forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: shoir 05 Fevral 2008, 13:52:52

Nom: 2008 yil - Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:52:52
1 sentyabrO‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni — umumxalq bayramining 17 yilligi (1991).
Mamlakatimiz mustaqilligi qo‘lga kiritilgan kun davlatimizning bayram kuni deb e’lon qilinib, ushbu kun har yili tantanali ravishda nishonlanadi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:53:29
2 sentyabr — Bilimlar kuni (O‘quv yilining boshlanishi)
Shu kuni ertalab Respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘ladi. Birinchi sinfga borgan o‘quvchilarga Prezidentimiz sovg‘alari topshiriladi. So‘ngra barcha sinflarda Mustaqillik darslari o‘tkaziladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:53:40
1 oktyabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni-umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
 Ushbu bayramni o‘tkazish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda xalqimizning ustoz -murabbiyga bo‘lgan munosabatlarining eng yaxshi namunalari misolida o‘quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz o‘qituvchi va murabbiylarining hayoti va faoliyati haqida quyidagi maqolalardan foydalanishingiz mumkin:
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:53:51
21 oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun (1989)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:54:10
23 oktyabr — Xalqaro maktab kutubxonalari kuni.
Xalqaro maktab kutubxonalari assotsiatsiyasi taklifi bilan har yili oktyabr oyining to‘rtinchi dushanbasida butun dunyo maktab kutubxonachilari bilan birgalikda maktab kutubxonalari kuni nishonlanadigan bo‘ldi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:54:46
8 dekabr — Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 16 yilligi (1992)
O‘zbekiston xalqlarining asriy manfaatlarini, haq-huquqini himoya qiluvchi asl demokratik Konstitutsiyamizga ega bo‘ldik.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:55:04
10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kunning 16 yilligi (1992)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:55:30
2 sentyabr — Matematik olim, pedagog, jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Qori Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich (1897—1970) tavalludiga 111 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:55:50
17 sentyabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, noshir, tarjimon, dramaturg Abdulla Qahhor tavalludining 101 yilligi (1907—1968)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:56:12
11 oktyabr — Dramaturg, rejissyor, teatr arbobi Mannon Uyg‘ur (Abdumannon Majidov 1897—1955) tavalludiga 111 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:56:40
2008 yilda O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Cho‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li (1897—1938) tavalludiga 111 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:57:00
25 oktyabr — Bolalar shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, O‘zbekiston xalq shoiri Quddus Muhammadiy (1907—1997) tavalludiga 101 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:57:20
13 noyabr — O‘zbek shoiri, dramaturg, tarjimon Usmon Nosir (1912—1952) tavalludiga 96 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:57:42
24 dekabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar shoiri Po‘lat Mo‘min (1922—2003) tavalludiga 86 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:57:58
9 fevral — Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy (1441—1501) tavalludiga 567 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:58:15
14 fevral — O‘zbek xalqining yirik mutafakkiri, davlat arbobi, tarixchi olim, shoir va tarjimon, o‘zbek mumtoz adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludiga 525 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:58:37
22 fevral — Shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun (1948) tavalludiga 60 yil to‘ladi.
Azim Suyun she’riyatni xalq ohanglari, tabiatning nafis tasviri, badiiy ijod an’analarini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:59:00
Mart — Mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi Xo‘ja Bahouddin Naqshband (milodiy 1318) tavalludiga 690 yil to‘ladi.
Xo‘ja Bahouddin Naqshband hazratlari amir Kulol rahbarligida Xo‘jagon tariqatining qoidalari va amaliyot usullarini o‘zlashtirgan. Xo‘jai Xo‘jagon (ya’ni, Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy) asos solgan tariqat (yo‘li)ni Xo‘ja Bahouddin Naqshband qayta jonlantirib, uni ham nazariy, ham amaliy qoidalar bilan takomillashtirdi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:59:14
15 aprel — Atoqli adib va olim Sadriddin Ayniy (1878 —1954) tavalludiga 130 yil to‘ladi.
Sadriddin Ayniy o‘zbek va tojik tilida asarlar yozgan. Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun o‘quv qo‘llanmalar, ommani ilm-ma’rifatga chaqiruvchi she’r va hikoyalardan iborat «Yoshlar tarbiyasi» (1909) darsligini tuzadi.
Ayniy 1927—29 yillarda yirik romani «Doxunda»ni tojik tilida nashr ettirdi. 1934 yilda esa o‘zbek tilida «Qullar» romanini yaratdi. Unda o‘zbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi.
Samarqandda Ayniy yodgorlik uy-muzeyi ochilgan. (1967)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:59:31
10 may — O‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri G‘afur G‘ulom (1903—1966) tavalludiga 105 yil to‘ladi.
O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori o‘afur o‘ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo‘shgan adibdir. Shoirning ko‘pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga tarjima qilingan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:59:52
12 iyul — Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy (1878 —1934) tavalludiga 130 yil to‘ladi.
Abdulla Avloniy Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. A.Avloniy shoir sifatida she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf -odatlar haqida bo‘ladimi, xoh muhabbat yoki maktab, ma’rifat haqida bo‘ladimi, hammasida inson va tarbiya, ahloqiy go‘zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:00:15
Shu yil o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Elbek — Mashriq Yusupov (1898 —1938) tavalludiga 110 yil to‘ladi.
Elbek shoir, tilshunos va folklorshunosdir. Ijodi 1917 yildan boshlangan. Dastlabki she’rlari «El bayrog‘i», «Turon», «Turk so‘zi» «Ulug‘ Turkiston» gazetalarida va «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida bosilgan.
U tarixiy o‘tmishga murojaat etganida ham, zamonaviy mavzularda qalam tebratganida ham ibratli voqealarni tasvirlashga, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashi va axloq-odobini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni ko‘tarishga intilgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:00:31
25 oktyabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov (1928) tavalludiga 80 yil to‘ladi.
P. Qodirovning bir qancha asarlari kitobxonda o‘zgacha taassurot qoldirgan. «Uch ildiz», «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar (Bobur)» romanlari bilan o‘zbek nasrini boyitdi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:00:52
26 oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO ga (1993) a’zo bo‘lgan kunga 15 yil to‘ladi.

YUNESKO Ustavi ga ko‘ra,«... irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga» ko‘maklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:01:07
10 dekabr — Inson huquqlari kuni (1948) BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Deklaratsiyaning 60 yilligi.
U muqaddima va 30 moddadan iborat bo‘lib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga ko‘maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari e’lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:01:35
4 sentyabr — Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1050) tavalludining 1035 yilligi.
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, tarix kabilarni chuqur o‘rganib, katta ilmiy meros qoldirdi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrida, undan so‘ng ham astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini chuqur biladigan olim bo‘lmagan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:01:57
2008 yilda Sharqning buyuk ma’rifatparvar olimi Abu Nasr Farobiy (873—950) tavalludiga 1135 yil to‘ladi.
Farobiy o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin: 1) Yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; 2) Fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog‘liq.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:02:16
7 noyabr—Taniqli tarixchi olim Abdurazzoq Samarqandiy (1413—1482) tavalludiga 595 yil to‘ladi.
Temuriylar saroyida uzoq vaqt xizmat qilganligi, uning temuriylar davlatida xorijiy diplomatik munosabatlarni olib borishda muhim rol o‘ynaganligi bizga ma’lum. Uning «Matla’i sa’dayn» nomli asarining qimmati juda bebahodir. U o‘ta mashhur hisoblanib, bir qancha tarixnavislar tomonidan yuksak e’tirof etilgan. Uning ayrim qismlari bir necha marta frantsuz, ingliz, rus, fors va boshqa tillarda chop etilgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:02:32
O‘zbek shoiri, tarixchi olim, ma’rifatparvar Munis Xorazmiy (1778—1829) tavalludiga 230 yil to‘ladi.
Amir Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan.
Shoir va tarixchi olim Munis Xorazmiyning she’riy asarlarida ham, tarixiy kitoblarida ham ma’rifatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari ilgari suriladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:02:58
Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi (to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) tavalludiga 810 yil to‘ladi.
Jaloliddin yoshligida ko‘proq tog‘asi Jahon Polvon tarbiyasida bo‘lib, uning diniy va dunyoviy ilmlar olishiga, adabiyot va san’atni, musiqa sirlarini o‘rganishiga alohida ahamiyat berildi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:03:12
Fors-tojik shoiri Rudakiy Abu Abdullo Ja’far (858) tavalludiga 1150 yil to‘ladi.
Shoir yoshligidan she’riyat va musiqaga ixlos qo‘ygan, adabiyotni, arab tilini o‘rgangan. Zamonasining mashhur cholg‘uchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa bo‘yicha ta’lim olgan. Barbat, chang, ud, rud kabi cholg‘u asboblarini chalishni o‘rgangan. Shoir haqida «Rudakiy» dramasi va «Shoirning qismati» kinofilmi yaratilgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:03:28
O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, ma’rifatparvar shoir Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy (1853—1921) tavalludiga 155 yil to‘ladi.
Zavqiy o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarini davom ettirgan, Qo‘qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Shoirning ishqiy g‘azal va muxammaslari o‘sha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan. Zavqiyning she’rlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda og‘zaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:03:43
O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, adib va shoir Munavvarqori Abdurashidxonov (1878—1921) tavalludiga 130 yil to‘ladi.
Munavvarqori bir qancha darslik muallifidir. Uning «Adibi avval» (1907), «Adib us-soniy» (1907), «Usuli hisob», «Tajvid», «Tarixi anbiyo», «Tarixi islomiya»(1912) darsliklari bir necha marta chop etilgan.
Munavvarqori ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina she’rlari o‘sha davrdagi matbuot va o‘zi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u o‘tkir publitsist adib sifatida tanilgan. Maqolalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, ahloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, tashkilot va davlat idorasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:04:17
1 may — O‘zbekiston FA akademigi, o‘zbek arxeologi va tarixchisi Yahyo G‘ulomovich G‘ulomov (1908—1977) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:04:34
7 sentyabr — O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim, jamoat arbobi Ibrohim Mo‘minov (1908—1974) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:04:54
10 sentyabr — Taniqli adib, yozuvchi Rahmat Fayziy (1918-1986) tavalludiga 90 yil to‘ladi.
Biz yozuvchining «Sen yetim emassan», «Yor-yor» kinopovestlari hamda «Hazrati inson» romanini yaxshi bilamiz. Uning qator asarlari rus va boshqa qardosh xalqlar tillariga o‘girilgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:05:08
31 sentyabr — Birinchi o‘zbek ayol rassomi, kimyogar olima Zarifa Saidnosirova (1908—1986) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
Olima Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qo‘shgan. U adibning o‘zbek tilidagi 2 jildlik «Mukammal asarlar to‘plami»ni, rus tilidagi 5 jildlik «Asar»larini nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Tasviriy san’atga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:05:25
6 oktyabr — Mohir tarjimon, yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy (1908—1986) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
Yozuvchi Toshkent kinostudiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda «O‘zbekiston» nashriyotida xizmat qilib, rus adabiyoti klassiklari asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Uning tarjimalari o‘zbek tilining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:05:44
7 noyabr — O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, shoir, dramaturg, pedagog va jamoat arbobi Maqsud Shayxzoda (1908—1967) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
M.Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi, «Toshkentnoma» lirik dostoni, «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasi kabi ko‘pgina asarlari bilan mashhurdir. Shayxzodaning tarjimonlik faoliyati ham keng qamrovli bo‘lib, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Shekspirning she’r va poemalarini mohirona tarjima qilgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:06:04
12 dekabr — Taniqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov (1928) tavalludiga 80 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:06:18
Shoira, ma’rifatparvar Zebunniso Begim (1643—1721) tavalludiga 365 yil to‘ladi.
Zebunniso Begim boburiylar sulolasidan, Avrangzebning qizi. Shoira murakkab, ziddiyatli bir davrda yashab, ijod etdi. Uning asosiy mashg‘uloti she’riyat, musiqa, ilm bo‘lgan. U lirik she’rlar bilan birga odob va axloqqa oid «Zeb ut-tafosir» («Go‘zal tafsirlar»), «Zeb un-nashot» («Nash’alar ziynati») kabi risolalar ham yozgan. o‘azallari o‘zbek xalqining sevimli qo‘shiqlariga aylangan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:06:35
Bobojonbek o‘g‘li) (1858—1923) tavalludiga 150 yil to‘ladi.
Bayoniyning bir devoni, Xorazm tarixiga oid ikki asari va tarjimalari saqlangan. U mumtoz she’riyatning deyarli hamma janrlarida ijod qilib, Navoiy, Munis, Ogahiy an’analarini davom ettirgan. «Devoni Bayoniy» she’rlar to‘plamini tuzgan.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:11:34
O‘zbekiston xalq artisti, jamoat arbobi, pedagog H.Nosirova (1913—2003) tavalludiga 95 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:11:52
Mashhur tsirk artisti, Zaripovlar sulolasi asoschisi Karim Zaripov (1893—1960) tavalludiga 115 yil to‘ladi
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:02
O‘zbekiston xalq artisti, akter To‘ychi (Mirhosil) Oripov (1928) tavalludiga 80 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:08
Xalq qiziqchisi Oxunjon Qiziq Huzurjonov (1903—1967) tavalludiga 105 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:15
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor va akter M.O.Abzalov (1938) tavalludiga 70 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:21
3 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov (1938) tavalludiga 70 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:26
25 fevral — O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Nazira Ahmedova (1913—1964) tavalludiga 95 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:32
8 mart — O‘zbekiston xalq artisti Muhabbat Yo‘ldosheva (1923) tavalludiga 85 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:38
31 may — Raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboeva (1913—1978) tavalludiga 95 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:44
27 iyun — O‘zbekiston xalq artisti, sozanda, bastakor G‘anijon Toshmatov (1913—1994) tavalludiga 95 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:51
21 avgust — O‘zbekiston xalq artisti, dublyaj ustasi Afzal Rafiqov (1948) tavalludiga 60 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:12:58
«Lazgi» nomli milliy ashula va raqs ansambli (1958) tashkil topganiga 50 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:13:04
14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni (1993)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:13:10
26 yanvar — Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:13:21
21 mart — «Navro‘z» — umumxalq bayrami
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:13:27
27 mart — Xalqaro teatr kuni (1961)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:13:33
2 aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:13:39
9 may — Xotira va Qadrlash kuni
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:13:49
15 may — Butunjahon oila kuni
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:01
28 may — Chegarachilar kuni (1958)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:08
31 may — Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:24
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni (1949)
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:31
Birinchi o‘zbek alifbosi — «Ustodi avval»( 1902) yaratilganligining 106 yilligi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:37
M.Behbudiyning «Qisqacha umumiy geografiya» darsligi (1902) nashr etilganligining 106 yilligi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:42
G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti (1957) tashkil topganiga 51 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:48
Toshkent viloyati «Turon» ilmiy - universal kutubxonasi (1918) tashkil topganiga 91 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:14:54
«G‘uncha» (1958) bolalar jurnalining birinchi soni chop etilganiga 50 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:15:01
Oybek tomonidan 1958 yilda tashkil etilgan, ilmiy-nazariy jurnal «O‘zbek tili va adabiyoti» nashriga 50 yil to‘ladi.
Nom: Re: Muhim sanalar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 14:15:07
Mashhur olim, ulug‘ turkshunos mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy so‘zlar devoni» 1073) kitobi nashriga 935 yil to‘ladi.
Nom: Re: 2008 yil - Muhim sanalar
Yuborildi: ALLADIN 24 Mart 2008, 09:36:05
 27- mart  teatr   kuni