forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: shoir 27 Iyun 2006, 05:48:50

Nom: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:48:50
Salom

Bu mavzuda Bilim olish madaniyati haqida suhbatlashsak. Bilim olish tarihidan lavhalar bilmganlarimizni bir birimizdan organsak

bir fikr
Bilim olish madaniyatida bir narsa UMUMIY hisobda yoqotilmoqda OZini ozi Oqitish. (SelfStudy)
Yani albatta bir inson 2 chi bittasiga orgatishi kerak degan tushuncha keng tarqalgan...
bu narsa sozsiz bor narsa(boshlanishida zarur) ammo buni susitemol qilinishi yahshi emas.

kelasi postlarda yana suhbatlashamiz bu haqda( dalilar bilan )
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:49:05
Assalom:

Bilim olish qachondan boshlangan?
Odam ato ilmni Allohdan olgan.
Bolalariga ham o`rgatganmi?
Ilm olishning boshi Odam atodan keyin kimda?
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:49:18
samo:

Ha togri Odam atoga Alloh j j barcha ilmlarni ozagini lutf qilgan shuning uchun Quronda
Farishtalar bilan Odam atoning ilmlari solishtirilgan va ular ustun kelganligini oddiy bir sabab qilib Allohning mojizasi uchun sajdaga buyurilganlar shunda shayton sajda qilmagan.
Ammo ayrim ilmlar borki ular tajriba evaziga hosil boladi. Mana shu bilimlarni ozlarshitirishda qanda yol tutsa afzal?
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:49:38
assalom:

SIZNING GAPLARINGIZDA HAM OZGINA QO`SHILMAYDIGAN JOYLARIM BOR. ODAMGA BIROV O`RGATMASA O`RGANISHI QIYIN. AGAR O`ZI O`RGANMOQCHI BO`LSA HAM KIMNINGDIR KITOBIDAN O`QIYDIMI, BEVOSITA? YOKI O`ZIDAN -O`ZI O`RGANIB QOLMAYDI-KU!

ILM OLISHDA AVVALO USTOZ TANLAGAN MA'QUL DEB O`YLAYMAN.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:49:51
Samo:

Togri gaplariz Ammo har hil ILM borda ayrim ilmlarda uztoz bolmasa ustozi Sahytondir degan hikmatli sozlar ham bor...
ammo ilm olish shu darajaga keldiki hozir asosan totiqushlik sanati rivojlanmoqda
ilm olgan oz ilmini amaliyotda qollanolmaydi
masalan Universitetda Marketingdan saboq bergan inson bozordagi tujjordan marketingni amaliy tarafda hamda ANGLASH tarafdan ancha orqada...
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:50:09
farzonochka:

Ha , Samo, gaplarizga qoshilaman, biz ham praktikada bolganimizada, bank xodimlaridan bank haqida ma`lumot, xullas qiziqtirgan savollani berganimizada ayrimlari umuman javob beromasdi... Lekin bu juda achinarli xol. Har bir mijozga shunaqa qilishsa, unda yoshlar kimdan orne olishadi, oshaladanmi????
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:50:19
samo:

Hozir ornak olish qiyin zamon chunki ordaklar kpayib ketdi
shunga kitob kitob va shuni amaliyoti
ha aytgancha kitobni ham "sifatlisi"
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:50:39
maknuna:

Lekim ilmni ilmsizdan o'rgan degan aqida ham bor.
Hammasini taqqoslab turib o'z fikrizga ega bo'sangiz, eng yaxshisi shu.
Inson o'zini kelajagini o'zi quradi, shunga ko'ra harakat qilish kere.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:50:58
bdullay:

Salom Qadirli birodarlar va ilm ahli!
Ilm olish bu qadimda to hozirgi davrgacha davom etib kelyapti. shu sahifani boshida etilgandek bu ilmni bizga olloh beradi. Olloh nimani hohlasaki shu narsa amalga oshadi.
Bunga kupgina isbotlar va dalilar bor masalan eng yaqol misol qilib Quroni karimni keltirishimiz mumkin. Unda nozil bulgan har bir narsa faqat 20 asrga kelibgina insoniyat taraqiy etganidagina tushunib etishyapti va bu narsani isbotini topishyapti. Bunga o'zi guvoh bulgan ilm ahli Islom dinini qabul qilishmoqda.
Eng avvalo Ustoz bizga ilim beradi yani uzi Bilgan jamiki narsani shogirdiga beradi. bu vaqtda shogirda ham izlanishda buladi. va uz navbatida ustozidan kura kuproq ilm egasi buladi shuning uchun busa kerak halq orasida shogird ustozdan uzar degan maqol yurishi. Tajriba asosida kupgina ochilmagan sirlar ochiladi va u keyingiz avlodga meros sifatida qoladi. Ha tu'gri bevosita o'rganib qololmaydi. lekin undan avval malum bulmagan sirlarni u kashf etadi bunga esa bungacha bulgan ilm turtki sabab buladi. Agarda insoniyat bor bulgan ilimdan foydalangan bulganida edi bugungi kundagi taraqiyot bulmagan bulur edi. Mendelev ham davri sistema jadvalini tushida kurganku bu uzi uzidan urganib yoki kashf qilinishiga misolmasmi? bunga uxshagan misollarni yana kuplab keltirish mumkin.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:51:13
bdullay:

ammo ilm olish shu darajaga keldiki hozir asosan totiqushlik sanati rivojlanmoqda
ilm olgan oz ilmini amaliyotda qollanolmaydi
masalan Universitetda Marketingdan saboq bergan inson bozordagi tujjordan marketingni amaliy tarafda hamda ANGLASH tarafdan ancha orqada...

Bunga sabab shuki u o`z ilmini mohiyatini tushunib etmiydi agarda tushinib etganida edi u albatta amalda qulgana bulardi. mana masalan kupchilik yaxshu o'qiydi lekin tajribasiz faqat o'qigan, uzi esa u narsani hatto kurmagan ham. ho'sh. ikkinchisi o'qimagan lekin uzi intilib urgangan. uz uzidan tajribasi xam yaxshigina. bunga nima deysiz. o'qish bilan birga uqish ham kerak
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:51:28
abdulaziz:

Assalomu alaykum!
gaplaringizga qo'shilaman. Ilm qachonki u bilan birga malaka va amalaiyot bor joyda yuksaladi. Xuddi shuningdek talabga yarasha taklif ham bo'ladi.

Keyin man bir narsaga unchalik tushunavermayman: Shunday statistik ma'lumotlar bormi?
Oliy o'quv yurtini bitirganlarning qancha foizi ish bilan ta'minlangan?
Yoki muayyan sohani bitirib, aynan shu sohada ishlayotganlar qancha?
Afsuski bu savollarga qoniqarli javob olib bo'lmaydi.
O'zbekistonda ham ta'lim tobora bozorga qarab intilmoqda. Ya'ni puling bormi, o'qi!
Shuning uchun ham odamlar ongida vaqtinchalik mo'may pul topish ilinji birinchi darajaga ko'tarilgan.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:51:54
bdullay:

Mening raxmatli buvim Quroni karim suralarini tushlarida yod olgan ekanlar.
Bu ham olohning hoshi emasmi?
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:52:12
abdulaziz:

Mashaalloh!
Tushlarida ularga kim o'rgatgan ekan?
Bu jarayon qanday bo'lgan. Muayyan, har kuni 1 qismdan yodlagan ekanmilar yoki to'lig'icha bir kechada yodalaganmikanlar?
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:52:39
abdulazi:

unisini bilmadim. qanchadan bulgan qanchadan yod olgan bu narsani meni uzimga aytishmagan ham. lekin bu narsa hayotda bulgan. bu voqeaga usha paytda guvoh bulgan odam lar ham hayron qolishgan.
Tushlarida esa menga aytishi buyicha unga o'qi deb buyurilgan ular esa o'qigan. shu uqiganini ungida ham bemalol yodan ayta bera olgan.

Bu Ollohning amri ham bulishi mumkin.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:52:57
fotih:

Assalomu alaykum!
Manga o'zbekcha ensiklopediyalar keregiydi. Qattan topsam bo'ladi?
Internetda ham bormi?
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:53:20
dilshodbek:

Internetda o'zbek ensiklopediyalari to'grisida manimcha ma'lumot kam. http://ensiklopediya.freenet.uz bilan bog'lansangiz bu "Bolalar Ensiklopediyasining" sayti. Lekin davlat va turli oliygohlar kutubhonalaridan "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi"ning, to'ldirilgan nashrlarini bemalol topsangiz bo'ladi. Internetdagi ma'ulomotlar to'g'risida esa do'stlarimizdan so'rab ko'ramiz. Abdulaziz bu haqda nima deysiz? Birodarimizga yordam berish kerak.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:53:48
abdulaziz:

Encarta Encyclopedia - http://encarta.msn.com/
Wikipedia Encyclopedia - http://en.wikipedia.org/wiki/Main_Page
darvoqe, bu ensiklopediyaning o'zbekchasi ham bor ekan, lekin juda kambag'al: - http://uz.wikipedia.org/wiki/Main_Page

Britannica Encyclopedia - http://www.britannica.com/
Columbia Encyclopedia - http://columbia.thefreedictionary.com/
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:54:27
nostalgique:

A man goes to knowledge as he goes to war: wide-awake, with fear, with respect, and with absolute assurance. Going to knowledge or going to war in any other manner is a mistake, and whoever makes it might never live to regret it.
Carlos Castaneda
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:54:49
abdulaziz:

Ilm yo'liga kirgan, ey tolib, kerak bo'lsa bu yo'lda olov ummonini kechib o't.
Sayyid Mir Kulol.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2006, 20:03:43
Bilim va zokovot foydasi

Kishida zakovat bo'lsa, o'sha sl odam bo'ladi, kishida bilim bo'lsa, u martabaga erishadi.

Bilim o'z sohibini qashshoq qilmaydigan bitmas-tuganmas boylikdir, o'g'ri va qalloblar uni hech o'g'irlab ololmaydi.

Qadr-qimmat va izzat-e'tibor bilim tufaylidir, zakovatdandir, bilimsiz, zakovatsiz kishining bir kaft tuproqcha ham qimmati yoqdir.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2006, 20:04:36
Jaholat va g'azab odamga ashaddiy dushmandir, bu ikkala dushman dastidan jon hamisha azob tortadi.

G'azabli odam hamisha o'kinchli bo'ladi, g'azab bilan ish qilgan kishi shubhasiz adashadi.

Qancha yillar o'tmasin ezgulik qarimaydi, yomonlik qancha  zozlanmasin, baribir aziz bo'la olmaydi.

Yaramas fe'lli odamning sevinchi va ovunchi bo'lmaydi.
Yusuf Xos Hojibning  Qutadg'u bilig" idan.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Aprel 2007, 13:38:01
Salom !!! Hozirda bilim olish madaniyati haqida gapiradigan bo'lsak menimcha juda sustlashib ketdi. Buni bollar bilan gaplashganda bilib olish qiyin emas. Axr biz kelajak avlodlarimizku.
Shuning uchun biz har birimiz o'qimog'imiz va yurtimiz rivoji uchun nimadir qi;ishimiz kerak. Bu bizning shior bo'lishi kerak.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Muhammad Amin 07 May 2007, 19:58:23
Bilim olish har bir insonning burchidir. Bilim olmagan inson bu kelajagi yo'q insondir. Biz har birimiz kuchli bilim olishimiz va o'z vatanimiz uchun munosib farzand bo'lmog'imiz va uning rivoji uchun o'z hissamizni qo'shmog'imiz kerak.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Robiya 24 Sentyabr 2007, 12:24:29
Bilim olish madaniyati muhit,sharoit bilan bo'gliq deb o'ylayman.Masalan,hozirgi yoshlarning bilim olishi biznesga aylanib ketyapti.Ya'ni,ba'zilar men bu yerda o'qisam kim bo'laman-u,kelajakda qancha oylik olaman,u menga yetadimi yo'qmi,shunga qarab bilim olish madaniyatlarini ham shunga yo'naltirishyapti(bu o'rinda qiziqish ikkinchi darajaga tushib qolyapti).Natijada olgan bilimlari sustlashib, jamiyatiga foydadan ko'ra zarari ko'p tegyapti.Shuningdek,yoshlarning bilim olishi o'zlarini xohishiga qarshi tashkil etilyapti( ba'zi ota-onalari tomonidan).Masalan,farzandi boshqa sohaga qiziqadi,ota-onasining orzusi esa uni boshqa bilimni o'rganishga majbur qiladi.Shu holatda ham bilim olishga nisbatan qiziqish so'nadi.
 
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Foniy 12 Dekabr 2007, 16:29:13
Assalomu alaykum!

***
Avval insof, keyin ilm,..
Hikmat

Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo’linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo’lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo’lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo’lmasin.
Ali ibn Abu Tolib

Ilm boylikdan qiymatlidir. Chunki boylikni sen qo’riqlaysan, xolbuki ilm seni qo’riqlar.
Hikmat

Bilmaslik emas, o’zini bilimdon qilib ko’rsatish ayb!
Hikmat

Ilm so’rashlik bilan qozoniladi.
Imom Zuhriy

Shuncha o`rganib shuni bildimki, men hali hech narsani bilmas ekanman.
Suqrot

Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug’roq narsa yo’q. Sharmu hayodan yaxshiroq zebu ziynat yo’q, badfellikdan yomonroq dushman yo’q.
Hikmat

Sen ilmga hamma narsangni bermaginingcha u senga hech narsa bermaydi.
Hikmat

Xoh diniy, xoh islomiy ilm bolsin, uni insonlarni mot qilish uchun emas, insonlarga yordam berish uchun o’rganish lozim!
Hikmat

Nodon kishi o’zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o’zining ilm va adabiga tayanadi.
Hikmat

Ilm olish og’ir, lekin ilmsiz yashash undan ham og’ir.
Hikmat

Asl Ilmni yo’qotmoqlik, yo’qotaman degan tushuncha bilan uni o’rganmaslikdir.
Abu Hurayra r.a.

Bir kimsaning ilmi, uni Ollohning ma’n qilgan narsalaridan qaytara olmasa, u buyuk tahlikadadir.
Imom A’zam Abu Hanifa r.a.
***
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Navoiyning izdoshi 14 May 2009, 15:47:15
Bilim olish haqida fikrim shunday:
Kimki agar hayotdan olmasa ta'lim
Unga o`rgatolmas hech bir muallim.
Nom: Re: Bilim olish madaniyati
Yuborildi: Abdullah_Hayrullah 21 Iyun 2009, 19:17:45
                               :as:
Haa, inson farzandi har doim ilm olishga muhtoj. Hayvonlarchi, nima qilish kerakligini darhol bilib qo'ya qolishadi.
   Nahl surasining 78- oyatida "Alloh sizni onalaringizning qornidan chiqargan payt hech narsa bilmas edingiz" deya marhamat qiladi. Demakki, insonning vazifasi  ilm bilan komil bo'lmoq, duo bilan Alloh  :jl: ga qullik qilishdir.
   Haqiqiy ilmlarning asosi, xazinasi, nuri va ruhi Alloh :jl: ni butun ism va sifatlariyla bilishdir. Buning tamali, asosi esa Alloh :jl: ga iymondir.
                                     :as:
p.s. ilm o'rganmoqchi ekanligingizga ishonchingiz komilmi?