forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: saraton07 22 May 2008, 02:04:38
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu hurmatli Xonimlar va Janoblar.
Bismillohir rahmohir rohiym. Buyuk va qudratli Robbimizga hamdu sanolarimiz bo'lsin, Hazrati Muhammad s.a.v. Janoblariga duru salovatlarimiz bo'lsin.
Yaqindagina Intelligent Musulmon mavzusini ochib edim, negadir bugun yo'qolib qoldi. Shuning uchun , mavzuni bir oz yangicha nomlab,boshqatdan ochdim .Umid qilamanki,bu mavzumiz yo'qolib qolmaydi.
Avvalombor intelligent tushunchasi nima,va bu tushunchani musulmonchilik bilan qanday uyg'unlashtirsak bo'ladi?Nimagadir ayrim hollarda " intelligent musulmon" atamasini tilga olganimda, bu noo'rin atama ekanligi va musulmonchilik qoniga, nasroniylik tushunchasi zid ekanligini so'zlovchilar topiladi.
Shunda mening javobim shunday bo'ladi:
Avvalom bor intelligent so'zi nasroniy tushuncha deb qarashlik noto'g'ri. Bunday atamalar boshqa dinlardagi jamiyatlarda ham aralishib ,almashinib yuradi. Musulmoncha atamalar ham boshqa musulmon bo'lmagan jamiyatlarda talaygina. Bunda hech qanday qarama-qarshlik yo'q. Zamonlar almashib,millatlar qorishib boraveradi,lekin Islom hech qaysisiga qorishmaydi. Bu Muqaddas Qur'onda ta'kidlangan. Ya'ni Islom to qiyomat buzilmagay( o'zidan oldingi dinlar kabi).
Shunday ekan, zamonadagi har qanday ezgulikka oid tushunchalar, qaysi tildagiligidan qat'iy nazar, hohlagan irq,millat,din tilida yangrashga haqli.
Va "Intelligent musulmon" atamasini tilga olishga haqlimiz.
Xo'sh, bu atama sizda qanday tasavvur uyg'otadi?
Nima deb tushunasiz buni?
Faqatgina oliy ma'lumotli bo'lish, intelligentlikmi?
Agar siz o'qimishli bo'lsangiz, E'tiqodingizga qanday qaraysiz, fan nuqtai nazaridanmi yoki din?
Muslimalar ham intelligent muslima bo'lishga haqlimilar?
Siz intelligent musulmon yoki muslimasiz, oila a'zolaringizchi?
Shu savollarni tahlil qilib, javob qoldirishingizni istardim. Va hohlardimki bu tushunchalar har bir do'stimizning, aka-ukamizning,opa-singlimizning,ota-onamizning ongida paydo bo'lishini. Va jamiyatimizda Zamonaviy Islomiy madaniyatning har bir sohada barq urishini ko'rishni Ollohdan chin qalbimdan tilayman. Toki barchangizda urf bo'lsin, har bir harakatni musulmoncha madaniyat bilan qilishlik. Inshalloh.
-
Bismillohir rahmonir rohiym.
Man shunday insonlarni ko'rganman.
Biri oliy ma'lumotli fizik,o'ta kuchli domla. Hamma tan beradi. U juda madaniyatli va qatiy.
Lekin hamma narsaga fanning ko'zi bilan qaraydi. Hattoki Ka'batullohdagi Muqaddas toshni meteorit deb biladi,va Quddusdagi Muallaq toshni ham magnit maydoniga asoslanib tushuntiradi,ammo "nega hamma magnitli toshlar unday turmaydilar?"degan savolimga javob berolmagan.
Ularda tarbiya shunaqadir. Tushuncha yo'qdir.Bilmadim.Otasi Nomozxon. G'alati, a?
Yana biri, u ham o'qituvchi, til adabiyot. Juda islomga hurmati baland.Lekin nomoz o'qimaydiBirovga juda chiroyli tushuntirib, dilini moyil qilib qo'yadi islomga,payg'ambarimizga. Lekin nomoz o'qimaydi,balik o'qir, yana ham bilmayman. Odobli inson.Hurmatga sazovor,kamtarin. shunday odamlarga havasim keladi, Adabiyotdan bahramand, dili keng,odamshavanda. Shularni ko'rib,dinimizga yana hurmatiz oshadi.
Ammo yana shundaylar borki, o'qimishli, sipo.diniy ta'limga,islomiy ta'limga ega,achinarlisi buni hamma biladi. Nimaga achinarlisi dedim?
Chunki uning qiladigan hatti harakatidan nafratlanasan kishi. Ichkilik, buzuqlik, ig'vogarlik uning bayroq dastasi. Buni ko'rgan oddiy odamning nima fikr kelishini tasavvur qilasizmi?
Bir tanishim bilan gaplashib turib, gap aylanib e'tiqodga keldi, uning fikrini qarang
" Eee,shu menga qara. Nega Falonchilar bunaqa qiladilar, demak mumkindirda, o'shalar bir nimani bilsa kerakki qiladi. Baribir hamma buzg"unchilik Falonchilaringdan chiqadi"
Falonchilar deganimiz, o'zingizga tushunarli. Intelligentlar qavsdagi.
Bu gap, ichishning oqibatidan boshlanib, kelib taqalgan mavzu edi..
Uning ongida shunday tushuncha. Oilada to'g'ri tushuncha bo'lmagan va o'rgatilmagan. Faqat La iloha illollohni biladi xolos. Bunday yoshlar deyarli 70% dan oshiq deb hisoblayman.
Demak Intelligent hisoblanuvchi,musulmon qavmiga mansub shunda insonlar nima yo'lga boshlashi mumkin.
Haqiqiy ideal intelligent musulmonu,muslima qanday bo'lmakliklari kerak?
Guvoh bo'lgan voqealaringizni ham qoldirsangiz, ibrat bo'lardi deb o'ylayman.
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Mavzumizni qolgan joyidan davom ettirsam.
Bir tanishim turklar ochgan Moskvadagi bir xususiy qurilish firmasida ishlardi.Hozir uyiga ketganiga ancha bo'ldi.
O'sha tanishimning gaplaridan:
- -Bilasizmi, bizdagi turk boshliqlar,juda madaniyatli. Inson ko'ngli bilan hisoblashishadi,negadir. Biz boshda unchalik ular bilan qiziqmasdik. Ishlardik,oylikni olishni bilardik. O'ylardikki biz oddiy qora ishchimiz,haqqimiz yo'q ochiqdan-ochiq muomilada bo'lishlikka ular bilan, o'hho'o'o', biz kimu,ular kim. Keyinchalik bu fikrimiz noto'g'riligini tushuna boshladik.
- - Nega,nima ular siz bilan do'stlashishdimi?
- - Yo'q,qanaqa do'stlashish? Men oldingi ishlagan rus qurilish firmasida bizlarga yashash uchun oddiy vagonchalarni berishib, yuvinishga imkon berishmasdi. Dam olish esa yakshanba kuni tushdan so'ng soat 15:30 da edi. Har kuni erta bilan 8:00 da ish boshlanib, kechgi 19:00 da tugardi.Va ovqatlanishga kuniga 50 rubldan olardik,oylik esa 12000 rub edi o'rtacha.Va texxavfsizlik borasida o'ylash yo'q edi.
-- Xo'sh bu yoqdachi?
-- Bu yoqda esa , yashashgaimorat bo'lmasada, to'la imkoniyatlarga ega vagonchalar,issiq, xavsiz..keltirishdi. Ko'chib yuruvchi yuvinish konteynerlarini ko'rib, aqlimiz shoshib qoldi. Shunchalik qulay,isiqqina, top-toza, u yoqda sovuqda o'zimiz yog'ochdan qurib olgan kabinachalarda yuvinishnig o'zi bizning eng 1 chi tashvishiniz edi.Bu yerda esa hohlagan, ishdan keyingi vaqtlarda mumkin bo'ldi.Bir turk prorabi bor, aytishicha otasining onasi ,ya'ni uning buvisi o'zbek bo'lgan.Ruschada gaplashamiz. Unchalik zo'r bilmaymizu,lekin har zamonda turkcha gapirib tushuntirishga harakat qiladi.
O'sha yigit nomoz o'qiydi......
-- Bizdagi o'qigandekmi?
-- Men o'zim nomoz o'qishni bilmayman,lekin bir ikkita muysafid, biladiganlar bizdagidek deyishyotuvdilar,bilmayman,Tushunmasam men.koroche, yaxshi yigit. Bizga yondoshadi, Lekin shu muhim bir ishni qilayotganda nomozini vaqti bo'lib qolsa,budilnigi bor kissasida, shundoq ishni tashlab ketadi,borib xonasida o'qib qaytib keladi,birov kasal bo'lib qolsa darrov chopib,yelib yugurib qoladi. Lekin biz bilan din to'g'risida hech so'ramaydi. Ishi yo'q. Lekin har zamon araq ichayotganimizni,shashlikni ko'rib qolsa, ruschalab urishib ketadi-da, keyin yana bosiladi. E yaxshi yigitda,xullas.
-- Sizlarning oldingi ishlarizdan xabardormi,bilishadimi?
--- Albatta,bizni ichimizda bir ikkitasi ish qidirib oldingi firmadan chiqib kep qolishgan bu yoqqa,keyin bizlar keldik,bolalar tushuntirishgan hammasini.
--- Rahmi kelib shunday yondoshsa kerakda unda,yaxshi ekan.
--- Yo'g'ee, bungamas, ularda Prava cheloveka degani borakan. Qattiq rioa qilamiz deydi,yana aytadiki, biz ham oddiy qilib sizlarga sharoit bersak bo'ladi ishga,damga xuddi boshqalardek.Lekin Ollohdan qo'rqamiz,har holda musulmonmiz. Sizlar ham odam, faqat ishlashmas,sog'likni ham o'ylang.
Aytgancha bizda ish erta bilan 9:00 ish boshlab, kechgi 19:00 da xonaga boramiz, keyin dam.
******************
Biz uzoq gaplashdik u bilan. Va nihoyat u qo'lidagi shishasini bo'shatib, uloqtirdi.Keyin xayrlashdik. Uyga toldim, tanishim yaxshi muomilayu,sharoitdan ajabda,xursand. Manda boshqa xursandchilik bor edi. Ya'ni o'sha turkning Islomiy odobi, hurmati. Hozir bu firma allaqachon ishini bitirib ketgan bu yerda. Lekin shunday, tarbiyali, boshqalarga nisbatan ezgulik bilan yondoshuvchi mo'minlar borligidan xursand edim Alhamdulilloh. Shunday inteligentlarga Olloh baraka berib ko'payisha edi.Bo'larkanku,iloji borakanu musulmonchilik bilan zamonaviy madaniyatni olib yursa. Hozir ko'pchilik ziyoliman deyuvchi shaxslar islomiy bilimdan misqolchalik biladilar deyish mumkin.Inteligent Musulmon
-
Bugungi kunda ziyoli bo'lish har bir musulmon kishi uchun muhim xususiyatga ega bo'lib qoldi. Chunki agar dinga da'vat qilmoqchi bo'lsangiz, qalbi Islomga moyil insonlar ham, unga dushmanlik nazari bilan qarovchi moddaparastlar ham Sizni turli dunyoviy dalillarni keltirib yengishga, Islom dinining ahamiyatini yerga urishga urinadi. Undaylar uchun fan yangiliklari, ilmiy kashfiyotlarni keltirib, Qur'on va Hadisni asoslaganingizdan keyingina gaplaringizni o'ylab ko'rishadi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, Siz aytgandek intelligent musulmon bo'lish dinimizga ham, o'zimizga ham faqat foyda keltiradi.
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Janob Musannif Adham, haq gapni aytdiz, birodar.
Bir vaqtlar ilm-fan, madaniyat o'ta kuchli taraqqiy etib kelayotgan Musulmon dunyosi,negadir jaholat botqog'iga bota boshladi. Nega?
Nega go'zal taraqqiyot debochalari, uzoq yurolmay yiqldilar.
Bu debochalarni nega Evropa o'zlashtira boshladi va takomillashtira oldi.
Nega musulmon dunyosi oldinga o'tib ketmadi fan texnikada?
Aksincha, nasroniy va majusiylar fanning eng yuqori cho'qqilariga yo'rg'alab ketdilar,musulmonlardan oldin?
Bu savollarni chuqurroq o'ylab javob qidirsangiz, tarix qa'riga sho'ng'iysiz, va turli xil ixtilofu,jaholat ustunlariga duch kelasiz.
Turli xil oqimlarning, tarafchiliklarning yuzaga kelishi, Islomda kim o'zarga amal qilishu,kim to'g'ri yoki noto'g'ri rioya qilishi to'g'risidagi mojarolar, va bular orqali tug'ilgan siyosiy ixtiloflar, hudud talashishlar Musulmon dunyosining jaholatga boshlab keldi. Bu jarayon birdaniga emas,har xil zamonlarda, har xil ko'rinishlarda amalga oshib turdi.
Bu qaysidir ma'noda o'z ta'sirini Musulmon taraqqiyotiga yomon ta'sir ko'rsatdi.Ammo ozgina muddat hukmronlik qilib turgan Amir Temur saltanati bu nomutanosibliklarga barham bergandek edi, afsuski Temur vafotidan so'ng yana orqaga surilish jarayoni boshlandi. Bir necha o'n yilliklar davomida rivojlanib turgan ilm-fan,madaniyat shu'lalari yurtimiz hayotidan misol olib aytsak , xonliklargacha ko'rinib turdi.
Nadomatlarki, ilm-fan yana xorlikka yuz tuta boshladi. Oqibatda, turli xonliklararo nizolar urushlar va hakozolar bo'y ko'rsata boshladi.
Ilm fan,madaniyat rivoji qaysidir Musulmon o'lkalarda tus oli turgandir,lekin bu kamlik qilardi. Odamlar fikrlashi jihatidan, G'arbdan orqada qola boshladilar. O'z zamonasining ziyolilari, ma'rifatparvar ulomolari,olimlarining ijodiy salohiyatlari ko'pga bormas edi. Jaholatga berilgan hukmdorlar,bu kabi uyg'onishu, erkin g'oyalarni hal qila olmasdilar, afsus. Qaysidir shohlar,xonlar qo'llashgan bo'lsalar,undan keyingilari bo'g'ib tashlaganlar. Zamon shiddatli, shavqatsiz, shoshqaloq edi. Kutib o'tirmas edi.
G'arb esa, allaqachon uyg'ongan, oldinga intilgan holda dadil qadam bosardi.
Oralarida uchragan albatta razolat va jaholat bayrog'i sharpalari, ammo tezda bu sharpalar o'z-o'zidan tarix tublariga cho'ktirib yuborilganlar.
Oxir oqibat Musulmonlar ham ma'nan, ham moddiyan qullarga aylandilar, kofirlarga. Endigina uyg'onib kelayotgan nihollar tagidan kesildilar. Bu yaqin tarixlarimizda yaqqol namoyon.
Ex, afsus,afsus ming afsus........
Bularni biz yosh avlod o'qib,bilib, achinamizu,lekin hech narsani o'zgartira olmaymiz.
O'ylab qolaman, nahotki, Islomga rioya qilib, amal qilib, yangilikkka, ilm-fanga intilib, ikki ilmni ham, islomiy va dunyoviy ilmni o'rganishga shunchalar no'noqmiz, juda bo'lmaganda islomiy ilmni yaxshi ololmasak.
Ko'pchilikni ko'ramiz,na dunyoviy,na islomiy tushunchalarga ega. Bu qayerdan kelib chiqdi? Yana o'sha yaqin tariximizdagi olib borilgan, musulmonlar miyasiga singdirilgan, nasroniy siyosatning sarlavhasiz sahifalaridan javob topamiz.
"Oddiy haqiqatlar" mavzusidagi hijob masalasidagi mojaroda, Vodiyda bo'lib o'tgan xunuk voqeada,Hijobli xonimni forumga kirg'izmagan opaxon qaysi tarbiyayu, g'oyalarda oqib katta bo'lganlar?Albatta,bir vaqtlar dinsizlik, anti musulmon go'yalariga minbar tekkan vaqtlarda unib o'sgan bo'lishlari mumkin.Bu holat oilalarida ham bo'lgan bo'lishi mumkin.
Sir emas,hozirgi paytda, hijob kiyib,chin musulmonlik yo'lini tutib, shu bilan birga dunyoviy ilmga otlangan muslimalarimizga nisbatan g'alati qarashlar qilishmoqda. Yoki nomoz o'qib, halollikka berilib, ham islomiy,ham dunyoviy ilmga intilgan yoshlarga ham xursand bo'larli munosabatda yondoshishadi deb aytolmaymiz. Bu aksariyat vaziyatlarda albatta. Bunga sabab yana o'sha obu-havoning ta'siri hali ham borligidadir. Bunday go'zal islomiylikni ko'pchilik qabul qila olmaydilar shuning uchun.
Yana bir sabab esa hozirgi ijtimoiy, siyosiy vaziyat hamdir. Bu borada fikrlar juda ko'p, ko'p eshitamiz,ko'p gapiramiz, o'z tushunchamizga egamiz. Lekin amaliy choralar yo'q.
Ollohim barcha musulmonlarning yo'llarini ravon etsin iloyim.
Chin ziyoli bo'lishlikka intilishlik ,Ollohga shukurkim,oz bo'lsada mavjud.
Ollohdan, shu yo'lga intilguvchi, shu yo'ldan yuguvchi,shu yo'ldan ketayotgan birodarlarimizga omad, toqat, kuch tilayman va hammamizni shu yo'lga boshlashligini iltijo qilaman Omin.