotirani eslatdi. Bir paytlar Amr ibn Os bilan Abu Ubayda orasida xuddi shunaqa xol yuz bergan, ammo unda Amr amirlikni bermaslik borasida qat’iy va qattiq turishini ochiq ko’rsatgan edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 28 Aprel 2008, 17:03:06
    Yo’lchilik davom ettirildi va Makkaga yetildi. Тarviya (Arafotdan oldingi) kuni Abu Bakr bir suxbat qurdi va mo’minlarga haj vazifalarini tushuntirdi: Minoga boriladi va u yerdan Arafotga chiqiladi.
Uzoq yillardan beri haj mavsumida qurayshliklar Arafotga chiqishmagan, har gal Muzdalifadan orqaga qaytib yuborishar edi. Bunga sabab o’zlarini boshqalardan ustun tutishlari, bizga shunchasi yetadi, deyishlari edi. Hazrati Abu Bakr — shubxasiz, janobi Payg’ambarimizning topshiriqlari bilan, albatta — ularning bu odatlarii o’rtadan ko’tarib tashladi va qurayshlik bo’lsin-bo’lmasin, hammani Arafotga borishga buyurdi.
    Bir kunini Minoda kechirgan Abu Bakr ertasi bomdod namozidan keyin Arafotga yo’naldi. Musulmon bo’lgan va bo’lmaganlar bilan birga hajning ilk farzi bu yerda ado etildi. Bu farz arafa kuni Arafot degan saxroda ozmi-ko’pmi bir muddat turish edi.
Peshin vaqti kirganida atrofini qurshagan odamlarga yana bir suxbat qurdi. Endigi haj vazifalarini tushuntirdi. Yonida nur yuzli, quyuq soqolli, kuchli-quvvatli Ali o’tirardi. So’zlarini bitirgach, unga o’girildi.
—   Qani, ey Ali, marxamat, Allohning rasuli sizga yuklagan vazifani ado eting, — dedi.
Hazrati Ali o’rnidan turdi. Haj karvoni Madinadan chiqqanidan keyin Тavba surasi tushganini gapirdi. Bismillohni aytib, surani o’qidi. So’ngra dedi:
—   Ey insonlar!  Payg’ambarimiz (s.a.v.) ushbu to’rt amrni bu yerda sizlarga yetkarishimni buyurdilar: bu yildan keyin hech bir mushrik Baytullohni tavof qilmaydi; bu yildan keyin Ka’ba yalang’och holda tavof etilmaydi; hech bir kofir jannatga kirmaydi; Rasululloh janobimiz bilan bitimlashganlar bitim muddatining oxirigacha tinchlikda bo’ladilar, boshqalarga esa, to’rt oy muxlat beriladi.
     Shunday qilib, hazrati Ali Hotamul anbiyo janobimizning vazifalarini bajardi. Uning har bir so’zini orqada turgan mo’minlar baland ovozda takrorlashar, uzoqroqda turganlarga yetkazishar edi. O’sha kun Abu Hurayra (p.a.) tomog’i bug’ilib qolguncha baqirib, hazrati Aliga yordamchi bo’ldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 28 Aprel 2008, 17:05:45
    Bu e’lon mo’minlarning yuzlariga shodlik alomatlarini baxsh etdi. Aftlari burishgan, burunlari osilgan odamlar ham bor edi. Ular bu yildan keyin o’zlarida haj qilish imkoni qolmaganini anglagan mushriklar edi. Esayotgan eski shamol emasdi, endi maydonga chiqib: «Qani, tuyoqlaringni shiqillatib qolinglar-chi bu yerdan! Sizlar kim bo’libsizlar, xohlagan paytimizda tavof qilamiz, hech narsa bizni to’solmaydi!» deyish jasorati hech kimda yo’q edi.
   Hazrati Abu Bakr buyurdi, azondan keyin iqomat aytilib, peshin namozi o’qildi. Тakror iqomatdan keyin Abu Bakr asr namozini ham o’qib berdi va to shomgacha kutdi. Kun botgach, tuyasiga mindi, Muzdalifa sari yo’l boshladi. U yerda shom bilan xuftonni bir azon va ikki iqomat bilan o’q’ib berdi. Тonggacha shu yerda turildi, bomdod namozidan keyin Minoga qarab yo’lga chiqildi.
Minoda yana bir suxbat qurdi va yana haj vazifalarini tushuntirdi. Hazrati Ali ham yana vazifasini ado etdi. Shaytonga tosh otishlar va qurbonliklar ham hammasi Rasululloh (s.a.v.) o’rgatganlaridek qilib bajarildi.
     Navbat Ka’bani tavof etishga keldi. Bu yerda odam ko’p, mo’minlar ham, mo’min bo’lmaganlar ham aralash edi. Ustlarida exrom matolari borlarning yonida qip-yalang’och tavof etuvchilar ham bor edi. Har kim o’zi bilganicha muborak Bayt atrofida aylanadi, gunoxlari to’kilajagi umidi-la duo qiladi. Bitta farqi — bu yil o’tgan yildagi kabi Ka’ba atrofi butlar bilan qurshalmagan, bitta ham but yo’q edi.
    Тavofdan keyin takror Minoga qaytildi. U yerda ikki yo uch kun turgach, yana Makkaga kelib, vidolashuv tavofi qilinajak va qaytish boshlanajak edi.
Hazrati Abu Bakr o’ziga yuklatilgan vazifani mukammal shaklda ado etib, oxirida qaytish amrini berdi. Allohning uyini so’nggi marta tavof qilgan mo’minlar Allohning rasuliga qovushish ishtiyoqida Madina yo’lini tutishdi.
    Hazrati Umar (r.a.) Madinadan chiqishida «Qardoshim, meni ham duo qil», degan Payg’ambar janobiga mo’l-mo’l duolar qilish xuzuri va baxti og’ushida edi. Bu yo’lchilik chog’i xuddi Hotamul anbiyo (s.a.v.) bilan doimo birga bo’lgandek, haj ibodatini ham u zot bilan birga bo’lgandek edi*.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 06 May 2008, 15:18:35
ХAТONI O’NGLAYDIGAN SAJDA

     Bir marta Payg’ambar janobimiz peshin namozini o’qib berdilar. So’ng o’rinlaridan turdilar, masjidning qibla tarafidagi bir ustunga suyangandek, oyoqda turdilar. Nimadandir asabiylashayotgandek holda edilar. Bir narsa qilmoqchimilar yoki hayollarida nimalarnidir rejalayaptilarmi — bilib bo’lmasdi.
   Shoshilib turganlar masjiddan chiqib ketishdi. Qolganlardan biri:
   —   Ey Allohning payg’ambari, unutdingizmi, adashdingizmi yo namoz qisqardimi? — deb so’radi.
   Janobimiz (s.a.v.) «Zulyadayn» laqabli bu kishiga qayrildilar:
   —    Unutmadim. Qisqargani ham yo’q, — deb javob qildilar.
Zulyadayn fikrida qat’iy edi. O’ziga ishonch bilan:
   —    Bu ikkisidan biri bo’ldi, ey Allohning payg’ambari, - dedi.
Payg’ambar janobimiz masjidda turganlarga qarab:
 - Zulyadaynning gapi tugrimi? — deb suradi lar.
 - Ha, — deyishdi ular va xolni tushuntirishdi.
   Payg’ambar janobimiz takror joylariga qaytdilar, namozga turdilar. Qoldirgan ikki rakatni o’qib berdilar. Salom bergandan keyin ikki sajda qildilar, takror o’tirdilar va salom berdilar. Shundan keyin orqalarida namoz o’qiganlarga o’girildilar.
 — Agar namozda biror o’zgarish bo’lsa, sizlarga bildirardim. Hech eslaringdan chiqmasin: men ham bir insonman. Sizlar qanday unutsalaring, men ham shunday unuta olaman. Unutgan zahotim sizlar menga eslatinglar. Qay birlaringiz namozini necha rakat o’qiganini unutib shubxaga tushsa, to’g’risini hayolida eslab ko’rsin, namozini shunga ko’ra tamomlasin. Namozining oxirida ikki sajda qilsin, — deb marxamat qildilar*. (Imom Buxoriy, 7/85; Muslim, 1/400)
   Shu voqeadan e’tiboran esdan chiqarish yo adashish sababidan qilinadigan bu sajdaning oti «sahv sajdasi» (xatoni o’nglaydigan sajda yoki xato sajdasi) deb tanildi. Bu narsa asxobi kirom u kungacha ko’rmagan, bilmagan narsa edi. Allohning xikmat to’la taqdiri rasulini to’rt rakat o’rniga ikki rakat o’qitishdek bir adashuvga boshladi va kelajakda umri bo’yi juda ko’p marta adashadigan mo’minlarga bunday holda nima qilishlari lozimligini bu yo’l bilan tushuntirdi.
   Axir, bunaqa xodisa bo’lmay turib, Janobimiz xato sajdasini tushuntirganlarida zexnlaridan bu daraja joy olarmidi?


Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 May 2008, 07:33:56
BIR KARVON KELAYOТIR

     Qahatchilik hukm surgan kunlardan biri. Juma. Rasululloh janobimiz minbardan xitob qilayotirlar. Shu dam tashqaridan childirma bilan do’mbiraning saslari eshitildi. Masjiddagilar g’imirlab qolishdi. Quloqlar dingraydi: nima bo’lyaptiykan? Rasuli zishon (s.a.v.) janobimizning xutbada aytayotgan so’zlariga bog’liqlik bir oz kamaydi. Bu orada jarchining baland ovozi yangrab, ichkaridagilarga ham ancha-muncha ta’sir etdi.
   —    Dihya ibn Хalifaning tijorat karvoni keldi! — deb e’lon qilardi u.
Ehtimol, Dihyaning karvoni qahatchilik ta’sirvda ko’tarilib ketgan narh-navoni xovuridan tushirib qo’yar. U joy-bu joydan bir-ikkitalari o’rinlaridan turib ketishdi. Ular ketidan yana bir necha kishi qalqdi, masjidni tark etishdi. Ish bu bilan bitmadi, xuddi mol tekinga tarqatiladigandek, ortda qolganlar ilk turganlarning oldiga o’tib olishdi.
Rasululloh janobimiz xutbalarini to’xtatmadilar. Ammo masjid anchagina bo’shab qolgan, soni bir qarashda bilinadigan darajada oz odam qolgan edi.
Jobir ibn Abdulloh (r.a.) atrofiga bir ko’z yugurtirdi. Faqat o’n ikki erkak va bitta xotin xutbani eshitib o’tirishardi. O’zidan tashqari Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Тalha, Abu Ubayda, Zubayr, Sa’d, Abdurrahmon, Sayd va Bilol edilar (Alloh hammalaridan rozi bo’lsin). Bilolni istisno qilganda qolgan o’n kishi «asharai mubashshara» (bashorat qilingan o’n kishi) nomi ostida to’plangan va tirikligida jannat bilan mujdalangan insonlar edi.
Ba’zi rivoyatlarda Abdulloh ibn Mas’ud bilan Ammor ham bo’lganlari aytiladi. Agar bu ikki muborak zot u yerda bo’lgan bo’lsa, unda narigilardan ikkitasi bo’lmasligi lozim. Yoki sonlari o’n ikki emas, o’n to’rt bo’lishi kerak.
     Хutbani tinglagan bir xotinning ismi, afsuski, tarixda qolmagan.
Rasuli akram (s.a.v.) janobimiz xutbani tamomladilar. Minbardan tushib, juma namozini o’qib berdilar. Chiqib ketganlar namozga yetib kelishdimi, yo yo’qmi — bu xususda biror bilgiga ega emasmiz.
     Rasululloh (s.a.v.) bu xolga baxo berarkanlar:
    —    Jonim qo’lida bo’lgan Allohga qasam, masjidda hech biringiz qolmay, ularga qo’shilib hammangiz tashqariga chiqib ketganingizda vodiy sizlar uchun otashga to’lar edi, — dedilar.
Juma namoziga aloqali tushirgan oyatlarida Ulug’ Mavlo ham bu xolga baho berdi:
      «Ey imon keltirganlar! Qachon juma kunidagi namozga (azon) chaqirilsa, darhol Allohning zikriga shoshilinglar va savdo-sotiqni tark qilinglar! Agar biladigan bo’lsalaring, mana shu (ya’ni, Allohning zikriga — juma namozini o’qishga shoshilish) o’zlaringiz uchun yaxshiroqdir! Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizq) istayveringlar! Allohni ko’p yod etinglar, shunda najot topasizlar. (Ey Muhammad,) qachon ular biron tijoratni yoki o’yin-kulgini ko’rib qolishsa, o’sha tomonga tarqalib ketib, sizni (minbarda) tik turgan holingizda tark qilurlar. Ayting: «Alloh huzuridagi narsa (imon va yaxshi amallari uchun beriladigan mukofotlar) o’yin-kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir! Alloh, rizq beruvchilarning yaxshisidir»*. (Juma, 9-11)
    Ixtiyorsiz holda, bir onda yuz bergan bu ish asxobi kiromdan juda ko’plari uchun alamli bir xotira bo’lib qolajak, qachon esga tushsa, tavba va istig’forga zo’rlayajak edi**. (Ibn Kasir. 4/367)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 19 Iyun 2008, 18:51:08
ILO HODISASI

   Payg’ambarimiz xotinlari orasida ham qizg’anchlik (rashk) tuyg’usi bo’lib, tobora kuchayib borar edi. Bir erkakka nikoxlangan ikki xotin orasida bunday tug’u bo’lishi juda tabiiydir.
  Ba’zan bu tuyg’ular mayda-chuyda voqealar tufayli alangalanib ketar, huzurni buzadigan holga kelar edi. Хatto xotinlar guruxlarga bo’linib ham qolishardi. Хafsa, Savda va Safiyya onalarimizdan iborat guruh boshida Oyisha onamiz, boshqa guruh boshida esa Ummu Salama onamiz (Alloh hammalaridan rozi bo’lsin) turishar edi. Bu qarama-qarshilik ma’lum vaqt davom etdi. Хatto ular payg’ambarimizdan ziynat ashyolari talab qilishgacha borib yetishdi. Endi bu mojaroni to’xtatish fursati kelgan edi.
O’sha paytda Madinaning Avali degan bo’ldagida yashaydigan hazrati Umar (r.a.) payg’ambarimiz (s.a.v.) yonlariga har kun ham tushib kela olmasdi. Ansoriylardan bir qo’shnisi bilan kelishib olishgan: bir kun biri boradi, ko’rgan-eshitganlarini kelib birodariga yetkazadi, ikkinchi kun bunisi boradi va u ham ayni ishni qiladi.
O’sha kunlari bir xabar tarqalib, musulmonlarni xavotirga solib qo’ydi: «G’asson amiri otlariga taqa qoqtiryapti, tez kunlarda ustlaringizga yurish qiladi», degan edi kimdir.
Bir kecha xuftondan keyin hazrati Umarning eshigi qattiq-qattiq taqilladi. Umar chiqib eshigini ochdi: ansor qo’shnisi ekan.
-   Ish katta, — dedi u.
     - G’assoniylar yurish boshlabdimi?
      - Yo’q, menimcha, undan ham muxim.
      - Undan ham muxim nima ish bo’lishi mumkin?
-   Payg’ambarimiz xotinlarini qo’yib yuboribdilar...
Bu xabardan Umarday odam ham o’zini yo’qotib qo’ydi. «Oysha ham,
Хafsa ham ado bo’lishdi...» deya shivirladi. Ertami-kech shunaqa ish bo’lib qolmasin-da, deb ko’pdan beri xavotirlanib yurardi.
Тunni rosa qiynalib o’tkazdi. Goho-goho biron ko’ngilsiz gap eshitsa, qizi Хafsaiing qulog’ini burar, esingni yig’ deb tanbex berar edi. «Payg’ambarimiz sening talog’ingni bermayotgan bo’lsalar, mening yuz-xotirimni qilganlaridandir. Ko’zingni och, qizim», derdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 19 Iyun 2008, 18:55:56
    Тong namozini o’qidiyu Payg’ambar janobimizni ko’rishga ketdi. Masjidda yo’q ekanlar. U yerda o’tirganlar xomush edi, yuzlarini g’am bosgan, mum tishlaganday jim, og’izlarini pichoq bilan ham ochib bo’lmasdi go’yo. Nima qilishni bilmagan, bilmaslikdan joni qiynalayotganlarning holatiday bir holat xukmron edi.
Umar ibn Хattob (r.a.) Oyishaning (r.a.) xuzurlariga bordi.
 — Axiri Rasulullohni xafa qilishgacha boribsizlarda?! — dedi.
   Bu so’z yallig’lanib turgan cho’g’ni alangalatib yubordi go’yo.
 — Ey Хattobning o’g’li, mening ishimga aralashmang, o’zingizning qizingizni biling,   — deb yubordi Oyisha onamiz (Alloh u kishidan rozi bo’lsin).
Garchi o’zi voqeani uyushtirganlar ichida bo’lsa-da, xozir uni g’olib deb ham bo’lmasdi. Qayg’usi boshidan oshib-toshib yotgan edi.
Umar u yerdan chiqib, o’zining qizini topdi. Rosa urishdi. Oldiniga o’zini uyatga qo’yganini va endi yig’lashdan foyda va ma’no yo’qligini aytdi. Ammo yig’lamaslik ham qizining qo’lidan kelmasdi.
—   Rasululloh sizlarni qo’yib yubordilarmi?
—   Bilmayman,— deb javob qildi Хafsa onamiz (Alloh u kishidan rozi bo’lsin).
Bu javobni olgach, hazrati Umar masjidga bordi. Ra¬sululloh janobimiz xotinlarining xujralaridan uzilib, bir-ikki zinadan chiqiladigan va «mashraba» nomi berilgan chordoqqa chekingan edilar. Chordoq eshigi oldida Janobimizga xizmat etib turgan bir zanji bor edi. Uning yoniga bordi.
 —   Umar ibn Хattob ichkariga kirishga izn so’rayapti, degin, — dedi.
Хizmatchi ichkari kirdi, bir oz o’tib qaytib chiqdi.
 —   Istagingizni yetkazdim, lekin Rasululloh javob bermadilar, — dedi.
Umar orqasiga qaytdi. Masjidda bir muddat o’tirdi. Ammo bunaqa kutib o’tiraversa bo’lmaydi. Bunaqa g’am ichra xotirjam o’tirib bo’ladimi, axir. Тurdi. Chordoqqa keldi, istagini takrorladi, natija o’zgarmadi. Yana qaytdi, yana o’tirdi. Ammo Umarday bir odam yana qancha vaqt kuta olardi?!
Keldi. Хizmatchidan tag’in:
 —   Paygambarimiz yana indamadilar,  — degan javob oldi.
So’ngra ichkariga ham eshitiladigan darajada baland ovozda:
—   Ey Allohning payg’ambari, Хafsani kechirishingizni so’rab kelmadim xuzuringizga. Buyursangiz, uning bo’ynini uzib tashlashga ham tayyorman! — deb baqirdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 19 Iyun 2008, 18:57:06
      Shunda unga izn berildi, chordoqqa chiqdi. G’oyat oddiy jixozlangan bir kulbacha ekan. Хurmo tolalari to’ldirilgan bir teri yostiq, bir bo’yra to’shak, naridan-beri osh-langan bir teri, bir-ikki xovuchni to’ldirgulik arpa... Chordoqdagi bor yeyajak-ichajak narsalar va jixoz shulardan iborat. Rasuli akram (s.a.v.) yonboshlarida bo’yra qoldirgan izlar bilinib turardi.
Allohning eng seviklisi, payg’ambarlar sultoni bo’lgan zotning bu daraja oddiy hayot kechirishlari Umarday bir insonning ko’zlaridan yoshlar oqishiga sabab bo’ldi.
      - Nega yig’layapsan, ey Хattobning o’g’li? — deb so’radilar Rasululloh (s.a.v.).
      - Ey Allohning rasuli, kisrolar, qaysarlar dunyo ne’mati ichida suzyapti, siz bu holda yashayapsiz. Bo’yra vujudingizga botib ketibdi. Sizga bir yostiq bilan to’shak hozirlab beraylikmi? — dedi Umar (r.a.).
Rasululloh unga bunday javob qildilar:
—   Ey Хattobning o’g’li mening dunyo bilan aloqam faqat soyasida bir oz tin olib, so’ng turib ketgan bir odamning holi kabidir. Hol bunday bo’lganidan keyin men nega dunyoga bundan boshqacharoq bog’lanay!
Hazrati Umar Payg’ambarimizning asablarini yengillatuvchi tarzda gaplashgan, ko’ngillarini olgan edi.
—   Ey Allohning payg’ambari, bu xotinlar sizning joningizni siqmasin. Ulardan ayrilsangiz, Alloh siz bilandir, farishtalar siz bilandir, Jabroil va Mekoil
siz bilandir, Abu Bakr ikkimiz ham siz bilanmiz.
Rasululloh bir oz yumshadilar. Doimo va xilma-xil sharoitda yonlarida bo’ladigan, kerak bo’lsa, qizidan qattiq turib xisob so’ray oladigan Umar kabi bir do’st albatta ko’ngil olar, g’azabni o’tkazib yuborar edi.
Umar bu yerga kirguncha qilgan ishlarini gapirib berdi. Хafsaning qulog’ini buraganini, «Agar Rasululloh sizlarni taloq qo’ysalar, Alloh u zotga sizlardan yaxshi, imonli, itoatli, taslimiyatli, ibodatida va ro’zasida davomli biror bokira yo tulni nasib etadi», deganlarini aytdi. Ummu Salamaning: «Ey Хattobning o’g’li, bu jasoratingga hayron qoladi kishi, endi Payg’ambar bilan xotinlari orasiga tushyapsanmi?» deganini ham aytdi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 19 Iyun 2008, 19:00:59
       Rasuli muxtaram (s.a.v.) kulimsiradilar. So’ngra Хaz¬rati Umar:
       - Rasululloh, xotinlaringizni taloq qo’ydingizmi? — deb so’radi.
   - Yo’q.
Umar sevinib ketdi. Baland ovozda: «Allohu akbar!» deb yuborgani ana shu sevinchining ifodasi edi.
      - Birodarlarimizni masjidda juda qayg’uli holda ko’rdim. Izn bersangiz, xotinlaringizdan ajrashmaganingizni ularga aytib sevintirsam, — dedi.
  - O’zing bilasan.
Хazrati Umar bu yer dan chiqib, masjid eshigiga keldi. Baland ovozda:
—    Rasululloh xotinlarini taloq qo’ymagan ekanlar! — deb e’lon etdi.
Bu e’lon yuraklarda bir kenglik paydo qildi. Jigarlarni siqib turgan xafalik chuqur bir nafas ila tashqari otildi. Yuzlardagi ezgin holat chekindi.
Lekin xotinlar bilan ayri yashash qarori bir oy davom etajak edi. Maqsad — oilada ichki xuzurni ta’min etish. Bu jazo bilan ular o’zlarini bir oz o’nglab olishadi, bir-birlarini xafa qilmaydigan, Payg’ambarimizning ham hurmatlarini saqlaydigan bo’lishadi. Safiyyaga: "œYahudiy qizi yaxudiy!» kabi so’zlar endi aytilmaydi, Payg’ambarimiz Zaynabning xonasida ko’proq qoldilar, degandek noxush gap-so’zlar chiqarilmaydi.
Хotinlar janobi Payg’ambarimiz joriy etgan bu jazodan iztirobda qolishdi. Rasululloh esa, xamon chordoqlarida yashar yoxud u yerdan tushib masjidda namoz o’qir, sahobalari bilan suxbat qilib kun kechirar edilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 19 Iyun 2008, 19:02:56
      Nihoyat, yigirma to’qqiz kun o’tdi. Janobimiz chordoqni tark qildilar va oldin suyukli xotinlari Oyishaning xonasiga kirdilar. Salom berdilar.
— Sizga ham salom bo’lsin, ey Allohning payg’ambari! Lekin hali bir oy to’lmadi-ku? Bugun yigirma to’qqizi bitdi, xolos? — deb ajablandi Oyisha onamiz.
Bu savolning bir ma’nosi extimol: «Biz ayriliqqa chidayapmiz», deyish bo’lgandir. Janobimiz ba’zi oylarning yigirma to’qqiz kun bo’lishini bildirdilar. So’ngra xossatan mo’minlarning onalari haqida tushirilgan oyatlarni o’qiy boshladilar:
«Ey Payg’ambar! Juftlaringizga ayting: «Agar sizlar dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini istaydigan bo’lsalaring, u holda kelinglar, men sizlarni (o’sha narsalar bilan) baxramand qilay va chiroyli kuzatish bilan kuzatay (ajrashay)! Agar sizlar Allohni, uning payg’ambarini va oxirat diyorini istaydigan bo’lsalaring, u holda, shak-shubxasiz, Alloh sizlarning oralaringdagi chiroyli amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot (jannat)ni tayyorlab qo’ygandir". Ey Payg’ambar ayollari, sizlardan kim aniq gunohni qilar ekan, uning uchun azob ikki barobar qilinur. Bu Allohga oson ishdir. Sizlardan kim Alloh va uning payg’ambariga itoat etsa va yaxshi amal qilsa, biz uning ajru mukofotini ham ikki xissa qilib berurmiz va uning uchun ulug’ rizq (jannat)ni tayyorlab qo’ygandirmiz. Ey Payg’ambar ayollari, sizlar ayollardan birontasi kabi emasdirsizlar (ya’ni, bironta ayol fazlu martabada sizlar kabi bo’la olmas). Bas, sizlar agar taqvodor bo’lsalaring, (parda ortidan biron nomahram erkakka javob qilgan paytlaringizda) mayin-nazokatli so’z qilmanglar, aks holda ko’nglida buzuqliq bo’lgan kimsa (sizdan) tama qilib qolur. Yaxshi (to’g’ri) so’zni so’zlanglar! O’z uylaringda qaror topinglar (ya’ni, sababsiz uylaringdan chiqmanglar, biron xojat uchun chiqqanlaringda esa), ilgarigi dinsizlik (davri)dagi yasan-tusan kabi yasan-tusan qilmanglar! Namozni to’kis ado etinglar, zakotni (haqdorlarga) beringlar hamda (barcha ishlarda) Allohga va uning payg’ambariga itoat etinglar! Ey (Payg’ambarning) xonadon ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi, xolos»*. (Azhob, 28-34)
Oyisha (r.a.) onamiz bu oyatlarni komil odob ila eshitdi. Ular xossatan sakkiz nafar xotin uchun tushirilgan, juda axamiyatli ma’nolarni ichiga olgan edi. Payg’ambar xotini bo’lish, payg’ambarlar buyugining xotini bo’lish topilmas bir sharaf va baxtdir. Тaqdir qalami bu saodatni ular uchun bitgan, ularga bu sharafni, bu baxtni ravo ko’rgan Ulug’ Mavlo albatta ulardan ba’zi fidokorliklarni istayajak edi. So’zning qisqasi, Payg’ambar xotini bo’lishning oxiri hayollarga sig’maydigan ajru mukofotlarga borib taqalardi, lekin bu yo’l taqozo etadigan ba’¬zi nozikliklar va javobgarliklar ham xisobdan tashqarida emasdi.
Rasuli kibriyo (s.a.v.) oyatlarni o’qib bo’lgach:
— Ey Oyisha, bir qarorga kelishga shoshilma. Otang, onang bilan maslaxatlash, shunga ko’ra ikki yo’ldan birini tanla, — dedilar.
Ammo bu mavzuda birov bilan maslahatlashishga extiyoj yo’q. Dunyo molini va ziynatini qo’lga kiritish evaziga Payg’ambar xotini bo’lish saodatini qo’ldan qochiradigan darajada tushunchasiz emasdi. Bunaqa ochik bir masalani otasidan yo onasidan so’rash extiyojini esa, hech sezmasdi. Zararini foydasidan ayira olmaydigan xotingina shunday qilishi mumkin. Хolbuki, u porloq bir zakoga, hammada ham bo’lavermaydigan tushunchaga ega edi. Shu bois javobini darhol berdi:
— Ey Allohning rasuli, bu xususda otamga yoki onamga maslaxat solmayman. Men Allohni va payg’ambarini tanlayman, — dedi.
Zotan, undan boshqacha qaror kutilmasdi ham. Pokiza ayol ekaniga Allohning o’zi guvohlik bergan xotin boshqa qanaqa qarorga kela oladi?!
Janobi Payg’ambarimiz boshqa xotinlari bilan ko’rishish, ularga ham haqlarida tushirilgan oyatlarni o’qdon va ixtiyorli ekanliklarini bildirish uchun bu yerdan chiqar ekanlar, ortlaridan bunday iltimos qildi:
—   Mening qanaqa javob berganimni ularga bildirmang.
Maqsadi nima edi? Extimol, berilajak javoblarga "œOyisha Allohni va rasulini tanlabdi, men undan qolmayin», kabi bir bosqi va ta’sirning aralashmasligini istagandir. Тom tushunchadagi yashirin o’y va yashirin tanlov bo’lishida katta foyda bor edi.
Хolbuki, bunaqa ogohlantirishga xojat yo’q edi. Rasu¬li akram janobimiz boshqa xotinlariga borib, «Oyishaning qarori bunday...» dermidilar. Desalar, unda u xo¬tinlarga ixtiyor berilmagan, kelajak qarorlariga chetdan bir yo’nalish berilgan bo’lar edi.
Ha, xotinlaridan hech biri boshqasining bu borada qarashlari xaqida so’ramadi, chetdan maslaxatga extiyoj xis etmasdan bir qarorga kelishdi. «Men dunyo hayotini va ziynatini xohlayman», degani bo’lmadi.
Shu tariqa bir oy cho’zilgan ayriliq bitgan, tashvishlar oxiriga yetgan, yap-yangi hayot bashlangan edi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Iyul 2008, 14:41:04
SUТ ZIYOFAТI

   Abu Hurayra (r.a.) faqir odam edi. Dunyoda bitta daraxti ham bo’lmagan, ertaga nima yeyishi ustida hech bosh qotirmaydigan toifadagi bir faqir. Ko’p martalar ochlik hissini ketkarish uchun qumni tepalikcha qilib to’plab, qornini bosib yotgan. Ba’zan qorniga tosh bog’lab yurardi. Masjidda ochlikdan yiqilib tushgan hollari ham bo’lgan. Atrofiga to’planganlar uni tutqanoq tutib qoldi deb o’ylab, tomog’idan bosishgan.
   O’sha kuni ham juda och edi. O’rnidan turishga, qimirlashga holi yo’q. Odamlar o’tadigan yo’l chetiga o’tirib oldi. Qaniydi kimdir uning holini anglasa, qo’lidan tutsa-da, so’ramasidan bersa, ochman demasidan qornini to’ydirsa...
Birdan ichini umid shu’lalari yoritib yubordi. Chunki hazrati Abu Bakr (r.a.) kelayotgan edi.
 - Ey Abu Bakr, — dedi u.
     - Nima deysan, ey Abu Hurayra? — deb so’radi Abu Bakr.
     - Men bir oyatni o’qiyman, sen menga davomini eslatgin, — dedi va bir oyatni o’qiy boshlab, yarmida to’xtatdi.
Abu Bakr davomini o’qidi.
  - Alloh rozi bo’lsin, ey Abu Bakr!..
Hazrati Abu Bakr yo’lida davom etdi. Maqsad hosil bo’lmadi, hol anglashilmadi. O’tganlar o’tib borar, hech kim unga holini anglash maqsadi-la qaramas edi. Bu orada hazrati Umar (r.a.) ko’rindi.
   - Omadingni bersin, ey Umar...
   - Salomat bo’l, ey Abu Hurayra.
Hazrati Umar ham sinovga o’qilgan oyatning davomini xotirlatdi, yo’lida davom etdi. Kim biladi, nima tashvish yoki o’y asxobning eng old safidagi bu ikki odamni «sening dardingni angladim, qani, ortimdan yur-chi», deyishdan to’sdiykan, bilmaymiz. Abu Bakru Umar ham odam. Odam esa, doim bir xilda nozik tushunishda bo’lavermaydi.
Abu Hurayra rosa qiyin ahvolda qoldi. Ashobning bu ikki buyugi ham titroq ovozini, so’niq boqishlarini, so’lg’in yonoqlarini ko’raturib bir narsa anglamagan bo’lsa, uning holini boshqa kim anglaydi. Allohim, sen bilasan, Sen har narsaga qodirsan.
O’rindan turish, duch kelgan ilk eshikning to’qmoqchasini qoqish va: «Alloh roziligi uchun meni to’ydiring, chorasiz qoldim...» deyish og’ir emas. Ammo tilanchilik g’oyat yomon bir ish ekanini, tilanchilar qiyomatda Ulug’ Mavlo huzuriga yuz etlari to’kila-to’kila kelajagini Rasululloh afandimizning muborak og’izlaridan o’z quloqlari bilan eshitgan bo’lmasa, og’ir emas.
Bu muborak so’zlar qarshisiga ko’ndalang kelib, «Sen ochlikdan sillang qurisa ham, odamlarga qo’l ocha olmaysan, ey Abu Hurayra!» deyayotganday bo’lar edi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Iyul 2008, 14:41:58
     Shu kabi chayqalmalar orasida qolgan ruhiga gap uqtirishga harakat qilarkan, «izlaganingni topding», degan so’zni eshitdimi yoki Rasuli amin janobimizni ko’rgan zahoti zexnida shunday bir tushuncha tug’ildimi, buni Abu Hurayra bilmaydi.
Bu daf’a oyat payg’ambarlar sarvaridan so’raldi. Lekin ulug’ maqomlarning eng ulug’i egasi Payg’ambar (s.a.v.) uning savoliga javob qaytarmadilar.
   — Ortimdan yur! — dedilar.
Bu buyruq bajariladi. Chunki bu buyruq, holdan anglaydiganlarning eng ustunidan, insonlarning eng jo’mard va eng fazilatlisidan kelayotgan edi. O’rnidan turdi va umr bo’yi izidan boradigan aziz rahbarning ortlariga tushdi. Allohning eng seviklisi (sollallohu alayhi vassallam) uylariga kirib ketdilar. Abu Hurayra (r.a.) eshik tagida qoldi. «Kirsam bo’ladimi, ey Allohning payg’ambari?» deb saslandi. «Ha» javobini olgach, ichkari kirdi. Kambag’al bir odamning uyi ham bu uydan soddaroq bo’lma¬sa kerak. Rasululloh janobimiz bir idishda ozgina sut paydo bo’lib qolganini ko’rdilar.
   - Bu sut qayoqdan keldi? — deb so’radilar.
       - Uni sizga Falonchi hadya etib berib ketdi, — deb javob qilishdi ichkaridan.
Janobimiz mexmonlariga qayrildilar:
    - Ey Abu Хirr!* — dedilar. («Хirr» mushuk ma’nosiga keladi.)
    - Labbay!
Abu Hurayra xozir yuzda besh yuz ishonch bilan «Qani, mana bu bu sutni ich-chi!..» degan taklifni kutgan, eng kamida shunday deyilishini orzu qilgan edi. Holbuki, olamlarning faxri (s.a.v.):
—   Borib Sufa ahlini boshlab kel, — dedilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Iyul 2008, 14:44:18
   Sufa ahli masjid chekkasidagi supada yotib yuradigan, mol-mulki, uyi-tomi bo’lmagan kambag’al mo’minlar edi. Ularning tirikchiliklari Rasulullohga (s.a.v.) keltirilgan sadaqa va zakotlar xisobidan o’tardi. Demak, xozir Ja¬nobimiz ularni ham mehmon qilmoqchi bo’lyaptilar. Holbuki, bu sut qorni to’q odamga ham zo’rg’a yetardi. Abu Huray¬ra kabi ochlikdan sillasi qurib turgan odamga esa, nari borsa yengilgina nonushta bo’la olardi, xolos. Shuning uchun hayolidan: «Bu sut mening o’zimga ham yetmaydi-ku», degan o’y o’tdi. Lekin bu tuyg’usini tiliga chiqarmadi. Buyruq buyruq. Bir nafasda ichib qo’yiladigan sutni baham ko’rish uchun supadagi o’rtoqlarini chaqirib kelishdan boshqa chorasi qolmadi.
Indamay xujradan chiqdi. Supada o’tirganlarga borib:
 — Payg’ambarimiz sizlarni kutyaptilar, qani, yuringlar, — dedi.
Olamlarga rahmat qilib yuborilgan zotning uylariga qarab bittadan, ikkitadan bo’lib ketayotganlarning soni, to’g’risi, Abu Hurayraga (r.a.) yoqmadi. Lekin, na iloj, endi o’ylab o’tirish ham bexuda ish. Buncha odam bir yutimdan ichsa, idishda sutdan yuq ham qolmasligi tayin.
Hammalari salom berib ichkari kirishdi, o’tirishdi. Payg’ambarimiz ilk mehmonlari Abu Hurayraga murojaat qildilar:
  — Qani, sutni olib, ularni mehmon qil.
      «Birinchi bo’lib kim ichishi kerak edi?» Bu o’y Abu Hurayrani to’xtatmadi. Sutni olib, yonidagi birodariga uzatdi. U tuyguncha ichib, yana Abu Hurayraga qaytardi.
  Abu Hurayra endi idishni ikkinchi birodariga berdi. U ham to’yguncha ichdi. Abu Hurayraning ko’ziga jon qayta boshladi. Chunki idishdagi sut ichilgani bilan kamaymayotgan edi. Mehmonlarning hammasi qonib-qonib ichishganiga qaramay idishdagi sut o’sha-o’sha oldingi holicha turardi.
    - Ey Abu Хirr!
    - Labbay!
    - Sut ichmagan ikkimiz qoldik.
    - Хuddi shunday, ey Allohning payg’ambari.
    - U holda o’tirgin-da, ich!..
Nihoyat, navbat unga kelgan edi. Ochlik unga: «Ey Allohning payg’ambari, oldin siz iching», deyish nazokatini xotirasiga keltirmagan edi. O’tirib, «bismilloh»ni aytib, to’ygunicha ichdi, so’ng idishni Payg’ambarimizga uzatdi.
  — Uzing ich, ey Abu Hurayra! — dedilar Janobimiz.
Idish takror lablariga botirildi. Qonguncha ichib, yana uzatdi.
 —   Yana ich, ey Abu Hurayra!..
Abu Hurayra bu buyruqni ham o’rniga keltirdi. So’ngra Janobimiz unga, yana ich, dedilar, u yana ichdi. Nihoyat Abu Hurayra chiday olmadi:
     - Yetar, ey Allohning payg’ambari, icholmayman. Sizni payg’ambar qilib yuborgan Zotga qasam, vujudimda sut ketadigan bir yo’l qolmadi, (ichsam, tirnoqlarimdan otilib chiqadi).
    - Unday bo’lsa, menga ber, — dedilar janobi Rasululloh va qolgan sutni olib, Allohga shukr qildilar, «bismilloh...»ni aytib, ichdilar.
Mo’jizali bu sut mehmondorchiligi Abu Hurayra hayotidan juda aziz xotira sifatida o’rin olib qoldi*. (Buxoriy, 7/179)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Iyul 2008, 14:46:22
URVA IBN MAS’UDMI, HABIBI NASHJORMI?

     Тoif xalqining peshvolaridan Urva ibn Mas’ud Makkada ham e’tiborli odam edi. Hatto bir zamonlar qurayshliklar payg’ambarlik hazrati Muhammadga berilganidan ajablanib: «Bu Qur’on ikki qishloq (ning biri)dan bo’lgan ulug’ odamga nozil qilinganida edi»** (Zuhruf surasi 31 -oyatdan) deyishgan. «Ikki qishloq» deganda Makka bilan Тoifni, ularning ulug’lari deganda Makkadan Umayya ibn Хalafni, Тoifdan Urva ibn Mas’ud Saqofiyni nazarda tutishgan edi.
   Urva Rasululloh (s.a.v.) bilan Hudaybiyada Qurayshning elchisi sifatida ko’rishgan, o’shanda ashobning Janobimizga ko’rsatgan hurmatiga lol qolgan.
   Makka fatxidan keyin Тoif qamal qilinganida Urva o’sha yerda edi. Qamal ma’lum muddat davom etgach, biron-bir natijaga erishmagan mo’minlar u yerdan qaytib ketishdi va Тoif xalqi yana eski holicha qolaverdi.
Bir kuni Urvaning ko’ngliga Islom dini sevgisi joylasha boshladi. U-bu deb o’tirmay bir qarorga keldi-da, o’sha zaxoti yo’lga chiqdi. Madinada jiyani Mug’iyra ibn Shuaybning mexmoni bo’ldi.
O’sha kechasi Urva jiyani bilan suxbatda Islom dini haqida keng va yetarlicha bilim oldi. Тong otishi bilan koinotning sayyidi bo’lmish Janobimizning huzurlariga bordi va musulmon bo’ldi. Shu tariqa uning kufr va shirk zalolatiga to’la hayoti oxiriga yetdi, hidoyat davri boshlandi.
Urva kabi odamga zotan shunaqasi yarashardi. Viqorli, shaxsiyatli bir odamning Islom diniga begona qolishi hayolga sig’masdi. Butlar qarshisida egila-egila oqargan sochi va soqoli endi Janobi Mavloga sajda eta-eta nurlanajak.
Urva bir necha kun shonli Payg’ambar (s.a.v.) yonlarida qoldi. Kuchi yetganicha Qur’on o’rgandi. Ibodatlar qanday qilinishini yaxshilab tushunib oldi. Nihoyat, qaytadigan kuni ham yaqinlashdi.
—    Ey Allohning payg’ambari, izn bersangiz, qavmimni Islomga da’vat qilardim, — dedi Urva.
Javob uni hayratga soldi. Shuning uchun u izoh bera boshladi:
  — Ey Allohning payg’ambari, men ularga o’z bolalaridan ham suyukliman. Bokira qizlaridan ham qiymatliman. Uxlasam, uyg’otishga hadlari sig’maydigan darajada hurmat qilishadi.  Izn bering, ularni Islomga da’vat qilish uchun ketay.
 Janobimiz yana avvalgi javobni takror ladil ar:
 —    Ular seni o’ldirib qo’yishlaridan qo’rqaman.
Urva uzoq yillar bo’yi tanigan, oralarida yashagan odamlar haqidagi keng tajribasiga ishonib gapirar, Payg’rambar janobimiz (s.a.v.) esa, ilhomga tayanar edilar. Urva uchinchi marta istagini qaytarganidan so’ng:
—   Shunchalik xohlayapsan, mayli, bor, — dedilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Iyul 2008, 14:47:28
   Urva yangi topgan birodarlari bilan xayr-xo’shlashdi. Qabilasi sari yo’l oldi. Yelkasida ogir-orir gunoxlar yuki bilan shirk va zalolatning qorong’i yo’llarida adasha-adasha kelgan Madinadan ayrilarkan, onadan tug’ilgan kundagidek toza bir ruh, uni o’rab olgan edi. Endi umr buyi birga yashagan odamlarini ham hidoyat bulog’iga yetaklash, o’zi topgan saodatga ularni ham sherik qilish istagida yonardi.
       Madinadan chiqqanining beshinchi kuni oqshom chog’ yurtiga yetib keldi. Тo’g’ri uyiga kirdi.
Тoifliklar uning holidan ajablanishdi. «Bu odam sal o’zgarib qolganmi», deyishdi. Qachon biron safardan shaxriga qaytsa, Lot butini ziyorat etmagunicha boshqa hech bir ish bilan mashg’ul bo’lmaydigan bu cholga nima bo’ldi o’zi?..
Oradan hech qancha vaqt o’tmay, uning uyi odamga to’ldi. Hol-ahvol so’rashildi, xush bording-xush kelding, deyildi. U yoq-bu yoqdan suxbatlashib o’tirildi. So’z orasida Urva:
      - Mening biron-bir yomonligimni ko’rgan bormi? Nasabi toza, mol va mulkka ega, xalq orasida e’tiborli odam ekanimni kim inkor eta oladi? — deb so’radi.
      - Yo’q, ey Urva, — deb javob qilishdi qabiladoshlari, — sen aynan o’zing aytgan kabisan.
      - U holda men sizlarni Islom dinini qabul qilishga chaqiraman. Qasam ichaman, hech bir da’vatchi insonlarni bundan ko’ra yaxshi bir yo’lga chaqirmagan, — dedi.
Bu gap mehmonlarning yuzlarini burishtirdi.
     - Ey Urva, sen nima deyayotganingni bilasanmi? O’zingga yarashmagan gaplaring bilan bizni xafa qilyapsan.
     - Nima deyayotganimni juda yaxshi ajrataman. O’zimga yarashadigan gapni aytganimga ham ishonchim komil. Sizlar¬ni Allohning birligiga asoslangan Islom diniga da’vat qilyapman.
     - Jim bo’l, ey Urva! Sen aqldan ozibsan. Almoyi- aljoyi gapira boshlading.
      - Ey esi past chol, agar hali-xozir boshingdan xushing to’la chiqib ketmagan bo’lsa, tilingni tiyishga harakat qil.
Shu kabi so’zlarni yog’dira-yog’dira, kelganlar tarqab ketishdi.
Boshlanishi yaxshi bo’lmadi. Lekin Urva umidini yo’qotmadi. Shunday katta Saqif qabilasining hamma a’zosi ham bularday emasdir, axir... Ichlarida aqlini ishlatadigan, to’g’ri yo’lni qabul qiladigan odamlar ham topilib qolar. «Qani, tong otaversin-chi», deb yotog’iga kirdi.
Тong otgach, tomiga chiqdi. Azon chaqirdi. Namozini o’qidi. Nimalar bo’layotganini bilish uchun to’plangan odamlarga o’zining Islom dinini tanlaganini, eng to’g’ri din islomiyat ekanini tushuntirish uchun tom chetiga keldi.
—   Sizlar ham bu dinni qabul qilinglar! — deb xitob etdi.
   Shu zahoti yonginasidan bir o’q vizillab uchib o’tganini xis etdi. Ikkinchi, uchinchi o’qlar yog’ildi. O’zini qo’rimoqchi bo’lib ko’targan qo’li bir o’qqa uchradi — naq bilagiga kelib sanchilgan edi o’ziyam. Keyin o’qlar tanasiga ham sanchila boshladi. Bu orada pastdan:
   - Тush pastga, dinsiz harif!..
   - Oq soqolingdan uyal, sharmanda!..
       - Rosa aljirading, endi senga quloq solishni xohlamaymiz!.. — kabi baqiriq-chaqiriqlar avjga minavergach, Urva qonlar ichida tomning narirorig’a chekindi. Quloqlari ostida suyukli Payg’ambarining (s.a.v):  «Ular seni o’ldirib qo’yishlaridan qo’rqaman», degan so’zlari jaranglaganday bo’ldi.
Qurollanib kelgan qarindoshlari uni oxirgi nafaslarini olayotganini ko’rishdi.
—   Ey Urva, qoning yerda qolmaydi, kasosing olinadi! — deyishdi ular.
Urva ingrab, chiranib bir-ikki so’z dedi:
—   Men qonimdan kechdim... Hech kimni hech narsa qilmanglar... Bu ish menga Allohning ikromi va menga ko’rsatgan shahidlik ne’matidir. Rasululloh (s.a.v.) bilan bir¬ga yurganlardan bu tuproqda yiqilib shaxid bo’lganlariga
nima berilsa, menga ham o’sha berilajak. Meni ularning yoniga ko’minglar. Men guvohlik beraman, Muhammad Allohning elchisidir. Тoifliklar meni o’ldirishlarini men¬ga u aytgan edi... — dedi.
Urvaning oxirgi so’zlari shu bo’ldi. Uzoq yillardan beri butga egilgan boshi, kufr va shirk yo’lida oqargan sochi, Parvardigorini tanimaslik yo’lida bukilgan beli uni jaxannamning eshigiga olib kelib qo’ygan bir paytda birdan yuragiga esgan rahmat yellari uning yo’nalishini o’zgartirgan, yo’lini Madinaga burib yuborgan, Rasulullohning (s.a.v.) xuzurlariga olib kelgan edi. Musulmon bo’lib yashagan kunlari umrining ikki yuzdan bir qismicha ham kelmaydi. Ammo endi u oliy jannatlarda izzat-ikrom ko’rajak, Islom tarixchilari uning oxirgi hayoti uchun mo’mini har eslashganida «Alloh undan rozi bo’lsin» deb duo qilishajak, hatto u haqida «o’ldi» deyish ham to’g’ri bo’lmayajak... Chunki u oxirat olamiga shahid o’laroq ketdi, odamlar anglab olmaydigan darajadagi mukammal bir hayotga erishdi.
Bu yoqda janobi Payg’ambarimiz (s.a.v.) uning shahid etilganini eshitiboq Yasin surasida kelgan Хabibi Najjorni esladilar, ummatlari orasidan ham o’shanday odamni yetishtirgan Mavlolariga hamd va shukrlar taqdim etdilar.
Bu xodisadan bilinishicha, Хabibi Najjor ham Allohga da’vat yo’lida qavmi shahid etgan va malaklar jannatga olib ketgan zot edi*. (Ibn Hishom, 4/182)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 13 Iyul 2008, 14:58:20
ASAD QABILASI

     Hijratning to’qqizinchi yili muharram oyi edi. Asad qabilasidan bir guruh odam Rasululloh (s.a.v.) janobimizni masjidda ziyorat etishdi.
— Ey Allohning payg’ambari, biz Allohdan boshqa hech iloh yo’qligiga ishongan, sizni haq payg’ambar deb bilgan kishilarmiz. Bizga askar yo elchi jo’natishingizga ehtiyoj qoldirmasdan o’zimiz keldik. Shu qahatchilik yilida qorong’u kechalarda sizga yetishish niyatida yo’l surdik. Boshqa arablar singari siz bilan urushmadik. Sizni va birodarlaringizni qiyin ahvolga tushirmadik, — deyishdi.
So’zlari jo’yali edi. Necha yillar ichi Makkada, Madinada bu muqaddas da’voni to’xtatish uchun ifloslikning har turini qo’llab ko’rgan odamlarga qiyosan bunday sharafli holda Islomni qabul qilish, albatta, taqdirga, tabrikka loyiq ish edi. Madinaga kelganlaridan beri Janobimiz tinimsiz mujodala qildilar, ketma-ket janglarga to’la bir hayotni kechirdilar. Shunday bir vaziyatda Asad qabilasining bu ishi nega xush ko’rilmasin?!
  Kelganlar Rasuli zishon (s.a.v.) janobimiz xuzurlarida yana bir marta shahodat kalimalarini qaytarishdi. Muborak qo’llarini tutgan holda Islomda sobit va doim qolajaklariga doir so’z berishdi. Zakotlarini o’zlarining qabilalaridagi kambag’allarga beradigan, qahatchilik sababli yashab turgan joylarini tark etishda erkin bo’ladigan bo’lishdi.
  Rasuli muhtaram (s.a.v.) ularga bir muddat Madinada qolib Islom dinini o’rganishga buyurdilar. Ular bu amrni o’rniga qo’yib, ibodatlar haqida bilim olishga, Qur’ondan suralarni yodlashga kirishishdi.
 Bu orada ayni qabiladan yana bir guruh odam keldi. Ular ham oldingi kelgailar kabi urush qilmasdan, xatto birovning da’vatisiz, o’z ixtiyorlari bilan Islomni qabul etishganini so’ylashdi. Ularga ham izzat-ikrom ko’rsatildi. Ammo bu odamlar ikki gapning birida urushsiz, da’vatsiz musulmon bo’lishganini pesh qilishar edi.
      Voqea chindan ular aytayotganday bo’lsa ham, endi ishning mazasi qocha boshladi. Musulmon bo’lishgan bo’lsa, buning foydasi hammadan ham oldin o’zlarigadir. Alloh ularning holini biladi, mukofotlarini qat-qat foydasi bilan beradi.   Odob chegarasi  oshilayotgan,   Rasululloh (s.a.v.) janobimizni minnat ostiga qo’yishga o’xshash bir intilish va harakat yuzaga kelayotgan edi. Albatta, bunaqa xatti-harakat hech kimga yoqmasdi. Lekin janobi Rasulul¬loh ularga: «Тushundik, bo’ldi», deyishdan o’zlarini tiyib turardilar. «Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonini siylasin», deb marhamat qilgan Payg’ambar, albat¬ta, ularga bunday deya olmas, oxirigacha sabr yo’lini tut¬gan edilar.
Nihoyat Ulug’ Mavlo bu holni xal etish uchun farmonini tushirdi. Хujurot surasidan 17-oyat bo’lib o’rin olgan bu farmon bunday edi:
  «Ular sizga musulmon bo’lganlarini minnat qilurlar. Ayting: «Sizlar menga musulmon bo’lganlaringizni min¬nat qilmanglar. Balki agar (imonlaringizda) sodiq bo’lsangizlar (ya’ni, agar rostdan ham imon keltirgan bo’lsangizlar), Alloh sizlarni imonga hidoyat qilganini minnat qilur».
Shu tariqa Asad qabilasiga yaxshigina bir dars berildi, hazrati Payg’ambar (s.a.v.) sabr etib oshkor qilmagan xaqiqat eng ochiq yo’l bilan bildirildi.


Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 13 Iyul 2008, 15:16:38
ХOVLONLIKLAR

   Bu orada Хovlondan ham elchilar keldi. Ular o’n kishi edi. Madinada bir muddat qolishdi. Islom dini haqida eng to’g’ri, eng durust bilimni tafsiloti bilan payg’ambarlarning eng buyugidan olishdi. Birgalikda: «Bu anglatilgan din bizning dindan ko’ra go’zal, undan ko’ra yaxshi ekan», degan qarorga kelishdi. Qdrorlarini janobi Payg’ambarimizga e’lon qilishdi:
          — Biz bu dinni qabul etmoqchimiz!
      Rasululloh (s.a.v.) ulardan «Ommi Anas» deb ataluvchi butlari haqida so’radilar, u to’g’rida nima fikrdasizlar dedilar.
 — Ey Allohning payg’ambari, endi u biz uchun iloh emas. Biz undan yaxshisiga ishondik. Yurtimizga qaytgach, uni yer bilan bitta qilamiz, — deb javob berishdi, Хovlon elchilari hali-veri Madinadan ketish niyatida emasdilar. Yangi dinlarini yetarlicha o’rganib olishmasa, yurtlariga qaytganda o’zlarini yo’qotib qo’yishlari mumkinligini o’ylashardi. Ishga jiddiyat bilan kirishib, Allohning kitobidan nasib qilganicha o’rganishdi, har kuni besh vaqt namozni Payg’ambarimizning (s.a.v.) ortlarida o’qishdi. Nihoyat, yurtlariga qaytisharkan, yuzlarida ham xursandchilik ham mahzunlik bor edi. Axir, necha zamonlardan beri qolganlari zalolat botqoqliklaridan qutulishdi, hidoyat yo’lining yo’lchilariga aylanishdi. Ko’ngillari endi, qandaydir bir but qarshisida turishga aslo rozi bo’lmaidi. Endi ular uchun xoslangan tong otdi, qorong’uliklar o’rnini oydinliklar egalladi. Bundan xursandchilik tuymasinmi inson! Lekin, ayni choqda, rahmat payg’ambari va hidoyat imomi janobymizdan (s.a.v.), u zotning yor-do’stlaridan ayrilish xissi odamga faqat mahzunlik beradi.
Shunday bo’lsa ham, ular qaytishadi va yo’llariga ko’z tikib o’tirgan qabiladoshlariga yangi xabarlar olib borishadi.
Chindan, bu xabarlarni olib borishdi, qabila axlining ko’ngillari nurli ufqlarga ochildi. Хovlon qabilasida azon sadolari yangray boshladi, Ommi Anas buti esa, yer bilan bitta qilindi*.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Sentyabr 2008, 11:22:13
 
BAHRAYNDAN KELGAN JIZYA


    A’lo ibn Хadramiy Bahrayndan to’plangan mo’l-ko’l zakot va sadaqa molini Madinaga yubordi Masjid oldiga uyulgan molni ko’rganlar o’sha kungacha buncha ko’p mol ko’rishmaganini e’tirof etishar edi.       
Namoz vaqti kirganida Rasuli akram (s.a.v) hujralaridan chiqdilar, namozni o’qib berdilar, so’ngra zakot molining tepasiga keldilar.
    — Sizlarga xushxabar aytayinmi? — dedilar. — Endi sizlarning ko’nglingizni shod etadigan darajada mol va mulkka ega bo’lishlaringizni umid qilsalaringiz bo’ladi. Qasamki, endi sizlarni faqirlik va muxtojlikda qoladi degan qo’rquv menda qolmadi. Ammo sizlardan oldingilarga boylik eshiklari ochilgani kabi, sizlarga ham bu eshiklar ochiladi, ular boylik musobaqasiga kirishganlari kabi, sizlar ham kimo’zarga berilasizlar, natijada xuddi ularday sizlar ham nobud bo’lasizlar. Men qo’rqqan narsa mana shudir.
     Keyin Janobimiz (s.a.v.) bu mo’l boylikni Madina xalqiga ko’p-ko’p tarqatdilar. Yonlariga amakilari Abbos (r.a.) keldi:
    — Ey Allohning rasuli, menga ham bu moldan bering chunki men Badrda ham o’zim uchun, ham Aqiyl uchun fidya berganman, — dedi.   
Payg’ambarimiz (s.a.v.) unga, oling, dedilar.
Abbos (r.a.) ko’ylagini yechdi, yerga yoydi va oltin va kumushlardan xovuchlab-xovuchlab sola boshladi. Shunchalik ko’p to’ldirganidan ko’tarishga kuchi yetmay qoldi. Rasululloh janobimizga yuzlandi. Masjid yonida turganlarga ishora qilib:
     — Manavilardan bittasiga buyursangiz,  ko’tarishib yuborsin, — dedi
     — Bo’lmaydi...   
      - Unda o’zingiz yordam berib yuboring.
      -  Bu ham bo’lmaydi.   
      Chorasiz qolgan Abbos ko’ylakdagilarning bir qismini qaitarib qo’idi. Takror ko’tarishga urinib ko’rdi, orqasiga ola olmadi, extimol endi yordam bo’lib qolar? Lekin na masjid yonidagilarnyng yordam ko’rsatishiga izn berildi va na Janobimizning o’zlari ko’tarishib yubordilar. Abbos (r.a.) yana bo’shatishga majbur bo’ldi. Bu karra harholda bir evini qilib orqasiga ortmoqlab oldi va uyiga yo’l oldi. Payg’mbarlar sarvari undagi molga o’chlikni alamli ko’zlar bilan kuzatib turardilar. Bu kuzatish to Abbos
ko’zdan g’oyib bo’lgunicha davom etdi. Тo’qqiz amakidan tirik qolgan shu bittaginasining mol-dunyoga bu qadar o’ch ekani janobi Payg’ambarimiz xohlamagan, xohlamaydigay bir ish edi*. (* Imom Buxoriy, 4/65)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Sentyabr 2008, 11:23:14
                                        * * *   
     Rasululloh (s.a.v.) endi kambag’allarga ancha-muncha yordam bo’ladigan chorasizlar dardiga chora bo’ladigan miqdorda o’lja va zakotlar kela boshlaganini ko’rdilar. O’sha yilning ilk xayit xutbasida so’zlagan muborak so’zlari orasida mana bu xadisi sharif ham bor edi: "œDiqqat qilinglar, men mo’minlarga o’z nafslaridan ham yaqinman. Bundan bu yog’iga kim bo’lsa ham ortida qarz qoldirsa, u qarzni o’tash mening burchimdir. Kim mol qoldirsa, u mol merosxo’rlariga tegishlidir».   
       Bu mardona ifodalar mo’minlarning yuraklarida ta’rifi imkonsiz bo’lgan tuyg’ularni uyg’otdi. Payg’ambar mana bunday bo’ladi! O’zlariga mol qoldirish dardi aslo chulg’amagan u zotni. Yashash tarzlari ma’lum. O’zining rohatini o’ylab, ummatini qiyinchilikka boshladi, deya hech kimsa ayblay olmaydi. Uylariga kelgan sadaqalardan bir mirisini ham olmaganlar, darxol faqirlarga bo’lishib berganlar, sadaqa olishni o’zlariga ham, yaqinlariga ham xarom ekanini e’lon qilganlar. Хadyaga kelgan oz yo ko’p qiymatdagi har narsa yoniga biron narsa kushib, fadiru fu^aro-
qo’shib, faqiru-fuqaroga tarqatganlar.   
          Bir gal namozdan so’ng tez uylariga kirib ketdilar, sal fursat o’tmay, yuzlarida rohat va xuzur izlari bilan qaytib chiqdilar. Qiziqish bilan qaraganlarga bu xolni bunday tushuntirdilar:   
    — Uyda ozgina tilla qirindisi borligini eslab qoldim. Shuning uchun darrov tarqatishga buyurib chiqdim.
Abu Хurayra (r.a.) o’ziga yagona murshid va eng aziz
raxbar deb bilgan janobining bunday deganlarini aytadi:
     «Agar Uxud tog’icha oltivdm bo’lsaydi, qarzdorga beradiganimdan tashqarisini uch kunga qoldirmay tarqatib bitirsam, mendan xushnud odam bo’lmas".
       Bu so’zlar adabiy bir tuyg’uning emas, samimiyatning ifodasi edi. Bu so’zlarni aytgan va xaqiqatan, umr bo’yi hayotiga tatbiq etib kelgan buyuk Payg’ambar molning ko’pligini ko’rganlari zamoni bu ne’matga juda nozik bir shaklda baxo berdilar, buynida qarzi bilan o’lganlarning qarzini zimmalariga oldilar. Oldinroq qarzdor holida o’lib qolgan odamning janoza namozini o’qimaganlarini eslasak, bu ishlarining axamiyati juda ko’rinadi. Mamnuniyat balqqan nigoxlar har xoli-la buyuk, har xoli-la sevikli bo’lgan Payg’ambarga minnatdor va shukr tuyg’ulariga yug’rilib boqar edi. Mana sizga hayit, mana sizga hayit hadyasi!* (Buxoriy 7/178; Termiziy, 3/373)
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Oktyabr 2008, 14:46:18
HAZRATI ALI UYLANADIMI?

   Hazrati Ali (r.a.) Badr jangidan keyin janobi Payg’ambarimizning (s.a.v.) ko’zlarining nuri hazrati Fotimaga uylangan edi. Oradan yetti yil o’tdi, Hasan va Husayn ismlarida ikki nurli farzand ko’rdi.
Bir kuni hazrati Ali (r.a.) ikkinchi bor uylangisi kelib qoldi. Badrda o’ldirilgan Abu Jahlning qizi Juvayriyani ikkinchi xotinlikka olmoqchi bo’ldi.     
Juvayriyani Hazrati Aliga birov taklif qildimi yoki o’zi talabgor bo’ldimi — buni bilolmaymiz. Ammo Abu Jahlning musulmonlarni qon qustirganini, ayniqsa, Payg’ambar janobimizga qarshi oxirgi nafasigacha
darajada dushmanlik siyosatini yuritganini bilmagan odam
yo’q. Butun g’ayrati Islom dinini o’rtadan ko’tarib tashlashga qaratilgan bu odam haqida aytilishi mumkin bo’lgan yagona ijobiy so’z uning Badrda itday o’lib ketganiyu musulmonlarning yengil nafas ola boshlaganlaridir.
      Ayni choqda, Makka fathidan keyin Abu Jahlning o’g’li Ikrima bilan qizi Juvayriya musulmon bo’lishgan edi. Bu aka-singilning samimiyat-la imon keltirganlarini keyingi yillar rivojida kechirgan pok-pokiza hayotlaridan bilsa bo’ladi.   
Juvayriyani otasining aybi va jinoyatlariga javobgar etish, uning gunohini buning bo’yniga yuklash to’g’ri tushuncha va to’g’ri harakat bo’lmaydi. Hatto uni Abu Jahlday odamning uyida va tarbiyasida yetishib ham samimiy bir musulmon bo’lgani uchun tabriklash va taqdirlash lozim. O’likdan tirikni, tirikdan o’likni chikaradigan Allohning qudrati Abu Jahlday mislsiz kofirdan Juvayriya va Ikrimaday musulmonlarni chiqargan edi.
Hazrati Ali (r.a.) bu kabi tushunchalar bilan Juvayriyani xotinlikka olishga xozirlanar ekan, boshqa tarafdan, Bani Maxzum qabilasi ham hazrati Aliday kuyovli bo’lishning g’ururini tuya boshladi.   
    Hazrati Ali shunchaki bir kuyov emasdi, sarvari anbiyo bo’lgan Janobimizning (s.a.v.) qizlariga uylangan odam edi! Bu nikoh qiyilsa, Rasuli muxtaram (s.a.v.) hafa bo’ladilarmi? Bu nikohni qanday qarshilaydilar?   
Тadbirli bo’lishning zarari yo’q, deya Abu Jahlning ukasi Horis bilan yana shu oiladan bir necha kishi Nabiyyi muhtaram janobimizning xuzurlariga kelishdi. 
 — Ey Allohning payg’ambari, qizimiz Juvayriyani Ali ibn Abu Тolibga nikohlab bermoqchimiz, shunga nima deysiz? — deb so’rashdi.
Payg’ambar janobimiz bu savolga nima deb javob qilardilar? «Juda yaxshi qilibsizlar, Alloh muborak qilsin!» dermidilar. Yo’q, albatta. Aksincha, eshitgan habarlaridan xushnud bo’lmaganlarini yuzlari bildirdi...
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Oktyabr 2008, 14:47:21
   Juvayriya oilasi umaviy nasabidan ekani e’tibori bilan bu nikoh orqali hazrati Fotimaning (r.anho) yoniga bir kundosh tiqishtirishdan tashqari yana boshqa nozik xisoblar yuritishayotgan edimi yoki bu ish oddiy nikohlardan biri deb xisoblanayotirmi?.. Bu mavzuni oydinlatadigan bilgiga ega emasmiz. Faqat umaviylarning tarix davomida namoyish qilgan ishlari u kunlarda ham bunday ishlarni jon-jon deb qilishlari mumkinligini ko’rsatadi.
Hazrati Ali (r.a.) Payg’ambar janobimizning fikrlarini so’rashni foydali ko’rdi. Huzurlariga keldi.
        - Abu Jahlning qizi Juvayriya haqida fikringizni bilgani keldim, ey Allohning payg’ambari, — dedi.
    - Uning nasabi bilan sharafi haqida so’rayapsanmi?
        - Yo’q, uni so’rayotganim yo’q. Unga uylanishimga rozi bo’lasizmi?
        - Yo’q... Fotima mendan bir parchadir. Sen qilmoqchi bo’lgan ish esa Fotimani hafa qiladi.
  — Fotimani xafa qiladigan ishni qilmayman.
Hazrati Ali u yerdan ketdi. Hozir uning hayolida nima bo’lsa ekan: bu nikohdan voz kechishni o’ylayaptimi yoki bu nikoh Fotimani xafa qilishi extimoli yo’q deya uylanish fikrida qat’iy qoldimi?..
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 16 Oktyabr 2008, 14:48:49
    Bu yoqda hazrati Fotima (r.anho) eshitgan habaridan qattiq iztirobda edi. «Ering Abu Jahlning qiziga uylanyapti», deyishgan edi. Тurdi, otasining uylariga bordi. Dunyo va oxiratda yagona tayanchi bo’lgan otasiga dardini aytadi, biron chora topishlarini so’raydi.
   Rasuli akram (s.a.v.) janobimiz suyukli qizlarini o’rinlaridan turib qarshiladilar. Peshonasidan o’parkan, hol-ahvol so’radilar. Muborak yuzidan g’am-qayg’u oqib turgan qizlari otani shunchaki ko’rgani kelmagani aniq. Hazrati Fotima ham gapni cho’zib o’tiradigan holda emasdi.
    — Atrofda odamlar siz haqingizda, qiziga qayg’urmayapti, xech kimga xech narsa demadi, deyishyapti. Ana, Ali Abu Jahlning qizi Juvayriyani nikohlab olyapti, — dedi.
Payg’ambar janobimiz qizlarining so’zlarini obdan eshitib bo’lgach, o’rinlaridan turdilar, masjidga kirdilar va minbarga chiqdilar.
— Hishom ibn Mug’ira o’g’illari* ("œAbu Jahl" Hishom ibn Mug’iyraning o’g’li Amr ibn Hishomning Allohga va rasuliga ko’rsatgan qattiq dushmanliklari evaziga orttirgan laqabidir. (Tarj.))   Ali ibn Abu Тolibga qizlarini nikohlab bermoqchi bo’lib mendan ruxsat so’rashgan edi. Men aslida halol bo’lgan ishni harom sanash yohud harom bo’lgan ishning xukmini halolga chevirish haqqiga ega emasman. Ammo qasam ichamanki, Alloh rasulining qizi bilan Alloh dushmanining qizi bir odamning nikohi ostida aslo turmaydi. Men bunga aslo ruxsat bermayman!.. Men bunga aslo ruxsat bermayman!.. Men bunga aslo ruxsat bermayman!.. Faqat, Ali mening qizimni taloq qilib, keyin ularning qizlarini olmoqchi bo’lsa, bunga men bir narsa deya olmayman. Bilasizlar, Fotima mendan bir parchadir. Uni shubxaga tushirgan narsa meni ham tushiradi, uni rohatsiz qilgan ish meni ham rohatsiz qiladi...
    Payg’ambarlar imomi (s.a.v.) janobimiz minbardan tushdilar. Shu bilan bu masala yopildi xisob. Na Ali bu mavzuni yana o’rtaga qo’ya oldi va na Juvayriyaning oila a’zolari bu ishni yangidan jonlantirishga jur’at qilishdi**. (Buxoriy, 6/158; "œFathul Boriy", 9/286).
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Noyabr 2008, 15:20:23
KA’B IBN ZUХDYR VA «QASIDAI BURDA»

     Ka’b mashxur bir shoir edi. Otasi ham mashxur shoir bo’lgan. Butparast kishi sifatida fahri koinot (s.a.v.) janobimizni hafa qilib xajviyalar bitgan.
    Hazrati Rasululloh (s.a.v.) Makkani fath etib qaytgan paytlari Ka’bning ukasi (yo akasi) bunday deb bir maktub yozdi: «Rasululloh Makkada o’zlarini xajv qilgan, aziyat bergan Quraysh shoirlarini o’ldirdilar, Ibn Zibora, Хubayra kabi ba’zi shoirlar qochishdi. Agar sen joningni sevsang va yashashni yaxshi ko’rsang, vaqtni o’tkazmasdan hazrati  Payg’ambarning yonlariga uch. Zero, bu zot huzurlariga tavba qilib kelgan hech kimni o’ldirmaydilar. Agar bunday qilmasang, yer yuzida joningni qutqara oladigan bir joyni topaver».
     Ka’b maktubni olgan zahoti endi bundan bu yog’iga shamol o’zining orzuyiga ko’ra esmayajagini angladi. Endi hazil harom edi. Haqqiga o’lim farmoni chiqarilgan bir odam sifatida qayerga borsa, o’lim qo’rquvi ham soya kabi unga ergashib yurishini xis eta boshladi. Qayerga bormasin, yo imon keltirganlarga va yo Rasululloh bilan bitim tuzgan biron qabilaga duch kelib qolishi mumkin. Bu vaziyatda bitta nayza yoki bitta o’q bilan yer o’pib qolishi hech gap emas.
     Bu ishni bir yoqli qilish kerak, dediyu tuyasiga mindi. Madinaga yo’l oldi. Shaharga yashirincha kirdi. Juzayma qabilasidan bir tanishining uyiga qo’noq bo’ldi. Хolini tushuntirdi.
Тongda birga-birga masjidga borishdi. Ka’b oldinga tushdi. Odam bolalarining azizi bo’lmish Janobimizning (s.a.v.) xuzurlariga yetib o’tirdi, qo’llarini u zotning qo’llari ustiga qo’ydi:
— Ey Allohning payg’ambari, Ka’b ibn Zuxayr oldingi ishlaridan pushaymonlik tuyyapti. Тavba qilsa va musulmon bo’lish uchun xuzuringizga kelsa, kechirasizmi? — deb so’radi. «Ha», javobini olganidan keyin so’zida davom etdi: — U holda men Allohdan boshqa hech bir ma’bud yo’qligiga va siz Allohning payg’ambari ekaningizga iqrorman. Men Ka’b ibn Zuxayrman.
   So’ngra «Bonat suodi» deb boshlanadigan uzun qasidasini o’qiy boshladi.
Habibi akmal (s.a.v.) qasidani zavq bilan eshitdilar. Zuxayr: «Aniqki, bu payg’ambar Allohning yaltiragan bir qilichidir», baytini o’qiyotganida Janobimiz sadobalariga diqqat bilan tinglanglar, deganday bir ishora qilib qo’ydilar.
    Qasida o’qib bo’lingach, Janobimiz mamnuniyat darajalarining ifodasi o’laroq egnilaridagi xirqalarini yechib unga hadya qildilar.
Bir soat avvalgacha u haqda o’lim farmoni bor edi, xozir esa, butun ummat havas etadigan hadyani payg’ambarlarning eng so’nggisi Janobimizdan olish sharafiga erishib o’tiribdi.
Ka’b endi samimiy bir musulmon o’laroq yashayajak va o’ziga tekkan bu eshsiz sovg’ani hayoti davomida hech bir narsaga alishtirmayajak.
Keyinroq uning o’g’illari bu xirqani yigirma ming dirhamga Muoviyaga sotishajak va shundan so’ng oldin umaviylar, so’ngra abbosiylar bu xirqani qimmatbaho bir omonat o’laroq saqlayajaklar, eng oxirgi abbosiy halifati solingan qilich halifaning qonini bu muborak xirqaga sachratajak.
Undan keyin Misrga keltirilgan va fotimiylarning qo’lida qolgan xirqai saodatni 1517 mil. yili Misrni egallagan Yovuz Salim Хon yana bir qancha muqaddas omonatlar bilan birga Istanbulga keltirajak. Avval xos o’laroq ko’rdirilgan «Хirqai Saodat» jomeida saqlanajak, keyin Тupqopi saroyiga keltirilib, Хirqai Saodat bo’limida muxofaza ostiga olinajakdir.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Noyabr 2008, 15:24:18
OYISHA ONAMIZ NIMADAN ХAFA?

      Oyisha onamizning Payg’ambarimiz bilan (s.a.v.) hayoti bir maromda davom etardi. Lekin boshqa xotinlari bilan o’zaro munosabati va boshqa mayda-chuyda narsalar har-har zamonda onamizni asabiylashtirar, ayni chog’da, bu holatni Nabiyyi akramga sezdirmaslikka tirishar edi. Buni eplayapman ham, deb o’ylardi.
Bir kuni Janobimiz (s.a.v.) unga:
       —   Ey Oyisha, sening mendan xursand kunlaringni ham, jinday xafa kunlaringni ham bilaman, — deb qoldilar.
Oyisha onamiz hayratlandi:
     - Qayoqdan bilasiz,  ey Allohning rasuli? — deb so’radi.
     - Mendan hursand payting, gap orasida kerak bo’lib qolganida, «Muhammadning Parvardigoriga qasam...» deysan. Meidan xafa bo’lgan payting esa, «Ibrohimning Parvardigoriga qasam...» deysan.
Bu isbotda zarracha xato yo’q edi. Oyisha boshini egdi.
      —   Unday desam ham, ey Allohning payg’ambari, men faqat ismingizni aytmagan bo’laman, xolos.
Oyisha o’shanday paytlarda ham Janobimizning (s.a.v.) katta bobolari payg’ambar Ibrohim (a.s.) ismlarini tanlash bilan nozik tushunchali, farosatli ayol ekanini ko’rsatar edi. Axir, Qur’oni karimda bekordan-bekor: «Odamlarning Ibrohimga yaqinrog’i unga (uning yo’liga) ergashganlar, mana bu payg’ambar (Muhammad) va imon keltirgan kishilardir. Alloh mo’minlarning do’stidir»*(* Oli Imron, 68).. deyilgan**.(** Buxoriy, 6/158.)

Nom: Re: "Saodat asri qissalari. Buyuk fath" 4-kitob.
Yuborildi: Muslimа 05 Noyabr 2008, 15:25:51
ABU ISROIL

      Bir kuni Rasuli akram (s.a.v.) suhbat berib o’tirar edilar. Sal naridagi bir odam e’tiborlarini tortdi. So’zni yarmida kesib:
       - Bu odam kim? Nima qilyapti u? — deb so’radilar.
       - Ey Allohning payg’ambari, u odam Abu Isroildir.
    Oyoqda turishga, o’tirmaslikka, quyoshda turishga, soyaga o’tmaslikka, so’z so’zlamaslikka va doim ro’za tutishga nazr qilgan, — deb javob qilishdi.
Abu Isroil balki Alloh roziligiga erishish umidida shunday yo’l tutgandir. Ammo quyoshda tik turishdan insonga nima foyda? Niyati Allohning roziligini qozonish bo’lsa, bunday rozilik qanday qozonilishini eng yaxshi bilguvchi buyuk hidoyat yo’lboshchisi janobi Rasululloh (s.a.v.) bunaqa ishlarni qilmaydilar, nimaga kelib so’ramaydi-da, bunaqa g’alati yo’llarni tutib oladi?.. Holbuki, janobi Rasululloh (s.a.v.) har doim Mavlo rozi bo’ladigan yo’l va amallarni tushuntirib keladilar.
     Do’stlarining javobini eshitgach, Payg’ambar (a.s):
     — Unga aytinglar: gaplashsin, soyaga o’tsin, o’tirsin va boshlagan ro’zasini tamomlasin, — deb amr qildilar.
Abu Isroil o’ziga yetgan bu amrni o’rniga qo’ydi. Shaxsiga aziyat etishdan boshqa hech bir ma’nosi va foydasi bo’lmagan nazr shu tariqa to’xtatib qolindi*.* Imom Buxoriy, 7/234.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:35:21
DASTURXONGA TASHLANGAN BADAVIY

Rasuli akram janobimiz bir guruh sahobalari bilan birga mehmondorchilikka taklif etilgan edilar. Kelishdi, dasturxon yoyig‘liq ekan, o‘tirishdi. Lekin hali bir luqma olinmagan edi. Ashobi kirom qachon birga ovqatlanishsa, Payg‘ambarimizdan oldin dasturxonga qo‘l uzatishmasdi. Shu payt bir badaviy shosha-pisha kelib qoldi. Xuddi orqasidan birov itargandek, kelasolib ovqatga tashlandi. Janobimiz darrov uning qo‘liga cho‘zildilar va bilagidan ushlab to‘xtatdilar. Ketidan hovliqib kelgan bir cho‘ri ham darrov ovqatga qo‘l uzatgan edi, uni ham to‘xtatib qoldilar. So‘ngra ashobga o‘girildilar:
- Ollohning ismi bilan boshlanmagan ovqatga shayton sherik bo‘ladi. Hech shubha qilmanglar, shayton shu badaviy bilan keldi. Bu ovqatdan yeyishni o‘ziga halol hisobladi. Badaviyning qo‘lidan tutdim. Keyin bu cho‘ri keldi, yana o‘ziga halol qilmoqchi bo‘ldi, endi cho‘rining ham qo‘lidan tutdim. Jonimning egasi Ollohga qasam, shaytonning qo‘li ham bularning qo‘llari bilan birga mening qo‘limga tushdi.
So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) «bismilloh» deya ovqatni boshladilar. Ko‘ngillarni g‘arib tuyg‘ular chulg‘adi. Shu badaviy bilan cho‘rining quvalashganga o‘xshab otilib kelishlari aqlga sig‘adigan ish emasdi. Buyuk Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirgan dasturxonga shaytonning burun suqishi ham bekorga bo‘lmadi-yov. Uning qo‘lini sahobalar ko‘rishmadi, lekin ko‘rib turgandek ishonishar edi.
Mehmondorchilikda hozir bo‘lganlar janobi Rasulullohning ilgariroq: «Har kim ovqat yeyishda Ollohning ismini zikr etsin. Agar boshlashda «Bismillohir rohmanir rohiym» deyishni unutsa, esiga tushgan zahoti «Bismillahi avvalahu va axiraxu» desin», degan o‘gitlarini eslashdi.
Ulug‘ Mavlo Qur’oni karimda kofirlarni ta’riflar ekan, ular «Chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichurlar», degan. Bunday yemaslikning ilk sharti bu ne’matni berganni eslash emasmi?!
Bu voqeadan necha zamon o‘tsa o‘tsin, keyin kelganlar ham bu dasturxon xotirasini ko‘ngillarida yod etishi mumkin, «basmala»siz uzangan qo‘li shaytonning qo‘li bilan birga bo‘lishini o‘ylar, ammo, qaniydi mening dasturxonimda Ollohning habibi (s.a.v.) janobimiz bugun mehmon bo‘lsalar, degan tilak bilan dasturxonga o‘tirgan va kamoli odob-la u hayotni yashash orzuini ruhlariga joylaganlar uchun yo‘l doimo ochiq. Kun keladi, Ulug‘ Mavlo bunday qulini habibi adibining oliy jannatlardagi dasturxonlariga qo‘noq qildirsa, hech ajablanmaslik kerak. Olloh har narsaga qodirdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:36:39
OLLOHGA QOVUSHISHNI ORZU ETISH

Rasululloh (s.a.v.) janobimiz xotinlari bilan suhbatlashib o‘tirarkanlar, gap orasida:
-   Kim Ollohga qovushishni orzu qilsa, Olloh ham unga qovushishni orzu qiladi. Kim Ollohga qovushishdan xushlanmasa, Olloh unga qovushishdan xushlanmaydi, - deb marhamat qildilar.
Bu muborak so‘z inson ruhini titratadigan bir o‘lchovni keltirgan edi. Ollohga oxirat olamida qovushiladi. Demak, oldin o‘limni orzu qilish lozim bo‘ladi. Holbuki, o‘limning yuzi sovuq. O’lim haqidagi o‘y odamning etini junjiktiradi.
Bu mavzuda Rasululloh (s.a.v) oldin ham bir-ikki ibratli voqea so‘zlab bergan edilar. Shulardan biri hazrati Musoga (a.s.) oid bir xotira:
«O’lim farishtasi Musoga (a.s.) kelib:
-   Qani, Parvardigoringizning da’vatiga ijobat qiling, - dedi.
Hazrati Muso birdan jahllari chiqib, qattiq bir musht tushirib, uning ko‘zini chiqardi. O’lim farishtasi osilib qolgan ko‘zi bilan Janobi Mavloga bordi.
-   Ollohim, meni o‘limni orzu qilmaydigan bir kishiga yuboribsan, ko‘zimni bu holga tushirdi, - dedi.
Ulug‘ Mavlo uning ko‘zini joyiga o‘rnashtirdi va:
-   Yana u qulimning oldiga bor-da, unga: «Sen hayotni yaxshi ko‘rasanmi? Agar haqiqatan hayotni orzu qilsang, qo‘lingni bir sigirning tanasiga qo‘y. Qo‘ling necha dona jun yopsa, ularning sonicha yil yashash haqqing bor», deb ayt, - deya buyurdi.
O’lim farishtasi kelib, hazrati Musoni topdi. Janobi Mavloning farmonini yetkazdi. Hazrati Muso:
-   Keyin nima bo‘ladi? - deb so‘radi.
-   Keyin yana o‘lim...
-   U holda, ey Parvardigorim, hoziroq o‘lishni xohlayman. Ey Parvardigorim, mening jonimni iloji boricha tezroq ol, - deb duo qildi».
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bularni aytgach: «Qaniydi o‘sha yerda bo‘lsam, sizlarga qirmizi bir tepa yonidagi qabrini ko‘rsatar edim», degan edilar*.
Turli-tuman mo‘‘jizalar berilgan, ismi Qur’onda eng ko‘p zikr etilgan va besh buyuk payg‘ambardan biri bo‘lgan hazrati Muso (a.s.) ham o‘limdan jirkangan bo‘lsalar, hazrati Muhammad (s.a.v.) ummatlaridan birovining xushlanmasligi ham juda unaqa ajablanadigan ish emas.
Yana bir gal Janobimiz (s.a.v.): «Hech kim boshiga tushgan musibatlar tufayli o‘ziga o‘lim tilamasin. Agar juda majbur qolsa, «Ollohim, yashashim xayrli bo‘lgan muddatcha meni yashat, o‘lim xayrli bo‘lgan payt meni o‘ldir», deb duo qilsin», deb marhamat qilganlar**.
Bu mavzuda Payg‘ambarimizdan eshitilgan yana boshqa xotiralar ham bor edi. Oyisha onamiz (r.anho) butun bu xotiralarni xayolidan kechirdi va Janobimizdan:
-   Ey Ollohning payg‘ambari, biz o‘limni yoqtirmaymiz. Ichimizda o‘limni yoqtiradigan kimsa yo‘q (u holda holimiz nima bo‘ladi)? - deb so‘rab qoldi.
Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) bunday deb tushuntirdilar:
-   Ollohga qovushishni orzu qilish sizlar tushunayotganday emas. Mo‘min odamga o‘lim kelganida Ollohning undan roziligi xabari mujdalanadi. Unga ikromlar hozirlangani bildiriladi. O’sha payt unga qarshisidagi oxirat hayotidan ham sevimli narsa bo‘lmaydi. Ana o‘sha paytda u mo‘min Ollohga qovushishni orzu etadi, Olloh ham unga qovushishni orzu qiladi. Kofir esa, o‘lim oni kelganida Ollohning azobi va jazosidan xabardor etiladi.
U kimsaga qarshisidagi hayotdan ham sevimsiz narsa bo‘lmaydi. Mana shu kishi Ollohga qovushishni orzu etmaydi, Olloh ham unga qovushishishni orzu qilmaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:37:32
HABASH SULTONI — NAJOSHIY

Hijratning to‘qqizinchi yili rajab oyi edi. Bir kuni janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalariga:
-   Bugun Ollohning solih qullaridan biri o‘ldi. O’lgan birodarlaringiz uchun mag‘firat tilanglar, - dedilar.
So‘ngra ashobi kirom u solih qulning kimligini aniqlashdi, u Habash najoshiyi (podshohi) Ashama edi. Janobimiz bu xabarni Ulug‘ Mavlodan kelgan vahiyga tayanib berdilar. Keyin hammalari birgalikda Baqi’ qabristoniga borishdi. Janoza namozi uchun saf olishlarini buyurdilar. O’zlari oldga turib, to‘rt takbir ila najoshiy Ashamaning janoza namozini o‘qidilar.
Shu kungacha payg‘ambarlar sultoni (s.a.v.) ashoblaridan boshqa hech kimga bunaqa ish qilmagan edilar, undan keyin ham qilmayajaklar.
-   Ollohim, najoshiyning gunohlarini kechir... Ollohim, najoshiyga rahmating-la, mag‘firating-la muomala qil...- kabi duolar birla orqaga qaytishdi.
Najoshiy Ashama Rasuli muhtaramni (s.a.v.) ko‘rmasdan vafot etgan qadrli bir odam edi. Yillarcha avval hali o‘zi imon keltirmagan zamonda yurtiga qochib kelgan musulmonlarga yaxshi mezbonlik qilgan, mamlakatida tinch va rohatda yashashlariga sharoit yaratib bergan edi. Islomga da’vat maktubi yozilgan podshohlar ichida hech taraddudlanmay imonga kirish sharafi unga nasib etdi. Ummu Habibani (r.anho) g‘oyibona janobi Rasulullohga (s.a.v.) nikohlab qo‘ygan va bu nikohda Payg‘ambarimizning vakillari bo‘lgan ham udir. Janobimiz nomlaridan nikoh mahrini ham u o‘tagan, nikoh ziyofatini ham u qilib bergan.
Nabiyyi muhtaram janobimizga yozgan xatida: «Ey Ollohning payg‘ambari, agar yonimga kel desangiz, boraman», degan, tojini, taxtini osongina tark eta olishini, sahobai kirom orasida sharafli o‘rnini ola bilish uchun har fidokorlikka tayyor ekanini u xati bilan isbotlagan edi.
Najoshiy top-toza niyati evaziga Janobimizning ko‘ngil birodarliklarini qozondi, ma’no olamida u zotning ashoblaridan bo‘lish sharafi va baxtiga erishdi. Yuragida Payg‘ambar afandimizga g‘uborsiz, top-toza sevgi va hurmat borligi, haqiqiy do‘st, haqiqiy birodar bo‘lgani vafoti munosabati bilan juda go‘zal namoyon bo‘ldi. O’zi rasuli kibriyoning (s.a.v.) ovozlarini eshitmagan, yuraklarga huzur beradigan suhbatlarida bo‘lmagan, hech bir mo‘‘jizalarini ko‘rmagan, ammo u zotning barmoqlaridan suv buloqday otilib chiqqanini, dasturxonlarida yemak-ichmaklarga baraka kirganini, yurolmaydigan tuyalarning dirkillab yurib ketganini ko‘rib guvoh bo‘lganlarchalik kuchli imoni bor edi.
Najoshiy Islomni qo‘lga mol-mulk kiritish uchun tanlamadi. Hatto janobi Rasululloh (s.a.v.) «Yonimga kel», deganlarida bor mol-mulki ham qo‘ldan ketar, saltanatidan ham judo bo‘lar edi. Rasulullohning yonlarida yurib, tushayotgan vahiylarga guvoh bo‘lib, mo‘‘jizalarini ko‘zlari bilan ko‘rib ham fitna va fasod chiqarib yuruvchi bir guruh badbaxt munofiqlar safarlarga faqat qo‘lga o‘lja kiritish, hatto fitna chiqarish uchungina qo‘shilayotgan bir paytda najoshiyning bu yo‘ldagi fidokorligini faqat taqdirlash va tabriklash lozimdir.
Rasululloh (s.a.v.) uning yurtini tashlab kelishini to‘g‘ri topmadilar. Chunki Habash mulkining boshida mushrik amir o‘rniga bir mo‘min amir tursa, foydaliroq bo‘lardi.
Ha, najoshiy yurtida sulton o‘laroq qolsa, payg‘ambarlar Sultonini ko‘rmaydi, qattiq sevgan Janobining gul jamolini ko‘rmasdan ketadi, lekin bu dard emasdi. Har narsaga qodir Ulug‘ Mavlo buning ajrini, mukofotini beradi. Sevikli Payg‘ambarini najoshiy qanday rozi qilgan bo‘lsa, o‘zi ham uni rozi qilajak, havasga arzigulik holatlarda huzuriga olajak.
 
Rasuli kibriyo (s.a.v.) Jabroili amindan (a.s.) najoshiyning vafoti xabarini olganlari zahoti unga dunyoda qo‘llaridan kelgan ikromni ko‘rsatish uchun g‘ayb namozini o‘qidilar, mag‘firat tilab duo qildilar. Unga oxiratda ko‘rsatiladigan ikromlarning ilki hech bir kimsaga nasib bo‘lmagan bu g‘ayb namozi bilan boshlandi. Oxirat olamida bu ikromlar albatta katta o‘lchovlarda davom etajak. Undan Olloh rozi edi, Ollohning rasuli rozi edi - bir solih qul uchun bundan ortiq yana nima kerak! Yana qanaqa tashvishi bo‘lishi mumkin!..
U dunyoda olishi mumkin bo‘lgan har narsani olib, abadiy saodat yurtiga ko‘chgan, dunyodagi saltanatini soyada qoldirib ketadigan buyuk bir baxtga erishgan edi. Beixtiyor xotiraga: «Diqqat qiling, Ollohning (shunday) do‘stlari bor, ularga hech bir qo‘rquv yo‘q, ular maxzun ham bo‘lmaslar...» oyati karimasi keladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:38:16
SHOLCHAGA O’RANGAN ODAM

Muzayna qabilasida bir yetim bor edi. Ismi Abdul Uzzo edi. Juda kambag‘al bir otasi bo‘lgan, orqasidan hayot yukini yengillatadigan hech narsa qoldirmagan, shu bois Abdul Uzzoni oldinda parishon bir hayot kutar edi. Bu holda qornini to‘ydirishi ham u uchun katta masala edi. Lekin omad bu yetimning yuziga kulib boqdi: rosayam boy amakisi gul yuzli jiyanining qo‘lidan tutib, boy-badavlat oilalarning bolalari ham ko‘rmagan darajada rohat-farog‘atli hayot og‘ushiga olib kirdi. Ota meros qoldirgan faqirlik va muhtojlik hayoti endi orqalarda qoldi.
Shu taxlit oradan yillar kechdi. Abdul Uzzo bir kuni Makkada chiqqan bir diniy harakat xabarini eshitdi. Butlarning jonsiz maxluqlar ekanini, yagona iloh borligini e’lon etgan bir payg‘ambar haqida gap yurib qoldi. O’tgan-ketgandan so‘ray boshladi, vaqti-vaqti bilan bu ma’lumotlarni hayotiga tatbiq qilib ko‘rardi. Shu taxlit yana yillar o‘tdi. Bu orada Abdul Uzzo bir qarorga keldi, musulmon bo‘ldi.
Undan yaxshiligini hech ayamagan suyukli amakisining ham bu dinga havas qo‘yishini, «Qani, jiyanjonim, endi saodat yo‘lini ushlaydigan vaqt keldi», deyishini kutdi. Lekin amakisidan sado chiqavermadi. Nihoyat, bir kuni o‘zi bu haqda og‘iz ochdi:
-   Amakijon, yangi chiqqan din haqida siz nima deb o‘ylaysiz? - deb so‘radi.
-   Nima deb o‘ylashimni istaysan?
-   Anchadan beri sizning bu dinni qabul qilishingizni kutdim.
-   Sening bunaqa ishlarga aralashishingni xohlamayman! - deb cho‘rt kesdi amaki.
-   Lekin men bu dinni qabul qilmoqchiman.
-Hay-hay, ko‘zingni och! Bunaqa ishlarga boshingni suqma, keyin pushaymon bo‘lasan.
Amakining rosmana jahli chiqdi. Shuncha yillardan beri tuzini ichib yurgan odam, o‘zining kimligini unutib, aqli yetmaydigan ishlarga aralashishi jig‘ibiyronini chiqarib yubordi. Gapni cho‘zib o‘tirmadi:
-   Menga qara, Abdul Uzzo, agar bu dinni qabul qilsang, qo‘lingdagi bor mol-mulkni qaytarib olaman! Bir mirisiz, qip-yalang‘och qolasan. Chunki ular mening mollarim! — deb o‘qraydi.
-   Shunday qilsangiz ham, men bu dinni qabul qilaman!
-   U holda, molimda sening zarracha haqing yo‘qligini bilasan. Hatto egningdagi ko‘ylakni ham men berganman.
Abdul Uzzo ko‘ylagini yechib uzatdi.
-   Ich kiyimlarni ham yech.
-   Unda qip-yalang‘och qolaman-ku, amakijon!
-   U yog‘i meniqiziqtirmaydi.
 
Abdul Uzzo uniham yechdi.
Qo‘llari-la oldi-orqasini to‘sganicha onasining oldiga bordi. Onasi unga eski bir sholcha parchasini topib berdi. Abdul Uzzo sholchani ikkiga bo‘lib, unga o‘randi. Yangi chiqqan payg‘ambarning bir necha yil ilgari Yasrib (Madina)ga ko‘chganini eshitgan edi. Qaerdasan, hijrat yurti Madina, deya yo‘lga chiqdi.
Rahmat payg‘ambari (s.a.v.) janobimiz bomdod namozini o‘qib berib bo‘lgach, muborak yuzlarini qator o‘tirgan odamlarga qaratdilar. Jamoat orasida tanish bo‘lmagan bir kishiga ko‘zlari tushdi.
-   Sen kimsan? - deb so‘radilar.
-   Muzayna qabilasidan Abdul Uzzo bo‘laman, - deb javob qildi yigit. — Sizning diningizni qabul qilish uchun keldim.
Kelgani yaxshi, ammo ismi yoqimsiz edi. Rost-da, insoniyatni butlarga qullikdan qutqarish uchun kelgan Payg‘ambar bunaqa ismni eshitib: «Juda chiroyli ism ekan!» dermidilar?!
-   Sening isming bugundan boshlab Abdulloh Zulbijadayn bo‘lsin, - deb marhamat qildilar Rasululloh (s.a.v.).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:38:47
Egnidagi libos shunday ism berilishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, «Ikki sholchali Abdulloh» degani edi.
Abdulloh payg‘ambarlar buyugining qo‘llaridan tutdi, tillar ichra eng qiymatli tillar aytib turgan shahodat kalimalarini yuragining eng chuqurlaridan kelgan tuyg‘ular-la takrorladi.
Abdullohning yuragida samimiyat bor edi, qarashlarida samimiyat asarlari hokim edi. Ko‘zlarida porlagan top-toza tuyg‘ular har sirdan xabardor Ulug‘ Mavloning inoyati bilan payg‘ambarlar sarvarining (s.a.v.) yuraklarida aks etar edi. Ruhidagi bu yorqinlik shu zahoti mevasini berdi - Janobimiz unga:
-   Yonimga kel, ey Abdulloh, - deb marhamat qildilar, - menga yaqinroq joyda tur.
Biladigan odam uchun, ikki parcha sholchaga o‘ralib kelgan va hali oyog‘idagi changni
artib tozalashga ham fursat topmagan bu yigitni qidirsa topilmaydigan baxt chulg‘ay boshladi. Ularning oyog‘ining changini ming to‘rt yuz yil berisidan sog‘inadiganlarga ham bunday nasibalar berishga qodir Ulug‘ Mavlo suyukli habibiga bularni albatta bekorga so‘ylattirmaydi. Mayli, amakisi uni ship-shiydam qilib yechintirsin, bu yerda olamlarga rahmat mujdachisi Muhammad Mustafo (s.a.v.) vositalarida Ulug‘ Mavlo unga taqvo ko‘ylagini kiydira olmaydimi?! «Menga yaqin joyda tur», degan buyuk Payg‘ambarning yonida olinajak birgina nafas Abdulloh uchun amakisi beradigan butun boylikdan necha-necha barobar ustun!
-   Ey Ollohning rasuli, men uchun duo qilishingizni xohlayman. Janobi Haqdan so‘rab bering, menga shahidlik nasib etsin, - dedi Abdulloh.
Qo‘llar samoga ko‘tarilib, duoga ochildi:
-   Ollohim, uning qonini kofirlarga harom qil! Abdullohhayron bo‘ldi:
-   Ey Ollohning payg‘ambari, men shahid bo‘lishni orzu qilardim.
-   o‘azotga chiqqaningda haroratli bir xastalik senga yopishadi-da, o‘lasan va shahid bo‘lasan. Uloving seni yiqitadi-da, bo‘yning sinib o‘lasan va shahid bo‘lasan...
Abdulloh bir kuni bu ikki yo‘ldan biri-la keladigan shahidlikni kutib, kunlarini payg‘ambarlar sultonining (s.a.v.) yonlarida kechira boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:39:11
UMMU GULSUMNING VAFOTI

Hijratning to‘qqizinchi yili Rasululloh (s.a.v.) uylarida bir o‘lim shabadasi yana esdi. Bu gal hazrati Usmonning (r.a.) xotini Ummu Gulsum (r.a.) dunyo hayoti bilan vidolashdi.
Ummu Gulsum opasi Ruqayyaning (r.a.) o‘limidan keyin Hazrati Usmonga tekkan edi. Otasiga payg‘ambarlik kelgan paytlari unashtirib qo‘yilgan, ammo Abu Lahabning o‘g‘li Utayba otasining zo‘ri bilan bu unashuv bog‘ini uzgan, boshiga qo‘nayotgan tole’ qushini haydagan edi. Yanayam to‘g‘risi, Ulug‘ Mavlo suyukli payg‘ambarining qizlarini Ollohning dushmani bo‘lgan oilada yashashdan qutqargan edi.
Ummu Gulsum olti yilga yaqin vaqt opasidan bo‘sh qolgan yostiqni to‘ldirib yashadi. Farzand ko‘rmadi. Opasidan yodgor qolgan farzand esa, bir xo‘roz cho‘qilab, yuzini-ko‘zini odam tanimas holga keltirishi natijasida olamdan o‘tdi.
Ummu Gulsum janobi Rasulullohning (s.a.v.) Madinadagi hayotlari davomida yo‘qotgan uchinchi qizlari edi. Bu yoqda endi birgina katta qizlari Fotima (r.a.) bilan yangi tug‘ilgan o‘g‘illari Ibrohim qoldi.
Payg‘ambarimizning xolalari Sofiya, hazrati Abu Bakrning (r.a.) yangi xotini Asmo binti Umays hamda Ummu Atiyya birgalikda Janobimizning ko‘z nurlarini yuvishdi. Oldingi qizlari Zaynabda bo‘lgani kabi, buni ham uch marta yoxud besh marta yoxud, lozim ko‘rilsa, undan ham ko‘proq yuvishlarini tayinladilar. Amr ado etildi.
Janoza namozi uchun qarshilariga keltirilgan gul yuzli farzandlarining kafanlangan jasadiga boqarkanlar, yuraklaridan toshgan shafqat va marhamat tuyg‘ulari muborak ko‘zlaridan nur donalari bo‘lib tomchilay boshladi. Zaynabning vafotidan hali bir yil o‘tmasidan ikkinchi qizni ham tuproqqa berish osonmi, axir?!
Baqi’ qabristonida opalarining shundoq yonidan ochilgan qabr Ummu Gulsumni ham qo‘yniga oldi. Shunday qilib, keyingi uch-besh yil ichida olamlarga rahmat qilib yuborilgan Payg‘ambarning uch nafar nur yuzli dilbandlari ketma-ket yerga qo‘yilishdi.
Janobimiz u yerda hozir bo‘lganlardan (ehtimol, go‘rkovlardan), bu kecha qaysi birlaring xotinlaringga qo‘shilmadilaring, deb so‘radilar. Abu Talha:
-   Men, - dedi.
-   U holda sen qabrga tush, - deb buyurdilar.
Hazrati Ali, Fazl, Usoma ham qabrga tushishdi, qo‘llariga uzatilgan nozanin vujudni yuzini qiblaga qaratgan holda yotqizishdi.
Ustiga tuproqlar tortilgan bu vujud bir paytlar suyukli ota quchog‘ida katta bo‘lgan, Olloh yaratgan eng pokiza lablar uni o‘pgan, hidlagan, eng qiymatli qo‘llar uni silagan, bag‘riga bosgan edi.
Bugun Baqi’ qabristoniga kirib borganlar eshikdan yigirma odimlarcha yurishsa, oldilaridan yozuvsiz uch dona qabr chiqadi. Bular oldingi va keyingi barcha payg‘ambarlarning sayyidi Janobimizning uch nafar jigarporalarining go‘rlaridir. Zaynab, Ruqayya va Ummu Gulsum. Ularning o‘ng tomonlarida do‘mpaygan va yonma-yon tizilgan toshlar bilan belgili qilib qo‘yilganlar esa, hazrati Rasulullohning sevikli xotinlarining nurli go‘rlari...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:40:30
SAQIF HAY’ATI

Toifdagi Saqif qabilasi bir necha oy ilgari Urva ibn Mas’udni Islom dinini qabul etgani uchun o‘ldirishgan edi. Makka fath etilgan, qurayshliklar zo‘r ostida bo‘lsa ham, shirk hayotiga nuqta qo‘yishgan. Islomga eng qattiq qarshilik qilgan bu qabilaning maydondan chekinishi natijasida har joy-har joydan ancha-muncha qabila Madinaga oqar va u yoqdan yurtlariga musulmon bo‘lib qaytar edi. Kundan-kunga musulmonlar quvvat topib, dushman taraf kuchini yo‘qota boshladi. Toif xalqi bu holni hadik-xavotir bilan kuzatib turardi.
Lashkar bilan kelib qal’ani qamal qilgan Rasulullohga qarshi qilich yalang‘ochlab jang qilishga jasorat topmagan qabila endi Madinaga askar tortib borib u yerda urush qila olarmidi? Atrofdagi qabilalarga do‘q urib: «Agar Islomni qabul qilsalaring, sizlarni yo‘q qilamiz!» deyishga endi imkon qayda? Shunday ekan, oldilarida bir yo‘l qolgan edi: masala ustida jiddiy bosh qotirishlari, butun qabila xalqi foydali bir qarorga kelishlari lozim.
To‘planishdi, vaziyatni atroflicha muhokama qilishdi. Qabila asta-sekin musulmon qabilalar qurshovida qolayotganini ham e’tibordan qochirishmadi. Nihoyat, ichlaridan biri Toif xalqining peshvolaridan biriga bunday xitob qildi:
-   Ey Abdi Yalil, sen oramizda aqlli va tajribali bir odamsan. Bor va bizning
nomimizdan madinaliklar bilan ko‘rish. Sening qaroring bizning ham qarorimiz bo‘lsin.
Abdi Yalil bu taklifni darhol rad etdi.
-   Nimalar deyapsan o‘zi? Urvaning boshiga tushgan savdo mening ham boshimga
tushsinmi?! Bir necha kishi qo‘shib bersalaring, borarman, aks holda, mendan bu ishni
qilishni talab etmanglar, - dedi.
Bu so‘zlarga hech kimsa e’tiroz bildira olmadi. Taklif qabul qilindi. Yana besh kishini saylashdi.
Shu tariqa olti kishilik elchi hay’ati bir tongning erta soatlarida Toif qal’asini tark etib, kunlarcha davom etajak safarga chiqdi.
Janobi Rasulullohga (s.a.v.) va sahobalariga qarashli tuyalar shahardan tashqaridagi o‘tloqlarda navbatma-navbat boqilar, o‘sha kuni tuyalarni o‘tlatish gali Mug‘ira ibn Shuaybda edi. Uzoqdan to‘zon ko‘tarildi. Bir guruh yo‘lchilar kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Yo‘lchilar yaqinlashganlarida Mug‘ira ularni tanidi. Toiflik qarindoshlari edi ular.
-   Xush kelibsizlar, ey hamshaharlar! - deb kutib oldi.
-   Xush ko‘rdik, ey Mug‘ira, - deb javob qilishdi yo‘lchilar.
Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Mug‘ira hamshaharlarini tuyalar yonida qoldirib, Madina sari yo‘l oldi.
Shoshilishga haqli edi. Bir yil ilgari qilingan qamalga ko‘ksini qalqon etib, oxirigacha turib bergan qabila endi o‘z oyog‘i bilan kelgan bo‘lsa, buni mujdalash uchun albatta shoshiladi-da.
Yo‘lida hazrati Abu Bakr (r.a.) uchradi.
-   Qayoqqa buncha shoshyapsan, ey Mug‘ira? - deb so‘radi Abu Bakr.
-   Rasulullohning oldilariga.
-   Nimaga buncha shoshilinch?
Mug‘ira voqeani anglatdi. Hazrati Abu Bakr eshitganlaridan nihoyatda mamnun bo‘ldi.
-   U holda, ey Mug‘ira, Olloh uchun bu ishni menga topshir, bu mujdani men yetkazay.
-   Xohishing, mayli boraqol, ey Abu Bakr.
Hazrati Abu Bakr muhtaram Payg‘ambar janobimizning huzurlariga keldi. Toif vakillari Islomni qabul qilish uchun kelishganini xabar qildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyurdilar, masjidda uch chodir qurildi.
Bu orada Mug‘ira o‘tlog‘iga qaytib borgan, hamshaharlarini olib, Rasululloh huzurlariga keltirgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:44:39
* * *

O’n yilcha ilgari suyukli amakilarining vafotidan keyin Islom dinini yetkazish maqsadida Toifga borgan Payg‘ambar (s.a.v.) u yerda hayotlarining eng alamli kunini yashagan, eng og‘ir haqoratlarni eshitgan, olomon otgan toshlar natijasida oyoqlaridan qon oqqan holda qaytgan edilar. «Olloh payg‘ambarlikka sendan boshqa odam topmabdimi?» kabi so‘zlar bilan masxara qilgan uch aka-uka mana shu Kinona ibn Yalilning oila a’zolaridan edi. Necha kunlab yo‘l yurib kelgan nur yuzli insonni bir kecha mehmon qilish, odamgarchilik ko‘rsatish tugul, aksincha, bemalol qaytib ketishlariga ham yo‘l qo‘yishmagan edi.
Endi esa, rasuli kibriyo (s.a.v.) ularni mo‘minlarga eng qadrli bo‘lgan, «Olloh uyi» deb nom olgan masjidda hurmat bilan kutib olishga hozirlik ko‘rardilar. Yomonlikka yaxshilik bilan javob berishga bundan yaxshi o‘rnak topilmasa kerak.
Toif elchilarini Rasuli akram izzat-ikrom bilan qo‘noq qildilar, ularga ovqat yubordilar, ammo elchilar bu ovqatga qo‘l cho‘zishmadi ham.
-   Marhamat qilinglar, bemalol yeyaveringlar, - deya oldilariga ovqat solingan tovoqni qo‘ygan Xolid ibn Saidga ichlaridan bittasi:
-   Oldin o‘zing yeganingni ko‘raylik, ey Xolid, - dedi.
Ularda bir qo‘rquv bor edi. Shuncha yildan beri davom etib kelgan dushmanlikka oldilariga qo‘yilgan zaharli taom bilan nuqta qo‘yilishi ham mumkin edi-da. Ularning bu shubhalariga qarshi Xolid ko‘nglini ochdi:
-   Biz mehmonlarimizga xiyonat qilmaymiz. O’rtamizda dushmanlik bo‘lsa, uni mardlarcha hal etish yo‘lini tutamiz.
So‘ngra «bismilloh»ni aytib, yemakdan totindi. Endi toifliklarning xavotiriga o‘rin qolmadi. Ammo ular bundan bu yog‘iga har yemak keltirilganida u yemakni keltirgan Xolidning yuziga: «Qani, ichimizni kemiradigan shubha va qo‘rquvni ketkaz!..» degan ma’noda boqajaklar, Xolid ham har gal o‘tirib, ularning ko‘z o‘nglarida yemakni tatib berajak.
Toifliklar ba’zan janobi Payg‘ambarimizga ham: «Oldin bu yemakdan o‘zing yeb ko‘rsat, ey Muhammad», deyishdan ham tiyila olishmadi.
Nihoyat, muzokaralar boshlandi.
-   Biz urushda senga qo‘shilmaymiz, ey Muhammad, - deyishdi. Bu shart qabul etildi.
-   Ushr bermaymiz, - deyishdi. Rozi bo‘lindi.
-   Ustimizga bizdan bo‘lmagan birontasini amir qilib qo‘ymaysan, - deyishdi. Xo‘p, javobi berildi.
-   Namoz o‘qimaymiz, - deyishdi. Shunda Payg‘ambar janobimiz:
-   Namozi o‘qilmagan dinda yaxshilik yo‘q, - deb javob qildilar.
Elchilar o‘zaro kengashishdi, tortishishdi, nihoyat, qarorlarini Payg‘ambar janobimizga bildirishdi:
-   Bizni bu ish kamsitsa ham, qabul qilamiz, - deyishdi. - Namoz o‘qiymiz, ro‘za ham tutamiz.
Shu tariqa ilk odim otildi. Lekin bu odimlar istar-istamas otildi. Ollohning rasuli ilgari surgan shartlarni qabul etish sharafimizga ko‘lanka soladi, degan hadikda edi ular.
Toifliklarning urushda ishtirok etmaslik va ushr bermaslik takliflariga Payg‘ambarimizning mayli deganlaridan ajablanganlar buning sababini so‘rashdi. Janobimiz:
-   Islomni qabul qilganlaridan keyin urushga ham qo‘shilishadi, ushrni ham berishadi, - deb marhamat qildilar.
Toifliklarning yana bir qancha xavotirlari bor edi. Ularni ketkazish uchun hamma narsani so‘rab olishlari kerak.
-   Zinoga nima deysan, ey Muhammad? Bilasan, zino bizning hayotimizning ajralmas bir parchasi. Bundan bir chetda tura olmaymiz.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:46:51
Janobimiz darhol e’tiroz qildilar:
-   Zino Olloh harom qilgan ish. Ulug‘ Mavlomiz: «Zinoga yaqinlasha ko‘rmanglar! Chunki
bu buzuqlikdir - eng yomon yo‘ldir»* degan.
Keyin ichkilik bilan foiz haqida savollar berishdi. Hech orzu qilishmagan javoblarni eshitishdi. O’zaro kengashib olishdi. Natijadan mamnun emasliklari ko‘rinib turardi. Abdu Yalil:
-   Sharmandagarchilik!.. Yurtimizga borib ichkilik, zino, foiz taqiqlangani xushxabarini yetkazamizmi?! Vallohi, Saqif xalqi na ichkilikdan tortiladi, na zinodan. Biznikilar bu ishlar bo‘lmasa, chidamaydi, - dedi.
Boshlar egildi. Aytiladigan gap qolmaganday edi. Abdu Yalilning so‘zlari bejiz emas. Birovga ovqat yemaysan deyish qay daraja g‘alati bo‘lsa, Saqif xalqiga, zino qilmaysan, ichkilik ichmaysan, deyish ham shu darajada g‘alati va og‘ir edi. Oralarida ozgina jimlik hukm surdi. Nihoyat, Sufyon ibn Abdulloh so‘zlay boshladi:
-   Olloh bir odamning yaxshiligini ko‘zlagan bo‘lsa, u ham bu ishlarga chidaydi. Mana bu odamlarni ko‘rmaysizlarmi?! Ular ham bir paytlar bizdaqa bo‘lishmaganmi? Ular tashlagan ishni bizning xalqimiz ham tashlay oladi. Hech unutilmaydigan bir haqiqat bor bo‘lsa, u ham qabilamizning Muhammadga ishongan qabilalar qurshovida qolganidir. Ertaga bu ishlarni bizga zo‘rlik bilan qabul ettiradigan, qabul etmasak, boshimizga balolar yog‘diradigan bosqindan emin emasmiz. Yana qamal qilishsa, bir oydan uzoq dosh berolmaymiz. Makkaliklar kabi yengilib musulmon bo‘lgandan ko‘ra, hozir o‘z xohishimiz bilan bu dinni qabul etishimiz kerak.
Sufyonning bu mulohazalari ta’sirini ko‘rsatdi. Abdu Yalil ham javob bera olmay qoldi. Takror Payg‘ambar janobimizning yonlariga kelishdi.
-   Mayli, sening diningni qabul qilamiz. Lekin Robba nima bo‘ladi? - deb so‘rashdi.
«Robba» deganlari mashhur Lot ismli butlari bo‘lib, arablar orasida juda qadrli
edi. Rasuli akram (s.a.v.):
-   Uni ham yiqitasizlar, - deb marhamat qildilar.
Elchilar bir muddat es-hushlariga kelolmay turishdi. Necha zamonlardan beri iloh deb ulug‘langan, uni deb ko‘p fidokorliklar ko‘rsatilgan, qurbonliklar qilingan Lotni yiqitish hech ham oson ish emas. Bir devorni yiqitgan kabi, bir daraxtni qulatgan kabi Lotni qulatib bo‘ladimi?
Abdu Yalil so‘z oldi:
-   Hayhot!.. Bajarib bo‘lmaydigan ishni taklif etyapsan! Agar Lot uni yiqitajagimizni bilib qolsa, Toif qal’asini boshimizga qulatadi. Cho‘lig‘imizni-jujug‘imizni qoldirmaydi. Bu ishni sen qilish niyatida ekaningni bilsa, seni ham, oila a’zolaringni ham yo‘q qilib yuboradi, - dedi.
Bu gaplarni u ishonch bilan gapirardi. Yana chorasiz qolishdi.
-   Bu masalada bizga uch yil muhlat berishing kerak,- deyishdi. Janobimiz taklifni qabul etmadilar.
-   Mayli, ikki yil o‘z holimizga qo‘y.
-   Yo‘q.
-   Bir yilgina so‘rashga ham haqqimiz yo‘qmi?
 
-   Mumkin emas.
-   Hech bo‘lmasa, bir oygina muhlat... Bungaham rad javobini olgach:
-   Unda o‘zimizning qo‘limiz bilan yiqitishdan bizlarni ma’zur ko‘r. Yiqitiladigan
bo‘lsa, bu ishni boshqa birov qilsin, - deyishdi.
Bu oxirgi istaklari qabul etildi. Mashhur Lotni qurayshliklarning ulug‘i Abu Sufyon bilan Mug‘ira ibn Shu’ba yiqitadigan bo‘lishdi.
Saqif qabilasi vakillari ichida eng yoshi Usmon ibn Abul Os edi. U muzokaralarga qatnashmadi. Sheriklarining ulovlari bilan narsalariga poyloqchilik qilib turdi. Ayni choqda, u allaqachon musulmon bo‘lishga qaror qilib qo‘ygan edi. Shuning uchun sheriklari ulovlarining oldiga kelib tushki uyquga yotishlari bilan u Payg‘ambarimizning oldilariga shoshilar, Qur’ondan ta’lim olar, Islom dinining asoslarini o‘rganar edi. Bordiyu Rasulullohni topmasa, biron sahobiydan ta’lim olib qaytardi.
Saqifliklar endi namoz o‘qiy boshlagan va madinalik musulmonlar bilan birga ro‘za ham tutishayotgan edi. Saharlik va iftorlik yemaklarini Payg‘ambar janobimiz keltirardilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:50:22
Ularning istaklariga ko‘ra bir farmon yozildi. Bu farmonda Toif qal’asida o‘rnashgan Saqif qabilasi Olloh va rasulining himoyasida ekanlari, Vaj vodiyi ular uchun dahlsiz bir joy qilib berilgani ta’kidlandi. Urushga chiqishmayajagi, ushr olinmayajagi va chetdan voliy tayin etilmayajagi hukmi ham farmondan joy oldi. Saqif xalqining jon va mol omonligi tan olindi, tan olmaganlarga qarshi Olloh va rasuli yordamchi bo‘lajagi eslatildi. Ilgaridan beri o‘rganilgan foizdan asosiy dastmoya qismi egasiga tegishli ekani va eng kechi bilan Ukoz bozorida qarz qaytarib berilishi kerakligi batafsil tushuntirildi.
Saqifliklar Payg‘ambar janobimizning amrlari bilan Xolid ibn Said yozgan ushbu farmonni olishgach, oxirgi istak sifatida:
-   Bizga bir voliy bilan imom tayinlang endi, - deyishdi.
Qur’onni eng yaxshi bilganni boshliq qilish Janobimizning odatlari edi. Shu bois, kelganidan beri Islom diniga havas bilan yopishgan, Qur’on o‘rganishga alohida g‘ayrat ko‘rsatgan Usmon ibn Abul Osni ularga imom va amir qilib tayinladilar.
Shunday qilib, elchilar Madinani tark etishdi. Lotni yiqitadiganlar bir necha kun keyin ortlaridan boradigan bo‘lishdi.
Toif xalqi Madinaga yuborgan hay’atni kunlarcha kutdi. Nihoyat, bir kuni uzoqdan chang-to‘zon ko‘tarib, elchilar yetib kelishdi. Odamlar ularni qurshab olib:
-   Nimalar qildilaring? Nimaga kelishdilaring?..- deb savollar yog‘dirib tashlashdi.
-   Jangga hozirlaninglar! Qal’ani tuzatinglar, manjaniqlar qal’a devorlariga chiqarilsin! - deb javob qilishdi elchilar.
Tayyorgarlik boshlandi. Bir-ikki kun jiddiy g‘ayrat bilan ishlashdi. So‘ngra yuraklarga qandaydir qo‘rquv oraladi.
-   Ularga qarshi urushishga kuchimiz yetmaydi, - deydiganlar ko‘paydi.
-   Kelishish kerak. Bitim tuzilsin, - deyishdi.
Shunda elchilar:
 
-   Biz ham ularga qarshi tura olmasligimizni bilardik, shuning uchun bitim tuzib kelaqoldik, - deyishdi.
-   Uqanaqa bitim ekan?
-   Ya’ni, uning diniga kirdik, musulmon bo‘ldik, - deya u yoqda bo‘lib o‘tgan ishlarni boshidan oxirigacha so‘zlab berishdi.
-   Lotni yiqitishga tayinlangan odamlar orqamizdan kelishadi, - deb qo‘yishdi.
Shunchasi o‘zi yetarli edi, hammasiga mayli, ammo Lotning yiqilishiga odamlar nima
deydi?..
Har kalladan har xil sas chiqardi. Kim uni yiqitishga chiqqanning boshiga balolar yog‘ilajagini so‘ylasa, kim agar Lot bunday ishni qilmasa, unda iloh emasligi ma’lum bo‘ladi, der edi.
Bir kuni Mug‘ira bilan Abu Sufyon Rasulullohning buyruqlariga binoan safarga otlanib, uzoq yo‘lchilikdan keyin Toif qal’asi atroflariga yetib kelishdi.
-   Qani, oldin sen kir va buyruqni bajar, - dedi Mug‘ira.
Abu Sufyon bu taklifni qabul etmadi.
-   Yo‘-o‘q, - dedi. - Shaharga sen oldin kirishing kerak. Chunki toifliklar sening qavming va qabilangdir.
Mug‘ira e’tiroz bildirmadi, birga yurishga ham zo‘rlamadi. Yo‘lga tushib, kecha vaqti Toifga kirdi. Yaqinlarini topdi, tunni ularning yonida o‘tkazdi.
Erta bilan erkak-xotin bo‘lib ancha odam Lotning tevaragiga to‘plandi. Mug‘ira Lotning ustiga chiqdi, qo‘lidagi metinni shiddat bilan soldi. Bu soldirish ko‘p yuraklarni tipirchilatdi, tuklar tikan kabi dikkaydi. Lekin... bu ne hol? Metinni tutgan qo‘llar qandaydir bo‘shashdi, metin tushdi. Ortidan Mug‘ira ham, xuddi kaltak yegan odamday, yerga quladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:52:01
Ko‘zlar kattalashdi. Kutilajak ish bo‘lganday edi. Bir paytlar Makkada Uzzo yo Hubal qilmagan ishni, Isof yo Noila qilolmagan ishni endi Lot amalga oshirgan edi go‘yo.
Xalqni ikkinchi va yangi bir xavotir chulg‘ab oldi. Yiqilgan odamni yaxshiroq ko‘rish uchun uzanganlar uni jonsiz holda yotganini ko‘rishdi.
-   Lot o‘zining iloh ekanini isbotladi!
-   Bu odam Lotning g‘azabiga uchradi. Ilohlarning g‘azabi mana shunaqa bo‘ladi! -
degan sadolar chiqdi. O’ngda-so‘lda bu gaplarni tasdiqlagan ovozlar eshitildi.
Mug‘ira ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas birdan jonlandi, oyoqqa qalqdi, va:
-   Ey Saqif xalqi! - deya baqirdi. - Sizlarni arablarning eng aqllisi deyishardi. Lekin sizlardan ko‘ra nodoni yo‘q ekan. Ko‘rib turibsiz, menga hech narsa bo‘lgani yo‘q, hammasini atay qildim. Sizlar iloh deyayotgan Lot parcha-parcha etilishga loyiq bir narsa, xolos. Sizlar unga ibodat qilasizlarmi, yo‘qmi - shuniyam farqlayolmaydi. Endi, qani, qarab turinglar-chi... - deya Lotni metin bilan takror urdi. Yana, yana urdi. Ketma-ket solingan metinlar bechora Lotning ishini bitirdi.
Mug‘ira endi oyoqlari ostida sochilib yotgan parchalar uzra g‘olib xo‘rozday bir qiyofada turardi. «Yana biror gaplaring bormi?» ma’nosida to‘planganlarga bir-bir nigoh tashlab chiqdi. Ikki daqiqa oldin Lotni haqiqatan ustun bir qudrat egasi deb o‘ylab turgan odamlar zehnlari alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib tarqalishdi. Necha zamonlardan beri sig‘inib kelishgani Lotning endi Lotligi qolmagan, eng sog‘lom deb suyanib kelishgani asli chirik bir narsa bo‘lib chiqqan edi. Bu holni ko‘rgan odamlar endi Islom dinini qabul etishdan boshqa yo‘l qolmaganini his etishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:53:31
Qabila ahlining istar-istamay Islomni qabul qilayotganini bir kishi hadik-xavotirda kuzatib turardi. Qora yuzli bu kishi zimiston o‘y-xayollar bosqini ostida ruhan ezilardi. Yuzi qay daraja qora bo‘lsa, zehni shu daraja qayg‘u va g‘amga to‘la. Makka fath etilgan kuni «Ka’ba yopinchig‘iga o‘ralgan bo‘lsa ham o‘ldirilsin!» farmoni ila hukm qilingan odam, albatta, g‘amgin bo‘ladi-da.
Uhud jangidan beri musulmonlar oladigan o‘chni kutib, bir kun kelib ensasiga urilajak qilich qo‘rquvi ostida yashagan edi u. Arabistonda asrana olajagi eng oxirgi qal’a ham bugun qo‘ldan ketyapti. Bu yerdan ham qochib, qaydasan, Shom, deya uzoqlarga, juda uzoqlarga ketib yuborsinmi yo?
Shu payt kimdir unga murojaat qilib qoldi:
-   Ha, buncha o‘ylanib qolibsan, Vahshiy?
Qora yuzli kishi - Vahshiy boshini ko‘tardi. «Shuyam gap bo‘ldimi?» degan ma’noda qaradi.
-   Albatta-da, albatta, o‘ylanaman-da. Chunki ichimga qo‘rquv solyapsizlar, - dedi
Vahshiy.
-   Qanday qilib?
-   Chunki sizlar ham Muhammadning dinini qabul qilyapsizlar.
-   Sen ham qabul et!
-   Ularning oldida kechirilmas aybim borligini bilmaganday gapirasan-a. Hamzaning qotilini unutib yuborishmagandir axir.
-   Meniyam o‘sha unutmaganlar qatorida deb bil. Men unutmabmanmi, madinaliklar u xotirani bugunday eslarida tutishlari aniq. Ammo Muhammad huzuriga musulmon bo‘lib kelgan kimsani orqaga qaytarmaydi. Ikrima, Safvon ham xuddi sen kabi izlanayotgan odamlar edi, kechirdi-ku.
-   Mening vaziyatim ularniki kabi emas. Men boshim omon qoladigan ellarga chiqib ketmasam bo‘lmaydi.
-   Aksincha, men boshqacha o‘ydaman. Muhammadning shafqati sening kabihligingni
qavat-qavat yopadigan darajada kengdir.
Vahshiy boshi xam holda picha o‘yga toldi. Nihoyat:
-   Gaping to‘g‘ri, - deb shivirladi.
Rasululloh (s.a.v.) qarshilarida shahodat kalimalarini keltirayotgan odamga boqdilar. Muborak chehralarini birpasda g‘amginlik qopladi. Ayni choqda atrofda:
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu odam Vahshiydir, izn bering, bo‘yniga qilich solay! - degan saslar chiqdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:54:13
Vahshiyning peshonasidan muzday terlar chiqib ketdi. O’zi ne bir qo‘rquv ichida kelgan edi, ustiga yana qo‘rquv tushib, joni bo‘g‘ziga keldi. Endi hayoti Payg‘ambarning (s.a.v.) lablari orasidan chiqadigan birgina so‘zga bog‘liq bo‘lib qoldi. Oxiri Janobimiz:
-   Bir odamning Islomni qabul qilishi mingta mushrikning o‘ldirilishidan yaxshiroqdir, - deya marhamat qildilar.
Bu muborak so‘z Vahshiy uchun tiriklik mujdachisi bo‘ldi. Shu bilan masala hal. Janobimiz undan:
-   Vahshiymisan? - deb so‘radilar.
-   Ha, ey Ollohning payg‘ambari, Vahshiyman.
-   O’tir va menga Hamzani qanday o‘ldirganingni gapirib ber.
Vahshiy o‘tirdi. Bo‘lib o‘tgan ishlarni boshdan-oxir tafsiloti bilan gapirib berdi. Rasuli muhtaram janobimiz uning hikoyasini chuqur qayg‘u ichida eshitdilar. Ehtimol, Vahshiyning so‘zlab berayotganlari ma’no olamida xuddi bo‘lganidek qilib tasvir etilayotgandir va payg‘ambarlar sarvari bu hodisani qaytadan, go‘yo ko‘z oldilarida ro‘y
berayotgandek ko‘zyoshlari ichra ko‘rib turgandirlar. Vahshiy gapini tugatgach, Janobimiz boshlarini ko‘tardilar.
- Afsuslar bo‘lsin senga! - dedilar. - Lekin ko‘zimga ko‘rinmay yur. Chunki seni ko‘rsam, Hamza amakimni eslayveraman... - dedilar.
Payg‘ambarimiz hech bir mo‘minga bunaqa talab qo‘ymagan edilar. Hayotlari bo‘yicha hech kimga bunaqa so‘zlar aytmaganlar.
Vahshiy o‘rnidan turib, tashqari chiqdi.
Bundan buyon endi Vahshiy ozgina bo‘lsa-da payg‘ambarlar sayyidini ko‘rib yuradi, ammo doimo o‘zini saqlab, doimo yashirinib va o‘zini ko‘rsatmasdan... Payg‘ambarlar sultoni uni endi hech qachon ko‘rmaydilar, duch kelmaydilar...
Vahshiy janobi Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan keyin bo‘lgan Yamoma jangida qatnashajak hamda hazrati Hamzani shahid etgan o‘sha nayzasi bilan o‘zini payg‘ambar deb olamni fasodga to‘ldirgan yolg‘onchi Musaylamani o‘ldirajak. Hamzaning badbaxt qotili Musaylamaning baxtiyor qotili bo‘lish bilan ozmi-ko‘pmi ko‘ngli tasalli topajak*...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:56:16
YAXSHI UYLANGAN BIR YOSH

Abdulloh ibodatga berilgan yigit edi. Uylanish yoshiga yetishi bilan otasi Amr ibn Os uni uylantirib qo‘ydi.
Kelin obro‘li oiladan, chiroyli qiz edi. Ammo uning nasl-nasabli ekani ham, chiroyli ekani ham Abdullohning hayotida biror-bir o‘zgarish yasamadi. Kechalari soatlarcha Qur’on o‘qir, namoz o‘qir, har kuni ro‘za tutar edi. Nikohlanganiga bir oy o‘tganiga qaramay kelin bu uyga xuddi mehmonday yashar, eri bilan birga bo‘lolmas edi. O’g‘lining tabiatini juda yaxshi bilgan Amr bir kuni kelinidan hol so‘radi:
-   O’g‘lim bilan hayoting qanday o‘tyapti, qizim. Turmushing yaxshimi?
Kelin o‘zidan hol so‘rashganidan xursand bo‘ldi. Chuqur bir nafas oldi.
-   Abdulloh juda yaxshi yigit. Quraysh yoshlari orasida yaxshi bir xususiyati bor. Shu bilan birga, bu uyga tushganimdan beri hech yotog‘imga kirmadi. Hech holimni so‘ramadi. Biron ehtiyojim bor yo yo‘qligini surishtirmadi, - dedi.
Amr esankirab qoldi. O’g‘li ishni bu darajaga bordirajagini hech kutmagan edi. Darhol uni topib, bir chekkaga olib o‘tdi va hayotning haqiqatlarini tushuntirishga tushdi.
Abdulloh otasining so‘zlarini chiroyli eshitdi. Eshitdi-yu, ammo bu so‘zlar bir qulog‘idan kirib ikkinchi qulog‘idan chiqib ketaverdi. Bundan keyin ham hayotida zarracha o‘zgarish bo‘lmasligi aniq edi.
Abdulloh ertangi hayoti uchun sarmoya hozirlash lozimligiga ishonar, namoz, ro‘za, zikr va Qur’on o‘qish kabi, oxirat hayotining sarmoyasi bo‘lgan ibodatlarga vaqtini sarflar edi. Bir vaqtlar rahmatli Usmon ibn Maz’un qaysarlik bilan yuritgan hayot tarzini endi Abdulloh davom ettirishga harakat qilardi.
Oradan kunlar kechdi. Amr ibn Os kelinidan takror hol so‘radi. Javob o‘sha-o‘sha bo‘ldi. Demak, Abdulloh otasining nasihatini eshitgan xolos, quloq solmagan, maslahat yaxshi, ammo o‘zimning ishimni o‘zim yaxshi bilaman, degan edi. Buning boshqacha ma’nosi yo‘q. Endi masalani yuqoriroq saviyada hal etmasa bo‘lmaydi.
-   Xo‘p, sabr qilib tur, qizim, - dedi-da, Rasulullohni axtarib masjid sari ketdi.
-   Ey Abdulloh, men sening tonggacha ibodatlar qilib chiqishingni, kunduzlari ro‘za tutishingni eshitdim, shu rostmi?
-   Ha, ey Ollohning payg‘ambari, men shunaqa qilaman.
-   Bunday qilma! Kechalari ibodat uchun tur, dam olish uchun uxla ham. Ba’zi kunlari
ro‘za tut, ba’zisida tutma. Chunki sening badaningning senda haqqi bor, mehmonlaring-
ning senda haqlari bor, xotiningning senda haqqi bor.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:57:52
Rasullarning oxirgisi (s.a.v.) bularni aytib-aytib, so‘ngra:
-   Ro‘zani qanday tutasan? - deb so‘radilar. -Har kun.
-   Qur’onni qanday va qancha o‘qiysan? -Har kecha o‘qib tugataman.
-   U holda har oyning uch kunida ro‘za tut, oyda bir marta Qur’onni xatm qil.
Bu bilan Rasululloh janobimiz o‘zlari orzu qilgan o‘rtacha musulmon hayotining me’yorlarini o‘rgatdilar. Bir musulmonning eng maqbul hayot nizomida Qur’on va ro‘zaning o‘rnini bildirgan bo‘ldilar. Abdullohga yoshlikda ham, keksalikda ham og‘ir botmasdan qilsa bo‘ladigan ibodat tarzi va yo‘l-yo‘riqlarini tavsiya etdilar. Bundan ilgariroq: «Ibodatlarning Ollohga eng sevimlisi, oz bo‘lsa-da, davomli bo‘lganidir», deganlarini hamma eshitgan.
Aslida, Abdulloh bilan bu xil ibodat orasida o‘tib bo‘lmas cho‘qqi bor edi. Lekin u olgan tavsiyasi zararlimi yo foydalimi - bir soniya o‘ylab o‘tirmadi:
-   Ey Ollohning rasuli, men bundan ham ko‘prog‘ini ado etishga kuchim yetadi, - dedi.
-   Undahaftada uch kun ro‘za tut.
-   Men bundan ham ko‘proq qila olaman.
-   Unday bo‘lsa, ikki kun og‘zing ochiq bo‘lsin, bir kun ro‘za tut.
-   Men yanayam ko‘proq qila olaman.
-   Unda ro‘zalarning eng fazilatlisini tut. Bu ro‘za payg‘ambar Dovudning (a.s.) ro‘zasidir. Bunda bir kun ro‘za tutasan, bir kun og‘zing ochiq bo‘ladi.
Ro‘za masalasi shu tariqa hal bo‘ldi. Endi navbat Qur’onni xatm qilish masalasiga keldi.
-   Haftada bir marta Qur’onni xatm qil, - dedilar.
Abdullohning bulardan oshirib qilgan iltimoslari foyda bermadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir haftadan ilgari qilingan xatmda yaxshilik yo‘qligini bildirish bilan masalani uzil-kesil yopdilar.
Abdulloh uyiga qaytdi. Endi oila hayotiga ozmi-ko‘pmi rang kiradigan, o‘zi ham ichida yashayotgan hayot bilan bog‘lanadigan bo‘ldi. Ammo-lekin Rasulullohning (s.a.v.): «Ey Abdulloh, bundan ham ko‘p ibodat qilishga g‘ayrat ko‘rsat», deyish o‘rniga, oyda uch kun ro‘za tutishni tavsiya etishlari ajablanarli. Ha, Abdulloh Payg‘ambar huzurlaridan chiqarkan, haliyam men bulardan ko‘pini qila olaman, degan fikrida qolganmidi?..
Oradan yillar o‘tajak, anchagina qarib qolgan Abdulloh yoshlikdagi g‘ayrat bilan ustiga yuklab olgan og‘ir vazifa ostida ezilarkan, «Koshki Rasulullohning ilk tavsiyalariga rioya qilganimda edi», deyishga majbur qolajak*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 07:59:51
BIR FOSIQ KELTIRGAN XABAR

Bani Musta’liq qabilasi chin yurakdan Islom dinini qabul qilgan edi. Payg‘ambar janobimizning (s.a.v.) pok ayollaridan biri Juvayriya shu qabiladan. Qabila raisi Xoris ibn Diror Rasulullohga qaynota bo‘lish baxtiga erishgan edi.
Odatda Rasuli akram (s.a.v.) zakot to‘plash uchun qabilalarga odam yuborar edilar. Lekin bu yil zakot to‘plovchi odam hadeganda kelavermadi. Horis qabila ahliga bu
kechikish yaxshilikka olib bormasligini tushuntirdi. Zakotlarini o‘zlari to‘plashga va o‘zlari olib borib berishga qaror qilishdi. Harakat boshlandi.
Bu yoqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Valid ibn Uqbani zakotchi qilib tayinladilar. Bani Musta’liq qabilasiga borishni buyurdilar. Valid eng ashaddiy mushriklardan Uqba ibn Abu Muoytning o‘g‘li edi. Darhol hozirlik ko‘rib, yo‘lga chiqdi.
Qabilaga yaqinlashib qolganida qarshisidan bir to‘p odamlar kelayotganini ko‘rdi. Ichiga qo‘rquv oraladi. Bu odamlar uni osongina o‘ldirib ketishlari mumkin edi. Tez orqasiga qaytdi va to‘g‘ri Rasululloh yonlariga keldi:
-   Zakotlarini berishmadi. Buning ustiga, jonimga qasd qilishdi. O’zimni zo‘rg‘a qutqardim, - dedi.
Bu xabar yaxshi emasdi. Mo‘minlar, ayniqsa, Juvayriya onamiz bu xabardan g‘amga botishdi. Qabilasi bunaqa noxush ish qilib tursa, u xursand bo‘larmidi axir...
Rasuli akram (s.a.v.) buyurdilar, «Ollohning qilichi» deb nom olgan Xolid ibn Valid kichik bir guruh bilan darhol yo‘lga chiqdi. Boradi, Bani Musta’liq qabilasiga kerakli darsni beradi, Payg‘ambarning elchisiga ko‘rsatgan chirkin ishlarining hisobini so‘raydi.
Qabilaga yaqinlashganlarida azon ovozini eshitib, Xolid hayron bo‘lib qoldi. Agar bular zakotni to‘lashdan bosh tortishgan bo‘lsa, nimaga azon chaqirishyapti, nimaga namoz o‘qishyapti? Bu ishda bir ishkal bordek tuyuldi. Shoshilmasdan ahvolni o‘rganishni, urushishsa, shunga qarab urushishni dilga tugib qo‘ydi. Yurishda davom etib, qabila xalqiga o‘zini tanitdi. Valid olib borgan xabar yolg‘on ekanini bilish uchun ko‘p vaqt ketmadi. Hatto hech kim Validni ko‘rmagani, u bilan gaplashmagani ma’lum bo‘ldi.
Bu yoqda Juvayriyaning otasi Xoris, Xolid ibn Validning qabilaga kelayotganidan xabarsiz, Madinaga kelgan edi. Harakatga hozirlik ko‘rayotgan ikkinchi bir askariy guruhga duch keldi.
-   Qaysi tomonlarga otlandilaring, g‘azotlaring muborak bo‘lsin, - dedi.
-   Ey Xoris, bizning safarimiz sening qabilang tomonlarga, - deb javob qilishdi.
-   Nima sababdan, bilsak bo‘larkanmi?
-   Sabab ko‘p... qay birini aytay? Zakot yig‘uvchini o‘ldirishga urinishdan ham kattaroq sabab bo‘ladimi?
Shunda Xoris:
-   Baribir hech narsani tushunmadim, - dedi va to‘g‘ri Rasuli akramning huzurlariga bordi.
Masalani tushuntirgandek bo‘ldi. Ammo ko‘p so‘zga hojat qolmadi. Chunki Rasuli mukarram janobimiz Ulug‘ Mavlodan vahiy ola boshlagan edilar. Besh daqiqalar keyin o‘qilgan oyatlar mo‘minlarning ko‘zlarida Xorisga nisbatan yanada samimiy, yanada qizg‘in boqishlarning porlashiga sabab bo‘ldi. Janobimiz vahiy kotiblariga ushbu oyatlarni yozdirdilar: «Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!»*
Nihoyat, masala kundek ravshan bo‘ldi. Valid ochiqchasiga fosiqlik qilgan edi. Uzoqdan odamlarni ko‘rganda tushgan vasvasaga yana yolg‘on xabarni tirkadi, musulmonlarni bir-biriga qarshi gij-gijlab qo‘yay dedi. Agar vahiy yo‘li bilan vaziyat oydinlashmaganida bir fojia yuzaga kelishi ehtimolli edi.
Bu orada Xolid ibn Valid ham qaytib keldi, qabilada faqat Islom dini ahkomi hukmron ekanini, bunga ters holat yo‘qligini tushuntirdi. Endi Payg‘ambar janobimiz Abbod ibn Bashirni zakot yig‘uvchi qilib jo‘natdilar. Odamlarning mollarining eng yaxshilaridan olishdan saqlanishini ayniqsa qattiq tayinladilar.
Abbod u yerda bir muddat qoladigan, ularga Qur’on o‘rgatib, qaytishda zakot mollarini ham ola keladigan bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:02:07
OYISHA ONAMIZNING (R.ANHO) MEHMONI

Ikki jahonning azizi Janobimiz bir kuni Oyishaning hujrasiga kirdilar. Yonida bir xotin o‘tirardi. Nabiyyi muhtaram (s.a.v.) kirganlarini ko‘rgan xotin turishga chog‘landi.
-   Bu xotin kim? - deb so‘radilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu xotin Xavla binti Tuvayt bo‘ladi. Madinalik xotinlar ichida bu xotinchalik ibodatga berilgani yo‘q. Kechalari uyqu nimaligini bilmaydi...
Janobi Payg‘ambarimiz Oyishaning so‘zini kesdilar:
-   Yetar! Kuchlaring yetadiganini qilishga e’tibor beringlar. Qasam ichaman, sizlar ibodatdan charchashlaring mumkin, ammo Olloh uning mukofotini berishdan charchamaydi. Olloh dargohida amallarning eng qadrlisi va sevimlisi, oz bo‘lsa-da, davomli bo‘lganidir, - deb marhamat qildilar.
Xavla u yerdan xayrlashib chiqdi. Bu dinni eng yaxshi biladigan, hayotiga eng yaxshi tatbiq etadigan buyuk Payg‘ambardan olishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal darsni olgandek bo‘ldi.
Oyisha onamiz Rasulullohni eng yaqindan biladigan xotinlari edi. Janobimiz ortiqcha ibodatga berilishni xushlamasliklarini, o‘rtacha bir odam qiynalmay davom eta oladigan darajada ibodat hayotini yashaganlarini bilar edi. Bu borada hech kim hazrati Oyishachalik bilimga ega emasdi. Shunday ekan, nega unda haligi xotinning bu xususiyatini bilaturib, o‘ziga tushuntirmadi?
Buning javobi Rasululloh janobimiz shaxsan guvoh bo‘lgan bir necha voqeadan chiqishi mumkin. Bir paytlar ayni dardning mubtalosi bo‘lgan Usmon ibn Maz’un necha martalab Rasulullohdan tanbeh eshitgan. Dunyoda yashayotganini ham unutar darajada ibodatga berilib ketgan Abdulloh ibn Amr ko‘p ibodat qilish iznini undirish uchun qancha talashib-tortishdi. Yana bir paytlar uylariga kelib Rasuli akramning ibodat tarzlarini o‘rgangan uch kishi Janobimizning ibodatlarini kam bilib, o‘zlariga og‘ir ibodat usulini tatbiq etajaklarini aytishgani ham xotirda.
Shuning uchun agar Oyisha onamiz bu xotinga o‘zi tanbeh bersa, bir qulog‘idan kirib ikkinchi qulog‘idan chiqib ketishi mumkin edi. Bu holatni misollari bilan juda yaxshi bilgani bois ham o‘zi bir narsa demagan, fursat topib Payg‘ambar janobimizning muborak og‘izlaridan unga bu haqiqatni yetkazish imkonini hozirlagan edi.
Yuksak zakosi ila Muhammad (s.a.v.) ummatiga haqiqatda «Mo‘minlarning onasi» ekanini isbotlagan qadrli onamizdan - Janobimizning bu qiymatli qoidani so‘ylashlariga sababchi bo‘lgan bu ayoldan Olloh rozi bo‘lsin.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:04:22
UMMU RUMON

Hijratning to‘qqizinchi yili hazrati Abu Bakrni (r.a.) chuqur qayg‘uga botirdi: necha yillar bir yostiqqa bosh qo‘yib yashagan xotini Ummu Rumon Haqning rahmatiga qovushdi.
Ummu Rumon hazrati Oyishaning onasi edi. Rasulullohga payg‘ambarlik kelgan ilk kunlariyoq imon keltirish baxtiga erishgan qiymatli ayollardan biri. Islomga va musulmonlarga qarshi yuritilgan chirkin harakatlarning achchig‘ini yelkalarida tashigan hazrati Abu Bakrga uyida dastak va suyanchiq bo‘lish vazifasi Ummu Rumonga tushgan edi.
Payg‘ambarlar imomi eng yaxshi ko‘rgan, qadrlagan xotinlarining onasi bo‘lish shunchaki bir holat emasdi. Buning ortida metinday mustahkam imon va Payg‘ambar janobimizga nisbatan cheksiz sevgi uning ruhini chulg‘ab olgan edi. Orada kuyovlik-qaynonalik kabi muhim bir bog‘ bor edi. Shuning uchun Ummu Rumon to o‘lgunicha Payg‘ambar bilan nikohlanishi taqiqlangan xotinlardan biri edi. Shuning uchun Janobimiz bor joylarga bemalol kirib-chiqaverar, suhbatlashish imkonini ham topar edi.
Rasuli akram (s.a.v) qimmatli qaynonalarining vafoti munosabati bilan to Baqi’ qabristonigacha bordilar. Qabrga qo‘yilmasidan oldin ichiga tushdilar va bir muddat duo qilib turdilar. Ummu Rumon uchun qabr eng kamida huzur va sukun uyi edi. Janobimiz bu harakatlari bilan unga bo‘lgan sevgi va bog‘liliklarini ko‘rsatdilar, dunyoda undan ko‘rgan xizmat va yaxshiliklar mukofotini shu tariqa boshlab bergan bo‘ldilar. Janobi Mavlo karim zot, suyukli payg‘ambariga yillar davomida eng xolis niyatlar bilan xizmat qilgan bu oilaning Ummu Rumonnini albatta mamnun etajak, loyiq bo‘lganidan ham ortiq ikromlar ko‘rsatajak.
Bir zamonlar payg‘ambarlar sarvari (s.a.v.) ayni shunday e’tiborni hazrati Alining (r.a.) onasi Fotimai Asadiyaga ham ko‘rsatgan, ota-onadan yosh ajralganlarida yetimlik azobini chektirmaslik uchun jonini fido etgudek xizmat qilgan bu ayolga oxirat azobini ko‘rsatmasligini so‘rab Ollohga duolar qilgan edilar.
Oyisha onasiz qolgan bo‘lsa, hazrati Abu Bakr xotinsiz tul qoldi. Endi Ummu Rumonning o‘rnini Ja’far ibn Abu Tolibning tul qolgan xotini Asmo binti Umays to‘ldirajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:09:37
QABRISTON ZIYORATI

Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalari bilan birga Baqi’ qabristoniga kirdilar.
-   Ey mo‘minlarning yurti, ey bu yurtda sokinlik topgan zotlar, sizlarga salom bo‘lsin... Inshaolloh, biz ham sizlarga qovushajakmiz, - dedilar.
Bu so‘zlarni Janobimizdan ashobi kirom oldin ham eshitishgan, ziyorat uchun qabristonga borishsa, shunday salom berishga odatlanishgan edi. Janobimiz (s.a.v.) hamrohlariga o‘girildilar:
-   Do‘stlarimni ko‘rishni juda orzu qilaman, - dedilar.
Bu orzu hali ko‘rilmagan, lekin g‘oyibona sog‘inilgan sevgililarga oid bo‘lishi kerak.
-   Biz sizning do‘stlaringiz emasmizmi, ey Ollohning rasuli?
Bu savolni bir kishi so‘radimi yo bir necha kishi birvarakay so‘radimi?.. Shubhasiz bo‘lgan jihat - ko‘plar shu savolni so‘rashni istagan edi.
-   Sizlar mening birodarlarim (ashobim)sizlar, do‘stlarim esa, hali dunyoga kelishmagan.
Yuz yillar keyin dunyoga keladigan va Payg‘ambari bilan bir davrda yashamaganidan ko‘ngli cho‘kadigan va u zotga xizmat qilmaganining iztirobini yuraklarida his etadiganlarga eng buyuk mujda (xushxabar) bor bu yerda! Demak, Ollohning suyuklisi Janobimiz faqat o‘zlari bilan birga yashagan, huzurlarida bo‘lgan odamlargina fayz va baraka oladigan, u davrga yetishmaganlar bebahra qoladigan rahmatning timsoli emasdilar. Yana asrlar bo‘yi davom  etadigan insoniyat, agar orzu etsa, bu yo‘lda bebaho nasibalar olajak, U zotga do‘st bo‘lish saodatiga yetishganlar ham topilajak.
-   Ey Ollohning rasuli, siz ummatingizdan hali dunyoga kelmagan odamni qanday taniysiz? - deb so‘rashdi.
O’rinli savol edi bu. Janobimiz bu savolga bir o‘xshatish bilan javob qildilar:
-   Bir odamning chiroyli oti bo‘lsa... peshonasi ola, oyoqlari oq... egasi otini bo‘zrang, oddiy otlar orasida ko‘rsa, o‘sha zahoti tanimaydimi?
-   Ha, ey Ollohning payg‘ambari, taniydi.
-   Ular ham qiyomat kuni tahorat olingan a’zolari yarqiragan holda kelishadi. Men Hovuzga ularning yo‘lboshlovchisi sifatida boraman, - dedilar. So‘ngra so‘zlarini bunday davom ettirdilar: - Ba’zi kishilar mening hovuzimdan quvlab yuborilgan shoshqaloq tuyalar kabi orqalariga qochishadi. Men ularga: «Kelinglar!.. Bu yoqqa kelinglar!.. - deb ovoz beraman. - Ey Egam, bular mening ummatim...» deb iltijo qilaman. Javobiga bir farishta: «Ularning nima ishlar qilishganini bilasizmi? Ular sizdan keyin hollarini o‘zgartirishdi va hammalari shu odatlarida qolishdi!» deydi. Shunda men: «Uzoq bo‘lsinlar, uzoq bo‘lsinlar», deyman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:17:50
Hech shubhasiz Ollohning vahiyiga tayanadigan bu xabar o‘sha yerda turganlarni ancha-muncha sarosimaga solib qo‘ydi. Bunaqa holga tushish, Kavsar hovuzi yonidan quvilish uchun imon keltirishdimi ular? Bunaqada ertaga nima bo‘ladi? Payg‘ambarimizdan keyinga qolganlarni qanaqa qora kunlar kutyapti?
Janobimizning hovuzga doir bergan xabarlari zehnlarda g‘imirlab qoldi. Hovuzning uzunligi haqida gap ketganida ba’zan Ka’ba bilan Bayti Maqdis orasicha ekanini aytgan bo‘lsalar, ba’zan Madina bilan San’o orasicha deb tushuntirdilar. Sutdan oq, asaldan totli, ichganlar hech qachon suvsamasliklarini, ayni choqda, ko‘kdagi yulduzlar sonicha rango-rang idishchalari borligini so‘zlab berdilar.
Bir gal bunday marhamat qildilar:
-   Qiyomat kuni mahshar maydoniga bir payg‘ambar keladi, yonida unga imon keltirgan ikki kishigina bo‘ladi. Boshqa payg‘ambar keladi, yonida uch kishi bo‘ladi. Bundan ko‘p, bundan oz ummati bilan kelganlar bo‘ladi. U payg‘ambardan: «Sen qavmingga payg‘ambarligingni yetkazdingmi?» deb so‘raladi. «Ha, yetkazdim», deydi. So‘ngra qavmi chaqiriladi va ulardan: «Bu payg‘ambar sizlarga dinni yetkazdimi?» deb so‘raladi. «Yo‘q», deyishadi. Payg‘ambardan ikkinchi marta: «Senga guvohlik beradigan odam bormi?» deya so‘raladi. «Payg‘ambar Muhammad va uning ummati guvohlik beradi», deb javob qiladi. Mening ummatim guvohlikka chaqiriladi. «Bu payg‘ambar ummatiga dinini yetkazganmi?» deb so‘ralishadi. «Ha», deb javob qilishadi. So‘rovchi bu gal: «Sizlar buni qaerdan bilasizlar? Axir, uning davrida yashamagan bo‘lsalaring?» deydi. «Buni bizga Payg‘ambarimiz bildirganlar, u kishini tasdiqlagan odamlarmiz biz», deyishadi.
Janobi Rasululloh (s.a.v) so‘zlarini bunday yakunladilar:
-   Bu narsa Ollohning: «Shuningdek (ya’ni, to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va Payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik» oyatiga tayanadi.*
Payg‘ambar janobimizning do‘zaxdan eng oxirida chiqqan odam haqidagi hikoyalarini ham eslamasdan sira iloj yo‘q:
«Odam yiqilib-turib yuradi. Ba’zan do‘zax olovlari uning yuziga uriladi, yondiradi-qovuradi. Nihoyat, sal muddatga uzoqlashadi. Keyin qaytib do‘zaxga qaraydi:
-   Meni sendan qutqargan Ollohning sha’ni juda ulug‘dir. Olloh menga dunyoga kelib-ketgan odamlarning hech biriga bermagan ne’matni berganiga aslo shubha yo‘q,- deydi. Bu orada unga bir daraxt ko‘rsatiladi. Shunda odam Janobi Mavloga iltijo qiladi: - Ey Egam, meni shu daraxtga yaqinlashtir, tagida salqinlanaman, suvidan ichaman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:18:53
NAJRONLIKLAR

Janobi Rasululloh (s.a.v.) bir xat yozdirib, Najron xalqiga yubordilar. Najron amiri Usquf u sharafli xatni ochib o‘qidi:
«Ibrohim, Ishoq va Ya’qub Parvardigorining oti ila. Ollohning rasuli Muhammaddan Najron amiri Usqufga:
Salomat bo‘linglar. Men bu xatni yozishim bahonasida Ibrohim, Ishoq va Ya’qubning Parvardigoriga hamd etaman.
Sizlarni qullarning qulligidan Ollohning qulligiga chaqiraman. Qullarning idorasidan Ollohning idorasiga chaqiraman. Agar qabul etmasalaring, jiz’ya berishlaring lozim. Bundan ham qochsalaring, sizlarga qarshi jang ochganimni bilinglar. Vassalom...»
Usqufning ichiga bir qo‘rquv oraladi. Vaqt o‘tkazmasdan, ishongan maslahatchisi Shurahbilni chorladi. Xatni o‘qidi, fikrini so‘radi. Shurahbil:
-   Men bu masalani hal eta olmayman, - deyish bilan kifoyalandi.
Endi maslahatga ruhoniylar chorlandi. Masala keng va atroflicha muhokama etildi. Natijada ko‘pchilikdan iborat bir hay’atni Madinaga yuborishga qaror berildi. Oltmish kishilik karvon hozirlandi. Ichlarida uch kishining - Aqib, Sayyid va Abu Xorisning ovozlari hal qiluvchi bo‘lib, butun hay’at ularning qaroriga ko‘ra bir ish qilardi.
Madinaga kirib borganlarida asr namozi yaqinlashgan edi. Yo‘l kiyimlarini yechib, tozalariga almashtirishdi va masjidga kirishdi. Sharq tarafga o‘girilib, ibodat qila boshlashdi.
Rasululloh afandimiz mo‘minlarga qarab:
-   Ularga e’tibor qilmanglar, - dedilar.
Musofirlar o‘z bilganlaricha ibodatlarini ado etishdi.
Najron hay’ati janobi Rasululloh (s.a.v.) bilan uzundan-uzoq munozara va bahs qildi. Mavzu Ollohning birligi va hazrati Isoning iloh bo‘lgani yo bo‘lmagani ustida edi. Mana, ularning dalillari:
-   Hazrati Iso tug‘ma ko‘rlarning ko‘zini ochardi...
-   Loyga shakl berib, qush yasar, unga ufursa, qush bo‘lib uchib ketardi...
-   O’liklarni tiriltirardi. Xastalar uning qo‘lidan shifo topishardi... Bular bari uning iloh ekaniga dalolat qilmasa, nima ish qiladi?..
-   Hazrati Iso otasiz dunyoga kelgan. Bu hol ham uning otasi Ulug‘ Olloh ekaniga dalolat etadi...
Najronliklar da’volarini shu tarz o‘rtaga qo‘yishdi. Rasululloh (s.a.v.) ularga bergan savollar ichida mana bu muborak so‘zlar ham bor edi:
-   Parvardigorimiz Isoga onasi qornidaligida xohlaganiday surat va shakl bergan, sizlar shuni bilasizlarmi?
-Ha, bilamiz.
-   Parvardigorimiz ovqatlanmasligini, ichmasligini, hojat chiqarmasligini bilasizlarmi?
-Ha, bilamiz.
-   Har qanday ayol bolasini qornida qanday ko‘tarib yursa, Isoni ham onasi shunday ko‘tarib yurganini, bir xotin bolasini qanday tug‘sa, shunday tuqqanini, bolalar qanday emizdirilsa, shunday emizdirilganini va ovqatlantirilganini, keyin Isoning ham o‘zi ovqat yegani, suv ichgani, hojat chiqarganini sizlar bilasizlarmi?
-Ha, bilamiz.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:19:39
-   Bu ahvolda Iso qanday qilib iloh-rab bo‘lar ekan?
O’zaro savol-javoblar uzayib ketdi. Rasululloh janobimizning qanoatlantiruvchi tushuntirishlari oldida hay’at a’zolari bir narsa deya olishmas, lekin zehnlarini chulg‘agan, yuraklarini to‘ldirgan inonchdan ham osongina voz kecha olishmas edi. Har yoqqa
osilib ko‘rishdi, bo‘lmadi. Nihoyat dalil keltirishdan va to‘g‘risini qabul qilishdan ko‘ra ko‘proq qaysarlikka o‘tib olishdi: «Yanglish bo‘lsa ham, bizning aytayotganlarimiz to‘g‘ri!» degandek turib olishdi. Shu payt Payg‘ambar janobimiz vahiy holatiga tusha boshladilar. Atrofdagi musulmonlar imo-ishora bilan najronliklarni jim qilishdi.
Bir oz o‘tib payg‘ambarlar sultoni (s.a.v.) Oli Imron surasidan indirilgan bir necha oyatni ularga o‘qib berdilar.
«Olloh, farishtalar va ilm egalari ham yolg‘iz Ollohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Olloh o‘zi borligiga guvohlik berdilar. U adolat bilan turguvchi (hukm qilguvchi)dir. Hech qanday tangri yo‘q, faqat Olloh bor. U qudratli va hikmatli zotdir. Albatta, Olloh nazdidagi (maqbul bo‘ladigan) din Islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (Islom haqida, Muhammad to‘g‘risida) aniq bilim-hujjat kelganidan keyin o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib-tortishishdi. Kim Ollohning oyatlariga kofir bo‘lsa, bas, Olloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir. (Ey Muhammad,) agar siz bilan (din haqida) tortishishsa: «Men va menga ergashganlar o‘zimizni Ollohga topshirdik (bo‘yin sundirdik)», deb ayting! So‘ng ahli kitoblar va (kitob berilmagan) savodsiz (mushrik)lardan: «Islomga kirdingizmi?» deb so‘rang. Agar Islomga kirishsa, demak, to‘g‘ri yo‘lni topishibdi. Endi agar yuz o‘girishsa, u holda sizning zimmangizdagi narsa faqatgina yetkazishdir. Olloh bandalarni ko‘rib turguvchi zotdir»*.
Keyingi oyatlarda Imronning xotini bilan hazrati Isoning katta buvisining Ollohga qilgan duolari, Maryamning tug‘ilishi va voyaga yetishi bayon qilindi. Maryamga qornidagi hazrati Iso haqida belgi berilgani tushuntirildi. Hazrati Isoning hayoti to‘g‘risida ma’lumot berildi. Uning otasiz dunyoga kelishi mavzuida qiyin ahvolga tushib qolgan nasroniylarga qarata bunday xitob qilindi:
«Albatta, Isoning (otasiz tug‘ilishining) misoli Olloh nazdida xuddi Odamning (a.s.) misoli kabidirki, uni tuproqdan yaratib, so‘ngra «Bo‘l!» dedi. Bas, (u jonli odam) bo‘ldi. (Ey Muhammad, bu) Parvardigoringizdan bo‘lgan haq «so‘z»dir. Bas, shubha qilguvchilardan bo‘lmang! Endi sizga kelgan (mana shu haq) ma’lumotdan keyin (nasroniylardan) kim siz bilan talashib-tortishmoqchi bo‘lsa, (unday kimsalarga) ayting: «Kelinglar, o‘g‘illarimizni va o‘g‘illaringizni, ayollarimiz va ayollaringizni, o‘zlarimizni va o‘zlaringizni chorlab-yig‘aylik, so‘ngra Ollohga tazarru bilan iltijo qilaylik-da, yolg‘onchilarni Olloh la’natlashini so‘raylik». Albatta, bu haq-rost qissadir. (Ya’ni, Iso hech qanday xudo emas, balki Ollohning boshqa hamma payg‘ambarlari kabi oddiy odam zotidandir.) Va hech qanday tangri yo‘q, faqat Olloh bor. Va, albatta, Ollohning o‘zigina qudrat va hikmat egasidir. Endi ham (haqiqatdan) yuz o‘girsalar, bas, albatta, Olloh buzg‘unchilarni (yaxshi) bilguvchidir»*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:21:14
Najronliklar johil kishilar emasdi, so‘zning to‘g‘risini yanglishidan ayira oladigan qobiliyatlari bor edi. Yopishib olgan fikrlari o‘tmasligi ochiq-oydin ko‘rsatildi, o‘zlari ham buni anglab yetishdi. Onadan tug‘ilgan, hamma bolalar kabi katta qilingan, insonning hamma xususiyatini tashigan bir vujudning iloh bo‘lmasligini anglaydigan darajada edilar. Ammo bir qaysarliklari, ichlariga o‘rnashib olgan botil inonchlari bor edi, bu ikkalasini ham yomonlab-itqitib yubora olisholmas va natija o‘laroq qusurni Payg‘ambar janobimizdan axtarishar edi.
Bir qarorga kelishdi: bu kecha muk tushib o‘ylashadi, Payg‘ambarimiz bilan oxirgi marta ko‘rishishadi, yuzma-yuz o‘tirishadi va haqiqatni ko‘ra-bilaturib inkor etganning tepasidan la’nat yog‘dirishini so‘rab Ollohga duo qilishadi. Shu qaror bilan bugungi bahs to‘xtatildi va hay’at Payg‘ambirimiz huzurlaridan chiqdi.
Najronliklar yaxshigina xavotirga tushib qolishdi. Chunki oqibatlari falokat bo‘lishini his qilishar, o‘t bilan o‘ynashayotganlarining farqiga borishgan edi. Bilaturib falokatga otilishga rozi bo‘ladigan siyoqlari yo‘q.
Ammo boshdan dinlarini va da’volarini qattiq turib himoya qilishgan, o‘zlarini xuddi haqning va haqiqatning himoyachisi kabi tutishgan edi. Bu daraja jiddiyat bilan yopishib olgan da’volaridan birdaniga qaytish ham oson emas.
Hammasi jim, hammalarining boshi qotgan. Ammo jim turgan bilan ham masala hal bo‘lib qolmaydi.
-   Ertaga nima qilamiz? - deb so‘radi nihoyat birovi.
Hech kim jur’at qilib: «Qahramonlarcha o‘rtaga tushamiz va da’vomizni himoya qilamiz! Olloh biz bilandir, zafar ham bizga nasib bo‘lajak!» deya olmadi. Bo‘lib o‘tgan munozaralar ularni qo‘rquvga solgan, hech kutilmagan savollar qarshisida ezilib qolishgan edi.
Holbuki, bu savollar adashtiruvchi savollar emasdi. o‘oyat ochiq edi. Najron hay’ati ham, boshqa odam ham har yerda, har vaqt qabul etadigan haqiqatlarga tayanardi. Nihoyat og‘izlar ochildi:
-   Sen qanday xulosaga kelding, ey Abdulmasih? - deb so‘rashdi birovidan.
-   Vallohi, men aytadigan narsa unga kelgan xabarlarning keskin va ishonarli ekanidir. Bir payg‘ambar bilan la’natlashishga chiqqanlarga juda yomon bo‘lishini sizlar ham bilasizlar. Agar tomirlarimizning quritilishini xohlasak, bunday bir mojaroga kirishaylik. Boshimizga balo yog‘ilishini  istamasak, u bilan la’natlashma yo‘lini qo‘yaylik. Munozara yo‘lini tutishni tavsiya qilaman - mening qarashlarim shunday.
Abdulmasihning bu so‘zlari Najron hay’ati orasida ijobiy qarshilandi.
Hazrati Umar (r.a.) keldi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, ertaga bo‘ladigan la’natlashmaga kimlarning qo‘lidan tutib qatnashasiz? - deb so‘radi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:21:45
Janobimiz javobqildilar:
-   Alining, Fotimaning, Hasanning, Husaynning, Oyishaning, Xafsaning...
Javob hazrati Umarni mamnun qildi. Islom tarixida ikkinchi bir o‘rnagi bo‘lmaydigan bu tarixiy hodisada o‘zining oilasidan ham bir a’zoning ishtirok etayotgani hazilakam gap emasdi! Uning ustiga, bularni Rasulullohning (s.a.v.) o‘zlari tanlaganlar! Hazrati Umar hozirdanoq Najron hay’atining boshiga balolar yog‘ilganini ko‘rib turganday edi.
Bomdod namozidan keyin tarixiy la’natlashmada hozir bo‘lish uchun Payg‘ambar (s.a.v.) xonadonlari masjidga chiqdi. Xotinlaridan ikkitalari birga edi. Nevaralarini qo‘llaridan tutib olganlar. Ortlarida Fotima (r.anho) bilan Hazrati Ali (r.a.). Hamma qattiq hayajon ichida. Bir ozdan keyin Najron hay’ati ham kelajak va Ulug‘ Mavlo o‘zi belgilagan shartlar asosidagi buyuk la’natlashma ijro etilajak.
Rasululloh (s.a.v.) oila a’zolari bilan hozir bo‘lishgani haqidagi xabar najronliklarga yetkazildi. Ular ham kelishdi. Ammo kechagi mag‘rurlik va keskinliklardan nishona ham yo‘q, boqishlari so‘lg‘in. Kechagi qaysarlik va bilag‘onlik holati ketgan, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan odamlarga o‘xshashar edi. Hay’at nomidan bittasi so‘z boshladi:
-   Ey Muhammad, biz la’natlashishdan voz kechamiz. Diningga kirmaymiz, ammo senga jiz’ya berib turishga rozimiz. Ishonchli bir odamingni qo‘shib ber, biron masalani tushuna olmasak, bizga yordamchi bo‘ladi.
Bu gaplar ko‘ngillardagi taranglikni bir onda bo‘shatdi. Hayajondan go‘yo to‘xtagan nafaslar yana olina boshladi.
-   Sizlar bilan birga haqiqiy ma’noda ishonchli bir odamni jo‘nataman, - dedilar Rasululloh (s.a.v.).
Bu javob masjiddagi hayajonni boshqa o‘zanga solib yubordi, kim ekan bu toleli inson?..
Har yurakda bir arslon bor edi. «Bu vazifaga qaniydi men tanlansam!» demagan odam qolmadi.
Hazrati Umar (r.a.) o‘sha kuni to peshin namozigacha yuragini chulg‘agan hayajon to‘lqinlarida suzib yurdi.
Musulmon bo‘lganidan beri ikki martagina shunaqa tanlovda tole’ o‘ziga kulib boqishini rosa istagan edi. Bir martasi Xaybarda - «Ertaga bayroqni shunday bir kishiga beraman, u Allohni va Rasulini sevadi, Olloh va Rasuli ham uni sevadi...» deb marhamat qilingan paytda, ikkinchi marta esa, hozir...
Bundan keyin hazrati Umar (r.a.) hech bir vazifaga o‘zi talabgor bo‘lib chiqmayajak, vazifa topshirilsa, mukammal bajarajak, berilmasa, ortiqcha qayg‘urmayajak.
Peshin namozi o‘qildi, nigohlar payg‘ambarlar sultoniga qadaldi. Muborak lablari orasidan chiqajak ism saodat tojini kiyadigan shaxsni tayin etajak edi.
Hazrati Umar o‘ng tomonda turar, bir qaragandayoq ko‘zga tashlanadigan darajada uzun bo‘yli ekaniga qaramay, «Men bu yerdaman, ey Ollohning payg‘ambari!» deyayotgan kabi oldga yulqinar edi.
Nihoyat, u ism aytildi:
-   O’rningdan tur, ey Abu Ubayda! - deyildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:22:12
Abu Ubayda turdi. Komil odob bilan amr kutdi. Odam bolalari ichida eng azizi bo‘lgan Zot (s.a.v.) jonlar fido etilsa arziydigan yuksak maqom egasini payg‘ambarlikka loyiq bir ifoda ila e’lon etdilar:
-   Mana, Muhammad ummatining ishonchlisi budir. Har bir ummatning ishonsa
bo‘ladigan odami bo‘ladi, Islom ummatining ishonchlisi Abu Ubaydadir, - dedilar.
Insoniyat bilgan eng odil, eng kuchli saylov bu edi. Hech qanday bosqisiz, evaziga hech qanday manfaat olinmagan va ko‘zlanmagan, faqat Olloh huzuridagi qiymatiga boqib va Ollohning tasdiqiga uyg‘un bir saylov... Har kim ko‘z tikkan, ammo hech kim e’tiroz qilmagan va qilolmaydigan baho... Muhammad ummatining Muhammad Rasululloh tanlagan ishonchli kishisi... Ishonchli Muhammad (s.a.v.) bu daf’a Muhammad ummatining ishonchli kishisini tayin etgan edilar.
-   Ular bilan birga bor, tushunmagan narsalari bo‘lsa, o‘rtalarida haq bilan, adolat bilan hukm qil, - dedilar.
Abu Ubayda ruhi jismidan otilib chiqqudek xursand edi. Tushmi, desa tush emas. Cheksiz hamd va shukrlarini ko‘zyoshlariga o‘rab Mavlosiga taqdim eta boshladi.
Qisqa muddat tayyorgarlikdan so‘ng har kimning orzuyidagi mavqe va maqomga loyiq ko‘rilgan, ammo kibrlanish va g‘ururlanishni bilmaydigan, Ollohning quli bo‘lishdan boshqa sharaf istamaydigan Abu Ubayda (Olloh undan rozi bo‘lsin) u yoqdan kelgan hay’at bilan birgalikda Najron sari yo‘l oldi.
Safar davom etardi. Karvondagilardan Abu Alqamaning tuyasi qoqinib ketdi:
-   Hey, boshingga balo yog‘ilgur!.. - deya g‘o‘ldiradi u.
Arablarda o‘zlari yo ulovlari qoqinib ketganida eng yomon ko‘rgan kishilarini qarg‘ash odati bor edi. Abu Alqama ham ayni odatga ko‘ra qarg‘andi, lekin chala qarg‘andi, ya’ni, kimni qarg‘ayotganini aytmadi. Shunday bo‘lsa ham, u kimni nazarda tutganini hamrohlari sezishdi. Yaqinlaridan biri unga tanbeh berdi:
-   Vallohi, sen Olloh yuborgan payg‘ambarni qarg‘aganday bo‘lding, - dedi.
Alqama dovdiradi:
-   Nima deding?! U chindanam payg‘ambarmi hali?
-Ha-da.
Alqama shartta tuyasining boshini burdi. Endi so‘rash navbati bunisiga o‘tdi:
-   Nima qilyapsan, maqsading nima?
Alqama bir soniya ichida bergan qarorini tushuntirdi:
-   Bordiyu u payg‘ambar ekan, u holda meni uning diniga kirishdan nima tutib turibdi? Ortiq uning yoniga borgunimcha va uning diniga kirmagunimcha hech bir yerda to‘xtamayman, dam olmayman! - deb javob qildi Alqama.
So‘ngra kim nima deyishini kutmasdan, hech kim bilan xo‘shlashmasdan surdi tuyasini va Ollohning payg‘ambari huzuriga tezroq yetish orzuida jo‘nadi Madina tomon. U hozir aqlli bir insonga yarashadigan qarorga kelganiga ishonar edi.
Karvon hamon yo‘lda. Ilgariroq jannat mujdasiga musharraf bo‘lgan, keyin Ollohning rasulidan «Ummatning ishonchlisi» deya baho olgan Abu Ubayda to bo‘yniga yuklangan vazifani ado etish muddaticha Ollohning rasuli bilan birgaligi balki yanada kuchli bir tarzda davom etishiga ishonch bilan borardi.
Shu taxlit yana bir oz yurilajak, hay’atning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan Aqib bilan Sayyid ham bir qarorga kelib, Islom dini keltirgan baxtli hayotni tanlayajak va Madina yo‘lini tutajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:25:01
TABUK SAFARI

Makka fath etilgach, Madinada bir necha oy tin olindi. Nihoyat, hijratning to‘qqizinchi yili Rasululloh (s.a.v.) rumlarga qarshi safar qilish uchun lashkar to‘plashga buyurdilar.
Issiqlar ancha xuruj qilgan, soyalar har paytdagidan ko‘ra ko‘proq xush ko‘riladigan, yaqin orada xurmolar yig‘ishtiriladigan kunlar edi. Bunisi shu damgacha qilingan safarlarga qaraganda eng uzoq davom etadigan safar bo‘lajak.
Ko‘pincha, xossatan Makka fathida, qaysi tarafga va kimga qarshi ketilayotgani aytilmagan. Ammo bu gal yo‘nalish ochiqcha aytildi, hozirliklar shunga qarab ko‘rilishi lozimligi bildirildi.
Rasululloh (s.a.v.) bittasiga so‘z qotdilar:
-   Ey Jadd, rumlarga qarshi safarga... qalaysan?
Jadd pinak buzmadi.
-   Ey Ollohning rasuli, menga izn chiqarsang-da, fitnaga tushib qolishimdan asrasang, degan edim... Butun qavmim biladi, men xotinlarga o‘ch kishiman. Rum xotinlari oldida o‘zimni tuta olmay, fitnaga tushib qolamanmi deb qo‘rqyapman, - dedi.
-   Mayli, senga izn beraman, - dedilar Janobimiz.
Jadd chuqur bir nafas oldi.
Ikki yilcha ilgari Hudaybiyada Ollohning rasuli bilan mo‘minlar orasida daraxt tagida ahd qilinayotganida tuyasining qorni ostida panalab ko‘zga ko‘rinmaslikka harakat qilgan, Ollohning rahmatidan qochib qutulish uchun bir teshik axtarib qolgan nasabsiz munofiqmana shu odam edi.
Ko‘p o‘tmasdan vahiy kelib, Rasuli kibriyo janobimizning nurli qalblariga bir oyat naqsh etildi:
«Ularning orasida: «Menga (jangdan qolish uchun) izn bergin, meni fitnaga (baloga) qo‘ymagin!» - deydigan kimsalar ham bor. Ogoh bo‘ling: ular (jangdan qolish bilan) fitnaning o‘ziga tushdilar. Shak-shubhasiz, jahannam (bunday) kofirlarni o‘rab olguvchidir»*.
Munofiqlar g‘imirlab qolishdi. Duch kelgan joyda tashviqot yurgizib, bu issiqda safarga chiqmanglar, so‘zimizga kiringlar, deya odamlarni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘lishardi. Suvaylim ismli bir yahudiyning uyida ular olib borayotgan ishlardan Rasululloh (s.a.v.) xabar topdilar. Talha ibn Ubaydullohga (r.a.) bir necha odam qo‘shib, Suvaylimning uyini yoqib yuborishga buyurdilar. Talha amrni tez o‘rniga keltirdi.
Bu orada Payg‘ambar janobimiz hozirliklarni yanada tezlatdilar. O’ziga to‘qlar mol bilan yordam ko‘rsatishlarini, g‘azotga ot hozirlab, agar bora olmaydigan holatda bo‘lishsa, bir g‘oziyni ulov va siloh bilan ta’minlashlarini tavsiya etdilar.
Har kim kuchi yetgan narsani keltirardi. Hazrati Usmon (r.a.) keltirgan mol haqiqatan ko‘zni quvontirardi. Jang maydonlarida kuch, quvvat va jasorat bilan qo‘sha olmagan hissasini o‘zida bor mol bilan qo‘shish yo‘lini tanlagan Usmon haqiqatan juda o‘rinli ish qilgan edi. Janobi Payg‘ambarimiz u keltirgan mollarni qorishtirarkanlar: «Bugundan e’tiboran u ishlaydigan qusurlar Usmonga zarar bermaydi», derdilar. «Ollohim, Usmondan rozi bo‘l, chunki men undan roziman», deganlari ham rivoyatlarda kelgan...
To‘plangan mollar safar ishtirokchilariga tarqatildi. Ulovi yo‘qlarga ulov berildi. Bu orada Irbod ibn Sariya, Salim ibn Umayr kabi bir guruh faqirlar Pay-g‘ambarimizning huzurlariga kelishdi. Yuraklarni ezadigan bir holatda edi ular.
-   Ey Ollohning rasuli, bizga ulov topib bering, - deyishdi. Aksiga olib, ortiqcha ot-ulov qolmagan edi.
-   Vallohi, sizlarni bironta ulovga mindirolmayman,- deb javob qildilar. Ko‘zlarda yosh bilan tarqalishdi. Bu ko‘zyoshlar payg‘ambarlar sultoni bilan g‘azotda birga bo‘la olmaslik alami yurakka qilgan xurujining natijalari edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:32:51
Yana bir guruh insonlar ichlaridan bittalarini vakil qilib, Rasulullohga (s.a.v.) borishga qaror qilishdi. Oldingilarga berilgan javobdan xabarlari yo‘q edi bularning.
Abu Muso Ash’ariy ham qabilasi nomidan xuddi shu masalada Janobimiz bilan uchrashdi va u ham do‘stlariga oldingiday javobni yetkazishga majbur bo‘ladi.
Ibn Yamin yig‘lab kelayotgan ikki odamni uchratdi. Hayron bo‘ldi. Urushganga o‘xshashmasdi.
-   Nimaga yig‘layapsizlar, tinchlikmi? - deb so‘radi.
Abu Laylo ko‘zlarini artmayoq yonidagi Abdulloh ibn Mug‘offalga ishora qildi.
-   Ikkimiz birga Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bordik. Safarda qatnashmoqchi bo‘lib, ulov so‘radik. Afsus, hech narsa qolmabdi, bo‘sh qo‘l bilan qaytyapmiz. Endi safarga biz borolmaymiz.
Gapiryapti-yu, yig‘isi to‘xtamas edi.
Bir tomonda odamlarni bu safarga qatnashishdan qaytarish uchun bor kuch-g‘ayratini sarflayotganlar hamda nima qilib bo‘lmasin urushga bormaslik uchun turli uzr-ma’zurlar to‘qiyotganlar, ikkinchi tomonda safarga borolmayotgani uchun chin dildan ko‘zyoshlar to‘kayotgan ko‘ngil ahli, fazilatparvar insonlar... Ulari ham, bulari ham avvalgi va oxirgilarning sayyidi janobi Rasululloh (s.a.v.) turgan, yashayotgan, ming bir xotiralar bilan bezayotgan shu muborak shaharda yashashadi, u zot nafas olayotgan havodan nafas olishadi. Xuddi bir bog‘, bu bog‘da gul ham o‘sadi, tikan ham o‘sadi, bitta quyoshdan, bir xil havodan, bir joy tuprog‘idan oziqlanishadi, lekin har biri o‘zining olamida, o‘zining tabiati va qobiliyati yo‘nalishida yashaydi...
-   Qani, orqamdan yuringlar-chi, - dedi Ibn Yamin. So‘ngra ularni uyiga olib keldi. - Hozir chiqaman, - dedi-da, ichkari kirib ketdi. Sal o‘tmay bir tuyani yetaklab chiqdi. Yuganini mehmonlarga uzatdi: - Mana sizlarga bitta sog‘in tuya... Bu mendan sizlarga hadya bo‘lsin. Ikkalangiz birga-birga minaveringlar.
Bu so‘zlar ko‘zlardagi yoshni tindirmadi, lekin ma’no-mazmunini o‘zgartirib yubordi. Shuncha tuyilgan alam va kadar bir onda sevinch va nash’aga aylangan, sal ilgari o‘tli bir manbadan otilib chiqib turgan ko‘zyoshlari endi ko‘klarga uchgudek sevinchli ko‘ngillardan kelar edi. Oldingisi siqinti va qiynoq bosqini ostidan sizib oqqan bo‘lsa, keyingisi farahlik va huzur bergan ko‘ngil rohatligidan oqayotgan edi.
-   Olloh sendan rozi bo‘lsin, ey Ibn Yamin!.. - deya olishdi zo‘rg‘a.
Hech qaysi duo bunchalik aniq va bunchalik tez mo‘ljalga yetib bormasa kerak. Borut* piligi holiga kelgan, ya’ni, sal narsadan portlab ketgudek holga tushgan yuraklardan taftlangan bu duolarning oldiga devor qo‘yadigan, yo‘lini o‘zgartiradigan, mo‘ljaldan adashtiradigan hech bir kuch va to‘siq yo‘q edi. Shuning uchun ulug‘ Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Mazlumning duosidan saqlaninglar», deb marhamat qilganlar. Kofir bo‘lsa ham, yonib turgan yurakdan otilgan o‘q to‘ppa-to‘g‘ri Oliy Arshga yetadi, chunki hojat u yerga arz etiladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:35:03
Ikki do‘st qo‘llariga berilgan bir miqdor ozuqani ham olib, bu yerdan ketishdi.
Ulba ibn Zayd ham Rasululloh janobimizdan ot-ulov masalasida rad javobini olganlardan edi. Lekin u: «Eh... mendan lozimini qildim... Ulov berilsa, borardim...» deb qo‘yaqolmadi. Turgan-bitgani zahmat va mashaqqatdan iborat bo‘lgan bu safar hech xayolidan ketmas, nima qilsa ham, hech yuragi tinchlanmas edi. Dardi ustiga dard qo‘sha-qo‘sha vaqt kechga yetdi. Xufton namozidan keyin hamma uyquga chekinganida u o‘rnidan turdi. Namoz o‘qidi. So‘ngra qo‘llarini ko‘tardi:
-   Ollohim! Jihodga o‘zing buyurgansan, mo‘l-mo‘l mukofotlarni ham o‘zing va’da qilgansan. Lekin menga bu safarga qatnashish imkonini bermading. Payg‘ambaringning ham menga berishga oti yo‘q... Ollohim, men sening roziligingni qozonish uchun nima qilay?.. Bugungacha molimga va badanimga zarar bergan, shaxsimni ranjitgan hamma musulmonlarga haqqim halol bo‘lsin.
Shunday izhor etdi munojotini. So‘ngra uyquga yotdi.
Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib berganlaridan keyin sahobalariga o‘girildilar.
-   Bu kecha sadaqa bergan kishi qani? - deb murojaat qildilar.
Savol javobsiz qoldi. Ikkinchi marta so‘radilar. Shunda Ulba oyoqqa qalqdi
-   Xizmatingizga tayyorman, ey Ollohning rasuli, men bu yerdaman, - dedi.
-   Mujdalar bo‘lsin senga! Jonimni qo‘lida tutib turgan Ollohga qasam, sening bu ishing maqbul bir sadaqa sifatida baholandi, - deb marhamat qildilar.
Ulbaninggina emas, shu tobda masjidda o‘tirgan hammaning ko‘zlari yasharib ketganday bo‘ldi. Nigohlari Nabiyyi akramga yo‘nalgan ko‘yi ko‘ngillarida birikkan shukr va hamd tuyg‘ularini Janobi Mavloga yo‘llashar edi.
Lashkarning hozirligi davom etardi. Bir kuni xunuk bir kishi nihoyatda ko‘rkam tuyani yetaklab keldi, to‘plangan sadaqalar orasiga tashlab ketdi. O’sha yerda turgan bir ezma o‘zini tutolmadi:
-   Tuyasi o‘zidan chiroyli, - deb yubordi.
Rasuli akram (s.a.v.) bu o‘xshovsiz gapni javobsiz qoldirmadilar:
-   U odam tuyadan ham, sendan ham yaxshidir, - deb marhamat qildilar.
Bu orada Abu Akil ismli madinalik bir kambag‘al bir hovuch xurmo ko‘tarib kelib qoldi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, ertalabgacha suv tashib, xizmat haqimga ikki hovuch to‘la xurmo oldim. Yarmini uyda qoldirdim, yarmini bu yerga keltirdim, lutfan qabul eting, - dedi.
Bu ifodalar, bu ish top-toza yurakdan kelayotgani aniq edi. Topmagani uchungina ko‘p bera olmagan, o‘zi ochlikdan sillasi qurib tursa ham, yaxshilik qilmasa rohat topmaydigan bir yurakdan... Janobi Mavlo birga o‘n qilib berishini, birga yettiyuz qilib berishini biladigan, sadaqaning ko‘p yo ozligiga ko‘ra emas, qalblardagi niyatga qarab qiymat berilishini biladigan bir yurakdan...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:35:46
Bir zamonlar Ronuna vodiyida o‘qilgan ilk juma namozi Abu Akilning esida. O’sha yerda Rasuli akram (s.a.v.): «Yarimta xurmo berib bo‘lsa ham, o‘zlaringizni olovdan qutqarishga harakat qilinglar», deganlari hali quloqlarida chinlab turibdi. Bugun keltirgani bir hovuch xurmoni topish uchun ertalabgacha birovga xizmat qilib suv tashib chiqqan, xurmolari og‘irligicha ter to‘kkan edi. Ba’zilar bu bir hovuch xurmoni ko‘rib labini burgandir, shivir-shivir qilgandir, ammo bu xurmolarning o‘ziga yarasha qiymati bor. Bitta boy odamning katta xirmonidan olingan bir hovuch xurmo bilan bu teng emas. Ular ham daraxtda bitgan, lekin shu bir hovuch xurmoni topish uchun Abu Akil butun kechasini xarjlagan, kuchini-quvvatini safarbar qilgan, peshonasidan oqqan terlarni artishga fursat topmasdan ishlagan, hozir bu yerda labini burayotganlar xurrak otib uxlab yotganida u uyqusizlik va charchoq ila tong ottirgan edi. Mana shunday sharoitda topilgan xurmolarning, albatta, o‘zgacha bir qiymati bo‘lishi kerak.
«Abu Akil ishning mazasini qochirdi»; «Uning ikkitagina xurmosiga Olloh muhtojmidi?» kabi o‘ylarga borganlarga qarama-qarshi o‘laroq Nabiyyi akmal janobimiz har galgidek eng to‘g‘ri o‘lchovni o‘rtaga qo‘ydilar:
-   Olloh uyingda qoldirganingga ham, bu yerga olib kelganingga ham baraka bersin! - deb duo qildilar.
So‘z bu so‘z edi. Bu so‘zga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday so‘zning qadri yo‘q, bu so‘zning qiymatini qabul qilmagan har kimning burni yerga ishqalansa arziydi. Abu Akil top-toza tuyg‘ular-la qilgan ishga bundan go‘zal baho berilmasdi. Chunki bu o‘lchovni koinotga nizom bergan Ulug‘ Mavlo rozi bo‘lgan, taqdir qalami «eng buyuk Rasul» deb baho bergan Muhammad Mustafo (s.a.v.) o‘rtaga qo‘ygan edilar.
Ish shu bilan bitmadi. Oliy dargohdan Jabroili amin vositachiligida indirilgan ilohiy So‘z mana bunday hikmatlarni keltirdi:
«Ular Olloh ularning yashirgan sirlarini ham, o‘zaro shivir-shivirlarini ham bilishini va Olloh g‘aybni (ko‘rinmas narsalarni) ham aniq bilguvchi ekanini bilmadilarmi?! Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqa qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilish uchun) kuchlari yetgan narsalarni topib kelgan kishilarni ayblab-masxara qiladigan kimsa (munofiq)lar borki, ularni Olloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir. (Ey Muhammad,) siz u(munofiq)lar uchun xoh kechirim so‘rang, xoh kechirim so‘ramang - agar yetmish martalab ular uchun kechirim so‘rasangiz ham, Olloh ularni aslo kechirmaydi. Bunga sabab ularning Olloh va rasuliga kofir bo‘lganlaridir. Olloh esa, (bunday) itoatsiz qavmni hidoyat qilmas. (Jangdan soxta uzrlar bilan) qolgan (qochgan munofiq)lar Ollohning rasuliga xilof qilib qolganlaridan xursand bo‘ldilar va mollariyu jonlari bilan Olloh yo‘lida jihod qilishni yomon ko‘rdilar hamda (boshqalarga ham): «Bu issiqda chiqmanglar!» dedilar. (Ey Muhammad,) ayting: «Agar ular anglay olsalar, jahannam olovi yanada issiqroqdir». Bas, o‘zlarining qilmishlari (ya’ni, kufrni tanlaganlari) jazosiga ular (bu dunyoda) ozgina kulsinlar va (oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar!»*
Bu oyatlarda munofiqlarning ishlari qolmasligi, bitta-bitta isbotlanishi va hisob kuni albatta kelishi bayon qilinmoqda. Bu oyatlar mo‘minlarga quvvat berdi, yuraklariga sevinch keltirdi, ammo munofiqlarning qalblariga yaxshi ma’noda hech bir ta’sir etmadi. Ular hamon bilgan sozlarini chalishar, bilgan ashulalarini kuylashar edi. Kirib qolgan ko‘chalari boshi berk ekanini, o‘zlari o‘tirgan shoxni kesishayotganini tushunishmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:36:50
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz yo‘qlayotganlarini eshitib, dastlab Abu Musoning yuragiga qo‘rquv oraladi. O’zi qiynalib turgan bir paytda borib Rasulullohni bezovta qilib qo‘yishdan andishalandi. Ammo bormaslikning, huzurlarida turmaslikning sira iloji yo‘q edi. Bordi. Tabassum bilan kutib olindiyu yuragi suv sepilganday tinchlandi. Janobimiz (s.a.v.) yonlarida turgan oltita tuyaga ishora qilib:
-   Ol bularni, sheriklaringga olib bor, Olloh va rasuli bularni sizlarga ulovlikka berib yubordi, degin,- dedilar.
Oradan hech qancha o‘tmay Abu Muso sheriklarining oldida edi. Hammalari xursand, boshlari osmonda. Lekin birdan ko‘ngillarida bir xijillik paydo bo‘ldiyu hammalari Janobimizninghuzurlariga kelishdi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, siz bizga ulov bera olmasligingizni aytib qasam ichgan edingiz, holbuki, endi beryapsiz. Biz sizning qasamni buzishingizga sababchi bo‘lib qolayotganimizdan ichimiz qorong‘u, - deyishdi.
Payg‘ambarlar azizi (s.a.v.) holni tushuntirdilar:
-   Men agar qasam ichsam, undan yaxshisini ko‘rgan zahotim u ishni qilaman va qasamimning kafforatini o‘tayman.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, ruxsat bersang, bu safarda ishtirok etmayman.
-   Xohishing.
-   Men ham ruxsat so‘rayman, ey Ollohning rasuli.
-   Sengaham ruxsat.
o‘azotda qatnashmaslikka izn olgan odamlarning yuzlaridagi ma’noli jilmayishlar, ko‘zlarida paydo bo‘lgan xursandlik jilvalari yaxshilikdan dalolat emasdi. Bularning ko‘pi har tomonda teskari tashviqot yuritayotgan yoxud ularni zimdan qo‘llayotgan munofiqlar edi.
Bunday kimsalar Madinada qoladi, har paytdagidek fitna-fasodlarni davom ettiradi, zamon charhi yana biz orzu qilgan tomonga aylanib qolar, degan xayollar bilan ovunadi... Tajriba esa, shamol har istanilgan paytda va istanilgan tomondan esavermasligini ko‘rsatadi.
O’ttiz ming kishidan maydonga kelgan lashkar «Saniyyatul Vado» deb ataladigan joyda to‘plandi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) ularga imomlik qilib turdi. Qo‘shindan ajralgan holda chekka bir joyga kichikkina bir qism bilan Ibn Salul qarorgoh qurgan edi.
Rasuli akram (s.a.v.) sha’bon oyining bir payshanbasida asr vaqtida yurish amrini berdilar. Qismlar ortma-keyin yo‘lga chiqdi. Ibn Salulning amri ostidagi qism esa birdan orqaga burilib, Madina sari keta boshladi. Qalblari imonga to‘liq, Ollohga va rasuliga sevgi va hurmat iplari bilan bog‘liq yurak erlari ularning bu ishlarini hayrat va nafrat tuyg‘ulari ostida kuzatib qolishdi.
Nimaga qo‘shin turgan yergacha kelishdiyu nimaga yurish amri berilganidan keyin ortlariga qaytishdi?
Ibn Salulning pes fe’lini bilgan mo‘minlarga bu ishning ta’siri bo‘lmadi. Chunki xuddi shunday iflos ishni u Uhud kuni ham qilgan, jang endi boshlanadi deb turgan onlarda o‘zining odamlarini olib Madinaga qaytib ketgan edi. Bu gal ham o‘sha yegan axlatini yedi. Qo‘shin orasida bir g‘avg‘o boshlanib qolarmikan, fitna chiqarishning imkoni bo‘larmikan, degan niyatda bunday ishni qildi. Qo‘shin to harakat boshlaguncha ham bekor turmadi, ba’zan bu issiqda yo‘lga chiqishning xatarlarini sanab yurdi, ba’zan rumlarning kuchini va musulmonlar ularga qarshi hech narsa qila olmasliklarini tushuntirmoqchi bo‘ldi. «Muhammadni va sheriklarini ikkitadan-ikkitadan qilib bog‘langanlarini ko‘rib turgandekman», dedi. Qisqasi, bu safarda g‘alabaga musulmonlarning hech bir imkonlari yo‘q, aksincha, bir talay tahlikaga o‘zni tashlashdan boshqa hech qanaqa ish qilinmaydi, deb gap tarqatdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:37:40
Safarga qatnashmasliklari borasida Janobi Mavlodan xususiy izn chiqqanlar ham bor edi:
«Ojiz-notavonlarga, xastalarga va (jihod uchun) bergani hech narsa topa olmayotgan kishilarga - agar ular Olloh va rasuli uchun xolis bo‘lsalar - biron qiyinchilik (majburlik) yo‘q. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga hech qanday yo‘l yo‘q. Olloh kechirimli va rahmlidir. Yana sizga (jangga minib borish uchun) ot-ulov kelgan vaqtlarida, ularga: «Sizlarni mindirib yuborishga ulov yo‘q-ku», deganingizda, (jihod uchun) biron narsa topa olmaganlariga g‘amgin bo‘lishib, ko‘zlaridan yosh to‘kishib qaytib ketgan kishilarni ham ayblashga hech qanday yo‘l yo‘q.
Faqat o‘zlari boy-badavlat bo‘lgan hollarida sizdan izn so‘raydigan kimsalarnigina ayblashga yo‘l bor. Ular xotin-xalaj bilan qolishga rozi bo‘ldilar. Bas, endi (ular jihodga chiqishda bo‘ladigan yaxshilikni) bilmaydilar»*.
Ortidan ulkan chang bulutini qoldirib qo‘shin tobora ilgarilar edi. Albatta, bular orasida ham munofiqlardan bir guruhi bor edi, ammo ular dengizdan tomchiday ozchilik edi. Qalblari Ulug‘ Mavloga yo‘nalgan mo‘minlar yo‘lda borisharkan, bu safar haqida indirilgan ushbu oyatlarga yuraklarini yuvib olishar edi:
«Ey mo‘minlar! Ollohdan qo‘rqingiz va (imonlarida) rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz! Madina aholisi va ularning tevaragidagi a’robiylar uchun (jihodga chiqmay) Ollohning rasulidan qolishlari va undan yuz o‘girib o‘zlari bilan ovora bo‘lishlari joiz emas edi. Zero, Olloh yo‘lida ularga biron tashnalik, qiyinchilik, ochlik yetsa va kofirlarning jahlini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ular uchun bu ishlari sababli yaxshi amal yozilur. Zotan, Olloh yaxshilik qilguvchilarning amallarini zoe qilmas. Ular kichikmi, kattami biron infoq-ehson qilsalar va (g‘azot yo‘lida) biron vodiydan o‘tsalar, albatta, qilgan eng chiroyli amallariga yarasha Olloh mukofotlashi uchun- (bularning hammasi) ular foydasiga yozilur»**.
Musulmonlar orasida yana bir toifa - musulmonligiga hech shubha yo‘q-ku, ammo tanballikdan, yalqovlikdan hech qutula olmagan to‘rt kishi bor edi: Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’, Hilol ibn Umayya hamda Abu Xaysama... Ka’b hayoti kambag‘allikda o‘tgan odam edi. Uyida bir paytda ikki tuya hech turmagan. Lekin keyinroq o‘ljalardan hissasiga tushganlar to‘planib, ikki tuyaning yonma-yon turganini ham ko‘rdi. Aslida bu katta boylik emas, ammo Ka’b uchun bularning qiymati buyuk edi.
G‘oziylar safarga to‘xtamay hozirlik ko‘rishayotgan kunlari Ka’bning yalqovligi tutib, bahonalar qidira boshladi: havolar nafas olib bo‘lmaydigan darajada issiq, bu yoqda xurmolar yetilib, yerga to‘kilar holga kelib qolgan va hokazo... Bitta xurmo daraxti soyasiga chekilib, soatlarcha qo‘li ishga bormay o‘y surib yotardi.
Nihoyat bir kuni Rasululloh (s.a.v.) janobimiz boshliq o‘ttiz ming kishilik qo‘shin yurishni boshlaganida, ortidan Ka’b qalbi uzilgudek bo‘lib qarab qoldi. Ammo bundan ortig‘iga g‘ayrati yetmadi. Ikki tuyasidan biriga tez minsa, osongina yetib olardi ham.
O’sha kuni, ertasi, indini ham shu tarz kechdi. Ertalab uyidan chiqayotganida, endi bormasam bo‘lmaydi, degan Ka’bni oyoqlari oqshomga yaqin yana uyiga surgilab kelardi. Nihoyat bir kuni Ka’b: «Endi yo‘lga chiqsam ham, yeta olmayman», deyishdan boshqa chora topmadi.
Holbuki, u hijratdan oldin Payg‘ambar janobimiz bilan Aqobada ahdlashgan qadrli insonlardan biri edi. Badr jangini hisobga olmaganda, boshqa barcha janglarda qatnashgan, hamma safarlarga chiqqan. Badrga nasibasi qo‘shilmagani esa, Madinadan chiqayotganida oldinda jang bo‘lishidan xabarsizligi edi. Shuning uchun u Madinada qoldi, natijani kutib o‘tirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:38:55
Safardan qolganlar ichida Ali ibn Abu Tolib (r.a.) ham bor edi. Lekin uni Rasululloh (s.a.v.) Madinada vakil qilib qoldirgan edilar. Janobimizning oila a’zolaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish vazifasi ham yuklandi unga.
Islom lashkari kuzatilar-kuzatilmas, uning Madinada qolganini ko‘rgan munofiq va yahudiylarning tillari chiqib qoldi. U yer-bu yerda shivir-shivirlar boshlandi:
-   Endi Alini xotin kishi desa ham bo‘ladi...
-   Bolalar bilan o‘ynasin, vaqtini xotinlar bilan o‘tkazsin, unga shu yetadi. Ali ortiq odam qatoriga o‘tmaganini bilib qo‘ysin. Bu yerga vakil qoldirilsa, boshqa odam yo‘qmidi?..
Va hokazo. Bunaqa gap-so‘zlar Hazrati Alining (r.a.) qulog‘iga ham yetib keldi. Holbuki, u jangni yaxshi ko‘radigan odam edi. Madinada kechgan sakkiz yillik umri davrida Rasululloxdan hech ajralmagan, hamma g‘azotga jon-jon deb borgan. Kechmish kunlarini bir-bir xotiridan o‘tkazarkan, «Ollohning payg‘ambari bosh bo‘lgan eng katta yurishda qatnasholmadim», deyish unga juda og‘ir kela boshladi. Bir qarorga kelishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. Tez ulovini hozirladi, silohini oldi va yo‘lga chiqdi.
Payg‘ambarlar sayyidi (s.a.v.) Jurf degan joyda qo‘noq e’lon qilgan edilar. Shu yerda u zotga hazrati Alining kelganini xabar qilishdi. Bir ozdan keyin o‘zi ham huzurlariga yetib keldi. Ko‘rishdi. Nega Madinada turmagani so‘ralganida:
-   Ey Ollohning rasuli, meni xotinlarga, bolalarga qoldirdingizmi? - dedi. So‘ngra Madinada tarqalgan gap-so‘zlarni aytib berdi. Payg‘ambar janobimiz ishni tez hal qilib qo‘yaqoldilar:
-   Yolg‘on aytishibdi. Men seni ortimda qolganlarga vakil bo‘lasan deb qoldirdim. Qaytib bor va mening ahlimga hamda o‘zingning oilangga ko‘z-quloq bo‘l. Musoga Horun qay daraja yaqin bo‘lsa, menga ham shunday bo‘lishni xohlamaysanmi, ey Ali?! Shu qadarki, mendan keyin payg‘ambar kelmaydi, - deya marhamat qildilar.
Hazrati Aliga shu gap yetarli bo‘ldi. Hayotida tuyajagi eng totli so‘zlar bular edi. Muso (a.s.) Tur tog‘iga ketayotganlarida akalari Horunni vakil etib qoldirgan edilar, hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Tabukka borayotib jiyanlari Alini (r.a.) vakil qildilar...
Hazrati Ali, bir tomondan, bu noziklikni xayolga keltira olmagani va nodonlarning so‘zlariga uchgani uchun o‘z nafsini koyir, ikkinchi tomondan esa, Rasulullohdan bunday bir iltifot ko‘rganini hisobga qo‘shib, o‘zini baxtiyor his etar edi.
Hozirgacha bo‘lgan safarlarning eng uzoq davom etadigani Tabuk bo‘lsa, hozirgacha vakil etib qoldirilganlarning eng qadrlisi u edi. Bunchalik uzoq ayriliq asnosida kuchli-quvvatli, Madinada yo‘qliklarini qariyb bildirmaydigan, kerak bo‘lsa, tez yarog‘lanib, fitna chiqarganlarning adabini berib qo‘ya oladigan qahramonni vakil qilib qoldirarkanlar, sevikli Payg‘ambarimiz mukammal bir tadbir ila Madinani kafolatli qo‘lga topshirganlarini ham hisobdan chetga chiqarmaslik kerak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:39:31
Abu Xaysama chinakam musulmonlardandir. Safardan to‘sadigan hech qanday uzri ham yo‘q. Lekin u ham yelkalaridan bosib turgan tanballikni yenga olmadi. Bugun, ertaga deguncha qo‘shin jo‘nab ketib bo‘ldi, oradan kunlar o‘tib ketdi.
Bir kuni Abu Xaysama dam olish uchun bog‘iga keldi. Havo nihoyatda issiq. Kapasining oldida to‘xtadi. Ikkala xotini ham shu yerda edi. Atrofga suvlar sepib, u yerning
havosini harholda salqinlatib qo‘yishibdi. Chanqovbosdiga muzday suv ham tayyor. Kapa bunaqa kunda dam olish uchun izlab topilmaydigan holga kelgan.
-   Marhabo, bu yoqqa keling, ey Abu Xaysama, - deya har ikkala xotini ham uni ochiq chehra bilan kapaga chorlashdi.
Lekin Abu Xaysama bir on taraddudlanib, qaytib qoldi.
-Qarasangiz-chi, bu yer salqin...
Ha, salqin, ammo bu issiqda necha kunlardan beri yo‘l bosayotgan o‘ttiz ming kishilik qo‘shin va bu qo‘shin boshida ayni aziyatni cheka-cheka borayotgan payg‘ambarlar sultoni (s.a.v.)... ular nima qilishyapti ekan?
Vijdoni birdan qarshisiga chiqdi, «Ollohning rasuli bu issiqda qovurilib tursalar-u, sen bu salqin kapada-a yotsang... yo‘q, bunday qilolmaysan, ey Abu Xaysama!..» dedi go‘yo.
-   Menga oziq-ovqat tayyorlanglar, hamon ketaman! - dedi.
-   O’tiring, ozgina damingizni oling, keyin ketarsiz,- deyishdi xotinlari.
-   Bo‘lmaydi, kutishga vaqtim yo‘q!
Shu tariqa Abu Xaysama tuyasiga minib, yo‘lga chiqdi.
Yo‘lchilik davom etar, ba’zilar qo‘shindan orqada qolib ketar edi. Ahvolni Payg‘ambar janobimizga bildirishganida u zot (s.a.v.): «Qo‘yaveringlar, agar unda biron yaxshilik bo‘lsa, Ollohning o‘zi yetkazdirib keladi, yaxshilik bo‘lmasa, uning haqqida hukmini bildiradi», derdilar.
Abu Zarr ham qaysarlashgan tuyasiga so‘zi o‘tmay, do‘stlaridan ortda qolishga majbur bo‘ldi. Tuyasi negadir hech yurgisi yo‘q. Uni yo‘lga solaman deb ancha payt urinib ko‘rdi, qo‘llamagan chorasi qolmadi, natija o‘sha-o‘sha - tuya qaysarligini qo‘ymadi. Noiloj biror o‘tloq joyda qolib, qornini to‘g‘azib, tuyasiga quvvat kirgach, keyin qo‘shin ortidan yetib olishga qaror qildi. Darhaqiqat, hozirgina yurishga qaysarlik qilib turgan tuya boshi o‘tloqlarga burilgach, yayrab-yayrab o‘tlay boshladi. Tuya to‘ygani sari Abu Zarrni quvonch qoplar edi. Chunki qornini to‘ydirib, ozmi-ko‘pmi kuch yig‘ib olgan tuya bilan yo‘lga chiqsa, qisqa zamonda sheriklariga yetishib olishi mumkin edi-da.
Mo‘ljalda maqsad hosil bo‘ldi, endi yursa ham bo‘ladi. Ammo tuya bunaqa o‘tloq joyni hech tashlab ketgisi yo‘q edi. Har turli hunarga solib ko‘rdi, bo‘lmadi. Oxiri tuyani shu yerda qoldirib, yukini orqasiga olib, qo‘shin ortidan piyoda yo‘lga chiqishga majbur bo‘ldi. Cheksiz qum dengizida oyog‘i botib-chiqib, ketaverdi. Madinadan hisoblasa to‘qqiz yuz chaqirimcha chiqadigan bitmas-tuganmas bu yo‘lchilik Abu Zarr uchun endi shunday davom etajak.
Rasuli akram (s.a.v.) boshchiliklaridagi qo‘shin Quro vodiyidan o‘tib borardi. Bir ayolning bog‘iga duch kelishdi. Xurmo daraxtlariga boqishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
-   Qani, chamalanglar-chi, bu daraxtlar qancha yuk qilarkin? - dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:45:31
Har kim chamalaganini aytdi. Payg‘ambar janobimiz ham taxmin qilib:
-   Menimcha, o‘n yuk chiqar, - dedilar va bog‘ egasiga:- Xurmolarni yig‘ishtirganingda qancha chiqqanini eslab qol, - deb yo‘llarida davom etdilar.
Hijr vodiyiga yetib kelishdi. Bu yer Solih payg‘ambarning (alayhissalom) yurtlari edi. Samud qavmi shu yerlarda yashagan, mana shu tuproqlarda yo‘q qilingan. Rasuli akram (s.a.v.) buhududga kirarkanlar:
-   O’zlariga zulm qilganlarning yurtlariga ularga yetgan musibat sizlarga ham yetib qolishi mumkinligi andishasida yig‘lar holda kiringlar, - dedilar va egnilaridagi ridoni yuzlariga parda qilib oldilar.
Vodiyni tez bosib o‘tishdi. Bu yerlardagi quduq suvlaridan tahorat olishni, ichishni man qildilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, biz bu yerlarning suviga xamir qorib oldik-ku? — deb so‘rashgan edi:
-   Tuyalaringizga yediringlar, - deb javob qildilar.
Nihoyat Solih payg‘ambarning (a.s.) mo‘‘jizalari o‘laroq chiqqan urg‘ochi tuya suv ichgan quduqqa yetib kelishdi. Bu quduqdan foydalanishlari mumkinligini aytdilar.
Yo‘lchilik yana davom etdi. Suvsizlik oxirgi darajasiga yetdi, odamlar boshlarini ko‘tara olmaydigan bo‘lib qolishdi. Munofiqlar yana g‘imirsiy boshlashdi: «Muso payg‘ambar duo qilganida ko‘kdan yomg‘irlar yoqqan ekan. Bu ham payg‘ambar bo‘lsa, duo qilib yomg‘ir istardi», shaklida visir-visirlar bilan qo‘shindagilarni huzursiz qila boshlashdi.
Hazrati Abu Bakr (r.a.) odamlarning dardiga bir chora bo‘larmikan ham munofiqlarning tillari tiyilarmikan, degan niyatda Rasuli akramga (s.a.v.) murojaat etdi.
Janobi Mavlo yaratgan eng muborak qo‘llar ko‘tarildi, hojat arz etildi. Oradan hech qancha vaqt kechmay odamlarni sevinch chulg‘adi. Bir shamol qo‘zg‘alib, «Yomg‘ir kelyapti», deganday totli-yoqimli xabarlarni keltirdi. Nihoyat, boshlari uzra kelgan bulut shatir-shutur to‘kila boshladi...
Hazrati Umar (r.a.) yomg‘ir faqat qo‘shin turgan yerlarga yoqqanini, boshqa joylar qup-quruq qolganini aytgan.
Qo‘shin qo‘ngan yana bir joy munofiqlarga bayram joyiga aylandi. Rasulullohning (s.a.v.) tuyalari Qasva yo‘qolib qoldi. Qancha izlashdi, topilmadi. Shunda o‘ngu so‘ldan «Ko‘kdan xabar beryapman deb da’vo qilayotgan Payg‘ambar tuyaning qaerdaligini bilmaydi...» kabi so‘zlar yoyila boshladi va bu so‘zlar mo‘minlarni xiylagina qayg‘uga solib qo‘ydi. Payg‘ambar va rasullarning sayyidiga (s.a.v.) ahvol yetkazilganida u zot:
-   Men bir insonman, g‘aybni bilmayman. Olloh nimani bildirsa, o‘shani bilaman. Ha, hozirgina Jabroil menga tuyaning qaerdaligini xabar berdi. Boringlar, falon vodiyda shunday-shunday bir daraxtga yugani ilingan holda kutib turibdi, - deb marhamat qildilar va qo‘llari bilan aytayotgan vodiy tomonga ishora qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:46:50
Shu zahoti ketishdi, tuyani ta’rif etilgan joyda va aytilgan holatda topishdi. Qasva hech narsadan xabarsiz, qornini to‘yg‘azish g‘amida edi.
Ayniqsa, Gulas ismli bir munofiqning so‘zlari o‘tib tushdi. Navbatdagi to‘xtash joyida tiliga erk berib yubordi:
-   Agar Muhammad chindan ham payg‘ambar bo‘lsa, eshakdan ham yomon bo‘lishga roziman, - deyaverdi.
Uning bu gapi mo‘minlarga og‘ir botdi. Uvay o‘g‘li Umayr chidab turolmadi:
-   Ey Gulas, men seni juda yaxshi ko‘rardim. Ammo bu so‘zlaring aslo to‘g‘ri emas. Bu gaplaringni Rasulullohga borib aytsam, parishon bo‘lasan, aytmasam, men parishon bo‘laman, - dedi.
So‘ngra Gulasning gapini Janobimizga ayni u aytganday qilib yetkazdi. Rasuli akram (s.a.v.) voqeani oydinlatish uchun Gulasning o‘zidan so‘radilar. Gulas bo‘lsa, o‘laman sattor, men bunaqa demadim, menga tuhmat qilishyapti, dedi. Yuzi qizarmadi, ovozi ham titramadi. Kimdir bittasi gapga aralashdi. Holatni yumshatmoqchi bo‘lardi u.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, biz hazil-huzul qilishib, lofni ermak qilib ketayotuvdik, - dedi.
Shu sirada Nabiyyi akramda (s.a.v.) vahiy alomatlari ko‘rindi. Ovozlar kesildi. Sal o‘tib, Janobimiz dona-dona qilib ushbu ma’nodagi oyatlarni o‘qiy boshladilar:
«Qasamki, agar ulardan (nega sizning ustingizdan kulganlari haqida) so‘rasangiz, albatta, ular: «Biz faqat bahslashib, hazillashib kelyapmiz, xolos», deydilar. Ayting: «Ollohdan, uning oyatlaridan, uning rasulidan kuladigan bo‘ldingizmi?!» Uzr aytmanglar! Sizlar imon keltirganingizdan keyin yana kufrga qaytdingiz. Agar sizlardan bir toifani (chin ixlos bilan tavba qilganlari uchun) afv qilsak, boshqa bir toifani jinoyatchi bo‘lganlari sababli azoblaymiz. Munofiq erkaklar bilan munofiq ayollar bir-birlaridandirlar (ya’ni, kufrda bir-birlariga o‘xshaydilar). Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar va (Olloh yo‘lida infoq-ehson qilishdan) qo‘llarini (ya’ni, o‘zlarini) tiyadilar. Ular Ollohni unutishgach, Olloh ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar, haqiqiy fosiq-itoatsizdirlar. Olloh munofiq va munofiqalarga hamda kofirlarga ular abadiy qoladigan jahannam olovini va’da qildiki, o‘sha ular uchun yetarlidir. Olloh ularni la’natlanadi. Ular uchun doimiy azob bordir»*.
«Aslida unday edi, bunday edi...» kabi tortishmalarga ortiq hojat qolmadi. Chakkalarini shishira-shishira Gulas ichgan qasamlar puch bo‘lib chiqdi, uning yonini olmoqchi bo‘lganlarning qallobligi ko‘rinib qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:47:25
Umayr qilgan ishidan xursand bo‘ldi. Axir, Ollohning rasuliga qilgan xizmatini Ulug‘ Mavloning o‘zi oyat bilan qo‘llab tursa!..
Gulas esa, bundan bu yog‘iga peshonasiga yopishgan tamg‘a bilan nimalar qilajak? Eshakdan ham yomon ekanini tan oladimi? Bir rivoyatga ko‘ra, Gulas tavba qilgan va ke-yingi hayotini tuzatib olgan. Bu rivoyatning qay darajada haqiqiy ekani endi huzuri ilohiyda Gulasga qilinajak muomaladan aniq bo‘ladi.
Tabuk safari asnosida esda qolarli chiroyli voqealar ham mo‘l bo‘ldi. Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tahorat olish uchun bir chekkaga o‘tdilar. Hadeganda kelavermaganlaridan keyin Abdurahmon ibn Avf (r.a.) imom bo‘lib namozni boshlab yubordilar. Janobimiz ikkinchi rakatga yetib kelib, unga ergashib namoz o‘qidilar, qolgan bir rakatni imomning salomidan so‘ng o‘zlari o‘qib oldilar. Keyin jamoatga qarab:
-   Yaxshi qildilaring! - deb maqtab qo‘ydilar.
Bu voqea zehnlarga Tabuk safarining go‘zal xotiralaridan biri sifatida o‘rnashdi.
Madinadan chiqqandan beri o‘n sakkiz joyda damga to‘xtalgan bo‘lsa, hammasida darrov chegarasini toshlar bilan o‘rab, namozgohlar qilinar edi. Nihoyat, o‘n to‘qqizinchi martasida Tabukda qo‘nildi. Janobimiz Madina davrida qilgan safarlaridan eng uzog‘i shu zayl oxiriga yetdi. Hammasi bo‘lib to‘qqiz yuz chaqirimcha yo‘l bosildi. Har tomondan qulayliklar zamoni bo‘lgan bugun ham yo‘lovchilar o‘tishga qiynaladigan qum daryosini, kim biladi, u zamonda ne zahmatlar bilan oshib o‘tishgan ekan, qancha-qancha sabru bardoshlar kerak bo‘lgan ekan, tafsiloti bizgacha yetib kelmagan qanchadan-qancha go‘zal xotiralar yashalgan ekan?! Ozi-ko‘pi bilan yigirma kun davom etgan bu yo‘lchilik tarixlarda bitilgan va uch yuz besh sahifaga sig‘dirilgan xotiralardan ko‘ra ko‘proq voqea-hodisalarga to‘la bo‘lsa kerak. Zotan, bugun biz qilayotgan ishlar Janobimizning hayotlaridan berilgan uch-besh tomchidan boshqa nimani ifoda qila oladi?..
Rasululloh (s.a.v.), Tabukda suvlarga tegilmasin, deb qattiq-qattiq tanbeh bergan edilar. Janobimizning bu buyruqlarini buzganlar bo‘ldi: oldin yetib kelgan ikki kishi bir joyda sizib chiqqan suvdan ichib olishdi. Bular kim edi? Ishi har fursatdan foydalanib qolish bo‘lgan munofiqlarmi? Yoki: «Agar hozir bu suvni biz ichmasak, keyin keladiganlar ichib qo‘yadi», degan ikki farosatsiz musulmonmi? Nima bo‘lganda ham buyruqqa itoatsizlik ro‘y berdi. Harholda Rasuli kibriyo janobimiz u suvni o‘zlariga yo yaqin do‘stlariga olib qolish g‘amida emasdilar. Shuning uchun ogohlantirishdan xabardor bo‘laturib qilingan bu ish u zotni xafa qildi va haqli o‘laroq u ikki odamni jazoladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:48:26
So‘ngra yerdagi ko‘lmak hovuchlab bir meshga solindi. Janobimiz unga yuz-qo‘llarini yuvdilar. Keyin suv yana joyiga bo‘shatildi. Buyurdilar, uchta nayza keltirib, u yerga sanchdilar. Har birining tagidan suv pishqirib chiqa boshladi. Qo‘shin ahlining yuzlarini mamnuniyat qopladi. Endi bu yerda uzoq qolib ketishsa ham, suvsizlik azobi chekilmaydigan bo‘ldi.
Tabukdan ketmaslikka qaror qilinib, o‘sha yerga qo‘nildi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, kimdir kelyapti, - deb qolishdi.
Janobimiz Madina yo‘liga boqdilar. Chang-to‘zon orasidan bir otliq elas-elas ko‘zga tashlandi.
-   Abu Xaysama bo‘lsaydi, - deb marhamat qildilar.
Bu orzu yuraklaridagi Abu Xaysamaga nisbatan sevgining, muhabbatning bir ifodasi edi. Janobimizning do‘stlariga bog‘liqliklarini ko‘rsatib turardi.
Nigohlar diqqat-la keluvchi tomon qadaldi. Otliq tobora yaqinlashaverdi. Va nihoyat:
-   Ey Ollohning payg‘ambari, kelayotgan bu odam haqiqatan ham Abu Xaysama ekan! - deb yuborishdi.
Rasuli akramning (s.a.v.) muborak yuzlarida balqigan andisha to‘la chizgilar o‘rnini mamnuniyat ifodalariga bo‘shatib berdi. Sevimli bir odamning katta bir tahlikadan qutulishi tufayli tuyilgan huzur va saodat odam yuzida mana shunday ko‘rinar edi.
-   Salom bo‘lsin sizga, ey Ollohning payg‘ambari!
-   Senga ham salom bo‘lsin, ey Abu Xaysama!
Shundan keyin Nabiyyi akmal unga kelib yaxshi qilganini, shu bilan katta bir tahlikadan qutulib qolganini tushuntirdilar. Abu Xaysama juda o‘rinli ish qilganini yana bir bora tushunib yetdi.
Yo‘lda tuyasi taysallab hech yurita olmagan Abu Zarr ham yukini ortmoqlagancha nihoyat Tabukka yetib keldi. Uzoqdan sharpasi ko‘ringan zahoti Janobimiz (s.a.v.): «Abu Zarr bo‘lsaydi», deya umid qilganlari rivoyat etiladi.
Keyinroq hazrati Rasulullohning (s.a.v.) bunday deganlari ham rivoyat qilinadi: «Olloh Abu Zarrga rahm qilsin, yolg‘iz boshiga yuradi, kimsasiz bir joyda o‘ladi, alohida bir hisobga tortilajak shaklda tiriltiriladi».
Tabukka kelingach, Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga Xolid ibn Validni chaqirdilar. Duma raisi Ukaydirni topib keltirishni buyurdilar. Uni kechasi yovvoyi bir buqani
quvlab yurganida uchratasan, deb aytdilar. Xolid yoniga bir necha kishini olib, Ukaydirni izlab ketdi.
Chindan, Dumaning amiri Ukaydir o‘sha kechasi hech uxlay olmadi. Bir yovvoyi buqa kelib, saroyining tashqari eshigini shoxlari bilan suzib bezovta qilaverdi. Oxiri uni tutib, adabini berib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bemahalda shu ishni qilmang, deb xotini qaytarganiga qaramay, otini hozirladi, yarog‘ini ildi, yoniga ukasi Hasanni va bir-ikki yaqinini olib, buqaning orqasidan tushdi.
Latif bir yoz kechasi edi. Oy atrofni yaxshigina yoritib turardi. Ovni kechasi, bunday yorug‘da ta’qib etishham oson.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:49:48
Birdan qarshisida paydo bo‘lgan bir necha kishi Ukaydirning kayfiyatini buzdi.
-   Hoy, sizlar kimsizlar?! - dedi do‘q urib.
-   Yomoniga olmasimizdan bizga taslim bo‘l! - deb javob qilishdi qarshisidagilar.
-   Tushunishimcha, oldingizda kim turganini bilmayapsizlar. Men Dumaning raisi Ukaydirman.
-   Biz o‘zi seni yoqalamoqchi bo‘lib keldik-da.
Ukaydir sheriklari bilan birga jangga hozirlandi. Qilichlar qinidan chiqdi. Kecha qorong‘uligi jarang-jurung sadolari bilan bezandi. Ammo tez fursatda Ukaydir bu odamlarga bas kela olmasligini tushunib yetdi. Ayniqsa, oralarida bittasi bor ekan, yolg‘iz o‘zi uch-besh kishini oldiga solib quvlab qolishi hech gap emas.
Asirlik o‘limdan yaxshi, degan o‘y bilan yaroqlarini tashlashdi. Ukasigina taslimga ko‘nmadi, yarog‘ini tashlamadi, jangda davom etdi va... o‘zi o‘zining boshiga yetdi.
Qo‘llari bog‘langan asirlar orqama-ketin qilib bir qatorga terildi. Maydonda Ukaydirning ukasi Hasanning o‘ligigina qoldirildi. Egnidagi qimmatbaho libosi va quroli yechib olindi. Amr ibn Umayya Ukaydir qo‘lga olinganining xabarini berish uchun ertaroqjo‘natildi.
Sahobalar o‘xshashi hech ko‘rilmagan kiyimni tomosha qilishar edi. Ba’zilar qo‘llarini tekkizib ko‘rar, yumshoqligiga hayratlanib boqishar edi. Shunda Payg‘ambar janobimiz:
-   Sizlar bu kiyimning chiroyligiga lol qolyapsizlarmi? Vallohi, Sa’d ibn Muozning jannatdagi ro‘molchasi bundan ham chiroylidir, - deb marhamat qildilar. Ukaydir «Musulmon bo‘l», degan taklifni qabul qilmadi. Yillik jiz’ya berib turishga rozi bo‘ldi. Buning evaziga musulmonlar ham Duma xalqini qo‘rib turadigan, chetdan hujum qilinsa, mudofaa etib tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydigan bo‘lishdi. Bundan tashqari Tabukda yana Makna, Eyla, Jabra va Ezru qabilalari bilan ham bitimlar tuzildi. Yilda o‘tashlari lozim bo‘lgan mablag‘ va buning evaziga ularni tashqi dushmandan himoya etish xususida axdnomalar yozilib, har biriga bittadan berildi.
Bir kecha Abdulloh ibn Mas’udga (r.a.) hadeganda uyqu kelavermadi. O’rnidan turdi, bir oz aylanib kelmoqchi bo‘ldi. Nariroqda bir shu’la ko‘rinib turardi. O’sha yoqqa borib, suhbatlashib o‘tirgisi keldi. Yaqinlashgan sari gangir-gungur tovushlarni eshitdi, kurakning shovqini ham qulog‘iga kirdi. Yaxshilikka bo‘lsin, deya yaqinlashaverdi. Alanganing yengil oydinligida Payg‘ambar janobimizning muborak yuzlarini ko‘rdi. Yonlarida Abu Bakr (r.a.) bilan Umar (r.a.) ham bor edilar.
Yaqinlariga kelgach, taxminda adashmaganini bildi: go‘r qazishayotgan edi. Yerda bir jasad yotibdi.
-   Kim bu, ey Abu Bakr? - deb so‘radi.
-   Abdulloh Zulbijadayn, - deya javob qildi Abu Bakr.
-   Demak, o‘lim biribir kelibdi-da. Olloh rahmatiga olsin.
Abdulloh bir necha kun oldin o‘tli bir xastalikka chalingan edi. Bu xastalik uning kuch-quvvatini sug‘urib oldi, darmonini tamom qildi. Ammo shunday holda ham ko‘zlari ichida bir shu’la porlab turardi. Demak, Rasululloh (s.a.v.) bergan mujdaning ilk xabarchisi kelgan edi. Janobimizning: «Ey Abdulloh! Bir g‘azotga chiqqaningda o‘tli xastalikka chalinib o‘lasan-da, shahid bo‘lasan... Yoki uloving seni yiqitib bo‘yning sinadi va o‘lasan-da, shahid bo‘lasan...» degan kunlaridan beri doim ikki holdan birini kutib yurdi. Qachon eshigi taqillaydi, qachon: «Ey Abdulloh!.. Hozir bo‘l!.. Shahidlik yo‘liga chiqish payti keldi...» degan bu baxtli voqea ro‘y beradi, deb yurdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:51:05
Demak, Tabuk safari Abdulloh uchun shahidlik safari bo‘lajak edi. Abdulloh yo‘lda kechgan va umrining bir-ikki sahifasini tashkil etgan kunlarini xastalik va xursandchilik yo‘g‘rilgan bir hol ichida kechirdi. Bundan bu yog‘i Mavlosiga qovushishdan boshqa dunyodan kutgani qolmadi. Mavlosi ham bunga qovushishni xohlaganiga ishonar edi. Va bir kun to shomgacha cho‘llarni yoqib-qovurgan quyosh botarkan, uning umrining quyoshi ham botdi, to‘g‘rirog‘i, bu quyosh yanada mukammal hayot olamiga chiqdi. Shahidlarni o‘lik deyishdan qaytargan Ulug‘ Mavlo unga Habibi akrami vositasi-la mujdalagan shahidlikni ato etdi.
Shunday qilib, Zulbijadayn dunyodan olabiladigan eng buyuk nasibani ham o‘zi bilan birga olib ketdi. Madinadan juda olisga - Tabukday bir joyga ko‘miladi endi. Ollohning rasuliga (s.a.v.) yana bir marta bu joylarga kelish balki hech nasib bo‘lmas, balki ashobi kiromdan ham hech kim go‘rini ziyorat qilolmas, ustiga tortilgan qumlar shamolning oldiga tushib o‘ngu so‘lga sochilib ketar va balki mozorini biladigan bitta ham odam qolmas bu dunyoda. Ammo bularga g‘am chekmasdi. Dunyoda unga: «Yonimga yaqinroq kel, menga yaqin joyda tur», deya marhamat qilgan Payg‘ambarning yuragidan joy olgan bu fazilatli inson dunyoda ikki kurak tuproqdan paydo bo‘ladigan go‘rga zormi? Payg‘ambarga sevgi va hurmat iplari bilan bog‘langan, zamonlar va makonlar berisidagi insonlarning yuraklari uning nurli-yorug‘ qabri bo‘lajak, juda olislardan, juda uzoq zamonlar berisidan ham: «Ollohim, Abdulloh Zulbijadaynga rahmating-la, marhamating-la, lutfing-la, karaming-la muomala qil», deydigan va balki bu samimiy tilaklari natijasida mag‘firatga noil bo‘lajak qanchadan-qancha insonlar ham topilajak...
Jasad qabrga qo‘yildi, usti yopildi. Rasuli muhtaramning (s.a.v.) qo‘llari yuqoriga ochildi:
- Ollohim, men undan rozi va xushnud bo‘lgan holimda oqshomga yetdim, Sen ham undan rozi bo‘l, - duosi ila ahadiyat borgohiga iltijolarini arz qildilar.
G’oyat oddiy dafn marosimi bo‘ldi bu. Jamoat bor-yo‘g‘i uch-to‘rt kishidan iborat edi. Ammo bu jamoatning salmog‘i og‘ir. Tarozining narigi pallasiga dunyo to‘la insonlar qo‘yilsa ham, yana bu taraf og‘ir bosardi.
Bu duo olamlarga rahmat bo‘lib kelgan buyuk payg‘ambardan kelayotgan edi. U zot bu duoni majburiyat ostida emas, Zulbijadaynga oid muborak ko‘ngillarida saqlagan sevgi tufayli qildilar. Bu duoning oxiratda ko‘rilajak foydasini qo‘lga kiritish uchun bir mo‘min dunyo to‘la molini bersa ham, ko‘p narsa qilgan hisoblanmasdi. Go‘yo u yerga bir tasodif natijasi o‘laroq kelgan Abdulloh ibn Mas’ud: «Koshki shu qabrga qo‘yilgan odam men bo‘lsaydim», deyishdan o‘zini tiyib turolmadi. Endigina, bir necha oy oldin musulmon bo‘lgan bu odam dunyodan eng go‘zal ulushini olgan, qora tuproqqa shunday ulush bilan kirgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:51:55
Irbod ibn Sariya g‘oyat kambag‘al, juda samimiy musulmon edi. Ko‘pincha Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelar, biror xizmatlari bo‘lsa, bajarar, iltifotlariga sazovor bo‘lar edi. Kechalardan birida xuftondan keyin Ollohning payg‘ambari qadrli xotinlari Ummu Salama (r.a.) onamiz bilan birga endi chodirlariga kirib ketishgan edi, Irbod keldi. Bu kecha hech narsa yemagan ekan.
Rasuli akram (s.a.v.) Bilolni (r.a.) chaqirdilar. Bilol qo‘lidagi charm xaltani ag‘dargan edi, bir nechta xurmo to‘kildi. Endi xurmolarni to‘plab turganida Juayl ibn Suroqa bilan Abdulloh ibn Mug‘affal ham kelib qolishdi. Ular ham ochlikdan sillalari qurigan holda turishardi. Umrlari butun faqri zarurat ichida kechgan, ammo mustahkam imonlari bor, Ollohga va rasuliga top-toza yuraklari bilan bog‘lanishgan edi. Hunaynda to‘plangan o‘ljalar bo‘lishilayotgan paytda Rasuli akram (s.a.v.) shu Juayl haqida aytgan bir jumla gaplari ularga berilgan haqiqiy baho edi. Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Siz Juaylga o‘ljadagi haqqidan ortiq hech narsa bermadingiz. Holbuki, menimcha, u juda yaxshi mo‘mindir», deyavergach, nihoyat Janobimiz: «Qasamki, Uyaynaga qaraganda Juayl yer yuzi kattaligicha yaxshidir», deganlar va bu bilan uning Ollohga bo‘lgan taslimiyatini nazarda tutganlar. Bu kechaning mehmonlaridan biri o‘sha Juayl edi. Qolganlar ham undan past qiymatdagi odamlar emasdilar.
Qorinlari surnay chalgan uch kishi Payg‘ambar dasturxonlari atrofiga tez cho‘kishdi. To‘plangan yetti dona xurmo bir tovoqqa qo‘yildi. Janobimiz muborak qo‘llarini tovoq uzra bir oz tutib turgach:
-   Qani, Ollohning nomini aytib, yenglar, - deya marhamat qildilar.
Uch och odam bismillohni aytib yeyishga tushdi. Qorinlari rosmana to‘ydi ham, ammo tovoqdagi xurmo kamaymadi. Nihoyat, yaxshigina to‘yib, dasturxondan qo‘llarini tortishganida tovoqda hamon yetti dona xurmo turardi. Bu xurmolar ertalab yeyishga olib qo‘yildi va yana hazrati Bilolning (r.a.) xaltasiga solindi.
Bomdod namozidan keyin Rasululloh (s.a.v.) Irbodga murojaaat qildilar:
-   Yegani narsalaringiz bormi?
Irbod ko‘nglidan: «Qanaqa yeydigan narsani aytyapsiz, ey Ollohning payg‘ambari?» degan savol o‘tayotganini anglatib turgan boqishlar bilan boqdi. Yo‘q deya olmadi, bor deb yolg‘on ham so‘zlay olmasdi. Shunda Payg‘ambar janobimiz Bilolga kecha ortgan xurmolarni olib kelishga buyurdilar.
Xurmolar idishga bo‘shatildi. Janobimizning muborak qo‘llari yana ularga tegdi. So‘ngra o‘sha yerda turgan o‘n kishi yemakka taklif etildi. Qo‘llar orqama-keyin idishga cho‘zilar, bittadan xurmo olib qaytar, u og‘izga solingach, ikkinchi, uchinchi xurmolar olinar, lekin idishdagi xurmolar hech kamaymas edi. Nihoyat, o‘n kishi rosmana nonushta qilib, tarqalishdi. Ortgan xurmolarni Rasuli akram janobimiz o‘sha atrofda o‘ynab yurgan bir bolakayga bergan edilar, u shod-xurram bo‘lib, yana o‘yiniga qaytdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:52:52
Tabukka kelishganiga yigirma kun bo‘ldi, lekin hali-hamon dushman ko‘rinmasdi. Endi qaytilsa ham bo‘ladigan bo‘lib qoldi. Madinadan yo‘lga chiqqanlaridan beri his etilgan oziq-ovqat qiyinchiligi oxirgi chegarasiga yetib kelgan edi. Ba’zilarni yiqitdi, endi butun qo‘shinning holini tang qila boshladi. Aqlga kelgan yagona chora - ulov hayvonlarini so‘yib ovqat hozirlash edi.
Rasululloh (s.a.v.) o‘zlari ham vaziyatni ko‘rib turibdilar. Shuning uchun bu oxirgi choraga izn berdilar. Tuyasini so‘ygan odam boshqa birodarining ulovidan foydalanib turishi eslatildi.
Qo‘shin oralab aylanib yurgan hazrati Umar (r.a.) uch-besh kishi bir tuyani so‘yishayotganini ko‘rib qoldi.
-   Nima qilayotganlaringni bilyapsizlarmi? - dedi.
Ahvolni tushuntirishgan edi:
-   Bu ishga ozgina shoshmay turinglar, - deya tizzalari bog‘langan, so‘yilayotganini his etib ho‘ng-ho‘ng yig‘lab turgan tuyani qutqarib qoldi. Keyin to‘g‘ri janobi Payg‘ambarimizninghuzurlariga bordi.
-   Ey Ollohning rasuli, askarlar ot-ulovlarini so‘ya boshlashyapti. Bunga siz ruxsat berdingizmi? - deb so‘radi.
-Ha.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, buning o‘rniga buyuring: hamma o‘zida bor yemagini olib kelsin, siz unga baraka tilab Ollohga duo qiling. Mujohidlarga hali bu hayvonlar kerak bo‘ladi, - dedi.
Taklif ma’qul ko‘rildi. Va shu ondan e’tiboran qo‘shin saflarini oralab, miniladigan hayvonlarning so‘yilmasligi, qo‘llarida bor yemaklar Payg‘ambarimiz huzurlariga keltirilishi haqida jar solib chiqildi.
Butun qo‘shindan to‘plangan oziq-ovqat o‘rtaga yoyilgan ro‘molni ham to‘ldirmadi. Bir miqdor un, yog‘, arpa va xurmodan iborat edi bor narsa. Bittagina ro‘mol ustida to‘rtta boshqa-boshqa to‘p paydo bo‘lgan edi. Endi ishning bu yog‘i Ollohda va rasulida qoldi. Payg‘ambarlar sarvari (s.a.v.) tahorat oldilar, ikki rakat namoz o‘qidilar, qo‘llarini ko‘tardilar va Mavlolariga yolvordilar. So‘ngra qo‘shin ahliga qarab, oziq-ovqatlarni qoplariga to‘ldirib olishlarini amr qildilar.
Navbatma-navbat kelib hamma qopini to‘ldirib ketaverdi. Soatlarcha davom etdi bu ish. Qo‘shin orasida yemakka niq to‘ldirilmagan bitta ham qop qolmadi. Endi to Madinaga borguncha ham ochlik siqintisi chekilmaydi. Askarlarning yuzida mamnunlik izlari balqigan, ko‘zlarda sevinch shu’lalari jilolanar edi. Rasululloh janobimiz ashoblarining orqasidan oyoqqa turdilar.
-   Men Ollohdan boshqa hech bir ma’bud yo‘qligi va o‘zim Uning payg‘ambari ekanimga guvohlik beraman. Yana, bu imonda turgan odamni Olloh do‘zax olovidan asrashiga ham guvohlik beraman, - deya marhamat qildilar.
Yuraklarni zabt etgan bir mo‘‘jiza so‘ngida janobi Payg‘ambarimizning bu so‘zlarni so‘zlashlari mo‘‘jizalarning asl egasi Ulug‘ Mavlo ekaniga ham bir ishorat hisoblanishi lozim edi.
Qo‘shin guvoh bo‘lgan mo‘‘jizalarning ilki emasdi bu. Yo‘l bo‘yicha suvlarning qaynab ko‘payishi, yomg‘irning yog‘ishi, xurmoga baraka kirishi kabi qanchadan-qancha misollarni hamma ko‘rdi. Mo‘minlarning qalblari bu ishlar tufayli yap-yangi, top-toza imonga qovusharkan, munofiqlarda hech bir yaxshi hol sezilmas, faqat nifoq tuyg‘ulari ortar, faqat yuraklaridagi xastaliklar qaytalab qolar edi.
Qaytish boshlandi. Kechasi munofiqlardan qorayurakli o‘n ikkitasi birlashdi. Rasulullohning jonlariga qasd qilishga kelishishdi. Bir vodiy chekkasidan o‘tayotib, yo‘lning eng tor joyida u zotni ulovlaridan yiqitib, o‘ldirish rejasini tuzishdi.
Tuyalariga minishdi. Kecha qorong‘u-zimiston edi. Buning ustiga, yuzlariga yopinchiq-niqob tortib olishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:53:23
Jabroili amin tushdi, ularning kirdikorlaridan xabar berdi. Buni eshitgan Rasuli muhtaram (s.a.v.) qo‘shinga vodiy yo‘lini tutishni buyurdilar. O’zlari teparoqdan, pistirma qo‘yilgan yo‘ldan bordilar. Yonlarida Ammor bilan Abu Huzayfadan boshqa hech kim yo‘q edi. Biri tuyaning yuganidan ushlab borar, ikkinchisi orqadan kelar edi.
Yo‘lning eng tor joyiga kelishgan payt pistirmadagi o‘n ikki kishi oldilaridan to‘sib chiqdi. Rasululloh janobimizni o‘rtaga olishdi. Siqib kelaverishdi. Shu on Abu Huzayfa (r.a.) Payg‘ambarimizning amrlari bilan qo‘lidagi kaltakni ularning ulovlari yuzlariga solib qoldi. Tuyalar orqaga tislandi. Sho‘rliklar qo‘llarini, yuzlarini kir qilgan bu
ishni yarmida tashlab, qo‘shin ichiga aralashib ketishni ma’qul ko‘rishdi. Tuyalarining boshini vodiyga burib, tez jo‘nab qolishdi.
Ammor ham, Abu Huzayfa ham hech birini ilg‘ay olishmadi. Payg‘ambarlar sarvari (s.a.v.):
-   Ularni ilg‘adilaringmi? - deb so‘radilar.
-   Yo‘q, ey Ollohning rasuli, ilg‘ayolmadik. Ammo tuyalaridan ba’zilarini taniganday bo‘ldik, - deyishdi.
Saldan keyin Janobimiz (s.a.v.) Abu Huzayfa bilan yolg‘iz qolib, bu munofiqlarning ismlarini unga  bittama-bitta aytib berdilar va:
-   Aslo birovga aytako‘rma! - deb ogohlantirdilar.
Bundan buyon Abu Huzayfa sir xumi o‘laroq yashayajak, payg‘ambarlar sultoniga juda yaqin odamlarga ham bu mavzuda hech narsa aytmayajak. Rasulullohning ko‘zqoracho‘g‘i bo‘lgan Umar ibn Xattobday inson undan munofiqlarning kimligini bilib ololmagach, bundan buyon kim o‘lsa, Abu Huzayfani axtarajak, agar u janoza namozida qatnashsa, u ham o‘qiyajak, kimning janozasidan o‘zini tortsa, «Hm-mm... endi bildim sening kimligingni...» deb u ham o‘qimayajak.
Usayd ibn Xudayr bir ishdan ajablandi: Rasululloh (s.a.v.) ashoblarini vodiyga yo‘llab, nega o‘zlari tor va xavfli yo‘lni tanladilar ekan?.. Hech qiziqishi so‘nmadi. Oxiri kelib, o‘zlaridan so‘rab, holatni aniqladi.
-   Ularni bizga bildiring, bo‘yinlarini uzib tashlaylik, ey Ollohning payg‘ambari! — dedi g‘ayrati qo‘zib.
Janobimiz bu taklifni qabul etmadilar. Usayd qistayvergach:
-   «Mushriklarni yengib, quvvatlanib olib, endi o‘zining birodarlarini o‘ldira boshladi», deyishlarini xohlamayman, - dedilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, ular sizning birodarlaringiz emas!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:53:59
Usayd haqiqatni aytayotgan edi. Ularning hazrati Payg‘ambarga dushmanlikdan boshqa hech bir ortiqchaliklari yo‘q edi. Ammo-lekin, tillarida bo‘lsa ham, shahodat kalimalarini aytishgani ularga musulmon muomalasi ko‘rsatilishini taqozo etar, ko‘rinishda ham bo‘lsa, Payg‘ambar ashobi kabi bir xususiyat berar edi.
Quro vodiyiga kelishganida bog‘ egasi xotinni chaqirib kelishdi.
-   Qancha xurmo hosil olding? - deb so‘rashdi.
-   O’n yuk xurmo oldim, - deb javob qildi xotin.
Tabukka ketishda xurmo hosili qancha chiqishi xususida taxminlar qilingan, Janobimiz o‘n yuk chiqishini chamalagan edilar.
Safar davom etdi.
Bu safarda qatnashgan munofiqlar faqat ikki narsaga erishishdi: charchoq va kelajakda ko‘rajaklari azob ustiga azob... Ular bu safarga fursat topildi deguncha buzg‘unchilik chiqarish va bordiyu bir urush qilinsa, o‘lja qo‘lga kiritish uchun qo‘shilishgan edi. Yo‘l bo‘yi qilgan bir-ikki urinishlari natijasiz qoldi. Jang qilinmagani uchun o‘lja ham yo‘q. Bularning o‘rniga Ollohning la’nati va g‘azabinigina qo‘lga kiritishdi. Kelajakda bu qilgan har bir ishlari uchun bitta-bittalab so‘roqqa tortilishajak, hisob berishajak edi.
Muhojir va ansorlar uchun esa, bu yo‘lchilik rahmat va mag‘firat yo‘lchiligi bo‘ldi. Juda ko‘p qiyinchilik tortishdi, katta siqintilarga ko‘krak tutishdi, ammo bu yo‘lchilik ularning ich olamlarini pishirdi, yetiltirdi. Buning ustiga, ular erishgan ajr va savob ham yuksak darajalarda edi.
Yo‘lda Rasuli kibriyo (s.a.v.) janobimiz mo‘minlarga ushbu muborak so‘zlar bilan xitob qildilar:
-   Madinada ba’zi odamlar bor, sizlar o‘tgan har vodiyni ular ham kechib o‘tdilar. Sizlar borgan hamma joyda ular ham birga bo‘lishdi.
Nigohlar muttaqiylar imomiga (s.a.v.) qaraldi. Ashobi kiromning bu nigohlarida: «Sal tushuntirib bering bu so‘zlarni, ey Ollohning payg‘ambari», degan ma’nolar bor edi. Sevikli payg‘ambarimiz tushuntirdilar:
-   Ularni bu yo‘lchilikdan uzr to‘sdi, xolos, - dedilar.
Ya’ni, bu bilan: ularning ko‘ngillari doimo sizlar bilan birga edi, uzrlari bo‘lmaganida albatta sizlar bilan birga yo‘lga chiqqan bo‘lishardi, demoqchi edilar.
Bu tushuntirish bilan janobi Rasululloh (s.a.v.) qalbdagi niyat, ixlos va samimiyatning qiymatini mukammal bir tarzda anglatgan bo‘ldilar.
Ammo hech bir uzrsiz Madinada qolganlarga qanaqa hukm chiqajak?
To shaharga kelguncha bu kabi savollarni hech xayollardan chiqarib tashlab bo‘lmadi.
Uzoqdan Madina ko‘rina boshladi. Payg‘ambar janobimizning yuzlarida quvonch alomatlari ko‘rindi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:55:20
-   Mana toba (toza va xush shahar - Madina)! - dedilar. Keyin nigohlarini yuzga yaqin shahid ko‘milgan tomonga qaratib:
-   Mana Uhud tog‘i!.. U bizni sevadi, biz ham uni sevamiz, - deb marhamat qildilar.
Madinaning shundoq ostonasida Zuavon degan joyga tushishdi. O’sha yerlik bir guruh kishilar Payg‘ambar janobimizni qarshiladi:
-   Ey Ollohning rasuli, Tabukka ketayotganda, kelib masjidlaringizni ko‘raman, ichida namoz o‘qiyman, deb va’da qilgan edingiz, marhamat eting, - deyishdi.
Ammo Payg‘ambarimiz o‘rinlaridan turmadilar. Chunki Jabroili amin kelgan edi. Undan vahiyni olib, o‘shanga ko‘ra ish qilganga nima yetsin. Vahiy farishtasi sevikli Payg‘ambarimizning muborak yuraklariga ushbularni naqshlay boshladi:
«Yana shunday kimsalar ham borki, ular (mo‘minlarga) ziyon yetkazish, kufrni (kuchaytirish) va mo‘minlar o‘rtasiga tafriqa solish hamda ilgari Olloh va rasuliga qarshi urushgan (bir) kimsaga ko‘z tutish uchun (ya’ni, fitna yuzasidan) masjid qurib oldilar. Yana: «Biz faqat (bundan) yaxshiliknigina istagan edik», deb qasam ham ichadilar. Olloh guvohlik berurki, ular, shak-shubhasiz, yolg‘onchidirlar! (Ey Muhammad!) Hech qachon u masjidda (namozga) turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni yaxshi ko‘radigan kishilar bordir. Olloh esa o‘zlarini mudom pok tutuvchi zotlarni sevar. Bas, (masjid) binolarini Ollohdan qo‘rqish va uning roziligi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib olib, shu sababli (o‘zi ham) jahannam o‘tiga qulagan kimsami? Olloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas. Qurgan binolarining (buzib tashlanishi) ularning ko‘ngillarida shak-shubha bo‘lib qolur. Magar yuraklari yorilib (jonlari chiqib) ketsagina (shak-shubha ham yo‘q bo‘lur). Olloh bilim va hikmat egasidir»*.
U bino ko‘rinishda ibodatxona bo‘lsa-da, aslida fasod uyasi. Bu odamlar ham ko‘rinishda imonli, ammo yuraklari kufr va nifoqqa to‘la. Bu «masjid» va bu odamlar naqadar bir-birlariga o‘xshaydi...
Buni «Diror masjidi» deyishardi. Uning paydo bo‘lishi sababi va uni qurganlarning qalblarini to‘ldirgan tushunchalar shunday ochib tashlandi... Payg‘ambar janobimiz u yerda namoz o‘qimayajaklar, aksincha, u binoni yoqib yiqitajaklar, u yerda to‘planib olganlarni tarqatib yuborajaklar, fitna va fasod urug‘ini ekishlariga yo‘l qo‘ymajaklar.
Darhol buyurdilar, bir necha kishi borib u binoga o‘t qo‘yib yubordi. Shu tariqa nomi masjid, ammo o‘zi fasod uyi bo‘lgan bu joy o‘rtadan ko‘tarildi, munofiqlarning dami kesildi.
Madina Rasululloh (s.a.v.) boshliq qo‘shinni sevinch ichida qarshi oldi. Janobimiz to‘g‘ri borib masjidga kirdilar, ikki rakat namoz o‘qidilar, shundan keyingina hujralariga o‘tdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:56:31
Bu yo‘lchilikda Ollohning seviklisiga yo‘ldosh bo‘lgan va buyurgan vazifalarini sha’nlariga loyiq bir tarzda bajargan onamiz Ummu Salama (r.anho) ham dam olish uchun hujralariga kirdilar.
O’rtada safarga qatnashmaganlar masalasi turardi. Endi navbat shuni hal etishga keldi. Ba’zilarni safardan kasalliklari yo ko‘zlari ko‘rliklari to‘sgan, agar bu kabi uzrlari bo‘lmaganida yuzda yuz bu safarga borishlari aniq edi. Bundaylar haqida Janobimiz ham yo‘ldaliklaridayoq yetarli tushuntirish berganlar, xuddi borganlar bilan birgaday mukofot olishlarini aytganlar. Ular kimlar ekanini Ulug‘ Mavlo o‘zi biladi. Ertaga huzuriga kelishganida «O’zlaring borolmagan bo‘lsalaring ham, ko‘ngillaringni borganlar bilan birga qo‘shib yuborganlaring uchun Tabuk g‘azotidan sizlarga tekkan ulush mana, olinglar!» deydi, ko‘plarning ko‘zini moshday ochtiradigan buyuk mukofotni taqdim etadi. Niyatlari tuzuk bo‘lgan bu odamlar hech narsa yo‘qotishmagan, aksincha, qozonishgan edi.
Uzr-ma’zurlar boshlandi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari! Men kasal edim, isitmam shunday bir ko‘tarilib ketdi, o‘rnimdan qo‘zg‘alolmay qoldim. Bunaqa bo‘lmaganimda, Ollohga qasam, sizdan ayrilmasdim, bu yerda qolmasdim!..
Bu xil qasamlar bilan olamlar Egasining seviklisi huzurlariga kelganlar soni xiylagina ko‘p edi.
-   Sizni payg‘ambar qilib jo‘natgan Ollohga qasam ichaman, tuya ustida o‘tira oladigan sog‘lig‘im bo‘lganida to‘xtamay ketardim. Men uchun Janobi Mavlodan kechirim so‘rab bersangiz...
Bu uzrni to‘qib huzurlariga kelgan odamga Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
-   Olloh seni kechirsin, qani, boraver! - deb qo‘ydilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, men uchun ham kechirim so‘rab bering. Borolmadim, ammo siqilib ich-etimni ado qildim. Ollohga qasam, bu kasallikdan endi turmasam kerak deb o‘ylovdim.
-   Ollohseniham kechirsin.
O’timli uzrlarim bor, deya ketma-ket qasamlar ichganlarning soni saksondan oshardi. Bu uzrlarini tinglab, biron-bir e’tiroz qilmagan Payg‘ambarni ular ishontirdik deb o‘ylashar, miyiqlarida kulimsiragancha, g‘alabalarini nishonlashar edi. Shuncha qiyinchilik chekilganiga qaramay o‘ljasiz, quruq borib quruq qaytgan, ming bir zahmatlar bilan yo‘l bosib kelganlarga qarab, mana, biz ishni osongina hal etdik, deyayotgandek bo‘lishardi.
Ammo hammani doimo ko‘z ostida tutib turguvchi Ulug‘ Mavlo qalblarining sirlaridan ham xabardor. Ular Habibi akrami huzuriga kelib ming qasam ichishmasin, jazolari bekor bo‘lib qolmaydi.
Nihoyat, Ka’b ibn Molik keldi. Janobimiz (s.a.v.) huzurlarida tiz cho‘kdi.
-   Seni nima ushlab qoldi? Aqobadagi kelishuvimizda menga yordam berishga doir so‘z
bermaganmiding? - deb so‘radilar Ollohning rasuli.
Boshqalar-ku bir harakat bilan osongina suvning u yoqasiga o‘tib olishdi. Ular o‘tgan ko‘prikdan bu ham o‘tsa bo‘lardi. Zotan, Ka’b ham birmuncha payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida har xil bahonalarni to‘qib yoqasini qutqarib olishni xayol qilgan edi. Ammo olamlar Egasining rasuli (s.a.v.) kelish vaqtlari yaqinlashgani sayin, bu yo‘lning boshi berk, degan tushuncha og‘ir bosa boshladi. Qo‘shin shaharga kirib kelishi bilan bu tushunchalar ham xayolini tark etdi.
-   Ha, ey Ollohning payg‘ambari! Boshqa odamning huzurida bo‘lsaydim, uni xursand qiladigan gaplarni ayta olardim. Chunki men mantiqli va chiroyli gapirishni qoyillatadigan bir odamman. Ammo men shunga ishonamanki, bugun yolg‘on gaplar bilan sizni qoniqtira olganim bilan Olloh taolo mening yolg‘onimni ochib tashlaydi, siz ham mendan g‘azablanasiz. Agar o‘zimni himoya qilmasdan to‘g‘risini aytsam, balki sizning achchig‘ingiz kelar, lekin Ollohning kechirishiga umid qoladi, - dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 08:57:11
Ka’bning bu jo‘yali so‘zlari havoni birdan o‘zgartirib yubordi. Eshitib turgan odamlarni hayajonga soldi. So‘zlar quloqlardan ham oldin natija istab u zotga chevrildi. Bir paytlar hidoyatning eng buyuk yo‘lboshchisi (s.a.v.) aytgan: «Zararingizga bo‘lsa ham, doimo to‘g‘risini so‘zlang!» buyruqlari, mana, hozir eng chiroyli bir shaklda bajarilgan edi. Ka’b gapida bunday davom etdi:
-   Ollohga qasam, mening hech qanaqa uzrim yo‘q. Oldingi hech bir g‘azotda hozirgichalik
kuch-quvvatim bo‘lmagan, hozirgichalik moddiy imkonim ham yo‘q edi.
Ovozida samimiyat, pushaymonlik bor edi. Berilajak jazodan qo‘rquv hissi bu ovozni yaxshigina chulg‘ab olgan. Sahobalar qiziqish, hayajon va andisha bilan payg‘ambarlar va rasullarning imomi janobimizning muborak og‘izlaridan chiqajak hukmni kuta boshlashdi. Payg‘ambarimiz ularga o‘girildilar:
-   Ka’b to‘g‘risini gapirdi, - dedilar.
Yuraklar sevinch va qo‘rquv qorishiq tuyg‘ularga to‘ldi. To‘g‘ri gapirgani uning fazilati, ammo qilib qo‘ygan ishi jazoga loyiq edi. Holbuki, yuragini qiynamagan uch-to‘rttasi kelib, og‘izlarini ko‘pirtira-ko‘pirtira qasamlarni suv qilib ichdi, yoqalarini qutqarib ketdi.
Rasululloh (s.a.v.) Ka’bga dedilar:
-   Endi boraver, sening haqingda Ollohning hukmini kut.
Ka’b o‘rnidan turib, masjiddan chiqdi. Salima qabilasidan ba’zilari uning ortidan ergashishdi.
-   Yaxshi qilmading sen, ey Ka’b, - deyishdi. - Shu paytgacha to‘g‘ri hayot yashading. Anavilarga o‘xshab sen ham biron uzr aytganingda, Payg‘ambar (s.a.v.) ham sening kechirilishing uchun duo qilganlarida, olam guliston edi. Boshingga o‘zing balo orttirib olding. Shuncha odam o‘ziga uzr topganida bitta senga topilmay qoldimi?..
Atrofidan unga bu kabi malomatlar yog‘ilaverdi. Hammasining xulosasi bir: Ka’b xato ish tutdi. Gap-so‘z ko‘payib ketganidan Ka’b hatto, orqaga qaytayinmikan, masjidga borib: «Ey Ollohning payg‘ambari, bir oz oldingi gaplarimga e’tibor qilmang, mening ham unday-bunday uzrlarim bor edi...» deymikan, degan xayolga ham bordi. So‘ngra birdan hushini yig‘di.
-   Menga o‘xshab ochiqcha, to‘g‘risini aytganlar yana bormi? - deb so‘radi.
-   Ha, ikki kishi bor: Hilol ibn Umayya bilan Murora ibn Rabi’, - deb javob qilishdi. - Ular ham senga o‘xshab gapirishdi. Rasululloh ularga ham senga aytgan gaplarini aytdilar.
Ka’b hozirgina xayoliga kelgan fikrdan qaytdi. Endi undagi ikkilanishdan asar ham qolmadi. Ochig‘ini aytib to‘g‘ri qilganiga ishonchi ortdi. Unga qanday jazo tayin etilmasin, bunisi uncha muhim emas. Yolg‘on gapirib kechirilishdan ko‘ra, to‘g‘risini aytib jazo olish unga sevimli edi.
Jazoning ilk bosqichini olamlar parvardigorining seviklisi (s.a.v.) tayinladilar: hech kim bu uch odam bilan gaplashmaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:02:40
Buyruq aynan tatbiq etildi. Shu darajadaki, bu uchalasi o‘zlarini hech kim tanimaydigan begona shaharda yashayotgandek his eta boshlashdi.
Nihoyat Rasuli akram (s.a.v.) yangi tushgan oyatlarni sahobalariga o‘qib berdilar:
-   «(Ey mo‘minlar,) sizlar ularning oldiga qaytgan vaqtingizda, ular (g‘azotga bora olmaganlari uchun) sizlardan uzr so‘raydilar. Ayting: «Uzr so‘ramanglar! Sizlarga hargiz ishonmaymiz. Olloh bizni sizlarning holi-xabarlaringdan ogoh qildi. Shubhasiz, amallaringni Olloh va rasuli ko‘rib turibdi. So‘ngra g‘aybu shahodatni (ya’ni, yashirin va oshkora ishlarning hammasini) bilguvchi Zotga (Ollohga) qaytarilursizlar. Bas, u sizlarga qilib o‘tgan ishlaringizning xabarini berur». Ularning oldiga qaytib borgan vaqtlaringizda ulardan yuz o‘girishlaring uchun (ya’ni, ayblamasliklaring uchun sizlarga o‘zlarining rostdan ham uzrli ekanlariga) Olloh nomi bilan qasam ichadilar. Bas, ulardan yuz o‘giringlar! Chunki ular nopokdirlar va qilmishlari (ya’ni, munofiqliklari) jazosiga joylari jahannamdir. Ulardan rozi bo‘lishlaring uchun sizlarga qasam ichadilar. Agar sizlar ulardan rozi bo‘lsalaring ham, Olloh bu itoatsiz qavmdan hech rozi bo‘lmaydi»*.
Bu oyatlar Ka’bni o‘rtaga olib, nega sen ham biron uzr topib qo‘yaqolmading, deya ayblaganlarni o‘zlariga keltirdi. O’shanda gapimizga kirmay yaxshi qilgan ekan, deyishdi.
Hilol bilan Murora keksa kishilar edi. Uylariga biqinib olib, qayg‘uga botib, natijani kutib yotishdi. Ora-sira ko‘zyoshlari to‘kishar, faqat yalqovliklaridan kelgan gunohning kechirilishi uchun Ulug‘ Mavloga duolar qilishar edi.
Ka’b ularga qaraganda yosh edi. Uyida yotib olmadi, ko‘chalarda, bozorlarda yurdi, masjidga kelib namoz o‘qidi. Ko‘chada ham, masjidda ham hech kim unga gapirmas, salom bermas, biron narsa so‘rasa, javob qilmas edi. Kunlar cho‘zilib ketayotgandek tuyula boshladi Ka’bga.
Ba’zan masjidga borib salom berardi-da, ko‘z qiri bilan Rasuli akram janobimizni kuzatar, lablari qimirlab-qimirlamaganini poylar edi.
Ka’b namoz o‘qib turganida Payg‘ambarimiz unga qaragan paytlari ham bo‘ldi. Ammo ko‘pincha muborak yuzlarini boshqa tomonga o‘girar, nigohlari duch kelib qolishini xohlamas edilar.
Endi u Madinada odamlar orasida g‘irt begonadek bo‘lib qoldi. Biron kishi bilan gaplashishga, dardini anglatishga imkon yo‘q. Shunday ezilib yurgan kunlaridan birida yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘i Abu Qatodaning bog‘iga keldi. Devorga osilib ichkari qaradi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:03:25
-   Ey Abu Qatoda! - deya chaqirdi. - Olloh uchun ayt: mening Ollohni va rasulini sevadigan odam ekanimni sen bilmaysanmi?
Abu Qatoda bu gaplarni eshitmagandek turaverdi. Javob qaytarish tugul, qarshisida odam turganidan ham xabarsizday, jonsiz bir narsaga qaraganday qarab turaverdi. Ka’b so‘zlarini yana takrorladi. Ahvol o‘zgarmadi. Uchinchi marta hayajonli va asabiy bir ifoda bilan:
-   Ey amakimning o‘g‘li, mening Ollohni va rasulini sevadigan odam ekanimni sen bilmaysanmi? - degan edi, Abu Qatoda:
-   Olloh va rasuli biladi... - deyish bilan kifoyalandi.
So‘z shu yerda kesildi. Abu Qatoda bu gapi bilan: «Sening tuyg‘u va xayollaringni ham, senga qilinishi kerak bo‘lgan muomalani ham Olloh va rasuli biladi», demoqchi edi. Ka’b ko‘zlaridan yoshlar oqqancha, yana devordan tushdi, ketdi.
Ham amakisining o‘g‘li, ham eng yaqin do‘sti bunday qilib turganidan keyin boshqasining oldiga borishi ma’nosiz edi. Ertasi u bozorda aylanib yurganida bir begona odam atrofidagilardan nimadir so‘rayotganini ko‘rdi. Ular u yoq-bu yoqqa qarab, Ka’bga ishora qilishdi: mana shu odam, degandek bo‘lishdi. Begona uning yoniga keldi.
-   Ka’b ibn Molik senmisan? - deb so‘radi.
O’-o‘, necha kunlardan beri uning ham yoniga bir odam keldi, u bilan gaplashdi!.. -Ha, menman. Nimagaydi?
-   Men savdogarman. Bug‘doy oldi-sottisi bilan shug‘ullanaman. o‘asson amiri Horisdan senga bir xat olib keldim, - dedi u begona va xatni uzatdi. Vazifasini ado etib bo‘lgan sifatida yana yo‘liga ketaverdi.
Ka’b xatni ochdi. Unda: «Birodaring senga aziyat berayotganini eshitdim. Holbuki, sen izzat-ikromga loyiq odamsan. Xo‘rlanish sening sha’ningga yarashmaydi. Yonimizga kelsang, ikrom ko‘rasan», deb yozilgan edi.
Demak, xabar u yoqlargacha yetib boribdi-da. Ka’b ikkilanib o‘tirmadi. Bunisi ham yana bitta balo va imtihon, dedi-da, to‘g‘ri uyiga borib, xatni shartta tandirga otdi. Alangasini tomosha qilarkan, bunaqa ezgin bir holatda yuragini moyil qilib qo‘ymagani uchun yaratgan Egasiga maqtovlar yog‘dira boshladi.
Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida aybini tan olganidan beri oradan roppa-rosa qirq kun o‘tdi. Bir payt eshigi taqilladi.
-   Rasululloh xotiningdan ayri bo‘lishga buyurdilar.
-   Bu ayri bo‘lish ajrashish ma’nosidami? - deb so‘radi Ka’b.
-   Yo‘q. Ikkinchi buyruq kelmagunicha birga yotmaysizlar.
-   Olloh payg‘ambarining buyruqlari boshim ustiga.
Xabar keltirgan odam iziga qaytib ketdi. Ka’b ichkari kirdi. Ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas shu eshikdan xotini chiqdi. U vaqtinchaga otasining uyiga yo‘l olgan edi.
Hilolning xotini keldi. Ruxsat olib, ichkari kirdi.
-   Ey Ollohning rasuli, Hilolni mendan boshqa tursin debsiz. U ancha qarib qolgan, o‘zini o‘zi eplay olmaydi ham. Ruxsat bersangiz, yonida qolib xizmatini qilib tursam, - dedi.
-   Juda yaxshi, faqat, senga yaqinlashmasin.
-   O’zi zo‘rg‘a yuribdi-yu, qanday yaqin bo‘la oladi. Uning ustiga, o‘sha kundan beri yig‘lagani yig‘lagan.
Shunday deb xotin uyigaqaytdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:03:51
Hazrati Rasululloh (s.a.v.) Hilolning xotiniga eri yonida qolishga ruxsat berganlarini Ka’bga yetkazib, sen ham borib ruxsat so‘ragin-chi, deyishganida Ka’b bu taklifni qaytardi:
-   Men yoshman, Rasululloh rad etishlari mumkin. Men sabr qilishga qaror berganman, - deb javob qildi. Kunlarini yolg‘izlikda o‘tkazaveradi.
Xotinlardan ayri turish buyrug‘i kelganidan o‘n kun o‘tgan, shu tariqa jami ellik kun bo‘lgan edi. Ka’b shu kuni bomdodga masjidga chiqmadi, namozni uyning tomida o‘qidi. Namozni tugatgach, xayoli qochib, xazin bir kayfiyatda o‘tiraverdi. Nigohlari ko‘k yuzida, ufqlarda, ruhi qattiq bir bosqi ostida edi. Xuddi osmon tepasidan bosib turgandek, ufqlar qovurg‘alarini qisayotgandek bo‘lardi. Dunyo tormi-kengmi ekani unga bilinmay ham qolgan. Ko‘zlaridan yoshlar oqadi, lablari shivirlab: «Ollohim, sen mehribonlarning eng mehribonisan!» derdi.
Nihoyat bir yoqlardan, Sel tepaligi tomonlardan qandaydir ovoz kelayotganini eshitdi:
-   Suyunchi!.. Suyunchilar bo‘lsin, ey Ka’b! - deb baqirib kelardi kimdir.
Ka’b sakrab turib ketdi, qulog‘ini ding qildi. Ayni ovoz ayni so‘zlarni yana  takrorlaganini eshitdi. Sal o‘tmay chang-to‘zon ko‘tarib kelayotgan bir otliqni ko‘rdi. Bu otliq ham shu gaplarni aytib kelardi.
Ka’b bu xushxabarni keltirganni xursand qilmoqchi bo‘ldi. Suyunchisiga egnidagi ikki parcha libosni yechib berdi. Boshqa kiyimi ham yo‘q edi. Qo‘shnilardan qarzga bir kiyim olib, odam bolalari ichida eng azizi bo‘lgan zotning (s.a.v.) huzurlariga shoshildi.
Endi tillar yechilgan, mo‘minlar ko‘chalarga chiqib, uni tavbasi qabul bo‘lgani bilan tabriklashar edi. To‘g‘ri kelib masjidga kirdi. Janobimiz jamoat ichida o‘tirgan ekanlar. Talha Ka’bni ko‘rgan zahoti o‘rnidan turib, qo‘llaridan tutdi:
-   Tavbangning qabul etilgani muborak bo‘lsin! - dedi.
Ochiq chehralar, sevinch to‘la ko‘zlar hammasi Ka’bga qaratilgan, Payg‘ambarimizning muborak yuzlari ham porlar edi.
-   Onadan tug‘ilganingdan beri sen uchun eng yaxshi kunning xushxabarini qabul et, -deya marhamat qildilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu xushxabar sizdanmi yoki Olloxdanmi? - deb so‘radi Ka’b hovliqqancha.
-   Ollohdan kelgan vahiyga asoslangan xushxabar bu!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:04:15
Ka’b Rasuli akramning (s.a.v.) yonlariga cho‘kdi. Bu orada Hilol bilan Murora ham kelishdi. Ular bu mujdali xabarni Janobimizdan olishgan edi. So‘ngra Ollohning rasuli yangi tushgan oyatlarni dona-dona qilib o‘qiy boshladilar:
«Haqiqatan, Olloh payg‘ambarining, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul qildi. Ulardan bir guruhning dillari (g‘azotdagi qiyinchilik va tashnalik sababli) toyilayozganidan keyin og‘ir soatda unga (ya’ni, payg‘ambarga) ergashgan edilar. So‘ng ularning tavbalarini (Olloh) qabul qildi. Albatta, u zot mo‘minlarga marhamatli va mehribondir. Yana o‘sha uch kishining (tavbalarini ham qabul qildiki), to ularga keng yer torlik qilib qolguncha va yuraklari siqilib, Olloh (ning g‘azabi)dan faqat uning o‘ziga tavba qilish bilangina qutulish mumkin ekanini bilgunlaricha (tavbalari) qoldirilgan edi (ya’ni, tavba qila olmagan edilar). So‘ngra (Olloh) tavba qilishlari uchun ularga tavba yo‘lini ochdi. Albatta, Olloh tavbalarni qabul qilguvchi va rahmli zotdir. Ey mo‘minlar, Ollohdan qo‘rqingiz va (imonlarida) sodiq kishilar bilan birga bo‘lingiz!»*
Nafaslar keng olina boshladi. Ellik kundan beri ko‘kslarda birikkan azoblar bir onda sevinch va nash’aga aylandi. Ko‘zlardan sevinch ifodasi bo‘lgan tomchilar sizilib chiqaverdi.
-   Ey Ollohning rasuli! Tavbamning qabuli shukronasiga bor molimni sadaqa qilib yubormoqchiman.
Janobimiz bunday qilishni to‘g‘ri deb topmadilar.
-   Molingdan bir qismini olib qolganing o‘zingga yaxshi bo‘ladi, - deb marhamat qildilar.
- U holda Xaybardagi hissam o‘zimda qolsin, boshqalari Olloh rizosi uchun sadaqa bo‘lsin. Ey Ollohning rasuli, Ulug‘ Mavlo meni to‘g‘ri gapirganim uchun qutqardi. Sizning huzuringizda so‘z beraman: umrim oxirigacha aslo yolg‘on so‘zlamayman!
Dunyoda yolg‘onchilik bilan qutulib qoldik deb o‘ylaganlar baloga yo‘liqishajak, ming pushaymonlar yeyishajakdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:06:03
E’TIKOF PAYTI KELGAN ZIYORATCHI

Rasululloh (s.a.v.) agar safarda bo‘lmasalar, ramazon oyining oxirgi o‘n kunini masjidda e’tikofda o‘tkazar edilar. Masjidning qiblaga ko‘ra chap tomonida o‘tirar, og‘izlarini shu yerda yopib, shu yerda ochar, juda zaruriy ehtiyojlari uchungina tashqari chiqar, tahorat olib yana joylariga qaytar edilar.
Ba’zan boshlarini yonlaridagi derazadan uylari tomon chiqarib, xotinlaridan qaysi biri bo‘lsa, o‘shanga sochlarini taratar edilar. Oyisha onamizning bu borada totli xotiralari bor.
Bir kecha Safiyya onamiz (roziyallohu anho) e’tikofdagi Janobimizni ziyorat etgani keldi. Bir oz o‘tirdi, suhbatlashishdi. So‘ngra olib kelgan yemaklarini tashlab, o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Vaqt kech bo‘lib qolgan edi. Rasululloh (s.a.v.) xotinlarini yolg‘iz jo‘natgilari kelmay, kuzatib chiqdilar. Safiyya onamiz Usoma ibn Zaydning uyida turar edi, o‘sha tomon keta boshlashdi.
Shu onda musulmonlardan ikki kishi ular tomonga kelishardi. Payg‘ambarimizni bir ayol bilan birga ko‘rib, odimlarini tezlatishdi. Tez bu yerdan uzoqlashish payida edi ular. Janobimiz holni angladilar va darhol:
-   Ey birodarlar, shoshilmanglar. Yonimdagi ayol xotinim Safiyya binti Huyaydir, - deb ovoz berdilar.
Haligi ikki kishi to‘xtashdi. Hayajonli ifoda bilan:
-   Subhanalloh!.. Ey Ollohning rasuli, boshqa odam haqida gumon qilsak ham, siz haqingizda bunaqa gumonga bormaymiz, - deyishdi.
Rasuli akram (s.a.v.) bildirishlarining sababini bunday tushuntirdilar:
-   Inson vujudida qon qanday aylansa, shayton ham shunday aylanib yuradi. Sizlarning ko‘ngillaringizga ham yomonlik urug‘ini tashlab qo‘ymasin tag‘in deb andisha qildim.
Bu bilan odam tadbirli bo‘lishi lozimligini, yomon gumonga sabab bo‘ladigan ishlardan uzoq yurishning ahamiyatini ko‘rsatib berdilar go‘yo. So‘ngra har qaysilari o‘z yo‘llariga ketishdi. Safiyya onamizni kuzatib qo‘yib, Janobimiz tag‘in e’tikofga qaytdilar*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:06:35
IBN SALUL

To‘qqizinchi yilning Ramazon oyi munofiqlar uchun og‘ir keldi. Mashhur munofiq Abdulloh ibn Ubay (ibn Salul) to‘shakka mixlandi. Kasallik bu gal uni juda jiddiy yoqalagan, olmagunicha ketadiganga o‘xshamas edi.
Muhtaram Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ibn Salulning kasal bo‘lganini eshitib, uni ko‘rgani bordilar. Hol-ahvol so‘radilar, sog‘ayib ket, deb tilak bildirdilar. To‘qqiz yildan beri Payg‘ambarimizga va musulmonlarga nisbatan goh yashiriqcha, goh ochiqcha yuritgan xoinona xatti-harakatlariga qarshi har doimdagiday bu gal ham nazokat bilan muomala ko‘rsatdilar. Yana bir safar ko‘rgani kelganlarida Janobimiz unga:
-   Yahudiylarga do‘st bo‘lmasang deyman, - dedilar.
Ibn Salul hali ham o‘zining ishlari to‘g‘riligiga ishongan bir ifoda bilan:
-   As’ad ibn Zurora ularning jahlini chiqardi, lekin foydasi bo‘ldimi? Nimaga erishdi bu bilan? - deb javob qildi.
Keyin ibn Salul so‘zlarini bunday davom ettirgani rivoyat qilinadi:
-   Ham, ey Ollohning rasuli, hozir gina-kuduratning payti emas... Sizdan istagim, jasadimni yuvishayotganida yonimda tursangiz hamda mana shu ko‘ylagingizni menga kafan qilib bersangiz. Kafanim sizning ko‘ylagingiz bo‘lsin. Janoza namozimni ham o‘zingiz o‘qib bering va Ollohdan meni kechirishini so‘rang...
Bu gaplar imonli odamga yarashadigan gaplar edi. Gunohkor bo‘lsa ham, oxiratdagi hisob va jazo qo‘rquviga tushgan yurakdan chiqayotganday edi.
Ibn Salul bu gaplarni sog‘lom kunlarida aytganida hazillashyapti deb o‘ylanar, har doimgi pes odati-da, deb kechirilar edi. O’lim alomatlari ko‘rina boshlangan, bu hayotdan oxirat diyoriga ko‘chish nog‘orasi qoqilayotgan bir kunda ibn Salul yana bir mojaro chiqaryaptimi, yana bitmas-tuganmas nafratini sochyaptimi va yo bu gaplari pushaymonlik alomatlarimi edi?..
Boshqa bir rivoyatda bu istaklarni Rasulullohga (s.a.v.) ibn Salul nomidan uning o‘g‘li Abdulloh yetkazgani aytiladi. To‘g‘risiyam shunisi bo‘lsa kerak. Chunki uning oxiratga kufr va nifoqda ketgani keyin tushirilgan oyatlarda bildirilajak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:07:10
Yotib qolganidan yigirma kun o‘tib o‘lim farishtalari ibn Salulning yoqasiga yopishishdi va uni dunyodan ayirish uchun kelishganini bildirishdi. «Men yana ba’zi iflos ishlar qilar edim, boshlab qo‘ygan ayrim fitnalarim bor edi», deyishiga ham qo‘yishmadi. Hamma ish mening ko‘nglimcha bo‘lishi lozim, deb o‘rgangan, janobi Rasulullohni sharafsiz hisoblaydigan darajada go‘stohlikka borgan bu badbaxtni ana-mana demasdan olaketishdi. Endi uni oxirat olamida faqat azob va jazo kutar edi. Har tomonidan qurshagan pushaymonlik unga foyda bermaydi. Olloh rasulining ko‘ylagiga o‘ralish tugul, quchoqlarida o‘lish ham endi unga asqotmas edi. Abadiy falokat uni qaytib ayrilmas bo‘lib chulg‘ab oldi.
Ibn Salul o‘xshashi yo‘q bir ne’matni o‘zidan qochirgan, dunyosini ham, oxiratini ham buzgan bir badbaxt sifatida oxirgi nafasini berdi. Imonni sotib, evaziga kufrni olgan edi u. Bu dunyoda uning savdosi foyda keltirmadi, hidoyat yo‘lini topa olmadi.
Rasululloh (s.a.v.) hijrat qilib Madinaga kelishlari arafalarida qabilasi ahli unga toj kiydirib o‘zlariga amir qilmoqchi bo‘lib turishgan, ammo Rasulullohning kelishlari bilan bu saltanatni qo‘ldan boy bergan edi. Shuning alami uni qattiq g‘azablantirdi. Payg‘ambarni o‘ziga dushman bildi va boshqa yoqdan kiyishi mumkin bo‘lgan eng qiymatli baxt tojini qo‘ldan chiqardi va o‘zini la’nat halqasiga duchor qildi...
O’g‘li Abdulloh keldi. Nihoyatda xafa edi. Otasini sevardi, ammo to‘g‘ri yo‘lda emasligidan doim iztirobda yurardi. Shuning uchun hozir nimadir birnima qilgisi, endigina ko‘chgan oxirat olamiga orqasidan foydali bir narsalar yuborgisi kelardi. Balki bu yo‘ldan uni qutqarish, hech bo‘lmasa, azobini yengillatish mumkin bo‘lar?
-   Ey Ollohning rasuli, otam o‘ldi. Egningizdagi ko‘ylakni bersangiz, unga kafan qilmoqchiydim. Yuvilayotganida yonida tursangiz, janozasini o‘zingiz o‘qib bersangiz degan edim... - dedi.
Janobimiz g‘oyat samimiy bir musulmon bo‘lgan Abdullohning istagini qaytarmadilar, ko‘ylaklarini yechib berdilar. Abdulloh tashakkur aytib uyiga qaytdi. Rasululloh (s.a.v.) yonlaridagi sahobalari bilan birgalikda ibn Salulning uyiga yo‘l oldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:10:52
Jasadi yuvilayotganida yonida turdilar. Navbat janozasiga kelib, Payg‘ambar (s.a.v.) saf tortgan odamlar oldiga turish uchun endi borayotganlarida kimdir ushlab qoldi. O’girilib qarasalar, Umar ibn Xattob (r.a.) ekan.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, ibn Salulning janoza namozini siz o‘qiysizmi? Olloh bu ishdan sizni qaytarmaganmidi? - deb so‘radi.
Janobimiz xotirjam javob qildilar:
-   Egam bu ishda ixtiyorni o‘zimga qoldirdi. «Ular uchun mag‘firat tilang yoxud mag‘firat tilamang, har ikkisi ham tengdir. Ular haqida yetmish karra mag‘firat tilab duo qilsangiz ham, Olloh ularni kechirmaydi», deb marhamat qilgan. Yetmishtadan oshirib istig‘for aytsam kechirishini bilganimda, albatta shunday qilardim, - dedilar va o‘rtaga qarab yurmoqchi bo‘ldilar.
Lekin Umar ibn Xattobning (r.a.) hali gapi tugamagan edi:
-   Ibn Salul Uhud kuni musulmonlarni o‘z hollariga tashlab qochdi. Bani Musta’liq g‘azotida esa: «Ollohga qasam, agar Madinaga qaytib borsak, sharafli odam sharafsiz odamni surib chiqaradi», degan odam bu! Bugungacha doim mo‘minlarga qarshi ish qilib keldi, yahudiylarga yordamchi bo‘ldi, munofiqlarning eng oldingi safida turdi. Bu odamning janozasini o‘qimasligingiz kerak, - dedi.
Hazrati Umar (r.a.) ibn Salulning hamma kirdikorini sanar, Janobimizni o‘z hollariga qo‘ymas edi. Nihoyat, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni ko‘ksidan itarib, xoli qo‘yishini eslatdilar-da, imomlik joyiga turib namozni boshladilar.
Endi o‘likni mozorga qo‘yish qoldi. Rasululloh (s.a.v.) ashoblari bilan birga qabristongacha bordilar. Ibn Salulning murdor jasadini go‘rga uni yaxshi ko‘radigan bir-ikki nafar munofiq qo‘ydi. Ustiga tuproq tortilarkan, mo‘minlar nifoq va fasod bulog‘i bo‘lgan bir odamdan qutulishganini his etishdi.
Hazrati Umar andishaga tushdi. Rasulullohni o‘z hollariga qo‘ymadi, qayta-qayta yo‘llarini to‘sdi, bu daraja qaysarlik Janobimizni rohatsiz qilmasmidi? U zotni rohatsiz qilgan odamning boshiga rahmat yog‘ilarmidi?...
Bu kabi o‘y-xayollardan u tinchini yo‘qotdi.
Bu orada ibn Salulning ustiga tuproq tortilib, ko‘mish ishlari tugallandi. Shu payt mo‘minlar Rasulullohni (s.a.v.) vahiy holatiga tushayotganlarini ko‘rishdi. Oradan bir muddat o‘tgach, issig‘ida ushbu oyatlarni o‘qidilar:
-«Ulardan birontasi o‘lsa, zinhor uning (janoza) namozini o‘qimang va qabri ustiga ham borib turmang! Chunki, ular Olloh va rasuliga kofir bo‘ldilar va itoatsiz hollarida o‘ldilar. Sizni ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari qiziqtirmasin! Chunki Olloh o‘sha narsalar sababli bu dunyoda ularni azob-uqubatga solishni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos»*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:20:53
Bu oyatlar ayniqsa hazrati Umarning ko‘nglidagi siqintini ildizidan qo‘pordi. Faqat diniy bir g‘ayrat bilan, faqat Rasuli amin janobimizga nisbatan hurmati va munofiqlarga dushmanligi sababidan qilgan bu ishining to‘g‘riligini Janobi Mavlo o‘zi tasdiqlab turibdi, axir!
Rasululloh (s.a.v.) yomonlikka yaxshilik qoidasini oxirigacha yuritdilar. Tilida shahodat kalimalarini aytgan bu odamga musulmon muomalasini qildilar, ishning ich-yuzini Ollohga qoldirdilar.
Islom dini insonlarni sof, top-toza tuyg‘ular bilan ustun bir dinga ishonishga chaqiradi. Ibn Salul esa, sharaf bilan, obro‘-e’tibor bilan yashash yo‘lini tanlamadi, ichida kofir, tashida musulmon ko‘rinishdek, mard insonga yarashmaydigan munofiqlik yo‘lining timsoliga aylandi. Hozir boshlagan hayoti ko‘ngilochar bo‘lmaydi. Jahannamning eng chuqur joylarida azob ko‘rajagini Qur’on oyatlari xabar beryapti. Bo‘yniga osilgan «Munofiqlarning raisi» degan yorliq unga abadiy bir falokatdan boshqa narsa keltirmayajak.
Makkaning Abu Jahli qanday bo‘lsa, Madinaning Ibn Saluli ham shunday edi. Biri kufr va shirk timsoli, ikkinchisi nifoq va fasod bulog‘i bo‘lgan bu ikki odam Rasululloh
(s.a.v.) janobimizga kin va dushmanlik yo‘lida barobar yurgan ikki olchoq edi. Ammo hozir tushgan chuqurni u yillar davomida o‘z xohishi bilan qazidi, axir. O’g‘li Abdullohni deb Ollohning hukmi ham o‘zgarib qolmaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:21:27
HADYA XIRQA

Bir kuni Rasuli muhtaram (s.a.v.) huzurlariga bir xotin keldi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu xirqani o‘z qo‘llarim bilan siz uchun to‘qidim. Iltifot etib, qabul qiling, - dedi.
Xotinning bu samimiy ishi Nabiyyi akramni mamnun qildi. O’sha kunlari Janobimiz bir xirqaga juda-juda muhtoj edilar. Ayol xirqasini hadya etib uyiga qaytar ekan, Ollohning roziligini ham qozondi. Zotan, xizmatiga u istagan haq shu edi. Xizmat haqini teri qurimasidan berishga buyurgan va tavsiya etgan ham Ollohdir, Ollohning rasulidir. Sevikli payg‘ambariga tamasiz, ko‘ngil roziligi bilan xolis qilingan xizmatni Ulug‘ Mavlo taqdirlamay qo‘yarmidi?!
Saldan keyin Janobimiz u xirqani kiyib chiqdilar. Ko‘rganlar ham xursand. Ammo bu xursandlik uzoqqa bormadi. Bir odam keldi, u xirqani silab-siypalay boshladi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu xirqani menga bering, - deb qoldi birdan.
Payg‘ambarimiz: «xirqa menga hadya etilganiga hali bir soat bo‘lgani yo‘q, men esam,
bunga muhtoj ekanimni hamma biladi», deya olmasdilar, axir. Nubuvvat axloqi bundan to‘sardi. Bu odam o‘zi bunday demasligi lozim edi. Ancha-muncha zahmat bilan xirqani to‘qigan xotin ham uni Payg‘ambar kiysinlar, hojatlari chiqsin, deb to‘qib keltirgan edi!
Rasululloh (s.a.v.) uylariga kirib ketdilar. Bir muddatdan so‘ng qaytib chiqqanlarida qo‘llarida taxlog‘liq xirqa bor edi. Uni haligi odamning oldiga qo‘ydilar. Yuzlarida hech bir xafalik alomati ko‘rinmadi.
Bir zumda yangi xirqali bo‘lib olgan odam kelgan tomoniga qarab ketdi. Ortidan borgan birlari:
-   Yaxshi ish qilmading. Bilasan, Payg‘ambarimiz bunaqa istakni javobsiz qoldirmaydilar. Holbuki, o‘zlari hadya beradigan holda emasliklarini ham bilarding,
-   deb malomatqila boshladi. Odam pushaymon emasdi.
-   Ollohga qasam, men uni, o‘lsam menga kafan bo‘lsin, degan niyatdagina so‘rab oldim,
-   deb javobqaytardi*.
Qachon o‘lishini bilmaydigan bir odam kafan dardiga tushib, Rasulullohni xirqasiz qoldirishi to‘g‘rimidi? Bunaqa orzui bor ekan, shart-sharoitni ham hisobga olishi kerak emasmidi?..
Ehtimol o‘sha kungi majlisdadir, Rasuli akram (s.a.v.) qiyomat kunidan bahs boshlab:
-   Ummatimdan yetmish mingtachasi yuzlari oy kabi porlay-porlay jannatga kirajak, - deb marhamat qildilar.
Suhbatda hozirlardan Ukkosha ibn Mihsan oyoqqa qalqdi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, Ollohga duo qiling, meni o‘shalardan biri qilsin, - dedi.
Javob taklifga yarasha bo‘ldi:
-   Ollohim, uni o‘shalardan biri qil.
Ukkosha mo‘ljalni aniq urdi. Istagini tom vaqtida aytib qoldi. Yana bittalari o‘rnidan turdi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, meni ham o‘shalardan qilishini Ollohdan so‘rab bering,
-   dedi.
Ammo endi temirning tobi ketib qolgan edi. Shuning uchun Janobimiz bu ikkinchi istakka javoban:
- Ukkosha sendan ilg‘orlik qildi, - deyish bilan kifoyalandilar. Ehtimol o‘sha onda ilk murojaatning qabul etilishi taqdir qilingandir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:22:04
BIR SAFARDAN XOTIRA

Ziyod ibn Horis toza niyatlar bilan kelgan edi. Musulmon bo‘lganini Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shahodat kalimalarini aytib izhor etdi. Ziyodning Sudo’ qabilasidan ekanini bilgan bir sahoba:
-   Salgina oldin sening qabilangga bir guruhni jo‘natgan edik, - deb qoldi.
Bu gapni eshitgan zahoti Ziyod janobi Rasulullohga murojaat qildi:
-   Ey Ollohning rasuli, qavmimning Islomni qabul etishi va itoat qilishiga men kafilman. U guruhni orqaga qaytarsangiz, yaxshi bo‘lardi, - dedi.
Bu yangi musulmonning gapidan Rasululloh xursand bo‘ldilar.
-   U holda borib ularni qaytarib kel, - dedilar.
-   Tuyam ancha charchabqolgan...
Janobimiz boshqa odamga buyurdilar, u ketib, askariy guruhni qaytarib olib keldi. Endi ish Ziyodda qoldi. U o‘tirib bir xat yozdi va qabilasiga jo‘natdi.
Ko‘p o‘tmasdan Sudo’ qabilasidan bir elchi guruh keldi, hazrati Payg‘ambarimiz huzurlarida hozir bo‘ldi. Islomni qabul qilish sharafini qozonishdi. Shunday qilib Ziyod so‘zining ustidan chiqdi. Payg‘ambarlar sultoni shirin so‘zlar bilan uni taqdirladilar.
-   Sen qavm ichida hurmatga loyiq kishisan, - deb marhamat qildilar.
-   To‘g‘risi ularni Islomga undagan Ulug‘ Mavlodir,- deb javob qildi Ziyod.
-   Seni ularga amir etib tayinlaymi?
-Ha.
Rasululloh (s.a.v.) bir yorliq yozdirdilar. Unda Sudo’ qabilasi Ziyodni o‘ziga rais deb bilishlari buyurilgan edi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, menga maosh ham ajratasizmi?
Bu masalada ikkinchi bir yorliq yozdirildi.
Shu payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bir necha kishi kelib qoldi va boshliqlarining nohaq ishlaridan shikoyat qilishdi.
-   Demak, u shu ishlarni qildimi? - deb so‘radilar bir bor.
-   Ha, ey Ollohning payg‘ambari, u shunday qildi. Shunda Janobimiz atroflarida o‘tirganlarga qarab:
-   Mo‘min bir kishi uchun amirlikda yaxshilik yo‘q, - deb marhamat qildilar.
Bu so‘zlar Ziyodning ko‘ngliga bir og‘riq soldi. Ikki olam sarvari «yaxshilik yo‘q» deb ta’riflagan amirlikka u xursandlik bilan rozi bo‘lib o‘tiribdi, kamiga tag‘in maosh ham so‘radi-ya...
Yana kimdir keldi.
-   Menga mol ehson qiling, ey Ollohning rasuli, - dedi.
Bu istakka javoban Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday marhamat qildilar:
-   Ehtiyoji bo‘lgani holda tilangan kishi uchun u olgan mol boshog‘rig‘i va darddir.
Tushunganlarga bu gap ko‘p ma’nolar berardi. Lekin haligi odam istagini yana takrorladi:
-   Menga sadaqa mollaringizdan bering, - dedi.
Shunda Janobimiz:
-   Olloh taolo sadaqalar xususida na bir payg‘ambarning hukmini qabul etgan va na boshqaning. Bu boradagi hukmni yolg‘iz O’zi bergan, sadaqa ulashiladigan joylarni sakkiz toifa holida bayon etgan. Agar sen shu toifalardan bo‘lsang, senga ham beramiz, - dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:23:32
Bu gapni ham Ziyod alohida o‘ylab, vijdon tarozisida tortib ko‘rishi maqsadga muvofiqbo‘lardi.
Kecha qorong‘isi. Yo‘lga tushishdi. Ziyod Rasululloh (s.a.v.) bilan yonma-yon borardi. Tongning erta soatlari yaqinlashganida:
-   Ey Ollohning rasuli, azon aytayinmi? - deb so‘radi.
Janobimiz sharq tomonga boqdilar, yo‘q, dedilar. Yana ozgina yurilganidan so‘ng Ziyod ikkinchi marta so‘radi, tag‘in qaytardilar.
Nihoyat tong otdi, sharq tomon enlamasiga oqarishib ko‘rindi. Sarvari koinot tuyalaridan tushdilar.
-   Yoningda suv bormi, ey sudo’lik? - deb so‘radilar.
-   Nimadir ozgina bir narsa bor, ammo sizga yetarmikan...
-   Uni bir idishga quyib, olib kel!
Ziyod quyib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) muborak qo‘llarini suvga botirdilar. Ziyod qorong‘ilikda idishdagi suv qaynay boshlaganini hayrat ichra ko‘rdi. Bir-ikki nafas olib ulgurmay favvoraday pishqirgan suv idishni to‘ldirib, toshdi. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan buyuk Payg‘ambar Ziyodga:
-   Parvardigorimdan uyalmaganimda bunaqa mo‘‘jizalar bilan doim suvni mo‘l qilib qo‘yardim, hamma qonardi suvga. (Lekin oson emas bu ish.) Qani, birodarlaringni chaqir, ehtiyoji borlar kelsin, suvini olsin, - dedilar.
Ziyod azon aytdi. Ketidan baland ovozda:
-   Hey-y suvi qolmaganlar, Payg‘ambarimizning yonlariga kelinglar! - deb chaqira boshladi.
Har kim kelib meshini to‘ldirib ketaverdi. Bu ish bitgach, Hazrati Bilol (r.a.) iqomat takbirini tushirish uchun o‘rnidan turdi. Rasululloh uni to‘xtatdilar:
-   Azonni sudo’lik birodaring aytdi, azonni kim chaqirsa, iqomatni ham o‘sha aytishi lozim, - dedilar.
Ziyod iqomat tushirdi, bomdod namozi o‘qildi. Namozdan keyin o‘sha kunning azonchisi bo‘lgan Ziyod qo‘lida ikkala vasiqasi bilan Rasulullohga ro‘para bo‘ldi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, meni bu ikkalasidan qutqaring, - dedi.
-   Nima bo‘ldi senga?
-   Kecha «Mo‘min kishi uchun amirlikda yaxshilik yo‘q», deganingizni eshitdim. Men esam Ollohga va rasuliga ishongan odamman. Yana siz sadaqa so‘rab kelgan bittasiga: «Ehtiyoj bo‘lmagani holda tilangan kishi uchun u olgan mol boshog‘rig‘i va darddir», dedingiz, buni ham eshitdim. Men sizdan maosh so‘radim. Holbuki, men o‘zimga to‘q odamman, - dedi.
Uning gaplari samimiy edi.
-   O’zing bilasan: istasang, qabul qil, istasang, qaytar, - dedilar Rasululloh (s.a.v.).
Ziyod hech ikkilanmasdan qarorini aytdi:
-   Qaytaraman!
-   Unda bir odamni ko‘rsat, uni sizlarga amir qilay.
Shunday qilib, u tavsiya etgan kishi amir etib tayinlandi. So‘ngra qabilasining bir ehtiyojini bayon qildi.
-   Ey Ollohning rasuli, bizning bir qudug‘imiz bor, qish payti suvi bizga yetadi. Yoz keldi deguncha suvi kamayadi. Biz hamma yoqqa tarqab, suv izlab yuramiz. Mana, Islom dinini qabul etdik, ammo atrofimizda ko‘p dushmanlar bizni qurshab turibdi. Duo
qiling, suvimiz bizga yetsin, o‘shaning atrofida to‘planaylik, suv istab har yoqlarda sanqimaylik.
Payg‘ambarimiz Ziyodga yetti dona chaqil tosh topib kelishni buyurdilar. Hovuchlariga soldilar va duo qilib, Ziyodga berdilar.
- Bularni oborib, Ollohning ismi bilan bitta-bittadan quduqqa tashla, - dedilar.
...Ziyod toshlarni olib qabilasiga borajak, Rasululloh (s.a.v.) aytganlaridek qilib ularni tashlayajak va shundan keyin quduqda biron marta suv ozayganini hech kim ko‘rmayajak*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:24:12
ESLATMA

Bir xatoga yo‘l qo‘yildi. U xato tuzatilganidan keyin Payg‘ambar janobimiz bunday marhamat qildilar:
-   Men bilan sizlarning holatlaringizni bir misol bilan tushuntiray. Bir kishi kechqurun o‘t yoqdi. Alanga balandlab tevarakni yoritgach, atrofdagi parvonalar va har xil hashoratlar o‘zlarini alangaga ura boshladi. Haligi kishi ularni qutqarish uchun alangadan uzoqlashtirishga urinadi, lekin ular alangaga kirish uchun tirishishadi va kishidan ustun kelishadi... Menu sizlarning misolingiz mana shudir. Men sizlarning kamarlaringizga yopishib alangadan uzoqlashtirish uchun: «Alangaga kirmanglar, bu yoqqa kelinglar!.. Alangaga kirmanglar, bu yoqqa kelinglar!..» deyman, sizlar bo‘lsalaring, mendan ustun kelib, qo‘limdan chiqib ketyapsizlar va alangaga sho‘ng‘iyapsizlar**.
Yana bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’on haqida gapirayotib, bunday dedilar:
-   Ollohning qullaridan bir qism odamlar bor, ular payg‘ambar emaslar, shahid ham emaslar, lekin boshqalar Olloh ularga ko‘rsatayotgan ikromga havas bilan qarashadi...
-   Kim ular, bilsak bo‘ladimi?
-   Ular Olloh roziligi uchun bir-birini yaxshi ko‘rgan odamlardir. Oralarida qarindoshlik-yaqinlik yo‘q. Yaxshi ko‘rishlari bir-birlariga olib-berajaklari mol uchun ham emas. Ollohga qasam, ularning yuzlari nurdir, o‘zlari ham nur ustidadirlar. Odamlar qo‘rquvga tushadigan kunda ular qo‘rquv his qilishmaydi. Odamlar xafa bo‘lgan paytlari ular xafa bo‘lmaydilar.
So‘ngra o‘zlari tushuntirayotgan oyatlarini o‘qidilar:
-   «So‘ngra o‘zlariga zulm qilgan bu kimsalarga aytilur: «Mangulik azobni totingiz! Sizlar faqat o‘zlaringiz kasb qilgan gunohlaringiz sababli jazolanmoqdasiz». (Ey Muhammad,) sizdan: «U (va’da qilingan azob) haqmi?» deb so‘raydilar. Ayting: «Ha, Parvardigorimga qasamki, albatta u haqdir. Sizlar qochib (undan) qutulguvchi emassizlar». Ular azobni ko‘rgan vaqtlarida agar o‘zlariga jabr qilgan (ya’ni, dunyo hayotidan kofir holatida o‘tgan) har bir jon uchun yerdagi bor narsa bo‘lsa, u (o‘sha azobdan qutulish uchun), albatta, uni (bor narsasini) fido qilgan va (imon keltirmagani uchun) afsus-nadomatlar chekkan bo‘lur edi. (U kunda) ularga zulm etilmagan holda o‘rtalarida adolat bilan hukm qilinur»*.
Ollohga nisbatan tuyilgan teran bir hurmat va sevgi... Tuyg‘ular va harakatlar bu hurmat va sevgiga ko‘ra to‘g‘rilab boriladi. Sevilgan kishi Olloh roziligi uchun seviladi, bu tushuncha va xatti-harakatni bironta boshqa bir tuyg‘u yo‘naltirmaydi.
Bunaqa odamlarga albatta havas qilinadi-da. Ollohning do‘sti bo‘lishdek, o‘ylagandayoq ko‘ngil ahlini mast qiladigan martaba egasiga havas qilinmaydimi axir?!.
Do‘st o‘zining o‘y-xayoli, tuyg‘ulari va harakatlarini do‘stining roziligiga uyg‘un holga keltiradi. Do‘sti rozi bo‘lmaydigan holga tushish u uchun bitmas-tuganmas qayg‘u bulog‘i bo‘ladi.
Ollohning do‘sti bo‘lish baxtiga erishgan odamning ruhini ibodat va ubudiyyat ishqi chulg‘ab oladi, ko‘ngli doimo Ollohning uylariga (masjidlariga) bog‘liq bo‘ladi. Hech kim yo‘q yerlarda ham Mavlosini eslaydi, ko‘zlari u tuygan sevgi va hurmatning ifodasi bo‘lmish yoshlarga to‘ladi. Ollohning kitobi ko‘rsatgan amal, axloq va ixlosda bo‘ladi, payg‘ambarlar sultoni (s.a.v.) chizib bergan sunnatlari yo‘lida doim bo‘lishni erishilmas sharaf va baxtga vasila deb hisoblaydi.
Dunyodagi hayotini bu shartlar ostida o‘tkazgan odam albatta hisob va jazo kunida nurdan yasalgan minbarlar ustida bo‘ladi-da!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:25:49
QORA XOTIN

Bu xotinning ismi Suayradir. Ora-sira yiqilib, hushidan ketib qoladigan dardi bor edi. Odobini saqlashga qayg‘uradigan xotin bo‘lgani uchun duch kelgan yerda yiqilib qolishdan xavotirda yurardi. Ayniqsa, yopilgan bo‘lishini juda xohlagan, dunyo berishsa ham ochmaydigan uyat joylarining bunaqa paytlari ochilib qolishi vijdonida chuqur yaralar hosil qilardi. Vaqt o‘tgani sayin ko‘ngil ko‘zasi yanada to‘lib borar, yuk ko‘tara olmaydigan bir hol olar edi. Har gal uni bu ahvolda ko‘rib qolganlarning oldilaridan uyala-siqila turib ketish oson  emasdi, axir.
Oxiri bir kun to‘g‘ri masjidga yo‘l oldi. Ollohning rasulini topib, dardini tushuntirmoqchi bo‘ldi. Masjidga kirdi. Janobimizning huzurlariga bordi va:
-   Ey Ollohning rasuli, mening tutqanog‘im bor. O’zimdan ketib yerga yiqilaman. Ochilishini xohlamagan joylarim ochilib qoladi. Ollohga duo qiling, menga shifo bersin, - dedi.
Yillar davomida to‘plangan alam va eng oliy maqomga bog‘langan umid tuyg‘ulari dardli bir ovoz bilan shu ikki jumlaga siqishtirildi. Payg‘ambarlar sarvari (s.a.v.) bu istakka darrov mayli demadilar.
-   Istasang, duo qilaman, Olloh shifo bersin, istasang, sabr qil va jannatga kir, - dedilar.
Shifo topish yoqimli, albatta. Chekkan balolarga, tuygan vijdon azoblariga ko‘ra qarasa, izlab-topilmas bir ne’mat. Hozirgacha hayotdan olinmagan baxtga erishilardi... Ammo oxiratga imoni bor odam uchun erishiladigan eng buyuk baxt jannat hayotidir. Bir paytlar masjid qurilayotganida Payg‘ambarimizning: «Ollohim, chin hayot oxirat hayotidir...» deganlarini eshitgan edi bu ayol.
Tanlashi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, men sabr qilaman. Faqat, sizdan tilagim, yiqilgan paytimda ustim ochilib qolishidan saqlashi uchun Mavloimizga duo qilsangiz, - dedi.
Rahmat payg‘ambari (s.a.v.) qo‘llarini ko‘tardilar, bu chorasiz, lekin sabrli xotin haqiga duo qildilar. U yerda hozir turganlar va, ayniqsa, bu dardga yo‘liqqan xotin «Omin» deb turishdi.
Nihoyat, duo tugadi. Qo‘llar yuzlarga surildi. Xotinning ko‘zlari kulimsirab turardi. Sevinchning bir ifodasi o‘laroq bu ko‘zlarga inju donalari to‘plangan edi. Necha yillardan beri ezilgan ko‘ngilning ich-ichlaridan eng samimiy tuyg‘ular hamrohligida dumalab chiqqan bir necha tomchi edi bu donalar. Xafalikni emas, baxtiyorlikni ifodalar edi ular. Bu inju donachalari o‘ziga o‘xshash toza va yaraqlagan boshqa donachalar bilan topishishi uchun ko‘p dard chekkan va bu baxtiyorlikka erishgan xotinning bo‘lishi hamda uning ko‘zlarida payg‘ambarlar sultonining ko‘zlariga boqa-boqa birlashishi lozim edi.
-   Tashakkurlarimni qabul eting, ey Ollohning payg‘ambari! Olloh sizdan rozi bo‘lsin! - dedi-da, Suayra orqaga o‘girilib, masjid eshigi sari yo‘naldi. Ortidan «Mana jannatni qozongan bir xotin!» deya qarab qolishdi.
Oradan yillar o‘tajak va bir kuni sahobai kirom ichida ilmi va zakosi bilan nihoyatda haqli shuhrat topgan Abdulloh ibn Abbos (r.a.) qiymatli shogirdi Ato ibn Abu Rabohga (r.a.): «Jannatiy xotinni ko‘rishni istaysanmi? - deyajak, ha, javobini olgach esa: - Mana shu qora xotin», deb o‘sha xotinni ko‘rsatajakdir*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:26:21
IBROHIMNING VAFOTI

Misr qiroli sovg‘a qilib jo‘natgan Moriya ismli cho‘ri (bir rivoyatga ko‘ra, u ham Payg‘ambarimizning xotinlari qatoriga kirgan) ajoyib bir o‘g‘il tug‘ib bergan, Janobimiz (s.a.v.) oxirgi ko‘rgan bu farzandlariga katta bobolari hazrati Ibrohimning (a.s.) ismlarini qo‘ygan edilar.
Ibrohim juda chiroyli edi. Emizishga bir temirchining Ummu Sayf laqabi bilan tanilgan xotiniga berilgan edi. Janobimiz ora-sira kelib, sevikli o‘g‘illarini suyib-erkalab ketar edilar.
Ibrohim o‘n yetti oylik bo‘lganida tez-tez kasallanaverdi.
Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf (r.a.) bilan birga kasal farzandlarini ko‘rgani bordilar. Bola zo‘rg‘a nafas olardi. Har havo chiqarganida bo‘g‘zidan xirildoq bilan chiqardi. Payg‘ambarimiz uni quchoqlariga oldilar. Ko‘zlaridan yoshlar oqa-oqa o‘pib, hidlay boshladilar. Bu hol Abdurahmonga g‘arib ko‘rindi.
-   Ie, yig‘layapsizmi, ey Ollohning rasuli? - deb so‘radi.
-   Ey Abdurahmon, bu bir marhamat tuyg‘usidir, - deb javob qildilar Rasululloh (s.a.v.).
Keyin esa, o‘lganni o‘zida yo‘q sifatlar bilan sifatlab, yuzini timdalab, yoqalarini yirtib yig‘lashdan qaytarishlarini aytdilar.
Ibrohim oxirgi nafasini chiqarganida hali ikki yoshga to‘lmagan edi. O’n olti yoki yigirma ikki oylik bo‘lganiga doir rivoyatlar bor.
Ibrohimni hazrati Abbosning (r.a.) o‘g‘li Fazl yuvdi. Janoza namozi o‘qildi. Baqi’ qabristoniga olib borildi. Eshikdan kirib, sal chapni olib, ikki yuz odimcha yurishgach, yolg‘izoyoq yo‘lning o‘ng tomonidagi bir joyda qabrga qo‘yildi. Janobimiz (s.a.v.) unga:
-   Qalb mahzun bo‘lar, ko‘z yosh to‘kar, lekin biz Olloh rozi bo‘ladigan so‘zdan boshqa so‘z aytmaymiz. Ey Ibrohim, sening ayrilig‘ingdan bizlar mahzunmiz, - deya xitob etdilar.
Qabr yopilgach, bir meshda suv istadilar, qabrga to‘kdilar. Shundan keyin qabrga suv to‘kish sunnati joriy bo‘lib qoldi.
O’sha kuni quyosh tutildi. Odamlar, bu hodisa Ibrohimning vafoti sababidan yuzaga keldi, deb o‘ylashdi. Aslida, bu o‘y to‘g‘ri emasdi. Oldinroq Rasuli akramning (s.a.v.) uch nafar qizlari ketma-ket tuproqqa berilgan. Ular uchun tutilmagan quyoshning Ibrohim uchun tutilishi tushunilmasdi.
Bunaqa tushunchalar ashobi kiromning ust qatlamidagilarga aloqasi yo‘qligi ham haqiqatdir.
Payg‘ambarimiz bu mish-mishlarni eshitgan zahotlari xalqni to‘planishga buyurdilar. o‘amlarini bir chetga otdilar.
-   Ey insonlar! Quyosh bilan oy Ollohning qudratiga dalolat etadigan ikki alomatdir. Hech bir kimsaning tug‘ilishi yoxud o‘lishi sababidan tutilmaydi ular. Uning tutilganini ko‘rganlaringda duo va niyoz ila, namoz ila Olloh taologa iltijo qilinglar! - dedilar.
So‘ngra odamlarni saflanishga buyurdilar. Namoz o‘qiy boshladilar. Rosa uzundan-uzoq o‘qidilar. Rukuni ham juda uzoq qildilar. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» deb turdilar. Yana uzoq Qur’on o‘qidilar. Yana rukuga bordilar. Ammo bu ikkinchi qiroat bilan ruku birinchisiday uzun bo‘lmadi. Sajda qildilar. Oyoqqa turdilar. Xuddi shu tarz yana bir rakat o‘qidilar. Jami to‘rt rakatni shu shaklda o‘qib, namozni tugatdilar.
Bu orada quyosh ochilib ketdi. Quyosh bilan oy hech kimning hayoti yo o‘limiga bog‘liq holda tutilmasligini yana bir karra takrorladilar.
Ibrohim vafot etgach, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hayotda bittagina qizlari Fotima (r.anho) qoldi. Sharafli nasablari ham endi bu yo‘ldan tarqalajak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:27:02
DIMOM IBN SA’LABA

Sa’d ibn Bakr qabilasi Rasulullohni (s.a.v.) yaqin oltmish yillardan beri tanirdi. Chunki emizikli paytlarida mana shu qabilaga sut emizishga berilgan edilar.
Qabila ahli oralaridan kuchli, quvvatli, esli bir odamni tanlashdi. O’sha odam Rasululloh bilan ko‘rishadigan, qabila nomidan qaror beradigan - yo Islom dinini qabul va yo rad etadigan bo‘ldi.
Dimom ibn Sa’laba shunaqa keng vakolatlar bilan yo‘lga chiqdi. Tuyada kunlar yo‘l bosdi. Issiq bilan olishdi, suvsizlik bilan yuzma-yuz keldi. Oxiri bir kuni o‘zini xurmo daraxtlari bezagan, havosi latif bir shaharda ko‘rdi. Masjidni izlab topdi. Eshik oldida tuyasini cho‘ktirib, tushdi. Yuganini ilgakka ilib, ichkari kirdi.
-   Qaysi birlaring Muhammad? - deb so‘radi.
Ichkaridagilar unga sal narida devorga suyanib o‘tirgan oq yuzli, oppoq kiyimli kishini ko‘rsatishdi. Dimom o‘sha yoqqa yurdi va Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qoshlariga kelib:
-   Ey Abdulmuttalibning o‘g‘li! - deb xitob qildi.
-   Qulog‘im senda.
-   Men sendan ba’zi narsalarni so‘rayman, ammo-lekin jiddiy gap-so‘z bo‘ladi, menga jahl qilmaysan.
-   Nimani istasang, so‘ra. Senga qarshi ichimda zarracha g‘azab bo‘lmaydi.
-   Bunday bo‘lsa, yaxshi. Sendan oldin yashaganlarning va sendan keyin keladiganlarning Parvardigori bo‘lgan oliy Borliq nomiga qasam ichib so‘rayman: seni bizga payg‘ambar qilib Olloh vazifalantirdimi?
-   Ollohga qasam, ha.
-   Yaxshi. Sendan oldin yashaganlarning va sendan keyin keladiganlarning Parvardigori bo‘lgan oliy Borliq nomiga qasam ichib so‘rayman: yolg‘iz Ollohga qullik (ibodat) qilishimizni, unga shirk keltirmasligimizni, otalarimiz topinib kelgan bu butlarni sindirib tashlashimizni senga Olloh buyurdimi?
-   Ollohga qasam, ha.
Dimom yana o‘ziga xos shaklda qasam ichganidan keyin so‘radi:
-   Besh vaqt namoz o‘qishimizni senga Olloh buyurdimi?
-Ha.
So‘ngra Dimom Islomning boshqa farzlari haqida ham shu tarz qasamlar ichib so‘radi. Zakotni, ro‘zani, hajni va Islomning hukmlarini so‘radi. Payg‘ambar janobimiz har biri haqida kerakli javoblarni berdilar. Ortiq Dimom so‘raydigan narsa qolmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:28:58
-   Men guvohlik beraman... - deya shahodat kalimasini aytdi va so‘zida bunday davom etdi: - Seni payg‘ambar qilib yuborgan Ollohga qasam, butun farzlarni ado etaman, menga taqiqlaganlaringdan qochinaman. Bularga hech bir narsa qo‘shmayman, hech bir narsani kamaytirmayman. Men Dimom ibn Sa’labaman. Qabilamning elchisi va vakili bo‘lib kelganman.
Dimom o‘rnidan turdi va tuyasiga qarab keta boshladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlaridagilar eshitadigan qilib:
-   Agar gapi to‘g‘ri bo‘lsa, jannatga kirdi hisob, - deb marhamat etdilar.
Dimom qabilasiga yetib borganida odamlar darrov atrofiga to‘planib kelishdi. U gapning po‘stkallasini aytdi-qo‘ydi:
-   Lot ham, Uzzo ham jirkanch muxluqlardir! - dedi.
-   Jim bo‘l, ey Dimom, boshingga balo yog‘ilmasin tag‘in. Pes bo‘pqolishing mumkin, moxov bo‘pqolishing mumkin, tentak bo‘pqolishing mumkin... - deyishdi har yoqdan.
-   Yana nimalar deysiz! Uyat! Vallohi, ular na zarar beradi va na foyda. Juda yaxshi bilasizlar, Olloh bir payg‘ambar yuborgan, unga bir Kitob tushirgan, sizlarni o‘zingiz tushib qolgan bu ahvoldan u payg‘ambar vositasida qutqarishni istagan. Menga kelsak, Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qligiga, u Olloh sheriksiz-o‘rtoqsiz ekaniga ishonaman. Muhammad Ollohning quli va payg‘ambari deb guvohlik beraman. Men uning yonidan sizlarga buyuruqlarini va qaytariqlarini keltirdim.
O’sha kuni ertalab quyosh chiqqanida qabila butga sig‘inar edi, botishga hozirlanayotganida u qabilada musulmon bo‘lmagan bitta ham odam qolmadi. Shunday qilib, Dimom ham o‘zi qutulib, ham qabila ahlini qutqargan baxtli odamga aylanib oqshomga yetishdi.
Rasululloh (s.a.v.) Xaybar fathi chog‘i Ali ibn Abu Tolibga (r.a.) aytgan juda qiymatli bir gaplari bor edi: «Sen tufayli bir kishiga Olloh hidoyat berishi sen uchun dunyoning eng qimmatbaho ne’matlaridan ham yaxshidir!»
Dimomni mana shu o‘lchovda baholash lozim. Erta bir kun u Janobi Mavlo huzuriga hisob-kitob berish uchun borganida ortida yuzlarcha xotin-erkak turishajak, ularning hidoyatiga sabab bo‘lgan yaxshi bir inson sifatida izzat-ikrom ko‘rajak.
Islom tarixida juda katta olim bo‘lib tanilgan Abdulloh ibn Abbos u haqida bunday degan: «Dimom ibn Sa’labadan yaxshiroq elchini biz eshitmadik»*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:31:53
QABILA RAISINI ILON CHAQDI

Uhud jangidan olti yil o‘tdi. O’shanda urushga chiqishiga ruxsat berilmagan, «Sen hali yoshsan», deb orqasiga qaytarib yuborilgan Abu Said Xudriy (r.a.) jasur bir yigit bo‘lib yetishdi, safarlarda qatnashdi, urushlarga kirdi.
Bir kuni Rasuli muhtaram (s.a.v.) o‘ttiz kishilik bir bo‘linma tuzdilar. Unga Abu Said Xudriyni boshliq etib tayinladilar. Zimmasiga bir vazifa yuklab yo‘lga chiqardilar.
Bo‘linma uzoq yurdi. Hatto oziq-ovqatlari tugay boshladi. Shunda bir qabilaning yaqiniga qo‘nishdi. Oziq-ovqat so‘rab Abu Said odam jo‘natdi. Ammo borgan odam qo‘li bo‘sh qaytdi. Ozgina dam olvolib, yana yo‘lda davom etishdan boshqa choralari qolmadi. Borib, zo‘rlik bilan qo‘llaridan yemak-ichmak tortib olib bo‘lmasa...
U yoqda esa, qabila raisi o‘zicha mamnun: o‘ttiz kishining qornini to‘yg‘azish oson emasdi-da, axir. Oziq-ovqat bermasdan to‘g‘ri qildim, degan qanoatda edi. Shunday o‘yda o‘tirganida, birdan sakrab turib ketdi. Qattiq bir og‘riq his etdi. Qo‘rqinchli bir hayqirish bilan o‘zini yerga urdi, tipirchilay boshladi. Nima bo‘ldiykan, deb chopib kelganlar, raisning yonidan uzoqlashib borayotgan bir ilonni ko‘rishdi. Qo‘lga ilingan narsa bilan urib, parcha-parcha qilib tashlashdi. Lekin ilon parchalanishi raisning dardiga malham bo‘lmadi. Har kalladan turli-tuman fikrlar chiqardi:
- Nima qilamiz endi, nahot bir chorasi bo‘lmasa?!
-   Anavi yo‘lchilar orasida buning ilojini qiladigan birortasi topilmasmikan?
-   So‘raganlarida yemak bermadik, endi ulardan yordam kutma...
Bu kabi foydasiz so‘zlar bilan o‘tayotgan vaqt raisning zarariga ishlayotgan edi. Nima bo‘lsa bo‘ldi, deb bir xotin jon holatda musulmonlarning orqalaridan yugurib ketdi. Yetib borganida:
-   Raisimizni ilon chaqib oldi, oralaringda buning chorasini biladiganlar bormi? - deb so‘radi halloslaganicha.
-   Bor! - deb javob qildi Abu Said. Xotin unga o‘girildi.
-   Unday bo‘lsa, ketdik!Qani...
Shunda Abu Said Xudriy xotinga sinovchan nazar bilan boqib:
-   Biz sizlardan yeyishga u-bu narsa so‘ragan edik, bermadilaring. Biz ham endi sening bu istagingni bajarmaymiz. Sizlar bizning dardimizga chora bo‘lmadilaring, biz ham sizlarning dardlaring bilan ishimiz bo‘lmaydi,- dedi.
-   Iltimos qilaman... nima so‘rasalaring, beramiz!..
-   O’ttizta qo‘y.
-   Kelishdik.
Abu Said Xudriy xotin bilan birga qabila sari ketdi. Sheriklari orqasidan uni hayrat bilan kuzatib qolishdi: nima qilarkin?..
Abu Said chodirga kirdi. Rais hamon yerda tipirchilab yotardi. Kutib o‘tirmadi, «Alhamdu lillahi Rabbil ‘alamiyn...» deb Fotiha surasini o‘qiy boshladi. Tugatgach, raisga ufladi. Uflashi bilan bu hodisani kuzatib turgan chodirdagilarning boqishlari o‘zgardi. Chunki yerda hozirgina tipirchilab yotgan rais bir onda to‘g‘rilanib, o‘rnidan turib ketgan edi. Maza qilib uxlab turgan odamday holatda edi. Bir-ikki soniya oldin o‘lim bilan olishib yotgan shu odam edi deyilsa, hech kim ishonmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:33:24
Odamlar sevinchdan eslarini yo‘qotishdi. Oralarida yig‘laganlar ham bo‘ldi. Qanday tashakkur etishni bila olmaydigan holda edilar. Endigina o‘n sakkizga kirgan bu yigitcha o‘lar holatdagi bir odamni bu qadar qisqa fursatda tuzatib yuborishini hech kim kutmagan, aqllari ishonmas edi. Nigohlarida hayrat, minnat va taqdir tuyg‘ulari jam...
Raisning buyrug‘i bilan tezda oziq-ovqat hozirlandi. Bu yoqdagi ishlardan xabarsiz kutib turgan sheriklariga odam yuborildi. Ular ham kelishdi. Hammalari to‘yguncha ovqatlanishdi. Shuncha izzat-ikrom ko‘rib, nihoyat yo‘lga chiqishganida, ularga o‘ttizta qo‘ydan iborat bir suruv ham qo‘shib berildi.
Xayr-xo‘shlashib, jo‘nashdi. Yo‘lda borisharkan, Abu Said:
-   Birodarlar, bu qo‘ylarni o‘zaro bo‘lishamiz, - dedi.
-   Bo‘lmaydi, - deyishdi ba’zilar unga.
-   Nega?
-   Chunki sen Qur’on o‘qiding va bularni kasalni tuzatganing evaziga olding.
Bir qarorga kelisholmadi. Nihoyat Abu Said boshqa qarorini aytdi:
-   To Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borgunimizcha ularga tegmaymiz. Holatni u zotga tushuntiramiz, nima desalar, shuni qilamiz.
Bu qaror to‘g‘ri edi, hech kim e’tiroz bildirmadi. Ayni choqda, bu qaror bilan Qur’onning bir hukmiga ham rioya etgan bo‘lishardi:
«Ey mo‘minlar! Ollohga itoat qilingiz va Payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan (musulmon) hokimlarga bo‘yinsuningiz! Bordi-yu, biron narsa haqida talashib qolsangiz - agar Ollohga va oxirat kuniga ishonsangiz - u narsani Ollohga va Payg‘ambariga qaytaringiz. Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir»*.
Safardan Madinaga qaytib kelishganida birinchi qilgan ishlari bu masalani Payg‘ambarimizga (s.a.v.) yetkazish bo‘ldi. Janobimiz Abu Saidga (r.a.) boqdilar:
- Fotiha surasi shifo uchun o‘qiladigan oyatlar ekanini qaerdan bilding? - deb so‘radilar. So‘ngra: - Rozi bo‘lsalaring, bir pay menga ham ajratinglar, - deb qo‘shib qo‘ydilar.
Ortiq bu borada hech kimda shubha, ikkilanish qolmadi.
Abu Saidning duosi bilan tuzalib ketgan rais va uning qabilasi musulmonmidi? Yo‘q bo‘lsa, bu hodisa tufayli musulmon bo‘lishdimi? Ular o‘zi qaysi qabila edi?
Bu savollarning javobini bilmaymiz**.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:34:32
YOLG’ONCHI MUSAYLAMA

Bir kuni tonggi namozdan keyin Rasuli akram (s.a.v.) shu kecha ko‘rgan tushlarini gapirib berdilar:
-   Qo‘limda ikkita oltin bilakuzuk ko‘rdim. Bu hol meni g‘amga soldi. Ularga pufla, deb vahiy qilindi. Pufladim. Uchib ketishdi. Bularni mendan keyin payg‘ambarlik da’vosi bilan o‘rtaga chiqadigan ikki yolg‘onchi kishiga yo‘ydim. Biri Asvad al Ansi, ikkinchisi Musaylama, - dedilar.
Haqiqatan ham Yamomadan qabilasi ahli bilan kelgan Musaylama: «Agar o‘zidan keyin mening payg‘ambar bo‘lishimga ko‘nsa, men ham uning yo‘liga kiraman», der edi. Rasululloh (s.a.v.) bilan ko‘rishganida orzuini takrorladi:
-   Agar istasang, hozircha sening bu da’voingga aralashmayman. Faqat, sendan keyin men payg‘ambar bo‘lishim shart! - dedi.
Shunda Janobimiz qo‘llaridagi cho‘pni ko‘rsatib:
-   Bu masalada mendan mana shu cho‘pni so‘rasang, shuni ham bermayman! - dedilar.
Bera olmasdilar ham. Chunki payg‘ambarlik odamning istagiga bog‘liq maqom emas.
Odamlar bir-biriga ulashadigan rutba va mavqe ham emas. Hech kim shu paytgacha shaxsiy orzu va harakati bilan payg‘ambar bo‘lmagan. Qolaversa, Payg‘ambar janobimiz payg‘ambarlarning oxirgisi bo‘lganlari uchun bundan bu yog‘iga boshqa payg‘ambarning kelishi aqlga sig‘mas ham edi.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) Musaylamaga yana bunday deganlari ham rivoyat etiladi:
-   Sen aslo Ollohning taqdiridan u yog‘iga o‘ta olmaysan. Agar payg‘ambarlik da’vosini ilgari sursang, Olloh seni parishon etadi. Men tushimda ko‘rgan yolg‘onchi sen ekaningga gumonim kuchli. Mana, Sobit, mening nomimdan senga javob beradi.
Shunday deb Rasululloh (s.a.v.) u yerdan ketdilar. Sobit ibn Qays unga Rasuli akram nomlaridan javob berdi.
Ammo Musaylama da’vosidan voz kechmadi. Qabilasiga qaytib borgach, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi. Uning bu yo‘lni tutishiga Payg‘ambar janobimizga ko‘rsatilayotgan hurmat va itoat ko‘ngliga yoqmagani edi. Mukammal bir saltanat surish hazilakam ish emasdi. Cheksiz bir boylik to‘plash imkoni bor edi.
Musaylamada ba’zan karomatga o‘xshab ketadigan g‘aroyib voqealar ham sodir bo‘lib turardi. Xalqni bu kabi namoyishlar bilan qondirish imkoni bor edi. Qurayshning payg‘ambariga muqobil Yamomadagi Xanifa qabilasida ham bir payg‘ambar bo‘lsa, nima qilibdi?
Bu iddao Xanifa qabilasi orasida yaxshi qarshilandi. Madinaga borib o‘tirmasdan Yamomadagi payg‘ambarga ergashish yanada oson ko‘rindi ularga.
Bu payg‘ambar hamrni ichish-ichmaslik to‘g‘risida indamayapti. Zino halol qilindi. Namoz o‘qish majburiyati ham yo‘q. Bular bilan birga, Madinadagi payg‘ambarni ham qabul etayotibdi. Madinaga borib, zimmaga bir qancha majburiyat va mas’uliyat yuklab olmay,
ishni qisqa yo‘ldan va yanada oson hal etish ko‘p odamlarga yoqib tushdi. Shu bois Musaylama tevaragidagi olomon borgan sari ortaverdi.
Rahhol ibn Unfuva bir paytlar Islom dinini qabul qilgan, hatto Qur’ondan ba’zi suralarni yodlagan ham edi. Bir kuni Abu Hurayra (r.a.) bilan birga o‘tirganida ustlariga Rasululloh (s.a.v.) kelib qoldilar va: «Ikkovingizdan biringizning oziq tishi jahannamda Uhud tog‘iday katta bo‘lib ketadi», dedilar.
Bu muborak so‘zlar ostida yotgan va musulmon odamning tuklarini dikkaytirib yuboradigan yomon ko‘rgilik kimga tegishli ekan?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:36:55
Abu Hurayra (r.a.) bu tahdid menga kelsa-ya, degan qo‘rquv va xavotirda necha kechalar uyqusini yo‘qotdi.
Bu orada bir kuni Rahholning yo‘qolib qolishi va qaerga ketgani ham ma’lum emasligi Abu Hurayraning yuziga rang kiritdi. Keyinroq Rahhol Yamomaga ketgani va Musaylamaning payg‘ambarligini qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar Madinaga yetib keldi.
Rahhol Madinada o‘rgangan Qur’on oyatlarini Musaylamaga o‘qib berar, u esa, men ham vahiy olyapman, degan da’voda Qur’onga o‘xshatishga urinib, har xil tumtaroq so‘zlarni qalashtirib borar edi.
Bir kuni Madinaga ikki odam keldi. Musaylamaning elchilari ekan. Keltirgan xatlarini hazrati Rasulullohga (s.a.v.) topshirishdi.
«Ollohning payg‘ambari Musaylamadan Ollohning payg‘ambari Muhammadga!.. Senga salom bo‘lsin. Bundan keyin bilib qo‘y: men payg‘ambarlik ishida senga o‘rtoqman. Hissamiz yarimga-yarimdir. Yarmi bizga, yarmisi Qurayshga... Ammo qurayshliklar payg‘ambarlik haqqiga to‘la ega chiqib, chegaradan oshishyapti», deb yozilgan edi xatda.
Janobimiz xat keltirgan ikkala odamdan:
-   Sizlar ham u aytayotgan gaplarni to‘g‘ri deysizlarmi? - deb so‘radilar.
-   Ha, - deb javob berishdi elchilar.
Boshqa rivoyatda janobi Rasululloh ularga: «Mening payg‘ambar ekanimga ishonasizlarmi va guvohlik berasizlarmi?» deb so‘raganlar. Ular esa: «Biz Musaylamaning payg‘ambarligiga guvohlik beramiz», deb javob berishgan.
Shunda Janobimiz:
-   Men Ollohga va payg‘ambarlariga ishongan odamman. Agar elchiga o‘lim yo‘qligi to‘g‘risida umumiy hukmi bo‘lmasa edi, agar elchi o‘ldirgan bo‘lsaydim, albatta sizlarni o‘ldirar edim! - dedilar.
Buyurdilar, bir xat yozildi:
«Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan. Ollohning elchisi Muhammaddan yolg‘onchi Musaylamaga!.. Salom hidoyatga ergashganlargadir. Bundan keyin bilib qo‘y, yer yuzi Ollohnikidir, qullaridan istaganini bu yerga voris qiladi. Natija esa, Ollohga hurmati bo‘lganlargadir».
Sharafli xat elchilarga tutqazilib, kuzatib qolindi.
Boshqa tomonda Sajoh ismli bir xotin ham payg‘ambarlik da’vosini qilib chiqdi, tevaragiga ancha-muncha odam ham to‘pladi. Bu xotin kelajakda Musaylama bilan gaplashadi va o‘zi payg‘ambarlik da’vosidan voz kechib, Musaylamaga erga tegadi. Nabiyyi akram vafotlaridan keyin Yamomada Musaylama o‘ldirilgach, tavba qilib, Islom dinini qabul qiladi va qolgan umrini samimiy bir muslima sifatida o‘tkazadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:38:09
BIR ELCHINING HAQIQATNI O’RGANISHI

Duch kelgan odam ko‘ngliga kelgan har narsani Rasulullohdan (s.a.v.) so‘rayverishi taqiqlangan edi. Ma’nosiz, mantiqsiz savollar boshqalar kabi u zotni ham rohatsiz qilardi.
Ayni choqda, ashobi kiromning ilg‘orlari juda-juda orzu qilishardi, qaniydi savol so‘rash taqiqlanganini bilmaydigan sahroyilardan esli-hushli bittasi kelsayu savollar so‘rasa...
Bir kuni masjidda o‘tirishganida bir badaviy paydo bo‘ldi va hazrati Rasulullohning huzuri saodatlariga keldi.
-   Ey Muhammad, bizga elching bordi va sening «Olloh meni payg‘ambar qilib yubordi»,
deganingni aytdi, - dedi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   U holda menga javob ber: osmonni kim yaratdi?
-   Ollohyaratdi.
-   Yerni yaratgan kim?
-   Olloh.
-   Yer yuziga bu tog‘larni tikkan va yer yuzida istagan narsasini qiladigan kim?
-   Olloh.
-   U holda osmonni yaratgan, yerni yaratgan, yer yuzida tog‘larni tikib qo‘ygan Zot haqqi,
ayt: seni payg‘ambar qilib Olloh yubordimi?
-Ha.
-   Sening elching bir kun va bir kechada besh vaqt namoz vazifasi borligini aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   Seni payg‘ambar qilib jo‘natgan Olloh haqqi, so‘yla: buni senga Olloh buyurdimi? -Ha.
-   Sening elching mollarimizdan zakot berish vazifasi borligini ham aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   Seni payg‘ambar qilib jo‘natgan Zot hurmati, so‘yla: buni senga buyurgan Ollohmi? -Ha.
-   Elching bizga har yil ramazon oyida ro‘za tutish vazifamiz borligini ham aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   Seni payg‘ambar qilib jo‘natgan Zot haqqi, so‘yla: buni senga Olloh buyurdimi? -Ha.
-   Yana elching yo‘lga qodirlarimizga Baytni haj etish vazifasi borligini ham aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
Haligi odam bularning hammasini ijikilab so‘rab chiqqach, nihoyat:
-   Seni payg‘ambar qilib yuborgan Olloh uchun aytaman: bularga hech narsa qo‘shmayman ham, hech narsani kamitmayman ham dediyu turdi-ketdi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning ortidan:
-   Qasam bo‘lsinki, agar shu so‘zlarida tursa, albatta jannatga kirajakdir! — deya marhamat qildilar*.
O’sha kunlari yana bir voqea, bunisi ham Rasuli muhtaram masjidda o‘tirganlarida, ashobi kiromning ko‘pi ham yonlarida ekanlarida ro‘y berdi. Bir kishi kelib ichkari kirdi. Egnida oppoq ko‘ylak. Sochlari timqora. Uzoqdan kelganini ko‘rsatuvchi biror belgi yo‘q: charchamagan, usti chang-tuproq ham emas. Buning ustiga, notanish. Qisqasi, agar madinalik bo‘lganida uni taniydigan topilardi, uzoqdan kelganida yo‘lning ta’siri bilinib turardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:39:07
Odam kelib Rasulullohning shundoq qarshilariga o‘tirdi. Tizzasini tizzalariga tiradi, qo‘llarini tizzaning ustiga qo‘ydi.
-   Ey Muhammad, menga ayt-chi, Islom nima? - deb so‘radi.
-   Islom «Ollohdan boshqa topinch yo‘q, Muhammad Ollohning rasulidir», deb
guvohlik berish; namoz o‘qish, zakot berish, ramazon ro‘zasini tutish va agar yo‘lga qodir
bo‘lsang, haj qilish, - deb javob qildilar (s.a.v.).
-   To‘g‘ri so‘ylading.
Uning bu gapi shu atrofda o‘tirganlarning ko‘zlarida hayronlik paydo qildi. Bu begona xuddi bilmaydigan bir odamday savol so‘radi, keyin esa, xuddi biladigan odamday javobni  tasdiqladi. Ajabo, o‘rganmoqchimi yo imtihon qilyaptimi?
-   Menga imon haqida xabar ber, imon nima?
-   Imon Ollohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, qadar, yaxshilik va yomonlik Ollohdan ekaniga ishonishdir.
-   To‘g‘ri aytding. Endi menga ehson nima ekanini tushuntirib ber.
-   Ehson Ollohni ko‘rib turgandek unga ibodat qilishingdir. Harqancha sen uni ko‘rmayotgan bo‘lsang ham, u seni ko‘rib turadi.
-   Menga qiyomatning vaqti haqida belgi ber.
-   Bu borada so‘raluvchi so‘rovchidan ko‘ra bilimli emas (senga o‘xshab, men ham bilmayman).
-   U holda menga qiyomatning nishonalaridan so‘yla.
-   Cho‘ri o‘zining bekasini tug‘adi; yalangoyoq, boldiri yalang‘och odamlarning boshiga chiqadi; kambag‘al podachilar imorat qurishda bir-biri bilan musobaqalashadi... Qiyomat Ollohdan boshqa birov bilmaydigan besh narsa ichidadir,- dedilar Nabiyyi akmal (s.a.v.) va shu ma’noni  ifodalovchi oyatni o‘qidilar: - «Darhaqiqat, yolg‘iz Ollohning huzuridagina soat (qiyomat qachon bo‘lishi to‘g‘risida) bilimi bordir. U (o‘zi xohlagan vaqtda, o‘zi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biror jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Ollohgina biluvchi va xabardor zotdir»*.
Savol-javob shu yerda bitdi. Kelgan odam hech narsa demay o‘rnidan turdi, o‘ziga qadalgan maroqli nigohlar ostida masjidni tark etdi.
Oradan bir-ikki soniya o‘tdi. Haligi odam yurgan bo‘lsa, endi ikki-uch odim yurgandir. Ikki olam sarvari:
-   U odamni menga chaqiringlar, - deb qoldilar.
Bir necha kishi baravar turib tashqari otilishdi. Lekin atrofda odam zoti ko‘rinmasdi. Nochor, qaytishdi.
-   Topolmadik, ey Ollohning rasuli. Uni ko‘rgan-ketgan odam ham yo‘q tashqarida.
Janobimiz muborak yuzlarini uzun bo‘yli, yelkalari keng, hammaning orasida gavdasi bilan ajralib turgan odamga chevirdilar:
-   U odamning kimligini bilasanmi, ey Umar? - deb so‘radilar.
-   Olloh va rasuli mendan yaxshiroq biladi, - deb javob qildi hazrati Umar (r.a.)
-   U Jabroil edi va sizlarga diningizni o‘rgatish uchun keldi.
O’tirganlarni bir hayajon to‘lqini qopladi. Vahiy farishtasini odam shaklida ko‘rish, ovozini eshitish, Rasuli amin bilan Jabroili amin tizzama-tizza o‘tirib qilgan suhbatlarini tinglashdek izlab topilmas daqiqalarni yashashgan edi, axir.
Qur’onda bunga o‘xshash voqealar kelgan. Masalan, payg‘ambar Ibrohim (a.s.) ziyoratlariga kelgan mehmonlarini to ular o‘zlarini tanitmagunicha tanimaganlar. Ayni
shu farishtalar hazrati Lut (a.s.) huzurlariga kelishganida Lut (a.s.) ham ularni tanimaganlar. Hadis kitoblariga alohida nom ostida «Jabroil hadisi» deb kirgan bu suhbat sahobai kirom uchun g‘oyat aziz bir xotira o‘laroq ko‘ngillardan joy oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:39:52
RASULULLOH SEVGAN ODAM

Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) yordamsevar bir odam edi. Birovlarning ko‘nglini olishni yaxshi ko‘rardi. Uning bu xislati vaqti kelib qo‘lida hech narsa qolmasligiga sabab bo‘ldi. Tirikchiligini o‘tkazish uchun hatto ba’zan qarz olishga majbur bo‘lib qoldi. Qarzini o‘tash vaqti kelib, haqdorlar eshigini qoqib kelishganida Muozning uzr so‘rashdan boshqa ularga beradigan hech vaqosi yo‘q edi. Lekin uzr so‘rash dardga davo emasligini uning o‘zi ham bilardi.
Kelganlarning qoshlari chimirilib, yana kelarmiz, deb ortlariga ketishdi, ketayotib, biror chorasini topgin-da endi, deb eslatib qo‘yishni ham unutishmadi.
Muoz uyiga kirarkan, qorong‘i o‘y-xayollar qurshovida qolgan edi. Nima qilsa ekan, bu qorong‘ilikdan chiqish yo‘lini qanday topsa ekan? «Marhamat, istaganlaringni qilinglar!» deb bo‘lmasdi. «Boshingizni bilgan toshingizga uring, mening sizdan qarzim yo‘q!» deya olmasdi. Uyiga qamalib olishdan ham foyda yo‘q.
Nima qilarini bilmay, birmuncha muddat tolg‘in ko‘zlarini xona devorlariga tikib turdi. So‘ngra shart o‘rnidan turdi-da, Payg‘ambar masjidlariga yo‘l oldi.
Janobimiz uning dardini diqqat bilan tinglab bo‘lgach, qarz berganlarning uyiga bir-bir bordilar. Har biri bilan gaplashdilar. Lekin bu gaplashishlardan na muddat ortga surildi va na biror qulaylik tug‘ildi. Aksiga olib, qo‘lda g‘animat ham yo‘q, bo‘lganida Janobimiz masalani oson hal etib qo‘ya qolar edilar. Muozni juda yaxshi ko‘radigan Payg‘ambarimizning bu ishga g‘ayratlariga guvoh bo‘lgan bir sahobiy keyinchalik: «Agar Payg‘ambar (s.a.v.) orachiliklarida biron qarz muddati kechiktirilsa edi, Muoz uchun kechiktirilgan bo‘lar edi», degan edi.
Endi nima qiladi Muoz? Havo yoqimli, kunlar qanday go‘zal, deb hech narsa bo‘lmaganday yuraversinmi? Yo‘q, bunday qilishga undagi uyat tuyg‘usi yo‘l bermaydi, obro‘-e’tibori, sharafi bor uning. Bu ahvolga chek qo‘yish lozim edi. Rasululloh (s.a.v.) Muozning mol-mulkini sotishga chiqardilar. Kelgan mablag‘ni qarz berganlarga tarqatib, masalani hal qildilar. Muoz endi uysiz-bog‘siz, besh tangasiz qoldi. Ammo bu chorani qo‘llagan Janobimiz uni bu ahvolda tashlab qo‘ya olmasdilar ham.
O’sha kunlar edi. Rasululloh (s.a.v.) Yamanga borib, u yerda Islom dinini tushuntirish, shar’iy hukmlarni tatbiq etishga ko‘ngilli bir odam axtardilar. Abu Bakr (r.a.) ko‘ngilli bo‘lib chiqqan edi, uni qaytardilar. Keyin hazrati Umar (r.a.) keldi. Uni ham qaytardilar. Nihoyat bu vazifaga Muoz ibn Jabal talabgor bo‘ldi. Darhol qabul etildi.
Endi Muoz bemalol nafas ola olardi. «...Kim Ollohdan qo‘rqsa, u Zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur...»* oyatining siri ochildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:41:38
Rasuli akram (s.a.v.) Muozni (r.a.) qarshilariga o‘tirg‘izdilar. Vazifasini bajarishda nimalarga e’tibor qaratishi lozimligini ushbu muborak so‘zlar bilan tushuntirdilar:
- Sen ahli kitoblardan bir qavmni Islomga chaqirish uchun boryapsan. Ularni eng oldin Ollohning rasuli ekanimga ishonishga chaqir. Ular bu chaqirig‘ingni qabul etishsa, bir kun-bir kechaga besh vaqt namozni Olloh farz qilganini bildir. Agar ular senga bu borada itoat etishsa, boylaridan olinib kambag‘allariga tarqatish uchun Olloh zakotni farz qilganini ayt. Agar ular buni ham qabul qilishsa, zakotni to‘plashda odamlarning mollaridan eng yaxshilarini olib jonlarini achishtirishdan va natija o‘laroq mazlumning badduosiga nishon bo‘lishdan saqlan. Chunki bunday duo bilan Olloh orasida hech qanday to‘siq yo‘q.
So‘ngra uni savolga tutdilar:
-   Ey Muoz, nima bilan hukm qilasan?
-   Ollohning Kitobi bilan hukm qilaman.
-   Izlagan hukmingni Qur’ondan topmasang-chi?
-   Payg‘ambarning sunnati bilan hukm qilaman.
-   Undan ham izlaganingni topmasang-chi?
-   Uholda ijtihodqilaman.
Shunda Janobimizning muborak yuzlarida totli bir mamnunlik alomatlari ko‘rindi. Axtarganini topgan, amaliga qovushgan bir ko‘ngil huzuri ichida:
-   Maqtovlar Ollohgadir, u rasulining elchisini rasulining orzuiga uyg‘un holga keltirdi, - deb marhamat qildilar.
Muozga sherik qilib Abu Muso al-Ash’ariyni tayinladilar va ikkaloviga bunday tavsiya berdilar:
-   Oson qilib ko‘rsatinglar, qiyinlik chiqarmanglar. Ko‘ngillarni zavqlantiradigan ifodalar bilan so‘zlanglar, nafratlantiradigan so‘z va ishlardan uzoq turinglar.
So‘ngra ularni yo‘lga kuzatib chiqdilar. Muoz tuyaga mingan, sarvari koinot (s.a.v.) yonida yayov borardilar.
-   Ey Muoz, - dedilar bir payt, - boshqa meni ko‘rmasang kerak, menga yetisha olmaysan, shekilli. Faqat, masjidimga va qabrimga kelasan.
Bu gaplar Muozning quloqlarini yondirdi, yuragini qovurdi. Ko‘zlari bir onda yoshlanib, yuragining tub-tublaridan qaynab chiqqan bu yoshlarni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. Rasuli kibriyoni boshqa ko‘rmas bo‘lib ayrilib ketish shuncha osonmikan?.. Abadiy saodatni uning rahbarligida topgan, jondan aziz bir sevikli o‘laroq qabul etgan edi bu zotni. O’rinlariga o‘lishni joniga minnat biladigan darajada bitmas-tuganmas sevgisi va hurmati bor edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:49:39
O’ziga qolsa, ketmasdi, to vafot etgunlariga qadar yonlaridan ayrilmas edi. Ammo sevikli Payg‘ambari unga «Bor!» deb turibdilar. Ketmasa, bo‘lmasdi. Sevgan odam sevgisini buyruqqa itoat etish bilan isbot qilishi lozim, axir.
Demak, taqdir qalami dunyo hayotida Payg‘ambarni (s.a.v.) boshqa ko‘rish yo‘lini unga berkitibdi. Muoz u yoqda Ollohning rasulidan vakil o‘laroq tablig‘ vazifasini yuritar ekan, Ollohning seviklisi (s.a.v.) bu yoqda dunyodagi vazifalarini tamomlagan sifatida olamlar Parvardigorining huzuriga borajak edilar. Qisqasi, endi ko‘rishish mahsharga qolayotgan edi.
-   Ey Ollohning rasuli, menga vasiyat qiling, - dedi.
-   Qaerda bo‘lsang, Ollohga hurmatda bo‘l.
-   Yana vasiyatqiling.
-   Yomonlik qilib qo‘ysang, ketidan yaxshilik qil, to bu yaxshiliging u yomonligingni yuvsin.
-   Yana ayting, ey Ollohning payg‘ambari.
-   Odamlarga chiroyli xulq bilan muomala qil.
Ajralish payti ham kelib qoldi. Muozning qulog‘iga sirg‘a qilib yana bitta tavsiya qilindi:
-   Ne’matga ko‘milib ne’matni berganni unutishdan saqlan. Chunki Ollohning sevikli qullari ne’mat egasini unutib qo‘yishdan qo‘rqqanlaridan ne’matga ko‘p ham ko‘milavermaydilar.
Bu tavsiya ayniqsa Muozga juda lozim edi. Butun mol-mulki qo‘lidan chiqqan bir odam sifatida bundan buyon mol-davlat masalasida yana boshqa xayollarga borish ehtimoli shu zayl o‘nglandi.
Muozning quloqlarida qolgan oxirgi jumla Rasuli amin janobimizning ushbu muborak so‘zlari bo‘ldi:
- Insonlardan menga eng yaqini Ollohni hurmatlaganlaridir, kim bo‘lsa bo‘lsin, qaerda bo‘lsa bo‘lsin...
Bularni aytib bo‘lgach, Ollohning seviklisi, jazo kunining shafoatchisi Muhammad Mustafo (s.a.v.) janobimiz Madinaga qaytib ketdilar. Muoz endi boshqa ko‘rmayajagi sevgili payg‘ambarining ortlaridan hasrat to‘la yoshli ko‘zlari-la qarab turdi-da, so‘ngra uham Yaman yo‘lini tutdi.
Otilgan har bir odim ularni bir-biridan uzoqlashtirayotgan edimi? Yoki ikki sevgili birga-birga bitta yo‘lda ketayotirlarmi?..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:50:37
Haqiqat olamida ayriliq yo‘q. Muoz (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida, Rasuli kibriyo janobimiz ham Muozning yonida...
Bir vaqtlar suyukli Payg‘ambarimizning: «Sevuvchi sevgilisi bilan birga bo‘ladi», deganlarini Muoz eshitgan edi. Yana bitta xotirasini esa, qabrga kirsa ham unutmasa kerak. Bir kuni Janobimiz uning qo‘lidan tutib: «Ey Muoz, Ollohga qasam, men seni yaxshi ko‘raman. Har namozing ortidan «Allohumma, a’inna ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik» (Ollohim, seni eslash, senga shukr qilish va chiroyli ibodat etishda menga yordamchi bo‘l) duosini qoldirma, beparvo bo‘lma», deb marhamat qilgan edilar.
Hazrati Rasululloh (s.a.v.) qasam ichib «seni yaxshi ko‘raman» deya maqtaganlari Muoz ibn Jabalni (r.a.) umrlarining oxirlarida uzoqlarga jo‘natishlarining, albatta, bir hikmati bor edi. Jisman ayriliq bo‘lsa ham, ma’naviy birgalik davom etadi, birga bo‘lgan paytlari olganidan ham ortig‘ini Muoz ayriliq onida oladi. Xayr-xo‘shlashilayotganda Janobimiz aytgan gaplarda uzoq-yaqinlik aslo muammo emasligi ham tushuntirilganday bo‘ldi. Qancha uzoqdagilar juda yaqin, qancha yaqindagilar esa, juda uzoqbo‘lishlari mumkin edi.
Yaman sari borayotgan Muoz hozirgacha hech tark etmagan duosini yana har namozidan keyin takror etarkan, bu bilan Janobining xos tavsiyalarini joyiga qo‘yayotganini ham xotirlayajak, qo‘lini Rasuli kibriyoning qo‘llarida turgandek his etajak edi.
Hech unutmaydigan xotiralaridan yana bittasi imom bo‘lib namoz o‘qiyotganda namozni cho‘zib yubormaslik to‘g‘risidagi tavsiya edi. Bir paytlar uzundan-uzoq namoz o‘qib bera boshlaganida Payg‘ambarimiz unga tanbeh berganlarini haligacha unutmagan edi*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:51:24
VIDO HAJI

Hudaybiyada bitim tuzilayotgan choqda o‘rnidan turib ketgan va: «Nuqul Quraysh elchisining gapi bo‘ladimi?» deya portlaganlar o‘shanda rosmana endi imon da’vosini boy berdik, deb o‘ylashgan edi.
Madinaga qaytishda tushgan Fath surasi bu bitimni mo‘minlar uchun «ochiq-ravshan fath» deb baholagan, ko‘ngillarda to‘plangan qayg‘uni sug‘urib tashlagan edi. Bundan buyon Islom dini kundan-kunga quvvat topdi, shirk va kufr hayoti odim-odim chekinishga majbur qoldi. Ana o‘sha bitimdan keyinoq mo‘minlar katta va davomli xavf tug‘dirib kelayotgan Haybar qal’asini fath etishdi. Tevarakdagi katta-kichik amirliklarga xatlar yozildi, Makka fath etildi, to Tabukkacha safarlar uyushtirildi, hazrati Abu Bakrning amirligi ostida qilingan haj paytida bundan buyon hech bir mushrik Ka’bani tavof etolmasligi
e’lon qilindi. Bu e’longa qarshi bosh ko‘tarib, «Yo‘q! Eski tartib davom etadi!» deydigan bir odam chiqmadi.
Undan keyin uzoq-yaqindagi ko‘p arab qabilalari o‘z ixtiyorlari bilan Madinaga kelib, Islomni qabul qilganlarini bildirishdi.
Mana shu oralarda Nasr surasi indi: «(Ey Muhammad,) qachon Ollohning yordami va g‘alaba kelsa va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib Ollohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko‘rsangiz, darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U Zotni har qanday «sherik»lardan) poklang va u zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, u tavbalarni qabul qilguvchi zotdir».
Bu sharafli sura kelganidan keyin Janobimiz oldingiga qaragandayam ko‘p tavba va istig‘for aytadigan bo‘ldilar.
Ayniqsa, hazrati Abu Bakr bu surani «Endi tayyorgarlik ko‘rish vaqti yaqinlashdi, ey sevikligim!..» ma’nosida tushundi, ko‘zlari yoshlandi. Chunki bu surada vazifa oxiriga yetayotganini his ettiradigan alomatlar bor edi.
Insoniyatning eng buyuk yo‘lboshchisi (s.a.v.) endi ummatlari bilan vidolashajaklar, payg‘ambarlik hayotlari bo‘yicha odamlarga anglatishga harakat qilganlari abadiy saodat yurtiga yo‘l olajaklar.
Bu kabi o‘ylar og‘ushida, hijratning o‘ninchi yili zulqa’da oyida haj qilish uchun Makkaga borishga qaror qilganlarini tevarakdagi qabilalarga bildirdilar. Bu xabarni eshitgan musulmonlar to‘p-to‘p bo‘lib Madinaga oqib kela boshlashdi.
Haj amri kelganidan keyin suyukli Payg‘ambarimiz qilgan ilk va so‘nggi haj edi bu. Madinaga hijratdan oldin, hali farz bo‘lmasidan oldin haj qilganlari ma’lum.
Hayotlarida safarga oxirgi chiqishlari, bundan boshqa haj qilish imkonlari yo‘q edi. Shu bois xotinlari orasida bu gal qur’a tashlanmadi. Oyisha, Ummu Salama, Savda, Zaynab, Juvayriya, Safiya, Ummu Habiba va Maymuna (hammalaridan Olloh rozi bo‘lsin) onalarimiz bu safarga boradigan bo‘lishdi. Cho‘ri hukmidagi Rayhona bilan Moriya ham bor edilarmi, yo‘qmi - bilmaymiz.
Tirik qolgan bittagina qizlari Fotima ham sevikli ota bilan birga. Yaqinda Yamanga yuborilgan hazrati Ali o‘sha yoqdan yo‘lga chiqajak va Makkada topishishajak edi. Ummu Rumonning vafotidan keyin hazrati Abu Bakrga turmushga chiqqan Asmo binti Umays to‘qqiz oylik homilasi bilan u ham safarni mo‘l turibdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:52:04
Zulqa’da oyining yigirma beshinchi - shanba kuni peshin namozi o‘qib bo‘lingach, Janobimiz harakat amrini berdilar. Makka yo‘liga chiqqanlarning soni yuz ming edi. Bu yuz ming insonning har biri Ollohning rasuli (s.a.v.) bilan birga haj qilishdek ulug‘ ne’matni g‘animat bilishar, qadr-qiymatini to‘la his etishar edi.
Ikki soatlarcha yurilib, Zulhulayfaga yetib kelishdi. Dam berildi. Sayyidi koinot janobimizning imomliklarida asr namozi ikki rakat o‘qildi. Shom, xufton, bomdod namozlari ham shu yerda o‘qiladigan bo‘ldi.
Shom vaqti kiray deganida Payg‘ambarimizga bir chaqaloq uzatildi. Hozirgina tug‘ilgani, endigina ilk nafaslarini olayotgani shundoq bilinib turardi. Yonida ko‘zlari sevinchdan porlab turgan Abu Bakrni ko‘rib, Rasululloh ahvolni angladilar. Demak, Asmo tug‘ibdi va bu yerga baraka duosini istab olib kelishgan. Hazrati Abu Bakr hayotining oxirgi mevasi bo‘lgan bu bolaga Payg‘ambarimizning muborak ismlarini qo‘ydi. Abu Bakr o‘g‘li Muhammad dunyoga keliboq Olloh rasulining quchoqlariga kirdi, duolarini oldi. Bu murg‘ak go‘dak kelajakda onasi Asmoning hazrati Aliga tegajagini va shu munosabat bilan hazrati Aliga o‘gay o‘g‘il bo‘lajagini hozir bilmas edi. Va yana u hazrati Ali xalifalik
davrida Misrga voliy etib tayinlanishini hamda ketayotganida yo‘lda yoqalanib o‘ldirilishini ham bilmasdi.
Asmo Payg‘ambarimizning tavsiyalari bilan yuvinib oldi, ehromga kirdi va haj safarida davom etish uchun tayyor bo‘ldi.
O’sha kecha Ollohning rasuli xotinlarini bitta-bitta ziyorat qilib chiqdilar, yuvindilar, xushbo‘ylar sepdilar va ehromga kirdilar. Bundan keyin xushbo‘ylar sepish, soch va tirnoqlarni olish, tikilgan kiyim kiyish mumkin emasdi. Xotinlari bilan ham munosabatlari xuddi begonalar oldida turgandagi holatdan oshib ketmasligi kerak.
Ehromga kirgach, «Labbayk, Ollohumma labbayk...» deb Ollohning chaqirig‘iga hozirliklarini bildirdilar. Ehromga kirgan yuz ming odamning bir og‘izdan «Labbayk!..» deb hayqirishlari ufqlarni titratib yubordi, yuraklarga qo‘rquv soldi.
Janobimiz Ollohga hamd aytdilar, «Ollohim, hajimiz ko‘z-ko‘zlashdan, shuhrat tuyg‘usidan uzoq, maqbul haj bo‘lishini nasib et», deb duo qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:55:05
Tuyalarining ustiga yopilgan kigiz sotilsa, bahosi to‘rt dirhamga yetmasdi. Umr bo‘yi shuhratdan, ko‘z-ko‘zlashdan yiroq yashadilar, zotan Janobimizga bu yo‘l berk edi. Janobi Mavlo u kishini bu tuyg‘ulardan qo‘rir edi. Yuz ming kishini ergashtirib hajga borish rahmat payg‘ambariga shuhrat tuyg‘usi emas, hamd va shukr tuyg‘usi berar edi. Bu yerda e’tibor berish lozim bo‘lgan noziklik hajga borishni maqtanish vositasi qiladigan va o‘ziga «hoji» deb murojaat etilishiga katta ahamiyat beradigan kimsalarga oldindan muhim eslatmaqilibqo‘yish edi...
Payg‘ambarimiz qadrdon tuyalari Qasvaga mindilar-da, yurish buyrug‘ini berdilar. Qasvadan sal ilgariroq borayotgan Jobir ibn Abdulloh boshini ko‘tarib tevarakka boqdi: ko‘z ilg‘amas darajada yoyilgan odamlar seli oqib borardi. Umrida bunchalik ko‘p olomonni ko‘rmagan edi. Payg‘ambarimizga jo‘r bo‘lib «Labbayk!..» deyayotgan odamlarning tovushlari tog‘larga urilar, u yerdan qaytib quloqlarda jaranglar edi...
Yo‘lakay haj guruhiga yangi-yangi odamlar kelib qo‘shilaverdi. Tuya ustiga qurilgan bir kajava pardasi qiya ochilib, ayol kishi:
-   Ey Ollohning payg‘ambari, buyam haj qilgan bo‘ladimi? - deb so‘radi qo‘lidagi chaqalog‘iga ishora etib.
-   Ha, - dedilar Janobimiz, - senga ham bu tufayli ajr va savob bo‘ladi...
Abvo qishlog‘iga kirib kelishdi. Bu yer ellik yetti yil ilgari qimmatli va lekin tole’siz onalari qora tuproqqa qo‘yilgan joy edi. Ollohning seviklisi do‘stlaridan ajralib, onalarining qabri tepasiga bordilar. Bir muddat o‘sha yerda turdilar. So‘ng ko‘zlaridan nur tomchilari to‘kila-to‘kila safardoshlarining yoniga qaytdilar. Hech kim: «Nima narsa sizni yig‘latdi, ey Ollohning payg‘ambari?» deb so‘ramadi. Odam onasining mozori boshidan xursand holda qaytmaydi-ku... Shunday bo‘lsa ham, Janobimiz o‘zlari kerakli tushuntirishni berdilar:
-   Onamga mag‘firat istab duo qilishga Egamdan izn so‘radim, menga bu izn berilmadi. Hech bo‘lmasa, qabrini ziyorat etishga izn so‘ragan edim, bunga ijozat berildi. Sizlar ham qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki o‘limni va oxiratni eslatadi, - deb marhamat qildilar*.
Shu so‘zlarni aytarkanlar, Janobimizning (s.a.v.) muborak ko‘zlari nur ko‘liga aylandi. Yuzlari eng ochiq ma’nodagi kadar va mahzunlik lavhasi edi.
Bolasi olamlarga rahmat bo‘lgan bir ona bo‘lish, ammo bolasidan mag‘firat duosini olmaslik... bundan katta tole’sizlik bo‘ladimi? Ominani oxiratda qanday natija kutyapti? Eng buyuk shafoat egasi, payg‘ambarlarning eng buyugi o‘zining onasiga foyda bera olmaydimi? «Sen payg‘ambarni tug‘ding, vazifang bitdi, ammo imoning bo‘lmagani
uchun kir jahannamga!» deyishadimi yoki qulog‘iga Payg‘ambar chaqirig‘i kirmagan boshqalar qatori unga ham Ollohning cheksiz rahmati biron imkon beradimi?
Mo‘minlarni uzoq-uzoq o‘yga toldirgan va dardnok etgan bu mavzu juda og‘irdir. Bunda ham ijobiy, ham salbiy qarashlar bor. Bir munosabat ila shularni jiddiy o‘rganib, oxiri: «Hammaning oqibati kabi emas, Janobi Mavlo tayin etadi», degan xulosaga keldik.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:56:44
Vido haji chog‘ida Payg‘ambarimiz bir mo‘‘jiza sifatida otalarini va onalarini tiriltirganlari, ular esa imon so‘zlarini aytishgani zaif bir rivoyatda keltirilgan.
Hazrati Abu Bakr bir tuyani oziq-ovqat yuklashga ajratgan, unga Payg‘ambarimiz bilan ikkalovlarining yemaklarini yuklab, Uqba ismli bir qulga topshirgan edi. Kechalardan birida Uqba uyqudan uyg‘onib yonida tuyani ko‘rmadi. Tuya o‘rnida yellar esardi. O’rnidan sapchib turib ketdi, yo‘l bo‘ylab axtarib chiqdi, ko‘rgan-topgan odam yo‘q edi.
Navbatdagi qo‘noq yerida Janobimiz Abu Bakr bilan birga dam olib o‘tirardilar. Asmo bilan Oyisha onamiz ham hozir edilar. Bu orada qul keldi, haligacha tuyani topmagani anglashildi. Abu Bakrning jahli chiqdi.
-   Qanaqa odamsan o‘zi, bittagina tuyani eplay olmasang? - deya birdan uni bo‘g‘a boshladi.
Payg‘ambar janobimiz kulimsiradilar:
-   Ehromli odam qilayotgan ishga qaranglar, - dedilar.
Bu gap bilan ehromdagi kishi bunaqa ishlar qilmasligi lozimligini bildirgan bo‘ldilar. Hazrati Abu Bakr o‘ziga kelib olishi uchun shu yengil tanbeh ham yetarli edi.
Uqba kaltakdan qutulib qolgan payt bu yoqda oziq-ovqat yuklangan tuya ham paydo bo‘ldi. Hazrati Abu Bakr tuyani tutib keltirgan odamga minnat tuyg‘ulari-la boqdi. Oyisha onamiz darrov u kishini tanidi. Chunki bir zamonlar o‘rtalarida esdan chiqmaydigan bir hodisa yuz bergan edi. Bani Musta’liq safaridan qaytishda adashib yo‘lda qolib ketganida uni topib keltirgan va, afsuski, har xil mish-mishlar chiqishiga sabab bo‘lgan Safvon ibn Muattal edi bu odam. Janobi Mavlo eng buyuk guvoh sifatida o‘sha adashuv hodisasida ularning niyatlari toza bo‘lganini hamda har ikkalovining nomusiga dog‘ tushirishga hech kimning haqqi yo‘qligini maxsus oyat tushirib bildirgan edi.
Safvon o‘shanda hazrati Abu Bakrning yo‘lda qolgan qizini, hozir esa oziq-ovqat yuklangan tuyasini topib keltirib berdi.
Tuya yana Uqbaga topshirildi. Oradan bir oz fursat kechdi. Payg‘ambar huzurlariga ikkinchi bitta tuya keltirishdi. Ota-bola aslzodalar yetaklab kelishgan edi uni. Qadimdan saxiyligi bilan tanilgan bir oilaning saxiy ikki a’zosi - Sa’d ibn Uboda va uning o‘g‘liQays...
-   Ey Ollohning payg‘ambari! Oziq-ovqat yuklangan tuyangiz yo‘qoldi, topilmadi, deb eshitdik. Mana, sizga uning o‘rniga ustida oziq-ovqat bilan bir tuya, qabul qilib oling,- deyishdi.
Janobimiz tuya hozirgina topilganini aytdilar. So‘ngra:
-   Tuyalaringni o‘zlaringga qoldiringlar, Olloh sizlarga uni muborak qilsin. Madinaga kelganimdan beri yuborib turgan ne’matlaring, bergan ziyofatlaring yetmaydimi? - dedilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, aslida biz Islomga hidoyat qilgani uchun Ollohdan va rasulidan minnat va shukrga qarzdor odamlarmiz. Ollohga qasam, siz bizning mollarimizdan olganingiz bizga qoldirganingizdan ko‘ra sevimlidir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:57:58
Bu so‘zlarni hurmat va samimiyat tuyg‘ulari bezab-ziynatlab turardi. Zotan, shonli Payg‘ambar janobimiz uning gaplarini:
-   To‘g‘ri aytding, ey Abu Sobit, sizlarga najot xushxabari bo‘lsin! - deyish bilan tasdiqlab qo‘ydilar.
Sa’d bu tuyani keltirishga majbur emasdi. Tuya yo‘qolganini eshitganida har kim kabi yuraverganida bo‘lardi, birov unga: «Nimaga bitta tuyani olib kelmading?» demasdi. Ammo bu fazilat to‘la ishi bilan sel oldidan yaxshigina bir g‘o‘lani tutib qolgan, yaxshigina o‘ljani qo‘lga kiritgan edi. Kelajakda ham bu ishining yanada chiroyli mukofotlarini olishiga hech shubha yo‘q...
Yo‘lchilik mana shunday totli xotiralar bilan davom etdi. Sarifda ham bir qo‘noq berildi. Bu yer Maymuna onamizga (r.anho) ifodasiga til ojiz bo‘lgan tuyg‘ular in’om etgan edi. Chunki ikki yil burun xuddi shu yerda Rasulullohga (s.a.v.) xotin bo‘ldi, «mo‘minlarning onasi» bo‘lish sharafi va baxtiga shu joyda erishdi. Janobimiz eng oxiri uylangan xotin ham u edi. Ammo taqdir qalami bir saodatxona sifatida bitgan bu yerni o‘tkinchi dunyo bilan vidolashadigan joyi sifatida ham bitib qo‘yganini u hali bilmasdi. U kelgusida Payg‘ambarning eng oxiri o‘lgan xotinlari sifatida xuddi shu yerga dafn etilajak...
Janobimiz (s.a.v.) Oyisha onamizning (r.anho) yonlariga keldilar.
-   Nimaga yig‘lab o‘tiribsan? - deb so‘radilar. Onamiz yoshli ko‘zlari bilan janobimizga boqdi.
-   Vallohi, bu yil hajga chiqmasam bo‘lar ekan, - dedi.
-   Oy ko‘ribqoldingmi?
-Ha, ey Ollohning payg‘ambari.
-   Bu narsa Olloh Odam qizlariga taqdir qilgan bir ishdir, - deya unga tasalli berdilar va haj vazifalarining hammasini bajaverishini, faqat Ka’bani tavof qilmay turishini tayinladilar.
Makkaga zulhijjaning to‘rtinchi kuni yakshanbada kirib kelishdi. To‘g‘ri Ka’baga bordilar. Ollohning uyini ko‘rgan zahotlari:
-   Ollohim bu uyning sharafini, azamatini, yaxshilik va barakotini ko‘paytir, - deb duo qildilar.
Tuyalaridan tushib, egnilariga tashlangan ehrom matolarining bir uchini o‘ng qo‘ltiqlaridan o‘tkazib yelkalariga tashladilar. O’ng qo‘llari yelkalari bilan ochiq qoldi. Qora toshni «Bismillahi Ollohu akbar», deya salomladilar*. So‘ngra:
-   Ollohim, senga imon keltirgan, Kitobingni tasdiqlagan holda tavof qilaman», dedilar. Ka’bani chap tomonga olib, «Xotim» deb ataladigan devorchaning tashqarisidan aylanib tavof qila boshladilar. Imkon qadar tez yurdilar. Ilk uch aylanishdan keyin bir maromda yurish bilan tavofni tamom qildilar. Bu sirada mo‘minlar onasi Ummu Salama tobi qochgani uchun tuya ustida sal uzoqroqdan aylantirilib, tavofini bajarmoqda edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 09:59:10
Tavof qilib bo‘lgach, Rasululloh (s.a.v.) Ibrohim maqomining orqasiga o‘tdilar. Ka’baga qarab ikki rakat namoz o‘qidilar. So‘ngra tik turgan va Ka’abaga yuz tutgan holda to‘yib-to‘yib zamzam ichdilar. Safo bilan Marva tepaliklari orasida yetti marta lo‘killab borib keldilar. Shunday qilib umra tugadi.
O’zlari bilan qurbonlik olib kelmaganlarni sochlarini oldirib ehromdan chiqishga buyurdilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, siz ehromdan chiqmadingiz-ku? - deb so‘rashgan edi.
-   Keyindan o‘ylaganlarimni oldin o‘ylaganimda edi, qurbonlik keltirmasdim, ehromdan chiqardim, - deb javob qildilar.
Hazrati Fotima suyukli otalarining bu buyruqlariga qarab rangli kiyimlar kiydi, ko‘zlarini surmaladi. Mana shu oralarda hazrati Ali ham Yamandan Makkaga yetib keldi. Xotinini bu ahvolda ko‘rdi-yu tushunmadi, «dadamning so‘zlari bilan ehromdan chiqdim», degan izohini ham yetarli topmadi. Uning bilgani: shu onda xotini ehromda bo‘lishi lozim, ehromdalik holda esa, ko‘zlarga surma tortilmas edi.
Borib Janobimizga yo‘liqdi, ahvolni tushuntirdi. Payg‘ambarimiz:
-   To‘g‘ri aytibdi, - dedilar.
Hazrati Alining bu ishidan ajablanmaslik kerak. Chunki ashobi kiromning ko‘plari Arafotga ketisharkan, hozirgacha bunaqa holatga duch kelishmagani xususida o‘zaro gap-so‘zlar qilishajak, bu gap-so‘zlar hadis kitoblaridan ham joy olajak. Chunki ilgaridan beri o‘rnashib qolgan odatga ko‘ra, ehrom to haj ibodati bitgunicha davom etardi.
-   Sen hajga nima deb niyat qilding?
-   Ollohim, sening payg‘ambaring qanday niyat qilgan bo‘lsa, men ham o‘shanaqa niyat qilgan bo‘lay, dedim...
O’zi bilan qurbonligini ham olakelgan hazrati Ali esa, Payg‘ambar jinobimiz kabi, hajning oxirigacha ehromli qoladigan bo‘ldi.
Arafadan bir kun ilgari - sakkizinchi zulhijja payshanba kuni Payg‘ambar janobimiz qora tosh bilan Ibrohim (a.s.) izlari orasida tik turgan holda haj ibodatlari haqida bir suhbat qildilar. So‘ng Minoga harakat amrini berdilar. O’zlari ham o‘sha kuni Minoga bordilar. Bu yerda bomdod namozigacha qolib, namozdan keyin yana yo‘lga tushdilar va zulhijjaning to‘qqizinchisiga to‘g‘ri kelgan juma kuni Arafotga bordilar. Peshingacha kutdilar. Quyosh tepadan oshib to g‘arbga og‘a boshlaganida:
-   Odamlar jim bo‘lishsin! - deb buyurdilar. Bir suhbat qilmoqchi ekanlari ma’lum bo‘ldi.
Nabiyyi akmal (s.a.v.) janobimiz payg‘ambarlik hayotlarining eng muhim xutbasini qilish uchun Qasvaga mindilar. Yuzmingdan ortiq bu imon jamoatiga qarab ushbu muborak so‘zlarni aytdilar:
-   Ey insonlar! Gapimga quloq soling. Bilmayman, balki bu yilimdan keyin bu yerlarda sizlar bilan birga bo‘lamanmi-yo‘qmi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:00:00
Ey insonlar! Qonlaringiz, mollaringiz, nomuslaringiz Parvardigorlaringiz huzuriga borgunlaringizgacha bir-birlaringizga, xuddi bu kunlaringiz, bu oyingiz kabi, haromdir. Parvardigorlaringiz huzuriga borishlaringizga esa, hech shubha yo‘q. U qilmishlaringizdan hisob so‘raydi. Sizlarga yetkazdimmi?
Kimning qo‘lida bir omonat bo‘lsa, uni omonat qoldirgan egasiga topshirsin. Johiliya odatlaridan bo‘lgan hamma narsa oyoqlar ostidadir - bekor qilingandir. Foizning hamma turlari bekor qilindi. Sizlarning faqat sarmoyangiz bor. Na sizlar zulm qilishga haqlisizlar va na sizlarga zulm etiladi. Olloh sizlarga foiz yo‘qdir degan hukmni qo‘ydi. Abbos ibn Abdulmuttalib foizi tamoman bekor qilindi. Men voz kechgan ilk qon da’vosi Robia ibn Horis ibn Abdulmuttalibning o‘g‘liga oiddir, uni Lays o‘g‘illari qabilasida emizdirilayotganida Huzay qabilasi o‘ldirib qo‘ygan edi. Bu voqea johiliya davriga tegishli bo‘lib, bu qon da’vosidan voz kechdim.
Ey insonlar! Bilib qo‘yinglar, shayton bu yurtlaringda o‘ziga ibodat qildirish umidini tamoman uzgan bir holatdadir. Lekin ibodat tashida qolgan va sizlar ahamiyat bermagan amallar bilan unga itoat qilinsa, shunga ham rozi bo‘ladi. Diningizga zarar berib qo‘yishdan qo‘rqib, undan saqlaninglar.
Ey insonlar! Harom oylarning o‘rnini va tartibini o‘zgartirish odati kufrda kiritilgan qo‘shimchalardir va bu bilan kofirlar to‘la aqldan ozdiriladi, eslarini yo‘qotib qo‘yadi. Harom oyni bir yil halol hisoblaydi, bir yil harom hisoblaydi. Bu bilan esa, Olloh harom qilganini halol, halol qilganini harom qilmoqchi bo‘ladilar. Darhaqiqat, zamon Olloh ko‘klarni va yerni yaratgan kundagi shakliga va holatiga qaytmoqda. Olloh huzurida oylarning soni o‘n ikkitadir. To‘rttasi harom qilingan -uchtasi ketma-ket, bittasi esa jumodussoni bilan sha’bon orasidagi va Mudor qabilasi rioya etadigan rajab oyidir.
Ey insonlar! Sizlarning xotinlaringizda haqlaringiz bor, ularning ham sizlarda haqlari bor. Sizlarning ulardagi haqlaringiz uylaringizga sizlar yoqtirmaydigan odamlarni qo‘ymasliklari, ayniqsa, ochiq bir odobsizlik qilmasliklaridir. Agar shunday qilishsa, Olloh sizlarga joyingizni boshqa qilib yotishingizga hamda jarohat yetkazmasdan urishingizga izn beradi. Agar qilmishlarini to‘xtatishsa, ularni odatdagidek yemak va kiymaklar bilan ta’minlashingiz ularning haqqidir. Diqqat qilinglar: ularning sizlardagi haqqi ularga yaxshi muomala qilishingiz, kiydirishingiz, oziq-ovqatlar bilan ta’minlashingizdir.
Xotinlar haqida bir-birlaringizga yaxshi ishlarni tavsiya qilinglar. Ular sizlarga omonat topshirilgan insonlardir. O’zlari uchun biror narsaga ega emaslar. Sizlar ularni Ollohning omonati o‘laroq oldilaring, ular Ollohning so‘zlari bilan sizlarga halol qilindi.
Ey insonlar! So‘zlarimni eslaringda tutinglar. Men sizlarga yetkazayotirman. Sizlarga ikki narsani qoldiryapman, ularni mahkam ushlasalaring, mushkul ahvolga tushib qolganlaringda aslo o‘zlaringni yo‘qotib qo‘ymaysizlar. Bular ochiq bir amr holida Ollohning Kitobi hamda payg‘ambarining sunnatidir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:01:17
Ey insonlar! So‘zlarimni tinglanglar va eslaringda saqlanglar. Yaxshi bilinglarki, har musulmon boshqa musulmonning din birodaridir. Hamma musulmonlar bir-birlarining birodarlaridir. Shunday ekan, bir kishi boshqa bir mo‘minga tegishli narsani, agar u ko‘ngil roziligi bilan o‘zi bermagunicha olishi halol bo‘lmaydi. Shunday qilib o‘zlaringga zulm qilmanglar...
Rasuli akram (s.a.v.) shu yerga yetganda yuzlarini osmonga chevirdilar-da:
-   Ollohim, yetkazdimmi? - dedilar. Minglarcha odam bu savolga javob o‘laroq:
-   Olloh uchun, ha, yetkazdingiz! - deya hayqirishdi.
-   Ollohim, guvoh bo‘l, - dedilar va davom etdilar:- Ey insonlar! Albatta, Olloh har haq egasiga haqqini bergan. Shunday ekan, merosxo‘rga haqqidan boshqacha vasiyat qilish yo‘q. Bola kimning yotog‘ida tug‘ilgan bo‘lsa, unikidir, zino qilganga esa mahrumiyat bor. Kim otasini rad etib, otasidan boshqaga o‘zini nisbat bersa yoxud quli bo‘lmagan odamni qul qilishga urinsa, Ollohning, farishtalarning va butun insoniyatning la’nati unga bo‘lsin. Olloh undan azobni qaytaradigan shafoatni va fidyani qabul qilmaydi. Xotin erining uyidan erining ruxsatisiz narsa olib sadaqa bera olmaydi.
-   Yemak bo‘lsa hammi, ey Ollohning payg‘ambari?
-   U bizning molimizning eng qiymatlisidir... Omonat olingan narsa egasiga beriladi. Sog‘ish uchun qoldirilgan hayvonlar qaytib beriladi. Qarzlar o‘taladi, kafil qarzdor hisoblanadi... Sizlardan men haqimda so‘raladi, nima deysizlar?..
-   Guvohlik beramiz, siz yetkazdingiz, vazifangizni bajardingiz, samimiyat bilan burchni o‘tadingiz.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) muborak barmoqlarini ko‘kka nuqdilar-da:
-   Ollohim, guvoh bo‘l! Ollohim guvoh bo‘l! Ollohim guvoh bo‘l! - dedilar.
Bu xutba chog‘ida Janobimiz tuya uzangisida tik turgan holda, mushaklari bo‘rtib-bo‘rtib, baland ovozda gapirar, ora-oradagi odamlar ham xuddi shunday baland ovozda:
«Payg‘ambarimiz bunday-bunday deyaptilar!..» deya orqadagilarga ayni gaplarni yetkazishar edi. O’shalardan biri Robia ibn Umayya edi.
Xutba tugadi. Payg‘ambarlar sarvarining (s.a.v.) muborak yuzlarini ko‘rib turganlar bu yuzlardan burchini o‘taganlik huzurini osongina uqib olardi.
Bilol (r.a.) peshin namoziga azon aytdi. So‘ngra iqomat takbiri tushirildi. Juma kuni bo‘lishiga qaramay, safarda bo‘lganlari uchun, peshin ikki rakat o‘qildi. Ketidan bir takbir bilan asr namozi ham o‘qildi.
Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) Jabali Rohma oti berilgan qoyaliklarga bordilar. Qoyaliklar ostida, Qasvadan tushmasdan, qiblaga yuzlandilar. Oldin «Labbayk...» deb talbiya aytdilar, so‘ngra boshqa paytlarda ham tez-tez o‘qib-takrorlab yuradiganlari ushbu muborak so‘zlarni ayta boshladilar:
- «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah. Lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir».
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:01:43
Bu muborak so‘zlar ilgarigi payg‘ambarlar ham ko‘p-ko‘p takrorlab yurgan zikr ekanini Janobimiz oldin aytgan edilar. Arafotda esa, o‘zlari bu zikr bilan juda ko‘p marta Janobi Mavloga iltijo etdilar. Tinmasdan duolar qildilar.
Oqshom yaqinlashib kelar edi. Quyosh ufqlar ortiga o‘tib ketay deb turgan bir paytda birdan Janobimizning tuslari o‘zgardi. Xuddi tevaraklaridagilarni ko‘rmayotganday edilar. Yaqindan biladiganlar vahiy kela boshlaganini anglashdi. Ammo bu gal Payg‘ambarimiz oldingilardan kuchliroq bosim ostida qolganlarini bir qaragan odam darrov fahmlar edi. Hatto Qasvaday kuchli-quvvatli tuya ham bu zalvorga dosh berolmadi, cho‘ka boshladi.
Ashobi kirom orasida vahiy holatiga yuzlarcha marta guvoh bo‘lganlar bor edi. Har safar Payg‘ambarimiz og‘ir siqinti chekar, qish kunlarida bo‘lsin, terlab ketar edilar. Bir galgisida Zayd ibn Sobit (r.a.) Janobimizning tizzalari tagida qolgan tizzasini sinib ketadi deb o‘ylagan. Ammo bugungacha ko‘rganlari holva ekan, hozirgisidaqa og‘irlik va shiddat hech qachon bo‘lmagan edi.
Nihoyat, vahiy holati o‘tdi. Muborak yuzlaridan duv-duv oqqan terlar artildi. Og‘ir bosimdan qutulgan Qasva chuqur bir nafas olish bilan rohatga qovushganini bildirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tuyani o‘rnidan turg‘azdilar, Ulug‘ Mavlodan tushgan oyatlarni dona-dona o‘qidilar:
«Bugun men sizlar uchun diningizni komil qildim, men sizlarga ne’matimni to‘kis qilib berdim va sizlar uchun Islomni din qilib tanladim...»*.
Bu oyat Islom dinining hukmlari to‘laligicha yetkazilganini bildiradi. Bundan keyin halol-haromga doir yangi vahiy kelmayajak, oldin qo‘yilgan biron hukm o‘zgartirilmayajak. Yigirma uch yil ilgari Hiro tog‘ining yolchin qoyaliklari orasidagi g‘ordan boshlangan ulug‘ Islom dini endi Arafot sahrosida tugal holga keltirildi. Bir Qadr kechasida boshlanib, bir arafa kuni oxiriga yetkazildi. U payt kunchiqar palla edi, quyoshning ilk nurlari endi porlayman deb turgan edi, hozir esa, quyosh tepaliklar ortiga chekinishga hozirlik ko‘rayotibdi.
Bundan buyon sevikli Payg‘ambarimizning umr quyoshlari ham o‘tkinchi dunyodan ayrilib, boqiy olamga o‘tajak, o‘zlarini olamlarga rahmat qilgan Robbul Olaminga qovushajaklar. Bu baxtli qovushuv yuz berishiga bor-yo‘g‘i sakson bir kunday qisqa bir muddat qolgan edi.
Hozir esa... Yuzlarni chuqur bir mamnuniyat qopladi. Zotan, Islom dini hukmlarining tugallanishi, Rasuli amin janobimiz o‘z shaxslariga yarashadigan darajada mukammallik bilan bu dinni odamlarga yetkazganlari mamnuniyatdan boshqa biron tuyg‘u berishi mumkinmidi, axir?!
Ammo Islom dinida eng ust martabaga yetishgan ikki buyuk odamning ko‘zlarida yoshlar g‘iltillab qoldi; bu yoshlar sevinch tuyg‘usidan oqmayotir edi. Bu ikki shaxsiyat sevikli Payg‘ambarimizga necha yillardan beri eng samimiy do‘st, eng jonajon birodar bo‘lish sharafini qozongan odamlar edi. Ular har hol va har vaziyatda Janobimiz bilan birga bo‘lishdi, Rasululloh saodatli qabrlarida ham ulardan ayrilishga rozi bo‘lmayajaklar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:02:10
-   Nima bu ko‘zyoshlari, ey Abu Bakr?.. Nimaga yig‘layapsan? - deb so‘radilar.
-   Yig‘layapman, chunki kamol zavolni taqozo etadi.
Modam din kamoliga yetibdi, modam vazifa tamom bo‘libdi, demak, endi ko‘chish hozirligini ko‘rish qolibdi. Har bir o‘tadigan singari sarvari koinot (s.a.v.) ham ko‘chish tayyorgarligini boshlayajaklar. Hazrati Abu Bakr bilan hazrati Umarni (Olloh ikkalalaridan ham rozi bo‘lsin) yig‘latgan narsa mana shunaqa tuyg‘ular edi.
Quyosh botishi bilanoq janobi Rasululloh (s.a.v.) Muzdalifa sari yurish amrini berdilar. Xoliroq joyda Qasvani qichab, tiqilinchda sekinlatib boraverdilar. Odamlarni turtib-surtib oldinga intilganlarni xotirjamlikka chaqirar, boshqalarni rohatsiz qilmaslikni tavsiya etar edilar. Orqalariga o‘zlari juda yaxshi ko‘radigan Usomani mingashtirib olgan edilar.
Nihoyat, Muzdalifaga yetildi. Endi bir azon va ikki iqomat bilan ketma-ket shom va xufton namozlarini o‘qib berdilar. Keyin dam olish uchun yotdilar.
Boshda Savda onamiz (r.anho) o‘laroq xotinlaridan ruxsat so‘raganlarga vaqtliroq yo‘lga chiqishga ruxsat berdilar. Abdulloh ibn Abbos hali balog‘at yoshiga yetmagan bola sifatida ayollar bilan birga jo‘nadi. Asosiy omma yo‘lga chiqqunicha ular balki Minoga yetib olishar. Faqat, kun chiqmasidan shaytonga tosh otishni boshlamay turishlari ogohlantirib qo‘yildi.
Suyukli Payg‘ambarimiz bomdod namozini erta vaqtida o‘qib berdilar. Quyosh chiqmasidan tuyaga mindilar va Mino sari yo‘l boshladilar. Bu gal orqalariga nihoyatda kelishgan bir yigitcha - amakilari Abbosning o‘g‘li Fazl mingashib oldi.
Janobimizning har gal xossatan bironta yosh-yalangni orqalariga olishlari yoshlarga bergan baholarini ko‘rsatardi. Qolaversa, yonlarida birorta odamning bo‘lishi yuz beradigan katta-kichik hodisalarning tasbitiga imkon berardi.
Xas’am qabilasidan yosh bir xotin keldi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari! Olloh hajga buyuryapti, mening otam esa, ulov ustida
o‘tira olmaydigan darajada qaridir. Men o‘rinlariga haj qilsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.
-   Ha, o‘rniga haj qilsang bo‘ladi, - deb javob qildilar.
Bu paytda Fazl xotinga, xotin Fazlga qarab turishgan edi. Payg‘ambarimiz so‘zlarini tugatgach, orqalariga burilib, bir qo‘llari bilan Fazlning yuzini, ikkinchi qo‘llari bilan bo‘ynini ushladilar va chevirdilar. Chevirarkan:
-   Ey amakimning o‘g‘li, bugun odam qulog‘ini, ko‘zini, tilini tiyib, gunohlari kechiriladigan kundir, - deb tanbeh berdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:03:04
Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bu ishlarini ko‘rib qolgan edi. Kelib, sababini so‘radi.
-   Yosh bir erkak bilan yosh bir xotinni ko‘rdim. Oralariga shayton kirib qolmasin deb qo‘rqdim, - deb javob qildilar.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) shu kungacha juda ko‘plarni orqalariga mingashtirganlar, ammo hech birida bunaqa ish chiqmagan edi. Hech bo‘lmaganda Usomani olsak, Arafotdan Minogacha u ham mingashib keldi, lekin u bunday ishni qilib ko‘rmadi*.
Rasuli akram (s.a.v.) Minoga yetib keldilar. hazrati Ibrohim bilan hazrati Ismoilning (ularga tinchlik bo‘lsin) sunnatlari o‘laroq davom etib kelayotgan shaytonga
tosh otish ibodati qilinadigan joylarga tomon yurdilar. Muzdalifada to‘plangan tariqdan katta, no‘xatdan kichik toshchalarni ko‘rsatkich barmoqlari bilan bosh barmoqlari orasiga qistirib ota boshladilar. Har otishda: «Bismillahi Ollohu akbar», der edilar. Shu tariqa uchta joyda har biriga yettitadan tosh otib chiqdilar.
Janobimiz bu ishlarni qilayotganlarida tevarakdan otilayotgan toshlar zarar berib qolmasin degan niyatda Fazl u kishini qalqonday panalab turdi. Payg‘ambarimiz tosh otiladigan joylar orasida to‘xtadilar va juda mashhur bo‘lgan ikkinchi xutbalarini boshladilar. Oldin Ollohga hamd va sano aytdilar. So‘ngra:
-   Darhaqiqat, zamon Olloh ko‘klarni va yerni yaratgan kundagi shakliga qaytdi. Bir yil o‘n ikki oydir. Bulardan to‘rttasi harom bo‘lganlardir. Harom oylarning uchtasi ketma-ket keladi: zul-qa’da, zulhijja va muharram. Bittasi esa jumadussoniy bilan sha’bon orasida qolgan rajab oyidir. - Rasululloh (s.a.v.) bir muddat tin olib, to‘planganlarga boqdilar. - Bu qaysi oy, bilasizlarmi? - deb so‘radilar.
-   Olloh va rasuli yaxshiroq biladi, - deb javob qilishdi.
Rasululloh jim qoldilar. Shu darajadaki, u kishiga quloq solib turganlar bu oyga yangi bir ism beradilarmikan, deb o‘ylab qolishdi.
-   Zulhijja emasmi? -Ha.
-   Bu qaysi shahar?
-   Olloh va rasuli yaxshiroq biladi.
Payg‘ambarimiz yana jim qoldilar. Jimliklari yana oldingiday uzoq vaqt davom etdi. Ajabo, yangi bir ism berarmikanlar, degan xayol yana keldi.
-   Olloh harom qilgan shahar emasmi? -Ha.
-   Bu qaysi kun?
-   Olloh va rasuli yaxshiroq biladi.
Yana Janobimiz bir muddat jim turdilar. So‘ngra:
-   Qurbonlik so‘yadigan kun emasmi? - deb so‘radilar.
-Ha, - deb javobqilishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:03:39
-   U holda bilinglarki, qonlaringiz, mollaringiz, nomuslaringiz bu kuningizda, bu shahringizda, bu oyingizda harom bo‘lgani kabi bir-birlaringga haromdir. Sizlar Parvardigoringga qovushasizlar. U esa sizlardan qilgan ishlaringdan hisob oladi. Ehtiyot bo‘linglar, mendan keyin bir-birlaringni o‘ldiradigan bo‘lmanglar va bu yo‘llaringdan ozmanglarki, adashgan kofirlarga o‘xshab qolasizlar. Diqqat qilinglar, bu yerda hozir bo‘lganlar hozir bo‘lmaganlarga so‘zlarimni yetkazsin. Umid qilaman, bu so‘zlar yetkazilganlardan bir qismi mendan eshitganlardan ko‘ra yaxshiroq anglab yetishar... Sizlarga burni tirtiq qoratanli bir qul-da bo‘lsin, agar amir qilib tayinlansa, Ollohning Kitobi bilan sizlarni boshqarsa, unga quloq solinglar, bo‘yinsuninglar. Mana bu to‘rt muhim buyruqqa rioya qilinglar: Ollohga hech bir narsani sherik tutmanglar; Olloh haqsiz o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirmanglar; zino qilmanglar; o‘g‘rilik qilmanglar.
Bu xutbani Janobi Haq o‘zi har tomonga yetkazdirdi. Odamlar turgan joylarida bemalol hamma gapni eshitishdi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari! Mening bu o‘g‘lim tentak bo‘lib qolgan. Duo qiling, yaxshi bo‘pketsin.
Payg‘ambarimiz suv keltirishni buyurdilar. Suv kelgach, yuzlarini yuvdilar, og‘izlariga olib, qayta tashladilar. So‘ngra xotinga:
-   Bu suv bilan o‘g‘lingni yuvintir va Ollohdan shifo tila, - deb marhamat qildilar (s.a.v.).
Oradan picha muddat o‘tib, odamlar u xotinni ko‘rishadi, o‘g‘lining holini surishtirishadi va uning shifo topganini bilishadi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, onam haj qilishni nazr etdi. Lekin nazrini ado etmasdan o‘lib qoldi. Uning o‘rniga haj qilsam bo‘ladimi?
-   Ha, uning o‘rniga haj qil. Nima deysan, agar onangning qarzi bo‘lsa, uni o‘tamasmiding?
-   O’tardim, ey Ollohning rasuli.
-   Bilasanmi, Ollohning haqqi o‘talishga loyiqroqdir.
Ollohning rasuli bir keksani ko‘rdilar, u ikki kishi yetovida sudraguday bo‘lib borardi.
-   Nima qilgan bu odamga? - deb so‘radilar.
-   O’zi yurib haj qilishni nazr qilgan, - deb javob qilishdi.
-   Olloh bu odamning nafsiga zulm qilishiga muhtoj emas (ya’ni, foyda topmaydi).
Aytinglar, ulovini minib olsin, - deb marhamat qildilar.
Buyruq darhol u odamga yetkazildi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bilmasdan qurbonligimni so‘ymay turib sochimni oldirib qo‘yibman, endi nima bo‘ladi? - deb so‘raganlarga:
-   Qurbonligingni so‘y, zarari yo‘q, - deb javob qildilar (s.a.v.).
Boshqa bir odam keldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:15:00
-   Bilmay qoldim, shaytonga tosh otishdan oldin qurbonligimni so‘yibman, - dedi afsuslanib.
Uni ham xotirjam qildilar:
-   Toshingni ot, zarari yo‘q.
O’sha kuni Payg‘ambar janobimizdan haj arkonlarining o‘rnini adashtirib, goh oldin, goh keyin bajarib qo‘yganini aytganlar «Bajar, zarari yo‘q» degan javoblar olgani rivoyatlarda keladi.
Hayitning birinchi kuni shanbaga to‘g‘ri kelgan edi. Muhtaram payg‘ambarimiz uchta joyning har biriga yettitadan tosh otib bo‘lgach, qurbonlikka olib kelgan tuyalarining yoniga keldilar. «Bismillahi Ollohu akbar», deya oltmish uchtasini o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘izladilar. Ehtimol, umrlarining har yili uchun bir qurbonlik qilgandirlar. Keyin pichoqni hazrati Aliga berdilar, qolgan o‘ttiz yetti tuyani u bo‘g‘izladi.
Buyurdilar, yuz tuyadan bir parchadan go‘sht olib, bitta qozonga solindi. Ovqat hozir bo‘lgach, go‘shtidan yedilar, suvidan ichdilar.
Ma’mar ibn Abdullohni chaqirdilar. Sochlarini olib qo‘yishini so‘radilar. Oldin o‘ng, keyin chap tomon sochlarini oldirdilar. Soch tolalarini Abu Talhaga berib, birodarlari o‘rtasida bo‘lishib berishini tayinladilar.
Peshona tomonlaridan oldirilgan sochlarni Xolid ibn Valid so‘radi. «Ollohning qilichi» nomini olgan bu ulug‘ sahobiyning istagi qondirildi. Janobimiz xotinlar ehromdan chiqishi uchun sochlarining uchidan picha kestirishsa kifoya bo‘lishini bildirdilar.
So‘ngra Qasvaga minib, Makkaga bordilar. Ka’bani tavof qildilar. Hajning oxirgi farz arkoni bo‘lgan bu tavof hayitning birinchi kuni qilindi. Keyin zamzamga keldilar. Paqirda uzatilgan muborak suvdan to‘yguncha ichdilar, boshlaridan quydilar.
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) Makkada qattiq kasallanib qoldi. Hidoyat imomi (s.a.v.) uni ko‘rgani keldilar. Sa’d bu kasallik uni olib ketmasdan qo‘ymasligiga ishonib qolgan edi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu kasallik menga yomon yopishdi, holbuki men hijrat qilib tashlab ketganim bu tuproqda qolishni xohlamagan edim, - dedi. Ollohdan shifo so‘rab duo qilishlarini iltijo qildi.
Janobimiz bu kasallikdan o‘lmayajagini, uzoq bir umr kechirajagini, ba’zi odamlar undan foyda ko‘rishajagini, boshqa ba’zilar esa, zarar ko‘rishajagini anglatdilar. So‘ngra qo‘llarini qadrli birodarlarining peshonasiga, ko‘ksiga, qorniga qo‘yib:
-   Ollohim, Sa’dga shifo ber, uning hijratini tamomiga yetkaz, - deb duo qildilar.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, men boy odamman. Bitta qizimdan boshqa kimsam yo‘q.
Molimning hammasini sadaqa sifatida vasiyat qilishni o‘ylab turibman, nima deysiz?
-   Bo‘lmaydi.
-   Uchdan ikkisini sadaqa qilib tarqatayin bo‘lmasa?
-   Yo‘q.
-   Uchdan birini-chi?
-   Uchdan biri bo‘ladi. Uyam ko‘p. Meros oluvchingni odamlarga qo‘l ochadigan holda qoldirgandan ko‘ra boy holda qoldirishing, albatta, yaxshidir, - deb marhamat qildilar (s.a.v.).
Yaxshiyam Sa’d bu o‘yini Janobimizga ochdi va masalani hal qilib oldi. Qizini hech hisobga qo‘shmasdan molining hammasini sadaqa o‘laroq tarqatish fikri uning kallasiga qanaqa tushunchadan o‘rnashib qolgan ekan? Bu qizchasiga kimlar qarardi, hayoti qanday kechardi? Bu savollarning javobini topish endi mushkuldir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:15:13
Payg‘ambarimizning tavsiyalari bilan Madinaning asva navli xurmosini sutga pishirib, sariyog‘ aralashtirib Sa’dga yedirishdi. Boshqa rivoyatda, unga tabiblik qilib yuruvchi bir kishini tavsiya etganlar hamda nomi aytilgan yemaklarni yeyishni ham tayinlaganlar.
Shundan keyin Sa’d ibn Abu Vaqqos shifo topib ketdi va tarix sahifalariga uning hazrati Umar (r.a.) davrida Islom lashkarida Bosh qarorgoh boshlig‘i vazifasini yuritgani bitildi. Musulmonlarga Eron eshiklarini ochgan Qodisiya g‘alabasining dong taratgan qo‘mondoni, jannati ekani mujdalanganlar (asharai mubashshara)dan biri shu Sa’d ibn Abu Vaqqos edi (Olloh undan rozi bo‘lsin!)
O’shanda, bittagina qizim bor, degan Sa’d keyin tug‘ilgan farzandlaridan biriga, ehtimol buyuk Umarga (r.a.) hurmatining ifodasi o‘laroq, «Umar» ismini qo‘yajak, ammo bu Umar oradan yillarcha keyin Karbaloda hazrati Husaynga (r.a.) qarshi chiqqan va u kishini fojiali tarzda shahid qilgan mal’un guruhning boshlig‘i sifatida la’nat zanjirini bo‘yniga ilajak, musulmonlar yuragida qiyomatga qadar qonab turadigan bir yara ochilishida eng katta gunohni sodir etganlardan biri bo‘lajak...
Vido hajiga oid xotiralardan o‘rin olgan yana bir voqea: Payg‘ambarimiz ehromdan chiqqach, Safiyya onamizni (r.anho) yotoqlariga chorladilar. Lekin kundoshlarining oy ko‘rganini Oyisha onamiz (r.anho) xabar qilgan edilar, Janobimiz:
-   Xo‘p, u bizni bu yerda ushlab qolib, yo‘ldan qo‘yadimi? - deb so‘radilar.
-   Yo‘q, ey Ollohning rasuli, hayitning birinchi kuni Ka’bani tavof qilgan edi.
Payg‘ambar afandimiz bu narsani so‘raganlari boisi hayz holatida Safiyya onamiz Ka’bani tavof qila olmasligi, tavof qilinmagunicha esa, haj tugal bo‘lmasligidan edi. Bunday holda poklangunicha kutish lozim bo‘lardi. Oyisha onamizning xabari bilan masala hal bo‘ldi, xohlagan paytlari yo‘lga chiqa olishlari mumkinligi bilindi...
Makkadan chiqib, Sarif degan joyga yetishganida Janobimiz (s.a.v.) Oyisha onamizning yig‘layotganini payqab qoldilar.
-   Sen endi nimaga yig‘layapsan? - deb so‘radilar.
-   Mendan boshqa hamma bir haj va bir umra qilib qaytyapti, bitta men faqat hajnigina qila oldim.
Abu Bakrning o‘g‘li Abdurahmonni chaqirdilar.
-   Singlingni orqangga mindir, Tan’imda ehromga kirsin, umra qildirib kel, biz shu yerda kutib turamiz,— dedilar.
Buyruq kamchiliksiz bajarildi.
Ka’baning bu ziyorati Payg‘ambarimiz uchun oxirgisi edi. Endi yana ko‘rish imkoni qolmadi.
Yo‘lchilik davom etaverdi. Gadiri Xumm degan kichkinagina ko‘l qirg‘og‘ida Nabiyyi akram (s.a.v.) odamlarga xitob qildilar. Bu xitob ko‘zlarni yoshlatdi, yuraklarni titratdi:
-   Ey insonlar! Shuni bilib qo‘yinglar, men ham insonman. Egamning elchisi kelishiga va men uning chaqirig‘iga javob berishimga ko‘p vaqt qolmadi. Men sizlarga ikki qiymatli omonat qoldiryapman. Biri Ollohning Kitobi- unda hidoyat va nur bor. Uni mahkam ushlanglar va qattiq yopishinglar. Ikkinchisi mening oila a’zolarim (ahli baytim)dir...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:15:23
Rahmat payg‘ambari (s.a.v.) ehtimol kelajakda oila a’zolariga nisbatan qilinadigan fojiali muomalalarni vahiy va ilhom yo‘li bilan xabar olgandirlar va yuz qizartiruvchi bu voqealarning mas’uliyati bo‘yniga tushadiganlar qattiq savol-javob qilinajaklarini anglatish, hech bo‘lmasa Ollohga va payg‘ambariga hurmati bo‘lganlar bu jinoyatlarga aralashib qolishining oldini olish uchun bunday bir vasiyatni lozim ko‘rgandirlar. O’n minglarcha odam guvoh bo‘lgan bu xutba chog‘ida Janobimiz uch marta: «Oila a’zolarim haqida sizlarga Ollohni eslataman!.. Oila a’zolarim haqida sizlarga Ollohni eslataman!.. Oila a’zolarim haqida sizlarga Ollohni eslataman!..» deyish ehtiyojini tuygandirlar. Bu eslatma, afsus, ertaga yuz beradigan ishlarga hech bir foyda bermaydi, umaviylar davrida ham, abbosiylar davrida ham Rasululloh (s.a.v.) avlodlariga xotirjam yashashlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo shuncha ko‘p odam guvohligida qoldirgan omonatlariga xiyonat qilganlarning yoqasi Rasuli akram janobimizning qo‘llaridan osonlikcha qutulib ketmaydi. Bu shunday bir da’voki, da’vo qiluvchi Rasuli akramdirlar, hukmni o‘quvchi esa Ulug‘ Ollohdir...
Keyin sarvari anbiyo (s.a.v.) hazrati Alining (r.a.) qo‘lidan tutdilar:
-   Men kimning do‘sti bo‘lsam, Ali ham uning do‘stidir. Ollohim, unga do‘st bo‘lganga do‘st bo‘l, dushman bo‘lganga dushman bo‘l, unga yordam qilganga yordam qil! - deb duo qildilar.
Gadiri Xummdagi bu xutba juda ko‘p odamlarning unutilmas xotiralari orasidan o‘rin oldi. Yurish amri berildi...
Uzoqdan Madina ko‘rindi. Har gal qaytishda bo‘lganidek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Qaytyapmiz, tavba qilamiz», deb Parvardigorlariga munojot qila boshladilar.
Shaharga kirgach, odatdagidek, to‘g‘ri masjidga borajaklar, ikki rakat namoz o‘qiyajaklar, shundan keyingina dam olishga chekilajaklar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:15:41
PAYG’AMBARIMIZ (S.A.V.) VAFOTLARI

Vido hajidan qaytib kelgach, Janobimiz endi oxirat tayyorgarligini ko‘ra boshladilar.
Kechalardan birida Payg‘ambarimiz Oyisha onamizning uxlab qolganiga qanoat hosil qilgach, sekin o‘rindan sidrilib turdilar, hujradan chiqib, qayoqqadir keta boshladilar. Bu orada Oyisha onamiz ham uyg‘onib qoldi, boshini ro‘mol bilan o‘rab, u ham tashqari chiqdi. Ketib borayotgan Janobimizni qora tortib, yo‘lga tushdi.
Rasuli akram to‘g‘ri Baqi’ qabristoniga bordilar.
-   Ey mo‘minlar diyori! Sizlarga salom bo‘lsin. Sizlar oldinroq keldilaring, Olloh xohlasa, biz ham ortlaringizdan kelamiz. Ey Egam, bizni ularning ajridan mahrum etma. Ularning ortidan bizlarni fitnaga tushirma.
Bu gaplarni Oyisha onamiz ham eshitdi. So‘ngra Janobimizning qo‘llari duoga ko‘tarilganini ko‘rdi.
Nihoyat, duoni tugatib, Payg‘ambarimiz orqalariga qaytdilar. Oyisha onamiz ham tez-tez odimlar bilan uyga qayta boshladi. Yetib kelib, o‘rniga kirib oldi. Ammo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni payqab bo‘lgan edilar. Hujraga kelgach, hayron bo‘lib:
-   Ey Oyisha, nima gap? Nima seni shubhalantirdi?- deb so‘radilar.
-Hech gap yo‘q...
Oyisha (r.anho) bundan boshqacha javob bera olmasdi ham. Janobimiz unga Janobi Haq amri bilan Baqi’ga borib ularga mag‘firat tilab kelganlarini aytdilar.
Oyisha onamiz yana bir necha marta shunaqa holning guvohi bo‘ldi. Bir galgisida yana Baqi’gacha orqalaridan borgan edi, uyga qaytgach, Janobimiz:
-   Ey Oyisha, Olloh va rasuli senga xiyonat qiladi deb o‘ylayapsanmi? - degan edilar.
O’limlari yaqinlashib qolgan kunlar edi. Oyisha onamiz yana Payg‘ambarimizni yo‘qotib qo‘ydi - o‘rinlarida yo‘q edilar. Izlab, tashqari chiqdi. U yoq-bu yoqni axtardi, topmadi. Qaytib, uyiga kirdi, yana yo‘q edilar. Masjidga o‘tdi. Ichkari qorong‘i, hech narsa ko‘rinmasdi. Paypaslashga to‘g‘ri keldi. Nihoyat, qo‘li Janobimizning oyoqlariga tegdi. U zoti sharif sajdada ekanlari bilinib turardi. Diqqat bilan quloq soldi.
-   Ollohim, g‘azabingdan roziligingga, jazoingdan kechirimingga sig‘inaman. Faqat o‘zingga iltijo qilaman. Senga maqtovlarim va sanolarimni hisoblay olmayman. Sen o‘zingni qanday maqtagan bo‘lsang, shundaysan...- der edilar Janobimiz*.
Oxirgi kunlari «Subhanallohi va bihamdihi, astag‘firulloha va atubu ilayh» shaklida tasbeh va hamdlarini ko‘paytirdilar, mag‘firat tilaklarini ham oldingilardan bir necha marotaba ko‘paytirdilar. Bu muborak so‘zlar ma’nosi «Olloh har xil kamchiliklardan uzoq va xilma-xil maqtovlarga loyiq ekanini e’tirof etaman. Ollohdan mag‘firat tilayman va Unga tavba qilaman» demak edi.
Bir kuni hazrati Oyisha chiday olmadi:
-   Ey Ollohning payg‘ambari! Menga nima bo‘lyapti, keyingi paytlarda sizning mo‘l-mo‘l «subhanallohi...» deyayotganingizni ko‘ryapman? - deb so‘radi.
Janobimiz bunday tushuntirdilar:
-   Parvardigorim menga ummatimda bir alomat ko‘rajagimni bildirdi va uni ko‘rganimda mo‘l-mo‘l «subhanallohi...» deyishga buyurdi. Men u alomatni ko‘rgandekman,- dedilar va ushbu Nasr surasini o‘qidilar: - «(Ey Muhammad!) Qachon Ollohning yordami va g‘alaba kelsa va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib Ollohning diniga (Islomga) kirayotganlarini ko‘rsangiz, darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (u zotni har qanday «sherik»lardan) poklang va U Zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi Zotdir»**.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:15:51
Safar oyining o‘rtalariga kelib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Mutada shahid etilganlarning o‘chini olish uchun lashkar to‘plashni buyurdilar. Oyning o‘n yettinchi kuni Usomani lashkarga qo‘mondon etib tayinladilar.
Bu paytda Usoma hali o‘n sakkiz yoshlardagi bir yigitcha edi. Holbuki, lashkarda Abu Bakr va Umar kabi yoshli-boshli ko‘p insonlar ham bor edi. Bunday qarordan keyin ayniqsa munofiqlarning tillari yeshilib ketdi. «Shunday katta qo‘shin hali ona suti og‘zidan ketmagan yosh bolaga topshirib qo‘yiladimi hech jahonda?..» degandek gap-so‘zu xayollarga hatto bir qancha mo‘minlar ham borib qolishdi.
O’sha kecha Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xizmatlarini qilib turgan Abu Muvayhibaga:
-   Ulovimni egarla! - deb buyurdilar.
So‘ng birga-birga Baqi’ qabristoniga borishdi. O’sha yerda to‘xtashdi. Janobimiz tuyadan tushdilar, jilovni Abu Muvayhibaga tutqazib, o‘zlari qabrlarning boshiga bordilar.
-   Odamlar orasidagi bu holga qaraganda sizlarning holingizga havas qilsa arziydi. Shu hollaringiz sizlarga muborak bo‘lsin. Qorong‘u kechalar kabi, bir-biri orqasidan turli fitnalar bostirib kelyapti. Har keyingi keladigani oldinigisidan ko‘ra yomon... -dedilar go‘r ahliga xitoban. So‘ngra orqalarida turgan xizmatchilariga o‘girildilar: -Ey Abu Mavayhiba, menga dunyoning xazinalari berildi. Dunyoda boqiy qolish haqqi berildi. Oxirida jannat va’da qilindi. Yo bularni va yo Parvardigorimga qovushishni tanlashim istanildi.
-   Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning rasuli, dunyo xazinalarining kalitini oling, dunyoda boqiy qoling, undan keyin jannatga kiring, - dedi Abu Muvayhiba shosha-shosha.
Rasuli akram (s.a.v.) e’tiroz bildirdilar:
-   Yo‘q, ey Abu Muvayhiba, vallohi, bo‘lmaydi. Men ularni emas, Egamga qovushishni
tanladim, - dedilar.
So‘ngra go‘ristonda yotganlar haqiga mag‘firat duolarini qilib, uylariga qaytdilar.
O’sha kunlari xuddi shu maqsad bilan Uhud shahidlarini ham ziyorat qildilar. Bu ishlar munday qaraganda u yerda yotgan do‘stlari bilan bu dunyoda o‘ziga xos vidolashish edi.
Usoma (r.a.) qo‘mondon etib tayinlanganining ertasi edi. Boshlarida bir og‘riq turdi. Hazrati Oyishaning (r.a.) xonasiga kirdilar. U ham boshidagi og‘riqdan shikoyat qilar, «boshim... boshim...» der edi. Sevikli payg‘ambarimiz unga:
-   Ey Oyisha, aslida men boshim deyapman. Mening boshim qattiqroq og‘riyapti. Mendan oldin o‘lsang-da, kafanlasam, janozangni o‘qisam va seni o‘zim ko‘msam bo‘lmasmidi? - dedilar.
Oyisha onamiz bu so‘zlardan xafa bo‘ldi.
-   Ollohga qasamki, bilib turibman, qaniydi meni tezroq ko‘msangizu xotinlaringizdan bittasi bilan kelin-kuyovlik qilsangiz, shundaymi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:16:02
Janobimiz kulimsirab qo‘ydilar, indamadilar. So‘ngra yotib, bir miqdor uxladilar. Shu kuni boshqa xotinlaridan ham hol-ahvol so‘rab chiqib, oxiri, kechalik navbati kelgan Maymuna onamizning (r.anho) huzuriga bordilar. Xastaliklari ham shu yerda boshlangan edi. Bir rivoyatga ko‘ra, Payg‘ambar janobimiz o‘sha kundan e’tiboran Maymuna onamizning uyida olti kun dam oldilar. Boshqa rivoyatda esa, har kecha navbati kelgan xotinlarining yonida qolganlari aytiladi.
O’sha kunlarning birida Ummu Salama bilan Ummu Habiba onalarimiz Habashiston haqida gaplashib qolishdi. U yerdagi ibodatxonalarda har xil rasmlar borligini eslashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu munosabat bilan:
-   Yaxshi bir inson o‘lsa, ularning odati - go‘ri ustiga ibodatxonalar qurishadi, rasmini ham ichkariga osib qo‘yishadi. Ular qiyomat kuni odamlarning eng yomonlari bo‘lishadi, - deb tushuntirish berdilar.
Ehtimol yana o‘sha kunlardir, Jabroil (a.s.) Qur’onning eng oxirgi oyatini olib tushdi:
«Va (barchangiz) Ollohga qaytariladigan kundan (qiyomatdan) qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘liq jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi»*.
Bu oyat, bir rivoyatga ko‘ra, Payg‘ambarimiz o‘limlaridan to‘qqiz kungina oldin tushirilgan. Boshqa rivoyatda esa o‘ttiz bir kun oldinligi aytiladi. Har ikki rivoyatda ham janobimizning xastaliklari to‘g‘risida hech bir ma’lumot yo‘q**.
...Ertasiga Oyisha onamizning navbati edi. Payg‘ambarimiz odatlari bo‘yicha, ertaga kimnikiga borishlarini so‘radilar. Bu savolning asl ma’nosini Payg‘ambar (s.a.v.) xotinlaridanhar biri angladi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, biz bir-birimizga opa-singildaymiz. Sizning ko‘nglingiz kimni tusasa, o‘shaning hujrasiga boravering. Oyishaning oldida istirohat qilganingiz munosibdir, - deyishdi.
Janobimiz bu taklifdan mamnun bo‘ldilar. Haqlarini halol qilishlarini va bundan bu yog‘iga ziyorat qilmoqchi bo‘lishsa, Oyishaning uyiga borishlarini aytdilar. So‘ngra amakilari Abbos bilan jiyanlari Alining (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) qo‘llariga tayanib, Oyisha onamizning uyiga borib oldilar. Bundan keyin to o‘lim topgunlaricha sakkiz kun muddat eng sevikli xotinlarining hujrasida qolajaklar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) endi namoz vaqtlarida masjidga do‘st-yorlarining yordami bilangina chiqa olar, turgan joylarida namoz o‘qib berar edilar.
Ozgina tanam yayrarmikan degan umidda yettita quduqdan bittadan idishda suv olib, tez og‘zini yopib keltirishlarini istadilar. Hafsa onamizga tegishli katta bir tog‘oraga o‘tirg‘izdirildilar. Olib kelingan suvlar sayyidul anbiyo janobimiz ustlaridan quyildi. Qo‘llari bilan ishorat etib, yetar, dedilar. Harholda birmuncha yengillashdilar. Kiyinib olganlaridan so‘ng bir qo‘ltiqlariga hazrati Ali, ikkinchi qo‘ltiqlariga Fazl kirib, masjidga kirdilar, to‘g‘ri borib minbarga o‘tirdilar. Ollohga hamd va sano aytib, o‘tirganlarga murojaat qildilar:
-   Ey insonlar, kimning orqasiga urgan bo‘lsam, mana orqam, kelsin, ursin. Kimdan qarz bo‘lsam, mana molim, kelsin, olsin, - dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:16:24
Hech kimda da’vo bo‘lmadi. Peshin namozini o‘qib berdilar. Yana minbarga chiqdilar, yana haligi so‘zlarni takrorladilar. Bu gal bir odam uch dirham haqi borligini da’vo qildi. Janobimiz (s.a.v.):
-   Men sening bu da’voingni qaytarmayman, qasam ham ichmayman, ammo qanaqa qilib men sendan qarz bo‘lganman?- deb so‘radilar.
Haligi odam:
-   Ey Ollohning elchisi! Falon kuni bittasi oldimga keldi, sizning topshirig‘ingiz bilan unga uch dirham berdim, - deb javob qildi.
Unga shu zahoti uch dirhami qaytarildi. Shundan keyin sevikli Payg‘ambarimiz hujralariga dam olish uchun kirib ketdilar.
Payshanba kuni bir guruh sahobalar Ollohning elchisini (s.a.v.) ziyorat etgani kelishdi. Oralarida hazrati Umar (r.a.) ham bor edi. Payg‘ambarlarning eng buyugi Janobimiz o‘zlaridan ketganday edilar.
-   Menga qog‘oz-qalam keltiringlar. Bundan keyin zalolatga tushmasliklaringiz uchun sizlarga bir vasiyat yozdiraman, - dedilar.
Hazrati Umar javob berdi:
-   Ey Ollohning payg‘ambari, qo‘limizda Ollohning kitobi bor, u bizga yetadi.
Hazrati Umarning so‘zi necha martalab Janobimizdan eshitgan muborak so‘zlardan
chiqib kelib aytilgan edi. Eng oxirgi marta vido haji xutbasida ham Payg‘ambar (s.a.v.) shu mavzuni tilga olgan, Qur’onga va sunnatlariga yopishishsa, aslo zalolatga tushmayajaklarini ochiq-ravshan anglatgan edilar. Bu holatlarida Payg‘ambarimizni bezovta qilish to‘g‘ri emas, degan o‘yda edi hazrati Umar.
U yerda hozir bo‘lganlardan ba’zilari bunday bir vasiyat yozilishini istashdi. U xil-bu xil fikrlar aytildi. Oxirgi va hal qiluvchi gapni Janobimiz o‘zlari aytdilar:
-   Meni o‘z holimga qo‘yinglar. Mening bu holim sizlar meni band qilib turgan holdan yaxshiroq, - deb marhamat qildilar.
Bu gap bilan mehmonlar o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi.
Yana o‘sha kuni edi. Sevikli payg‘ambarimiz (s.a.v.) ba’zan yuzlarini bir ro‘mol bilan o‘rab olar, havo yetishmay qolganida ochib tashlar edilar.
-   Ahli kitoblarga Ollohning la’nati bo‘lsin, Payg‘ambarlarining qabrlarini ibodatxona qilib olishdi, - dedilar. Bu gap bilan Janobimiz musulmonlar bunaqa ishdan uzoqturishlarini istayotganlarini bildirgan edilar.
Muhtaram Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) o‘sha payshanba kuni shom namozini o‘qib berganlari va namozda «Val mursalati...» surasini o‘qiganlari rivoyat qilinadi. Imom bo‘lib oxirgi o‘qib bergan namozlari shu bo‘ldi. Xufton namoziga chiqishga madorlari yetmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:16:33
Sal yengil bo‘larmikan degan umidda yuvindilar. So‘ng turmoqchi bo‘lgan edilar, kuchlari yetmadi va hushlaridan ketdilar. Bir oz shu holda yotdilar. O’zlariga kelgach:
-   Namozni o‘qib bo‘lishdimi? - deb so‘radilar.
-   Yo‘q, ular sizni kutishyapti, ey Ollohning rasuli,- deb javob qildi Oyisha onamiz (r.anho).
Bu javobni eshitib ikkinchi marta tog‘ora ichiga tushdilar va yuvindilar. Lekin yana oyoqqa tura olmay, hushdan ketdilar.
Uchinchi marta yuvinib va yana hushsiz holatni boshlaridan kechirgach, ortiq darmonlari qolmagani ayon bo‘ldi. O’zlariga kelgach:
-   Abu Bakrga aytinglar, odamlarga namoz o‘qib bersin, - dedilar.
Oyisha onamiz:
-   Ey Ollohning payg‘ambari, Abu Bakr juda ko‘ngilchan odam, namozni o‘qib berishni Umarga buyursangiz bo‘larmidi, - dedi.
Ammo Payg‘ambarimiz birinchi amrni takrorladilar.
Oyisha (r.anho) bir marta aytib ko‘rdi, bo‘lmadi. Shuning uchun Hafsa onamizga (r.anho), sen ham ayt, deganday ishora qildi. Hafsa ham, hazrati Umar mehrobga o‘tsin, deb bir marta aytib ko‘rdi. Hozir bunaqa tortishuvlarni ko‘tarishga Janobimizning hollari yo‘q edi.
-   Namozni Abu Bakr o‘qib bersin. Sizlar Yusufning do‘stlariga o‘xshaysizlar-a: ular ham to‘g‘ri qarorni o‘zgartirishga urinishgan edi.
Buni eshitib Hafsa onamiz o‘zidan xafa bo‘lib ketdi. Oyisha onamizga qaradi:
-   Sening menga yaxshiligingmi bu? - deb yubordi.
Ozgina umrlari qolayotgan shu og‘ir pallada Janobimizga ozor yetkazishsa, albatta, u zot xushlanmaydilar-da.
Iltimos boshqa qaytarilmadi. Qaytarilmasdi ham.
Rasulullohning (s.a.v.) buyruqlari hazrati Abu Bakrga yetkazildi. Abu Bakr (r.a.) mehrobga endi o‘tganida xayoliga, Ollohning rasuli masjidga ham chiqa olmaydigan holga tushdilarmi, degan o‘y kelib, yig‘lay boshladi. Bu ahvolda imomlik qila olmasligini anglab, orqaga chekindi. Hazrati Bilol (r.a.) vaziyatni xabar berib, yangi topshiriq olish uchun Payg‘ambarimiz huzurlariga kirdi, ammo bu paytda Janobimiz yana hushdan ketgan edilar. Xotinlaridan birlari: «Unda Umar o‘qib bersin», dedi.
Hazrati Umar (r.a.) mehrobga o‘tdi. «Ollohu akbar», deb namozni boshladi. Uning baland ovozidan Payg‘ambarimiz hushlariga keldilar.
-   Bu ovoz Umarniki emasmi? - deb so‘radilar.
-Ha, - deb javobqilishdi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) hujralarining masjid tomonga qaragan tuynugi pardasini ko‘tarib:
-   Abu Bakrga aytinglar, namozni o‘qib bersin, - dedilar.
Ashobi kirom (Olloh barchalaridan rozi bo‘lsin) ahvolni darrov hazrati Umarga yetkazishdi. Buyuk Umar (r.a.) o‘sha zahoti salom berib namozdan chiqdi. Hazrati Abu Bakr mehrobga o‘tib, namozni boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:16:44
Bu hodisa Payg‘ambar janobimiz irodalariga to‘la hokim bo‘lganlarini ko‘rsatadi. Bizningcha, o‘zlaridan keyingi xalifani garchi ismini ochiq aytmagan bo‘lsalar-da, boshqa birovning saylanishiga rozi bo‘lmasliklarini his ettirar shaklda belgilab berganday edilar. Dinning eng katta ibodati bo‘lgan namozga uni imom qilib tanlaganlari musulmonlarning eng muhim masalasi bo‘lgan xalifalikka ham uni loyiq ko‘rganlarini bildiradi. Janobimiz hijrat payti yo‘ldoshlikka uni tanlashlari, haj amiri vazifasini unga yuklashlari, masjidga ochilgan eshiklardan faqat unga tegishlisiga ruxsat berishlari va, agar do‘st tanlashimga to‘g‘ri kelsa, Abu Bakrni tanlagan bo‘lardim, deyishlari kabi ko‘p xususlar ilk xalifalik ham unga berilishi lozimligini eslatadigan ishoralarga to‘ladir.
Bundan sal oldinroq bayoni kechgan vasiyat yozdirish hodisasiga bu hodisa bilan birga qaralsa, yanda tushunarli bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) bunday maqsadning ro‘yobga chiqishini xohlaganlarida edi, hazrati Umarning «Qo‘limizda Ollohning kitobi bor, u bizga yetadi», shaklidagi eslatmasi bilan u xohishlaridan voz kechib qo‘yaqolarmidilar?.. Aqlga eng yaqin keladigan yo‘rumlardan biri budir: ehtimol Janobimiz u orzularini hazrati Umarning gapini eshitib rohatlanish uchun aytgandirlar. Aks holda, bunday bir vasiyat agar qattiq lozim bo‘lganida sevikli payg‘ambarimiz uni sog‘ yurgan kunlarida albatta yozdirgan bo‘lar edilar. Bunga hech qanaqa to‘siq yo‘q edi va bo‘lmasdi ham. Agar, hazrati Umarning o‘ylaganidan boshqa va albatta yozdirilishi lozim bo‘lgan gaplar bor edi-yu, lekin yozilmay qoldi, deyilsa, unda Olloh saqlasin, payg‘ambarimiz qilinishi kerak bo‘lgan ishni qilmasdan, qilolmasdan dunyodan o‘tdilar, degan kabi mo‘min odamga yarashmaydigan tushuncha maydonga chiqar edi. Holbuki, payg‘ambarlik vazifasi keragicha bajarildi.
Ertasi kun hazrati Abu Bakr (r.a.) mehrobga o‘tib, namozga turdi.
Bu paytda Rasuli akram (s.a.v.) bir yengillik his etib, hazrati Ali bilan Abbos (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) yordamlarida masjidga chiqqan edilar.
Hazrati Abu Bakr payg‘ambarimizning kirganlarini sezgan zahoti tisarila boshladi. Janobimiz unga «joyingda tur» deb ishora qildilar. So‘ngra uning yoniga borib, qatoriga turdilar. Endi hazrati Abu Bakr (r.a.) Payg‘ambar janobimizga (s.a.v.), jamoat esa, hazrati Abu Bakrga ergashib namoz o‘qiy boshlashdi.
Namozdan keyin sevikli payg‘ambarimizni minbarga olib borishdi. Birinchi pog‘onasiga o‘tirdilar. Egnilarida keng abo (chakmon), boshlarida bo‘zrang bir salla bor edi. Baland ovoz bilan gapirishga hollari yetmasdi, shuning uchun do‘st-yorlarini yaqinroq surilishga, jips o‘tirishga buyurdilar. So‘ngra Ollohga hamd etib, so‘z boshladilar:
-   Olloh taolo bir quliga dunyo hayoti va ne’matini yoki o‘zining huzuridagi oxirat hayoti va saodatini - ikkisidan birini tanlash ixtiyorini berdi, u Ollohning huzuridagini tanladi...
O’tirganlar orasidan piq-piq yig‘i tovushi chiqdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:16:55
-   Yig‘lama, ey Abu Bakr! - dedilar Ollohning rasuli. So‘ngra yana xitoblarini davom ettirdilar: - Birodarligi bilan ham, molini ayamagani e’tiboridan ham menga eng ko‘p vafoli odam Abu Bakrdir. Ummatimdan bittasini o‘zimga do‘st qilsaydim, shubhasiz, u Abu Bakr bo‘lardi. Lekin din birodarligi shaxsiy birodarlikdan yaxshiroqdir. Masjidda Abu Bakrnikidan boshqa eshiklar yopilsin. Bu eshiklarning hammasini men aytganday qilib yopib tashlanglar.
Ey insonlar!.. Usoma ibn Zaydning qo‘mondonligiga e’tiroz qilganlaringni eshitdim. Bundan oldin otasi Zaydning qo‘mondonligiga ham norozi bo‘lgan edilaring. Ollohga qasam ichaman, Zayd qo‘mondonlikka qanday loyiq va menga qanday sevikli kishilardan bo‘lsa, o‘g‘li Usoma ham otasidan keyin menga eng sevikli odamlardandir.
Ey insonlar!.. Sizlarga ansorga* yaxshi munosabatda bo‘lishni vasiyat qilaman. Ular mening xos jamoatim va mahramiy sirlarimdirlar.
Ey insonlar!.. Bugun xalq Madinada kundan-kunga ko‘payyapti, holbuki, ansor ovqatga solingan tuzday bo‘lib qoldi - ozayib ketdi va yana ozayyapti. Sizlardan birortangiz ish boshiga kelib, yaxshilik va yo yomonlik qila oladigan darajada obro‘ga erishsa, ansorning yaxshilarining yaxshiliklarini qabul etsin, qusurlilarining qusurlarini kechirsin.
Ashobim!.. Ilk muhojirlarga ham hurmat ko‘rsatishlaringizni vasiyat qilaman. Hamma muhojirlar ham bir-birlariga nisbatan yaxshi bo‘lishsin! Hamma ish Ollohning izni bilan, irodasi bilan bo‘ladi. Ollohning iznidan va irodasidan ustun bo‘lishga harakat qilganlar eng oxirida yengiladilar. Ollohni aldamoqchi bo‘lganlar ham albatta o‘zlari aldanadilar.
Ey insonlar!.. payg‘ambaringizning dunyodan o‘tishini o‘ylab ham tashvishga tushib qolganlaringizni eshitdim. Qaysi Payg‘ambar ummati orasida abadiy qolibdiki, men sizlarning oralaringizda abadiy qolayin?! Bilib qo‘yinglar: men Parvardigorim huzuriga boraman. Yana bilib qo‘yinglar: sizlar ham menga qovushajaksizlar. Topishadigan joyimiz Kavsar hovuzining bo‘yidir. O’sha yerda men bilan topishishni istaganlar, qo‘llarini, tillarini gunohdan tiysinlar...
Bu xutba Payg‘ambar janobimizning (s.a.v.) masjidda va minbarda qilgan eng oxirgi xutbalari edi. Bundan keyin endi hech kim bu minbarda u zotni ko‘rmayajak, muborak ovozlarini bu yerda eshitmayajak.
Yana ikki kishi yordamida Janobimiz hujralariga kirib ketdilar. Mahzun ko‘zlar orqalaridan mo‘ltirab qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:17:13
* * *

Muta tomonga borish uchun to‘plangan qo‘shin hali ham shaharda turardi. Payg‘ambarimizning kasalliklari og‘irlashgan, sog‘aymaslaridan yo‘lga chiqishga hech kimda istak yo‘q edi. Bosh qo‘mondon hazrati Usoma (r.a.) kelib Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishdi va yana kechikmasdan yo‘lga chiqish buyrug‘ini oldi.
Safar oyining oxirgi kuni - yakshanba edi. Asmo binti Umays Payg‘ambarimizga zotiljam kasaliga chalinganlar ichadigan bir dorini ichirib ko‘rishni taklif etdi. Uy ahli bu taklifni qabul etdi. Dorini tayyorlab keltirishdi. Goh hush, goh behush bo‘lib yotgan Janobimiz bu dorini ichirmasliklarini ishora qildilar. Quloq solishmadi va og‘izlariga tomizishdi.
Sal o‘tib hushlariga kelgach, Janobimiz dorini kim tavsiya etganini so‘radilar. Jazo sifatida Asmoga ham, dorini ichirayotganda o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga ham ichirishni buyurdilar. O’sha kuni ro‘za tutgan Maymuna onamiz ham bu jazodan qutula olmadi.
Rabiulavval oyining bir dushanbasi edi. Tong otgan. Odamlar namozni endi boshlamoqchi bo‘lib safga tizilishgan. Rasuli akram janobimiz yana ikki kishiga tayanib o‘rinlaridan turdilar. Xona pardasini ochdilar. Sahobalarini oxirgi marta tomosha qila boshladilar. Ko‘rgan manzaralaridan cheksiz daraja mamnuniyat tuydilar. Muborak yuzlarida tabassum balqidi. Yillar bo‘yi insonlarni Ollohga yaxshi bir qul etib tarbiyalashga juda chiroyli harakat qildilar. Mana endi Muhammad ummatining eng xayrli guruhini tashkil etuvchi bu odamlar ixlos va samimiyatning eng oliy darajalaridan kelayotgan tuyg‘ular og‘ushida Mavloi Zuljalolga qulliklarini izhor qilib turishibdi.
Ashobi kiromni sevinch qopladi: payg‘ambarlar sarvari yana oralariga kelmoqchilar. Hazrati Abu Bakr mehrobdan chekina boshladi. Ammo Rasuli akram (s.a.v.) qo‘llari bilan «namozni davom ettiringlar» degan ma’noda bir ishora qildilar va pardani tushirib qo‘ydilar. Qadrli do‘stlari Payg‘ambarimizni oxirgi ko‘rishlari shu bo‘ldi. Muborak yuzlari qog‘oz kabi oppoq bo‘lib qolgani nigohlarga muhrlanib qoldi.
Janobimizni o‘rinlariga yotqizishdi.
Fotima (r.anho) ziyoratga kelganida otasini yanada majolsiz, yanada holsiz bir ahvolda ko‘rdi. Janobimiz qo‘llarini suvli sopol kosaga botirar, yuzlariga surar va: «La ilaha illalloh... O’lim kasalligining qiyinchiligi bor...» deb qo‘yar edilar.
Fotimani (r.anho) bir yig‘i bosib keldi.
-   Qizim, otang bugundan e’tiboran hech og‘riq chekmaydi, - dedilar.
Balki o‘sha kundir, Ollohning rasuli (s.a.v.) qizlariga yashirincha ushbu so‘zlarni aytdilar:
-   Qizim, Jabroil menga har yil ramazonda Qur’onni bir marta to‘la o‘qib berardi.
Bu yil ikki marta o‘qib berdi. Bundan ajalim kelganini angladim. Oilam ichida menga eng tez qovushadigani sensan, qizim...
Fotima rosmana yig‘lab yubordi. Shunda Janobimiz unga:
-   Sen jannat ayollarining malikasi bo‘lishni orzu qilmaysanmi? - dedilar.
Fotima kuldi.
Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, Janobimiz o‘limlari yaqinlashganini aytganlarida Fotima yig‘lagan, oila a’zolari ichida eng oldin u kelib qovushajagini xabar berganlarida esa, kulimsiragan.
Bu manzarani Oyisha onamiz (r.anho) kuzatib turgan edi. Fotimani bir chetga tortdi.
-   Kulgining yig‘iga bu daraja yaqin ekanini hech ko‘rmagan edim. Otang nima dedi, kulding, nima dedi, yig‘lading? - deb so‘radi.
-   Otam uni menga yashirincha aytdilar, - deb javob qildi Fotima (r.a.).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:17:24
Hazrati Fotimaga yarashadigan javob edi bu. Sizning bilishingizga ehtiyoj bo‘lganida, siz ham eshitadigan darajada gapirgan bo‘lardilar, otam bildirmagan narsani men bildira olmayman, demoqchi bo‘ldi.
Oyisha onamiz (r.anho) buni Janobimizning (s.a.v.) vafotlaridan keyin yana so‘raydi va bilib oladi.
O’sha kuni Payg‘ambar janobimiz oxirgi marta bir yengillik his qildilar. Shu xol ustiga hazrati Abu Bakr (r.a.) kirib keldi va Olloh rasulini bu vaziyatda ko‘rib, suyunib ketdi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, Ollohga shukr, bugun yaxshisiz. Ruxsat bersangiz, Avoli tomonlarga Xorijaning qizini ko‘rib kelishga borsam. Bugun uning kuni, - dedi. Ruxsat olib, chiqib ketdi.
Janobimiz (s.a.v.) Oyisha onamizni chorladilar:
-   Uyda picha pul bor edi, uni nima qilding? - deb so‘radilar.
Oyisha onamiz o‘rnidan turib, olti yoki yetti dirham kumush tanga keltirdi. Kasalingizga qayg‘urib unutibman, degan ma’noda uzr tiladi. Payg‘ambarimiz ularni darhol tarqatib yuborishga buyurdilar. Oz bir fursatda buyruqlari bajarilganini aytishganida Janobimizning muborak yuzlarini huzur alomati qopladi.
-   Mana endi tinchlandim, - deya marhamat qildilar.
Bu orada Oyisha onamiz Payg‘ambarimizning orqalariga o‘tib o‘tirdi. Boshlarini ko‘ksiga bosdi va kasalliklari boshlanganidan beri necha marotaba qilgani kabi «Qul a’zu...» suralarini o‘qib, sevikli payg‘ambarimizning muborak qo‘llariga ufurdi va bu qo‘llarni muborak vujudlariga surdi. Yana, Payg‘ambar janobimizdan oldinroq eshitgan ushbu duoni o‘qidi:
-   Ey insonlarning Egasi, kasallikni ketkaz, shifo ber. Shifo beruvchi faqat o‘zingsan. Sen beradigan shifodan tashqarida shifo yo‘q. Hech qanday xastalik qoldirmaydigan shifo berishingni istayman.
Oyisha onamiz kasallik boshlanganidan beri bu duoni ham necha martalab o‘qidi. U har duo qilganida Janobimiz muborak qo‘llarini suvga botirar, yuzlariga surar va:
-   Ollohim, o‘lim beradigan iztiroblarga qarshi menga yordamchi bo‘l, - der edilar.
Ora-orada: «Namozni qoldirmanglar... Qo‘l ostlaringizdagi qullarning huquqlariga rioya qilinglar... xotinlarga yaxshi muomalada bo‘linglar...» deb nasihat qilardilar.
Shu payt Abu Bakrning o‘g‘li Abdurahmon xonaga kirdi. Koinot sayyidining (sallallohu alayhi va sallam) muborak ko‘zlari uning qo‘lidagi misvokka qadaldi.
Oyisha onamiz buni sezib:
-   Misvok ishlatmoqchimisiz, ey Ollohning Payg‘ambari? - deb so‘radi. Ha, degan ishorani sezgach, misvokni olib, Janobimizga tutqazdi. Lekin misvok quruq edi.
-   Ho‘llab beraymi? - deb so‘radi.
-Ha.
Mo‘minlar onasi misvokni olib, og‘zida ho‘llab, yana qaytarib berdi. Payg‘ambarlar sultoni (s.a.v.) uni og‘zilariga solib, rosa ishqaladilar. So‘ng kuchlari qolmadi shekilli, misvok qo‘llaridan tushdi.
Bir oz hushsiz yotdilar. O’zlariga kelganday bo‘lganlarida, «Sen ne’matlantirgan zotlar bilan birga bo‘lishni tilayman: payg‘ambarlar, siddiq (rost so‘zlovchi)lar, shahidlar, solihlar bilan birga...» deyayotganlari eshitildi. Oyisha onamiz shunda Rasulullohning o‘lim ustida turganlarini angladi. «Demak, endi bizni emas, oxirat yurtini tanlayaptilar», dedi. «Bir payg‘ambar dunyo va oxirat orasida ixtiyorli qoldirilib, u to oxiratni tanlamagunicha o‘lmaydi», hadisini esladi.
Janobimizning muborak nigohlari teranlashdi:
-   Ollohumma ar Rafiqal a’lo, - dedilar*.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:17:36
So‘ngra:
-   Ollohim, eng oliy do‘stni orzu qilaman... Ollohim, eng oliy do‘stni orzu qilaman... Ollohim, eng oliy do‘stni orzu qilaman... - dedilar.
Shularni aytdilaru qo‘llari tushdi. Ko‘ksilaridan bo‘shalgan oxirgi nafas qaytib ichga kirmadi. Muborak ruhlari o‘zlarini olamlarga rahmat qilib yuborgan Olamlar Parvardigori sari yuksaldi. Muborak ko‘zlari payg‘ambarlar havas qilgudek maqomlarni tomosha qilayotganday osmonga to‘g‘ri boqib turardi go‘yo. Bu boqishlar Mavlolari va’da qilgan «Mahmud maqomi» (maqtalganlar o‘rni)gacha uzangan edi.
Shunday qilib, «Baxtli qovushish» sodir bo‘ldi. Boshlari ko‘ksiga qo‘yilgan eng sevikli foniydan (dunyodan) uzilib, ko‘ngillari doimo bog‘li bo‘lgan eng Sevikli Boqiyga yetishganlarida tarix o‘n birinchi hijrat yilining rabiul avval oyi birinchisi-dushanba kuni edi*. Quyosh tikdan oshgan, og‘a boshlagan, peshin namozining azoni aytilsa bo‘ladigan palla edi.
Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, xastalik safar oyining oxirgi kuni boshlangan va rabiul avval oyining o‘n ikkisiga to‘g‘ri kelgan dushanba kuni Mavlolariga qovushganlar. O’n uch kun kasal bo‘lib yotganlari ustida hammaning fikri bir.
Payg‘ambar janobimizning aziz ruhlari muborak xonalarini tark etganida tepalarida turganlarning bo‘g‘izlariga tiqilib kelgan yig‘i tugunlari yechilib ketdi. Ko‘zlardan yoshlar tirqiradi. Yig‘i ovozi masjidga ham eshitildi. Namozni poylab o‘tirganlar taqdir qalami belgilagan vaqt kelganini anglashdi. Motam yig‘isi avval masjidga kirgan bo‘lsa, endi masjiddan tashqariga toshib chiqdi. Bu vaziyatda to‘yib-to‘yib yig‘lashdan o‘zga chora yo‘q edi zotan.
Abu Bakrga xabar yuborildi. Umar o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. Payg‘ambarimizning o‘limlarini hech miyasiga singdirolmayotgan edi. Qilichini qinidan sug‘urib:
-   Muhammad o‘ldi, deganning kallasini olaman! - deb vahshat sola boshladi. U zotga jon qaytariladi va necha munofiqlarning qo‘llari va oyoqlarini kesadilar, deb o‘ylar edi. Bunday o‘yga olib borgan narsa munofiqlar o‘rtaga tashlagan «Agar chindan payg‘ambar bo‘lsa, o‘lmaydi», kabi ma’nosiz bir da’vo edi.
Bu orada Abu Bakr keldi. Hech kimga hech narsa demasdan to‘g‘ri Janobimizning huzurlariga kirdi. Endi u zot Oyisha onamizning quchog‘ida emasdilar. Yotibdilar. Ustlari mato bilan yopib qo‘yilgan. Yopinchiqni ko‘tardi. Muborak yuzlaridan o‘pdi.
-   Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning payg‘ambari! Tirikligingizda chiroyli edingiz, o‘lganingizda ham chiroylisiz. Jonim qo‘lida bo‘lgan Ollohga qasamki, Ulug‘ Mavlo sizga ikkinchi o‘limni tottirmaydi, - dedi.
Xotinlar sel kabi ko‘zyoshlar to‘kishar edi.
Tashqari chiqdi. Hazrati Umar hali ham qo‘lda qilich bilan turar, «Vallohi, Muhammad o‘ldi, deganning boshini kesaman!» derdi. Abu Bakr unga bordi.
-   Ey qasam ichayotgan odam, ozgina o‘zingni qo‘lga ol,- dedi.
Chindan, hozir matonat ko‘rsatish payti. Umarning bu so‘zlari bilan hech qanday natijaga erishilmaydi - ketgan qaytib kelmaydi.
So‘ngra Abu Bakr hayajon ichra o‘ziga boqib turgan odamlarga o‘girildi. Ollohga hamd aytdi, Payg‘ambarga salotu salom yo‘lladi va keyin bunday dedi:
-   Diqqat qilinglar, ichlaringda Muhammadga qullik qilganlar bo‘lsa, bilib qo‘ysin, Muhammad o‘ldi. Kim Ollohga qullik qilayotgan bo‘lsa, Olloh taolo tirikdir va aslo o‘lmas! U Olloh bunday marhamat qilgan: «(Ey Muhammad!) Hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar»*. Va yana bunday degan: «Muhammad faqat bir payg‘ambardir, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgan. Bas, agar u o‘lsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizlarmi?! Kimda-kim ketiga qaytib ketsa, Ollohga biror ziyon yetkaza olmas. Olloh esa (yo‘llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib mukofotlaydi»**.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:17:49
Hazrati Abu Bakr so‘zlarini shu yerda bitirdi. Yig‘i kuchaydi. Hazrati Umarning hayajoni ham o‘tib ketdi.
Keyinlar o‘sha kunni har hikoya qilganida: «Abu Bakr gapirayotganida xuddi u oyatlarni birinchi marta eshitayotganday edim», derdi.
...Madina tashqarisida qarorgoh qurgan qo‘shinga xabar borganida hamma shaharga qaytdi. Burayda qo‘lidagi bayroqni Rasuli akram janobimizning uylari ro‘parasiga tikdi. Uning bu ishi mo‘minlarga boshqacha bir qayg‘u berdi, oralariga og‘ir maxzunlik cho‘kdi.
Payg‘ambarimizning o‘limlari musulmonlar uchrashi mumkin bo‘lgan eng katta musibat edi. Bu haqiqatni shaxsan o‘zlari ham bir gal aytganlar. U zot qoldirgan bo‘shliqni ayni qiymatda hech to‘ldirib bo‘lmasligi aniq. Ammo mo‘minlar bir amirning tevaragida birikishlari lozim, ishlar bitta qo‘ldan va bitta joydan boshqarilishi kerak, to boshboshdoqlikka maydon berilmasin.
Madinalik ansorlar shunday o‘y bilan Bani Soida oilasining bog‘iga to‘planishdi va Sa’d ibn Ubodani (r.a.) Payg‘ambarimizga (s.a.v.) xalifa (o‘rinbosar) qilishga qaror berishdi. Tez borib uyida kasal yotgan Sa’dni turg‘azib boqqa keltirishdi.
Rasulullohni (s.a.v.) ko‘mishga tayyorgarliklar ko‘rila boshladi. O’lgan bir inson uchun nima kerak bo‘lsa, o‘shalar, ya’ni, yuvish, kafanlash kabi zarur ishlar borardi.
Shunday dardli, alamli bir pallada hazrati Umarga bir xabar keldi. «Ansor o‘z oralarida to‘planib Payg‘ambar janobimizga xalifa saylashyapti, tez bormasang bo‘lmaydi, ey Umar», deb keldi bittasi. Umar tevarakka olazarak qaray boshladi, hazrati Abu Bakrni izladi. Uni ko‘rgach, yoniga borib qo‘liga yopishdi. Bir-ikki so‘z bilan vaziyatni tushuntirdi. Tez ikkovlari yo‘lga chiqishdi. Ketayotib Abu Ubaydani uchratib qolishdi. Ko‘ngildagiday ish bo‘ldi o‘ziyam. Shunday qilib Muhammad ummatining eng taniqli qismidan uch kishi bu muhim ishga aralashish uchun shoshilinch yo‘lda davom etishdi.
Bu paytda madinaliklar masalani eniga-bo‘yiga obdan muzokara qilishgan va qarorlarini berib bo‘lishgan edi. Sa’d ibn Ubodaga bay’at qilishlari qolgan edi, xolos. Ammo yig‘inga uch buyuk zot kelib qolgach, masalani boshqatdan gaplashib olish majburiyati hosil bo‘ldi.
Abu Bakr uzoq gapirdi, e’tirozlarning hammasiga qondiruvchi javoblar berdi. Xalifalik Payg‘ambar (s.a.v.) qavmlarida qolishiga, ansor yana yordamchilikni davom ettirishiga ularni ko‘ndirdi. Ansorning: «Bizdan bir amir, sizdan ham bir amir» degan fikri o‘rniga: «Biz amir bo‘lamiz, sizlar vazirsizlar», deb javob qildi.
So‘ng Umar gapirdi. Dinda eng buyuk asos namoz ekanini, namozni o‘qib berishga esa Janobimiz Abu Bakrdan boshqaga rozi bo‘lmaganlarini eslatdi.
Abu Ubaydaham so‘zladi.
-   Ey ansor jamoati! Sizlar yordam qilganlarning, Islomga quchoq ochganlarning oldingilari edilaring. Ehtiyot bo‘linglar, bu ishni o‘zgartirganlarning ham oldingisi bo‘lib qolmanglar, - dedi.
So‘ngra Abu Bakr to‘planganlarga bunday murojaat qildi:
-   Mana, sizlarga ikkita nomzod, qaysi birini tanlasalaring, unga bay’at qilinglar, - deya Umar bilan Abu Ubaydani ko‘rsatdi. Har ikkisi haqida Payg‘ambar janobimizning taqdirlovchi so‘zlarini eslatdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:18:03
Lekin hazrati Umar (r.a.) hazrati Abu Bakrning qo‘lidan tutib, unga bay’at etishga chog‘lana boshladi. Bu orada madinalik musulmonlardan Bashir ibn Sa’d (r.a.) Abu Bakrga bay’at qildi. Ketidan Umar bilan Abu Ubayda qo‘l berishdi. Shu tariqa masala hal bo‘ldi-qoldi. O’sha yerda hozir bo‘lganlar bitta-bitta kelib hazrati Abu Bakrning qo‘lini tutishdi va uni Rasulullohning (s.a.v.) xalifalari sifatida tan olishlarini va itoat etishlarini bildirishdi. Bay’at qilmagan bitta Sa’d ibn Uboda qoldi.
Tevaraklarda eshitib qolganlar ham kelib, guruh-guruh bay’at qila boshlashdi. Bu ishlardan faqat hazrati Ali, hazrati Abbos (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) kabi Payg‘ambar oilalaridan bo‘lganlar xabarsiz qolishdi.
Ertasiga hazrati Umar masjidda bir xutba qildi, bo‘lib o‘tgan ishlarni tushuntirdi. Kecha xabarsiz qolganlarni Abu Bakrga bay’at etishga chaqirdi. Chaqiriq umuman qabul qilinib, bitta-bittadan kelib qo‘l berishdi. Hazrati Abu Bakrning xalifaligini qabul etishdi.
Abu Bakr minbarning ikki pog‘onasiga chiqdi. Ollohga hamd, rasuliga salotu salom aytib, so‘z boshladi:
- Ichlaringda eng yaxshilaring bo‘lmaganim holda ustlaringga meni boshliq qilib sayladilaring. Agar men vazifamni chiroyli bajarsam, bo‘yinsuninglar, vazifamni yaxshi bajarolmasam, meni to‘g‘rilanglar va yordamchi bo‘linglar. To‘g‘rilik omonat, yolg‘onchilik xiyonatdir. Oralaringdagi zaif kishi to haqqini zolimdan olgunicha mening yonimda quvvatli, e’tiborli odam kabi muomala ko‘radi. Sizlarga ko‘ra quvvatli bo‘lgan kishi esa, to undan zaifning haqqi olingunicha zaif va ojiz odam o‘laroq baholanadi. Bir qavm Olloh yo‘lida haqiqatni tark etsa, mutlaqo ularni zillat yoqalaydi. Bir millatda yomon ishlar yoyilsa, Olloh ular ustiga umumiy bir balo yuboradi. Men Olloh va rasuliga bo‘yinsunsam, sizlar ham menga bo‘yinsuninglar. Ollohga va rasuliga teskari ishlarni qilsam, sizlar menga bo‘yinsunmanglar. Qani, endi namozga marhamat qilinglar. Olloh bizga rahmati va marhamati bilan muomala qilsin.
Minbardan tushib, mehrobga keldi va namozni boshladi.
Hazrati Ali (r.a.) hech kutilmaganda bu ishlarni xazm qila olmadi. Eng kamida undan ham fikr so‘rashlari lozim ekanini aytish bilan kifoyalandi. Hoshim o‘g‘illarini tamsil etuvchi guruh sifatida hazrati Ali, hazrati Abbos va o‘g‘illari bay’at etmaganlardan edilar.
Hazrati Aliga, xalifalik da’vosi bilan o‘rtaga chiq, agar chiqsang, Qurayshdan qo‘li qilich tutadigan ko‘p yordamchi topa olasan, degan taklif bilan chiqqan bittasiga u ro‘yxush bermadi, «Sen bu taklifing bilan faqat fitna chiqarmoqchisan, Islomga va musulmonlarga dushmanligingni ko‘rsatyapsan. Bizga sening nasihating kerak emas...» degan javob berdi. Chunki hazrati Ali eng chin ma’noda samimiy musulmon edi. Bolaligidan beri payg‘ambarlar sultonining uylarida va u zotning tarbiyalarida yetishdi. Xalifa bo‘laman deb bunaqa tubanlikka hech qachon bormaydi. Hatto, kelajakda dindan qaytganlar bilan urushishga otlangan hazrati Abu Bakrning oldidan to‘sib chiqib, otining yuganidan ushlab: «Qilichingizni qiniga soling va o‘zingizni tahlikaga solib bizni alam ichida qoldirmang. Vallohi, boshingizga bir falokat kelsa, sizdan keyin musulmonlar qaytib tuzalmaydi», deya olgan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:18:15
Mana, fazilatli odam bunaqa bo‘ladi! Payg‘ambar ashobi deb bularni aytiladi! Olloh rozi bo‘lgan, Payg‘ambar ham chin ko‘ngildan sevgan, «Men kimning do‘sti bo‘lsam, Ali ham uning do‘stidir», deb ta’rif olgan odamni mana shunaqa fazilatlar bezab turardi. Hazrati Ali va u kabilarning baxti xalifalik maqomiga o‘tirishda emas, Islomni va musulmonlarni birlik va barobarlikda ko‘rishda, huzur va sukun ichida bo‘lishdadir.
Hazrati Alimi, hazrati Umarmi yo bular kabi buyuklarmi - hech qachon bu top-toza maqsadlardan boshqa fikrlari bo‘lmagan.
Qolaversa, hazrati Ali (r.a.) Payg‘ambar janobimizning (s.a.v.): «Agar ikkita xalifaga bay’at qilinsa, keyin bay’at qilinganini o‘ldiringlar», deganlarini ham bilardi*.
Rasulullohning (s.a.v.) muborak jasadlarini hazrati Ali yuvdi. Kiyimlarini yechishmadi. Fazl bilan Usoma suv quyib turishdi. Bu ishlar ustida hazrati Abbos, uning boshqa o‘g‘li Qusam va payg‘ambarimizning ozod qilgan qullari Shuxronlar ham bor edi.
Yuvib bo‘lingach, janobimizning muborak vujudlarini bir muddat yolg‘iz qoldirishdi. So‘ngra boshda hazrati Ali o‘laroq Hoshim o‘g‘illari, xotinlari va bolalari jamoat bo‘lmasdan janoza namozini o‘qishdi. Ulardan keyin ayni shaklda boshqa mo‘minlar va mo‘minalar, bolalar va qullar o‘qishdi.
Go‘r qaerda qazilajak masalasi maslahatlashildi. Hazrati Abu Bakr «Payg‘ambar qaerga ko‘milishi lozim bo‘lsa, Olloh taolo jonini o‘sha yerda oladi», ma’nosidagi bir hadisni aytib, masalani xal etdi. Payg‘ambarimiz oxirgi nafaslarini bergan joylaridan Abu Talha go‘r qazidi. Bu joy Makkadan ilk kelishganida tuyalari cho‘kkan joy edi. Eski bir baxmal go‘r ichiga to‘shaldi. Hazrati Ali, Abbos, Fazl, Qusam va Shuxron tushishdi, janobimizning muborak tanalarini kamoli hurmat-la u yerga qo‘yishdi.
Qabri saodatning usti yopilganida chorshanba kechasining yarmi o‘tgan edi.
Ko‘mish ishlari bitgach, hazrati Fotimaga (r.anho) kelib ta’ziya bildirishdi.
-   Ollohning rasulini ko‘mdilaringmi? - deb so‘radi u holsiz.
-   Ha, ey Olloh rasulining qizi, - deb javob qilishdi unga.
-   Ustlariga tuproq tortishga qanday ko‘ngillaring bo‘ldi?.. U zot rahmat payg‘ambari emasmidilar?..
-   Ey payg‘ambarimizning ko‘znurlari! Biz ham g‘oyat og‘ir g‘amdamiz, ammo nachora,
Ollohning hukmiga qarshi borib bo‘lmaydi.
Hazrati Fotima janobimizning sharafli qabrlariga keldi. Kechagina u nozanin vujud yotgan joyda, bugun yerdan bir qarich baland qilib uyulgan tuproq bor edi. Egilib, bir hovuch tuproq oldi. «Ahmadning tuprog‘ini hidlagan kimsa ortiq hech bunaqa go‘zal hidni hidlamasa, nima qilish kerak?.. Boshimga shunday musibatlar yog‘ildi, agar ular kunduzlarga yog‘ilsa, qorong‘u kechalarga aylanardi...» ma’nolarida baytlar o‘qidi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:18:24
Ushbu marsiya ham hazrati Fotimaga oiddir:
«Ruhim g‘am-qayg‘ular ichra bandi bo‘ldi. Ne bo‘lardi, yig‘ilar bilan chiqib ketsaydi. Sizdan keyin hayotda qolishimdan bir yaxshilik yo‘q. Men faqat hayotning uzayib ketishidan qo‘rqib yig‘layapman...»
o‘amga botgan faqat Fotima emasdi. Pok onalarimiz tul qolishgan, mo‘minlar o‘zlarini chuqur bo‘shliqda his etishar edi. Chekilayotgan qayg‘uni til bilan ifodalashning imkoni yo‘q.
Ayni choqda, munofiqlar ham chuqur bir nafas olib qo‘yishganini aytish mumkin.
Rasululloh (s.a.v.) orqalaridan mol-davlat qoldirmagan edilar. O’limlaridan bir necha soat oldin uydagi olti-etti dirhamni ham sadaqa qilib tarqattirib, mana endi tinchlandim, degan edilar. Na bir dinor, na bir dirham, na bir qul va yo cho‘ri... Faqat, o‘zlari mingan bitta oq xachir, taqqan silohlari va yo‘lchilar foydalanishi uchun sadaqa
qilgan bir yerlari bor edi. O’limlariga yaqin qolganida o‘ttiz so’ arpa olish uchun sovutlarini bir yahudiyga garov qilib bergan edilar*.
Xotinlariga nafaqa qilib ajratiladigan miqdordan ortiqcha mol paydo bo‘lsa, faqirlarga tarqatilar edi. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) bir gal: «Biz payg‘ambarlar jamoasi... meroschimiz bo‘lmaydi. Qoldirgan hamma narsamiz sadaqadir», deganlar va bu hadisni hazrati Abu Bakr rivoyat qilgan.
Janobimizning hijratdan beri davomli ravishda mingan qadrli tuyalari Qasva endi bo‘sh qo‘yib yuborildi. Baqi’ qabristonida o‘tlab yurgan Qasva keyin ham ko‘rganlarga doimo Rasuli akramni eslatib yurdi va Abu Bakr davrida shu yerda o‘ldi.
Rasulullohning (s.a.v.) birinchi va qiyomatli xalifalari Abu Bakr (r.a.) bundan buyon musulmonlarning ishlari bilan shug‘ullanishi lozim edi. Eng oldin Usomaning qo‘shinini yo‘lga chiqarishi kerak. Janobimiz o‘zlari to‘plagan qo‘shinni orqaga qaytarib bo‘lmasligi turgan gap.
Qo‘shin darhol to‘plandi. Ammo haliyam ko‘ngillarda o‘n sakkiz yoshli bir yigitchaning bosh qo‘mondon bo‘lishi bilan bog‘liq xavotirlar bor edi. Bu qo‘shin ichidagi qanchadan-qancha buyuk insonlar oddiy askarday borib keladimi endi?
Nihoyat, hazrati Umar ko‘pchilikning fikrini ifodalab, hazrati Abu Bakrga masalani tushuntirdi. Abu Bakr do‘stiga ma’noli boqdi.
-   Ey Umar, Usomani bu qo‘shinga qo‘mondon etib tayinlagan menmidimki, men olib tashlasam? - dedi.
Musulmonlar boshiga kelar-kelmasimdan Payg‘ambarimiz o‘rnatib ketgan ishni buzishimni xohlaysanmi, demoqchi bo‘lardi bu gapi bilan.
Bu gap hazrati Umarni terlatdi, butun vujudini suvga botirdi. Umrida bu darajada uyalganini bilmaydi. Nima bo‘ldiyu bu noziklikka o‘zining aqli yetmadi!..
Qo‘shin harakatni boshladi. Hazrati Abu Bakr bir muddat Usomaning yonida yurib bordi. Ayriladigan onlarida:
-   Ey Usoma, lozim ko‘rsang, Umarning yonimda qolishiga ruxsat ber! - dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:18:33
Ruxsat tegib, hazrati Umar qo‘shindan ajraldi. Bosh maslahatchi sifatida xalifaning yonida qoldi.
Borgan joyidan zafar qozonib qaytajak qo‘shin esa, og‘ir-og‘ir ilgarilar edi.
Bilol (r.a.) ortiq muazzinlik qila olmasligini, hatto Madinada turishga ham bardoshi yetmasligini angladi. Shom taraflarga ketishni, u yerdagi g‘azotlarga qatnashishni va nasib qilsa, shahidlik martabasiga erishib, sevikli payg‘ambariga qovushishni orzu qilib qoldi.
Nabilar sarvarining qiymatli xotinlari endi to hayotlarining oxirigacha tul qolajaklar edi. Janobimiz ularni oliy jannatda takror o‘zlariga xotin qilib olajaklar, dunyoda boshlangan birgalikdagi hayotlari yanada mukammal holatda u yerda davom etajak. Janobi Mavlo ularni «mo‘minlarning onalari» deb atash bilan Payg‘ambarimizdan so‘ng boshqalarning ularga uylanishlarini keskin harom qilgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) o‘limlaridan roppa-rosa olti oy keyin hazrati Fotima (r.anho) ham bu o‘tkinchi dunyodan ayrildi.
Xotinlariga kelsak, Payg‘ambarimizdan so‘ng birinchi bo‘lib Zaynab onamiz o‘lim topdi. Hijratning yigirmanchi yili Janobimizga qovushdi. Uning ortidan qirq beshinchi
yili Xafsa onamiz, elliginchi yili Safiyya onamiz, ellik to‘rtinchi yili Savda onamiz, ellik oltinchi yili Juvayriya onamiz, ellik sakkizinchi yili Oyisha onamiz, oltmish birinchi yili Ummu Salama onamiz va yana shu yili Maymuna onamiz (Olloh hammalaridan rozi bo‘lsin) Janobi Haqning rahmatiga qovushishdi. (Boshqa bir rivoyatda Maymuna onamizning ellik birinchi yili vafot etgani aytiladi.)
Maymuna onamizdan boshqa hammalari Baqi’ qabristoniga kiriladigan darvozaning shundoq ro‘parasida yonma-yon yotishibdi. Hazrati Fotima esa kiraverishning sal o‘ng tomoniga qo‘yilgan.
Janobi Mavlo ularni yaxshi ko‘rganlarni shafoatiga noil qilsin, sevgilarini yuraklarimizda doim qilsin. Omin bi hurmati sayyidil anbiyai val mursalin.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:18:51
XOTIMA O’RNIDA

Payg‘ambarlik va elchilik vazifasi kelmasidan oldin ham top-toza bir hayot kechirgan, har so‘zi to‘g‘ri, har ishi hikmatli, har xatti-harakati mard va asil bo‘lgan buyuklar buyugi, taqvodorlar imomi, hidoyatning eng katta yo‘lboshchisi Muhammad Mustafo (Ollohning saloti va salomlari bo‘lsin) haqlarida hozirlashga harakat qilganimiz kitobga shu yerda nuqta qo‘yamiz.
Kitobni boshlayotganda Payg‘ambarimizni sha’nlariga loyiq shaklda tanita olish bir insonning qo‘lidan kelmasligini bildirgan edik. Masalan, hazrati Abu Bakrning (Olloh undan rozi bo‘lsin) sevgisi, hurmati va tuyg‘ularini, Abu Jahlning kin va nafratini so‘z bilan ifodalay bilish imkonsiz ekanini aytgan edik. Hozir ham ayni shu qanoatdamiz. Ushbu qilgan ishimiz dengizdan bir hovuch suv olishday gap. Oltmish uch yillik hayotni olti jildda* faqat shunchalik bayon eta olamiz.
Kitob hozirlanayotganida eng ishonchli manbalarga suyanganimizni aytib qo‘yishim kerak. Tez-tez va juda ko‘p manba ko‘rsatish imkoni bor edi, lekin bu yo‘l o‘quvchini zeriktirib qo‘yadi degan tushuncha bizni bu yo‘ldan qaytardi.
Bu kitobni yozishga kirishayotganimizda odamlar bilmagan, farqiga bormagan haqiqatlarni ko‘zlar o‘ngiga tizib qo‘yish da’vosi bo‘lmadi bizda. Maqsadimiz ertaga shafoatiga erishish saodatini kutganimiz Janobimizni boshqacha uslub bilan o‘quvchiga tanitish, yana ham ko‘proq sevdirish, imonli ko‘ngillardagi muhabbatni yana ham biroz orttira olish edi. Bu borada ertaga ilohiy huzurda guvoh bo‘ladigan va «Ollohim, men bu kitobni o‘qidim, habibi adibingni yana ham qattiq sevadigan bo‘ldim», deydigan mo‘minlarga Janobi Mavlo dunyo va oxirat saodatini bersin. Bizni yaxshilik bilan eslaydigan din qardoshlarimizga xilma-xil yaxshilik va saodat eshiklarini ochishini, ko‘rinar-ko‘rinmas qazolardan, kuch yetmas balolardan saqlashini Ulug‘ Mavlodan tilayman.
Ollohumma solli ala sayyidina va nabiyyina Muhammadin va sallim.

Tarjima Ollohning marhamati bilan 2005 yil no‘yabrning 24-kuni shanba tongida itmomiga yetdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:20:42
Saodat asri qissalari: Buyuk Fath. 4-kitob

(http://www.ziyouz.com/images/books/saodat4.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=340)

Muallif: Ahmad Lutfiy
Hajmi: 2,04 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=340)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2121.0)