forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 05 Fevral 2008, 15:45:21

Nom: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2008, 15:45:21
Yaqinda ayollar o’zlari uchun er tanlab, sotib olsa bo’ladigan do’kon ochildi. Do’konga kirish qismida quyidagi e’lon mavjud:
 
1. Siz bu yerga FAQAT BIR MARTA kira olasiz.

2. Do’konimiz 6 qavatdan iborat. Qavatlar oshishi bilan, erkaklarning sifati ham oshib boradi.

3. Siz xohlagan qavatdan istalgan erkakni tanlash yoki tepadagi qavatga ko’tarilish imkoniga egasiz.

4. Pastki qavatga qayta tushish man etiladi.

Bir ayol o’ziga umr yo’ldoshi topish maqsadida ushbu do’konga tashrif buyurdi. 
Birinchi qavatdagi "œish-hunari bor erkaklar" degan yozuvni ko’rgach, ikkinchi qavatga ko’tarildi.

Ikkinchi qavatda quyidagi e’lon mavjud edi: "œIshli-hunarli va bolalarni yaxshi ko’radigan erkaklar"

Ayol uchinchi qavatga ko’tarildi. Uchinchi qavatda "œIshli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan va juda go’zal erkaklar" deb yozilgan edi. "œEh-ha!" — dedi ayol va to’rtinchi qavatga ham ko’tarildi.

To’rtinchi qavatda "œIshli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal va uy ishlariga qarashadigan erkaklar" deya yozilgan edi. — Juda soz! — deb o’yladi ayol, - lekin baribir keyingi qavatni ham ko’rish kerak.

Ayol beshinchi qavatda  "œIshli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal, uy ishlariga qarashadigan va juda romantik erkaklar" degan yozuvni uchratdi.

Ayol yana bir qavat yuqoriga chiqib, o’zi uchun judayam munosib bo’lgan erni tanlashni xohlardi. U sabrsizlik bilan so’nggi qavatga ko’tarildi.

Oltinchi qavatda esa shunday yozuv bor edi:
"œSiz bu qavatga ko’tarilgan 31 456 012 chi ayolsiz. Bu yerda siz o’ylagan erkaklar mavjud emas. Bu qavat ayollarni yana bir bor hayot haqida o’ylashga, hayotda esa o’ta mukammal shaxsni topish mushkul ekanligiga, har qanday turmushda esa ixtiloflar bo’lishiga ishontirish uchundir. Bizning do’konimizga tashrifingiz uchun tashakkur!"
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2008, 15:47:32
Ali Tantoviy marhamat qiladilar:
“Agar sen va birodarlaring er-xotin orasida ixtilofdan holi bo’ladigan juftlik hayotini xohlab turgan bo’lsalar, butun umrlari asal oyidek totli o’tishini xohlab turgan bo’lsalar, Romeo va Juliyettaning majlislaridek go’zal hayotni istasalar, Layli va Majnunning sevgisidek muhabbatda hayot kechirishlikni orzu qilib turgan bo’lsa, BU HARGIZ BO’LMAYDI va BO’LISHI HAM MUMKIN EMAS!

Muhabbat majlislari bema’ni gap-so’zdan boshqa narsa emas. Sen unga “sevaman!” deysan, u ham senga “men ham sevaman” deydi. Ikki juft bu gapni qaytaraverib, hatto bu gapning ma’nosi ham qolmay, ikkalalri ham jim bo’lib qoladilar. Hayotning hammasi ba’zi yosh yigit-qizlar o’ylaganidek “Men seni sevaman!”dan tashkil topishi mumkinmi? Agar Majnun ham Layliga uylangandan keyin faqatgina “sevaman!” degan so’z bilan yashaganda edi, 1 oy o’tmay, ularda ham janjal paydo bo’lgan bo’lar edi. Uch oy o’tib esa qo’ni-qo’shnilar bularning urush-janjallarini quloqlari bilan eshitgan bo’lar edilar ham. Bir yil o’tib esa ularning ajralish haqidagi da’volari shar’iy mahkamada ko’rilgan bo’lardi ham.

Agar er va xotinlar  go’zal hissiyotlar maydoni bilan hayot kechiramiz deb maqsad qilsalar, bu hech qachon bo’lmaydi, bo’lsa ham qissalarda bo’lishi mumkin xolos. Hatto olimning ham uyi ixtilofdan holi emas. Hatto Yer yuzidagi uylarning eng saodatlisi Rasululloh SAVning uylari ham bu ixtilofdan holi bo’lmagan.

Hazrati Umar r.a.ning uylariga bir odam ayolidan shikoyat qilib keladi. U odam Hazrati Umarning xonadonlariga kelgach, u zotning ayollari baland ovozda gapirayotgani va hazrati Umarning jim turganlarini eshitadi. Erkaklarning eng bahodiri Umar r.a.ning uyidagi holatni ko’rib, haligi odam indamay keta boshladi. Hazrati Umar chiqib, undan nimaga kelganini so’radilar. Haligi odam ayolining xulqi xunukligi, itoatsizligidan shikoyat qilmoqchiligini, lekin amiralmo’mininning ham o’ziga o’xshashligini aytdi. Hazrati Umar bir kulib qo’ydilar-da, shunday dedilar: “Mening ustimdagi ko’p haqlari tufayli, men uning ishlariga sabr qilaman”.

Ushbu ma’ruzani to’liq holatda eshitish:
Uylanmagan yigitlar (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=&func=fileinfo&id=25).mp3 (11,4 Mb)
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Fevral 2008, 18:30:17
Yaqinda ayollar o’zlari uchun er tanlab, sotib olsa bo’ladigan do’kon ochildi. Do’konga kirish qismida quyidagi e’lon mavjud:
 
1. Siz bu yerga FAQAT BIR MARTA kira olasiz.

2. Do’konimiz 6 qavatdan iborat. Qavatlar oshishi bilan, erkaklarning sifati ham oshib boradi.

3. Siz xohlagan qavatdan istalgan erkakni tanlash yoki tepadagi qavatga ko’tarilish imkoniga egasiz.

4. Pastki qavatga qayta tushish man etiladi.

Bir ayol o’ziga umr yo’ldoshi topish maqsadida ushbu do’konga tashrif buyurdi. 
Birinchi qavatdagi "œish-hunari bor erkaklar" degan yozuvni ko’rgach, ikkinchi qavatga ko’tarildi.

Ikkinchi qavatda quyidagi e’lon mavjud edi: "œIshli-hunarli va bolalarni yaxshi ko’radigan erkaklar"

Ayol uchinchi qavatga ko’tarildi. Uchinchi qavatda "œIshli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan va juda go’zal erkaklar" deb yozilgan edi. "œEh-ha!" — dedi ayol va to’rtinchi qavatga ham ko’tarildi.

To’rtinchi qavatda "œIshli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal va uy ishlariga qarashadigan erkaklar" deya yozilgan edi. — Juda soz! — deb o’yladi ayol, - lekin baribir keyingi qavatni ham ko’rish kerak.

Ayol beshinchi qavatda  "œIshli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal, uy ishlariga qarashadigan va juda romantik erkaklar" degan yozuvni uchratdi.

Ayol yana bir qavat yuqoriga chiqib, o’zi uchun judayam munosib bo’lgan erni tanlashni xohlardi. U sabrsizlik bilan so’nggi qavatga ko’tarildi.

Oltinchi qavatda esa shunday yozuv bor edi:
"œSiz bu qavatga ko’tarilgan 31 456 012 chi ayolsiz. Bu yerda siz o’ylagan erkaklar mavjud emas. Bu qavat ayollarni yana bir bor hayot haqida o’ylashga, hayotda esa o’ta mukammal shaxsni topish mushkul ekanligiga, har qanday turmushda esa ixtiloflar bo’lishiga ishontirish uchundir. Bizning do’konimizga tashrifingiz uchun tashakkur!"

ooo. Dahshat. Mana buni oddiy va achchiq haqiqat deb atasa bo'ladi. Ajoyib maqola uchun tashakkur
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Farida 06 Fevral 2008, 15:41:59
Assalomu alaykum!
Haqiqatda judayam ta'sirli va ommabop maqola ekan.
Alloh rozi bo'lsin!

Hozirgi ko'pchilik yoshlarimiz uchun ibratli maqola bo'libdi.
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Munira xonim 07 Fevral 2008, 19:06:40
Assalamu alaykum.
Abdulaziz, ALloh sizdan rozi bo'lsin.
Juda ham ibratli va mulohazaga chorlovchi mavzu bo'libdi.
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Odila 12 May 2008, 15:24:08
Assalomu alaykum! Juda ham chiroyli va hayotiy mavzuni yozganingiz uchun rahmat! Ishda va ezgu amallarda Olloh sizni qo'llasin!
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Dekabr 2011, 08:56:26
Bu mavzuga oldin kirmagan ekanman... Ajoyib maqola...  Alloh :jl: rozi bo'lsin.
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Mahdiyah 10 Yanvar 2012, 08:35:29
Haqiqatdan ham ACHCHIQ HQIQAT bo'libdi.
2008 yilda ochilgan ekanku, hech bu mavzuni ko'rmagan ekanman.
Yoki u ham yashirin bob qogandur  :)

Hamma idealni xohlaydi.
Xoh ayol kishi xoh erkak kishi bo'lsin.
Bu xolni faqat ayollarga bog'lash noto'g'ri, lekin ko'proq ayollar ideal erkak qidirishga mukkasidan ketishadi :)

7 yanvar kuni sinfdoshimni akasi uylandi.
Yigit qiz qidiraverib-qidiraverib naq 35 ga ham yetib qoldi.
Balki yigit kishiga kechi yo'qdir deysiz.
Taqdirda endi dersiz.
Lekin unisini o'qimagan didi, bunisini rus tilini bilmas dedi, bunisi ... ishqilib vaqt ham o'tib qoldi...
Nima bo'lganda ham qiz topganiga hursand bo'ldik.
Moliyaviy tarafdan hamma imkoni boru uylanmay, aniqrog'i IDEALini topolmay yurardi.
Topibdi shekilli Alloh baxtli qilsin  :)
Nom: Re: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Mahdiyah 02 Noyabr 2012, 05:16:37
Ажабо...

(http://www.muslima.uz/files/imagecache/albom_maqola/manwomen.jpg)

Хотин сридан шикост қилиб бировга гапирса, кекса аёллар унга: "œА­ркак деган ксчадан хафа бслиб, жаҳли чиқиб келса, бирпасдан кейин жаҳлдан тушади, хафалиги тарқайди. А­ркакнинг ёмон ҳам, схши ҳам тарафлари бор", дес муросаю мадора йслини ксрсатадилар. Баъзида срнинг одатлари хотиннинг ксзига катта айб, камчилик бслиб ксринади, аммо аслида шундаймикин...
А­рингизга бир четдан, масалан, шифокор назари билан қараб ксринг. Шунда унинг одатлари камчилик смас, сркак организмининг сзига хос жиҳатлари билан боғлиқлигига амин бсласиз.

Ксп ҳолларда аёллар срлари ишдан келгач, хотини билан гаплашиб стирмаслигидан шикост қилишади. "œМени схши ксрмайдилар, гаплашишга гап ҳам топа олмаймиз" дес хулоса қилашади.

Лсихологларнинг стказган тадқиқотларига асосан маълум бслишича, кун давомида аёл киши саккиз мингга сқин ссз айтади. А­ркак киши сса ундан икки барабар кам гапиради. А­ркак кун давомида "œгап опи"ни тугатиб бслади ва уйга келгач, "œЯхши стирибсизларми?" дейишдан бслак бошқа гапирмаслиги сркак учун табиий ҳол. Аёлда сса ҳали гапириши керак бслган "œтеша тегмаган" 2‑3 минг гап бор. Балки шунинг учун аёллар "œвайсақи" деб ном чиқаришгандир?..
А­рингизнинг бу одати сизни асабингизни бузса, у билан унинг жавоби шарт бслмаган мавзуларда гаплашинг, съни шунчаки гапиринг.

А­ркакларнинг газета сқишлари ва телевизорга "œкириб кетишлари" ҳақида ксп ва хсп латифалар тсқилган. А­ркак газета мутоаала қилаётганда ёки телевизор қаршисида стирганда, сизнинг гапларингиз унинг қслоғига кирмайди. Бу атайин, сизнинг асабингизни қсзғатиш учун қилинган ҳийла смас.

Гап шундаки, асаб шифокорларнинг айтишларича, бир вақтнинг сзида бир неча ишни қилиш учун миснинг снг ва чап срим шарлар бирикмалари жавоб беради. Аёл миссида бу бирикмалар ксп. Сабаб — аёллик гормони — сстроген. Шунинг учун аёл бир вақтнинг сзида бир нечта ишни қила олади. А­ркаклар сса аввалига газетани ёпиб, сснгра сизнинг гапингизга сътибор беради. Шунинг учун срингиз газета сқиётган ёки телевизор ксраётганда ундан сизнинг саволларингизга жавоб беришини кутманг. А­ътибори тамомила сизда бслганда ҳам, муаммоларни ҳаммасини бирдан тскиб солмасдан, бирма‑бир гапиринг. 

А­ркаклар турли оилавий маросимларда қатнашишни ёқтиришмайди.

Жамистшунослар олиб борган тадқиқотларга ксра, сркаклар сз ишларини оиладан юқорига қссдилар. Аёллар учун сса биринчи сринда оила туради. Шунинг учун сркак уйда ҳам муҳим ишларини сйлашни, муаммоларни ечишда давом стади. Аатижада уйдаги муаммоларга сътиборини қаратиши қийинлашади. Ўз муаммолари билан қиёслаганда аёлнинг муаммолари арзимаган бслиб ксринади.

А­ркакнинг сна бир одатларидан бири, унинг ҳар бир кийимини хотини топиб бериши керак. "œЛайпоғим қаерда?" дес хотинидан ссрайди ср. Хотин сса ксз қири билан срининг "œбурни остида" турган пайпоқни ксради‑да, асаби қсзий бошлайди. Аммо ксчанинг нариги бетида стиб кетаётган "œжонона"ни срнинг ксзлари тезда илғайди. "œЖсрттага шундай қилади", деб сйлайди хотин.

Ксз шифокорларнинг таъкидлашларича, аёлларда снг, чап ва ҳатто орқа тарафга қараш қобилисти сркакларникидан ксра схшироқ ривожланган. А­ркакларда сса ён тарафларни ксриш қобилисти десрли йсқ. аммо улар олдиндаги ва узоқдаги нарсаларни схши ксра оладилар.

Аёллар срлари гул совға қилмаслигидан, камдан—кам ҳолатлардан стишидан ҳам шикост қилиб турадилар.

Лсихологларнинг фикрига ксра, сркаклар бекорчи ссзлардан ксра, иши билан севгисини ксрсатишни афзал ксрадилар. Агар срингиз бузилиб қолган жсмракни тузатса, куйган чироқни алмаштириб берса, билингки, бу унинг сизга нисбатан муҳаббат изҳори.

Мана, шифокорларнинг сркаклар хусусидаги фикрларини сқидингиз. Кейинги гал срингиз билан унинг одатлари борасида жанжаллашмоқчи бслганингизда ёки бировга шикост қилмоқчи бслганингизда сқиганларингизни ёдингизга олинг.
Оиладаги севги ва ҳурмат бир‑бирингизнинг айбларингизни кечириб, баъзи‑баъзида сз жуфтингизга четдан назар ташлаб, тушунишга уринишни ҳам билишдир. 

Ширин АКБАА ОВА

manba (http://www.muslima.uz/node/4470)
Nom: Javob: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Muxsiya 22 May 2013, 16:06:28
Assalomu alaykum Mahdiyah opa ajoyib maqola uchun rahmat. Ko'p narsa bilib oldim. Turmush o'rtog'im futbol ko'ryotganida nima ovqat qile degan savolimga ham javob ololmasligim oddiy holat ekanda;-)
Nom: Javob: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Aqoid 23 May 2013, 06:23:49
shu futbol ko'rayotganda xuddi shunday savollar biram "yoqadi". Eng yomoni kim bilan kim o'ynayapti deyishlari.
Nom: Javob: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Donishmand 23 May 2013, 08:53:57
Undan ham "ajoyib" savollar bor:

- Nechchiyu nechchi?
- 1:1
- Kim yutayapti?! .?.?.?
Nom: Javob: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: IRFON-2012 06 Iyun 2013, 10:51:03
Baxtli turmush sirlari!Ushbu sarlaxvaga hamma birdek qiziqishi bejiz emas. Har qanday inson o'z turmushining har doim baxtli bo'lishini xohlaydi. Ammo buning uchun biroz bosh qotirish va kerak bo'lsa ter to'kish darkor. Bu yo'lda o'z xohishlaringiz ham qarshi chiqishga to'g'ri keladi. Meni hayotiy tajribam hali oz bo'lsada, 23 yillik kuzatishlar natijasida ancha xulosalar tuzib qo'ydim. Boshqalar bilan baham ko'rmoqchiman. Demak oila qurmoqchi bo'lgan yigit-qizlar baxtli turmushni barpo qilib, uni davomiy saqlab qolishning qanday shartlari borligi haqida gapirib bermoqchiman.

Birinchi shart - niyat. Turmush qurishdan maqsadingiz nima ekanligini aniqlab, faqatgina ezgulik tarafga yo'naltirib olish zarur. Har qanday amal niyatdan boshlanadi. Niyati buzuq bo'lgan har bir amal xayrsizdir! Niyatda gap ko'p. U insonga ham, atrof muhitga ham ta'sir o'tkazadi. Oqibatda niyat o'z kuchini ko'rsatadi. Eng odobli, eng aqlli inson bilan turmush quraman deb niyat qiling.

Ikkinchi shart - sevgi nimaligini anglash! Yuzlarini sog'inishingiz sevgi emas, qalbini sog'inishingiz sevgidir. Qirqdan o'tgan ayollarga boqing, yoshlikda hammani rom qilgan go'zallik qayoqqa ketdi? Oshiqlari endi ko'rsinchi nimasi rom qilarkin? Qalb go'zalligi esa abadiy bo'lib, u aynan sevgining maskanidir. Qalbdagi go'zallik qariganda ham yuzlarida nur bo'lib balqib turadi. Hech qachon tashqi chiroyga uchmang. Bo'lajak turmush o'rtog'ingizni qalbiga qarab tanlang! Qalbi sizga yoqsa, ana endi tashqi qiyofasiga qarang. Albatta tashqi go'zallik ham o'z o'rniga ega bo'lib, bu xuddi jism va ruhga o'xshaydi. Jism ham muhim, ammo ruh ustunroq. Chunki tuproqqa aylanmay, yashashda davom etadigani aynan ruhdir!

Uchinchi shart - ota-ona roziligi. Hech qachon ularni norozi qilib oila qurmang. Chin sevgingizdan ham voz kechib qo'yavering. Chunki ota-onani norozi qilganlar hech qachon baxtiyor bo'lmagan. Ular ham sizni majburlashga haqlari yo'q, lekin oila masalasida ularning maslaxatiga amal qilish shart. Sizda hozir xissiyotlar to'lib-toshgan. Ko'zingiz xiralashgan, faqat o'zingizga sezilmaydi. Ota-onalar esa 50-60 yillik yo'lni bosib, hayotni past-balandini yoddan bilib olishgan. Ularga qo'yib bering. Ular taklif qilsin, siz tanlang. Yoqmasa yoqmadi deng. Lekin aslo, ota-ona norozi bo'lsa ham mana shu bilan turmush quraman deb oyoq tirab olmang.

To'rtinchi shart - odob. Uyda, yo'lda, ishda, o'qishda, to'y-u bayramlarda, hullas hamma joyda har bir narsani odobini joyiga qo'ying. Shunda Alloh ham, odamlar ham sizni yoqtirib qoladi. Hammaga yoqimli bo'lgan inson esa, sevgan insoniga ham yoqishi oson bo'ladi. Alloh esa har bir insonga o'zi loyiq bo'lgan sinovni yo'liqtiradi. Turmush ham bir sinov. Bo'lajak qudalar ham odamlardan surishtirganda iliq gaplar eshitsa qanday yaxshi. Boylikka, mol-mulkga o'ch bo'lmang. Aks holda sizga ham o'zizga o'xshagani yo'liqadi. Odobingizga qarab emas, oilangizni mol-mulkiga qarab kuyov yoki kelin qiladi. Boylik esa baxtli bo'lishga yetarli emas, aksincha hayotingizni yanada chigallashtiradi.

Beshinchi shart - Allohga tavakkal va duo. Yolg'iz qolganingizda Allohga chin dildan duo qiling va Ul zotga tavakkal qiling. "Menga shunday pokiza jufti halol va zurriyotlar ato qilginki, ularni ko'rganda faqatgina xursandchilik ko'z yoshlari bo'lsin" deb duo qiling. Boshqa kimga ham yalinamiz? Bizga o'zimizdan ham yaqinroq bo'lgan Zot bo'lsayu, yordam so'rab iltijo qilolmasak, har qancha achinishga loyiq bo'lamiz.
Nom: Javob: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: IRFON-2012 06 Iyun 2013, 10:53:09
Oltinchi shart - adolat. Oila qurgandan so'ng, jufti halolingizni har qancha yaxshi ko'rsangiz ham ota-onangizdan ustun qo'ymang. Qulog'iga quyib qo'ying, avval ularni rozi qilaman, siz keyingi o'rindasiz deng. Sizni tug'ulib voyaga yetishingizda, xotingizni bir tiyinlik foydasi tegmagan. Xotin zoti harakteriga qarab hatto dushmanga ham aylanish mumkin. Lekin ota-onangiz, dunyodagi jamiyki gunohlarga botib yotganingizda ham sizga g'amxo'rligi to'xtamaydigan zotlardir! Aka-uka, opa-singil ham dushman bo'lganini ko'rganmiz, ammo musulmon ota-ona o'z farzandiga hayotiy holatda dushman bo'lganini ko'rmaganmiz.

Yettinchi shart - muloyimlik. Axli oilangizga, xususan ota-ona va turmush o'rtog'ingizga xushmuomala bo'ling. Bitta piyola singani umr yo'ldoshingizni qalbini sindirishga arzimaydi. Chegaradan chiqmagan holatda xazil-mutoyiba qilib turing. Ularga mehrli nigohlaringizni xadya qiling. Bunga javoban undan ham ko'proq mehr ko'rsatishadi. Ayniqsa ayol zoti mehrga o'ch bo'ladi. Erkak kishi ancha-muncha qo'rslikni ko'taraveradi. Ayollar esa har bir so'zdan mehr istaydi. Ammo buning uchun o'zlari ham shirinso'z bo'lishlari kerak.

Sakkizinchi shart - Hammaga o'rnak bo'lmoq. Har bir so'zni, har bir ishni o'z o'rnida bajaring. Qaynona-kelin tortishib qolsa, o'zlariga qo'yib bering. Hozirgi og'zipolvon yigitlar, unisiga ham bunisiga ham bitta baqirib berib o'chirib qo'yishni odat qilgan. Chiqib ketganidan keyin janjal battar davom etishiga aqllari yetmaydi. Yaxshisi kelinni bir chetga olib, tepada aytganimizdek qulog'iga quygan gapingizni takrorlab, agar yarashib olsangiz ertaga yoqtirgan ko'ylagizga pul beraman desangiz, ana ozgina pul bilan masala hal. Onangizni oldiga kirib, qiz o'zingizniki, xohlasangiz so'king deb turib, sal tabassum aralashtirib faqat xaydavormang deb xazillashib qo'ying. Hullas bunaqa paytda kallani ishlatib biroz ayyorlik qilmasa ishlar chatoq bo'laveradi. Adolatparvarlikda hammaga o'rnak bo'ling. Shunda qolganlar ham adolatsizlik qilishga uyalishadi. Bo'lajak kelinlarga ham adolatli bo'lishni maslaxat beramiz. Hech qaysi ona bekordan bekorga o'z o'g'lini baxtini xafa qilmaydiku to'g'rimi? Choyni vaqtida damlamagansiz yoki tuzni kam solib qo'ygansiz. Xo'p bo'ladi, endi e'tiborliroq bo'laman oyijon desangiz, xo'mraygandan afzalroq. Agar yomon qaynonaga uchragan bo'lsangiz, shunga loyiq ekansizda. U holda sizda yanayam irodaliroq bo'lish va uddaburonlik talab qilinadi. O'g'lini o'ziga qaratib olgan odam,  onasini ham "ilintirish"ga kuchi yetadi deb o'ylayman. Bu sizga hayot sinovi. O'ta olsangiz jannat sizniki, o'ta olmasangiz...

To'qqizinchi shart - halollik. Oilangizni halol rizq bilan boqing. Kelajak zurriyotlaringiz ham pokiza qalbli insonlar bo'ladi. Ko'pgina xarom puldan ozgina halol pul afzal. Osongina topilgan xaromdan qiynalib topilgan halol afzal. Farzandlarini xaromdan boqqanlar oqibatda boshlariga aynan o'sha farzandlari ne kulfatlarni solayotganini ko'rmoqdamiz. Jamiyat ham zarar ko'rib, o'ziga emas padariga la'nat aytmoqda. Xalqingizga pokiza zurriyot yetkazib berishda halollikni qurol qilib oling. Oila a'zolar ichida, yoki umr yo'ldoshingiz xaromdan pul topishga chorlasa "Allohdan qo'rqaman" deng. Chiroyli pand-nasixat bilan tushuntiring. Misollar keltirib bering, falonchini ko'ring oqibati nima bo'ldi, deb. Bu g'iybatga kirmaydi. O'z axlini xavfdan qutqarish bu.

O'ninchi shart - kechirimli bo'limoq. Bu olamdagi har bir inson xatokordir. Hech qaysi odam nuqsonlardan holi emas. Tabiiyki, sevgan insoningizdan ham xatolar o'tib turadi. Xatoga yo'l qo'yganda, unga nasixat qilib xatosini kechiring. Eng buyuk zot Alloh kechiraman desayu, biz ojiz bandalar kim bo'libmiz?! Agar kechirilmas xiyonatga yo'l qo'ysa ham, o'zingizni qo'lga oling. Vaziyat shu darajaga yetib borishida sizning ham aybingiz bor. E'tibor bermagansiz. Kechirish degani e'tiborsiz qoldirish kerak degani emas. Birinchi xatodayoq kerakli choralarni ko'rish kerak. U sizni jufti halolingiz, unga qanday chora ko'rish foyda berishini o'zingiz yaxshi bilasiz. Aqlni ishga soling. Nima qilib bo'lsa ham, oilani salomat saqlab qoling. Tepada aytganimizdek, siz ulkan sinovdasiz. O'z san'atingizni namoyish eting!
Nom: Javob: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Muxsiya 06 Iyun 2013, 14:34:05
Shularning orasiga qo'shib qo'yilsa bo'lar ekan eng muhim shartlaridan biri sabr, sabr va yana sabr
Nom: Javob: Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 16:45:02
  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2140.msg100638#msg100638)Hissiyot to’la orzular va "¦ turmushdagi ixtiloflar[/url]agar mana shu ixtiloflar bo'lmaganida edi turmushda baxtning qardi yo'qolar edi. Baxtning qardi baxtsizlkda bilinadi.