forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 29 Iyul 2008, 12:42:35

Nom: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:42:35
XXI asr she'riyati:

Tursun Ali

(http://i296.photobucket.com/albums/mm192/shoir/XXasr/tursun_ali.jpg)


QISH RUHIYATI

1

Qish...
Chayon kabi chaqar sovuq
Sirpanib yuraman yo‘l,
Manzil olis.
Atrofda to‘zg‘iydi qor.
Qish sarhadi bepoyon,
muzlaydi bir tutam kun.

2

Ayvonimda sovuq zahridan
qunishadi munis musicha.
Do‘stim qahridan uvishar yurak.

3

Uchishga shaylanar
Bir gala chumchuq.
Kuchayadi qorbo‘ron.

4

Qor qanotin yozadi —
uchayotir kapalak.
Yurakka sanchilar oppoq izg‘irin.

5

Terak uchidagi qarg‘alar
Ko‘nglim tubiga sochdi
qishning quyunlarini.

6

Tuman qurshovida yolg‘iz qayrag‘och,
taqir novdalarin qoplagan qirov.
Shamollar qo‘lida betin,
Tebranadi qaqshagan og‘och.
E voh,
Uni ko‘rib —
Ko‘rmas birov.

7

Sovuq kecha...
Bag‘oyat muzlagan qo‘llaring.
Biroq,
Ko‘zlaringda yonayotgan olov
Mening vujudimni kuydirar.

8

Mastona tikilib, yulduzlarga men
Yotgim kelar qorga burkanib.
Va lekin
Shoir yuragimni
Ot kabi jilovlayman.

9

Qish...
Endi yo‘llar yaxlar,
Yaxlar ko‘ngil,
Yo‘l yuraman
Tayanib hassaga.
Meni xayol bosar:
"Ishonch yo‘q —
yog‘och hassaga..."
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:43:17
XABAR

Qishloq
Qalin yog‘di qor
Marhum ukam uyin
Tomi bosdi vodarig‘
Uch sag‘ir
Munglig‘ ayoli
Qoldi bo‘lib yanada Munglug‘

*  *  *

Yo‘lim qor
Qadamlarim ostida
O‘lur qora sukunat.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:43:37
*  *  *

Do‘rmon.
Ko‘nglimni ezar qop-qora g‘ashlik,
Kitoblar ham berolmas yupanch,
O‘qday otilaman tashqariga
Tepamda farishta — oy ham
Ruhimga bo‘lolmas tasalli.
Sochlari yulingan vahshiy daraxtlar
O‘zga tomonlarga keladi ketgisi.

Shabbodaday kezaman — tun og‘ushida,
qulog‘imga kirgay jozib bir navo.
Sehrlab,
Erkalab,
Domiga tortadi meni tobora...

*  *  *

Juda zerikdim men,
qani
bolaligimdagi bukri tollar?
Hozir bo‘lsa
Shoxlarida o‘ynardim
qushlarday.
Qiyqirar edim men—
bolalik kabi.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:44:30
*  *  *

Yellar qanotida yalangoyoq
Chopayapman qishlog‘im tomon.
Ko‘z ochsam,
Yostig‘im ho‘l
To‘lg‘onib yoturman,
Tun og‘ushida.

*  *  *

Tomi yopilmagan chala,
Imorat yonidan o‘tsam,
Duch kelaman ozg‘in,
Ko‘zlari tolg‘in
qarigan itga.
It mening ko‘zimga tikilar jim-jit.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:44:55
*  *  *

U yo‘lin yo‘qotdi,
O‘zga yo‘llar aro qoldi mo‘ltirab.
Biroq,
Yuragidan o‘tgan yo‘l
Uni boshlab ketdi o‘z-o‘zi tomon.

*  *  *

She’rlarim satriga qo‘nadi,
Tumshuqlari bigiz qarg‘alar.
Qag‘illab,
patlarin to‘zg‘itib,
cho‘qimoq bo‘lar
tosh qotgan so‘zlarni ular.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:45:31
*  *  *

Mushtini yo‘q, unga emas,
O‘z yuragin mo‘l,
Baxtiyor yashar u.

*  *  *

Shabboda,
Silama, yorim sochlarin.
Tortqilama ko‘ylaklarin.
Yuz-
Ko‘zlaridan o‘pma,
Shabboda,
Axir mening ko‘nglim
Guldan-da nozik!..
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:45:58
SEN

Sening qora ko‘zlaring ichra
O‘zimni
Yo‘qotib qo‘ydim men.

Sening barmoqlaring
Shu qadar go‘zal
Yuragimni tirnab ketdi u.

Xayol arqoniga boylab,
Seni olib ketyapman.
Ko‘nglimning ulkan qasriga.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:46:19
Shavkat Rahmon

Angladim dunyoni
Har kunim
Har tunim
Yangi zamon
Endi men
Har lahzam uchun
Kurashmog‘im zarur
Zotan Ozodlik —
"O‘z qalbiga
O‘zidir hoqon".
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:46:33
*  *  *

"To‘lib ketdi qarg‘aga osmon"
Mening ko‘nglim kabi
Yaxshiyam cheki yo‘q
Do‘qi yo‘q
Bechora Osmonning

*  *  *

U
Senmi,
Yo menmi?..
O‘lib o‘lmagan
O‘lik odam.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:47:02
TUSHKUNLIK

Hozir osmon cho‘kar boshimga
Hozir qular ustimga daraxt
Yer yorilar — ketar beshafqat
Dunyo bo‘lar o, kunpayakun...
Xudo
Meni asray olmaysan
Oh nechun?..

*  *  *

Sukunatning ko‘rpasida men
Juda uzoq yotdim yotsirab
Axir quyosh
O‘tkir nayzalarini
Ko‘zlarimga qadagan edi.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:47:18
*  *  *

Qilich g‘ilofida saqlaydi sukut
Gar teginsang
Yangrar aks-sado
Qinidan chiqarar ko‘zlarni
Ilondek o‘ralib uxlab yotgan sukunat.

*  *  *

Shitirlagan sasdan uyg‘ondim,
Oyning shu’lasida hazon yaprog‘i
Qaqshagan shoxchada yupqinar
Baland osmon sari —
Bo‘ynini cho‘zib.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:47:37
*  *  *

Hijron — tutandiriq:
Yondirdim seni
Shamollarga sochdim kulingni
Endi qaydan topay
Men o‘zimni

*  *  *

Men yo‘qliging so‘rayman desam,
Yuragim uyda sen yo‘qsan.
Sen yo‘qsan,
Sen yo‘qsan sevgilim.

Unutilgan jarohat kabi
Men seni unutdim, sevgilim.
Sen yo‘qsan,
Sen yo‘qsan xotirotim saltanatida.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:48:11
INANGU

1

Kunduz juda cho‘zildi
Osmon sari uzaydi bo‘yi
Nomozshomgul ocholmas yuzin

2

Shaftolining barglari aro
Sarg‘aygan nigohim kezinar
Bo‘g‘zimda to‘nadi OVOZIM

3

Garchi atrofimda Bahor
Biroq sensiz ruhimda
Kezinar zamharir qish

4

Seni kutaverib toldi ko‘zlarim
Toqatim daraxtin barglari
Sil singari sarg‘aymoqdadir

5

Sig‘mayapman zaminga
Sen-chi
Nechun buncha yiroqsan Osmon

6

O‘lim sari boryapmanmi men
Yoxud o‘lim men sari
Qabristonga tikilaman jim

7

Qorning nafasin tuyib
Men yelkamni osmonga tutdim
Yaltiroq tabassum baxsh etdi Osmon

8

Sening qora ko‘zlaring ichra
Kuppa-kunduzi
Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim

9

Yomg‘ir tindi yorishdi osmon
Kamalakdek chiqib boraman
Ufqlarga ovozim bilan.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Tursun Ali
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 12:48:32
*  *  *

Men o‘zimga ishonmayapman
Senga qanday ishonay axir?..

*  *  *

U buguni bilan yashaydi.

*  *  *

Men o‘zimni yengib yashayman.

*  *  *

Men yuragim sari boryapman.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.