forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: MaxCmd 05 Mart 2008, 00:16:44

Nom: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: MaxCmd 05 Mart 2008, 00:16:44
Ushbu so`rovnomani hozirgi forumning holatidan kelib chiqib tashkil qildim.

Natijalar esa, o`z natijasini beradi, degan umiddaman.

Hurmat bilan.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: lolo 05 Mart 2008, 01:02:32
manimcha yana bitta variant qo'shish keregidi, jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlani esa abadiyda..
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: MaxCmd 05 Mart 2008, 01:27:34
Balki, sizni forum a'zoligidan chiqarish to`g`risida yangi so`rovnoma o`tkazarmiz?

Hazil. Ko`rdingizmi, hazil gaplar ham adabiyda chiroyli chiqaveradi.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: muxbir 05 Mart 2008, 01:38:11
manimcha yana bitta variant qo'shish keregidi, jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlani esa abadiyda..

Menimcha aynan shu postingiz ham adabiychada yozsangiz juda chiroyli chiqar edi:

Menimcha, yana bitta variant qo'shish kerak edi. Jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlarni esa shevada...

Umuman olganda hazil postlarni men unchalik hush ko'rmayman.
Ba'zi userlarning jiddiy mavzularda ham hazil gaplar yozishlari ensani qotiradi...
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Muzayyana 06 Mart 2008, 16:03:33

Agar shu xolda davom etsa, xamma joy xatolarga to'lib ketishi turgan gapku! Fikrimcha bu siz to'g'rilayotgan xatolar xammada xam uchrashi aniq!
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Robiya 07 Mart 2008, 14:46:27
Assalomu alaykum! Menimcha qoidalarga to'la amal qilish kerak. Shuningdek, imloviy xatolar ham qilmasak, ancha maqsadga muvofiq bo'lardi.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Mart 2008, 14:58:34
Adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilishimiz shart deb o'ylayman.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Mart 2008, 16:01:37
manimcha yana bitta variant qo'shish keregidi, jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlani esa abadiyda..

Menimcha aynan shu postingiz ham adabiychada yozsangiz juda chiroyli chiqar edi:

Menimcha, yana bitta variant qo'shish kerak edi. Jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlarni esa shevada...

Umuman olganda hazil postlarni men unchalik hush ko'rmayman.
Ba'zi userlarning jiddiy mavzularda ham hazil gaplar yozishlari ensani qotiradi...

Agar shu xolda davom etsa, xamma joy xatolarga to'lib ketishi turgan gapku! Fikrimcha bu siz to'g'rilayotgan xatolar xammada xam uchrashi aniq!

Mayli, to'lib ketsa ham. Xar holda biz o'z xatolarimizni va o'z adabiy tilimizni yanada yaxshiroq o'rganar edik. Bu kelajakda juda asqotadi. Men ham bu mavzuda MaxCmd tomondaman.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Jakonda 07 Mart 2008, 16:06:54
Adabiy til baribir rasmiy,erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz maqqul. bu mani fikrim.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Mart 2008, 16:09:57
Men bir narsani taklif etmoqchiman. (moderator bo'lmaganlarga)

Biror bo'lim yoki mavzuda qoldirilgan mulohazalarda uchragan imloviy xatolarni shu yerga joylashtirsak. Va undan iqtibos olgan xolda, uning joylashgan manzilini ham ko'rsatib o'tsak. Moderatorlarimiz o'sha mulohazalani imkoni boricha to'g'irlab chiqishadi. Albatta bunday xatolar juda ham ko'p va ularni 100% tugatish qiyin. Lekin ozgina bo'lsa ham Forum "tozalangan" bo'lardi. Yana bilmadim, bu meni fikrim.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Mart 2008, 16:19:11
Adabiy til baribir rasmiy, erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz ma'qul (maqqul) bu meni (mani) fikrim.

Adabiy til hech qachon rasmiy emas. Rasmiylik bu adabiy tilning ichiga kiradigan bir uslub. Agar siz rasmiy uslubda yozganingizda edi, unda siz mulohazalarni quyidagicha yozar edingiz:

Hurmatli Forumdagi ushbu mulohazamni o'qib turgan fuqaro!
Men sizga ushbu mulohazam orqali  shuni ma'lum qilmoqchimanki.........

Mana bu rasmiy uslub. Siz yaxshisi badiiy uslubdan foydalaning. Lekin yozayotgan so'zlaringiz imloviy xatolarsiz bo'lsa yaxshiroq bo'lar edi.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Miss Shaxrizoda 11 Mart 2008, 14:41:37
Assalomu Alaykum! Mani fikrimcha, xamma o'zi bilganicha yozishi kerak, faqat xatolarsiz!
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Murod_bek 11 Mart 2008, 15:12:56
Assalomu Alaykum!
Adabiy tilda yozish kerak deb o'ylayman...Balki yangi userlarga bu qoidalar qiyinlik qilar...
LEkin baribir adabiy tilning o'ziga yarasha foydalari bor!
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Muzayyana 11 Mart 2008, 16:41:51
Adabiy til baribir rasmiy,erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz maqqul. bu mani fikrim.

Man fikrizga to'la qo'shilaman.  Bu qoidalar bizni erkinlikdan cheklab qo'yishi mumkinku! Buniyam o'ylab ko'riyla iltimos! :( :( :( :( :( :( :(
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: ikbaljohn 11 Mart 2008, 16:52:29
Шарт.Бу форум сифатини оширади вариантини танладим.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Robiya 11 Mart 2008, 16:53:15
Assalomu alaykum! Menimcha, fikrni erkin bildirishni osonlashtirish shevada gapirishda emas. Iloji boricha xatolarsiz yozish, mana bizdan nima talab etilyapti. O'zingiz o'ylab ko'ring, o'qib turgan postlaringizda xato bo'lsa, bu sizga qanchalik yoqmaydi. Shunday ekan, adabiy til qoidalariga rioya qilishimiz zarur.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Jakonda 11 Mart 2008, 17:02:36
Adabiy til baribir rasmiy, erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz ma'qul (maqqul) bu meni (mani) fikrim.

Adabiy til hech qachon rasmiy emas. Rasmiylik bu adabiy tilning ichiga kiradigan bir uslub. Agar siz rasmiy uslubda yozganingizda edi, unda siz mulohazalarni quyidagicha yozar edingiz:

Hurmatli Forumdagi ushbu mulohazamni o'qib turgan fuqaro!
Men sizga ushbu mulohazam orqali  shuni ma'lum qilmoqchimanki.........

Mana bu rasmiy uslub. Siz yaxshisi badiiy uslubdan foydalaning. Lekin yozayotgan so'zlaringiz imloviy xatolarsiz bo'lsa yaxshiroq bo'lar edi.
Man rasmiyatchilik dimoqchidim. sizga yoqadimi do'stlarizni orasida rasmiyatchilik qilish?man o'zimga yaqin ogan odamlarim b-n erkin gaplashaman. adabiy tilga kere joyda amal qilaman,deyarli har kuni.undan uzilib,yoki esdan chiqarib qo'yganim yo'q. forumda bo'sa yuzma-yuz gaplashish muhitini shakllantirish to'g'riro.
P/S: uslublani manga o'rgatib,kulgimni qistatmeng,iltimos. boshqa narsani bilmasamam,buni bilaman.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Mart 2008, 18:59:59

Off: Uzr, agar siz biladigan narsani yana bir bor qaytargan bo'lsam. Lekin birinchidan, men o'zingizni gapingizdan kelib chiqib ushbu mulohazamni qoldirgan edim.
Ikkinchidan, hech qanaqa kulgili gap bo'lgani yo'q. Yana bir marta takrorlash bo'ldi xolos. Buni hech qanday yomon tomoni yo'q deb o'ylayman. Bundan tashqari Forumda siz va mendan tashqari boshqalar ham bor.

P/S:  Forumda do'stlar bilan erkin gaplashish uchun barcha uslublardan foydalansak bo'ladi, faqat so'zlashuv(og'zaki) uslubidan emas.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: ikbaljohn 11 Mart 2008, 19:07:38
Adabiy til baribir rasmiy, erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz ma'qul (maqqul) bu meni (mani) fikrim.
Adabiy til hech qachon rasmiy emas. Rasmiylik bu adabiy tilning ichiga kiradigan bir uslub. Agar siz rasmiy uslubda yozganingizda edi, unda siz mulohazalarni quyidagicha yozar edingiz:

Hurmatli Forumdagi ushbu mulohazamni o'qib turgan fuqaro!
Men sizga ushbu mulohazam orqali  shuni ma'lum qilmoqchimanki.........

Mana bu rasmiy uslub. Siz yaxshisi badiiy uslubdan foydalaning. Lekin yozayotgan so'zlaringiz imloviy xatolarsiz bo'lsa yaxshiroq bo'lar edi.
Man rasmiyatchilik dimoqchidim. sizga yoqadimi do'stlarizni orasida rasmiyatchilik qilish?man o'zimga yaqin ogan odamlarim b-n erkin gaplashaman. adabiy tilga kere joyda amal qilaman,deyarli har kuni.undan uzilib,yoki esdan chiqarib qo'yganim yo'q. forumda bo'sa yuzma-yuz gaplashish muhitini shakllantirish to'g'riro.
P/S: uslublani manga o'rgatib,kulgimni qistatmeng,iltimos. boshqa narsani bilmasamam,buni bilaman.

Гап адабий тилга шевани аралаштирмаслик хакида кетспти.А асмистчилик бошка,адабий тил бошка.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Abdusalom 17 Mart 2008, 07:33:34
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.

Abdulla Qahhor
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: MaxCmd 17 Mart 2008, 12:14:41
Tasanno, Abdusalom!

Jakonda, iltimos, ko`pchilikning ensasini qotiravermang.
Ko`chada kimdir odamlar orasida so`kinsa, qanchalik xunuk eshitiladi? Lekin o`sha kimdir o`zining o`rtoqlari oldida so`kinsa, o`rtoqlari bunga e'tibor ham berishmaydi.

Ko`pchilik orasida ko`pchilikka hurmat bilan qarash kerak. Aytayotgan(yoki yozayotgan) gaplaringizni avvaldan o`ylaganingiz ma'qul. Bu yer sizning dugonalaringiz davrasi emaski, SIZ xohlaganingizdek ish tutsangiz.
Fikrimni to`g`ri tushunishingizga umidvorman.

Hurmat bilan.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Usmoniy 21 Mart 2008, 20:12:32
Shart deb belgiladim.
Lekin eng avvalo forumga o'zbek adabiy tili, imlo qoidalari va so'zlarning imlosi haqida maxsus bo'lim qo'shilsa yaxshiroq bo'lar edi. (Ayniqsa o'zbekchani yaxshi bilmaganlar uchun. :) )

Bitta ilova: O'zbeklar shevalarni "til"daqa ko'radi. Shu bois ham yozuvda adabiy tilni saqlash zarur degan fikrga keldim.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: MaxCmd 23 Mart 2008, 14:45:44
Xullas, Jakonda, iltimos, bu borada bahslashmaylik.

Ko`pchilikning fikriga quloq solganingiz ma'qul.
So`rovnoma natijalariga e'tibor bering.

Hurmat bilan.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Jakonda 23 Mart 2008, 18:40:10

"til"daqa
Boshqala shevada yozsa,man indamimanu. Nega maniki hammaga ko'rinadi,a? Yo faqat Toshkent shevasini sheva, viloyatlanikini adabiy dib o'ylislami?
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Mart 2008, 10:52:34

"til"daqa
Boshqala shevada yozsa,man indamimanu. Nega maniki hammaga ko'rinadi,a? Yo faqat Toshkent shevasini sheva, viloyatlanikini adabiy dib o'ylislami?

Adabiy til baribir rasmiy,erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz maqqul. bu mani fikrim.

Hammasi sizning mana shu postingizdan so'ng boshlandi. Qolgan shevada post qoldirayotganlar bu mavzuga qarshi chiqishgani yo'q. Ular adabiy tilda yozishmayotgan bo'lsa ham, lekin har xolda o'z "xato"larini tushunib yetishmoqda. Siz esa....

Iqtibos
Yo faqat Toshkent shevasini sheva, viloyatlanikini adabiy dib o'ylislami?

Hech kim menimcha bunaqa fikrni izhor etgani yo'q.

Iltimos, yozma va og'zaki tilni aralashtirmaylik.

Hech bo'lmasa imkon qadar imlo qoidalariga rioya qilaylik. (P/S: Albatta buni 100% iloji bo'lmasa ham)
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: Jakonda 24 Mart 2008, 16:51:51
O'zimam afsusdaman boshida shu mavzuda post qoldirganimdan.Bekorga gap talashish,asabbuzarlik.Nima bo'lganda ham  gaplarim uchun uzr. Bilib-bilmay o'zim haqimda noto'g'ri tasavvur uyg'otdim.
Sizlar adabiy tilda yozishaylik deyotganingizdan maqsad adabiy tilimizning yo'qolib ketishiga qarshiligingiz bo'lsa kerak,Umuman olganda, ona tilimizda to'g'ri yozish,imloviy hatolar qilmaslik,uslublarni chalkashtirmaslik haqida qayg'uryapsizlar.Bu to'g'ri albatta.Lekin men o'zimning fikrimni tasdiqlashga urungan narsa sizlar men bu yerga adabiy til me'yorlariga amal qilib yozmaganim uchun meni o'zbek tilidan behabar deb o'ylayapsizlar.
Endi sizlarga bir boshidan gapiray.Maqtanchoqlikka yo'ymang,bu menga kerak emas.
O'qishga kirish uchun tayyorlov kursiga qatnab, gumanitar(ijtimoiy) yo'nalishida tahsil olganman.Kursimiz qonuniyatiga ko'ra, 4 ta fandan 1 tasdangina o'qishga kira olmasa, to'lagan pulining ma'lum foizini qaytarib beradigan,to'g'rirog'i shu fandan to'liq test yecha olishi uchun kafolat qog'ozi berilar edi. Menga  4 fanning ichida "ona tili"dan shunday qog'oz berilgan.shukurki, uni ishlatishga zarurat bo'lmadi. Kirish imtihonidan eng baland ballni "ona tili va adabiyoti"dan to'plaganman.
Tahsil oladigan joyim Jahon tillari universiteti,Xalqaro jurnalistika fakulteti. Men o'z maqolalarim bilan gazeta-jurnal, saytlarda qatnashib turaman. Bilish qiyin emasdir, maqola adabiy tilda yoziladi. Hech qiyinchiliksiz adabiy tilda maqola yozaman.
Press-konferensilyalarga borib,jurnalist sifatida savol berish kerak bo'lsa, to'siqsiz adabiy tildan foydalanaman.
Seminarlar, ilmiy anjumanlar, rasmiy bahs-munozara, debat klublar, hullas shunga o'xshash davralarda nutq so'zlash kerak bo'lsa, faqat adabiy tilni qo'llayman.
Men adabiy til bilan yashayman, uni kerak bo'lsa har kuni "iste'mol" qilaman.
Ammo do'stlar davrasi, oila, forumlarda shevada gapiraman va yozaman. Balki bu ham noto'g'ridir, ammo insonga (jurnalist bo'lganim uchun erkinlik tanqisligini o'zingiz tushunib oling) o'z bilganicha yashash huzur bag'ishlaydi.
Yana kim biladi deysiz...

(ho'sh, adabiy tilda post qoldirish menga yarashar ekanmi? Keyingi postlar uchun uzr so'rayman, chunki ular shevada bo'ladi,azizlarim!)
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini haqida fikringiz.
Yuborildi: MaxCmd 30 Mart 2008, 10:39:52
http://hurriyat.uz/muammo_va_tanqid/tilga_ixtiyorsiz.mgr
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: saraton07 26 May 2008, 14:08:49
Man Shart. Bu forum sifatini oshiradi ga ovoz berdim.
Ha , aytgincha, ruscha terminlarda foydalanmasak,nima deysizlar?
 Yoki to'liq ruschada, yoki to'liq o'zbekchada yozish kerak manimcha.
Dopustim , isklyucheno,  naaborot, za to atamalarining o'zbekcha tarjimalari borku. Bu kabi holatlar postlarni  chiroyini buzadi deb o'ylayman.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Ulugbek-Uz 26 May 2008, 14:46:07
Бундан кейин форумда русча ссзларни аралаштириш вапс‰е йсқ қилинсин. :)))
А усча ссзларни аралаштирганларга строгий виговор берилсин :)))

Қспол имло хатоларига иложи борича йсл қсйилмасин, (шошилинч пост ёзиб ҳарфларни тушириб кетадиганлар исключено :))))

Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: utkiriy 30 May 2008, 11:23:20
Xamma o'zining shevasida gapirsa Xorazm, Korakalpoq o'zining shevasida gapirsa boshqa  forumdoshlar  umuman  tushunmaydi, shuning uchun toza adabiy tilda gapirsa yaxshi bo'lsa kerak.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: AbdurRohman 30 May 2008, 17:37:49
tortishgandan nima foyda, boshqalarga ham tushunarli bo'lsa shevada yozsa nima farqi bor?! umuman olganda, xozir tortishganlariz bilan hamma ham adabiy tilda yozadigan bo'midi, hamma o'zi xoxlaganidek yozuradi barbir. shu uchun bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. bundan oldingi tortishuvlar ham mavzu yopilishi bilan tugardi, aks holda davom etaveradi
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Iyun 2008, 07:14:40
tortishgandan nima foyda, boshqalarga ham tushunarli bo'lsa shevada yozsa nima farqi bor?! umuman olganda, xozir tortishganlariz bilan hamma ham adabiy tilda yozadigan bo'midi, hamma o'zi xoxlaganidek yozuradi barbir. shu uchun bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. bundan oldingi tortishuvlar ham mavzu yopilishi bilan tugardi, aks holda davom etaveradi

Gap bu yerda tortishish haqida ketatotgani yo'q. Biz yagona bir millatmiz. Shunday ekan, garchi har-xil shevalarda gaplashsak-da, yozuvda, adabiyotda adabiy til qoidalariga rioya qilishimiz shart. Har kim o'z shevasining ustunligini ma'qullagandan ko'ra barcha uchun tushunarli til, ya'ni adabiy tilda yozsak, ona tilimiz rivojiga ham munosib hissa qo'shgan bo'lamiz.

Kelinglar, ona-tilimizning faqat maktab darsliklari va "Axborotnoma"lar doirasida qolib ketmasligi uchun harakat qilaylik. Bu menimcha mahalliychilik illatiga ham chek qo'yadi.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: sayfulloh07 02 Iyun 2008, 11:54:46
Assalamu alaykum.
Man ham adabiy tilda yozish kere digan fikrga qo'shilaman. Faqat yana bitta boshqa taklifim bor!
Agar adabiy tilda yozilmasa ham, chiroyli, tushunarli qilib, qisqartmalarsiz yozilsa yaxshi bo'lardi. Chunki birovga adabiy tilda yoz dip majburlash unchalik yaxshimas manimcha. Faqat fikrni chiroyli ifodalash kere, zero usha fikrni o'qigan inson rohatlansin va yuziga tabassum yugursin! Albatta bu mani fikrim!
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Mr.Twister 12 Sentyabr 2008, 09:45:10
Assalamu alaykum.!
Bu juda ham shart ham tushunarli, ham sifatli!
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Hadija 13 Sentyabr 2008, 12:17:45
Assalamu alaykum.
Man ham adabiy tilda yozish kere digan fikrga qo'shilaman. Faqat yana bitta boshqa taklifim bor!
Agar adabiy tilda yozilmasa ham, chiroyli, tushunarli qilib, qisqartmalarsiz yozilsa yaxshi bo'lardi. Chunki birovga adabiy tilda yoz dip majburlash unchalik yaxshimas manimcha. Faqat fikrni chiroyli ifodalash kere, zero usha fikrni o'qigan inson rohatlansin va yuziga tabassum yugursin! Albatta bu mani fikrim!
Assalam alaykum, fikrlaringizga qo'shilaman, lekin, shevada o'z fgikringizni tushuntirmoqchi bo'lsangiz sizni kimdur tushunadi, kimdir esa yo'q. O'shani uchun ko'proq, badiiylikka yondashsak, manimcha maqsadga muvofiq bo'lardi? :)
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Mr.Twister 13 Sentyabr 2008, 15:00:13

Qisqa va lo`nda javob!
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: registan 20 Noyabr 2008, 02:21:14
Assalomu alaykum!
Manimcha bu so'rovnomaga diyarli hamma adabiy tilda yozish shart deb javob bergan. Forumga a'zo bo'ladigan har bir kishi adabiy til qoidalaridan bohabar bo'lganida, hech kim texnik xatoga yo'l qo'ymaganida va hamma a'zolar ham o'zbek bo'lganlarida men ham adabiy tilda yozishlari shart deb javob bergan bo'lardim. To'g'risi, men ham adabiy tilda yozishga harakat qilaman, garchi buning sababi nafaqat forum qoidalariga bo'ysunish balki tilni esdan chiqarmaslik bo'lsada. Men bu savolga agar shunaqa band bo'lganida "shart"ning kuchini biroz pasaytirib "tavsiya" qilamiz degan bo'lardim. Chunki, qoldirilgan postlarni o'qib chiqdim, ba'zi "adabiychilar"ning postlarida beshdan ortiq xatolarni uchratish mumkin. Manimcha bu yo'nalishda bir mavzu ochib, ko'p xato yoziladigan so'zlarni kiritib borish kerak. Masalan ko'pchilik imonni iymon, afvni avf, xonani hona, haromni xarom, ixlosni ihlos deyishadi. Bunaqa misollarni yuzlab keltirish mumkin. Vallohu a'lam.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Ulugbek-Uz 20 Noyabr 2008, 12:03:20
     Ba'zilar haqiqatda bilmasdan xatoga yo'l qo'yadi, ba'zida esa tez yozish sababli e'tiborsizlik oqibatida texnik xatolarga yo'l qo'yiladi.
    Nima bo'lganda ham adabiy til qoidalariga rioya qilish tilimizni, millatimizni hurmat qilishning bir ko'rininishidir. Shuni unutmasak va e'tiborliroq bo'lsak bo'ldi.

Iqtibos
ba'zi "adabiychilar"ning postlarida beshdan ortiq xatolarni uchratish mumkin. Manimcha bu yo'nalishda bir mavzu ochib, ko'p xato yoziladigan so'zlarni kiritib borish kerak.
Iqtibos
diyarli
- deyarli
Iqtibos
bohabar
  - boxabar
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: registan 20 Noyabr 2008, 13:04:35
ispravleniye uchun danke. ;)
Nom: Adabiy til
Yuborildi: Mr.Twister 20 Noyabr 2008, 22:42:10
Salom,
ispravleniya emas tuzatiw, danke emas manimcha rahmat.
Registan, albatta hozir to'g'ri yozmabsiz deb xatoyizni ko'rsatmoqchi emasman. Lekin adabiy tildan chiqiwga yana bir sabab bu ba'zi so'zlarning o'zbekcha tarjimasini bilmaslikdandir.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Ulugbek-Uz 21 Noyabr 2008, 11:22:07
xatoyizni
Оббо, хато ёзибсиз-ку?! хатойизни - хатонгизни :)

Яна бир гап, sh срнига w ёзишингиз ҳам сал ғалатироқ ксринаркан.

Ўзи бу одат интернетда кенг тарқалган-ку, лекин ҳар нарсани сз срнида ишлатган мақул.

Маъзур тутасизлар.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: registan 21 Noyabr 2008, 12:04:43
Assalomu Alaykum!
Salom,
ispravleniya emas tuzatiw, danke emas manimcha rahmat.
Registan, albatta hozir to'g'ri yozmabsiz deb xatoyizni ko'rsatmoqchi emasman. Lekin adabiy tildan chiqiwga yana bir sabab bu ba'zi so'zlarning o'zbekcha tarjimasini bilmaslikdandir.
Rosti, o'sha kuni o'zbekcha "bekor qilish" degan so'zni rosa urinib eslolmadim :D, o'zbeklarning chet eldagi yashash sharoitlarini bilmoqchi bo'lsalaringiz quyidagi videoni ko'rishni maslahat beraman. Aynan mana shunaqa. ;)

http://uk.youtube.com/watch?v=Ax9C1uvnpLA&feature=related

xatoyizni
Оббо, хато ёзибсиз-ку?! хатойизни - хатонгизни :)

Яна бир гап, sh срнига w ёзишингиз ҳам сал ғалатироқ ксринаркан.

Ўзи бу одат интернетда кенг тарқалган-ку, лекин ҳар нарсани сз срнида ишлатган мақул.

Маъзур тутасизлар.

"maqul" emas "ma'qul" :D
Nom: Adabiy til
Yuborildi: Mr.Twister 21 Noyabr 2008, 22:42:09
Uzr men oxirgi vaqtlar internetga telefonim orqali kiryapman shu uchun ko'pincha sh ni w  deb yozib yuboryapman.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Zamiraxon 26 Noyabr 2008, 19:39:16
Mening ovozim 29- ekan. Albatta adabiy, sof o'zbek tilida bo'lgani yaxshi. Bu yer har xolda ko'chamasku, xohlagan shevada, xohlagancha xatoliklar bilan gapirsak.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Abdul_Malik 26 Noyabr 2008, 20:12:07
 Bu yerda hamma bir-birining hatosini tuzatish bilan ovorayu ?
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: registan 26 Noyabr 2008, 20:16:37
Bu yerda hamma bir-birining hatosini tuzatish bilan ovorayu ?

hato emas xato :D
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Abdul_Malik 26 Noyabr 2008, 22:01:00
А­й одам фикр билдиришга ҳам қсрқиб қолди, бирдан ҳатосини топасизлар.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: registan 27 Noyabr 2008, 11:11:37
А­й одам фикр билдиришга ҳам қсрқиб қолди, бирдан ҳатосини топасизлар.

Sizga savol: Adabiy tilni targ'ib qilishni boshqa yo'li bormi? Bo'lsa ayting, o'sha yo'l orqali targ'ib qilaylik.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: shoir 05 Yanvar 2009, 15:42:28
tortishgandan nima foyda, boshqalarga ham tushunarli bo'lsa shevada yozsa nima farqi bor?! umuman olganda, xozir tortishganlariz bilan hamma ham adabiy tilda yozadigan bo'midi, hamma o'zi xoxlaganidek yozuradi barbir. shu uchun bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. bundan oldingi tortishuvlar ham mavzu yopilishi bilan tugardi, aks holda davom etaveradi

Farqi bor.
Birinchidan, adabiy til barcha uchun tushunarli, shevada esa tushunmjaydigan jihatlar bo'lishi mumkin.

Ikkinchidan, adabiy til - milliy tilimizning ko'rki, eng go'zal namunasi, uni sheva, sleng yoki zamonaviy so'zlashish tillarida ifoda etish - go'zal insonga yirtiq-yamoq kiyim kiygizishga o'xshaydi.

Uchinchidan, biz shevaga qarshi emasmiz, mayli o'z shevangizni yo'qotmang. Ana, forumning maxsus "Yurtdoshlar" bo'limi bor. Shu yerga kirib miriqib gaplashishingiz mumkin.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Yanvar 2009, 18:07:09

Fikrlaringizga 100% qo'shilaman.

OFF:

Negadir mayda qoldirilgan mulohazaga endi javob yozayapsiz. Tushingizga kirib chiqdimi deyman? :7
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: shoir 12 Yanvar 2009, 15:20:52
Fikrlaringizga 100% qo'shilaman.

OFF:

Negadir mayda qoldirilgan mulohazaga endi javob yozayapsiz. Tushingizga kirib chiqdimi deyman? :7

Anchadan beri forumga kira olmayoptgan edim.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Musannif Adham 13 Yanvar 2009, 04:19:32
Fikrlaringizga 100% qo'shilaman.

OFF:

Negadir mayda qoldirilgan mulohazaga endi javob yozayapsiz. Tushingizga kirib chiqdimi deyman? :7

Anchadan beri forumga kira olmayoptgan edim.

Mavzudan tashqari:

Shoir aka, anchadan beri emas, juda anchadan beri forumga kirmayotgan edingiz. Menimcha Avgustdan Yanvargacha kirmadingiz shekilli. Ishlaringiz ko'payib ketgan bo'lsa kerak-da?
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Mashhura 13 Yanvar 2009, 14:18:10
Adabiy til qoidalari asosida yozsak, boshqalar ham bundan o`rganarmidi? Masalan, bir so`z doirasida (uning qanday yozilishi kerakligi to`g`risida) bahslashib qolsak, darrov "google"da izlaymiz - shu so`z qanday yozilar ekan, deb. Shuning uchun adabiy til qoidalariga rioya qilsak, foydadan xoli bo`lmas, deb o`ylayman.
Nom: Re: Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.
Yuborildi: Ansora 04 Oktyabr 2009, 13:23:33
Men faqat o'zim uchungina adabiy tilda yozaman, boshqasiga o'rgatish niyyatim yo'q. Chunki shunday ham hech O'zbekcha gapirmayman:) Aslida men ham Anjancha bilaman:) Lelin uyda ham o'rtaxolli gaplashardik, chunki oilamizda Davlat ishlarida, har hil shaharda ishlaydigan oila a'zolarimiz bo'lgani uchun faqat Anjancha emas, adabiy tilda gaplashardik. Bunga kelishib olmagandik, lekin o'zidan o'zi shunday hol olgan edi, qiziq:)

Menimcha inson bu tur forumlarda o'zini qanday emin-erkin his qilsa, shunday yozishi kerak, deb o'ylayman.