forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Robiya 20 Mart 2008, 12:08:38
-
Ushbu mavzuda Ulug' Kun, Qiyomat alomatlari, Payg'ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vasallam tomonlaridan aytib o'tilgan belgilar haqida tanishishingiz mumkin.
-
Oxir zamon belgilari
Har bir mo’min-musulmon Imon keltirishi farz bo’lgan voqealardan biri qiyomatdir. Qiyomat haq, lekin uning qachon sodir bo’lishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, hatto payg’ambarlar ham bilishmagan. Ammo payg’ambarimiz (s.a.v.) qiyomat soatining ayrim belgi-alomatlari haqida xabar berganlar.
Jabroyil (a.s.) a’robiy qiyofasida kelib, Rasulullohdan (s.a.v.) qiyomatning qachon voqe’ bo’lishini so’raganlarida ul zot: "œSo’ralayotgan odam so’raguvchidan bilimliroq emas", deb javob berganlar. Keyin Jabroyil (a.s.) qiyomatning belgilari haqida so’radilar. Shunda Rasululloh bunday deb javob qilganlar: "œCho’rilar o’z xo’jayinlarini tug’mog’i va yalangoyoq, yalangto’sh, kambag’al molboqarlar bino qurishda bir-biri bilan bellashmog’i qiyomat belgilaridir"
Ulamolar qiyomat soatining belgilarini katta va kichikka ajratishgan. Oxir zamonga yaqin odamlarning buzilib ketishlari, Allohning dinidan uzoqlashib, oralarida fitnalar sodir bo’lishi, ilmning va ilm ahlining iskanjaga olinishi, zilzilalar ko’payoshi, vaqtdan baraka ketishi, mol-dunyo ko’payib, sadaqa oladigan muhtojning topilmasligi, zinoning keng yoyilishi, ayollarning ko’payib ketishi"¦ kabilar kichik alomatlar sirasiga kiritilgan. Katta alomatlar esa, o’nta: quyoshning mag’ribdan chiqishi, yer hayvonining chiqishi, Dajjolning chiqishi, Iso alayhissalomning tushishlari, Ya’juj va ma’jujning chiqishi, tutun paydo bo’lishi, uch marta — mashriqda, mag’ribda va Arab jazirasida oy tutilishi, Yamanda bir olov chiqishi. Bularni payg’ambarimiz katta alomatlar sifatida sanab o’tganlar. Biz uchun ularning hammasiga imon keltirish vojib. Bu hodisalarning qayerda va qachon voqe’ bo’lishini esa, yolg’iz Alloh Taoloning o’zi biladi. "œImon" kitobi asosida tayyorlandi.
-
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.15. Mana shu yerda ham bu masala haqida batafsil aytib o'tilgan.
-
Imom Buxoriy "Al-jome' as-sahiyh" 2-bob. So’zga mashg’ul bo’lib turgan odamdan ilm(bilim) so’ralganda, uning so’zni tamomlab, keyin javob berishi to’g’risida.
Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir majlisda o’z qavmlariga so’z so’zlab turgan edilar. Bir a’robiy(badaviy) kelib:"Qiyomat qachon?",-deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarida davom etaverdilar.Ba’zi sahobalar:"Rasululloh uning so’zini eshitdilar-ku,lekin yoqtirmadilar shekilli",-deb o’yladilar. Ayrimlari esa:"So’zini eshitmadilar",-deb o’yladilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarini tugatgach:"Qiyomat to’g’risida so’ragan odam qani?",-dedilar.A’robiy:"Mana men, yo Rasululloh",-dedi."Omonat(halollik) o’rtadan ko’tarilganda qiyomatni kutaverg’il",-dedilar."Buni qanday bilsa bo’lur?"-dedi a’robiy."Ishing(kuning) nopok odamlarga qolganda qiyomatni kutavergil!",-dedilar".
-
Аллоҳ розилигида бслинг
-
Assalomu alaykum.Butun olamlarning yaratguvchisi va Parvardigori Allox taloga bexisob xamd-shukurona,uning rasuli Muxammad s.a.v.u zotining asxobi xamda axli baytiga ko'pdan ko'p salovatu durudlar yog'ilsin.
Umar Ibn Xattobdan rivoyat qilinadi.<Biz kunlarning birida Rasululloh bilan birga edik,shu payt kutilmaganda oppoq kiyimli,qop-qora sochli bir kishi kelib qoldi.Unda safar asorati ko'rilmasdi.Va uni bizdan biror kishi tanimasdi xam.U kishi Rasululloh xuzurlarida o'tirib,tizzasini tizzalariga tekkizib ikki kaftini sonlari ustiga qoyib:<Ey Muhammad,menga Islom xaqida xabar bering>,dedi.Shunda Rasululloh:<Islom bu - <Alloxdan boshqa ilox yo'q,allabtd Muxammad alayxissalom Alloxning rasuli>,deb guvohlik bermog'ing,namozni ado etmog'ing,zakot bermog'ing,Ramazon ro'zasini tutmog'ing, xamda yo'l yurishga qodir bo'lsang,Baytullohni xaj qilmog'ingdir>,dedilar.U kishi:<Rost gapirdingiz>,dedi.Biz esa undan so'rab yana tasdiqlagani uchun ajablandik.Xaligi kishi:<Menga imon xaqida xabar bering>,dedi.Rasulullox<Alloxga,farishtalariga,kitoblariga,Payg'anbarilariga,oxirat kuniga xmada yaxshi va yomon taqdirga imon keltirmoqlikdir>,dedilar.U kishi yana:<Rost gapirdingiz,menga exson xaqida xabar bering>,dedi.Rasulullox:<Exson -Alloxni goyoki ko'rib turgandek ibodat qilmog'ing.Agar uni ko'rmasang,u seni ko'radi>,dedilar.U kishi <MENGA QIYOMAT XAQIDA XABAR BERING>,DEDI.RASULULLOX :<SO'RALGAN SHAXS BU XAQDA SO'RO'VCHIDAN ZIYODA BILUVCHI EMAS>,DEDILAR.U KISHI:<(BUNDAY BO'LSA)QIYOMAT ALOMATLARI XAQIDA XABAR QILING>,DEDI.RASULLUOX:<CHO'RI O'Z XOJASINI TUG'MOG'I XAMDA YALONG'OCH QO'Y BOQUVCHI BECHORALAR UY BINO QILISHDA (KIM O'ZARGA) POYGA QILMOQLIGIDIR>,DEDILARSo'nga u kishi ketdi.Men esa uzoq vaqt turib qoldim.Rasulloh:<Ey Umar ,bu savol qilgan kishini bilasanmi?>dedialr.Men :,Allox va rasuli bilguvchiroq>,dedim.Shunda u zot:,Bu Jabroyil edi.Sizlar diningizni talim berish uchun keldilar.,deb aytidlar. Imom Muslim rivoyaltari.siz aziz birodarlarimga shunday savolim bor RASULLUOX:<CHO'RI O'Z XOJASINI TUG'MOG'I XAMDA YALONG'OCH QO'Y BOQUVCHI BECHORALAR UY BINO QILISHDA (KIM O'ZARGA) POYGA QILMOQLIGIDIR>,DEDILAR siz shu jumalga o'z tushunchangizni bildirsangiz Olloh barchamizni o'zi rozi qiladigan qilib tarbiyat qilsin omin. :)