forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:02:54

Nom: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:02:54
Assalomu alaykum aziz ziyouz.com Forumi a'zolari! Bu forum menga juda manzur bo'ldi. Menga yuborilgan PM maktublari va mavzularda qoldirilgan mulohazalardan shuni bildimki, "O'zbekiston" telekanali orqali efirga chiqadigan "ZAKOVAT" Intellektual o'yiniga qiziquvchilar va muxlislar ko'pchilikni tashkil qilar ekan. Albatta bu bizni quvontiradi.
Shuni inobatga olib men "Zakovat" Intellektual klubi haqida yangiliklar, ma'lumotlar, fotosuratlarni joylashtirishga qaror qildim.

Agar bu ishim sizga manzur bo'lsa, bundan bag'oyatda xursand bo'lardim. Fikrlaringizni kutib qolaman.

Hurmat ila,
Y_U_R_I_S_T
Nom: Re: "ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:05:33
Hurmatli "ZAKOVAT" muxlislari diqqatiga!!!

Agar siz ham "Zakovat" intellektual klubiga a'zo bo'lmoqchimisiz?! Siz ham bilimdonlar hayotiga qo'shilishni xoxlaysizmi? Dunyoning sirli savollariga yechim topmoqchimisiz? Unda bunday imkoniyat sizda bor!!!

Jamoa bo'lib "ZAKOVAT" o'yinlarida o'ynamoqchi bo'lganlar uchun har hafta shanba kuni soat 17:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) eshigimiz ochiq.
U yerda siz "Zakovat" klubining barcha jamoalari orasida o'ynaysiz, siz ham o'zingizni bilimlar dunyosida his qilasiz. Bir oylik badal to'lovi bir jamoa uchun 15.000 so'm.
Xozirda har hafta ichki chempionatlar ketmoqda. G'olib jamoa 10.000 so'm bilan taqdirlanadi. Marhamat, bilimni qadrlaydiganlarni kutamiz.

Yakka tartibda tuganmas ilm xazinasiga ega bo'lishni xoxlaganlarni esa Bilimdonlik kurslariga taklif etamiz. Har hafta seshanba kuni soat 15:00 da Milliy Universitet Madaniyat saroyida kutib qolamiz.
Nom: Re: "ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:08:33
Furqat Qurbonov, Rustam Jabborov va Bobur Imomov Rossiyaning "Chto? Gde? Kogda?" o'yinlari 2007-yilgi "Billur sava" sohibi Boris Burda bilan.

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat007.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:10:20
Boris Burda "Zakovat" O'yinlarida!!!

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat009.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:15:33
ZAKOVATda Yangi Yil --- Fatxulla Ma'sudov va  Ra'no Yarasheva: Savolga Javob topish aktyorlikdan qiyinroq ekan.

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat007YY.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:23:52
ZAKOVATda Yangi Yil --- Saida Rametova qo'shiq kuylamoqda

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat0006YY.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:30:59
ZAKOVATda Yangi Yil --- Mahmud Namozov: Men ham Zakovatga befarq emasman!

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat0005YY.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:32:24
ZAKOVATda Yangi Yil --- Hamma qarasin: xozir qushcha uchib chiqadi.

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat0004YY.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:33:22
ZAKOVATda Yangi Yil --- Farxod Abdullayev: "Zakovatchilar" bilan esdalikka bir rasmga tushay!

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat0003YY.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:34:21
ZAKOVATda Yangi Yil --- Kamina o'zimning eng yoqtirgan aktrisam bilan!
(P/S: Ra'no Yarashevaning ajoyib rollarini ko'rib xavas qilardim. Ularning qanchalik aqlli ayol ekanligini ko'rganimdan so'ng esa ularga bo'lgan hurmatim va muhabbatim cheksiz darajada ortdi)

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat0002YY.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 18:35:15
ZAKOVATda Yangi Yil - Zakovatda yangi oila paydo bo'ldi: Qosimovlar oilasi!!! Nodirbek Qosimov o'zlarining juft xaloli bilan!!!

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/zakovat0001YY.jpg)
Nom: OLIY LIGA-2008
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 19:53:32
OLIY LIGA-2008

1-tur

1-o'yin

Oliy Liganing ilk o'yini Furqat Qurbonov jamoasi bilan bo'ldi. 2006-yilning chempionlari bo'lgan bu jamoaning o'yini muxlislarni juda qiziqtirishi tabiiy. Variantlar, muhokamalarga boy o'tishi, undagi bilimdonlar ham muxlislar qalbidan o'rin olgan. Ayniqsa Furqat Qurbonov, Nodirbek Qosimov, Rustam Jabborovlar ko'psonli muxlislarga ega.
Xullas bu o'yin ham qolganlaridan qolishmagan tarzda o'tdi. Faqat oldingi Oliy Liga o'yinlari kabi 1-bo'lib o'ynash bu jamoaga ham qiyinchilik tug'dirdi. Garchi hisob 4:6 ko'rinishini olgan bo'lsa ham asosiysi qiziqarli va esda qolarli o'yin bo'ldi deb bemalol ayta olaman. Eng yaxshi o'yinchi deb Rustam Jabborov topildi.

Jamoa a'zolari:

Nodirbek Xalilov --- talaba
Zuhriddin Abduraximov --- Moliya instituti magistranti
Bobur Imomov --- Tibbiyot Akademiyasi rezidenti
Nodirbek Qosimov --- Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi xodimi
Rustam Jabborov --- jurnalist
Furqat Qurbonov --- xalqaro ishlar bo'yicha kordinator

Hisob:

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/F.Q.hisob.JPG)
Nom: Keyingi o'yin
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 20:05:25
OLIY LIGA-2008

1-tur

2-o'yin

Oliy Liga baxslarining 1-tur ikkinchi o'yini 10-fevral kuni, ya'ni shu hafta yakshanba kuni soat 18:10 da "O'zbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bunda 2007-yilning chempionlari deb topilgan Bobur Yoqubov jamoasi "maydonga tushadi".

Jamoa a'zolar:

Akmalxon Amilov - TDSHI 4-bosqich talabasi
Zafar Mirzaboyev - TDIU 4-bosqich talabasi
Xushnud Xudayberdiyev - TDYI 2-bosqich talabasi
Umid Valiyev - O'zbekiston Milliy banki xodimi
Maqsud Sharopov - G'ijduvon tumani Soliq Inspeksiyasi xodimi
Bobur Yoqubov - Sud-Tibbiyot ekspertizasi eksperti

Ko'rishni unutmang!!!!!!!!!!!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 13 Fevral 2008, 19:05:51
OLIY LIGA-2008

1-tur

2-o'yin

Mana 2008-yilgi Oliy Liga o'yinlarining 2-o'yini ham bo'lib o'tdi. Bu o'yinda 2007-yilgi Oliy Liga o'yinlarining chempion jamoasi, ya'ni Bobur Yoqubov jamoasi o'ynadi. Ammo afsus ular kutilgan natijani bera olishmadi. O'yinda bilimdonlar o'zlarini ancha erkin tutgan bo'lsalar ham, ammo Teletomoshabinlardan kelgan savollar oldida ancha qiynalib qolishdi. Bu ham muxlislarning Zakovat o'yinlariga e'tibori ancha yuqoriligidan dalolatdir. Sababi yildan-yilga muxlislardan kelayotgan savollar darajasi ancha yuqori bo'lmoqda. O'yinda bir-biridan qiziq savollar, xususan ekran savoli, boshlovchi tomonidan bilimdonlarga yuzma-yuz ravishda berilgan savol(tishlar haqida) shular jumlasidandir.

Eng yaxshi o'yinchi deb Maqsud Sharopov topildi.

Hisob

(http://zakovat.ucoz.ru/albom/B.Yo.hisob.JPG)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 19 Fevral 2008, 20:33:00
OLIY LIGA-2008

1-tur

3-o'yin

Oliy Liga baxslarining 1-tur uchunchi o'yini 24-fevral kuni, ya'ni shu hafta yakshanba kuni soat 18:10 da "O'zbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bu o'yinda "Zakovat"ning yangi jamoasi Jobir Ahmedov Jamoasi o'yinga tushadi. Xo'sh, ilk marta stol atrofiga o'tirgan (albatta barcha o'yinchilar emas) bilimdonlar qanday natijaga erishar ekan. Buni tez kunda bilib olamiz.

Jamoa a'zolari:

Farrux Rafiqov   ---  Arxitektura va qurilish instituti 4-bosqich talabasi

Nizomiddinxo'ja Nig'monov  ---  Arxitektura va qurilish instituti 4-bosqich talabasi

Mavlon Marasulov  ---  Jahon tillari Universiteti 3-bosqich talabasi

Jasur Najmiddinov  ---  Islom Universiteti magistranti

Shavkat Ulug'ov  ---  O'zNeftGaz kompaniyasi xodimi

Jobir Ahmedov  --- jamoa sardori, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Magistranti

Ko'rishni unutmang!!!!!!!!!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Fevral 2008, 19:00:44
E'lon!!!

Hurmatli "Zakovat" intellektual o'yini muxlislari!!!

23-24 fevral kunlari "Kamolot" YIH bilan hamkorlikda "Zakovat"ning 3-Respublika Festivali bo'lib o'tadi. Bunda Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jamoalar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

Festivalning 1 va 2-o'rin sohiblari Televizion o'yinda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Ma'lumot uchun oldingi festivallar g'olibi Buxoro viloyati jamoasi hisoblanadi.

Siz ham qiziqarli o'yinlar guvohiga aylanmoqchi bo'lsangiz marhamat qilib tomoshaga tashrif buyurishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz festival 23 fevral kuni soat 15:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) boshlanadi. Final qismi esa ertasiga b24 fevral kuni ertalab soat 9:00 dan boshlanadi.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 09:49:05
OLIY LIGA-2008

1-tur

3-o'yin

Oliy Liga baxslarining 1-tur uchunchi o'yini 24-fevral kuni, ya'ni shu hafta yakshanba kuni soat 18:10 da "O'zbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bu o'yinda "Zakovat"ning yangi jamoasi Jobir Ahmedov Jamoasi o'yinga tushadi. Xo'sh, ilk marta stol atrofiga o'tirgan (albatta barcha o'yinchilar emas) bilimdonlar qanday natijaga erishar ekan. Buni tez kunda bilib olamiz.

Jamoa a'zolari:

Farrux Rafiqov   ---  Arxitektura va qurilish instituti 4-bosqich talabasi

Nizomiddinxo'ja Nig'monov  ---  Arxitektura va qurilish instituti 4-bosqich talabasi

Mavlon Marasulov  ---  Jahon tillari Universiteti 3-bosqich talabasi

Jasur Najmiddinov  ---  Islom Universiteti magistranti

Shavkat Ulug'ov  ---  O'zNeftGaz kompaniyasi xodimi

Jobir Ahmedov  --- jamoa sardori, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Magistranti

Ko'rishni unutmang!!!!!!!!!

Mana kutilgan o'yin ham bo'lib o'tdi. Debyutant jamoa ancha ishonchli o'ynadi. Ular garchi ilk marta stol atrofida o'ynayotgan bo'lsa-da (ba'zi o'yinchilardan tashqari) o'zlarini erkin tutishi va erkin fikrlashi bilan muxlislar ko'nglidan joy ololdi deb o'ylayman. Ular garchi 3:6 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham chiroyli o'yin ko'rsata olishdi. Hatto ular  3:2 hisobida oldinga ham chiqib olishgandi. Ammo baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Natija boshqacha ko'rinish oldi.

Eng yaxshi o'yinchi deb Shavkat Ulug'ov topildi.

Xullas bu safar ham tomoshabinlar bilimdonlardan ustun kelishdi.

OLIY LIGA-2008

1-tur

3-o'yin

Hisob:

(http://zakovat.ucoz.ru/J.A.hisob.GIF)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:14:50
E'lon!!!

Hurmatli "Zakovat" intellektual o'yini muxlislari!!!

23-24 fevral kunlari "Kamolot" YIH bilan hamkorlikda "Zakovat"ning 3-Respublika Festivali  bo'lib o'tadi. Bunda Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jamoalar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

Festivalning 1 va 2-o'rin sohiblari Televizion o'yinda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Ma'lumot uchun oldingi festivallar g'olibi Buxoro viloyati jamoasi hisoblanadi.

Siz ham qiziqarli o'yinlar guvohiga aylanmoqchi bo'lsangiz marhamat qilib tomoshaga tashrif buyurishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz festival 23 fevral kuni soat 15:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) boshlanadi. Final qismi esa ertasiga b24 fevral kuni ertalab soat 9:00 dan boshlanadi.

Oldin xabar berib o'tganimizdek, "Yoshlar yili" munosabati bilan o'tkazilgan 3-Respublika "Zakovat" Festivali ko'ngilli darajada bo'lib o'tdi. Unda Respublikamizning turli viloyatlari va Toshkent shahridan 21 jamoa ishtirok etdi.
Bular quyidagilar:

1. "Ziyoli yoshlar" (Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus Davlat Universiteti)
2. "A-Z" (Andinjon viloyati Andijon shahar)
3. "Tafakkur yog'dusi" (Andijon viloyati Shahrihon tumani 2-ixtisoslashgan litsey)
4. "BuxDU (Buxoro Davlat Universiteti)
5. "Fidokor" (Buxoro shahri)
6. "Evrika" (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri)
7. "Navoiy " (Navoiy Davlat Pedagogika Instituti)
8. "Iqtisodchilar" (Navoiy viloyati)
9. "Muhandis" (Namangan viloyati)
10. "Afrosiyob" (Samarqand viloyati)
11. "Registon" (Samarqand viloyati)
12. "Al Hakim at-Termiziy" (Surxondaryo viloyati)
13. "Angren" (Toshkent viloyati Angren tumani)
14. "Intellekt" (Farg'ona viloyati)
15. "Xorazm" (Urganch Davlat Universiteti)
16. "Xaker" (TATU Urganch filiali, Xorazm viloyati)
17. "Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi)
18. "Yurist" (Toshkent Davlat Yuridik Instituti)
19. "Arxitektor" (Toshkent Arxitektura va qurilish instituti)
20. "Texnika Yulduzlari" (Texnika Universiteti)
21. "O'zDJTU" (O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti)

Festivalga bir necha o'zgartirishlar kiritildi. Xususan bu yilda, oldingi festivallar kabi Saralash bosqichi, Yarim Final, Final o'yinlari o'tkazilmadi. Barcha g'oliblar 5-tur natijasiga ko'ra aniqlandi. Har bir turda 12 tadan savol berildi. Jami 60 ta savol. Hamma jamoalar 60 ta savolda ishtirok etdi.

2-o'zgarish, Festivalda endi faqat 1 va 2-o'rinlarni egallagan jamoalr emas, balki kuchli uchtalikka kirgan jamolar ham televizion o'yinda qatnashish huquqini qo'lga kiritadigan bo'ldi. Demak, festivalda g'olib bo'lgan 3 jamoa TV da chiqish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Bir so'z bilan aytganda Festivalga kiritilgan bunday ijoyib o'zgartirishlar kiritilishi va mukammal tashkillashtirilishi uning ajoyib tarzda o'tishiga zamin bo'ldi.

Sizlarning e'tiboringizga Festival haqida fotoreportaj tayyorlab taqdim etaman.
P/S: Ba'zi suratlar sifati pastroq chiqqani uchun oldindan uzr.

Siz Festivalda kim g'olib chiqqanini bilmoqchimisiz??? Unda maqolani oxirigacha o'qing va tomosha qiling!!!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:17:11
24/02/2008 - 09:30. Festival boshlanish arafasida. Jamoalar hali "jang maydoniga" kirib kelishgani yo'q.

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/1.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:18:19
Hakamlar va ochkolarni hisoblash guruhi: (chapdan) Zafar Mirzaboyev, Saidkamol Abdurazzoqov, Umid Valiyev

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/2.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:19:27
Jamoalar o'z o'rnini egalladi. Hamma narsa shay!!!

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/3.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:23:12
Jamoalarni qo'llab-quvvatlash uchun muxlislar ham tashrif buyurishgan

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/4.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:35:57
Jamoalar suratlari:

"Navoiy " (Navoiy Davlat Pedagogika Instituti)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/5.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:38:00
"Xaker" (TATU Urganch filiali, Xorazm viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/6.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:39:30
"Intellekt" (Farg'ona viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/7.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:40:43
"A-Z" (Andinjon viloyati Andijon shahar)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/8.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:42:31
"Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/9.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:54:16
"Iqtisodchilar" (Navoiy viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/10.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 13:56:22
"Yurist" (Toshkent Davlat Yuridik Instituti)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/14.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 14:00:14
"Tafakkur yog'dusi" (Andijon viloyati Shahrihon tumani 2-ixtisoslashgan litsey)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/15.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 14:02:22
"Arxitektor" (Toshkent Arxitektura va qurilish instituti)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/16.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 14:03:30
"O'zDJTU" (O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/17.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 14:04:49
"Angren" (Toshkent viloyati Angren tumani)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/18.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:01:08
"Fidokor" (Buxoro shahri)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/19.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:15:47
"Texnika Yulduzlari" (Texnika Universiteti)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/20.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:17:38
"Al Hakim at-Termiziy" (Surxondaryo viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/21.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:19:51
"Registon" (Samarqand viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/22.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:22:16
"Afrosiyob" (Samarqand viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/23.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:24:18
"Muhandis" (Namangan viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/24.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:28:36
"Xorazm" (Urganch Davlat Universiteti)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/25.jpg)
Nom: O'zbekiston Davlat Madhiyasi yangramoqda
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:29:13
O'zbekiston Davlat Madhiyasi yangramoqda

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/11.jpg)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/12.jpg)
Nom: Hamkorimiz "Kamolot" YIH ning "Yoshlar yili"ga bag'ishlangan videoroligi namtlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:30:43
Hamkorimiz "Kamolot" YIH ning "Yoshlar yili"ga bag'ishlangan videoroligi namoyish etilmoqda

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/13.jpg)
Nom: Festival boshlandi. Jamoalar har bir savolning javobii topishga qattiq harakat q
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:32:37
Festival boshlandi. Jamoalar har bir savolning javobii topishga qattiq harakat qilishmoqda.

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/26.jpg)
Nom: Hamma savolni muhokama qilmoqda!!!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:35:44
Hamma savolni muhokama qilmoqda!!!

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/27.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:42:26
Umumiy ochkolar va reyting:

1. "A-Z" (Andinjon viloyati Andijon shahar)                           26
2. "BuxDU (Buxoro Davlat Universiteti)                                20
3. "Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi)          20
4. "Al Hakim at-Termiziy" (Surxondaryo viloyati)                 19
    "Registon" (Samarqand viloyati)                                     19
     "Xorazm" (Urganch Davlat Universiteti)                           19
5. "Arxitektor" (Toshkent Arxitektura va qurilish instituti)       18
6. "Muhandis" (Namangan viloyati)                                     17
7. "Fidokor" (Buxoro shahri)                                               16
    "Navoiy " (Navoiy Davlat Pedagogika Instituti)                   16
8. "Yurist" (Toshkent Davlat Yuridik Instituti)                       14
9. "Afrosiyob" (Samarqand viloyati)                                    12
   "Ziyoli yoshlar" (Qoraqalpog'iston Respublikasi
         Nukus Davlat Universiteti)                                         12
10."Xaker" (TATU Urganch filiali, Xorazm viloyati)                 11
11."Evrika" (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri)                   9
     "Angren" (Toshkent viloyati Angren tumani)                     9
     "Iqtisodchilar" (Navoiy viloyati)                                       9
12."Tafakkur yog'dusi" (Andijon viloyati Shahrihon
          tumani 2-ixtisoslashgan litsey)                                   7
     "O'zDJTU" (O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti)        7
13."Intellekt" (Farg'ona viloyati)                                          6
14."Texnika Yulduzlari" (Texnika Universiteti)                       3

Izoh: BuxDU va "Nurli Istiqbol" jamoalri ochkosi teng bo'lib qolgani uchun oxirida qo'shimcha savollar o'ynaldi va bunda BuxDU jamoasi g'olib bo'lib faxrli ikkinchi o'rinni oldi.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:43:00
3-Respublika Festivali g'olibi Andijon viloyatining "A-Z" jamoasi

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/32.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:44:27
Faol ishtirok etgan jamoalarga DIPLOM va Faxriy yorliq topshirilmoqda

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/34.jpg)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/28.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:45:40

3-o'rin sohibi: "Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/29.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:57:06
2-o'rin sohibi: "BuxDU" (Buxoro Davlat Universiteti)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/33.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 15:58:54
CHEMPION: "A-Z" (Andijon viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/30.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 26 Fevral 2008, 16:02:43
CHEMPION: "A-Z" (Andijon viloyati)

(http://www.zakovat.ucoz.ru/albom/festival/31.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Mart 2008, 18:00:41
Yaqinda G'anisher Rahmatullayev jamoasi 1-turni yakunlab berishdi. Ushbu jamoaning o'yini ancha mazmunli va qiziqarli bo'lgani bilan hisob yirik ko'rinish oldi. 1:6

Demak, 1-turning umumiy natijalari quyidagicha:

1-o'yin. Furqat Qurbonov jamoasi

4:6

2-o'yin. Bobur Yoqubov jamoasi

2:6

3-o'yin. Jobir Ahmedov jamoasi

3:6

4-o'yin. G'anisher Rahmatullayev jamoasi

1:6
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Fatima 17 Mart 2008, 18:25:49
Assalomu alaykum, Y_U_R_I_S_T!
Sizga katta raxmat. Ilgari Zakovatni birorta o`yinini qoldirmay ko`rib borardim. Lekin hozir buni iloji bo`lmayapti. Shunaqa Zakovatchi userimiz bor ekan, "Zakovatni ko`rolmadim" deb afsuslanishga ham hojat yo`q ekan.  Yana bir marta raxmat.
 
PS: Yana yangiliklar bo`lib qolsa tez-tez bizga ham yetkazib turing, forumdosh!!!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Mart 2008, 19:02:46
"Zakovat" Intellektual klubining Oliy Liga-2008 o'yinlarining 2-turi boshlanmoqda.

2-turning birinchi o'yini Furqat Qurbonov jamoasi bilan bo'lib o'tadi.

O'yin 23 mart kuni soat 18:20 da "O'zbekiston" telekanaliorqali namoyish etiladi.

Ko'rishni unutmang!!!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 25 Mart 2008, 12:11:26
Furqat Qurbonov jamoasi Oliy Liga-2008 dagi ilk g'alabani qo'lga kiritdi.

Eng yaxshi o'yinchi deb jamoa sardori Furqat Qurbonov topildi.

Hisob:

6:5
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: ALLADIN 30 Mart 2008, 10:28:04

   ZO'R YANGILIKLARNI  XAVOLA ETMOQDASIZ. 
 Y_U_R_I_S_T  SIZGA OMAD!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Aprel 2008, 11:42:43
6 aprel kuni 2-turning 2-o'yini bo'lib o'tdi. Unda o'tgan yilgi Chempion jamoa, ya'ni Bobur Yoqubov jamoasi o'ynadi. Ammo afsuski shiddatli o'yin tomoshabinlar foydasiga hal bo'ldi.

Eng yaxshi bilimdon deb Maqsud Sharopov topildi.

Hisob:

5:6
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: gayrat17 15 May 2008, 21:01:33
tanqidiy fikrlarni bildirsak bo'ladimi. Tanqim hammasi sahih, Zakovot klublari og'zidan o'zim eshitganman. LEkin ularni bu yerga yozzsam shuncha yozganlaringiz bir tiyinga qimmat bo'lib qoladi. Meni tanishlarim: Elmurod (faylasuf), Nurbek (geograf) sobiq ishtirokchilar va xozirgilardan bir ikkitasi bor.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 May 2008, 17:16:48
tanqidiy fikrlarni bildirsak bo'ladimi. Tanqim hammasi sahih, Zakovot klublari og'zidan o'zim eshitganman.

Uzr tanqidingizni tushunmadim. Bu bilan nima demoqchi bo'lgansiz? Aniq va ochiq yozavering. Agar yoqmasa o'chirib tashlayveraman :7
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 May 2008, 18:20:26
2-turning umumiy natijalari

1-o'yin

Furqat Qurbonov jamoasi

6:5

2-o'yin

Bobur Yoqubov jamoasi

5:6

3-o'yin

Jobir Ahmedov jamoasi

6:5

4-o'yin

G'anisher Rahmatullayev jamoasi

6:5
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: saraton07 16 May 2008, 23:17:01
Assalomu-alaykum  Yurist.  Va nihoyat Zakovat to'g'risida   alohida  ma'lumot topdim. Manda imkoniyat yoq  hozirda, ko'rsatuvni ko'rishga. Lekin internetdan rosa qidirdim saytini,lekin topolmadim. Alohida sayt bormi Zakovatda? Ko'rsatuv nega 18;20 da beriladi, axir bu  reyting uchun noqulay vaqt deb o'ylayman.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 19 May 2008, 17:10:57
Assalomu-alaykum  Yurist.  Va nihoyat Zakovat to'g'risida   alohida  ma'lumot topdim. Manda imkoniyat yoq  hozirda, ko'rsatuvni ko'rishga. Lekin internetdan rosa qidirdim saytini,lekin topolmadim. Alohida sayt bormi Zakovatda? Ko'rsatuv nega 18;20 da beriladi, axir bu  reyting uchun noqulay vaqt deb o'ylayman.

Assalomu alaykum. Izlaganingiz uchun rahmat. ZAkovat saytini xozir tayyorlayabmiz. Adshmasam quyidagi manzild ishga tushadi. zakovat.mtrk.uz

Xozir Zakovat 22:00 da beriladi. Menimcha yaxshi vaqt. Eng reytingi "issiq" vaqt desa ham bo'ladi. Endi bu ko'proq vaqtga emas insonlarni qiziqishiga bog'liq.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: saraton07 21 May 2008, 01:31:02
SALOM Yurist.Rahmat sizga. Man aytmoqchimanki, asosan, yurtimizda  aholi  ishdan so'ng telvizor qarshisida  cho'kadilar, kechki ovqatdan so'ng.
 Shu uchun aytgandim,nega 18;20 da deb. Juda yaxshi xursandman.Ziyoni keng tarqatishda Zakovatning ham o'rni  beqiyos,Inshalloh shundayligicha qolgusidir.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 27 May 2008, 19:35:49
Аимага Заковат снгиликлари тсхтаб қолди Юрист?
          Кутиб қоламиз тезкор ва қизиқарли хабарларни....
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 29 May 2008, 15:54:12
Oliy Liga-2008

3-tur

1-o'yin

Furqat Qurbonov jamoasi

Hisob:

2:6
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 29 May 2008, 16:05:26
"Oliy Liga-2008" o'yinlarining reyting jadvali:

1. Jobir Ahmedov jamoasi (2 ta o'yin)

2. G'anisher Rahmatullayev jamoasi (2 ta o'yin)

3. Bobur Yoqubov jamoasi (2 ta o'yin)

4. Furqat Qurbonov jamoasi (3 ta o'yin)

Eslatib o'tamiz, eng yaxshi natija ko'rsatgan ikki jamoa yarim finalga yo'llanma oladi.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 01 Iyun 2008, 12:15:48
Bugun 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Zakovat" Intellektual o'yinida yosh bilimdonlarning ya'ni 11-14 yoshli bolajonlarning o'yini bo'lib o'tadi.

Aytish mumkinki ular xuddi asl bilimdonlardek chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Garchi ilk marotaba televizor qarshisida, "Zakovat" stoli atrofida o'ynayotganliklari sababli hayajonlari sezilib turgan bo'lsada o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi deb o'ylayman.

Hisob esa.....

Yaxshisi bugun o'zingiz ko'ra qoling.

1-iyun (bugun) soat 22:00 da O'zbekiston telekanalida tomosha qiling.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 02 Iyun 2008, 10:28:48

Манимча, унчалик кучли саволлар булмади, бу байрам муносабати билан булса керак.
Бошловчи жамоага сккол ён босди. Бунисм байрамга йуйсак буларди, лекин хар жихатда холис булиш керак манимча.

Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 02 Iyun 2008, 10:31:13

1-iyun (bugun) soat 22:00 da O'zbekiston telekanalida tomosha qiling.

Кеча узингиз куринмадингиз-у Юрист? Сизларни уйинларинг качон?
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 02 Iyun 2008, 15:53:44

1-iyun (bugun) soat 22:00 da O'zbekiston telekanalida tomosha qiling.

Кеча узингиз куринмадингиз-у Юрист? Сизларни уйинларинг качон?

Ha, biz o'sha kuni Final o'yiniga tayyorgarlik qilayotgan edik. Shu sababli o'yinda ishtirok etmadim.

Savollarga kelsak, axir ular yosh bolalar, birinchi marta stol atrofiga o'tirsa hayajon bosishi aniq. Ularga sal yordam bermasa, tushkunlikka tushib qolishlari mumkin. Shuning uchun boshlovchining yordam berganliklarini tushunsa bo'ladi. Birdan mag'lubiyatga uchrasa, keyin ko'ngli qolib ketishi mumkin. Buning ustiga axir bu o'yin bir shou! Bayramni ham unutmaslik kerak.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 08 Iyun 2008, 15:56:55
Navbatdagi o'yin:

15 iyun soat 21:45 da O'zbekiston telekanali orqali "Zakovat intellektual o'yini" OLIY LIGA-2008 bahslarining 3-tur ikkinchi o'yini bo'lib o'tadi. Bu o'yinda Bobur Yoqubov jamoasi (ya'ni kaminaning jamoasi) ishtirok etadi.

Eslatib o'taman, xozirda bizning jamoa reyting bahslarida 3-o'rinda ketmoqda va biz uchun g'alaba suv va havodek zarur. har qanday mag'lubiyat bizni Oliy Ligadan chiqib ketishga olib keladi.

Demak tomosha qiling, ajoyib va shiddatli o'yin sizni kutmoqda!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 18 Iyun 2008, 10:52:34
Ғалаба билан табриклаймиз, 1-2 саволга лекин осонлик билан ютказган булсаларинг хам кейинчалик ажойиб уйнадиларинг! Айникса Юрист 2-та жавобни зур топдингиз койил!

2-савол жуда осон сди, хайронман , нимага топишолмади..1саволга сса манам савол укилгандан болта шурва деб юбордим :)) Жамоа аъзолари хам шу фикрда сканлар :)

Доно ва ахмок деган деб жавоб берилган саволга жавоб беришда сна бир жихат хайрон колдирди мени. Жамоа зур бериб 3-4 версисни мухокама килди ва скунда Бобур Акубов осмондан тушгандек умуман бошка жавобни айтди ва бу жавоб тугри скан. Заковат аъзолари ва мухлислар мени маъзур тутсинлару шубхалирок булди озгина бу холат...
(p.s.Савол укилганда мани биринчи вариантим уликлар ва тириклар сди :))

Ғалаба муборак! Аавбатдаги сйинларда омад ёр бслсин!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Iyun 2008, 12:34:42
Oliy Liga-2008

3-tur

2-o'yin

Bobur Yoqubov jamoasi

Hisob:

(http://img.uz/images/914226-2.JPG)

Eng yaxshi o'yinchi: Bobur Yoqubov
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 19 Iyun 2008, 12:02:29
Доно ва ахмок деган деб жавоб берилган саволга жавоб беришда яна бир жихат хайрон колдирди мени. Жамоа зур бериб 3-4 версияни мухокама килди ва якунда Бобур Ёкубов осмондан тушгандек умуман бошка жавобни айтди ва бу жавоб тугри экан. Заковат аъзолари ва мухлислар мени маъзур тутсинлару шубхалирок булди озгина бу холат...
(p.s.Савол укилганда мани биринчи вариантим уликлар ва тириклар эди :))

Ғалаба муборак! Навбатдаги ўйинларда омад ёр бўлсин!

Assalomu alaykum!

Bu fikrlarizni hurmat qilgan holda quyidagi gaplarni aytmoqchi edim.

Bu xafta yakshanba kuni o'sha o'yinni takroran beradi. Agar vaqtingiz bo'lsa bir o'sha o'yinni qaytatdan ko'ring. Aynan o'sha savolda xuddi siz aytgandek shubhaga o'rin yo'q. Sababi muhokama vaqtida Bobur Yoqubovdan donolar va ahmoqlar varianti 2-3 qayta chiqdi. Lekin ba'zi ovozi "baland" o'yinchilar ularning gaplarini umuman eshitmadi. (Bular orasida men ham bor) Ammo javob berish vaqtida Bobur Yoqubov o'z sardorligidan unumli foydalandi. Ya'ni baribir o'z javobini biz aytgan variantlardan yaxshiroq deb o'yladi va o'zi javob berdi. Bu fan tilida intuitsiya (ichki ovoz) deb ataladi. O'zi "Zakovat", Nima? Qayerda? Qachon? o'yinlarida jamoa sardorligiga bilimi ko'p kishi emas, ichki ovoziga va o'ziga bo'lgan ishonchi yuqoriroq kishi tayinlanadi!

O'sha vaziyatda bu to'g'ri javob eknaligiga hatto biz ham ishonmadik. Bobur Yoqubov o'sha javobni aytganlarida "voooy" deb yuborganmiz! Ammo tajriba va bilim baribir ustunlik qildi.

O'yin oxirida bekorga ikkita magistr "Eng yaxshi o'yinchi" deb boshqa bilimdonni aytgan bo'lsa ham boshlovchi "Eng yaxshi o'yinchi" deb Bobur Yoqubovni topganlari yo'q. Agar eshitgan bo'lsangiz, aynan o'sha Seneka haqidagi (donolar va ahmoqlar) savolni topgani uchun shu nomga munosib deb topildilar.

P/S: Gap kelganda shuni ham aytib o'tishim kerakki, ba'zi shunga o'xshash vaziyatlarda (ya'ni jamoa boshqa variantlarni aytib tursa ham jamoa sardori umuman boshqa variantni aytadigan vaziyatlar) ko'pchilik tomoshabinlarda shubha tug'iladi. Buni menga ko'p aytishgan.
Ammo bir narsani unutmang-ki, yuqorida aytib o'tganimdek intuitsiya degan narsa ham bor.
Nahot sizda ham shunga o'xshah vaziyatlar bo'lmagan? Ya'ni biron narsani so'ngi soniyalarda eslab qolgan vaqtingiz yoki biror vaziyatda oxirida tavakkaliga umuman boshqa, kutilmagan yo'l tutgan vaqtlaringiz bo'lmaganmi?

Mendan ko'pchilik xafa bo'lishi mumkinu, lekin bunday shubhaga boradiganlarning aksariyat qismi bilimga ishonmaydigan insonlardir.

Nima bo'lganda ham biz vijdonimiz oldida pokmiz.

Hurmat bilan,
Xushnudbek Xudayberdiyev
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 19 Iyun 2008, 12:20:19
"Oliy Liga-2008" o'yinlarining reyting jadvali:

1. Bobur Yoqubov jamoasi (3 ta o'yin)

2. Jobir Ahmedov jamoasi (2 ta o'yin)

3. G'anisher Rahmatullayev jamoasi (2 ta o'yin)

4. Furqat Qurbonov jamoasi (3 ta o'yin)

Eslatib o'tamiz, eng yaxshi natija ko'rsatgan ikki jamoa yarim finalga yo'llanma oladi.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 19 Iyun 2008, 14:25:31
Lekin ba'zi ovozi "baland" o'yinchilar ularning gaplarini umuman eshitmadi. (Bular orasida men ham bor)
Izoh uchun rahmat, tushunarli.

Mendan ko'pchilik xafa bo'lishi mumkinu, lekin bunday shubhaga boradiganlarning aksariyat qismi bilimga ishonmaydigan insonlardir.

?????

Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Iyun 2008, 23:26:20
Respublikamizda chop etiladigan "Bekajon" gazetasining 2008 yil 20-iyunida chop etilgan 50-sonining bir sahifasi "Zakovat" Intellektual klubiga bag'ishlandi.

""ZAKOVAT" menga nima berdi?" sarlavhasi ostida chop etilgan maqolada klubning ba'zi bilimdonlari muxbir bergan savollarga javob qaytardi.

(http://img.uz/images/260850bekajon-zakovat.JPG)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Iyun 2008, 23:32:16
Валиев Умид Ғуломович:

Туғилган санаси:
1984 йил Тошкент шаҳрида ишчи оиласида туғилган.

Таълим олган даргоҳи:
Тошкент Давлат Молис институти.

Ҳозирда:
Миллий банкда фаолист юритади.

«Заковат»да иштирок стишдан мақсади:
билимини ошириш, бундан ташқари интилишлари бир хил бслган ёшлар билан танишиш.

Гуруҳи ҳақида:
«Мен Бобур Ақубов жамоаси аъзосиман, икки йилдан бери шу гуруҳда иштирок стаман. Жамоамиз билан биринчи йили жудасм омадли сйинлар ксрсатганмиз, схши натижалар билан чемпионликни қслга киритганмиз. Бу йил срим финалгача чикдик.»

«Заковат» нима берди?
«Ксп нарса. Мисол учун, стган йили телевизор ютиб олдим (кулади). Жиддий гапирадиган бслсам, сфирга чиқиш осон смас, бунинг сзига сраша масъулистли томони бор. Илгарилари бсш вақтимда китоб сқиб, нималарнидир срганишга ҳаракат қилардим, ҳозир сса тинимсиз сқиш ва изланишда бслишим керак. Чунки сфир орқали бизни бир неча минг смас, балки миллионга сқин одамлар томоша қилишади. Ҳар бир гуруҳнинг сзига сраша мухлислари бслади, уларнинг ишончини оқлаш учун ҳаракат қилинади. Баъзан оддий саволларга жавоб тополмай қолиш мумкин, шу боис ҳам клуб сз устимизда кспроқ ишлашга, кспроқ сқишга мажбур қилади.»

Шиори:
«Мақсад қсйиш, унга сришиш, сришилгандан кейин сна снги мақсад сари олға бориш!»

Келажакда...
«Банк соҳаси бсйича схши мутахассис бслишга интиламан, банкка нисбатан озми-кспми халқ ишончини кучайтириш йслида меҳнат қиламан.»
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Iyun 2008, 23:35:27
Аорқулов Асрор Бахромович:

Туғилган санаси:
1978 йил 28 июнда Самарқанд вилостида  таваллуд топган.

Таълим олган даргоҳи:
Тошкент Давлат Молис институти.

Мутахассислиги:
Халқаро валюта кредит муносабатлари.

«Заковат»да иштирок стишдан мақсади:
маънавий жиҳатдан озуқа олиш.

Гуруҳи ҳақида:
«Гуруҳимиз сардори Ғанишер А аҳматуллаев. Шу гуруҳ аъзосига айланганимга уч йилдан  ошди. Гуруҳимиз аъзолари турли соҳа вакилларидан иборат. Яқин вақт ичида схши натижаларни ксрсатмаган бслсак-да, насиб қилса, тез кунларда муваффақистга сришамиз, деган нистдаман.»

«Заковат» нима берди?
«Янги-снги дсстлар орттирдим, сқин инсонларни топдим. Ҳаётда ксп нарса сргандим.»

Шиори:
«Доимо олға интилиш, охиригача курашиш!»

Келажакда...
«Келажак ҳақида жиддий сйлашга кспам вақт бслмаспти, лекин снг асосий нистим - юртимизга муносиб фарзанд бслиш!»
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Iyun 2008, 23:37:29
Худайбердиев Хушнуд Ғайратович:

Туғилган санаси:
1989 йил Қашқадарё вилости Чироқчи туманида туғилганман.

Таълим олаётган даргоҳи:
Тошкент Давлат Ҳуқуқшунослик институти иккинчи босқич талабаси.

«Заковат»да ишгирок стишдан мақсади:
сқишдан, кундалик ишлардан бсш вақтини мазмунли стказиш.

Гуруҳи ҳақида:
«2006 йилдан бери Бобур Ақубов жамоасида иштирок стаман. Гуруҳимиз билан схши натижаларга сришишни мақсад қиламиз, асосийси, ғалабага сришиш смас, муҳими, бизни томоша қилаётган томошабинлар «Вақтимизни бекор стказдик, ундан ксра бошқа ксрсатувни томоша қилсак бсларкан», демасалар, бу бизнинг катта ютуғимиз бслади.»

«Заковат» нима берди?
Биринчи навбатда, Хушнуд исмимни одамларга танитди, дейишим мумкин. Мен абитуриентлик давримданоқ «Заковат»га қатнаб юрардим, бапки шу ерда олган билимларим ҳисобига олийгоҳга кириш насиб қилгандир. Демак, биринчи навбатда, талаба бслишимда ёрдами тегди, билим берди. Иккинчидан, дсстлар орттирдим, сзим учун сқин инсонга айланган акаларимни топдим. Бу мен учун катта ютуқ.»

Шиори:
«Интилганга толе ёр!»

Келажакда...
«Ҳуқуқ соҳасида аввал номзодлик, кейин докторлик диссертаяисларини ёқлаш, шахсий ҳаётда чиройли оиланинг хсжайини бслиш, «Заковат»да сса, насиб стса, йилнинг снг схши сйинчиси бслишни нист қиламан.»
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 09 Iyul 2008, 16:12:36
Oliy Liga-2008

3-tur

3-o'yin

Jobir Ahmedov jamoasi

Hisob:

5:6
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 09 Iyul 2008, 16:19:19
Биринчи навбатда, Хушнуд исмимни одамларга танитди, дейишим мумкин.
:)

Iqtibos
Келажакда...
«Ҳуқуқ соҳасида аввал номзодлик, кейин докторлик диссертаяисларини ёқлаш, шахсий ҳаётда чиройли оиланинг хсжайини бслиш, «Заковат»да сса, насиб стса, йилнинг снг схши сйинчиси бслишни нист қиламан.»
Барча форумдошлар номидан омад тилаб коламиз!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 09 Iyul 2008, 16:21:09
"Oliy Liga-2008" o'yinlarining reyting jadvali:

1. Bobur Yoqubov jamoasi (3 ta o'yin)

2. Jobir Ahmedov jamoasi (3 ta o'yin)

3. G'anisher Rahmatullayev jamoasi (2 ta o'yin)

4. Furqat Qurbonov jamoasi (3 ta o'yin)

Jobir Ahmedov jamoasi o'yini ko'p narsaga oydinlik kiritdi. Demak, xozir yarim finalga Bobur Yoqubov jamoasi ilk yo'llanmani qo'lga kiritdi. Furqat Qurbonov jamoasi esa Oliy Ligani tark etdi. Yarim Finalga ikkinchi yo'llanmani kim qo'lga kiritishi esa G'anisher Rahmatullayev jamoasi o'yiniga bog'liq. Agar ular g'alaba qozonishsa yarim finalga chiqadi, mag'lubiyat bo'lsa Jobir Ahmedov jamoasi chiqadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 13 iyul, yakshanba kuni soat 21:45 da bo'lib o'tadigan o'yin ham qiziqarli bo'lishi tabiiy. Ko'rishni unutmang!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 09 Iyul 2008, 16:26:58
Биринчи навбатда, Хушнуд исмимни одамларга танитди, дейишим мумкин.
:)

Iqtibos
Келажакда...
«Ҳуқуқ соҳасида аввал номзодлик, кейин докторлик диссертаяисларини ёқлаш, шахсий ҳаётда чиройли оиланинг хсжайини бслиш, «Заковат»да сса, насиб стса, йилнинг снг схши сйинчиси бслишни нист қиламан.»
Барча форумдошлар номидан омад тилаб коламиз!

Kattakon rahmat!

Kimdir bu mavzuni o'qishidan va ko'rsatuvimizni muxlislari ushbu Forumda ham borligidan xursandman.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 23 Iyul 2008, 12:26:40
Oliy Liga-2008

3-tur

4-o'yin

G'anisher Rahmatullayev jamoasi

Hisob:

2:6
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 23 Iyul 2008, 12:47:45
3-turning umumiy natijalari

1-o'yin

Furqat Qurbonov jamoasi

2:6

2-o'yin

Bobur Yoqubov jamoasi

6:2

3-o'yin

Jobir Ahmedov jamoasi

5:6

4-o'yin

G'anisher Rahmatullayev jamoasi

2:6
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 23 Iyul 2008, 15:19:15
"Oliy Liga-2008" o'yinlarining reyting jadvali:

1. Bobur Yoqubov jamoasi (3 ta o'yin)

2. Jobir Ahmedov jamoasi (3 ta o'yin)

3. Furqat Qurbonov jamoasi (3 ta o'yin)

4. G'anisher Rahmatullayev jamoasi (3 ta o'yin)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 23 Iyul 2008, 15:27:21
Demak, 3-turning barcha o'yinlari bo'lib o'tdi.

So'ngi natijalarga ko'ra Yarim Finalga ikkita jamoa - Bobur Yoqubov va Jobir Ahmedov jamoalari chiqishdi.

Yarim Final qoidalari:

      Ikkita jamoa bittadan o'yin o'tkazadi, eng yaxshi g'alabaga erishgan jamoa FINAL ga chiqadi.
      Agarda ikkita jamoa ham mag'lubiyatga uchrasa (hisobidan qat'iy nazar) unda Yurtimizning Mustaqillik Bayrami kuni o'tkaziladigan FINAL o'yinida "ZAKOVAT" TERMA JAMOASI tomoshabinlarga qarshi o'ynaydi.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 23 Iyul 2008, 15:47:01
Yarim Final O'yinlari
TAQVIMI

1-o'yin

Bobur Yoqubov
jamoasi

27-iyul (Yakshanba) soat 21:45 da
O'zbekiston telekanalida

2-o'yin

Jobir Ahmedov
jamoasi

10-avgust (Yakshanba) soat 21:45 da
O'zbekiston telekanalida
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 30 Iyul 2008, 16:08:01
OLIY LIGA-2008

YARIM FINAL

1-o'yin

Bobur Yoqubov jamoasi

Hisob:

3:6

Demak, Bobur Yoqubov jamoasi o'tgan yilgi Chempionlik unvonini bu yil qaytarolmasliklari aniq bo'ldi. Mag'lubiyat bu jamoa uchun Final eshiklarini yopdi.

Keyingi o'yin xabaringiz bor Jobir Ahmedov jamoasi bilan bo'lib o'tadi. Agar ular g'alaba qozonishsa Finalga chiqishadi. Aksincha bo'lsa, Final o'yinida "Zakovat" Terma jamoasi o'ynaydi.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:14:22
OLIY LIGA-2008

YARIM FINAL

1-o'yin

Bobur Yoqubov jamoasi

Hisob:

3:6

Demak, Bobur Yoqubov jamoasi o'tgan yilgi Chempionlik unvonini bu yil qaytarolmasliklari aniq bo'ldi. Mag'lubiyat bu jamoa uchun Final eshiklarini yopdi.

Afsus, men ham o'yinni kuzatdim va jamoaga muxlislik qildim. Ammo, tan olish kerakki, jamoa sust o'ynadi, to'g'ri javoblar bo'lsa-da, xato qilishdi.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 30 Iyul 2008, 16:34:46
Iqtibos
Afsus, men ham o'yinni kuzatdim va jamoaga muxlislik qildim. Ammo, tan olish kerakki, jamoa sust o'ynadi, to'g'ri javoblar bo'lsa-da, xato qilishdi.

Ha, fikrlaringizga qo'shilaman. Ancha "g'alati" o'ynadik o'sha kuni. Bemalol yutsak bo'lardi. Ammo ming afsus. Haqiqatdan, bir qancha bor variantlarni ololmadik. Nima bo'lganda ham, axir bu bir o'yin-ku. Qolgan o'yinlarni ham kuzatib boring. Eng qiziq 2 ta o'yin qoldi. Sizga manzur bo'ladi degan umiddaman.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: alchemist 04 Avgust 2008, 23:14:42

Yurist,
Esimda bor Zakovat uyinida Murod Hamroev degan uyinchi ham bor edi, usha yigit haqida malumot qaerdan olsam buladi? Rahmat
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Avgust 2008, 20:42:25

So'raganiz uchun rahmat. Ular birinchi Londonga 3 yilga doktorlik dessertatsiyasini yoqlagani ketgan edilar. So'ngi ma'lumotlarga qaraganda xozir Kanadada ekanlar. Oilasi bilan.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Obidjon87 11 Avgust 2008, 00:33:10
Ассалому алайкум, Yurist!Заковат олий лига финал уйини скинлашиб келаётгани муносабати билан ва барчамиз учун азиз ва кадрли булган Мустакиллигимизнинг 17 йиллик байрами билан барчангизни муборакбод стаман. Мен, III Заковат телевизион фестивали голиб командаси Андижон Давлат университетининг «A-Z» жамоаси уйинчиси Абдуллоев Обиджон буламан. Бугун Жобир Ахмедов жамоасининг уйинини куриб жуда таажубландим. Уйин услубига караганда жамоа галаба сари дадил кетаётганга ухшарди, лекин доим хам омад ва истак уйгунлаша олмас сканлиги айнан шу уйинда сккол намоён булди. Бизнинг жамоамиз А еспублика телевизион фестивалда голиб булгандан сунг жамоа билан куплаб туманларда уйинлар уюштириб, фестиваллар ташкил стдик. Машк килдик ва шу харакатларимизнинг самарасини келгусида буладиган саралаш боскичида курсатмоачимиз. Менинг бу мактубни ёзишимдан асосий максадим, келгуси йил олий лига уйинларига саралаш уйинлари качон, каерда булиши ва у хакидаги барча маълумотларга сга булиш. Сиздан илтимос, мазкур мавзуни батафсил ёритиб берсангиз.Юксак схтиром ила, Обиджон Абдуллоев[email protected]@mail.ruАндижон вилости, Мархамат тумани, Шукурмерган кфй, Юкори А овот махалласи.Тел.: +998749793007+998982701988
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Avgust 2008, 19:33:57

OLIY LIGA-2008

YARIM FINAL

2-o'yin

Jobir Ahmedov jamoasi

Hisob:

4:6

Demak, ikkinchi Yarim Finalda ham bilimdonlar jamoasi mag'lubiyatga uchradi.

Bu 1-sentyabr vatanimizning eng ulug' bayrami hisoblanmish "Mustaqillik kuni"da bo'lib o'tadigan FINAL o'yinida endi "Zakovat" TERMA JAMOASI o'ynaydi deganidir.

Ko'rishni unutmang!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Avgust 2008, 19:45:16
OLIY LIGA-2008

FINAL

1-sentyabr kuni "O'zbekiston" telekanalida

"ZAKOVAT" TERMA JAMOASI - TELETOMOSHABINLAR TERMA JOMAOSI
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Avgust 2008, 19:57:09
FINAL o'yinida TERMA JAMOA tarkibida 12 nafar TELETOMOSHABIN larga qarshi stol atrofida o'tirishi mumkin bo'lgan bilimdonlar ro'yxati:

Jobir Ahmedov jamoasidan:

Jobir Ahmedov
Shavkat Ulug'ov
Nizomidinxo'ja Nig'monov
Jasur Najmiddinov
Farrux Rafikov
Mavlon Marasulov

Bobur Yoqubov jamoasidan:

Bobur Yoqubov
Maqsud Sharopov
Umid Valiyev
Zafar Mirzaboyev
Akmalxon Amilov
Xushnudbek Xudayberdiyev

Furqat Qurbonov jamoasidan:

Furqat Qurbonov
Rustam Jabborov
Nodirbek Qosimov
Zuhriddin Abdurahimov
Bobur Imomov
Nodir Voxidov

G'anisher Rahmatullayev jamoasidan:

G'anisher Rahmatullayev
Saidkamol Abdurazzoqov
Asror Norqulov
Nozim Raimqulov
Zafar Madaminov
Saidolim G'aniyev

Ushbu 24 nafar bilimdon orasidan faqat 6 tasigina FINAL o'yinida TERMA JAMOA tarkibida o'ynashi mumkin.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Avgust 2008, 20:14:30
Ассалому алайкум, Yurist!Заковат олий лига финал уйини скинлашиб келаётгани муносабати билан ва барчамиз учун азиз ва кадрли булган Мустакиллигимизнинг 17 йиллик байрами билан барчангизни муборакбод стаман.

Katta rahmat! Tilaklaringiz uchun!

Iqtibos
Мен, III Заковат телевизион фестивали голиб командаси Андижон Давлат университетининг «A-Z» жамоаси уйинчиси Абдуллоев Обиджон буламан.

Bundan ham xursandman. "A-Z" jamoasi bizni yodimizda saqlanib qolgan. Juda kuchli jamoa. Asosiysi xoxishni va intilishni yo'qotmaslik kerak.

Iqtibos
Менинг бу мактубни ёзишимдан асосий максадим, келгуси йил олий лига уйинларига саралаш уйинлари качон, каерда булиши ва у хакидаги барча маълумотларга сга булиш. Сиздан илтимос, мазкур мавзуни батафсил ёритиб берсангиз.Юксак схтиром ила, Обиджон Абдуллоев.

Savolingizga javob quyidagicha:

Oliy Liga-2009 ga saralash bosqichi sentyabr oyining ilk haftasidan boshlanadi. Festevalning kuchli uchligini qo'lga kiritgan "A-Z""BuxDU" (Buxoro Davlat Universiteti) va "Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi) jamoalari va "Zakovat" klubining ichki reyting bahslarida eng yuqori o'rindagi 5 jamoa Oliy Ligaga chiqish uchun ekran orqali kurash olib boradi.

Bunda har bir o'yin tartibi o'zgardi. Endi bitta o'yinda barcha 8 jamoa ham ishtirok etadi. Markaziy stolda bir jamoa o'tiradi qolgan yettitasi chetda o'z javobini yozib beradi. Ular topshirgandan so'ng, stolda o'tirgan jamoa javbini og'zaki aytadi. Shu tariqa har bir jamoa bir martadan stol atofiga o'tirib, qolgan 7 marta esa chetda tugan holda ishtirok etadi.

Xozircha "Zakovat" klubi ta'tilda va yangi mavsumdagi faoliyatini hali boshlamagani sababli saralash bahslarining barcha shartlari aniq bo'lgani yo'q. Bu menda xozircha mavjud bo'lgan ma'lumotlar.

Agar biror yangilik bo'ladigan bo'lsa xabar qilaman.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 25 Avgust 2008, 23:24:39
FINAL O'YININI INTERNET ORQALI ON-LINE KO'RISH:

50 kb tezlikka ega bo'lganlar uchun KO'RISH (http://mtrk.uz/ru/page/?page=tv_uzbekistan)

128 kb tezlikka ega bo'lganlar uchun KO'RISH (http://mtrk.uz/ru/page/?page=tv_uzbekistan-128k)

Marhamat qilib o'tkazib yubormang!
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 02 Sentyabr 2008, 22:50:32
OLIY LIGA-2008

FINAL

Zakovat TERMA JAMOAsida o'ynagan bilimdonlar:

Furqat QURBONOV - jamoa sardori
Bobur YOQUBOV
Jobir AHMEDOV
Rustam JABBOROV
Xushnudbek XUDAYBERDIYEV
Nizomiddinxo'ja NIG'MONOV

Hisob:

3:6

OLIY LIGA-2008 o'yinlari CHEMPIONI:

TELETOMOSHABINLAR jamoasi
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Shoxjahon12 03 Sentyabr 2008, 12:06:30
OLIY LIGA-2008

FINAL

Zakovat TERMA JAMOAsida o'ynagan bilimdonlar:

Furqat QURBONOV - jamoa sardori
Bobur YOQUBOV
Jobir AHMEDOV
Rustam JABBOROV
Xushnudbek XUDAYBERDIYEV
Nizomiddinxo'ja NIG'MONOV

Hisob:

3:6

OLIY LIGA-2008 o'yinlari CHEMPIONI:

TELETOMOSHABINLAR jamoasi
Dastlabki yillari juda qiziqardim "Zakovat"ga... Hozir esa unchalikmas.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 03 Sentyabr 2008, 13:51:54
Echki haqidagi foto savol juda oson edi. Topolmadinglar. :)

Lekin videosavolni  (musiqa maktablarida ovozni mashq qilish)jamoaga berishi kerak edi. Boshlovchi nimagadir bergisi kelmadi :) Hammani ruhi tushib ketdi shunda. Aniq bilindi.

Omad tilaymiz yangi mavsumda!

Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 20 Oktyabr 2008, 02:21:58
"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBINING YANGI KITOBI SOTUVDA!!!!!!!!!!!!!!

A.ABDULLAYEV. "DAQIQA QADRI"

(http://img.uz/images/692385kitob.jpg)

(http://img.uz/images/145237kitob2.jpg)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 20 Oktyabr 2008, 17:14:53
Assalomu alaykum! Zakovat yangi chiqqan payti Farrux ismli o'yinchi bo'lardi. Keyin qayergadir chet elga ketganini eshitgandim. O'sha o'yinchi haqida ma'lumot ololamanmi?
Yodgor ismli o'yinchi ham ko'rinmay qoldilar.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Oktyabr 2008, 00:40:09
Assalomu alaykum! Zakovat yangi chiqqan payti Farrux ismli o'yinchi bo'lardi. Keyin qayergadir chet elga ketganini eshitgandim. O'sha o'yinchi haqida ma'lumot ololamanmi?
Yodgor ismli o'yinchi ham ko'rinmay qoldilar.

Assalomu alaykum.
Avvalambor mulohazangiz uchun tashakkur.
Farrux Fayziyev Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti Magistraturasini tugatib, xozirda ishlayaptilar. Yana qaysidir gazetada ham ishlaydilar.

Yodgor 1 yillar oldin uylangandilar. Xozir ishlayotgan bo'lsalar kerak. Yana biror ma'lumot olsam albatta xabar beraman.
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 21 Oktyabr 2008, 08:37:09
Assalomu alaykum! Savollarimga aniq va to'liq javob berganingiz uchun minnatdorman.
Agar malol kelmasa yana ikkita savolim bor edi: Zakovat ko'rsatuvi bo'ladigan studiyaga borib o'yinni bevosita kuzatish uchun hech qanaqa shartlar, tadbirlar yo'qmi? O'yin bo'ladigan joy qayerda?
2-savolim: "zakovatchilarimiz"ning saytlari, forumlari yo'qmi? Ular bilan bilvosita yoki bevosita muloqot qilish mumkinmi?
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Oktyabr 2008, 01:25:04
Assalomu alaykum! Savollarimga aniq va to'liq javob berganingiz uchun minnatdorman.
Agar malol kelmasa yana ikkita savolim bor edi: Zakovat ko'rsatuvi bo'ladigan studiyaga borib o'yinni bevosita kuzatish uchun hech qanaqa shartlar, tadbirlar yo'qmi? O'yin bo'ladigan joy qayerda?
2-savolim: "zakovatchilarimiz"ning saytlari, forumlari yo'qmi? Ular bilan bilvosita yoki bevosita muloqot qilish mumkinmi?

1-savol: Bizda "Zakovat"ning ikkita to'garagi bor. Biri individual, yakka tartibda tayyorlanuvchilar uchun. Har seshanba soat 15:00 da O'zMU Madaniyat saroyida (Beruniy).
Ikkinchisi jamoaviy, 6 kishi bo'lib tayyorlanadiganlar uchun. Har shanba soat 17:00 da "kamolot" Respublika binosida. (O'rda)
Mana shu ikkita to'garak a'zolari suratga olish jarayoniga taklif qilinishlari mumkin.

2-savol: Aynan mana shu masala ustida xozir ish olib borilmoqda. Xozirda Zakovat sayti ishga tushdi. www.zakovat.mtrk.uz  Ammo xozirda texnik ishlar ketmoqda. Tez orada mana shu sayt orqali aloqaga chiqish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Aslini olganda Ziyouz Forumi orqali ham bitta Zakovatchi bilan suhbatlashayapsiz. :-)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Dekabr 2008, 21:27:37
Yosh oilalar o’rtasidagi breyn-ring musobaqasi g’olibi Andijonlik oila

       Muqaddas tushunchalardan biri bo’lmish oila tarixi uzoq ibtidoiy davrga borib taqaladi. Aynan inson hayotini ta’minlash uchun oilalar qurish kerakligi anglab yetilgan. Albatta oilada bo’lajak voris oila ustunlari, ya’ni ota-onadan ta’lim, xulq-atvor va umuman komillikka erishish tarbiyasini oladi. Bekorga oila muqaddas dargoh deb aytilmaydi. Bejizga yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan 1998-yil "œOila yili" deb e’lon qilinmagan edi.
     "œYoshlar yili" munosabati bilan "œZakovat" Intellektual klubi "œKamolot" YIH bilan hamkorlikda "œYosh oilalar — jamiyat negizi" loyihasi asosida Respublikamizning viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpog’iston Respulikasidan kelgan yosh oilalar orasida 27 noyabr kuni Breyn-ring musobaqasini tashkil etdi. Undan ko’zlangan asosiy maqsad oilalar o’rtasida bahs tashkil etish emas, balki oila a’zolarining bilim saviyasini oshirish, ularning barkamollikka erishishlariga imkon qadar o’z hissasini qo’shish edi. Zero, sport inson sog’lig’i garovi bo’lsa, aqliy mehnat uning ruhiy kamolidir. Breyn-ring musobaqasi natijalariga ko’ra Andijon viloyatidan kelgan Sobirovlar oilasi 1-o’rinni, Navoiylik Ubaydullayevlar oilasi 2-o’rinni, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan Ahmedovlar oilasi faxrli 3-o’rinni egalladi. Eng asosiysi yosh oilalar o’rtasidagi hamkorlik, ularning fikr almashishi kabi vazifalar ham amalga oshdi. Chunonchi, "œZakovat" Intellektual klubining asosiy maqsadi ham bilimga chanqoq, intiluvchan insonlarni yaqinlashtirish va jamiyat hayotiga shu orqali ko’proq hissa qo’shishni ta’minlashdan iboratdir.
 
Breyn-ring musobaqasida ishtirok etgan yosh oilalar:

1. Qoraqalpog’iston Respublikasidan Matjonovlar oilasi
2. Andijon viloyatidan Sobirovlar oilasi
3. Buxoro viloyatidan Axmedovlar oilasi
4. Navoiy viloyatidan Ubaydullayevlar oilasi
5. Namangan viloyatidan Mirzayevlar oilasi
6. Samarqand viloyatidan Voseyevlar oilasi
7. Sirdaryo viloyatidan Daliyevlar oilasi
8. Surxondaryo viloyatidan Jumayevlar oilasi
9. Toshkent viloyatidan Yesidinovlar oilasi
10. Toshkent shahridan Kultashevlar oilasi
11. Farg’ona viloyatidan Fayzimurodovlar oilasi
12. Qashqadaryo viloyatidan Shirinovlar oilasi

Manba: www.zakovat.mtrk.uz (http://zakovat.mtrk.uz)
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Dekabr 2008, 21:38:38
Reyting o’yinlarida 100 ochko bilan Bobur Yoqubov jamoasi mutloq g’olib bo’ldi

        29 noyabr kuni 2009 yil kuz oylarida ekran orqali bo’lib o’tadigan Oliy Liga Saralash bahslarida qatnashish huquqini qo’lga kiritish uchun o’tkazilgan reyting o’yinlarining eng so’ngi 10-turi o’tkazildi. Ushbu tur barchasiga oydinlik kiritdi. Yakuniy natijalarga ko’ra Bobur Yoqubov jamoasi roppa-rosa 100 ochko to’plagan holda birinchi o’rinni egalladi. Ular eng yaqin ta’qibchilari bo’lmish G’anisher Rahmatullayev jamoasidan 5 ochko ilgarilab ketishdi. Shuningdek, ekran orqali bo’lib o’tadigan Saralash o’yinlariga yana uchta jamoa ham yo’llanma oldi. Bular Jobir Ahmedov, Parlament va Bobur Imomov jamoasi.
     Qolgan natijalar bilan tanishing:

Davomini o'qish (http://zakovat.mtrk.uz/#news/show/news/reyting_oyinlarida_100_ochko_bilan_bobur/)

Manba: www.zakovat.mtrk.uz
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 23 Mart 2009, 19:35:35
Bobur Yoqubov jamoasi ilk g'alabaga juda yaqin edi

Yurtimizda yangilanish va yosharish bayrami bo’lmish Navro’z ayyomi shukuhi kezib yurgan bir paytda, "Zakovat" Intellektual o’yinlarida Oliy Liga bahslarining 1-turidagi eng so’ngi o’yin o’tkazildi. Ushbu o’yinda 2009-yilgi Oliy Liga Saralash bahslarining g’olibi Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etdi. Aytish mumkinki, bo’lib o’tgan o’yin qiziqarli vaziyatlarga va ehtiroslarga boy hamda bayramona ruhda o’tdi. Oliy Ligada har bir ochko qadrli ekanligini tushunib yetgan bilimdonlar, barcha savollar javobini jon kuydirib izlashga harakat qildilar. Butun o’yin mobaynida na bilimdonlar, na teletomoshabinlar yaqqol ustunlikka ega bo’ldilar, aksincha o’yin teng kurashlarga boy bo’ldi. Buni eng oxirgi raunddan oldin hisob 5:5 bo’lib turganidan ham bilsa bo’ladi. Aksiga olganday, oxirgi 11-raundda Blits savol tushdi. Bobur Yoqubov jamoasi ushbu Blits-savollarning ikkitasiga aniq javob berdilar, ammo hal qiluvchi uchinchi savolning yechimini topa olmadilar. Buning natijasida Oliy Ligadagi ilk g’alabani qo’lga kiritishga juda yaqin turgan bilimdonlar mag’lubiyat alamini totib ko’rishga majbur bo’ldilar.

Eng yaxshi bilimdon deya, Saidkamol Abdurazzoqov topildi. Ushbu o’yinda ham Super Blits, Blits savol, Internet savoli hamda 12 raqamli savol (Boshlovchining o'zi bilimdonlar oldiga chiqib savol beradi)   o'ynaldi.

Oliy Liga-2009
1-tur. 4-o'yin
Bovur Yoqubov jamoasi

Jamoa tarkibi:

Bobur Yoqubov - Toshkent Tibbiyot akademiyasi sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi assistenti
Saidkamol Abdurazzoqov — "œDilight" qo’shma korxonasi menedjeri
Umid Valiyev - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bosh mutaxassisi
Zafar Mirzaboyev — Iqtisodchi
Akmalxon Amilov — Xitoyshunos-sinolog
Xushnudbek Xudayberdiyev — Toshkent Davlat Yuridik Instituti 3-bosqich talabasi

Hisob:

(http://zakovat.ucoz.ru/hisob/hisob_56.gif)

Maqolani to'liq ko'rish manzili:
http://zakovat.mtrk.uz/uz/news/show/news/bobur_yoqubov_jamoasi_ilk_galabaga_juda_/
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: J@hongir_shox 10 Iyul 2010, 14:29:15
men ushbu o`yinga qiziqishim oshdi mana shu saytni tashkit qilgan odamga o`z minnatdorchiligimni bildiraman kattakon rahmant men endi faqat shu intelektual o`yinni tomosah qilaman   
  SAVOL:
ikkita sonni bir biriga qoshsa ham ularni ko`paytirganda xam javov 10 chiqadi . Javobingizni kutaman J@hongir_shox ! ! ! . . .
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: gayrat17 12 Iyul 2010, 11:21:30
javob - shou biznes=zakovat  ???
Nom: Re: "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar
Yuborildi: Sadulla 12 Iyul 2010, 12:52:11
 :as:

Kecha kechqurun televizor kanallarini aylantirib o'tirsam TV1 kanalida zakovat bo'votkanakan.Ozgina tomosha qilib o'tirsam ko'zim jilmayib turgan bir bolaga tushib qoldi.Shunda man bu bolani tanib qoldim,bu o'zimizzi Y_U_R_I_S_T akan.Diydor shirin mavzusida rasmlarini ko'rganimga tanib qoldim.Zakovatchilar orasida forum ahlidan bo'lgan insonni ko'rish odammi xursand qildi,bundan keyin ham bu Zakovatchini ishlarida omad tilab qolamiz.