forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 10 Aprel 2008, 21:06:18

Nom: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 10 Aprel 2008, 21:06:18
:bsm:

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 5 BOSQICH

(http://ziyouz.com/images/bib_5-1.jpg)

Assalomu alaykum!
Islom va Payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning tarixlari barcha uchun ibratdir. Insoniyatning eng buyuk kishisi bo'lgan sevikli Janobimizning siyratlariga bag'ishlab, to'rt yildan beri viktorina o'tkazib kelayotganimizdan xabaringiz bor. Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan viktorinaning 5-bosqichini e'lon qilamiz.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi inshaalloh 2011 yil 5 avgust, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar hayoti haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol e'lon qilinadi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni [email protected] elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 7 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi har 7 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Beshinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Birinchi islomiy haj. Elchiliklar

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.

I bosqich (arxiv) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg113968#msg113968) / G'oliblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg130083#msg130083)
II bosqich (arxiv) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg140156#msg140156) / G'oliblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg152373#msg152373)
III bosqich (arxiv) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg205101#msg205101) / G'oliblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg230437#msg230437)
IV bosqich (arxiv) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg268615#msg268615) / G'oliblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.msg283178#msg283178)

Barcha savol-javoblar (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=20&id=73&Itemid=94)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 10 Aprel 2008, 21:09:14
Bismillahir rohmanir rohiym.

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ DINIMIZNI BILAMIZMI?

Bu savol oddiy ko'rinsa-da, lekin ba'zida unga javob berishga qiynalib qolamiz. Ma'rifat, Rahmat va Mag'firat dini Islom insonlarni doimo ilm olishga chaqiradi.

Taqdim:
Ushbu kichik tashabbus ham sizu bizning ilm olishimizda oz bo'lsa ham yordam berishini Allohdan umid qilib, "Biz dinimizni bilamizmi?" deb nomlangan intellektual o'yinni boshladik. Unda istalgan ilm muxlisi ishtirok etishi mumkin.

Mavzu:
Bu o'yinda Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol berib boriladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni PM yoki e-mail orqali jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Hakamlar:
Hakamlar hay'ati tarkibi: Diydor, Munira xonim va AbdulAziz. Hay'atning vazifasi savollarni tayyorlab taqdim etish va natijalarni hisoblab borishdir.

G'oliblar:
G'oliblar har o'n tur yakunida va ikki hayit arafasida aniqlanadi va sovg'alar bilan taqdirlanadi. Ba'zi userlarimiz g'oliblarga o'z sovg'alarini atashganini bildirishdi. Sizda ham shunday taklif bo'lsa, u holda bizga bildirishingiz mumkin.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, savollarga javoblar va o'zingiz tuzgan savollarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman.
Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!

1-tur
Mavzu: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nasablari, tug'ilishlari va bolaliklari

1. Payg'ambarimiz SAV qurbonlikdan omon qolgan ikki insoning o'g'lidirlar. Bu ikki inson kimlar?
a) Abdulloh, Qusay
b) Abdulloh, Abdumanof
c) Abdulloh, Ismoil

2. Har bir musulmon kishiga Payg'ambarimiz SAVning to'rt ota tomon ajdodlarini bilishlik lozim, ularni to'g'ri ketma ketlikda kelgan qatorni belgilang.
a) Abdulloh, Abdulmuttalib, Hoshim, Abdumanof
b) Abdulloh, Abdulmuttalib, Abdumanof, Hoshim
c) Abdulloh, Hoshim, Abdumanof, Abdulmuttalib

3. Arablar hisobi bilan payg'ambarimiz SAV Fil voqeasining nechani yilida tug'ilganlar?
a) Birinchi yili
b) Fil voqeasidan avval
c) Fil voqeasining 3-yilida

4. Fil voqeasi nima uchun Islomdan avvalgi xalqlarda ham to shu kungacha mashhur?
a) Yil hisobini shundan boshlaganlari uchun
b) Bu jangda Allohning mo'jizasini ko'rganliklari sabab
c) G'alaba qilganlari sabab

5. Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, quraysh qabilasining maslahat yig‘inlarini ochish payg'ambarimizning qaysi bobolari qo'lida bo'lgan?
a) Hoshim
b) Qusay
c) Abdumanof

6. Rasulullohning SAV otalari Abdullohning onalarini ismi kim bo'lgan?
a) Otika binti Murra
b) Fotima binti Umar
c) Salmo binti Amr

7. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh bobolarining nechanchi farzandi edilar?
a) 9-chi
b) 10-chi
c) 11-chi

8. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh onalari Ominaga necha yoshlarida uylanganlar?
a) 20 yosh
b) 18 yosh
c) 22 yosh

9. Rasulullohning SAVning onalari Omina quraysh qabilasining qaysi jamoasidan edi?
a) Zuhra
b) Mahzum
c) Najjor

10. Payg'ambar SAVga doyalik qilgan Shaffo qaysi buyuk sahobaning onasi edi?
a) Sa'd ibn Abu Vaqqos
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Hamza ibn Abdulmuttalib

11. Payg'ambarimiz SAVni ilk emizgan ayol kim?
a) Onalari Amina
b) Ummu Ayman
c) Suvayba

12. Payg'ambarimiz SAVning sut onalari Halimaning eri Harisning kunyasi nima edi?
a) Abufihr
b) Murra
c) Abukabsha

13. Payg'ambarimiz SAV bilan qaysi voqeadan keyin shaytonning u zotda nasibasi qolmagan?
a) Tug'ilishlari bilan
b) Payg'ambarlik berilishi bilan
c) Shaqqi sadr bilan

14. Payg'ambarimiz SAV nechcha yoshga to'lgunlari qadar emizik onalari Halima qo'lida katta bo'ldilar?
a) 5 yosh
b) 2 yosh
c) 4 yosh

15. "Shaqqi sadr", ya'ni ko'krak yorilish voqeasi Rasululloh SAV hayotlari davomida ikkinchi marta qachon yuz bergan?
a) Ilk vahiy tushganda
b) Me'rojga chiqqanlarida
c) Hajjatul vado'da

16. Onalari Omina payg'ambar SAV bilan nima maqsadda Madina safariga chiqdilar?
a) Tijorat
b) Sayohat
c) Ziyorat

17. Onalari Ominaning o'limidan keyin payg'ambar SAVni tarbiya qilgan ayol kim?
a) Halima
b) Ummu Ayman
c) Suvayba

18. Bobolari Abdulmuttalibning olimidan keyin payg'ambarimiz S.A.V. necha yoshda edilar?
a) 8
b) 9
c) 6

19. Bobolarining o'limidan keyin payg'ambarimiz qaysi amakilarining oilasida tarbiya qilindilar?
a) Abbos
b) Abu Tolib
c) Hamza

20. Payg'ambarimiz SAV 12 yoshga yetgach amakilari bilan Shom viloyatiga qilingan safar chog'ida Busro shaxrida payg'ambarimiz SAVni Olamlar sarvari, Alloh taolo habibi, oxir zamon payg'ambarliklari haqida xabar bergan rohib kim edi?
a) Nasturo
b) Yaqub
c) Buhayro

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Payg'ambarimiz SAVning yigitlik davrlari, uylanishlari va ilk vahiyning kelishi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 18 Aprel 2008, 06:38:12
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh!!!
Hurmatli forumdoshlar va tanlov ishtirokchilari!
Mana nihoyat oradan bir hafta o'tib, Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizni 1-turining dastlabki natijalarini e'lon qilish vaqti keldi.
Bu tanlovda ishtirok etgan barcha forum a'zolari va mehmonlarga o'z minnatdirchiligimizni bildiramiz. Va bu tanlovning keyingi turlarida bundan-da faol bo'lishliklarini tilab qolamiz. Alloh barchalarimizni ilmlarimizni ziyoda qilsin. Oxiratda Rasululloh sav bayroqlari ostida bo'lmoqligimizni nasib qilsin. Barchalaringizga Allohning salomi, mag'firati va rahmatlari yog'ilsin. Amiyn.

1- turning dastlabki reyting natijalari:

1. Dilmurod Majidov -  95 bal.
2. Muxsina               -  95 bal.
3. Asadulloh            -   95 bal. (80 bal to'g'ri javoblari 15 bal savollari uchun)
4. Abdulatif              -   95 bal.
5. Muhammad Ibrohim - 95 bal.
6. KWL                         - 90 bal.
7. Abdurrahmon           - 90 bal.
8. Robiya                      - 90 bal.
9. Muslima                    - 90 bal.
10. Noza                       - 90 bal.
11. Akbar                      - 85 bal.
12. Sita                         - 85 bal.
13. Shoir                       - 85 bal.
14. Alisher Abdullayev   - 85 bal.
15. Baxtiyor Xonkeldiyev - 85 bal.
16. Abdulloh 90               - 85 bal.
17. Dilnoza Mirsaidova    - 80 bal.
18. Isroilov Farhod          - 75 bal.
19. lolo                            - 75 bal.
20. Nozima G'aniyeva      - 70 bal.
21. Olimxon                     - 70 bal.
22. Ummatiy_Muhammadiy - 70 bal.
23. Ilhom Ahmadjonov    - 65 bal.
24. Maryam Isaboyeva    - 65 bal.
25. Naimjon                    - 60 bal.
26. Salmoni Forsiy           - 55 bal.
27. Fazilat                       - 55 bal.
28. Sakina                       - 55 bal.
29. Halim                         - 50 bal.
30. Munira Rozikova        - 50 bal.
31. Mastura Islom           - 45 bal.
31. Azimjon Madrahimov - 45 bal.
32. Nurulla Mukhamedov - 40 bal.
33. Mubashsher_Muhammad - 40 bal.
34. Kamronbek                      - 35 bal.
35. Guli Iskandarova             - 30 bal.

1-turning oxirgi natijalari va savollarning to'g'ri javoblari bilan kelasi haftaning jum'a kuni tanishtiramiz, Inshaalloh.

PS: Ayrim texnik sabablarga ko'ra Nozani va Maryam Isaboyevaning javoblari tushib qolgan ekan. SHuni joyladim. Buning uchun Nozadan va boshqa ishtirokchilarimizdan uzr so'rayman.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 18 Aprel 2008, 06:46:34
2-tur
Mavzu: Payg'ambarimiz SAVning yigitlik davrlari, uylanishlari

1. Payg'ambarimiz SAV 20 yoshga kirganlarida Fijor urushida qatanashdilar. Bu urush qatnashchilari bo'lgan qabilalar qaysi qatorda keltirilgan?
a) Kinona, Qays, Quraysh
b) Hazraj, Avs, Quraysh
c) Quraysh, Zuhra, Kinona

2. Ukoz qanday marosim?
a) Arablarda mavsumiy bozor
b) O'zaro kelishmovchiliklarni hal qiladigan qabilalar majlisi
c) Ziyofat

3. Fijor urushi nima sababdan bunday nomlandi?
a) Qurayshning hurmati saqlanmagani sabab
b) Arablar orasida bekorga qon to'kilgani sabab
c) Muqaddas Makkaning hurmati saqlanmagani sabab

4. Fijor urushida Qurayshning Qays qabilasiga tovon to'lashini nazorat qilishga kim mas'ul etib saylandi?
a) Abdulmuttalib
b) Abu Sufyon
c) Harb ibn Umayya

5. Fijor urushida ko'rilgan talofatni to'lab bo'lingunicha Qurayshdan Qavs qabilasiga kim garovga berilgan?
a) Muhammad ibni Abdulloh
b) Umar ibn Hattob
c) Abu Sufyon

6. Fijor urushidan keyin arablar o'rtasida tuzilgan xayriya uyushmasi kimning uyida tuzilgan edi?
a) Abdulmuttalib
b) Abdulloh ibn Ju'don
c) Harb ibn Umayya

7. Fijor urushida Payg'ambarimiz SAVning vazifalari nima edi?
a) kamondan o'q otish
b) otliq askarlar safida jang qilish
c) o'q terish

8. Payg'ambarimiz SAV Payg'ambarlik berilganda ham sog'inib eslaydigan johiliyatdagi yaxshilik qaysi?
a) Ka'bani qayta tamirlashda qatnashganlari
b) Halimani uylarida sahroda o'tgan bolaliklari
c) Xayriya uyushmasiga a'zo bo'lganlari

9. Rasululloh SAV ikkinchi marta Shomga necha yoshlarida safar qilganlar?
a) 12
b) 20
c) 25

10. Hz. Hadicha onamiz tarafidan Payg'ambarimiz SAV Shomga savdo bilan ketishida kim yordamchi bo'lgan?
a) Maysara
b) Said ibn Abu Saib
c) Nafisa

11. Hadicha onamiz va Rasululloh SAVning nikohlarini kim o'qigan?
a) amakilari Abu Tolib
b) Hadichaning amakilari Amr ibn Asad
c) Abu Bakr Siddiq

12. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Hadicha onamizga mahrga nima hadya qildilar?
a) 1 tilla uzuk
b) 20 ta bo'taloq (tuya)
c) 11 ziro' kumush

13. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan eng katta qizlari ismi nima?
a) Ruqiya
b) Ummu Gulsum
c) Zaynab

14. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning eng katta o'g'illari ismi nima?
a) Ibrohim
b) Qosim
c) Tohir

15. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan ikkinchi o'gillari ismi nima edi?
a) Qosim
b) Abdulloh
c) Ibrohim

16. Paygambarimiz SAV Hadicha onamizdan nechta farzandli bo'lganlar?
a) 6
b) 5
c) 8

17. Rasululloh SAV tiriklik paytida vafot etgan ikki mo'minlar onasi kim?
a) Hadicha binti Xuvaylid, Savda binti Zam'a
b) Hadicha binti Xuvaylid, Zaynab binti Xuzayma
c) Hadicha binti Xuvaylid, Ummu Salama

18. Ka'bani qayta ta'mirlash paytida hajarul asvadni joyiga o'rnatish vazifasi Rasululloh sollallohu 'alayhi vasallamga nasib etganda, u zot necha yoshda edilar?
a) 35
b) 38
c) 40

19. Nima uchun makka ahli Baytullohni buzib, qayta tikladi?
a) Qabilalar aro urushlar oqibatida Ka'ba binosiga ko'p zarar yetgan edi
b) Ziyoratchilarning ko'p kelgani sabab, baytulloh devorlarini buzib, kengaytirishmoqchi edi
c) Qattiq yomg'ir yog'ib, Baytullohni sel bosib, bino yiqila boshlagan edi

20. Payg'ambar SAVga hajarul asvadni joylash topshirilganda, u zot hech bir Makka qabilalarini xafa qilmaydigan bir tadbir qo'lladilar. Bu tadbir nima edi?
a) Qur'a tashlash orqali. Qur'a g'olibi bo'lgan qabila oqsoqoli, hajarul asvadni qo'lida ko'tarsin, boshqa qabila oqsoqollari unga yordam bersin, dedilar.
b) Choponlarini yerga yoyib, ustiga qora toshni qo'ydilar, har bir qabila oqsoqoli choponning chekkasidan ushlab, barobar ko'tarishdi.
c) Qabila oqsoqollari orasida yoshi eng katta bo'lgani hajarul asvadni joyidan qo'zg'otib, payg'ambar alayhissalomga uzatsin, ular, toshni joylasinlar, dedilar.
 
Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Ilk vahiyning kelishi. Da'vatning boshlanishi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Aprel 2008, 06:43:32
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh!!!
Aziz forumdoshlar va tanlovda ishtirok etayotgan mehmonlar!
Sizlarni natijalar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Bugun 1-turning oxirgi natijalari bilan tanishtiramiz. Keyin to'g'ri javoblar va izohlar bilan tanishasiz. Marhamat.
Alloh barchamizni Haq yo'liga boshlasin.

1-turning so'nggi natijalari.

1. Dilmurot Majidov      - 95 ball.
2. Muxsina                   - 95 ball.
3. Asadulloh                 - 95 ball   (80 to'g'ri javob,15 bal savol uchun)
4. Abdultaif                  - 95 bal..
5. Muhammad Ibrohim - 95 ball.
6. KWL                         - 90 ball.
7. Abdurrahmon           - 90 ball.
8. Robiya                      - 90 ball.
9. Muslima                    - 90 ball.
10. NOZA                      - 90 ball.
11. Akbar                      - 85 ball.
12. Sita                         - 85 ball.
13. Shoir                       - 85 ball.
14. Alishaer Abdulayev - 85 ball.
15. Oysha                     - 85 ball.
16. Abdulloh90              - 85 ball.
17. Baxtiyor Xonkeldiyev - 85 ball.
18. Dilshod ibn Hamid      - 85 ball.
19. Dilnoza Mirsaidova     - 80 ball.
20. Isroilov Farhod           - 75 ball.
21. lolo                             - 75 ball.
22. Umid Xalilov                - 75 ball.
23. Nozima G'aniyeva       - 70 ball.
24. Olimxon                      - 70 ball.
25. Sarah Mann                - 70 ball.
26. UmmatiY_MuhammadiY - 70 ball.
27. Ilhom Ahmadjonov       - 65 ball.
28. Maryam Isaboyeva       - 65 ball.
29. Huzayfa_89                  - 65 ball.
30. Naimjon                        - 60 ball.
31. Salmoni Forsiy              - 55 ball.
32. Sakina                          - 55 ball.
33. Fazilat                          - 55 ball.
34. Halim                            - 50 ball.
35. Munira Rozikova           - 50 ball.
36. Mastura Islom              - 45 ball.
37. Azimjon Madrahimov    - 45 ball.
38. Nurulla Mukhamedov    - 40 ball.
39. Mubashsher_Muhammad - 40 ball.
40. Kamronbek                       - 35 ball.
41. Guli Iskandarova              - 30 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Aprel 2008, 06:46:58
1-tur javoblari

Mavzu: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nasablari, tug'ilishlari va bolaliklari

1. Payg'ambarimiz SAV qurbonlikdan omon qolgan ikki insoning o'g'lidirlar. Bu ikki inson kimlar?
a) Abdulloh, Qusay
b) Abdulloh, Abdumanof
c) Abdulloh, Ismoil

Javob: Abdulloh, Ismoil.
Izoh: Ibrohim a.s. ko’rgan tushlarini Allohning vahiyi deb bilib o’z o’g’illari Ismoil a.s.ni Alloh yo’lida qurbon qilishga otlanib, Ismoilni bo’g’ziga pichoq tortadilar, pichoq kesmaydi, shu payt Jabroil a.s. Jannatdan bir qo’chqor olib chiqib Ibrohimga a.s: ”Ey,Ibrohim a.s. siz Allohning sinovidan o’tdingiz. Endi siz mana bu qo’chqorni Alloh yo’lida qurbon qiling…” deydilar.
Abdulloh Rasululloh SAVning otalari. Bobolari Abdumutallib: ”Agar Alloh menga 10 ta o’g’il bersa bittasini Alloh yo’lida qurbonlik qilaman”, degan qasamyodiga sodiq qolib, 10 o’g’li ichidan kimni qurbonlik qilish tanlash maqsadida qur’a tashlanganida qur’a Abdullohga tushadi. Abdumutallib Abdullohning bo’yniga pichoq tortaman deb turganida quraysh kattalari uni qaytarib qolishadi. Unga bu qasamyodni boshqa yo’l bilan bajarishlikni maslahat berishadi. Shunda Abdulmuttalib Alloh yo’lida 100 ta tuyani qurbon qilish evaziga Alloh taolo bu zotni saqlab qolgan. (“Saodat asri qissalari”)

2. Har bir musulmon kishiga Payg'ambarimiz SAVning to'rt ota tomon ajdodlarini bilishlik lozim, ularni to'g'ri ketma ketlikda kelgan qatorni belgilang.
a) Abdulloh, Abdulmuttalib, Hoshim, Abdumanof
b) Abdulloh, Abdulmuttalib, Abdumanof, Hoshim
c) Abdulloh, Hoshim, Abdumanof, Abdulmuttalib

Javob: Abdulloh, Abdumutallib, Hoshim, Abdumannof.
Izoh: Otalari Abdullohning otasi Abdumutallib. Bu zot Qurayshning ulug’laridan bo’lib, bu qavmning hamma og’irliklarini, muammolarini hal qilishga kuchi yetguvchi fasohatli inson bo’lgan. Abdumutallibning otasi Hoshim va Hoshimning otasi Abdumannofdir. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)

3. Arablar hisobi bilan payg'ambarimiz SAV Fil voqeasining nechani yilida tug'ilganlar?
a) Birinchi yili
b) Fil voqeasidan avval
c) Fil voqeasining 3-yilida

Javob: Birinchi yili.
Izoh: Yaman podshosi Abraha Ka’bani vayron qilish uchun ko’plab askarlar bilan Makkaga yurish qilganida, askarlari orasida bahaybat Mahmud ismli Fil bo’lgan. Makkaga yetib kelishgani va fil o’rgatuvchi filga Ka’ba tomonga yurishni buyurganida, Alloh taoloning qudrati bilan bu bahaybat fil Ka’ba tomonga bir qadam ham yurmagan. Ka’baga bostirib kelgan kofirlarni Alloh taolo O’zining ojiz maxluqlari bo’lmish qushlar tumshuqlarida keltirgan mayda toshlar bilan halok qiladi va ka’batullohni yaqinda tug’ilajak payg’ambari Muhammad SAV uchun, kelajak yangi din, yangi ummat uchun saqlab qolgan yilda Rasululloh SAV dunyoga keladilar. “Ashobi Fil – Fil mingan lashkarlar” qissasi haqida, mo’minlarga ibrat, kofirlarga esa achchiq bir saboq bo’lish uchun Qur’oni karimning “Fil” surasida so’zlangan. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)

4. Fil voqeasi nima uchun Islomdan avvalgi xalqlarda ham to shu kungacha mashhur?
a) Yil hisobini shundan boshlaganlari uchun
b) Bu jangda Allohning mo'jizasini ko'rganliklari sabab
c) G'alaba qilganlari sabab

Javob: Bu jangda Allohning mo’jizasini ko’rganlari uchun.
Izoh: Bu jangda bahaybat filning hamma tomonga qarab yurib, faqat Ka’ba tomonga qadam tashlamagnligi va Abobil qushlarining uchib kelib katta lashkarni yo’q qilib yuborganligi, bu Allohning ulug’ mo’jizasidir. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)

5. Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, quraysh qabilasining maslahat yig‘inlarini ochish payg'ambarimizning qaysi bobolari qo'lida bo'lgan?
a) Hoshim
b) Qusay
c) Abdumanof

Javob: Qusay.
Izoh: Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, Quraysh qabilasining maslahat yig’inlarini ochish Qusayning qo’lida edi. Bunday yig’inlar uning uyida o’tkazilar, janglarda tug’ ko’tarish huquqi ham uning ixtiyorida edi. (“Nurul Yaqiyn”)

6. Rasulullohning SAV otalari Abdullohning onalarini ismi kim bo'lgan?
a) Otika binti Murra
b) Fotima binti Umar
c) Salmo binti Amr

Javob: Fotima binti Umar.
Izoh: Rasululloh SAVning otlari Abdullohning onasi Qurayshning Fotima Maxzum jamoasiga mansub bo’lgan  nasabi toza obro’-e’tiborli Umarning oilasida tug’ilgan. (“Nurul yaqiyn”)

7. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh bobolarining nechanchi farzandi edilar?
a) 9-chi
b) 10-chi
c) 11-chi

Javob: 10-chi
Izoh: Bu savolda ko’pchilik farzand so’zini o’g’il deb tushunishgan. Ya’ni faqat amakilarini hisob qilib, ammalarini hisoblashmagan.
Rasululloh SAVning o‘n (ba’zi ma’lumotlarda 12) amaki va olti ammalari bor edi. Bulardan Abu Tolib, Zubayr, Abdul Ka’ba bu uchovlari Payg‘ambarimizning otalari Abdulloh bilan tug‘ishgan bo‘lib, boshqalari o‘gay edilar. Bulardan ikki kishi — Hamza bilan Abbos iymonga musharraf bo‘ldilar. Rasululloh SAVning oltita ammalari ichida Zubayr ibn Avvomning onalari Safiya binti Abdumuttalib Islomga musharraf bo‘ldi. Otika, Arvo ikkovlarining dinga kirganlari gumonlikdur. Qolganlari ersa vahiydan ilgari o‘lgandirlar. (”Tarixi Muhammadiy”

8. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh onalari Ominaga necha yoshlarida uylanganlar?
a) 20 yosh
b) 18 yosh
c) 22 yosh

Javob: 18 yoshda
Izoh: Rasululloh SAVning otalari Abdulloh Abdumutallibning eng suyukli o’g’li bo’lgan. Abdulloh 18 yoshga to’lganida Abdulmutallib Vahobning qizi Ominani olib berdi. Omina Quraysh ayollarining ichida eng nasli toza pokiza ayollardan edi. (“Nurul yaqin”)

9. Rasulullohning SAVning onalari Omina quraysh qabilasining qaysi jamoasidan edi?
a) Zuhra
b) Mahzum
c) Najjor

Javob: Zuhra jamoasi
Izoh: Ominaning otasi Vahob, uning otasi Abdumannof, uning otasi Zuhra bo’lgan. Zuhra esa Kilobning o’g’li edi. (“Nurul yaqiyn”)

10. Payg'ambar SAVga doyalik qilgan Shaffo qaysi buyuk sahobaning onasi edi?
a) Sa'd ibn Abu Vaqqos
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Hamza ibn Abdulmuttalib

Javob: Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh SAV Fil yilida Bani Hoshim ko’chasidagi Abu Tolibning uyida dunyoga keldilar. U kishiga Islom nuri yer yuzini yoritganidan keyin eng ulug’ sahobiylardan biriga aylangan, “Asharayi Mubashshara”dan bo’lgan sahobiy Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qilgan. (“Nurul yaqiyn”, Tarixi Muhammadiya”)

11. Payg'ambarimiz SAVni ilk emizgan ayol kim?
a) Onalari Amina
b) Ummu Ayman
c) Suvayba

Javob: Suvayba
Izoh: Rasululloh sav tug’ilganlaridan keyin u Zotni birinchi bo’lib amakilari Abu Lahabning cho’risi Suvayba emizadi. (“Nurul yaqiyn”)

12. Payg'ambarimiz SAVning sut onalari Halimaning eri Harisning kunyasi nima edi?
a) Abufihr
b) Murra
c) Abukabsha

Javob: Abukabsha
Izoh: Rasululloh SAVga sut ona bo’lish Bani Sa’d qabilasidan bo’lgan Halimaga nasib qildi. Halimaning eri chorvador Haris, kunyasi Abukabsha edi. (”Nurul yaqiyn”)

13. Payg'ambarimiz SAV bilan qaysi voqeadan keyin shaytonning u zotda nasibasi qolmagan?
a) Tug'ilishlari bilan
b) Payg'ambarlik berilishi bilan
c) Shaqqi sadr bilan

Javob: Shaqqi sadr bilan
Izoh: Rasululloh sav 4 yoshga kirganlari mashhur shaqqi sadr “ko’krak yorilishi’ hodisasi bo’lib o’tgan. Bu hodisada Alloh taolo farishtalari orqali Rasululloh sav ning qalblaridagi shayton nasibasi bo’lgan “Nafsi ammora” (yomonlikka undovchi nafsni olib tashlagan. Shu kundan boshlab bu zot insonni yo’ldan ozdiradigan ahyu havaslardan ozod bo’lganlar. (”Tarixi Muhammadiy”, “Nurul-Yaqiyn”)

14. Payg'ambarimiz SAV nechcha yoshga to'lgunlari qadar emizik onalari Halima qo'lida katta bo'ldilar?
a) 5 yosh
b) 2 yosh
c) 4 yosh

Javob: 4 yosh
Izoh: Rasululloh SAV 4 yoshga to’lganlarida Shaqqi sadr hodisasi bo’lib, onalari Halima qo’rqib o’z onalari Ominaga topshirgunlaricha o’sha xonadonda bo’lganlar. (”Nurul-yaqiyn”)

15. "Shaqqi sadr", ya'ni ko'krak yorilish voqeasi Rasululloh SAV hayotlari davomida ikkinchi marta qachon yuz bergan?
a) Ilk vahiy tushganda
b) Me'rojga chiqqanlarida
c) Hajjatul vado'da

Javob: Me'rojga chiqqanlarida
Izoh: Rasululloh SAV hayotlari davomida Shaqqi sadr voqeasi ikkinchi marta Me’roj kechasi, Isro voqeasidan oldin, Ka’ba yonida bo’lgan. “Ey Muhammad a.s. Biz sizning ko’ksingizni (qalbingizni) ochib qo’ymadikmi?!” (“Sharh” surasi, 1-oyat.
Bu oyatda Muhammadning SAV Isro kechasidagi “Shaqqi Sadr” voqeasiga sihora bor. “Tafsiri Ibi Kasiyr.

16. Onalari Omina payg'ambar SAV bilan nima maqsadda Madina safariga chiqdilar?
a) Tijorat
b) Sayohat
c) Ziyorat

Javob: Ziyorat
Izoh: Muhammad sav 6 yoshga to’lganlari onalari Omina bobolari Abdumutallibning maslahtiga ko’ra Yasribga (Madina) ham qarindoshlarini, ham jufti haloli bo’lgan Abdullohning qabrini ziyorat qilish maqsadida o’g’li Muhammadni va cho’risi Ummu Aymanni olib yo’lga tushadilar. (“Nurul yaqiyn”, “Tarixi Muhammadiy”)

17. Onalari Ominaning o'limidan keyin payg'ambar SAVni tarbiya qilgan ayol kim?
a) Halima
b) Ummu Ayman
c) Suvayba

Javob: Ummu Ayman
Izoh: Omina bir oydan ko’proq vaqt Madinada bo’lganidan keyin o’g’li va cho’risi bilan Makkaga qayitsh uchun yo’lga chiqdi. Lekin ajal uni Makka va Madina oralig’ida Abvo degan joyda quvib yetdi va jonini mahv etdi. Shundan keyin Muhammad sav butunlay yetim bo’lib cho’rilari Ummu Ayman qo’lida qoldi va tarbiyalandi. Muhammad SAV keyinchalik Ummu Ayman haqida:”Tuqqan onamdan keyingi onamdir “deya iltifot ko’rsatganlar. (“Nurul yaqiyn”, “Tarixi Muhammadiy”)

18. Bobolari Abdulmuttalibning olimidan keyin payg'ambarimiz S.A.V. necha yoshda edilar?
a) 8
b) 9
c) 6

Javob: 8 yoshlarida
Izoh: Muhammad sav 6 yoshga to’lganlari onalari Ominadan ajralgan bo’lsalar, shundan keyin ikki yil davomida bobolari Abdumutallib bag’rida mehr ko’rib voyaga yetganlar. Muhammad SAV 8 yoshga to’lganlarida esa ajal u kishining mehribonlarini bo’lgan bobolari Abdumutallibni ham o’z ixtiyoriga oladi. Shunday qilib Muhammad SAV uchinchi o’ksizlikni boshlaridan o’tkazadilar. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)

19. Bobolarining o'limidan keyin payg'ambarimiz qaysi amakilarining oilasida tarbiya qilindilar?
a) Abbos
b) Abu Tolib
c) Hamza

Javob: Abu Tolib
Izoh: Muhammad SAV bobolaridan ajralganlaridan keyin bobolarining vasiyatiga va qur’a tashlash yo’li bilan tanlangan, shu bilan birga Muhammad SAV o’zlari ham bag’rilariga otilib tanlagan amakilari Abu Tolibning tarbiyalarida qoladilar. Abdumutallib faqat ikki o’g’li orasida qur’a tashlaydi. Bular Abu Tolib va Zubayr. Buning sababi Abu Tolib, Zubayr va Abdullohning onalari bir bo’lganligi edi. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)

20. Payg'ambarimiz SAV 12 yoshga yetgach amakilari bilan Shom viloyatiga qilingan safar chog'ida Busro shaxrida payg'ambarimiz SAVni Olamlar sarvari, Alloh taolo habibi, oxir zamon payg'ambarliklari haqida xabar bergan rohib kim edi?
a) Nasturo
b) Yaqub
c) Buhayro

Javob: Buhayro
Izoh: Shom bilan Makka  yashovchi, insonlarni yakkaxudolikka da’vat qilguvchi rohib Buhayro Muhammad SAVning sifatlarini Injil va Tavrotda o’qib bilgan edi.  Buhayroning ismi Jirjisiy (Georgiy) bo’lib, Bayrutdagi “Katolik bosmaxonasi” tomonidan 1996 yilda nashr qilingan “Al-Munjid fil a’lom” (atoqli ismalrning izohli lug’ati) kitobida uqyidagi ma’lumotalr bor. “Rohib Buhayro milodiy 6-asrda Arab jazirasida karvonlar yo’li ustida yashar, badaviylarni yakkaxudolikka da’vat qilar edi. Muhammad sav ni Quraysh savdogarlari hamrohligida ko’rib, amakisi Abu Tolibga:”Mana shu jiyaningg Muhammad haqida ulug’ xabar bor”, degan.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Aprel 2008, 07:36:33
2-turning dastlabki reyting natijalari.

1. Robiya                   - 100 ball.
2. Muxsina                 - 95 ball.
3. Muhammad Ibrohim - 95 ball.
4. Muslima                    - 95 ball.
5. NOZA                        - 95 ball.
6. Abdulloh90               - 95 ball.
7. Dilmurot Majidov       - 90 ball.
8. Sita                          - 90 ball.
9. Abdurrahmon           - 90 ball.
10. Sakina                   - 90 ball.
11. Shoir                      - 90 ball.
12. Fazilat                    - 90 ball.
13. Maryam Isaboyeva      - 90 ball. ( 10 ball savol uchun)
14. KWL                            - 90 ball.  (10 ball savol uchun)
15. Asadulloh               - 90 ball.
16. Mastura Islom        - 90 ball.
17. lolo                         - 90 ball.
18. Mars                       - 85 ball.
19. Sarah Mann           - 85 ball.
20. UmmatiY_MuhammadiY - 85 ball.
21. Akbar                    - 80 ball.
22.Isroilov Farhod            - 80 ball.
23. Dilshod ibn Hamid       - 80 ball.
24. Alisher Abdullayev      - 75 ball.
25. Oysha                        - 75 ball.
26. Dilnoza Mirsaidova     - 75 ball.
27. Huzayfa_89               - 70 ball.
28.Olimxon                     -  60 ball. (55 bal to'g'ri javob, 5 bal savol uchun)
29. Mubashsher_Muhammad - 45 ball.
30. Ilhom Ahmadjonov         - 45 ball.
31. Abduxoliq                        - 40 ball.
32. Y_U_R_I_S_T                - 35 ball.

Assalamu alaykum. Masturani javoblarini hisoblashda xatoliklarga yo'l qo'ygan ekanman. Shuni to'g'rilab qo'ydim. Buning uchun Masturadan va boshqa ishtirokchilardan uzr so'rayman. Xatoliklarimiz bo'lsa eslatib turishingizni iltimos qilaman. Chunki biz ham insonmiz, adashishimiz tabiiy hol...
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Aprel 2008, 07:58:59
1-2- turning umumiy natijalari.

1. Muxsina                    - 190 ball.
2. Muhammad Ibrohim  - 190 ball.
3. Robiya                      - 190 ball.
4. Dilmurot Majidov       - 185 ball.
5. Muslima                     - 185 ball.
6. NOZA                         - 185 ball.
7. Asadulloh                   - 185 ball.
8. Abdurrahmon             - 180 ball.
9. KWL                           - 180 ball.
10. Abdulloh90              - 180 ball.
11. Sita                          - 175 ball.
12. Shoir                        - 175 ball.
13. Akbar                       - 165 ball.
14. Dilshod ibn Hamid    - 165 ball.
15. Alisher Abdullayev   - 160 ball.
16. lolo                          - 160 ball.
17. Oysha                     - 160 ball.
18. Dilnoza MIrsaidova  - 155 ball.
19. Isroilov Farhod        - 155 ball.
20. Maryam Isaboyeva  - 155 ball.
21. Sarah Mann             - 155 ball.
22. UmmatiY_MuhammadiY - 155 ball.
23. Sakina                          - 145 ball.
24. Fazilat                           - 145 ball.
25. Huzayfa_89                  - 135 ball.
26. Mastura Islom                - 135 ball.
27. Olimxon                        - 130 ball.
28. Ilhom Ahmadjonov         - 110 ball.
29. Abdulatif                        - 95 ball.
30. Baxtuyor Xonkeldiyev     - 85 ball.
31. Mubashsher_Muhammad - 85 ball.
32 Mars                                 - 85 ball.
33. Umid Xalilov                     - 75 ball.
34. Nozima G'aniyeva             - 70 ball.
35. Naimjon                           - 60 ball.
36. Salmoni Forsiy                  - 55 ball.
37. Halim                                - 50 ball.
37. Munira Rozikova               - 50 ball.
38. Azimjon Madrahimov        - 45 ball.
39. Nurulla Mukhamedov        - 40 ball.
40. Abduxoliq                          - 40 ball.
41. Y_U_R_I_S_T                     - 35 ball.
42. Kamronbek                         - 35 ball.
43. Guli Iskandarova                - 30 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Aprel 2008, 08:04:26
3-tur
Mavzu: Ilk vahiyning kelishi. Da'vatning boshlanishi

1. Jabroil alayhissalom ilk marta Payg'ambar SAVga nima shaklida ko'rindilar?
a) Havoda muallaq turgan qanotli maxluq
b) Odam shaklida
c) Daraxt shaklida

2. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk bora vahiy qilib Qur’oni karimning qaysi surasi va nechanchi oyatlari nozil bo’lgan?
a) Fotiha surasining 1-7 oyatlari.
b) Alaq surasining 1-5 oyatlari
c) Muddassir surasining 1-5 oyatlari.

3. "Koshki yosh yigit bo‘lsam, qavming ota-bobosi e’tiqod qilib kelgan dinini o‘zgartirishni targ‘ib etganing uchun seni yomon ko‘rib, dushmanlik qilishadi, tug‘ilib o‘sgan yurtingdan haydab chiqarishadi". Rasululloh SAVga qarata aytilgan ushbu gaplar muallifi kim?
a) Varaqa ibn Navfal
b) Buhayro
c) Ka'bul Ahbor

4. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk iymon keltirish baxtiga muyassar bo’lgan inson kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.)
b) Ali ibn Abu Tolib (r.a.)
c) Xadicha binti Xuvaylid (r.a.)

5. Rasululloh SAVga ikkinchi bo’lib nozil qilingan oyatlar qaysilar?
a) Mudassir, 1-2-oyatlar
b) Fotiha, 1-7-oyatlar
c) Muzammil, 1-5-oyatlar

6. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan ilk bor namoz o’qish baxtiga muyassar bo’lgan inson kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.)
b) Ali ibn Abu Tolib (r.a.)
c) Xadicha binti Xuvaylid (r.a.)

7. Payg’ambarimiz SAVga vahiyning boshlanishi qaysi oyga to'g'ri keladi?
a) Rabiul avval oyiga
b) Ramazon  oyiga
c) Rajab oyiga

8. Payg'amarimiz SAV ga ilk vahiy nozil bo'lgan Hiro g'ori joylashgan tog' keyinchalik nima deb nomlangan?
a) Savr
b) Nur
c) Rahmat

9. Yoshlardan islomni ilk qabul qilgan ikki buyuk sahoba kim?
a) Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Horisa
b) Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos
c) Ali ibn Abu Tolib, Said ibn Zayd

10. Rasululloh SAV: "Men islom diniga da’vat etganlar orasida faqat ...gina hech ikkilanmay imonga kelgan". Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
a) Hadicha binti Huvaylid
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq

11. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk iymon keltirgan sahobalardan, birinchi bo’lib qaysi sahobiyni ismlarini "œAbdurrohman" deb o’zgartirgan Abdurahmon ibn Avfning johiliyatdagi ismi nima edi?
a) Abduamr
b) Abdushams
c) Abduluzzo

12. Qaysi qatordagi javobda Abu Bakr Siddiq tashviqi bilan ilk iymonga kirgan 5 buyuk sahobiy nomi to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas'ud, Usmon ibn Affon
b) Aburahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avvom, Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Usmon ibn Affon, Aburahmon ibn Avf, Talha ibn Ubaydulloh, Ammor ibn Yosir, Zubayr ibn Avvom

13. 5 vaqt namoz farz qilingunga qadar musulmonlar qay payt va necha mahal namoz o'qirdilar?
a) 3 mahal: quyosh chiqishidan avval, quyosh tikkaga kelgan payt, quyosh botishidan avval
b) 2 mahal: ertalab  va kechqurun
c) 4 mahal: saxar vaqti, tush mahali, shom mahali va yarim kechasi

14. Islomda eng avval qon to'kkan sahobiy kim?
a) Ammor ibn Yosir
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Sa'd ibn Abu Vaqqos

15. "Insonni ota-onasiga yaxshi muomala qilishga buyurdim. Agar ota-onang noma’lum bir narsani menga sherik keltirishga (buyurib) zo‘rlasa, itoat etma. Sizlar mening dargohimga qaytib borasizlar, sizlarga o‘z qilmishinglarni ayon qilaman", oyati qaysi sahobiyning onasi o'g'lining Islomga kirganidan norizo bo'lgan paytida nozil bo'lgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa'd ibn Abu Vaqqos
c) Zubayr ibn Avvom

16. Islomga yashirin da'vat paytida musulmonlar qaysi sahobaning uyida to'planib ilm majlisi qilardilar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Abdulloh ibn Mas'ud
c) Arqam ibn Abu Arqam

17. Makkada ilk bor shahodat kalimasini ovozi boricha baqirib aytgan va bu ishi uchun makkaliklardan ozor ko’rgan sahobiy kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.)
b) Abu Zarr (r.a)
c) Zayd ibn Sobit (r.a.)

18. Bilol ibn Abu Raboh (r.a.) — ilk bor azon aytgan sahobiy qullikdan ozod qilingunlariga qadar kimning quli edilar?
a) Umayya ibn Xalafning
b) Abu Jahlning
c) Abu Sufyonning

19. Islomdagi ilk shahid ayol Sumayyaning qotili kim edi?
a) Abu Lahab
b) Abu Jahl
c) Umayya ibn Xalaf

20. Qurayshlik Nofal ibn Xuaylid Talha va yana bir boshqa sahobani ikki qo‘lidan bog‘lab, ularning ustilarida xar-xil qiynoqlarni o‘tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo‘liga topshirdi. Shu sababdan Talha  va uning do’stini "œikkisi bog‘langan" deb chaqirishar edi. Talha r.a. bilan "œbog’langan" sahoba kim?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa'd ibn Abu Vaqqos

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Islom diniga oshkora da'vatning boshlanishi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 02 May 2008, 06:50:34
Assalamu alaykum wa rahmatullhi wa barakatuh!!!
Avvalo barcha musulmon ahliga bugungi ulug' Juma muborak bo'lsin!
Tanlov natijalarini, savol-savoblarni va umumiy natijalarni tanishtirishda davom etamiz. Bu tanlovda ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarimizga Allohning salomini va buyuk ajru-mukofatlarini tilaymiz!!!

2-turning yakuniy natijalari!!!

1. Robiya      - 100 ball.
2. Anisa              — 100 ball.
3. MuhammadIbrohim   - 95 ball.
4. Muslima     - 95 ball.
5. NOZA        - 95 ball.
6. Abdulloh90  - 95 ball.
7. Muxsina       - 95 ball.
8. Dilmurod Majidov  - 90 ball.
9. Sita             - 90 ball.
10. Sakina       - 90 ball.
11.  AbdurRahmon  - 90 ball.
12. Mastura Islom  - 90 ball.
13. Asadulloh        - 90 ball.
14. Shoir                - 90 ball.
15. Fazilat              - 90 ball.
16. KWL                - 90 ball.
17.. lolo                  - 90 ball.
18 Sarah Mann    - 85 ball.
19. UmmatiY-MuhammadiY — 85 ball.
20. Mars                                 - 85 ball.
21. Akbar                               - 80 ball.
22. Abdulatif                         - 80 ball.
23. Isroilov Farhod               - 80 ball.
24. Maryam Isaboyeva         - 80 ball.
25. Dilshod ibn Hmaid        - 80 ball.
26. Alisher Abdullayev       - 75 ball.
27. Oysha                            - 75 ball.
28. Dilnoza Mirsaidova      - 75 ball.
29. Huzayfa89                    - 70 ball.
30. Olimxon                       - 55 ball.
31. Mubashsher Muhammad — 45 ball.
32. Ilhom Ahmadjonov          - 45 ball.
33. Abduxoliq                        - 40 ball.
34. Y_U_R_I_S_T                - 35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 02 May 2008, 06:53:21
2-tur javoblari

Mavzu: Payg'ambarimiz SAVning yigitlik davrlari, uylanishlari

1. Payg'ambarimiz SAV 20 yoshga kirganlarida Fijor urushida qatanashdilar. Bu urush qatnashchilari bo'lgan qabilalar qaysi qatorda keltirilgan?
a) Kinona, Qays, Quraysh
b) Hazraj, Avs, Quraysh
c) Quraysh, Zuhra, Kinona
To’g’ri javob: Kinona, Qays, Quraysh.
Izoh: Kinona qabilasidan bo’lgan Barroz ibn Qays  ismli kishi Qays qabilasidan bo’lgan Urva ibn Utbani, o’zini haqorat qilgani uchun qasd olish niyatida tijorat uchun yo’lga chiqqanida o’ldiradi. Urva ibn Utbaning o’ldirilganini eshitgan Qays qabilasi Kinona va Quraysh qabilsidan Urvani qasosini olish uchun urush boshlashadi. Bu urush Makka bilan Toif shaharlari o’rtasidagi Naxla degan joyda bo’ladi. Bu bemaqsad urushda Abdumutallib o’g’illaridan Zubayr, Abu Tolib, Abbos va Hamza, Abdumutallibning eng sevimli nabirasi Muhammad SAV ham qatnashganlar. Bunda Muhammad a.s 20 yoshda bo’lganlar.
"œSaodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

2. Ukoz qanday marosim?
a) Arablarda mavsumiy bozor
b) O'zaro kelishmovchiliklarni hal qiladigan qabilalar majlisi
c) Ziyofat
To’g’ri javob: Arablarda mavsumiy bozor.
Izoh: Ukoz — arablarning mavsumiy bozori bo’lib, bunday bozor arablarning tarixida bo’lmagan edi. Bu bozorda yerliklardan tashqari Shom va Yamandan kelgan savdogarlar ham o’z mollari bilan tijorat qilardilar. Chunki bunday mahsuloti ko’p, xaridori bisyor bozor hatto Shom va Yamanning orasida cho’zilib ketgan yuzlarcha chaqirim orasida ham bunday bozor topilmasdi.
"œSaodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

3. Fijor urushi nima sababdan bunday nomlandi?
a) Qurayshning hurmati saqlanmagani sabab
b) Arablar orasida bekorga qon to'kilgani sabab
c) Muqaddas Makkaning hurmati saqlanmagani sabab
To’g’ri javob: Muqaddas Makkaning hurmati oyoqosti bo’lgani sabab.
Izoh:O’sha paytda ham arablar tomonidan hurmat bilan qaralgan, ketma-ket keladigan 4 oy, Zulqa’da Zulhijja, Muharram va Rajab oylari harom oylar, ya’ni urush qilinishi, yo’ltosarlik qilish, odam o’ldirish harom qilingan oylar hisoblanardi. Bu urush xuddi shu oylarga to’g’ri keldi. Qurayshliklar esa qavmning mudofaasi uchun bu uyda urush qilishga majbur bo’ldilar. Bu oylarda qilingan urushlar, Allohga ko’tarilgan isyon deya ta’rif berilgan. Bu urush arab tarixida misli ko’rilmagan qirg’inbarot urush bo’lganligi, harom oylarda Muqaddas Makkaning hurmati saqlanmaganligi uchun "œFijor", ya’ni "œGunohkorlar urushi"  nomi bilan tarixda qoldi.
"œSaodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

4. Fijor urushida Qurayshning Qays qabilasiga tovon to'lashini nazorat qilishga kim mas'ul etib saylandi?
a) Abdulmuttalib
b) Abu Sufyon
c) Harb ibn Umayya
To’g’ri javob: Harb ibn Umayya.
Izoh: Bu maqsadsiz, shafqatsizlarcha bo’lgan urushda ko’p kishilarni begunoh qoni to’kildi. Oxiri bunga chek qo’yish uchun qurayshliklardan Utba ibn Robia sulh tuzish taklifi bilan chiqdi. "œSizlarni o’lganlaringizni tovonini to’laymiz, bizlardan o’lganlarini qonini esa Alloh yo’liga bag’ishlaymiz", dedi Utba. U Qays qabilasidan o’lganlarni tovonini to’lashni o’z bo’yniga oldi. Bu ishni nazorat qilishni esa qavmning ulug’laridan Harb Ibn Umayyaga topshirildi.
"Saodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

5. Fijor urushida ko'rilgan talofatni to'lab bo'lingunicha Qurayshdan Qavs qabilasiga kim garovga berilgan?
a) Muhammad ibni Abdulloh
b) Umar ibn Hattob
c) Abu Sufyon
To’g’ri javob: Abu Sufyon.
Izoh: Yuqorida aytib o’tilganidek Qays qavmidan o’lganlarini tovonini to’lashni Utba o’z bo’yniga olganidan keyin, har bir vafot etgan kishi boshiga 100 tuya hisoblandi. Jami bo’lib ikki ming tuya edi. Bunday katta tovonni qanday qilib to’lanishi hammani qiziqtirdi. "œQanday qilib to’laysan?" degan savolga, Utba: "Sizlarga tovonni to’lagunimcha odamlarimizdan garovga qo’yamiz....", dedi. Shunday qilib qaysliklarga 40 kishilik guruh garovga berildi. Bularning orasida Utba ibj Robianing o’g’li Abu Sufyon va qurashlik aslzodalardan bo’lgan Hakim ibn Hizom ham bo’lgan.
"Saodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

6. Fijor urushidan keyin arablar o'rtasida tuzilgan xayriya uyushmasi kimning uyida tuzilgan edi?
a) Abdulmuttalib
b) Abdulloh ibn Ju'don
c) Harb ibn Umayya
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ju’don.
Izoh: Qurayshliklar Fijor urushidan qaytgach, Makkaliklar yoki musofirlarni nohaqlikka uchraganlarida himoya qilish uchun, qabila boshliqlaridan bo’lgan Abdulloh ibn Ju’donning hovlisida uyushma tashkil qilishdi. Bu uyushmagan "œXilful fuzul" (Fazilatli kishilarning fazilatli ish tutishi) deb nom berishdi. Bu uyushmada Abdumonofning ikki o’g’li bo‘lmish Hoshim va Muttalib avlodi, Asad ibni Abduluzzo, Zuhra ibni Kilob avlodi va Taim ibn Murra avlodi jamoasi qatnashdi. Bu uyushmaga Muhammad SAV ham a’zo bo’lgan edilar.
"Saodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy"

7. Fijor urushida Payg'ambarimiz SAVning vazifalari nima edi?
a) kamondan o'q otish
b) otliq askarlar safida jang qilish
c) o'q terish
To’g’ri javob:
c) O’q terish.
Izoh: Payg’ambarimiz SAV 20 yoshlarida bu urushda amakilari bilan birgalikda qatnashganlar. Faqat hech kimga o’q otmagan, hech kimni qonini to’kmaganlar. Faqatgina qarshi tarafdan otilgan o’qlarni to’plab (yig’ib, terib), amakilariga berganlar.
Ibn Hishom, 1/198

8. Payg'ambarimiz SAV Payg'ambarlik berilganda ham sog'inib eslaydigan johiliyatdagi yaxshilik qaysi?
a) Ka'bani qayta tamirlashda qatnashganlari
b) Halimani uylarida sahroda o'tgan bolaliklari
c) Xayriya uyushmasiga a'zo bo'lganlari
To’g’ri javob: c) Hayriya uyushmasiga a’zo bo’lganlari.
Izoh: Abdulloh ibn Ju’donning uyida tuzilgan hayriya uyushmasiga a’zo bo’lgan, xayrli ishlarda qatnashgan Muhammad SAV, payg’ambarlik sharafiga erishganlaridan keyin ham u kunlarni juda ko’p martalab sog’inib eslab, tilga olganlar. U zot: "œMen Abdulloh ibn Jud’oning hovlisida qurilgan uyushmaga kirganman, bu tashkilot qizil tuyalardan qimmatroq, (arablarda qizil tuyalar eng qimmatli narsa hisoblanardi)  agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim, deganlar.
"œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy"

9. Rasululloh SAV ikkinchi marta Shomga necha yoshlarida safar qilganlar?
a) 12
b) 20
c) 25
To’g’ri javob: 25.
Izoh: Rasululloh sav 25 yoshga kirganlarida "œTohira" laqabi bilan mashhur bo’lgan, katta savdogarlardan bo’lgan Xadicha binti Huvaylid Shomga karvon jo’natmoqchi bo’ladi. Bu karvonga bosh qilib jo’natish uchun esa u ishonchli bir kishi topishi lozim edi. Unga Abu Tolibning jiyani bo’lgan Muhammadni a.s. tavsiya qilishadi. Abu Tolib bilan bu haqda kelishib, Muhammadga a.s. boshqalarga bergan haqqini ikki hissasini berish evaziga kelishadi. Shundan keyin Muhammad a.s. 25 yoshalrida Xadichaning karvonini boshqarib Shomga ikkinchi safarlarini qiladilar.
"œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy"

10. Hz. Hadicha onamiz tarafidan Payg'ambarimiz SAV Shomga savdo bilan ketishida kim yordamchi bo'lgan?
a) Maysara
b) Said ibn Abu Saib
c) Nafisa
To’g’ri javob: Maysara.
Izoh: Maysara kichik yoshidan beri Xadichaning qo’l ostida voyaga yetgan, uning sof vijdoni, yuksak ahloqi, haqiqy insoniy fazilatlariga guvoh bo’lib, unga chin ko’ngildan e’tiqod qo’ygan edi. Xadicha ko’plab karvonlarini Shom va Yamanga jo’natar ekan, ularga sarbon qilib yuborgan kishilarini hatti harakatlarini, qanday ish tutganlaiklarini, hisob-kitoblariga yarasha ish qilgan-qilmaganliklarini kuzatib borish uchun, Maysaradan foydalanar edi. Maysara Xadichaning har bir karvonida ishonchli kishi edi. Shu jumladan Shomga, Muahammad SAV boshchiliklarida yuborilgan karvonga ham Maysara ishonchli nazoratchi qilib yuborildi.
"œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy"

11. Hadicha onamiz va Rasululloh SAVning  nikohlarini kim o'qigan?
a) amakilari Abu Tolib
b) Hadichaning amakilari Amr ibn Asad
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Amakilari Abu Tolib.
Izoh: Muhammad a.s. Shom safaridan qaytganlaridan keyin, amakilari Abu Tolib bilan Xadichaning amakisi bo’lgan Amr ibn Asadnikiga sovchi bo’lib borishadi. U kishi bu nikohga o’z roziligini beradi. Bu ikki ulug’ insonni nikohlarini Muhammadning a.s. amakilari Abu Tolib o’qiydi va o’z xutbasida shunday deydi: "Olloh bizni Ibrohim va Ismoil avlodi, Ma’ad va Muzor nasli qilib yaratganiga, Baytullohga qaraydigan, Masjidi haromni boshqaradigan martabaga erishtirganiga, Ka’bani ulug’’ ziyoratgoh, qon to‘kish, hatto bironta giyohni uzish man etilgan muqaddas maskanga aylantirganiga, bizni martabamizni ko‘tarib, odamlarga hukmron qilganiga ming qatla shukr. Jiyanim Muhammad ibn Abdullohning mardlikda, olijanoblikda, fazlu karamda tengi yo’q. To‘gri, uning mol-dunyosi ko‘p emas, biroq davlat degani soyaga o‘xshash o‘zidan nariga tushmaydigan va egasiga qaytariladigan omonat. Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, Muhammad kelajakda ulug’ odam bo‘ladi, katta ishlarni amalga oshiradi".
"œNurul yaqiyn"

12. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Hadicha onamizga mahrga nima hadya qildilar?
a) 1 tilla uzuk
b) 20 ta bo'taloq (tuya)
c) 11 ziro' kumush
To’g’ri javob: 20ta bo’taloq.
Izoh: Yuqoridagi baxtli nikoh o’qilganidan keyin Muhammad a.s. Xadichaga r.a. 20 ta bo’taloq mahr beradigan bo’ldilar.
"œAr-rohiyqim maxtum", "œTarixi Muhammadiy"

13. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan eng katta qizlari ismi nima?
a) Ruqiya
b) Ummu Gulsum
c) Zaynab
To’g’ri javob: Zaynab.
Izoh: Ko’pchilik olimlarning ij’mosiga binoan, Zaynab Rasululloh SAVning katta qizlari bo’lib, u zot 30 yoshga to’lganlarida tug’ilgan va hijratning 8-yili vafot etgan.
"œNurul yaqiyn", "œSiz payg’ambarni ko’rganmisiz"

14. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning eng katta o'g'illari ismi nima?
a) Ibrohim
b) Qosim
c) Tohir
To’g’ri javob: Qosim.
Izoh: Rasulullohning sav birinchi farzandlari va birinchi o’g’illari Qosim bo’lgan. U Islomdan ancha avval Makkada tug’ilgan. Eng sahih qavlga ko’ra 17 oy yashab vafot etgan. Rasulullohni sav kunyalari ham shu o’g’illariga nisbat berib, Abul Qosim deya atalgan.
"œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy"

15. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan ikkinchi o'gillari ismi nima edi?
a) Qosim
b) Abdulloh
c) Ibrohim
To’g’ri javob: Abdulloh.
Izoh: Rasulullohning SAV Xadicha onamizdan ko’rgan ikkinchi o’g’illari Abdulloh bo’lgan. Nasl-nasab bilan shug’ullanuvchi olimlarning gapiga qaragnada, Abdulloh toza va juda yoqimli bo’lgani bois unga Tohir-Toyyib laqablari berilgan. Abdulloh Muhammadga a.s. payg’ambarlik kelganidan keyin Makkada tug’ilib, go’dak paytida o’sha yerda vafot etadi.
"œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy"

16. Paygambarimiz SAV Hadicha onamizdan nechta farzandli bo'lganlar?
a) 6
b) 5
c) 8
To’g’ri javob: 6.
Izoh: Rasulullohni SAV Xadicha r.a. dan ko’rgan farzandlari soni 6 ta bo’lgan 2 o’g’il va 4 qiz.
Mulla Aliyul Qori Hanafiy, "œAl Fiqhul akbar" sharhi, Muhammad Sulaymon Mansurfuriy, "œRahmatun lil
olamiyn" kitobi 2-juz’.

17. Rasululloh SAV tiriklik paytida vafot etgan ikki mo'minlar onasi kim?
a) Hadicha binti Xuvaylid, Savda binti Zam’a
b) Hadicha binti Xuvaylid, Zaynab binti Xuzayma
c) Hadicha binti Xuvaylid, Ummu Salama
To’g’ri javob: b) Hadicha binti Huvaylid, Zaynab binti Xuzayma.
Izoh: Oltinchi onamiz Xuzayma qizi Zaynabdur. Xayr-saxovatda nomi chiqqan xotinlardan edi. Shu uchun arablar uni johiliyat zamonida ham «Ummu Masokin», ya’ni, «Miskinlar onasi» deb atamish edilar. Ikki-uch oygina Rasululloh xizmatlarida turgandan keyin vafot topmish edi. Uning janozasini Rasululloh o‘zlari o‘qib, Baqe’ go‘ristoniga dafn qildilar. Yoshlari o‘ttizdan o‘tmagan edi. Rasulullohning tirikliklarida vafot topgan xotinlari Hazrati Hadicha bilan Zaynab ikkovlaridurlar, raziyallohu anhumo.
"œTarixi Muhammadiy"

18. Ka'bani qayta ta'mirlash paytida hajarul asvadni joyiga o'rnatish vazifasi Rasululloh sollallohu 'alayhi vasallamga nasib etganda, u zot necha yoshda edilar?
a) 35
b) 38
c) 40
To’g’ri javob: 35.
Izoh: Quraysh arablari Baytullohni qayta buzib qurmoqchi bo’ldilar va bunga faqat halol yo’l bilan topilgan mollarini asrf qilishga klishib oldilar. Bu baytullohning qayta qurilishini sakkizinchisi edi. Bu paytda Rasululloh sav 35 yoshga kirib, ayni kuchga to’lgan paytlari edi.
"œSaodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

19. Nima uchun Makka ahli Baytullohni buzib, qayta tikladi?
a) Qabilalar aro urushlar oqibatida Ka'ba binosiga ko'p zarar yetgan edi
b) Ziyoratchilarning ko'p kelgani sabab, baytulloh devorlarini buzib, kengaytirishmoqchi edi
c) Qattiq yomg’ir yog’ib, Baytullohni sel bosib, bino yiqila boshlagan edi
To’g’ri javob: Qattiq yomg’ir yog’ib, Baytullohni sel bosib, bino yiqila boshlagan edi.
Izoh: Makkada qattiq yomg’ir yog’ib, sel kelidi va Baytullohning tomlari qulay boshladi. Shunda makka ahli kelishib Baytullohni qayta qurishga qaror qildilar.  Rasululloh SAV bu ishda katta mehnatlari ila qatnashdilar. Tosh tashidilar va boshqa xizmatlarni qildilar. Ibrohim a.s. qo’ygan poydevor ustiga tosh qo’yishib, Baytullohni tomoni ko’krak barobari qilib ko’tardilar.
"œSaodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

20. Payg'ambar SAVga hajarul asvadni joylash topshirilganda, u zot hech bir Makka qabilalarini xafa qilmaydigan bir tadbir qo'lladilar. Bu tadbir nima edi?
a) Qur'a tashlash orqali. Qur'a g'olibi bo'lgan qabila oqsoqoli, hajarul asvadni qo'lida ko'tarsin, boshqa qabila oqsoqollari unga yordam bersin, dedilar.
b) Choponlarini yerga yoyib, ustiga qora toshni qo’ydilar, har bir qabila oqsoqoli choponning chekkasidan ushlab, barobar ko’tarishdi.
c) Qabila oqsoqollari orasida yoshi eng katta bo'lgani hajarul asvadni joyidan qo'zg'otib, payg'ambar alayhissalomga uzatsin, ular, toshni joylasinlar, dedilar.
To’g’ri javob: b)Choponlarini yerga yoyib, ustiga qora toshni qo’ydilar, har bir qabila oqsoqoli choponning chekkasidan ushlab, barobar ko’tarishdi.
Izoh: Baytullohni qurish ishlari tugaganidan so’ng, "œHajarul asvad"ni o’z joyiga qo’yish vaqti kelganida uni o’z o’rniga qo’yish uchun kim ko’taradi degan savol ustida talashib, qurayshliklar janjal qila boshladilar. Har bir urug’ bu ishda o’zini haqli deb bilar edi. Bu ish shu darajaga keldiki, hatto bu janjal urushga aylanib ketishiga oz qoldi. Oxiri ularni orasiga kishilar tushib Baytullohni oldida qon to’kishdek og’ir gunohdan ularni saqlab, ularni kelishitrishga harakat qildi. Bir oqilni gapiga kirib, Bani Shayba darvozasidan kim birinchi kirsa shu kishini aytgani bo’ladi degan qarorga keldilar. Shu payt bu darvozadan arablar orasida Muhammad Amin nomi bilan tanilgan Muhammad SAV kirib keldilar. U kishini qilgan hukmlariga hamma rozi bo’ldi. U kishi choponlarini yerga yoyib qora toshni uning ustiga qo’ydilar va har bir qabila boshlig’ini uning uchlaridan tutishga buyurdilar. Ular hammalari bir bo’lib ko’tarishib hajarul Asvadni o’z joyiga olib bordilar va toshni Rasululloh sab o’z qo’llari bilan joyiga qo’ydilar. 
"œSaodat asri qissalari", "œNurul yaqiyn".

Ushbu turda KWL (2 ta), Olimxon (1 ta) va Maryam Isabayeva (2 ta) savollaridan foydalanildi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 02 May 2008, 06:59:47
3-turning dastlabki natijalari.

1. Muslima                               - 100 ball. (75 bal to’g’ri javoib, 25 ball savol uchun)
2. NOZA                                   - 100 ball.
3. Dilmurod Majidov                 - 95 ball.
4. Akbar                                   - 95 ball.
5. lolo                                       - 95 ball.
6. Anisa                                    - 95 ball.
7. KWL                                      - 95 ball.(90 ball to’g’ri javob va 5 ball savol uchun)
8. Muxsina                                - 95 ball. ( 80 ball to’g’ri javob, 15 ball savol uchun)
9. Muhammad Ibrohim            - 90 ball. (85 ball to’g’ri javob, 5 ball savol uchun)
10. Robiya                                 - 90 ball.
11. Sita                                     - 90 ball.
12. Sakina                                 - 85 ball.
13. Mastura Islom                     - 85 ball.
14. Shoir                                   - 85 ball.
15. Abdulloh90                         - 85 ball. (80 ball to’g’ri javob, 5 ball savol uchun)
16. Y_U_R_I_S_T                      - 80 ball.
17. Dilshod ibn Hamid               - 80 ball.
18. Abdullatif                            - 75 ball.
19. Isroilov Farhod                   - 75 ball.
20. Sarah Mann                       - 75 ball.
21. Mubashsher Muhammad   - 75 ball.
22. Abduxoliq                          - 70 ball.
23. Nozima G’aniyeva             - 65 ball.
24. Nurulla Mukhamedov        - 65 ball.
25. Alisher Abdullayev            - 65 ball. (60 ball to’g’ri javob, 5 ball savol uchun)
26. Maryam Isaboyeva           - 60 ball.
27. Olimxon                            - 60 ball.
28. Ilhom Ahmadjonov           - 55 ball.
29. Huzayfa_89                      - 45 ball.
30. AbdurRahmon                  - 40 ball.
31. Kamronbek                       - 35 ball.
32. Mis_shoira                        - 35 ball.
33. Guli Iskandarova              - 30 ball.   
           
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 02 May 2008, 07:02:05
3 turning umumiy natijalari.

1. Muhammad Ibrohim            - 285 ball.
2. Muslima                               - 285 ball.
3. NOZA                                  - 285 ball.
4. Muxsina                               - 285 ball.
5. Robiya                                 - 280 ball.
6. Dilmurod Majidov                - 280 ball.
7. KWL                                    - 270 ball.
8. Abdulloh90                          - 265 ball.
9. Sita                                      - 265 ball.
10. Akbar                                - 260 ball.
11. Shoir                                 - 260 ball.
12. lolo                                    - 260 ball.
13. Abdullatif                          - 250 ball.
14. Dilshod ibn Hamid           - 245 ball.
15. Isroilov Farhod                 - 230 ball.
16. Sarah Mann                      - 230 ball.
17. Sakina                               - 230 ball.
18. Alisher Abdullayev           - 225 ball.
19. Mastura Islom                   - 220 ball.
20. AbdurRahmon                   - 220 ball.
21. Maryam Isaboyeva            - 215 ball.
22. Anisa                                 - 195 ball.
23. Olimxon                             - 190 ball.
24. Asadulloh                          - 185 ball.
25. Huzayfa_89                       - 180 ball.
26. Ilhom Ahmadjonov             - 165 ball.
27. Oysha                                - 160 ball.
28. Mubashsher Muhammad  - 160 ball.
29. Dilnoza Mirsaidova            - 155 ball.
30. UmmatiY_MuhammadiY    - 155 ball.
31. Fazilat                               - 145 ball.
32. Nozima G’aniyeva            - 135 ball.
33. Y_U_R_I_S_T                  - 115 ball.
34. Abduxoliq                         - 110 ball.
35. Nurulla Mukhamedov       - 105 ball.
36. Baxtiyor Xonkeldiyev       - 85 ball.
37. Mars                                  - 85 ball.
38. Umid Xalilov                    - 75 ball.
39. Kamronbek                       - 70 ball.
40. Naimjon                            - 60 ball.
41. Guli Iskandarova              - 60 ball.
42. Salmoni Forsiy                 - 55 ball.
43. Halim                               - 50 ball.
44. Munira Rozikova             - 50 ball.
45. Azimjon Madrahimov           - 45 ball.
46. Mis_shoira                            - 35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 02 May 2008, 07:05:04
4-tur
Mavzu:  Islom diniga oshkora da'vatning boshlanishi

1. Oshkora da’vatga asos bo‘lgan oyat qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Toha surasi, 5-oyat
b) Shuaro surasi, 214-oyat
c) Hijr surasi, 94-oyat

2. Payg'ambarimiz SAV qarindoshlarini ochiq davat qilishlariga nima sabab bo'lgan?
a) Qurayshda islom sezilib musulmonlar orasi kengayib ularga nisbatan zulm kuchayganda qabiladagi hurmatlik insonlardan himoya istab
b) Abu Bakr r.a. ni kaltaklanganlarini oson qabul qila olmaganlari sabab
c) Shuaro surasining 214-oyati nozil bolishi sabab

3. Alloh Ta'alo Payg'ambarimizni (salollohu alayhi va sallam) ochiq da'vatga eng birinchi o'z yaqinlaridan boshlashni buyurib oyat nozil qilgandan keyin ular qarindosh-urug'larini mehmonga chaqirdilar. Shu mehmondorchilikda qancha inson yig'ilgandi?
a) 60 ga yaqin.
b) 45 ga yaqin
c) 30 ta.

4. Nubuvvatning nechanchi yiliga qadar mushriklar musulmonlarga majlislarda o'tirishlarda gapirish Qur'on tilovat qilish yoki Namoz o'qishlari uchun umuman imkon berishmas edi?
a) beshinchi yilning oxirlariga qadar.
b) to'rtinchi yilning boshlariga qadar. 
c) oltinchi yilgacha.

5. Alloh Ta'alo Muddassir surasining 11-25 oyatlarini Payg'ambarimizga qarshi isyon qilgan qaysi mushrik haqida nozil qildi?
a) Abu Lahab
b) Umayya ibn Halaf
c) Valiyd ibn Mug'iyra

6. Alloh yo'lida azoblanib ko'r bo'lib qolgan va mushriklarning fitnalariga qarshi go'zal javobi uchun Alloh uning ko'zlariga qaytadan nur bergan ayolning ismi nima?
a) Zinnira.
b) Sumayya
c) Ummu Ubays.

7. Bilol (r.a)  qulikdan ozod qilgan inson?
a) Abu Bakr (r.a)
b) Usmon (r.a)
c) Talha (r.a)

8. Asadulloh (Allohning she'ri) deya nom olgan sahoba?
a. Umar roziyallohu anhu
b. Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu
c. Hamza roziyallohu anhu

9. Qaysi oyatlar hazrati Umar ibn Hattobni zalolatdan chiqib, Haq yo'liga kirishlariga sababchi bo'ldi?
a. Rahmon surasining 1-5 oyatlari
b. Toha surasining 1-6 oyatlari
c. Hadid surasining 1-2 oyatlari

10. U Ummu Anmorning quli bo'lgan. U yasagan qilichlar Makkada mashhur bo'lgan. Islomni qabul qilgan bu mashhur sahoba-temirchi kim edi?
a. Xabbob ibn Arat
b. Abu Fukayha
c. Suhayb Rumiy

11. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) harami sharifda namoz o‘qib turganlarida kim u zotni kelib bo‘g‘ishga jur’at etdi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Uqba ibn Abi Mu’ayt

12. Allohga qasamki ertaga Muhammad SAV namoz o’qiyotganda boshini tosh bilan majaqlab tashlayman degan kim edi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Os ibn Voil

13. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan kurash tushgan va shu bilan islomni qabul qilgan Qurayshlik pahlavon kim edi?
a. Tufayl ibn Abu Amr
b. Rakona ibn Abdu Yazid
c. Xolid ibn Valid

14. Abu Bakr (r.a) ga siddiq unvoni nimaga berilgan?
a) Muhammad (s.a.v) merojga chiqqanlarini tasdiqlaganlari uchun
b) Muhammad (s.a.v) paygambarliklarini tasdiqlaganlari uchun
c) Muhammad (s.a.v) qilgan hizmatlari uchun

15. Habashistonga qilingan birinchi hijratda kim bu jamoaga boshliq etib tayinlangan edi?
a) Usmon ibn Maz’un
b) Ja'far ibn Abu Tolib
c) Zubayr ibn Avvom

16. Habashistonga qilingan birinchi hijratda quyidagi kishilardan qaysi birlari ishtirok etmagan?
a) Abu Subra ibn Abu Rahm, Omir ibn Robiya
b) Mus’ab ibn Umayr, Abdurahmon ibn Avf
c) Abdulloh ibn Mas’ud, Ubaydulloh ibn Jahsh

17. Kim islomga kirgach, musulmonlar kuchayib, o‘zlariga ishonch paydo bo‘lgan va uning talabiga binoan nomozni masjidda o‘qiy boshlashgan?
a) Umar ibn Xattob
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Tufayl ibn Amr

18. U johilyat davrida ruhiy kasal odamlarni, nopok mavjudotlar ta'siridagi kasal odamlarni davolar edi. O'sha davrda Makkaning johil odamlari Rasululloh SAVni ruhiy kasal deb ayblar edilar. Shunda u Muhammad SAV oldilariga kelib, u zotni davolamoqchi ekanligini bildiradi. Rasululloh SAV unga kalima bilan da'vat qiladilar  va o'sha zahoti u islomni qabul qiladilar. Bu sahoba kim?
a) Damod r.a.
b) Abu Subra r.a.
c) Suhayl ibn Yabzo r.a.

19. "Sizlar Muhammaddan bolalik chog‘idayoq xursand edinglar, u orangizdagi eng rostgo‘y, eng ishonchli kishi edi, Voyaga yetib, payg‘ambar bo‘lganda uni sehrgarga chiqardinglar. Ollohning nomi bilan qasamyod qilamanki, u aslo sehrgar emas". Garchi o'zi ashaddiy dushman bo'lsa-da, payg'ambarimizning nubuvvatdan oldingi fazilatlariga tan berib, yuqoridagi gaplarni aytgan inson kim edi?
a) Nazr ibn Xoris
b) Utba ibn Robia
c) Zuhayr ibn Abu Umayya

20. Payg‘ambarlik da’vosini qilgan kishiga shu uch narsadan savol beringlar, buni payg‘ambardan boshqa hech kim bilmaydi. Madinadagi yahud ulamolari aytgan so’z qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
a) Hizr alayhissalom va Muso qissasi, Ya'juj va Ma'juj, inson ruhi haqida
b) Ashobi Kahf qissalari, Butun olam atrofini aylangan bir odam, inson ruhining haqiqati
c) Luqmon hakim, Zulqarnayn qissasi, G'or egalari qissasi.

Ushbu turda Maryam Isabayeva (1 ta), Gulnoza Saidahmedova (2 ta), Mastura (4 ta), Noza (4 ta), Abdulloh90 (1 ta), Farhod Isroilov (3 ta), Dilmurod Majidov (2 ta), Sarah Mann (1 ta) va Olimxon (1 ta)ning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Tahorat va namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida)
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 07:37:37
3-tur javoblari.

Mavzu: Ilk vahiyning kelishi. Da'vatning boshlanishi

1. Jabroil alayhissalom ilk marta Payg'ambar SAVga nima shaklida ko'rindilar?
a) Havoda muallaq turgan qanotli maxluq
b) Odam shaklida
c) Daraxt shaklida
Javob: Odam shaklida.
Izoh Kunlarning birida rasululloh tog’ tepasida turganlarida to’satdan ro’paralarida bir odam paydo bo’lib: "Ey Muhammad, suyunchi ber, men Jabroilman, sen esang Ollohning bandalariga yuborgan elchisisan!" dedi va shundan keyin: "O’qi!" deya amr etdi. ("Nurul-yaqiyn")
Alloh taoloning Rasuliga yuborgan birinchi kalomi, birinchi hukmi "œO’QI" bo’lgan ekan, demak, o’qish va ilm o’rganish har bir inson musulmon uchun farz hisoblanadi.

2.Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk bora vahiy qilib Qur’oni karimning qaysi surasi va nechanchi oyatlari nozil bo’lgan?
a) Fotiha surasining 1-7 oyatlari.
b) Alaq surasining 1-5 oyatlari
c) Muddassir surasining 1-5 oyatlari.
Javob:Alaq surasining 1-5 oyatlari.
Izoh. Jabroil u kishini uchinchi marta "œO’qi" deb, qattiq quchoqlab qoyib yuborgach: "Insonni quyuq qondan yaratgan robbingning nomi bilan o’qi. Robbing benihoya hurmatga sazovordir. U qalam bilan yozishni o’rgatdi, insonga bilmagan narsalarini bildirdi", dedi. (Alaq surasining 1-5-oyatlari) "Nurul yaqin"
Shu ulug’ kunda yer yuzini va insonlarni zalolatdan nurga olib chiqqan quyoshning ilk zarralari yer yuzini va insonalrni qalbini yoritishni boshladi. Bu Allohning ilk kalomlari edi.

3. "Koshki yosh yigit bo‘lsam, qavming ota-bobosi e’tiqod qilib kelgan dinini o‘zgartirishni targ‘ib etganing uchun seni yomon ko‘rib, dushmanlik qilishadi, tug‘ilib o‘sgan yurtingdan haydab chiqarishadi". Rasululloh SAVga qarata aytilgan ushbu gaplar muallifi kim?
a) Varaqa ibn Navfal
b) Buhayro
c) Ka'bul Ahbor
Javob:Varaqa ibn Navfal.
Izoh:Rasululloh sav yuqoridagi holatdan qattiq ta’sirga tushib, qo’rqn holatlarida uylariga keldilar va Hadicha r.a.ga: "œMeni o’rib qo’yinglar"¦" dedilar. Va bir ozdan keyin bo’lgan voqeani aytib berdilar. Xadicha r.a. o’zlari intizorlik ila kutgan lahzalar shu ekanligini tushundilar va bunga aniqlik kiritish uchun amakilarini o’g’li Varaqa ibn Navfalni oldiga Rasululloh SAVni olib bordilar. Varaqa johiliyat davrida nasroniy diniga kirgan, ibroniy yozuvini puxta egallab, bu yozuvda Injilga juda ko‘p sharhlar yozgan, yoshi o‘tib, ko‘zi o‘tmaslashib qolgan mo‘tabar olim edi. Muhammad alayhis-salom u kishiga ko‘rgan-kechirganlarini bir boshdan gapirib berdilar. Varaqa: "Olloh Muso payg’ambarga yuborgan shariati mana shu", dedi va yuqoridagi gaplarni aytdi. "Nurul yaqin".

4. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk iymon keltirish baxtiga muyassar bo’lgan inson kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.)
b) Ali ibn Abu Tolib (r.a.)
c) Xadicha binti Xuvaylid (r.a.)
Javob:Xadicha ibn Huvaylid.
Izoh:Rasululloh sav bilan bo’lib o’tgan bu ulug’ mo’jizaga birinchi guvoh bo’lgan va buni tili-yu dili bilan birinchi bo’lib tasdiqlagan inson Mo’minlar onasi Xadicha binti Huvaylid edi.Xadicha r.a. bu xushxabarni eshitganing birinchi lahzasidan boshlab, umrining so’nggi kunigacha Rasululloh sav yonlarida bo’ldi va Islomga misli ko’rilmagan yordamni berdi. Alloh u zotdan  rozi bo’lsin. "Nurul yaqin".

5. Rasululloh SAVga ikkinchi bo’lib nozil qilingan oyatlar qaysilar?
a) Mudassir, 1-2-oyatlar
b) Fotiha, 1-7-oyatlar
c) Muzammil, 1-5-oyatlar
Javob:Mudassir, 1-2 oyatlar.
Izoh:Birinchi vahiy nozil bo’lgandan keyin ozgina muddat uzilish bo’ldi. Bu uzilishni qancha muddat bo’lgani aniq emas, lekin 40 kun davom etgani haqiqatga yaqinroq. Muhammad alayhis-salom yo‘lda ketayotganlarida g’oyibdan surnay navosidek yoqimli ovoz eshitildi, bosh ko‘tarib yer bilan ko‘k o‘rtasida muallaq o‘tirgan tanish farishtani ko‘rdilar. Rasululloh farishtaning birinchi marta kelib, Hiro g’orida qanday azob berganini eslab, qo‘rqqanlaridan uyga qarab qochdilar. Uyga kira solib: "Meni o‘rab qo‘yinglar! Tezroq o‘rab qo‘yinglar!" dedilar. Olloh shu zahoti u kishiga quyidagi oyatlarni nozil qildi: "Ey o‘ranib olguvchi zot, tur, ogohlantir!" - ya’ni odamlar noto‘g’ri yo‘ldan, ota-bobolari topingan butlarga sig’inishdan qaytmasa, Olloh azob berajagini aytib qo‘rqit. "Robbingni ulug’la!" - ya’ni faqat Ollohni ulug’la, unga boshqa narsalarni sherik keltirib, ibodat qilishdan saqlan. "Kiyimingni pok tut!" - ya’ni Ollohning huzuriga toza libos bilan kelib, ibodat qil, isqirt bosib, nopok yurish mo‘min odamga munosib emas. "Azobga giriftor etadigan ishlardan yiroq bo‘l!" - ya’ni Ollohga itoat etib, buyruqlarini so‘zsiz bajar. "Ko‘p olish niyatida berma!" - ya’ni birovga biron narsa hadya etsang undan ko‘proq olishni ta’ma qilma. Bu mard odamlarning ishi emas. "Robbing uchun sabrli bo‘l!" - ya’ni qavmingni islom diniga da’vat etgan paytingda ulardan yetgan aziyatlarga sabr bilan bardosh ber. "Nurul yaqin".

6. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan ilk bor namoz o’qish baxtiga muyassar bo’lgan inson kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.)
b) Ali ibn Abu Tolib (r.a.)
c) Xadicha binti Xuvaylid (r.a.)
Javob:Xadicha binti Huvaylid.
Izoh: Xadicha binti Huvaylid r.a. namoz farz bo’lmasidan oldin vafot etganlar. Lekin rasululloh sav namoz farz bo’lmaganda namoz o’qir edilar. Ular bilan birinchi bo’lib namoz o’qigan musulmon Xadicha r.a.dirlar.

7. Payg’ambarimiz SAVga vahiyning boshlanishi qaysi oyga to'g'ri keladi?
a) Rabiul avval oyiga
b) Ramazon  oyiga
c) Rajab oyiga
JavobRamazon oyiga.
Izoh:Ilk vahiyning boshlanishi Ramazon oyiga to’g’ri kelganiga dalil, Qur’oni karimning "œQadr" surasining ilk oyatlaridir. Bu oyatda Alloh taolo aytadi:"Albatta Biz uni, ya’ni Qur’onni, qadr kechasida nozil qildik"¦" Ko’pchilik ulamolarning aytishicha Qadr kechasi ramazon oyining 27-kechasiga to’g’ri keladi. Vallohi a’lam.Bunga Qur’oni karimning yana boshqa ko’plab oyatlarida dalil bor. "œBaqara"surasining 185-oyati va "œDuxon" surasi 3-oyati shular jumlasidandir.

8. Payg'amarimiz SAV ga ilk vahiy nozil bo'lgan Hiro g'ori joylashgan tog' keyinchalik nima deb nomlangan?
a) Savr
b) Nur
c) Rahmat
Javob: Nur.
Izoh: Ilk vahoy nozil bo’lgan Hiro g’ori joylashgan tog’ keyinchalik Nur deb nomlangan. Nur tog’i Makkadan Minoga ketaverishda chap tomonda joylashgan. Ar-rahiyqul maxtum".

9. Yoshlardan islomni ilk qabul qilgan ikki buyuk sahoba kim?
a) Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Horisa
b) Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos
c) Ali ibn Abu Tolib, Said ibn Zayd
Javob:Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Horisa.
Izoh: Ali ibn Abu Tolib Rasulullohga sav ilk vahiy kelgan paytda hali balog’atga ham yetmagan edilar. Zayd ibn Horisa esa ozod qilgan qullari va tutingan o’g’illari edi. Islomni birinchilikda qabul qilgan yosh yigitlar shu ikki buyuk sahobiylar edi.

10. Rasululloh SAV: "Men islom diniga da’vat etganlar orasida faqat ...gina hech ikkilanmay imonga kelgan". Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
a) Hadicha binti Huvaylid
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq
Javob: Abu Bakr Siddiq.
Izoh Abu Bakr quraysh qabilasining nufuzli, hushaxloq, saxovatli, suhbati shirin boylaridan biri edi. U rasulullohning yaqin yordamchisiga aylandi, har bir ishni ikkovlon bamaslahat qiladigan bo’lishdi. "Men islom diniga da’vat etganlar orasida faqat Abubakrgina hech ikkilanmay imonga kelgan", degan edilar payg’ambar alayhis-salom. ("Nurul yaqiyn")

11. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk iymon keltirgan sahobalardan, birinchi bo’lib qaysi sahobiyni ismlarini "œAbdurrohman" deb o’zgartirgan Abdurahmon ibn Avfning johiliyatdagi ismi nima edi?
a) Abduamr
b) Abdushams
c) Abduluzzo
Javob: Abduamr.
Izoh: Zuhra jamoasidan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avfning islomga kirishdan oldingi ismi Abduamr edi. Rasululloh unga Abdurahmon deb ot qo‘ydilar. ("œNurul yaqin")

12. Qaysi qatordagi javobda Abu Bakr Siddiq tashviqi bilan ilk iymonga kirgan 5 buyuk sahobiy nomi to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas'ud, Usmon ibn Affon
b) Aburahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avvom, Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Usmon ibn Affon, Aburahmon ibn Avf, Talha ibn Ubaydulloh, Ammor ibn Yosir, Zubayr ibn Avvom
Javob: Aburahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avvom, Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Vaqqos
Izoh: Quyida nomlari yozilmish kishilar hazrati Abu Bakr Siddiq tashviqi bilan iymonga kirdilar: Birinchisi, Aburahmon ibn Avf; ikkinchisi, Zubayr ibn Avvom; uchinchisi Usmon ibn Affon; to’rtinchisi, Talha ibn Ubaydulloh, va beshinchisi Sa’d ibn Abu Vaqqos. ("Tarixi Muhammadiy")

13. 5 vaqt namoz farz qilingunga qadar musulmonlar qay payt va necha mahal namoz o'qirdilar?
a) 3 mahal: quyosh chiqishidan avval, quyosh tikkaga kelgan payt, quyosh botishidan avval
b) 2 mahal: ertalab  va kechqurun
c) 4 mahal: saxar vaqti, tush mahali, shom mahali va yarim kechasi
Javob:2 mahal: ertalab va kechqurun.
Izoh: Ertalab quyosh chiqishidan oldin 2rakat va kechqurun quyosh botishidan oldin 2rakat namoz o’qishgan. Muqotil ibn Sulaymon aytadi: Qur’oni karimning "œG’ofir" surasi 55-oyati ila Alloh taolo Islomning avvalida ertalab va kechqurun namoz o’qsihga buyurdi.
"Ar-rahiyqul maxtum", "œTafsirun Nasafiy", Tafsiri Xozin", va "œHadis va Hayot",19-juz’, 140 bet.

14. Islomda eng avval qon to'kkan sahobiy kim?
a) Ammor ibn Yosir
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Sa'd ibn Abu Vaqqos
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
Izoh: Bir kuni hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir necha sahobalar bilan tog’ ichida yashirincha namoz o’qib turgan chog’larida Quraysh mushriklaridan bir to’p kishilar kelib qoldilar. Bularning namoz o’qishlariga qattiq g’azablanib, inkor qildilar. Har ikki taraf o’z so’zlarini isbotlash ustida bir qancha tortishuvlar bo’ldi. Buning bilan mushriklar qanoatlanishmay, o’rtadin urush chiqardilar. Qurolsiz bo’lgan bu urushda hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir mushrikni tuya suyagi bilan urganda, uning boshi yorildi. Islom boshlanishida eng avval to’kilgan qon shu edi. ("Tarixi Muhammadiy")

15. "Insonni ota-onasiga yaxshi muomala qilishga buyurdim. Agar ota-onang noma’lum bir narsani menga sherik keltirishga (buyurib) zo‘rlasa, itoat etma. Sizlar mening dargohimga qaytib borasizlar, sizlarga o‘z qilmishinglarni ayon qilaman", oyati qaysi sahobiyning onasi o'g'lining Islomga kirganidan norizo bo'lgan paytida nozil bo'lgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa'd ibn Abu Vaqqos
c) Zubayr ibn Avvom
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos Islomni qabul qilganini onasidan ancha payt yashirib yurdi, lekin har ishni nihoyasi bo’lgani kabi bu ish ham vaqti kelib oshkor bo’ldi. Va ona o’z o’g’lini yana jaholatga qaytarish cuhun hamma usulni qo’lladi. Hech bir amali kor qilmagaidan keyin, ona:"Agar sen ota-bobolaringni diniga qaytmas ekansan, emn hech narsa yemayman ham, ichmayman ham", deya qasam ichdi. Shunda Sa’d ibn Abu Vaqqos onasiga qarab: "œEy ona, men seni qanchalik yaxshi ko’rishimni bilasan, lekin agar seni yuzta joning bo’lsayu, ko’z o’ngimda yuz marta o’lsang ham bu dinimdan qaytmayman", dedi-da mahzun holda Rasululloh sav oldilariga maslahat olish uchun yo’l oldi. Bu paytda Rasululloh sav Alloh taoloning yuqorida keltirilgan "œLuqmon" surasining 14-15 oyati karimalarini vahiy orqali qabul qilayotgan edilar.
"Saodat asri qissalari".

16. Islomga yashirin da'vat paytida musulmonlar qaysi sahobaning uyida to'planib ilm majlisi qilardilar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Abdulloh ibn Mas'ud
c) Arqam ibn Abu Arqam
Javob:Arqam ibn Abu Arqam.
Izoh: Musulmonlarning soni o‘ttizdan oshganda rasululloh hammalarini bir joyga jamlab, din ahkomlarini o‘rgatishlari va yo‘q-yo‘riq ko‘rsatishlari zarur bo‘lib qoldi. Shu maqsadda birinchilar qatori islom diniga o‘tgan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig’ildilar. ("œNurul yaqin").

17. Makkada ilk bor shahodat kalimasini ovozi boricha baqirib aytgan va bu ishi uchun makkaliklardan ozor ko’rgan sahobiy kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.)
b) Abu Zarr (r.a)
c) Zayd ibn Sobit (r.a.)
Javob: Abu Zarr (r.a.)
Izoh: Dastlab musulmon bo‘lganlardan Abuzar sahroda yashovchi, shirin so‘zi bilan tosh yuraklarni eritib yuboradigan notiq a’robiylardan edi. O’zini payg’ambar deb ataayotgan kishi haqida eshitgacha Makkaga qarab yo’l oldi. Masjidga kirib Rasulullohni sav izladi. Va shu orada Hazrati Ali r.a. bilan uchrashib qoldi. Ali uning bu yerga nima maqsadda kelgani bilan qiziqsindi. Abuzar: "Menga yo‘l ko‘rsatishga va’da bersang aytaman", dedi. Ali rozilik bergach, muddaosini bayon etdi. "Muhammad alayhis-salom rostdan ham xudoning payg’ambari, — dedi Ali. — Ertaga ertalab men bilan birga masjidga borasan. Mabodo biron xavf-xatar sezsam to‘xtayman, bo‘lmasa orqamdan ergashib ketaverasan". Ertasiga Abuzar Aliga ergashib rasululloh huzurlariga kirdi, u kishinung gaplarini eshitgan zahoti imon keltirib, musulmon bo‘ldi. Payg’ambar alayhis-salom: "Joyingga qaytib, to mendan biron topshiriq borguncha ko‘rgan-bilganlaringni odamlaringga so‘zlab ber", dedilar. Abuzar tashqariga chiqib, baland ovozda: "Ashhadu al-la ilaha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh", deb yubordi. Mushriklar kela solib uni do‘pposlay ketishdi. Abbos r.a  uni himoya qildi. ("œNurul yaqin").

18. Bilol ibn Abu Raboh (r.a.) — ilk bor azon aytgan sahobiy qullikdan ozod qilingunlariga qadar kimning quli edilar?
a) Umayya ibn Xalafning
b) Abu Jahlning
c) Abu Sufyonning
Javob:Umayya ibn Xalafning.
Izoh: Bilol ibn Abu Raboh habash — qop-qora tanli, uzun bo’yli, bir oz bukri, sochlariga oq tushgan, siyrak soqolli bir qul edi. U Makka aslzodalaridan bo’lgan Umayya ibn Xalafning quli edi. ("œSaodat asri qissalari")

19. Islomdagi ilk shahid ayol Sumayyaning qotili kim edi?
a) Abu Lahab
b) Abu Jahl
c) Umayya ibn Xalaf
Javob: Abu Jahl.
Izoh: Islomni dastlab qabul qilganlardan bir bu Yosir oilasi edi. Ular Mug’iyra o’g’illarining Amr ibn Hishom (Abu Jahl) qullari bo’lgan. Ularni Islomni qabul qilganini eshitgan Abu Jahl ularni oilaviy  Makkaning Ramda degan dashtida azobu qiynoqlarga soladi. Va shu yerda Islomdagi eng birinchi shahid nomi bilan musulmonlar qalbida o’rin egallab qolgan Summayni qatl etdi. ("œSaodat asri qissalari")

20. Qurayshlik Nofal ibn Xuaylid Talha va yana bir boshqa sahobani ikki qo‘lidan bog‘lab, ularning ustilarida xar-xil qiynoqlarni o‘tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo‘liga topshirdi. Shu sababdan Talha  va uning do’stini "œikkisi bog‘langan" deb chaqirishar edi. Talha r.a. bilan "œbog’langan" sahoba kim?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa'd ibn Abu Vaqqos
Javob: Abu Bakr Siddiq.
Izoh: Nofal ibn Xuaylid, qurayshliklar bu kishini (qurayshning sheri) deb laqablashardi, Talxa ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anhu)ning yonlariga kelib, arqon bilan qo’llarini qattiq bog’ladi va Abu Bakr (rodiyallohu anhu)ni ham ikki qo’lidan bog’lab, ularni ustilarida har xil qiynoqlarni o’tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo’liga topshirdi. Shu sababdan Talxa (roziyallohu anhu) va Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu)ni "œikkisi bog’langan" deb chaqirishar edi. ("œTalha ibn Ubaydulloh", Xolid Muhammad Xolid)

Ushbu turda Muslima (5 ta), KWL (1 ta), Abdulloh90 (1 ta), Muxsina (3 ta), Muhammad Ibrohim (1 ta) va Alisher Abdullayev (1 ta) savollaridan foydalanildi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 09 May 2008, 09:01:57
5-tur
Mavzu:  Tahorat hukmlari (Hanafiy mazhabida)

1. Sha’riati Islomiyada amallar savob yoki gunoh bo’lishi bilan fiqhiy istilohga ko’ra nechaga bo’linadi? Quyidagilardan to’g’risini belgilang:
a) Bechta: Farz, vojib, sunnat, harom, muboh.
b) Oltita: Farz, sunnat, vojib, harom, makruhi tahrimiy, muboh.
c) Yettita: Farz, vojib, sunnat, harom, makruhi tahrimiy, makruhi tanziliy, muboh.

2. Sunnat necha xil bo’ladi? Quyidagi qatorlardan to’g’risini belgilang:
a) 1 xil, Sunnati muakkada.
b) 2 xil, Sunnati muakkada, sunnati mashru’a.
c) 3 xil, sunnati muakkada, sunnati mashru’a, sunnati zoida.

3. Hojatxonaga kirayotgan kishi qaysi duoni o’qishi odabdan hisoblanadi?
a) “Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais”.
b) “G’ufronaka, alhamdulillahillaziy azhaba ‘annil azaa va ‘ofaniy”.
c) “Robbana atina fid dunya hasanatav va fil axiroti hasanatav va qina azaban nar”.

4. Tahoratning farzlari nechta va ular qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) 3 ta;  yuzni, qo’lni oyoqni yuvish.
b) 4 ta; yuzni, qo’lni, oyoqni yuvish va boshqa mash tortish.
c) 5 ta; yuzni, qo’lni, oyoqni, og’izni yuvish va boshga mash tortish.

5. Tahoratning farzlari qaysi oyatlarda keltirilgan?
a) “Moida”, 6-oyat.
b) “Tavba”, 15-oyat.
c) “Haj”, 8-oyat.

6. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirdilar, men u kishiga tahorat uchun suv keltirib qo‘ydim. Janob Rasululloh (chiqib): «Kim qo‘ydi buni?» — dedilar. Rasulullohga (…, deb) aytishdi. Rasululloh: «Ilohi, uni din bilimdoni qilgaysan!»—deb duo qildilar. Savol: tahoratga suv keltirgani uchun Rasulullohning duolariga sabachi bo’lgan bu mashhur sahoba kim?
a) Abdulloh ibn Umar
b) Abdulloh ibn Abbos
c) Abdulloh ibn Mas’ud

7. “Boshning hammasiga bir marta mash tortish” tahoratning qanday hukmi hisoblanadi.
a) Tahoratning odobi
b) Tahoratning farzi
c) Tahoratning sunnati

8. G’usl vojib bo‘lgan kishi Qur’oni Karim oyatlarini yoddan o‘qishi joizmi?
a) Tahoratsiz kishi kabi mushafga qaramasdan yoddan o‘qishi joiz
b) Harom
c) Makruh

9. Quyidagilardan qaysi biri tahoratdagi sunnat amallarga kirmaydi?
a) Tahoratni «Bismillah...» bilan boshlamoq, tahoratni misvok ishlatish bilan boshlamoq, burniga ham uch marta suv olib qoqmoq.
b) Tahorat chog’i duoda bo’lish, liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish, qiblaga qarab o’tirmoq
c) Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq, qo’lni yuvmoq, qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.

10. Quyidagilardan qaysi biri tahoratning makruh amallariga kirmaydi?
a) Suvni yuzga zarb bilan urish, suvni o‘ta kam ishlatishlik, suvni isrof qilish.
b) Najosatli o‘rinlarda tahorat olish, Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish, ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi.
c) Yomg'ir suvida tahorat olish, tahorat tartibini buzish, ya'ni avval yuzni, so'ng qo'lni yuvish.

11. «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran» (Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin») duosi tahoratning qaysi rukni bajarilayotganda aytiladi?
a) Ikki qo’l yuvilayotganda
b) Og’iz chayilayotganda
c) Yuz yuvilayotganda

12. Burunga suv tortilayotganda qaysi duo o’qiladi?
a) «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
b) «Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
c) «Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan».

13. Tahoratsiz kishiga harom bo’lmagan amallarni belgilang.
a) Nafl namoz o‘qishi, sajda tilovatini bajarish.
b) Baytullohni tavof qilish, Qur’on g’ilofini ushlash.
c) Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.

14. Qanday suvlarda tahorat olish mumkin emas?
a) daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda, tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda
b) To’xtab turishi bilan biroz o’zgargan hovuz suvida, yomg’ir suvida
c) Baliq va hasharotlar o’lib qolgan suvda, dengiz suvida.

15. Tahoratga ishlatilgan suvdan idish yuvish yoki boshqa maqsadda foydalanish mumkinmi?
a) Joiz
b) Joiz emas.
c) Rangi o’zgarmagan bo’lsa joiz.

16. Sahih manbalarga ko’ra Rasululloh SAV tahorat uchun qancha suv srflardilar?
a) 1 mud (taxminan 1 litr)
b) 1,5 mud (taxminan 1,5 litr)
c) Yarim so’ (taxminan 2 litr)

17. Tahoratda yuviladigan a’zolarda yara yoki kasallik bo‘lganida qanday tahorat olinadi?
a) Issiq suv bilan yuviladi.
b) Jarohat ustiga mash tortiladi.
c) Tayammum qilinadi.
d) Qanday vaziyatdaligiga ko’ra yuqoridagi barcha javoblar javoblar mos tushishi mumkin.

18. Quyidagi qaysi holatda tahorat ketadi?
a) Chivin yoki burganing badandan qon so’rishi.
b) Badandan yiring yoki qon sal chiqib oqsa.
c) Og’izdan qusuqsiz kelgan qon og’iz suvini sarg’aytirsa.

19. Daraxtlardan yoki daraxt mevalaridan siqib olingan suvga tahorat olish  joizmi?
a) Joiz
b) Joiz emas
c) Makruh

20. Yosh bola namozda kulsa, tahorati ketadimi?
a) Ketmaydi.
b) Ketadi, tezda tahorat olishi lozim bo’ladi.
c) Baland ovozda kulsa ketadi, past ovozda kulsa, ketmaydi.

Ushbu turda Anisa (3 ta) va Farhod Isroilov (1 ta) savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Islom tarixida huzun yili. Toifga hijrat. Isro va me’roj
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 09 May 2008, 09:06:18
3-turning so’nggi natijalari.

1. Muslima                            - 100 ball. (75 bal to’g’ri javoib va 25 ball savollar uchun)
2. NOZA                              - 100 ball.
3. Dilmurod Majidov           - 95 ball.
4. Akbar                                - 95 ball.
5. lolo                                    - 95 ball.
6. Anisa                                 - 95 ball.
7. KWL                                 - 95 ball.(90 ball to’g’ri javob va 5 ball savol uchun)
8. Muxsina                              - 95 ball. ( 80 ball to’g’ri javob, 15 ball savol uchun)
9. Muhammad Ibrohim         - 90 ball. (85 ball to’g’ri javob, 5 ball savol uchun)
10.Robiya                               - 90 ball.
11.Sita                                    - 90 ball.
12. Sakina                               - 85 ball.
13.Mastura Islom                   - 85 ball.
14.Shoir                                 - 85 ball.
15.Abdulloh90                       - 85 ball. (80 ball to’g’ri javob, 5 ball savol uchun)
16.Y_U_R_I_S_T                  - 80 ball.
17. Dilshod ibn Hamid            - 80 ball.
18. Dilnoza Mirsaidova           - 80 ball.
19. Abdullatif                          - 75 ball.
20. Isroilov Farhod                  - 75 ball.
21. Sarah Mann                       - 75 ball.
22. Mubashsher Muhammad  - 75 ball.
23. Fazilat                               - 75 ball.
24. Abduxoliq                         - 70 ball.
25.Nozima G’aniyeva            - 65 ball.
26. Nurulla Mukhamedov       - 65 ball.
27. Alisher Abdullayev           - 65 ball. (60 ball to’g’ri javob, 5 ball savol uchun)
28. Asadulloh                          - 65 ball.
29. Maryam Isaboyeva            - 60 ball.
30.Olimxon                            - 60 ball.
31.Alisher Abdullayev           - 60 ball.
32.Ilhom Ahmadjonov            - 55 ball.
33.Huzayfa_89                       - 45 ball.
34.AbdurRahmon                   - 40 ball.
35.Kamronbek                        - 35 ball.
36. Mis_shoira                         - 35 ball.
37.Sherzodjon                         - 35 ball.
38.Guli Iskandarova               - 30 ball.               

Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 09 May 2008, 09:07:37
4-turning dastlabki natijalari.

1.Akbar                                  -100 ball.
2.Muslima                              - 95 ball.
3.NOZA                                 - 95 ball.
4.Dilnoza Mirsaidova            - 95 ball.
5.Shoir                                 - 95 ball.
6.Dilmurot Majidov            - 90 ball.
7.Muhammad Ibrohim        - 80 ball.
8.Mastura Islom                  - 80 ball.
9.KWL                                - 75 ball.
10.Abdulloh90                    - 75 ball.
11.lolo                                 - 75 ball.
12.Isroilov Farhod              - 75 ball.
13.Sakina                            - 75 ball.
14.Musannif Adham            - 65 ball.
15.Olimxon                        - 55 ball.
16.Abduxoliq                     - 55 ball.
17.Kamronbek                   - 55 ball.
18.Huzayfa_89                   - 55 ball.
19.Guli Iskandarova          - 35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 09 May 2008, 09:23:14
4 turning umumiy   natijalari.
1.Muslima                        - 380 ball.
2. NOZA                          - 380 ball.
3.Dilmurot Majidov          - 370 ball.
4.Muhammad Ibrohim      - 365 ball.
5.Akbar                                 - 360 ball.
6.Shoir                                  - 355 ball.
7.KWL                                   - 345 ball.
8.Abdulloh90                         - 340 ball.
9.lolo                                     - 335 ball.
10.Sita                                  - 335 ball.
11.Dilnoza Mirsaidova          - 330 ball.
12.Isroilov Farhod                - 305 ball.
13.Sakina                             - 305 ball.
14.Mastura Islom                 - 300 ball.
15.Muxsina                          - 285 ball.
16.Robiya                            - 280 ball.
17.Abdulatif                         - 250 ball.
18.Asadulloh                       - 250 ball.
19.Dilshod Ibn Hamid         - 245 ball.
20.Olimxon                         -245 ball.
21.Huzayfa_89                   - 235 ball.
22.Sarah Mann                  - 230 ball.
23.Alisher Abdullayev       - 225 ball.
24. AbdurRahmon            - 220 ball.
25.Fazilat                          - 220 ball.
26.Maryam Isaboyeva      - 215 ball.
27.Anisa                              - 195 ball.
28.Ilhom Ahmadjonov         - 165 ball.
29.Abduxoliq                       - 165 ball.
30.Oysha                            - 160 ball.
31. Mubashsher Muhammad — 160 ball.
32.UmmatiY_MuhammadiY   - 155 ball.
33.Nozima G’anieyva            - 135 ball.
34.Kamronbek                      - 125 ball.
35.Y_U_R_I_S_T                 -115 ball.
36.Nurulla Mukhamedov      - 105 ball.
37.Guli Iskandarova             - 95 ball.
38.Bahtiyor Xonkeldiyev      - 85 ball.
39.Mars                               - 85 ball.
40.Umid Xalilov                  - 75 ball.
41.Naimjon                         - 60 ball.
42.Salmoni Forsiy              - 55 bal.
43.Musannif Adham           - 55 ball.
44.Halim                            - 50 ball.
45.Munira Rozikova           - 50 ball.
46.Azimjon Madrahimov     - 45 ball.
47.Mis_shoira                    - 35 ball.
48. Sherzodjon                  - 35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 16 May 2008, 00:40:48
4-tur javoblari.

Mavzu: Islom diniga oshkora da'vatning boshlanishi

1. Oshkora da’vatga asos bo‘lgan oyat qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Toha surasi, 5-oyat
b) Shuaro surasi, 214-oyat
c) Hijr surasi, 94-oyat
To’g’ri javob: Hijr surasi, 94 oyat.
Izoh: Mushriklarning tahdidi kuchayib ketganligi sababli Rasululloh  SAV qurayshning katta yig’inlarida oshkora da’vat olib bormadilar. Musulmonlar pinhona ibodat qilishar, namozlarini ko‘pincha Makkaning tog’lariga chiqib, pana-pastqamda o‘qishardi. Ularning soni o‘ttizdan oshganda Rasululloh SAV  hammalarini bir joyga jamlab, din ahkomlarini o‘rgatishlari va yo‘q-yo‘riq ko‘rsatishlari zarur bo‘lib qoldi. Shu maqsadda birinchilar qatori islom diniga o‘tgan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig’ildilar. Shu paytgacha Hijr surasining: "Senga buyurilganini oshkora o‘rtaga tashla, mushriklar bilan teng bo‘lma", degan 94-oyati nozil bo‘lguncha maxfiy ish tutilgan edi. Bu oyat kelgach, Rasululloh SAV  Allohning va’dasi va yordamiga ishonib, oshkora da’vatga o‘tdilar. ("œNurul Yaqin")

2. Payg'ambarimiz SAV qarindoshlarini ochiq davat qilishlariga nima sabab bo'lgan?
a) Qurayshda islom sezilib musulmonlar orasi kengayib ularga nisbatan zulm kuchayganda qabiladagi hurmatlik insonlardan himoya istab
b) Abu Bakr r.a. ni kaltaklanganlarini oson qabul qila olmaganlari sabab
c) Shuaro surasining 214-oyati nozil bolishi sabab
To’g’ri javob: Shuaro surasining 214-oyati sabab.
Izoh: Shu paytgacha Hijr surasining: "Senga buyurilganini oshkora o‘rtaga tashla, mushriklar bilan teng bo‘lma", degan 94-oyati nozil bo‘lguncha maxfiy ish tutilgan edi. Bu oyat kelgach, rasululloh Ollohning va’dasi va yordamiga ishonib, oshkora da’vatga o‘tdilar. ("Nurul-yaqiyn")

3. Alloh Ta'alo Payg'ambarimizni (salollohu alayhi va sallam) ochiq da'vatga eng birinchi o'z yaqinlaridan boshlashni buyurib oyat nozil qilgandan keyin ular qarindosh-urug'larini mehmonga chaqirdilar. Shu mehmondorchilikda qancha inson yig'ilgandi?
a) 60 ga yaqin.
b) 45 ga yaqin
c) 30 ta.
To’g’ri javob: 45ga yaqin.
Izoh: Yuqoridagi oyat nganidan so'ng Rosululloh (sallollohu alayhi va sallam) qarindosh-urug'lar bani Hoshimni uylariga mehmonga chaqirdilar. Ular o'zlari bilan Abdulmuttolib inb Abdulmannof avlodidan bir nafar bilan yi'g'ilishdi. Va ular qirq beshga  yaqin erkak edilar. (Ar-Rahiyq Al-Maxtum)

4. Nubuvvatning nechanchi yiliga qadar mushriklar musulmonlarga majlislarda o'tirishlarda gapirish Qur'on tilovat qilish yoki Namoz o'qishlari uchun umuman imkon berishmas edi?
a) beshinchi yilning oxirlariga qadar.
b) to'rtinchi yilning boshlariga qadar. 
c) oltinchi yilgacha.
To’g’ri javob: Beshinchi yilning oxirlariga qadar.
Izoh: Mushriklar musulmonlarni insonlar orasida Islomga da'vat yoki Qur'on tilovati qilayotganlarini imkonlari bor boricha yashirishar ularni  Namoz o'qiyotgan yoki tilovat qilayotgan holda ko'rsalar xar hil o'yinlar kulgu mazah qilib insonlarni hayollarini chalg'itar ularni musulmonlarni ovozini chiqarishga umuman yo'l qo'ymaslikka harakat qilardilar. Hattoki Nabiy alayhissalom ham majlislar va o'tirishlarda qur'on tilivat eta olmasdilar. va Bu hol nubuvvatdan beshinchi yiloxirlariga qadar davom etdi. Bu ham tilovatdan maqsad nima ekanligini tushunmasdan oldin boshlanadigan kutilmagan hodisalar tufayli edi. (Ar-Rahiyq Al-Maxtum)

5. Alloh Ta'alo Muddassir surasining 11-25 oyatlarini Payg'ambarimizga qarshi isyon qilgan qaysi mushrik haqida nozil qildi?
a) Abu Lahab
b) Umayya ibn Halaf
c) Valiyd ibn Mug'iyra
To’g’ri javob: Valiyda ibn Mug’iyra.
Izoh: Alloh ta'alo Valiyd ibn Mug'yra to'g'risida Muddassir surasining 16 oyatini nozil qildi (11 dan 26 gacha) va shu bilan birga uning o'ylarini kayfiyatini ochdi. (Ar-Rahiyq Al-Maxtum)
18. Chunki u (Qur’onni eshitgach, bu ilohiy Kitobga qanday tuhmat qilish to‘g‘risida) o‘yladi, reja tuzdi.
19. Halok qilingur, qanday reja tuzdi-ya?!
20. Yana halok qilingur, qanday reja tuzdi-ya?!
21. So‘ngra u (o‘ylagan rejalariga) qaradi.
22. So‘ngra (Qur’ondan biron ayb topa olmagach, peshonasini) tirishtirdi va (aftini) burishtirdi.
23. So‘ngra (Haqdan) yuz o‘girdi va kibr-havo qildi.
24-25. Bas, u: «Bu (Qur’on Allohning so‘zi emas, balki) faqat (avvalgilardan naql qilinayotgan bir sehrdir. Bu faqat basharning so‘zidir», dedi. ( Muddassir surasi)

6. Alloh yo'lida azoblanib ko'r bo'lib qolgan va mushriklarning fitnalariga qarshi go'zal javobi uchun Alloh uning ko'zlariga qaytadan nur bergan ayolning ismi nima?
a) Zinnira.
b) Sumayya
c) Ummu Ubays.
To’g’ri javob: Zinnira
Izoh: Va Zinnira Islomni qabul qilgan va Alloh yo'lida azoblangan ayollardan edi. Ko'zlari yaralanib oxiri ko'r bo'lib qolgandi. Mushriklar unga: "senga Lot va Uzzoning qarg'ishi yetdi" deyishdi. U: Yo'q Alloh haqqi ulardan emas bu Alloh huzuridandir. Agar hohlasa o'zi davolaydi dedi. Va Alloh unga ko'zlarini qaytardi. Mushriklar: "Bu Muhammadning sehrlaridan biri" deyishdi. (Ar-Rahiyq Al-Maxtum)

7. Bilol (r.a)  qulikdan ozod qilgan inson?
a) Abu Bakr (r.a)
b) Usmon (r.a)
c) Talha (r.a)
To’g’ri javob: Abu Bakr r.a.
Izoh:  Bilol ibn Raboh qurayshlik Umayya ibn Xalafil Jo‘mahining quli edi. Umayya o‘z quli islom diniga kirganini eshitgach, uning bo‘yniga arqon solib, bolalariga jonli o‘yinchoq sifatida berib qo‘ydi. Xuddi buyumdek, hayvondek xo‘rlangan Bilol Ollohning birligiga sira shak keltirmadi. Bu azoblar kor qilmaganini ko‘rgan Umayya yozning eng jazirama kunlari uni qoq peshinda hovur ufurib turgan cho‘lga olib borardi. Yerga oyoq bosib bo‘lmas, qumga tuxum qo‘ysa pishar, tovondan o‘tgan issiq miyadan tutun chiqarardi. Umayya Bilolni issiq qumga chalqancha yotqizib, ustiga bahaybat tosh bostirar va Muhammaddan yuz o‘girib, Lot, Uzzo degan butlarga cho‘qinmasang, mana shunday azobda qiynab o‘ldiraman der, Bilol esa og‘ishmay: "Olloh bir, Olloh bir", deya javob qaytarardi. Kunlarning birida xuddi shunday dahshatli azobning ustiga Abubakr kelib qoldi. "Ey Umayya, bir bechoraga shuncha azob bergani Ollohdan qo‘rqmaysanmi? Uni tokay qiynaysan?" dedi u. "Uni sen yo‘ldan ozdirding. Qani qo‘lingdan kelsa, uni qutqarib olmaysanmi?" — dedi Umayya zahrini sochib. Abubakr shu zahoti Bilolni sotib olib, ozod qildi. (Nurul-yaqiyn)

8. Asadulloh (Allohning she'ri) deya nom olgan sahoba?
a. Umar roziyallohu anhu
b. Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu
c. Hamza roziyallohu anhu
To’g’ri javob: Hamza r.a.
Izoh: Jismoniy jihatdan haddan tashqari baquvvat, o‘ta jasur Hamza musulmonlarning qalqoniga, mushriklarning yuragiga g‘uluv soladigan qudratli bahodirga aylandi va unga Asadulloh (Olloh-ning sheri) deya nom berildi. (Nurul-yaqiyn)

9. Qaysi oyatlar hazrati Umar ibn Hattobni zalolatdan chiqib, Haq yo'liga kirishlariga sababchi bo'ldi?
a. Rahmon surasining 1-5 oyatlari
b. Toha surasining 1-6 oyatlari
c. Hadid surasining 1-2 oyatlari
To’g’ri javob: "œToha" surasining 1-6 oyatlari.
Izoh: Mushafga nisbatan hurmatda bo‘lishini talab qilgan holda Fotima (r.a.) javob berdi:
- Akaginam, sen Allohga sherik tutganing uchun nopoksan, holbuki, bu Kitobga faqat pokiza insonlargina qo‘l tekizadi. Tur, oldin tahorat ol!
Umar g‘usl qildi. Keyin unga Qur’ondan Toha surasining oyatlari yozilgan sahifalarni berishdi. Umar ularni o‘qib, chuqur o‘yga toldi. Yuzida hidoyatning nurlari jilolana boshladi.
"Bu qandayin sharafli, qandayin lazzatli kalom! Bundan-da go‘zal, bundan-da shirin so‘z bo‘lishi mumkin emas!" (Sahabalar Ansiklopedisi)

10. U Ummu Anmorning quli bo'lgan. U yasagan qilichlar Makkada mashhur bo'lgan. Islomni qabul qilgan bu mashhur sahoba-temirchi kim edi?
a. Xabbob ibn Arat
b. Abu Fukayha
c. Suhayb Rumiy
To’g’ri javob: Xabbob ibn Arat.
Izoh: Ummu Anmar o‘zining yangi qulini Makkaning qurol yasaydigan temirchisiga olib borib, unga hunar o‘rgatishligini so‘rab, unga qilich yasashni o‘rgatishligini iltimos qilib topshirdi. Aqlli bola tez orada bu hunarni egalladi va ancha mahoratli usta ham bo‘ldi. Qachon Xabbob o‘rganib bo‘lganidan so‘ng Ummu Anmar qilich yasashlik uchun va undan foyda ko‘rishlik maqsadida unga alohida temir do‘kon qilib berdi va har xil kerakli asboblarni ham olib berdi. (Hayatus sahaba)

11. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) harami sharifda namoz o‘qib turganlarida kim u zotni kelib bo‘g‘ishga jur’at etdi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Uqba ibn Abi Mu’ayt
To’g’ri javob:Uqba ibn Abu Mu’ayt.
Izoh: Kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom namoz o‘qiyotganlarida Uqba orqadan kelib u kishining bo‘yniga choponini tashlab, bo‘ga boshladi. Tasodifan kelib qolgan hazrat Abu Bakr rasulullohni ajratib oldi-da, Mo‘minlar surasining "Robbing Olloh" degan va "robbingiz tomonidan sizlarga mo‘jizalar olib kelgan kishini o‘ldirasizlarmi", degan oyatini aytib, mushrikni koyidi. (Sahihul Buxoriy)

12. Allohga qasamki ertaga Muhammad SAV namoz o’qiyotganda boshini tosh bilan majaqlab tashlayman degan kim edi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Os ibn Voil
To’g’ri javob:Abu Jahl.
Izoh: Abu Jahl mal’un turib:
— Ey Quraysh xalqi, mana ko‘rdinglar, Muhammad bilan bo‘lgan muomalamiz shu bo‘ldi, dinimizni xorlab, butlarimizni haqorat qilib, ota-bobolarimizni, bizni ahmoq sanab yuribdi... Endi men o‘z ko‘nglimda shunday ahd qildimki, agar ertaga kelib Baytulloh oldida yana o‘z namozini o‘qimoqchi bo‘lsa, naqd sajdaga bosh qo‘ygan chog‘ida qo‘l ko‘targudek og‘ir tosh bilan urib boshini yanchaman... — dedi.
Ertasi kuni o‘zi degandek bir cho‘ng toshni tutib, poylab turdi. Qachonki Payg‘ambarimiz sajdaga bosh qo‘yib edilar, yomon niyat bilan poylab turgan Abu Jahl bir katta tosh ko‘targan holda urmoqchi bo‘lib yaqin keldi. Kelishi hamon ko‘kragidan itargandek bo‘lib, orqaga qaytdi. Qo‘rqqanidin rangi o‘chib, tosh ko‘targan qo‘li jonsizlanib, uni tashladi.
— Ey Abul Hakam, senga nima hodisa bo‘ldi? — deb undin so‘radilar.
Anda ul:
— Kechagi aytgan ishimni qilmoqchi bo‘lib, yaqin borgan edim, tishlari nayzadek, umrimda ko‘rmagan haybatlik bir bug‘ro tuya oldimdan to‘g‘ri chiqib, og‘zini g‘ordek ochib, menga hamla qildi. Bo‘lgan voqea shuldir,— dedi. Payg‘ambarimiz:
— Ko‘ringan bug‘ro tuya birodarim Jabroildur, agar menga yaqinlashsa, uni halok qilur edi, — dedilar. (Tarixi Muhammadiy)

13. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan kurash tushgan va shu bilan islomni qabul qilgan Qurayshlik pahlavon kim edi?
a. Tufayl ibn Abu Amr
b. Rakona ibn Abdu Yazid
c. Xolid ibn Valid.
To’g’ri javob: Rakona ibn Abdu Yazid
Izoh: Quraysh qabilasi ichida Rakona ibn Abdu Yazid nomlik bir pahlavon yigit bor edi. Kurash maydonida otog‘i chiqqan, yonboshi yerga tegmagan edi. Bir kun xoli bir ko‘chadan o‘tib borayotganida, Payg‘ambarimiz aning oldidan chiqib:
— Ey Rakona, Xudodin qo‘rqgil, mening nasihatimni qabul qilib, Islom diniga kirgil, — dedilar. Anda Rakona:
— Ey Muhammad, sening kelturgan bu dining haqligini qaydin bilurman? Uning haqligiga biror belgi ko‘rsatsang, qabul qilayin, — dedi. Anda Rasululloh:
— Sening pahlavonligingga so‘z yo‘qdur. Kuch-quvvatda barchadin o‘zingni ustun chog‘larsan. Qo‘pgil (tur), ikkovimiz bu yerda kurashaylik. Agar seni yiqar bo‘lsam, mening haq payg‘ambarligimga ishonib, iymon keltururmisan? — dedilar. Ul ham roziligini bildirib, tura kelib kurashga tutindi. Muborak qo‘llari tekkan hamon butun kuchidin ajradi, ikki bukib, ani yerga urdilar. Bu ishga Rakona hayron qolib, qaytadin kurashmoqni talab qildi. Bu qatimda esa, burungidin og‘irroq holga qoldi. (Tarixi Muhammadiy)

14. Abu Bakr (r.a) ga siddiq unvoni nimaga berilgan?
a) Muhammad (s.a.v) merojga chiqqanlarini tasdiqlaganlari uchun
b) Muhammad (s.a.v) paygambarliklarini tasdiqlaganlari uchun
c) Muhammad (s.a.v) qilgan hizmatlari uchun.
To’g’ri javob: Muhammad (s.a.v) merojga chiqqanlarini tasdiqlaganlari uchun
Izoh: Rasululloh alayhissalom ul janobning rostgo‘yliklari, omonatdorliklari hamda Isro va Me’roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlaganliklari uchun Siddiq deb nom qo‘ygan edilar. Ya’ni, Rasulu akrom hazratlari janobni rostgo‘ylarning rostgo‘yrog‘i degan yuksak sifat bilan oliy maqom darajasiga ko‘targandilar. (Xulafoi roshidiyn)

15. Habashistonga qilingan birinchi hijratda kim bu jamoaga boshliq etib tayinlangan edi?
a) Usmon ibn Maz’un
b) Ja'far ibn Abu Tolib
c) Zubayr ibn Avvom.
To’g’ri javob: Usmon ibn Maz’un
Izoh: Vaziyat keskinlashib, musulmonlarning hayoti xavf ostida qolgani uchun rasulullohning ko‘rsatmasiga binoan bir qism odam diniy ta’limotni asrash niyatida uy-joy, mol-mulkini tashlab, yurtini tark etishga qaror qildi. Bu islom tarixidagi dastlabki hijrat edi. Muhojirlardan o‘n kishi erkak va beshovlon ayol bo‘lib, bular Usmon ibn Affon va uning rafiqasi, rasulullohning qizlari Ruqiyya, Abu Salama ayoli Ummu Salama bilan, Abu Salamaning o‘gay birodari Abu Subra ibn Abu Rahm ayoli Ummu Gulsum bilan, Omir ibn Robiya ayoli Laylo bilan, Abu Xuzayfa ibn Utba ibn Robiya ayoli Suhaylning qizi Sahla bilan, Abdurahmon ibn Avf, Usmon ibn Maz’un, Mus’ab ibn Umayr, Suhayl ibn Bayzo, Zubayir ibn Avvomlar edi. Ibn Hishomning rivoyat qilishicha, Usmon ibn Maz’un ularga boshliq etib tayinlandi. (Nurul-yaqin)

16. Habashistonga qilingan birinchi hijratda quyidagi kishilardan qaysi birlari ishtirok etmagan?
a) Abu Subra ibn Abu Rahm, Omir ibn Robiya
b) Mus’ab ibn Umayr, Abdurahmon ibn Avf
c) Abdulloh ibn Mas’ud, Ubaydulloh ibn Jahsh
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Mas’ud, Ubaydulloh ibn Jahsh
Izoh: Vaziyat keskinlashib, musulmonlarning hayoti xavf ostida qolgani uchun rasulullohning ko‘rsatmasiga binoan bir qism odam diniy ta’limotni asrash niyatida uy-joy, mol-mulkini tashlab, yurtini tark etishga qaror qildi. Bu islom tarixidagi dastlabki hijrat edi. Muhojirlardan o‘n kishi erkak va beshovlon ayol bo‘lib, bular Usmon ibn Affon va uning rafiqasi, rasulullohning qizlari Ruqiyya, Abu Salama ayoli Ummu Salama bilan, Abu Salamaning o‘gay birodari Abu Subra ibn Abu Rahm ayoli Ummu Gulsum bilan, Omir ibn Robiya ayoli Laylo bilan, Abu Xuzayfa ibn Utba ibn Robiya ayoli Suhaylning qizi Sahla bilan, Abdurahmon ibn Avf, Usmon ibn Maz’un, Mus’ab ibn Umayr, Suhayl ibn Bayzo, Zubayir ibn Avvomlar edi. Ibn Hishomning rivoyat qilishicha, Usmon ibn Maz’un ularga boshliq etib tayinlandi. (Nurul-yaqin)

17. Kim islomga kirgach, musulmonlar kuchayib, o‘zlariga ishonch paydo bo‘lgan va uning talabiga binoan nomozni masjidda o‘qiy boshlashgan?
a) Umar ibn Xattob
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Tufayl ibn Amr
To’g’ri javob: Umar ibn Xattob
Izoh: "Sahih-ul-Buxoriy"da rivoyat qilinishicha, Umar islomga kirgach, musulmonlar kuchayib, o‘zlariga ishonch paydo bo‘lgan va uning talabiga binoan nomozni masjidda o‘qiy boshlashdi. ("Ash'arai mubashshara va Payg'ambarimiz SAV", "Nurul-yaqiyn")

18. U johilyat davrida ruhiy kasal odamlarni, nopok mavjudotlar ta'siridagi kasal odamlarni davolar edi. O'sha davrda Makkaning johil odamlari Rasululloh SAVni ruhiy kasal deb ayblar edilar. Shunda u Muhammad SAV oldilariga kelib, u zotni davolamoqchi ekanligini bildiradi. Rasululloh SAV unga kalima bilan da'vat qiladilar  va o'sha zahoti u islomni qabul qiladilar. Bu sahoba kim?

a) Damod r.a.
b) Abu Subra r.a.
c) Suhayl ibn Yabzo r.a.
To’g’ri javob: Damod r.a.
Izoh: Damod r.a. johilyat davrida ruhiy kasal odamlarni, nopok mavjudotlar ta'siridagi kasal odamlarni davolar edi. O'sha davrda Makkaning johil odamlari Rasululloh SAVni ruhiy kasal deb ayblar edilar. Shunda u Muhammad SAV oldilariga kelib, u zotni davolamoqchi ekanligini bildiradi. Rasululloh SAV unga kalima bilan da'vat qiladilar  va o'sha zahoti hz. Damod islomni qabul qiladilar. (Muhammad Yusuf Kandehlaviy, Hayatus Sahaba)

19. "Sizlar Muhammaddan bolalik chog‘idayoq xursand edinglar, u orangizdagi eng rostgo‘y, eng ishonchli kishi edi, Voyaga yetib, payg‘ambar bo‘lganda uni sehrgarga chiqardinglar. Ollohning nomi bilan qasamyod qilamanki, u aslo sehrgar emas". Garchi o'zi ashaddiy dushman bo'lsa-da, payg'ambarimizning nubuvvatdan oldingi fazilatlariga tan berib, yuqoridagi gaplarni aytgan inson kim edi?
a) Nazr ibn Xoris
b) Utba ibn Robia
c) Zuhayr ibn Abu Umayya
To’g’ri javob: Nazr ibn Xoris
Izoh: Hatto Abduddor jamoasidan bo‘lmish rasulullohning ashaddiy dushmani Nazr ibn Horis ham u kishidagi fazilatlarga tan berib, Ukoz bozorida o‘tgan bir yig‘inda: "Sizlar (qurayshlarni aytmoqchi) Muhammaddan bolalik chog‘idayoq xursand edinglar, u orangizdagi eng rostgo‘y, eng ishonchli kishi edi, Voyaga yetib, payg‘ambar bo‘lganda uni sehrgarga chiqardinglar. Ollohning nomi bilan qasamyod qilamanki, u aslo sehrgar emas", degan. (Nurul-Yaqiyn)

20. Payg‘ambarlik da’vosini qilgan kishiga shu uch narsadan savol beringlar, buni payg‘ambardan boshqa hech kim bilmaydi. Madinadagi yahud ulamolari aytgan so’z qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
a) Hizr alayhissalom va Muso qissasi, Ya'juj va Ma'juj, inson ruhi haqida
b) Ashobi Kahf qissalari, Butun olam atrofini aylangan bir odam, inson ruhining haqiqati
c) Luqmon hakim, Zulqarnayn qissasi, G'or egalari qissasi.
To’g’ri javob: Ashobi Kahf qissalari, Butun olam atrofini aylangan bir odam, inson ruhining haqiqati
Izoh: — Andog‘ bo‘lsa, ul payg‘ambarlik da’vosini qilgan kishiga shul uch narsadin savol beringlar, buni payg‘ambardin boshqa hech kim bilmaydi.
1. O‘tmish zamondagi Ashobi Kahf qissalaridin so‘ranglar.
2. «Butun olam atrofini aylangan bir odam o‘tgan, u kim?» deb so‘ranglar.
3. Inson ruhining haqiqati nimadur?
Agar shu uch savolga haqiqati ila javob bera olsa, bilinglarkim, u kishi payg‘ambardur. Anda u odamga iymon keltirib, ko‘rsatgan yo‘liga kirish kerak, agar bu savollarga javob bera olmasa, ul chog‘da uning yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lib, o‘zi jazoga loyiqdur, dedilar. (Tarixi Muhammadiy)

Ushbu turda Maryam Isabayeva (1 ta), Anisa (2 ta), Mastura (4 ta), Noza (4 ta), Abdulloh90 (1 ta), Farhod Isroilov (3 ta), Dilmurod Majidov (2 ta), Sarah Mann (1 ta) va Olimxon (1 ta)ning savollaridan foydalanildi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 16 May 2008, 03:24:50
6-tur
Mavzu: Islom tarixida huzun yili. Toifga hijrat. Isro va me’roj

1. Nima sababdan Islom tarixida "Sanatul Huzun" (Qayg'u yili) deb olgan yil bo'lgan?
a) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'g'illari Ibrohimdan ayriladilar.
b) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qizlari Ruqiya va Ummu Gulsumdan ayriladilar
c) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz va amakilaridan ayriladilar

2. Islom tarixida "œSanatul-huzn" ("œQayg’u yili") nomini olgan yil Makka davrining nechanchi sanasiga to’gri keladi?
a) To’qqizinchi
b) O’ninchi
c) O’n birinchi

3. Janobimizni amakilari Abu Tolibning ahvollari yomonlashib, o’limi yaqinlashgan vaqtda yonlarida Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan yana ikki mushrik bo’lgan. Ular Abu Tolibga "œAbdulmuttalibni dinidan yuz o’girasanmi?" deb, shahodat kalimasini aytishdan qaytarishgan. Bu ikki mushrik kim edi?
a) Utba ibn Robiya, Abu Jahl.
b) Abu Jahl, Abdulloh ibn Abu Umayya.
c) Abu Lahab, Abu Jahl.

4. Xadicha roziyallohu anhoning muborak jasadlari qayerga qo’yilgan?
a) Hojun qabristoniga.
b) Baqi’ qabristoniga.
c) Hujrai saodatga.

5. Abu Tolib vafotlaridan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning qaysi amakilari u zot sallallohu alayhi vassallamni o’z himoyasiga olgan?
a) Hamza (r.a.)
b) Abbos (r.a.)
c) Abu Lahab.

6. Xadicha roziyallohu anhoning vafotlaridan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallam birinchi turmish qurgan "œMo’minlar onasi" kim?
a) Savda binti Zam’a (r.anho)
b) Oysha (r. anho)
c) Ummu Salama (r. anho)

7. Toif safarida Payg’ambarimiz (s.a.v.) ga kim hamrohlik qildi?
a) Abu Bakr
b) Zayd ibn Horisa
c) Ali ibn Abu Tolib

8. Toif shahrida qaysi qabila istiqomat qilardi?
a) Banu Saqif
b) Banu Qurayza
c) Avs va Xazraj

9. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Toif voqeasidan qattiq ta’sirlangandilar. Hatto yillar o’tib ham bu safarni unutmadilar va Toif voqeasini musulmonlar uchun achinarli bo’lgan bir voqeadan ham alamli deb aytgandilar. Bu qaysi voqea?
a) Uhud jangi.
b) Xadicha onamizning vafotlari.
c) Musulmonlarning qiynoqqa solinishi.

10. Toifdan Makkaga qaytganlarida Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni kim o’z himoyasiga olgan?
a) Axnas ibn Shariq.
b) Suxayl ibn Amr.
c) Mut’im ibn Odiy.

11. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifga da'vat qilmoqlik niyatida borganlarida Utba va Shayba ibn Robialarning nasroniy quli bo'lgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzum olib borgan inson kim edi?
a. Addos
b. Suhayb Rumiy
c. Salmoni Forsiy

12. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifdan chiqib Naxla bog'iga borganlarida kimlar Qur'on tilovatini eshitib islomni qabul qilishdi?
a. Saqiyf qabilasi
b. G'ifor qabilasi
c. Nasidin degan joydagi jinlar

13. "œMe’roj" so’zining ma’nosi nima?
a) yuqoriga ko’tarilish.
b) kechasi yurgizish.
c) tasalli berish.

14. "Isro va Meroj" qaysi oyning qaysi kuniga to'g'ri kelgan?
a) Rajab oyining 27-kechasiga
b) Ramazon oyining 27-kechasiga
c) Rabiul-avval oyining 15-kechasiga

15. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Me’rojga chiqqanlarida O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydigan bir zot bilan uchrashganlar. U kim edi?
a) Odam alayhissalom
b) Iso alayhissalom
c) Ibrohim alayhissalom

16. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Me’rojga chiqqanlarida Ikkinchi osmonda ikkita payg’ambar bilan uchrashganlar. Bu payg’ambar alayhissalomlar kimlar?
a) Muso va Horun (alayhissalomlar)
b) Ibrohim va Iso (alayhissalomlar)
c) Yahyo va Iso (alayhissalomlar).

17. Yettinchi osmondan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallam qayerga ko’tarilganlar?
a) "œSidratul muntaho"ga.
b) "œBaytul ma’mur" ga.
c) "œArshi A’lo" ga.

18. Me’rojda Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga nimalarni xabari berilgan?
a) besh vaqt namoz, Islomni kuchayishi, Jannatga birinchi kirishlari.
b) besh vaqt namoz, Baqara surasining oxirgi oyatlari, ummatlarini mag’firat qilinishi.
c) Baqara surasining oxiri, besh vaqt namoz, Qiyomat kunida shafoatchi bo’lishlari.

19. Quyidagilar orasidan kim o’zi musulmon holida 5 vaqt namoz o’qish baxtiga muyassar bo’la olmagan?
a) Abu Tolib ibn Abdulmuttalib
b) Xadicha binti Huvaylid
c) Hamza ibn Abdulmuttalib

20. 50 vaqt namozni 5 vaqt qilib qisqartirilishiga sababchi bo’lgan payg’ambar?
a) Muso (a.s)
b) Ibrohim (a.s)
c) Iso (a.s)

Ushbu turda Anisa, Rohatoy, Farhod Isroilov, Noza, Muhammad Ibrohim, KWL savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh SAVning boshqa qabilalarni ham Islomga da'vat etishlari. Madinaga hijratning boshlanishi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 16 May 2008, 07:37:40
4-turning so'nggi natijalari.

4-turning so’nggi natijalari.
1.Akbar                              -100 ball.
2.Muslima                          - 95 ball.
3.NOZA                                 - 95 ball.
4.Dilnoza Mirsaidova            - 95 ball.
5.Shoir                                 - 95 ball.
6.Dilmurot Majidov            - 90 ball.
7.Anisa                              - 90 ball.
8.Dilshod ibn Hamid           - 90 ball.
9.Anisa                              - 90 ball.
10.Muxsina                            - 85 ball.
11.Muhammad Ibrohim        - 80 ball.
12.Mastura Islom                  - 80 ball.
13.KWL                                - 75 ball.
14.Abdulloh90                    - 75 ball.
15.lolo                                 - 75 ball.
16.Isroilov Farhod              - 75 ball.
17.Sakina                            - 75 ball.
18.Abdulatif                       - 75 ball.
19.Sita                                 - 70 ball.
20Musannif Adham            - 65 ball.
21.Olimxon                        - 55 ball.
22.Abduxoliq                     - 55 ball.
23.Kamronbek                   - 55 ball.
24.Huzayfa_89                   - 55 ball.
25.Guli Iskandarova          - 35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 16 May 2008, 07:47:16
Assalamu alaykum.
5-turning dastlabki natijalari ma'lum sabablarga ko'ra sal kechroq e'lon qilinadi.
Buning uchun ishtirokchilarimizdan uzr so'raymiz.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 16 May 2008, 09:37:31
5-turning dastlabki natijalari.

1.NOZA                                   - 95 ball.
2.Akbar                                    - 95 ball.
3.Muslima                                - 95 ball.
4.Musannif Adham                  - 95 ball.
5.lolo                                        - 95 ball.
6.Anisa                                     - 95 ball.
7.Mastura Islom                       - 95 ball.
8.Shoir                                      - 90 ball.
9. Muhammad Ibrohim              - 90 ball
10.Dilmurod Majidov                - 85 ball.
11.KWL                                     - 85 ball.
12.Abdulloh90                           - 85 ball.
13.Mastura Islom                     - 85 ball.
14.Isrolilov Farhod                  - 80 ball.
15.Y_U_R_I_S_T                   - 80 ball.
16.Muxsina                             - 80 ball.
17.Abdulatif                            - 85 ball.
18.Sita                                     - 75 ball.
19.Robiya                                - 70 ball.
20.Alisher Abdullayev            - 70 ball.
21.Guli Iskandarova                - 70 ball.
22.Olimxon                             - 65 ball.
23.Huzayfa_89                        - 60 ball.
24.Habibullayev Ulug’bek     - 60 ball.
25.Muhammad Murod           - 55 ball.
26.Naimjon                            - 45 ball.
27.Ilhom Ahmadjonov          - 40 ball.
28.Nurulla Mukhamedov      - 35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 16 May 2008, 10:53:10
5ta turning umumiy natijalari.

1.NOZA                                   - 475 ball.
2.Muslima                               - 475 ball.
3.Dilmurod Majidov                 - 455 ball.
4.Akbar                                   - 455 ball.
5.Muxsina                               - 450 ball.
6.Shoir                                    - 445 ball.
7.Muhammad Ibrohim             - 435 ball.
8.KWL                                     - 430 ball.
9.lolo                                      - 430 ball.
10.Abdulloh90                          - 425 ball.
11.Sita                                    - 410 ball.
12.Abdulatif                            - 410 ball.
13.Mastura Islom                   - 395 ball.
14.Isroliov Farhod                 - 385 ball.
15.Anisa                                - 380 ball.
16.Robiya                             - 350 ball.
17.Dilshod ibn Hamid           - 335 ball.
18.Dilnoza Mirsaidova         - 330 ball.
19.Olimxon                          - 310 ball.
20.Sakina                            - 305 ball.
21.Alisher Abdullayev          - 295 ball.
22.Huzayfa_89                   - 295 ball.
23.Asadulloh                      - 250 ball.
24.Sarah Mann                   - 230 ball.
25.AbdurRahmon               - 220 ball.
26.Fazilat                           - 220 ball.
27.Maryam Isaboyeva        - 215 ball.
28.Ilhom AHmadjonov        - 205 bal.
29.Y_U_R_I_S_T                - 195 ball.
30.Abduxoliq                     - 165 ball.
31.Guli Iskandarova         - 165 ball.
32.Oysha                          - 160 ball.
33.Mubashsher Muhammad - 160 ball.
34.UmmatiY MuhammadiY    - 155 ball.
35.Musannif Adham             - 150 ball.
36.Nurulla Mukhamedov      - 140 ball.
37.Nozima G'aniyeva           - 135 ball.
38.Kamronbek                     - 125 ball.
39.Naimjon                          - 105 ball.
40.Baxtiyor Xonkeldiyev      - 85 ball.
41.Mars                               - 85 ball.
42.Umid Xalilov                   - 75 ball.
43.Habibullayev Ulug'bek   - 60 ball.
44.Salmoniy Forsiy             - 55 ball.
45.Muhammad Murod        - 55 ball.
46.Halim                            - 50 ball.
47.Munira Rozikova           - 50 ball.
48.Azimjon Madrahimov    - 45 ball.
49.Mis-Shoira                    - 35 ball.
50.Sherzodjon                   - 35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 23 May 2008, 09:14:41
5-tur javoblari

Mavzu:  Tahorat hukmlari (Hanafiy mazhabida)

1. Sha’riati Islomiyada amallar savob yoki gunoh bo’lishi bilan fiqhiy istilohga ko’ra nechaga bo’linadi? Quyidagilardan to’g’risini belgilang.
a) Bechta: Farz, vojib, sunnat, harom, muboh.
b) Oltita: Farz, sunnat, vojib, harom, makruhi tahrimiy, muboh.
c) Yettita: Farz, vojib, sunnat, harom, makruhi tahrimiy, makruhi tanziliy, muboh.
To’g’ri javob: Yettita: Farz, vojib, sunnat, harom, makruhi tahrimiy, makruhi tanziliy, muboh.
Izoh: Shariati islomiyada amallar savob yoki gunoh bo‘lish e’tibori bilan fiqhiy istilohga ko‘ra, yetti navga bo‘linadi:
1.   Farz;
2.   Vojib;
3.   Sunnat;
4.   Harom;
5.   Makruh tahrimiy;
6.   Makruh tanzihiy;
7.   Muboh. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

2. Sunnat necha xil bo’ladi? Quyidagi qatorlardan to’g’risini belgilang.
a) 1 xil, Sunnati muakkada.
b) 2 xil, Sunnati muakkada, sunnati mashru’a.
c) 3 xil, sunnati muakkada, sunnati mashru’a, sunnati zoida.
To’g’ri javob: 3 xil, sunnati muakkada, sunnati mashru’a, sunnati zoida.
Izoh: Sunnat - bajarishlik qat’iy suratda talab qilinmagan amalga sunnat,
deyiladi. Sunnat fiqhiy istilohda mandub, mustahab, odob kabi so‘zlar bilan
ham ishlatiladi.
Sunnatning turlari uchga bo‘linadi:
1.   Takidlangan sunnat (sunnati muakkkada);
2.   Odatiy sunnat (sunnati mashru’a);
3.   Zoida sunnat (sunnati zoida).
Sunnati muakkadaga misvok ishlatish, jamoat bilan namoz o‘qish, sunnati ravotiblarni o‘qish kabilar kiradi.
Sunnati muakkadaning hukmi vojibdan keyingi o‘rinda turadi.
Odatiy sunnatlarga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) odatda qilib yurgan, lekin boshqalarga qilishlikni ta’kidlamagan sunnatlar kiradi.
Ramazondan boshqa paytlardagi tutiladigan ixtiyoriy ro‘zalar, farz va sunnati muakkada namozlaridan boshqa ixtiyoriy namozlar, Zuxo namozi, Asr va Xufton namozidan oldingi to‘rt rakat sunnat namozlari, zulqa’da oyida olti kun ro‘za tutishlik, dushanba va payshanba kunlaridagi ro‘zalar va hokazolar shular jumlasidandir.
Sunnatga amal qilgan odam savobga erishadi, unga amal qilmagan kishiga esa azob berilmasa-da, qiyomat kunida malomatga qolish ehtimoli bor. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari", «Hadis va hayot»)

3. Hojatxonaga kirayotgan kishi qaysi duoni o’qishi odabdan hisoblanadi?
a) "œAllohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais".
b) "œG’ufronaka, alhamdulillahillaziy azhaba ‘annil azaa va ‘ofaniy".
c) "œRobbana atina fid dunya hasanatav va fil axiroti hasanatav va qina azaban nar".
To’g’ri javob: "œAllohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais".
Izoh: Hojatxonaga kirayotgan kishi uchun quyidagilar odob hisoblanadi:
Kirishdan oldin ushbu duoni o‘qish:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais».
(Ma’nosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman».) ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

4. Tahoratning farzlari nechta va ular qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) 3 ta;  yuzni, qo’lni oyoqni yuvish.
b) 4 ta; yuzni, qo’lni, oqyoqniyuvish va boshqa mash tortish.
c) 5 ta; yuzni, qo’lni, oyoqni, og’izni yuvish va boshga mash tortish.
To’g’ri javob: 4 ta; yuzni, qo’lni, oqyoqniyuvish va boshqa mash tortish.
Izoh: Tahoratning farzlari to‘rttadir:
1.   Yuzni bir marta yuvmoqlik. Yuvish, degani suv tegishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan suvni oqizmoqlikdir. Yuzning chegarasi uzunasiga soch chiqqan joidan jag‘ning ostigacha, kengligi esa ikki quloq yumshog‘ining orasigacha bo‘lgan o‘rindir.
2.   Ikki qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib bir marta yuvishlik.
3.   Boshning to‘rtdan biriga bir marta mashtortish.
4.   Ikki oyoqni ham oshig‘i bilan qo‘shib bir marta yuvishlik. Oyoqning oshig‘i qadamdan yuqorida, to‘piqdan pastdagi bo‘rtib ko‘rinib turgan suyakdir.
Tahorat qiladigan kishi agar tirnoqlari uzun bo‘lsa, uning ostiga suv yetkazishi va yana ko‘zi atrofiga yig‘ilib qoladigan kirlarni olib, ostiga suv tekkizishi ham shartdir. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

5. Tahoratning farzlari qaysi oyatlarda keltirilgan?
a) "œMoida", 6-oyat.
b) "œTavba", 15-oyat.
c) "œHaj", 8-oyat.
To’g’ri javob: "œMoida", 6-oyat.
Izoh: Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar, namozga tursanglar, yuzinglarni yuvinglar va qo‘linglarni tirsagigacha (qo‘shib) yuvinglar va boshinglarga mash tortinglar va oyog‘inglarni to‘pig‘igacha (qo‘shib) yuvinglar», deb aytgan (Moida surasi, 6-oyat).

6. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirdilar, men u kishiga tahorat uchun suv keltirib qo‘ydim. Janob Rasululloh (chiqib): «Kim qo‘ydi buni?» — dedilar. Rasulullohga ("¦, deb) aytishdi. Rasululloh: «Ilohi, uni din bilimdoni qilgaysan!»—deb duo qildilar. Savol: tahoratga suv keltirgani uchun Rasulullohning duolariga sabachi bo’lgan bu mashhur sahoba kim?
a) Abdulloh ibn Umar
b) Abdulloh ibn Abbos
c) Abdulloh ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abbos
Izoh: Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirdilar, men u kishiga tahorat uchun suv keltirib qo‘ydim. Janob Rasululloh (chiqib): «Kim qo‘ydi buni?» — dedilar. Rasulullohga (ibn Abbos, deb) aytishdi. Rasululloh: «Ilohi, uni din bilimdoni qilgaysan!»—deb duo qildilar. (Al-Jome’ as-sahih, "œTahorat kitobi", 10-bob)

7. "œBoshning hammasiga bir marta mash tortish" tahoratning qanday hukmi hisoblanadi?
a) Tahoratning odobi
b) Tahoratning farzi
c) Tahoratning sunnati
To’g’ri javob: Tahoratning sunnati
Izoh: Ma’lumki, boshning to‘rtdan biriga bir marta mash tortish tahoratning farzi hisoblanadi. Bu hukm Qur’oni Karim Moida surasining 6 oyati bilan isbotini topgan. Demak, to‘rtdan biriga bir marta mash tortish farz hisoblanadi. Boshning hammasiga bir marta mash tortish esa, hadisi sharifda keltirilgani bois sunnat hisoblanadi. Hadisi sharif: Anas ibn Molik (r.a.) uch martadan yuvib tahorat qildilar, boshlariga bir marta mash tortdilar va aytdilarki: "œBu Rasululloh (s.a.v.) ning tahoratlaridir". (Burhoniddin al-Marg‘inoniy, "œHidoya")

8. G’usl vojib bo‘lgan kishi Qur’oni Karim oyatlarini yoddan o‘qishi joizmi?
a) Tahoratsiz kishi kabi mushafga qaramasdan yoddan o‘qishi joiz
b) Harom
c) Makruh
To’g’ri javob:  Harom
Izoh: Kichik tahoratsizlik holatidagi kishiga mumkin bo‘lmagan amallar katta tahoratsizlik holatidagi kishiga ham bajarish man etiladi. Shu bilan birga g‘usl vojib bo‘lgan kishiga Quroni karimni xoh yoddan bo‘lsin, xoh qarab o‘qishlik hamda masjidga kirishligi ham harom hisoblanadi. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

9. Quyidagilardan qaysi biri tahoratdagi sunnat amallarga kirmaydi?
a) Tahoratni «Bismillah...» bilan boshlamoq, tahoratni misvok ishlatish bilan boshlamoq, burniga ham uch marta suv olib qoqmoq.
b) Tahorat chog’i duoda bo’lish, liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish, qiblaga qarab o’tirmoq
c) Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq, qo’lni yuvmoq, qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.
To’g’ri javob:  Tahorat chog’i duoda bo’lish, liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish, qiblaga qarab o’tirmoq
Izoh: Tahoratdagi sunnat amallar:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq.
2. Tahorat qilishni dilga tugmoq.
3. Qo’lni yuvmoq.
4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq.
5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq.
6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq.
7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq.
8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq.
9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq.
10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq.
11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq.
12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq.
13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq.
14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq tashqarisiga mash tortmoq.
15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq.
16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq.
17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik.
18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.
Tahorat qilishda besh ish mustahabdir: liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish; qiblaga qarab o’tirish; tahorat suvini o’zi hozirlash; tahorat chog’i duoda bo’lish; tahorat chog’i tobe’ va sertavoze’ turish. ("œIbodati Islomiya")

10. Quyidagilardan qaysi biri tahoratning makruh amallariga kirmaydi?
a) Suvni yuzga zarb bilan urish, suvni o‘ta kam ishlatishlik, suvni isrof qilish.
b) Najosatli o‘rinlarda tahorat olish, Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish, ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi.
c) Yomg'ir suvida tahorat olish, tahorat tartibini buzish, ya'ni avval yuzni, so'ng qo'lni yuvish.
To’g’ri javob:  Yomg'ir suvida tahorat olish, tahorat tartibini buzish, ya'ni avval yuzni, so'ng qo'lni yuvish.
Izoh: Quyidagi ishlar tahoratda makruhi tanzihiy hisoblanadi:
1.   Suvni isrof qilish.
2.   Suvni o‘ta kam ishlatishlik.
3.   Suvni yuzga zarb bilan urish.
4.   Ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi ham makruhdir. Chunki bunda ro‘zaning ochilib ketish xavfi bor.
5.   Najosatli o‘rinlarda tahorat olish.
6. Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish.
7. Burunga, og‘izga suv olish va niyatga o‘xshagan ta’kidlangan sunnatlarni tark qilishlik ham makruhdir. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

11. «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran» (Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin») duosi tahoratning qaysi rukni bajarilayotganda aytiladi?
a) Ikki qo’l yuvilayotganda
b) Og’iz chayilayotganda
c) Yuz yuvilayotganda
To’g’ri javob: Ikki qo’l yuvilayotganda
¬Izoh: Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran».
Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin». ("œIbodati Islomiya")

12. Burunga suv tortilayotganda qaysi duo o’qiladi?
a) «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
b) «Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
c) «Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan».
To’g’ri javob: «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Izoh: Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut». ("œIbodati Islomiya")

13. Tahoratsiz kishiga harom bo’lmagan amallarni belgilang.
a) Nafl namoz o‘qishi, sajda tilovatini bajarish.
b) Baytullohni tavof qilish, Qur’on g’ilofini ushlash.
c) Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.
To’g’ri javob: Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.
Izoh: Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar:
1. Tahoratsiz kishi xoh nafl bo‘lsin, xoh farz bo‘lsin, namoz o‘qishi haromdir.
2.   Janoza namozini ham betahorat o‘qish haromdir.
3.   Sajda tilovatini betahorat bajarmoqlik ham haromdir. Chunki sajdada namoz ma’nosi bor.
4.   Tahoratsiz Baytullohni tavof qilish man etiladi. Bunga tavofning farz yoki nafl bo‘lishining farqi yo‘q. Chunki tavof ham namozdir. Faqat unda gaplashishlik muboh qilingandir. Agar bir kishi Baytullohni tahoratsiz tavof qilsa, o‘zi gunohkor bo‘lsa ham, tavofi durust bo‘ladi. Chunki tavof uchun tahoratli bo‘lish shart qilinmaydi, balki u vojibdir.
5.   Tahoratsiz kishining Qur’on kitobining hammasini yoki ba’zisini, agar bir oyat bo‘lsa ham, ushlashi durust emas. Ammo Qur’on kitobining ustida undan ajragan g‘ilofi bo‘lsa, ushlash mumkin bo‘ladi. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

14. Qanday suvlarda tahorat olish mumkin emas?
a) daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda, tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda
b) To’xtab turishi bilan biroz o’zgargan hovuz suvida, yomg’ir suvida
c) Baliq va hasharotlar o’lib qolgan suvda, dengiz suvida.
   To’g’ri javob: daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda, tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda
   Izoh: Yer va osmondan chiqadigan suvlarning hamma turi bilan tahorat olsa bo‘ladi. Agar hovuzdagi suv to‘xtab turishi bilan biroz o‘zgargan bo‘lsa yoki unga toza narsalar, masalan, tol bargi, cho‘p aralashuvi bilan o‘zgarsa ham, u bilan tahorat olinaveradi. Shuningdek, suvda tug‘ilib-o‘lgan yoki oquvchi qoni yo‘q hayvon yoki hasharotlar (baliq, pashsha, chivin va boshqalar)ning jasadi suvni iflos qilmaydi.
   Ammo pok narsa suvga tushib, suvni suvlik tabiatidan chiqarib yuborsa yoki toza narsani aralashtirib qaynatish bilan uni boshqa narsaga aylantirsa (masalan, go‘sht suvga solib qaynatilsa), unday suv bilan tahorat olib bo‘lmaydi.
   Quyidagi suvlar bilan tahorat olish mumkin emas:
- najasot tushgan idishdagi va hajmi 10x10 metrdan oz bo‘lgan hovuzdagi suvda;
- daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda;
- qurbat hosil qilish uchun (savob umidida tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda;
- ifloslikni ketkazish uchun ishlatilgan suvda. ("Muxtasari viqoya")

15. Tahoratga ishlatilgan suvdan idish yuvish yoki boshqa maqsadda foydalanish mumkinmi?
a) Joiz
b) Joiz emas.
c) Rangi o’zgarmagan bo’lsa joiz.
To’g’ri javob: Joiz emas.
   Izoh: Mazhabimiz mujtahidlaridan Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv najasdir, chunki u bilan badandagi nopoklik tozalangan. Nopoklikni ketkazish uchun ishlatilgan suv nopok bo‘lib qoladi. Ishlatilgan suv kiyimning to‘rtdan biridan ko‘p qismiga tegsa, u bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi", deydilar. Imomi A’zam rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv kiyimning kaft kengligidan (ochiq kaftda suv turadigan joydan) ko‘p qismiga tegsa, u bilan namoz o‘qish mumkin emas", deganlar. Imom Muhammad rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv toza, ammo tozalamaydi, ya’ni uni qayta tahoratga ishlatib bo‘lmaydi. Zero, kishi a’zolari tozadir, biroq tahorat olmay namoz o‘qish, qo‘lni yuvmay taom yeyish mumkin emas. Ularga qo‘yilgan bu taqiqtahorat olganda yo qo‘lni yuvganda suvga o‘tadi va suvning sifati yuvilmagan a’zo sifati kabi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emasdir", deydilar.
   Muhaqqiq ulamolar Imom Muhammad rahmatullohi alayhso‘zlarini ixtiyor qilishgan va unga fatvo berishgan. Demak, ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emas. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, ishlatilgan suv kiyimga tegsa, uni harom qilmaydi. Uni toza deyishdan murod shu. Biroq ishlatilgan suvni ichish yo taomga ishlatish mumkin emas. ("Raddul Muxtor")

16. Sahih manbalarga ko’ra Rasululloh SAV tahorat uchun qancha suv sarflardilar?
a) 1 mud (taxminan 1 litr)
b) 1,5 mud (taxminan 1,5 litr)
c) Yarim so’ (taxminan 2 litr)
To’g’ri javob: 1 mud (taxminan 1 litr)
Izoh: Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga bir so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 mud suv bilan tahorat olar edilar». ("œSahihi Buxoriy", Tahorat kitobi, 49-bob)

17. Tahoratda yuviladigan a’zolarda yara yoki kasallik bo‘lganida qanday tahorat olinadi?
a) Issiq suv bilan yuviladi.
b) Jarohat ustiga mash tortiladi.
c) Tayammum qilinadi.
d) Qanday vaziyatdaligiga ko’ra yuqoridagi barcha javoblar javoblar mos tushishi mumkin.
To’g’ri javob: Qanday vaziyatdaligiga ko’ra yuqoridagi barcha javoblar javoblar mos tushishi mumkin.
Izoh: Tahoratda yuviladigan a’zolarining birida yara yoki kasallik bo‘lganida issiq suv bilan  yuvish ham kishining sog‘ligiga zararli bo‘lsa, yuvilmaydi, balki ho‘l qo‘l bilan ustiga mash tortiladi. Agar mash tortish ham zarar yetkazadigan bo‘lsa, bu amal ham tark etiladi. Agar bunday kasallik tahoratda (g‘uslda) yuviladigan a’zolarning ko‘p qismini qamrab olgan bo‘lsa, tahorat yoki g‘usl o‘rniga tayammum qilinadi. ("œDinda savolim bor", 1-kitob)

18. Quyidagi qaysi holatda tahorat ketadi?
a) Chivin yoki burganing badandan qon so’rishi.
b) Badandan yiring yoki qon sal chiqib oqsa.
c) Og’izdan qusuqsiz kelgan qon og’iz suvini sarg’aytirsa.
To’g’ri javob: Badandan yiring yoki qon sal chiqib oqsa.
Izoh: Badandan qon va yiring chiqib, joyidan sal oqsa, tahorat singan bo‘ladi. Chiqqan joyida turib qolsa, ya’ni oqmasa, tahorati sinmaydi. Burundan kelgan qon sirtga chiqmasa ham, ichida ko‘rinishining o‘zi tahoratni sindiradi.
Qusuq ham og‘izni to‘ldirsa, tahoratni buzadi. Qusuqning gapirishga mone’ miqdori og‘iz to‘lishi hisoblanadi. Ammo Imom Zufar: «Qusuqning ozi ham, ko‘pi ham tahoratni sindiradi», deydilar. Agar kishi bir yerda va bir sababdan oz-ozdan qussa va ularni to‘plaganda og‘iz to‘ladigan darajada bo‘lsa, tahorat buziladi. Ammo bir necha joyda va turli sabab bilan oz-ozdan qussa, tahorat buzilmaydi. Lekin shu holda ham qayta tahorat olinsa, ehtiyot nuqtai nazaridan yakun bo‘ladi.
Agar qusuqqa qon aralashgan bo‘lsa, uning ozginasi ham tahoratni sindiradi. Og‘izdan qusuqsiz kelgan qon og‘izning suvini qizartirsa, tahorat ketadi, sarg‘aytirsa, tahorat sinmaydi.
Chivin yoki burgalar badandan  qancha to‘yib  qon so‘rsa ham, tahorat sinmaydi. Lekin katta kana to‘yib so‘rsa, qayta tahorat olish kerak bo‘ladi. ("œDinda savolim bor", 3-kitob)

19. Daraxtlardan yoki daraxt mevalaridan siqib olingan suvga tahorat olish  joizmi?
a) Joiz
b) Joiz emas
c) Makruh
To’g’ri javob:  Joiz emas
Izoh: Daraxtlardan yoki daraxt mevalaridan siqib olingan suv haqiqiy suv emas. Suv topilmagan holda kishi tayammum qiladi, lekin yuiladigan a’zolarni yuvishlik taabbudiy (Alloh buyurgan) vazifadir, shuning uchun nassdagidan boshqasiga o‘tmaydi. Ammo tok tanasidan tomib turgan suvga tahorat olish joiz, chunki uning suvi siqilmasa ham o‘zi chiqadi. (Burhoniddin al-Marg‘inoniy, "œHidoya")

20. Yosh bola namozda kulsa, tahorati ketadimi?
a)   Ketmaydi.
b)   Ketadi, tezda tahorat olishi lozim bo’ladi.
c)   Baland ovozda kulsa ketadi, past ovozda kulsa, ketmaydi.
To’g’ri javob: Ketmaydi.
Izoh: Yosh bolaning kulgisi tahoratini ham, namozini ham buzmaydi. Kulgi uch xil bo‘ladi: ovoz chiqarib kulish. Bu tahoratni ham, namozni ham buzadi. Ulamolar: «Kimki namozdan tashqarida ham qahqaha urib kulsa, qayta tahorat qilishi mustahab», deganlar. Kishi kulgisini o‘zi eshitib, yonidagi eshitmasa, namozi buziladi, ammo tahorati ketmaydi. Tabassum namozni ham, tahoratni ham buzmaydi. ("œDinda savolim bor", 3-kitob)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 23 May 2008, 09:15:42
7-tur
Mavzu: Rasululloh SAVning boshqa qabilalarni ham Islomga da'vat etishlari. Madinaga hijratning boshlanishi

1. Mushriklar Rasululloh s.a.v. ga Oyni ikkiga bo'lishni so'rashadi. Bu bilan ular Rasululloh s.a.v. bu ishni qila olmaydilar deb o’ylab, ul zotni sharmanda qilmoqchi bo'ladilar. Shu taklifni kim aytgan edi?
a) Abu Sufyon
b) Abu Lahab
c) Abu Jahl

2. Oyni ikkiga bo'lish voqeasida Rasululloh s.a.v qaysi sahobalarni shohidlikka chaqiradilar?
a) Talha ibn Ubaydulloh, Sa'd ibn Abu Vaqqos
b) Abu Bakr as-Siddiq, Usmon ibn Affon
c) Arqam ibn Abdul Arqam, Abu Salama ibn Abul Asad

3. Davs qabilasidan bo'lgan bir shoir islomga kiradi va Rasululloh s.a.v dan o'z qabilasini dinga da'vat qilish uchun izn so'rab ketadi. Uning hassasiga Allohning izni ila nur beriladi, bu inson kim edi?
a) Labid
b) Tufayl ibn Amr
c) Zuhayr

4. Madinalik ilk musulmonlar necha kishidan iborat edi?
a) 6
b) 8
c) 10

5. Ilk Aqoba uchrashuvida madinalik 6 kishini islomni qabul qilishlariga nima turtki bo’ldi?
a) Ular Rasululloh haqida so’rab-surishtirib imonga keldilar
b) Yahudiy qo’shnilaridan payg’ambar kelishi haqida ko’p eshitar edilar. Ulardan avval iymon keltiraylik, deyishgan edi.
c) Boshliqlari As’adning ta’siri ostida imonga keldilar

6. Birinchi Aqoba bay’atida necha kishi qatnashdi?
a) 12
b) 6
c) 10

7. Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam yasribliklarga Qur’oni karimni o’rgatishdek hayrli vazifani qaysi sahobiyga topshirganlar?
a)   Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)
b)   Zayd ibn Xorisa (r.a)
c)   Mus’ab ibn Umayr (r.a.)

8. Madinaliklardan birinchi bo’lib musulmon bo’lgan kishi kim?
a)   Jobr ibn Abdulloh
b)   As’ad ibn Zurora
c)   Avf ibn Xoris

9. Ikkinchi Aqoba bay’atida Rasululloh SAVga birinchi bo’lib bay’at qilgan sahoba kim?
a) Sa’d ibn Uboda
b) Baro ibn Ma’rur
c) Usayd ibn Huzayr

10. Qaysi javobda madinalik ilk musulmonlar ro’yxati to’liq keltirilgan?
a) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdulloh
b) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Muoz ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Zakvon ibn Qays, Uboda ibn Somit
c) Abul Haysam ibn Tayyixon, As’ad ibn Zurora, Usayd ibn Xuzayr, Baro ibn Ma’rur, Rofi’ ibn Molik, Sa’d ibn Abi Haysama

11. Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilib kelgan sahobiy kim?
a) Abu Salama ibn Abdulasad (r.a.)
b) Omir ibn Robiy’a (r.a.)
c) Usmon ibn Affon (r.a.)

12. Madinaga eng  oxiri hijrat qilgan kim edi?
a) Umar (r.a.)
b) Hamza (r.a.)
c) Abbos (r.a.)

13. Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilgan muhojir ayol kim?
a) Ummu Salama
b) Laylo binti Abu Hashama
c) Asmo binti Abu Bakr

14. Madinaga hijratiga qarshiliklari sabab, barcha boyligini mushriklarga topshirgan va Rasululloh SAV tomonidan «Saydoing foyda keltirdi, ey "¦» degan ta’rifga sazovor bo’lgan sahoba kim?
a) Usmon ibn Affon
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Suhayb Rumiy

15. Hamma mushriklardan qo’rqib, yashirin ravishda hijrat qildi. Faqat birgina sahobiy hijrat oldidan bemalol Baytullohni tavof qildi, maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz o’qib, mushriklarga hijrat qilmoqchiligini ochiq aytdi. Bu sahobiy kim edi?
a) Ali ibn Abu Tolib (r.a.)
b) Umar ibn Hattob (r.a.)
c) Xamza ibn Abdulmuttolib (r.a.)

16. Umar (r.a.) bilan Yasribga hijrat qilganidan so’ng, Abu Jahlni aldovlariga ishonib, Makkaga qaytgan va asir olingan sahobiy kim?
a) Omir ibn Robiya
b) Xishom ibn Os
c) Ayyosh ibn Robia

17. Dorun-nadvada Rasululloh (s.a.v.) masalasini hal qilish uchun to’plangan majlisga Iblis qanday suratda keldi?
a) Majlisda Iblis ishtirok etmadi
b) Najdlik qariya suratida
c) Najdlik o’rta yoshli, baland bo’yli kishi suratida

18. Rasululloh (s.a.v.) masalasida o’tkazilgan Dorun-nadva kengashi quyidagi qaysi oyatda o’z ifodasini topgan:
a) Anfol surasining 30-oyati
b) A’rof surasining 99-oyati
c) Naml surasining 50-oyati

19. Mash’um rejani amalga oshirish tunida Rasululloh (s.a.v.) to’shaklarida kim yotgan edi?
a) Zayd nbn Horisa
b) Ali ibn Abi Toilib
c) Abu Bakr

20. Rasululloh tunda uy atroflarini o’rab olgan, biroq g’aflatda qolganlar  orasidan o’ta turib Yasin surasini nechanchi oyatini tilovat qildilar?
a) 7-oyat
b) 8-oyat
c) 9-oyat

Ushbu turda Anisa, Muslima, Noza, Farhod Isroilov savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh SAVning Madinaga hijratlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 23 May 2008, 09:26:05
5-turning so'nggi natijalari

1.   NOZA   95 ball
2.   Muslima   95 ball
3.   Akbar   95 ball
4.   Mastura Islom   95 ball
5.   Anisa   95 ball
6.   Musannif Adham   95 ball
7.   lolo   95 ball
8.   Shoir   90 ball
9.   Muhammad Ibrohim   90 ball
10.   Dilmurod Majidov   85 ball
11.   Abdulloh90   85 ball
12.   KWL   85 ball
13.   Abdulatif   85 ball
14.   Isroilov Farhod   80 ball
15.   Muxsina   80 ball
16.   Dilnoza Mirsaidova   80 ball
17.   Yurist   80 ball
18.   Sita   75 ball
19.   Robiya   70 ball
20.   Alisher Abdullayev   70 ball
21.   Abdurrahmon   70 ball
22.   Guli Iskandarova   70 ball
23.   Olimxon   65 ball
24.   Huzayfa_89   60 ball
25.   Habibullayev Ulug'bek   60 ball
26.   Muhammad Murod   55 ball
27.   Kamronbek   45 ball
28.   Naimjon   45 ball
29.   Ilhom Ahamdjonov    40 ball
30.   Nurulla Mukhamedov   35 ball
31.   Muzayyana   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 23 May 2008, 09:33:03
6-turning dastlabki natijalari

1.   NOZA   100 ball
2.   Muslima   100 ball
3.   Dilmurod Majidov   100 ball
4.   Akbar   95 ball
5.   Mastura Islom   95 ball
6.   Anisa   95 ball
7.   Musannif Adham   95 ball
8.   Shoir   95 ball
9.   lolo   90 ball
10.   Isroilov Farhod   85 ball
11.   Muhammad Ibrohim   80 ball
12.   Muxsina   80 ball
13.   Robiya   80 ball
14.   Sarah Mann   80 ball
15.   Abdulloh90   75 ball
16.   Sita   75 ball
17.   Dilnoza Mirsaidova   70 ball
18.   Olimxon   65 ball
19.   Alisher Abdullayev   55 ball
20.   Huzayfa_89   50 ball
21.   Kamronbek   50 ball
22.   Nurulla Mukhamedov   50 ball
23.   Habibullayev Ulug'bek   45 ball
24.   Muhammad Murod   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 23 May 2008, 09:39:56
6-turdan keyingi umumiy reyting:

1.   NOZA      575 ball
2.   Muslima      575 ball
3.   Dilmurod Majidov      555 ball
4.   Akbar      550 ball
5.   Shoir      540 ball
6.   Muhammad Ibrohim      535 ball
7.   Muxsina      530 ball
8.   lolo      520 ball
9.   Abdulloh90      500 ball
10.   Mastura Islom      490 ball
11.   Sita      485 ball
12.   Dilnoza Mirsaidova      480 ball
13.   Anisa      475 ball
14.   Isroilov Farhod      470 ball
15.   Robiya      430 ball
16.   KWL      430 ball
17.   Abdulatif      410 ball
18.   Olimxon      375 ball
19.   Alisher Abdullayev      350 ball
20.   Huzayfa_89      345 ball
21.   Dilshod ibn Hamid      335 ball
22.   Sarah Mann      310 ball
23.   Sakina      305 ball
24.   Abdurrahmon      290 ball
25.   Asadulloh      250 ball
26.   Musannif Adham      245 ball
27.   Kamronbek      220 ball
28.   Fazilat      220 ball
29.   Maryam Isaboyeva      215 ball
30.   Ilhom Ahmadjonov       205 ball
31.   Yurist      195 ball
32.   Nurulla Mukhamedov      190 ball
33.   Guli Iskandarova      165 ball
34.   Abduxoliq      165 ball
35.   Oysha      160 ball
36.   Mubashsher      160 ball
37.   Ummatiy Muhammadiy      155 ball
38.   Nozima G'aniyeva      135 ball
39.   Habibullayev Ulug'bek      105 ball
40.   Naimjon      105 ball
41.   Baxtiyor Xonkeldiyev      85 ball
42.   Mars      85 ball
43.   Muhammad Murod      80 ball
44.   Umid Xalilov      75 ball
45.   Salmoni Forsiy      55 ball
46.   Halim      50 ball
47.   Munira Rozikova      50 ball
48.   Azimjon Madrahimov      45 ball
49.   Mis_Shoira      35 ball
50.   Sherzodjon      35 ball
51.   Muzayyana      25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 30 May 2008, 00:57:55
6-tur javoblari

Mavzu: Islom tarixida huzun yili. Toifga hijrat. Isro va me’roj

1. Nima sababdan Islom tarixida "Sanatul Huzun" (Qayg'u yili) deb olgan yil bo'lgan?
a) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'g'illari Ibrohimdan ayriladilar.
b) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qizlari Ruqiya va Ummu Gulsumdan ayriladilar
c) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz va amakilaridan ayriladilar
To’g’ri javob: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz va amakilaridan ayriladilar
Izoh: Payg‘ambarlik davrining o‘ninchi yilida, hijratdin uch yil ilgari Makka shahrida onamiz Xadicha vafot topdilar. . Bu musibat ustiga butun dushmanlariga haybat ko‘rsatib turgan amakilari Abu Tolibning vafot qilishi Payg‘ambarimizga qattiq ta’sir qildi. Bu mehribon yordamchilaridin birdaniga ajralganlari uchun ortiqcha qayg‘urdilar. Shu musibat bo‘lgan yilni qayg‘u-hasrat yili, deb atadilar. (Tarixi Muhammadiy)

2. Islom tarixida "œSanatul-huzn" ("œQayg’u yili") nomini olgan yil Makka davrining nechanchi sanasiga to’gri keladi?
a) To’qqizinchi
b) O’ninchi
c) O’n birinchi
To’g’ri javob: O’ninchi
Izoh: Abu Tolib va Xadichaning o’limi Makka davrining o’ninchi yiliga to’g’ri kelgan edi. Islom tarixida bu o’ninchi yilga "œSanatul huzun", "œOmul huzun" (huzun yili) deb ataldi.(Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

3. Janobimizning amakilari Abu Tolibning ahvollari yomonlashib, o’limi yaqinlashgan vaqtda yonlarida Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan yana ikki mushrik bo’lgan. Ular Abu Tolibga "œAbdulmuttalibni dinidan yuz o’girasanmi?" deb, shahodat kalimasini aytishdan qaytarishgan. Bu ikki mushrik kim edi?
a) Utba ibn Robiya, Abu Jahl.
b) Abu Jahl, Abdulloh ibn Abu Umayya.
c) Abu Lahab, Abu Jahl.
To’g’ri javob: Abu Jahl, Abdulloh ibn Abu Umayya.
Izoh: Bir necha kundan keyin Abu Jahl bilan Abdulloh ibn Abu Umayya birga yana Abu Tolibni borib ko’rishdi. Ular kasalni yoniga o’tirar ekanlar, ushbi damda Rasululloh sallallohu alayhi vassallam ham kelib qoldilar. Amakilaridan hol-ahvol so’radilar, tasalli berdilar. Narigi tomonga o’tirdilar.
O’tirdilar, ammo jondan aziz amakilarining ahvoli ancha yomonlashganini, o’limga yana bir odim yaqinlashganini sezdilar. nga so’nggi soatlarda ham yaxshilik qilishlari mumkin edi:
- Amakijon, bir marta bo’lsa ham "œLa ilaha illaloh", deng. Toki men vaqti-soati kelganida, Allohning huzurida bunga guvohlik bera olayin, - dedilar.
Payg’ambar sallallohu alayhi vassallam shunday der ekanlar, Abu Jahl va uning birodari:
- Yo Abu Tolib, Abdulmuttalibni dinidan qaytasanmi? — deb uni qaytarishga urinishdi. ("œSaodat asri qissalari" 2-kitob, 83-84 betlar)

4. Xadicha roziyallohu anhoning muborak jasadlari qayerga qo’yilgan?
a) Hojun qabristoniga.
b) Baqi’ qabristoniga.
c) Hujrai saodatga.
To’g’ri javob: Hojun qabristoniga.
Izoh: Makkaning Hojun qabristoni Hazrati Hadichaning muborak vujudlari ila sharaflandi. ("œSaodat asri qissalari" 2-kitob, 91-bet)

5. Abu Tolib vafotlaridan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning qaysi amakilari u zot sallallohu alayhi vassallamni o’z himoyasiga olgan?
a) Hamza (r.a.)
b) Abbos (r.a.)
c) Abu Lahab.
To’g’ri javob: Abu Lahab.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bir necha kungacha uylaridan chiqmadilar. Qalblari g’am-g’ussaga to’lgan. Kamiga qurqyshliklar haddan tashqari qutirib ketti.
Bu vaziyat yuragi kin va adovatga to’la Abu Lahabning ham rahmini keltirdi. Bir kuni jiyanining yoniga keldi-da:
- Yo Muhammad, Abu Tolib hayotlik chog’ida qanday yurgan bo’lsang, shunday erkin yuraver. Lotni o’rtaga qo’yib qasam ichamanki, hech kim senga ziyon-zahmat yetkaza olmaydi, - dedi.
Shu tariqa Abu Lahab jiyani Muhammad ibn Abdullohni himoyasiga oldi. ("œSaodat asri qissalari" 2- kitob, 91-92 betlar)

6. Xadicha roziyallohu anhoning vafotlaridan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallam birinchi turmish qurgan "œMo’minlar onasi" kim?
a) Savda binti Zam’a (r.anho)
b) Oysha (r. anho)
c) Ummu Salama (r. anho)
To’g’ri javob:  Savda binti Zam’a (r. anho)
Izoh: Usmon ibn Maz’uning xotini Havla bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni ziyorat etishga keldi va muddaoga ko’chaqoldi:
- Yo Rasululloh, Hadichaning yo’qligi bilinyapti, - dedi.
O’sha kuni u Janobi Payg’ambarimizni (s.a.v.) yana uylanishga rozi qildi. Savda binti Zam’a bilan hazrati Abu Bakrning qizi Oysha ikkialasi nomzod o’laroq ko’rsatdi va ularga sovchilik qilish vazifasini zimmasiga olib, u yerdan chiqdi. Savda yoshi ancha katta, to’ladan kelgan, og’ir-vazmin harakatli bir ayol edi. Eri o’lib, besh-oltita farzandi bilan beva qilgan.
Nabiyyi akramdan (s.a.v.) kelgan taklifni mamnunlik bilan kutib oldi. Shunday qilib, payg’ambarlikning 13-yili ramazon oyida Savda "œMo’minlar onasi" (Ummul mo’minin) bo’lish sharafiga erishdi. ("œSaodat asri qissalari")

7. Toif safarida Payg’ambarimiz (s.a.v.) ga kim hamrohlik qildi?
a) Abu Bakr
b) Zayd ibn Horisa
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa
Izoh: Rasuli Akram Islom dinini yoyish maqsadida Hijoz shaharlaridan biri toifga bordilar. Bu safarda u zotga tutingan o’g’illari Zayd ibn Horisa hamrohlik qildi. (Nurul-yaqin, Tarixi Muhammadiy)

8. Toif shahrida qaysi qabila istiqomat qilardi?
a) Banu Saqif
b) Banu Qurayza
c) Avs va Xazraj
To’g’ri javob: Banu Saqif
Izoh: Makka shahridan 70-80 chaqirim sharq tomonda joylashgan Toif shahrida Banu Saqif qabilasi yashar edi. Makkadagi Quraysh qabilasi kabi toiflik saqifiylar ham butfarast edilar. (Tarixi Muhammadiy, Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara).

9. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Toif voqeasidan qattiq ta’sirlangandilar. Hatto yillar o’tib ham bu safarni unutmadilar va Toif voqeasini musulmonlar uchun achinarli bo’lgan bir voqeadan ham alamli deb aytgandilar. Bu qaysi voqea?
a) Uhud jangi.
b) Xadicha onamizning vafotlari.
c) Musulmonlarning qiynoqqa solinishi.
To’g’ri javob: Uhud jangi.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Toif safarini haqiqatdan ham unutmadilar, unuta olmadilar. Yillar o’tib, suyukli hotinlari Oysha onamiz (r.a.):
- Yo Rasululloh, Uhud jangidan ko’ra ham achinarli, alamli kun bo’lganmi?! — deb so’raganlarida, Toif voqeasini eslab, u savdolarni bir boshdan gapirib bergan edilar. O’sha kundagidey g’am-g’ussaga cho’mgan boshqa kunni eslay olmasliklarini ta’kidlagan edilar. ("œSaodat asri qissalari" 2-kitob, 95-bet.)

10. Toifdan Makkaga qaytganlarida Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni kim o’z himoyasiga olgan?
a) Axnas ibn Shariq.
b) Suxayl ibn Amr.
c) Mut’im ibn Odiy.
To’g’ri javob: Mut’im ibn Odiy.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Makkaga tobora yaqinlashar ekanlar, Hiro tog’ining etaklariga yetganda to’xtadilar. Bu yerdan u yog’iga hotirjam ketish imkoni yo’q, bemalol shaharga kirishga mushriklar yo’l qo’ymasligini juda yaxshi bilar edilar.
Shu payt Huzo’a qabilasidan bir odam uchrab qoldi.
- Menga holis bir xizmat qilmaysanmi? — deb so’radilar Rasululloh sallallohu alayhi vassallam.
- Bajonudil, - dedi yo’lovchi.
- U holda Makkaga borgin-da, Axnas ibn Shariqni top. Muhammad ibn Abdullohni yonidan kelayotirman, "œRobbim yuborgan din va payg’ambarlik vazifasini ado etishim davomida meni o’z himoyasiga olarmikan?" deb so’ra.
Yo’lovchi ketdi. Axnasni topib, bor gapni so’zlab berdi. Axnas o’zining boshqa qabiladan ekanligini bahona qilib, uni quruq qaytardi. Yo’lovchi qaytib kelganida Rasululloh sallallohu alayhi vassallam takror iltimos qildilar:
- Yana bir marta bormaysanmi men uchun? — "œMayli" javobini olgach, dedilar — Suxayl ibn Amrni top, o’sha gaplarimni unga bildir.
U yana Makkaga bordi va yana quruq qaytib keldi. Suxayl taklifni rad etgan edi. Haligi odam uchunchu marta ham Makkaga borib kelishga rozi bo’ldi va bu safar Mut’im ibn Odiynikiga bordi. Mut’im bu taklifga rozi bo’ldi.
Tong otganch, Mut’im o’g’illarini olib, barchalari qurollangan holda Hiro tog’i etaklariga keldi va Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni boshlab, Makka sari yo’l olishdi. (Saodat asri qissalari)

11. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifga da'vat qilmoqlik niyatida borganlarida Utba va Shayba ibn Robialarning nasroniy quli bo'lgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzum olib borgan inson kim edi?
a) Addos
b) Suhayb Rumiy
c) Salmoni Forsiy
To’g’ri javob: Addos
Izoh: Bu gaplarni eshitib turgan Utba bilan Shaybaning rahmi kelib rasulullohga quli Addosdan bir bosh uzum berib yuborishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bismillahir rohmanir rohim" deb uzumni yeya boshladilar. Addos: "Bu yurtning odamlari bunday gaplarni aytishmasdi. Qayerliksan?" — deb so‘radi "Sen o‘zing qayerliksan? Qaysi dinga e’tiqod qilasan?" — deb so‘radilar rasululloh. "Men Dajla daryosi bo‘yiga joylashgan Ninavay shahridanman. Nasroniy diniga e’tiqod qilaman", dedi Addos. "Yunus ibn Matto degan yaxshi odamning yurtidan ekansan-da", dedilar sarvari olam. "Sen u kishini qaydan bilasan?" deya qiziqsindi Addos. Rasululloh Qur’ondagi Yunus qissasini o‘qib berdilar. Bu hikoyatdan qattiq mutaassir bo‘lgan Addos kalima keltirib, musulmon bo‘ldi. (Nurul yaqin)

12. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifdan chiqib Naxla bog'iga borganlarida kimlar Qur'on tilovatini eshitib islomni qabul qilishdi?
a) Saqiyf qabilasi
b) G'ifor qabilasi
c) Nasidin degan joydagi jinlar
Izoh: Payg’ambarimiz Naxla degan joyga kelganlarida bir guruh jinlar u zotning tilovatiga quloq tutishdi va imon keltirishdi. Ahqof surasining 29-32 oyatlari va Jin surasida bu voqea bayon etilgan. (Nurul yaqin)

13. "œMe’roj" so’zining ma’nosi nima?
a) yuqoriga ko’tarilish.
b) kechasi yurgizish.
c) tasalli berish.
To’g’ri javob: Yuqoriga ko’tarilish.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Masjid ul-Haromdan Masjid ul-Aqsoga qilgan tungi sayrlari Isro va Me’roj qur’on bilan sobit bo‘lgan:
«O’z bandasi (Muhammadni), unga mo‘‘jizalarimizdan ko‘rsatish uchun tunda, Masjid ul-Haromdan Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjid ul-Aqsoga sayr qildirgan zot pokdir. Darhaqiqat u eshituvchi va ko‘ruvchidir». (Al-Isro surasi 1-oyat).
U yerdan osmonlarga ko‘tarilishlari - Me’rojdir. ("Ahli sunna val-jamoa aqoidi")

14. "Isro va Meroj" qaysi oyning qaysi kuniga to'g'ri kelgan?
a) Rajab oyining 27-kechasiga
b) Ramazon oyining 27-kechasiga
c) Rabiul-avval oyining 15-kechasiga
To’g’ri javob: Rajab oyining 27-kechasiga
Izoh: Rajab oyining 27-kechasi Isro va Me’roj kechasidir. Shu kecha payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam Alloh taoloning qudrati bilan farishtalar yordamida Makkadan Quddusdagi Masjid-ul Aqsoga borganlar. So'ngra Alloh taoloning huzuriga, osmonga ko'tarilib, ,  "Sidratul muntaho"ga yetib bordilar. ("Ahli sunna val-jamoa aqoidi")
 
15. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Me’rojga chiqqanlarida O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydigan bir zot bilan uchrashganlar. U kim edi?
a) Odam alayhissalom
b) Iso alayhissalom
c) Ibrohim alayhissalom
To’g’ri javob: Odam alayhissalom
Izoh: Birinchi osmonga chiqqanimda Jabroil alayhissalom osmonbonga: «Eshikni ochg‘il!» — deb aytdilar. U: «Kim bu?»— dedi. «Jabroilman»,—dedilar, Osmonbon: «Sen bilan birga biron kishi bormi?» — dedi. «Ha, men bilan Muhammad alayhissalom bor»,— dedilar Hazrat Jabroil. Osmonbon: «Muhammad alayhissalomning osmonga chiqmog‘iga ruxsat bo‘ldimi?» — dedi. Jabroil alayhissalom: «Ha»,— dedilar. Eshik ochilgach, birinchi osmon ichkarisiga ko‘tarildik. U yerda bir kishi o‘tiribdi. Uning o‘ng tomonida ham, chap tomonida ham odam gavjum. O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi. O’sha kishi menga qarab: «Xush kelibsiz, payg‘ambar, yaxshi o‘g‘il!»-dedi. «Bu kishi kim?» — deb so‘radim Hazrat Jabroildan. «Bu —Odam alayhissalom va mana bu o‘ng va chap tomonlarida turganlar Odam bolalarining ruhlaridir. Bulardan o‘ng tomondagilari jannat ahli va chap tomondagilari do‘zax ahlidir. (Shuning uchun ham) Odam alayhissalom o‘ng tomonlariga qaraganlarida kuladilar, chap tomonlariga qaraganlarida yig‘laydilar»,— dedilar Jabroil alayhissalom.  ("Sahihi Buxoriy", Namoz kitobi)

16. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Me’rojga chiqqanlarida Ikkinchi osmonda ikkita payg’ambar bilan uchrashganlar. Bu payg’ambar alayhissalomlar kimlar?
a) Muso va Horun (alayhissalomlar)
b) Ibrohim va Iso (alayhissalomlar)
c) Yahyo va Iso (alayhissalomlar).
To’g’ri javob: Yahyo va Iso. (alayhissalomlar)
Izoh: . Ul joydin ko‘tarilib, ikkinchi osmonga yetdilar. Ul joyda ham yuqoridagidek savol-javoblar bo‘ldi. Hazrati Iso, Hazrati Yahyo payg‘ambarlarning makonlari shu osmonda edi. Bu zotlar ham qarshi olib, xayr-duoda bo‘ldilar. (Tarixi Muhammadiy).
 
17. Yettinchi osmondan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallam qayerga ko’tarilganlar?
a) "œSidratul muntaho"ga.
b) "œBaytul ma’mur" ga.
c) "œArshi A’lo" ga.
To’g’ri javob: "œSidratul muntaho" ga
Izoh: Rajab oyining 27-kechasi Isro va  Me’roj kechasidir. Shu kecha payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam Alloh taoloning qudrati bilan farishtalar yordamida Makkadan Quddusdagi Masjid-ul Aqsoga borganlar. So‘ngra Alloh taoloning huzuriga, osmonga ko‘tarilib,  "Sidratul muntaho"ga yetib bordilar.
Sharh. Imom Ahmad Abdulloh ibn Ma’sud raziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha «Sidratul muntaho» yettinchi osmondagi Nilufar ismli daraxt bo‘lib, uning shoxlari duru yoqut va zabarjadlardan iboratdir. Yerdan nimaiki ko‘tarilib chiqsa intihosi unga yetadi va yuqoridan nimaiki tushsa, intihosi unga yetadi. Shuning uchun ham «Muntaho» ya’ni, intihosiga borib yetadigan joy deb ataladi. (Ibn Kasir tafsiri III jild).
 
18. Me’rojda Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga nimalarni xabari berilgan?
a) besh vaqt namoz, Islomni kuchayishi, Jannatga birinchi kirishlari.
b) besh vaqt namoz, Baqara surasining oxirgi oyatlari, ummatlarini mag’firat qilinishi.
c) Baqara surasining oxiri, besh vaqt namoz, Qiyomat kunida shafoatchi bo’lishlari.
Tog’ri javob: b) besh vaqt namoz, Baqara surasining oxirgi oyatlari, ummatlarini mag’firat qilinishi.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Me’roj kechasida Allohning qudratiga dalolat qiladigan alomatlarni, jumladan, Jannat, Do‘zax, Baytul Ma’murni, o‘tgan payg‘ambarlar, farishtalar, Jabroil farishtaning asliy ko‘rinishlarini va boshqa narsalarni ko‘rdilar. O’sha Me’roj kechasi ummati Muhammadiyaga besh vaqt namoz farz qilindi. Baqara surasining oxirgi ikki oyati va quyidagi12 ta hukm berildi, ya’ni:
1. Allohga shirk keltirmaslik.
2. Ota-onaga itoat qilish.
3. Qarindosh va muhtojlarga yordam berish.
4. Molni behuda sarf qilmaslik.
5. Bolalarni o‘ldirmaslik.
6. Zinoga yaqinlashmaslik.
7. Yetimlarga yaxshi muomalada bo‘lish.
8. Nohaq odam o‘ldirmaslik.
9. Ahdiga vafo qilish.
10. O’lchovda to‘g‘ri, adolatli bo‘lish.
11. Bilmasdan birovlarning ilmi yoki aytganlariga ergashmaslik.
12. Yer yuzida kibr va g‘urur bilan yurmaslik. ("Ahli sunna val-jamoa e'tiqodi")

19. Quyidagilar orasidan kim o’zi musulmon holida 5 vaqt namoz o’qish baxtiga muyassar bo’la olmagan?
a) Abu Tolib ibn Abdulmuttalib
b) Xadicha binti Huvaylid
c) Hamza ibn Abdulmuttalib
To’g’ri javob: Xadicha binti Huvaylid
Izoh: Chunki 5 vaqt namoz Me’roj kechasi farz qilingan. Xadicha (r.a.) esa bu hodisadan ilgari vafot etganlar. (Asharai mubashshara)

20. 50 vaqt namozni 5 vaqt qilib qisqartirilishiga sababchi bo’lgan payg’ambar?
a) Muso (a.s)
b) Ibrohim (a.s)
c) Iso (a.s)
To’g’ri javob: Muso (a.s)
Izoh: Alloh Taolo Me’roj tunida Rasululloh va ummatlariga 50 vaqt namoz farz etdi. Qaytishlarida Muso (a.s): "œEy Muhammad, buni ummating ko’tarolmaydi. Qayt, Robbingdan so’ra, buni yengillatsin", deb qaytardilar. Bir necha bor qatnash asnosida 5 vaqt namoz qaror topdi. (Tarixi Muhammadiy, Nurul yaqin)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 30 May 2008, 01:08:47
8-tur
Mavzu: Rasululloh SAVning Madinaga hijratlari

1. Rasululloh (s.a.v.) nima sababan boshqa musulmonlar qatori avvalgilardan bo’lib Madinaga hijrat qilmadilar?
a) Hamma musulmonlar hijrat qilganini ko’rib, hotirjam bo’lib keyin hijrat qildilar
b) Allohdan izn kutdilar
c) Mushriklar Rasululloh (s.a.v.)ni Makkada kuch bilan tazyiq ostida ushlab turdilar

2. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam va Abu Bakrni Yasribga kuzatishayotganda, o’z belbog’ini yirtib, meshning og’zini bog’lagan va "œZotun nitoqayn", yani, "œIkki belbog’li xonim" nomini olgan ayol kim?
a) Oysha (r.a.)
b) Asmo (r.a.)
c) Fotima (r.a.)

3. Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakr (r.a.) uchun mushriklardan "œpana" bo’lgan g’or qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Hiro g’ori
b) Nur g’ori
c) Savr g’ori

4. Hazrat Rasululloh SAV hijrat uchun ulovni kimdan sotib oldilar?
a) Abu Bakr siddiqdan
b) Umar ibn Hattobdan
c) Usmon ibn Affondan

5. Mazkur hijratda payg’ambarimiz (s.a.v) mingan tuyalarining ismi nima edi?
a) Azboa
b) Jad’o
c) Qasva

6. Hazrat Rasululloh SAV va Abu Bakr siddiq g’orda qancha muddat qoldilar?
a) 1 kecha
b) 2 kun
c) 3 kun

7. G’orda Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakr ahvolidan xabar olib turgan hamda vaziyatni bildirib turgan kim edi?
a) Abdulloh ibn Abi Bakr
b) Asmo binti Abi Bakr
c) Abdulloh ibn Urayqit

8. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam va abu Bakr (r.a.) ni Yasribga hijrat qilishlarida kim yo’lboshchilik qilgan?
a) Abdulloh ibn Urayqit
b) Oss ibn Voil as-Sahmiy
c) Suroqa ibn Molik

9. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hijratga ruxsat berilganida mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni topganga 100 tuya va'da qilishadi. Kim shu ishni bo'yniga oladi, va Allohning mo'jizasi ila islomga kiradi?
a) Valid ibn Mug'iyra
b) Suroqa ibn Molik
c) Os ibn Voil

10. Madina hijratida Payg’ambar s.a.v va u kishining yo’lboshchilari yo’lda bir cho’pon arabning uyida to’xtab o’tadilar. Oriq, nimjon, qo’chqor ko’rmagan sovliq qo’ydan sut sog’ib mo’jiza ko’rsatadilar. Bu arab kim edi?
a) Omir ibn Fuhayra
b) Ummu Ma’bad
c) Bani Dah ibn Hasib
 
11. Madina yaqinida Payg.ambar s.a.v.ni asir olgani chiqib, u kishini ko’rishlari bilan niyatlari o’zgarib iymon keltirgan qabila qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Davs
b) Amr
c) Aslam

12. Ansorlar Rasululloh (s.a.v.)ni kelishlarini qayerga chiqib kutishar edi?
a) Harra tepaligidan
b) Omiym tevaragidan
c) Rauna vodiysidan

13. Nubuvvatdan keyin asos solingan ilk masjid?
a) Madinadagi "œMasjidi nabiy"
b) Qubo masjidi
c) "œQiblatayn" masjidi

14. Nima uchun Rasululloh s.a.v "Masjidi Nabaviy" ni qurishda yer egalari rozi bo'lsalar ham uni pulga sotib oldilar?
a) Katta bir oilaga tegishli yer bo'lgani uchun
b) Beva ayolning yeri bo'lgani uchun
c) Yetimlarga qarashli yer bo'lgani uchun

15. Qubo masjidi Qur’oni karimda qanday ta’riflangan?
a) Tavba masjidi
b) Taqvo masjidi
c) Payg’ambar masjidi

16. Ilk jum’a xitobi va ilk jum’a namozi qayerda o’qilgan?
a) Masjidun-nabaviyda
b) Rauna vodiysida
c) Qubo masjidida

17. "œYasrib" so’zining ma’nosi nima?
a) Xurmolar vodiysi
b) Yashil shahar
c) Yomonlik

18. Madinaga kirib kelgach Rasululloh (s.a.v.)ning tuyalari qayerda cho’kdi?
a) Madinadagi hozirgi masjidlari o’rnida
b) Abu Ayyub al-Ansoriyning uyida
c) Xolid ibn Zaydning uyida

19. Quboning ilk kunlarida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga "œhaqiqiy payg’ambarmi yoki yo’qmi" masalasini aniqlash uchun kelgan sahoba kim?
a) Salmon al-Forsiy
b) Abdulloh ibn Salom
c) Ka’b ibn Molik

20. Hijratdan keyin Quboda dunyoga kelgan ilk musulmon chaqaloq?
a) Hasan ibn Ali
b) Abdulloh ibn Zubayr
c) Abdulloh ibn Umar

Ushbu turda Anisa, Muslima, Noza, Lolo, Sarah Mann, Muhammad Ibrohim savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Madinada Islom jamiyatining qurila boshlanishi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 30 May 2008, 08:14:51
6-turning so'nggi natijalari

1.   NOZA   100 ball
2.   Muslima   100 ball
3.   Dilmurod Majidov   100 ball
4.   Akbar   95 ball
5.   Mastura Islom   95 ball
6.   Anisa   95 ball
7.   Musannif Adham   95 ball
8.   Shoir   95 ball
9.   lolo   90 ball
10.   Isroilov Farhod   85 ball
11.   Muhammad Ibrohim   80 ball
12.   Muxsina   80 ball
13.   Robiya   80 ball
14.   Sarah Mann   80 ball
15.   Yurist   80 ball
16.   Abdulloh90   75 ball
17.   Sita   75 ball
18.   Dilnoza Mirsaidova   70 ball
19.   Olimxon   65 ball
20.   Alisher Abdullayev   55 ball
21.   Huzayfa_89   50 ball
22.   Kamronbek   50 ball
23.   Nurulla Mukhamedov   50 ball
24.   Habibullayev Ulug'bek   45 ball
25.   Muzayyana   45 ball
26.   Muhammad Murod   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 30 May 2008, 08:19:00
7-turning dastlabki natijalari

1.   Muslima       100 ball
2.   Musannif Adham       100 ball
3.   NOZA       95 ball
4.   Dilmurod Majidov       95 ball
5.   Akbar       95 ball
6.   Shoir       95 ball
7.   lolo       85 ball
8.   Isroilov Farhod       85 ball
9.   Sarah Mann       85 ball
10.   Muhammad Ibrohim       80 ball
11.   Abdulloh90       75 ball
12.   Robiya       65 ball
13.   Kamronbek       40 ball
14.   Muhammad Murod       40 ball
15.   Huzayfa_89       30 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 30 May 2008, 08:24:35
7 turning umumiy natijalari

1.   Muslima      675 ball
2.   NOZA      670 ball
3.   Dilmurod Majidov      650 ball
4.   Akbar      645 ball
5.   Shoir      635 ball
6.   Muhammad Ibrohim      615 ball
7.   lolo      605 ball
8.   Abdulloh90      575 ball
9.   Isroilov Farhod      555 ball
10.   Muxsina      530 ball
11.   Robiya      495 ball
12.   Mastura Islom      490 ball
13.   Sita      485 ball
14.   Dilnoza Mirsaidova      480 ball
15.   Anisa      475 ball
16.   KWL      430 ball
17.   Abdulatif      410 ball
18.   Sarah Mann      395 ball
19.   Huzayfa_89      375 ball
20.   Olimxon      375 ball
21.   Alisher Abdullayev      350 ball
22.   Musannif Adham      345 ball
23.   Dilshod ibn Hamid      335 ball
24.   Sakina      305 ball
25.   Abdurrahmon      290 ball
26.   Yurist      275 ball
27.   Kamronbek      260 ball
28.   Asadulloh      250 ball
29.   Fazilat      220 ball
30.   Maryam Isaboyeva      215 ball
31.   Ilhom Ahmadjonov       205 ball
32.   Nurulla Mukhamedov      190 ball
33.   Guli Iskandarova      165 ball
34.   Abduxoliq      165 ball
35.   Oysha      160 ball
36.   Mubashsher      160 ball
37.   Ummatiy Muhammadiy      155 ball
38.   Nozima G'aniyeva      135 ball
39.   Muhammad Murod      120 ball
40.   Habibullayev Ulug'bek      105 ball
41.   Naimjon      105 ball
42.   Baxtiyor Xonkeldiyev      85 ball
43.   Mars      85 ball
44.   Umid Xalilov      75 ball
45.   Muzayyana      70 ball
46.   Salmoni Forsiy      55 ball
47.   Halim      50 ball
48.   Munira Rozikova      50 ball
49.   Azimjon Madrahimov      45 ball
50.   Mis_Shoira      35 ball
51.   Sherzodjon      35 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 06:21:30
7-tur javoblari

Mavzu: Rasululloh SAVning boshqa qabilalarni ham Islomga da'vat etishlari. Madinaga hijratning boshlanishi

1. Mushriklar Rasululloh s.a.v. ga Oyni 2 ga bo'lishni so'rashadi. Bu bilan ular Rasululloh s.a.v. bu ishni qila olmaydilar deb o’ylab, ul zotni sharmanda qilmoqchi bo'ladilar. Shu taklifni kim aytgan edi?
a) Abu Sufyon
b) Abu Lahab
c) Abu Jahl
To’g’ri javob: Abu Jahl
Izoh: Rasululloh sallalohu alayhi vassallamdan achchiq bir mag’lubiyatga uchragan mushriklar buning alamini qanday olish haqida tinimsiz bosh qotirdilar.
O’sha zahoti turli —tuman mulohazalar yog’ila boshladi.
- Shoshmanglar birodarlar. U shunday bir ish bo’lishi kerakki, undan mushkulroq bir ishni topish mumkin bo’lmasin. O’rniga mana bunday qilsak bo’larkan, deyilmasin.
Bu ham to’g’ri fikr edi. Boshlar egildi. Zehinlar butkul shu muammo bilan band bo’ldi. Kimdir daraxtni yurgizsin, suvni teskari tomonga oqizsin dedi. Lekin bu takliflar ma’qul ko’rilmadi. Nihoyat Abu Jahl fikr bildirdi:
- Oyni ikkiga bo’lsin: bir bo’lagi bir tepalikning, ikkinchi bo’lagi boshqa tepalikning, ikkinchi bo’lagi boshqa tepalikning ustida charaqlab tursin, so’ngra yana birlashtirib, asl holiga qaytarsin, - dedi.
Bu gap hammaga ma’qul keldi, yuzlarda tabassum balqidi. Hech kim bundan zo’rroq taklifni kirita olmas edi. (Saodat asri qissalari 2-kitob, 5 bet)

2. Oyni 2 ga bo'lish voqeasida Rasululloh s.a.v qaysi sahobalarni shohidlikka chaqiradilar?
a) Talha ibn Ubaydulloh, Sa'd ibn Abu Vaqqos
b) Abu Bakr as-Siddiq, Usmon ibn Affon
c) Arqam ibn Abdul Arqam, Abu Salama ibn Abul Asad
To’g’ri javob: Arqam ibn Abdul Arqam, Abu Salama ibn Abul Asad
Izoh: Oyning bir parchasi Abu Qubays, ikkinchi parchasi qarshi tomondagi Qayqon tepaliklarining ustiga borib turdi. Shunda Payg’ambar sallalohu alayhi vassallam yonlaridagilarga:
- Shohid bo’linglar, - dedilar. Keyin ikki kishiga alohida xitob qildilar: - Ey Abu Salama ibn Abdul Asad, ey Arqam ibn Abdul Arqam, shohid bo’linglar! (Saodat asri qissalari 2-kitob, 9-bet)

3. Davs qabilasidan bo'lgan bir shoir islomga kiradi va Rasululloh s.a.v dan o'z qabilasini dinga da'vat qilish uchun izn so'rab ketadi. Uning hassasiga Allohning izni ila nur beriladi, bu inson kim edi?
a) Labid
b) Tufayl ibn Amr
c) Zuhayr
To’g’ri javob: Tufayl ibn Amr
Izoh: Davs qabilasining mashxur shoiri Tufayl ibn Amr bir ish bilan Makkaga keldi. Makkada ancha-muncha tanishlari, do’st birodarlari bor edi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam bilan ko’rishdi, dinni qabul qildi, shaxodat kalimasini keltirib, musulmon bo’ldi. Qavmiga ham Islomni tushuntirish niyatini aytdi va Janobimizdan duo qilishlarini va qavmini ishontirishga qodir bir oyat-alomat berishini so’radi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam:
- Allohim, unga dalil bo’lajak bir oyat —alomat ber, - deb duo qildilar.
Tufayl manzilga yaqinlashib kelganida, birdan seskanib ketti. Oldi birdan yaraqlab ketti. Avvaliga yuz bergan hodisani tushuna olmadi, so’ngra bu narsa peshonasidan yarqib turgan bir nur ekanini payqadi. Yog’du qo’lidagi hassaga tushdi. Oldini bemalol ko’rib turar, hassasini qaysi tomonga o’girsa, o’sha tomon yorishib ketar edi. (Saodat asri qissalari - 2, 35-bet)

4. Madinalik ilk musulmonlar necha kishidan iborat edi?
a) 6
b) 8
c) 10
To’g’ri javob: 6
Izoh: Makkalik ilk musulmonlar 8 kishi bo’lgan bo’lsa, Madinalik ilk musulmonlar 6 kishi edilar. Ular: Asa’d ibn Zurora, Rofi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir , Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdulloh. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

5. Ilk Aqoba uchrashuvida madinalik 6 kishini islomni qabul qilishlariga nima turtki bo’ldi?
a) Ular Rasululloh haqida so’rab-surishtirib imonga keldilar
b) Yahudiy qo’shnilaridan payg’ambar kelishi haqida ko’p eshitar edilar. Ulardan avval iymon keltiraylik, deyishgan edi.
c) Boshliqlari As’adning ta’siri ostida imonga keldilar
To’g’ri javob: Yahudiy qo’shnilaridan payg’ambar kelishi haqida ko’p eshitar edilar
Izoh: Madinada istiqomat qiladigan arab qabilalari va yahudiy qabilalari o’rtasida azaldan kelishmovchilik bor edi. Qachon o’rtalarida bir bahs-munozara chiqsa, yahudiylar: "œYaqinda bir payg’ambar keladi, biz unga ergashib quvvatlanamiz. O’shanda sizlardan boplab o’ch olamiz!" deyishardi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

6. Birinchi Aqoba bay’atida necha kishi qatnashdi?
a) 12
b) 6
c) 10
To’g’ri javob: 12
Izoh: Ikkinchi Aqoba muloqotida Rasululloh (s.a.v.) bilan 12 kishi uchrashdi. Bu uchrashuvda qo’llarini berib bay’at (qasamyod) ham qildilar. Shu sababdan, Ikkinchi Aqoba muloqotiga "œBirinchi Aqoba Bay’ati" deyiladi.  (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

7. Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam yasribliklarga Qur’oni karimni o’rgatishdek hayrli vazifani qaysi sahobiyga topshirganlar?
a)   Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)
b)   Zayd ibn Xorisa (r.a)
c)   Mus’ab ibn Umayr (r.a.)
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr (r.a.)
Izoh: Aqoba baya’tidan kyin, ko’ngillari poklangan yasriblik musulmonlar vatanlariga qaytar ekan:
- Yo, Rasululloh, biz bilan birga biro dam jo’nating, qavmimizga Qur’onni o’rgatsin, - dedilar.
Fahri Koinot (sallalohu alayhi vassallam) janoblarining muborak chehralarida mamnunlik izlari ko’rindi. Mus’ab ibn Umayr ushbu vazifaga eng munosib inson edi. Chaqirtirildi, Yasribda Qur’on o’rgatish vazifasiga loyiq topilgani bildirildi. Mus’ab bu vazifani g’oyat mamnunlik bilan qarshiladi. (Saodat asri qissalari, 2-kitob, 119 bet)

8. Madinaliklardan birinchi bo’lib musulmon bo’lgan kishi kim?
a)   Jobr ibn Abdulloh
b)   As’ad ibn Zurora
c)   Avf ibn Xoris
To’g’ri javob: As’ad ibn Zurora
Izoh: G’orda o’tgan vaqtning 3-kuni ovqatni Asmo olib keldi. Ammo ovqat solingan xalta bilan meshning og’zini nima bilan bog’lashni bilmay bir oz boshi qotdi. So’ngra hech ikkilanmay belbog’ini yirtib, ikkalasining ham og’zini mahkam bog’ladi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam uni kulimsirab kuzatib turar edilar.
- Unga jannatda ikki belbog’ ehson qilinajak,- deb marhamat qildilar. Shu kundan boshlab Asmo "œZotun niqotayn", yani "œIkki belbog’li xonim" deb ataladigan bo’ldi. (Saodat asri qissalari).

9. Ikkinchi Aqoba bay’atida Rasululloh SAVga birinchi bo’lib bay’at qilgan sahoba kim?
a) Sa’d ibn Uboda
b) Baro ibn Ma’rur
c) Usayd ibn Huzayr
To’g’ri javob: Baro ibn Ma’rur
Izoh: Rasululloh ollallohu alayhi vasallam ularga Qur’on tilovat qildilar, Allohga da’vat, Islomga targ‘ib qildilar va:
«Ayollaringiz va bolalaringizni nimadan himoya qiladigan bo‘lsangiz meni ham o‘shanda himoya qilishingiz sharti ila sizlarning bay’atingizni qabul qilaman», dedilar.
Baro ibn Ma’rur Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qo‘llarini olib birinchi bo‘lib bay’at qildi. Keyin hamma birma-bir bay’at qilib chiqdi. (Hadis va Hayot: "œOlamlarga rahmat Payg’ambar")

10. Qaysi javobda madinalik ilk musulmonlar ro’yxati to’liq keltirilgan?
a) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdulloh
b) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Muoz ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Zakvon ibn Qays, Uboda ibn Somit
c) Abul Haysam ibn Tayyixon, As’ad ibn Zurora, Usayd ibn Xuzayr, Baro ibn Ma’rur, Rofi’ ibn Molik, Sa’d ibn Abi Haysama
To’g’ri javob: As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdulloh
Izoh: Islom tarixida eng ulug‘ o‘rin tutgan, birinchi navbatda iymon keltirguvchi madinalik sahobalar quyida nomlari yozilmish zotlar edi:
1. As’ad ibn Zurora
2. Avf ibn Horis
3. Rofi’ ibn Molik
4. Qutba ibn Omir
5. Uqba ibn Omir
6. Jobir ibn Abdulloh ("œTarixi Muhammadiy")

11. Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilib kelgan sahobiy kim?
a) Abu Salama ibn Abdulasad (r.a.)
b) Omir ibn Robiy’a (r.a.)
c) Usmon ibn Affon (r.a.)
To’g’ri javob: Abu Salama ibn Abdulasad (r.a.)
Izoh: Mushriklarning shiddatli tayziqi ostida qolganmusulmonlar Payg’ambar sallalohu alayhi vassallamdan hijratga izn so’ray boshladilar. Chunki ular Yasribda o’z dindoshlari ularga yordam berishlarini bilardilar. Ana shu paytda Rasululloh sallalohu alayhi vassallam:
"œMenga hijrat diyoringiz haqida xabar berildi. U Yasribdir. Kim chiqmoqchi bo’lsa, o’sha yoqq chiqsin", dedilar. Ba’zi musulmonlar mahfiy ravishda hijratga tayyorlana boshladilar.
Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilib kelgan musulmon Abu Salama ibn Abulasad bo’ldi. (Hayot va hadis "œNubuvvat va risolat" 202 bet.)

12. Madinaga eng  oxiri hijrat qilgan kim edi?
a) Umar (r.a.)
b) Hamza (r.a.)
c) Abbos (r.a.)
To’g’ri javob: Abbos (r/a)
Izoh: Madinaga eng so’ngi hijrat qilgan Rasuli Akramning amakilari Abbos ibn Abdulmuttolib bo’ldi.  (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

13. Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilgan muhojir ayol kim?
a) Ummu Salama
b) Laylo binti Abu Hashama
c) Asmo binti Abu Bakr
To’g’ri javob: Laylo binti Abu Hashama
Izoh: Yasribga birinchi bo‘lib hijrat qilib kelgan musulmon Abu Salama ibn Abdulasad bo‘ldi. Undan keyin Omir ibn Robiy’a o‘z ayoli bilan keldi. Uning xotini Laylo binti Abi Hashama birinchi ayol muhojir bo‘ldi. So‘ngra boshqa sahobalar ham birin-ketin o‘ta maxfiy ravishda Makkani tark etib Yasribga hijrat qila boshladilar. (Hadis va Hayot: "œOlamlarga rahmat Payg’ambar")

14. Madinaga hijratiga qarshiliklari sabab, barcha boyligini mushriklarga topshirgan va Rasululloh SAV tomonidan «Saydoing foyda keltirdi, ey "¦» degan ta’rifga sazovor bo’lgan sahoba kim?
a) Usmon ibn Affon
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Suhayb Rumiy
To’g’ri javob: Suhayb Rumiy
Izoh: Imom Faxriddin Roziy rivoyat qiladilarki, Suhayb ar-Rumiy Madinai Munavvaraga hijrat qilib jo‘naganida, Quraysh mushriklaridan bir guruhi u kishini qaytarmoqchi bo‘lib ortidan boribdi. Shunda u kishi ulovidan tushib, o‘qdonidagi o‘qlarni tizib qo‘yib, kamonni qo‘llariga olibdi-da:
«Ey, quraysh ahli, mening ichingizda eng merganlardan biri ekanimni yaxshi bilasizlar-a?! Allohga qasamki, o‘qdondagi o‘q tugamaguncha, bittangiz ham menga yaqinlasha olmaysiz! So‘ngra qilichim bilan, qo‘limda qanchasi qolsa, shunchasi bilan chopaman. Keyin nimani istasangiz, qilaverasiz!» dedi. Ular:
«Sen bizning yurtimizga kelganingda hech narsang yo‘q gado eding, hozir esa ko‘plab mol-dunyoga ega bo‘lding», dedilar.
«Molimning qaerdaligini aytib bersam, o‘z yo‘limda ketaveramanmi?» dedi Suhayb. Ular, ha, degan edilar, u moli Makkaning qaerida ekanini aytib berdi.
Bu xabar Payg‘ambar alayhissalomga yetganda:
«Savdo foyda keltirdi, Ey, Suhayb! Savdo foyda keltirdi, Ey, Suhayb!» dedilar. (Hadis va Hayot: "œOlamlarga rahmat Payg’ambar")

15. Hamma mushriklardan qo’rqib, yashirin ravishda hijrat qildi. Faqat birgina sahobiy hijrat oldidan bemalol Baytullohni tavof qildi, maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz o’qib, mushriklarga hijrat qilmoqchiligini ochiq aytdi. Bu sahobiy kim edi?
a) Ali ibn Abu Tolib (r.a.)
b) Umar ibn Hattob (r.a.)
c) Xamza ibn Abdulmuttolib (r.a.)
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob (r.a.)
Izoh: Faqat bir kishi, Umar ibn Xattob roziyallohu anhugina oshkora hijrat qildi. U kishi hijrat qilishga qaror qilganidan so‘ng kiyimlarini kiyib, qurollarini taqib bemalol Baytullohni tavof qildi. Maqomi Ibrohimda ikki rak’at namoz o‘qidi. So‘ngra:
«Kim onasini azador, xotinini tul, bolasini yetim qoldirmoqchi bo‘lsa menga manavi vodiyning ortida uchrashsin. Men hijrat qilmoqchiman!» dedi. Hech kim churq eta olmadi. (Hadis va Hayot: "œOlamlarga rahmat Payg’ambar")

16. Umar (r.a.) bilan Yasribga hijratb qilganidan so’ng, Abu Jahlni aldovlariga ishonib, Makkaga qaytgan va asir olingan sahobiy kim?
a) Omir ibn Robiya
b) Xishom ibn Os
c) Ayyosh ibn Robia
To’g’ri javob: Ayyosh ibn Robia
Izoh: Ayyosh bilan Umar (r.a.) Tanodubada uchrashdilar. Darxol yo’lga chiqishdi, Yasribgacha biron kor hol yuz bermadi. Shaxarning Avoli degan joyida Umayya ibn Zayd o’g’illarinikida mehmon bo’ldilar.
Ko’p o’tmasdan Abu Jahl ukasi Horis bilan birga Yasribga keldi, Ayyosh ibn Robiani topdi. Unga onasini ahvoli og’irligini, Makkaga bormagunga qadar onasi sochini taramaslikka, hatto soyaga o’tmaslikka qasam ichganini aytdi. Ayyosh bu so’zlarga ishondi. Va abu Jahl bilan Makkaga qaytishga qaror qildi.
Makkaga yaqinlashdilar. Abu Jahl va ukasi Ayyoshning ustiga yopirildilar. Ayyosh ikki kishiga bas keladigan darajada baquvvat emasdi. Ikki daqiqa o’tib — o’tmay, oyoq-qo’li boyloqlik holda tuyaga yuklanadi. Makkaga shu tarzda kirib borishdi.Dastlab Ayyoshga jazo sifatida 100 qamchi urildi. Keyin qamab qo’yildi. (Saodat asri qissalari 139-141 betlar)

17. Dorun-nadvada Rasululloh (s.a.v.) masalasini hal qilish uchun to’plangan majlisga Iblis qanday suratda keldi?
a) Majlisda Iblis ishtirok etmadi
b) Najdlik qariya suratida
c) Najdlik o’rta yoshli, baland bo’yli kishi suratida
To’g’ri javob: Najdlik qariya suratida
Izoh: Quraysh mushriklari Rasululloh (s.a.v.) da’vatlariga nuqta qo’yish uchun dorun-navada to’plandilar. Bu majlisda Iblis Najdlik qariya suratida qatnashdi. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

18. Rasululloh (s.a.v.) masalasida o’tkazilgan Dorun-nadva kengashi quyidagi qaysi oyatda o’z ifodasini topgan?
a) Anfol surasining 30-oyati
b) A’rof surasining 99-oyati
c) Naml surasining 50-oyati
To’g’ri javob: Anfol surasining 30-oyati
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) masalasida o’tkazilgan Dorun-nadva kengashida turli takliflar o’rtaga tashlandi: Makkadan surgun qilish, bir joyga qamab qo’yib, o’lguncha ushlab turish va hkz. Ushbu oyatda ularning turli takliflari bayon etilgan. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

19. Mash’um rejani amalgam oshirish tunida Rasululloh (s.a.v.) to’shaklarida kim yotgan edi?
a) Zayd nbn Horisa
b) Ali ibn Abi Toilib
c) Abu Bakr
To’g’ri javob: Ali ibn Abi Tolib
Izoh: Mash’um reja Rasululloh (s.a.v.)ga ilohiy vahiy orqali bildirildi. Rasululloh (s.a.v.) Alini chaqirtirib orinlariga kirib yotishini, keyin u ham yo’lga chiqishini tayinladilar. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

20. Rasululloh tunda uy atroflarini o’rab olgan, biroq g’aflatda qolganlar  orasidan o’ta turib Yasin surasini nechanchi oyatini tilovat qildilar?
a) 7-oyat
b) 8-oyat
c) 9-oyat
To’g’ri javob: 9-oyat
Izoh: Ushbu oyatda ularning oldidan ham orqasidan ham to’siq qilingani ular ko’rmay qolganlari bayoni kelgan. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 06:26:39
9-tur
Mavzu: Madinada Islom jamiyatining qurila boshlanishi

1. Rasululloh Makkada ekanliklarida Madinadan kelib ilk bor iymon keltirgan 12 kishidan biri va Madinaga Rosululloh hijrat qilganlaridan keyin vafot topgan va Baqi’ qabristoniga ilk dafn qilingan sahobiy kim edi?
a) As’ad ibn Zurora
b) Sa’d ibn Rabi’
c) Avf ibn Horis

2. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilib kelganlarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan yahudiy kim edi?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Salmon al-Forsiy
c) Ka’b ibn Molik

3. Rasululloh SAV Masjid-an-Nabaviyni qurdirganlarida masjidga kirish uchun 3 ta eshik qurdirganlar, Rasululloh SAV har doim masjidga qaysi eshikdan kirganlar?
a) Bob ur-Rahmah
b) Bob ur-Rizvon
c) Bob us-Salom

4. Madinadagi masjid qurilishida barcha bittadan g’isht tashisa, u ikkitadan gi’sht tashigan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Xattob
b) Ammor ibn Yosir
c) Suhayb ar-Rumiy

5. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning qizlari Ruqayya va kuyovlari Usmon ibn Affonga uy joy berish qaysi yasriblik sahobiyga nasib qildi?
a)   Avs ibn Sobit
b)   As’ad ibn Zurora
c)   Sa’d ibn Muoz

6. Kimning uyida Madinalik va Makkaliklar (muhojir va ansorlar)qarindosh tutindilar?
a) Oisha onamizning
b) Ummu Sulaymning
c) As'ad ibn Zuroraning
 
7. Ma’lumki, Rasululloh (s.a.v.) Madina davrining ilk kunlarida muhojir va ansorlar o’rtasida “qardoshlik” ahdini tuzdilar. Ushbu qardoshlikning meros bilan bog’liq hukmining keyinchalik ijrosi qanday bo’ldi?
a) Rasululloh (s.a.v.) vafotlariga qadar amalda bo’ldi
b) Barcha ansor va muhojirlar vafotiga qadar o’z hukmini saqlab qoldi
c) Badr g’azotidan keyin hukm bekor qilindi

8. Kim Rasululloh s.a.v ga saj daraxtidan yasalgan, xurmo novdalari ila to'qilgan - sadr sovg'a qiladi va shu bilan Rasululloh s.a.v umrlarining oxirigacha mana shu sadrda uxladilar?
a) Zubayr ibn Avvom.
b) Abu Ayyub Xolid ibn Zayd
c) As'ad ibn Zurora

9. Rasululloh s.a.v Madinaga hijrat qilganlaridan so'ng kimni Makkaga borib, u yerda qolgan bola chaqalarini olib kelishini aytadilar?
a) Hamza ibn Abdumuttalib bilan Abu Ayyub
b) Zayd ibn Xoris bilan Abu Rofiy
c) Ali ibn Abu Tolib bilan Usmon ibn Affon

10. Ma’lumki, Madinai munavvarada Islom tarqagan, Rasululloh SAV hijrat qilgan paytlarda yahudiylar ham yashar edilar. Rasululloh SAV ularga qanday munosabatda bo’ldilar?
a) Yahudiylar o’z dinida qoladigan va jizya to’laydigan bo’ldilar.
b) Ahdnoma tuzilib, ularning dini va moli kafolati olindi.
c) Yahudiylar bilan urushmaslik va do’stlik shartnomasi tuzildi.

11. Nabiy alayhissalom ansorlarni chaqirib, ularga qayerni bermoqchi ekanliklarini aytganlarida, ansorlar, muhojir birodarlarimizga ham xuddi shunga o‘xshash joyni bermasangiz, bizga buning keragi yo‘q, deganlar?
a) Hijoz
b) Quvayt
c) Bahrayn

12. Islomdagi ilk munofiqlik qayerda zohir bo’lgan?
a) Madinada
b) Habashistonda
c) Makkada

13. Azon qachon farz qilindi?
a) Hijratdan avval
b) Hijratning birinchi yili
c) Hijratning ikkinchi yili

14. Azon matnini tushida ko’rgan kim edi?
a) Abdulloh ibn Zayd va Umar ibn al-Xattob
b) Abdulloh ibn Zayd va Bilol al-Habashiy
c) Bilol al-Habashiy va Umar ibn al-Xattob

15. Bomdod namoziga "Assolati hoyrum minan navm" (Namoz uyqudan afzal) deb kiritilishiga kim sababchi bo'ldi?
a) Ali r.a.
b) Umar r.a.
c) Bilol r.a.
 
16. Qibla Masjidul Aqsodan Masjidi Haramga o’zgarganligi vahiysi qaysi namozda sodir bo’ldi?
a) Asr namozida
b) Bomdod namozida
c) Peshin namozida

17. Ikki qiblali ma’nosini anglatadigan “Masjidul qiblatayn” nomini olgan masjidni aniqlang?
a) Qubodagi masjid
b) Banu Salama masjidi
c) Masjidi Nabiy

18. Rasululloh (s.a.v.) ko’rgan tushlari (“Qora tanli, sochi to’zg’igan bir ayolni ko’rdim. Madinadan chiqib Juhfaga ketdi”) ni nimaga ta’bir qildilar?
a) Yahudiylarni Madinadan surgun qilinishi
b) Madina vabosining ketishi
c) Musulmonlarning Badr g’azotiga ciqishi]

19. Bir kuni Rasululloh s.a.v. ma'lum sabab bilan namozga kech qoladilar. Abu Bakr namozda imomlik qilayotganlarida Ul zot s.a.v. keladilar. Sahobalar Abu Bakrga buni bildirmoqchi bo'lishadi. Namozdan so'ng Rasululloh s.a.v tanbeh berib "Namozda biron narsani bildirishga ehtiyoj sezsangizlar "SubhanAlloh" deb aytinglar" deydilar. Mo'minlar Abu Bakrga qay yo'l bilan Rasululloh s.a.v ni kelganlarini bildirishmoqchi edi?
a) ismlarini chaqirib
b) chapak chalib
c) tomoq qirib, ovoz chiqarib

20. Dajjol kirmaydigan shaharni aniqlang.
a) Makka, Madina
b) Makka, Madina, Quddus
c) Makka

Ushbu turda Sarah Mann, Muslima, Noza, Anisa, Dilmurod Majidov savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: G’usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 08:42:11
7-turning so'nggi natijalari

1.   Muslima      100 ball
2.   Musannif Adham      100 ball
3.   NOZA      95 ball
4.   Dilmurod Majidov      95 ball
5.   Akbar      95 ball
6.   Shoir      95 ball
7.   Anisa      95 ball
8.   Lolo      85 ball
9.   Isroilov Farhod      85 ball
10.   Sarah Mann      85 ball
11.   Muhammad Ibrohim      80 ball
12.   Abdulloh90      75 ball
13.   Dilnoza Mirsaidova      70 ball
14.   Robiya      65 ball
15.   Kamronbek      40 ball
16.   Muhammad Murod      40 ball
17.   Muzayyana      35 ball
18.   Huzayfa_89      30 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 10:46:17
8-turning dastlabkii natijalari

1.   Muslima      95 ball
2.   Musannif Adham      95 ball
3.   NOZA      95 ball
4.   Dilmurod Majidov      95 ball
5.   Akbar      95 ball
6.   Anisa      95 ball
7.   Lolo      90 ball
8.   Isroilov Farhod      85 ball
9.   Sarah Mann      85 ball
10.   Muhammad Ibrohim      85 ball
11.   Abdulloh90      85 ball
12.   Robiya      85 ball
13.   Ulugbek-Uz      50 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyun 2008, 10:46:41
8-turdan keyingi umumiy reyting:

1.   Muslima       770 ball
2.   NOZA          765 ball
3.   Dilmurod Majidov       745 ball
4.   Akbar       740 ball
5.   Muhammad Ibrohim       700 ball
6.   Lolo       695 ball
7.   Anisa       665 ball
8.   Abdulloh90       660 ball
9.   Isroilov Farhod       640 ball
10.   Shoir       635 ball
11.   Robiya       580 ball
12.   Dilnoza Mirsaidova       550 ball
13.   Muxsina       530 ball
14.   Mastura Islom       490 ball
15.   Sita       485 ball
16.   Sarah Mann       480 ball
17.   Musannif Adham       440 ball
18.   KWL       435 ball
19.   Abdulatif       410 ball
20.   Huzayfa_89       375 ball
21.   Olimxon       375 ball
22.   Alisher Abdullayev       350 ball
23.   Dilshod ibn Hamid       335 ball
24.   Sakina       305 ball
25.   Abdurrahmon       290 ball
26.   Yurist       275 ball
27.   Kamronbek       260 ball
28.   Asadulloh       250 ball
29.   Fazilat       220 ball
30.   Maryam Isaboyeva       215 ball
31.   Ilhom Ahmadjonov        205 ball
32.   Nurulla Mukhamedov       190 ball
33.   Guli Iskandarova       165 ball
34.   Abduxoliq       165 ball
35.   Oysha       160 ball
36.   Mubashsher       160 ball
37.   Ummatiy Muhammadiy       155 ball
38.   Nozima G'aniyeva       135 ball
39.   Muhammad Murod       120 ball
40.   Muzayyana       105 ball
41.   Habibullayev Ulug'bek       105 ball
42.   Naimjon       105 ball
43.   Baxtiyor Xonkeldiyev       85 ball
44.   Mars       85 ball
45.   Umid Xalilov       75 ball
46.   Salmoni Forsiy       55 ball
47.   Ulugbek-Uz       50 ball
48.   Halim       50 ball
49.   Munira Rozikova       50 ball
50.   Azimjon Madrahimov       45 ball
51.   Mis_Shoira       35 ball
52.   Sherzodjon       35 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyun 2008, 08:44:13
8-tur javoblari

Mavzu: Rasululloh SAVning Madinaga hijratlari

1. Rasululloh (s.a.v.) nima sababan boshqa musulmonlar qatori avvalgilardan bo’lib Madinaga hijrat qilmadilar?
a) Hamma musulmonlar hijrat qilganini ko’rib, hotirjam bo’lib keyin hijrat qildilar
b) Allohdan izn kutdilar
c) Mushriklar Rasululloh (s.a.v.)ni Makkada kuch bilan tazyiq ostida ushlab turdilar
To’g’ri javob: Allohdan izn kutdilar.
Izoh: Rasululloh (s.a.v) boshqa musulmonlar qatori avvalgilardan bo’lib Makkadan Madinaga hijrat qilmaganlarining sababi, u zotga Alloh tamonidan hali hijrat uchun izn berilmagani edi. Abu Bakr ham Rasululloh (s.a.v.) dan Madina hijrati uchun izn so’raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) unga: Sabr qil, balki Alloh senga bir hamroh berib qolar, deya Abu Bakrning safarini orqaga surgandilar. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

2. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam va Abu Bakrni Yasribga kuzatishayotganda, o’z belbog’ini yirtib, meshning og’zini bog’lagan va "œZotun nitoqayn", yani, "œIkki belbog’li xonim" nomini olgan ayol kim?
a)   Oysha (r.a.)
b)   Asmo (r.a.)
c)   Fotima (r.a.)
To’g’ri javob: Asmo (r.a.)
Izoh: Asmo binti Abi Bakr Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakrga ovqat hozirlab, ovqat solingan xalta va meshning og’zini ikki belbog’ini yirtib bog’ladi. Rasululloh (s.a.v.) unga jannatda ikki belbog’ ato etilishini xushxabarini berdilar. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

3. Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakr (r.a.) uchun mushriklardan "œpana" bo’lgan g’or qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Hiro g’ori
b) Nur g’ori
c) Savr g’ori
To’g’ri javob: Savr g’ori.
Izoh: Rasululloh (s.a.v) va hamrohlari Abu Bakr bilan Savr g’ori tomon ketdilar. Ba’zi manbalarda Savr tog’idagi g’orga yashirindilar, deyiladi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara, al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

4. Hazrat Rasululloh SAV hijrat uchun ulovni kimdan sotib oldilar?
a) Abu Bakr siddiqdan
b) Umar ibn Hattobdan
c) Usmon ibn Affondan
To’g’ri javob: Abu Bakr siddiqdan.
Izoh: "¦ «Menga chiqish uchun izn berildi», dedilar.
«Hamrohlikmi? Otam sizga fido bo‘lsin. Ey, allohning Rasuli», dedi Abu Bakr.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ha», dedilar. Abu Bakr:
«Ey, Allohning Rasuli, anavi ikki ulovimdan birini oling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«O’z bahosiga», dedilar"¦ (Hazrati Oyishadan rivoyat,"œSahihi Buxoriy")

5. Mazkur hijratda payg’ambarimiz (s.a.v) mingan tuyalarining ismi nima edi?
a) Azboa
b) Jad’o
c) Qasva
To’g’ri javob: Qasva
Izoh: Payg’ambarimiz hijrat safariga chiqish oldidan sotib olgan Qasva ismli tuyalariga mingan edilar. Orqa o’rkachiga Hazrati Abu Bakni mingashtirib oldilar. ("œSaodat asri qissalari")

6. Hazrat Rasululloh SAV va Abu Bakr siddiq g’orda qancha muddat qoldilar?
a) 1 kecha
b) 2 kun
c) 3 kun
To’g’ri javob: 3 kun
Izoh: "¦Ulovlarini unga berib, uch kechadan so‘ng g‘or og‘zida uchrashishga kelishishdi. U uchinchi kechaning tongida ulovlarni olib ikkovlari oldilariga keldi. Ikkovlari bilan Omir ibn Fuhayra ham yurib ketdi. Yo‘l boshlovchi pastqam yo‘llarni tanladi». (Oyisha r.a.dan rivoyat, al-Buxoriy)

7. G’orda Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakr ahvolidan xabar olib turgan hamda vaziyatni bildirib turgan kim edi?
a) Abdulloh ibn Abi Bakr
b) Asmo binti Abu Bakr
c) Abdulloh ibn Urayqit
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abu Bakr
Izoh: Buxoriy rivoyat qilgan hadisda, yoshgina yigit Abu Bakrning o’g’li Abdulloh tunda ular bilan g’orda qolib, sahar paytida yo’lga chiqib, xuddi Quraysh bilan tong ottirgan kabi bo’lardi. Eshitgan barcha xabarlarni oqshom tushgach kelib xabar qilardi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara, al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

8. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam va abu Bakr (r.a.) ni Yasribga hijrat qilishlarida kim yo’lboshchilik qilgan?
a) Abdulloh ibn Urayqit
b) Oss ibn Voil as-Sahmiy
c) Suroqa ibn Molik
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Urayqit
Izoh: Abu Bakrning 4 oydan beri boqayotgan ikki tuyasi pulga yollangan Abulloh ibn Urayqit ismli bir g’ayrimusulmon yo’l ko’rsatuvchiga topshirilgan edi. Abdulloh ibn Urayqit tuyalarni g’orga olib keldi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

9. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hijratga ruxsat berilganida mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni topganga 100 tuya va'da qilishadi. Kim shu ishni bo'yniga oladi, va Allohning mo'jizasi ila islomga kiradi?
a) Valid ibn Mug'iyra
b) Suroqa ibn Molik
c) Os ibn Voil
To’g’ri javob: Suroqa ibn Molik
Izoh: Suroqa otga minib, qochoqlarning izidan tushdi. Ularga yaqinlashganda oti munkib yiqildi. O’rnidan turib yana otiga mindi, ovoz bemalol eshitilgudek joygacha yaqinlashib keldi. Rasululloh parvo qilmay xotirjam ketaverdilar. Abu Bakr esa tez-tez orqasiga burilib qarardi. To‘satdan Suroqaning oti tizzasigacha qumga botib qoldi. U otini qamchilab joyidan jildirishga urindi. Joni azobda qolgan jonivorning oyoqlari qumdan chiqar-chiqmas, chang-to‘zon ko‘tarilib, ko‘zlari hech narsani ko‘rmay qoldi. Shum niyati g‘alati yo‘sinda barbod bo‘lganidan qattiq vahimaga tushgan Suroqa yordam so‘rab payg‘ambar alayhis-salomni chaqirdi. Rasululloh hamrohlari bilan Suroqa yetib kelguncha kutib turdilar. U mushriklarning yovuz niyatlarini, rasulullohni tutish uchun hamma choralarni ishga solishayotganini, hatto pul sarflashayotganini aytib berdi va yonidagi bor oziq-ovqat bilan yo‘lga kerakli narsalarni ularga taklif etdi. "Bizga narsalaring kerak emas, faqat quvlab kelayotganlarga ko‘rmadim desang bas", deyishdi ular. Suroqa omonlik xati so‘ragan edi, rasululloh Abu Bakrga yozib berishni buyurdilar. ("œNurul-yaqin")

10. Madina hijratida Payg.ambar s.a.v va u kishining yo’lboshchilari yo’lda bir cho’pon arabning uyida to’xtab o’tadilar. Oriq, nimjon, qo’chqor ko’rmagan sovliq qo’ydan sut sog’ib mo’jiza ko’rsatadilar. Bu arab kim edi?
a) Omir ibn Fuhayra
b) Ummu Ma’bad
c) Bani Dah ibn Hasib
To’g’ri javob: Ummu Ma’bad
Izoh: Yo‘l uzasida o‘tirgan, Ummu Ma’bad nomlik, arablar ichida mashhur bir xotun bor edi. Shuning uyiga kechga tomon kelib tushdilar. Shu yillari ocharchilik bo‘lganlikdin, mollari oriq, sog‘inlari yo‘q edi. Payg‘ambarimiz u xotundin ichgani sut so‘radilar. Ochligidin yurolmay, oriqligidin o‘tloqqa chiqolmay qolgan bir sog‘liq qo‘y shu yerda yotgan edi, Payg‘ambarimizning ko‘zlari shu qo‘yga tushdi. Anda Rasululloh turib, qo‘y oldiga keldilar, «bismilloh» deb, qo‘yning orqa-oldini silab edilar, qo‘y irg‘ib turib, boshqacha bir holga kirdi. Burishib, yopishib yotgan yelin-emchaklarini qutluq qo‘llari bilan ushlab turib, «Ey bor Xudoyo, bu qo‘yimizga barakot bergil», deb duo qilib edilar, shu onda u qo‘y semirib, yelini chotiga sig‘may chotrab chiqdi. Bir katta chora (idish) kelturib, o‘zlari sog‘dilar. Hiyol o‘tmay, bu cho‘ng chora liq to‘lib, o‘n-o‘n besh kishi ichsa ham qondirgudek bo‘ldi. Boshlab uy egasi Ummu Ma’badga ichirdilar va katta-kichik uning kishilari, undin so‘ngra Hazrati Abu Bakr boshliq o‘z yo‘ldoshlariga ichirib, barilarini qondirib, sutga to‘ydirdilar. Eng keyin o‘zlari ichib, «soqil qavmi oxiruxum shurban», ya’ni, «quyguvchi kishi eng oxirida ichishi kerak», deb ummatlariga adab o‘rgatdilar. (Tarixi Muhammadiy)
 
11. Madina yaqinida Payg’ambar s.a.v.ni asir olgani chiqib, u kishini ko’rishlari bilan niyatlari o’zgarib iymon keltirgan qabila qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Davs
b) Amr
c) Aslam
To’g’ri javob: Aslam
Izoh: Madina tarafiga yaqinroq yerda «Aslam» qabilasiga qarashlik bir manzilga keldilar. Shu qabilaning raislaridan Bani Dah ibn Hasib degan kishi o‘lja olish umidi bilan, yorog‘lik sakson odam olib, yo‘l to‘sib chiqqan edi. Bir jilg‘a og‘zidin Payg‘ambarimizning qarshilariga saf bog‘lab chiqib keldilar. Lekin uning Rasulullohga ko‘zi tushgan hamon ahvoli o‘zgardi, yomon niyatidin ko‘ngli qaytdi"¦ (Tarixi Muhammadiy)

12. Ansorlar Rasululloh (s.a.v.)ni kelishlarini qayerga chiqib kutishar edi?
a) Harra tepaligidan
b) Omiym tevaragidan
c) Rauna vodiysidan
To’g’ri javob: Harra
Izoh: Madina musulmonlari esa payg’ambarimizning hijrat harakatlaridin xabardor edilar. Kelar kunlarini mo’l, har kuni yo’l to’sishib, Harra degan toshloqqa chiqishar edi. Kun qiziganchalik shu yerda kutishib o’tirib, so’ngra qaytishur edilar. Uch kungacha har kuni istiqbol marosimini o’tkazdilar. ("œTarihi Muhammadiy")

13. Nubuvvatdan keyin asos solingan ilk masjid?
a) Madinadagi "œMasjidi nabiy"
b) Qubo masjidi
c) "œQiblatayn" masjidi
To’g’ri javob: Qubo masjidi
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ning ilk qurirgan masjidlari "œQubo masjidi" edi. Ikkinchisi esa, Madinadagi "œMasjidi Nabiy" bo’ldi. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

14. Nima uchun Rasululloh s.a.v "Masjidi Nabaviy" ni qurishda yer egalari rozi bo'lsalar ham uni pulga sotib oldilar?
a) Katta bir oilaga tegishli yer bo'lgani uchun
b) Beva ayolning yeri bo'lgani uchun
c) Yetimlarga qarashli yer bo'lgani uchun
To’g’ri javob: Yetimlarga qarashli yer bo'lgani uchun
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bani Najjor mahallasidagi tuyasi cho‘kkan joyga masjid solishni ixtiyor etdilar. Bu yer As’ad ibn Zurora tarbiyasidagi ikki yetim bolaning xurmo xirmoni edi. Rasululloh ularni chaqirib, xirmon o‘rnini va uning atrofidagi xurmozorlarni sotishni iltimos qilganlarida bolalar masjid uchun bu yerni tekinga berajaklarini aytishdi, biroq sarvari olam haqini to‘lab, yerni sotib oldilar. ("œNurul-yaqin")

15. Qubo masjidi Qur’oni karimda qanday ta’riflangan?
a) Tavba masjidi
b) Taqvo masjidi
c) Payg’ambar masjidi
To’g’ri javob: Taqvo masjidi
Izoh: Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa o‘zlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar. ("œTavba" surasi, 108-oyat)

16. Ilk jum’a xitobi va ilk jum’a namozi qayerda o’qilgan?
a) Masjidun-nabaviyda
b) Rauna vodiysida
c) Qubo masjidida
To’g’ri javob: Rauna vodiysida
Izoh: Salim ibn Avf oilasi maskan tutgan Rauna degan joyga yetib kelganlarida vaqt qoq tush edi. Hamma peshin namozini o’qishga tayyorgarlik ko’ra boshladi"¦ Dastlab sunnat namozi o’qildi. Payg’ambarimiz oyoqqa qalqdilar. Diqqat bilan tikilib turgan sahobalariga qarata ilk jum’a xitobini qildilar. ("œSaodat asri qissalari")

17. "œYasrib" so’zining ma’nosi nima?
a) Xurmolar vodiysi
b) Yashil shahar
c) Yomonlik
To’g’ri javob: Yomonlik
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib kelgunlaricha Madina shahri Yasrib deb atalar edi. Yasrib arabchada yomonlik ma’nosini anglatadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaharning nomini «Madina» deb atadilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat Payg’ambar")

18. Madinaga kirib kelgach Rasululloh (s.a.v.)ning tuyalari qayerda cho’kdi?
a) Madinadagi hozirgi masjidlari o’rnida
b) Abu Ayyub al-Ansoriyning uyida
c) Xolid ibn Zaydning uyida
To’g’ri javob: Madinadagi hozirgi masjidlari o’rnida
Izoh: Madinaga kirib kelgan  Rasululloh (s.a.v.) ni ansorlar o’z uylariga taklif qilardilar. Rasululloh (s.a.v.) tuyaning cho’kishi ilohiy dargoh ixtiyorida ekanini aytdilar. Tuya tog’avachchalari Banu Najjor mahallasi, hozirgi Madinadagi masjidlari o’rnida cho’kdi. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor, Saodat asri qissalari)

19. Quboning ilk kunlarida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga "œhaqiqiy payg’ambarmi yoki yo’qmi" masalasini aniqlash uchun kelgan sahoba kim?
a) Salmon al-Forsiy
b) Abdulloh ibn Salom
c) Ka’b ibn Molik
To’g’ri javob: Salmon al-Forsiy
Izoh: Quboning ilk kunlarida Salmon al-Forsiy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, chin payg’ambarliklarini aniqlash uchun xurmo keltirib, uni sadaqa ekanligini aytadi.  Rasululloh (s.a.v.) "œmen sadaqa"œ emayman deb rad etadilar.  (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

20. Hijratdan keyin Quboda dunyoga kelgan ilk musulmon chaqaloq?
a) Hasan ibn Ali
b) Abdulloh ibn Zubayr
c) Abdulloh ibn Umar
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Zubayr
Izoh: Hijratdan keyin dunyoga kelgan ilk chaqaloq Abdulloh ibn Zubayr ibn Avvom. Bunday farzandning sharafli onasi Asmo binti Abi Bakr. Sahihi Buxoriyda yangi tug’ilgan chaqaloq Rasululloh (s.a.v.)ga keltirikganda uning og’ziga xurmo chaynab solib, duo qilganlari ma’nosidagi hadis mavjud. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyun 2008, 10:18:38
10-tur
Mavzu: G’usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)

1. Qur’oni karimning qaysi oyatida tahorat, g’usl va tayammum haqida hukmlar kelgan?
a) Moida surasi, 6-oyat .
b) Niso surasi, 43-oyat.
c) Voqea surasi, 79-oyat

2. Quyidagilardan qaysi biri g’sulning farziga kirmaydi?
a) Niyat qilish
b) Og‘izga suv olib chayqamoqlik
c) Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik
d) Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik

3. G’uslning 3-farzi butun badanni qoldirmay yuvishdir. Ayollar o’rilgan sochlarini g’uslda to’la yuvishlari shartmi?
a) uni to‘la, soch taglari va o‘rimlarini ham birga ho’llab qo’yish kifoya qiladi.
b) sochlarini bir marta suvga pishib, tarab, ichlariga suv kiritish kerak bo’ladi.
c) uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.

4. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’lmaydi?
a) uyquda ehtilom kelishi
b) kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
c) kishining vafot etishi

5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?
a) kishining shahid holida vafot etishi
b) maziyning chiqishi
c) ayollarning farzand ko’rishi

6. Istinshoq nima?
a) G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
b) G’uslning farzlaridan bo’lib, og‘izga suv olib chayqamoqlikdir.
c) G’uslning ruknlaridan biri bo’lib, g’usldan avval tahorat qilmoqdir.

7. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning sunnatlariga kiradi?
a) Niyatni til bilan qilmoq.
b) Ayollarning o’rilgan sochlarini yechib yuvishlari
c) Ishqalashlik.

8. Quyidagi qaysi holatlarda g’usl qilishlik sunnat hisoblanadi?
a) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
b) Arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilish
c) Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishining g'usl qilishi

9. Quyidagi holatlarda g’usl qilish qanday amal hisoblanadi?
1. Juma va ikki iyd namozlari uchun qilingan g'usl
2. Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
3. Mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilishi
a) 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
b) 1-sunnat, 2-farz, 3-mandub
c) 1-mustahab, 2-farz, 3-sunnat

10. Rasululloh (s.a.v.) ta’kidlariga ko’ra, Allohning har bir mo‘mindagi haqqi sifatida necha kunda g’usl qilish tavsiya etiladi?
a) 3 kunda
b) 5 kunda
c) 7 kunda

11. Junub holida quyidagilardan qaysi biri makruh hisoblanadi?
a) Tirnoq olish, tuklarni qirish
b) Ovqatlanish, saxarlik qilish
c) Qur’on o’qish, ta’lim berish

12. Rasululloh SAV tavsiyalariga ko’ra, g’usl uchun ishlatilishi kerak bo’lgan suv miqdori qancha?
a) 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
b) 3 mud (taxminan 3 litr)
c) 2 so’ (taxminan 10 litr)

13. Ayollarning soch, tirnoq va lab bo’yoqlari g’uslga monelik qiladimi?
a) soch bo’yoqlari g’uslga monelik qilmaydi, tirnoq va lab bo’yoqlarini g’usldan avval tozalash kerak.
b) xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
c) agar soch, tirnoq va lab bo’yoqlaridan foydalanishdan avval ayol g’usl qilgan bo’lsa, joiz.

14. Musofir odam oyoq kiyimiga mahs tortib qancha yurishi mumkin?
a) 1 kecha-kunduz
b) 2 kecha-kunduz
c) 3 kecha-kunduz

15. Mash tortishning farzi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
b) Oyoq kiyimning kamida to’rtdan biriga nam tegmoqligi.
c) Mash tortish sunnat amal, uning farzlari yo’q.

16. Muqim odam peshinda tahorat qildi va mahsi kiydi. Tahorati asrda sindi va qayta tahorat qilib, mahsisiga mahs tortdi. Endi u qachongacha mahs tortishi mumkin?
a) ertasi kungi bomdodgacha
b) ertasi kungi peshingacha
c) ertasi kungi asrgacha.

17. Quyidagi qaysi holatlarda tayammum lozim bo’lmaydi?
a) Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa
b) Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa; agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
c) Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.

18. Quyidagilardan qaysi biri tayammumning sunnatlariga kirmaydi?
a) Niyat qilmoq
b) "œBismillah"ni aytmoq
c) Mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq

19. Quyidagilardan qaysi biriga tayammum qilish mumkin emas?
a) pokiza tuproq, qum
b) pokiza ohak, bo’r, tosh
c) pokiza yog’och, yaproq
d) b va c javoblar to’g’ri

20. Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namozini qanday ado etadi?
a) to pok bo’lmaguncha namozlarini o’qimaydi.
b) namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
c) namozni o’tkazib yubormaslik uchun niyat qilib, imo-ishora bilan o’qiyveradi. Poklangandan keyin esa boshqatdan o’qib oladi.

Ushbu turda Dilmurod Majidov (1 ta) va farhod Isroilov (1 ta) savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Iltimos qilamiz, Munira opaning shaxsiy emaillariga javoblarni yo’llamang.

Ushbu tur savollari bilan, viktorinamizning birinchi bosqichi yakunlanadi. Inshaalloh, yaqin kunlarda natijalarni hisoblab, g’oliblarni taqdirlaymiz. G’oliblarga o’z sovg’alarini ulashmoqchi bo’lganlar, bizga PM yoki email orqali murojaat etishlari mumkin.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyun 2008, 10:19:21
8-turning so'nggi natijalari

1.   Shoir      100 ball
2.      Muslima      95 ball
3.   NOZA      95 ball
4.   Dilmurod Majidov      95 ball
5.   Akbar      95 ball
6.   Anisa      95 ball
7.   Musannif Adham      95 ball
8.   Lolo      90 ball
9.   Muhammad Ibrohim      85 ball
10.   Abdulloh90      85 ball
11.   Isroilov Farhod      85 ball
12.   Robiya      85 ball
13.   Sarah Mann      85 ball
14.   Dilnoza Mirsaidova      60 ball
15.   Muzayyana      60 ball
16.   Ilhom Ahmadjonov       55 ball
17.   Huzayfa_89      50 ball
18.   Ulugbek-Uz      50 ball
19.   Guli Iskandarova      20 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyun 2008, 10:19:43
9-turning dastlabki natijalari

1.   Shoir      100 ball
2.   Muslima      95 ball
3.   NOZA      95 ball
4.   Akbar      95 ball
5.   Musannif Adham      95 ball
6.   Dilmurod Majidov      90 ball
7.   Isroilov Farhod      85 ball
8.   Lolo      80 ball
9.   Abdulloh90      65 ball
10.   Huzayfa_89      40 ball
11.   Guli Iskandarova      35 ball
12.   Nurulla Mukhamedov      30 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 13 Iyun 2008, 10:22:49
Hozirgacha bo'lgan umumiy natijalar

1.   Muslima       865 ball
2.   NOZA       860 ball
3.   Dilmurod Majidov       835 ball
4.   Akbar       835 ball
5.   Shoir       835 ball
6.   Lolo       775 ball
7.   Isroilov Farhod       725 ball
8.   Abdulloh90       725 ball
9.   Muhammad Ibrohim       700 ball
10.   Anisa       665 ball
11.   Dilnoza Mirsaidova       610 ball
12.   Robiya       580 ball
13.   Musannif Adham       535 ball
14.   Muxsina       530 ball
15.   Mastura Islom       490 ball
16.   Sita       485 ball
17.   Sarah Mann       480 ball
18.   Huzayfa_89       465 ball
19.   KWL       435 ball
20.   Abdulatif       410 ball
21.   Olimxon       375 ball
22.   Alisher Abdullayev       350 ball
23.   Dilshod ibn Hamid       335 ball
24.   Sakina       305 ball
25.   Abdurrahmon       290 ball
26.   Yurist       275 ball
27.   Ilhom Ahmadjonov        260 ball
28.   Kamronbek       260 ball
29.   Asadulloh       250 ball
30.   Guli Iskandarova       220 ball
31.   Nurulla Mukhamedov       220 ball
32.   Fazilat       220 ball
33.   Maryam Isaboyeva       215 ball
34.   Muzayyana       165 ball
35.   Abduxoliq       165 ball
36.   Oysha       160 ball
37.   Mubashsher       160 ball
38.   Ummatiy Muhammadiy       155 ball
39.   Nozima G'aniyeva       135 ball
40.   Muhammad Murod       120 ball
41.   Habibullayev Ulug'bek       105 ball
42.   Naimjon       105 ball
43.   Baxtiyor Xonkeldiyev       85 ball
44.   Mars       85 ball
45.   Umid Xalilov       75 ball
46.   Salmoni Forsiy       55 ball
47.   Ulugbek-Uz       50 ball
48.   Halim       50 ball
49.   Munira Rozikova       50 ball
50.   Azimjon Madrahimov       45 ball
51.   Mis_Shoira       35 ball
52.   Sherzodjon       35 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2008, 07:16:54
9-tur javoblari

Mavzu: Madinada Islom jamiyatining qurila boshlanishi

1. Rasululloh Makkada ekanliklarida Madinadan kelib ilk bor iymon keltirgan 12 kishidan biri va Madinaga Rasululloh hijrat qilganlaridan keyin vafot topgan va Baqi’ qabristoniga ilk dafn qilingan sahobiy kim edi?
a) As’ad ibn Zurora
b) Sa’d ibn Rabi’
c) Avf ibn Horis
To’g’ri javob: As’ad ibn Zurora
Izoh: As’adni qabrga Alloh yaratgan eng muborak qo’llar qo’ydi. Rahmat malaklari uni haqiqiy bir omonat o’laroq, loyiq bo’lgan izzat va ikrom bilan qarshi oldilar. Baqi’ qabristoniga ilk dafn qilingan musulmon As’ad ibn Zurora bo’ldi. («Saodat asri qissalari»)

2. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilib kelganlarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan yahudiy kim edi?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Salmon al-Forsiy
c) Ka’b ibn Molik
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Salom
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilib kelganlarida Abdulloh ibn Salom u zotni ko’rish uchun bordi. Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rganida u zotning nurafshon yuzlarida hech bir yolg’on alomatini ko’rmadi. Rasululloh (s.a.v.)ga darhol imon keltirdi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

3. Rasululloh SAV Masjid-an-Nabaviyni qurdirganlarida masjidga kirish uchun 3 ta eshik qoldirganlar. Rasululloh SAV har doim masjidga qaysi eshikdan kirganlar?
a) Bob ur-Rahmah
b) Bob ur-Rizvon
c) Bob us-Salom
To’g’ri javob: Bob ur-Rahmah
Izoh: Rasululloh SAV masjidning qiblasini Bayt Al Maqdisga qaratdilar va masjidga kirish uchun 3 ta eshik qurdirdilar. Ulardan bitta eshik masjidning orqa tomonida bo'lib, Bob ur-Rahmah deya nomlangan va Rasululloh SAV o'zlari shu eshikdan kirishga odat qilgan edilar. («Muxtasar Seerah Ar-Rasool»)

4. Madinadagi masjid qurilishida barcha bittadan g’isht tashisa, u ikkitadan gi’sht tashigan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Xattob
b) Ammor ibn Yosir
c) Suhayb ar-Rumiy
To’g’ri javob: Ammor ibn Yosir.
Izoh: Rasululloh SAV Madinada tuyalari cho’kkan yerda masjid qurilishini boshlab yubordilar. Ammor ibn Yosir bu qurulishda ikkitadan g’isht tashishga astoydil bel bog’lagan edi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

5. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning qizlari Ruqayya va kuyovlari Usmon ibn Affonga uy joy berish qaysi yasriblik sahobiyga nasib qildi?
a) Avs ibn Sobit
b) As’ad ibn Zurora
c) Sa’d ibn Muoz
To’g’ri javob: Avs ibn Sobit
Izoh: Rasululloh SAVning nuridiydalari Ruqayyaga, uning umr yo’ldoshi bilan birga, uyidan joy berish sharafi Avs ibn Sobitga nasib etdi. (Saodat asri qissalari)
 
6. Kimning uyida Madinalik va Makkaliklar (muhojir va ansorlar) qarindosh tutindilar?
a) Oisha onamizning
b) Ummu Sulaymning
c) As'ad ibn Zuroraning
To’g’ri javob: Ummu Sulaymning
Izoh: Mo’minlarning bir-birlariga qardoshligi oqibati go’zal bo’lishi aniq edi. Shu sababli payg’ambarimiz SAV bir kuni Ummu Sulaymning uyida bir makkalik, bir madinalik qilib, "œmuhojir — ansor qardoshligi"ni ta’sis etdilar. (Saodat asri qissalari)

7. Ma’lumki, Rasululloh (s.a.v.) Madina davrining ilk kunlarida muhojir va ansorlar o’rtasida "œqardoshlik" ahdini tuzdilar. Ushbu qardoshlikning meros bilan bog’liq hukmining keyinchalik ijrosi qanday bo’ldi?
a) Rasululloh (s.a.v.) vafotlariga qadar amalda bo’ldi
b) Barcha ansor va muhojirlar vafotiga qadar o’z hukmini saqlab qoldi
c) Badr g’azotidan keyin hukm bekor qilindi
To’g’ri javob: Badr g’azotidan keyin hukm bekor qilindi
Izoh: Qardoshlikning meros bilan bog’liq hukmi ko’pga cho’zilmadi. Badr g’azotidan so’ng Anfol surasining 75-oyati bilan bekor qilindi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor, Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

8. Kim Rasululloh s.a.v ga saj daraxtidan yasalgan, xurmo novdalari ila to'qilgan - sadr sovg'a qiladi va shu bilan Rasululloh s.a.v umrlarining oxirigacha mana shu sadrda uxladilar?
a) Zubayr ibn Avvom.
b) Abu Ayyub Xolid ibn Zayd
c) As'ad ibn Zurora
To’g’ri javob: As'ad ibn Zurora
Izoh: As’ad bir sadr keltirgan ekan, shunga ishora qilib:
- Buni siz uchun yasattirdim, ey Allohning Rasuli, ustida yotib istirohat etasiz, - dedi.
Rasulullohning yuzlarida quvonch alomatlari indi"¦ (Saodat asri qissalari)

9. Rasululloh s.a.v Madinaga hijrat qilganlaridan so'ng kimni Makkaga borib, u yerda qolgan bola chaqalarini olib kelishini aytadilar?
a) Hamza ibn Abdumuttalib bilan Abu Ayyub
b) Zayd ibn Xoris bilan Abu Rofiy
c) Ali ibn Abu Tolib bilan Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Zayd ibn Xoris bilan Abu Rofiy
Izoh: Bu orada Rasululloh SAV tutingan o’g’illari Zaydni Abu Rofiy degan bir madinalik bilan qo’shib, yo’lga chiqardilar. Ular Makkaga borib, u yerda qolgan bola-chaqalarini olib kelishlari kerak edi. (Saodat asri qissalari)

10. Ma’lumki, Madinai munavvarada Islom tarqagan, Rasululloh SAV hijrat qilgan paytlarda yahudiylar ham yashar edilar. Rasululloh SAV ularga qanday munosabatda bo’ldilar?
a) Yahudiylar o’z dinida qoladigan va jizya to’laydigan bo’ldilar.
b) Ahdnoma tuzilib, ularning dini va moli kafolati olindi.
c) Yahudiylar bilan urushmaslik va do’stlik shartnomasi tuzildi.
To’g’ri javob: Ahdnoma tuzilib, ularning dini va moli kafolati olindi.
Izoh: Madinai Munavvarada yahudiylar ham yashar edilar. Ular ham yangi Islom jamiyati bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlari turgan gap edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan ahdnoma tuzdilar.
Ikki tarafning kelishuvi bilan yozilgan bu ahdnomada ko‘pgina masalalar batafsil bayon qilindi. Jumladan, yahudiylarga o‘z dinlarida turishlari kafolati, molu mulklari kafolati, ularning haq-huquqlari va mas’uliyatlari batafsil zikr etildi. ("œHadis va hayot" — Olamlarga rahmat Payg’ambar)

11. Nabiy alayhissalom ansorlarni chaqirib, ularga qayerni bermoqchi ekanliklarini aytganlarida, ansorlar, muhojir birodarlarimizga ham xuddi shunga o‘xshash joyni bermasangiz, bizga buning keragi yo‘q, deganlar?
a) Hijoz
b) Quvayt
c) Bahrayn
To’g’ri javob: Bahrayn
Izoh: Ansoriylar haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi:
«Nabiy alayhissalom ansorlarni chaqirib, ularga Bahraynni (shu nomdagi hozirgi diyorni) bermoqchi ekanliklarini aytganlarida, ansorlar, muhojir birodarlarimizga ham xuddi shunga o‘xshash joyni bermasangiz, bizga buning keragi yo‘q, dedilar». ("œHadis va hayot" — Olamlarga rahmat Payg’ambar)

12. Islomdagi ilk munofiqlik qayerda zohir bo’lgan?
a) Madinada
b) Habashistonda
c) Makkada
To’g’ri javob: Madinada
Izoh: Islom dinining avvalgi paytlarida Makkai Mukarramada munofiqlik yo‘q bo‘lgan.
Hijratdan keyin, musulmonlar Madinai Munavvarada alohida jamiyat bo‘lib, «ko‘kraklariga shamol tegib» yashay boshlaganlaridan so‘nggina bu dard paydo bo‘ldi.
Makkada musulmonlar oz sonli, zaif bo‘lib, xohlagan kishi ularga bemalol zulm o‘tkazar va azob berar edi.
Odatda, bunday paytda faqat haqiqiy mo‘minlargina sabr-chidam bilan dinlarini mahkam ushlaydilar.
Madinada esa, musulmonlar kuch-quvvatga, o‘z davlatlariga ega bo‘ldilar, ular bilan hisoblashmaslikning iloji qolmadi. ("œHadis va hayot" — Olamlarga rahmat Payg’ambar)

13. Azon qachon farz qilindi?
a) Hijratdan avval
b) Hijratning birinchi yili
c) Hijratning ikkinchi yili
To’g’ri javob: Hijratning birinchi yili
Izoh: Azon hukmi hijratning birinchi yili farz qilindi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

14. Azon matnini tushida ko’rgan kim edi?
a) Abdulloh ibn Zayd va Umar ibn al-Xattob
b) Abdulloh ibn Zayd va Bilol al-Habashiy
c) Bilol al-Habashiy va Umar ibn al-Xattob
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Zayd va Umar ibn al-Xattob
Izoh: Azon matni uchun ashob tomonidan turli fikrlar o’rtaga tashlandi. Hech biri ma’qul ko’rilmadi. Ansordan Abdulloh ibn Zayd bir tush ko’rdi va uni Rasululloh (s.a.v.)ga yetkazdi. Hazrati Umar ham ayni shu tushni ko’rgan va Bilolning azonini eshitib Rasululloh (s.a.v.) oldilariga yugirib kelib buni bildirgan edi. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

15. Bomdod namoziga "Assolati hoyrum minan navm" (Namoz uyqudan afzal) deb kiritilishiga kim sababchi bo'ldi?
a) Ali r.a.
b) Umar r.a.
c) Bilol r.a.
To’g’ri javob: Bilol r.a.
Izoh: Hazrati Bilol bomdod namozining azonida "Hayyal alal falah" dan keyin ikki marta "Assolatu xoyrun min an-navm" (Namoz uyqudan yaxshiroq) degan gapni qo‘shib aytdi. Rasululloh bu gapni ma’qullab e’tirof etdilar. (Nurul-yaqiyn)

16. Qibla Masjidul Aqsodan Masjidi Haramga o’zgarganligi vahiysi qaysi namozda sodir bo’ldi?
a) Asr namozida
b) Bomdod namozida
c) Peshin namozida
To’g’ri javob: Peshin namozida
Izoh: Hijratning ikkinchi yili Rasululloh (s.a.v.) peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab o’qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o’zgarganligi haqida vahiy keldi/ Rasuli Akram shu zahoti yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)
 
17. Ikki qiblali ma’nosini anglatadigan "œMasjidul qiblatayn" nomini olgan masjidni aniqlang?
a) Qubodagi masjid
b) Banu Salama masjidi
c) Masjidi Nabiy
To’g’ri javob: Banu Salama masjidi
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) yangi qiblaga burilib peshin namozining uchinchi va to’rtinchi rakatlarini Masjidi Haramga qarab o’qidilar. Bu namoz Banu Salama yurtida ado etilgan edi. Shu sababli Banu Salama masjidi "œMasjidul Qiblatayn" egan nom olgan.  (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

18. Rasululloh (s.a.v.) ko’rgan tushlari ("œQora tanli, sochi to’zg’igan bir ayolni ko’rdim. Madinadan chiqib Juhfaga ketdi") ni nimaga ta’bir qildilar?
a) Yahudiylarni Madinadan surgun qilinishi
b) Madina vabosining ketishi
c) Musulmonlarning Badr g’azotiga chiqishi
To’g’ri javob: Madina vabosining ketishi
Izoh: Madina vabosi ko’blab ashobni holdan toydirdi. Rasululloh SAV Allohdan bu dardni ketkazishini so’rab iltijo qildilar. Bir kuni bomdod namozidan keyin ko’rgan tushlarini aytib berdilar. "œ("œQora tanli, sochi to’zg’igan bir ayolni ko’rdim. Madinadan chiqib ketdi va Juhfaa to’xtadi", dedilar. Men bu tushni Madinadagi vaboning Juhfaga uloqtirilganligi ma’nosida tusundim dedilar. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor, Saodat asri qissalari)

19. Bir kuni Rasululloh s.a.v. ma'lum sabab bilan namozga kech qoladilar. Abu Bakr namozda imomlik qilayotganlarida Ul zot s.a.v. keladilar. Sahobalar Abu Bakrga buni bildirmoqchi bo'lishadi. Namozdan so'ng Rasululloh s.a.v tanbeh berib "Namozda biron narsani bildirishga ehtiyoj sezsangizlar "SubhanAlloh" deb aytinglar" deydilar. Mo'minlar Abu Bakrga qay yo'l bilan Rasululloh s.a.v ni kelganlarini bildirishmoqchi edi?
a) ismlarini chaqirib
b) chapak chalib
c) tomoq qirib, ovoz chiqarib
To’g’ri javob: chapak chalib
Izoh: Hazrati Abu Bakr mehrobga o’tib namozni boshladi. Ular namozdalik paytlari rasululloh SAV ham yetib keldilar va darhol safga qo’shilib, imomga iqtido qildilar. Payg’ambar kelganini sezganlar chapak chalib, Abu bakrga bildirmoqchi bo’lishdi. U esa ishoratlarni sezmay, namozni davom ettiraverdi"¦ (Saodat asri qissalari)

20. Dajjol kirmaydigan shaharni aniqlang.
a) Makka, Madina
b) Makka, Madina, Quddus
c) Makka
To’g’ri javob: Makka va Madina
Izoh: "œSahih al Buxoriy" (1881) va "œFath al-Boriy" (96/4) asarlarida, Anasdan rivoyat qilinadi, dedilar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: Dajjol Makka va Madinadan boshqa barcha shaharlarga kiradi. Ularning barcha kirish joylarini safga tizilgan farishtalar qo’riqlaydilar.  (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2008, 07:25:31
9-turning so'nggi natijalari

1.   Shoir      100 ball
2.   Muslima      95 ball
3.   NOZA      95 ball
4.   Akbar      95 ball
5.   Musannif Adham      95 ball
6.   Dilmurod Majidov      90 ball
7.   Anisa      90 ball
8.   Dilnoza Mirsaidova      90 ball
9.   Isroilov Farhod      85 ball
10.   Lolo      80 ball
11.   Abdulloh90      65 ball
12.   Muzayyana      65 ball
13.   Muhammad Ibrohim      55 ball
14.   Robiya      50 ball
15.   Huzayfa_89      40 ball
16.   Guli Iskandarova      35 ball
17.   Nurulla Mukhamedov      30 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2008, 07:28:06
10-turning dastlabki natijalari

1.   Muslima      90 ball
2.   NOZA      90 ball
3.   Anisa      90 ball
4.   Abdulloh90      85 ball
5.   Musannif Adham      80 ball
6.   Dilmurod Majidov      80 ball
7.   Isroilov Farhod      80 ball
8.   Lolo      80 ball
9.   Muhammad Ibrohim      75 ball
10.   Akbar      70 ball
11.   Dilnoza Mirsaidova      70 ball
12.   Huzayfa_89      70 ball
13.   Ulugbek-Uz      50 ball
14.   Guli Iskandarova      40 ball
15.   Nurulla Mukhamedov      25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2008, 07:33:51
Umumiy natijalar

1.   Muslima      955 ball
2.   NOZA      950 ball
3.   Dilmurod Majidov      915 ball
4.   Akbar      905 ball
5.   Lolo      855 ball
6.   Anisa      845 ball
7.   Shoir      835 ball
8.   Muhammad Ibrohim      830 ball
9.   Abdulloh90      810 ball
10.   Isroilov Farhod      805 ball
11.   Dilnoza Mirsaidova      770 ball
12.   Robiya      630 ball
13.   Musannif Adham      615 ball
14.   Huzayfa_89      535 ball
15.   Muxsina      530 ball
16.   Mastura Islom      490 ball
17.   Sita      485 ball
18.   Sarah Mann      480 ball
19.   KWL      435 ball
20.   Abdulatif      410 ball
21.   Olimxon      375 ball
22.   Alisher Abdullayev      350 ball
23.   Dilshod ibn Hamid      335 ball
24.   Sakina      305 ball
25.   Abdurrahmon      290 ball
26.   Yurist      275 ball
27.   Guli Iskandarova      260 ball
28.   Ilhom Ahmadjonov       260 ball
29.   Kamronbek      260 ball
30.   Asadulloh      250 ball
31.   Nurulla Mukhamedov      245 ball
32.   Muzayyana      230 ball
33.   Fazilat      220 ball
34.   Maryam Isaboyeva      215 ball
35.   Abduxoliq      165 ball
36.   Oysha      160 ball
37.   Mubashsher      160 ball
38.   Ummatiy Muhammadiy      155 ball
39.   Nozima G'aniyeva      135 ball
40.   Muhammad Murod      120 ball
41.   Habibullayev Ulug'bek      105 ball
42.   Naimjon      105 ball
43.   Ulugbek-Uz      100 ball
44.   Baxtiyor Xonkeldiyev      85 ball
45.   Mars      85 ball
46.   Umid Xalilov      75 ball
47.   Salmoni Forsiy      55 ball
48.   Halim      50 ball
49.   Munira Rozikova      50 ball
50.   Azimjon Madrahimov      45 ball
51.   Mis_Shoira      35 ball
52.   Sherzodjon      35 ball

Inshaalloh, 1 haftadan keyin yakuniy jadvalni e'lon qilamiz va g'oliblarni aniqlaymiz.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 20 Iyun 2008, 11:52:04
Assalomu alaykum!

Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi? tanlovining 10 turi ham bo'lib o'tdi. Xozircha 9 ta tur savollariga javoblar e'lon qilindi.

Siz mana bu manzil orqali 9 ta tur savol-javoblarini Word formatida ko'chirib olishingiz mumkin.

Islomiy viktorina - 9 tur savol-javoblari (http://zakovat.ucoz.ru/islom/islomiyviktorina.doc)
Format - MS WORD
Hajmi - 240 kb

Islomiy viktorina - 9 tur savol-javoblari (http://zakovat.ucoz.ru/islom/islomiyviktorina.rar)
Format - rar
Hajmi - 46 kb
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyun 2008, 10:25:33
10-tur javoblari

Mavzu: G’usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)

1. Qur’oni karimning qaysi oyatida tahorat, g’usl va tayammum haqida hukmlar kelgan?
a) Moida surasi, 6-oyat .
b) Niso surasi, 43-oyat.
c) Voqea surasi, 79-oyat
To’g’ri javob: Moida surasi, 6-oyat .
Izoh: Ey mo‘minlar, namozga turganingizda yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga masx tortingiz (ya’ni nam qo‘llaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz! Agar junub bo‘lsalaringiz, cho‘milingiz! Agar bemor yo musofir bo‘lsangiz yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoxud xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan silangiz). Alloh sizlarga mashaqqat qilmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga O’z ne’matini komil qilib berishni istaydi. («Moida» surasi, 6-oyat)

2. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning farziga kirmaydi?
a) Niyat qilish
b) Og‘izga suv olib chayqamoqlik
c) Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik
d) Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik
To’g’ri javob: Niyat qilish
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. Badanning hamma yeriga bir marta suv yetkazmoqlik vojibdir. Agar badanning ozgina joyiga suv yetmay qolsa ham, g‘usl durust bo‘lmaydi. Yana jasaddagi chuqurchalarga, ya’ni kindik va shunga o‘xshash a’zolarga ham suv yetishi shart. Va yana g‘usl qilishdan oldin badandagi har qanday suvni to‘suvchi xamir, yog‘, ko‘z atrofiga yig‘ilib qoladigan kir, burunning kiri, ba’zi ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lakka o‘xshash narsalarni ketkazish lozimdir. Agar qimirlatmasa, ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni ham aylantirib suv yetkazish kerak. Ayollarga o‘rilgan sochlarini yechib, hammasini ho‘l qilish shart bo‘lmaydi. Balki sochning asli chiqqan joyini ho‘l qilishlari kifoya bo‘ladi. Ammo erkaklarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa ham yechib, hammasini ho‘l qilishlari farz bo‘ladi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

3. G’uslning 3-farzi butun badanni qoldirmay yuvishdir. Ayollar o’rilgan sochlarini g’uslda to’la yuvishlari shartmi?
a) uni to‘la, soch taglari va o‘rimlarini ham birga ho’llab qo’yish kifoya qiladi.
b) sochlarini bir marta suvga pishib, tarab, ichlariga suv kiritish kerak bo’ladi.
c) uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
To’g’ri javob: uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
Izoh: G‘usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G‘uslning uch farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas («Hidoya»).

4. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’lmaydi?
a) uyquda ehtilom kelishi
b) kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
c) kishining vafot etishi
To’g’ri javob: kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?
a) kishining shahid holida vafot etishi
b) maziyning chiqishi
c) ayollarning farzand ko’rishi
To’g’ri javob:  ayollarning farzand ko’rishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi.
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar:
1. Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy - suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi.
2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy - oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi.
3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

6. Istinshoq nima?
a) G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
b) G’uslning farzlaridan bo’lib, og‘izga suv olib chayqamoqlikdir.
c) G’uslning ruknlaridan biri bo’lib, g’usldan avval tahorat qilmoqdir.
To’g’ri javob: G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

7. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning sunnatlariga kiradi?
a) Niyatni til bilan qilmoq.
b) Ayollarning o’rilgan sochlarini yechib yuvishlari
c) Ishqalashlik.
To’g’ri javob: Ishqalashlik.
Izoh: G’uslning sunnatlari:
1. Niyat bilan boshlamoq. Niyat esa qalb bilan qilinadi. Ulamolar qalbning niyatini til bilan nutq qilish orqali tasdiqlashni chiroyli sanashdi. Shuning uchun ham agar avratlari berk bo‘lsa, junublikdan poklanish uchun g‘usl qilmoqlikni niyat qildim, deb aytadi. Albatta til bilan zikr qilish sunnat emas. Balki yuqorida aytganimizdek, ulamolar chiroyli sanashgan amaldir.
2. G’uslning boshida «Bismillah...»ni aytmoq.
3. G’uslni ikki qo‘lni bilagigacha yuvmoqlikdan boshlamoq.
4. Qo‘lni yuvib olgach, farjini yuvmoqlik va g‘uslni boshlashdan oldin badandagi najosatlarni ketkazmoq.
5. G’uslni namozdagidek tahorat olish bilan boshlamoq.
6. Badandan oldin boshni uch marta yuvmoq. Aslida birinchisi farz, ikkinchi va uchinchisi sunnat bo‘ladi.
7. Ishqalashlik.
8. Avval badanni o‘ng tomonidan yuvib, so‘ng chap tomonni yuvmoqlik.
9. Har ikki tomonni ham uch martadan yuvmoq. Va yana tahoratdagi sunnatlarning hammasi g‘uslda ham sunnatdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

8. Quyidagi qaysi holatlarda g’usl qilishlik sunnat hisoblanadi?
a) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
b) Arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilish
c) Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishining g'usl qilishi
To’g’ri javob: Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
Izoh: G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

9. Quyidagi holatlarda g’usl qilish qanday amal hisoblanadi?
1. Juma va ikki iyd namozlari uchun qilingan g'usl
2. Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
3. Mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilishi
a) 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
b) 1-sunnat, 2-farz, 3-mandub
c) 1-mustahab, 2-farz, 3-sunnat
To’g’ri javob: 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
Izoh: 1. G’usl qilishlik farz bo‘lgan holatlar:
A) Janobatdan poklanish uchun qilingan g‘usl;
B) Hayz va nifos qoni to‘xtagandan so‘ng qilingan g‘usl;
V) Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
2. G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi.
3. G’usl qilib olishlik mustahab bo‘lgan holatlar:
A) Jinni sog‘ bo‘lsa, hushidan ketgan o‘ziga kelsa, mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilib olish mustahabdir;
B) Sha’bon oyidagi badr kechasida, arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilib olish ham mandub amaldir;
V) Yana qurbonlik kunining subhida Muzdalifa tog‘ida turgan kishiga, shaytonga tosh otish uchun qurbonlik kunida Mino tog‘iga chiqadigan kishiga, Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishiga, oy yoki quyosh tutilganda va yomg‘ir talab qilinganda o‘qiladigan namozni o‘quvchi kishiga, Madinai Munavvaraga kiradigan kishiga ham g‘usl qilishlik odob hisoblanadi. Yana odamlar jamoasiga kiruvchiga, yangi libosni kiygan kishiga, mayyitni yuvgan g‘assolga, gunohidan tavba qilgan insonga, safardan qaytganga, istihoza qoni to‘xtagan ayolga, musulmon bo‘lganlarga ham g‘usl qilib olish odobdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

10. Rasululloh (s.a.v.) ta’kidlariga ko’ra, Allohning har bir mo‘mindagi haqqi sifatida necha kunda g’usl qilish atvsiya etiladi?
a) 3 kunda
b) 5 kunda
c) 7 kunda
To’g’ri javob: 7 kunda
Izoh:Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun a'zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma'lumki, g‘usl kishilarni turli nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo' tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi. («Dinda savolim bor»)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyun 2008, 10:26:09
11. Junub holida quyidagilardan qaysi biri makruh hisoblanadi?
a) Tirnoq olish, tuklarni qirish
b) Ovqatlanish, saxarlik qilish
c) Qur’on o’qish, ta’lim berish
To’g’ri javob: Tirnoq olish, tuklarni qirish
Izoh: Junublikda (ya'ni, jinsiy aloqadan so‘ng yoki uyquda bulg‘anib qolganda) kindik osti tuklarini tozalash, tirnoq olish makruhdir, bu ishlarni g‘usldan so‘ng bajarish kerak. Junub kishi tirnoq olishi, tuklarni qirishi, qon oldirishi, kindik osti va qo‘ltig‘ini tozalashi, vujudidan har qanday parchani uzib olishi mumkin emas. Chunki barcha a'zolar qiyomatda tirilganida yuvilmay qolgan yoki shu holatda olib tashlangan har bir narsa junub holda bo‘ladi.
Junub holdagi kishilar avval qo‘llarini, keyin og‘izlarini yuvib ovqatlanishlari, namoz vaqtini o‘tkazmaslikka ko‘zi yetsa, uxlashlari mumkin. Emizikli ayolning bolasi yig‘lasa, g‘uslga fursati bo‘lmasa, ko‘kragini yuvib emizsa bo‘ladi.
Junub bo‘lgan odamning uxlashdan oldin tahorat olishini ba'zilar mustahab, deyishgan («Ayollar fiqhi»).

12. Rasululloh SAV tavsiyalariga ko’ra, g’usl uchun ishlatilishi kerak bo’lgan suv miqdori qancha?
a) 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
b) 3 mud (taxminan 3 litr)
c) 2 so’ (taxminan 10 litr)
To’g’ri javob: 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
Izoh: Abu Ja’far aytadilar: «Jobir huzurida bir jamoa kishilar bor edi, ulardan biri g‘usl to‘g‘risida so‘radi. «Senga bir so’ suv kifoya qiladi»,— dedi Jobir. «Menga kifoya qilmaydi»,— dedi u. Shunda Jobir: «Sendan ko‘ra sochi ko‘proq, o‘zi yaxshiroq kishiga (Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga, demoqchi) ham kifoya qilgan edi»,— dedi. Keyin yupun kiyingan holda imomatga o‘tdi». («Sahihul Buxoriy»)

13. Ayollarning soch, tirnoq va lab bo’yoqlari g’uslga monelik qiladimi?
a) soch bo’yoqlari g’uslga monelik qilmaydi, tirnoq va lab bo’yoqlarini g’usldan avval tozalash kerak.
b) xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
c) agar soch, tirnoq va lab bo’yoqlaridan foydalanishdan avval ayol g’usl qilgan bo’lsa, joiz.
To’g’ri javob: xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
Izoh: Agar bo‘yoq soch tolalari ustida qatlamni tashkil qilsa, g‘uslga mone' bo‘ladi. Dorishunoslar esa xinadan boshqa barcha bo‘yoqlar qatlam hosil qilishini tasdiqlashgan. Shuning uchun xinadan boshqa sun'iy bo‘yoqlarni soch bo‘yashda ishlatish joiz emas.
Shuningdek, tirnoq ustiga surilgan bo‘yoq ham g‘uslga mone' hisoblanadi. Ayollar g‘usl qilayotganida tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi. («Dinda savolim bor»)

14. Musofir odam oyoq kiyimiga mahs tortib qancha yurishi mumkin?
a) 1 kecha-kunduz
b) 2 kecha-kunduz
c) 3 kecha-kunduz
To’g’ri javob: 3 kecha-kunduz
Izoh: Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Musofir (oyoq kiyimiga) uch kecha-kunduz mash tortadi, muqim esa bir kecha-kunduz», deb aytdilar.
Mo‘‘min kishi sovuq paytda bir kecha-kunduz miqdorida oyog‘iga kiygan etik, maxsini yechmasdan, tahorat olganda mash tortishi ham durust. Ammo musofir bo‘lsa uch kecha-kunduz maxsisini yechmay, mash tortishi mumkin. Zarurat va xavf-xatar tug‘ilgan paytlarda uch kecha-kunduzdan ko‘proq vaqt o‘tsa ham mash tortish joiz. Xavf-xatar tugashi bilan maxsisini yechib, yangidan tahorat olib, oyoqlarini yuvadi. Oyoq-yalang bo‘lganda oyoq yuviladi, masx tortish mumkin emas. («Sof islomiy aqida»)

15. Mash tortishning farzi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
b) Oyoq kiyimning kamida to’rtdan biriga nam tegmoqligi.
c) Mash tortish sunnat amal, uning farzlari yo’q.
To’g’ri javob: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
Izoh: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silamoqlik mashning farzidir. Oyoqning ostiga yoki yonlariga mash tortish durust emas.
(Mash tortishlik sunnat amal hisoblansa ham, uning ichida xuddi sunnat namozlarining ichida farzlar bo‘lganga o‘xshagan farzi bor... - tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

16. Muqim odam peshinda tahorat qildi va mahsi kiydi. Tahorati asrda sindi va qayta tahorat qilib, mahsisiga mahs tortdi. Endi u qachongacha mahs tortishi mumkin?
a) ertasi kungi bomdodgacha
b) ertasi kungi peshingacha
c) ertasi kungi asrgacha.
To’g’ri javob: ertasi kungi asrgacha.
Izoh: Muqim uchun mash tortib yurish muddati bir kecha-kunduz, ya’ni yigirma to‘rt soat bo‘lsa, musofir uchun uch-kecha kunduz, ya’ni yetmish ikki soat hisoblanadi. Bu vaqt tahorat singandan boshlab e’tiborga olinadi. Misol uchun bir kishi subhda tahorat oldi-da, mahsini kiydi va shu tahorati peshinda sindi. Demak, bunda u yangi tahorat qiladi, oyog‘iga mash tortadi va keyingi kunning peshin namozigacha oyog‘iga mash torta oladi, agar musofir bo‘lsa, uchinchi kunning peshinigacha mash tortishi mumkin. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

17. Quyidagi qaysi holatlarda tayammum lozim bo’lmaydi?
a) Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa
b) Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa; agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
c) Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
To’g’ri javob: Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
Izoh: Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar:
1. Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi. Bu taxminan ikki chaqirimni tashkil etadi, bir chaqirim to‘qqiz yuz metrdir.
2. Kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashidan tashvish bo‘lsa.
3. Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa.
4. Agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
5. Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. Chunki bu namozlar qazo bo‘lsa, o‘rniga o‘qiladigan namoz yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham, tahorat qiladi, chunki agar juma qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Agar namoz qazo bo‘lishi ehtimoli yuzaga chiqsa, vaqtni ehtirom qilish yuzasidan tayammum bilan o‘qishi joiz. Lekin baribir tahorati yo‘q bo‘lsa, tahorat olib yoki junublik yetgan bo‘lsa, g‘usl qilib qaytadan o‘qiydi. Chunki tayammum qilishga sabab mavjud emas.
(Quduqda suv bor-u, lekin uni chiqarib olishga asbob yo‘q, bu o‘rinda ham tayammum qilinadi. Ammo suvni chiqarishga asbob bo‘lsa, tayammum qilinmaydi, agar jamoat ko‘p bo‘lib, har birlari tahorat olgunlaricha namoz vaqti chiqib ketsa ham. Chunki buholatda ham tayammum qilishga sabab topilmayapti. Suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa ham, tayammum qilinadi... -tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

18. Quyidagilardan qaysi biri tayammumning sunnatlariga kirmaydi?
a) Niyat qilmoq
b) "œBismillah"ni aytmoq
c) Mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq
To’g’ri javob: Niyat qilmoq
Izoh: «Bismillah...»ni aytmoq, zarbni kaftning ichi bilan qilmoq, qo‘ldagi changlarni silkitib tashlamoq, tartib bilan qilmoq, ya’ni avval yuzga mash tortib, keyin qo‘lga mash tortmoq, ketma-ket qilmoq, ya’ni niyat qilib tayammumni boshlagach, to tugaguncha boshqa amalni qo‘shmaslik, soqol va barmoqlar orasiga xilol qilmoqlik, keng uzuk bo‘lsa, uni qimirlatib ostiga mash yetkazmoq, ammo uzuk tor bo‘lsa yoki soatga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni tayammumdan oldin yechib qo‘yish kerak, chunki ularning ostiga mash yetmaydi, mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq, bularning hammasi sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

19. Quyidagilardan qaysi biriga tayammum qilish mumkin emas?
a) pokiza tuproq, qum
b) pokiza ohak, bo’r, tosh
c) pokiza yog’och, yaproq
d) b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: pokiza yog’och, yaproq
Izoh: Yer jinsidan bo‘lgan hamma narsa - toza tuproq, qum, bo‘r, ohak, tosh kabi narsalar bilan tayammum qilish mumkin. Bularning hammasidagi asosiy shart - ular pokiza bo‘lishi kerak. Bular - Imom A'zam va Imom Muhammadning nazdlarida. («Dinda savolim bor»)

20. Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namozini qanday ado etadi?
a) to pok bo’lmaguncha namozlarini o’qimaydi.
b) namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
c) namozni o’tkazib yubormaslik uchun niyat qilib, imo-ishora bilan o’qiyveradi. Poklangandan keyin esa boshqatdan o’qib oladi.
To’g’ri javob: namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
Izoh: Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi. («Radd ul-muxtor»)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyun 2008, 10:26:56
10-turning so'nggi natijalari

1.   Muslima         90 ball
2.   NOZA         90 ball
3.   Anisa         90 ball
4.   Abdulloh90         85 ball
5.   Dilmurod Majidov      80 ball
6.   Lolo         80 ball
7.   Isroilov Farhod      80 ball
8.   Musannif Adham      80 ball
9.   Muhammad Ibrohim      75 ball
10.   Akbar         70 ball
11.   Shoir         70 ball
12.   Dilnoza Mirsaidova      70 ball
13.   Huzayfa_89         70 ball
14.   Ulugbek-Uz         50 ball
15.   Guli Iskandarova      40 ball
16.   Nurulla Mukhamedov      25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyun 2008, 10:27:15
"Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi yakuniy natijalari

1.   Muslima         955 ball
2.   NOZA         950 ball
3.   Dilmurod Majidov      915 ball
4.   Akbar         905 ball
5.   Shoir         905 ball
6.   Lolo         855 ball
7.   Anisa         845 ball
8.   Muhammad Ibrohim      830 ball
9.   Abdulloh90         810 ball
10.   Isroilov Farhod      805 ball
11.   Dilnoza Mirsaidova      770 ball
12.   Robiya         630 ball
13.   Musannif Adham      615 ball
14.   Huzayfa_89         535 ball
15.   Muxsina         530 ball
16.   Mastura Islom      490 ball
17.   Sita         485 ball
18.   Sarah Mann         480 ball
19.   KWL         435 ball
20.   Abdulatif         410 ball
21.   Olimxon         375 ball
22.   Alisher Abdullayev      350 ball
23.   Dilshod ibn Hamid      335 ball
24.   Sakina         305 ball
25.   Abdurrahmon      290 ball
26.   Yurist         275 ball
27.   Guli Iskandarova      260 ball
28.   Ilhom Ahmadjonov       260 ball
29.   Kamronbek         260 ball
30.   Asadulloh         250 ball
31.   Nurulla Mukhamedov      245 ball
32.   Muzayyana         230 ball
33.   Fazilat         220 ball
34.   Maryam Isaboyeva      215 ball
35.   Abduxoliq         165 ball
36.   Oysha         160 ball
37.   Mubashsher         160 ball
38.   Ummatiy Muhammadiy      155 ball
39.   Nozima G'aniyeva      135 ball
40.   Muhammad Murod      120 ball
41.   Habibullayev Ulug'bek      105 ball
42.   Naimjon         105 ball
43.   Ulugbek-Uz         100 ball
44.   Baxtiyor Xonkeldiyev      85 ball
45.   Mars         85 ball
46.   Umid Xalilov         75 ball
47.   Salmoni Forsiy      55 ball
48.   Halim         50 ball
49.   Munira Rozikova      50 ball
50.   Azimjon Madrahimov      45 ball
51.   Mis_Shoira         35 ball
52.   Sherzodjon         35 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyun 2008, 10:27:54
Assalomu alaykum!
Mana, Allohning karami va inoyati ila, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning 1-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.

Bu tanlovimiz, 77 kun davom etib, unda 200 ta savol berildi. Tanlovda 52 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

Hakamlar hay'zati a'zolari - Diydor opa va Munira opa bilan birgalikda savollarni saralash, javoblarni hisoblash va boshqa tashkiliy ishlarni bajardik. O'z navbatida ularga ham muxlislarning tashakkurlarini izhor etmoqchiman.

Viktorinaning har bir turida faol ishtirok etgan Muslima, Noza, Dilmurod Majidov, Akbar, Shoir, Lolo, Muhammad Ibrohim, Abdulloh90, Farhod Isroilov, Dilnoza Mirsaidova, Huzayfa89 ga o'z minnatdorligimizni izhor etamiz. Birinchi turda ishtirok etolmagan bo'lsa-da, Anisa ham javoblari va savollari bilan viktorinada faol ishtirok etdi.

Negadir 5-6 turda judayam faol bo'lgan, uzerlarimiz keyingi turlarda kamnamo bo'lib qoldilar. ularga keyingi bo'ladigan bosqichlarda faollik va yuksak ilm martabasini tilaymiz.

Bizga o'z savollari bilan katta yordam bergan Munira xonim, Diydor, Muslima, Noza, Maryam Isabayeva, KWL, Farhod Isroilov, Dilmurod Majidov, Muhammad Ibrohim, Anisa, Asadulloh, Abdulloh90, Lolo, Sarah Mann, Olimxon, Muxsina, Alisher Abdullayev, Robiyaga ham alohida minnatdorlik bildiramiz.

Hozircha quyidagi ishtirokchilarga sovg'alarni taqdim etmoqchimiz. Inshaalloh, yana imkon bo'lganda boshqa qatnashchilarni ham taqdirlaymiz.

1-o'rinni egallagan Muslimaga diplom (esdaliknoma), Mushaf va kassetalar to'plami (al-Qahtoniy) va Hadis va hayot: Payg'ambarlar qissasi kitobi taqdim etiladi.

2-o'rinni egallagan Nozaga diplom (esdaliknoma), Qur'oni karim tajvidi kassetasi va Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari kitobi taqdim etiladi.

3-o'rinni egallagan Dilmurod Majidovga diplom (esdaliknoma), Qur'oni karim tafsiri (Alouddin Mansur) va Saodat asri qissalari (4 ta kitob) taqdim etiladi.

4-o'rinni egallagan Akbarga diplom (esdaliknoma), Saodat asri qissalari va Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat kitobi taqdim etiladi.

5-o'rinni egallagan Shoirga diplom (esdaliknoma),  Hadis va hayot: Payg'ambarlar qissasi kitobi taqdim etiladi.

Sovg'alarimiz hozircha shulardan iborat. Kam bo'lsa-da ko'p o'rnida qabul qilasizlar.

Inshaalloh, keyingi bosqich sentabr oyida boshlanadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 03 Iyul 2008, 19:25:17
Assalomu alaykum!

Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi? tanlovining 10 turi ham bo'lib o'tdi. G'oliblar ham e'lon qilindi. Ularga maxsus esdalik sovg'alar ham topshirilmoqda.

Siz mana bu manzil orqali 10 ta turda o'ynalgan barcha 200 ta savol-javoblarni Word(.doc) va PDF formatida ko'chirib olishingiz mumkin.

Islomiy viktorina - 10 ta tur savol-javoblari (http://zakovat.ucoz.ru/islom/islomiyviktorina.doc)
Format - MS WORD
Hajmi - 324 kb

Islomiy viktorina - 10 ta tur savol-javoblari (http://zakovat.ucoz.ru/islom/islomiyviktorina.pdf)
Format - PDF
Hajmi - 243 kb
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:44:02
Assalamu alaykum!

Tanlov go'liblari Ziyouzda ham e'lon qilindi.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1935&Itemid=1

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2829&Itemid=59
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 03 Avgust 2008, 09:39:37
1-bosqichda foydalanilmagan savollar:

(javob yo'llash shart emas)

1. Farz amali nechaga bo’linadi?
a) bitta.
b) ikkiga.
c) Uchga.

2. Suvlar necha qismga bo’linadi?
a) uch qismga;
b) to’rt qismga;
c) bech qismga;

3. Najosat necha qismga bo’linadi?
a) bir qsimga.
b) ikki qismga.
c) uch qsimga.

4. Hojatxonga kirishda kishi qaysi oyog’i bilan kirishi kerak?
a) o’ng oyog’i.
b) chap oyog’i.
c) Farqi yo’q.

5. Namozning har bir rakaatida o'qiladigan sura?
a) Fotiha surasi
b) Ixlos surasi
c) Kavsar surasi

6. Sutrani Hanafiy mazhabi nima deyishadi?
a) makruh
b) mandub
c) mustahab

7. Sutra nima?
a) namoz payti yopilishi lozim bo’lgan inson a’zolari
b) qibla sifatida foydalaniladigan joyning ichkariga kirgan qismi
c) namozxonning oldidan biror narsa o'tmasligi uchun qo'yilgan to'siq.

8. Islomning moliyaviy ibodati  dinning qaysi rukni?
a) Haj
b) Zakot
c) Savdo

9. Alloh Taolo  Qur'oni Karimning  Qaysi sura- oyatida  namozdan oldin  tahorat olishni shart qildi?
a) Moida, 6-oyat
b) Niso, 43-oyat
c) A’rof, 48-oyat

10. G’uslning farzlari nechta?
a) 3 ta
b) 4 ta
c) 5 ta

11. Tayyammum qilish haqida  Qur'oni Karimning qaysi oyat surasida keladi?
a) Niso, 43-oyat
b) Moida, 6-oyat
c) A’rof, 48-oyat

12. Hadislarda qaysi namozni qazo qilinsa: "œbola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig'dir" deyilgan?
a) Bomdod
b) Asr
c) Xufton

13. Mo'minning me'roji ?
a) Namoz
b) Safar
c) Zikr

14. Dinning ustuni?
a) Iymon
b) Adolat
c) Namoz

15. Peshin namozining necha rakaati farz?
a) 4
b) 6
c) 2

16. Vitrda qaysi duo oqiladi?
a) Qunut
b) Istixora
c) Tamjid

17. Sajdaı sahv nima degani?
a) xatoni o'nglaydigan sajda.
b) Qur’ondagi sajda oyati kelganda qilinadigan sajda.
c) ixtiyoriy sajda.

18. Tayammumning farzlari nechta?
a) 2
b) 3
c) 4

19. Namozning farzlari nechta?
a) 11
b) 12
c) 10

20. Namozning nechta rukni bor
a) 5
b) 6
c) 7
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2008, 07:36:47
21. Namozning beshinchi rukni nima?
a) Ruku
b) Sajda
c) Jalsa

22. Namoz farz bo'lgan kechaning nomi?
a) Isro
b) Laylatul qadr
c) Baroat

23. Hanafiy mazhabi asoschisi, kuniyalari Abu Hanifa bo'lgan imomning ismlari?
a) No’mon ibn Bishr
b) No'mon Ibn Sobit
c) No’mon ibn Hanifa

24. Hanafiy mazhabida erkaklar namozni boshlayotganlarida barmoqlarini quloqlarining yumshoq joyiga tekkazishlari nima deb ataladi?
a) Takbiri avval
b) Takbiri tahrima
c) Takbiri tasdiq

25. Qaysi namoz o'zbekchada "o'rta namoz", arabchada esa "as-solatul vusto" deb nomlanadi?
a) Asr
b) Shom
c) Jum’a

26. Jum'a namozida ikki marta azon aytish qaysi halifa davrida joriy etilgan?
a) Umar ibn Xattob
b) Usmon Ibn Affon
c) Ali ibn Abu Tolib

27. Namoz arabchada nima deb ataladi?
a) Siyam
b) Vuzu’
c) Solat

28. Bomdod namozi arab tilida nima deb ataladi?
a) Fajr
b) Zuhr
c) Mag’rib

29. Choshgoh paytida o'qiladigan nafl namozi?
a) Zuho
b) Jum’a
c) Ishroq

30. Quyosh chiqqandan keyin o'qiladigan nafl namozi?
a) Ishroq
b) Zuho
c) Istixora

31. Imom Shofe'iy Imom Abu Hanifaning qabrlarini ziyorat qilgani kelganlarida qaysi mazhabda namoz o'qidilar?
a) Shofe’iy
b) Hanbaliy
c) Hanafiy

32. Inson biror ishni qilish yoki qilmasligini bilmay qolgan paytida o'qiladigan nafl namozi?
a) Ishroq
b) Istixora
c) Istisqo

33. Masjiddagi namozxonlarni safga turishga chorlash uchun aytiladigan maxsus takbir?
a) Iqomat
b) Azon
c) Talbiya

34. Masjidga kirganda o'qiladigan 2 rakat nafl namozi?
a) Kusuf
b) Tahiyot
c) Shukr

35. Namozda Fotiha surasidan oldin o'qiladigan duo?
a) Sano
b) Tashahhud
c) Salovot

36. Namozdagi holat, unda "Subhana Robbiyal 'Aala (yani: hammadan ustun robbim har nuqsondan pokdir)" kalimasi 3 marta aytiladi?
a) Sajda
b) Ruku’
c) Jalsa

37. Namozdagi holat, unda "Subhana Robbiyal 'Aziym (yani: ulug' robbim har nuqsondan pokdir)" kalimasi 3 marta aytiladi?
a) Sajda
b) Ruku’
c) Jalsa

38. Namozdagi holat, unda sano duosi, Fotiha surasi va zam sura ketma-ket o'qiladi?
a) Qiyom
b) Sajda
c) Jalsa

39. Namozning ichida nechta farz bor?
a) 5 ta
b) 6 ta
c) 7 ta

40. Namozdan tashqarida nechta farz bor?
a) 5 ta
b) 6 ta
c) 7 ta

41. Odatda tunning ikkinchi yarmida o'qiladigan nafl namozi?
a) Vitr
b) Istixora
c) Tahajjud

42. Quyidagi kalimaning nomini ayting: All'ohumma inn'i a'uzu bika min an ushrika bika shay'an va an'a a'lam. Va astag'firuka lima l'a a'lam. Innaka anta 'all'amul g'uy'ub.
a) Kalimai Raddi Kufr
b) Kalimai Shahodat
c) Kalimai Istig'for

43. Quyidagi kalimalarning qaysi birining nomi Kalimai Toyyiba deb ataladi?
a) L'a il'aha illall'ohu vahdah'u l'a shar'ika lah, lahul mulku va lahul hamd(u) yuhy'i va yum'it(u) va huva hayyul l'a yam'ut(u), biyadihil xoyr(u) va huva 'al'a kulli shay'in qod'ir.
b) L'a il'aha illall'ohu Muhammadur ros'ulull'oh. (yani: Allohdan o'zga sig'iniladigan (iloh) yo'qdir! Muhammad Allohning rasulidir!).
c) Subh'anall'oh val hamdu lill'ah va l'a il'aha illall'ohu vallohu akbar. L'a havla va l'a quvvata ill'a bill'ahil 'aliyyil 'az'im. M'a sh'aall'ohu k'ana va m'a lam yasha'lam yakun.

44. Bir marotaba qilgan tahorat bilan qancha namoz o'qisa bo'ladi?
a) 5 mahal
b) 2 mahal
c) juda ham ko'p marotaba
 
45. Ovoz chiqarib namozda kulmoqlik tahoratni buzadimi?
a) buzmaydi
b) buzadi
c) bazi hollarda
 
46. Yomg'ir suvi bilan tahorat qilsa bo'ladimi?
a) Bo'ladi
b) Bo'lmaydi
c) Bazi hollarda

47. Namozda ikki sajda o.rtasida bir muddat o.tirish nima deyiladi
a) Qa’da
b) Jalsa
c) Qovma
 
48. Tahorat lug’atda poklik, tozalik, ozodalik ma’nolarini bildiradi. Poklik va poklanuvchilar Qur.oni karimning nechta oyatida vasf qilingan?
a) 26 oyatda
b) 114 oyatda
c) 20 oyatda

49. Quyidagi javoblardan faqat tahoratning odoblari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
a) Tahoratdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish;  qo‘l va oyoqlarni o‘ng tomondagisidan boshlash; misvok ishlatish; bo‘yinga mash tortish
b) Tahorat paytida qiblaga yuzlanish;  og‘izga o‘ng qo‘l bilan suv olish, burunga ham o‘ng qo‘l bilan suv olib, chap qo‘l bilan qoqish; tahoratdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish
c) Qo‘l va oyoqlarni o‘ng tomondagisidan boshlash;  og‘izga o‘ng qo‘l bilan suv olish, burunga ham o‘ng qo‘l bilan suv olib, chap qo‘l bilan qoqish; bo‘yinga mash tortish

50. Najosat necha xil bo‘ladi?
a) 2 xil: haqiqiy najosat (xabas), hukmiy najosat (hadas)
b) 3 xil: og‘ir najosat, yengil najosat, haqiqiy najosat (xubus)
c) Faqat hukmiy najosat

51. Abu Tolib vafotlaridan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga nisbatan qarshiliklar kuchaydi. U zot sallallohu alayhi vassallam Ka’batulloh yonida namoz o’qiyotgan vaqtlarida boshlariga tuyaning qornini tshlagan mushrik kim?
a) Abu Jahl.
b) Uqba ibn Mu’ayt.
c) Umayya ibn Xalaf.

52. Huzun yili Makka davrining nechanchi yiliga to'g'ri keladi?
a) 10 yili
b) 9 yili
c) 11 yili
 
53. Payg'ambarimiz (s.a.v) Aqoba tepaligida Madinaliklar bilan necha marta uchrashdilar?
a) 3 marta
b) 2 marta
c) 4 marotaba
 
54. Payg’ambar SAV ning Toifga hijratlaridan maqsad nima edi?
a) Qarindoshlarini ziyorat qilish va musulmonlar holidan habar olish
b) Islomni da’vat qilish va musulmon bo’lsalar himoyalariga kirish
c) Toif musulmonlariga dalda bo’lish, dushmanga qarshi birgalikda kurash

55. Payg’ambar SAV Toif halqini qancha vaqt da’vat qiladilar
a) 40 kun
b) 1 oy
с) 10 kun

56. Jinlar qaysi joyda payg’ambar SAV  ga iymon keltirib musulmon bo’ladilar.
a) Nahla vodiysida
b) Hiro g’orida
c) Kabada

57. Me’roj kechasida Payg’ambarimiz SAVga Baqaro surasining qaysi oyatlari nozil bo’lgan
a) 1-2-oytalar
b) 285-286-oyatlar
c) 255-oyat

58. Payg’ambarimiz SAV Me’rojga chiqqanlarida necha yoshda edilar
a) 43
b) 42
c) 45

59. Toif ahlining Payg’ambar (s.a.v) da’vatlariga munosabati qanday bo’ldi?
a) 80 % Toif ahli imon keltirdi
b) Hammalari imon keltirmasada da’vatni davom ettirishga e’tiroz bildirmadilar
c) Keskin munosabatda bo’lib, Toifdan quvdilar

60. Payg'ambarimiz s.a.v.ning Hadicha onamizdan tug'ilgan farzandlarining ismlari to'g'ri berilgan qatorni ko'rsating.
a) Qosim, Tohir, Tayyib, Ibrohim. Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum va Fotima.
b) Qosim, Tohir, Tayyib. Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum va Fotima.
c) Qosim, Tohir, Maysara, Ibrohim, Zaynab, Ummu Gulsum va Fotima.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2008, 07:41:41
61. Payg'ambarimiz s.a.v ning Moriya ismli cho'rilaridan ko'rgan farzandlarining nomi qaysi qatorda berilgan?
a) Ruqiya
b) Tayyib
c) Ibrohim

62. Dinimizga "Islom" nomini kim qo'ygan?
a) Ibrahim AS
b) Muhammad SAV
c) Alloh subhonahu va taolo

63. Islomning ilk davrda Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning uch yillik mujodalalaridan so’ng necha kishi islomni qabul qilgan edi?
a) 40 kishi     
b) 30 kishi     
c) 70 kishi

64. Rasulullohga SAV ko‘p aziyat yetkazuvchi bir guruh bo‘lib, ochiqdan-ochiq haqoratlab ozor bergani uchun ular masxara qilguvchilar, deyilardi. Bu kimsalarning boshlig‘i  Abu Jahl Amr ibn Hishom ibn Mug‘ira qaysi jamoadan edi?
a) Zuhra   
b) Mahzum   
c) Salmiy

65. Payg'ambarimiz SAV Qurayshni jamlab, "Ey banu Abdu Shams, ey banu Abdu Manof... deb yaqin qarindoshlarini jahannam azobidan ogoh qilayotgan vaqtlarida o'z farzandlaridan kimning nomini ataganlar?
a) Ummu Gulsum
b) Qosim
c) Fotima

66. Quyidagi suhbat qaysi podshoh bilan qurayshiylar orasida bo'lib o'tagan?
"Muhammad payg'ambarlik da'vosini qilishdan oldin yolg'onchiligi uchun hech malomatga uchraganmidi?" deb so'raganda u: "Yo'q", deb javob qaytargan. "Muhammad odamlarga yolg’on so'zlamagan ekan, demak Xudoga yolg'onchilik qilishi mumkin emas".
a) Najoshiy bilan Abu Sufyon
b) Kisrav bilan Amr ibn Os
c) Kisro bilan Abu Sufyon

67. Alloh bandalaridan tavbani qaysi vaqtgacha qabul qiladi?
a) kechani uchinchi qismigacha
b) qabrga kirgunlaricha
c) g'arg'ara kelgunicha

68. Abu Bakr (r.a) haqiqiy ismlari nima?
a) Abdulloh
b) Usmon
c) Kuhofa

69. Ikkinchi Habash hijratiga kim boshchilik qildi?
a) Jafar (r.a)
b) Ali (r.a)
c) Umar (r.a)

70. Uchinchi Aqoba muloqotida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bo’lib, u zot himoyasi uchun so’zga chiqqan kim edi?
a) Abu Bakr
b) Abbos
c) Hamza

71. Hijratdan aval Rasuli Akramni (s.a.v) o'ldirish fikri kimdan chiqdi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Umayya ibn Halaf

72. Rasululloh s.a.v.ning qaysi amakilari "Siqoya" , ya'ni hojilarga suv tarqatuvchilik lavozimini egallagan edi?
a) Abbos
b) Hamza r.a.
c) Abu Lahab

73. "Dorunnadva" deb ataladigan, xalqning muhim masalalari hal etiladigan joy kim tomonidan qurilgan edi?
a) Rasululloh s.a.v. ning bobolari Abdulmuttalib
b) Barcha Makka zodagonlari tomonidan
c) Rasululloh s.a.v ning katta bobolari Qusay

74. Madinaga hijratning boshlanishi Makka davrining nechanchi yiliga to'g'ri keladi?
a) 11 yilliga
b) 12 yilliga
c) 13 yilliga

75. Rasululloh SAV va Abu Bakr r.a. do'st g'orda ekanliklarida kim ularga tuyalarini olib kelishi kerak edi?
a. Abdulloh ibn Urayqit
b. Abdulloh ibn Abu Bakr
c. Amr ibn Fuxayro

76. Makkadan kelgan muhojirlar qaysi qishloqda joylashdilar?
a) Avoil
b) Aqoba
c) Savr

77. Qurayshlik kofirlar tomonidan Payg.ambar s.a.v va Abu Bakr Siddiqni tutib keltirgan kishiga va.da qilingan mukofot qancha edi?
a) Besh yuz tuya
b) Yuz tuya
c) Ikki yuz tuya

78. Islom bayrog.ini ko.targan birinchi baxtli inson kim?
a) Burayda
b) Umar r.a
c) Hamza r.a

79. "œHijrat" so’zining ma’nosi nima?
a) O’z yurtini tashlab chiqib ketish
b) Shirk yurtidan islom yurtiga ko’chib o’tish
c) Dushmanlarni tashlab do’stlar tomon ketish

80. Madinaga yetib qolganlarida "Omiym" degan joyda kimlar Rasululloh s.a.v bilan uchrashib Islomni qabul qilishadi
a) Burayda ibn Husayn va uning odamlari
b) Abu Ma'bad va uning oilasi
c) Kulsum ibn Hidm va uning oilasi

81. Hijratning birinchi yilida Masjid an Nabiyga Ahl As-Suffah deya nomlangan odamlar guruhi kelgan ular kimlar bo'lgan?
a) Bevosita Payg’ambar alayhissalomdan ilm olish uchun kelgan musofir talabalar
b) Na boshpanasi na puli bo'lgan bechora odamlar guruhi
c) Jihodda oldi safda bo’ladigan bahodir askarlar guruhi

82. An-Nisa surasining 100 oyati qaysi insonning o'limi tufayli nozil bo'lgan?
a) As’ad ibn Zurora
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Damrah Bin Jundub

83. Ansorlar diniy birodarlarini qarindosh urug’laridan ko’ra a’loroq ko’rishar edi.Parvardigor hashr  surasini nechanchi oyatida bu haqida ta’rifladi?
a) 9- oyati.
b) 1-2 oyati.
c) 20-oyat.

84. Tavrotni o’qigan otasi: "Chiqadigan bu payg’ambar Horun avlodidan bo’lsa, unga iymon keltiraman va uni qo’llab quvvatlayman, aks holda inkor etaman" - degan qaysi sahobiyning otasi edi?
a) Anas ibn Molik.
b) Abdulloh ibn Salom.
c) Muoz ibn Afro.

85. Bir kecha uyqu —uyg’oq oralig’ida bir kishi ko’rinib "œmo’minlarni namozga chaqirur bo’lsang mana shu so’zlarni aytib qichqirgil" deb  azon kalimalarini ikki martadan qaytarib ta’lim qilingan qaysi sahobiy edi.
a) Bilol ibn Raboh.
b) Umar ibn Hattob
c) Abdulloh ibn Zayd.

86. Rosululloh(s.a.v)ni  siyratlari va sifatlarini eshitib va  shularni tekshirib ko’rmoqchi bo’lgan sahoba kim edi?
a) Abulloh ibn Salom.
b) Salmon Forsiy.
c) Sobit ibn Qays.

87. Duo qunutni paydo bo’lishiga nima ko’proq sabab edi?
a) Rosululloh eson omon Madinaga yetib olganliklari uchun va ansorlarni haqqiga qilgan duolari.
b) Payg’ambar alayhissalom hijrat qilolmay qolganlarni  mushkullarini oson qilish uchun duoni o’qir edilar.
c) Tinchlik hotirjamlik tilab o’qir edilar.

88. Tayammum g'usl va tahorat o'rniga o'tadimi?
a) Tahorat o'rniga o'tadi.
b) Tahorat va g'usl o'rniga
c) G'us’l o'rniga

89. Qanday hollarda tayammum qilsa bo'ladi?
a) Suv 1 mil uzoqlikda bo'lganda, kasalik va havo sovuq bo'lishi.
b) Dushmandan havf bo'lganda.
c) Hamma javoblar to'g'ri.

90. Tayammum qilgan holda qancha vaqt namoz o'qisa bo'ladi?
a) Hohlagan miqdorda
b) faqat bir mahal
c) faqat 5 mahal

91. Qanday amallar tayammumni sindiradi?
a) tahoratni sindiradigan barcha amallar
b) tanadan yiring oqishi.
c) tanadan qon oqishi.
 
92. G'uslning farzi nechta?
a) 3 ta
b) 2 ta
c) 4 ta
 
93. Qanday kunlarda g'usl qilmoq sunnat?
a) Juma kuni, arafa kuni
b) 2 iyd kuni
c) Ehrom bo'g'lagan kun
d) Ularning hammasi to'g'ri
 
94. G’uslni vojib qiluvchi narsalar nechta?
a) 9 ta
b) 8 ta
c) 7 ta

95. G’uslda makruh bo’lgan amallar nechta?
a) 6 ta
b) 7 ta
c) 8 ta
Manba kifoya (sharhi Muxtasar viqoya)

96. Qaysi o’rinda Tahorat va g’usl qilib bo’lmaydigan suvlar to’g’ri ko’rsatilgan?
a) O’simlik va mevalardan siqib olingan suvlarda, qurbat uchun ishlatilgan suvlarda, betahoratlikni ketkazish uchun ishlatilgan suvlarda.
b) O’simlik va mevalardan siqib olingan suvlarda, yomg’ir suvida, betahoratlikni ketkazish uchun ishlatilgan suvlarda.
c) Nomi suv borki hammasini ishlatsa bo’ladi.

97. Agar quduqdagi  suvga tovuqga o’xshagan narsa tushib o’lib qolsa qancha suv olib tashlanadi?
a) suvni hammasi olib tashlanadi.
b) 40 -60 paqirgacha suv olib tashlanadi.
c) Tahmin qilinadi.

Munira xonim, Diydor, Muslima, Noza, Maryam Isabayeva, KWL, Farhod Isroilov, Dilmurod Majidov, Muhammad Ibrohim, Anisa, Asadulloh, Abdulloh90, Lolo, Sarah Mann,Olimxon, Muxsina, Alisher Abdullayev, Robiya savollaridan foydalanildi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2008, 11:46:36
Bismillahir rohmanir rohiym.

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ DINIMIZNI BILAMIZMI? - 2 BOSQICH

(http://ziyouz.com/images/bib2_1.jpg)

Avvalroq "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 1-bosqichi yakunlangani va g'oliblar haqida xabar bergan edik. Viktorina juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Ramazon oyi munosabati bilan viktorinamizning 2-bosqichini ham e'lon qilishga qaror qildik.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 2-bosqichi 2008 yil 5 sentabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni PM yoki e-mail orqali jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Ikkinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Madina davri: Urushishning shar'iylashishi. Badr g'azoti

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2008, 07:32:47
II-BOSQICH
1-tur: Madina davri: Urushishning shar'iylashishi. Badr g'azoti

1. Alloh taolo Ramazon ro’zasini qaysi yili farz qilgan?
a) hijratning 1-yili.
b) hijratning 2-yili.
c) hijratning 3-yili.

2. Sariyya nima?
a) Alloh uchun, Payg’ambar SAV bilan birga g’azotga otlanish.
b) Tijoriy maqsadda o’z mulkini himoya qilish uchun qurolli tarzda safarga chiqish.
c) Payg’ambar SAV shaxsan o’zlari ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishi.

3. Rasululloh SAV nechta g’azotda ishtirok erganlar?
a) 15 ta
b) 19 ta
c) 24 ta

4. Ilk g’azot qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Badr
b) Abvo
c) Buvot

5. Badr g’azoti qaysi oyda bo’lib o’tgan?
a) Rajab.
b) Sha’bon.
c) Ramazon.

6. Musulmonlar bilan mushriklar o’rtasida bo’lgan eng ulug’ g’azot Badr g’azotida musulmonlardan necha kishi ishtirok etgan? Va ularning qanchasi ansoriy,qanchasi muhojir bo’lgan?
a) 500 ta, 300 ta ansoriy va 200 ta muhojir.
b) 313 ta, 240 ta ansoriy va 73 ta muhojir.
c) 220 ta, 180 ta ansoriy va 40 ta muhojir.

7. Alloh taolo Badr urushi bo’lib o’tgan kunni qanday nomlagan?
a) Furqon kuni.
b) Intiqom kuni.
c) Imtihon kuni.

8. Alloh taolo urushga amr qilgan ilk oyatlari qaysi surada ?
a) "œHaj" surasi, 39-40.
b) "œBaqara" surasi, 194.
c) "œTavba" surasi, 36.

9. «Endi qaytaverar ekansizlar. O’zingizni Yasrib (Madina) ahliga qatl ettirmangiz. Endi sizlarga ehtiyoj yo‘q. Karvon va mol mulkingizni himoya qilish uchun chiqqan edingiz, Alloh ularni qutqardi», deya Qurayshni urushni tark etishga da’vat etgan kim edi?
a) Abu Sufyon.
b) Utba ibn Robia.
c) Hakim ibn Hazom.

10. Rasululloh SAV musulmonlar bilan Badr g’azotiga chiqqanlarida, Madinaga kimni voliy qilib qoldirganlar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum.
b) Usmon ibn Affon.
c) Ka’bul Ahbor.

11. Bu ulug’ g’azotga Quraysh ulug’laridan faqat bir kishi chiqmagan. U kishi kim?
a) Abul Hakam.
b) Abu Lahab.
c) Abu Sufyon.

12. Bu g’azotda musulmonlar bayrog’ini kim ko’targan?
a) Ali ibn Abu Tolib.
b) Umar ibn Xattob.
c) Mus’ab ibn Umayr.

13. Rasululloh SAV Badr g’azoti boshlanishidan oldin, musulmonlarga ikki guruhdan birini, ya’ni o’lja bilan kelayotgan karvon bilan yoki Makkadan chiqqan mushriklar bilan urushishni tanlashni aytganlarida:"Allohni buyurganini qiling, biz siz qayerga boshlasangiz boramiz...." deb, Rasulullohni SAV xursand qilgan sahobiy kim?
a) Umar ibn Xattob.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Miqdod ibn Asvad.

14. Mushriklardan Utba, Shayba va Validlar yakkama-yakka olishuvga chaqirganlarida dastlab kimlar chiqdilar?
a) Avf ibn Horis, Muavvaz ibn Horis, Abdulloh ibn Ravoha.
b) Hamza ibn Abdulmuttalib, Ali ibn Abu Tolib, Ubayda ibn Horis.
c) Abu Huzayfa, Zubayr ibn Avvom, talha ibn Ubaydulloh.

15. Hazrat Muhammad SAV Urush maydoni ustida xurmo yog’ochi shoxlaridan yasalgan soyabonda urushni kuzatdilar. U kishiga kim qorovullik qilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Zubayr ibn Avvom.

16. Rasululloh SAV Islom va musulmonlarga yetkazgan ozori tufayli qaysi Quraysh mushriklarini duoibad qilgan edilar?
a) Shayba ibn Rabi’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbani Abu Jahl ibn Hishom.
b) Abu Jahl ibn Hishom, Hakim ibn Hizom, Utba ibn Rabia, Abu Lahab.
c) Uqba ibn Abu Muoyt, Abu Jahl, Abu Lahab, Abu Sufyon.

17. Islom dushmani Abu Jahl badr janggida kimlar tomonidan o’lar holatda yarador etilgan edi?
a) Muoz ibn Afro’, Muavviz ibn Afro’.
b) Abdulloh ibn Mas’ud, hamza ibn Abdulmuttalib.
c) Baro ibn Ozib, Abdulloh ibn Jahsh.

18. Abu Sufyon boshchiligidagi karvonni qutqarish uchun o’zi chiqmasdan, o’rniga unga qarzdor bo’lgan odamni jo’natgan kim edi?
a) Abu Lahab
b) Umayya ibn Halaf
c) Os ibn Voil

19. Islom tarixidagi g’azotda o’ldirilgan birinchi shahid kim?
a) Horis ibn Suroqa.
b) Mahjo’.
c) Ubayda ibn Horis.

20. Badr g’azoti davom etayotgan vaqtda Rasulullohning qaysi qizlari vafot etadi?
a) Ruqiyya r.a.
b) Ummu Kulsum r.a.
c) Zaynab r.a.

Ushbu turda Munira xonim, Robiya va Anisaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Badr g’azotidan so’ng. Uhud g’azotining boshlanishi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2008, 21:53:39
II-bosqich 1-turning dastlabki natijalari

1.   Noza   100 ball
2.   Rohatoy   100 ball
3.   Murod Karimov   85 ball
4.   A'zam Rahimov   85 ball
5.   Farhod Isroilov   85 ball
6.   Musannif Adham   85 ball
7.   Dilmurod Majidov   80 ball
8.   Lolo   75 ball
9.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
10.   Shoira Shodmonova   70 ball
11.   Abdulloh90   70 ball
12.   Muhammad Ibrohim   70 ball
13.   Muslima Mamajonova   65 ball
14.   Robiya   65 ball
15.   Nurilla Muhammedov   45 ball
16.   Guli Iskandarova   40 ball
17.   Huzayfa_89uz   35 ball
18.   Mars   30 ball
19.   Gulmira   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2008, 21:55:32
II BOSQICH
2-tur: Badr g’azotidan so’ng.

1. Badr g’azotida Rasululloh SAV tomonidan o‘ldirilmasligi amr qilingan ikki qurayshlik kim?
a) Abbos ibn Abdulmuttalib, Abul Baxtariy
b) Hakim ibn Hazom, Sumoma ibn Molik
c) Abbos ibn Abdulmuttalib, Hakim ibn Hazom.

2. Badr jangidan so'ng yeg'ilgan o'ljalardan o’z haqini so’raganda: "Bu qilich na sening va na meningdur" - deb Rasululloh s.a.v. dan javob olgan va keyinchalik shu qilichni shaxsan Rasululloh s.a.v. hadya qilib olgan sahobiy (r.a) kim edi?
a) Sa'd inb Abu Vaqqos
b) Ali inb Abu Tolib
c) Osim ibn Sobit

3. Badr g’azotida jami bo’lib nechta sahobiy shahid bo’lganlar?
a) 9
b) 13
c) 19

4. Badr shahidlari qayerga dafn etilgan?
a) Badrga
b) Baqi’ qabristoniga
c) Usayl vodiysiga.

5. Badr g’azotida mushriklardan necha kishi o’ldirilgan?
a) 50 kishi
b) 70 kishi
c) 100 kishi.

6. Badr g’azoti asirlari haqida Rasululloh SAV sahobalardan maslahat olib, kimning fikrini ma’qulladilar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon.

7. Badr urushi asirlari ichida to’lov berishga imkoni yo’qlari uchun Rasululloh SAV qanday imkoniyat berdilar?
a) “La ilaha illalloh” deya iymon keltirsa ozod qilindi.
b) Musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo’lsa ozod qilindi.
c) Musulmonlarning bolalaridan 10 kishining savodini chiqarsa ozod qilindi.

8. Madinaga ilk bor Badr g'azoti g'alabasining xushxabarini qaysi sahobiy (r.a.) olib kelgan?
a) Zayd
b) Huzayfa
c) Abu Luboba

9. Rasululloh SAV Badr asirlari kengashidan so’ng Abu Bakr r.a.ni ko’ngilchanliklari uchun Ibrohim a.s.ga o’xshatganlar. Umar r.a. ni qaysi payg’ambarga o’xshatganlar?
a) Muso a.s.
b) Nuh a.s.
c) Yunus a.s.

10. Abu Sufyon o’g’lini asirlikdan qutqarib olish uchun qanday hiyla ishlatgan?
a) Qurayshlik bahodir yigitlardan to’rttasini Madinaga yuborib, asirlar saqlanadigan joydan o’g’lini ozod qildirdi.
b) Ka’ba ziyoratiga borgan bir ansoriyni tutib, qamab qo’ydi va o’g’liga almashtirdi.
c) O’g’liga maktub yo’llab, yolg’ondan musulmon bo’lganini aytishini ma’lum qildi.

11. Payg’ambar SAVning kuyovlari, Zaynab r.a.ning erlari, Rasululloh rostgo’yligini maqtagan kishi kim?
a) Abul Os ibn Robe’
b) Usmon ibn Affon
c) Ali ibn Abu Tolib

12. Badr urushida mushriklarning alambardori (bayroqdori) kim bo’lgan edi?
a) Abul Hakam ibn Hishom
b) Os ibn Voil
c) Soib ibn Yazid.

13. Badr asirligidan Makkaga qaytib kelib musulmon bo’lganini tan olgan, "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob bergan sahoba kim edi?
a) Valid ibn Valid.
b) Suhayl ibn Amr.
c) Abul Os ibn Robe’.

14. Qaysi g'azotda ikki iyd namozini o'qish Alloh tomonidan buyurildi?
a) Banu Qaynuqo’ g’azoti
b) Saviq g’azoti
c) Banu Qurayza g’azoti

15. Banu Qaynuqo’ g’azotini keltirib chiqargan sabab nima edi?
a) Musulmon ayolni kalaka qilgani uchun bir yahudiyni musulmon o’ldiradi, yahudiylar ham musulmonni o’ldirib, ahdni buzadilar.
b) Badr g’azotida Banu Qaynuqo’ yahudiylari ochiqdan ochiq musulmonlarga xiyonat qilib, Qurayshga yordam beradilar.
c) Musulmonlardan biri qarzini to’lolmaganligi uchun yahudiy bozorida o’ldiriladi. Xun haqi to’lashga rozi bo’lmagan yahudiylarga urush ochiladi.

16. Banu Qaynaqo' g'azotida yahudiylarning arab yerlaridan ko'chib ketishida kim vakil qilindi?
a) Ubay ibn Ka’b
b) Uboda ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Ubay

17. Banu Qaynuqo’ g’azotida musulmonlar qanday harbiy usul qo’llashdi?
a) Avval yakkama-yakka olishuv, so’ng umumiy jang.
b) Qamal qilindi.
c) Manjaniqlar orqali qal’a ichkarisiga hujum qilindi.

18. Saviq g’azoti nima uchun shunday nomlandi?
a) Bu g’azotda sahobalarning yagona yeguliklari saviq bo’lganligi bois shunday nomlanadi.
b) Mushriklarning katta karvoni Madina atrofidan Makkaga yo’l olayotgani xabari keladi. Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib, yuk yengil bo’lsin deb, ba’zi don to’la qoplarni tashlab qochishadi.
c) Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib talqon solingan qoplarni tashlab ketishadi. Bu qoplar musulmonlarga o’lja bo’ladi.

19. Ka'b ibn Ashrafni o'ldirishda hiyla ishlatgan sahobiy kim?
a) Muhammad ibn Maslama
b) Zubayr ibn Avvom
c) Abu Dujona

20. G’atafon g’azotida Payg’ambar SAVga hujum qilib, "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi?" deya hayqirgan va Rasulullohning shijoatlarini ko’rib musulmon bo’lgan qavm rahbari kim edi?
a) Du’sur
b) Ibn Afk
c) Tufayl ibn Amr.

Ushbu turda A'zam Rahimov, Robiya, Anisa, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Uhud g’azoti qissasi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 18 Sentyabr 2008, 22:15:42
II - bosqich 1-turning so'nggi natijalari.

1.   Noza   100 ball
2.   Rohatoy   100 ball
3.   Dilnoza Mirsaidova   95 ball
4.   Rayyona Usmonova   95 ball
5.   Anisa   90 ball
6.   Akbar   90 ball
7.   Murod Karimov   85 ball
8.   A'zam Rahimov   85 ball
9.   Farhod Isroilov   85 ball
10.   Musannif Adham   85 ball
11.   Dilmurod Majidov   80 ball
12.   Muhammad Sobirov   80 ball
13.   Aziza Mannopova   80 ball
14.   Lolo   75 ball
15.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
16.   Shoira Shodmonova   70 ball
17.   Abdulloh90   70 ball
18.   Muhammad Ibrohim   70 ball
19.   Jahongir Qurbonov   70 ball
20.   Muslima Mamajonova   65 ball
21.   Robiya   65 ball
22.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
23.   Iqbol G'afforov   55 ball
24.   Nurilla Muhammedov   45 ball
25.   Guli Iskandarova   40 ball
26.   Huzayfa_89uz   35 ball
27.   Mars   30 ball
28.   Gulmira   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 18 Sentyabr 2008, 22:18:12
II-bosqich 2-turning dastlabki natijalari.

1.   Dilnoza Mirsaidova   100 ball
2.   Murod Karimov   100 ball
3.   A'zam Rahimov   100 ball
4.   Dilmurod Majidov   100 ball
5.   Shoira Shodmonova   100 ball
6.   Abduvohid Ahmadaliyev   100 ball
7.   Noza   95 ball
8.   Rohatoy   95 ball
9.   Rayyona Usmonova   95 ball
10.   Musannif Adham   95 ball
11.   Lolo   95 ball
12.   Jahongir Qurbonov   95 ball
13.   Muslima Mamajonova   95 ball
14.   Aziza Mannopova   90 ball
15.   Abdulloh90   90 ball
16.   Farhod Isroilov   60 ball
17.   Mars   40 ball
18.   Guli Iskandarova   35 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 18 Sentyabr 2008, 22:19:56
II-bosqich 1-2- turning umumiy natijalari.

1.   Dilnoza Mirsaidova   195 ball
2.   Noza   195 ball
3.   Rohatoy   195 ball
4.   Rayyona Usmonova   190 ball
5.   Murod Karimov   185 ball
6.   A'zam Rahimov   185 ball
7.   Dilmurod Majidov   180 ball
8.   Musannif Adham   180 ball
9.   Shoira Shodmonova   170 ball
10.   Lolo   170 ball
11.   Aziza Mannopova   170 ball
12.   Jahongir Qurbonov   165 ball
13.   Muslima Mamajonova   160 ball
14.   Abdulloh90   160 ball
15.   Farhod Isroilov   145 ball
16.   Abduvohid Ahmadaliyev   100 ball
17.   Anisa   90 ball
18.   Akbar   90 ball
19.   Muhammad Sobirov   80 ball
20.   Guli Iskandarova   75 ball
21.   Mars   70 ball
22.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
23.   Muhammad Ibrohim   70 ball
24.   Robiya   65 ball
25.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
26.   Iqbol G'afforov   55 ball
27.   Nurilla Muhammedov   45 ball
28.   Huzayfa_89uz   35 ball
29.   Gulmira   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 18 Sentyabr 2008, 22:24:46
II BOSQICH
3-tur: Uhud g’azoti qissasi

1. Uhud g’azoti avvalida Rasululloh SAV majlis o’tkazganlarida u zot qanday taklifni aytgandilar?
a) Madina tashqarisida pistirmada turib, Qurayshga hujum qilish.
b) Madinadan chiqmasdan to’siqlar hosil qilib, dushman bostirib kelsa, tor ko’chalarda urush qilish.
c) Ular Uhudga yetganlarida u yerdagi qulay joydan tog’ va vodiydan hujum qilish.

2. Rasululloh SAV Uhud jangidan avval tush ko’rdilar. Tushlarida qilichlarining labida bir oz kemtik paydo bo‘libdi. Bir sigir so‘yilayotgan emish va qo‘llarini bir mustahkam qalqonga tiqayotgan emishlar. Ul zot qilichlaridagi kemtikni nimaga yo’ydilar?
a) Ahli baytlaridan birovining o‘limiga
b) Sahobalaridan bir nechalarining o‘ldirilishiga
c) Kelgusidagi urushda musulmonlarning mag’lubiyatiga.

3. Madinadan chiqib, Uhudga qarab ketayotganlarida, munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay askarlarning  qancha qismini ortga qaytardi?
a) Beshdan birini
b) To’rtdan birini
c) Uchdan birini

4. Musulmonlar qo’shinida nechta otliq va kamonchi bor edi?
a) 50 ta otliq, 50 ta kamonchi
b) 30 ta otliq, 60 ta kamonchi
c) 40 ta otliq, 40 ta kamonchi

5. Uhud g’azotida Quraysh qo’shini soni qancha edi?
a) 2000 ta
b) 3000 ta
c) 4000 ta

6. Quraysh qo’shinining ikki qanot qo’mondonlari kim edi?
a) Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl
b) Safvon ibn Umayya, Abu Sufyon ibn Xoris
c) Utba ibn Abi Vaqqos, Ubay ibn Ka’b.   

7. Uhud urushida eng yosh jangchilar necha yoshda bo’lgan?
a) 10 yosh
b) 15 yosh
c) 17 yosh

8. Payg’ambar SAV Uhud urushi vaqtida Madinada qolganlarga jamoat namozini o’qib berib turishni qaysi sahobiyga topshiradilar?
a) Usmon ibn Affon
b) Bilol ibn Raboh
c) Abdulloh ibn Ummu Maktub

9. Quraysh qabilasida odamlarni jangga shijoatlantirgan, Uhud urushi tashkilotchisi qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Abu Sufyon ibn Harb
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
 
10. O'z xo'jasidan: "Agar bu urushda Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirur bo'lsang, sen ozodsan" degan va'dani olgan qulning ismi?
a) Vahshiy
b) Kilob
c) Sulaym

11. Uhud g'azotida quraysh qo'shini qochmasligi uchun askar boshliqlari qanday chora qo'llaganlar?
a) Ortga qochganlar o’ldirilishga mahkum qilindi.
b) Xotinlarini birga olib ketganganlar.
c) Urushga ketgan qurayshiylarning mol-dunyo va bola-chaqalari garovga qo’yildi.

12. Uhud g'azotida qurayshlar qo'shini piyoda askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Safvon ibn Umayya
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl

13. Rasululloh SAV umr bo'yi qilgan g'azotlarida birgina kishini o'ldirganlar. U kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Uqba ibn Abu Muoyt
c) Safvon ibn Umayya

14. Tosh otib Rasululloh SAVning tishlarining birini sindirgan kofir kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Utba ibn Abi Vaqqos
c) Safvon ibn Umayya

15. Uhud g'azoti qissasi asosan Qur’oni karimning qaysi surasida keltirilgan?
a) Baqara surasida
b) Oli Imron surasida
c) Fath surasida

16. Uhud g'azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo'lgan?
a) 50
b) 70
c) 80

17. Uhud kuni Rasululloh SAVni himoya qilib necha kishi shahid bo’ldi?
a) Yetti kishi
b) To’qqiz kishi
c) O’n bir kishi

18. Uhud shahidlari qayerga dafn etildilar?
a) Madinadagi Baqi’ qabristoniga
b) Uhudning o’zida, jon taslim qilgan joylariga
c) Hamroul Asad vodiysiga

19. Uhud kuni musulmonlar adashib qaysi sahobaning otasini o’ldirib qo’yadilar?
a) Huzayfa ibn Yamon.
b) Talha ibn Ubaydulloh.
c) Abu Talha al-Ansoriy

20. Jang tugagandan so’ng Rasululloh SAV qurayshiylarni kuzatib xabar yuborish uchun kimni jo’natdilar?
a) Zubayr ibn Avvomni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Talha ibn Ubaydullohni

Ushbu turda Muslima Mamajonova, Muhammad Ibrohim, Anisa, Robiya, A'zam Rahimov, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Uhud g’azoti qahramonlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 19 Sentyabr 2008, 07:05:36
II BOSQICH
1-tur: Madina davri: Urushishning shar'iylashishi. Badr g'azoti
Javoblar va izohlar

1. Alloh taolo Ramazon ro’zasini qaysi yili farz qilgan?
a) hijratning 1-yili.
b) hijratning 2-yili.
c) hijratning 3-yili.
To’g’ri javob: hijratning 2-yili.
Izoh: Ikkinchi hijriy sanada Alloh taolo musulmonlarga Ramazon oyi ro‘zasini tutishni farz qildi. (“Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

2. Sariyya nima?
a) Alloh uchun, Payg’ambar SAV bilan birga g’azotga otlanish.
b) Tijoriy maqsadda o’z mulkini himoya qilish uchun qurolli tarzda safarga chiqish.
c) Payg’ambar SAV shaxsan o’zlari ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishi.
To’g’ri javob: Payg’ambar SAV shaxsan o’zlari ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishi.
Izoh: Urush qilishga izn bo‘lganidan foydalanib Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dushmanlarga musulmonlar kuchini ko‘rsatish maqsadida atroflarga jangchi guruhlarni yubora boshladilar. Jang ma’nosida biror gap bo‘lmasa ham Islom jamiyatining kuchi paydo bo‘lganini boshqalarga bildirish ma’nosida shundoq qilindi. Shu bilan birga bundoq yurishlar musulmon jangchilar uchun mashq vazifasini o‘tar, Makkadan kelgan muhojir jangchilar uchun yangi yerlar bilan tanishish va ansoriylar bilan birgalikda o‘zaro tushungan holda harakat qilishni o‘rganish mashqlari ham edi. Ana shundoq jangchi guruhlarni yuborishni «sariyya» deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlari shaxsan ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishiga «sariyya» deyiladi. (“Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

3. Rasululloh SAV nechta g’azotda ishtirok erganlar?
a) 15 ta
b) 19 ta
c) 24 ta
To’g’ri javob: 19 ta
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qiladilarki, Abu Ishoq bunday debdurlar: «Men Zayd ibn Arqamning yonlarida erdim. Ul kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha gazotda ishtirok qilganlar?»—deb so‘rashdi. Zayd: «19 ta»,— dedilar. Zayddan yana so‘rashdi: «Siz Rasululloh birlan necha gazotda birga bo‘lgansiz?». Ul kishi: «17 tasida»—deb javob qildilar». (“Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy).

4. Ilk g’azot qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Badr
b) Abvo
c) Buvot
To’g’ri javob: Abvo.
Izoh: Abvo ilk g’azot hisoblanib, unda Rasululloh (s.a.v.) 70 da muhojir ishtirokida Quraysh karvoniga yo’liqish maqsadida  chiqqanlar. Biroq to’qnashuv sodir bo’lmagan. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor).

5. Badr g’azoti qaysi oyda bo’lib o’tgan?
a) Rajab.
b) Sha’bon.
c) Ramazon.
To’g’ri javob: Ramazon.
Izoh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Madinai Munavvaraga hijratlarining ikkinchi yili, aniqrog‘i, hijratdan o‘n to‘qqiz oy o‘tib, Ramazon oyida katta Badr urushi bo‘ldi. (“Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

6. Musulmonlar bilan mushriklar o’rtasida bo’lgan eng ulug’ g’azot Badr g’azotida musulmonlardan necha kishi ishtirok etgan? Va ularning qanchasi ansoriy,qanchasi muhojir bo’lgan?
a) 500 ta, 300 ta ansoriy va 200 ta muhojir.
b) 313 ta, 240 ta ansoriy va 73 ta muhojir.
c) 220 ta, 180 ta ansoriy va 40 ta muhojir.
To’g’ri javob: 313 ta, 240 ta ansoriy va 73 ta muhojir.
Izoh: Ramazon oyining uchinchi kuni uch yuz o‘n uch kishi quraysh mushriklari yetkazgan ozoru kulfatlar uchun o‘ch olgani yurish qildi. Ularning ikki yuz qirqdan ko‘prog‘i ansorlardan, qolgani muhojirlar bo‘lib, ixtiyorlaridagi ikkita ot bilan yetmish tuyani galma-galdan minishardi. (“Tarixi Muhammadiy”, “Nurul yaqiyn”)

7. Alloh taolo Badr urushi bo’lib o’tgan kunni qanday nomlagan?
a) Furqon kuni.
b) Intiqom kuni.
c) Imtihon kuni.
To’g’ri javob: Furqon kuni.
Izoh: Nafaqat Islom tarixida, balki butun insoniyat tarixida Badr urushining ahamiyati nihoyatda kattadir. Bu urush bo‘lib o‘tgan kunni Alloh taolo «Furqon kuni»-haq bilan botilni farq qiladigan kun, deb nomlagan. (“Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

8. Alloh taolo urushga amr qilgan ilk oyatlari qaysi surada?
a) “Haj” surasi, 39-40.
b) “Baqara” surasi, 194.
c) “Tavba” surasi, 36.
To’g’ri javob: “Haj” surasi, 39-40.
Izoh: Hijratdan keyin Olloh taolo musulmonlarning quraysh mushriklari bilan urushishiga izn berib, Haj surasining 39-40-oyatlarini nozil qildi: "Mushriklarning zulmiga uchragani uchun musulmonlar ular bilan urushishiga ruxsat beriladi. Olloh Islom dinini qabul qilgani uchungina yurtidan nohaq haydab chiqarilgan musulmonlarga yordam berishga qodirdir”. (“Tarixi Muhammadiy”, “Nurul yaqiyn”)

9. «Endi qaytaverar ekansizlar. O’zingizni Yasrib (Madina) ahliga qatl ettirmangiz. Endi sizlarga ehtiyoj yo‘q. Karvon va mol mulkingizni himoya qilish uchun chiqqan edingiz, Alloh ularni qutqardi», deya Qurayshni urushni tark etishga da’vat etgan kim edi?
a) Abu Sufyon.
b) Utba ibn Robia.
c) Hakim ibn Hazom.
To’g’ri javob: Abu Sufyon.
Izoh: Ularning huzuriga Abu Sufyonning chopari Qays ibn Imruil Qays kelib, karvonlari qutulib ketganini bildirdi va: «Endi qaytaverar ekansizlar. O’zingizni Yasrib (Madina) ahliga qatl ettirmangiz. Endi sizlarga ehtiyoj yo‘q. Karvon va mol mulkingizni himoya qilish uchun chiqqan edingiz, Alloh ularni qutqardi», dedi. Ular har qancha urinmasin, qurayshliklarni ortga qaytishga ko‘ndira olmadi. (“Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”)

10. Rasululloh SAV musulmonlar bilan Badr g’azotiga chiqqanlarida, Madinaga kimni voliy qilib qoldirganlar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum.
b) Usmon ibn Affon.
c) Ka’bul Ahbor.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom qurayshlarning katta karvoni Shomga ketganini bilardilar. Karvon orqaga qaytayotganidan xabar topib, sahobalarni safarga otlantirdilar: "Karvonning yo‘lini to‘sib chiqinglar. Olloh bu karvonni sizlarga marhamat qilishi mumkin". Ba’zilar darrov yo‘l hozirligini ko‘rdi, ba’zi birovlar rasululloh bari bir ular bilan urushmaydilar, degan o‘yda o‘z yumushlari bilan mashg‘ul bo‘laverdilar. Sarvari olam ot-ulovini shaylaganlarni yonlariga olib, boqi-beg‘amlarni kutmasdan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. (“Tarixi Muhammadiy”, “Nurul yaqiyn”)

11. Bu ulug’ g’azoga Quraysh ulug’laridan faqat bir kishi chiqmagan. U kishi kim?
a) Abul Hakam.
b) Abu Lahab.
c) Abu Sufyon.
To’g’ri javob: Abu Lahab.
Izoh: Abu Sufyon payg‘ambar alayhis-salom karvonning yo‘lini to‘sib chiqqanlarini eshitib, darrov Makkaga odam jo‘natdi. Bu gapdan xabar topgan qiziqqon qurayshlar o‘z karvonini asrash uchun (Abulahab ibn Abdul Muttalibdan boshqa hamma) yo‘lga otlandi. Abulahab o‘z o‘rniga Os ibn Hishom ibn Mug‘irani jo‘natdi. (“Tarixi Muhammadiy”, “Nurul yaqiyn”)

12. Bu g’azotda musulmonlar bayrog’ini kim ko’targan?
a) Ali ibn Abu Tolib.
b) Umar ibn Xattob.
c) Mus’ab ibn Umayr.
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr.
Izoh: Ramazon oyining uchinchi kuni uch yuz o‘n uch kishi quraysh mushriklari yetkazgan ozoru kulfatlar uchun o‘ch olgani yurish qildi. Ularning ikki yuz qirqdan ko‘prog‘i ansorlardan, qolgani muhojirlar bo‘lib, ixtiyorlaridagi ikkita ot bilan yetmish tuyani galma-galdan minishardi. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr Al-Abdari ko‘tarib olgan edi. (“Tarixi Muhammadiy”, “Nurul yaqiyn”)

13. Rasululloh SAV Badr g’azoti boshlanishidan oldin, musulmonlarga ikki guruhdan birini, ya’ni o’lja bilan kelayotgan karvon bilan yoki Makkadan chiqqan mushriklar bilan urushishni tanlashni aytganlarida:”Allohni buyurganini qiling, biz siz qayerga boshlasangiz boramiz....” deb, Rasulullohni SAV xursand qilgan sahobiy kim?
a) Umar ibn Xattob.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Miqdod ibn Asvad.
To’g’ri javob: Miqdod ibn Asvad.
Izoh: Rasululloh o‘z sarkardalarini yig‘ib: "Parvardigor menga yo karvon, yo quraysh askari bilan uchrashishni havola etdi. Bu ikki ishdan qay birini tanlashni xohlaysizlar", dedilar. Maslahat chog‘ida ba’zi birovlarning o‘ljaga ega bo‘lish uchun karvonni qo‘lga kiritishdan boshqa niyati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, ba’zilar esa g‘azotga otlanganidan bexabar qolib puxtaroq tayyorgarlik ko‘rib kelishmaganidan afsuslanishdi. Ularning gapi Anfol surasining 7-oyatida bayon etilgan fikrga mos keladi: "Payti kelganda Olloh sizlarni ikki guruhdan biri bilan uchrashishingizga ruxsat bergan edi. Sizlar kuchsizlar bilan uchrashishni ixtiyor etdinglar". Miqdod ibn Asvod o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, Olloh nimani buyursa, shuni qil. Xudo haqqi biz Muso alayhis-salomga: "Sen parvardigoring bilan birga borib urushaver, biz bu yerda kutib turamiz", (Moida surasining 24-oyatida) degan bani Isroilga o‘xshab muomala qilmaymiz. Biz sen bilan birga g‘azotga boramiz. Agar bizni Barko‘lg‘amodga boshlasang ham hech ikkilanmay boraveramiz", dedi. Rasululloh unga minnatdorchilik bildirib, ansorlarining fikrini so‘radilar. (“Tarixi Muhammadiy”, “Nurul yaqiyn”)

14. Mushriklardan Utba, Shayba va Validlar yakkama-yakka olishuvga chaqirganlarida dastlab kimlar chiqdilar?
a) Avf ibn Horis, Muavvaz ibn Horis, Abdulloh ibn Ravoha.
b) Hamza ibn Abdulmuttalib, Ali ibn Abu Tolib, Ubayda ibn Horis.
c) Abu Huzayfa, Zubayr ibn Avvom, talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob: Avf ibn Horis, Muavvaz ibn Horis, Abdulloh ibn Ravoha.
Izoh: Shundan keyin Utba ibn Robi’a ukasi Shayba va o‘g‘li Valid bilan oldinga chiqib, musulmonlarni yakkama-yakka olishuvga chaqirdi.
Ularning qarshisiga ansoriylardan uch yigit-Horisning o‘g‘illari Avf va Muavvaz hamda Abudulloh ibn Ravohalar chiqishdi. Mushriklar:
«Sizlar kimsizlar?» deb so‘rashdi.
«Biz ansoriylarmiz», deb javob berishdi ular.
«Bizning sizlar bilan ishimiz yo‘q!» dedi mushriklar.
So‘ngra: ulardan biri:
«Ey, Muhammad! Bizga o‘z qavmimizdan bizga teng keladigan tuzukroq odamni chiqar!» deb baqirdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ey, Ubayda ibn Horis, tur! Ey, Hamza, tur! Ali, sen ham tur!» dedilar. (“Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”)

15. Hazrat Muhammad SAV Urush maydoni ustida xurmo yog’ochi shoxlaridan yasalgan soyabonda urushni kuzatdilar. U kishiga kim qorovullik qilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Zubayr ibn Avvom.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq.
Izoh: Shuning bilan urush maydoni ustida qarab turgudek bir egik tepa ustiga xurmo yog’ochi shoxlaridan soyabon yasadilar. Rasululloh ul joyga chiqib o’ltirdilar. Abu Bakr Siddiq qilich yalang’ochlab, boshlari ustida qorovullik qildi. ("Tarixi Muhammadiy")

16. Rasululloh SAV Islom va musulmonlarga yetkazgan ozori tufayli qaysi Quraysh mushriklarini duoibad qilgan edilar?
a) Shayba ibn Rabi’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbani Abu Jahl ibn Hishom.
b) Abu Jahl ibn Hishom, Hakim ibn Hizom, Utba ibn Rabia, Abu Lahab.
c) Uqba ibn Abu Muoyt, Abu Jahl, Abu Lahab, Abu Sufyon.
To’g’ri javob: Shayba ibn Rabi’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbani Abu Jahl ibn Hishom.
Izoh: Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Ka’baga yuzlarini burib, Qurayshdan bir necha kishini — Shayba ibn Rabi’ani, Utba ibn Rabiy’ani, Valid ibn Utbani va Abu Jahl ibn Hishomni duoyi bad qildilar. Olloh taoloning nomini aytib guvohlik berurmenkim, men ularning o‘ligini ko‘rdim, kun issiqligidan sasib ketibdi» (“Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy)

17. Islom dushmani Abu Jahl badr janggida kimlar tomonidan o’lar holatda yarador etilgan edi?
a) Muoz ibn Afro’, Muavviz ibn Afro’.
b) Abdulloh ibn Mas’ud, hamza ibn Abdulmuttalib.
c) Baro ibn Ozib, Abdulloh ibn Jahsh.
To’g’ri javob: Muoz ibn Afro’, Muavviz ibn Afro’.
Izoh: Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Abu Jahlga nima bo‘lganini kim bilib keladi?» — dedilar. Ibn Mas’ud raziyallohu anhu borib, Abu Jahlni o‘lar holatda ko‘rdilar, ul Afro’ning ikki o‘g‘li (Muoz va Mu’avviz) tomonidan yarador qilingan erdi. Ibn Mas’ud: «Sen Abu Jahlmisan?»—dedilar-da, Abu Jahlning soqolidan ushladilar. Abu Jahl: «Sizlar o‘ldirgan (yoki o‘z qavmi o‘ldirgan) odamdan ko‘ra ulug‘roq kishi bormi?!»—dedi». Ahmad ibn Yunus aytgan rivoyatda «Sen Abu Jahlsan» deyilgan. (“Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy)

18. Abu Sufyon boshchiligidagi karvonni qutqarish uchun o’zi chiqmasdan, o’rniga unga qarzdor bo’lgan odamni jo’natgan kim edi?
a) Abu Lahab
b) Umayya ibn Halaf
c) Os ibn Voil
To’g’ri javob: Abu Lahab
Izoh: Abu Lahab Abu Sufyon boshchiligiagi karvonni qutqarish uchun chiqmasdan, o’rniga unga  qarzdor bo’lgan odamni jo’natgan. (“al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor”)

19. Islom tarixidagi g’azotda o’ldirilgan birinchi shahid kim?
a) Horis ibn Suroqa.
b) Mahjo’.
c) Ubayda ibn Horis.
To’g’ri javob: Mahjo’.
Izoh: Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ozod qilgan quli Mahjo’ga kamon o‘qi tegib jon berdi. Shunday qilib, u birinchi shahidlik maqomiga u erishdi. Keyin hovuzdan suv ichayotganida tomog‘iga o‘q sanchilib, Horis ibn Suroqa ham shahid bo‘ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, odamlarni shijoatlantirib:
«Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, kimda-kim sabr bilan, savob umidida oldinga intilib, ortga qochmay urush qilsa va o‘lsa, Alloh uni jannatga kiritadi!» dedilar. (“Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”)

20. Badr g’azoti davom etayotgan vaqtda Rasulullohning qaysi qizlari vafot etadi?
a) Ruqiyya r.a.
b) Ummu Kulsum r.a.
c) Zaynab r.a.
To’g’ri javob: Ruqiya r.a.
Izoh: Bu suyunchilik xabar kelgan chog‘da, Rasulullohning qizlari, hazrati Usmon ayollari Ruqiyani sahobalar endigina dafn qilishib, qabristondin qaytishmoqda edilar. Shu vaqtda xabarchilar yetishib kelib, Abdulloh ibn Ravoha qattiq qichqirib: «Ey mo‘minlar, suyunchi, Rasululloh sog‘-salomatlar, mushriklar raislaridan faloni-faloni o‘ldirildi, falon-falonlar asir olindi», dedi. ("Tarixi Muhammadiy")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Sentyabr 2008, 21:14:38
II-bosqich 2 - turning so'nggi natijalari.

1.   Dilnoza Mirsaidova   100 ball
2.   Murod Karimov   100 ball
3.   A'zam Rahimov   100 ball
4.   Dilmurod Majidov   100 ball
5.   Shoira Shodmonova   100 ball
6.   Abduvohid Ahmadaliyev   100 ball
7.   Akbar   100 ball.
8.   Noza   95 ball
9.   Rohatoy   95 ball
10.   Rayyona Usmonova   95 ball
11.   Musannif Adham   95 ball
12.   Lolo   95 ball
13.   Jahongir Qurbonov   95 ball
14.   Muslima Mamajonova   95 ball
15.   Anisa   95 ball.
16.   Aziza Mannopova   90 ball
17.   Abdulloh90   90 ball
18.   Muhammad Sobirov 70 ball
19.   Farhod Isroilov   60 ball
20.   Mars   40 ball
21.   Guli Iskandarova   35 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Sentyabr 2008, 21:21:53
II-bosqich 3-turning dastlabki natijalari.

1.   Dilnoza Mirsaidova   100 ball
2.   Murod Karimov   100 ball
3.   Dilmurod Majidov   100 ball
4.   Noza   100 ball
5.   Rohatoy   100 ball
6.   Rayyona Usmonova   100 ball
7.   Musannif Adham   100 ball
8.   Anisa   100 ball
9.   Aziza Mannopova   100 ball
10.   Shoira Shodmonova   95 ball
11.   Abdulloh90   95 ball
12.   Muhammad Sobirov   95 ball
13.   Farhod Isroilov   95 ball
14.   A'zam Rahimov   90 ball
15.   Abduvohid Ahmadaliyev   90 ball
16.   Muslima Mamajonova   90 ball
17.   Lolo   80 ball
18.   Robiya   65 ball
19.   Guli Iskandarova   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 25 Sentyabr 2008, 21:34:38
II-bosqich 3 turning umumiy natijalari.

1.   Dilnoza Mirsaidova   295 ball
2.   Noza   295 ball
3.   Rohatoy   295 ball
4.   Rayyona Usmonova   290 ball
5.   Murod Karimov   285 ball
6.   Anisa   285 ball
7.   Dilmurod Majidov   280 ball
8.   Musannif Adham   280 ball
9.   A'zam Rahimov   275 ball
10.   Aziza Mannopova   270 ball
11.   Shoira Shodmonova   265 ball
12.   Abdulloh90   255 ball
13.   Muslima Mamajonova   250 ball
14.   Lolo   250 ball
15.   Muhammad Sobirov   245 ball
16.   Farhod Isroilov   240 ball
17.   Abduvohid Ahmadaliyev   190 ball
18.   Akbar   190 ball
19.   Jahongir Qurbonov   165 ball
20.   Robiya   130 ball
21.   Guli Iskandarova   100 ball
22.   Mars   70 ball
23.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
24.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
25.   Iqbol G'afforov   55 ball
26.   Nurilla Muhammedov   45 ball
27.   Huzayfa_89uz   35 ball
28.   Gulmira   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 26 Sentyabr 2008, 00:12:00
II BOSQICH
4-tur: Uhud g’azoti qahramonlari

1. Rasululloh SAV e’tirof etgan shahidlarning eng ulug’i kim?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Anas ibn Nazr

2. Rasululloh SAV musulmon qo’shini ikki qanotiga kimlarni boshliq etib sayladilar?
a) Abdulloh ibn Jubayr, Mus’ab ibn Umayr
b) Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
c) Umar ibn Xattob, Sa’d ibn Abu Vaqqos

3. U Uhud g’azotida shahid bo’lgan va o’zidan 9 ta qizni o’g’li qaramog’iga qoldirgan edi. O’g’li esa Rasululloh SAVning  mo’jizalari bilan xurmosiga baraka kirib, otasi qarzlarini ado etadi. Gap kim haqida ketayapti?
a) Abdulloh ibn Harom
b) Abu Said Hudriy
c) Amr ibn Jamuh

4. U Uhud g’azoti shahidlaridan biri. U musulmon bo‘lishidan oldin Qurayshning eng erkatoy va nozu ne’matga ko‘milgan, yegani oldida yemagani ortida, zaru kimhoblarga burkangan yigitlaridan biri edi. Musulmon bo’lib, Alloh uchun Madinaga hijrat qildi. U o‘zidan hech qanday mol-dunyo qoldirmadi, faqat bitta jundan to‘qilgan choponi bo‘lib, shahid bo’lganida boshiga yopilsa, oyog‘lari, oyog‘lariga yopilsa, boshlari ochilib qoldi"¦ gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr

5. Uhud g’azotining eng tahlikali paytida musulmonlarni shijoatlantirgan, "œUhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!" deya jangga kirishib, mislsiz qahramonliklar ko’rsatib, shahid bo’lgan, jasadidagi 70 dan ortiq jarohatlari tufayli tanib bo’lmas darajaga kelgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr

6. Otasi Uhud g’azotida shahid bo’lgandan so’ng, otasidan qolgan 6 ta qizni tarbiyalashi uchun juvonga uylangan va bu ishini Rasululloh SAV ma’qullagan sahoba kim edi?
a) Abu Said Xudriy
b) Jobir ibn Abdulloh
c) Abdulloh ibn Mas’ud.

7. Rasululloh SAVdan oqqan qon va yaralarni kim yuvgan?
a) Hazrati Oyisha r.a.
b) Hazrati Fotima r.a.
c) Hazrati Ali r.a.

8. Rasululloh SAVni himoya qilib, 2-3 ta kamonni sindirgan, mohir mergan ansoriy kim edi?
a) Usaid ibn Huzayr al-Ansoriy
b) Abu Talha al-Ansoriy
c) Habbob ibn Muzir al-Ansoriy

9. Uhud urushida Payg’ambar SAV bayroqni qaysi sahobiyga beradilar?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Ali ibn Abu Tolib

10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos

11. Rasululloh SAV qilichlarini haqini ado etishni qaysi sahobaga topshirdilar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Umar ibn Xattob
c) Abu Dujona Sammon ibn Horis

12. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Talha ibn Ubaydulloh

13. Qaysi sahoba butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" (Farishtalar yuvgan kishi) deyilgan va Payg'ambarimiz SAV bu sahoba haqida shunday deganlar: "Na ishdirkim, maloikalar uni bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim"?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Hanzala

14. Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib quyganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Umayr ibn Sa'd

15. Qaysi javobda Uhud jangida, Rasuli Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg'ambarimizga serpalgan bir qilichni qo'li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan sahobiy nomi to’g'ri kursatilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Abu Ubayda ibn Jarroh

16. Rasululloh SAVning yuzlariga botgan dubulg’ani tishlari bilan sug’urib olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Talha ibn Ubaydulloh
c) Abu Ubayda ibn al-Jarroh

17. O’zaro muhabbatlari tufayli bir qabrga dafn etilgan Uhud shahidlari kimlar?
a) Mus’ab ibn Umayr, Anas ibn Nazr
b) Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh
c) Hamza ibn Abdulmuttalib, Sa’d ibn Robe’.

18. Rasuli akram SAVni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qilgan sahobiya ayol kim edi?
a) Ummu Sulaym
b) Oyisha binti Abu Bakr
c) Nasiba binti Ka’b

19. Rasululloh SAVning yaralarini so’rib olib, "œTupur!" desalar, tupurmagan, Payg’ambar SAV: «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», degan sahoba kimning otasi edi?
a) Abu Said al-Xudriy
b) Usoma ibn Zayd
c) Jobir ibn Abdulloh

20. Uhud urushida quyidagi yosh bolalardan qaysilar ishtirok etganlar?
a) Usoma ibn Zayd, Baro ibn Ozib
b) Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit
c) Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.

Ushbu turda Anisa, Robiya, A'zam Rahimov, Aziza Mannopova, Muslima Mamajonova, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida)
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 27 Sentyabr 2008, 11:32:34
II BOSQICH
2-tur: Badr g’azotidan so’ng.
Javoblar va izohlar

1. Badr g’azotida Rasululloh SAV tomonidan o‘ldirilmasligi amr qilingan ikki qurayshlik kim?
a) Abbos ibn Abdulmuttalib, Abul Baxtariy
b) Hakim ibn Hazom, Sumoma ibn Molik
c) Abbos ibn Abdulmuttalib, Hakim ibn Hazom.
To’g’ri javob: Abbos ibn Abdulmuttalib, Abul Baxtariy
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) ashobga qarata:
— Ma’lumki, hoshimiylardan ba’zilari va yana boshqa bir necha kishi bu jangga o‘z istaklari bilan kelishmagan. Shu sababli, hoshimiy o‘g‘illaridan biriga, Abul Baxtariyga, Abbosga duch kelganlar, ularni o‘ldirmasin, — dedilar. ("œSaodat asri qissalari")

2. Badr jangidan so'ng yeg'ilgan o'ljalardan o’z haqini so’raganda: "Bu qilich na sening va na meningdur" - deb Rasululloh s.a.v. dan javob olgan va keyinchalik shu qilichni shaxsan Rasululloh s.a.v. hadya qilib olgan sahobiy (r.a) kim edi?
a) Sa'd inb Abu Vaqqos
b) Ali inb Abu Tolib
c) Osim ibn Sobit
To’g’ri javob: Sa'd inb Abu Vaqqos.
Izoh: —   Yo Rasululloh, sizdan bir iltimosim bor, — deb qoldi Sa’d ibn Abu Vaqqos.
— Nima ekan u istaging?
— Mana shu qilichni menga bersangiz...
U o‘ljalar orasida qaragan ko‘zlarni o‘ynatib turgan bir qilichni ko‘rsatayotgan edi. Ammo Janobi Rasululloh bu taklifni o‘rinli ko‘rmadilar.
— Bu qilich na seningdir va na menimdir, ey Sa’d. O’lja taqsimida chekingga tushsa, olarsan, — dedilar. ("œSaodat asri qissalari")

3. Badr g’azotida jami bo’lib nechta sahobiy shahid bo’lganlar?
a) 9
b) 13
c) 19
To’g’ri javob: 13
Izoh: Musulmonlar shahidlarini bitta-bittadan topdilar. Jami o‘n uch shahid bergan edilar. ("œSaodat asri qissalari")

4. Badr shahidlari qayerga dafn etilgan?
a) Badrga
b) Baqi’ qabristoniga
c) Usayl vodiysiga.
To’g’ri javob: Badrga
Izoh: Shahidlar Janobi Rasulullohning (s.a.v.) amrlariga muvofiq Badrga dafn etildi. ("œSaodat asri qissalari")

5. Badr g’azotida mushriklardan necha kishi o’ldirilgan?
a) 50 kishi
b) 70 kishi
c) 100 kishi.
To’g’ri javob: 70 kishi.
Izoh: Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Hazrati Umar roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltirganlar: «To‘qnashuv bo‘lgan kuni Alloh mushriklarni mag‘lub etdi. Ulardan yetmish kishi o‘ldirildi va yetmishtasi asir olindi. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

6. Badr g’azoti asirlari haqida Rasululloh SAV sahobalardan maslahat olib, kimning fikrini ma’qulladilar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr, Umar va Ali roziyallohu anhularga asirlar to‘g‘risida maslahat qildilar.
Abu Bakr:
«Ey, Allohning Rasuli, ular amakivachcha, qabiladosh va yoki birodar odamlar, menimcha, ulardan to‘lov olsangiz, yaxshi bo‘lardi. Ulardan olingan mablag‘ biz uchun kofirlarga qarshi quvvat bo‘ladi. Ajab emaski, Alloh ularni ham hidoyatga solib, bizga yelkadosh bo‘lsalar», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sen nima maslahat berasan, Ey, Ibn Xattob?» dedilar.
«Allohga qasamki, men bu Abu Bakrning gaplariga qo‘shilmayman. Fikrim shuki, menga agar izn bersangiz, falonchining (Umarning qarindoshlaridan biri) bo‘ynini uzsam, Aliga izn bersangiz, akasini bo‘ynini uzsa, toki Allohga qalbimizda mushriklarga nisbatan yumshoqlik yo‘qligini ko‘rsataylik. Bular mushriklarning boshliqlari va yo‘lboshchilaridir», dedim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrni aytganlariga moyil bo‘ldilar. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

7. Badr urushi asirlari ichida to’lov berishga imkoni yo’qlari uchun Rasululloh SAV qanday imkoniyat berdilar?
a) "œLa ilaha illalloh" deya iymon keltirsa ozod qilindi.
b) Musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo’lsa ozod qilindi.
c) Musulmonlarning bolalaridan 10 kishining savodini chiqarsa ozod qilindi.
To’g’ri javob: Musulmonlarning bolalaridan 10 kishining savodini chiqarsa ozod qilindi.
Izoh: Badr urishida musulmonlar qo‘lga asir tushgan mushriklardan to‘lov berishga imkoni yo‘qlari ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular uchun ham ozodlikka chiqish yo‘lini ochib berilar. Bu yo‘l dunyo tarixi mislini ko‘rmagan yo‘l edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mazkur asirlar musulmonlarning bolalaridan o‘n kishiga o‘qish yozishni o‘rgatib qo‘ysa ozod bo‘lishlarini e’lon qildilar. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

8. Madinaga ilk bor Badr g'azoti g'alabasining xushxabarini qaysi sahobiy (r.a.) olib kelgan?
a) Zayd
b) Huzayfa
c) Abu Luboba
To’g’ri javob: Zayd.
Izoh: Zayd: —   Ollohu akbar! Ollohu akbar! — deya hayqirdi.
Odamlar bu hayqiriq nimani anglatishini dabdurustdan bilolmadilar. Zayd endi ochiqroq so‘yladi:
- Abu Jahl o‘ldirildi! Utba ibn Robia o‘ldirildi!.. Buyuk bir zafar qozondik. Ollohu akbar!.. Ollohu akbar!.. ("œSaodat asri qissalari")

9. Rasululloh SAV Badr asirlari kengashidan so’ng Abu Bakr r.a.ni ko’ngilchanliklari uchun Ibrohim a.s.ga o’xshatganlar. Umar r.a. ni qaysi payg’ambarga o’xshatganlar?
a) Muso a.s.
b) Nuh a.s.
c) Yunus a.s.
To’g’ri javob: Nuh a.s.
Izoh: Rasululloh dedilar: Parvardigor ba’zi birovlarning ko‘nglini sutdan ham oq, paxtadan ham yumshoq, ba’zilarnikini esa toshdan ham qattiq qiladi. Ey Abu Bakr, sen yumshoq ko‘ngil Ibrohimga o‘xshaysan. U o‘z fazlini namoyon etib bunday degan edi: "Kimki menga ergashar ekan, u mening dinimdadir, kimki menga osiylik qilar ekan, sen shubhasiz (unga) mag‘firat qilishga va marhamat ko‘rsatishga qodirsan". (Ibrohim surasining 36-oyati). Ey Umar, sen xuddi Nuhga o‘xshaysan, u kofirni duoibad qilib: "Parvardigorim, yer yuzida bironta kofir zotini qo‘ymagin", degan edi. (Nuh surasining 96-oyati) ("œNurul-yaqin")

10. Abu Sufyon o’g’lini asirlikdan qutqarib olish uchun qanday hiyla ishlatgan?
a) Qurayshlik bahodir yigitlardan to’rttasini Madinaga yuborib, asirlar saqlanadigan joydan o’g’lini ozod qildirdi.
b) Ka’ba ziyoratiga borgan bir ansoriyni tutib, qamab qo’ydi va o’g’liga almashtirdi.
c) O’g’liga maktub yo’llab, yolg’ondan musulmon bo’lganini aytishini ma’lum qildi.
To’g’ri javob: Ka’ba ziyoratiga borgan bir ansoriyni tutib, qamab qo’ydi va o’g’liga almashtirdi.
Izoh: Abu Sufyonga tovon to‘lab o‘g‘lini qutqarib ketish taklif etilganda u qat’iyan rad etib: "Men hech qachon haq to‘lab o‘g‘limni qutqarmayman. Uning ixtiyori Muhammadda, nima qilsa o‘zi biladi", dedi. Shundan keyin bu yovuz kimsa Ka’ba ziyoratiga borgan Sa’d ibn Nu’mon Ansoriyni tutib olib, qamab qo‘ydi. Rasululloh Abu Sufyonning o‘g‘lini Sa’d bilan almashtirishga majbur bo‘ldilar. ("œNurul-yaqin")

11. Payg’ambar SAVning kuyovlari, Zaynab r.a.ning erlari, Rasululloh rostgo’yligini maqtagan kishi kim?
a) Abul Os ibn Robe’
b) Usmon ibn Affon
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Abul Os ibn Robe’
Izoh: Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "¦Keyin, ul zot Banu Abdi Shams qabilasidan bo‘lmish kuyovlari haqida gapira turib, uning o‘zlariga yaxshi kuyovlik qilganini aytib maqtadilar. So‘ng: «(Men johiliyat davrida katta qizim Zaynabni Abu al-Os ibn Rabi’aga nikohlab bergan erdim), u (qizim ustiga uylanmaslikka) menga va’da berib, so‘zining ustidan chiqdi. (So‘ng, bizga asir tushganida qizimni mening huzurimga qaytarib yubormoqqa ham) va’da berib erdi, va’dasiga vafo qildi. ("œAl-jome’ as-sahih", Buxoriy)

12. Badr urushida mushriklarning alambardori (bayroqdori) kim bo’lgan edi?
a) Abul Hakam ibn Hishom
b) Os ibn Voil
c) Soib ibn Yazid.
To’g’ri javob: Soib ibn Yazid.
Izoh: Badr urushida mushriklarning a’lamdori bo‘lgan Soib ibn Yazid islom olamining mo‘tabar imomlaridan Shofeiy Muhammad ibn Idrisning bobokalonidir. ("œNurul-yaqin")

13. Badr asirligidan Makkaga qaytib kelib musulmon bo’lganini tan olgan, "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob bergan sahoba kim edi?
a) Valid ibn Valid.
b) Suhayl ibn Amr.
c) Abul Os ibn Robe’.
To’g’ri javob: Valid ibn Valid.
Izoh: Valid ibn Validni Xolid bilan Hishom qutqarib olishdi. Valid Makkaga qaytib kelgach, musulmon bo‘ldi. Unga: "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob berdi. Uning islom diniga kirganidan g‘azablangan qarindoshlari Madinaga ketishiga yo‘l qo‘yishmadi, Rasululloh Ka’ba ziyoratiga kelganlarida Valid payt poylab u kishiing yoniga qochib ketdi. ("œNurul-yaqin")

14. Qaysi g'azotda ikki iyd namozini o'qish Alloh tomonidan buyurildi?
a) Banu Qaynuqo’ g’azoti
b) Saviq g’azoti
c) Banu Qurayza g’azoti
To’g’ri javob: Saviq g'azotida
Izoh: Ko'rdilarkim, olishga ham ulugurmay tashlab qochgan narsalarining ko'prog'i arpa-bug'doyning talqoni ekan, shuning uchun bu g'azotga "Saviq" nomi berildi va ham shu yili Alloh taolo musulmonlarga ikki "iyd" namozini o'qimoqqa buyurdi. Bu ikki "iyd" namozini butun shahar va qishloq xalqlari bir joyda yig'ilishib o'qimoq sunnat bo'ldi. ("œTarixi Muhammadiy")

15. Banu Qaynuqo’ g’azotini keltirib chiqargan sabab nima edi?
a) Musulmon ayolni kalaka qilgani uchun bir yahudiyni musulmon o’ldiradi, yahudiylar ham musulmonni o’ldirib, ahdni buzadilar.
b) Badr g’azotida Banu Qaynuqo’ yahudiylari ochiqdan ochiq musulmonlarga xiyonat qilib, Qurayshga yordam beradilar.
c) Musulmonlardan biri qarzini to’lolmaganligi uchun yahudiy bozorida o’ldiriladi. Xun haqi to’lashga rozi bo’lmagan yahudiylarga urush ochiladi.
To’g’ri javob: Musulmon ayolni kalaka qilgani uchun bir yahudiyni musulmon o’ldiradi, yahudiylar ham musulmonni o’ldirib, ahdni buzadilar.
Izoh: Bir arab ayol o‘zining sotadigan narsasini olib keldi. Uni Qayniqo’ bozorida sotmoqchi bo‘ldi. U yerdagi bir zargarning oldiga o‘tirdi. Ular ayolning yuzini ochishga harakat qila boshladilar. Ayol bunga yo‘l bermadi. Zargar bildirmasdan ayolning kiyimining bir tomonini qayirib orqasiga bog‘lab qo‘ydi. Ayol ishini bitirib o‘rnidan turganda avrati ochilib ketdi. Ular kuldilar. Ayol dod soldi. Musulmonlardan bir kishi o‘rnidan sapchib turib zargarni o‘ldirdi. Zargar yahudiy edi. Yahudiylar haligi musulmonga hujum qilib uni o‘ldirdilar. Qatl etilgan musulmonning qarindoshlari musulmonlardan yahudiylarga qarshi yordam so‘radilar.
Bu yahudiylar tomonidan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan tuzilgan shartnomaning birinchi bor buzulishi edi. Orada qarama-qarshilik vujudga keldi. O’shanda ikkinchi hijriy sananing Shavvol oyi yarimi edi. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

16. Banu Qaynaqo' g'azotida yahudiylarning arab yerlaridan ko'chib ketishida kim vakil qilindi?
a) Ubay ibn Ka’b
b) Uboda ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Ubay
To’g’ri javob: Uboda ibn Somit
Izoh: Ilohiy tomondan bularning ko'ngullariga qattiq qo'rinch tushganligidan hech qandoq qarshilik ko'rsata olmadilar. Oxir Rasulullohdin o'zlari so'radilarkim, yolg'iz yo'l ozug'i va bola chaqalarini olib arab tuprog'idan chiqib ketgaylar. Qolgan mol-mulk, turar joylarini qoldirgaylar. Mana shu so'zga to'xtash bo'lganidan so'ngra, ko'chib ketmakka uch kun muhlat berildi. Bu ishga Uboda ibn Somit vakil bo'ldi. ("œTarixi Muhammadiy")

17. Banu Qaynuqo’ g’azotida musulmonlar qanday harbiy usul qo’llashdi?
a) Avval yakkama-yakka olishuv, so’ng umumiy jang.
b) Qamal qilindi.
c) Manjaniqlar orqali qal’a ichkarisiga hujum qilindi.
To’g’ri javob: qamal qilindi.
Izoh: Payg‘ambar alayhissalom ularni bir muddat qamal qilib turdilar. O’n besh kun o‘tgandan keyin yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hukmlariga rozi bo‘lishlarini e’lon qildilar. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

18. Saviq g’azoti nima uchun shunday nomlandi?
a) Bu g’azotda sahobalarning yagona yeguliklari saviq bo’lganligi bois shunday nomlanadi.
b) Mushriklarning katta karvoni Madina atrofidan Makkaga yo’l olayotgani xabari keladi. Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib, yuk yengil bo’lsin deb, ba’zi don to’la qoplarni tashlab qochishadi.
c) Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib talqon solingan qoplarni tashlab ketishadi. Bu qoplar musulmonlarga o’lja bo’ladi.
To’g’ri javob: Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib talqon solingan qoplarni tashlab ketishadi. Bu qoplar musulmonlarga o’lja bo’ladi.
Izoh: Bundan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom zulhijja oyning beshinchi kuni ikki yuz sahoba bilan Abu Sufyonga qarshi otlandilar. Biroq dushman allaqachon qochib qolgan, ularni quvib yetish mahol edi. Mushriklar yukini yengillatish uchun tashlab qochgan talqon solingan qoplar musulmonlarga o‘lja bo‘ldi. Shu bois bu yurish saviq (talqon) g‘azoti deb ataladi. ("œNurul-yaqin")

19. Ka'b ibn Ashrafni o'ldirishda hiyla ishlatgan sahobiy kim?
a) Muhammad ibn Maslama
b) Zubayr ibn Avvom
c) Abu Dujona
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama
Izoh: Bir kuni Rasululloh:
- Ka'b ibn Ashrafga tatiydigan kishi bormu? Uning ozoridan xudo payg'ambarini kim qutqaza olur? - dedilar. Anda Muhammad ibn Maslama:
- Yo Rasululloh, men qutqazurman, lekin dushmanni qo'lga tushirguncha yolg'on so'zlashga, hiyla qilishga ruxsat qilursiz, - dedi. ("Tarixi Muhammadiy")

20. G’atafon g’azotida Payg’ambar SAVga hujum qilib, "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi?" deya hayqirgan va Rasulullohning shijoatlarini ko’rib musulmon bo’lgan qavm rahbari kim edi?
a) Du’sur
b) Ibn Afk
c) Tufayl ibn Amr.
To’g’ri javob: Du’sur
Izoh: Payt poylab turgan Du’sur tog‘dan tushib, asta-sekin payg‘ambar alayhis-salomning tepasiga qilichini yalang‘ochlab keldi va: "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi" dedi. "Xudoning o‘zi qutqaradi", dedilar rasululloh o‘ta xotirjamlik bilan. U kishining xotirjamligi va ishonch bilan gapirishi Du’surni esankiratib qo‘ydi, rangi bo‘zdek oqargancha qo‘lidan qilich tushib ketdi.
Payg‘ambar alayhis-salom uning qilichini olib: "Xo‘sh, endi kim sening joningga oro kiradi?" deb so‘radilar. "Hech kim", dedi Du’sur bo‘shashgancha. Sarvari olam muruvvat ko‘rsatib uni kechirdilar. Du’sur shu zahoti musulmon bo‘lib, qavmini islomga da’vat etdi. Payg‘ambar alayhis-salomii yomon ko‘rib, hammani u kishiga qarshi turishga undab yuradigan yovuz bir kimsa Ollohning iltifoti tufayli u kishini yaxshi ko‘radigan va odamlarni islom diniga da’vat etadigan zotga aylandi. Bu rasulullohning xushmuomalaligi, muloyimligi, rahmdilligining sharofatidir. ("œNurul-yaqin")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2008, 06:33:58
Assalamu alaykum!

Inshaalloh, keyingi tur mavzulari quyidagicha bo'ladi:

5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
8-tur: Hamroul-asad, Bani Nazir, Zotur-Riqo’ g’azotlari
9-tur: Bani Mustalaq, Xandaq g'azotlari
10-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism

Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2008, 06:35:23
II BOSQICH
3-tur: Uhud g’azoti qissasi
Javoblar va izohlar

1. Uhud g’azoti avvalida Rasululloh SAV majlis o’tkazganlarida u zot qanday taklifni aytgandilar?
a) Madina tashqarisida pistirmada turib, Qurayshga hujum qilish.
b) Madinadan chiqmasdan to’siqlar hosil qilib, dushman bostirib kelsa, tor ko’chalarda urush qilish.
c) Ular Uhudga yetganlarida u yerdagi qulay joydan tog’ va vodiydan hujum qilish.
To’g’ri javob: Madinadan chiqmasdan to’siqlar hosil qilib, dushman bostirib kelsa, tor ko’chalarda urush qilish.
Izoh: Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissolatu vassalom sahobalar bilan, dushmanga qarshi chiqish kerakmi yoki Madinadan chiqmay turish yaxshimi, masalasida maslahat qildilar. U zotning o‘zlarining fikrlaricha, Madinadan chiqmasdan, to‘siqlar hosil qilib turish, agar dushman bostirib kirsa, tor ko‘chalarga kiraverishda urush qilish, ayollar esa, uylarning ustidan yordam berishlari kerak edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

2. Rasululloh SAV Uhud jangidan avval tush ko’rdilar. Tushlarida qilichlarining labida bir oz kemtik paydo bo‘libdi. Bir sigir so‘yilayotgan emish va qo‘llarini bir mustahkam qalqonga tiqayotgan emishlar. Ul zot qilichlaridagi kemtikni nimaga yo’ydilar?
a) Ahli baytlaridan birovining o‘limiga
b) Sahobalaridan bir nechalarining o‘ldirilishiga
c) Kelgusidagi urushda musulmonlarning mag’lubiyatiga.
To’g’ri javob: ahli baytlaridan birovining o‘limiga.
Izoh: Bungacha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tush ko‘rgan edilar. Tushlarida, qilichlarining labida bir oz kemtik paydo bo‘libdi. Bir sigir so‘yilayotgan emish va qo‘llarini bir mustahkam qalqonga tiqayotgan emishlar. Qilichlaridagi kemtikni ahli baytlaridan birovining o‘limi, deb yo‘ydilar. Sigirni esa, sahobalaridan bir nechalarining o‘ldirilishi, deb bildilar. Qalqonni Madinai Munavvaraga yo‘ydilar. U zoti bobarakotga bo‘ladigan ishlarning ishorasi yetgan edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

3. Madinadan chiqib, Uhudga qarab ketayotganlarida, munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay askarlarning  qancha qismini ortga qaytardi?
a) Beshdan birini
b) To’rtdan birini
c) Uchdan birini
To’g’ri javob: Uchdan birini.
Izoh: Madinadan chiqib, Uhudga qarab ketayotganlarida, munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay: «Mening gapimni qo‘yib, yosh bolalarning gapini qilyapti», deb askarlarning uchdan birini olib qaytib ketdi. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning otalari Abdulloh ibn Harom roziyallohu anhu ularning ortidan borib, qaytarishga urindilar: «Kelinglar, Allohning yo‘lida urush qilinglar!» deb qistadilar. Ular bo‘lsa: «Sizlar urush qilishingizni bilganimizda, qaytmas edik», deyishdi. Abdulloh ibn Harom ularni so‘kib orqasiga qaytdi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

4. Musulmonlar qo’shinida nechta otliq va kamonchi bor edi?
a) 50 ta otliq, 50 ta kamonchi
b) 30 ta otliq, 60 ta kamonchi
c) 40 ta otliq, 40 ta kamonchi
To’g’ri javob: 50 ta otliq, 50 ta kamonchi
Izoh: Shanba kuni ertalabdan Payg‘ambar alayhissalom yetti yuz kishini urushga tayyorlay boshladilar. Ellikta otliq, ellikta kamonchi bor edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

5. Uhud g’azotida Quraysh qo’shini soni qancha edi?
a) 2000 ta
b) 3000 ta
c) 4000 ta
To’g’ri javob: 3000 ta
Izoh: Qurayshliklar ham urushga tayyorlanisha boshlashdi. Ularning soni uch mingta bo‘lib, otliqlari ikki yuzta edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

6. Quraysh qo’shinining ikki qanot qo’mondonlari kim edi?
a) Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl
b) Safvon ibn Umayya, Abu Sufyon ibn Xoris
c) Utba ibn Abi Vaqqos, Ubay ibn Ka’b.   
To’g’ri javob: Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl
Izoh: Qurayshliklar ham urushga tayyorlanisha boshlashdi. Ularning soni uch mingta bo‘lib, otliqlari ikki yuzta edi. Ular o‘ng qanotga Xolid ibn Validni va chap qanotga Ikrima ibn Abi Jahlni qo‘ydilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

7. Uhud urushida eng yosh jangchilar necha yoshda bo’lgan?
a) 10 yosh
b) 15 yosh
c) 17 yosh
To’g’ri javob: 15 yoshda.
Izoh: Shu payt yosh bolalar, biz ham urushda qatnashamiz, deb kelib qoldilar. Ulardan Usomatu ibn Zayd, Barro ibn Ozib, Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit kabi kichkinalarini, hali urushga yoshlik qilasizlar, deb qaytardilar. Samura ibn Jundab va Rofe’ ibn Xudayj kabi kattaroqlarini qabul qildilar. Ularning yoshi o‘n beshda edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

8. Payg’ambar SAV Uhud urushi vaqtida Madinada qolganlarga jamoat namozini o’qib berib turishni qaysi sahobiyga topshiradilar?
a) Usmon ibn Affon
b) Bilol ibn Raboh
c) Abdulloh ibn Ummu Maktub
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktub
Izoh: Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ming nafar sahoba bilan chiqdilar. Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhuga Madinada qolganlarga jamoat namozini o‘qib berib turishni buyurdilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

9. Quraysh qabilasida odamlarni jangga shijoatlantirgan, Uhud urushi tashkilotchisi qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Abu Sufyon ibn Harb
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Abu Sufyon ibn Harb
Izoh: Badr urushida rahbarlaridan ajrab qolgan Quraysh qabilasiga Abu Sufyon ibn Harb boshliq bo‘lib qoldi. U odamlarini musulmonlardan o‘ch olishga chaqira boshladi. Bu orada Qurayshning butun boshli bir karvoni musulmonlar qo‘liga tushish arafasida bazo‘r qutilib qoldi. Shunda mushriklar o‘sha karvondagi hamma molu mulklarini musulmonlarga qarshi urushga sarflashga ahd qilishdi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")
 
10. O'z xo'jasidan: "Agar bu urushda Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirur bo'lsang, sen ozodsan" degan va'dani olgan qulning ismi?
a) Vahshiy
b) Kilob
c) Sulaym
To’g’ri javob: Vahshiy
Izoh: Quraysh raislaridan Jubayr ibn Mut'amning "Vahshiy" nomlik habashiy qora quli bor edi. Nayza otmoq mashqini yaxshi olgan edi. Besh-o'n qadam yerdan nayza otur bo'lsa, ko'zlagan joyini urib, hech xato qilmas edi. Xo'jasi Jubayr uni chaqirib aytdikim, "agar ushbu urushda Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirur bo'lsang, sen ozodsan", dedi. Chunki o'tgan Badr urushida uning amakisi Tuaymani hazrati Hamza o'ldirgan edi. ("Tarixi Muhammadiy")

11. Uhud g'azotida quraysh qo'shini qochmasligi uchun askar boshliqlari qanday chora qo'llaganlar?
a) Ortga qochganlar o’ldirilishga mahkum qilindi.
b) Xotinlarini birga olib ketganganlar.
c) Urushga ketgan qurayshiylarning mol-dunyo va bola-chaqalari garovga qo’yildi.
To’g’ri javob: Xotinlarini birga olib ketganganlar.
Izoh: Shuning bilan quraysh qo'shini qurollanib, Madinaga yurish qildilar. Qochmaslikka to'sqin bo'lsin, deb askar boshliqlari xotunlarni birga oldilar. ("Tarixi Muhammadiy")

12. Uhud g'azotida qurayshlar qo'shini piyoda askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Safvon ibn Umayya
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Safvon ibn Umayya
Izoh: Ammo, quraysh kofirlari bo'lsa, bu tog' qarshisidagi keng soyga kelib qo'ndilar. So'ngra har ikki tomon o'z askarining yasog'iga kirishdi. Dushman askarining o'ng tomonida Xolid ibn Valid turdi. Jovong'ar (so'l qo'lida) Ikrima ibn Abu Jahl turdi. Abu Sufyon ham tug' bayrog'i bilan so'lda turgandi. Piyoda askarlarga Safvon ibn Umayya boshliq bo'lib belgilandi. ("Tarixi Muhammadiy")

13. Rasululloh SAV umr bo'yi qilgan g'azotlarida birgina kishini o'ldirganlar. U kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Uqba ibn Abu Muoyt
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Ubay ibn Xalaf
Izoh: Yana shunday qizg'in urush bo'lib turgan chog'da, quraysh raislaridan Ubay ibn Xalaf degan kishi "endi Muhammad qayon qochib qutila oladi" deb Rasululloh ustiga ot qo'ydi. "Agar shul kuni Muhammad mandin qutulur bo'lsa, man dunyoda tirik tura olmagayman", - deb qilich ko'tarib hujum qilmoqchi bo'ldi. Buni ko'rgan sahobalardin bir nechalari uning oldini to'sib, qarshi chiqdilar. Anda Rasululloh: - "Hoy, uni to'smanglar, yaqinroq kelsin", - dedilar. U ham og'ziga aytganini aytib, qilichini ko'tarib chopgali kelmoqda edi. Rasululloh, yetishiga bir-ikki nayza bo'yi qolgan chog'da, yonlarida turgan Horis ibn Samma degan sahoba tutib turgan qisqa nayzani aning qo'lidan olib, yomon niyatda kelayotgan dushmanni yetguncha qo'ymay, ul sari otdilar. Nayza yetib, uning bo'ynini biroz yaraladi. Ammo qon oqizguvdek yarasi yo'q edi. Lekin uning og'rig'iga chiday olmay orqaga qaytdi. Shuni bilan Quraysh askari Uhud urushidan qaytishlarida Makka Madina oralig'i - Sarar degan joyga kelguncha bu kishi jon talashib, bo'kirib keldi. Shu yerga kelganda jon berdi. Rasululloh umr bo'yi qilgan g'azotlari ichida, ilgari-keyin bo'lib, shu bir kishini o'ldirdilar. O'z qo'llari bilan o'ldirganlari yolg'iz shu kishi edi. ("Tarixi Muhammadiy")

14. Tosh otib Rasululloh SAVning tishlarining birini sindirgan kofir kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Utba ibn Abi Vaqqos
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Utba ibn Abi Vaqqos
Izoh: Rasululloh bu urushda ikki qavat temir sovut kiygan edilar. Payg'ambarimiz kiyim og'irligidan, payqamasdan shu chuqurlarning biriga tushib ketdilar. Qattiq yiqilganlikdan, tizza ko'zlari yaralanib, bir oz xushlari ketgandek bo'ldi. Yonlarida qo'riqlab turgan hazrat Ali qo'llaridan tortib, Talha ibn Abdulloh oyoqlaridan ko'tarib chuqurdan chiqardilar. Shu chog'da kofirlar tomonidan Utba ibn Abi Vaqqos kelib Rasulullohga bir tosh otdi. Otilgan tosh ostingi ikki tishlarining birini sindirib ketdi. ("Tarixi Muhammadiy")

15. Uhud g'azoti qissasi asosan Qur’oni karimning qaysi surasida keltirilgan?
a) Baqara surasida
b) Oli Imron surasida
c) Fath surasida
To’g’ri javob: Oli-Imron surasida
Izoh: Qur'oni karimda "Oli Imron" surasida oltmish oyat bilan Uhud g'azoti bayon qilindi. ("Tarixi Muhammadiy")

16. Uhud g'azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo'lgan?
a) 50
b) 70
c) 80
To’g’ri javob: 70
Izoh: Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Dushman birlan to‘qnashganimizda ular tumtaraqay qochib qoldilar, hattoki toqqa tirmashgan ayollarining boldirlari ochilib qolib, taqinchoqlari ko‘rinib turganini ko‘rdim. Shunda merganlar: «Ana o‘lja, ana o‘lja!» —deb ochko‘zlik qila boshladi-lar. Amir Abdulloh ibn Jubayr ularga Janob Rasulullohning «Jilmangizlar!» deb buyurganlarini eslaqalar ham, itoat qilmadilar. Natijada ish chappasiga ketib, musulmonlardan 70 kishi shahid bo‘ldi. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

17. Uhud kuni Rasululloh SAVni himoya qilib necha kishi shahid bo’ldi?
a) Yetti kishi
b) To’qqiz kishi
c) O’n bir kishi
To’g’ri javob: Yetti kishi
Izoh: O’sha kuni Rasululloh alayhissolatu vassalomni himoya qilib, yetti kishi shahid bo‘ldi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

18. Uhud shahidlari qayerga dafn etildilar?
a) Madinadagi Baqi’ qabristoniga
b) Uhudning o’zida, jon taslim qilgan joylariga
c) Hamroul Asad vodiysiga
To’g’ri javob: Uhudning o’zida, jon taslim qilgan joylariga.
Izoh: Payg‘ambar alayhissolatu vassalom Uhudda shahid bo‘lganlarni jon taslim etgan yerlarida dafn etishga amr qildilar: «Maqbaralarga olib borilmasinlar», dedilar.
Jarchilar bu amrni hamma yerga yetkazdilar. Maqbaralarga olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib keldilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

19. Uhud kuni musulmonlar adashib qaysi sahobaning otasini o’ldirib qo’yadilar?
a) Huzayfa ibn Yamon.
b) Talha ibn Ubaydulloh.
c) Abu Talha al-Ansoriy
To’g’ri javob: Huzayfa ibn Yamon.
Izoh: Oisha raziyallohu anhodan nakl kilinadiki, Uhud kuni mushriklar jang maidonini tashlab qochibdi Shunda shayton la’natullohi alayhi «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar » — deb nido qilib musulmonlarni chalg‘itibdi. Natijada oldingi safdagilar ortlariga o‘girilib, keyingi safdagi (o‘z birodarlari birlan) jang boshlashibdi. Shu payt Huzayfa otasi al-Yamonni ko‘rib «Ey Ollohning bandalari, bu mening otam, bu mening otam » — deb baqiribdi, ammo jangchilar o‘zlarini to‘xtatib qololmay, Huzaifaning otasini o‘ldirib qo‘yishibdi. Lekin, Huzayfa otasining qotillariga «Olloh taolo gunohlaringizni kechirsin'»—deb yomonlik qilmabdi, hattoki umrining oxirigacha ularga yaxshilik qilaveribdi. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

20. Jang tugagandan so’ng Rasululloh SAV Qurayshiylarni kuzatib xabar yuborish uchun kimni jo’natdilar?
a) Zubayr ibn Avvomni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Talha ibn Ubaydullohni
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibni
Izoh: Jang tugagandan keyin mushriklar qaytib borib to‘plana boshladilar. Musulmonlar, ular Madinaga borib ayol-qizlarni asir olib, molu mulkni talashsa kerak, deb o‘ylab xafa bo‘ldilar. Payg‘ambar alayhisslom hazrati Ali ibn Abi Tolibga:
«Ularning izidan bor. Nima qilishayotganiga nazar sol. Nima qilmoqchi ekanlarini bil. Agar otlarni chetga qo‘yib, tuyalarni minsalar, Makkaga ketishadi. Agar otni minib, tuyalarni haydab olsalar, Madinaga yurishadi. Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan zot bilan qasamki, agar Madinaga borishsa, men ham borib ularni o‘sha yerda yo‘q qilaman!» dedilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2008, 06:36:19
II BOSQICH
5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism

1. Namozda nechta farz bor?
a) 6 ta: takbiri tahrima, qiyom, qiroat, ruku, sajda, qa’da.
b) 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
c) 10 ta (5 tasi namoz tashqarisida, 5 tasi namozning ichkarisida)

2. Quyidagi amallardan qaysi biri sunnat hisoblanmaydi?
a) fursat keng bo‘lganida bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni o‘qish.
b) fursat keng bo‘lganida asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish.
c) fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.

3. Peshin namozi vaqti kirgan, lekin azon atilmagan, 4 rakaat sunnat namozini o’qib olsa bo’ladimi?
a) Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
b) Yo’q, namoz vaqti kirgach, azon aytilgandan so’ng 4 rakaat sunnatni sunnatni o’qisa bo’ladi.
c) Namoz o’qiguvchi agar uyda bo’lsa azon aytilmasa-da, sunnatni o’qiyveradi, agar masjidda bo’lsa, azon aytilgandan so’ng o’qiydi.

4. Ayol kishi qadami (oyoq tagi)ni ochgan holda namoz o’qishi mumkinmi?
a) Mumkin emas, ayol kishining qadami nomahram erkak uchun avratdir, namozda ham oyoq tagi yopiq turishi kerak.
b) Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
c) Ayollarning namozni oyoq taglarini berkitmay o’qishlari makruh.

5. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh amal hisoblanmaydi?
a) Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olish
b) Sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish
c) Namoz paytida uzrsiz yo’talish.

6. Payg’ambar SAV me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo dastlab kuniga necha vaqt namozni farz qildi?
a) 15 vaqt
b) 30 vaqt
c) 50 vaqt

7. Bir kunda necha rakaat farz namozi mavjud?
a) 32 rakaat
b) 17 rakaat
c) 20 rakaat

8. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?
a) Quyosh botishi oldidan asr namozini o’qib olish mumkin.
b) Namozi bomdoddan so‘ng kun nayza bo‘yi ko‘tarilguncha nafl o’qish makruh.
c) Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.

9. Hadisi sharifga ko’ra ota-onalar farzandlarini necha yoshdan namoz o’qishga buyurishlari ta’kidlanadi?
a) 7 yoshdan
b) 10 yoshdan
c) qiz bolalarga 9, o’g’il bolalarga 12 yoshdan.

10. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha nafl namozi o’qish.
b) Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
c) Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida nafl namozi o’qish.

11. Sajda oyatlarini tarjimalarini o’qigan yoki eshitgan mo’min kishi sajda qilishining hukmi nima?
a) Ha, sajda oyatlari tarjimasini ham o’qib yoki eshitganda sajda qilish vojib bo’ladi.
b) Yo’q, sajda oyatining faqatgina arabchasini o’qigan yoki eshitgan kishilar sajda qilishi vojib.
c) Sajda oyati tarjimasini ‘qiganda yoki eshitganda sajda qilish mustahab amaldir.

12. 1) Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holatda namozni buzish va 2) shaxs hayotini qutqazish uchun namozni buzishning hukmi nima?
a) 1) Muboh; 2) Vojib.
b) 1) Mustahab; 2) Sunnat.
c) 1) Harom; 3) Mustahab

13. Namoz o’qiyotganda og’izda qolib ketgan 1 ta guruch donasini yutib yuborsa namozi buziladimi?
a) Buziladi, chunki namozda yeyish va ichish namozni buzadi.
b) Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
c) Namozxon agar ixtiyorisiz yutib yuborgan bo’lsa, buzilmaydi, ataylab yutsa buziladi. 

14. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Namozxonning eski ish kiyimi bilan ibodat qilishi
b) Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
c) Qavmga imom bo‘luvchi kishining qavmdan farqli darajada balandda turishi

15. Namozxon odamlar o’tishi mumkin bo’lgan joyda namoz o’qishga shoshildi-da, sutraga narsa topolmay, oyoq kiyimini sutra tarzida joylashtirdi. Oyoq kiyimi yoki sumka sutraga muvofiq bo’ladimi?
a) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi bir qarich bo’lsa kifoya
b) yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
c) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi ikki qarich bo’lishi kerak, tufli yoki sumkani uzunasiga joylashtirsa bo’ladi.

16. "œQuyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o’qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o’qish joiz emas" Savol quyidagicha: Agar bir odam bomdod nomoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rakatini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, shuningdek bir kishi kech qolib asrning  bir rakatini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, mazkur namozlar qazo qilinib o’qiladimi?
a) ikkisida ham buzilmaydi oxiriga yetkazadi.
b) ikkisida ham buziladi namozni mazkur vaqtlardan o’tkazib o’qiydi.
c) bomdodni qazo qilib o’qiydi, asrni oxiriga yetkazadi.

17. Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish, ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid  solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay o’qishi mumkinmi?
a) qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
b) qiblaga yuzini burib oladi.
c) umuman mumkin emas.

18. Imom Termiziyning  lafzida aytilgan ushbu hadisi  sharifdagi namoz qaysi namoz?
"œKim Bomdodni jamoat bilan o’qisa, so’ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o’tirsa, keyin ikki raka’at namoz o’qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo’lur. To’liq, to’liq, to’liq"
a) Zuho
b) Avvobin
c) Shuruq

19. Solat so’zining lug’aviy ma’nosi quyidagi qaysi so’zga to’g’ri keladi?
a) Munojot
b) Duo
c) Salom.

20. Namoz chog’ida uyali telefon jiringlab qoldi, namozxon uni o’chirsa namozi buziladimi?
a) Yo’q, namozi buzilmaydi.
b) Ha, namozi buziladi.
c) Bir o’zi o’qiyotganda buzilmaydi, jamoatda esa buziladi.

Ushbu turda Dilmurod Majidov, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 03 Oktyabr 2008, 08:04:07
II-bosqich 3-turning so'nggi natijalari.

1.Murod Karimov  100 ball.
2.Dilmurod Majidov  100 ball.
3.Noza  100 ball.
4.Rohatoy  100 ball.
5.Rayyona Usmonova  100 ball.
6.Dilnoza Mirsaidova  100 ball.
7.Musannif Adham  100 ball.
8.Anisa  100 ball.
9.Aziza Mannopova  100 ball.
10.Akbar  100 ball.
11.Shoira Shodmonova  95 ball.
12.Abdulloh90  95 ball.
13.Farhod Isroilov  95 ball.
14.Muhammad Sobirov  95 ball.
15.A'zam Rahimov  90 ball.
16.Muslima Mamajonova  90 ball.
17.Abdulvohid Ahmadaliyev  90 ball.
18.Jahongir Qurbonov  85 ball.
19.Lolo  80 ball.
20.Robiya  65 ball.
21.Mars  60 ball.
22.Guli Iskandarova  25 ball.

PS:3-turning natijalarini avval e'lon qilganimizda ayrim hatoliklarga yo'l qo'ygan ekanmiz. Ishtirokchilarimizni javob yo'llagan vaqtlariga qaramasdan o'rin berib joylagan ekanmiz. Bu gal shu xatoni to'g'riladik. Va ishtirokchilarimizdan buning uchun uzr so'raymiz. Bu xatoni boshqa qaytarmaslikka harakat qilamiz.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 03 Oktyabr 2008, 08:06:38
II-bosqich 4-turning dastlabki natijalari.

1.Murod Karimov  100 ball.
2.Muslima Mamajonova  100 ball.
3.Noza  95 ball.
4.Rohatoy  95 ball.
5.Dilmurod Majidov  95 ball.
6.A'zam Rahimov  95 ball.
7.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
8.Dilnoza Mirsaidova  90 ball.
9.Rayyona Usmonova  90 ball.
10.Musannif Adham  90 ball.
11.Robiya  85 ball.
12.Farhod Isroilov  80 ball.
13.Abdulloh90  75 ball.
14.Shoira Shodmonova  75 ball.
15.Zubair  55 ball.
16.Mars  30 ball.

Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2008, 08:47:36
II-bosqich 4-turning so'nggi natijalari.

1.Murod Karimov  100 ball.
2.Muslima Mamajonova  100 ball.
3.Noza  95 ball.
4.Rohatoy  95 ball.
5.Dilmurod Majidov  95 ball.
6.A'zam Rahimov  95 ball.
7.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
8.Aziza Mannopova  95 ball.
9.Akbar  95 ball.
10.Anisa  95 ball.
11.Dilnoza Mirsaidova  90 ball.
12.Rayyona Usmonova  90 ball.
13.Musannif Adham  90 ball.
14.Lolo  90 ball.
15.Robiya  85 ball.
16.Farhod Isroilov  80 ball.
17.Jahongir Qurbonov  80 ball.
18.Abdulloh90  75 ball.
19.Shoira Shodmonova  75 ball.
20.Jahongir Qurbonov  75 ball.
21.Zubair  55 ball.
22.Mars  30 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2008, 08:48:46
II BOSQICH
4-tur: Uhud g’azoti qahramonlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh SAV e’tirof etgan shahidlarning eng ulug’i kim?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Hamza ibn Abdulmuttalib
Izoh: Ali raziyallohu anhudan naql etiladiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarning eng ulug‘i Hamza ibn Abdulmuttalib raziyallohu anhudir!» — debdilar. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

2. Rasululloh SAV musulmon qo’shini ikki qanotiga kimlarni boshliq etib sayladilar?
a) Abdulloh ibn Jubayr, Mus’ab ibn Umayr
b) Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
c) Umar ibn Xattob, Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh  alayhissolatu vassalom ikkita sovutda chiqdilar. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berdilar. Bir qanotga Zubayr ibn Ovvomni, ikkinchi qanotga Munzir ibn Amrni boshliq qildilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

3. U Uhud g’azotida shahid bo’lgan va o’zidan 9 ta qizni o’g’li qaramog’iga qoldirgan edi. O’g’li esa Rasululloh SAVning  mo’jizalari bilan xurmosiga baraka kirib, otasi qarzlarini ado etadi. Gap kim haqida ketayapti?
a) Abdulloh ibn Harom
b) Abu Said Hudriy
c) Amr ibn Jamuh
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Harom.
Izoh: Jobir ibn Abdullohdan nakl qilinadiki, u kishining otalari Uhud janggida shahid bo‘lib, qarzlari va 6 ta qizlari Jobirga qolgan erdi. (Bundan oldingi hadisda 9 ta qiz, bu yerda ersa «6 ta» deb keltirilishining boisi shuki, Jobirning opa-singillari hammasi 9 ta bo‘lib, otalari shahid bo‘lganlarida 3 tasi turmushga uzatilgan, 6 tasi ersa yosh qolgan erdi). Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Xurmo hosilini teradigan paytda Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Uzingiz bilasiz, otam Uhud janggida shahid bo‘lganlar, u kishidan menga katta qarz qolgan. Men otamga qarz bergan kishilarni ko‘rsatmoqchiman»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Borgin, har bir daraxt hosilini alohida to‘plab qo‘ygin» — deb buyurdilar. Men aytganlaridek to‘plab, so‘ng ul zotni chaqirdim. Haqdorlarim Janob Rasulullohni ko‘rib menga shu ondayoq yaxshi muomala qila boshladilar. Ularning tilyog‘lamachiligini sezgan Janob Rasululloh hurmo to‘plaridan eng kattasini uch bor yig‘ishtirib o‘zlariga yaqin tortdilar-da, ustiga o‘ltirib oldilar. Keyin: «Qani, sheriklaringni chaqir!» — deb buyurdilar. Ularning hammasiga o‘lchab berdilar. otamning barcha qarzlari uzildi. Men: «Otamning barcha qarzlari uzilsa-yu, singillarimga birorta ham xurmo olib bormasam ham, mayli» —deb o‘ylardim. Janob Rasululloh barcha xurmo uyumlarini otamning qarzlariga berdilar, faqat o‘zlari ustida o‘ltirgan g‘aramgina qoldi, xalos, undan biror dona ham xurmo kamaymadi (mantiq: Janob Rasululloh qarzga qancha xurmo ketishini oldindan aniq bilganlar)». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

4. U Uhud g’azoti shahidlaridan biri. U musulmon bo‘lishidan oldin Qurayshning eng erkatoy va nozu ne’matga ko‘milgan, yegani oldida yemagani ortida, zaru kimhoblarga burkangan yigitlaridan biri edi. Musulmon bo’lib, Alloh uchun Madinaga hijrat qildi. U o‘zidan hech qanday mol-dunyo qoldirmadi, faqat bitta jundan to‘qilgan choponi bo‘lib, shahid bo’lganida boshiga yopilsa, oyog‘lari, oyog‘lariga yopilsa, boshlari ochilib qoldi"¦ gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

5. Uhud g’azotining eng tahlikali paytida musulmonlarni shijoatlantirgan, "œUhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!" deya jangga kirishib, mislsiz qahramonliklar ko’rsatib, shahid bo’lgan, jasadidagi 70 dan ortiq jarohatlari tufayli tanib bo’lmas darajaga kelgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Anas ibn Nazr
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishining amakilari Anas ibn Nazr Badr janggida qatnasholmagan erdilar, Shu boisdan ham ul kishi: «Men Janob Rasululloh qatnashgan eng ulug‘ jangda bo‘lolmadim. Agar Olloh taolo meni Janob Rasululloh bo‘lgan jangda shahid qilganda erdi, men bunchalik alam chekmagan bo‘lur erdim!»—deb qattiq afsus chekardilar. Nihoyat, Uhud janggida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Jangda musulmonlar qocha boshladi. Shunda Anas ibn Nazr: «Yo Olloh, musulmon birodarlarimning qilmishi uchun sendan uzr so‘rayman, mushriklar ofatidan o‘z panohingda asragil!» — deya qilich yalang‘ochlab oldinga tashlandilar Shu asnoda Sa’d ibn Muozga duch kelib: «Ey Sa’d, qaerga qochyapsan? Uhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!»—dedilar-da, jangga kirishdilar va shahid bo‘ldilar. Jasadlari odam tanimas bo‘lib ketgan erdi. Singillari ul kishini xollaridangina (yoki barmoqlaridangina) tanib oldi. Jasadlarida nayza, gurzi, qilich zarbi hamda kamon o‘qidan hosil bo‘lgan 80 dan ortiq jarohat bor erdi». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

6. Otasi Uhud g’azotida shahid bo’lgandan so’ng, otasidan qolgan 6 ta qizni tarbiyalashi uchun juvonga uylangan va bu ishini Rasululloh SAV ma’qullagan sahoba kim edi?
a) Abu Said Xudriy
b) Jobir ibn Abdulloh
c) Abdulloh ibn Mas’ud.
To’g’ri javob: Jobir ibn Abdulloh
Izoh: Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh mendan: «Ey Jobir, uylandingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha»,— deb javob berdim. «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvongami?» — deb yana so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh, juvonga uylandim!» — dedim. «Qiz bolaga uylansang bo‘lmasmidi, senga muhabbat qo‘yardi!» — dedilar Janob Rasululloh. Men: «Yo Rasulalloh, otam Uhud jangida o‘ldirilib, menga 9 ta qizni tashlab ketdilar. Men 9 ta opa-singillarim birlan qoldim. Ularga o‘zlariga o‘xshagan yana bitta esi past qizni qo‘shib ko‘yishni ma’qul ko‘rmadim. Xotinim ularni yuvib-taraydi, xizmatini qiladi»,— dedim. Janob Rasululloh: «To‘g‘ri qilibsan!» — dedilar». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

7. Rasululloh SAVdan oqqan qon va yaralarni kim yuvgan?
a) Hazrati Oyisha r.a.
b) Hazrati Fotima r.a.
c) Hazrati Ali r.a.
To’g’ri javob: Hazrati Fotima r.a.
Izoh:  Saxl ibn Sa’d rivoyat qiladilar. «Ollohga qasamyod qilurmenki, men Janob Rasulullohning yaralarini kim yuvganini, kim suv quyib turganini, nima birlan davo qilinganini yaxshi bilurman Janob Rasulullohning qizlari Fotima yaralarini yuvganlar, Hazrat Ali ersalar, qalqonlarida suv keltirib quyib turganlar Fotima raziyallohu anho qon ko‘p ketayotganini ko‘rib, darhol bir bo‘yrani kuydirganlarda, kulini yaraga bosganlar, qon shu ondaeq to‘xtagan. Ushanda Janob Rasulullohning kurak tishlari sinib, yuzlari yorilgan, boshlaridagi dubulg‘alari majaqlangan erdi». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

8. Rasululloh SAVni himoya qilib, 2-3 ta kamonni sindirgan, mohir mergan ansoriy kim edi?
a) Usaid ibn Huzayr al-Ansoriy
b) Abu Talha al-Ansoriy
c) Habbob ibn Muzir al-Ansoriy
To’g’ri javob: Abu Talha al-Ansoriy
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar «Uhud kuni odamlar Janob Rasululloxni tashlab qochdilar Abu Talha ersalar, Janob Rasululloh oldilaridan ketmay, qo‘llaridagi qalqonlari birlan ul zotning muborak boshlarini o‘qdan himoya qilib turdilar Abu Talha mergan kishi bulib, kamonni qattiq, tortar erdilar. Shu kuni 2 ta yo 3 ta kamon sindirdilar. Ushanda saxobalardan biri kamon o‘qi to‘la sadoq birlan o‘tib ketayotganda Janob Rasululloh unga «Abu Talhaga yordam ber - deb erdilar. Janob Rasululloh jang paytida jangchilardan shaxsan o‘zlari xabar olib turar erdilar. Shunda Abu Talxa «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh Kelmang, tag‘in dushman o‘qidan birortasi sizga tegmasin, sizning tomog‘ingizga tegadirgan o‘q mening tomog‘imga tegaversin'»—derdilar. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

9. Uhud urushida Payg’ambar SAV bayroqni qaysi sahobiyga beradilar?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Rasululloh alayhissolatu vassalom ikkita sovutda chiqdilar. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berdilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")

11. Rasululloh SAV qilichlarini haqini ado etishni qaysi sahobaga topshirdilar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Umar ibn Xattob
c) Abu Dujona Sammon ibn Horis
To’g’ri javob: Abu Dujona Sammon ibn Horis
Izoh: Yana askarga qarab - "Bu qilichni kim olgay, buni haqqini kim ado qilgay?" - dedilar.
Anda askarlardan bir to'p kishi - "Biz olgaymiz, yo Rasululloh", deb qilichga qo'l uzatdilar. Bular ichida Abu Bakr Siddiq, hazrati Umar, hazrati Ali, Zubayr ibn Avom, shu to'rtovlari bor edilar. Alarga qilichni berishdan to'xtalib, boshqa bir kishini kutgandek bo'lib to'xtab turdilar. Buni ko'rib ansorlardan Abu Dujona degan sahoba yugurib keldi va - Buni haqqi na bo'lg'ay, yo Rasulalloh? Deb so'radi. Anda Rasulalloh aytdilar: - "Egilib ketguncha dushman yuziga chopar bo'lsang, bu qilich haqqi shuldur". Buni onglab Abu Dujona - "Shu shartni men bajo keltirurman", - deb qilichni oldi. Hech kimarsaga bermagan qilichni Rasululloh bu kishiga berdilar. ("Tarixi Muhammadiy")

12. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Talha ibn Ubaydulloh
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytdilar», — deydilar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

13. Qaysi sahoba butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" (Farishtalar yuvgan kishi) deyilgan va Payg'ambarimiz SAV bu sahoba haqida shunday deganlar: "Na ishdirkim, maloikalar uni bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim"?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Hanzala
To’g’ri javob: Hanzala
Izoh: Hazrat Hanzala Abu Sufyonni chopgali turganda, uning soqchilaridan biri Shaddod ibn Asvad chaqqonlik bilan Hanzalaga qilich urib, ani shahid qildi, Rasululloh aytdilar:  "Na ishdurkim, maloikalar Hanzalani bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim, dedilar. Buning sababi ersa, hazrat Hanzala shul kuni Madina qizlarining biriga yangidan uylangan edi. Ertasi kuni urush boshlanmoqchi bo'ldi. Yangi kelin ustida bir kecha qo'nmoqqa Rasululloh ruxsat berdilar. Shu kecha xotini tush ko'rsa, tushida osmon yorildi. Hanzala yoriqning u yog'iga o'tib g'oyib bo'ldi. Bu ko'rgan tushining ta'biricha, shu urushda uning shahid bo'lishini xotini gumon qildi, uzun tun o'tib bir-birlariga yovuqlashmadilar (yaqinlashmadilar). Erta namozini o'qigandin so'ngra shu ish voqe' bo'ldi. Mana shu chog'da bular g'usul-tahorat olmasdin ilgari borlik askarlar tezdin dushmanga qarshi chiqsin, deb Rasulullohdin buyruq chiqdi. Buyruq kechiktirilmasin, deb g'usul qilmasdin, yugurib chiqib askar safiga qo'shilmish edi. Rasululloh bu xabarni onglagondin so'ngra - "Hanzalani farishtalar yuvganlarining sababi shu ekan", - dedilar. Bu muborak kishini butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" deb ayturlar, ya'ni, "Farishtalar yuvgan kishi" - demakdur. ("Tarixi Muhammadiy")

14. Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib quyganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Umayr ibn Sa'd
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Jubayr
Izoh: Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud kuni biz mushriklarga ro‘baro‘ bo‘ldik. Janob Rasululloh kamonchi merganlarni tepalik ustiga joylashtirib, ularga Abdulloh ibn Jubayrni amir qilib tayinladilar-da, «Bizning g‘alaba qilganimizni ko‘rsangizlar ham, yengilganimizni ko‘rsangizlar ham joyingizdan jilmangizlar, yordamga oshiqmangizlar!» — dedilar. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

15. Qaysi javobda Uhud jangida, Rasuli Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg'ambarimizga serpalgan bir qilichni qo'li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan sahobiy nomi to’g'ri kursatilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Abu Ubayda ibn Jarroh
To’g’ri javob: Talha ibn Ubaydulloh
Izoh: Qays ibn Abu Xozim aytadilar: «Men Talhaning bir qo’li (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolganini ko‘rdim, u shu qo‘li birlan Uhud kuni Janob Rasulullohni himoya qilgan erdi» ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

16. Rasululloh SAVning yuzlariga botgan dubulg’ani tishlari bilan sug’urib olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Talha ibn Ubaydulloh
c) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
To’g’ri javob: Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Izoh: Abu Bakr r.a. rivoyat qiladilar: Shu payt Payg‘ambar alayhissalomning yonoqlariga bir narsa kelib tegib, dubulg‘aning halqasini kiritib yubordi. Uni Payg‘ambar alayhissalomdan chiqarib olish uchun borgan edim, Abu Ubayda: «Alloh xayringni bersin, Abu Bakr, menga qo‘yib ber», dedi va og‘zi bilan u kirgan narsani chiqara boshladi. Payg‘ambar alahissalomga ozor bermaslik uchun tishi bilan chiqarishga harakat qildi va chiqarib oldi. Abu Ubaydaning old tishi tushdi. So‘ngra men keyingisini olishga uringan edim, Abu Ubayda yana: «Abu Bakr, Alloh xayringni bersin, menga qo‘yib ber», dedi. Yana tishi bilan chiqarib oldi. Abu Ubaydaning yana bir tishi tushdi." (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

17. O’zaro muhabbatlari tufayli bir qabrga dafn etilgan Uhud shahidlari kimlar?
a) Mus’ab ibn Umayr, Anas ibn Nazr
b) Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh
c) Hamza ibn Abdulmuttalib, Sa’d ibn Robe’.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh.
Izoh: Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom o‘zlari boshida turib ikki-uch kishini bir qabrga qo‘ydilar. Abdulloh ibn Amr ibn Hamro va Amr ibn Jamhlarni o‘zaro muhabbatlari e’tiboridan bir qabrga dafn etdilar. Payg‘ambar alayhissolatu vassalom:
«Bu dunyoda bir-birlarini yaxshi ko‘rgan bu ikki kishini bir qabrga qo‘yinglar», dedilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

18. Rasuli akram SAVni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qilgan sahobiya ayol kim edi?
a) Ummu Sulaym
b) Oyisha binti Abu Bakr
c) Nasiba binti Ka’b
To’g’ri javob: Nasiba binti Ka’b
Izoh: Shu payt Ummu Ammona Nasiba binti Ka’b al-Mozaniya ismli sahobiya ayol Rasuli akram alayhissolatu vassalomni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qildi. Payg‘ambarimiz alayhissalomga yaqinlashib qolgan mushrik Umar ibn Qumaaga bir necha marta qilich urdi. Ammo u ikkita sovut kiyib olgan ekan, o‘tmadi va Ummu Ammonaning siynasiga qilich solib, qattiq yarador qildi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

19. Rasululloh SAVning yaralarini so’rib olib, "œTupur!" desalar, tupurmagan, Payg’ambar SAV: «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», degan sahoba kimning otasi edi?
a) Abu Said al-Xudriy
b) Usoma ibn Zayd
c) Jobir ibn Abdulloh
To’g’ri javob: Abu Said al-Xudriy.
Izoh: Bundan avvalroq Abu Said al-Xudriyning otasi Molik Rasulullohning yaralarini so‘rib tozalagan edi. Unga hazrati Payg‘ambar alayhissalom, tupur, devdilar, hech-hech tupurmayman, deb yo‘lida ravona bo‘ldi. Shunda Rasuli akram alayhissolatu vassalom:  «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», dedilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

20. Uhud urushida quyidagi yosh bolalardan qaysilar ishtirok etganlar?
a) Usoma ibn Zayd, Baro ibn Ozib
b) Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit
c) Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.
To’g’ri javob: Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.
Izoh: Shu payt yosh bolalar, biz ham urushda qatnashamiz, deb kelib qoldilar. Ulardan Usomatu ibn Zayd, Barro ibn Ozib, Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit kabi kichkinalarini, hali urushga yoshlik qilasizlar, deb qaytardilar. Samura ibn Jundab va Rofe’ ibn Xudayj kabi kattaroqlarini qabul qildilar. Ularning yoshi o‘n beshda edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2008, 08:53:51
II-bosqich 5-turning dastlabki natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
2.Murod Karimov  95 ball.
3.Dilmurod Majidov  85 ball.
4.NOZA  80 ball.
5.Rohatoy  80 ball.
6.Muslima Mamajonova  75 ball.
7.Musannif Adham  70 ball.
8.Aziza MAnnopova  65 ball.
9.Shoira Shodmonova  65 ball.
10.Lolo  65 ball.
11.Zubair  60 ball.
12.Farhod Isroilov  40 ball.
13.Robiya  35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2008, 09:11:04
II-bosqich 5 turning umumiy natijalari.

1.Murod Karimov  480 ball.
2.NOZA  470 ball.
3.Rohatoy  470 ball.
4.Dilmurod Majidov  460 ball.
5.Musannif Adham  440 ball.
6.Aziza Mannopova  430 ball.
7.Muslima Mamajonova  425 ball.
8.Shoira SHodmonova  405 ball.
9.Lolo  405 ball.
10.Dilnoza Mirsaidova  385 ball.
11.Akbar  385 ball.
12.Rayyona Usmonova  380 ball.
13.Abdulvohid Ahmadaliyev  380 ball.
14.A'zam Rahimov  370 ball.
15.Farhod Isroilov  360 ball.
16.Abdulloh90  330 ball.
17.Jahongir Qurbonov  330 ball.
18.Anisa  285 ball.
19.Robiya  250 ball.
20.Muhammad Sobirov  245 ball.
21.Mars  160 ball.
22.Zubair  115 bal.
23.Guli Iskandarova  100 ball.
24.Ibrohim Adham  70 ball.
25.Muhammadaziz Mamitov   65 ball
26.Iqbol G'afforov   55 ball
27.Nurilla Muhammedov   45 ball
28.Huzayfa_89uz   35 ball
29.Gulmira   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2008, 09:12:54
II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi

1. Uhud g’azotida "œMuhammadni (sav) o’ldirdim" deb yolg’on xabar tarqatgan mushrik kim edi?
a) Abdulloh ibn Shihob
b) Axnas ibn Shurayq
c) Ibn Qam’a

2. Badr jangida asirlikka olingan va tavonsiz, musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo'lib ozod qilingan, lekin bu ahdni buzgan hamda bor so'zamollik san'atini ishga solib hammani musulmonlarga qarshi kurashga(Uhudga) chorlagan kofir kim edi?
a) Abu Azza
b) Suhayl
c) Safvon ibn Umayya

3. Kim Rasululoh s.a.v. ga maktub yo'llab Qurash mushriklari jangga otlangani haqida xabar berdi?
a) Badr jangidan so'ng Makkaga ziyoratga borgan ansorlar r.a
b) Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
c) Shom safariga ketayotib, musulmonlarga asir tushgan qurayshlik savdogar Amr.

4. Uhud kuni barcha shahidlarning ayrim a'zolarini mushrika ayollar kesib olishdi. Faqat Hanzalagagina tegishmadi. Nima asababdan?
a) Hanzala musulmon bo’lmasidan avval Qurayshda hurmatli kishilardan edi, unga rahm qilishdi
b) Farishtalar uni g'usl qildirib o'z himoyalariga olishdi
c) Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi

5. Uhudga ketishdan oldin "Allohim meni shahid et, bu yerga qaytib kelishimga yo'l qo'yma" deya duo qilgan va shahidlik nasib qilgan sahoba?
a) Abdulloh ibn Jahsh
b) Amr ibn Jamuh
c) Abdulloh ibn Amr

6. Uhudda endigina islomni qabul qilib, hali 1 rakat ham namoz o'qishga ulgurmagan va shu bilan shahid bo'lgan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Amr ibn Uqaysh
c) Ka'b ibn Molik

7. Uhud jangi qizib turgan  bir paytda Alloh yaratgan eng muborak  qo’llar samoga ochilib, Anbiyolar sultonining tilidan: "œAllohim, ularni jannatda menga hamroh qil!" deb duo qilganlarida Rosululloh kimlarni aytdilar?
a) Hazrati Umar ukasi Zayd ibn Hattob, Ali ibn abi Tolib.
b) Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
c) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon, Mus’ab ibn Umayr.

8. "Allohning yo’lbarsi" deya nom olgan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali
b) Hazrati Hamza
c) Xolid ibn Valid

9. Uhud shahidlaridan bo’lmish farishtalar qanotlari ila soya qilgan sahobiy?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Usayrim ibn Abdulashhal

10. Uhud g'azotida Muhammad (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqaladi, shunda musulmonlarga qarata "Ey qavm, Muhammad (sav) o'ldirilgan bo'lsalar ham, u zotning Robbisi tirikdir! Turinglar, Rasululloh (sav) jang qilgan narsa uchun sizlar ham jang qilinglar, deb qilichini ko'targancha o'zini jang maydoniga urgan va shahid bo'lgan sahoba kim?
a) Mus'ab ibn Omir
b) Anas ibn Nazr
c) Anas ibn Muoz

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha

12. Rasululloh (sav) o'xshaydigan, Uhud jangida 2 qo'lidan ajrab shahid bo'lgan sahobiy kim?
a) Hamza ibn Abdulmuttalib
b) Sa'd ibn Rabi'
c) Mus'ab ibn Umayr

13. Uhud g’azotidan so’ng Rasululloh SAV xiyonatkor Uzal va Qora urug’lariga Islomni o’rgatish uchun necha kishini yubordilar?
a) 30 kishini
b) 15 kishini
c) 6 kishini

14. Uhud g’azotida ikki og’lini o’ldirgani uchun qurayshlik bir ayol o’sha sahobaning bosh chanog’ida xamr ichishga qasam ichgan edi. Roji’ hodisasida shahid bo’lgan ushbu sahobaning boshini o’sha ayol so’rab keladi. Uning boshini esa Allohning O’zi himoya qiladi. Gap qaysi sahoba haqida ketmoqda?
a) Marsad ibn Abu Marsad
b) Osim ibn Sobit
c) Xolid ibn Bukayr

15. Alloh taolo mushrika ayoldan yuqorida ta’rifi o’tgan shahid bo’lgan sahobaning boshini qanday himoya qiladi?
a) arilar o’rab oladi.
b) chumolilar o’rab oladi.
c) qattiq sel olib ketadi.

16. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir olinib, o’limga hukm qilinib, qatl oldidan «Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», degan buyuk sahobiy kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Osim ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Toriq

17. O’limi oldidan Abu Sufyonning: «Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» degan savoliga: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», deya javob bergan buyuk sahoba kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Zayd ibn ad-Dasana
c) Osim ibn Sobit

18. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir tushgan Abdulloh ibn Toriq r.a. ni mushriklar qanday o’ldirdilar?
a) Toshbo’ron qilib
b) Dorga osib
c) Qilich bilan chopib

19. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.

20. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «"¦», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Dinga
b) Ilmga
c) Johiliyatdagi kibrga

Ushbu turda Anisa, Aziza Mannopova, A’zam Rahimov, Noza, Dilmurod Majidov, Muslima Mamajonova savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 17 Oktyabr 2008, 09:30:46
II-bosqich 5-turning so'nggi natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
2.Murod Karimov  95 ball.
3.Akbar  90 ball.
4.Dilmurod Majidov  85 ball.
5.NOZA  80 ball.
6.Rohatoy  80 ball.
7.Muslima Mamajonova  75 ball.
8.Anisa  75 ball.
9.Musannif Adham  70 ball.
10..Shoira Shodmonova  65 ball.
11.Lolo  65 ball.
12.Aziza Mannopova  65 ball.
13.Zubair  60 ball.
14.Dilnoza Mirsaidova  55 ball.
15.Rayyona Usmonova  55 ball.
16.Jahongir Qurbonov  55 ball.
17.Abdulloh90  45 ball.
18.Farhod Isroilov  40 ball.
19.Robiya  35 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 17 Oktyabr 2008, 09:32:38
II BOSQICH
5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism
Javoblar va izohlar

1. Namozda nechta farz bor?
a) 6 ta: takbiri tahrima, qiyom, qiroat, ruku, sajda, qa’da.
b) 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
c) 10 ta (5 tasi namoz tashqarisida, 5 tasi namozning ichkarisida)
To’g’ri javob: 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
Izoh: Namozga kirishdan oldingi farzlar shartlar, deyilsa, namoz ichidagi farzlar esa ruknlar, deyiladi. Namozning tashqarisidagi shartlari oltitadir. Namozning ruknlari, ya’ni ichidagi farzlari ham oltitadir. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

2. Quyidagi amallardan qaysi biri sunnat hisoblanmaydi?
a) fursat keng bo‘lganida bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni o‘qish.
b) fursat keng bo‘lganida asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish.
c) fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.
To’g’ri javob: fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.
Izoh: Namozda Fotiha surasidan so‘ng muayyan surani muayyan namozda o‘qish belgilab qo‘yilmagan. Ammo namozlarda Fotiha surasidan so‘ng sunnatga muvofiq o‘qiladigan suralarning kalta-uzunligi ko‘rsatilgan. Binobarin, fursat keng bo‘lganida, bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni, asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish sunnatdir. Fursat oz bo‘lsa, shundan kelib chiqib o‘qiladi («Sharhi viqoya»).

3. Peshin namozi vaqti kirgan, lekin azon atilmagan, 4 rakaat sunnat namozini o’qib olsa bo’ladimi?
a) Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
b) Yo’q, namoz vaqti kirgach, azon aytilgandan so’ng 4 rakaat sunnatni sunnatni o’qisa bo’ladi.
c) Namoz o’qiguvchi agar uyda bo’lsa azon aytilmasa-da, sunnatni o’qiyveradi, agar masjidda bo’lsa, azon aytilgandan so’ng o’qiydi.
To’g’ri javob: Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
Izoh: Azon sunnat namoz uchun emas, farz namoz uchun aytiladi. («Hidoya»)

4. Ayol kishi qadami (oyoq tagi)ni ochgan holda namoz o’qishi mumkinmi?
a) Mumkin emas, ayol kishining qadami nomahram erkak uchun avratdir, namozda ham oyoq tagi yopiq turishi kerak.
b) Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
c) Ayollarning namozni oyoq taglarini berkitmay o’qishlari makruh.
To’g’ri javob: Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
Izoh: Ayollarning qadami namozda yopish lozim bo‘lgan avrat emas. Shuning uchun paypoq kiymay namoz o‘qishlari joiz. Unga nomahram erkaklarning qarashi haromdir («Sirojiya»).

5. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh amal hisoblanmaydi?
a) Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olish
b) Sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish
c) Namoz paytida uzrsiz yo’talish.
To’g’ri javob: Namoz paytida uzrsiz yo’talish.
Izoh: Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olishm sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish makruhdir. Agar bunday ish bir ruknda uch bora takror qilinsa, namoz buziladi («Radd ul-muxtor»).

6. Payg’ambar SAV me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo dastlab kuniga necha vaqt namozni farz qildi?
a) 15 vaqt
b) 30 vaqt
c) 50 vaqt
To’g’ri javob: 50 vaqt
Izoh: Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degandilar»,— deyishadi: «Keyin meni shunchalik balandga olib chiqdiki, hatto o‘sha joyda (yozuv-chizuv qilayotgan) qalam sharpalarini eshitdim». Ibn Hazm va Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytgan edilar»,— deyishadi: «Olloh taolo ummatimga 50 vaqt namoz farz qildi, men shuni olib qaytdim. Muso alayhissalomning yonlariga kelganimda: «Ummatingizga Olloh taolo nimani farz qildi?» — dedilar. «50 vaqt namozni»,— dedim. «Qayting rabbingiz huzuriga, chunki ummatingiz bunga chidamaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Men qaytdim, rabbim yarmini kechdi. So‘ng, Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Yarmini kechdi»,— dedim. «Qayting rabbingizning oldiga, chunki ummagingiz bunga ham toqat qilmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Qaytdim, rabbim yana yarmini kechdi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib kelib, yana yarmini kechganligini aytdim. «Qayting rabbingizning oldiga, ummatingizning bunga ham toqati kelmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom, Rabbim oldiga qaytib bordim. Shunda rabbim: «Besh vaqt namoz farz qildim, lekin savobi ellik vaqt namoz savobiga tengdir, endigi so‘zim qat’iydir, boshqa o‘zgartirilmaydir»,— dedi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib keldim. «Qayting rabbingizning oldiga»,— deb edilar, «Rabbimdan uyalaman»,— dedim. Keyin, Hazrat Jabroil meni Sidrat ul-Muntaho degan joygacha olib chiqdilar. Sidrat ul-Muntahoni turli-tuman ranglar shunchalik chulg‘ab olg‘ankim, uning ne ekanlig‘in bilolmadim. Keyin, jannatga kiritildim. Uning so‘qmoqlari durru gavharlar birlan qoplangan, tufrog‘i ersa mushk erkan». ("œAl-jome’ as-sahih", Buxoriy)

7. Bir kunda necha rakaat farz namozi mavjud?
a) 32 rakaat
b) 17 rakaat
c) 20 rakaat
To’g’ri javob: 17 rakaat
Izoh: Peshin, asr va xuftonni farzlari to‘rt va shom uch va bomdod ikki raakatdir. ("œTasxili zaruriy")

8. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?
a) Quyosh botishi oldidan asr namozini o’qib olish mumkin.
b) Namozi bomdoddan so‘ng kun nayza bo‘yi ko‘tarilguncha nafl o’qish makruh.
c) Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.
To’g’ri javob: Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.
Izoh: Bomdoddan so‘ng yoki asrdan so‘ng qazo namozini o’qish joiz, ammo asrdan keyin bo‘lsa quyosh sarg‘aymasdan namozni tugatadi. ("œTasxili zaruriy")

9. Hadisi sharifga ko’ra ota-onalar farzandlarini necha yoshdan namoz o’qishga buyurishlari ta’kidlanadi?
a) 7 yoshdan
b) 10 yoshdan
c) qiz bolalarga 9, o’g’il bolalarga 12 yoshdan.
To’g’ri javob: 7 yoshdan
Izoh: Yetti yoshga to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.
Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam "Farzandlaringiz yetti yoshga to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (yengil) uringlar va yotoqlarini ajratinglar ", deb marhamat qilganlar. ("œNurul izoh")

10. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha nafl namozi o’qish.
b) Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
c) Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida nafl namozi o’qish.
To’g’ri javob: Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
Izoh: Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar
1. Ikkinchi fajr (fajri sodiq) kirgach (bomdod namozining sunnatidan tashqari).
2. Bomdod namozining farzidan so‘ng.
3. Asr namozining farzidan so‘ng.
4. Shom namozining farzidan avval.
5. Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha.
6. Bomdod namozining sunnatidan tashqari, qaysi namoz bo‘lmasin, muazzin takbir aytayotganida.
7. (Xoh uyda, xoh masjidda bo‘lsin) hayit namozidani avval, hayit namozidan so‘ng (faqat masjidda).
8. Arafot va Muzdalifada jam’ qilib o‘qilgan ikki namoz orasida.
9. Farz namozining vaqti juda kam qolganida (chunki nafl o‘qiladigan bo‘lsa, farz qazo bo‘lib qolishi mumkin).
10. Kichik yoki katta hojat tang qilib turganida.
11. Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
12. Namozdan chalg‘ituvchi narsalarning yonida nafl namoz o‘qish. ("œNurul izoh")

11. Sajda oyatlarini tarjimalarini o’qigan yoki eshitgan mo’min kishi sajda qilishining hukmi nima?
a) Ha, sajda oyatlari tarjimasini ham o’qib yoki eshitganda sajda qilish vojib bo’ladi.
b) Yo’q, sajda oyatining faqatgina arabchasini o’qigan yoki eshitgan kishilar sajda qilishi vojib.
c) Sajda oyati tarjimasini ‘qiganda yoki eshitganda sajda qilish mustahab amaldir.
To’g’ri javob: Ha, sajda qilish vojib bo’ladi.
Izoh: Sajda oyatlarining tarjimalarini ham o‘qigan yo eshitganlarga sajda qilish vojib bo‘ladi («Fatovoi Olamgiriya»)

12. 1) Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holatda namozni buzish va 2) shaxs hayotini qutqazish uchun namozni buzishning hukmi nima?
a) 1) Muboh; 2) Vojib.
b) 1) Mustahab; 2) Sunnat.
c) 1) Harom; 3) Mustahab
To’g’ri javob: 1) Muboh; 2) Vojib.
Izoh: Namozni hech bir uzrsiz buzish haromdir. Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holda namozni buzish muboh bo‘ladi. Shaxs hayotini qutqazish uchun esa vojibdir. Komil ado etish niyatida namozni buzish mustahab («Raddul muxtor»).

13. Namoz o’qiyotganda og’izda qolib ketgan 1 ta guruch donasini yutib yuborsa namozi buziladimi?
a) Buziladi, chunki namozda yeyish va ichish namozni buzadi.
b) Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
c) Namozxon agar ixtiyorisiz yutib yuborgan bo’lsa, buzilmaydi, ataylab yutsa buziladi. 
To’g’ri javob: Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
Izoh: Agar namozxon tishi orasida qolgan narsa no‘xotdan kichik bo‘lsa, uni yutishi bilan namozi buzilmaydi. Ammo bu makruhdir. Agar yutgan narsasi no‘xotday bo‘lsa, namozi buziladi («Fatovoi olamgiriya»).

14. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Namozxonning eski ish kiyimi bilan ibodat qilishi
b) Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
c) Qavmga imom bo‘luvchi kishining qavmdan farqli darajada balandda turishi
To’g’ri javob: Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
Izoh: Namozda makruh bo‘lmagan amallar:
1. Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik;
2. Namoz o‘quvchining namozda turgan holda ilon-chayon kabi gazandalarni o‘ldirmoqligi makruh sanalmaydi. ("œDinda savolim bor")

15. Namozxon odamlar o’tishi mumkin bo’lgan joyda namoz o’qishga shoshildi-da, sutraga narsa topolmay, oyoq kiyimini sutra tarzida joylashtirdi. Oyoq kiyimi yoki sumka sutraga muvofiq bo’ladimi?
a) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi bir qarich bo’lsa kifoya
b) yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
c) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi ikki qarich bo’lishi kerak, tufli yoki sumkani uzunasiga joylashtirsa bo’ladi.
To’g’ri javob: yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
Izoh: Sutraning bo‘yi taxminan yarim metr, qalinligi kamida barmoqdek bo‘ladi. Bundan ingichka bo‘lsa, ko‘z ilg‘amasligi, natijada to‘siqdan ko‘zda tutilgan maqsad hosil bo‘lmasligi mumkin. Namozxon sutraga yaqin turadi. Sutra tik qilib qo‘yiladi. Poyabzal kabi sutra shartiga javob bermaydigan narsalar to‘siq bo‘lishga yaramaydi. Sajdaga bosh qo‘yadigan joygacha bo‘lgan oraliqdan o‘tmoqchi bo‘lgan kishi tasbeh ("Subhanalloh" deyish) yoki imo-ishora (ko‘z, bosh, qo‘l va hokazo) bilan to‘xtatiladi. Ammo ham tasbeh aytib, ham imo-ishora bilan to‘xtatish, shuningdek, xoh sutra bilan, xoh sutrasiz odamlar o‘tib-qaytadigan yo‘l ustida namoz o‘qish makruhdir. ("Hidoya")

16. "œQuyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o’qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o’qish joiz emas" Savol quyidagicha: Agar bir odam bomdod nomoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rakatini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, shuningdek bir kishi kech qolib asrning  bir rakatini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, mazkur namozlar qazo qilinib o’qiladimi?
a) ikkisida ham buzilmaydi oxiriga yetkazadi.
b) ikkisida ham buziladi namozni mazkur vaqtlardan o’tkazib o’qiydi.
c) bomdodni qazo qilib o’qiydi, asrni oxiriga yetkazadi.
To’g’ri javob: bomdodni qazo qilib o’qiydi, Asrni oxiriga yetkazadi.
Izoh: Illo, o’sha kunni asri bundan mustasno. Uni quyosh botayotganda ham o’qisa bo’ladi. Kechga qoldirishi gunoh, ammo namozi namoz bo’laveradi.Ammo bir odam bomdod namoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir raka’atini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, namozi namoz buziladi. Shuningdek, bir kishi kech qolib asrning bir raka’atini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, namozi botil bo’lmaydi. U o’z namozini davom ettirib o’qiyveradi.Namoz tugal bo’ladi. ("œKifoya")

17. Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish, ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid  solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay o’qishi mumkinmi?
a) qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
b) qiblaga yuzini burib oladi.
c) umuman mumkin emas.
To’g’ri javob: Qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
Izoh:Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish bundan mustasno. Ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi. ("œKifoya")

18. Imom Termiziyning  lafzida aytilgan ushbu hadisi  sharifdagi namoz qaysi namoz?
"œKim Bomdodni jamoat bilan o’qisa, so’ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o’tirsa, keyin ikki raka’at namoz o’qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo’lur. To’liq, to’liq, to’liq"

a) Zuho
b) Shukri vuzu’
c) Shuruq.
To’g’ri javob: shuruq namozi.
Izoh: Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namozni "œsolatush shuruq" — "œshuruq namozi"ham deyiladi. ("œKifoya")

19. Solat so’zining lug’aviy ma’nosi quyidagi qaysi so’zga to’g’ri keladi?
a) Munojot
b) Duo
c) Salom.
To’g’ri javob: Duo.
Izoh: Namoz lug‘atda duo degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Me’roj kechasida farz qilingan. ("œNurul izoh")

20. Namoz chog’ida uyali telefon jiringlab qoldi, namozxon uni o’chirsa namozi buziladimi?
a) Yo’q, namozi buzilmaydi.
b) Ha, namozi buziladi.
c) Bir o’zi o’qiyotganda buzilmaydi, jamoatda esa buziladi.
To’g’ri javob: Yo’q, namozi buzilmaydi.
Izoh: Yon telefonni o‘chirish bir qo‘l bilan bajariladi. Bir qo‘l bilan bajariladigan ishlar namozning bir ruknida takroran qilinmasa, namoz buzilmaydi («Fatovoi Qozixon»).
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 17 Oktyabr 2008, 09:34:04
II-bosqich 6-turning dastlabki natijalari.

1.Dilmurod Majidov  95 ball.
2.Aziza Mannopova  95 ball.
3.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball
4.NOZA  90 ball.
5.Rohatoy  90 ball.
6.Musannif Adham  90 ball.
7.Farhod Isroilov  90 ball.
8.Murod Karimov  85 ball.
9.Dilnoza Mirsaidova  85 ball.
10.Rayyona Usmonova  85 ball.
11.Lolo  80 ball.
12.Abdulloh90  75 ball.
13.Zubair  70 ball.
14.Muslima Mamajonova  65 ball.
15.Robiya  50 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 17 Oktyabr 2008, 09:43:40
II-bosqich 6 turning umumiy natijalari.

1.Murod Karimov  565 ball.
2.NOZA  560 ball.
3.Rohatoy  560 ball.
4.Dilmurod Majidov  555 ball.
5.Musannif Adham  530 ball.
6.Aziza Mannopova  525 ball.
7.Dilnoza Mirsaidova  525 ball.
8.Rayyona Usmonova  520 ball.
9.Muslima Mamajonova  490 ball.
10.Lolo  485 ball.
11.Akbar  475 ball.
12.Abdulvohid Ahmadalieyv  475 ball.
13.Farhod Isroilov  450 ball.
14.Abdulloh90  450 ball.
15.Shoira Shodmonova  405 ball.
16.Jahongir Qurbonov  385 ball.
17.A'zam Rahimov  370 ball.
18.Robiya  300 ball.
19.Anisa  285 ball.
20.Muhammad Sobirov  245 ball.
21.Zubair  185 ball.
22.Mars  160 ball.
23.Guli Iskandarova  100 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 17 Oktyabr 2008, 09:47:39
II BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari

1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar) bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u "¦ bo‘lur», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon r.a.

2. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘sha quduqni kim qazigan?
a) Umar r.a.
b) Usmon r.a.
c) Talha r.a.

3. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Ali ibn Abu Tolibga
b) Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
c) Hazrat Hasan ibn Aliga

4. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Hadicha r.a.ni
b) Hazrat Oisha r.a.ni
c) Hazrat Fotima r.a.ni

5. Hazrat Ali ibn Abu Tolib (r.a) ular haqida shunday degan edilar: "œUshbu ikki qulog’im bilan Rosululloh (s.a.v) aytayotganlarini eshitganman: "œ... va ... jannatdagi ikki qo’shnidir". Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Hamza ibn Abdilmuttalib, Umar ibn Hattob.
b) Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
c) Amr ibn Jamuh, Hallod ibn Amr

6. Rasululloh SAV "œKimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa, u ... ga qarasin" deb qaysi sahobiyga ishora qilgan edilar?
a) Tolha ibn Ubaydulloh
b) Ali ibn Abi Tolib
c) Abu Bakr Siddiq.

7. Jabroil alayhissalom odam shaklida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
a) Salama ibn Qays
b) Dihyatul Kalbiy
c) Baro ibn Ozib

8. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa "¦» — deb kimni ta’kidlaganlar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zayd ibn Horisa
c) Zubayr ibn Avvom

9. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qilganlar?
a) Zayd ibn Horisa
b) Bilol ibn Raboh
c) Salmoni Forsiy

10. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa "¦» - deb qaysi sahobani ta’kidlaganlar?
a) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq

11. Rasululloh SAV umarlari davomida ikki marta ikki sahobaga iqtido qilganlar. Bu sahobalar kimlar?
a) Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Hattob
b) Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Bakr Siddiq, Abdulloh ibn Mas’ud

12. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?
a) Bilol ibn Raboh
b) Sa’d al-Quraz
c) Abu Mahzura

13. Rasululloh SAV vafot etganlaridan so’ng, u kishini yuvishda ishtirok etgan Abbosning og’illari kim?
a) Qusam, Fazl
b) Abdulloh, Amr
c) Zayd, S’ad

14. Rasululloh SAV qaysi sahobiyni Abu Turob deb ataganlar?
a) Usoma ibn Zaydni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Bilol ibn Rabohni

15. Rasululloh SAVning uzuklarini olib yurgan va bu uzuk bilan maktublarni muhrlagan sahoba kim edi?
a) Salmon Forsiy
b) Abu Zarr G’iforiy
c) Muayqib Davsiy

16. Quyidagi sahobalardan qaysi birlari Rasululloh SAVga qo’riqchilik qilganlar?
a) Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
b) Abdulloh ibn Ravoha, Omir ibn Akva’
c) Ubay ibn Ka’b, Hanzala ibn Rabi’

17. Rasululloh SAV: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, "¦ni do‘st tutgan bo‘lur erdim» deb qaysi sahobiyning nomini aytgan edilar?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob

18. Rasululloh SAV tushlarida bir muhtasham qasrni ko’radilar. Farishtadan bu qasr kimnikiligini so’raydilar. So’ng, qasrni tomosha qilmoqchi bo’lib, ichkariga kirmoqchi bo’ladilar-u, lekin uning rashkchi ekanligini bilab, kirmaydilar. Jannatdagi bu muhtasham qasr kimga tegishli edi?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon

19. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Tufayl ibn Amr

20. Rasululloh SAV «Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» deb kimni marhamat qilgan edilar?
a) Hadicha r.a.
b) Fotima r.a.
c) Hasan ibn Ali r.a.

Ushbu turda Dilmurod Majidov, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Hamroul-asad, Bani Nazir, Zotur-Riqo’ g’azotlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 24 Oktyabr 2008, 09:30:57
II-bosqich 6-turning so'nggi natijalari.

1.Dilmurod Majidov  95 ball.
2.Aziza Mannopova  95 ball.
3.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball
4.Anisa  95 ball.
5.NOZA  90 ball.
6.Rohatoy  90 ball.
7.Musannif Adham  90 ball.
8.Farhod Isroilov  90 ball.
9.Murod Karimov  85 ball.
10.Dilnoza Mirsaidova  85 ball.
11.Rayyona Usmonova  85 ball.
12.Akbar  85 ball.
13.Lolo  80 ball.
14.Abdulloh90  75 ball.
15Zubair  70 ball.
16.Muslima Mamajonova  65 ball.
17.Robiya  50 ball.
18.Jahongir Qurbonov  - 45 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 24 Oktyabr 2008, 09:32:49
II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
Javoblar va izohlar

1. Uhud g’azotida "œMuhammadni (sav) o’ldirdim" deb yolg’on xabar tarqatgan mushrik kim edi?
a) Abdulloh ibn Shihob
b) Axnas ibn Shurayq
c) Ibn Qam’a
To’g’ri javob: Ibn Qam’a
Izoh: — Ey Umar, Xudo haqqi, rostini aytgilkim, Ibn Qam’a Muhammadni o‘ldirdim debdur, uning so‘zi chin bo‘lgaymu? — dedi.
Hazrati Umar:
— Bu so‘z yolg‘ondur, Rasululloh salomatdurlar, sening bu so‘zlaringni onglab o‘ltirurlar — dedi.
Anda Abu Sufyon:
— Mening oldimda, ey Umar, ibn Qam’a so‘zidan sening so‘zingga ishonish ortiqroqdur — dedi. Bu so‘rashning sababi esa, Ibn Qam’a Islom tug‘ini ko‘tarib turgan Mus’ab Ibn Umayrni o‘ldirib, Muhammadni o‘ldirdim, deb gumon qilib, askar ichida jar chaqirtirgan edi. ("œTarixi Muhammadiy")

2. Badr jangida asirlikka olingan va tavonsiz, musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo'lib ozod qilingan, lekin bu ahdni buzgan hamda bor so'zamollik san'atini ishga solib hammani musulmonlarga qarshi kurashga(Uhudga) chorlagan kofir kim edi?
a) Abu Azza
b) Suhayl
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Abu Azza
Izoh: Rasululloh asirlar ichidagi kambag'allardan fidya mol olmayin, alarni ozod qildilar. Shular ichida Quraysh shoirlaridan Abu Izza degan bir kishi bor edi. Bu bo'lsa, hijratdin ilgari Makkada Rasulullohga ko'p ozorlar yetkuzgan edi. Badr urushida bandi bo'lib, bu ham qo'lga tushdi. Rasulullohni oldilariga kelib: «Ey Muhammad, yaxshi bilursan, bola-chaqalarim ko'p, faqir kishidurman, mendin mol olmay, ozod qilishingni so'rayman», dedi. Anda Rasulullohning unga rahmlari keldi, qilgan gunohlaridan o'tib, uni bir pul chiqimsiz ozod qildilarda: «Lekin shu shart bilankim, bizni yomonlab xalq ichida she'rlar aytmagaysan, bizlarga qarshi so'kish uchun chiqqan qo'shinga qo'shilib kelmagaysan», dedilar. Ul ham bu shartlarni til uchida qabul qilgan bo'lib, boshini qutqazib ketdi. Makkaga borganida «Muhammaddin qandoq qutilib kelding?» deb so'raguvchi kishilarga, u: «Uni tilim bilan sehrlab, aldab keldim», deb maqtanur edi. Hatto qilgan ahdini buzib, musulmonlar haqida burungidan ham buzuqroq she'rlar aytgani turdi. Shu bilan ham to'xtamay, Uhud urushida qatnashgan Quraysh askarlariga qo'shilib, yana keldi. Lekin bu kelishida uni ajal haydab kelgan edi. Qo'lga tushgandin so'ngra o'ziga loyiq jazosini berdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

3. Kim Rasululoh s.a.v. ga maktub yo'llab Qurash mushriklari jangga otlangani haqida xabar berdi?
a) Badr jangidan so'ng Makkaga ziyoratga borgan ansorlar r.a
b) Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
c) Shom safariga ketayotib, musulmonlarga asir tushgan qurayshlik savdogar Amr.
To’g’ri javob: Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
Izoh: Quraysh mushriklari jangga otlangani haqida payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos maktub yo'llab xabar yetkazdi. ("œNurul yaqiyn")

4. Uhud kuni barcha shahidlarning ayrim a'zolarini mushrika ayollar kesib olishdi. Faqat Hanzalagagina tegishmadi. Nima asababdan?
a) Hanzala musulmon bo’lmasidan avval Qurayshda hurmatli kishilardan edi, unga rahm qilishdi
b) Farishtalar uni g'usl qildirib o'z himoyalariga olishdi
c) Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
To’g’ri javob: Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
Izoh: Hanzala shahidlar orasida burni va quloqlari kesilmagan birdan-bir shahid edi. Quraysh xotinlari unga rahm qilgani uchun emas, balki mushrik va kofir otasi Abu Amir Rohib uning yoniga hech kimni yo‘latmagani uchun shunday bo‘lgan edi. ("œSaodat asri qissalari")

5. Uhudga ketishdan oldin "Allohim meni shahid et, bu yerga qaytib kelishimga yo'l qo'yma" deya duo qilgan va shahidlik nasib qilgan sahoba?
a) Abdulloh ibn Jahsh
b) Amr ibn Jamuh
c) Abdulloh ibn Amr
To’g’ri javob: Amr ibn Jamuh
Izoh: Bu orada Amr ibn Jamuhning o‘g‘illari ham otalarini tuyaga ortishdi. Lekin tuya tuyoqlari yerga mixlangandek turib olib, bir qadam ham oldinga jilmadi. O’ngga yoki chapga boshlaganlarida bemalol yurar, boshini Madina tomonga burishgan zahoti esa, taqqa to‘xtab qolar edi. Bunda bir hikmat bo‘lsa kerak, deb Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, voqeani tushuntirishdi. Rasululloh (s.a.v.) 6u holni ilohiy ishoradan deb qabul qildilar va olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib, Uhudda ko‘mishga buyurdilar. Amrlari ijro etildi. Shu tariqa Amr ibn Jamuhning: "Ollohim, menga shahidlikni nasib et. Bu yerlarga yana qaytib kelishimga yo‘l qo‘yma", deb qilgan duosi tamomila ijobat bo‘lgan edi. ("œSaodat asri qissalari")

6. Uhudda endigina islomni qabul qilib, hali 1 rakat ham namoz o'qishga ulgurmagan va shu bilan shahid bo'lgan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Amr ibn Uqaysh
c) Ka'b ibn Molik
To’g’ri javob: Amr ibn Uqaysh
Izoh: Erta tongda Madinaga kirib kelgan asli madinalik Amr ibn Uqaysh shaharda g‘arib bir holatni sezdi. Hamma tomonda xotinxalaj, erkaklardan esa asar ham yo‘q. Hayron bo‘lib, bir ayoldan so‘radi:
— Nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda?
Ayol unga qurayshliklar bostirib kelishganini, hamma ularning hujumini qaytarish uchun Uhudga ketganini aytdi. Amr darxol qurolini qo‘lga olib, yo‘lga tushdi. Jang boshlanmay turib Uhudga yetdi va Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib:
— Bu yerga Qurayshga qarshi jang qilish uchun keldim.  Istasangiz, avval musulmon bo‘lib, keyin jangga kiray.  Istasangiz,  avval jang qilib,  keyin Islomni qabul qilay, — dedi.
— Avval musulmon bo‘l, keyin jang qil!
Amr Rasuli akram (s.a.v.) xuzurlarida kalimai shahodat keltirib, Islom dinini qabul etdi, keyin jangchilar safiga qo‘shildi. Oradan bir necha soat o‘taro‘tmas, Amr xali bir vaqt namozini o‘qishga ham ulgurmay, Islom dini buyurgan ibodatlarning hech birini bajarishga fursat topmay, ammo eng martabalisini ado etib, shahidlik sharbatini ichajak va o‘zini jannatning eshigi oldida ko‘rajak. ("œSaodat asri qissalari")

7. Uhud jangi qizib turgan  bir paytda Alloh yaratgan eng muborak  qo’llar samoga ochilib, Anbiyolar sultonining tilidan: "œAllohim, ularni jannatda menga hamroh qil!" deb duo qilganlarida Rosululloh kimlarni aytdilar?
a) Hazrati Umar ukasi Zayd ibn Hattob, Ali ibn abi Tolib.
b) Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
c) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon, Mus’ab ibn Umayr.
To’g’ri javob: Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
Izoh: O’shanda ummu Ummora janob payg’ambarimizga o’z orzuyini bunday bayon etgan edi: - ey Allohning Rosuli,jannatda sizga qo’shni bo’lishimni so’rab Allohga iltijo qiling. Jang qizib turgan bir paytda Alloh yaratgan eng muborak qo’llar samoga ochilib,Anbiyolar sultonining tilidan: "œAllohim,ularning jannatda menga hamroh qil!" degan niyozi robbul olaminga izhor etildi. ("œSaodat asri qissalari")

8. "Allohning yo’lbarsi" deya nom olgan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali
b) Hazrati Hamza
c) Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Hazrati Hamza
Izoh: Ittifoqo Hamza Vahshiyning ro’parasiga kelib qoldi. Abdulazzo o’g’li Sabahni bir qilich zarbasi bilan yerga qulatdi, Vaxshiy bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermadi. Nayzasini otdi qahramonlarning qahramoni Hamzani shahid etdi. "Allohning yo’lbarsi" Hamzaning shahid bo’lishi islom qo’shinini sarosimaga soldi. (Hazrati Payg'ambarimiz va Islom dini)

9. Uhud shahidlaridan bo’lmish farishtalar qanotlari ila soya qilgan sahobiy?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Usayrim ibn Abdulashhal
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Amr
Izoh: U mashhur sahoba Jobir ibn Abdullohning otasi. Uhud kuni shahid bo’lgach farishtalar qanotlari bilan soya qilib turdilar. ("œal-Anvar fiy siyratin-nabiy al-muxtor")

10. Uhud g'azotida Muhammad (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqaladi, shunda musulmonlarga qarata "Ey qavm, Muhammad (sav) o'ldirilgan bo'lsalar ham, u zotning Robbisi tirikdir! Turinglar, Rasululloh (sav) jang qilgan narsa uchun sizlar ham jang qilinglar, deb qilichini ko'targancha o'zini jang maydoniga urgan va shahid bo'lgan sahoba kim?
a) Mus'ab ibn Omir
b) Anas ibn Nazr
c) Anas ibn Muoz
To'g'ri javob: Anas ibn Nazr.
Izoh: Rasululloh (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqalgach, ba'zi musulmonlar "Abdulloh ibn Ubayga elchi yuborganimizda edi, u bizlarga Abu Sufyondan omonlik olib berardi. Ey qavm Muhammad o'ldirildi, endi dushman kelib sizlarni o'ldirmasidan orqaga qaytinglar, deb jang maydonidan qocha boshlaydilar. Shunda Anas ibn Nazr ularga qarata yuqoridagi gaplarni aytib, jangga kiradi va shahid bo'ladi. ("Jami'ul bayan fi ta'vilil-Qur'an", Tabariy).

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha
To'g'ri javob: Abu Talha.
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda sahobiylardan Abu Talha guvohlik berib aytadilar: "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni erdan ko'tarib olganimni eslayman". ("Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri", Abdulaziz Mansur).

12. Rasululloh (sav) o'xshaydigan, Uhud jangida 2 qo'lidan ajrab shahid bo'lgan sahobiy kim?
a) Hamza ibn Abdulmuttalib
b) Sa'd ibn Rabi'
c) Mus'ab ibn Umayr
To'g'ri javob: Mus'ab ibn Umayr
Izoh: Muhojirlar bayrog'ini ko'targan Mus'ab ibn Umayrning 2 qo'lini kesib tashladilar, lekin faqatgina o'lim uni bayroqni tashlashga majbur qildi. O'ldirgan Abdulloh ibn Qim'a Rasulullohni (sav) o'ldirdim deb o'yladi, chunki u payg'ambar (sav) ga o'xshardi. ("Siyratu-n-Nabaviy",  Al-Muborakfuriy).

13. Uhud g’azotidan so’ng Rasululloh SAV xiyonatkor Uzal va Qora urug’lariga Islomni o’rgatish uchun necha kishini yubordilar?
a) 30 kishini
b) 15 kishini
c) 6 kishini
To’g’ri javob: 6 kishini
Izoh: Uhud urushidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Uzal va al-Qora urug‘laridan ba’zi kishilar kelib: «Ey, Allohning Rasuli, bizning ichimizga o‘z sahobalaringizdan ba’zi kishilarni yuboring, bizga dinni o‘rgatishsin», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan o‘z sahobalaridan olti kishini yubordilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

14. Uhud g’azotida ikki og’lini o’ldirgani uchun qurayshlik bir ayol o’sha sahobaning bosh chanog’ida xamr ichishga qasam ichgan edi. Roji’ hodisasida shahid bo’lgan ushbu sahobaning boshini o’sha ayol so’rab keladi. Uning boshini esa Allohning O’zi himoya qiladi. Gap qaysi sahoba haqida ketmoqda?
a) Marsad ibn Abu Marsad
b) Osim ibn Sobit
c) Xolid ibn Bukayr
To’g’ri javob: Osim ibn Sobit
Izoh: Ushbu uch shahidning biri Osim ibn Sobit roziyallohu anhu Uhud urushida qurayshlik bir ayolning ikki o‘g‘lini qatl qilgan edi. O’sha ayol agar imkonini topsa Osim ibn Sobitning bosh chag‘anog‘ida xamr ichishni nazr qilgan edi. Osim roziyallohu anhu qatl qilinganda o‘sha ayol uning boshini berishlarini so‘rab keldi. Odamlar Abu Sufyonga, o‘z amakivachchangning boshini bundoq qilinishiga yo‘l qo‘yma, deb iltimos qildilar. Ammo Abu Sufyon haligi xotinga Osimning boshini kesib berishga amr qildi. Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

15. Alloh taolo mushrika ayoldan yuqorida ta’rifi o’tgan shahid bo’lgan sahobaning boshini qanday himoya qiladi?
a) arilar o’rab oladi.
b) chumolilar o’rab oladi.
c) qattiq sel olib ketadi.
To’g’ri javob: arilar o’rab oladi.
Izoh: Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

16. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir olinib, o’limga hukm qilinib, qatl oldidan «Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», degan buyuk sahobiy kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Osim ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Toriq
To’g’ri javob: Xubayb ibn Adiy
Izoh: Shunda Xubayb roziyallohu anhu ularga: «Agar ma’qul ko‘rsangiz, menga ikki rak’at namoz o‘qib olishga ijozat beringlar», dedi. Ular: «Mayli, o‘qib ol», deyishdi.
U kishi yaxshilab ikki raka’t namoz o‘qidilar va jallodlarga qarab kulimsirab turib:
«Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», dedilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

17. O’limi oldidan Abu Sufyonning: «Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» degan savoliga: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», deya javob bergan buyuk sahoba kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Zayd ibn ad-Dasana
c) Osim ibn Sobit
To’g’ri javob: Zayd ibn ad-Dasana
Izoh: Xuddi o‘sha kuni Xubayb roziyallohu anhuning sheriklari Zayd ibn ad-Dasana roziyallohu anhuni ham boshqa bir mushriklar guruhi Umayyaya ibni Xalafning o‘chini olish uchun osib o‘ldirdilar. Dor tagiga mushriklar tomonidan tamosha uchun bir qancha odam to‘plangan edi. Zayd roziyallohu anhu sabrli, xotirjam va xushvaqt edi. Mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon u kishiga qarab:
«Ey, Zayd, Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» dedi.
Zayd roziyallohu anhu bunga javoban: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», dedilar.
Shunda Abu Sufyon: «Men birovning ashoblari Muhammadning ashoblari Muhammadni sevganlaricha sevganini ko‘rmaganman», dedi. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

18. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir tushgan Abdulloh ibn Toriq r.a. ni mushriklar qanday o’ldirdilar?
a) Toshbo’ron qilib
b) Dorga osib
c) Qilich bilan chopib
To’g’ri javob: Toshbo’ron qilib
Izoh: Makka yaqinidagi Zahron degan joyga yetganlarida Abdulloh ibn Toriq roziyallohu anhu qo‘lini bo‘shatib qilichini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo mushriklar bilib qolib u kishini toshbo‘ron qilib o‘ldirishdi. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

19. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «"¦», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Dinga
b) Ilmga
c) Johiliyatdagi kibrga
To’g’ri javob: Dinga
Izoh: Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «Dinga», — dedilar». (Ya’ni, bu yerda ko‘ylak dinga tashbih qilingan bo‘lib, u odam avratini yopib, sharmandaliqdan asragani kabi, din ham odamni parvardigor oldida sharmisor bo‘lmoqdan hamda jahannam o‘tidan saqlagaydur). ("Al-jome' as--sahih", Imom al-Buxoriy)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 24 Oktyabr 2008, 09:38:57
II-bosqich 7- turning dastlabki natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 100 ball.
2.Dilmurod Majidov  - 100 ball.
3.Murod Karimov  - 95 ball.
4.Akbar  - 95 ball.
5.Musannif Adham  - 90 ball.
6.Lolo  - 85 ball.
7.Zubair  - 55 ball.
8.Farhod Isroilov  - 45 ball.
9.Abdulloh90 - 40 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 24 Oktyabr 2008, 09:50:29
II-bosqich:
8-tur: Hamroul - Asad,Bani Nazir,Zotir Riqo' g'azotlari.

1.Hamroul Asad g’azoti hijratning nechanchi yi’li bo’lib o’tdi?
a)Ikkinchi.
b)Uchinchi.
c)To’rtinchi.

2.Bu g’azot musulmonlar qaysi urushdan qaytishlari bilan bo’lib o’tgan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)G’atfon.

3.Rasululloh SAV bu g’azotda Islom bayrog’ini kimga topshirganlar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ali ibn Abu Tolib.
c)Muhammad ibn Maslama.

4.Rasululloh SAV bu g’azotga faqat Uhud g’azotida qatnashganlarni borishga buyuradilar. Uhudda qatnashmagan faqat bir kishiga Hamroul Asad g’azotida qatnashishga,uning iltimosiga ko’ra rozi bo’ladilar.Bu sahobiy kim?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ka’b ibn Molik.
c) Jobir ibn Abdulloh.

5.Hamroul Asad g’azotidan qaytayotgan musulmonlar, o’zlariga va Rasululloh SAVga tili bilan juda ko’p aziyat bergan,Islomni qoralab she’rlari bilan tashviqot qilgan bir mushrikni tutib oladilar. Va Rasululloh SAV  buyruqlariga binoan uni qatl qiladilar.  Bu mushrik kim?
a)Abu Azza.
b)Safvon ibn Umayya.
c)Muoviya ibn Mug’iyra.

6.Shu g’azot bo’lgan yilda Rasulullohning SAV qaysi nabiralari dunyoga kelgan?
a)Imom Hasan.
b)Imom Husayn.
c)Hazrati Ummu Kulsum.

7.Yana shu yili  arablarning eng yaxshi ko’rgan ishlaridan birini Alloh taolo aniq oyatlari bilan harom qiladi. Bu qaysi odat?
a)Zino.
b)Aroq ichish.
c)Ribo. (sudxo’rlik)

8.RAsululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga ketganlarida  Madinaga kimni voliy qilib qoldirdilar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.

9.Bani  Nazir g’azoti hijratning nechnchi yili bo’lgan?
a)Uchinchi.
b)Tortinchi.
c)Beshinchi.

10.Bani Nazir qavmi bilan bu g’azotning boshlanishiga asosiy sabab nima edi?
a)Musulmonlarga hujum qilishlari.
b)Mushriklar bilan til biriktirishgani.
c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishlari.

11.RAsululloh SAV bu g’azotni boshlaridan oldin Bani Nazir qavmiga qanday jazo qo’lladilar?
a)Madinadan chiqib ketishlarini.
b)Tovon to’lashlarini.
c)Mushriklar bilan har qanday aloqani uzishlarini.

12.Bani Nazir qavmiga:"HAr qanday hlatda ham biz siz bialnmiz" degan munofiqlar haqida, Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatlarida ibrat qilib nozil qilgan?
a)"Moida" 90-91.
b)"Baqara", 129.
c)"Hashr",11-12.

13.Bu g’azotda musulmonlar tug’ini kim ko’tardi?
a)Ali ibn Abu Tolib.
b)Umar ibn Hattob.
c)Muhammad ibn Maslama.

14.Bu g’azotda g’animat olingan mollarni Rasululloh sav ashoblariga bo’lib bermadilar. Ularni o’zlariga, ahli baytlariga, yetim va miskinlarga ulashdilar.Buning sababi nima?
a)Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
b)Faqirlarni ko’payib ketgani uchun.
c)Ashoblar shu qarorga kelganliklari uchun.

15.Rasululloh SAV bu g;animat mollarning ustidan qilgan hukmlarini,Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatida tasdiqladi?
a)"Hashr",7.
b)"Niso",32.
c)"Moida",100.

16.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi arab qabilalariga qarshi bo’lgan?
a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
b)Bani Nazir, Bani Muhorib.
c)Bani Sa’laba, Bani Nazir.

17.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi oyda bo’lgan?
a)Rabbiul avval.
b)Rabbiul oxir.
c)Muharram.

18.Bu g’azotga Rasululloh SAV necha kishilik askar tayorlaydilar?
a)500.
b)600.
c)700.

19.Rasululloh SAV bu g’azotga ketganlarida Madinaga kim voliy bo’lib qoladi?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.

20.Bu g’azotdan qaytishlarida Rasululloh SAV ashoblari bilan asr namozi vaqti kirganida "œsalotuhavf’namozini o’qidilar. Bu qanday namoz?
a)Safarda bo’lganda o’qiladigan namoz.
b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
c)G’azotga chiqilganda o'qqiladigan namoz.

Ushbu turda Munira xonim  savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Bani Mustalaq va Handaq g'azotlari.
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2008, 08:29:25
II-bosqich 7-turning so'nggi natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 100 ball.
2.Dilmurod Majidov  - 100 ball.
3.Noza  - 100 ball.
4.Rohatoy  - 100 ball.
5.Murod Karimov  - 95 ball.
6.Akbar  - 95 ball.
7.Aziza Mannopova  - 95 ball.
8.Anisa  - 95 ball.
9.Musannif Adham  - 90 ball.
10.Lolo  - 85 ball.
11.Dilnoza Mirsaidova  - 75 ball.
12.Rayyona  - 75 ball.
13.Zubair  - 55 ball.
14.Farhod Isroilov  - 45 ball.
15.Abdulloh90 - 40 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2008, 08:30:50
II BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar) bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u "¦ bo‘lur», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon r.a.
To’g’ri javob: Umar r.a.
Izoh: Abu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u Umar bo‘lur», — dedilar». (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar).  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘sha quduqni kim qazigan?
a) Umar r.a.
b) Usmon r.a.
c) Talha r.a.
To’g’ri javob: Usmon r.a.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘shal quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» — deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

3. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Ali ibn Abu Tolibga
b) Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
c) Hazrat Hasan ibn Aliga
To’g’ri javob: Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

4. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Hadicha r.a.ni
b) Hazrat Oisha r.a.ni
c) Hazrat Fotima r.a.ni
To’g’ri javob: Hazrat Fotima r.a.ni
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

5. Hazrat Ali ibn Abu Tolib (r.a) ular haqida shunday degan edilar: "œUshbu ikki qulog’im bilan Rosululloh (s.a.v) aytayotganlarini eshitganman: "œ... va ... jannatdagi ikki qo’shnidir". Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Hamza ibn Abdilmuttalib, Umar ibn Hattob.
b) Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
c) Amr ibn Jamuh, Hallod ibn Amr
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
Izoh: So’ngra o’zining musaffo, g’amgin, mehribon qarindoshlari bilan qabrini o’rab aytdi: Ushbu ikki qulog’im Rosululloh (sav) aytyotganlarini eshitgan: Tolha va Zubayr jannatdagi ikki qo’shnidir. (Rijalun havlar rosul).

6. Rasululloh SAV "œKimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa, u ... ga qarasin" deb qaysi sahobiyga ishora qilgan edilar?
a) Tolha ibn Ubaydulloh
b) Ali ibn Abi Tolib
c) Abu Bakr Siddiq.
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh.
Izoh: "œMo’minlardan Allohga qilgan ahdlariga sodiq bo’lgan kishilar bor. Ulardan ba’zisi o’z ulushini oldi. Va ulardan ba’zisi kutib turmoqda. Va ular(ahdlarini) buzmadilar". Payg’ambar s.a.v. bu oyati karimani tilovat qilib so’ngra ashoblarining yuzlariga boqdilar. Va Tolhaga ishora qilib dedilar: "œKimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan(vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa demak u Tolhaga qarasin!" (Rijalun havlar rosul).

7. Jabroil alayhissalom odam shalida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
a) Salama ibn Qays
b) Dihyatul Kalbiy
c) Baro ibn Ozib
To'g'ri javob: Dihyatul Kalbiy
izoh: Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyofasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. O’shal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan so‘zlashib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib chiqib ketdilar. So‘ng, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yoki shunga o‘xshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Xulayfa al-Kalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom ko‘pincha shu kishining qiyofasida kelar erdilar)».  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

8. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa "¦» — deb kimni ta’kidlaganlar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zayd ibn Horisa
c) Zubayr ibn Avvom
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

9. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qilganlar?
a) Zayd ibn Horisa
b) Bilol ibn Raboh
c) Salmoni Forsiy
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa
Izoh: Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

10. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa "¦» - deb qaysi sahobani ta’kidlaganlar?
a) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

11. Rasululloh SAV umarlari davomida ikki marta ikki sahobaga iqtido qilganlar. Bu sahobalar kimlar?
a) Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Hattob
b) Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Bakr Siddiq, Abdulloh ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (raziyallohu anhumo)larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar (Imom Ahmad «Musnad» 3/ 18182).

12. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?
a) Bilol ibn Raboh
b) Sa’d al-Quraz
c) Abu Mahzura
To’g’ri javob: Abu Mahzura
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muazzinlari to‘rtta bo‘lib: Bilol ibn Raboh va Abdulloh ibn Ummu Maktum Madinada, Sa’d al-Quraz Quboda, Abu Mahzura Makkada edilar («Zodul-ma’od» 1/ 124).

13. Rasululloh SAV vafot etganlaridan so’ng, u kishini yuvishda ishtirok etgan Abbosning og’illari kim?
a) Qusam, Fazl
b) Abdulloh, Amr
c) Zayd, S’ad
To’g’ri javob: Qusam, Fazl
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlaridan so‘ng muborak badanlarini Abbos ibn Abdulmuttalib, Aliy ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos, Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning g‘ulomi - Shuqron (raziyallohu anhum)lar yuvdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yuvganlarida kiyimlari yechilmagan edi (Ibn Hishom, «as-Siyra», 4/ 287)

14. Rasululloh SAV qaysi sahobiyni Abu Turob deb ataganlar?
a) Usoma ibn Zaydni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Bilol ibn Rabohni
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibni
Izoh: Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Sahl ibn Sa’dning qoshiga kelib: «Falonchi minbar oldida turib Alini «Ey Abu Turob!» deb chaqirdi» — deya kuldi. Sahl: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgina Alini shunday deb ataganlar. Ali uchun bundan mahbubroq ism bo‘lmagan», — dedilar. Keyin, men shul xususdagi hadisni aytib bermoqni Sahldan iltimos qildim. Sahl: «(Bir kuni) Ali Fotimaning huzurlariga kirdilar. (Ikkalalari aytishib qolgach), Ali masjidga chiqib, ul yerda cho‘zilib yetib oldilar. Janob Rasululloh (Fotimadan): «Amakingning o‘g‘li (ya’ni, ering) qaerda?» — deb so‘radilar. Fotima: «Masjiddalar», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh Alining oldilariga borib qarasalar, ul kishining choponlari yelkalaridan tushib, orqalari tufroq bo‘lib yetibdi. Shunda Janob Rasululloh Alining orqalariga tekkan tufroqni qoqa turib: «O’ltiraver, ey Abu Turob!» (ya’ni, «Hamma yog‘i tufroq, tufroqli»)— deb ikki bor aytdilar», — dedi».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

15. Rasululloh SAVning uzuklarini olib yurgan va bu uzuk bilan maktublarni muhrlagan sahoba kim edi?
a) Salmon Forsiy
b) Abu Zarr G’iforiy
c) Muayqib Davsiy
To’g’ri javob: Muayqib Davsiy
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uzugini Mu’ayqib ibn Abu Fotima Davsiy (raziyallohu anhu) olib yurar va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu uzuk bilan maktublarni muhrlar edilar («Zodul-ma’od» 1/ 128)

16. Quyidagi sahobalardan qaysi birlari Rasululloh SAVga qo’riqchilik qilganlar?
a) Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
b) Abdulloh ibn Ravoha, Omir ibn Akva’
c) Ubay ibn Ka’b, Hanzala ibn Rabi’
To’g’ri javob: Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘riqchilari Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama, Zubayr ibn Avvom, Ubbod ibn Bishr va boshqalar (raziyallohu anhum) edilar. Alloh taoloning: «Alloh Sizni odamlardan himoya qiladi» (Moida: 67) oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘riqchilariga buning xabarini berib, ularni tarqatdilar (Zodul-ma’od» 1/ 127)

17. Rasululloh SAV: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, "¦ni do‘st tutgan bo‘lur erdim» deb qaysi sahobiyning nomini aytgan edilar?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq
Izoh: Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

18. Rasululloh SAV tushlarida bir muhtasham qasrni ko’radilar. Farishtadan bu qasr kimnikiligini so’raydilar. So’ng, qasrni tomosha qilmoqchi bo’lib, ichkariga kirmoqchi bo’ladilar-u, lekin uning rashkchi ekanligini bilab, kirmaydilar. Jannatdagi bu muhtasham qasr kimga tegishli edi?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob
Izoh: Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda jannatga kirganimni ko‘rdim. Qarasam, qarshimda Abu Talhaning xotini Rumayso’ («Rumayso’» o‘shal xotinning laqabi bo‘lib, uning mijjalarida doimo yiringga o‘xshash modda to‘planib turgan) turibdi. Shu asnoda ohista qadam tovushi qulog‘imga chalindi. «Kim bu?» — dedim. (Farishta): «Bu Biloldur», — dedi. (Balki, Hazrat Bilolning o‘zlari: «Bu men, Bilolman»— deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin). Keyin, men (jannatda) bir (muhtasham) qasrni ko‘rdim, uning hovlisida bir yosh qiz turgan erdi. «Bu (qasr) kimniki?» — dedim. (Farishta): «Umarniki», — dedi. Keyin, men qasrga kirib, uni tamosho qilmoqchi bo‘ldim-u, ammo sening (ya’ni, Umarning) rashkchi erkanligingni eslab, (kirmadim)», — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, sizdan rashk qilamanmi?!» — dedilar» ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

19. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Tufayl ibn Amr
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolib
Izoh: Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ja’farning o‘g‘illariga salom bersalar: «As-Salomu alayka, ey Ikki qanotlining o‘g‘li!» — der erdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh SAV «Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» deb kimni marhamat qilgan edilar?
a) Hadicha r.a.
b) Fotima r.a.
c) Hasan ibn Ali r.a.
To’g’ri javob: Fotima r.a.
Izoh: Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima mening bir bo‘lagimdur. Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2008, 08:35:57
II-bosqich 8-turning dastlabki natijalari.

1.Murod Karimov  - 100 ball.
2.Akbar  - 100 ball.
3.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 95 ball.
4.Aziza Mannopova  - 95 ball.
5.NOZA  - 95 ball.
6.Rohatoy  - 95 ball.
7.Lolo  - 95 ball.
8.Muslima Mamajonova  - 95 ball.
9.Dilnoza Mirsaidova  - 95 ball.
10.Rayyona  - 95 ball.
11.Abdulloh90  - 95 ball.
12.Musannif Adham  - 90 ball.
13.Dilmurod Majidov  - 90 ball.
14.Robiya  - 85 ball.
15.Zubair  - 80 ball.
16.Farhod Isroilov  - 70 ball.
 
Assalamu alaykum. Meni uquvsizligim sabab Dilmurod MAjidov ismli ishtirokchimizning 8-turga bergan javoblari qolib ketgan ekan. Shuni tahrir qilib joylab qo'ydim.Va buing uchun bu ishtirokchiumizdan uzr so'rayman. Biz ham ojiz bandamzi xato qilishimiz aniq. Bunday xatoga boshqa yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman. 
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2008, 08:45:42
II-bosqich 8 turning umumiy natijalari.

1.Murod Karimov  - 760 ball.
2.NOZA  - 755 ball.
3.Rohatoy  - 755 ball.
4.Akbar  - 755 ball.
5.Dilmurod Majidov  - 745 ball.
6.Aziza Mannopova  - 715 ball.
7.Musannif Adham  - 710 ball.
8.Dilnoza Mirsaidova  - 695 ball.
9.Rayyona  - 690 ball.
10.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 670 ball.
11.Lolo  - 665 ball.
12.Anisa  - 645 ball.
13.Muslima Mamajonova  - 585 ball.
14.Abdulloh90  - 585 ball.
15.Farhod Isroilov  - 565 ball.
16.Jahongir Qurbonov  - 430 ball.
17.Shoira Shodmonova  - 405 ball.
18.Robiya  - 385 ball.
19.A'zam Rahimov  - 370 ball.
20.Zubair  - 320 ball.
21.Muhammad Sobirov  - 245 ball.
22.Mars  - 160 ball.
23.Guli Iskandarova  - 100 ball.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2008, 09:38:07
II-bosqich.
9-tur:Bani Mustalaq va Handaq g'azotlari.

1.Bani Mustalaq g’azoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a) To’rtinchi yil,sha’bon oyida.
b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
c)Oltinchi yil,zulqa’da oyida.

2.Bani Mustalaq qabilasi musulmonlarga qarshi bo’lgan qaysi urushda mushriklarga yordam bergan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)Handaq.

3.Bu urushda Rasulullohga SAV onalarimizdan kimlar hamrohlik qilishgan?
a)Oysha va Zaynab r.a.
b)Oysha va Ummu Salama r.a.
c)Oysha va Hafsa r.a.

4.Bani Mustalaq g’azotiga chiqqanlarida Rasululloh SAV Madinada kimni o’z o’rinlariga qoldirganlar?
a)Zayd ibn Horisa.
b)Usmon ibn Affon.
c)Abdulloh Ummu Maktum.

5.Bu urushda asirga tushganlarni o’z ashoblariga taqsimlab bergan Rasululloh SAV,Bani Mustalaq qavmini hidoyatiga sabab bo’lgan qanday rejani amalga oshirdilar?
a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
b)Barcha asirlarni shundoq ozod qildilar.
c)Asirlarni to’lov hisobiga ozod qildilar.

6.Bu g’azot jarayonida Rasulullohning SAV ko’ngillariga og’ir botadigan gapni qilib, o’zining munofiqligini oshkor qilib qo’ygan kishi kim?
a)Horis ibn Ziror.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Usmon ibn Talxa.

7.Rasulullohni SAV qattiq ranjitgani uchun, ashoblar unga u zotdan uzr so’rashlikni maslahat berishganida takabburlik qilgan paytda,Qur’oni Karimning qaysi surasi nozil bo’lagan?
a)"Na’ba"
b)"Al-Haaaqqo."
c)"Munafiquun".

8.Bu g’azotdan qaytishlarida munofiqlar onalarimizdan birining sha’niga eng og’ir tuhmatni qilishadi.Bu tuhmat onalarimizning sha’niga qilingan va Rasulullohni SAV ko’p mahzun qilgan tuhmatdir. Bu tuhmat qaysi onamiz va qaysi sahobiy sha’niga qilingan edi?
a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
b)Hafsa  r.anho va Muhammad ibn Maslama r.anhu.
c)Oysha  r.anho va  Muhammad ibn Maslama r.anhu.

9.Bu tuhmatli mish-mishlar butun musulmonlar orasida tarqalgan bir paytda, hatto bunga Rasululloh SAV ham ishona boshlagan bir paytda, Alloh taolo mo’minlar onasining sh’anini poklab qaysi suraning qaysi oyatlarini nozil qilgan?
a)"Ahzob",10-20.
b)"Niso",15-20.
c)"Nur",11-21.

10.Mo’minlar onasi Alloh taolo tomonidan oqlanganidan keyin,Rasululloh SAV bu tuhmat gaplarni tarqatgan kishilarni, shariat bo’yicha qanday jazolashga hukm etdilar?
a)80 darra urushga.
b)Madinadan chiqarib yuborishga.
c)Toshbor’on qilishga.

11."Handaq" ga’zoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
b)Oltinchi yil, sh’abon oyida.
c)Yettinchi yil, Rabiul oxir oyida.

12.Bu urushni boshlashga Makkaliklarni qaysi qabila undagan?
a)G’atafon qabilasi.
b)Bani Murra qabilasi.
c)Bani Nazir qabilasi.

13.Mushriklar bu urushga necha kishilik askar to’plaganlar?
a) 10.000 dan ziyod.
b) 8.000 kishilik.
c) 5.000 kishilik.

14.Bu g’azotga chiqishlarida bir sahobiy tomonidan hali hech qaysi urush jarayonida umuman qo’llanilmagan bir taklif aytiladi. Bu qanday taklif bo’lgan?
a) Dushmandan avval yo’lgan chiqib, ular kutmagan joydan hujum qilish.
b)Shahar darvozalarini yopib, shahar ichida qolib jang qilish.
c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.

15.Bu taklifni qaysi sahobiy aytgan?
a)Usmon ibn Affon.r.a.
b)Salmoni Forsiy.r.a.
c)Umar ibn Xattob r.a.

16.Bu g’azotda musulmonlarning soni qancha edi?
a) 3000.
b) 4000.
c) 5000.

17.Niyatlariga erishishlariga ko’zlari yetmagan mushriklar, munofiqlar va yahudlarga elchi yuborib ularni avray boshlashadi. Chopar yahud qavmining boshiliqlaridan kimning oldiga kelib shayton kabi vasvasa qiladi?
a)Ka’b ibn Asad.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Abu Mas’ud ibn Ruhayla.

18.Bu holdan xabar topgan Rasululloh SAV Madinada qolgan ayollar va bolalarni asrash uchun qancha askarni orqaga qaytaradilar?
a)500.
b)400.
c)300.

19.Alloh taolo Islom lashkariga kutmagan tomonlaridan yordam yuboradi. Mushriklar orasidan bir kishi kelib, hufyona musulmon bo’lganini aytib, Rasululloh SAV maslahatlariga ko’ra dushman ichida nizo chiqarib musulmonlarga katta yordam beradi. Bu kishi kim?
a)Sufyon ibn Abd Shams.
b)Tulayha ibn Huvaylid.
c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy.

20.Bu kishini musulmonlarga yordamchi qilib yuborgan va shu tufayli Islom lashkariga ga’labani nasib qilgan Alloh taolo bu haqda qaysi oyatlarni nozil qiladi?
a)"Ahzob"9-13.
b)"Baqara"55-57.
c)"Moida" 75-77.

Usgbu turda Munira xonim savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur "Namoz hukmlari-2"(Hanafiy mazhabida).Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, izohi va manbaasi bilan qabul qilinadi.

Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 07 Noyabr 2008, 01:20:01
II BOSQICH
10-tur: Namoz hukmlari-2-qism. (Hanafiy mazhabida)

1. Namozning birinchi rukni "œHarom qiluvchi takbir"( "œTakbiri tahrima") hisoblanadi, bunday deyilishiga sabab nima?
a) Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun
b) Bu takbirni aytmasdan namozni boshlash harom bo’lgani uchun
c) a va b javoblar 

2. Agar bir namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa ularning namozi buziladimi?
a) Ha, ikkalasining ham namozi buziladi
b) Erkak kishining namozi buziladi, ayol kishining namozi buzilmaydi
c) Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi

3. Qur’oni karim suralarining bir oyatini zam sura qilib o’qisa bo’ladimi?
a) Yo’q, zam sura kamida 3 oyat bo’lishi kerak
b) Yo’q, zam sura 1 yoki 2 oyat emas, kichik sura bo'lsa to’liq o'qish kerak
c) Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa

4. Namozda sahv (xato) sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechtasi sodir bo’lsa, xato sajdasi necha marta qilinadi?
a) xato sajdasi bir marta qilinadi
b) 3 tadan ortiq xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa xato sajdasi ikki marta qilinadi
c) bu holatda xato sajdasi qilinmaydi, chunki namoz buziladi

5. Tilovat sajdasini qilish uchun takbiri tahrima aytiladimi?
a) Ha, aytiladi
b) Yo’q, aytilmaydi
c) Aytilsa ham bo’ladi, aytilmasa ham

6. Shariatda "œAhli tartiblar" deb kimlar aytiladi?
a) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar
b) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilgan kishilar
c) vitrdan tashqari 6 vaqtdan ko’p namozni qazo qilmagan kishilar

7. "œAhli tartib" bo’lgan kishilning qazo namozlarining tartibiga rioya qilishi"¦
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

8. Ahli tartib bo’lgan kishiga qanday holatda  tartibga amal qilish vojibligi soqit bo’ladi?
a) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
b) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa
c) Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa

9. Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

10. Namozning har qa’dasida tashahhud (attahiyat) ni o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

11. Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish...
a) Farz
b) Vojib
c) Bunda namoz buziladi, qaytadan o’qish kerak

12. Ikki sajda orasida biroz o’tirish...
a) Sunnat
b) Mustahab
c) Vojib

13. Bir salom bilan namozni tugatish...
a) Mustahab
b) Makruh
c) Harom

14. Janoza namozida...
a) oyoq kiyim bilan namozni o'qisa bo'laveradi.
b) oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o'qish a'loroq.
c) oyoq kiyimini yechib, joynamozda o'qish lozim. 

15. Masjidda jamoat namozi o'qib bo'lindi. Ba'zi kechga qolganlar orqadagi safda namozlarini davom ettirayaptilar. Imomning orqaga o'girilib, ularga yuzlanib duo qilishi mumkin.
a) Bu hol makruh amaldir.
b) Bu hol harom amaldir.
c) Ha, imom orqaga o'girilib, jamoatga qarab duo qilsa bo'ladi.

16. 1) hayz va nifosdagi va 2) junub odam azonga javob qaytarsa bo'ladimi?
a) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarmaydi.
b) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
c) 1) Javob qaytarishi mumkin; 2) Javob qaytarishi mumkin.   

17. Masjidda iqomatni yurib aytsa bo'ladimi?
a) Iqomatni yurib aytsa bo'ladi.
b) Bo'lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
c) Iqomatni yurib aytish makruhdir.

18. 1) Junub va 2) Mushrik kishi masjiga kirsa bo'ladimi?
a) 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo'ladi.
b) 1) kirib bo'lmaydi; 2. faqatgina pok holida kirishi mumkin.
c) 1) masjidga kirishi mumkin; 2. kirishi makruh.

19. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
a) Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
b) Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
c) Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.

20. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
Juma namoziga takbir aytilganda yetib borgan kishi...
a) oldingi to‘rt rakat sunnatni o'qimaydi.
b) Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
c) o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qimaydi.

Ushbu turda Aziza Mannopova va AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonim (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=11)ga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Mana, Allohga shukrlar bo’lsin, II-bosqichning so’nggi savollari e’lon qilinmoqda. Inshaalloh, yaqin kunlarda g’oliblar nomini ham e’lon qilamiz.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2008, 23:11:59
8-turning so'nggi natijasi

1.   Akbar   100 ball
2.   Anisa   100 ball
3.   Murod Karimov   100 ball
4.   Abdulloh90   95 ball
5.   Abduvohid Ahmadaliyev   95 ball
6.   Aziza Mannopova   95 ball
7.   Dilnoza Mirsaidova   95 ball
8.   Lolo   95 ball
9.   Muslima Mamajonova   95 ball
10.   Noza   95 ball
11.   Rayyona Usmonova   95 ball
12.   Rohatoy   95 ball
13.   Dilmurod Majidov   90 ball
14.   Musannif Adham   90 ball
15.   Robiya   85 ball
16.   Zubayr   80 ball
17.   Farhod Isroilov   70 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2008, 23:12:48
9-tur natijalari

1.   Abdulloh90   100 ball
2.   Akbar   100 ball
3.   Dilmurod Majidov   100 ball
4.   Lolo   100 ball
5.   Murod Karimov   100 ball
6.   Noza   100 ball
7.   Rohatoy   100 ball
8.   Anisa   95 ball
9.   Farhod Isroilov   90 ball
10.   Musannif Adham      85 ball
11.    Zubayr   80 ball
12.   Robiya   70 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2008, 23:13:20
9-turdan keyingi umumiy holat

1.   Murod Karimov   860 ball
2.   Akbar   855 ball
3.   Noza   855 ball
4.   Rohatoy   855 ball
5.   Dilmurod Majidov   845 ball
6.   Anisa   840 ball
7.   Musannif Adham     795 ball
8.   Lolo     765 ball
9.   Aziza Mannopova   715 ball
10.   Dilnoza Mirsaidova   695 ball
11.   Rayyona Usmonova   690 ball
12.   Abdulloh90   685 ball
13.   Abduvohid Ahmadaliyev   670 ball
14.   Farhod Isroilov   655 ball
15.   Muslima Mamajonova   585 ball
16.   Robiya   455 ball
17.   Jahongir Qurbonov   430 ball
18.   Shoira Shodmonova   405 ball
19.   Zubayr   400 ball
20.   A'zam Rahimov   370 ball
21.   Muhammad Sobirov   245 ball
22.   Mars   160 ball
23.   Guli Iskandarova   100 ball
24.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
25.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
26.   Iqbol G'afforov   55 ball
27.   Nurilla Muhammedov   45 ball
28.   Huzayfa_89uz   35 ball
29.   Gulmira   25 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2008, 08:41:59
9-turning so'nggi natijalari

1.   Abdulloh90   100 ball
2.    Abduvohid Ahmadaliyev   100 ball
3.   Akbar   100 ball
4.   Aziza Mannopova   100 ball
5.   Dilmurod Majidov   100 ball
6.   Lolo   100 ball
7.   Murod Karimov   100 ball
8.   Noza   100 ball
9.   Rohatoy   100 ball
10.   Anisa   95 ball
11.   Dilnoza Mirsaidova   95 ball
12.   Rayyona Usmonova   95 ball
13.   Musannif Adham   95 ball
14.       Farhod Isroilov   90 ball
15.   Zubayr   80 ball
16.   Robiya   70 ball

PS. Abduvohid Ahmadaliyev javoblarni 4 noyabr kuni jo'natgan ekanlar. Texnik sabablarga ko'ra qolib ketgan ekan. Shuni ham kiritib qo'ydik.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2008, 08:35:10
II-bosqichning 8-tur javob va izohlari. Hamroul-asad, Bani Nazir, Zotur-Riqo’ g’azotlari

1.Hamroul Asad g’azoti hijratning nechanchi yi’li bo’lib o’tdi?
a)Ikkinchi.
b)Uchinchi.
c)To’rtinchi.
To’g’ri javob: b) Uchinchi.
Izoh: Hamroul Asad g’azoti hijratning uchinchi yili bo’lib o’tgan Islom olamidagi eng katta g’azotlaridan biri bo’lgan Uhud g’azotidan keyin bo’lib o’tdi.

2.Bu g’azot musulmonlar qaysi urushdan qaytishlari bilan bo’lib o’tgan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)G’atfon.
To’g’ri javob: a)Uhud.
Izoh: Musulmonlar Uhud jangidan mag’lub bo’lib qaytishganidan so’ng, Rasululloh SAV
mushriklar uzil-kesil g‘alaba qozonish niyatida orqaga qaytib, shaharni talon-taroj qilish ehtimolining oldini olish niyatida sahobalarni dushmanni ta’qib etishga chaqirdilar  va safarga faqat Uhud jangida qatnashganlar borishi mumkinligini uqtirdilar.

3.Rasululloh SAV bu g’azotda Islom bayrog’ini kimga topshirganlar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ali ibn Abu Tolib.
c)Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob: b)Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Sahobalar jarohatlariga malham qo‘yib, Uhud g‘azoti uchun bog‘langan a’lamni yechmasdanoq jangga otlanishdi. Bu safar bayroq Ali ibn Abu Tolibga tutqazildi.

4.Rasululloh SAV bu g’azotga faqat Uhud g’azotida qatnashganlarni borishga buyuradilar. Uhudda qatnashmagan faqat bir kishiga Hamroul Asad g’azotida qatnashishga,uning iltimosiga ko’ra rozi bo’ladilar.Bu sahobiy kim?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ka’b ibn Molik.
c) Jobir ibn Abdulloh.
To’g’ri javob: c)Jobir ibn Abdulloh.
Izoh: Bu g’azotga Uhudda qatnashmagan ko’pchilik sahobiylar chiqishni xohlashdi,lekin Rasululloh SAV ularga ruxsat bermadilar. Faqat Uhudda mergan boshlig’I bo’lib shu yerdan jilmay shahid bo’lgan Abdullohning o’g’li Jobirga ruhsat berdilar. Jobir aytdi:"Uhudga siz bilan chiqmoqchi edim, lekin otamdan tug’ilgan to’qqiz qizni ichida men yolg’iz o’g’il eidm,otam g’azotga chiqishida menga shunday dedi:"Men bu jangda shahodat topgayman, InshaAlloh, bu qizlarg sen qarab turmasang bo’lmas" degani uchun ham men chiqolmadim.Buni bilgan Rasululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga chiqishiga ruhsat berdilar.

5.Hamroul Asad g’azotidan qaytayotgan musulmonlar, o’zlariga va Rasululloh SAVga tili bilan juda ko’p aziyat bergan,Islomni qoralab she’rlari bilan tashviqot qilgan bir mushrikni tutib oladilar. Va Rasululloh SAV  buyruqlariga binoan uni qatl qiladilar.  Bu mushrik kim?
a)Abu Azza.
b)Safvon ibn Umayya.
c)Muoviya ibn Mug’iyra.
To’g’ri javob: a)Abu Azza.
Izoh: Rasululloh qo‘lga tushgan shoir Abu Azzani o‘limga buyurdilar. U Badrda asirga tushganda musulmonlarga qarshi tashviqot yurgizmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan edi. "Ey Muhammad, qizlarim uchun qo‘yib yubor, bolalarimni yetim qilma. Bundan keyin senga qarshi bir og‘iz ham gapirmaslikka va’da beraman", deya yolbordi. "Yo‘q, sening Makkaga sog‘-salomat borib, Muhammadni ikki marta boplab laqillatdim, deyishinga yo‘l qo‘yilmaydi. Mo‘min odam chayon chaqqan to‘shakka ikkinchi marta qo‘lini tiqmaydi, — dedilar rasululloh qat’iyat bilan va Zayidga yuzlanib buyurdilar. — Uning kallasini tanidan judo qil!" Buyruq shu zahoti ijro etildi.
Rasulullohning yuqoridagi gaplaridan aldam-qaldamdan saqlan-magan odam aqlli hisoblanmasligi, hokimiyatning asosini mustahqamlash uchun, qat’iyatli bo‘lish zarurligi anglashiladi.

6.Shu g’azot bo’lgan yilda Rasulullohning SAV qaysi nabiralari dunyoga kelgan?
a)Imom Hasan.
b)Imom Husayn.
c)Hazrati Ummu Kulsum.
To’g’ri javob: b) Imom Husayn.
Izoh: HAmroul Asad g’azoti bo’lgan yili juda ko’p muhim hodisalar ro’y berdi. SHulardan biri RAsululloh SAVning nabiralari, Hazrati Ali r.a. va Fotima r.a. larning farzndlari Hazrati Imom Husayn tug’ildi.

7.Yana shu yili  arablarning eng yaxshi ko’rgan ishlaridan birini Alloh taolo aniq oyatlari bilan harom qiladi. Bu qaysi odat?
a)Zino.
b)Aroq ichish.
c)Ribo. (sudxo’rlik)
To’g’ri javob: b) Aroq ichish.
Izoh: Shu yili aroq harom qilindi. Arablar ichkilikni haddan tashqari yaxshi ko‘rishar, agar birdaniga taqiqlansa juda ko‘p ko‘ngilsizlik yuz berishi ko‘zda tutilib, tadrijiy cheklana bordi. Aroq odamlarning dilini xufton qiladigan voqealarga sabab bo‘lishi, ham moddiy, ham ma’naviy, ham tibbiy zarari tufayli harom deb topildi.

8.RAsululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga ketganlarida  Madinaga kimni voliy qilib qoldirdilar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob: b) Abdulloh Ummu Maktum.
Izoh: Rasululloh o‘z o‘rinlariga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktumni qoldirdilar. Lashkar jadal yo‘lga chiqib, Madinadan sakkiz mil olisdagi Hamroul Asad degan joyga yetib keldi.

9.Bani  Nazir g’azoti hijratning nechnchi yili bo’lgan?
a)Uchinchi.
b)Tortinchi.
c)Beshinchi.
To’g’ri javob:
Izoh: Hijratning to’rtinchi tili Bani Nazir g’azoti bo’lib o’tdi. Yengiltaklik bilan o‘ylamasdan ish qilish xunuk oqibatlarga sabab bo‘ladi. Tinchgina yashayogan biron qavmning boshliqlari o‘z manfaatlarini ko‘zlab qilgan xiyonatlari shu qavmga baloyu-qazo, vayrongarchilik olib kelishi muqarrar. Madina yaqinida yashovchi Xazraj qabilasining ittifoqdoshi bani Nazir yahudiylarining boyniga shunday kun tushdi.

10.Bani Nazir qavmi bilan bu g’azotning boshlanishiga asosiy sabab nima edi?
a)Musulmonlarga hujum qilishlari.
b)Mushriklar bilan til biriktirishgani.
c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishlari.
To’g’ri javob: c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishdi.
Izoh: Musulmonlar bilan bani Nazir qabilasi o‘rtasida tinch-totuv yashash bitimi imzolangan edi. Biroq ular hasadgo‘yligi va niyati buzuqligi tufayli xiyonat ko‘chasiga kirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom bir guruh sahobalar bilan bani Nazirlarning mahallasiga kelganlarida yahudiylar u kishiga suiqasd uyushtirishdi. Rasululloh ko‘chadan o‘tayotganlarida ustilariga xarsangtosh tashlab yuborishni rejalashtirishdi.

11.RAsululloh SAV bu g’azotni boshlaridan oldin Bani Nazir qavmiga qanday jazo qo’lladilar?
a)Madinadan chiqib ketishlarini.
b)Tovon to’lashlarini.
c)Mushriklar bilan har qanday aloqani uzishlarini.
To’g’ri javob: a)Madinadan chiqib ketishlarini.
Izoh: Ularning shum niyatini sezib qolgan payg‘ambar alayhis-salom darrov orqaga qaytib ketdilar va Muhammad ibn Maslamani yuborib, xoinlik qilganlari uchun yahudiylarga Madinadan chiqib ketishni buyurdilar. (Zero haqiqiy ehtiyotkorlik insonning xiyonat bilan muomalada beparvo bo‘lmasligidir.)

12.Bani Nazir qavmiga:"HAr qanday hlatda ham biz siz bialnmiz" degan munofiqlar haqida, Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatlarida ibrat qilib nozil qilgan?
a)"Moida" 90-91.
b)"Baqara", 129.
c)"Hashr",11-12.
To’g’ri javob: c)Hashr,11-12.
Izoh: Yahudiylarning shahardan ko‘chib ketish tadorikini ko‘rayotganidan xabar topgan munofiqlar o‘z vakillarini yuborib: "Hech qayoqqa ketmanglar. Har qanaqa sharoitda biz yordam beramiz", dedilar. Olloh taolo Hashir surasining 11-12-oyatlarida munofiqlar haqida bunday deydi: "Munofiqlar ahli kitob orasidagi (Qur’onni) inkor etgan birodarlariga (yurtinglardan) chiqarib yuborilsanglar, biz ham albatta sizlar bilan birga ketamiz, sizlarning zararingaz hisobiga hech qachon birovga itoat etmaymiz, sizlarga (qarshi) urush ochilsa, yordam berishimiz aniq, deyishganini bilmaysanmi? Olloh guvohlik beradiki, ular mutlaqo yolg‘onchilardir. Agar ular haydab chiqarilsa, munofiqlar sira birga ketishmaydi. Agar ularga (qarshi) urush ochilsa, munofiqlar yordam qo‘lini cho‘zishmaydi, yordam berishsa-da ters burilib qochishadi, ahli kitob yordamga erisholmaydi".

13.Bu g’azotda musulmonlar tug’ini kim ko’tardi?
a)Ali ibn Abu Tolib.
b)Umar ibn Hattob.
c)Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob; a)Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Yahudiylar munofiqlarning yordamiga umid bog‘lab, ko‘chish muddatini paysalga solishdi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘rinlariga ibn Ummu Maktumni qo‘yib, Aliga tug‘ ushlatib, yahudiylarga qarshi yasov tortib chiqdilar.

14.Bu g’azotda g’animat olingan mollarni Rasululloh sav ashoblariga bo’lib bermadilar. Ularni o’zlariga, ahli baytlariga, yetim va miskinlarga ulashdilar.Buning sababi nima?
a)Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
b)Faqirlarni ko’payib ketgani uchun.
c)Ashoblar shu qarorga kelganliklari uchun.
To’g’ri javob" a) Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
Izoh: Bani Nazirdan g‘animat olingan mol-mulkni rasululloh g‘oziylarga bo‘lib bermadilar, sababi, bu chinakam jang qilib, qon to‘kib, qo‘lga kiritilgan o‘lja emas edi.
15.Rasululloh SAV bu g;animat mollarning ustidan qilgan hukmlarini,Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatida tasdiqladi?
a)"Hashr",7.
b)"Niso",32.
c)"Moida",100.
To’g’ri javob: a)"Hashr",7.
Izoh: Bu xildagi g‘animat urush tayyorgarligini ko‘rgani uchun Payg‘ambar alayhis-salomning o‘zlariga, oilasi va yaqinlariga, yetim-esir, g‘ariblarga tegishli edi. Hashir surasining 7-oyatida bu narsa alohida ta’kidlab o‘tilgan: "Olloh payg‘ambariga g‘animat qilib bergan ahli quroning,* mollari orangizdagi boylar o‘rtasida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurmasligi uchun yaratganga, payg‘ambarga, uning hesh-aqrabolariga, yetimlarga, miskinlarga ibn sabillarga xos qildi"

16.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi arab qabilalariga qarshi bo’lgan?
a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
b)Bani Nazir, Bani Muhorib.
c)Bani Sa’laba, Bani Nazir.
To’g’ri javob: a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
Izoh: Shu yilning rabbiul oxir oyida Najd tomonda yashovchi arablardan bani Muhorib, bani Sa’la qabilalari musulmonlarga qarshi urushga taryorgarlik ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi.

17.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi oyda bo’lgan?
a)Rabbiul avval.
b)Rabbiul oxir.
c)Muharram.
To’g’ri javob: b)Rabbiul oxir.
Izoh: Shu yilning rabbiul oxir oyida Najd tomonda yashovchi arablardan bani Muhorib, bani Sa’la qabilalari musulmonlarga qarshi urushga taryorgarlik ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi.

18.Bu g’azotga Rasululloh SAV necha kishilik askar tayorlaydilar?
a)500.
b)600.
c)700.
To’g’ri javob: c)700.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom yetti yuz sahobani ularga qarshi otlantirdilar.

19.Rasululloh SAV bu g’azotga ketganlarida Madinaga kim voliy bo’lib qoladi?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob; a)Usmon ibn Affon.
Izoh: Rasulullohning o‘rnilarida Usmon ibn Affon qoldi

20.Bu g’azotdan qaytishlarida Rasululloh SAV ashoblari bilan asr namozi vaqti kirganida "œsalotuhavf’namozini o’qidilar. Bu qanday namoz?
a)Safarda bo’lganda o’qiladigan namoz.
b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
c)G’azotga chiqilganda o’qiladigan namoz.
To’g’ri javob: b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
Izoh: Musulmonlarning unchalik ko‘p emasligini ko‘rgach, mushriklarning bir qismi yurak yutib pastga tushdi, lekin baribir jang qilishga botinisholmadi. Bu orada namozdigar (asr namozi) vaqti bo‘lib qoldi. Rasulluloh dushman qo‘qqisidan hujum qilib qolishdan xavfsirab salotuxavf* dedilar.

Izohlar "œTarixi Muhammadiy" va "œNurul — yaqiyn" kitoblaridan olindi.

Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2008, 08:42:43
9-tur.
Bani Mustalaq va Handaq g’azotlari.
Javoblar va izohlar.
[/b]

1.Bani Mustalaq g’azoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a) To’rtinchi yil,sha’bon oyida.
b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
c)Oltinchi yil,zulqa’da oyida.
To’g’ri javob: b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
Izoh: Hijratning beshinchi yili  sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar.

2.Bani Mustalaq qabilasi musulmonlarga qarshi bo’lgan qaysi urushda mushriklarga yordam bergan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)Handaq.
To’g’ri javob: a)Uhud.
Izoh: Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar. Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar.

3.Bu urushda Rasulullohga SAV onalarimizdan kimlar hamrohlik qilishgan?
a)Oysha va Zaynab r.a.
b)Oysha va Ummu Salama r.a.
c)Oysha va Hafsa r.a.
To’g’ri javob: b)Oysha va Ummu Salama r.a.
Izoh: Bu g’azotda Rasulullohga SAV Ayollaridan Oisha bilan Ummu Salama ularga hamroh bo‘ldilar. Ilgari biron jangovor yurishda qatnashmagan munofiqlar o‘lja olish umidida safga qo‘shilishdi.

4.Bani Mustalaq g’azotiga chiqqanlarida Rasululloh SAV Madinada kimni o’z o’rinlariga qoldirganlar?
a)Zayd ibn Horisa.
b)Usmon ibn Affon.
c)Abdulloh Ummu Maktum.
To’g’ri javob: a)Zayd ibn Horisa.
Izoh: . Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar.

5.Bu urushda asirga tushganlarni o’z ashoblariga taqsimlab bergan Rasululloh SAV,Bani Mustalaq qavmini hidoyatiga sabab bo’lgan qanday rejani amalga oshirdilar?
a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
b)Barcha asirlarni shundoq ozod qildilar.
c)Asirlarni to’lov hisobiga ozod qildilar.
To’g’ri javob: a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
Izoh: Bani Mustalaq qabilasi arablar orasida eng kuchli va jangovor qabila hisoblanardi. Ayollarining asir olinib, quldek taqsimlanishi ularga g‘oyat og‘ir botardi. Bu narsani yaxshi bilgan payg‘ambar alayhis-salom juda katta oliyjanoblik va mardlik namunaeini namoyon etdilar, ayollarni ozod etishning musulmonlar rozi bo‘ladigan yo‘lini o‘ylab topdilar. Sarvari olam, Horisning qizi Barrani nikohlariga olib, Juvayriya deb atadilar. Shu bilan musulmonlar asirlarni rasulullohning qudalari hisoblab, ozod qilib yuborishdi.

6.Bu g’azot jarayonida Rasulullohning SAV ko’ngillariga og’ir botadigan gapni qilib, o’zining munofiqligini oshkor qilib qo’ygan kishi kim?
a)Horis ibn Ziror.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Usmon ibn Talxa.
To’g’ri javob: b)Abdulloh ibn Ubay.
Izoh: Umar ibn Xattobning xizmatkori bilan Xazraj qabilasining ittifoqchilaridan bo‘lmish bir odam urushib qolishdi. Umarning xizmatkori uni urib, yarador qildi va ikkalovi o‘z qavmini yordamga chaqirdi. Agar rasululloh kelib qolmaganlarida ikki o‘rtada boshlangan dahanaki jang qon to‘kilishiga sabab bo‘lishi hech gap emasdi. "Yana johiliyat davridagi tarafkashliginglarni qilmoqchimisizlar? Yo‘qotinglar bunday yaramas odatni!" dedilar rasululloh va jabrdiydaning o‘chini olib berdilar. Shu bilan janjal barham topdi.
Bu voqeani eshitgan Abdulloh ibn Ubay xafa bo‘lib o‘z qabiladoshlariga: "Men hech qachon bugungidek xo‘rlikni ko‘rmagan edim. Ularni yurtimizga kiritib, uyimizning to‘ridan joy bersagu buning evaziga bizni savalashadimi? Itingni semirtirsang o‘zingni qopadi, deganlari shu ekan-da. Xudoga qasamki Madinaga qaytsak albatta aziz u yerdan xorni chiqarib tashlaydi. Aslida-ku bu xo‘rlikni o‘zinglar tilab oldinglar. Ularni uyingizga chaqirib mol-mulkingizni baham ko‘rdingiz. Agar quchoq ochib kutib olmaganingizda boshqa tomonlarga ravona bo‘lishardi. Bunisi ham yetmagandek Muhammad uchun urushib joninglarni qurbon qilyapsizlar, bolalaringiz yetim bo‘lib chirqirab qolishyapti, ular esa ko‘paygandan ko‘payyapti. Bundan keyin ularga yordam bermanglar, kambag‘allashib, Madinadan ketishga majbur bo‘lishsin", dedi.

7.Rasulullohni SAV qattiq ranjitgani uchun, ashoblar unga u zotdan uzr so’rashlikni maslahat berishganida takabburlik qilgan paytda,Qur’oni Karimning qaysi surasi nozil bo’lagan?
a)"Na’ba"
b)"Al-Haaaqqo."
c)"Munafiquun".
To’g’ri javob: c) "œMunafiquun".
Izoh: Oftob tig‘ida yo‘l bosgan odamlar manzilga yetgan zahoti uyquga ketishdi. Ansorlardan bir guruhi Abdulloh ibn Ubayga rasulullohdan kechirim so‘rashni taklif etishdi, biroq u takabburlik bilan bosh tortdi. Shu lahzada Munofiqun surasi nozil bo‘lib, Abdulloh ibn Ubay va uning hamfikrlarining sharmandasi chiqdi. Zayd ibn Arqamning aytganlari rostligi isbotlandi. Abdulloh ibn Ubayning o‘g‘li bu gapdan xabar topgach, otamni birov o‘ldirsa, u kishi bilan o‘rtamizda dushmanlik tug‘ilib qolishi mumkin, yaxshisi bu ishni o‘zim ado etay, deb ijozat so‘raganida rasululloh uni fikridan qaytarib otasini izzat-ikrom qilishga buyurdilar.

8.Bu g’azotdan qaytishlarida munofiqlar onalarimizdan birining sha’niga eng og’ir tuhmatni qilishadi.Bu tuhmat onalarimizning sha’niga qilingan va Rasulullohni SAV ko’p mahzun qilgan tuhmatdir. Bu tuhmat qaysi onamiz va qaysi sahobiy sha’niga qilingan edi?
a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
b)Hafsa  r.anho va Muhammad ibn Maslama r.anhu.
c)Oysha  r.anho va  Muhammad ibn Maslama r.anhu.
To’g’ri javob: a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
Izoh: Ikkinchi hodisa , yuqoridan bayon etilgan voqeadan qabihroq va og‘irroq bo‘lib, rasulullohning umr yo‘ldoshlari Oisha bilan Safvon ibn Muattal o‘rtasida xufya munosabat bor, degan tuhmat tarqatiladi. Aslida voqeaning tafsiloti bunday: musulmonlar bani Mustalaq gazotidan qayta turib, Madina yaqinidagi bir qo‘nalg‘aga tushishdi. Payg‘ambar alayhis-salom yarim kechasi qo‘shinni yo‘lga otlantirdilar. Bu paytda hazrat Oisha zarurat uchun chekkaroqqa ketgan edi, manzilgohiga kela turib, bo‘ynidagi marjoni tushib qolganini bilib, darrov iziga qaytadi. Bu orada otlanishga buyruq kelib, kajavani ko‘taradigan xizmatchilar uning ichida hazrat Oisha bor degan o‘yda, tuyaga ortishadi.
Hazrati Oisha yosh, ozg‘in yengil bo‘lgani uchun kajavaning ichida bor-yo‘qligi bilinmagan. O’sha davrdagi ayollarning aksariyati ozg‘in, vazni yengil bo‘lardi. Hazrati Oisha munchog‘ini topib kelganlarida qo‘shin yurib ketgan; u kishining yo‘qligidan hech kim xabar topmagani uchun biron kimsa qoldirilmagan edi. Oisha baribir izlab kelishadi, degan o‘yda ilgarigi joyiga o‘tiradi-yu, ko‘zi ilinadi. Qo‘shinning orqasidan qolib ketgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ishtirib yurgan Safvon ibn Muattal ismli sahoba mizg‘ib o‘tirgan hazrat Oishani ko‘rib qoladi. U Oishani mastura bo‘lishindan avval bilgani uchun tanib, baland ovozda: "Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" (Biz Ollohning ilkidamiz, yana Ollohning dargohiga- qaytib boramiz.) deydi. Hazrat Oisha uyg‘onib yuzini yopadm. Safvon bir og‘iz so‘z qotmay, tuyani cho‘ktiradi, hazrat Oisha ham churq etmay minadi.

9.Bu tuhmatli mish-mishlar butun musulmonlar orasida tarqalgan bir paytda, hatto bunga Rasululloh SAV ham ishona boshlagan bir paytda, Alloh taolo mo’minlar onasining sh’anini poklab qaysi suraning qaysi oyatlarini nozil qilgan?
a)"Ahzob",10-20.
b)"Niso",15-20.
c)"Nur",11-21.
To’g’ri javob" c)"Nur",11-21.
Izoh: Olloh taolo Nur surasining 11-21-oyatlarini nozil qilib, hazrat Oishani oqladi: "Orangizdagi bir guruh odam (Oishaga) bo‘hton yog‘dirdi, bu siz uchun yomon emas, aksincha yaxshidir. Tuhmatchilardan qay birining qanchalik gunohi bo‘lsa shunga yarasha jazo beriladi; asosan bo‘htonni tarqatgan odam (Abdulloh ibn Ubay) og‘ir azobga giriftor etiladi, bo‘htonni eshitgan paytda o‘zlarini yaxshi odam deb hisoblovchi mo‘min erkagu ayol nega bu quruq tuhmat, demadi? Ular nega to‘rt nafar guvoh topib kelishmadi? Guvoh topishmagan ekan, ular Ollohning nazarida yolg‘onchi hisoblanadi. Sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, bo‘hton yog‘dirganinglar uchun og‘ir azobga giriftor etilardinglar. Bo‘htonni til bilan tarqatdinglar, bilmaydigan narsalarni og‘zingizga oldinglar, buni yengil (ermak) fahmladinglar. Vaholanki, Ollohning nazarida bu katta gunohdir. Uni. (ya’ni bo‘htonni) eshitgan paytinglarda nega: bunday so‘zlarni gapirmasligimiz kerak, bu katta gunohdir, ey Olloh, sen pokdirsan, demadinglar? Olloh agar mo‘min bo‘lsangiz bunday gaplarni qayta og‘zingizga olmang, deb o‘git beradi. Olloh sizlarga oyatlarini bayon etadi, Olloh hamma narsani bilguvchi, hikmat bilan ish yurituvchi zotdir. Mo‘minlar orasida behayolik tarqalishini istaydigan odamlar dunyo va oxiratda qattiq azobga uchraydi, Olloh bilguvchi, sizlar esa (hech narsani) bilmaysizlar. Agar Ollohning sizlarga fazlu. marhamati bo‘lmasa edi (qattiq jazolardi). Olloh shafqatli va mehribondir. Ey mo‘minlar, shaytonning yetoviga yurmanglar! Kymki shaytonning etoviga yurar ekan, shayton uni behayolikka, yomon ishlarga boshlaydi. Olloh sizlarga fazlu marhamat ko‘rsatmasa, hech qaysingiz to abad pok bo‘lmas edingiz. Olloh istagan bandasini pok qiladi. Olloh hamma narsani eshitib, bilib turguvchidir".

10.Mo’minlar onasi Alloh taolo tomonidan oqlanganidan keyin,Rasululloh SAV bu tuhmat gaplarni tarqatgan kishilarni, shariat bo’yicha qanday jazolashga hukm etdilar?
a)80 darra urushga.
b)Madinadan chiqarib yuborishga.
c)Toshbor’on qilishga.
To’g’ri javob: a)80 darra urushga.
Izoh: Bu oyatlar nozil bo‘lgach, payg‘ambar alayhis-salom ochiq chehra bilan hazrat Oishaning pokliga haqida bashorat berdilar. Oishaning onasi qiziga: "O’rningdan tur! Rasulullohga rahmat ayt", dedi. "yYo‘q, men yuzimni yorug‘ qilgan Ollohga rahmat aytaman", deya javob berdi hazrat Oisha. Rasululloh tuhmatchilarning har biriga shariat hukmiga binoan sakson darra urishni buyurdilar. Bo‘hton yog‘dirganlar Jahishning qizi Hamna, Mistah ibn Usosa, Xasson ibn Sobitlar edi.

11."Handaq" ga’zoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
b)Oltinchi yil, sh’abon oyida.
c)Yettinchi yil, Rabiul oxir oyida.
To’g’ri javob: a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
Izoh: Hijratning beshinchi yili, zulqa;da oyida alamzada bo’lgan Bani NAzir qabilasi, Makkalik mushriklar bilan birgalashib musulmonlarga qarshi urushga otlanishdi.

12.Bu urushni boshlashga Makkaliklarni qaysi qabila undagan?
a)G’atafon qabilasi.
b)Bani Murra qabilasi.
c)Bani Nazir qabilasi.
To’g’ri javob: c)Bani Nazir qabilasi.
Izoh: Bani Nazir qabilasi surgun qilinib, yurti musulmonlarga qolgach, ularning fikri zikri qanday bo‘lmasin musulmonlardan o‘ch olish, tug‘ilib o‘sgan joylarni qaytadan qo‘lga kiritish bilan band bo‘ldi. Bir guruh alamzada Makkaga borib, quraysh qabilasini musulmonlarga qarshi qayradi, agar jangovor yurish boshlansa, hamma jihatdan ularga yordam berajaklarini aytib o‘z yo‘rig‘iga solishdi.

13.Mushriklar bu urushga necha kishilik askar to’plaganlar?
a) 10.000 dan ziyod.
b) 8.000 kishilik.
c) 5.000 kishilik.
To’g’ri javob: a) 10.000 dan ziyod.
Izoh: G’atafon qabilasi quraysh jangovor yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib, bajonu dil rozilik bildirishdi. Abu Sufyon boshchiligida to‘rt ming kishilik qo‘shin to‘plandi, Usmon ibn Talxa Abdariy ularga a’lambardor bo‘ldi. Rasululloh mollarini boqish uchun sero‘t yaylovlarni berib, qilgan yaxshiliklariga yomonlik bilan javob qaytargan Uyayna ibn Hisnni ming otliq askar bilan, Horis ibn Afv Murriy boshchiligida bani Murra qabilasidan to‘rt yuz kishi Abu Sufyonga kelib qo‘shildi. Sufyon ibn Abd Shams boshchiligidagi bani Salim qabilasidan yetti yuz kishi, shuningdsk Abu Mas’ud ibn Ruhayla boshchiligida bani Ashja qabilasi hamda Tulayha ibn Xuvaylid Asadiy boshchiligida bani Asad qabilalari yoppasiga mushriklar bayrog‘i ostida saf chekishdi. Musulmonlarga qarshi otlanganlarning soni o‘n mingdan oshib ketdi.

14.Bu g’azotga chiqishlarida bir sahobiy tomonidan hali hech qaysi urush jarayonida umuman qo’llanilmagan bir taklif aytiladi. Bu qanday taklif bo’lgan?
a) Dushmandan avval yo’lgan chiqib, ular kutmagan joydan hujum qilish.
b)Shahar darvozalarini yopib, shahar ichida qolib jang qilish.
c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.
To’g’ri javob: c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.
Izoh: Bu xabarni eshitgan payg'ambar alayhis-salom o‘z sarkardalarini yigib, shahar darvozalarini tambalab mudofaada turib jang qilish kerakmi yoki dushmanning istiqboliga chiqish lozimmi degan masalada mashvarat o‘tkazdilar. Salmon Forsiy dushmanning yo‘liga xandaq kovlashni taklif etdi. Bu taklif shu paytgacha tajriba qilib ko‘rilmagan yangilik edi. Rasululloh Madinaning Sharq va Shimol tomonlariga xandaq qazishni buyurdilar.

15.Bu taklifni qaysi sahobiy aytgan?
a)Usmon ibn Affon.r.a.
b)Salmoni Forsiy.r.a.
c)Umar ibn Xattob r.a.
To’g’ri javob: b)Salmoni Forsiy r.a.
Izoh: Yuqorida keltirildi.

16.Bu g’azotda musulmonlarning soni qancha edi?
a) 3000.
b) 4000.
c) 5000.
To’g’ri javob: a)3000.
Izoh: Musulmonlar qo‘shini shaharga kiraverishdagi Sal’ tog’i etagiga joylashishdi. Ularning soni uch ming bo‘lib, muhojirlarga Zayd ibn Horisa, ansorlarga Sa’d ibn Uboda bayroqdor bo‘ldi.

17.Niyatlariga erishishlariga ko’zlari yetmagan mushriklar, munofiqlar va yahudlarga elchi yuborib ularni avray boshlashadi. Chopar yahud qavmining boshiliqlaridan kimning oldiga kelib shayton kabi vasvasa qiladi?
a)Ka’b ibn Asad.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Abu Mas’ud ibn Ruhayla.
To’g’ri javob: a)Ka’b ibn Asad.
Izoh: Bani Nazir qabilasining boshlig‘i Huyay ibn Axtab bani Quriyzaning oqsoqoli Ka’b ibn Asadning yoniga kelib shayton misol vasvasga soldi, ularni musulmonlarga qarshi urushishga undab, Muhammadga ergashganlarning kuni bitib qolganini, makkaliklar erta-indin Madinaga bostirib kirishini bashorat qildi. Yahudiylar uning yetoviga yurib dushmanga aylanishdi.

18.Bu holdan xabar topgan Rasululloh SAV Madinada qolgan ayollar va bolalarni asrash uchun qancha askarni orqaga qaytaradilar?
a)500.
b)400.
c)300.
To’g’ri javob: a)500
Izoh: Bu shumxabarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salom Madinada qolgan ayollar bilan bolalarni asrash uchun Muslima ibn Aslamni ikki yuz odamga, Zayd ibn Horisani uch yuz edamga bosh qilib jo‘natdilar.

19.Alloh taolo Islom lashkariga kutmagan tomonlaridan yordam yuboradi. Mushriklar orasidan bir kishi kelib, hufyona musulmon bo’lganini aytib, Rasululloh SAV maslahatlariga ko’ra dushman ichida nizo chiqarib musulmonlarga katta yordam beradi. Bu kishi kim?
a)Sufyon ibn Abd Shams.
b)Tulayha ibn Huvaylid.
c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy.
To’g’ri javob: c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy
Izoh: Dinida sobit odamlarga parvardigori olam juda katta iltifot ko‘rsatdi: quraysh, g‘atafon va yahudiy qabilalarining hamfikr yaqini Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: "Ey rasululloh, mening musulmon bo‘lganimni hech kim bilmaydi. Senga foydam tegadigan biron ish buyurgin", dedi. "Yolg‘iz odamning qo‘lidan nima ham kelardi, — dedilar rasululloh. — Sen bir amallab dushmanni orqaga qaytarishning chorasini topgin. Urushda hiyla-nayrang ishlatish mumkin".

20.Bu kishini musulmonlarga yordamchi qilib yuborgan va shu tufayli Islom lashkariga ga’labani nasib qilgan Alloh taolo bu haqda qaysi oyatlarni nozil qiladi?
a)"Ahzob"9-13.
b)"Baqara"55-57.
c)"Moida" 75-77.
To’g’ri javob: a)"Ahzob"9-13.
Izoh: Zulqa’da oyida yuz bergan bu voqea Qur’oni karimdagi Ahzob surasining 9-13-oyatlarida haqli ravishda yaratganning ne’mati deb ataladi: "Ey mo‘minlar, Ollohning sizlarga bergan ne’matini eslanglar! O’shanda ustingizga lashkar bostirib kelgan edi, biz ularga bo‘ron va sizlarga ko‘rinmaydigan qo‘shin (farishtalarni) yubordik. Olloh sizlarning qilgan ishlaringizni ko‘rib turdi. O’shanda ular yuqoridan ham, pastdan ham (bostirib) kelgan, (qo‘rquvdan) ko‘z oldingiz qorong‘ilashib, o‘pkangiz bo‘g‘zingizga tiqilib qolgan. Olloh haqida har xil xayollarga borgan edinglar, shu joyda mo‘minlar sinalgan va qattiq sarosimaga tushgan edi. Shu lahza munofiq va dillarida qudratlari borlar Olloh va uning payg‘ambari bizga quruq va’dalarni berishgan ekan, deyishardi. Shu asnoda ulardan bir guruhi: "Ey yasribliklar, bu yerda turmay qaytib ketinglar," derdi. Ulardan yana bir guruhi uy-joyimiz ochiq-sochiq (qolgan) deb ruxsat so‘rashdi. Ularniig uy-joyi ochiq-sochiq emas, faqat qochib (qolishnigina) ko‘zlashgan".

Izohlar "œTarixi Muhammadiy" va "œNurul — yaqiyn" kitoblaridan olindi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2008, 13:31:10
II BOSQICH
10-tur: Namoz hukmlari-2-qism. (Hanafiy mazhabida)
Javoblar va izohlar

1. Namozning birinchi rukni "œHarom qiluvchi takbir"( "œTakbiri tahrima") hisoblanadi, bunday deyilishiga sabab nima?
a) Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun
b) Bu takbirni aytmasdan namozni boshlash harom bo’lgani uchun
c) a va b javoblar 
To’g’ri javob: Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun.
Izoh: Harom qiluvchi takbir, deyilishiga sabab uni aytib namozga kirishi bilan kishiga namozdan tashqarida qilib yurgan, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchundir. Takbirni "œAllohu akbar" lafzi bilan aytish vojibdir. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

2. Agar bir namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa ularning namozi buziladimi?
a) Ha, ikkalasining ham namozi buziladi
b) Erkak kishining namozi buziladi, ayol kishining namozi buzilmaydi
c) Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi
To’g’ri javob: Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi.
Izoh: Bitta namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa, ayolning namozi buziladi. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

3. Qur’oni karim suralarining bir oyatini zam sura qilib o’qisa bo’ladimi?
a) Yo’q, zam sura kamida 3 oyat bo’lishi kerak
b) Yo’q, zam sura 1 yoki 2 oyat emas, kichik sura bo'lsa to’liq o'qish kerak
c) Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa
To’g’ri javob: Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa.
Izoh: Zam sura qisqa oyatlardan 3 oyat, uzun oyatlardan bir oyat bo’lishi kerak. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

4. Namozda sahv (xato) sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechtasi sodir bo’lsa, xato sajdasi necha marta qilinadi?
a) xato sajdasi bir marta qilinadi
b) 3 tadan ortiq xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa xato sajdasi ikki marta qilinadi
c) bu holatda xato sajdasi qilinmaydi, chunki namoz buziladi
To’g’ri javob: Xato sajdasi bir marta qilinadi.
Izoh: Sahv sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechasi sodir bo’lsa-da, sajdai sahv bir marta qilinadi. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

5. Tilovat sajdasini qilish uchun takbiri tahrima aytiladimi?
a) Ha, aytiladi
b) Yo’q, aytilmaydi
c) Aytilsa ham bo’ladi, aytilmasa ham
To’g’ri javob: Yo’q, aytilmaydi.
Izoh: Tilovat sajdasini qilish uchun ham namozdagidek shartlar lozim bo’ladi. Faqat bunda takbiri tahrima bo’lmaydi. Tilovat sajdasini ikki takbir o’rtasida bir marta sajda qilish sunnatdir. Tik turgan holida takbir bilan sajdaga boradi va "œSubhana Robbiyal a’lo" , deb uch marta tasbehlarni aytadi-da, yana qiyomga qaytadi va tik tirgan holida tilovat sajda duosini o’qishlik mustahabdir. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

6. Shariatda "œAhli tartiblar" deb kimlar aytiladi?
a) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar
b) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilgan kishilar
c) vitrdan tashqari 6 vaqtdan ko’p namozni qazo qilmagan kishilar
To’g’ri javob: Vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar.
Izoh: Shariatda ahli tartiblar, degan martabadagi insonlar bo’lib, ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketme-ket qazo qilmagan bo’lishadi. Shular qazo namozlarini o’qimoqchi bo’lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. Misol uchun ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo’ygan bo’lsa, avval bomdodni, keyin peshinni, undan so’ng asrni, keyin esa shomni o’qishi vojib bo’ladi va hokazo. Agar bomdodning qazosini o’qimay peshinning qazosini o’qisa, peshin buziladi va bomdodning qazosini o’qigach, yana peshinni qaytadan o’qishi vojib bo’ladi.Ahli tartib vitrga ham rioya qiladi. Ya’ni uni o’qimasdan bomdodni o’qishi durust emas. Ammo, qaqchonki qazo namozlarining vaqti vitrdan tashqari olti vaqtga etsa, endi u kishidan tartibga rioya qilish vojibligi soqit bo’ladi. Shunda ham tartib bilan qazolarni o’qisa ma’qul, lekin xohlaganini oldin, xohlaganini keyin o’qishiga ixtiyori bo’ladi. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

7. "œAhli tartib" bo’lgan kishilning qazo namozlarining tartibiga rioya qilishi"¦
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Shariatda ahli tartiblar, degan martabadagi insonlar bo’lib, ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketme-ket qazo qilmagan bo’lishadi. Shular qazo namozlarini o’qimoqchi bo’lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. Misol uchun ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo’ygan bo’lsa, avval bomdodni, keyin peshinni, undan so’ng asrni, keyin esa shomni o’qishi vojib bo’ladi va hokazo. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

8. Ahli tartib bo’lgan kishiga qanday holatda  tartibga amal qilish vojibligi soqit bo’ladi?
a) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
b) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa
c) Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
To’g’ri javob: Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
Izoh: Tartibning vojibliga yana 2 holatda soqit bo’ladi:
1. Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa, shunda tartib soqit bo’ladi va qazo bo’lmagan namozni oldin, qazo bo’lganini keyin o’qib qo’yadi.
2. Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa-da, keyingi namozni o’qisa ham tartib soqit bo’ladi. Misol uchun bomdodni qazo qilganligi esidan chiqib, peshinni o’z vaqtida o’qib qo’ysa, peshindan so’ng bomdodni o’qib qo’yadi. Peshinni esa qaytarib o’qimaydi. Ammo bomdodni qazo qilganligi yodida bo’laturib peshinni o’qigan bo’lsa, bu peshinni bomdodni qazosini o’qigandan so’ng qaytarib o’qib qo’yadi. Chunki bunda tartibga amal qilish soqit bo’lmagan hisoblanadi. ("œTahorat va namoz hukmlari". Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

9. Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish vojibdir. ("œIbodati islomiya", Ahmad Hodiy Maqsudiy).

10. Namozning har qa’dasida tashahhud (attahiyat) ni o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozning har ra’katida tashahhud, ya’ni attahiyatni abduhu va rasuluhugacha o’qish vojib. ("œIbodati islomiya", Ahmad Hodiy Maqsudiy).

11. Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish...
a) Farz
b) Vojib
c) Bunda namoz buziladi, qaytadan o’qish kerak
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish vojib. ("œIbodati islomiya", Ahmad Hodiy Maqsudiy).

12. Ikki sajda orasida biroz o’tirish...
a) Sunnat
b) Mustahab
c) Vojib
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Ikki sajda orasida biroz o’tirish vojib. ("œIbodati islomiya", Ahmad Hodiy Maqsudiy).

13. Bir salom bilan namozni tugatish...
a) Mustahab
b) Makruh
c) Harom
To’g’ri javob: Harom.
Izoh: Bir salom bilan namozni tugatish harom. ("œIbodati islomiya", Ahmad Hodiy Maqsudiy).

14. Janoza namozida...
a) oyoq kiyim bilan namozni o'qisa bo'laveradi.
b) oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o'qish a'loroq.
c) oyoq kiyimini yechib, joynamozda o'qish lozim. 
To’g’ri javob: oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o'qish a'loroq.
Izoh: Janoza namozini ham boshqa namozlar kabi pok joyda ado etish shartdir. Najas ustida turib o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Odatda oyoq kiyimlar bilan har xil joyda yurilganidan ularning najasdan xoli bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuning uchun janoza namozida imomdan boshqa odamlar joynamozda turmaganliklari uchun oyoq kiyimlarini yechib, uning ustiga oyoqlarini bosib turishlari kerak. Bunda oyoq kiyimi ikki qavat kiyim hukmiga o‘tadi. Qavilmagan ikki qavat kiyimning bir qavati nopok bo‘lsa, ikkinchi pok qavatida namoz o‘qish joizdir («Muxtasar ul-viqoya», «Hadiyyatus su’luk»).

15. Masjidda jamoat namozi o'qib bo'lindi. Ba'zi kechga qolganlar orqadagi safda namozlarini davom ettirayaptilar. Imomning orqaga o'girilib, ularga yuzlanib duo qilishi mumkinmi?
a) Bu hol makruh amaldir.
b) Bu hol harom amaldir.
c) Ha, imom orqaga o'girilib, jamoatga qarab duo qilsa bo'ladi.
To’g’ri javob: Bu hol makruh amaldir.
Izoh: Jamoat namozi tugaganidan so‘ng, garchi kechikib kelganlar hali namoz o‘qiyotgan bo‘lsalar-da, ularga yuzlangan holda duo qilish makruhdir. Namoz o‘qiyotgan kishiga, u qaysi safda bo‘lsa-da, yuzlanib o‘tirish makruh bo‘ladi. («Radd ul-muxtor»).
 
16. 1) hayz va nifosdagi va 2) junub odam azonga javob qaytarsa bo'ladimi?
a) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarmaydi.
b) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
c) 1) Javob qaytarishi mumkin; 2) Javob qaytarishi mumkin.   
To’g’ri javob: 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
Izoh: Hayz va nifosdagi ayol azonga javob qaytarmaydi. Ammo junub kishi azonga javob qaytarishi lozim («Radd ul-muxtor»).

17. Masjidda iqomatni yurib aytsa bo'ladimi?
a) Iqomatni yurib aytsa bo'ladi.
b) Bo'lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
c) Iqomatni yurib aytish makruhdir.
To’g’ri javob: Bo'lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
Izoh: Iqomat azon kabi bir joyda turib aytiladi. Namozni kutayotgan jamoat esa, iqomatning «Hayya ‘alassolah!» lafzlari aytilgandagina turishlari kerak. («Hidoya»).

18. 1) Junub va 2) Mushrik kishi masjiga kirsa bo'ladimi?
a) 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo'ladi.
b) 1) kirib bo'lmaydi; 2. faqatgina pok holida kirishi mumkin.
c) 1) masjidga kirishi mumkin; 2. kirishi makruh.
To’g’ri javob: 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo'ladi.
Izoh: Junubni masjidga kirishdan qaytarishdan maqsad uni tezroq g‘usl qilib pok bo‘lishga undashdir. Mushrik masjidga kirishdan qaytarilsa, iymondan uzoqlashadi. Shuning uchun mushrik masjidga kirishdan qaytarilmaydi. (Ashboh va Nazoir).

19. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
a) Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
b) Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
c) Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.
To’g’ri javob: Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.
Izoh:To‘rt holatda jamoat imom qilganini bajarmaydi. Bular quyidagilar:
1. Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
2. Iyd namozlarida imom to‘rt takbirdan ko‘proq takbir aytsa, jamoat bunday qilmaydi.
3. Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavm bunday qilmaydi.
4. Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
Agar imom to‘rtinchi rakatdan so‘ng tashahhud o‘qimay, beshinchi rakatga turib ketsa, qavm o‘tirib tashahhud o‘qisa, ammo imom qaytmay, beshinchi rakatga sajda qilsa, hammaning namozi buziladi. ("Dinda savolim bor")

20. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
Juma namoziga takbir aytilganda yetib borgan kishi...
a) oldingi to‘rt rakat sunnatni o'qimaydi.
b) Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
c) o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qimaydi.
To'g'ri javob: Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
Izoh: Bunday holda oldingi to‘rt rakat sunnat o‘qilmaydi. Imomga iqtido qilinadi. Zero, juma namozining xutbasi va farzi orasida namoz o‘qish makruhdir. U o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qilmaydi («Durrul Muxtor»).
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2008, 13:31:58
10-turning so'nggi natijalari

1.   Murod Karimov   80 ball
2.   Abduvohid Ahmadaliyev   75 ball
3.   Aziza Mannopova   75 ball
4.   Noza   75 ball
5.   Rohatoy   75 ball
6.   Akbar   70 ball
7.   Anisa   70 ball
8.   Dilnoza Mirsaidova   70 ball
9.   Lolo   65 ball
10.   Rayyona Usmonova   65 ball
11.   Dilmurod Majidov   60 ball
12.   Musannif Adham   60 ball
13.   Abdulloh90   55 ball
14.   Farhod Isroilov   30 ball
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2008, 13:32:54
2-bosqichning yakuniy natijalari

1.   Murod Karimov   940 ball
2.   Noza   930 ball
3.   Rohatoy   930 ball
4.   Akbar   925 ball
5.   Anisa   910 ball
6.   Dilmurod Majidov   905 ball
7.   Aziza Mannopova   890 ball
8.   Dilnoza Mirsaidova   860 ball
9.   Musannif Adham     855 ball
10.     Rayyona Usmonova   850 ball
11.   Abduvohid Ahmadaliyev   845 ball
12.   Lolo   830 ball
13.     Abdulloh90   740 ball
14.   Farhod Isroilov   685 ball
15.   Muslima Mamajonova   585 ball
16.   Robiya   455 ball
17.   Jahongir Qurbonov   430 ball
18.   Shoira Shodmonova   405 ball
19.   Zubayr   400 ball
20.   A'zam Rahimov   370 ball
21.   Muhammad Sobirov   245 ball
22.   Mars   160 ball
23.   Guli Iskandarova   100 ball
24.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
25.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
26.   Iqbol G'afforov   55 ball
27.   Nurilla Muhammedov   45 ball
28.   Huzayfa_89uz   35 ball
29.   Gulmira   25 ball

PS. Inshaalloh, yaqin kunlarda sovrindorlar e'lon qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 08:27:49
 :bs1:

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Allohga hamdlar bo'lsinkim, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning ham 2-bosqichi yakunlandi.
Bu bosqichda ishtirok etgan, kuzatib, nimanidir o'rgangan, kitob titkilab o'z bilimlarini oshirgan har bir ishtirokchiga Allohning rizoligini tilaymiz.

II-bosqich ham avvalgisidek, ko'pchilikka manzur bo'lgani bildirilgan mulohazalardan ma'lum bo'ldi. Ishtirokchilarning ham bilim saviyalari oshganligi natijalardan ko'rinib turibdi.

Bu bosqichning hamma turlarida faol ishtirok etgan Murod Karimov, Noza, Rohatoy, Akbar, Anisa, Dilmurod Majidov, Aziza Mannopova, Dilnoza Mirsaidova, Rayyona Usmonova, Lolo, Musannif Adham, Abdulloh90, Farhod Isroilovga alohida minnatdorlik izhor qilamiz. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo'lib, Allohning Rahmatiga erishishingizni Allohdan so'raymiz.

Agar avvalroq xabar topib, 1-turda ishtirok etganlarida Abduvohid Ahmadaliyev ham eng yuqori o'rinlarni egallagan bo'lar edilar.

II bosqichning sovrindorlarini e'lon qilaman. Oz bo'lsa-da ko'p o'rnida ko'rasizlar degan umiddaman.

1-o'rinni egallagan Murod Karimovga yangi nashr bo'lgan Imom al-Buxoriyning Sahihul Buxoriy kitobini (2 ta kitob) hamda diplom taqdim etiladi.

2-o'rinni egallagan Nozaga Imom al-Buxoriyning Al-adab al-mufrad hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Hadis va hayot: Jannat bashorat qilinganlar va ahli bayt kitobi va diplom taqdim etiladi.

3-o'rinni egallagan Rohatoyga Imom Navaviyning Riyozus-solihiyn kitobi hamda diplom taqdim etiladi.

G'oliblarni tabriklaymiz!
Ilm yo'lida, Alloh rizoligi yo'lida qilayotgan amallariga xayru baraka tilaymiz!
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 09 Yanvar 2009, 09:30:44
 :bs1:

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

1-o'rinni egallagan Murod Karimovni anchadan beri topolmayotgan edik. Alhamdulillah, ularni topib, sovg'alarini topshirdik. Inshaalloh, yaqin kunlarda topshiruv marosimidan suratlarni e'lon qilamiz.

Bir birodarimiz Mahmud As'ad Jo'shonning "Haqiqiy sevgi" va Baxtiyor Muhammadaminning "Sirdoshim qizim, eshit..." kitoblaridan taqdim etgandilar. Tanlovimiz g'oliblariga ushbu kitoblardan ham hadya etildi.

Anisa, Aziza Mannopova, Dilnoza Mirsaidova o'z kitoblarini Nozadan olishlari mumkin.

G'oliblarni yana bir bor tabriklaymiz!
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 23 Noyabr 2009, 10:44:10
Bismillahir rohmanir rohiym.

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ DINIMIZNI BILAMIZMI? - 3 BOSQICH

(http://ziyouz.com/images/bib_3_1.jpg)

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Qurbon hayiti munosabati bilan viktorinaning 3-bosqichini e'lon qildik.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 3-bosqichi inshaalloh 2009 yil 27 noyabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni [email protected] elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Ikkinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Bani Qurayza g'azoti

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2009, 11:49:29
Assalamu alaykum!
Barchangizga Iydi Qurbon muborak bo'lsin!
Alloh taolodan xayrli natija tilab, III bosqichni boshladik.

(http://ziyouz.com/images/bib_3_1.jpg)

:bsm:

III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti

1. Bani Qurayza g’azoti qachon bo’lib o’tdi?
a) 5-hijriy yilning safar oyida
b) 6-hijriy yilning muharram oyida
c) 5-hijriy yilning zulqa’da oyida

2. Payg'ambar SAV Bani Qurayza g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Said ibn Zayd.

3. Bani Qurayza g'azotida kim bayroqdor bo'ldi?
a) Umar ibn Xattob;
b) Talha ibn Ubaydulloh;
c) Ali ibn Abu Tolib.

4. Bani Qurayza ustiga yurish qilgan askarlar peshinni Madinada o'qib chiqdilar. Rasululloh SAV ularga asrni Bani Qurayzaga borganda o'qishlarini aytdilar." Askarlar asr namozini qayerda o'qidilar?
a) Bani Qurayzada o'qidilar.
b) Yo'lda o'qidilar.
c) Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.

5. Bani Qurayzada musulmonlardan necha kishi ishtirok etdi?
a) 2000;
b) 3000;
c) 4000.

6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?
a) 30 ta;
b) 40 ta;
c) 50 ta.

7. Bani Qurayza musoharasi necha kun davom etdi?
a) 30 kun;
b) 25 kun;
c) 15 kun.

8. Yahudiy raislaridan biri:"Bu baloni o'zinglar sotib oldinglar....Endi Muhammadga jizya to'lab yashanglar, lekin u buni qabul qilarmikin?" deganda yahudlar buni qabul qilmagandan keyin, u kishi yahudlar orasidan chiqib ketdi. Bu kishi kim edi?
a) Amr ibn Sa'diy.
b) Hay ibn Axtab.
c) Ka'b ibn Usayd.

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.

10. "œEy iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman", deb hayqirib, Bani Qurayzani yana-da qo’rquvga solib qo’ygan bahodir kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom;
b) Ali ibn Abu Tolib;
c) Umar ibn Hattob.

11. Yahudiylar kengashish maqsadida kimni yuborishni taklif qilishdi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Abu Luboba;
c) Ka’b ibn Molik.

12. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarori kimga yuklatildi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Sa'd ibn Luboba;
c) Sa'd ibn Molik.

13. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarorini bergan Avs qabilasi rahbari qaysi g’azotda qattiq yaralangan edi?
a) Ahzob;
b) Bani Mustalaq;
c) Bani Nazir.

14. Bani Qurayza yahudiylariga qanday hukm belgilandi?
a) faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketish;
b) hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketish;
c) erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.

15. Bani Qurayzaliklar taslim bo'lganidan keyin xotin-bolalarni bir joyga yig'ib, ularning oldiga kimni qorovul qilib tayinlandi?
a) Abdulloh ibn Salom.
b) Zubayr ibn Avvom. r.a.
c) Abu Luboba. r.a.

16. Bani Qurayzalik bir ayolni nega o’ldirildi?
a) zaharli ovqat pishirib, musulmonlardan birini zaharlagani uchun;
b) tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun;
c) Xandaq g’azotida xiyonat qilgan Huyay ibn Axtobni yashirgani uchun.

17. Yahudiylar bilan kengashishga borib, musulmonlarga xiyonat qilgan elchiga qanday jazo berildi?
a) ustunga bog'lab o'ldirildi;
b) Madinadan surgun qilindi;
c) uning tavbasini Alloh qabul qildi.

18. "œOlloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi" deya hidoyat topgan sahobiy kim edi?
a) Majzad ibn Savr Sadusiy
b) Sumoma ibn Molik
c) Nuaym ibn Mas’ud

19. Qur'ondagi qaysi sura Zaydning otasi ismi bilan chaqirilishiga sabab bo'ldi?
a) Furqon surasi, 54-oyat
b) Ahzob surasi, 40-oyat
c) Mo'minun surasi, 101-oyat

20. Islom haq din va Rasululloh SAVni haq rasul ekanliklarini bila turib iymon keltirmagan, yahudlar raisi bo'lgan Ka'b ibn Usaydni qatl etish qaysi sahobiylarga topshirildi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
b) Ali r.a. va Talha ibn Ubaydulloh r.a.
c) Ali r.a. va Umar r.a.

Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim va Mahdiyah savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2009, 08:25:49
III BOSQICH
2-tur: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari

1. Bani Lihyon g’azotiga sabab bo’lgan voqea nima edi?
a) Rasululloh SAV yuborgan 10 sahobaning o’ldirilishi.
b) Bani Qurayza qavmiga yordam bergani uchun.
c) Shomdan kelayotgan musulmonlar karvoniga hujum qilingani uchun.

2. Raji’da xiyonatkorona o’ldirilgan sahoba kim edi?
a) Amr ibn Jamuh
b) Osim ibn Sobit
c) Abu Talha al-Ansoriy

3. Payg'ambar SAV Bani Lihyon g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Abdulloh ibn Huzofa.

4. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan sahobalar soni qancha edi?
a) 200
b) 300
c) 400

5. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan askar orasida otliqlar soni qancha edi?
a) 20
b) 30
c) 40

6. Bani Lihyonda necha kun muhoraba bo’ldi.
a) 2 kun.
b) jami 14 kun.
c) muhoraba bo’lmadi.

7. Rasululloh SAV jangchi-sahobalarni Makka shahri yaqinida Asfon degan joyga nima uchun yubordilar?
a) Bani Lihyonliklarni toppish va qirib tashlash uchun.
b) Makka mushriklarini cho’chitish uchun.
c) Bani Lihyonning chorvasini qo’lga kiritish uchun.

8. Bani Lihyon yurishi jami necha kun davom etdi?
a) 10 kun.
b) 2 kun.
c) 14 kun.

9. G'oba g'azoti hijratning nechanchi yili bo'ldi?
a) 5-yili
b) 4-yili
c) 6-yili

10. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini kim boqar edi?
a) Abu Zarr;
b) Muhammad ibn Maslama;
c) Ukkosha ibn Mihson.

11. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini olib qochgan qaroqchilar boshlig’i kim edi?
a) Uyayna ibn Hisn
b) Kalb ibn Kilob
c) Fihr ibn Amr.

12. G’oba g’azotiga Rasululloh SAV nechata askar bilan chiqdilar?
a) 300
b) 400
c) 500

13. G’oba g’azotiga Rasululloh SAVdan vazifa olgan sahoba Salama ibn Akva’ning qanday harbiy mahorati bor edi?
a) Otda yaxshi chopardi.
b) Piyoda juda tez yugurardi.
c) Qilichda yaxshi jang qilardi.

14. G’oba qaroqchilari bilan olishuvda musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 1 kishi
b) 3 kishi
c) 5 kishi.

15. G’oba g'azotdan oldin Abu Zarrga r.a. tegishli qanday mo'jiza bo'lgan?
a) Bo'ladigan ishlarni Abu Zarr r.a. tushida ko'rgan.
b) Rasululloh SAV tushlarida ko'rganlar.
c) Bu ishlardan Abu Zarrni r.a. Rasululloh SAV ogohlantirganlar.

16. Dushman qo'liga bu g'azotdan oldin kim asir tushadi?
a) Abu Zarr r.a.
b) Abu Zarr r.a.ning o'g'li.
c) Abu Zarr r.a.ning xotini.

17. Bu asirni dushman qo'lidan qutulishiga kim sababchi bo'ladi?
a) Askarlar qutqarishadi.
b) Umar r.a.
c) Rasululloh SAVni Azbo ismli tuyalari.

18. Zulqassaga yuborilgan musulmonlarning 10 kishilik guruhi rahbari kim edi?
a) Zayd ibh Horisa
b) Zubayr ibn Avvom
c) Muhammad ibn Maslama

19. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvonining sardori kim edi?
a) Abu Sufyon
b) Xolid ibn Valid
c) Abul Os.

20. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvoni mollari nimaga sarf etildi?
a) 4 dan 2 qismi musulmon askariga qurol-yaroq olish uchun, 2 hissasi esa sariyyaga qatnashganlar orasida taqsimj etildi.
b) 4 dan ikki qismi sariyya qatnashchilariga taqsim etilgan, qolgan ikki qismi miskinlarga tarqatildi.
c) mollar egasiga qaytarildi.

Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim va Nodir Shomirzayev savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

1-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2223&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 10-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Hudaybiya g'azoti va sulhi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2009, 08:35:53
1-turning dastlabki natijalari

1.   Salmon Forsiy   100
2.   Lolo   100
3.   Muhammad Amin   100
4.   Mutaallimah   100
5.   Bahriddin Botirov   100
6.   Zulayho Xon   100
7.   Muallim   100
8.   Anisa   100
9.   Aziza Mannopova   100
10.   Fatima Aliyeva   95
11.   Mahdiyah   95
12.   Murod Mamasoliyev   95
13.   Dilmurod Majidov   95
14.   Abdulhafiz   90
15.   Robiya   90
16.   Olmos Isakov   90
17.   Abduvohid Ahmadaliyev   90
18.   Anvarbek Mahmudov   90
19.   Otabek Karimjonov   90
20.   Nurilla Muhamedov   90
21.   Nodir Shomirzayev   90
22.   Shoir   85
23.   Muslima20   85
24.   Xayrullo Ibragimov   80
25.   Musannif Adham   80
26.   Farrux Boltaboyev   65
27.   Farhodjon Isroilov   55
28.   Burhon To'raqulov   35
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 11 Dekabr 2009, 08:50:16
III-bosqich 1-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Bahriddin Botirov   100
4   Lolo   100
5   Muallim   100
6   Muhammad Amin   100
7   Mutaallimah   100
8   Salmon Forsiy   100
9   Sunnatilla Ochilov   100
10   Zulayho Xon   100
11   Dilmurod Majidov   95
12   Fatima Aliyeva   95
13   Mahdiyah   95
14   Murod Mamasoliyev   95
15   Abdulhafiz   90
16   Abdulloh   90
17   Abduvohid Ahmadaliyev   90
18   Nodir Shomirzayev   90
19   Nurillabek   90
20   Olmos Isakov   90
21   Oybek Karimjonov   90
22   Robiya   90
23   Sa'dulla   90
24   UmmatiY_MuhammadiY   90
25   Muslima20   85
26   Nodir Mamatqulov   85
27   Shoir   85
28   Musannif Adham   80
29   Xayrullo Ibragimov   80
30   Farrux Boltaboyev   65
31   Farhodjon Isroilov   55
32   Burhon To'raqulov   35
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 11 Dekabr 2009, 08:51:06
III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti
Javoblar va izohlar

1. Bani Qurayza g’azoti qachon bo’lib o’tdi?
a) 5-hijriy yilning safar oyida
b) 6-hijriy yilning muharram oyida
c) 5-hijriy yilning zulqa’da oyida
To’g’ri javob: 5-hijriy yilning zulqa’da oyida.
Izoh: Ushbu g‘azot beshinchi hijriyning Zul-qa’da oyida bo‘lib o‘tdi, qamal yigirma besh kun davom etdi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

2. Payg'ambar SAV Bani Qurayza g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Said ibn Zayd.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. ("œNur-ul yaqin")

3. Bani Qurayza g'azotida kim bayroqdor bo'ldi?
a) Umar ibn Xattob;
b) Talha ibn Ubaydulloh;
c) Ali ibn Abu Tolib.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. ("œNur-ul yaqin")

4. Bani Qurayza ustiga yurish qilgan askarlar peshinni Madinada o'qib chiqdilar. Rasululloh SAV ularga asrni Bani Qurayzaga borganda o'qishlarini aytdilar." Askarlar asr namozini qayerda o'qidilar?
a) Bani Qurayzada o'qidilar.
b) Yo'lda o'qidilar.
c) Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
To’g’ri javob: Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
Izoh Peshin namozi Madinada o‘qilgan edi. Rasululloh: «Asr namozini Bani Qurayzada o‘qinglar», deb buyurdilar.  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askariga asr namozini Qurayzaga borib o‘qinglar deganlari uchun ba’zi askar namoz qazo bo‘lsa ham, manzilga yetib o‘qidi. Qolg‘onlari esa, namozni qazo qilmay yo‘lda o‘qidilar. Rasululloh buni anglagan so‘ngida, hech qaysisini xato demadilar, chunki bu ikki firqaning birisi Rasululloh so‘zlarining asliga tushundi, ikkinchisi zohiriga amal qildi. Har ikkovining ham niyati to‘g‘ri edi.  ("œTarixi Muhammadiy").

5. Bani Qurayzada musulmonlardan necha kishi ishtirok etdi?
a) 2000;
b) 3000;
c) 4000.
To’g’ri javob: 3000.
Izoh: Jangga otlanganlarning soni uch ming nafar edi. ("œNur-ul yaqin")

6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?
a) 30 ta;
b) 40 ta;
c) 50 ta.
To’g’ri javob: 30.
Izoh: Qo‘shin uch ming kishini tashkil qildi, ichlarida o‘ttiz nafar otliq bor edi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

7. Bani Qurayza musoharasi necha kun davom etdi?
a) 30 kun;
b) 25 kun;
c) 15 kun.
To’g’ri javob: 25 kun.
Izoh: Musulmonlar ularni yigirma besh kun muhosara qildilar. ("œNur-ul yaqin")

8. Yahudiy raislaridan biri:"Bu baloni o'zinglar sotib oldinglar....Endi Muhammadga jizya to'lab yashanglar, lekin u buni qabul qilarmikin?" deganda yahudlar buni qabul qilmagandan keyin, u kishi yahudlar orasidan chiqib ketdi. Bu kishi kim edi?
a) Amr ibn Sa'diy.
b) Hay ibn Axtab.
c) Ka'b ibn Usayd.
To’g’ri javob: Amr ibn Sa'diy.
Izoh: Yana raislaridan biri Amr ibn Sa’diy:
- Muhammadga bergan ahdlaringni buzib, baloni o‘zinglar chiqardinglar. Endi unga iymon keltirmas bo‘lsanglar, o‘z dininglarda turib, Muhammadga jizya to‘langlar, lekin buni qabul qilurmi, yo‘qmi, bilmasman, — dedi. Anda yahudlar aytdi:
— Arabga jizya berib, xiroj to‘lab yurishlik, biz uchun katta nomusdir. Buni ko‘targandan o‘lganimiz yaxshiroqdir.
Anda ul aytdi:
— Ilgari-keyin qilgan xiyonatlaringga men qo‘shilgan emas erdim. Sizlarni bu ishinglardan endi ham bezordurman, — deb shul kechasi qo‘rg‘ondan chiqdi.
Payg‘ambarimizning qorovul boshlig‘i Muhammad ibn Maslamaga yo‘liqib edi, uni to‘smasdan o‘z yo‘liga qo‘ya berdi. Aning ikkinchi xabari chiqmadi. ("œTarixi Muhammadiy").

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.
To’g’ri javob: Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish.
Izoh: Qamal qattiq qiynab qo‘ygach, raislari Ka’b ibn Asad ularga uchta ishdan birini tanlashni taklif qildi:
1) Islomni qabul qilib, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning dinlariga kirish va shu bilan jonlarini, mollarini va bola-chaqalarini asrab qolish. «Uning Alloh tomonidan yuborilgan payg‘ambar va kitoblaringizda aytilgan o‘sha nabiy ekani sizlarga allaqachon ayon bo‘ldi», dedi u.
2) Ayollarini va bolalarini o‘z qo‘llari bilan o‘ldirib, musulmonlar qarshisiga qilich yalang‘ochlab chiqib borish va to g‘alaba qozonguncha yoki bitta ham qolmay qirilib ketguncha jang qilish.
3) Musulmonlarni g‘aflatda qoldirib, shanba kuni birdan ustilariga hujum qilish. Chunki, ular yahudlar shanba kuni jang olib bormaydi, degan ishonchda beparvo bo‘lishadi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

10. "œEy iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman", deb hayqirib, Bani Qurayzani yana-da qo’rquvga solib qo’ygan bahodir kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom;
b) Ali ibn Abu Tolib;
c) Umar ibn Hattob.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Banu Qurayza g‘azoti asablar jangi edi. Alloh taolo ularning dillariga qo‘rquv solib qo‘ydi, ularning ruhiy holatlari yemirilib bordi, Aliy ibn Abi Tolib bilan Zubayr ibn Avvom ikkovlari olg‘a tashlanib, Aliy: «Ey iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman», deb hayqirganida esa asablari butkul dosh berolmay qoldi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

11. Yahudiylar kengashish maqsadida kimni yuborishni taklif qilishdi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Abu Luboba;
c) Ka’b ibn Molik.
To’g’ri javob: Abu Luboba.
Izoh: Yahudiylar: "Bizga Abu Lubobani yuborgin. U bilan kengashib bir qarorga kelaylik", deyishdi. Abu Luboba yahudiylarning ittifoqchisi Avs qabilasidan bo‘lib, bola-chaqasi, mol-mulki yahudiylarning qo‘lida edi. ("œNur-ul yaqin")

12. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarori kimga yuklatildi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Sa'd ibn Luboba;
c) Sa'd ibn Molik.
To’g’ri javob: Sa'd ibn Ma'oz.
Izoh: Odamlar rozi bo‘lajaklarini aytib, hukm chiqarish huquqini o‘z oqsoqollari Sa’d ibn Maozga munosib ko‘rishdi. ("œNur-ul yaqin")

13. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarorini bergan Avs qabilasi rahbari qaysi g’azotda qattiq yaralangan edi?
a) Ahzob;
b) Bani Mustalaq;
c) Bani Nazir.
To’g’ri javob: Ahzob.
Izoh: Shundan so‘ng Sa’d ibn Muozni olib kelishga odam yubordilar. U Ahzob g‘azotida bilakdagi jon tomiridan olgan jarohati tufayli bu jangga chiqolmay Madinada qolgan edi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

14. Bani Qurayza yahudiylariga qanday hukm belgilandi?
a) faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketish;
b) hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketish;
c) erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
To’g’ri javob: erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bu fikrni tasdiqlab: "Ey Sa’d, bani Qurayza yahudiylari ustidan hukm chiqar, dedilar. Sa’d sahobalarga yuzlanib: "Men chiqargan hukmni ijro etishga Xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichasizlarmi?" deb so‘radi. Sahobalar qasam ichib, rasululloh ularning fikrini tasdiqlagach, Sa’d qarorini aytdi: "Erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olishga hukm etaman". "Sen Ollohning hukmi kabi hukm chiqarding", dedilar rasululloh. Suiqasdchi xoinlarning jazosi shunday bo’lishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salomning amriga binoan hukm shu zahoti ijro etildi. ("œNur-ul yaqin")

15. Bani Qurayzaliklar taslim bo'lganidan keyin xotin-bolalarni bir joyga yig'ib, ularning oldiga kimni qorovul qilib tayinlandi?
a) Abdulloh ibn Salom.
b) Zubayr ibn Avvom. r.a.
c) Abu Luboba. r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Salom.
Izoh: Shu chog‘da Hazrati Ali qichqirib aytdikim:
— Ey mo‘minlar, olg‘a yuringlar. Alloh haqqi, Uhud urushida Hamza ichgan shahodat sharbatini ichgayman yoki bu kun shu qal’ani olg‘ayman.
Bu so‘zni anglashib, yahudlarga bir vahima qo‘rqinch tushdi. Nima qilishlarini bilmasdan, nochor shartsiz Rasulullohning hukmiga taslim bo‘ldilar. Qurol ko‘tarishga yarashlik kishilarning soni bularning ichida olti yuzga yaqin bor edi. Bulardan xotun-bolalarni ajratib, boshqa joyga chiqarib, bularning ustiga Abdulloh ibn Salomni qorovul qo‘ydilar. Bu kishi ersa, yahudlar ichida eng buyuk olimlardan hisoblanar edi. Bu kishining qandoq iymon keltirganliklari yuqorida yozilib o‘tilgandir. ("œTarixi Muhammadiy").

16. Bani Qurayzalik bir ayolni nega o’ldirildi?
a) zaharli ovqat pishirib, musulmonlardan birini zaharlagani uchun;
b) tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun;
c) Xandaq g’azotida xiyonat qilgan Huyay ibn Axtobni yashirgani uchun.
To’g’ri javob: tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun.
Izoh: Banu Qurayza ayollaridan faqat bitta xotinni qatl etildi. Sababi — u Xallod ibn Suvayd ustiga tegirmon toshini tashlab, uni o‘ldirgan edi. Uni shuning uchun o‘ldirildi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

17. Yahudiylar bilan kengashishga borib, musulmonlarga xiyonat qilgan elchiga qanday jazo berildi?
a) ustunga bog'lab o'ldirildi;
b) Madinadan surgun qilindi;
c) uning tavbasini Alloh qabul qildi.
To’g’ri javob: Uning tavbasini Alloh qabul qildi.
Izoh: Musulmonlar Madinaga qaytib kelgach, Olloh taolo Qur’ondagi Tavba surasining 102-oyatini nozil qilib, Abu Lubobaning tavbasini qabul etdi: "Yaxshi ishga yomonlikni aralashtirilib bajargan bir guruh odam o‘zlarining gunohini tan olishdi, Olloh ularning tavbasini qabul qilishi mumkin, Olloh mag‘firat etguvchidir, benihoya mehribondur. ("œNur-ul yaqin")

18. "œOlloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi" deya hidoyat topgan sahobiy kim edi?
a) Majzad ibn Savr Sadusiy
b) Sumoma ibn Molik
c) Nuaym ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Sumoma ibn Molik.
Izoh: Abu Hurayra raziyallohu anhudan nahl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga otliqlarni yubordilar. Ular Banu Hunayfa qabilasidan Samoma ibn Usol ismli kishini tutib kelishib, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi, Rasululloh uning oldiga borib «Ey Samoma, dilingda nima gap bor'»— dedilar. Samoma «Yo Muhammad, dilimda yaxshilik mavjud, agar o‘ldirsangiz, bir tirik odamni o‘ldirasiz, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikni biladirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz, basharti mol-dunyo istasangiz, xohlaganingizcha so‘rangiz!» — dedi. Janob Rasululloh ertangi kun kelguncha uni o‘z holiga qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!»—dedilar. Samoma «Yana o‘sha gap, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikka yaxshilik qaytaradirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz!»— dedi. Janob Rasululloh uni yana o‘z holiga tashlab qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!» — dedilar. U «Yana o‘sha gap!» — dedi. Janob Rasululloh: «Samomani qo‘yib yuboringizlar!» — dedilar, uni qo‘yib yuborishdi. Samoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi-da, masjidga qaytib kirdi, so‘ng «Ashhadu anlo iloha illallohu va-shhadu anna Muhammadan rasulullohi» deb iymon keltirdi, keyin «Yo Muhammad! Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi. Men umra qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, otliqlaringiz ushlab kelishdi, endi nima qilayin?»—dedi. Rasululloh uni xushnud qilib, umra qilishni amr qildilar. Samoma Makkaga kelganda unga bir kishi «Dindan qaytgan?»— dedi. Samoma «Xudo haqi, unday ermas, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam huzurlarida musulmon bo‘ldim. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, endi ul zotning ijozatlarisiz sizlarga Yamomadan bir dona bug‘doy doni ham kelmagay!»—dedi». ("œSahihi Buxoriy")

19. Qur'ondagi qaysi sura Zaydning otasi ismi bilan chaqirilishiga sabab bo'ldi?
a) Furqon surasi, 54-oyat
b) Ahzob surasi, 40-oyat
c) Mo'minun surasi, 101-oyat
To’g’ri javob: b) Ahzob surasi, 40-oyat.
Izoh: Parvardigori Olam arablardagi bola asrash odatining ayrim zararli tomonlarini e'tiborga olib, bu odatni Ahzob surasining 40-oyatida bekor qildi: "Muhammad sizlardan biron kishining otasi emasdir, balki u Allohning payg ambari va payg ambarlarning so nggisidir. Alloh barcha narsani bilguvchi bo lgan zotdir" deb marhamat qildi. Shu daqiqadan e'tiboran asrandi o'g'il Muhammadning og'li Zayd deb emas, Horisaning o'g'li Zayd deb atala boshlandi. ("œNurul Yaqin")

20. Islom haq din va Rasululloh SAVni haq rasul ekanliklarini bila turib iymon keltirmagan, yahudlar raisi bo'lgan Ka'b ibn Usaydni qatl etish qaysi sahobiylarga topshirildi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
b) Ali r.a. va Talha ibn Ubaydulloh r.a.
c) Ali r.a. va Umar r.a.
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
Izoh: Hukm yurgizish ustida Rasululloh o‘zlari turdilar. Ularning raisi Ka’b ibn Usaydni o‘limga keltirildi. Anda Rasululloh unga qarab:
— Ey Ka’b, sizlarning eng ulug‘ oliminglar bo‘lgan Ibn Haroshning qilgan nasihati sizlarga nechuk ta’sir qilmadi? Ul meni ko‘rmay turib, iymon keltirmish edi. Meni haq payg‘ambar deb tanimish erdi, o‘lar vaqtida aytgan uning salomini menga yetkazgan edinglar. Nega uning so‘zini qabul qilmadinglar? — dedilar. Anda Ka’b:
— Ey Abul Qosim, bu aytgan so‘zlaring barisi to‘g‘ridur. Qilichdan qo‘rqib iymon keltirdi, degan ta’na so‘zdan saqlanurman. Yo‘q esa hozir iymon keltirur edim. Men uchun or, nordan (olovdan) qattiqroqdir. Ordin qochib nor bo‘lsa ham, yahud dinida o‘lishni yaxshiroq ko‘rdim, — dedi.
Bu hukmni bajarish xizmati esa Hazrati Ali bilan Zubayr ibn Avvomga topshirilgan edi.  ("œTarixi Muhammadiy").
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 11 Dekabr 2009, 08:54:06
III BOSQICH
3-tur: Hudaybiya qissasi. 1-qism

1. Rasulloh SAVni umra safariga undagan tush qanday edi?
a) sahobalar bilan Makka ustidan g’alaba qilib, Baytullohni tavof qilganlarini ko’rdilar.
b) hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rdilar.
c) makkaliklarning musulmon bo’lishini va sahobalar bilan birgalikda umra qilganliklarini ko’rdilar.

2. Hudaybiya safariga chiqqan askarlar soni nechta edi?
a) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1400, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
b) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 2800, boshqa rivoyatda 3000 nafar.
c) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1000, boshqa rivoyatda 1500 nafar.

3. Bu safarda Rasululloh SAVga qaysi zavjalari hamrohlik qildi?
a) Oyisha r.a.
b) Zaynab r.a.
c) Ummu Salama r.a.

4. Rasululloh SAV Makkaga safarga chiqishlarida, o’z o’rinlariga Madinada kimni qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn ummu Maktum r.a.
b) Usmon ibn Affon.r.a.
c) Zayd ibn Horisa r.a.

5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlari davomida necha marta umra qilganlar?
a) 4 marta
b) 6 marta
c) 3 marta

6. Hudaybiya safari qaysi oyda bo'lib o'tdi?
a) safar oyida
b) zulhijja oyida
c) zulqa'da oyida

7. Hudaybiya safari qaysi kundan boshlandi?
a) juma
b) chorshanba
c) dushanba

8. Hudaybiya safariga kimlar chiqdilar?
a) muhojirlar va ansorlar
b) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar
c) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar, Makka bilan Madina orasidagi musulmonlikni qabul qilgan qabilalardan vakillar.

9. Hudaybiya safariga Rasululloh SAV qaysi tuyalarida chiqdilar?
a) Qasvo
b) Jad’o
c) Azboa

10. Hudaybiya g’azotiga sahobalar o’zlari bilan qaysi urush qurollarini oldilar?
a) Sahobalarning ba’zilari har ehtimolga qarshi deya qilich va nayzalarini oldilar.
b) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun hech narsa olmadilar.
c) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun faqat qilichlarini oldilar.

11. Rasululloh SAV va ashoblari Umrani niyat qilib qayerda ehrom bog’ladilar?
a) Madinai munavvarada.
b) Zul Xulayfada.
c) Hudaybiyada.

12. Rasululloh SAV MAkkaga borganlarida qurbonlik qilish uchun o’zlari bilan nechta tuyani olib ketdilar?
a) 10 ta.
b) 20 ta.
c) 70 ta.

13. Musulmonlarni Makkaga yaqinlashtirmaslik uchun mushriklar askar yig’ib urushga tayorgarlik ko’rdilar. Mushrik askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Abu Sufyon.
b) Abu Lahab.
c) Xolid ibn Valid

14. Mushrik askarlari necha kishidan iborat edi?
a) 200 ta
b) 300 ta.
c) 400 ta.

15. Usfon manziliga yetganlarida Rasululloh SAV sahobalarga endi nima qilish kerakligi haqida maslahat soldilar. Shunda Abu Bakr Siddiq qanday maslahat berdilar?
a) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Ular bilan sulh tuzib, umra qilib qaytamiz.
b) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Lekin kim bizni Baytullohdan to’ssa, u bilan urush qilamiz.
c) Allohning uyidan kimki bizni qaytarsa, so’nggi tomchi qonimiz qolguncha u bilan jang qilamiz.

16. Yo’l o’zgarib, sahobalar avval toshli yo’ldan yurib, so’ng tekis keng vodiyga chiqdilar. Shunda Rasululloh SAV: «Bu Bani Isroilga arz qilingan «hutti» edi, ammo, aytmadilar» deb, sahobalarga qaysi duoni aytishni buyurdilar?
a) «Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu»
b) «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘firli»
c) «Nastag‘firullohi va natubi ilayh»

17. Musulmonlar Makkaga boshqa yo’ldan yaqinlashib kelgacha, Muror degan joyda to’xtab qoldilar. Buning sababi nima edi?
a) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
b) Rasululloh SAVni tuyalari shu joyga kelganda cho’kib olgani uchun.
c) Yo’llari mushriklar to’sib qo’ygani uchun.

18. Musulmonlar Hudaybiya degan joyga joylashganlaridan keyin Makkadan ularning oldiga kim vakil bo’lib keldi?
a) Budayl ibn Varqo
b) Ka’b ibn Luay.
c) Xulays ibn Alqama.

19. Qurayshdan kelgan ikkinchi vakil, Rasululloh SAV: «Bu aldamchi odam» deb ta’riflagan kimsa kim edi?
a) Xulays ibn Alqama
b) Maqriz ibn Hafs
c) Urva ibn Ma’sud

20. Makka mushriklari tarafidan vakil qilib yuborilgan Xulays ibn Alqama qaysi qabiladan edi?
a) Xuzo’a
b) Ahobish
c) Juzom

Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim, Oybek Karimjonov, Nodir Shomirzayev, Nodir Mamatqulov, Mahdiyah va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

2-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2224&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 17-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi turning taxminiy mavzulari:
4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism (bay’at jarayoni)
5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism (sulh jarayoni)
6-tur: Ro’za hukmlari. 1-qism (Hanafiy mazhabida)
7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchi jo’natganlari
8-tur: Haybar g’azoti
9-tur: Mu’ta g’azoti
10-tur: Ro’za hukmlari. 2-qism (Hanafiy mazhabida)

Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 11 Dekabr 2009, 09:19:40
III bosqich 2-turning dastlabki natijalari

1   Abdulhafiz      100
2   Abdulloh      100
3   Bahriddin Botirov      100
4   Dilmurod Majidov      100
5   Mahdiyah      100
6   Muallim      100
7   Musannif Adham      100
8   Mutaallimah      100
9   Salmon Forsiy      100
10   Xayrullo Ibragimov      100
11   Lolo      95
12   Muhammad Amin      95
13   Olmos Isakov      95
14   UmmatiY_MuhammadiY      95
15   Nodir Mamatqulov      90
16   Oybek Karimjonov      90
17   Shoir      90
18   Nodir Shomirzayev      85
19   Nurillabek      85
20   Farhodjon Isroilov      80
21   Robiya      70
22   Burhon To'raqulov      45
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 11 Dekabr 2009, 09:22:54
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Bahriddin Botirov         200
2   Muallim         200
3   Mutaallimah         200
4   Salmon Forsiy         200
5   Dilmurod Majidov         195
6   Lolo         195
7   Mahdiyah         195
8   Muhammad Amin         195
9   Abdulhafiz         190
10   Abdulloh         190
11   Olmos Isakov         185
12   UmmatiY_MuhammadiY         185
13   Musannif Adham         180
14   Oybek Karimjonov         180
15   Xayrullo Ibragimov         180
16   Nodir Mamatqulov         175
17   Nodir Shomirzayev         175
18   Nurillabek         175
19   Shoir         175
20   Robiya         160
21   Farhodjon Isroilov         135
22   Anisa         100
23   Aziza Mannopova         100
24   Sunnatilla Ochilov         100
25   Zulayho Xon         100
26   Fatima Aliyeva         95
27   Murod Mamasoliyev         95
28   Abduvohid Ahmadaliyev         90
29   Sa'dulla         90
30   Muslima20         85
31   Burhon To'raqulov         80
32   Farrux Boltaboyev         65
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2009, 08:16:22
III-bosqich 2-turning yakuniy natijalari:

1   Abdulhafiz      100
2   Abdulloh      100
3   Abduvohid Ahmadaliyev      100
4   Anisa      100
5   Aziza Mannopova      100
6   Bahriddin Botirov      100
7   Dilmurod Majidov      100
8   Mahdiyah      100
9   Muallim      100
10   Murod Mamasoliyev      100
11   Musannif Adham      100
12   Mutaallimah      100
13   Sa'dulla      100
14   Salmon Forsiy      100
15   Sunnatilla Ochilov      100
16   Xayrullo Ibragimov      100
17   Zulayho Xon      100
18   Dilnura Hakimova      95
19   Lolo      95
20   Muhammad Amin      95
21   Olmos Isakov      95
22   UmmatiY_MuhammadiY      95
23   ЖАМШИДЖОА      95
24   Nodir Mamatqulov      90
25   Oybek Karimjonov      90
26   Shoir      90
27   Nodir Shomirzayev      85
28   Nurillabek      85
29   Farhodjon Isroilov      80
30   Robiya      70
31   Burhon To'raqulov      45
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2009, 08:18:07
III BOSQICH
2-tur: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari
Javoblar va izohlar

1. Bani Lihyon g’azotiga sabab bo’lgan voqea nima edi?
a) Rasululloh SAV yuborgan 10 sahobaning o’ldirilishi.
b) Bani Qurayza qavmiga yordam bergani uchun.
c) Shomdan kelayotgan musulmonlar karvoniga hujum qilingani uchun.
To’g’ri javob: Rasululloh SAV yuborgan 10 sahobaning o’ldirilishi.
Izoh: Banu Lahyon Raji’da Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘nta sahobalari xiyonatkorona o‘ldirilishiga sabab bo‘lgan qabiladir. ("œRohiyq al-maxtum")

2. Raji’da xiyonatkorona o’ldirilgan sahoba kim edi?
a) Amr ibn Jamuh
b) Osim ibn Sobit
c) Abu Talha al-Ansoriy
To’g’ri javob: Osim ibn Sobit.
Izoh: Bani Lihyon xalqi yuqorida bayon etilganidek, Osim ibn Sobit bilan uning hamrohlarini o‘ldirgan edi. ("œNur ul-yaqiyn")

3. Payg'ambar SAV Bani Lihyon g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Abdulloh ibn Huzofa.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum.
Izoh: O’rnilariga ibn Ummu Maktumni qoldirib, ikki yuz nafar odam bilan yo‘lga chiqdilar. ("œNur ul-yaqiyn")

4. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan sahobalar soni qancha edi?
a) 200
b) 300
c) 400
To’g’ri javob: 200.
Izoh: Madinaga Ibn Ummu Maktumni xalifa qilib qoldirib, ikki yuzta sahoba hamrohligida o‘zlarini Shom safariga otlangandek ko‘rsatib, yo‘lga otlandilar. ("œRohiyq al-maxtum")

5. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan askar orasida otliqlar soni qancha edi?
a) 20
b) 30
c) 40
To’g’ri javob: 20.
Izoh: Shu shahidlarning qasoslarini olish uchun yigirmata otlik, bir yuz saksonta tuyalik, barisi ikki yuz askar olib yo‘lga chiqdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

6. Bani Lihyonda necha kun muhoraba bo’ldi?
a) 2 kun.
b) jami 14 kun.
c) muhoraba bo’lmadi.
To’g’ri javob: muhoraba bo’lmadi.
Izoh: So‘ngra ko‘rdilarkim, dushmanlar ilgariyoq askar kelishidan xabar topishib, tog‘-toshlarga qochishib ketgan ekanlar. Dushmanlardan birorta kishi ham ko‘zga ko‘rinmadi. Atrofga chopulchi (hujumchi) askar yuborib, bu joyda alarni kutib ikki kun turdilar. Dushmandan kishi yo‘liqmagach, borgan askarlar ham qaytib kelishdi. ("œTarixi Muhammadiy")

7. Rasululloh SAV jangchi-sahobalarni Makka shahri yaqinida Asfon degan joyga nima uchun yubordilar?
a) Bani Lihyonliklarni toppish va qirib tashlash uchun.
b) Makka mushriklarini cho’chitish uchun.
c) Bani Lihyonning chorvasini qo’lga kiritish uchun.
To’g’ri javob: Makka mushriklarini cho’chitish uchun.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom Makka mushriklariga o‘zlarining shavkatlarini ko‘rsatib qo‘yish uchun sahobalarning bir qismini Usfon degan joyga yubordilar. Ular Quroulg‘amim degan joygacha borib kelishdi. Shundan keyingina rasululloh qo‘shinni Madinaga qaytarib keldilar. ("œNur ul-yaqiyn")

8. Bani Lihyon yurishi jami necha kun davom etdi?
a) 10 kun.
b) 2 kun.
c) 14 kun.
To’g’ri javob: 14 kun.
Izoh: So‘ng Madinaga qaytib keldilar. Ushbu yurishlari o‘n to‘rt kun davom etdi. ("œRohiyq al-maxtum")

9. G'oba g'azoti hijratning nechanchi yili bo'ldi?
a) 5-yili
b) 4-yili
c) 6-yili
To’g’ri javob: 6-yili.
Izoh: Hijrat tarixining oltinchi yili erdikim, bu voqea bo‘ldi. ("œTarixi Muhammadiy")

10. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini kim boqar edi?
a) Abu Zarr;
b) Muhammad ibn Maslama;
c) Ukkosha ibn Mihson.
To’g’ri javob: Abu Zarr.
Izoh: Madinadan bir kunlik G‘oba degan joyda boqilayotgan Rasulullohning yigirmata yangi tuqqan sutlik tuyalari bor edi. Sahobalardan Hazrati Abu Zar oilasi ila ularga boqmachilik qilar edilar. ("œTarixi Muhammadiy")

11. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini olib qochgan qaroqchilar boshlig’i kim edi?
a) Uyayna ibn Hisn
b) Kalb ibn Kilob
c) Fihr ibn Amr.
To’g’ri javob: Uyayna ibn Hisn.
Izoh: Fizor qabilasining raisi Uyayna ibn Hisn boshliq qirq otlik bosmachilar kelishib, bu tuyalarni haydab olib ketishdi. ("œTarixi Muhammadiy")

12. G’oba g’azotiga Rasululloh SAV nechata askar bilan chiqdilar?
a) 300
b) 400
c) 500
To’g’ri javob: 500.
Izoh: Bu xabar Rasulullohga yetishi bilan darhol besh yuz askar olib chiqdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

13. G’oba g’azotiga Rasululloh SAVdan vazifa olgan sahoba Salama ibn Akva’ning qanday harbiy mahorati bor edi?
a) Otda yaxshi chopardi.
b) Piyoda juda tez yugurardi.
c) Qilichda yaxshi jang qilardi.
To’g’ri javob: Piyoda juda tez yugurardi.
Izoh: Ansor sahobalari ichida Salama ibn Akva’ degan bir mergan kishi bor edi. Agar yayov bo‘lib yugursa, unga otliq odam yeta olmas edi. Dushman ortidan quvib yetishga uni buyurdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

14. G’oba qaroqchilari bilan olishuvda musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 1 kishi
b) 3 kishi
c) 5 kishi.
To’g’ri javob: 1 kishi.
Izoh: Ungachalik orqadan quvishib chiqqan askarlar yetishib keldi. Otliqlardan eng oldin kelgan Abu Qatoda bilan Miqdod ibn Asvad edilar. Ikki orada chorpishma bo‘lib, o‘g‘rilardan ikki kishi o‘ldirilib, mo‘minlardan bir kishi shahid bo‘ldi. ("œTarixi Muhammadiy")

15. G’oba g'azotdan oldin Abu Zarrga r.a. tegishli qanday mo'jiza bo'lgan?
a) Bo'ladigan ishlarni Abu Zarr r.a. tushida ko'rgan.
b) Rasululloh SAV tushlarida ko'rganlar.
c) Bu ishlardan Abu Zarrni r.a. Rasululloh SAV ogohlantirganlar.
To’g’ri javob: Bu ishlardan Abu Zarrni r.a. Rasululloh SAV ogohlantirganlar.
Izoh: Yana bu voqeada bir mo’jizalik qissa ham o‘tmish edi. Shundoqki, bir kuni hazrati Abu Zar Rasululloh oldilariga kelib:
— Yo Rasululloh, G‘oba o‘tlog‘idagi sutlik sog‘in tuyalaringizga meni boquvchi qilib qo‘ying, ularning sutlaridan foydalanib turaylik, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Fizor qabilasining raisi Uyayna ibn Hisn ahmoq odamdur. U senga bir ziyon yetkazib qo‘yadimi deb qo‘rqaman, — dedilar.
Yana bir kun Rasululloh oldilariga kelib: «Shu xizmatga meni yuboring», deb qattiqroq talab qo‘ydi.
— Abu Zar, shu ishni qo‘ygin, o‘g‘ling o‘ldirilgudek, xotining asirga olingudek, asoingga suyanib, o‘zing oldimga kelgudek bo‘lib, ko‘zimga ko‘rinursan, — dedilar.
Shunchalik so‘zlarini eshitib turib, yana so‘ragan edi, bu yo‘li indamasdan javob berdilar. So‘ngra Abu Zar oilasi bilan ko‘chib borib, bir necha kun tuyalar ustida boqmachilik qilib o‘ltirdi. Fizor qabilasining bosmachilari buni eshitdilar. Rasululloh deganlaridek, raislari Uyayna ibn Hisn qirq kishi bilan kelib, Abu Zarni bosdi, qarshilik ko‘rsatgan o‘g‘lini o‘ldirdi, xotinini asir oldilar. Mol-jonidan ayrilib, nima qilishini bila olmay, asoga suyangan holda Payg‘ambarimiz oldilariga keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima degan bo‘lsalar, xuddi shunday bo‘ldi. Bu ham bo‘lsa, Rasulullohning mo’jizalari edi. ("œTarixi Muhammadiy")

16. Dushman qo'liga bu g'azotdan oldin kim asir tushadi?
a) Abu Zarr r.a.
b) Abu Zarr r.a.ning o'g'li.
c) Abu Zarr r.a.ning xotini.
To’g’ri javob: Abu Zarr r.a.ning xotini.
Izoh: Rasululloh deganlaridek, raislari Uyayna ibn Hisn qirq kishi bilan kelib, Abu Zarni bosdi, qarshilik ko‘rsatgan o‘g‘lini o‘ldirdi, xotinini asir oldilar. ("œTarixi Muhammadiy")

17. Bu asirni dushman qo'lidan qutulishiga kim sababchi bo'ladi?
a) Askarlar qutqarishadi.
b) Umar r.a.
c) Rasululloh SAVni Azbo ismli tuyalari.
To’g’ri javob: Rasululloh SAVni Azbo ismli tuyalari.
Izoh: Ammo Abu Zarning xotinini esa dushmanlar bir qancha kun asirlikda tutdilar. Bir kecha payt topib, yarim tunda tuyalar o‘tlog‘iga keldi, qaysi tuyani tutmoqchi bo‘lsa, «boof» deb baqirur edi. Oxiri bir tuyaning oldiga kelib, uni ushlab edi baqirmasdan tek turdi. Qarasa, Rasulullohning Azbo otli tuyalari ekan. O‘g‘rilar olib qochgan tuyalar ichida buni ham keltirmish edilar. ("œTarixi Muhammadiy")

18. Zulqassaga yuborilgan musulmonlarning 10 kishilik guruhi rahbari kim edi?
a) Zayd ibh Horisa
b) Zubayr ibn Avvom
c) Muhammad ibn Maslama
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama.
Izoh: Ibn Maslama o‘n kishilik guruh bilan Banu Sa’laba diyori bo‘lmish Zul-qassaga yetib borganida qavm ular uchun yuz kishilik pistirma tayyorlab qo‘ygan edi. Musulmonlar uyquga ketganda pistirmadagilar to‘satdan hamla qilib, ularni o‘ldirib ketishdi, faqat bitta Ibn Maslama yaralangan holda tirik qoldi. ("œRohiyq al-maxtum")

19. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvonining sardori kim edi?
a) Abu Sufyon
b) Xolid ibn Valid
c) Abul Os.
To’g’ri javob: Abul Os.
Izoh: 6- hijriyning jumodul-ulo oyida Iysga yuborilgan Zayd boshchiligidagi bir yuz yetmish otliqdan iborat sariyya. Ushbu sariyya Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kuyovlari Abul-Os boshchiligidagi Quraysh karvonidagi mollarni qo‘lga kiritdi. Abul-Osning o‘zi qochib qutuldi. ("œRohiyq al-maxtum")

20. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvoni mollari nimaga sarf etildi?
a) 4 dan 2 qismi musulmon askariga qurol-yaroq olish uchun, 2 hissasi esa sariyyaga qatnashganlar orasida taqsimj etildi.
b) 4 dan ikki qismi sariyya qatnashchilariga taqsim etilgan, qolgan ikki qismi miskinlarga tarqatildi.
c) mollar egasiga qaytarildi.
To’g’ri javob: mollar egasiga qaytarildi.
Izoh: Zaynab iltimos qilgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarga karvonga tegishli mollarni qaytarib berishni maslahat berdilar, biroq hech kimni bunga majbur qilmadilar. Shunda hamma ozmi, ko‘pmi, kattami, kichikmi, nima olgan bo‘lsa hammasini qaytarib berdi. Abul-Os Makkaga qaytib, omonatlarni egalariga topshirgach, musulmon bo‘lib, Madinaga hijrat qildi. ("œRohiyq al-maxtum")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2009, 08:20:21
III BOSQICH
4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism

1. «Ey, Quraysh odamlari, Kisroni o‘z mulkida ko‘rdim, Qaysarni ham o‘z mulkida ko‘rdim, Najoshiyni ham o‘z mulkida ko‘rdim. Lekin, qasamki, hech bir podshohni o‘z qavmida Muhammadni sahobalarining ichida ko‘rganimdek ko‘rmaganman». Bu ta’rif kimga tegishli?
a) Urva ibn Ma’sud
b) Abu Sufyon
c) Xulays ibn Alqama

2. Musulmonlar tomonidan Qurayshga birinchi yuborilgan vakil kim edi?
a) Usmon ibn Affon.
b) Harom ibn Umayyya.
c) Mug’iyra ibn Shu’ba

3. Usmon ibn Affon Makkaga kimning himoyasi ostida kirdi?
a) Abu Sufyon
b) Ibon ibn Sayid
c) Ikrima ibn Abu Jahl

4. Makka mushriklari Usmon ibn Affonga Baytullohni tavof qilishga ruxsat berishdi. Hazrati Usmon nima qildilar?
a) Baytullohni tavof qilib, umra amallarini bajardilar.
b) Rasululloh SAV tavof qilmagunlaricha, men ham tavof qilmayman, dedilar.
c) Baytullohga kirib, ikki rakaat namoz o’qidilar, ammo Rasululloh kelmagunlaricha tavof qilmaslikka ahd qildilar.

5. Rasululloh SAV ashoblaridan nima uchun mushriklar bilan urush qilishga bay’at oldilar?
a) Usmon r.a.ning o’ldirishgani xabari kelgani uchun.
b) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
c) Mushriklar musulmonlarga qarshi urush ochgani uchun.

6. Ushbu bay’at qanday nom bilan mashhur bo’ldi?
a) Firdavs
b) Muror
c) Rizvon

7. Rasululloh SAVga birinchi bo’lib bay’at qilgan sahoba kim edi?
a) Abu Sinon al-Asadiy
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob

8. Hudaybiya kuni Rasululloh SAVga uch marta bay’at qilgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Hattob.
b) Salama ibn Akva’.
c) Muhammad ibn Maslama.

9. Asirlikdagi Usmon ibn Hattob uchun kim bay’at qildi?
a) Abu bakr Siddiq
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Muhammad SAVning o’zlari.

10. Bay’atda tuyalar orasiga kirib yashirinib, bu ulug’ ne’matdan bebahra qolgan kishi kim?
a) Amr ibn Jamuh
b) Jadda ibn Qays
c) Sinon ibn Abu Sifon

11. Keyinchalik bu daraxtni kishilar tomonidan ilohiylashtirish boshlanganida, qaysi xalifa tomonidan kesib tashlandi?
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon ibn Affon r.a.

12. Musulmonlarni  bay’atidan qo’rquvga tushgan mushriklar necha kishini musulmonlarni qurshovga olish uchun jo’natdilar?
a) 50 kishi
b) 100 kishi
c) 80 kishi.

13. Mushrik lashkarlarining boshlig’i kim edi?
a) Abu Sufyon.
b) Xolid ibn Valid.
c) Mikraz ibn Xifs

14. Bu mushrik lashkarini musulmonlar soqchisi bo’lgan bir sahobiy jangsiz qo’lga tushiradi. Bu sahobiy kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Ali r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.

15. Bu g’azotda musulmonlardan necha kishi shahid bo’lgan?
a) 1 kishi
b) 2 kishi
c) 3 kishi.

16. "Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni fath deb ataymiz". Ushbu ta’rif kimga tegishli?
a) Barro r.a.
b) Umar r.a.
c) Anas ibn Molik r.a.

17. Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bay’at qilgan sahobalar haqida nima deganlar?
a) «Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidirsizlar»
b) «Sizlar mening do’stlarimsizlar»
c) «Sizlar jannat yo’lining xos soqchilarisizlar».

18. Hudaybiyada Rasulullohga otasidan oldin bay'at bergan va shu bilan "otasidan oldin Islomga kirgan" degan gap tarqashiga sabab bo'lgan sahoba kimning og'li edi?
a) Uqba ibn Omir r.a.ning
b) Abu Sufyon r.a.ning
c) Umar ibn Xattob r.a.ning

19. Hudaybiyada Rasululloh qaysi sahobaga bitlab ketgani uchun  sochlarini oldirib, uch kun ro'za tutishini yoki olti miskinni to'ydirishini yo bir qo'yni qurbon qilishini amr etdilar?
a) Salama ibn al-Akva' r.a.
b) Ka'b ibn Ujra r.a.
c) Abdulloh ibn Abu Avfo r.a.

20. Alloh taoloning Hudaybiyada bay’at etganlardan roziligi haqidagi oyati qaysi?
a) "œFath" surasi, 1-3-oyatlar.
b) "œFath" surasi, 10-oyat.
c) "œFath" surasi, 18-oyat.

Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim, Mahdiyah, Nodir Mamatqulov va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

3-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2225&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 24-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Hudaybiya qissasi. 3-qism
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2009, 08:22:03
III bosqich 3-turning dastlabki natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev         100
2   Anisa         100
3   Bahriddin Botirov         100
4   Dilmurod Majidov         100
5   Mahdiyah         100
6   Muhammad Amin         100
7   Oybek Karimjonov         100
8   UmmatiY_MuhammadiY         100
9   Zulayho Xon         100
10   Dilnura Hakimova         95
11   Lolo         95
12   Mutaallimah         95
13   Salmon Forsiy         95
14   Xayrullo Ibragimov         95
15   Fatima Aliyeva         90
16   Shoir         90
17   Abdulhafiz         85
18   Olmos Isakov         85
19   ЖАМШИДЖОА         85
20   Robiya         75
21   Farhodjon Isroilov         50
22   Burhon To'raqulov         25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2009, 08:24:26
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Anisa         300
2   Bahriddin Botirov         300
3   Zulayho Xon         300
4   Dilmurod Majidov         295
5   Mahdiyah         295
6   Muhammad Amin         295
7   Mutaallimah         295
8   Salmon Forsiy         295
9   Abduvohid Ahmadaliyev         290
10   Lolo         290
11   UmmatiY_MuhammadiY         285
12   Oybek Karimjonov         280
13   Abdulhafiz         275
14   Xayrullo Ibragimov         275
15   Olmos Isakov         270
16   Shoir         265
17   Robiya         235
18   Aziza Mannopova         200
19   Muallim         200
20   Sunnatilla Ochilov         200
21   Murod Mamasoliyev         195
22   Abdulloh         190
23   Dilnura Hakimova         190
24   Sa'dulla         190
25   Farhodjon Isroilov         185
26   Fatima Aliyeva         185
27   Musannif Adham         180
28   ЖАМШИДЖОА         180
29   Nodir Mamatqulov         175
30   Nodir Shomirzayev         175
31   Nurillabek         175
32   Burhon To'raqulov         105
33   Muslima20         85
34   Farrux Boltaboyev         65
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2009, 08:36:42
III BOSQICH
3-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism
Javoblar va izohlar

1. Rasulloh SAVni umra safariga undagan tush qanday edi?
a) sahobalar bilan Makka ustidan g’alaba qilib, Baytullohni tavof qilganlarini ko’rdilar.
b) hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rdilar.
c) makkaliklarning musulmon bo’lishini va sahobalar bilan birgalikda umra qilganliklarini ko’rdilar.
To’g’ri javob: hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rdilar.
Izoh:Bir kuni sahobai kiromlar to‘planishib o‘tirgan edilar, huzurlariga Rasululloh alayhissalotu vassalom keldilar va ularga tushlarida hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rganlarini aytdilar. Hamma bu bashoratdan xursand bo‘ldi. ("œHadis va hayot")

2. Hudaybiya safariga chiqqan askarlar soni nechta edi?
a) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1400, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
b) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 2800, boshqa rivoyatda 3000 nafar.
c) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1000, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
To’g’ri javob: Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1400, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
Izoh:Madinadan 6-hijriy zul-qa’da oyining boshida, dushanba kuni 1400 (ba’zi rivoyatlarda 1500) sahoba hamrohligida yo‘lga chiqdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

3. Bu safarda Rasululloh SAVga qaysi zavjalari hamrohlik qildi?
a) Oyisha r.a.
b) Zaynab r.a.
c) Ummu Salama r.a.
To’g’ri javob: Ummu Salama r.a.
Izoh:Rafiqalari Ummu Salama u kishiga hamroh bo‘ldi. ("œNurul yaqiyn")

4. Rasululloh SAV Makkaga safarga chiqishlarida, o’z o’rinlariga Madinada kimni qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn ummu Maktum r.a.
b) Usmon ibn Affon.r.a.
c) Zayd ibn Horisa r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn ummu Maktum r.a.
Izoh:Madinada rasulullohning o‘rinlariga ibn Ummu Maktum qoldi. ("œNurul yaqiyn")

5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlari davomida necha marta umra qilganlar?
a) 4 marta
b) 6 marta
c) 3 marta
To’g’ri javob: 4 marta
Izoh:Anas ibn Molik roziyallohu anhu xabar beradilar: "Janob Rasululloh to'rt marta umra qilganlar, uchtasi zulqa'da oyida bo'lib, (zulhijja oyida) bir marta haj birlan birga umra ham qilganlar. Zulqa'da oyida qilgan umralari - Hudaybiya umrasi, kelgusi yildagi umralari, Ji'rona umrasi (bu yerda Hunayn g'azotida olingan o'ljalar taqsimlangan erdi) va oxirgisi haj birlan birga qilgan umralaridir". (Al-jomi' as-sahih)

6. Hudaybiya safari qaysi oyda bo'lib o'tdi?
a) safar oyida
b) zulhijja oyida
c) zulqa'da oyida
To’g’ri javob: zulqa'da oyida
Izoh:Hijratning oltinchi yili Zul-qa’da oyining boshida umrani niyat qilib safarga chiqdilar. ("œHadis va hayot")

7. Hudaybiya safari qaysi kundan boshlandi?
a) juma
b) chorshanba
c) dushanba
To’g’ri javob: dushanba
Izoh:Madinadan 6-hijriy zul-qa’da oyining boshida, dushanba kuni 1400 (ba’zi rivoyatlarda 1500) sahoba hamrohligida yo‘lga chiqdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

8. Hudaybiya safariga kimlar chiqdilar?
a) muhojirlar va ansorlar
b) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar
c) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar, Makka bilan Madina orasidagi musulmonlikni qabul qilgan qabilalardan vakillar.
To’g’ri javob: muhojirlar va ansorlar
Izoh:Muhammad alayhissalomning so‘rovlariga ahli Madina javob berib, birgalikda Makka yo‘lini  tutdilar. Ammo atrofdagi a’robiy qabilalar, baribir musulmonlarni Qurayshiylar tor-mor qilib, qirib tashlaydi, degan fikrga borib, safarga chiqmadilar.
Shunday qilib, Payg‘ambar alayhissalom bilan birga muhojir va ansoriy musulmonlar, Madinalik arablar, hammasi bo‘lib, bir ming to‘rt yuz kishi umraga chiqdi. ("œHadis va hayot")

9. Hudaybiya safariga Rasululloh SAV qaysi tuyalarida chiqdilar?
a) Qasvo
b) Jad’o
c) Azboa
To’g’ri javob: Qasvo
Izoh:Shundan so‘ng u zot pokiza kiyimlarini kiyib, tuyalari Qasvoga minib, yo‘lga otlandilar. ("œRohiyq al-maxtum")

10. Hudaybiya g’azotiga sahobalar o’zlari bilan qaysi urush qurollarini oldilar?
a) Sahobalarning ba’zilari har ehtimolga qarshi deya qilich va nayzalarini oldilar.
b) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun hech narsa olmadilar.
c) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun faqat qilichlarini oldilar.
To’g’ri javob: Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun faqat qilichlarini oldilar.
Izoh:Sahobalarda qiniga solingan qilichdan boshqa qurol yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom umraga qilichlarni yalang‘ochlab borishni istamadilar. ("œNurul yaqin")

11. Rasululloh SAV va ashoblari Umrani niyat qilib qayerda ehrom bog’ladilar?
a) Madinai munavvarada.
b) Zul Xulayfada.
c) Hudaybiyada.
To’g’ri javob: Zul Xulayfada.
Izoh:Marvon va Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir ming qanchayam ashoblari birlan Hudaybiya kuni yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfa degan joyga kelganda qurbonlikka atalgan tuyalari bo‘yniga qurbonlik erkanligini anglatadirgan nishon osib hamda o‘rkachini qonatib qo‘ydilar. Keyin, shu yerda turib ehrom bog‘ladilar». (Sahihul Buxoriy)

12. Rasululloh SAV MAkkaga borganlarida qurbonlik qilish uchun o’zlari bilan nechta tuyani olib ketdilar?
a) 10 ta.
b) 20 ta.
c) 70 ta.
To’g’ri javob: 70 ta.
Izoh:Makkaga borganda qurbonlik qilish uchun atalgan yetmishta tuyalari bor edi. Mundoq tuyalarni «Hady» deb aytilur. Yurish oldidan bularni haydatib, so‘ngra borliq askar bilan o‘zlari yo‘lga chiqdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

13. Musulmonlarni Makkaga yaqinlashtirmaslik uchun mushriklar askar yig’ib urushga tayorgarlik ko’rdilar. Mushrik askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Abu Sufyon.
b) Abu Lahab.
c) Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Xolid ibn Valid
Izoh:U mushriklar musulmonlarni Makkaga yaqin yo‘latmaslikka qaror qilib, urushga tayyorlanishayotganini, Xolid ibn Valid boshchiligidagi ikki yuz suvoriy ziyoratchilarning yo‘lini to‘sish uchun otlanganini aytdi. ("œNurul yaqiyn")

14. Mushrik askarlari necha kishidan iborat edi?
a) 200 ta
b) 300 ta.
c) 400 ta.
To’g’ri javob: 200 ta
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ahboshlar bilan jang qilishdan voz kechganlaridan so‘ng Banu Ka’blik bir kishi Qurayshning Zu-Tuvoga kelib tushganini, Xolid ibn Valid boshchiligida 200 otliq Makkaga eltuvchi asosiy yo‘l ustida, Kuro’ul-G’amimda poylab turganining xabarini keltirdi. ("œRohiyq al-maxtum").

15. Usfon manziliga yetganlarida Rasululloh SAV sahobalarga endi nima qilish kerakligi haqida maslahat soldilar. Shunda Abu Bakr Siddiq qanday maslahat berdilar?
a) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Ular bilan sulh tuzib, umra qilib qaytamiz.
b) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Lekin kim bizni Baytullohdan to’ssa, u bilan urush qilamiz.
c) Allohning uyidan kimki bizni qaytarsa, so’nggi tomchi qonimiz qolguncha u bilan jang qilamiz.
To’g’ri javob: Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Lekin kim bizni Baytullohdan to’ssa, u bilan urush qilamiz.
Izoh:Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ashoblariga maslahat solib: «Nima deysizlar, ularga yordamga kelgan qabilalarning bola-chaqalariga hujum qilib, ularni qo‘lga olaylikmi? Agar o‘tiraversalar, mahrum bo‘lib o‘tirib qolaverishadi. Agar (bola-chaqalarini qutqarish uchun) yetib kelishsa, Alloh kesilishga mahkum etgan bo‘yinlar bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa, Baytullohga qarab boraversak-da, kim yo‘limizni to‘sib chiqsa, shu bilan jang qilsak?», dedilar. Shunda Abu Bakr dedi: «Alloh va Rasuli biluvchiroq. Biz faqat umra uchun keldik, birov bilan urushish maqsadida kelmadik. Lekin, kimda-kim bizni Baytullohdan to‘ssa, u bilan jang qilamiz». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, ketdik», dedilar va hammalari yo‘lga tushdilar. ("œRohiyq al-maxtum").

16. Yo’l o’zgarib, sahobalar avval toshli yo’ldan yurib, so’ng tekis keng vodiyga chiqdilar. Shunda Rasululloh SAV: «Bu Bani Isroilga arz qilingan «hutti» edi, ammo, aytmadilar» deb, sahobalarga qaysi duoni aytishni buyurdilar?
a) «Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu»
b) «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘firli»
c) «Nastag‘firullohi va natubi ilayh»
To’g’ri javob: «Nastag‘firullohi va natubi ilayh»
Izoh:Avvalgi yo‘lni yoqtirmay turgan Payg‘ambar alayhissalom odamlarga:
«Nastag‘firullohi va natubi ilayhi» (Allohga istig‘for aytamiz va Unga tavba qilamiz), deb aytinglar», dedilar.
Odamlar aytishdi. Rasululloh alayhissalom:
«Bu Bani Isroilga arz qilingan «hutti» edi, ammo, aytmadilar», dedilar. ("œHadis va hayot")

17. Musulmonlar Makkaga boshqa yo’ldan yaqinlashib kelgacha, Muror degan joyda to’xtab qoldilar. Buning sababi nima edi?
a) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
b) Rasululloh SAVni tuyalari shu joyga kelganda cho’kib olgani uchun.
c) Yo’llari mushriklar to’sib qo’ygani uchun.
To’g’ri javob: Rasululloh SAVni tuyalari shu joyga kelganda cho’kib olgani uchun.
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yo‘lda davom etib, Saniyyatul Murorga yetib borganlarida tuyalari yerga cho‘kdi. ("œRohiyq al-maxtum")

18. Musulmonlar Hudaybiya degan joyga joylashganlaridan keyin Makkadan ularning oldiga kim vakil bo’lib keldi?
a) Budayl ibn Varqo
b) Ka’b ibn Luay.
c) Xulays ibn Alqama.
To’g’ri javob: Budayl ibn Varqo
Izoh:Shu orada Makka atrofidagi qabilalardan Xuzo’a qabilasining raisi Budayl ibn Varqo bir necha qabila boshliqlari bilan kelishib Rasulullohga uchrashdi.

19. Qurayshdan kelgan ikkinchi vakil, Rasululloh SAV: «Bu aldamchi odam» deb ta’riflagan kimsa kim edi?
a) Xulays ibn Alqama
b) Maqriz ibn Hafs
c) Urva ibn Ma’sud
To’g’ri javob: Maqriz ibn Hafs
Izoh:Keyin Maqriz ibn Hafsni yuborishdi.
Payg‘ambar alayhissalom uni ko‘rishlari bilan:
«Bu aldamchi odam», dedilar.
U Rasululloh huzurlariga kelib so‘zlashdi, unga ham Badiy’ ibn Varqoga aytgan gaplarini aytdilar. Maqriz Quraysh huzuriga qaytib borib xabarni yetkazdi. ("œHadis va hayot")

20. Makka mushriklari tarafidan vakil qilib yuborilgan Xulays ibn Alqama qaysi qabiladan edi?
a) Xuzo’a
b) Ahobish
c) Juzom
To’g’ri javob: Ahobish
Izoh:Makkaliklar shuncha musulmonning yasov tortib kelishidan muddaosi nimaligini uqib kelish uchun qurayshning ittifoqdoshi Ahobish qabilasining oqsoqoli Xulays ibn Alqamani jo‘natishdi. ("œNurul yaqiyn")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2009, 08:39:26
III BOSQICH
5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism

1. Musulmonlarni jangu jadal bilan yenga olmasliklarini bilgan mushriklar sulh tuzish uchun ularning huzuriga kimni yubordilar?
a) Abu Sufyon
b) Xolid ibn Valid
c) Suhayl ibn Amr

2. Rasululloh SAV dastlab sulhni yozishni kimga buyurdilar?
a) No’mon ibn Sobit
b) Avs ibn Havla
c) Abdulloh ibn Sa’d

3. Hudaybiyada musulmonlar va mushriklar orasidagi sulhni kim yozdi?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a.
b) Abu Bakr r.a.
c) Anas ibn Molik r.a.

4. Hudaybiya kelishuviga muvofiq musulmonlar Ka'ba ziyorati uchun kelganlarida mushriklar Makkani necha kunga bo’shatib berishlari kerak edi?
a) 3 kunga
b) 4 kunga
c) 5 kunga

5. Ikki tomon o’rtasidagi urishmaslik to’g’risidagi shartnoma necha yil deb belgilandi?
a) 7 yil
b) 10 yil
c) 5 yil

6. Ikki tomon imzoagan sulh bandlari qaysi so’z bilan boshlandi?
a) Bismillahir rohmanir rohiym.
b) Bismikallohumma.
c) Bu Muhammad ibn Abdulloh va Suhayl ibn Amr tuzgan sulh...

7. Quraysh tomonidan sulhga shohid bo’lganlar kimlar edi?
a) Abu Sufyon ibn Harb, Safvon ibn Umayya
b) Xutob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs
c) Xolid ibn Valid, Usmon ibn Talha

8. Mushriklar musulmonlarning elchisiga qo’shib yana necha kishini asir olgandilar?
a) 5 kishi.
b) 10 kishi
c) 8 kishi.

9. Bu sulh tuzilgandan keyin otasi tomonidan kishanlab qamab qo’yilgan sahobiy Rasululloh SAV najot izlab keldi. Bu sahobiy kim edi?
a) Abu Basir Utba ibn Usayd Saqafiy
b) Abu Jandal ibn Suhayl
c) Usmon ibn Ma’zun

10. Quraysh elchisining o’gliga otasini qilich bilan o’ldirish ishorasini kim beradi?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Umar ibn Hattob

11. Sulhdan keyin Rasululloh SAV qaysi qabilani o’z himoyalariga oldilar?
a) Xuzoa qabilasini.
b) Ahobish qabilasini
c) Banu Bakr qabilasini.

12. Sulh tuzilganidan keyin ranjigan musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga sochlarini oldirib, qurbonlik qilishlari va ehromdan chiqishlarini aytganlarida Rasulullohning aytganini bajarishmadi, ul zot bundan ranjidilar. Shunda kim Rasulullohga oqilona yo'l ko'rsatdi?
a) Alloh taolo
b) Ummu Salama
c) Abu Bakr Siddiq

13. Hudaybiyada Rasululloh SAV qurbon qilgan Abu Jahlning tuyasi evaziga mushriklar nechta tuya taklif etishgan edi?
a) 70 ta
b) 100 ta
c) 200 ta

14. Hudaybiya umrasida sochini qisqartirganlarga Rasululloh SAV necha bor mag’firat so’rab duo qildilar?
a) 1 marta
b) 2 marta
c) 3 marta

15. Rasululloh SAV ashoblari bilan Madinaga qaytganlaridan keyin Makkadan u kishini yonlariga panoh izlab bir ayol muslima qochib keldi. Mushriklar bu ayolni qaytarib berishni talab qilganlarida, bu ayol:"Yo, Rasululloh, men ayol kishiman, agar meni qayatrib bersangiz, ular meni dindan chqaradilar", dedi. Shunda ayol kishilarni qaytarib bermaslik amri bilan Qur’oni Karim oyati nozil bo’ldi. Bu qaysi suraning nechanchi oyati edi?
a) Niso surasining 40-oyati.
b) Ahzob surasining 15-oyati.
c) Mumtahana surasining 10-oyati.

16. Bu sulh tuzilganidan keyin, musulmonlar va mushriklarni aralashib yurishi musulmonlar foydasiga bo’lib, musulmonlar safi ko’paya boshladi. Buni ko’rgan bir sahobiy:"Islom tarixida Hudaybiya g’alabasidan kattaroq g’alaba bo’lgan emas", dedi. Bu so’zlarni aytgan sahobiy kim edi?
a) Umar ibn Xattob r.a.
b) Abu Bakr Siddiq r.a.
c) Abdurahmon ibn Avf r.a.

17. Rasululloh SAV Hudaybiyada necha kun turdilar?
a) 20
b) 14
c) 7

18. Abu Jandal guruhining ishlaridan shikoyat qilish uchun qurayshliklar Rasululloh SAV oldilariga kimni jo’natishdi?
a) Xolid ibn Validni
b) Safvon ibn Umayyani
c) Abu Sufyon ibn Harbni

19. Hudaybiya sulhidan avval musulmonlarning umumiy soni qancaha edi?
a) 1500
b) 3000
c) 2000

20. Xolid ibn Validga Rasululloh SAV bergan laqab qanday edi?
a) Allohning sheri
b) Allohning qilichi
c) Alloh va Rasulining arsloni.

Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim, Mahdiyah va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

4-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2226&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 31-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Ro’za hukmlari. 1-qism (Hanafiy mazhabida)
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2009, 08:41:54
III bosqich 3-turning yakuniy natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      100
2   Anisa      100
3   Aziza Mannopova      100
4   Bahriddin Botirov      100
5   Dilmurod Majidov      100
6   Mahdiyah      100
7   Muallim      100
8   Muhammad Amin      100
9   Oybek Karimjonov      100
10   Sa'dulla      100
11   Sunnatilla Ochilov      100
12   UmmatiY_MuhammadiY      100
13   Zulayho Xon      100
14   Dilnura Hakimova      95
15   Lolo      95
16   Mutaallimah      95
17   Salmon Forsiy      95
18   Xayrullo Ibragimov      95
19   Fatima Aliyeva      90
20   Shoir      90
21   Abdulhafiz      85
22   Murod Mamasoliyev      85
23   Musannif Adham      85
24   Nodir Mamatqulov      85
25   Olmos Isakov      85
26   ЖАМШИДЖОА      85
27   Abdulloh      80
28   Robiya      75
29   Farhodjon Isroilov      50
30   Burhon To'raqulov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2009, 08:45:40
III bosqich 4-turning dastlabki natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      100
2   Anisa      100
3   Aziza Mannopova      100
4   Mahdiyah      100
5   Sunnatilla Ochilov      100
6   Zulayho Xon      100
7   Muallim      95
8   Olmos Isakov      95
9   Fatima Aliyeva      90
10   Lolo      90
11   Muhammad Amin      90
12   Xayrullo Ibragimov      85
13   Dilnura Hakimova      80
14   Burhon To'raqulov      35
15   Anvar Abbosov      25
16   Farhodjon Isroilov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2009, 08:49:04
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Anisa      400
2   Aziza Mannopova      400
3   Sunnatilla Ochilov      400
4   Zulayho Xon      400
5   Mahdiyah      395
6   Muallim      395
7   Abduvohid Ahmadaliyev      390
8   Muhammad Amin      385
9   Lolo      380
10   Olmos Isakov      365
11   Xayrullo Ibragimov      360
12   Bahriddin Botirov      300
13   Dilmurod Majidov      295
14   Mutaallimah      295
15   Salmon Forsiy      295
16   Sa'dulla      290
17   UmmatiY_MuhammadiY      285
18   Murod Mamasoliyev      280
19   Oybek Karimjonov      280
20   Abdulhafiz      275
21   Fatima Aliyeva      275
22   Abdulloh      270
23   Dilnura Hakimova      270
24   Musannif Adham      265
25   Shoir      265
26   Nodir Mamatqulov      260
27   Robiya      235
28   Farhodjon Isroilov      210
29   ЖАМШИДЖОА      180
30   Nodir Shomirzayev      175
31   Nurillabek      175
32   Burhon To'raqulov      140
33   Muslima20      85
34   Farrux Boltaboyev      65
35   Anvar Abbosov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2010, 07:48:37
III BOSQICH
4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism
Javoblar va izohlar

1. «Ey, Quraysh odamlari, Kisroni o‘z mulkida ko‘rdim, Qaysarni ham o‘z mulkida ko‘rdim, Najoshiyni ham o‘z mulkida ko‘rdim. Lekin, qasamki, hech bir podshohni o‘z qavmida Muhammadni sahobalarining ichida ko‘rganimdek ko‘rmaganman». Bu ta’rif kimga tegishli?
a) Urva ibn Ma’sud
b) Abu Sufyon
c) Xulays ibn Alqama
To’g’ri javob: Urva ibn Ma’sud
Izoh: Urva har qancha johil bo‘lmasin, musulmonlar payg‘ambar alayhis-salom tahorat olgan suvni talashishlarini, u kishining huzurida baland ovozda gaplashishmasliklarini, hatto u kishining yuziga tikilib qaramasliklarini ko‘rib ta’sirlandi. U Makkaga qaytgach, qurayshlarga ko‘rgan-bilganlarini ro‘y-rost aytdi: "Men Eron podshosi Kisro, rum podshosi Qaysar, Habashiston podshosi Najoshiy huzurida bo‘lganman, lekin ularning birontasi Muhammad erishgan izzat-ikromga, sahobalar ko‘rsatgan sadoqatga erisholmagan. Muhammadga ergashganlar uni hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymasligiga amin bo‘ldim. Muhammadning talabiga rozilik berish kerak, tag‘in o‘zinglar bilasizlar. Muhammad haq, taklifini qabul qilinglar. Men butunlay sizlar tomondaman, lekin Muhammadning ustidan g‘alaba qozonishlaringga ko‘zim yetmaydi", dedi. ("œNurul yaqiyn")

2. Musulmonlar tomonidan Qurayshga birinchi yuborilgan vakil kim edi?
a) Usmon ibn Affon.
b) Harom ibn Umayyya.
c) Mug’iyra ibn Shu’ba
To’g’ri javob: Harom ibn Umayyya.
Izoh: Payg‘ambar alayhissalom ham o‘z navbatlarida Harom ibn Umayyya al-Xuzo’iyni Makkaga Quraysh huzuriga elchi qilib, Sa’lab nomli tuyaga mingazib yubordilar. Lekin Qurayshlar tuyani so‘yishdi. Elchini ham o‘ldirmoqchi bo‘lishgan edi, Habashistonliklar qutqarib qolishdi. ("œHadis va hayot")

3. Usmon ibn Affon Makkaga kimning himoyasi ostida kirdi?
a) Abu Sufyon
b) Ibon ibn Sayid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Ibon ibn Sayid
Izoh: Usmon Makkaga Ibbon ibn Sayid Umaviyning himoyasi ostida kirib, mushriklarga payg'ambar alayhis-salomning gaplarini yetkazdi. ("œNurul yaqin")

4. Makka mushriklari Usmon ibn Affonga Baytullohni tavof qilishga ruxsat berishdi. Hazrati Usmon nima qildilar?
a) Baytullohni tavof qilib, umra amallarini bajardilar.
b) Rasululloh SAV tavof qilmagunlaricha, men ham tavof qilmayman, dedilar.
c) Baytullohga kirib, ikki rakaat namoz o’qidilar, ammo Rasululloh kelmagunlaricha tavof qilmaslikka ahd qildilar.
To’g’ri javob: Rasululloh SAV tavof qilmagunlaricha, men ham tavof qilmayman, dedilar.
Izoh: «Agar Baytullohni tavof qilmoqchi bo‘lsang, qilib ol», deyishdi. Hazrati Usmon:
«Rasululloh tavof qilmay turib, men hech ham tavof qilmayman», dedilar. ("œHadis va hayot")

5. Rasululloh SAV ashoblaridan nima uchun mushriklar bilan urush qilishga bay’at oldilar?
a) Usmon r.a.ning o’ldirishgani xabari kelgani uchun.
b) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
c) Mushriklar musulmonlarga qarshi urush ochgani uchun.
To’g’ri javob: Usmon r.a.ning o’ldirishgani xabari kelgani uchun.
Izoh: Usmon hadeganda qaytavermagach, musulmonlar orasida «Usmon o‘ldirilgan», degan gap tarqaldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bu gap yetib kelgach: «To qavm bilan to‘qnashmaguncha bu yerdan ketmaymiz», dedilar. So‘ng ashoblarini bay’atga (ya’ni, qo‘l berib ahdlashishga) chaqirdilar. ("œRohiyq al maxtum")

6. Ushbu bay’at qanday nom bilan mashhur bo’ldi?
a) Firdavs
b) Muror
c) Rizvon
To’g’ri javob: Rizvon
Izoh: Bu bay’at «Rizvon», ya’ni, rozilik bay’ati nomi ila mashhur bo‘ldi. Chunki, Alloh taolo o‘sha daraxt ostida Payg‘ambarga kim bay’at qilgan bo‘lsa, hammasidan rozi ekanligini e’lon qildi. ("œHadis va hayot")

7. Rasululloh SAVga birinchi bo’lib bay’at qilgan sahoba kim edi?
a) Abu Sinon al-Asadiy
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Sinon al-Asadiy
Izoh: Birinchi bo‘lib Abu Sinon al-Asadiy bay’at berdi. ("œRohiyq al maxtum")

8. Hudaybiya kuni Rasululloh SAVga uch marta bay’at qilgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Hattob.
b) Salama ibn Akva’.
c) Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob: Salama ibn Akva’.
Izoh: Salama ibn Akva’ uch qayta — bay’atning boshida, o‘rtasida va oxirida — o‘limga bay’at berdi. ("œRohiyq al maxtum")

9. Asirlikdagi Usmon ibn Hattob uchun kim bay’at qildi?
a) Abu bakr Siddiq
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Muhammad SAVning o’zlari.
To’g’ri javob: Muhammad SAVning o’zlari.
Izoh: Payg‘ambar alayhissalomning o‘zlari Hazrati Usmon uchun bir qo‘llarini ikkinchisiga qo‘yib bay’at qildilar. ("œHadis va hayot")

10. Bay’atda tuyalar orasiga kirib yashirinib, bu ulug’ ne’matdan bebahra qolgan kishi kim?
a) Amr ibn Jamuh
b) Jadda ibn Qays
c) Sinon ibn Abu Sifon
To’g’ri javob: Jadda ibn Qays
Izoh: Ansor-Muhojir sahobalardan bu bay’atga kirmagan kishi qolmadi. Faqat Jadda ibn Qays degan odam tuyalar orasiga yashirinib, bu ulug‘ ne’matdan quruq qoldi. ("œTarixi Muhammadiy")

11. Keyinchalik bu daraxtni kishilar tomonidan ilohiylashtirish boshlanganida, qaysi xalifa tomonidan kesib tashlandi?
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon ibn Affon r.a.
To’g’ri javob: Umar r.a.
Izoh: Keyinchalik Rizvon daraxti deb atalgan bu daraxtni odamlar ilohiylashtira boshlagach, Umar roziyallohu anhu davrida kesib tashlangan. ("œNurul yaqin")

12. Musulmonlarni  bay’atidan qo’rquvga tushgan mushriklar necha kishini musulmonlarni qurshovga olish uchun jo’natdilar?
a) 50 kishi
b) 100 kishi
c) 80 kishi.
To’g’ri javob: 50 kishi
Izoh: Musulmonlarning bay’ati haqidagi xabar mushriklarni vahimaga soldi. Ular musulmon lashkarini qurshovga olib, to‘satdan hujum qilish uchun Mikraz ibn Xifs boshchiligida ellik kishini jo‘natishdi. ("œNurul yaqin")

13. Mushrik lashkarlarining boshlig’i kim edi?
a) Abu Sufyon.
b) Xolid ibn Valid.
c) Mikraz ibn Xifs
To’g’ri javob: Mikraz ibn Xifs
Izoh: Musulmonlarning bay’ati haqidagi xabar mushriklarni vahimaga soldi. Ular musulmon lashkarini qurshovga olib, to‘satdan hujum qilish uchun Mikraz ibn Xifs boshchiligida ellik kishini jo‘natishdi. ("œNurul yaqin")

14. Bu mushrik lashkarini musulmonlar soqchisi bo’lgan bir sahobiy jangsiz qo’lga tushiradi. Bu sahobiy kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Ali r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama r.a.
Izoh: Shu orada Quraysh raislari Mikraz ibn Hafs degan odamni boshliq qilib qirq-ellik kishilik bir bo‘lik askar yuborishdi. Bularning maqsadlari esa, Islom askarining kuch-quvvati, son-sanoqlarini aniqlash, chamalab bilish edi. Agar paytini topa bilsalar, to‘satdan hujum qilib besh-o‘n kishini o‘ldirib yoki qo‘lga tushirib olmoqchi edilar. Shu g‘araz bilan kechalab kelayotganlarida Rasulullohning kuzatuvchi askarlariga yo‘liqib qolib, alar tomonidan barchalari asir olindi. Yolg‘izgina boshliqlari qochib qutuldi. Boshqalari esa butunlay qo‘lga tushdilar. Rasulullohning qorovul askarlari boshlig‘i ansor sahobalardan Muhammad ibn Maslama erdi. ("œTarixi Muhammadiy")

15. Bu g’azotda musulmonlardan necha kishi shahid bo’lgan?
a) 1 kishi
b) 2 kishi
c) 3 kishi.
To’g’ri javob: 1 kishi
Izoh: Musulmonlarning soqchisi Muhammad ibi Maslama ularni jangu jadalsiz qo‘lga tushirdi. Faqat Mikraz qochib qutuldi. Buni eshitgan mushriklar yana bir guruh odam yuborishdi, lekin qisqa to‘qnashuvda o‘n ikki kishi asir tushdi, musulmonlardan esa bir kishi shahid bo‘ldi. ("œNurul yaqin")

16. "Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni fath deb ataymiz". Ushbu ta’rif kimga tegishli?
a) Barro r.a.
b) Umar r.a.
c) Anas ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Barro r.a.
Izoh: Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni fath deb ataymiz. Payg‘ambar alayhissalomni qo‘shib hisoblasak, bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Xudaybiya bir quduq bo‘lib, biz uning suvini oxirgi qatrasigacha qo‘ymay tortib oldik. Janob Rasululloh buni eshitib keldilar-da, quduqning labiga o‘ltirdilar, keyin bir idishda suv so‘radilar, u birlan tahorat qildilar, og‘iz chayqadilar, qolganini duo o‘qib quduqqa quydilar. Bir oz muddat kutdik, keyin quduqdan o‘zimiz ham, otlarimiz ham qonadirgan miqdorda suv chiqdi». ("œSahihul Buxoriy")

17. Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bay’at qilgan sahobalar haqida nima deganlar?
a) «Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidirsizlar»
b) «Sizlar mening do’stlarimsizlar»
c) «Sizlar jannat yo’lining xos soqchilarisizlar».
To’g’ri javob: «Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidirsizlar»
Izoh: Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidursizlar»,— dedilar. Biz o‘shanda bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Agar hozir ko‘zim ochiq bo‘lganda, o‘sha tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rsatar erdim». ("œSahihul Buxoriy")

18. Hudaybiyada Rasulullohga otasidan oldin bay'at bergan va shu bilan "otasidan oldin Islomga kirgan" degan gap tarqashiga sabab bo'lgan sahoba kimning og'li edi?
a) Uqba ibn Omirr.a.ning
b) Abu Sufyon r.a.ning
c) Umar ibn Xattob r.a.ning
To’g’ri javob: Umar ibn Xattob r.a.ning
Izoh: Nofi' rivoyat qiladilar: "Odamlar: "Abdulloh ibn Umar otasi Umardan oldin musulmon bo'lgan", - deyishadir, aslida unday emas. Voqea bunday bo'lgan erdi: Hazrat Umar Hudaybiya kuni Abdullohni "Otimni olib kel!" deb bir ansoriyning uyiga yubordilar. "Otimni olib kelsa, minib urushga chiqaman" deb erdilar. Bu vaqtda Janob Rasululloh bir daraxt ostida sahobalarni o'zlariga bay'at qildirayotgan, Hazrat Umar ersalar bundan bexabar erdilar. Abdulloh dastavval Janob Rasulullohga bay'at qilib, keyin otni olib kelgani bordi. Otni Hazrat Umarga olib kelganda, u kishi sovut kiyib, jangga tayyor bo'lib turgan erdilar. Abdulloh otasiga bay'at bergandan keyin, Hazrati Umar ham o'g'illari bilan birga borib, Janob Rasulullohga bay'at qilib keldilar. Odamlarning "Umarning o'g'li otasidan avval islomga kirgan" deyishing sababi shudir". ("œSahihul Buxoriy")

19. Hudaybiyada Rasululloh qaysi sahobaga bitlab ketgani uchun  sochlarini oldirib, uch kun ro'za tutishini yoki olti miskinni to'ydirishini yo bir qo'yni qurbon qilishini amr etdilar?
a) Salama ibn al-Akva' r.a.
b) Ka'b ibn Ujra r.a.
c) Abdulloh ibn Abu Avfo r.a.
To’g’ri javob: Ka'b ibn Ujra r.a.
Izoh: Ka'b ibn Ujra bunday deydilar: "Hudaybiya kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tepamga keldilar, shunda boshimdagi bitlar yuzimga o'rmalab tushayotgan erdi. "Boshingdagi jonivorlar seni qiynayotirmi?" - deb so'radilar. "Ha",- deganimdan keyin: "Unday ersa sochingni oldirgin-da, uch kun ro'za tutgin yoki olti miskinni to'ydirgin yohud bir qo'yni qurbonlik qilgin!" deb buyurdilar". ("œSahihul Buxoriy")

20. Alloh taoloning Hudaybiyada bay’at etganlardan roziligi haqidagi oyati qaysi?
a) "œFath" surasi, 1-3-oyatlar.
b) "œFath" surasi, 10-oyat.
c) "œFath" surasi, 18-oyat.
To’g’ri javob: "œFath" surasi, 18-oyat.
Izoh: Ushbu bay’at Rizvon (ya’ni, rozilik) bay’ati nomini oldi. Alloh taolo u haqda quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam,) darhaqiqat Alloh mo‘minlardan — ular daraxt ostida sizga bay’at qilayotgan vaqtlarida — rozi bo‘ldi» (Fath: 18). ("œRohiyq al-maxtum")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2010, 07:50:40
III BOSQICH
6-tur: Ro’za hukmlari. 1-qism (Hanafiy mazhabida)

1. Ramazon oyinining ro’zasi qachon farz bo’lgan?
a) Payg’ambarlikning ikkinchi yili rajab oyida
b) Hijratning ikkinchi yili sha’bon oyida
c) Payg’ambar (a.s.) me’rojga chiqqan yillari namoz bilan birga farz qilingan
d) Qibla Ka’bai muazzamaga burilgandan keyin
e) b va d javoblar.

2. Ramazon oyi ro’zasini farz qiluvchi oyatlar qaysilar?
a) Baqara surasi, 183-185 oyatlar
b) Baqara surasi, 187-190 oyatlar
c) Qadr surasi,  1-5 oyatlar
d) Oli imron surasi, 80-85 oyatlar
e) Niso surasi, 92-oyat

3. Ro’zaning shar’iy istilohdagi ma’nosi nima?
a) subhdan to shomgacha ro’za niyati bilan yeyish, ichish va ayollarga yaqinlik qilishdan tiyilishga ro’za deyiladi.
b) mazkur ishlardan tashqari g’iybat, so’kinish va bo’htonlardan ham saqlanishga ro’za deyiladi.
c) faqatgina yeb-ichishdan saqlanish ro’za deyiladi.
d) a va b javoblar

4. Ramazon ro’zasini nafl, qazo, nazr niyatlari bilan ham tutsa bo’ladimi?
a) Yo’q bo’lmaydi
b) Ha bo’ladi, mazkur niyatlar bilan tutilgan ro’za ham ramazondan hisob qilinaveradi, shu shart bilanki, ro’za tutuvchi shaxs muqim bo’lsa.
c) Ha bo’ladi, lekin safar va bemorlikda tutilgan ro’za uchun niyat tayin qilinishi shart.
d) Faqatgina nafl niyati bilangina joizdir.
e) b va c javoblar

5. Quyidagilarning qaysi biri vojib ro’za hisoblanadi?
a) Kafforat ro’zasi
b) Nazr ro’zasi
c) Nafl niyati bilan tutib, keyin buzilgan ro‘za qazosi
d) Muharram oyining 9-10-kunlari ro’za tutish
e) a, b, c javoblar.

6. Qaysi ro’zalar uchun tong otmasdan, tunda niyat qilish shart?
a) Ramazon ro’zasi, nafl ro’za
b) Qazo ro’zasi, kafforat ro’zasi
c) Tayin etilmagan nazr ro’zasi
d) b va c javoblar
e) a, b, c javoblar

7. Alloh taolo Qur’oni karimda qasamning kafforati uchun necha kun ro’za tutishni buyurgan?
a) 1 kun
b) 3 kun
c) 5 kun
d) 7 kun
e) 30 kun

8. Oshuro kunining yolg’iz o’zining ro’zasini tutish qanday amal hisoblanadi?
a) Makruhi tanzihiy
b) Sunnati zoida
c) Mandub yoki mustahab
d) Makruhi tahrimiy
e) Sunnati muakkada

9. Har oyda 3 kun ro’za tutish, dushanba va payshanba kunlari ro’za tutish, Sha’bon oyida ro’za tutish qanday amal hisoblanadi?
a) Nafl
b) Sunnati muakkada
c) Mandub yoki mustahab
d) Sunnati zoida
e) Muboh

10. Quyidagilardan qaysi biri makruhi tahrimiy hisoblanmaydi?
a) Navro’z bayrami kuni ro’za tutish
b) Ramazon va Qurbon hayiti kuni ro’za tutish
c) Tashriq kunlari ro’za tutish
d) Taqiqlangan kunlarigina tutmay, yilning qolgan kunlarining hammasida ro’za tutish
e) Yuqoridagi javoblarning barchasi.

11. Shak kuni "œAgar bugun Ramazonning birinchi kuni bo‘lsa, Ramazon ro‘zasi, bo‘lmasa nafldir" deb niyat qilib ro’za tutsa bo’ladimi?
a) Agar bu ro’zasi Sha’bonning oxirida tutgan 2-kun ro’zasi bo’lsa, bo’laveradi.
b) Bunday niyatda ro’za tutib bo’lmaydi.
c) Bunday niyatda ro’za tutish mumkin.

12. Hanafiy mazhabiga ko’ra: ro’zador bir ipni yutsa ro’zasi ochiladimi?
a) ha, ochiladi, chunki ro’zani qorin bo’shlig’iga kirgan har qanday narsa ochadi.
b) agar ipning bir uchi tashqarida bo’lsa va mazkur ipni qaytadan chiqarilsa, ochilmaydi
c) agar ip oshqozonga yetib bormasa, ochilmaydi
d) b va c javoblar

13. Kunduzi uxlayotgan ro’zador uyqusirab, suv ichib qo’ysa, ro’zasi ochiladimi?
a) Ro’zasi ochilmaydi.
b) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
c) Ro’zasi ochiladi, qazo va kafforat vojib bo’ladi.
d) Agar ichgan suvi 1 tomchidan oz bo’lsa, ochilmaydi.

14. Ro’zador tishi orasida qolgan bitta guruch donasini yutsa ro’zasi ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
b) Agar uni chaynasa, mazasini bilmasa-da, ro’zasi ochiladi.
c) Agar uni chaynab yutganida mazasini sezsa, ro’zasi ochiladi.
d) a va b javoblar

15. Tishning milkidan chiqqan qonni so’lak bilan birga yutib yuborsa ro’za ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
b) Qaraladi: agar qon ortiq bo’lsa, ochiladi.
c) Qaraladi: agar qon bilan so’lak barobar bo’lsa, ochiladi.
d) Qaraladi: agar qon bilan so’lak barobar bo’lsa, ochilmaydi.
e) b va c javoblar

16. Quyidagi qaysi holatda ro’za ochiladi?
a) Erkak yoki ayolning shahvat qo‘zg‘aydigan joyga tikilib qolib, shahvat suvi chiqishi.
b) Tomog’iga chivin, pashsha kirishi.
c) Og‘zini suv bilan chaygandan keyin qolgan suv yuqini og‘iz so‘lagiga-qo‘shib yutib yuborishi
d) Kichik toshni yutib yuborsa.
e) barcha javoblar to’g’ri.

17. Ro’zador kishi ko’ziga dori tomizganda ro’zasi ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi.
b) Agar dorining mazasi tomog’ida bilinsa ochiladi.
c) Ro’zasi ochilmaydi.

18. Ikki tomchi ko’z yoshi yoki yuzdan oqqan ikki tonchi ter og’izga kirib, tomoqdan o’tib ketsa, ro’za ochiladimi?
a) Ro’zasi ochilmaydi.
b) Bir tomchi o’tsa ochilmaydi, 2 tomchi o’tsa ochiladi.
c) 2 tomchidan ziyod bo’lib, og’zida shor’likni sezsa ham ochilmaydi, chunki bu tashqaridan emas, ichkaridan chiqqan suyuqlikdir.
d) Ro’zador garchi uxlayotgan yoki kasallik yuzasidan shu holat yuz bersa ham ro’za ochiladi.

19. Quyidagilardan qaysi biri ro’zador uchun makruh emas?
a) Og‘izni tupukka to‘ldirib yutish.
b) Erining xulqi yomonligidan taomning tuzini totib ko‘rish
c) Og‘izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo‘lmagan saqich chaynash
d) Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo‘lmagan paytida o‘pishish.
e) Yuqoridagilarning barchasi makruh.

20. Quyidagi qaysi holatlarda kafforat lozim emas?
a) uzumning bir dona urug’ini chaynab yutish
b) dori bo’lsin deb biron narsa ichish
c) odatda yeyilmaydigan daraxt barglarini tanovul qilish
d) suygan kishisining tupugini yutish
e) yuqoridagilarning barchasi

Ushbu turda AbdulAziz, Abduvohid Ahmadaliyev va Anisaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

5-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2227&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 7-yanvargacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchiliklari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2010, 07:57:32
III bosqich 4-turning yakuniy natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      100
2   Anisa      100
3   Aziza Mannopova      100
4   Dilmurod Majidov      100
5   Mahdiyah      100
6   Mutaallimah      100
7   Sa'dulla      100
8   Salmon Forsiy      100
9   Shoir      100
10   Sunnatilla Ochilov      100
11   UmmatiY_MuhammadiY      100
12   Zulayho Xon      100
13   Bahriddin Botirov      95
14   Muallim      95
15   Olmos Isakov      95
16   Oybek Karimjonov      95
17   Fatima Aliyeva      90
18   Lolo      90
19   Muhammad Amin      90
20   Abdulhafiz      85
21   Musannif Adham      85
22   Xayrullo Ibragimov      85
23   Dilnura Hakimova      80
24   Robiya      75
25   Nurillabek      60
26   Burhon To'raqulov      35
27   Anvar Abbosov      25
28   Farhodjon Isroilov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2010, 07:57:48
III bosqich 5-turning dastlabki natijalari:

1   Anisa      100
2   Aziza Mannopova      100
3   Mutaallimah      100
4   Shoir      100
5   Xayrullo Ibragimov      100
6   Zulayho Xon      100
7   Abdulhafiz      95
8   Abduvohid Ahmadaliyev      95
9   Dilmurod Majidov      95
10   Lolo      95
11   Mahdiyah      95
12   Muhammad Amin      95
13   Musannif Adham      95
14   Dilnura Hakimova      90
15   Oybek Karimjonov      90
16   Salmon Forsiy      90
17   Fatima Aliyeva      80
18   Olmos Isakov      80
19   Robiya      75
20   Nurillabek      60
21   Farhodjon Isroilov      40
22   Burhon To'raqulov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2010, 07:58:03
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Anisa      500
2   Aziza Mannopova      500
3   Zulayho Xon      500
4   Mutaallimah      495
5   Dilmurod Majidov      490
6   Mahdiyah      490
7   Abduvohid Ahmadaliyev      485
8   Salmon Forsiy      485
9   Muhammad Amin      480
10   Lolo      475
11   Oybek Karimjonov      465
12   Shoir      465
13   Xayrullo Ibragimov      460
14   Abdulhafiz      455
15   Musannif Adham      445
16   Olmos Isakov      445
17   Sunnatilla Ochilov      400
18   Bahriddin Botirov      395
19   Muallim      395
20   Sa'dulla      390
21   Robiya      385
22   UmmatiY_MuhammadiY      385
23   Dilnura Hakimova      360
24   Fatima Aliyeva      355
25   Nurillabek      295
26   Murod Mamasoliyev      280
27   Abdulloh      270
28   Nodir Mamatqulov      260
29   Farhodjon Isroilov      250
30   ЖАМШИДЖОА      180
31   Nodir Shomirzayev      175
32   Burhon To'raqulov      165
33   Muslima20      85
34   Farrux Boltaboyev      65
35   Anvar Abbosov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2010, 07:51:49
III BOSQICH
5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism
Javoblar va izohlar

1. Musulmonlarni jangu jadal bilan yenga olmasliklarini bilgan mushriklar sulh tuzish uchun ularning huzuriga kimni yubordilar?
a) Abu Sufyon
b) Xolid ibn Valid
c) Suhayl ibn Amr
To’g’ri javob: Suhayl ibn Amr
Izoh:Bunday usul bilan musulmonlarga bas kelolmasligiga ko‘zi yetgan mushriklar Suhayl ibn Amrni sulh tuzish uchun yuborishdi. (Nurul-yaqiyn)

2. Rasululloh SAV dastlab sulhni yozishni kimga buyurdilar?
a) No’mon ibn Sobit
b) Avs ibn Havla
c) Abdulloh ibn Sa’d
To’g’ri javob: Avs ibn Havla
Izoh:Oxiri bu sulhnomani yozmoqqa to‘xtalib, noma yozishni Avs ibn Havla degan kishiga buyurdilar.
Anda Quraysh vakili Suhayl:
— Qarindoshing Ali yoki Usmon yozsin, — deb boshqa kishining yozishiga rozilik bermaganlikdan Hazrati Alini sulhnoma yozishga buyurdilar. (Tarixi Muhammadiy)

3. Hudaybiyada musulmonlar va mushriklar orasidagi sulhni kim yozdi?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a.
b) Abu Bakr r.a.
c) Anas ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a.
Izoh:Shundan keyin sulhnoma rasmiylashtirildi. Uni Ali ibn Abuto lib yozdi. Rasululloh aytib turdilar. (Nurul-yaqiyn)

4. Hudaybiya kelishuviga muvofiq musulmonlar Ka'ba ziyorati uchun kelganlarida mushriklar Makkani necha kunga bo’shatib berishlari kerak edi?
a) 3 kunga
b) 4 kunga
c) 5 kunga
To’g’ri javob: 3 kunga
Izoh:Payg‘ambar alayhis-salom bu yil Baytullohni tavof qilmay qaytib ketishi, kelgusi yili quraysh xalqi Makkadan chiqib ketganda sahobalar bilan qinga solingan qilich va kamondan boshqa qurol-yaroq olmay muqaddas maskanni uch kun ziyorat qilishi (Nurul-yaqiyn)

5. Ikki tomon o’rtasidagi urishmaslik to’g’risidagi shartnoma necha yil deb belgilandi?
a) 7 yil
b) 10 yil
c) 5 yil
To’g’ri javob: 10 yil
Izoh:Tomonlar o‘rtasida o‘n yil muddatga urush harakatlari to‘xtatiladi, o‘rtada tinchlik hukm surib, ular bir-birlaridan qo‘llarini tiyadilar; (Rohiyq al-maxtum)

6. Ikki tomon imzoagan sulh bandlari qaysi so’z bilan boshlandi?
a) Bismillahir rohmanir rohiym.
b) Bismikallohumma.
c) Bu Muhammad ibn Abdulloh va Suhayl ibn Amr tuzgan sulh...
To’g’ri javob: Bismikallohumma.
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sulh bandlarini yozish uchun Aliyni chaqirib, unga aytib yozdira boshladilar: «Bismillahir rohmanir rohiym...» Suhayl bunga rozi bo‘lmasdan: «Rahmon degani nimaligini biz bilmaymiz, «Bismikallohumma» deb yoz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u aytganidek yozishga buyurdilar. (Rohiyq al-maxtum)

7. Quraysh tomonidan sulhga shohid bo’lganlar kimlar edi?
a) Abu Sufyon ibn Harb, Safvon ibn Umayya
b) Xutob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs
c) Xolid ibn Valid, Usmon ibn Talha
To’g’ri javob: Xutob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs
Izoh:Quraysh tomonidan esa Xutob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs va boshqalar shohid bo‘ldilar.

8. Mushriklar musulmonlarning elchisiga qo’shib yana necha kishini asir olgandilar?
a) 5 kishi.
b) 10 kishi
c) 8 kishi.
To’g’ri javob: 10 kishi
Izoh:Mushriklar Usmon ibn Affon boshchiligidagi o‘n kishini musulmonlar ham jangu jadalda qo‘lga tushganlarni ozod qilishdi. (Nurul-yaqiyn)

9. Bu sulh tuzilgandan keyin otasi tomonidan kishanlab qamab qo’yilgan sahobiy Rasululloh SAV najot izlab keldi. Bu sahobiy kim edi?
a) Abu Basir Utba ibn Usayd Saqafiy
b) Abu Jandal ibn Suhayl
c) Usmon ibn Ma’zun
To’g’ri javob: Abu Jandal ibn Suhayl
Izoh:Rasululloh musulmonlardan panoh istab kelgan Abu Jandalni yupatib: "Mendan xafa bo‘lmay qismatingga sabr qil. Olloh taolo seni, senga o‘xshash musulmonlarni o‘z panohida asrab najot yo‘lini ko‘rsatadi. Biz qurayshlar bilan sulh tuzib, ahdu paymon qilishdik, uni buzishimiz mumkin emas", dedilar. (Nurul-yaqiyn)

10. Quraysh elchisining o’gliga otasini qilich bilan o’ldirish ishorasini kim beradi?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob
Izoh:Hazrati Umar ibn Xattob o‘rinlaridan sakrab turdilar va Abu Jandalning yaqiniga borib, yonida yurib turib:
«Ey, Abu Jandal, sabr qil, bari bir ular mushriklar, ularning qoni itning qoni bilan barobar», der edilar va qilichlarining sopini uning qo‘liga yaqinlashtirar», edilar.
Keyin hazrati Umar: «Qilichni olib otasini solarmikan, devdim», deganlar. Lekin Abu Jandal unday qilmadi. Sulhga amal qilindi. (Hadis va hayot)

11. Sulhdan keyin Rasululloh SAV qaysi qabilani o’z himoyalariga oldilar?
a) Xuzoa qabilasini.
b) Ahobish qabilasini
c) Banu Bakr qabilasini.
To’g’ri javob: Xuzoa qabilasini.
Izoh:Sulh tuzilgach, payg‘ambar alayhis-salom Xuzoa qabilasini, qurayshlar esa Banu Bakr qabilasini o‘z himoyasiga olishdi. (Nurul-yaqiyn)

12. Sulh tuzilganidan keyin ranjigan musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga sochlarini oldirib, qurbonlik qilishlari va ehromdan chiqishlarini aytganlarida Rasulullohning aytganini bajarishmadi, ul zot bundan ranjidilar. Shunda kim Rasulullohga oqilona yo'l ko'rsatdi?
a) Alloh taolo
b) Ummu Salama
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Ummu Salama
Izoh:Sulh tuzilib bo lingach, payg ambar alayhis-salom sahobalarga sochlarini oldirib, qurbonlik qilib, ehromdan chiqishni buyurdilar. Motamsaro kayfiyatdagi musulmonlar Rasulullohning amrini bajo keltirishga  unchalik oshiqmadilar. Bundan ranjigan payg ambar alayhis-salom rafiqalari Ummu Salamaning huzuriga kirib, sahobalar gapini yerda qoldirishganiii aytdilar. Ummu Salama: "Shartlari juda ham og ir sulhga rozilik berdingiz, Makkaga kirmay, Baytullohni tavof qilmay qaytish musulmonlar uchun katta musibat, ularni to g ri tushunib, afv eting. Yaxshisi, oldin o zingiz ehromdan chiqing", dedi.
Payg ambar alayhis-salom qurbonlik qilib,  sochlarini oldirdilar. Sahobalar ham u
kishining amriga itoat etdilar. (Nurul yaqiyn)

13. Hudaybiyada Rasululloh SAV qurbon qilgan Abu Jahlning tuyasi evaziga mushriklar nechta tuya taklif etishgan edi?
a) 70 ta
b) 100 ta
c) 200 ta
To’g’ri javob: 100 ta
Izoh:Bular ichida bir bug‘ro tuya bo‘lib, aning Arabistonda nomi chiqqan edi.
Ul ersa ilgari zamonda Abu Jahlning tuyasi edi. Badr urushida Abu Jahl o‘ldirilib, bu tuya o‘lja olinmish edi. Sulh tamom bo‘lgach, bu atalmish tuyalarni keltirib so‘ymoqchi bo‘ldilar. Shu vaqtda bu tuya qochib Makkaga kirib, Abu Jahlning qo‘rasiga borib to‘xtadi. Tuya orqasidan Amr ibn G‘anama degan sahoba quvlab yetib keldi. U kishi ersa ansor sahobalaridan erdi. Makka mushriklarining yosh-yalanglari bu tuyani ko‘rishib, uni bermaslik uchun janjal qildilar.
Anda Suhayl ibn Amr:
— Agar bu tuyani olmoqchi ersangiz, buning bahosi uchun Muhammadga yuz tuya tenglab ko‘ringlar. Agar qabul qilur ersa, u chog‘da olsangizlar bo‘lur. Yo‘q esa, bu tuyaga tegina ko‘rmanglar. Tuzgan ahdnomamizni o‘zimiz buzgan bo‘lurmiz, — deb alarni qaytardi.
Shuning bilan bir tuyaga yuz tuya bermoqchi bo‘lishib, o‘rtaga kishi qo‘ydilar. Anda Rasululloh:
— Agar Baytullohga hadya qilib atalmagan bo‘lsa edi, bu yuz tuyani qabul qilur edim. Xudo yo‘lida atalgan narsani o‘zgartib bo‘lmag‘ay, — deb so‘zlarini rad qildilar. (Tarixi Muhammadiy)

14. Hudaybiya umrasida sochini qisqartirganlarga Rasululloh SAV necha bor mag’firat so’rab duo qildilar?
a) 1 marta
b) 2 marta
c) 3 marta
To’g’ri javob: 1 marta
Izoh:Sochlarini qirdirganlarga uch bor, qisqartirganlarga bir bor mag‘firat so‘rab duo qildilar. (Rohiyq al-maxtum)

15. Rasululloh SAV ashoblari bilan Madinaga qaytganlaridan keyin Makkadan u kishini yonlariga panoh izlab bir ayol muslima qochib keldi. Mushriklar bu ayolni qaytarib berishni talab qilganlarida, bu ayol:"Yo, Rasululloh, men ayol kishiman, agar meni qayatrib bersangiz, ular meni dindan chqaradilar", dedi. Shunda ayol kishilarni qaytarib bermaslik amri bilan Qur’oni Karim oyati nozil bo’ldi. Bu qaysi suraning nechanchi oyati edi?
a) Niso surasining 40-oyati.
b) Ahzob surasining 15-oyati.
c) Mumtahana surasining 10-oyati.
To’g’ri javob: Mumtahana surasining 10-oyati.
Izoh:Oradan ko‘p o‘tmay Uqba ibn Abu Muaytning qizi, Usmonning ona bir hamshirasi Ummu Gulsum Madinaga qochib keldi. Mushriklar uni qaytarib berishni talab qilishganda Ummu Gulsum: "Ey rasululloh, men ayol kishiman, agar ularga qaytarib bersang meni dindan chiqarishadi", dedi. Shu asnoda bu masalani oydinlashtiradigan Mumtahina surasining 10-oyati nozil bo‘ldi. (Nurul-yaqiyn)

16. Bu sulh tuzilganidan keyin, musulmonlar va mushriklarni aralashib yurishi musulmonlar foydasiga bo’lib, musulmonlar safi ko’paya boshladi. Buni ko’rgan bir sahobiy:"Islom tarixida Hudaybiya g’alabasidan kattaroq g’alaba bo’lgan emas", dedi. Bu so’zlarni aytgan sahobiy kim edi?
a) Umar ibn Xattob r.a.
b) Abu Bakr Siddiq r.a.
c) Abdurahmon ibn Avf r.a.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq r.a.
Izoh:Musulmonlar bilan kofirlarning bir-birlariga aralashib yurishi natijasida Islom dinining ta’sir doirasi kengaydi. Hatto hazrati Abu Bakr Siddiq: "Islom tarixida Hudaybiya g‘alabasidan ko‘ra kattaroq g‘alaba bo‘lgan emas", degan edilar. (Nurul-yaqiyn)

17. Rasululloh SAV Hudaybiyada necha kun turdilar?
a) 20
b) 14
c) 7
To’g’ri javob: 20
Izoh:Shu bilan bu muborak safar oxiriga yetdi. Bu joyda yigirma kun turg‘onlaridan so‘ngra, Madinaga qarab qaytdilar. (Tarixi Muhammadiy)

18. Abu Jandal guruhining ishlaridan shikoyat qilish uchun qurayshliklar Rasululloh SAV oldilariga kimni jo’natishdi?
a) Xolid ibn Validni
b) Safvon ibn Umayyani
c) Abu Sufyon ibn Harbni
To’g’ri javob: Abu Sufyon ibn Harbni
Izoh:Shul boisdan Quraysh qabilasi (ulug‘lari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Abu Sufyon ibn Harbni yuborib, (ul orqali): «Ey Muhammad, Olloh haqi va qarindoshligimiz hurmati, bizlarni Abu Basir va uning odamlari tajovuzidan qutqaringiz! Bizlardan kim sizlarning oldingizga qochib borsa, mayli, uni bizga qaytarmangizlar, faqat bizga omonlik bersangiz, bo‘ldi!» — deb yolborishdi. (Sahihul Buxoriy)

19. Hudaybiya sulhidan avval musulmonlarning umumiy soni qancaha edi?
a) 1500
b) 3000
c) 2000
To’g’ri javob: 3000
Izoh:Hudaybiya sulhidan oldin ularning soni uch mingdan ortmagani holda, ikki yil o‘tib, Makka fathi oldidan islomiy lashkarning soni o‘n ming kishini tashkil etdi. (Rohiyq al-maxtum)

20. Xolid ibn Validga Rasululloh SAV bergan laqab qanday edi?
a) Allohning sheri
b) Allohning qilichi
c) Alloh va Rasulining arsloni
To’g’ri javob: Allohning qilichi
Izoh:Xolid ibn Valid butun dunyo tarixida tanilgan, inson olamida atoqli mohir qo‘mondonlarning eng birinchisi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu Islom qahramoni haqida baho berib: «Xolid Allohning qilichidur», degan edilar. Islom olamida bunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan undan boshqa hech kishi yo‘qdur. (Tarixi Muhammadiy)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2010, 07:53:17
III BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchiliklari

1. Payg’ambarimiz SAV elchilarini yuborgan Hiraqlning maqomi qanday edi?
a) Hiraql I
b) Hiraql II
c) Hiraql III

2. Rasululloh SAVning maktublari Hiraqlga qayerda yetib bordi?
a) Konstantinopolda
b) Baytul Maqdisda
c) G’azzada.

3. Rasululloh SAVning Hiraqlga maktublarini Busro hokimiga kim olib bordi?
a) Amr ibn Umayya r.a.
b) Dihyatul Kalbiy r.a.
c) Abdulloh ibn Huzofa r.a.

4. Abu Sufyon qaysi shaharga borganida Hiraqlning odamlari uni imperator huzuriga olib kelishdi?
a) Busro
b) Shom
c) G’azza

5. Payg’ambarimiz SAV elchilarini jo’natgan Fors Kisrosining maqomi qanday edi?
a) Xisrav I
b) Xisrav II
c) Xisrav III

6. Fors Kisrosining laqabi "œAbruvez"ning ma’nosi nima?
a) Muzaffar
b) Arslon
c) Kallakesar

7. Payg’ambarimiz SAVning Kisroga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.

8. «U mening qulim bo‘lib turib, menga maktub yozadimi?!» deb Rasululloh SAVning maktubini yirtib yuboragnini eshitgach, u zot SAV qanday duo qildilar?
a) «Allohning itlariga yem bo‘lsin!»
b) «Allohim, o‘g‘lini otasiga dushman ayla!»
c) «Alloh mulkini parchalasin!»

9. Fors Kisrosi qanday o’lim topdi?
a) Ov paytida sherlarga yem bo’ldi.
b) O’g’li tomonidan o’ldirildi.
c) Otdan yiqilib o’ldi.

10. Najoshiyning asl ismi nima edi?
a) Asmaha
b) Abhur
c) Ahrama

11. Rasululloh SAVning Najoshiyga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.

12. Misr Muqavqisining asl ismi nima edi?
a) Jurayj
b) Mikoil
c) Luqo

13. Rasululloh SAVning Muqavqisga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.

14. Muqavqis Islomni qabul qildimi?
a) Ha, qabul qildi va Rasululloh SAVga hadyalar yubordi.
b) Qabul qilmadi.
c) Islomni qabul qildi, lekin buni ahllaridan yashirdi.

15. Muqavqis hadya qilgan xachirning laqabi nima edi?
a) Buroq
b) Duldul
c) Jad’o

16. Muqavqis yuborgan joriya — Siyrinni Rasululloh SAV kimga berdilar?
a) Hasson ibn Sobit r.a.ga
b) Sobit ibn Qays r.a.ga
c) Hotib ibn Baltaa r.a.ga

17. Rasululloh SAV qaysi podshoh haqida «Agar bir parcha yerni so‘rasa ham bermagan bo‘lardim. O’zi ham, qo‘lidagi mulki ham barbod bo‘lsin» deganlar?
a) Damashq hokimi Horis ibn Abu Shamir
b) Yamoma hokimi Havza ibn Aliy
c) Bahrayn hokimi Munzir ibn Soviy

18. Rasululluoh SAV Ummon shohiga maktublarini kim olib bordi?
a) Shujo’ ibn Vahb r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Salit ibn Amr r.a.

19. Quyidagi amirlardan qaysi biri Islomni qabul qilmadi?
a) Bahrayn amiri al-Munzir ibn Soviyga
b) Ummon amirlari Juyfar ibn Jalanda va Abd ibn Jalanda
c) Yamoma amiri Havza ibn Ali

20. Rasululloh SAV elchilarini yuborgan qaysi podshoh «Agar uning huzurida bo‘lganimda oyoqlarini yuvar edim», degan edi?
a) Habashiston podshosi Najoshiy
b) Rum podshosi Hiraql
c) Misr podshosi Muqavqis

Ushbu turda AbdulAzizning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

6-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2228&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 14-yanvargacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Haybar g’azoti
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2010, 08:16:35
III bosqich 5-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa      100
2   Aziza Mannopova      100
3   Muallim      100
4   Mutaallimah      100
5   Sa'dulla      100
6   Shoir      100
7   Sunnatilla Ochilov      100
8   Xayrullo Ibragimov      100
9   Zulayho Xon      100
10   Abdulhafiz      95
11   Abduvohid Ahmadaliyev      95
12   Bahriddin Botirov      95
13   Dilmurod Majidov      95
14   Lolo      95
15   Mahdiyah      95
16   Muhammad Amin      95
17   Musannif Adham      95
18   Dilnura Hakimova      90
19   Oybek Karimjonov      90
20   Salmon Forsiy      90
21   UmmatiY_MuhammadiY      90
22   Fatima Aliyeva      80
23   Hadija      80
24   Olmos Isakov      80
25   Robiya      75
26   Nodir Shomirzayev      70
27   Nurillabek      60
28   Farhodjon Isroilov      40
29   Burhon To'raqulov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2010, 08:17:41
III bosqich 6-turning dastlabki natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      65
2   Lolo      60
3   Fatima Aliyeva      50
4   Oybek Karimjonov      50
5   Abdulhafiz      45
6   Xayrullo Ibragimov      45
7   Dilnura Hakimova      40
8   Farhodjon Isroilov      30
9   Burhon To'raqulov      10
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2010, 08:19:06
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      550
2   Lolo      535
3   Oybek Karimjonov      515
4   Xayrullo Ibragimov      505
5   Abdulhafiz      500
6   Anisa      500
7   Aziza Mannopova      500
8   Sunnatilla Ochilov      500
9   Zulayho Xon      500
10   Muallim      495
11   Mutaallimah      495
12   Bahriddin Botirov      490
13   Dilmurod Majidov      490
14   Mahdiyah      490
15   Sa'dulla      490
16   Salmon Forsiy      485
17   Muhammad Amin      480
18   UmmatiY_MuhammadiY      475
19   Shoir      465
20   Musannif Adham      445
21   Olmos Isakov      445
22   Fatima Aliyeva      405
23   Dilnura Hakimova      400
24   Robiya      385
25   Nurillabek      295
26   Farhodjon Isroilov      280
27   Murod Mamasoliyev      280
28   Abdulloh      270
29   Nodir Mamatqulov      260
30   Nodir Shomirzayev      245
31   ЖАМШИДЖОА      180
32   Burhon To'raqulov      175
33   Muslima20      85
34   Hadija      80
35   Farrux Boltaboyev      65
36   Anvar Abbosov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Yanvar 2010, 08:00:42
III BOSQICH
6-tur: Ro’za hukmlari. 1-qism (Hanafiy mazhabida)
Javoblar va izohlar

1. Ramazon oyinining ro’zasi qachon farz bo’lgan?
a) Payg’ambarlikning ikkinchi yili rajab oyida
b) Hijratning ikkinchi yili sha’bon oyida
c) Payg’ambar (a.s.) me’rojga chiqqan yillari namoz bilan birga farz qilingan
d) Qibla Ka’bai muazzamaga burilgandan keyin
e) b va d javoblar.
To’g’ri javob: b va d javoblar.
Izoh: Ramazon oyi ro’zasini tutmoq hijriy ikkinchi sanada farz qilingan. Aniqrog’i, hijriy ikkinchi sananing Sa’bon oyida, hijratdan 18 oy o’tgandan keyin va Qibla Ka’bai Muazzamaga burilgandan keyin farz qilingan. ("œKifoya")

2. Ramazon oyi ro’zasini farz qiluvchi oyatlar qaysilar?
a) Baqara surasi, 183-185 oyatlar
b) Baqara surasi, 187-190 oyatlar
c) Qadr surasi,  1-5 oyatlar
d) Oli imron surasi, 80-85 oyatlar
e) Niso surasi, 92-oyat
To’g’ri javob: Baqara surasi, 183-185 oyatlar
Izoh: Ey, imon keltirganlar, taqvoli bo'lishlaringiz uchun sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi, sanoqli kunlarda. Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardandir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo'lganidan ortiq fidya bersa), o'ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro'za tutishingiz (fidya berib tutmaganingizdan) yaxshiroqdir. Ramazon oyi - odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo'lsa, (tuta olmagan kunlar) sanog'i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og'irlikni xohlamaydi. Bu - hisobni to'ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga takbir (hamdu sano) aytishlaringiz va shukr qilishlaringiz uchundir. (Baqara surasi, 183-185-oyatlar. "Qur'oni karim". Abdulaziz Mansur tarjimasi)

3. Ro’zaning shar’iy istilohdagi ma’nosi nima?
a) subhdan to shomgacha ro’za niyati bilan yeyish, ichish va ayollarga yaqinlik qilishdan tiyilishga ro’za deyiladi.
b) mazkur ishlardan tashqari g’iybat, so’kinish va bo’htonlardan ham saqlanishga ro’za deyiladi.
c) faqatgina yeb-ichishdan saqlanish ro’za deyiladi.
d) a va b javoblar
To’g’ri javob: subhdan to shomgacha ro’za niyati bilan yeyish, ichish va ayollarga yaqinlik qilishdan tiyilishga ro’za deyiladi.
Izoh: Subhdan to shomgacha ro’za niyati bilan yeyish, ichish va ayollarga yaqinlik qilishdan tiyilishga ro’za deyiladi ("œMuxtasar al-viqoya". "œKitob as-savm")

4. Ramazon ro’zasini nafl, qazo, nazr niyatlari bilan ham tutsa bo’ladimi?
a) Yo’q bo’lmaydi
b) Ha bo’ladi, mazkur niyatlar bilan tutilgan ro’za ham ramazondan hisob qilinaveradi, shu shart bilanki, ro’za tutuvchi shaxs muqim bo’lsa.
c) Ha bo’ladi, lekin safar va bemorlikda tutilgan ro’za uchun niyat tayin qilinishi shart.
d) Faqatgina nafl niyati bilangina joizdir.
e) b va c javoblar
To’g’ri javob: b va c javoblar
Izoh: Ramazon ro‘zasini nafl niyati yoki umuman ro‘za niyati bilan tutish ham mumkin. Muayyan nazr, nafl ro‘za niyatining hukmi ham xuddi shunday. Lekin safarda va bemorlikda tutilgan ro‘za uchun qaysi ro‘zaga niyat qilayotganini aniqlab, tayin qilib qo‘yishi shart. («Muxtasar», «Olamgiriya»)

5. Quyidagilarning qaysi biri vojib ro’za hisoblanadi?
a) Kafforat ro’zasi
b) Nazr ro’zasi
c) Nafl niyati bilan tutib, keyin buzilgan ro‘za qazosi
d) Muharram oyining 9-10-kunlari ro’za tutish
e) a, b, c javoblar.
To’g’ri javob: Nafl niyati bilan tutib, keyin buzilgan ro‘za qazosi
Izoh: Vojib ro‘za nafl niyati bilan tutilgan va keyinroq buzilgan ro‘zalarning qazosidir. ("œNurul Izoh")

6. Qaysi ro’zalar uchun tong otmasdan, tunda niyat qilish shart?
a) Ramazon ro’zasi, nafl ro’za
b) Qazo ro’zasi, kafforat ro’zasi
c) Tayin etilmagan nazr ro’zasi
d) b va c javoblar
e) a, b, c javoblar
To’g’ri javob: b va c javoblar
Izoh: Qazo ro‘zasi, kafforat uchun tutiladigan ro‘za, tayin etilmagan nazr ro‘zasi uchun tong otmasdan oldin tunda niyat qilish shart. («Muxtasar», «Niqoya»)

7. Alloh taolo Qur’oni karimda qasamning kafforati uchun necha kun ro’za tutishni buyurgan?
a) 1 kun
b) 3 kun
c) 5 kun
d) 7 kun
e) 30 kun
To’g’ri javob: 3 kun
Izoh: Qasamlaringizdagi behuda so'zlar uchun Alloh sizlarni javobgar qilmaydi, balki sidqidildan bog'lagan qasamlar (buzilgani) uchun sizlarni javobgarlikka tortadi. Buning kafforati (jarimasi) - oilangizni oziqlantirish uchun lozim taomlarning o'rtacha miqdorida o'nta miskinga taom berish yoki ularning kiyimlari yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kimki (bularni) topa olmasa, uch kun ro'za tutish (mumkin). Ana shu ichgan (va buzgan) qasamlaringizning kafforatidir. Qasamlaringizni asrangiz! Alloh sizlarga O'z oyatlarini shunday bayon qiladi, toki shukr qilgaysizlar. (Moida surasi, 89-oyat. "Qur'oni karim". Abdulaziz Mansur tarjimasi)

8. Oshuro kunining yolg’iz o’zining ro’zasini tutish qanday amal hisoblanadi?
a) Makruhi tanzihiy
b) Sunnati zoida
c) Mandub yoki mustahab
d) Makruhi tahrimiy
e) Sunnati muakkada
To’g’ri javob: Makruhi tanzihiy
Izoh: Makruh ro’zani Hanafiy mazhabida "œmakruhi tanzihiy" deyiladi. Ular quyidagilardir: Oshuro kunining yolg’iz o’zining ro’zasini tutish. ("Kifoya")

9. Har oyda 3 kun ro’za tutish, dushanba va payshanba kunlari ro’za tutish, Sha’bon oyida ro’za tutish qanday amal hisoblanadi?
a) Nafl
b) Sunnati muakkada
c) Mandub yoki mustahab
d) Sunnati zoida
e) Muboh
To’g’ri javob: Mandub yoki mustahab
Izoh: Mandub yoki mustahab - Rasululloh (s.a.v.) bardavom tutmagan ixtiyoriy ro’za: Har oyda 3 kun ro’za tutish, dushanba va payshanba kunlari ro’za tutish, Sha’bon oyida ro’za tutish, har oydan 3 kun tutish, Shavvoldan 6 kun tutish va hkz. ("Kifoya")

10. Quyidagilardan qaysi biri makruhi tahrimiy hisoblanmaydi?
a) Navro’z bayrami kuni ro’za tutish
b) Ramazon va Qurbon hayiti kuni ro’za tutish
c) Tashriq kunlari ro’za tutish
d) Taqiqlangan kunlarigina tutmay, yilning qolgan kunlarining hammasida ro’za tutish
e) Yuqoridagi javoblarning barchasi.
To’g’ri javob: Taqiqlangan kunlarigina tutmay, yilning qolgan kunlarining hammasida ro’za tutish
Izoh: Bir yilning barcha kunlarida, hatto taqiqlangan kunlarida ham qoldirmay ro‘za tutish makruhdir. Ammo taqiqlangan kunlari tutmay, qolgan kunlari tutsa makruh emas. Shuningdek, iftorlik qilmasdan bir necha kun nafl ro‘za tutish ham makruhdir. Nafl ro‘zaning eng afzali bir kun tutib, bir kun tutmaslikdir. («Olamgiriya», «Xulosa»)

11. Shak kuni "œAgar bugun Ramazonning birinchi kuni bo‘lsa, Ramazon ro‘zasi, bo‘lmasa nafldir" deb niyat qilib ro’za tutsa bo’ladimi?
a) Agar bu ro’zasi Sha’bonning oxirida tutgan 2-kun ro’zasi bo’lsa, bo’laveradi.
b) Bunday niyatda ro’za tutib bo’lmaydi.
c) Bunday niyatda ro’za tutish mumkin.
To’g’ri javob: Bunday niyatda ro’za tutib bo’lmaydi.
Izoh: Yavmi shakda har turli ro‘za makruhdir. Biroq niyat qilinganida taraddud ko‘rsatilmay tutilgan nafl ro‘za makruh emas. Ya’ni, bu kunda "Ramazonning birinchi kuni bo‘lsa, Ramazon ro‘zasi, bo‘lmasa nafldir" tarzida niyat qilib ro‘za tutmaslik kerak. ("œNurul Izoh")

12. Hanafiy mazhabiga ko’ra: ro’zador bir ipni yutsa ro’zasi ochiladimi?
a) ha, ochiladi, chunki ro’zani qorin bo’shlig’iga kirgan har qanday narsa ochadi.
b) agar ipning bir uchi tashqarida bo’lsa va mazkur ipni qaytadan chiqarilsa, ochilmaydi
c) agar ip oshqozonga yetib bormasa, ochilmaydi
d) b va c javoblar
To’g’ri javob: agar ipning bir uchi tashqarida bo’lsa va mazkur ipni qaytadan chiqarilsa, ochilmaydi
Izoh: Ro’zador bir ipni yutsa, agar ipning bir uchi tashqarida bo’lsa va mazkur ipni qaytadan chiqarilsa, ro’za ochilmaydi ("œal-Mabsut lis-Saraxsiy". "œKitob as-savm")

13. Kunduzi uxlayotgan ro’zador uyqusirab, suv ichib qo’ysa, ro’zasi ochiladimi?
a) Ro’zasi ochilmaydi.
b) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
c) Ro’zasi ochiladi, qazo va kafforat vojib bo’ladi.
d) Agar ichgan suvi 1 tomchidan oz bo’lsa, ochilmaydi.
To’g’ri javob: Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
Izoh: Kunduzi uxlayotgan ro‘zador uyqusirab, suv ichib qo‘ysa, ro‘zasi ochiladi. Kafforatsiz, faqat qazosini tutib beradi. («Olamgiriya», «Qozixon»)

14. Ro’zador tishi orasida qolgan bitta guruch donasini yutsa ro’zasi ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
b) Agar uni chaynasa, mazasini bilmasa-da, ro’zasi ochiladi.
c) Agar uni chaynab yutganida mazasini sezsa, ro’zasi ochiladi.
d) a va b javoblar
To’g’ri javob: Agar uni chaynab yutganida mazasini sezsa, ro’zasi ochiladi.
Izoh: Tishlari orasida qolgan taom qoldiqlarini yutsa, ular no‘xotdan katta bo‘lmasa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo og’zidan tashqariga chiqarib, so‘ngra qayta og‘ziga solib yutsa, no‘xotdan kichik bo‘lsa ham ro‘zasi ochiladi. Kafforat vojib bo‘lish-bo‘lmasligida ixtilofli fatvolar mavjud. Vojib bo‘lmasligiga Abullays Samarqandiy (rh.)dan rivoyat bor.
Tish orasidagi bir dona kunjutni yutib yuborsa, kichik bo‘lgani uchun ro‘zasi ochilmaydi. Ammo uni og‘zidan chiqarib, so‘ngra yana qayta og‘ziga solib yutsa, ro‘za ochiladi. Kafforat vojib bo‘lish-bo‘lmasligida ixtilof bor. Agar tish orasidagi bir dona kunjutni chaynasa, ro‘zasi ochilmaydi. Lekin chaynab yutganida tomog‘ida uning mazasini sezsa, ro‘zasi ochiladi. Boshqa har qanday taom, don yoki boshqa chaynalgan kichik narsalar shu qoidaga qiyos qilinaveradi. («Olamgiriya», «Xulosa», «Muxtasar», «Qozixon», «Fathul-Qadir»)

15. Tishning milkidan chiqqan qonni so’lak bilan birga yutib yuborsa ro’za ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
b) Qaraladi: agar qon ortiq bo’lsa, ochiladi.
c) Qaraladi: agar qon bilan so’lak barobar bo’lsa, ochiladi.
d) Qaraladi: agar qon bilan so’lak barobar bo’lsa, ochilmaydi.
e) b va c javoblar
To’g’ri javob: b va c javoblar
Izoh: Qonni yutib yuborsa, kafforatsiz qazoning o‘zini tutadi. Tishlarning milkidan chiqqan qonni so‘lak bilan qo‘shib yutib yuborsa, qon bilan so‘lakdan qaysi biri ortiq yoki kam miqdorda bo‘lishiga qaraladi. Agar qon ortiq bo‘lsa yoki so‘lak bilan barobar bo‘lsa, ro‘za ochiladi. Bordi-yu, so‘lak ortiq bo‘lsa, ochilmaydi. («Olamgiriya», «Zahiriya»).

16. Quyidagi qaysi holatda ro’za ochiladi?
a) Erkak yoki ayolning shahvat qo‘zg‘aydigan joyga tikilib qolib, shahvat suvi chiqishi.
b) Tomog’iga chivin, pashsha kirishi.
c) Og‘zini suv bilan chaygandan keyin qolgan suv yuqini og‘iz so‘lagiga-qo‘shib yutib yuborishi
d) Kichik toshni yutib yuborsa.
e) barcha javoblar to’g’ri.
To’g’ri javob: Kichik toshni yutib yuborsa.
Izoh: Odatda yeyilmaydigan - tosh, tuproq, danak, paxta, hashak, qog‘oz kabi narsalarni yutib yuborsa, ro‘zasi ochiladi. Lekin kafforatsiz, faqat qazosini tutib beradi.
Og‘zini suv bilan chaygandan keyin qolgan suv yuqini og‘iz so‘lagiga-qo‘shib yutib yuborsa, shuningdek, dimog‘iga kelgan burun suyuqligini tomog‘iga tortib yuborsa, ro‘zasi ochilmaydi.
Erkak yoki ayolning shahvat qo‘zg‘aydigan joyga tikilib qolib, shahvat suvi chiqishi ro’zani buzmaydi.
Tomog‘iga chang, tutun, pashsha, chivin kabi narsalar kirsa ro‘zasi ochilmaydi. Shuningdek, ehtilom bilan ham ro‘za ochilmaydi. («Muxtasar», «Olamgiriya», «Nur ul-Izoh», «Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»)

17. Ro’zador kishi ko’ziga dori tomizganda ro’zasi ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi.
b) Agar dorining mazasi tomog’ida bilinsa ochiladi.
c) Ro’zasi ochilmaydi.
To’g’ri javob: Ro’zasi ochilmaydi.
Izoh: Badanning tabiiy teshikchalaridan (ikki maxrajdan boshqa) kirgan moy, suv kabi narsalar bilan ro‘za ochilmaydi. Ko‘ziga dori tomizganda garchi tomog‘ida uning mazasi bilinsa ham ro‘za ochilmaydi. («Olamgiriya», «an-Nahr»)

18. Ikki tomchi ko’z yoshi yoki yuzdan oqqan ikki tonchi ter og’izga kirib, tomoqdan o’tib ketsa, ro’za ochiladimi?
a) Ro’zasi ochilmaydi.
b) Bir tomchi o’tsa ochilmaydi, 2 tomchi o’tsa ochiladi.
c) 2 tomchidan ziyod bo’lib, og’zida shor’likni sezsa ham ochilmaydi, chunki bu tashqaridan emas, ichkaridan chiqqan suyuqlikdir.
d) Ro’zador garchi uxlayotgan yoki kasallik yuzasidan shu holat yuz bersa ham ro’za ochiladi.
To’g’ri javob: Ro’zasi ochilmaydi.
Izoh: Bir-ikki tomchi ko‘z yoshi yoki yuzidan oqqan ter og‘ziga kirib, tomog‘idan o‘tib ketsa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo bu miqdordan ziyod bo‘lib, og‘zida ko‘pgina sho‘rlikni sezsa ro‘zasi ochiladi. («Olamgiriya», «Xulosa»).

19. Quyidagilardan qaysi biri ro’zador uchun makruh emas?
a) Og‘izni tupukka to‘ldirib yutish.
b) Erining xulqi yomonligidan taomning tuzini totib ko‘rish
c) Og‘izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo‘lmagan saqich chaynash
d) Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo‘lmagan paytida o‘pishish.
e) Yuqoridagilarning barchasi makruh.
To’g’ri javob: Erining xulqi yomonligidan taomning tuzini totib ko‘rish
Izoh: Uzrsiz taom tuzini totib ko‘rish, bozordan meva sotib olayotganda tanlash uchun totib ko‘rish makruh ishlardandir. Uzrli bo‘lsa, makruh emas. Masalan, erining xulqi yomonligidan taomning tuzini totib ko‘rishga majbur bo‘lsa, xo‘jayinning urushishidan qo‘rqib, bozor mevalarini totib ko‘rib xarid qilsa, makruh emas. Shuningdek, yosh bolaga ovqatni chaynab beradigan odam yo‘qligidan ro‘zador bo‘la turib, o‘zi chaynab berishi uzr hisoblangani uchun makruh sanalmaydi. («Olamgiriya», «an-Nahr al-foiq»)

20. Quyidagi qaysi holatlarda kafforat lozim emas?
a) uzumning bir dona urug’ini chaynab yutish
b) dori bo’lsin deb biron narsa ichish
c) odatda yeyilmaydigan daraxt barglarini tanovul qilish
d) suygan kishisining tupugini yutish
e) yuqoridagilarning barchasi
To’g’ri javob: odatda yeyilmaydigan daraxt barglarini tanovul qilish
Izoh: Uzumning bir dona urug‘ini chaynab yutsa, ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi. Chaynamay yutsa, faqat qazo vojib bo‘ladi.
Daraxt barglari ichida tok bargi kabi yangi unib chiqqan paytida yoki har doim yeyiladiganlari bor. O’shalardan yeb qo‘ysa, ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi. Agar odatda yeyilmaydigan daraxt yoki giyoh barglaridan yesa, ro‘zasi ochiladi. Lekin ro‘za qazosini tutadi, kafforat lozim emas. («al-Bahr», «Olamgiriya», «Tabyin»)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Yanvar 2010, 08:02:56
III BOSQICH
8-tur: Haybar g’azoti

1. Haybar g’azoti uchun to’plangan qo’shin qachon Madinadan chiqdi?
a) Hijriy 7-yilning oxiri, zulqada oyining o’rtasida
b) Hijriy 7-yilning boshi, muharram oyi oxirida
c) Hijriy 7-yilning, muharram oyi boshida

2. Rasululloh sollalohu alayhi vassalam Haybar g’azotiga faqat bir voqea qatnashchilariga ishtirok etish uchun ruxsat qildilar, qolganlarga ruxsat bermadilar. Ular kimlar edi?
a) Hudaybiya ishtirokchilari
b) Uxud g’azoti ishtirokchilari
c) Bani Qurayza g’azoti ishtirokchilari

3. Sahobiya ayollardan nechtasi bu jangda qatnashish maqsadida qo’shin bilan birga yo’lga chiqdi?
a) 20 taga yaqin
b) 25 tadan ziyod
c) 15 taga yaqin

4. Musulmonlar Haybar g’azotiga ketishganida, Madinada voliy qilib kim qoldirildi?
a) Amir ibn Akvo (r.a)
b) Amr ibn Avf (r.a)
c) Siba’  ibn Urfuta (r.a)

5. Qo’shinga yo’lboshlovchi qilib kim yollandi?
a) Xusayl ismli mushrik yigit
b) Abdulloh ibn Urayqit
c) Haybar g’azotidagi qo’shinga qo’shilgan, Alloh va  Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga iymon keltirgan arobiy.

6. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam g’atafonliklarning yahudiylarga yordamga kelish yo’lini to’sish maqsadida, qo’shinni qayerga joylashtirdilar?
a) Haybarning No’im qo’rg’oni yaqiniga
b) Madina bilan G’atafon orasida joylashgan Rojiy’ degan joyga
c) Madina bilan Haybar orasidagi Zu Tovo vodiysiga

7. Haybar bir necha qo’rg’onlardan iborat edi. Jangda ilk fath qilingan qo’rg’on qaysi?
a) Votih qo’rg’oni
b) Qamus qo’rg’oni
c) No’im qo’rg’oni

8. Haybar g’azotida shahid bo’lgan va Fahri koinot Rasululloh sollallohu alayhi vassallam o’z qo’llari bilan ikkisini bir qabrga qo’ygan sahobiylar kim?
a) Mahmud ibn Maslama, Amir ibn Akvo.
b) Amir ibn Akvo, Zubayr ibn Avvom
c) Zubayr ibn Avvom, Mahmud ibn Maslama

9. G’azot vaqtida musulmonlar ochlikdan qiynalishdi. Bir hayvon go’shtidan taom tayyorlandi. Lekin taom pishmasidan Alloh va uning rasuli sollaohu alayhi vassallam tomonidan bu hayvon go’shtini musulmonlar uchun man qilindi. Bu qaysi hayvon go’shti edi?
a) Tuya
b) Ot
c) Xonaki eshak

10. Haybar g’azotida "œHaybar fotihi" nomini qozongan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali (r.a.)
b) Umar (r.a.)
c) Amir ibn Akvo (r.a.)

11. Haybar g’azotidida oxirgi fath qilinga ikki qal’a nomoni ko’rsating.
a) Natat va Qamus qal’alari
b) Votih va Sulalim qal’alari
c) Natat va No’im qal’alari.

12. Haybar g’azotidan keyin, Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga go’sht pishirib olib kelgan va go’shtni zaharlab qo’ygan ayol kim edi?
a) yahudiy Kinonaning xotini Safiyya
b) jangda halok bo’lgan yahudiy Marhabning ayoli Zaynab
c) Yahudiy Salom ibn Mishkamning xotini Zaynab binti Horis

13. Yahidiy ayol olib kelgan zaharlangan go’shtdan yeb, o’lgan sahobiy kim?
a) Bishr ibn Baro ibn Ma’rur
b) Amir ibn Akvo
c) Muhammad ibn Maslama

14. Asir tushganlar orasida yahudlar boshlig’ining qizi bo’lmish Sofiyya binti Hayy ibn Axtobni Rasululloh sollaohu alayhi vassallamdan oldin o’ziga so’ragan sahobiy kim?
a) Dihyatul Kalbiy (r.a.)
b) Abu Ayyib (r.a.)
c) Zibayr ibn Avvom (r.a.)

15. G’azotga chiqqan sahobiya ayollardan kim Sofiyya binti Hayyni kelinlikka tayyorladi?
a) Nasiba
b) Ummu Sulaym
c) Ummu Salama

16. Safiyya r.a. ga Rasululloh sollalohu alayhi vassallam nimani mahr qilib berganlar?
a) ozodlikni
b) 400 dirhamni
c) g’azotdan yig’ilgan o’ljalarni

17. Madinaga kirgach, Habibi akram s.a.v. Hazrati Safiyyani qaysi sahobiyning uylarining biriga joylashtirdilar?
a) Siba’ ibn Urfuta (r.a.)
b) Horisa ibn No’mon (r.a.)
c) Abu Talha (r.a.)

18. Haybar g’azotidan keyin Rasululloh sollalohu alayhi vassalam yahudiylarga dehqonchilik va bog’dorchilik qilishlari uchun va hosilni teng yarmini olish sharti ila o’z yerlarida qolishga izn berdilar. Hosil to’planganda Rasululloh sollalohu alayhi vassalam qaysi sahobiyni taqsimlash uchun yuborar edilar?
a) Horisa ibn No’mon (r.a.)
b) Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.)
c) Abdulloh ibn Ravoha (r.a.)

19. Rasululloh s.a.v. Ali r.a.ga bergan tug’larida nima yozilgan edi?
a) Kalimai tayyiba
b) Kalimai shahodat
c) Takbir: Allohu akbar

20. Yahud bahodiri Yusha’ga musulmonlardan kim talabgor bo’ldi?
a) Ammor ibn Aqaba r.a.
b) Xubob r.a.
c) Abu Dujona r.a.

Ushbu turda Muslima, Robiya va Nodir Shomirzayevning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

7-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2229&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 21-yanvargacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Haybar g’azotidan keyingi voqealar
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Yanvar 2010, 08:08:16
III bosqich 6-turning yakuniy natijalari:

1   Bahriddin Botirov      90
2   Mahdiyah      90
3   Anisa      85
4   Aziza Mannopova      85
5   Dilmurod Majidov      85
6   Muhammad Amin      85
7   Zulayho Xon      85
8   UmmatiY_MuhammadiY      75
9   Muallim      70
10   Robiya      70
11   Abduvohid Ahmadaliyev      65
12   Shoir      65
13   Lolo      60
14   Oybek Karimjonov      55
15   Sa'dulla      55
16   Fatima Aliyeva      50
17   Musannif Adham      50
18   Mutaallimah      50
19   Nodir Shomirzayev      50
20   Abdulhafiz      45
21   Xayrullo Ibragimov      45
22   Dilnura Hakimova      40
23   Farhodjon Isroilov      35
24   Burhon To'raqulov      15
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Yanvar 2010, 08:08:58
III bosqich 7-turning dastlabki natijalari:

1   Anisa      100
2   Aziza Mannopova      100
3   Lolo      100
4   Mahdiyah      100
5   Muallim      100
6   UmmatiY_MuhammadiY      100
7   Xayrullo Ibragimov      100
8   Zulayho Xon      100
9   Dilmurod Majidov      95
10   Dilnura Hakimova      95
11   Musannif Adham      95
12   Oybek Karimjonov      95
13   Shoir      90
14   Abdulhafiz      85
15   Fatima Aliyeva      80
16   Robiya      75
17   Burhon To'raqulov      45
18   Farhodjon Isroilov      40
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Yanvar 2010, 08:09:08
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Anisa      685
2   Aziza Mannopova      685
3   Zulayho Xon      685
4   Mahdiyah      680
5   Dilmurod Majidov      670
6   Muallim      665
7   UmmatiY_MuhammadiY      650
8   Abduvohid Ahmadaliyev      645
9   Lolo      635
10   Shoir      620
11   Oybek Karimjonov      615
12   Xayrullo Ibragimov      605
13   Musannif Adham      590
14   Abdulhafiz      585
15   Bahriddin Botirov      580
16   Muhammad Amin      565
17   Mutaallimah      545
18   Sa'dulla      545
19   Robiya      530
20   Sunnatilla Ochilov      500
21   Dilnura Hakimova      495
22   Fatima Aliyeva      485
23   Salmon Forsiy      485
24   Olmos Isakov      445
25   Farhodjon Isroilov      325
26   Nodir Shomirzayev      295
27   Nurillabek      295
28   Murod Mamasoliyev      280
29   Abdulloh      270
30   Nodir Mamatqulov      260
31   Burhon To'raqulov      250
32   ЖАМШИДЖОА      180
33   Muslima20      85
34   Hadija      80
35   Farrux Boltaboyev      65
36   Anvar Abbosov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Yanvar 2010, 07:45:15
III BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchiliklari
Javoblar va izohlar

1. Payg’ambarimiz SAV elchilarini yuborgan Hiraqlning maqomi qanday edi?
a) Hiraql I
b) Hiraql II
c) Hiraql III
To’g’ri javob: Hiraql I
Izoh: O’sha vaqtda bu davlatning imperatori Herakl birinchi edi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

2. Rasululloh SAVning maktublari Hiraqlga qayerda yetib bordi?
a) Konstantinopolda
b) Baytul Maqdisda
c) G’azzada.
To’g’ri javob: Baytul Maqdisda
Izoh: Herakl 625 m.s.da Qustantiniyani egalladi. 629 m.s.da Baytul Maqdisga muzaffar bo‘lib kirib bordi. Ana o‘sha yerda unga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maktublari yetib bordi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

3. Rasululloh SAVning Hiraqlga maktublarini Busro hokimiga kim olib bordi?
a) Amr ibn Umayya r.a.
b) Dihyatul Kalbiy r.a.
c) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
To’g’ri javob: Dihyatul Kalbiy r.a.
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning maktublarini Sahobalardan Dehyatul Kalbiy roziyallohu anhu Busroning hokimiga olib borib berdi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

4. Abu Sufyon qaysi shaharga borganida Hiraqlning odamlari uni imperator huzuriga olib kelishdi?
a) Busro
b) Shom
c) G’azza
To’g’ri javob: G’azza
Izoh: Ittifoqo o‘sha paytda Abu Sufyon tijorat bilan G’azza shahriga borgan edi. Heraqlning odamlari uni topib kelishdi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

5. Payg’ambarimiz SAV elchilarini jo’natgan Fors Kisrosining maqomi qanday edi?
a) Xisrav I
b) Xisrav II
c) Xisrav III
To’g’ri javob: Xisrav II
Izoh: Payg‘ambar alayhisalomning davrlarida Fors imperiyasi boshida Xisrav ikkinchi Abruvez turar edi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

6. Fors Kisrosining laqabi “Abruvez”ning ma’nosi nima?
a) Muzaffar
b) Arslon
c) Kallakesar
To’g’ri javob: Muzaffar
Izoh: Shuning uchun ham Xisrav ikkichi «Abruvez»-Muzaffar laqabini olgan edi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

7. Payg’ambarimiz SAVning Kisroga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Huzofa r.a.
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning maktublarini Kisroga Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy roziyallohu anhu olib borgan. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

8. «U mening qulim bo‘lib turib, menga maktub yozadimi?!» deb Rasululloh SAVning maktubini yirtib yuboragnini eshitgach, u zot SAV qanday duo qildilar?
a) «Allohning itlariga yem bo‘lsin!»
b) «Allohim, o‘g‘lini otasiga dushman ayla!»
c) «Alloh mulkini parchalasin!»
To’g’ri javob: «Alloh mulkini parchalasin!»
Izoh: Ushbu maktubning ma’nosi bilan tanishgan Kisro uni parchalab tashladi va:
«U mening qulim bo‘lib turib, menga maktub yozadimi?!» deb baqirdi.
Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetganda:
«Alloh mulkini parchalasin», dedilar. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

9. Fors Kisrosi qanday o’lim topdi?
a) Ov paytida sherlarga yem bo’ldi.
b) O’g’li tomonidan o’ldirildi.
c) Otdan yiqilib o’ldi.
To’g’ri javob: O’g’li tomonidan o’ldirildi.
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo Kisroga o‘z o‘g‘li Sheruvayhni dushman qildi. U otasini o‘ldirdi», dedilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning duolari qabul bo‘ldi, aytanlari o‘ngidan keldi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

10. Najoshiyning asl ismi nima edi?
a) Asmaha
b) Abhur
c) Ahrama
To’g’ri javob: Asmaha
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asl ismi Ashama ibn Abhur bo‘lgan Najoshiyga Amr ibn Umayya az-Zommariy roziyallohu anhu bilan yo‘llagan maktublari matni quyidagicha edi… (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

11. Rasululloh SAVning Najoshiyga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.
To’g’ri javob: Amr ibn Umayya r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asl ismi Ashama ibn Abhur bo‘lgan Najoshiyga Amr ibn Umayya az-Zommariy roziyallohu anhu bilan yo‘llagan maktublari matni quyidagicha edi… (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

12. Misr Muqavqisining asl ismi nima edi?
a) Jurayj
b) Mikoil
c) Luqo
To’g’ri javob: Jurayj
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Misr va Iskandariya hukmdori, Muqavqis laqabli Jurayj ibn Mattoga quyidagi maktubni yo‘lladilar. (“Rohiyqul maxtum”)

13. Rasululloh SAVning Muqavqisga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.
To’g’ri javob: Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Muqavqisga Hotib ibn Abi Balta’a bilan yuborgan maktublarining matni quyidagicha bo‘lgan. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

14. Muqavqis Islomni qabul qildimi?
a) Ha, qabul qildi va Rasululloh SAVga hadyalar yubordi.
b) Qabul qilmadi.
c) Islomni qabul qildi, lekin buni ahllaridan yashirdi.
To’g’ri javob: Qabul qilmadi.
Izoh: Uning qilgan ishi mana shunga cheklandi, o‘zi islomni qabul qilmadi. Ikki joriyaning ismlari Moriya va Siyrin edi. (“Rohiyqul maxtum”)

15. Muqavqis hadya qilgan xachirning laqabi nima edi?
a) Buroq
b) Duldul
c) Jad’o
To’g’ri javob: Duldul
Izoh: Xachirning laqabi Duldul bo‘lib, u to Muoviyaning davrigacha yashadi. (“Rohiyqul maxtum”)

16. Muqavqis yuborgan joriya – Siyrinni Rasululloh SAV kimga berdilar?
a) Hasson ibn Sobit r.a.ga
b) Sobit ibn Qays r.a.ga
c) Hotib ibn Baltaa r.a.ga
To’g’ri javob: Hasson ibn Sobit r.a.ga
Izoh: Siyrinni esa Hasson ibn Sobit al-Ansoriyga berdilar. (“Rohiyqul maxtum”)

17. Rasululloh SAV qaysi podshoh haqida «Agar bir parcha yerni so‘rasa ham bermagan bo‘lardim. O’zi ham, qo‘lidagi mulki ham barbod bo‘lsin» deganlar?
a) Damashq hokimi Horis ibn Abu Shamir
b) Yamoma hokimi Havza ibn Aliy
c) Bahrayn hokimi Munzir ibn Soviy
To’g’ri javob: Yamoma hokimi Havza ibn Aliy
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Yamoma hokimi Havza ibn Aliyga maktub yo‘lladilar. Uning javob maktubini o‘qigach: «Agar bir parcha yerni so‘rasa ham bermagan bo‘lardim. O’zi ham, qo‘lidagi mulki ham barbod bo‘lsin», dedilar. (“Rohiyqul maxtum”)

18. Rasululluoh SAV Ummon shohiga maktublarini kim olib bordi?
a) Shujo’ ibn Vahb r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Salit ibn Amr r.a.
To’g’ri javob: Amr ibn Os r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Umon shohi Jayfar va uning ukasi Abd ibn Julandiyga maktub yo‘lladilar. Ushbu maktubni olib borishga Amr ibn Os roziyallohu anhuni tanladilar. (“Rohiyqul maxtum”)

19. Quyidagi amirlardan qaysi biri Islomni qabul qilmadi?
a) Bahrayn amiri al-Munzir ibn Soviyga
b) Ummon amirlari Juyfar ibn Jalanda va Abd ibn Jalanda
c) Yamoma amiri Havza ibn Ali
To’g’ri javob: Yamoma amiri Havza ibn Ali
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam arab amirlaridan Bahrayn amiri al-Munzir ibn Soviyga, Ummon amirlari Juyfar ibn Jalanda va Abd ibn Jalandalarga, Yamoma amiri Havza ibn Aliga va Horis ibn Shammar G’assoniylarga ham maktub yo‘lladilar. Ulardan Yamoma amiri Havaza ibn Alidan boshqasi Islomni qabul qildilar. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)

20. Rasululloh SAV elchilarini yuborgan qaysi podshoh «Agar uning huzurida bo‘lganimda oyoqlarini yuvar edim», degan edi?
a) Habashiston podshosi Najoshiy
b) Rum podshosi Hiraql
c) Misr podshosi Muqavqis
To’g’ri javob: Rum podshosi Hiraql
Izoh: «Agar sen aytgan gap haq bo‘lsa, albatta, u mening ushbu qadamim ostini egallaydi. Men uning chiqishini bilar edim. Uning sizlardan ekanligini o‘ylamagan edim. Agar men unga xolis bo‘lishimni bilganimda u bilan uchrashishga urinar edim. Agar uning huzurida bo‘lganimda oyoqlarini yuvar edim», dedi. (“Hadis va hayot”-19. “Nubuvvat va risolat”)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Yanvar 2010, 07:48:44
III BOSQICH
9-tur: Haybar g’azotidan keyingi voqealar

1. Rasululloh SAV Xaybarga ketayotib Roji’ degan joyda to’xtadilar va taom buyurdilar. Ushbu taomning nomi nima edi?
a) Tirid
b) Hiys
c) Sariy

2. Rasululoh SAV Haybarda: «Ertaga bayroqni, albatta, Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radigan kishi oladir. Unga fath nasib bo‘ladir», dedilar. Ertasi kuni bayroqni kimga topshirdilar?
a) Abu Bakr Siddiqqa
b) Umar ibn Hattobga
c) Ali ibn Abu Tolibga

3. Safiya r.a. onamiz qaysi qal’ada asir olindilar?
a) Nazor
b) No’im
c) Alqamus

4. Haybar jangida Hazrati Ali yenggan yahudiy bahodiri kim edi?
a) Mihrab (Marhab)
b) Yosir (Yasir)
c) Yusha’ (Yasha’)

5. Rasululloh SAV xiyonat qilgan yahudiy Kinona ibn Rabe'ni o'ldirish kimga buyurdilar?
a) Mahmud ibn Maslamaga
b) Muhammad ibn Maslamaga
c) Abu Dujonaga

6. Xaybar g’azotidan avval Anas ibn Molikning onasi Ummu Sulaym r.a. Rasululloh SAVga bir necha adad Azq nomli hurmo bergan edilar. Keyin Rasululloh SAV ularni kimga berdilar?
a) Jobir ibn Abdullohga
b) Ummu Aymanga
c) Abdulloh ibn Mas’udga

7. Vodil-quro qayerda joylashgan edi?
a) Madina va Makka o’rtasida
b) Madina va Shom o’rtasida
c) Madina va Yaman o’rtasida

8. Vodil-quro g’azotidan so’ng yahudiylarning qaysi qabilasi rasululloh SAV bilan o’z ixtiyorlari bilan sulh tuzdilar?
a) G’atafon
b) Fidk
c) Tiymaa

9. Rasululloh SAV qazo umrasi safariga qaysi oyda chiqdilar?
a) zulqa’da
b) zulhijja
c) safar

10. Rasululloh SAV qazo umrasi safariga chiqqanlarida Madinada o’rnilariga kimni qoldirdilar?
a) Abu Zarr G’iforiyni
b) Abdulloh ibn Ummu Maktumni
c) Siba’ ibn Urfutani

11. Rasululloh SAV qazo umrasi safarida o’zlari bilan qurbonlik uchun nechta tuya oldilar?
a) 40 ta
b) 60 ta
c) 70 ta

12. Rasululloh SAV qazo umrasi safarida qurol-aslahalarni qayerda qoldirdilar?
a) Marriz Zahronda
b) Botni Ya’jijda
c) Hijri Ismoilda

13. Qazo umrasi kuni Rasululloh SAVning tuyalari yuganidan tutib, qasida o’qigan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
b) Hasson ibn Sobit r.a.
c) Ka’b ibn Molik r.a.

14. Rasululloh SAV xaybardan qaytayotganlarida Hamza r.a.ning qizlari U kishiga ergashdi. Shunda u qizchani o’z kafolatiga olishda 3 kishi talashishdi. Rasululloh SAV kimning foydasiga hukm qildilar?
a) Ali ibn Abu Tolibning
b) Ja’far ibn Abu Tolibning
c) Zayd ibn Horisaning

15. Xaybar g’azotidan so’ng Bashir ibn Sa’d boshligida yuborilgan sariyalarni belgilang.
a) Havozin va Mayfaa sariyyasi.
b) Bani Murra va G’atafon sariyyasi
c) Bani Kilob va Bani Murra sariyyasi
d) b va c javoblar

16. Xaybar g’azotidan so’ng hijratning 8 yili (628 melodiy) Najdning Banu Kilob qabilasiga yuborilgan sariyya kimning sariyyasi edi?
a) Abu Bakr sariyyasi
b) Umar ibn Xattob sariyyasi
c) Bashir ibn Sa’d al-Ansoriy sariyyasi

17. Quyidagi sahobalarning qaysi birlarining kunyalari Abu Ruqiyadir?
a) Uboda ibn Somit r.a.
b) Molik ibn Sinon r.a.
c) Tamiym Doriy r.a.
d) Jundub ibn Junoda r.a.
e) Usmon ibn Talha r.a.

18. Quyidagi sahobalarning qaysi birlarining kunyalari Abu Abdurrahmon bo’lmagan?
a) Muoz ibn Jabal r.a.
b) Jarir ibn Abdulloh r.a.
c) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
d) Abdulloh ibn Umar r.a.
e) Muoviya ibn Abu Sufyon r.a.
f) b va e
g) a, b va e

19. Quyidagi sahobalardan qaysi biri qibtiylardan edilar?
a) Abu Azza r.a.
b) Abu Muso r.a.
c) Abu Rofe’ r.a.
d) Abu Najd r.a.
e) Abu Jandal r.a.

20. Rasululloh s.a.v.: "œMen ilmning shahri bo’lsam, "¦ eshigidir" deb kimni marhamat qilganlar?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Xattob r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Abu Hurayra r.a.
e) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.

Ushbu turda AbdulAziz, Anisa va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

8-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2230&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 28-yanvargacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Ro’za hukmlari. 2-qism (Hanafiy mazhabida)
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Yanvar 2010, 07:51:23
III bosqich 7-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa      100
2   Aziza Mannopova      100
3   Lolo      100
4   Mahdiyah      100
5   Muallim      100
6   Muhammad Amin      100
7   Mutaallimah      100
8   Sa'dulla      100
9   UmmatiY_MuhammadiY      100
10   Xayrullo Ibragimov      100
11   Zulayho Xon      100
12   Abduvohid Ahmadaliyev      95
13   Dilmurod Majidov      95
14   Dilnura Hakimova      95
15   Musannif Adham      95
16   Oybek Karimjonov      95
17   Shoir      90
18   Abdulhafiz      85
19   Fatima Aliyeva      80
20   Robiya      75
21   Nodir Shomirzayev      60
22   Burhon To'raqulov      45
23   Farhodjon Isroilov      40
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Yanvar 2010, 07:53:01
III bosqich 8-turning dastlabki natijalari:

1   Anisa      100
2   Dilnura Hakimova      100
3   Mahdiyah      100
4   Mutaallimah      100
5   UmmatiY_MuhammadiY      100
6   Zulayho Xon      100
7   Fatima Aliyeva      95
8   Lolo      95
9   Xayrullo Ibragimov      95
10   Abdulhafiz      90
11   Abduvohid Ahmadaliyev      90
12   Oybek Karimjonov      85
13   Burhon To'raqulov      25
14   Farhodjon Isroilov      20
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Yanvar 2010, 07:54:58
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Anisa      785
2   Zulayho Xon      785
3   Mahdiyah      780
4   UmmatiY_MuhammadiY      750
5   Mutaallimah      745
6   Abduvohid Ahmadaliyev      735
7   Lolo      730
8   Oybek Karimjonov      700
9   Xayrullo Ibragimov      700
10   Aziza Mannopova      685
11   Abdulhafiz      675
12   Dilmurod Majidov      670
13   Muallim      665
14   Muhammad Amin      665
15   Sa'dulla      645
16   Shoir      620
17   Dilnura Hakimova      595
18   Musannif Adham      590
19   Bahriddin Botirov      580
20   Fatima Aliyeva      580
21   Robiya      530
22   Sunnatilla Ochilov      500
23   Salmon Forsiy      485
24   Olmos Isakov      445
25   Nodir Shomirzayev      355
26   Farhodjon Isroilov      345
27   Nurillabek      295
28   Murod Mamasoliyev      280
29   Abdulloh      270
30   Nodir Mamatqulov      260
31   Burhon To'raqulov      250
32   ЖАМШИДЖОА      180
33   Muslima20      85
34   Hadija      80
35   Farrux Boltaboyev      65
36   Anvar Abbosov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 29 Yanvar 2010, 08:41:29
III BOSQICH
8-tur: Haybar g’azoti
Javoblar va izohlar

1. Haybar g’azoti uchun to’plangan qo’shin qachon Madinadan chiqdi?
a) Hijriy 7-yilning oxiri, zulqada oyining o’rtasida
b) Hijriy 7-yilning boshi, muharram oyi oxirida
c) Hijriy 7-yilning, muharram oyi boshida
To’g’ri javob: Hijriy 7-yilning boshi, muharram oyi oxirida
Izoh: Ikki yuz nafari otliq, jami 1600 kishidan iborat qo’shin hijriy 7-yilning boshida muharram oyining ohirlarida Madinadan chiqdi. ("œSaodat asri qissalari", III- kitob, 331 bet).
Rasululloh sollalohu alayhi vassalam 7-hijriy sananing, muharram oyi ohirlarida Haybarni fath qilishga qaror qildilar ("œNubuvvat va risolat" 367 bet)

2. Rasululloh sollalohu alayhi vassalam Haybar g’azotiga faqat bir voqea qatnashchilariga ishtirok etish uchun ruxsat qildilar, qolganlarga ruxsat bermadilar. Ular kimlar edi?
a) Hudaybiya ishtirokchilari
b) Uxud g’azoti ishtirokchilari
c) Bani Qurayza g’azoti ishtirokchilari
To’g’ri javob: Hudaybiya ishtirokchilari
Izoh: Rasululloh sollalohu alayhi vassalam g’azotga faqat Hudaybiya ishtirokchilari chiqishini qattiq ta’kidladilar. Hudaybiyaga chiqmay qolganlarga izn bermadilar. (Nubuvvat va risolat, 367 bet.)

3. Sahobiya ayollardan nechtasi bu jangda qatnashish maqsadida qo’shin bilan birga yo’lga chiqdi?
a) 20 taga yaqin
b) 25 tadan ziyod
c) 15 taga yaqin
To’g’ri javob: 20 taga yaqin
Izoh: Har xil hizmatlarni ado qtish umidida 20 ga yaqin ayol ham ko’ngilli o’laroq bu qo’shinga kirdi. ("œSaodat asri qissalari" III- kitob, 331 bet)
Bemorlarni davolash, yaradorlarga qarash, taom tayyorlash uchun sahobiya ayollardan ham 20 kishi chiqdi. (Nubuvvat va risolat, 368 bet)

4. Musulmonlar Haybar g’azotiga ketishganida, Madinada voliy qilib kim qoldirildi?
a) Amir ibn Akvo (r.a)
b) Amr ibn Avf (r.a)
c) Siba’ ibn Urfuta (r.a)
To’g’ri javob: Siba’ ibn Urfuta (r.a)
Izoh: Ikki yuz nafari otliq, jami 1600 kishidan iborat qo’shin hijriy 7-yilning boshida muharram oyining ohirlarida Madinadan chiqdi. Siba’ ibn Urfuta (r.a) Madina voliyi qilib qoldirildi. ("œSaodat asri qissalari", III- kitob, 331 bet).

5. Qo’shinga yo’lboshlovchi qilib kim yollandi?
a) Xusayl ismli mushrik yigit
b) Abdulloh ibn Urayqit
c) Haybar g’azotidagi qo’shinga qo’shilgan, Alloh va Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga iymon keltirgan arobiy.
To’g’ri javob: Xusayl ismli mushrik yigit
Izoh: Ikki yuz nafari otliq, jami 1600 kishidan iborat qo’shin hijriy 7-yilning boshida muharram oyining ohirlarida Madinadan chiqdi. Siba’ ibn Urfuta (r.a) Madina voliyi qilib qoldirildi. O’sha kunlari Madinaga tijorat maqsadida kelgan Xusayl ismli bir mushrik yo’lboshlovchi etib yollandi. ("œSaodat asri qissalari", III- kitob, 331 bet).

6. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam g’atafonliklarning yahudiylarga yordamga kelish yo’lini to’sish maqsadida, qo’shinni qayerga joylashtirdilar?
a) Haybarning No’im qo’rg’oni yaqiniga
b) Madina bilan G’atafon orasida joylashgan Rojiy’ degan joyga
c) Madina bilan Haybar orasidagi Zu Tovo vodiysiga
To’g’ri javob: Madina bilan G’atafon orasida joylashgan Rojiy’ degan joyga
Izoh: Rasululloh sollaohu alayhi vassallam lashkarlarni Madina bilan G’afaton orasida joylashgan Rojiy’ nomli yerga tushurdilar. Ana shunda g’afatonliklarning yahudiylarga yordamga kelish yo’li to’sildi. (Nubuvvat va risolat, 368 bet)

7. Haybar bir necha qo’rg’onlardan iborat edi. Jangda ilk fath qilingan qo’rg’on qaysi?
a) Votih qo’rg’oni
b) Qamus qo’rg’oni
c) No’im qo’rg’oni
To’g’ri javob: No’im qo’rg’oni
Izoh: Haybar bir necha qo’rg’onlardan iborat edi. Rasululloh sollaohu alayhi vassallam birin-ketin o’sha qo’rg’onlarni zabt eta boshladilar. Birinchi bo’lib "œNo’im" nomli qo’rg’on fath qilindi. (Nubuvvat va risolat, 368-369 betlar).

8. Haybar g’azotida shahid bo’lgan va Fahri koinot Rasululloh sollallohu alayhi vassallam o’z qo’llari bilan ikkisini bir qabrga qo’ygan sahobiylar kim?
a) Mahmud ibn Maslama, Amir ibn Akvo.
b) Amir ibn Akvo, Zubayr ibn Avvom
c) Zubayr ibn Avvom, Mahmud ibn Maslama
To’g’ri javob: Mahmud ibn Maslama, Amir ibn Akvo.
Izoh: Ko’p o’tmay Mahmud ham, Amir ham Janobi Haqning rahmatiga qovushdi. Fahri koinot sollaohu alayhi vassallam ikkisini bir go’rga ko’mdilar. ("œSaodat asri qissalari" III-kitob, 337-338 betlar.)

9. G’azot vaqtida musulmonlar ochlikdan qiynalishdi. Bir hayvon go’shtidan taom tayyorlandi. Lekin taom pishmasidan Alloh va uning rasuli sollaohu alayhi vassallam tomonidan bu hayvon go’shtini musulmonlar uchun man qilindi. Bu qaysi hayvon go’shti edi?
a) Tuya
b) Ot
c) Xonaki eshak
To’g’ri javob: Xonaki eshak
Izoh: Bu orada ochlikni ketkazish uchun bir taom hozirlanayotgan, xonaki eshaklar o’yilib, qozonlarga solingan edi. Atrofni pishayotgan go’sht isi tutib ketdi. Rasululloh sollaohu alayhi vassallam:
- Nima bu? — deb so’radilar.
- Go’sht pishirilyapti, yo Nabiyalloh.
- Nimaning go’shti?
- Xonaki eshaklar so’yildi.
Sal o’tib qo’shin uzra bir nido yangradi:
- Bilib qo’yinglarki, Alloh taolo va payg’ambari sizlarga xonaki eshaklarning go’shtini man qiladi, to’kib tashlanglar!
Pishib turgan go’shtdan bir luqma ham yemay, to’kib tashlashdi. Ochlik davom etsa etsin. Allohning va payg’ambarining amri oyoqosti bo’lmasin. ("œSaodat asri qissalari" III- kitob, 338-339 bet)
Anas ibn Molik r.a. rivoyat qiladilar: "œBiz Haybarda tongni qarshiladik. Haybar ahli ekinzorlariga chiqib, Payg’ambar alayhissalomni ko’rishlari bilanoq: "œAna Muhammad, ana Muhammad, ana lashkar!"- deya sarosimaga tushdi. Janob Rasululloh: "œAllohu Akbar! Haybar xarob bo’ldi, biz biror qavmni yeriga kelib tushsak, dahshatga tushib bir-birini ogohlantiruvchilarning tonggi omadsiz bo’lur!"- dedilar. Keyin biz eshak go’shtini pishirayotgan edik, ul zotning jarchilari: "œAlloh taolo va Uning rasuli eshak go’shtini harom qilgandur, chunki u iflosdir! — dedi". (Buxoriy, Al-jomi’ As-Sahih asari, III-kitob, 77 bet va 81 betlardagi hadislar)

10. Haybar g’azotida "œHaybar fotihi" nomini qozongan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali (r.a.)
b) Umar (r.a.)
c) Amir ibn Akvo (r.a.)
To’g’ri javob: Hazrati Ali (r.a.)
Izoh: Natat qal’asi qo’lga kiritildi. Bu yerga kelganlarning yettinchi kuni Hazrati Ali "œHaybar fotihi" nomini qozondi. ("œsaodat asri qissalai" III-kitob, 341 bet)

11. Haybar g’azotidida oxirgi fath qilinga ikki qal’a nomoni ko’rsating.
a) Natat va Qamus qal’alari
b) Votih va Sulalim qal’alari
c) Natat va No’im qal’alari.
To’g’ri javob: Votih va Sulalim qal’alari
Izoh: Endi yahudiylarning tayanchi qolmadi. Qal’alarning ketma-ket bo’shatib chiqisharkan, oxirgi qal’alari bo’lmish Votih bilan Sulalimda ham saqlana olmasliklariga ko’zlari yetib, elchi yuborishdi. ("œSaodat asri qissalari" III-kitob, 344 bet)
 
12. Haybar g’azotidan keyin, Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga go’sht pishirib olib kelgan va go’shtni zaharlab qo’ygan ayol kim edi?
a) yahudiy Kinonaning xotini Safiyya
b) jangda halok bo’lgan yahudiy Marhabning ayoli Zaynab
c) Yahudiy Salom ibn Mishkamning xotini Zaynab binti Horis
To’g’ri javob: Yahudiy Salom ibn Mishkamning xotini Zaynab binti Horis
Izoh: Urush tugab, odamlar sal tinchigandan keyin yahudiylardan Salom ibn Mishkamning xotini Zaynab binti Horis Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga qovurilgan go’shtni zaharlangan holda hadya qildi. (Nubuvvat va risolat, 373 bet)

13. Yahudiy ayol olib kelgan zaharlangan go’shtdan yeb, o’lgan sahobiy kim?
a) Bishr ibn Baro ibn Ma’rur
b) Amir ibn Akvo
c) Muhammad ibn Maslama
To’g’ri javob: Bishr ibn Baro ibn Ma’rur
Izoh: Rasululloh sollaohu alayhi vassallam bilan birga Bishr ibn Baro ibn Ma’rur roziyallohu anhu ham o’tirgan edi. U o’sha zaharlanish ta’siridan vafot etdi (Nubuvvat va risolat, 373 bet)

14. Asir tushganlar orasida yahudlar boshlig’ining qizi bo’lmish Sofiyya binti Hayy ibn Axtobni Rasululloh sollaohu alayhi vassallamdan oldin o’ziga so’ragan sahobiy kim?
a) Dihyatul Kalbiy (r.a.)
b) Abu Ayyib (r.a.)
c) Zibayr ibn Avvom (r.a.)
To’g’ri javob: Dihyatul Kalbiy (r.a.)
Izoh: Sahobiylardan Dihya (r.a.) Janobi Rasululloh sollaohu alayhi vassallam huzurlariga borib, asir xotinlardan bittasini o’ziga so’radi. Hohlaganini olishga ruhsat berdilar. Ruhsat tekkach Dihya xotinlarning yoniga keldi, Sofiyya binti Hayy ibn Axtobi atnlab oldi. ("œSaodat asri " III-kitob, 346 bet)

15. G’azotga chiqqan sahobiya ayollardan kim Sofiyya binti Hayyni kelinlikka tayyorladi?
a) Nasiba
b) Ummu Sulaym
c) Ummu Salama
To’g’ri javob: Ummu Sulaym
Izoh: Janobimiz Ummu Sulaymni chaqirib, Safiyyani kelinlikka hozirlashni topshirdilar. Ummu Sulaym uni kiyintirib, bezantirdi. Sochlarini taradi, xushbo’ylar surtdi. (Saodat asi, III-kitob, 348 bet)

16. Safiyya r.a. ga Rasululloh sollalohu alayhi vassallam nimani mahr qilib berganlar?
a) ozodlikni
b) 400 dirhamni
c) g’azotdan yig’ilgan o’ljalarni
To’g’ri javob: ozodlikni
Izoh: Abdulaziz ibn Suhayb bunday deydilar: "œPayg’ambar alayhissalom Safiyyani asir olib, keyin uni ozod qilgach, nikohlariga oldilar. Sobit Anasdan: "œJanob Rasululloh Safiyyaga qanday mahr berganlar?" — deb so’raganda, u kishi: "œJanob Rasululloh unga ozodlikni mahr qilib berganlar", - deb javob berdi. (Buxoriy, Al-jomi’ As-Sahih asari, III-kitob, 78 bet)

17. Madinaga kirgach, Habibi akram s.a.v. Hazrati Safiyyani qaysi sahobiyning uylarining biriga joylashtirdilar?
a) Siba’ ibn Urfuta (r.a.)
b) Horisa ibn No’mon (r.a.)
c) Abu Talha (r.a.)
To’g’ri javob: Horisa ibn No’mon (r.a.)
Izoh: Shaharga kirgach, Habibi akram s.a.v. Hazrati Safiyyani Horisa ibn No’monning uylaridan biriga joylashtirdilar. ("œSaodat asri qissalari" III-kitob 354 bet)

18. Haybar g’azotidan keyin Rasululloh sollalohu alayhi vassalam yahudiylarga dehqonchilik va bog’dorchilik qilishlari uchun va hosilni teng yarmini olish sharti ila o’z yerlarida qolishga izn berdilar. Hosil to’planganda Rasululloh sollalohu alayhi vassalam qaysi sahobiyni taqsimlash uchun yuborar edilar?
a) Horisa ibn No’mon (r.a.)
b) Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.)
c) Abdulloh ibn Ravoha (r.a.)
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ravoha (r.a.)
Izoh: Har yili Rasululloh sollalohu alayhi vassalam hosil to’planganda ularga Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhuni yuborar edilar. U kishi borib hosilni teng ikkiga bo’lar va yahudiylarga, xohlagan tomoningizni olinglar, der edi. Yahudiylar bundoq adolatdan qoyil qolishib, osmonu yerlarni qoim qilgan narsa ham shu o’zi, der edilar. (Nubuvvat va risolat, 372-373 betlar).

19. Rasululloh s.a.v. Ali r.a.ga bergan tug’larida nima yozilgan edi?
a) Kalimai tayyiba
b) Kalimai shahodat
c) Takbir: Allohu akbar
To’g’ri javob: Kalimai tayyiba
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kalimai tayyiba» yozilgan oq tug‘ni Hazrati Aliga tutqazib turib:
— Yo Ali, olg‘a qarab intil, Alloh senga yor bo‘lg‘ay, hech yoqqa boqmagil, bu qal’alar qopqasi sening qo‘lingdan ochilgay, — dedilar. ("œTarixi Muhammadiya", 327-bet)

20. Yahud bahodiri Yusha’ga musulmonlardan kim talabgor bo’ldi?
a) Ammor ibn Aqaba r.a.
b) Xubob r.a.
c) Abu Dujona r.a.
To’g’ri javob: Xubob r.a.
Izoh: Hazrati Ali qo‘lida birinchi fath bo‘lmish No’im qal’asidan qochgan yahudlar ersa, ikkinchi Sa’b qal’asiga qamalgan edilar. Qal’ani qamal qilishgandan so‘ngra o‘shal asrning odaticha urush muboraza bilan boshlandi. Shundoqki, yahudlar tarafidin ularning ishongan bahodirlari Yusha’ degan jangchi chiqib, musulmonlarga qarata: «Menga talabgor chiqsun», deb o‘rtaga tushdi. Unga Hazrati Xubob chiqib, birinchi to‘qnashgandayoq bir zarba bilan uni o‘ldirdi. ("œTarixi Muhammadiya", 329-bet)
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 29 Yanvar 2010, 08:43:37
III BOSQICH
10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Quraysh ahli johiliyat davrida, Ramazon ro’zasi farz bo’lgunga qadar qaysi oyning nechanchi kunida ro’za tutar edilar?
a) Robiul avvalning 12 kuni
b) Zulhijjaning 10 kuni
c) Muharramning 10 kuni
d) Sha’bon oyida 15 kuni
 
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida nimani mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik deganlar?
a) Xurmo
b) Asal
c) Sut
d) Arpa unidan tayyorlangan non
 
3. Ramazonda kasal bo’lib qolgan odamning ro’zasi nima bo’ladi?
a) har 1 kuniga 1 miskinni taomlantiradi.
b) qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
c) undan ro’za tutishlik kasallik kunlari uchun soqit bo’ladi.

4. Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Ushbu miqdor qancha?
a) 1843 g
b) 2,5 kg
c) 1644 g
d) 2452 g

5. "Va to oq ip qora ipdan ajraguncha yeb ichinglar" oyatining nozil bo'lishiga sabab bo'lgan sahobiy kim bo'lgan?
a) Abu Atiyya
b) Yazid ibn Abu Ubayd
c) Adiy ibn Hotim
d) Safvon ibn Assol
e) Qays ibn Sirma

6. Ro’za dastlab farz bo'lgan vaqtda qaysi qoidalar amalda bo'lgan?
a) Iftor vaqti quyosh botgandan hufton vaqtigacha bo'lgan
b) Jinsiy aloqaga vaqtincha ruxsat bo'lmagan
c) Ro'za tutish ixtiyoriy bo'lib, istagan odam ro'za tutar edi, istagan odam fidya berar edi
d) a va c
e) a va b
f) a, b, c

7. Qaysi javobda oq kunlar ro'zasi ko'rsatilgan?
a) Muharram oyining 9-10 va 11-kunlarining ro'zasi
b) Shavvol oyida olti kun ro'za tutish
c) Zulhijjada 10 kun ro'za tutish
d) Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
e) Har oyning boshida, o'rtasida va oxirida ro'za tutish
f) Dushanba va payshanba kunlarning ro'zasini tutish

8. Bir odam ramazon ro'zasini tutishni niyat qilib olgach, hushidan ketib bir necha kun behush yotdi. Hushiga kelgach qanday yo'l tutadi?
a) Undan behush yotgan kunlari miqdoricha ro'za soqit bo'ladi
b) Niyat qilib olgan kunining ro'zasi Ramazondan hisob qilinadi va qolgan kunlariga qazo tutmaydi
c) Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
d) Faqat niyat qilgan kuninigina qazosini tutadi
e) a va b

9. Bir kishi ro’za tutish (yoki ochish) hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa nima qiladi?
a) Ro’za tutmaydi, chunki ro’za tutish hilolini kamida uch kishi ko’rishi kerak
b) Bu holatda ro’za tutish tutmaslik o’z ixtiyorida bo’ladi
c) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi

10. Bulutli kunda ro’zani boshlash haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
b) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul yoki ayol bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda adolatli ikki kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar ularning biri qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
d) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u ayol yoki yosh bola bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi

11. Bulutli kunda Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ularning biri qul bo’lsa ham, adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
b) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli va qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
d) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) a va d javoblar to’gri
f) b, c va d javoblar to’gri

12. Muqim kishi ro’za holida safarga chiqsa nima qiladi?
a) Ro’zasini ochib yuboradi va keyin qazo tutib beradi
b) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo va kafforat vojib bo’ladi
c) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
d) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo ham, kafforat ham vojib bo’lmaydi

13. Agar bir kishi ramazon oyining hammasida yoki ba’zisida devona bo’lsa qazo tutadimi?
a) Agar oyning hammasida yoki ba’zi kunida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
b) Agar oyning hammasida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
c) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi
d) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, faqat o’sha kunni qazosini tutadi
d) b va c javoblar to’g’ri
e) b va d javoblar to’gri

14. Kofir odam ramazonning biror kunida musulmon bo’lsa, o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, 1 kundan so’ng ro’za tutadi
b) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, keyingi ramazondan ro’za tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
d) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
e) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi.

15. Musofir odam tong otgandan so’ng safardan qaytsa o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
b) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi
e) Kunning qolgan qismida ro’za tutmaydi, qazo ham vojib bo’lmaydi

16. Qaysi turdagi ro’zalarni qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi?
a) Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
b) Tayinli bo’lmagan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
c) Tayinli bo’lgan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
d) Tayinli bo’lmagan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
e) a va b javoblar to’g’ri
f) a, b va c javoblar to’g’ri

17. Ramazonda e’tikof o’tirish qanday amal hisoblanadi?
a) Vojib
b) Muboh
c) Sunnati muakkada
d) Sunnati zoida
e) Mustahab

18. Ro’zador tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladimi?
a) ha, ro’zasi buziladi va qazosini tutib kafforat berishi shart
b) yo’q, chunki u o’z ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holga tushib qoldi
c) ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
d) oz miqdordagi suvning ketib qolishida ro’zador uchun hech narsa vojib bolmaydi
e) b va d javoblar

19. Nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori ro’zani ochadimi?
a) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas, ro’za ochilmaydi.
b) ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
c) purkagichdan sepilgan dori tanaga g’izo bo’lishi mumkin, bunda ro’za ochiladi.
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi, balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi, ro’za ochilmaydi.
e) a va d javoblar.

20. Quyidagilardan qaysi biri ro‘zani ochadi?
a) tahlil uchun qon olish
b) arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish
c) teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar
d) burunga purkaluvchi dori
e) Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.

Ushbu turda Mahdiyah, Sayyid Umarxon, Bahriddin Botirov, Aziza Mannopova, Anisa va AbdulAzizning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

9-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2231&Itemid=94)ga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 4-fevralgacha yo’llashlari mumkin.

10-tur javoblarini jo’natish uchun oxirgi muddat: 11-fevralgachadir.

Allohga hamdlar bo’lsin, "œBiz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 3-bosqich oxirgi tur savollarini yo’llab bo’ldik. Inshaalloh, 2 haftadan so’ng g’oliblarni e’lon qilamiz. Agar 1-7-o’rinlarning ballari bir xil bo’lib qolsa, ular o’rtasida yana qo’shimcha tur o’tkaziladi.

G’oliblarni taqdirlash uchun xomiylik qilmoqchi bo’lganlarni hamkorlikka taklif etamiz.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 29 Yanvar 2010, 08:55:38
III bosqich 8-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa      100
2   Aziza Mannopova      100
3   Bahriddin Botirov      100
4   Dilmurod Majidov      100
5   Dilnura Hakimova      100
6   Mahdiyah      100
7   Muallim      100
8   Muhammad Amin      100
9   Mutaallimah      100
10   Sa'dulla      100
11   UmmatiY_MuhammadiY      100
12   Zulayho Xon      100
13   Fatima Aliyeva      95
14   Lolo      95
15   Shoir      95
16   Xayrullo Ibragimov      95
17   Abdulhafiz      90
18   Abduvohid Ahmadaliyev      90
19   Nodir Shomirzayev      85
20   Oybek Karimjonov      85
21   Musannif Adham      80
22   Burhon To'raqulov      25
23   Farhodjon Isroilov      20
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 15:05:06
III bosqich 9-turning dastlabki natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      100
2   Anisa      100
3   Aziza Mannopova      100
4   Mutaallimah      100
5   Zulayho Xon      100
6   Lolo      95
7   Dilnura Hakimova      90
8   Oybek Karimjonov      90
9   Fatima Aliyeva      85
10   Shoir      85
11   Xayrullo Ibragimov      85
12   Farhodjon Isroilov      40
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 15:05:25
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Anisa      885
2   Aziza Mannopova      885
3   Zulayho Xon      885
4   Mutaallimah      845
5   Abduvohid Ahmadaliyev      835
6   Lolo      825
7   Shoir      800
8   Oybek Karimjonov      790
9   Xayrullo Ibragimov      785
10   Bahriddin Botirov      780
11   Mahdiyah      780
12   Dilmurod Majidov      770
13   Muallim      765
14   Muhammad Amin      765
15   UmmatiY_MuhammadiY      750
16   Sa'dulla      745
17   Dilnura Hakimova      685
18   Abdulhafiz      675
19   Musannif Adham      670
20   Fatima Aliyeva      665
21   Robiya      530
22   Sunnatilla Ochilov      500
23   Salmon Forsiy      485
24   Olmos Isakov      445
25   Nodir Shomirzayev      440
26   Farhodjon Isroilov      385
27   Nurillabek      295
28   Murod Mamasoliyev      280
29   Abdulloh      270
30   Nodir Mamatqulov      260
31   Burhon To'raqulov      250
32   ЖАМШИДЖОА      180
33   Muslima20      85
34   Hadija      80
35   Farrux Boltaboyev      65
36   Anvar Abbosov      25
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2010, 09:53:02
III BOSQICH
9-tur: Haybar g’azotidan keyingi voqealar
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh SAV Xaybarga ketayotib Roji’ degan joyda to’xtadilar va taom buyurdilar. Ushbu taomning nomi nima edi?
a) Tirid
b) Hiys
c) Sariy
To’g’ri javob: Sariy
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam taomlarni jamlashga amr qildilar. Faqat tolqondan iborat taom jamlandi. Undan sariy nomli taom tayorlanib odamlarga tarqatildi. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat").

2. Rasululoh SAV Haybarda: «Ertaga bayroqni, albatta, Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radigan kishi oladir. Unga fath nasib bo‘ladir», dedilar. Ertasi kuni bayroqni kimga topshirdilar?
a) Abu Bakr Siddiqqa
b) Umar ibn Hattobga
c) Ali ibn Abu Tolibga
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibga
Izoh: «Ertaga bayroqni, albatta, Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radigan kishi oladir. Unga fath nasib bo‘ladir», dedilar. Katta sahobalarning har biri o‘sha odam o‘zi bo‘lishini umid qila boshladilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hazrati Ali roziyallohu anhuni chaqirdilar. O’sha paytda hazrati Ali roziyallohu anhuning ko‘zlari og‘rib qolgan edi. Hazrati Ali keldilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u kishining ko‘zlariga tuflagan edilar, xuddi xasta bo‘lmagandek bo‘lib qoldilar. U zot bayroqni u kishiga berdilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat").

3. Safiya r.a. onamiz qaysi qal’ada asir olindilar?
a) Nazor
b) No’im
c) Alqamus
To’g’ri javob: Alqamus
Izoh: Shundoq bo‘lib, Xaybar qal’alari ketma-ket musulmonlar qo‘liga o‘ta boshladi. Biroq bular ichida fath bo‘lmagan yana uch qal’a qoldi. Alarning eng kuchlik, ishonchlik qal’alari ersa Alqamus nomli bo‘lib, bu qal’ada yahud raislarining oilalari, yana har turli qimmatbaho mollari saqlanmish edi. Rasululloh bu qal’a ustida yigirma kun qattiq qamal qilib turdilar. Oxiri Hazrati Ali qo‘lidan bu ham fath bo‘ldi. Onamiz Safiya shu qal’adan asir olingan edi. ("œTarixi Muhammadiy")

4. Haybar jangida Hazrati Ali yenggan yahudiy bahodiri kim edi?
a) Mihrab (Marhab)
b) Yosir (Yasir)
c) Yusha’ (Yasha’)
To’g’ri javob: Mihrab (Marhab)
Izoh: Ali roziyallohu anhu «al-Qamus» qo‘rg‘oni tomon yurdilar. U kishining qarshisiga yahudiylarning mashhur pahlavoni Mihrab she’r aytib chiqdi. Ikki pahlavon orasida ayovsiz jang boshlandi. Ikki lashkar ikki tomonda bu shiddatli jang nima bilan tugashini kutib turar edi. Yakkama yakka olishayotganlar esa bir-birlariga berayotgan zarbalarni borgan sari kuchaytirib borar edilar. Hazrati Ali payt poylab turib Mihrabning qoq miyasiga shiddatli zarba urdilar. Yahudiyning boshiga kiygan dubulg‘asi va unga qo‘shilib boshi ham ikkiga bo‘linib ketdi. Musulmonlar «Allohu Akbar» sadolari ostida «al-Qamus»ni fath etdilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat").

5. Rasululloh SAV xiyonat qilgan yahudiy Kinona ibn Rabe'ni o'ldirish kimga buyurdilar?
a) Mahmud ibn Maslamaga
b) Muhammad ibn Maslamaga
c) Abu Dujonaga
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslamaga
Izoh: So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni Muhammad ibn Maslamaga berdilar, Ibn Maslama uni No’im qal’asi devori tagida o‘tirganida boshiga tegirmon toshi tashlanib, halok qilingan inisi Mahmud ibn Maslamaning qasosiga qatl qildi. ("œRohiyqul maxtum")

6. Xaybar g’azotidan avval Anas ibn Molikning onasi Ummu Sulaym r.a. Rasululloh SAVga bir necha adad Azq nomli hurmo bergan edilar. Keyin Rasululloh SAV ularni kimga berdilar?
a) Jobir ibn Abdullohga
b) Ummu Aymanga
c) Abdulloh ibn Mas’udga
To’g’ri javob: Ummu Aymanga
Izoh: Mashhur sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhuning onalari Ummu Sulaym roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir necha adad Azq nomli xurmo bergan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni o‘zlarining ozod qilgan cho‘rilari Ummu Aymanga bergan edilar. U zot Ummu Sulaymga xurmolarini qaytarib berib, Ummu Aymanga har bir xurmo uchun o‘ntadan boshqa xurmo berdilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

7. Vodil-quro qayerda joylashgan edi?
a) Madina va Makka o’rtasida
b) Madina va Shom o’rtasida
c) Madina va Yaman o’rtasida
To’g’ri javob: Madina va Shom o’rtasida
Izoh: Vodil-quro Madina va Shom joylashgan vodiy bo’lib, ko’p qishloqlardan iborat bo’lgani uchun "œqishloqlar vodiysi" nomini olgan. ("œSayyidimiz Muhammad s.a.v.").

8. Vodil-quro g’azotidan so’ng yahudiylarning qaysi qabilasi rasululloh SAV bilan o’z ixtiyorlari bilan sulh tuzdilar?
a) G’atafon
b) Fidk
c) Tiymaa
To’g’ri javob: Tiymaa
Izoh: Xaybar, Fidk va Vodil Quroda bo‘lgan hodisalardan xabardor bo‘lgan Tiymaa yahudiylar o‘z ixtiyorlari bilan sulh so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan sulh tuzdilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

9. Rasululloh SAV qazo umrasi safariga qaysi oyda chiqdilar?
a) zulqa’da
b) zulhijja
c) safar
To’g’ri javob: zulqa’da
Izoh: Yettinchi hijriy yilning Zulqa’da oyida, ya’ni, rosa bir yildan so‘ng Hudaybiyada ishtirok etgan sahobalar bilan umraga otlandilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

10. Rasululloh SAV qazo umrasi safariga chiqqanlarida Madinada o’rnilariga kimni qoldirdilar?
a) Abu Zarr G’iforiyni
b) Abdulloh ibn Ummu Maktumni
c) Siba’ ibn Urfutani
To’g’ri javob: Abu Zarr G’iforiyni
Izoh: Xudaybiya shartnomasiga binoan bir yil to‘lgach payg‘ambar alayhis-salom o‘z o‘rnilariga Abozarr G’iforiyni tayinlab, o‘tgan yilgi umraning qazosini ado etish uchun sahobalarni olib Makkaga otlandilar. ("œNurul yaqiyn")

11. Rasululloh SAV qazo umrasi safarida o’zlari bilan qurbonlik uchun nechta tuya oldilar?
a) 40 ta
b) 60 ta
c) 70 ta
To’g’ri javob: 60 ta
Izoh: Zul Hulayfa degan joydan ihrom bog‘lab, qurbonliklarini ham haydab oldilar.
Rivoyatlarda kelishicha, o‘shanda Rasulullohning o‘zlari oltimishta tuya olgan ekanlar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

12. Rasululloh SAV qazo umrasi safarida qurol-aslahalarni qayerda qoldirdilar?
a) Marriz Zahronda
b) Botni Ya’jijda
c) Hijri Ismoilda
To’g’ri javob: Botni Ya’jijda
Izoh: Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassallom Marriz-Zahronga kelib, haramning belgilari ko‘rinadigan joyga tushdilar va qurol aslahalarini Botni Ya’jij degan joyga yuborib, o‘zlari ahdnomada shartlashilganidek, qilichlarini qinida saqlagan holda Makkaga qarab yurdilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

13. Qazo umrasi kuni Rasululloh SAVning tuyalari yuganidan tutib, qasida o’qigan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
b) Hasson ibn Sobit r.a.
c) Ka’b ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ravoha r.a.
Izoh: Abdulloh ibn Ravoha al-Ansoriy roziyallohu anhu Rasulullohning tuyalarini yuganidan tutib:
«Muhammad Rasuli bo‘lgan Zot ismi bilan,
Dinidan o‘zga din yo‘q bo‘lgan zot ismi bilan!»
deb boshlanuvchi qasidani o‘qigan holda kelar edi. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

14. Rasululloh SAV xaybardan qaytayotganlarida Hamza r.a.ning qizlari U kishiga ergashdi. Shunda u qizchani o’z kafolatiga olishda 3 kishi talashishdi. Rasululloh SAV kimning foydasiga hukm qildilar?
a) Ali ibn Abu Tolibning
b) Ja’far ibn Abu Tolibning
c) Zayd ibn Horisaning
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolibning
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarramadan chiqmoqchi bo‘lib turganlarida shahidlarning sayyidi Hamza roziyallohu anhuning qizlari U zotga ergashib, amaki, amaki, deb kelib qoldi. Uni hazrati Ali yugurib borib qo‘lidan tutib Fotimai Zahroning oldilariga olib borib, amakingning qizini ol, dedilar. Hazrati Fotima qizchani ko‘tarib oldilar. O’sha yerda qizchani o‘z kafolatiga olish haqida Ali, Ja’far va Zaydlar talashib ketishdi;
Ali roziyallohu anhu:
«Men uni oldim. U amakimning qizi», dedi.
Ja’far roziyallohu anhu bo‘lsa:
«U mening amakimning qizi. Xolasi xotinim», dedi.
Zayd roziyallohu anhu o‘z navbatida:
«U mening birodarimning qizi», dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Xola onaning o‘rnidadir, deb uni xolasiga berish haqida hukm chiqardilar. Shu bilan birga qizchani kafolatiga olish uchun talashgan sahobalariga iliq so‘zlar aytdilar; Hazarati Aliga:
«Sen mendansan, men sendanman», dedilar. Ja’far ibn Abu Tolibga:
«Mening xalqimga va xulqimga o‘xshading», dedilar. Zayd roziyallohu anhuga esa:
«Sen birodarimiz va mavlomizsan», dedilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

15. Xaybar g’azotidan so’ng Bashir ibn Sa’d boshligida yuborilgan sariyalarni belgilang.
a) Havozin va Mayfaa sariyyasi.
b) Bani Murra va G’atafon sariyyasi
c) Bani Kilob va Bani Murra sariyyasi
d) b va c javoblar
To’g’ri javob: Bani Murra va G’atafon sariyyasi
Izoh: Yana shu yili Sha’bon oyida Bashir ibn Sa’dni o‘ttiz kishiga boshliq qilib, Fadak nohiyasida Bani Murra qabilasi ustiga yubordilar.
Yana shu yili Xaybar atrofida yashaydigan G‘atafon qabilasi Madinaga chopul (hujum) qilmoqchi bo‘lib, Uyayna ibn Hisn qo‘l ostiga to‘planmishlar edi. Bu xabar Rasulullohga yetgach, Bashir ibn Sa’dni boshchi qilib uch yuz kishilik askarni alar ustiga yubordilar. ("œTarixi Muhammadiy")

16. Xaybar g’azotidan so’ng hijratning 8 yili (628 melodiy) Najdning Banu Kilob qabilasiga yuborilgan sariyya kimning sariyyasi edi?
a) Abu Bakr sariyyasi
b) Umar ibn Xattob sariyyasi
c) Bashir ibn Sa’d al-Ansoriy sariyyasi
To’g’ri javob: Abu Bakr sariyyasi
Izoh: Xaybar g’azotidan so’ng hijratning 8 yili (628 melodiy) Najdning Banu Kilob qabilasiga Abu Bakr sariyyasi yo’l oldi. Ularning bir qanchasi asir olindi. ("œSayyidimiz Muhammad s.a.v.").

17. Quyidagi sahobalarning qaysi birlarining kunyalari Abu Ruqiyadir?
a) Uboda ibn Somit r.a.
b) Molik ibn Sinon r.a.
c) Tamiym Doriy r.a.
d) Jundub ibn Junoda r.a.
e) Usmon ibn Talha r.a.
To’g’ri javob: Tamiym Doriy r.a.
Izoh: Tamiym ibn Avs ibn Horija Doriy, kunyalari Abu Ruqiyadir ("œHadis va hayot". "œIymon va Islom")

18. Quyidagi sahobalarning qaysi birlarining kunyalari Abu Abdurrahmon bo’lmagan?
a) Muoz ibn Jabal r.a.
b) Jarir ibn Abdulloh r.a.
c) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
d) Abdulloh ibn Umar r.a.
e) Muoviya ibn Abu Sufyon r.a.
f) b va e
g) a, b va e
To’g’ri javob: Jarir ibn Abdulloh r.a.
Izoh: Muoz ibn Jabal ibn Amr Ansoriy Hazrajiy, kunyalari Abu Abdurrahmon.
Abdulloh ibn Mas’ud ibn G’ofil al-Huzamiy, kunyalari Abu Abdurrahmon
Ismlari Abdulloh, kunyalari Abu Abdurrahmon, otalari Umar ibn hattob, onalari Zaynab binti Maz’undir.
Jarir ibn Abdulloh ibn Jobir Bajaliy, kunyalari Abu Amr. ("œHadis va hayot". "œIymon va Islom")
Муовис ибн Абу Суфён р.а.нинг кунслари Абу Абдурраҳмондир. («Ҳадис ва ҳаёт», 3-жуз, «Аист, ихлос, илм»)

19. Quyidagi sahobalardan qaysi biri qibtiylardan edilar?
a) Abu Azza r.a.
b) Abu Muso r.a.
c) Abu Rofe’ r.a.
d) Abu Najd r.a.
e) Abu Jandal r.a.
To’g’ri javob: Abu Rofe’ r.a.
Izoh: Abu Rofe’ qibtiylardan edilar. Rasululloh s.a.v.ga amakilari Abbos hadya qilgan qullardan edilar. ("œHadis va hayot". "œIymon va Islom")

20. Rasululloh s.a.v.: "œMen ilmning shahri bo’lsam, "¦ eshigidir" deb kimni marhamat qilganlar?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Xattob r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Abu Hurayra r.a.
e) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a.
Izoh: Rasululloh s.a.v.: "œMen ilmning shahri bo’lsam, Ali eshigidir" deb aytdilar. ("œHadis va hayot". "œIymon va Islom")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2010, 09:55:20
III bosqich 9-turning yakuniy natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      100
2   Anisa      100
3   Aziza Mannopova      100
4   Bahriddin Botirov      100
5   Dilmurod Majidov      100
6   Mahdiyah      100
7   Mutaallimah      100
8   Zulayho Xon      100
9   Hadija      95
10   Lolo      95
11   Muallim      95
12   Muhammad Amin      95
13   Sa'dulla      95
14   Dilnura Hakimova      90
15   Oybek Karimjonov      90
16   Fatima Aliyeva      85
17   Shoir      85
18   Xayrullo Ibragimov      85
19   UmmatiY_MuhammadiY      75
20   Nodir Shomirzayev      55
21   Farhodjon Isroilov      40
22   Burhon To'raqulov      20
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2010, 08:39:42
III BOSQICH
10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Quraysh ahli johiliyat davrida, Ramazon ro’zasi farz bo’lgunga qadar qaysi oyning nechanchi kunida ro’za tutar edilar?
a) Robiul avvalning 12 kuni
b) Zulhijjaning 10 kuni
c) Muharramning 10 kuni
d) Sha’bon oyida 15 kuni
To’g’ri javob: Muharramning 10 kuni
Izoh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutar edilar va boshqalarni ham shul kuni ro’za tutmoqqa buyurar edilar. Ramazon oyining ro’zasi farz qilingandan so’ng, Muharram oyida tutadirgan ro’zani tark etdilar".
Oisha roziyallohu anho aytadilar: "œJohiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o’ninchi kuni ro’za tutar erdi. So’ng (ya’ni, islom dini barpo bo’lgandan so’ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro’za tutmoqni buyurib: "œXohlagan kishi Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin", - dedilar". ("œSahihul Buxoriy". Ro’za kitobi)
 
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida nimani mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik deganlar?
a) Xurmo
b) Asal
c) Sut
d) Arpa unidan tayyorlangan non
To’g’ri javob: Xurmo
Izoh: Abu Dovudning bir rivoyatida:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œXurmo mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik" deganlar. ("œHadis va hayot" Ro’za, 1232 hadis, 76-bet)
 
3. Ramazonda kasal bo’lib qolgan odamning ro’zasi nima bo’ladi?
a) har 1 kuniga 1 miskinni taomlantiradi.
b) qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
c) undan ro’za tutishlik kasallik kunlari uchun soqit bo’ladi.
To’g’ri javob: qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
Izoh: Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi. (Keksalik yoki zaifligi sababli) ro‘za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim. Bas, kim o‘z ixtiyori bilan ziyoda yaxshilik qilsa (lozim bo‘lganidan ortiqroq evaz to‘lasa), o‘ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun (evaz berish yoki hatto uzrli holatda ro‘za tutmaslikka nisbatan) yaxshiroqdir. (Baqara surasi, 183-184-oyatlar)
Ibn Abbos roziyallohu anhu: "œBu oyat mansux emas, balki qari chol va kampir uchundir. Ular ro’za tutishga qodir emas. Bas, har bir kun orniga bir miskinni taomlantirurlar", dedi, deyilgan".
Buxoriy rivoyati
Ibn Abbos roziyallohu anhudan ushbu oyat haqida rivoyat qilinadi: "œBu ruxsat faqat ro’zani ko’tara olmaydigan va shifosiz bemorlargagina beriladi".
Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Ko’rinib turibdiki, mazkur oyati karimada ko’zda tutilganlar umuman ro’za tutishga yaramaydigan o’ta qari cholu kampirlar va tuzalishdan umid yo’q bemorlardir. Bu toifadagi kishilar hech ro’za tutish imkoniga ega bo’lmaganlari uchun o’rniga fidya berishlari joriy qilingan.
Vaqtinchalik ro’za tutishda qiyinchilikka duchor bo’lib, keyin yana ro’za tutishga ega bo’ladigan musofir va tuzalishdan umid bor bemorlarga esa, imkon topganda qazo qilib tutib berish joriy qilingan. Homilador va emizukli ayollar ham keyin ro’za tutish imkoniga ega bo’ladigan kishilar qatoridadirlar. ("œHadis va hayot" Ro’za, 1273 hadis, 137-bet)

4. Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Ushbu miqdor qancha?
a) 1843 g
b) 2,5 kg
c) 1644 g
d) 2452 g
To’g’ri javob: 1843 g
Izoh: Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Bir mudd - 1843 grammdir. ("œKifoya")

5. "Va to oq ip qora ipdan ajraguncha yeb ichinglar" oyatining nozil bo'lishiga sabab bo'lgan sahobiy kim bo'lgan?
a) Abu Atiyya
b) Yazid ibn Abu Ubayd
c) Adiy ibn Hotim
d) Safvon ibn Assol
e) Qays ibn Sirma
To’g’ri javob: Qays ibn Sirma
Izoh: Baro roziyallohu anhudan rivoyat: "Muhammad (s.a.v)ning sahobalaridan qachon bir kishi ro'zador bo'lsa-yu iftor vaqtida iftor qilmay uhlab qolsa, o'sha kecha va ertasiga kunduzi, to kech kirmaguncha taom yemas edi. Qays ibn Sirma ro'zador edi. Iftor bo'lganida xotinining oldiga kelib, "Taoming bormi?" dedi. Xotini: "Yo'q, lekin borib senga taom keltiraman", dedi.
U kunduzi ishlar edi. Ko'zi ilinib uxlab qildi. Xotini qaytib kelib, uni ko'rib, sho'ring qurisin dedi. Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yiqildi. Bu narsa payg'ambar (s.a.v.) ga zikr qilindi va ushbu oyat nozil bo'ldi:
"Sizlarga ro'za kechasida ayollaringizga yaqinlik qilish halol qilindi..."
Buning uchun juda hursand bo'ldilar.
Shuningdek:
"Va to oq ip qorq ipdan ajraguncha yeb ichinglar" ham nozil bo'ldi.
Buxoriy, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis )

6. Ro’za dastlab farz bo'lgan vaqtda qaysi qoidalar amalda bo'lgan?
a) Iftor vaqti quyosh botgandan hufton vaqtigacha bo'lgan
b) Jinsiy aloqaga vaqtincha ruxsat bo'lmagan
c) Ro'za tutish ixtiyoriy bo'lib, istagan odam ro'za tutar edi, istagan odam fidya berar edi
d) a va c
e) a va b
f) a, b, c
To’g’ri javob: a va c
Izoh: 1) "Nabiy (s.a.v)ning davrlarida huftonni o'qiganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollar harom bo'lar edi va yanagi kechaga ro'za tutar edilar. Shunda bir kishi o'z nafsiga xiyonat qildi. Huftonni o'qib bo'lib, iftor qilmay turib, xotiniga yaqinlik qildi. So’ngra Alloh o'shani qolganlarga oson, ruxsatli va manfaatli qilishni iroda etdi. U pok zot:
"Alloh, albatta, siz o'z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, U sizlarni kechirdi va avf qildi..." oyatini oxirigacha tushirdi.  ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis.)
2) Salama ibn al-Akva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"U(ro'za)ni qiynalib tutadiganlarga bir miskin taomicha fidya berishdir" oyati nozil bo'lganida, kim xohlasa og'zi ochiq yurar va fidya berar edi. Bu hol to undan keyingi:
"Bas, sizdan kim shu(ramazon) oyida hozir bo'lsa, uning ro'zasini tutsin" oyati nozil bo'lguncha davom etdi. Shu bilan oldingi oyatni nasx qildi". ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1205-hadis va uning hanafiy mazhabi bo'yicha sharhidan foydalanildi).

7. Qaysi javobda oq kunlar ro'zasi ko'rsatilgan?
a) Muharram oyining 9-10 va 11-kunlarining ro'zasi
b) Shavvol oyida olti kun ro'za tutish
c) Zulhijjada 10 kun ro'za tutish
d) Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
e) Har oyning boshida, o'rtasida va oxirida ro'za tutish
f) Dushanba va payshanba kunlarning ro'zasini tutish
To’g’ri javob: Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
Izoh: Oq kunlar, degani tunlari oq bo'lgan kunlardir. Oy to'lishib 13 kunlik bo'lganda eng yorug' bo'ladi. Ana o'sha o'n uchinchi kecha va undan keying o'n to'rtinchi va o'n beshinchi kechalar oq tunlar deyiladi.
Milhon al-Qaysiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizlarga oqlarning o'n uch, o'n to'rt va o'n beshning ro'zasini tutishni amr qilar edilar va "Ular xuddi yil bo'yiga o'xshar", dedilar.
Sunan egalari rivoyat qilishgan. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1333-hadis)

8. Bir odam ramazon ro'zasini tutishni niyat qilib olgach, hushidan ketib bir necha kun behush yotdi. Hushiga kelgach qanday yo'l tutadi?
a) Undan behush yotgan kunlari miqdoricha ro'za soqit bo'ladi
b) Niyat qilib olgan kunining ro'zasi Ramazondan hisob qilinadi va qolgan kunlariga qazo tutmaydi
c) Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
d) Faqat niyat qilgan kuninigina qazosini tutadi
e) a va b
To’g’ri javob: Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
Izoh: Agar bir necha kun hushidan ketib yotgan bo'lsa, o'sha kunlarning qazosini tutadi. Illo, niyatini qilgan kunni tutmaydi. Chunki o'sha kunning ro'zasi o'z o'rnida ado bo'lgan hisoblanadi. ("Kifoya")

9. Bir kishi ro’za tutish (yoki ochish) hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa nima qiladi?
a) Ro’za tutmaydi, chunki ro’za tutish hilolini kamida uch kishi ko’rishi kerak
b) Bu holatda ro’za tutish tutmaslik o’z ixtiyorida bo’ladi
c) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
To’g’ri javob: Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
Izoh: Kim ro’za tutish yoki ochish hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa ham ro’za tutadi. Bir yurtda faqat birgina kishi Ramazon kirgani yoki chiqqanining alomati bo’lgan hilolni ko’rdi. Kelib qozi huzurida guvohlik berganda qozi guvohligini qabul qilmasa, ikki holatda ham ro’za tutadi. Agar tutmasa, qazosini tutadi. Unga kafforat vojib bo’lmaydi. Chunki, kafforat shubha ila sobit bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")

10. Bulutli kunda ro’zani boshlash haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
b) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul yoki ayol bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda adolatli ikki kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar ularning biri qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
d) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u ayol yoki yosh bola bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
To’g’ri javob: Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
Izoh: Bulutli kunda adolatli bir kishining, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, ro’zani boshlash haqidagi guvohligi qabul qilinadi. Chunki, bu diniy xabar bo’lib, uning qabul bo’lishi uchun faqat adolat shart qilinadi. (Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2010, 08:39:56
11. Bulutli kunda Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ularning biri qul bo’lsa ham, adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
b) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli va qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
d) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) a va d javoblar to’gri
f) b, c va d javoblar to’gri
To’g’ri javob: b, c va d javoblar to’gri
Izoh: Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlikka agar kun bulutli bo’lsa, guvohlikning nisobi, lafzi va adolat shart bo’ladi. Da’voda shart bo’lmaydi. Ramazonning 29-kuni ro’za tugaganini bilish uchun oy ko’rilganda kun bulutli bo’lib tursa, guvohlarning soni kamida shariatda talab qilingan ikki er kishi yoki bir er, ikki xotin kishi bo’lishi shart. Shuningdek, guvohlik beruvchi kishi shahodat lafzini ham aytmog’i shart. Buning ustiga, guvohlik beruvchilar adolatli va hur bo’lishlari, tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lishi shart. Ro’zani ochish haqidagi guvohlikka shartlarning og’ir qo’yilishining sababi bu ish bandalarga manfaat beruvchi, og’izlarini ochishga omil bo’luvchi ekanligidandir. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")

12. Muqim kishi ro’za holida safarga chiqsa nima qiladi?
a) Ro’zasini ochib yuboradi va keyin qazo tutib beradi
b) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo va kafforat vojib bo’ladi
c) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
d) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo ham, kafforat ham vojib bo’lmaydi
To’g’ri javob: Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
Izoh: Muqim safarga chiqsa, o’sha kunning ro’zasini oxiriga yetkazadi. Agar ochib yuborsa, unga kafforat lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")
Muqim ro’za holida safarga chiqib ketsa, ro’zasini tamom qilgani yaxshiroq, ammo ochib yuborsa kafforat vojib emas. ("œMuxtasar")

13. Agar bir kishi ramazon oyining hammasida yoki ba’zisida devona bo’lsa qazo tutadimi?
a) Agar oyning hammasida yoki ba’zi kunida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
b) Agar oyning hammasida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
c) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi
d) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, faqat o’sha kunni qazosini tutadi
d) b va c javoblar to’g’ri
e) b va d javoblar to’gri
To’g’ri javob: b va c javoblar to’g’ri
Izoh: Oyning hammasida majnun bo’lishlik ro’zani soqit qiladi. Ba’zisida emas. Bir Ramazon oyi to’liq majnun bo’lsa, unga ro’za tutish farz bo’lmaydi. Ammo Ramazon oyining ba’zi kunlari majnun bo’lib, qolgan kunlari sog’ayib qolsa, sog’ kunlarining adosini, jinni bo’lgan kunlarini qazosini tutadi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")
Butun ramazon oyida devona bo’lib turish butun oyning ro’zasini ustidah soqit qiladi. Ammo ramazonning birgina kunida aqli joyida bo’lib tursa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi. ("œMuxtasar")

14. Kofir odam ramazonning biror kunida musulmon bo’lsa, o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, 1 kundan so’ng ro’za tutadi
b) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, keyingi ramazondan ro’za tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
d) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
e) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi.
To’g’ri javob: Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
Izoh: Musofir muqim bo’lgan, hayzli ayol pok bo’lgan, yosh bola balog’atga yetgan va kofir musulmon bo’lgan kuni kunning qolgan vaqtida o’zini tiyadi. Oxirgi ikkisi qazo tutmaydi. Ya’ni, Ramazonda kunning bir bo’lagi o’tgandan so’ng musofir safardan qaytib kelsa, hayz ko’rib turgan ayolning hayzi to’xtasa, yosh bola balog’atga yetsa yoki kofir islomni qabul qilsa, bularning hammasi kunning qolgan qismida xuddi ro’zadordek bo’lib, yemay-ichmay yuradi. Balog’atga yetgan yosh bola va yangi musulmon bo’lgan odamga o’sha kunning qazosini tutish lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")
Tong otgandan so’ng safardan qaytgan musofir, kunduzi hayz yoki nifosdan poklangan xotin, bolig’ bo’lgan sabiy bola hamda islom dinini qabul qilgan kofir kunning qolgan qismida ro’za tutadilar. Ammo keyingi ikkisi, ya’ni bolig’ bo’lgan sabiy va musulmon bo’lgan kofir kunning avvalida ro’za tutmagan bo’lsalar ham so’ngida qazo qilmaydilar. ("œMuxtasar")

15. Musofir odam tong otgandan so’ng safardan qaytsa o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
b) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi
e) Kunning qolgan qismida ro’za tutmaydi, qazo ham vojib bo’lmaydi
To’g’ri javob: Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
Izoh: Musofir muqim bo’lgan, hayzli ayol pok bo’lgan, yosh bola balog’atga yetgan va kofir musulmon bo’lgan kuni kunning qolgan vaqtida o’zini tiyadi. Oxirgi ikkisi qazo tutmaydi. Ya’ni, Ramazonda kunning bir bo’lagi o’tgandan so’ng musofir safardan qaytib kelsa, hayz ko’rib turgan ayolning hayzi to’xtasa, yosh bola balog’atga yetsa yoki kofir islomni qabul qilsa, bularning hammasi kunning qolgan qismida xuddi ro’zadordek bo’lib, yemay-ichmay yuradi. Balog’atga yetgan yosh bola va yangi musulmon bo’lgan odamga o’sha kunning qazosini tutish lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")
Tong otgandan so’ng safardan qaytgan musofir, kunduzi hayz yoki nifosdan poklangan xotin, bolig’ bo’lgan sabiy bola hamda islom dinini qabul qilgan kofir kunning qolgan qismida ro’za tutadilar. Ammo keyingi ikkisi, ya’ni bolig’ bo’lgan sabiy va musulmon bo’lgan kofir kunning avvalida ro’za tutmagan bo’lsalar ham so’ngida qazo qilmaydilar. ("œMuxtasar")

16. Qaysi turdagi ro’zalarni qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi?
a) Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
b) Tayinli bo’lmagan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
c) Tayinli bo’lgan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
d) Tayinli bo’lmagan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
e) a va b javoblar to’g’ri
f) a, b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
Izoh: Kafforatni ado qilish Ramazon farzini qasddan buzganda vojib bo’ladi. Boshqasida vojib bo’lmaydi. Agar Ramazonni qazosini yoki boshqa ro’zalarni qasddan buzsa ham kafforat vojib bo’lmaydi. Kafforat Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo’ladi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")

17. Ramazonda e’tikof o’tirish qanday amal hisoblanadi?
a) Vojib
b) Muboh
c) Sunnati muakkada
d) Sunnati zoida
e) Mustahab
To’g’ri javob: Sunnati muakkada
Izoh: E’tikof sunnati muakkadadir. U, ro’zadorning jamoat masjidida e’tikof niyati ila qolishidr. (Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya", 169-b)
E’tikof, ya’ni ro’za ko’yicha jamoat namozi o’qiladigan masjidda niyat bilan er kishining qaror qilib turmog’i sunnati muakkadadir. (Manba: "œMuxtasar", 72-b)

18. Ro’zador tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladimi?
a) ha, ro’zasi buziladi va qazosini tutib kafforat berishi shart
b) yo’q, chunki u o’z ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holga tushib qoldi
c) ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
d) oz miqdordagi suvning ketib qolishida ro’zador uchun hech narsa vojib bolmaydi
e) b va d javoblar
To’g’ri javob: ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
Izoh: Ro’zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog’i kerak. (Dinda savolim bor. To’rtinchi kitob)

19. Nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori ro’zani ochadimi?
a) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas, ro’za ochilmaydi.
b) ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
c) purkagichdan sepilgan dori tanaga g’izo bo’lishi mumkin, bunda ro’za ochiladi.
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi, balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi, ro’za ochilmaydi.
e) a va d javoblar.
To’g’ri javob: a va d javoblar.
Izoh: Birinchi omil: nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori:
Mazkur dori suyuq bo‘lib, uch unsurdan tarkib topgan: suv, kislorod va ba’zi tibbiy moddalar.
Ushbu dori ro‘zani ochadimi yo‘qmi?
Yangi asr olimlari bu borada turlicha fikr yuritadilar:
1. U ro‘zani ochmaydi. Bu ko‘pchilik olimlarning so‘zlari hamda doimiy fatvo qo‘mitasining fatvosidir.
a) chunki, ro‘zador uchun og‘iz va burun chayqash mumkin va bunga barcha ijmo’ qilgan. Ma’lumki, og‘iz chayqashdan so‘ng ma’lum miqdordagi suv og‘izda qolib ketadi va mazkur suv qoldig‘i so‘lakni yutish orqali oshqozonga kirib boradi.
b) xuddi shu kabi nafasni qisishga qarshi purkagichdan sepilgan dori ham avval o‘pka so‘ng oshqozonga yetib boradi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi. Shunga ko‘ra uni ham og‘iz chayqalgandan so‘ng qolib ketgan suvga qiyoslanadi. Bunga sabab, bir kichik purkagich ichida 10 ml. suyuqlik bo‘lib, u 200 marta sepishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bir marta sepilganda esa, 05 ml. suyuqlik ajrab chiqadi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi.
c) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas balki unda gumon bor.
Shunga ko‘ra ro‘za buzilmaydi chunki fiqhiy qoidaga ko‘ra, aniq bor narsa gumon bilan yo‘q bo‘lmaydi
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi
e) tabiblar misvokda sakkiz xil kimyoviy moddalar mavjudligini bayon qilganlar. Holbuki ro‘zadorga misvok ishlatish mutlaq ya’ni kunduzi ham joizdir va shaksiz misvokdagi kimyoviy moddalar oshqozonga yetib boradi. Demak, purkagichdan sepilgan dori misvokdan ajrab chiqqan moddalar kabi ro‘zaga zarar bermaydi.
Ikkinchi fikrga ko‘ra: ro‘zador mazkur dorini iste’mol etishi mumkin emas. Agar o‘ziga boshqa chora topolmasa ushbu dorini sepadi va keyinchalik sog‘ayib ketganidan keyin bir kuniga bir kundan qazo tutib beradi.
Mazkur fikr egalarining dalillari: ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
Ikkinchi fikrga qarshi javob: agar mazkur suyuqlikni oshqozonga yetib borishiga taslim bo‘linsada, ushbu miqdor yuqorida ta’kidlaganimiz kabi juda ham kamdir va uning hukmi og‘iz chayqalgandan keyin qolib ketgan suvniki bilan bir xil bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, birinchi fikrni olimlar ikkinchisidan ustun qo‘yganlar va ro‘zani ochilmasligiga hukm qilganlar (المفطرات المعاصرة. عيسى بن عبدالرحمن).

20. Quyidagilardan qaysi biri ro‘zani ochadi?
a) tahlil uchun qon olish
b) arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish
c) teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar
d) burunga purkaluvchi dori
e) Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.
To’g’ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.
Izoh: a) O’n to‘qqizinchi omil: tahlil uchun qon olish. Bu ro‘zani ochmaydi chunki bu narsa qon oldirishga kirmaydi. Bunga sabab qon oldirish badanni zaiflashtiradi, tahlil uchun esa, ko‘p qon olinmaydi.
b) O’n ikkinchi omil: arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish. U qon tomirga kirgaziluvchi ingichka shlanka bo‘lib, uni dori quyish yoki ichkarini ko‘rish maqsadida kirg‘aziladi.
Islom Fiqhi Akademiyasi mazkur kateter ro‘zani ochmasligiga hukm qilgan. Chunki, u insonga hech qanday ozuqa bermaydi va ikkinchidan oshqozonga yetib bormaydi. 
c) O’n birinchi omil: teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar. Teri ostida qon tomirlari mavjud bo‘lib, ular teri ustiga surtilgan narsani tuk yo‘llari orqali so‘ra boshlaydi va bu jarayon juda sekin amalga oshadi. Shunga ko‘ra, teri ustiga surtilgan narsa ro‘zani ochadimi? Qadimdagi aksariyat faqihlar bu narsa ro‘zani ochmaydi deganlar. Islom Fiqhi Akademiyasining qarori ham shunday. Ba’zilar bugungi kundagi barcha yangi asr olimlari mazkur hukmga ya’ni teri ustiga surtilgan narsalar ro‘zani ochmasligiga ijmo’ qilganlar deb aytadilar.
d) Beshinchi omil: burunga purkaluvchi dori. Bu boradagi bahs ham yuqorida og‘izga purkaluvchi doridagi kabi bo‘lib, burunga purkaluvchi dori ham ro‘zani ochmaydi. (المفطرات المعاصرة. عيسى بن عبدالرحمن).
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2010, 08:41:15
III bosqich 10-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa      95
2   Aziza Mannopova      95
3   Bahriddin Botirov      95
4   Lolo      95
5   Muallim      95
6   Dilmurod Majidov      90
7   Hadija      90
8   Mahdiyah      90
9   Muhammad Amin      90
10   Oybek Karimjonov      90
11   Abduvohid Ahmadaliyev      85
12   Zulayho Xon      85
13   Fatima Aliyeva      80
14   Sa'dulla      80
15   UmmatiY_MuhammadiY      80
16   Dilnura Hakimova      75
17   Farhodjon Isroilov      75
18   Xayrullo Ibragimov      75
19   Nodir Shomirzayev      55
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2010, 08:45:53
III bosqichning yakuniy natijalari:

1   Anisa      980
2   Aziza Mannopova      980
3   Bahriddin Botirov      975
4   Mahdiyah      970
5   Zulayho Xon      970
6   Dilmurod Majidov      960
7   Muallim      955
8   Muhammad Amin      950
9   Abduvohid Ahmadaliyev      920
10   Lolo      920
11   Sa'dulla      920
12   UmmatiY_MuhammadiY      905
13   Oybek Karimjonov      880
14   Xayrullo Ibragimov      860
15   Mutaallimah      845
16   Shoir      800
17   Dilnura Hakimova      760
18   Fatima Aliyeva      745
19   Abdulhafiz      675
20   Musannif Adham      670
21   Nodir Shomirzayev      550
22   Robiya      530
23   Sunnatilla Ochilov      500
24   Salmon Forsiy      485
25   Farhodjon Isroilov      460
26   Olmos Isakov      445
27   Nurillabek      295
28   Murod Mamasoliyev      280
29   Abdulloh      270
30   Burhon To'raqulov      270
31   Hadija      265
32   Nodir Mamatqulov      260
33   ЖАМШИДЖОА      180
34   Muslima20      85
35   Farrux Boltaboyev      65
36   Anvar Abbosov      25

1- va 2-o'rinni aniqlashtirish (Anisa va Aziza Mannopovalar o'rtasida), 4- va 5-o'rinni aniqlashtirish (Mahdiyah va Zulayho Xon) maqsadida qo'shimcha tur o'tkaziladi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 13 Fevral 2010, 13:00:47
Qo'shimcha tur o'z nihoyasiga yetdi. Uning natijalariga ko'ra,
Aziza Mannopova - 1-o'rin
Anisa - 2-o'rin
Bahriddin Botirov - 3-o'rin
Zulayho Xon - 4-o'rin
Mahdiyah - 5-o'rinni egallashdi.

G'oliblarni chin dildan qutlaymiz. Ilmlari ziyoda bo'lib, ikki dunyolari obod bo'lsin!
Nom: Biz Islomni bilamizmi? - G'oliblarni tabriklaymiz!
Yuborildi: AbdulAziz 27 Fevral 2010, 12:17:03
(http://ziyouz.com/images/bib_3_1.jpg)

(http://forum.ziyouz.com/Smileys/default/bismillah.gif)

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!
Mana, Allohning karami va inoyati ila, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning 3-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.

Tanlovning 3-bosqichi Qurbon hayiti munosabati bilan boshlanib, Payg'ambarimiz s.a.v. tug'ilgan, hijrat qilgan va vafot etgan Rabiul avval oyida nihoyasiga yetdi. Unda Payg'ambar alayhissalomning siyratlari, Islom tarixi va fiqh mavzularida 200 ta savol berildi. Tanlovda 36 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

Tanlovda ishtirok etgan, o'z savollarini yuborgan barcha ishtirokchilarga Allohning Rahmati yor bo'lishini, yuksak ilm martabasini tilaymiz. G'olib bo'lgan quyidagi ishtirokchilarga sovg'alar taqdim etildi:

(http://www.ziyouz.com/images/bilamizmi.jpg)

1-o'rinni egallagan Aziza Mannopovaga Esdaliknoma, "Kifoya" (3 mujallad. Muallif: Ubaydulloh ibn Mas'ud. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), Al-adab al-Mufrad (4 mujallad. Muallif: Imom al-Buxoriy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Ruhiy tarbiya" (3 mujallad, Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Yaxshilik va silai rahm" (2 mujallad. Muallif: Husayn Marvaziy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

2-o'rinni egallagan Anisaga Esdaliknoma, "Kifoya", "Yaxshilik va silai rahm", "Hadis va hayot: Anbiyolar qissasi" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

3-o'rinni egallagan Bahriddin Botirovga Esdaliknoma, "Al-Adab al-Mufrad", "Ruhiy tarbiya" kitoblari;

4-o'rinni egallagan Zulayho Xonga Esdaliknoma, "Kifoya", "Hadis va hayot: Islom va iymon" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

5-o'rinni egallagan Dilnoza Tohir qiziga Esdaliknoma, Al-Adab al-Mufrad", "Yaxshilik va silai rahm" kitoblari.

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda. (http://islom.ziyouz.com/biz_islomni.htm)
Barcha savollarga javoblar, tanlov arxivi shu yerda. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.0)

Mavludun-nabiy muborak bo'lsin! Barchamizga Rasululloh s.a.v. xulqlaridan xulqlanish, u zotning xos ummatlaridan bo'lish nasib etsin!

www.ziyouz.com tahririyati
Nom: Biz Islomni bilamizmi viktorinasi. 4-bosqich boshlandi
Yuborildi: AbdulAziz 25 Avgust 2010, 11:44:58
:bsm:

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari — adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 4 BOSQICH

(http://ziyouz.com/images/bib_4-1.jpg)

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Ramazon hayiti munosabati bilan viktorinaning 4-bosqichini e'lon qildik.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi inshaalloh 2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni [email protected] elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

To'rtinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Mu'ta g'azoti

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.
Nom: 4-bosqich. 1-tur: Mu'ta g'azoti (javoblar 23 sentabrgacha qabul qilinadi)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2010, 11:31:32
:bsm:

Assalamu alaykum!
Birodarim, sizni ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ramazon oyida, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Alloh taolodan xayrli natija tilab, "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining IV bosqichni boshladik.

(http://ziyouz.com/images/bib_4-1.jpg)

IV BOSQICH
1-tur: Mu’ta g’azoti

1. Mu’ta jangi qachon bo’lib o’tdi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodus-soniy oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 9-hijriy yil, muharram oyida

2. Rasululloh s.a.v. Busrodagi Rum hokimiga kimni elchi qilib yuborgan edilar?
a) Salama ibn Akva’ r.a.
b) Horis ibn Umayr r.a.
c) Muhammad ibn Salama r.a.
d) Sobit ibn Aqram r.a.

3. Mu’ta g’azotiga musulmonlardan necha kishi chiqdi?
a) 2500 kishi
b) 3000 kishi
c) 4000 kishi
d) 4200 kishi

4. Musulmonlarga qarshi to’plangan qo’shining umumiy soni qancha edi?
a) 50000
b) 100000
c) 200000
d) 120000

5. Rasululloh s.a.v. musulmonlar qo’shini amiri etib kimni tayinladilar?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.

6. Musulmonlarning Mu’ta qo’shini amiriga Rasululloh s.a.v. qanday rangli bayroq berdilar?
a) Oq
b) Yashil
c) Qizil
d) Qora

7. Mu’ta g’azotida amir bo’lgan sahobalar ketma-ketligini aniqlang.
a) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
b) Zayd ibn Horisa — Abdulloh ibn Ravoha — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid
c) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Sobit ibn Aqram - Xolid ibn Valid
d) Abdulloh ibn Ravoha - Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid

8. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketishdan oldin nima uchun yig’ladi?
a) Rasululloh s.a.v.dan ayrilayotganini bilib.
b) Do’zax zikr etilgan oyatni tafakkur qilib.
c) Ga’zotda shahid ketajagiga bashoratni eshitib.
d) Mujohidlarga jannat ato etilishi haqidagi oyatni eslab.

9. Ma’onda ikki kun qolib ketgan musulmon askarlarini olg’a intilishga shijoatlantirgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Ja’far ibn Abu Tolib r.a.
b) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.

10. Mu’tada musulmonlar qo’shini o’ng qanotiga kimni qo’yildi?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Qutba ibn Qatoda r.a.
d) Uboda ibn Molik r.a.

11. Ja’far ibn Abu Tolib r.a. Mu’tada necha yoshlarida shahid bo’ldilar?
a) 28
b) 33
c) 36
d) 39

12. Musulmonlar shahida a’lo Ja’far ibn Abu Tolib r.a. ko’ksidan-tanalaridan qilich va nayzaning nechta jarohatini topdilar?
a) 50 dan ortiq
b) 70 dan ortiq
c) 90 dan ortiq
d) 100 dan ortiq

13. Nima uchun Ja’far ibn Abu Tolib r.a. "œJa’far at-tayyor" deb atalgan?
a) Mu’ta jangida ikki qo’lidan ajragani uchun.  
b) Jang maydonida shiddatli jang qilib, qushdek uchgani uchun.
c) Tez yugurgani, qushdek uchgani uchun.
d) Ikki qo’li uzun bo’lgani uchun.

14. Abdulloh ibn Ravoha amir bo’lgach, jangga kirishib ketadi. Shunda amakivachchasi bir go’shli suyak olib kelib, ibn Ravohaga uzatadi. Shunda u"¦
a) shunday paytda taom yeyish menga harom deya jangni davom ettiradi.
b) go’shtni yeyayotgan paytda dushman askari kelib, qo’lini kesib tashlaydi.
c) go’shni boshqa och askarlarga berishini aytadi.
d) go’shtdan bir tishlab, so’ng tashlab yuboradi va yana jangga kirishadi.

15. Xolid ibn Valid r.a. Mu’tada qanday harbiy xiyla ishlatdi?
a) Kechasi turli joylarda olov yoqib, musulmonlar soni ko’paygani ma’lum qilindi.
b) Askarlarning o’rni almashtirildi, kechasi ovoz chiqarib, yangi kuchlar kelgani ma’lum qilindi.
c) Kechasi dushman askarlari uxlab yotganida yoppa jangga kirishildi.
d) Xufya elchilar tomonidan ko’plab arab qabilalari musulmonlarga birikish uchun kelayotgani haqida xabar tarqatildi.

16. Mu’ta g’azotida Xolid ibn Valid r.a.ning nechta qilichi sindi?
a) 10 ta
b) 7 ta
c) 9 ta
d) 5 ta

17. Mu’ta g’azotida Rasululloh s.a.v. Xolid ibn Valid r.a.ni qanday nomladilar?
a) Sayfulloh
b) Asadulloh
c) Nasrulloh
d) Fathulloh

18. Mu’ta g’azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 33
b) 70
c) 24
d) 12

19. Mu’ta g’azotidan qaytayotgan sahobalarni Madina ahli kutib oldi va ularni "œQochqoqlar!" deb atashdi. Rasululloh s.a.v. esa qanday atadilar?
a) Qayta hujum qiluvchilar
b) G’oziylar
c) Fotihlar
d) G’oliblar

20. Mu’ta g’azoti uchun quyidagi ta’riflardan qaysi biri mos tushadi?
a) Arabiston yarimorolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi to’qnashilgan jang.
b) Rasululloh s.a.v. hayotlik chog’larida amalga oshirilgan eng uzoq masofadagi g’azot.
c) Bu g’azotga shu paytgacha eng ko’p qo’shin jamlandi.
d) Shu paytgacha musulmonlardan eng ko’p shahid berilgan g’azot bo’ldi.

Ushbu turda AbdulAziz va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

http://www.ziyouz.com
http://islom.ziyouz.com
Nom: 4-bosqich. 2-tur: Zotus-salosil jangi (javoblar 30 sentabrgacha qabul qilinadi)
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2010, 08:35:45
IV BOSQICH
2-tur: Zotus-salosil jangi. Makka fathi oldidan

1. Zotus-salosil jangiga Rasululloh s.a.v. kimni amir etib tayinladilar?
a) Ubayda ibn Jarroh r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Xolid ibn Valid r.a.
d) Umar ibn Hattob r.a.

2. Zotus-salosil jangi qachon bo’ldi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodul-oxir oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 8-hijriy yil, sha’bon oyida

3. Zotus-salosil jangiga chiqqan musulmon qo’shinining umumiy soni qancha edi?
a) 300 kishidan ortiq
b) 400 kishidan ortiq
c) 500 kishidan ortiq
d) 700 kishidan ortiq

4. Zotus-salosil jangi jamoalariga  Rasululloh s.a.v. jami nechta bayroq tikib berdilar?
a) 1 ta
b) 2 ta
c) 3 ta
d) 4 ta

5. Zotus-salosil jangi amiri jang haqidagi xushxabarlarni bildirish uchun kimni Rasululloh s.a.v. huzuriga jo’natdi?
a) Avf ibn Molik r.a.
b) Rofe’ ibn Makis r.a.
c) Horis ibn Umayr r.a.
d) Shujo’ ibn Vahb r.a.

6. Zotus-salosil jangi amiri ustidan qaysi masalada Rasulullohga shikoyat qilishdi?
a) Izg’irinli kechada olov yoqtirmaganidan.
b) Qochayotgan dushman ortidan quvishga ruxsat bermaganidan.
c) Junub holiday imomlikka o’tganidan.
d) Barcha javoblar to’g’ri.

7. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga Rasululloh s.a.v. kimni yubordilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

8. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shini soni qancha edi?
a) 100 kishi
b) 200 kishi
c) 300 kishi
d) 70 kishi

9. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shiniga o’z tuyalarini so’yib yedirga sahoba kim edi?
a) Qays ibn Sa’d r.a.
b) Sa’d ibn Ma’oz r.a.
c) Mu’oz ibn Jabal r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

10. Haziraga yuborilgan 15 kishilik qo’shinga Rasululloh s.a.v. kimni amir qilib tayinladilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

11. Makka fathining amalga oshishiga turtki bo’lgan sabab nima edi?
a) Hudaybiya sulhining buzilishi.
b) Qurayshning yahudiy qabilalari bilan birlashib Madinaga hujum qilish haqidagi rejasi.
c) Quraysh bo‘ysunmaguncha arablar yalpisiga bo‘ysunmasligi uchun uning fath qilinishi shartligi.
d) Makkaning uch buyuk sarkardasi musulmonlar safiga qo’shilib, ularning qo’shin soni ham ortganligi.

12. Hudaybiya sulhiga ko’ra, Quraysh bilan ittifoq bo’lgan qabila qaysi edi?
a) Bani Ka’b
b) Huzo’a
c) Bani Bakr
d) Havazon

13. Bani Bakrning Xuzoaga hujumi qaysi oyda bo’lib o’tdi?
a) Rajab
b) Sha’bon
c) Ramazon
d) Shavvol

14. Bani Bakr hujumi oqibatida Xuzoa qabilasidan necha kishi o’ldi?
a) 7 kishi
b) 10 kishi
c) 20 kishi
d) 32 kishi

15. Bani Bakrning qilmishi haqida Rasululloh s.a.v.ga xabar berib, bayt aytgan kim edi?
a) Budayl ibn Varqo’ al-Huzo’iy
b) Amr ibn Solim al-Huzo’iy
c) Harom ibn Umayya al-Huzo’iy
d) Ummu Ma’bad al-Huzo’iyya

16. Rasululloh s.a.v. bo’lib o’tgan voqealardan so’ng Qurayshga odam yuborib, uch taklifdan birini tanlashlarini aytdilar. Ularning boshliqlari nimani tanladilar?
a) Xuzo’alik o‘ldirilgan kishilarning xunini to‘lash.
b) Xuzo’aga qarshi hujum uyushtirgan Bani bakrliklarni o‘z sherikligidan chiqarish.
c) Ahdni buzib urush holiga o‘tish.
d) a va b.

17. Makka fathidan oldin Quraysh qabilasi boshlig’i kim edi?
a) Hakim ibn Hizom
b) Abu Sufyon ibn Harb
c) Safvon ibn Umayya
d) Ikrima ibn Abu Jahl

18. Sulhni yangilash uchun Madinaga borgan Abu Sufyon shaharda birinchi bo’lib kimga uchradi?
a) To’g’ri Rasululloh huzurlariga kirib, sulhni yangilash taklifini aytdi.
b) Mo’minlar onasi Ummu Habibaning oldiga kirdi.
c) Xuzo’alik Budayl ibn Varqo bilan uchrashdi.
d) Rasululloh s.a.v. masjidlariga kirishdan avval Abu Bakr r.a. bilan uchrashdi.

19. Ummu Habiba r.a. Abu Sufyondan Rasululloh s.a.v.ning ko’rpachalarini tortib olarkan, unga aynan nima dedi?
a) "œSen mushriksan, najassan!"
b) "œSen kofirsan, jirkanchsan!"
c) "œSen mushriksan, hayvonsan!"
d) "œSen do’zax ahlidansan!"

20. Abu Sufyonga odamlardan omonlik so’rab, Makkaga jo’nab qolishni kim maslahat berdi?
a) Budayl ibn Varqo.
b) Xolid ibn Valid r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Ali ibn Abu Tolib r.a.

Ushbu turda AbdulAziz va Yoqutxonning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

1-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2274&Itemid=1) javoblari 23-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Nom: IV bosqich 1-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2010, 08:38:54
IV bosqich 1-turning dastlabki natijalari

1   Abdumuhaymin   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Dilmurod Majidov   100
4   Iroda Turdimatova   100
5   JaviK (Javlonbek Ikromov)   100
6   Lolo   100
7   Muhammad Sohib   100
8   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
9   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   100
10   Aziz Uralov   95
11   Jamoliddin Hasanov   95
12   Habib   90
13   Fatima Sultanova   90
14   Muhammad Saidxon   90
15   Shohrux Mirzo   90
16   Abdul_Malik   85
17   Erkin Vahidov   85
18   Mubashsher Muhammad   85
19   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   85
20   Braupov (Bahrom Raupov)   80
21   Kapalak (Zamira Hamidova)   80
22   Nodirshoh Mamatqulov   80
23   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   80
24   Farhodjon Isroilov   75
25   G_u_l_i (Guli Omonova)   70
26   Muzayyana   70
27   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
28   Maqsud Asqarov   55
Nom: IV bosqich. 3-tur: Makka fathi. 1-qism
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2010, 09:09:48
IV BOSQICH
3-tur: Makka fathi. 1-qism

1. Payg’ambar s.a.v. sahobalarga safar tadorigini ko’rishni buyurdilar. Makkaga otlanganliklari sirini kimga aytgandilar?
a) Hech kimga qayerga ketayotganlarini aytmadilar.
b) Abu Bakr r.a.ga aytdilar.
c) Ummu Salama r.a.ga aytdilar.
d) Rasululloh s.a.v.ning siri sohibi Huzayfa r.a.ga aytdilar.

2. Hotib ibn Abu Balta’a Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga maxfiy yurishlarini Qurayshga bildirish maqsadida bir ayolni qancha mablag’ evaziga yollaydi?
a) 27 dinor, 2 ta tuya.
b) 20 dinor, 1 ta ot.
c) 10 dinor va 1 ta to’n.
d) 15 dinor va 2 ta tuya.

3. Hotib ibn Abu Balta’a Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga maxfiy yurishlarini Qurayshga bildirish maqsadida bir ayolni Makkaga jo’natdi. Rasululloh s.a.v. uning ortidan yuborgan sahobalar orasida javobdagi qaysi birlari yo’q edi?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a.
b) Miqdod r.a.
c) Zubayr ibn Avvaom r.a.
d) Abu Marsad r.a.
e) Hammalari bor edi.

4. Hotib ibn Abu Balta’aning xiyonat qilishiga sabab nima edi?
a) Munofiqlik, qurayshga yaxshi ko’rinish.
b) Makkada qolgan mol-mulklarini saqlab qolish.
c) Makkadagi yaqinlarini himoya qildirish.
d) b va c.

5. Makka fathiga safar qachon boshlandi?
a) Hijratning 8-yili Ramazonning 10-kuni.
b) Hijratning 8-yili Ramazonning 1-kuni.
c) Hijratning 8-yili Ramazonning 7-kuni.
d) Hijratning 8-yili Ramazonning 14-kuni.

6. Makka safariga yo’lga chiqqan qurollik askarlar soni nechta edi?
a) 10000
b) 15000
c) 7000
d) 12000

7. Rasululloh s.a.v. u haqda: “Hamzaning o’rinbosari bo’ladi, deb umid qilaman” degan sahoba kim edi?
a) Abu Sufyon ibn Harb r.a.
b) Abdulloh ibn Abu Umayya r.a.
c) Qusam ibn Abbos r.a.
d) Abu Sufyon ibn Horis r.a.

8. Musulmon qo’shini Makka va Madina oralig‘idagi Abvo degan joyga yetganlarida Makkadan hijrat qiloib, musulmonlarga qo’shilgan Abdulloh ibn Abu Umayya Rasulullohga qanday qarindosh edi?
a) Amakilari Horisning o’g’li.
b) Ammalari Sofiyaning o’g’li.
c) Ammalari Otikaning o’g’li.
d) Ammalari Ummu Hakimning o’g’li.

9. Rasululloh s.a.v. qaysi manzilda qo’shinga ro’zalarini ochishni buyurdilar?
a) Abvoda.
b) Qudaydda.
c) Mahruz-zahronda.
d) Juhfada.

10. Rasululloh s.a.v. Fotima vodiysida kimni lashkar qo’riqchilariga bosh etib tayinladilar?
a) Umar ibn Hattob r.a.ni
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.ni
c) Zubayr ibn Avvom r.a.ni
d) Xolid ibn Valid r.a.ni

11. Abu Sufyonni Rasululloh s.a.v. huzurlariga kim olib keldi?
a) Umar ibn Hattob r.a.
b) Abbos ibn Abdulmuttalib r.a.
c) Hakim ibn Hazom
d) Xolid ibn Valid r.a.

12. Islom lashkari qaysi kuni Mahruz-zahronni tark etib, Makkaga yo’l oldi?
a) Ramazon oyining 14-kuni
b) Ramazon oyining 17-kuni
c) Ramazon oyining 19-kuni
d) Ramazon oyining 22-kuni

13. Makka fathida Rasululloh s.a.v.ning bayroqdorlari kim bo’ldi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Xolid ibn Valid r.a.

14. Makkaga kirayotgan Ansor qo’shining bayroqdori kim edi?
a) Sa’d ibn Muoz r.a.
b) Muoz ibn Jabal r.a.
c) Avf ibn Molik r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

15. Rasululloh (s.a.v.) o’z bayroqlarini Hajun degan joyga o’rnatishga amr qildilar. Keyin ushbu bayroq o’rnatilgan joyda qanday tadbir amalga oshirildi?
a) “Muaskar ar-ra’ya” nomini olgan musulmon harbiy jamloq joylashtirildi.
b) “Masjid ar-ra’ya” nomi bilan atalgan masjid bino qilindi.
c) “Buston ar-ra’ya” nomi bilan mashhur katta bir bog’ barpo etildi
d) Makkaga ziyoratga keluvchilarning “ar-Ra’ya” nomini olgan qo’nalg’asi bo’lib qoldi.

16. Xolid ibn Valid qo’shini bilan urushgan qurayshliklardan nechtasi halok bo’ldi?
a) 14 ta
b) 20 ta
c) 24 ta
d) 77 ta

17. Xolid ibn Validning qo’shinida musulmonlardan kimlar halok bo’ldi?
a) Iyos ibn Avs, Bahhos ibn Sa’laba
b) Sobit ibn Amr, Jubayr ibn Ilyos
c) Kurz ibn Jobir, Xunays ibn Xolid
d) Horis ibn Qays, Habib ibn Asvad

18. Rasululloh s.a.v. piyoda va qurolsiz kishilarga kimni bosh qildilar?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
d) Xolid ibn Valid r.a.

19. Qaysi onalarimiz Makka fathida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga hamrohlik qilishdi?
a) Oisha va Ummu Habiba r.a.lar
b) Ummu Salama va Sofiya r.a.lar
c) Oisha va Ummu Salama r.s.lar
d) Maymuna va Ummu Salama r.a.lar

20. Makka shahri qaysi kuni fath bo’ldi?
a) Ramazon oyining 20-kuni, jum’a.
b) Ramazon oyining 17-kuni, seshanba.
c) Ramazon oyining 16-kuni, dushanba.
d) Ramazon oyining 15-kuni, yakshanba.

Ushbu turda AbdulAziz, Anisa, Robiya, Nodir Shoh va Yoqutxonning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi. 2-qism
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

2-tur (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2275&Itemid=1) javoblari 30-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Nom: IV bosqich. 1-tur: Mu’ta g’azoti (javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2010, 09:13:39
IV BOSQICH
1-tur: Mu’ta g’azoti
Javoblar va izohlar

1. Mu’ta jangi qachon bo’lib o’tdi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodus-soniy oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 9-hijriy yil, muharram oyida
To’g’ri javob: 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
Izoh: Bu urush Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotliklarida musulmonlar olib borgan eng og‘ir jang va eng qonli to‘qnashuv sifatida tarixga kirdi. U 8-hijriyning jumodul-uvlo oyida — 629-milodiyning avgust yoki sentyabrida — bo‘lib o‘tdi va nasroniy o‘lkalarni fath etishga tayyorgarlik va debocha bo‘lib qoldi. ("œRohiyq al-maxtum")

2. Rasululloh s.a.v. Busrodagi Rum hokimiga kimni elchi qilib yuborgan edilar?
a) Salama ibn Akva’ r.a.
b) Horis ibn Umayr r.a.
c) Muhammad ibn Salama r.a.
d) Sobit ibn Aqram r.a.
To’g’ri javob: Horis ibn Umayr r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Busrodagi Rum tomonidan ta’yinlangan hokim Sharhabiyl ibn Amr al-G’assoniyga al-Horis ibn Umayr al-Azdiyni elchi qilib yubordilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

3. Mu’ta g’azotiga musulmonlardan necha kishi chiqdi?
a) 2500 kishi
b) 3000 kishi
c) 4000 kishi
d) 4200 kishi
To’g’ri javob: 3000 kishi
Izoh: Elchi va choparlarni o‘ldirish eng qabih jinoyatlardan sanalar, bunday qilish urush e’lon qilish bilan barobar, balki undan-da ortiqroq ish hisoblanardi. Ushbu xabar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga juda qattiq ta’sir qildi va ularga qarshi uch ming kishilik qo‘shin hozirladilar. Bu juda katta qo‘shin bo‘lib, Ahzob jangidan boshqa biron jang uchun hali bunchalik ko‘p sonli qo‘shin jamlamagan edilar. ("œZodul-ma’od", "œRohiyq al-maxtum")

4. Musulmonlarga qarshi to’plangan qo’shining umumiy soni qancha edi?
a) 50000
b) 100000
c) 200000
d) 120000
To’g’ri javob: 200000
Izoh: Rumliklar o‘zlari yuz ming aksar yig‘dilar. Ularning Shomdagi ittifoqdoshlari va nasroniy arab qabilalari ham yuz ming askar to‘pladilar. Shu ikki yuz ming askar bilan musulmonlarni yo‘q qilib tashlash qasdida edilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

5. Rasululloh s.a.v. musulmonlar qo’shini amiri etib kimni tayinladilar?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa r.a.
Izoh: Uch ming kishilik lashkarga Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib ta’yinladilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

6. Musulmonlarning Mu’ta qo’shini amiriga Rasululloh s.a.v. qanday rangli bayroq berdilar?
a) Oq
b) Yashil
c) Qizil
d) Qora
To’g’ri javob: Oq
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘shinga Zayd ibn Horisani amir qilib tayinladilar va: «Agar Zayd halok bo‘lsa Ja’far, Ja’far halok bo‘lsa Abdulloh ibn Ravoha amir bo‘ladi», dedilar. Oq rangli bayroq tikib, uni Zayd ibn Horisaga berdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

7. Mu’ta g’azotida amir bo’lgan sahobalar ketma-ketligini aniqlang.
a) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
b) Zayd ibn Horisa — Abdulloh ibn Ravoha — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid
c) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Sobit ibn Aqram - Xolid ibn Valid
d) Abdulloh ibn Ravoha - Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib ta’yinlar ekanlar: «Agar Zaydga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa odamlarga Ja’far ibn Abu Tolib bosh bo‘lur, agar Ja’farga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa Abdulloh ibn Ravoha», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

8. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketishdan oldin nima uchun yig’ladi?
a) Rasululloh s.a.v.dan ayrilayotganini bilib.
b) Do’zax zikr etilgan oyatni tafakkur qilib.
c) Ga’zotda shahid ketajagiga bashoratni eshitib.
d) Mujohidlarga jannat ato etilishi haqidagi oyatni eslab.
To’g’ri javob: Do’zax zikr etilgan oyatni tafakkur qilib.
Izoh: Islomiy qo‘shin yo‘lga chiqishi oldidan odamlar yig‘ilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amirlari haqlariga duo-u salomlar yo‘lladilar. Shunda qo‘shinning qo‘mondonlaridan biri Abdulloh ibn Ravoha yig‘lab yubordi. Undan yig‘isi sababini so‘rashganda: «Allohga qasamki, men hayoti dunyoni yaxshi ko‘rganimdan yoki sizlardan ayrilishni istamaganimdan yig‘lamadim. Lekin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohning Kitobidan do‘zax zikr etilgan: «Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir» (Maryam: 71) oyatini o‘qiganlarini eshitdim. Unga tushganimdan keyin qaytib chiqa olamanmi, yo‘qmi, bilmayman. Shuning uchun yig‘lamoqdaman», dedi. ("œZodul-ma’od", "œRohiyq al-maxtum")

9. Ma’onda ikki kun qolib ketgan musulmon askarlarini olg’a intilishga shijoatlantirgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Ja’far ibn Abu Tolib r.a.
b) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ravoha r.a.
Izoh: Ikki kundan keyin Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu kishilarni shijoatlantirib:
«Ey, qavm! Allohga qasamki, siz qo‘rqayotgan narsa, o‘zingiz talab qilib chiqqan narsa-shahidlikdir. Biz odamlarga qarshi son bilan yoki kuchu ko‘plik bilan urushmaymiz. Biz faqatgina Alloh bizni mukarram kilgan ushbu din bilan urushamiz. Qani jo‘nanglar! Ikki yaxshilikdan biri; zafar yoki shahidlikdan boshqa narsa bo‘lmaydi!» dedi.
Odamlar dadil turib yo‘lga tushdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

10. Mu’tada musulmonlar qo’shini o’ng qanotiga kimni qo’yildi?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Qutba ibn Qatoda r.a.
d) Uboda ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Qutba ibn Qatoda r.a.
Izoh: Dushman yaqinlashib kela boshlagach, musulmonlar orqaroq qaytib, Mu’ta degan joyda qarorgoh tikdilar va urushga hozirlana boshladilar. O’ng qanotga Qutba ibn Qatoda al-Uzriyni, chap qanotga Uboda ibn Molik al-Ansoriyni qo‘yildi. ("œRohiyq al-maxtum")

11. Ja’far ibn Abu Tolib r.a. Mu’tada necha yoshlarida shahid bo’ldilar?
a) 28
b) 33
c) 36
d) 39
To’g’ri javob: 33
Izoh: Urushda u kishining o‘ng qo‘li kesilib ketdi. Shunda u kishi bayroqni chap qo‘li bilan ko‘tardilar. Chap qo‘li ham kesilgan edi bayroqni ikki kesilgan qo‘lning qolgan qismi ila ko‘tardilar. Oxiri shahid bo‘ldilar. O’shanda Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu o‘ttiz uch yoshda edilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

12. Musulmonlar shahida a’lo Ja’far ibn Abu Tolib r.a. ko’ksidan-tanalaridan qilich va nayzaning nechta jarohatini topdilar?
a) 50 dan ortiq
b) 70 dan ortiq
c) 90 dan ortiq
d) 100 dan ortiq
To’g’ri javob: 90 dan ortiq
Izoh: Ibn Umar aytadi: «Men ham o‘sha g‘azotda bor edim. Ja’far ibn Abi Tolibni qidirib, o‘lganlar orasidan topdik. Uning jasadida to‘qsondan ortiqroq qilich va nayza asarlarini topdik. Al-Amriyning Nofe’dan qilgan rivoyatida: «Bularning hammasini uning jasadining oldi tarafida topdik», deb qo‘shimcha qilingan. ("œSahihul Buxoriy", "œRohiyq al-maxtum")

13. Nima uchun Ja’far ibn Abu Tolib r.a. "œJa’far at-tayyor" deb atalgan?
a) Mu’ta jangida ikki qo’lidan ajragani uchun. 
b) Jang maydonida shiddatli jang qilib, qushdek uchgani uchun.
c) Tez yugurgani, qushdek uchgani uchun.
d) Ikki qo’li uzun bo’lgani uchun.
To’g’ri javob: Mu’ta jangida ikki qo’lidan ajragani uchun. 
Izoh: So‘ng bayroq Ja’far ibn Abi Tolibning qo‘liga o‘tdi. Egar ustida jang qilish qiyinlashib qolgach, otidan sakrab tushib, unga qilich tortib yubordi, so‘ng yana shiddat bilan jangga kirib ketdi. Dushman qilichi uning bayroq tutgan o‘ng qo‘lini chopib tashlagan edi, bayroqni chap qo‘li bilan tutib qoldi. Chap qo‘li ham kesilib ketgach, bayroqni azudlari (qo‘lning chig‘anoqdan yelkagacha bo‘lgan qismi) bilan bag‘riga bosganicha tik tutib turdi. To shahid bo‘lgunicha shu zaylda turib berdi. Aytishlaricha, bir rum askari uni qilichi bilan urib, ikki bo‘lakka bo‘lib tashlagan ekan. Alloh taolo jannatda unga ikki qanot ato etgan bo‘lib, u o‘sha qanotlari bilan istagan joyiga uchib yuradi. Shuning uchun ham u Ja’far at-tayyor (uchuvchi Ja’far) va Ja’far zul-janohayn (ikki qanotli Ja’far) deb ataldi. ("œRohiyq al-maxtum")

14. Abdulloh ibn Ravoha amir bo’lgach, jangga kirishib ketadi. Shunda amakivachchasi bir go’shli suyak olib kelib, ibn Ravohaga uzatadi. Shunda u"¦
a) shunday paytda taom yeyish menga harom deya jangni davom ettiradi.
b) go’shtni yeyayotgan paytda dushman askari kelib, qo’lini kesib tashlaydi.
c) go’shni boshqa och askarlarga berishini aytadi.
d) go’shtdan bir tishlab, so’ng tashlab yuboradi va yana jangga kirishadi.
To’g’ri javob: go’shtdan bir tishlab, so’ng tashlab yuboradi va yana jangga kirishadi.
Izoh: Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu shahid bo‘lganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavsiya qilganaridek bayroqni Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu olib olg‘a tashlandi. U kishi otidan tushib bayroqni ko‘targan holda jang qila boshladi. Amakivachchasi uning yoniga kelib bir oz go‘shti bor bir suyakni uzatib: «Bir oz tamaddi qilib ol! Bu kunlarda ko‘p charchading» dedi. U go‘shtdan bir tishladi. Ammo uni darohol tashlab yubordi-da, turib qilichini olib yana jangga kirdi. Dushman tomon sherdek tashlandi. Vaqti soati yetib Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu ham shahidlar safiga qo‘shildi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

15. Xolid ibn Valid r.a. Mu’tada qanday harbiy xiyla ishlatdi?
a) Kechasi turli joylarda olov yoqib, musulmonlar soni ko’paygani ma’lum qilindi.
b) Askarlarning o’rni almashtirildi, kechasi ovoz chiqarib, yangi kuchlar kelgani ma’lum qilindi.
c) Kechasi dushman askarlari uxlab yotganida yoppa jangga kirishildi.
d) Xufya elchilar tomonidan ko’plab arab qabilalari musulmonlarga birikish uchun kelayotgani haqida xabar tarqatildi.
To’g’ri javob: Askarlarning o’rni almashtirildi, kechasi ovoz chiqarib, yangi kuchlar kelgani ma’lum qilindi.
Izoh: Kechasi Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Islom lashkari turgan joyning orqa tomoniga ko‘pchilik jangchilarni turli joylarga o‘rnashtirdi. Keyin ularga xuddi orqadan madad kuchlari yetib kelgandek ovoz chiqarishni amr qildi. Jangchilar o‘z amirlarining amrini a’lo darajada bajardilar. Shu bilan birga Xolid ibn Valid roziyallohu anhu yana boshqa bir harbiy hiyla ham ishlatdi. Askarning o‘ng tomonini chap tomonga, ort tomonini old tomonga almashtirdi. Ertalab rumliklar tamoman boshqacha askarni ko‘rdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

16. Mu’ta g’azotida Xolid ibn Valid r.a.ning nechta qilichi sindi?
a) 10 ta
b) 7 ta
c) 9 ta
d) 5 ta
To’g’ri javob: 9 ta
Izoh: Xolid ibn Valid: «Mu’ta g‘azotida mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi, faqat Yaman qilichi butun qoldi»,— deydilar. («Sahihi Buxoriy»)

17. Mu’ta g’azotida Rasululloh s.a.v. Xolid ibn Valid r.a.ni qanday nomladilar?
a) Sayfulloh
b) Asadulloh
c) Nasrulloh
d) Fathulloh
To’g’ri javob: Sayfulloh
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Zayd, Ja’far va Ibn Ruvohaga ne bo‘lajagini ular o‘ldirilgani haqida xabar kelmasidan burun bunday deb bashorat qildilar: «Bayroqni Zayd qo‘liga oldi, shahid bo‘ldi, so‘ng Ja’far oldi, shahid bo‘ldi, keyin ibn Ravoha oldi, shahid bo‘ldi, (shunda ikki ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi), so‘ng bayroqni Ollohning qilichlaridan biri qo‘liga olib erdi, musulmonlar g‘alaba qozondilar». («Sahihi Buxoriy»)

18. Mu’ta g’azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 33
b) 70
c) 24
d) 12
To’g’ri javob: 12
Izoh: O’sha kuni musulmonlardan jami o‘n ikki kishi shahid bo‘ldi. ("œRohiyq al-maxtum")

19. Mu’ta g’azotidan qaytayotgan sahobalarni Madina ahli kutib oldi va ularni "œQochqoqlar!" deb atashdi. Rasululloh s.a.v. esa qanday atadilar?
a) Qayta hujum qiluvchilar
b) G’oziylar
c) Fotihlar
d) G’oliblar
To’g’ri javob: Qayta hujum qiluvchilar
Izoh: Musulmonlar Islom lashkarining shonli zafarlariga o‘rganib qolishgan edilar. Shuning uchun ham Mo‘‘tadagi urush ularga Islom lashkarining mag‘lubiyati bo‘lib ko‘rindi. Ular qaytib kelayotgan jangchilar ustidan tuproq sochib: «Qochqoqlar! Allohning yo‘lida qochdinglar!» deb baqira boshladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q! Ular inshaalloh karrorlar-qayta hujum qiluvchilar», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

20. Mu’ta g’azoti uchun quyidagi ta’riflardan qaysi biri mos tushadi?
a) Arabiston yarimorolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi to’qnashilgan jang.
b) Rasululloh s.a.v. hayotlik chog’larida amalga oshirilgan eng uzoq masofadagi g’azot.
c) Bu g’azotga shu paytgacha eng ko’p qo’shin jamlandi.
d) Shu paytgacha musulmonlardan eng ko’p shahid berilgan g’azot bo’ldi.
To’g’ri javob: Arabiston yarimorolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi to’qnashilgan jang.
Izoh: Mo‘ta jangi musulmonlarning Arabiston yarim orolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi bor to‘qnashuvi edi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")
Nom: IV bosqich 1-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2010, 09:16:57
IV bosqich 1-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Abdumuhaymin   100
3   Anisa   100
4   Aziza Mannopova   100
5   Bahodir Ashurov   100
6   Bahriddin Botirov   100
7   Dilmurod Majidov   100
8   Iroda Turdimatova   100
9   JaviK (Javlonbek Ikromov)   100
10   Lolo   100
11   Mirolim Qodiraliyev   100
12   Muallim   100
13   Muhammad Sohib   100
14   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
15   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   100
16   SardorbekTurdiyev   100
17   Ummatiy Muhammadiy   100
18   Abdulatif Boltaboyev   95
19   Aziz Uralov   95
20   Jamoliddin Hasanov   95
21   Mo'min Mirzo   95
22   Diydor   90
23   Fatima Sultanova   90
24   Habib   90
25   Muhammad Saidxon   90
26   Musannif Adham   90
27   Sa'dulla   90
28   Shohrux Mirzo   90
29   Abdul_Malik   85
30   Erkin Vahidov   85
31   Mubashsher Muhammad   85
32   Samia   85
33   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   85
34   Braupov (Bahrom Raupov)   80
35   Kapalak (Zamira Hamidova)   80
36   Nodir Shoh   80
37   Nodirshoh Mamatqulov   80
38   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   80
39   Xolms   80
40   Farhodjon Isroilov   75
41   G_u_l_i (Guli Omonova)   70
42   Muzayyana   70
43   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
44   Maqsud Asqarov   55
Nom: IV bosqich 2-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2010, 09:20:47
IV bosqich 2-turning dastlabki natijalari

1   Habib   100
2   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
3   Abdumuhaymin   95
4   Aziz Uralov   95
5   Lolo   95
6   Musannif Adham   95
7   Ummatiy Muhammadiy   95
8   Diydor   90
9   Fatima Sultanova   90
10   Mirolim Qodiraliyev   90
11   G_u_l_i (Guli Omonova)   80
12   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   80
13   Samia   80
14   Braupov (Bahrom Raupov)   70
15   Erkin Vahidov   60
16   Farhodjon Isroilov   55
17   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   45
Nom: 4-tur: Makka fathi. 2-qism
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2010, 08:31:31
IV BOSQICH
4-tur: Makka fathi. 2-qism

1. Makkaga kirarkanlar, Rasululloh s.a.v. tuyalariga kimni mindirib olgan edilar?
a) Anas ibn Molik r.a.ni
b) Abdulloh ibn Umar r.a.ni
c) Abdulloh ibn Ja’far r.a.ni
d) Usoma ibn Zayd r.a.ni

2. Rasululloh s.a.v. Makka fathi kuni Xolid ibn Validga o’z qo’shini bilan Makkaning qayeridan kirishi kerakligini aytdilar?
a) Abvodan
b) Kado’dan
c) Xajundan
d) Xayfadan

3. Xazraj qabilasi Abu Sufyonning yonidan qaysi rangdagi bayroqni ko’tarib o’tdilar?
a) Oq
b) Qizil
c) Qora
d) Yashil

4. O’sha paytda Baytullohda nechta but bor edi?
a) 300 ta
b) 333 ta
c) 360 ta
d) 400 ta

5. Ka’baning kaliti kimda turar edi?
a) Amr ibn Suhaylda
b) Ikrima ibn Abu Jahlda
c) Hakim ibn Hazomda
d) Usmon ibn Talhada

6. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam chodirlarining qubbasi qanday rangda edi?
a) oq
b) yashil
c) qizil
d) ko’k

7. Xotinining omonligidan keyin Islomni qabul qilgan kishi kim?
a) Abu Sufyon
b) Ikrima ibn Abu Jahl
c) Hubar ibn Asvad
d) Horis ibn Hishom

8. Musulmonlar qasosidan qo’rqib o’zini dengizga g’arq qilmoqchi bo’lgan kishi kim?
a) Safvon ibn Umayya
b) Horis ibn Hishom
c) Hubar ibn Asvad
d) Ikrima ibn Abu Jahl

9. Ka’ba ustida birinchi marta azon aytgan sahoba kim?
a) Abdulloh ibn Ummi Maktum
b) Abu Mahzura
c) Bilol ibn Raboh
d) Sa’d al-Quraz

10. Rasululloh s.a.v. Ummu Honi’ binti Abu Tolibning uyiga kirib necha rakaat namoz o’qidilar?
a) 2 rakaat.
b) 4 rakaat.
c) 6 rakaat.
d) 8 rakaat.

11. Rasululloh s.a.v. Makkada necha kun turdilar?
a) 25 kun
b) 21 kun
c) 19 kun
d) 17 kun

12. Rasululloh s.a.v. mushriklarning "œZul xasla" ibodatxonasini buzioshga kimni yubordilar?
a) Xolid ibn Validni
b) Sa’d ibn Zaydni
c) Amr ibn Osni
d) Jobir ibn Abdullohni

13. Rasululloh s.a.v. Makkaga kimni hokim qilib tayinladilar?
a) Safvon ibn Umayya
b) Hakim ibn Hazom
c) Suhayl ibn Amr
d) Itob ibn Usayd

14. Rasululloh s.a.v. Makkada muazzin etib kimni qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn Ummi Maktum
b) Abu Mahzura
c) Bilol ibn Raboh
d) Sa’d al-Quraz

15. Rasululloh s.a.v.ga atalgan qasidasi uchun ustlaridagi hirqalarini kimga yechib berdilar?
a) Ka’b ibn Zuhayr
b) Suhayl ibn Amr
c) Hasson ibn Sobit
d) Ka’b ibn Molik

16. Makka fathidagi xutbani Rasululloh s.a.v. kimga yozib beringlar, deganlar?
a) Abu Qatoda r.a.ga
b) Abu Shoh r.a.ga
c) Abu Hurayra r.a.ga
d) Abu Said r.a.ga.

17. Qaysi sahobiy Makka fathi kuni o'z otasini Rosululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yetaklab kelib: "Alloh unga ajr berishini istadim. Men o'z otamni Islomga kelishidan ko'ra Abu Tolibni Islomga kelishidan  ko'proq xursand bo'lar edim. Bu ila ko'nglingiz quvonsin, ey Allohning Rasuli!" degan edi?
a) Abu Bakr siddiq roziyallohu anhu
b) Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu
c) Amr ibn Os roziyallohu anhu
d) Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu

18. Makka fathida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Xolid ibn Valid boshchiligida bir guruh sariyani tashviqot uchun Tuxamaning pastki tarafiga yubordilar. Urush qilmaslikni alohida ta'kidladilar. Ammo tushunmovchilik bo'lib urush chiqdi va ba'zi odamlar halok bo'ldi. Shunda Nabiy sallollohu alayhi vasallam qatl bo'lganlarning hunini to'lash vazifasini kimga yukladilar?
a) Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuga
b) Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhuga
c) Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga
d) Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga

19. Rasululloh s.a.v. va musulmonlarga ozor bergan mushriklardan qaysi birlari o’ldirildi?
a) Ibn Xatol, Maqis, Horis.
b) Maqis, Habbor, Ibn Hatol.
c) Sora, Horis, Maqis.
d) Abi Sarh, Ibn Hatol, Maqis.

20. O’limga hukm qilinganlardan qaysi biri Usmon r.a.dan omonlik oldi?
a) Ibn Xatol
b) Abi Sarh
c) Maqis
d) Habbor

Ushbu turda AbdulAziz, Robiya, Bahriddin Botirov va Nodir Shohning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring. Javob matnini alohida faylsiz,
Falonchining 4-tur javoblari
1-a
2-b
3-c
4-d
5-e "¦ shaklida yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Hunayn g’azoti
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

3-tur javoblari 7-oktabrga qadar qabul qilinadi.
4-tur javoblari 14-oktabrgacha qabul qilinadi.
Nom: 2-tur: Zotus-salosil jangi. Makka fathi oldidan. Javoblar va izohlar
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2010, 08:32:42
IV BOSQICH
2-tur: Zotus-salosil jangi. Makka fathi oldidan
Javoblar va izohlar

1. Zotus-salosil jangiga Rasululloh s.a.v. kimni amir etib tayinladilar?
a) Ubayda ibn Jarroh r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Xolid ibn Valid r.a.
d) Umar ibn Hattob r.a.
To’g’ri javob: Amr ibn Os r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Shom tepaliklarida turuvchi arab qabilalarining Mu’ta jangida tutgan mavqiflarini, ya’ni ularning rumliklarga qo‘shilib musulmonlarga qarshi urushga kirishganini ko‘rganlaridan keyin bunday voqea yana qaytib takrorlanmasligi uchun u qabilalarni rumliklardan ajratib yuboradigan va musulmonlar bilan munosabatlari iliqlashishishga sabab bo‘ladigan juda katta dono siyosat olib borish zarurligini his qildilar. Bu rejalarini amalga oshirish uchun Amr ibn Osni tanladilar. ("œRohiyq al-maxtum")

2. Zotus-salosil jangi qachon bo’ldi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodul-oxir oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 8-hijriy yil, sha’bon oyida
To’g’ri javob: 8-hijriy yil, jumodul-oxir oyida
Izoh: Mu’ta jangidan keyin, sakkizinchi hijriy jumodul-oxira oyida uni mazkur qabila bilan munosabat o‘rnatishga yubordilar. ("œRohiyq al-maxtum")

3. Zotus-salosil jangiga chiqqan musulmon qo’shinining umumiy soni qancha edi?
a) 300 kishidan ortiq
b) 400 kishidan ortiq
c) 500 kishidan ortiq
d) 700 kishidan ortiq
To’g’ri javob: 500 kishidan ortiq
Izoh: Rasululloh ularga qarshi Amr ibn Os boshchiligida uch yuz muhojirni yubordilar. Bu qo‘shinga madad berish uchun ketma-ket Ubayda ibn Jarroh boshchiligida ikki yuz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. ("œNur ul-yaqiyn")

4. Zotus-salosil jangi jamoalariga Rasululloh s.a.v. jami nechta bayroq tikib berdilar?
a) 1 ta
b) 2 ta
c) 3 ta
d) 4 ta
To’g’ri javob: 3 ta
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Amr ibn Osga bitta oq va bitta qora bayroq tikib berdilar va uni muhojir va ansorlardan tashkil topgan uch yuz kishilik jamoaga bosh qilib yubordilar, ichlarida o‘ttizta otliq ham bor edi. Unga yo‘l-yo‘lakay Baliy, Uzra va Balqayn qabilalaridan yordam olishni buyurdilar. Ushbu qo‘shin kunduzlari yashirinib, tunlari yo‘l bosib, dushman diyoriga yaqinlashgach, Amrga dushmanning soni ancha ko‘pligi haqida xabar yetib keldi. Shundan so‘ng u Rofi’ ibn Makis al-Juhaniyni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga qo‘shimcha kuch so‘rab yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Ubayda ibn Jarrohni ikki yuz kishilik jamoa bilan unga madadga yubordilar. Unga ham alohida bayroq tikdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

5. Zotus-salosil jangi amiri jang haqidagi xushxabarlarni bildirish uchun kimni Rasululloh s.a.v. huzuriga jo’natdi?
a) Avf ibn Molik r.a.
b) Rofe’ ibn Makis r.a.
c) Horis ibn Umayr r.a.
d) Shujo’ ibn Vahb r.a.
To’g’ri javob: Avf ibn Molik r.a.
Izoh: Shundan so‘ng Amr ibn Os o‘zlarining sog‘-salomat ekanliklari va jang haqidagi xabarlarni bildirish uchun Avf ibn Molik al-Ashja’iyni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga chopar qilib yubordi. ("œRohiyq al-maxtum")

6. Zotus-salosil jangi amiri ustidan qaysi masalada Rasulullohga shikoyat qilishdi?
a) Izg’irinli kechada olov yoqtirmaganidan.
b) Qochayotgan dushman ortidan quvishga ruxsat bermaganidan.
c) Junub holiday imomlikka o’tganidan.
d) Barcha javoblar to’g’ri.
To’g’ri javob: Barcha javoblar to’g’ri.
Izoh: Ular Madinaga yetib kelganlarida Rasululloh odatlaricha safarda nimalar bo‘lganini so‘rab-surishtirdilar. Sahobalar Amr ibn Osdan norozi bo‘lib, izg‘irinli kechalarda gulxan yoqtirmaganidan, qochayotgan dushmanning orqasidan quvishga yo‘l qo‘ymaganidan, junub holatida namoz o‘qiganidan shikoyat qilishdi. Payg‘ambar alayhis-salom Amr ibn Osdan nega bunday qilganini so‘radilar. "Dushman sonimiz ozligini bilib qolmasin deb o‘t yoqishga ruxsat bermadim, yo‘lda ganimning pistirmasi bo‘lishi mumkinligidan xavfsirab qochayotganlarning orqasidan quvishni ta’qiqladim, Ollohning Qur’ondagi: "O’zinglarni o‘zinglar halok etmanglar", degan oyatiga binoan g‘usldan o‘zimni tiydim, yuvinsam sovuqda shamollab o‘lishim mumkin edi. Shu sababli tayammum qilib namoz o‘qiyverdim", dedi lashkarboshi. Payg‘ambar miyig‘ida kulimsirab, Amr ibn Osni. aql bilan ish tutgani uchun maqtadilar. ("œNur ul-yaqiyn")

7. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga Rasululloh s.a.v. kimni yubordilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.
To’g’ri javob: Abu Ubayda r.a.
Izoh: Shu yilning rajab oyida Rasululloh Abu Ubayda Omir ibn Jarroh boshchiligida uch yuz kishilik qo‘shinni Qizil dengiz bo‘yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga jo‘natdilar. ("œNur ul-yaqiyn")

8. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shini soni qancha edi?
a) 100 kishi
b) 200 kishi
c) 300 kishi
d) 70 kishi
To’g’ri javob: 300 kishi
Izoh: Shu yilning rajab oyida Rasululloh Abu Ubayda Omir ibn Jarroh boshchiligida uch yuz kishilik qo‘shinni Qizil dengiz bo‘yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga jo‘natdilar. ("œNur ul-yaqiyn")

9. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shiniga o’z tuyalarini so’yib yedirga sahoba kim edi?
a) Qays ibn Sa’d r.a.
b) Sa’d ibn Ma’oz r.a.
c) Mu’oz ibn Jabal r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.
To’g’ri javob: Qays ibn Sa’d r.a.
Izoh: Qays ibn Sa’d ibn Uboda degan mard yigit bo‘lib, u uch kun mobaynida uchta tuyasini so‘yib, odamlarga yedirdi. ("œNur ul-yaqiyn")

10. Haziraga yuborilgan 15 kishilik qo’shinga Rasululloh s.a.v. kimni amir qilib tayinladilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.
To’g’ri javob: Abu Qatoda r.a.
Izoh: Ushbu sariyyani 8-hijriyning sha’bon oyida yubordilar. Sababi — Banu G’atafon Najd o‘lkasidagi Muhorib qavmiga qarashli Xazira degan joyda jamlanayotgani xabari yetib keldi. Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga qarshi Abu Qatodani o‘n besh kishilik sariyyaga bosh qilib yubordilar. Sariyya u yerga yetib borib, ba’zilarini o‘ldirib, asir va g‘animatlar bilan o‘n besh kun deganda Madinaga qaytib keldi. ("œRohiyq al-maxtum")

11. Makka fathining amalga oshishiga turtki bo’lgan sabab nima edi?
a) Hudaybiya sulhining buzilishi.
b) Qurayshning yahudiy qabilalari bilan birlashib Madinaga hujum qilish haqidagi rejasi.
c) Quraysh bo‘ysunmaguncha arablar yalpisiga bo‘ysunmasligi uchun uning fath qilinishi shartligi.
d) Makkaning uch buyuk sarkardasi musulmonlar safiga qo’shilib, ularning qo’shin soni ham ortganligi.
To’g’ri javob: Hudaybiya sulhining buzilishi.
Izoh: Dardni yashirsang isitmasi oshkora qiladi deganlaridek, Quraysh va uning shartnomadoshi Bani Bakr o‘z dushmanliklarini tutib tura olmay Hudaybiya sulhini buzishdi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

12. Hudaybiya sulhiga ko’ra, Quraysh bilan ittifoq bo’lgan qabila qaysi edi?
a) Bani Ka’b
b) Huzo’a
c) Bani Bakr
d) Havazon
To’g’ri javob: Bani Bakr
Izoh: Hudaybiya sulhida «kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shartnomasiga qo‘shilmoqchi bo‘lsa qo‘shilaverishi, shuningdek, kim Qurayshning shartnomasiga qo‘shilmoqchi bo‘lsa qo‘shilaverishiga kelishilgan edi. Ana o‘sha bandga binoan Bani Bakr Qurayshning, Xuzo’a Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shartnomasiga qo‘shilgan edilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

13. Bani Bakrning Xuzoaga hujumi qaysi oyda bo’lib o’tdi?
a) Rajab
b) Sha’bon
c) Ramazon
d) Shavvol
To’g’ri javob: Sha’bon
Izoh: Sakkizinchi hijriyning sha’bon oyida Navfal ibn Muoviya ad-Diyliy boshchiligidagi bir guruh Banu Bakrliklar Vatir degan joyda turgan Xuzo’a qabilasiga tunda bosqin uyushtirib, bir qancha odamlarini o‘ldirishdi. ("œRohiyq al-maxtum")

14. Bani Bakr hujumi oqibatida Xuzoa qabilasidan necha kishi o’ldi?
a) 7 kishi
b) 10 kishi
c) 20 kishi
d) 32 kishi
To’g’ri javob: 20 kishi
Izoh: Bakr qabilasi Huzoa qabilasiga hujum qilib, tinchgina yashayotgan yigirma chog‘li odamni o‘ldirdi. ("œNur ul-yaqiyn")

15. Bani Bakrning qilmishi haqida Rasululloh s.a.v.ga xabar berib, bayt aytgan kim edi?
a) Budayl ibn Varqo’ al-Huzo’iy
b) Amr ibn Solim al-Huzo’iy
c) Harom ibn Umayya al-Huzo’iy
d) Ummu Ma’bad al-Huzo’iyya
To’g’ri javob: Amr ibn Solim al-Huzo’iy
Izoh: Mazkur hodisalardan keyin Xuzo’a qibilasining odamlaridan Amr ibn Solim al-Xuzo’iy o‘z qabilasidan qirq otliq bilan Madinai Munavvaraga qarab yo‘l oldi. U to‘g‘ri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib tik turgan holda bayt o‘qidi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

16. Rasululloh s.a.v. bo’lib o’tgan voqealardan so’ng Qurayshga odam yuborib, uch taklifdan birini tanlashlarini aytdilar. Ularning boshliqlari nimani tanladilar?
a) Xuzo’alik o‘ldirilgan kishilarning xunini to‘lash.
b) Xuzo’aga qarshi hujum uyushtirgan Bani bakrliklarni o‘z sherikligidan chiqarish.
c) Ahdni buzib urush holiga o‘tish.
d) a va b.
To’g’ri javob: Ahdni buzib urush holiga o‘tish.
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Solimga yordam berilishi haqida gapirgan bo‘lsalar ham haqiqatni tekshirib, gapning rostini tekshirib ko‘rdilar. U zot sollallohu alayhi vasallam Qurayshga odam yuborib xabarni aytdilar va ularni uch narsada birini tanlashga chaqirdilar:
Xuzo’alik o‘ldirilgan kishilarning xunini to‘lash.
Xuzo’aga qarshi hujum uyushtirgan Bani bakrliklarni o‘z sherikligidan chiqarish.
Ahdni buzib urush holiga o‘tish.
Ularning boshliqlaridan biri ahdni buzib urush holiga o‘tishni ixtiyor qilganlarini aytib javob berdi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

17. Makka fathidan oldin Quraysh qabilasi boshlig’i kim edi?
a) Hakim ibn Hizom
b) Abu Sufyon ibn Harb
c) Safvon ibn Umayya
d) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Abu Sufyon ibn Harb
Izoh: O’zining bu xiyonati javobsiz qolmasligiga aqli yetgan Qurayshning paytavasiga qurt tushib, qanday qilib bo‘lmasin, bu qilmishining yomon oqibatini oldini olish harakatiga tushib qoldi. Shu maqsadda o‘tkazilgan maslahat kengashi qarori bilan Quraysh yetakchisi Abu Sufyon sulhni yangilab kelish uchun Madinaga vakil qilib yuborildi. ("œRohiyq al-maxtum")

18. Sulhni yangilash uchun Madinaga borgan Abu Sufyon shaharda birinchi bo’lib kimga uchradi?
a) To’g’ri Rasululloh huzurlariga kirib, sulhni yangilash taklifini aytdi.
b) Mo’minlar onasi Ummu Habibaning oldiga kirdi.
c) Xuzo’alik Budayl ibn Varqo bilan uchrashdi.
d) Rasululloh s.a.v. masjidlariga kirishdan avval Abu Bakr r.a. bilan uchrashdi.
To’g’ri javob: Mo’minlar onasi Ummu Habibaning oldiga kirdi.
Izoh: O’sha vaqtda shirk jamoasining boshlig‘i bo‘lgan Abu Sufyon ibn Harb Madinai Munavvara tomon yo‘lga chiqdi. Shu bilan birga u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qayinotasi ham edi. Ha, uning qizi Ummu Habiba roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutohharalari, mo‘minlarning onalaridan biri edi. Abu Sufyon shuning uchun ham Madinai Munavvaraga yetib borgandan so‘ng to‘g‘ri o‘z qizi Ummu Habibaning oldiga kirib bordi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

19. Ummu Habiba r.a. Abu Sufyondan Rasululloh s.a.v.ning ko’rpachalarini tortib olarkan, unga aynan nima dedi?
a) "œSen mushriksan, najassan!"
b) "œSen kofirsan, jirkanchsan!"
c) "œSen mushriksan, hayvonsan!"
d) "œSen do’zax ahlidansan!"
To’g’ri javob: "œSen mushriksan, najassan!"
Izoh: Abu Sufyon Madinaga kelib, qizi Ummu Habiba — ummul mu’miniyn — oldiga kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning to‘shaklariga o‘tirmoqchi bo‘lganida Ummu Habiba to‘shakni yig‘ishtirib qo‘ydi. Undan: «Ey qizim, meni bu to‘shakka ravo ko‘rmadingmi yoki to‘shakni menga ravo ko‘rmadingmi?», deb so‘ragan edi, u: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning to‘shaklari, siz mushrik, najassiz», deb javob berdi. Abu Sufyon: «Qasamki, mendan ketganingdan so‘ng senga yomonlik yetibdi», dedi. ("œRohiyq al-maxtum")

20. Abu Sufyonga odamlardan omonlik so’rab, Makkaga jo’nab qolishni kim maslahat berdi?
a) Budayl ibn Varqo.
b) Xolid ibn Valid r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Ali ibn Abu Tolib r.a.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a.
Izoh: Parishonligi yanada ziyoda bo‘lgan Abu Sufyon hazrati Aliga murojaat qilib:
«Ey, Abul Hasan! Qiyin ahvolda qoldim, menga maslahat ber», dedi.
«Senga foyda beradigan biror narsani ko‘rmayapman. Lekin sen Bani Kanonaning sayyidisan. Turib odamlardan omonlik so‘raginda o‘z ahling tomon yo‘l ol», dedi unga hazrati Ali roziyallohu anhu.
Abu Sufyon masjidga kirib:
«Ey, odamlar! Men odamlardan omonlik so‘rayman», dedi-da tuyasiga minib jo‘nab qoldi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")
Nom: IV bosqich 2-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2010, 08:34:53
IV bosqich 2-turning yakuniy natijalari

1   Anisa   100
2   Dilmurod Majidov   100
3   Habib   100
4   Jamoliddin Hasanov   100
5   Muallim   100
6   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
7   Abdulaziz Toshmatov   95
8   Abdumuhaymin   95
9   Aziz Uralov   95
10   Aziza Mannopova   95
11   Bahodir Ashurov   95
12   Bahriddin Botirov   95
13   JaviK (Javlonbek Ikromov)   95
14   Lolo   95
15   Mo'min Mirzo   95
16   Muhammad Sohib   95
17   Musannif Adham   95
18   Nodir Shoh   95
19   SardorbekTurdiyev   95
20   Ummatiy Muhammadiy   95
21   Muslima Muxlis   90
22   Fatima Sultanova   90
23   Kapalak (Zamira Hamidova)   90
24   Mirolim Qodiraliyev   90
25   Mubashsher Muhammad   90
26   Sa'dulla   90
27   G_u_l_i (Guli Omonova)   80
28   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   80
29   Samia   80
30   Shoxruh Mirzo   75
31   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   75
32   Braupov (Bahrom Raupov)   70
33   Erkin Vahidov   60
34   Farhodjon Isroilov   55
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   45
Nom: IV bosqich 3-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2010, 08:37:21
IV bosqich 3-turning dastlabki natijalari

1   Muvahhid (Otabek To'rayev)   95
2   Fatima Sultanova   90
3   Abdumuhaymin   80
4   Lolo   80
5   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   40
Nom: IV bosqichning umumiy reytingi
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2010, 08:39:41
IV bosqichning umumiy reytingi

1   Muvahhid (Otabek To'rayev)   295
2   Abdumuhaymin   275
3   Lolo   275
4   Fatima Sultanova   270
5   Anisa   200
6   Dilmurod Majidov   200
7   Muallim   200
8   Abdulaziz Toshmatov   195
9   Aziza Mannopova   195
10   Bahodir Ashurov   195
11   Bahriddin Botirov   195
12   Jamoliddin Hasanov   195
13   JaviK (Javlonbek Ikromov)   195
14   Muhammad Sohib   195
15   SardorbekTurdiyev   195
16   Ummatiy Muhammadiy   195
17   Aziz Uralov   190
18   Habib   190
19   Mirolim Qodiraliyev   190
20   Mo'min Mirzo   190
21   Musannif Adham   185
22   Muslima Muxlis   180
23   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   180
24   Sa'dulla   180
25   Mubashsher Muhammad   175
26   Nodir Shoh   175
27   Kapalak (Zamira Hamidova)   170
28   Samia   165
29   Shoxruh Mirzo   165
30   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   165
31   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   160
32   Braupov (Bahrom Raupov)   150
33   G_u_l_i (Guli Omonova)   150
34   Erkin Vahidov   145
35   Farhodjon Isroilov   130
36   Iroda Turdimatova   100
37   Abdulatif Boltaboyev   95
38   Muhammad Saidxon   90
39   Abdul_Malik   85
40   Nodirshoh Mamatqulov   80
41   Xolms   80
42   Muzayyana   70
43   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
44   Maqsud Asqarov   55
Nom: 5-tur: Hunayn g’azoti
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2010, 09:36:10
IV BOSQICH
5-tur: Hunayn g’azoti

1. Rasululloh s.a.v. Uzzo butini buzishga kimni yubordilar?
a) Xolid ibn Validni
b) Sa’d ibn Zaydni
c) Amr ibn Osni
d) Jobir ibn Abdullohni

2. Rasululloh s.a.v. Amr ibn Osni qaysi butni buzishga yubordilar?
a) Suvo’
b) Uzzo
c) Manot
d) Lot

3. Madinaga fathdan oldin kelib musulmon bo’lgan, ismi Abduluzza bo’lib Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh deb atagan edilar. So’ng mushrik holiga qaytib murtad bo’ldi. Shoir bolgani sabab Rasululloh (s.a.v.) ni hajv qilib she’rlar o’qidi. Makka fathi kuni qo’liga qilich olib Muhammad zo’rlik bilan kira olmaydi deb qasam ichdi. Biroq musulmonlar haybatini ko’rib qo’rqib, qurolini tashladi va Ka’ba tomon yurdi. Ka’bapo’shga osilib oldi. Rasululloh (s.a.v.) tavof qila turib uni bu holatda ko’rib qoldilar va dedilar: Ka’ba osiyni himoya qilmaydi va vojib hadni amalga oshirishga to’siq bo’lmaydi. So’ng u qatl etildi. Umumiy avfdan istisno bo’lgan qaysi mushrik haqida gap bormoqda?
a) Horis ibn Hishom al-Maxzumiy
b) Abdulloh ibn Xatal
c) Ka’b ibn Zuhayr
d) Abduluzza ibn al-Asvad

4. Mazkur urushda musulmonlar tomonidan qancha askar qatnashdi?
a) 12000
b) 10000
c) 14000
d) 9000

5. Hunayn g’azotida dushman qo’shnining soni qancha edi?
a) 40000
b) 15000
c) 20000
d) 35000

6. Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar, ulardan qanchasi makkalik sahobiylar edi?
a) 2000
b) 3000
c) 4000
d) 5000

7. Makkaliklar orasida o’lja ilinjida safarga otlangan mushriklar soni qancha edi?
a) 50 ta
b) 60 ta
c) 70 ta
d) 80 ta

8. "œHunayn" g’azoti tarixda yana qanday nom bilan o’rin olgan va nima sababdan?
a) "œZulmajoz" nomli mashur savdo markazi aynan Hunayn vodiysida tashkil qilingani sabab "œZulmajoz" nomini oldi
b) Ushbu g’azot Havozin qabilasi bilan bo’lgani uchun "œHavozin" nomini oldi
c) Makka fathining ketidanoq bo’lgani sabab "œIkkinchi Makka fathi" nomini oldi
d) Makka fathining ketidanoq bo’lgani sabab "œBuyuk fath tegrasi" nomi bilan yuritildi

9. Rasululloh s.a.v. Avs qabilasining bayog’ini kimga berdilar?
a) Ali ibn abu Tolibga
b) Hubob ibn Munzirga
c) Usayd ibn Huzayrga
d) Xolid ibn Validga

10. Islom lashkarlari Hunayn vodiysiga qaysi oyning nechanchi kunida yetib bordilar?
a) shavvolning 10-kuni
b) shavvolning 14-kuni
c) sha’bonning 10-kuni
d) sha’bonning 14-kuni

11. Hunayn g’azotida Havazonga qo’shilgan qabilalar to’g’ri ko’rsatilgan qatorini aniqlang?
1.Saqifliklar. 2.Bani Jashm. 3.Bani Bikr. 4.Bani Sa’d ibn Bakr. 5.Huzoa. 6.Quraysh mushriklari. 7.Hiloldan A’vo. 8.Bani Amr ibn Omir. 9.Toif. 10.Avf ibn Omir
a) 2, 4, 6, 9, 10
b) 1, 2, 4, 7, 8, 10
c) 2, 3, 4, 7, 8, 9
d) 2, 4, 7, 8, 9

12. Havozin qo’shini qo’mondoni kim edi?
a) Molik ibn Avf
b) Durayd ibn Simma
c) Sa’d ibn Bakir
d) Avf ibn Omir

13. Rasululloh (s.a.v.) dushman qo’shniga ayg’oqchi sifatida kimni jo’natdilar?
a) Tufayl ibn Nu’mon (r.a.)ni
b) Abdulloh ibn Abi Hadrad (r.a.)ni
c) Abdulloh ibn Shurayk (r.a.)ni
d) Muammar ibn Horis (r.a.)

14. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam dushman tomonga sochgan tuproqni kim olib berdi?
a) Abdulloh ibn Mas’ud
b) Ali r.a.
c) Umar r.a.
d) Abu Muso Ash’ariy

15. "œHunayn jangida dushmanning pistirmasiga tushib qolgan musulmonlar qattiq zarbaga uchradilar. Ular ichida qatl bo’lganlar ko’paya bordi. Dushman ichida Bani havozinlik bir kishi bo’lib, qizil tuya minib olgan edi. Qo’lidagi uzun nayzasi bilan ko’plab musulmonlarni narigi dunyoga jo’natardi"¦". Shu paytda mazkur kishiga ro’baro kelgan va tuyasining payini qirqib tashlagan sahoba kim edi?
a) Usoma ibn Zayd (r.a.)
b) Abu Dujona (r.a.)
c) Zubayr ibn Avvom (r.a.)
d) Adiy ibn Hotim (r.a.)

16. Jangda Zayd ibn Sahl ismli sahobaning bir o’zi qancha mushrikni yer tishlatgan?
a) 24
b) 15
c) 20
d) 17

17. Avtosga qochgan mushriklar ortidan Rasululloh s.a.v. kim boshchiligida qo’shin yubordilar?
a) Xolid ibn Valid
b) Amir ibn Os
c) Abu Omir Al-ash’ariy
d) Sa’d ibn Usayd

18. Hunayn g’azotidagi asirlar soni qancha edi?
a) 5 mingdan ortiq
b) 6 mingdan ortiq
c) 7 mingdan ortiq
d) 8 mingdan ortiq

19. Jangdan keyin Payg‘ambar alayhis-salom qo‘lga tushgan asir va g‘animatlarni yig‘dirdilar, buning natijasida qancha tuya qo’lga kiritilgan edi?
a) yigirma to’rt ming
b) qirq ming
c) o’ttiz ming
d) o’ttiz uch ming

20. Dushmandan tushgan o’lja mollar qayerda to’plandi?
a) Avtosda
b) Naxlada
c) Ji’ronada
d) Hunaynda

Ushbu turda AbdulAziz, Anisa, Abdul’aziz Toshmatov, Robiya va Nodir Shohning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring. Javob matnini alohida faylsiz,
Falonchining 5-tur javoblari
1-a
2-b
3-c
4-d
5-e "¦ shaklida yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Toif g’azoti
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

4-tur javoblari 14-oktabrga qadar qabul qilinadi.
5-tur javoblari 21-oktabrgacha qabul qilinadi.
Nom: 3-tur: Makka fathi. 1-qism (javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2010, 09:37:33
IV BOSQICH
3-tur: Makka fathi. 1-qism
Javoblar va izohlar

1. Payg’ambar s.a.v. sahobalarga safar tadorigini ko’rishni buyurdilar. Makkaga otlanganliklari sirini kimga aytgandilar?
a) Hech kimga qayerga ketayotganlarini aytmadilar.
b) Abu Bakr r.a.ga aytdilar.
c) Ummu Salama r.a.ga aytdilar.
d) Rasululloh s.a.v.ning siri sohibi Huzayfa r.a.ga aytdilar.
To’g’ri javob 1: b) Abu Bakr r.a.ga aytdilar.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom esa sahobalarga safar tadorikini ko‘rishni buyurdilar. Makkaga otlanganliklarini faqat Abu Bakrga aytdilar. "Ey Rasululloh, qurayshlar bilan o‘rtamizda imzolangan shartnoma bor-ku", dedi Abu Bakr ajablanib. "Ha, bor, dedilar Rasululloh. — Lekin qurayshlar shartnomani buzishdi-ku". ("œNur ul-yaqiyn").
To’g’ri javob 2: a) Hech kimga qayerga ketayotganlarini aytmadilar.
Abu Sufyon ketgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina atrofidagi butun qabilalardan askarga chaqirdilar. Lekin qayerga borishlarini hech kimga aytmadilar, sir tutdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

2. Hotib ibn Abu Balta’a Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga maxfiy yurishlarini Qurayshga bildirish maqsadida bir ayolni qancha mablag’ evaziga yollaydi?
a) 27 dinor, 2 ta tuya.
b) 20 dinor, 1 ta ot.
c) 10 dinor va 1 ta to’n.
d) 15 dinor va 2 ta tuya.
To’g’ri javob: 10 dinor va 1 ta to’n.
Izoh: Odamlar Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga yurish qilishlaridan boxabar bo’lganlarida Banu Asadning ittifoqdoshi Hotib ibn Abu Balta’a al-Badriy Qurayshni ogoh etish uchun maktub yozdi. 10 dinor evaziga bir ayolni yolladi va unga to’n kiydirdi.Unga: Xatni bor imkoning qadar yashirgin hamda posbonlar turgan yo’llardan yurmagin deb qattiq tayinladi. Ayol maktubni topib olishlaridan qo’rqib, uni soch o’rimlari orasiga yashirdi. ("œSayyidimiz Muhammad s.a.v.")

3. Hotib ibn Abu Balta’a Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga maxfiy yurishlarini Qurayshga bildirish maqsadida bir ayolni Makkaga jo’natdi. Rasululloh s.a.v. uning ortidan yuborgan sahobalar orasida javobdagi qaysi birlari yo’q edi?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a.
b) Miqdod r.a.
c) Zubayr ibn Avvaom r.a.
d) Abu Marsad r.a.
e) Hammalari bor edi.
To’g’ri javob: 1 Hammalari bor edi.
Izoh: Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Hotibning qilgan ishi haqida osmondan xabar nozil bo‘ldi. U zot Aliy, Miqdod, Zubayr ibn Avvom va Abu Marsad al-G’anaviyni ayolning izidan jo‘natdilar. Ularga: «Boringlar, Xox degan bir boqqa yetganlaringda bir ayolni topasizlar, unda Qurayshga yozilgan maktub bor», dedilar. ("œRohiyq al-maxtum")
To’g’ri javob: 2 Abu Marsad r.a.
Payg‘ambar alayhissalom Hazrati Ali, Zubayr ibn Avom va Miqdodlarni chaqirib, tezda yo‘lga otlaninglar, sizlarga bir bog‘ duch keladi, u yerdan bir ayolni topasizlar, unda xat bor, o‘sha xatni olib qaytinglar, dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

4. Hotib ibn Abu Balta’aning xiyonat qilishiga sabab nima edi?
a) Munofiqlik, qurayshga yaxshi ko’rinish.
b) Makkada qolgan mol-mulklarini saqlab qolish.
c) Makkadagi yaqinlarini himoya qildirish.
d) b va c.
To’g’ri javob: 1 c) Makkadagi yaqinlarini himoya qildirish.
Izoh: Hotib: «Yo Rasululloh, menga (kufr yo murtadlik hukmini chiqarishga) shoshilmang. Qasamki, men Alloh va Rasuliga iymon keltiruvchiman, murtad ham bo‘lmadim, dinimni ham o‘zgartirmadim. Lekin, men Qurayshga kelgindiman, ularning aslidan emasman. Mening qarindosh-urug‘im va ahli-oilam ular qo‘li ostida. Quraysh ichida ularni himoya qiladigan biror yaqin kishim yo‘q. Sizning atrofingizdagi boshqa kishilarning esa u yerda himoya qiladigan kishilari bor. Shuning uchun men ularga shu yo‘l bilan yaqinlarimni himoya qildirishni istagan edim», dedi. ("œRohiyq al-maxtum")
To’g’ri javob: 2 b va c.
— Yo, Rasulalloh, mening bu qilgan ishimda shoshmagaysiz. Men Allohga va uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan kishidurman, shu yo‘ldan chiqmadim, dinimdan qaytmadim. Lekin o‘zim Quraysh urug‘idan emasman. Alar ichida oilalarim bordur, o‘zim hijrat qilib Madinaga kelganimda ularni qoldirib chiqmish erdim. Quraysh ichida meni oilamni himoya qilguvchi qarindosh-urug‘larim yo‘qdur. Mendan boshqa Makkadan kelgan muhojirlarning ul joyda talon-bulondan saqlaguvchi qavmu qarindoshlari ko‘pdir. Shuning uchun, Yo Rasululloh, Qurayshga shu xatni yozib, xizmat qilur bo‘lsam, buning orqasida qolgan narsalarim saqlanib qolgaymu deb, shu ishni qildim. ("œTarixi Muhammadiy")

5. Makka fathiga safar qachon boshlandi?
a) Hijratning 8-yili Ramazonning 10-kuni.
b) Hijratning 8-yili Ramazonning 1-kuni.
c) Hijratning 8-yili Ramazonning 7-kuni.
d) Hijratning 8-yili Ramazonning 14-kuni.
To’g’ri javob: a) Hijratning 8-yili Ramazon oyining 10-kuni.
Izoh: Sakkizinchi hijriy muborak ramazon oyining o‘ninchi kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 10 000 (o‘n ming) sahobadan tashkil topgan qo‘shin bilan Madinadan Makkaga qarab yo‘lga chiqdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

6. Makka safariga yo’lga chiqqan qurollik askarlar soni nechta edi?
a) 10000
b) 15000
c) 7000
d) 12000
To’g’ri javob: 10000
Izoh: Atrofdan yig‘ilib kelgan qurollik askarlarga Madinadagi sahobalar qo‘shilib, sonlari o‘n mingga yetdi. ("œTarixi Muhammadiy")

7. Rasululloh s.a.v. u haqda: "œHamzaning o’rinbosari bo’ladi, deb umid qilaman" degan sahoba kim edi?
a) Abu Sufyon ibn Harb r.a.
b) Abdulloh ibn Abu Umayya r.a.
c) Qusam ibn Abbos r.a.
d) Abu Sufyon ibn Horis r.a.
To’g’ri javob: Abu Sufyon ibn Horis r.a.
Izoh: Shundan so‘ng Abu Sufyon Ibn Hosrisning islomiy hayoti juda go‘zal kechdi. Aytishlaricha, u Islomni qabul qilgan kunidan boshlab uyalganidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yuzlariga tik boqmagan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham uni yaxshi ko‘rardilar, unga jannat bashoratini berganlar va: «U Hamzaning o‘rinbosari bo‘ladi, deb umid qilaman», deganlar. Vafoti yaqinlashganda: «Menga yig‘i-sig‘i qilmanglar, Allohga qasamki, men Islomni qabul qilganimdan beri tilimdan yomon so‘z chiqmadi», degan ekan ("œZodul ma’od").

8. Musulmon qo’shini Makka va Madina oralig‘idagi Abvo degan joyga yetganlarida Makkadan hijrat qiloib, musulmonlarga qo’shilgan Abdulloh ibn Abu Umayya Rasulullohga qanday qarindosh edi?
a) Amakilari Horisning o’g’li.
b) Ammalari Sofiyaning o’g’li.
c) Ammalari Otikaning o’g’li.
d) Ammalari Ummu Hakimning o’g’li.
To’g’ri javob: Ammalari Otikaning o’g’li.
Izoh: Makka va Madina oralig‘idagi Abvo degan joyga yetganlarida yo‘lda kelayotgan ikki kishi ko‘rindi. Uning birisi Abu Sufyon ibn Horis edi, u Rasulullohning amakilari Horis ibn Abdulmuttalibning o‘g‘li bo‘lib, yana Payg‘ambarimiz bilan emakdosh ham edi.
Ikkinchisi esa ammalari Otikaning o‘g‘li Abdulloh ibn Abi Umayya edi. ("œTarixi Muhammadiy")

9. Rasululloh s.a.v. qaysi manzilda qo’shinga ro’zalarini ochishni buyurdilar?
a) Abvoda.
b) Qudaydda.
c) Mahruz-zahronda.
d) Juhfada.
To’g’ri javob: Qudaydda.
Izoh: Qo‘shin yo‘lida davom etib Qudayd degan joyga kelganda payg‘ambar alayhis-salom sahobalarning ochlikdan behad qiynalib ketishganini ko‘rib og‘iz ochishni buyurdilar, o‘zlari ham ovqatlandilar. (Nur ul-yaqiyn")

10. Rasululloh s.a.v. Fotima vodiysida kimni lashkar qo’riqchilariga bosh etib tayinladilar?
a) Umar ibn Hattob r.a.ni
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.ni
c) Zubayr ibn Avvom r.a.ni
d) Xolid ibn Valid r.a.ni
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob r.a.ni
Izoh: So‘ng yurishni davom ettirib, xufton mahali Marruz-Zahronga — Fotima vodiysiga — borib to‘xtadilar. Lashkarga gulxan yoqishni buyurdilar, o‘n mingta gulxan yoqildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni lashkar qo‘riqchilariga bosh etib tayinladilar. ("œRohiyq al-maxtum")

11. Abu Sufyonni Rasululloh s.a.v. huzurlariga kim olib keldi?
a) Umar ibn Hattob r.a.
b) Abbos ibn Abdulmuttalib r.a.
c) Hakim ibn Hazom
d) Xolid ibn Valid r.a.
To’g’ri javob: Abbos ibn Abdulmuttalib r.a.
Izoh: Abbos ibn Abdulmuttolib musulmon holida ahli ayoli bilan Makkadan chiqib askarga kelib qo‘shilgan edi. U qorong‘ida Abu Sufyonni izlab topdi va:
«Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlar bilan keldilar. Qurayshning holiga voy!» dedi. U musulmonlardan birortasi Abu Sufyonni o‘ldirib qo‘ymasin deb shoshilib uni xachiriga mingashtirib olib Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib keldi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

12. Islom lashkari qaysi kuni Mahruz-zahronni tark etib, Makkaga yo’l oldi?
a) Ramazon oyining 14-kuni
b) Ramazon oyining 17-kuni
c) Ramazon oyining 19-kuni
d) Ramazon oyining 22-kuni
To’g’ri javob: Ramazon oyining 17-kuni
Izoh: Shu kuni — 8-hijriy ramazon oyining o‘n yettinchisi, seshanba kuni — tong paytida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Marruz-Zahronni tark etib, Makkaga yo‘l oldilar. ("œRohiyq al-maxtum")

13. Makka fathida Rasululloh s.a.v.ning bayroqdorlari kim bo’ldi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Xolid ibn Valid r.a.
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom r.a.
Izoh: Zubayr ibn Avvomni chap qanotga bosh qilib tayinladilar, u Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bayroqdori bo‘ldi. ("œRohiyq al-maxtum")

14. Makkaga kirayotgan Ansor qo’shining bayroqdori kim edi?
a) Sa’d ibn Muoz r.a.
b) Muoz ibn Jabal r.a.
c) Avf ibn Molik r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.
To’g’ri javob: Sa’d ibn Uboda.
Izoh: Sa’d ibn Uboda ansorlarning bayroqdori edi. ("œRohiyq al-maxtum")

15. Rasululloh (s.a.v.) o’z bayroqlarini Hajun degan joyga o’rnatishga amr qildilar. Keyin ushbu bayroq o’rnatilgan joyda qanday tadbir amalga oshirildi?
a) "œMuaskar ar-ra’ya" nomini olgan musulmon harbiy jamloq joylashtirildi.
b) "œMasjid ar-ra’ya" nomi bilan atalgan masjid bino qilindi.
c) "œBuston ar-ra’ya" nomi bilan mashhur katta bir bog’ barpo etildi
d) Makkaga ziyoratga keluvchilarning "œar-Ra’ya" nomini olgan qo’nalg’asi bo’lib qoldi.
To’g’ri javob: "œMasjid ar-ra’ya" nomi bilan atalgan masjid bino qilindi.
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) o’z bayroqlarini Hajun degan joyga o’rnatishga amr qildilar. Al-Halabiy o’zining "œSiyra" nomli asarida aytishiga ko’ra uhbu bayroq o’rnatilgan joyda "œMasjid ar-ra’ya" nomi bilan atalgan masjid bino qilindi. ("œSayyidimiz Muhammad s.a.v.")

16. Xolid ibn Valid qo’shini bilan urushgan qurayshliklardan nechtasi halok bo’ldi?
a) 14 ta
b) 20 ta
c) 24 ta
d) 77 ta
To’g’ri javob: 24 ta
Izoh: Faqat Xolid ibn Validga o‘z odamlari bilan kelayotgan tomonda qarshilik ko‘rsatildi. Bir guruh mushriklar urush qilgani chiqishdi. Ularning ichida Ikrima ibn Abi Jahl va Safvon ibn Umayyalar ham bor edi. Xolid roziyallohu anhu va uning odamlari ularga qarshi urush qildilar. Bu jangda Qurayshliklardan yigirma to‘rt, Huzayldan to‘rt kishi halok bo‘ldi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

17. Xolid ibn Validning qo’shinida musulmonlardan kimlar halok bo’ldi?
a) Iyos ibn Avs, Bahhos ibn Sa’laba
b) Sobit ibn Amr, Jubayr ibn Ilyos
c) Kurz ibn Jobir, Xunays ibn Xolid
d) Horis ibn Qays, Habib ibn Asvad
To’g’ri javob: Kurz ibn Jobir, Xunays ibn Xolid
Izoh: Xolidning guruhi yo‘lda uchragan mushriklarni tinchitib boraverdi. Uning guruhidagi musulmonlardan Kurz ibn Jobir al-Fihriy bilan Xunays ibn Xolid ibn Rabi’a halok bo‘ldi. ("œRohiyq al-maxtum")

18. Rasululloh s.a.v. piyoda va qurolsiz kishilarga kimni bosh qildilar?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
d) Xolid ibn Valid r.a.
To’g’ri javob: Abu Ubayda r.a.
Izoh: Abu Ubaydani piyodalarga va qurolsiz kishilarga bosh qildilar, unga Batni Vodiyni egallashini, Makkaga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilarida kirib borishini buyurdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

19. Qaysi onalarimiz Makka fathida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga hamrohlik qilishdi?
a) Oisha va Ummu Habiba r.a.lar
b) Ummu Salama va Sofiya r.a.lar
c) Oisha va Ummu Salama r.s.lar
d) Maymuna va Ummu Salama r.a.lar
To’g’ri javob: Maymuna va Ummu Salama r.a.lar
Izoh: Ummu Salama bilan Maymuna payg‘ambar alayhis-salomga hamroh bo‘lib, birga safarga chiqishgan edi. ("œNur ul-yaqiyn")

20. Makka shahri qaysi kuni fath bo’ldi?
a) Ramazon oyining 20-kuni, jum’a.
b) Ramazon oyining 17-kuni, seshanba.
c) Ramazon oyining 16-kuni, dushanba.
d) Ramazon oyining 15-kuni, yakshanba.
To’g’ri javob: Ramazon oyining 20-kuni, jum’a.
Izoh: Rasulullohning yonlarida Hazrati Abu Bakr Siddiq Fath surasini o‘qib kelmoqda edilar. Ramazonning yigirmanchi kuni, sakkizinchi hijriy yilda Makka shahri fath bo‘lib, juma kuni ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shahar ichiga kirdilar. ("œTarixi Muhammadiy")
Nom: IV bosqich 3-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2010, 09:40:06
IV bosqich 3-turning yakuniy natijalari

1   Anisa   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Bahodir Ashurov   100
4   Dilmurod Majidov   100
5   Iroda Turdimatova   100
6   Jamoliddin Hasanov   100
7   Mo'min Mirzo   100
8   Musannif Adham   100
9   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
10   Nodir Shoh   100
11   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   100
12   SardorbekTurdiyev   100
13   Shoxruh Mirzo   100
14   Ummatiy Muhammadiy   100
15   Abdulaziz Toshmatov   95
16   Fatima Sultanova   95
17   G_u_l_i (Guli Omonova)   95
18   Muallim   95
19   Muhammad Sohib   95
20   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   95
21   Abdumuhaymin   90
22   Aziz Uralov   90
23   JaviK (Javlonbek Ikromov)   90
24   Lolo   90
25   Mirolim Qodiraliyev   90
26   Mubashsher Muhammad   90
27   Habib   85
28   Samia   85
29   Bahriddin Botirov   85
30   Braupov (Bahrom Raupov)   80
31   Kapalak (Zamira Hamidova)   75
32   Erkin Vahidov   55
33   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   50
Nom: IV bosqich 4-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2010, 09:43:31
IV bosqich 4-turning dastlabki natijalari

1   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
2   Abdulaziz Toshmatov   100
3   Abdumuhaymin   100
4   Lolo   100
5   Fatima Sultanova   95
6   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   90
7   Erkin Vahidov   75
Nom: IV bosqichning umumiy reytingi
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2010, 09:45:07
IV bosqichning umumiy reytingi

1   Muvahhid (Otabek To'rayev)   400
2   Abdulaziz Toshmatov   390
3   Abdumuhaymin   385
4   Lolo   385
5   Fatima Sultanova   370
6   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   370
7   Anisa   300
8   Dilmurod Majidov   300
9   Aziza Mannopova   295
10   Bahodir Ashurov   295
11   Iroda Turdimatova   295
12   Jamoliddin Hasanov   295
13   Muallim   295
14   SardorbekTurdiyev   295
15   Ummatiy Muhammadiy   295
16   Mo'min Mirzo   290
17   Muhammad Sohib   290
18   JaviK (Javlonbek Ikromov)   285
19   Musannif Adham   285
20   Aziz Uralov   280
21   Mirolim Qodiraliyev   280
22   Bahriddin Botirov   280
23   Erkin Vahidov   275
24   Habib   275
25   Nodir Shoh   275
26   Mubashsher Muhammad   265
27   Shoxruh Mirzo   265
28   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   255
29   Samia   250
30   G_u_l_i (Guli Omonova)   245
31   Kapalak (Zamira Hamidova)   245
32   Braupov (Bahrom Raupov)   230
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Abdulatif Boltaboyev   95
38   Muhammad Saidxon   90
39   Abdul_Malik   85
40   Nodirshoh Mamatqulov   80
41   Xolms   80
42   Muzayyana   70
43   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
44   Maqsud Asqarov   55
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2010, 08:52:12
IV BOSQICH
6-tur: Toif g’azoti

1. Toif g‘azotida Paygambarimiz s.a.v.ning qaysi ayollari ishtirok etishdi?
a) Zaynab va Ummu Salama r.a.
b) Maymuna va Oisha r.a.
c) Ummu Salama va Maymuna r.a.
d) Oyisha va Ummu Habiba r.a.

2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushmanni taslim bo‘lishga majbur etish maqsadida urush siyosatining bir qismi sifatida qaysi ishni qilishga buyuradilar?
a) O’sha hududdagi quduqlarni tuproq bilan to‘ldirishga
b) Ularning tokzorlarini kesib, yoqib yuborishga
c) Kechqurun qal’aning orqa devoridan chiqib, jang olib borishga
d) Qamal davomida chuqur handaqlar qazib qal’ani suvga bostirishga

3. Qamal cho’zilgach, Rasululloh s.a.v. Navfal ibn Muoviya ad-Diyliyga maslahat solganlarida u: «Ular go‘yo inidagi "¦, agar sabr-bardosh bilan poylasangiz, ushlaysiz. Bordi-yu tashlab ketsangiz ham sizga hech qanday zarar yetkazolmaydi», dedi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Ayiq.
b) Tulki.
c) Quyon.
d) Ohu.

4. Nabiy (s.a.v) Hunayndan forig' bo'lganlaridan keyin Abu Omirni bir lashkarga boshliq qilib Avtosga jo'natadilar. Biroq, Abu Omir bu to'qnashuvda shahidlikni bajo keltiradilar. Lashkarga Abdulloh ibn Qays ismli sahoba boshliq bo'lib, lashkar bilan sog'-omon Nabiy(s.a.v) huzuriga qaytadilar. Mazkur sahobani payg'ambar(s.a.v) qanday nom bilan ataganlar?
a) "Chavondoz pahlavonlarning sayyidi"
b) "Islom lashkarlarining sayyidi"
c) "Lashkarlarimning murshidi"
d) "Ummatimning havvoriysi"

5. "Toif kuni Rasululloh bir sahobani yonlariga chorladilar va sirli suhbatlashdilar. Odamlar: "U zotning bu sahoba bilan bo'lgan sirli suhbatlari rosa cho'zildi-ku", dedilar. Shunda Nabiy(s.a.v) aytdilar: "U bilan men sirli suhbat qilganim yo'q, u bilan Alloh sirli suhbatlashdi". Nabiy(s.a.v) aytganlaridek "Alloh bilan sirli suhbatlashgan" sahoba kim edi?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a)
b) Abdulloh ibn Abdulmuttolib (r.a)
c) Ali ibn Abu Tolib (r.a)
d) Umar ibn Xattob (r.a)

6. Rasululloh s.a.v. orqaga qaytish haqidagi xabarni kimga odamlarga yetkazishni buyurdilar?
a) Abu Bakr Siddiqga
b) Umar ibn Hattobga
c) Ali ibn Abi Tolibga
d) Usmon ibn Affonga
 
7. Qal’adan chiqib musulmonlar huzuriga kelgan qullar ozod etilishi amr qilingandan so’ng, nechta qul qal’adan qochib chiqdi?
a) 27 ta
b) 32 ta
c) 23 ta
d) 17 ta
 
8. Qal’adan g’altakda osilib tushgani uchun Rasululloh s.a.v. "œG’altak otasi" deb kunyalagan sahoba kim edi?
a) Abu Bakra
b) Abu Ya’lo
c) Abu Hanzala
d) Abi Sarh
 
9. Toif g’azotida shahid bo’lgan sahobalar berilgan qatorni korsating?
a) Abdulloh ibn Abu Bakr, Anas ibn Muoz.
b) Abdulloh ibn Abu Umayya, Said ibn Said.
c) Horis ibn Suroqa, Xallod ibn Qays.
d) Ziyod ibn Amr, Abdulloh ibn Suroqa.

10. Rasululloh s.a.v. ga bir sahoba: «Ey, Allohning Rasuli, Saqifga bir duoi bad qiling», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam nima dedilar?
a) «Ey, bor Xudoyo, Senga itoat qilmagan Saqifni xarob qil!»
b) «Ey, bor Xudoyo, Saqifning gunohlarini kechir, bolalarini hidoyat qil!»
c) «Ey, bor Xudoyo, Saqifning ustiga Rahmating bilan nazar sol!»
d) «Ey, bor Xudoyo, Saqifni O’zing hidoyat qilgin, ularni O’zing keltirgin!»

11. Toif jangida Abu Sufyon (r.a)ning bir ko’zidan kim mahrum qilgan?
a) Abu Hanzala
b) Abu Sahr
c) Abu Ya’lo
d) Abu Uqayl.

12. Rasululloh (s.a.v) Toif ahli huzuriga kimni jo'natadilar?
a) Hanzala ibn Rabiy' (r.a)
b) Zayd ibn Aslam (r.a)
c) No'mon ibn Abu Hamza (r.a)
d) Mexraz ibn Nazla (r.a)

13. Rasululloh (s.a.v.) Toifga kelganlarining 4-kuni o’z qavmi bilan Islom lashkari safiga qo’shilgan kim edi?
a) Abdurrahmon ibn Abi Uqayl
b) Suroqa ibn Navfal
c) Tufayl ibn Amr
d) Abu Hurayra

14. Rasululloh (s.a.v.) Hunayn g’azoti o’ljasini taqsimlashda yangi musulmon bo’lgan yoki hali mushrik holida qolgan makkaliklarga qalblarida islomga muhabbat uyg’otish uchun (muallafatul qulub) ko’p o’ljalar, ulushlar ajratdilar. Ular bu ulushlarni qaysi xalifa davriga qadar olishda davom etdilar?
a) Umar (r.a.)
b) Usmon (r.a.)
c) Ali (r.a.)
d) Abu Bakr (r.a.)

15. "œBeruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq" deb Rasululloh s.a.v. kimga aytdilar?
a) Abu Sufyonga
b) Hakim ibn Hizomga
c) Safvon ibn Ummayyaga
d) Hosris ibn Horisga
 
16. Payg‘ambar alayhis-salom qolgan o’ljalarni yig’ib, hisobini olishni kimga topshirdilar?
a) Zayd ibn Sobitga
b) Ali ibn Abi Tolibga
c) Sa’d ibn Zubayrga
d) Jobir ibn Abdullohga
 
17. Rasululloh s.a.v. Abu Sufyon va uning oilasiga jami qancha o’lja ajratdilar?
a) 40 uqiya kumush, 100 ta tuya.
b) 80 uqiya kumush, 200 ta tuya.
c) 120 uqiya kumush, 300 ta tuya.
d) 160 uqiya kumush, 400 ta tuya.

18. Havozin elchilari bilan musulmon bo’lishga kelganlar orasida Rasululloh s.a.vning emikdosh amakilari ham bor edi. U kishining ismi nima edi?
a) Zuhayr ibn Surod
b) Hajl ibn Mug’iyra
c) Abu Burqon
d) Baraka ibn Sa’d

19. Qamalda Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi turgan Toif ahli ko’p o’tmay hammadan avval hay’at jo’natib Rasululloh (s.a.v.)ga itoat etgan edi. Rasululloh (s.a.v.) toifliklarga kimni muallim sifatida jo’natdilar?
a) Sa’d ibn Abi Vaqqos
b) Muoz ibn Jabal
c) Usmon ibn Abul Os
d) Suhayl ibn Bayzo

20. Toif g’azoti uchun xos xususiyat nima?
a) Bu g’azot Rasululloh s.a.v. qatnashgan so’nggi g’azot bo’ldi.
b) Bu g’azotda birinchi marta manjaniq ishlatildi.
c) Bu g’azotda Rasululloh s.a.v. hayotlik paytlaridagi eng ko’p musulmon qatnashgan g’azot bo’ldi.
d) Bu g’azotda shu paytgacha eng ko’p o’lja tushdi.

Ushbu turda AbdulAziz, Robiya, Sardorbek Turdiyev, Bahriddin Botirov, Abdulaziz Toshmatov,  Anisa va Nodir Shohning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Toif g’azotidan keyingi voqealar
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

5-tur javoblari 21-oktabrga qadar qabul qilinadi.
6-tur javoblari 28-oktabrgacha qabul qilinadi.
Nom: 4-tur: Makka fathi. 2-qism (javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2010, 08:52:46
IV BOSQICH
4-tur: Makka fathi. 2-qism
Javoblar va izohlar

1. Makkaga kirarkanlar, Rasululloh s.a.v. tuyalariga kimni mindirib olgan edilar?
a) Anas ibn Molik r.a.ni
b) Abdulloh ibn Umar r.a.ni
c) Abdulloh ibn Ja’far r.a.ni
d) Usoma ibn Zayd r.a.ni
To’g’ri javob: Usoma ibn Zayd r.a.ni
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tuyalari ustida «Fath» surasini tilovat qilib borar edilar. U zotning ortlariga o‘zlarining ozod qilgan qullarining o‘g‘li Usoma ibn Zayd mingashib olgan edi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

2. Rasululloh s.a.v. Makka fathi kuni Xolid ibn Validga o’z qo’shini bilan Makkaning qayeridan kirishi kerakligini aytdilar?
a) Abvodan
b) Kado’dan
c) Xajundan
d) Xayfadan
To’g’ri javob: Kado’dan
Izoh: Zubayr ibn Mut’im rivoyat qiladilar. Rasululloh s.a.v. o’sha kuni Xolid ibn Validga Makkaga yuqori qismi orqali, Kado’dan kirishni buyurdilar. (“Sahihi Buxoriy”)

3. Xazraj qabilasi Abu Sufyonning yonidan qaysi rangdagi bayroqni ko’tarib o’tdilar?
a) Oq
b) Qizil
c) Qora
d) Yashil
To’g’ri javob: Oq
Izoh: Xazraj qabilasi raisi oq bayroq ko’tarib Abu Sufyonning yonidan o’tdilar. (“Saodat asri qissalari”)

4. O’sha paytda Baytullohda nechta but bor edi?
a) 300 ta
b) 333 ta
c) 360 ta
d) 400 ta
To’g’ri javob: 360 ta
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Makkaga kirishlari bilan Baytullohga qarab yurdilar. O’sha paytda Baytullohning atrofida uch yuz oltmishta but bor edi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

5. Ka’baning kaliti kimda turar edi?
a) Amr ibn Suhaylda
b) Ikrima ibn Abu Jahlda
c) Hakim ibn Hazomda
d) Usmon ibn Talhada
To’g’ri javob: Usmon ibn Talhada
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’baning ichidan qaytib chiqqanlaridan keyin yana Usmon ibn Tolhani chaqirib kalidni berdilarda:
«Uni abadiylikka olinglar. Uni sizga men berganim yo‘q. Uni sizga Alloh berdi. Uni sizdan faqat zolimgina tortib olishi mumkin», dedilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

6. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam chodirlarining qubbasi qanday rangda edi?
a) oq
b) yashil
c) qizil
d) ko’k
To’g’ri javob: qizil
Izoh: Rasulullohning qizil qubbalik chodirlarini ilgariroq kelganlar shu joyga qurishib, kutib turmoqda edilar. Chodirga tushib ozroq dam olganlaridan keyin shahar tomon jo‘nadilar. (“Tarixi Muhammadiy”)

7. Xotinining omonligidan keyin Islomni qabul qilgan kishi kim?
a) Abu Sufyon
b) Ikrima ibn Abu Jahl
c) Hubar ibn Asvad
d) Horis ibn Hishom
To’g’ri javob: Ikrima ibn Abu Jahl
Izoh: Ikrima ibn Abu Jahl Makka fath etilgandan keyin qochib ketdi. Uning xotini Ummu Hakim Makka fath etilishidan avval musulmon bo‘lgan edi. Ummu Hakim sarvari olamdan eri uchun omonlik olgach, izlab yo‘lga tushdi. Izlay-izlay nihoyat uni dengiz sohilida kemaga chiqmoqchi bo‘lib turganda topdi. "Men senga dunyodagi eng yaxshi, yangi odil odamdan omonlik olib keldim. O’zingni o‘zing juvonmarg qilmay men bilan birga yur", dedi Ummu Hakim. Ikrima xotinining gapiga ishonib Makkaga qaytib bordi. Payg‘ambar alayhis-salom uni ko‘rib: "Musulmon bo‘lib, bizga hijrat qilib kelgan odamni quchoq ochib kutib olamiz", deya o‘rinlaridan turib ketdilar. Ikrima imon keltirib, ilgarigi gunohlari uchun payg‘ambar alayhis-salomdan o‘ziga istigfor aytishlarini o‘tindi. Rasululloh uning iltimosini bajo keltirdilar. Shu kundan e’tiboran Ikrima islom uchun astoydil jon koyitadigan musulmonlardan biriga aylandi. (“Nur ul-yaqiyn”)

8. Musulmonlar qasosidan qo’rqib o’zini dengizga g’arq qilmoqchi bo’lgan kishi kim?
a) Safvon ibn Umayya
b) Horis ibn Hishom
c) Hubar ibn Asvad
d) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Safvon ibn Umayya
Izoh: Yashirinib olgan Safvon ibn Umayya musulmonlarning qasosidan qo‘rqib o‘zini dengizga g‘arq etmoqchi bo‘ldi. Amakisining o‘g‘li Umayr ibn Vahib payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: "Ey ollohning payg‘ambari, Safvon o‘z qavmining boshlig‘i. Oldin qilgan gunohlaridan qo‘rqib o‘zini suvga g‘arq etmoqchi. Sen saxovat bilan hamma odamning gunohidan kechyapsan, unga ham omonlik bergin", deb o‘tindi. "Mayli, amakivachchanga borib ayt, gunohidan kechdim", dedilar Rasululloh. (“Nur ul-yaqiyn”)

9. Ka’ba ustida birinchi marta azon aytgan sahoba kim?
a) Abdulloh ibn Ummi Maktum
b) Abu Mahzura
c) Bilol ibn Raboh
d) Sa’d al-Quraz
To’g’ri javob: Bilol ibn Raboh
Izoh: Kechagi qora qul bugun Islom sharofati ila Allohning uyi ustida turib Allohning madhiyasi bo‘lmish azonni o‘zining jarangdor ovozi ila baralla aytgan birinchi va yagona odam bo‘ldi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

10. Rasululloh s.a.v. Ummu Honi’ binti Abu Tolibning uyiga kirib necha rakaat namoz o’qidilar?
a) 2 rakaat.
b) 4 rakaat.
c) 6 rakaat.
d) 8 rakaat.
To’g’ri javob: 8 rakaat.
Izoh: Keyin o‘zlari Ummu Hone’ binti Abu Tolibning uyiga kirib sakkiz raka’at namoz o‘qidilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

11. Rasululloh s.a.v. Makkada necha kun turdilar?
a) 25 kun
b) 21 kun
c) 19 kun
d) 17 kun
To’g’ri javob: 19 kun
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada o‘n to‘qqiz kun turdilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

12. Rasululloh s.a.v. mushriklarning “Zul xasla” ibodatxonasini buzioshga kimni yubordilar?
a) Xolid ibn Validni
b) Sa’d ibn Zaydni
c) Amr ibn Osni
d) Jobir ibn Abdullohni
To’g’ri javob: Jobir ibn Abdullohni
Izoh: U zot sollallohu alayhi vasallam Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuni mushriklarning «Zul xasla» nomli ibodatxonasini buzishga yubordilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

13. Rasululloh s.a.v. Makkaga kimni hokim qilib tayinladilar?
a) Safvon ibn Umayya
b) Hakim ibn Hazom
c) Suhayl ibn Amr
d) Itob ibn Usayd
To’g’ri javob: Itob ibn Usayd
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkani tark etishlaridan oldin yigirma yoshlar atrofidagi Itob ibn Usayd roziyallohu anhuni bu maqaddas shaharga amir qilib ta’yinladilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

14. Rasululloh s.a.v. Makkada muazzin etib kimni qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn Ummi Maktum
b) Abu Mahzura
c) Bilol ibn Raboh
d) Sa’d al-Quraz
 To’g’ri javob: Abu Mahzura
Izoh: Bir kuni shular ichidan Abu Mahzura degan yigit o‘z odaticha Hazrati Bilolni do‘rab azon aytganida Rasululloh eshitib qoldilar. Qarasalar uning ovozi yoqimli ekan, uni chaqirtirib kishi yubordilar. U ham bu ishim uchun o‘limga chaqirildim, deb qo‘rqib keldi. Oldilariga kelgach, uning manglayini, ko‘ksini qutlug‘ qo‘llari bilan silagan edilar, ko‘nglida iymon nuri yoridi. So‘ngra azon aytishni unga o‘rgatdilar: — Mana endi sen aniq azonchi bo‘lding. Shu kundan boshlab, Makka xalqiga azon o‘qib turgin, — dedilar. (“Tarixi Muhammadiy”)

15. Rasululloh s.a.v.ga atalgan qasidasi uchun ustlaridagi hirqalarini kimga yechib berdilar?
a) Ka’b ibn Zuhayr
b) Suhayl ibn Amr
c) Hasson ibn Sobit
d) Ka’b ibn Molik
To’g’ri javob: Ka’b ibn Zuhayr
Izoh: Taniqli shoir Ka’b ibn Zuhayr biron himoyachi va dalda beruvchi odam topolmay qattiq azobda qoldi. Payg‘ambar alayhis-salom Makkadan qaytganlaridan keyin Madinaga kelib islom diniga kirdi va rasulullohning huzurlarida mashhur "Qasidai burda"ni o‘qidi. Qasida shu yerga yetganda Rasululloh s.a.v. ustilaridagi to‘nlarini yechib, shoirning yelkasiga tashladilar. (“Nur ul-yaqiyn”).

16. Makka fathidagi xutbani Rasululloh s.a.v. kimga yozib beringlar, deganlar?
a) Abu Qatoda r.a.ga
b) Abu Shoh r.a.ga
c) Abu Hurayra r.a.ga
d) Abu Said r.a.ga.
To’g’ri javob: Abu Shoh r.a.ga
Izoh: Yaman ahlidan bo‘lgan Abu Shoh ismli bir kishi turib: «Yo Rosululloh, (ushbu xutbani) menga yozib bering» degan edi, u zot: «Abu Shohga yozib beringlar» dedilar. (“Sahihi Buxoriy”)

17. Qaysi sahobiy Makka fathi kuni o'z otasini Rosululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yetaklab kelib: "Alloh unga ajr berishini istadim. Men o'z otamni Islomga kelishidan ko'ra Abu Tolibni Islomga kelishidan ko'proq xursand bo'lar edim. Bu ila ko'nglingiz quvonsin, ey Allohning Rasuli!" degan edi?
a) Abu Bakr siddiq roziyallohu anhu
b) Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu
c) Amr ibn Os roziyallohu anhu
d) Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu
To’g’ri javob: Abu Bakr siddiq roziyallohu anhu
Izoh: Imom Tabaroniy va Imom Bazzorlar Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Makka fathi kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o'z otasi Abu Quhofa roziyallohu anhuni Rosululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yetaklab keldi Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qariyani o'z uyida tark qilsang bo'lar edi. Biz uning huzuriga borar edik" dedilar. Shunda abu Bakr Siddiq roziyallohu yuqorida keltirilgan jumlalarni aytganlar. ("Hadis va Hayot" 21-juz "Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo")

18. Makka fathida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Xolid ibn Valid boshchiligida bir guruh sariyani tashviqot uchun Tuxamaning pastki tarafiga yubordilar. Urush qilmaslikni alohida ta'kidladilar. Ammo tushunmovchilik bo'lib urush chiqdi va ba'zi odamlar halok bo'ldi. Shunda Nabiy sallollohu alayhi vasallam qatl bo'lganlarning hunini to'lash vazifasini kimga yukladilar?
a) Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuga
b) Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhuga
c) Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga
d) Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga
Izoh: Yuqoridagi voqea yuz bergach Rosululloh sallollohu alayhi vasallam Ali karramallohu vajhahuni huzurlariga chorlab: " Ey Ali! Anavi qavmning oldiga chiq! Ularning ishlariga nazar sol! Johiliyatning barcha ishlarini ularning oyoqlari ostiga tashla!" dedilar Nabiy sallollohu alayhi vasallam qatl bo'lganlarning hunini to'lash uchun yetarli mol ham berdilar. Ali karramallohu vajhahu bu navaviy topshiriqni ham a'lo darajada bajarib qaytdilar. ("Hadis va Hayot" 22-juz " Usmon va Ali ibn Abu Tolib Roziyallohu anhumo")

19. Rasululloh s.a.v. va musulmonlarga ozor bergan mushriklardan qaysi birlari o’ldirildi?
a) Ibn Xatol, Maqis, Horis.
b) Maqis, Habbor, Ibn Hatol.
c) Sora, Horis, Maqis.
d) Abi Sarh, Ibn Hatol, Maqis.
To’g’ri javob: Ibn Xatol, Maqis, Horis.
Izoh: Ibn Xatol Ka’baning pardasiga osilib olgan edi. Bir kishi kelib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga buni aytganida: «O’ldir!», dedilar. U borib, uni o‘ldirdi.
Maqis ibn Subobani esa Numayla ibn Abdulloh o‘ldirdi. Maqis avval musulmon bo‘lgan, keyin bir ansoriyga tajovuz qilib, uni o‘ldirgan va murtad bo‘lib, mushriklarga kelib qo‘shilgan edi.
Horis Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Makkadaliklarida ko‘p ozor bergandi, uni Aliy qatl qildi. (“Rohiyq al-Maxtum”)

20. O’limga hukm qilinganlardan qaysi biri Usmon r.a.dan omonlik oldi?
a) Ibn Xatol
b) Abi Sarh
c) Maqis
d) Habbor
To’g’ri javob: Abi Sarh
Izoh: Bulardan Ibn Abi Sarhni Usmon roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldilariga olib kelib, omonlik tilab, jonini saqlab qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblaridan biron kishi turib, uni o‘ldirishini istab, bir muddat unga omonlik bermay turdilar, keyin Islomini qabul qildilar. Chunki, u avval Islomni qabul qilib, hijrat ham qilgan, keyin murtad bo‘lib, Makkaga qaytib ketgan edi. (“Rohiyq al-Maxtum”)
Nom: 4-turning so'nggi natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2010, 08:54:36
4-turning so'nggi natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Abdumuhaymin   100
3   Anisa   100
4   Aziza Mannopova   100
5   Bahodir Ashurov   100
6   Bahriddin Botirov   100
7   Dilmurod Majidov   100
8   Habib   100
9   Iroda Turdimatova   100
10   Jamoliddin Hasanov   100
11   Lolo   100
12   Mo'min Mirzo   100
13   Muallim   100
14   Muhammad Sohib   100
15   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
16   Nodir Shoh   100
17   SardorbekTurdiyev   100
18   Shoxruh Mirzo   100
19   Ummatiy Muhammadiy   100
20   Aziz Uralov   95
21   Fatima Sultanova   95
22   Mirolim Qodiraliyev   90
23   Mubashsher Muhammad   90
24   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   90
25   Braupov (Bahrom Raupov)   85
26   Kapalak (Zamira Hamidova)   85
27   Samia   85
28   G_u_l_i (Guli Omonova)   80
29   Erkin Vahidov   75
30   JaviK (Javlonbek Ikromov)   55
Nom: 5-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2010, 08:56:52
5-turning dastlabki natijalari

1   Abdumuhaymin   90
2   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   90
3   Fatima Sultanova   85
Nom: IV bosqichning umumiy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2010, 08:59:43
IV bosqichning umumiy natijalari

1   Abdumuhaymin   475
2   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
3   Fatima Sultanova   455
4   Anisa   400
5   Dilmurod Majidov   400
6   Muvahhid (Otabek To'rayev)   400
7   Aziza Mannopova   395
8   Bahodir Ashurov   395
9   Iroda Turdimatova   395
10   Jamoliddin Hasanov   395
11   Muallim   395
12   SardorbekTurdiyev   395
13   Ummatiy Muhammadiy   395
14   Abdulaziz Toshmatov   390
15   Mo'min Mirzo   390
16   Muhammad Sohib   390
17   Lolo   385
18   Bahriddin Botirov   380
19   Aziz Uralov   375
20   Habib   375
21   Nodir Shoh   375
22   Mirolim Qodiraliyev   370
23   Shoxruh Mirzo   365
24   Mubashsher Muhammad   355
25   JaviK (Javlonbek Ikromov)   340
26   Samia   335
27   Kapalak (Zamira Hamidova)   330
28   G_u_l_i (Guli Omonova)   325
29   Braupov (Bahrom Raupov)   315
30   Musannif Adham   285
31   Erkin Vahidov   275
32   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   255
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Abdulatif Boltaboyev   95
38   Muhammad Saidxon   90
39   Abdul_Malik   85
40   Nodirshoh Mamatqulov   80
41   Xolms   80
42   Muzayyana   70
43   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
44   Maqsud Asqarov   55
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Oktyabr 2010, 08:20:10
IV BOSQICH
7-tur: Toif g’azotidan keyingi voqealar

1. Toif muhosarasi davomida Yamanda bo’lgan ularning bir boshlig’i Rasululloh (s.a.v) qaytganlarida Madinaga borib islom dinini  qabul qilgan edi. Toifga qaytishda musulmonlikni aholiga qabul ettirish uchun ko’p harakat qildi. Bir kuni erta turib uyining tomiga chiqib musulmon bo’lganlarni namozga chaqirish uchun azon ayta boshladi. O’shanda Saqif qabilasining bir guruh askarlari g’azablanib uning uyini o’rab olishdi. O’ldirgunlariga qadar uni o’q yomg’iriga tutishdi. So’nggi hafasini olarkan, u Islom dini yo’lida shahid bo’layotgani uchun Allohga shukr etdi va musulmon shahidlarning yoniga ko’mishlarini so’radi.
Gap kim haqida bormoqda?

a) Muammar ibn Horis
b) Horis as-Saqifiy
c) Ubayda as-Saqaliy
d) Urva

2. Saqif qabilasi islom diniga kirishlarini ma’lum qilish maqsadida Rasululloh (s.a.v)ga vakil jonatishlariga asos bo’lgan hodisa nima edi?
a) Rasululloh (s.a.v) ning Tabuk safarida qo’lga kiritgan porloq zafarlari bilan butun Hijoz Islom diniga burkanishi
b) Islom dinining mohiyatini chin ko’ngildan anglab yetganlari
c) Rasululloh (s.a.v)ning Toifga yana qo’shin tortib kelishlaridan hadiksirab, oldini olish maqsadida
d) Toifliklarning boshlig’ining joniga suiqasd qilishlari

3. Toifliklar hay’at jo’natib islom dinini qabul qilishga qaror berish bilan birga ba’zi shartlarni ham ilgari surdilar. Butlarning ma’lum bir vaqtgacha o’z holiga qo’yilishini so’radilar. Hay’atning bu taklifi qanday qabul qilindi?
a) 2 yil muddatgacha ruxsat etildi
b) taklif rad etildi
c) Islom dinini to’liq anglab o’zlari undan voz kechgunlariga qadar ruxsat etildi
d) namoz o’qish sharti bilan taklif qabul etildi

4. Rasululloh s.a.v. Juhayna qabilasiga zakot yig’uvchi qilib kimni yubordilar?
a) Abbod ibn Bashir r.a.
b) Yazid ibn Husoyn r.a.
c) Rofi’ ibn Makis r.a.
d) Bashir ibn Sufyon r.a.

5. Rasululloh s.a.v. Al-Alo’ ibn al-Xazramiy r.a.ni zakot yig’uvchi qilib qayerga jo’natdilar?
a) San’oga
b) Hazramavtga
c) Najronga
d) Bahraynga

6. Jidda sohillaridagi qaroqchi habashlarga qarshi yuborilgan sariyya sardori kim edi?
a) Zahhok ibn Sufyon r.a.
b) Alqama ibn Mujazzir r.a.
c) Qutba ibn Omir r.a.
d) Uyayna ibn Hisn r.a.

7. Payg‘ambar alayhis-salom bani Mustaliq arablaridan zakot olish uchun dastlab kimni yubordilar?
a) Valid ibn Uqba r.a.ni
b) Xolid ibn Valid r.a.ni
c) Amr ibn Os r.a.ni
d) Bashir ibn Sufyon r.a.ni

8. Banu Tamimga yuborilgan sariyyaga sabab bo’lgan voqea nima edi?
a) Banu Tamim musulmonlari murtad bo’lib ketgan edi.
b) Banu Tamimliklar musulmon karvoniga hujum qilgan edi.
c) Banu Tamim boshqa qabilalarni jizya to‘lashlarini man qilgan edi.
d) Banu Tamimning musulmonlarga qarshi qo’shin to’plagani.

9. Uyayna ibn Hisn sariyasining asirlari kimning hovlisiga tushirildi?
a) Ramla bint Horis r.a.ning
b) Sa’d ibn Uboda r.a.ning
c) Sa’d ibn Mu’oz r.a.ning
d) Bashir ibn Sufyon r.a.ning

10. Bani Tamim elchilarining notig’i Utorid ibn Hojibning qarshisiga Rasululloh s.a.v. kimni javob aytishga chaqirdilar?
a) Sobit ibn Qays r.a.
b) Ka’b ibn Molik r.a.
c) Hasson ibn Sobit r.a.
d) Sa’d ibn Mu’oz r.a.

11. Bani Tamim elchilarining shoiri Zibriqon ibn Badrga munosib javob bergan musulmon shoiri kim?
a) Sobit ibn Qays r.a.
b) Ka’b ibn Molik r.a.
c) Hasson ibn Sobit r.a.
d) Sa’d ibn Mu’oz r.a.

12. 9-hijriy yilda yuborilgan qaysi sariyya sardori jangda vafot etdi? 
a) Zahhok ibn Sufyon r.a.
b) Alqama ibn Mujazzir r.a.
c) Qutba ibn Omir r.a.
d) Uyayna ibn Hisn r.a.

13. Sudo’ qabilasiga Rasululloh s.a.v. kim boshchiligidan qo’shin yubordilar?
a) Savfon ibn Umayya
b) Sa’d ibn Bakr
c) Muammar ibn Horis
d) Qays ibn Sa’d
 
14. Hajjatul vado’ (xayrlashuv haji)da Sado’ qabilasidan qancha odam kelib, Rasululloh s.a.v. bilan Ka’bani tavof qildi?
a) 70 ta
b) 150 ta
c) 200 ta
d) 100 ta
 
15. Toy qabilasining buti nomi nima edi?
a) Manot
b) Fuls
c) Uzzo
d) Lot

16. Toy qabilasining butini vayron qilish uchun necha kishidan iborat sariyya yuborildi?
a) 100
b) 150
c) 200
d) 300

17. Toy qabilasidan tushgan asirlar orasidagi Hotamning qizi ismi nima edi?
a) Otika
b) Saffona
c) Rayhona
d) Fazzola

18. Adiy ibn Hotam Toyi qayerga qochib ketgan edi?
a) Yamanga
b) Bahraynga
c) Shomga
d) Habashistonga

19. Rasululloh s.a.v.ning uylaridagi suhbatda Adiy ibn Hotim o‘z dini haqida nima dedi?
a) "œMen hanif muslimman".
b) "œMen nasoroman".
c) "œMen murji’aman"
d) "œMen hafiziyman".

20. Rasululloh s.a.v. Adiy ibn Hotim r.a.ga «Agar umring uzun bo‘lsa, bir ayolning Olloh taolodan bo‘lak hech kimsadan qurqmay, "¦dan taxtiravonda kelib Ka’bani tavof qilganini albatta ko‘rgaysan», — dedilar. Rasululloh s.a.v. zikr qilgan shahar qaysi?
a) San’o
b) Hiyra
c) Quddus
d) Hazramavt

Ushbu turda AbdulAziz, Anisa va Nodir Shohning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Tabuk g’azoti
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

6-tur javoblari 28-oktabrga qadar qabul qilinadi.
7-tur javoblari 4-noyabrgacha qabul qilinadi.
Nom: 5-tur: Hunayn g'azoti (javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 22 Oktyabr 2010, 08:21:20
IV BOSQICH
5-tur: Hunayn g'azoti
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh s.a.v. Uzzo butini buzishga kimni yubordilar?
a) Xolid ibn Validni
b) Sa’d ibn Zaydni
c) Amr ibn Osni
d) Jobir ibn Abdullohni
To’g’ri javob: Xolid ibn Validni
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam fathdan xotirjam bo‘lganlaridan so‘ng 8-hijriy ramazon oyidan besh kun qolganda Xolid ibn Validni Uzzo nomli butni buzish uchun yubordilar. (“Rohiyq al-Maxtum”)

2. Rasululloh s.a.v. Amr ibn Osni qaysi butni buzishga yubordilar?
a) Suvo’
b) Uzzo
c) Manot
d) Lot
To’g’ri javob: Suvo’
Izoh: Shu oyda Amr ibn Osni Suvo’ nomli butni buzib kelish uchun yubordilar. (“Rohiyq al-Maxtum”)

3. Madinaga fathdan oldin kelib musulmon bo’lgan, ismi Abduluzza bo’lib Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh deb atagan edilar. So’ng mushrik holiga qaytib murtad bo’ldi. Shoir bolgani sabab Rasululloh (s.a.v.) ni hajv qilib she’rlar o’qidi. Makka fathi kuni qo’liga qilich olib Muhammad zo’rlik bilan kira olmaydi deb qasam ichdi. Biroq musulmonlar haybatini ko’rib qo’rqib, qurolini tashladi va Ka’ba tomon yurdi. Ka’bapo’shga osilib oldi. Rasululloh (s.a.v.) tavof qila turib uni bu holatda ko’rib qoldilar va dedilar: Ka’ba osiyni himoya qilmaydi va vojib hadni amalga oshirishga to’siq bo’lmaydi. So’ng u qatl etildi. Umumiy avfdan istisno bo’lgan qaysi mushrik haqida gap bormoqda?
a) Horis ibn Hishom al-Maxzumiy
b) Abdulloh ibn Xatal
c) Ka’b ibn Zuhayr
d) Abduluzza ibn al-Asvad
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Xatal
Izoh: Abdulloh ibn Xatal Madinaga fathdan oldin kelib musulmon bo’lgan, ismi Abduluzza bo’lib Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh deb atagan edilar. So’ng mushrik holiga qaytib murtad bo’ldi. Shoir bolgani sabab Rasululloh (s.a.v.) ni hajv qilib she’rlar o’qidi. Makka fathi kuni qo’liga qilich olib Muhammad zo’rlik bilan kira olmaydi deb qasam ichdi. Biroq musulmonlar haybatini ko’rib qo’rqib, qurolini tashladi va Ka’ba tomon yurdi. Ka’bapo’shga osilib oldi. Rasululloh (s.a.v.) tavof qila turib uni bu holatda ko’rib qoldilar va dedilar: Ka’ba osiyni himoya qilmaydi va vojib hadni amalga oshirishga to’siq bo’lmaydi. So’ng u qatl etildi. («Sayyidimiz Muhammad s.a.v.»)

4. Mazkur urushda musulmonlar tomonidan qancha askar qatnashdi?
a) 12000
b) 10000
c) 14000
d) 9000
To’g’ri javob: 12000
Izoh: Bu jangda birinchi marta musulmon lashkari 12000 kishilik katta lashkarga aylangan edi (“Tafsiri Hilol” 2-juz, 536-bet)

5. Hunayn g’azotida dushman qo’shnining soni qancha edi?
a) 40000
b) 15000
c) 20000
d) 35000
To’g’ri javob: 20000
Izoh: Havozin bilan Saqif Arabistonning ikki eng katta qabilasi edi. Ular boshqa kichik qabilalarni, hatto Rasuli Akramning sut onalari Halima mansub Banu Sa’d qabilasini ham ittifoqlariga olishgan edi. Shu tariqa Hunayn vodiysida Hazrati Payg’ambarga qarshi 20000 kishilik birlashgan katta bir kuch to’plandi. (“Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”)

6. Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar, ulardan qanchasi makkalik sahobiylar edi?
a) 2000
b) 3000
c) 4000
d) 5000
To’g’ri javob: 2000
Izoh: Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar; ularning ikki minggi Makkalik, qolganlari Madinalik sahobalar edi. (“Nurul yaqin” 124-bet)

7. Makkaliklar orasida o’lja ilinjida safarga otlangan mushriklar soni qancha edi?
a) 50 ta
b) 60 ta
c) 70 ta
d) 80 ta
To’g’ri javob: 80 ta
Izoh: Makkaliklar o‘lja — g‘animat ilinjida g‘ayratga minib, topgan ot ulovda, topmagan poyu piyoda safarga otlandi. Ularning orasida ayollar, hatto Safvon ibn Umayya, Suhayl ibn Amr kabi saksonta mushriklar ham bor edi. (“Nurul yaqin” 124-bet)

8. “Hunayn” g’azoti tarixda yana qanday nom bilan o’rin olgan va nima sababdan?
a) “Zulmajoz” nomli mashur savdo markazi aynan Hunayn vodiysida tashkil qilingani sabab “Zulmajoz” nomini oldi
b) Ushbu g’azot Havozin qabilasi bilan bo’lgani uchun “Havozin” nomini oldi
c) Makka fathining ketidanoq bo’lgani sabab “Ikkinchi Makka fathi” nomini oldi
d) Makka fathining ketidanoq bo’lgani sabab “Buyuk fath tegrasi” nomi bilan yuritildi
To’g’ri javob: Ushbu g’azot Havozin qabilasi bilan bo’lgani uchun “Havozin” nomini oldi.
Izoh: Hunayn vodiysi Makka bilan Toif orasida joylashgan. Makkaga 10 chaqirimcha masofada, Toifga yaqinroq joyda edi. Hunayn vodiysi yonida arablar orasida juda mashhur “Zulmajoz” nomli savdo markazi tashkil qilinardi. Hunayn g’azoti Makkaning sharqiy-janubidagi tog’larda yashovchi Havozin qabilasi bilan bo’lgani uchun “Havozin g’azoti” ham deyiladi. (“Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”)

9. Rasululloh s.a.v. Avs qabilasining bayog’ini kimga berdilar?
a) Ali ibn abu Tolibga
b) Hubob ibn Munzirga
c) Usayd ibn Huzayrga
d) Xolid ibn Validga
To’g’ri javob: Usayd ibn Huzayrga
Izoh: Muhojirlarning a’lamini Ali ibn abu Tolibga, Hazraj qabilasining a’lamini Hubob ibn Munzirga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga tutqazdilar, boshqa qaoilalarga ham o‘z bayroqlarini berdilar. (“Nurul yaqin” 124-bet)

10. Islom lashkarlari Hunayn vodiysiga qaysi oyning nechanchi kunida yetib bordilar?
a) shavvolning 10-kuni
b) shavvolning 14-kuni
c) sha’bonning 10-kuni
d) sha’bonning 14-kuni
To’g’ri javob: shavvolning 10-kuni
Izoh: Islom lashkari shavvolning 10-kuni seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi Hunaynga yetib keldi. (“Rohiq al-maxtum”)

11. Hunayn g’azotida Havazonga qo’shilgan qabilalar to’g’ri ko’rsatilgan qatorini aniqlang?
1.Saqifliklar. 2.Bani Jashm. 3.Bani Bikr. 4.Bani Sa’d ibn Bakr. 5.Huzoa. 6.Quraysh mushriklari. 7.Hiloldan A’vo. 8.Bani Amr ibn Omir. 9.Toif. 10.Avf ibn Omir
a) 2, 4, 6, 9, 10
b) 1, 2, 4, 7, 8, 10
c) 2, 3, 4, 7, 8, 9
d) 2, 4, 7, 8, 9
To’g’ri javob: 1, 2, 4, 7, 8, 10
Izoh: Havazon qabilasi Rasululloh s.a.v.ga qarshi urush qilish uchun odam to’pladi. Uning boshlig’i Mailk ibn Avf Annazriy ekan. Unga Saqifliklar to’liq qo’shilibdi yana Bani Jashm, Bani Sa’d ibn Bakr, Hilol qabilasidan Avo urug’i (ular oz ekan), Bani Amr ibn Omir, Avf ibn Omir qabilalari qo’shilishibdi, ular o’zlari bilan bolalarini qo’ylarini va boshqa narsalarini olib chiqishibdi. (“Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat”)

12. Havozin qo’shini qo’mondoni kim edi?
a) Molik ibn Avf
b) Durayd ibn Simma
c) Sa’d ibn Bakir
d) Avf ibn Omir
To’g’ri javob: Molik ibn Avf
Izoh: Bosh qo‘mondon Molik ibn Avf musulmonlarga qarshi yurish boshlashga qaror qilgach, qo‘shin bilan birga ularning mol-mulklari, ahli-ayol va bola-chaqalarini ham qo‘shib, yo‘lga otlandi va Avtos degan joyga borib to‘xtadi. (“Rahiyq al-maxtum”)

13. Rasululloh (s.a.v.) dushman qo’shniga ayg’oqchi sifatida kimni jo’natdilar?
a) Tufayl ibn Nu’mon (r.a.)ni
b) Abdulloh ibn Abi Hadrad (r.a.)ni
c) Abdulloh ibn Shurayk (r.a.)ni
d) Muammar ibn Horis (r.a.)
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abi Hadrad (r.a.)ni
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) sahobalaridan Abdulloh ibn Abi Hadrad (r.a.) ismli kishini dushman tomonga xabar keltirish uchun jo’natdilar.Unga dushman qo’shni orasiga kirib vaziyatdan xabardor bo’lishni amr etdilar. Abdulloh ibn Abi Hadrad ular orasida ikki kun bo’lib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qaytdi. (“Sayyidimiz Muhammad s.a.v.”).

14. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam dushman tomonga sochgan tuproqni kim olib berdi?
a) Abdulloh ibn Mas’ud
b) Ali r.a.
c) Umar r.a.
d) Abu Muso Ash’ariy
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Mas’ud
Izoh: Qochayotgan guruhlar to’xtab to’planishdi va havozinliklarga qarshi shiddatli hujumga o’tishdi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ulovlarining o’zangisiga oyoqlarini tirab egardan turdilar, jang maydoniga nazar solib:
 - Mana endi tandir qizidi, - deb marhamat qildilar.
 Abdulloh ibn Mas'uddan yerdan bir hovuch tuproq olib berishni so’radilar. So’ngra uni dushmanga tomon sochar ekanlar, «Yuzlari qora bo’lsin!» der edilar. (“Saodat asri qissalari”)

15. “Hunayn jangida dushmanning pistirmasiga tushib qolgan musulmonlar qattiq zarbaga uchradilar. Ular ichida qatl bo’lganlar ko’paya bordi. Dushman ichida Bani havozinlik bir kishi bo’lib, qizil tuya minib olgan edi. Qo’lidagi uzun nayzasi bilan ko’plab musulmonlarni narigi dunyoga jo’natardi…”. Shu paytda mazkur kishiga ro’baro kelgan va tuyasining payini qirqib tashlagan sahoba kim edi?
a) Usoma ibn Zayd (r.a.)
b) Abu Dujona (r.a.)
c) Zubayr ibn Avvom (r.a.)
d) Adiy ibn Hotim (r.a.)
To’g’ri javob: Abu Dujona (r.a.)
Izoh: Dushman ichida bani havozonlik bir kishi bor edi. U qizil tuya minib olgan bo’lib, qo’lida uzun nayzasi bor edi. Bu odam ko’plab musulmonlarni o’ldirar edi. Abu Dujona r.a. uning qarshisiga chiqdi. U dushman tuyasining payini qirqib tashladi. Shu payt Ali ibn Abu Tolib kelib, mushrikning qo’lini kesib tashladi. Abu Dujona uning ikkinchi qo’lini kesdi. So’ngra ikkovlari uni qatl qildilar. (“Hadis va Hayot” 26-juz, 230-bet)

16. Jangda Zayd ibn Sahl ismli sahobaning bir o’zi qancha mushrikni yer tishlatgan?
a) 24
b) 15
c) 20
d) 17
To’g’ri javob: 20
Izoh: Hunayn jangida ba’zi bir sahobalar katta fidokorlik namunalarini ko’rsatdilar. Abu Tolha r.a.ning o’zi 20 ta mushrikni o’ldirdi. (“Hadis va Hayot” 26-juz, 177-bet)

17. Avtosga qochgan mushriklar ortidan Rasululloh s.a.v. kim boshchiligida qo’shin yubordilar?
a) Xolid ibn Valid
b) Amir ibn Os
c) Abu Omir Al-ash’ariy
d) Sa’d ibn Usayd
To’g’ri javob: Abu Omir Al-ash’ariy
Izoh: Izoh: Havazon batamom mag’lub bo’lganidan keyin, ularning boshliqlari Molik ibn Avf boshliq bir guruh Toif tomon qochdilar, boshqalari Avtosga borib joylashdilar. Ikkinch guruh ortidan Rasululloh s.a.v. Abu Omir Alashariy boshchiligida o’shn yubordilar. (“Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat”)

18. Hunayn g’azotidagi asirlar soni qancha edi?
a) 5 mingdan ortiq
b) 6 mingdan ortiq
c) 7 mingdan ortiq
d) 8 mingdan ortiq
To’g’ri javob: 6 mingdan ortiq
Izoh: Urush ishi butunlay to‘xtalgandan so‘ngra o‘lja olgan mollarni yig‘moqqa buyurdilar. Yigirma olti ming tuya, qirq mingdan ko‘proq qo‘y-echki, to‘rt ming uqiya kumush o‘ljaga tushib, olti mingdan ortiq xotun-bola asir olingan edi. (“Tarixi Muhammadiy”)

19. Jangdan keyin Payg‘ambar alayhis-salom qo‘lga tushgan asir va g‘animatlarni yig‘dirdilar, buning natijasida qancha tuya qo’lga kiritilgan edi?
a) yigirma to’rt ming
b) qirq ming
c) o’ttiz ming
d) o’ttiz uch ming
To’g’ri javob: yigirma to’rt ming
Izoh: Bu g‘azotda eng ko‘p o‘lja tushgan edi. O’ljalar ichida olti ming asir, yigirma to‘rt ming tuya, qirq mingdan ko‘p qo‘y, to‘rt ming uvqiya kumush kabi narsalar bor edi. (“Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat”)

20. Dushmandan tushgan o’lja mollar qayerda to’plandi?
a) Avtosda
b) Naxlada
c) Ji’ronada
d) Hunaynda
To’g’ri javob: Ji’ronada
Izoh: O’ljalar 6 mingta asir, 24 ming tuya, 40 mingdan ortiq qo‘y-echki va 4 ming uvqiya kumushni tashkil qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni yig‘dirib, Ji’rona degan joyda hibs qildirib qo‘ydilar. (“Ar-rahiq al-maxtum”)
Nom: 5-turning so'nggi natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 22 Oktyabr 2010, 08:23:53
5-turning so'nggi natijalari*

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Bahodir Ashurov   100
3   Bahriddin Botirov   100
4   Dilmurod Majidov   100
5   Habib   100
6   Jamoliddin Hasanov   100
7   Kapalak (Zamira Hamidova)   100
8   Muallim   100
9   Nuriddin Sirojiddinov   100
10   SardorbekTurdiyev   100
11   Anisa   95
12   Aziza Mannopova   95
13   Iroda Turdimatova   95
14   JaviK (Javlonbek Ikromov)   95
15   Lolo   95
16   Mirolim Qodiraliyev   95
17   Muvahhid (Otabek To'rayev)   95
18   Nodir Shoh   95
19   Ummatiy Muhammadiy   95
20   Abdumuhaymin   90
21   Muhammad Sohib   90
22   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   90
23   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   90
24   Braupov (Bahrom Raupov)   85
25   Fatima Sultanova   85
26   Musannif Adham   85
27   Shoxruh Mirzo   85
28   Aziz Uralov   80
29   Mubashsher Muhammad   80
30   Erkin Vahidov   75
31   G_u_l_i (Guli Omonova)   75

* 5-turning 15-savoliga aniqlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2915.msg278705#msg278705) kiritilgandan so'nggi qayta hisob.
Nom: 6-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 22 Oktyabr 2010, 08:25:26
6-turning dastlabki natijalari

Fatima Sultanova   80
Erkin Vahidov   70
Nom: IV bosqichning umumiy reytingi
Yuborildi: AbdulAziz 22 Oktyabr 2010, 08:27:01
IV bosqichning umumiy reytingi

1   Fatima Sultanova   540
2   Anisa   500
3   Dilmurod Majidov   500
4   Muvahhid (Otabek To'rayev)   500
5   Aziza Mannopova   495
6   Bahodir Ashurov   495
7   Iroda Turdimatova   495
8   Jamoliddin Hasanov   495
9   Muallim   495
10   SardorbekTurdiyev   495
11   Ummatiy Muhammadiy   495
12   Abdulaziz Toshmatov   490
13   Lolo   485
14   Muhammad Sohib   485
15   Abdumuhaymin   480
16   Bahriddin Botirov   480
17   Nodir Shoh   475
18   Aziz Uralov   470
19   Habib   470
20   Mirolim Qodiraliyev   470
21   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
22   Shoxruh Mirzo   455
23   JaviK (Javlonbek Ikromov)   440
24   Mubashsher Muhammad   435
25   Kapalak (Zamira Hamidova)   430
26   Erkin Vahidov   425
27   Braupov (Bahrom Raupov)   405
28   G_u_l_i (Guli Omonova)   405
29   Mo'min Mirzo   390
30   Musannif Adham   370
31   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   345
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Nodirshoh Mamatqulov   80
42   Xolms   80
43   Muzayyana   70
44   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
45   Maqsud Asqarov   55
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 29 Oktyabr 2010, 09:10:56
IV BOSQICH
8-tur: Tabuk g’azoti. 1-qism

1. Rasululloh (sav) Hiraql rumliklardan katta qo’shin to’playotgani haqidagi xabarni eshitib, sahobalarga Rumga qarshi g’azotga tayyorlanishni buyurdilar. Manbalarda kelishicha ushbu g’azotga chiqishlarining yana bir sababi nima edi?
a) Ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi;
b) Zayd ibn Horisaning o’chini olish;
c) Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish;
d) Abdulloh ibn Ravohaning o’chini olish;
e) Barcha javoblar to’g’ri

2. Tabuk qayerda joylashgan?
a) Madina bilan Shomning qoq o’rtasida joylashgan
b) Shom bilan Vodil Quroning orasida joylashgan
c) Madina bilan Vodil Quro orasida joylashgan
d) Madinadan 20 kunlik uzoqda joylashgan

3. Payg'ambar (s.a.v) islom lashkarlari bilan Tabuk jangiga otlanayotganida 2 kishi: "Bani Asfarga qarshi urushish turli arboblarning bir-birlari bilan urushiga teng, deb o'ylaysizlarmi? Allohga qasamki, bizga xuddi ertaga arqonga bog'langan holingiz ko'rinyapti", deb mo'minlarni qo'rqitadi. Mazkur kishilar kim edi?
a) Ubay(yoki Abdulloh) ibn Sulul va Gulas ibn Robiy'
b) Solim ibn Maqis va Abul Hasan ibn Habbor
c) Qusva ibn Hanzala va Asvad ibn Simok
d) Vodiy'a ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayr

4. Munofiqlar kimning uyiga to'planib, musulmonlarni Tabukdan qaytarishga harakat qildilar?
a) Abu Uqaylning
b) Abu Hanzalaning
c) Suvaylimning
d) Abu Ya'loning
e) Abdulloh ibn Salulning

5. Tabuk g’azoti uchun Usmon ibn Affon (r.a) qancha dinor xayr-ehson qildilar?
a) 1000 dinor
b) 2000 dinor
c) 3000 dinor
d) 4000 dinor

6. Tabuk g’azoti uchun Usmon ibn Affon (r.a) ehson qilgan dinorlar qancha oltinga teng bo’lgan?
a) 4 kg dan ortiq
b) 8 kg dan ortiq
c) 12 kg dan ortiq
d) 16 kg dan ortiq

7. Rasululloh s.a.v.dan jihodga borish uchun ulov so’ragan sahobalar qanday nomlandi?
a) "œUlovsizlar"
b) "œYig’loqilar"
c) "œOyoq-yalanglar"
d) "œChirmashuvchilar"

8. Jihodga boorish uchun ulov topolmay ko’z yosh qilganlardan Abdurrahmon ibn Ka’b va Abdulloh ibn Mig’falga o’z suv tashiydigan tuyasini bergan sahoba kim?
a) Ibn Yamin ibn Umayr r.a.
b) Abu Uqayl r.a.
c) Abdurrahmon ibn Avf r.a.
d) Sibo’ ibn Urfuta r.a.

9. Rasululloh s.a.v. "œAlloh "¦ga rahmat qilsin, yolg‘iz yuradi, yolg‘iz o‘ladi, yolg‘iz tiriladi" deb marhamat qilgan sahoba kim edi?
a) Abu Zarr G’iforiy r.a.
b) Abu Xaysama r.a.
c) Umayr ibn Vahb r.a.
d) Abu Hurayra r.a.

10. Tabuk g’azoti uchun bor molini keltirgan, ahli oilasi uchun bir dirham ham olib qolmagan sahoba kim edi?
a) Abu Bakr siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Usmon ibn Affon r.a.
d) Abdurrahmon ibn Avf r.a.

11. Rasululloh s.a.v.: "Ey bor Xudoyo, ...dan rozi bo'lgin, men undan roziman" dedilar. Bu o'rinda Rasululloh s.a.v. kimning nomini tilga oldilar?
a) Usmon ibn Affon
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Uqayl
d) Abu Bakr

12. Rasululloh s.a.v. Madinaga kimni xalifa qilib qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum r.a.
b) Zayd ibn Horisa r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
d) Numayla al-Laysiy r.a.

13. Rasululloh s.a.v. qayerga askargoh qurdilar?
a) Vodil quroga
b) Qubo yaqiniga
c) Saniyyatul vado’ga
d) Hijr yaqiniga

14. Tabuk g’azotiga chiqqan musulmon qo’shini soni qancha edi?
a) 20000 mingga yaqin
b) 25000 mingga yaqin
c) 30000 mingga yaqin
d) 40000 mingga yaqin

15. Islom lashkarlari Tabuk g'azotiga otlanayotganda qo'shin safida qancha ot-ulov bor edi?
a) 10000 ot va 12000 tuya
b) 8000 ot va 10000 tuya
c) 12000 ot va 16000 tuya
d) 6000 ot va 10000 tuya

16. Tabuk g’azotida bayroqdor bo’lgan sahobalar yozilgan qatorni ko’rsating.
a) Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Abu Tolha (r.a), Usayd ibn Huzayr (r.a);
b) Umar ibn Xattob (r.a), Amr ibn Os (r.a),  Jobir ibn Abdulloh (r.a), Habbob ibn Munzir (r.a);
c) Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Usayd ibn Huzayr, Habbob ibn Munzir (r.a)
d) Abdurohman ibn Avf (r.a), Xolid ibn Valid (r.a), Usayd ibn Huzayr (r.a), Habbob ibn Munzir (r.a)

17. Tabuk g’azotida Rasululloh (sav) ning bayroqdorlari kim edi?
a) Abdurohman ibn Avf (r.a)
b) Umar ibn Xattob (r.a)
c) Abu Bakr Siddiq (r.a)
d) Amr ibn Os (r.a)

18. Tabuk safariga Rasululloh (sav) bilan birga chiqmagan, so’ngra vijdoni qiynalib yo’lga chiqqan va  Rasululloh (sav) Tabukka yetib borganlarida qo’shinga yetib olgan sahobiy Abu Xaysamaning ismi nima?
a) Abdulloh ibn Xaysama as-Solimiy
b) Abdulloh ibn Xaysama al-Avsiy
c) Molik ibn Qays ibn Nujayd
d) Qays ibn Molik ibn Anas

19. Tabuk g’azotiga imkoni yo’qligi uchun chiqa olmagan va buning evaziga uning moli va joniga aziyat bergan barcha musulmonlardan roziligini aytib Allohga duo qilgan sahobiy kim va uning bu duosi qanday natija berdi?
a) Uqba ibn Zayd, Rasululloh (sav) Alloh uning duosini ijobat qilganini va sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
b) Utba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
c) Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) Alloh uning duosini ijobat qilganini va jihodga chiqqanlar bilan barobar savobga ega bo’lishini aytdilar;
d) Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
e) c va d javoblar to’g’ri

20. Tabuk g’azotida Abdurahmon ibn Afv (r.a) Rasululloh (sav) ga imom bo’lib namoz o’qish baxtiga muyassar bo’ldilar. Bu qaysi namoz edi?
a) Bomdod namozi
b) Peshin namozi
c) Asr namozi
d) Shom namozi
e) Xufton namozi

Ushbu turda Aziza Mannopova, AbdulAziz, Bahriddin Botirov, Sardorbek Turdiyev va Nodir Shohning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Tabuk g’azoti. 2-qism
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

7-tur javoblari 4-noyabrga qadar qabul qilinadi.
8-tur javoblari 11-noyabrgacha qabul qilinadi.
Nom: 6-tur: Toif g'azoti (Javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Oktyabr 2010, 09:13:37
IV BOSQICH
6-tur: Toif g'azoti
Javoblar va izohlar

1. Toif g‘azotida Paygambarimiz s.a.v.ning qaysi ayollari ishtirok etishdi?
a) Zaynab va Ummu Salama r.a.
b) Maymuna va Oisha r.a.
c) Ummu Salama va Maymuna r.a.
d) Oyisha va Ummu Habiba r.a.
To’g’ri javob: Zaynab va Ummu Salama r.a.
Izoh: Payg‘ambarimiz s.a.v. dushman yomg‘iridek o‘q yog‘dirayotganini, ajal xavfi kamayish o‘rniga battar zo‘rayotganini ko‘rgach, Toifdagi hozirgi masjid o‘rnida rafiqalari Ummu Salama va Zaynab uchun ikkita chodir tiktirdilar. (“Nur ul-yaqiyn”)

2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushmanni taslim bo‘lishga majbur etish maqsadida urush siyosatining bir qismi sifatida qaysi ishni qilishga buyuradilar?
a) O’sha hududdagi quduqlarni tuproq bilan to‘ldirishga
b) Ularning tokzorlarini kesib, yoqib yuborishga
c) Kechqurun qal’aning orqa devoridan chiqib, jang olib borishga
d) Qamal davomida chuqur handaqlar qazib qal’ani suvga bostirishga
To’g’ri javob: Ularning tokzorlarini kesib, yoqib yuborishga
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (dushmanni taslim bo‘lishga majbur etish maqsadida urush siyosatining bir qismi sifatida) ularning tokzorlarini kesib, yoqib yuborishga buyurdilar. Musulmonlar tokzorlarni ayovsiz kesdilar. Saqif Alloh haqqi va qarindoshlik haqqi-hurmati ularni kesmaslikni so‘ragach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh va qarindoshlik haqqi-hurmati toklarni kesishni to‘xtattirdilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

3. Qamal cho’zilgach, Rasululloh s.a.v. Navfal ibn Muoviya ad-Diyliyga maslahat solganlarida u: «Ular go‘yo inidagi …, agar sabr-bardosh bilan poylasangiz, ushlaysiz. Bordi-yu tashlab ketsangiz ham sizga hech qanday zarar yetkazolmaydi», dedi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Ayiq.
b) Tulki.
c) Quyon.
d) Ohu.
To’g’ri javob: Tulki.
Izoh: Qamal cho‘zilgandan cho‘zilib, qal’a taslim bo‘lavermagach – qal’a ahli bir yillik qamalga bardosh bergudek tayyorgarlik ko‘rib olishgandi – va musulmonlar o‘qlar yomg‘iri va qizdirilgan temir parchalaridan anchagina ziyon-zahmat tortishgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Navfal ibn Muoviya ad-Diyliyga maslahat solganlarida u: «Ular go‘yo inidagi tulki, agar sabr-bardosh bilan poylasangiz, ushlaysiz. Bordi-yu tashlab ketsangiz ham sizga hech qanday zarar yetkazolmaydi», dedi. (“Rohiyq al-maxtum”)

4. Nabiy (s.a.v) Hunayndan forig' bo'lganlaridan keyin Abu Omirni bir lashkarga boshliq qilib Avtosga jo'natadilar. Biroq, Abu Omir bu to'qnashuvda shahidlikni bajo keltiradilar. Lashkarga Abdulloh ibn Qays ismli sahoba boshliq bo'lib, lashkar bilan sog'-omon Nabiy(s.a.v) huzuriga qaytadilar. Mazkur sahobani payg'ambar(s.a.v) qanday nom bilan ataganlar?
a) "Chavondoz pahlavonlarning sayyidi"
b) "Islom lashkarlarining sayyidi"
c) "Lashkarlarimning murshidi"
d) "Ummatimning havvoriysi"
To’g’ri javob: "Chavondoz pahlavonlarning sayyidi"
Izoh: Bu sahoba kuniyasi Abu uso Ash'ariy (r.a) bo'lib, u zotning asl ismlari Abdulloh ibn Qays hisoblanadi. Avtosdan sog'-salomat qaytgach Abu Muso Ash'ariy (r.a) Nabiy sollollohu alayhi vasallamning : "Ey Allohim, Abdulloh ibn Qaysning gunohini mag'firat qilgin! Qiyomat kuni uni yaxshi joyga kiritgin!" degan muborak duolarini oldilar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Muso Ash'ariy (r.a) ni "Chavondoz pahlavonlarning sayyidi" deb ataganlar. ("Hadis va hayot" , 27-juz, 188-bet)

5. "Toif kuni Rasululloh bir sahobani yonlariga chorladilar va sirli suhbatlashdilar. Odamlar: "U zotning bu sahoba bilan bo'lgan sirli suhbatlari rosa cho'zildi-ku", dedilar. Shunda Nabiy(s.a.v) aytdilar: "U bilan men sirli suhbat qilganim yo'q, u bilan Alloh sirli suhbatlashdi". Nabiy(s.a.v) aytganlaridek "Alloh bilan sirli suhbatlashgan" sahoba kim edi?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a)
b) Abdulloh ibn Abdulmuttolib (r.a)
c) Ali ibn Abu Tolib (r.a)
d) Umar ibn Xattob (r.a)
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib (r.a)
Izoh: Jobir roziyallohu anhu aytadilar: "Toif kuni Rasululloh Alini o'zlariga chorladilar va sirli suhbatlashdilar. Odamlar: "U zotning bu sahoba bilan bo'lgan sirli suhbatlari rosa cho'zildi-ku", dedilar. Shunda "U bilan men sirli suhbat qilganim yo'q, u bilan Alloh sirli suhbatlashdi", dedilar Rosululloh (s.a.v). ("Hadis va hayot" 26-juz, 199-bet)

6. Rasululloh s.a.v. orqaga qaytish haqidagi xabarni kimga odamlarga yetkazishni buyurdilar?
a) Abu Bakr Siddiqga
b) Umar ibn Hattobga
c) Ali ibn Abi Tolibga
d) Usmon ibn Affonga
To’g’ri javob: Umar ibn Hattobga
Izoh: Alloh taolo Rasululloh s.a.v. ga Toifni fath qilishga izn bermadi. U zot Umar ibn Hattobga r.a. ga odamlarga orqaga qaytish haqida habar berishni buyurdilar. (“Hadis va Hayot”: Nubuvvat va Risolat)
 
7. Qal’adan chiqib musulmonlar huzuriga kelgan qullar ozod etilishi amr qilingandan so’ng, nechta qul qal’adan qochib chiqdi?
a) 27 ta
b) 32 ta
c) 23 ta
d) 17 ta
To’g’ri javob: 23 ta
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qay bir qul qal’adan tushib, bizning huzurimizga kelsa, u ozoddir», deb jar soldirdilar. Shundan so‘ng yigirma uch kishi tushib keldi. (“Sahihul Buxoriy”)
 
8. Qal’adan g’altakda osilib tushgani uchun Rasululloh s.a.v. “G’altak otasi” deb kunyalagan sahoba kim edi?
a) Abu Bakra
b) Abu Ya’lo
c) Abu Hanzala
d) Abi Sarh
To’g’ri javob: Abu Bakra
Izoh: Ular ichida Abu Bakara ham bor edi – qal’aga suv tortadigan yog‘och g‘altakka (arabchada bakara) osilib tushgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni Abu Bakara deb kunyaladilar – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularni ozod qildilar va har birini bittadan musulmonga biriktirib, oziq-ovqatidan xabardor bo‘lib turishni topshirdilar. (“Rahiyq al-maxtum”)
 
9. Toif g’azotida shahid bo’lgan sahobalar berilgan qatorni korsating?
a) Abdulloh ibn Abu Bakr, Anas ibn Muoz.
b) Abdulloh ibn Abu Umayya, Said ibn Said.
c) Horis ibn Suroqa, Xallod ibn Qays.
d) Ziyod ibn Amr, Abdulloh ibn Suroqa.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abu Umayya, Said ibn Said.
Izoh: Hazrati Abu Bakrning o’g’li yaralangan, Umayya Salama onamizning ukalari Abdulloh ibn Abu Umayya bilan Xolid ibn Saidning ukasi Said shahid bo’lgan edi. (“Saodat asri qissalari”)

10. Rasululloh s.a.v. ga bir sahoba: «Ey, Allohning Rasuli, Saqifga bir duoi bad qiling», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam nima dedilar?
a) «Ey, bor Xudoyo, Senga itoat qilmagan Saqifni xarob qil!»
b) «Ey, bor Xudoyo, Saqifning gunohlarini kechir, bolalarini hidoyat qil!»
c) «Ey, bor Xudoyo, Saqifning ustiga Rahmating bilan nazar sol!»
d) «Ey, bor Xudoyo, Saqifni O’zing hidoyat qilgin, ularni O’zing keltirgin!»
To’g’ri javob: «Ey, bor Xudoyo, Saqifni O’zing hidoyat qilgin, ularni O’zing keltirgin!»
Izoh: «Ey, Allohning Rasuli, Saqifga bir duoi bad qiling», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Ey, bor Xudoyo, Saqifni O’zing hidoyat qilgin, ularni O’zing keltirgin!» dedilar.
Darhaqiqat, tezda Saqif qabilasi vakillari ko‘p o‘tmay kelib musulmon bo‘lganlarini e’lon qilishdi. (“Hadis va hayot:” Nubuvvat va Risolat)

11. Toif jangida Abu Sufyon (r.a)ning bir ko’zidan kim mahrum qilgan?
a) Abu Hanzala
b) Abu Sahr
c) Abu Ya’lo
d) Abu Uqayl.
To’g’ri javob: Abu Ya’lo
Izoh: Ibn Asokir r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Toif kuni Abu Sufyon r.a.ni Abu Ya’loning bog’ida o’tirib, taom tanovul qilayotganini ko’rdim. Bas u poylab otgan edi, ko’ziga tegdi. U nabiy s.a.v. huzurlariga kelib:
“Ey Allohning Rasuli, mana bu ko’zim Allohning yo’lida musibatga uchradi” dedi.
“Agar xohlasang duo qilaman, Alloh ko’zingni senga qaytaradi. Agar xohlasang, jannatni olasan”, dedilar.
“Jannatni”, - dedi u.” (“Hadis va hayot” 24 juz, 470 bet)

12. Rasululloh (s.a.v) Toif ahli huzuriga kimni jo'natadilar?
a) Hanzala ibn Rabiy' (r.a)
b) Zayd ibn Aslam (r.a)
c) No'mon ibn Abu Hamza (r.a)
d) Mexraz ibn Nazla (r.a)
To’g’ri javob: Hanzala ibn Rabiy' (r.a)
Izoh: Ibn Asokir Jobir (r.a) dan rivoyat qiladi:
"Toif kuni Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Hanzala ibn Rabiy' (r.a) ni Toif ahli huzuriga yubordilar. Ular uni aldab qo'rg'onlariga kiritishga harakat qildilar. Shunda rosululloh sollollohu alayhi vasallam : "Kim anavilarga bas kelsa unga mana shu jangimizning ajricha ajr berilur", dedilar.
Abbos ibn Abdulmuttolibdan boshqa hech kim tura olmadi…" ("Hadis va hayot" 23-juz, 212-bet.)

13. Rasululloh (s.a.v.) Toifga kelganlarining 4-kuni o’z qavmi bilan Islom lashkari safiga qo’shilgan kim edi?
a) Abdurrahmon ibn Abi Uqayl
b) Suroqa ibn Navfal
c) Tufayl ibn Amr
d) Abu Hurayra
To’g’ri javob: Tufayl ibn Amr
Izoh: Rasululloh (s.a.v) Toifga yetib kelganlariga 4 kun bo’lganda Tufayl ibn Amr ad-Davsiy o’z qavmi bilan jami 400 kishi Islom lashkari safiga kelib qo’shildi. O’zlari bilan dabboba va manjaniq qurol asboblarini olib kelishdi. (“Sayyidimiz Muhammad s.a.v.”)

14. Rasululloh (s.a.v.) Hunayn g’azoti o’ljasini taqsimlashda yangi musulmon bo’lgan yoki hali mushrik holida qolgan makkaliklarga qalblarida islomga muhabbat uyg’otish uchun (muallafatul qulub) ko’p o’ljalar, ulushlar ajratdilar. Ular bu ulushlarni qaysi xalifa davriga qadar olishda davom etdilar?
a) Umar (r.a.)
b) Usmon (r.a.)
c) Ali (r.a.)
d) Abu Bakr (r.a.)
To’g’ri javob: Abu Bakr (r.a.)
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) Hunayn g’azoti o’ljasini taqsimlashda yangi musulmon bo’lgan yoki hali mushrik holida qolgan makkaliklarga qalblarida islomga muhabbat uyg’otish uchun (muallafatul qulub) ko’p o’ljalar, ulushlar ajratdilar. Ular to Abu Bakr xalifalik davrigacha o’z ulushlarini olib turdilar. Abu Bakr davrida dindan qaytganlarga qarshi urushlar oxiriga yetib, Islom jamoasi saqlanib qolganidan keyin ham Hunaynda belgilangan maoshini olish uchun kelganlar Umar (r.a.) tomonidan rad etildi. Xalifa Abu Bakr ham e’tiroz bildirmadi. (“Saodat asri qissalari”).

15. “Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq” deb Rasululloh s.a.v. kimga aytdilar?
a) Abu Sufyonga
b) Hakim ibn Hizomga
c) Safvon ibn Ummayyaga
d) Hosris ibn Horisga
To’g’ri javob: Hakim ibn Hizomga
Izoh: Hakim bunga ham qanoat qilmay yana shuncha so‘radi, rasululloh hech ikkilanmay uning talabini qondirganlaridan keyingina: "Ey Hakim, mol-mulk degan ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan, shirin narsa. Ko‘zi to‘qlik bilan olsab barakasi bo‘ladi, ochko‘zlik bilan olsa, barakasi bo‘lmaydi. Mol-mulkka o‘ch odam yeb to‘ymas ochopatga o‘xshaydi. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq", dedilar. (“Nurul yaqin”)
 
16. Payg‘ambar alayhis-salom qolgan o’ljalarni yig’ib, hisobini olishni kimga topshirdilar?
a) Zayd ibn Sobitga
b) Ali ibn Abi Tolibga
c) Sa’d ibn Zubayrga
d) Jobir ibn Abdullohga
To’g’ri javob: Zayd ibn Sobitga
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom qolgan o’ljalarni hisobini olib, g‘oziylarga bo‘lib berishni Zayd ibn Sobitga topshirdilar. Biroq a’robiylar ungacha sabr qilmay ulushimizni ber deb, Rasulullohni o’rtaga olib bir daraxt tagiga surib kelishdi. (“Nurul yaqin”)
 
17. Rasululloh s.a.v. Abu Sufyon va uning oilasiga jami qancha o’lja ajratdilar?
a) 40 uqiya kumush, 100 ta tuya.
b) 80 uqiya kumush, 200 ta tuya.
c) 120 uqiya kumush, 300 ta tuya.
d) 160 uqiya kumush, 400 ta tuya.
To’g’ri javob: 120 uqiya kumush, 300 ta tuya.
Izoh: Abu Sufyon ibn Harbga qirq uvqiya kumush va yuzta tuya berdilar. «O’g‘lim Yazidga ham», degan edi, yana shuncha berdilar. «O’g‘lim Muoviyaga ham», degan edi, yana shuncha berdilar. (“Rahiyq al-maxtum”)

18. Havozin elchilari bilan musulmon bo’lishga kelganlar orasida Rasululloh s.a.vning emikdosh amakilari ham bor edi. U kishining ismi nima edi?
a) Zuhayr ibn Surod
b) Hajl ibn Mug’iyra
c) Abu Burqon
d) Baraka ibn Sa’d
To’g’ri javob: Abu Burqon
Izoh: O’ljalar taqsimlab bo‘linganidan so‘ng Havozindan elchilar kelishdi. Ular o‘n to‘rt kishi bo‘lib, boshliqlari Zuhayr ibn Surod degan kishi edi. Ular ichida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning emikdosh amakilari Abu Burqon ham bor edi. (“Rahiyq al-maxtum”)

19. Qamalda Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi turgan Toif ahli ko’p o’tmay hammadan avval hay’at jo’natib Rasululloh (s.a.v.)ga itoat etgan edi. Rasululloh (s.a.v.) toifliklarga kimni muallim sifatida jo’natdilar?
a) Sa’d ibn Abi Vaqqos
b) Muoz ibn Jabal
c) Usmon ibn Abul Os
d) Suhayl ibn Bayzo
To’g’ri javob: Usmon ibn Abul Os
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi turgan Toif ahli ko’p o’tmay hammadan ilgari Rasululloh (s.a.v.)ga hay’at jo’natib u zotga itoat etishlarini bildirdilar. Rasululloh (s.a.v.) bu voqeadan juda quvondilar. Toif hay’ati yurtlariga qaytayotganida Rasululloh (s.a.v.) toifliklarga musulmonlikni va Qur’oni Karimni o’rgatish uchun eng yosh musulmonlardan Usmon ibn Abul Osni berdilar va unga shularni tanbeh etdilar:
“Namozlarni cho’zma! Insonlarning eng zaiflarini mezon tut! Jamoat orasida katta, kichik, zaif va ish odami bo’lishini unutma!”. (“Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”).

20. Toif g’azoti uchun xos xususiyat nima?
a) Bu g’azot Rasululloh s.a.v. qatnashgan so’nggi g’azot bo’ldi.
b) Bu g’azotda birinchi marta manjaniq ishlatildi.
c) Bu g’azotda Rasululloh s.a.v. hayotlik paytlaridagi eng ko’p musulmon qatnashgan g’azot bo’ldi.
d) Bu g’azotda shu paytgacha eng ko’p o’lja tushdi.
To’g’ri javob: Bu g’azotda birinchi marta manjaniq ishlatildi.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu urushda birinchi marta manjaniq ishlatdilar. (“Hadis va hayot:” Nubuvvat va Risolat)
Nom: 6-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 29 Oktyabr 2010, 09:15:19
6-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Anisa   100
3   Aziza Mannopova   100
4   Bahodir Ashurov   100
5   Bahriddin Botirov   100
6   Iroda Turdimatova   100
7   SardorbekTurdiyev   100
8   Ummatiy Muhammadiy   95
9   Aziz Uralov   90
10   Mubashsher Muhammad   90
11   Dilmurod Majidov   85
12   Jamoliddin Hasanov   85
13   Muallim   85
14   Musannif Adham   85
15   Fatima Sultanova   80
16   Habib   80
17   Nodir Shoh   80
18   Shoxruh Mirzo   80
19   Kapalak (Zamira Hamidova)   75
20   Muvahhid (Otabek To'rayev)   75
21   Abdumuhaymin   70
22   Erkin Vahidov   70
23   Lolo   70
24   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   70
25   Braupov (Bahrom Raupov)   65
26   Mirolim Qodiraliyev   60
27   JaviK (Javlonbek Ikromov)   55
Nom: 7-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 29 Oktyabr 2010, 09:17:40
7-turning dastlabki natijalari

1   Ummatiy Muhammadiy   100
2   Mubashsher Muhammad   95
3   Fatima Sultanova   80
Nom: IV bosqichning umumiy reytingi
Yuborildi: AbdulAziz 29 Oktyabr 2010, 09:21:47
IV bosqichning umumiy reytingi

1   Ummatiy Muhammadiy   685
2   Mubashsher Muhammad   620
3   Fatima Sultanova   615
4   Anisa   595
5   Bahodir Ashurov   595
6   SardorbekTurdiyev   595
7   Abdulaziz Toshmatov   590
8   Aziza Mannopova   590
9   Iroda Turdimatova   590
10   Dilmurod Majidov   585
11   Bahriddin Botirov   580
12   Jamoliddin Hasanov   580
13   Muallim   580
14   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
15   Habib   550
16   Lolo   550
17   Nodir Shoh   550
18   Abdumuhaymin   545
19   Aziz Uralov   545
20   Shoxruh Mirzo   530
21   Mirolim Qodiraliyev   525
22   Kapalak (Zamira Hamidova)   505
23   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
24   Muhammad Sohib   480
25   Braupov (Bahrom Raupov)   465
26   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
27   Musannif Adham   455
28   Erkin Vahidov   420
29   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
30   G_u_l_i (Guli Omonova)   400
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Nodirshoh Mamatqulov   80
42   Xolms   80
43   Muzayyana   70
44   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
45   Maqsud Asqarov   55
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 05 Noyabr 2010, 10:07:10
IV BOSQICH
9-tur: Tabuk g’azoti. 2-qism

1. Rasululloh s.a.v. Tabuk g’azotiga qaysi kuni yo’lga chiqdilar?
a) Dushanba
b) Payshanba
c) Juma
d) Shanba

2. Tabuk g’azoti yana qanday nom bilan yuritiladi?
a) Rum g’azoti
b) Al-Usra g’azoti
c) Al-Hijr g’azoti
d) At-Taymo’ g’azoti

3. Abu Muso Ash’ariy qanday takilif bilan Rasululloh s.a.v. huzurlariga kelgan edi?
a) Rum ayollarining fitnasiga tushib qolishdan panoh tilab
b) O’zi va qabilasi uchun ot-ulov olishga
c) Munofiqlar to’planayotgan yahudiyning uyini yoqish taklifi bilan
d) Tabuk g’azotida u va uning do’stlari qatnashishini aytish uchun
 
4. Tabuk g’azotida Rasululloh s.a.v. qarshi reja tuzgan 12 ta munofiqning ismini Payg’ambar a.s. kimga aytganlar?
a) Hech kimga aytmadilar
b) Abu Bakr r.a.ga aytdilar
c) Ummu Salama r.a.ga atdilar
d) Huzayfa r.a.ga aytdilar

5. Islomiy qo‘shin Tabukka qarab borar ekan, yo‘lda Hijrdan – xarsang toshlarni kesib o‘zlariga uylar solib olgan Quro vodiysidan – o‘tdilar. Bu yerda itoatsiz qaysi qavm halokatga uchragan edi?
a) Od
b) Samud
c) Lut
d) Madyan

6. Musulmonlar qavmi Tabuk chashmasidan Rasululloh s.a.v. mo’jizalari bilan to’yib suv ichdilar. Shunda Rasululloh s.a.v. kimga «Ey …, agar umring uzun bo‘lsa, mana shu atroflarni bog‘-rog‘ bilan to‘lganini ko‘rasan», dedilar?
a) Muoz ibn Jabal r.a.ga
b) Sa’d ibn Muoz r.a.ga
c) Muoz ibn Horis r.a.ga
d) Muoz ibn Amr r.a.ga

7. Rasululloh (sav) Tabukka yetib kelganlarida nima qildilar?
a) Allohdan g’alaba ato qilishini so’rab 2 ra’kat hojat namozi o’qidilar;
b) Allohdan g’alaba ato qilishini so’rab 4 ra’kat hojat namozi o’qidilar;
c) Uzun xutba o’qidilar;
d) a va c javoblar to’g’ri

8. Janobimizning: "Ey Abdulloh! Bir g'azotga chiqqaningda o'tli hastalikka chalinib o'lasan-da, shahid bo'lasan… Yoki uloving seni yiqitib bo'yning sinadi va o'lasan-da, shahid bo'lasan…", degan kunlaridan beri doim ikki holdan birini kutib yurgan va Tabukda bu martabaga yetishgan Abdulloh ibn Zulbijodayni qaysi qabila vakili edi?
a) Bani Asfar
b) Muzayna
c) G'ifor
d) Huzayl

9. Rum lashkari  nima sababdan va qayerdan ortiga qaytib ketdi?
a) Rum askarlariga qo’shilgan arab qabilalari tarqab ketgani sababli Tabukka 3 kunlik yo’l qolganda ortiga qaytib ketdi;
b) Urush qilishga qo’rqib, Dimashqdan qaytib ketdi;
c) Rasululloh (sav) qaytib ketganilari haqidagi xabarni eshitib, Vodil Quro’dan qaytib ketdi;
d) Hiraql tushida Rasululloh (sav) uni mag’lub qilganlarini ko’rdi va urush qilishga yuragi dov bermay Dimashqdan qaytib ketdi;
e) Hiraql tushida Rasululloh (sav) uni mag’lub qilganlarini ko’rdi va urush qilishga yuragi dov bermay Vodil Qurodan qaytib ketdi;

10. Rasululloh (s.a.v) Tabukda turganlarida buzib tashlash uchun amr qilgan Vadd buti qaysi qabilaga tegishli edi?
a) Bani Kalb
b) Bani Kinda
c) Bani Vadd
d) Bani Asfar

11. Ma’lumki, nihoyatda muhtoj bo’lgani sabab g’azotlarda qatnasha olmaganlar 7 kishilik guruh bor edi. Ular ichida birginasi “Badr” g’azotida qatnashgan edi. U kim?
a) Ulba ibn Zayd (r.a.)
b) Solim ibn Umayr (r.a.)
c) Irboz ibn Soriya (r.a.)
d) Salma ibn Saxr (r.a.)

12. Rasululloh(s.a.v) g'azotdan qaytganidan keyin  Allohdan shahidlikni so'rab duo qilgan Abdurrahmon kim edi?
a) Gulas ibn Robiy'
b) Qusva ibn Hanzala
c) Muxassho ibn Humayr
d) Abdurrahmon ibn Ka'b

13. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xolid ibn Validni Davmatul Jandal hokimi Ukaydirni tutib, fath etib kelishga necha otliq bilan jo’natdilar?
a) 100
b) 240
c) 420
d) 500

14. Sulh shartnomasiga muvofiq Dovmatul Zandal hokimi Ukaydir qancha tuya beradigan bo’ldi?
a) 1000 ta
b) 2000 ta
c) 3000 ta
d) 4000 ta

15. Tabukda Ayla hokimi janob Rasululloh s.a.v.ga oq hachir hadya qildi. Javob Rasululloh s.a.v. bunga javoban unga nima tortiq qildilar?
a) Qizil tuya
b) Ipak kiyim
c) Oq rido
d) Qizil xamisa

16. Tabuk g’azoti kuni o’zi yollagan xizmatkor bilan urushib, uning qo’lini tishlab olgan va kurak tishidan ayrilib Rasululloh s.a.v.ga ko’rsatgan sahoba kim edi?
a) Lumayd So’idiy r.a.
b) Mug’iyra ibn Shu’ba r.a.
c) Ya’lo ibn Umayya r.a.
d) Abu Humayd r.a.

17. «Boshqalar esa, gunohlarini e’tirof qildilar, ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir», degan oyati kimning qilmishi haqida nozil bo'lgan?
a) Abu Luboba va uning sheriklari haqida.
b) Tabukka bormagan munofiqlar haqida.
c) Qo'shindan ortda qolib ketganlar haqida.
d) Masjidi Ziror voqeasi haqida.

18. Qaysi qabila bilan mahsulotning to’rtdan birini hiroj tariqasida berishga kelishildi?
a) Jarbo’
b) Mino
c) Ayla
d) Yuhanno
 
19. Masjidi Ziror kimning buyrug’i bilan qurildi?
a) Ubay iobn Salulning
b) Abu Omirning
c) Vodiy’a ibn Sobitning
d) Yahudiy Suvaylimning

20. Qur’oni karim oyatlari ila tavbalari qabul qilingan uch kishi kim edi?
a) Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’, Hilol ibn Umayya.
b) Vodiy’a ibn Sobit, Muxashsho ibn Humayr, Abu Luboba.
c) Abu Laylo Abdurrahmon ibn Ka’b, Amr ibn Ataba, Salma ibn Saxr.
d) Solim ibn Umayr, Haramiy ibn Amr, Ulba ibn Zayd.

Ushbu turda AbdulAziz, Aziza Mannopova, Anisa, Bahriddin Botirov va Nodir Shohning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi - 10-tur maxsus tur bo’lib, u online tarzda o’tkaziladi. Online tur shartlarini inshaalloh, bir hafta o’tib e’lon qilamiz.

8-tur javoblari 11-noyabrga qadar qabul qilinadi.
9-tur javoblari 18-noyabrgacha qabul qilinadi.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 05 Noyabr 2010, 10:08:05
IV BOSQICH
7-tur: Toif g’azotidan keyingi voqealar
Javoblar va izohlar

1. Toif muhosarasi davomida Yamanda bo’lgan ularning bir boshlig’i Rasululloh (s.a.v) qaytganlarida Madinaga borib islom dinini  qabul qilgan edi. Toifga qaytishda musulmonlikni aholiga qabul ettirish uchun ko’p harakat qildi. Bir kuni erta turib uyining tomiga chiqib musulmon bo’lganlarni namozga chaqirish uchun azon ayta boshladi. O’shanda Saqif qabilasining bir guruh askarlari g’azablanib uning uyini o’rab olishdi. O’ldirgunlariga qadar uni o’q yomg’iriga tutishdi. So’nggi hafasini olarkan, u Islom dini yo’lida shahid bo’layotgani uchun Allohga shukr etdi va musulmon shahidlarning yoniga ko’mishlarini so’radi.
Gap kim haqida bormoqda?

a) Muammar ibn Horis
b) Horis as-Saqifiy
c) Ubayda as-Saqaliy
d) Urva
To’g’ri javob: Urva
Izoh: Toif muhosarasi davomida Yamanda bo’lgan ularning boshlig’I Urva Rasululloh (s.a.v) qaytganlarida Madinaga borib islom dinini  qabul qilgan edi. Toifga qaytishda musulmonlikni aholiga qabul ettirish uchun ko’p harakat qildi. Bir kuni erta turib uyining tomiga chiqib musulmon bo’lganlarni namozga chaqirish uchun azon ayta boshladi. O’shanda Saqif qabilasining bir guruh askarlari g’azablanib uning uyini o’rab olishdi. O’ldirgunlariga qadar uni o’q yomg’iriga tutishdi. So’ngi hafasini olarkan, Urva Islom dini yo’lida shahid bo’layotgani uchun Allohga shukr etdi va musulmon shahidlarning yoniga ko’mishlarini so’radi. ("œHazrati Payg’ambarimiz va Islom dini").

2. Saqif qabilasi islom diniga kirishlarini ma’lum qilish maqsadida Rasululloh (s.a.v)ga vakil jonatishlariga asos bo’lgan hodisa nima edi?
a) Rasululloh (s.a.v) ning Tabuk safarida qo’lga kiritgan porloq zafarlari bilan butun Hijoz Islom diniga burkanishi
b) Islom dinining mohiyatini chin ko’ngildan anglab yetganlari
c) Rasululloh (s.a.v)ning Toifga yana qo’shin tortib kelishlaridan hadiksirab, oldini olish maqsadida
d) Toifliklarning boshlig’ining joniga suiqasd qilishlari
To’g’ri javob 1: Toifliklarning boshlig’ining joniga suiqasd qilishlari
Izoh: Toifliklarning boshlig’i Urvaning bu tarzda shahid etilishi Havozin qabilasi bilan toifliklarning orasini ochdi. Shundayki, Saqif bu qilgan jinoyatlari tufayli tashqariga chiqa olmaydigan bo’ldi. Qilmishlariga pushaymon bo’ldilar, afsus-nadomat chekdilar. Pirovardida, musulmonlikni qabul qilishga qaror berdilar. Madinaga bir hay’at yubordilar. ("œHazrati Payg’ambarimiz va Islom dini").
To’g’ri javob 2: Rasululloh (s.a.v)ning Toifga yana qo’shin tortib kelishlaridan hadiksirab, oldini olish maqsadida
Izoh: Toif xalqi bu holni hadik-xavotir bilan kuzatib turardi. Lashkar bilan kelib qal’ani qamal qilgan Rasulullohga qarshi qilich yalang‘ochlab jang qilishga jasorat topmagan qabila endi Madinaga askar tortib borib u yerda urush qila olarmidi? Atrofdagi qabilalarga do‘q urib: «Agar Islomni qabul qilsalaring, sizlarni yo‘q qilamiz!» deyishga endi imkon qayda? Shunday ekan, oldilarida bir yo‘l qolgan edi: masala ustida jiddiy bosh qotirishlari, butun qabila xalqi foydali bir qarorga kelishlari lozim. ("œSaodat asri qissalari")

3. Toifliklar hay’at jo’natib islom dinini qabul qilishga qaror berish bilan birga ba’zi shartlarni ham ilgari surdilar. Butlarning ma’lum bir vaqtgacha o’z holiga qo’yilishini so’radilar. Hay’atning bu taklifi qanday qabul qilindi?
a) 2 yil muddatgacha ruxsat etildi
b) taklif rad etildi
c) Islom dinini to’liq anglab o’zlari undan voz kechgunlariga qadar ruxsat etildi
d) namoz o’qish sharti bilan taklif qabul etildi
To’g’ri javob: taklif rad etildi
Izoh: Toifliklar hay’at jo’natib islom dinini qabul qilishga qaror berish bilan birga ba’zi shartlarni ham ilgari surdilar. Butlarning ma’lum bir vaqtgacha o’z holiga qo’yilishini so’radilar. Holbuki, musulmonlik yakka Tangri e’tiqodiga suyanardi. Tabiiyki, butga sig’inishning davom etilishiga ruxsat etilmasdi. Hay’atning taklifi rad qilindi. ("œHazrati Payg’ambarimiz va Islom dini").

4. Rasululloh s.a.v. Juhayna qabilasiga zakot yig’uvchi qilib kimni yubordilar?
a) Abbod ibn Bashir r.a.
b) Yazid ibn Husoyn r.a.
c) Rofi’ ibn Makis r.a.
d) Bashir ibn Sufyon r.a.
To’g’ri javob: Rofi’ ibn Makis r.a.
Izoh: Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga sakkizinchi yilning oxirlarida kirib keldilar. Tez orada to‘qqizinchi hijriyning boshi, ya’ni muharram oyi boshlandi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qabilalarga zakot yig‘uvchi kishilarni (omillarni) yubordilar. Quyida ularning ro‘yxatini keltiramiz:
1. Uyayna ibn Hisnni    - Banu Tamimga;
2. Yazid ibn Husoynni - Aslam va G’ifor qabilalariga;
3. Abbod ibn Bashir al-Ashhaliyni - Sulaym va Muzayna qabilalariga;
4. Rofi’ ibn Makisni - Juhaynaga; ("œRohiyq al-maxtum").

5. Rasululloh s.a.v. Al-Alo’ ibn al-Xazramiy r.a.ni zakot yig’uvchi qilib qayerga jo’natdilar?
a) San’oga
b) Hazramavtga
c) Najronga
d) Bahraynga
To’g’ri javob: Bahraynga
Izoh: 15. Al-Alo’ ibn al-Xazramiyni - Bahraynga;
16. Aliy ibn Abi Tolibni - Najronga sadaqa va jizyalarni yig‘ishga yubordilar. ("œRohiyq al-maxtum").

6. Jidda sohillaridagi qaroqchi habashlarga qarshi yuborilgan sariyya sardori kim edi?
a) Zahhok ibn Sufyon r.a.
b) Alqama ibn Mujazzir r.a.
c) Qutba ibn Omir r.a.
d) Uyayna ibn Hisn r.a.
To’g’ri javob: Alqama ibn Mujazzir r.a.
Izoh: Ushbu sariyya Judda sohillari yaqinida qaroqchilik qilish va Makka ahlini talash maqsadida yig‘ilgan habashlar guruhiga qarshi yuborildi. Alqama dengizdan o‘tib, orolga yetib borganida musulmonlarning kelayotganidan darak topgan qaroqchilar to‘dasi qochib qutulishdi. ("œRohiyq al-maxtum").

7. Payg‘ambar alayhis-salom bani Mustaliq arablaridan zakot olish uchun dastlab kimni yubordilar?
a) Valid ibn Uqba r.a.ni
b) Xolid ibn Valid r.a.ni
c) Amr ibn Os r.a.ni
d) Bashir ibn Sufyon r.a.ni
To’g’ri javob: Valid ibn Uqba r.a.ni
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bani Mustaliq arablaridan zakot olish uchun Valid ibn Uqba ibn Abi Muaytni yubordilar. ("œNurul yaqin")

8. Banu Tamimga yuborilgan sariyyaga sabab bo’lgan voqea nima edi?
a) Banu Tamim musulmonlari murtad bo’lib ketgan edi.
b) Banu Tamimliklar musulmon karvoniga hujum qilgan edi.
c) Banu Tamim boshqa qabilalarni jizya to‘lashlarini man qilgan edi.
d) Banu Tamimning musulmonlarga qarshi qo’shin to’plagani.
To’g’ri javob: Banu Tamim boshqa qabilalarni jizya to‘lashlarini man qilgan edi.
Izoh: Ushbu sariyyada muhojir va ansorlardan hech kim ishtirok etmadi. Sariyya yuborilishiga sabab — Banu Tamim boshqa qabilalarni musulmonlarga qarshi gijgijlagan va ularni jizya to‘lashlarini man qilgan edi. ("œRohiyq al-maxtum").

9. Uyayna ibn Hisn sariyasining asirlari kimning hovlisiga tushirildi?
a) Ramla bint Horis r.a.ning
b) Sa’d ibn Uboda r.a.ning
c) Sa’d ibn Mu’oz r.a.ning
d) Bashir ibn Sufyon r.a.ning
To’g’ri javob: Ramla bint Horis
Izoh: Uyayna ibn Hisn kunduzlari yashirinib, tunlari yo‘l yurib borib, ularga sahroda hujum qildi. Qavm qochib, tumtaraqay bo‘lib ketdi. Ulardan o‘n bir erkak, yigirma bir ayol va o‘ttizta bolani qo‘lga olib, Madinaga keltirdi. Ularni Ramla bint Horisning hovlisiga tushirildi. ("œRohiyq al-maxtum").

10. Bani Tamim elchilarining notig’i Utorid ibn Hojibning qarshisiga Rasululloh s.a.v. kimni javob aytishga chaqirdilar?
a) Sobit ibn Qays r.a.
b) Ka’b ibn Molik r.a.
c) Hasson ibn Sobit r.a.
d) Sa’d ibn Mu’oz r.a.
To’g’ri javob: Sobit ibn Qays r.a.
Izoh: Ular faxrlanish va maqtanishda musobaqa qilish rag‘batini izhor qilishdi va ichlarida eng gapga chechan va notiq bo‘lgan Utorid ibn Hojibni oldinga chiqarishdi. U bisotidagi gaplardan gapirib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam islom notiqlaridan Sobit ibn Qays ibn Shammosni uning gaplariga javob aytishga chiqardilar. ("œRohiyq al-maxtum").

11. Bani Tamim elchilarining shoiri Zibriqon ibn Badrga munosib javob bergan musulmon shoiri kim?
a) Sobit ibn Qays r.a.
b) Ka’b ibn Molik r.a.
c) Hasson ibn Sobit r.a.
d) Sa’d ibn Mu’oz r.a.
To’g’ri javob: Hasson ibn Sobit r.a.
Izoh: Keyin ular shoirlari Zibriqon ibn Badrni chiqarishdi, u o‘zlarini maqtab she’r o‘qidi. Unga islom shoiri Hasson ibn Sobit o‘sha zahoti munosib she’riy javob qaytardi. ("œRohiyq al-maxtum").

12. 9-hijriy yilda yuborilgan qaysi sariyya sardori jangda vafot etdi? 
a) Zahhok ibn Sufyon r.a.
b) Alqama ibn Mujazzir r.a.
c) Qutba ibn Omir r.a.
d) Uyayna ibn Hisn r.a.
To’g’ri javob: Qutba ibn Omir r.a.
Izoh: Qutba yigirma kishilik jamoa bilan o‘nta tuyaga navbatlashib minishib, aytilgan manzilga yetib borib, hamla qildi. Ikki o‘rtada qattiq jang bo‘lib, har ikki tomondan ko‘plab jarohatlanganlar bo‘ldi. O’ldirilganlar orasida Qutba ibn Omirning o‘zi ham bor edi. ("œRohiyq al-maxtum").

13. Sudo’ qabilasiga Rasululloh s.a.v. kim boshchiligidan qo’shin yubordilar?
a) Savfon ibn Umayya
b) Sa’d ibn Bakr
c) Muammar ibn Horis
d) Qays ibn Sa’d
To’g’ri javob: Qays ibn Sa’d
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga qaytib kelganlaridan keyin Yamanda yashovchi Sudo’ qabilasini islom diniga da’vat etish uchun Qays ibn Sa’d boshchiligida to‘rt yuz kishilik qo‘shin yubordilar. ("œNurul yaqin")
 
14. Hajjatul vado’ (xayrlashuv haji)da Sado’ qabilasidan qancha odam kelib, Rasululloh s.a.v. bilan Ka’bani tavof qildi?
a) 70 ta
b) 150 ta
c) 200 ta
d) 100 ta
To’g’ri javob: 100 ta
Izoh: Elchilar o‘z yurtiga qaytib borgach, butun qabilasi imon keltirib, musulmon bo‘ldi. Hajjatul vado’ (xayrlashish haji) da ulardan yuz kishi kelib, payg‘ambar alayhissalom bilan Ka’bani tavof qilishdi. ("œNurul yaqin")
 
15. Toy qabilasining buti nomi nima edi?
a) Manot
b) Fuls
c) Uzzo
d) Lot
To’g’ri javob: Fuls
Izoh: Shu yilning rabbiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Ali ibn Abu Tolib boshchiligidagi ellik nafar suvoriyni Tay qabilasining Fulus degan butini sindirib tashlagani yubordilar. ("œNurul yaqin")

16. Toy qabilasining butini vayron qilish uchun necha kishidan iborat sariyya yuborildi?
a) 100
b) 150
c) 200
d) 300
To’g’ri javob: 150
Izoh: 9-hijriy rabiul-avval oyida Toy qabilasining Fuls nomli butini vayron qilish uchun Aliy ibn Abi Tolib boshchiligida bir yuz ellik kishidan iborat ushbu sariyya yuzta tuya va ellikta otga mingan holda yo‘lga chiqishdi.

17. Toy qabilasidan tushgan asirlar orasidagi Hotamning qizi ismi nima edi?
a) Otika
b) Saffona
c) Rayhona
d) Fazzola
To’g’ri javob: Saffona
Izoh: Asirga tushganlar orasida saxiyligi bilan dong‘i ketgan Hotamning qizi Saffona ham bor edi. ("œNurul yaqin")

18. Adiy ibn Hotam Toyi qayerga qochib ketgan edi?
a) Yamanga
b) Bahraynga
c) Shomga
d) Habashistonga
To’g’ri javob: Shomga
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salomning yaxshi muomalasi Saffonaning akasi Adiy ibn Hotamning islom diniga kirishiga sabab bo‘ldi. Adiy islom qo‘shinining son-sanoqsiz a’lamlarini ko‘rib, Shomga qochib ketgan edi. ("œNurul yaqin")

19. Rasululloh s.a.v.ning uylaridagi suhbatda Adiy ibn Hotim o‘z dini haqida nima dedi?
a) "œMen hanif muslimman".
b) "œMen nasoroman".
c) "œMen murji’aman"
d) "œMen hafiziyman".
To’g’ri javob: "œMen hanif muslimman".
Izoh: U zotning uylariga kirib o‘tirganidan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Nega qochib ketasan? «La ilaha illalloh» deyishdan qochasanmi?! Bir Allohdan o‘zga ibodatga loyiq zot borligini bilasanmi?!», dedilar u: «Yo‘q», dedi. U bilan bir muddat gaplashdilar, so‘ng: «Sen «Allohu akbar» degan so‘zdan qochasan. Axir Allohdan ko‘ra buyukroq biron zot borligini bilasanmi?!», dedilar. U: «Yo‘q», dedi. «Yahudlar Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan, nasorolar esa adashgan kishilardir», dedilar. Shunda Adiy: «Men hanif (ya’ni, haqdan og‘magan Ibrohim alayhissalom dinidagi) muslimman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yuzlari quvonchdan yorishib ketdi. So‘ng uni ansorlardan birining hovlisiga tushirdilar. U erta-yu kech Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, u zotning suhbatlaridan bahramand bo‘lib turdi. ("œZodul ma’od")

20. Rasululloh s.a.v. Adiy ibn Hotim r.a.ga «Agar umring uzun bo‘lsa, bir ayolning Olloh taolodan bo‘lak hech kimsadan qurqmay, "¦dan taxtiravonda kelib Ka’bani tavof qilganini albatta ko‘rgaysan», — dedilar. Rasululloh s.a.v. zikr qilgan shahar qaysi?
a) San’o
b) Hiyra
c) Quddus
d) Hazramavt
To’g’ri javob: Hiyra
Izoh: Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirganimda bir kishi kelib qashshoqlikdan shikoyat qildi. So‘ng, yana bir kishi kelib yo‘lto‘sarlardan (qaroqchilardan) shikoyat qildi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Adiy, Hiyra (Furot daryosi yaqinidagi tarixiy shahar)ni ko‘rganmisan?»— dedilar. Men: «Sira ko‘rmaganman, uning haqida eshitganman, xalos», — dedim. Ul zot: «Agar umring uzun bo‘lsa, bir ayolning Olloh taolodan bo‘lak hech kimsadan qurqmay, Hiyradan taxtiravonda kelib Ka’bani tavof qilganini albatta ko‘rgaysan», — dedilar. («Sahihi Buxoriy»).
Nom: 7-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 05 Noyabr 2010, 10:10:55
7-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Abdumuhaymin   100
3   Anisa   100
4   Aziza Mannopova   100
5   Bahodir Ashurov   100
6   Bahriddin Botirov   100
7   Dilmurod Majidov   100
8   G_u_l_i (Guli Omonova)   100
9   Iroda Turdimatova   100
10   Jamoliddin Hasanov   100
11   Lolo   100
12   Muallim   100
13   Mubashsher Muhammad   100
14   Nodir Shoh   100
15   SardorbekTurdiyev   100
16   Shoxruh Mirzo   100
17   Ummatiy Muhammadiy   100
18   Habib   95
19   Braupov (Bahrom Raupov)   90
20   Kapalak (Zamira Hamidova)   90
21   Fatima Sultanova   80
Nom: 8-turning dastlabki natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 05 Noyabr 2010, 10:12:35
8-turning dastlabki natijalari

Anisa   100
Begzod Bakirov   80
Nom: IV bosqichning umumiy reytingi
Yuborildi: AbdulAziz 05 Noyabr 2010, 10:15:05
IV bosqichning umumiy reytingi

1   Anisa   795
2   Bahodir Ashurov   695
3   SardorbekTurdiyev   695
4   Abdulaziz Toshmatov   690
5   Aziza Mannopova   690
6   Iroda Turdimatova   690
7   Dilmurod Majidov   685
8   Ummatiy Muhammadiy   685
9   Bahriddin Botirov   680
10   Jamoliddin Hasanov   680
11   Muallim   680
12   Lolo   650
13   Nodir Shoh   650
14   Abdumuhaymin   645
15   Habib   645
16   Shoxruh Mirzo   630
17   Mubashsher Muhammad   625
18   Fatima Sultanova   615
19   Kapalak (Zamira Hamidova)   595
20   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
21   Braupov (Bahrom Raupov)   555
22   G_u_l_i (Guli Omonova)   550
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
26   Muhammad Sohib   480
27   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
28   Musannif Adham   455
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   80
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55
Nom: 8-tur: Tabuk g’azoti. 1-qism (Javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 12 Noyabr 2010, 10:46:22
IV BOSQICH
8-tur: Tabuk g’azoti. 1-qism
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh (sav) Hiraql rumliklardan katta qo’shin to’playotgani haqidagi xabarni eshitib, sahobalarga Rumga qarshi g’azotga tayyorlanishni buyurdilar. Manbalarda kelishicha ushbu g’azotga chiqishlarining yana bir sababi nima edi?
a) Ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi;
b) Zayd ibn Horisaning o’chini olish;
c) Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish;
d) Abdulloh ibn Ravohaning o’chini olish;
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob 1: Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish.
Izoh: Rasululloh (sav) Hiraql rumliklar va o’ziga qarashli arab qabilalaridan qo’shin to’playotganini eshitib, ularga qarshi g’azotga otlandilar. Yana Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish uchun ham deyiladi. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 53-bet)

2. Tabuk qayerda joylashgan?
a) Madina bilan Shomning qoq o’rtasida joylashgan
b) Shom bilan Vodil Quroning orasida joylashgan
c) Madina bilan Vodil Quro orasida joylashgan
d) Madinadan 20 kunlik uzoqda joylashgan
To’g’ri javob 1: Shom bilan Vodil Quroning orasida joylashgan.
Izoh: Tabuk Shom bilan Vodil Quroning orasida joylashgan joydir. (Rashid Rizo, "œSayyidina Muhammad s.a.v". 344-bet)
To’g’ri javob 2: Madina bilan Shomning qoq o’rtasida joylashgan
Izoh: "Uzoq va xorituvchi bir yurishdan so'ng Islom qo'shini Madina bilan Shomning naqd o'rtasida Tabuk deyiluvchi joyga yetib keldi". ("Hazrati Payg'ambarimiz va islom dini", 142-bet)

3. Payg'ambar (s.a.v) islom lashkarlari bilan Tabuk jangiga otlanayotganida 2 kishi: "Bani Asfarga qarshi urushish turli arboblarning bir-birlari bilan urushiga teng, deb o'ylaysizlarmi? Allohga qasamki, bizga xuddi ertaga arqonga bog'langan holingiz ko'rinyapti", deb mo'minlarni qo'rqitadi. Mazkur kishilar kim edi?
a) Ubay(yoki Abdulloh) ibn Sulul va Gulas ibn Robiy'
b) Solim ibn Maqis va Abul Hasan ibn Habbor
c) Qusva ibn Hanzala va Asvad ibn Simok
d) Vodiy'a ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayr
To’g’ri javob: Vodiy'a ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayr
Izoh: Nabiy s.a.v. Tabuk g’azotiga jo’nayotganlarida bir guruh munofiqlar, jumladan, Vodi’a ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayr ham birga edilar. Ular bir-birlariga: "œBani Asfarga qarshi urushish turli arboblarning bir-birlari bilan urushiga teng deb o'ylaysizlarmi? Allohga qasamki, bizga xuddi ertaga arqonga bog'langan holingiz ko'rinyapti" deb qo’rqitdilar. ("œHadis va hayot" 19-juz, 423-bet)

4. Munofiqlar kimning uyiga to'planib, musulmonlarni Tabukdan qaytarishga harakat qildilar?
a) Abu Uqaylning
b) Abu Hanzalaning
c) Suvaylimning
d) Abu Ya'loning
e) Abdulloh ibn Salulning
To’g’ri javob: Suvaylimning
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ba’zi munofiq odamlar Suvaylim ismli yahudiyning uyiga to‘planib olib, Tabuk g‘azotida odamlarni Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam ortda qolishga chaqirayotganlari ma’lum bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha yerga bir guruh sahobalar bilan Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhuni yubordilar va ularga Suvaylimning uyiga o‘t qo‘yib yuborishga amr qildilar. Tolha roziyallohu anhu amrni bajo keltirdi. ("œHadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat")

5. Tabuk g’azoti uchun Usmon ibn Affon (r.a) qancha dinor xayr-ehson qildilar?
a) 1000 dinor
b) 2000 dinor
c) 3000 dinor
d) 4000 dinor
To’g’ri javob: 1000 dinor
Izoh: Abdurahmon ibn Samura (r.a) aytadi: "œUsmon ming dinorni yengiga solib keltirib, Nabiy (sav) "œQiyinchilik" urushiga tayyorlanayotganlarida qo’ynilariga to’kdi. Nabiy (sav) ning qo’ynilaridagini u yoq-bu yoqqa ag’darib turib, ikki marta:
"œBugundan keyin Usmonga nima qilsa ham, zarar qilmaydi", deganlarini ko’rdim". Termiziy rivoyat qilgan. (Hadis va hayot: "œUsmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo". 22-juz, 35-bet)

6. Tabuk g’azoti uchun Usmon ibn Affon (r.a) ehson qilgan dinorlar qancha oltinga teng bo’lgan?
a) 4 kg dan ortiq
b) 8 kg dan ortiq
c) 12 kg dan ortiq
d) 16 kg dan ortiq
To’g’ri javob: 4 kg dan ortiq
Izoh:Abdurahmon ibn Samura (r.a) aytadi: "œUsmon ming dinorni yengiga solib keltirib, Nabiy (sav) "œQiyinchilik" urushiga tayyorlanayotganlarida qo’ynilariga to’kdi. Nabiy (sav) ning qo’ynilaridagini u yoq-bu yoqqa ag’darib turib, ikki marta:
"œBugundan keyin Usmonga nima qilsa ham, zarar qilmaydi", deganlarini ko’rdim". Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: O’sha vaqtning dinori 4 grammdan ortiq sof oltin bo’lishini hisobga oladigan bo’lsak, hazrati Usmon ibn Affon (r.a) o’sha daf’a Payg’ambar (sav) ning qo’ynilariga to’rt kilodan ortiq sof oltinni to’kkanlari ma’lum bo’ladi. (Hadis va hayot: "œUsmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo". 22-juz, 36-bet)

7. Rasululloh s.a.v.dan jihodga borish uchun ulov so’ragan sahobalar qanday nomlandi?
a) "œUlovsizlar"
b) "œYig’loqilar"
c) "œOyoq-yalanglar"
d) "œChirmashuvchilar"
To’g’ri javob: "œYig’loqilar"
Izoh: Keyin musulmonlar ichida «yig‘loqilar» nomini olgan bir guruh sahobalar kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan jihodga borish uchun ulov so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga:
«Men sizlarni ko‘taradigan narsa topa olmadim», dedilar. Ular ko‘zlaridan yoshlari marjon-marjon to‘kilib ortlariga qaytdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

8. Jihodga borish uchun ulov topolmay ko’z yosh qilganlardan Abdurrahmon ibn Ka’b va Abdulloh ibn Mig’falga o’z suv tashiydigan tuyasini bergan sahoba kim?
a) Ibn Yamin ibn Umayr r.a.
b) Abu Uqayl r.a.
c) Abdurrahmon ibn Avf r.a.
d) Sibo’ ibn Urfuta r.a.
To’g’ri javob: Ibn Yamin ibn Umayr r.a.
Izoh: Ibn Yamin ibn Umayr ibn Ka’b an-Nazriy haligi yig‘laganlardan Abdurrohman ibn Ka’b va Abdulloh ibn Mig‘falni ko‘rib, nimaga yig‘layapsizlar, deb so‘radi. Ular:
«Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bizga ulov berishlarini so‘ragan edik, u kishida bizni mindiradigan narsa yo‘q ekan. O’zimizda ham jihodga chiqadigan hech narsamiz yo‘q», deyishdi.
Shunda u ikkovlariga suv tashiydigan tuyasini va bir muncha xurmo berdi. Ikkovlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan jihodga bordilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

9. Rasululloh s.a.v. "œAlloh "¦ga rahmat qilsin, yolg‘iz yuradi, yolg‘iz o‘ladi, yolg‘iz tiriladi" deb marhamat qilgan sahoba kim edi?
a) Abu Zarr G’iforiy r.a.
b) Abu Xaysama r.a.
c) Umayr ibn Vahb r.a.
d) Abu Hurayra r.a.
To’g’ri javob: Abu Zarr G’iforiy
Izoh: Abu Zarr roziyallohu anhu ham ortda qoldi. Uning tuyasi yurmay qolgan edi. Odamlar: «Ey, Allohning Rasuli, Abu Zarr ortda qoldi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  «Uni tek qo‘yinglar, unda biror yaxshilik bo‘lsa, Alloh uni sizlarga yetishtiradi. Agar unday bo‘lmasa, Alloh sizni undan qutqargan bo‘ladi», dedilar.
Abu Zarr tuyasini yurishini kutib turdi. Yuravermagach, tuyaning ustidagi narsalarni oldida yelkasiga ko‘tarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam izlaridan yurib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir joyda dam olgani to‘xtadilar. Musulmonlardan birlari uzoqdan kelayotgan odam qorasini ko‘rib: «Ey, Allohning Rasuli, bir odam yolg‘iz piyoda kelmoqda», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Zarr bo‘lsaydi», dedilar. Odamlar sinchiklab qarab, uning Abu Zarr ekanini tanidilar va: «Ey, Rasululloh, Allohga qasamki, o‘sha odam Abu Zarr», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh Abu Zarrga rahmat qilsin, yolg‘iz yuradi, yolg‘iz o‘ladi, yolg‘iz tiriladi», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

10. Tabuk g’azoti uchun bor molini keltirgan, ahli oilasi uchun bir dirham ham olib qolmagan sahoba kim edi?
a) Abu Bakr siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Usmon ibn Affon r.a.
d) Abdurrahmon ibn Avf r.a.
To’g’ri javob: Abu Bakr siddiq r.a.
Izoh: Abu Bakr Siddiq bor molini — ya’ni, 4000 (to‘rt ming) dirham — keltirib berdi, ahli-oilasi uchun Allohu Rasulidan boshqa narsani qoldirmadi. Buni u hammadan birinchi bo‘lib olib kelgan edi. ("œRohiyq al-maxtum")

11. Rasululloh s.a.v.: "Ey bor Xudoyo, ...dan rozi bo'lgin, men undan roziman" dedilar. Bu o'rinda Rasululloh s.a.v. kimning nomini tilga oldilar?
a) Usmon ibn Affon
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Uqayl
d) Abu Bakr
To’g’ri javob: Usmon ibn Affon
Izoh: Xayr ehson qiluvchilar peshqadami Usmon ibn Affon r.a. edilar. U kishi hech kim qilmagan xayr ehson qildilar. U kishining bu saxiyligini taqdirlab Rasululloh s.a.v. "Ey bor Xudoyo Usmondan rozi bo'lgin, men undan roziman" dedilar. ("œHadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat")

12. Rasululloh s.a.v. Madinaga kimni xalifa qilib qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum r.a.
b) Zayd ibn Horisa r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
d) Numayla al-Laysiy r.a.
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama r.a.
Izoh: Qo‘shinning tayyorgarligi shu tarzda amalga oshirilgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga Muhammad ibn Maslama al-Ansoriyni xalifa qilib qoldirdilar, ayrimlar Sibo’ ibn Urfutani xalifa qilganlar ham deyishgan. ("œRohiyq al-maxtum")

13. Rasululloh s.a.v. qayerga askargoh qurdilar?
a) Vodil quroga
b) Qubo yaqiniga
c) Saniyyatul vado’ga
d) Hijr yaqiniga
To’g’ri javob: Saniyyatul vado’ga
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Saniyyatul Vado’ nomli joyga askargoh qurdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

14. Tabuk g’azotiga chiqqan musulmon qo’shini soni qancha edi?
a) 20000 mingga yaqin
b) 25000 mingga yaqin
c) 30000 mingga yaqin
d) 40000 mingga yaqin
To’g’ri javob: 30000 mingga yaqin
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ttiz mingga yaqin kishi bilan yo‘lga chiqdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

15. Islom lashkarlari Tabuk g'azotiga otlanayotganda qo'shin safida qancha ot-ulov bor edi?
a) 10000 ot va 12000 tuya
b) 8000 ot va 10000 tuya
c) 12000 ot va 16000 tuya
d) 6000 ot va 10000 tuya
To’g’ri javob: 10000 ot va 12000 tuya
Izoh: Rasululloh s.a.v. 9-hijriy sananing Rajab oyidan besh kun qolganda Tabuk janggiga chiqdilar"¦ Islom lashkarining o’ng ming oti, o’n ikki ming tuyasi bor edi. ("œHadis va hayot" 24-juz, 397-bet)

16. Tabuk g’azotida bayroqdor bo’lgan sahobalar yozilgan qatorni ko’rsating.
a) Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Abu Tolha (r.a), Usayd ibn Huzayr (r.a);
b) Umar ibn Xattob (r.a), Amr ibn Os (r.a),  Jobir ibn Abdulloh (r.a), Habbob ibn Munzir (r.a);
c) Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Usayd ibn Huzayr, Habbob ibn Munzir (r.a)
d) Abdurohman ibn Avf (r.a), Xolid ibn Valid (r.a), Usayd ibn Huzayr (r.a), Habbob ibn Munzir (r.a)
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Usayd ibn Huzayr, Habbob ibn Munzir (r.a)
Izoh: Rasululloh (sav) Saniyatul Vado’dan Tabukka qarab yo’lga chiqqanlarida tug’ va bayroqlar bog’ladilar. O’z bayroqlarini Abu Bakr (r.a) ga, tug’larini Zubayr (r.a) ga, Avs tug’ini Usayd ibn Huzayr (r.a) ga, Hazraj tug’ini Habbob ibn Munzir (r.a) ga topshirdilar. Shuningdek har bir qabilaga bayroq yoki tug’ berdilar. (Rashid Rizo, "œSayyidina Muhammad sav". 346-bet)

17. Tabuk g’azotida Rasululloh (sav) ning bayroqdorlari kim edi?
a) Abdurohman ibn Avf (r.a)
b) Umar ibn Xattob (r.a)
c) Abu Bakr Siddiq (r.a)
d) Amr ibn Os (r.a)
To’g’ri javob: Abu Bakr (r.a).
Izoh: Rasululloh (sav) Saniyatul Vado’dan Tabukka qarab yo’lga chiqqanlarida tug’ va bayroqlar bog’ladilar. O’z bayroqlarini Abu Bakr (r.a) ga, tug’larini Zubayr (r.a) ga, Avs tug’ini Usayd ibn Huzayr (r.a) ga, Hazraj tug’ini Habbob ibn Munzir (r.a) ga topshirdilar. Shuningdek har bir qabilaga bayroq yoki tug’ berdilar. (Rashid Rizo, "œSayyidina Muhammad sav". 346-bet)

18. Tabuk safariga Rasululloh (sav) bilan birga chiqmagan, so’ngra vijdoni qiynalib yo’lga chiqqan va  Rasululloh (sav) Tabukka yetib borganlarida qo’shinga yetib olgan sahobiy Abu Xaysamaning ismi nima?
a) Abdulloh ibn Xaysama as-Solimiy
b) Abdulloh ibn Xaysama al-Avsiy
c) Molik ibn Qays ibn Nujayd
d) Qays ibn Molik ibn Anas
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Xaysama as-Solimiy.
Izoh: Abdulloh ibn Xaysama as-Solimiy — Abu Xaysama Solim ibn al-Xazraj qabilasidan.
Ibn Hibbon aytadilar: U Tabuk qissasi haqidagi Ka’b ibn Molik hadisida zikri kelgan Abu Xaysamadir. (Ibn Hajar al-A’sqaloniy: "œAl-Isoba fi tamyiz as-sahoba". 4-juz, 66-bet)
Abu Xaysamaning zikri Ka’b ibn Molik rivoyat qilgan uzun hadisda kelgan. Ushbu hadisda aytilishicha: "¦ Tabukda uzoqdan bir  kishi ko’rindi. Rasululloh (sav) "œAbu Xaysama bo’lsa edi", dedilar. U Abu Xaysama edi.
Voqidiy aytadilar: Bu Abu Xaysamaninig ismi Abdulloh ibn Xaysamadir. (Ibn Hajar al-A’sqaloniy: "œAl-Isoba fi tamyiz as-sahoba". 7-juz, 93-bet)

19. Tabuk g’azotiga imkoni yo’qligi uchun chiqa olmagan va buning evaziga uning moli va joniga aziyat bergan barcha musulmonlardan roziligini aytib Allohga duo qilgan sahobiy kim va uning bu duosi qanday natija berdi?
a) Uqba ibn Zayd, Rasululloh (sav) Alloh uning duosini ijobat qilganini va sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
b) Utba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
c) Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) Alloh uning duosini ijobat qilganini va jihodga chiqqanlar bilan barobar savobga ega bo’lishini aytdilar;
d) Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
e) c va d javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar.
Izoh: Ulba ibn Zayd ham Rasululloh janobimizdan ot-ulov masalasida rad javobini olganlardan edi"¦ Xufton namozidan keyin hamma uyquga chekinganida u o’rnidan turdi. Namoz o’qidi. So’ngra qo’llarini ko’tardi:
"œ"¦ Bugungacha molimga va badanimga zarar bergan, shaxsimni ranjitgan hamma musulmonlarga haqqim halol bo’lsin.
Rasululloh (sav) bomdod namozini o’qib berganlaridan so’ng musulmonlarga o’giridilar.
Bu kecha sadaqa bergan kishi qani? — deb murojaat qildilar.
Savol javobsiz qoldi. Ikkinchi marta so’radilar. Shunda Ulba oyoqqa qakqqdi
— Xizmatingizga tayyorman ey Allohning rasuli, men bu yerdaman,  — dedi.
— Mujdalar bo’lsin senga! Jonimni qo’lida tutib turgan Allohga qasam, sening bu ishing maqbul bir sadaqa sifatida baholandi,  — deb marhamat qildilar". (Ahmad Lutfiy, "œSaodat asri qissalari". 4-kitob, 265,266-betlar)

20. Tabuk g’azotida Abdurahmon ibn Afv (r.a) Rasululloh (sav) ga imom bo’lib namoz o’qish baxtiga muyassar bo’ldilar. Bu qaysi namoz edi?
a) Bomdod namozi
b) Peshin namozi
c) Asr namozi
d) Shom namozi
e) Xufton namozi
To’g’ri javob: Bomdod namozi.
Izoh: Tabuk safari asnosida Rasululloh (sav) hojatlari bilan bo’lib namozlardan biriga kechikdilar. U bomdod namozi edi. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 54-bet)
Nom: 8-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 12 Noyabr 2010, 10:49:00
8-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Anisa   100
3   Aziza Mannopova   100
4   Bahodir Ashurov   100
5   Bahriddin Botirov   100
6   Iroda Turdimatova   100
7   SardorbekTurdiyev   100
8   Dilmurod Majidov   95
9   Ummatiy Muhammadiy   95
10   Jamoliddin Hasanov   90
11   Lolo   90
12   Muallim   90
13   Nodir Shoh   90
14   Abdumuhaymin   85
15   Begzod Bakirov   85
16   Kapalak (Zamira Hamidova)   85
17   Habib   80
18   Fatima Sultanova   75
19   G_u_l_i (Guli Omonova)   75
20   Braupov (Bahrom Raupov)   65
21   Mubashsher Muhammad   65
22   Shoxruh Mirzo   65
Nom: IV bosqichning umumiy reytingi
Yuborildi: AbdulAziz 12 Noyabr 2010, 10:51:06
IV bosqichning umumiy reytingi

1   Anisa   795
2   Bahodir Ashurov   795
3   SardorbekTurdiyev   795
4   Abdulaziz Toshmatov   790
5   Aziza Mannopova   790
6   Iroda Turdimatova   790
7   Bahriddin Botirov   780
8   Dilmurod Majidov   780
9   Ummatiy Muhammadiy   780
10   Jamoliddin Hasanov   770
11   Muallim   770
12   Fatima Sultanova   765
13   Lolo   740
14   Nodir Shoh   740
15   Abdumuhaymin   730
16   Habib   725
17   Shoxruh Mirzo   695
18   Mubashsher Muhammad   690
19   Kapalak (Zamira Hamidova)   680
20   G_u_l_i (Guli Omonova)   625
21   Braupov (Bahrom Raupov)   620
22   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
26   Muhammad Sohib   480
27   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
28   Musannif Adham   455
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   85
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55
Nom: 10-tur – Online viktorinaning o’tkazilish tartibi
Yuborildi: AbdulAziz 12 Noyabr 2010, 10:52:48
10-tur – Online viktorinaning o’tkazilish tartibi

Ushbu turda ham ishtirokchilarga 20 ta savol taqdim etiladi. Har bir to’g’ri javob uchun 5 ball qo’shiladi.

Online tur savollari uchun test variantlari berilmaydi. Ishtirokchi muayyan vaqt mobaynida savollarga o’z bilimiga tayanib javob berishi kerak bo’ladi.

10-tur bevosita online tartibda o’tkaziladi. Buning uchun siz messenger kabi aloqa vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Online viktorina o’tkaziladigan aloqa manzillari:
Yahoo Messenger: [email protected]
Mail Agent: [email protected]
Google Talk: [email protected]

Agar ishtirokchining messengerda qatnashish imkoni bo’lmasa, telefon raqamini e-mailimga jo’natishi mumkin. Men ishtirokchiga qo’ng’iroq qilib (albatta O’zbekistondagi telefon raqami bo’lsa) telefon orqali ham viktorinani o’tkazishim mumkin.

Savollar viktorinada foydalanilayotgan kitoblardan beriladi. 10-tur o’tkazib bo’lingandan so’ng javoblar izohi bilan birgalikda e’lon qilinadi.

Savollar online tarzda birin-ketin beriladi va blits-viktorina tarzida o’tkaziladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, bir savolni o’qish uchun o’rtacha 5-7 sekund vaqt ketar ekan. O’ylashga ham qo’shilgan 8 sekund bilan birgalikda bir savol yo’llangandan so’ng 15 sekund kutaman. Bu orada javob bo’lsa qabul qilinadi. Agar javob bo’lmasa, keyingi savolga o’taman. Agar foydalanuvchida savolning aniq javobi bo’lmasa, “keyingi” deb o’tkazib yuborishi tavsiya etiladi. Savolga to’g’ri-notog’ri javob berilganligi va natijasi haqidagi ma’lumot muloqot davomida ma’lum qilinmaydi. Muloqot qayd etilib, keyin hisoblanib, javoblar e’lon qilinganda natijalar ham e’lon qilinadi.

Blits-viktorina paytida qat’iyan taqiqlanadi:
- Kitobdan ko’rish;
- Internetdan qidirish;
- Boshqa birovdan yordam so’rash;
- Variantlar so’rash;
- Bir foydalanuvchi sinovdan o’tganidan so’ng boshqa foydalanuvchiga savollarni ma’lum qilishi.
G’irromlik qilish foydalanuvchining vijdoniga havola qilinadi.

Online viktorinaning o’tkazilish vaqti: 20 noyabr, 2010-yil, shanba kuni. Toshkent vaqti bilan soat 09.00 dan 16.00 gacha. Shu vaqt oralig’ida ishtirok etolmaganlarning javobi undan so’ng qabul qilinmaydi!

10-turdan so’ng ham ballari teng kelgan sovrinli o’rin egalari o’rtasida yana bir qo’shimcha tur o’tkaziladi. Ushbu turda ham ishtirokchilarga blits-savollar taqdim etiladi va eng ko’p javob topgan ishtirokchi go’liblikka erishadi.

Bir hafta davomida tayyorgarlik ko’ring va haqiqiy bilimingizni sinab ko’ring.
Barchamizning olayotgan ilmlarimizni foydali qilsin!
Nom: 9-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2010, 09:45:09
9-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Anisa   100
3   Aziza Mannopova   100
4   Bahodir Ashurov   100
5   Bahriddin Botirov   100
6   Iroda Turdimatova   100
7   SardorbekTurdiyev   100
8   Lolo   90
9   Muallim   90
10   Abdumuhaymin   85
11   Habib   85
12   Nodir Shoh   85
13   Ummatiy Muhammadiy   85
14   Fatima Sultanova   75
15   Kapalak (Zamira Hamidova)   75
16   G_u_l_i (Guli Omonova)   70
17   Shoxruh Mirzo   70
18   Braupov (Bahrom Raupov)   65
Nom: IV bosqichning umumiy reytingi
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2010, 09:49:29
IV bosqichning umumiy reytingi

1   Anisa   895
2   Bahodir Ashurov   895
3   SardorbekTurdiyev   895
4   Abdulaziz Toshmatov   890
5   Aziza Mannopova   890
6   Iroda Turdimatova   890
7   Bahriddin Botirov   880
8   Ummatiy Muhammadiy   865
9   Muallim   860
10   Lolo   830
11   Habib   825
12   Nodir Shoh   825
13   Abdumuhaymin   815
14   Dilmurod Majidov   780
15   Jamoliddin Hasanov   770
16   Fatima Sultanova   765
17   Shoxruh Mirzo   765
18   Kapalak (Zamira Hamidova)   755
19   G_u_l_i (Guli Omonova)   695
20   Mubashsher Muhammad   690
21   Braupov (Bahrom Raupov)   685
22   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
26   Muhammad Sohib   480
27   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
28   Musannif Adham   455
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   85
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55

Inshaalloh, ertaga so'nggi tur o'tkazilib, go'liblar aniqlanadi. Yaxshilab tayyorgarlik ko'ringlar. Ertaga vaqti bo'lmaganlar "imtihon"ni bugun ham topshirib olishlari mumkin.
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2010, 10:38:18
IV BOSQICH
9-tur: Tabuk g’azoti. 2-qism
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh s.a.v. Tabuk g’azotiga qaysi kuni yo’lga chiqdilar?
a) Dushanba
b) Payshanba
c) Juma
d) Shanba
To’g’ri javob: Payshanba
Izoh: Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam panjshanba kuni Tabuk g‘azotiga chiqdilar, (chunki) ul zot panjshanba kuni g‘azotga chiqmoqni xush ko‘rur erdilar». («Sahihi Buxoriy»)

2. Tabuk g’azoti yana qanday nom bilan yuritiladi?
a) Rum g’azoti
b) Al-Usra g’azoti
c) Al-Hijr g’azoti
d) At-Taymo’ g’azoti
To’g’ri javob: Al-usra g’azoti
Izoh: Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «O’rtoqlarim meni Janob Rasulullohdan ulov so‘ramoqqa yuborishdi, ul zot Al-Usra qo‘shini, ya’ni Tabuk g‘azoti haqida tashvishlanib o‘ltirgan erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh! O’rtoqlarim meni ulov so‘rab kelgil, deb xuzuringizga yuborishdi»,— dedim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, birorta ham ulov bera olmayman!» — dedilar g‘azablanib, lekin nega g‘azablanganlarini bilolmadim. (Sahihi Buhoriy 90-bet)

3. Abu Muso Ash’ariy qanday takilif bilan Rasululloh s.a.v. huzurlariga kelgan edi?
a) Rum ayollarining fitnasiga tushib qolishdan panoh tilab
b) O’zi va qabilasi uchun ot-ulov olishga
c) Munofiqlar to’planayotgan yahudiyning uyini yoqish taklifi bilan
d) Tabuk g’azotida u va uning do’stlari qatnashishini aytish uchun
To’g’ri javob: O’zi va qabilasi uchun ot-ulov olishga
Izoh: Ey Ollohning rasuli, bizga ulov topib bering, - deyishdi. Aksiga olib, ortiqcha ot-ulovqolmagan edi.
- Vallohi, sizlarni bironta ulovga mindirolmayman, - deb javob qildilar. Ko‘zlarda yosh bilan tarqalishdi. Bu ko‘zyoshlar payg‘ambarlar sultoni bilan g‘azotda birga bo‘la olmaslik alami yurakka qilgan xurujining natijalari edi.
Yana bir guruh insonlar ichlaridan bittalarini vakil qilib, Rasulullohga (s.a.v.) borishga qaror qilishdi. Oldingilarga berilgan javobdan xabarlari yo‘q edi bularning. Abu Muso Ash’ariy ham qabilasi nomidan xuddi shu masalada Janobimiz bilan uchrashdi va u ham do‘stlariga oldingiday javobni yetkazishga majbur bo‘ladi. ("œSaodat asri qissalari" 4-kitob, 156-bet)
 
4. Tabuk g’azotida Rasululloh s.a.v. qarshi reja tuzgan 12 ta munofiqning ismini Payg’ambar a.s. kimga aytganlar?
a) Hech kimga aytmadilar
b) Abu Bakr r.a.ga aytdilar
c) Ummu Salama r.a.ga atdilar
d) Huzayfa r.a.ga aytdilar
To’g’ri javob: Rasulullohning sirlari sohibi Huzayfa r.a.ga aytdilar
Izoh: Ammor ham, Abu Huzayfa ham hech birini ilg‘ay olishmadi. Payg‘ambarlar sarvari (s.a.v.):
- Ularni ilg‘adilaringmi? - deb so‘radilar.
- Yo‘q, ey Ollohning rasuli, ilg‘ayolmadik. Ammo tuyalaridan ba’zilarini taniganday bo‘ldik, - deyishdi. Saldan keyin Janobimiz (s.a.v.) Abu Huzayfa bilan yolg‘iz qolib, bu munofiqlarning ismlarini unga bittama-bitta aytib berdilar va:
- Aslo birovga aytako‘rma! - deb ogohlantirdilar.
Bundan buyon Abu Huzayfa sir xumi o‘laroq yashayajak, payg‘ambarlar sultoniga juda yaqin odamlarga ham bu mavzuda hech narsa aytmayajak. ("œSaodat asri qissalari" 4-kitob)

5. Islomiy qo‘shin Tabukka qarab borar ekan, yo‘lda Hijrdan — xarsang toshlarni kesib o‘zlariga uylar solib olgan Quro vodiysidan — o‘tdilar. Bu yerda itoatsiz qaysi qavm halokatga uchragan edi?
a) Od
b) Samud
c) Lut
d) Madyan
To’g’ri javob: Samud
Izoh: Islomiy qo‘shin Tabukka qarab borar ekan, yo‘lda Hijrdan — xarsang toshlarni kesib o‘zlariga uylar solib olgan Samud qavmi diyori bo‘lmish Quro vodiysidan — o‘tdilar. U yerdagi quduqdan suv ichmoqchi bo‘lganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uning suvidan ichmanglar, tahorat ham olmanglar! O’sha suvdan xamir qorgan bo‘lsangiz, uni tuyalarga berib yuboringlar, undan o‘zlaringiz yemanglar!», deb buyurdilar va Allohning payg‘ambari Solih alayhissalomning tuyalari suv ichgani keladigan quduqdan suv tortib ichishga buyurdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

6. Musulmonlar qavmi Tabuk chashmasidan Rasululloh s.a.v. mo’jizalari bilan to’yib suv ichdilar. Shunda Rasululloh s.a.v. kimga «Ey "¦, agar umring uzun bo‘lsa, mana shu atroflarni bog‘-rog‘ bilan to‘lganini ko‘rasan», dedilar?
a) Muoz ibn Jabal r.a.ga
b) Sa’d ibn Muoz r.a.ga
c) Muoz ibn Horis r.a.ga
d) Muoz ibn Amr r.a.ga
To’g’ri javob: Muoz ibn Jabal r.a.ga
Izoh: Tabukka yaqin qolganida: «Inshoolloh, ertaga Tabuk chashmasiga yetib borasizlar. Unga choshgoh mahalidagina yetib borasizlar. Kim avval yetib borsa, to men bormagunimcha uning suviga qo‘l tekkizmasin!», dedilar. Muoz aytadi: «Biz borganimizda ikki kishi avvalroq yetib kelgan ekan. Buloqdan oyoq kiyimning ipidek ingichka bo‘lib, ozgina suv oqib chiqayotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haligi ikkovidan: «Buloq suviga tegdilaringmi?», deb so‘radilar. Ular: «Ha», deyishdi. Ularni koyib, Alloh istaginicha so‘zlarni aytdilar. So‘ng buloqdan hovuchlarida oz-ozdan suv olib, bir oz miqdorda suv to‘plab, u bilan yuz-qo‘llarini yuvdilar, keyin uni buloqqa qaytarib to‘kkan edilar, undan to‘lib-toshib suv chiqa boshladi. Hamma shu suvdan bahramand bo‘ldi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Muoz, agar umring uzun bo‘lsa, mana shu atroflarni bog‘-rog‘ bilan to‘lganini ko‘rasan», dedilar. ("œSahihi Muslim")

7. Rasululloh (sav) Tabukka yetib kelganlarida nima qildilar?
a) Allohdan g’alaba ato qilishini so’rab 2 ra’kat hojat namozi o’qidilar;
b) Allohdan g’alaba ato qilishini so’rab 4 ra’kat hojat namozi o’qidilar;
c) Uzun xutba o’qidilar;
d) a va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Uzun xutba o’qidilar.
Izoh: Rasululloh (sav) Tabukka yetib kelganlarida uzun xutba o’qidilar. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 53-bet)

8. Janobimizning: "Ey Abdulloh! Bir g'azotga chiqqaningda o'tli hastalikka chalinib o'lasan-da, shahid bo'lasan"¦ Yoki uloving seni yiqitib bo'yning sinadi va o'lasan-da, shahid bo'lasan"¦", degan kunlaridan beri doim ikki holdan birini kutib yurgan va Tabukda bu martabaga yetishgan Abdulloh ibn Zulbijodayni qaysi qabila vakili edi?
a) Bani Asfar
b) Muzayna
c) G'ifor
d) Huzayl
To’g’ri javob: Muzayna
Izoh: "¦ - sen kimsan? — deb so’radilar Rasuli akram s.a.v.
- Muzayna qabilasidan Abdul Uzzo bo’laman"¦
- Sening isming bugundan boshlab Abdulloh Zulbijadayn bo’lsin? — deb marhamat qildilar Rasululloh s.a.v.
"¦ - Ey, Allohning payg’ambari, men shahid bo’lishni orzu qilardim.
- G’azotga chiqqaningda haroratli bir xastalik senga yopishadi-da, o’lasan va shahid bo’lasan. Uloving seni yiqitadi-da, bo’yning sinib o’lasan va shahid bo’lasan"¦ ("œSaodat asri qissalari", 4-kitob, 231-232-betlar)

9. Rum lashkari  nima sababdan va qayerdan ortiga qaytib ketdi?
a) Rum askarlariga qo’shilgan arab qabilalari tarqab ketgani sababli Tabukka 3 kunlik yo’l qolganda ortiga qaytib ketdi;
b) Urush qilishga qo’rqib, Dimashqdan qaytib ketdi;
c) Rasululloh (sav) qaytib ketganilari haqidagi xabarni eshitib, Vodil Quro’dan qaytib ketdi;
d) Hiraql tushida Rasululloh (sav) uni mag’lub qilganlarini ko’rdi va urush qilishga yuragi dov bermay Dimashqdan qaytib ketdi;
e) Hiraql tushida Rasululloh (sav) uni mag’lub qilganlarini ko’rdi va urush qilishga yuragi dov bermay Vodil Qurodan qaytib ketdi;
To’g’ri javob: Urush qilishga qo’rqib, Dimashqdan qaytib ketdi.
Izoh: Rasululloh (sav) askar tortib Tabukkacha bordilar. O’sha yerda Rum podshosi u zotning yo’lga chiqqanlarini eshitib, urush qilishga yuragi dov bermay, Dimashqdan qaytib ketganligi haqida xabar keldi. Payg’ambar (sav) Alloh taologa hamd aytib, ortga qaytdilar. (Hadis va hayot: "œUsmon Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo". 22-juz, 39-bet)

10. Rasululloh (s.a.v) Tabukda turganlarida buzib tashlash uchun amr qilgan Vadd buti qaysi qabilaga tegishli edi?
a) Bani Kalb
b) Bani Kinda
c) Bani Vadd
d) Bani Asfar
To’g’ri javob: Bani Kalb
Izoh: Rasululloh s.a.v. Tabukda turganlarida Xolid ibn Validni Davmatul Jandaldagi mashhur but Vaddni buzib tashlash uchun yubordilar. U Bani Kalb urug’ining buti edi. ("œHadis va hayot" 24-juz, 397-bet)

11. Ma’lumki, nihoyatda muhtoj bo’lgani sabab g’azotlarda qatnasha olmaganlar 7 kishilik guruh bor edi. Ular ichida birginasi "œBadr" g’azotida qatnashgan edi. U kim?
a) Ulba ibn Zayd (r.a.)
b) Solim ibn Umayr (r.a.)
c) Irboz ibn Soriya (r.a.)
d) Salma ibn Saxr (r.a.)
To’g’ri javob: Solim ibn Umayr (r.a.)
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga "œYig’loqilar" nomini olgan yettilik keldi. Ular Solim ibn Umayr (r.a.), u Badrda ishtirok etgan, Haramiy ibn Amr, Ulba ibn Zayd, Abu Laylo Abdurrahmon ibn Ka’b, Amr ibn Ataba, Salma ibn Saxr, Irboz ibn Soriya edilar. ("œMag’oziy").

12. Rasululloh(s.a.v) g'azotdan qaytganidan keyin  Allohdan shahidlikni so'rab duo qilgan Abdurrahmon kim edi?
a) Gulas ibn Robiy'
b) Qusva ibn Hanzala
c) Muxassho ibn Humayr
d) Abdurrahmon ibn Ka'b
To’g’ri javob: Muxassho ibn Humayr
Izoh: Ushbu oyatda, avf qilinadi, degani Muxashsho ibn Xumayrdir. U Abdurrahmon ismini oldi va Allohdan shahid bo’lishni va qayerda o’lganini bilinmasligini so’radi. ("œHadis va hayot" 19-juz, 423-bet)

13. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xolid ibn Validni Davmatul Jandal hokimi Ukaydirni tutib, fath etib kelishga necha otliq bilan jo’natdilar?
a) 100
b) 240
c) 420
d) 500
To’g’ri javob: 420
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xolid ibn Validni 420 otliq bilan Duvmatul Jandal hokimi Ukaydir huzuriga yubordilar va unga: «Siz uni sigir ovlayotgan holda topasiz», dedilar. ("œRohiyq al-maxtum")

14. Sulh shartnomasiga muvofiq Dovmatul Zandal hokimi Ukaydir qancha tuya beradigan bo’ldi?
a) 1000 ta
b) 2000 ta
c) 3000 ta
d) 4000 ta
To’g’ri javob: 2000 ta
Izoh: Sulhga ko’ra u 2000 ta tuya, 800 bosh qul-cho’ri, 400 ta sovut, 400 ta nayza berdi va jizya to’lashga rozi bo’ldi. ("œRohiqul Maxtum")

15. Tabukda Ayla hokimi janob Rasululloh s.a.v.ga oq hachir hadya qildi. Javob Rasululloh s.a.v. bunga javoban unga nima tortiq qildilar?
a) Qizil tuya
b) Ipak kiyim
c) Oq rido
d) Qizil xamisa
To’g’ri javob: Oq rido
Izoh: "¦ Tabukka yetganimizda Janob Rasululloh: «Shu kecha qattiq shamol qo‘zgaladirg‘on ko‘rinadir, bittangiz ham turmangiz! Kimning tuyasi bo‘lsa, bog‘lab qo‘ysin!»,- dedilar. Biz tuyalarni bog‘lab qo‘ydik. Keyin, qattiq shamol qo‘zg‘aldi. Bir kishi o‘rnidan turgan erdi, shamol uchirib ketib, Tay’ tog‘iga olib borib tashladi. (Shamol tingach) Ayla podshosi Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bitta oq xachir hadya qilib yubordi. Janob Rasululloh Ayla podshosiga elchisi orqali rido (kiyim) tortiq qilib, «Dengiz sohilida odamlari birlan shay bo‘lib tursin!» degan mazmunda noma ham bitib, berib yubordilar... ("œSahihi Buxoriy")

16. Tabuk g’azoti kuni o’zi yollagan xizmatkor bilan urushib, uning qo’lini tishlab olgan va kurak tishidan ayrilib Rasululloh s.a.v.ga ko’rsatgan sahoba kim edi?
a) Lumayd So’idiy r.a.
b) Mug’iyra ibn Shu’ba r.a.
c) Ya’lo ibn Umayya r.a.
d) Abu Humayd r.a.
To’g’ri javob: Ya’lo ibn Umayya r.a.
Izoh: Ya’lo ibn Umayya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotiga chiqdim. (Keksaligim boisidan ulovim va narsalarimga qarab yursin, deb) bir kishini o‘zimga xizmatkorlikka yolladim. (U mendan o‘zining xizmat haqi qanchaligini so‘radi). Men: «Uch dinor», — dedim. Shunda u (achchig‘lanib) bir kishi birlan (ya’ni, Ya’loning o‘zlari birlan) urishib ketdi. Natijada, urushayotganlarning biri (ya’ni, Ya’loning o‘zlari) ikkinchisining qo‘lini tishlab oldi. Qo‘li tishlangan kishi (ya’ni, yollangan kishi) tishlab olgan kishining og‘zidan qo‘lini tortib olgan erdi, uning kurak tishi sug‘urilib chiqdi. Keyin, (tishi sug‘urilib chiqqan kishi) Janob Rasulullohning qoshlariga borib, tishini (oldilariga) quydi. Shunda ul zot: «Qo‘lini senga uzatsa, ayg‘ir kabi tishlab olasanmi?!» — dedilar». ("œSahihi Buxoriy")

17. «Boshqalar esa, gunohlarini e’tirof qildilar, ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir», degan oyati kimning qilmishi haqida nozil bo'lgan?
a) Abu Luboba va uning sheriklari haqida.
b) Tabukka bormagan munofiqlar haqida.
c) Qo'shindan ortda qolib ketganlar haqida.
d) Masjidi Ziror voqeasi haqida.
To’g’ri javob: Abu Luboba va uning sheriklari haqida.
Izoh: Bu oyatning nozil bo‘lish sababi haqida Ibn Jarir Tabariy roziyallohu anhu Ubayd ibn Salmondan qilgan rivoyatda quyidagilarni aytadi:
«Az-Zahhokdan Allohning: «Boshqalar esa, gunohlarini e’tirof qildilar, ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir», degan oyati to‘g‘risida quyidagilarni eshitdim:
«Bu oyat Abu Luboba va uning sheriklari haqida nozil bo‘lgan. Ular Tabuk g‘azotiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga bormay ortda qoldilar.  (Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat)

18. Qaysi qabila bilan mahsulotning to’rtdan birini hiroj tariqasida berishga kelishildi?
a) Jarbo’
b) Mino
c) Ayla
d) Yuhanno
To’g’ri javob: Mino
Izoh: Mino aholisi musulmonlarga mahsulotining to‘rtdan birini berish sharti bilan kelishim imzolandi. (Nurul yaqin 135-bet)
 
19. Masjidi Ziror kimning buyrug’i bilan qurildi?
a) Ubay iobn Salulning
b) Abu Omirning
c) Vodiy’a ibn Sobitning
d) Yahudiy Suvaylimning
To’g’ri javob: Abu Omirning
Izoh: Shunda Abu Omir ansoriylar ichidagi o‘z qavmidan bo‘lgan munofiqlarga xat yozib, askar bilan kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yengishini aytdi. Ularga turli va’dalar berdi. Hamda ularga biror markaz bo‘ladigan joy qurishni buyurdi. Toki undan xat olib boradiganlar o‘sha joyda uchrashsinlar. Keyinroq o‘zi kelganda ham o‘sha maskan kuzatish joyi bo‘lsin.
Bu xatdan keyin haligi munofiqlar Qubo masjidi yaqinida bir masjid qura boshladilar. (Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat)

20. Qur’oni karim oyatlari ila tavbalari qabul qilingan uch kishi kim edi?
a) Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’, Hilol ibn Umayya.
b) Vodiy’a ibn Sobit, Muxashsho ibn Humayr, Abu Luboba.
c) Abu Laylo Abdurrahmon ibn Ka’b, Amr ibn Ataba, Salma ibn Saxr.
d) Solim ibn Umayr, Haramiy ibn Amr, Ulba ibn Zayd.
To’g’ri javob: Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’, Hilol ibn Umayya.
Izoh: Ammo, uch nafar chin mo‘minlar — Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’ va Hilol ibn Umayya — esa to‘g‘risini, ya’ni hech qanday uzrsiz qolishganini aytishga qaror qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarni bu uch kishi bilan gaplashishdan man qildilar. Ulardan batamom aloqalar uzib qo‘yildi, ularga nisbatan musulmonlarning muomalalari o‘zgardi. Yer ham ularni sig‘dirmay qoldi, keng yer ko‘zlariga tor bo‘lib, juda og‘ir va tang ahvolda qoldilar. Jazo choralari boshlanganidan qirq kun o‘tgach, ularga ayollaridan ham chetlanish buyurildi. Faqat ellik kundan keyingina Alloh taolo ularning tavbalarini qabul qilib, oyat nozil qildi. ("œRahiyq al-maxtum")
Nom: 10-turning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2010, 16:40:29
Assalamu alaykum!
Hozirgina 10-online tur nihoyasiga yetdi. Unga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi:

10-turning yakuniy natijalari

1   Aziza Mannopova   100
2   Anisa   95
3   Bahriddin Botirov   75
4   Ummatiy Muhammadiy   70
5   Abdumuhaymin   60
6   Lolo   60
7   Musannif Adham   60
8   Abdulaziz Toshmatov   55
9   Dilmurod Majidov   55
10   Bahodir Ashurov   45
11   Iroda Turdimatova   45
12   Muallim   40
13   Jamoliddin Hasanov   35
14   Shoxruh Mirzo   20
15   Habib   15
16   Nodir Shoh   15
17   Kapalak (Zamira Hamidova)   10
Nom: IV-bosqichning so'nggidan oldingi natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2010, 16:43:38
IV-bosqichning so'nggidan oldingi natijalari

1   Anisa   990
2   Aziza Mannopova   990
3   Bahriddin Botirov   955
4   Abdulaziz Toshmatov   945
5   Bahodir Ashurov   940
6   Iroda Turdimatova   935
7   Ummatiy Muhammadiy   935
8   Muallim   900
9   Sardorbek Turdiyev   895
10   Lolo   890
11   Abdumuhaymin   875
12   Nodir Shoh   840
13   Dilmurod Majidov   835
14   Habib   825
15   Jamoliddin Hasanov   805
16   Shoxruh Mirzo   785
17   Fatima Sultanova   765
18   Kapalak (Zamira Hamidova)   765
19   G_u_l_i (Guli Omonova)   695
20   Mubashsher Muhammad   690
21   Braupov (Bahrom Raupov)   685
22   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   Musannif Adham   515
26   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
27   Muhammad Sohib   480
28   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   85
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55

3-bosqichdagi holat yana takrorlandi: finalda yana ikkita foydalanuvchining ballari bir xil bo'lib qoldi. Anisa va Aziza Mannopovalar o'rtasida yana bir qo'shimcha tur o'tkaziladi. Inshaalloh, undan so'ng mutlaq g'olib e'lon qilinadi.

Iroda Turdimatova va Ummatiy Muhammadiy ham 6-o'rin uchun yana bir bor kurashib ko'radilar.

Nomlari zikr etilgan ushbu foydalanuvchilar dushanba kuni men bilan bog'laninglar va qo'shimcha turni o'tkazamiz.

Bahriddin Botirov bu yil ham 3-o'rinni band etdilar. Tabriklaymiz.
Abdulaziz Toshmatov   ni 4-o'rin bilan tabriklaymiz.
Bahodir Ashurov 5-o'rin bilan tabriklaymiz.

Barcha ishtirokchilarga tashakkur izhor etaman. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo'lsin!
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2010, 16:51:42
IV BOSQICH
10-tur: O’tilgan mavzularni takrorlash

1. Payg'ambar SAVga doyalik qilgan Shaffo qaysi buyuk sahobaning onasi edi?
To’g’ri javob: Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh SAV Fil yilida Bani Hoshim ko’chasidagi Abu Tolibning uyida dunyoga keldilar. U kishiga Islom nuri yer yuzini yoritganidan keyin eng ulug’ sahobiylardan biriga aylangan, "œAsharayi Mubashshara"dan bo’lgan sahobiy Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qilgan. ("œNurul yaqiyn", Tarixi Muhammadiya")

2. Payg'ambarimiz SAV Payg'ambarlik berilganda ham sog'inib eslaydigan,  agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim degan johiliyatdagi yaxshi hodisa qaysi edi?
To’g’ri javob: Hayriya uyushmasiga a’zo bo’lganlari.
Izoh: Abdulloh ibn Ju’donning uyida tuzilgan hayriya uyushmasiga a’zo bo’lgan, xayrli ishlarda qatnashgan Muhammad SAV, payg’ambarlik sharafiga erishganlaridan keyin ham u kunlarni juda ko’p martalab sog’inib eslab, tilga olganlar. U zot: "œMen Abdulloh ibn Jud’oning hovlisida qurilgan uyushmaga kirganman, bu tashkilot qizil tuyalardan qimmatroq, (arablarda qizil tuyalar eng qimmatli narsa hisoblanardi)  agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim, deganlar. ("œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy")

3. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Hadicha onamizga mahrga nima hadya qilganlar? Qancha?
To’g’ri javob: 20 ta bo’taloq.
Izoh: Yuqoridagi baxtli nikoh o’qilganidan keyin Muhammad a.s. Xadichaga r.a. 20 ta bo’taloq mahr beradigan bo’ldilar. ( "œAr-rohiyq al-maxtum", "œTarixi Muhammadiy")

4. Rasululloh SAV tiriklik paytlarida vafot etgan 1-mo'minlar onasi Hadicha binti Xuvaylid r.a.dir. Rasululloh SAV tiriklik paytlarida vafot etgan yana bir mo’minlar onasining ismi-sharifi nima edi?
To’g’ri javob: Zaynab binti Xuzayma r.a.
Izoh: Oltinchi onamiz Xuzayma qizi Zaynabdur. Xayr-saxovatda nomi chiqqan xotinlardan edi. Shu uchun arablar uni johiliyat zamonida ham «Ummu Masokin», ya’ni, «Miskinlar onasi» deb atamish edilar. Ikki-uch oygina Rasululloh xizmatlarida turgandan keyin vafot topmish edi. Uning janozasini Rasululloh o‘zlari o‘qib, Baqe’ go‘ristoniga dafn qildilar. Yoshlari o‘ttizdan o‘tmagan edi. Rasulullohning tirikliklarida vafot topgan xotinlari Hazrati Hadicha bilan Zaynab ikkovlaridurlar, raziyallohu anhumo. ("œTarixi Muhammadiy")

5. Rasululloh SAVga ikkinchi bo’lib nozil qilingan oyatlar qaysi suradan edi?
To’g’ri javob: Mudassir.
Izoh: Jibril ikkinchi marta vahiy olib keldi. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan vahiyning to‘xtab qolishi haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so‘zlari rivoyat qilingan:
«Hiroda bir oy turganimdan so‘ng, tushib kelayotib, vodiyga yetganimda meni chaqirgan bir bir ovozni eshitdim. O’ng tomonimga ham, chap tomonimga ham, oldimga ham, orqamga ham qarab, hech kimni ko‘rmadim. Tepaga qarasam, Hiro g‘orida oldimga kelgan farishta osmon bilan yer oralig‘ida kursi ustida o‘tiribdi. Qattiq qo‘rqqanimdan yerga yotib qoldim. So‘ng Xadichaning oldiga kelib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar, boshimdan muzdek suv quyinglar» dedim. Meni o‘rab qo‘yishdi, boshimdan muzdek suv ham quyishdi. Shunda: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! Yolg‘iz Robbingizni ulug‘lang! Liboslaringizni pok tuting! Butlardan yiroq bo‘ling!» oyatlari (Muddassir : 1-5) nozil bo‘ldi. Bu namoz farz bo‘lishidan oldin edi. So‘ng vahiy ko‘payib, ketma-ket tusha boshladi.» ("œSahihi Buxoriy", "œRohiyq al-maxtum")

6. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk iymon keltirgan sahobalardan birinchi bo’lib Abdurahmon ibn Avfning ismlarini "œAbdurrohman" deb o’zgartirganlar. Bu zotning johiliyatdagi ismi nima edi?
To’g’ri javob: Abduamr.
Izoh: Zuhra jamoasidan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avfning islomga kirishdan oldingi ismi Abduamr edi. Rasululloh unga Abdurahmon deb ot qo‘ydilar. ("œNurul yaqin")

7. Islomda eng avval qon to'kkan sahobiy kim?
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
Izoh: Bir kuni hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir necha sahobalar bilan tog’ ichida yashirincha namoz o’qib turgan chog’larida Quraysh mushriklaridan bir to’p kishilar kelib qoldilar. Bularning namoz o’qishlariga qattiq g’azablanib, inkor qildilar. Har ikki taraf o’z so’zlarini isbotlash ustida bir qancha tortishuvlar bo’ldi. Buning bilan mushriklar qanoatlanishmay, o’rtadin urush chiqardilar. Qurolsiz bo’lgan bu urushda hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir mushrikni tuya suyagi bilan urganda, uning boshi yorildi. Islom boshlanishida eng avval to’kilgan qon shu edi. ("Tarixi Muhammadiy")

8. Asadulloh (Allohning she'ri) deya nom olgan sahoba kim?
To’g’ri javob: Hamza r.a.
Izoh: Jismoniy jihatdan haddan tashqari baquvvat, o‘ta jasur Hamza musulmonlarning qalqoniga, mushriklarning yuragiga g‘uluv soladigan qudratli bahodirga aylandi va unga Asadulloh (Ollohning sheri) deya nom berildi. (Nurul-yaqiyn)

9. Rasululloh s.a.v.ning ilk g’azotlari qaysi edi?
To’g’ri javob: Abvo (yoki Vaddon).
Izoh: Abvo’ yoki Vaddon g‘azoti Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birinchi g‘azotlari edi, unda o‘n besh kun Madinada bo‘lmadilar. Bayroqlari oq rangli bo‘lib, uni Hamza ibn Abdulmuttalib ko‘tarib olgandi. ("œRahiyq al-maxtum").

10. Islom tarixidagi g’azotda o’ldirilgan birinchi shahid kim?
To’g’ri javob: Mahjo’ r.a.
Izoh: Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ozod qilgan quli Mahjo’ga kamon o‘qi tegib jon berdi. Shunday qilib, u birinchi shahidlik maqomiga u erishdi. Keyin hovuzdan suv ichayotganida tomog‘iga o‘q sanchilib, Horis ibn Suroqa ham shahid bo‘ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, odamlarni shijoatlantirib:
«Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, kimda-kim sabr bilan, savob umidida oldinga intilib, ortga qochmay urush qilsa va o‘lsa, Alloh uni jannatga kiritadi!» dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

11. Payg’ambar SAVning kuyovlari, Zaynab r.a.ning erlari, Rasululloh rostgo’yligini maqtagan kishi kim edi?
To’g’ri javob: Abul Os ibn Robe’
Izoh: Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "¦Keyin, ul zot Banu Abdi Shams qabilasidan bo‘lmish kuyovlari haqida gapira turib, uning o‘zlariga yaxshi kuyovlik qilganini aytib maqtadilar. So‘ng: «(Men johiliyat davrida katta qizim Zaynabni Abu al-Os ibn Rabi’aga nikohlab bergan erdim), u (qizim ustiga uylanmaslikka) menga va’da berib, so‘zining ustidan chiqdi. (So‘ng, bizga asir tushganida qizimni mening huzurimga qaytarib yubormoqqa ham) va’da berib erdi, va’dasiga vafo qildi. ("œAl-jome’ as-sahih", Buxoriy)

12. U Uhud g’azoti shahidlaridan biri. U musulmon bo‘lishidan oldin Qurayshning eng erkatoy va nozu ne’matga ko‘milgan, yegani oldida yemagani ortida, zaru kimhoblarga burkangan yigitlaridan biri edi. Musulmon bo’lib, Alloh uchun Madinaga hijrat qildi. U o‘zidan hech qanday mol-dunyo qoldirmadi, faqat bitta jundan to‘qilgan choponi bo‘lib, shahid bo’lganida boshiga yopilsa, oyog‘lari, oyog‘lariga yopilsa, boshlari ochilib qoldi"¦ gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

13. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsin!» — deb aytganlar?
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytdilar», — deydilar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

14. Uhud jangida Rasuli akram SAVni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qilgan sahobiya ayol kim edi?
To’g’ri javob: Nasiba binti Ka’b
Izoh: Shu payt Ummu Ammona Nasiba binti Ka’b al-Mozaniya ismli sahobiya ayol Rasuli akram alayhissolatu vassalomni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qildi. Payg‘ambarimiz alayhissalomga yaqinlashib qolgan mushrik Umar ibn Qumaaga bir necha marta qilich urdi. Ammo u ikkita sovut kiyib olgan ekan, o‘tmadi va Ummu Ammonaning siynasiga qilich solib, qattiq yarador qildi. (Hadis va hayot: "œNubuvvat va Risolat")

15. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
To’g’ri javob: Hazrat Fotima r.a.ni
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

16. Jabroil alayhissalom odam shalida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
To'g'ri javob: Dihyatul Kalbiy
izoh: Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyofasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. O’shal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan so‘zlashib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib chiqib ketdilar. So‘ng, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yoki shunga o‘xshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Xulayfa al-Kalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom ko‘pincha shu kishining qiyofasida kelar erdilar)».  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

17. Hudaybiya sulhida ikki tomon imzoagan sulh bandlari qaysi so’z bilan boshlandi?
To’g’ri javob: Bismikallohumma.
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sulh bandlarini yozish uchun Aliyni chaqirib, unga aytib yozdira boshladilar: «Bismillahir rohmanir rohiym...» Suhayl bunga rozi bo‘lmasdan: «Rahmon degani nimaligini biz bilmaymiz, «Bismikallohumma» deb yoz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u aytganidek yozishga buyurdilar. (Rohiyq al-maxtum)

18. Rasululloh SAV Xaybardan qaytayotganlarida Hamza r.a.ning qizlari U kishiga ergashdi. Shunda u qizchani o’z kafolatiga olishda 3 kishi talashishdi. Rasululloh SAV kimning foydasiga hukm qildilar?
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolibning
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarramadan chiqmoqchi bo‘lib turganlarida shahidlarning sayyidi Hamza roziyallohu anhuning qizlari U zotga ergashib, amaki, amaki, deb kelib qoldi. Uni hazrati Ali yugurib borib qo‘lidan tutib Fotimai Zahroning oldilariga olib borib, amakingning qizini ol, dedilar. Hazrati Fotima qizchani ko‘tarib oldilar. O’sha yerda qizchani o‘z kafolatiga olish haqida Ali, Ja’far va Zaydlar talashib ketishdi;
Ali roziyallohu anhu:
«Men uni oldim. U amakimning qizi», dedi.
Ja’far roziyallohu anhu bo‘lsa:
«U mening amakimning qizi. Xolasi xotinim», dedi.
Zayd roziyallohu anhu o‘z navbatida:
«U mening birodarimning qizi», dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Xola onaning o‘rnidadir, deb uni xolasiga berish haqida hukm chiqardilar. Shu bilan birga qizchani kafolatiga olish uchun talashgan sahobalariga iliq so‘zlar aytdilar; Hazarati Aliga:
«Sen mendansan, men sendanman», dedilar. Ja’far ibn Abu Tolibga:
«Mening xalqimga va xulqimga o‘xshading», dedilar. Zayd roziyallohu anhuga esa:
«Sen birodarimiz va mavlomizsan», dedilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

19. Mu’ta g’azotida amir bo’lgan 4 ta sahoba ketma-ketligini aniqlang.
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib ta’yinlar ekanlar: «Agar Zaydga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa odamlarga Ja’far ibn Abu Tolib bosh bo‘lur, agar Ja’farga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa Abdulloh ibn Ravoha», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

20. Rasululloh s.a.v. Makka fathidan so’ng u yerda muazzin etib kimni qoldirdilar?
To’g’ri javob: Abu Mahzura
Izoh: Bir kuni shular ichidan Abu Mahzura degan yigit o‘z odaticha Hazrati Bilolni do‘rab azon aytganida Rasululloh eshitib qoldilar. Qarasalar uning ovozi yoqimli ekan, uni chaqirtirib kishi yubordilar. U ham bu ishim uchun o‘limga chaqirildim, deb qo‘rqib keldi. Oldilariga kelgach, uning manglayini, ko‘ksini qutlug‘ qo‘llari bilan silagan edilar, ko‘nglida iymon nuri yoridi. So‘ngra azon aytishni unga o‘rgatdilar: — Mana endi sen aniq azonchi bo‘lding. Shu kundan boshlab, Makka xalqiga azon o‘qib turgin, — dedilar. ("œTarixi Muhammadiy")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Noyabr 2010, 16:00:01
:bsm:

Allohga hamdlar bo'lsin, hozirgina "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinamiz ham o'z nihoyasiga yetdi.

So'nggi g'oliblarni aniqlashtiruvchi qo'shimcha turdan so'ng, faxrli birinchi o'rin bu yil Anisaga nasib etdi. U kishidan atigi bitta javobga ortda qolgan o'tgan yilgi g'oliba Aziza Mannopova ikkinchi o'rinni egalladi.

6-7-o'rinlarni aniqlashtirish uchun kechgan bahslarda Iroda Turdimatovaning qo'li baland keldi. Ummatiy_Muhammadiy 7-o'rinni egalladi.

Inshaalloh, yaqin kunlarda g'olib bo'lganlarni taqdirlaymiz.

Viktorinada qatnashgan, bir sahifa bo'lsa ham kitob o'qib o'zining bilimini oshirgan, to oxiriga qadar hayajon bilan har bir savolga javob berib, natijalarni kutgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin! Ikki dunyoda foydali ilm bersin!

IV turning yakuniy reytingi:

1   Anisa   993
2   Aziza Mannopova   990
3   Bahriddin Botirov   955
4   Abdulaziz Toshmatov   945
5   Bahodir Ashurov   940
6   Iroda Turdimatova   938
7   Ummatiy Muhammadiy   935
8   Muallim   900
9   Sardorbek Turdiyev   895
10   Lolo   890
11   Abdumuhaymin   875
12   Nodir Shoh   840
13   Dilmurod Majidov   835
14   Habib   825
15   Jamoliddin Hasanov   805
16   Shoxruh Mirzo   785
17   Fatima Sultanova   765
18   Kapalak (Zamira Hamidova)   765
19   G_u_l_i (Guli Omonova)   695
20   Mubashsher Muhammad   690
21   Braupov (Bahrom Raupov)   685
22   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   Musannif Adham   515
26   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
27   Muhammad Sohib   480
28   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   85
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 22 Noyabr 2010, 16:55:35
"Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi bosqichlar bo'yicha umumiy natijalari                     

1   Anisa   3728
2   Dilmurod Majidov   3615
3   Lolo   3495
4   Aziza Mannopova   2863
5   Mahdiyah   2850
6   Akbar   2780
7   Musannif Adham   2570
8   Farhodjon Isroilov   2080
9   Robiya   2075
10   Ummatiy Muhammadiy   1995
11   Bahriddin Botirov   1930
12   Muslima   1885
13   Muallim   1855
14   Abdulloh90   1820
15   Abduvohid Ahmadaliyev   1765
16   Habib   1705
17   Shoir   1705
18   Dilnoza Mirsaidova   1630
19   Mutaallimah   1515
20   Sa'dulla   1100
21   Otabek To'rayev   1055
22   Zulayho Xon   973
23   Abdulaziz Toshmatov   945
24   Bahodir Ashurov   940
25   Murod Karimov   940
26   Iroda Turdimatova   938
27   Sardorbek Turdiyev   895
28   Abdumuhaymin   875
29   Xayrulla Ibragimov   860
30   Mubashsher Muhammad   850
31   Rayyona Usmonova   850
32   Nodir Shoh   840
33   Muhammad Ibrohim   830
34   Jamoliddin Hasanov   805
35   Shoxruh Mirzo   785
36   Fatima Sultanova   765
37   Zamira Hamidova   765
38   Dilnura Hakimova   760
39   Fatima Aliyeva   745
40   Guli Omonova   695
41   Bahrom Raupov   685
42   Abdulhafiz   675
43   Nurulla Mukhamedov   586
44   Muslima Mamajonova   585
45   Huzayfa_89   570
46   Nodir Shomirzayev   550
47   Aziz Uralov   545
48   Muxsina   530
49   Mirolim Qodiraliyev   525
50   Sunnatilla Ochilov   500
51   Javlonbek Ikromov   490
52   Sita   485
53   Muhammad Sohib   480
54   Sarah Mann   480
55   Olmos Isakov   445
56   KWL   435
57   Jahongir Qurbonov   430
58   Erkin Vahidov   420
59   Yoqutxon Rasulova   415
60   Abdulatif   410
61   Shoira Shodmonova   405
62   ZUBAIR   400
63   Mo'min Mirzo   390
64   Olimxon   375
65   A'zam Rahimov   370
66   Guli Iskandarova   360
67   Alisher Abdullayev   350
68   Nodir Mamatqulov   340
69   Dilshod ibn Hamid   335
70   Samia   335
71   Sakina   305
72   Muzayyana   300
73   Abdurrahmon   290
74   Murod Mamasoliyev   280
75   Yurist   275
76   Burhon To'raqulov   270
77   Hadija   265
78   Ilhom Ahmadjonov    260
79   Kamronbek   260
80   Asadulloh   250
81   Mars   245
82   Muhammad Sobirov   245
83   Fazilat   220
84   Maryam Isaboyeva   215
85   ЖАМШИДЖОА   180
86   Sarvar Tojiyev   175
87   Abduxoliq   165
88   Oysha   160
89   Nozima G'aniyeva   135
90   Muhammad Murod   120
91   Habibullayev Ulug'bek   105
92   Naimjon   105
93   Nuriddin Sirojiddinov   100
94   Ulugbek-Uz   100
95   Abdullatif Boltaboyev   95
96   Muhammad Saidxon   90
97   Abdul_Malik   85
98   Baxtiyor Xonkeldiyev   85
99   Bekzod Bakirov   85
100   Muslima20   85
101   Xolms   80
102   Umid Xalilov   75
103   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70
104   Nodirbek Nishonov   70
105   Farrux Boltaboyev   65
106   Muhammadaziz Mamitov   65
107   Iqbol G'afforov   55
108   Maqsud Asqarov   55
109   Salmoni Forsiy   55
110   Halim   50
111   Munira Rozikova   50
112   Azimjon Madrahimov   45
113   Mis_Shoira   35
114   Sherzodjon   35
115   Anvar Abbosov   25
116   Gulmira25   25
Nom: Biz Islomni bilamizmi viktrinasining IV bosqichi g'oliblari
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2010, 12:25:41
(http://ziyouz.com/images/bib_4-1.jpg)

 :bsm:

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!
Shukrki, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarini qamrab olgan Mu'ta g'azotidan Tabuk g'azotigacha bo'lgan voqealar qamrab olindi. Ushbu bosqichda 46 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

So'nggi g'oliblarni aniqlashtiruvchi qo'shimcha turdan so'ng, faxrli birinchi o'rin bu yil Anisa (Gulnoza Saidova)ga nasib etdi. U kishidan atigi bitta javobga ortda qolgan o'tgan yilgi g'oliba Aziza Mannopova ikkinchi o'rinni egalladi.

Ikkinchi yilki 3-o'rinda Bahriddin Botirov mustahkam o'rnashib oldilar.

To'rtinchi va beshinchi o'rinlar Toshkent Islom universiteti talabalari Abdulaziz Toshmatov va Bahodir Ashurovlarga nasib etdi.

6-7-o'rinlarni aniqlashtirish uchun kechgan bahslarda Iroda Turdimatovaning qo'li baland keldi. Ummatiy_Muhammadiy (Anvarbek Mahmudov) 7-o'rinni egalladi.

Viktorinada eng ko'p savolni Nodirshoh yo'lladi. Eng yaxshi savol muallifi Abdulaziz Toshmatov bo'ldi.

(http://ziyouz.com/images/vikt003.jpg) (http://ziyouz.com/images/vikt004.jpg) (http://ziyouz.com/images/vikt005.jpg)
Anvarbek Mahmudov | Abdulaziz Toshmatov | Nodirshoh

Viktorina g'oliblariga ushbu kitoblar taqdim etildi:
Tajvidli Qur'oni karim
Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi (Tarjimon: Shayx Abdulaziz Mansur)
Sunani Termiziy (1-jild, Muallif: Imom at-Termiziy, tarjimon: Mirzo Kenjabek)
Usuli fiqh (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot (13 ta mujalladi. Muallifi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Odoblar xazinasi 4 mujallad. Muallif: Imom al-Buxoriy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Yaxshilik va silai rahm (2 mujallad. Muallif: Husayn Marvaziy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Iymon (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot, Ruhiy tarbiya turkumidan ba'zi audiodisklar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Minhojul qosidiyn (Muallif: Imom Ahmad ibn Qudoma Maqdisiy)
Arabcha-o'zbekcha cho'ntak lug'ati (Mualliflar: E.Talabov, N.Atabayev)

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda (http://islom.ziyouz.com/biz_islomni.htm).
Barcha savollarga javoblar shu yerda (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=20&id=73&Itemid=94).
Biz Islomni bilamizmi tanlovi arxivi shu yerda. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.0)

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Viktorinada qatnashgan, bir sahifa bo'lsa ham kitob o'qib o'zining bilimini oshirgan, to oxiriga qadar hayajon bilan har bir savolga javob berib, natijalarni kutgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin! Ikki dunyoda foydali ilm bersin!

www.ziyouz.com tahririyati
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 26 Iyul 2011, 11:43:47
:bsm:

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 5 BOSQICH

(http://ziyouz.com/images/bib_5-1.jpg)

Assalomu alaykum!
Islom va Payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning tarixlari barcha uchun ibratdir. Insoniyatning eng buyuk kishisi bo'lgan sevikli Janobimizning siyratlariga bag'ishlab, to'rt yildan beri viktorina o'tkazib kelayotganimizdan xabaringiz bor. Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan viktorinaning 5-bosqichini e'lon qilamiz.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi inshaalloh 2011 yil 5 avgust, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar hayoti haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol e'lon qilinadi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni [email protected] elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 7 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi har 7 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Beshinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Birinchi islomiy haj. Elchiliklar

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.
Nom: 1-tur: Birinchi islomiy haj. Elchilar yili
Yuborildi: AbdulAziz 05 Avgust 2011, 04:07:14
Assalamu alaykum!
Ramazonning yana bir munavvar kuni muborak bo’lsin!
Alloh taologa cheksiz hamdlar bo’lsinkim, bu yilgi Ramazonda ham “Biz Islomni bilamizmi?” viktorinamizning 5-bosqichini e’lon qilyapmiz.

MUHIM ESLATMA: Bu safargi har bir tur savollari uchun javob berish muddati bir haftadir. Ya’ni bugun berilajak savollarga keyingi juma 2-tur e’lon qilinguncha javob yo’llashingiz kerak.

Ushbu bosqich ham sizni kitob titkilashga, Rasululloh s.a.v.ning siyratlarini o’rganishdek xayrli tadbirni amalga oshirishingizda ko’makchi bo’ladi, degan umiddamiz.   

V BOSQICH
1-tur: Birinchi islomiy haj. Elchilar yili

1. Haj ibodati qaysi payg’ambar davrlaridan buyon ado etiladi?
a) Odam alayhissalom.
b) Nuh alayhissalom.
c) Ibrohim alayhissalom.
d) Muhammad alayhissalom.

2. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilmaslaridan avval necha marta haj qilganlar?
a) 1 marta
b) 2 marta
c) har yili
d) haj qilmaganlar

3. Abu Bakr roziyallohu anhu bilan birgalikda necha kishi haj qilishga jo’nadi?
a) 200 kishi.
b) 300 kishi.
c) 400 kishi.
d) 500 kishi.

4. Hazrati Ali «Baroat» surasining avvalida keladigan oyati karimalarni yetkazish uchun Rasulullohning buyruqlari ila yo’lga chiqdilar. U kishi bu safarga Rasululloh s.a.v.ning qaysi tuyalarini minib chiqdilar?
a) Azboa.
b) Qasvo.
c) Abdo.
d) Bayzo.

5. “Baroat” surasi Rasululloh (s.a.v.) davrlarida va undan keyin yana qanday nom bilan ataldi?
a) “Sinov”.
b) “Fosh etuvchi”.
c) “Taqiqlovchi”.
d) “Nifoq etuvchi”.

6. Rasululloh (s.a.v.) amalga oshirgan eng so’nggi g’azot qaysi edi?
a) Zul-qassa.
b) Tabuk.
c) Toif.
d) Banu Mulavvah.

7. Rasululloh (sav) huzurlariga "Elchilar yilidan" tashqari yana qaysi vaqtlarda elchilar tashrif buyurishgan?
a) hijratdan oldin
b) hijratning dastlabki yillarida
c) Makka fathidan oldin
d) a, b, c javoblar to’g’ri
e) b, c javoblar to’g’ri

8. "Ular Arabiston yarim orolining sharqida istiqomat qilar, Madinadan tashqarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan edilar. Bahrayndagi Javosiy qishlog’idagi masjidlari Rasululloh (sav) masjidlaridan keyin ilk juma o’qilgan masjid edi". Bu ta’rif qaysi qabilaga tegishli?
a) Banu Omir ibn Qays
b) Saqif
c) Azd
d) Azd Shanua
e) Banu Abdul Qays

9. Rasululloh (sav) huzurlariga kelgan elchilar ichida u zot ularning qiyofasi va kiyimlaridan ajablanib "Sizlarning sifatingiz nima?" deb so’raganlarida, "Bizlar mo’minlarmiz" deb javob bergan va buni o’zlaridagi o’n beshta xislat bilan izohlagan qabila qaysi edi?
a) Zu Murra
b) Banu Abs
c) Azd
d) Banu Iysh
e) G’asson

10. To’lov molini topshirish uchun Najron elchilariga hamroh qilib jo’natilgan Abu Ubayda ibn Jarroh shu kundan e’tiboran qanday nomga ega bo’ldi?
a) Vakili Rasululloh (s.a.v.)
b) Sohibi Rasululloh (s.a.v.)
c) Aminul umma
d) Vakilul umma

11. Rasululloh (s.a.v.)ga ikki marta, Makkada hijratdan avval va hijratdan so’ng kelgan elchilar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Doriyun elchilari
b) Najron elchilari
c) Tay qabilasi elchilari
d) Xavlon qabilasi elchilari

12. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga tashrif buyurgan elchilar orasida bir shaxs bo’lib, elchilik davomida musulmon bo’ldi. Biroq keyin murtad bo’lib, keyinchalik Abu Bakr xalifaligi davrida qayta islom dinini qabul qildi. Ushbu shaxsni toping.
a) Abulqays elchilaridan Jorud
b) Asha’s ibn Qays
c) Molik ibn Namat
d) Xorija ibn Hisn

13. Rasululloh s.a.v. kimga “sizda Alloh suyadigan ikki hislat : halimlik va og’ir bosiqlik bor ekan”, degan edilar?
a) Munqiz ibn Hayyon
b) Al-Ashajjul Asriy
c) Jorud ibn Alo’ al-Abdariy
d) Xorija ibn Hisn

14. Rasululloh (s.a.v) Xaybarda bo’lganlarida yetmish-sakson  xonadonni boshlab kelib  qo’shilgan va undan avval kelib qavmini duo’i bad qilishlarini so’ragan edilar va bu sahobiy kim edi?
a) Tufayl ibn Amr
b) Ka’b ibn Zuhayr
c) Ziyod ibn Xoris as-Sudoiy
d) Al-Ashajjul Asriy

15. Rasululloh s.a.v. huzurlariga kelgan qaysi elchilar guruhi bilan musulmon shoirlari o’rtasida tortishuv bo’lib o’tdi?
a) Bani Sa’d
b) Bani Tamim
c) Bani Omir
d) Saqif

16. Qabilasi nomidan bir o’zi elchilik qilgan, rasululloh s.a.v. huzurlaridan da’vatchi o’laroq chiqib, qabilasini yagona Allohga da’vat qilgan, natijada yurtidagi barcha erkagu ayol musulmon bo’lgan kimsa kim edi?
a) Zimom ibn Sa’laba
b) Omir ibn Tufayl
c) Usmon ibn Abil Oss
d) Ash’as ibn Qays

 17. Mashhur buzg’unchi Musaylamatul Kazzob qaysi qabila vakili sifatida kelgandi?
a) Bani Sa’d
b) Bani Hanifa
c) Bani Tamim
d) Bani Omir

18. Rasululloh s.a.v. qaysi qabila elchilari boshlig’ini “Zaydul xoyr” deb nomladilar?
a) Kinda
b) Toy
c) Abdul Qays
d) Tajiyb

19. Yamanliklar ahli Islomga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat ila kelib,  «Ertaga mahbublarni ko‘ramiz. Muhammad va hizbini ko‘ramiz», deb she’r aytib kelishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga qanday javob aytdilar? a) Ular ko‘ngli raqiq kishilardir.
b) Ular qalbi yumshoq kishilardir.
c) Iymon Yamandir.
d) Hikmat Yamoniydir.
e) Barcha javoblar to’g’ri

20. Rasululloh s.a.v. Yamanga dinni o’rgatish uchun kimni yubordilar?
a) Muoz ibn Jabal r.a.
b) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
c) Xolid ibn Valid r.a.
d) Ubay ibn Ka’b r.a.

Ushbu turda Anisa, Aziza Mannopova, AbdulAziz va Dilmurod Majidovning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Vidolashuv haji
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

1-tur javoblari 11-avgustga qadar qabul qilinadi.
Nom: 1-tur: Birinchi islomiy haj. Elchilar yili (Javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2011, 04:50:41
V BOSQICH
1-tur: Birinchi islomiy haj. Elchilar yili
Javoblar va izohlar

1. Haj ibodati qaysi payg’ambar davrlaridan buyon ado etiladi?
a) Odam alayhissalom.
b) Nuh alayhissalom.
c) Ibrohim alayhissalom.
d) Muhammad alayhissalom.
To’g’ri javob: Ibrohim alayhissalom.
Izoh: Haj ibodati Ibrohim alayhissalom davrlaridan buyon bo‘lib kelar edi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

2. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilmaslaridan avval necha marta haj qilganlar?
a) 1 marta
b) 2 marta
c) har yili
d) haj qilmaganlar
To’g’ri javob 1:  har yili 1 marta
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) hijratdan avval Makkada istiqomat qilgan paytlarida hajni hech tark qilmaganlar, chunki Quraysh johiliya davrida ham hajni tark etmas edi. Haj mavsumida Makkada bo’lmay qolgan yoki zaiflik to’sqinlik qilganlargina hajdan to’silar edi. Ibn Asir “Nihoya” asarida Rasululloh (s.a.v.)ning har yili haj qilganlarini keltirgan. (Rashid Rizo. “Sayyiduna Muhammad” (s.a.v.)
To’g’ri javob 2:  2 marta
Izoh: Jobir r.a.dan rivoyat qilinadi: “Nabiy s.a.v. uch marta haj qilganlar: ikki marta hijrat qilishlaridan oldin va bir marta hijrat qilganlaridan keyin…”
U zot birinchi va ikkinchi hajlarini haj ibodati farz bo’lmay turib, makkai Mukarramada ado qilganlar. Aynan o’sha ikki hajda yasriblik hojilarning ba’zilari bilan birinchi va ikkinchi aqoba bay’atlari amalga oshirilgan. (“Hadis va hayot: Haj”, 10-juz, 14-bet)

3. Abu Bakr roziyallohu anhu bilan birgalikda necha kishi haj qilishga jo’nadi?
a) 200 kishi.
b) 300 kishi.
c) 400 kishi.
d) 500 kishi.
To’g’ri javob: 300 kishi.
Izoh: Abu Bakr roziyallohu anhu haj qilishni istagan uch yuz kishi bilan hajga jo‘nab ketdilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

4. Hazrati Ali «Baroat» surasining avvalida keladigan oyati karimalarni yetkazish uchun Rasulullohning buyruqlari ila yo’lga chiqdilar. U kishi bu safarga Rasululloh s.a.v.ning qaysi tuyalarini minib chiqdilar?
a) Azboa.
b) Qasvo.
c) Abdo.
d) Bayzo.
To’g’ri javob 1: Azboa.
Izoh: Hazrati Ali roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning al-Azboo nomli tuyalarini minib yo‘lga tushdilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)
To’g’ri javob 2: Qasvo
Rasululloh (sav) hazrati Alini (r.a) chaqirdilar. Tez Makkaga borishini, u yerda odamlarga Tavba surasini o'qib berishini, ayniqsa, to'rt narsani e'lon etishini buyurdilar. Qasva laqabli tuyalariga mindirdilar. Hazrati Ali Makka yo'lini tutdi". (Ahmad Lutfiy, "Saodat asri qissalari". 4-juz, 196-b).

5. “Baroat” surasi Rasululloh (s.a.v.) davrlarida va undan keyin yana qanday nom bilan ataldi?
a) “Sinov”.
b) “Fosh etuvchi”.
c) “Taqiqlovchi”.
d) “Nifoq etuvchi”.
To’g’ri javob: “Fosh etuvchi”.
Izoh: «Baroat» surasi odamlarning sirlarini fosh etgani uchun Rasululloh (s.a.v.) davrlarida va undan keyin «Fosh etuvchi» deb atalgan. (“As-siyra an-nabaviyya”)

6. Rasululloh (s.a.v.) amalga oshirgan eng so’nggi g’azot qaysi edi?
a) Zul-qassa.
b) Tabuk.
c) Toif.
d) Banu Mulavvah.
To’g’ri javob: Tabuk
Izoh: Tabuk g’azoti Rasululloh (s.a.v.) amalga oshirgan eng so’nggi g’azot edi. (“As-siyra an-nabaviyya”)

7. Rasululloh (sav) huzurlariga "Elchilar yilidan" tashqari yana qaysi vaqtlarda elchilar tashrif buyurishgan?
a) hijratdan oldin
b) hijratning dastlabki yillarida
c) Makka fathidan oldin
d) a, b, c javoblar to’g’ri
e) b, c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: a, b, c javoblar to’g’ri
Izoh: Rasululloh (sav) ga yuborilgan elchiliklar fathdan avval boshlangan, ba’zilar hijratning dastlabki yillarida, ba’zilar hijratdan oldin kelishgan. To’xtovsiz suratda davom etgan elchiliklar esa hijriy 9-yilda boshlanib, hijriy 10-yil va undan keyin ham davom etgan. Shu sababli 9-hijriy yil "Elchilar yili" deb nomlangan. (Sofiy ar-Rohman al-Muborakfuriy. "Ravzatul anvar fi siyrat an-Nabiy al-muxtor", 189-bet)

8. "Ular Arabiston yarim orolining sharqida istiqomat qilar, Madinadan tashqarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan edilar. Bahrayndagi Javosiy qishlog’idagi masjidlari Rasululloh (sav) masjidlaridan keyin ilk juma o’qilgan masjid edi". Bu ta’rif qaysi qabilaga tegishli?
a) Banu Omir ibn Qays
b) Saqif
c) Azd
d) Azd Shanua
e) Banu Abdul Qays
To’g’ri javob: Banu Abdul Qays.
Izoh: "Ular Arabiston yarim orolining sharqida istiqomat qilar, Madinadan tashqarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan edilar. Bahrayndagi Javosiy qishlog’idagi masjidlari Rasululloh (sav) masjidlaridan keyin ilk juma o’qilgan masjid edi. Banu Abdul Qays ikki marta, bir marta hijriy 5-yil, bir marta elchilar yilida elchi yuborgan". (Sofiy ar-Rohman al-Muborakfuriy. "Ravzatul anvar fi siyrat an-Nabiy al-muxtor", 190-bet)

9. Rasululloh (sav) huzurlariga kelgan elchilar ichida u zot ularning qiyofasi va kiyimlaridan ajablanib "Sizlarning sifatingiz nima?" deb so’raganlarida, "Bizlar mo’minlarmiz" deb javob bergan va buni o’zlaridagi o’n beshta xislat bilan izohlagan qabila qaysi edi?
a) Zu Murra
b) Banu Abs
c) Azd
d) Banu Iysh
e) G’asson
To’g’ri javob: Azd.
Izoh: "Azddan Rasululloh (sav) huzurlariga 7 kishi tashrif buyurdi. Ular Rasululloh (sav) ning oldilariga kirib suhbatlashganlarida, u zot ularning qiyofalari va kiyimlaridan ajablanib "Sizlar kimsiz?", ya’ni "Sizlarning sifatingiz nima?", deb so’radilar. Suvayd ibn al-Horis al-Azdiy rivoyat qiladi: "Bizlar mo’minlarmiz", dedik. Rasululloh (sav) tabassum qildilar va "Har bir so’zning haqiqati bo’ladi, sizlarning so’zingiz va iymoningizning haqiqati nima? - dedilar. "O’n beshta xislat. Ulardan beshtasiga iymon keltirishimizni, beshtasiga amal qilishimizni elchingiz orqali bizlarga buyurdingiz. Yana beshtasiga esa johiliyat davrida odatlanganmiz, agar ulardan biror narsani yoqtirmasangiz biz uni tark qilamiz", dedik". (As’ad Muhammad Sa’id as-Sog’urjiy. "Sayyiduna Muhammad Rasululloh al-usva al-hasana", 2-juz’, 619-bet)

10. To’lov molini topshirish uchun Najron elchilariga hamroh qilib jo’natilgan Abu Ubayda ibn Jarroh shu kundan e’tiboran qanday nomga ega bo’ldi?
a) Vakili Rasululloh (s.a.v.)
b) Sohibi Rasululloh (s.a.v.)
c) Aminul umma
d) Vakilul umma
To’g’ri javob: Aminul umma
Izoh: Najron elchilari Rasululloh (s.a.v.) bilan sulh tuzgach, to’lov molini topshirish uchun bir Amin degan odamni qo’shib berishni Rasululloh (s.a.v.)dan so’radilar. Mana bu kishi esa islom ummati ichida amini erur edi, Abu Ubayda ibn Jarrohni ularga qo’shdilar. Shu kundan boshlab Abu Ubayda ibn Jarroh Aminul umma laqabini ko’tardi. (Alixonto’ra Sog’uniy. “Tarixi Muhammadiy”).

11. Rasululloh (s.a.v.)ga ikki marta, Makkada hijratdan avval va hijratdan so’ng kelgan elchilar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Doriyun elchilari
b) Najron elchilari
c) Tay qabilasi elchilari
d) Xavlon qabilasi elchilari
To’g’ri javob: Doriyun elchilari
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ga nasroniy dinida bo’lgan Abu Tamim Doriy, ukasi Nuaym Doriy va yana to’rt kishi elchi bo’lib keldi. Ularning elchiligi  2 marta, hijratdan avval Makkada va ikkinchisi hijrat so’ng edi. (Rashid Rizo. Sayyiduna Muhammad (s.a.v.).

12. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga tashrif buyurgan elchilar orasida bir shaxs bo’lib, elchilik davomida musulmon bo’ldi. Biroq keyin murtad bo’lib, keyinchalik Abu Bakr xalifaligi davrida qayta islom dinini qabul qildi. Ushbu shaxsni toping.
a) Abulqays elchilaridan Jorud
b) Asha’s ibn Qays
c) Molik ibn Namat
d) Xorija ibn Hisn
To’g’ri javob: Asha’s ibn Qays
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga Yamandagi qabilalardan biri Kinda elchilari tashrif buyurdi. Ular orasida Asha’s ibn Qays bo’lib, qavmida obro’-e’tiborli shaxs edi. Elchilik davomida musulmon bo’ldi. Biroq keyin murtad bo’lib, keyinchalik Abu Bakr xalifaligi davrida qayta islom dinini qabul qildi. (Rashid Rizo. Sayyiduna Muhammad (s.a.v.).

13. Rasululloh s.a.v. kimga “sizda Alloh suyadigan ikki hislat : halimlik va og’ir bosiqlik bor ekan”, degan edilar?
a) Munqiz ibn Hayyon
b) Al-Ashajjul Asriy
c) Jorud ibn Alo’ al-Abdariy
d) Xorija ibn Hisn
To’g’ri javob: Al-Ashajjul Asriy
Izoh: Ushbu qabiladan ikki bor vakillar kelgan. Birinchisi hijratning beshinchi yilida yoki undan ham ilgariroq bo’lgan edi. Ushbu qabiladan Munqiz ibn hayyon degan kishi tijorat bilan Madinaga keladi va islomni o’rganib musulmon bo’ladi. So’ng qavmiga Rasululloh (s.a.v) ning maktublarini olib qaytadi. Qavmi ham musulmon bo’lib shahri haromda 13 yoki 14 kishi  u zot huzurlariga vakil bo’lib keldilar. Shu kelgan  safarlarida ular Rosululloh (s.a.v)ga iymon haqida ,ichimliklar haqida savol berishgan edi. Ularning kattasi al-Ashajjul Asriy bo’lib Rasululloh (s.a.v) unga “sizda Alloh suyadigan ikki hislat : halimlik va og’ir bosiqlik bor ekan”, degan ekanlar. (Ar-Rohiyq al-maxtum)

14. Rasululloh (s.a.v) Xaybarda bo’lganlarida yetmish-sakson  xonadonni boshlab kelib  qo’shilgan va undan avval kelib qavmini duo’i bad qilishlarini so’ragan edilar va bu sahobiy kim edi?
a) Tufayl ibn Amr
b) Ka’b ibn Zuhayr
c) Ziyod ibn Xoris as-Sudoiy
d) Al-Ashajjul Asriy
To’g’ri javob: Tufayl ibn Amr
Izoh: Bu qabila elchilari yettinchi yilning boshlarida Rasululloh (s.a.v) Xaybarda ekanliklarida kelishgan edi. Biz yuqorida Tufayl ibn Amr ad-Davsiyning musulmon bo’lgani haqida  aytib o’tgan edik. U Rasululloh(s.a.v)ni Makkadalik paytlarida islomni qabul qilgan, so’ng qavmiga qaytib borib, ularni islomga da’vat qilgan, ammo qavmi islomni qabul qilishga shoshmagan edi. Shunda u ularning musulmon bo’lishlaridan umidi uzilib, Rasululloh (s.a.v)  huzurlariga kelib qavmini duobad qilishlarini so’ragan edi. (Ar-Rohiyq al-maxtum)

15. Rasululloh s.a.v. huzurlariga kelgan qaysi elchilar guruhi bilan musulmon shoirlari o’rtasida tortishuv bo’lib o’tdi?
a) Bani Sa’d
b) Bani Tamim
c) Bani Omir
d) Saqif
To’g’ri javob: Bani Tamim
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelgan elchilar ichida Bani Tamim qibilasi elchilari ham bor edi. Hay’at qabilaning ko‘zga ko‘ringan a’yonlaridan tashkil topgan edi. Ularning so‘zlovchi shoiri bilan musulmonlarning so‘zlovi shoiri o‘rtasida so‘z tortishuvi bo‘lib o‘tdi. Bu tortishuv so‘ngida Islomning fazli zohir bo‘ldi. Islomning so‘zlovchi shoiri g‘olib keldi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

16. Qabilasi nomidan bir o’zi elchilik qilgan, rasululloh s.a.v. huzurlaridan da’vatchi o’laroq chiqib, qabilasini yagona Allohga da’vat qilgan, natijada yurtidagi barcha erkagu ayol musulmon bo’lgan kimsa kim edi?
a) Zimom ibn Sa’laba
b) Omir ibn Tufayl
c) Usmon ibn Abil Oss
d) Ash’as ibn Qays
To’g’ri javob: Zimom ibn Sa’laba
Izoh: Bani Sa’d ibn Bakr qabilasining elchiligi bir kishi - Zimom ibn Sa’labadan iborat edi. U o‘z qavmi huzuriga da’vatchi bo‘lgan holida qaytdi. Uning birinchi aytgan gaplari quyidagilardan iborat edi: «Lot va Uzzo qandoq ham yomon bo‘ldi!» dedi u… O’sha kuni uning yurtidagi barcha erkagu ayol musulmon bo‘ldi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

17. Mashhur buzg’unchi Musaylamatul Kazzob qaysi qabila vakili sifatida kelgandi?
a) Bani Sa’d
b) Bani Hanifa
c) Bani Tamim
d) Bani Omir
To’g’ri javob: Bani Hanifa
Izoh: Bani Haniyfa elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganda ularning ichida mashhur buzg‘unchi Musaylamatul Kazzob ham bor edi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

18. Rasululloh s.a.v. qaysi qabila elchilari boshlig’ini “Zaydul xoyr” deb nomladilar?
a) Kinda
b) Toy
c) Abdul Qays
d) Tajiyb
To’g’ri javob: Toy
Izoh: Tarixda o‘z saxovati ila mashhur bo‘lgan Xotam Toyning qabilasi elchilariga Zaydul xoyl ismli kishi boshliq bo‘lib keldi. Bu o‘ta yaxshi insonni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam «Zaydul xayr» deb nomladilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

19. Yamanliklar ahli Islomga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat ila kelib,  «Ertaga mahbublarni ko‘ramiz. Muhammad va hizbini ko‘ramiz», deb she’r aytib kelishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga qanday javob aytdilar?
a) Ular ko‘ngli raqiq kishilardir.
b) Ular qalbi yumshoq kishilardir.
c) Iymon Yamandir.
d) Hikmat Yamoniydir.
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Barcha javoblar to’g’ri
Izoh: Bu hay’at Islomga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat ila keldi. Ular: «Ertaga mahbublarni ko‘ramiz.  Muhammad va hizbini ko‘ramiz».  deb she’r aytib kelishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga ahli Yaman keldilar. Ular ko‘ngli raqiq va qalbi yumshoq kishilardir. Iymon Yamandir. Hikmat Yamoniydir», dedilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

20. Rasululloh s.a.v. Yamanga dinni o’rgatish uchun kimni yubordilar?
a) Muoz ibn Jabal r.a.
b) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
c) Xolid ibn Valid r.a.
d) Ubay ibn Ka’b r.a.
To’g’ri javob: Muoz ibn Jabal r.a.
Izoh: Rasululloh s.a.v. Muoz ibn Jabal r.a.ni Yamanga yuborar ekanlar, quyidagi tavsiyalarni berdilar: “Qavmga har bir narsani osonlashtir, qiyinlashtirma…”. (“As-siyra an-nabaviyya”)
Nom: V bosqich 1-tur natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2011, 04:54:50
V bosqich 1-tur natijalari

1   Anisa   100
2   Muallim   100
3   Abdulaziz Toshmatov   95
4   Ahmad   95
5   Aziza Mannopova   95
6   Bahodir Ashurov   95
7   Iroda Turdimatova   95
8   Murod   95
9   Murod Karimov   95
10   Rabella   95
11   Sevara   95
12   Murtazo   90
13   Nodirshoh   90
14   Ummatiy Muhammadiy   90
15   Dilmurod Sulaymonov   85
16   Dilmuroid Majidov   85
17   Habib   85
18   Zinnurayn   85
19   Abdul_Malik   80
20   Abdumuhaymin   80
21   Begzod Bakirov   80
22   Lolo   80
23   Mirolim   80
24   Muhammad Amin   80
25   Nigora G'afurova   80
26   Abdulhafiz   75
27   Sa'dulla   75
28   Sora Hasan   75
29   N.Nodirbek   70
30   Fatima Sultanova   65
31   Hoji Mahmudov   65
32   Islombek   65
33   G_u_l_i   60
34   Gulhayo   60
35   Musannif Adham   60
36   Farhodjon Isroilov   45
37   Muhammad Yusuf   45
38   Humayro   40
Nom: 2-tur: Vidolashuv haji
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2011, 04:55:47
V BOSQICH
2-tur: Vidolashuv haji

1. Haj farz bo’lganidan so’ng Rasululloh (s.a.v.) qilgan ilk va o’z navbatida so’ngi hisoblanadigan haj qanday nom bilan yuritiladi?
a) Hajjatul-islom, Hajjatul-vado’
b) Hajji tamom
c) Hajji kamol
d) Yuqoridagi barcha javoblar to’g’ri

2. Payg'ambarimiz (s.a.v.) haj safariga otlanganlarida Madinada o'rinlariga kimni qoldirib ketadilar?
a) Abdulloh Ummu Maktum r.a.ni
b) Abdulloh ibn Umar r.a.ni
c) Abu Dujona Ansoriy r.a.ni
d) Usmon ibn Abu Tolha Abdariy r.a.ni

3. Rasululloh (s.a.v.) qaysi sahobaga: “Siz men bilan endi ko’risholmasligingiz mumkin, balki mening masjidim va qabrim yonidan o’tarsiz” degan edilar?
a) Muoz ibn Jabal
b) Xolid ibn Valid
c) Abdulloh ibn Mas’ud
d) Ubay ibn Ka’b

4. Rasululloh (s.a.v.) hajga qachon safarga chiqdilar?
a) Zulqa’da oyining 15-chisida.
b) Zulqa’da oyining 25-chisida.
c) Zulhijja oyining 5-chisida.
d) Zulhijja oyining 8-chisida.

5. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga vidolashuv hajida qancha odam ishtirok etgan?
a) 70 000 kishi
b) 100 000 kishi
c) 200 000 kishi
d) 300 000 kishi

6. Vidolashuv hajida borib kelguncha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini yetaklovchi bo‘lgan sahoba kim edi?
a) Jobir ibn Abdulloh r.a.
b) Anas ibn Molik r.a.
c) Abu Hurayra r.a.
d) Usoma ibn Zayd r.a.

7. Rasululloh s.a.v. Maqomi Ibrohimda ikki rakaat namoz o’qidilar. Ikki rakaatda qaysi suralarni qiroat qildilar?
a) Kafirun, Ixlos.
b) Falaq, Nos
c) Kavsar, Ixlos.
d) Fath surasi so’nggi, Hashr surasi so’nggi.

8. Rasululloh s.a.v. vidolashuv xutbasini qaysi ulovlariga minib qildilar?
a) Azboa
b) Qasvo
c) Yarfa’
d) Bayzo

9. Rasululloh s.a.v. Arafotda vidolashuv xutbasini o’qigan kun qaysi edi?
a) Dushanba
b) Chorshanba
c) Juma
d) Shanba

10. Arafotda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning so‘zlarini baland ovozda odamlarga yetkazib turgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Hattob r.a.
b) Bilol ibn raboh r.a.
c) Ubay ibn Ka’b r.a.
d) Rabi’a ibn Umayya r.a.

11. Rasululloh (s.a.v) bir sahobani kutib ifoza (Arofatdan qaytish) ni kechiktirdilar. Bu esa ba'zilarning noroziligiga sabab bo'ldi. Rasululloh (sav) kimni kutgan edilar?
a) Ali ibn Abu Tolib (r.a) ni;
b) Abu Bakr (r.a) ni;
c) Usoma ibn Zayd (r.a) ni;
d) Fazl ibn Abbos (r.a) ni;
e) Sofiya (r.a) ni;

12. Ali (r.a) "Vidolashuv haji" ga Yamandan keldilar. Ali (r.a) bilan kelgan kishilar Rasululloh (sav) ga u zotdan shikoyat qildilar. Ali (r.a) dan qilingan bu shikoyatning sababi nima edi?
a) Makkaga tezroq yetish niyatida safar davomida ularning xordiq chiqarishlariga izn bermaganlari uchun;
b) Makkaga tezroq yetish niyatida kechasi ham yurishga buyruq berganlari uchun;
c) Namozda faqat Ixlos surasini qiroat qilganlari uchun;
d) Odamlarning oldiga chiroyli bo'lib boraylik deb kiyib olgan yangi kiyimlarni yechishga buyruq berganlari uchun;
e) Qurbonlik tuyalarini ular o'rtasida teng taqsim qilmaganlar uchun.

13. Safar davomida Abu Bakr Rasululloh (s.a.v.) bilan ikkovlarining yemaklarini yuklagan tuya yo’qolib qolganida qaysi sahoba tuyani tutib keltirgan?
a) Abu Talha
b) Jobir ibn Abdulloh
c) Safvon ibn Muattal
d) Uqba ismli qul

14. "Har bir narsa mukammal bo'lgandan so'ng, unga nuqson yetish boshlanadi." Ushbu so'zlarning muallifini toping?
a) Abu Bakr r.a
b) Umar ibn Hattob r.a
c) Usmon ibn Affon r.a
d) Ali ibn Abi Tolib r.a

15. Rasululloh s.a.v. o’z qo’llari bilan nechta tuyani bo’g’izladilar?
a) 40 ta
b) 70 ta
c) 63 ta
d) 100 ta

16. Rasululloh (s.a.v.) Hajjatul vado’da o’z ahllari (oilalari) nomidan qanday qurbonlik amalga oshirdilar?
a) 100 ta tuya
b) 20 ta sigir
c) 1 ta tuya
d) 1 ta sigir

17. Rasululloh (sav) qurbonlikdan forig' bo'lgach sartaroshni chaqirtirdilar. Unga o'ng taraflarini tutdilar, u sochlarini oldi va uni odamlarga bir-ikki toladan bo'lib berdilar. So'ngra chap taraflarini oldi. Rasululloh (sav) uni kimga berdilar?
a) Abu Bakr (r.a) ga;
b) Umar (r.a) ga;
c) Xolib ibn Valid (r.a) ga;
d) Talha ibn Ubaydulloh (r.a) ga;
e) Zayd ibn Sahl (r.a) ga.

18. Rasululloh (s.a.v.) muborak boshlarining peshona tomondan olingan sochlari qaysi sahobaga berildi?
a) Abdulloh ibn Mas’ud
b) Xolid ibn Valid
c) Ali ibn Abi Tolib
d) Abu Talha

19. Quyida keltirilgan oyatlarning qaysi biri Hajjatul vado’da nozil bo’lgan?
a) Baqara surasining 281-oyati
b) Moida surasining 3-oyati
c) Nasr surari
d) b va c javoblar to’g’ri
e) a, b va c javoblar to’g’ri

20. Rasululloh (s.a.v.)ning Hajjatul vada’da vafot etgan ulovlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qasvo
b) Duldul
c) Murtajiz
d) Ya’fur

Ushbu turda Anisa, Aziza Mannopova, Iroda Turdimatova, Nodirshoh, Sa’dulla va AbdulAzizning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh s.a.v.ning vafotlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

2-tur javoblari 18-avgustga qadar qabul qilinadi.
Nom: 2-tur: Vidolashuv haji (Javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2011, 04:23:07
V BOSQICH
2-tur: Vidolashuv haji
Javoblar va izohlar

1. Haj farz bo’lganidan so’ng Rasululloh (s.a.v.) qilgan ilk va o’z navbatida so’ngi hisoblanadigan haj qanday nom bilan yuritiladi?
a) Hajjatul-islom, Hajjatul-vado’
b) Hajji tamom
c) Hajji kamol
d) Yuqoridagi barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Yuqoridagi barcha javoblar to’g’ri
Izoh: Islom dinida haj farz bo’lganidan so’ng  Rasululloh (s.a.v.)ning birinchi qilgan hajlari  Hajjatul-islom nomini olgan. Bu hajda u zot ummatlari bilan xayrlashganlari uchun “Hallatul-vado’” deb ham yuritiladi. Unda Alloh Taoloning Moida surasi 3-oyati nozil bo’lgani uchun mazkur Haj “Hajjatul-tamom” va “Hajjatul-kamol” nomlarini ham olgan.
(Alixonto’ra Sog’uniy “Tarixi Muhammadiy”, Rashid Rizo “Sayyiduna Muhammad (s.a.v.)”).

2. Payg'ambarimiz (s.a.v.) haj safariga otlanganlarida Madinada o'rinlariga kimni qoldirib ketadilar?
a) Abdulloh Ummu Maktum r.a.ni
b) Abdulloh ibn Umar r.a.ni
c) Abu Dujona Ansoriy r.a.ni
d) Usmon ibn Abu Tolha Abdariy r.a.ni
To’g’ri javob: Abu Dujona Ansoriy r.a.ni
Izoh: Rasululloh zulqa’da oyining yigirma beshinchisi, ya’ni shanba kuni Madinada o‘rinlariga Abu Dujona Ansoriyni qoldirib yo‘lga chiqdilar. (“Nurul yaqiyn”)

3. Rasululloh (s.a.v.) qaysi sahobaga: “Siz men bilan endi ko’risholmasligingiz mumkin, balki mening masjidim va qabrim yonidan o’tarsiz” degan edilar?
a) Muoz ibn Jabal
b) Xolid ibn Valid
c) Abdulloh ibn Mas’ud
d) Ubay ibn Ka’b
To’g’ri javob: Muoz ibn Jabal.
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ning qalblaridagi ichki bir tuyg’u u zotga dunyodagi vazifalari nihoyalab borayotgani haqida xabar bergandek bo’ldi. Binobarin, 10-hijriyda Muoz (r.a.)ni Yamanga kuzatayotganlarida aytgan so’zlari orasida: “Ey Muoz, siz men bilan endi ko’risholmasligingiz mumkin, balki mening masjidim va qabrim yonidan o’tarsiz”, degan so’zlar bor edi. Shunda, Muoz Rasululloh (s.a.v.)dan ajrab qolishini o’ylab yig’lagan edi (Ar-rahiq al-maxtum. Safiyurrahmon Muborakfuriy).

4. Rasululloh (s.a.v.) hajga qachon safarga chiqdilar?
a) Zulqa’da oyining 15-chisida.
b) Zulqa’da oyining 25-chisida.
c) Zulhijja oyining 5-chisida.
d) Zulhijja oyining 8-chisida.
To’g’ri javob: Zulqa’da oyining 25-chisida.
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) hajga zulqa’da oyining yigirma beshinchi kunida safarga chiqdilar. (Ibn Hishom. “As-siyra an-nabaviya”).

5. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga vidolashuv hajida qancha odam ishtirok etgan?
a) 70 000 kishi
b) 100 000 kishi
c) 200 000 kishi
d) 300 000 kishi
To’g’ri javob: 100 000 kishi
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga vidolashuv hajida yuz ming kishi ishtirok etgan. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

6. Vidolashuv hajida borib kelguncha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini yetaklovchi bo‘lgan sahoba kim edi?
a) Jobir ibn Abdulloh r.a.
b) Anas ibn Molik r.a.
c) Abu Hurayra r.a.
d) Usoma ibn Zayd r.a.
To’g’ri javob: Jobir ibn Abdulloh r.a.
Izoh: Jobir ibn Abdulloh vidolashuv hajida borib kelguncha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini yetaklovchi bo‘lganlar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

7. Rasululloh s.a.v. Maqomi Ibrohimda ikki rakaat namoz o’qidilar. Ikki rakaatda qaysi suralarni qiroat qildilar?
a) Kafirun, Ixlos.
b) Falaq, Nos
c) Kavsar, Ixlos.
d) Fath surasi so’nggi, Hashr surasi so’nggi.
To’g’ri javob: Kafirun, Ixlos.
Izoh: So‘ngra Ibrohim alayhissalomning maqomlariga bordilar. «Va maqomi Ibrohimdan namozgoh tutinglar»ni qiroat qildilar. Keyin maqomni o‘zlari bilan Baytning orasida qildilar. Ikki rak’atda «Qul yaaa ayyuhal kafiruun» bilan «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qildilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

8. Rasululloh s.a.v. vidolashuv xutbasini qaysi ulovlariga minib qildilar?
a) Azboa
b) Qasvo
c) Yarfa’
d) Bayzo
To’g’ri javob: Qasvo
Izoh: Quyosh (qiyomdan) oqqanda U zot Qasvoni olib kelishga amr qildilar. Unga minib vodiyning o‘rtasiga bordilar. Bas, odamlarga xutba qildilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

9. Rasululloh s.a.v. Arafotda vidolashuv xutbasini o’qigan kun qaysi edi?
a) Dushanba
b) Chorshanba
c) Juma
d) Shanba
To’g’ri javob: Juma
Izoh: Bomdod namozini o‘qib juma kuni Arafotga qarab yurdilar. Ana shu yili «hajji akbar» bo‘ldi. Hojilar juma kuni Arafotda bo‘lsalar, «hajji akbar»ni topadilar. (“Tarixi Muhammadiy”)

10. Arafotda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning so‘zlarini baland ovozda odamlarga yetkazib turgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Hattob r.a.
b) Bilol ibn raboh r.a.
c) Ubay ibn Ka’b r.a.
d) Rabi’a ibn Umayya r.a.
To’g’ri javob: Rabi’a ibn Umayya r.a.
Izoh: Arafotda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning so‘zlarini Rabi’a ibn Umayyya ibn Xalaf baland ovozda odamlarga yetkazib turgan edi. (“Rohiyq al-maxtum”)

11. Rasululloh (s.a.v) bir sahobani kutib ifoza (Arofatdan qaytish) ni kechiktirdilar. Bu esa ba'zilarning noroziligiga sabab bo'ldi. Rasululloh (sav) kimni kutgan edilar?
a) Ali ibn Abu Tolib (r.a) ni;
b) Abu Bakr (r.a) ni;
c) Usoma ibn Zayd (r.a) ni;
d) Fazl ibn Abbos (r.a) ni;
e) Sofiya (r.a) ni;
To'g'ri javob: Usoma ibn Zayd.
Izoh: "Rasululloh (sav) Usoma ibn Zaydni deb ifozani (Arafotdan qaytishni) kechiktirdilar. Uni kutib turdilar. Bas bir burni pachoq qora g'ulom keldi. Ahli Yaman "Hali shuni deb tutilib turdikmi?", dedilar". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Peshqadamlar roziyallohu anhum". Hadis va hayot, 24-juz', 80-b).

12. Ali (r.a) "Vidolashuv haji" ga Yamandan keldilar. Ali (r.a) bilan kelgan kishilar Rasululloh (sav) ga u zotdan shikoyat qildilar. Ali (r.a) dan qilingan bu shikoyatning sababi nima edi?
a) Makkaga tezroq yetish niyatida safar davomida ularning xordiq chiqarishlariga izn bermaganlari uchun;
b) Makkaga tezroq yetish niyatida kechasi ham yurishga buyruq berganlari uchun;
c) Namozda faqat Ixlos surasini qiroat qilganlari uchun;
d) Odamlarning oldiga chiroyli bo'lib boraylik deb kiyib olgan yangi kiyimlarni yechishga buyruq berganlari uchun;
e) Qurbonlik tuyalarini ular o'rtasida teng taqsim qilmaganlar uchun.
To’g’ri javob: Odamlarning oldiga chiroyli bo'lib boraylik deb kiyib olgan yangi kiyimlarni yechishga buyruq berganlari uchun.
Izoh: "Ungacha vaqtinchalik amir odamlarning oldilariga bir holda bormaylik, ko'rganlarning ko'zlari quvonsin, deb kishilarning hammasiga yuklardan yangi va ziynatli kiyimlarni olib kiyishga amr bergan edi. Hammalari yaqin orada yo'q kiyimlarni kiyib, ko'rganning ko'zini o'ynatadigan bo'lib turganlarida Ali ibn Abu Tolib (r.a) kelib qoldilar. Bu holni ko'rib u kishining hushlari boshlaridan uchadi. Darhol amirga: "Sho'ring qursin, bu nima!?" dedilar. "Makkadagi birodarlari huzurlariga borsalar, deb navkarlarga yaxshi kiyimlarni kiygazib qo'ydim", dedi amir.  "Sho'ring qursin ularni Rasululloh (sav) ko'rmaslaridan yechintir", dedilar hazrati Ali ibn Abu Tolib (r.a). Hammalari yangi kiyimlarini yechdilar. Ammo hazrati Ali (r.a) ning ularga nisbatan qilgan bu ishlaridan noroziliklarini "yechmadi" lar. Uni ko'ngillariga tugib qo'ydilar. Makkai Mukarramada Rasululloh (sav) huzurlariga kirganlarida vaqtini topib, Ali ibn Abu Tolib (r.a) ustilaridan shikoyat qildilar va bo'lib o'tgan qissani so'zlab berdilar". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Usmon va Ali roziyallohu anhumo". Hadis va hayot, 22-juz', 252-253 b).

13. Safar davomida Abu Bakr Rasululloh (s.a.v.) bilan ikkovlarining yemaklarini yuklagan tuya yo’qolib qolganida qaysi sahoba tuyani tutib keltirgan?
a) Abu Talha
b) Jobir ibn Abdulloh
c) Safvon ibn Muattal
d) Uqba ismli qul
To’g’ri javob: Safvon ibn Muattal
Izoh: Hazrati Abu Bakr tuyani tutib keltirgan odamga minnat tuyg’ulari-la boqdi. Oisha onamiz darrov u kishini tanidi. Bani Mustaliq safaridan qaytishda adashib yo’lda qolib ketganida uni topib keltirgan va afsuski, har xil mish-mishlar chiqishiga sabab bo’lgan Safvon ibn Muattal edi bu odam (Saodat asri qissalari, 4-kitob).

14. "Har bir narsa mukammal bo'lgandan so'ng, unga nuqson yetish boshlanadi." Ushbu so'zlarning muallifini toping?
a) Abu Bakr r.a
b) Umar ibn Hattob r.a
c) Usmon ibn Affon r.a
d) Ali ibn Abi Tolib r.a
To’g’ri javob 1: Umar ibn Hattob r.a
Izoh: Senga nima bo'ldi, ey Umar, nechuk yig'lamoqdasan? deb so'raldi. Shunda Hazrati Umar: Har bir narsa mukammal bo'lgandan so'ng, unga nuqson yetish boshlanadi. Men bu oyatni Payg'ambarimiz (s.a.v)ning vafotlari yaqinlashganida belgi deb bilmoqdaman dedilar. (Hadis va Hayot 21-juz 227-bet)
To’g’ri javob 2: Abu Bakr r.a
Izoh: - Nima bu ko‘zyoshlari, ey Abu Bakr?.. Nimaga yig‘layapsan? - deb so‘radilar.
- Yig‘layapman, chunki kamol zavolni taqozo etadi.
Modam din kamoliga yetibdi, modam vazifa tamom bo‘libdi, demak, endi ko‘chish hozirligini ko‘rish qolibdi. Har bir o‘tadigan singari sarvari koinot (s.a.v.) ham ko‘chish tayyorgarligini boshlayajaklar. Hazrati Abu Bakr bilan hazrati Umarni (Olloh ikkalalaridan ham rozi bo‘lsin) yig‘latgan narsa mana shunaqa tuyg‘ular edi. (“Saodat asri qissalari”)

15. Rasululloh s.a.v. o’z qo’llari bilan nechta tuyani bo’g’izladilar?
a) 40 ta
b) 70 ta
c) 63 ta
d) 100 ta
To’g’ri javob: 63 ta
Izoh: Keyin qurbonlik so‘yiladigan joyga bordilar. Oltmish uchta tuyani o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘izladilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

16. Rasululloh (s.a.v.) Hajjatul vado’da o’z ahllari (oilalari) nomidan qanday qurbonlik amalga oshirdilar?
a) 100 ta tuya
b) 20 ta sigir
c) 1 ta tuya
d) 1 ta sigir
To’g’ri javob: 1 ta sigir
Izoh: Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «… Nahr kuni uyimga ko‘p mol go‘shti tashlab ketishdi. Men sababini so‘raganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barcha ayollari nomidan bir sigir qurbonlik qilganlarini aytishdi». (Sahihi Buxoriy, As-siyra an-nabaviyya)

17. Rasululloh (sav) qurbonlikdan forig' bo'lgach sartaroshni chaqirtirdilar. Unga o'ng taraflarini tutdilar, u sochlarini oldi va uni odamlarga bir-ikki toladan bo'lib berdilar. So'ngra chap taraflarini oldi. Rasululloh (sav) uni kimga berdilar?
a) Abu Bakr (r.a) ga;
b) Umar (r.a) ga;
c) Xolib ibn Valid (r.a) ga;
d) Talha ibn Ubaydulloh (r.a) ga;
e) Zayd ibn Sahl (r.a) ga.
To'g'ri javob: Zayd ibn Sahl.
Izoh: "Rasululloh (sav) qurbonlikdan forig' bo'lgach sartaroshni chaqirtirdilar. Unga o'ng taraflarini tutdilar, u sochlarini oldi va uni odamlarga bir va ikki toladan bo'lib berdilar. So'ngra chap taraflarini oldi. Uni Abu Talha (Zayd ibn Sahl) ga berdilar". (Sofiy ar-Rohman al-Muborakfuriy, "Ravzatul anvar fi siyrat an-Nabiy al-muxtor". 202-b).

18. Rasululloh (s.a.v.) muborak boshlarining peshona tomondan olingan sochlari qaysi sahobaga berildi?
a) Abdulloh ibn Mas’ud
b) Xolid ibn Valid
c) Ali ibn Abi Tolib
d) Abu Talha
To’g’ri javob: Xolid ibn Valid
Izoh: Peshona tomonidan olingan sochlarni Xolid ibn Valid so’radi. “Allohning qilichi” nomini olgan bu ulug’ sahobiyning istagi qondirildi (Saodat asri qissalari, 4-kitob).

19. Quyida keltirilgan oyatlarning qaysi biri Hajjatul vado’da nozil bo’lgan?
a) Baqara surasining 281-oyati
b) Moida surasining 3-oyati
c) Nasr surari
d) b va c javoblar to’g’ri
e) a, b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob 1:   a, b va c javoblar to’g’ri
Izoh: Baqara surasining 281-oyati Hajjatul vado’da Minoda nozil bo’ldi. Moida surasining 3-oyati juma kuni Arafotda nozil bo’ldi. Nasr surasi Minoda nozil bo’ldi, u oxirigi nozil bo’lgan sura hisoblanadi. (Tafsiri Qurtubiy, Tafsiri Jalolayn)
Abu Dovud hasan sanad bilan Sarro’ bint Nahbondan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ru’us kuni (tashriq kunlarining ikkinchisi) bizlarga xutba qilib: «Bu tashriq kunlarining o‘rtasi emasmi?!», dedilar. Bu kundagi xutbalari ham xuddi qurbonlik kunidagi xutbalaridek bo‘ldi. Bu xutbalarini «Nasr» surasi nozil bo‘lishi ortidan qildilar. (Rohiyq al-maxtum)
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajini ado etaroq Arafot turarkanlar Alloh taolo U zotga Moida surasidagi: «Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim», oyatini nozil qildi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)
To’g’ri javob 2:   b va c javoblar to’g’ri
Izoh: Allohga qaytariladigan kuningizdan qo'rqing. So'ngra har bir jon qilganiga yarasha to'liq oladur. Ularga zulm qilinmas. (Baqara, 281)
Qur'on ilmlari bilan shug'ullangan ulamolar ushbu oyati karima Alloh tushirgan oyatlar ichida eng oxirgi oyat ekanligini bayon qilganlar. Ibn Jurayjning aytishlaricha, Payg'ambar alayhissalom ushbu oyati karima nozil bo'lgandan so'ng 9 kun yashaganlar, xolos. (“Tafsiri Hilol”)

20. Rasululloh (s.a.v.)ning Hajjatul vada’da vafot etgan ulovlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qasvo
b) Duldul
c) Murtajiz
d) Ya’fur
To’g’ri javob: Ya’fur
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ning Ya’fur nomli eshaklari bo’lib, u Hajjatul vado’da o’ldi. ( Rashid Rizo “Sayyiduna Muhammad (s.a.v.).
Nom: V bosqich 2-tur natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2011, 04:26:21
V bosqich 2-tur natijalari

1   Anisa   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Habib   100
4   Muallim   100
5   Murod   95
6   Murtazo   95
7   Abdulaziz Toshmatov   90
8   Bahodir Ashurov   90
9   Dilmurod Sulaymonov   90
10   Iroda Turdimatova   90
11   Mirolim   90
12   Murod Karimov   90
13   Rabella   90
14   Sevara   90
15   As-Samarqandiy   85
16   Zinnurayn   85
17   Abdul_Malik   80
18   Ahmad   80
19   Muhammad Amin   80
20   Nigora G'afurova   80
21   Abdulhafiz   75
22   Begzod Bakirov   70
23   Hoji Mahmudov   70
24   Musannif Adham   70
25   Nodirshoh   70
26   Sora Hasan   70
27   Ummatiy Muhammadiy   70
28   Abdumuhaymin   65
29   Fatima Sultanova   65
30   Gulhayo   65
31   Lolo   65
32   Sa'dulla   65
33   G_u_l_i   55
34   Islombek   55
35   Muhammad Yusuf   55
36   N.Nodirbek   55
37   Bahrom Raupov   50
38   Farhodjon Isroilov   20
Nom: V bosqichning umumiy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2011, 04:28:44
V bosqichning umumiy natijalari

1   Anisa   200
2   Muallim   200
3   Aziza Mannopova   195
4   Murod   190
5   Abdulaziz Toshmatov   185
6   Bahodir Ashurov   185
7   Habib   185
8   Iroda Turdimatova   185
9   Murod Karimov   185
10   Murtazo   185
11   Rabella   185
12   Sevara   185
13   Ahmad   175
14   Dilmurod Sulaymonov   175
15   Mirolim   170
16   Zinnurayn   170
17   Abdul_Malik   160
18   Muhammad Amin   160
19   Nigora G'afurova   160
20   Nodirshoh   160
21   Ummatiy Muhammadiy   160
22   Abdulhafiz   150
23   Begzod Bakirov   150
24   Abdumuhaymin   145
25   Lolo   145
26   Sora Hasan   145
27   Sa'dulla   140
28   Hoji Mahmudov   135
29   Fatima Sultanova   130
30   Musannif Adham   130
31   Gulhayo   125
32   N.Nodirbek   125
33   Islombek   120
34   G_u_l_i   115
35   Muhammad Yusuf   100
36   As-Samarqandiy   85
37   Dilmurod Majidov   85
38   Farhodjon Isroilov   65
39   Bahrom Raupov   50
40   Humayro   40
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2011, 04:30:24
V BOSQICH
3-tur: Rasululloh s.a.v.ning vafotlari

1. Rasululloh s.a.v. umrlarining so’nggi haftasini qaysi onamizning hujralarida o’tkazdilar?
a) Maymuna r.a.
b) Oyisha r.a.
c) Xafsa r.a.
d) Ummu Habiba r.a.

2. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan besh kun avval : «Albatta, Alloh bir bandasiga istaganicha dunyo noz-ne’matlaridan ato etish yoki O’zining huzuridagi narsani tanlash ixtiyorini berdi, banda Allohning huzuridagi narsani tanladi», dedilar. Shunda kim: «Sizga ota-onalarimiz fido bo‘lsin», deb yig‘ladi?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Usoma ibn Zayd r.a.
d) Ali ibn Abu Tolib r.a.

3. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan avval kasal bo’lib yotganlarida qaysi g’azotda tanovul qilgan taomlarining zahri qiynayotganini aytgan edilar?
a) Tabuk
b) Haybar
c) Banu Mustaliq
d) Toif

4. Rasululloh s.a.v. o’zlari imom bo’lgan so’nggi namoz qaysi edi?
a) Bomdod
b) Xufton
c) Shom
d) Asr

5. Rasululloh s.a.v. o’zlari imom bo’lgan so’nggi namozda qaysi surani qiroat qildilar?
a) Moida surasini
b) Nasr surasini
c) Yosin surasini
d) Val-mursalot surasini

6. Rasululloh (s.a.v.) betob yotganlarida u zotning qarshiliklariga qaramay og'izlarining bir chetidan dori tomizishdi. U zot (s.a.v.): "Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko'rib turibmanki, ... bunday qilmagan!", dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
a) Usoma
b) Ibn Mas'ud
c) Abbos
d) Oisha
e) Fotima

7. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarining qolgan kunlari mobaynida Abu Bakr r.a. necha vaqt namozni imom bo’lib o’qib berdilar?
a) 7
b) 11
c) 17
d) 24

8. Nabiy sollallohu alayhi va sallam o’qigan so’nggi namoz qaysi edi?
a) Bomdod
b) Peshin
c) Asr
d) Shom

9. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani chaqirib, uning qulog‘iga shivirladilar, Fotima yig‘ladi. Keyin yana chaqirib, qulog‘iga shivirladilar, u bu safar xursand bo‘lib kuldi. Rasululloh s.a.vning qizlari nima uchun kulgan edi?
a) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Fotimaga butun olam ayollarining sayyidasi ekani xushxabarini berganlari uchun;
b) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi ekanliklarini aytganlari uchun;
c) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni Alloh huzuriga chaqirayotganini bilganlari uchun;
d) Barcha javoblar to’g’ri.

10. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan oxirgi so‘z qaysi edi?
a) La ilaha illalloh, albatta o‘limning sakaroti (mastligi) bor...
b) Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga. Va ular qandoq ham yaxshi rafiqlar!
c) Ey, bor Xudoyo! Rafiqi A’loga!
d) Namozga, namozga (mahkam bo‘linglar) va qo‘lllaringiz ostida bo‘lganlar (haq-huquqlariga rioya qilinglar!)

11. "Rasululloh vafot etdilar", degan gapni eshitganida oyoqlari bo'shashib, yerga qulab tushgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Xattob (r.a)
b) Usmon ibn Affon (r.a)
c) Anas ibn Molik (r.a)
d) Abdulloh ibn Abbos (r.a)
e) Abdulloh ibn Mas'ud (r.a)

12. Rasululloh (sav) vafot etganlarida u kishi yig'ladilar va Nabiy (sav) vafotlaridagi nima sizni yig'latdi deb so'rashganida, " Men osmondan kelayotgan vahiy uzilib qolgani uchun yig'layapman ", dedilar. Ushbu so'zlar muallifini toping.
a) Usmon ibn Affon (r.a)
b) Ummu Salama (r.a)
c) Ummu Ayman (r.a)
d) Zayd ibn Sobit (r.a)
e) Ubay ibn Ka'b (r.a)

13. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yuvishda qatnashmagan sahobalar berilgan qatorni belgilang.
a) Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd.
b) Shuqron, Avs ibn Xavlo.
c) Fazl ibn Abbos, Abbos ibn Abdulmuttalib
d) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon

14. Rasululloh (sav) ning muborak jasadlarini yuvishda ahli baytlaridagi erkaklar ishtirok etgani ma'lum va mashhur. Shunindek, manbalarda ansorlarning iltimoslariga ko'ra ulardan ham bir kishi qatnashgani haqida ma'lumot keltirilgan. Rasululloh (sav) ni yuvishda ishtirok etgan ushbu ansoriy sahobani aniqlang.
a) Abu Talha (r.a)
b) Jobir ibn Abdulloh (r.a)
c) Anas ibn Molik (r.a)
d) Avs ibn Xavliy (r.a)
e) Simok ibn Xarsha (r.a)

15. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kim qabr qazidi?
a) Abu Ubayda ibn Jarroh
b) Abu Talha Ansoriy
c) Ali ibn Abu Tolib
d) Umar ibn Hattob

16. Rasululloh s.a.v. janozalari avvalida “U zotga (janozasiga) birov imom bo’lmaydi. U zot tirikliklarida ham, mayyitliklarida ham imomingizdir” degan kim edi?
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Abbos ibn Abdulmuttalib r.a.

17. Rasululloh s.a.v. janozalariga kim imomlik qildi?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Sa’d ibn Uboda r.a.
d) Har kim o’zi tanho janoza o’qidi.

18. Rasululloh s.a.v. qaysi kuni dafn etildilar?
a) Dushanba kuni choshgohda.
b) Seshanba kuni ertalab
c) Chorshanbaga o’tar tunda
d) Chorshanba kuni choshgohda

19. Rasululloh (s.a.v.) dafn etilib, Ali (r.a.) qabrdan chiqgach bir kishi uzugini qabrga tashladi. Ali (r.a.)ga uzugim tushib ketdi degandi, Ali tushib uzugingni olib chiq dedilar. U qabrga tushdi va uzukni olib g’ishtga qo’yib chiqdi. Bu kishi kim edi?
a) Muvayha
b) Umar (r.a.)
c) Shaqron
d) Mug’iyra

20. Rasululloh s.a.v.ni eng oxirgi ko’rgan odam kim?
a) Oyisha r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Qusam ibn Abbos r.a.
d) Shuqron r.a.

Ushbu turda Anisa, Aziza Mannopova va AbdulAzizning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh s.a.v.ning ayollari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

3-tur javoblari 25-avgustga qadar qabul qilinadi.
Nom: 3-tur: Rasululloh s.a.v.ning vafotlari (Javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2011, 04:12:56
V BOSQICH
3-tur: Rasululloh s.a.v.ning vafotlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh s.a.v. umrlarining so’nggi haftasini qaysi onamizning hujralarida o’tkazdilar?
a) Maymuna r.a.
b) Oyisha r.a.
c) Xafsa r.a.
d) Ummu Habiba r.a.
To’g’ri javob: Oyisha r.a.
Izoh: Shundan so‘ng boshlari bog‘liq holda, Fazl ibn Abbos bilan Aliy ibn Abi Tolibning o‘rtasida oyoqlarini sudrab bosganlaricha Oishaning uyiga ko‘chib o‘tdilar va hayotlarining so‘nggi haftasini shu yerda o‘tkazdilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

2. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan besh kun avval : «Albatta, Alloh bir bandasiga istaganicha dunyo noz-ne’matlaridan ato etish yoki O’zining huzuridagi narsani tanlash ixtiyorini berdi, banda Allohning huzuridagi narsani tanladi», dedilar. Shunda kim: «Sizga ota-onalarimiz fido bo‘lsin», deb yig‘ladi?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Usoma ibn Zayd r.a.
d) Ali ibn Abu Tolib r.a.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq r.a.
Izoh: Keyin: «Albatta, Alloh bir bandasiga istaganicha dunyo noz-ne’matlaridan ato etish yoki O’zining huzuridagi narsani tanlash ixtiyorini berdi, banda Allohning huzuridagi narsani tanladi», dedilar. Abu Said al-Xudriy aytadi: «Shunda Abu Bakr: «Sizga ota-onalarimiz fido bo‘lsin», deb yig‘ladi. (“Rohiyq al-maxtum”)

3. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan avval kasal bo’lib yotganlarida qaysi g’azotda tanovul qilgan taomlarining zahri qiynayotganini aytgan edilar?
a) Tabuk
b) Haybar
c) Banu Mustaliq
d) Toif
To’g’ri javob: Haybar
Izoh: Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafotlari arafasida kasal bo‘lib yotgan vaqtlarida: «Yo Oisha! Xaybarda tanovul qilgan taomimning dardini shu vaqtgacha tortayotirman, hozir nafasimning qisilayotganini o‘shal zahardan, deb bilaman»,— dedilar». (“Sahihul Buxoriy”)

4. Rasululloh s.a.v. o’zlari imom bo’lgan so’nggi namoz qaysi edi?
a) Bomdod
b) Xufton
c) Shom
d) Asr
To’g’ri javob: Shom.
Izoh: Ummulfazl binti al-Xars rivoyat kiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shom namozida «Va-l-Mursaloti urfan»ni o‘qiganlarini eshitdim, so‘ng to vafot etgunlariga qadar biz birlan namoz o‘qimadilar». (“Sahihi Buxoriy”)

5. Rasululloh s.a.v. o’zlari imom bo’lgan so’nggi namozda qaysi surani qiroat qildilar?
a) Moida surasini
b) Nasr surasini
c) Yosin surasini
d) Val-mursalot surasini
To’g’ri javob: Val-mursalot surasini
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qattiq dard tortib yotgan bo‘lishlariga qaramay, to shu kungacha – ya’ni, vafotlaridan 4 kun oldin, payshanba kunigacha barcha namozlarni o‘zlari o‘qib berib turdilar. Shu kuni shom namozini ham o‘zlari o‘qib berdilar, unda «Val-mursalat» surasini qiroat qildilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

6. Rasululloh (s.a.v.) betob yotganlarida u zotning qarshiliklariga qaramay og'izlarining bir chetidan dori tomizishdi. U zot (s.a.v.): "Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko'rib turibmanki, ... bunday qilmagan!", dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
a) Usoma
b) Ibn Mas'ud
c) Abbos
d) Oisha
e) Fotima
To’g’ri javob: Abbos.
Izoh: "... Xushlariga kelganlarida: "Menga dori tomizmangizlar, deb ishora qilmabmidim?!" - dedilar. Biz: "Odatda, kasal dorini yoqtirmaydi, deb o'yladik", - dedik. Ul zot (sav): "Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko'rib turibmanki, Abbos bunday qilmagan!" dedilar". (Imom Buxoriy, "Al-jome' as-sahih").

7. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarining qolgan kunlari mobaynida Abu Bakr r.a. necha vaqt namozni imom bo’lib o’qib berdilar?
a) 7
b) 11
c) 17
d) 24
To’g’ri javob: 17
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarining qolgan kunlari mobaynida 17 ta namozni, ya’ni, payshanba kuni xufton namozidan boshlab, dushanba kuni bomdod namozigacha Abu Bakr o‘qib berdi. (“Rohiyq al-maxtum”)

8. Nabiy sollallohu alayhi va sallam o’qigan so’nggi namoz qaysi edi?
a) Bomdod
b) Peshin
c) Asr
d) Shom
To’g’ri javob: Bomdod
Izoh: Anas ibn Molik rivoyat qiladi: «Dushanba kuni odamlar bomdod namozida turgan edilar, Abu Bakr imom bo‘lib namoz o‘qiyotgan edi. To‘satdan Nabiy sollallohu alayhi va sallam Oishaning hujralari pardasini ochib, bizga qaradilar. So‘ng tabasum qilib jilmaydilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam namozga chiqsalar kerak, degan gumonda Abu Bakr safga qo‘shilish uchun ortga tisarila boshladilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallamni ko‘rib xursand bo‘lganimizdan namozdan chiqib ketayozdik. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bizga qarab: «Namozingizni davom ettiringlar» deb ishora qildilar va pardani tushirdilar». Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam keyingi namoz vaqtiga yetmadilar. (“Rohiyq al-maxtum”)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotidagi oxirgi namoz – vafot etgan dushanba kunidagi bomdod namozi edi («Dalolilun-nubuvvah», 7/ 192 193).

9. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani chaqirib, uning qulog‘iga shivirladilar, Fotima yig‘ladi. Keyin yana chaqirib, qulog‘iga shivirladilar, u bu safar xursand bo‘lib kuldi. Rasululloh s.a.vning qizlari nima uchun kulgan edi?
a) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Fotimaga butun olam ayollarining sayyidasi ekani xushxabarini berganlari uchun;
b) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi ekanliklarini aytganlari uchun;
c) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni Alloh huzuriga chaqirayotganini bilganlari uchun;
d) Barcha javoblar to’g’ri.
To’g’ri javob 1: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi ekanliklarini aytganlari uchun;
Izoh: Choshgoh vaqti Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani chaqirib, uning qulog‘iga shivirladilar, Fotima yig‘ladi. Keyin yana chaqirib, qulog‘iga shivirladilar, u bu safar xursand bo‘lib kuldi. Oisha aytadi: «Biz keyinchalik Fotimadan bu haqda so‘raganimizda u: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam shu kasalliklarida vafot etishlarini aytdilar, shunda men yig‘ladim. Keyingisida ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi men bo‘lishimni aytdilar, shunda men xursand bo‘lib kuldim», deb javob berdi. (“Sahihi Buxoriy”)
To’g’ri javob 2: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Fotimaga butun olam ayollarining sayyidasi ekani xushxabarini berganlari uchun;
Izoh: "... O'shanda u zot menga Jabroil o'zlariga Qur'onni har yili bir marta arz qilganini, bu yil esa ikki marta arz qilganini aytdilar va buni ajalim yaqinlashib qolgani deb bilaman. Albatta, sen ahlimdan birinchi bo'lib menga yetishuvchisan. Men sen uchun qandoq ham yaxshi salafman", dedilar. Men shuning uchun yig'ladim. So'ngra u zot sir gap ila: "Mo'minlarning ayollarining sayyidasi yoki ushbu ummat ayollarining sayyidasi bo'lishdan rozi bo'lmaysanmi?" dedilar. Men buning uchun kuldim". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Nubuvvat xonadoni xonimlari". Hadis va hayot, 25-juz, 421-b).

10. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan oxirgi so‘z qaysi edi?
a) La ilaha illalloh, albatta o‘limning sakaroti (mastligi) bor...
b) Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga. Va ular qandoq ham yaxshi rafiqlar!
c) Ey, bor Xudoyo! Rafiqi A’loga!
d) Namozga, namozga (mahkam bo‘linglar) va qo‘lllaringiz ostida bo‘lganlar (haq-huquqlariga rioya qilinglar!)
To’g’ri javob: Ey, bor Xudoyo! Rafiqi A’loga
Izoh: Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «…Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan oxirgi so‘z: Ey, bor Xudoyo! Rafiqi A’loga», deyishlari bo‘ldi». (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

11. "Rasululloh vafot etdilar", degan gapni eshitganida oyoqlari bo'shashib, yerga qulab tushgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Xattob (r.a)
b) Usmon ibn Affon (r.a)
c) Anas ibn Molik (r.a)
d) Abdulloh ibn Abbos (r.a)
e) Abdulloh ibn Mas'ud (r.a)
To’g’ri javob: Umar ibn Xattob (r.a).
Izoh: "... Sa'id ibn Musayyab hazrat Umarning: "Xudo haqi, bu oyatni Abu Bakr tilovat qilganlaridagina eshitdim. Janob Rasululloh vafot etdilar deb aytganlarini eshitganimda oyoqlarim bo'shashib ketib, yerga qulab tushdim", deganlarini menga aytib berdi". (Imom Buxoriy, "Al-jome' as-sahih". 3-jild).

12. Rasululloh (sav) vafot etganlarida u kishi yig'ladilar va Nabiy (sav) vafotlaridagi nima sizni yig'latdi deb so'rashganida, " Men osmondan kelayotgan vahiy uzilib qolgani uchun yig'layapman ", dedilar. Ushbu so'zlar muallifini toping.
a) Usmon ibn Affon (r.a)
b) Ummu Salama (r.a)
c) Ummu Ayman (r.a)
d) Zayd ibn Sobit (r.a)
e) Ubay ibn Ka'b (r.a)
To'g'ri javob: Ummu Ayman (r.a).
Izoh: "Ummu Ayman (r.a) yig'ladilar va Abu Bakr va Umar (r.a.): “Nimaga yig’laysan? Axir Allohning huzuridagi narsa u zotning Rasuli uchun yaxshi-ku?” dedilar. Ummu Ayman (r.a.): "Men buni bilganim uchun yig’layotganim yo’q. Men osmondan kelayotgan vahiy uzilib qolgani uchun yig'layapman", dedilar. (Hadis va hayot: "Nubuvvat xonadoni xonimlari". 436-bet).

13. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yuvishda qatnashmagan sahobalar berilgan qatorni belgilang.
a) Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd.
b) Shuqron, Avs ibn Xavlo.
c) Fazl ibn Abbos, Abbos ibn Abdulmuttalib
d) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon
Izoh: Seshanba kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘ylaklari ustidan yuvdilar. Yuvishda Abbos, Aliy, Abbosning ikki o‘g‘li Fazl va Qusam, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ozod qilgan qullari Shuqron, Usoma ibn Zayd va Avs ibn Xavlo ishtirok etdilar. Abbos, Fazl va Qusam muborak jasadni uyoq-buyoqqa o‘girib turdilar, Usoma bilan Shuqron suv quyib turishdi, yuvish ishini Aliy bajardi, Avs ko‘kragi bilan suyab turdi. (“Rohiyq al-maxtum”)

14. Rasululloh (sav) ning muborak jasadlarini yuvishda ahli baytlaridagi erkaklar ishtirok etgani ma'lum va mashhur. Shunindek, manbalarda ansorlarning iltimoslariga ko'ra ulardan ham bir kishi qatnashgani haqida ma'lumot keltirilgan. Rasululloh (sav) ni yuvishda ishtirok etgan ushbu ansoriy sahobani aniqlang.
a) Abu Talha (r.a)
b) Jobir ibn Abdulloh (r.a)
c) Anas ibn Molik (r.a)
d) Avs ibn Xavliy (r.a)
e) Simok ibn Xarsha (r.a)
To’g’ri javob: Avs ibn Xavliy (r.a).
Izoh: "Ali: "Oldimga Fazl ibn Abbosni kiritinglar", dedi. Ansoriylar: "Alloh nomi ila sizlardan bizga ham Rasululloh (sav) dan nasibamizni berishingizni so'raymiz", dedilar. Ulardan ham bir kishini kiritdilar. Uning ismi Avs ibn Xavliy edi. U qo'lida suv idish ko'tarib kirdi". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Usmon va Ali roziyallohu anhumo". Hadis va hayot, 22-juz, 255-b).

15. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kim qabr qazidi?
a) Abu Ubayda ibn Jarroh
b) Abu Talha Ansoriy
c) Ali ibn Abu Tolib
d) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Talha Ansoriy
Izoh: Abu Tolha Ansoriy roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga U zoti sharif jon taslim qilgan yerdan joy qazidi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

16. Rasululloh s.a.v. janozalari avvalida “U zotga (janozasiga) birov imom bo’lmaydi. U zot tirikliklarida ham, mayyitliklarida ham imomingizdir” degan kim edi?
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Abbos ibn Abdulmuttalib r.a.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a.
Izoh: Rasulloh (s.a.v.) so’riga qo’yilganda Ali: “U zotga (janozasiga) birov imom bo’lmaydi. U zot tirikliklarida ham, mayyitliklarida ham imomingizdir” dedilar. (“Hadis va hayot: Usmon va Ali r.a.”, 256-bet)

17. Rasululloh s.a.v. janozalariga kim imomlik qildi?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Sa’d ibn Uboda r.a.
d) Har kim o’zi tanho janoza o’qidi.
To’g’ri javob: Har kim o’zi tanho janoza o’qidi.
Izoh: Odamlar birin-ketin, o‘nta-o‘ntadan bo‘lib, hujraga kirib, imomga ergashmagan holda, har kim o‘zi tanho Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga janoza o‘qidilar, avval u zotning ahli-oilalari va qarindoshlari, so‘ngra muhojirlar, so‘ngra ansorlar, so‘ngra yosh bolalar, so‘ngra ayollar yoki avval ayollar, keyin yosh bolalar kirib namoz o‘qidilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

18. Rasululloh s.a.v. qaysi kuni dafn etildilar?
a) Dushanba kuni choshgohda.
b) Seshanba kuni ertalab
c) Chorshanbaga o’tar tunda
d) Chorshanba kuni choshgohda
To’g’ri javob: Chorshanbaga o’tar tunda
Izoh: . Oisha roziyallohu anho aytadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning dafn qilinganlarini chorshanbaga o‘tar tunda – bir rivoyatda: tunning so‘ngida – belkuraklar tovushidan bildik». (“Rohiyq al-maxtum”)

19. Rasululloh (s.a.v.) dafn etilib, Ali (r.a.) qabrdan chiqgach bir kishi uzugini qabrga tashladi. Ali (r.a.)ga uzugim tushib ketdi degandi, Ali tushib uzugingni olib chiq dedilar. U qabrga tushdi va uzukni olib g’ishtga qo’yib chiqdi. Bu kishi kim edi?
a) Muvayha
b) Umar (r.a.)
c) Shaqron
d) Mug’iyra
To’g’ri javob: Mug’iyra
Izoh: Mug’iyra ibn Shu’ba shunday dedi: “Rasululloh (s.a.v.) endi dafn etilayotgan paytda uzugimni olib, qabr ichiga otib yubordim. Keyin: “Uzugim qo’limdan tushib ketdi” dedim”… (“As-siyra an-Nabaviyya”)

20. Rasululloh s.a.v.ni eng oxirgi ko’rgan odam kim?
a) Oyisha r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Qusam ibn Abbos r.a.
d) Shuqron r.a.
To’g’ri javob: Qusam ibn Abbos r.a.
Izoh: Ali r.a.: “Rasululloh s.a.v.ni eng oxirgi ko’rgan odam Qusam ibn Abbosdir” dedilar. (“As-siyra an-nabaviyya”)
Nom: V bosqich 3-tur natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2011, 04:16:01
V bosqich 3-tur natijalari

1   Anisa   100
2   Dilmurod Sulaymonov   100
3   Iroda Turdimatova   100
4   Mirolim   100
5   Muallim   100
6   Muhammad Amin   100
7   Murod Karimov   100
8   Zinnurayn   100
9   Aziza Mannopova   95
10   Habib   95
11   Murod   95
12   Murtazo   95
13   Nigora G'afurova   95
14   Sevara   95
15   Ummatiy Muhammadiy   95
16   Musannif Adham   85
17   Rabella   85
18   Abdumuhaymin   75
19   As-Samarqandiy   75
20   Hoji Mahmudov   75
21   Jamol og'a   75
22   Lolo   75
23   Sa'dulla   75
24   Abdul_Malik   70
25   Abdulhafiz   70
26   Begzod Bakirov   70
27   Fatima Sultanova   70
28   G_u_l_i   70
29   Nodirshoh   70
30   Sora Hasan   70
31   Bahrom Raupov   65
32   Muhammad Yusuf   55
33   N.Nodirbek   55
34   Farhodjon Isroilov   20
Nom: V bosqichning umumiy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2011, 04:19:19
V bosqichning umumiy natijalari

1   Anisa   300
2   Muallim   300
3   Aziza Mannopova   290
4   Iroda Turdimatova   285
5   Murod   285
6   Murod Karimov   285
7   Habib   280
8   Murtazo   280
9   Sevara   280
10   Dilmurod Sulaymonov   275
11   Mirolim   270
12   Rabella   270
13   Zinnurayn   270
14   Muhammad Amin   265
15   Nigora G'afurova   255
16   Ummatiy Muhammadiy   255
17   Abdul_Malik   230
18   Nodirshoh   230
19   Abdulhafiz   220
20   Abdumuhaymin   220
21   Begzod Bakirov   220
22   Lolo   220
23   Musannif Adham   215
24   Sa'dulla   215
25   Sora Hasan   215
26   Hoji Mahmudov   210
27   Fatima Sultanova   200
28   Abdulaziz Toshmatov   185
29   Bahodir Ashurov   185
30   G_u_l_i   185
31   N.Nodirbek   180
32   Ahmad   175
33   As-Samarqandiy   160
34   Muhammad Yusuf   155
35   Gulhayo   125
36   Islombek   120
37   Bahrom Raupov   115
38   Dilmurod Majidov   85
39   Farhodjon Isroilov   85
40   Jamol og'a   75
41   Humayro   40
Nom: 4-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari
Yuborildi: AbdulAziz 26 Avgust 2011, 04:20:56
Assalamu alaykum!
Ramazon oyining so’nggi jum’asi, kirib kelayotgan Iydi Ramazon muborak bo’lsin!

V BOSQICH
4-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari

1. Oisha r.a. o’z qarindosh ayollarining to’yini qaysi oyda bo’lishini mustahab sanar edilar? Nima uchun?
a) Shavvol oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
b) Ramazon oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan Hadija r.a.ning nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
c) Zulhijja oyida, Fotima r.a. va Ali r.a. nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
d) Safar oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan Ramla binti Abu Sufyonning nikohlari shu oyda bo’lgani sababli

2. Payg’ambar s.a.v. uylanmoqchiliklarini aytganlarida qaysi ayol uchta sabab bilan nikohga ro’yhushlik bermagan?
a) Ummu Salama r.a; rashk, yoshlari kattaligi va farzandlari sababli
b) Savda binti Zam’a r.a; rashk, yoshlari kattaligi va semizliklilari sabbali
c) Ramla binti Abu Sufyon r.a; rashk, farzandlari va orada katta masofa borligi sababli
d) Sofiya binti Huyay r.a; rashk, farzandlari va yoshlari kattaligi sababli

3. Rasululloh (s.a.v.) ning ayollaridan biri ko'pincha: "Meni qanchalik yaxshi ko'rasiz deb so'rardilar, "Arqonning tugunidek" deb javob berardilar u zot. Rasululloh (s.a.v.)ning "Arqon tugunidek" muhabbatlari sohibasi kim edi?
a) Sofiya (r.a)
b) Hafsa (r.a)
c) Ummu Salama (r.a)
d) Oisha (r.a)
e) Savda binti Zam'a (r.a)

4. Rasululloh (s.a.v.) bilan bobolari bir bo'lgan mo'minlar onasi kim edi?
a) Ummu Habiba (r.a)
b) Sofiya (r.a)
c) Zaynab binti Jahsh (r.a.)
d) Oisha (r.a)
e) b va c javoblar to'g'ri

5. Rasululloh (s.a.v.) Sofiya (r.a) ga uylanib Madinaga qaytganlarida u kishini Horisa ibn No'monning uyiga tushiradilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) ning qaysi ayollari niqoblangan holda Sofiyani ko'rgani kelishadi?
a) Zaynab binti Jahsh (r.a), Hafsa (r.a)
b) Ummu Salama (r.a)
c) Juvayriya (r.a)
d) a, b va c javoblar to'g'ri
e) a va c javoblar to'g'ri

6. Rasululloh (s.a.v.) ga e'tikof o'tirishda birinchi bo'lib ergashgan mo'minlar onasi kim?
a) Savda binti Zam'a (r.a)
b) Oisha (r.a)
c) Hafsa (r.a)
d) Zaynab binti Jahsh (r.a)
e) a va b javoblar to'g'ri

7. Hadija r.a. tomonlaridan Rasululloh s.a.v.ga yuborilgan sovchi kim edi?
a) Amr ibn Asad
b) Varaqa ibn Navfal
c) Abu Tolib
d) Nafisa binti Munayya
e) Maysara

8. Qaysi mo’minlar onasi o’z singlisini Rasululloh s.a.v.ga taklif etadi? Bunga javoban Rasululloh s.a.v. “Na qizlaringiz va na singillaringizni menga taklif qilmangiz! Mening ularga uylanishim mumkin emas, Alloh taolo buni harom qilgan” deydilar.
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Safiya binti Xoris
c) Ramla binti Abu Sufyon
d) Zaynab binti Jahsh
e) Hafsa binti Umar

9. Avvalgi eri bo’lmish Ibn Xuzofa as-Sahmiy vafotidan so’ng qaysi onamiz Rasululloh s.a.v.ga nikohlandilar?
a) Zaynab binti Jahsh
b) Hafsa binti Umar
c) Savda binti Zam’a
d) Juvayriya binti Horis
e) Sofiya binti Huyay

10. Rasululloh s.a.v. kimga uylanganlaridan keyin hijob oyati nozil bo’ldi?
a) Juvayriya binti Xoris
b) Oisha binti Abu Bakr
c) Maymuna binti Horis
d) Zaynab binti Jahsh
e) Zaynab binti Xuzayma

11.  “… ayollari qanday yaxshi, ularning ilm olishidagi shijoatlariga ibolari to’sqinlik qilmaydi”. Ushbu hadis kimdan hamda kimlar haqida rivoyat qilingan?
a) Oisha r.a, Ansor ayollari
b) Ummu salama r.a, Habashiston ayollari
c) Juvayriya r.a, Bani Mustaliq ayollari
d) Hafsa r.a. Quraysh ayollari

12. Oisha onamiz Rasululloh (s.a.v.)dan nechta hadis rivoyat qilganlar?
a) 2120
b) 1840
c) 2210
d) 2410

13. Az-Zuhriy aytadilar: “Agar Rasululloh (s.a.v.)ning barcha ayollarining ilmini va jamiki ayollarning ilmini to’plab turib …ning ilmiga solishtirsa, uning ilmi afzaldir”. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Xadicha binti Xuvaylid
b) Savda binti Zam’a
c) Oisha binti Abu Bakr
d) Hafsa binti Umar

14. Xadicha r.a. vafotlaridan keyin Rasululloh (s.a.v.)ga xotin bo’lgan birinchi ayol kim?
a) Ummu Salama
b) Savda binti Zam’a
c) Oisha binti Abu Bakr
d) Hafsa binti Umar

15. Rasululloh (s.a.v.) zavjai mutohharalaridan qaysi birlari “Ummul masakin” (Miskinlarning onasi) nomini olgan?
a) Xadicha binti Xuvaylid
b) Savda binti Zam’a
c) Zaynab binti Xuzayma
d) Zaynab binti Jahsh

16. Alloh taolo qaysi onamiz haqida: “Unga raj’at qil, u ko’p ro’za tutuvchi, kechasi ko’p namoz o’quvchi ayoldir, u jannatdagi xotiningdir” deb Rasululloh (s.a.v.)ga vahiy yuborgan?
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Hafsa binti Umar
c) Zaynab binti Xuzayma
d) Safiya binti Xuyay

17. Rasululloh (s.a.v.) zavjai mutohharalaridan 84 yoshda, eng so’ng vafot etgan onamizning ismini toping:
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Safiya binti Xuyay
c) Hafsa binti Umar
d) Juvayriya binti Horis
e) Hind binti Abu Umoma
 
18. Quyida ko’rsatilgan Ummul-mu’minin (mo’minlar onasi)dan qaysi birlarining ismlari “Barra” bo’lgan, Rasululloh (s.a.v.) bu ismdan qaytarib boshqa ism bilan ataganlar.
a) Maymuna binti Horis
b) Juvayriya binti Horis
c) Zaynab bint Jahsh
d) Barcha javoblar to’g’ri

19. Rasululloh s.a.v dan oldin ul zotning ayollaridan kimlar olamdan o’tgan?
a) Maymuna bint al-Horis va Zaynab bint Huzayma
b) Ummu Salama va Xadicha r.a
c) Xadicha r.a va Zaynab bint Huzayma
d) Xadicha bint Xuvaylid va Zaynab bint al-Horis

20. Rasululloh s.a.v ning ayollari orasida qurayishlik bo’lganlari soni nechta?
a) 11 ta
b) 3 ta
c) 9 ta
d) 6 ta

Ushbu turda Sevara, Mahdiyah, Murod, Muhammad Amin, Aziza Mannopova, Iroda Turdimatova va Anisaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

4-tur javoblari 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Nom: 4-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari (Javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 02 Sentyabr 2011, 07:02:59
V BOSQICH
4-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari
Javoblar va izohlar

1. Oisha r.a. o’z qarindosh ayollarining to’yini qaysi oyda bo’lishini mustahab sanar edilar? Nima uchun?
a) Shavvol oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
b) Ramazon oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan Hadija r.a.ning nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
c) Zulhijja oyida, Fotima r.a. va Ali r.a. nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
d) Safar oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan Ramla binti Abu Sufyonning nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
To’g’ri javob: Shavvol oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
Izoh: Abu Ubayd ibn Musanna aytadilar: “Oisha onamiz r.a. o’z qarindosh ayollarining to’yi shavvolda bo’lishini mustahab sanar edilar. Rasululloh alayhi va sallam shavvolda meni o’z nikohlariga oldilar, shavvolda men bilan birga yashashni boshladilar, u zotning qay ayollari mendan ko’ra nasibaliroq, der edilar.” (“Hadis va Hayot”, 25 juz’, 64 bet).

2. Payg’ambar s.a.v. uylanmoqchiliklarini aytganlarida qaysi ayol uchta sabab bilan nikohga ro’yhushlik bermagan?
a) Ummu Salama r.a; rashk, yoshlari kattaligi va farzandlari sababli
b) Savda binti Zam’a r.a; rashk, yoshlari kattaligi va semizliklilari sabbali
c) Ramla binti Abu Sufyon r.a; rashk, farzandlari va orada katta masofa borligi sababli
d) Sofiya binti Huyay r.a; rashk, farzandlari va yoshlari kattaligi sababli
To’g’ri javob: Ummu Salama r.a; rashk, yoshlari kattaligi va farzandlari sababli
Izoh: “Ey Allohning Rasuli, sizga rag’bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa mendan sodir bo’lib, Allohning azobiga duchor bo’lmay, deb qo’rqaman. So’ngra yoshim katta bo’lib qoldi, buning ustiga, bollalarim bor”, dedim. Rasululloh alayhis salom: “Sen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to’g’rida gapirsang, mening ham yoshim bir yerga borib qoldi. Bolalaring bo’lsa , ular mening ham bolalarim’, dedilar. (“Hadis va Hayot”, 25 juz’, 219 bet).

3. Rasululloh (s.a.v.) ning ayollaridan biri ko'pincha: "Meni qanchalik yaxshi ko'rasiz deb so'rardilar, "Arqonning tugunidek" deb javob berardilar u zot. Rasululloh (s.a.v.)ning "Arqon tugunidek" muhabbatlari sohibasi kim edi?
a) Sofiya (r.a)
b) Hafsa (r.a)
c) Ummu Salama (r.a)
d) Oisha (r.a)
e) Savda binti Zam'a (r.a)
To'g'ri javob: Oisha (r.a)
Izoh: "Ko'pincha Oisha onamiz Rasuli Akramdan: "Meni qanchalik yaxshi ko'rasiz?" - deb so'rar edi. U kishi: "Arqonni tugunidek" deb javob berardilar. "Ey Rasululloh, siz aytgan tugun qanaqa bo'ladi?" - derdi Oisha (r.a). "Tugundek tugun", - derdilar tabbasum bilan. (Abdulhamid Tahmoz, "Oisha (r.a) - Payg'ambarimiz (s.a.v.) ning suyukli ayoli").

4. Rasululloh (s.a.v.) bilan bobolari bir bo'lgan mo'minlar onasi kim edi?
a) Ummu Habiba (r.a)
b) Sofiya (r.a)
c) Zaynab binti Jahsh (r.a.)
d) Oisha (r.a)
e) b va c javoblar to'g'ri
To'g'ri javob: Zaynab binti Jahsh (r.a)
Izoh: "Zaynab binti onamiz (r.a) Rasululloh (s.a.v.) ga: "Ey Allohning Rasuli, men sizga uch narsa bilan erkaman. Ayyollaringizdan birortasi u narsalar ila erka bo'la olmaydilar:
- Mening bobom va sizning bobongiz bitta.
- Meni sizga Alloh azza va jalla osmondan nikohlagan.
- Oramizdagi elchi Jabroil (a.s) bo'lgan". (“Hadis va hayot”, 25-juz, 268-b).

5. Rasululloh (s.a.v.) Sofiya (r.a) ga uylanib Madinaga qaytganlarida u kishini Horisa ibn No'monning uyiga tushiradilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) ning qaysi ayollari niqoblangan holda Sofiyani ko'rgani kelishadi?
a) Zaynab binti Jahsh (r.a), Hafsa (r.a)
b) Ummu Salama (r.a)
c) Juvayriya (r.a)
d) a, b va c javoblar to'g'ri
e) a va c javoblar to'g'ri
To'g'ri javob: a va c javoblar to'g'ri.
Izoh: "Ummu Sinan Aslamiya (r.a) dan rivoyat qilinadi: "Madinaga yetib kelganimizda uylarimizga tushmadik. Sofiya bilan uning manziliga tushdik. Uning kelganini eshitib muhojir va ansorlarning ayollari kirib kela boshlashdi. Nabiy (s.a.v.) azvojidan to'rttasini: Zaynab binti Jahsh, Hafsa, Oisha, Juvayriyani niqoblangan holda kelganlarini ko'rdim. Zaynabning Juvayriyaga: "Ey binti Horis, bu joriya Rasululloh (s.a.v.) ning huzurlarida bizdan g'olib keladi deb o'ylayman", deganini, Juvayriya esa: "Yo'q, bu erining oldida nasiba topmaydigan ayyollardan", deganini eshitdim. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Nubuvvat xonadoni xonimlari". Hadis va hayot, 25-juz, 298-b).

6. Rasululloh (s.a.v.) ga e'tikof o'tirishda birinchi bo'lib ergashgan mo'minlar onasi kim?
a) Savda binti Zam'a (r.a)
b) Oisha (r.a)
c) Hafsa (r.a)
d) Zaynab binti Jahsh (r.a)
e) a va b javoblar to'g'ri
To'g'ri javob: Zaynab binti Jahsh (r.a)
Izoh: "Zaynab binti onamiz (r.a) e'tikof o'tirishda ham Rasululloh (s.a.v.) ga birinchi ergashgan kishi hisoblanadilar. Buxoriy, Muslim va boshqalar Oisha (r.a) dan rivoyat qiladi: "Payg'ambar (s.a.v.) qachon e'tikof o'tirishni iroda qilsalar, bomdodni o'qib e'tikof joyga kirar edilar. U zot kapa qurishga amr qildilar. Bas, qurildi. Ramazonning oxirgi o'nligida e'tikofni iroda qilgan edilar. Zaynab ham o'ziga kapa qurishga amr qildi. U qurildi. Payg'ambar (s.a.v.) ning undan boshqa zavjalari ham o'ziga kapa qurishga amr qildilar va qurildi". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Nubuvvat xonadoni xonimlari". Hadis va hayot, 25-juz, 267-b).

7. Hadija r.a. tomonlaridan Rasululloh s.a.v.ga yuborilgan sovchi kim edi?
a) Amr ibn Asad
b) Varaqa ibn Navfal
c) Abu Tolib
d) Nafisa binti Munayya
e) Maysara
To’g’ri javob: Nafisa binti Munayya
Izoh: Ibn Sa’d r.a. “Taboqot” nomli kitobida Nafisa binti Munayyadan rivoyat qiladilar: “Hadija binti Xuvaylid azmu qarorli, kuch-quvvatli, sharafli ayol edi….
Bir kuni Hadija binti Xuvaylid meni Muhammadning oldiga uning karvoni ila Shomdan qaytib kelganidan so’ng kishi bilmas yubordi. Men borib:
“Ey Muhammad, seni uylanishingga nima mone’lik qiladi?” dedim.
“Uylanish uchun qolimda hech narsa yo’q”, dedi.
“O’sha narsadan kifoyalansang va jamol, mol, sharaf va o’z tengingga da’vat qilinsang, xo’p deysanmi?” dedim.
“Kim o’zi u?” dedi.
“Hadiyja”, dedim.” (“Nubuvvat xonadoni xonimlari” 26-bet)
 
8. Qaysi mo’minlar onasi o’z singlisini Rasululloh s.a.v.ga taklif etadi? Bunga javoban Rasululloh s.a.v. “Na qizlaringiz va na singillaringizni menga taklif qilmangiz! Mening ularga uylanishim mumkin emas, Alloh taolo buni harom qilgan” deydilar.
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Safiya binti Xoris
c) Ramla binti Abu Sufyon
d) Zaynab binti Jahsh
e) Hafsa binti Umar
To’g’ri javob: Ramla binti Abu Sufyon
Izoh: Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedim. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?»—dedilar. Men: «Ha, sizga bul xususda qarshilik qilmayman, men singlimning baxtimga sherik bo‘lmog‘ini xohlayman!»—dedim. Ul zot: «Bu menga mumkin ermas»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «gavhar» qiziga uylanmoqchisiz deb gapirib yuribmiz»,— dedim. Ul zot: «Abu Salamaning qiziga?»—dedilar, Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Hatto u mening qo‘l ostimda parvarish topmayotgan bo‘lganida ham, bu menga mumkin ermas, chunki u mening emishgan akamning qizi bo‘lib, Suvayba men birlan Abu Salamani emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar». (Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy “Al jomi’ as-sahih” 3 juz. Nikoh kitobi, 388-bet. Toshkent 1994)

9. Avvalgi eri bo’lmish Ibn Xuzofa as-Sahmiy vafotidan so’ng qaysi onamiz Rasululloh s.a.v.ga nikohlandilar?
a) Zaynab binti Jahsh
b) Hafsa binti Umar
c) Savda binti Zam’a
d) Juvayriya binti Horis
e) Sofiya binti Huyay
To’g’ri javob: Hafsa binti Umar
Izoh: Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar kuyovlari Ibn Xuzofa as-Sahmiy Madinada vafot etib, qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Usmon ibn Affonni uchratib, ul kishiga: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim. Usmon: «Bir o‘ylab ko‘raychi»,— dedi. Men bir necha kecha kutdim. Keyin, Usmon menga uchrab: «Shu kunlarda uylana olmaydirganga o‘xshayman»,— dedi. So‘ng, men Abu Bakr Siddiqni uchratib: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim». (Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy “Al jomi’ as-sahih” 3 juz. Nikoh kitobi, 405-bet. Toshkent 1994)

10. Rasululloh s.a.v. kimga uylanganlaridan keyin hijob oyati nozil bo’ldi?
a) Juvayriya binti Xoris
b) Oisha binti Abu Bakr
c) Maymuna binti Horis
d) Zaynab binti Jahsh
e) Zaynab binti Xuzayma
To’g’ri javob: Zaynab binti Jahsh
Izoh: Payg’ambarimiz s.a.v. Zaynab binti Jahshga uylanganlarida valiymani nikoh kechasining ertasiga qilgan ekanlar. Bu uylanish hodisasidagi eng mashhur voqealardan biri hijob oyatining nozil bo’lishi edi. (Hadis va hayot 25-juz. “Nubuvvat xonadoni xonimlari” 258-bet. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Sharq” nashriyoti 2007.)

11.  “… ayollari qanday yaxshi, ularning ilm olishidagi shijoatlariga ibolari to’sqinlik qilmaydi”. Ushbu hadis kimdan hamda kimlar haqida rivoyat qilingan?
a) Oisha r.a, Ansor ayollari
b) Ummu salama r.a, Habashiston ayollari
c) Juvayriya r.a, Bani Mustaliq ayollari
d) Hafsa r.a. Quraysh ayollari
To’g’ri javob: Oisha r.a, Ansor ayollari.
Izoh: Rasululloh (s.a.v)dan Ansorlardan bo’lmish Asma ismlik ayol shaxsiy masalalar borasida savollar so’rab, tegishli ilmlarga ega bo’ladi. Shunda Oisha (r.a) Ansor ayollarining ilmga olishga bo’lgan shijoati oldida ibolari to’sqinlik qilmasligini ko’rib hayron qoladi. (Sahih Muslim 3-kitob, 649-hadis)

12. Oisha onamiz Rasululloh (s.a.v.)dan nechta hadis rivoyat qilganlar?
a) 2120
b) 1840
c) 2210
d) 2410
To'g'ri javob: 2210.
Izoh: Oisha onamiz Rasululloh (s.a.v.)dan 2210 ta hadis rivoyat qilganlar va bu sohada Abu Hurayradan so'ng turadilar (Hadis va Hayot 25 juz 137 b).

13. Az-Zuhriy aytadilar: “Agar Rasululloh (s.a.v.)ning barcha ayollarining ilmini va jamiki ayollarning ilmini to’plab turib …ning ilmiga solishtirsa, uning ilmi afzaldir”. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Xadicha binti Xuvaylid
b) Savda binti Zam’a
c) Oisha binti Abu Bakr
d) Hafsa binti Umar
To’g’ri javob: Oisha binti Abu Bakr
Izoh: Az-Zuhriy aytadilar: “Agar Rasululloh (s.a.v.)ning barcha ayollarining ilmini va jamiki ayollarning ilmini to’plab turib Oishaning ilmiga solishtirsa, Oishaning ilmi afzaldir” (Hadis va Hayot 25 juz “Sayyida Oisha binti Abu Bakr fazllari” bo’limi).

14. Xadicha r.a. vafotlaridan keyin Rasululloh (s.a.v.)ga xotin bo’lgan birinchi ayol kim?
a) Ummu Salama
b) Savda binti Zam’a
c) Oisha binti Abu Bakr
d) Hafsa binti Umar
To’g’ri javob: Savda binti Zam’a
Izoh: Savda binti Zam’a Xadicha r.anho vafotlaridan keyin Nabiy (s.a.v.)ga xotin bo’lgan birinchi ayol edi (Hadis va Hayot 25 juz “Savda binti Zam’a fazllari” bo’limi).

15. Rasululloh (s.a.v.) zavjai mutohharalaridan qaysi birlari “Ummul masakin” (Miskinlarning onasi) nomini olgan?
a) Xadicha binti Xuvaylid
b) Savda binti Zam’a
c) Zaynab binti Xuzayma
d) Zaynab binti Jahsh
To’g’ri javob: Zaynab binti Xuzayma
Izoh: Zaynab onamizning laqablari “Ummul masakin” (Miskinlarning onasi) edi. U kishi miskinlarga ko’p yaxshilik qilganlari sababidan mana shu nomni olgan edilar (Hadis va Hayot 25 juz, “Zaynab binti Xuzayma fazllari” bo’limi).

16. Alloh taolo qaysi onamiz haqida: “Unga raj’at qil, u ko’p ro’za tutuvchi, kechasi ko’p namoz o’quvchi ayoldir, u jannatdagi xotiningdir” deb Rasululloh (s.a.v.)ga vahiy yuborgan?
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Hafsa binti Umar
c) Zaynab binti Xuzayma
d) Safiya binti Xuyay
To’g’ri javob: Hafsa binti Umar
Izoh: Alloh taolo u zotga vahiy yuborib: “Hafsaga raj’at qil, u ko’p ro’za tutuvchi, kechasi ko’p namoz o’quvchi ayoldir, u jannatdagi xotiningdir” degan (Hadis va Hayot 25 juz “Hafsa binti Umar fazllari” bo’limi).

17. Rasululloh (s.a.v.) zavjai mutohharalaridan 84 yoshda, eng so’ng vafot etgan onamizning ismini toping:
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Safiya binti Xuyay
c) Hafsa binti Umar
d) Juvayriya binti Horis
e) Hind binti Abu Umoma
To’g’ri javob: Hind binti Abu Umoma
Izoh: Ummu Salama (asl ismlari Hind binti Abu Umoma) onamiz hijriy ellik to’qqizinchi sanada, sakson to’rt yoshlarida vafot etdilar. U kishi mo’minlarning onalari ichida eng so’ng vafot etgan zotdirlar (Hadis va Hayot 25 juz, “Ummu Salama fazllari” bo’limi).
 
18. Quyida ko’rsatilgan Ummul-mu’minin (mo’minlar onasi)dan qaysi birlarining ismlari “Barra” bo’lgan, Rasululloh (s.a.v.) bu ismdan qaytarib boshqa ism bilan ataganlar.
a) Maymuna binti Horis
b) Juvayriya binti Horis
c) Zaynab bint Jahsh
d) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Barcha javoblar to’g’ri
Izoh: Juvayriya(r.a.)ning ismlari Barra edi. Rasululloh (s.a.v.) Juvayriya deb o’zgartirdilar. Zaynab bint Jahsh (r.a.)ning ismlari Barra edi Rasululloh (s.a.v.) Zaynab deb o’zgartirdilar. Maymuna onamizning ismlari Barra bo’lgan Rasululloh (s.a.v.) Maymuna deb almashtirdilar. (Sahihi Muslim, Nubuvvat va risolat)

19. Rasululloh s.a.v dan oldin ul zotning ayollaridan kimlar olamdan o’tgan?
a) Maymuna bint al-Horis va Zaynab bint Huzayma
b) Ummu Salama va Xadicha r.a
c) Xadicha r.a va Zaynab bint Huzayma
d) Xadicha bint Xuvaylid va Zaynab bint al-Horis
To’g’ri javob: Xadicha r.a va Zaynab bint Huzayma
Izoh: Rasululloh s.a.v oila qurgan ayollar soni o’n bitta bo’lib, o’zlaridan oldin ulardan ikkitasi Xadicha bint Xuvaylid va Zaynab bint Xuzaymalar vafot etgan. (As-Siyra an-Nabaviya, 461-bet.)

20. Rasululloh s.a.v ning ayollari orasida qurayishlik bo’lganlari soni nechta?
a) 11 ta
b) 3 ta
c) 9 ta
d) 6 ta
To’g’ri javob: 6 ta
Izoh: Rasululloh s.a.v ning ayollari orasida qurayishlik bo’lganlari soni 6 tadir. Ular: Xadicha r.a, Oisha r.a, Hafza r.a, Ummu Habiba r.a, Ummu Salama r.a, Savda bint Zam’a lardir. (As-Siyra an-Nabaviya, 462-bet.)
Nom: 4-tur natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 02 Sentyabr 2011, 07:04:38
4-tur natijalari

1   Anisa   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Habib   100
4   Iroda Turdimatova   100
5   Mirolim   100
6   Muallim   100
7   Murtazo   100
8   Ummatiy Muhammadiy   100
9   Muhammad Amin   95
10   Murod   95
11   Murod Karimov   95
12   Musannif Adham   95
13   Nigora G'afurova   95
14   Rabella   95
15   Sa'dulla   95
16   Sevara   95
17   Dilmurod Sulaymonov   90
18   Hoji Mahmudov   90
19   Lolo   90
20   Zinnurayn   90
21   G_u_l_i   85
22   N.Nodirbek   85
23   Sora Hasan   85
24   Abdul_Malik   80
25   Abdumuhaymin   80
26   As-Samarqandiy   80
27   Begzod Bakirov   80
28   Nodirshoh   70
29   Abdulhafiz   65
30   Fatima Sultanova   60
31   Muhammad Yusuf   60
32   Abduqahhor   30
33   Farhodjon Isroilov   30
Nom: V bosqichning umumiy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 02 Sentyabr 2011, 07:07:29
V bosqichning umumiy natijalari

1   Anisa   400
2   Muallim   400
3   Aziza Mannopova   390
4   Iroda Turdimatova   385
5   Habib   380
6   Murod   380
7   Murod Karimov   380
8   Murtazo   380
9   Sevara   375
10   Mirolim   370
11   Dilmurod Sulaymonov   365
12   Rabella   365
13   Muhammad Amin   360
14   Zinnurayn   360
15   Ummatiy Muhammadiy   355
16   Nigora G'afurova   350
17   Abdul_Malik   310
18   Lolo   310
19   Musannif Adham   310
20   Sa'dulla   310
21   Abdumuhaymin   300
22   Begzod Bakirov   300
23   Hoji Mahmudov   300
24   Nodirshoh   300
25   Sora Hasan   300
26   Abdulhafiz   285
27   G_u_l_i   270
28   N.Nodirbek   265
29   Fatima Sultanova   260
30   As-Samarqandiy   240
31   Muhammad Yusuf   215
32   Abdulaziz Toshmatov   185
33   Bahodir Ashurov   185
34   Ahmad   175
35   Gulhayo   125
36   Islombek   120
37   Bahrom Raupov   115
38   Farhodjon Isroilov   115
39   Dilmurod Majidov   85
40   Jamol og'a   75
41   Humayro   40
42   Abduqahhor   30
Nom: 5-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari
Yuborildi: AbdulAziz 02 Sentyabr 2011, 07:13:17
V BOSQICH
5-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari

1. Baqi’ qabristoniga qo’yilgan birinchi mo’minlar onasi kim?
a) Hadija r.a.
b) Savda binti Zam’a r.a.
c) Zaynab binti Xuzayma r.a.
d) Zaynab binti Jahsh r.a.

2. Rasululloh SAV kimlarga nikohlaganlaridan keyin  "œU bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o’xshashdir" degan edilar?
a) Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
b) Ruqiyya r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
c) Zaynab r.a.ni Abul Oss ibn Robe’ga nikohlaganlaridan keyin
d) Fotima r.a.ni Hazrati Aliga nikohlaganlaridan keyin

3. Hazrati Hadicha r.a. qaysi qabristoniga dafn etilganlar?
a) Baqi’
b) Hojun
c) Buvayra
d) Nur

4. Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari nima edi?
a) Fozila
b) Tohira
c) Siddiqa
d) Oqila

5. Oisha (r.a) ning kunyalari nima edi?
a) Aish
b) Humayro
c) Ummu Abdulloh
d) Ummu Ibrohim
e) farzandlari yo'q bo'lgani sababli kunyalari bo'lmagan

6. Rasululloh (s.a.v.) ning qaysi ayollari Fotima (r.a) bilan tengdosh bo'lgan?
a) Hafsa (r.a)
b) Juyayriya (r.a)
c) Sofiya (r.a)
d) Ramla (r.a)
e) Zaynab binti Huzayma (r.a)

7. Rasululloh (s.a.v.)ning birinchi zavjalari Xadicha binti Xuvaylid qachon va qayerda tavallud topgan?
a) "Fil voqeasi"dan 10 yil ilgari Madinada
b) "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Madinada
c) "Fil voqeasi"dan 10 yil ilgari Makkada
d) "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Makkada

8. Ma'lumki, Rasululloh (s.a.v.) safarga o'zlari bilan olib chiqadigan ayollarini qur'a tashlab tanlaganlar. "Muraysi" jangida Rasululloh (s.a.v.) ayollari o'rtasida tashlangan qur'a qaysi zavjai mutohharalariga chiqqanini toping.
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Ummu Salama
c) Hafsa binti Umar
d) A va B
e) A,B va C

9. Rasululloh (sav) qaysi qizlari haqida uni samodan kelgan vahiy bilan turmushga berganlarini aytganlar?
a) Zaynab (r.a)
b) Ruqiya (r.a)
c) Ummu Kulsum (r.a)
d) Fotima (r.a)
e) c va d javoblar to'g'ri

10. Rasululloh (sav) cho'rilari Moriya Qibtiyyadan tug'ilgan farzandlari Ibrohimni kimga o'xshatar edilar?
a) Yusuf (a.s) ga
b) Ibrohim (a.s) ga
c) O'g'illari Qosimga
d) Nabiralari Hasanga
e) O'zlariga

11. Ma’lumki birgina Oisha onamizning Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislari soni 2210 ga yetgan. Qolgan sakkiz mo’minlar onalarining jami rivoyatlarining soni qancha?
a) 4554
b) 786
c) 890
d) 612
e) 2270

12. Oisha onamiz (r.a): "œU ichimizda eng Ollohga taqvodorimiz va silai rahmga moyilimiz edi" deb qaysi mo’minlar onasini ta’riflagandilar?
a) Juvayriya binti Xoris (r.a)
b) Hafsa binti Umar (r.a)
c) Maymuna binti Horis (r.a)
d) Zaynab binti Jahsh (r.a)
e) Zaynab binti Xuzayma (r.a)

13. Rasululloh s.a.v.ning qaysi o’gillari vafot etganda Quyosh tutilgan?
a) Qosim
b) Abdulloh
c) Toyyib
d) Ibrohim

14. Rasululloh s.a.v.ning nabiralari, Ruqiyya r.a.ning Usmon ibn Affondan bo’lgan o’g’li kim?
a) Abdulloh
b) Ibrohim
c) Ali
d) Abdurrohman

15. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri Hadicha binti Xuvaylid r.a.ga tegishli emas?
a) Islom ummatidan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson.
b) Vafot etganlarida yoshlari 65 da edi.
c) Avvalgi turmushlaridan Hind ismli o’g’illari bor edi.
d) Hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar.

16. Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada  qancha yashadilar?
a) 6 oy
b) 1 yil
c) 3 yil
d) 6 yil  

17. Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida Ali ibn Abu Tolib r.a. nikohlari paytida ular necha yosh edilar?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a. 23 yoshda, Fotima r.a. 12 yoshda
b) Ali ibn Abu Tolib r.a. 27 yoshda, Fotima r.a. 15 yoshda
c) Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda
d) Ali ibn Abu Tolib r.a. 21 yoshda, Fotima r.a. 16 yoshda

18. Hazrati Alining Fotima r.a.dan bo’lgan farzandlari berilgan qatorni belgilang.
a) Hasan, Husayn, Umar, Ja’far
b) Hasan, Husayn, Yahyo, Muhsin
c) Hasan, Husayn, Zaynab, Ummu Kulsum
d) Hasan, Husayn, Abdulloh, Ruqiyya

19. Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi o’g’il qachon dunyoga keldi?
a) 3-hijriyning Ramazon oyida
b) 2-hijriyning Sha’bon oyida
c) 4-hijriyning Shavvol oyida
d) 5-hijriyning Rabiul-avval oyida

20. Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
a) 120 ta
b) 32 ta
c) 24 ta
d) 18 ta

Ushbu turda Aziza Mannopova, Iroda Turdimatova, Anisa, Sa’dulla va AbdulAzizning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuboring.

6-tur mavzusi: Rasululloh s.a.v.ning sifatlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

7-tur V bosqichning oxirgi turi bo’lib, u online tarzda o’tkaziladi. Unda V bosqichda o’tilgan mavzular yuzasidan og’zaki savol-javob o‘tkaziladi.

5-tur javoblari 8-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Nom: 5-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari (javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2011, 06:28:04
V BOSQICH
5-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari
Javoblar va izohlar

1. Baqi’ qabristoniga qo’yilgan birinchi mo’minlar onasi kim?
a) Hadija r.a.
b) Savda binti Zam’a r.a.
c) Zaynab binti Xuzayma r.a.
d) Zaynab binti Jahsh r.a.
To’g’ri javob: Zaynab binti Xuzayma r.a.
Izoh: Rasululloh SAVning Baqi’ qabristoniga qo’yilgan birinchi zavjalari - Zaynab binti Xuzayma r.a. edi. Zaynab onamiz hijratning 4-yilida, nubuvvat xonadonida bir necha oy yashaganlaridan so’ng, 30 yoshlarida vafot etdilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

2. Rasululloh SAV kimlarga nikohlaganlaridan keyin “U bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o’xshashdir” degan edilar?
a) Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
b) Ruqiyya r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
c) Zaynab r.a.ni Abul Oss ibn Robe’ga nikohlaganlaridan keyin
d) Fotima r.a.ni Hazrati Aliga nikohlaganlaridan keyin
To’g’ri javob: Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
Izoh: Rasululloh SAV Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin “U bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o’xshashdir” degan edilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

3. Hazrati Hadicha r.a. qaysi qabristoniga dafn etilganlar?
a) Baqi’
b) Hojun
c) Buvayra
d) Nur
To’g’ri javob: Hojun
Izoh: Hazrati Hadicha r.a. Makkadagi Hojun qabristoniga dafn etilganlar ("Saodat asri qissalari")

4. Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari nima edi?
a) Fozila
b) Tohira
c) Siddiqa
d) Oqila
To’g’ri javob: Tohira
Izoh: Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari Tohira edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

5. Oisha (r.a) ning kunyalari nima edi?
a) Aish
b) Humayro
c) Ummu Abdulloh
d) Ummu Ibrohim
e) farzandlari yo'q bo'lgani sababli kunyalari bo'lmagan
To'g'ri javob 1: Ummu Abdulloh
Izoh: "Kunyalari Ummu Abdulloh bo'lib, opalari Asmoning o'g'li Abdullohning ismi bilan kunyalangan edilar". (Ahmad Farid, "Oisha ummul mo'minin (r.a)". 9-b)

6. Rasululloh (s.a.v.) ning qaysi ayollari Fotima (r.a) bilan tengdosh bo'lgan?
a) Hafsa (r.a)
b) Juyayriya (r.a)
c) Sofiya (r.a)
d) Ramla (r.a)
e) Zaynab binti Huzayma (r.a)
To'g'ri javob: Hafsa (r.a)
Izoh: "Hafsa (r.a) Rasululloh (s.a.v.) ga payg'ambarlik kelishidan 5 yil avval, Rasululloh (s.a.v.) ning qizlari Fotimai Zahro (r.a) bilan bir yilda tug'ilganlar. Shu yili Makkani sel yuvib ketib, Quraysh uni qayta qurgan edi. (Muhammad Ali Qutb, "Zavjaat an-Nabiy sav". 60,61-b).

7. Rasululloh (s.a.v.)ning birinchi zavjalari Xadicha binti Xuvaylid qachon va qayerda tavallud topgan?
a) "Fil voqeasi"dan 10 yil ilgari Madinada
b) "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Madinada
c) "Fil voqeasi"dan 10 yil ilgari Makkada
d) "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Makkada
To'g'ri javob: "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Makkada.
Izoh: Xadicha binti Xuvaylid "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Makkada tavallud topgan (Hadis va Hayot, 25 juz)

8. Ma'lumki, Rasululloh (s.a.v.) safarga o'zlari bilan olib chiqadigan ayollarini qur'a tashlab tanlaganlar. "Muraysi" jangida Rasululloh (s.a.v.) ayollari o'rtasida tashlangan qur'a qaysi zavjai mutohharalariga chiqqanini toping.
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Ummu Salama
c) Hafsa binti Umar
d) A va B
e) A, B va C
To'g'ri javob: A va B.
Izoh: Oishadan, Nabiy (a.s.) Banu Mustalaq (Muraysi’) g‘azotiga chiqdilar. Zavjalari o‘rtasida qur’a tashlandi. Menga (ya’ni Oisha) va Ummu Salamaga chiqdi. (Siyrati Zahabiy)

9. Rasululloh (sav) qaysi qizlari haqida uni samodan kelgan vahiy bilan turmushga berganlarini aytganlar?
a) Zaynab (r.a)
b) Ruqiya (r.a)
c) Ummu Kulsum (r.a)
d) Fotima (r.a)
To'g'ri javob: Ummu Kulsum r.a.
Izoh: "Ibn Asokir Ummu Ayyashdan rivoyat qiladi. U Rasululloh (sav) ning qizlarining cho'risi edi. "Nabiy (sav) ning: "Men Ummu Kulsumni Usmonga osmondan kelgan vahiy ila nikohlab berdim", deganlarini eshitdim". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Nubuvvat xonadoni xonimlari". Hadis va hayot, 25-juz, 386-b).

10. Rasululloh (sav) cho'rilari Moriya Qibtiyyadan tug'ilgan farzandlari Ibrohimni kimga o'xshatar edilar?
a) Yusuf (a.s) ga
b) Ibrohim (a.s) ga
c) O'g'illari Qosimga
d) Nabiralari Hasanga
e) O'zlariga
To'g'ri javob: O'zlariga.
Izoh: "... Rasululloh (sav) Ibrohimga juda bog'lanib qolgan edilar. Uning kichkina yuziga havas bilan boqar, qayerga borsalar doim qo'llarida ko'tarib yurar edilar. Boshqa ayollarinikaga borsalar, Ibrohimni ularga yaqinlashtirib, mehr va zavq bilan: "Qaranglar... Uni menga o'xshashini ko'rmayapsizlarmi?!", der edilar. (Muhammad Ali Qutb, "Zavjaat an-Nabiy sav". 108-b).

11. Ma’lumki birgina Oisha onamizning Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislari soni 2210 ga yetgan. Qolgan sakkiz mo’minlar onalarining jami rivoyatlarining soni qancha?
a) 4554
b) 786
c) 890
d) 612
e) 2270
To'g'ri javob: 612
Izoh: Birgina Oisha onamizning Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislari soni 2210ga yetgan. . Qolgan sakkiz mo’minlar onalarining jami rivoyatlarining soni 612 ni tashkil etadi. (Siyrati Nabaviy)

12. Oisha onamiz (r.a): “U ichimizda eng Ollohga taqvodorimiz va silai rahmga moyilimiz edi” deb qaysi mo’minlar onasini ta’riflagandilar?
a) Juvayriya binti Xoris (r.a)
b) Hafsa binti Umar (r.a)
c) Maymuna binti Horis (r.a)
d) Zaynab binti Jahsh (r.a)
e) Zaynab binti Xuzayma (r.a)
To'g'ri javob: Maymuna binti Horis 
Izoh: Oisha onamiz (r.a) guvohlik berib: "Ollohga qasamki, Maymuna ketdi. Albatta u ichimizda eng Ollohga taqvodorimiz va silai rahmga moyilimiz edi", deydilar (Hadis va Hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari, 339-bet)

13. Rasululloh s.a.v.ning qaysi o’gillari vafot etganda Quyosh tutilgan?
a) Qosim
b) Abdulloh
c) Toyyib
d) Ibrohim
To’g’ri javob: Ibrohim
Izoh: Mug‘ira ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohiym vafot etgan kuni Quyosh tutildi. Shunda odamlar: «Ibrohiym vafot etgani uchun Quyosh tutildi»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qib va duo aytib, Ollohga sig‘iningiz!» - deb aytdilar». (“Sahihul Buxoriy”)

14. Rasululloh s.a.v.ning nabiralari, Ruqiyya r.a.ning Usmon ibn Affondan bo’lgan o’g’li kim?
a) Abdulloh
b) Ibrohim
c) Ali
d) Abdurrohman
To’g’ri javob: Abdulloh
Izoh: Rasulullohning nabiralari: 3. Abdulloh. Ruqayyaning Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan bo‘lgan o‘g‘li. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

15. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri Hadicha binti Xuvaylid r.a.ga tegishli emas?
a) Islom ummatidan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson.
b) Vafot etganlarida yoshlari 65 da edi.
c) Avvalgi turmushlaridan Hind ismli o’g’illari bor edi.
d) Hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar.
To’g’ri javob: hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar
Izoh: Islom ummatidan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson – Hadicha binti Xuvaylid r.a.dir. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Hadicha binti Xuvaylid r.a. vafot etganlarida yoshlari 65 da edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Hazrati Hadicha r.a. Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida avvalgi turmushlaridan Hind ismli o’g’illari bor edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Hazrati Oyisha r.a. hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

16. Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada qancha yashadilar?
a) 6 oy
b) 1 yil
c) 3 yil
d) 6 yil  
To’g’ri javob: 6 yil
Izoh: Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada 6 yil yashadilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

17. Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida ular necha yosh edilar?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a. 23 yoshda, Fotima r.a. 12 yoshda
b) Ali ibn Abu Tolib r.a. 27 yoshda, Fotima r.a. 15 yoshda
c) Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda
d) Ali ibn Abu Tolib r.a. 21 yoshda, Fotima r.a. 16 yoshda
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda
Izoh: Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda edilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

18. Hazrati Alining Fotima r.a.dan bo’lgan farzandlari berilgan qatorni belgilang.
a) Hasan, Husayn, Umar, Ja’far
b) Hasan, Husayn, Yahyo, Muhsin
c) Hasan, Husayn, Zaynab, Ummu Kulsum
d) Hasan, Husayn, Abdulloh, Ruqiyya
To’g’ri javob: Hasan, Husayn, Zaynab, Ummu Kulsum
Izoh: 4. Hasan. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan o‘g‘li. Imom Hasan kimligini hamma musulmonlar yaxshi biladilar. 5. Husayn. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan o‘g‘li. Imom Husayn ham Islom tarixidagi eng mashhur shaxslardan biridirlar. U kishi va akalari Imom Hasan haqida alohida kitoblar yozilgan. 6. Zaynab. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan qizi. 7. Ummu Kulsum. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan qizi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

19. Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi o’g’il qachon dunyoga keldi?
a) 3-hijriyning Ramazon oyida
b) 2-hijriyning Sha’bon oyida
c) 4-hijriyning Shavvol oyida
d) 5-hijriyning Rabiul-avval oyida
To’g’ri javob: 3-hijriyning Ramazon oyida
Izoh: 3-hijriyning Ramazon oyida Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi o’g’il – Hasan ibn Ali r.a. dunyoga keldilar. Shu kungacha bu ismni hech kim qo’ymagan edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

20. Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
a) 120 ta
b) 32 ta
c) 24 ta
d) 18 ta
To’g’ri javob: 18 ta
Izoh: Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan 18 ta hadis rivoyat qilganlar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Nom: 6-tur: Rasululloh s.a.v.ning sifatlari
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2011, 07:17:50
V BOSQICH
6-tur: Rasululloh s.a.v.ning sifatlari

1. Rasululloh (sav) uzuklarini qaysi barmoqlariga taqqanlar?
a) o’ng yoki chap bosh barmoqlariga
b) o’ng yoki chap ko’rsatkich barmoqlariga
c) o’ng yoki chap o’rta barmoqlariga
d) o’ng yoki chap nomsiz barmoqlariga
e) Rasululloh (sav) uzuk taqmaganlar

2. Rasululloh (sav) Alloh taolo tomonidan o’zlariga buyurilmagan narsalarda kimga muvofiq ish qilishni ma’qul ko’rar edilar?
a) mushriklarga
b) majusiylarga
c) nasroniylarga
d) yahudiylarga
e) c va d javoblar to’g’ri

3. Rasululloh (sav) qo’llarining ta’rifi keltirilgan qatorni ko’rsating.
a) xushbo’y
b) quyosh taftidek issiq
c) muzdan ham sovuq
d) a va b javoblar to’g’ri
e) a va c javoblar to’g’ri

4. Rasululloh (sav) saxiylarning saxiysi haqida xabar berib aytgan so’zlarida o’z saxiyliklariga qanday ta’rif berganlar?
a) Men saxiylar saxiysiman !
b) Men odam bolasining eng saxiysiman !
c) Men sizlarning eng saxiyingizman !
d) Men esgan shamoldan ham saxiyroqman !
e) Men oqar daryodan ham saxiyroqman !

5. Quyidagi holatlarning qay biri Rasululloh (sav) ning uxlashlariga mone’lik qilar edi?
a) Fotima (r.a) ko’rib kelmagunlaricha uhlamas edilar;
b) nabiralari Hasan va Husaynni ko’rib kelmagunlaricha uhlamas edilar;
c) biror kasal odamni ko’rib kelmagunlaricha uhlamas edilar;
d) qo’llarida dinor yoki dirham bor bo’lsa, uni tarqatmagunlarich uhlamas edilar;
e)  a va b javoblar to’g’ri

6. Rasululloh (s.a.v.)ning go’zal sifatlaridan biri yosh bolalarga nihoyatda mehribon edilar. Ularni erkalatar, yig’lab qolmasligi uchun harakar qilardilar. Hatto namoz chog’i, bir bolakayni qiyomga tursalar ko’tarib olar, sajdaga borsalar qo’yib qo’yar edilar. Rasululloh (s.a.v.)ning namoz chog'i ham bag’irlarida mehrlarini tuygan ushbu bolakay kim edi?
a) Nevaralari Hasan
b) Nevaralari Husayn
c) Asmoning farzandi Abulloh ibn Zubayr
d) Nevaralari Umoma
e) Nevaralari Ummu Kulsum

7. Rasululloh s.a.v. vafot etganlarida u zotning soch va soqollariga oq tushganmidi?
a) Oq tushgandi, sochlarining yarmi, soqollarining hammasi oqargandi.
b) Soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi.
c) Soch va soqollarining to’rtdan biri oqargandi.
d) U zotning sochlari Uxud jangidan so’ng oqara boshlagandi.
e) a va d javoblar to’g’ri.

8. Rasululloh s.a.v.ning qilichlarining sopi nimadan edi?
a) Temirdan
b) Oltindan
c) Kumushdan
d) Yog’ochdan
e) Misdan

9. Rasululloh s.a.v. qaysi  sahoba haqiga "œAllohim, uni dinda faqih qilgin!" deya duo qilgan edilar?
a) Abdulloh ibn Umar
b) Abdulloh ibn Abbos
c) Abdulloh ibn Zubayr
d) Abdulloh ibn Abu Bakr
e) Abdulloh ibn Mas’ud

10. Rasululloh s.a.v. qaysi sahobaning qiroati haqida, "œSenga Oli Dovudning mizmor (nay)laridan bir mizmor senga berilgan" deganlar?
a) Abdulloh ibn Mas’ud
b) Ka’b ibn Molik
c) Abu Muso Ash’ariy
d) Sa’d ibn Muoz
e) Muoz ibn Jabal

11. Rasulullo s.a.v. itob qilsalar nima der edilar?
a) Unga nima bo’ldi? Peshonasiga tuproq!
b) Unga nima bo’ldi? Boshi egilgur!
c) Unga nima bo’ldi? Alloh rahmat qilgur!
d) Rasulullo s.a.v. itob qilmasdilar.

12. Qaysi qatorda Rasululloh s.a.v.ning ismlari keltirilgan?
a) Ahmad, Mohiy, Oqib, Amiyn, Rasul, Nabiy.
b) Muqaffiy, Zahuk, Fotih, Qattol, Qusam.
c) Ummiy, Mustafo, Mubashshir, Mutavakkil, Nazir.
d) Nabiyyur-rahmat, Xotimun nabiyyin, Sirohul-munir, Qosim.
e) a, b, c, d javoblar to’g’ri.
f) a va c javoblar to’g’ri.
 
13. Quyida keltirilgan sifatlardan Rasululloh (s.a.v.)ga tegishli bo’lmagan qatorni aniqlang.
a) O’rta bo’yli, yelkalari keng
b) Sochlari ko’p bo’lib, elkalariga tushib turgan
c) Ul zot qabz qilinganlarida soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi
d) Yurganlarida tikka yurar edilar

14. Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sochlari qanday edi?
a) Sochlari to’lqin sifat bo’lib, ikki quloqlari bilan elkalari  o’rtasida turardi
b) Juda jingalak ham, juda yumshoq ham emas edi, quloqlarining yarmiga tushib turgan
c) Ikki quloqlarining yumshoq yeriga tushib turgan
d) A va C javoblar to’g’ri
e) Barcha javoblar to’g’ri

15. Rasululloh (s.a.v.)nig taomdagi axloqlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Agar ishtahalari tortsa yerdilar, ko’ngillari tusamasa, yemas edilar
b) Hech qachon, hech qanday taomni ayblamadilar
c) Yonboshlagan holda yemaganlar
d) Uchta barmoqlari bilan yer edilar va qo’llarini artishdan oldin yalar edilar
e) Barcha javoblar to’g’ri

16. Rasululloh (s.a.v.)ning qo’l-oyoqlari qanday edi?
a) Uzun
b) Kalta
c) Yo’g’on
d) Ingichka
e) A va D javoblar to’g’ri

17. Rasululloh s.a.v. bashoratlariga ko’ra, iymon ham bora-bora qaysi shaharda to’planadi?
a) Makka
b) Madina
c) Yaman
d) Shom
e) Quddus
 
18. Rasululloh s.a.v.dan "œEng izzat-ikromli odam kim?" deb so’ralganda u zotni qaysi payg’ambarni e’tirof etganlar?
a) Ibrohim a.s.
b) Muso a.s.
c) Yusuf a.s.
d) Iso a.s.
e) Muhammad a.s.
 
19. Rasululloh s.a.v. kimga «Sen mening oldimda Horunning Muso alayhissalom oldilarida tutgan o‘rinlari kabi o‘rin tutmog‘ingga rozi bo‘lmaysanmi?!» deganlar?
a) Umar r.a.
b) Hamza r.a.
c) Ali r.a.
d) Abbos r.a.
e) UAbu Bakr r.a.
 
20. Rasululloh s.a.v. Qur’oni karimni o’rganinglar deya tavsiya etgan Abu Huzayfaning ozod qilingan quli kim edi?
a) Solim
b) Salama
c) Kilob
d) Ashja’
e) Abdulloh

Javoblarni [email protected]  elektron manziliga yuboring. 

7-tur V bosqichning oxirgi turi bo’lib, u online tarzda o’tkaziladi. Unda 5-bosqichning 6 ta turida o’tilgan mavzular yuzasidan og’zaki savol-javob o‘tkaziladi.

6-tur javoblari 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Nom: 7-tur – Online viktorinaning o’tkazilish tartibi
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2011, 07:19:20
7-tur — Online viktorinaning o’tkazilish tartibi

Ushbu turda ham ishtirokchilarga 20 ta savol taqdim etiladi. Har bir to’g’ri javob uchun 5 ball qo’shiladi.

7-turda 5-bosqichda o'tilgan 6 ta mavzu yuzasidan savollar taqdim etiladi.

Online tur savollari uchun test variantlari berilmaydi. Ishtirokchi muayyan vaqt mobaynida savollarga o’z bilimiga tayanib javob berishi kerak bo’ladi.

7-tur bevosita online tartibda o’tkaziladi. Buning uchun siz messenger kabi aloqa vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Online viktorina o’tkaziladigan aloqa manzillari:
Yahoo Messenger: [email protected]
Mail Agent: [email protected]
Google Talk: [email protected]

Savollar viktorinada foydalanilayotgan kitoblardan beriladi. 7-tur o’tkazib bo’lingandan so’ng javoblar izohi bilan birgalikda e’lon qilinadi.

Savollar online tarzda birin-ketin beriladi va blits-viktorina tarzida o’tkaziladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, bir savolni o’qish uchun o’rtacha 5-7 sekund vaqt ketar ekan. O’ylashga ham qo’shilgan 8 sekund bilan birgalikda bir savol yo’llangandan so’ng 15 sekund kutaman. Bu orada javob bo’lsa qabul qilinadi. Agar javob bo’lmasa, keyingi savolga o’taman. Agar foydalanuvchida savolning aniq javobi bo’lmasa, "œkeyingi" deb o’tkazib yuborishi tavsiya etiladi. Savolga to’g’ri-notog’ri javob berilganligi va natijasi haqidagi ma’lumot muloqot davomida ma’lum qilinmaydi. Muloqot qayd etilib, keyin hisoblanib, javoblar e’lon qilinganda natijalar ham e’lon qilinadi.

Blits-viktorina paytida qat’iyan taqiqlanadi:
- Kitobdan ko’rish;
- Internetdan qidirish;
- Boshqa birovdan yordam so’rash;
- Variantlar so’rash;
- Bir foydalanuvchi sinovdan o’tganidan so’ng boshqa foydalanuvchiga savollarni ma’lum qilishi.
G’irromlik qilish foydalanuvchining vijdoniga havola qilinadi.

Online viktorinaning o’tkazilish vaqti: 17 sentabr, 2011-yil, shanba kuni. Toshkent vaqti bilan soat 09.00 dan 14.00 gacha. Shu vaqt oralig’ida ishtirok etolmaganlarning javobi undan so’ng qabul qilinmaydi!

7-turdan so’ng ham ballari teng kelgan sovrinli o’rin egalari o’rtasida yana bir qo’shimcha tur o’tkaziladi. Ushbu turda ham ishtirokchilarga blits-savollar taqdim etiladi va eng ko’p javob topgan ishtirokchi go’liblikka erishadi.

Bir hafta davomida tayyorgarlik ko’ring va haqiqiy bilimingizni sinab ko’ring.
Barchamizning olayotgan ilmlarimizni foydali qilsin!
Nom: 5-tur natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 09 Sentyabr 2011, 07:24:44
5-tur natijalari

1   Anisa   100
2   Dilmurod Sulaymonov   100
3   Habib   100
4   Mirolim   100
5   Muallim   100
6   Muhammad Amin   100
7   Ummatiy Muhammadiy   100
8   Zinnurayn   100
9   Aziza Mannopova   95
10   Iroda Turdimatova   95
11   Murod Karimov   95
12   Murtazo   95
13   Rabella   95
14   As-Samarqandiy   90
15   Lolo   90
16   Nigora G'afurova   90
17   Abdulhafiz   85
18   Murod   85
19   Sevara   85
20   Abdumuhaymin   80
21   Begzod Bakirov   75
22   Hoji Mahmudov   75
23   Musannif Adham   75
24   Sora Hasan   75
25   G_u_l_i   65
26   Nodirshoh   60
27   Sa'dulla   55
28   Farhodjon Isroilov   25
Nom: V bosqichning umumiy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2011, 09:53:08
V bosqichning umumiy natijalari

1   Anisa   500
2   Muallim   500
3   Aziza Mannopova   485
4   Habib   480
5   Iroda Turdimatova   480
6   Murod Karimov   475
7   Murtazo   475
8   Mirolim   470
9   Dilmurod Sulaymonov   465
10   Murod   465
11   Muhammad Amin   460
12   Rabella   460
13   Sevara   460
14   Zinnurayn   460
15   Ummatiy Muhammadiy   455
16   Nigora G'afurova   440
17   Lolo   400
18   Musannif Adham   385
19   Abdumuhaymin   380
20   Begzod Bakirov   375
21   Hoji Mahmudov   375
22   Sora Hasan   375
23   Abdulhafiz   370
24   Sa'dulla   365
25   Nodirshoh   360
26   G_u_l_i   335
27   As-Samarqandiy   330
28   Abdul_Malik   310
29   N.Nodirbek   265
30   Fatima Sultanova   260
31   Muhammad Yusuf   215
32   Abdulaziz Toshmatov   185
33   Bahodir Ashurov   185
34   Ahmad   175
35   Farhodjon Isroilov   140
36   Gulhayo   125
37   Islombek   120
38   Bahrom Raupov   115
39   Dilmurod Majidov   85
40   Jamol og'a   75
41   Humayro   40
42   Abduqahhor   30
Nom: 6-tur: Rasululloh s.a.v.ning sifatlari (Javoblar va izohlar)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Sentyabr 2011, 07:18:39
V BOSQICH
6-tur: Rasululloh s.a.v.ning sifatlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh (sav) uzuklarini qaysi barmoqlariga taqqanlar?
a) o’ng yoki chap bosh barmoqlariga
b) o’ng yoki chap ko’rsatkich barmoqlariga
c) o’ng yoki chap o’rta barmoqlariga
d) o’ng yoki chap nomsiz barmoqlariga
e) Rasululloh (sav) uzuk taqmaganlar
To’g’ri javob: O’ng yoki chap nomsiz barmoqlariga.
Izoh: “Ul zotning uzuklari kumushdan bo’lib, o’ng yoki chap nomsiz barmoqlariga taqib yurardilar”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya. Xulqlanish”. III kitob, 190-bet).

2. Rasululloh (sav) Alloh taolo tomonidan o’zlariga buyurilmagan narsalarda kimga muvofiq ish qilishni ma’qul ko’rar edilar?
a) mushriklarga
b) majusiylarga
c) nasroniylarga
d) yahudiylarga
e) c va d javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: c va d javoblar to’g’ri.
Izoh: “Ibn Abbos (r.a) dan rivoyat qilinadi: “Ahli kitoblar sochlarini tushirib yurar edilar. Mushriklar esa, boshlaridan farq ochar edilar. Rasululloh (sav) o’zlariga amr qilinmagan narsada ahli kitoblarga muvofiq ish qilishni yaxshi ko’rar edilar. Bas, Rasululloh (sav) peshona sochlarini tushirib yurdilar. Keyinroq farq ochdilar”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya. Xulqlanish”. III kitob, 199-bet).

3. Rasululloh (sav) qo’llarining ta’rifi keltirilgan qatorni ko’rsating.
a) xushbo’y
b) quyosh taftidek issiq
c) muzdan ham sovuq
d) a va b javoblar to’g’ri
e) a va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: a va c javoblar to’g’ri.
Izoh: “Abu Juhayfa (r.a) dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sav) havo isigan paytda Bath oga chiqdilar va tahorat qilib, namoz o’qidilar. So’ngra odamlar turib, u zotning qo’llarini ushlab yuzlariga surta boshladilar. Men ham u zotning qo’llarini tutib yuzimga bosdim. Qo’llari muzdan ham sovuq va hidlari miskdan xushbo’y edi”.
Jobir ibn Samura (r.a) aytadilar: “Nabiy (sav) bilan peshin namozini o’qidim. So’ngra u zot ahllariga chiqdilar. Men ham birga chiqdim. Ul zotni bolachalar qarshilab chiqishdi. Bas, u zot birma-bir ularning yuzlarini silay boshladilar. Mening ham yuzimni siladilar. Qo’llarida sovuqlikni va attorning xaltasidan chiqarganda qo’lida bo’ladigan xushbo’ylikni topdim”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya. Xulqlanish”. III kitob, 203-bet).

4. Rasululloh (sav) saxiylarning saxiysi haqida xabar berib aytgan so’zlarida o’z saxiyliklariga qanday ta’rif berganlar?
a) Men saxiylar saxiysiman !
b) Men odam bolasining eng saxiysiman !
c) Men sizlarning eng saxiyingizman !
d) Men esgan shamoldan ham saxiyroqman !
e) Men oqar daryodan ham saxiyroqman !
To’g’ri javob: Men odam bolasining eng saxiysiman.
Izoh: “Anas ibn Molik (r.a) dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sav): “ Sizlarga saxiylar saxiysining xabarini beraymi? Saxiylar saxiysi Allohdir. Men odam bolasining eng saxiysiman. Mendan keyin sizdan eng saxiyingiz ilm o’rganib, ilmini tara tgan odamdir. U qiyomat kuni yolg’iz o’zi bir ummat bo’lgan holida tiriltiriladi. Va jonini Alloh yo’lida saxiylik bilan tutgan kish idir”, - dedilar”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya. Xulqlanish”. III kitob, 227-bet).

5. Quyidagi holatlarning qay biri Rasululloh (sav) ning uxlashlariga mone’lik qilar edi?
a) Fotima (r.a) ko’rib kelmagunlaricha uhlamas edilar;
b) nabiralari Hasan va Husaynni ko’rib kelmagunlaricha uhlamas edilar;
c) biror kasal odamni ko’rib kelmagunlaricha uhlamas edilar;
d) qo’llarida dinor yoki dirham bor bo’lsa, uni tarqatmagunlarich uhlamas edilar;
e) a va b javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Qo’llarida dinor yoki dirham bor bo’lsa, uni tarqatmagunlaricha uxlamas edilar.
Izoh: “Nabiy (sav) odamlarning eng saxiysi bo’lganlar. U kish ining huzurlarida dinor yoki dirham bo’lsa, uxlashga yotmaganlar. Agar biror narsa ortib qolsa va uni bergani odam bo’lmasa, o’sha narsadan qutulmagunlaricha, muhtoj odamga bermagunlaricha uxlamaganlar”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya. Xulqlanish”. III kitob, 188-bet).

6. Rasululloh (s.a.v.)ning go’zal sifatlaridan biri yosh bolalarga nihoyatda mehribon edilar. Ularni erkalatar, yig’lab qolmasligi uchun harakar qilardilar. Hatto namoz chog’i, bir bolakayni qiyomga tursalar ko’tarib olar, sajdaga borsalar qo’yib qo’yar edilar. Rasululloh (s.a.v.)ning namoz chog'i ham bag’irlarida mehrlarini tuygan ushbu bolakay kim edi?
a) Nevaralari Hasan
b) Nevaralari Husayn
c) Asmoning farzandi Abulloh ibn Zubayr
d) Nevaralari Umoma
e) Nevaralari Ummu Kulsum
To’g’ri javob: Nevaralari Umoma
Izoh: Qatoda al-Ansoriy rivoyat qiladilar, Rasululloh (s.a.v.) qizlari Zaynab va kuyovlari Abulosning farzandi Umomani ko’tarib namoz o’qir edilar. Sajda qilgana qo’yar, qiyomga tursalar ko’tarib olar edilar. (Sahihi Buxoriy, Sahihi Muslim).

7. Rasululloh s.a.v. vafot etganlarida u zotning soch va soqollariga oq tushganmidi?
a) Oq tushgandi, sochlarining yarmi, soqollarining hammasi oqargandi.
b) Soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi.
c) Soch va soqollarining to’rtdan biri oqargandi.
d) U zotning sochlari Uxud jangidan so’ng oqara boshlagandi.
e) a va d javoblar to’g’ri.
To’g’ri javob: Soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi.
Izoh: Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: “… Bas Alloh u zotni vafot qildirganida soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi” (Buxoriy, Muslim rivoyati, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Rasululloh s.a.v.”)

8. Rasululloh s.a.v.ning qilichlarining sopi nimadan edi?
a) Temirdan
b) Oltindan
c) Kumushdan
d) Yog’ochdan
e) Misdan
To’g’ri javob: Kumushdan
Izoh: Anas r.a.dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh s.a.v.ning qilichlarining sopi kumushdan edi”. (Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyatlari, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Rasululloh s.a.v.”)

9. Rasululloh s.a.v. qaysi sahoba haqiga “Allohim, uni dinda faqih qilgin!” deya duo qilgan edilar?
a) Abdulloh ibn Umar
b) Abdulloh ibn Abbos
c) Abdulloh ibn Zubayr
d) Abdulloh ibn Abu Bakr
e) Abdulloh ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abbos
Izoh: Ibn Abbos r.a.dan rivoyat qilinadi: “Nabiy s.a.v. xaloga kirdilar. Men u zotga tahorat suvi quyib qo’ydim. Ul zot chiqqanlarida:
“Buni kim quydi?” deb so’radilar?.
Xabar berildi.
“Allohim, uni dinda faqih qilgin!” dedilar” (Buxoriy, Muslim rivoyati, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Rasululloh s.a.v.”)

10. Rasululloh s.a.v. qaysi sahobaning qiroati haqida, “Senga Oli Dovudning mizmor (nay)laridan bir mizmor senga berilgan” deganlar?
a) Abdulloh ibn Mas’ud
b) Ka’b ibn Molik
c) Abu Muso Ash’ariy
d) Sa’d ibn Muoz
e) Muoz ibn Jabal
To’g’ri javob: Abu Muso Ash’ariy
Izoh: Abu Muso r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh s.a.v. Abu Musoga:
“Kecha sening qiroatingni eshitayotganimni ko’rganingda edi. Batahqiq, Oli Dovudning mizmor (nay)laridan bir mizmor senga berilganda”, dedilar”. (Termiziy rivoyati, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Rasululloh s.a.v.”)

11. Rasululloh s.a.v. itob qilsalar nima der edilar?
a) Unga nima bo’ldi? Peshonasiga tuproq!
b) Unga nima bo’ldi? Boshi egilgur!
c) Unga nima bo’ldi? Alloh rahmat qilgur!
d) Rasulullo s.a.v. itob qilmasdilar.
To’g’ri javob: Unga nima bo’ldi? Peshonasiga tuproq!
Izoh: Anas r.a.dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh s.a.v. fahshchi ham, la’natchi ham, so’kuvchi ham emas edilar. Itob qilsalar: “Unga nima bo’ldi? Peshonasiga tuproq”, der edilar. (Buxoriy rivoyati, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Rasululloh s.a.v.”)

12. Qaysi qatorda Rasululloh s.a.v.ning ismlari keltirilgan?
a) Ahmad, Mohiy, Oqib, Amiyn, Rasul, Nabiy.
b) Muqaffiy, Zahuk, Fotih, Qattol, Qusam.
c) Ummiy, Mustafo, Mubashshir, Mutavakkil, Nazir.
d) Nabiyyur-rahmat, Xotimun nabiyyin, Sirohul-munir, Qosim.
e) a, b, c, d javoblar to’g’ri.
f) a va c javoblar to’g’ri.
To’g’ri javob: a, b, c, d javoblar to’g’ri.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ismlari: Muhammad, Ahmad, Mohiy (Yo‘q qilguvchi - Alloh u bilan kufrni yo‘q qiladi), Oqib (So‘nggi – Undan keyin payg‘ambar kelmaydi), Amiyn (Omonatdor), Ummiy (Savodsiz), Rasul, Nabiy, Shohid, Zahuk (Sertabasssum), Fotih, Qattol (Islom diniga qurol bilan qarshi chiqqanlarni o‘ldirguvchi), Qusam (Barcha yaxshiliklarni o‘zida jamlagan), Mustafo(odamlarning Sarasi), Mubashshir (Bashorat beruvchi), Bashir (Bashorat beruvchi), Mutavakkil ( Allohga tavakkul qilgan), Muqaffiy (O’zidan avvalgi payg‘ambarlar hidoyatiga Izdosh), Nazir (Ogohlantiruvchi), Nabiyyur-rahmah (Rahmat payg‘ambari), Nabiyyut-Tasviyah (Inson huquqini taqvodan boshqa barcha narsalarda teng ko‘rgan payg‘ambar), Nabiyyul-malhamah (Jang payg‘ambari (janglarda shaxsan ishtirok etgan payg‘ambar)), Qosim (adolat bilan taqsimlovchi), Abdulloh (Allohning bandasi), as-Sirojul-Muniyr (porlagan Chiroq), Sayyidu valadi Odam (Odam farzandlarining Sayyidi), Sohibu livail-Hamd (Qiyomatda tikiladigan Hamd bayrog‘ining Egasi), Sohibu Maqomil-Mahmud (Maqtalgan Maqom Egasi), ad-Do’iy ilallohi biiznih (Alloh yo‘liga Alloh izni bilan Chorlovchi), Xotimun-nabiyyin (Oxirgi Payg‘ambar) va boshqa ismlar («at-Tabaqot» 1/ 83, 84; «Daloilun-nubuvvah» 1/ 151 – 161).
 
13. Quyida keltirilgan sifatlardan Rasululloh (s.a.v.)ga tegishli bo’lmagan qatorni aniqlang.
a) O’rta bo’yli, yelkalari keng
b) Sochlari ko’p bo’lib, elkalariga tushib turgan
c) Ul zot qabz qilinganlarida soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi
d) Yurganlarida tikka yurar edilar
To’g’ri javob: Yurganlarida tikka yurar edilar
Izoh: “Rasululloh (s.a.v.) o’rta bo’yli, elkalari keng, sochlari ko’p bo’lib, elkalariga tushib turadigan kishi edilar”, “Ul zot qabz qilinganlarida soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. 3-kitob, 193 bet).

14. Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sochlari qanday edi?
a) Sochlari to’lqin sifat bo’lib, ikki quloqlari bilan elkalari o’rtasida turardi
b) Juda jingalak ham, juda yumshoq ham emas edi, quloqlarining yarmiga tushib turgan
c) Ikki quloqlarining yumshoq yeriga tushib turgan
d) A va C javoblar to’g’ri
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Barcha javoblar to’g’ri
Izoh: “Sochlari to’lqin sifat – juda jingalak ham, juda yumshoq ham emas edi. Ikki quloqlari bilan elkalari o’rtasida turardi”. Boshqa rivoyatda: “Quloqlarining yarmiga”, “Ikki quloqlarining yumshoq yeriga”, deyilgan. Bundan Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sochlari yangi oldirilgan va o’sgan payti e’tiboridan, ba’zi vaqtlarda quloqlarining ust qismida, ba’zi vaqtda quloqlarining yumshoq joyiga barobar va ba’zida elkalariga tegib turadigan holatlar bo’lgani kelib chiqadi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. 3-kitob, 198 bet).

15. Rasululloh (s.a.v.)nig taomdagi axloqlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Agar ishtahalari tortsa yerdilar, ko’ngillari tusamasa, yemas edilar
b) Hech qachon, hech qanday taomni ayblamadilar
c) Yonboshlagan holda yemaganlar
d) Uchta barmoqlari bilan yer edilar va qo’llarini artishdan oldin yalar edilar
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Barcha javoblar to’g’ri
Izoh: “Nabiy (s.a.v.) hech qachon, hech qanday taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari tortsa yerdilar. Ko’ngillari tusamasa, tark qilar edilar”, Nabiy (s.a.v.) “Men yonboshlagan holimda yemayman” dedilar, “Nabiy (s.a.v.) uchta barmoqlari bilan yer edilar va qo’llarini artishdan oldin yalar edilar”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. 3-kitob, 233-235 betlar).

16. Rasululloh (s.a.v.)ning qo’l-oyoqlari qanday edi?
a) Uzun
b) Kalta
c) Yo’g’on
d) Ingichka
e) A va D javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Yo’g’on
Izoh: “Rasululloh (s.a.v.) novcha ham emas, pakana ham emas, qo’l-oyoqlari yo’g’on, boshlari katta, a’zolari katta, ko’krak junlari uzun edilar”. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Rasululloh (s.a.v.). 22-bet).

17. Rasululloh s.a.v. bashoratlariga ko’ra, iymon ham bora-bora qaysi shaharda to’planadi?
a) Makka
b) Madina
c) Yaman
d) Shom
e) Quddus
To’g’ri javob: Madina
Izoh: Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilon o‘z inida kulcha bo‘lib yashirinib olgani singari iymon ham bora-bora Madinada to‘plang‘aydir»,- dedilar».
 
18. Rasululloh s.a.v.dan “Eng izzat-ikromli odam kim?” deb so’ralganda u zotni qaysi payg’ambarni e’tirof etganlar?
a) Ibrohim a.s.
b) Muso a.s.
c) Yusuf a.s.
d) Iso a.s.
e) Muhammad a.s.
To’g’ri javob: Yusuf a.s.
Izoh: Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh Eng izzat-ikromli odam kim?» — deyishdi. Ul zot: «Eng taqvodor odamdur», — dedilar. «Biz sizdan bu haqda so‘rayotganimiz yo‘q», — deyishdi. Ul zot: «Yusuf nabiyyulloh», — dedilar».
 
19. Rasululloh s.a.v. kimga «Sen mening oldimda Horunning Muso alayhissalom oldilarida tutgan o‘rinlari kabi o‘rin tutmog‘ingga rozi bo‘lmaysanmi?!» deganlar?
a) Umar r.a.
b) Hamza r.a.
c) Ali r.a.
d) Abbos r.a.
e) UAbu Bakr r.a.
To’g’ri javob: Ali r.a.
Izoh: Ibrohiym ibn Sa’dning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Aliga: «Sen mening oldimda Horunning Muso alayhissalom oldilarida tutgan o‘rinlari kabi o‘rin tutmog‘ingga rozi bo‘lmaysanmi?!» — dedilar».
 
20. Rasululloh s.a.v. Qur’oni karimni o’rganinglar deya tavsiya etgan Abu Huzayfaning ozod qilingan quli kim edi?
a) Solim
b) Salama
c) Kilob
d) Ashja’
e) Abdulloh
To’g’ri javob: Solim
Izoh: Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Qur’onni (avvalo) Abdulloh ibn Mas’uddan, (so‘ng) Abu Huzayfaning ozod qilgan quli Solim, Ubay ibn Ka’b va Mu’oz ibn Jabaldan o‘rganingizlar!» — deb aytganlarini eshitdim».

Ushbu turda Anisa, Aziza Mannopova, Iroda Turdimatova va AbdulAzizning savollaridan foydalanildi.
Nom: 6-tur natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 16 Sentyabr 2011, 07:54:22
6-tur natijalari

1   Anisa   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Habib   100
4   Iroda Turdimatova   100
5   Muallim   100
6   Muhammad Amin   100
7   Murod Karimov   100
8   Murtazo   100
9   Zinnurayn   100
10   Mirolim   95
11   Ummatiy Muhammadiy   95
12   Dilmurod Sulaymonov   80
13   Murod   80
14   Nigora G'afurova   80
15   Sevara   80
16   Rabella   75
17   Abdulhafiz   70
18   Begzod Bakirov   70
19   Lolo   70
20   Musannif Adham   70
21   Sora Hasan   70
22   Abdumuhaymin   65
23   G_u_l_i   60
24   Sa'dulla   55
25   Hoji Mahmudov   45
26   Farhodjon Isroilov   40
27   Nodirshoh   35
Nom: V bosqichning umumiy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 16 Sentyabr 2011, 08:39:06
V bosqichning umumiy natijalari

1   Anisa   600
2   Muallim   600
3   Aziza Mannopova   585
4   Habib   580
5   Iroda Turdimatova   580
6   Murod Karimov   575
7   Murtazo   575
8   Mirolim   565
9   Muhammad Amin   560
10   Zinnurayn   560
11   Ummatiy Muhammadiy   550
12   Dilmurod Sulaymonov   545
13   Murod   545
14   Sevara   540
15   Rabella   535
16   Nigora G'afurova   520
17   Lolo   470
18   Musannif Adham   455
19   Abdumuhaymin   445
20   Begzod Bakirov   445
21   Sora Hasan   445
22   Abdulhafiz   440
23   Hoji Mahmudov   420
24   Sa'dulla   420
25   G_u_l_i   395
26   Nodirshoh   395
27   As-Samarqandiy   330
28   Abdul_Malik   310
29   N.Nodirbek   265
30   Fatima Sultanova   260
31   Muhammad Yusuf   215
32   Abdulaziz Toshmatov   185
33   Bahodir Ashurov   185
34   Farhodjon Isroilov   180
35   Ahmad   175
36   Gulhayo   125
37   Islombek   120
38   Bahrom Raupov   115
39   Dilmurod Majidov   85
40   Jamol og'a   75
41   Humayro   40
42   Abduqahhor   30
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Sentyabr 2011, 09:24:40
Assalomu alaykum!
Ertaga, inshaalloh, online viktorinani o'tkazamiz.
Ishtirokchilarning talab va istaklariga ko'ra, online viktorina uchun Toshkent vaqti bilan soat 6:00 dan javob berishingiz mumkin.
Barchaga xayrli ishtirok tilayman,
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2011, 13:51:00
Assalamu alaykum!
Birinchi va ikkinchi o'rinlar aniqlandi.

Anisa va Muallimni tabriklaymiz!
Nom: 7-online tur natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2011, 18:32:06
7-online tur natijalari

1   Anisa   100
2   Rabella   100
3   Zinnurayn   100
4   Abdumuhaymin   90
5   Nigora G'afurova   90
6   Muallim   85
7   Aziza Mannopova   80
8   Musannif Adham   80
9   Abdulhafiz   75
10   Muhammad Amin   75
11   Iroda Turdimatova   70
12   Murod   70
13   Ummatiy Muhammadiy   70
14   Lolo   65
15   Dilmurod Sulaymonov   60
16   Sora Hasan   60
17   Sevara   55
18   G_u_l_i   50
19   Habib   50
20   Mirolim   50
21   Sa'dulla   50
22   Begzod Bakirov   45
23   Murtazo   30

Ushbu tur o'tgan yilgi online turdan ko'ra qiziqroq va samarali o'tdi.
Ayniqsa, Rabella, Zinnurayn, Abdumuhaymin va Nigora G'afurovaning muvaffaqiyatli ishtiroki bizni xursand qildi.
Ishtirokchilar ushbu turga ham puxta tayyorgarlik ko'rganlari ularning javoblaridan bilindi.
Afsuski, bu turda yetakchilardan Murod karimov ishtirok etmadi. Agar ishtirok etganlarida kuchli 5-likdan o'rin egallashlariga umid bor edi.
Ushbu turda va 5-bosqichda ishtirok etgan barchaga tashakkur. Alloh ilingizni ikki dunyoda xayrli qilsin!

PS. Ushbu turda barcha ishtirokchilar uchun yarim javoblar ham qabul qilindi. Ba'zi savollarda rivoyatlar har xil kelganligi bois, ishtirokchi manbaga asoslanib aytgan variant to'g'ri javob sifatida qabul qilindi.
Nom: V bosqichning yakuniy natijalari
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2011, 18:58:17
V bosqichning yakuniy natijalari:

1   Anisa   700
2   Muallim   685
3   Aziza Mannopova   665
4   Zinnurayn   660
5   Iroda Turdimatova   650
6   Rabella   640
7   Muhammad Amin   635
8   Habib   630
9   Mirolim   620
10   Ummatiy Muhammadiy   620
11   Murod   615
12   Dilmurod Sulaymonov   610
13   Nigora G'afurova   610
14   Murtazo   605
15   Sevara   595
16   Murod Karimov   575
17   Abdumuhaymin   535
18   Lolo   535
19   Musannif Adham   535
20   Abdulhafiz   515
21   Sora Hasan   505
22   Begzod Bakirov   490
23   Sa'dulla   470
24   G_u_l_i   445
25   Hoji Mahmudov   420
26   Nodirshoh   395
27   As-Samarqandiy   330
28   Abdul_Malik   310
29   N.Nodirbek   265
30   Fatima Sultanova   260
31   Muhammad Yusuf   215
32   Abdulaziz Toshmatov   185
33   Bahodir Ashurov   185
34   Farhodjon Isroilov   180
35   Ahmad   175
36   Gulhayo   125
37   Islombek   120
38   Bahrom Raupov   115
39   Dilmurod Majidov   85
40   Jamol og'a   75
41   Humayro   40
42   Abduqahhor   30

Bu yil ham o'tgan yilgidek Anisa 7 ta turda bironta ham xato qilmay, 1-o'rinni egalladilar.

Har yilgidan-da samarali ishtirok etgan va so'nggi turdagina 3 ta xato javob bergan Muallim 2-o'rinni egalladilar.

Aziza Mannopova har yili bir o'rindan pastga tushmoqdalar, 3-bosqich g'olibi, 4-bosqich kumush medali sohibi bo'lgan bu ishtirokchimiz 5-bosqichda 3-o'rinni band etdilar.

Zinnurayn viktorinani o'rta holatda boshlab, so'nggi turlarda, ayniqsa, online turda 100 foiz javob berganlaridan so'ng, 10-o'rindan 4-o'ringa sakrab, o'tgan yilgidan bir pog'ona bo'lsa-da pastlab, sovrindorlar safidan joy oldilar.

Iroda Turdimatova esa o'tgan yilgi o'rinlaridan bir pog'ona yuqorilab, faxrli 5-o'rinni band etdilar.

Rabellaga qoil qolmasdan ilojimiz yo'q. So'nggi bosqichga juda a'lo darajada tayyorlanibdilar. Online turdagi 100 foizlik natija u kishiga 6-o'rinni naqd etdi.

O'tgan yili shirin tashvishlar ila viktorinada qatnasha olmagan, 1- va 2-bosqichlarda 4-o'rin, 3-bosqichda 8-o'rin sohibi bo'lgan Muhammad Aminga bu yil 7-o'rin nasib etdi.

Habib, so'nggi bosqichga yana ozgina tayyorlanganingizda kuchli 7-likdan joy olishingiz mumkin edi. Lekin 8-o'rin ham yomon natija emas.

9-o'rin sohibi Mirolim ham bu yil astoydil qatnashdilar. 9-o'ringa u kishiga Ummatiy Muhammadiy sheriklik qildilar.

Qolgan qatnashchilarga ham ishtiroklari uchun tashakkur bildiramiz.
Ilmlarini Alloh ikki dunyoda foydali qilsin!

Inshaalloh, yanagi haftaga g'oliblarni taqdirlaymiz.
Xomiylik qilmoqchi bo'lganlar bog'lanishlari mumkin.

Allohning Salomi, Rahmati va Mag'firati barchamizga bo'lsin!
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2011, 19:01:36
V BOSQICH
7-tur: Nubuvvat xonadoni xonimlari

1. Qaysi ummul mo’miniynning laqablari "œUmmul masokin" edi?
Javob: Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a.ning laqablari "œUmmul masokin" edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

2. Rasululloh s.a.v. "œEy Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin" deb duoibad qilgan mal’un kim edi?
Javob: Rasululloh SAVning qizlari Ummu Kulsumni taloq qilib, u zotni haqorat qilgani sababli, Muhammad SAV Utayba haqida "œEy Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin" deb duoibad qilgan va u Shomda sherga yem bo’lgan edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

3. Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi kim edi?
Javob: Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi Ummu Rummon edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

4. Jabroil a.s. payg’ambarlardan boshqa ikki insonga salom aytganlar. Ular kimlar?
Javob: Jabroil a.s. payg’ambarlardan boshqa faqat Oyisha onamizga salom aytganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Xadicha sizga bir idishda nonxurush (yoki taom yoki sharbat) olib kelibdi, agar (yana) kelsa, unga parvardigoridan va mendan salom aytingiz hamda unga bashorat qilingizki, uning uchun jannatda shakar qamishdan bir uy hozirlab qo‘yilgan bo‘lib, unda na tashvish va na mashaqqat bor», — dedilar». («Sahihi Buxoriy»)

5. Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol kim?
Javob: Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol Usmon ibn Maz’unning zavjalari — Havla binti Hakim r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

6. Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: "œAyol kishi ersiz qancha sabr qiladi?" deb so’raganlarida, u kishi nima deb javob berganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: "œAyol kishi ersiz qancha sabr qiladi?" deb so’raganlarida, u kishi: "œ4 oy" dedilar. Shundan so’ng hazrati Umar askarlarni 4 oydan ortiq ushlab turmaslikka farmon berganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

7. Oyisha onamiz: "œMen undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman" — deb kimni aytganlar?
Javob: Oyisha onamiz Juvayriya binti Horis r.a. haqida: "œMen undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman" — deganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

8. Hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lgan 2 mo’minlar onasi kimlar?
Javob: Oyisha va Ummu Salama onamiz hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

9. Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVdan tabarruk nimani olib yurardilar?
Javob: Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVning hinolangan bir necha dona soch tolalarini olib yurganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

10. Qaysi onamiz Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: "œSizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan", der edilar?
Javob: Zaynab binti Jahsh r.a. Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: "œSizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan", der edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

11. Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a. onamizga mahrlari nima bo’lgan?
Javob: Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni ozod qilib, ozodlikni mahr qildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

12. Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz kim?
Javob: Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz - Ramla binti Abu Sufyon r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

13. Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol kim?
Javob: Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol — Maymuna binti Horis r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

14. Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning nechta xotinlari bor edi?
Javob: Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning 9 ta xotinlari bor edi. (Imom Nasaiy rivoyati)

15. Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini kim o’qigan?
Javob: Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini Abu Hurayra r.a. o’qidilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

16. Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etgani kim?
Javob: Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etganlari — Ummu Salama r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

17. Qaysi onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

18. Oyisha r.a.dan "œOdamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?" deb so’ralganida, u kishi kim deb javob berganlar?
Javob: Oyisha r.a.dan "œOdamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?" deb so’ralganida, "œFotima edi" — dedilar. (Termiziy rivoyati)
Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Rasululloh Amr ibn Osni lashkarga bosh qilib Zotussalosilga yubordilar. O’shanda Amr bunday deb erdi: «G’azotdan qaytib, Janob Rasulullohning oldilariga keldim-da: «Sizga odamlarning qaysi biri mahbubroq?» — deb so‘radim. Ul zot «Oisha»,— dedilar. «Erkaklardan-chi?»—deb so‘radim. «Uning otasi»,—dedilar. «Undan keyin kim’»—deb so‘radim «Umar»,— dedilar-da, yana bir necha kishining ismini sanadilar, shunda meni eng oxirida aytishlaridan qo‘rqib sukut saqladim». ("œSahihul Buxoriy")

19. Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini kim o’qigan?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini Najoshiy o’qidi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

20. Rasululloh SAV qaysi onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan?
Javob: Rasululloh SAV Zaynab binti Jahsh onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
Nom: Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2011, 20:09:03
"Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi bosqichlar bo'yicha umumiy natijalar

1   Anisa   4428
2   Lolo   4030
3   Dilmurod Majidov   3700
4   Aziza Mannopova   3528
5   Muhammad Amin   3415
6   Musannif Adham   3105
7   Muallim   2970
8   Mahdiyah   2850
9   Ummatiy Muhammadiy   2615
10   Bahriddin Botirov   2590
11   Habib   2335
12   Farhodjon Isroilov   2260
13   Robiya   2075
14   Muslima   1885
15   Abdulloh90   1820
16   Abduvohid Ahmadaliyev   1765
17   Shoir   1705
18   Dilnoza Mirsaidova   1630
19   Iroda Turdimatova   1588
20   Sa'dulla   1570
21   Murod Karimov   1515
22   Mutaallimah   1515
23   Abdumuhaymin   1410
24   Nodir Shoh   1235
25   Abdulhafiz   1190
26   Mirolim Qodiraliyev   1145
27   Guli Omonova   1140
28   Abdulaziz Toshmatov   1130
29   Bahodir Ashurov   1125
30   Otabek To'rayev   1055
31   Fatima Sultanova   1025
32   Zulayho Xon   973
33   Murod Mamasoliyev   895
34   Sardorbek Turdiyev   895
35   Xayrulla Ibragimov   860
36   Mubashsher Muhammad   850
37   Rayyona Usmonova   850
38   Muhammad Ibrohim   830
39   Jamoliddin Hasanov   805
40   Bahrom Raupov   800
41   Shoxruh Mirzo   785
42   Zamira Hamidova   765
43   Dilnura Hakimova   760
44   Fatima Aliyeva   745
45   Rabella   640
46   Dilmurod Sulaymonov   610
47   Nigora G'afurova   610
48   Murtazo   605
49   Sevara   595
50   Nurulla Mukhamedov   586
51   Muslima Mamajonova   585
52   Bekzod Bakirov   575
53   Huzayfa_89   570
54   Nodir Shomirzayev   550
55   Aziz Uralov   545
56   Muxsina   530
57   Sora Hasan   505
58   Sunnatilla Ochilov   500
59   Javlonbek Ikromov   490
60   Sita   485
61   Muhammad Sohib   480
62   Sarah Mann   480
63   Olmos Isakov   445
64   KWL   435
65   Erkin Vahidov   420
66   Hoji Mahmudov   420
67   Yoqutxon Rasulova   415
68   Abdulatif   410
69   Shoira Shodmonova   405
70   ZUBAIR   400
71   Abdul_Malik   395
72   Mo'min Mirzo   390
73   Olimxon   375
74   A'zam Rahimov   370
75   Guli Iskandarova   360
76   Alisher Abdullayev   350
77   Nodir Mamatqulov   340
78   Dilshod ibn Hamid   335
79   Nodirbek Nishonov   335
80   Samia   335
81   As-Samarqandiy   330
82   Sakina   305
83   Muzayyana   300
84   Abdurrahmon   290
85   Yurist   275
86   Burhon To'raqulov   270
87   Hadija   265
88   Ilhom Ahmadjonov    260
89   Kamronbek   260
90   Asadulloh   250
91   Mars   245
92   Muhammad Sobirov   245
93   Fazilat   220
94   Maryam Isaboyeva   215
95   Muhammad Yusuf   215
96   ЖАМШИДЖОН   180
97   Ahmad   175
98   Sarvar Tojiyev   175
99   Abduxoliq   165
100   Oysha   160
101   Nozima G'aniyeva   135
102   Gulhayo   125
103   Islombek   120
104   Muhammad Murod   120
105   Habibullayev Ulug'bek   105
106   Naimjon   105
107   Nuriddin Sirojiddinov   100
108   Ulugbek-Uz   100
109   Abdullatif Boltaboyev   95
110   Muhammad Saidxon   90
111   Baxtiyor Xonkeldiyev   85
112   Muslima20   85
113   Xolms   80
114   Umid Xalilov   75
115   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70
116   Farrux Boltaboyev   65
117   Muhammadaziz Mamitov   65
118   Iqbol G'afforov   55
119   Maqsud Asqarov   55
120   Salmoni Forsiy   55
121   Halim   50
122   Jamol og'a   50
123   Munira Rozikova   50
124   Azimjon Madrahimov   45
125   Humayro   40
126   Mis_Shoira   35
127   Sherzodjon   35
128   Abduqahhor   30
129   Anvar Abbosov   25
130   Gulmira25   25
Nom: "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi g'oliblarini qutlaymiz!
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2011, 09:20:12
(http://ziyouz.com/images/bib_5-1.jpg)

 :bsm:

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!

Alhamdulillah, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarining so'nggi damlari qamrab olindi. Ushbu bosqichda 42 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

So'nggi 7-tur online savol-javoblardan so'ng, faxrli birinchi o'rin bu yil ham Anisa (Gulnoza Saidova)ga nasib etdi. U kishi 7 turda berilgan 140 ta savolning hammasiga aniq javob berdilar.

Har yilgidan-da samarali ishtirok etgan va so'nggi turdagina 3 ta xato javob bergan Muallim 2-o'rinni egalladilar.

3-bosqich g'olibi, 4-bosqich kumush medali sohibi bo'lgan Aziza Mannopova 5-bosqichda 3-o'rinni band etdilar.

Qo'qonlik ishtirokchi Zinnurayn 4-o'rinni egallagan bo'lsa, o'tgan yili 6-o'rinni egallagan Iroda Turdimatova 5-bosqichda 5-o'ringa ko'tarildlar.

Online turdagi 100 foizlik natija Rabellaga 6-o'rinni naqd etdi.

1- va 2-bosqichlarda 4-o'rin, 3-bosqichda 8-o'rin sohibi bo'lgan Muhammad Aminga bu yil 7-o'rin nasib etdi.

Viktorina g'oliblariga ushbu kitob va disklar taqdim etildi:
Qur'oni karim tilovati audio diski - 6 ta disk (Hasan va Husan qorilar)
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam (Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot silsilasi (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ixtiloflar, sabablar, yechimlar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Zikr ahlidan so'rang. 1-jild (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Mustalahul hadis (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Fiqhiy yo'nalishlar va kitoblar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ruhiy tarbiya audiodiski - 6 ta disk (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)