forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: shoir 27 Iyun 2006, 05:56:54

Nom: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:56:54
shahina:

Assalomu alaykum!
Kimki O'tgan kunlar asarini o`qigan bo`lsa u haqdagi fikrlarini bildirsin. Undagi qaysi voqealar sizni to`lqinlantirdi?

mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1106580807&page=1)
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:57:22
otabek:

Juda yaxshi mavzuni o'rtaga tashladingiz...
Mening nazarimda "O'tgan kunlar"dagi har bir detal yuraklarni larzaga keltiradigan darajada kuchga ega.
Bu- xalqimiz boshidan kechirgan tarix...
Bu- haqiqiy muhabbat fojiasi, chin sevgi madhiyasidir...

Mani ismim tarixi ham "O'tgan kunlar" romani bilan bog'liq. Men tug'ilishimdan avval onam endigina "O'tgan kunlar"ni o'qib tugatgan va "Agar qizlik bo'lsam, ismini Kumush, o'g'illik bo'lsam, Otabek qo'yaman", deb niyat qilgan ekanlar...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:57:40
mahmud:

Menga Otabekning haydalish voqeasidan keyin Usta Olimni uyidagi hayoti va Usta Olimning hikoyasi yoqadi.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:57:55
shahina:

Saodat bilan Usta Alimning sevgisi fojea bilan tugagani yetmaganday Otabek bilan Kumushniki ham shunday yakun topgan odamga alam qilarkan
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:58:08
abdulaziz:

Ushbu mavzuni ko`tarib yaxshi ish qilibsizlar.
Manga Otabekni ushbu gapi yoqadi.
U zamona odamlari haqida gapirib noliydi-da:
"MOZORISTONDA HAYYA-ALAL FALAH" (najotga kelinglar) XITOBINI KIM HAM ESHITASRDI?" deydi.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:58:25
otabek:

Meni roman so'ngidagi Kumushning o'limi oldidan qilgan xatti-xarakatlari to'lqinlantiradi. U so'nggi nafasida ham o'zbek qizlariga xos odob-andisha, uyatchanglik va ota-onaga hurmat kabi fazilatlar chegarasidan tashqariga chiqmadi. Meni shu epizod juda ta'sirlantirgan...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:58:39
abdulaziz:

Haqiqatda Qodiriyga besh ketish kerak. Ozbek mentaliltetini yaqqol ochib berganlar. Hatto, Kumushni holatini qarang: o`zi o`lim to`shagida yotibdi, o`zi bilan o`zi ovora. Lekin qaynotasi kelsa tavoze bilan turishga, o`zini o`nglashga intiladi. O`limi oldida ham qaynotasiga hurmatini saqlayapti.
MANA BIZNING QIZLARIMIZ!
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:58:58
akmal:

Menga o`tgan kunlarning quyidagi joyi yoqadi.
Otabek, kumus, Zaynabning sayrga chiqishlari, u yerdagi dialoglar yoqadi.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:59:17
otabek:

Har bir kitobxon romanni o'qib bo'lgach, albatta Zaynabni yomon ko'rib qoladi. Bu tabiiy. Ammo tasavvur qiling, asarda Zaynab obrazi yo'q. Menimcha, bu xolatda romanning ta'sirchanligi yo'qolardi. "O'tgan kunlar" xuddi xind filmlari kabi ikki sevishganning topishishi bilan yakun topardi. Lekin Zaynab obrazi borki, asar yig'latadigan kuchga ega...
Men ham Zaynabni yomon ko'rib qolganman. Ammo uni ayol sifatida to'g'ri tushunaman: uning ham sevishga, sevilishga haqqi borku. Zaynab - o'z sevgisi uchun kurashgan ayol.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:59:56
kumushbibi:

Qodiriyning bu romani kishilar qalbida o'chmas iz qoldirdi.Bu roman betakror O'zbek durdonasiga aylandi.Bu romanni o'qigan o'quvchi uni yana takror o'qigisi kelaveradi.Undagi obraz,so'zlarga shunday rang berilganki o'qigan o'quvchida albatta o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu romanda haqiqiy muhabbat,vafo,sadoqat,hurmat,mardlilik o'z ifodasini topgan.O'tkan kunlar o'zbekning dardli,qonli va armonli o'tkan kunlaridir
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:00:11
abdulaziz:

Ajoyib so`zlar!!!

Qodiriy bobomiz aytgan ekanlar:
Bu romanni 1 emas, 5 marta o`qing, shundagina siz hayotni tushunasiz.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:00:31
abdulaziz:

O`tkan kunlar dagi qaysi obraz sizga yoqqan-u, qaysi biri yoqmagan.
Ozgina izohlab bering.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:00:44
otabek:

"Otgan kunlar" dagi barcha obrazlar o'z o'rnida qo'llangan, deb o'ylayman... Hech bir obrazni ayro tasavvur qilish qiyin. Bir obraz olib tashlansa, roman kemtik bo'lib qoladi, manimcha...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:01:00
shahina:

Manga anuv Jannat xolani qiliqlari yoqmagan.
O`zi ayol bo`lib turib qilayotgan xunuk ishlarini o`zimga singdiromaganman.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:01:21
dilshodbek:

Shahina, sizga aynan qanaqa hislatlari yoqmagan mani biroz yodimdan ko'tarilibdi.

Oldindan rahmat
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:01:38
shahina:

O`tkan kunlani o`qimaganmisiz?
Anuv Soduni onasi-chi?
Usta Alimni qo`shnisi.
Homidni hamtovog`i.
Ulaga shorva pishirib beradi, mudhish rejalarini amalga oshirishligida yordam beradi, hatto birga o`tirib nasha chekishadi-ku, esladizmi?
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:01:58
otabek:

"O'tgan kunlar" romani qaysi tillarga tarjima qilingan?
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:02:14
maknuna:

Ko`p tillaga tarjima qilingan: rus, fransuz, ingliz, fors...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:02:28
otabek:

Koreys tiliga ham tarjima qilinsa, zo'r bo'lardi-da. "O'tgan kunlar"ning mazmunini ko'p koreyslarga gapirib berdim. Qiziqib qolishdi...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:02:43
mohinur:

O`zingiz tarjima qilishga urinib ko`rsangiz-chi?
Sizning qo`lingizdan keladi...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:02:57
otabek:

"O'tgan kunlar"ni odamlar qalbiga yetkazib berish uchun faqatgina Abdulla Qodiriy bo'lish kerak...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:03:13
mohinur:

"Otgan kunlar"ni qaysi tilga tarjima qilsangiz ham Abdulla Qodiriy tashlab ketgan mehr undan arimaydi, siz tarjima qilavering, odamlar qalbiga yetkazishni Abdulla Qodiriy eplab bolganlar...:)
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:03:33
shohista:

Mani bu romanga hma uni filmiga ham qiziqishim juda kotta. Man "roma" deb tan oladigan kitobim ham shu.
chunki bunda haqiqiy voqealar real holda tasvirlangan.
otbek va kumush sevgisi esa .... romanning eng chiroyli joyari :o Bilasmi, kopla Zaynabni qoralaydila. Lekin mani unga munosabatim unchali yomonmas :) chunki uni ham tushunsa boldide..
Xullas, Bu roman man yaxshi korgan romanlani 1-orinidan joy olgn.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:04:10
kumushbibi:

O'ylab ko'rsam shu kitobni necha marta o'qib chiqqanimni sanog'ini bilmas ekanman.Mening eng sevimli kitoblarimdan biri.Boshqa kitob topgunga qadar ikki martalab o'qib chiqqan vaqtlarim ham bo'lgan. :)
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:04:30
mohinur:

Haqiqatda garchi o`zbek romonchiligining ilk asari bo`lsa-da, judayam ta'sirli, judayam zo`r yozilgan. ;)
Men ham bu kitobni o`qib to`ymayman. Aytingchi Kumush opa! (ismingiz ham shu kitobga monand ekan :D)
Sizga asardagi qaysi syujet judayam yoqadi?
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:04:40
To‘g‘risini aytay, kitob o‘qimaydiganlar xilidan edim. Turli seriallar, filmlar, FMda kuy-qo‘shiqlar turganda kitobga yo‘l bo‘lsin, derdim. Ustiga-ustak internet, chat(chat) deganlari ham bor. Kitobiy qilib aytganda, "œhammasi "œYosh Verterning iztiroblari" (Gyote)dan boshlandi". Gyote Stendalga, Dyumaga ulandi... Jahon adabiyoti o‘z domiga tortib ketdi. Bir do‘stim mutolaani boshqa yo‘nalishdan boshlashim kerakligini aytdi. Ya’ni, o‘zbek adabiyoti menga hali begona edi. Maslahatga ko‘ra "œOtamdan qolgan dalalar" (Tog‘ay Murod) va "œO‘tkan kunlar" (Abdulla Qodiriy) romanlarini bir vaqtda o‘qiy boshladim.
"œOtamdan qolgan dalalar" — u haqda alohida gapirish kerak. Romanning ayni avj nuqtalariga kelganda kitobimni o‘g‘irlatib qo‘ydim. Rosa alam qildi. Hali ham ongimda havosiz bo‘shliq muallaq turibdi. Hali baribir topib o‘qiyman.
"œO‘tkan kunlar" roman emas, hayot ekan. Siz kitob o‘qimaysiz, kitob ichida yashaysiz. Lahm oldidagi Homid bilan jangda Otabekka aylanib qolasiz. Kumush... Uning o‘zi bir olam. Vujudingizda nurli hayajon sezasiz. Eng keskin joyiga kelganda... Kumush o‘lim to‘shagida yotganda... yuragim to‘kilib ketgandek bo‘ldi. Hozir... Kumush... bo‘ldi, buyog‘ini o‘qimayman. O‘qiy olmayman. Xuddi roman tugasa hayotim tugab qoladiganday. Go‘yo kitobning oxirini o‘qimay shu yo‘l bilan umrimni uzaytirmoq bo‘laman.
Qiyin ekan, juda qiyin ekan, sevgan qahramoningning o‘limini kutib yashasang. Har gal asarni ko‘rsam, yaram yangilanadi. Qo‘limga olgim kelaveradi. Kitobni yashirib qo‘yaman. Ammo, quyoshni bekitib bo‘larmidi?
"œO‘tkan kunlar" — mening romanim. Men haqimda yozilgan, lekin, baribir kitobning oxirini o‘qiy olmayman...

Ruslan KO‘NAROV,
Toshkent moliya instituti talabasi
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:05:19
samo:

Балки галати булар фикрим
Абдулла Кодирий бу романида яна бошка нарсаларга хам
символ шаклида ишора килмаганмикан.
Бу асарда бир нарса менга ёкмайди УМИДСИЗЛИК холати мавжуд
Уша пайтлар 30 шу касаллик бутун ислом оламини камарб олган эди.
Балки бу кмидсизлик холати эмасдир. Балки бошка нарсаларга ишора килингандир.
Нимага десангиз. Ман билишимча узи 3-4 та китоб халкимиз тарафидан ЯШИРИНЧА
севиб укилган бири Алихонтура Согунийнинг Тарихи Мухаммадий асари
2 чиси Утган кунлар.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:06:00
abdulaziz:

ssalomu alaykum!
Man ham sizning fikrlaringizga qo`shilaman.
Manam birinchi o`qiganimda aynan siz e'tibor qilgan jihatlarni sezgandim.
Lekin bu asar mardlik bilan yozilgan. Chunki o`sha davrdayoq jamiyatimiz va sovet tuzumining qing`irliklari haqqoniy tarzda yoritilgan.
Otabek o`z suhbatlaridan birida Shamayga borganini hikoya qilib beradi va "Shamayning idora uslubi biznikidan anchayin farq qiladi" deya o`z e'tirozlarini birin ketin bayon qiladi. O`sha davrdagi ilmsizlik, ma'rifatdan yiroqlik, ilm egalari, davlat egalarining zalolat botqog`iga botganliklari hammasi ustalik bilan bayon qilingan.
"Otkan kunlar"dagi umidsizlikni Abdulla Qodiriy Otabekning tilidan gapiradilar: "DARHAQIQAT, MOZORISTONDA HAYYA ALAL FALAH (najotga kelinglar!!!) NIDOSINI KIM HAM ESHITARDI!"
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:06:15
charos:

haqiqatdan xam utgan kunlar uzbek adabiyotidagi sunmas asar. manga bu asardagi kup joylar ma'qul buldi,.Mani fikrim zaynab va otabek ota- ona rizoligi oldida uz hayotlari(muhabbat)ni qubon qildilar
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:06:38
abdulaziz:

Assalamu alaykum!
Forumimizga xush kelibsiz!
ha, albatta "Otgan kunlar" buyuk asar. bu haqda juda ko`p va xo`p gapirilgan. manimcha Kumush edi shekilli ota-ona baxtiga zomin bo`lgan.
Kumushning ta'rifida Abdullo Qodiriy o`zbek ayollarining haqiqiy siymosini chiza olgan.
Qodiriyning o`g`li yozishicha asar tugallanishida muallifning o`zi ham Kumushni o`ldirib qo`yib yig`lagan ekan. Har gap (o`tirish) da Qodiriy o`z asarini boshqa do`stlariga o`qib berar, asarning so`nggi qismida esa do`stlari ham ho`ng-ho`ng yig`lagan ekanlar.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:07:04
abdulaziz:

ssalomu alaykum!
Man ham sizning fikrlaringizga qo`shilaman.
Manam birinchi o`qiganimda aynan siz e'tibor qilgan jihatlarni sezgandim.
Lekin bu asar mardlik bilan yozilgan. Chunki o`sha davrdayoq jamiyatimiz va sovet tuzumining qing`irliklari haqqoniy tarzda yoritilgan.
Otabek o`z suhbatlaridan birida Shamayga borganini hikoya qilib beradi va "Shamayning idora uslubi biznikidan anchayin farq qiladi" deya o`z e'tirozlarini birin ketin bayon qiladi. O`sha davrdagi ilmsizlik, ma'rifatdan yiroqlik, ilm egalari, davlat egalarining zalolat botqog`iga botganliklari hammasi ustalik bilan bayon qilingan.
"Otkan kunlar"dagi umidsizlikni Abdulla Qodiriy Otabekning tilidan gapiradilar: "DARHAQIQAT, MOZORISTONDA HAYYA ALAL FALAH (najotga kelinglar!!!) NIDOSINI KIM HAM ESHITARDI!"

Assalom:

Judayam zo`r so`zlar ekan. Huddi o`sha zamonga mos keladi.
Haqiqatda shu davrlar (qodiriy tasvirlagan) ma'naviy inqiroz davri bo`lgan. Undagi holatlar haqida ham shu asarda berilgan...
Ma'naviyati inqirozga uchragan mamlakat oxir-oqibat kofirlarga qul bo`lgandi...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:07:20
xadicha:

Menga O`tgan kunlar romanidagi Otabekning maktubi va Kumushning unga bo`lgan javob
maktubi juda yoqadi. Maktub judayam tasirli yozilgan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:07:34
sevara:

Menda Otabek va Kumushning sof sevgisi va bir-biriga bo`lgan hurmati katta ta`surot qoldirdi.
Hozirgi kunda bunday sevgini kamdan-kam hollarda uchratamiz.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:07:56
maknuna:

Albatta Zaynabning ham ayol sifatida sevishga, qadr-qimmat topishga haqqi bor edi. Lekin, uning bitta katta aybi bor edi. Buni muallif ham ustalik bilan ta'riflagan. Unga biron taklif berilsa, masalan, to'yga borasanmi deyilsa, indamas, ota-onalari to'yga borib-kelishgandan keyin esa, nega meni olib ketmadinglar deya zorlanardi. Bu holatidan muallif uni "pismiq" deya ataydi.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:08:09
maknuna:

O'tkan kunlarning har qaysi obrazi o'ziga xos tasvir usuli bilan ajralib turadi.
Albatta Otabek va Kumushlar hamma uchun ideal.
Hayotda bo'lganidek, hammayerda ham yaxshi-yomon bo'ladi.
Shuning uchun bir narsa deyosh qiyin.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:08:42
behzodbek:

Assalomu alaykum,
Qanday zo'r, yoshlarimiz adabiyot, ma'rifat haqida shunday chiroyli suhbatlar qilishyapti. Judayam xursandman. Hozir yoshlarimiz kitob o'qishmayapti, ma'naviy qashshoqlashib ketishyapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz, ko'cha-ko'yda yurgan tengdoshlarimizning ishlarini ko'rib ham bundan boshqa fikr xayolimga kelmaydi. Lekin, baribir, adabiyot o'lmas ekan. Unga bo'lgan qizizqish, ishtiyoq hanuz mavjud va bundan so'ng ham davom etadi.

"O'tgan kunlar" haqida birodarlarimiz Assalom va Abdulazizlar aytgan ramziylik haqidagi fikrlarga qo'shilaman. Ma'lumki, o'tgan kunlar haqida ko'plab ilmiy ishlar, izlanishlar qilingan va hanuz qilinmoqda. Menga, shular orasidan, domla Tohir Malikning yozganlari juda yoqadi.
Adashmasa, "20 asr o'zbek romani" seriyasi ostida chop etilgan "O'tgan kunlar" nashri oxirida Tohir Malikning asar haqidagi bir maqolasi ilova qilingan. Men o'qimagan birodarlarimizga shu maqolani o'qishlarini tavsiya etardim. Aynan, ramziylik, Qodiriyning aytmoqchi bo'lgan gaplari haqida hurmatli adibimiz judayam nozik va ishonchli fikrlar berganlar.
Abdulla Qodiriy shaxs sifatida ham buyuk inson bo'lganlar. Va men bu insonni shahid ketganlar, deb ishonaman.

"O'tgan kunlar" dagi muhabbat masalasiga oid yana bir fikr aytmoqchi edim. Ma'lumki, asar markazida Otabek va Kumushning muhabbati turadi. Adib ular muhabbatining qanchalar kuchli ekanligini, yoki Kumushning nechog'lik go'zalligini tasvirlash uchun ortiqcha bo'rttirishlar, so'zlar qo'llamaydi. Qodiriy shunchalar nozik detallar ishlatganki, bular bevosita adib maqsadlari yo'liga xizmat qilgan. Diqqat qilmagan kitobxon bu narsani ilg'amasligi ham mumkin.

Bir misol. Otabek Kumushni 1-bor ko'rgan holat. O'shanda Asr namozi vaqti edi. Otabek anhor bo'yida tahorat olayotgan edi. Shu payt bexosdan Kumushga ko'zi tushdi. Uning husni jamoliga shunchalik asir bo'ldiki, natijada tashqi dunyoni unutdi. Oxiri ahvol shunchalikka borib yetdiki, asr vaqti ham chiqib ketdi, namoz qazo bo'ldi.
Muhtaram forumdoshlarimizga ma'lum bo'lsa kerak, asr namozini qazo qilish Islomda juda qattiq qoralanadi. Hatto shunday hadislar borki, ularni o'qib joningiz chiqib ketay deydi. Ulardan birida asrni qazo qilish butun umr qilingan xayrli ishlarning yuvilib ketishiga sabab bo'ladi, deyilgan. Demak, bundan shunday xulosa chiqadiki, asrni o'z vaqtida o'qishga qattiq say-harakat qilmoq lozim.
Otabek yaxshigina dindor, ilmli yigit ham edi. Asrning qadrini, albatta, uning bilmasligi mumkin emas. Lekin uning Kumushga bo'lgan muhabbati bir lahzada shunchalar alanga oldiki, natijada asrni ham unutdi.
O'ylaymanki, Abdulla Qodiriy hazratlari mazkur narsani ayni shu holatlarni ifodalash uchun qo'llagan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:08:58
maknuna:

Bu fikringizga ozgina qo'shilolmayman. Yuqoridagi holat bilan tezda yana Otabekning kaatta gunohlar botqog'iga botdirmang. Albatta asr namozini qazo qilganini inkor qilmayman. Agar asarga e'tibor bergan bo'lsangiz, shu paytda asrning vaqti oz qolgan edi, Otabek, tezroq tahorat qilib olay deb do'kondorlardan so'ragan, ular esa, ariq bo'yidagi yuzani ko'rsatishgan edi. Shu payt u Kumushbibini ko'rib qoladi. U cho'chib qochgach, u ketgan tomonga uzoq termulib qoladi. Tahoratni qilib bo'lib ham yana termuladi. Natijada asrni boy beradi.

Bu bilan muallif nima demoqchi? Otabek ham xudoning bir bandasi. U ham xato qiladi. Inson bo'lganligi uchun ham xato qiladi. Ojiz bo'lgani uchun ham xato qiladi. Bu gapiz bilan boshqa maqsadni ko'zlamang. Agar biz Otabekni siz aytgandek dindor bo'lganligini olib,k insonligini unutsak, u holda bo'zaxonadagi holatlarini ko'rib undan umuman yuz o'girishimiz kerakmi?
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:09:12
behzodbek:

Assalomu alaykum, mening xayolimga kelmagan narsalarni tushunibsiz.

Mening maqsadim hech ham Otabekni gunoh qildi, xato qildi, deyish emas, shunchaki muhabbatning kuchini ko'rsatish edi, xolos.
Tadqiqotchilar orasida Otabek va Kumush muhabbatiga ilohiylik ramzini beruvchilar ham bor.

Umuman, tasavvufda haqiqiy Alloh ishqini his qilish uchun, avvalo, insoniy ishqni boshdan kechirish kerak, degan mulohaza bor.
Alisher Navoiyning bir asarida Shayx Zunnor hikoyatini eshitgan bo'lsangiz kerak. Bir ulug' shayx nasoro qiziga oshiq bo'lib, zunnor taqishgacha borib yetadi. Zohiran, u kufr sodir etdi. Lekin uning bu muhabbati alal-oqibat haqiqiy ishqni tanish darajasiga yetkazdi. Shu bois muallif Shayxni bu holatda qoralamagan.
A.Qodiriy ham Otabekni bu ishi uchun hech ham yomon ko'rsatgisi kelmagan...

Muhabbat shunday narsaki, u insonni telba qiladi, hushini oladi, natijada chet olamdan uziladi, nimalar qilayotganini, nimalar deyayotganini anglolmay qoladi.

Mansur Halloj hayoti ham, boshqa ko'plab tasavvufdagi jazba holatiga tushgan so'filar holati ham buning misolidir. Ulamolar, bu holatda hukm zohiriga qarab chiqariladi, demak, Halloj Anal Haq (Men Haqman) dedimi, shariatga ko'ra, murtad bo'ldi, qatl qilinishi lozim, botinini, uning asl iymonini Alloh biladi, deyishgan.

Mavzudan ham biroz chetlashdik, nazarimda. Xullas, asosiy diqqat asarda Otabek xulq-atvoriga, insoniy-diniy istiqomatiga emas, uning muhabbatiga qaratilgan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:09:49
maknuna:

Iqtibos
Assalomu alaykum, mening xayolimga kelmagan narsalarni tushunibsiz.

Mening maqsadim hech ham Otabekni gunoh qildi, xato qildi, deyish emas, shunchaki muhabbatning kuchini ko'rsatish edi, xolos.
Tadqiqotchilar orasida Otabek va Kumush muhabbatiga ilohiylik ramzini beruvchilar ham bor.
va alaykum assalom!
man ham siz aytmoqchi bo'lgan shunchaki muhabbatning kuchini ko'rsatish edi, xolos fikringizga qarshi chiqib yuqoridagi narsalarni yozgan edim.
Iqtibos
Alisher Navoiyning bir asarida Shayx Zunnor hikoyatini eshitgan bo'lsangiz kerak. Bir ulug' shayx nasoro qiziga oshiq bo'lib, zunnor taqishgacha borib yetadi. Zohiran, u kufr sodir etdi. Lekin uning bu muhabbati alal-oqibat haqiqiy ishqni tanish darajasiga yetkazdi. Shu bois muallif Shayxni bu holatda qoralamagan.
A.Qodiriy ham Otabekni bu ishi uchun hech ham yomon ko'rsatgisi kelmagan...
Navoiyning Shayx San'oni bilan Qodiriyning Otabegini o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. San'onning sevgisi g'irt shaytoniy edi...
Iqtibos
Muhabbat shunday narsaki, u insonni telba qiladi, hushini oladi, natijada chet olamdan uziladi, nimalar qilayotganini, nimalar deyayotganini anglolmay qoladi.
Bu muhabbat bilan ham Otabekning muhabbatini farqi bor. ozgina o'ylabroq fikr qiling.
Iqtibos
Mansur Halloj hayoti ham, boshqa ko'plab tasavvufdagi jazba holatiga tushgan so'filar holati ham buning misolidir. Ulamolar, bu holatda hukm zohiriga qarab chiqariladi, demak, Halloj Anal Haq (Men Haqman) dedimi, shariatga ko'ra, murtad bo'ldi, qatl qilinishi lozim, botinini, uning asl iymonini Alloh biladi, deyishgan.
mansuri Hallojning esa "Otkan kunlar"ga umuman bog'liqlik joyi yo'q.

Yana eski so'zlarimni takrorlashga majburman:
Bu bilan muallif nima demoqchi? Otabek ham xudoning bir bandasi. U ham xato qiladi. Inson bo'lganligi uchun ham xato qiladi. Ojiz bo'lgani uchun ham xato qiladi. Bu gapiz bilan boshqa maqsadni ko'zlamang.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:10:25
maknuna:

Assalomu alaykum!
Muhokama uchun savol:

"O'tkan kunlar" voqealari haqiqatda bo'lganmi?
Qahramonlarning prototipi bormi?
U yerdagi joy nomlari haqiqiymi?
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:10:39
behzodbek:

Assalomu alaykum,
men baribir o'z fikrimda qolaman. A.Qodiriy Otabekning ham bir banda ekanligini, u ham gunoh qilishini emas, muhabbatning kuchini ko'rsatmoqchi bo'lgan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:11:06
shamshir:

,,O`tgan kunlar,, asaridek asarlar har kuni tug`ilaversa bu asar buncha ulug`lanmas edi....Qodiriylar kerak buning uchun.....asarda ortiqcha soz qollanmagan, dagal soz qollanmagan ayniqsa o`xshatishlariga qoyilman.Kumushni birinchi tanishtirib boshlaganda qanday chiroyli tarif beradi....shu vaqti aynan shunday eslolmayapman.Kumushning o`limi yozilgan epizod hammani ham yig`latsa kerak.
Har yuz yilda bitta Qodiriy bilan bitta ,,O`tgan kunlar,, tugulsa ham demak o`zbek adabiyoti yashaydi , to`xtagan emas............
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:11:34
maknuna:

Assalomu alaykum!
javoblar uchun tashakkur. yana bir savolim bor edi:
- Nima uchun "O'tkan kunlar"dagi, shuningdek "Mehrobdan chayon"da ham, ko'p voqealar qish vaqtida soodir bo'lgan?
Masalan eng kulminatsion syujetlar: Kumushbibining o'limi, Otabekning Marg'ilonga birinchi kelishi, ularnig topishishi, to'ylari qish paytda bo'ladi. "Mehrobdan chayon"da ham Anvar bilan Ra'noning qochishlari va shu bilan bog'liq kulminatsiya ham qish paytida sodir bo'lgan.
Yoki muallif shu faslni sevarmikinlar?
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:11:48
qaysar:

Assalomu alaykum!
Ushbu asarni O'zbek adabiyotidagi eng zo'r asar desak arziydi.
Undagi barcha voqealar meni ta'sirlantirgan. Ayniqsa, Usta Alim sevgisi fojeasi, unikiga o'xshash Kumushning o'limi...
Bechora Usta Alimning ha, Otabekning ham sevgilari sarob bilan tugadi...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:12:07
mohinur:

assalomu alaykum!
Birinchi o'zbek romani - "o'tkan kunlar" kitob bo'lib chiqqanda kishilar uchun juda qiziqarli bo'lgan bo'lsa kerak. Shu haqda ham ma'lumotlar bormi?
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:38:26
"O'TKAN KUNLAR"
"Moziyg'a qaytib ish ko'rish xayrlik, deydilar. Shunga ko'ra mavzu'ni moziydan, yaqin o'tkan kunlardan , tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo'lg'an keyingi "xon zamonlari"dan belguladim." Abdulla Qodiriy (Julqunboy)
   
O'tkan kunlar... Xalqimizning o'tkan kunlari... Bu asarni sevib o'qimagan, asar asosida suratga olingan filmi ko'rib zavqlanmagan adabiyot shaydosi bo'lmasa kerak... "O'tkan kunlar" garchi muallif yozganidek, yangi zamon ro'monchilig'i bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'g'risi bir xavas bo'lsa-da, hali shu kunga qadar o'zbek adabiyotida unga yetadigan asar yaratilmadi...
Abdulla Qodiriy buyuk san'atkor, so'z ustasi, xalq qahramoni (dushmani emas!)! Qancha tazyiqlaru malomatlarga qaramay u o'z so'zini ayta olgan ulug' ijodkor. Uning nomini, asarlarini yo'q qilmoqchi, xalqimizdan uni begona qilmoqchi bo'ldilar. Hatto, biz bilgan mashhur shoiri zamonlar ham uning uchun o'tin qaladilar... Haqiqat baribir yuzaga chiqdi. Julqunboyning asarlari, uning nomi qalblarimizda abadiyga muhrlandi. U yozgan asarlar uyimizning va qalbimizning to'ridan joy oldi...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:38:44
"O'tkan kunlar" voqealari haqiqatda bo'lganmi? Qahramonlarning prototipi bormi?

Albatta har bir asar haqiqatda bo'lgan voqealarga asoslanavermaydi. Badiiy asarda albatta to'qima syujetlar mavjud bo'ladi. "O'tkan kunlar"ni ham to'liq haqiqat deb bo'lmaydi, unda ham to'qima syujetlar mavjud. Undagi tarixiy voqealar haqiqatdan ham bo'lganligini boshqa kitoblar ham tasdiqlaydi.
Asosiy voqea - Otabek va Kumushbibining muhabbat qissasi haqida ham har xil mulohazalar bor. Ba'zi tadqiqotchilar ushbu qissaning to'qimaligini, haqiqatda Mrg'ilonda Kumushbibi degan judayam go'zal qiz bo'lganligini, lekin yosh bo'lib dunyodan o'tganini aytadilar. Ba'zi tadqiqodchilarning fikricha, haqiqatda shunday voqe'lik bo'lgan. Hatto hozirda Marg'ilonda Kumushbibi va Otabekning avlodlari borligini ta'kidlashadi. Muallif esa o'z asari so'nggida shunday deydi:
"Keyingi Marg'ilon borishimda yaqin o'rtoqlardan Yodgorbek tog'risni surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o'n to'qquz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib undan ikki o'gul qolibdir. Og'ullaridan bittasi bu kunda Marg'ilonning mas'ul ishchilaridan bo'lib, ikkinchisi  Farg'ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o'luk-tirigi ma'lum emas, deydilar"

Abdulla Qodiriy ushbu asarni yozish davomida bir necha marta Marg'ilonga qatnagan ekanlar. Bobomning aytishlaricha, Qodiriy Marg'ilonning turli mahallalari, go'shalarini aylanib, odamlar bilan suhbatlashgan ekanlar. Bobomning otalari mahallaning katta imomi bo'lganliklari uchun ular bilan ham gaplashgan ekanlar. Abdulla Qodiriy o'zlarining xotiralarida ham bu haqda aytib o'tadilar. Ular har bir ko'rgan holatlari, odamlarning suhbatlari va hokazolardan asarda unumli foydalanganlar. Bir kuni Marg'ilon ko'chalarida yurib, birovning uyidan zig'ir yog'i hidini sezganlar va shu holatni ham asarga kiritdim, deydilar.
Asardagi tarixiy shaxslar: Xudoyorxon, Musulmonqul, O'tabboy qushbegi, Normuhammad qushbegi haqiqatda bo'lgan. Muallif asarda otamning aytishlaricha, Normuhammad qushbegi Toshkent beklaridan eng tuzgi bo'lgan ekan, kabi mulohazalrni izoh qilib ham keltiradi. Otabek va Kumushbibi degan asarda berilgan taqdirdagi aniq shaxslar borligi haqida ma'lumotim yo'q. Balki nomlarni almashtirilgan bo'lishi ham mumkin.

Habibullo Qodiriy otasi haqida eslar ekan bu asar haqida ham birqancha ma'lumotlar beradi. Uning aytishicha, Qodiriy har hafta do'stlari bilan gap o'ynasharkan (Toshkanda gap o'ynaymiz deyishadi, Marg'ilonda osh yeymiz deyishadi, o'tirish, mashvarat ma'nosida). Har hafta shu gapga Qodiriy "O'tkan kunlar"ning yangi boblarini olib borar va do'stlariga o'qib berarkanlar. Bir kuni Habibulla aka xonadonlarida gap majlisida asarning oxirgi qismini o'qib berganlarida hamma o'rtoqlari, o'zlariyam yig'lagan ekanlar. Shu voqeadan oldin bir kuni Qodiriy ko'zlarida yosh bilan uydan chiqolmay qolibdilar. Uydagilar hayron bo'lib nima bo'lganligini so'raganlarida, ular Kumushni o'ldirib qo'ydim deb kuyingan ekanlar. Judayam istamagandim, bosh qahramonni o'ldirishni, deb eslaydilar Abdulla Qodiriy.
Bu asar o'zbek kitobxonlariga judayam ma'qul tushgan edi. hatto siyohi qurimay turib, odamlar o'qigani olishardi bu kitobni. Mahallalarda ataylab, choyxonalarda, kutubxonalarda shu odamlar to'planib, shu kitobni o'qishgan ekan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:39:01
Izzat Sulton yozadi:
"Men Qodiriydan: "O'tkan kunlar" romaningiz voqeiy asarmi, deb so'radim". "Yo'q, - dedilar u kishi, - romandagi besh-o'n foiz ayrim tarixiy voqealar, shaxslargina voqeiy. Qolganlari yozg'uvchining mahorati..."
Bu javob mening "O'tkan kunlar"ga bo'lgan e'tiqodimni juda susaytirdi. To'g'risi, shunday deb javob berganlari uchun xafa ham bo'ldim. Chunki o'sha choqqacha men "O'tkan kunlar"ni voqeiy asar deb yurardim..."


Habibullo Qodiriy:
Dadamning:
- O'zbek oyim - bu Josiyat bibing, Oftob oyim xonim bibing, Kumush esa - Oykumush opang, - deb kulganlarini xotirlayman.
Garchi Qodiriy bu so'zlarni kulib aytgan bo'lsalar ham o'ylab turib, bunga ishongiz keladi. Chunki Qodiriy ishora qilgan shaxslar nazarimda xuddi roman qahramonlariga o'xshar edi.
Josiyat bibim - dumbul, tabiatli, gapdon, bir uy xotinni o'z og'ziga qaratib o'tiruvchi, uncha-munchani pisand qilmovchi, omi bo'lsa ham donolikda hatto dadamdan o'zini yuqori tutuvchi, qiziq fe'lli ayol edi. Bibim hamma to'ylarga ham "kavshim ko'chada qolgan emas", deb boravermas, borsalar ham to'y albatta u kishining ra'iga qarab jo'nashtirilar edi. Bibim bug'doyrang, quralayko'z, cho'ziqa moyil kelishgan yuzli, baland, mutanosib qomatli edilar. U kishi, to'y, mehmonlarga borsalar, qorami, mo'kmi dakana ustidan, dika ro'mol o'rar, ko'zlariga surma qo'yar, egnilariga xonatlas ko'ylak, ustidan mursak, oyoqqa amirkon mahsi kavsh kiyar edilar. Movzin qomatlariga bu kiyimlar shunday yarashib tushardiki, chindan O'zbek oyimga aylanar edilar...
Xonim bibim - oyimning onasi, o'rta bo'y, chiroyli oq yuzli, yumshoqtabiat, mayin so'zli, mulohazali ayol edilar. Ular ba'zan biznikiga mehmon bo'lib kelsalar, uyimiz go'yo to'lib ketganday bo'lardi. Dadam bibini juda hurmat qilar, "oyi" deb atar edilar.
Oykumush opam - qo'ng'iroqdek tovushli, aql-idrok, husnda haqiqatdan Kumushni eslatuvchi edi.
Eshonguzar mahallamizda mulla Alijon ismli dadamning domlasi bo'lardi. Qodiriy bu kishini "ham ustoz, ham yetuk inson" deb nihoyatda hurmat qilardilar. Domlaning yaxshi xislati shundaki, u oqko'ngil, kibrsiz, ta'magir emas, sabr-qanoatli, kamtar, mutolaasi zo'r olim, der edilar otam. Domlaning ichki dunyosi ham nurga to'lgan kabi edi. Gapni o'ylab, bosiq, sodda, yoqimli so'zlardilar. Soz'alrida mantiqsiz ortiqcha iboralar mutlaqo bo'lmas, tinglovchi go'yo huzurlanar, yana-yana tinglasam der edi. Bunday otalar garchi ko'p uchrasa-da, negadir ayniqsa bu kishini Yusufbek hoji obraziga juda-juda o'xshataman.


Habibullo Qodiriyning "Otam haqida" kitobidan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:39:28
"O'tkan kunlar"dagi tarixiy joylar haqiqiymi? Hozir ularning o'rni bormi?

Asar voqealari asosan ikki shaharda: Toshkent va Marg'ilonda bo'lib o'tadi. Ko'proq bilganim Marg'ilon shahri bo'lgani uchun shunga to'xtalaman. Asar Marg'ilondagi markaziy bozor yaqinidagi musofirlar saroyi tasviri bilan boshlanadi. Bu joy hozirda ham mavjud bo'lib, Marg'ilon shahrining markazidan Go'ravval tarafga ketishdadir. Kumushbibining mahallasi ham shu yerda. Otabek bilan Kumushni uchrashtirgan ariq hali ham bor. (Mana shu ariqqa teskari yo'nalishda ikki mahalla kezilsa, bizning xonadonga boriladi). Shu ko'chadan ozgina yuqoriga yurilsa asarda tasvirlangan jome' masjidi (Xonaqa masjidi) va poyabzal rastasiga chiqiladi. (Ilgari bu yerda juda katta hunarmandlar, kosiblar bozori bo'lgan, hozirda esa ulgurji savdo bozoriga aylangan).
Garchi Marg'ilonning tarixiy darvozalari aslicha saqlanmagan bo'lsa-da, nomlari o'shaligicha qolgan: Toshloq, Qo'qon, Yormozor...
"O'tkan kunlar"da Usta Olimning mahallasi "B..." mahalla deyiladi. Poyabzal rastasidan yuqori tomondagi bu mahalla menimcha Bahrin mahallasidir. Bu mahalla asarda aytilganidek, Marg'ilon shimoliy darvozasiga yaqindir. Hatto bu mahhalladan ancha uzoqda hozirda Usta Olim mahallasi mavjud. Mening ayamlar shu mahallada o'sishgan. Lekin buning asardagi Usta Alimga dahli bormi-yo'qligini aniq bilmayman. "O'tkan kunlar" da Usta Alimning yori Saodatning uyi "Ch..." mahallasida, otasi miltiqsoz bo'lgan deyiladi. Menimcha bu Childuxtaron mahallasi bo'lib (Bu mahhalada Uvaysiy tug'ilgan), Miltiqsoz mahallasi bilan yonma-yondir. Bu mahalla ham hunarmandlar rastasiga yaqindir.
Asarda birnecha marta ta'kidlangan "Ho'ja Ma'oz" mozori hozirda ham mavjud. hali ham ko'hna chinorlar, qabrlar o'sha-o'sha. Aytishlaricha, bu yerga sahobalardan Mu'oz r.a. dafn etilgan ekanlar. Bu mozor ziyoratgoh joy bo'lib, Qodiriyning o'zlari ham bu mozorda tunab qolgan ekanlar.     
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:39:37
Abdulla Qodiriy:
- Men marg'ilon ko'chalarida yurib, karvonsaroy, eski o'rda o'rinlarini belgiladim. Mirzakarim qutidor, Usta Alim, Homid, Sodiqlar uyini taxminladim va "Xo'ja Ma'oz"da bi kecha tunadim.
"Xo'ja Ma'oz"da yolg'iz tunadim. Masjid ayvonifa uzoq o'tirdim. Hammayoq qorongi; odam degan gap yo'q... Bora-bora uyqu bosdi. Uxlab olmoqchi bo'ldim. Biroq yotib ko'z yuma olmadim. Chunki, tunovchilar keltirganmi, masjidda qandala ko'p ekan, chaqaverib bezor qildi. ovliga tushub yotay desam, turli hasharotlardan xavf qilardim... Nihoyat tobutxonaga kirib yotdim...


Habibullo Qodiriyning "Otam haqida" kitobidan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:40:20
maknuna:

Albatta Zaynabning ham ayol sifatida sevishga, qadr-qimmat topishga haqqi bor edi. Lekin, uning bitta katta aybi bor edi. Buni muallif ham ustalik bilan ta'riflagan. Unga biron taklif berilsa, masalan, to'yga borasanmi deyilsa, indamas, ota-onalari to'yga borib-kelishgandan keyin esa, nega meni olib ketmadinglar deya zorlanardi. Bu holatidan muallif uni "pismiq" deya ataydi.

"Mohira oyim har bir hayitdan birar oylar ilgari eriga aytib bolalarig'a kiyimlik oldirar edi. Olding'an kiyimlik Xushro'yg'a yoqmasa, darrov yaramag'anini aytib darrov almashdirib berishka dadasini majbur etar va  ko'nglidag'isini hosil qilib tinchir edi. Ammo Zaynab esa kelgan kiyimlikka qarshi boshda bir narsa demas, kiyimlik bichilib va tikilib ham arafa kunlari kelib yetkandan keyin hurpayib hech kim bilan so'zlashmay qo'yar edi. Mohira oyim qizining birarta ishdan norozilig'ini payqab, "Ming'aymas, pismiq o'lgur, tag'in nima jin urdi seni?" deb so'rag'anida, Zaynab qovoq-dudog'ini solib, bir og'iz ha javob bermas edi. Nihoyat ertaga hayit degan kuni Zaynabning hurpayishi yig'i bilan almashar va yig'i orasi maqsad ochilsa ham ko'pincha natijasiz qolar edi. Birar   joyga mehmondorchiliq uchun boradirg'an bo'lsalar, Xushro'y hammadan ilgari e'lon etar edi: "Men ham boraman!" Albatta uni qoldirib ketish uchun hech kimda had yo'q. Ikkinchi vaqt: "Men bormayman!" Bu taqdirda uni bir qadam siljitilsin-chi! Ammo Zaynab onasi bilan yangasi hanifa bir joyga otlanadirg'an bo'lsalar, "boraman, bormayman", demas, ular ham yig'lamag'an bolag'a sut berilmas qabilida indashmasdan mehmondorchilikka ketar edilar. Kechqurun qaytib kelsalar, bir burchakda Zaynab yig'lab o'lturipti.
- Nega yig'laysan?
- Nega meni birga olib ketmadingiz?...

"O'tkan kunlar"ning 3-bo'lim, 14-bobidan

Zaynabning yuqoridagi pismiqligi katta bo'lganda ham oz'garmagan edi. Otabek, unga oylab, yillar qaramay qo'yganda ham u hech nima demas, hatto yaqinlariga ham aytmagan edi. Lekin Kumushbibining kelishi bilan Zaynab ham g'imirlab qoladi, eriga nisbatan muhabbatini izhor etadi, go'yo Otabek "sensiz tura olmayman" degan deya, Kumushni ishontiradi.
Kumushbibining zaharlanishi oldidan ham Zaynab yana o'sha eski holiga qaytadi. Oldingidek kundoshlik munosabatlarini unutadi. Lekin bir kuni u opasinikiga borib, dardini to'kib soladi. Xushro'ybibi esa uning "esini kirgizadi".  Natijada juda ko'p insonlar baxtsizlik qa'riga g'arq bo'ladilar...
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:41:24
maknuna:

Assalomu alaykum!
javoblar uchun tashakkur. yana bir savolim bor edi:
- Nima uchun "O'tkan kunlar"dagi, shuningdek "Mehrobdan chayon"da ham, ko'p voqealar qish vaqtida soodir bo'lgan?
Masalan eng kulminatsion syujetlar: Kumushbibining o'limi, Otabekning Marg'ilonga birinchi kelishi, ularnig topishishi, to'ylari qish paytda bo'ladi. "Mehrobdan chayon"da ham Anvar bilan Ra'noning qochishlari va shu bilan bog'liq kulminatsiya ham qish paytida sodir bo'lgan.
Yoki muallif shu faslni sevarmikinlar?

Habibullo Qodiriy "Otam haqida" kitobida yozishicha, Abdullo Qodiriy asosan qish kunlarida ijod qilardilar. Chunki yoz paytlari ular bog' ishlari bilan ortmas, dam olishga, yozmoqchi bo'lgan asarlari joylarini o'rganishga borar edilar. Qish kelishi bilan esa shahrdagi uyga ko'chisharkan. Hamma tashvishlardan holi bo'lgandan so'ng Qodiriy asar yozishga kirishardilar.
Issiq sandalga oyoqlarini tiqib, yonlariga yozuv qurollarini sozlab, acchiqqina choyni damlanib otam ijod qiladilar, deb eslaydi adibning o'g'li.
Menimcha muallif o'zlari qishda ijod qilganlari uchun shu faslni alohida mehr bilan tasvirlagan bo'lsalar kerak.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:42:22
qaysar:

Assalomu alaykum!
Ushbu asarni O'zbek adabiyotidagi eng zo'r asar desak arziydi.
Undagi barcha voqealar meni ta'sirlantirgan. Ayniqsa, Usta Alim sevgisi fojeasi, unikiga o'xshash Kumushning o'limi...
Bechora Usta Alimning ha, Otabekning ham sevgilari sarob bilan tugadi...

Har gal "O'tkan kunlar"ni o'qir ekanman, Usta Alimning hikoyasiga kelganda ajib bir shavqu zavq meni qamrab oladi. Hikoyaning o'ta samimiyligi, usta Alim va Saodatning qiziq sevgi tarixlarini muallif juda ishonchli va aytish mumkinki, mehr bilan tasvirlagan. O'qiguvchi Usta Alim bilan o'zini do'stdek tasavvur qiladi. Uning hikoyasini yonida aytib berayotgandek, usta baxtidan suyunadi, chehrasi ochiladi. Butun vujudi quloqqa aylanib, hikoyani tinglaydi. Ba’zida esa o’zini Usta Alimning o’rniga qo’yadi. Unikidek buyuk muhabbat, "œmanim uchun to’qib berolmaysizmi?" so’zi bilan boshlangan samimiy tuyg’ular o’ziga ham yor bo’lishini ich-ichidan istaydi.

Lekin har gal hikoyaning yakuniga kelganda uni davom ettirgim kelmaydi, Baxtning ketidan kelgan yovuz baxtsizlik hikoyasidan esankirab qolaman-u, shartta kitobni yopib qo’yaman. Bo’ldi, do’stimning hayoti kulga aylandi! Uxlay deyma-u, uyqum kelmaydi, o’zimni qayta-qayta Usta Alimning o’rniga qo’yaman. Bir balo qilib uxlab olganimdan keyin, Usta Alimni tushimda ham ko’raman, uning baxtidan yana quvonaman, sevinchim ichimga sig’maydi, qani uyg’onmasam... Lekin bir payt qorong’u zulmat ichidan bostirib kelgan baxtsizlik tushimni ham azaga aylantiradi... Usta Alimning u o’ldi?! degan so’zidan keyin... uyg’onib ketaman. Yana kitobni ochaman:
"œ"¦ Saodatning oy-kuni yaqinlashdi"¦ yaqinlashdi"¦ lekin abadiy baxtsizlik kunlarim, manhus soatlarim ham yaqinlashdi"¦ Dunyog’a kelib ko’rgan birdan-bir quvonchimdan ayrilg’an edim. Hayotning hamma umrimga kifoya qilarliq mudhish zarbasini shodliq ichida qarshilag’an edim. Oylar bo’yuncha ko’z yoshimni yog’mur kabi to’kdim. Chunki menga bundan boshqa ovunchoq qolmag’an edi"¦"
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyun 2006, 06:43:05
mohinur:

assalomu alaykum!
Birinchi o'zbek romani - "o'tkan kunlar" kitob bo'lib chiqqanda kishilar uchun juda qiziqarli bo'lgan bo'lsa kerak. Shu haqda ham ma'lumotlar bormi?

Habibullo Qodiriy "œOtam haqida" kitobida "œO’tkan kunlar"ning yakunlanib, bosilib chiqishi haqida xotirlaydi: (mazmuni)

Bir kuni otam o’zlarining ijodxonalarida yig’lab o’tirardilar. Bibim bilan shu xonaga kirdik. Keyin chiqib ketdim. Bibimdan otamga nima bo’ldi deb so’raganlarida, ular "œOtang jinni bo’lib qoldi"¦" deb javob qilgandilar. Keyin balsam, bu paytda dadam "œO’tkan kunlar"ning so’nggi bobini yozayotgan ekanlar.

Dadamning yaqin do’stlaridan Akbarxo’ja amakining xotirlashicha, ular har hafta "œgap" yeyisharkan. Har yig’ilishda dadam yozgan "œO’tkan kunlar"ning boblarini peshma-pesh o’qib berarkanlar. Bir kuni otam kechroq kelibdilar. O’rtoqlari davomini eshitaylik deyishganda, avval norinni yeb olaylik, keyin yeyolmay qolasizlar, desalar ham ko’nishmabdi. Keyin oxirgi boblarni o’qib berganlarida, hammalari yum-yum yig’lashgan ekan. Norinni ham yemay, uylariga tarqalishgan ekan.

Abdulla Qodiriy shunday degan edilar: Yozganing agar o’zingni yig’latmasa-kuldirmasa, o’zgani hech yig’latmas-kuldirmas!"

"œO’tkan kunlar" chop etilishi bilan hali siyohi qurimasdan kitobxonlar ommasiga yetib borardi. Roman yangi bosilib chiqqach (10000 nusxa), do’konlarda ko’p turmay, tezda sotilib ketgan ekan.
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: Usmoniy 26 Avgust 2006, 00:56:42
O'tkan Kunlarda menga yoqadigan joy,
Hoji Yusufbek og'zidan;

Iqtibos


"Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg'iz o'z manfaati shaxsiyasi yo'lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi.Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg'an bo'lsaq yaqindirki, o'rus istibdodi o'zining iflos oyog'i bilan Turkistonimizni bulg'atar va biz bo'lsaq o'z qo'limiz bilan kelgusi naslimizning bo'ynig'a o'rus bo'yindirig'ini kiydirgan bo'larmiz..."
O’z naslini o’z qo’li bilan kofir qo’liga tutqin qilib topsirguchi — biz ko’r va aqlsiz otalarg’a xudoning la’nati albatta tushar, o’g’lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to’ng’uzxona qilishg’a hozirlang’an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo’liqarmiz! Temur Ko’ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Farobiy, Ulug’bek va Ali Sino kabi olimlarning o’sib-ungan va nash’u namo qilg’anlari bir o’lkani halokat chuqurig’a qarab sudrag’uchi albatta tangrining qahrig’a sazovardir, o’g’lim! Gunohsiz bechoralarni bo’g’izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg’uchi zolimlar-qurtlar va kushlar, yerdan o’sib chiqg’an giyohlar qarg’ishig’a nishonadir, o’g’lim!...


Abdulla Qodiriy , O’tkan Kunlar, Asr Oshgan Asarlar, "œSharq" Nashriyot-Matbaa Aksiyodorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati Toshkent, 2004, s.296


 
Nom: Re: O`tgan kunlar :)
Yuborildi: Laylo 28 Avgust 2006, 12:23:24
Menga esa Otabekning ushbu gapi yoqadi:
"Darhaqiqat, mozoristonda "hayya alal falah" xitobini kim ham eshitardi...?"
Nom: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: Abu Muslim 25 Noyabr 2006, 20:01:41
Ассалому алайкум
"Ўтган кунлар" романи юклаб олиш учун куйдаги линкка утинглар

http://islom.uz/index.php?option=com_remository&Itemid=26&func=fileinfo&id=22
Nom: Re: "Ўтган кунлар" романи (юклаб олиш)
Yuborildi: Foniy 17 Yanvar 2007, 14:07:03
Assalomu alaykum!
"O'tkan kunlar"ning ruschasi("Минувшие дни") bo'lsa, iltimos, linkini bering, oldindan rahmat!
Nom: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Sentyabr 2007, 05:43:32
(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/utgan_kunlar.jpg)

Yozg‘uchidan

Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.
Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim.
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy)

Kitobning to'liq matnini saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=34)
Nom: Re: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 21:27:37
Ah ah "O'tgan kunlar" bu asarni ta'riflashga til ojiz rostdan ham.

Romanni Demirda ishlab yurganimda Rus dugonam Elenaga gapirib bergandim, qancha vaqtimni olgani aniq esimda yo'q, lekin asar tugaganda men yerga o'tirgan holda, dugonam esa oyoqda ho'ngir-ho'ngir yig'lar edik....

Asar inson yuragining eng tubidan joy olgan xotiralari kabi o'chmas iz qoldirgan menimcha har bir O'zbek insonida...

Haqiqiy O'zbekona yozilgan, har bir satridan "O'zbeklik tomgan" bebaho asarimizni muallifini Alloh rahmatiga olgan bo'lsin inshalloh...
Nom: Re: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: Hadija 14 Sentyabr 2010, 13:11:54
Haqiqatda qanchalik tariflamaylik, tarifga til ojiz. Juda chiroyli, ma'nolik, insonni qalbini jumbushga keltirardigan, o'zbekona lutfu-karam, hayo va ibo masalalari yorqin, aniq va go'zal ko'rinishda namoyon bo'lgan asar deb o'ylayman.
To'g'ri bu asarga ishlangan film ham yaxshi olingan-u, ammo asarning o'zichalik kitobdagi satrlarda yozilganchalik ta'sirli emas degan fikrdaman!...
Nom: Re: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: Gabriela 21 Oktyabr 2010, 15:37:18
juda ham yaxshi asar, bu asar haqida ko'p eshitgandim, biroq o'qib yanada ta'sirlandim. Kumushbibi va Otabeklarning muhabbatlariga havasim keldi...
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 23:03:54
Men shu asar haqida gap ketganda Zaynabni qoralawlariga qarwiman. Ayol bo'lib sevilmagan, yori bo'la turib beva edi. Kumuwni u bir marta zaharladi, lekin o'zi har kuni mehr o'rniga beetiborlik zahrini yutib yawadi. Ayolga bundan ortiq jazo yo'q. Zaynab rolini o'ynagan aktrisani bir gapi hech esimdan chiqmaydi "Film senariysi o'z qo'limda bo'lganida Ikki ayolini teng ko'rmagan Otabekni zaharlab, Kumuw bn opa singildek bo'lardim" degandi. Haqiqatda bu yerda asosiy ayb Otabekda wariat barcha ayollariga teng muomala qiliwni buyurgan. Sevmagan taqdirida ham ozgina mehr ko'rsatganda Zaynab bu iwlarga qo'l urmasdi.
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: XurshidbekUZ 08 Iyun 2013, 08:35:42
Iqtibos
Men shu asar haqida gap ketganda Zaynabni qoralawlariga qarwiman. Ayol bo'lib sevilmagan, yori bo'la turib beva edi. Kumuwni u bir marta zaharladi, lekin o'zi har kuni mehr o'rniga beetiborlik zahrini yutib yawadi. Ayolga bundan ortiq jazo yo'q. Zaynab rolini o'ynagan aktrisani bir gapi hech esimdan chiqmaydi "Film senariysi o'z qo'limda bo'lganida Ikki ayolini teng ko'rmagan Otabekni zaharlab, Kumuw bn opa singildek bo'lardim" degandi. Haqiqatda bu yerda asosiy ayb Otabekda wariat barcha ayollariga teng muomala qiliwni buyurgan. Sevmagan taqdirida ham ozgina mehr ko'rsatganda Zaynab bu iwlarga qo'l urmasdi.


ZAYNAB QO'SHIG'I
Tengim boshqa, dedi yor,
Topdim desam tengimni.
Marg’ilonlik bir dildor
Tortib oldi begimni.

Kulgu ketmay ko’zimdan
Yog’ar bo’ldi ko’zyoshim.
Ko’z-ko’z qilib baxtini
Yoqar bo’ldi ko’zyoshim.

Nima bo’ldi, bek yigit,
Bekangizga qarash yo’q?
Kumushdan ming o’rgilib,
Zaynabdan hol so’rash yo’q.

Taqdir derdim, shum taqdir,
Ko’nglim ko’nsa- kuymasdim.
Begim, sizni men axir,
Kumushdan kam suymasdim...

Qolsam — dardim bir dunyo,
Ketsam — bir uy ko’chim bor.
Kumushoyni keltirgan
Aravada o’chim bor!

Muhammad Yusuf
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: Ansora 08 Iyun 2013, 10:53:41
Men esa bu romanni orqasida boshqa bir falsafa bolganligini oylayman, balki yoritgandir abadiy tanqidchilarimiz.


Ozbek oyim roli zotan Ozbek millatini tamsil etadi...buni hamma bilsa kerak...
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: XurshidbekUZ 08 Iyun 2013, 14:35:09
Otabek qo’shig’i

Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen dilxun-u, men ham dilshod emasman.

Boshga neki tushsa, ko’kdan atalmish,
Biz bir qafas aro giryon bir juft qush.
Bir go’shada sen xomushsan, men xomush,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.

Biz bir dinda muridlar ikki pirga,
Yo’latmasman seni men bilgan sirga.
Biz na do’stmiz, biz na g’anim bir-birga,
Sen jayron-u, men ham sayyod emasman.

Senga qo’ysin suymaganni suyishni,
Shunday yashash, aytgil, konglingga xushmi?
Seni quchib sog’inaman Kumushni,
Jon omoni o’zim hayot emasman.

Ey gul, suyib ne topding men yomondan,
Bekman, senga yor tilayman sultondan.
Ko’z uzmasman men Marg’ilon tomondan,
Senga ket ham, senga qol ham demasman.

Sen Shirin-u, men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u, men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab menga aytma zoringni,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.

Muhammad Yusuf
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: XurshidbekUZ 08 Iyun 2013, 14:35:34
Kumushbibi nolasi

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.

Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Bag'ri gul, bag'ri otash Kumushh demang,
Ko'zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Bir ko'ray, Zaynab bilan qoling, begim.

Sig'madim kundoshning bu tosh shahriga,
Dosh berolmam bu qaroshlar zahriga.
Yordan ayrildim qaro yer bag'riga
Jo bo'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sen nechun to'lg'onasan kuygan ko'ngil,
Otabekni jonidan suygan ko'ngil.
Yashnagaymi bir quchoqda ikki gul -
Men so'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Yorginam ruxsoriga jonim fido,
Bu jahonda boriga jonim fido.
Xayr, ey, shirin zabonim, alvido!
Men o'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim!

Muhammad Yusuf
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: XurshidbekUZ 08 Iyun 2013, 14:36:37

Kumush



Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

Muhammad Yusuf.
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: Muxsiya 08 Iyun 2013, 21:41:47
Otabek qo'wig'i we'ri Muhammad Yusufning qaysi to'plamida berilgan ilgari hech o'qimagan ekanman.
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: XurshidbekUZ 13 Iyun 2013, 08:53:38
Iqtibos
Otabek qo'wig'i we'ri Muhammad Yusufning qaysi to'plamida berilgan ilgari hech o'qimagan ekanman.
Bilmadim, bu she'rlarni internetdan ko'chirildi.
Nom: Javob: Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar
Yuborildi: munlu 06 Avgust 2014, 05:11:23
O'tkan Kunlar kitobida yana mühim bitta ibratlik hodisa bor: Qoracho'pon-Qipchoq qarindosh urushu. Yozuvchi shu mavzu to'g'risida bizga yahşi dars bergan.