forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Farida 03 Fevral 2008, 16:43:55

Nom: Qoʻy goʻshtini istye’mol qiling...
Yuborildi: Farida 03 Fevral 2008, 16:43:55
Qo‘y go‘shtining eng yaxshisi semiz, bir-ikki yoshlisinikidir. Uch va undan katta yoshdagi qo‘ylar go‘shti qattiq, hazm bo‘lishi og‘irroq, boz ustiga inson tanasi va sog‘ligi uchun foydali moddalar ko‘p emas.

Eng yemishli, mazali va odam bahra oladigan qismi— biqin, bo‘yin, kift va unga yaqin bo‘lgan joylarning go‘shti bo‘lib, ayniqsa qaynatib va dimlab pishirilganda, tarkibidagi inson salomatligi uchun zaruriy moddalar — oqsil, uglevod, yog‘ning foydalilik darajasi ancha yaxshi saqlanadi.

Mijozi ikkinchi darajada issiq va ho‘l.
Shifobaxshlik xislatlari: uning go‘shti tez hazm bo‘ladi, ozuqalik quvvati ko‘p, undan odamda toza va barqaror qon paydo bo‘ladi, tanani yayratib semirtiradi.