forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Jizzax viloyati => Mavzu boshlandi: Chustiy 12 Mart 2008, 10:51:02

Nom: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Chustiy 12 Mart 2008, 10:51:02
Zoomin va Dashtoboddan kim bor?
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Shohrux 27 Dekabr 2008, 04:19:49
Zominga gap yuq har yili boramiz , tabiati  tiniq suvlari judayam ajoyib
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Sobir_n 01 Dekabr 2009, 15:35:01
Hammani Zomin tog`lariga taklif qilaman, ok!
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Ansora 01 Dekabr 2009, 15:38:04
Zominga bundan 5-6 yil oldin borgandim. Alloh bergan mo'jiza joylar...
Tashqarida havo +35+40 daraja issiq ekan, tog'larni qo'ynida +15+16 edi...
Qoyil....
Zominga qizg'aldoqlar ochilganda borish kerak aslida  : )

Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Muslima.bgm 01 Dekabr 2009, 15:40:57
Xa judayam ajoyib joy Zomin Ayniqsa tandir kaboblari bilan qozon patiri mmmmmmmmmmmm
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Ansora 01 Dekabr 2009, 15:42:25
Xa judayam ajoyib joy Zomin Ayniqsa tandir kaboblari bilan qozon patiri mmmmmmmmmmmm

Zominda birinchi marta ko'zimizni yonida "Tandir" pishirishgandi...Archani hidi haligacha esimda.. mmmmmmmmmmmmmm : )
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Ansora 01 Dekabr 2009, 17:09:13
Menimcha Zoomin emas Zomin bo'lishi kerak???
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Chustiy 01 Dekabr 2009, 20:23:11
Hammani Zomin tog`lariga taklif qilaman, ok!
Yozi bilan taklif qimay, kelib kelib, bizni bora olmasligimizni bilib qishda taklif etasizmi?

Siz Zominni qayeridansiz, bir-ikki oy Zomidan hizmat saparida bo'ganmiz atak, shundo bozirini orqasidagi mahallada turardik, Sharsharga ikki marta chiqqanmiz 2003 yillar edi...

Rasmladan qo'yvorin agar bo'sa,  bo'masa o'zim qoyvoraman.. :D Inshaalloh yana borish nasib etsa, bu sapar albatta suppaga boramiz...
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Muslima.bgm 02 Dekabr 2009, 16:16:05
Menimcha Zoomin emas Zomin bo'lishi kerak???

Xa Aslida o'zbekchasiga Zomin, Lekin SSSR paytlari rus tilida Zaaminskiy rayon deyilardi. Muallif manimcha shundan kelib chiqib yozganlar. Yana bilishimcha nimaga bu rayonga Zomin deb nom berilganini sababi Aaaancha oldin qaysidir yillari shu erda qattiq zilzila bo'lgan ekan.Juda ko'p qurbonlar bo'lgan. Shunda bir musofir kishi bu erlarni nomi nadur deb sorasa, xaligi ofatdan esankirab turgan bir kishi Zomin, bu er kop kishining umriga zomin bo'ldi deb aytgan ekan. Shundan beri bu erlar xozzirga qadar Zomin deyiliar ekan. Men bu ma'lumotni Zominlik bir keksa kishidan eshitganman.
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: Dadaboeva 30 Mart 2010, 16:01:47
 Zomin aslida 2700 yillik tarixga ega man zominda tug'ilib o'sib xozir xam shu erda istiqomat qilib kelyapman zomin xaqida juda ko'p ma'lumotlarni ushbu sayt orqali yurtdoshlarimizga уелфсс‹фл juda yaxshi ish bo'lardi. man tarix faniga juda qiziqaman zomin tarixini esa dunyoga yoyish mani eng oliy orzuimdir zomin nainki tabiati otashqalb insonlari bilan xam aloxida фокфи turadi xammalaringni ushbu maskanga taklif qilaman
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: yoqutxon 13 Sentyabr 2010, 00:13:46
Assalamu aleykum. Jizzahda ko'p bora bo'lganman. Hususan Zominda ham. Menga eng yoqqan jihatlari bu havoning judayam musaffoligi, har doim yengil shaboda esib turishi tabiat manzaralari bo'lgan. Ayniqsa birinchi marta ayni bahor paytida borgandim. Qip qizil Qizg'aldoqlarni ko'rib ko'zim quvnagandi. Judayam bahavo, fayzli joylar.
Nom: Re: Zoomin va Dashtobod (Ulyanov)dan kim bor
Yuborildi: yoqutxon 13 Sentyabr 2010, 00:20:56
Ha aytgancha haligacha ta'mi og'zimda qolgan Jizzah somsalariga Gap yo'q. Birinchi marta Zominda bo'masa ham Jizzah shahrida yeb ko'rgandim. Endi har yilli  Jizzahga borganimda haqiqiy Jizzah somsasini yemay ketmayman.