forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 12 Aprel 2008, 09:24:53

Nom: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: AbdulAziz 12 Aprel 2008, 09:24:53
Assalomu alaykum!
Forumda yaxshi yoki yomon bahoni olib tashlash haqida takliflar bo'ldi.
Shunga munosabatingiz?

Forumning ushbu bandi foydalimi yoki foydasizmi?
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 12 Aprel 2008, 10:26:51
Va alaykum asssalam!
manga albatta foydali  man bu forumdan bilmagan narsalarimni bilib olyaoman!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Mahdiyah 12 Aprel 2008, 11:06:30
Man shu "+" va "-" ni olib tashlash tarafdoriman.

Chunki umuman keragi yo'q narsa.
Bu nimaga + va - qo'yilayotganiniyam bilmi qolasiz.

Bekorga odamlarni chalg'itish.

Agar ja bo'masa mandagi + va - olib tashlaselar ham hursand bo'lardim.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Umayyah 12 Aprel 2008, 11:25:25
Haa  man xam Noza singlimizni gaplariga qo'shilaman
bu plyus minus ni kim qo'yganini xam bilolmaymiz :(
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: ikbaljohn 12 Aprel 2008, 12:04:36
Thanks tugmasini qo'yish imkoni bormi?
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: mutaallimah 12 Aprel 2008, 12:37:53
Assalomu alaykum men ham shu bandni olib tashlash tarafdoriman.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 12 Aprel 2008, 12:40:42
Menimcha qolaversin. Faqat kim qachon qo'yganligini ko'rish imkoni bo'lsin. O'shanda kimdir kimgadir o'sha belgilarni qo'yadigan bo'lsa izohlab ham beradi.

Masalan: Mana bu mavzudagi ushbu mulohazangiz uchun "yaxshi" belgisini qo'ydim. Yoki aksincha deb.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Murod_bek 12 Aprel 2008, 13:02:48
Assalomu Alaykum!
Agar kim nimaga + yoki - bahoni qo'yganini bildirish hizmatini yo'lga qo'yishni iloji bo'lmasa olib tashlagan afzal. Chunki bu odamni chalg'itadi.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Robiya 12 Aprel 2008, 13:32:22
Assalomu alaykum! Menimcha turgani ma'qul. U userlarga forumdagi o'z harakatlarini baholash imkonini beradi. Kim qo'yganini bilish yoki bilmaslik ham ahamiyatsiz, menimcha.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: shoir 12 Aprel 2008, 13:40:17
Assalomu alaykum! Menimcha turgani ma'qul. U userlarga forumdagi o'z harakatlarini baholash imkonini beradi. Kim qo'yganini bilish yoki bilmaslik ham ahamiyatsiz, menimcha.

Men ham shu fikrdaman.
Bu forumdagi ishtirokingizni baholashning bir usulidir.
Kim qo'ygani ham ahamiyatsiz. Ahamiyatli joyi sizning postlaringizga kimdir e'tibor berayotgani.
Balki, Noza aytganlaridek, faqat + ni qoldirish kerakdir...
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: AbdulAziz 12 Aprel 2008, 15:01:11
Assalomu alaykum!

Hozircha faqatgina, Yaxshi baho qo'yishni joriy qildim.
Endi faqatgina yaxshi baho qo'yiladi, xolos.
Lekin avvalgi olingan minuslar ham ko'rinib turibdi.
Uni yo'qotishning bitta iloji bor. Olingan +lardan minuslar ayriladi va shunda faqat plyus qoladi.
Agar rozi bo'lsalaringiz, shuni joriy qilaman.

"Thanks" haqida ham izlanishlar ketyapti.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: AbdurRohman 12 Aprel 2008, 15:22:05
Assalomu alaykum.
juda yaxshi ish bo'libdi.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Sakina 12 Aprel 2008, 23:39:55
"Thanks" kinopkasi qo'yilganda maqsadga muvofiq ish bo'laridi. Forumchilarni forumdagi faoliyatini bilish uchun +, -,  turishi kerak dib o'ylayman. Lekin kim qo'yvotganini va nima sababdan qo'yilganini bilib bo'lmasligi yahshi emas. Tartibsiz bo'lib ketvotti. Bu narsa umuman olib tashlanishi... Menimcha maqul emas.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Murod_bek 13 Aprel 2008, 12:08:32
Assalomu Alaykum!
YAxshi qilibsiz Janob Administrator!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: shoir 13 Aprel 2008, 13:20:16
Assalomu alaykum!

Hozircha faqatgina, Yaxshi baho qo'yishni joriy qildim.
Endi faqatgina yaxshi baho qo'yiladi, xolos.
Lekin avvalgi olingan minuslar ham ko'rinib turibdi.
Uni yo'qotishning bitta iloji bor. Olingan +lardan minuslar ayriladi va shunda faqat plyus qoladi.
Agar rozi bo'lsalaringiz, shuni joriy qilaman.

"Thanks" haqida ham izlanishlar ketyapti.

Yaxshi bo'libdi.
Menimcha munuslarni ham ko'rinmaydigan qilish kerak.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Umayyah 13 Aprel 2008, 13:54:46
"Thanks" haqida ham izlanishlar ketyapti.

Yahshi degan xarflani o'rniga paneldan Thank qilsez bo'ladiku :-/
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2008, 15:17:59
Men ham shu fikrdaman.
Bu forumdagi ishtirokingizni baholashning bir usulidir.
Kim qo'ygani ham ahamiyatsiz. Ahamiyatli joyi sizning postlaringizga kimdir e'tibor berayotgani.
Balki, Noza aytganlaridek, faqat + ni qoldirish kerakdir...

Mani postimni yaxshi o'qimabsiz.
Man faqat "+" qolsin deganim yo'q.
Balki hammada qolsa ham mandan shu "+" va "-" ni olib tashlanglar didim.

Man umuman qarshiman yo "+" yo "-" qolishiga,
Nimaga faqat + qolsin deyabsizlar?
Qaytangi bu yaxshi emas, o'zimizni yaxshi ekanmiz deb hursand bo'lib yuramizmi?

Undan "-" qolgani maqul.
Qayerda hato qilgan bo'lsak o'shanga yarasha "-" larimizdan bilib olardik derdimu,
LEKIN hamma ham postlarga qarab baho bermaydida!!!

Shuni ham e'tiborga olib qo'ying.

P.S. Kim "-" yoki "+" qo'yganini bilishimiz esa manimcha umuman keragi yo'q narsa.
Murod_bek aytganidek, bu odamni chalg'itadi.
Bekorchi narsalar bilan band qilib qo'yishdan boshqasiga yaramaydi.

Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: shoir 13 Aprel 2008, 17:47:05
"Thanks" haqida ham izlanishlar ketyapti.

Yahshi degan xarflani o'rniga paneldan Thank qilsez bo'ladiku :-/

Shu fikr ham yaxshi.
Baho so'zining o'rniga Tashakkurlar deyilsa, [Yaxshi]ning o'rniga Rahmat aytish deyilsa, va AbdulAziz aytganday minuslarni ko'rsatmaydigan qilinsa, yaxshi ish bo'lardi. Shunda, - va minus degan narsa qolmas edi.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: AbdulAziz 13 Aprel 2008, 21:23:15
Shu fikr ham yaxshi.
Baho so'zining o'rniga Tashakkurlar deyilsa, [Yaxshi]ning o'rniga Rahmat aytish deyilsa, va AbdulAziz aytganday minuslarni ko'rsatmaydigan qilinsa, yaxshi ish bo'lardi. Shunda, - va minus degan narsa qolmas edi.

Aytganingizdek bo'ldi. Endi Plyus/minus qolmadi.

Hurmatli uzerlar, endi siz biron bir ishtirokchining ibratli postlari uchun [Rahmat aytish] tugmasini bosgan holda userimizga Tashakkur izhor qilishingiz va uning rahmatlarini oshirishingiz mumkin.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Umayyah 14 Aprel 2008, 05:36:30
AbdulAziz
Juda  yahshi qilibsiz :)
Man sizdan boshladim Raxmat aytishni
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: shoir 14 Aprel 2008, 10:42:34
Shu fikr ham yaxshi.
Baho so'zining o'rniga Tashakkurlar deyilsa, [Yaxshi]ning o'rniga Rahmat aytish deyilsa, va AbdulAziz aytganday minuslarni ko'rsatmaydigan qilinsa, yaxshi ish bo'lardi. Shunda, - va minus degan narsa qolmas edi.

Aytganingizdek bo'ldi. Endi Plyus/minus qolmadi.

Hurmatli uzerlar, endi siz biron bir ishtirokchining ibratli postlari uchun [Rahmat aytish] tugmasini bosgan holda userimizga Tashakkur izhor qilishingiz va uning rahmatlarini oshirishingiz mumkin.

Go'zal bo'libdi.
Tashakkur!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: ikbaljohn 14 Aprel 2008, 11:03:29
Judayam ajoyib chiqibdi :)
Endi shu raxmat aytish userning qaysi posti uchunligini bildiradigan funksiya kiritsa bo'ladimi yoki smfda mumkin emasmi?
Forum o'zi smfdami?
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Muslimа 16 Aprel 2008, 15:04:06
Assalamu alaykum!
Tanks tugmasi yaxshi deganlarni fikriga qo'shilmiman! Sababi bu narsa bizni faqat yaxshi tomonlarimizni ko'rsatadi. Hamma narsa yaxshikan dib o'zimizni o'zimiz hursand qib o'tiruramizmi? Manimcha Tanks ni ham olib tashlab, uni o'rniga bitta mavzu ochish kere, kimga kere bo'sa o'sha mavzuda kimni posti nima uchun yoqqanini yoki yoqmaganini yozsin. Biror userni postini yaxshi yoki yomonligini ham o'sha mavzudan bilib olinaveradi. Kim qanaqa fikrdaligini ham bilib olas. "Kim yaxshi baho qo'ydikin?" dib o'tirilmidi.
Lekin faqat yaxshi baholarni qolishi har tomonlama noto'g'ri. Faqat yaxshi baholarni qoldirib, O'ZIMIZGA ORTIQCHA BAHO BERIB YUBORMADIKMIKIN?
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Murod_bek 16 Aprel 2008, 15:22:55
Assalomu ALaykum!
Lekin yaxshi funksiya qo'shilibdi...
Iqboljon aka Ziyouz forumi SMF da!
Muislima opa unaqa mavzu bor-u?! "Forumdoshlar hayoti"da  yaxshi yoki yomon baho? NIma uchun?" degan mavzu...
 
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Aprel 2008, 11:27:23
Assalamu alaykum!
Tanks tugmasi yaxshi deganlarni fikriga qo'shilmiman! Sababi bu narsa bizni faqat yaxshi tomonlarimizni ko'rsatadi. Hamma narsa yaxshikan dib o'zimizni o'zimiz hursand qib o'tiruramizmi? Manimcha Tanks ni ham olib tashlab, uni o'rniga bitta mavzu ochish kere, kimga kere bo'sa o'sha mavzuda kimni posti nima uchun yoqqanini yoki yoqmaganini yozsin. Biror userni postini yaxshi yoki yomonligini ham o'sha mavzudan bilib olinaveradi. Kim qanaqa fikrdaligini ham bilib olas. "Kim yaxshi baho qo'ydikin?" dib o'tirilmidi.
Lekin faqat yaxshi baholarni qolishi har tomonlama noto'g'ri. Faqat yaxshi baholarni qoldirib, O'ZIMIZGA ORTIQCHA BAHO BERIB YUBORMADIKMIKIN?

Men ham fikringizga qo'shilaman. Bu haqida "Forumchilarga savol" mavzusida ham aytgan edim. Bir o'zim bunga qarshi chiqmay qo'yaqolay deb bu yerga yozmayotgandim. Siz ham shu fikrda ekansiz.

Menimcha ham faqat yaxshi baho qolgani bir tomonlama bo'lib qolgan. Bo'lsa ikkalasi ham, bo'lmasa birontasi ham qolmasin. Yana bilmadim.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:21:33
Assalomu ALaykum!
Lekin yaxshi funksiya qo'shilibdi...
Iqboljon aka Ziyouz forumi SMF da!
Muislima opa unaqa mavzu bor-u?! "Forumdoshlar hayoti"da  yaxshi yoki yomon baho? NIma uchun?" degan mavzu...
 

Assalamu alaykum!
Unaqa mavzu borligini bilaman! O'sha mavzuga hohlagan user kirib yaxshi yoki yomon fikrini bildirsin! Manimcha shuni o'zi yetarli, ORTIQCHA RAHMATLARGA HOJAT YO'Q!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Muslimа 17 Aprel 2008, 15:33:37

Menimcha ham faqat yaxshi baho qolgani bir tomonlama bo'lib qolgan. Bo'lsa ikkalasi ham, bo'lmasa birontasi ham qolmasin. Yana bilmadim.

Assalamu alaykum!
Fikrizni maqulliman, qolsa ikkalasi ham qolsin, yo'q bo'lsa ikkalasi ham olib tashlansin. Adminni faqat yaxshi baholarni qoldirishlari mani ajablantirdi, to'g'ri forumda ular qilayotgan ishlarga aralasholmimiz, lekin HURMATLI ADMIN BU HAQIDA YANA BIR O'YLAB KO'RARSIZ DIB UMID QILIB QOLAMIZ...

Alloh to'g'ri yo'ldan adashishdan asrasin!......Amin!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Imron 17 Aprel 2008, 17:27:45
Агар адашмаётган бслсам, бу ерда салбий ва ижобий баҳо бериш функяислари бирлаштирилган. Аки ундай смасми? Яъни агар бир кишининг ксрсаткичи +26/-8 бслса, (26-8)=18 ксринади. Бу кишига неча марта раҳмат айтишганини билдирмайди, балки умумий "репутаяис"дир.
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: AbdulAziz 17 Aprel 2008, 20:27:51
Ushbu funksiya bekor qilindi.

Tashakkur!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Muslimа 18 Aprel 2008, 16:42:07
Агар адашмаётган бслсам, бу ерда салбий ва ижобий баҳо бериш функяислари бирлаштирилган. Аки ундай смасми? Яъни агар бир кишининг ксрсаткичи +26/-8 бслса, (26-8)=18 ксринади. Бу кишига неча марта раҳмат айтишганини билдирмайди, балки умумий "репутаяис"дир.

Assalamu alaykum!
Ha, bu umumiy ko'rsatgich, lekin oldingi minus va pluslar hisobga olingandi, bundan keyingila faqat + hisobiga o'tardi!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Muslimа 18 Aprel 2008, 16:48:09
Ushbu funksiya bekor qilindi.

Tashakkur!

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: "+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 02 Iyun 2008, 15:16:51
Yulduzcha nimani bildiradi?