forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: shoir 14 Aprel 2008, 10:52:24

Nom: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: shoir 14 Aprel 2008, 10:52:24
Assalomu alaykum!

Ko'pchilikning qulog'iga chalingan bo'lsa kerak, O'zbekistonda oilani rejalashtirish loyihasida, 2 tadan oirtiq farzand ko'rishni cheklash haqida mish-mishlar yuribdi. Bu mish-mishlarga ko'ra, agar oilada 3-farzand tug'ilsa, 600 000 ming shraf, 4-chisi tug'ilsa yana boshqa imtiyozlardan mahrum qilish choralari qo'llanarmish...

Yana tug'ruqxonalardan 2-farzanddan so'ng onalarga keyingi farzandning dunyoga kelishiga monelik qiladigan tibbiyt choralar ko'rilmoqda ekan (avtomatik spiral va boshqa garmonlar va h) degan gaplar ham bor...

Shunga sizning munosabatingiz?
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: Robiya 14 Aprel 2008, 15:44:08
Assalomu alaykum!

Ko'pchilikning qulog'iga chalingan bo'lsa kerak, O'zbekistonda oilani rejalashtirish loyihasida, 2 tadan oirtiq farzand ko'rishni cheklash haqida mish-mishlar yuribdi. Bu mish-mishlarga ko'ra, agar oilada 3-farzand tug'ilsa, 600 000 ming shraf, 4-chisi tug'ilsa yana boshqa imtiyozlardan mahrum qilish choralari qo'llanarmish...


Assalomu alaykum! Biz tomonda jarima miqdori 800.000 so'm deyilyapti.
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 14 Aprel 2008, 16:18:11
Men 500 $ deb eshitdim. Hamma yoqda har xil gap. Bu gapni qonuniyligi bo'yicha surishtirib ko'raman.
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: Imron 14 Aprel 2008, 17:03:40
Минздрав Узбекистана: «Слухи о плате за рождение третьего ребенка — полнс‹й абсурд»

11.04.2008/15:03
ИА «Press-uz.info (http://press-uz.info)» - В руководстве Министерства здравоохраненис Узбекистана опровергли муссируюс‰иесс слухи о том, что в республике вводст плату за рождение в семье третьего ребенка.
«Аикаких оснований длс таких утверждений нет. Аи за третьего, ни за последуюс‰их детей государство не собираетсс взимать денег», - категорически засвили в Минздраве ИА «Press-uz.info (http://press-uz.info)» в пстнияу. Далее.. (http://press-uz.info/index.php?title=home&nid=298&my=042008&st=0)


Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: shoir 19 Aprel 2008, 16:57:11
Shamol bo'lmasa darxtning uchi qimirlamaydi.

Bu qandaydir muhokama uchun qo'yilgan masala bo'lishi ham mumkin. Chunki bir vaqtning o'zida Respublikaning hamma burchagida bunday gaplarning chiqishi shunga dalolat qiladi.

Qaysidir bir "aqlli" iqtisodiy yoxud boshqa muammolarning yechimini aholining ko'payishida deb, uni kamaytirish choralari haqida gapirgan bo'lishi mumkin. Mayli, gapiraversin, lekin biz bolajon o'zbek xalqi vakillari va musulmon ahli hech qachon farzand ko'payishidan tashvishga tushmaymiz.

Bu "reja" inshaalloh umuman amalga oshmaydi.
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: AbdulAziz 29 Aprel 2008, 08:13:21
Rizq berguvchi - Alloh. Uni qaytarguvchi va o'zgartirguvchi ham yo'q.

Boqolmaslikdan qo'rqib farzand ko'rmaslik karohiyatdir. Chunki rizq Allohdan. Banda ishlamasa ham, harakat qilmasa ham, agar rizqi bo'lsa, Alloh beraveradi.

Payg'ambarimiz Muhammad SAV aytdilar: "Uylaninglar, ko'payishinglar. Men qiyomat kunida ummatlarim ko'pligi bilan faxrlanaman!"
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: Rukhiya 29 Aprel 2008, 10:13:08
Assalomu alaykum!


Yana tug'ruqxonalardan 2-farzanddan so'ng onalarga keyingi farzandning dunyoga kelishiga monelik qiladigan tibbiyt choralar ko'rilmoqda ekan (avtomatik spiral va boshqa garmonlar va h) degan gaplar ham bor...

Shunga sizning munosabatingiz?


Va alaykum assalom....

Shunaqa ishlar qilinayotganini 2 yil avval eshitganman. Ya'ni ayollardan yashirin Vallohu a'lam yuqoridagi siz yozib o'tgan narsalariz va turli saqlanish  dorilar qullanilgan deb ancha gap-so'zlar bo'lgan.  O'zlaricha harakat qilishsa qilaverishsiz, farzand berish bermaslik ularni qo'lida emas!!!!
 Qancha urinishmasin natija topisholmaydi. Alloh farzand berishni amr etsa bas, bularni ojizona chiranishlaridan naf umuman yo'q.
Hammamizga Allohdan ofiyat tilayman.
 Insofimizdan ayrib qo'ymasin.
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: Mahdiyah 08 Fevral 2010, 07:53:52
unisi bo'masa boshqacha chora bn ham ummatni kamaytirish yo'llarini ko'p...

Roddomdan chiqaturib 2-3 farzandli bo'lgan ayollarda o'zlari behabar hollarida, boshqa tug'a olmaslik sabablarini bahona qilib "davolab" qo'yayotganlarini ham eshitayabmiz...
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: Akbarjоn 08 Fevral 2010, 09:47:02
Alloh asrasin

bunaqa gaplar shunchaki profilaktika uchun tarqatilgan, aslida bu shasiy huquq bo'lib unga daxl qilishga xech kimning xaqqi yo'q
Ammo bir narsani xam unutmaslik kerak, kopchilik xozirgi kundagi ayollarning fikri xam bu masalani qollab quvatlab turidi,
axir Rasulillohning ummatlarini kopayishiga va shu sababdan xam oxiratda ummati kopligidan g'ururlanishlariga xammamiz mas'ulmiz ku
avvalo 2 yoki 3 farzand yetarli boshqasi kerak emas degan fikrni xammamiz miyymizdan chiqarib tashlashimiz kerak, xa xammamiz
men bemalol aytaolaman, kophilik kishilar ko'p farzandli bo'lish tarafdorlari emas, xatto ayrimlari  xattom keskin qoraliydilar xam
jamiyat qanday bo'lsa davlat xam shunday boladi, shu sababli xam o'zimiz oilani rejalashtirishdagi munosabatni o'zgartirsak boshqasi xech narsa emas

yuqoridagi kabi qorqitishlar shunchaki oldini olish choralari, yani amaliy ish korilmiydi bu narsa yuzasida chunki katta skandal kelib chiqishi mumkin
ammo o'zi aslida xoxlamayotgn kishilarga bahona bo'lishligi uchungina shu gap chiqarilgan

VALLOHIA'LAM
Nom: Re: O'zbekistonda oilani rejalashtirish - so'nggi mish-mishlar
Yuborildi: gayrat17 10 Fevral 2010, 19:54:12
Unchalik emasku lekin tug'ish orasini uzaytirish dasturi mavjud. Ko'pchilik buni noto'gri talqin qilishadi.
Aslida ko'pchilik ota-onalar farzandlarini tarbiya qilishga, boqishga imkoni bo'lmasada Alloh rizqini beradi deb tug'ib tashayveradi. Tuyani bo'glab turib, keyin Allohga tavakkal qilish kerakligini tushinishmidi. Shuning uchun cheklashlar mavjud, bu faqat barkamol avlod yaratish yo'lidagi bir qadam. Agar 1 mln.$ bo'lsa bemalol 10 ta xam tug'ishiz mumkin  ;D