forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Kino olami => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 14:51:03

Nom: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 14:51:03
Assalomu alaykum!

Hozirgi kinolar haqida, ayniqsa, hozirda "moda"ga aylanayotgan o`zbek filmlari haqida qanday fikrdasizlar?
Kim qanday film ko'radi?
Qaysi filmning qaysi jihatlari sizga yoqdiyu, qaysi jihatlari yoqmadi.
Bu haqda o'z mulohazangizni qoldirishingiz mumkin.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1109239945&page=1)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: muxbir 16 Iyun 2006, 12:25:00
Assalomu alaykum!

Hozirgi kinolar haqida, ayniqsa, hozirda "moda"ga aylanayotgan o`zbek filmlari haqida qanday fikrdasizlar?
Kim qanday film ko'radi?
Qaysi filmning qaysi jihatlari sizga yoqdiyu, qaysi jihatlari yoqmadi.
Bu haqda o'z mulohazangizni qoldirishingiz mumkin.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1109239945&page=1)
"Begonalar" filmini rosa reklama qilishyapti.
Aftidan tuzuk filmga o'xshamadi..
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Munira xonim 16 Iyun 2006, 20:23:13
Assalamu alykum. Men deyarli TV ko'rmayman,lekin bir ikki o'zbek kinolariga qiziqib ko'rmoqchi bo'ldim. Afsus 15-20 minut tomosha qiloldim. Bu filmlarda ham yoshlarni sevib ko'chalarda qo'ltiqlashib yurishga yoki qo'shiqchilikka da'vat. Allohni tanib iymonga chaqiruvchi filmlarni ishlashsa juda soz bo'lardi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyun 2006, 20:30:33
Assalamu alykum. Men deyarli TV ko'rmayman,lekin bir ikki o'zbek kinolariga qiziqib ko'rmoqchi bo'ldim. Afsus 15-20 minut tomosha qiloldim. Bu filmlarda ham yoshlarni sevib ko'chalarda qo'ltiqlashib yurishga yoki qo'shiqchilikka da'vat. Allohni tanib iymonga chaqiruvchi filmlarni ishlashsa juda soz bo'lardi.
Va alaykum assalom!
To'g'ri aytasiz Nargiza opa!
Qaysidir bir o'zbekcha filmda san'atkor qizning ko'chada kechalari kimlarningdir bazmlarini hushnud qilishi ochiqdan ochiq oqlangan. Ho'yoki san'atkorlar ham odam, ularda ham vijdon bor degan mazmunni o'rtaga tashlamoqchi bo'lishgan.
Siz ko'targan yana bir masala, nomahram yigit va qizlarning bemalol qo'l ushlashib, quchoqlashib yurishl;ari ochiqdan ochiq ko'rsatilyaptiki, bu jamiyat hayotiga bevosita ta'sir etmasdan iloji yo'q.
Odatda yoshlar TV, kino, musiqa yulduzlariga taqlid qiladilar. Ularga qarab kiyinadilar, hatto gapirish uslublarini ham egallaydilar. Umummillat uchun mo'ljallangan zamonaviy filmlar esa hayosizlikni targ'ib etmoqda.
Siz ko'targan uchinchi masala - bironta diniy-ma'naviy, da'vatomuz kino ishlanganini bilmayman...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:19:11
Otabek:
Mani bir savolim bor: so'nggi paytlarda xonandalarning ham kinofilmlarda rol ijro etishi rasm bo'layapti. Bunga qanday munosabat bildirasizlar?
Manimcha, bizada film ishlab chiqarishdan ko'ra dublyajga ko'proq e'tibor beriladi...

Dublyajchilardan kimlarni yoqtirasiz?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:20:09
AbdulAziz:

Hozirgi paytda 3 ta zabardast dublyaj ustasi bor.

1. Afzal Rafiqov
2. Hojiakbar Nurmatov
3. Sanjar Sa'dullayev.

Lekin ularning soxir ovozlari allaqanday bema'ni seriallrga uvol, uvol, uvol
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:20:45
Muxbir:

To`gri aytasiz.
Bachkana filmlar juda ko`payib ketdi. Xuddi ba'zi indiyskiy filmlarga o`xshab.
Hozir kimi puli bo`lsa o`zini kinoga uryapti. Saviya esa, o`ta past.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:21:15
Dilshod:

 "Sarvinoz" boshqa ko'pgina estradimiz yulduzlari ishtirokidagi filmlar singari REKLAMA KINOSI turkumiga kiradi. Bunda bosh rolni ijro etgan honanda filmni suratga tushirish uchun ketadigan mablag'ni deyarli hammasini o'z yonidan to'lyadi. Bu narsa hozirda bizning estrada yulduzlarimiz orasida yahshigina udumga aylangan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:24:05
Kumush:

Assalomu alaykum.
Sevinch
chayon bolasi
taqdir
muhabbat sinovlari
ko'zlari mayus

Xitoy filmlarini sevib tamosha qilaman.Yaqinda ''Qahramon"nomli filmni ko'rgandim.Juda ham chiroyli ishlagan ekan.Shu filmni ko'rganlar bormi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:24:45
Otabek:

ABORIGENLAR MEL GIBSONDAN NOROZI...
Avstraliyaga yaqin Fidji arxipelagida yashovchi qabilalar mashhur aktyor va rejissyor Mel Gibsonga norozilik bildirdilar. Bunga sabab Mel Gibsonning bundan bir oy avval ularga tegishli Mago orolini sotib olganligidir. Mel Gibson Yaponiyaga tegishli TOKYO CORP dan 15 million dollar evaziga orolni xarid qilgan edi. Qabila boshliqlarining aytishicha, orol ularning tarixiy an'analari va ramzi hisoblanadi. Mel Gibsonning o'zi esa barcha ish qonuniy xal etiganligini ta'kidlamoqda. 9 fevral kuni Fidji rahbariyati aktyorga orolning barcha xujjatlarini topshirdi va endi orol xususiy oromgoh sifatida Mel Gibsonga tegishlidir...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:25:43
Mohinur:

Yaqinda O`zbekiston TVsi orqali Hindistonnning "Bog`bon" kinosini qo`yishdi. Zo`r kino ishlanibdi. tarbiyaviy ahamiyatga ega. Amitabh Bachchan va Hema Malini lar bosh rolda. Ko`rib rosa ta'sirlandim. Shu filmni ko`rganlar bormi?
Qanday fikrdasizlar?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:26:30
Shohista:

Assalomu alaykum sayt ijodkorlari(Davron aka) :)
Mani hozirgi chiqvotgan "yingi" filmalaga munosabatim shunaqaki, hozirgi kinola faqatgina "bir mart" korsa boladigan kinola.
ikkinchi marta ko`rsa zerikadi odam. Avvalgi ozbe filmlarimizani qancha korse ham zerikmaymiz.
shuni uchun hoir 1 oyda 2 marta kino chiqvotti.
yarim yilda bitta chiqsa ham, tomoshabinla koradigan va qiziqadigan mavzula yuzasida filmla suratga olishsa yaxshi bo`lradi. endi bu mnai fikrim xolos.. ;)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:27:14
Kumushbibi:

Menga yoqadigan o'zbek filmlari:
O'tgan kunlar
Mehrobdan chayon
Mahallada duv-duv gap
Sen yetim emassan
Abdulla,shumbola
Temir xotin,Bomba
Kelinlar qo'zg'oloni
Shaytanat
Tohir va Zuhra
Suynchi
Chinor ostidagi duel
Maftuningman
Kichkina tabib
Nasriddin Afandi
Ko'rib charchamaysan.Ko'rgan sayin yana ko'rging kelaveradi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:28:37
Mohinur:

Hozirgi kinolar boshdan oyoq reklamaga asoslangan. Buni o`zingiz ham bilsangiz kerak, masalan, "Ko`zlaring ma'yus"da Aqua Light, "Havfli burilish"da AGFA reklama qilingan, menimcha aynann shu kompaniyalr hisobiga kino olishyapti, ular.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:29:21
Samo:

hozirgi kinofilmalar halqni holatini mahsuli emasmi?
qanday bolsihni hohlasak shunday filmlarni koramiz barirbir?
kino salatanida ilm marifat gadoy ornida sevgi muhabbat esa shoh ornida
chunki mezonlar ozgargan shuning uchun past baholanmoqda omma tarafidan (qaysi omma?)
ammo mahsultni haridori bor. shunga ilm marifat ga muhabbatchilarday ihlos bilan
yondashaolsakkina biz oylagan mahsulotlar ham chiqib qoladi...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:30:04
Dilshod:

Kino nomi "Sevgi fazosi". Romantik va komediya syujetlariga boy. Lekin filmning ayrim joylarida, boshqa yangi filmlardan farqli o'laroq jiddiy masalalar ham ko'tarilgan.
Darvoqe Yodgor Mirzajonov bir nechta yangi qo'shig ijro etgan ushbu filmda.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:30:41
Assalom:

To`gri aytasiz Samo!~
hozirgi chiqayotgan kinofilmlarning didaktik emas, balki antididaktik holatini sanab o`tamiz. Chunki ko`ruvchilar asosan yoshlar. U yerdagi holat esa ko`chadagi kir hayot bilan bog`liq. Buni ko`rgan yoshlarda yana yengiltaklik nish urmaydimi?
Nimaga oldingi kinolarimiz yo`q?
Suyunchi
Bomba
mahallada duv-duv gap
Yor-yor va hokazo!
Ularda ham muhabbat bor edi. Ularda ham zavq boe edi? Lekin...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:31:18
AbdulAziz:

Assalomu alaykum ASSALOM!
Gaplarizga qo`shilaman. Hozirgi kinolar nima?
Reklama?
Namoyish (shou)
Yoki yana nimadir?
Tushunib bo`lmayapti. Yaxshi kinolar esa har doimgidek - YO`Q!
Lekin shu beta'sir kinolarniyam odamlar (yoshlar) qiziqib tomosha qilishyapti. Lekin bu qiziqish bir marta ko`rgandayoq so`nadi. Shedevr kinolar esa tanganing uchinchi tomonida.
Yana bilmadim...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:33:24
"œТурк гамбити" можаролари

Хабарларга караганда, айни кунларда Ўзбекистон оммавий ахборот воситаларида кенг реклама килинаётган "œТурк гамбити" фильмининг Тошкентдаги айрим кинотеатрларда намойиш этилиши такикланган.

"œОзодлик" мухбири бир неча кинотеатрлар вакилларидан мазкур фильмни намойиш этишни ким ва нима учун такиклагани хакида маълумот ола олмади. Улар бу хакда гапиришни истамади.
Аммо Тошкентдаги "œКино олами" кинотеатри ходими Сергей "œТурк гамбити" фильмини Ўзбекистонда намойиш этиш ноконунийлигини билдирди.

Унинг айтишича, фильмни мамлакат кинотеатрларига чикариш учун унинг ижодкорларидан рухсат олиш лозим. Агар "œТурк гамбити" Ўзбекистоннинг айсидир кинотеатрида кўрсатилаётган бўлса, бу конунга зиддир.

Таъкидлаш керакки, 5 апрель куни янги, мухташам "œПремьер Холл Баша" кинотеатрининг очилиш маросимида айнан "œТурк гамбити" намойиш этилди.

Ушбу кинотеатр "œTerra Group" компаниясига карашлидир. "œБаша" клуби иш бошкарувчиси Билгин Халиловнинг айтишича, "œТурк гамбити" бу ерда хеч кандай муаммоларсиз кўйилмокда. Унга хеч кандай такик кўйилмаган.

"œЗарафшон" концерт залида хам "œТурк гамбити" бемалол намойиш этилаётгани маълум бўлди.

Кичикрок кинотеатрлардан бирининг рахбари сўзларига кўра, у мазкур фильмни намойиш этишга тайёргарлик кўраётганида "œКино олами" вакиллари келиб, "œТурк гамбити"ни шартнома тузмасдан кўрсатиш мумкин эмаслиги тўгрисида огохлантирган.

Маълум бўлишича, "œТурк гамбити" факат "œПремьер Холл Баша" ва Юрий Гагарин номидаги кинотеатрларда, "œЗарафшон" концерт залида бирор муаммоларсиз кўйилмокда. Бошrа кинотеатрларда эса номаълум сабабларга кўра намойишга рухсат этилмаган.

"œЎзбеккино" агентлиги ходимларидан бирининг билдиришича, "œТурк гамбити"ни агентлик рухсатисиз намойиш этиш конунга хилофдир.

TRIBUNE-UZ dan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:33:53
AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Kino san'ati ham millatning jahondagi oynasiga aylanishi mumkin.
Nimaga biz America kinolarini yaxshi ko`ramiz? o`sha kino qahramonlaridek bo`lishga, ulardek kiyinishga, yurish-turishga harakat qilamiz?
Nega xalqimiz Hind kinolarini sevib tomosha qiladi, garchi juda ko`pchiligining senariysi bir xil bo`lsa-da?
Demak, kinoga ko`pchilikning ehtiyoji bor, uni ko`rib haqiqiy dunyodan ozgina bo`lsa-da, uzilib orzular dunyosiga sho`ng`iydi odam.
Bizning haqiqiy milliy kinolarimiz ham shunday. Uni ko`rging sari yana tomosha qilging kelaveradi.
Bir martalik reklama-kinolarni (bilmadim, reklama kimga kerak, aktyorgami yoki...) bundan 5 yil keyin kim ko`rarkin? Ular ham mangu qolarmikin? O`tkan kunlar, Shum bolalardek...
Hozirda kino ishlash sonbay bo`lib ketdi. Sifat esa osmonda...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:34:19
Charos:

asalomu aleykum, man xam uzbek kinolari hususida: Manga uzbek kinolari ichida (hozirgacha) " sevinch" bir oz ta'sir qildi, tugri u erda ham bor oz bulsada kamchiliklar, lekin man saviyasi (eng) past deb yangi filmlardan"kuzlaring mayus" filmini etgan bulardim. tugri yangi uzbek kinolarini kurmaganimga 1 yil buvotti, balki uzoq yurtlarda turib yangi kinolardan behardirman.........
Lekin " kuzlaing mayus" ta'silanarli daajada emas >:( >:(
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:34:48
AbdulAziz:

Fikrlaringiz uchun tashakkur. man ham "Ko`zlaring ma'yus" haqida gapirmoqchiydim. Shuyam saviyami? Shuyam kinomi? Tasvirlangan voqealar aslo haqiqiy hayotga to`gri kelmaydi. Qo`qonlik eng katta boyning qizi Toshkent afisiantka bo`lib ishlashi bu umuman haqiqatga to`gri kelmaydi. Umuman boshqa voqealarda ham reallik yetishmaydi.
Ha, bir yil ichida juda ko`p kinolar chiqdiki, ularni biz ham ko`rganimiz yo`q. Ko`rmasligimiz boisi ularning haddan ziyod ko`pligi (qaysi birini ko`rishni ham bilmaysan) va reallikdan yiroqligi, faqatgina reklama va o`zini ko`z-ko`z qilishdan iboratligi...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:35:21
Charos:

man asli Tojikistonlik, lekin hozirda Moskvada uqiyapman. shunday bulishiga qaramay uzbek san'atiga juda qiziqaman, jumladan uzbek filmlariga xam...
Manda hozirgacha uzbek kinolaridan "Chimildiq" filmi uzgacha taasurot qoldirgan, balki milliylikka yaqinligi uchunmi bu film boshqa kinolardan ajralib turadi!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:35:55
Internetdan, qaysi linkdan o'zbekcha kino ko'rsa bo'ladi?

www.savdo.com
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:37:16
AbdulAziz:

Assalomu alaykum Mohinur!
uzr, bu mavzuga oradan 2 oy o`tib javob beryapman.
Bog'bon - Judayam zo`r, tarbiytaviy kino ekan. Boshqalargayam tavsiya qilardim.
Yana ko`rganlar bormi shu kinoni?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:38:01
Bonu:

Ha, albatta man ham shu fevral oylarida endi chiqqanda shu filmni korganman, korsez bittasi Londonga olib kelgan ekan bu diskdagi kinoni kormagan Angliyadagi ozbek qolmadi, zor ekan, man yeglab yeglab korgandim :'(
Tarbiyaviy jihatdan Hind kinolari juda zor, silar "Verzaara degan kinoni kordilami? Shohruxhon ijrosida, juda ham zor ekan, yaqinda bitta akam shu Chopra deganimiye bilan hamkorlikda shuni sotib qolib Uzb, kinoteatrlarida qoyishmoqchi edi, uje tarjima ham qilingan, Juda dahshat tarjima qilinibdi, man internet orqali eshitgandim. Korganlar bormi ozi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:38:40
AbdulAziz:

"Bog`bon" haqiqatda yig`lab ko`radigan film ekan. Man ham ayam bilan dadam birga o`tirib ko`rdik, juda ta'sirli ishlangan kino! Ayniqsa, otaning oxirgi so`zlari ma'noli.
"Verzaara"ni biz ko`rmadik, qanaqa film ekan?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:39:15
Mohinur:

Assalomu alaykum AbdulAziz!
Ha, men bu savolni berganimga ancha bo`lgan edi. Nimagadir javob berilmagn yoki e'tibor berilmagan shekilli.
Judayam ta'sirlangandim, men ham bu filmdan. Bolalarning ota-onaga bo`lgan "mehr"lari haqida edi bu film.
To`gri aytasiz, AbdulAziz, otaning film oxiridagi monologi (konferensiyadagi so`zlari) judayam ta'sirli edi. Shuni yozsihni iloji bormi?
Bonu, men ham siz aytgan filmni ko`rmagan edim. Nima haqda u?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:40:00
Margilanets:

Rossa zor kinoakan.
Mangayam yoqti.
Ayniqsa, otani o`ynagan Bachchanni roli zo`r chiqqan.
Ota o`z ogillarini mehr bilan boqadi-yu, lekin uni bollari tashab ketadi.
Ko'chadan asravogan ogli eng vofodor chiqadi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:40:34
Dilshod:

Hind kinosiga bo'lgan qiziqishlaringni ko'rib man yanada ta'sirlanib ketdim.
To'g'ri hind kinosi garchi sujet va epizodlarini takrorlab kelsada, tarbiyaviy ahamiyata ham yoq emas.
Shunday ekan aynan shu mavzudagi fikr almashuvlarimizni susaytirmasak.
Kim o'zining idealidagi hind kinosini bizga tavsiya eta oladi. Biz ham baho berardik.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:41:01
AbdulAziz:

Assalomu alaykum Dilshod!
Avvalo ancha tanaffusdan keyin forumga qaytganingiz bilan tabriklayman.
To`gri, juda ko`p hind kinolari yengil-yelpi, ahamiyatsiz bo`lsa-da, ba'zan shedevr darajasiga chiqqan filmlar ham chiqib qoladi. Ularning texnik va ijodiy saviyasi Hollyvood filmlaridan qolishmaydi. Oxirgi yillarda yaratilgan "Devdas", "Bog`bon", "Gohi shodlik, gohi g`am" kabi filmlar istalgan jahon kinosi bilan bellasha oladi. Ularda ko`tarilgan mavzu ko`lami ham jamiyatimizning eng muammoli tarflariga qaratilgan.
Man ko`rgan hind filmlarim ichida eng yoqqani Raj Kapur ishtirokidagi "Sangam" filmidir. yangiliklar sahifasida yana kimdir bu film haqida yozibdi. Yana fikrlar bo`lsa shu yerda qoldirishingizni so`rayman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:41:28
Margilanets:

Ha, man so`ro`dim, davron aka.
Mangayam yoqadi bu kino, judayam zor sevgi qissasi!
Ayniqsa ashillalari yoqadi, eshirtishimcha shu kinoni rejissoriyam, bosh aktoriyam, ashillalardi aytganam Raj Kapurakan. Lekin judayam zo`r o`ynagan.
Aka, sizda shuni ashillalari bormi, shu kinoni?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:41:53
Bonu:

Hozir bu yerdagi ozbeklar orasida "Kozlaring mayus va Dev bilan Pakana"kinofilmlari korilyapti, lekin bitta narsani etishim mumkinki osha vaqtda toshkentda vaqtim bolmay kormagan kinolarni bu yerda bazida korib qolaman, juda ham soginarkande odam! ayniqsa shu "otkan kunlar"ni netdan yozib olib hamma ozbeklar yegilishib korganimiza esimdan chiqmidi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:42:21
Bonu:

"Verzaara " filmi Yash Raj Chopra rejissyorligida olingan bolib , unda bosh rollarni Shoxruhhon, Preyti Zinta lar oynashgan, ayniqsa musiqasi qalblarni titratuvchidir. Bizada yani Uzb. da yaqinda juda ham maromiga yetkazib tarjima qilishibdi, shaxsan mani bitta ustozim boshchiligida, man uni ozginagina parcha ingliz tilida korgandim, keyin osha odam bilan netda gaplashvotganda osha filmdan parcha qoyib berdilarde, keyin rosa yoqtirib qoldim, sizlarga ham maslahat beraman, hozir bu film faqatina sanoqli kinoteatrlarda qoyilayotgan ekan, koring , dam oling...
Quyidagi saytda ham malumot bor:
http://www1.yashrajfilms.com/
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:44:10
AbdulAziz:

Assalomu alaykum Husanbey!
Siz so`ragan "Sangam" filmidagi soundtracklarni shu yerdan eshitishingiz va saqlab olishingiz mumkin:
Sangam - E, mere sanam (http://66.45.233.12/Ae_Mere_Sanam_SANGAM.mp3)
Sangam - Bol Radha boli Sangam (http://66.45.233.12/Bol_Radha_Bol_SANGAM.mp3)
Sangam - Do'sti do'sti na raha (http://66.45.233.12/Dost_Dost_Na_Raha___Sangam_Mukesh.mp3)
... Mening bir do`stim bo`lardi... U menga doim shu ashulasini aytib berardi. Shunday aytardiki, qalbim yonib-yonib, tutab-tutab eshitardim. Kel shu qo`shiqni sengayam aytib beraman...:
"Do`sti-do`sti naa raha,
pyari-pyari naa raha,
zindagi he me pera,
eetibaari naa raha"
...
Ushbu qo`shiqni Filmning haqiqiy qahramoni Raj Kapur shundayin dard bilan kuylaydiki, uni dard bilan eshitmaslikning, his qilmaslikning iloji yo`q. Bu qo`shiq do`stini sevganlar uchun, uni ardoqlaganlar uchun, uning g`amidan kuyininb, shodligidan zavqlanganlar uchun. Bu qo`shiq dardli ko`ngillar uchun...
- Bas, qilsangchi, qo`shig`ingni, iltimos.... Ushbu filmning kulminatsion nuqtalari. Hayotning achchiq-chuchuk haqiqatlari namoyishi!!!!
Tinglang, maza qiling!!!!!!! "Do`sti-do`sti naa raha ...
 
Sangam - Har dil jo pyar karega (http://66.45.233.12/Har_Dil_Jo_Pyar_Karega_SANGAM.mp3)
Sangam - Muje butta mil gaya (http://66.45.233.12/Mujhe_Buddah_Mil_Gaya_SANGAM.mp3)
Sangam - O mehebuba (http://66.45.233.12/sangam_(1964)_-_o_mehbooba.mp3)
Sangam - Tuje Gangami Samjunga (http://66.45.233.12/sangam_(1964)_-_yeh_mera_prem_patra.mp3)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:45:13
www.webkinozal.com
Bu yerda faqat Rossiya filmlari bor desam adashmayman, bazi chet el filmlarini tarjima qilib qoyishgan, lekin juda ham hohlagan bolardim shunaqa ozbek webkinozallari yaratilsa!? Otabek, faraz qiling o'tiribsiz, mazza qilib choyni damlab oliiiib, oyoqni uzatvolib, kechqurun shu "Suyunchi", "Mahallada du-duv gap", "Muhabbat sinovlari" deganlaridek korib otirsangiz! Zor-a? Lekin chet eldagilar u yoqda tursin ,Toshkentimizda ham bu imkoniyat kam , yani yahshi kinolar pochti qoyilmayapti,, bilasmi bazida bayram kuni hamma kanallar kino qiyadide, hammasini korgiz keladi hali u kanalga olib hali bu kanalaga olib korganday bolmaysiz!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:46:22
Bonu:

Assalomu alaykum, DAvronbek aka, katta rahmat, bu qoshiqni eshitib yoshligim esimga tushib ketti, kichkinaligimda esimda bor kechasi soat 2-3 lar bolsa ham hamma oilada yegilib amakilarimi, kenayilarim shu kinoni korishardi, oshanda bilmaganakanman, keyin kotta bolib zor olinganiga amin boldim, va yaqinda shunga ohshash hayotiy voqea ham kordimu, shu filmni esladim.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:47:03
Mohinur:

Assalomu alaykum Bonu!
Bizi kinoteatrlarda yaqinda "Sen va Men"ni ko`ydi. Buyam Yashrajfilmsniki. Saif Ali Xon o`ynagan.
Yana bir qancha o`zbekcha "Indiyskiy" filmlar.
Shunaqa ko`pki, nominiyam esdan chiqaraman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:47:37
Mohinur:

Assalomu alaykum AbdulAziz!
Mengayam bu film juda yoqadi. Yaxshi ishga qo`l uribsiz qo`shiqlarini qo`yib.

Aytgancha, Bonu, "Sangam" bilan bog`liq voqeani guvohi bo`ldim debsiz.
Bizgayam aytib bering.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:48:18
Maknuna:

To`gri etasiz Mohinur!
"Sen va men"nni Toshkentda qoyganiga ancha bo`ldi, lekin judayam zo`r kinoekan.
Ayniqsa, siz etkan Saif alixon rolli qotirib oynagan.
Boshqa indiyskiy kinoladan kotta farq qiladi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:48:58
Mohinur:

Yana "Men bormanku" degan indiyskiy kinoni ko`rdik.
Shohruhxon o`ynagan ekan. "Matritsa" ko`rinishlari bor bundayam.
Ko`rganlar bormi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:49:57
Margilanets:

"Sen va Men" zo`r chikipti.
Mangayam yoqti.
Anu bola rossayaaam qizlarni quv tushiradigonlardanakan.
Qizla, ehtiyot bo`lilar shunaqa bollardan.

Lekin kino zo`r ishlangan, multfilm joylariyam o`ziga xos.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:50:35
AbdulAziz:

Siz so`ragan "Bog`bon" filmidagi o`sha mashhur nutq mana:

Bu kitob bugun bilan erta o‘rtasida mavjud bo‘lgan osuda oraliq haqida. Bu kitob bir avlod bilan ikkinchi avlod o‘rtasida uzilib qolgan ko‘prik haqida. Bu kitob bir vaqtlar jigarbandarini mindirib, o‘ynatib yurgan, ammo hozirda bukchaygan yelkalar haqida. Bu kitob farzandlarini jajji qo‘lchalaridan tutvolib, bir zamonlar alla aytib, jim qolgan lablar haqida o‘kinch bilan yozilgan.

Zamon o‘zgardi. Hayotam o‘zgardi. Bizning yoshimizdagi tengdoshlar bilishadi. Bugungi kunda o‘tmish sarqiti deb hisoblangan odatlarimizning hammasiga biz ishonardik. Onalar oyog‘i ostida jannatni ko‘rardik. Endi odamlar juda dono, yoshlarimiz juda iqtidorli, o‘ta qobiliyatli bo‘pketishgan. Ular uchun erishilgan har qanday yutuq, go‘yoki pillapoyadan ko‘tarilgandek ko‘tarilaverishsa... Bordi-yu yo‘llarida nafi yo‘q narsa uchrasa, uydagi keraksiz bo‘lgan stulmi, singan idish-tovoq, eskirgan kiyim-kechak, sarg‘ayib ketgan gazet kabi shu zahoti axlatxonaga oborib tashlashadi.

Lekin... hayot aslo pillapoyamas. Hayotni unga qiyoslab bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, hayot ulkan bir daraxt misoli. Uning tomiri esa ota-ona hisoblanadi. Daraxt har qancha katta bo‘lmasin, agar tomiri kesilsa, tamom:! U ortiq ko‘karmaydi, qurib bitadi.

Endi oddiy bir savol bilan sizlarga murojaat qilsam. Ota o‘z farzandining quvonchi, kamoli uchun toganini sarf qiladi-yu, lekin o‘sha farzandga padarning ko‘zlaridan nur ketgan chog‘ida unga suyanchiq bo‘lish og‘irlik qilarkan. Nimaga ota bolasining ilk qadam tashlashiga ko‘mak beradi-yu, ammo belidan quvvati ketganda nia uchun farzandigamas, hassaga tayanadi? Bir umr o‘z bolalariga shodlik ulashgan ota-onani ne sababdan qon yig‘lashdek zulmga duchor qiladi? Bizga mehr ko‘rsatisholmas ekan, mehrimizni tortib olish huquqini ayting, kim berdi? Ular kim bo‘ptiki, parvardigor muhabbat rishtasi ila birlashtirgan ota-onasini bir-birlaridan ayirib, alohida yashashga majbur qilishadi? Nahot inson xudodan shuning uchun farzand so‘rasa? Qaytar dunyo derlar. Bizning boshga tushgan savdo ertaga albatta ularning ham boshlariga tushadi. Ular ham bir kun keksayib shu savolni berishadi.

Keyin yana bir gap: Bizning tashvishimizni qilmang. Agar biz bolalarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ekanmiz, o‘qitgan, oilali qilolgan ekanmiz, o‘zimizniyam boqib olamiz. Hech kimsaga muhtoj yerimiz yo‘q. Men taqdirdan minnatdorman. Shuning uchun minnatdormanki, u menga ajoyib jufti halol nasib etdi. Shu ayol hayot yo‘limni yoritdi. Har qanday qiyinchiliklarga bardosh berdi. Men bu ayol qashisida bosh egaman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:53:26
Mohinur:

"Veer-ZAARA" filmidan lavhalar:

(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/1.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:55:00
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/2.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:55:42
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/3.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:57:46
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/4.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:58:10
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/5.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:58:29
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/6.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:58:41
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/7.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:58:54
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/8.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 05:59:08
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/9.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:00:21
(http://www1.yashrajfilms.com/images/veer_zaara/dvd/gallery/10.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:00:49
Siz so`ragan "Veer-Zaara" filmining qo`shiqlarini shu yerdan eshitishingiz va o`zingizga saqlab olishingiz mumkin:

Veer-Zaara - Aisa Des Hai Mera (http://66.45.233.12/Aisa_Des_Hai_Mera_Veer-Zaara.mp3) 
Veer-Zaara - Aaya Tere Dar Par (http://66.45.233.12/Aaya_Tere_Dar_Par_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Do Pal (http://66.45.233.12/Do_Pal_Veer-Zaara.mp3) 
Veer-Zaara - Hum To Bhai Jaise Hain (http://66.45.233.12/Hum_To_Bhai_Jaise_Hain_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Jane Kyon (http://66.45.233.12/Jane_Kyon_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Kyon Hawa (http://66.45.233.12/Kyon_Hawa_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Lodi (http://66.45.233.12/Lodi_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Main Yahan Hoon (http://66.45.233.12/Main_Yahan_Hoon_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Tere Liye (http://66.45.233.12/Tere_Liye_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Tum Pass Aa Rahe Ho (http://66.45.233.12/Tum_Paas_Aa_Rahe_Ho_Veer-Zaara.mp3)
Veer-Zaara - Yeh Hum Kaha (http://66.45.233.12/Yeh_Hum_Aa_Gaye_Hain_Kahaan_Veer-Zaara.mp3)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:00:59
Noza:

Assalomu alaykum barcha kino muhlislariga!
Man ham kecha Veer-Zaara filmini ko'rishga miyassar bo'ldim.
Haqqatta juda ta'sirli va chiroyli olingan kino ekan.
Bu voqea hayotdan olinganmikan?????????
Lekin barchaga bu kinoni ko'rishni tavsiya etaman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:01:26
AbdlAziz:

VEER-ZAARA (VIR va ZAARA)
(http://www.intensityinfotech.com/webmall/img/film/hin/veer-zaara.jpg)

Yash Raj Films mahsuloti - 2004  www.yashrajfilms.com

Rejissor: Yash Chopra
Senariy muallifi: Avitya Chopra
Qo'shiqlar: Lata Mangishkar, Udit Narayan

Aktyorlar: Shahrukh Khan (Bosh rol - Vir), Preity Zinta (Zaara - Virning sevgilisi),  Rani Mukherjee (advokat Samia), Amitabh Bachchan (Virning bobosi), Hema Malini (Virning momosi), Kiron Kher (Zaaraning onasi)

Janri:  Romance, Musicals
Vaqti: 3 soat 12 minut
Prokatga chiqqan vaqti: 12 noyabr, 2004

* * * * * * * * * * * *

"MEN MAHBUS YETTI YUZ SAKSON OLTINCHI"

Baxtli damlarning sururi haqidagi tushdan so`ng Vir uyg`onib ketadi. To`rt tomon devor, qo`rong`ulik ichra Virning motamsaro basharasi gavdalanadi...

Bugungi kun. Lahor. Pokiston.

Pokistonlik ayol advokat Samia Hindistonlik 22 yildan beri qamoqda yotgan mahbusni ozod qilish uchun kirishadi va o`zining birinchi ishini shunga bag'ishlaydi.

Qorong'i qamoqxona. Qamoqxona noziri mahbusning hech ham gapirmasligini advokatga uqtirsa-da, Samia o`z ishiga kirishadi. Zulmat ichra Virning dardini olishga harchand harakat qilmasin, u gapirmasdi. Birdan samolyot ovozi eshitildi. Samia: - Vir Pratap Singh, gapiring! Birdan 22 yil bir og`iz ham gapirmagan Vir gapira boshlaydi:
— Mana shu samolyot osmonga parvoz qilyapti. Osmonga parvoz qilgan odamgina yuksakdan zaminni tomosha qilib hayot qadriga yetadi. Men ham shunday edim. Vertolot, samolyotda yuksaklarga parvoz qilardim. Shundagina, tomirimda oqayotgan qonni his qilardim. Men o'z ishimni sevardim... Lekin 3 kundan keyin hayotim shundayin o'zgarib ketishini bilmas edim... Hindiston havo kuchlari mayori Vir Pratap Singh hali hayotining bundayin ayanchli qismatlari borligini tasavvur qilmas edi. Bu paytda esa o`sha mening hayotimga sababchi bo`lgan qiz shirin uyquda yotardi.

Pokiston. Lahor. Hayotxon xonadoni.
Enaga Bibi o`lim to`shagida. O`limi oldidan Zaarani yo`qladi.
— Zaara, qizginam. Mening asl yurtim Hindiston edi. Yoshligimda shu yerga bobong olib kelganlar. O`limim oldidan hokimni Vatanimda panoh topishini hohlayman. Shuning uchun sendan so`nggi o`tinchim - hokimni Hindistondagi ibodatxona yonidagi soyga oqizsang.
Zaara, garchi erta-indin fotiha marosimi bo'lsa-da, otasi ruxsat bermasa-da, bu ishga qo'l urdi.

Samia: Xo`sh keyin nima bo`ldi?
Vir: Shu hayotimning eng unutilmas kuni edi... Jarlikka bir avtobus qulagan. Uni qutqarish uchun bordik. Avtobus ichida bir qiz ham qolib ketgandi. Uni vertolotda qutqarish uchun arqonda tushdim va ko`tarib, vertolotga olib chiqardim. U shundayin go`zal ediki... Men unga tikilardim. U esa yerga qarab olgancha hech nimani o`ylamasdi. Shamol uning sochlarini to'zg'itib, kozini yopib qo`yardi. Shu payt men uning sochini silab, ko`zini ochdim. Shu payt birinchi marta ko`zlarimiz to'qnashdi... U momosining vasiyatini bajarish uchun Pokistondan Hindistonga yo`l olgan ekan. Unga ibodatxonani topishga yordam berdim. Qaytish paytida u menga rahmat aytarkan, -Siz mening hayotimni saqlab qoldingiz, sizdan qarzdorman, uni qanday uzsam bo`larkin, dedi. Men keyin afsusu qilmaysizmi, dedim. U: - Men Pokistonlik, siz hindistonlik, orada yurtimiz sha'ni ketdi, roziman dedi. Men devona esa: "Hayotingizning bir kunini menga hadya qiling. Bu kunni umrbod eslab qolasiz, dedim. U nochor rozi bo`ldim. Men uni qishlog`imga olib bordim. Bobom va momom mehmonni judayam qadrlab, hurmat qilishdi. Lori bayramida birga ishtirok etdik. Ertasi kuni u bobom va momom bilan hayrlashib, ulardan duo oldi. Biz yo`lga tushdik...

Samia: Siz uni sevib qolganmidingiz?
Vir: Ha, buni yo`l bo`yi aytishga qaror qildim. Ko`prikdan o`tayotib, uning oyog`i qayrilib ketdi va oyog`idagi bir marjoni tushib qoldi. Uni men keyin beraman, deb olib qo`ydim. Uni haligacha yuragimda saqlayman... Poyezd stansiyasiga bordik...
Birdan Zaara bir yigitni ko`rdi-da, boshqacha bo`lib ketdi va tanishtirdi: Bu mening qaylig`im Razo! Mening o`shandagi holatim judayam achinarli edi. -Shuncha gaplarni gapiribman-u, qaylig`im haqida aytmabman, dedi Zaara. Mening esa ichim to`lib bo'lgan edi. Razo biletga kirib ketgan mahal, Zaaraga dardimni to`kib soldim va dedim: "Nima bo'lganda ham chegara ortida Sizga jonini ham fido qilishga tayyor bir inson borligini unutmang!". Razo chiqdi. Men ular bilan hayrlashgani keldim. Razo: Siz mening qaylig`imni qutqarib qolibsiz, men qarzdorman, buning uchun nimani istaysiz. Men: Zaarani doim baxtli ko`rishni istayman...
Xayolimda hammasi tugagandek edi. Zaara men tomonga qarardi-da, lekin poyezdga oshiqardi...

BIRINCHI QISM TUGADI
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:01:43
Margilanets:

Assalomu alaykum hammaga!
Yaxshimisizlar?
Davron aka qaleysiz? Yaxshi dam oldizmi? Aka, man sizi Shohimardonda ko`rdim. Qachon qaytdiz aka?
Otabek aka qaleysiz? O`qishlariz yaxshimi?
Noza opa! Sizam yaxshimisiz? O`qishga topshirdizmi?
Forumning boshqa a'zolari ham yaxshimisizlar?
Hammalarini, jonajon forumni juda sog`indim. Forum albatta boshqa olam ekan. Har xil odamlar bilan tanishib, ulardi fikrlarini olarkansan.

Salom-alikdan keyin...
Aka zo`r kino ekan, yozishiz bo`yicha!
Hali Marg`ilondi kinoteatrlarida qo`yishmadi. Lekin reklama qilishyapti. O`zimiz Marg'lion TVdayam yaqinda qo`yib qosa kerak. Bizi TV yam 24 soat tinmaydigan bo`lib qolgan. Har shanba yakshanba kuni indiyskiy kino qo`yadi. Sizlar gapirayotgan hamma kinolardi o`shatda ko`rdik. Virzaaraniyam qo`yib qolsa kerak.

Lekin ta'rifizdan zo`r kinoga o`xshayapti. Xo`sh keyin nima bo`ladi. Ha, mayli aytmay qo`ya qoling, bizga qizig`;i qolmaydi. Lekin barinbir qiziqyappan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:02:02
Otabek:

Assalomu alaykum!
Men ham sizlarning gaplaringiz orqali shu filmga juda qiziqayapman. Lekin... :-[ko'rishning iloji yo'q. Internet orqali ko'rsa bo'ladigan saytni bilasizlarmi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:02:17
Kumushbibi:

Yashang Abdulaziz!Filmni ko'rgandek bo'ldim.

Ikkinchi qismini intizorlik ila kutib qolamiz...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:02:30
AbdulAziz:

www.yashrajfilms.com ga kirib "Veer-Zaara"ni qidirsangiz topasiz. Men ham aynan shu sayt orqali tanishgan edim. Keyin Alisher Navoiyda o'zbek tilida tomosha qildim.
Bu kino Cinema_Market tomonidan oz'bekchalashtirilibdi. Bilmadim, ularni saytlari bormi, yo'qmi? Bir qidirib ko'rsangiz bo'ladi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:03:00
AbdulAziz:

IKKINCHI QISM

Qamoqxona noziri advokatga vaqti tugaganligini, 786-mahbus xonasini tezlikda tark etishi kerakligini aytdi. Samia chorasiz u yerni tark etarkan, ko'zlarida yosh edi. Qamoqxona noziriga esa ushbu so'zlarni aytdi:
— Bu ham Allohning bir bandasi. Nega uning raqami 786chi ekanligini bilasizmi? 786 - bismillohning belgisi! (PS. Kinodan keyin bismilloh kalimasini abjad hisobida hisoblab chiqdim, darhaqiqat - 786 ekan). Shu raqam mana shu mahbusga nisbatan ham Allohning mehr-muhabbati borligini ifodalayapti. Siz ham unga rag'bat ko'rsating!

Yomg'ir. U bilan qo'shilib barcha armonlar yuvilib ketsaydi, qani, lekin... Advokat Samia bu kun ham qalbida armon to'la yana mahbusxonaga keldi. Qo'lida pishiriq. Pishiriqlarni mahbus oldiga qo'yarkan, uni ko'rib, Vir qalbi yayrardi. Undan bittasini totib ko'rdi: "Oh, bu mening momom pishirgan pishiriqqa o'xsharkan, yana olsam bo'ladimi?..."

Samia: Nega sevgingiz afsonasi o'sha vokzaldayoq nihoyasiga yetmadi?
Vir: Ehhh, qalbimning yarmi boshqa davlatda qolib ketgandi-da...

Pokiston. Bir oydan beri dadasi qizi Zaara bilan gaplashmaydi. Bir yonda to'yga tayyorgarlik ketardi. Hayotxona Lahorning ko'zga ko'ringan siyosatchilaridan edi. Razoning dadasi bilan hamkorlik qilishi uning kelajakdagi ishlariga katta natijalar olib kelardi. Ularning to'ylari ham bejizga bo'layotgan emasdi. Bu siyosat va hayot olamida yangi natijalarga erishish uchun qilinayotgan harakat edi.

Sochini o'rab qo'yayotgan onasidan Zaara so'radi:
— Onajon, siz uchun otam jonlarini fido qilishga tayyormilar?
— Qayoqdagi gaplarni gapirmagin qizim.
— Nima, sizningcha muhabbatlari jon fido qilishga tayyor emasmi?
— Qizginam, muhabbat bu kitoblarda bo'ladi, kinolarda bo'ladi, hayotda esa muhabbat yo'q! U oila barpo bo'lishi bilan tugaydi!
— Onajon, Razo men uchun jonini fido qilishga tayyormi?
— Nimalarni gapiryapsan, esing og'ib qoldimi?
— Lekin men bir insonni bilaman. U chegara ortida bo'lsa-da, men uchun jonini ham berishga tayyor!
— Nima deding, nimalarni gapiryapsan. Qani, nimalar qilib kelding, Hindistonda? E, hudo! O'zing insof bergin bu qizga!

Tez orada fotiha marosimi bo'ladi. Zaara o'zligidan ayrilgan edi. U uchun hamma narza Vir edi. Ko'ziga faqat Vir ko'rinardi. Oyanaga qarasa ham, fotiha uchun chiqsa ham Vir ko'z oldidan ketmas edi. Uni harchand quchmoqchi bo'lganda esa Vir yo'qolib qolardi. Dardini singlisiga to'kib soldi. Singlisi Hindistonga telefon qilib vaziyatni Virga tushuntirdi va opam Zaara aytiki, siz u uchun joningizni fido qilishga ham tayyor ekansiz.

Samia: Siz nima qildingiz. Ishingizni tashlab bo'lsa-da, 22 yillik umringizni hazon qilgan Pokistonga yo'l olaverdingizmi?
Vir: Qalbim meni sevgim oldiga borishga chorlar edi. Garchi ishdan kechib bo'lsa-da Lahorga yo'l oldim. Meni Zaaraning singlisi kutib oldi. Ertaga nikoh marosimi ekanligini, uni bir yo'lini topib, bu yerdan olib ketishini so'radi. Ertasi kuni pokistonlik kiyimida nikoh marosimiga bordim.

Yomg'ir yog'ardi. Osmon ham bizning dardimizdan to'yib-to'yib yig'lardi. Zaarani nikoh uchun domla qoshiga olib borishardi. Shu payt men keldim. Zaara ham meni ko'rdi... U o'zini unutdi. Ota-onasi, qaylig'iga qaramay, men tomon keldi-da, quchib oldi... Buni ko'pchilik ko'rdi. Otasi bunga chiday olmay kasal bo'lib qoldi. Razo esa hali ham maqsadidan qaytmagan edi.

Kechqurun, Zaaraning onasini meni yo'qlab keldi va: "Sizga Zaaraning baxti kerak bo'lsa, uni tinch qo'ying, otasi og'ir ahvolda yotibdilar.", - dedi. Men esa: "Men sizlarning fotihangizni olmasdan Zaarani o'z yurtimga olib ketolmayman", dedim. Onasi:
— Yurtingizdagi hamma yigitlar sizdekmi?
— Yigitlarni bilmadim-u, lekin hamma onalar sizdek, onajon!
Kechroq Zaara keldi. Men u bilan hayrlashdim. Bir kun kelib, albatta uchrashishimizni, u paytda u 9-10 bolaning onasi bo'lishligini, men uni velosipedimda sayr qildirishimni aytdim. U esa: - u paytda velosipedingga sig'mayman dedi....U qishlog'imizga yana bir marta borishga va'da berdi.  Biz og'ir hayrlashdik.....

Lahordagi stansiyada meni Zaaraning onasi va singlisi kuzatib qolishdi. Onasi menga bir tumor berib, seni asraydi dedi. Avtobusga chiqdim. Ular ketishdi. Shu payt ikkita politsiyachi keldi-da, meni idoralariga eltishdi. Ular menga mana buni o'qib chiqb qo'l qo'y, bo'lmasa yomon bo'ladi, deyishdi.

Samia: Siz nima qildingiz? Unda nimalar yozilgan edi?
Vir: Unda mening ismim umuman boshqa, meni Hindiston josusi deya yozilgan edi. Nega endi deb turib oldim. Ular guvohimiz bor deyishdi. Ne ko' bilan ko'rayki, guvoh Razo bo'lib chiqdi. U menga qarata shunday dedi. - Sen mening baxtimni tortib olmoqchi bo'lding-a, sen Zaarani sevarding-a? Uning baxtli bo'lishini hohlarding-a? Agar hali ham shuni hohlasang, shu qog'ozga imzo chek va Zaara va uning oilasi haqida umuman so'z ochmayman deb va'da ber. Agar shunday qilsang, Zaara baxtli bo'ladi. Aks holda uning hayotini do'zaxga almashtiraman.
Men rozi bo'ldim. Aksiga olib men o'tirgan avtobus yo'da portlatildi. Portlatilgan avtobus yo'lovchisi sifatida mening nomim ham bor edi. Hindiston uchun endi men yo'q edim, meni o'lgan hisoblashardi. Pokiston uchun esa - men hamon yetti yuz sakson oltinchiman.  Shu paytgacha hali hech kimga bu haqda og'iz ochmagandim.

Samia: Nega bo'lmasa menga gapirdingiz?
Vir: Siz meni inson sifatida o'z nomim bilan chaqirdingiz. Shu paytgacha meni bir mahbus sifatida qarashardi. Siz esa menga mehribonlik ko'rsatdingiz.

Sud kuni belgilandi. Qoralovchi tayinlandi. U Lahorning eng katta qoralovchisi, hali sudlarda biron marta yengilmagan Zohir Ahmad edi. 3 kundan keyinga sud belgilandi. Advokat Virni sud zaliga havo kuchlari mayori Vir Pratap Singh sifatida chiqishga ko'ndirdi. Vir esa sudda biron marta ham Zaara va Hayotxon nomlarini ta'kidlamaslikni advokatdan iltimos qildi.

Sud boshlandi. Avvaliga qoralovchi Zohir Ahmad o'z mulohazalarini bildirdi va guvohlarini keltirdi. Guvohlar esa Zohir Ahmad foydasiga gapirishar edi. Bundan Samia rosa cho'chidi. So'z Samiaga berildi:
— Avvalo Zoyirxonga bergan mulohazalari uchun tashakkur! Zohir Ahmad:
— Mening ismimni to'g'ri atalishini talab qilaman!
— 22 yil o'z ismidan mosuvo bo'lgan bir hindistonlik mahbusni yana shuncha azob-uqubatga duchor qilishni uyat deb bilmaysiz-da, o'z ismingizning noto'g'ri aytilishini uyat bilasiz...
Samia o'z mulohazalarini bildira boshladi, lekin soxta guvohlarning ko'rsatmalari advokat gaplariga to'g'ri kelmasdi.
Sud 1 haftaga qoldrildi.

Samia: Vir Pratapsingh! Keling bir marta Zaara xonadonidan biron guvoh keltiraylik, sud bizning foydamizga hal bo'ladi. Tushuning axir, bu mening birinchi ishim, bunda albatta g'alaba qozonish kerak. Nega tushunmaysiz? Odam ham shunaqa qaysar bo'ladimi? Yoki shu qorong'i xonalarda chirib ketishni hohlaysizmi?
Vir: Meni kechirasiz, singlim Samia! Bu bilan men nimaga erishaman. Agar meni ular bilib qolishsa nima bo'ladi? Zaaraning hayoti yana zulmatga aylanadi, tushunyapsizmi? Agar men Zaaraning baxtli bo'lishini hohlamaganimda 22 yil avval ham shunga rozi bo'lardim. Lekin bir mahbusni deb oilaning parokanda bo'lishi shartmi?
— Uzr, gaplarimdan hafa bo'lmang, ozgina mening insonligim advokatligimdan oshib ketdi. Agar sudda yutqazsak, mendan hafa bo'lmang.
— Yo'q aslo, lekin bir narsani sizdan so'rayman, bajara olasizmi?
— Nima ekan?
— Menga har kuni pishiriq olib kelasiz.
— Va'da beraman. Vir, men endi Hindistonga borib biror guvoh topib kelmasam bo'lmaydi.
— Mayli boring, mana bu tumor meni shuncha vaqt asradi. Endi sizni asrasin...

Samia Hindistonga Virning xonadoniga boradi. Uyoqda kop narsa o'zgarib ketgan edi. Virning bobosi va momosi allaqachon dunyodan o'tib ketgan edilar. Qo'shnilar hamma voqeani aytib berishdi. Devorda Virning xotira surati iliniq turar, tashqarida kimdir, nimadir tikish bilan band edi. Qo'shni ayol: "Zaara to'yi o'tgandan keyin Virning fojeasini eshitdi. Oilasidan kechib, bobo va mom huzuriga ko'chib keldi. Otasi esa siyosatdan yuz o'girdi va u ham vafot etdi. Onasi ham Pokistonda vafot topdi. Razo esa horijga chiqib ketdi. Uning oilasidan hech kim qolmadi. U momo va boboning ishlarini davom etiiryapti.
Samia tashqariga chiqadi va Vir bergan tumorni Zaaraga ko'rsatib haqiqatni bayon qiladi...

Sud majlisi kechikmoqda edi. Advokat hali kelmagan, katta sudya ham uni kutardi. Birdan Virning ko'ngli allaqanday hayajon bilan sud darvozasi tomon intildi. Darvoza ochildi: advokat Samia va Zaara! PS. Filmning kulminatsion joyi shu yer bo'lsa kerak. Shu yerda filmning asosiga aylangan soudtrack yayraydi: Tere Liye (http://66.45.233.12/Tere_Liye_Veer-Zaara.mp3)

...Sud Virning foydasiga hal qilinadi va u ozodlikka chiqariladi. (PS. Kinoteatrga kirgan hamma birdaniga qarsak chalib yuborishdi. Ba'zilar ko'zlariga yosh ham olishdi) Oxirgi so'z Virga beriladi. U esa cho'ntagidan bir qog'oz chiqarib quyidagilarni o'qiydi:

Men mahbus yetti yuz sakson oltinchi
Qamoq darchasidan ma'yus boqaman,
U yoqda bobom va ham momom
Vatanim tuprog'in sog'indim
.......................................
Satrlar qalbimdan quyilar,
Balki menga shunday tuyular...

...Men mahbus yetti yuz sakson oltinchi
Qamoq darchasidan ma'yus boqaman...
[/b]

Advokat Samia ikki sevgili yorni chegara tomon kuzatib qo'yadi.

Virning birinchi qilgan ishi Vatani tuprogini o'pish va unga sajda qilish bo'ldi...

FILM TUGADI

Neki ko'rgan, eshitgan bo'lsa, ushbularni qog'ozga tushiruvchi
Davronbek Tojialiyev, 7.07.2005.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:03:30
Margilanets:

Yana hindlarni kinosi haqida.
"O'tkinch dunyo" filmi chikkaniga ancha boldi. Lekin juda zor kino ekan. manga yoqti.
Shohruhhon va Saif alihonlar oynagan ekan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:03:41
Noza:

Assalomu alaykum barchaga!
Bu mavzuga anchadan beri kirmi qo'ygan edim.
Kecha o'zbekfilmda olingan "Fotima va Zuxra" filmini ko'rdim. Umuman olganda kinoga GAP yoq. Juda yahshi olingan. Aktyorlar ham o'zlarini rollarini yahshi ijro etishgan. Kinoga etilgan soundtrack larham juda yahshi etilgan. Kinoni ko'rishni maslahat beraman.

Lekin bitta narsa juda achinarli. Man kinoteatrga borib afsus qildim. Alisher Navoiy nomidagi bu kinoteatrda kinoga tushganlarni 90% kino ko'rish uchun emas, balki "sotkasini" maqtanisga, o'zini "reklama" qilishga kelgan. Kimdur huddi kinoteatrni sotib olgande osmonda..............................
Yigitlar kotta bor kichik bor dimi og'zilariga keldan gaplar bilan bir birlarini so'kmoqdalar.
Qizlar ham qolishmidi.
Umuman olganda Ollohim insof bersin ularga!!!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:03:55
Maknuna:

Va alaykum assalom!
Man bu kinoni hali ko'rmadim.. Lekin O'lmas Umarbekovning shu nomli romanini o'qigan edim.
Film shgu roman asosida ishlanganmi yoki o'zgartirioshlari ham bor ekanmi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:04:10
Muxbir:

Shu yilning sentyabr` oyida Rossiyaning Anapa shahrida o`tgan "Kinoshok-2005" xalqaro kinoanjumanida o`zbek ijodkorlari yaratgan "Erkak" badiiy fil`mi "Eng yaxshi stsenariy uchun" nominatsiyasi bo`yicha g`olib deb topildi. 16-25 sentyabr` kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida o`tgan Osiyo mamlakatlarining xalqaro festivalida esa "Dilxiroj" badiiy fil`mi tomoshabinlar va kinoshunoslar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Jahon kino muxlislari va mutaxassislar e`tiborini jalb etayotgan jihatlari xususida zikr etilgan fil`mlarning stsenariy mualliflaridan biri, taniqli yozuvchi Erkin A`ZAM zA muxbiriga quyidagilarni so`zlab berdi:

- "Dilxiroj" va "Erkak" fil`mlari mohir rejissyor Yusuf Roziqov bilan hamkorlikda yaratildi. Meni kino olamiga qiziqtirgan ham aynan shu talabchan, mehnatkash inson bo`ldi.

Bevosita fil`mlar xususida to`xtalsak, "Dilxiroj" ham, "Erkak" ham Surxondaryoning Boysun tumanida suratga olingan. Sababi, u joyning tabiati, odamlari, urf-odatlarini boshqa erda kam uchratasiz.

"Dilxiroj" - g`olib muhabbat haqida. Agar sevgi chinakam, astoydil bo`lsa, barcha qiyinchiliklarni engadi, degan g`oya fil`mda ustuvor. Kartina o`zimizda ham namoyish etildi, turlicha fikrlar bildirildi. Xorijda esa juda yaxshi kutib olindi. Buni Germaniya va Frantsiya televidenielari uni sotib olganidan ham bilsa bo`ladi.

16-25 sentyabr` kunlari Kunchiqar yurtning Fukuoka shahrida o`tgan Osiyo fil`mlari xalqaro festivaliga aynan "Dilxiroj"ning taklif etilgani ham bu fikrning isbotidir.
Kinofestivalda yigirma besh mamlakat fil`mlari qatnashdi. Eng ahamiyatlisi, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligidan birgina O`zbekiston ushbu kinoanjuman ishtirokchisi bo`ldi. Fil`m festival` qatnashchilari, kinoshunoslar, ijodkorlar tomonidan juda iliq kutib olindi.

Quvonchimizning yana bir boisi - festival` hay`ati tavsiyasi bilan "Dilxiroj"ni Yaponiyaning turli davlatlarda ishlangan eng sara fil`mlarni to`plovchi kino muzeyi sotib olgan ekan. Muzeyda bo`lganimizda, ekran asarlari maxsus texnologiya asosida to`rt yuz yil mobaynida sifati buzilmay, beshikast saqlanishini aytishdi.

Mezbonlarga hazillashdik: bu juda uzoq muddat-ku, biz yaqin ikki yuz yil ichida yana muzeyga kelib, "Dilxiroj"dan xabar olamiz. Topqir yaponlardan esa, ikki yuz yildan keyin fil`mlarni mangu saqlash texnologiyasini yaratamiz, degan javobni oldik.

Ikkinchi fil`mimiz "Erkak" deb atalsa-da, aslida u anchayin erkaklar haqida emas. Asar insonning o`z or-nomusi, sha`ni, qadr-qimmatini mardona himoya qilishiga bag`ishlangan. Kishi davr evrilishlariyu turfa hayotiy o`zgarishlarga qaramay, insoniy or-nomusi, sha`nini saqlab qolishi shart, degan g`oya kartina mazmuniga singdirilgan. Rossiyaning Anapa shahrida o`tkazilgan "Kinoshok-2005" festivalida "stsenariysi eng yaxshi fil`m" sifatida tan olingani ham balki shundandir.

"Erkak" shu yil iyul` oyida Moskva shahrida o`tgan 27-xalqaro kinofestivalda ham maxsus mukofot - Rossiya kinoklublar konfederatsiyasining "Milliy mavzuning poetik aks ettirilgani uchun" sovrini hamda maxsus diplom bilan taqdirlangan edi. Aslini olganda, biron bir fil`mning festival` tanlovi doirasida namoyish etilishining o`zi katta gap. Chunki hay`at a`zolari yuzdan ziyod kartinadan o`n ettitasinigina ushbu tanlov uchun saralab olgan edi. Ayni paytda unga Italiya va boshqa davlatlardagi xalqaro kinofestivallar tashkilotchilari ham qiziqish bildirmoqda.

UzA
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:04:35
Noza:

Salom Maknunahon.
Film shu roman asosida ishlangan lekin ko'pgina o'zgrtirishlar kiritilgan. Bu romanning spektakli ham bor edi. Lekin kinoda o'zgartirishlar juda ko'p.
Kimdur bu kinoni yahshi olingan didi. Kimdur bemani didi. lekin har bir filmni o'zini muhlisi bo'ladi.
Manga bu kino yoqdi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:05:23
AbdulAziz:

Tohir va Zuhra filmi Sharq-Sinema mahsuloti bo'lib, 2005-yilda prokatga chiqqan.

Rollarda:
Zuhra - Zilola Musayeva (Shahzoda)
Fotima - Gulchehra Eshonqulova
Shohruh - Ulug'bek Qodirov
Sanjar - Ulug'bek Yunusov
Abdulla aka - Ubaydulla Omon
Hamid aka - Lutfulla Sa'dullayev

Ssenariy mualliflari - Ulug'bek Zufarov, Bahrom Yoqubov

Syujet
Abdulla akaning o'gli Sanjar shaharning bezori bolalariga qo'shilib qoladi va har kuni kayfu-safo bilan kun o'tkazadi. Bundan Abdulla aka ranjisa-da, u o'z ishini davom ettiradi. Bir kuni kechasi u uyiga qaytmaydi. Uni qidirish uchun singlisi Fotima yo'lga tushadi. Ittifoqo ayni shu payt akasining bezori o'rtoqlari "ov"ga chiqishadi. Fotima esa o'ljaga aylanadi. Uni yuzini berkitib shahr chetidagi hovliga olib ketishadi. Shu payt Sanjar ham o'sha yerda bo'lib, ketishga chog'lanayotgandi. Fotimaning ovozi eshitilganday bo'ladi, lekin mast aka bunga e'tibor bermaydi.
Shu kuni kechasi Fotimani zo'rlab, Shar chetidagi dalaga tashlab ketishadi. Fotima o'ziga kelgach nima bo'lganligini anglaydi va uyiga borib, bo'lgan voqeani yozib, nomusdan o'z joniga qasd qiladi. Ertalab xatni o'qigan Zuhra o'zidan ketib qoladi. Abdulla aka ham bu holatdan karaxt bo'lib qoladi. Sanjar esa o'ch olish uchun yana o'sha bezori o'rtoqlarining oldiga ketadi. Abdulla aka, Sanjardan ularning kimligini bilgan Shohruhning otasinikiga boradi. Hamid aka xatni o'qib, Abdulla akaga dalda bermoqchi bo'ladi. Lekin maqsadi ushbu ishni tezroq yopish bo'ladi.
Sanjar Shohruhni yo'lda mashina minib ketayotganida pastga tushiradi va bo'g'a boshlaydi. Buni ko'rib turgan boshqa bir o'rtog' pichoqni oladi-da, Sanjarni narigi dunyoga ravona qiladi. Ishni yopti-yopti qilish uchun Abdulla akani ham gumdon qilishadi. Militsiyaga esa bedarak yo'qoldi degan xabar keladi.
Endi Zuhra oilada bir o'zi qoladi va opasining qotillarini qidirishga tushadi. Shunday kunlarning birida Shohruh o'zini Tohir deya tanishtirib, unga yordam bermoqchi ekanligini aytadi va go'yoki Shohruhni qidirishga tushadi. Aslida Fotimaning qotili ayni shu Shohruh edi. Keyinchalik bu haqiqatdan xabar topgan Zuhra, undan o'ch olish maqsadida uyiga yashirincha boradi va yoqib yubormoqchi bo'ladi. Ammo bu maqsadi amalga oshmaydi.
Zuhraning tushiga doimo opasi Fotima kirar va uni bu yo'ldan qaytarardi. Ularning jazosini Alloh berishini aytardi. Shunday ham bo'ladi. Fotimani zo'rlagan uchchovlon avtomobil halokatidan vafot etadi...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:05:59
AbdulAziz:

O'lmas Umarbekov romani bilan mutanosibligi
Film ijodkorlari yozishicha bu filmda O'lmas Umarbekovning ayni shu nomli romani motivlaridan foydalanilgan. Bu degani film aynan shu roman asosida yaratilgan degani emas. Ba'zi bir motivlar romandan olingan. Film hozirgi zamon muhiti bilan ishlangan va shu davrga moslangan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:06:21
AbdulAziz:

G'oyasi va tarbiyaviy jihati
Filmni ko'rish jarayonida uning yaxsgi g'oya asosida suratga olinganini his qilasiz. Film avvalida faxsh ko'chasiga kirib qolgan yoshlarning ayanchli holatlari ochib tashlanadi. Qizlarni xo'rlagan Sanjarning ha, Shohruhning ham singillari bor edi. Bir kun taqdir aylanib, gunohlari o'zlariga hanjar bo'lib suqilishi ayon edi. Shunday ham bo'ladi. Fotimani aynan akasining bezori o'rtoqlari badnom qilishadi. Ichkilik, faxsh, giyohvandlik, qimorbozlik illatlarining oxir-oqibati zimiston bilan tugashi filmda ham o'z tasdig'ini topgan.
Ikkinchi jihat qasos va kechirimlilik haqida. Zuhra tushida Fotimani ko'radi va opasi Zuhradan qasos olmaslikni, o'zi, akasi va otasi bu ko'rguliklarni unutishganini aytadi. Fotima o'zining qilmishidan noliydi va taqdiri azalga qarshi borganinning xunuk oqibati haqida singlisiga uqtiradi. Hamma narsani Alloh ko'rib-bilib turguvchidir. Ularning ham jazolarini albatta beradi, deb singlisiga tushuntiradi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:07:18
Maknuna:

:Nahotki sen.. degan filmni ko'rdinglami?
Qandoq fikrdasizlar?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:07:31
Assalom:

Assalomu alaykum!
Bu film mangayam yoqmadi. Film ijodkorlari tomoshabinga nimani tushuntirmoqchi bo'lgan, bilmadim.
Syujetlari ham juda ishonchsiz. umuman, san'atkorlar olamining sirlarini ochmoqchi bo'lishgan-ku, eplasholmagan.
Manimcha bu kino bosh qahramonlarni mashhur qilish uchun ataylab ishlanganga o'xshaydi.
Film g'oyasi juda bo'sh va tomoshabin uni ko'rsa zavq olishi qiyin.
Filmni bir marta ko'rgan odam qaytib ko'rmaydi va boshqalarga ham tavsiya etishi mushkul.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:07:48
farzonochka:

Assalomu alaykum !
Mani Fotima va Zuxra haqida fikrlarim bor edi
Bu film senariysi yaxshikuya lekin, rollarda yosh san`atkorla maromiga yetkazib oynasholmagan, agar haqiqiy aktoyrla oynaganda yana ham yaxshi bolardi!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:08:35
AbdulAziz:

"Nahotki sen..." filmi haqida garchi o'zbek sariq matbuoti ko'klarga ko'tarib maqola yozishsa-da, bu kinoasar menga umuman yoqmadi. Ko'pchilik tomoshabinlarga ham yoqmaganligi haqida eshityapman.
Birinchidan, film ijodkorlari ushbu kinoasar orqali nima deyishmoqchi? Kechalari kafema-kafe pul topish ilinjida ashula aytib yurgan san'atkor-qizlarning hayotini ibrat qilib ko'rsatishmoqchimi? Yoki ularning bu betayin hayotini ko'rsatib, ayblarini yashirishmoqchimi?
Film yujeti juda ishonarsiz. Ayniqsa film boshida bosh qahramon qiz ko'chada nay chalib o'tirgan bir gadoni ko'rib qoladi-da, borib, unga suyanib ancha kuy tinglaydi, ketish oldidan esa qimmatbaho marjonini unga tashlab ketmoqchi bo'ladi. Oddiy tomoshabin ham bu holatga ishonmasligi aniq. Oxir oqibat esa shu gadoy estrada yulduzining otasi bo'lib chiqadi.
"Nahotki sen..."ning bosh qagramonlaridan biri Muhammadali Abduqunduzovdir. Xizmat ko'rsatgan artist, bir paytlar Mizro Bobur rolini qoyilmaqom qilib o'ynagan artistning bundayin saviyasiz filmda rol ijro etishi mantiqqa sig'maydi. Biz Muhammadali akani jiddiy filmlardagi ijrosini ko'rib o'rganganmiz. Ularga mafioz-"tadbirkor" roli umuman yarashmas ekan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:10:07
AbdulAziz:

"Alisher Navoiy"da qo'yilgan "VirZaara" tarjimasi "Cinema Market"da amalga oshirilgan edi. She'rning tarjimasi ham go'zalroq edi. Prokatga esa boshqa bir firma tomonidan tarjima qilinib chiqarilgan diskda tarjima ozgina farq qiladi. Menda ham shu varianti bor ekan:

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'chaga boqgum.

Kunlar, oylar, yillar o'tgani sari
Ko'z oldimga kelar otam bog'lari.

Bu oftob onamning yoshlik ko'zidir,
Yomg'irlar u ko'zning sog'inch so'zidir.

Jondan o'tar ekan bu sovuq kunlar
Lori gulxanini qo'msayman tunlar.

Tushimga har kecha kirar bir dilbar,
O'zin shamsiya der, meni Vir atar.

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening yurtimga qiladi xavas.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Panjara ortidan yorimga boqgum.

Uning nazarida bizlar bir juft gul,
Va bir-birimizga o'xshaymiz butkul.

Umid uyg'otadi duo singari
Uning kulib aytgan sirli so'zlari.

Agar shodmon bo'lsam u ham suyunar,
Men uchun hammadan ko'proq kuyinar.

Uning va'dalari, ahdu paymoni,
Go'zal ko'rsatadi menga dunyoni.

G'ayrat jo'sh uradi bilaklarimda,
Himmat paydo bo'lar yuraklarimda.

O'zga yurtdagi bir begona g'uncha,
Nimaga men uchun qayg'urar buncha.

Uning nazdida biz bir juft guldaymiz,
Birga quvnagaymiz, birga kulgaymiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahbus
Panjaradan ko'kka boqarman tuyqus.

Osmon orzularim uning orzusi,
U mening dilimning shimol yog'dusi.

Qalbi ezgulikka to'la bu dildor,
Men uchun hattoki o'limga tayyor.

Mening heshlarimga qilay deb xizmat
O'z azizlaridan kechgan u, rahmat!

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening elimga qo'ygandir xavas.

Uning nazdida biz bir juft lolamiz,
Faryodimiz birdir, birdir nolamiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'klarga boqgum...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:11:20
AbdulAziz:

Yangi film: KELGINDI KUYOV
"O'zbekkino" milliy agentligi va "Davr Premyer" kinokompaniyasi mahsuloti.

Bosh rollarda: Lola Yo'ldosheva, Farrux Soipov, Zikir Muhammadjonov, Murod Rajabov, Lola Eltoyeva, Yayra Abdullayeva.

Ssenariy mualliflari: Shoira G'iyosova, Rustam Sa'diyev.
Postanovkachi rejissor: Rustam Sa'diyev.
Film direktori: Alisher Ahmadjonov.

Syujet
Amerikalik o'zbek yigiti (Suhrob) bobosining taklifiga ko'ra, uning qishlog'i - Jizzaxga keladi. U yerda bir qizni uchratib qolib sevib qoladi. Qizni Amerikaga olib ketmoqchi bo'lganida Zaynab (bosh qahramon) bunga rozi bo'lmaydi. 
Mana syujet chizig'ida bir-biridan qiziqarli voqealar bo'lib o'tadi. "Kelgindi kuyov" boshqa yengil-yelpi filmlardan ko'ra anchayin mazmunli va qiziqarliligi bilan ajrab turadi.
 
Kamchiliklar:
- Film voqealari Jizzaxning Baxmal tumanida bo'lib o'tadi, lekin dialoglar Toshkent shevasida.
- Filmning ba'zi voqealari Amerikada bo'lib o'tadi. Lekin bu lavhalar AQShda olinmagan. Bu tomoshabinning ishonchini so'ndirishi mumkin.
- Bosh qahramonning ayol libosini kiyib, sovchilar oldiga chiqishi ham aqlga sig'maydi.
- Filmning yakuni juda sayoz. Ayniqsa, bolalarning qayoqdandir paydo bo'lib qolishlari-yu, faylasufona gaplariga ishonish juda qiyin.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:12:36
Maknuna:

Hind kinoijodkorlari filmi - "Zulmat"ni ko'rdinglarmi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:12:56
Nozi:

Juda zo'r film ekan.
manga yoqdi.
Ayniqsa, rani Mukerji va A.Bachchanlarning ijrosi haqiqiy chiqqan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:13:23
Assalom:

ha, manam bu kinoga tushdim. Juda zo'r ishlashibdi.

Hind filmlari haqidegi fikrim shuni ko'rib o'zgardi.

Bironta ham shulasi yo'q kino bo'lsa ham bo'larkan-ku, mana.

lekin insonning taqdiri, intilishlari haqidagi g'oyani ajoyib tarzda ochib berishibdi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:13:41
Mohinur:

"Zulmat" filmi ikki inson taqdiri haqidagi juda zo'r fil ekan.

Ayniqsa Sahai sohibning matonatiga tan bermasdan ilojimiz yo'q.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:14:09
AbdulAziz:

Bu men Mishel Maknelli. Shimali hind-ingliz oilasining to'ng'ich qiziman.
Bu hikoya men va mening ustozim haqida. Bu hikoya nogiron tug'ilgan, ammo baxti uchun kurashgan, iloji yo'qdek ko'ringan ishni uddalay olgan ikki inson qismati haqida. Bu hikoya butunlay o'zga bir dunyo haqida. Bu dunyoda tovushlar sukunatga aylanadi. Nur esa zulmat qa'riga g'arq bo'ladi. Mening olamim ana shu. Mening olamim abadiy zulmat va sukunatga cho'mgan. Mening olamimda faqatgina bir so'z bor xolos. Bu so'z -


ZULMAT

Bunday zulmat aro qancha yashash mumkin? Necha lahza, necha soat, necha kun? Qirq yildirki men ana shu qorong'u zulmat ichra yashayman.

(http://www1.yashrajfilms.com/images/black/top1.jpg)(http://www1.yashrajfilms.com/images/black/top2.jpg)(http://www1.yashrajfilms.com/images/black/top3.jpg)

Rejissor Sanjay Lila Bhansalining "Zulmat" filmi boshqa hind filmlariga o'xshamaydi.  Unda umuminsoniy qadriyatlar, bir insooning ayanchli taqdiri hikoya qilinadi. Filmda hind milliy an'analari, urf-odatlari ko'rsatilmagan. Hatto qo'shiqsiz hind filmi borligiga shubha qilib yurardim, bu filmda boshqa hind kinolaridan tubdan farq qilib bironta ham ashula berilmagan. Shuning uchun bo'lsa kerak, "Zulmat" hind tomoshabinlari orasida yaxshi kutib olinmadi. Shunday bo'lishiga qaramay film boshqa davlatlarda mashhur bo'lib ketdi hamda 2005-yil hind filmlari orasida eng daromadli kinoasarga aylandi.

"Black" filmi abadiy zulmat va sukunat bag'riga cho'mgan qizchaning qora taqdiriga bag'ishlanadi. Mishel ko'rmaydi, eshitmaydi, gapirishni ham bilmaydi. Ota-onasi uni qanday tarbiya qilishni bilishmaydi. Yosh qizchadagi hayotga bo'lgan intilish, tushuncha, o'ta asabiylik uni keraksiz buyumga aylantirib qo'ygandi: 
"Men go'yo inson qiyofasidagi bir hayvon edim. Bolalar meni kalaka qilib huzur qilishardi. Peshonam sho'r ekan."

Uning turfa injiqliklariga chidash, matonat bilan qizni haqiqiy hayotga qaytarish juda mushkul vazifa edi. Buning uchun o'qituvchi emas, otasi ta'rifi bilan sehrgar kerak edi. Mr. Maknelli faqat sehrgargina qizini qutqara olishiga ishonardi. Lekin oddiy muallim Debraj Sahai (Amitabh Bachchan) Mishelni hayotga qaytaradi. Unga ta'lim beradi. Narsalar haqida qo'l ishoralari bilan tushunchalar beradi. 

Mishel (Rani Mukerji) voyaga yetadi. Endi uning hayot haqida tushunchalari o'zgargandi. Ustozi yordamida kollejda ta'lim oladi. Necha yillik yiqilishlardan keyin Mishel bakalavr darajasiga erishadi.

"Bolaligimda doim qo'llarimni cho'zib nimalarnidir qidirardim. Barmoqchalarim bilan paypaslardim. Biroq, atrofim qorong'uligicha qolaverardi. Bir kuni onam meni bir begona kishiga topshirdilar. U boshqalarga o'xshamasdi. Go'yo afsunfar edi. Ular meni qo'llarimdan tutib, zulmatdan nur tomon yetakladilar. Avvalo tangrini tanitdilar. Biror kishi uni ko'rganmi yo eshitganmi? Yo'q, Tangrini ko'rish yoki eshitish uchun ko'z, quloq emas, balki qalb ochiq bo'lishi kera ekan. Buni menga ustozim o'rgatdilar. Ustozim. Men uchun hamma narsa qop-qora edi. Ammo ustozim menga zulmatning yangi ma'nosini ochib berdilar. Qora rang faqat zim-ziyo zulmatdan iborat emas ekan. Axir bu g'alaba rangi emasmi? Bilimlar rangi, kiyib o'tirgan mantiyalaringiz rangi ham qora rangda. Mana bugun hammangiz bakalavrlik mantiyasini kiydingiz. Muborak bo'lsin! Lekin men kiymadim. Chunki bu libosni kiyishimni birinchi bo'lib ustozim ko'rishlarini istayman."

Ko'p yillik og'ir mehnat asoratidan xotirasini yo'qotgan ustoz Debrajning huzuriga Mishel qora mantiyasi bilan keladi. Afsuski, ustoz aqlini yo'qotgan, hech narsalni anglamasdi. Mishel harchand unga bir nimalarni tushuntirishga harakat qilsa-da, Debraj sohib hech nimani anglamasdi.  Yoshligida Mishelni ustoz qanday so'zga, tushunchalarga o'rgatgan bo'lsa u ham ustoziga shu usulni qo'llaydi.

"Bugun ustozim menga o'rgatgan birinchi so'zlarini esladilar. "Suv" dedilar. Debraj Sahay dunyodagi eng buyuk ustoz.U kishi dunyoda inson qo'lidan kelmaydigan ish yo'qligini isbotladilar. Ustozim bugun birinchi darsga keladilar. Biz o'rganadigan alifbo ham A B C emas, balki men o'qigan B, L, A, C, K harflaridan boshlanadi. BLACK (ZULMAT)!"

(http://www1.yashrajfilms.com/images/black/bottom1.jpg)(http://www1.yashrajfilms.com/images/black/bottom2.jpg)(http://www1.yashrajfilms.com/images/black/bottom3.jpg)(http://www1.yashrajfilms.com/images/black/bottom4.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:14:22
Nigora:

salom menga xam bu film juda yoqdi. bu kino juda yaxshi ishlangan ekan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:14:33
Shoir:

Men ham bu kinoni ko'rishga muvaffaq bo'dim.

Juda yaxshi ishlanibdi. Ko'rgan hind filmlari ichida eng yaxshisi desam mubolag'a bo'lmaydi.

Yosh bolaning, nogiron qizning qalbidagi tug'yonlar, yashashga bo'lgan intilish juda ajoyib tarzda ochib berilibdi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:14:49
farzonochka:

Man eng oxirgi korgan filmim "Begona baxor" boldi. Ozi unchali yomonmas, har qalay kamchilisiz emsu, ammo korsa boladigan kino
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:15:03
Noza:

"ZULMAT" filmi manimcha OSKAR ga qo'yilsa arzigulik kinofilm. Umuman jahon kinostandartiga 100% mos keladi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:15:21
Feruza:

Assalomu alaykum.
Forumda ishtirok etib, hech shu bo'limni o'qimagandim. Bugun ko'rib chiqdim. Kino olamida juda ko'p o'zgarishlar bo'libdi. Lekin afsus birortasini ham ko'rganim yo'q. "Fotima va Zuhra" haqida eshitgandim, bilmadim qanaqa chiqqan. Bu yerda bir ikkita fikrlarni o'qib, sal tasavvurga ega bo'ldim. Shu nomli kitobni ikki yoki uch marta o'qiganman. Kinosini ko'rsam yoqadi degan umiddaman.
AbdulAziz, shu birorta kinoni forumga joylashning iloji yo'qmi? hech bo'lmasa bittagina? Agar shuni qilsangiz. judayam zo'r bo'lardi, menga o'xshaganlar ko'rishi mumkin edi.
Katta rahmat
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:15:42
AbdulAziz:

Assalomu alaykum!

Kecha ISLAM: Empire of Faith degan documental filmni ko'rdim. G'arbliklar tomonidan ishlangan bu filmda Islomning qonuniyatlari, tarixi haqiqiy ochib berilgan ekan. G'arbliklarning o'zlari Buyuk Iymon saltanatining qudratiga tan bermoqdalar.

Ilmni Yevropa qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Madaniyatni qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Davlatchilikni qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Bag'rikenglik, demokratiyani qayerdan oldi? Islomdan!

Ushbu filmni sizlarga ham tavsiya etaman. Islom tarixi haqida juda haqqoniy ishlangan g'arb filmi ekan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:16:20
Dilshod:

Mashhur "Romeo va Juletta" asari o'zbekona, zamonaviy talqinda!!! 14 fevral kuni katta primyerasi bo'lib o'tgan mazkur film shu kungacha "Alisher Navoiy" nomli sa'nat saroyida namoyish etilib kelinmoqda. Film rejissiyori - "Sarvinoz", "Baht uchun million", "Fotima va Zuhra" va shu kabi eng kassabop kartinalarni tasvirga tushirgan Bahrom Yoqubov. Bundan oldin "œRomeo va Juletta" asari asosida dunyoning eng ko’zga ko’ringan rejissorlarigina film ishlashga jazm etgan. Mana guvohi bo'lib turibmizki, bizda ham endi bu asarning o'zbekcha, zamonaviy talqini mavjud. Film scenariysi yozib bitirilgach, katta ekranga "Romeo va Juletta yohud la'natlangan sevgi" nomi bilan chiqdi. Film o'zbekona bo'lganligi bois, qahramonlar ham o'zbekcha ismlar atalgan. Romeo-Ravshan, Juletta-Jamila. Film obrazlarini talqin etuvchi o'zbek aktyor va aktrisalari judayam qattiq sinovlardan o'tishgandan so'ng, Romeo roliga estrada honandasi Shohruxhon, Juletta roliga esa Zarina Nizomiddinova tanlab olindi. Shohruxhonning katta sahnani ko'rib ulgurgani va shu sohada ta'lim olishini inobatga olsak, balki qaysidir manoda unga ishonish mumkindir. Ammo rejissyorning aytishiga qaraganda Juletta obraziga mos aktrisa topish biroz mushkul bo'lgan. Juletta roliga mos aktrisaga bo'ladigan talab- qiz juda yosh va go’zal, shu bilan birga aktrisalik mahorati yetarli darajada bo’lishi shart edi. Nihoyat bunday aktrisa ham topildi. Yuqorida aytilganidek O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovning kenja qizi — 16 yoshli Zarina Nizomiddinova bu rolga mos deb topildi. Zarinani ko'pgina forum ishtirokchilarimiz tanisa kerak. Kichkina qizaloqligida adasi bilan "Adajon uni olib bering, buni olib bering" degan manodagi qo'shig'iga klip chiqarishgandi. Hullas kinoning mazmun-mohiyati haqida, albatta uni o'zingiz tomosha qilganingizda hulosa chiqarib olasiz.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:16:39
Assalom:

ilshodbek!
Shu filmni rosa reklama qilishvotti.
Lekin manga yoqmadi.

Birinchidan, hali dunyoviy kotta bir shedevrni buzish va qaydaydir o'zligicha talqin etish aqlga sig'miydigan holat.
Ikkinchidan, hali professional sahnada biron marta rol ijro etmagan yosh "aktor" va "aktrissa"larning ijrolari juda sun'iy.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:16:56
Assalom:

Assalomu alaykum!

Bir so'rovnoma o'tkazmoqchiydim.

"O'zbekfilm"da oxirgi yaratilgan qaysi 3 ta filmni haqqoniy ishlangan (sizga eng yoqqan) deb e'tirof eta olasiz?

Javoblar uchun oldindan tashakkur
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:17:11
dilshod:

Har asarning o'z muhlisi va tanqidchisi bo'lganidek siz ham o'z fikrlaringizni bemalol ayta oldingiz. Bu uchun rahmat sizga. Lekin nima ham qila olardik. Asarga holis baho berish bu bizning vazifamiz. Fikringizga tasdiq qilib ayta olamanki, man ham bu kinoga tushgan ayrim tomoshabinlarning afsuslanishganini eshitdim, lekin shunga qaramay, kinoteatr eshiklari oldida bu filmni tomosha qilish uchun kelgan muhlislarning keti uzilmayapti.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:17:22
Dilshod:

Fikringizga biroz aniqlik kiritib bering iltimos. "O'zbekfilm" deganda aynan huddi shu studiyada suratga olingan filmlarni nazarda tutyapsizmi? So'ngi 5-6 yil ichida O'zbekistonda ko'plab hususiy va davlat kino-studiyalari ochilgan. So'ngi yillarda olinayotgan filmlarning hammasi deyarli turli studiyalar tomonidan suratga tushiriladi. Agar siz faqat aynan "O'zbekfilm" kino-studiyasi haqida gapirayotgan bo'lsangiz, forumchilarimiz ham shunga yarasha javob qidirishardi...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:17:52
Assalom:

Man umuman O'zbekistonda yaratilgan, qaysi studiya bo'lishidan qat'iy nazar. Shuni so'ravotuvdim. Lekin barchasi "O'zbekkino"dan ruxsat oladi-yu, shuninchun shundoq yozuvdim.

Dilshodbek. Siz qaysi filmlarni bu ro'yxatga kirita olasiz?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:21:30
Dilshod:

Rossiya kinomatograflari tomonidan ishlanayotgan yangi kartinalarga munasabatlaring qanday? "Dnevnoy dozor", "Drugoy Mir: Evolyutsiya", "Svolichi" va "Bumer: vtroy film" kabi yangi "hitlar"larni kim ko'rib ulgurdi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:21:45
maknuna:

Yangi chiqqan o'zbek filmlari haqida ma'lumot bormi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:21:56
Assalom:

"Romeo va Juliyetta"
"Begona bahor"
"Uchinchi tilak"
"Sadoqat" degan filmlar chiqibdi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:22:10
Uztermbek:

Hozir Rossiyaning 1-kanalidan yaxshi film, to'g'rirog'i, serial ketyapti, kecha 1-qismini tomosha qildim. Buyuk Britaniya (BBC), Rossiyaning 1-kanali va AQSh dagi National Geografic ning hamkorlikdagi mahsuloti. Adashmasam, 4 qismdan iborat, payshanbagacha davom etadi. 2005 yilda suratga olingan. 1-qismda asosan nemislarning o'sha paytdagi juda ilg'or hisoblangan, AQShda ham, ruslarda ham bo'lmagan FAU-2 quroli haqida gap ketdi. Mana film haqida qisqacha ma'lumot:

Фильм, рассказывающий о сражении лучших научных умов в космической гонке двух супердержав — СССР и США. В центре противостояния двух систем, поглощавшего огромные ресурсы, и уносившего немало жизней, двое учёных: работающий на американцев бывший нацист Вернер фон Браун, и Сергей Королёв — Главный конструктор, руководитель советской группы разработчиков космической программы.

В основу сценария легли воспоминания очевидцев и дневниковые записи участников событий, а также архивные документы и видеоматериалы.

www.kinopoisk.ru dan olindi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:22:24
Farzonochka:

Man eng oxirgi korgan filmim "Romeo & Juletta" boldi, bilaslami, bu film juda sayoz ishlangan. Buni korgan odam, hecham ta`sirlanmaydi, axir bu "tragediya" ya`ni yuraylani larzaga solish keragu,,, yana bilmadim kimga qanday, shunchaki mani fikrimde bu...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:22:53
AbdulAziz:

Dnevnoy dozor manga unchalik yoqmadi. O'ta fantastiklashtirib yuborilgan.
Svolochini yaxshi ishlashibdi.
Bumerning ikkinchi qismi birinchischalik muvaffaqiyatli chiqmagan. Oxiri nima bo'lib tugagani noma'lumligicha qolgan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: _Otabek_ 11 Avgust 2006, 10:49:11
Kecha kuchli bir film ko'rdim. Yoshlar TV dan qo'yishdi. Film nomi - "Terminal". Bosh rolda Gollivudning iqtidorli aktyori Tom Xenks o'ynagan. Juda qiziqarli, ta'sirchan, insonlar taqdiri, ularning o'zaro munosabati, odamgarchilik haqida o'ylashga majbur qiluvchi, ma'lum qudratli davlatlarning beshafqat qonun-qoidalariyu ularga tish-tirnog'i bilan yopishib olgan va kuchsiz davlatlar va oddiy odamlar taqdiri bilan zarracha qiziqmaydigan rasmiyatchi rahbarlarm shu bilan birga, yaxshi insonlar haqida hikoya qiluvchi film. Filmning o'ziga xos tarafi shundaki, voqealar boshidan oxirigacha faqat bitta joyda (filmning so'nngi epizodlaridan tashqari) - Nyu-York aeroporti ichida bo'lib o'tadi.

Bunday ajoyib kartinaning ijodkorlariga va uni tanlab, tarjima qilib, bizga havola etganlarga esa katta rahmat deymiz.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: _Otabek_ 11 Avgust 2006, 10:59:16
Россия киночилари ижодига мансуб "Папа" деган фильм хам жуда яхши экан. Бош ролларда "Турецкий гамбит" да уйнаган жуфтлик скрипкачи Давид Шварц ва Татьяна ролини ижро этишган. Вокеалар 30-40 йилларда булиб утади. Асосий мавзу эса ота ва бола муносабати ва каттол замон зайли билан икки авлод уртасида вужудга келган жарлик хакида. Охир-окибат, куп кийинчиликлар ва тушунмовчиликларга карамасдан, ота мехри хамма нарсадан устун келади.

Фильм куришга тавсия этилади
(афсуски мухр йук, шу ерга босиб куярдим - хазил).
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: maknuna 11 Avgust 2006, 14:09:29
Manga rossiyalik kinoijodkorlar ishlagan "piterFM" filmi yoqdi.
JUdayam zo'r ishlangan.
Tavsiya etaman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: _Otabek_ 18 Avgust 2006, 11:55:15
Mavzu kinofilmlar xususida ekan (dublyaj haqida mavzu bormidi yoki...), sizlarga, hammalaringizga bir savolim bor: nega hozir xorij filmlarini tarjima yoki dublyaj qilganda ularga qahramon yoshidagi bolalar taklif qilinmay, ayol kishilar ovoz berayapti? Bu g'irt ko'bo'yamachilik emasmi, axir ovozidan bilinib turibdi o'g'il bola gapirmayotganligi... Bunday bo'lganidan keyin, g'ashingiz kelib, shu kinoni ko'rgizngiz ham kelmaydi.
Yoki bo'lmasam, tajribali dublyajchilarimiz "o'z nonini yarim qilgisi" kelmayaptimikan (to'g'ri, yomon gumon qilish yaxshi emas...)? Unda yosh talantlarga qanday yordam beramiz?!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 12:09:42
Assalamu alaykum.
O'zi ko'p kinofil'mlar (hammasi emas) ko'zbo'yamachilikni o'zi-ku.
Ayniqsa o'zimizda ishlangan filmlar,yangilar.
Umuman ko'rib vaqtingizni ketkazishga arzimaydi.
Bu meni fikrim.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: zulayxo 18 Avgust 2006, 22:27:55

Ayniqsa o'zimizda ishlangan filmlar,yangilar.
Umuman ko'rib vaqtingizni ketkazishga arzimaydi.

Mo'minlarga Ollohning salomlari bo'lsin.
To'ppa to'g'ri o'zimizda ishlangan kinolar "bir tinga qimmat" kinolar. (Boshqasiyam shunaqa)
Dinimiz uchun foydasi tegadigan kinolar ishlashsa yaxshi bo'lardi.

 
 
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2006, 09:30:28
Assalamu alaykum,Zulayho.
To'g'ri aytasiz, bu filmlar bir pulga qimmat.
Afsus, dinimiz haqida, yoshlarga foydasi
tegadigan filmlar umuman yo'q.
Shunday filmlar ishlansa,
yoshlarga dinni tushuntirish uchun, juda soz ish bo'lardi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mohinur 29 Avgust 2006, 07:51:53
Mavzu kinofilmlar xususida ekan (dublyaj haqida mavzu bormidi yoki...), sizlarga, hammalaringizga bir savolim bor: nega hozir xorij filmlarini tarjima yoki dublyaj qilganda ularga qahramon yoshidagi bolalar taklif qilinmay, ayol kishilar ovoz berayapti? Bu g'irt ko'bo'yamachilik emasmi, axir ovozidan bilinib turibdi o'g'il bola gapirmayotganligi... Bunday bo'lganidan keyin, g'ashingiz kelib, shu kinoni ko'rgizngiz ham kelmaydi.
Yoki bo'lmasam, tajribali dublyajchilarimiz "o'z nonini yarim qilgisi" kelmayaptimikan (to'g'ri, yomon gumon qilish yaxshi emas...)? Unda yosh talantlarga qanday yordam beramiz?!

Ha, bir marta TVda ko'rsatishgandi. Shu yosh bolalarga ovoz beradigan opani.
Menimcha, erinishsa kerak. Ba'zi filmlarning barcha qahramonlarini 1 yoki ikki kishining o'zi dublyaj qilib tashlayapti.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Nodi 09 Oktyabr 2006, 07:34:16
So'nggi filmlardan manga "Begonalar" yoqdi.
Film mkotivi boshqalardan ajrab turadi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: _Otabek_ 09 Oktyabr 2006, 14:20:59
Iqtibos
Afsus, dinimiz haqida, yoshlarga foydasi
tegadigan filmlar umuman yo'q.

Bor shunday filmlar. Masalan, "Ziyo" studiyasining filmlari bo'lardi, YUNESKO shafeligida ham bir necha tarixiy-diniy videofilmlar va elektron dasturlar chiqarilgan. O'tgan yili Al-Hakim at-Termiziy haqida bir nencha qismli film ko'rsatildi (afsuski o'zim ko'ra olmadim, umid qilamanki, hali yana ko'rsatiladi). Bunday misollarni yana keltirsa bo'ladi. Ammo, bunday filmlar ko'p ko'rsatilayaptimi? Bu haqda o'ylab ko'rsa bo'ladi. Aytgancha, ramazon oyida, sahar chog'ida Saudiya Arabistoni kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan ko'p qismli videofilmlar ko'rsatib turilardi, keyingi yillarda takroran bo'lsa ham bermay qo'ydilar. 
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 11:01:37
Iqtibos
Afsus, dinimiz haqida, yoshlarga foydasi
tegadigan filmlar umuman yo'q.

Bor shunday filmlar. Masalan, "Ziyo" studiyasining filmlari bo'lardi, YUNESKO shafeligida ham bir necha tarixiy-diniy videofilmlar va elektron dasturlar chiqarilgan. O'tgan yili Al-Hakim at-Termiziy haqida bir nencha qismli film ko'rsatildi (afsuski o'zim ko'ra olmadim, umid qilamanki, hali yana ko'rsatiladi). Bunday misollarni yana keltirsa bo'ladi. Ammo, bunday filmlar ko'p ko'rsatilayaptimi? Bu haqda o'ylab ko'rsa bo'ladi. Aytgancha, ramazon oyida, sahar chog'ida Saudiya Arabistoni kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan ko'p qismli videofilmlar ko'rsatib turilardi, keyingi yillarda takroran bo'lsa ham bermay qo'ydilar. 

Assalamu alaykum.
Hamma muammo shunda-da.
Bor,lekin namoyish qilishmaydi....
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: shoir 12 Oktyabr 2006, 17:14:22
So'nggi ko'rgan filmlarimdan menga "Piter FM" yoqdi.
Rossiyalik kinoijodkorlarning bu kartinasi o'zbek tiliga ham tarjima qilinibdi.
Tavsiya qilaman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: _Otabek_ 31 Oktyabr 2006, 11:40:23
27 oktabr kuni NTV dan (http://promo.ntv.ru/movies/149489/) "Beyond Borders"/"За гранью"/"Jar yoqasida" nomli film namoyish qilingan edi. Unda bosh rolni, Londonga amerikadan kelin bo'lib tushgan Sara Jordanni taniqli Hollivud aktrisasi Anjelina Joli ijro etgan. Turmush o'rtog'i bilan bir xayriya kechasida doktor Nik Kallaxan tomonidan so'zlangan otashin nutq va doktorning kommunistik g'oyalar hukmron Efiopiyaga yordam berishdan bosh tortgan tashkilotga jonli misol tariqasida olib kelib ko'rsatgan qora tanli nochor bolaning o'limi Saraning hayotini tubdan o'zgartirib yuboradi. Shundan buyon avval u Efiopiyaga 2-3 kunlik o'ziq-ovqat va boshqa yuklar bilan yordamga boradi. Keyinchalik BMT tizimida faoliyat ko'rsatib, nochorlarga yordam ko'rsatish, shuningdek, o'zining doktor Nikka bo'lgan sevgisi vajidan Kambodja, Checheniston kabi "qaynoq nuqta"larda bo'ladi.

Filmdagi voqealar hech kimni befarq qoldirmaydi. Bil'aks, unutilmas bir taassurot qoldiradi.

Darvoqe, shu filmdagi ishtirokidan so'ng A. Joli real hayotda afrikalik nochor kishilarga o'zining g'amxo'rligini ko'rsatadi. BMT orqali o'zining hisobidan kattagina mablag'ni shu ezgu maqsad sari sarflaydi.   

Filmdan lavhalar (http://www.imdb.com/title/tt0294357/photogallery)



Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: watson 14 Noyabr 2006, 22:25:43
manga "parfyumer" kinosi juda yoqdi.an4adan beri bunaqa kino 4iqmagan edi...
yana "proklyati-2" ham yahshi kino ekan. juda qurqin4ili...
"horoshiy god" kinosi hozir kinoteatrlarda bulyapti, uham mazmunli kino ekan lekin bulardan bariribir "parfyumer" kinosi zur.
kurmaganlarga kurishni tavsiya etaman!!!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Farida 07 Yanvar 2007, 02:53:53
O'zbekcha filmlardan oxirgilaridan "kelgindi kelin" yoqdi.
Yaxshi ishlangan.

Sizlar ko'rdingizmi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2007, 12:48:31
ASSALOMU ALAYKUM.

"Kelgindi kelin" kinofilmi ham yaxshi chiqibdi. Har holda kassabop. Buni kinoteatrlardan ham bilsa bo'ladi.

Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda 2 ta xind kinosi "Alvido demang" va "Jonim fido" (hali ham davom etmoqda) kinofilmlari qo'yildi.

Menga ikkala film ham yoqdi.
"Alvido demang" filmining mavzusi yaxshi. Kino ham yomon emas, ayrim bachkana joylarini hisobga olmaganda.

Lekin "Jonim fido" filmi manga judayam yoqdi.
Mavzusi ham yaxshi, olinishi ham. Aktyorlar ham to'g'ri tanlangan menimcha.
Umuman olganda xindlar kinoda go'zal tabiat manzaralarida film olish bo'yisha 1 o'rinda tursa kerak. Umuman judayam yoqdi.
Sizlarga ham bu filmni ko'rishingizni tavsiya etaman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: watson 13 Yanvar 2007, 01:13:09
Faridahonimning gaplariga qushilaman!
manga ham "kelgindi kelin"
filmi juda yoqdi!
ayniqsa uyni eslatib yubordi!!! :))))
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Shahina 16 Yanvar 2007, 15:55:13
O'zbekcha filmlardan oxirgilaridan "kelgindi kelin" yoqdi.
Yaxshi ishlangan.

Sizlar ko'rdingizmi?

Ha, manam ko'rdim. Yaxshi ishlanibdi. 
Ba'zi muammolar ham ochilibdi.
Yumor bilan juda o'rinli foydalanishgan.
Lekin hayotda bunaqa voqea bo'lishiga ishonmayman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Shahina 16 Yanvar 2007, 16:00:55
Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda 2 ta xind kinosi "Alvido demang" va "Jonim fido" (hali ham davom etmoqda) kinofilmlari qo'yildi.

Menga ikkala film ham yoqdi.
"Alvido demang" filmining mavzusi yaxshi. Kino ham yomon emas, ayrim bachkana joylarini hisobga olmaganda.

Lekin "Jonim fido" filmi manga judayam yoqdi.
Mavzusi ham yaxshi, olinishi ham. Aktyorlar ham to'g'ri tanlangan menimcha.
Umuman olganda xindlar kinoda go'zal tabiat manzaralarida film olish bo'yisha 1 o'rinda tursa kerak. Umuman judayam yoqdi.
Sizlarga ham bu filmni ko'rishingizni tavsiya etaman.

"Jonim fido"ni ko''rmadim-u, lekin "Hech qacxhon alvido demang"filmi manga juda yoqdi.
Ayniqsa, ShoihruhXon, Amitabh Bachchan, Abhishek Bachchan, Preyti Zinta va Rani Mukerjilarning ijrolari juda zo'r chiqqan.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: djepotai 21 Yanvar 2008, 13:33:23
Янги сзбек кинолари: ёмон смас, лекин кспгинаси хом. Турмуш сртоғим ушбу снги киноларини жудасм схши ксради, ҳар битта снги чиқаётган ёки реклама қилинаётган фильмларни ҳар доим олиб келишимни буюравергани буюраверган. Тсғриси, ушбу киноларни томоша қилиб стирган пайтим, сз сзимдан режиссёрга айланиб қоламан, съни кинонинг хом ёки камчиликлари бор жойларини сзимча тузатиб кетаман. Ўзбек киноолами дунёга танилишича ҳали вақт бор демоқчиман.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: qaysar 21 Yanvar 2008, 15:16:50
Тсғриси, ушбу киноларни томоша қилиб стирган пайтим, сз сзимдан режиссёрга айланиб қоламан, съни кинонинг хом ёки камчиликлари бор жойларини сзимча тузатиб кетаман. Ўзбек киноолами дунёга танилишича ҳали вақт бор демоқчиман.

Keling, shu kamchiliklar to'g'risida gaplashamiz.
Muammolarni yoritamiz.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: djepotai 23 Yanvar 2008, 12:41:09
Keling, shu kamchiliklar to'g'risida gaplashamiz.
Muammolarni yoritamiz.

Тсғриси кспчилигини томоша қилмаганман, бирорта фильмни мисол қилиб жснатиб юборинг, юзерлар ёрдамлашар
Nom: Besh so'mlik film - "Boyvachcha"
Yuborildi: Usmon 22 Mart 2008, 12:23:34
Kecha kechki payt adashmasam, TV-Markaz orqali "Boyvachcha" filmi namoyish etildi. "Navro'z" munosabati bilan deyarli hammaga dam olish kuni berilgan. Ko'pchilik bu filmni maqtagandi, hatto forumning o'zida ham bunday fikrlar bor. Shu tufayli, qolaversa, qiziqishim sababli shu filmni tomosha qilishga ahd qildim. (Axir dam olish dam olishdek bo'lsin-de  ;))
Filmni ko'rib bo'lib, kelgan xulosam esa....... faqatgina inflatsiyaga borib taqaldi. Mamlakatimizda inflatsiya darajasi keyingi yillarda ancha pasayib barqaror ko'rinish olgan bo'lsa-da, aynan inflatsiya tufayli tiyinlarimiz u yoqda tursin, hatto ba'zi so'mlarimiz ham muomaladan chiqib ketdi. Endilikda eng katta kupyura 1000 so'mlik ham bozorlarda pachka-pachka ishlatilyapti. Hozirda eng kichik qiymatli pul birligimiz "5 so'm"lik kupyura ekan, bu filmni "5 so'mlik film" deb atagan bo'lardim. Agar tiyinlarimiz hali muomalada bo'lganda, shubhasiz, 1 tiyin eng yaxshi baho bo'lardi.
Nega??
Sayoz va hech qanday ahmaiyatga ega bo'lmagan ssenariy + Har qanday mahoratdan yiroq ijro + Bachkanalik + Havaskorlik + Madaniyatning noto'g'ri namoyish etilishi + .... (bu ro'yxatni ancha davom ettirish mumkin) = "Boyvachcha" filmi.
Faqatgina achinganim - Rajab Adashev singari mahoratli aktyorning va Nigora, Ziyoda kabi qo'shiqchilarning bu filmda suratga tushgani. Chunki ularning ijodiga befarq emasdim :(
Filmning yomon tomonlarini sanab o'tirishga hojat ham yo'q, chunki yaxshi tomonini men umuman ko'rganim yo'q. Agar film tomoshabinga hech narsa bera olmasligini uning "yengil komediya" ekani bilan oqlash mumkin bo'lganda ham... bu omil film bahosini 5 so'mdan yuqoriga ko'tara olmaydi.
Ketgan bir yarim soatga achinish hissi uyg'onadi. Lekin bu bir yarim soat bekor ketsa mayli, aksincha, zararga ishlasa-chi???
Oddiy element - filmdagi o'zbek qizlari bilan hayotdagi o'zbek qizlari bir xilmi?
Agar mabodo ba'zi hollarda shunday bo'lganda ham, buni komediya tarzida bo'lsa ham, "bunday bo'lishi kerak emas" qabilida film olish mumkin-ku...
Shuni esda tutish kerakki, filmdagi qahramonlardan auditoriya (ayniqsa yoshlar) o'zlari uchun "namuna" qahramonlarni ajratib oladilar. Bu ongli ravishda bo'lmasa ham, ong ostida kechuvchijarayon bo'lishi mumkin. Endi xolisona aytsak, qaysi qahramon "namuna" bo'lishga arziydi?
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bunday filmlar tomoshabinga "moslashtiriladi". Muhim muammolar nozik tarzda yoritib berilgan filmlarni esa hozirgi o'zbek auditoriyasi hazm qila olmaydi. Biroq film oluvchi jamoa har doim tomoshabindan bir qadam oldinda yurishi kerak emasmi? Tomoshabinga xuddi o'sha muammolarni sekin-astalik bilan "hazm qildirib" yubora olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak emasmi?? Bilmadim???
Sal jiddiyroq filmlar esa, katta ekranda o'zini oqlay olmagani sababli, olingandan hech qancha vaqt o'tmasdan, TVda namoyish etilyapti. Masalan, o'sha kuni "Chavandoz" filmi TV yuzini ko'rdi.
Albatta bu hammasi mening fikrim, balki sal, balki ancha oshirib yuborgandirman. Biroq bundan yuqori baho bera olmadim.

P.S. O'sha vaqtning o'zida boshqa kanalda hind filmi berildi. Bitta sahnasi esimda qolib ketdi: Qizning fotihasi bo'lish arafasida, kuyov tomon kelib, qiz bilan yigit ilk suhbatdan o'tishgan. Mehmonlar ketgach, qizning amakisi (dadasi yo'q ekan) yuqoriga chiqib jiyanidan fikrini so'radi, ya'ni: "Rozimisan?" Bunga javoban, qiz uyalib teskari o'girilib oldi, shu payt yonida turgan singlisi (jiyani) amakisiga opasi rozi ekanini, yigit ma'qul kelganini tushuntirdi. Parallell ketayotgan "Boyvachcha"da esa....Taxmina (Nigora obrazi) TV ko'rib o'tirgan dadasining yoniga kelib, men o'sha yigitga (Jahongir obrazi) tegishga roziman deb o'tiribdi.
E'tibor bering: hindlar o'zida yo'q qadriyatni (balki bordir, bor bo'lsa uzr) olib kirishga uning yaxshiligini ko'rsatishga urinyapti, o'zbegim esa....o'zida bor yuksak ahloqni (menimcha, o'zbek qizlari hech qachon Taxmina obrazidek ish tutishmaydi) buzib ko'rsatyapti  :(
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mars 22 Mart 2008, 17:14:31
Menga bu filim yoqdi rossa kulgili chiqibdi
Bunaqa filmlaru xozirgi qo'shiqlarni saviyasi mamlakatni kelajak avlodini saviyasini ochib bermoqda, demak bulardan ibrat olib keyingi safar umuman ko'rmaslikka harakat qilinsa yaxshi bo'lsa kerak, o'tkazgan voqtizu unga ketgan asabizga qo'shib o'zligimizdanam kechib qo'ymaylik
Yana qanday filim ishlash mumkin u yerda?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mahdiyah 23 Mart 2008, 10:14:49
Assalamu alaykum.

Yaqinda "Aka singil mehri" filmini ko'rdim.
Juda ta'sirli...
Insonni yurak bag'rini ezib yuboradi.

Aka singilni bir biriga bo'lgan mehri shu darajada go'zal ko'rsatilganki, ko'rib qoyil qolasiz.

Maslahatim siz ham ko'ring.
Bu kinodan ibrat oladigan joylarimiz juda KO'P!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mars 24 Mart 2008, 04:40:40
Assalamu alaykum.

Yaqinda "Aka singil mehri" filmini ko'rdim.
Juda ta'sirli...
Insonni yurak bag'rini ezib yuboradi.

Aka singilni bir biriga bo'lgan mehri shu darajada go'zal ko'rsatilganki, ko'rib qoyil qolasiz.

Maslahatim siz ham ko'ring.
Bu kinodan ibrat oladigan joylarimiz juda KO'P!
Kechirasiz qayerdan ko'rsam bo'ldi shu filimni?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Aprel 2008, 19:12:48
Hozirgi kinolarimizga e’tibor beradigan bo’lsak  deyarli hammasi sevgi va muxabbat tuyg’ularidan iborat. Hammasida shu g’oya va shu fikr. Umuman hammasining yo’nalishi bir xil. Mening bu haqda fikrlarim biz ham qadim tariximizga bir yaxshilab nazar tashlasakda o’sha tarixdagi bobokolonlarimizning qilgan ishlarini va vatan uchun jon fido qilganliklari hamma hammasini yoshlarimizga kino qilib ko’rsatsak nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Insonlarni kurashishga va intilishga chorlaydigan kinolarni shlab chiqsak maqsadga muvofiq bo’lardi. Faqat sevgi muxabbat bilan bitta ishni ham bitirib bo’lmaydi. Xulosa qiladigan bo’lsak ko’pchillik kinolarimizga e’tibor berib ko’ring o’zingiz ham guvohi bo’lasiz.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: mutaallimah 30 Aprel 2008, 10:41:45
Assalomu alaykum.
Men oxirgi marta "Filistinli Zehranin go'zleri"  degan kinoni ko'rgandim zo'r ekan..
Judayam yoqdi...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:28:40
Assalamu alaykum.

Yaqinda "Aka singil mehri" filmini ko'rdim.
Juda ta'sirli...
Insonni yurak bag'rini ezib yuboradi.

Aka singilni bir biriga bo'lgan mehri shu darajada go'zal ko'rsatilganki, ko'rib qoyil qolasiz.

Maslahatim siz ham ko'ring.
Bu kinodan ibrat oladigan joylarimiz juda KO'P!
Kechirasiz qayerdan ko'rsam bo'ldi shu filimni?

Chorsudan topsangiz bo'ladi.

Sifati u qadar yaxshi bo'lmasa ham ko'rsa bo'ladi.
Yana bir - tarafi film uyg'ur tilida, o'zbek tiliga tarjima qilinmagan.
Lekin tushunsa bo'ladi
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:34:32
Assalomu alaykum.
Men oxirgi marta "Filistinli Zehranin go'zleri"  degan kinoni ko'rgandim zo'r ekan..
Judayam yoqdi...

Ha bu filmni ko'rgan inson yig'idan o'zini tiya olmasa kerak
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Shirinqiz 30 Aprel 2008, 18:14:08
Assalamu aleykum
Uzbek fil'm hozirgi kunda chiqazvotgan deyarli barchasi oldi-qochdi, bolalarga etilvotgan yolg'on ertaklaga uhshiydi. Haqiqiy hayotdan olingan filmla yuq, lekin avval bo'lgan ekan kino durdonalari O'tgan kunlar, Yor-yor, Mehrobdan chayon yana bir qanchasi bulgan, lekin hozirgilari ma'nisiz disa ham buladi
Manga turk dizilari yoqadi, hayotdan olingan, ashincha ma'no bor yana eng qizizg'i ba'zi dizila shu hafta ichida suratga olinib namoyish etilvotti, haftada bir kun beriladi, lekin 2 soatcha davom etadi, ba'zida huddi ulani muammolarini birga hal qivotgande bulib ham ketasiz, hursand kunlari ham, xafachili kunlari ham haqiqiy-de mazza qilib ko'rasiz davomini intiqib kutasiz kishi.
Uzr agar kinofil'mlar haqidigi shahsiy fikrim yoqmasa
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Muzayyana 02 Iyul 2008, 13:35:44
V alekum assalom!
MAn xam "Shirinqiz" ni fikrlariga to'liq qo'shilaman. Xozirgi kungi o'zbek film chiqarayotgan kino filmlar yengil yelpi mavzuda. Uzr, lekin birovni mexnatini tanqid qilayotganim uchunu, lekin to'ri, shu kinoni olshi uchun oz muncha pul, ozmuncha mexnat sarf qilinmaydi, lekin, shuncha narsani sarf qilgandan kiyin, albatta shu narsadan kimgadir birr naf tegishini xam o'ylash kerakda.
Mana o'zbek film chiqarayotgan filmlar sizga, kino boshlanishi bilan kino nima bia tugashi mumkinligini bilsa bo'ladi. Deyarli xammasini mavzusi bitta. Ko'proq adashmsam Xind kino filmlariga taqlid, Astag'firullo, bazida musulmon ekanliklari xam eslaridan chiqib qoladi. yaqin kunlarda uyda ukalarim "Aprel May" shu kinoni ko'rishayaotgandi, bir joyiga ko'zim tushib qolib uylalib kettim. Yo Allox naxotki musulmonlarni axvoli shu bo'lsa..........
Manga ko'proq turk ijodkorlari olgan kino filmlar juda juda yoqadi, naxot o'zbek kino ijodkorlarini qo'lidan shundey ish kelmaydi a?
Yuqorida mastura aytganlari "Filistinli Zehranin go'zleri" mana shu kino xam turk tilida. Bundan tashqari "Siz yolg'iz emassiz", " Daniyalik kelin", " Robiya" mana shu ibratli filmlar xam turk kino ijodkorlarining samarali ishlari.
To'g'risi xozirgi kundegi o'zbek filmlarini eng yaxshi deb baxolanayotganlarini boring ana bir martasiga zo'rg'a chidab berasiz, shu filmni ikkinchi bor ko'rishga esa vaqtingni qizg'anasan odam.....
Uzr, bular albatt mani shaxsiy fikrlarim....
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Muzayyana 02 Iyul 2008, 13:38:30
Assalomu alaykum.
Men oxirgi marta "Filistinli Zehranin go'zleri"  degan kinoni ko'rgandim zo'r ekan..
Judayam yoqdi...


Shu filmni qayerdan topsa bo'ladi, NOZA dan eshitganidim, juda maqtadilar.
Mani xam rosa ko'rgim kelyapti, garchi Turk tilida bo'lsa xam.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: mutaallimah 07 Iyul 2008, 02:49:18
Assalomu alaykum.
Men oxirgi marta "Filistinli Zehranin go'zleri"  degan kinoni ko'rgandim zo'r ekan..
Judayam yoqdi...


Shu filmni qayerdan topsa bo'ladi, NOZA dan eshitganidim, juda maqtadilar.
Mani xam rosa ko'rgim kelyapti, garchi Turk tilida bo'lsa xam.

Agar internet orqali ko'raversangiz mana bu linkdan ko'rishingiz mumkin: http://www.firaset.net/izle.php?id=31312 film 4 qismga bo'lingan.
 
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ulugbek-Uz 10 Iyul 2008, 10:17:09
"Ортикча омад" деган "кино"ни курдим. Бир суз билан айтганда, жаргон билан айтадиган булсам "туфта"!

Кинодан кура рекламаси зур чиккан :)) А оса сзиб реклама килишдида узисм..ссх..бу кинолар...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: shoir 04 Avgust 2008, 19:06:14
"Ортикча омад" деган "кино"ни курдим. Бир суз билан айтганда, жаргон билан айтадиган булсам "туфта"!

Кинодан кура рекламаси зур чиккан :)) А оса сзиб реклама килишдида узисм..ссх..бу кинолар...

Qanday qilib bu filmni o'tkazishgan hayronman, Vaqtimga achinib ketdim. saviya 0.

Yana quyidagi filmlarni umuman ko'rmaslikka masalahat berardim:

1. "Afyun girdobi". (eng qizig'i filmda qirg'iz militsioneri "toshkentcha" shevada gapiradi).

2. "Asal". Bu filmda uchta narsa yaxshi reklama qilingan:
- Green Wold sharbatlari
- "Kimningdir" qasri
- Bosh qahramon qiz
Filmning maraz g'oyasi yigitlar pul, mansab uchun istaganingni qiladimish...

3. "Aka Sharif sartarosh". Uzr, filmga umuman tushunmadim. Musiqali komediyaning umuman kulgili joyini topolmadim.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Munavvara 05 Avgust 2008, 10:53:24
Forumdoshlarga maslahatim umuman bo'sh vaqtingiz bo'lsa Daniyalik kelin, Risolat, Siz yolg'iz emassiz degan islomiy kinolarni ko'ringlar chunki bu kinolar ham ibratli ham ketgan vaqtizga achinmaysiz aksincha yana ko'rsam deb turasizlar:)))
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ulugbek-Uz 05 Avgust 2008, 11:12:39
Forumdoshlarga maslahatim umuman bo'sh vaqtingiz bo'lsa Daniyalik kelin, Risolat, Siz yolg'iz emassiz degan islomiy kinolarni ko'ringlar chunki bu kinolar ham ibratli ham ketgan vaqtizga achinmaysiz aksincha yana ko'rsam deb turasizlar:)))
Маслаҳат учун раҳмат. А­нди бу кинолар дискини каердан топишни ҳам айтинг-да!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: The_Alchemist 05 Avgust 2008, 15:00:00
Disklani disk prokatdan topasizda, shuni ham urgatish kerakmi ? :) (Hazil)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 15:27:22
Forumdoshlarga maslahatim umuman bo'sh vaqtingiz bo'lsa Daniyalik kelin, Risolat, Siz yolg'iz emassiz degan islomiy kinolarni ko'ringlar chunki bu kinolar ham ibratli ham ketgan vaqtizga achinmaysiz aksincha yana ko'rsam deb turasizlar:)))
Маслаҳат учун раҳмат. А­нди бу кинолар дискини каердан топишни ҳам айтинг-да!

Oldinlari Chorsuda, masjid atrofida sotilardi. Hozir ham Ko'kaldoshdan yuqoridagi masjidga (Xoja Ahrori Valiy) chiqsangiz atrofida 1-2 ta diskchilar sotayotganini ko'rasiz.

Disklani disk prokatdan topasizda, shuni ham urgatish kerakmi ? :) (Hazil)

Disk prokatlarda bunday filmlarni topolmaysiz. Ammo Ko'kaldoshning yon tomonida joylashgan "Ixlos" do'konidan "Muqaddas zamin" singari Islom dini haqidagi filmlarni topishingiz mumkin.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: ALLADIN 24 Avgust 2008, 14:08:35
XOZIRGI KINOLARDA SEVGIDAB BOSHQA G'OYA YO'Q. BOSHQACHA KINOLAR YARATISHMAYDI.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Munavvara 24 Avgust 2008, 21:39:14
Forumdoshlarga maslahatim umuman bo'sh vaqtingiz bo'lsa Daniyalik kelin, Risolat, Siz yolg'iz emassiz degan islomiy kinolarni ko'ringlar chunki bu kinolar ham ibratli ham ketgan vaqtizga achinmaysiz aksincha yana ko'rsam deb turasizlar:)))
Маслаҳат учун раҳмат. А­нди бу кинолар дискини каердан топишни ҳам айтинг-да!
Disklarni chorsudan topishingiz mumkin lekin aniq bilmayman chunki manga ham bir disk sotuvchi bolani o'zi olib kelgan :)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: shoir 26 Avgust 2008, 10:44:15
XOZIRGI KINOLARDA SEVGIDAB BOSHQA G'OYA YO'Q. BOSHQACHA KINOLAR YARATISHMAYDI.

Sizga faqat shunaqalari uchrayotgandir-da. Normalniy filmlar ham ishlanyapti. Lekin ularning prokati sust ketyapti. Sabab esa tomoshabinning jiddiy filmlarni suymasligidir.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Imron 16 Sentyabr 2008, 13:56:28
Биродарим, бир кинофильмни ксришни бировга тавсис қилишда сҳтиёт бсл. Дейлик, сен бир кинони ксрдинг. Унда шариатга хилоф саҳналар бор. (Шариатга хилоф деганда, фақат беҳаё ксринишлар смас, балки сеҳр-жоду, куфр ссзлар ва ҳ.к.лар ҳам тушунилади). Хсш, Аллоҳ раҳм қилиб, кинонинг бундай жойларини ксришдан ксзингни тис олдинг дейлик. Шуларни ҳисобга олмаганда фильм сенга "маъқул бслди". Шундан кейин уни бирор сқин кишингга ксришни тавсис қилишга шошасан. Шунда сйламайсанки, сша инсон менга схшаб кинонинг сша "ифлос" жойларини стказиб ксрармикин, ёки тап тортмасдан скранга бақрайиб стираверадими? Мана шу жойда билгинки, сен унинг маъсистига сабабчи бслдинг! Агар сшани сен тавсис қилмаганингда, сҳтимол у гуноҳкор бслмасмиди.. Шуни билгинки, биродарим, сен бу саҳналарга ксз тикиб, гуноҳкор бслганинг етмагандек бошқани ҳам сзинг билмаган ҳолатда гуноҳга буюрмоқдасан. Ва бу билан унинг гуноҳига шерик бслиб қолишинг мумкинлигини наҳотки сйламайсан?..
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: ORIF 24 Fevral 2009, 01:15:11
Rejissyorlar: O'zbek kinosini nobop rahbarlar changalidan qutqaring

Bemaza qovunning urug'iday...

Son’ggi yillarda uzmay mahsulot yetkazib berayotgan san’at sohalaridan biri bu kinodir.

2008 yilda "œO’zbekkino" Milliy agentligi 40 dan ziyod film yaratgan. Bir qismi davlat buyurtmasiga ko’ra, qolgani xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlangan.

Filmlarning ko’pi o`xshash. Ayrimlar bu kinoasarlarni sariq matbuotga ham qiyoslaydi. Film mualliflari fikricha, bu asarlarni tomoshabin, ayniqsa, yoshlar qizqish bilan kutib olmoqda.

Talabchan tomoshabin uchun bu filmlar sayoz.

"œSsenariy muallifi, rejissyor haqiqiy milliylikni his eta olishi kerak. Amir Temur, Shayboniyxon, Ashtarxoniylarni! Bu shaxlar haqidagi qo`lyozmalardan xabardor bo`lishi kerak. O`zimizda shunday asarlar ko`proq chiqishi kerak. Mana, ruslar [Aleksandr]Nevskiy haqidagi kinoni chiroyli ishladi. Bo`lmasa, oddiy voqea. Bizda bunaqa voqealar juda ko`p. Odamlar ko`rib zerikmaydi, lekin menimcha, bunga qodir rejissyorlar yo`q", - deydi sharshunos olim Abdusattor Jumanazar.

Rejissyorlar norozi ekanini yashirmayapti

Rejissyor Zulfiqor Musoqov ancha avval O`zbekiston prezidenti Islom Karimovga ochiq xat yozgan. Uning da`vosiga ko`ra, bugungi kino san`atni yaxshi tushunmaydigan rahbarlar tufayli sayoz. 

"œKinoni yaxshilash maqsadida prezidentga murojaat qilgan edim, lekin afsuski natija bo`lmadi. Men tomon bo`lgan odamlar sekin-sekin badiiy kengashdan chiqarib yuborildi. Usta ko`rmagan shogirdlar kinolari ko`payib ketdi. Har ikki haftada bir kino chiqmoqda. Ularda badiiylik haqida gap bo`lishi mumkin emas. Men shaxsiy studiyalarga qarshi emasman, lekin rahbarlar bunday studiyalarga yashil chiroq berdi. Sal badiiyligi, fikri bor ssenariylar meniki bo`lgani uchun o`tmaydi. Pulni esa milliy agentlik beradi. Sal o`zgarish qilish qattiq qarshilikka uchraydi", - Zulfiqor Musoqov.

Rejissyor "œVatan" filmi uchun davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Uning aytishicha, saviyali kino ishlash uchun davlat ko’magi zarur. Gap millat yoshlari ma’naviyatini shakllantirish haqida ketmoqda.

"œBiz yoshlarning ruhiy kamoloti uchun javobgarmiz. Yoshlarimiz hozir adabiyot o’qimay qo’ygan. Internetdan boshi chiqmaydi. Keyin kinoga boradi. Agar shu ketishda bo`lsa, erta-indin buning mevasini tatib ko`ramiz", - deydi rejissyor.

Bugun "œzamonaviy kino" degan tushuncha paydo bo’lgan. Xususiy studiyalarda suratga olinayotgan bu kino tomoshabin didini o`tmas qilib qo’ymoqda. Yoshlar dunyoqarashini sayozlashtirmoqa.

"œMusoqovning filmlariga ko`p odam tushmasligi mumkin, lekin bu sayoz degani emas. Yoshlar hozir boylar tomonidan ishlanayotgan kinolarga tushmoqda. Maqsad ashulachilarning kinoda qanday o`ynashini ko`rish. Lekin bu kinolarda aktyor mahorati yoki rejissura haqida gapirish mumkin emas. Hammasi bir xil, mayda-chuyda gaplar, odamni o`ylantiradigan hech narsasi yo`q", - deydi kinomuxlislardan biri.

"O'zbekkino" boshida o'tirganlar  yaxshi-yomon ssenariy farqini bilmaydi

O'zbekistonda har qanday badiiy film faqat "œO`zbekkino" ruxsati bilan ekranga chiqadi. Rejissyorlar sayoz filmlar ko`payishida "œO`zbekkino" rahbariyatini, jumladan, birlashmaning badiiy kengashini ayblaydi.

"œO'zbek kinosida kamchiliklar, yutuqlar ham bor. Xulosasini aytadigan bo’lsak, badiiy sayoz filmlar tomoshabin saviyasini tushirib yubormoqda. Achinarlisi shuki, bunday filmlar davlat mablag’i hisobiga ham suratga olinayapti. "œO`zbekkino" qoshida badiiy kengash bor. Bu kengash a`zolari yaxshi ssenariy bilan yomon ssenariy farqiga bormayapti nazarimda. 30-40 yildan buyon kinoda ishlagan odamlarning ko`pchiligi bu kengashdan chiqib ketdi", - deydi rejissiyor Bahodir Odilov.

"œO'zbekkino" direktori o`rinbosari Jahongir Qosimov o`zbek kinosi atrofidagi mulohazalarini biroz keyinroq ifoda etishini bildirdi.

Sharhlovchilar nazarida bugun yoshlarda adabiyotga intilish susaygan. Kitob o`qish an`anasi yo`qolib bormoqda. Bu sharoitda kino saviyasini ko’tarish masalasi dolzarb tus olmoqda. Adabiyotda, xalq ijodidan milliy qahramonlar ekranga ko`chgandagina yoshlarga yetib borishi mumkin.

Zerikarli "Alpomish"...

Biroq muammo kinoga ko`chayotgan milliy obrazlar professional tarzda ishlanmayotganida.

"œXalqqa nimani taqdim etayotganini o`ylab ko`rmagan. "œAlpomish"ni "œRamayana" bilan qiyoslash mumkin. Avval ishlangan "œBunyod" kinosi bor edi. Bunyod Hamid Olimjon tomonidan yozilgan kichkina doston. Lekin undan yaxshi kino ishlangan. "œAlpomish" dek buyuk bir asar kinoda esa yerga urib tashlangan. Shuning uchun ham odamlarning hafsalasi pir bo`ladi. Ayniqsa, dostonni o`qigan bolalarning", - deydi sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar.

O`zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bir necha filmlarga ssenariy yozgan. Jumldan, xalq og`zaki ijodi asosida suratga olingan "œAlpomish" badiiy filmining ssenariysi ham Usmon Azim qalamiga mansub.

"œMen kinodagi ijodimdan maqtana olmayman. Narsalarim yomon chiqdi. Teatrdagisi yaxshiroq. "œAlpomish" haqida gapirsak, eng qiyin joyi u juda oz pulga olingan. Tasvirdagi o`tovlar, otlar hammasi yor-do`st ,og`aynilarga iltimos qilib qilingan ishlar. Tarixiy filmga kattaroq mablag` bo`lishi kerak. Lekin uni qilishmagan, faqat tashabbus bilan qilingan ish. Nazarimda ma`noli joyi shundaki, unda osmondan gaplar qo`shilmagan, dostonning ruhini saqlab qolishga harakat qilingan. Ehtimol, aktyorlar tushgan yoki tushmagandir. Film juda kichkina pulga olingan, rejissyorga meni rahmim kelgan edi", - deydi Usmon Azim.

Mustaqillik davrida o`zbek kinosi tomonidan suratga olingan eng katta byudjetli asar bu sohibqiron Amir Temur haqida ishlangan film. Filmni suratga olish uchun davlat 4 million dollardan oshiq mablag` ajratgan.

Biroq filmni muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi. Bugun milliy qahramonlar haqida muvaffaqiyatli film ishlash mas`uliyatini o`zbek kinochilariga yuklash qanchalik to`g’irligi ham bahsli masala.
"œTariximizning eng yuqori nuqtaga ko`tarilgan joyi Amir Temur davri. U yerda [filmda] shaxs yo`q, faqat ma`lumotga o`xshagan narsa. Kinoni bunday ishlamaslik kerak edi. Ehtimol, sal shoshmaslik kerakmidi?"- deydi sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar.     

Kinoni boshqarishga professionallarni yollang!

Shoir Usmon Azim nazarida kinoda professionallik darajasi tushib ketmoqda.

"œKinoni boshqarayotgan odamlar professional bo`lishi kerak. O`zbek madaniyatini yaxshi anglashi, maqsadlarini bilishi karak. Masala mohiyatini tushunmaydigan odamlar rahbarlik qilsa, bo`lmaydi. Iste’dodlarni qo`llash uchun ham iste`dod kerak. Havaskorlar ko`payib ketgan, lekin ular pul topishni biladi", - deydi shoir Usmon Azim.

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Hadija 24 Fevral 2009, 21:46:22
 :as:

Aka Orif, shu yerda bir iborani qo'llamoqchi edim... "Kimgadur yoqar lola, kimdur atir gul shaydosi" shunday ekan, yuqorida siz zerikarli deganingiz kim u-ndir sevimli kinosi qatorida turar, albatta o'z yoshiga qarab...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Usmon 26 Fevral 2009, 18:07:53
Zulfiqor Musoqovning "Vatan" filmi sayoz filmlar safiga kirmasligi aniq.
Biroq, film badiiy jihatdan kuchlilikka ham, aktorlarining yuqori mahoratiga ham da'vogarlik qila olmaydi, menimcha. Z.Musoqov filmlaridagi bir xillilik, professional bo'lmagan aktorlar xizmatidan foydalanish, ba'zan o'ta jo'nlik "Vatan" filmini ham chetlab o'tmagan. Misol uchun, bosh qahramonning yoshligini ham, katta yoshini ham ijro etgan aktorlar bilan Bobur Yo'ldoshev va, ayniqsa, Obid Yunusov mahorati taqqoslab bo'lmaydigan darajada kontrastda va hk.

Lekin o'nta "Amakivachcha"dan yaxshiligi bu aniq.

:as:
Aka Orif, shu yerda bir iborani qo'llamoqchi edim... "Kimgadur yoqar lola, kimdur atir gul shaydosi" shunday ekan, yuqorida siz zerikarli deganingiz kim u-ndir sevimli kinosi qatorida turar, albatta o'z yoshiga qarab...
Yoshlarni to'g'ri yo'nalishga burib turish kattalarning vazifasi. :)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: ORIF 27 Fevral 2009, 00:05:07
:as:

Aka Orif, shu yerda bir iborani qo'llamoqchi edim... "Kimgadur yoqar lola, kimdur atir gul shaydosi" shunday ekan, yuqorida siz zerikarli deganingiz kim u-ndir sevimli kinosi qatorida turar, albatta o'z yoshiga qarab...

Wa Alaykum Assalom.
Muslimaaxon, albatta, gapingiz to`g`ri. Lekin gap jamiyat, millat tarbiyasi va saviyasi haqida ketar ekan ruslarning "O vkusax ne sporyat" degan iborasi ham bekor.

Usmon, darhaqiqa "Vatan" "filmi "Osnodagi bolalar"chalik yoki "Suiqasd"chalik chiqmagan. O`zi bilan bir davrida yaratilgan filmlarning eng sarasi desa bo`ladi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2009, 19:43:25
Zulfiqor Musoqovning "Vatan" filmi sayoz filmlar safiga kirmasligi aniq.
Biroq, film badiiy jihatdan kuchlilikka ham, aktorlarining yuqori mahoratiga ham da'vogarlik qila olmaydi, menimcha. Z.Musoqov filmlaridagi bir xillilik, professional bo'lmagan aktorlar xizmatidan foydalanish, ba'zan o'ta jo'nlik "Vatan" filmini ham chetlab o'tmagan. Misol uchun, bosh qahramonning yoshligini ham, katta yoshini ham ijro etgan aktorlar bilan Bobur Yo'ldoshev va, ayniqsa, Obid Yunusov mahorati taqqoslab bo'lmaydigan darajada kontrastda va hk.

Lekin o'nta "Amakivachcha"dan yaxshiligi bu aniq.
 
Zulfiqor Musoqovning "Vatan" filmi sayoz filmlar safiga kirmasligi aniq.
Biroq, film badiiy jihatdan kuchlilikka ham, aktorlarining yuqori mahoratiga ham da'vogarlik qila olmaydi, menimcha. Z.Musoqov filmlaridagi bir xillilik, professional bo'lmagan aktorlar xizmatidan foydalanish, ba'zan o'ta jo'nlik "Vatan" filmini ham chetlab o'tmagan. Misol uchun, bosh qahramonning yoshligini ham, katta yoshini ham ijro etgan aktorlar bilan Bobur Yo'ldoshev va, ayniqsa, Obid Yunusov mahorati taqqoslab bo'lmaydigan darajada kontrastda va hk.

Lekin o'nta "Amakivachcha"dan yaxshiligi bu aniq.




Amakivachchalar?!

Uni filmlar safiga qo'sha olamizmi o'zi?!
Nom: BIR MARTA KOʻRILMAYDIGAN KINO
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 13:58:25
:bs2:

 :as:

Bu dunyoda inson borki, uning o‘z qarichi — o‘lchovi, tarozisi bor. Bu qarichning adolatliligi yoki haqiqiyligi esa unga berilgan aql-idrokka, farosatga bog‘liq. Inson shu xislatlariga asosan hayotda bo‘ladigan voqea-hodisalarni o‘lchab, xulosa chiqaradi.

«Suv yoqalab...» filmi namoyishi tugagach, barcha ishtirokchilar uchun o‘ziga xos matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘ziga xosligi shundaki, taklif qilinganlar orasida el ardog‘idagi yozuvchi, shoir, adabiyotshunos, kinotanqidchilardan yosh jurnalistlargacha bor edi. Ular ham ikki guruhga bo‘linishgandi. Birovlar avvalroq jurnalda chop etilgan kinoqissani mutolaa qilgan, ba’zilari o‘qimagan. O‘qiganlar yozuvchi g‘oyasining qay darajada tasvirga tushganligini qiyoslab, yaxshi yoki o‘xshamagan joylarini ta’kidlashdi.

Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 14:00:23
O‘qimaganlar ham film haqida o‘z fikrlarini aytishdi. Kimdir maqtadi, kimdir tanqid qilgan bo‘ldi. Tanqidchi yoki jurnalist xalqi tan­qidiy fikrlarni bildirib turishi kerak, chunki u , albatta, kelajakda meva beradi.

Lekin negadir namoyishdan bir olam taassurot bilan chiqqan daqiqalarda tanqidlarga qo‘shilgimiz kelmadi. «Suv yoqalab...» filmini millat ma’naviyatining bugungi taraqqiyot jarayoni uchun yuqori saviyada ishlangan deb o‘ylagimiz va, anjumanda hamkasblardan biri singari,  o‘zbek milliy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladigan film yaratilganligi bilan uning mualliflarini, ijrochilarini chin yurakdan tabriklagimiz keldi.

Tog‘ bag‘rida joylashgan qishloqlardan birida bir paytlar raislik qilgan mo‘ysafid Bolta Mardonning noxush tushi bilan boshlanadi film. Yomon tush ko‘rsang, suvga ayt, degan naql bor xalq­da. Suvga aytaman desa, ariqda suv yo‘q. Yil ham qurg‘oqchil kelgan. Rais suv ochib kelish uchun farzandlari bilan suv boshiga otlanadi. Suv yoqalab — umr bo‘yi qilgan yaxshi ishlarini, xatolarini sarhisob qiladi. Tomoshabin unga qo‘shilib yashaydi, birga o‘ylaydi, xursand bo‘ladi, g‘am chekadi, kuladi, yig‘laydi... Eng asosiysi, FIKRLASHGA HARAKAT QILADI.

Filmda ramzlar juda ko‘p. Masalan, tushda ko‘rilgan va yoshligida muhabbat qo‘ygan ayolning uyida duch kelgan tut daraxti. Tutni azaldan hayot daraxti deb bilishgan. Agarda tut qurib qolsa, daraxtni yetti guvoh shohidligida kesish mumkin bo‘lgan. Suv ham bir ramz. Axir suv hayot manbai hisoblanadi. «Avesto» ta’limotida suvga tupurgan kishiga bir necha darra urish belgilangan. Charxpalakni ko‘rganda ham odatda hayot haqida o‘ylanadi. Filmda charxpalak quloq boshida beriladi. Film oxiridagi yonayotgan charxpalak lavhasi ham o‘ziga xos umr intihosi ramzini bera olgan. Suvda oqqan do‘ppi... Ularning har biriga alohida-alohida to‘xtalish mumkin. Lekin eng ta’sirli ramz — samimiy, oqko‘ngil insonga xos muhabbat. Ota va farzand o‘rtasidagi muhabbat. Ayniqsa, ota va qiz farzand o‘rtasidagi mehrning ta’sirli namoyishi ko‘pchilikni yig‘latgani ham bor gap. Ikki qalb o‘rtasidagi muhabbat. Sof muhabbatning keyingi avlodga o‘tkazilishi...

Darvoqe, matbuot anjumanida film yakunidagi marhumni qabrga qo‘yib qaytish jarayoni hamda odamlar orasidan kenja o‘g‘ilning ajralib chiqishi va otasining yoshligida yaxshi ko‘rgan, ayni paytda o‘sha tut tagidagi supada motam libosida o‘tirgan yolg‘iz onaxonning oldiga borishi, uning yigitning yelkasiga bosh qo‘yib ta’ziya bildirishi oshiqcha degan fikr aytildi. Bu ko‘rinish yoshi ulug‘ faylasuflar uchun oshiqchadir balki. Lekin filmni yoshlar ham ko‘rishini nazarda tutsak, sahnaning ahamiyati ko‘rinadi. Unda Bolta Mardonning yoshligidagi xatosi va o‘z o‘g‘liga bu xatoni takrorlamasligi zarurligi haqidagi vasiyati mujassamdir. Bu sahna katta avlodning kichik avlodga nasihatidir, yosh avlodning ibratidir, bu sahna ikki avlod o‘rtasidagi mehr-oqibatdir. «Suv yoqalab...» qissasining shu joyidan iqtibos:

« — Bandalik ekan-da, bolam...

Yigit beixtiyor tepaga qarab, burgutdek quloch yozgan ulkan tutga tikilib qoladi.

Qadimiy tut uning ko‘z o‘ngida yashnab turgan azamat bir daraxtga aylanadi...»

Filmda ham tut daraxti avvalgidek hovlida emas, kenglikda beriladiki, tut — hayot yoki muhabbatning davom etishidan dalolatdir.

 Hali bu kino haqida ko‘p yoziladi. Chunki filmning ohanrabosini oshirgan, go‘zalligini ta’minlagan rejissurasi, operatorlik ishi alohida tadqiq etishga arziydi.

Endi aktyorlar haqida ikki og‘iz so‘z. Matbuot anjumanida kimdir mahoratli san’atkor Jamshid Zokirov yaratgan O‘rin Jaga obrazini boshqa, uncha taniqli bo‘lmagan, lekin rolni ijro eta oladigan, masalan, viloyatlardagi aktyorlardan biri ijro etsa yaxshi bo‘lardi, dedi-da, ushbu film­da aksar kinolarda rol ijro etayotgan aktyorlarni yana ko‘rganligini norizo ohangda ta’kidladi.

Avvalo, el sevgan san’atkor Jamshid Zokirov bu rolni yomon o‘ynamabdi. Qolaversa, bugungi kun sharoitidan kelib chiqadigan bo‘lsak, rejissyor barcha aktyorlarni to‘g‘ri tanlabdi, degan xulosaga keldik. Ayniqsa, Bolta Mardon obrazini yuragini, qalb qo‘rini berib ijro etgan O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovni shu rolga taklif qilgani juda ma’qul ish bo‘lgan. Erkin aka yangi qiyofada yanada ochilibdi. Erkin Komilov bugungi kunda yurtimizning eng zabardast san’atkorlaridan biridir. Uning xudo bergan talanti, to‘plagan tajribasidan unumli foydalanib, avlodlarga ko‘proq san’at asarlarini qoldirish kerak. Erkin aka yaratgan sara obrazlarni sanashingiz mumkin, lekin, ishonchimiz komilki, Bolta Mardon uning eng ardoqli obrazlaridan biri bo‘lib qoladi.

«Suv yoqalab...» bir marta ko‘riladigan film emas. Har gal ko‘rganingizda uning yangi qirralarini, hayot tilsimlarini va, albatta,  o‘zingizni ham kashf etib boraverasiz.

Bular oddiy jurnalist qarichi bilan o‘lchab yozilgan dastlabki fikrlardir. Film­ni, albatta, o‘zingiz ko‘rib, munosib baho berishingizga aminmiz, aziz mushtariy.

Halim SAYID  Manbaa (http://www.marifat.uz/uzbl/manaviyat/bir_marta_korilmaydigan_kino.mgr)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Zamiraxon 16 Mart 2009, 21:54:32
O’zbek tilida birinchi jahon kinosi haqida portal (http://interkino.uz/) - Har xil janrdagi kinolar haqida qisqacha ma'lumotlar bilan tanishish mumkin. Hali yaqinda ochilgan sayt.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Kumush 10 Iyun 2009, 18:35:38
Menga yoshligimda ko'rgan kinolarim mosfilm lenfilm uzbekfilm kinolari juda yoqadi.Sodda samimiy hayotiy filmlar.Ishdagi ishq,avtomobildan saqlan,omad hamisha kelavermaydi,uzimiznikilardan o'tkan kunlar,suyunchi shu kabi filmlar hotiramda shundoq qolib ketgan.Ulardan ko'p narsa olganman.Yoki bolalik hotiralar bilan uyg'unlashib go'zal ko'rinadimi o'zim ham bilmayman.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 21:28:01
Butun dunyodagi o'zgarishlar kinolarimizda ham ko'rinyabdi. Afsuski bu o'zgarishlar salbiy shaklda tasir qilyabdi. So'nggi paytlar olingan kinolarning ko'pi afsuski pul ishlash uchun olingan. Faqatgina ko'rishsa bo'ldi, deb bizning urf-odatlarimizga hech to'g'ri kelmaydigan mavzularda ishlangan filmlar ko'payib ketdi. Men e'tibor beryapmanda sovetlar paytida ham qo'li qisqa kiyim bilan tv-da chiqin yangiliklarni o'qigan ayol yo'q edi. Mustaqil bo'ldik, hamma narsa emin erkin dedik, lekin eskidan e'tibor bergan kiyinish shakliga hozirgi kunda diqqat etilmayabdi. Davlatning bu mavzuda bir narsalar qilishi kerak. İlgari oilamiz bilan mazza qilib kino ko'rar edik, hozirgi kunda esa, nafaqat kino balki klibni ham oilangiz bilan birga ko'ra olmasangiz kerak.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Habib 22 Sentyabr 2010, 09:39:50
-Зебо Ааврсзованинг "œОнаизор"  фильми бир хафта стар-стмас кинотеатрлардан олинди. Хабарларга ксра томошабинлар тушмаспти. Айтишларича премьерадан сснг фильмга атиги 2 томошабин ташриф буюрган холос.

Манба (http://www.uz.sayyod.com/2010/09/22/qisqa-4/)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Ziyovuddin 22 Sentyabr 2010, 10:43:40
 :as:
O'zimizada ishlangan kinoladan "O'tov", "Ko'rgilik", "Vatan", "Suv yoqalab" ko'rgandim. Qogan boshqa kinolarni ko'rgandan multfilm ko'rgan yaxshi...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: yoqutxon 22 Sentyabr 2010, 22:41:31
Assalom aleykum. Ohirgi yillarda ko'rgan o'zbek filmlari ichida Zulfiqor Musoqo'vning "Vatan" filmini tahsinga sazavor deya olishim mumkin.Bu filmda vatanga sadoqat, hayot chig'iriqlarida bo'ladigan voqealar, Halq boshiga kelgan og'ir kunlar, sadoqat, sevgi hamma hammasi bor. Va bu narsalarning barchasi judayam haqiqatga yaqin olingan. Birgina konslagerda olinadigan sahnalar uchun haqiqiy hozirda muzeyga aylantirilgan konslagerda suratga olish ruhsat  berilmaganidan so'ng, huddi shunaqa konslager har bir detalga e'tibor berilgan holda qurilganligi ham, film ijodkorlari o'z ishlariga qanchalik masuliyat bilan yondoshib, proffesional darajada ishlaganliklarini isotlaydi.
Qolgan filmlar haqida esa bunday ijobiy fikrlar bildira olmayman. Ko'pchilik filmlar " bo'larda ketar" iborasiga amal qilingan holda olinayapti. Rejisyorlar bir qolibga tushib qolishgan.Filmlar odamni ensasini qotiradigan bo'lmag'ur so'zlar bilan to'lib toshib yotipti. Lekin 1 yilda 2 yilda  bitta bo'lsa ham yahshi film chiqayapti. Lekin bu judayam kam ko'rsatgich. Biz tomoshabinlar esa sanat ahlidan sennariychilarimiz va rejissyorlarimizdan ko'p yillar yashaydigan, jahon durdonalari qatoriga o'rin oladigan filmlarni kutib qolamiz.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Muslim Odilbek 23 Sentyabr 2010, 08:54:47
assalomu aleykum aziz forumdoshlar. bugungi filmlar haqida so'z ketayotga ekan men o'z fikrimni bayon qilsam.  bugunda efir yuzini ko'rayotgan filmlar mantiqqa umuman to'g'ri kelmaydi. bu filmlar asosan katta yoshdagilarga taluqli bo'lib qolaveryabdi. kamiga u kinolar har kuni uzluksiz ketma ket efir yuzini ko'ryabdi. bu esa kichik yoshdagi bolalarni ahloqiga katta ta'sir ko'rsatyabdi. men hohlardimki bunday kinofilmlar  kamroq olinib kamroq efir yuzini ko'rsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. mayli kino olinsin lekin hamma bop katta kichik tanlamaydigon hammada yaxshi tasurot qoldiradigon ,yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydigon bo'lishi maqsadga muvofiq.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: JaviK 23 Sentyabr 2010, 19:04:17
bu filmlar asosan katta yoshdagilarga taluqli bo'lib qolaveryabdi.

Hozirgi filmlarimizdagi sevgi muhabbat yoshi kattalarga taaluqlimi? sizningcha? haziil yumor aralashgan kadrlar kattalarga mo`jallangan deb o`ylaysizmi?

men hohlardimki bunday kinofilmlar  kamroq olinib kamroq efir yuzini ko'rsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. mayli kino olinsin lekin hamma bop katta kichik tanlamaydigon hammada yaxshi tasurot qoldiradigon ,yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydigon bo'lishi maqsadga muvofiq.

Siz aytgandek qilinsa katta yoshdagilarni o`ylantirayotgan muammo kichik yoshlarga to`g`ri kelmaydi? Ikki hodisani esa bir filmga sig`dirib bo`lmaydi?
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Muslim Odilbek 27 Sentyabr 2010, 11:26:44
Iqtibos
Hozirgi filmlarimizdagi sevgi muhabbat yoshi kattalarga taaluqlimi? sizningcha? haziil yumor aralashgan kadrlar kattalarga mo`jallangan deb o`ylaysizmi?
  siz doim hazil yumor aralashgan kadrlarni ko'rasiz shekilliya? agar siz yaxshilab tele ko'rsatuvlarni ko'rib borsangiz men haqliginga ishonch holis qilasiz. to'g'ri sizning ham gapizda jon bor  ammo ko'p sujetlik filmlar mani bemanidir.,
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Muslim Odilbek 27 Sentyabr 2010, 11:35:22
Iqtibos
Siz aytgandek qilinsa katta yoshdagilarni o`ylantirayotgan muammo kichik yoshlarga to`g`ri kelmaydi? Ikki hodisani esa bir filmga sig`dirib bo`lmaydi?
 sizningcha sig'dirib bo'lmaydiya. kichik yoshda bolalar uchun olinayotgan filmlarni ora orasida bo'ydoq yoshdagilarni muammolarini ham sig'dirib ketsa bo'ladiku.sig'dirish kerak ekan deb ja ochiq oydin ham bo'lishi kerak emas bu holat ular uchun kulgili tuyulsin. misol qilib shum bola filmini olaylik.  
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: azizbek_mx 08 May 2011, 18:28:14
Ashu Vatan filmini qayta qayta korib ham zerikmadim, menga juda yoqdi lekin
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Музаффар 08 May 2011, 20:07:34
Лекин сртага "В бой идут одни старики", "17 мгновении веснқ" ва бошқа сша машхур уруш хақидаги фильмларни ксриш керак. Кейинги пайтда ишланган "мқ из будушего", "Туман" кабиларнисм сна бир бор ксриб қсйиш зарар қилмайди. А­нг асосийси парадни ксриш керак. мана сизларга зрелише!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Shuhratbek_88 08 May 2011, 23:24:57
Lekin shu rejissiyorlarga xam qoyil emasmam. Hozirda bu rejissorlar faqat daromad uchun bemani kinolarni suratga tushirishyapti. Maxallada duv duv gap, Maftun bo'ldim, O'tgan kunlar, mashu oltin kalleksiyalar o'zimizda ishlanganku axir. Nega shunaqa yaxshi kinolar ishlay olishmaydi. Agar kinolarga 1 dan 5 gacha baxo berish kerak bo'lganda. Men HOZIRGI ISHLANAYOTGAN KINOLARGA 1 BAHONI HAM QO'YMASDIM. Afsus...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Yaratganga shukr 09 May 2011, 01:57:20
Xozirgi uzbek filmlaridan  "Vatan", "Osmondagi bolalar" filmlari yaxshi ishlangan shaxsan manga yoqadi.Uzbek film kurgim kelsa shu kinolarni kuraman..
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Yaratganga shukr 09 May 2011, 02:06:57
-Зебо Ааврсзованинг "œОнаизор"  фильми бир хафта стар-стмас кинотеатрлардан олинди. Хабарларга ксра томошабинлар тушмаспти. Айтишларича премьерадан сснг фильмга атиги 2 томошабин ташриф буюрган холос.

Манба (http://www.uz.sayyod.com/2010/09/22/qisqa-4/)
manimcha shular ham eshik oldida turadigan ticket tekshiruvchila bulsa kere :)))))
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Best friend 09 May 2011, 02:09:48
 To'g'risini aytsam bugungi kunda o'zbek kinoarini unchalik ham yahshi deb bo'lmaydi, yana bilmadim kimga qandayligini, lekin shaxsan menga unchalik ham yoqmaydi... Ammo, bir kinoni ko'rib shunaqa ta'sirlandim, Lola Eltoyova ishtirok etgan... Filmni nomi yodimda yo'q. Lola Eltoyova bilan uning eri boshqa dinga da'vat qilib yurishadi insonlarni, oxiri Lola Eltoyovani mashina urib ketadi va ko'mamiz deganda yer qabul qilmaydi... Hullas rosa ta'sirli...
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Yaratganga shukr 09 May 2011, 02:18:56
To'g'risini aytsam bugungi kunda o'zbek kinoarini unchalik ham yahshi deb bo'lmaydi, yana bilmadim kimga qandayligini, lekin shaxsan menga unchalik ham yoqmaydi... Ammo, bir kinoni ko'rib shunaqa ta'sirlandim, Lola Eltoyova ishtirok etgan... Filmni nomi yodimda yo'q. Lola Eltoyova bilan uning eri boshqa dinga da'vat qilib yurishadi insonlarni, oxiri Lola Eltoyovani mashina urib ketadi va ko'mamiz deganda yer qabul qilmaydi... Hullas rosa ta'sirli...
Manimcha adashmasam shu filmni nomi "Arosat" edi.. olloh hech kimga bunaqa kunni ravo kurmasin. Haqiqatdan man ham shu filmni kurib tasirlanib ketgan edim. 
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Habib 13 May 2011, 15:20:41
Куни кеча Зулфиқор Мусоқов сзининг снги фильми "Қсрғошин"ни намойишга тақдим қилди.

Ўтмишсиз келажак йсқ. Бу 53 сшар инсоннинг сткан асрнинг 22 йилида бошланиб, 56 йилида тугаган даврга бслган муносабатидир. Бу сша оғир ва даҳшатли йилларда сшаган ва шунга қарамай барча инсоний туйғуларини йсқотмаган ота-боболаримизга бслган меҳр-муҳаббатимиз изҳоридир.

 

"œЎзбеккино" Миллий агентлиги буюртмасига биноан

"œЎзбекфильм" киностудисси маҳсулоти

Сяенарий муаллифи ва постановкачи режиссёр — Зулфиқор Мусоқов

Лостановкачи операторлар: Абдураҳим Исмоилов, Азизбек Арзиқулов

Лостановкачи рассом  - Марис Сошина

Бастакор - Мари Юри

Овоз оператори - Фурқат Ҳасанов

Фильм директори   - Тслаган Аазаров

 2011 йил

(http://www.uzbekfilm.uz/images/stories/news/svinec2.jpg)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Lobar AZIZ 13 May 2011, 17:22:21
Bugun "Farzandim" fil'miga tushdik. Kino yaxshi chiqqan, buni tomoshabinlarning "reaksiya"sidan ham bilish mumkin. Hammasi yaxshi-yu, shu birga tushgan forumdosh dugonamning yonimda o`tirvolib kinoning boshdan ohirigacha piqillab yig`lab o`tirgani yomon bo`ldi-da:))
Tomoshabinni ta'sirlantirib, yig`lata oldimi, albatta bu fil'm ijodkorlarining yutug`i.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2011, 21:49:46
So'nggi yillarda xususiy kinokompniyalarda ishlangan o'zbek filmlarining 80 foizi uchun umumiy bo'lgan syujetlar:

1. Qiz yoki yigit albatta boy bo'ladi. Buning oqibatida ixtilof chiqadi.
2. Filmda ko'rsatilayotgan imoratlar umumiy holatga nisbatan o'ta hashamatli.
3. Sevishgan qiz va yigit albatta ko'rishishadi va biron parkka aylangani borishadi.
4. Boy tomonning "u bizning tengimiz emas" degan da'vosiga ko'ra, ikki tomondan birining otasi yoki onasi yuragini ushlab qoladi.
5. Film so'nggida ixtiloflar barham topib, yigit-qiz bir-biriga erishadi...

Bunday filmlarni agar biron yaxshiroq do'stingiz tavsiya qilmasa, ataylab ko'rib o'tirganingizdan foyda yo'q. Chunki kino syujetida yuqorida yozganlarimdan ba'zi joylari o'zgradi, xolos. : )
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Музаффар 15 Iyul 2011, 22:07:59
Амир Темур, Мангуберди, Бобур, Темур Малик, Улуғбек, Абдуллахон II лар хақида тарихий фильмлар ишлаш керак. Хар хил "Чанг бобо" ёки, "Жо Анг"лар хақидаги тайёр лекин миллийлигимизга умуман тескари нарсани ксрсатавермасдан. Ўйлашимча хозирги Ўзбекистон телерадиокомпанисси Турк ва Корейс кино саноати интервеняисси таъсирига тушиб қолишган.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: akula 16 Iyul 2011, 01:37:48
So'nggi yillarda xususiy kinokompniyalarda ishlangan o'zbek filmlarining 80 foizi uchun umumiy bo'lgan syujetlar....

IMHO Bizda kino masalasi pastroq desa ham buladi rahmatli Hojiboy aka etgande faqat uzimizga muljalangan keng doirali emas chetga chiqa olmayapti,,,  nasib bulsa uqishni bitirgach studio ochish niyatim bor
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Yaratganga shukr 16 Iyul 2011, 07:15:43
Zulfiqor Musoqovga uxshagan rejisyorlarimiz ko'paysin shunda uzbek filmlarida o'zgarish buladi. endi kelajagimiz yoshlar qo'lida.Akula xudo xoxlasa birinchi filmizni premyerasiga manga bitta bilet ob qoyasiz.:)))
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Muhammad Said 19 Noyabr 2011, 20:49:05
Manga ham shu Zulfiqor Musoqivning ko'p kinolari maqul bo'ladi. Yaqinda shu rejissyorning"qo'rg'oshin" degan kinosini ko'rdim ko'rganga arziydigan kino ekan. Hozirgi kunda manili ijod qiladigan shu odam desa bo'ladi.
Hozirgi  kundagi kino sanoatida 80% axloqsizlik targiboti mavjud. O'sha kinoni mazza qilib kulib korishingiz mukun lekin shu kino  qanchalik yoshlarni manaviy zaharlaydi. Oddiy misol tariqasida "shabnam" filmi chiqqan payitlarni eslaylik, qizlar orasida sochini mayda o'rib do'ppi kiyish urf bo'lgandi.(Fargona tomonlarda shunday bolgandi boshqa joylarni bilmadim) Kim aytoladi ularning ahloqlari urf bo'lmaydi deb.  
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: NANO 20 Noyabr 2011, 00:34:38
Qo'rg'oshin yaxshi olingan kino filim! Ko'p joyda shu filimga bildirilgan mulohazalarni ko'rib chiqdim! Ularbu bu filimni chunishmagan chunishmaydi ham!
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: ree7 20 Noyabr 2011, 15:52:33
"Qo'rg'oshin"ga to'g'risini aytsam 100% tushundim deb aytolmayman. Bunga o'sha kino ishlangan davr siyosati bilan o'ta yaxshi tanish bo'lmasligimi sababdir. Masalan bosh qahramon yigit filmni oxirida o'zini otib qo'yishi. Menimcha bu yerda o'zini otib qo'yishga arzidigan fojea bo'lmagandi nazarimda. Lekin film yaxshi chiqqanligi aniq. Filmda etiborimni tortgan lavhadan iqtibos:

- Saqlab qololmadik. Allohning irodasi.
- Kimni irodasi?
- Uzr...
- - -   - - -   - - -
"Aldangan ayol"ni esa atay ko'rmadim. Asabimni buzgim kelmadi to'g'risi :) Ko'rgan bo'lganimdayam "It xuradi, karvon o'tadi" deb mulohaza bildirishim anig'idi.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Musannif Adham 21 Noyabr 2011, 04:57:14
"Aldangan ayol" filmini körgan bösela fikrilar qanday?

"Aldangan ayol" ko'rishga va fikr bildirishga arzimaydi. Shunday bo'lsa-da, ba'zi mulohazalar. Filmni o'zim ko'rmadim. Bir akamiz ko'rgan ekanlar, gapirib berdilar. Shu asosda xulosalar chiqardim:

"Aldangan ayol"ning rejissyori bilan bir gaplashib olsam bo'larkan.Shunda uning shar'iy kashiyotlari nimaning mahsuli ekanligini so'rardim.

Misollar - Haligi ayollarni chet elga olib ketayotgan erkak ayollarga hijrat qilish uchun erning nikohi to'siq bo'lmaydi, mahram shart emas deydi. Bu birinchi kashfiyot. Aslida o'zining kim ekanligini bilgan muslima ayol erining ruxsatisiz ko'chaga chiqmaydi.

Keyinchalik o'sha erkak film qahramoni bo'lmish ayolga uylanmoqchi bo'lganda, ayol "Men erimdan taloq olmaganman", deydi. U erkak esa hijratga chiqqan ayolga o'z-o'zidan (avtomatik tarzda  :)) taloq tshishini aytadi. Bu ikkinchi va juda muhim kashfiyot. Aslida taloq erning lafzi bilan va shar'iat belgilagan ba'zi holatlar (erning murtad bo'lishi kabi) bilan bo'ladi, hijrat bilan emas.

Ayollar jamoa bo'lib chet elga chiqishadi. Ularni chegarada hech kim tekshirmaydi. Bu shahar bedarvoza deganimi? 20 yildan beri chegaramiz mustahkam deb maqtanamiz, nahotki 5-6 kishilik odamlar karvoni chegaradan bemalol o'tib ketaverishadi. Bu uchinchi kashfiyot. Bechora rejissyor bu bilan davlatga nisbatan, uning chegara siyosatiga nisbatan tuhmat qilayotganini bilmaganmi, yoki buni atay qilganmi?  :)

Umuman mana shu eshitganlarim asosida ushbu film ham buyurtma asosida olingan va saviyasiz bir film ekanligi ma'lum bo'ldi.

P.S. Yaqinda Milliy Teatrda bir majlis bo'libdi. Unda san'atkorlar, xususan kino sohasi vakillari diniy mavzularga aralashmasliklari "qat'iy tavsiya" ( :)) qilinibdi. Xulosa-ku bor. Lekin qanday? Dinni san'at orqali targ'ib qilish mumkin emas. Lekin dinni san'at orqali yomonlash mumkinmi? Ajoyib mantiqiy ziddiyat.

Allohdan barchamizga hidoyat va tavfiq so'raymiz.

P.S.(2) Bu filmni ko'rmaslikni, ko'rganda ham hamma voqealarini yoilg'on va aslida teskarisi bo'lishi kerakligini tasavvur qilib ko'rishni maslahat beraman. Bu ham bir senzura aslida. Film ko'rganda birovning fikriga tayanib ko'rmaysiz-ku.  :)
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Humayro 21 Noyabr 2011, 08:53:24
"Aldangan ayol" filmini körgan bösela fikrilar qanday?
Umuman mana shu eshitganlarim asosida ushbu film ham buyurtma asosida olingan va saviyasiz bir film ekanligi ma'lum bo'ldi.
Allohdan barchamizga hidoyat va tavfiq so'raymiz.

Barcha fikrlaringizga 100 foiz qo'shilaman.
Umuman ko'rmaslikni tavsiya qilgan bo'lardim men ham,
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Lu`lu` 21 Noyabr 2011, 09:50:08
Аллох рози булсин, шунака киноларни ёшларимизга курсатиш керак.
Айникса, номи жуда гузал танланган Мухаббат остлари (муъжизалари)
Кучириб олишга бу линкни устида ишлаган калбга скин дугонамиздан Аллох рози булсин.
 http://depositfiles.com/files/cy4seno3e

Ва кинони манзили
http://uzcinema.com/news/umr_sinovlari_yurak_yurakka_yetib_boruvchi_ajoyib_ta_sirli_film/2011-10-07-18788

Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Sayyid90 06 Fevral 2012, 06:33:25
negadir bizni filmlarda dinni faqat yomon qilib kursatyapti.ochiq,sharmandani esa maqtab.
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mahdiyah 12 May 2012, 08:51:09
"Aldangan ayol" filmini man ham yarim chala  ko'rdim. Bir paytla TV da tinmi qo'yishayotgandi shu kinoni.
Yana bosh rol sohibasi Rayhon shu roli uchun "Uzbek Oskar"igayam sohib bo'ptilamish.
Kinoni ko'rib ensam qotib oxirigacha ko'rmi qo'ydim.
Musannif Adham etganlaride umuman saviyasiz, zakazga - dinni qoralash maqsadida olingan film dib o'yliman.

Mayli shu kinolada dinni targ'ib qilishmasin, umuman dinni aralashtirmi qo'yaqolishsin, chunki eplolmayabdi UZBEK kinosi dinni ko;rsatishni, undan ko'ra umuman aralashtirmasin.

Xindistonda yiliga 600 dan ko'p film olinadi dib eshitgandim qachonladir, yarmidan ko'pi bachkana ularda ham.
Pichoqqa ilinadigani bo'sa 10 ta chiqar shu 600 tadan.
Lekin xindlani bir narsasiga qoyil qolish kerak: deyarli har bir filmida ibodatxonasida ibodat qilgan xindni ko'rasiz. Yana ayni qiyin vaziyatda BUTiga sig'inadiyu, butidan yordam so'ridi, kn mushkuli oson bo'ladi filmda.

Mana qanaqa targ'ib qiladi ular dinini
Nom: Re: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Abdulloh_8800 12 May 2012, 09:20:19
bu juda to'g'ri aldangan ayol bu ochiqdan ochiq dinni qoralash. Ularga Alloh kifoya qilsin
Nom: Javob: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Mahdiyah 03 Fevral 2013, 06:55:10
O'zbek kinosidagi 1 narsa manga yoqmidi.
Qay filmga qarasang albatta 1 ta ajdar qaynona bor!
Xatto qaynona-kelin munosabatiga tegishli bo'lmagan filmda ham albatta shu mazvu tiqishtirilib ketiladi.
Mayli qaynonani ko'rsatishsin, lekin ajdar qilib ko'rsatishmasin.
Qaynona degani gap tushuntirib bo'midigan maxluq emasku.
Undan ko'ra qaynonasi tillo bo'lgan (mayli hayotda bunaqalar kam bo'lsa ham), kelinini shirin so'zlar bilan o'z qizidek ko'radigan qilib ko'rsatishsin, ODAMLAR UNDAN IBRAT OLSIN!

Hadeb yomonlayverilgan keyin hamma qochadi-da.
Nom: Javob: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: Qirol Sher 3 13 Fevral 2013, 22:26:34
Menga juda ham uzbek kinolari dilimga hush keladi. Internetda sifatli kino topish kiyin. Uzbek-kinozal.ru (http://uzbek-kinozal.ru/) saytida eng sifatli filmlarni topish mumkin.
Nom: Javob: Kinofilmlar xususida
Yuborildi: azizbek_mx 24 May 2013, 21:44:17
Horun Yahyoning xujjatli filmlarini o'zbek tilida qayerdan topsa bo'ladi? Rus tilidagisi (http://harunyahya.ru/list/type/2/name/%D0%94%D0%BE%D0%BA%D1%83%D0%BC%D0%B5%D0%BD%D1%82%D0%B0%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D1%8B%D0%B5%20%D1%84%D0%B8%D0%BB%D1%8C%D0%BC%D1%8B)ni topdim. O'zbek tilidagisi Youtubeda ikki-uchta chiqyapti.