forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Pishiriqlar, shirinliklar => Mavzu boshlandi: Rukhiya 20 Mart 2008, 20:17:04

Nom: Somsalar.
Yuborildi: Rukhiya 20 Mart 2008, 20:17:04
"œLazzat" somsa


(http://www.meshrep.com/Foods/restaurant/Samsa.jpg)


Masalliq:
Xamiri uchun 500 gr oq un, 200 gr margarine, 1 stakan qattiq yoki kefir, 1 dona tuxum, 1 choy qoshig’idan sirka, choy sodasi, tuz; qiymasi uchun 500 gr lahim go’sht, 250 gr yog’, 250 gr piyoz, yarim choy qoshig’ida tuz, yarim choy qoshig’ida murch, yarim choy qoshig’idazira. Yuziga esa 1 dona tuxum chaqiladi va 1 choy qoshig’ida sedana sepiladi.


 Bu pazandaligimizda yangi paydo bo’lgan tansiq taomdir.
Margarinni muzlatgichda qotirib olib, qirg’ichdan o’tkazasiz va elangan unga qorishtirasiz. Qatiq yoki kefirni tuxum bilan birga bir hil massa hosil bo’lguncha iylaysiz — da, margarine qorishtirilgan unga qo’shib xamir qorasiz. Xamir qorish davomida navbati bilan sirka, choy sodasi va tuz qo’shasiz. Xamirni yahshi mushtlab pishitib, zuvala qilasiz va sochiqqa o’rab muzlatgichka qo’yasiz.
Ana shu vaqt ichida qiymasini hozirlaysiz. Buning uchun yog’liq qo’y (mol) go’shtining lahim qismidan olib (chumchuq tili) qilib to’graysiz, piyozni esa somoncha qilib to’g’raysiz, so’ng oshpichoq bilan chopasiz, bunga tuz, murch, zira qo’shib yahshilab mijiysiz. Qiyma yog’liq chiqsa, piyozni sal ko’proq qo’shasiz yog’sizroq bol’sa kamaytirasiz. Bu somsa uchun eng yahshi qiyma tarkibi: yarim go’sht, chorak qismi yog’ va chorak qismi piyoz bo’lishi shart.
Muzlatgichka qo’yilgan xamirni yong’oqday keladigan zuvalachalarga bo’lasiz. Har bir zuvalachadan jo’va yordamida 2 mm qalinlikdagi to’garak jildlar yoyasiz. Jildlarga bir osh qoshig’ida qiymadan solib sharsimon somsalar tugasiz. Duxovka patnisini yoglab somsalarni bir — biriga yopishtirmay terasiz, yuziga iylangan tuxumdan surtib, sedana sepgach, qizitilgan duxovkaga solib pishirasiz. Pishirganligi sirtining qizarganligi bilan aniqlanadi. Duxovkadagi somsalarning qizarganligiga qarab o’rni almashtirib turadi.
Laganga terib dasturxonga tortiladi.


www.taomlar.freenet.uz dan olindi
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: yasemin 02 Aprel 2008, 19:00:09
kim tayyorlagan bo'lsayam qo'llari dard ko'rmasin, judayam ishtahali ko'rinishvotti :)
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Rukhiya 19 Mart 2009, 11:25:07
                                                                    O'rama ko'k somsa


                                         (http://s45.radikal.ru/i108/0903/ff/a56c614a1dd5.jpg)



Hamiriga:


qiymasiga:

Ichiga
75-100 gr eritilgan margarin yoki saryog'.

Ustiga:



O'rtacha hamir qoriladi.Hamir yumshoq bo'lib ketmasligi kk. Yaxshilab hamir silliq bo'lguncha qadar mushtlanadi.10-15 daqiqa tindiriladi.Bu orada ichiga nachinkasini tayyorlab olinadi.Shpinat va dumba yog' mayda qilib to'g'raladi.Piyoz ham mayda ko'bik-ko'bik qb to'g'raladi.Tuz,zira,murch,kashnich maydalangani qo'shib aralashtiriladi. Tingan hamirni 2-3 bo'lakga bo'lib,juda ham yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamirga eritilgan saryog' surtiladi.Hamirni bir chitiga qiymani bir tekisda solib, 2 barmog' qalinligida rulet shaklida o'raladi. O'zingizga maqul kattalikda bo'laklarga bo'lib chiqing! Ustiga tuhum sarig'i surib,sedona sepiladi.
200-220 gradusda avvaldan qizitilgan duxovkada qizarguchga qadar pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: lolahon 19 Mart 2009, 15:55:01
oh oh namuncha chiroylik chiqibdi. kurib eging keladiya. Qulingiz dard kurmasin, aylanay singlim
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Muazzamxonim 14 Iyun 2009, 15:57:52
iltimos menga turli xil taomlarning ritsebtini jo'nating
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Muazzamxonim 14 Iyun 2009, 15:59:24
Iltimos menga tortlarning ritsebtini yuboring mening mailim [email protected] yoki [email protected]
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: zuhrahon 05 Oktyabr 2009, 21:16:27
Masalliqlar(30ta uchun)
Hamiriga:-3stakan un-100gr hona haroratida eritilgan margarine-1.5astakan suv-1choy-q tuz
Nachinka uchun-300gr qiyma go’sht-3dona piyoz-1dona kartoshka-1ch-q o’simlik yog’-ziravorlar, tuz
Tayyorlash:
3stakan unga margarinni solib, uqalab, iliq suv va tuz solib, biroz qattiqroq
Hamir qoramiz
Piyozni mayday to’g’rab, kartoshkani kubik to’g’rab, go’sht, ziravorlar,tuz va o’simlik yog’ini solib hammasini aralashtiramiz.

Hamirdan biroz miqdorda olib, uzunchoq shaklga keltirib, so’ng pichoqda
kichik bo’laklarga bo’lamiz.
Hamir bo’lakchalaridan zuvalachalar yasab, o’qlovda yoyamiz.
o’rtasiga go’shtli nachinkamizni solamiz.
Hamirni avval ikki yonini bir-biriga yopishtirib, so’ng ikki chekasini buklab
yopishtirib qo’yamiz.(yaxshi yopishmasa biroz turadi Patnisga terib, yuzasiga tuxum sarig’i+suv aralashmani surib, sedana yoki

Kunjut sepamiz va duxovkada 200Cda pastki qismida 15-20daqiqa(chirsillaguncha), so’ng 160Cda yuqori qismida 15-20daqiqa davomida pishiramiz.

                                                                           

                                                                           

Huddi shu hamirdan uchburchak somsa ham qilsa bo’ladi.

                                                                         

                                                                           


[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: ossiyobinti 29 Noyabr 2011, 00:46:43
Assalamu alaykum!
Chustiy reseptlari boyicha somsa! Faqat uyat qimisila unaqa chiroyli chiqmadi vayvu
(http://s017.radikal.ru/i409/1111/c0/f1430999ea0a.jpg)
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Princess. 29 Noyabr 2011, 13:53:46
 :bsm3: :asl3:

 ossiyobinti somsalaringiz zo'r chiqibdi... Qo'llariz dard ko'rmasin!
 
 Somsa turlari:

 (http://s43.radikal.ru/i102/1111/f1/69868b02fb5d.jpg) (http://www.radikal.ru)

 Somsalarni mazzasini yuragingiz bilan his qiling  :7

 (http://s017.radikal.ru/i437/1111/44/7fe584ae830b.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Princess. 29 Noyabr 2011, 13:56:34

 (http://s011.radikal.ru/i318/1111/3d/2fdf6168af93.jpg) (http://www.radikal.ru)

 (http://s017.radikal.ru/i425/1111/05/2a7bb8831cb7.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Princess. 29 Noyabr 2011, 13:59:45
 
 (http://s004.radikal.ru/i205/1111/30/34b1deab4863.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s017.radikal.ru/i419/1111/1f/e7a7580a69c0.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: ossiyobinti 30 Noyabr 2011, 00:19:43
Assalamu alaykum!
Princess Mashaalloh somsalariz judayam chiroyli chiqipti :) Qollarizga sog'liq
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Solihatun 30 Noyabr 2011, 21:02:40
Ha, hammangizniki yaxshi chiqqan. Qanaqa tayyorlanganligi yozilmaptida faqat. Pechda qilinganmi? Men pechda somsa tayyorlashni yaxshilab o`rgaanmoqchiman. Yordam beringlar opajonlar?
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Ansora 01 Dekabr 2011, 13:45:44
Ha, hammangizniki yaxshi chiqqan. Qanaqa tayyorlanganligi yozilmaptida faqat. Pechda qilinganmi? Men pechda somsa tayyorlashni yaxshilab o`rgaanmoqchiman. Yordam beringlar opajonlar?



http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=422.0;topicseen
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Yaratganga shukr 01 Dekabr 2011, 13:49:34
bu somsalani kurib nima ham diysan bay bay bay .. shu ramsdan hidi ham chiqib tursa:)))
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: azizbek_mx 02 Dekabr 2011, 17:03:16
...ozgina olib tatib ham körsang... :D
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Yaratganga shukr 06 Dekabr 2011, 01:54:53
unda tekinga tushrkande a:)))
Nom: Re: Somsalar.
Yuborildi: Humayro 09 Dekabr 2011, 10:09:44
Assalamu alaykum!
Qovirgáli somsa! Faqat bu somsa tandirda pishgan :D

ichiga qovurg'a solinganmi  ???
Nom: Javob: Somsalar.
Yuborildi: Muxsiya 27 Dekabr 2012, 15:19:38
o'rtoqlar shpinat nima uni qayerdan olsa bo'ladi
Nom: Javob: Somsalar.
Yuborildi: Ansora 27 Dekabr 2012, 17:26:25
Shpinat- bu ismaloq. Ozbekistonda bahorda boladi, shekilli. Turkiyada har mavsum topiladi.