forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: MaxCmd 05 Mart 2008, 00:31:34

Nom: Ziyouz.com. Forumdoshlar va forumga bag`ishlanadi.
Yuborildi: MaxCmd 05 Mart 2008, 00:31:34
Assalomu alaykum.

Men Ziyouz.com ning o`zini juda hurmat qilaman. Ziyouz.com ning forumini ham juda hurmat qilardim.
Afsuski, bu hurmatim biroz susayganday...

Balki, quyidagi mulohazalarim kimlargadir(!) yoqmas, lekin ular buni to`g`ri tushunishib, forumdagi keyingi faoliyatlarini sal rostlashlaridan umidvorman.

1. Forum bekorchi gap sotadigan joy emas. Ko`pchilik og`ziga kelgan gapni yozib, Ziyouz.com ning sha'niga dog` tushiryapti.
2. Forum chat emas. Siz yozayotgan xabarni bundan 10-20 yil o`tgandan keyin sizning farzandlaringiz o`qishi mumkin. Har bir xabar yozishdan oldin, chuqur mulohaza qilib yozishingizni so`rayman.
3. Forum sizning mahallangizdagi choyxona emas. Shuning uchun, millatimizning adabiy tiliga hurmat yuzasidan har bir xabaringizni adabiy tilda yozishga harakat qiling. Bu gapim, ko`proq toshkentlik forumdoshlarimizga taalluqli. Boshqa viloyat/tuman/shahar vakillari adabiy tilda yozishga harakat qilishadi.
4. Aynan bu forum yuzaki odamlar uchun emas. Unda oldi-qochdi, bachkana, bemaza mavzularni ko`tarmaslikni so`rayman.
5. Dinimiz hamma sohada bizga yo`lboshchidir. Shuning uchun, shariatdan tashqari narsalarga chorlovchi mavzularni ochishdan oldin, sal andisha qiling.
6. Iloji boricha, har bir mavzuni, mos bo`limda bayon qiling.
7. Agar savolingiz bo`lsa, forumdagi qidiruvdan foydalanib ko`ring. Sizdan oldin ham xuddi shu savolni berishgan bo`lishi mumkin.

Aziz forumdosh, sizning fikrlaringiz forum uchun qadrli. Men ushbu saytni, forumni do`stlarimga taklif qilaman doim. Niyatim - kelajakda, Alloh farzandlar, nabiralar bersa, ularni shu forum a'zosi sifatida ko`rish.

Iltimos, siz ham Ziyouz.com forumini hurmat qiling. Ziyouz.com ko`p yillar insonlarga ziyo ulashsin, iymonimizni mustahkam qilishda o`zining yetuk hissasini qo`shsin.

Iltimos, ushbu so`rovnomaga ham e'tibor bersangiz:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2273.0

Umuman olganda, Ziyouz.com ning forumini "TOZA" holatda saqlash uchun o`zim bilgan narsalarni yozdim. Meni kimgadir xusumatim yo`q. Lekin, yuqoridagi gaplar tasdiqi sifatida, yangi mavzu ochdim.
Umidim, forum a'zolari va moderatorlari shu misollardan kerakli xulosalarni chiqarib olishadi.
Mavzuni umumiy bo`limda ochishga qaror qildim, chunki, bu forumning taqdiri.

Forumning "bir kam"lari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2274.0)

So`nggi so`z o`rnida:
Hamma mavzular: 1874
Hamma xabarlar: 106016
Hamma ishtirokchilar: 1253

Hurmat bilan.
Nom: Re: Forumdagi xabarlarda sheva ishlatish.
Yuborildi: Rukhiya 05 Mart 2008, 01:26:15
Assalom alaykum!
Alloh rozi bo'lsin juda ham kerakli mavzu bo'libdi aynan shu ochgan mavzuingiz. Chunki ohirgi paytda aynan shu muammolar ko'pchiligimizni tashvishga solayotgan edi. Manimcha bu muammolarni jiddiy tarzda hal qilish vaqti kelgan ko'rinadi ask holda, bora bora bemazmun postlarning ko'payib  ketish ihtimoli yo'q emas.

Nom: Re: Ziyouz.com. Forumdoshlar va forumga bag`ishlanadi.
Yuborildi: muxbir 05 Mart 2008, 01:49:12
Assalomu alaykum!

Rukhiyaxon, qarshi bo'lmasangiz, biroz postingizdan kichik xato topsam:
Manimcha emas, menimcha,
ihtimoli emas, ehtimoli bo'lsa, adabiycha bo'lardi.

Administratorga va moderatorlarga, MaxCmd, bir taklifim bor edi: mana shunday bir-birlarimizning xatolarimizni to'g'ri ma'noda topib tursak. Bu narsa o'zimizga ham foyda, boshqalar uchun ham foyda bo'lardi...

Menimcha MaxCmdni Global moderator qilish kerak. Istalgan mavzu nomi-yu, postlarni tahrirlab tursalar yaxshi ish bo'lardi.
Kimdir bexosdan, yana kimdir imloviy qoidalarni bilmaganidan, yana kimdir ataylab forum qoidalarini buzadi. Shu paytda tahrirga muhtoj postlar paydo bo'lib qoladi... Shularni moderatorlarimiz e'tiborga olib tahrir qilib tursalar...
Nom: Re: Ziyouz.com. Forumdoshlar va forumga bag`ishlanadi.
Yuborildi: Muzayyana 06 Mart 2008, 15:44:07
Assalomu alekum! Man yuqorida aytib o'tilgan fikrlarga to'liq qo'shilaman. Oxirga paytda manosiz va axamiyatsiz postlar ko'payib ketyapti. Bazi yuserlar (kimligina aytish shartamas, o'zi bilinib turibdi) forumga ko'pi bilan 2 yoki 3 marta kirishgan. Bilmadim, nimaga forumga azo bo'lishgan o'zi? Fikrimcha, manashunga o'xshash yuserlarga malum vaqt belgilansada, agar kirishmasa forumdan chetlashtirilishsa, nima diysizlar?  Bu forum nomigagina postlarni sonini ko'paytirishga yoki bo'masa vaqtni o'tkazish uchun gap sotishga mo'ljallanmagan.