forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Mavzu boshlandi: shoir 23 Iyun 2008, 18:37:56

Nom: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: shoir 23 Iyun 2008, 18:37:56
Assalomu alaykum!
Siz ushbu mavzuda o'zingizning oxirgi qilgan sayohatingiz haqida boshqalarga so'zlab berishingiz mumkin.

Demak, boshladik.
Men o'tgan haftada Farg'ona vodiysining so'lim go'shalaridan biri Shohimardonda bo'ldim. Ikki soy orasida joylashgan so'lim maskanda maza qilib dam oldik. havo judayam toza. Ayniqsa, Yordon, Ko'li Qubbon tomonlar anchayin go'zal ekan. barchaga tavsiya etaman.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ulugbek-Uz 23 Iyun 2008, 20:28:28
(http://i047.radikal.ru/0806/3b/630d9c36f136.jpg) (http://www.radikal.ru)

Тоғ сойлари мана шу ердан бошланади.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ulugbek-Uz 23 Iyun 2008, 20:30:53
(http://i032.radikal.ru/0806/97/36877b9cbda3.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://i047.radikal.ru/0806/b0/8a31d4ba11c7.jpg) (http://www.radikal.ru)

Бсймадорон. Шифобахш ст.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2008, 08:58:21
Assalomu alaykum!
Men yaqinda onam va singlim bilan Toshkent, Jizzax va Samarqand shaharlariga sayohat qilgan edik. Toshkent sayohatidan so'ng Jizzaxga otlandik. Baxmal tumanidagi so'lim Novqa qishlog'iga borganimizda bizni 100 yillik qadrdonlardek kutib olishdi. Novqalik Azizbek do'stimizning uyiga avval ham borgan edim. Tog' havosi judayam yoqqan edi. O'tgan yilgi tog' sayohatida lola terishga ulgurib qolgan edik. Lola deganlari ham naq tog'ning cho'qqisida o'sar ekan. O'sha paytlarda yaxshi niyat qilgan edim. Inshaalloh, shu so'lim go'shalarga onamni ham olib kelaman.
Alloh nasib etdi. Onamni olib keldim. Qishloq odamlari judayam sodda, samimiy va odamovi ekan. Biz kelishimiz salkam bayramdek bo'lib ketdi. Ayniqsa, mehmonlar ziyoratiga chiqqan qo'shnilarga biznikiga Marg'ilondan mehmonlar kelishdi, deb maqtanishlari ham samimiylikka burkangan edi.
Qishloqqa kech kirganda kirib keldik. Yulduzlar shundoq tepangizda turgandek yorqin nur sochib turardi. Tog' havosi baribir boshqacha-da. Biroz sovuqroq bo'lsa-da, qalga juda yoqadi. Ayniqsa, tunda bulbullarning sayrashini eshitib, toza havoda o'tishga yetmaydi.

* * *

Ertalabdan Novqa qishlog'idagi ziyoratgohlardan biri Novqa otani ziyorat qildik. Aytishlaricha Novqa ota judayam ilmli, taqvodor va valiy zot bo'lgan ekanlar.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5180.jpg)

Qishloq manzarasi deyarli shunaqa. Hammayoq ko'm-ko'k. Bahri siling ochiladi.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5183.jpg)

Novqa ota ziyoratgohi shunaqa so'lim joyda joylashgan.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2008, 09:00:07
(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5189.jpg)

Beshpanjadek toshlardan sizib chiquvchi ushbu buloqdan butun qishloq suv icharkan.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5207.jpg)

Buloqning beozor baliqlari.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5232.jpg)

Ming yillik egiz chinorlar.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2008, 09:02:38
Keyingi manzilimiz toqqa chiqish bo'ldi.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5257.jpg)

Tog' yon bag'ridagi lolaqizg'aldoqzor.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5289.jpg)

Qo'y-qo'zilarning shodon "qiyqiriqlari" orasida nafas olishning ham gashti bo'lar ekan. :)

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5298.jpg)

Mana shu qo'zichoqni tutib olishimga ozgina qoldi...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2008, 09:04:41
(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5341.jpg)

Tog' tabiati judayam go'zal, xushmanzara.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5345.jpg)

Biz uchratgan 20 ta sharsharaning biri.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5373.jpg)

Ikkita, uchta tog'ni oshib qo'ydik...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2008, 09:06:24
(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5396.jpg)

Bu o'simlikni "parashut" deyisharkan. :)

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5414.jpg)

Tog' go'zali.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5418.jpg)

Archazorlar oralab.

(http://i302.photobucket.com/albums/nn108/Davronbek/Jizzax-Baxmal/DSCF5417.jpg)

Cho'qqiga yaqinlashmoqdamiz. Qishloq esa ko'rinmay qoldi...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ulugbek-Uz 24 Iyun 2008, 10:24:42
Assalomu alaykum!
Siz ushbu mavzuda o'zingizning oxirgi qilgan sayohatingiz haqida boshqalarga so'zlab berishingiz mumkin.

Demak, boshladik.
Men o'tgan haftada Farg'ona vodiysining so'lim go'shalaridan biri Shohimardonda bo'ldim. Ikki soy orasida joylashgan so'lim maskanda maza qilib dam oldik. havo judayam toza. Ayniqsa, Yordon, Ko'li Qubbon tomonlar anchayin go'zal ekan. barchaga tavsiya etaman.

Шоир, ксрдингизми ажойиб фотофактларни :) Мукимий, Фурқат саёҳатномаларидан бир шингил бслсин, Бобурномадан гсзал иқтибослар...

А­х, юртимиз қандай гсзал!  Аллоҳга шукур!
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: shoir 02 Iyul 2008, 14:33:20
Ulug'bek, AbdulAziz, katta rahmat.
Xuddi borib kelgandek bo'ldim.
Haqiqatda ota-ona, yaqinlar bilan boradigan joylar ekan.

Ulug'bek, siz rasmlarni berishga beribsiz-ku, qayerligini yozmabsiz-ku...

Boshqa userlardsan ham shunaqa fotosayohatnomalar kutib qolamiz.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ulugbek-Uz 03 Iyul 2008, 11:38:52
Ulug'bek, AbdulAziz, katta rahmat.
Xuddi borib kelgandek bo'ldim.
Haqiqatda ota-ona, yaqinlar bilan boradigan joylar ekan.

Ulug'bek, siz rasmlarni berishga beribsiz-ku, qayerligini yozmabsiz-ku...

Boshqa userlardsan ham shunaqa fotosayohatnomalar kutib qolamiz.
 
.
Sherobod tumani - G'arb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh . Umumiy yer maydoni 2,73 ming kv. km . Aholisi 117,4 ming kishi (1996).

Rel'efi tekislik , cho'l , adir va tog'lardan iborat . G'arbida Ko'hitang tog' tizimasi (eng baland Ayriota cho'qqisi 3139 m ), tog'lar orasida Poshxurd , Zarabog' botiqlari bor.
Ko'hitang tog'ida respublikamizda eng ko'p dorivor giyohlar o'sadigan joy hisoblanadi. Surxon tog'-o'rmon qo'riqxonasi tarkibida muhofazaga olingan.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ulugbek-Uz 09 Iyul 2008, 20:01:32
(http://i068.radikal.ru/0807/2d/f840fc1faedc.jpg) (http://www.radikal.ru)

Termez shahri markazi.
Google Earthda sayohat qilish ham maza bo'larkan :)
Nom: Shohimardon sayohati
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2009, 09:41:50
SHOHIMARDON SAYOHATI

Bundan yuz yillar avval shoir Muqimiy Qo’qondan Shohimardonga sayohat qilar ekan, o’zi kunlar yurib o’tgan qishloqlari haqida hikoyalarini hajviy usulda nazm etgan edi. Mening nazmga qalamim o’tmaydi. Ko’rgan-kechirganlarimni silliqqina qilib taqdim etgim keldi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon01.jpg)
Shohimardon qishlog'iga kirish qismidagi Oqsuv daryosi

Shohimardon qishlog’i haqida

Shohimardon — Farg’ona viloyati, Farg’ona tumanidagi qishloq. Hamma tarafi Qirg’iziston bilan chegaradosh O’zbekiston hududi. Aholisi 5000 kishidan ziyodroq. To’rttala tarafi ham tog’lardan iborat. Hududidan Oqsuv va Ko’ksuv soylari oqib o’tadi. Bu soylar Shohimardon qishlog’i markazida birlashib, Oqsuv nomi bilan Qirg’iziston hududi orqali Vodil qishlog’iga yetib, Marg’ilonsoy nomi bilan Marg’ilon shahri va undan keyingi qishloqlargacha yetib boradi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon02.jpg)
Ikki tog' orasidan oqib o'qtuvchi Oqsuv daryosi

Shohimardon Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo’ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atalib kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon03.jpg)
Shohimardon tog'lari
Nom: Shohimardon sayohati
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2009, 09:48:46
Hazrati Ali va Shohimardon

Shohimardon atamasining kelib chiqishi mardlar shohi, to’rtinchi xalifa hazrati Ali bilan bog’liq. Mahalliy rivoyatlarga ko’ra, hazrati Alining qabri to’rt tomoni tog’ bilan o’ralgan, ikki daryo tutashgan joyda emish. Dunyoda bunday geografik joy va ziyoratgohlar ko’p. Shohimardon shulardan biridir. Lekin bu afsonalar ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Hazrati Alining qabri Iroqning Kufa shahridadir, u zot hech qachon Farg’ona vodiysiga kelmagan. Qishloq markazida Hazrati Alining ramziy maqbarasi bo’lib, mahalliy aholi ichida unga Sherdargoh pirim deya e’tiqod qiladiganlar ko’p topiladi. Qishloq va uning atrofidagi geografik manzillarda ham hazrati Ali bilan bog’liq birqancha afsonalar uchraydi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon04.jpg)
Shohimardondagi Hazrati Alining ramziy maqbarasi

Shohimardon aholisining aksariyati o’zlarini xo’jalar – hazrati Ali avlodlari deb hisoblaydilar. Qishloq aholisi asosan servis (qishloqqa kelgan mehmonlarga xizmat ko’rsatish) va savdo-sotiq bilan shug’ullanadi. Teparoq joydagi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Erkaklarning ko’p qismi Rossiya va boshqa davlatlarda ishlab keladi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon05.jpg)
Jome' masjid hovlisida jum'a namozidan chiqayotgan otaxonlar

Farg’ona Shveysariyasi

Shohimardon – Farg’ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. U yerga bir mavsumda 200 000 dan ortiq dam oluvchi tashrif buyuradi. Bu ko’rsatkich sovet yillarida 5-6 baravar ko’p bo’lganligini e’tirof etish lozim. Iqtisodiy sharoit, chegara bilan bog’liq muammolar tufayli dam oluvchilar va turistlar soni kamayib ketgan. Ayni paytda mavjud sanatoriy, bolalar lagerlari boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda yoki aholiga uy-joy sifatida bo’lib berilgan.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon06.jpg)
Yordonda Oqsuvga qo'shiluvchi soy vodiysi

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2009, 21:28:53
Shohimardon tomon yo’l

Shohimardonga borish uchun Marg’ilon, Farg’ona, Qo’qon shaharlaridan doimiy marshrutlar yo’lga qo’yilgan. Marg’ilon shahridan avtobus 5000 so’m, "œDamas" 7000 so’m, "œNexia" 8000 so’mdan. Farg’ona shahridan ham deyarli shu narhda. Ushbu narhlar yo’lning holati, chegara nazorati muammolari va boshqa sabablarga ko’ra yana ko’tarilishi mumkin. Marg’ilon va Shohimardon orasi 80 kmga yaqindir.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon07.jpg)
Shohimardon ko'chalaridan biri

Sayohatga necha kunga borishingizni rejalashtirib, avvalo pasportingizdagi muammolarni hal qilib oling. Passport muddati o’tmaganligi, propiska va yumaloq muhrning mavjudligi, avval ham chegara hududidan o’tgan bo’lsangiz, kirish va chiqish muhrlarining bosilganligini tekshiring. Aynan shu muammolar sabab sizni chegara zonasidan o’tkazmasliklari mumkin. 1-2 kunlik oziq-ovqatingiz va harajatni shaharning o’zida tayyorlab oling. Chunki u yerda narhlar shahardagidan 1,5-2 baravar qimmatdir. Issiq ust kiyim olishni ham unutmang. Kechalari tog’da juda sovuq bo’ladi.

Yengil mashinaga o’tirsangiz, yarim soatga qolmay sizni Qirg’iziston chegarasidagi Vodil postiga eltib qo’yishadi. Aynan shu yerdan qog’ozvozlik, asabbuzarlik boshlanadi. Chegara postiga yaqinlashishingiz bilan uzundan-uzoq avtomashinalar tirbandligiga ko‘zingiz tushadi. Bular pasport nazoratini kutib turgan ulovlar. Agar siz professional haydovchi bo’lmasangiz, mashinangizni navbatga qo’ying va asta-sekin harakatlaning. Yo’lovchilar esa vaqtdan yutish maqsadida pasport nazorati tomon borib, navbat olaversinlar. Voyaga yetmaganlarning esa tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari bo’lishi shart. Pasport nazoratiga o’tish qismida oddiy askar qo’pollik bilan pasportlarni tekshirib o’tkazadi. Agar yoningizdagi voyaga yetmagan fuqaro sizning o’z farzandingiz bo’lmasa, u holda yana muammo kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun avvaldan uning ota-onasidan rozilik xati olishingiz maqsadga muvofiq. Keyingi postdagi turnaqator navbatdan so’ng, asabi buzuq serjant sizga chiqish muhrini qo’yib beradi. Buni qanday tez olishingiz o’zingizga va yoningizdagilarga bog’liq. Chunki serjantning kayfiyati doim o’zgarib turadi. Sabrli bo’ling, yuragingizni keng qiling. Bu hali boshlanishi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon08.jpg)
Vodil chegara postidagi tirbandlik

Agar hujjatlaringizda muammo bo’lsa, uni o’zingizcha askar yoxud serjantlar bilan gaplashib hal qilishga urinmang. Bu hol ko’pincha befoyda ketadi. Agar sizni olib kelgan haydovchi bu yerlarning piri bo’lsa, muammoni 2-3 ming bilan o’zi hal qilishi mumkin. U ham bo’lmasa, o’sha yerda turgan qirg’iz haydovchilari joningizga oro kiradi. Ular 5-10 ming bilan sizni chegara hududidan olib chiqishi mumkin. Albatta buning uchun sizni Vodilgacha olib kelgan haydovchiga ham haq to’lashingiz lozim.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2009, 22:42:26
Qizil tayoq ostidagi haqiqat

Bu yog’i 20 kilometrlik Qirg’iziston hududi. Istaysizmi-yo’qmi ularning antiqa qonun-qoidalariga bo’ysunishga majbursiz. Qirg’iziston chegara nozirlari uzoq kutdirishmaydi. Haydovchi berib chiqqan haq sizning yo’lingizni yaqinlashtiradi. Chegaradan o’tib, Qadamjoy shahri bo’ylab, sayohatni davom ettiramiz. Chegaradan 1 kilometr ham o’tmay, qirg’iz davlat avtomobil nazorati xodimi sizni albatta to’xtatadi. Chunki O’zbekistonga tegishli mashinaning qayerga ketayotgani ularga ma’lum. Haydovchi tushib, "œko’nglidan atagani" 2000 so’mni militsionerga taqdim etadi. U ham kayfiyatiga qarab, haydovchining tortig’ini qabul qiladi, aks holda bechora haydovchi yuziga otib yuborilgan aqchalarini yerdan terib olish bilan birga, unga yana 1000 so’m qo’sishga majbur bo’ladi.

Militsionerning "œak jo’l"idan keyin yana yo’lga tushamiz. Orqa o’rindiqda siz "œha, bo’ldi, endi to’xtatmasa kerak" degan o’yda ketaverasiz. Shu o’y bilan yana ozgina yurishingiz bilan militsionerning qizil tayog’iga ko’zingiz tushib, asabingiz o’ynab, haroratingiz osha boshlaydi. Bu safar ham haydovchi o’z vazifasini bajaradi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon09.jpg)
Haydovchilarning "hadya"larini qabul qilayotgan qirg'iz militsioneri

Qirg’iz "œGAIshnik"larining ma’lum stavkasi yo’q. Bu sizning abjirligingiz, professionalligingiz, mashinangiz rusumi va qisman lavozimingizga bog’liq. Agar mashina o’zingizniki bo’lib, uning ustiga avtorusum ham aristokratlarniki bo’lsa, to’lanadigan badal ham aristokratlarcha bo’ladi. Agar mashinangizda biron muammo bo’lmasa, yo’l qoidalarini buzmagan bo’lsangiz qanday qilib ular sizdan badal so’raydi, degan savol tug’ilishi mumkin. Ular albatta kamchilik topadilar. Avval hujjatlar tekshiriladi, so’ng avtomashinaning hujjatlari, undan ham kamchilik chiqmasa, passajirlarning hujjatlari, kamchilik yo’q bo’lsa, unda orqa o’rindiqdagi xavfsizlik kamarlari taqilganini tekshirishadi, u ham taqilgan bo’lsa, aptechka va unda bo’lishi shart bo’lgan dori vositalari va qurilmalar tekshiriladi. U ham mukammal bo’lsa, mashinangizda o’t o’chirish moslamasi bor-yo’qligini talab qilishadi. Bu amaliyot ataydan cho’zilib, yarim-bir soat davom etadi. Natijada siz albatta yengilasiz"¦

Uchinchi GAI "œpost"idan so’ng haydovchi peshonasini tirishtirgancha sigareta tutata boshlaydi. Indolmaysiz, uning holatini ko’rib turibsiz, o’zi ham indamay qoladi, bechora. Mashinadan atrofga nazar solib ketarkansiz, baxtli hayot ufurib turgan plakatlarga, goh Putin, goh Medvedev, Nazarboyev bilan shodon so’rashib turgan o’rtoq Bakiyev tasviri tushirilgan bannerlarga ko’zingiz tushadi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon10.jpg)
Oqsuv daryosining Qirg'iziston hududidan oqib o'tadigan qismi

Beshinchi "œpost"dan so’ng chegara hududiga yaqinlashasiz. Eson-omon ikki davlat chegarachilaridan o’tib olib, O’zbekiston hududiga kirar ekansiz, beixtiyor, "œxudoga shukur-ey" deb yuborasiz. Oqqiya postidan 3-4 kilometr so’ng, Shohimardon qishlog’i markaziga yetib borasiz"¦

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2009, 09:54:54
Mehmonlarga boshpana

Endi siz vaqtinchalik dam olish uchun joy topishingiz kerak. Sharoiti, joylashgan o’rniga qarab boshpanalar kuniga 3 mingdan  15-20 minggacha boradi. Odatda bunday boshpanalar, aholi xonadonlari yoxud dachalar bo’ladi. Dachalarning ko’p qismi soy yoqasida joylashgan. Boshpanadan siz yotoq uchun joy, ko’rpa-to’shak, idish-tovoq va boshqa ashyolarni ijaraga olishingiz mumkin. Ko’p dachalarga tushishdan ehtiyot bo’lish kerak. Avval sharoitni tekshirib, so’ng joylashish maqsadga muvofiq. Chunki ko’p joylarda sanitariya-gigiyena qoidalariga kam amal qilishadi. Eng qulayi, yuqoriroqdagi shinam xonadonlardan ijaraga olishdir.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon11.jpg)
Qishloq ko'chalaridan biri

Xonadonlarda dam olish uchun kelgan ijarachilarga haqiqiy mehmonlardek muomala qilishadi. O’zaro suhbatlarida ham uylariga kelgan ijarachilarga qandaydir kelgindi emas, "œmehmonlar kelishdi" deb gapirishadi. Mehmonlar o’zlari olib kelgan mahsulotlardan u yerda xohlagan taomlarini pishirib yeyishlari mumkin. Agar mehmonlar ovqat qilishmasa, xonadon egasi albatta o’zi qilgan taomidan ularga ilinadi. Ko’pincha mehmonlar va xonadon egalari o’zaro do’st-birodar bo’lib ketishadi. Keyingi yili esa o’sha mehmon albatta shu xonadonga tushadi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon12.jpg)
Qishloq markazining yuqoridan ko'rinishi
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2009, 09:56:26
Gavjum qadamjolar

Shohimardon markazidan uzoqroqda bo’lgan, asosan mashinada borib ko’riladigan maskanlar:

Yordon — Shohimardonning g’arb tarafida, qishloq markazidan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan.  Shohimardon markazidan bu yerga qatnovchi taksilar har bir passajir uchun 500 so’mdan haq olishadi. Yordon qishlog’i o’zining archalari, soylari, qiziltoshli tog’lari bilan mashhur. Odatda, sayohatchilar Yordonga Oqsuvning kengaygan qismini, yuqoridan tushuvchi boshqa soyning Oqsuv bilan qo’shilish joyidagi sharsharani ko’rish uchun tashrif buyuradilar. Daryo vodiysida sel oqizib kelgan ulkan xarsangtoshlarni ko’rish mumkin. 

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon13.jpg)
Oqsuv o'zanidagi sel oqizib kelgan toshlar

1998 yil 8 iyul kuni Shohimardonda yuz bergan toshqin ham Yordon qishlog’idagi Oqsuv daryosi yuqorisidan kelgan. Kunning tezkor isishi natijasida tog‘dagi muzli dambaning yorilishi oqibatida toshqin yuz bergan. Fojia oqibatida 100 dan ortiq dam oluvchilar va mahalliy aholi vakillari qurbon bo‘lgan, 100 lab turar-joylar vayron bo‘lgan.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon15.jpg)
Sellar oqibatida kengaygan daryo vodiysi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon20.jpg)
Sel oqizib kelgan xarsangtoshlar

Fojea haqida birinchi bo‘lib Rossiya ommaviy axborot vositalari ma’lum qilishgandi. Ulardan yarim kun o‘tganidan keyin esa O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xabar berishdi. Shuning uchun ham xalq orasida mish-mishlar va dezinformatsiyalar tarqalgan. Hatto, ba’zi xorij ommaviy axborot vositalari qurbonlar sonini 5000 ga yetgani haqida ham aytishgan.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2009, 10:07:38
Yordon manzaralari

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon14.jpg)
Qiziltog' yon bag'ri

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon16.jpg)
Oqsuv daryosi vodiysi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon17.jpg)
Shoshqin Oqsuv daryosi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon18.jpg)
Yordon tog'lari

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon19.jpg)
Oqsuvga qo'shiluvchi soy

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon21.jpg)
Ikki soy qo'shiluvida hosil bo'lgan sharshara

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon22.jpg)
Soy oqizib kelgan xarsangtoshlar sharsharani hosil qiladi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon23.jpg)
Chuchuk suvli tog' soyi sharshara bo'lib jarlikka oqadi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon24.jpg)
Ikki soyning qo'shiluv joyi
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:49:07
Shu qadar chiroyli joylar ekan ta'rifga til ojiz
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 08 Avgust 2009, 08:31:06
Ko’li Qubbon – Shohimardonning janub tarafida, qishloq markazidan 5 kilometr uzoqlikda, Qirg’iziston Respublikasi hududida joylashgan. Yo’lda chegara posti borligi sababli pasportlarni olish maqsadga muvofiq. Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan ushbu tektonik ko’lga yetib borish uchun avval mashinada Beshpanjatog’ yonbag’rigacha yetib olinadi. So’ng Qirg’iz og’alarga tegishli kanat yo’lda yoxud piyoda tepaga ko’tariladi. Kanat yo’lining haqi borish va kelish 3000 so’m. Tog’lar osha piyoda ko’lgacha yetib borish juda maroqli. Ko’ksuv daryosi aynan shu tog’lardan jilg’a bo’lib, oqib tushib, katta soyga aylanadi. Ulkan xarsangtoshlar oralab o’tadigan yo’ldan yarim-bir soatcha tepaga qarab yursangiz, manzilga yetasiz. 3000 metr balandlikdagi tog’ bag’rida yuzaga kelgan Qubbon ko’li yoki Ko’k ko’l tabiat mo’jizasi sifatida juda go’zal bo’lib, ayniqsa havo ochiqligida osmon rangi bilan tutashib, ajib manzara hosil qiladi. Tog’lar orasida joylashgan ushbu ko’l suvi juda sovuq bo’lganligi uchun unda biron o’simlik o’smaydi va hayvonot olami ham mavjud emas. Ko’k ko’ldan qayiqlar orqali yuqoriroqqa borilsa, yana bir kichik ko’l va daryo vodiysi namoyon bo’ladi. Qayiqlarda suzib olib o’tib qo’yish uchun 2000 so’m to’lashingiz kerak bo‘ladi. Narigi ko‘lga o’zingiz o’tsangiz ham bo’ladi, lekin xavfli tog’ yo’lidan uyoqqa o’tish uchun ko’p vaqt talab etiladi.

(http://ziyouz.com/images/shohimardon25.jpg)
Ko'li Qubbonga qatnovchi kanat yo'li

(http://ziyouz.com/images/shohimardon26.jpg)
Katta daryolar shu yerdan boshlanadi

(http://ziyouz.com/images/shohimardon27.jpg)
Ko'lga chiqish yo'lidagi Beshpanja to'gi

(http://ziyouz.com/images/shohimardon28.jpg)
Ko'li Qubbonning umumiy ko'rinishi

(http://ziyouz.com/images/shohimardon29.jpg)
Ko'li Qubbon (havo bulutli ekanligi uchun suv rangi tiniq chiqmadi. Bulutsiz kunda ko'l suvi ko'm-ko'k ko'rinadi)

(http://ziyouz.com/images/shohimardon30.jpg)
Ko'lni o'rab turuvchi tog'lardan biri

(http://ziyouz.com/images/shohimardon31.jpg)
Ko'lga olib boruvchi piyoda yo'l

(http://ziyouz.com/images/shohimardon32.jpg)
Baland tog'lardan sizib chiqqan jilg'alar qo'sjilgan soy
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 08 Avgust 2009, 08:36:38
Ko'lda nikoh marosimi

Ko’li Qubbonga borganim payti tog’ bag’ridagi ko’l o’rtasida nikoh marosimi bo’layotgan ekan. Ikki yosh qirg’iz kelin-kuyovlari do’stlari bilan qayiqlarda o’zlarining to’ylarini nishonlayotgan ekanlar. Kelin-kuyovlar, shuncha tog’-toshdan o’tib, ko’l o’rtasida nikohdan o’tishlari juda qiziq bo’larkan.

(http://ziyouz.com/images/shohimardon33.jpg)

(http://ziyouz.com/images/shohimardon34.jpg)

(http://ziyouz.com/images/shohimardon35.jpg)
Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko'lda nikoh marosimi

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Hadija 08 Avgust 2009, 11:03:27
 :as:

MashaAlloh juda ajoyib juda chiroyli...

Ammo mana bu nikoh marasomini ko'rib, AQSH ham hijolatda bo'lsa kerak :))
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Abdulhafiz 08 Avgust 2009, 13:46:11
Ajoyib joylar ekan rahmat.
Qator-qator moshinalar bilan shahar aylanishmabdiyu, ko'l aylanishibdida, bu tinib tinchimagan odamlar...
Nom: Shohimardon sayohati
Yuborildi: AbdulAziz 13 Avgust 2009, 08:02:34
Dugoba — Shohimardonning g’arb tarafida, qishloq markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Archazor tog’lardan iborat bu maskanda birqancha tabiat mo’jizalarining guvohi bo’lishingiz mumkin. U yerga ancha-muncha mashina chiqa olmaydi, asosan, "œVillis", "œNiva" kabi tog’bardosh ulovlar chiqa oladi. U yerdagi sharsharalar, archayu qarag’ay, pista daraxtlari, soylar haqiqiy Shveysariyani eslatadi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon36.jpg)
Ko'ksuv daryosi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon37.jpg)
Soy bo'yida o'sgan gul

Boshqa go’shalar:
Chakkatomar — buloq, Oqsuv bo’yidagi tog’ ostidan chiqadi. Shohimardon markazidan 50 metr.

Jannatariq — Ko’ksuv daryosi yuqorisida joylashgan ariq. Suvi muzdek bo’lsa-da, ovloqroq joyda cho’milish mumkin.

Hazrat Ali ramziy maqbarasi — Shohimardon markazi yuqori qismidagi maydonda joylashgan. Maydonga +/- 240 talik zina yoki eskalator orqali ko’tariladi.

Hazrat Shayx Tolib Hujjatulloh maqbarasi — Hazrat Ali ramziy maqbarasi chap tomonida joylashgan.

Hamza Hakimzoda Niyoziy mavzoleyi — Yuqoridagi maydonning markazida joylashgan. Avvallari odamlar mana shu mavzoleyga ham pul tashlashardi. Hozir ham tosh ustida durra, tashlangan pullarni ko’rish mumkin.

Hamza nomidagi muzey — maydonning yuqori tarafida. Hamza Hakimzoda Niyoziy va Shohimardon tarixi haqida hikoya qiluvchi eksponatlar mavjud.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon38.jpg)
Ko'ksuv va Oqsuv daryolarining qo'shilish joyi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon39.jpg)
Daryolar birlashgan joy. Ikki xil suv

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon40.jpg)
Oqsuv bo'yida sirlashayotgan onaxonlar

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2009, 07:45:27
Jum’a kunida

Qishloqda bitta jome’ masjidi mavjud bo’lib, uning qurilishi 2007 yildan (1426 hijriy yil, Ramazon oyi) boshlangan. Ayni paytda ichki pardozlash ishlari davom etmoqda. Mahalliy aholining aytishicha, masjid majmuasini "œqo’qonlik hazrat" qurdirgan ekan. Masjid 3 qavatdan iborat, minorasi va yonidagi xonaqoh bilan eski masjid binosi o’rnida qad ko’targan. Tog’ yonbag’rida qad ko’targan majmua arxitekturasi noan’anaviy bo’lib, vodiyda bu tipdagi boshqa me’morchilik obidasi mavjud emas.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon41.jpg)
Shohimardon jome' masjidi

Masjid kiraverishiga "œShohimardon Hazrati Ali nomli masjid" deb yozilgan bo’lsa, ichkaridagi xonaqoh peshtoqiga "œHazrati Ali Sherdargoh qorixonasi" deb bitilgan.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon42.jpg)
Majmuaning umumiy ko'rinishi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon43.jpg)
Masjid minorasining yuqori qismi

Majmua arxitekturasida sher bilan bog’liq birqancha elementlar uchraydi. Xonaqoh pehstoqida Samarqanddagi Sherdor madrasasini eslatuvchi sherlar, shuningdek majmuaning yon tarafi yuqorisida yer yuzi tasviri ustida, yelkasiga "œAlloh" lafzi yozilgan sher tasviri mavjud. Xonaqohga kirish eshigi ham sherni eslatuvchi naqsh bilan bezatilgan.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon44.jpg)
Majmuaning yon tarafi (Shohimardon qishlog'iga kirish tomoni)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon45.jpg)
Xonaqoh pehstoqi

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon46.jpg)
Sher tasvirini eslatuvchi xonaqoh eshiklari

Xonaqoh gumbazi peshtoqlariga pastdan yuqoriga Fotiha surasi, Alloh va Muhammad lafzlari, iymon kalimasi, Alloh taoloning 99 sifati, sahobalar nomlari bitilgan. Buxoro, Shahrisabz ustalari ishlagan gumbaz moviy va tilla rang bilan qorishib, go’zal geometrik shaklni hosil qilgan.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon47.jpg)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon48.jpg)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon49.jpg)
Xonaqohning ichkari gumbaz qismi bezaklari

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon50.jpg)
Gumbaz bezaklarini suratga olayotgan mehmonlar (PS. Avvaliga tortinib turoshgan edi. So'ng, mening suratga olayotganimni ko'rib, ular ham telefon va cameralarini ishga solishdi.)

Jum’a kuni masjidga katta jamoat yig’ilarkan. Ularning aksariyati dam olish uchun kelgan mehmonlardir.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon51.jpg)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon52.jpg)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon53.jpg)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon54.jpg)
Juma namozidan chiqayotgan musulmonlar

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2009, 22:57:15
Milliy o’yinlar namoyishi

Shohimardonda yo’qolib ketayotgan bir qancha milliy urf-odat, an’analarimiz saqlanib qolgan. Ana shunday avloddan avlodga o’tib, kamol topayotgan an’analardan biri polvonlik va dorbozlik o’yinlaridir. Qadimdan Shohimardon polvon va dorbozlari yurtimiz va jahonning ko’plab davlatlarida bo’lib, o’zlarining kuch va mahoratlarini namoyish etganlar.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon55.jpg)
Shohimardon markazidagi dor maydoni

Ayni paytda Shohimardon markazidagi ikkita dor maydonida navbat bilan 3 ta polvonlik va dorbozlik truppalari o’z san’atini namoyish etmoqda: Lochin Usmonovning nabiralari, Tursunali polvon truppasi, Ahad polvonning dorbozlik truppasi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon56.jpg)
Lochin polvonning nabiralari

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon57.jpg)
Vodillik Tursunali polvon

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon58.jpg)
Ahad polvon shogirdlari o’ynaydigan dor

Tomoshalar avvalida muxlislarni chorlash uchun ovoz kuchaytirgichlarda musiqa qo’yiladi. Bu maxsus signal bo’lib, tomosha boshlanayotganidan darak beradi. Tomoshalar mutlaqo bepul, xohlagan kishi xohlagancha tomosha qilishi mumkin, ammo"¦ Bu haqida birozdan so’ng.
Qishloq markazidagi tomosha maydoni atrofi majnuntollar bilan o’ralgan. Tomoshabinlar uchun o’rindiqlar kam, ko’pchilik tik turgan holida tomosha qiladi. Bu Rim amfiteatrlariga o’xshamasa-da, lekin olomonni bir yerda tutib turish uslubi o’xshab ketadi. Tomoshani truppa rahbari salom bilan ochib, bugun namoyish etilajak o’yinlar haqida anons berib o’tadi. So’ng davraga masxarabozlar chiqib, so’z o’yinlari bilan muxlislarning kayfiyatini ko’tarishadi. Masxaraboz tomosha oxiriga qadar davrani qizdirib turish vazifasini bajaradi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon59.jpg)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon60.jpg)
Tomoshalar boshlanishidan avval: o’ynayotgan bolakaylar

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 17 Avgust 2009, 08:42:12
Keyingi navbat eng yosh polvonlarning o’yinlariga beriladi. Bunda 8-10 yoshli polvonlar polvontoshlar, turli akrobatik o’yinlar bilan tomoshabinlarni bahramand etishadi. Bunda 32 kilolik toshlarni yuqoriga ko’tarish, otib o’ynash, yarim doira shaklida o’zidan 6-7 baravar og’ir yukni ko’tara olish, avtomobil tortish, pichoqli narvonlardan ko’tarilish, yuqoridan shishali yerga sakrash, olov halqalardan akrobatik usulda sakrab o’tish, olov ustida yurish kabi tryuklar bajariladi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon61.jpg)
Yosh polvon o’z vazni og’irligidagi toshlarni ko’tarmoqda

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon62.jpg)
Shisha ustiga sakrash

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon63.jpg)
Polvon bolakay o’z vaznidan 10 marta og’ir yukni ko’tarmoqda

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon64.jpg)
Olovli halqalardan sakrash

Yosh polvonlarning eng qiyin mashqi oldidan didaktik tanaffus e’lon qilinadi.  Unda boshlovchi qo’lini duoga ochib, avvalo elu yurtga omonlik, mehmonlarga xotirjamlik, farzandi yo’qlarga o’g’il-qiz tilab, uzundan uzoq duo va ma’ruza qilib, maqsadga o’tadi: "œMana shu bolani san’atini ko’rib, og’lim bo’lsa, polvon bo’lsin deb xavas qilib, ko’ngildan chiqargan bitta marddan 2000 ta so’m so’radim, u ham bo’lmasa 1000 ta so’m, u ham bo’lmasa 500 ta so’m. Uniyam hammadanmas. Marddan so’radim, saxiydan so’radim. Bersang beraman degan, mardga beraman degan. Ro’zg’oridan orttirgan bo’lsa, Shohimardonga atagan bo’lsa, shulardan so’radim. Mana shu bolaga nima maqsadda bergan bo’lsa, shu yerga kelib nimani so’ragan bo’lsa, Alloh niyatiga yetkazsin!".

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon67.jpg)

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon65.jpg)
Didaktik tanaffus

Shundan so’ng, qahramon bolakay o’rtada turib, tomoshabinlardan kelayotgan hadyalarni qabul qila boshlaydi. Boshlovchi esa, pul berayotganlarning haqiga duo qilib turadi. O’rtaga chiqib pul berayotganlar soni kamaygandan so’ng, boshlovchi: "œEndi bizning ota-bobolarimizdan qolgan an’anamiz bor, o’ng tomondan aylanib, yig’inimizga ataganlarning hadyalarini yig’ishtirib chiqasiz. Berishga puli bo’lmasa-da, hijolat bo’lib, shu bolani peshonasidan silab qo’yganning ham maqsadini Alloh beraversin!" — deydi. Bu holat deyarli har bir namoyishdan so’ng takrorlanadi. Yoshi katta polvonlar duo orqali gipnoz qilish san’atini yaxshi egallaganlar.  Bolakay davra aylanib bo’lganidan so’ng ham boshlovchi duo qiladi, shundan so’ng mashq bajarilib, keyingi ishtirokchiga navbat beriladi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon66.jpg)
Polvon davra aylanar

Davraga illyuzionist-ko’zboylog’ich chiqib, bilgan tryuklarini namoyish etadi. U ham eng qiziq tryuki oldidan qo’lini duoga ochib, avvalgi harakatni takrorlaydi. Oradagi vaqtdan boshlovchi foydalanib oladi. O’zi olib kelgan kitobni obdon reklama qilib, savdoni boshlaydi. Birinchi taqdim etilgan kitob giyohlar haqida bo’lib, boshlovchining aytishicha, bu jajji kitobning ichida davosi yo’q dardlarga ham shifo bor  emish. Har bir xonadonda bo’lishi shart bo’lgan kitoblardanmish. Bu kitobning bahosi 700 so’m (Toshkentda esa bu kitobni atigi 300 so’mga xarid qilish mumkin).

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon68.jpg)
Kitob savdosi

Shundan so’ng davraga katta polvonlar chiqib, o’z mahoratlarini namoyish etadilar. Ularning bajarayotgan mashqlari juda murakkab bo’lib, ayni paytda juda xavfli hamdir. Polvontoshlar bilan o’ynovchi polvon mashqni boshlashdan avval yig’indagi shug’ullangan yigitlardan birontasini davraga taklif etib, 70 kilolik toshlardan birini ko’tarib ko’rishini so’raydi. Tomoshabin polvon uni yelkasigacha oladiyu, yuqoriga ko’tarolmaydi. Shundan so’ng haqiqiy polvon shu kabi toshlardan 4-5 tasini ko’tarib, o’yin ko’rsatadi. Polvonlar ham notiq bo’lib ketishgan. O’zlariga e’tibor qaratish uchun "œMening bitta kamchiligim bor, qarsak bo’lmasa o’ynolmayman" deb talab qilishadi. Qarsak chalmaganlarni ba’zida malomat ham qilishadi, yarim chin, yarim hazil ohangda "œqarsak chalmaganlarni Shohimardonda kechasi bilan burga talab chiqsin", - deydilar.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon69.jpg)
18 yoshlik Sardor polvon

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 17 Avgust 2009, 23:37:40
"œRembo" laqabli polvonning ko’rsatgan mashqlari ko’pchilikka ma’qul tushdi. U 110 kilolik tomoshabin yigitni bir qo’lida yuqoriga ko’tarib, ikkinchi qo’lining sinchalog’ida 70 kilogrammlik toshni, bir oyog’ida ham shundan toshni birdaniga ko’tarib, "œvertolyot" usulida aylantirdi. 18 yoshlik Sardor polvonning "œsamolyot" tryuki ham ancha murakkab bo’lib, bunda u tomoshabinlardan 3 nafarini dast ko’targancha samolotdek parvoz qildiradi. Aziz polvonning 60 kilolik toshlarni yuqoriga otib, yelkasi bilan urishi va 2 tonnalik "œVolga" mashinasi orqaga yurgani holda, u tishi bilan oldiga tortishi (mashina g’ildiraklari muvozanatni saqlay olmay turgan joyida aylanaveradi) mashqlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldiradi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon70.jpg)
"œSamolyot" tryuki

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon71.jpg)
"œVertolyot" tryuki

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon72.jpg)
Polvon - "œRembo"

Eng qiziqarli tryuk tomoshaning oxirida namoyish etiladi. Shunday bo’lsa-da, boshlovchi muxlislarni qiziqtirish maqsadida, "œhozir dor o’yinlarimiz boshlanadi, 5 metrlik ilon bilan o’yinlarimiz hali oldinda", deya anons berib turadi. Navbat hayvon o’yinlariga beriladi. Katta bo’g’ma ilonni olib chiqish uchun ketgan vaqtdan foydalangan boshlovchi navbatdagi kitobni sotishga ulguradi: "œTushlar ta’biri" — 1000 so’m (Toshkentda 500 so’m).

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon73.jpg)
5 metrli bo’g’ma ilonni namoyish etayotgan bolakaylar

Hayvon o’yinlarida odatda, maymun, echkemar, ilon, qushlar bilan o’yin ko’rsatiladi. Echkemar va ilon o’yinlari unchalik qiziq bo’lmasa-da, uni ko’rmagan odamlarga qiziq tuyuladi. Aslida u hayvonlar davrada namoyish etiladi, xolos.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon74.jpg)
5 metrli bo’g’ma ilonni namoyish etayotgan bolakaylar

Ba’zi tomoshalar kechqurun ham davom etadi. Tomoshaning oxirida asosiy o’yinlardan biri — dor boshlanadi. Boshlovchi muxlislarni o’z e’tiboriga qaratib, dorga chiqib ketayotgan dorbozga oq fotiha beradi. Dorboz 10 kilolik langarni ko’tarib muvozanat saqlagancha dorga ko’tariladi. Bu safargi dorbozlar 16-20 yoshlardagi qizlar ekan. Avval kattaroq yoshdagi dorboz qiz mahoratini namoyish etadi. Garchi bu kech yomg’ir yog’ib, chaqmoq chaqayotgan bo’lsa-da, tomoshabinlar maydonni tark etmaganlar. Dorboz qiz esa tabiatning bu injiqligiga qaramay, dor ustida turli mashqlarni bajarmoqda. Shundan so’ng, yana ikkita qiz ham dorga ko’tariladi. Ular birgalikda dor ustida akrobatik mashqlar ko’rsatishadi. 2 yoshlik Dinoraqizning dor ustidagi mashqlari barchani qoil qoldirdi. Dor haqi rasm-rusumlaridan so’ng, tomosha tugaganligi haqida e’lon beriladi.

davomi bor...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ansora 18 Avgust 2009, 12:39:01
A.alaykum Abdulaziz, qo'lalringiz dard ko'rmasin. Hammasi muhtasham. Ham rasmlar, ham yozuvlar. Vodiyni sayllari juda mashhur rostanam. 80 yilga yaqin mustamlakadan o'zligimizni yo'qotmay chiqishimizda xalqimizning amaliy san'atlarining ham hissasi kattadir. Takror qo'llaringiz, oyoqlaringizga so'g'lik.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 19 Avgust 2009, 07:19:47
Shohimardondan sovg’alar

Shohimardondan odatda qalampirmunjoq, ko’zmunchoq, mo’miyo, turli giyohlar (kiyiko’t, zira, dalachoy), qurut, o’rik qoqi kabi sovg’alar olishadi. Bular tabiiy mahsulotlar bo’lib, yaqinlaringizga tog’ nafasini taqdim etadi. Yordon, Ko’li Qubbon vodiysidan tabiiy dekorativ toshlarni terib olsangiz, qiziquvchilar uchun u ham yaxshi sovg’a bo’ladi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon75.jpg)

Shohimardonga siz ham tashrif buyuring. Hammasini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz.

Davronbek Tojialiyev,
2009 yil, 31 iyul — 3 avgust.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2009, 12:46:03
İnsholloh bir kun borish nasib qilib qolar. Vatandaligimizda ota-onamiz ishdan ortinib bizni olib borisholmadi. Lekin doim Shohimardonga qarshi bolaligimdan beri boshqacha muhabbat bo'lgan. Vatanga borganimda o'rtoqlarimni ziyorat qilish bahonasida Qo'qon, Farg'onagacha bordim, Shohimardon uzoqmi hali, deb so'radim, hali uzoq singlim, bitta o'ziz boradigan oson joy emas, deb javob berishdi. Abdulazizni yozganlaridan ham bir o'zim boradigan joy emasligini tushindim:) Asosan Qirg'iziston chegarasi falon:)
Tog'lar tog'lar, rahmatli Ohun akamiz bekorga "Shohimardon tog'lariga chiqdim bolajon, deb mashhur bo'lmagan ekanlar:) Alloh ularni ham rahmat qilsin.
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 03 Sentyabr 2009, 05:59:08
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 1-qism

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan1.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan2.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan3.jpg)

Qamchiq dovoni yo'llari
29 Iyul, 2009
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 03 Sentyabr 2009, 06:02:52
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 2-qism
 
(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan4.jpg)

Dovonda bulutar shundoq ustingizda turadi
29 Iyul, 2009

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan5.jpg)

Toshda o'sgan gul
20 May, 2009
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Abdusalom 03 Sentyabr 2009, 11:56:05
Assalomu alaykum!
Rasmlar va izohlar uchun tashakkure, AbdulAziz.
Ancha yillardan beri qo'msaganim yerlkarga borib kelganday bo'ldim.
Shohimardon, mo'jiza joylar. Qancha borsang ham, ko'rsang ham ko'rging kelaveradi.
Qamchiq dovoni manzaralari ham ajoyib chiqibdi.
Davomini kurtamiz.
Nom: Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 3-qism
Yuborildi: AbdulAziz 04 Sentyabr 2009, 05:30:54
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 3-qism

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan6.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan7.jpg)

Qamchiq soylaridan biri
20 May, 2009
Nom: Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 4-qism
Yuborildi: AbdulAziz 04 Sentyabr 2009, 05:33:23
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 4-qism

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan8.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan9.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan10.jpg)

Tog'lar orasidagi Qamchiq daryosi
29 Iyul, 2009
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: saltanat 05 Sentyabr 2009, 09:07:48
Shohimardondan sovg’alar

Shohimardondan odatda qalampirmunjoq, ko’zmunchoq, mo’miyo, turli giyohlar (kiyiko’t, zira, dalachoy), qurut, o’rik qoqi kabi sovg’alar olishadi. Bular tabiiy mahsulotlar bo’lib, yaqinlaringizga tog’ nafasini taqdim etadi. Yordon, Ko’li Qubbon vodiysidan tabiiy dekorativ toshlarni terib olsangiz, qiziquvchilar uchun u ham yaxshi sovg’a bo’ladi.

(http://ziyouz.com/images/my_photogallery/shohimardon75.jpg)

Shohimardonga siz ham tashrif buyuring. Hammasini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz.

Davronbek Tojialiyev,
2009 yil, 31 iyul — 3 avgust.

Alloh sizdan rozi bo'lsin xuddi uyimga borib kelgandek bo'ldim, necha yildirki chetdaman, xatto rasmlarda tanish kishilarni ham ko'rdim, barchangizni bizning go'zal qishloqlarimizga mehmonga taklif qilaman (garchi yo'llari muammoli bo'lsada)
"kapalak" sizni ham...
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 08 Sentyabr 2009, 04:58:44
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 5-qism

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan11.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan12.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/davan13.jpg)

Mashhur Dang'ara patirlari
29 Iyul, 2009
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: Ansora 08 Sentyabr 2009, 18:23:21
Bu saytga sog'inchni kamaytiramanmii, deb kirgandim, qaytamiga....
Abdulaziz, inson bu nonlarni ko'rsayu yemasa alam qilarkan:)
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2009, 05:28:09
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 6-qism

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiq1.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiq2.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiq3.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiq4.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiq5.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiq6.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiq7.jpg)

Qamchiq dovonida qish
9 Mart, 2009
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 17 Sentyabr 2009, 03:16:31
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 7-qism

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiqsoy1.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiqsoy2.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiqsoy3.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiqsoy4.jpg)

Qamchiq daryosida qish
9 Mart, 2009
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 19 Sentyabr 2009, 04:54:40
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 8-qism

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiqsoy14.jpg)

(http://www.ziyouz.com/images/my_photogallery/qamchiqsoy15.jpg)

Qamchiq daryosida qish
5 Sentabr, 2009
Nom: Re: Sizning sayohatnomangiz
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2010, 10:36:34
http://www.youtube.com/watch?v=TxBU3OdOlz0