forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Arab tili saboqlari => Mavzu boshlandi: Musannif Adham 13 Iyul 2008, 01:59:11

Nom: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 13 Iyul 2008, 01:59:11
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Arab tili grammatikasi.
   Bu mavzuda Arab tili grammatikasi bo’yicha qisqacha  va zaruriy ma’lumotlar berib boriladi. Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu ma’lumotlar o’zbek tili nuqtai-nazaridan keltirilgani uchun bu Arab tili grammatikasi haqida faqat boshlang’ich ma’lumotlar bo’lib qoladi. Alloh nasib etsa, Arab tili grammatikasini Arab tili qonun-qoidalari bo’yicha o’rganishni ham yo’lga qo’yamiz.
   Hozircha bu ma’lumotlar Arab tili mavzusi tarkibida kiritiladi. Agar keyinchalik kengayib ketsa, balki alohida mavzu qilib tashkil qilish mumkin.
   Ushbu ma’lumotlarni kiritishda Muborak Abzalova va Mirqobil Hasanov hammuallifligidagi "œArab tili darslari" (Toshkent, "œMovarounnahr". 2004 yil) kitobidan foydalanildi.


   
Kirish.
   Tillarni o’rganadigan fan tilshunoslik ilmi deb ataladi. Arab tilida bu fanning
   1. Fonetika ( عِلْمُ الاَصْوَاتِ — tovush va uning yozuvdagi ifodasini o’rganuvchi fan) ;
    2. Morfologiya ( أَلصَّرْفُ — so’zlar va ularning yasalishini o’rganuvchi fan) ;
   3. Sintaksis ( أَلنَّحْوُ — gap tuzilishini o’rganuvchi fan) nomli bo’limlari bor.
   
   Arab tili fonetikasi haqida oldinroq ma’lumot berib o’tilgani uchun keyingi bo’limlarga tegishli ma’lumotlarga o’tamiz.

I

BOSHLANG’ICH QISM.


Tanvin zamma —  ٌ
   Tanvin ismning oxiriga qo’shiladigan aytiladigan-u, ammo yozuvda aks etmaydigan ortiqcha sukunli nun — نْ bo’lib, yozilganda qo’shaloq zamma harakati — ٌ  bilan yoziladi va "œun" deb o’qiladi. Bu yerdagi ikkinchi harakat aynan sukunli nunni ifodalab kelyapti:
بَيْتٌ —(baytun) uy, بِنْتٌ —(bintun) qiz, أَبٌ —(abun) ota, أَخٌ —(axun) aka-uka. 
    Tanvin zamma ismning bosh kelishikda ekanligini bildiradi.

                  
Tanvin kasra — ٍ
   Tanvin kasra — ٍ "œin" deb o’qiladigan qo’shaloq kasra harakatidir. Bu yerdagi ikkinchi kasra sukunli nunni ifodalab kelyapti:
   بَيْتٍ —(baytin) uyning   بِنْتٍ —(bintin) qizning  أَبٍ —(abin) otaning.


Ta: marbuta - ﺔ ة
   Agar ه undoshining alohida va so’z oxirida ko’rinishlarining ustiga qo’sh nuqta qo’yilsa, bu undosh "œt" tovushini ham ifodalaydi: ﺔ ةt
   Bu harf  "œta: marbuta" (bog’langan "œt") yoki "œtai ta’nis" (muannaslik "œt"si) deb ataladi. Talaffuzi ت harfining (bu "œt" ni "œta: mamdu:da" — cho’zilgan "œt" deb ataladi) talaffuzi bilan bir xil.
   "œTa: marbuta" muannas jinsning asosiy ko’rsatkichidir. Masalan:
   وَهُوبَةٌ —(vahu:batun) o’ta saxiy ayol     إِبْنَةٌ —(ibnatun) qiz 

Nom: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 14 Iyul 2008, 05:37:18
Tashdid belgisi (shadda) — ّ
   So’zda ikkita bir xil undosh yonma-yon kelganida, ularning faqat bittasi yozilib, ustiga "œshadda" yoki "œtashdid" deb nomlanadigan ushbu belgi — ّ qo’yiladi.  Shadda undosh harfni ikkita qilib o’qilishini bildiradi:
   لاَ(بُدْدَ) بُدَّ  - (la: bud-da) zarur 
        لَمْمَا) لَمَّا) — (lam-ma:) qachonki
    دَلْلَ) دَلَّ) — (dal-la) U undadi

Alif maqsura — َي
   Ba'zi so’zlarning oxirida "œa" uzun unlisini ifodalashda "œalif maqsura" ("œqisqa alif") deb ataladigan ي undoshi nuqtalarsiz kelishi mumkin. Alif maqsura faqat fathadan keyin va so’zning oxirida keladi. Alif maqsurani quyidagi kabi so’zlarda ko’rish mumkin:
   أَهْوَي — (ahva:) eng sevikli (sifat)
       أَتَي   — (ata:) U keldi (fe’l)   
   So’zda alif maqsuradan keyin yana boshqa harf kelsa, u "œalif" yoki "œya" ga (ya’ni o’zining asl shakliga ) aylanadi:
   أَتَيْتُ — (ataytu) men keldim
   أَتَانَا — (ata:na:) bizga keldi.    
   Alif maqsura tovush o’zgarishlari natijasida paydo bo’lagan tovushdir.

Tanvin fatha — ً
   Tanvin fatha ً — "œan" deb o’qiladigan qo’shaloq fatha harakatidir. Bu yerdagi ikkinchi fatha sukunli nunni ifodalab kelyapti. U so’zning tushum kelishigida eknaligidan dalolat beradi:
    تَوْبَةً — (tavbatan) tavbani   بِنْتًا   — (bintan) qizni  أَبًا — (aban) otani.
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 15 Iyul 2008, 07:35:12
Kishilik olmoshlari — أَلضَّامَائِرُ
   Arab tilida ikki xil: alohida yoziluvchi kishilik olmoshlari (أَلضَّمِيرُ الْمُنْفَصِلُ) va birikib yoziluvchi (أَلضَّمِيرُ الْمُتَّصِلُ) kishilik olmoshlari bor. Alohida yoziluvchi kishilik olmoshlari quyidagilardir:

(http://img137.imageshack.us/img137/7756/75084779eq2.jpg) (http://imageshack.us)

I shaxs

Men     أَنَا   
————
Biz     نَحْنُ      

II shaxs

Sen    أَنْتَ
Sen    أَنْتِ
Siz ikkingiz    أَنْتُمَا
Siz ikkingiz    أَنْتُمَا
Siz       أَنْتُمْ
Siz        أَنْتُنَّ   

III shaxs   

U      هُوَ
U      هِيَ
U ikkovi      هُمَا
U ikkovi      هُمَا    
Ular        هُمْ
Ular        هُنَّ

        Alohida yoziluvchi kishilik olmoshlari aniq shaxsni ko’rsatidh uchun ishlatiladi. Bu olmoshlarda jins va son kategoriyalari mavjud.
   Birikma olmoshlar esa egalikni ifoda etadi va ularda ham jins va son kategoriyalari mavjud. Birikma olmoshlar ism, fe’l, ko’makchi va yuklama kabilarga birikib kelgani uchu shunday ataladi. Bu turdagi olmoshlar haqida keyinroq ma’lumot beriladi.

Bo’g’inlar
   So’zlar bo’g’in yoki bo’g’inlardan tashkil topadi. Har bir bo’g’in undosh harf bilan boshlanadi. Undosh harf bilan unli harfning ham bo’lishi shart. Bo’g’inning boshida yoki oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi. Uch xil bo’g’in bor:
        1.  Qisqa bo’g’in — bir undosh va unlidan iborat: كَتَبَ — ka-ta-ba — u yozdi.
   2.  Cho’ziq bo’g’in — bir undosh va cho’ziq unlidan yoki undosh + qisqa unli + undosh dan iborat: دَرْسٌ — dar-sun — dars.
   3. O’ta cho’ziq bo’g’in — undosh + cho’ziq unli + undoshdan iborat: حَارٌّ — ha:r-run — issiq.
   Qaysi tovush bilan tugashiga qarab bo’g’inlar ikki xil bo’ladi:
    a)    ochiq bo’g’in (agar unli tovush bilan tugasa) : لاَ — la: — yo’q.
    b)    yopiq bo’g’in (agar undosh tovush bilan tugasa) :  بَيْتٌ — bay-tun — uy.
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 17 Iyul 2008, 08:56:15
Ayiruvchi hamza — ء
Hamza (ء) bo’g’izda hosil bo’ladigan, yengil yo’talga o’xshagan sekin eshitiluvchi undosh tovush bo’lib, yozuvda harakatlar bilan keladi.
Hamza ikki xil bo’ladi:
1. Ayiruvchi — qat’iy (o’qiladigan) hamza. 
2. Biriktiruvchi — vaslali (o’qilmaydigan) hamza.
Ayiruvchi (qat’iy) hamza so’zning o’zak tashkil qiluvchu hamzasidir. U so’zning hamma yerida keladi va to’liq o’qiladi, aniq talaffuz qilinadi va yozuvda saqlanadi.

haqiqatda (yuklama)  إِنَّ                           xabarlar                أَخْبَارٌ
"¦ki (yuklama)            أَنَّ                           so’rovchi                سَائِلٌ
bosh                        رَأْسٌ                          quduq                    بِئْرٌ 

Imlosi: So’z boshida hamzaga, u qaysi harakat bilan kelgan bo’lishiga qaramay, kursi vazifasini doimo ا (alif) bajaradi.
So’z o’rtasi yoki oxirida kelayotgan hamzaga kursi vzaifasini ا و ي undoshlaridan biri bajaradi. Ulardan qaysi birining kursi bo’lib kelishi "œqoidalarning kuchliligi" qoidasiga binoan hal qilinadi:
        1. Kasra ( unga "œي" undoshi tabiatan mos keladi);
        2. Zamma ( unga "œو" undoshi tabiatan mos keladi);
        3. Fatha ( unga ا undoshi tabiatan mos keladi);
        4. Sukun ( unga har uchala undosh ham taglik vazifasini o’tashi mumkin).

Hamzaning kursisini topish uchun uning o’ng va chap tomonlarida kelayotgan ikkita harakat (unli tovush) qiyoslab ko’riladi. Qaysi harakat kuchliroq bo’lsa, hamzaga o’sha harakatga tabiatan muvofiq undosh kursi bo’ladi. Masalan:

yomon                              سَيِّئٌ                 qurultoy            مُؤْتَمَرٌ     
kechiktirish                       تَأْخْيرٌ                 o’smoq                نَشَأَ
ovqat zahirasi                  مَؤُونَةٌ                u pok bo’ldi          بَرِئَ

So’zning oxirida sukun yoki  "œa:", "œi:", "œu:" cho’ziq unlilaridan keyin kelgan hamza undoshi, hamda so’zning o’rtasida cho’ziq "œa:" dan keyin va qisqa "œa"dan avval  kelgan  hamza kursisiz, yolg’iz o’zi yoziladi:

U savol bilan murojaat qildi;
so’rashdi                  سَاءَلَ                narsa               شَيْءٌ
sotib olish                 شِرَاءٌ                yomon             رَدِيءٌ 
poklik                        بَرَاءَةٌ                to’liq                مَمْلُوءٌ

Madda belgisi: agar hamza cho’ziq "œa" unlisi bilan kelsa, yoki undan keyin yana bir hamza kelsa, yozuvda ularni ustiga ushbu — ~  madda belgisi qo’yilgan alif harfi ifodalaydi. Madda so’zning istalgan o’rnida kelishi mumkin:
oxirgi — آخِرٌ           boshqa — آخَرُ         ishondi, iymon keltirdi — أ َ+ أْمَنَ = آمَنَ
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 18 Iyul 2008, 09:03:51
Vaslali (biriktiruvchi) hamza — ء
   Arab tilidagi bir bo’g’inda yonma-yon turgan ikkita undosh harf bilan boshlangan ( ابْنٌ ,  اسْمٌ , امْرَاَةٌ) so’zlarning oldida vaslali yoziladi. Vaslali hamza bu so’zning o’zak harfi emas. U bu so’zning oldiga undan oldin kelayotgan so’zning oxiridagi a, i, u kabi bir qisqa unlini qo’shib, bu bo’g’inni ikkita bo’g’inga bo’lib yuborib, uni o’qish paytida talaffuzini osonlashtirish uchun qo’yiladi:  إِبْنٌ , إِمْرَأَةٌ , إِسْمٌ .   
    Yozuvda vaslali hamzani harakatsiz alif ifoda etadi:
ابْنٌ ، اسْمٌ ، اثْنَانِ ، امْرَأَةٌ ، امْتَنَعَ
   
        Agar bu so’zlar gapning boshida kelsa, "œi" unlisini olib, qat’iy hamza kabi o’qiladi:
      
Ikki   (isna:ni)    إِثْنَانِ            ism   (ismun)    إِسْمٌ
   Agar vaslali hamza bilan boshlangan so’z gapning o’rtasi yoki oxirida kelsa, uning hamzasi o’qilmay, bu so’zni o’zidan oldingi so’zning unlisi bilan biriktirib, "œvasl" qilib o’qiladi, chunki qoida bo’yicha vaslali hamza bilan boshlangan so’zga undan oldin kelayaotgan so’z qo’shilib,  o’qilishi talab qilinadi:
sa-ala-bnu , man-i-n-‘adama ?(O’g’il:"œKim yo’q" deb so’radi)  سَأَلَ بْنُ ، مَنِ انْعَدَمَ ؟


Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 19 Iyul 2008, 14:22:55
ال artiklining hamzasi
   Jumlada so’zlar gapning borishiga qarab, aniq yoki noaniq holatda bo’ladi. Noaniq holatdagi so’z odatda, tanvin bilan tugagan bo’ladi. ال artikli esa so’zning aniq holatda ekanligini ko’rsatib turadigan aniqlik artiklidir.
   ال aniqlik artiklining hamzasi vaslali, ya’ni biriktiruvchi (o’qilmaydigan) hamzadir. U faqat gapning boshida kelganida, "œa" deb o’qiladi:
xat — (al maktu:bu)  أَلْمَكْتُوبُ     kitob — (al kita:bu) أَلْكِتَابُ
   Ushbu so’zlarning boshidagi م va   ك harflari qamariya harflari edi. Shuning uchun bu so’zlardagi  ال artiklining ل harfi to’liq o’qiladi.
   Agar so’z  shamsiya harf bilan boshlangan bo’lsa, aniqlik artiklining ل harfi shamsiya harfga singib ketadi va yozuvda shamsiya harf ustiga "œshadda" belgisi qo’yiladi: أَلشَّمْسُ so’zi "œal-shamsu" emas, balki "œash-shamsu" deb o’qiladi:
tinchlik (as-sala:mu) أَلسَّلاَمُ        dars (ad-darsu) أَلدَّرْسُ

         Gapda yoki so’z birikmasining o’rtasida ( ya’ni ikki so’zning o’rtasida) kelgan vaslali hamza ل harfi bilan oldindagi so’zning oxirgi undoshining unlisini biriktirib qo’yadi ( vasl qiladi) :
U xat yozdi (kataba-l-maktu:ba ) كَتَبَ الْمَكْتُوبَ
U kitob oldi ( axoza-l-kita:ba) أَخَذَ الْكِتَابَ
   Agar vaslali hamzali yoki ال artiklini olgan so’zdan oldingi so’zning oxiri sukun bilan tugagan bo’lsa, undan oldingi undosh harfning harakatiga qaraladi. Agar u "œa" bo’lsa, vaslali hamzali "œi", agar "œi" bo’lsa va u so’z fe’l bo’lmasa, vaslali hamza "œa", "œu" bo’lsa, vaslali hamza ham "œu" deb o’qiladi:
Maktabdan (mina-l-madrosati) مِنَ الْمَدْرَسَةِ
Direktor kim? (mani-l-mudi:ru) مَنِ الْمُدِيرُ ؟
Ular musulmonlar"¦. (humu-l-muslimu:na) هُمُ الْمُسْلِمُونَ
   Agar bu so’z  fe’l bo’lsa,  ال ning vaslali hamzasi "œi" deb o’qiladi:
Darsni yoz! (uktubi-d-darsa)أُكْتُبِ الدَّرْسَ

   Aniq holatdagi so’z oldida لِ old ko’makchisi qo’shilib yozilganda, ا yozuvda tushib qoladi — yozilmaydi:
Uy uchun —    لاَلْبَيْتِ)   لِلْبَيْتِ →  لِ + الْبَيْتِ  emas)
Muallim uchun — لاَلْمُعَلِّمِ)   لِلْمُعَلِّمِ → لِ + الْمُعَلِّمِ  emas)
   Agar ل harfi bilan boshlangan aniq holatdagi so’z oldiga لِ ko’makchisi birikib kelsa, yozuvda aniqlik artikli tushib qoladi, ل harfi esa saqlanib qoladi. Chunki so’zning ل harfi ikkilanib kelyapti:
      
til uchun —  لِلِّسَانِ →   لِ + لِسَانٌ    ( emas  لأَللِّسَانِ)
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 19 Iyul 2008, 14:26:04
 
Kelishik kategoriyasi
   Kelishiklar otni otga yoki otni fe’lga bog’lab, gap bo’laklari o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashtirib keladi. Arab tilida 3 ta kelishik mavjud. Ular:
   1. Bosh kelishik.
   2. Qaratqich kelishik.
   3. Tushum kelishik.


Ismlarni uch kelishikda turlash jadvali:

(http://img156.imageshack.us/img156/7400/kelishiklarjadvalibq4.jpg) (http://imageshack.us)

          Jadvalga izoh: Tanvin fatha bilan tugagan so’zning oxiriga o’qilmaydigan alif (ا ) harfi qo’shib qo’yiladi. "œTa: marbuta"li so’zlarda esa alif harfi qo’shilmaydi.
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:28:05
Qamariya va Shamsiya harflar
   
So’zning boshida ال ning ل harfi o’qilishi yoki o’qilmasligiga qarab arab alifbosi ikki teng qismga bo’linadi. Ularning 14 tasi "œqamariya" ("œoy") harflari va qolgan 14 tasi "œshamsiya" ("œquyosh") harflaridir.

O’n to’rtta qamariya harflar quyidagilar va ularni yoddan bilish zarur:

ا   ب    ج    ح    خ    ع    غ    ف    ق    ك    م    ه    و    ي

O’n  to’rtta shamsiya harflar quyidagilar va ularni ham yoddan bilish zarur:

ت    ث    د    ذ    ر    ز    س    ش    ص    ض    ط    ظ    ل    ن
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:49:26
So'z o’zagi. O’zak undoshlar. Shakl yasovchi undoshlar.

Arabcha so'zning o’zagi faqat undosh harflardan iborat bo’ladi. Arab alifbosidagi barcha harflar o’zak ( tashkil qiluvchi) undoshlar hisoblanadi. O’zakdagi asosiy undoshlarning ketma-ketligini buzmay ularning oldiga, ortiga, orasiga unli va undoshlarni qo’shib, yangi so’zlar hosil qilinadi:

biluvchi, olim                        عَالِمٌ                     bilim, bilish                          عِلْمٌ
so’rab bildi                         إِسْتَعْلَمَ                     bildi                                   عَلِمَ
ta’lim beruvchi                     مُعَلِّمٌ                      ma’lum,  bilingan                مَعْلُومٌ
ta’lim                                   تَعْلِيمٌ                     o’rgandi                              تَعَلَّمَ


Bu o’zakning asosiy ma’nosi  علم  —  "œbilim" hamma so'zda saqlangan. Ushbu so'zlardagi qo’shimcha undoshlar shakl yasovchi undoshlardir.
   
Shakl yasovchi undoshlar 10 ta bo’lib, ء ل ي و م ت ن س ا ه     undoshlaridir. Ularni yodda saqlash oson bo’lishi uchun,    أَلْيَوْمَ   تَنْسَاهُ "œBugun sen uni unutasan", degan gap shakliga solingan. Bu yerdagi  ت harfi   ة ni ham bildiradi. ا و ي undoshlari esa shakl yasovchi cho’ziq unlilar sifatida ham nazarda tutilgan.

Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 07:49:38
So'z qoliplari.

Arab tilidagi so'zlarning xilma-xil shakllarini bir tartibga solish maqsadida ularni qolip (vazn)lar bilan ifodalanadi. Masalan, 3 harfli  I  bob fe’lining umumiy qolipi sifatida  فَعَلَ"œfa’ala"qildi   o’zagi ishlatiladi. Bunda "œف "   harfi fe’lning birinchi o’zak undoshini, "œ ع " harfi ikkinchi o’zak undoshini, "œ ل " harfi esa uchinchi o’zak undoshini ifodalaydi. Har qanday so'zning qolipi shu harflar asosida yasaladi. Harakatlari va shakl yasovchi undoshlari esa shunday ko’chirib qo’yiladi.

Quyidagi so'zlar ushbu qoliplar bo’yicha yasalgan:

فَعَلَ ← دَرَسَ ؛ فَعِلَ ← عَلِمَ ؛ فِعْلٌ ← عِلْمٌ ؛ فَاعِلٌ ← عَالِمٌ ؛ مَفْعَلَةٌ ← مَدْرَسَةٌ

Eslatma: To’rt yoki besh harfli fe’lni yoki undan yasalgan ismni qolipga solinganda to’rtinchi undosh ham, beshinchi undosh ham  ل harfi bilan belgilanadi:

تَرْجَمَ ← فَعْلَلَ ؛  مُتَرْجِمٌ ← مُفَعْلِلٌ ؛  سَفَرْجَلٌ ← فَعَلَّلٌ
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 07:56:23
Lug’at bilan ishlash.

Lug’atlar asosan o’zak asosida tuzilgan bo’ladi. Ularda bir o’zakka oid bo’lgan so'zlar bir joyda beriladi. Bunday luga’at bilan ishlashda so'zning tarjimasini bilish uchun avval uning o’zagini aniqlash kerak. Ammo bu narsa ko’p o’qib, o’rganib erishiladi. Agar o’quvchiga bir o’zakka oid bir necha so'zlar ma’lum bo’lsa, ularning o’zagini topish osonroq bo’ladi.

Masalan, دَرْسٌ ،  مَدْرَسَةٌ ،  تَدْرِيسٌ ،  مُدَرِّسٌ    so'zlari "œ درس " o’zagi asosida va كَلِمَةٌ ،  مُتَكَلِّمٌ ،  كَلاَمٌ ،  تَكَلَّمَ so'zlarining o’zagi esa "œ كلم " o’zagi asosida hosil qilingan.
   
Ushbu so'zlarning ma’nosini topishda ularni shu o’zaklar bo’yicha qidirish lozim. Ya’ni, مَحْمُودٌ ،  أَحْمَدُ ،  حَمِيدٌ ،  حَمِدَ so'zlarining ma’nolarini lug’atlarda alifbo tartibida emas, balki "œ ح " harfidan boshlab, "œ حمد " o’zagidan qidirish kerak bo’ladi.     
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 26 Iyul 2008, 13:53:18
II

ASOSIY QISM

So'z turkumlari.

Arab tilidagi so'zlar tarkibidagi harflar miqdori bir harfdan yetti harfgacha bo’ladi:

لِ ،  مِنْ ،  فَوْقَ ،  قُبَيْلَ ،  مَحْمُودٌ ،  عَنْدَلِيبٌ ،  إِسْتِقْبَالٌ

Ular uchta katta guruhga bo’linadi:
I. Ism ( أَلإِسْمُ ) turkumiga ot, sifat, son, olmosh, ravish, masdar (harakat nomi) va sifatdosh kabi mustaqil ma’noni bildirgan so'zlar kiradi:

مَدْرَسَةٌ ،  إِنْسَانٌ ،  مَدِينَةٌ ،  جَبَلٌ ،  عِلْمٌ ،  دِرَاسَتٌ
   Ismlarda jins, son, kelishik va holat ( jami to’rtta) kategoriyalari mavjud bo’lib, ular shu kategoriyalarda turlanadi — o’zgaradi.

II. Fe’l  ( أَلْفِعْلُ ) — mustaqil mazmunga ega bo’lib, biron-bir ish-harakatning sodir bo’lishiga yoki holatiga ishora qiladigan so'zlarni ifodalovchi turkum. Fe’llarda ish-harakat o’tgan, hozirgi yoki kelasi zamondan birida sodir bo’ladi:

U boradi — سَيَذْهَبُ           U borayapti — يَذْهَبُ              U bordi — ذَهَبَ
Fe’l turkumiga fe’lning barcha shakllari kiradi.

III. Yordamchi so'zlar ( أَلْحَرْفُ ) — mustaqil mazmunga ega bo’lmagan, boshqa so'zlar ta’siriga uchramaydigan so’zlarni umumlashtiruvchi turkum. Ular ism yoki fe’lga ta’sir qilib, ularning gapdagi ma’nosini aniqlashtirib keladi. Yordamchi so’zlarda fe’l va ismlarda bor bo’lgan kategoriyalar mavjud emas. Yordamchi so'zlarga aniqlik artikli, old ko’makchi, yuklama, bog’lovchi va undalma kabilar kiradi.     
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 28 Iyul 2008, 07:08:17
ISMLARNING TURLARI

OT

Odam, jonivor, buyum, ashyo kabi narsalarni bildiradigan so’zlarga ot deyiladi. Otning jinsi o’zgarmas bo’lib, u yo muzakkar yoki muannas jinsda bo’ladi. Otlar ikki xil: turdosh va atoqli bo’ladi.

Turdosh otlar. Bir turdagi shaxs yoki narsaning umumiy nomini bildiradigan otlarga turdosh otlar deyiladi. Masalan,

atirgul — وَرْدَةٌ    shahar — مَدِينَةٌ   hayvon — حَيْوَانٌ   kishi — رَجُلٌ
   
Kishining kasbini anglatgan turdosh otlar esa, ikkala jinsda bo’ladi:

o’qituvchi ayol — مُعَلِّمَةٌ            o’qituvchi — مُعَلِّمٌ

Atoqli otlar. Bir shaxs, jonivor yoki narsaning nomini bildiradigan otlarga atoqli otlar deyiladi. Masalan,

Nil - أَلنِّيلُ   Buxoro — بُخَارَي   Qohira — أَلْقَاهِرَةُ Ya’qub — يَعْقُوبُ   Sodiq — صَادِقٌ Muhammad — مُحَمَّدٌ
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 28 Iyul 2008, 08:04:27
SIFAT

Otning belgisini bildiradigan so'zlarga sifat deyiladi. Belgi deganda, rang, maza-ta’m, hajm, xususiyat kabilar tushuniladi. Ikki xil sifat: tub va yasama sifatlar bor.

Tub sifatlarga:
chiroyli — جَمِيلٌ  keng — وَاسِعٌ  kichkina — صَغِيرٌ  katta — كَبِيرٌ

kabi sifatlar misol bo’ladi.
   
Yasama sifatlarga esa:
   
islom diniga oid (islomiy) -  إِسْلاَمِيٌّ      arabcha — عَرَبِيٌّ

kabi sifatlar misol bo’ladi.
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 31 Iyul 2008, 09:03:51
SON

Sonlar otning sanog’ini yoki tartibini bildiradigan so'zlardir. Ikki xil: sanoq va tartib sonlar bor. 10 gacha bo’lgan sodda sanoq sonlar quyidagilardir:

(http://img329.imageshack.us/img329/8630/20952477zr5.jpg) (http://imageshack.us)

Ularning muzakkar jinsi ko’rinishining oxiriga "œta marbuta" qo’shib, muannas jinsi hosil qilinadi.
   
Arab tilida "œ0" soni صِفْرٌ so'zi bilan ifodalanadi.

Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 31 Iyul 2008, 15:48:48
OLMOSH

Olmoshlarning bir necha turi bor. Ular:

1.   Kishilik olmoshlari — أَنَا ، أَنْتَ ، أَنْتِ ، أَنْتُمَا ، هُوَ ، نَحْنُ

2.   Birikma olmoshlari — يِ ، ـكَ ، ـكِ ، ـهُ ، ـهَا 

3.   Ko’rsatish olmoshlari — هٰذَا ، هٰذِهِ ، هٰؤُلاَءِ ، ذَالِكَ ، تِلْكَ ، أُولئِٰكَ 

4.   So’roq olmoshlari — مَا ؟  مَنْ ؟  أَيْ ؟  كَيْفَ ؟
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 01 Avgust 2008, 08:56:22
I S M L A R N I N G  G R A M M A T I K  K A T E G O R I Y A L A R I

I. HOLAT KATEGORIYASI

Isml aniq yoki noaniq holatda bo’lishi mumkin. So'zlovchiga oldindan noma’lum bo’lgan so'zlar noaniq holatda, avvaldan ma’lum bo’lgan so'zlar aniq holatda ifodalanadi:

Men bir kitob(ni) o’qidim. (noaniq)
Bu kitob juda foydali ekan. (aniq)

Quyidagi so'zlar aniq holatda deb hisoblanadi:

1.  ال  artikli bilan kelgan so'zlar: أَلْمَدْرَسَةُ ، أَلْوَلَدُ ،  أَلْكِتَابُ ،  أَلْبِنْتُ

.2  Bu artikl bo'lmagan quyidagi ismlar:

a) atoqli otlar: مِصْرُ ، مَكَّةُ ، طَشْقَنْدُ ، أَحْمَدُ ، فَاتِمَةُ  kabi;

b) ko’rsatish olmoshlari: هٰذَا ،  هٰذِهِ ،  ذَالِكَ ،  تِلْكَ  kabi;

c) kishilik olmoshlari: أَنَا ،  أَنْتَ ،  أَنْتِ ،  هُوَ ،  هِيَ ،  نَحْنُ ،  أَنْتُمْ  kabi;

d) qaratqich — qaralmish shaklidagi (izofa) birikmaning 1- bo’lagi: كِتَابُ الطَالِبِ ،  طَالِبُ الْجَامِعَةِ kabi;

Tanvin bilan tugagan so'zlar noaniq holatda deb hisoblanadi:
(bir) maktab — مَدْرَسَةٌ    (bir) qiz — بِنْتٌ   (bir) kitob — كِتَابٌ   
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 15:38:38
II. JINS  KATEGORIYASI

Arab tilida so'zlar ikki xil: 1) muannas (qiz) va 2) muzakkar (er) jinsida bo’ladi.

So'zning muannas jinsda ekanligini bildiradigan yozilshidagi tashqi (morfologik) belgilari uchta:

1. So'zning "œta marbuta" bilan tugagan bo’lishi. Bunday so'zlar ko’p uchraydi:

hadya; ehson - هَدْيَةٌ         qiz - إِبْنَةٌ             amma - عَمَّةٌ

2. So'zning  ـَاءُ   (alif va hamza) bilan tugashi. Bunday so'zlar kam uchraydi:

davo -  دَوَاءٌ       sinov - بَلاَءٌ           kasallik - دَاءٌ

3. So'zning  َي  (alif maqsura) bilan tugashi. Bunday so'zlar juda kam uchraydi:

xushxabar - بُشْرَي                    kasalxona - مُسْتَشْفَي

Qolgan muannas jinsdagi so'zlar ular anglatgan mazmuniga qarab aniqlanadi:

A) Ayol kishini yoki ularning ismini bildiruvchi so'zlar:

Qiz -   بِنْتٌ      ona - أُمٌّ        Vidad (ism) -  وِدَادٌ

B) Tananing juft a’zolarini bildiruvchi so'zlar:

quloq -  أُذُنٌ            qo’l - يَدٌ

C) Xalqlar, davlatlar, shaharlarning nomlari:

Livan - لُبْنَانٌ                  Liviya - لِيبيَا

D) Yaratilishiga ko’ra yakka bo’lgan narsalarning nomlari:
quyosh -  شَمْسٌ         olov -  نَارٌ

Qolgan so’zlar muzakkar jinsga talluqli so'zlardir. Ba’zi so'zlar esa ikkala jinsga tegishlidir. Ularning ro’yxati lug’at kitoblarining oxirida beriladi.   
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 07:12:27
III. SON  KATEGORIYASI

Arab tilida uchta grammatik son bor:

1. Birlik.      2. Ikkilik.      3. Ko’plik.

I K K I L I  K    S O N


Ikkilik son muzakkar yoki muannas jins, birlik sonda bo’lgan ismning oxiridagi tanvinini olib tashlab, o’rniga ـَانِ   (a:ni) qo’shimchasini qo’shib yasaladi. Bunda muannas jinsdagi so'zning ة    ("œta marbuta")si ت  ("œta mamduda")ga almashtiriladi:

   ikkita kitob               كِتَابَانِ                ←     kitob               كِتَابٌ       
           ikkita toliba              طَالِبَتَانِ               ←     toliba              طَالِبَةٌ            ikkita mudarris         مُدَرِّسَانِ              ←     mudarris         مُدَرِّسٌ 
           
   
Ikkilik sondagi so'z oldiga ال artikli qo’yilganida ham,  ـَانِ qo’shimchasi o’zgarmaydi:

أَلطَّالِبَتَانِ        ←  طَالِبَتَانِ                     أَلْكِتَابَانِ  ←  كِتَابَانِ
   
Alif maqsura — ي bilan tugagan ismning ikkiligi hosil qilinganda, u ي ga o’zgaradi:

Ikkita xushxabar                بُشْرَيَانِ        ←          xushxabar      بُشْرَي
   
Hamza (ء) yoki alif ( ا ) bilan tugagan so'zlardan ikkilik son hosil qilinganda, ularning hamza yoki aliflari "œ wa:w" ( و ) ga o’zgarib ketadi:

ikkita go’zal             حَسْنَوَانِ        ←       go’zal      حَسْنَاءُ

Ikkilik sondagi so'zlar bosh va qaratqich-tushum kelishiklarida turlanadi:

(http://img233.imageshack.us/img233/9486/kelishiklarjadvaliyy9.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 06:03:32
K O’ P  L  I  K    S O N

Arab tilida so'zlarning ko’pligini hosil qilish ancha murakkabdir. U bir necha usulda yasaladi.:

1. Siniq ko’plik yasash usuli;  2. To’g’ri ko’plik yasash usuli.

Siniq ko’plik.  Ismdan siniq ko’plik yasashda so'zning o’zagi go’yoki "œsindiriladi" — ya’ni so’z o’zagini tashkil etuvchi undoshlarning unlilari o’zgaradi, ko’plik shakl yasovchi undoshlar kiritiladi. Natijada uning birlik shakli o’zgaradi. Shuning uchun bunday ko’plik yasash usuli "œsiniq ko’plik" deb ataladi. Siniq ko’plikdagi tanvin z(d)amma bilan tugagan ismlar uch kelishikda, d(z)amma  bilan tugagan ismlar  esa ikki kelishikda turlanadi:

bog’ — bog’lar    حَدِيقَةٌ — حَدَائِقُ           dars — darslar       دَرْسٌ — دُرُوسٌ
             
kitob — kitoblar    كِتَابٌ — كُتُبٌ      xabar — xabarlar    خَبَرٌ — أَخْبَارٌ

Qaysi so'zning ko’pligi to’g’ri ko’plikda va qaysinisiki "œsiniq ko’plik"da hosil bo’lishini aniqlaydigan ma’lum bir "œtemir" qoida yo’q. Buni aniqlash uchun bizga lug’at kitoblari va o’zimiz yod olgan so'z boyligimiz qo’l keladi.

To’g’ri ko’plik. Ismdan to’g’ri ko’plik yasashda uning oxiriga ko’plik qo’shimchasi qo’shiladi. Bunda birlik shakli o’zgarmay turadi. Muzakkar jinsidagi to’g’ri ko’plik shaxsni bildiradigan atoqli otlardan, ularning kasblarini bildiradigan so’zlardan, "œة  "œ ("œta marbuta") bilan tugamagan, ikkilik va to’g’ri ko’plik qo’shimchalaridan xoli bo’lgan so'zlardan hosil qilinadi.

Muzakkar jinsdagi, odamni va uning kasb-korini bildiradigan so'zlarning ko’oligi uning oxiriga "œ وُنَ -" va muannas jinsdagi so'zning ko’pligi uning oxiriga "œ  َـاتٌ "  qo’shimchasini qo’shib hosil qilinadi. Bu yerda ham  ة  harfi ت ga aylanadi. Muzakkar jins ko’plikdagi so'zlar ال  artikli olganda qo’shimchasi o’zgarmaydi:

mudarrislar         مُدَرِّسُونَ        ←      mudarris       مُدَرِّسٌ + ُونَ
                       
mudarrisalar    مُدَرِّسَاتٌ     ←      mudarrisa   مُدَرِّسَةٌ + َـاتٌ

To’g’ri ko’plik, muannas jinsdagi ism  ال artikli olganda tanvini tushib qoladi:

olimalar       أَلْعَلِمَاتُ    ←  عَالِمَاتٌ       +       عَالِمـ + َـاتٌ  ←  عَالِمَةٌ
   tikuvchilar     أَلْخَيَّاطَاتُ  ←  خَيَّاطَاتٌ    +        خَيَّاط + َـاتٌ  ←    خَيَّاطَةٌ

To’g’ri  ko’plikdagi ismlar ikkita kelishikda turlanadi:

(http://img233.imageshack.us/img233/3732/koplikjadvalisn9.jpg) (http://imageshack.us)

Odamni bildirmaydigan, muzakkar va muannas jinsdagi aksariyat so'zlarning ko’pligi ham muannas jinsdagi to’g’ri ko’plik shaklida hosil qilinadi:

hayvon — hayvonlar                          حَيْوَانَاتٌ      ←  حَيْوَانٌ
  imtihon — imtihonlar                       إِمْتِحَانَاتٌ     ←    إِمْتِحَانٌ 

Ko’pincha odamni anglatgan bir so'zning muzakkar jinsi to’g’ri ko’plikda va muannas jinsi siniq ko’plikda hosil qilinishi mumkin.

Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Musannif Adham 01 Sentyabr 2008, 09:10:03
KO’RSATISH OLMOSHLARI

Ko’rsatish olmoshlari shaxs, narsa yoki jonzotlarni ko’rsatish, belgilash uchun ishlatiladi. Ko’rsatish olmoshi qaysi shaxs yoki narsani ko’rsatib kelayotgan bo’lsa, o’shaning jinsi va soni bilan moslashib keladi. Ko’rsatish olmoshlari gapda ega, kesim va moslashgan aniqlovchi vazifasida keladi. Yaqinni ko’rsatuvchi ko’rsatish olmoshlari quyidagilardir:

(http://img98.imageshack.us/img98/1034/01tl0.jpg) (http://imageshack.us)

Uzoqdagi predmetni ko’rsatuvchi ko’rsatish olmoshlari quyidagilardir:

(http://img98.imageshack.us/img98/9357/02rk8.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: Arab tili grammatikasi
Yuborildi: Rabella 29 Iyun 2012, 16:27:30
 :asl3:
Arab tili grammatikasini arab tilida o`rgatadigan audio darslar bormi?
Agar bor bo`lsa, iltimos, link bervoringlar..