forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 13 Fevral 2008, 21:36:52

Nom: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: AbdulAziz 13 Fevral 2008, 21:36:52
Assalomu alaykum!
Sayt va forumimizga qiziqish ortib borayotganligi bizni juda quvontirmoqda.
Ba'zi kompaniyalar bizga reklama berishni taklif qilmoqdalar.
Shunga sizlarning munosabatingizni bilmoqchi edim.

Shulardan biri Mobliss to'lov sistemasi.

http://img405.imageshack.us/img405/9357/280x60ie1.swf

Nima deb o'ylaysiz. Saytda reklama bersak bo'ladimi?
 
Undan tushgan mablag' inshaalloh hayrli maqsadlarda foydalaniladi.

Siz nima deysiz?
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: shoir 14 Fevral 2008, 09:42:29
Assalomu alaykum!
Menimcha yomon emas.
Mobliss yaxshi tizim o'ylab topishibdi. Ko'pchilik uchun qulay narsa ekan.
Odamlarga tanitishda forumni ham hissasi bo'lsa yaxshi.
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: AbdurRohman 14 Fevral 2008, 10:57:26
Assalomu aleykum!
Abdulaziz aka, esizda bo'lsa bu haqda ancha oldinroq so'ragandim sizdan. manimcha ham yomon bo'midi.
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 14 Fevral 2008, 11:08:19
Agar reklama bermoqchi bo'lgan kompaniyaning ishi foydali va xayrli bo'lsa uni bemalol reklama qilish mumkin. Xar xolda men ham bunga qo'shilaman.
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: muxbir 14 Fevral 2008, 11:13:51
Man ham aancha oldin etgandim.
AbdulAziz, buni yomon tomoni yo'q.
Kompaniyani hozir man ham ko'trib chiqdim.
Aloqa uchun yana bir qulaylikni kashf etishibdi.
Qo'yurish kere.
Reklamasiyam normalniy. Odam, hayvonlar sakrab yurmas ekan :)
Keyin, saytni hosting, domain va boshqa harajatlarini qopklashda ham bu narsa qo'l keladi.
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: Abdusalom 14 Fevral 2008, 15:02:46
Man ham qo'llab quvvatliman.
Buni yomon joyi yo'q.
Kerakli odamga kirib bilib olaveradi.
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: ikbaljohn 14 Fevral 2008, 18:49:48
Лерфектумга оплата бор скан.Карши смасман.Бундай тижорат йулига олдинрок утиш керак сди. :)
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: Abdullоh 17 Yanvar 2009, 20:43:26
Assalamu alaykum! Men ham yuqoridagi birodarlarning fikriga qo'shilaman. Reklamadan tushgan mablag' foydali ishlarga sarflanar ekan. Bu esa forumning rivojlanishiga katta yordam beradi. Forumning ishlariga omad!!!
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 19 Yanvar 2009, 11:27:07
Assalamu alaykum! Men ham yuqoridagi birodarlarning fikriga qo'shilaman. Reklamadan tushgan mablag' foydali ishlarga sarflanar ekan. Bu esa forumning rivojlanishiga katta yordam beradi. Forumning ishlariga omad!!!

Bu reklama joylashtirilgan oldin. Kelishilgan muddat tugagandan so'ng esa yana olib tashlandi
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: Shahzoda 02 Mart 2009, 13:48:18
reklama tijorat ammo u savobli ishloarga sarflansa buni noto'g'ri tushinishga hojat yo'q deb o'ylayman.Forumga OMAD
Nom: Re: Forumda reklama: Sizning munosabatingiz
Yuborildi: Abdullоh 02 Mart 2009, 16:11:21
reklama tijorat ammo u savobli ishloarga sarflansa buni noto'g'ri tushinishga hojat yo'q deb o'ylayman.Forumga OMAD


Sizga ham Y_U_R_I_S_T ning javobini beraman. "Bu reklama oldin joylangandi. Muddati tugagacha olib tashlangan"