forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Ulugbek 24 Iyun 2006, 05:40:20

Nom: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Ulugbek 24 Iyun 2006, 05:40:20
Chekish... naqadar xunuk so'z!!!
*********************************************
Chekish jarayonini o'zi undanda xunuk.
Qiz bolani chekishi esa... eh, inson biror narsaga qo'l
urishdan avval uni oqibatini o'ylamaydimi?
"Chekmasdan ayot gashtini sur". Chekkan odam
hayotning qanchadan qancha ajoyibotlaridan mahrum bo'lishini o'ylab ko'rganmisiz?
*********************************************
Chekan odam, toza havoni sofligini, lazzatli taom ta'mini,
hushbo'y hidlarni tuya olish bahtidan asta sekin
mahrum bo'lib boradi.
*********************************************
Unuman chekan odam, u o'g'il bolami yoki qiz mi...
*********************************************
Nima keragi bor shi "zormandani", umuman chekmaslik
kerak!!!!!!!!!
*********************************************
Chekayotgan odam o'z sog'lig'ini yo'qotish barobarida
yon atrofidagi chekmaydiganlarni ham zaharlaydi.
*********************************************
CHEKMANGLAR BIRODARI AZIZLAR!!!
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Munira xonim 24 Iyun 2006, 08:57:11
Assalamu alaykum, Ulug'bek. Juda ham foydali va kerakli muammoni ko'taribsiz. Alloh rozi bo'lsin. Siz aytganingizdek chekish juda hunuk uni oqibatlari esa undanda hunuk. Ayniqsa qizlarimizni chekishi bu juda katta fojea. Ham dinga ham millatga ham davlatga ayniqsa insonnig iymoniga ko'tarilgan quroldek. Buni zamiri nimada? Bunga aybdorlar kim? Nega hozik hilqat sohibalari bu jirkanch narsani o'zlariga odat qilib boryapti? Bu savollarni javobi bitta menimcha. Qizlarimizni umuman olganda yoshlarimizni Islom va Iymon asosida tarbiya qilolmayotganimizda. Harom va halolni, Allohdan qo'rqishni, Qiyomatda hamma narsa uchun javob berish borligini singdira olmayotganimizda. Chekish va ichish insonga, uni atrofidagilarga juda ham yomon ta'sir qiladi. Agar chekishda 10% zaharlanadi desak, bundan 1% o'ziga, qolgan9% atrofdagilarga. Bu o'zini ham boshqalarni ham o'ldirish degani. Bu qotillik. Qotillik va o'z joniga qasd qilish esa Islomda gunohi kabira hisoblanadi. Ba'zi otalarni, hatto ilmli kishilarni o'z farzandlari oldida chekishlarini nima deyish mumkin. Bunday "ibrat" ko'rsatayotgan otalarni, buni jim kuzatayotgan onalarni farzandlariga keyinchalik "chekma,chekish zararli" deb "tarbiya" berishlari foyda berarmikin? nima deb o'ylaysizlar?  Menimcha bunga faqat chekib o'tirgan otalar emas hatto onalar ham aybdor. To'g'ri chekadigan odamlarni farzandlari ham chekishga yaqinlashmay umr o'tkazishlari mumkin,lekin bu juda ham kam uchraydigan holat.  Biz bu fojeani oldini olishga hammamiz harakat qilishimiz kerak. Har birimiz farzandlarimizni, yaqinlarimizni Allohdan qo'rqishga halol haromni farqiga borishga o'rgatishimiz kerak. Alloh hech birimizni adashtirib qo'ymasin. Amiyn.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 07:49:40
Assalomu alaykum barchaga!
Chekish haqida gap borar ekan. Manimcha bu aloxida qiz bola chekishi yoki o'g'il bola chekishi deyish noto'gri.
Mana Kamol etganlariday ta'savvur qilin oldingizda qiz bola o'tirsa yu undan sassiq sigaret xidi kelsa...........
Lekin qizlarga ham huddi shunday o'g'il bola yonida tursa yu undan sassiq sigaret hidi kelsa huddi shunday yoqmaydi. Lekin shunday insonlarni bilamanki ro'za tutib ham chakadilar. Bu tog'rimi?

Qaysidir olim etgan ekan "Chekishni tashlashdanda oson ishni o'zi yoq, men o'zizm 200 marta chekishni tashlaganman".
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Munira xonim 25 Iyun 2006, 15:26:15
Assalomu alaykum barchaga!
Chekish haqida gap borar ekan. Manimcha bu aloxida qiz bola chekishi yoki o'g'il bola chekishi deyish noto'gri.
Mana Kamol etganlariday ta'savvur qilin oldingizda qiz bola o'tirsa yu undan sassiq sigaret xidi kelsa...........
Lekin qizlarga ham huddi shunday o'g'il bola yonida tursa yu undan sassiq sigaret hidi kelsa huddi shunday yoqmaydi. Lekin shunday insonlarni bilamanki ro'za tutib ham chakadilar. Bu tog'rimi?

Qaysidir olim etgan ekan "Chekishni tashlashdanda oson ishni o'zi yoq, men o'zizm 200 marta chekishni tashlaganman".


Va alaykum assalam, Noza.Yangi forumga hush kelibsiz! Alloh sizdan rozi bo'lsin. Sizni gaplaringiz to'g'ri, chunki umuman inson zoti borki cheksa, bu chekmaganlarga hoh yigit,hoh qiz bo'lsin yoqmaydi. Endi ro'za tutib ham chekadiganlarga kelsak, bu albatta noto'g'ri,ahir chekish o'zi yomon va gunoh odat bo'lganidan keyin u qanaqa holatda bo'lsa ham noto'g'ri. Lekin buni hukmi Allohga havola. Ba'zan eshitib qolganman, chekkanlarni namozi ham ro'zasi ham qabul bo'lmaydi, degan gaplarni. Lekin bunga hukm chiqarish, biz gunohkor bandalarni izmimizdagi narsa emas deb o'ylayman, bu meni fikrim. Chunki qilngan amallarga savob yoki gunoh berish va uni qabul qilish yo qabul qilmaslik Allohga havola. Lekin biz o'z yaqinlarimizni,birodarlarimizni, ekrak bo'lsa turmush o'rtoqlarimizni bu harom narsadan qaytarishga harakat qilishimiz kerak. Chunki biz bir birimiz uchun mas'ulmiz. Siz aytgan olimni so'zlariga kelsak, demak u olim 200marta tashlagan va yana 200 marta qaytgan. Aslida irodasi mustahkam inson uchun chekishni tashlash hech narsa emas. Inson Allohni roziligini topishi uchun o'ziga foydali va sevimli narsalardan kechadi. Bu nima bo'libdi. Meni fikrim shu. Hidoyat ALLOHDAN.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:15:32
Inson zoti tabiatan qiziquvchan yaralgan. Nimaiki ta’qiqlangan bo‘lsa, unga qiziqishi ming bora ortadi. «Chekish — salomatlik uchun zarar», — deb bong urilayotgani bilan kashandalarning soni ortsa ortyaptiki, kamayayotgani yo‘q. Ularning orasida ayollarimizning «alohida mavqega ega» ekanliklari achinarlidir.
O‘n-yigirma yil muqaddam madaniyatimizga zid bo‘lgan, axloqsizlik sanalgan bu odat bugungi kunda «zamonaviylik» deya yangicha nom oldi. Hayo, ibo va nafosatda jahon xalqlariga namuna bo‘lgan o‘zbek xotin-qizlari orasida ham chekish borasida tobora g‘arb ayollariga «tenglashib» borayotganlari kuzatilmoqda. Ta’kidlash joizki, Sharqda hech qachon chekayotgan ayollarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘linmagan.
Ayol deganda, ko‘z oldimizda farzandini bag‘riga bosib turgan ona siymosi gavdalanadi. Chekayotgan ayollar bu odat bilan nafaqat o‘zlarini, balki kelajak avlodni zahar-
layotganliklarini yodda tutsalar, kashanda ayollar soni kamaygan bo‘larmidi?
Istardikki, ayollarimiz ming yillar mobaynida shakllanib, sayqal topib kelgan urf-odatlarimizni bir quti tamakiga alishtirishmasa.

Dilsora MIRZAAHMEDOVA,
O‘zDJTU talabasi
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:39:36
kamol:

Umuman bu bema'ni narsani kim chaksa, qat'iy nazar biza u odam haqida yaxshi taassurotga bormimiza.

Endi qizlani chakishiga umuman izohlashni ham hojati yo'q.
1-dan, sigaret qizlaga umuman yarashmiydi.
2-dan, tasavvur qiling yoningizdagi o'tirgan qizdan sigaretning sassiq hidi buruqsab tursa, qanday nohush holat bo'ladi?
3-dan, ayol ona bo'ladi, onaning tutab turgan holatini ko'rganmisiz?
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:39:58
Chekish ko‘proq yoshlik mahsuliga o‘xshaydi. Chunki kashandalarning to‘qson to‘qqiz foizi chekishni yoshlikda o‘rganganlarini tan olishmoqda.
Albatta, bu holga ulardagi dunyoga yiziyish, taylidchilik, turmush tashvishlari va qiyinchiliklariga sabr qilolmaslik sabab bo‘lsa kerak.
Dunyoning achchiq-chuchuklarini ko‘rib, hayotning ma’nosini anglab, tamakidan voz kechganlar ham yo‘q emas. Quyida bir paytlar chekib, keyin tashlaganlar va hozir ham chekayotganlarning mulohazalari bilan tanishasiz.

"œQizalog‘im tutun hidlardi..."

N. Olimov, 38 yoshda. Sobiq kashanda, filologiya fanlari nomzodi. Toshkent shahri.
— Sigaret tutatsam, bo‘ldi, qizcham kelib, menga suykalaverardi. Bir kuni tutunni to‘yib-to‘yib hidlayotganini sezib qoldim. Qizimning kashanda bo‘lib qolishi meni cho‘chitib yubordi. Chekmay qo‘ydim.


"œHozir ham chekishadi..."

Lola Asaboeva, 33 yoshda, o‘qituvchi, Navoiy viloyati.
—Ukuvchilik kezlarimizda ro‘y bergan bir voqea hech ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Sinfdosh yigitlar dars paytida ham nosvoy otib olishardi. Bir gal o‘qituvchimiz nos chekib olgan bolaga savol berib qoldi. Sinfdoshim sekin o‘rnidan amio mum tishlaganday jim edi. Muallim takror so‘raydi, yana jim. O‘qituvchimiz holatni tushuna olmay, jahli chiqa boshladi. Shunda haligi noskash og‘zidagini "qult" etib yutib yubordi-da, tilga kirdi...
Ko‘nglim aynib ketgan edi o‘shanda...
Keyin tanaffusda o‘sha yigitning tobi qochib qolgan, men juda qo‘rqqan edim. Hozir ham ko‘p bolalar maktabda sigaret, nos chekishadi.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:40:17
Farzonochka:

Assalomu alaykum!

Avvalo, bu juda ham dolzarb mavzu. Negaki man ham qizlani kochada segaret chekvotganini korganan. Man tanigan bir qiz ham shunga qol urgan ekan, u bilan unchali tanish emasmanu, lekin bitta bitta maxallada yashiymiza, unga ettdim bu ishin yaxshi emas deb, lekin u bunga organib qolganini etdi.
Manimcha bu bizning ozbek qizlarimizga umuman yarashmiydi. Chetdan qaraganda juda ham xunuk korinadi va albatta osha qizning kelajagiyu, sog`ligiga ham anchagina salbiy ta`sir qiladi, manimch oilaviy muxit ham qiz bolaning tarbiyalanishida kotta rol oyniydi.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:40:29
margilanets:

Sigaret ham juda hunuk, lekin nos undanam battar.
Shu zormondani qanaq qilib og'zilariga solishlariga hayron qolaman.
Ayniqsa, farosatsizlarcha birontasi ko'zing oldida tupursa ko'ngillaring aynib ketadi.
Uni ichiga ohak, tamaki, yana allaqanday ahlatlarniyam sovorisharkan...
"Buni cheksen kayf nimaligini bilasan, og'ayni manga qaragin, bundan bitta oginchi, tilini tayiga sol" deydigan bema'nilar ham uchrab turadi.
Eng yomon ko'rgan joyim yana machitga chiqadigan ba'zi chollaram nosvoy urib yurishadi.
Balki o'rganib qolgandir.
LEKIN BUNAQA HUNUK, BUNAQA SASSIQ, BUNAQA BO'LMAG'UR NARSAGA UMUMAN YAQINLASHMASLIK KERAK!!!
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:40:40
TAMAKI TARIXIDAN...


XV asrning oxiriga qadar bu o'simlik haqida hech bilamagan, agarda amerikaninig tub aholisini tilga olmasak. Arxeologik topilmalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, bundan 4000 yil avval yoki unda ham oldin, shimoliyamerikalik indeyeslar tamakini iste'mol qilishgan. Qadim zamonlarda tamaki tutunini ilohiy narsa, davolovchi hususiyatga ega deb o'ylashgan, bundan tashqari tutunini tortish vaqtida hudo bilan yaqinlashish deb bilganlar.
"Tamaki" so'zi, balkim "Tobago" oroli nomidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. 1492 yilning 15 oktabrida Kolumbo bilan kelgan matroslar izoh berishicha, "tobaco" so'zi bilan ular katta-katta barglardan o'ralgan tayoqchalarni atashgan. Oqibatda ispaniyaliklar va portugaliyaliklar tamakini va tamaki donlarini Yevropaga ham olib kirishgan, to'siqlarga qaramasdan yevropaliklar ham tamaki rivojlantira boshladilar. Matroslarda oldin tamaki bilan savdo qiluvchilar savdogarlar, ruxoniylar va ... siyosiy arboblar bo'lishgan.
1560 yilda portugaliya kiroli Jan Niko saroyi qoshidagi Fransiya elchisi tamakaning oz miqdorini Ekaterina Medichiga junatib, uni bosh ogriqga davo deb tavsiya kilgan. Bundan keyin tamakiga moda butun Fransiyaga keng tarkala boshladi. Keyinchali ushbu usimlik Nikoga bag'ishlanib lotincha Nicotina deb nomlana boshlandi va 19 asr boshida shu usimlikdan chikgan alkaloid - "nikotin".
16 asr urtasidan boshlab tamaki dorivor usimlik deb tanikli bulishni boshladi (evropa tabiblari xindular fiqrini to'liq maqullashdi). Tamakini hidlashar edi, chekishar edi , chaynashar edi, shobodalash, bosh va tish og'rigiga, teri va infeksiyaga karshi boshqa dorivorlar bilan aralashtirishardi.
1580 yilda angliya aristokrati, ashaddiy chekuvchi, dengizchi va shoit, ser Valter Reyli Irlandiyada tamaki plantatsiyasini yaratgan, keyinchali amerika hududida yana bir nechta plantatsiya yaratgan. Ulardan bittasini "Virdjiniya" deb nomlangan va bu keyinchali eng kup tarkalgan tamaki nav nomiga aylangan.
17 asr boshida hozirgi Amerika yerlarida, asosan ingliz koloniyalarida boshqa tamaki plantatsiyalari tashkil topdi. 1611 yil ana shunday plantattsiyani Virdjiniyada ingliz Djon Rolf bunyod qildi. Tamaki donlarini Trinidada va Venesuelladan, o'stirish yo'llarini esa Velter Reylidan olib, uni yanada gullatdi. 8 yildan so'ng mahsulotni Virdjiniyadan Angliyaga eksport qilishni boshladi, Djon Rolf o'zi esa yangi maydonda joylashadi, hattoki unga tamakichilikda o'zingni sinab ko'r deb maslahat bergan shu yerlik Hindus qabilasi qiziga ylanadi.
Aristokratlar orasida boshqa tamaki "kasalligi" ga yo'liqqanlar ham oz emas edi. Prussi Frederik I (XVII asr boshlari) nemis saroyida chekish kechalari uyishtirar edi, uning o'g'li esa, Frederik-Vilyam "Tamaki birodarligi" tashkilotni tuzdi. Bu yerda ular siyosiy arboblarni, mamlakatni g'iybat qilish bilan shug'ullanishar edi. Shu yerning o'zida ular tamaddiq qilish bilan bir yo'la ashaddiylik bilan chekishar ham edi. Chor Rossiyasi tarixida Petr I dan tashqari hech kimni eslab bo'lmaydi.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:40:48
XOMILADORLIK VA NIKOTIN

Xomiladorlik va chekishsiz agar farzand ko'radigan bo’lsangiz, siz kutayotgan bo’lajak bolangizga eng zo’r sovg’a - sizning chekishni tashlashingiz bo’ladi.Ushbu so’zlar okean orti "œXolesterin va nikotinni sheyping va bodi-bilding bilan uramiz" degan naqlidan olingan. Meditsinada chekishning odam
sog’ligiga zarar ekanligi haqida juda ko’p faktlar to’plangan. Nikotinning bir tomchisi otni o’ldirishini biz yoshligimizdan bilamiz. Biroq katta bo’lishimizga qaramay, chekish yo’nalishida stajimiz juda katta va biz uni tashlash haqida o’ylab ham ko’rmaymiz (uch marta tufurib va daraxtni taqillatib chekaveramiz). Balkim, shayton unchalik qo’rqinchli emasdir? Juda qo’rqinchli. Tamakining eng asosiy harakatlanuvchi komponenti — nikotin hisoblanadi. Nikotin juda osonlik bilan plasent dan o’tadi va shuning oqibatida xomiladagi nikotin foizi onaning qonidagi nikotindan ancha ortiq bo’ladi! Sigaret, papiros, trubka yoki sigara chekayotgan vaqtda nafas yo’llariga boshqa juda ko’p nukotindan ham daxshatliroq birikmalar kiradi: uagr gazi, benzpiren va radioktiv moddalar ham mavjud (kichik xajmda bo’lsa ham). Zaxarli moddalarning bir qismi (masalan, tiotsinat) ona va xomila organizmida tamikining maydalinishi vaqtida paydo bo’ladi, onaning sigaret chekishidan so’ng qon aylanish tizimida sapazma hosil bo’ladi, platsent va xomila bir necha minut kislorod tanqisligiga uchraydi! Xomiladorlik vaqtida har doim chekish oqibatida xomila xronik kislorod tanqisligiga deyarli har doim uchraydi. Buning oqibatida — ichki xomilaning rivojlanishi sekinlashadi (bu holat onalari chekuvchilarda onlari chekmaydiganlarga qaraganda ko’proq uchrashi aniqlangan). Chekuvchi onalardan tug’ilgan bolalar ko’p holatlarda kam vaznli, hayotga moslashshi qiyinligi, markaziy nerv tizimida kamchiliklar bilan va ta’sirchan sog’liq bilan ajralib turadi. Ular nafas yo’llari infeksiyalari bilan tez-tez va og’irroq kasallanishadi, bundan tashqari — boshqa bollar solishtirilganda bu bolalar to’sattan o’lishi mumkin. Ba’zi olimlar onaning chekishi xomilada yomon oqibatarga olib keluvchi ishiklar keltirib chiqarishi aytadilar. Statistik ma’lumotlarga ko’ra onaning chekishi xomilaning rivojlanishining yaxshi yakunlanishini 2 martaga qisqartiradi! Xomilador ayollarning zararsiz sigaret chekishi haqida gap ham ochib bo’lmaydi, chunki bunday tamaki mahsulotlari aniqlanmagan. Shunining uchun ham sigaret chekishni tashlaganingiz ma’qul (iloji bo’lsa xomiladorlikkacha). Agar bunday qilmagan bo’lsangiz hozir qilishingiz shart. Ilmiy tadqiqotlar natijasida shular isbotlandiki: xomiladorlikning 4-oyi davrida chekishni tashlagan xomilador chekuvchi onalar yomon oqibatlarga uchrash xavfi ancha kam, chekuvchi "œdugonalari" dan o’laroq. Esingizdami? Passiv chekish (birovning sigaretidan tutun yutish) ham Sizga va Xomilangizga juda zararli hisoblanadi. Chekishni qanday tashsh mumkin? Klassikning nutqidan:"-Men o’zim chekishni yuz marotaba tashlaganman!". Eng yaxshisi eng assiysidan boshlang —1. Tamakisiz yashash mumkin;2. Tamakisiz yashash tamaki bilan yashashdan farqli o’laroq ancha yaxshiligini tushunib yetish.Chunk qachonlardir Siz shunday yashagansiz.Har xil yo’llarini qilib ko’ring masalan, irodalilik, "œNikotinell" plasterlari yoki "œNikorette", pista donalari, malakali ruhshunoslarning, narkolog va boshqalarning yordami. Sog’likka zarar yetazmaydigan yo’llarning barchasi yaxshi. Va shuni yodda tuting — chekishni tashlash hamma vaqt mumkin, biroq buni juda xoxlash kerak xolos.

SERGEY GONCHAR
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:41:01
farzonochka:

Otabe aka, keltirilgan maqola haqiqatdan ham juda muxim chekuvchila uchun.
lekin buni amalda isbotlash hammaning ham qolidan kelarmikin?
Biz bunga, yordam berse boladi, torimi???
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:41:12
Otabek:

Menimcha, chekishni tashlashga ichki xoxish bo'lishi lozim. Ana shu ichki xoxish bo'lmasa, kashandani manaman degan professorlar ham davolay olishmaydi.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:41:20
CHEKISH ODAMNI O'LDIRADI (!)
Chekish xronik gepotit C kasalligining kuchayishiga sabab bo'ladi. Ushbu qonuniyatni chiqargan fransuz tadqiqotchilari 244 nafar gepotit C bilan kasallangan kasallarga sigaret chekishni tashlash va kuniga chekadigan sigaret sonini minimumga qisqartirish kerakligini aytishadi. Tadqiqotlar Genri Mondora shifoxonasining shifokorlari tomonidan tadqiq qilingan. Ular o'pkadagi gistologik gepatitning va chekishning xosiyatlarini 152 nafar erkak va 92 nafar ayollarda kuzatdilar. Ularning yoshlari o'rtacha 45,9 yosh bo'lib, diagnoz esa morfologik tarzda qo'yiladi. Chekish haqidagi ma'lumotlar oxirgi 6 oy davomida va keyingi yillarda ham to'planmoqda. Ushbu kasallik 62% chekmaydiganlarda va kuniga 15 ta sigaretdan oshiq sigaret chekuvchilarning 81% chekuvchilarda uchradi. Gepotit kasalligi bilan kasallanish 59% Gepotit kasalligi bilan kasallanish 59% chekmaydigan, sog' fikrlovchilarda va 84% yiliga 20 qutidan ko'p sigaret chekadiganlar kasallanishi aniqlangan
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:41:34
Kamol:

Man bir insonni bilaman, u kop yillar kashanda bo'gan. Lekin bir kuni yosh bolaning gapidan keyin umuman og'ziga sigaret olmagan.
Inson avvalo o'zining miyasida hamma narsani sintez qilishi kerak, keyin oylab, fikr qilib masalga yondashishi darkor.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:41:48
farzonochka:

Mani eshitish boyicha, kimdir siqilgandan, kimdir dardini yenggillashtirish uchun.
Yosh bolla esa kottalaga "havas" qilsa kere... Oziligini kottalade tutishmoqchi bolishar balki...
Lekin qizlani bilmadim, javob beromiman...
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:42:01
margilanets:

Siqilish bir bahona xolos. Ashaddiy alkashlar ham qiynalgandan, siqilgandan ichamiz deb aytishadi. Lekin bu bir bohona xolos. Masalan, chekmaydiganlar siqilsa nima qiladi, shartta sigaret olib chekvormimanku!
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:42:13
farzonochka:

:) Albatta sizzi fikriz ham tori, man ham eshitganimmi ettimde.
Asl sababini faqat ozligisi bilishadi.
Manimcha ham bu bir baxona xolos...
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:42:26
Maknuna:

Qizlar sigaret chaksa...
Bundanam hunuk holat bormi?
Qiz bola deb atab bo'ladimi sigaret chakvotgan qizni?
To'g'ri keladimi oriyatga o'zbechilikka, o'zbekona ibo-hayoga?
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:42:37
farzonochka:

Bu juda ham xunuk manzara albatta.
Iboli-xayoli qiz bilan osha "segaret chekvotgan" qizzi solishtirsak bormi...
Osmon bilan yercha farqlani topish mumkin...
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:42:44
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, chekayotgan ayollar chekmaydigan ayollarga nisbatan stenokardiya bilan 13 marta, miokard infarkti bilan bir marta va oshqozon yarasi bilan 10 marta ko‘proq zararlanadilar. 96-100 foiz kashanda ayollar o‘pka raki bilan kasallanadilar.

Qiziqarlisi shundaki, tamaki tarkibidagi nikotin asabni zararlovchi moddalar tarkibiga kiradi. Hayvonlar ustida tajriba o‘tkazilganda shu narsa aniq bo‘ldiki, nikotin oz miqdorda yuborilsa, asab hujayralarini qo‘zg‘atuvchi ta’siri ko‘riladi, ya’ni nafas olish va yurak urishi tezlashadi, yurak qisqarish ritmi izdan chiqib, ko‘ngil aynishi va qusishga sabab bo‘ladi. Ko‘p miqdorda yuborilganda esa, markaziy asab tizimi, ayniqsa vegetativ asab tizimi tormozlanadi, undan so‘ng asab hujayralari faoliyati falajlanadi. Asab tizimini izdan chiqishi, mehnat qobiliyatining pasayishiga, qo‘llar titrashi va xotiraning susayishiga sabab bo‘ladi. Nikotin ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ayniqsa buyrak usti bezidan ishlab chiqarilayotgan gormon-adrenalinni qonga quyilishi va qon-tomirlarni qisqarishi natijasida qon-bosimining ko‘tarilishiga va yurak urishining tezlashishiga sabab bo‘ladi.

Ayollarda esa tuxumdonlardagi gormonlar disbalansiga olib keladi. Natijada hayz funktsiyasining izdan chiqishi va hayzni vaqtida kelmaslik hollari paydo bo‘ladi. Homilador ayollarda homila gipotrifiyasi, homiladorlik gipertenziyasi kuzatiladi.
Qizlarimizning har tomonlama sog‘lom va turli zararli odatlardan holi bo‘lishi bu kelajagimiz uchun sog‘lom farzandlar tug‘ilishining asosiy negizidir.

"œShifokor" gazetasidan
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:43:00
Ozoda:

Assalomu alaykum!!
Ha qizlarga sigareta chekish umuman yarashmaydi!!keyin qiz bolani sog'ligiga ham zarar!!
Ayniqsa o'zbek qizlarimizni sigareta chekishi umuman dinimizga hos emas!!
Qizlarni sigareta chekishi yomon deymizu lekin o'g'il bolalarchi???BU ularga yarashadimi???
YUq , hecham yarashmaydi..ular o'zlaricha "zamon bilan hamnafas" deganday qilib chekishadi...Lekin bu dinimizga ,O'zbeklar deb atalishimizga mosmi??
Sigareta chekish nafaqat yarashmas balki hamma o'g'il bolarni ham, qiz bolalarni ham sog'ligiga zarar!!
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 07:43:10
Mohinur:

To'g'ri aytasiz.
Sigareta chekib, ham o'zlariga zarar qilishadi, ham yonlaridagilarga.
Yigitlarimizning ham ko'chalarni zaharli tutunga to'ldirib, buruqsatishlari umuman etikaga to'g'ri kelmaydi.
Bir tanishim bilan gaplashganimda kuniga 1 pachka sigaret chekishini aytgandi.
Endi o'ylab ko'ring, bir pachka sigaretdan qancha zhahrli tutun yutadi ichiga? O'pka, yana boshqa a'zolar chirib qoladi-yu.
Iqtisodiy zararini qarang:
Kuniga 500 so'm sigareta uchun ketyapti. Oyiga 15000, yiliga 180000.
Shuncha mablag' tutun bo'lib uchub ketyapti ...
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Robiya 21 Oktyabr 2006, 21:24:38
Bu mavzu ham juda dolzarb.Chekish inson boshiga kulfatlar soluvchi bir salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi illat.Hozirga kelib esa ikki jins vakillari orasida "urf"ga kirgan bu zormandani chegaralashning iloji bo'lmayapti, aksincha kundan-kunga kashandalar soni ortib boryapti.Buning sababi nimada deyishimiz mumkin.Avvalo oiladagi muhit, otasi chekdimi bolasi ham chekadi.Ota vaqtinchalik bolasini tergashi mumkin lekin bundan ish chiqmaydi.Ikkinchidan tashqi muhit.Ya'ni do'stlari nima qilsa shuni bajarib ko'rish istagi(hamma ham bunday emas).
 Bu illatning qizlar orsida ham tarqalayotganligi juda achinarli.Hozirda qizlar har jabhada erkaklar bilan tenglashishga urinishyapti(yaxshimi yomonmi farqi yo'q).Buni to'xtatishni menimcha iloji yo'q, chunki hamma ham irodali bo'lolmaydi.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: shoir 22 Oktyabr 2006, 07:58:30
Qizlarimizning kashandalikka berilishilariga sabab nima deb o'ylaysiz/
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: watson 22 Oktyabr 2006, 15:00:39
rivojlangan mamalakatlarda yashaydigan qizlarga taqid qilish.
man uzim maskvada uqiman mani uqishimda uqidigan uzbek qizlarini 60% sigaret 4ekishadi :(
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2006, 02:11:16
mavzuni nomini o'zgrtirsa yaxshi bo'lardi deb o'yliman chunki mavzuda qizlar jumlasi ishlatilgan huddi qizlarga sog'ligiga ziyonu erkaklarga taluqli emas degandek.
papiros hamma uchun haromdir hoh er kishi bo'lish hoh ayol kishi bo'lsin...


Savol:Sigaret va nos chekish joizmi???

J: Sigaret va nos "keksayib" topgan kasalilardan biridir.Nabiy s.a.v davarlarida xam,sahobalar va tobeinlar davridan ham sigaret va nos yo'q edi.SHunig uchun Quron va Hadisda ular haqida hech narsa deyilmagan..Ammo Kitob va Sunnat qiyomatgancha insoniyatga hodiy ekan,bunday salbiy moddalar haqida hech gap aytmagan deyish unchalik to'g'ri emas.Boshqa ko'pgina hususlarda bo'lgani kabi, tutun va nos to'g'risida ikkala manbada ham ko'plab ishoralar bor:

"O'zingizni halokatga tashlamang" (Baqara surasi 195 oyat);

"O'zingizni o'zingiz o'ldirmang.Albatta Alloh sizlarga rahmlidir"(Niso surasi,29 oyat); "Bugun sizlarga barcha pokiza narsalar halol qilind"(Moida surasi,5 oyat) kabi oyatlaga asoslanib aksar fatvo kitoblarida sigaret va nos chekish harom qilindi.

Ummu Salama onamiz (r.a): Rasululloh s.a.v har qanday mast qiluvchi va badanni bushashtiruvchi,zaiflashtiruvchi narsalani istemol qilishdan qaytara edilar",deydilar Imom Ahmad Ibn Mojjalar rivoyatlarida, yana boshqa bir hadisda Islomda o'ziga ham o'zgaga ham zarar etkazish yo'q" deyilgan..
Kashandalik esa ham o'ziga zarar ham o'zgalarga.
Tamaki tutunining tarkibita 4 000ga yaqin modda bo'lib,hammasi insonni salomatligini emiruvchi ekanligini tibbiy tajribalrda aniqlangan.
Inson-Allohning mukammal tarzda yaratgan san'ati.Uning tanasidagi qon tomirlari uzunligi 150 000(bir yuz ellik ming)km. tashkil qilar ekan (ikki kihishini tomirlarini birlashtirilsa,Oyga etar ekan)..sigaret esa ,ayni shu go'zal san'atga halal beradi: qon tarkibi va aylanishini buzadi,tomirlani qotiradi.Nosning zarari esa tutunnikidan aslo kam emas.
Har kuni o'rtacha bir quti tamaki chekish bir yarim soat vaqtni olar ekan, bu hisob bir yilda yigirma uch kunni, o'n olti yilda esa roppa rosa bir sanani tashkil etar ekan.
Chekadiganlarni farzandlari esa bir yilda 80-90 quti chekkandek zaharlanar ekan.
O'rtacha narhda chekuvchi odam bir yilda 100 000 (yuz ming) so'm pulini tutunga aylantirar ekan(bu 2001 yil hisobi bo'yicha)
Bir marta tutun puflash atrofni etmish milligramm kukun ,yigirma besh milligramm karbonooksid bilan zaharlaydi.
Tamaki o'rash uchun eng sihatli suv qog'ozlar ishlatiladi.agar bu qog'ozlar kitob bosish uchun ishlatilsa bormi.....Oddiy bir qiyos: Bitta chekuvchini umr bo'yi chekkan tamakisi qog'oziga 300 000 (uch yuz ming) betli kitob bosish mumkin ekan.
Hullas, ezgulik dini Bo'lgan Islom bundayin zararkunandalrga beparvo qarashi mumkin emas.Ularni iste'moli Ulamolarimiz ijmoiga ko'ra man qilingan.....
.. (Muslmonlar Taqvim kitobi 2001 yil soni)

Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2006, 02:14:53
bir birodarimizzi forumdagi postidan info..

ЦРУ нинг статистик маълумотларидан бир парча

1. Dunyo nufusı: 6.5 mılyard

2. Musulmonlarnıng sonı: 2 mılyard

3. Sigaret chakadıgan inson sonı: 1.15 mılyard

4. Sigaret chakadıgan Musulmon sonı esa: 400 milyon.

5. Eng yırık sıgaret ıshlab chıqaruvchı kompanıya: Phillip Morris.

6. Phillip Morris'nıng topıshını yuzda 12'si İsroil'ga tegıshlı

7. Kundalık musulmonlarnıng Phillip Morris'ga foyda qılıb berganı: 800 milyon dolar.

8. O'rtalama foyda foizi nisbati: Yuzdan ondir.

9. Phillip Morris'ning, musulmonlardan o'rtalama kunlik foydasi: 80 Milyon dolar.

10. Shundey qilib har kun sigaret chakadigon Musulmonlar 9.6 milyon dolar pul miqdorida İsroil'ga yubormoqda
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2006, 02:22:55
Savol:assalamu alaykum.Savol Sigaret chaksa tahorat ketadimi
Javob:Кетади.
http://www.islam.uz/forum/phpBB2/viewtopic.php?p=7838#7838
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: SHahinur 06 May 2007, 23:44:58
Assalomu alaykum yahshi mavzu qizla segaret chekishi bu judayam hunu ish,shunaqa chiroyli qizlani sigaret chekib turganini kop koraman umuman hunuk korinadi endi u qizni oldiga yaqinlashib ham bo'midide,faqat qizlamas o'gil bollani ham sigaret chekishi hunuk odat nimaga chekasan disa siqilganim uchun chekaman diyishadi,nimaga boshqa siqiladigan odamla chekmidi inson siqilganida yomon odatlaga berilmasdan uzini tutishi kere irodasi kuchli bolsa sigaret chekishga hojat ham qolmasdi,chekib faqat uzini sogliginimas atrofidigilani sogligini ham yoqotadi oilasiga ham zarar qiladi shunaqa odamlani korganman bolasini dorisi yoki kiyim kechagi pampersiga keganda pul yoq diyishadi lekin bir pachka sigaretga pul topishadi usha pulni yigsa usha bolasiga kerakli narsalani olishi mumkunku.
Chekvotganla bilishmasmikin uzligini sogligini yoqotib umrini qisqarishiga uzligi sabab bulishvotganini,chekadigan odamni yonida turishni uzi bir azob uni hidiga chidab bulmiydi nahotki ushala boshqalaga uzligini shunaqa hunuk korsatishni yahshi korisharkin,chekadigan odam yahshi hidlani ovqat tamini bilmiydigan ham bolib qoladi.
Kim cheksa ham uzini sogligiga ziyon qivotgan umrini qisqartirvotgan boladi.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Muhammad Amin 19 May 2007, 19:28:40
Hozirgi kunda qizlarning sigaret chekishi odatiy holga aylanib bormoqda. Afsus ularga nasihat qiladigan kimsalar topilmayapdi. Agarda kimda kim ularga nasixat beradigan bo'lsa nima ishing bor sening men bilan deb gapirishga qo'ymay o'zining ishini maqullaydi. Bizning euvropaga taqlid qilishimiz ham ana shunday oqibatlarga olib kelmoqda. Buning oldini olish har bir fuqaroning burchidir
Nom: O'zbegim qizlari
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Iyun 2007, 19:16:52
Ўзбек сœизларига.

АŒизлар шим кийиши-замона зайли
АŒаранг с“алат иши скан дунёни"¦
АŒизлар шим кийишга кийбсиз, майли,
А­нди унутманг сиз ибо с›аёни

А­нди унутманг сиз унутманг асло
Ўзбек деган номни, сœиз деган номни
Билсангиз сœизларнинг иффати аъло"¦
Ортидан сргашманг с“арблик сансмни.

Сиз тсти смассизб айламанг такрор,
Сиз Шарсœ гсзалисиз, сиз шарсœлик ос›у!
Сизга Отабеклар,  Фарс›одлардир ёр,
Сиз учун Таркан с›ам, Бачан с›ам ос“у!..

Дунё бу-биз учун васœтинча маскан,
Билинг с›асœисœий бахт кийиниш смас!
Бир куни ер ости бслганда макон,
Авлодлар: «Фалончи зср кийган», демас!..

А‹АА сизга с›аёт сй сзбек сœизлар,
А‹аёсизлик —иллат сœабос›ат лаънат!
Асл бахт-с›аёда, унутмангизлар,
Биз сизни шунинг-чун севамиз фасœат!!!
Nom: Re: O'zbegim qizlari....
Yuborildi: Munira xonim 04 Iyun 2007, 21:53:20
Assalamu alaykum.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!
Juda ham go'zal she'r.
QIzlarimiz bu she'rdan hulosa chuqarishadi, deb umid qilaman.
Alloh taolo, sizlardek iymonli va mag'rur yigitlarimizni chin muhabbatlaringizga sazovor bo'ladigan hayoli va iboli qizlarimizni ko'paytirsin.
Amiyyn!!!
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: fazilat 13 Iyul 2007, 19:17:40
                                  Sigareta tutgan "œnozik qo’llar""¦
Nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldan ozib tuzib gumroh bo’lur,
Yotsa-tursa shayton birla hamroh bo’lur,
Nafsni tiygil, nafsni tiygil, Ey, badkirdor!

A.Yassaviy


   Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bugungi kunda sigareta chekishga rujo’ qo’ygan ayollar, xususan qizlar soni ko’payib bormoqda. Avvaliga, bu ajablanarcha qabul qilingan bo’lsada, keyiniga xuddi oddiy holdek bo’lib qoldi. Buni har kim har xil talqin etadi. Mening fikrimcha, ayol kishi har qanday holatda ham ayollik nafosatini yuqotmasligi darkor!

   Kuni kecha bir voqea diqqatimni tortdi. Ishxonamiz oldida bir panaroq joy mavjud. Bir kuni ana shu yerga ikkita xushbichim o’zbek qizi o’tib ketib, ozgina vaqt o’tmay qaytib ketishdi. Bu holatni bir necha marotaba kuzatgan hamkasblarimdan biri: "œBalkim sigareta chekkani kelishgandir",-deya so’z qotdi. Darhaqiqat, ko’cha-kuyda qizlarni sigareta tutatib ketishlari tobora ko’paysa ko’paymoqdaki, lekin kamaymadi"¦

   Keyin bir zum tasavvur qildim. Shu sigaretani tutgan "œnozik qo’lli" oyimchalar, ertaga aqilli, diyonatli, balkim namozxon o’g’illariga ne-ne umidlar bilan so’rab kelgan onaxonlarga mayda qadamlar tashlab choy uzatishadi. Ular haqida aytilgan ba’zida asli haqiqat yashiringan ta’riflarni eshitgan sovchilar, misli boshlariga "œbaxt qushi" qo’ngandek beshak-begumon indiniga bo’lajak kuyov bilan uchrashuvni belgilab ketishadi. Yolg’on asnosida qurilajak oila kelajagini Olloh Azza va Jalladan o’zga bilmaydi.
 
        Yuqorida keltirilgan misol bilan men hamma qizlar ham shunaqa demoqchi emasman. Aslo! Aksincha, tabiatan xushxulq (yoxud orttirilgan), hidoyatli, iymon-diyonatli bo’lgan qizlar sha’niga shu oyimchalar tufayli ta’na-dashnomlar yetmasin, yigitlar qalbida o’zlari tasavvur qilgan mo’mina qizlarga nisbatan shubha uygonmasin deyman. Alhamdulillah, Yaratgan Egamga ming tasannolar bo’lsinkim, hayotda haqiqiy mo’minalarni uchratdim, ularga do’st tutindim va havas qilaman. Ularning hidoyati oldida bosh egaman.

   Yana so’zimizga qaytadigan bo’lsak, uchrashuvga chiqqan yigitni bir tasavvur qilib ko’ring-a? Nozik hilqat deya sanalmish oy yuzli qiz salom bersa-yu, sigaretaning yoqimsiz hidi undan ufurib tursa, qay ahvolga tushadi yigit bechora? Yoinki onasi bag’rida erkalanib, mayin hididan sarmast bo’lish ilinjida onasi sari intilgan bola dimog’iga achqimtir ifor urilib bolakayni to’ppa-to’g’ri otasi bag’riga yetaklasa? Mayli, uni bola deylik, necha yoshga kirmaylik baribir onamizga bolalarcha erkalik qilgimiz keladi, ularni bag’rida o’zimizni ko’rishni istab qolamiz ba’zida. O’shanda, mushtipar onamizdan kelgan "œyoqimsiz" hid kap-katta bo’lgan biz bolalarga ham yoqmaydi. Albatta, bu ko’rgulikdan Yaratganning o’zi asrsin, omin!

   Bundan bir necha oy oldin, men poytaxtinimizning nomi ulug’ firmalaridan birida ishlar edim. Firma chet eldan mol olib kelib tashkilotlarga tarqatardi.  "œBaliq boshdan sasiydi" deganlari bejiz emas ekan, chunki ishxonada direktordan tortib to oddiy mutaxassisgacha deyarli hamma sigareta chekardi (hatto bir dugonamning ham chekishi guvohi bo’lganimdan keyin unga qanday munosabatda bo’lishni bilmay boshim qotgan). Buni ustiga direktor bilan guruh-guruh bo’lib chekkan paytlari ham bo’lgan. Tez-tez, "œIltimos, tashqariga chiqib chekinglar",-deya qayta-qayta o’qtirishlarimga yo zarda aralash javob olardim, yo "œuf" deya chiqib ketishardi (Yaratganga ming tasannolar bo’lsin, men hozir o’zga bir tashkilotda, yaxshi hodimlar orasida faoliyat yuritib kelyapman). Yoki shu kabi holatlar keyingi yillarda tashkilotlar orasida odatga aylanib borayotgan rusmdir?

   So’zimni nubuvvat egasi bo’lmish, Payg’ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilingan bir hadislar ila yakunlayman: "œAyollarga o’zini o’xshatgan erkaklarga, erkaklarga o’zini o’xshatgan ayollarga Ollohning la’nati bo’lsin".  Shu hadisni chin dildan his etib, haqiqatdan o’zini yaratgan Ollohidan qo’rqqan Bandai ojiza, albatta, bunday hatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œKim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi", dedilar. (Imom Muslim rivoyatlari) Agar har birimiz yelkama-yelka bo’lib shu kabi illatlarga qarshi tursak, nafaqat, bu dunyoda balkim, inshaolloh, u oxiratda ham bizga yaxshiliklar ravo ko’rilgay.

   Olloh har bir insonni hidoyatga chorlab, to’g’ri yo’ldan ozdirmasin. O’zi tanlagan dinda sarmast va sobitqadan etib, oxiratimizni obod aylasin. Inshaolloh, Parvardigor bizni qiyomat pushaymonidan soqit, gunohlarimiz og’irligini yengil, yaxshilar hayotini rizq va matlabi ko’ngil, haloliyat ila kifoya va haromiyat tajovuzidan, yovuzlar yovuzligidan himoya, ota-ona, aka-uka, opa-singillarimizni qiyomat hasratlaridan va jamiki mo’’minu mo’minalarni jahannam dahshatlaridan ozod qilsin, omin!


Duoingiz ilinjida,
Fazilat

Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: ikbaljohn 20 Sentyabr 2007, 12:14:35
Birorta ayolni sigaret chekib turganini ko'rib, qo'lidagi sigaretni tortib olganmisiz yoki nasihat qiganmisiz?
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: gayrat17 24 Sentyabr 2007, 18:50:14
Hozir birovga nasihat soladigan zamon emas. Xamma o'zicha aqlli. Juda yomon gapirgisi kelmasi, bilaman, zaraligini deb qo'yishadi.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Farida 25 Sentyabr 2007, 12:14:52
Lekin bu degani nasihat qilish keremas diganimas.
Nasihattiyam nasihati bo'ladi. Muloyimlik bilan, husni xulq bilan biron narsani gapirsez, toshyurak ham quloq tutadi.
Ha, nasihat kor qilmas ekanda deb yurursez, ertaga yaqinlariz, opangiz, singliz qo'liga sigaret olsa ham indamaysizmi?
Aslida hamma bir-biriga opa-uka.
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Chustiy 21 Fevral 2009, 23:49:05
Ойдаги доғлар


Ўзбек қизи чекиш орқали «имидж»ини оширмоқчи! Авваллари онда-сонда хориж фильмларида сигарета чекаётган қизларни ксриб қолардик. «Ие, наҳотки, қизлар ҳам чекса?!», деб ҳайратга тушардик сшанда. Бугун, минг таассуфки, покиза, иболи сздек аёли орасидан ҳам чекадиганлари чиқиб қолди.

Кейинги йилларда турмушимизга ғарб маданисти шиддат билан кириб келаётганини кузатиш мумкин. Шу сабаб бир тоифа қизлар замонавий бслиш илинжида кийиниш, юриш-туришда имкон қадар «европалик бслиш»га ҳаракат қилишспти. Бу жараёнда маданистнинг асосий «шарт»и саналган чекиш ҳам сз-сзидан «замонавий» қизлар ҳаётига кириб борспти. киши қслидан келмайдиган иш йсқ. Кечагина ҳуркак оҳудай сзини номаҳрамдан олиб қочган сзбек аёли бугун сркаклардай шим кийишни ҳам уддасидан чиқспти. Тегнсиз савдода бир тарафга ҳавойи нафс истаклари, иккинчи томонга сса, ибо, ҳаё, ор-номус сингари тикланмайдиган бойликлар қсйилспти.
Одамзот фитратида тақлид деб аталмиш ҳам схшилик, ҳам ёмонликка хизмат қилиши мумкин бслган хусусист мавжуд. «Мафкуравий иммунитет»га сга бслмаган киши схши-ёмонлигига сътибор бермай, ксзига чиройли ксринган одатни бажариб кетавериши мумкин. Айрим сзбек қизларининг миллий қадрист, ахлоқу одобни унутиб, етти бегона слда расм бслган урфга — чекишга берилишини айни шу жиҳат билан изоҳласак, тсғри бсларди.

http://muslimaat.uz/content/view/711/117/
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Chustiy 21 Fevral 2009, 23:50:48
Chekishni bas qil, singlim...     

Ayol nega sigaret chekadi? Qiziq savоl, to`g`rimi? Kim uchundir ayolning sigaret chekishi оddiy hоlga aylanib ulgurgan, hattо. Balki bu masalani muammо darajasiga ko`tarish shartmi, dersiz. Kim uchundir arzimas masala tuyulgan tamaki bugun o`zbek qizlarini ham o`z dоmiga tоrtib bоrayotganligidan хabaringiz bоrmi? Bоr bo`lsa, bu mavzuga indamay qarab turish kerak, deb hisоblaysizmi? Mayli, bitta yoki ikkitasi chekayotgandir, nima qilibdi, deb o`ylasangiz хatо qilasiz. Aхir ana shu bitta yoki ikkita qiz ham millatimizning ertangi davоmchisi-ku!

Оdatda, biz sharqliklarda qiz bоlaning, umuman, ayol kishining har bir хatti-harakati dоimiy nazоratda bo`lgan. Har turli nохushliklardan, yomоn оdatlardan uni uzоqda saqlashga katta e’tibоr berishgan. Bugun-chi? Biz хоnadоnlarimiz g`unchalarini asray оlyapmizmi yoki turli bo`rоnlarga tutib beryapmizmi?

http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=172&Itemid=58
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: Foniy 26 Iyun 2009, 16:26:24
...ҳар куни срталаб ишга кетаётиб, бекатдаги йсловчиларнинг оёқлари остида сзғиланиб ёхуд тутаб ётган юзлаб, (балки минглаб дейишимиз тсғрироқ бслар!) папирос қолдиқларига ксзим тушади. Бугунги кунда ушбу манзарани нафақат бекатларда балки ҳамма жойда кузатиш оддий ҳолга айланиб қолган. Шу биргина сигарет чекиш орқали инсон олтита (бу менинг ҳисобимга ксра, балки адашаётгандирман, ортиқроқ бслиши ҳам мумкин) улкан исрофга йсл қсср скан. "œБслмаган гап!" демоқчимисиз? У ҳолда қулоқ солинг:
Сигарет снг аввало чснтагингизга зарар келтиради демак, пул исрофига йсл қсйган бсласиз. (Икки-уч дақиқада зарарли тутунга айланиб кетадиган нарса учун сарфлайдиган пулингизни болангиз учун бирор тотли егуликка сарфласангиз бслмасмиди?) Кейин сса сша ордонани чекиб, қсланса тутунини симиришга ҳам анчагина дақиқаларни сарфлайсиз. Бу снди вақт ҳамда умр исрофига киради. (Ишонмасангиз, бир кун мобайнида неча марта папирос тутатганингизни ва унга қанча вақт сарф қилганингизни ҳисобланг-да, бу рақам сллик-олтмиш йиллик умр давомида қанчага ортишини чиқариб ксринг). Сснгра бутун бошли автобус салонини бошингизга кстариб, йстала бошлайсиз. Демак, тамаки сз кучини ксрсатишни бошлабди. Бу ҳақда спкангиз маълум қилмоқда! Аавбатдагиси исрофнинг соғликка тегишли тури сканини унутманг. Сснгра сиздан келаётган бадбсй ҳиддан озор чекиб, ён-атрофингизда турган кишилар қсллари ёхуд дастрсмоллари билан бурунларини бекитишади ва норози ҳамда қаҳрли нигоҳларини сиз томон қадашади. Демак, улар асабийлашмоқда. Бу сзингизга қсшиб, бошқаларнинг ҳам асабини исроф қилаётганингизни (сговлаётганингизни) билдиради.
Автобус келиб қолгани туфайли чала-срим чекилган сигаретани ерга улоқтириб, унинг сшиги томон шошилдингиз. Ерда думалаб қолган папирос қолдиғи сса узоқ вақт сзидан қсланса ҳид таратиб, тутаб ётади. У скологиснинг бузилишига сзининг "œмиттигина" улушини қсшмоқда... Бу ҳам исрофнинг битта тури. Автобус йслга тушгач, ойна оша ортингизга қараб: "œА­сизгина, ҳаммасини чекишга улгурмадим, срми қолиб кетди, "œувол" бслди!.." дес ачинаётганингизни мен смас маъюс нигоҳларингиз айтиб турибди.
Аиҳост, сиз туфайли содир бслган охирги исроф менга тегишли бслиб чиқди. "œАега?!" дес асло бсғила ксрманг, исбот қилиб бера оламан. Агар сиз шу слгур тамаки аталмиш зормандадан йироқ бслганингизда сди, ИСА ОФ ҳақида мақола ёзиш срнига бошқа фойдалироқ иш билан шуғулланган бслардим!..

* * *

Сарвари коинот афандимиз (с.а.в.): "œИсроф қилиш ҳаромдир!" деб айтганларида қанчалик ҳақ бслганларини снди англагандирсиз? ...

Гулбаҳор АБДУЛЛОҲ

Maqolaning to`liq matnini o`qing. (http://info.islom.uz/content/view/1757/999/)
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: BelleQizcha 04 Yanvar 2012, 19:57:23
Viyy... buttda qattga qarama hamma chakadi, ko'chadagi Olmahonam zajigalken bomi? dib qarab turadi toba qildim...
kichkina kichkina bolachalar, biza ularni yoshida, telvizor korib o''tirgan paytimizada, qo'lida Iphone sigaret minan yuradi.. u yoga qarasezam sigaret bu yoga qaresezam sigaret...
sigaret-ku sigaret lekin qizlar chaksa juda bir hunuk mahluqqa aylanadi o'sha..
Eng hunigi Hijobli qiz chaksa, yokiy Homilador... juda bir hunuk, qanadur yuzizga tupurgandey badaniz qaltirardiy-a...

Ishqib, odami gapirish nasihat bilan o'zgartiradigan paytdan o'tdik,
biza yoshligimizada, barbimiza sinib qoldi dib yig'lab yurse hozir o'sha yoshdagi bollar Iphonimi oynasi sinib qoldi, tuzatib berila diydi...
Odam ko'rib hayron qoladi..

Oldinlari, vay bo'lajek kelinim Kitobhon qizakan dib bolajek qaynonalar bo'kirrib yurardi.. hozir gapirishgayam qo'rqasan-ey..
rostanam zamon o'zgarib, mahluqarga aylanib ketvomiza... hamma naps orqali kun kechiradi..
ishqib, ko'zimiza ko'r bob qomasi boldi, g'urbattda qob ketmiylu...
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: nematillo 15 Aprel 2012, 19:13:47
А смолда жуда ҳам гсзалсан

Очилган сочилган бсстонда
Таърифи бетакрор ғазалсан
Юлдузлар сиғмаган осмонда
А смолда жуда ҳам гсзалсан

Лойингда йиғлагум шеър битиб
Ҳаëтим маънисин қанд стиб
Ҳаëлим тсрини банд стиб
А смолда жуда ҳам гсзалсан

Айланай тенги йсқ мулкингдан
Ўзгалар тутолмас илгингдан
Сирларга ксмилган кулгингдан
А смолда жуда ҳам гсзалсан

Сержилва аëлдан қсрқаман
Аожоиз ҳаëлдан қсрқаман
Ўралмас рсмолдан қсрқаман
А смолда жуда ҳам гсзалсан
Nom: Re: Qizlar sigaret cheksa...
Yuborildi: nematillo 15 Aprel 2012, 19:14:46
Юрагим гуноҳга булғонмас
Тслғонган сочларга тслғонмас
Чсчимай ишон бу ëлғонмас
А смолда жуда ҳам гсзалсан

Ëлғончи ишқларни сйлама
Ўзгалар урфига бсйлама
Ëтларга сен тақлид айлама
А смолда жуда ҳам гсзалсан

Ўзга қалб забт стмас еримсан
Биров ëд олмаган шеъримсан
Онанг ҳам билмаган сиримсан
А смолда жуда ҳам гсзалсан


(Ҳайруллоҳ Ҳамидов дастуридан олинди)