forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Tarixiy adabiyotlar => Mavzu boshlandi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:29:08

Nom: Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg'usi
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:29:08
(http://ziyouz.com/images/books/turkiston3.jpg)

Alixonto‘ra Sog‘uniy

TURKISTON QAYG’USI

Matnni arab imlosidan kirillga o‘tkazib nashrga tayyorlovchilar:
Ahadxonto‘ra G’APPOROV
Uvaysxonto‘ra SHOKIROV

Ushbu kitob ulug‘ bobokalonlarimizdan bo‘lgan alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy qalamlariga mansub nodir bir asardir. Muallif «Turkiston kayg‘usi» (1966—1973) nomli bu asarida xalqimiz qanday kilib bosqinchilarga qaram bo‘lib qolgani va dinni, Vatanni, millatni asrash kerakligi, mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun nimalar qilmoq zarur ekanligi to‘g‘risida o‘sha mustabid sovet tuzumi davrida yetuk siyosiy arbob sifatida chuqur siyosiy-ijtimoiy mantiq asosida mukammal bayon etadi.

Shu bilan birga, bu asarda Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlardan to XIX asr oxirigacha bo‘lgan davr ichida qurgan davlatlari, Amir Temur haqida, turkiy xalqlar etnografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar ham bor.

Kitobdan oliy o‘quv yurtlari talabalari va tarix bilan qiziquchi keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.


MUNDARIJA

Ulug‘ bobom va «Turkiston qayg‘usi» asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136287#msg136287)
So‘z boshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136573#msg136573)
Koshg‘arga o‘tishim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136580#msg136580)
Vatan ahliga deganlarim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136951#msg136951)
Andijon safari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg137256#msg137256)
Qorako‘l shahri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg137950#msg137950)
Sharqiy Turkistonga o‘tishga harakat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138051#msg138051)
Jilaqarag‘ay dovoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138067#msg138067)
Zulmxona (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138089#msg138089)
Ta’qib va Sharqiy Turkistonga o‘tish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138824#msg138824)
G’ulja shahri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139321#msg139321)
Qumul voqeasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139398#msg139398)
Dahshatli kunlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139434#msg139434)
Yulduz yaylovi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139454#msg139454)
Kuchar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139481#msg139481)
So‘ng so‘z o‘rnida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139500#msg139500)
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixonto‘ra Sog‘uniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:30:27
ULUG’ BOBOM VA «TURKISTON QAYG’USI» ASARI HAQIDA

Bismillohir rohmanir rohiym

Muhtaram o‘quvchi! Ma’lumdirki, inson bolasi o‘z padari buzrukvoriga qarab qad rostlaydi. Lekin millatni jahon miqyosida shuhratlantiradigan buyuk shaxslar haqida yozish hamisha sharafli, mas’uliyatli va bir vaqtda o‘ta murakkab vazifadir. Mazkur vazifaning qo‘shimcha og‘irligi o‘z bobongiz haqida yozishdir, chunki «hissiyotlarga berilib, mavzu xolisona yoritilmagan» deyilishi mumkin gumonlarga asos bo‘lmasligi kerak. Shu sababli boshqalar yozishadi degan umidda ko‘p yillar o‘tdi. Keyingi yillarda bosilib chiqayotgan maqolalarning ko‘pi bir tomonlama bo‘lib, Alixonto‘rani o‘z davrining siyosiy, mafkuraviy tuzumini qabul qilgan, uning g‘oyalariga ishonib aldangan olimlar qatorida ifoda etishga urinishlar bo‘ldi. Bu, albatta, shu davrning yozuvchilari uchun qulay, chunki bu inson ham o‘zimizdan edilar demoqchi bo‘lishadi. Lekin haqiqat unday emas ekanligini ushbu kitobdan bilib olasiz. Shu bois bu haqda batafsilroq ma’lumot berish zarur deb bildim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:31:12
Ulug‘ bobomiz Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885 — 1976), Alloh u kishini rahmat qilgan bo‘lsin, komil inson bo‘lib, zamonamizning ko‘p ilmlarni mukammal egallagan buyuk allomalaridan edilar. Birinchi navbatda u kishi diniy ilm teologiya sohasida katta bilimga ega bo‘lganligi va mashhurligi hozirgi kunda ko‘pchilikka ma’lumdir. Xususan, «Tarixi Muhammadiy» asari nashrdan chiqqandan keyin (T., 1991) u kishi nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida shuhrat qozondi. Shu bilan birga bobomiz o‘tkir zehn sohibi, tarix ilmining, ayniqsa islom tarixi va Turkiston tarixining zukko bilimdonlaridan edi.
Sermazmun hayotining oxirgi 30 yili davomida Alixonto‘ra yozib qoldirgan ulkan ilmiy meros ichida «Turkiston qayg‘usi» tarixiy asari alohida o‘rin egallaydi. Bu asarda u kishining yigitlik va kamolotga yetgan davri xotiralari asosida o‘z e’tiqodi, dunyoqarashi, qaysi g‘oyalar uchun jonfido bo‘lib kurashganlari, nimalarga Vatan ahlini da’vat qilganliklari, suyukli Vatanimiz tarixi saboqlari, kelajak bo‘g‘inlar ulardan qanday xulosalar chiqarmoqlari kerakligi, Vatanimiz mustaqilligi muqarrar ravishda qo‘lga kelishi bashorati, uni mustahkamlash uchun nimalar qilmoq zarur ekanligi to‘g‘risida chuqur o‘y-fikrlar o‘z ifodasini topgan va bayon etilgan.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:31:45
Bu asardan ayrim parchalar «Yoshlik» jurnalida (1992 yil, 3 —4-sonlari) va shu yili «O’zbegim» kitobida chop etilgan bo‘lib, to‘liq holda u endi birinchi marta kitob shaklida keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.
«Turkiston qayg‘usi» asari 1966 1973 yillarda Toshkentda yoziladi. Bu davrda sovet mustabid tuzumi kuch qudratga to‘lgan, o‘z siyosatini zo‘ravonlik bilan nafaqat mamlakat ichkarisida, balki uning uzoq tashqarisida ham o‘tkazib turgan payt edi. Shu sababli ko‘pchilik ziyolilarimiz hukmron maslakka qattiq ishonib, kechayu kunduz uning xizmatida bo‘ldilar. Qanchadan qancha yuksak qobiliyat egalari, iste’dodli shoir va yozuvchilarimiz bu soxta mafkura kuychilari, tashviqot va targ‘ibotchilari edi. Ular tuzumga to‘g‘ri bo‘lmagan bir og‘iz siyosiy so‘z, mustaqil fikr aytish u yoqda tursin, bu to‘g‘rida o‘ylashning o‘zi noto‘g‘ri, telbalik, aqldan emas deb bilishar, boshqalarni ham bunga ishontirish uchun barcha minbarlardan bor rasmiy, norasmiy usullar va jonfidoyilik bilan harakat qilishar edi.
Boshqa millat vakillari bo‘lgan inson huquqlari himoyachilari, umuminsoniy qadriyatlar targ‘ibotchilari akademik A.Saharov, yozuvchi A.Soljeniqin va shular safidagi boshqa mustabid tuzumning zulmini ko‘rgan haqiqat va adolat kurashchilari tarix sahnasiga endi birinchi qadamlarini qo‘ymoqda edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:32:06
Mana shunday muhitda, ya’ni yurtimizda hukm surayotgan ixtiyoriy qullik davrida, sobiq qizil imperiya hududida birinchilardan bo‘lib, bobomiz bu tuzum va mafkura tub negizi va mohiyati bilan inson tabiatiga, umuminsoniy qadriyatlarga zid, insoniyat taraqqiyoti yo‘lining xato ko‘chasi ekanligini asoslab shunday yozadilar: «Hayot olamida eng ulug‘, oliy darajalik yaratilgan narsa shubhasiz shu insondir. Shuning uchun inson huquqlarini eng yuqori darajada saqlash haqiqiy madaniyatning ayrilmas bir tarmog‘idir. ...Madaniyat qaerda, qaysi millatda bo‘lsin, insoniyat haqlarini saqlash uchun hukumat qo‘lida adolat quroli bo‘lib turar ekan, ana shu chog‘dagina butun xalq haqiqiy madaniyatga erishib, tinchlik bilan rohatda turmush kechira oladi. Buning natijasida insoniyat xususiyati bo‘lgan har kimning erk-ixtiyori o‘z qo‘lida saqlanadi. Yer yuzining qaysi o‘lkasida bo‘lishni kim tilar ekan, hech qanday to‘sqinlik ko‘rmaydi».
«Asrimiz boshida chiqqan siyosiy firqalar ichida kommunizm kabi aqldan yiroq, xayoliy bir maslak ahli bo‘lgan emas. Mana shu xayoliy maslak egalari 50 yildan beri aqldan tashqari tuzumlarini qurol kuchi bilan xalq ustida yurgizib keladilar».
«...Insoniyat olamining ofati, kufrnifoq madaniyatining zaharlik mevasi hisoblangan kommunistlar bozori qanday yerda qizidi? So‘zga tushunmagan, hech narsa bilmagan, ayniqsa, yo‘qsillik-kambag‘allikda yashayotgan gumroh, Vatan, millat nima ekanligini bilmaydigan ongsiz nodonlar ko‘p bo‘lsa, mana shular ichidagina rivojlanib, tezdan ishlari avj oldi».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:32:25
«... Hech davrda ko‘rilmagan buzuq, jirkanchli tuzumini bolsheviklar hech kimga qabul qildirolmagach, insonning hayotiy yemak ,ichmak, oziq-ovqatlariga osilib, biror kishi uyida don urug‘idan ortiqcha hech narsa qoldirmay yig‘ib olishdi. Shu orqalik xalqni och o‘ldirish qo‘rqinchi bilan o‘zlariga bo‘ysundirmoqchi bo‘ldilar. ...Chunki 6u kabi boshi tuyuq, qorong‘u ko‘chaga xalqni kirgizish faqat iqtisodiy, siyosiy majburlik orqaligina bo‘lishi mumkindir».
O’sha davrda, Toshkentda yashab turib, maxfiy uy nazorati ostida bo‘lishiga qaramay, insonlar haq-huquqi, sovet tuzumi va mafkurasi ustida shu kabi haqiqatni qayg‘urib so‘zlash uchun qanday iymon e’tiqod, maslak va irodaga ega bo‘lmoq kerak edi? Qaysi qudrat va g‘oya u kishini bunday jasoratga boshlagan? Nega boshqa ziyolilarimiz shu paytda bu to‘g‘rida fikr yuritishga jur’at etolmaganlar? Ular o‘z boshlarini asrab, turmush rohatini ko‘zlab, qanday qullikda, mutelikda, kimlarning tobeligida hayot kechirayotganliklarini anglashni istamadilar.
Bulardan farqli o‘laroq, bobomlardagi birinchi quvvat ummoni haqiqiy islomiy iymon etiqodi va haqqoniy hur fikrligi bo‘lsa, ikkinchi ulug‘ manba ul zotning Vatan va millatga bo‘lgan cheksiz muhabbatidir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:33:35
Bobomlar yozadilar: «Umrim ichida qanchalik og‘ir ishlarni, ko‘p qo‘rqinchlik kunlarni boshimdan kechirdim. U chog‘da ko‘nglimdagi iymon e’tiqodim, Allohga va uning haq payg‘ambari Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbatim, men uchun eng kuchlik ishonchim va eng ortiq suyanchim edi. ...Iymonlik kishilarga har vaqt bu ulug‘ davlat nasib bo‘lg‘usidir».
«Hozirgi madaniyat davrida diyonat bilan taraqqiyot birga yasholmaydi degan xato fikr oqillar oldida emas, jahon bo‘yicha johillar orasida tarqalmishdur. Haqiqatda esa, din poklikdur. Poklikka qurilgan axloqdur. Dinimizning asli aqldur, quroli ilmdur. Hozirgi taraqqiyot islom axloqi asosida olib borilsa, insonlar uchun eng foydalik madaniyat bo‘lishida shak yo‘qdir. Umuminsoniy haq huquqlar butun xalq oldida, ayniqsa, hukumat doiralarida qonuniy ravishda himoyalanib saqlanar ekan, o‘shandagina madaniyati fozilaga erishiladi. Shu kunlarda ustimizda hukmron bo‘lgan dinsizlar madaniyati ersa fosiq madaniyat deyiladi. Bunday madaniyat insonlarni ham axloqiy, ham ruhoniy fazilatlaridan butunlay ajratadi».
Vatanimiz, millatimiz yuz yildan ortiq bosqinchilar qo‘lida, mustamlaka zulmi ostida yotganining asosiy sabablari xonliklar davrida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan ittifoqsizlik; dinni asosi bilan tushunmagan ilm madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘lishi; mamlakat mudofaa quvvatiga ahamiyat berilmagani; xalqimizning xurofot zulmati va jaholat botqog‘iga butunlay botganligi; zamonaviy fan ilmlarini o‘qish va o‘qitish ishlariga e’tibor bo‘lmaganligi haqida bobomlar kuyinib gapiradilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:34:07
«Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? Buning bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O’zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog‘lamadilar, o‘qish o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur». «Bular Vatan va millat oldida eng kechirilmas jinoyatchi odamlar, chunki davlatlarini inqirozga, millatlarini qullikka, Vatanlarini xorlikka olib keldilar».
«Hozirgi madaniyat olamida millatning o‘z xuquqini saqlash sharafi uning qurol kuchigagina bog‘lanmishdir. Shuning uchun to‘liq mudofaa kuchiga ega bo‘lmagan millatlar insoniy huquqlaridan butunlay ajrab, hayvonlar qatorida xo‘rlik bilan yashamoqqa majburdirlar». «Shunga ko‘ra, Vatan bolalari oldimizdagi kelajak kunlarni eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros o‘z Vatanlarini egallash uchun mudofaa quvvati tayyorlashga tish-tirnoqlari bilan yopishsinlar».
Kitobda hozirgi zamon ilm-fanini tirishib o‘qish, zamonaviy texnika va texnologiya hunarlarini yaxshi o‘zlashtirish bilan bir qatorda, xalqning milliy hissiyotini ko‘tarish, o‘z ona tilini saqlash, adabiyotini yuksaltirish bizni millat sifatida yutilib ketishdan to‘g‘on kabi asraydigan zarurat ekanligi uqtiriladi: «Hozirgi o‘qimishlik, tushungan Vatan bolalarimiz, agar milliy hislik bo‘lmas ekanlar, ulardan bizga, ya’ni o‘z xalqiga foyda yetishi hech vaqt mumkin emasdir. Balki bolta sopini o‘zimizdan chiqargandek, yov qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar. U holda esa o‘zlaridan umid etilgan vatan o‘g‘illarining qo‘llari bilan vatan ahllarini ko‘mishga chuqur qaziladi demakdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:35:20
«...Milliy hokimiyatimizdan hozircha ajrab turgan bo‘lsak ham, milliy hissiyotimizdan ajramay, uni saqlay olsak, kelajakda dushmanlarga yutilishdan o‘zimizni qutqara olamiz. Endi bu maqsadga yetish uchun qo‘yilgan masalalarning eng birinchi sharti til masalasidir. Agar biz til adabiyotimizni kengaytirib, uning qadr-qimmatini oshirib, boshqa madaniy tillar darajasiga yetqizur ekanmiz, mana bu chog‘da millatimiz, milliy hissiyotlarimiz doimiy ravishda o‘sib saqlang‘usidir. Agar bunday bo‘lmay, balki, aksincha, o‘z ona tili qadriga yetmasdan unga ahamiyat bermas ekanlar, u chog‘da ko‘p uzoqlamayoq alvido aytib, o‘z tillaridan abadiy ajragan bo‘ladilar. Shundoq bo‘lib o‘z ona tilidan ajramoqlik, milliy hissiyotlarini yo‘qotish natijasidir. Bu ish esa insoniyat olami oldida ulug‘ xiyonat, kechirilmas jinoyat hisoblanadi. Bunday bo‘ldi demak, ulug‘ Turkiston ulusi Turon nasli r tilagicha, qurbon bo‘lgan holda inqirozga uchrab, Alloh saqlasin, tarix sahifalaridagi shon sharaflik nom nishonlari o‘chiriladi demakdir».
Alixonto‘ra umr bo‘yi Turkiston xalqining ozodligi va milliy mustaqilligi uchun kurashgan, yoshligida chor Rusiyasiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarda faol ishtirok etgan, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining 1-Prezidenti va marshal bo‘lgan, mustabid sovet tuzumining butun kirdikorlarini ilk kunlaridan boshlab tanqid qilgan va unga qarshi turgan, uning mustamlaka siyosatini qabul qilmagan fidoyi inson edi. Umrining ko‘p qismini quvg‘inda, qamoqxonalarda, tazyiq va ta’qib ostida o‘tkazdi.
Har davrda «saxovatli» sovet hukumati tomonidan taklif etilgan har xil «in’omlarni», jumladan, u kishiga umrbod tayinlangan katta nafaqani, oilasi bilan yashash uchun ajratilgan katta hovlini, Fanlar Akademiyasiga a’zo bo‘lish taklifini rad etib, o‘z iymon-e’tiqodiga har doim sodiq bo‘lib qolganlar. U kishi oddiy xalq ichida tanilib, katta obro‘ e’tiborga ega bo‘lganligi uchun sovet tuzumining maxfiy idoralari tazyiq o‘tkazib turgan bo‘lsa ham, mahkamaga tortish, qamash choralarini qo‘llashga jur’at etmaganlar.
Ul zotning metinday mustahkam iymon-e’tiqodini, Vatanimizga, millatimizga bo‘lgan chuqur muhabbatini, istiqlolning qo‘lga kelishiga, milliy davlatchiligimizning tiklanishiga bo‘lgan ulug‘ ishonchini hech narsa buka olmagan. «Biz, O’zbekiston xalqi, haqiqatda shu vatan ahllarimiz. Inson nasli yaratilib, yer ustiga qadam qo‘ygan kundan boshlab, bizning ota bobolarimiz shu O’zbekiston o‘lkasida yashab kelgan ekanlar shu kunlargacha tiriklarimizni bo‘ynida ko‘tarib, o‘liklarimizni qo‘ynida saqlamishdir. Bu Uzbekiston Vatanimizning bir qatlami biz o‘zbek xalqi ota-bobolarimizning suyaklari bilan ko‘tarilmishdir. Bo‘ynida ko‘targan, qo‘ynida saqlab oq sut berib tarbiyat qilgan bu O’zbekiston Turkiston bizning o‘z ona vatanimizdir.
Endi biz shu kungi holimizni yuzaki emas, chuqurroq tekshirib ko‘raylik. Qaysi holda turamiz, qanday xorlik ostida yashaymiz, hayotimiz ustidan kimlar hukm yurgizib, takdirimiz kimlar qo‘liga topshirilmishdir? Jannat kabi bog‘i-bo‘ston, noz-ne’matlik Vatanimizga kimlar ega bo‘lib, ul joylarda kimlar o‘ltiradi? Vatanimiz, boz ustiga mol-dunyomiz, axloq-odoblarimizdan bizni kim ajratdi? Butun hayot, hosilot, erk ixtiyorimizni majburiy ravishda qo‘limizdan kimlar tortib oldi?».
«Kerakligicha din ilmini o‘qish hammaga farz bo‘lganidek, o‘z hukumatini, Vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini o‘qib bilishlik ham farzdir». «Vatanimizni ozod qilish, o‘z davlatimizni qo‘lga keltirish va uni saqlash uchun, har davrning o‘ziga yarasha butun sabablarini qilish, Qur’onda aytilgan Alloh amri deb bilishimiz kerak».
«...Payg‘ambarimizning g‘oyibdan xabar bergan mo‘‘jiza so‘zlariga qaraganda va hozirgi jahon siyosatining ketishicha, oldimizda ulug‘ voqealar bo‘lishi shubhasizdir. Mana shu kabi buyuk voqealar bo‘lar ekan, dunyo bo‘yicha umumiy o‘zgarishlar bo‘lmay qolishi mumkin emas. Shu o‘zgarishlar natijasida mustabid tuzumning temir qo‘rg‘onlari tor mor qilinib, asrlar bo‘yi zolimlar asorati ostida yotgan bechora vatan ahllari o‘zlarining halol meroslari ona vatanlari bo‘lgan Turkiston o‘lkasiga shunda, albatta, ega bo‘ladilar».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:35:38
Umumjahon siyosatining o‘zgarishi, millatlarning milliy uyg‘onishlari kuchayishi natijasida mazlum xalqlarning o‘z milliy yetakchilari ham yetishib chiqishini bobomlar orzu qilib aytadilar: «Yer usti insonlari yer osti ma’danlari kabi turlikcha yaratilganlikdan har qaysilari har turlik qobiliyatga egadurlar. Bular ichida temir-ko‘mirlari ko‘p bo‘lg‘andek, oltin-olmoslari ham oz emasdir. ...Agar shundoq kunlar to‘g‘ri kelar ekan siyosat maydoniga millat yetakchilari, albatta, chiqadi va shunda Turkiston xalqi o‘z hukumatini birinchi navbatdayoq qurib olishi, albatta, lozimdir. Har millatning o‘z hukumati o‘z qo‘lida bo‘lmas ekan, cho‘poni-qo‘ychiboni yo‘q bir to‘da qo‘y kabi yirtqich qushlarga, och bo‘rilarga yem bo‘lib, oxiri inqirozga uchrab yo‘qoladi».
Asarda kelajakda quriladigan milliy davlat va jamiyat asoslari haqida ham fikr bildirilgan. Islom dini bilimdoni Alixonto‘ra Sog‘uniy qarashlaricha, ular umuminsoniy haq-huquqlar himoyalanib saqlanadigan, din erkinligi kafolatlanadigan, islom axloqi va madaniyatiga tayanadigan, kuchli ilmiy, askariy quvvatga ega bo‘lgan dunyoviy davlat va jamiyatdir. Shunday bo‘lganda keyingi asrlarda Turkiston xalqi boshiga tushgan qo‘rquvparast ruhiy muhitdan qutilmoq, qudratli qo‘shni davlatlar siyosatining qurboni bo‘lishdan saqlanmoq, zamonaviy taraqqiyot to‘g‘ri yo‘lida tez rivojlanmoq imkoniyatlari yaratiladi. «Endi shuni bilmak kerakkim, deydi Alixonto‘ra, Qur’onning hukmiga, Rasulullohning yo‘liga yaxshi tushunmay dinga xiyonat qilgan, o‘z Vatanini boshqalar tasarrufiga qoldirib, ikki dunyosidan ajrab xorlik bilan yashagan yolg‘on musulmonlardan ilm, fan, madaniyatni o‘zlashtirib, butun huquqlariga ega bo‘lgan kofirlar, albatta, ortiqdur».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:36:01
Kitobda Turkiston xalqlarining ittifoqi masalasi ham har tomonlama keng yoritilgan. «Mustamlaka zulmi ostiga tushib qolishimiz sabablarining birinchisi xonliklar vaqtida yuzaga kelgan ittifoqsizlik shumligidir. Xozirgi davrda millatimiz manfaatini dunyo siyosati darajasida to‘la himoya qilish uchun Turkiston xalqlari, davlatlari, birinchi navbatda, mintaqaviy ittifoqqa birlashmoqlari zarur. Shundagina bu ittifoqning yaratadigan qudratli siyosiy va iqtisodiy salohiyati dunyo siyosatdonlarini undagi davlatlar manfaatini hurmat qilishga majbur qilishi mumkin. Bo‘lmasa ma’lum bir tarixiy sharoitda qudratsiz davlatlar yana kuchli davlatlarning qurboni bo‘ladi. Turkiston davlatlari birlashishlari uchun tabiiy asos mavjud. Bu tarix, yurt va madaniyat birligi, umumiy din va til borligidur. Qur’on mo‘minlarni birlik, ittifoqlikka qattiq undaydi».
Shu bilan birga, bu asarda Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlardan XIX asr oxirigacha bo‘lgan davr ichida qurgan davlatlari, sohibqiron Amir Temur haqida, turkiy xalqlar madaniyati, turmushi, etnografiyasiga oid qimmatli tarixiy, ilmiy ma’lumotlar mavjud. Ayniqsa Sharqiy Turkiston o‘lkasida shu paytdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, milliy mustaqillik uchun uyg‘ur xalqining olib borgan kurash tarixi keng yoritilgan. Milliy tariximizni qoralab sovet davrida «bosmachilar harakati» deb nomlangan, aslida Vatan ozodligi uchun kurashgan millat qahramonlari to‘g‘risida ham fikr bildirilgan. Albatta, muallif bu harakatga o‘zining shaxsiy munosabatini bildiradi va ular mag‘lubiyatining asosiy sabablaridan biri buyuk ozodlik g‘oyasi atrofida millatni birlashtirgan, zamon siyosatini yaxshi tushungan, ongli rahbariyat yoki millat yetakchisi bo‘lmaganligini ko‘rsatadi.
Kitob nihoyatda tiniq, badiiy go‘zal, ravshan tilda yozilgan. Jumladan, tabiat manzaralarining tasvirlari o‘quvchi qalbida ona Vatanimizga chuqur muhabbat va mehr uyg‘otadi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:36:29
«...Bu tarixiy so‘zlarni yozishdan ko‘zlagan mening tubgi maqsadim, deydi Alixonto‘ra, o‘z Vatanida turib g‘arib bo‘lgan Turkiston xalqini, ayniqsa, hozirgi va kelajak Vatan yoshlarini ogohlantirib, o‘lim uyqusidan uyg‘otishdir. Ko‘nglimdagi munglik qayg‘ularimni qalam tumshug‘idan to‘kib yozgan bu kitobimni o‘quvchi va ham eshituvchi vatanparvar, millatsevar qahramon bolalarimizga mening topshirig‘im shulki, tilim uchidan emas, dardlik dilim ichidan chiqarib yozgan yolqinlik so‘zlarimni faqat uqibgina o‘tmasdan har bir og‘iz so‘zini tekshirib, uning ustida fikr yuritsinlar. Insoniyat taraqqiyoti emas, madaniyat taraqqiyoti bo‘lmish XX asrimizdagi insonlar milliy, vataniy, diniy huquqlarini saqlash uchun qaysi narsalarni qo‘lga keltirishi zarur ekanligini yaxshi tushunib, uning chorasiga kirishsinlar».
O’zining bu so‘zlariga amal qilib, Alixonto‘ra Sog‘uniy 1962 yildayoq ulug‘ sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» nomli kitobini eski forsiydan o‘zbek tiliga tarjima qiladilar. Dastlab «Guliston» oynomasi sahifasida bu kitobning ko‘p qismi 1967 yili u kishining jur’atli kirish so‘zi bilan bosilib chiqadi. O’sha davrda «qonxo‘r Temur»ni oqlab yozish katta jasoratni talab qilar edi. Vaholanki, bobomiz sohibqiron Amir Temurni o‘zbek xalqiga tiriltirib berib ketgan edilar. Shundan bir yil keyin, ya’ni 1968 yili O’zbekiston Fanlar akademiyasining viqe prezidenti I.M. Mo‘minov ko‘pchilik tarixchi olimlar muhokamasidan o‘tkazgan holda «Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli» risolasida ehtiyotlik bilan u kishiga ijobiy baho berishga harakat qiladi. Shundan keyin O’zbekiston matbuotida deyarli 25 yil davomida bu mavzuda ma’lumot berilmaydi. Ajablanarli hol shundaki, 1991 yili «Temur tuzuklari» qaytadan kitob shaklida chop etilib, tarjimon bobomizning yoniga yana bir kishining ismi-sharifi qo‘shib qo‘yildi. Unga kirish so‘zi yozgan tarixchi olimning fikricha, bu «asarning muallifi ma’lum emas»mish. «Temur tuzuklari» feodalizm, hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ko‘zlab yozilgan ...» asarmish. O’sha olimning keyingi yillarda Amir Temur haqida yozgan asarlarini o‘qib, bu kabi ko‘z-qarashlari ancha o‘zgarganidan xursand bo‘lasan kishi. Mustabid tuzumning yemirilgan davrida ham tarixchi olimlarimiz Alixonto‘raning birinchi bo‘lib ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temurni va uning shon-shuhratini himoya qilib ko‘rsatgan bu jasorati to‘g‘risida ochiq gapirishdan, tarixiy haqiqatni tiklashdan biroz hayiqdilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Iyul 2008, 15:37:04
Mustahkam iymon, buyuk e’tiqod, haqqoniy maslak egasi bo‘lgan, Vatanim Turkistonim deb qayg‘urib yig‘lagan, uning ozodligi, istiqboli uchun umr bo‘yi kurashgan, davr tuzumining siyosiy, iqtisodiy tazyiqlariga bardosh bergan insonlarni odatda millatning vijdoni deb bilishadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Alixonto‘ra Sog‘uniy 1960—1980 yillarda ana shunday insonlardan bo‘lgan edi, deyishga to‘la haqlimiz. U kishining ta’limoti zamonamiz yoshlarini yuksak ma’naviyat, axloq, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash imkonini yaratadi. Shunday ekan, umid qilamizki, minnatdor avlod o‘zining buyuk bobokalonlaridan bo‘lgan Alixonto‘raning Vatanimiz, millatimiz oldidagi xizmatlarini munosib taqdirlaydi, hayoti va ko‘p qirrali ijodini chuqur o‘rganadi, milliy tariximiz va adabiyotimiz sahifalarida ul zotning o‘z munosib o‘rni bo‘ladi, inshoalloh!
O’tmish tariximizdagi buyuk bobokalonlarimizga uy muzeylari tashkil qilish imkoniyati bo‘lmagan bo‘lsa ham, yaqin yillarda yashab o‘tgan bu kishiga sharafli hayoti, ibratli ta’limoti haqida to‘la ma’lumot beradigan uy-muzeyi tashkil qilinsa yaxshi bo‘lur edi. Bu muzey u zot qanday sharoitda yashab millat ozodligi uchun kurashgan, dilida millat va Vatan ishqi yongan haqiqiy inson nimalarga qodir ekanini bildiradigan, kelajak avlod o‘g‘il-qizlarimiz tarbiyasi uchun oliy ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladigan bir tabarruk joy bo‘lur edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 15:03:35
Bobomlar biz farzandlari uchun bir vaqtda ustoz ham bo‘lganlar. Mening yoshlik, yigitlik davrim u kishining yonida, umrlarining oxirigacha tarbiyasida bo‘lish baxti bilan o‘tgan. 1964 — 1967 yillari u kishining qoshida norasmiy «Ong o‘stirish to‘garagi» mavjud bo‘lib, bu yerda biz yoshlar har haftada ikki marta yig‘ilar edik. Arab tili va islom dini asoslaridan saboqni, milliy tariximizdan darslarni, axloq-odob, inson haq-huquqlari to‘g‘risida birinchi tushuncha va ma’lumotlarni u kishidan shu paytda uqqan edik. Bobomiz biz uchun ma’naviyat, tarix va milliy qadriyatlarimizning tirik qomusi; har qanday mushkulot yechimini topa oladigan dono murabbiy zamonamiz tuzumi, siyosati haqida bor haqiqatni to‘g‘ri so‘zlovchi botir inson edilar. Ul zot islom dini, o‘tgan ulug‘larimiz, milliy qadriyatlarimiz, Vatan va millat haqida gap ketganda g‘oyatda to‘lqinlanib, behad g‘urur bilan so‘zlardilar. Notiqlikda oldiga tushadigani kam topilardi. So‘zlaganlarida nuroniy yuzlaridan hamisha yog‘du taralib turar edi. Darslarda bizga nihoyatda samimiy muloqotlari ohangrabodek ta’sir etardi va hayajonli taassurot qoldirardi. Yoshlikdan ilmni qunt bilan o‘rganish lozimligini aytib, «Yoshlikda egallangan bilim toshga o‘yilgan naqshdur», «Ong yo‘q joyda jasorat bo‘lmaydi», «Bu dunyoda hech narsa tan-sog‘liqqa yetmas» kabi shiorlarni ko‘p eshitar edik.
Milliy tarix darslaridan birida shunday deganlar: «Insonlar o‘z hayotlarini ongli ravishda tushunib turishlari uchun dunyo ilmlari ichida boshqalardan ko‘ra tarix ilmiga hojatlari ayniqsa ko‘pdur. Shuning uchun har davrning dono olimlari tarafidan bu to‘g‘rida bek (ko‘p) kitoblar yozilmish ekandur. Tarix demak, o‘quvchilarning ko‘z oldilariga qo‘yilgan bir ko‘zgu kabi bo‘lib, unga qaragan kishilar esa yuz-ko‘zlariga yuqqan yomon narsalarni ko‘rar ekanlar, albatta, undan o‘zlarini tozalaydilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 15:03:57
Shunga o‘xshash, o‘tmishdagi ota-bobolarning oynaklarini keyingi bolalari qo‘llariga olib qarasalar, o‘zlarining kim ekanliklarini, endi kim bo‘lg‘onliklarini shu ko‘zguda ochiq ko‘radilar. Mehribon ona Vatanlari bosqinchi oyoqlar ostida depsalib, ingrab yotqonlig‘ini ko‘rgach, uning sabablarini tekshirishga kirishadilar. Ongsizlik o‘lim uyqusida yotgan bir millatni uyg‘otish uchun o‘tmishdagi ota-bobolarining shonlik tarixini bilishdan ortiq narsa yo‘qdir.
Bu ilmdan kutilgan asosiy maqsadlar bir davlat qurilgandan so‘ngra, u qaysi ishlar bilan taraqqiy topib rivojlanmishdur, yoki inqirozga uchrab zavol topishi nima sababdan bo‘lishidur. Chunki dunyoda o‘tgan, yo o‘tmoqda bo‘lgan yaxshi-yomon ishlar paydo bo‘lishining, albatta, sabablari bordur. Hayot olamida hech narsa sababsiz yuzaga chiqishi mumkin emasdur. Masalan, ilgari butun dunyoga nomi chiqqan, tillarda doston shu O’zbekiston bizning suyukli ona Vatanimiz nega qo‘limizdan chiqdi? Biz Turkiston xalqi o‘z davlatimizdan nega ajradik? Mana bularning sabablarini ko‘rsatish tarix ilmining asosiy vazifasidur.
Yana bir darsda aytganlari: Kelajakka faqat o‘tmish yo‘l ko‘rsatadi. Tarix shuni bildiradiki, ikki buyuk qo‘shni davlat bilan olib boriladigan yaxshi, o‘zaro manfaatli siyosat yetarli emas. Chunki ular har doim Turkistonga o‘z manfaatlari bo‘lgan muhim o‘lka sifatida qarab ish yuritishgan. Shu sababli asosiy masalalarda hamisha til topishib, Turkiston taqdirini o‘z manfaatlari yo‘lida hal qilishgan. Masalan, Sharqiy Turkiston xalqining ozodlik uchun olib borgan kurashi bu davlatlar manfaatiga zid bo‘lganligi sababli qurbon qilindi. Yoki Turkiston xalqi o‘zining qaysi tub manfaatlarini ko‘zlab, Ikkinchi jahon urushida shuncha ko‘p qurbonlar berdi?
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 15:05:11
Yer kurrasining imkoniyati chekli bo‘lishiga qaramay moddiy ehtiyoj keskin o‘sib borayotgan XX asrda millatlar taraqqiyoti va taqdiri ko‘proq qudratli davlatlar siyosati va manfaatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli Turkiston o‘lkasida uchinchi bir buyuk davlat manfaatini yaratish zarurati bor. Ravshanki, muhim masalalarda uch davlatning hech biri birortasining bir tomonlama manfaatdor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shunda tadbirli siyosat yurgizuvchi kichik davlat, albatta, uning manfaatini ko‘proq ko‘zlab ish tutayotgan davlat tomonida bo‘ladi».
Shu tartibda biz bobomizning «Tarixi Muhammadiy» qo‘lyozma asari orqali islom dini va tarixi bilan tanishdik, o‘zlari fors tilidan tarjima qilgan mashhur Herman Vamberining «Buxoro yoki Movarounnahr tarixi» asarini va ulug‘ sohibqiron Amir Temur «Tuzuklari»ning birinchi tarjimasini qo‘lyozma holatda u kishining ishtirokida o‘qib o‘rgandik. Islom falsafasi nimalarga ko‘proq urg‘u beradi degan savolga: «Sharq falsafasi avval boshidan boshlaboq asosan inson ruhiyatini, uning ma’naviy olamini bilishga, odamlarning o‘zaro munosabatlarini anglashga e’tibor bergan. Bu ta’limotda odam qalbini hayvoniy hirslardan ozod etish, uni Allohga ishonch, iymon nuri bilan yoritish, komil inson masalalari ustida ko‘proq fikr yuritiladi», deganlarini uqqanmiz.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 15:05:35
Har doim 3 - 4 soatdan kam davom etmaydigan maroqli darslarimizda ko‘p tarixiy voqealarga ul zotning ajoyib mukammal, siyosiy-ijtimoiy mantiq qonunlariga asoslangan sharhlarini eshitishga muyassar bo‘lganmiz. Masalan, Vatanimiz mustaqilligi va erkining yo‘qolishiga nobop kishilarning hokimiyat tepasiga chiqib qolishi ham sabab bo‘lganligi to‘g‘risida gapirib, aytganlarini eslayman: «Har bir davlat arbobi siyosatda bilimdonlik, sezgirlik, izchillik va jasorat kabi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirmog‘i kerak. Bu toifadagi hukmdorlar o‘zlari kuchli bo‘lganligi uchun atrofiga mard va ochiqcha so‘zlasha oladigan kishilarni to‘plab ish yuritadi. Ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur shunday zotlardan edi. Temur sulton ta’rificha, hukmdorga o‘z fikrini va mulohazalarini aytishga botina olmaydigan hamda o‘z soyasidan cho‘chiydigan, qul tabiatli mansabdorlar saltanatning eng xavfli dushmanlaridur. Chunki ular o‘zlarining ojizligi va jasoratsizligi orqasida ikkiyuzlamachilik bilan ish yuritadilar, kezi kelganda esa o‘z hukmdoriga va hatto vataniga xiyonat qilishdan toymaydilar. Shu boisdan buyuk Amir Temur qul tabiatli amaldorlarni yoqtirmay, o‘z qadru-qimmati, vijdoni, or-nomusi va g‘ururini saqlay oladigan kishilarni davlatning ustuni deb hisoblagan».
Ul zot yana shunday deganlar: «Agar mo‘min-musulmon bir nohaq ishni ko‘rsa, albatta, ul ishga qo‘li bilan qarshi tursin. Agar bunga qudrati yetmasa, tili bilan qaytarsin, bunga ham yaray olmasa, hech bo‘lmasa ko‘ngli bilan norozi bo‘lsin. Bu so‘nggisi iymonning eng kuchsiz bo‘lishidandur. Agar ko‘ngli bilan ham ul ishga norozi bo‘lganin sezmas ersa, bundin Alloh saqlasinkim, bu hol iymonsiz kishilarning belgisidur. Ularni payg‘ambarimiz tiriklar o‘ligi deb aytganlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 15:06:42
Payg‘ambar Muso alayhissalom ummati vujudiga singdirilgan qullik asoratini siqib chiqarish uchun o‘z qavmini qirq yil Sahroyi Kabirda olib yurgan ekan. Chunki bu illat millatning jasadlariga yopishgan vabo mikroblari kabidir. Agar unga qarshi chora ko‘rilmas ekan, ko‘p uzoqlamayoq hayot olamidan oti o‘chirilib, u millat tub tomiri bilan yutilib yuboriladi.
Insonning eng sevgan qadrlik, qimmatlik to‘rt narsasi bordur. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘ladilar.
Alarning eng birinchisi shuldurkim, har odam o‘z erk va ixtiyoriga ega bo‘lmokdur. O’zida erki yo‘q, qo‘lida ixtiyori yo‘q odamlarning hayvondan nima farqlari bor?
Ikkinchisi — shar’iy yoki qonuniy kasblari orqali topgan molu dunyosi, qilgan mehnatining mevasi shul topguvchining o‘z haqqi bo‘lgan xos mulkidur.
Uchinchisi — har bir millatning haqiqiy onasi, u millatning tug‘ilib o‘sgan, ota-bobosidan meros qolgan Vatanidur. Ona Vatanni boshqalar tasarrufiga qoldirmoq Vatan avlodlarining kechirilmas og‘ir jinoyatlaridur, balki inson huquqlariga qilgan xiyonatidur.
To‘rtinchisi — har mamlakat xalqining asrlar bo‘yi asralib kelayotgan muqaddas dinlaridur».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 15:07:18
Bobomizning Naqshbandiya ta’limotiga e’tiqod qo‘yganlari ham ma’lumdir. «Hazrat Bahouddin Naqshband tariqatlari Qur’oni karim va Hadisi sharifga asoslanadi. Ul zotning «Dil ba yoru dast ba kor!», ya’ni ko‘ngil Alloh yodi bilan, qo‘l esa ish bilan band bo‘lsin, degan shiorlari butun musulmon olamiga mashhurdir. Sohibqiron Amir Temur ham bu tariqatga amal qilgan. Raiyat ravnaqini ko‘zlab, «Kam yenglar — ocharchilik ko‘rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar — mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar — dono bo‘lasizlar!» deb bu kishining nasihatlarini ta’kidlaganlar. Allohni sevish, uning visoliga yetish uchun og‘ir, mashaqqatli poklanish yo‘lini bosib o‘tishimiz lozimdir. Har bir kishi o‘z vaqtini sarhisob qilib turishi, chunki vaqt boyliqdur, bir kasbni egallashi, o‘z qo‘l kuchi bilan halol luqma topmoqligi bu ta’limot asoslaridandir», deganlarini eshitganmiz. O’z hayotlari davomida shunga amal qilib dorishunoslik, tibbiyot ilmlarini mukammal egallaganlar va hojatbaror shifokorligi tufayli ko‘pchilik o‘rtasida katta obro‘-e’tiborga ega edilar. Kichkina hovlining tashqarisida doimo sog‘in sigir bilan bir tana boqilar edi. Yoshligimda ularga yem-xashak va ivitilgan somonga kepakni ixlos bilan o‘zlari qorishtirib berayotgan ish ustida bobomlarni ko‘p marta ko‘rganman.
Erta bahor kunlari edi. Saharda bir qarindoshning to‘y oshiga bobomlar bilan birga bordik. Kun sovuq, endi tong otmoqda edi. Ko‘pchilik aytilgan bo‘lsa kerak, ko‘chada saf tortib, osh yeyishga navbat kutib, odob bilan bobomlarni oldinga kuzatayotgan tumanat odamlarni ko‘rib, hassaga ikki qo‘lini qo‘ygan holda to‘xtadilar. «Bay, bay, bay! Qani edi bu o‘zbek o‘g‘lonlari shu tartibda, shunday g‘ayrat va ixlos bilan Vatan ozodligi uchun jangga kirsa!» deb, tizilib turgan uzun safga zavq bilan uzoq tikilib qolganlarini eslayman. Shunda bu manzara to‘qsonni qoralab qolganiga qaramay, qomatini mag‘rur tikka tutib turgan sobiq marshalning Vatan ozodligi uchun olib borgan shiddatli muqaddas janglarining qaysi yolqinli damlarini ko‘ngliga solgan ekan, deb o‘yladim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:22:30
Alixonto‘ra keng bilimlar egasi, chinakamiga qomusiy olim edi. Yuqorida tilga olingan asarlaridan, tarjima qilgan kitoblaridan tashqari u kishining qalamiga mansub «Shifo ul-ilal», ya’ni «Illatlar shifosi» asari ham mavjud. Unda ikki yuzdan ko‘p kasalliklar bayoni, tashxisi va davolash usullari berilgan. Ko‘p tillarni chuqur bilganligi bois shu tillarda she’rlar ham yozganlar. «Devoni Sog‘uniy» nomli devon sohibi hamdir. Shu davr ichida bobomiz tomonidan yana Ahmad Donishning «Navodir ul-vaqoe» asari, Darvesh Ali Changiyning «Musiqa risolasi» asari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Alloma Sog‘uniyning obro‘-e’tibori oddiy xalq orasida nihoyatda yuqori edi. Ul zot faqatgina islomparvar bo‘lmay, balki tom ma’noda insonparvar bo‘lgani sababli oldiga uzoq-yaqin joylardan juda ko‘p kishilar o‘z dardlari va tashvishlariga davo, maslahat izlab kelishar edi. Ayniqsa «Temur tuzuklari» oynomada bosilib chiqqandan keyin mashhurligi yanada oshdi. Ko‘plar fors, arab, turkiy tillarida bosilgan, turli sohalarga mansub qadimgi nodir asarlarning tarjima va sharhlariga yordam so‘rasalar, boshqalar ilm izlab kelganini, tabobat, milliy tarix, diniy ilm sohalarida bilim olish uchun shogird bo‘lish niyatida ekanini bildirardilar. Ko‘p o‘zbek shogirdlari uydan qatnab ilm olsalar, uzoq yurtlardan kelgan tojik, qirg‘iz, qozoq, tungon, kavkaz xalqlariga mansub shogirdlari tashqari hovlidagi boloxonada yotib dars olardilar. Har payshanba kun iftorliklariga ko‘pchilik qatnashishga intilar edi, chunki bu yerda bo‘ladigan ajoyib maroqli suhbat va majlislarda ulug‘ e’tiqod, milliy qadriyatlarimiz, shon-shavkatli tariximiz, diniy masalalar yuzasidan fikr va sharhlar aytilar edi. Keyinchalik bu suhbatlar kengayib, jumladan, muborak ramazon oyi iftorliklari mehmonga chaqiriladigan katta hovlilarda, dala bog‘larida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu kishining ishtirokidagi majlis va suhbatlarga katta ilm sohiblari, ayrim shoir va yozuvchilar, din arboblari, olimlar va boshqa obro‘yli kishilar juda katta hurmat va ehtirom, haqiqiy ma’naviyatga chanqoqlik bilan qatnashar edilar. Kundalik hayotimizdagi o‘zgarish va hodisalarga u kishi katta qiziqish va xalq manfaati nuqtai-nazaridan qarar edilar. Ular millatimizning erki, tinchligi va kelajagi uchun foydali bo‘lsa butun vujudi bilan xursand bo‘lib, olqishlar edi. «Huquqlar himoyasining eng kuchlik quroli hisoblangan ilm-hunar, maorif eshiklari hozirgi kunda inson olami yuziga butunlay ochiqdur. Shu sababdan tushungan Vatan o‘g‘lon-qizlarimiz zamonaviy har ilm-hunarni asosi bilan yaxshi tushunib, imkoniyat boricha bilib o‘zlashtirishga boshqalardan ortiqroq kirishmoqlari lozimdur» deganlarini bilaman.
1976 yil fevral oyining oxirgi kunlari, men Leningrad shahrida xizmat safarida edim. Bobomlarning ahvoli og‘ir ekanligi to‘g‘risida xabar keldi. Tezda Toshkentga uchdim. Samolyotdan tushib to‘g‘ri bobomlarning Taxtapuldagi hovlisiga yo‘l oldim. Qarindosh-urug‘, yaqinlar bilan to‘lgan hovliga kirishim bilan otamning «O’g‘lim, tezroq kir, bobong ketmoqda», degan nidosini eshitdim. Uyga kirishim bilan musaffo sokinlikda ko‘zlari yumuq yotgan bobomlarga ko‘zim tushdi. Atrof-yonlarida farzandlari. Ko‘zlariga termulib otam nihoyatda past, mungli tovush bilan Qur’ondan «Yosin» surasini tilovat qilib turardi. Ko‘zlaridagi yosh bilan shoshilinch holatda menga suv tutib, «Otamga suv tomiz», dedilar. Yig‘lab turib muborak lablariga dokada sekin suv tutdim. Ohista ko‘zlarini ochdilar. Otam bobomga tikilib turib, nihoyatda past ovoz bilan «O’g‘lingiz Uvaysxon yetib keldi», dedilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:23:17
Bobomning ko‘z qorachiqlari men tomonga yalt etib o‘girildi. Bir «uf» tortdilar, muborak, xotirjam yuzlariga ikki tomchi yosh dumalab tushdi. Ko‘zlarini asta yumdilar va shu zahoti kalimai shahodat ustida jon uzdilar. Hayotlarining oxirgi soniyalarida ul zotning oldida bo‘lish va muborak lablariga oxirgi suvni tomizmoq menga nasib etganidan Allohga ko‘p shukronalar qilaman. Bu ne’matni hayotligida qilgan ulug‘ duolarining ijobati, ul kishiga bo‘lgan cheksiz muhabbatimning bir belgisi deb bilaman.
O’zbekistonning har joyidan va Markaziy Osiyo respublikalaridan yetib kelishgan ko‘p sonli kishilar bilan birga butun Toshkent ahli ul zotning tobutlarini Taxtapul mahallasidan yelkalarida ko‘tarib, vasiyatiga ko‘ra Ko‘kcha dahasidagi so‘nggi maskani bo‘lgan Shayx Zayniddin bobo qabristoniga oborib qo‘ydi. U kishining janozasini vasiyatiga binoan taqvo birodarlari Temurxonto‘ra o‘qishlari lozim edi. Ammo asrlar bo‘yi zolimlar tomonidan xalqimiz qalbiga singdirib kelingan qullik asorati bo‘lmish jur’atsizlik oqibatida janozani Ko‘kcha jome’ masjidida marhum Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon mufti hazratlari o‘qidilar.
Hazrat Imom al-Buxoriy nasliga mansubligimiz bilan hurmatdamiz, Temur avlodidan ekanligimiz bilan faxrlanamiz, Alixonto‘ra Sog‘uniy vatandoshimiz bo‘lganligi bilan g‘ururlanamiz. Mana shunday buyuk siymolar shu Vatandan chiqqanligi uchun, ular umuminsoniy qadriyatlar asoschilari va targ‘ibotchilari bo‘lganliklari uchun va biz ham shu millat ahlidan ekanligimiz uchun bu Vatanni sevamiz! Uni milliy madaniyat, din, axloq go‘zalliklarining majmuasi bo‘lganligi uchun, o‘zlikni anglash g‘ururini qalblarda uyg‘otgani uchun yana ham ko‘proq sevamiz! Yosh avlod shu muqaddas Vatanimizga, ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lib fikr yuritmog‘i, mehnat qilmog‘i va hech kimdan kam bo‘lmaslikni maqsad qilib kelajakka intilmog‘i kerak! Shunda ulug‘ bobolarimiz ruhlari shod va Vatan kelajagidan xotirjam bo‘ladi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:24:33
Shunday ekan «O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» deb nomlangan 700 betlik yangi tarix kitobida 1960-1980 yillarda o‘zbek xalqining mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borgan kurashiga bag‘ishlab muhtaram tarixchi olimlarimiz juda oz ma’lumot berganini qanday izohlash mumkin! Bundan shu jannatmakon Vatanni bizga meros qoldirgan ulug‘ ajdodlarimiz ruhlari iztirob chekishi, qolaversa mustaqil O’zbekiston tarixining bu sahifalarini o‘qiydigan yosh avlodda ota-bobolarimiz mustabid tuzumga qarshi yetarlicha kurashmagan degan noto‘g‘ri fikr tug‘ilmaydimi?
Axir, bu tuzumdan norozi bo‘lib, unga qarshi harakat qilgan boshqa shaxslar ham bo‘lgan. Masalan, milliy enqiklopediyada nomlari keltirilib, faoliyati boshqa kitob va jurnallarda ham keng yoritilgan, asarlari oliy o‘quv yurtlarida darslik qatorida o‘rganilayotgan, maktab, mahalla va ko‘chalarga nomlari qo‘yilgan Alixonto‘ra Sog‘uniy va uning singari ko‘plab allomalarning har tomonlama chuqur asoslangan Vatan ozodligi, milliy mustaqillik uchun kurash g‘oyalarini tarix kitoblarida keltirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O’zbek tili va adabiyoti darsliklariga Alixonto‘ra Sog‘uniyning Vatanni, ilmni, o‘zligimizni ulug‘laydigan she’r va dostonlaridan parchalar ham kiritilsa farzandlarimiz tarbiyasi uchun foydali 6o‘lardi.
O’zbek millatiga mansub ekanmiz, uning kelajagi uchun hammamiz mas’ulmiz. Shu sababli millatimizning istiqbol tomon harakatida yo‘l ko‘rsatkich shamchiroqlaridan bo‘lgan Alixonto‘ra Sog‘uniy haqida jamiyatimiz, birinchi navbatda, uning ongli qismi ziyolilarimiz umumiy, asosli bir fikrni bildirganlarida nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:25:17
Asarda yozilishicha, otamlar bobomlarni jallodlar qo‘lidan tun qorong‘usida qochirgan ekanlar va ul zotning vasiyatiga binoan tarix kitobining davomini yozishga muyassar bo‘ldilar. Bizga bunday ulug‘ sharafli ishlar nasib qilmagan bo‘lsa ham, bu kitobni nashrga tayyorladim va uni to‘laligacha kompyuterga kiritdim. O’z xotiralarim, muallif va asar to‘g‘risidagi ayrim taassurotlarim haqida ojiz fikrimni bu yerda bildirdim.
Yana shuni aytishim kerakki, muallifning o‘zi mazkur asarini qism yoki boblarga bo‘lmagan. Asarni sinchiklab o‘rganish va nashrga tayyorlash jarayonida uning mundarijasini berish lozim deb, uni taxminan 13 qismga bo‘lib nomladim. Asarda ko‘rsatilgan kursiv ajratmalar, tushunilishi qiyin so‘zlar, ayrim shaxs va joy nomlari uchun izohlar ham biz tomondan berilgan. Kitob muqovasidagi manzara ham muallifning asosiy g‘oyasini ifodalaydi. Hayotbaxsh Turonzaminda ulug‘ Turkiston eli qadim chinorining keyingi bo‘g‘in millatlari kallaklangani ko‘rsatilgan. Bu zaminga taxdid solib bulutli osmon tagida ikki buyuk davlat manfaatlari qoya bo‘lib turibdi. Ufqda ozodlik quyoshi tong otmoqda. Uning nurlarida kesilgan bo‘g‘inlar, albatta, ko‘karib o‘sishiga ulug‘ ishonch ramziy bildirilgan.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:27:08
Bu kitobni bosmaga tayyorlash va chiqarishda menga yordam bergan, ko‘maklashgan kishilarga minnatdorchilik izhor etishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman. Birinchidan, 6u kitobdan parchalar tayyorlab oldinroq xalqimizni u bilan tanishtirgan va bobomiz ilmiy meroslarini dunyoga tinimsiz targ‘ibot qiluvchi amakimiz Qutlug‘xonto‘raning xizmatlari kattadir. U kishiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Hozirgi kunda bu kitobning turkcha tarjimasi Turkiyada u kishining boshchiligida amalga oshirilmokda. Ikkinchidan, qarib qolgan chog‘larida g‘ayrat qilib, bu asarni arab imlosidan kirillga o‘tkazgan va uni ukamiz Abdullaxon, jiyanimiz Ma’rufxonlar bilan birgalikda xatolarini to‘g‘rilab qayta bosgan akamiz Ahadxonto‘raga katta minnatdorchilik bildiraman. U kishining bu tashabbusi kitobning tezroq bosilishiga turtki bo‘ldi. O’g‘illari qishloq xo‘jalik fanlari doktori Furqatxon bobomizning bosh evarasi bu kitobning bosilishiga birinchi fidoyilardan bo‘ldi. Kitobni chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha moliyaviy masalalarda jonkuyarlik bildirib, yordamini ayamadi. Jiyanimning bu himmati va g‘ayrati uchun unga ko‘p tashakkurlar aytaman. Barcha amakilarim, ukalarim, jiyanlarim, o‘g‘lim va o‘rtog‘i Saidumar otamiz boshliq bu ishning har xil jarayonida o‘z maslahat va yordamlarini ko‘rsatdilar. Ularga va bu yerda nomlari aytilmay qolgan boshqa birodarlarimizga o‘z tashakkurlarimni ayturman.
Alohida minnatdorchiligimni qo‘lyozmani ko‘rib chiqib, taqriz yozib o‘zlarining qimmatli maslahatlarini bildirgan O’zbekiston FA Tarix instituti direktori, professor D.Alimovaga, tarix fanlari doktori S.A’zamxo‘jaevga, arxitektura fanlari doktori P.Zohidovga va Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Q.Rajabovga bildiraman.Tariximizning qorong‘u yillarida Vatanimiz ozodligi, millatimiz haq-ququqi uchun kurashgan bu ulug‘ zotning kelajak avlod uchun vasiyat qilib aytgan yolqinli so‘zlari xalqimizning o‘zligini anglashi, Vatan tuyg‘usining shakllanishi, g‘ururimizning tiklanishiga xizmat qilar degan umidda bu kitobni chop qildirdim. Shu kichik bir xizmatimiz xalqimizga xushnud tushsa bobomiz vasiyatlarini va farzandlik burchimizni qisman bo‘lsa ham bajardik va u kishining ruhlarini shod etdik, deb umid qilgan bo‘lur edik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:29:51
                                        Uvaysxonto‘ra Alixonto‘ra Sog‘uniy nabirasi



                          SO’Z BOSHI


                        Bismillohir rohmanir rohiym

Ulug‘ ruhlik, to‘liq aqllik kishilarning aytishlaricha, har odam o‘zida bor yaxshiliklaridan, undagi ilm-hunar fazilatlaridan boshqalarga foyda yetkudek, keyingilar ibrat olg‘udek bir asar yozib qoldirishi, albatta, unga lozimdir.
Men, Ali Sog‘uniy, yoshlik-yigitlik kunlarimdan boshlaboq arabiy, forsiy tillarini to‘liq ravishda o‘zlashtirdim. Zamonning menga ko‘rsatgan to‘sqinliklariga qaramay, Tangri yordamida keng ko‘lamda diniy, tibbiy, ayniqsa, tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Arabcha, forsiychalarni yozish-so‘zlashgina emas, balki, bu ikki tilda kitob yozish, she’r aytish qobiliyati menda bo‘lsa ham, o‘z turkiy ona tilimni boshqa tillardan ortiqroq ko‘rdim. Chunki, qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.
Yuqorida oqillar tilidan aytilgan so‘zga qarab, o‘zimda topilgan fazilatlardan tarix ilmini tanlab oldim, chunki shu hozirgi davrimiz 1966 yilda, o‘z Vatanlarida turib g‘arib bo‘lgan xalqimiz uchun, tarix ilmi baliqqa suv o‘rnida bo‘lishi ko‘pdan beri menga sezilmish edi. O’tmishdagi tarixini unitib, endigi tarixini tuymagan bir millat, qorong‘uda qolgan qo‘lida tayog‘i yo‘q ko‘r kishi kabi qayoqqa oyoq qo‘yishini bilmaganligidan dushman yetakchisi keynidan ketishga majbur bo‘ladi. Ochiq fikrli, sezgir Vatan o‘g‘illari tarixning qanday zarur ekanligini mening shu so‘zlarimdan ilhom olib, chuqur tushunishlari kerak
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:31:50
Endi, Vatanim meni suymas ekan, men uni sevganligimdan, ulusim meni tanimas ekan, men uni taniganligimdan, Vatan ustida bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham buning kelajakdagi yaxshi-yomon natijalarini ko‘rsatib, Vatan bolalariga ulgu (namuna) bo‘lgudek, boshqalar bundan ibrat olgudek tarixiy bir asar yozishga kirishdim. Biroq, men yolgizgina islomparast emas edim, balki yaralishimdayoq insonparast edim. Xalqqa qaysi yo‘lliq yaxshilik qila olgayman deb, yoshlik-yigitlik davrlarimni g‘am-g‘ussa kunlari bilan o‘tkazdim. Endi esa soch-soqolim oqarib, qariligim yetdi. Yoshim saksonga erishib, ichki-tashqi kuchlarim orqaga chekindi, qarilik yuki ostida bukula turib, oldimizda ko‘rina boshlagan halokat chuquri yaqinlashayotganiga chidayolmay, kelajak bo‘g‘in nasllarimiz g‘amxo‘rligi uchun, har yoqlama qiyinchiliklar bo‘lsa ham, shu tarixni yozishga boshladim. Qalamim tilidan dardlik so‘zlarim qonlik ko‘z yoshima qo‘shilib, bu kitob varaqlari yuziga to‘kilmish edi. Shuning uchun buning otini «TURKISTON KAYG’USI» qo‘ydim.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:32:27
Men bu asarimni, bundagi tarixiy so‘zlarimni hozirgi O’zbekiston atalgan o‘z Vatanim ulug‘ Turkiston nomiga yozishim kerak edi. Biroq bu yerlarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi kunlardagi eng og‘ir hodisalar, dahshatli voqealar, tubsiz dengiz kabi tuganmas doston bo‘lg‘onliqdan vaqtincha bo‘lsa ham ularni qo‘yaturib, shu kunlarda ajdarho og‘ziga kelib, bizdan ham ilgariroq yutilish oldida turgan Sharqiy Turkiston ustidan yozmoqni ortiqroq ko‘rdim. Chunki bu yerda 1931 yildan 1946 yilgacha bo‘lib o‘tgan ulug‘ tarixiy voqealarga o‘zim boshchilik qilib emgakim (mehnatim) singgan, ko‘zim ko‘rgan edi. Boshqa vijdonsizlar kabi tarix yuzini qoralashdan saqlanib, o‘tgan hodisalarda bo‘lgan voqealarni hech yoqqa burmasdan, bo‘lganicha to‘g‘ri yozishni o‘zimga lozim tutdim. Lekin, bu ikki o‘lkaning
tarixi, siyosiy hollari bir-birlariga qattiq bog‘langan edi va ham butun dunyoga maydon1 o‘qigan sovet hokimiyatining, 1917 yili qurilgan kunidan boshla 1931 yilgacha o‘tgan dahshat vahshatlik kunlarni xirmondan bir dona, balki dengizdan bir qatra bo‘lsa ham, yozib o‘tmoqni tarixiy vazifam deb bildim. Shuning uchun cheksiz qudratli ulug‘ Tangriga sig‘ingan holda Sharqiy Turkistonga o‘tkunimcha ko‘rganlarimni, qilgan ishlarimni bayon qilmoqchi bo‘lib so‘zga kirishdim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:34:11
                                            KOSHG’ARGA O’TISHIM
Hayot tarixi insonlarning sinfiy kurashlaridangina iborat degan xato fikr Karl Marks tomonidan o‘rtaga yetishgan kunidan boshlaboq, xalqaro yopirilib yotgan hasad o‘ti qo‘zg‘alib, inson olamiga fitna-fasodlar eshigi ochilmish edi. Bu fikrni ko‘rlarcha qabul qilguvchi odamlar qo‘liga hukumat o‘tgandan so‘ngra, xalq o‘rtasida sinfiy ayirmachilikni va ham xususiy mulkni yo‘qotish uchun, ishchilar hokimiyati otidan dahshatli qonunlar chiqardilar.
Uning natijasida qora ishchi, nodon dehqonlardan boshqa xalq ichida haqlik, haqsiz degan fitna g‘avg‘osi boshlandi. Dindorlarcha Alloh odati, dahriylarcha tabiat qonuniga qarshi turishib, hayot olamida bir tekis haqli yaratilgan insonlar ichidan bir qismini, o‘zlari chiqazgan xayoliy qonunlariga asoslanib, hayot huquqlaridan butunlay mahrum qildilar. Bu orqali otilgan-chopilgan gunohsiz kishilar hisobi yo‘q edi. Ulardan oshib qolgan haqsizlar va ham qochibpisib yurib qo‘lga tushmagan kishilar haqida har turli jazo belgiladilar. Ba’zilarning borliq narsalari yorg‘u (musodara qilish) qilinib, bola-chaqalari ko‘chalarga haydalib, o‘zlari uzoq yerlarga surgun qilindi; ko‘plari esa, uzun muddatli qamoqqa olinib, og‘ir xizmatlarga solindi. Xalq o‘rtasidagi ba’zi bir odamlarni qo‘rqitish va aldash yo‘llari bilan yoshirin xizmatlarga bog‘ladilar
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:34:56
Urush-so‘kish va qiynashlar dahshatidan imonlik-imonsiz, vijdonlik-vijdonsiz kishilar, bu mansabparast jallodlar oldida bir tekis turishga majbur edilar. Chunki topshiriqlari to‘liq ravishda bajarilmas ekan, ular uchun belgilangan og‘ir jazolar darhol amalga oshmog‘i shubhasiz edi. Hech qanday gunohsiz, o‘zlariga qarshi deb bilgan kishilarni tovush chiqmas yer osti uylariga kirgizib, qiynov ostida o‘ldirish kabi vahshiyliklari odatdagi ishlaridan edi. Bu jallodlar qo‘liga tushgan baxtsiz mazlumlar, qiynovning qattiqlig‘idan ko‘ngillaridagi so‘zlari, ko‘milgan mollarini yoshirib qolish buyon tursin, umrlarida eshitmagan, kishi xayoliga ham kelmaydigan siyosiy tuhmat so‘zlarini iqror qilishga majbur bo‘lganliklaridan, ko‘plari fojiali halok bo‘ldilar.
Inqilob boshlanish davrida ko‘zga ko‘rinarli kishilar o‘z uylariga sig‘maganligidan, men ham o‘z Vatanim To‘qmoq (Qirg‘izistondagi Chuy viloyati markazi) shahrida turolmay, bizdan yuz chaqirim yiroqdagi So‘quluq degan joyda, tungonlar ichida kun kechirishga majbur bo‘ldim; chunki Buxoro o‘qishini shu zamon odaticha bitirib qaytganim so‘nggida, diniy ilm o‘quvchilari oz bo‘lsa ham shular ichidan topilur edi. Buning ustiga ular boshqalarga qaraganda, har to‘g‘riliq bizga yordamchi edilar. Tungon xalqining kelib chiqishi, tarixini o‘rni kelganda albatta yozishimiz bizning vazifamizdir
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:36:28
1919 yil oxirlarida Pishpekga (Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri) qarashli Qora-bolta, Oqsuv kabi 18 rus qishloqlari birlashgan holda bolsheviklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishdi. Boylikka botib yotgan Pishpek, So‘quluq tungonlari ham tushunmasliqdan bu ishga qo‘shilib qoldilar Natijada tortquluq (tortqiliq, ko‘rgulik, zulm) butunlay ular ustilariga tushib, eng og‘ir zarbalik kaltaklar bular boshlarida ushatildi. Shundoqki, besh yuz uylikka yetmagan So‘quluq tungonlaridan sakkiz yuz kishini haydab kelib, bozor o‘rtasida pulemyotga tutdilar. Ular ichidan o‘q tegmay qolgan yoki yarador bo‘lib, joni chiqmay turganlarni qizil askarlar oralab yurib, nayzalab o‘ltirdi. Qo‘zg‘olonchilar markazi bo‘lgan besh ming chamali Oqsuvlik ruslardan ilgari-keyin bo‘lib, o‘lim jazosi ko‘rganlari o‘ttizdan oshmagan edi.
Alloh saqlasa balo yo‘q deganday, shu yili So‘quluqga borishdan meni saqlab, bu kabi natijasiz qonlik qo‘zg‘olon ofatlaridan o‘zi asramishdir. Shu voqea bo‘lishida men To‘qmoqdan sakkiz chaqirim shimol tarafidagi tungon qishlog‘i Qoraqo‘ng‘iz masjidida edim. Pishpek, So‘quluq qochoqlari qilich, miltiq kabi borliq qurollarini osingan holda tanigan, tanimagan aralash meni qora tortib ustima tushdilar. Buni ko‘rishgan masjid qavmlari o‘z boshlaridan qo‘rqishib va yana meni ayashganliklaridan, ularni bu yerda qo‘ndirmaslik uchun maslahat ko‘rsatgan bo‘lsalar ham, men bunga rozilik bildirmadim. Bu kabi ulug‘ ofatlardan meni necha martabalar asrab o‘tgan mehribon Tangrim iltifotiga ishonganligimdan, bu mazlumlarni erlarcha ochiq yuz bilan qarshi olib, siniq ko‘ngillarini ko‘tardim. Bu yerda yoshirinib olish imkoniyati yo‘qligidan, bosh-oyog‘i ikki-uch kun turishganidan so‘ng, Olmota, Yorkent chegaralari orqali G’uljaga o‘tmoqchi bo‘lib ketdilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 30 Iyul 2008, 16:38:36
 Biz hozir shunday sharoitsiz, og‘ir ahvol ustida turibmiz. Mahalla ko‘chasidan o‘tayotganimizda yo‘l bo‘ylab, talan-bulan qoldiqlari, chochilib yotgan narsalar, kuydirib-yondirilgan imoratlar ichida vayron-talqoni chiqib, yiqilib yotgan tomlari ko‘zga tashlanmoqda edi. Bularni ko‘rgach, ko‘z yoshimiz qurimasdan, shu yurganimizcha mazlumlar qonlari bilan bo‘yolgan So‘quluq qishlog‘iga kirdik. Bu voqea o‘tib, ortidangina borganimiz uchun, musulmonlar otilgan-chopilgan ko‘cha qonlari tozalangan bo‘lsa ham, qirg‘inning boshqa belgilari yo‘qolmagan edi. Soqchi kishilari bizning boshqa yokdan kelganimizni ko‘rib, oldimizdan to‘sib, idoralariga boshladilar. O’lganlarning xotin-qiz, yetim bolalariga atalgan bir qancha kiyim-boshlarni ko‘rsatib, yordam uchun kelganimizni bildirdik. So‘ngra, yo‘l xatlarimizni tekshirib, bizga ruxsat qilgan bo‘lsalar ham, yana oramizda ishonmaslik paydo bo‘lib, anchagina so‘z o‘tmish edi.
Ma’lumdirki, mahkumiyatda ezilgan, qurolsiz, duduq tillar g‘olibiyat zulmi bilan g‘ururlanib turgan, har birining tumshug‘idan to‘ng‘iz qurti tushgan qurollik, shahdam tillar oldida nima deya oladilar? Shu bilan g‘olib dushman oldidan, qandaydir qutulib chiqqanimizdan so‘ngra, yordamga kelturgan ozdir ko‘pdir narsalarimizni tarqatdik. O’lganlar oilalariga ko‘z yoshimiz bilan qiroat o‘qib, ko‘ngil aytdik. Bu foydasiz fitnada manim o‘z shogirdlarimdan yigirmadan ortiqroq kishi shahid bo‘lmish edilar. Bulardan eng kattalarining yoshi o‘ttizdan oshmagan edi. Shunday qilib, bu joyda ikki-uch kun turganimizdan keyin yana To‘qmoqqa qaytib keldik
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 07:03:41
Qish o‘tishi yaqinlashib, yerdan ko‘katlar yangigina bosh ko‘tarmish edi. Bir kuni ertalab ko‘cha eshigimizdan kishi chaqirgan tovush eshitildi. Qarasam, o‘z mahallamizdagi Mirzaboy degan kishi ekan. U meni ko‘rgach, ko‘ziga yosh olib: «Sizga yaxshilikdan boshqani tilamaymiz. Hozirgi hukumat oldida, eshitishim bo‘yicha, ustingizdan har turli xabarlar borga o‘xshaydi. Endigi maslahat shulki, manavu ishlar yuz bosti bo‘lguncha, o‘rin o‘zgartib, boshqaroq yerda turishingiz yaxshiroq ko‘rinadi», dedi. Uning bu so‘zidan o‘ylanib, qandaydir ehtiyot yuzasidan, yot bir hukumat tuprog‘iga o‘tmoqchi bo‘lib, safar jamolg‘osiga kirishdim. Lekin boshqa chegaralar bizdan yiroq bo‘lganlikdan, Koshg‘ar tomoniga o‘tishni ma’qulroq ko‘rdim. Jonfido shogirdlarimdan tungon Dovudhoji safar yo‘ldoshim bo‘lib, yo‘lga tushdik.
Bolosog‘un To‘qmoq bilan Koshg‘ar oralig‘i otliq o‘rtacha yurishda o‘n-o‘n bir kunlik yo‘ldir. Bolosog‘un shahrining eski turkcha nomi Moqul bolig‘ bo‘lib, moqul yaxshi, bolig‘ shahar demakdir. Islomdan ko‘p yillar ilgari Issiqko‘l bo‘ylaridagi Beshbolig‘ bilan Bolosog‘un shaharlarida uyg‘urlarga o‘xshash o‘troq madaniy turklaridan o‘g‘uz turklari yashagan edi. Rum podshohlarining laqabi Qaysar, eroniylarniki Xisrov bo‘lganidek, Beshbolig‘, Bolosog‘unga kim podshoh bo‘lar ekan, unga Ediqut laqabi qo‘yulur edi. Aslida, Turkiston beshigi va poytahti Beshbolig‘-Bolosog‘un shahridir. Hozir ham Issiqko‘lning kungay (janub), terskay (shimol) tomonlariga suv ichida qayiq bilan yurgan kishilarga Beshbolig‘ harobalari ko‘rinib turadi. Biz bola vaqtimizda ko‘lning sayozroq yeridan bir hammom binosi topilmish edi undan chiqqan pishiq g‘ishtlardan qirg‘izlar olishib, ulkan manaplar (aslzoda, oq suyaklar) qabrlari ustiga bir necha gumbazlar yasatganlari hali esimizda bordir. Ko‘lning to‘lqinlari bilan chet yoqaga surilib chiqib qolgan o‘sha zamonning uy asboblari, dehqonchilik saymonlarini (ish qurollari, asbob-uskunalari) shu kungacha ham topib oladilar. Bu Beshbolig‘ shahrining harob bo‘lishiga kelsak, biz ko‘rgan tarixlarning hech birovida buning bayoni ko‘zimizga tushmadi. O’tmishdagi tabiat o‘zgarishlari orqali, yer tebranishi bilan shahar o‘rinlari ko‘lga aylanib, suv ostida qolgan bo‘lishi ham mumkindir. Qanday bo‘lsa ham, Beshbolig‘ obidalaridan topilgan asarlar eskidan beri o‘troq turklarida ilm, madaniyat bor bo‘lganligini bildiradi. Bolosog‘un miloddan ikki ming yillar ilgari o‘tgan Erondagi Qiyoniy podshohlaridan Kaykovuz, Kayxisrovlar zamondoshi eroncha Afrosiyob, turkcha Do‘kuxon atalgan turk hoqonining uchinchi poytaxti bo‘lgan ekan. Uning birinchi poytaxti Samarqand bo‘lishini eski tarixchilar shubha qilishadilar. Biroq shahar chetidagi keng maydon harobasi, yerlik xalq og‘zida, Afrosiyob atalishi va bu yaqinlarda u yerdan miloddan eski davr asarlari topilishi, turk hoqoni poytaxti Afrosiyob bo‘lganligini quvvatlaydi. Bunga ko‘ra Samarqand shahri jahongir Iskandar Makedoniy tomonidan qurilgan degan, ba’zi tarixlarda yozilgan so‘z asossiz bo‘lib qoladi, chunki Iskandar Afrosiyob davridan ko‘p keyin kelganligi hammaga ma’lumdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 07:04:29
Tarix hijratning 536 yili qoraxitoy xoni Gurxon bilan sulton Sanjar Binokand (Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Ohangaron suvining quyilish joyida bo‘lgan o‘rta asr shahri. Keyingi nomi Shohruhiya bo‘lgan) yaqinida to‘qnashib, sulton Sanjar qattiq yengilmish edi. Bu urushda Sanjar askaridan 30 ming kishi qurbon bo‘lmishdir. Shu bilan butun Movarounnahr Sanjar qo‘lidan chiqib, 71 yil qoraxitoy Gurxon qo‘lida qoladi. So‘ngra xorazmlik sulton Muhammad Gurxon askarini Buxoro, Samarqand, Farg‘onadan haydab chiqaradi. Taroz Talasda (hozirgi Jambul) bo‘lgan urushda Gurxon tarafdorlari qattiq yengilib, bosh qo‘mondoni Toyangu asir olinmishdir. Buni anglagach, Gurxon Olmalig‘ (hozirgi G’ulja shahri), Beshbolig‘ turklaridan o‘z qo‘mondasida kuchlik qo‘shin tuzib, ketgan yerlarni qaytarib olish uchun yo‘lga chiqadi. Taroz g‘alabasidan so‘ngra sulton Muhammad Toyangu boshliq butun asirlarni olib Xorazmga qaytmish edi. Gurxon bu xabarni eshitishi bilan butun borliq askarini unga qarshi keltirib, yana Binokand yaqinida ikki hukmdor qo‘mondonlig‘i ostidagi turk askarlari eng qattiq jang qiladilar. Bu urushda Gurxon tarafdorlari ochiq yengilgan bo‘lmasalar ham, uning askarlari orqaga chekinishga majbur bo‘la-dilar; chunki bu orada Oltoydagi Nayman turklaridan Toyanguxon o‘g‘li Kushlukxon Gurxonga qarshi orqa tomondan hujum boshlab, Olmalig‘ni olib, Bolosog‘unga kelayotgan xabari onglanmish edi. Bu chekinishda xorazmiylar orqadan taqamish (ta’qib qilish, izma-iz quvmoq) berib, Tarozga yetguncha quvg‘in qiladilar. Bu yerda ham Gurxon to‘xtab qarshilik ko‘rsatmagach, bu chekinish urush aldovi bo‘lmasin deb, sulton Muhammad shu yerda to‘xtalib qoladi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 07:05:16
Gurxon shu yurganicha yurib Bolosog‘unga kelmishdir. Qarasa, qal’a qapqoqlari uning yuziga yopilmish edi, chunki bu yerdagi o‘g‘uz musulmonlari Xorazmshohning Gurxon ustidan g‘alaba qozonganligini onglashib, uning tomonidan qo‘yilgan shahar bosqoqlarini (hokimlarini) o‘ziga qarashli kishilari bilan qoldirmay o‘ldirishib, Sulton askarining kelishini kutishmoqda edilar. Lekin ularning Gurxon ortidan yeta kelib, dushmanga eng so‘nggi zarbani bergudek kuchlari yo‘q edi. Shuning uchun yordamsiz qolgan Bolosog‘un muculmonlarini, ko‘chmanchi turk uluslarining har turidan to‘plangan qo‘shin bilan kelgan Gurxon qattiq qamal ostiga oladi. Qurol-jabduqlari to‘liq, urush ustidan qaytgan, qiziqqon, o‘ljalariga yetolmagan, qo‘llari quruq, oz bo‘lganda yuz ming chamalik askar qarshisida u zamon sharoitiga ko‘ra bir shahar xalqi qanday chidab tura olsin?
Qamaldan o‘n olti kun o‘tgandan so‘ngra, och bo‘ridek ochiqqan ko‘p askar kuch bilan kirib shaharni oladilar. O’lja asirlardan boshqa bu urushda musulmonlardan 70 ming kishi o‘ldirilmish edi. Shu bilan O’g‘uzxondan qolgan eski madaniyatdan namuna bo‘lgan, o‘troq o‘g‘uz turklarining markazi sanalgan qutlug‘ Bolosog‘un shahri hayot olamidan ko‘z yummishdir. Chingiz davriga kelguncha, Turkiston xalqi ichida bunday qirg‘in bo‘lib, ko‘p qon to‘kilmagan edi. Bu shahar hozirgi vaqtgacha (1966 yil) o‘zining o‘tmishdagi shonlik sharafining taniqli belgilari bo‘lgan Oqpeshin, To‘rtko‘l, Burona harobalarini qoldirmishdir. Bu yerda.
nohaq to‘kilgan qonlar egalari Burona minorasi orqali hanuz shahodat barmog‘ini ko‘tarib, o‘zlarining islomiyatlarini so‘ngg‘ilariga bildirib turadilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 07:06:17
Butun turk ulusining eng eski madaniyatli adabiy tili hisoblangan «Qutadg‘u bilik» (Qut otliq bilim) kitobini yozgan Yusuf Xos Hojib shu Bolosog‘unlik edi. Islom olamida shuhrat qozongan mashhur lug‘at kitobi «Sixox Javhari»ni arabchadan forschaga tarjima qilguvchi Jamol Qarshiy ham shu Bolosog‘unliqdir. «Tarixi Rashidiy»ning egasi Mirzo Muhammad Haydar ko‘ragon, bir vaqtlar Bolosog‘unda yuzlab kitob tasnif qilguvchilar bo‘lganligini shu tarix kitobida yozmishdir.
1908 yili Bolosog‘un harobatidan o‘n besh chaqirimcha shimolda, hozirgi To‘qmoq shahrida bir qabr tosh topilgan edi. Undagi arabcha xatni yoshligimda o‘zim o‘qib chiqargan edim. Oradan 60 yillik uzoq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, mazmuni yodimda qolmishdir. Shu qabr egasi o‘z zamonasida eng ulug‘ olimlardan bo‘lib, bir necha kitoblar tasnif qilganligi, yoshi o‘ttizga yetmay turib, 500-hijriyda shahid bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. Bu toshdagi butun xatlarni yozib olishga qiziqqan bo‘lsam ham, unga ulgurolmay qoldim, chunki u tosh To‘qmoqdagi tungon boylaridan bo‘lgan Mahammadjon Pisango‘y uyida saqlanur edi. Odat bo‘yicha, musulmonlarning bayram kunlari ularni tabriklash uchun ruslardan bir necha shahar boshliqlari kelmish ekanlar. Kishi ko‘ngliga qiziqarlik, ko‘rinishi haykal misolliq bo‘lib, uyning tokchasida turgan bu toshga ularning och ko‘zlari tushgach: «U nima?» deb so‘raydilar. Ma’lumot topgandan so‘ngra: «Buni biz oq podshohning muzeyiga yuboramiz», deb olib chiqib ketgan ekanlar. Shunday qilib, boshqa narsalarimizdan ajralganimizday, bundan ham ajrab qolganmiz. Yo‘q esa, toshning bosh oyog‘igacha bo‘sh o‘rin qoldirmay, anchagina tarixiy so‘zlar yozilmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 08:58:41
Har holda, boshi Issiqko‘l, oyog‘i Merki, yetti-sakkiz kunlik yo‘l bo‘ylab tutashgan harobalar, uzun yillardan beri bulardan chiqayotgan eskilik tarixiy asarlar, o‘z davrida bu yerlar madaniy o‘troq o‘g‘uz turklarining obodon shaharlari bo‘lganligini isbotlaydi. 1960 yillargacha sovet hukumatining eskilik izlovchi qazuvchilari ko‘p narsalar topgan, jumladan, Oqpeshin harobasidan bir xum to‘la kitob, yana Burona atrofida bir quduq ichidan islomdan ilgari eng eski turkiy xati bilan yozilgan bir kitob va ham bir necha tarixiy asarlar topganlarini shu yerlik ko‘rgan kishilar bizga so‘zladilar. 1965 yili To‘qmoqqa borganimda o‘tganlarni eskarib ruhiga duo qilish uchun Bolosog‘un harobasiga chiqdim. Yerlik kishilarning aytishlaricha, shu yili kolxozchilar yer haydab yurganlarida bir xum oltin topmish ekanlar, o‘zaro kelisholmasdan, barini hukumat olib o‘zlari quruq qolibdilar. Yana, To‘qmoq bozorining qarshisida, Chuy suvining u tomoni Sho‘rtepada, Gurxon qoraxitoydan qolgan bir sapil (tuproq qo‘rgon, qal’a) bordir. Ikkinchisi, bundan kun botish tarafiga qirq chaqirimcha tubanroq, cho‘ngligi (kattaligi) unga necha barobar kelgudek yana bir sapil bo‘lib, o‘z vaqtida shahar qo‘rg‘oni ekanligi ochiq ko‘rinib turadi. Manimcha, bosqinchi Gurxondan qolgan yerlik asarlardan Ediqut o‘lkasida shu ikki sapil harobalaridan boshqa biror narsa qolganligi ma’lum emas. Biroq o‘zlari bilmasalar ham, shu kunga davr xalq og‘zida ikki og‘iz xitoy so‘zi birisi domla, ikkinchisi shiypong saqlanib qolmishdir. Avvalgisi cho‘ng mulla, keyingisi ziyofat uyi demakdir
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 08:59:14
Shu kunlarda bu o‘lkaning janubiy tomonida qirg‘iz, shimoliy tomonida qozoq turklari yashaydilar. «Tarix al-Komil»da qirg‘iz turklari arabcha tag‘arg‘ar atalmishdir. Bu kitobning aytishicha, islomdan taxminan bir ikki yuz yilgina keyin shimoldagi mo‘g‘ul va buryat kabi kuchlik turk urug‘larining chopullariga (hujumlariga) chidayolmay qirg‘izlar janub tomonga chekinib, Ediqut o‘lkasi Bolosog‘un tog‘lariga tarqalmish edilar. So‘nggi kunlarda ularning urug‘lari o‘sib, sonlari ko‘paygach, ko‘chmanchilik odati qo‘zg‘alib, shimoldan quvg‘in yeb kelganlari esidan chiqib, o‘troq va zamonasiga ko‘ra madaniy hisoblangan o‘g‘uz turklari ustiga ko‘z ochirmay chopul qilgali turdilar. Kuchlik qurolga ega bo‘lmagan shahar xalqi urush maydonlarida har vaqt dala ko‘chmanchilaridan yengilishlari odat hukmini olmishdur. Buning sabablari har kimga tushunarlik bo‘lganlikdan, yozib o‘tirishni loyiq ko‘rmadim. Shuning uchun Bolosog‘un xalqi o‘zlarini qirg‘izlardan mudofaa qilolmay yangidan otog‘i el ichida tarqalayotgan Olmalig‘dagi qoraxitoy Gurxonga tobun (fuqarosi, tobe) bo‘lishib, uni chaqirishga majbur bo‘ldilar. Xitoy xalqidan adolat uzulmaydi degan xalq og‘zidagi yolg‘on dovruqqa aldanishgan Bolosog‘un xalqi bo‘ridan qochib, qassobga yo‘liqqan qo‘y kabi bo‘lmish edilar. Chunki qirg‘izlar qanday bo‘lsa ham o‘z qarindoshlari edi, bular bilan yarash choralarini izlashning o‘rniga, boshqa bir yot millatni chaqirishlari o‘z Vatanlariga xiyonat qilmoq demakdir. Bunday yanglish siyosatlar natijasida o‘z hokimiyatlaridan ajrab, qullik zanjiriga giriftor bo‘lgan xalqlar tarihda ko‘plab uchraydi
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 08:59:53
Mo‘g‘ulcha Moqul bolig‘ atalgan Bolosog‘un shahri to‘g‘rilik bu kungacha men ko‘rgan tarixlarning hech birida biror og‘iz so‘z bo‘lsa ham uchratolmadim. Turk beshigi atalgan bu o‘lka uyg‘ur o‘g‘uz elini o‘z quchog‘ida saklab butun dunyoga tanitgan edi. Shunday qutlug‘ ona Vatanimizni, jaholat orqali o‘z bolalari yotlarga bostirib, uning shonlik sharafini eslaridan butunlay chiqargan edilar. Yuzlarcha emas, minglarcha yil o‘tgan so‘nggida bo‘lsa ham, men uning eng kenja o‘g‘loni bo‘lganligimdan, o‘z ulusi tomonidan butunlay unutilgan onamizni eskardim. Uzundan beri ko‘nglimda yig‘ilib yotgan bu haqdagi tarixiy so‘zlarimni, ko‘p yillar davomida to‘plagan ma’lumotlarimni kelajak bo‘g‘inlarimizga bildirish uchun, bu o‘rinda yozdim va she’riyat so‘zlarimga shior qilib Sog‘uniyni tanladim. Qobusi (payti, fursati, o‘rni, vaqti) kelar ekan, yot dushmanlar oyog‘i ostida depsalib yotgan ona Vatanlarini eskarsinlar!
Shunday qilib, Bolosog‘un voqeasidan so‘ngra, Gurxon o‘zi ham ko‘p yashayolmadi. Davlatni saqlash uchun o‘z dushmani Kushlukxonga qizini berib, uni kuyov qilgan bo‘lsa ham, yana maqsadiga yetolmadi. Uning poytaxti Olmalig‘ o‘lkasini atrofi bilan Kushlukxon eli Nayman turklari buzib, yorib, o‘ldirib, chopib, yer bilan bir tekis choldevor qildilar. So‘ngra Kushlukxon askari bilan Uyg‘uristonga o‘tib, Yorkent, Xo‘tangacha hukmini o‘rnatgan bo‘lsa ham, so‘nggi kunlari Chingizxon yurishiga to‘g‘ri kelganliqdan uning amribuyrug‘i bilan o‘ldirilib, davlati shu bilan tugamish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:00:21
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. To‘qmoqdan chiqqach, to‘g‘ri sharqqa qarab Chimqo‘rg‘on, Burolsoy, Yelariq, Toyg‘oq, Maydontol, Quvoqi orqali yurib Qorag‘ov Qo‘chqorga tushdik. Bu yerdan yurganimizcha orada bir necha qo‘nolg‘ular (safarda yotib yoki dam olib o‘tadigan joylar) bosib, Do‘lan dovonidan oshib, Norin suvi bo‘yidagi Norin shahriga kirib bordik. Bu esa to‘rt tomoni ulug‘ tog‘lar bilan o‘ralgan bir eldir. Ruslar Turkistonni bosib olganlaridan so‘ngra, Sharqiy Turkistonga kirish qasdida tayyorgarlik ko‘rish uchun, Norin suvi bo‘yiga bir qal’a bino qilmish edilar. Olatou va Tyan-Shan tizma tog‘larining eng qalinlashgan o‘rni va ko‘chmanchi qirg‘iz turklarining qaynagan joyi g‘arbi janubiy O’zbekiston, sharqi janubiy Uyg‘uriston bo‘lganligidan buning siyosiy ahamiyati ortiqdir. Bu yerdan chiqib, orasi qirq besh chaqirim chamasidagi Otboshi qishlog‘iga yetib, toshkentlik Tuyoqboyhoji uyiga mehmon bo‘lib tushdik. U kishi esa To‘qmokda uzun turgan, o‘z mahallamizdan ketgan kishi edi. Bu yerning to‘rt tomoni egiz tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lsa ham, dalasi keng, o‘tlov yaylovlari ko‘pdir. Ular ichida Orpa, Oqsuv degan yerlarning cho‘pi kuchlik, qimizi ortuq bo‘lishida atog‘i chiqmishdir. Otboshida ikki kun turganimizdan so‘ngra shu yerda qo‘shilgan Qo‘shmoq hojim bilan uch kishi yo‘ldosh bo‘lib yo‘lga tushdik.
Oldimizda bir qo‘nolg‘ulik Toshrabod chegara to‘sq ovullari qirg‘iz Shomirqon, rus Chudir boshliq bir necha askar borlig‘ini bilgan edik. Bular oldidan o‘tishga yo‘lxatimiz yo‘qligidan, Qo‘shmoq hojim maslahaticha, to‘g‘ri yo‘lni qoldirib, Beloshuv degan o‘g‘ri yo‘l bilan ketmoqchi bo‘ldik. Yo‘lda ketayotganimizda uzokda ot yetaklab kelayotgan bir kishining qorasi ko‘rinmish edi. Qachonki, cho‘ng yo‘ldan u yo‘lga buruldik esa, oldimizdan kelayotgan kishi uzoqqan ishora bilan bizni chaqirdi. Uning bu chaqirishidan oddiy kishi bo‘lmasa kerak deb oldiga bordik. Qarasak, chegara soqchilari boshlig‘i qirg‘iz Shomirqon ekan. Bizni ko‘rishi bilan: «Hay, sizlar qanday kishisizlar? Ochiq cho‘ng yo‘lni qo‘yib, yopiq kichik yo‘lga kirasizlar? Qani bu yoqqa yuringlar!», deb bizni boshlaganicha, yo‘l ustidagi karvon saroyga tushurdi. Shu orada qayoqdandir ikki uch qirg‘iz yigitlari bilan ilgargi sipohiylardek beliga kumush bellik, yoniga egri qilich osgan shu yerlik qirg‘izlarning boshlig‘i ham kelib, ustimizga tushdi. Buni ko‘rgan Qo‘shmoq hojimning ko‘zlari alang jalang bo‘lib: «Hay attang, ishimiz qanday bo‘lar ekan, so‘rab qolsa yo‘lxatimiz yo‘q? Alloh saqlasin! Bizni qaytarib, Norindagi jallodlarga topshirsa, vaqt yomon, og‘ir kunlarga qolmagay edik», dedi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:01:08
To‘g‘ri, buning deganidek u kunlarda ishchi kambag‘allar hokimiyati qurilganliqdan, arzimagan narsa bahonasi bilan o‘ldirish tirgizish ishlarini, insonning eng ulug‘ huquqlarini inkor qilib, o‘ng so‘lini ajrata olmagan ishchi qo‘shchi qo‘llariga topshirmish edilar. Xalq ichida oz ko‘p tushunarlik, ko‘zga ko‘rinarlik, borliq kishilar inqilob dushmanlari hisoblanur edi. Ularcha haqsiz deb tanilgan odamlar jazoga tortilishi uchun, u kundagi hokimlar oldida u bechoralarning o‘zlaridan boshqa hech qanday guvoh-isbot kerak emas edi. Mana shuning uchun uning so‘zidan menga ham biroz tashvish tushgan bo‘lsa ham, es topgan kunimdan boshlab, har ish Allohdan iznsiz bo‘lmaydi degan ishonchim borlig‘idan o‘ziga topshirib, bu ishning sababiga kirishdim. Shundoqki, choy qaynashi bilan: «Qani, mirzalar, choy ichib olaylik, biz bo‘lsak qo‘lingizda turibmiz», degan bo‘lib, darhol xurjundagi yog‘liq kulcha, moyliq qazi, meva chevalarni chiqarib dasturxonga to‘qdim.
Ilik uzilgan ko‘klam vaqti edi. O’zlari och bo‘lsa kerak, bo‘ri qo‘yga tekkandek taomga hujum boshlab yeyishgani turdilar. Qonishgandan so‘ngra: «Xo‘sh, endi so‘rashib-tanishaylik, qayoqdan chiqdingiz, qayoqqa bormoqchisizlar?», deyishdi. Men ham to‘g‘risini so‘zlab:
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:02:39
«Qo‘limizda hech qanday qog‘ozimiz yo‘q, hozirgi zamonni ko‘rib turasiz, o‘zimizdan cho‘chigan kishilarmiz, chegaradan o‘tib, Koshg‘arga bormoqchi bo‘lamiz», dedim. Mening bu so‘zlarimga ishonib, boshqa gumon qilmagan bo‘lsa ham, otkaz mollar bormi xayoli bilan bizga qarab: «Mehmonlar, xafa bo‘lmanglar, qonun bo‘yicha xurjunlarni qarashimiz kerak», deb menikidan boshlab qaragan edi, qo‘liga kitob chiqdi. Boshqalarnikini ham ko‘rganday bo‘lib, so‘ngra aytdi: «Sizlar yaxshi kishi ko‘rinasizlar, barimiz musulmon bolasimiz, buning ustiga qo‘linglardan non yeb, tuz tatib qoldik. Bizning boshchimiz o‘ris, sizlarni ko‘rib qolsa, Noringa qaytarib haydashdan tortinmaydi. Endigi bizning yordamimiz shulki, bu cho‘ng yo‘lni qo‘yib, haligi yo‘linglarga kirsanglar Beloshuv orqali o‘tib, chegara soqchilaridan besh chaqirim yuqori Toshrabotga tushasizlar», deyishdi.
Biz uchun 6u kabi g‘amxo‘rlik qilishini undan kutmagan edik. Bu so‘zni anglashimiz bilan uni olqishlagan holda orqaga qaytib, Qo‘shmoq hojim boshchiligi ostida yo‘lga tushdik. U yerda peshin nomozini o‘qib otlangan edik. Ikki tog‘ orasidan suv bo‘ylab yurganimizcha uch to‘rt soatlardan keyin Beloshuv dovoniga yetib keldik. Qarasak, dovon o‘rtasida bir chaqirimcha yer oppoq qor bilan qoplangan bo‘lsa ham, narigi kun chiqar tomoni ko‘rinib turardi. Biroq ko‘klam vaqti kelib, qor yumshab qolganlikdan, qaerga ot solsak, qulog‘igacha qorga ko‘milib, bir bosim olg‘a yurishga yo‘l topolmadik. Endi bir yokdan kechqurungi tog‘ izg‘irin sovug‘i suyagimizdan o‘tib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tun qorong‘usi yaqinlashmoqda edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:03:34
Buni ko‘rgan men: «Bu yo‘limiz kelishmadi, tun bo‘yi qorong‘uda sovuqqa qolib, bir xatarga uchramaylik, qaytsak qanday bo‘lar?», desam, Qo‘shmoqhojim: «Hay taqsir, hammadan qaytishimiz xatarlikdir, tog‘ to‘lgan yo‘lto‘sarlar ichidan o‘tishimiz kerak. Har qanday bo‘lsa ham orqaga qaytmaylik», deb so‘z talashib, ko‘z jaldirashi ustida turgan chog‘imizda, dovonning tepasidan bizga qarab kelayotgan bir kishining qorasi ko‘rindi. Hizr ko‘rganday, uni intizorlik bilan kutib turdik. U kishi bilan ko‘rishib holimizni aytdik. Agar yo‘l topib bizni dovondan o‘tkazib qo‘yar ekan, ellik so‘m berishga va’da berdik. Bu kishi o‘zi yayov bo‘lgani ustiga, kech kirib tun qorong‘usi tushkanlikdan: «Borar joyim olis edi, yo‘lda qiynalib qolaman», deb ijirg‘angan bo‘lsa ham, aylanib-o‘rgilib uni ko‘ndirdik. «Qani bo‘lmasa turinglar!», deb bir otni yetaklaganicha, oldimizga tushdi. «Qayoqdan yo‘l topar ekan?», deb qarab tursak, qor ustidagi eski yo‘lni qo‘yib, tog‘ bag‘ridagi yalama muzga ot solgan edi, oyog‘i toyib yumalagancha besh o‘n quloch tubanroqda yotgan qalin qorga ko‘mildi. Ming turlik mashaqqat bilan uni chiqarib olgandan so‘ngra, boshqaroq yerdan yo‘l topib barimiz salomat o‘tdik. Qo‘lidagi tayog‘ini sancha sancha eski yo‘l iziga tushdi. Bizni ergashtirganicha o‘zi yayov, biz otliq yurganimizcha eson omon dovondan oshirib qo‘ydi. Suyinganimizdan va’dalashgan aqchani oshig‘i bilan berib, uni qaytardik
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:04:58
Tun qorong‘usi bosib, yurar yo‘limiz anchagina qo-rong‘ulashib qoldi. Dovondan qutilgach bel oshib, ikki tog‘ orasidagi uzun o‘zanga tushdik. Usti qor, muz bilan qoplangan bo‘lsa ham, ostida suv oqayotganligi sezilib turardi. Tun qorong‘usida yo‘lboshchimiz yo‘qligidan dahshatga tushib, izg‘irin sovuqqa qolib ketayotganimizda, «yilt» etib uch to‘rt yerdan o‘t yorug‘i ko‘rinishga boshladi. Ko‘zimiz unga tushishi bilan yo‘qolgan moli oldidan chiqqan kishiday barimiz quvonishib ketayotganimizda, birdaniga muz yorilib, belimdan suvga botib qoldim. Yo‘ldoshlarim hay-haylashib yurib, meni suvdan chiqarib oldilar. Qo‘njimga suv to‘lib, egin boshlarim butunlay ho‘l bo‘lgan edi. Yaxshiyamki, qo‘nolg‘uga kelib qolgan ekanmiz.
Chiroq yonib turgan uy ustiga kelib: «Mehmon keldi, kishi bormi?», deyishimiz bilan uch to‘rt odam yugirishib chiqishdi. Qarasam, o‘z mahallamiz Beshkaram saroyidagi tanish savdogar yigitlar ekan. Meni ko‘rishlari bilan shoshilishgan holda o‘t ustiga kirgizib, ho‘l kiyimlarimni yechirishganlaridan so‘ngra, pishib turgan taomlarini qo‘ydilar. O’z uyimizda o‘tirgandek suyunishib, Toshrabod saroy qoshida tikilgan ko‘chmanchi qora uyda, o‘rtada osilgan cho‘ng qozon ostga yoqilgan ulug‘ olov gir to‘garagida, turk ulusidan tiniq ko‘ngilli, kular yuzli, to‘g‘ri so‘zli qirg‘iz, uyg‘ur yigitlaridan qo‘shma bir to‘p kishi bo‘lib o‘ltir-dik. Kun sovuq, qornimiz och. Hay, o‘sha kuni yegan tamoqning totig‘i, oradan 46 yil o‘tibdir, haligacha ko‘nglimda saqlanib turibdi. Shunday qilib, u kechani do‘st uyida yotganday ko‘ngil xushi bilan o‘tkazdik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:06:17
Ertalab turganimizda qarasam, eskidan qolgan Toshrabod degan tarixiy saroy oldiga qo‘ngan ekanmiz. Buning birinchi binosi Koshg‘ar hokimi Muhammadxon tomonidan qurilmish edi. Bunisi esa, shayboniylardan 1006 hijriyda vafot topgan Buxoro podshohi mashhur Abdullaxonning zamondoshidir. Sharqiy va G’arbiy Turkiston savdo tijorat karvonlarini qaroqchilar hujumlaridan saqlash uchun, har ikki hukmdor o‘zaro kelishib, shu o‘rinda kuzatuvchi askar qo‘ymish edilar. Buning qanday natija berganligi ma’lum emasdir. Bu yerdan men o‘tgan vaqtda hech nar-sa qolmagan bo‘lsa ham, oldi tomonidan kirish eshigi ustiga bir ikki gazlik taxta toshlar qo‘yilgan va o‘rtadagi uzun yo‘lkaning har ikki yog‘iga solingan qirqtacha kelgudek gumbazli uylarning belgilari bo‘lib, qibla tomonida yuz kishi yotqudek mehroblik uy, usti o‘yilgan katta gumbazi bilan turgan edi. Shularga qaraganda, bu bino o‘z vaqtida anchagina hashamatli qurilish bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Ertasi barimiz, o‘n kishicha bo‘lib, Toshrabod dovonidan oshib, Chodirko‘l bo‘yiga tushdik. Bu bosh oyog‘i ko‘rinib turgan, aylanasi o‘ttiz-qirq chaqirim kelgudek, kichikroq ko‘l ekan. Yo‘l yaqiniga qarab yangidan eriy boshlagan ko‘l muzini kesib o‘tib, To‘raqot saroyiga tushdik. Bu yerda, saroychi bir uylik uyg‘urdan boshqa, hitoy hukumati tomonidan qo‘yilgan hech kishi yo‘q edi. Bir kecha yotib, ertasi Koshg‘ar chegarasida To‘yuntepa degan joyga kelganimizda yo‘limiz ikkiga ajradi. To‘g‘ri ketsak Chaqmoq qorovul o‘rni bo‘lib, yo‘l tekshiruvchi xitoylar shu yerda turar ekanlar. Shuning uchun biz uch kishi boshqa yo‘ldoshlarimiz maslahatlaricha, so‘l qo‘l tomonga burilib, Qoratepa dovoniga qarab yo‘l ol-dik. Dovon ostiga kelganimizda, 1800 yillarda Koshg‘ar hokimi marhum Yoqubbekdan qolgan qorovul qo‘rg‘oni yonidan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Oradan uzoq davr o‘tmaganlikdan qal’a binolari hali ko‘p buzulmagan edi. Bu haroba ko‘zimga ko‘rinishi bilan ikki Turkistonning ilgarigi tarixini ko‘nglimdan kechirib, endigi qayg‘ulik hollari ustida uzoq o‘ylanib to‘xtaldim. Ko‘ring o‘g‘uz, uyg‘ur kabi qahramon turk ulusi bolalarini! Ongsizlik, bilimsizliklaridan bugungi kunda qo‘loyoqlariga qullik asirlik kishanlari solingan holda, insoniy huquqlaridan butunlay ajragandirlar. Bosqinchi dushmanlari hisobiga, o‘z ona Vatanlarida turib, qandayin xor zorlik bilan hayvonlarcha erk ixtiyorsiz, majburiyat qamchisi ostida ishlab turibdilar
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:07:05
Ulug‘ qudrat egasi Allohdek xudosi bor, butun olamga rahmat keltirgan Muhammad alayhissalomdek yo‘lboshchisi bor, xudo qonuni bo‘lgan Islom dinidek dini bor musulmonlarning bu kabi xorlikka qolishlari, Qur’on hukmiga ko‘ra mumkin emasdir. Chunki Qur’onning aytishicha, Islom dini ilohiy bir qonundirkim, buni to‘lig‘i bilan amalga oshiruvchi musulmonlar har ikki dunyo davlatiga, albatta, ega bo‘ladilar. Bu so‘zning haqligiga hech shak yo‘kdir. Islom davlatining avvali, ayniqsa, hazrat Umar davridagi islomning shon shavkati bu so‘zni aniq isbotlaydi. Turkiya sultonlaridan Sulton Sulaymon davrida deyarlik butun Ovrupo hukumatlari islom podshohining buyrug‘iga bo‘ysunmish edilar. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Bu ummatim avvalda nima bilan ko‘tarilgan bo‘lsa, oxirida ham shu bilan ko‘tariladi», dedilar. Ma’lumdirki, Rasululloh davridan boshlab, islom taraqqiyoti davomida islom podshohlari oldida, Qur’on hukmi birinchi qo‘llanma bo‘lmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:08:17
Endi yuqoridagi so‘zlardan ochiq ma’lum bo‘ldiki, ilm-hunardan orqada qolib, boshqalar oyoq ostida ezilgan musulmonlar Kur’on hukmini amalga oshi-rolmay, haqiqiy islomiyatdan bahra topmagan ekanlar. Yo‘q esa, Qur’on hukmlari, asosan, uch ishga to‘xtalmish:
1. ittifoqlik;
2.   zamonaviy ilm-hunarni o‘rganib, har ishning sabablarini imkoniyat boricha to‘liqlash;
   3. dushman qarshisida o‘limdan qo‘rqmaslik.
   Mana shu uch narsaga hayot olamida har kim ega bo‘lar ekan, o‘z Vatanlarini, butun insoniy huquqlarini bosqinchi dushmanlar hujumlaridan, albatta, saqlay oladilar.
Afsuski, biz yaqin o‘tmishimizda ham jirkanchli ittifoqsizlik sababli o‘z davlatimizdan ajradik. 1840 yillardan boshlab ruslar O’rta Osiyoni istilo qila boshladilar. Bu yerda uchta xonlik bor edi: Buxoro amirligi, Xo‘qand va Xiva xonliklari. Ovrupoda ilm madaniyat taraqqiy qilib, butun insoniyat olamiga uygonish yoedusini socha boshlagan bir davrda bu xonliklar xurofot botqogiga botib, johiliyatning nihoyatiga yetgan edilar. Ne qobiliyatlik Vatan o‘glonlari o‘zlarining aziz umrlarini Buxoroning qadimgi eski madrasalarida arabiy, forsiy tillarni o‘rganish bilangina o‘tkazdilar.
Forobiylar, Ibn Sinolar chiqqan bu ulug Vatanning va millatning kelgusi istiqboli uchun hech kim qaygurmas edi. Shunday ahvolda bo‘lishlariga qaramay, ittifoqsizlik balosining eng yuqori bosqichiga yetganliklarini ko‘rsatib, dushmanga qarshi birlashish o‘rniga doimo o‘zaro nizo va qon to‘kishlar bilan shugullanib keldilar. Inqiroz bo‘lish oldida turishlariga qaramay, ilmsizlik natijasida, buning oldini olish uchun qo‘llarida bor imkoniyatdan ham foydalanolmadilar, keraklik sabablarini qilmadilar. O’qish o‘qitish ishlari o‘rta asrdagidan farqi yo‘q edi. Yetarlik iqtisodiy boylik mavjud bo‘la turib, davlatning mudofaa ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Askariy tartib shu eski usulda bo‘lib, nizomiy tartib kirgizilmagan va zamonaviy qurollar yo‘q edi. Bunday ongsiz hukumatning inqi-roz bo‘lishi tabiiydur. Bular Vatan va millat ol-dida eng kechirilmas jinoyatchi odamlar, chunqi davlatlarini inqirozga, millatlarini qullikka, Vatanlarini xorlikka olib keldilar. Qani, Kur’on hukmiga ularning amal qilganliklari?
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:09:25
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Shu bilan Qorate-pa qo‘rg‘onidan o‘tgandan so‘ngra dovon ustiga qarab tirmashdik. Ba’zi bir tog‘larda tutaklik (ciyrak, kislorodi kam) havo borligini xalq og‘zidan eshitgan bo‘lsam ham, o‘zim ko‘rmagan edim. Yo‘lning qiyinligi, tog‘ning tikli-gidan ot ustida turolmay, hammamiz otlarimizdan tushib, yayov yurishga majbur bo‘ldik. Biroz yurganimizdan keyin yuragimiz urib, suvlig‘imiz (tomog‘imiz) qisila boshladi. U tog‘larda tutak borlig‘idan xabarimiz bo‘lmagani uchun tibbiy tomondan uning chorasini oldinroq ko‘rmagan ekanmiz. Yigitligim to‘liq, tanim sog‘ tutagi yo‘q tog‘larda takadek sakrab yurgan kishi edim. Bu yerda esa bir qadam yuqori bosishga hech qaysimizda quvvat qolmaganligidan ot quyrug‘iga osilishib, ming turli qiyinchiliklar bilan zo‘rg‘a dovon ustiga chiqdik. Qarasak, dushmanga qar-shilik ko‘rsatish uchun tog‘ cho‘qqisidagi qisiq joyga ilgari ham cheb (chegara, post) bog‘lamish ekanlar. Dovon oshib, tutakdan qutilgach, tog‘ tagida ko‘rinib turgan qirg‘iz Solmirza saroyiga kelib qo‘ndiq. Ertasi bu yerdan otlanib, shu yurganimizcha yuz chaqirim kelgudek Oyoq, Chanaq, Azg‘an cho‘llaridan o‘tib, kun bota Og‘u kentining to‘shiga keldik. Yo‘l usti bo‘lmagach, u joyni oralab o‘tish bizga to‘g‘ri kelmadi. Bu yerdan o‘tib, bir oz yurganimizdan so‘ngra yiroqdan quyuq qora daraxtlar ichida ko‘ringan Ostinortish yurtining eng boshidagi Chitolcha kentiga kirdik. Biriga biri tutashgan kentlarni oralab yurib, tun o‘rtasi bilan yo‘ldoshimiz Qo‘shmoq hojim uyiga yetdik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:10:03
Koshg‘ar, Yorkent, Xo‘tan shaharlari va Xitoy tuprog‘idan Gansu o‘lkasi ham, 95 96chi hijriyda xalifa tomonidan yuborilgan islom mujohidlaridan Qutayba ibn Muslim qo‘lida fath bo‘lib, islom diniga kirmish edilar. Lekin islom dini hali Oltishahar o‘lkasida butunlay o‘rnashmay turib, islom askari teskari qaytishga majbur bo‘ldi, chunki Bag‘doddagi ibn Abdul Malik xalifa bilan Qutayba ibn Muslim oralari buzilmish edi. Shuning natijasida qaytgan askar Farg‘onaga kelgach, urush boshlanib Andijon shahridan 25 chaqirim kun chiqish tomondagi So‘pi qishloq yaqinida, ilgarigi Farg‘ona markazi Xalich shahri oldida, o‘z askari tomonidan Qutayba ibn Muslim o‘ldiriladi. Shu kunlarda ham yerlik kishilar Xalichni Qutayba mozori (Qilich mozori) deb ataydilar.
Rasululloh tomonidan Sayfulloh Alloh Qilichi nomini ko‘targan islom qo‘mondonlarining eng birinchisi mashhur Holid ibn Validdan so‘ngra birinchi darajali atoqlik fotih Xuroson, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Koshg‘ar, Xo‘tan, Gansu, to Chin markazigacha islom futuxotini yetkazgan shundayin qahramon qo‘mondon Qutayba, ittifoqsizlik shumligidan shu kabi fojiaga uchradi. Muso ibn Nasr, Toriq ibn Ziyod (Milodiy 710 yilda bu buyuk islom qo‘mondonlari o‘z askarlari bilan Gibraltar bo‘g‘ozi orqali o‘tib Ispaniya, Portugaliya va Janubiy Frantsiyani zabt etadilar. Keyinchalik bu ikki qo‘mondon o‘zaro hasadlashib qolib ittifoqlari buzilishi natijasida g‘arbdagi islom futuxoti to‘xtab qoladi) 6u qo‘mondonlarning hasaddan chiqqan ixtiloflari, g‘arbdagi islom futuxotlariga qanday to‘siqlik qilgan bo‘lsa, bularning ham o‘zaro hasadlik yog‘iy bo‘lishlari sharqda islom dini tarqalishiga undan ham ortiqroq zarba yetkazgan edi. Uning natijasida markaziy shaharlarda yangidan tarqalmoqda bo‘lgan islom dini to‘sqinlikka uchrab, bir ikki asr orqaga chekindi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:10:43
Bu orada Movarounnahr o‘lkasida adolatli Somoniylar davlati qurilib, bu muborak davrda ilm madaniyat, islomiya yangidan rivojga kirishib, buning soyasida Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi asarlari butun dunyoga tarqalgan olimlar vujudga chiqdilar. Ana shu davrda Erondagi islomdan ilgarigi Qiyoniy podshohlaridan Kaykovuz, Xisrovlar zamondoshi Do‘kuxon naslidan Sotuq Bo‘g‘roxon Koshg‘ar, Bolosog‘un va umumiy Turkistonga xon bo‘lmish edi. Somoniylarga, ya’ni ulardan Nasr Somoniy davlatiga chegaradosh bo‘lganlikdan, u otasidan yoshirincha islom diniga kiradi. So‘ngra Xo‘tan o‘lkasi atrofi bilan butun Uyg‘uriston xalqi, bu xonning himmati orqalik islom dinini qaytadan qabul qiladilar. Birinchi islom ochgan Qutayba ibn Muslim bo‘lsa ham, ikkinchi islom ochib, uni o‘rnatuvchi Sotuq Bo‘g‘roxon bo‘ldi. Tarix hijriyaning taxminan 380 yillarida vafot topib Ostinortishda ko‘milmishdir.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Ostinortishda yo‘ldoshimiz Qo‘shmoq hojim uyida ikki kun dam olgandan keyin Koshg‘ar shahriga tushmoqchi bo‘lib yo‘lga chiqdik. Kun issig‘i ustiga chang tuproq ichida qirq besh chaqirimcha yo‘l yurib, shahar ichiga kirib bordik. Bu yerlik kishilardan To‘qmoqka qatnab turgan savdogarlar ko‘p bo‘lganligidan tanish bilishlarimiz ko‘p bo‘lsa ham, ular uyiga tushmasdan Yorbog‘ darvozasi saroyida bizni kutishib turgan To‘qmoqlik yo‘ldoshlarimiz ustilariga tushdik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:12:22
Shu kunlarda, ya’ni 1920 milodiy yili, ichki, tashqi dahriylar birlashib, chirigan amir davlatiny ag‘darib, Buxoroni bosib olmish edilar. Farg‘ona shaharlarining har birida butun qishloq xalqlari qo‘zg‘alib, «bosmachi»lar nomidagi qo‘zg‘olonchilar bosh ko‘tardilar. Natijada begunoh xalq boshiga qiyomat qo‘pmish edi. Bulardan vatanparvar, ongli va ilg‘or fikrlik boylar otilib, chopilib, o‘liklari ohak suviga tashlandi. Qolganlarning ko‘p qismi o‘limdan ortiq qiynov turmalarida uzoq yotqizilgandan so‘ngra, yiroq yerlarga surgunga yuborilib, eng og‘ir ishlarda ushlanmish edilar. Ularning oldi yigirma besh, eng keyini o‘n yilga surgun bo‘lganlikdan, yuzdan biri qaytib kelgan bo‘lsalar ham, u yerda salomatliklari buzulganligi sababli, kelgan so‘nggida yashovchilar soni juda oz ko‘rinmish edi.
Rusiya tuprog‘idan ko‘tarilgan fitna vulqonlari butun mamlakat bo‘ylab alanga olib, uning uchqunlari chegara tashqarisiga ham tushgan edi. Men shundayin og‘ir ahvol, qiyin kunlarda chuqur fikr, katta umidlar bilan Koshg‘arga kelmish edim. Qarasam, bu yerdagi ongsizlik, ilmsizlik balosi bizdan yuz daraja ortiq ekan. Buni ko‘rgach, o‘ylagan rejam buzilib, o‘zim hayronlikda qoldim. Bo‘lmasa shu kunlari, Koshg‘arda oyat hadis tafsiri, har turli diniy ilm o‘qituvchilari yuzlab, o‘quvchilar esa necha minglab topilur
 edi. Butun O’zbekiston, Qirg‘iziston shaharlarini qoplagan uyg‘ur savdogarlari bu yerlarda bo‘lib o‘tgan, bo‘layotgan xalq ustidagi dahshatli ishlarni ko‘zlari ko‘rib, o‘zlari ham tortmish edilar. Minglab eshitgandan, bir marta ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:16:03
Endi shunisi qiziq, eng hayron qolurlik ishdurki, uyg‘urlar qon qarindoshlari o‘zbeklar boshiga kelgan shundayin ulug‘ ofat balolarni ko‘ra-bila turib ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.   Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa, ya’ni kambagallik va ongsizlik bo‘lishi, albatta, shartdur. Bular esa Rusiya tuprogida, ayniqsa Sharqiy Turkistpon va Xitoyda to‘lshi bilan topilganlikdan, dahriylar bundan foydalanib, shu buzuq maslaklarini bu joylarda rivojlantira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushurolmas ogir yuk bo‘lib ortilib qoldi. Endi bu yerda qancha turgan bo‘lsam, menga hamkor bo‘lgudek, kelajak uchun qaygurgan bir kishini bo‘lsa ham ko‘rolmadim.
Onggi ochilmagan, bilimsiz bir millat o‘z dushmanlari oldida qushxonaga haydalayotgan bir to‘p hayvondan hech qanday ayirmasi yo‘qdir. Insonning o‘ziga eng yaqin halokatlik dushmani ongsizlik, ilmsizlikdir. Shunga ko‘ra Alloh taolo Qur’onning birinchi surasini o‘qish, uqish, bildirish, yozish kalimasi bilan boshlamish edi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam erkak ayol, o‘gil qiz demay butun ummatlarini ilm o‘qishga buyurdilar. Kerakligicha din ilmini o‘qish hammaga farz bo‘lganidek, o‘z hukumatini, Vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini o‘qib bilishlik ham farzdir. Bu esa Kur’onda xudo tomonidan «Va a’iddu va lahum man quvvatin mastata’tum» oyati bilan ochiq buyurilmishdir. Ma’nosi: «Dushmanlarga qarshi qo‘linglardan kelguncha qurol kuchi tayyor qilinglar», demakdir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Alo innal quvvata arramyu», deb uch qaytarib aytdilar. Ya’ni, «hushyor bo‘linglarkim, albatta kuch quvvat dushmanga o‘q otmoqdir», dedilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:33:21
Bundan 1380 cha yillar ilgari aytgan so‘zlari qanday to‘gri ekanligini hozirgi fan ilmi ochiq isbotlab, o‘z ustimizda tajriba o‘tkazdilar. Endi o‘tmishdagi ishlarimizdan o‘kinib o‘ltirish o‘rniga, ulardan ibrat olib, kelajagimiz uchun hozirlik ko‘rishimiz kerakdir. Chunki ikki Turkiston bolalari ikki ajdarho ogziga yutilish oldida turibdilar. Bundan qutulishning birdan bir chorasi esa zamonaviy ilm fan bilan to‘liq qurollanib, buning ustiga milliy hislaridan ajralmay o‘z ona tillarini jon o‘rnida asrashlari lozimdir. Bu o‘rinda nega «milliy his» dedik, «diniy his» demadik? Buning sababi esa dahriylar hukumati qurilgandan boshlab butun diniy maktab va madrasalar yo‘qotilib, keyingi ta’lim-tarbiya ishlari dinsizlik asosiga qurilmish edi. Shundan buyongi maktab bolalarimiz diniy tarbiya ko‘rmaganlikdan musulmonchilik yo‘llarini yaxshi taniyolmay qoldilar. Shunga ko‘ra Vatan bolalariga diniy tarbiyat to‘silgan bo‘lsa ham, endi o‘z milliyatlarini saqlash uchun til tarbiyatlaridan sira ajramasliklari kerakdir. Chunki har qanday bir millat o‘z dinidan ajragani ustiga o‘z tilidan ham quruq qolar ekan, uning milliyati yutilib, hayoti munqariz (inqirozga uchragan, inqirozli) bo‘ldi demakdir. Bunga qaraganda shu kunlardagi Chiqish (Sharqiy) va Botish (G’arbiy) Turkiston bolalarining, ayniqsa Uyguristonning kelajagi shu dahshat ostiga tushganligi shubhasiz ko‘z oldimizda ko‘rinib turibdi.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:47:08
Demak, har ikki Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilgudek birorta odam yo‘q edi. O’zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech kim qaygurmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqogiga butunlay botgan edi. Bunga o‘sha davrdagi muhit aybdordir. K,ur’onning «Qul hal yastavillazina ya’lamuna vallazina la ya’lamun», ya’ni «Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘grida teng kelolmaydilar» degan hikmatlik so‘zini, albatta, amalga oshirish kerak edi.
Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqogiga botdi? Buning bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O’zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa boglamadilar, o‘qish o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uygonish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:49:18
Endi bu umidsizlanganim so‘shtida Afg‘oniston, Hindiston chegaralari bo‘shligidan foydalanib, u tomonlarga o‘tishimni o‘ylagan bo‘lsam ham, yolg‘iz bosh qayg‘usida bola chaqalardan ajrab, suyukli Vatanimni dushman qo‘liga tashlab ketishni o‘zimga loyiq topmadim. Ayniqsa, yo‘ldoshlarim tungonlar ichida jonfido shogirdim Dovudhoji mendan ajramasga shart qilib, qolishimga qattiq qarshilik ko‘rsatmish edi. Buning ustiga, Vaqtli Kerenskiy hukumati qurilgan so‘nggida Farg‘onaga muxtoriyat berilib, uning o‘n ikki kishidan iborat Muvaqqat hukumati tarkibiga polyak musulmonlaridan bo‘lgan Og‘aev ismli bir yurist ham a’zo saylanmish edi. Muxtoriyat Millat majlisi a’zolaridan biri esa akamiz Olimxonto‘ra janoblari edi. Bu ishga tishtirnog‘i bilan qarshi turishgan bolsheviklar, musulmonlarning eng kekchil dushmanlari sanalgan armanilardan to‘plangan askarlarni to‘liq qurollantirib, xalq ustiga keltirdilar. Bularning boshchi qo‘mondonlari esa turk qoniga chanqagan, qonichkich Dashnoq firqasining a’zolari bo‘lganlikdan Xo‘qand shahri ustida ko‘rsatgan vahshiyliklari o‘rta asr yirtqichlaridan Chingiz dahshatlarini unuttipmish edi. Ongsiz xalq buni unutgan bo‘lsalar ham, dushman suqqon nayzalarining zarbalaridan yuraklari parchalanmish, ko‘z qonlari bilan ko‘ngil sahifalariga dahshatli zulm xatlarini yozmish tarixchilar, bu kabi fojialarni hech qachon unutmaydilar. Xalq ko‘zini qo‘rqitib, ularga dahshat solish uchun, bir tomondan, otish chopish boshlangan bo‘lsa, ikkinchi yoqdan, o‘t qo‘yib, butun shahar bozor rastalarini kuydirmish edilar. Bu voqeadan besh olti yil keyin Xo‘qandga borganimizda buzilib vayron talqoni chiqqan ko‘p imoratlarni, kuydirilgan bozor rastalari o‘rnida to‘dalanib yotgan hisobsiz kultepalarni ko‘zimiz ko‘rdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:53:14
Mana shu Ho‘qand (Turkiston) muxtoriyat hukumati a’zosi Og‘aev, yuqorida aytganimizdek, polyak musulmonlaridan edi. Chor hukumati yiqilgan so‘nggida Polsha boshliq butun Boltiqbo‘yi millatlari o‘z huquqlariga ega bo‘lib, muxtoriyat olmish edilar. Bunga tushunib haq talab qiluvchi va ham bu ishni boshqaruvchi bizning o‘lkamizda kishilar kamligini bilgan musulmon ziyolilarining.diniy hislari qo‘zg‘alib, Turkistonda qardoshlarining birinchi martaba yangidan qurilayotgan yosh davlatlariga yordam yetkazish uchun u kishini yubormish edilar. O’zi yurist bo‘lib, chor hukumatiga qarshi musulmon polyaklarining milliy inqilobchilaridan edi. Ho‘qandga kelishi bilanoq oz ko‘p tushungan kishilar buni takdirlab, yangi qurilayotgan milliy muxtoriyat hukumati raisining o‘rinbosari saylamish edilar.
Bu kishi butun ishlarni tartibga solib endigina ishga kirishayotgan chog‘ida, balo qazodek kelib bolsheviklar bosdilar. Qochishga ulgurgan kishilar qutulgan bo‘lsa ham, ulgurolmagan a’zolardan qo‘lga tushgan baxtsizlar ham oz emas edi. Ana shu biz baxtsizlarga yordam berish uchun oilasi, Vatani, balki butun baxti taxtidan kechib kelgan polshalik din qardoshimiz yerlik baxtsizlar qatorida qo‘lga tushib, biz uchun qurbon bo‘ldi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:55:49
Eshitishimcha, bularning vahshiylik maslagidan xabari yo‘q bo‘lishi kerak. «Butun dunyo bo‘ylab har yerdagi insonlar o‘z huquqlariga erishayotgan XX asr davrida o‘tgan vahshiylarcha otish chopish bilangina ish olib bormasalar kerak, bular bilan ko‘rishib so‘zlashaylikchi, maqsadlari nimadur? Uni bilaylik», deb yuristlik qilib, huquqshunoslik yo‘li bilan bu yirtqichlarga so‘z o‘tkazmoqchi bo‘lib, qo‘lga tushmishdir. Yo‘q esa, boshqa jon qutqazgan «botir»lar kabi fursatdan foydalansa, qochib qutulishi mumkin edi.
Bu qahramon qo‘lga olingandan so‘ngra shundayin xorlik, zulm ostida turishdan o‘limni ortiq ko‘rib, ochlik bildirmishki, bu kabi eng so‘nggi dahshatlik choradan insoniyat olamida foyda berishi kutilur edi. Bular oldida e’tiborsiz bo‘lganlikdan o‘n besh kunlab och qoldirilmishdur. Aqli ozib, o‘lar holga kelganda boshqa yoqqa olib ketganlar. Undan keyingi taqdiri bizga noma’lumdir. Insonlar huquqi himoyasi uchun qurbon bo‘lib, shundayin olijanoblik ko‘rsatgan bu qardoshimizga butun insoniyat tomonidan yolqinlik ko‘nglimdan chiqargan tashakkurimni bildirgan so‘nggida, uning muqaddas ruhiga abadiy rahmatlarimni yo‘llayman. Bu kabi insoniyat qahramoni, haqlik qurboni bo‘lmish kishining xizmati ko‘milib ketmasligi uchun, vijdonim talabicha bu o‘rinda oz bo‘lsa ham yozib qoldirishni burchim deb bildim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 09:57:59
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Endi shuni bilmak kerakkim, Kur’onning hukmiga, Rasulullohning yo‘liga yaxshi tushunmay dinga xiyonat qilgan, o‘z Vatanini boshqalar tasarrufiga qoldirib, ikki dunyosidan ajrab xorlik bilan yashagan yolgon musulmonlardan ilm, fan, madaniyatni o‘zlashtirib, butun huquqlariga ega bo‘lgan kofirlar, albatta, ortiqdur.
Butun Uyg‘uristonni qoplagan shu o‘xshash ongsizlik ofatini ko‘rgach, u yerdan umidim uzilib, nochor, yangidan o‘t olayotgan fitna o‘chog‘i ichidagi o‘z yurtim To‘qmoqqa qaytib keldim. Qarasam soyasidan qo‘rqqan quyondek har yerda qochib pisib yurib kun ko‘rayotgan haqsiz kishilar ham oz emas ekanlar. Shular qatorida men ham shahardan chetroq Sho‘rtepa degan tungonlar qishlog‘ida turib, dehqonchilik bilan kun kechirmoqchi bo‘ldim. Marhum otamiz nasihatlaricha imom bo‘lishdan saqlanib, bir ikki yil o‘z ishim bilan shu yerda kuymanib yurdim. Lekin bu o‘lkada qora savodlik yoki savodsiz masjid imomlari bo‘lsa ham, dinga asosi bilan tushungan olimlardan birortasi ham yo‘q edi. Buning ustiga bolshevik hukumati dinsizlik asosiga qurilganlikdan xudosizlar jamiyati tomonidan har joyda dinga qarshi tashviqot tarqalib, dindorlarga hujum boshladilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 10:00:47
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytishlaricha, bunday vaqtda olimning sukut qilib qarab turishi o‘z diniga xiyonat qilishi demakdir. Bundan saqlanish uchun marhum otamizning «Imom bo‘la ko‘rma», degan vasiyatlariga qaramay, xalq talabini qabul qilib, To‘qmoq shahri katta masjidiga imom bo‘ldim. Shu birinchi jum’adayoq minbar ustidan oz deganda bir ming kishiga qarata aqliy naqliy dalillar keltirib, dinsizlikka qarshi o‘tkir bir va’z so‘zladim. Masjid xalqi bundan ta’sirlangach, dillari erib, ko‘zlari yoshlandi. Har joyda «oh voh» tovushlari ko‘tarilib, yig‘i sig‘i boshlangani turdi. Albatta, bunday ulug‘ diniy jamiyat majlislarida u vaqtning rahmsiz jallodlari uch harflik GPU kuydurgi josuslaridan so‘z tinglovchi bir necha kishilar borlig‘i ma’lum edi. Shunday bo‘lsa ham biror tomondan bu ishga ochiq ravishda to‘sqinlik ko‘rilmagach, diniy ruh qizg‘inligi bilan o‘z ishimda davom etib turdim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 31 Iyul 2008, 10:01:56
Shu orada 1922 yillar Otboshi Norin qozoq ruslari (kazaklar) tomonidan Bonduruf (aniqrog‘i Bondaryov)2 qo‘l ostida qattiq bir qo‘zg‘olon ko‘tarilmish edi. Darhol bularga qarshi otlansa otasini ayamaydigan qora turkmanlardan bir bo‘luk (polk) qurollik askar keltirildi. Yordam olg‘udek tayanchilari bo‘lmagan qo‘zg‘olonchilar bularga qarshi turisholmay, Koshg‘ar tomonga chekinishib qochdilar. Bularning kasofatiga To‘qmoq, Pishpekdagi boy savdogar va xalq ichida ko‘zga ko‘rinarlik sakson necha kishini bir kechada bosib, tekshirish surishtirish yo‘q, shu kechaning o‘zidayoq qo‘llarini sim bilan orqalariga bog‘lagan holda shahar tashqarisidagi Qorayog‘chilik bog‘iga olib borib otdilar. Bu gunohsiz mazlumlarni o‘ldirish uchun qazilgan chuqur chetiga keltirilgach, otib chopib tashlay berganliqdan ko‘plari chalajon edi. Shu yerlik ko‘rgan kishilar aytishlaricha, bularning ustilariga jonlari chiqmay turib tortilgan tuproq usti uch kungacha to‘xtovsiz lo‘millab (lo‘mbillab, ko‘tarilib-tushib) yotmishdir. Bu kabi yuraklar titrab, jonlar achinarlik, so‘zlashga til seskanib, yozishga qalam jirkanarlik bu madaniy yirtqichlarning qilgan vahshiyliklarini yozib qoldirishga majburmiz. Chunki tarixda ko‘rilgan ishlarning yaxshi yomoni demay, ko‘rgan bilgan narsalarning barini qoldirmay qalamga olish tarixchi ustiga yuklangan muqaddas vazifa hisoblanadi. Bu esa dinsiz dahriylar hokimiyatining boshlang‘ich davrlariga xirmondan bir hovuch, dengizdan bir cho‘mich kabi ko‘rsatgichdir. Bundan maqsad quruq so‘z dostoni so‘qib (so‘zlab, aytib, yozib), hikoya-voqea to‘plami yozish emas, balki asl maqsad kelgusi Vatan bolalarimiz bundan ibrat olib, endi kelajakda qanday yashamoq kerak ekanligini bilishlaridur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:00:53
VATAN AHLLARIGA DEGANLARIM

Tarixning aytishicha, shu Vatanimiz O’zbekiston o‘lkasini sharqdan, shimoldan chiqqan balo sellari qoplab, necha martaba harob qilinganligi ma’lumdir. Shuning uchun bizning ilgari porloq madaniyatimiz vayronlikka uchrab, nasllarimiz ham tabiiy o‘sishdan to‘xtalganligi ko‘z oldimizda turadi. Chunki bizga chegaradosh Xitoy xalqi so‘nggi hisob bo‘yicha yetti yuz millionga yetgan holda biz Turkiston xalqi bularga zamondosh bo‘lsak ham, nega bularning yuzdan biricha bo‘lib, shu kunga dovur o‘n millionga yeta olmadik? Buning sabablarini har yoqlama tekshirib ko‘rilganda turlicha bo‘lib chiqishi ko‘ngilga keladi.Lekin o‘tgan ulug faylasuflarning aytishlaricha hamda tarixiy tajribalarning ko‘rsatishicha, qaysi bir millat o‘z milliy davlatidan ajrab, uning hukumati yo‘qolar ekan, hukumat egasi bo‘lgan kelgindilar hisobiga yil sayin nasllari ozayib borib, eng so‘nggida butunlay yutilib ketishi tajribada ko‘rilmishdur. O’z hokimiyatidan ajradi demak inqirozga yuz tutdi demakdir. Shu sabablik dunyodagi onglik, madaniy millatlar o‘z hokimiyatlarini saqlash uchun necha millionlab qurbon berishga tayyordirlar. Holbuki, har bir millatga Iymon islomini saqlash Kur’on hukmicha qanday farz bo‘lsa, shu o‘xshash o‘zligini va o‘z millatini saqlash undan ham farzroqdir. Chunki payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qaysi bir kishi o‘z otasini tashlab, boshqa birovning bolasiman desa yoki bir millat tili, dini, rasm odati boshqacha ikkinchi bir millatga yutilsa, mana shunday ishga norozilik bildirib, ularga la’nat o‘qidilar. Milliy hissini yo‘qotib, o‘z millatidan ajrash Qur’on hukmi bo‘yicha haromdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:02:07
Yer usti uchmohi (jannati) bo‘lgudek, jannat kabi noz ne’matlik, yaylovlari ko‘p, oqar suvlari mo‘l, bog bo‘stonlik go‘zal Vatanimiz O’zbekiston o‘lkasi atrofimizdagi ochko‘z ganimlar tomonidan har vaqt hujum ostida bo‘lib turganligi mashhur tarix kitoblarida yozilmishdir. Xozirgi kunimizdan 780 yillarcha avval dunyoga dahshat solgan o‘rta asr yirtqichlari, quyundek qoplagan Chingiz askarining birinchi zarbasi biz Turkiston ulusining ustiga tushgan edi. Yer yuzi insonlari uchun yaxshilik kutilgan yigirmanchi asrda chiqqan bolsheviklarning birinchi navbatdagi ogir zarbalariga yana biz Turkiston musulmonlari uchradik. Chunki, yuqorida aytilganicha, bu madaniyat davrining totliq yemishlaridan foydalanib, dunyo insonlari o‘z huquqlariga butunlay ega bo‘ldilar. Va ham bu orqalik ilm, madaniyat, hunar-sanoat yer yuziga tarqalib, Afrika cho‘llarigacha kira boshladi. Bizlardan boshqa har yerdagi ozu ko‘p millatlar esa Vatan bosqinchila-ridan qutulib, o‘z erklik milliy hukumatlarini qurib oldilar.
Biz bo‘lsak, haqiqatda bol’sheviklar hukumati qurilgan kundan boshlab yolgiz milliy, diniy, vataniy haqlarimiz emas, balki insoniy huquqlarimizdan ham butunlay ajragan so‘nggida erksiz hayvonlar qatorida ishlamoqqa majbur bo‘ldik. Bir millatning o‘z^ huquqlari butunlay o‘z qo‘liga topshirilmagach, O’zbekiston oti qogoz ustida yozilishi bilan yoki boshqalarning yukini ko‘targan, aravasini tortgan eshak otlardek birmuncha o‘zbek nomidagi vijdonsiz, quruq haykallarni o‘z maqsadlarini qo‘lga keltirish uchun o‘rindiq ustiga o‘ltirgizib qo‘yish bilan u millat qanday ozodlikka chiqdik deya oladi? Balki, bunday millatlar shu kabi xiyonat pardalari ostida butun hissiyotlaridan ajragan holda yem bo‘lib yutilib, oxiri inqiroz chuquriga yuztuban yiqilib halok bo‘lishlari shubhasizdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:03:00
O’tmishdagi O’zbekiston o‘lkasida ming yillar davom etgan mustaqil davlatimizdan 1865 yili chor Rusiyasining bosqinchiligi natijasida ajragan bo‘lsak ham, boshqa ishlarimiz o‘z qo‘limizda edi. Buning ustiga Buxoro, Xiva hukumatlari 1920 yil o‘rtalarigacha saqlanib qolmish edilar. Butun sharoit qo‘llarida bo‘laturib, ongsizlik ofati, siyosat ko‘rligidan yuzlarcha yillab kutilmoqda bo‘lgan bu kabi qulay fursatni bekorga qo‘ldan chiqardilar. Yo‘q esa bu ikki o‘lka birlashib, uning ustiga xalq boyligi va yer boyligi qo‘shilar ekan, Vatanimiz Turkistonda milliy va madaniy kuchlik bir davlat qurish qobusi kelmish edi. Biroq baxtimizga qarshi bizda mudofaa quvvati yo‘qligidan o‘z yerimizda garib bo‘lib, o‘z merosimizga ega bo‘lolmadik.
Endi bu o‘rindagi mudofaa quvvati nimadan iborat ekanligini o‘quvchilarga bildirib o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Bosqinchilarga qarshi qo‘yilgan mudofaa quvvati ersa shu hozirgi zamonaviy ilmfan, qurol jabduqqa ega bo‘lishdan boshqa narsa emasdir. Yalinib yolvorib bulardan shafqat marhamat tilamak shaytondan insof-tavfiq umid etmak kabidir. Shunga ko‘ra, Vatan bolalari oldimizdagi kelajak kunlarni eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros o‘z Vatanlarini egallash uchun mudofaa quvvati tayyorlashga tish tirnoqlari bilan yopishsinlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:04:01
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Koshg‘ar safaridan kelganim so‘nggida marhum otamiz Shokirxonto‘ra hoji nasihatlaricha yozda dehqonchilik qilib, qishda tungonlar aro diniy xizmatda umr o‘tkazdim. «Har oqil odam o‘z zamonasiga yaxshi tushunishi va shunga qarab ish qilishi kerak», degan payg‘ambarimiz Muhammad alayhi vasallamning hikmatlik so‘zlaridan ilhomlangach, zamonamizda yangidan chiqa boshlagan kommunizm asoslarini chuqur tekshirib, hammadan ilgariroq unga yaxshi tushundim. Bu maslak butun dunyo bo‘yicha borliq dinlarga, ayniqsa islom diniga o‘t bilan suv, tun bilan kun kabi qarama qarshi ekanligini aniq bildim. Shunday bo‘lsa ham chin so‘zlab, to‘g‘ri tushunishga o‘rganganim uchun boshlang‘ich davrining aldov siyosatlarini chin chog‘lab (bilib, o‘ylab, tushunib), unga ishonmish edim. Shundoqki, taxminan 1921 yili Ulyanov Lenin tilidan tubandagilar yozilmish edi: «Agar O’rta Osiyo musulmonlari o‘z turmushimiz uchun Qur’on hukmi yetarlidur, Qur’on rahbarligi ostida yashovni istaymiz desalar biz buni, albatta, qabul qilishimiz kerak».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:04:27
Musulmonlarga yoqimlik bunday yaxshi so‘z Lenin tilidan aytilib, gazetada bosilganligidan ta’sirlanib, bular haqida o‘ylagan fikrlarim bir oz o‘zgara boshladi. Shuning uchun boshqaga qaramay, To‘qmoq jome’ masjidida har juma eng ozi bilan minglab xalq ichida va’z majlisi ochib dinsizlikka qarshi kurash boshladim. Yuqorigi Lenin so‘zidan foydalanmoqchi bo‘lib boshlagan bu ishimni 3 4 yil uzluksiz davom etmish edim. Bu ishdan ko‘zlagan maqsadim esa, Ibrohim xalilullohni kuydirish uchun yondirilgan Namrudning' ulug‘ olovini o‘chirmoqchi bo‘lib, tumshug‘ida suv tashigan qaldirg‘och kabi, ilohiy qonun deb o‘zim ishongan Islom diniga ko‘nglimdagi sadoqatimni bildirish edi. Shunga ko‘ra ko‘ngildan chiqqan so‘z yurakka yetar deganday, manim bu diniy va’zlarim xalq ko‘ngliga to‘liq ta’sir qilayotganligini ko‘rgach, temir qo‘lliq siyosiy idoralar meni o‘zlarining o‘nglanmas dushmani hisobladilar. Ana shu kundan boshlaboq aytgan so‘zlarim kundan kunga tekshirish ostig‘a olindi. Oxiri 22 yili GPU (Glavnoe politicheskoe upravlenie - Bosh siyosiy boshqarma, chekistlar idorasining o‘sha vaqtdagi nomi) jallodlari tomonidan qo‘lga olinib, hozirgi Qirg‘iziston markazi Pishpek shahrining yer osti qamoqxonasida yotdim. Bu kabi dahshatlik ishni birinchi ko‘rib, bundayin vahshiylik o‘ringa dastlab kirganligimdan, 6u joyda ko‘p yotmagan bo‘lsam ham, bu zulm zarbasidan ko‘nglimning ichki tashqi hissiyoti yaxshigina yaralanmish edi. Yuqorigi Lenin tomonidan aytilib, gazetada yozilgan so‘zlar bari yolg‘on bo‘lib, aldov tuzog‘i ekanligi keyin bilindi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:04:49
Ilgari o‘tgan payg‘ambarlardan Yusuf alayhissalom Fir’avn vazirining xotini Zulayho boshliq qilingan fitnalar ostida bir rivoyatda 7 yil, ikkinchi rivoyatda 12 yil zindonda qolmish edilar. So‘ngra Misr podshohi Fir’avn ko‘rgan tushining ta’birini hech kim chiqarolmay turganida uni Yusuf alayhissalom yo‘yib: 7 yil to‘qchilik, 7 yil ocharchilik bo‘lishidan xabar berib, agar vazirlik xizmati o‘ziga topshirilar ekan, bunga yaxshi choralar ko‘rib, xalqni bu balodan saqlay olishini bildirmishdir. Shu
 bahona zindondan qutulib chiqar chog‘ida eshigi ustiga uch og‘iz so‘z yozib qoldirmish edi. «Bu joy tiriklarning qabridur, dushmanlarni suyundirur, do‘stlar sinalg‘usidur».
Hazrat Umar roziyallohu anhu imkoniyat boricha musulmonlarni qamoq qilmasga buyurmish edi. Shuning uchun Islom shariatida bu jazoning uch yildan ortiq bo‘lishiga ko‘pincha yo‘l qo‘yilmaydir. Chunki bundan uzayib ketar ekan, insonlar har to-monlama zararlanishi, ayniqsa oilaviy turmushlari vayronlikka uchrab, harob bo‘lishi shubhasizdir. Agar bir kishi men bu dunyoda turmayman deb qasam ichgan bo‘lib zindonband bo‘lsa, shariat bo‘yicha uning qasami buzilmaydi. Bu esa, zindon ichi shariat oldida dunyo yeridan emasligini ko‘rsatadi. Islom qonuni hukmida butun dunyo davlati nohaq to‘kilgan bir kishining qoniga arzimaydi. Hozirgi dinsizlar hokimiyati oldida esa kishi o‘limi eshak o‘limicha ham qadri qolmaganligini ko‘rib turamiz. O’zlaricha siyosiy jinoyat hisoblagan bir og‘iz so‘zni amalga oshirish bu yokda tursin, og‘zidan chiqar chiqmas javobga tortilib, jallodlar qo‘lida yo‘qotilgan kishilar hisobsizdirlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:05:39
Shunday qilib meni qamashdan bularning maqsadlari qo‘rqitib boshqalar kabi majburiy xizmat topshirish edi, chunki u davrda xalq ko‘ziga ko‘rinarli obro‘ylik kishilar haqida shunday siyosat qo‘llab ikki yoqlama foydalanmoqchi bo‘lishardi. Ular deganlarini qildirib, qilmaganlar uchun belgilangan og‘ir jazolarni amalga oshirar edilar. Shunday bo‘lsa ham mehribon Tangri yordami bilan bir oy to‘lmay turib, turmadan bo‘shanib chiqishim bilan ular o‘ylaganlari-dek o‘z ishimni yumshatib, orqaga chekinish o‘rniga yana ham qattiqroq kirishdim. Shunga ko‘ra dunyoni bosayotgan balo seliga to‘qnashib, 30 yillargacha dinsizlikka qarshi har vaqt tashviqot yurgizib keldim. Tajribasizlik natijasi bo‘lsa kerak, o‘z ko‘nglimda «hech bir musulmon dunyolik shaxsiy foydasi uchun oxiratini buzib o‘z diniga xiyonat qilmaydi», deb o‘ylar ekanman. Keyin ma’lum bo‘ldiki, bunday odamlar millat ichida qo‘l bilan sanalg‘udek topilishiga ham ishonolmay qoldim.Hozirgi madaniyat olamida millatning o‘z xuquqini saqlash sharafi uning qurol kuchigagina boglanmishdir. Shuning uchun to‘liq mudofaa kuchiga ega bo‘lmagan millatlar insoniy huquqlaridan butunlay ajrab, hayvonlar qatorida xo‘rlik bilan yashamoqqa majburdirlar. Ayniqsa dinsizlik olamining markazi hisoblangan bir davlatga chegaradosh bo‘lgan millat, o‘z huquqiga ega bo‘lishi uchun ham moddiy, ham ma’naviy kuch quvvatini, ya’ni zamonaviy qurol, zamonaviy ilmni qo‘lga keltirishidan boshqa chorasi yo‘qdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:07:04
Endi bu o‘rinda shu kungi Ovrupo madaniyati ustida to‘xtalib, Vatan bolalariga bu haqda eng muhim tushunchalar berib o‘tamiz. Shuni bilishlari kerakki, madaniyat demak nimadan iborat bo‘lib, qanday bo‘lishi kerak. Mana bu so‘zning haqiqati bilan javobiga kim tushunar ekan, asl tuzuk madaniyatni ziyondosh, buzuq madaniyatdan ajrata oladi. Agar madaniyat deb ko‘rinishda obodon, haqiqatda harob, shu dinsizlar, odob-axloqsizlar madaniyatini aytadigan bo‘lsak, ulug xato qilgan bo‘lamiz. Chunki dunyodagi borliq narsalar inson turmushiga yordam yetkazish uchun yaratilmishdir. Buzuq madaniyatda esa, aksincha, insonlar ul narsalar uchun qurbon qilinadi. Madaniyat taraqqiyotining ilgari-keyin chiqara-yotgan butun yangiliklari inson hayotini yaxshilash uchun xizmat qilishi lozimdir. Xayot olamida eng ulug, oliy darajalik yaratilgan narsa shubhasiz shu insondir. Shuning uchun inson huquqlarini eng yuqori darajada saqlash haqiqiy madaniyatning ayrilmas bir tarmogidir.
Ma’lumdirki, dunyoda yashagan har bir kishining eng ayamlik, qizganib saqlaydigan besh narsasi bordir. Birinchi joni, keyingilari dini, moli, oilasi, ona Vatanidir. Mana bu besh narsani saqlash uchun onglik insonlar qanday jonbozlik qiladilar! Dunyoning har bir yerida to‘kilgan va to‘kilayotgan inson qonlari ko‘z oldimizda ko‘rinib turadi. Bu fojianing birdan bir sababi shu yuqorida aytilgan narsadan boshqa emasdir. Shunday bo‘lgach qaraymiz: madaniyat qaerda, qaysi millatda bo‘lsin, shu yuqorida aytilgan insoniyat haqlarini saqlash uchun hukumat qo‘lida adolat quroli bo‘lib turar ekan, ana shu chogdagina butun xalq haqiqiy madaniyatga erishib, tinchlik bilan rohatda turmush kechira oladilar. Buning natijasida insoniyat xususiyati bo‘lgan har kimning erk ixtiyori o‘z qo‘lida saqlanadi. Yer yuzining qaysi o‘lkasida bo‘lishni kim tilar ekan, hech qanday to‘sqinlik ko‘rmaydi. Agar madaniyat shu yuqorida aytilganicha foydalik bo‘lsa, Sharq faylasufi Forobiyning aytishicha, bunday madaniyatni «Madaniyati Islomiya» yoki «Fozila» deydilar. Mana shundagina butun madaniy taraqqiyotni yolgiz inson foydasi uchun ishlatish mumkindir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:08:09
Yo‘q esa, hozirgi ustimizdagi madaniyat kabi, buni qo‘llanuvchilar xato ketganliklaridan, yolgiz jinoyatchilarni emas, balki butun inson olamini halokat chuquriga tushurishi shubhasizdir. Chunki shu kunlardagi dinsizlar madaniyatlari ta’siri ostida insonlarning axloqi butunlay buzulganlikdan, moddiy, ma’naviy bo‘lsin har yoqlama ziyon ko‘rayotganlari ko‘z oldimizda turadi. Bular esa o‘z maslaklarini boshqalarga qabul qildirish uchun xalqning tuzalish-buzulishlari, ularning har qanday ziyon zahmatga uchrashlari bilan hisoblashmaydilar. Balki, butkul qurol kuchi ishlatib, har qanday majburi-yat ostida bo‘lsa ham xalqni o‘z yo‘llariga kirgiza olsalar, tilaklariga yetgan bo‘ladilar. Madaniyatning ilm, fazl, hunar, sanoatlarini insonlar hojatini chiqarish, ular foydasi uchun ishlatish emas, balki o‘zlarining ko‘rlarcha ushlab yopishgan buzuq yo‘llariga kirgizish quroli qiladilar. Mana bunday madaniyatga buzuqlar boshligi bir firqapalidlar ega bo‘lgach, bular qo‘lida butun xalq erk ixtiyoridan ajrab eng tubangi hayvonlar qatorida yashamoqqa majbur bo‘ladilar. Bu kabi madaniyatlar oqillar, faylasuflar oldida «Zollata, fosiqa madaniyat», ya’ni «Ko‘rlar, adashganlar madaniyati» deb ataladi.
Buning ochiq ko‘ringan nusxasi shu kunlari ustimizda hukmron bo‘lib turgan bol’sheviklar keltirgan sharmandalar madaniyatidir. Chunki 50 yildan beri mustabidlar oyogi ostida ezilayotgan 15 yolgon jumhuriyat xalqlari, ayniqsa O’zbekiston musulmonlari milliy, diniy, vataniy huquqlaridan butunlay ajradilar. Yer yaratilgandan beri ota-bobolaridan qolgan halol meroslari gulguliston, bog bo‘stonlik ona Vatanlaridan haydab chiqarilib, ko‘z oldilarida kelgindi bosqinchilarga bo‘lib berilmoqdadir. Mana bularning keltirgan iflos bosqinchilar madaniyatlaridan biz O’zbekiston musulmonlari olgan hosilotimiz hozircha shu darajaga yetdi. Yana kelajak kunlari ustimizdan qanday rejalar qurilib, nima choralar ko‘rayotganlarini zamonga tushungan Vatan ahllari yaxshi bilsalar kerak. Endi yuqoridan boshlab shu joyga kelguncha yozgan so‘zlarimiz xozircha madaniyat taraqqiyotdan insonlar uchun qanday foydalanish kerakligini ajratish uchun har qanday odamga tushunarlik bo‘lgandir, deb o‘ylaymiz.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 01 Avgust 2008, 01:08:42
Dahriylar davlatining boshlang‘ich davri 1918 yildan 1925 yil orasida butun O’zbekiston o‘lkalari bo‘yicha «bosmachi»lar otida chiqqan qo‘zg‘olonchilar ko‘paymish edi. Bularning eng mashhurlari esa Xo‘qanddan Ergash; Marg‘ilondan Madaminbek, Shermatbek; Andijon, O’sh, O’zgan tomonlardan Xolxo‘ja, Oxunjon, Abdurazzoq; Namangandan Omon Polvon va boshqalar edi. Bularning barilari qorong‘i xalq ichidan chiqqan qora botirlardan bo‘lib, «O’ris kofirlarni yo‘qotib, Islom ochamiz», deyishdan boshqani bilmas edilar. Yuqorida nomlari yozilmish qo‘rboshilar qo‘l ostilarida yonar o‘tdek botir yurakli jon fido o‘zbek yigitlaridan oz deganda 10 mingdan ortiq kishi borligi ma’lum edi. Afsuski, bu qahramon bolalarimizning onglarini ochib ishga solg‘udek, har ishga yaramlik siyosiy rahbar bo‘lg‘udek birorta kishimizning yo‘qligidan, tashkiliy ravishda ochiq bir maqsadni olg‘a qo‘yib ish olib borisholmaganlikdan mamlakatimizning baxtsiz eng botir o‘g‘illari har yerlarda dushman qo‘llari bilan otilib chopilib, bekorga yo‘qotildilar.
Bu kabi ilgari keyin o‘tgan butun dard hasrat, g‘am qayg‘ulik ishlarimizning borliq sabablari, islom diniga tub negizi bilan tushunmasdan, zamonaviy ilm hunarlardan quruq qolmishimizdir. Shuning uchun payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Nodonlik, tushunmaslik ko‘rlikdan yomonrokdir», dedilar. Qur’on hukmicha, iymon islomni bilib olgandan keyin har bir musulmonga o‘z zamonasi ilmini o‘qib tushunishi va zamonaviy hunarlarni o‘rganishi birinchi zaruratdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:19:51
ANDIJON SAFARI

Yuqorida yozilmish ediki, Millat majlisi a’zolaridan biri akamiz Olimxonto‘ra bo‘lgan Ho‘qand (Turkiston) muxtoriyat hukumati saylanmish edi. Bu ish boshlanib 2 oy o‘tar o‘tmas, ochiq vagonlarga to‘pzambaraklar qurgan holda kelishgan bolsheviklar askarlari Ho‘qandni to‘pga tutishib, ko‘p harob qilganliklarini ham yozgan edik. Albatta bunday kunlari eng og‘ir qo‘rqinchli ishlar hukumat a’zolari ustida bo‘lishi hammaga ma’lumdir. Shuning uchun akamizdan ochiq bir xabar kelmagach, jigarchilik ekan, chidab turolmay, jonfido do‘stlarimizdan marhum tungon Ibiloxunni yo‘ldosh olib, Andijon safariga chiqdim.
U kunlari esa inqilobning boshlang‘ich davri bo‘lg‘anlikdan, safar yo‘llarimiz ham anchagina qo‘rqinchlik edi. Shunday bo‘lishiga qaramay safar toati bo‘lg‘och Tangriga tavakkal aylab yo‘lga tushdik. Pishpek, So‘quluq, Oqsuv, Qorabolta, Oshmorodan o‘tib, to‘rtinchi qo‘noqqa Merkiga yetdik. Bu, Bolosog‘un shahri kabi islomdan ilgarikeyin Turkiston tuprog‘ida yashagan madaniy o‘troq o‘g‘uz turklarining shahri ekanligi atrofdagi harobalardan ochiq bilinib turardi. Endi esa ilgari ota bobolarimiz o‘g‘uz turklari yashagan ona Vatanimiz yerlariga boshi Issiqko‘l, oyog‘i O’trordan o‘tib, Sirdaryo bo‘ylarigacha yerlik xalqdan ko‘proq ruslar ega bo‘lib o‘tiribdilar. Shu bilan Merkida bir qo‘nib, ertasi tog‘ yo‘li bilan yurmoqchi bo‘lib kun yurish tomondagi Tyan-Shan tog‘lari ichidagi Jarg‘ard dovoniga qarab jo‘nadik. Bu oshuv esa orqa Turkiston bilan Farg‘ona vodiysi oralig‘idagi Olatou tog‘lari ichida eng egiz dovonlardan hisoblanadi. Buni oshib o‘tgach, ikki tomoni baland tog‘lar bilan qurshalgan qalin to‘qaylik Sochqansoy degan tor o‘zanga tushdik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:20:28
Bu tog‘li yaylov yerlarida turk uluslaridan Sayaq, Jetigan qirg‘izlari yashar ekanlar. El yaylovdan ko‘chib qishlovga tushgan kunlariga to‘g‘ri kelganimizdan, ko‘ch oralab yurguncha xufton vaqtida soy o‘rtasiga yetdik. Bu o‘rtada yo‘lovchilar uchun belgilangan qo‘nolg‘u o‘rinlari yo‘q ekan. Kech kirib gugum (g‘ira-shira, qorong‘i) tushib qosh qoraygach yo‘ldan chekkaroqqa chiqib, atrofi ochiq bir tog‘ betida yotdik. Chunki kechqurun yo‘l kelayotqanimizda ko‘rishgan ko‘chmanchilar ko‘zlari bizga tushib, shu yaqin orada qo‘nib qolishimizni payqagan edilar. Har ikki tomoni olislashgan uzun tizma tog‘lar orasida kelayotgan yaxshi otliq qurolsiz ikki yo‘ldoshga bu tog‘ qashqirlarining ko‘zlari tushgach, qiziqib qolmasinlar deb shu kechani uyg‘oqlik bilan o‘tkazmoqchi bo‘ldik.
Tong oshiradigan otlarimizni qalmoqchasiga olishtira (almashtirib, sodda-mustahkam) bog‘lab, oyoqlariga chiydar (ot tushovi) solingan holda ko‘z oldimizga keltirib qo‘ydik. Shu kecha tun qorovullig‘ini o‘zim olmoqchi edim, biroq yo‘ldoshim Ibiloxun meni qo‘ymasdan bu xizmatni yolg‘iz o‘zi bajarmoqchi bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, men unga ko‘p ishonolmay, tun yarmi o‘tgach meni o‘yg‘atib o‘zi uxlashi sharti bilan yotdim. Ot ustida o‘n soatlab uzun yo‘l yurib charchaganimdan shunday bosh qo‘yishim bilan qattiq uyquga ketibman. Bir vaqt uyg‘anib qarasam Ibiloxun dang qotib uxlab yotibdi. Otlar ikkovi ham yo‘q. «Hay, senga nima bo‘ldi?» deb qattiq qichqirishim bilan u ham uyg‘ondi. Nima qilishimizni bilolmay ikkalamiz ham bek shoshqinliqqa tushdik, chunki bu yerning har ikki tomoni ham yayov yurishga uch-to‘rt kundan kam bo‘lmagan, xatarlik yo‘l edi. Xurjun-xalashlarimizni ko‘tarishib, oziq ovqatsiz bir necha kunlab yo‘l yurishga to‘g‘ri kelar edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:20:59
Shuning uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam safar xatarlaridan saqlanish uchun uydan chiqar oldida ikki rakat safar nomozini o‘tab, «Al-hamdu» surasi so‘nggida «Oyatal kursiy» yoki ikki marta «Qul’auzu» surasini o‘qib, nomozdan so‘ngra shu duoni qilishni buyurdilar: «Allohumma inni auvzu bika min va asoissafari va kaobatil munqolabi va suvil manzari fil moli val ahli val vald». Ma’nosi: «Ey bor xudoyo, safar xatarlaridan saqla! Qaytib kelishda mol, jon yoki oila ichida ko‘ngilsiz, yomon ishlar ustiga chiqishdan asra» demakdir.
Qarasak, vaqt yarim kechadan og‘mish edi. Bizlarga ko‘zlari tushgan ko‘chmanchilar ataylab kelib o‘g‘irladilarmi, yoki ochiqqan, chanqagan otlar qandaydir bo‘shanib olgan bo‘lsalar, suv tovushiga ergashib, to‘qay ichiga tushdilarmikin, deb chidab turolmay, ko‘zga sanchisa ko‘rinmas qop qora tun ichida timirskilashib, har ikkovimiz ot qaramoqchi bo‘lib ikki yoqdagi to‘qay ichiga kirdik. Bunday joylarda bo‘ri, ayiq kabi yirtqich hayvonlarning bo‘lishi belgilikdur. Soqliq yuzasidan pichog‘imni qo‘limga olib, to‘qay ichida turtinib yakin ikki soat qidirganim so‘nggida, ot sharpasi bilinmagach qaytib chiqishga majbur bo‘ldim. Hay, shu kechaning uzunligi jonga botdi! Har ikkovimiz zoriqa oriqa telmurganimizcha o‘ltirib, arang tong otqizdik. Yo‘ldoshim Ibiloxun o‘z qilmishidan xijolatga qolib, bosh ko‘tara olmagan bo‘lsa ham, uyg‘urlar «Mullam, duoga zo‘rlang» deganday, men o‘z odatimcha duoga kirishib «Solotan tunajjiyno»ni o‘qish bilan tong ottirdim. Tong otishi bilan nomozimizni o‘qib olgach, yana izlashga kirishdik. Kun ko‘tarilgan chog‘i edi. Chuqur soy bo‘yidagi to‘qay ichida «Hay, ot buyoqda ekan!» deb yiroqdan qichqirgan yo‘ldoshimning uni eshitildi. Shu bilan bir zumda boshimizdan g‘am tog‘i ko‘tarilib, bu kabi qo‘rqinchlik yerlarda safar xatarlarining qayg‘ulik, qorong‘i tuni qoplagan tutiq ko‘nglimiz bir damda ochildi. Yaxshi, xudo o‘nglab boshqa harom qo‘l tegmagan ekan, tezdan otlarimizni keltirdik, yemo‘p yegizib qondirganimizdan so‘ngra, yana yo‘limizga tushdik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:21:49
Biroz vaqt yurganimizdan keyin Ketmontepa tomonidan qochib kelayotgan bola aqalik ruslar, manzilga yetgunimizcha uzulmay oldimizdan o‘tkani turdilar. Nima bo‘ldi ekan desak, O’sh atrofidan bosh ko‘tarib chiqqan Xolxo‘ja degan qurboshi qurollik-qurolsiz yuz chamali yigitlari bilan kelib, Ketmontepa qishlog‘ida tinch yotgan ruslarni qamab qo‘rqitgan ekan. Orada bir qo‘nib, ertasi Ketmontepaga yetdik. Bu esa orqa Turkiston bilan Farg‘ona tizma tog‘lari orasiga tushgan Ora yaylov qatorida mashhur Susamir yaylovining oyog‘i bo‘lib, obxaci rtacha, yeri keng, suvlari mo‘l, kelishgan go‘zal bir yerdir. Ekinchilik ishlari bek unumli bo‘lib, ayniqsa har turlik don o‘simliklari boshqa yerlarga ko‘ra bu yerda to‘lig‘i bilan yetishadi. Bug‘doy nonlari juda ham tamlik bo‘lg‘anlikdan, chet yoqadan keluvchi yo‘lovchilar buning oldida boshqa narsani ko‘p qo‘msamaydilar. Shuning uchun chor hukumati zamonidayoq bu joylarga qiziqish boshlanib yerlik qirg‘izlar emas, rus kelgindilari bilan keraklik bari o‘rinlar to‘ldirilmish edi.
Shunday qilib otushlik savdogarlardan birining uyiga qo‘nib, bir kun dam olganimizdan so‘ngra, bu yerdan chiqib yurganimizcha Ichinsoy degan uzun bir o‘zanga tushdik. Bosh oyog‘i ko‘rinmaydigan uzun soy ichi to‘lgan pista, bodom, yong‘oq kabi qalin mevali daraxtlarni oralab yurganimizcha, Norin daryosi bo‘yiga chiqdik. U kunlari bu daryo ikki qisiq tog‘ oralig‘ida oqayotganligidan, tikka tog‘ belidagi yolg‘iz oyoq tor yo‘ldan otliq yurish anchagina xatarlik edi. Shu kungi qo‘nolg‘idan o‘tgach orada yana bir qo‘nib, Norin suvidan Xo‘ja ko‘prigi orqalik o‘tib, Uchqo‘rg‘on qishlog‘iga kirdik. Bu esa, yo‘lovchilar shimoliy tizma tog‘lardan o‘tib, Farg‘ona vodiysiga tushgach, birinchi navbatda uchraydigan qishloqdir. Namangan, Andijon va boshqa Farg‘ona shaharlariga shu yerdan tarqaladilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:22:06
Bizning bu safarimiz 1921 yili bo‘lganlikdan «bosmachi» nomidagi xalq qo‘zg‘olonchilarining eng ku-chab yotgan vaqti edi. Bir qishloqda bolsheviklar, ikkinchisida «bosmachi»lar turib, oralarida otish-ma-chopishmalardan chiqqan miltiq tovushlari uzulmas edi. Mingan otlarimizni ko‘rgan kishilar: «Hay, qanday bo‘lar ekan, bu o‘xshash yaxshi otlarga ko‘zlari tushgaqda, hech qachon qutilolmaysizlar. Oriq otlarin berib, bu otlaringizni tortib olmasalar», deb bizni vahimaga soldilar. Shundoq bo‘lsa ham, Andijon shahriga yetkanimizcha biriga biri tutashishgan qalin daraxtlik qishloqlar oralab ketdik. Ko‘cha boshlarida o‘ltirishgan odamlar, «Hali shu yoqqa ketgan «bosmachi» beklar sizlarga qaerda yo‘liqishdi?» deb so‘rashar edi. Alloh saqlagan bo‘lg‘aykim, hech narsa ko‘rmay, yaxshi eomonlarga yo‘liqmay, to‘g‘ri yo‘limizda ketaverdik.
Urganch qishlog‘idan chiqib, Andijonga yaqinlashgan sayin urush alomatlari ko‘rina boshladi. Shundoqki Andijon, Namangan poezdlari butunlay to‘xtalgan, temir yo‘llari buzilib, stanqiyalari kuydirilgan ekan. Shu kabi alomatlar ichida yurganimizcha omon son Andijonga yetdik. Shahar ichiga kirgach qarasak, butun ko‘chalarda chuvalib ochilib yotgan paxta toylari hisobsiz edi. So‘rasak, biz kelishdan uch o‘rt kun ilgari Madaminbek shaharga hujum qilib kirganida, har ikki tomon askarlari paxta toylarini o‘zlariga qalqon qilib otishishgan ekanlar. So‘ngra bularni shahardan chiqarish uchun qal’aga qamalgan bolshevik askarlari tomonidan otilgan to‘p ambaraklaridan shahar xalqi, xonadon uylar, bozor rastado‘konlari anchagina zararlanmishdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:22:50
Shu vaqtlarda Rusiya mamlakati bo‘ylab boshqa joylarda ham bolsheviklarga qarshi xalq ko‘tarilmish edi. Ichki Rusiyada Kolchak, Vrangel kabi harbiy kishilar, O’rinburg kazaklaridan Duto‘v, Aninkovga o‘xshash generallar bosh ko‘tarmish edilar. Mamlakat bo‘yicha har joydagi qurollangan harbiy kuchlar uchun kerakli bo‘lgan narsalar, iqtisodiy ishlar vayrongarchilikka uchraganligidan, hojatga yetarlik emas edi. Yoqulg‘ular esa yo‘qolishga yetib, temir yo‘l parovozlariga ko‘mir yo‘qligidan o‘tin yoqishga majbur edilar. Yana u kunlari O’zbekistondagi butun ruslarning soni hozirgi sonidan yuzdan biricha ham kelmas edi. Buning ustiga uzun Dashti qipchoq cho‘llap orqali oramiz ajralganligi tufayli, vatanimiz O’zbekiston Ovrupo bosqinchilari markazidan yiroq turishi; yana 6u kunga qaraganda ozu o‘p diniy, milliy hissiyotimizning borlig‘i kabi narsalar u kunlari biz uchun kerakli bo‘lgan butun ishlarimizni qulaylashtirishga yo‘l ochmish edi.Qisqasi, Vatanimiz O’zbekistonni bosqinchi qizil askarlar qo‘lidan qutqazib olish sharoiti shu chogda tugilmish edi. Ulardan foydalanish yo‘llarini nega topolmadilar? Buning birdan bir sababi u kunlari xalqimiz ichida siyosat olamiga tushungan, oz bo‘lsa ham zamonaviy ilm o‘qib bilgan kishilarimiz yo‘q hisobida bo‘lishidir. Buning misoli shulkim, qurilish va binokorlik asbob-uskunalari agar to‘ligi bilan topilar ekan, unga rahbarlik qiluvchi muhandislar, tajribalik usta shchilar bo‘lmasa u binoning qurilishi, albatta, mumkin emasdir. Shunga o‘xshash bir millat o‘z milliy davlatini qurib olishi uchun zamonasiga loyiq butun asbob skunalarni qo‘lga keltirgan taqdirda ham, shu narsalarni o‘z o‘rnida ishlata bilgudek, milliy hissiyotlik siyosiy arboblarga, albatta, muhtojdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:23:52
Hozirgi o‘qimishlik, tushungan Vatan bolalarimiz, agar milliy hislik bo‘lmas ekanlar, ulardan bizga, ya’ni o‘z xalqiga foyda yetishi hech vaqt mumkin emasdir. Balki bolta sopini o‘zimizdan chiqargak yov qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar. U holda esa o‘zlaridan umid etilgan vatan o‘gillarining qo‘llari bilan vatan ahllarini ko‘mishga chuqur qaziladi demakdir. Endi milliy hissiyotlarini saqlash uchun o‘zlarida ikki narsaning bo‘lishi, albatta, shartdir. Birovi din, ikkinchisi esa har millatning o‘ziga xos ona tilidur. Bolsheviklar hokimiyati qurilgan kundan boshlaboq, diniy marosimlarimizni asosi bilan yo‘qotishga kirishganlikdan hozirgi bolalarimizning diniy hissiyotlari yo‘q hisobida qolmishdur. Buning ustiga yana o‘z ona tillaridan ham ajrar ekanlar, u chogda diniy va milliy hissiyotlari butunlay yo‘qolib, ko‘p uzoqlamayoq ruslarga yutilib ketishlari shubhasizdir. Bu esa ota-bobolarining suyaklari bilan bir qatlami ko‘tarilgan go‘zal O’zbekiston ona vatanlarini bosqinchilarga qoldirib, o‘zlari inqiroz chuquriga yuz tuban yiqilgan holda, tarix yuzidan abadiy o‘chiriladi demakdir. Bunday odamlar shu millat oldida eng katta jinoyatchi, olchoq odamlardir. O’z ota obolarini unutib, boshqalarga qo‘shilgan bunday kishilar haqida pashambarimiz Muhammad alayhissalom norozilik bildirib la’nat o‘qidilar. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, shahar ichiga kirgach ruhi o‘chgan kishilarni, ko‘ngilsiz kuyalarni oralagancha Xo‘tan ariq bo‘yida ota mahallamizdagi pochchamiz Abdullahoji uyiga tushdik. U kecha orom olib, ertasiga Olimxonto‘ra akamiz bilan ko‘rishgandan keyin, bu yerda haftao‘n kunlab turishga to‘g‘ri keldi. Shu muddat ichida ko‘pgina kishilar bilan so‘zlashgan bo‘lsam ham, u kunlarda dushmanlar tomonidan qo‘llanilayotgan siyosat sehriga tuvalik (asosi bilan, tag-tugi bilan, chuqur) tushungan birorta kishini uchratolmadim. Shundoqqi, Maskov sehrchilari «bosmachi» nomida chiqqan qo‘zg‘olonchilarni hech kimga tuydirmay (bildirmay, sezdirmay) o‘zlarining eng yaqin qurollik askarlari qatoriga qo‘yib, ulardan foydalanmoqda edilar. Chunki, inson nasli yer ustiga taqalgandan beri hech davrda ko‘rilmagan buzuq, jirkanchli tuzumini bolsheviklar hech kimga qabul qildirolmagach, insonning hayotiy yemak-ichmak oziq-oqatlariga osilib, biror kishi uyida don urug‘idan ortiqcha hech narsa qoldirmay yig‘ib olishdi. Shu orqalik xalqni och o‘ldirish qo‘rqinchi bilan o‘zlariga bo‘ysundirmoqchi bo‘ldilar. Lekin bu zulmlarini shahar ichlarida qamov dov kabi har turlik vahshiyliklar orqali tezda bajara olgan bo‘lsalar ham, shahar atrofi qishloqlarda sharoiti to‘g‘ri kelmagach, bu siyosatni yurgiza olmadilar. Chunki, bu kabi boshi tuyuq (berk), qorong‘u ko‘chaga xalqni kirgizish faqat iqtisodiy, siyosiy majburlik orqaligina bo‘lishi mumkindir. Shuning uchun bolsheviklar atrofdagi o‘zlariga qarshi bosh ko‘tarishgan nodon dushmanlarga ostirtdan (yashirincha, pinhona) qurol yetkazib turish siyosatini qo‘lladilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:26:39
O’lka bo‘yicha o‘n mingdan oshiq taxminlangan qo‘zg‘olonchilar askarlarini bir maqsad, bir nuqtaga keltirib, bir tug‘ ostiga to‘plagudek yerliklar ichidan ishga yaramlik birorta odam chiqmaganliqdan, bu qora botirlar nima qilishlarini bilmagach, o‘zlarini ta’minlash uchun xalq boyligini talashga kirishdilar. Natijada butun xalq borliq boyliklaridan ajrab, qanot-quy-rug‘i yulingan qarg‘adek och-yalang‘och, bir tishlam nonga zor bo‘lgan holda «gah» desa qo‘lga qo‘ng‘udek bo‘ldi. Zamonga tushunmagan u qora botirlarga xalqning nafrati oshdi va ular bosmachi degan nomni oldi.
Bularning ichida bir oz bo‘lsa ham zamonasiga tushungan, xalq oldida hurmati bor, ishonchligi ortgan Madaminbekni o‘rtadan ko‘tarish zarur bo‘ldi. Qandaydirki, 6u masalani qurol kuchi bilan emas, balki makr-hiyla orqalik hal qilishga kirishganlikdan tubandagi moddalarni qabul qilgan bo‘lib, u bilan 6itim tuzmish edilar:
   1. Farg‘ona muxtoriyatini tasdiqlash.
Sharoitga qarab o‘n mingdan qirq minggacha Madaminbek qo‘l ostida milliy askar saqlash va bularning qurol-yaroqlarini markaziy hukumat tomonidan ta’minlash.
O’quv-o‘qituv ishlari yerlik hukumat ixtiyorida bo‘lib, o‘z ona tillarida yurgazish.
4.   Musulmonlarning diniy va o‘zaro da’vo ichki ishlari butunlay o‘z qo‘llarida bo‘lish va shariat buyrug‘icha amalga oshirish.
Mana shular kabi eshitishga ancha foydalik ko‘ringan ishlar bilan kelishim tuzilgan so‘nggida (1920 yillar) Madaminbek Toshkentga chaqiriladi. Uning kelish hurmati uchun, chet davlatdan kelayotgan hukmdorlarga qilgandek, ko‘chalar bezatilgan holda tantana bilan qarshi olinib, katta marosim o‘tkazilmish edi. Buni ko‘rgan musulmonlarning ruhlari ko‘tarilib, tarixiy an’analari qo‘zg‘olganlikdan milliy ozodlik umidi bilan milliy hukumatlarini eskarmish (eslamish, yodiga tushirmish) edilar. Bundan foydalangan Vatan bosqinchilari o‘zlarining oldindan o‘ylab qo‘ygan makr-hiylalik rejalarini tezlik bilan amalga oshirish siyosatiga kirishdi. Yo‘q esa har ikki tomon rizoligicha to‘xtam qilingan bitim moddalarini xalqaro qonun bo‘yicha amalga oshirishlari lozim edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:28:26
Bunga qaramay bekka iltimos qilgan bo‘lib, Farg‘onada qolgan Ko‘rshermat, Xolxo‘ja kabi qo‘zg‘olonchilarni ham Toshkentga keltirishni unga taklif qildilar. Bu ham «Ular mening so‘zimdan chiqmaydi» deb, ishonganlikdan ehtiyot yo‘lini o‘ylamay to‘g‘ri bular oldiga kelmishdir. Holbuki, makkorlar allaqachon o‘z qo‘llari bilan chuqurlar tayyorlab qo‘ymish edilar. Shundoqki, «Mana, sizlar ishongan Madaminbeginglar kofirga sotilib, o‘z foydasi uchun sizlarni tutib bermoqchi bo‘ldi. Bu ishni bajarish vazifasi unga topshirilmishdir. Yaqin orada kelib qolsa, shunga qarab chora ko‘rish kerak», degan yolg‘on fitna so‘zlarni tarqatib, u ongsiz qora botirlarni ishontirib turgani ustiga, Madaminbek ham kelmishdir. Haqiqatan ham ko‘krak kerib ot chopishdan boshqa hech ishni bilmagan, maslaksiz qora botirlar ko‘zlari unga tushishi bilanoq gapirtirmasdan «Hoy, sen bizlarni kofir bolsheviklar qo‘liga bermoqchimisan?» — deb uni o‘ldiradilar.
Bu ulug‘ jinoyatni bajarishgan so‘nggida ozu ko‘p kutilgan umidlar uzilib, ko‘z tutilgan ishlar butunlay o‘zgardi. Bosqinchilarga haybat ko‘rsatgan Madaminbekning qo‘zg‘olonchilar qo‘lida o‘lishi, musulmonlar uchun har holda foydalik ko‘ringan yuqorigi bitimning buzilib ketishi kelajakda kutilgan yerlik xalqlar manfaatiga qattiq zarba bermish edi. Bu fojialik voqeadan Vatan bosqinchilari o‘zlari tilagandek ikki taraflama foydalanib xiyonat maqsadlariga erishdilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:29:13
Mana shundan keyin o‘lka bo‘ylab tarqalgan qo‘zg‘olonchilarning qo‘ri tugab, jamiyatlari buzildi; ruhlari tushib, to‘plari tarqashga boshladi. Yolg‘iz bolsheviklar emas, balki o‘z xalqlari oldida ham o‘g‘ri — bosmachi nomini ko‘tardilar. U ishda rejalari to‘g‘ri chiqqach, bundan bu bosqinchilar necha yoqlama foydalanishga kirishgani turdilar. Xalqni talash-bulashda, o‘ldirish-kuydirishda bosmachi nomida chiqqanlar ularning oldingi safdagi qurollik askarlari xizmatini bajardilar. Ko‘zlagan maqsadlari qo‘l kelib, rejalari to‘lgunchalik mahalliy xalq ustida o‘tkazish lozim bo‘lgan har turlik vahshiyliklarni nodon bosmachilar qo‘li bilan bajarish siyosatini tutdilar. Ularning qurollari esa bular tomondan ta’minlanib turmoqda edi. Ish ortini o‘ylamagan, do‘st-dushmanning kimligini bilmagan bir to‘da yasama vahshiylar orqalik o‘ylagan rejalari to‘lib, ko‘zlagan ishlari bajarilib bo‘lguncha butun ko‘pchilik xalq jonlaridan to‘yib, qanot-quyrug‘i yulingan, tumshug‘i bilan yer tirnagan qush kabi nima desa bo‘yinsunishga tayyor bo‘lgan edi.
Makkor, hiylagar Maskov sehrchilarining tubgi (asl) tutgan siyosatlari esa butun yerlik xalqlarni, yuqorida aytilgandek, o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘izlash, iqtisodiy bo‘lgunlikka (inqiroz) tayyorlash edi. Telba, majnunlar qo‘llariga qurol ushlatib, shu orqali ishlari baja-rilib, rejalari to‘lgan so‘nggidagina iblis Kalinin (KPSS va sovet davlati arboblaridan, bolalarga qarshi dunyoda birinchi chiqarilgan vahshiyona «Uch boshoq qonuni»ning bosh muallifi sifatida ham «mashhur») 1925 yili Maskovdan keldi. Buning kelishini, har yoqlama iskanja azobi ostiga olinib, eng oxirgi da-mini arang olayotgan bechora musulmonlar o‘zlari uchun najot bayrami hisoblab, tantana bilan uni qarshi oldilar. Haqiqatda esa, bu jallodlarning maqsadi bo‘ri og‘zidan qutqarib olib, o‘zlariga qurbon qilish edi. Harholda bosmachilik plani to‘lib, bu hakdagi siyosat o‘zgarganlikdan Kalinin va uning hay’atlari kelishi bilan har joyda qurilgan zulm-sudlari ishga kirishib, butun bosmachilarni o‘limga buyurdilar. Shu bahona bilan o‘zlariga to‘g‘ri kelmagan ko‘p yerlik, o‘z Vatani uchun qayg‘urgan kishilar otilib-chopilib, qolganlari surgun qilindi. «Dushman qo‘li bilan ilon boshini yanch» degan maqolimiz o‘z ustimizda ishlatilib, o‘z qo‘limiz bilan o‘zimizni bo‘g‘izlatdilar. Shunday bo‘lib, 6 — 7 yil davom etgan qo‘zg‘olonchilar hara-kati ongli ravishda ilmiy-siyosiy asosga qurilmaganlikdan oxiri achinarlik holga aylanib, butun ishlari natijasiz bo‘lib chiqdi. Yo‘q esa, qancha xalqimiz qonlari o‘rinsiz to‘kilgani ustiga ne qahramon yigitlarimiz, Vatan o‘g‘lonlari bu yo‘lda qurbon bo‘lmas edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:31:19
Eshitishimcha, Kalinin 1922-1925 yillari bu O’zbekiston-Turkiston o‘lkasida o‘zlari tilaganday bajarilgan butun ishlarni yakunlab Maskovga qaytib borgach, uni yigirma mingdan ortiq odam qarshi olib, kutib chiqmishdir. Shu chog‘da ularga qaratib Kalininning birinchi aytgan so‘zi: «O’rtoqlar! Bog‘-bo‘stonga o‘ralgan, noz-ne’matga to‘lgan O’zbekistondan partiyamiz sizlar uchun, butun rus xalqi uchun oliy joylar tayyorladi. Birinchi sizlarni shu bilan tabriklayman», — demishdir. Hozirgi tarixdan qirq necha yillar ilgari aytilgan uning bu sovuq so‘zi aytilgancha qolmay, balki kun sayin amalga oshayotganlikdan, u kunlarda 10% ga yetmagan ruslarning soni shu kunlarda tezdan oshib borayotgani ko‘z oldimizda turibdi.Endi boshdan-oyoq bu kabi fojialik tarixiy so‘zlarni yozishimdan ko‘zlagan mening tubgi maqsadim esa quruq dostonchilik emas, balki butun insoniy huquqlaridan mahrum etilgan, o‘z Vatanida turib garib bo‘lgan Turkiston xalqini, ayniqsa, hozirgi va kelajakdagi Vatan yoshlarini ogohlantirib, o‘lim uyqusidan uygotishdir. Ko‘nglimdagi munglik qaygularimni qalam tumshugidan to‘kib yozgan bu kitobimni o‘quvchi va ham eshituvchi vatanparvar, millatsevar qahramon bolalarimizga mening topshirigim shulki, tilim uchidan emas, dardlik dilim ichidan chiqarib yozgan yolqinlik so‘zlarimni faqat uqibgina o‘tmasdan har bir otz so‘zini tekshirib1, uning ustida fikr yuritsinlar. Insoniyat taraqqiyoti emas, madaniyat taraqqiyoti bo‘lmish XX asrimizdagi insonlar milliy, vataniy, diniy huquqlarini saqlash uchun qaysi narsalarni qo‘lga keltirishi zarur ekanligini yaxshi tushunib, uning chorasiga kirishsinlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:37:39
Xaqiqatda esa, erklik Vatan hokimiyati o‘z qo‘limizda bo‘lmagach, boshqalar foydasiga butun huquqlarimiz oyoq ostiga tushib depsalmoqda. Lekin huquqlar himoyasining eng kuchlik quroli hisoblangan ilm-hunar, maorif eshiklari hozirgi kunda inson olami yuziga butunlay ochiqdur. Shu sababdan tushungan Vatan o‘glon-qizlarimiz zamonaviy har ilm-hunarni asosi bilan yaxshi tushunib, imkoniyat boricha bilib o‘zlashtirishga boshqalardan ortiqroq kirishmoqlari lozimdur. Chunki, «Ish — bilganniki, qilich — urganniki» degan hikmatli otalar so‘zini amalga oshirar ekanlar, albatta, Vatan ahllari, ayniqsa, zamonaviy o‘qishib yetishgan o‘gil-qizlarimiz o‘z ishlarini bajarib, munosib o‘rinlariga ega bo‘la oladilar.
Agar qo‘lida sharoit bo‘la turib, bir qonuniy mamlakatda o‘z qonuniy haqqiga ega bo‘lolmaganlar kishilik sharafidan ajragan, insoniyat haqqini tanimagan, odam suratlik hayvonlardir. Chunki sharoiti topilsa ham, o‘z haqqiga yetolmaslik esa ojizlik ustiga ishga yaramaslik demakdir. Bunday odamlarni o‘tgan donishmandlar misol keltirib, ogzidagi nonini itga oldirgan, qo‘l-oyogi sog, qurollik kishiga o‘xshatadilar.
Mana shuning uchun payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ummatlarini tubandagi uch narsadan bek saqlanishga buyurmishdir:
Ojizlik,
Qo‘rqoqlik,
Dangasalik-ho‘rinlik.
Sharoiti bo‘la turib, o‘z haqqiga ega bo‘la olmagan kishini arabchada «ojiz» deyiladi.
Kishi nima narsadan qo‘rqsa, shu narsa qo‘rquvchi boshiga balo bo‘lib, aning oldida maglubiyatga uchraydi. Ko‘rqoqlar ko‘p yaxshiliklardan quruq qoladilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:38:17
Dangasalik-ho‘rinlik — bu esa ishchanlikka qarshi bo‘lib, hayot olamida insonlar uchun eng ziyonlik yomon sifatlardandir. Shuning uchun payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Tani sog bekorchi, dangasa odamlardan Xudo bezor», — dedilar. Yana payg‘ambarimiz aytishlaricha, har bir aqli bor odamlar o‘z holatlarini tekshirib turishlari, o‘z zamonasiga to‘liq, yaxshi tushunishlari, albatta, lozimdir.
Biz, O’zbekiston xalqi, haqiqatda shu vatan ahllarimiz. Inson nasli yaratilib, yer ustiga qadam qo‘ygan kundan boshlab, bizning ota-bobolarimiz shu O’zbekiston o‘lkasida yashab kelgan ekanlar, shu kunlargacha tiriklarimizni bo‘ynida ko‘tarib, o‘liklarimizni qo‘ynida saqlamishdir. Bu O’zbekiston Vatanimizning bir qatlami biz o‘zbek xalqi ota-bobolarimizning suyaklari bilan ko‘tarilmishdir. Demak, bo‘ynida ko‘targan, qo‘ynida saqlab oq sut berib tarbiyat qilgan bu O’zbekiston — Turkiston bizning o‘z ona vatanimizdir.
Endi yuqoridagi so‘zga ko‘ra biz o‘zbeklar shu kungi holimizni yuzaki emas, chuqurroq tekshirib ko‘raylik. Qaysi holda turamiz, qanday xorlik ostida yashaymiz, hayotimiz ustidan kimlar hukm yurgizib, taqdirimiz kimlar qo‘liga topshirilmishdir? Jannat kabi bog‘i-bo‘ston, noz-ne’matlik Vatanimizga kimlar ega bo‘lib, ul joylarda kimlar o‘ltiradi? Vatanimiz, boz ustiga mol-dunyomiz, axloq-odoblarimizdan bizni kim ajratdi? Butun hayot, hosilot, erk-ixtiyorimizni majburiy ravishda qo‘limizdan kimlar tortib oldi?
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:40:51
O’zbekiston, ayniqsa Qirgiziston, Qozogiston o‘lkalarida o‘z ahllaridan necha barobar bosqinchilar ko‘payib, butun yerlarimiz ruslashtirildi. Boshqalarga ko‘z bo‘yov uchun qogoz ustida «O’zbekiston», «Faloniston» degan nomlar berib, ish ustida Maskov tomonidan tayinlangan bir qancha Vatan xoinlari, amalparast, vijdonsiz, maslaksiz odamlarni yerlik xalqlar nomidan qo‘ygan bo‘lib, iqtisodiy, siyosiy, harbiy ishlarni o‘z qo‘llarida tutmoqdalar. Xalqimiz o‘z mehnatlari bilan topgan iqtisodiy boyliklarni va Vatanimizdagi tabiiy boyliklarni uyatsizliklarcha talamoqda.
Xrzir yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘yicha mustamlakachilik davri yo‘qolish oldida turishiga qaramay, biz Turkiston xalqi sovet bosqinchilarining ajoyib bir mustamlakachilik davrida turibmiz, hatto xalqimiz ruslashtirilib, yo‘qolib ketish xavfi bor. Bizlar butun huquqlarimizdan ajragan holda, bog-bo‘ston, noz-ne’matlik Vatanimiz, ota merosi halol mollarimiz ko‘z oldimizda, baqraytib turib, bosqinchi dushmanlarimizga bo‘lib berilmoqdadir. Unumlik Vatanlaridan necha million tonnalab «oq oltin» — paxta chiqarib berayotgan baxtsiz dehqonlarimizning xo‘jaliklari bo‘lgunlikka tushib, shu kunlari qanday ogirchiliklar bilan kun kechiradilar.
O’z eli, o‘z yerida garib bo‘lgan bu bechoralarga gamxo‘rlik qiluvchilar, bularni qaygurib eskaruvchilar bormi? Bu uyatsizlar «Itingni och saqla, or tingdan ergashsin», degan maqolni tilga keltirmasalar ham amalga oshirdilar. Haqiqatda Vatan qadrini bilmagan hozirgi (1960 yillardagi) O’zbekiston hukumati boshliglari kabi bir necha mansabparast, ochko‘z kishilarni orqaga ergashtirib, shular orqali o‘z maqsadlarini bajarmoqdalar. Zilzila bahonasi bilan (1966 yil 26 aprel Toshkent zilzilasi) bizga yordam yetkazmoqchi bo‘lib sel kabi qoplab kelayotgan bosqinchilar kimlar hisobiga yayrashib, kimlarning Vataniga ega bo‘ldilar? Yerlik xalqlarni shahardan chetga haydab, bularning joylariga necha qavatlagan imoratlar solinib, bu imoratlarga butunlay ruszabonlarni ko‘chirib keldilar. Uyidan ajragan bechora yerlik xalq yosh bolalari bilan ko‘chalarda diydirab yurib, arangina bir oshyona solish imkoniga ega bo‘ldilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:42:54
Mana bu fojialarga umumiy Vatan ahllari — o‘zbek xalqimiz, ayniqsa yangi hayot egalari, zamonaviy o‘qimishlik Vatan bolalarimiz, siyosatshunos vatanparvar, zamonaviy buyuk olimlarimiz ahamiyat berib qattiq qaygurishlari, albatta, lozimdir. Chunki bir millatning Vataniga tushgan ofatlar esa u millatning jasadlariga yopishgan vabo mikroblari kabidir. Agar unga qarshi chora ko‘rilmas ekan, ko‘p uzoqlamayoq hayot olamidan oti o‘chirilib, u millat tub tomiri bilan yulinib tashlanadi. Hozirda esa bizga qarshi qo‘yilgan bosqinchilar kuchi boshlangich davrga qaraganda yuz barobar oshganlikdan, biz Vatan ahllari ular oldida tog ostida qolgan chigirtkachalik ham kuchga ega emasdurmiz.
Lekin bunga qarshi toglarni agdargudek kuchga ega bo‘lgan ularning dushmanlari esa payt poylab qarshilarida qarab turibdilar. Endi bizga bularning temir changallaridan qutulish uchun zamonaviy ilm-hunarlarni qo‘lga keltirib, vaqt kutib tayyorgarlik ko‘rishdan boshqa chora mumkin emasdir.
B a y t:
Sabr qil, boglar zamon dushman qo‘lin orqasiga,
Vaqtin o‘tkazma o‘shanda, dushmanni ur boshiga.
Chunki bir davlatning qurilishi uchun misoli bir zavod binosining qurilishi kabi shunga yetarlik har xil asbob-uskunalar tayyorlash, albatta, lozimdir. Unga keraklik yaroq jabduqlar, quruvchi usta ishchilar, boshqaruvchi o‘tkir ko‘zlik muhandislar hozirlangan so‘nggida vaqti yetib sharoiti kelar ekan, davlat binosi shaksiz quriladi demakdir. Endi bu maqsadni qo‘lga keltirishga zamonaviy ilm-hunarni to‘liq ravishda o‘zlashtirib, tarixiy an’analarimizdan ajramasdan diniy ruhimiz, milliy hissimizni qo‘ldan bermasligimiz eng birinchi shartdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 02 Avgust 2008, 06:43:15
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Akamiz boshliq qarindosh-urug‘lar bilan ko‘rishib, zamona ahvoli bilan tanishganimizdan so‘ngra, o‘z joyimiz Bolosog‘un-To‘qmoq shahriga qaytmoqchi bo‘ldik. Kelgan yo‘limiz tog‘ safarining xatarlaridan saqlanib, poezd bilan Toshkent orqali ketmoqchi bo‘lsak ham, u kunlardagi tartibsizliklar sababli bir hafta, o‘n kunlab poezd bileti ololmay yurgan kishilarni ko‘rgach, yana tog‘ yo‘li bilan qaytishga to‘xtaldik. Qaytish kunlarimizda bosmachilar joylashgan qishloqlarni oralab o‘tishga to‘g‘ri kelganlikdan otlarimizdan ajralib qolish qo‘rquvi bo‘lsa ham, xatarli joylardan salomat o‘tib, tog‘ ichiga kirdik. Ketman dovonidan o‘tib, yo‘l o‘rtalanib qolgach, qarasak, bosmachilar sababli o‘tkinchilarni tekshirish uchun yo‘l bo‘yiga soqchi askarlar qo‘yilmish ekan. Ularga uchrashishlik ham, uchrashmaslik ham xatardan xoli bo‘lmaganlikdan, dushman yuzini ko‘rmaslikni ortiqroq ko‘rib, yo‘l chalg‘itib qutulib ketdik. Ular bizni qanday qilib ko‘zlaridan yo‘qotib qo‘yganliklarini o‘zlari ham bilmay qoldilar. Ular ko‘zidan uzab olgach, o‘yqirlik dalalari ko‘p tog‘ orasidan tizgin tortmay chopganimizcha, keng bir tekis yaylovga chikdik.
Tun qorong‘usi emas, to‘liq oydin kechasi bo‘lganlikdan, yirokdan bizga qarshi kelayotgan bir to‘p otliq kishilarning qorasi ko‘rindi. Oldimda ot tosqog‘i (elishi) bilan ketayotgan yo‘ldoshim Ibiloxun qanday qilamiz deganday qilchayib (bezovtalanib) menga qaray bergach: «Shu yurishingni buzma, yo‘ldan chiqmay, shu chopg‘aningcha yuraber», dedim. Oramiz bir-ikki chaqirimcha qolgan edikim, biz tortinmay to‘g‘ri kelayotganimizdan cho‘chishgan bo‘lishlari kerak, to‘g‘ri yo‘ldan tog‘ tomonga burilishib, ko‘zimizdan g‘oyib bo‘ldilar. Bularning bizdan qochqaniga qaraganda, ular Qirg‘izistondan O’zbekistonga yoshirincha qatnovchi savdogarlar deb o‘yladik. Shu bilan orada bir qo‘nib, Qalmoqoshuv orqali Merki shahriga tushib, undan uch qo‘nib To‘qmoqqa yetdik. Bu safarimizning borish-kelishi yaqin bir oy chamali bo‘lmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 03 Avgust 2008, 02:42:03
QORAKO’L SHAHRI
Shu bilan To‘qmoqqa kelib ming turli tashvishlar orqali biror yil o‘tkarib edim, shu orada o‘ntacha shogirdlarini ergashtirgan holda mashhur Lo‘liqori laqablik Ro‘ziqori domla biznikiga mehmon bo‘lib Andijondan kelib qoldi. Bu kishi biz bilan Buxoroda bir pir, bir ustoz bo‘lg‘onlikdan, eng hurmatlik sanalgan aziz mehmonimiz edi. Imkoniyat boricha besh-o‘n kunlab mehmonnavozlik xizmatimizni bajo keltirdik. Qarasam, bu yerning ob-havosi mijozlariga to‘g‘ri kelib qoldi. Asli maqsadlari esa Qorako‘l (Hozirgi Qirg‘iziston shahri) orqali Yorkentga, u yerdan G’uljaga o‘tmoqchi ekanlar. Yo‘lboshchilari u tomondan xabar kelturguncha shu yerda turmoqchi bo‘ldilar. Darhol o‘z istaklaricha, To‘qmoqdan o‘n ikki chaqirimlik tog‘ ichidagi Bektoshota mozo-riga chiqarib qo‘ydim.
Bektoshota — hozirgi tarixdan 900 yil ilgari o‘tgan Turkiston hoqonlaridan Jambuldagi Avliyoota laqablik Qoraxon podshoh bilan zamondoshdir. Bektoshota u kishining laqablari bo‘lib, nomlari esa Abdulaziz bobodir. Mehmonlarimiz bu mozorga chiqarilgach, ixloslik musulmonlar bular uchun har to‘g‘rida yordamlarini ayamadilar. Orada 30 — 40 kun o‘tgandan keyin bularni G’ulja tomonga kuzatib qo‘ydik.
Shu kunlar dahriylar davlatining boshlang‘ich davri bo‘lganliqdan GPU jallodlarining dahshatli hara-katlari avj olmish edi. Bular ketib 5 — 10 kun o‘tar-o‘tmas meni Pishpekka chaqirib so‘roqka olg‘andin so‘ngra qamoqqa buyurdilar. Ketganlar ustidan necha qayta so‘roq o‘tkazib ilintira olmagach, uch oy chamaliq qamoqda yotib, yana bo‘shanib chiqdim. Bu esa to‘rtinchi yo‘l qamalishim edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 03 Avgust 2008, 02:51:23
Shu sababli safar taraddudini ko‘rib, To‘qmoqdan 250 chaqirim chamali sharq tomondagi Qorako‘l shahriga bormoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqdim. To‘qmoqda turgan otushlik Abdurahmon tuyachi safar yo‘ldoshim bo‘ldi. Uydan chiqqach, orada bir qo‘nib Issiqko‘lga yetdik. U kunlari eng ko‘ngilli, manzarali bo‘lgan ko‘lni bo‘ylab yurganimizcha To‘qmoqdan chiqib beshinchi qo‘nalg‘uda shaharda bo‘ldik. Qorako‘l shahrining qurilgan o‘rni  go‘zal manzarali, ko‘rkli bo‘lib bir yog‘i ko‘m-ko‘k shishadek ko‘karib turgan ko‘l qo‘ltig‘iga, ikkinchi tomoni, to‘g‘ri ko‘chalar bo‘lib, cho‘zilg‘anicha yam-yashil qarag‘ayli toqqa borib tutashgan edi. Biz borgan kunlari may oyiga to‘g‘ri kelganlikdan havo ochig‘ida ko‘l ko‘kday ko‘rinib, dala, tog‘-toshlari yam-yashil bo‘lib ko‘zga tashlanur edi. Shaharga kirgach, marhum otamiz qadrdonlaridan otushlik Ro‘zioxun hojim uyiga tushdik.
Qorako‘l shahri necha tomondan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir yer ustiga qurilmishdir. Birinchidan, bu joylarni butun tarixiy kitoblarda Turkiston beshigi, turk otasi O’g‘uzxon poytaxti deb ataydilar. Ikkinchidan, islomdan ilgari madaniyatli o‘g‘uz turklari bo‘lgan Ediqut elining tupki vatanlari bo‘lib, Bolosog‘un esa turk hoqonlarining poytaxti edi. Uchinchidan, Movarounnahr (Turon) mamlakatlarida mo‘g‘ullar hokimiyati Temur sulton tomonidan zarbaga uchragach, To‘g‘luq Temirxon o‘g‘li Ilyosxo‘ja qo‘shinini taqamish qilib yuz ming askar bilan kelayotgan Amir Temur Issiqko‘l bo‘ylab Qorako‘l, Qorqora, Tekas, Ko‘ksuv, O’g‘uz orqali o‘tib, cho‘ng Yulduzga tushmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 03 Avgust 2008, 02:51:44
U yerdagi mo‘g‘ul qoldiqlari ham yengilgach, Ilyosxo‘ja o‘g‘li O’g‘lonxon o‘z askari bilan Oltoy orqali Qoraqurum Mong‘uliyaga qochmishdir. Bular ortidan Mirzo Ulug‘bek bobosi Temur sulton buyrug‘i bilan
o‘n ming otliq askar olib quvgan bo‘lsa ham, qochqinlarga yetolmay, Ertish suvidan quvib o‘tkazib ortga qaytmish edi. So‘ngra Ulug‘bekga yetarlik askar qo‘shib Muzdovon orqali Oltishaharga o‘tish, u yerlardagi mo‘g‘ullar hokimiyatini bitirgach, Koshg‘ar orqali Andijonga borishni buyurdi. O’zi bo‘lsa bor lashkari bilan g‘olibiyat zafar bayrog‘ini ko‘targanicha Yulduzdan qaytib Toyoshuv, Dog‘ut, Kunas orqali To‘g‘luq Temirxon poytaxti Olmalig‘ga, hozirgi Qo‘rg‘osga kirdi. Bu yerdagi xon xazinalaridan qoldiqlarini sipirib olgandan so‘ngra, hoqon oilasiga ega bo‘lib, xon qizini o‘ziga nikohga olgach, mo‘g‘ullar uni ko‘ragon (kuyov) deb atadilar. O’z rasmlaricha ulug‘lab, xon qizi tarog‘ini yuz mo‘g‘ul, sirg‘asini yana yuz mo‘g‘ul oltin qutilarga solishib boshlarida ko‘tarishganlaricha Samarqandga keltirdilar. Shular urug‘idan Taramochi, Sirg‘ali nomida ikki qabila o‘zbeklashib, Samarqand, Shahrisabz atrofida hozirgi kunga dovur yashab kel-moqdalar. Temur sulton shu safarida mo‘g‘ullarga eng so‘nggi qahshatqich zarba berib, Turon-Turkiston elidan ularning hokimiyatini tub-tomiri bilan yulib tashlamishdir. Chingiziylar davlatining so‘nggi hoqoni To‘g‘luq Temirxonning Samarqandga keltirilgan xazinasi ichida yashil toshdan yasalgan birovi ko‘k, ikkinchisi  ok tusli kattaroq taxt toshlari ham bor edi. Samarqandda «Xitoydan kelgan ko‘ktosh» degan xalq og‘zidagi so‘z asli shundan chiqqan bo‘lishi kerak. Ko‘rganlardan eshitishimizcha, bu toshlarning to‘rt puchmog‘ida kosa og‘zidek to‘rt o‘yig‘i bor ekan.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 03 Avgust 2008, 02:53:38
Turkiston xalqi o‘zlariga bir kishini xon ko‘tarmoqchi bo‘lsalar, rasm odatlaricha shu o‘yiqlarga tilla to‘ldirib qo‘yar ekanlar. So‘ngra, yuz kishi sig‘ib o‘lturg‘udek, katta bir oq kiygiz ustiga xon bo‘lmish kishini o‘ltirg‘izib, to‘qson ikki bovli (unvonli) o‘zbek-turk urug‘idan kelgan to‘qson ikki ulus beklari ko‘tarishib, taxt toshi ustiga qo‘yar ekanlar. Palonchini xon ko‘tardik degan so‘z asli shundan chiqmishdir. Bu esa butun xalq uning xonligiga rozilik bildirib, unga bergan bayatlari o‘rnida qo‘llanib kelingan turk tuzuklarining birisidir. Shunda taxt toshi puchmog‘laridagi uymalangan tillani atrofdan kelgan ulus vakillari  beklar bo‘lishib olur ekanlar. Mana, madaniyat vahshiylari Vatanimizga qadam qo‘ymasdan ilgari, Turon ahlining xon saylash usullari shu asosga qurilmish edi. Bunga ko‘ra butun xalq roziligini olish bu ishda shart qilinganligi bilinadi. Haqiqiy saylov shunday, xalq roziligi bilan bo‘lishi kerakdir. Yo‘q esa o‘zlarini xalq hukumati atagan madaniyat vahshiylari ko‘zbo‘yov, yolg‘on saylovlarini ellik yillardan beri kino ko‘rsatgandek qilib o‘tkazmokdalar, lekin qog‘ozni bir teshikdan olib ikkinchisiga tashlashdan boshqani hech kim bilmaydi va ham bilish haqiga ega emasdir.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Qorako‘l shahrida bir oy chamali turdim, bu yerdagi musulmonlarning ko‘pchiligi uyg‘urlar bo‘lib, qolg‘anlari o‘zbek, no‘g‘oy, tungon va sart qalmoq (mo‘g‘ul musulmonlari) edilar. Borgan kunimdan boshlab, kecha-kundiz demay xalq bosa boshladi. U kunlari musul-monlar mening oldimga kirishib diniy masalalar, axloqiy va’z-nasihat anglashga ortiq qiziqar edilar. Birinchi jum’a No‘g‘oy katta masjidida, ikkinchi jum’a tungon jome’sida oyat, hadislardan ma’nilar bayon qilib, iymon-islom asoslarini tushuntirdim. Dardlik ko‘nglimdan chiqqan ruhoniy va’zlar so‘zlaganimda, masjid to‘la necha minglagan musulmonlardan chiqqan yig‘i zori tovushlari bilan jome’ bi-nolari larzaga kelmish edi. Bu kabi ruhiy tomondan lazzatlanib, botiniy sezgularining qo‘zg‘olish xususiyatlari ko‘pincha diniy va’z majlislaridagina ko‘rinadi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 03 Avgust 2008, 02:55:30
«Odam o‘g‘lining yaxshilari farishtalardan ham ortikdir», — deb payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom boshliq o‘tgan barcha yalovchi payg‘ambarlar bu so‘zning chinligiga to‘nuqlik (guvohlik) beradilar. Ularning yovuz-yomonlari esa, yirtqichlarni yo‘lda qoldirib, shaytonlarga dars beradi. Hozirgi bizning davrimizda (1967 yil) G’arbiy, Sharqiy Turkiston bosqinchilarining qilayotgan cheksiz zulmlari esa, buning jonlik guvohidir. Inson yaratilgandan beri ikki Turkiston musulmonlari uchun bu kabi ziyoni tuganmas, zarbasi uzulmas uzun ofat  qizil balo hech vaqt, hech qachon ko‘rilmagandir. Negakim, dunyo borlig‘idan beri xudosiz-dinsizlar qo‘liga qurol o‘tib, hokimiyat ustiga minmagan edilar. Bu yirtqichlar insonlarni yolg‘izgina diniy, vataniy, shaxsiy huquqlaridan emas, balki insoniy haqlaridan ham butunlay ajratib, hayvonlar qatorida ishlatmoqdadir.
Asrimiz boshida chiqqan siyosiy firqalar ichida kommunizm kabi aqldan yiroq, xayoliy bir maslak ahli bo‘lgan emas. Mana shu xayoliy maslak egalari 50 yildan beri aqldan tashqari tuzumlarini qurol kuchi bilan xalq ustida yurgizib keladilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan qiyomat alomati so‘ralmish edi: «Unda haromzodaning o‘g‘li  haromzodalar hukumat egasi bo‘lib, xalq ustida zulm hukmini yurg‘izadi»,  dedilar. Hozirda esa, naqd shu kunlar ustida turibmiz. Endi bu firqadan qanday yaxshilik umidi bo‘lurkim, bularning asosiy tuzumlari  xudosizlik, dinsizlikka, o‘zlaridan boshqa hech narsaga ishonmaslikka qurilgan bo‘lsa. Chunki, dinsizlik har bir yomonlikka yo‘l ochadi, insonni insonlik sifatida tutib turadigan, har bir yaxshilikka boshlaydigan narsa dindur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 03 Avgust 2008, 02:57:48
Qorako‘l shahrida qancha turgan bo‘lsam ham, uyqi vaqtlaridan boshqa chog‘lari kelim-ketimdan bo‘shanolmadim. Shunday bo‘lsa ham vaqt topib, mashhur shved sayyohi Vanxidinning «Taklamakon» asarini va «Tibet» sayohatnoma kitoblarini o‘qib chiqdim, ulardin ko‘p foydalandim. O’zgarish oldida talanga uchragan Qorako‘l kutubxonasi tatarcha, usmonli turkchadan tarjima qilingan nodir asarlar ko‘pligi bilan mashhur edi. Inqilob boshlangan davrda qonunsiz qora kuch, nodon odamlar hokimiyati qurilganlikdan shaharlardagi kutubxonalar va boshqa madaniy asarlarning ko‘plari zoi bo‘lmishdir.
O’rta asr vahshiylari — mo‘g‘ul askarlari o‘z vaqtida islom markazi bo‘lgan Bag‘dod shahriga bosib kirganlarida, ular nazdida o‘ljaga arzimas, g‘oyat qimmatbaho, nafis, nodir kitoblar Dajla daryosiga tushganlikdan, olti oylab daryo suvi qorayib oqqanligi tarixlarda yozilmishdir. Undan ham jirkanchli ishlarga yigirmanchi asrda madaniy yirtqichlar hokimiyati davrida yo‘l qo‘yilganlikdan, anchagina tarixiy asarlarimizni, xalq qo‘lida saqlanib yotgan qimmatbaho, nodir qo‘lyozma kitoblarimizni egalari qo‘rqqanlaridan o‘tta yoqtirib, suvga oqizishga majbur bo‘lmish edilar. Yolg‘iz o‘zimning To‘qmoq, So‘qulukdagi biror arava kelgudek har turli kitoblarim esa, shu ko‘milganicha chirib yer ostida qolmishdir. Bu kabi fojialar yolg‘iz chet o‘lkalardagina emas, balki hukumat markazi Petrograd kutubxonalarida ham bo‘lmish edi. Shundoqqi, butun islom olami ko‘z tikkan, 1300 yildan ortiq tarixiy sharafga ega bo‘lgan Mushaf Usmoniy, ya’ni hazrat Usmon ustida shahodat topgan Qur’on, shu kutubxonada saqlanib kelar edi. Oti musulmon bir necha gumrohlar tomonidan uning anchagina varaqlari olinmishdir. Marhum Tatariston muftiysi hazrati Rizafahriy boshliq Musohazrat va boshqa olimlar bu fojiadan xabar topgach, darhol chorasiga kirishib, bu ulug‘ tarixiy Qur’on shu kunga davr saqlanib qolinishiga sababchi bo‘ldilar. Alloh ularni rahmat qilsin! Hozirda esa bu Qur’on Toshkent muzeyxonasida saqlanib, chetdan kelgan sayohatchilarga, ayniqsa musulmonlar uchun bek hurmatli nodir estalik hisoblanadi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 03 Avgust 2008, 02:58:59
Shunday qilib, Qorako‘l shahrida bir oy  qirq kun chamali turg‘anim so‘nggida, u yerdan qaytib To‘qmoqqa keldim va yana bir voqea ustidan chiqdim. Shundoqki, hozirgi kunlarda Arabistonda turishgan Oltinxon, Mubashshirxonlarning ustozi, asli Koson zodagonlaridan, Farg‘ona viloyatida obro‘yi baland bo‘lgan, zamonasiga ko‘ra ulug‘ olimlardan sanalgan, marhum Nosirxon to‘ra kommunistlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarmish edi. Nima qilishlarini bilolmay, suvga oqqan kishiday hayronlikda turgan musulmonlar, o‘z diniy olimlarini ilohiy kuchdan xoli bo‘lmasa kerak deb gumon qilganliklaridan, mol-jonlarini ayamay, u kishiga qo‘shiluvchilar o‘lka bo‘ylab ko‘paymish edi.
Biroq, ish vaqtidan o‘tgan, ne fursatlar qo‘ldan ketgan edi. Uzoq-yaqindagi bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar butunlay bostirilib, ishlari markazga bog‘lanmish edi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning «Har oqil kishi o‘z zamonasiga tushungan bo‘lsin», degan hikmatlik so‘zlariga amal qilish va payg‘ambarimizning 23 yillik nubuvat davridagi ibratlik tarjimai holidan xabardor bo‘lish hammadan ko‘proq islom olimlariga lozim edi. Zamonaviy siyosat olamidan xabarsiz bo‘lganlikdan u kishining butun ishlari teskarisiga aylandi. Yolg‘iz qo‘zg‘olonchilargina emas, shular bahona o‘zlariga to‘g‘ri kelmagan, ikki kishiga so‘zi o‘tarlik odamlardan Namangan, Koson atroflari bilan hech joyda qoldirmay, otib-chopib o‘ldirdilar. Qolgan qo‘lga tushganlari qattiq qamoqda yoki uzoq surgunlarga yuborilib, yo‘qotildi. Bechora Nosirxonto‘ra qochib yurgan yeridan ikki o‘spirin o‘g‘li bilan ushlanib, Toshkentga keltirilgan so‘nggida, eng qattiq, yer osti, qorong‘u zindonda yotqonlig‘ini eshitgan edik. So‘ngra ikki o‘g‘li bilan birlikda o‘lim jazosi berilib, dunyodan yo‘qotilmishdir. Agar 6u kishi o‘rnida siyosat olamidan xabardor, onglik boshqa birov bo‘lganida, ishni boshqacha tashkiliy ravishda olib borar edi. Bu qadar ulug‘ qo‘zg‘olon maydonida to‘kilgan yerlik xalq qonlari bekorga ketmas edi. Chunki, janubiy tomondagi Afg‘on va Hindiston chegaralari qo‘lga keltirilsa, u yoqdan yordam yetkazish imkoniyati tug‘ilmish edi ongsizlik shumligidan shu ishni bajara olmadilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:15:53
SHARQIY TURKISTONGA O’TISHGA HARAKAT
Bu ish (Nosirxonto‘ra qo‘zg‘oloni) boshlanish oldidan Qirg‘iziston atrofiga va boshqa joylarga maxsus kishilar yuborilmish ekan. Xudo saqlab, u kunlari men Qorako‘lda bo‘lganim uchun hech ishdan xabarim yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham uyga kelib, hafta o‘tmay, shu chog‘dagi vahshiylik odatlaricha, shirin uyqu, tun yarimida GPU jallodlari tomdan tushib, meni bosdilar. Kecha qorong‘usida qurollik harbiy kishilarga tuyuqsizdan ko‘zlari tushib, qo‘rqqanlikdan mo‘ltirashib turgan xotin bolalar hollarini nima deb aytishga to‘g‘ri keladi? Shuning uchun bu kabi dahshatlik ko‘rinish ko‘rmagan ko‘p kishilar yurak o‘ynaq kasalliklariga yo‘liqmish edi. So‘ngra ko‘zga ko‘ringan yozuvchizuvlarni yig‘ishtirib, meni haydaganlaricha, Pishpekga keltirgach, hech nima so‘ramasdan yer osti uyi  zindonga kirgizib qamab qo‘yishdi. Bu yo‘li ushlanib, uch oy chamali yotganim ichida har yoqlama qattiq tekshirish o‘tkazgan so‘nggida, bu ishdan mening xabarim yo‘qligi bular oldida aniqlanmish edi. Shu bahona bo‘ldi, haqiqatda esa, g‘oyibiy kuch yordami yetti bo‘lg‘aykim, bu kabi dahshatlik qamoq balosidan ko‘p uzoqlamay yana qutulib chiqdim.
Endi bundan buyon bu yerda turishim o‘z boshim yoki dinim uchun xatarlik ekanligini aniq tushunmish edim. Shuning uchun G’ulja tomon ketmoqchi bo‘layotgan do‘st kishilardan Abish degan qirg‘izga yo‘liqib, u bilan safar yo‘ldoshi bo‘lishga va’dalashib, ikkovimiz qo‘l olishdik. So‘ngra bek soqlik bilan safar jamalg‘asini qilishga kirishdim. Ot uloq, oziq ovqat tayyorlangach, 1930 yili sentyabr oyi boshlarida qo‘l olishgan yo‘ldoshim Abish keldi. Men shu kunlarda esa To‘qmoqdan olti chaqirim bo‘lgan Sho‘rtepadagi yerimda dehqonchilik ishlari bilan quymalashib yotgan edim. Ishlarim chala bo‘lsada mo‘ljalim buzilmasligi uchun, borlig‘in Tangriga topshirib, oqshom nomozi o‘tagan so‘nggida chalaqozoq tog‘alardan Abdurashid xo‘ja, tungon Mokemir, yo‘ldoshchi qirg‘iz Abish to‘rt kishi otlanib el yota To‘qmoqdagi qo‘roga keldik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:19:14
So‘zim shu yerga yetgach ko‘nglim munglanib, ko‘zim yoshlandi, chunki yuqorigi yo‘ldoshlarim va bulardan boshqa ko‘p sonli mungdoshlarimdan endi hayot olamida birorta ham kishi qolmapti. Yoshlik  yigitlik chog‘larimdan beri xalq uchun boshlangan g‘amqayg‘ulik kunlarim esa, umrim davomicha uzilmay shu hozirgi davriga erishdi.
Ko‘z ochkan kunimdan boshlab ko‘zlagan maqsadim  Sharqiy Turkiston ozodligi qanchalik to‘kilgan Vatan bolalarining muqaddas yosh qonlari hisobiga qo‘lga kelmish edi. Nachoraki, o‘zini ezilgan yanchilgan xalqlarni zolimlardan qutqazuvchi, dunyo bo‘yicha haqsiz mazlumlarga yordam beruvchi hisoblagan aldamchi, kazzob Stalin hukumati olti million uygur musulmonlarini o‘z foydasi uchun qurbon qildi. Ko‘yni qashqir ogzidan qutqardi, lekin kechqurun qo‘l-oyogini boglab qassobga topshirdi. Ko‘ring, endi shu kunlarda (1967 yil) bu bechora mazlum qardoshlarimiz Xitoy bosqinchilari, yirtqich kommunistlar tish-tirnoqlari orasida chaynalib; diniy, milliy huquqlari buyon tursin, insoniy huquqlaridan ham butunlay ajrab, yutilish oldida turibdilar. Agar biror bahona bo‘lib, umumiy dunyo siyosati o‘zgarmas ekan, Chiqish, Botish  ikki Turkiston ahllari ko‘p uzoqlamayoq bosqinchilar to‘lqinlari ostida ko‘milib ketishlari mumkindir.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shu kecha oilam ustiga tuyuqsizdan kelib, ulardan uzilib chiqishimdagi tortgan ruhiy vijdoniy azoblarimni eslasam, oradan 40 yil o‘tgan bo‘lsa ham, o‘sha fojia zarbasidan ko‘nglim yarasi hali ham bitmaganlikdan, qalamim uchidan oqqan qora siyoh u kunni eskarib qonga aylanur edi. Chunki, hech ishdan xabari yo‘q marhuma onalari boshliq u kunda barisi yosh, uyg‘oq  uyquluq o‘g‘il, qizlarim ustilariga tun qorong‘usida eshikdan kirib kelishim bilan, barilari ko‘zimga jaldirashib qarab turishdi. Endi sizlarni Allohga topshirdim. Yer usti tor ko‘rinib, hech joyga sig‘may qoldim, yo‘ldoshlarim ko‘chada qarashib turibdi. «Omin» denglar deyishim bilan, cho‘ng kichik demay uvvos tortqonlaricha qo‘l-oyoqlarimni quchoqlashib, «Bizni kimga tashlab ketasiz?»  deb yig‘lashgani turdilar. Ko‘nglim buzilib boshimga tog‘ ag‘darildi, nima qilishimni bilolmay, hayronlikda qoldim. Shundoq bo‘lsa ham rahmatul olamin payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom boshlariga kelgan kulfatlarni ko‘z oldimga keltirib, bir oz o‘zimni bosib olganim so‘nggida, yaxshi so‘zlar bilan bolalarni ham biroz yupantirganday bo‘ldim. Shuning bilan ularga bilgan vasiyat nasihatlarimni aytib, qolganini Allohga topshirib, yo‘lga chiqdim.
Shu kecha yurganimizcha saharga yaqin Qorabuloqdan o‘tib, Burolsoy og‘zidagi bir qora saroyga tushib, kun bo‘yi kishiga ko‘rinmay, bir uy ichiga kirib yotdik. Chunki, bu to‘rt yo‘ldosh o‘rtamizda bir beshotar miltiq, uch bardanka va boshqa qurollarimiz bo‘lganlikdan, kunduz kuni ko‘rinib yurishimiz xatarlik edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:20:43
Shunga ko‘ra oqshom nomozini o‘tab olib, ko‘z qorg‘ulang‘och otlanib yo‘lga tushdik. Ichimizda yo‘lboshchimiz Abish qirg‘iz bo‘lg‘onidek, dovyurak bahodir yigitimiz tungoni Mokemir edi. Agar dushman to‘sqovullari (chegara, yo‘l zobitlari, posbonlari) bilan uchrashib qolgudek bo‘lsak, ulardan qutulish chorasi topilmagan taqdirda qurol qo‘llash ishini unga topshirdik. Shu bilan Kemen suvini bo‘ylab yurganimizcha tongga yaqin Shodmon botir hojining qishlovi  Cho‘ng Kemen ko‘prigi ostiga yetdik.
Bu kishi esa qirg‘izlar ichida ota-bobolaridan beri el so‘rab, yurt kutib kelgan Shodmon botir, Jantay botir o‘g‘li, Qorabek botir o‘g‘li, Ataka botir o‘g‘li, Tinay botir o‘g‘li bo‘lib to‘qqiz ota-bobolarigacha el ustida o‘tgan, o‘z zamonasida qozoq, qirg‘iz xoni atalgan zo‘r manaplardan edi. Marhum otamiz bilan do‘stlik aloqasi bo‘lganlikdan o‘zi bilan hayotligida ham ko‘rishib, xizmatida ham bo‘lgan edim. Insonga yoqimli yaxshi xislatlarning ko‘piga ega edi, Alloh rahmat qilsin! Kishi hayron qolgudek darajada uning qilgan bahodirliklarini shu kunlarga davr qirg‘iz qariyalari qizg‘inlik bilan o‘zaro doston qiladilar. O’zim ko‘rganday, eshitganlarimdan bir ikkovini estalik uchun bu o‘rinda yozib qoldirishni lozim ko‘rdim.
Ma’lum bo‘lg‘ayki, Shodmon hojining ilgaridan beri yerlab kelgan qishloq joylarini Cho‘ng Kemen, Kichik Kemen deb ataydilar. Bular esa Tyan-Shan tog‘larining qalin tarmoqlari orasida joylashgan bo‘lib, Kichik Kemenni Shodmon hojim qishloq tutmish edi. O’z davrida Ediqut eli  Bolosog‘un o‘lkasini sug‘orib qondirgan Chuy daryosining yarim qismi shu qishloq o‘rtasidan oqib o‘tardi. Bu suv, toshqin vaqtlarida ot-ulog‘ga kechik bermas edi. Suvning kelish tomoni yuqori bo‘lg‘onliqdan tez oqarligi ustiga, suv osti ko‘ram (ko‘rinadigan) toshlari bilan to‘liqdir. Bunday suvdan kechib o‘tish ko‘p xatarlik bo‘lur. Mana shunday toshqin kunlardan birida, suv hayqirib oqayotganida, mol boqib yurgan bir qirg‘iz choli oqib ketib, jon talvasasi bilan suv o‘rtasida ko‘rinib turgan bir yo‘g‘on tosh ustiga chiqib olmish edi. Shu atrofdagi qirg‘iz yigitlaridan hech bir kishi uni bu halokatlik suvdan qutqarib olib chiqishga jur’at qilolmagach, «Botir Shodmon qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q, Hizr nazar solgan kishi», deb ishongan qirg‘izlar, bu dahshatli xabarni unga bildiradilar. Buni anglashi bilan chovitga (tashlanishga tayyorlanib turgan) turgan yo‘lborsday turqi buzilib, o‘ngi o‘zga-rib: «Hay, attang! Ingragir zamon bizga yomon bolla-rin qoldirgan ekan; tort to‘r ayg‘ir otimni», deb hayqirmishdir
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:21:25
Bolalik kunidan tortib, bir aytgan so‘zidan qaytmaslig‘ini bilgan xizmatchi tobunlari ilojisiz bo‘lib, u aytgan otini keltirishga majbur bo‘lg‘anlar. Shu orada cho‘ng kishilardan o‘zining teng tushlari kelishib qolib: «Hay, botir, tilsiz yovga qarshi chiqib, botirlik qilish qanday bo‘lar ekin? Ko‘pchilik el yig‘ilsa boshqa bir ilojin qilar edik», deyishib, har qancha yolvorishsa ham, qaramay, otlanib suv tomonga qarab jo‘nabdi. Buni ko‘rgach, nima qilishlarini bilolmay, yo uni bu ishdan qaytarolmay, butun xalq qo‘rqinchga tushib, hayronliqda qolibdi. Mukush, Kamol degan otoqliq o‘g‘illarining onasi, uning oldida eng suyuklik, el ichida qadri ulug‘ Lakabaybiche degan xotini yig‘lab yolvorib: «Hay, botir, bu ishni qo‘ying, sizdan so‘rardim», deb o‘zini ot ostiga tashlaganiga qaramay, otakao‘rani qishqirg‘anicha, suv yuqorisi tomon ot qo‘ymishdur.
Bunday dahshatli xabar tarqalishi bilan har yokdan ot chopishib kelgan qirg‘izlar suv bo‘ylarida to‘planishib, hayronlik holda qarashib turg‘an edilar. Ko‘rib turgan kishilarning aytishlaricha, shundayin dahshatlik o‘lim xatarlik, tilsiz yov ustiga kelganida yana bahodirligi bilinib, o‘zida hech qanday o‘zgarish sezilmagan edi. Balki o‘zini, payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Allohdan panoh tilagan ko‘zsiz tilsiz suv balosi oldida turganini ko‘rib, bu kabi dahshatlik xatarga duchor bo‘lgan bir bechorani qutqazishga himmat qilg‘onini bilgach, o‘z tilicha: «O qudoyay, qo‘ldoy ko‘r!» na’rasini tortganicha, suv o‘rtasidagi tosh ustida baqadek chaplashib yotgan cholni mo‘l anchagina yuqorndan «Alloh» deb ot solmishdur.
Uylardek o‘rkashlab ko‘pirib yotgan dahshatlik suv to‘lqini ichida belidan botgan holda toshdan toshga urilib, «O xudo»lab kelayotgan Shodmon botirga suv bo‘yida qarashib turgan qalin xalqning ko‘zlari tushgach, «O xudo, o‘zing saqlay ko‘r», deb qichqirg‘an tovushlari ko‘kka ko‘tarilmish edi. Oila jonkuyarlari har yoqdan «O quday» deb qichqurur edilar. Shundayin haybatli dahshatlik suv ichida jon hovuchlagan holda yopishib yotgan chala o‘lik chol ustiga yeta kelib, «Joning bo‘lsa, uzat qo‘lingni!» deb qattiq qichqirgan bo‘lsa ham, esi oqqanliqdin qo‘l uzatolmag‘ach, botir qo‘liga ilinmay o‘qdek oqayotgan suv sirpandisi (suv tezligi ma’nosida) bilan o‘tib ketmishdur. Buni ko‘rgan butun xalq suron solishib: «Endi ish tugadi, bahodirlik o‘z chekidan o‘tdi, sizday kishi bizga qaydan topiladi. Bunday chollarning necha minglari sizning bir tol tirnog‘ingizga teng kelmaydi!» deyishib, qichqirishgan bo‘lsalar ham, bularga qarab qo‘ymay, suvdan chiqishi bilan yana «Alloh» sadosini ko‘tarib, ikkinchi yo‘li bilan suvga kirganida payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Bahodirlarni Alloh do‘st tutqay, tilaklarini xudo qaytarmag‘ay. Har ishda chidamlik sabotliklarni maqsadlariga yetkazgay» deganlaridek, Alloh yordami yetti bo‘lg‘aykim, ul chalajon cholni o‘lim og‘zidan qutqarib, ot oldiga o‘ngarganicha (ustiga mindirganicha, opochlaganicha), bu kabi dahshatli suvdan salomat chiqmishdur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:27:46
Yana bir kuni Oq O’rkavda qurdoshlari bilan qimiz ichib o‘ltirib ekan, yirokdan chiqqan shovqin suron tovushi eshitilmishdur. «Bu nima gap?» deb so‘rasa: «Hay, botir, suv yoqasidagi qalin chirg‘anak ichida bir yo‘lbars yotqanlig‘ini el bilishib qolib, merganlari bilan kelgan ko‘pchilik xalq uni yotqan yeridan qo‘zg‘atib ochiqqa chiqarolmay yotadilar», deganlarida: «Hay, ingragirlar, ko‘pchilik hech ish qilolmaydi, har vaqt xalqi ortida turgan bahodir, yetuk bir kishi ko‘p ish qila oladi», deb yurtovul (yurtda, ovulda, el ichida) kunlaridagi kiyim boshlarini kiyib, qilich osilgan holda otlanmishdur.
Botirning odati, kirishgan ishidan qaytmaslig‘i el ichida ma’lum bo‘lg‘anlikdan, bu ishdan qaytarish to‘g‘risida hech kim og‘iz ochalmagan edi. Shundoq bo‘lsa ham yer usti hayvonlari ichida oti ulug‘, haybati zo‘r, changali dahshatli yirtqich yo‘lbarsga to‘qnashuvni o‘ylashib, ko‘z otar mergan inisi Momutjon yo‘ldoshi bo‘lmishdur. Shu yurganicha ergashgan tomoshachi kishilar birgaligida ko‘pchilik xalq o‘rashib olg‘an qalin chirg‘anaq yaqiniga kelganida: «Hay jonivor, sen  hayvondan chiqqan yo‘lbars bo‘lsang, men insondan tug‘ilgan arslonmen!», deb yaroqlagan yalang qilichi bilan oning ustiga otil-mish ekan, botir hujumiga yo‘lbars chidayolmay, yotgan yeridan qochib chiqayotganida inisi Momut otgan o‘qdan qattiq yaralanmish edi. Buni ko‘rgach: «Hay, endi yog‘iy yaralandi, yaralang‘an yovni xotin olg‘ay»,  deb uyiga qaytmishdur.
Uchinchi voqea. Haj safariga ketayotganida mozorlarni ziyorat qilmoqchi bo‘lib, Samarqandga tushmush ekan. Amir Temur qabriga kirganida qarasa, sayohat uchun kelgan rus zobit (ofiqer) laridan birovi Temur sulton qabriga oyog‘ini tirab xat yozayotganini ko‘ribdur. Buni ko‘rgach bahodirligi qo‘zg‘alib: «Hay, puting (oyog‘ing) kesilgur junbosh (boshi junli, sochli), er qadrini bilmagan, tort oyog‘ingni!», deb hayqirgan ekan, qo‘rqqanidan sapchib turib kechirim so‘ramishdur.
Bolalik kunidan boshlab ko‘rsatgan bu bahodirning shu kabi kishi hayron qolarlik ishlari juda ko‘pdir. Buning bahodirligi, saxiyligi ustidan boshqa emas, o‘zim ko‘rgan bilganlarimni yozar ekanman, o‘z oldiga bir kitobcha bo‘lishi mumkindur
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:29:06
Inson yaxshiligi ko‘milib ketmasin, xudo xush ko‘rgan fazilat bo‘lgan turk ulusining bahodirligidan kelajak bo‘g‘inlarimizga o‘rnak bo‘lib, ibrat ol-g‘o‘dek so‘zlarni bu o‘rinda kelturdim.
B a y t:
Tilim turk xalqimga ko‘p ofarin qil,
Nayongliq maxtasang ozdur aniq bil!
Yarash chog‘ida mehmondek o‘tirg‘ay,
Urush kunlarda arslondek otilg‘ay.

Biroq payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek, har odam o‘z zamonasiga yaxshi tushunishi kerak. O’tmishdagi ko‘krak kerib ot chopgan, nayza solib yov olgan, ota-bobolarimiz o‘z zamonalariga yarasha ustilariga yuklangan diniy, milliy burchlarini o‘taganliklari uchun Vatanlarini bosqinchilardan saqlab, o‘z hokimiyatlarini qo‘llaridan chiqarmagan edilar. Keyingi uch yuz yilda jaholat, xurofot balchig‘iga botib, nodonlik, tushunmaslik ofatiga yo‘liqqanlik natijasida ruslar Vatanimizga zo‘rlik, qurol kuchi bilan bosib kirib, erklik hokimiyatimizni qo‘limizdan tortib olganiga shu kunlari to‘g‘ri yuz yil to‘lmishdur.
Vatanimizga birinchi bostirib kirgan shum oyoq chor hukumati ellik yillik davrida Turkiston xalqini butunlay qorong‘ilikda, ilm-ma’rifatdan uzoq tutib kelgan bo‘lsa ham, surbetlarcha ruslarni ko‘plab ko‘chirib kelmagan edi. Yerlik xalqning erki o‘zida, Vatani qo‘lida bo‘lib, diniy marosimlari, maktab madrasalari, har turli jamoat ishlari o‘z ixtiyorlarida edi. Qachonki, xalq g‘amini qayg‘urgan bo‘lib ko‘ringan yolg‘onchi aldamchi, ustal oshig‘i, mansabparast kommunistlar, qurol kuchi bilan va ham o‘ng so‘lini, foyda ziyonini ajratmagan, tushunmagan, vijdonsiz, qoraqurov nodonlardan foydalanib, o‘z hokimiyatlarini o‘rnatib olgandan so‘ngra, butun ishlarni o‘zgartirishga kirishdilar. Shundoqki, bularning hokimiyatlari dinsizlik xudosizlik asosiga qurilganlikdan, birinchi kundan boshlaboq, butun diniy ishlarni, shariat hukmlarini yo‘qqa chiqarib, maktab madrasalar, masjid xonaqolardan buzilmay qolganlarini choyxona, o‘yinxonalarga o‘xshash o‘zlari uchun keraklik o‘rinlarga aylantirdilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:29:57
Ma’lumdirki, dunyo yaratilgandan beri yer ustidagi insonlar o‘z erklaricha ishlab, tilagan joylarida o‘z ixtiyorlaricha yashab kelmish edilar. Chunki, inson bolasi asli yaratilishidayoq, o‘z erk-ixtiyoriga ega bo‘lishi sifatida tugilib, boshqa hayvonlardan shu orqali farqli bo‘lmishdur. Hayot olami ichra hech bir zamon, hech bir mamlakatda insonlarni erk ixtiyorlaridan ajratib, tilsiz hayvonlar qatorida majburiy ishlatish kishi xayoliga kelmagan edi. Endi bu xayoliy tuzimni qo‘llanuvchilar, xayolparast Lenin boshliq, qurol kuchi bilan shu kabi sharmandachiliklarni amalga oshirib, 50 yildan beri xalqni qiynab keladilar.
B a y t:
Qayg‘ulik tunlar uzaydi, tong otar kun bormikin?
Biz qamaldik bu temir qo‘rg‘on ichida ingranib.
Bu zulm qo‘rg‘on qobig‘in sindirar kun bormikin?
Barcha olam yo‘llari ochiq erur bizga yopib.
Ey, xudo, haj yo‘li bizga ochilur kun bormikin?
Barcha olam ahli o‘z maqsadlarini toptilar.
Uzbekiston xalqiga 6u ish bo‘lar kun bormikin?
Ruslar bosti Vatanni, qopladi seldek kelib,
Bu falokatdin, xudoyo, qutilar kun bormikin?
Sog‘uniy, bag‘ring ezildi, bu Vatanning dardida
Kim bilur, bu dardima darmon topar kun bormikin?
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:30:48
Qog‘oz ustida o‘n olti erklik jumhuriyat hukumati deb yozilgan bo‘lsa ham, bularning hech birovida haqiqatan qilchalik ham ixtiyorlari yo‘qdir. Bu mamlakatlarning asosiy ishlari esa butunlay Maskovga bog‘langanligi uchun katta kichik har qanday ishlarini Maskovdan buyruqsiz qilolmaydilar. Ayniqsa, O’zbekiston jumhuriyati boshqa jumhuriyatlarga qaraganda har bir ish to‘g‘rilik eng tubangi holga tushganlikdan xalqi diniy, milliy, shaxsiy, hatto insoniy huquqlaridan butunlay mahrumdirlar.
Xalq dushmani degan yolg‘on tuhmatni taqib, 1936-1937 yillarda necha minglagan millatimiz ziyolilari, siyosatga tushungan Vatan yigitlari yo‘q qilingan kundan boshlab, Maskov nima desa bosh ustiga deydigan, xalq tanimagan suymagan, lekin o‘ziga sodiq kimsalarni, Maskov o‘z tilaganlaricha O’zbekiston qo‘g‘irchoq hukumati boshlig‘i qilib belgilab, shular orqalik o‘z maqsadlarini bajarishga kirishgani gurdilar. Buning ustiga 1966 yili 26 aprelda Toshkent shahrida bo‘lgan zilzila bahonasi bilan, uylari buzilgan o‘zbeklarga yordam yetkazish degan bo‘lib, barcha jumhuriyatlardan kishi chaqirdilar. Haqiqatda esa zilziladan vayronlikka uchragan markaziy yangi shahar binolari edi. Yerlik xalq ofatdan omon edilar. Shundoq bo‘lsa ham, buni shiltov (bahona) qilib, necha minglagan o‘zbeklarni majburiy ravishda ko‘chirib, shahar tashqarisiga chiqazdilar. Ayniqsa, Toshkentning eng tarixiy joyi hisoblangan Shayxontohur mahallasi butunlay buzilib, undan nom nishona ham qolmadi. Shahar tashqarisiga chiqarilgan bechoralarni Qurbqaobod degan qiy dalaga oborib tashladi. Uylarini buzishda yetarlik moddiy yordam berilmadi. Bu bechoralar yosh go‘dak bolalari bilan shu kunlarda ham qiynalmoqdalar. XX asrga kelib o‘z Vatanlarida o‘zlari xor bo‘ldilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:32:19
Bosqinchilarning birinchisi chor hukumati davridan 50 yil o‘tgach, kofirlar aksi urib, ba’zi bir o‘zgarishlar boshlagan bo‘lsa ham, u kunga davr diniy-milliy, ayniqsa til o‘zgarishlari bo‘lmagan edi. Endi esa, bu dinsiz kommunistlar davridan 50 yil unga qo‘shilib, bosqinchilarning kelganiga 100 yil to‘lmishdur. Bularning asli maqsadlari butun dunyoga dinsizlik tarqatish, o‘zlarining jirkanch sassiq tuzumlarini o‘rnatish bo‘lganlikdan, butkul ishlarini o‘zlarining buzuq siyosatlariga boglab, har narsa kommunistlar rahbarligi ostidagina bo‘lishi majburiy ravishda shart qilinmishdur. Shuning natijasida bular har ishga aralashvolib, hushyorlariga esiriklar (mastlar, behushlar), sog‘lariga telbalar yo‘lboshchilik qilgandek, butun mamlakatda bu majnunlarning aralashmagan ishlari yo‘qdir.
Xalqda ixtiyoriy hayot kechirish yo‘qolgani uchun ularning jon harakatlari, halol mehnatlari bi-lan chiqqan yer hosilotining yuzdan biriga ham o‘zlari ega bo‘lolmadilar. Oziq ovqat, yemaq ichmaq mahsulotlari bularning o‘z omborlarida saqlanib, xalqqa tilagan o‘lchamlarida berib turish kommunistlarning buzilmas qonunidir. Agar uch kun bermay to‘xtatar ekanlar, xalq boshiga qiyomat qo‘pib, shu kuniyoq ocharchilik boshlanishi ko‘rinib turadi.
Mana shunday bo‘lib, hozirgi kunda ilgari tarixlarda yarqirab ko‘ringan, tillarda doston bo‘lgan Turkiston ulusi Turon musulmonlari yolgiz diniy huquqlaridangina emas, insoniy huquqlaridan ham ajrab, yutilish oldida turibdi. Kelajakda biz uchun eng qo‘rqinchlik ish esa, yo‘q bahonalar bilan o‘n minglab, yuz minglab seldek kelayotgan bosqinchilarning Vatanimizda o‘rnasha yotqanlaridur va ba’zi bir milliy hisi yo‘q vijdonsizlar ko‘z oldimizda yutulayotganligi ochiq ko‘rinib turibdi. Bular avlod oldida eng jinoyatchi odamlardir. Tarixlarda bosqinchilar doim shunday amalparast sotqinlardan keng ravishda foydalangan.
Hozirgi kunlarda esa xitoy bosqinchilari internaqional niqobi ostida Saypiddin Aziziy, Burhon Shahidiy kabi vijdonsizlardan shu tariqa foydalanmoqda. Bu balolardan qutulish chorasini izlash har bir Vatan bolasining muqaddas vazifasidir. Buning uchun bizlar diniy va milliy hissiyotlarimizni saqlash bilan bir qatorda, birlik ittifoqligimizni kuchaytirib, eng avval ilm qurolini qo‘lga kiritishimiz kerakdur. Havodan boshqa, o‘t suvdan boshlab inson hayotiga kerakli barcha narsalarni qulf-kalit qilib, o‘z omborlariga qamab oldilar. Ming turli qilgan hunar-tadbirlari, har kuyga solib o‘qigan baytgazallari bilan, vaqti kelganda odam bolasini bir parcha non oldida bosh egishga majbur qildilar. «Uldirmay olar jonimni, bo‘gizlamay ichar qonimni, o‘lchab berar nonimni», deb bundan necha yuz yillar ilgari aytgan qozoq shoirining so‘zi hozir bizning ustimizga kelib o‘rnashdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:33:12
Dinsizlik tufayli o‘girlik, odob axloqsizlik, bir biriga hurmatsizlik, vijdonsizlik ko‘paydi. Hozirgi madaniyat davrida diyonat bilan taraqqiyot birga yasholmaydi degan xato fikr oqillar oldida emas, jahon bo‘yicha johillar orasida tarqalmishdur. Haqiqatda esa, din poklikdur. Poklikka qurilgan axloqdur. Dinimizning asli aqldur, quroli ilmdur. Hozirgi taraqqiyot islom axloqi asosida olib borilsa, insonlar uchun eng foydalik madaniyat bo‘lishida shak yo‘qdir. Umuminsoniy haq huquqlar butun xalq oldida, ayniqsa, hukumat doiralarida qonuniy ravishda himoyalanib saqlanar ekan, o‘shandagina madaniyati fozilaga erishiladi.
Shu kunlarda ustimizda hukmron bo‘lgan dinsizlar madaniyati ersa fosiq madaniyat deyiladi. Bunday madaniyat insonlarni ham axloqiy, ham ruhoniy fazilatlaridan butunlay ajratadi. Kommunistlarning mustabid hukmronligi ostida yashayotgan hamma, insonlik huquqlaridan butunlay mahrum bo‘lib, hayvonlar qatorida erksiz ishlayotganligini ko‘rib turibmiz.
Hozirgi davrda qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham, kundan kunga ilm o‘sayotganligi ko‘riladi. Buning rahbarligi orqasida, insoniyat olami kommunistlar ofatidan qutilar kun bo‘lar degan xayoliy umidlar ham ko‘ngilga keladi. Lekin markaziy arboblardan boshlab, tubandagi tabaqaga kelguncha, hamma ish ustida o‘ltirgan hukumat xizmatchilari shaxsiyatparast, vijdonsiz odamlardangina iborat bo‘lsa, bu umidning vujudga chiqishi mumkin emasdir. Chunki, ilmga agar aql chirogi rahbarlik qilmas ekan, har kim uni o‘z qobiliyatiga qarata ishlatadi. Shuning uchun yomonlar ilmidan hozirgidek doimiy yomonlikdan boshqa natija chiqmaydi.
Buning yana bir sababi ersa, ko‘pincha ish boshida o‘ltiruvchilar ikki guruh kishilaridangina iboratdir. Birinchisi ko‘rlarcha yetakchisi orqasidan ketayotgan, qizil belatidan boshqa ishonadigani yo‘q, mansabparast kommunistlardir. Ikkinchisi esa hozirgi madaniyat sohasidagi fanlardan yetarlik darajada o‘zlashtirib, ilmiy jihatdan xalq uchun foyda yetkuzarlik ma’lumotni egallagan bo‘lsa ham, o‘z nafsi uchun hamma narsani qurbon qiladigan odamlar, ayniqsa, iqtisodiy o‘rinlarni egallagan, ko‘proq shu vijdonsiz kishilardir
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:44:08
Endi ish shunday bo‘lgach, ilm ma’rifat rivojlangan sari fikrlar o‘zgarib, o‘z ichidan o‘nglanib qolishga ko‘z tutish xayoliy umiddan boshqa narsa emas. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan «Qiyomat qachon bo‘ladi?», deb so‘raganda: «Xukumat ishlari yomon odamlar qo‘liga o‘tganda bo‘ladi. Men ko‘rsatgan oydan yoriq, to‘gri yo‘ldan ummatlarim chetga chiqqanlarida, xalq boshiga shunday fitnalar kelgusidirkim, o‘sha zamonning eng dono bilgichlari ham chora topolmay, hayronlikda qoladi», dedilar. Bundan 1360 yil ilgari bergan shu xabarlarini hozirgi kunda ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz. Qur’on nima degan bo‘lsa, Rasululloh alayhi vasallam nima xabar bergan bo‘lsalar, uning haq rostligida hech gumonimiz yo‘qdir. Ko‘ngliga gumon kelganlar ko‘zlari ko‘rganda, albatta, ishonadilar.
Inson yaratilgandan beri yer ustiga har turlik ofat balolar kelganligi yolgiz tarixdagina emas, balki, Tangri tomonidan payg‘ambarlarga tushib, bizgacha yetgan Tavrot, Injil, Qur’on kabi ilohiy kitoblarda ham xabar berilmishdir. Lekin bu dunyo ahli qanchalik ko‘p balo ofatlarni ko‘rib, boshidan kechirgan bo‘lsalar ham, shu kunlarda bizlarning bosh ustimizga kelib o‘rnashgan dinsizlik balosini ko‘rmagan edilar. Ayniqsa, bu balodan boshqalarga qaraganda eng qattiq zararlanganlar biz Turon Turkiston musulmonlari bo‘ldik. Chunki, chor bosqinchilarining shum qadamlari yetgan kundan boshlaboq o‘z hukumatimizdan ajragan bo‘lsak ham, diniy, milliy, vataniy huquqlarimiz o‘z qo‘limizda edi, qachonki bu madaniy yo‘qsillar qo‘liga hukumat o‘tdi ersa, shu kundan boshlab yuqoridagi huquqlarimizdan ham ajradik.
Nega bunday bo‘ldik? deganimizda, Qur’onning aytishicha, bandaga berilgan ne’matlarning zavoliga o‘zi sababchi bo‘lur. Hech vaqt qaytarib olmagay, berganini qaytarib olishdan Alloh o‘z bandalariga nahiy qilib, ularga bu ishni loyiq ko‘rmas ekan, o‘ziga qanday loyiq ko‘radi? Xudo Qur’onda «Sizlarga bergan ne’matlarimga qanchalik shukr qilsanglar, men ham shunchalik orttiraman. Agar qadriga yetmasanglar, u ne’matlardan ajraysizlar, yana qattiq azoblik javobga tortilasizlar», deydi. Vatanimizni, dinimizni dushmanlardan saqlash, Kuron hukmicha, hamma musulmonlarga farzdir. Chunki, xudo Qur’onda: «Dushmaninglarga qarshi imkoniyat boricha qurol tayyor qilinglar», deydi.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:45:03
Rasululloh zamonlaridagi musulmonlarga o‘sha zamon qurollarini tayyorlamoq farz bo‘lmish edi. Bizlarga esa, o‘z Vatanimizni ozod qilish va uni saqlash uchun zamon qurol jabduqlarini qo‘llamoq va zamonaviy ilmlarni o‘qimoq farzdir. Agar buni qilmas ekanmiz, Qur’ondagi Alloh amriga tushunmagan bo‘lamiz. Vatanimizni ozod qilish, o‘z davlatimizni qo‘lga keltirish va uni saqlash uchun, har davrning o‘ziga yarasha butun sabablarini qilish, Kur’onda aytilgan Alloh amri deb bilishimiz kerak. Ba’zi bir johillarning aytganlaridek, Kur’onda: «Bu dunyo kofirlarniki, oxirat-sizlarniki», deyilgan emas, balki «Islom hammani yengadi, hech kimdan yengilmaydi, hammaning ustida bo‘ladi, ostiga tushmaydi. Har ikki dunyo yaxshiligini Allohdan so‘ranglar», deyilgandir va ham bularni qo‘lga keltirish choralarini ko‘rsatib, butun sabablarini to‘liqlab qilishga buyurmishdir. Endi xudo va payg‘ambar so‘zlarida hech shak yo‘qdir. Nima bo‘lguluq, ko‘rguluklar boshimizga tushdi ersa, undan ibrat olib, kelajagimizni o‘nglashimizdan boshqa uning chorasi yo‘qdir.
B a y t:
Borlig‘im saqlay desang ilm hunardan qil yaroq!
Yo‘q esa olg‘ay boringni qilmay hech kim so‘roq.
Yer yuzi o‘zgardi ammo, o‘zgarishdan bizda yo‘q,
Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq.
Och ko‘zing Turon eli, zing‘irt bo‘lurmu qo‘ychibon,
Bormu bu yongliq bulon, payqab qara boshdin oyoq!
Har o‘g‘il voris bo‘lur qolgan otaning moliga,
Bo‘ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq.
Mol egasidur qaroqchilar bu ajoyib ishga boq!
Baxt ochilmas ul kishilar, kim erurlar ilmsiz,
Ilmsizlar xor bo‘lur xohi qarodur, xohi oq.
Qaysu millat ustidin hokimlik etsa boshqalar,
Bu kabi xorlik hayotdin o‘lganidir yaxshiroq.
Ilmu iymon ikkisidin bahralik bo‘l ey o‘g‘il!
Bu ikkovlon birla olg‘aysan qo‘lingga shamchiroq
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:48:54
JILAQARAG’AY DOVONI
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Yuqorida aytilganicha Shodmon hojim qishlog‘i Kichik Kemenga kelganimizda, kutishib turgan qirg‘izlar bizni qarshi oldilar. Yaylovdan qaytgan qalin el oralab, tun bo‘yi yurganimizcha tongga yaqin bir yerga kelib tushdik. Biroz uxlab es olgan so‘nggida, u yerdan otlanib kun bo‘yi yurganimizcha, axir peshin kezida qalin qarag‘ay ichida tikilgan bir qirg‘izning uyiga keldik. Bu esa bizni kutib turgan Nazarqul degan safar yo‘ldoshimizning uyi ekan. Bizni bu yerga qo‘ndirib, o‘zi orqada qolmish uylarni ko‘chirib kelmoqchi bo‘lib, uch to‘rt yigitlar bilan tun qator qilib ketdi. Ertasi quyosh ko‘tarilgan kezda edikim, biror yuz oilalik qirg‘izlar bola chaqalari bilan yengil yuklarini olgan, boshqa mol chorvalarini, tikilgan uylarini qoldirib, yolg‘izgina uyurlari bilan yilqilarini haydashgan holda yetib keldilar. Xitoy yerlarida pul bo‘lg‘udek narsalar bilan hurjin xalashlari to‘ldirilmish edi. Ko‘pchiligi bola chaqa, xotin qizlardan to‘plangan edi. Qanday ham bo‘lsa, safar sunnatiga muvofiq Nazarqulni safar amiri qilib, o‘zim boshliq olti odamni unga kengashchi saylagan so‘nggida, oldi orqamizga mer gan yigitlardan soqchilar belgilab, yo‘lga tushdik.
Ichimizda ikki besh otar, uch to‘rt bardanka, qolgani ov miltiqlari bo‘lib, yigirmadan oshiqroq qurolimiz bor edi. Shu yurganimizcha Ko‘kquyruq o‘zanini bo‘ylab o‘ltirib, orada uch qo‘nib, Chuy daryosining boshi Oqsuv, Chelak degan ikki oshuv ayrilishiga yetdik. Bu yurgan yerimiz yo‘lsiz bo‘lib, bo‘ri yurmagan tog‘u tosh oralab yurishga to‘g‘ri kelganlikdan, tog‘ safarlarida ko‘p yurib ko‘zi pishgan yetuk yo‘lboshchi kerak edi, baxtimizga qarshi, va’dalashgan qolovuz (yo‘lboshchi) kishimiz kelmay qoldi. Kelayotgan yo‘limizda biz bilan qochgan qirg‘izlarning qo‘rada yotgan qo‘ylari, egasiz qolgan moltovarlari, uskunalariga ko‘zimiz tushdi. Inson turmushiga kommunistlarning zulmi shundayin haroblik keltirganini ko‘rib, ko‘nglimiz vayron bo‘lganlikdan ko‘z yoshlarimizni artib ulgirolmadik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:49:29
Qochgan xabarimiz el ichiga tarqalgach, bizni qo‘lga tushirish uchun oldimizdan chegara soqchilarini to‘stirib, ortimizdan qirg‘iz kommunist otryadlarini yubormish edilar. Biz qochqunlar uch kun o‘zan bo‘ylab yurganimizcha, Oqsuv oshuvi ostiga kelganimizda ketimizdan yuborilgan qirg‘iz kommunistlar askarlarining qorasi yiroqdan ko‘rinib qoldi. Oramizda bir oz otishuvlar bo‘lib, shu kechani soqlik bilan o‘tkazdik. Yetgan yerimiz ulug‘ tog‘larga taqalgan, o‘ng qo‘limiz Chelak dovoni edi. Lekin bu dovonlarni oshib, yo‘llarini ko‘rgan boshchimiz bo‘lmag‘anlikdan qaysi biriga kirishimizni bilmay orsor (hayronlikda) qolganimiz ustiga, quvg‘inchi to‘sqinchilar oldi orqamizdan o‘ramish edi. «Ikki yo‘l kelib, qaysi biriga kirishni bilmay qolgan kishi o‘ng qo‘liga yursin», degan Rasululloh so‘zini maslahat berdim ersa, boshqa sabablar chiqib bunga yurishga to‘g‘ri kelmadi. Oxiri, so‘l qo‘ldagi Chelak dovonidan oshib olsak, qozoq yeriga tushib, bulardan qutulib ketishimizni o‘ylab, shunga kirishni to‘xtam qildik.
Ertasi saharlab ostidan bir daryo suvi toshib chiqayotgan ulug‘ tog‘ beli ustiga chiqib, shu yerga uch to‘rt qurollik qirg‘iz bolalaridan qo‘ydik, o‘zimiz ko‘pchilik qo‘sh qulonlarimiz (ko‘chgandagi yukimiz va yilqilarimiz) bilan bel (tog‘ bag‘ridan o‘tib) oshib, yolg‘iztuyoq kiyiklar izi orqali yurganimizcha bulutga tiralgan to‘rt tog‘ orasidagi suv g‘aznasi (ombori) Ko‘kko‘l degan joyga tushdik. U yerdan o‘tib, ko‘k muz oq qordan boshqa hech narsa ko‘rinmagan, bosh oyog‘i bulutlar bilan o‘ralgan Chelak dovoni ostiga kelib qo‘ndik. Kuz havosi sovuq, qattiq qor uchqunlab turardi. Qor o‘rtalarida ko‘rinib qolgan qora toshlar orasida boshi chiqib turgan bir turlik o‘simliklardan boshqa o‘tin topilmaydigan shunday qismchilik joylarda qirg‘iz xotinlari osh ovqat tayyor qilishdi. Bularning epchilligi meni hayratda qoldirdi.
   Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning «Har kim ersa bir narsaga bog‘lanib yaratilganlikdan ul narsa unga osonlashadi, har ishni o‘z egasiga topshiringlarkim, ishinglar yengillashadi», degan hikmatlik so‘zlarining sirlarini shunda tushungan edim. Ayniqsa, o‘z do‘stlarimizdan Abish, Haydarali ularning xotinlari Oysha, Oyqon bu er xotinlarning bu kabi og‘ir yo‘llar, mashaqqatlik safarlarda menga ko‘rsatgan hurmatlari, qilgan xizmatlarini eskarib, hayotim boricha ularga rahmatlar aytib duo qilurman. Alloh ularni rahmat qilib, joylari jannatda bo‘lsin! Qandag‘ ham bo‘lsa, shu kechani qor-muzlar orasidagi qora toshlar ustida tong ottirdik. Ertasi oyna ustiga tushgan yog‘du kabi, qor muz ustida yaltirab turgan quyosh ko‘tarildi. Yo‘l bilgan, yuz ko‘rgan yo‘lboshchi kishimiz bo‘lmagach, endi nima qilishimiz kerak?
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:50:39
Xotin bolalardan boshqa qariyosh demay butun er kishilar barimiz otlanib, toqqa tirmashdik. Ming mashaqqat bilan tog‘ tepasiga chiqib qarasak, mo‘ljali uch chaqirim kelguday, tog‘ teskayini qor muz qoplamish edi. Mana shu yerda biror yuz kishi yayov, otliq bo‘lib, bizdan ilgari qochgan kishilar yo‘l solgan bo‘lsalar, shular izidan yurib o‘tarmiz, degan umid bilan shu kuni ertadan kechgacha yo‘l izlab iz qidirdik. Biroq baxtimizga qarshi tuyoq yoki oyoq izi tushgan biror nishon topolmagach, kechki sovuqqa qolib, bo‘ron chopqunga uchramaylik deb, nochorlik bilan or-timizga qaytdik.
Xudo o‘nglab, Ko‘kko‘l beli ustiga uch to‘rt qurollik qorovul qo‘yib o‘tgan edik, yo‘q ersa orqamizdan quvib kelayotganlar izimizga tushib ustimizdan bosar ekanlar. Iz quvib kelganlar bel ustiga chiqqanda bizning qorovullarimizdan qarshilik ko‘rib, ketiga qaytmish edilar. Shu bilan ikki qo‘nib muz tog‘lar orasida yo‘l topolmay, ovora bo‘lgan so‘nggida yana orqamizga qaytib keldik. Ot ulovlarimiz charchab, o‘zimiz qiynalganimizdan bel ustida bir ikki kun eruv (dam olish, hordiq chiqarish) qilib, shu orada ikki kishini yer chorlab (atrofni bilib kelish, razvedka qilish) kelish uchun Oqsuv dovoni tomonga yubordik. Ketgan kishilarimiz ikkinchi kuni tinchlik xabarini keltirgach, bu yo‘lning ikki kunlik olisligi bo‘lsa ham, boshqa iloji bo‘lmaganlikdan shunga kirishga majbur bo‘ldik.
El yaylovdan ko‘chgan kezi, yo‘llar jimjit, issiq sovuq orasida havo ochiq bo‘lib, tinchlik bilan Oqsuv dovonini oshib, kelishgan keng bir yaylovga tushdik. Bu yerga kirgach qirga, tevarak to‘rt tomonga ko‘z soldim ersa, o‘tmishdagi erkinlik qo‘ynida kun kechirgan o‘rozlik o‘g‘uz urig‘i Ediqut eli u tog‘dan bu tog‘ga, u soydan bu soyga yer tanlab, ko‘chib yurganlari esimga tushib xayol dengiziga cho‘mdim. Keng yuzlik sabolarda (yog‘och tog‘oralarda, idishlarda) ko‘pirib yotgan qimizni qizil ko‘karlarga (yog‘och bokallarga) quyib ichganlari, qo‘y qo‘zi etlari ko‘ngillariga tekkach, qulun (biya bolasi) so‘yib yeyishga kirishgan kunlari ko‘z oldimga kelib, hayronlikda qoldim. Bir oz bo‘lsa ham erkinlik olamiga chiqqandek bo‘lib, hordiq chiqarish uchun bu o‘rinda ikki kun eruv qilib to‘xtagandan so‘ngra, Toysovrun, Boysovrun degan yaylovlardan hali el ko‘chmagan ekan, kechalab tun qoron-g‘usida u yerdan o‘tib, Jilaqarag‘ay dovoni ostidagi qalin qarag‘ayzor ichiga kirib qo‘ndik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:53:24
Bizning bu yurgan yerlarimiz Turkiston beshigi, O’g‘uzxon poytaxti atalgan Issiqko‘l o‘lkasining shimol tomonidagi Tyan-Shan tog‘larining tarmoqlari edi. Bu yerga kelish oldida yog‘a boshlagan qor, yomg‘ir tun bo‘yi to‘xtamay yoqqan bo‘lsa ham, har tup qarag‘ay bir qirg‘iz o‘tovidek bo‘lib, tubiga tushgan musofir mehmonlarni qor yomg‘ir hujumlaridan o‘z oilasidek asramish edi. Ertasi havo ochilib kun ko‘tarilgach, bu yerdan ko‘chib shimol tomonga qarab, tog‘dan tog‘ga osha ot tortib yurganimizcha, boshi ko‘rinmay tuman bilan chirmalgan, bir ulug‘ tog‘ tubiga yetdik. Shu yerga kelganimizda havo buzilib qor ura boshlab, yolg‘izoyoq kelayotgan yo‘limiz yuzi yopilib, qayoqka yurishimizni bilolmay to‘xtalib qoldik. Qirg‘iz yigitlari esa yayovlab, tog‘ yuziga tirmashib, yo‘l izlashgani turdilar. Borgan sayin qor yog‘ishi qattiqlashganlikdan ko‘z qoplagan burosha (bo‘ron, qattiq shamol) bo‘lib, yo‘l izlashgan yigitlarimiz bir birlarini ko‘rolmay qolishdi. Buning ustiga yolg‘izoyoq yo‘l ustida uzundan uzun turib qolganimizdan, otlarimizning beli tolib yota boshladi. Qarasak, kun tushdan og‘ib boradi. Agar shu o‘rtalarda kechalab qolar ekanmiz, o‘zimiz va ot ulovimiz uchun qattiq qiyinchiliklar tug‘ilishini o‘ylab, safarda orqaga yurish yaxshi bo‘lmasa ham, boshqa iloji topilmagach, nochor keri (orqaga) qaytishga majbur bo‘ldik. Bosgan izimizga qaytib, qorbo‘ron ichida olti soat chamasi yurganimiz so‘nggida ko‘z qorayib, gugum tushgandan keyin horib-charchab, zo‘rg‘a ertalabki ko‘chgan qalin qarag‘ay ostiga kirib omon qoldik.
Bu kabi ko‘rilmagan ulug‘ dovon yo‘llarini oshib o‘tishga yetuk yo‘lboshchi lozim ekan. Shunday odamni topib keltirish uchun shu yerlik elga aloqalik bir kishini ularga kechalab yubordik. Ertasi kuni havo ochiq bo‘lib, ko‘zgudek ko‘ringan bulutga tiralgan buyuk qor tog‘larini yaltiratgan holda quyosh ko‘tarilmish edi. Shu chog‘da qolovuz ham yetib kelgani uchun barimiz suyunganimizcha unga ergashib yo‘lga tushdik. Kechagi adashgan joylarimizdan olib o‘tib, ot tizzasiga kelgan qor ichida ko‘ram toshlar oralagan holda sinchiklab yurib, yo‘l topgan yo‘lboshchimiz qirg‘iz cholga ofarinlar aytib, uni bek olqishlar edik. Shunday qilib, Jilaqarag‘ay dovonidagi qor tog‘larini omonlik bilan oshib, u tomoni Chelak, Tolg‘or yaylovlariga tushib, ikki kun eruv qildik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:54:49
Shu yerga kelganimizda otaqli qolovuzlardan qirg‘iz Qo‘ychi botir qochoqlarga yordam yetkazish uchun G’uljadan chiqib, oldimizda ikki kunlik Qudurg‘u degan yerga kelgan xabarini angladik. Bu kishi esa besh-o‘n qurollik yigitlari bilan yo‘l topolmay yurgan qochqunlarni G’ulja tomoniga o‘tkazib, shu kasb orqalik foydalanib yurgan qora botirlardan ekan. «Qorako‘l shahar soqchilari xabar topmay turib, chegaradan o‘tishimiz kerak, kechikkanning xatari ko‘p, tezlik bilan yetkazib kelinglar», deb qurollik ikki yigitni bizga yubormish edi. Yo‘lda qo‘shilgan qirg‘iz yo‘ldoshlarimizning orqada kelayotganlarini kutishga to‘g‘ri kelganlikdan shu yerda ikki kun turishga majbur bo‘ldik. Shunga ko‘ra Qo‘ychi botirdan biz borgunimizcha kutib turishni o‘tinib so‘rab, tortuq yo‘sinida unga bir semiz biya yubordik. Qudurg‘u tog‘i betida to‘p qarag‘ay tagida bizni kutib olishga qattiq va’da berishib, biya yetaklagan holda bu ikki yigit bizga xo‘sh aytib qaytdi. Shu bilan ikki tun o‘tkazib ular ortidan biz ham yo‘lga tushdik.
Rahmsiz, kuchlik dushmanlar changaliga tushishdan qo‘rqib, ulug‘ tog‘larga sig‘ingan yig‘indi bir to‘da mazlum ojizlar qatorida o‘zimning ketayotganimni ko‘rib, bu xunuk manzaradan qattiq ta’sirlanmish edim. Bir davrlarda butun dunyoni nayzasi uchida o‘ynatgan turk o‘g‘lonlari, bugunki kunda burgutdan qochgan tulkiga o‘xshab qoldilar. Qochar joyini, kirar teshigini topolmaydilar. Burun nega unday ekanmiz? Endi nega bunday bo‘ldik? Mana buning sabablarini tekshirib, aniqlab bilganimizdan keyin, uning chorasiga kirishmog‘imiz kerak. Bizning ishonchimiz 6u dunyo, u dunyo bo‘lib, oxirat kuniga iymon keltiramiz.
Endi shuni bilmoq lozimdirkim, bu dunyo ishlarini Alloh taolo butunlay sababga boglamishdir. U dunyo ishlari bo‘lsa, Qur’onning aytishicha, sababsiz, xudo qudrati bilangina paydo bo‘lur. Hayot olamidagi dunyo ishlari zarradan Quyoshgacha, barcha narsalarning bo‘lishi va bo‘lmasligi bari sababga bogliqir. Tavakkal qilish, ya’ni, Allohga topshirishni ersa, inson toqatidan tashqari, qo‘lidan kelmaydigan ishlardagina shariat buyuradi. Shundoqki, dehqon yerni tanlab haydaydi, butun sharoitlarini bajargan so‘nggida tuproqqa urug ko‘madi. Ammo tuproq ichidan uni undirib chiqarish uning ishi emas. Bu to‘grida tavakkal qilib turishdan boshqa chorasi yo‘qdir. Bizning bu so‘zimiz hammaga tushunarlik bo‘lganlikdan, dunyo ishlarini musulmonlar, albatta, shunga taqqos qilishlari lozimdir. Payg‘ambarimiz aytdilar: «Musulmonlar dunyoda yaxshilik ko‘rsalar Allohga hamd aytsin. Agar yomonlik ko‘rar ekanlar, o‘zlaridan ko‘rsin, qilmishlari ularga qaytarilmishdir».
Oyat, hadis, xudo, payg‘ambar so‘zi mazmunicha to‘xtalgan hukm shulki, islomiyat sharoitlarini 6utun bajarish sharti bilan dunyo ishlarida moddiy, ma’naviy tomondan zamonaviy asboblarini to‘liqlab qo‘lga keltirish musulmonlar uchun farzdir. Agar bu ishni yuzaga chiqarish uchun yuz sharti bo‘lar ekan, shulardan to‘qson to‘qqizini bajarib, biriga kelganda uzrsiz uni qoldirsa, shariat oldida xiyonat qilgan bo‘lib, shu ishda jinoyatchi hisoblanadi. Chunki, hayot olamiga qurgan Alloh qonunini buzib, yaxshi saqlamagan bo‘ladi. Qaysi narsaning salbiy, ijobiy bo‘lishi bo‘lmasligi sabablari to‘liqlanar ekan, kimning qo‘lidan bo‘lsa ham, u narsaning yuzaga chiqishi aniqlanmishdir. Biz musulmonlarga ham shunday ishonish lozimdir. Chunki, bir ishning paydo bo‘lishi uchun, uning sabablari to‘liq qo‘lga kelar ekan, uni yuzaga chiqarish Allohning hayot olamiga qo‘ygan qonunidir. Qur’on tilida buni «odatillo, sunnatillo», ya’ni «Alloh odati, Alloh yo‘li» deb aytiladi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:56:01
Pashambarlardan boshlab butun dunyoda yashaydirganlar shu qonunga bo‘ysunishga majburdirlar. Bunga misol Uhud urushida shu qonun yaxshi saqlanmagan edi. Bir zumda ahvol o‘zgarib, ish mo‘minlar ziyoniga aylandi. Bunga tushunmagan bir necha kishilar: «Muhammadni Xudo yuborgan bo‘lsa edi, biz shunday kunga qolarmidik, o‘zining tishi sinib, boshi yorildi, yo‘ldoshlaridan qancha kishilar dushmanlari qo‘lida o‘ldirildi», deb xato fikrga ketdilar. Haqiqatda esa bu ishga o‘zlari sababchi bo‘lmish edilar. Xudo Qur’onda ko‘rsatgan urush qonunlarini buzib, Rasululloh buyruqlarini bajarmagach, zafar bulardan yuz o‘girmish edi. Bu qonun dunyo boricha davom etajakdir.
Endi, biz musulmonlar, ayniqsa, ikki Turkiston turkiy xalqlari: barcha o‘zbek, uygurlar hayot olamida qurilgan Alloh odatiga yaxshi tushunib, dinimiz, Qur’onimiz buyrugini amalga oshirolmadik. Shuning uchun hozirgi hayotimizda dushmanlar qo‘lida erk ixtiyorimizdan butunlay ajralib, burnimiz yerga ishqalangan holda hayvondek ishlab, qullardek qiynalib, kun kechirmoqdamiz. Yana shunday bo‘lsa ham, kelajakda ko‘zda tutilgan umidlar asosi ko‘rinib, uygonish tuygusi o‘qimishlik yoshlarimiz orasida sezila boshlanmishdir. Fikr uygonishi ortidan ish o‘zgarish natija berishi burundan beri siyosat olamida bo‘lib kelgan ishdir. Tarix sahifalarida bunday hollarni ko‘p uchratamiz.
Kofirlik yomonmi, bilmaslik tushunmaslik yomonmi? Bu savolga dunyoning eng uluglari pashambarlardan boshlab, barcha bilimlik donishmandlar: «Bilmaslik va tushunmaslik kufrdan ham yomonroq», deb javob bermishdurlar. Chunki, o‘z zamoniga tushunmagan musulmonlar shariat oldida islom asoslarini bilmagan bo‘ladilar.
O’z milliy hukumatidan ajragan insonlar, o‘z vatanida turgan bo‘lsalar ham, biz Turkiston xalqi kabi butun huquqlaridan ajrab, xor zorliqqa qolishlari shubhasizdir. Biz esa o‘z merosimiz ona vatanimizga ega bo‘lolmay mol-boshlarimizdan, dinimizdan borliq narsalarimizdan butunlay ajramoqdamiz.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:56:57
XX asr madaniyati orqalik dunyo bo‘yicha ilm tarqalib, buning natijasida Ovrupo ajdarholarining mustamlakalarida qulchilikda yashayotgan insonlar ozodlikka chiqib, o‘z milliy hukumatlariga ega bo‘ldilar va bo‘lmoqdalar. Shu bilan barobar ikkinchi tomondan o‘zlarini «mehnatchilar gamxo‘ri» deb pardalagan kommunist qizil ajdarholar tushunilmas, buzuq tuzulmalari ostida butun xalqni qutulmas qulchilikka solib, hayvonlarcha ishlatmoqdadirlar. Ayniqsa, biz ikki Turkiston o‘zbek uygur musulmonlari ikki ajdarho ogziga taqashib, yutilish oldida turibmiz. Endi ish shundayin fojialik holga yetganda bundan qutulish uchun qandaycha choralar ko‘rishimiz mumkin va qandaycha choralar ko‘rishimiz kerak! Chunki, hayot olamidagi butun ishlar sababga bogliq ekanligini, qachon bir ishning sababi topilar ekan, uni yuzaga chiqarish, Qur’on hukmicha, Allohning buzilmas odati ekanligini aniq bildik. Bunday bo‘lshch, bu fursatni ham ganimat bilib, yutilib ketmasdan boldirroq (oldinroq, ilgariroq), undan qutulish chorala-riga kirishimiz lozimdir.
Yer usti insonlari yer osti ma’danlari kabi turlikcha yaratilganlikdan, har qaysilari har turlik qobiliyatga egadurlar. Bular ichida temir ko‘mirlari ko‘p bo‘lgandek, oltin olmoslari ham oz emasdir. Endi esa kelajak kunlarda biz uchun yaxshi sharoit lar tugilib, qobusi kelar ekan, tog boskandek ustimizda bosib yotgan bosqinchilar qo‘lidan vatanimiz Turkistonni, albatta, qutqara olamiz. Chunki, bizlar hozirgi holda tog tagiga tushgan chumolidek ojizlikda yotgan bo‘lsak ham, bunga qarshi ko‘z oldimizda toglarni qo‘morgidek (ag‘dargudek, ko‘chirib, yulib tashlagudek), dahshatlik kuch quvvatlar fursat kutib turibdilar. Agar shundoq kunlar to‘gri kelar ekan, siyosat maydoniga millat yetakchilari, albatta, chiqadi va shunda Turkiston xalqi o‘z hukumatini birinchi navbatdayoq qurib olishi, albatta, lozimdir. Har millatning o‘z hukumati o‘z qo‘lida bo‘lmas ekan, cho‘poni qo‘ychiboni yo‘q bir to‘da qo‘y kabi yirtqich qushlarga, och bo‘rilarga yem bo‘lib, oxiri inqirozga uchrab yo‘qoladi.
Endi maqsadga yetmoq uchun davlatimiz qo‘limizdan ketgan bo‘lsa ham, millatimizni yutilishdan saqlab qolish kerak. Buning birdan bir chorasi esa, diniy va ham milliy hislarimizdan ajramaslik edi. Biroq bu hiylagar bosqinchilar o‘zlarining zulm-istibdod hokimiyatlari ostida diniy milliy hislarimizni yo‘qo tish uchun, tish-tirnoqlari bilan qattiq kirishganliklari natijasida, Turkiston xalqining diniy hislari ko‘ngillaridan ko‘tarilib qoldi. Nechuk ko‘tarilmagaykim, din ilmi, din tarbiyati birinchi navbatdayoq maktab madrasalardan chiqarilib tashlab, o‘quv o‘qituv ishlari butunlay dinsizlik asosiga qurilmish edi. Shundan beri 50 yil o‘tdi. Sovet hukumati kommunistik istibdod ostida diniy milliy hislarini butunlay xalq ko‘nglidan chiqarish uchun, moddiy va ma’naviy kuchlari bilan dinga qarshi butun choralarini ko‘rmoqda. Buning ta’siri orqalik hozirgi yoshlarimizning din haqidagi tushunchalari o‘zgarib, diniy hislari yo‘qolishi boshlandi. Uning ustiga baynalmilal pardasi ostida yoshirinib olib, millatchilik yo‘q desa ham, boshqalarni yutish qonunini amalga oshirish bilan bizni yutmoqchi bo‘ladilar. Endi bu yolmogizlarga yutilishdan o‘zimizni qutiltirish uchun, diniy, milliy hislarimizni saqlab, zamonaviy fan ilmlarini egallashdan boshqa chora topilishi mumkin emasdir.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:58:36
Xulosa shuldirki, milliy hokimiyatimizdan hozircha ajrab turgan bo‘lsak ham, milliy hissiyotimizdan ajramay, uni saqlay olsak, kelajakda dushmanlarga yutilishdan o‘zimizni qutqara olamiz. Endi bu maqsadga yetish uchun qo‘yilgan masalalarning eng birinchi sharti til masalasidir. Agar biz til adabiyotimizni kengaytirib, uning qadr qimmatini oshirib, boshqa madaniy tillar darajasiga yetqizur ekanmiz, mana bu chogda millatimiz, milliy hissiyotlarimiz doimiy ravishda o‘sib saqlangusidir. Agar bunday bo‘lmay balki, aksincha, o‘z ona tili qadriga yetmasdan unga ahamiyat bermas ekanlar, u chogda ko‘p uzoqlamayoq alvido aytib, o‘z tillaridan abadiy ajragan bo‘ladilar. Shundoq bo‘lib, o‘z ona tilidan ajramoqlik, milliy hissiyotlarini yo‘qotish natijasidir. Bu ish esa insoniyat olami oldida ulug xiyonat, kechirilmas jinoyat hisoblanadi. Bunday bo‘ldi demak, ulug Turkiston ulusi Turon nasli bosqinchilar tilagicha, qurbon bo‘lgan holda inqirozga uchrab, Alloh saqlasin, tarix sahifalaridagi shon-sharaflik nom nishonlari o‘chiriladi demakdir.
«Xonligingdan ajrasang dagi, ulusingdan ajrama», degan eskidan qolgan maqol eng hikmatli so‘zdir. Chunki, bizning ishimiz va biz o‘xshash boshqalarning ham ishlari shu hozirda talashib tortishib yotgan dunyo siyosatiga bogliqdir. Shunga davr til adabiyotimizdan adashmay, milliy hissiyotimizdan ajramagan holda, zamonaviy ilmlarni egallashimiz kelajakda ko‘z tutilgan ulug maqsadlarimizning birinchi shartidur.

Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Shunday qilib, tog‘dan toqqa, dovondan dovonga osha ikki kun yurganimizcha, bizni kutib olishga mo‘ljal qilishgan tog‘ga yetib keldik. Qarasak, biz va’dalashgan kishilardan bu yerda hech kimni ko‘rolmadik. Bu ishdan o‘ylanib gumonga tushgach, sog‘lik bilan olg‘a tomon yurib, kun tush vaqtida Qudurg‘u tog‘iga yetib keldik. Bizni kutib turmoqchi bo‘lgan Qo‘ychi botirning yoshiringan joyi to‘p qarag‘ay, qarshimizdagi tog‘ betida ko‘rinib turmoqda edi. Ko‘z tutgan yerimizdan hech kim ko‘rinmay, jim-jit bo‘lganligi uchun hayron qolib turganimizda, birdaniga uch otliq kishi tog‘ cho‘qqisidan chiqdilar. Bizning kishilarimiz bo‘lsalar kerak deb, Hizrni ko‘rgandek barimiz quvnashgan holda chuvqon (baqirish) solishib, yog‘liqlarimizni (qo‘l ro‘moli) aylantirib ularni chorlagani turdik. Bizga qarshi ular ham do‘stlik belgisi bildirib, javob qaytargan bo‘ldilar. Biz pastda, ular tog‘ ustida ikki o‘rta uzoqroq bo‘lib, tovush yetar lik emas edi. Oradan biror soat o‘tar o‘tmas tog‘dan tushib, to‘p qarag‘ay ichiga kirganlaricha, ikki uch soat kutdik, u yerdan chiqmadilar. Bu ishdan gumon olib, bizga qo‘rqinchlik tushgach, buni payqab kelish uchun ikki kishini yubordik. Bular yoshirincha borib qarasalar, bizni tutishga Qorako‘l shahridan yuborilgan o‘ttizcha askar bo‘lib yotmish ekanlar. Buni ko‘rib shoshilinch bilan qaytib kelayotganlarida yo‘lda ular tomonidan o‘ldirilgan Qo‘ychi botirning ikki yigitini ko‘rmish edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:59:18
Shu bilan ishning qanday ekanligi bizga ma’lum bo‘lg‘ach, darhol qurolli kishilarimizni tog‘ betidagi yoshirin o‘rinlarga joylab, shu kuni bir birlarimizni poylashib yotdik. Kech yaqinlashgan sayin, havo buzilib, qor yog‘ib, tun qorong‘uligi bosti. Biz kelayotgan yolg‘izoyoq yo‘limizni dushman to‘sib turg‘onlikdan, otishib-chopishib bo‘lsa ham, shular oldidan o‘tishimiz yoki orqamizga qaytishimiz kerak, bundan boshqa choramiz yo‘q edi. Ko‘pchilik yo‘ldoshlarimiz qo‘shqulon, xotin bolalik bo‘lganliklari uchun, dushman oldidan kesib o‘tishga jur’at qilolmadilar. Buning ustiga qor qattiq yog‘ib, oldi-orqa yo‘limiz butunlay yo‘qoldi. Ulug‘ tog‘lar oralab yo‘lboshchisiz yolg‘izoyoq yo‘l bilan qo‘rqinch ostida kelayotib, har tomondan dushman bilan o‘ralgan holda, bu kabi og‘ir kunga qolishimiz bizni eng qattiq dahshatga tushirmish edi. Axiri, o‘zaro kengashgandan so‘ngra, oldimizdagi dushman qo‘liga tushmaslik chorasini o‘ylab, orqamizga qaytdik. Ko‘z ko‘rmas qorong‘u kechasi, ming turlik mashaqqat bilan tog‘dan tog‘ga oshib o‘ltirib, tongga yaqin bir soy ichiga kelib tushdik. Shu kecha har qancha mashaqqat tortgan bo‘lsak ham, hozircha rahmsiz dushman qo‘lidan qutilgan hisob bo‘ldik.
Agar bu vahshiylar qo‘liga tushar ekanmiz, xotin bolalar bilan bir qatorda birortamizni qoldipmay, otib chopib yo‘qotib yuborish, bularning odatlari edi. Xudo saqlab, shu tuni qalin qor yoqqanlikdan ertalab izimizni topisholmay, boshqa yo‘l bilan o‘tib ketgan deb gumon qilib, ketlariga qaytgan ekanlar. Shu bahona bo‘lib ularning nohaq zulmlaridan bizlarni xudo qutqarmish edi. Ikkinchi kuni esa, u soydan ko‘chib, Chelak dovoni tuyug‘idagi qalin qarag‘ay ichiga kirib, omon olmoqchi bo‘lib ketayotganimizda, Issiqko‘l bo‘yidagi qirg‘izlarning oqsoqollaridan bir necha kishilar oq bayroq ko‘tarishib oldimizda ko‘rindilar. Qarasak, bular bizni yo‘ldan qaytarish uchun byr qancha aldov yolg‘on va’dalar bilan hukumat tomonidan yuborilmish kishilar ekan. Qochoqlar ichidagi chog‘aylarga (kambag‘allarga) tarqatish uchun bir muncha tayinlangan narsalar ham bor. Bularning sirti totliq, ichi zahar so‘zlariga besh olti odamdan boshqa ko‘pchiligi aldanib, qaytishga moyil bo‘ldilar.
Shu bilan kelgan yo‘limizni qoldirib, Suttibuloq oshuvi orqalik ikkinchi yo‘l bilan, otlarimiz oriqlagan, o‘zimiz xorib charchagan holda, Issiqko‘l usti Boysovrun yayloviga qaytib keldik. Bu yerda sayaq urug‘i qirg‘izlardan ota qadrdonlarimiz ko‘p edi. Har qaysilari bizni chaqirib, ziyofat qilgani turishdi. Tanimiz sog‘ bo‘lsa ham, ko‘nglimiz tinchsiz bo‘lg‘anlikdan, yemak ichmagimiz o‘zimizga tatimas edi. Shu yerda uch to‘rt kun turganimiz so‘nggida, qirg‘iz yo‘ldoshlarimiz har qaysilari o‘z el-yurtlariga tarqalib ketdilar. Bular ichida ko‘zga ko‘ringan besh olti kishi boshimizga tog‘ ag‘darilgandek, nima qilishimizni bilmay hayronlikda qoldik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 08:59:35
Axiri, maslahat bilan To‘qmoqqa qaytmoqchi bo‘lganimizda o‘zim yo‘ldoshlarimdan ajrab, falon joyda topishaylik deb, ularni kechalab yo‘lga soldim. Bu yer bilan To‘qmoqning oralig‘i ikki yuz chaqirimcha bor edi. So‘ngra qadrdon qirg‘izlardan bir yo‘lboshchi olib, ko‘l bo‘ylab yolg‘izoyoq, yoshirin yo‘l bilan uch kun yurganimizda Issiqko‘ldan 30 chaqirimcha yiroqlikdagi Maydontol degan qalin to‘qay ichidagi Irisbek qirg‘izning uyiga kelib tushdik. Bu kishi ersa, xudo rahmat qilsin, bizning eng ishonimlik do‘stlarimizdan bo‘lib, buning qo‘lida 200 dan ortiqroq tul qo‘yimiz bor edi. Musulmonchilikka ixloslik, xiyonati yo‘q, bizga muhabbatlik yaxshi kishi edi. Bizdan ilgari ko‘rishgan yo‘ldoshlarimizdan bo‘lgan voqeani eshitgach, kelishimiz uchun tayyorgarlik ko‘rib, hech kimga tuydirmay, qalin to‘qay ichida yolg‘iz uy tikib, bizni kutib yotmoqda ekan. Bu yerda uch to‘rt kun yotib hordiq olg‘animiz so‘nggida, kishi yo‘q tog‘ yo‘llari orqali yurganimizcha, orada bir qo‘nib, ertasi tongga yaqin To‘qmoqqa keldik.
1930 yili sentyabr oyining o‘n beshlarida shu xatarlik safarga chiqib, 20 kundan oshiqroq tog‘u tosh, qoru muzlar orasida mehnat mashaqqatlarga qolib, axiri qazodan qochib qutulish imkoniyati yo‘qligidan, taqdirga bo‘yinsunishdan boshqa chora topolmadik. Bu rahmsiz zolimlar zulmidan qochib, suyumlik ona Vatanimizni tashlab va ham butun hayotimiz hosili o‘z oilamizdan ajrab, hasratlik ko‘zlarimizdan qon yoshlarimizni oqizgan holda ketgan bo‘lsak ham, oldimizdagi erkin ozodlik olamiga chiqish umidi bilan ulug‘ tog‘lar ustida anchagina ko‘nglimiz ochilib, ruhimiz ko‘tarilmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 09:55:14
ZULMXONA  


Bu yo‘ldan (Sharqiy Turkistonga o‘tolmasdan) qaytib kelgach, hozircha, dushman qo‘liga tushmagan bo‘lsak ham, ko‘z tutqan umidlarimiz bo‘shqa (bo‘shliqqa, yo‘qqa, bekorga) ketganlikdan o‘z vatanimiz dushman qafasiday ko‘rinmish edi. Shunday bo‘lsa ham, boshqa chora topolmagach, hech kimga tuydirmay, qirq kuncha shu yerda turdim. So‘ngra So‘quluqdagi tungon shogirdlarimiz xabar topishib, yoshirincha meni olib ketdilar. Tungon xalqining bizga ko‘rsatgan yaxshiliklari ko‘p edi. Bunga qarshi ular uchun Alloxdan yaxshilik so‘rashdan boshqa hech narsa qilolmadim. Bular ichida o‘z oilamda turganimdan ortiqroq bo‘lib, ikki-uch oy o‘tkazganimdan keyin qayoqdan anglamishdir sovet davlatining uch harflik GPU jallodlari marhum Olimxon to‘ra akamizni chaqirib: «Ukangiz Alixonto‘ra chegaradan o‘tolmay qaytib kelib, So‘quluq tungonlari ichida yoshirinib yotgan emish. Bizdan kishi qochib qutulolmaydi. Siz borib birga olib keling, unga yaxshilik qilamiz», deb yubormishdir. Kelmasga choralari yo‘q, kelib ko‘rishgan so‘nggida yana qochib qutulishim mumkin bo‘lsa ham, akamni ayaganimdan nima bo‘lsa ham, o‘zim ko‘ray deb birgalikda Pishpekga keldim.
Ertasi kuni ko‘zimizga jallodxonadek ko‘ringan idoralariga majburiy ravishda kirib ko‘rishganim so‘nggida, o‘zlaridan hech kutulmas darajada yumshoq muomala ko‘rsatgan bo‘lishib, meni tuzoqqa tushurmoqchi bo‘ldilar. Shu idora makkorlaridan biri bizning safarimizda bo‘lgan voqealarni boshdan oyoq qoldirmay so‘zlab berishni mendan so‘radi. Men ham «An najotu fissidqi», ya’ni «najot chinlikda» degan hadisga muvofiq, bir oylik safar ichida uydan chiqqan kunimizdan boshlab o‘tgan ishlarni gapirib berdim. Shundoq bo‘lsa ham og‘izdagi so‘zimga qanoat qilmay, shularni bir ikki kun ichida yozib keltirishimni topshirib, menga ruxsat qildi. Uning degan kunidan qoldirmay, aytgan so‘zlarimning barini yozib keltirganim so‘nggida, uyga borib oilam oldida 15 kun dam olib, qaytib kelishga buyurdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 09:58:05
Biroq meni o‘z xizmatlariga ko‘ndirmoqchi bo‘lib, qirg‘izlar qishlog‘i Chiyqo‘rg‘on degan yerdagi kishilar ustidan yoshirin ma’lumot to‘plab keltirishimni menga topshirdilar. Endi bu mal’unlarning topshiriqlarini bajarganimda, o‘zim ishongan muqaddas Qur’on hukmiga qarshi ishlashga to‘g‘ri kelar edi. Shunga ko‘ra bu yo‘lda har qanday og‘irchiliklar bo‘lar ekan, islom hurmatini saqlash uchun, bu zolim vahshiylar topshiriqlarining birortasini ham o‘rinlatmasdan (bajarmasdan) qaytib keldim. Ertasi kuni u bilan ko‘rishganimda
xizmati bajarilmaganini anglashi bilan, u kofirning tusi o‘zgarib, g‘azabi qo‘zg‘algan bo‘lsa ham, xudo saqlab, boshqalarga qiladurg‘on urush-qiynash odatlarini menga qilishga jur’at etmadi. Shu bilan ahvol o‘zgarganicha ikkinchi bo‘limga chiqib, bizning ustimizdan zulm qarorini yurg‘izish kengashini o‘tkazib, bir oy vaqt o‘tgandan so‘ngra, uch qavat binoning eng ostqi qavatida, yer ustidan to‘rt metrcha chuqurlikda bo‘lgan, yolg‘iz yotoq kameraga meni tushirib qamab qo‘ydilar.
Chirqillagan qish kunining chilla sovug‘ida, osti usti muzday yaltirab yotgan yer osti zindoniga kirgach, o‘zimni hayot olamidan boshqa bir dunyoda turganday bo‘lib sezdim. Bu kabi dahshatlik o‘ringa qish chillasi ramazon oyida, ro‘za og‘iz kirgan edim. Shu kundan boshlab turma qozonidan osh ichmasga shart bog‘lab, og‘iz ocharda, saharda quruq non, qaynoq suvga qanoat qildim. O’t ko‘rmay, issiq ichmay, ro‘za tutib, yolg‘iz yotar uyda shu kabi qiyinchiliklar bilan 13 kun o‘tkazganim so‘nggida, leningradlik bir rus yigitini kechasi mening ustimga kirgizib qamadilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 09:58:45
Qish kunining sovig‘i, yotoq to‘shak yetishmasligi, buning ustiga ko‘ndalang yotsak oyoq uzalmaydi, uzuniga yotganda ikki kishi sig‘maydi, qish chillasi bo‘lib, oyoq sovuqqa chidamaydi. Bu dahshatli ahvolni ko‘rgach, o‘zi ham qiyinchilik ko‘rmagan boy bolasi bo‘lishi kerak, achingan ko‘zi bilan menga qaragan holda: «Bu azobxonada turganingga necha kun bo‘ldi?», deb mendan so‘radi. «13 kun bo‘ldi», deganimda boshini chayqab, menga ichi og‘riganini bildirdi. Shu bilan qish kuni uzun kechalari sovug‘iga chidamay, yarim tungacha kamera ichida ikkovimiz navbatlashib yurib turdik. Bunga o‘xshagan xo‘rlik azobini ko‘rganiga chidayolmagan bo‘lsa kerak, choy o‘ragan bir parcha qog‘ozga xat yozib, qorovul askarga topshirdi. Menga qarab: «Bunday og‘ir ahvolda turganimizdan o‘lganimiz yaxshi. Men ochdan o‘lishga rozilik bildirib, ariza berdim», dedi. Bir ikki soat o‘tar o‘tmas kameraga komendant burutini (mo‘ylovini) shoptay (tikka) qilib, «Kim ochlik bildirgan kishi?», deb haybat bilan ustimizga kirib keldi. «Men edim» deb o‘rnidan turgach, shu o‘xshash kishilarga atalgan yolg‘iz yotoq uyga uni chiqarmoqchi bo‘ldi. Mening yotqanimga ham 13 kun bo‘lmish edi. Bunday og‘ir o‘rinda 10 kundan ortiq ushlamasligini eshitgan edim. Shunga ko‘ra, sovuq qattiqligidan tan sog‘lig‘im buzila boshladi. Shuni ko‘rsatib: «Meni ko‘pchilikka qo‘shsanglar», deb komendantdan iltimos qildim. «Yuqoridagi seni qamagan kishilar bilan so‘zlashib, so‘ngra javobini beraman», dedi. Shu bilan bir kechalik yo‘ldoshimni olib chiqib ketdilar. Oz bo‘lsa ham g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan qayg‘udoshimdan ajrab, yana sovuq xonada yolg‘iz qoldim. «Ha, endi, bir bahona so‘z aytib chiqib ketgan kishi meni qaydan eslasin», deb o‘ylagan bo‘lsam ham, xiyol o‘tmay kelib, ko‘pchilik ichi sakkizinchi kameraga chiqazib qo‘ydi. Qarasam, 6u yer ko‘zimga boshqa bir olam ko‘rinib, muz xonadan mo‘nchaga (hammomga) kirganday bo‘lib qoldim. Bu kamerada menga yo‘ldosh bo‘lg‘udek bir qirg‘iz, ikki rus bo‘lib, To‘qmoqlik bo‘lganliklari uchun meni yaxshi tanir ekanlar. Ular bilan so‘zlashib o‘ltirdik. Shu kuni iftor vaqti og‘iz ocharimda, topganimni oldimga qo‘yib, qaynoq choy, yumshoq non keltirgach, «Hay, dunyoda bunday joyni ham ko‘rar kunimiz ham bor ekanku», deb shu g‘urbatda rohatlangan bo‘lib o‘ltirdik. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng meni yon qo‘shni kameraga ko‘chirdilar. Qarasam, bu yerda o‘zimning safar yo‘ldoshlarimdan to‘rt qirg‘iz o‘ltirishgan ekan. Bir birlarimizga ko‘zimiz tushgach, tug‘ishgan qardoshlarcha quvonib ko‘rishdik. Chunki bular qor, muzlik tog‘lar, toshlar orasida qochib yurgan kunlarimizdagi qayg‘u qardoshlarimiz edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:00:44
B a y t:
Zoti yaxshi unutmas hech qachon,
Qayg‘ulik kunlardagi yo‘ldoshlarin.

Bizning safardosh ekanligimizni bu zolimlar bilmagan edilar. Shuning uchun bular bilan biror oycha birga turishib, ro‘za kunlarini o‘tkazdik. Boshqa hamsafarlarimizdan ko‘zga ko‘ringanlarini qoldirmay, qamoqqa olmish ekanlar.
So‘ngra, Otboshi Norin, Qo‘chqor, Jumg‘ol tomonlardagi qirg‘izlardan boymanap bahonasi bilan, ko‘zga ko‘rinarli kishilarni qo‘ymay, qamag‘ali turdi. Ko‘p bo‘lsa, olti yetti kishilik kameraga yigirmadan oshig‘roq odam kirgizdi. Bular ichida umr bo‘yi bozor ko‘rmagan, ulug‘ tog‘lar ustida yurib mol boqishdan boshqani bilmagan, yoshlari saksondan o‘tgan, bir necha qirg‘iz chollari bo‘lg‘anlaridek, 16 yoshlik bir qirg‘iz bolasi ham bor edi. Tog‘ toshlarda ot chopib yurgan o‘yin bolasi birdaniga bunday dahshatlik kunga qolishdan qattiq ta’sirlanib, sochiga oq tushib qolmishdir. Odam ko‘pligi, joy torligidan kechasi ikki taraflama yotishga majbur bo‘lamiz. Oyoqlarimiz toliqqanida uzatib yuborur bo‘lsak, bir birlarimizning ko‘kragimiz, qo‘ltiqlarimizga kirganidan uyqimiz qochadi. Bu o‘rinning qiyinchiligini ko‘rib, achchig‘ini tatimagan kishilar qaydin bilsunlar buning azobini! «U dunyodagi yaxshi yomon ishlarning nusxasi, bu dunyoda ham bor», degan so‘zlar diniy kitoblarimizda yozilmishdir. Shunga ko‘ra, oqil odamlar bundagi turlik yomon muomalalarni, yomon axloqsiz kishilarni ko‘rgach, u dunyoda bandalar uchun tayyorlangan Tomug‘ (do‘zax) azobini eskarib, ibrat olishlari kerakdir.
B a y t:
Oqil odam har ishdan ibrat olur,
Qaysi hol ichra tursa foydalanur.
 

Turma tartibi bo‘yicha har kuni kamerani supurish, parash ko‘tarish kabi xizmatlarni navbati bilan bir odam bajarib turishi lozimdir. Keksa, qari odamlarning kezigi (o‘rni, navbati) kelganda ularning xizmatlarini ko‘pincha o‘zim qilib turdim. Odam bolasi har ishga chidayolsa ham, bekorchilikga chidayolmaydi. Shuning uchun payg‘ambarimiz: «Bekorchi, sog‘lom yigitlarni Alloh dushman tutadi, ishchan qarilarni do‘st ko‘radi. Buzuqchilik, fitna fasod ishlar ko‘pincha bekorchilardan chiqadi», dedilar. Ayniqsa, tog‘ tosh, dalatuzdan (tekislik, pastlik joy) kelgan qirg‘iz qozoqlar diniy etiqodlari bo‘sh, o‘zlari ochiq havo, keng dalalarda unib o‘sganligi uchun bunday og‘irchiliklarni ko‘p ko‘rmagan, turma mashaqqatlariga chidami yo‘q bo‘ladilar. Shu sababdan vaqtlik bo‘lsa ham, orti nima bo‘lishiga qaramay, imkoniyat boricha qutulish chorasiga kirishadilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:01:33
Mana shu holdan foydalanib, xalq ichidagi o‘ng-so‘lini payqaydigan, ko‘zga ko‘rinarli kishilarning ko‘plarini bu makkorlar o‘zlariga josus qilib, burunlaridan bog‘lamish edilar. «Dushman qo‘li bilan ilon boshini yanchi, o‘lsa ham sening foydang, chaqsa ham sening foydang», degan maqol so‘zi bularning shiorlari edi. Bu vijdonsizlarning ba’zi bir qo‘rqoqlari o‘z himoyalari uchun boshqalar ustidan nohaq so‘zlar keltirib, ko‘p odamlarning yostig‘i qurishiga sabab bo‘ldilar. Yolg‘iz shahar, qishloq, mahalla ko‘ylarida emas, balki har bir oilada ham, josuslik balosi boshlanmish edi. Bundan chiqayotgan fitna fasod ishlar, har tomonlama xalqqa bo‘layotgan jabr zulmlar ko‘pligining haddi hisobi yo‘q edi. Shuning uchun bu Turkiston xalqlaridan, ayniqsa, ko‘pchiligi mazlum musulmonlardan yer osti, yer ustidagi butun turmalarini to‘ldirmish edilar.
Bu kabi hech bir davrda ko‘rilmagan vahshatli dahshatli azoblar sovet hokimiyati qurilgan kunidan boshlaboq davom etmoqda edi. Shunday qilib, ortig‘i bilan 6 kishi sig‘arlik kamerada 20 chog‘li kishi eng og‘ir ahvolda bir oydan oshiqroq yotdik. So‘ngra turma odati bo‘yicha kamera almashtirish ishi boshlanib, mani to‘qqizinchi uyga ko‘chirdi. Qarasak, bundagi ko‘pchilik ilgarigiga qaraganda necha barobar ortiqroq edi. Shu joyga chiqqan kunimizdan boshlab, To‘qmoq, Pishpekka qaraganda uzoq yaqindagi qirg‘izlarning boy manaplarini qoldirmay keltirib, bizning ustimizga qamadilar. Bular ichida Sayaq urug‘idan yoshi saksondan oshgan turkman oqsoqoli boshliq, yoshlari yetayozgan Kukumboy, Qurmon deganlar bo‘lib va ham shular qatorida har urug‘ qirg‘izlaridan ismi chiqqan, atoqlik manaplari ko‘p edi. Bular esa, yer osti kameralarida ko‘pchilik bilan besh o‘n kun yotkandan keyinoq, havoning buzuqligiga chidayolmay ishigali turdi. Oxiri bulardan yuqorg‘i sakson yoshlik turkman oqsoqol boshliq qancha ko‘p kishilar shu g‘ariblik turma azobida vafot topdilar. Alloh ularni rahmat qilsin!
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:02:01
Shuncha ko‘p qirg‘izlar ichida sakson to‘rt yoshlik bir chol kishi qutulib ketdi. Bu esa Otboshi Norin tomonidan kelgan, mol boqishdan boshqani bilmagan, xudo yaratganicha qolgan, bir mo‘min edi. Undan kim so‘z so‘rasa, o‘z tilicha aytib «Barm ishti so‘pom ile biletqu», deb qo‘yar edi. Bu so‘ziga mendan boshqa kim quloq solsin! Bir kuni yana shu yuqorg‘i so‘zini gapirganida «so‘pom» degani nima degani ekan, «subuhona» degani bo‘lmasin, deb o‘ylanib qoldim. Har kuni erta kech turma odaticha ikki vaqt havo yangilash uchun butun qamokdagilarni turma sahniga chiqaradilar. Chiqarish vaqti bo‘lib, eshiklar sharaqlab ochilishi bilan, tor qo‘roda qamalib yotgan hayvonlar kabi, o‘zlarini eshikka urib, tashqariga chiqishga intiladilar. Boshqa nima qilish kerak, bir nafas bo‘lsa ham kamera sassiqligidan qutulib, quyosh yuzini ko‘rish, sof toza havoda o‘ltirib, boshqa kameradan chiqqan mungdoshlarimiz bilan ko‘rishish biz uchun eng kerakli narsa hisoblanur edi. Chunki, ortig‘i bilan 15 kishilik o‘ringa 50 kishini qamagandilar. Hammaning yuragi g‘am qayg‘u bilan to‘lgan, buning ustiga turma tozalig‘i nochor, ba’zi odamlarning tan salomatligi yaxshi kutilmagan. Shu xil sabablarga ko‘ra sassiqchilik, if-loschilik qo‘pganlikdan hammani bit bosgan edi.
Shunday qilib, kameradagilar shoshilinch bilan chiqayotganlarida har kishi o‘zi bilan bo‘lib, yolg‘iz qolayotganini ko‘rgach boyagi «so‘pom»chi chol: «Hay baldar, mendag‘i qudaydin jarig‘in ko‘rayin, meni tashtamangdar», deb qattiq qichqirdi. Qarasam, shuncha ko‘p qirg‘izlardan birorta odam unga qayrilib qaramagach, men kelib qo‘ltiqlab tashqariga olib chikdim. «So‘pom»ning hurmati uchun boshqa kunlari ham «so‘pom»chiga qo‘limdan kelgan yordamimni ayamadim. Shu bilan uch to‘rt kun o‘tgach, buning ham sog‘lig‘i buzilib, salomatligi yo‘qola boshladi. Qo‘l oyog‘i tulumday (dum-dumaloq) bo‘lib ishigani turgach, o‘z oyog‘i bilan tashqariga chiqolmay qoldi. Bir kuni kamerada navbatchilik gali menga kelmish edi, qarasam, kamerani supurayotganimda cholim yig‘ini boshlab: «Aylanayin so‘pom, meni tashlab qo‘ydingmi», deb qayg‘ulik ko‘zlaridan yosh to‘kib, shu so‘zni ikki-uch qaytardi. Shunda aniq bildim, uning «so‘pom» degani «subhon» degani ekan.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:03:14
Oradan 10 minut o‘tar o‘tmay, yuqorida o‘tirgan jallodlar boshlig‘idan birovi tezdan tusha kelib, qo‘lidagi qog‘ozga qarab, hammani tekshirib bo‘lg‘ach, yugurganicha yuqoriga chiqib ketdi. Xiyol o‘tmay yana qaytib tushib, hammamizni qayta boshdan so‘rag‘ali turdi. Kimning falokati arib, iqboli ochildi ekan deyishib, mendan boshqa hammalari jaldirashgan holda qarashib turardilar. Mening ko‘nglimda esa, bu cholning boyagi qilgan xudoga nolasi, otgan o‘qdek yetgan bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun «Kimni istaysiz, oti nima?», deb undan tortinmay so‘ra-dim. Boshqalar esa, jallod oldiga kelgan o‘lim kishisidek termilgan holda qarab turardilar. Haligi odamni istagan ekan. «So‘pom»chi chol shunday qilib bo‘shanib chiqib ketdi.
Har bir musulmon odamga Alloh farz kilgan iymon taqlidiy emas, balki haqiqiy iymon ekanligini aniq bilishlari kerak. Haqiqiy iymonlik odamlar haq yo‘lda chidamliq bilan turadilar, har ishga haqqoniyat ko‘zi bilan qaraydilar va shu yo‘lda hech narsadan qo‘rqmaydilar. Dinsiz dahriylar davrida o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib o‘tgan tajribalarimiz ham, taqlidiy yuzaki musulmonlarning hech ishga yaramasligini ko‘rsatdi. Bunday odamlar jonlariga emas, balki turmushlariga ozgina zarar yetgudek bir ish bo‘lib qolish ehtimoli bo‘lar ekan, bunga qarshi diniy va milliy hissiyotlarini butunlay qurbon qilib yuborishdan tortinmaydilar. Bu dunyo shaytonlariga qarshi turolmagan taqlidiy iymon, oxirat shaytoni, mal’un iblisga qanday bardosh beroladi? Shunga ko‘ra, har ikki olam davlatini qo‘lga keltirish uchun yuzaki emas, haqiqiy iymonga ega bo‘lishlik, har bir musulmonga Alloh tarafidan buyurilgan farzdir.
Dunyo yaralgandan boshlab, hech bir davrda hozirgi zamonamizdek yer yuzini qoplagan ulug ofatlik balolar xalq boshiga tushgan emasdir. Chunki, inson nasi yaratilgandan beri, hech bir zamonda xudoga ishonmagan dinsizlar qo‘liga hukumat o‘tmagan edi. Endi esa, butun dunyoning teng yarim xalqi hech narsaga ishonmaydigan dahriylar hukmiga o‘tdi. Bularning eng yomon ko‘rgan narsalari xudoga ishonmoq va xudo qonuni bo‘lgan haqiqiy insoniy qonunlarga bo‘ysunmoqdir. Shuning uchun kommunistlar hokimiyatni qo‘lga olgan birinchi kunidan boshlaboq, diniy maktab va madrasalarni butunlay yo‘qotdilar. Shundan beri birinchi sinf bolalaridan boshlab, eng oliy yuqori darajaga yetkuncha dinga qarshi tashviqot darslari uzulmay o‘qitilib kelinmoqda. O’z maqsadlariga erishmoq va boshqalarni ruslashtirish uchun chiqargan baynalmilal qonuni Krzogiston, Qirgiziston, O’zbekiston va umumiy O’rta Osiyo xalqlari ustida yuzda yuz bajarilmoqdadir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:08:25
Buning birdan bir sababi esa, Maskov makkorlari o‘z davlatini mustahkamlash uchun bu o‘lkalarning, ayniqsa, O’zbekistonning naqadar buyuk ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunishidur. Sovetga qarashlik butun o‘lkalar davlat tarkibida gavda misoli bo‘lsalar, ular oldida O’zbekiston hayot beruvchi jon hukmida bo‘lib hisoblanadi. Bizning bu Vatanimizdan nimalar chiqmaydi? Bu boyliklar qayoqqa ketayotganligi hammaga ma’lum edi. Birni berib, mingni oladilar, shunga ko‘ra o‘tgan chor hukumati davridan boshlaboq Turkiston o‘lkasini doimiy ravishda qo‘ldan chiqarmaslik, balki, imkoniyat topilar ekan, bu o‘lkalarni to‘la mustamlaka qilish siyosati boshlanmish edi.
Birinchi dunyo urushi chiqishi bilan olam siyosati o‘zgardi. O’sha zamon podshohlari taxtlaridan ajragach, Rusiyada kommunistlar firqasi shlaba qozondilar. Buning natijasida sovet hukumati qurilib, unga qarashli butun o‘lkalarda dinsizlik, xudosizlik boshlandi. Endi bu ajdarhodan qutulish uchun qanday chora qo‘llanilishi kerak degan masalaning vaqti o‘tkanligidan bu haqda fikr yuritib o‘tirishning hech hojati yo‘qdir.
Biroq payg‘ambarimizning goyibdan xabar bergan mo‘‘jiza so‘zlariga qaraganda va ham hozirgi jahon siyosatining ketishicha, oldimizda ulug voqealar bo‘lishi shubhasizdir. Mana shu kabi buyuk voqealar bo‘lar ekan, dunyo bo‘yicha umumiy o‘zgarishlar bo‘lmay qolishi mumkin emas. Shu o‘zgarishlar natijasida mustabid tuzumning temir qo‘rgonlari tor mor qilinib, asrlar bo‘yi zolimlar asorati ostida yotgan bechora vatan ahllari o‘zlarining halol meroslari ona vatanlari bo‘lgan Turkiston o‘lkasiga shunda, albatta, ega bo‘ladilar.
Lekin bu muborak kunga yetkunchalik bu ajdarhodan qutulish emas, balki unga yutilib ketishdan saq-lanish choralarini imkoniyat boricha qilib turishimiz lozimdir. Yo‘q esa butun dunyoni titratgan Temur kabi shon-shavkatpli hoqonlar mamlakati bo‘lgan ulug Turkiston o‘lkalarini bu yalmogizlar yutib singdirib ketishlari ko‘p uzoq emas. Chunki, Ovrupo davlatlari tomonidan asrlardan beri butun dunyo bo‘yicha qo‘llanib kelingan mustamlakachilik siyosati, ikkinchi dunyo urushi tugashi bilan o‘zgarib, har millat o‘z vatanla-riga ega bo‘lib, o‘z hukumatlarini qo‘lga oldilar. O’sha kundan boshlab, yolgiz Angliya davlati Osiyo, Afrikadagi mustamlakalaridan 30 dan ortiq mamlakat halqiga ozodlik berib, yana yangi usulda hukumatlarini qurib o‘zlariga topshirdi.
Endi butun olamda mustamlakachilik yo‘qolib, ozodlik davri boshlanganiga qaramay, sovet imperiyasi bir tomondan o‘z qo‘li ostidagi o‘n olti o‘lkalik xalqqa til uchida qogoz ustida ozodlik bergan bo‘lib, ikkinchi tomondan, sharmandalarcha mustamlakachilikdan ham yomonroq siyosat qo‘llab, butun xalqni, ayniqsa, Turkiston xalqini qul qilib, hayvondek ishlatmoqdadir.
Bunga ham qanoat qilmasdan yerlik xalqni yutib singdirish, vatanlarini esa ruslantirish qastiga tushdi. Turli bahonalar bilan Rusiyadan sel oqqandek kishilarni keltirib, vatanimizning eng go‘zal joylarini bular bilan to‘ldirishga kirishdi. Qirgiziston, Krzogiston o‘lkalaridagi yerlik musulmonlar ustida,
agar siyosat shu hozirgi ketishicha davom etsa, ko‘p uzoqlamayoq bu ikki turk urugi o‘z tillaridan va ham vatanlaridan ajragan holda, hammadan ilgari ruslashib, yutilishga tayyor bo‘lib qoldilar. Chunki ikkinchi dunyo urushi to‘xtagan kunidan boshlab, hozirgi tarix 1968 yilga davr bu ikki o‘lkada yerlik xalqlarga ko‘ra rus zabonlarning soni tez ko‘payganligi shuni isbotlaydi. Shuning uchun hozir qutulish mumkin bo‘lmaganlikdan, uning vaqti kelguncha o‘zimizni yutilishdan saqlashimiz kerak. Qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘zini saqlagan millat, vaqti kelganda sabablarni to‘liqlab, chidamlik bilan ishga kirishar ekan, albatta, maqsadni qo‘lga keltira oladi.
Endi dushmanga yutilishdan saqlanishning eng kuchlik quroli esa, shu ikki narsadan iborat: birinchisi diniy ixlos, ikkinchisi milliy hisdir. Qaysi millat bu hislarga halal yetkizmay yaxshi saqlar ekanlar, unday millat dushman tomonidan yutilib ketilishi mumkin emasdir. Kommunistlar hukymati dinga qarshi ellik yillik kurashi davomida O’zbekiston musulmonlarini, ayniqsa, o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘z dinlaridan anchagina yiroqlashtirib, diniy hissiyotlarini yo‘qota oldi. Lekin bularning milliy hissiyotlari har qancha tortishuvlar ostida bo‘lsa ham, shu kunlargacha ozmi ko‘pmi saqlanib kelmoqdadir. Endi bu hissiyotimizni doimiy ravishda saqlab qolishimiz uchun, keraklikzarur tillarni o‘zlashtirganimiz ustiga, o‘z ona tilimizga qattiq ahamiyat berib, milliy adabiyotimizni yuqori ko‘tarib, ilm va madaniyat tillari darajasiga yetkazishimiz lozim. Mana shundagina bizlar oldimizda ogiz ochib tayyorlanib yotgan qizil ajdarhoning yutishidan o‘zimizni saqlay olamiz. Til-adabiyotimiz qanchalik o‘sib, taraqqiy topar ekan, ilm ma’rifat ham shunchalik kengayaveradi.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:09:08
U holda quruq otliq O’zbekiston bo‘lmay,. tilimiz qatorga kirgach, adabiyotimiz sohasi kengayib uning obro‘yi oshgan sayin, millatimiz hurmati ko‘tariladi. Bu esa milliy hissiyotimizni saqlab qolish uchun eng kuchlik qurollardan bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra diniy hisdan ajraganlari ustiga milliy hislaridan ham ajramoq, XX asr madaniyat ajdarhosi ogziga tushib yutildi demakdir. Shuning uchun yosh qari demay vatanparvar, millatsevar o‘zbek olimlari o‘zlarining kelajak avlodlari oldidagi eng muqaddas vazifasi deb bilib, bu xizmatni eslaridan sira chiqarmasinlar!
Bir millat o‘z hayotiy huquqlarini kerakli sharoiti bilan qo‘lga keltirishi uchun, u millatning oliy himmat o‘gillari fidoyilarcha mol-jonini ayamay, bu yo‘lda har qancha .qiyinchilik chiqar ekan unga qarshi ko‘krak kerib, chidamliq bilan ish olib borar ekanlar, ana shundagina haqiqatni yuzaga chiqarib, o‘z maqsadlariga erisha oladilar. Himmati o‘zidan oshmagan olimlarning butun qilgan harakatlari hayvonlarcha qorin to‘ygazishgagina boglangan bo‘lib, ular irodasiz, inson suratlik janivor lardir. O’z tillarini unitib, muqaddas dinlarini hammadan ilgari tashlagan holda, ular ilon ogziga kelgan quyondek yutilishga yaqin turadilar.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom «Kishi qaysi xalq tilini o‘rganib, ilmini olsa, uning tuzogiga tushmay, ziyon zahmatdan o‘zini qutqara oladi», dedilar. Bunday bo‘lgach, til o‘rganib, o‘quv o‘qituvdan kutilgan bizning birinchi maqsadimiz: butun dunyoga tanilgan Vatanimiz Turon Turkiston tarixini qoralashlardan saqlab va ham kelajakdagi avlod nasllarimizni seldek kelayotgan bosqinchilarga yutilishidan qutqarishdir. Agar shunday qilinmas ekan, iymonliklar xudo oldida javobga tortilib, boshqalar esa, so‘nggi avlod bolalarimiz tilida tuganmas la’natga qoladilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:12:35
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Zolimlar tomonidan nohaq olingan shuncha ko‘p qirg‘izlardan yolg‘iz «so‘pochi choldan boshqa hech kim qutilolmadi. Ayniqsa, betoblikga uchragan yoshi ulug‘ kishilardan hech kim qolmadi. Buning ustiga o‘zlariga qarshi gumon qilib, yer osti kameralarida saqlanmish mazlumlardan qorong‘u tunlari, oldindan qazib tayyorlab qo‘yilgan chuqurlarning labiga keltirib, otilgan chopilganlar ham oz emas edi. Shu kabi og‘ir kunlar boshga tushganida yaxshi yomon ko‘zga ko‘rinib, do‘st dushman shunda ajraydi. Er kerakkim, shunday og‘irchilik kunlari torchilik yerlarida kishilikni yo‘qotmay o‘zini tuta bilsin.
B a y t:
Yaxshilik kunlarda barcha do‘st bo‘lur,
Qora kun tushganda kimdir ojiz o‘lur.

Shundoq qiyinchilik bilan Pishpek yer osti turmasida yotqanimda menga jon kuydirib, vafodorlik bilan xizmat ko‘rsatuvchilar So‘quluq tungonlaridan Dovudhoji, Ma’sudhoji, Ma’sudoxun boshliq shogirdlarim edi. Bu tarix yozilgan kunlari qarasam ul vokeadan 38 yil o‘tmishdir. Hozirgi 1968 yil tarixida esa, o‘sha sadoqatlik do‘st shogirdlarimizdan ikki uch kishigina qolib, boshqalari foniy dunyodan o‘tib, marhum bo‘lmishdirlar. Biz uchun mol jonini ayamagan, xudo uchun do‘st tutingan, vafolik shogirdlarimiz edilar. Alloh ulardan rozi bo‘lsin!
O’sha vaqt turma tartibi bo‘yicha har o‘n kunda bir yo‘li yemak olishga ruxsat berur edi. Shu kuni bo‘lganida uch to‘rt yerdan ovqat kelgani ustiga, birovi oz deganda o‘n kishiga yetarlik qilib kirgizur edilar. Ayniqsa, tungonlarning manti, manpar, suyuqosh kabi boshqalarnikidan ortiqcha lazzatli taomlari ko‘pdir. Shunga ko‘ra butun kameradagilar shu kunning kelishini kutib turishardi. Ayniqsa, ichki Rusiyadan qochib kelgan ruslar ichida soqoli ko‘ksiga tushgan xristian ruhoniylaridan bir pop bor edikim, unga shuncha ko‘p ruslar ichidan birontasi ham yaxshi ko‘z bilan qaramas edi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytgan ekanlar: «Uch turlik kishilarga rahm qilmoq kerak birovi shulki, avvalda, bir qavmning hurmatlik kishilaridan edi, so‘ngra xorlikka tushib qoldi. Ikkinchisi bir kishi boy edi, davlati qo‘lidan ketib, chag‘ay bo‘lib qoldi. Uchinchisi shunday olimdirki, zamonasida uning ilmini taqdirlaydigan odamlar, olimlar yo‘q bo‘lib, sof johillar ichida qoldi. Mana shunday odamlarga rahim qilinglar»,deydilar. Shuning uchun kelgan osh ovqatlarni yetganicha kamera ahllariga tarqatganimda hammadan ilgari o‘sha popga berar edim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:13:09
Yerlik nemislardan o‘qimishlik injener bir yigit ham bor edi. Shuncha ko‘pchilik ichida boshqaga qaramay, men bilangina so‘zlashar edi. Uning aytishicha, Parij dorilfununini bitirib, boshqa Ovrupo tillaridan ham ikki uch xil til bilgan holda, oliy ma’lumotga ega bo‘lmish ekandur. Erta kech tashqariga chiqqanimizda qo‘ltiqlashib yurar, kameraga kirganimizcha mendan ajramas edi. Bir kuni menga qarab: «Hay do‘stim, bu yirtqichlardan qutilsak kishi go‘shtini yeydigan yer bo‘lsa ham borar edik, bu vahshiylar qadamlari yetmagan pok joylarda ikkovimiz shu kabi qo‘ltiqlashib yurar bo‘lsak, bu kabi vijdon azobidan qutulib, eng ulug‘ davlatga erishgan bo‘lur edik»,deb oh tortardi. Buning bu so‘zidan qattiq ta’sirlangan bo‘lishim kerakkim, oradan shuncha davr, 38 yil o‘tgan bo‘lsa ham ko‘nglimdan ko‘tarilgani yo‘qdir.
Shunday qilib, 1931 yili butun qishni shu kabi yer osti kamera azobida o‘tkazdik. O’limdan surgundan qolganlarimiz zo‘rg‘a yozga ulashib chiqqach, qurilish ishlari boshlanib ketdi. Hafta o‘n kunda bir marta tashqaridan kelgan halol ovqatga qanoat qilib, turmaning harom taomlaridan totinmay, quruq nonchoy bilangina turdim. Buning ustiga kecha kunduzlab yer osti buzuq havoda yotganimizdan bo‘lishi kerak, kundan kunga kuchsizlanib, sog‘lig‘im nochorlashishga boshladi. Shunga ko‘ra ish so‘rab, tashqariga chiqishga ariza berib edim, xudo o‘nglab, ishga ruxsat qildilar.
Bahor kunlari qorong‘u kameralardan tashqari chiqib, ochiq quyosh, sof havo, keng maydonda turgach, o‘zimni yangidan hayot topib, boshqa bir olamga kelganday sezar edim. «Va in taudduv nematolloh la tuhsuvxo», yani «Sizlarga bergan Allohning ne’matlarini sanab tugatolmaysizlar», degan oyatni o‘qigan bo‘lsak ham, buning asli ma’nosini shundagina tushundim. Shundoqkim, insonning har bir nafasida ikki ne’mat bordir. U ham bo‘lsa toza havoning kirishi, buzuq havoning chiqishidir. Bunday bo‘lgach, boshqa ne’matlarning hisobiga qanday yetgali bo‘lg‘ay? Shu bilan qurilish ishlarida bir qancha vaqt xizmat qilib yurdim. Xizmatga chiqish yarim qutulishday bo‘lib, eshitgan og‘aynilar deyarlik har kuni yo‘qlab turishdilar. Ayniqsa, uyg‘ur Ibrohimoxun novvoy, o‘lgan bo‘lsa xudo rahmat qilsin, uning haftalik bir savat yog‘liq kulchasi bilan, bir chora (idish, tog‘ora) mantisi, yo bir tavoqda palov oshi uzulmay kelib turdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:15:00
Bir kuni kechqurun xizmatdan qaytib kelganimda turmadagilardan bir kishi qo‘limni ushlab turib, «Sening paloni nemis do‘sting sud bo‘lib, uzoq yerga 10 yilga surgun bo‘lmishdir. Menga topshirdikim, «O’zbek do‘stimning qo‘lini tutqan holda, mening yolqunliq salomimni yetkur. Dushman ko‘lida uzoq safarga ketdim», demish ekan va yana: «Qayg‘ulik ko‘nglim ostidan o‘rin olgan uning muhabbatini umr bo‘yi saqlashga va’da beraman», demish edi. Men ham 6u voqeadan 37 yil keyin, ya’ni 1968 yili uning so‘zini eskarib, tarix yuzida qoldirishim bilan muhabbat ahli kim bo‘lsa ham, mening oldimda naqadar ulug‘ hurmatga ega ekanligini ochiq ko‘rsatdim
B a y t:
Muhabbatdan ko‘ngullar nurg‘a to‘lg‘ay,
Sakkiz jannat oningdin hosil o‘lg‘ay.

Undan ajragan so‘nggida uch to‘rt oylab o‘z odatim bo‘yicha ishchanlik bilan turlik xizmatlarda bo‘ldim. Qamalgan kunimdan boshlab, biror marta bo‘lsin meni so‘roqqa chaqirmadilar. Birga qamalgan safar yo‘ldoshlarimni urib so‘kib, turli qiynovlar bilan so‘ragan bo‘lsalar ham, ilgari keyin Alloh meni bunday ishlardan asramish edi. Lekin ishning qattig‘ligidan haftada bir kun dam olishdan boshqa kunlarda ish vaqti 12 soatdan kam emas edi. Shunday og‘ir mehnatlar ostida 4 5 oy ishlatgan so‘nggida birdaniga bizni siyosiy idora qaramog‘idan katta turmaga ko‘chirmoqchi bo‘ldi. Bizni ishga chaqirishgan kundan boshlab, qo‘ra ichiga tikilgan kiygiz o‘tovlarda yotardik. Yana shularni o‘zimizga ko‘chirgizib, turma qo‘rasiga tiktirgach, bizni kameraga kirgizmasdan ularni yotoqxona qilib berdilar. Bu yerning qiyinchilik ahvolini ko‘rganimizdan keyin ilgari ko‘rgan mehnat mashaqqatlarimiz biz uchun rohat ko‘rilmish edi. Chunki, payg‘ambarimiz aytishlaricha: «Kimga bir musibat yetsa, unga sabr qilmoq kerak, undan yomonrog‘i bo‘lmagani uchun shukr kilish lozimdir». Shu bilan 6u joyda ham ishga borib kelib yurib, bir ikki oy o‘tkazgan bo‘lsak ham, odam ko‘pligidan ko‘p qiyinchilik ostida turib edik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 04 Avgust 2008, 10:15:29
Shu orada bizning ustimizdan hukm chiqardilar. Shundoqki, hamsafarlardan men bilan boshlig‘imiz Nazirqulga 10 yildan, yana birovimizga yetti yil, qolganlar esa bo‘shatilmish edi. Bo‘shaganlar suyunishgan, qolganlari, ayniqsa, bizga o‘xshab og‘ir kesilganlar ichida yig‘laganlar ham bor edi. Kesim (jazo, hukm qarori) qog‘ozini qo‘limizga bergach, o‘qitib qarasak, jazoni ijro qilish ishi Toshkentdagi konqlager ixtiyoriga topshirilmishdir. U yerda esa qirq besh mingdan ortiq odam borlig‘ini onglamish edik. Kelgan mazlumlar har qanday yiroq surgunga ketar ekanlar, shu lager orqaliqgina yuborilar ekan. Sibirning eng yiroq, eng sovuq yerlari Slavka va Arxangelsk kabi joylariga hukm bo‘lgan kishilar ham shu o‘rindan uzatilur ekan. Bu joylarning haybati quloqqa ko‘p kiravergach, insonchilik ko‘nglimga turlik xayollar kelib, bundan qutulish chorasiga kirishdim. Toqatdan tashqari ishlardan qochish payg‘ambarlar sunnati bo‘lsa ham, qutulib ketish qiyin bo‘lganlikdan uzoq o‘ylanib qoldim. O’z o‘zimga: «Mening nima gunohim uchun o‘n yil berdilar», der edim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:28:48
TA’QIB VA SHARQIY TURKISTONGA O’TISH
Hayot olamida yashagan har qanday odam uning og‘ir yuklarini ko‘tarib, achchiq-chuchigini tatimasdan chorasi yo‘qdir. Qur’onning aytishicha: «Ne’matga shukr qilib, mehnatga sabr qilmoq va uning qutulish chorasiga kirishmoq lozimdir». Turma tartibi bo‘yicha hukm bo‘lgan kishilarni tashqi ishga chiqarmay jo‘nar vaqti bo‘lguncha kamerada saqlar edilar. Ertalab turgach xizmat kiyimlarimni kiygan holda qarab turgan edim. Ishchilar yo‘qlama tizim xatini o‘qiganda, xudo o‘nglab, otim chiqib qoldi. «Tayyorman», deb qatorga o‘tdim. Odatga qaraganda meni kameraga qamab qo‘yib, Toshkent konqlageriga jo‘natishlari kerak edi. Yo‘q, unday bo‘lmay, ishchilar ichida turma temir qopqasidan tashqari chiqdim. Odatdagi ish ustiga kelgach, qarasam, samovar qaynab choy ichar vaqti bo‘lmish edi. Mana shu chog‘da nima bo‘lib atrofga qo‘ygan qorovullar ko‘rinmay qolishdi. Men ham vaqtni g‘animat bilib, mo‘l ko‘ygan o‘rama tikanlik sim ostidan chaqqonlik bilan o‘tib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldim.
Biroq, qanday qilishimni, qaerga borib kimning uyiga sig‘inishimni bilolmay, kishi kam ko‘chalarda biroz kezganimdan so‘ng, qadrdon tungon og‘aynilarimdan Xiyoxalpa eshigiga borib, chaqirib edim, yugirib chiqa keldi. Meni turmadan qutulib chiqdi deb gumon qilgan bo‘lishi kerak, yig‘lagan holda «Muborak bo‘lsin» deb quchoqlashib ko‘rishayotganda, qochib chiqqanimni qulog‘iga shivirlab quyib edim: «Qo‘rqmang, xudo qutqargani shu!», deb ko‘nglimga ancha quvvat berdi. Buning qilgan kishiligi unutarlik emas edi. O’lib ketmish ekan. Alloh uni rahmat qilsin!
Ehtiyot yuzasidan tom chodiri ichida bosilgan beda o‘rtasidan bir kishilik joy qilib, kechga dovur meni shu yerda saqladi. So‘ngra, o‘z maslahatim bilan oqshom qorong‘usi aralash, tungon mahallasida tungonlardan Ishoza otliq yana bir ishonimlik do‘stim bor edi, shuning uyiga keldim. Bu esa iymon ixloslik, sinovdan o‘tgan mard kishi bo‘lg‘anlikdan, jon fidolik ko‘rsatib, do‘stlik haqini bajarmish edi. Kishi hayron qolg‘udek soqlik-sergaklik bilan meni uyida uch kungacha kutib, yaxshi saqladi. Shungachalik tinch turgan bo‘lsak ham izlovchilar chiqa boshlagach, shu kuni shom vaqti bilan Pishpekdan kun botishga yaqin, qirq chaqirimcha bo‘lgan tungon qishlog‘i So‘quluqqa qarab jo‘nadik. Mendan xabar olgani ketayotgan Mogar, Momoza degan shogirdlarimiz yo‘lda yo‘liqishib, birgalikda uylariga bordik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:29:09
Bu yerga kelgach, yolg‘iz o‘z shogirdlarim emas, balki butun tungon xalqi menga qorovul bo‘lmish edilar. Mening bu yerga kelganimni o‘z shogirdlarimdan boshqa birov bilmagan edi. Hukumat ichidagi xizmatchilari bo‘lsa ham, menga hayrixoh bo‘ldilar. Shuning uchun necha qayta kelgan hukumat josuslarini bu yerga meni kelmaydi deb qanoatlantirmish edilar. Shunday bo‘lsa ham ilon chaqqan kishi arqon shaklidan cho‘chiydi degandek, o‘zim ham imkoniyat boricha ehtiyot yo‘lini tutdim. Shunga ko‘ra butun shogirdlarim tashqaridan ko‘z quloq bo‘lib turdilar kunduzlari tirikchilik ishlari bilan bo‘lishib, kechasi esa zerikmasligim uchun men bilan birga edilar. Shuning uchun Rasululloh alayhi vasallam aytdilar: «Haqiqiy do‘stlarni ko‘paytiringlar, chunki bular yaxshilik kunlarida ziynat bo‘lurlar, balo tushganda boshpanodurlar».
Har qancha soqlik bilan bu yerda turgan bo‘lsak ham, ishimiz kundan kunga qo‘rqinchlik edi. Agar bu yo‘li yana zolimlar qo‘liga tushar ekanman, u vaqtda men uchun qanday jazolar qo‘llashlari ma’lum edi. Shunga ko‘ra Solar tungonlaridan Yusufqori degan bir shogirdim ko‘p qiyinchiliklar bilan Toshkentdagi Xitoy konsulidan Ismoiloxun nomiga yasama pasport qilib, menga keltirib berdi. Bu kelginchalik To‘qmoqdagi oilam bilan ko‘rishib, safar harakatlarini bajarib turdim. Shu orada bizning qadrdon og‘aynilarimizdan va ham qo‘sh qudamiz, uzun yillar To‘qmokda turgan, asli toshkentlik, G’uljada vafot topgan Shohidoyat qori, butun boyligidan ajragan holda, hech yerga sig‘maganlikdan qochib, Suqo‘luqqa kelmish edi. O’zimni bildirmay turib, boshqalar orqalik ul kishiga yordam yetkazib turdim.
Birinchi yotgan yerimda besh olti kundan ortiq turmagan bo‘lsam ham, ikkinchi o‘rin, atrofiga beda bosgan qamish chodir ichida 52 kun turdim. So‘ngra ko‘nglimga bir tashvish tushganday bo‘lib, u joydan uchinchi joyga ko‘chmish edim. Xudo saqlamish ekan, men ko‘chib, ertasi kuni bir miliqiya bilan ikki kishi kelib, tom usti chodirlarigacha chiqib, qaramish edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:30:12
B a y t:
Kishini saqlasa U Xoliqi pok,
Zahar og‘zinda bo‘lg‘ay misli tiryoq.

Bu ish bo‘lg‘andin so‘ngra, bu joydan ham tezroq yo‘tkalishimiz lozim ko‘rinib, Sharqiy Turkistonga o‘tish niyati bilan uchinchi marta safar jamolg‘asini qilishga kirishdim. O’z do‘stlarimizdan tungon G’yoriyos mutavalli ham bizga o‘xshash qochoqlardan edi. U bilan ko‘rishib hamsafar bo‘lishga va’dalashdik. Yo‘lga chiqishga kun belgilashib, shu kechasi barcha ahbob, yoru do‘stlarimiz yig‘ilishib keldilar, tariqat ahllari odatlaricha xatim o‘qib, duoi fotiha o‘tkazgan so‘nggida, Allohga tavakkal qilib, So‘qo‘luq ustidan to‘rtinchi Chuy stanqiyasiga qarab aravada yo‘lga chiqdik.
Ertasi Chuy suvidan kema orqalik u tomonga o‘tib ketayotganimizda, qurollik rus to‘sqovullari oldimizdan chiqib, bizni tekshirgani turdi, hurjin-xalashlarimizni ag‘darib, barini ko‘rib bo‘lgach, yo‘ldoshimdan pasport so‘radi. Xudo o‘nglab, o‘z otiga olgan Xitoy pasportini ko‘rsatgan edi, bir narsa umidida undan chatoq chiqarib, bizni ko‘p qiynadi. Bu yerda eng hayron qolarlik ish shulki, yo‘ldoshimni shul qadar uzundan uzun tekshirgan holda, negadir, mendan bir og‘iz ham so‘z so‘ramay, oxiri shoshilgan kishidek otini minganicha orqasiga qaramay ketvordi. Ortidan biz dag‘i yo‘lga tushib, shu yurganimizcha hufton vaqtida Chuy stanqiyasiga yetdik. Besh olti soat o‘tib, Olmota poezdi kelgach, unga tushib jo‘nadik. Sario‘zak degan joyga kelganimizda biz tushib qoldik. Turksib poezdi esa, shimoliy tomon Sibiriyaga qarab burilib ketdi.
Kech kuz vaqti, sovuq qattiq bo‘lib, qor buroshalab yog‘ib turgan edi. Poezdan tushgan kishilar barimiz stanqiyadagi bir kichik uyga kirib yotdik. Kun sovuq, pechkaga o‘t yoqilmagan edi. Qarasam, har tarafdan jon qutqarib chiqqan odamlar, ko‘plari bizga o‘xshash o‘z eliga sig‘magan, zolimlar tomonidan nohaq quvg‘unga olingan haqsizlar edi. Shu yerga kelganimizda shunday so‘z chiqdikim, oldimizdagi yo‘l usti manzilida GPU askarlari yo‘lovchilarni qattiq tekshiruv ostidagina o‘tkazar ekan; agar birorta shubhalik odam topilib qolgudek bo‘lsa, uni yo‘ldan qaytaribgina emas, balki qo‘lga olib qamab qo‘yishlari aniq ekan. Mana bu so‘z chiqqan so‘nggida, Toshkentdan chiqqan Xitoy elchixona xizmatchilaridan boshqa hamma kishilar qo‘rquvga tushib, yo‘ldan qaytmoqchi bo‘ldilar. Qarasam, bechoralarning quvvati qochib, ranglari o‘chgan, bir birlariga ishonolmaganlikdan sirlashib-maslahat qilish kabi ishlar xalq o‘rtasidan butunlay ko‘tarilgan. O’zlari kulgandek bo‘lib ko‘rinsalar ham, ko‘ngillari g‘am qayg‘uga to‘lganliqdan yuzlari sarg‘aygan edi. Bu ishga hammadan ko‘proq men qayg‘urishim kerak edi; zulm hukmlarini nohaq manim ustima yuklaganlari uchun, qarshilik ko‘rsatmish edim. Ak-sincha, ko‘nglimga boshqalar kabi ortiqcha qo‘rqinch tushmagach, Allohga tavakkal qilib, olg‘a yurmoqchi bo‘ldim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:31:15
Umrim ichida qanchalik ogir ishlarni, ko‘p qo‘rqinchlik kunlarni boshimdan kechirdim. U chogda ko‘nglimdagi iymon e’tiqodim, Allohga va uning haq payg‘ambari Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbatim, men uchun eng kuchlik ishonchim va eng ortiq suyanchim edi. Nachora, bu kabi diniy ishlar sirlarini o‘zi tatimagan bechoralar qaydin bila olsinlar? Iymonlik kishilarga har vaqt bu ulug davlat nasib bo‘lgusidir.
Tanigan bilgan odamlar uchun bu yo‘ldan qaytmasga maslahat bergan bo‘lsam ham, hech qaysilari bunga jur’at qilolmadilar. Ulardan ajragach, xayol surib uydan tashqari chiqishim bilan, taraqlab kelayotgan uch to‘rt bo‘sh aravaga ko‘zim tushib, uni to‘xtatdim. Qarasam, biz yurar yo‘l ustidagi qishloqqa boradigan o‘rislar ekan. Ular bilan kelishib, aravaga tushgandan so‘ngra, kichkina yurib, bir katta saroyga yetdik. Bu esa necha tomonlab, ayniqsa, Olmota ulug‘ yo‘lining kelib qo‘shilgan joyida qurilib, o‘z vaqtida ko‘p obod kutilgan bo‘lsa ham, inqilob buzg‘unligida uni egalari tashlab qochgan ekanlar.
Olmota, Chelak, Norin, Talg‘ar, Qo‘rom qishloqlaridan uy joylarini tashlab, bola chaqalari bilan ko‘chishib chiqqan musulmonlar bilan shu yerda ko‘rishdim. Lekin bola chaqalari bilan ko‘chkanlarning ko‘pchiligi konsul orqali Xitoy pasportini olganlikdan uy asbob, aravalar bilan chiqqan ekanlar. Bu saroy ichiga kirganimdan keyin eng achinarlik, og‘ir bir manzara ko‘zimga ko‘rina boshladi. Shundoqki, kun qattiq sovuq, o‘t yoqilmagan, saroy kutgan hech kim yo‘q, ichiga poxol to‘shalgan bo‘lsa ham, oyoq ostida payxon bo‘lgan. Uzundan uzun qorong‘u uy ichida yuzlari qayg‘ulik kishilar yotmish edilar. Sovuqqa chidayolmaganlari uy ichida o‘t yoqqanlaridan esa, burun yorg‘udek achchiq tutun bilan uy to‘lmish edi. Ayniqsa, bir yosh xotin o‘zi kasal, oyog‘ ostida yotgan ikki kasal bolasi ustida termilib yig‘lab o‘ltirg‘anini ko‘rgach, unga qattiq achindim. Balo tushganda bari kishi o‘zlari bilan bo‘lishib, rahm shavqat kabi fazilatlik ishlar ham haqiqiy musulmondan boshqa kishilar ko‘ngillaridan butunlay ko‘tarilar ekan.
Yo‘lxat tekshiruvchi to‘sqovul oldimizda bo‘lib, boshqa yo‘l bilan o‘tish mumkin bo‘lmag‘anlikdan barimiz qo‘rqinchda qoldik. «Sadaqa baloni qaytarur», degan payg‘ambarimiz so‘zlari xotiramga keldi ersa, ikki bolasi bilan ochlik yalang‘ochlikda kasal yotgan shu xotinga taom va akchadan berib, uni suyuntirgan holda shunday ko‘chaga chiqsam, bir yuk mashinasi keldi. Unga qarab: «Bizni Oltiniman dovoni ostiga eltib tashla, senga muncha aqcha beramiz», desam, u ham «Bir shartim bor, ikki toy yukim tog‘dan soyga qulab ketgan, shuni chiqarib bersanglar, sizlarni olib ketar edim», dedi. Biz ham buni g‘animat bilib, darhol mashinaga chikdik. Biroq, o‘zimizni ishchilarga o‘xshatish uchun safar belgisi xurjun xalashlarimiz ko‘rinmasligi kerak edi. Shuning uchun qo‘llarida yo‘l xatlari bor, bola chaqalari bilan aravalik ketayotgan, Olmota atrofidan chiqqan taranchilarga to‘sqovul oldidan o‘tib olganimizcha shu narsalarni aravanglarga solib qo‘yaylik deb iltimos qilsak, qabul qilmadilar. So‘ngra, shu yoqqa hukumatning molini yuklab ketayotgan rus aravakashlariga 5 6 so‘m aqcha berishimizni aytib, xurjunlarimizni ularga topshirib, yo‘lga tushdik. Shu bilan bizni to‘sqovullar oldidan taraqlaganicha o‘tkazib, besh o‘n chaqirim yurgach, tog‘ belida to‘xtadi. Va’damiz bo‘yicha, soy ichida yotgan ikki toy yukni ming mashaqqatlar bilan yuqoriga chiqargach, mashinasiga solishib qo‘ydik. Allohning yordami, sadaqaning sharofati bi-lan bu balodan qutulib, Oltiniman oshuvini oshgandan so‘ngra, Boshchi saroyiga tushdik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:31:33
Bu yerda So‘quluq tungonlaridan Xanjar halpa degan kishi bola chaqa, ot aravalari bilan bir saroyda yotgan ekan. Oltiniman dovonida qorbo‘ronda qolishganlikdan, ikki qo‘lini sovuq oldirib, ishga yaramay hayronlikda turmish edi. Men uchun bu ish ko‘p qulay kelgani ustiga, bular ham men kabi ishonimli bir yordamchiga muhtoj edilar. Shuning uchun barimiz birgalikda ishimiz o‘nglanib, aravachi xizmatini bajargan holda yo‘lga tushdik. Orada ikki qo‘nib, Bo‘rig‘ujur qishlog‘iga yetganimizda qarasak, bu yerga yuqorigilardan ham qattiqroq to‘sqovul qo‘yilmish ekan. Shunday bo‘laturib, ich ora aravachilaridek qamchini sudraganimcha, qorovulxona oldidan o‘tib 15 chaqirimcha yurgach, salomat Yorkent shahriga yetdik.
Bu yerdan Xitoy chegarasi Qo‘rg‘os 46 chaqirim yo‘l bo‘lib, Sharqiy Turkistonda bo‘lgan Jung‘oriya o‘lkasining g‘arbiy chegarasi hisoblanganlikdan, bu shahar ilgari, ayniqsa, chor hukumati davrida obod bo‘lib, yaxshigina bezatilmish edi. Tarixiy va siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Bu yerdagi ko‘pchilik turg‘un xalq bu tarixdan taxminan 200 yillarcha ilgari Oltishahardan keltirilgan, asli uyg‘ur bo‘lsa ham, o‘zaro taranchi deb ataladilar. Bularning kelib chiqish taryaxlari vaqti kelgach o‘z o‘rnida yozilg‘usidir. Bu shahar yuqorida aytilgandek o‘z davrida yaxshigina rivojlangan edi. Ayniqsa, bularning eng buyuk, obro‘ylik boylari xayr-saxovatlik davlat egasi, marhum Valiboy edikim, eng so‘nggi oq podshoh chaqirig‘iga borganida unga hurmat libosi kiydirmish edilar. Bu kishi Xitoy poytaxti Pekin shahridagi ajdarho suratida yasalgan xon saroyi nusxasida qilib, Yorkent shahrida bir masjid bino qildirmish edi; hozirgi kunlarda esa uni hukumat o‘z qaromog‘iga olmishdir. 1931 yili biz o‘tkanimizda shahar shundayin harobalikka kelmish edikim, huquq egalari bo‘lgan eng tubangi ba’zi ishchilardan boshqa butun shahar xalqi qochib, chegaradan o‘tmish edilar. Ilgari keng bog‘u-bo‘ston joylari esa, biz kelar kunlari baxtsiz mazlumlar ko‘ngillari kabi sindirilgan holda kultepalarga aylantirilmish edi. Biz dag‘i boy o‘g‘li qushlaridek bo‘lib, shu choldevor haroba uylarning biriga tushib joylashdik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:31:53
Mana shu yerda ming tashvish ostida xudoga sig‘inib, zo‘rg‘a ikki kun turg‘an so‘nggida, Osomuslim degan bir taranchi bolani yo‘lboshchi qilib, shahardan chiqdik. O’z ishida mohir bo‘lgani uchun bizni hammaning ovqat yeyish vaqti qoq tushda olib chiqmish edi. Shahar chetiga chiqqach, mozor oldidagi qalin qamish ichida ukki qushdek oqshom qorong‘usi tushganicha shu o‘rinda chirkayga talanib yotdik. Ko‘z qorovlashib qorong‘u tushgan chog‘da, yo‘lboshchimiz yayov, biz ikkovlon otliq yo‘lga tushdik. Chegaraga yetkuncha qishloq oralamay, yoshirin yo‘llar bilan yura-yura, Oqtom qish-log‘i sirtida bir chaqirimcha yerdan o‘tayotganimizda hurib turgan bir it tovushi yirokdan eshitilib turmush edi. Bu yerdan 15 chaqirim chamali yo‘l yurganimiz so‘nggida chuqurroq bir soylik yerga kelgach, biroz dam olmoqchi bo‘lib tushdik. So‘ngra yo‘lboshchimiz: «Qani yuraylik», deb turdi esa, biz dag‘i orqasidan ergashganimizcha yuraverdik. Bir ikki soat yo‘l yurganimizdan keyin yiroqdan qalin daraxtlik qishloq ko‘rinib edi, ikki soat ilgari hurib turgan it tovushini yana yiroqdan eshitib qoldim. «Adashgan o‘xshaymiz, payqab qaraylik», deb yo‘lboshchimizni to‘xtatdim. Sinchiklab qarasak, orqamizga qaytib, to‘ppa to‘g‘ri yana Yorkentga ketayotganimizga aniq ishongach, yo‘lboshchimiz qattiq qo‘rqinchga tushdi.
Yo‘lsiz to‘qaylarning ichi bilan yurganimizcha, qum tog‘i etagiga yetdik. Qum tepaliklaridan osha osha, to‘rt tomoni tog‘dek baland qumlar bilan o‘ralgan, saksavullik bir chuqurga tushgach, kuchlik bo‘ron bo‘lib, qor yog‘a boshladi. Ichar suvimiz yo‘qligidan qorni eritib ichdik. Yoqqan saksavul o‘tida ho‘l bo‘lgan usti boshlarimizni quritib, o‘t osti qizigan qum ustida yotdik. Kech bilan shu qum tog‘lari ichidan oralab yurganimizcha ertasi shom vaqti bilan chegara Qo‘rg‘os soyi ustiga yetdik. U vaqtlar 1931 yili, tikon sim to‘g‘ri to‘silmaganlikdan, har bir soatda chegara soqchilaridan ikki otliq askar uzulmay qatnab turar edi. Otlarimizni daldaroq bir chuqur ichiga boylab qo‘yib, o‘zimiz esa, bularning o‘tib ketishlarini yuqoridan payqab turdik. Utishlari bilan to‘xtovsiz yuqoridan tushganimizcha Qo‘rg‘os suvini kechib, Xitoy chegarasiga o‘tdik. Alloh yordami bilan bu yirtqichlardan qutildik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:32:24
Endi ikkinchi Xitoy yirtqichlariga yo‘liqmaslik chorasini qilishimiz kerak edi. Yo‘lboshchimiz kishi bilmas yoshirin yo‘llar orqali yurganimizcha, tun yarimi yaqinlashganda belgilangan yerga yetkazdi. Shu bilan hayot olamini azob zindoniga aylantirgan kommunistlar zulmidan vaqtli bo‘lsa ham qutilgandek bo‘lib qoldik.
Ko‘zimizga bu yerlar boshqa bir jahondek ko‘rinmokda edi. Tun bo‘yi yurib charchagan kishilar, dang qotib uxlab qolmish edik. Uyg‘onishimiz bilan saroychimiz: «Hay mehmonlar, hukumat iskovuchlari kelib qolmasdan bu yerdan qo‘zg‘alib ketsanglar, barimizga ham yaxshi bo‘lur edi», degach, darrov harakat qilib yo‘lga tushdik. Yiroq safardan kelayotganimizga belgi bo‘lg‘udek biror narsa bizda bo‘lmagach, so‘qma yo‘lni qo‘yib, qatnov yo‘liga kirdik. Bir ikki chaqirimcha yurganimizdan keyin yo‘l bo‘yiga qurilgan Xitoy askarxonasi borligi yiroqdan ko‘rildi. Undan 40-50 qadam yuqoriroq joyda yasalgan minoracha ustida ham, bir qorovul o‘tgan ketganlarni tekshirib turmish edi. Bular oldidan o‘tish biz uchun ancha og‘ir bo‘lsa ham, boshqa choramiz yo‘qligidan o‘tishga majbur edik. Biroq, biz u yerga yaqinlashganimizda nima bo‘ldi ekan, qarab turgan qorovul yuqoridan tushib, shoshilganicha askarxona qo‘rg‘oniga kirib ketdi. Buni ko‘rgach biz ham ot yurishini tezlatib, qo‘rg‘on eshigidan ellik qadamcha o‘zg‘an edik: «Hoy-hoy», degan chaqiriq tovushi kela boshlagach, yo‘ldoshimga «qarama qarama», deb eshitmagan kishidek ketaverdik. U ham ikkinchi chaqirmadi. Xudo o‘nglab bundan ham ziyonsiz o‘tib oldik.
Shu yurganimizcha o‘rtalikdagi to‘qay ichida ketayotganimizda chegara saqlovchi Shiva, Solan cheriklaridan qurollik bir otliq odam oldimizdan chiqa kelib: «Hay, to‘xta, qaerdan kelasizlar? Narigi yokdan o‘tgan kishilarga o‘xshaysizlar. Yo‘lxatlaring bormi?», dedi. Buning dahshatin ko‘rgach, boshqa so‘z aytqali bo‘lmadi. Yo‘ldoshim G’iyosoxun xitoy pasportini ko‘rsatib edi, unga qaramay yoniga solib olib: «Qani yomug‘o (turmaga) yuringlar», deb bizni haydaganicha yo‘lga tushdi. Yo‘ldoshim ikkovi xitoychalab nari-beri aytishib, yarim soatcha yurganimiz so‘nggida qarasam, ish ko‘payadiganga o‘xshaydi. Bir tadbir ishlatmoqchi bo‘lib: «Hay loya, ruxsat bering, tahorat sindirib olaylik», deb shu yerga tushdik. So‘ngra uni bir chetga chaqirib: «Bu kishining pasporti bo‘lsa, kuchlik yo‘lxatlari ham bor, qaerga olib borilsa ham foydasi yo‘q, quruq ovoragarchilik bo‘ladi, undan ko‘ra bir oz choy puli olib bersam qanday bo‘lar ekan?», dedim. «Choy puli» qulog‘iga kirgach «mohu mohu»lab, darrov so‘zi yumshab qoldi. Yo‘ldoshim bunga rozi bo‘lmagan bo‘lib tursa ham, men zurlag‘andek bo‘lib ko‘rinib, 20 tangani qo‘liga berishim bilan orqasiga qaramay chopqanicha ketdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:33:54
B a y t:
Qadri yo‘q gavhar so‘zing olchoq kishilar oldida,
Durni taqsang na bilur, it og‘ziga tashla suyak.

Shu bilan buning ham og‘zi yopilib, qaytib ketishi bilan biz ham shu yurganimizcha Suyding shahriga yetdik. Bu esa Ili o‘lkasida qurilgan shaharlardan biri, yo‘lovchilar saroyida bir kecha yotib, ertasi kuni G’ulja shahriga qarab yo‘lga tushdik. Bir soatcha yo‘l yurganimizdan so‘ngra Qura shahriga keldik. Kura Ili o‘lkasida qurilgan to‘qqiz qo‘rg‘on ichida eng ahamiyatligi, ayniqsa, harbiy tomondan o‘lka bo‘yicha hukumat markazi hisoblanur edi. Bu yerga kelgach, erkin hayotda o‘z ixtiyoricha yashayotgan baxtlik kishilarni ko‘rib, qattiq ta’sirlanmish edim. Chunki, sovet hukumati qurilgandan boshlab, ularning shum qadamligidan tirikchilikka kerak har narsa qahatchilikka uchramish edi. Chegaradan o‘tgach qarasak, do‘konlarda turlik mollar tiqilib yotmish edi. Boshqa davlatlardan keltirilgandir deb gumon qilib so‘rasak, bu mollarning hammasi sovet tomonidan yuborilmish ekandur.
Bu hukumat qurilgan kunidan boshlab, o‘z xalqining har qancha qiyinchilik, og‘ir ahvolda yashayotganiga qaramay, balki butun narsalarini iqtisodiy tuzoq qilib, boshqalarni ham o‘z yo‘liga tortish uchun, chet ellarga chiqarib turishni o‘ziga qonun tutmish edi. Sovet hokimiyati zulmi ostida ezilayotgan yerlik xalqlar esa, butun oilasi barobar jon kuchlari bilan ishlab, o‘z tuproqlarida yetishtirgan mehnat hosilining yuzdan biriga ham ega bo‘lolmaydilar. Yolg‘izgina mehnat hosilotiga ega bo‘lmaslik emas, balki bular qo‘l ostida yashovchi kishilar insoniy huquqlaridan ham butunlay mahrum etilgan holda, hayvonlarcha erkixtiyorsiz xizmat qilishga majburdirlar.
Dunyo yaratilib, inson nasli yer ustiga tarqalgan kunidan boshlab, hech bir zamonda bu kabi aqldan tashqari, buzuq maslakli olchoq odamlar xalq ustida hukmron bo‘lmaganligi ma’lumdir. Shuning uchun eng ogir dahshatlik kun qaysi deb payg‘ambarimizdan so‘raganda: «Haromzodalar o‘gli haromzodalar xalq ustidan ixtiyorsiz hukm yurgizsa o‘sha kun», dedilar. Yana Rasulullohning aytishlaricha, har bir inson umri uzulguncha ofat balolar ichra yashamoqqa majburdir, lekin hayot olamida bo‘ladigan barcha balolar ichida butun xalq uchun eng yomonrogi, eng zararligi ko‘rlik balosi ekandir. Chunki bundan payg‘ambarimiz o‘zlari ham panoh tilab, undan saqlanishga buyurdilar.
Endi ko‘r balosi qaysi deb so‘ralur ersa, o‘zlari bilmagan, bilganlariga tushunmagan bir qancha johil nodonlardurkim, ular aqllik olimlar boshliq butun xalq ustidan qurol kuchi bilan zo‘rlik asosida hukmronlik qiladilar. Xalq taqdiri butunlay ular qo‘lida bo‘lgach, bular uchun ulardan eng dahshatlik, zararli ofatlar tugiladi. Shuning uchun har ishda to‘grini egridan, yaxshini yomondan ajratqudek aql farosatdan yiroq bo‘lgan hukumat boshchilari esa, bechora xalq boshiga kelgan ko‘r balo bo‘lishlari shubhasizdir. Payg‘ambarimiz aytdilar: «Men Alloh taolo tomonidan bir yo‘l keltirdim. U esa yoruq, yumshoq, tekkis yo‘ldir, to‘gri yo‘ldir. Boshi bu dunyoda bo‘lib, narigi boshi u dunyoda jannatdur. Bu yo‘lning qolovuzi Muhammad alayhissalom, qo‘llanmasi Qur’ondur. Agar ummatlarim uning ko‘rsatganicha dinlarini kutib, u yo‘ldan chetga chiqmas ekanlar, butun ofatlardan omonda bo‘lib, Alloh rizosini topqaylar». Agar bunday bo‘lmas ekan, Alloh aytdi: «Ularning boshiga bir balo yuborurmankim, har qanday bilimli dono kishilarni ham hayronlikda qoldiradi».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:34:50
Mana, Rasululloh aytganlaridek, butun dunyo bo‘yicha eng siyosiy arboblarni hayratga qo‘yib, chorasiz qoldirgan narsa esa, shu ustimizdagi kommunizm balosidan boshqa emasdur. Chunki yuqorida aytilgan payg‘ambarimizning mo‘‘jiza so‘zlari shu kunlarda bo‘layotgan ishlarning naq o‘zi ekanligini ko‘rib turibmiz. Endi bu kabi balolardan qutulish uchun Rasululloh ko‘rsatgan haqiqiy islomiyat, Qur’on ko‘rsatgan yo‘lga qaytishdan boshqa chora yo‘qdir.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Sario‘zakdan chiqib, G’ulja chegarasini besh olti kun yo‘l bo‘ylab kelayotganimizda, meni eng achintirgan narsalardan birisi, ko‘chmanchi qozoq qarindoshlarimizni eng ogir ahvolda ko‘rishim edi. Chunki, sovet tuprogi bo‘yicha qaysi o‘lkada bo‘lsa ham, hech bir millat bular kabi vayrongarchilikka uchrab, qattiq zarar ko‘rmagan bo‘lsalar kerak. Bunga dalil: inqilob oldida sakkiz million hisoblangan qozoq xalqi hozirgi tarix 1968 yilda olingan ma’lumotga ko‘ra, uch million qolmishdir. Ayniqsa Bolqosh ko‘li atrofidan boshlab, Qorako‘l, Qiziljar qal’alarigacha suvsiz, ekinsiz Qoraqum cho‘llarida yashayotgan, chorvachilikdan boshqa qilar ovqatlari bo‘lmagan, o‘zlari uchun, xalq uchun mol boqqan bechora ko‘chmanchi yerliklarning qo‘llaridagi borliq mollarini bu rahmsiz, toshyurak mal’unlar birdaniga tortib oldilar. Buning natijasida tirikchiligi yolgiz chorvaga boglangan qozoq xalqi ochlikdan qirilib ketdi. Bunga qarshi o‘zlarini xalq gamxo‘rlari atashgan davlat arboblari kommunist rahbarlari hech qanday chora ko‘rmadilar va 30-yili boshlanib, ZZyillari to‘liq kuchga kirgan, Qozogiston bo‘yicha tarqalgan ocharchilikdan qozoq xalqi butunlay qirilishga boshladi.
Shu kunlari esa, Qirgizistonning Qorako‘l, Issiqko‘l atrofidan keltirilib, ko‘l bo‘ylariga taxlab qo‘yilgan hisobsiz arpa, bugdoylarni olishga navbat yetmaganlikdan osti, usti chirib, yarim gazdan ko‘karib yotmish edi. Yerlik xalqning o‘lik tiriklari bu dinsizlar oldida barobar bo‘lganligi uchun, o‘zlaridan tortib bosib olgan hisobsiz bugdoylarning har yerda chirib yotishiga qaramay, xalqning qirilishiga rozi bo‘ldilar.
Endi esa eng hayron qolarlik ish shulkim, naqadar qurbonlar berib o‘tkazgan ogir kunlarini unutgan holda turk ulusining asil o‘gillari qirgiz qozoq qardoshlarimiz diniy milliy hislarini yo‘qotib, asrlar bo‘yi saqlanib kelgan ona tillaridan ham ajrash ustida turadilar. Ona tildan ajraldi, demak, insonlik haqqini saqlayolmay, hayot olamida boshqalar hisobiga yashayotganlikdan inqirozga uchrab, tarix yuzidan butunlay o‘chirildi demakdir. Endi buning birdan bir chorasi diniy hislari yo‘qolgan bo‘lsa ham, milliy hislarini saqlash uchun turlik yo‘sinda ona til adabiyotlarini ko‘tarib, ilmiy tillar qatoriga yetkazishlari lozimdir. Shu safarimda chegaraga yetkunchalik och yalongoch bolalarga, oriq tuyaga yuklangan orqada ochlikdan gandiraklashib piyoda yurolmay ketayotgan er xotin qozoq oilalariga yo‘l bo‘ylab ko‘p uchrangan edim. O’sha vaqt ulardan qattiq ta’sirlanganim uchun chegaradan o‘tgach, ularni eslab, ko‘rgan ahvolni yozishga majbur bo‘ldim.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:35:20
Shu bilan Kuradan chiqib, G’ulja tomonga qarab yo‘lga tushdik. Taxminan 25 chaqirimcha yurib, G’uljaga yaqinlashib qolganimizda, Bayondoy shahri harobasi yonidan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Bu shahar esa Koshg‘arda 12 yil hukm surgan 1270 tarixi hijriyda, butun Sharqiy Turkiston o‘lkasini Xitoy bosqinchilari qo‘lidan ajratib olib, uyg‘ur turklari tomonidan xon ko‘tarilgan Yoqubbek otaliq davrida harob bo‘lmish edi. Shundoqki, Uyg‘uriston Oltishahardan Ili o‘lkasiga askarlik xizmati uchun Xitoy xoni buyrug‘i bilan majburiy ravishda ko‘chirib keltirilgan uyg‘ur taranchilari, xitoylarning zulmlariga chidayolmay tungon musulmonlari bilan birlashgan holda, zolimlarga qarshi qo‘zg‘almish edilar. Oxirida birlashgan musulmonlar ittifoqlik sharofatidan zolim xitoy askarlarini tor mor keltirib, milliy hukumatlarini qurmish edilar.
Buyoqdan Yoqubbek otaliq janubiy Oltishaharni Xitoy bosqinchilaridan tozalagach, shimoliy tomondagi Jung‘oriya markazi hisoblangan Urumchi shahrini, ittifoqqa kelmagan, sulhga unamagan johil tungonlar bilan urushib, g‘alaba qozongandan keyingina qo‘lga keltirdi. So‘ngra, shimoliy tomondan kelib, butun G’arbiy Turkistonni bosib olgan chor Rusiyasiga qarshi siyosat qo‘llab, G’ulja hokimi taranchi Qorasultonni birlik ittifoqlikka undab, elchi yubormish ekan. Bu johillar boshlig‘i o‘zining ongsizligidan asosiy maqsadni tushunmasdan, rad javobi bilan ularni quruq qaytaradi. Yo‘q esa, otaliq talabi bilan o‘sha vaqtdagi Turkiya sultoni Abdulaziz xalifa tomonidan yuborilgan olti nafar turk afandilari uyg‘ur, o‘zbek o‘g‘illaridan tuzilgan otliq askarlarni butunlay yangi intizom ostiga olmish edilar.
Yoqubbek otaliq Hindiston malikasi Angliya qirolichasiga ikki qayta, Turkiya sultoni xalifa Abdulaziz hazratlariga itoat bildirib bir marotaba, elchi yubormish edilar. Buning natijasi bo‘lib, o‘zining manfaati uchun qirolicha tomonidan birinchi navbatda 10 ming, ikkinchi navbatda esa 24 ming pistonlik miltiq sovrun berilmushdir. Xalifa tomonidan esa, oz ko‘p urush qurollari va askar yasoqlari bilan harbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yib tartibga solish uchun, yuqoridagi afandilar kelmish edilar. Mana shular orqalik otliq, oyoq askarlar va boshqa butun harbiy ishlar turk askarlari tartiblari bo‘yicha tuzilmish edi. Shu sabablik o‘zlaridan qancha ko‘p ortiq qarshi askarlarni yengib, oz fursat ichida Urumchi shahrini qo‘lga kelturdilar. U yerdan o‘tgach, Qutubiy, Sonji, Monos, Shixuga yaqinlashganlarida bunga qarshi shoshilinch ravishda Olmota gubernatori qo‘mondasida chiqqan chor Rusiyasi bosqinchilari G’uljani bosib oladilar. Shu bilan qancha musulmon qonlari badaliga yangigina qurilgan davlat asosan ittifoqsizlikdan ruslar bilan bir to‘qnashishga ham yaramay zavolga uchraydi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:35:44
Endi, ustida shunchalik tarixiy so‘zlar yozilishiga sababchi bo‘lgan Bayondoy harobasidan o‘tkanimizdan so‘ngra, shaharga qarashlik Do‘ngmahalla bilan Qo‘rg‘ontepa Kura darvozasi ostiga keldik. O’rta asr turmushlarini eskartadigan, xitoy odatlariga ko‘ra shahar atrofi besh olti metr egizlikda (balandlik) tuproq qo‘rg‘onlar bilan o‘ralib, to‘rt tomonidan to‘rt darvoza qurilmish edi. Darvoza tashqarisida ot tuyog‘i botqudek balchiq ko‘rmagan bo‘lsak ham, darvozadan kirgach, tizzadan yuqorigacha sassiq, qora botqoq kechib, shahar ichiga kirdik.
So‘ngra so‘rab surishtirib, bir yerda tug‘ilib, bir kentda o‘sgan To‘qmoqdagi o‘z mahallamizdan ketishgan uyg‘ur Olmozbek hoji o‘g‘illari Turdoxunbek, Qurbontay qori uylariga kelib tushdik. Uy egalari boshliq zol to‘lgan odamlar yugurganlaricha chiqishib, bizni qarshi oldilar. Qarasam, shuncha ko‘p kishilar ichida birovi ham yot emas edi. To‘qmoqlik, qorako‘llik ko‘rib, bilib yurishgan o‘z og‘aynilarimiz ekanlar. Kishi tang qolurlik ishdurkim, mening to‘g‘rimda qayg‘urishib, so‘zlashib o‘ltirishgan vaqtlarida so‘zlari hali tugamay turib, ustilariga kelgan ekanmiz. Meni ko‘rgach, barilari hojidan kelgan otalarini ko‘rganday bo‘lib quvonishib ketdilar. Ayniqsa qorako‘llik uyg‘urlardan Ibrohimoxun oqtosma, yana birovi oti esimdan chiqmish, otushlik savdogar yigit. Bu esa To‘qmokda turgan chog‘ida kezik kasaliga mubtalo bo‘lgan va mening tajribam sababli shifo topgan ekan. Boshimda eski quloqchin (telpak), usti boshim harob, oyog‘imda ishlamchi (ishchi) etigi. Meni bu holda ko‘rgach, ichlari og‘riganlikdan ko‘ngillari qayg‘urib, ko‘zlari yoshlanmish edi.
Ko‘rishmagan, quloq oshiq do‘stlarimiz har yerda ko‘p bo‘lgani uchun, mening kelganim bularga bayram kunlaridek ko‘rinib, tuqqan bilganlar uzoq yaqindan hafta o‘n kunlab uzilmay kelgali turishdi. Uch kun o‘tmay turib, bosh oyoq kiyim kechaklarimiz yangilanib, yor do‘stlarimiz tomonidan ziyofat chaqiriqlari boshlangani turdi. Shu yer odati bo‘yicha Turdoxunbek boshlab bizning hurmatimizga butun G’ulja boy savdogarlarini, qozi, muftiy a’lam, oxunlari boshliq ko‘zga ko‘rinarli kishilarni chaqirib, bir ulug‘ ziyofat o‘tkazdi. Buning tuganchisida boshi kimxap to‘n, oyog‘i toza narsadan ko‘ynak ishton, to‘qqiz kiyimlik bir bo‘g‘chaga (tugin) tugilgan, ustiga ot tuyog‘iday yombu (quyma oltin) qo‘yilgan tortuqni xalq ko‘zida keltirib, mening oldimga qo‘ydi. Shu bilan birga boylar orasida ziyofat boshlanib ketib, yana bir ikki joylarda yombusi bilan to‘qqizlangan tortuqlari bo‘ldi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Avgust 2008, 03:36:56
Lekin, oylarcha, balki yillarcha davom etgan shu kabi katta ziyofatlarda ko‘rgan hurmat, siy sifatlar ko‘nglimdagi dardlik jarohatlarimga shifo berish emas, tuz qo‘ygandek bo‘lib sezilmokda edi. Chunki, katta kichik boy savdogarlar, muftiy a’lam, oxunlar boshliq butun xalq g‘aflat uyqusida yotgan, jaholat balchig‘iga butunlay botgan edilar. Buning ustiga iqtisodiy tuzoq qopqonlari har qadamda, halokat chuqurlari pardalangan holda har yerda qazilmish edi. Hech qaysilari bunga parvo qilmasdan, bular atrofida parvonadek jon qurbon edilar. Ayniqsa, bular ovuni ko‘rgan, tuzoqlariga tushib, uzishib qochgan, boy savdogarlarning ko‘ra bila turib qilayotgan ishlariga qarab: «Ko‘rgiligi bo‘lsa ko‘zi ko‘r bo‘lar ekan», deyishga majbur edim. Shundoq bo‘lsa ham og‘ir kunlarimda ko‘nglimni ko‘tarib, men uchun xizmat ko‘rsatgan do‘stlarimni Alloh rahmat qilsin! Bu voqeadan 37 yil o‘tgan so‘nggida, bu tarix yozilayotganida, yuqorida aytilmish ahboblarimizdan ikki uch kishigina qolib, boshqalarining esa hayot olamidan ko‘zlari yumilmishdir. Uz vaqtida ularga yordamim yetmagan bo‘lsa ham, ruhlariga fotiha o‘qib, qilgan yaxshiliklarini unutmaganligimdan tarix yuzida eskarib, 6u o‘rinda yozdim.

Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:06:03
G’ULJA SHAHRI


Endi zolimlardan qochgan kunlarimizda biz uchun vaqtlik bo‘lsa ham boshpana bo‘lgan G’ulja shahri, Ili o‘lkasi ustida oz ko‘p tarixiy ma’lumot berib o‘tishni loyiq topdim. Hamma yoqqa oti chiqqan shu kungi G’ulja shahrining birinchi binosi, u yerlarni Xitoy xonligi manjurlar bosib olish davrida tiklanmishdur. Undan oldin, Chingiz chiqishidan taxminan yuz yilcha ilgari, shimoliy Xitoyda inqilob qilib qo‘zg‘olon ko‘targanlar mag‘lubiyatga uchragan so‘nggida Gurxon degan boshchisi o‘ziga tobun kishilari bilan to‘g‘ri g‘arbga qarab chekinmish edi. Ili o‘lkasiga kelgach, bu yerning suvi mo‘l, havosi kelishgan, atrofi kengligini ko‘rib, yana Markaziy Xitoy O’rta Osiyo ulug‘ yo‘li ustiga tushganligidan, har tomonlama uning ahamiyatini tushunib, shu yerda Ilixo shahrini qurishga kirishadi. So‘ngra Amudaryo bo‘yidan boshlab G’arbiy, Sharqiy Turkiston, Farg‘ona mamlakatlarini qo‘lga kelturgach, O’rta Osiyoga podshoh bo‘lib, bu yerlarda sakson necha yil saltanat surmishdur. Buning davlati zavol topib Ilixo, Bolosog‘un shaharlarining paydo bo‘lish voqealari esa, bu kitob boshida yozilgan edi. Shuning uchun bu o‘rinda qaytarishni lozim topmadim.
Gurxon davlatchiligi zavol topib, taxminan qirq necha yil o‘tgan so‘nggida, butun dunyoni titratgan Chingiz dahshati boshlanib, jahon chopuli natijasida olgan mamlakatlarini to‘rt o‘g‘liga bo‘lib, taqsim qilmish edi. Hozirgi O’zbekiston, Sharqiy Turkiston bilan o‘rtancha o‘g‘li Chig‘atoy bahodirga berilmishdur. Ilgargi Turkiston odati bo‘yicha, Chig‘atoy bahodirning saltanat taxtiga birinchi o‘ltirishi qoraxoniylar poytaxti Talas (Jambul) shahrida bo‘lgan. Keyinchalik uni Ili o‘lkasiga ko‘chirib, shu kungi G’ulja shahridan sakson chaqirimcha bo‘lgan «Qo‘rg‘os mozor» deb atalgan Olmalig‘ shahrini poytaxt qilmishdur. Mana shu kundan boshlab, Olmalig‘ shahri Chig‘atoy xonlariga poytaxt bo‘lib keldi. Bu oila hukmdorlarining eng so‘nggisi To‘g‘luq Temurxon vafot topgach, uni shu yerga qo‘ydilar. Lekin bu kunlarda Olmalig‘ degan eski oti unutilib, Qo‘rg‘os mozor deb atalmishdur. 1945 yili topilgan oltin kumush tanga aqchalarida arab harflari bilan «Zar Olmalig‘» deb yozilgan so‘zlarni o‘zim o‘qimish edim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:07:40
Hijriy 762 da chingiziylardan Olmalig‘dagi To‘g‘luq Temurxon butun Turon Turkiston o‘lkasini o‘ziga qabul qilgan so‘nggida, o‘g‘li Ilyosxo‘jani ularga xon, Temur sultonni unga vazir belgilab, o‘zi esa poytaxti Olmalig‘ga qaytmish edi. Shahar noz ne’matlarini tatishmagan, turmush madaniyatidan yangigina bahra ola boshlagan, xonlari boshliq Chiyna amirlari birdaniga Turon kabi jannat misollik joylarga ega bo‘lganliklaridan har tomonlama maishatga berilib, o‘zlarini to‘g‘ri tutolmadilar. Buning ustiga xon bo‘lmish Ilyosxo‘ja bir mamlakatni boshqara bilgudek aql siyosati bor, ishga yaramlik kishi emas edi. Xaiqarlik xonlari o‘zlariga qo‘shilib yordamchilari bo‘lgach,
unga suyanishib, kishi aytishga jirkanarlik zulm, xiyonat ishlarini qilishga kirishdilar.
Biroq ulug‘ xon tomonidan vazirlik mansabi berilgan sulton Temur yoshligidan tortib diyonatparvar, adolatsevar bo‘lgani uchun qattiqqo‘llik bilan ularni bu zulmlaridan qaytarishga turdi. Temur sultonning insonparvarlik bilan qilgan bu ishiga u axmoq zolimlar chidayolmay, uning ustidan yo‘q tuhmatlar qilishib, «Temurning bizga bo‘ysung‘usi kelmaydi, ko‘p ishlarda bizga to‘sqinlik qiladi, u o‘zi xon bo‘lg‘usi bor, butun mamlakat xalqi uni yaxshi ko‘rib yoqlaydilar. Ulug‘ xonning kichik xon yorliqlariga e’tibori kam bo‘lganligi sababli bizning ishlarimiz ko‘p olg‘a ketmayapti», deyishib, shunga o‘xshash, xonning g‘azabini qo‘zg‘aydigan so‘zlar yozilgan holda poytaxt Olmalig‘ga arz tushirmish edilar. Buni ko‘rgach, To‘g‘luq Temurxon sharqdagi chingiziy xonlari ichida birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan dindor, aqllik kishi bo‘lsa ham, O’rta Osiyo xonligini qo‘ldan chiqarmaslik uchun, aqlga qarshi o‘laroq, Temur sultonning o‘limiga buyruq yuboradi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:10:42
Bu xat yangidan ish boshlagan Temur sulton qo‘liga tushib qoladi. Buning ustiga vahshiyona ravishda qili-nayotgan mo‘g‘ullar zulmiga chidayolmay butun Buxoro, Farg‘ona ulamoyu mashoyixlari: «Agar bizlarni Tarag‘ay bahodir o‘g‘li Temur mo‘g‘ullar zulmidan qutqarar ekan, biz uning boshiga toj qo‘ndirib, oltin taxtga mindirgan holda o‘zimizga shar’iy podshoh ko‘taramiz», degan butun xalq tilidan shar’iy fatvo chiqarib, Temur sultonga topshirmish edilar.
Bunga ko‘ra bu jahon qahramoni, islom olamining ulug‘ qo‘mondoni, butkul turk ulusining faxrlanarlik buyuk sultoni, Qur’ondagi «Allohga va uning payg‘ambari Muhammadga va ham o‘zinglardan bo‘lgan podshohlarga itoat qilinglar», degan Alloh hukmicha, Turkiston va boshqa bo‘ysung‘an mamlakatlarga haqiqiy shar’iy va qonuniy podshoh ekanligi shak shubhasizdir. Buyuk voqealar orqalik bu qahramonning butun olamga atog‘i chiqib, dong‘i ko‘tarilib, butun dunyo xalqi tillarida uning tarixi doston bo‘lgandur. O’zining kimligini tanitib, uning kim ekanligini bildiruvchi turkiy tilida o‘zi yozgan «Temur tuzuklari» va boshqa qonunnoma asarlari esa bu qahramonning qandayin ulug‘ dohiy ekanligi uchun, eng kuchlik guvohlardir. Shunday bo‘lg‘ach, qaysi bir kishiligi yo‘q, o‘z sharafini bilmagan, bu gavharni qora toshdan ajrata olmagan olchoq odamlar, madaniyat tashlandiqlari, insofsiz yolg‘onchi yaloqchilar, o‘zlarining iflos ta’na tillarini bu qahramonga tekkizib, unga ziyon yetkiza oladilar?!
B a y t:
Jarqanoq yo‘q der ekan yog‘du quyoshning nurini,
Qancha ko‘p aytganlaridan nuri kam bo‘lmas quyosh.
Ko‘rlar bozorida yo‘qdir so‘rovchi surmani
Dardi yo‘qlardin topilmas ko‘zlarida tomchi yosh.
Aslida javhar ko‘ran ermas ekandur har kishi,
Qayda bilgay parqini gavharmidur yo qora tosh.
Ilmu hikmat durlarini sochma nokas oldida,
Kirma, ul majlisgakim, iflos oyog‘lar bo‘lsa bosh.
Gul hidi sassiq emish o‘sroq qo‘ng‘izlar burniga,
So‘zi sassiqdan yiroq yur, xoh qaridur, xohi yosh.
Uzma umidni Sog‘uniy, yetkazur Tangrim sani
Tarqalur olam aro bir kun haqiqat bo‘lsa fosh.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:12:06
Ilgari keyin mening bu kitobimni o‘quvchilarga ma’lum bo‘lg‘aykim, Temur sultonni yoqlab yuqoridagi so‘zlarni yozishimning sababi shulki, jahongirlar boshlig‘i qahramon Temur sulton 36 yillik saltanat davrida, qisqacha bo‘lsa ham qondurg‘udek o‘z tarjimai holini yozmish ekan; unga qo‘shimcha qilib davlat tutish tartiblari, askariy yasoqintizom qonunlari to‘plamini ham yozib, uni «Temur tuzuklari» deb atamishdir. Temur tomonidan yozilgan bu asar, aslida, o‘z tili turkcha yozilgan bo‘lsa ham, so‘nggi Bobur avlodi zamonlarida forschaga tarjima bo‘lmishdir. Bu «oltin kitob» o‘z zamonasiga ko‘ra siyosiy, harbiy yasoqlar qonunnomasi bo‘lganliqdan, Temur shahzodalari uni qizg‘anishib, yoshirib saqlamish edilar. Taxt talashgan shayboniylar temuriylarni yengandan keyin, mirza Bobur podshohlikdan ajrab, xazinalarini tashlab qochgan bo‘lsa ham, unga rahmatlar bo‘lsin, bu kitobni u dushman qo‘lida qoddirmay olib ketmish ekan. Biroq Hindistonda uzun yillar davlat tutgan uning nabiralari turk tilini unutib, majburiy ravishda urdu, forsiy tillik bo‘lganliklari uchun bobolari Temur sulton asari «Temur tuzuklari»dan foydalanmay qolmish edilar. Shunga ko‘ra, bu kitobni u avloddan qaysi birovi ekan, forschaga tarjima qilishga buyurmish edi.
Bu gavhar kitob ilk vaqtida yoshirin saqlanib, so‘nggi kunlari esa forscha bo‘lib qolgani uchun, shu kunlargacha o‘z ulusi, o‘z merosxo‘rlari undan foydalanishi buyon tursin, balki, Temurning bunday kitob yozganligini, ba’zi haqiqiy tarixchilardan boshqa, hech kim bilmagan edi. Mana shundan foydalangan dushmanlar va ham ularning yaloqchilari bu jahon qahramoni haqida har turlik aqldan tashqari nohaq tuhmat so‘zlar yozib, matbuot orqali butun xalq ichiga tarqatmish edilar. O’z tarixini tanimaganlikdan bularga qo‘shilganlar orasida o‘z sharafini bilmagan, olimsifat yerlik axmoqlar ham oz emas edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:20:09
Shunga ko‘ra «Temur tuzuklari» nomli bu qahramon asarni qo‘lga keltirib, 1962 yili forschadan o‘z tili turkchaga tarjima qildim. 1967 yili O’zbekistonda yangidan chiqa boshlagan «Guliston» jurnalida bosilib, butun O’zbekiston xalqiga tarqalgach, o‘z tarixini tushunmagan Tojikiston «olimlari» atalmish kishilar tomonidan tarjima ustida va ham Temur sulton haqida nohaq hujumlar boshlangan edi. Unga qarshi biz ham suyakka sanchilg‘udek aqliy va naqliy dalillar bilan javob qaytarib, hammani qanoatlantirgan so‘nggidagina, ularning eshaklari loyga botib, o‘zlari taslim bo‘ldilar. O’sha botqaq o‘ylarida o‘zlari tutqaloqdan tollaslayotqan chog‘larida, shu yozayotgan «Turkiston qayg‘usi» tarixi voqealari Temur ustiga yetgach, u adabsizlarning ahmoqona so‘zlarini eskarib, o‘quvchilarni shubhadan chiqarish uchun bu o‘rinda yozdim. Tarix yozuvchilar yaxshi yomon, bo‘lgan o‘tgan voqealarni bo‘lganicha-boricha haqiqati bilan yozib qoldirishlari ularning o‘z vazifalari bo‘lganliqdan, bu ham foydadan holi bo‘lmasa kerak.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Temur sultonning ulug‘ himmati, uning chekinmas chidami orqalik butun Turon Turkiston musulmonlari mo‘g‘ullar zulmidan qutulgan bo‘lsalar ham, ikkinchi bu tomonlardan umidlari uzilishi uchun qochganlar orqasidan taqamish qilib quvlagani turdi. Tolas, Merki, Ashmara orqali o‘tkazib, shu surganicha Issiqko‘l, Qorako‘l, Qarqara yo‘llari bilan Tekasga tushdi. Bu yerdan quvlaganicha Oqsuv, Ko‘ksuv, Ag‘iyoz oshuvlaridan oshib, mo‘g‘ullar orqasidan yurib o‘ltirib, ulug‘ Yulduz yayloviga yetib to‘xtadi. Qarasa, qochgan mo‘g‘ullar bu yerda ham turisholmasdan, Ilyosxo‘ja askarlari tushtushga tarqalib qochmish edilar. Buni anglag‘ach, nabirasi Mirzo Ulug‘bek qo‘mondasida 10 ming askar tayinlab, Oltoy tomonga qochgan Ilyosxo‘ja o‘g‘li O’g‘lonxon ortidan quvg‘in qildi. Qochganlar esa, tiniqqan ot minganlari uchun quvlovchilarni yetkazmay, Irtish suvidan o‘tib ketdilar. Bular ortidan yuraverish xatarlik bo‘lganlikdan, Mirzo Ulug‘bek shu yerdan qaytib Yulduzga keldi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:20:41
Bu ulug‘ yaylovda eruv qilib, qirq kun o‘tkuzganlaricha qochgan, pisgan mo‘g‘ullar har tomondan to‘p-to‘p bo‘lib kelishib, o‘z odatlaricha bosh qo‘yib, tiz bukib, barilari qullik bildirdilar. Shu bilan dushmani yengilib, butun ishlar o‘z o‘rnida bajarilib ko‘ngli tinchigach, zafar bayrog‘ini ko‘targanicha shon-shavkat bilan xon o‘rdusi, To‘g‘luq Temurxon poytaxti Olmalig‘ga qarab qaytdi.
Jahongir Chingiz o‘rdusi birinchi qurilishida shu kungi qizil Mo‘g‘uliston markazi hisoblangan O’lan Botir yaqinidagi Qoruqurum degan joyda qurilmish ekandur. So‘ngra, bu avloddan qaysi birlari tomonidan u yerdan ko‘chirilib, G’ulja shahri boshida, hozirgi Qo‘rg‘os atalgan Olmalig‘ga keltirilmish edi. O’sha kundan boshlab, Temur sulton davriga kelguncha, butun Turon Turkiston mamlakatlariga markaz bo‘lib, mo‘g‘ul xonlari buyruq yorliqlarini ot ulov choparchilari orqali shu yerdan yuborib turdilar. O’tgan xonlar urug‘ aymog‘lari, ularning eng so‘nggisi To‘g‘luq Temurxon oilasi bilan butun davlat arboblarining qochmay qolganlari shu yerda edilar. Xazina dafina, turlik asbob uskunalar o‘z vaqtida Markaziy Xitoydan keltirilgan oq tosh, ko‘k toshlar kabi xitoy, mo‘g‘ul hoqonlaridan qolgan taxt toshlari, bulardan boshqa butun mamlakatlardan jahongir Chingiz davrida va undan keyingi vaqtda ham talab tortib kelturilgan turlik narsalarning qoldiqlari shu Olmalig‘dagi xon saroyi xazinasida to‘planmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:21:07
Temur sulton dushmanlarini tor mor qilib, g‘olibiyat bayrog‘ini ko‘kka ko‘targan holda shon sharaf bilan Olmalig‘ xon o‘rdusiga kelib tushdi. Bu yerga kelgach, birinchidan, mo‘g‘ullar ichida o‘z o‘rnini mustahkamlash, ikkinchidan, «Xonlar Chingiz avlodidan bo‘ladi», degan butun turk uluslari oldida buzilmas qonun hukmini olgan so‘z kuchini yumshatish uchun, To‘g‘luq Temurxonning bekachasini shonliq to‘y tomoshalar o‘tkazib, o‘z nikohiga oladi. Uning o‘z o‘rnida qilgan shu tadbiri bilan mo‘g‘ullar dushmanliklari do‘stlikka aylanib, xon qizini olgani uchun Temur sultonni «Ko‘ragon» deb ataydilarki, mo‘g‘ulcha kuyov demakdir. Shu bilan uzun yillardan beri yig‘ilib yotgan Olmalig‘ xazinasini yig‘ishtirgan so‘nggida, yangi xonim Turkon og‘achani sep sedri, zebziynatlari bilan poytaxt Samarqandga olib qaytmoqchi bo‘ladilar. Butun dunyoga otag‘i chiqqan jahongir Chingizxonning nabirasi, ulug‘ hoqon To‘g‘luq Temurxonning qizi bo‘lg‘ani uchun, mo‘g‘ullarning rasm odatlari bo‘yicha buyuk hashamat ko‘rsatib, xonimning tarog‘i va sirg‘asini oltin ukaklarga (qutilarga, idishlarga) solishib, hurmat atag‘i chiqarish uchun o‘rdu saroy soqchilaridan har birini yuztadan ikki yuz qalmoq keziklashib (galma-galdan) ko‘targan holda Samarqandga yetkazmish edi. O’sha kundan boshlab, taroq ko‘targanlar taramochi, sirg‘a ko‘targanlar sirg‘ali deb atalib qoldi.
Shu kunlarda ham Samarqand shahri atrofida «Sirg‘ali», «Taramochi» nomida ikki urug‘ o‘zbeklar yashamokdadir. Yana Chingiz zamonida ustiga taxt o‘rna-tilgan, xalq og‘zidagi tarixiy oqtosh, ko‘ktoshlarni, har birining o‘ziga loyiqlab yasatilgan aravalarga soldirib, ularni ham Samarqandga keltirmish edi. Anglashimizcha, oqtosh Samarqand Temur o‘rdusida shu kunga davr saqlanib kelgan bo‘lsa ham, ko‘ktosh, Samarqand ruslar tomonidan bosib olingach, uni Temur sultonning taxti o‘rnida ko‘rishib, Peterburg muzeyiga yuborilgan degan xabarni anglamish edik. Har qanday bo‘lar ekan, O’zbekiston muzeyxonalarini ziynatlashga loyiq tarixiy esdaligimiz boshqa ahamiyati qolmagan bo‘lsa ham, o‘z egalari qo‘lida bo‘lishi lozimdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:25:57
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. G’uljaga kelganimizda tushgan kishimiz esa, bizning bir yurt, bir mahalla qadrdon og‘aynimiz bo‘lgani uchun, bu yerdan boshqa yoqqa chiqishga rozilik berishmadi. Bularning roziligiga qarab, yarim yilga yaqin shularnikida turib qoldim. Qarasam, sovet Rusiyasi tomonidan u yerga ham har yoqlama iqtisodiy tuzoqlar qo‘yilib, sayyodlik to‘rlari har qadamda tortilmish ekan. Dahriylar davlati qurilgan kunidan boshlab, men G’uljaga o‘tgan 1931 yilgacha siyosiy tomondan butun sovet xalqi cheksiz og‘irchiliklar kechirgan holda, iqtisodiy tomondan ham eng qattiq qismchilik ko‘rmoqda edilar. Shunga qaramay, iqtisodiy borliq narsalarini ko‘z bo‘yov qilib, atrofga, ayniqsa G’uljaga chiqarmish ekandir.
Endi bu yerda yashovchilar esa, ko‘pchiligi uyg‘ur musulmonlari bo‘lib, bulardan tashqari tungon, qirg‘iz, qalmoq, qozoq, shiva, sulun, oz bo‘lsalar ham bu yoqdan borgan o‘zbek, o‘ris, no‘g‘ay qochoqlari bor edi. Bu musulmonlar ichida no‘g‘oylar, ko‘pchiligi diniy tomondan bor yo‘q orasida bo‘lsalar ham, zamonaviy tushunchalarga ega kishilar edi. Qolganlari cheklik ma’lumot egalari, uch to‘rt kishidan boshqa boshdan oyoq barchasi qora botqoqqa botmish edilar. Ayniqsa, shu yoqdan borgan ko‘ngli ko‘r o‘zbek boy savdogarlari hech narsa ko‘rmaganday bo‘lishib, parvonalar kabi savdo «olovi» atrofida aylanmoqda edilar.
Shundoqki, islom shariatida aroq ichish musulmonlarga qanday harom qilingan bo‘lsa, undan foydalanib tijorat qilishlari ham, qat’iyan harom qilinmishdur. G’uljaga kelganimizda anglamish edik, sovetdan o‘tgan mollar ichida eng ko‘p foyda chiqadigan narsa ichimlik ekandur. Shuning uchun haromxo‘r boy savdogarlar buni ko‘rganda boshqa mollarga qaramay, oz haloldan ko‘p haromni ortiq ko‘rishib, shunga kirishganlikdan ko‘plarining qilgan tijoratlari haromga aylanmish edi. Axiri «Al habiysotu lil habiysin», ya’ni «palit palitga? degan Qur’on oyati mazmunicha, uzundan beri yig‘ilib kelgan harom mollari, o‘z loyig‘i haromxo‘rlar og‘ziga tushib tugadi. Qur’on-da: «Innolloha lo yug‘oyyiru mobi qovmin hatto yug‘oyyiru ma bi anfu sihim», ya’ni «Bir millat o‘zlariga yuklangan Alloh hukmini o‘zgartmaguncha ularga bergan ne’matni Alloh ulardan olmaydi», demakdur. Qisqasi, qilma deganni qilib, qil deganni qilmaganlar, Alloh hukmini buzib o‘zgartiruvchilardur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:26:30
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Ili o‘lkasi Chingizdan ilgari Gurxon davrida ko‘p obodon bo‘lganligi tarixlardan va ham ilgari buzulgan shaharlar harobalaridan ko‘rinib turadi. G’ulja shahri atrofida bir necha harobalar bordirkim, eskidan qolgan har turlik oltin asboblar, tanga tillalar ko‘p chiqqanlikdan yerlik xalq u yerlarni Oltunliq deb ataydilar. Shu kunlari bo‘lsa har yokdan, ayniqsa, ichkari Xitoydan keluvchilar qazishib, bu yerlardan ko‘p narsalar topib olmokdalar.
Bu oradan 80 necha yil o‘tib, Gurxon davlati yiqilib, bu yerlar harob bo‘lgan so‘nggida, Temuriylar davriga kelguncha, uzoq yillar chingiziylarga markaz poytaxt bo‘lganligini yozmish edik. Biroq, bu taxt egalari Chingiz avlodining birinchi hoqoni Chig‘atoy bahodir boshliq, eng so‘nggisi To‘g‘luq Temurxonga kelguncha, shu oiladan o‘tgan boshqa hoqonlar kabi Oqsaroy, Ko‘ksaroy yasatib, unda taxt qurib o‘ltirmasdan, ilgarigi ko‘chmanchi turklar odaticha, kiygizdan yasalgan oq o‘tovlarda O’rdu qurib o‘ltirmish edilar.
Yozgi, kun isigan chog‘lari hashamatlik Oq o‘rdularini Xontangri (Hozirgi Boroxoro tog‘ tizmalari) tog‘larining keng yaylovlariga ko‘chirgan bo‘lsalar ham, qish kunlarini shu poytaxt Olmalig‘ning oddiy uylarida kechirish ularning odatlari edi. Shuning uchun Qo‘rg‘osdagi To‘g‘luq Temurxon qabri ustiga yasalgan peshtaxtadan boshqa, eskilik asarlaridan ko‘zga ko‘ringudek narsa yo‘kdur. G’uljadan 20 chaqirimcha janubiy kun chiqish tomonidagi qamishlik to‘qay ichida aylanasi 15 20 gektar kelgudek 5 6 yasama ko‘llarning o‘rni ko‘rinib turadi. Bular esa o‘z davrida o‘tgan turk, mo‘g‘ul xonlari tomonidan qazdirilmish ekandur. G’oz, o‘rdak kabi turlik suvsar ov qushlari suvga tushganda ko‘l aylana chopishib, xonlar zamonlariga ko‘ra eng qizg‘in ko‘ringan shikor ovi o‘tkazar ekanlar. G’uljada marhum Saidhoji og‘aynimiz mehmon chaqirib, uyiga chiqqanimizda Qoynuq tomonidagi eskidan qolgan Oltunliq harobalarini, yuqorida yozilgan suvsar ko‘llarini ko‘rib, ulardan anchagina tarixiy ma’lumotlar olib, yaxshi ta’sirlanmish edim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:30:33
«Fasiyruv fil ardi fanzuruv osorolloh», ya’ni «Yer aylanib sayohatp hilinglar, unda uchragan narsalarga ibratp ko‘zi bilan qarab foydalaninglar», degan Qur’on amricha, himmatplik ilm egalari, millatpsevar Vatpan o‘gillari imkoniyatp boricha ichki tpashqi, ayniqsa, xorijiy mamlakatplarni sayr sayohat qilib, ulardan har yoqlama ibratp olishlari, albatta, lozimdur. Boshqalarni ko‘rib uygonmoq, ulardan ulgu olib himmatplari qo‘zjlmoq kabi ishlar esa, insoniyatp olamida bo‘lish imkoniyatpi bordur. Ammo sovetp tpuprogida yashovchi erksiz insonlar bu kabi ulug ne’matplardan mahrum. Davlatp josuslaridan boshqa hech kimga chiqish ruxsatp etpilmaydi.
Yana bu o‘lkaning irmog‘i hisoblangan Ili daryosi esa, suv ko‘paygan kunlarida Sirdaryo cho‘nglig‘icha bo‘lib, boshqa vaqtlarda ham undan kemasiz o‘tish mumkun emasdur. Bu suvning boshi uch orolga bo‘lingan bo‘lib, birinchisi Tekas tog‘lari, G’uljaning janub tomonida; ikkinchisi Kunas, to‘g‘ri sharkda; uchinchisi Qosh, sharq-shimoldadir. Shu uch orol tog‘laridan to‘kilgan uch irmoq qo‘shilg‘ach, Ili daryosi hosil bo‘ladi va to‘g‘ri g‘arbga qarab oqqan holda Bolqash ko‘liga quyiladi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:31:35
Jahongir Chingiz davridan boshlangan davlat egalariga Ili o‘lkasi, Olmalig‘ shahri markaz poytaxt bo‘lgani uchun, u hoqon avlodlari davrida bu joyda atrofdan kelgan islom ulamolari ham oz emas edi. Ayniqsa, Chig‘atoy bahodir o‘zi islom diniga kirmagan bo‘lsa ham, uni yaxshi ko‘rganlikdan boshqalarga to‘sqinlik qilmagan, uzoq yaqindan keluvchi ulamolarga hurmat ko‘rsatilar edi. Shuning uchun «yaxshilar siylangan yerda yig‘iladi» deganday, atrofdan kelgan olimlarga Olmalig‘ shahri markaz hisoblanmish edi. G’uljaning g‘arbiy janubida «Xo‘nuqoy mozor» degan qishloq bo‘lib, mashhur imom Sakkokiy qabri shu yerda deb onglamish edim. Bu kishining vafoti 626chi hijriyada bo‘lganiga ko‘ra, Chig‘atoy bahodir davriga to‘g‘ri keladi. Yana bolosog‘unlik «Suroh» tarixiy asar egasi Jamol Qarshiy Olmalig‘ xoni saroyida ilmiy xizmat ko‘rsatib turganini o‘z sayohatnoma kitobida yozmishdur.
Yalpi Ili tuprog‘i esa, har turlik dehqonchilik, chorvachilik ishlariga to‘lig‘i bilan el berishlikdur. Ayniqsa, bug‘doy ekinida eng bo‘lig‘i birga yuz yigirma keltirganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Olmalig‘ atroflari egizligi Himolay tog‘laridan keyingi Tyan-Shan, Xontangri ulug‘ tog‘lari bilan o‘ralg‘anliqdan, dunyo bo‘yicha kenglikda birinchi otalgan Yulduz, Qunduz, Kunas uning uzoq yaylovlari hisoblanadi. Shu kabi Tekas, To‘qqiztara, Muhurjirg‘alan, Ko‘kyaylov, To‘rayaylov degan ko‘rsa ko‘z yayraydigan yerlar esa, Olmalig‘ atrofini o‘ragan yaqin tog‘ yaylovlaridir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 04:33:46
Tarixlarda turk beshigi atalgan Bolosog‘un, Issiqqo‘lning tog‘larida So‘ngko‘l, Manokeldi, Maxmal, Susamir degan yaylovlari bo‘lsa ham, Olmalig‘ yaylovlariga ko‘ra torlikdan boshqa yana siyosiy tomonlariga ko‘z solib, Chingiz avlodi hukumat poytaxtlarini Jung‘oriya markazi Olmalig‘da kurmish edilar. Bu o‘lkaning jug‘rofiy tomoni esa, sharqdan G’o‘biy cho‘li, g‘arbdan Oltunemar tog‘lari, janubdan Tyan-Shan Muzdovoni, shimoldan Oltoy tog‘lari bilan cheklanadi. Buning siyosiy tomoni: qoraxitoy Gurxondan boshqa, turk ulusining birinchi hoqoni O’g‘uzxon davridan boshlab XUSh asrga kelguncha, Turkiston hoqonlari sharqda Xitoy, g‘arbda Turon, Eron, Bag‘dodgacha; shimol va janubda Qozon, Bulg‘or, Afg‘oniston, Hindiston mamlakatlariga hukmron edilar.
O’rta asrlar o‘tib, Ovrupoda ilm madaniyat ko‘tarila boshlangach, Kur’on hukmicha ulardan ulgu olib o‘rganishimiz lozim edi. Yo‘q, unga qarshi har yoqlama ilm ma’rifatdan ortda qolgach, butun mamlakatimizga, jannat misol ona Vatanimizga dini, tili boshqa bosqinchilar kelib bo‘ldi. Yolgizoq vatanimiz, hokimiyatimiz emas, qachonki xalq taqdiri butunlay kommunistlar qo‘liga o‘tti ersa, erk ixtiyorlaridan butunlay ajragan holda hech kim nafaqat bolachaqa, balki o‘z qora boshiga ham ega bo‘lolmay qoldi. Endi bundan birdan bir qutulish chorasi esa, zamonaviy ilm fanlarini to‘ligi bilan qo‘lga keltirib, qurollangan so‘nggida vaqti kelar ekan, Qur’on boshchiligi ostidagina musulmonlar ongliq ravishda qutulish harakatlarini qilar ekanlar, ana shundagina o‘zlarini bu balodan kutqaza oladilar. Bunday ishlarda esa avval Qur’on ko‘rsatgan yo‘l birlik, ittifoqlikni yaxshi saqlamoqdur. Ikkinchisi dushmanga qarshi turganda o‘limdan qo‘rqmaslikdur. Hech bir inson dunyoda abadiy yashamaydi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:03:22
QUMUL VOQEASI

Men G’uljaga kelgan kunlarimda Qumul (hozirgi Sinzyan uyg‘ur muxtor rayonidagi shahar) voqeasi yangidan boshlanib, xalq o‘rtasida har turlik shov-shuv so‘zlar ko‘paymish ekan. Qumul esa Urumchidan, taxminan, besh kunlik sharq tomonda bo‘lib, eski bir tarixiy shahardir. Buning atrofidagi 12 tog‘da 12 kand bo‘lib, bularda yashayotqan yarim ko‘chmanchi yerlik xalqlar esa, Qumul hokimi Vang xo‘jamning molchilaridur. Eshitishimizcha, xo‘jamning 100 mingdan ortiq har turlik chorva mollari ularning qo‘llarida boqilmoqda ekan. Butun tog‘liklar ota bobolaridan tortib, bu kishining chorvalari ustidan boqmachilik bilan kun kechirmoqda ekanlar. «Vang» demak, xitoy tilida kengashchi maslahatchi mazmunida bo‘lib, ba’zi bir kishilarga xitoy xonlari tomonidan aldab beriladigan oti ulug‘, suprasi quruq mansabdir. Bu tomonda G’ulja, Kuchar vanglari mashhur bo‘lsa ham, bulardan boshqa shaharlarda ham bu quruq unvonga ega bo‘lgan kishilar bordir.
Karl Marks: «Kommunizm maslagi madaniyat taraqqiyotining ajralmas natijasi» deganlikdan, bu adashgan hasadxo‘rning so‘ziga ko‘rlarcha ergashgan kommunistlar, ayniqsa, ularning ka’basi sovet Rusiyasi, nafaqat Sharqiy Turkiston xalqiga, balki butun Xitoy mamlakatiga qaysi yo‘sun bilan bo‘lsa ham, bu maslakni kirgizmoqchi edilar. O’z shiorlarida «butun dunyoda ezilgan xalqlarga yordam beramiz», deb jar chaqirgan bo‘lsalar ham, aslida, bu mazlum Sharqiy Turkiston xalqlarining ozodliklariga hech roziligi yo‘q edi.
Qumul vangligining boyligi va uning hech narsaga tushunmagan molchilari sonining ko‘pligi bu ishga el berishlik edi. Shunga ko‘ra, o‘lka markazi hisoblangan Urumchi shahridagi sovet elchixonasida bu fitna jamolg‘asi ko‘rilib, tegishli rejalar tuzilgandan keyin, inson iblislari orqalik ularga yoshirincha odamlar yuborildi. Qumul vanggining molchilari tayyorlangan so‘nggida, ular Xo‘janiyoz boshchiligida 1931 yili Xitoyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarmish edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:04:14
Men 1931 yili G’uljaga o‘tkanimda bu voqea xalq og‘ziga tushib, har turli xurofiy so‘zlar turlik tomondan tarqalmoqda ekan. Bu ishlar esa, kimlar tomonidan qurilayotganligi, buning ortidan qanday ishlar kelib chiqishi, bizga ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, boshqa hech bir kishining xayoliga kelib qo‘ymag‘anlig‘i meni hayratda qoldirmish edi. Uzoq emas, kechagina ko‘zlari ko‘rgan o‘lim og‘zidan ming xil mashaqqatlar bilan sovetdan qutulib qochgan necha minglarcha nodon boy savdogarlar va boshqalar, o‘z jallodlari tomonidan tortilgan iqtisodiy to‘rtuzoqlar atrofida och qolgan jonivorlar kabi timirskilab yurmoqda edilar. Bu qorabosganlar millat, vatan uchun hech qanday qayg‘urmas edilar. Dunyo do‘zaxini ko‘zlari bilan ko‘rgan bo‘lsalar ham, xayol o‘tmay uni yodlaridan chiqarib, hirs bilan dunyo to‘plash chorasiga kirishmish edilar. Sovet makkorlari bularni ko‘rgach, battarroq semirtirib so‘yishga tayyorlash uchun, iqtisodiy tuzoqlarni kun sayin oshirmoqda edi.
Oxir zamonda eng olchoq yomon odamlar kim?, deb so‘ralganda: «Birinchi din sotgan johil olimlar. Ikkinchi ochko‘z, piqsiq, tamaxo‘r boy va savdogarlar», degan payg‘ambarimizning so‘zlarini kitoblarda o‘qigan bo‘lsak, uning aniqligini ko‘zimiz bilan ko‘rdik.
Dunyoda kim yaxshilik ko‘rsa, o‘zining yaxshi mehna-ti sabablik Allohdin bo‘lur, agar yomonliq ko‘rar ekan, albatta, uni o‘zidan bilsin, o‘zidan ko‘rsin. Chunki Alloh Kur’onda, pashambarimiz hadislarida musulmonlar uchun dunyo va oxirat davlatini topqudek yo‘llarni ochiq oydin ko‘rsatmish edi. Shu yo‘lda turar ekanlar ular ilm fan, madaniyat, taraqqiyot tarafdorlaridir. Jaholat islomiyatda qabih ishdur. Ovrupo madaniyatining rivojlanishi islom madaniyati haroblanishining natijasi bo‘lishida hech shubha yo‘qdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:05:05
Ushbu XX asr bo‘ylab bo‘layotgan, butun yer ustini qoplagan haqiqiy madaniyatsizlik, dinsizlik balosi insoniyat haqiga qanday haroblik keltirayotganligi, dinsizlik tufayli butun insoniy axloqlarning buzulganligi, ko‘z oldimizda ko‘rinib turadi. Ayniqsa, bu kabi dahshatlik dinsiz davlatlar qo‘l ostida yashamoqqa majbur bo‘lgan ikki Turkiston musulmonlari esa, nafaqat diniy, milliy, balki butun insoniy huhuqlaridan ham ajrashib, yutilish oldida turadilar.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday bo‘lib, Uyg‘uriston tuprog‘ida birinchi boshlangan buzg‘unchilik o‘ti atrofga uchqun tashlab, kundan kunga ko‘tarilib avj olg‘ani turdi.
«Islom ilm bilan yashasa, shundagina olam o‘ngla nadi», degan so‘zning haqiqati, u kunlari bizga gavdalanib ko‘rinmish edi. Chunki biz ikki Turkiston musulmonlari, ilmsizlik shumligidan o‘lchovdan tashqari necha yuz yillardan beri bosqinchilar jabr zulmlari ostida ezilib yotmoqdamiz. Ayniqsa, Sharqiy Turkiston xalqi ongsizlik ilmsizlikda birinchilikni oladilar. Shuning uchun zamona makkorlarining ko‘zboylov aldov ishlari bu yerda boshqa joylarga ko‘ra tezroq rivojlanmoqda edi.

Aslida, Urumchidagi sovet elchixonasidan ilhom olgan Qumul qo‘zg‘oloni yerlik musulmonlar ichida tezroq tarqalishi uchun bu makkorlar tomonidan unga diniy tus berilmish edi. Islom yo‘lida jonini qurbon qiladigan bechora musulmonlar boshqaga tushunmasalar ham, bu qo‘zg‘olonchilarni islom uchun chiqqan g‘oziylar o‘xshaydi deb, har yerdan bosh ko‘tarib, bularga qo‘shilgani turdilar. Buning ustiga Sharqiy Turkistonni bosib turgan mustabid Jang Junning butun idora (siyosiy, iqtisodiy, ayniqsa askariy) ishlarida xon zamonidan qolgan eski usullar qo‘llanganligidan o‘z qarshisiga qo‘yilgan sovet elchixonasi raqiblaridan har to‘g‘rilik yengilmish edi. Shundoqki, qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo‘llagudek quroli yo‘qligidan, qo‘shnilik qadrini oraga solib, o‘z dushmanidan qurol so‘ragach, «ish payti keldi» deb, darxol bir qancha qurol yaroq topshirmishdur. Jang Jun bu qurollarni olti aravaga yuklatib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo‘yilgan Qumuldagi xitoy askarlariga yubormishdur. Buning xabari allaqachon u yoqqa berilib, keraklik chorasi ko‘rilmish ekandur. Qo‘zg‘olonchilar merganlaridan pistirma qo‘yilgan tog‘ qisig‘iga aravalar kelganda, ikki tomondan o‘qqa tutib, xitoy askarini qoldirmay qirib, butun qurolini qo‘lga tushirmish edilar. Bularning hech kutilmagan bunday g‘alaba qozonishlari qo‘zg‘olonning kuchayishiga sabab bo‘lib, xitoy hukumatini qattiq tashvishga tushurdi. Shuning uchun burun sovet bilan urushib, Xitoyga qochib o‘tgan chor Rusiyasi generallari Dutov, Aninkovlardan qolgan oq ruslardan askar tuzib, shular orqaliq qo‘zg‘olonchilarni bostirmoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:06:20
Xitoylarning bu qilgan ishlari ham o‘zlari uchun foyda bermadi, chunki sovet elchixonasi tomonidan ilgariyoq bu ishlarning oldi olinib, kerakli choralari ko‘rilmish edi. Balki bu rus askarlari atrofdagi tinch yotgan musulmonlarga yo‘q bahonalar bilan ko‘p ziyonlar yetqizdilar. Bularning shu kabi teskari harakatda bo‘lishlari esa, elchixona tomonidan oldinroq uyushtirilib, uning natijasi kutilmoqda edi. Bu haqda qo‘llanilgan siyosatlari to‘g‘ri chiqqanligidan, tushunmagan yerlik musulmonlar bu ishning orti nima bo‘lishi bilan ishlari yo‘q, Xitoyga qarshi har yerdan bosh ko‘targani turdilar. Ayniqsa, Urimchidan uch to‘rt kunlik ot yurishida sharqi janubdagi Ko‘naturpon, Qoraxo‘ja, Tuyuq musulmonlari orasida Xitoyga qarshi ishlar ortiqcha qizg‘inlashmoqda edi.
Jang Jun hukumatining idora ishlari esa, xon davri qoldiqlari eski, chirik asosga qurulganlikdan, Xitoy hukumat arboblari har yoqlama zamonaviy talablarga ojizliklarini o‘z dushmanlariga sezdirmish edilar. Siyosiy ko‘rlik natijasidurkim, sovet konsulining maslahati bilan yaponlardin Manjuriya orqalik qochib o‘tgan, 20 30 mingga yaqin xitoy askarlari bilan Shing Duban (hozirgi Sinzyan uyg‘ur muxtor rayonidagi shahar) degan generalni keltirib, Jang Jun hukumati o‘z askarlariga bosh qo‘mondon qildi. Bundan sovet hukumati ikki maqsadni o‘z oldiga qo‘ydi:
Bu askarlar bilan yerlik qo‘zg‘olonchilarni bostirish, ularning o‘z huquqlariga erishishliklariga yo‘l qo‘ymaslik.
Yerlik qo‘zg‘olonchilarni bostirgandan so‘ngra Jang Jun hukumatini ham yo‘q qilishdan iborat edi.
Sharqiy Turkiston haqiqatda esa Xitoyning mustamlakasi bo‘lib, bu mazlum xalqlarning taqdiri uchun chor Rusiyasi qandoq siyosat tutgan bo‘lsa, sovet Rusiyasi ham shundoq siyosat tutdi. Ularning o‘z haqqoniy huquqlari uchun qilgan kurashlariga yordam berish u yoqda tursin, aksincha, ularni bostirishda Xitoy hukumatiga yordam berib keldi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:06:42
Jang Jun hukumatiga Shing Dubanning bosh ko‘mondon bo‘lib kelishi, Maskovning rejasi bilan bo‘lgani uchun, shu kundan boshlaboq Jang Jun hukumati o‘lim taxtasiga tortilib, ko‘milishga tayyorlanmish edi. Shing Duban Urumchiga kelib, o‘ziga tegishli ishlarni qo‘lga olgach, 1932 yili sovet hukumati 20 mingdan ortiq xitoyni (xunxo‘zoni) o‘tkazib, Shing Duban qaramog‘iga topshirdi. Bu makkor xitoy Urumchidagi sovet elchixonasidan ilhomlanib, bir yoqdan qo‘zg‘olonchilarga qarshi harakat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, asosiy topshiriq Jang Jun hukumatini tub tomiri bilan ag‘darib tashlab, o‘rniga Xitoy rahbarligida yoshirin «Qizil Uyg‘uriston» qurmoqchi edi. Shunga ko‘ra ikki tomonlama ish ko‘rsatib, hukumat markazi atrofida yoshirin inqilobiy siyosat yurgizgan bo‘lsa; kazak ruslari aralash xitoy qochoqlaridan kuchlik qo‘shin tuzib, surbetlarcha qo‘zg‘olonchilarga qarshi yubordi. Lekin, bular bo‘layotgan bu ishning tub negizini xalqqa tushuntirish o‘rniga, xitoy askarlari, ayniqsa oqlardan tuzilgan rus askarlar gunohsiz xalqni qirib, ularga qattiq jabrzulm ko‘rsatkali turdi.
Tashkiliy ravishda ochiq bir maqsadni oldiga ko‘yib, bir yerga suyangan holda ko‘tarilmagan qo‘zg‘olonlarda, albatta, shunday ko‘ngilsiz ishlarning bo‘lishi tabiiydur. Shuning uchun Ko‘naturponli Alamoxun, Momutoxun, Xilimhojilar boshliq bir necha obro‘ylik odamlar, musulmonlar tomonidan elchi bo‘lishib, Sharqiy Turkistonga chegaradosh Gansu o‘lkasining hokimi, xitoy musulmonlarining eng ulug‘ raislaridan Xo‘ju, Solar voliysi Mobufang janoblaridan yordam so‘rashib boradilar. Shundoqkim, «Sizlar bilan bizlar hammamiz bir musulmonlarmiz, kofirlar qilg‘an jabr zulmlariga chidayolmay sizlardan yordam so‘rab keldik. Qur’on hukmicha butun musulmonlar din qardosh, bir jon, bir tan bo‘lg‘anlikdan har to‘g‘rida, ayniqsa, bosqinchi kofirlar zulmidan kutqazish uchun birbirlariga yordam yetkazishlik shariatda farz bo‘lmishdur. Agar bizlarga yordam berib, shu bilan bosqinchilardan qutilar ekanmiz, albatta, kelgusida sizga bay’at beramiz», deb va’da beradilar. Bularning so‘zini onglag‘ach, o‘zaro kengash o‘tkazgan so‘nggida, o‘z inisi yoki akasining o‘g‘li jiyani, 25 30 yoshdan o‘tmagan Gasiling otliq yigiT qo‘mondasida to‘rt besh ming askar chiqarishga to‘xtam qildi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:06:59
Bu qahramon qo‘mondon oz bo‘lsa ham Yaponiya harbiy maktabida tarbiya topganligidan, butun askarlarini eng so‘nggi yapon harbiy tizimida tayyorlamish edi. Buning ustiga bu askar qo‘shini xitoy musulmonlari ichida dindorliq va qahramonliqda atog‘i chiqqan Xo‘ju, Solar tungonlarining fidoyi yigitlaridan qurilmish edi. O’zlarining bu safarlarini diniy jihot deb ishonganliklari uchun, butun musulmonlar va diniy olimlar tomonidan bu qahramon askarlarga: «Xudo yo‘lida jonfidolar» nomi berilmish edi. Shunga belgi bo‘lsin deb, katta harflar bilan o‘chmas siyohda, har bir askarning ko‘kragiga arabcha «Fiysabililloh» degan so‘z yozilmish edi. Bu qahramonlar ruhoniy diniy tomonlaridan qanday chingitilib to‘liqlangan bo‘lsalar, jismoniy tomonlari ham shu kabi tarbiyat topib, chingitilmish edi.
Manjuriya maydoni bo‘ylab yaponlarga qarshi qo‘yilgan Chan Kayshi askarlari ko‘p joylarda ulardan mag‘lubiyatga uchrab, orqaga chekinmish edilar. Lekin, islom nomusini saqlagan yolg‘iz shu qahramon bir necha o‘rinlarda qarshi dushmanlari yaponlarga qattiq zarba berib, shonliq g‘alaba qozonmish edi. Mana, shundoq ko‘tarinki ruh bilan turgan bu qahramonga Mobufang janoblaridan farmon bo‘lg‘ach, zulm ko‘rgan Sharqiy Turkistondagi musulmon din qarindoshlari yordamiga chiqmishdur. Elchilar boshlig‘i Alamoxun, Xilimhojimlar qolovuzligi bilan 8 kunlik o‘zan Shin Shisho qisig‘idan o‘tib, bir necha ko‘nalg‘uliq keng maydondan kesib o‘tar chog‘ida; bu ishdan xabar topib, qarshisida kutinib turgan Shing Duban askarlari hech qanday qarshilik qilolmasdan, birinchi to‘qinishdayoq orqaga chekinib, bosh olomon qocha boshlaydilar. Shu kabi qattiq zarba yeb, mag‘lubiyatga uchragan Xitoy askarlari Qumuldan o‘tib, Gujungga kelguncha biror joyda qarshi turolmadilar. Qochgan dushmanni o‘z uyida quvib, Qumulda Xo‘janiyoz bilan ko‘rishib, u bilan ittifoq tuzish eng zarur bo‘lg‘anlikdan, Qumulga kirmish edi. Eshitishimizcha, ikkovi ko‘rishib, asl maqsad aytilgan so‘nggida, birlik ittifoqlik tuzishganlar; va’da buzilmasligi uchun qasam ichib, Kur’on ko‘tarmish ekanlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:07:28
Lekin Gasilingning bu qadar intizomlik, zamonaviy usullar bilan tayyorlangan qo‘shini to‘satdan chiqib qolishi, Kremlni ancha tashvishga tushirmish edi. Ayniqsa, bu ikki qo‘mondon ittifoqi, butun musulmonlarning islom yo‘lida qo‘zg‘alishlari uchun sabab bo‘lishi mumkinligi, ularda ayrimcha qo‘rqinch tug‘dirmish edi. Shunga ko‘ra, bu aldamchi makkorlar butun kuchlarini safarbarlikka keltirib, bunga qarshi chora ko‘rishga kirishtilar. Bularning eng birinchi qilgan ishlari esa, musulmonlarni qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham birlik ittifoqlarini buzib, bu ikki qora botirlarni biriga birini qarama qarshi ko‘yish edi. Har ikki tomonning qora nodonligidan foydalanib, ko‘p qiyinchilik ko‘rmasdanoq bu maqsadlariga tezda erishdilar.
Shundoqki, islom ruhida qo‘shilgan birlik ittifoqlari orqali, ikki qo‘mondon qo‘l ostidagi musulmon askarlari Qumuldan chiqib, Urumchidan 3 4 kunlik sharq tomonda bo‘lgan sapillik Gujung shahrini kelib qamal qildilar. Qal’abuzar qurollari, to‘plari bo‘lmasa ham, sapil ustiga yetkudek qilib, bir ikki yuz chamali shoti narvon tayyorlamish edilar. Oz bo‘lsa ham islom ruhida tarbiyat topgan, shahidlik ishqida o‘limni o‘ylamagan jon fido musulmon askarlari, ish ko‘rgan qahramon Gasiling qo‘moqdasidagi tungon askarlari boshliq, ko‘pchilik olomonlar «Ollohu akbar» sadosini ko‘kka ko‘tarib, dushman qal’asiga yopishg‘ali turdilar. Qal’a ustidagi dushman askarlari tarafidan otilgan to‘p to‘fonglarga, ular tomonidan ko‘rsatilgan har turlik qarshiliklarga qaramay, to‘rt besh soatlik qattiq jang so‘nggida Gujung shahrini oldilar.
O’z vaqtiga ko‘ra qo‘zg‘olonchi musulmonlarining bu kabi ulug‘ g‘alaba qozonishlari o‘lka bo‘ylab yashagan yerlik xalqning ruhini ancha ko‘tardi. Buning ustiga bu ikki qo‘mondon Gasiling, Xo‘janiyoz qahramonlig‘i el og‘zida doston bo‘lib, dushmanlarni ancha qo‘rqitmish edi. Haqiqatda esa, bu urushda ish ko‘rsatib, eng qahramonliq qilg‘onlar nizomiy askarlar boshlig‘i Gasiling va ham uning inisi Shusiling bo‘lib, bular farmonidagi fidoyi tungon askarlari edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:07:47
Ilgaridan beri bu yerda saqlanib kelgan eski qurol yaroq, urush uskunalari va ham Jang Jun hukumati qisilib qolgan vaqtda sovetdan olgan yangi qurollardan, eskisi yangisi bo‘lib 25 mingdan ortiqroq qurol yaroq o‘lja olinmish edi. Zamonaviy urushlarda esa, ko‘pincha hujumchi askarlardan ortiqroq chiqim bo‘lishi tabiiydur. Shunga ko‘ra yog‘dirib turgan o‘qqa qaramasdan Shusiling qo‘mondasida sapil ustiga hujum boshlagan tungon fidoyilaridan, qo‘mondonlari boshliq ko‘pgina askarlar qurbon bo‘lmish edi. Hech narsaga tushunmagan, jaholat balchig‘iga butunlay botgan Qumul, Turpon qo‘zg‘olonchilari boshlig‘i Xo‘janiyoz, Momutsiling o‘zlari qarshi urushayotgan Jang Jun bayrog‘i ostida va uning ortida kimlar mo‘ralab yotqanini qaydin bilsinlar! Makkorlar tarafidan atayin tashkil qilingan fitnachi ig‘vochilarning so‘zlariga tezdan aldanib, «Gujung urushidan olingan o‘lja mol, qurol jabduqlarni o‘rtada barobar bo‘lmadi, eskilarini qoldirib, yangilarini o‘zlari olishdi», degan fitna so‘zlar bahona bo‘lib, uyg‘ur tungon musulmonlarining ittifoqlari buzila boshladi.
Haqiqatda esa, bolani otadan ajratqudek buzg‘unchi sehrchilar ilhomi bilan Xo‘janiyoz, Momutsilinglarning miyalariga mansabparastlik o‘rnatilmish edi. Birlik ittifoqlik ustida ichgan qasamlari, ko‘targan Qur’onlari qayoqlarda qoldi? Shunga qarab hurmatini saqlamadilar. Anglashimizcha Gasiling o‘rtaga kishi qo‘yib, «Ular kelsunlar, ko‘rishib so‘zlashaylik, oramiz buzulg‘udek bizlardan biron ish o‘tgani yo‘kdir, atrofimizdagi kofir dushmanlarimiz butunlay o‘rab turgan shunday og‘ir kunlarda biz musulmonlar o‘zaro birlik, ittifoqimizni yo‘qotsak, Qur’on hukmini buzib dinimizga xiyonat qilib, o‘z qo‘limiz bilan o‘zimizni halokat chuquriga tashlagan bo‘lamiz», demishdur. Shu o‘xshash so‘zlar bilan oralaridagi qasam ichishib, Qur’on ko‘tarib qilishgan ahdu paymonlarining buzulishini eskartib, bularning ortidan qanday yomon ko‘ngilsiz ishlarning kelib chiqishini ko‘rsatib chaqirsa ham, ular qabul qilmaganlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:09:07
So‘z shu yerga yetganda,  o‘tmishdagi islom ulamolarimiz o‘rtalarida munozara maydoni bo‘lgan haqiqiy iymon, taqlidiy' iymon masalasi ko‘nglimga kelmish edi. Taqlidiy iymon Tangri oldida maqbulmi, yo maqbul emasmi? degan savol ustida to‘xtalishib, bu haqda ko‘p bahs-munozara qilmish edilar. Uzun tekshiruvlardan so‘ng, «Taqlidiy iymon zohir shariat oldida dunyolik hukmlar uchun qabul qilinsa ham, haqiqiy iymon bo‘lmaganlikdan Alloh qoshida maqbul emas», dedilar. Haqiqiy iymonlik odam xudo va rasulni o‘rtaga qo‘yib ont ichib, Kur’on ko‘tarib va’da bergan bo‘lsa, bunday ulug ahdni boshiga o‘lim qilichi kelsa ham buzmaydur. Agar buzar ekan, undaq odamning iymoni yuzaki, hali ko‘ngliga kirmagan, til uchida bo‘lib, munofiqlik alomatidur.
Agar haqlik kishi ko‘ngliga kirgani rost bo‘lar ekan, botillik belgilari ul odamdin, albatta, yo‘qolgusidir, chunki iymon nuri yoritgan ko‘ngil ichida kufr qorongusining turishi kunduz yorugi bilan kecha qoronguligining birga bo‘lishi demakdir. Ular nifoq va jaholatlik kasofatidan dushmanlariga aldanib, arzimagan, bo‘lmagan ishlar bahonasi bilan o‘zaro birlik ittifoqlarini buzdilar. Shuning natijasida bo‘layotgan ozodlik inqilobiy ishlariga ham qattiq zarba yetmish edi. Bulardan xalqning kutgan totliq xayoliy umidlari ham uzildi.

Shu voqeadan keyin 1931-1932 yillari yana uchta katta hodisa sodir bo‘ldi. Ul kunlarda men G’ulja shahrida bo‘lganim va bu hodisalar haqida to‘liq ma’lumot yo‘qligi uchun har birini ayrimcha tartibi bilan yozishga imkoniyat bo‘lmadi. Shuning uchun u voqealarni ilgari keyin bo‘lsa ham, yozib o‘tishga majbur bo‘ldim.
1. Yuqorida aytilganicha, sovet Rusiyasining siyosati Sharqiy Turkiston Uyg‘uristonni ham O’rta Osiyodagi O’zbekiston va boshqa yasama «ston»larga o‘xshatib, o‘ziga qo‘shib olish edi. Biroq, bu ishni yuzaga chiqarish uchun, eng avval uzun yillardan beri davom etib kelayotgan xon davrining qoldig‘i, Jang Jun hukumatini o‘rtadan ko‘tarish lozim edi. Shunga ko‘ra Kreml makkorlari hammadan ilgari bu ishni bajarish chorasiga kirishdilar. O’z o‘zidan chirib, yiqilishga yaqinlashgan Xitoy istibdod hukumati esa bularga qarshilik ko‘rsatish u yon tursin, o‘z jonlarini qutqazish uchun Urumchidagi sovet elchixonasi bo‘sag‘asiga bosh qo‘yib, omon qolmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:09:30
U vaqt yaponlarning dahshatlik hujumlari ostida butun Manjuriya o‘lkasidan ajrab, boshqa joylari taxdid qilinayotgan Chan Kayshi hukumati tomonidan yordam umidi butunlay uzilmish edi. Shuning uchun elchixona makkorlari ishlari qulaylashib, Jang Jun hukumatini o‘zlari orqali qochishga majbur qildilar. Shundoqki, Jang Jun 1933 yili qahraton qish sovug‘i, yanvar oyida Cho‘chak yo‘li bilan qochib, Rusiya orqalik markaziy Xitoyga ketdi. Buning so‘nggida Gujung urushida g‘alaba qozongan Gasiling, Xo‘janiyoz, Momutsilinglarni yuqorida aytilganicha, ittifoqlikka keltirolmagach, Urumchida bo‘layotqan o‘zgarishlardan foydalanmoqchi bo‘lib, markazni qo‘lga keltirish uchun, Urumchiga hujum boshlamish edi.
Sovet Rusiyasi elchixonasi makkorlari buni ko‘rgach, ishlatmoqchi bo‘lgan makp hiylalari buzilib ketishidan qo‘rqib, qattiq hayajonga tushmish edilar. Chunki, bu yerdan Jang Jun qochgandan so‘ngra sovet konsuli yordami orqalik yangidan hukumatni qo‘lga olgan Shing Duban, Gasiling hujumini qaytarg‘udek kuchga ega emas edi. Shunga ko‘ra o‘z maqsadini qo‘lga keltirish uchun markazdan yordam so‘ragach, yoshirincha oldindan tayyorlab qo‘yilgan va chegarada turgan sovet harbiy kuchidan keragicha kirgizdilar.
Zamonaviy qurollangan askariy kuchga, odatdagicha qurollangan Gasiling askarlari qanday qarshi tursin! Shunday bo‘lsa ham, «Fiysabililloh» so‘zi yozilgan, kafan o‘rnida liboslik kiygan, qahramon Gasiling qo‘mondasida bo‘lgan, fidoyi musulmon askarlari Urumchi ostonasida, ayniqsa, Sonji, Qutubi oralig‘ida kuchlik, qurollik bosqinchilarga qarshi qirq kun davomida ko‘rsatgan chidamliq qahramonliqlari tillarda doston bo‘lmishdur. Imkoniyat boricha kuch qudratlarini qo‘llaganliklari uchun, Alloh ulardan, albatta, rozi bo‘lg‘usidur. So‘ngra tabiat olamining qonuniga muvofiq, g‘alaba sabablari yetishmaganlikdan, bu qahramonlar oxiri chekinishga majbur bo‘ldilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:10:04
Shu orada Kuradagi (G’ulja bilan Suydung orasidagi shahar) 5-10 ming xitoy askari qo‘mondoni Jing Shurin Urumchida Jang Jun hukumati qamal ostiga olinganligini onglagach, yonboshida mo‘ralab poylab yotgan kuchlik dushmanidan xabari yo‘q, siyosiy ko‘rligidan o‘z holini chog‘lamay, Jang Junga yordam qilish uchun 5 ming askarni olib yo‘lga chiqmish edi. Doxi yongza va Jingdan o‘tar o‘tmas, Jang Jun qochib, Cho‘chak orqaliq chegaradan o‘tib ketganligini eshitgach, 5 10 kun sarson bo‘lib yo‘lidan qaytmish edi. Bular qaytib kelguncha, Qo‘rg‘os chegarasidagi qizil sehrchilar butun ishlarini bajarib, keraklik o‘rinlarni nishonlab qo‘ymish edilar.
Urumchi, G’ulja ikki ora aloqalari butunlay uzulganlikdan: «Gasiling askarlari g‘alaba qozonib, Urumchini olmishdur; yaqin kunlarda Ili o‘lkasiga ham qadami yetsa kerak», degan har turlik yolg‘on yashiq tashviqot xabarlari ko‘paygali turadi. Niyatlari Gasilingga yordam yetkazish bo‘lsa kerak, tungon qora 6otirlari bosh bo‘lib, har tomondan yerlik xalq bosh ko‘targali turadilar. Sovet Rusiyasi zulmidan qochib o‘tgan har yerlik tungonlar ham ularga qo‘shiladilar. Hamma fitna-fasod ishlarini uyushtirib, o‘z siyosatini o‘rinlatish uchun har yoqlama hiyla makr, to‘r tuzoqlarini torttirib, payt kutub poylab yotgan sovet Rusiyasi o‘z maqsadlarini tezdan qo‘lga keltirish uchun, kerak asboblarini tayyorlamish edilar.
Shundoqki, ko‘rinishda To‘rbog‘atoy oq ruslaridan yasama 600 chamali qizil askar, Urimchida Jang Jun o‘rnini egallagan Shing Duban tomonidan, Kuraga keltirilmish edi. Yana shu qatorda 42 post chegarasi orqaliq o‘tgan yoshirin sonlik qizil askarlar esa telefon simlarini sudrashib, dushman qarshisiga kelayotgan harbiylar kabi, to‘liq qurollangan holda tayyor turmish edilar. Asli kutilgan maqsad esa, Ili o‘lkasida birinchi askariy markaz o‘rnini olgan Kura qal’asini buzib, Jang Jun tayanchisi askar boshlig‘i Jing Shurinni qo‘lga tushirish edi. Shuning uchun xitoylarcha eng kuchli hisoblangan 6u qal’aning shimoliy darvozasi ostiga yoshirincha portlag‘ich qo‘yigan edi. Ustida arava yurgidek qalinliqda bo‘lgan sapil darvozasini, har ikki tarafidagi to‘pxonalari bilan, havoga ko‘tarib parchalab tashlamishdur. Buning ustiga haybat ko‘rsatish uchun, sovet Rusiyasi zambaraklaridan otilgan o‘qlar qal’a ichiga tushganidan tashqari, momaqaldiroq kabi gurkuragan aeroplan Kura shahri ustidan ikki uch aylanmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:10:30
Bunga qarshi apiyunchi xitoylar, xon davri qoldiqlari bo‘lgan u kundagi eski qurollarini ko‘tarishib, fil oldidagi pashshadek bo‘lib, qanday qarshi tura olsinlar! Chunki, hayot olamining qonuni bo‘yicha inson ishlari butunlay sababga bog‘liqdir. Buni to‘lig‘i bilan qo‘lga keltirmaganlar, mayli kim bo‘lsin uni egallab qo‘lga kelturganlarga, bosh egishga majbur edilar. Shunga ko‘ra, Jing Shurin kuchlik dushmaniga qarshi turishga ojiz qolgach, nochor, nima qilishini bilmay, nomardlarcha jon qutqarish chorasiga kirishadi. 1934 yili yanvar oylarida, yer ustini qor qoplagan qahraton kunlari, tun qorong‘usida mol mulk, xazina, bola chaqalarini dushman qo‘liga qoldirib, o‘z boshini qutqazish uchun Kura qal’asidan G’ulja tomonga qarab qochmishdir. Ertalab turganimizda qarasak, «Hay, Jing Shurin kechalab qochib, lov-lashkari bilan G’uljaning sharqiy tog‘ tomoniga o‘tib ketibdur», degan so‘z hammaning og‘zida eshitilmokda edi.
Dushman oldida bir hovuch chiqmaydigan fidoyi askarlariga qo‘monda berib, qahramon Gasiling, Shing Duban otiga bo‘yalgan kuchluk qizil askar qarshisida 40 50 kunlab qahramonlarcha chidamliq ko‘rsatmish edi. Nomard iflos xitoy ersa, butun Ili o‘lkasi chegara qo‘shinining bosh qo‘mondoni otag‘ini olgan, uzun yillardan beri xalq tuzini tatib, noz-ne’matlarini yeb ichib kelgan, uch to‘rt kun bo‘lsa ham qarshilik ko‘rsatolmay, qo‘yni bo‘riga topshirib, o‘zining qora boshini qutqazishga kirishmishdur.
Dovon yo‘llari qor bilan qoplanib, qatnov ishlari butunlay to‘silmish edi. Qish chillasi sovuq kechalari uzun tun bo‘ylab yurganicha, bir taranchi qishlog‘iga yetib qo‘nmish edi. Ertalab turib qarasa, qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar degandek, o‘zini orqa oldidan butunlay o‘ralib, dushmani qo‘liga tushib qolgandek ko‘rmishdir. Chunki orqaga qaytish imkoni bo‘lmaganidek, tog‘ toshlar qor bilan qoplanganliqdan oldiga yurish yo‘llari ham butunlay to‘silmish edi. Bunga qo‘shimcha, nomiga qo‘mondon bo‘lib, bu kabi ulug‘ vazifani bajara olg‘udek o‘zining qobiliyati bo‘lmagach, shunchalik dahshatni ko‘tarolmay, o‘zini yo‘qotib aqldan adashib qolmishdur. Mana shuning natijasida ertalab qanday bo‘lsa ham, tog‘ yo‘li bilan yurmakchi bo‘lib, ketayotganida oldidan kela-yotgan bekorchi bir odam qorasini ko‘rgach, «Hay, dushman oldimizda o‘xshaydi», deb yo‘q qo‘rqinchi bilan, kechasi yotgan uyiga qaytib kelmishdur. Kelishi bilan xayoli buzilib, ko‘p o‘ltirolmay ichkari uyga kirib ketgach, xayol o‘tmay «qars» qilib o‘q ovozi onglanmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:10:48
Atrofidagi odamlar yugurganlaricha kelishib qarasalar, o‘lar joyiga otib, chala bo‘g‘izlangan tovuqdek, qonga bo‘yalgan holda tipirlab yotibdur. Bu hodisa bo‘lgach, unga ergashib yurgan askarlari tush tushga tarqalib, qochishga boshlamish edilar.
Lekin qayoqdandurki, Jang Jun askarlaridan silinglari (ofitserlari) boshliq birmuncha askarlar kelib, bular bilan birlashgan holda G’uljaga qarab yurish qiladilar. Bu yerga kelgach, qurollangan tungoniy askarlar bularga qo‘shilib, Shing Duban tarafdori Xitoy xunxo‘zo askarlariga qarshi olomon to‘polon urush boshlagani turdilar. Tungon askarlari boshlig‘i xojulik qora botirlardan Madi degan kishi Turdioxun boy darvozasi oldiga oq bayrog‘ini tikib, uylarini askarlarga yotoqxona qiladi. Shunga o‘xshash qo‘zg‘olonchilarning askar boshliqlari G’ulja boylarining rozi bo‘lishi-bo‘lmasiga qaramay, ko‘plarining ortiqcha uylariga kirmish edilar. U vaqt sharoitiga ko‘ra, bu qilmishlari ular uchun zarurat bo‘lmish edi. G’ulja shahriga boshqa yoqdan kelgan, yoki yerlik bo‘lgan ko‘zga qarsharlik boylar hech yerga sig‘may, boshpana bo‘lguday bir joy topisholmay qolishdi.
So‘ngra sovet Rusiyasi tuzoqchilari bularni qo‘lga tushirmoq qasdida, xalqparvarlik qilgan bo‘lib, go‘yo qo‘shnilik hurmatini saqlab: «Ularni himoya qilishni sovet hukumati o‘zining muqaddas vazifasi hisoblaydi», degan so‘zlar bilan tuzoq ichiga don sepmish edi. Zahardan shifo, tikondin gul umidi bilan Turdioxun boy boshliq atoqli boylardan bir qanchalari kelajakdagi takdirlarini o‘z jallodlari qo‘liga topshirdilar. Yoshirincha sovet elchixonasiga kirishib, ulardan yordam so‘rab: «Shahar egasiz qoldi, talon taroj, urush talash bu joyda ko‘paygali turdi, xalqparvar sovet hukumatidan butun xalq yordam berishini umid qiladi», dedilar. O’zlari kutib turgan bunday yoqimli so‘zni anglagach, qonuniy ravishda bo‘lsun uchun, ko‘pchilik xalq tilidan talabnoma suratida xat yozdirib, qo‘l qo‘ydirib olmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:11:11
Bechora xalq, ayniqsa, vatandan yiroqda bo‘lgan, mol mulki, joy jumidan ajrab, siyosiy mas’uliyat orqali nohaq jazoga tortilgan, bu yozuvchi kabi qochoqlar uchun eng og‘ir kunlar tug‘ilmish edi. Har qanday ongsiz bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalq Qo‘rg‘os soyi u tomonida og‘iz ochib yotgan qizil ajdarhoga yutilishdan qo‘rqar edi. Xiyol o‘tmay, shu qo‘rqinchlik kunlar boshimizga kelib, 1934 yili yanvar oyining oxirlarida «qo‘shnilarimizni saqlaymiz», degan bahona bilan chegarada kutib yotgan, to‘liq qurollangan sovet askarlari kira boshladi. Yo‘l bo‘yicha qarshilik ko‘rsatganlarni otib, yanchib oz fursat ichida G’ulja shahriga kirib, uch darvoza atrofida joylashdilar.
Bu yokda esa Gasiling tarafdorlari bo‘lgan tungonlar va Jing Shurin, Jang Jundan qolgan, chirigan, eski cheriklar ikkiga bo‘linib, yarimi Harambog‘da qolgan, ko‘pchilik tungonlar esa To‘pado‘ngda Shing Dubanga qarshi, Xitoy xunxo‘zolari va oq rus askarlari bilan urushmoqda edilar. Qurol tomonidan har qancha yetishmasliklari bo‘la turib, tungon fidoyilarining jonbozliklari orqali vaqtlik bo‘lsa ham, g‘alaba qozonish umidi tug‘ilmish edi.
Hayot olamidagi hamma ishlar sababga bog‘liq bo‘lgani uchun kuchlik, qurollik, tartib-intizomlik sovet askarlari kirishi bilan butun ishlar o‘zgara boshladi. Dastlabda birlashgan tungon xitoy askarlarining markazi hisoblangan To‘pado‘ng ustiga to‘xtovsiz sovet to‘pi otilg‘ali turdi. Bunga qarshi hitoydan qolgan eski qurollari bilan qaysi kuch chidab tura olsin!
Shunga ko‘ra butun o‘rindagi tungon askarlari va ham bularga tarafdorlar yengilib, qochishga majbur bo‘ldilar. Qizil askarlar kirishi bilan xunxo‘zolarga va boshqa o‘z tarafdorlariga yetarlik mikdorda qurollar tarqatmishdur. Ilgari tungonlardan yengilib, ko‘rinmay qochib yotgan xunxo‘zolar va ham kim bo‘lishiga qaramay hokimiyat egasi bo‘lsa, shuning yun-disidan foydalangan Dutov, Anenkov qoldiqlari oq ruslar, qurollangan holda ko‘chada yo‘liqqanlarinigina emas, uydan uyga izg‘ishib yurib tungonlardan topqonlarini qo‘ymay o‘ldirdilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:11:29
So‘zdan so‘z chiqar, hozirgi tariximiz 1969 yili bo‘lib, bundan 48 yil ilgari tungon qishlog‘i Qoraqo‘ng‘iz masjidida turganimizda, tungon og‘aynilarimizdan sovetga qarshi qo‘zg‘algan Qorabolta, Oqsuv voqeasi sabablik bir qancha kishilar qochib kelmish edilar. Xudo saqlab ularni ziyon-zahmatsiz, eson omon uzatib yuborgan edim. Bo‘lgan voqea bu kitobning boshida yozilib o‘tildi. Bu ikki voqea orasida shu qadar uzun yillar o‘tgandan so‘ngra, biz bilan birga G’uljaga o‘tgan tungon og‘aynilarimiz ustida yana shu kabi qo‘rqinchli kunlar bo‘lib o‘tmish edi. Shundoqki, G’uljada To‘ram mahallasida o‘ltirgan qo‘ramiz tashqarisida va mahalla masjidida So‘quluq va Pishpekli tungon og‘aynilarimizdan oz deganda 20 kishini asramish edim. Xudo saqlasa balo yo‘q degandek, yo‘qsa, tungon izlashgan xunxo‘zo va oq rus askarlari eshik oldimizga necha yo‘l «davay»lashib, ba’zilari devordan oshib tushmoqchi bo‘lib turganlarida har xil bahonalar bo‘lib, ularni xudo saqlamish edi.
Mening qaramog‘imda yoshirincha bularning saqlanayotganligidan dushmanlarimiz xabar topib qolganligi bizga ma’lum bo‘lgach, ko‘z oldimizda biror turlik ko‘ngilsiz yomon bir ish bo‘lib qolmasin deb, buning chorasiga qattiq kirishdim. «Mo‘min mo‘minga xolis xudo uchun yordam berishiga niyat qilsa, Alloh uning yordamida bo‘lg‘ay», degan payg‘ambarimizning so‘zlariga ishonib, Allohning o‘ziga tavakkal qildim. Qip qizil o‘t yonib, tungonlar ustida o‘lim o‘ynab turgan shundoq qo‘rqinchlik chog‘da, ajal hidini olib yotqan joylaridan o‘zimga qarashlik tungonlarni chiqarib, o‘z qo‘ramizga yig‘dim. Yo‘g‘on salla o‘ragan holda «Alloh» yodi bilan bismilloh deb, bular oldida o‘t oralab yo‘l boshlaganimcha, yangi qurilgan hukumat idorasiga salomat yetib keldim. Bu ishga hamma hayronlikda qoldilar. Ayniqsa, tungon qoniga tashna bo‘lib qutirgan xunxo‘zo xitoylar, ko‘zlari bilan yegudek holda tikilib turgan bo‘lsalar ham, hech qaysilari yomonliq yo‘liga jur’at qilolmadilar. Qisqasi, bu kabi qo‘rqinchlik o‘rinlarda necha martaba bu ojiz qulini asrab o‘rgatgan ulug‘ qutratli Egam, bu yo‘li ham asramish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:12:02
«Bandam meni qanday o‘ylasa, unga o‘zi o‘ylaganday ish qilurman», degan Alloh so‘zining haqligini shu kuni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmish edim. Baxtimizga yara-sha, o‘sha kunlarda o‘z To‘qmoqlig‘imiz Turdioxun vaqtlik bo‘lsa ham siyosat talabicha hukumat oldida obro‘si ancha ko‘tarilmish edi. Bo‘lgan voqeani bayon qilib, o‘z yaqinlaridan bir kishini kirgizib edim, men olib borgan yigirma odamning hammasiga omonlik xati yozdirib chiqardi. Ularni olib borgan kishilarimizning ko‘kraklariga qadatib qo‘ydim. Shuning bilan barilari bu qo‘rqinchdan qutulib, mendan rozi bo‘lganlaricha, o‘z joylariga tarqalib ketdilar. Biroq atrofda qochib yurgan, uy uyida yoshirinib yotqan, biz tanigan tanimagan tungon og‘aynilardan nohaq zulmga uchrab, tungon bo‘lgani uchun o‘ldirilgan kishilar oz emas edi.
Shunga o‘xshash, 1920 yili Oqsuv ruslari boshliq 18 qishloq xalqi bolsheviklarga qarshi qo‘zg‘olon chi-qarmish edilar. So‘quluq, Pishpek tungonlari ham shular ichida bo‘lg‘onlikdan butun fojia boshqalarga ko‘ra ko‘proq shularga bo‘lmish edi. Mana shu kunlari So‘quluq tungonlaridan Mesizbulis va ham Pishpek boylaridan Yusufhoji, Yorkent uyg‘urlaridan Axtamboy G’uljaga qochib ketayotganlarida GPU jallodlarining qo‘liga tushib, bir qancha vaqt turmada yotgan ekanlar. So‘ngra bularni o‘z xizmatlariga solmoqchi bo‘lib, ming turli hiyla nayrang, yolg‘on yashiq va’dalar bilan o‘ziga bog‘lab oladi. Bular ham jon qutqarish uchun, ular nima desa ma’qul deb, topshiriqlarini bajarishga so‘z bergan bo‘lsalar ham, bu yoqqa o‘tgach, o‘zlarini uning tahtididan qutilgan hisoblashib, sovet elchixonasiga yo‘lamay qo‘yadilar. Shuning uchun bu qonxo‘r zolimlar 34 yili yuqoridagi Shing Duban voqeasi orqalik G’uljaga o‘tganlarida o‘sha 20 yili o‘tgan ishni eslab, bularning qastiga tushmishdur. Bechora Mesizbulis o‘zidan hadiksirab ko‘zdan yiroqroq turish uchun, G’uljadan ot yurishida uch kunlik narida bo‘lgan To‘qqiztaraga qochgan ekan, ortidan u jallodlar izlab borib qo‘lga tushirgach, 18 20 yoshlik ikki o‘g‘li bilan uni nayzalab o‘ldirib, xalq suv ichib turgan quduqqa tashlab ketmish edilar. Bir nafas bo‘lsa ham otasiga dog‘ solish uchun, uning ko‘zi oldida ikki o‘g‘li nayzalanib, so‘ngra o‘zi o‘ldirilmish edi. Bunday fojialik ishlarni bajarishga
dinsiz xudosiz vahshiylardan boshqa insonlar ko‘ngli qanday chidab turolsin!
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:12:27
Bundan ham yomonroq, insoniyat olamida ko‘rilmagan, vahshat olamida ham siyrak uchraydirgan vahshiylar qilig‘ini Pishpekdan qochib borgan tungon Yusufhoji ustidan o‘tkazdilar. Shundoqki, urush kunlari uning Uchdarvozadagi qo‘rasida kuppa kunduzida o‘t qo‘ydirib, butun mol mulki, katta kichik bola chaqalari bilan 13 jonlik bir oilani kuydirib yuborishdi. U kunlari ko‘cha kuylarda askar kishilardan boshqalarga yurish turish yasaq (ma’n bo‘lganlikdan, ruxsat bo‘lmaganlikdan) bo‘lganlikdan, bularga yordam yetkazish mumkin emas edi. Shu qilgan vahshiyliklarini topshiruvchilari oldida isbotlash uchun, ichida inson avlodi alanga olib yonayotgan o‘tning chirkin manzarasini har yoqlama rasmga tushurmoqda edilar. Lekin Yusufhoji o‘zi 11 yoshlardagi o‘g‘li bilan, nima bo‘lib shu kuni uyda yo‘q ekan; ajali yetmaganligi uchun bu kabi ko‘rilmagan achinarlik fojiadan omon qolmishdur. Biroq bu dahshat vahshatlik xabarni onglab, yugurganicha yetib kelsa, butun oilasi, holimoli bilan qip qizil o‘t ichida yonib yotkanini ko‘radi; so‘ngra, bu fojiali balo qayoqdan kelib chiqqanini tushungach, birdaniga esi og‘ib yiqiladi. Shunday bo‘lib, ajali yetmay o‘limdan qolgan bo‘lsa ham, umri ichida shu o‘tgan fojiani eskarib, qolmish hayotini butunlay g‘am qayg‘u, hasrat bilan o‘tkazib turmokdadur. Bu og‘ir musibatga chidayolmaganidan Shing Duban davrida, 1935 yili haj yo‘li ochilishi bilan o‘limdan qolgan o‘g‘lini olib hajga ketmishdur.
Bu voqea Axtamboy avlodi ustida bo‘lib, ular G’uljada sovet elchixonasining ro‘parasidagi qo‘rala-rida turar edilar. Qizil askar shaharga kirgan kunlari GPU jallodlaridan bir nechtalari yarim kecha, tun qorong‘usida devordan oshib kirib, katta-kichik bir uy to‘la oilani birini qo‘ymay otib chopib o‘ldirib chiqqanlar. Nima bo‘lib, 12 yashar bir o‘g‘il yoshiringan joyida bu vahshiy qonxo‘rlar qo‘lidan qutulib qolmish ekandur. Mana bu dinsiz, xudoga ishonmagan inson yuratlik yirtqich vahshiylarning zulmlaridan ko‘rsatkich bo‘lg‘udek bir ozini, balki yuzdan, mingdan birini ibrat uchun bu o‘rinda yozib qoldirdim.
Shunday bo‘lib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi o‘n barobar kuchlik sovet askarlari kirgach, boshqalarning umidlari butunlay uzilib, jon qutqazishga kirishdilar. Qish kunlari havo sovuq, janub tomondan boshqa hamma tomon dushman askarlari bilan o‘ralmish edi. Shunday bo‘lsa ham tog‘ yo‘llari, oshuvlari qor muzlar bilan qoplanganiga qaramay, boshqa yo‘l yo‘qligi uchun Yulduz dovoni orqalik Kuchar, Qora shahar tomoniga qochishga majbur bo‘ldilar. Lekin u bechoralarning bu qochishlari esa o‘lim qilichi boshiga kelgan kishi, boshqa hech iloj topolmaganlikdan, qilich miziga (tig‘i, yuzi, o‘tkir tomoni) qo‘lini to‘sgandek bir ish edi. Eshitishimizcha, bu ketganlar qish kunlari tog‘ tosh, qor muzlarning orasida sovuqda qolishib, ko‘plari halok bo‘lmishdur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:12:51
Shu bilan Jang Jun tarafdorlari eski xitoylar va Gasiling tarafdorlari tor mor bo‘lib, sovet Rusiyasi siyosatiga moslashgan Shing Duban hukumati o‘rnashdi. Yerlik xalqning huquqlari butunlay oyoq osti qilinib, yana butun ishlar xitoy bosqinchilarining qo‘liga topshirildi. Idora ishlari xitoycha yurgizildi. G’ulja shahri bo‘lsa, bular oldida siyosiy jinoyatchilar hisoblangan biz kabi kishilar bilan to‘lmish edi. Hozircha, bu jallodlar o‘z zarur ishlaridan bo‘shanolmay turganlari uchun, boshqalar bularning qonlik qo‘llaridan vaqtincha omonlik olib turgan bo‘lsalar ham, navbati kelganda bularning changalidan qutulish imkoniyati yo‘q edi.
Boshimizdan ming turli mehnat mashaqqatlar kechirgan holda, bu jallodlar qo‘lidan qochib, chegaradan o‘tmish edik. Ikkinchi bular qo‘liga tushar bo‘lsak holimiz nima kechishligini yaxshi bilar edik. Shu sababdan bu yerdan ketmakka niyat qildim. Safar yo‘ldoshim marhum Ilyos domla o‘g‘li marhum Abdusattor mahsum ikkovimiz otchi eshakchilarga qo‘shilib, muz dovon orqali Oltishahar tomonga o‘tib, u yoqdan boshqa tomonga ketmoqchi bo‘ldik. Lekin safar jamol-g‘amiz tayyor bo‘lguncha, sirimiz yoshirin tutinganlikdan uy oila, yor do‘stlarimizning bu ishdan xabarlari yo‘q edi. Yo‘lga chiqishimizdan ikki uch kun ilgari oilalarimiz va boshqa og‘ayni tuqqanlarimiz xabar topishib, hammalari yig‘i sig‘i qilg‘ali turdilar. Kechagina suyuklik ona Vatanimizdan, urug‘-aymoq, elyurtimizdan majburiyat orqasida ajrashib, to‘kilgan chochilgan holda yot el, yot yerlarga kelgan edik. O’zimiz olgan jabr jafo jarohatlarimiz, firoq kunlaridan estalik qolgan ko‘ngil dog‘larimiz hali sog‘ayib ketmagan edi. Buning ustiga hayot olamida eng oz uchraydigan bu kabi bir ulug‘ voqea yana boshimizga tushdi.
Xudo rahmat qilsin, Muhammadyorning (Alixonto‘raning o‘g‘li) ayasi: «Sizni qarab turib dushmanlar qo‘lida ko‘rganimizdan, Alloh omonatiga topshirganimiz yaxshiroq, xudo bu-yurganicha, kundalik kunimizni ko‘rarmiz», degan bo‘lsa ham, qizimiz Aziz poshsho: «Kechagina biz kelib, bugun Sizdan tiriklay ajrab qolsak bunga qandoq chidag‘ali bo‘lur. Jo‘jalardek yosh bolalar ichida biz nima qilamiz», deb qayg‘ulik ko‘z yoshini to‘kkali turdi. Buning ta’siridan otalik mehrim qo‘zg‘alib bormasga va’da berib, ko‘ngillarini tinchitdim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:14:04
Endi ikki og‘iz so‘zni Gasiling ustidan aytishga to‘g‘ri keladi. Shundoqki, bu qahramon Urumchiga yaqin Qutubiy, Sanjiy qayrag‘achlig‘ida 40 kunga yaqin jonfidolik bilan sovet askarlariga qarshi turgan bo‘lsa ham, g‘alaba asbobi dushman qo‘lida bo‘lgach, nochor orqaga chekinmish edi. Qur’on ko‘targan, va’daga vafo qilmagan qora johil Xo‘janiyozga yarashmoq uchun yana bir martaba elchi yuborib qarasa ham, ul qabul qilmagach: «Hay bu kofir kishisi ekan», deb unga qarshi hujum boshlamishdur. Birinchi hujumdayoq, bosh-oyoqqa qaramay, Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlari boshalamon bo‘lib, Kuchar tomonga qarab qochgali turdi. Gasiling ersa askarlariga qo‘monda berib, orqadan quvlaganicha iz bosa yurib o‘ltirmishdur.
Buni ko‘rgan qizil sehrchilar, bu ishni bo‘ldirish uchun necha oylab ilgari qurgan rejalari to‘g‘ri chiqqach, bu haqdagi maqsadlarini tezroq qo‘lga keltirish chorasiga qattiq kirishkali turdi. Shundoqki, fitna oloviga alanga berish uchun tili bir, dili boshqa vijdonsiz bir necha munofiqlar doim Xo‘janiyoz askarlari ichida topshiriq xizmatlarini bajarmoqda edi. Shunga ko‘ra, bu qora johillar Kuchar shahriga kirganda, uzundan beri bu yerda turgan, jallodlar qo‘lidan qochib jiloy (Vatanidan haydalgan) vatan bo‘lgan, namanganlik do‘stimiz Mahammadxon mahsum o‘zi ish ko‘rgan, hamma narsaga tushungan kishi edi. Musulmonlarning o‘zaro birlik ittifoqlari buzulg‘anligini ko‘rgach, buni isloh qilmoqchi bo‘lib, Momutsiling oldiga kelmishdur.
Bilganicha nasihat yuzasidan har yoqlama so‘zlar keltirib: «Qur’on hukmicha, birlik ittifoqlik musulmonlarga farz bo‘lmishdur. Turkiston musulmonlari ustiga ilgari keyin barcha ofat balolar esa shu ittifoqsizlik shumligidan boshimizga keldi. Ilgaridan beri uygur o‘zbek musulmonlari qon qarindosh va din-qarindosh bo‘lganligimiz uchun, har davrning achchiq chuchugini, mehnat mashaqqatlarini birga o‘rtoqlashib tortishgandurmiz. O’z vaqtida ilm markazi bo‘lib quvvati islom atalgan Buxoro, yetti iqlimga ega bo‘lgan Amir Temur poytaxti Samarqand, bundan boshqa Fargona va butun Turkiston musulmonlari dinsiz bosqinchilarning zulmi ostida, molmulkidan, dunyolaridan ajragan holda kuyib, kullari ko‘kka sovrilmoqdadur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:15:02
Bu din dushmanlari kofirlar, ayniqsa, inson olamining ogusi fitna fasod, madaniy makr hiyla kor bol’sheviklar Turkiston musulmonlarini insoniy huquqlaridan butunlay ajratib, hayvonlar qatorida erksiz majburiy ishlatayotganligini ko‘rgan bilganlardan eshitgandursiz. Bizga o‘xshash o‘z vatanlaridan judo bo‘lgan qochqunlar atrofingizda uymalanishimizdan biror yaxshilik chiqarmu degan umid bilan termulib turibmiz. Endi bu ishning birdan bir chorasi shulki, Gasiling bilan kelishib, butun musulmonlar bir ittifoqda bo‘lib, dushmanga qarshi harakat qilsak, shundagina, biz uchun yaxshilik yo‘li ochilur edi», demishdur.
Bu so‘zni onglashi bilan Momutsilingning nimadandur g‘azabi qo‘zg‘alib, «Hay, bu andijonlik o‘zi tungon tarafdori bo‘lg‘oni uchun bizni ham u johillarga tobun qilmoqchi bo‘ladur. Bu so‘zidan qaytguncha qulog‘idan tuvrukqa (ustunga) mixlab qo‘yinglar», deb buyurmishdur. Shuning bilan bechora Mahammadxon mahsum bu qora nodonlarga nasihat qilaman deb, qulog‘idan ustinga qadalgan holda bir necha soat azob tortmish edi.
Shu orada bular orqalaridan quvib kelayotgan Gasiling askarlari yetib kelishi bilan Xo‘janiyoz, Momutsilinglar 6u yerda ham turolmasdan Oqsuv tomonga qarab qochgali turdilar. Urumchida Jang Jun hukumati yiqilib, o‘rniga sovet yordami bilan Shing Duban hukumati qurulgach, bu o‘rnashib olg‘uncha, Oltishahar Uyg‘uriston o‘lkasi bo‘ylab, qo‘zg‘olonchilar har joydan bosh ko‘tarmish edi. Sovet Rusiyasi Ili o‘lkasida o‘z siyosatiga moslashtirib, Shing Duban hukumatini qurishga kirishgan bo‘lsa, naq u fursatda yana o‘z tarafidan tayyorlangan Andijon qirg‘izlaridan Ishoqbek Koshg‘ar tomoniga kirg‘izilmish edi. Xo‘tan xalqi 1933 yili atrofi bilan qo‘zg‘olon ko‘tarishib, xitoy boshliqlarini qoldirmay o‘ldirishgan so‘nggida, o‘z ichlaridan bir kishiga Shohmansur laqabini berib, uni askar boshlig‘i qilib, shu orada xaj safaridan kelgan Sobit domlani hukumat raisi saylamish edilar. Ilgaridan beri Oltishahar poytaxti Koshg‘ar bo‘lib kelganlikdan, Sobit domla boshliq askarlari bilan barchalari Koshg‘arga kelib, rasmiy islom hukumatini qurish uchun yo‘lga chiqmish edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:15:52
Islom oshiqlari oq ko‘ngil, sodda musulmon bechora uygurlar: «Biz otiga bo‘lsa ham islom davlati qurdik», deb poytaxt qurish maslahatida karnay-surnay, nog‘ora-dombara chalishib, yo‘lga chiqqan askarlarni ko‘rishganlarida suyunganlaridan «Islom ochildi-yo, islom ochildi» sadolari bilan yer tepib o‘yinga tushgani turdilar. Alloh qullari, Muhammad alayhissalom ummatlari bularning ixlos etiqodlari ko‘ngillarida ko‘milib yotgan. Agar u gavhar ochilur ekan, har yaxshilikga yaramliqlari va ishda qobiliyatlilari borligi shaksizdur. Biroq bu becho-ralarning diniy va ham siyosiy ishlarda zamonga tushungan haqiqiy qolovuzlari (yo‘lboshchilari) bo‘lmagandur. Shuning uchun Botish, Chiqishdagi biz Turkiston musulmonla-ri, bosqinchilarga asrlar bo‘ylab oyoqosti bo‘lib kelganmiz. Ayniqsa bu so‘nggi yarim asr ichida sovet Rusiyasi dinsiz kommunist vahshiylarining jabr zulmlari ostida eng haqoratli hayot kechirmoqdamiz. Endi Qur’on hukmiga ko‘ra, zolimlar zulmiga chek qo‘yilgan bo‘lmasa ham, hech qo‘yildi deganlikdan, vaqti kelar ekan, ustimizda turgan togdek qora bulutlar to‘xtovsiz ravishda tarqalgusidur.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Xo‘tan askarlari shu yurganlaricha, yo‘l bo‘ylab ularga hisobsiz kishilar quyilgan holda, 1934 yili oxirlarida Koshg‘arga kirdilar. Urumchi hukumati yiqilgan kunidan boshlaboq, butun Uyg‘uriston o‘lkasi bo‘yincha tartibsiz ravishda har joyda maslaksiz to‘polonchilar bosh ko‘tarmish edi. Endi esa, bir tomondan, suv bulg‘atib loyqalangan so‘nggida, baliq ovlab o‘rgangan sovet makkorlari, tutandiriqlarini tayyorlab turgan holda, o‘z zamonasini tushunmagan maqsadlari ulug‘, lekin siyosat olamidan yiroq, har tomonlama qo‘llari quruq, bir to‘da ish ko‘rmagan tajribasiz odamlar, bu kabi ulug‘ inqilobni bajarishlari odatga ko‘ra mumkin emas edi. Chunki moddiy va siyosiy tomondan zamonaviy kuchlik hukumat hisoblangan sovet Rusiyasi bunga qarshi bo‘lib, u har yerda o‘z siyosatiga to‘g‘ri kelmagan islom hukumati qurilib qolishiga hech qachon yo‘l qo‘ymas edi. «Butun dunyo ezilgan millatlariga yordam beramiz», degan shiori bo‘lsa ham, o‘z manfaati yo‘lida yerlik xalqni doim qurbon qilib keldi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:16:59
Birdan bir yo‘l, agar men o‘ylagandek, butun xalqqa so‘zi o‘timlik-obro‘ylik bo‘lishi ustiga, dohiylik sifatiga ham ega bo‘lgan, zamonasiga tushungan bir tadbirkor kishi boshchiligi ostida, jonfido vatanparvar kishilardan kuchlik bir siyosiy jamiyat qurilgan bo‘lsa, so‘ngra shu jamiyat orqalik Koshgardagi boshqa bir kuchlik davlat vakili bilan kelishib, tartiblik ravishda ish olib borib, butun Uyguris ton nomidan xalqning talabiga moslashgan haqiqiy islomiyat asosida hukumat qurilsa, vatan bolalarining o‘zaro ittifoqini mustahkamlab, kuchlik bir askar qo‘mondonligi tashkil qilinib va mumkin qadar uni yaxshi qurollar bilan qurollantirib, ehtiyotlik bilan ish olib borilgandagina o‘z hukumatini qo‘lga olishlari mumkin bo‘lur edi.
Yana o‘z so‘zimizga kelsak, shu chog‘da Gasiling qurollik kuch, intizomli askar bilan Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlarini surib, Koshg‘arga tomon kelayotgan edi. Bularning o‘z vatanlari Xo‘ju, Solar viloyatlaridan chiqqan sabablarini yuqorida aytib o‘tgan edik. Viloyat hokimi Mabufang Gasilingning amakisi dindor, islomparvar odam bo‘lgani uchun o‘z jiyanini musulmonlarning yordamiga chiqarmish edi. Bularning diniy ruhi kuchlik, askariy nizomi yaxshi edi. Kiyimlari oldi orqasiga, yiroqdan ko‘ringudek qilib, ochiq arabcha xat bilan «Fiysabililloh», ya’ni «Xudo yo‘lida g‘azot» so‘zlarini yozmish edilar.
Biz musulmonlarning ongsizligidan dushmanlar foydalanib, nizo chiqarib, ular bilan bo‘lgan ittifoqni buzdi. Shu paytda narsa ko‘rmagan nodon O’smon qirg‘izning o‘rniga bosh qo‘mondon saylab Gasilingni keltirgan bo‘lsalar, erkin Turkiston hukumati saqlanib qolishi mumkin edi. U kunlarda o‘zim bu voqealardan yiroq G’ulja shahrida turganligim uchun, bu o‘ylangan maqsadni amalga oshirish chorasini qilolmadim. Shundoq bo‘lsa ham qarab turishga chidayolmay, Yoqubbek badavlat zamonasida ikki Ortush hokimi bo‘lgan Momutbekning nabirasi Jirchis hojimni topib, tezdan Koshg‘arga yubormoqchi bo‘ldim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:17:20
Bu kishining qisqacha tarjimai holi shulki, men kommunist vahshiylarining qonlik changalidan qutulib, Ili o‘lkasiga o‘tgach, qonxo‘r dushmanlar shum qo‘lida qolg‘an qarindosh, elyurtim, suyuklik ona Vatanim uchun qattiq qayg‘urmoqda edim. Buning ustiga bu yerlik musulmonlar turmushlarining hamma tomonlama tushkunligi, bularning hayot ahvolidan, siyosat olamidan butunlay ongsiz xabarsiz bo‘lishlari, meni bek hayratda qoldirmish edi. Oz bo‘lsa ham hamdard, maslakdosh vatanparvar do‘stlarimizdan ajramish edik. Bu yerlik turg‘un kishilarning hissizligi, ongsiz qoloqligi, ko‘zlari ko‘rib kelgan qochoqlarning ko‘ngil ko‘rligi, bularning dunyoqarashi, rohatparastliklarini ko‘rib, ko‘nglimda alangalanib turgan himmat o‘tlarim so‘nishga boshlamish edi.
Mana shunday umidimiz kesilgudek holga yetgan kunlarimda bu kishi bilan topishib qoldik. Uzilayozgan umidimiz qayta boshdan qo‘zg‘alishga boshladi. Bu kishi esa ilgaridan beri inqilobiy ishlarga qatnashib, og‘ir yengil tajribalar o‘tkazgan, ko‘zi ochiq, ko‘ngli uyg‘oq vatanparvar, millatsevar bir uyg‘ur o‘g‘li edi. Shuning uchun yuqoridagi o‘zim o‘ylagan ish ustida ikkovimiz uzun muzokara o‘tkazgan so‘nggida, bu kishi Oltishahar tomonga, ya’ni Koshg‘arga bormoqchi bo‘ldi. Biroq bu ishga tashkiliy ravishda tayyorgarlik ko‘rilmaganlikdan, iqtisodimiz yetishmaganligi bizga anchagina og‘irchilik keltirdi. Shundoq bo‘lsa ham, bir necha do‘st kishilarimizdan yoshirincha yordam yig‘ib, safar jamolg‘asini qildik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:17:35
Uzatmoqchi bo‘lib turganimizda, baxtimizga qarshi shul kuni bu yo‘ldoshimiz isitma bezgak bo‘lib, yo‘lga chiqolmay qoldi. Bunga qarshi dori darmon sabablarini qilg‘animizdan keyin ertasi kuni yo‘ddoshlarimizdan qoldirmay uzatib qo‘ydik. Biroq, baxtga qarshi, bu kuchli irodali qahramon, dindor, vatanparvar tilakdoshimiz Jirchis hojim yo‘lga chiqqach, kundankunga og‘irlashib borib, ming mashaqqat bilan Muz dovonidan o‘tib, «Qo‘rg‘on» degan marhum Yoqubbek otaliqdan qolgan dushmanga qarshi to‘squl qo‘nolg‘usiga kelganda vafot topmishdir. Alloh uni rahmat qilsin! Maqsadga yetmagan bo‘lsa ham, talab yo‘lida jon qurbon qilish hay’at tarixi oldida ulug‘ sharafga ega bo‘lish demakdir.
Kishi o‘z maslagi ustida muqaddas vazifasini bajarish kabi ulug‘ xizmat yo‘lida ajal o‘qiga uchrar ekan, himmat ahllari oldida, zolim yirtqichlarga qarshi shahodat o‘limidan farqi yo‘qdir. Bu yo‘lda bo‘lgan musibat o‘zi uchun muborak sanalgan bo‘lsa ham, qolgan maslakdoshlari uchun ancha ma’yuslik keltirmish edi. Shunday bo‘la turib, yana qarab turolmay, G’ulja tomonda bo‘layotgan turlik makr hiylalik voqealarni, sovet Rusiyasining tutgan siyosati, uning qurgan tuzoqlarini ochiq ko‘rsatib, buning butun choralari bilan uzun bir bayonnoma yozib tayyorlamish edim. Biroq, o‘lka bo‘ylab mundayin olamon o‘zgarish
tarqalayotgan og‘ir ahvolda, bunga qarshi kimning siyosat yurgazishini kuzatayotgan sovet elchixonasi, o‘z iskovichlarini butun xalq ichida tarqatmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:18:46
Islomiyat, balki butun insoniyat olamining ofati, kufr nifoq madaniyatining zaharlik mevasi hisoblangan kommunistlar bozori qanday yerda qizidi? So‘zga tushunmagan, hech narsa bilmagan, ayniqsa, yo‘qsullik kambagallikda yashayotgan gumroh, vatan, millat nima ekanligini bilmaydigan, ongsiz nodonlar ko‘p bo‘lsa, mana shular ichidagina rivojlanib, tezdan ishlari avj oldi. Shuning uchun Xitoy tuprogida to‘qayga o‘t ketgandek, boshqa yerga ko‘ra tezroq ko‘tarilib, butun mamlakat bo‘ylab o‘z hokimiyatlarini o‘rnashtirib oldilar. Bunday inqilob kunlarida o‘z ishlarini amalga oshirish uchun to‘sqinlik qilguchilar oldida, och qolgan yirtqich hayvonlardek, tishlarini qayrab, hujumga tayyor turardilar.
Agar xudo saqlamagan bo‘lsa, shu kabi ko‘rqinch kunlari yonib turgan ulug‘ o‘tga bir chelak suv sepgandek qilgan ishlarim, o‘zim uchun halokatlik bo‘lishi shubhasiz edi. Shu sababli, bir necha kun mashaqqatlar chekib, tayyor qilgan bayonnomani qanday qilib yuborish ilojini topolmay, axiri kuydirib tashlashga majbur bo‘ddim. Chunki qatnov yo‘llari otchi eshakchi karvonlaridan boshqalarga yasaq qilinmish edi. Bularni ham har bir to‘squl (to‘silgan, post qo‘yilgan) yerlarda qattiq tintuv axtarish bilan o‘tkazmokda edilar. Shunga ko‘ra, nochor, taqdirga tan qo‘yib, yozmishni kutib turmoqdan boshqa chora topolmay, qarab qoldik.
B a y t:
Qo‘lg‘a kelmas ishlaring hargiz sharoit bo‘lmasa,
Qancha qilsang jon fidolik, foydasizdur ishlaring.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:19:18
Endi so‘zni yana Gasilingdan boshlaymiz. Kuchar shahridan qochib chiqishgan Xo‘janiyoz bilan Momutsiling Oqsuv shahriga kelganlarida, shahar hokimi bo‘lib turgan Baysijang bularga qarshi chiqib kutib olgan bo‘lsa ham, yana o‘rtalarida birlik ittifoqlari yo‘q edi. Chunki Urumchidagi Jang Jun hukumati yiqilgan kundan boshlab, har bir shaharda qo‘zg‘olon ko‘tarilmish edi. Oqsuvliklar esa, hukumat shahri bo‘lgan Osuq qo‘rg‘oniga hujum qilishib, undagi borliq xitoylarni o‘ldirishgan so‘nggida, qo‘zg‘olon qahramoni Boysijangni o‘zlariga hokim qilib olmish edilar. Shuning uchun bu qorabotirning ko‘ngliga ham amirlik havasi tushmish edi. Buning ustiga Oqsuvlik ongsiz odamlar hamda atrofdagi xalq ichida, bu odamning obro‘yi oshib, hurmati bek ko‘tarilmish edi.
Buni ko‘rgan amalparast qorabotirlarning hasadlari qo‘zg‘alib, u bilan hech bir ishda kelisholmadilar. Balki, Boysijangning har qanday bo‘lsa ham, islom ittifoqi qurilishiga ko‘ngli borligi yozilgach, inson iblislari tarafidan uning chorasi ko‘rilmish edi. Shunga ko‘ra tungonlarga qarshi Oqsuv ustida bo‘lgan otishmada orqadan otilgan o‘q bilan o‘ldirilmishdir. Bu kimning tomonidan otilganligi ma’lum bo‘lmasa ham, ko‘pchilik xalq bu xiyonatni Xo‘janiyozdan ko‘radilar. Shuning uchun yana o‘zaro ittifoqlari buzulib, Oqsuv urushida o‘zlariga ko‘ra bir hovuch kelmaydigan tungon askarlaridan qattiq yengilgach, Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlari bilan Koshg‘arga qarab chekinmish edilar. Qanday bo‘lsa ham urush ishlarida ozu ko‘p tajriba ko‘rgan Gasiling buni ko‘rgach, Maxusang qo‘mondasida bir bo‘lik askar belgilab, qochqunlarni quvlashga yuborib, o‘zi Oqsuv elidan so‘qush solig‘i olish uchun to‘xtamishdur.
Shu kunlari esa Koshg‘ar shahri har tomondan to‘plangan, bir biri bilan kelisholmagan, ongsiz, siyosatsiz bir necha qora kuchlar markazi bo‘lmish edi. Shundoqki, Xo‘tan tomonidan Sobit domlam boshliq Shohmansur qo‘mondasida kelgan Xo‘tan askarlari; Urumchi hukumati yiqilgach shahar bosib birinchi qo‘zg‘olon ko‘targan O’smon qirg‘iz; bunga qarshi yo‘q mansabni talashib qurbon bo‘lgan kucharlik aravakash Temirjujang; Farg‘ona tomonidan ko‘chib o‘tgan qo‘zg‘olonchilar qoldig‘i Yusufjon qo‘rboshi va bulardan boshqa bir qancha qurollangan, ongsiz qorabotirlardan bo‘lib, anchagina xalq kuchi bir o‘ringa to‘planmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:20:02
Bu musulmonlar har qancha ongsiz bo‘lganlari bilan hali dinsizlar hokimiyati bularga kirib, shum ta’sirlari o‘tmaganlikdan, ko‘ngillarida ozu ko‘p islomiyat muhabbati saqlanmish edi. Agar ahvolga onglik yondashib, o‘tkir so‘zlik, hurmat egasi bo‘lgan birorta odam o‘rtaga otilib chiqib, yangidan qurilg‘on erkin Turkiston hukumatiga Oqsuvdan kelayotgan Gasilingni bosh qo‘mondon saylashib, qarshi olishgan bo‘lsalar, musulmonlar o‘rtasiga bu qadar buzg‘unchilik tushib, munchalik ko‘ngilsiz ishlar chiqmaslig‘i mumkin edi.
Biroq, ikkinchi Buxoro atalgan Koshg‘ardan bosh-lab, butun Oltishahar Uyg‘uriston o‘lkasida bu kabi ulug‘ siyosiy ish uddasidan chiqqudek yetuk bir odam yo‘q edi. Shuning uchun bechora musulmonlar shunchalik og‘ir bo‘lgunlikga uchramish edilar. Chunki, davlat qurish asboblari qo‘lida tayyor turg.an bo‘lsa ham, ularni o‘z o‘rnida ishlata olg‘udek ustakorlari yo‘q bo‘lg‘ach, undan foyda ololmadilar. Buning ustiga qizil makkorlar, musulmonlarning o‘zaro ittifoqlari bilan qurilmoqda bo‘lg‘an yangi hukumatlari, birorta davlat vositasi ila dunyoga tanilib qolmasin deb, buning chorasiga qattiq kirishmish edi.
U kunlari esa Koshg‘arda sovet Rusiyasiga qarshi Angliya elchixonasi ham ishlamoqda edi. Yerlik xalqdan tashkiliy ravishda ish olib boruvchi siyosiy ki-shilarning yo‘qligidan va ham jug‘rofiy o‘rnimiz madaniyat olamidan bek yiroq tushganligidan, biz ikki Turkiston yerlik xalqi asrlar bo‘yi kutilgan shu inqilobiy o‘zgarishlardan yetarlik ravishda foyda ololmay qoldik. Shunga ko‘ra, bizlarning taqdirimiz o‘z dushmanlarimiz qora qizil ajdarholarning hisobiga qarab belgilanmoqda edi.
B a y t:
Umidsiz bo‘lma Sog‘uniy, umiding ko‘zgusi bordur,
Qorong‘u kecha so‘nggidin quyoshning chiqg‘usi bordur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:20:40
Endi yuqorida aytilganicha, Gasiling o‘zi Oqsuvda to‘xtalib o‘z qo‘mondonlaridan Maxusang qo‘l ostida bir bo‘lik askarni Koshg‘arga yubormish edi. Bular esa Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlarini quvlaganicha Koshg‘arga yaqinlashib keladilar. Ilgaridan beri ko‘pchilik Oltishahar xalqi quruq otaq, yolg‘on davruq, xurofiy so‘zlarga berilgan bo‘lganlikdan, Xo‘janiyozliklarning Gasiling askaridan qochib kelayotqanliklari, bular uchun qattiq qo‘rqinch tug‘dirmish edi. Qisqasi, Koshg‘ar xalqi keng dalada cho‘ponsiz qolgan, atrofini och bo‘rilar o‘rab olgan, bir to‘da egasiz qalin qo‘ylar kabi bo‘lib turgan holda, tungon askarlari yetib kelishadi. Bularga qarshi hech qanday chora ko‘rilmaganligi ularga ma’lum bo‘lgach, erkinlik bilan tilagan joylariga tushib o‘rinlashib oladilar. So‘ngra qarasalar, o‘zlari uchun va ham yerlik musul-monlar uchun kutulgan foydalik ishlar ustida maslahat ko‘rsatib, bular bilan kelishib so‘zlashadigan birorta odam bo‘lmadi.
Bechora ko‘pchilik musulmonlar, ikki dunyo boshlig‘imiz deb sanagan, har yaxshilikni shulardan kutgan chalamulla domlalari siyosat olamidan xabarsiz, to‘g‘risi haqiqiy islomiyatdan bahrasiz bo‘lib, etiqod ishonchlari bo‘shligidan musulmonlar boshiga tushgan shu kabi og‘ir kunlarda, hech qanday xizmat qilolmadilar. Yo‘q ersa Qur’onda «Innamo al mo‘mino axvatun», ya’ni «Mo‘minlar chin og‘a inidurlar» oyati bo‘la turib, bunga ishongan musulmonlar uchun islomiy qardoshlikdan foydalanmaslik mumkin emas edi. Nachoraki, bu haqiqatni amalga oshiruvchi haqiqiy odamlar yo‘qligidan, islom olami ustiga shu kunlarga o‘xshash dahshatlik ofat balolar har vaqt yog‘ilib turmoqdadur. «Yaxshilik ko‘rsanglar biz qilgan bo‘lamiz, yomonliqqa qolsanglar boshqadan ko‘rmay, o‘zinglardan ko‘ringlar», degan Qur’on so‘zi, albatta, haqdur.
Shunday bo‘lib, Maxusang umidi Koshg‘ar xalqidan uzilgach, kim bo‘lishiga qaramay, qurol topshirishga buyruq chiqardi. Bunga qarshilik ko‘rsatilgach, shu bahona bilan urush boshlanib, har ikki tomondan o‘rinsiz qonlar to‘kildi. Ayniqsa, bular ichida ko‘proq qarshilik ko‘rsatgan Farg‘ona qo‘rboshilari qoldig‘i Yusufjon qo‘mondasidagi o‘zbek yigitlari edi. Bular esa xonadonlarni, uylarni teshib olishib, hujumchi tungon askarlariga ko‘proq zarba berishdilar. Shunga qarshi bulardan ham kim qo‘lga tushgan bo‘lsa, tirik qolmay o‘ldirilmishdur. Bular ichida sovet Rusiyasi qizil makkorlari uchun keraklik ko‘rilgan xizmatchilari Xo‘janiyoz askarlari bo‘lib, ular Andijon chegarasi tomoniga chekinib, tungonlar qo‘lidan qutilmish edilar. Vaqti kelganda bular orqalik o‘z ishlarini bajarish uchun, shular kabi ongsiz odamlar bo‘lishi, albatta, zarur edi. Shuning uchun bular sovet chegara askarlari qo‘rig‘ida qurollangan holda saqlanib qoldilar. Bulardan boshqalari esa agar o‘limdan qutilolgan bo‘lsalar, chil to‘ziganday har tomonga tarqalib qochgani turdilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:21:13
Koshg‘ardan yigirma chaqirimcha joydagi Yangishaharda, eski hukumat yiqilgan kunidan boshlab, hech kimga bo‘ysunmay qamalib yotgan 500 600 dan ortiq qurollangan tungon, xitoy askarlari esa, Gasiling askarlari kelishi bilan ularga qo‘shilmish edilar. Shuning uchun balo ustiga ortiqcha balo bo‘lib, Koshg‘ar shahri ichida Chingiz vahshiylarini eskartgudek ishlar bular tomonidan ko‘rilmish edi. Bunga qarshi hech qanday chora qilolmadilar. Chunki, xalq o‘ta ongsiz edi, siyosat dunyosidan butunlay bexabar, qoloq edi. Shundoqki, 20 30 yillab ko‘z oldilarida bo‘layotgan qon qarindosh, din qarindoshlari Turkiston xalqlari boshiga kelgan kommunizm balosidan ibrat olish o‘rniga, bular uchun yangi hayot bozori ochilmish edi. Zakotsiz yig‘ilgan haromxo‘r o‘zbek boylaridan qolgan harom mol, oltin kumush dunyolarini tezakchi qo‘ng‘izlardek tashigandan tashib ko‘paytirib, eng oxiri o‘zlari uning ostida qolib, halok bo‘ldilar.
Haqiqiy iymon bilan taqlidiy iymon farqi Qur’on hukmiga amal qilish qilmaslik bilan ma’lum bo‘lg‘usidir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Molinglarning zakotini to‘liq ado qilib, temir qo‘rg‘onga qamanglar», yani, «zakot molning temir qo‘rg‘oni bo‘lib, ofatdan omon bo‘lur», demish edilar. Rasulullohning bu so‘zlariga gumon kelti rib, zakotsiz yiqqan mol dunyolari qizdirilgan holda, Qur’on aytganidek, qiyomat nusxasi bo‘lib, o‘z ixtiyorlaricha topshirmagan tangalariga otliq tamg‘adek bosilmish edi. Chalamulla va bir qancha nodon boylar bila turib, zakotsiz saqlagan mollarini o‘z ixtiyorlaricha topshirishga ko‘zlari qiymagach, qizdirilgan yombuni tanalariga tamg‘a qilib bosgan zarbidan, ko‘plari halok bo‘ldilar.
Lekin bular ichida asli marg‘ilonlik o‘zbek boylaridan Mutaldinboy degan kishi 1934 yili, inqilob boshlanishi bilanoq butun mol mulki, bola chaqalari bilan eson omon Pokiston chegarasidan o‘tib, qutulib ketmishdur. Bu kishini o‘zim ko‘rolmagan bo‘lsam ham ishonimlik, chin so‘zlik kishilarning aytishlaricha, tijorat ishiga kirishgan kunidan boshlab, shu ketgan vaqtigacha zakotini qoldirmay berib kelgan kishi ekan. Shuning sharofati bo‘lishi kerak, Pokiston poytaxti Karachida ulug‘ tijorat shirkati ochib, burung‘idan boylig‘i bir necha barobar ko‘tarilmishdur. Ilgari Koshg‘arda turganda kommunistlar zulmidan o‘z vatanlariga sig‘may, u tomonga qochib o‘tgan alamzada ham shaharlariga qanday yordam yetkuzgan bo‘lsa, Afg‘oniston, Hindiston mamlakatlarida sarson bo‘lib yurishgan vatandoshlariga ham shu kabi imkoniyat boricha yordamda bo‘lmishdur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:21:44
Bundan boshqa Koshg‘arning eng zo‘r boylaridan Umaroxunboy, o‘zbeklardan Sotvoldiboy, ular ham shu paytdan foydalanib, Chatra (Uyg‘uriston chegarasiga yaqin joylashgan shahar) Hindiston orqali ikki haramga borib kelishgan bo‘lsalar ham, o‘zlarining nodonliklaridan, ko‘rgiliklari bo‘lsa kerak, bir ikki yil o‘tmayoq, hammalari shular qo‘lida halok bo‘ldilar.
Qizil makkorlar esa, bir tomondan o‘z siyosatlarining amalga oshganini ko‘rgach, qahqahlagan bo‘lsalar ham, ikkinchi tomondan, bularning to‘ymagan och ko‘zlarini qiziqtirgan Koshg‘ar boylarining oltin kumush mol-dunyolari boshqalar qo‘liga kirayotganini ko‘rishib, ichlaridan qon o‘tmoqda edi. Mana shunday bo‘lib, bir hafta o‘n kun talan bulan, ot chop ishlari biroz bosinqirag‘andan keyin esa, Oqsuvda qolgan Gasiling bu yerdan bo‘shanib, to‘g‘ri Koshg‘arga kelmish edi. Ertasi haytgohga (hayit namozi o‘qiladigan joy) yig‘ilgan qalin xalq ustiga kelib, bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz ishlar uchun qattiq achingan holda, bunga o‘zining norozi ekanligini bildirib, ko‘pchilikdan kechirim so‘ramishdur. Biroq, bu 30 yoshga yetmagan qahramon qo‘mondon bir yog‘i yoshligi bo‘lsa, ikkinchi yokdan hozirgi siyosat sohasidan yiroq turganligi uchun, bu kelishida katta bir halokatlik xatarga yo‘liqib qoldi. Shundoqki, makkorlar markazi Kremlning topshirig‘i bo‘yicha, Koshg‘ardagi sovet elchixonasi xizmatchilari bu shunqor qushni to‘rga tushurishga qattiq kirishmish edilar. Shuning natijasi bo‘lg‘aykim, bular bilan siyosiy aloqa bog‘lash havasi uning ko‘ngliga tushmish edi.
Ishonimlik, tushungan kishilarning aytishlaricha, har turlik araq sharob ichimliklaridan tortib, inson nafsi qiziqarlik xilma xil noz ne’matlar, ayniqsa, shayton tuzoqlari, elchixonada bular hurmatiga tayyorlangandan keyin, Gasiling 50 60 chamali askar boshliqlari bilan ziyofatga chaqirilmishdur. O’z elidan chiqqan paytidagi ulug‘ umidlari uzilib; Qur’on ko‘tarib, qasam ichgan yolg‘on musulmonlardan ko‘ngli sovugan holda; bu kabi odam shaytonlari suhbatlarida majlis o‘tkazgan telba qonlik yoshlarga qandoq baho berishimiz oqillar oldida ochiq bir masaladur. Mana shu majlis o‘tkazilgandan keyin «Fiysabililloh» shiorlik qahramonlarning himmat o‘tlari so‘nib, oliy fikrlari o‘zgara boshlamish edi. Kecha kunduzlab, balki, hafta oylab Gasiling boshliq askar qo‘mondonlari elchixona aysh ishratlariga berilmish edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:22:17
Ish shu holga yetgach, payg‘ambarimiz aytgan: «Mo‘min odam iymon nuri bilan haqni botildan, to‘g‘rini egridan ajrata olur», degan muborak so‘zlaridan bular ajradilar. Shunga ko‘ra, ko‘p uzoq o‘tmayoq ularning so‘zlariga aldanib, Gasiling o‘ziga qarashlik 50-60 askar boshliq navqiron yigitlari bilan, ilon og‘ziga tushgan chumchuqdek o‘z ixtiyorlari bilan chegaradan o‘tib, qizil jallodlar qo‘liga topshirildilar. Chegaradan o‘tishi bilanoq hammalari qurolsizlantirildi. Undan keyingi ahvollari bizga noma’lumdur.
Gasilingning bu askarlari 8 armiya deb atalgan xitoy kommunistlari qo‘shiniga bir necha marotaba zarba yetkazmish edilar, bir hiyla bilan bularni osongina to‘rga ilintirdilar. Shunday bo‘lib, yolg‘iz Sharqiy Turkiston emas, balki butun Xitoy tuprog‘ida bo‘lgan qo‘zg‘alishlar Rusiyaning kommunistlar hukumati siyosatiga moslashgan holda hal bo‘la boshladi.
Maxusang bo‘lsa bu voqeadan ilgariroq Xo‘tan tomoniga yurish qilib, Yorkent, Qorg‘aliq, Xo‘tan atrofi bilan Chorcha, Chorxaliq yerlarigacha ega bo‘lib o‘ltirmish edi. Har tomondan qochgan pisganlar sig‘ing‘udek joy topolmay yurganlarga boshpana bo‘lib, ko‘p odamlar buning vaqtida mol jonlari bilan Chatra yo‘li orqali Hindistonga o‘tib qutildilar. Lekin quruq oti bo‘lsa ham yangi qurilgan erkin Turkiston hukumati raisi domla Sobit boshliq 7 kishidan iborat davlat a’zolari nima qilishlarini bilmay jaldiraganlaricha ba’zilari o‘z uylarida, qolganlari yoshiringan holda yurgan edilar.
Bularning kundalik ahvollari esa, sovet elchixonasiga yetkazilib ma’lum bo‘lib turmoqda edi. Shungachalik sovet konsuli orqali saqlanib kelgan Xo‘janiyoz, o‘qitgan yosh boladek, tayyorlanmish edi. Uning tilidan, qo‘lidan hujjat xat olgani ustiga, yerlik hukumat a’zolari boshliq boylar va boshqalardan ko‘rsatilgan kishilarni qoldirmay ushlab, Shing Dubanga topshirish vazifasi ham unga 1934 yili sovet konsuli tomonidan topshirilmishdur. Qo‘yilgan bu shartlar Xo‘janiyoz tomonidan bajarilgan taqdirda, uni musulmonlar vakili o‘rnida Shing Duban o‘rinbosari qilishga va’da berilmishdur. Shunday bo‘lib, bari ishlar qizil markaz tomonidan qolipga solinib, tayyorlangan so‘ngida, Xo‘janiyoz qalpog‘i ostida qizil jallodlar ishga kirishgali turdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:23:23
Xalq ko‘zini qo‘rqitib, yuraklarini mujush, hammaga dahshat ko‘rsatib, xalq ichida haybat oshirish bularga qonuniy shior bo‘lganlikdan, hech qanday qiyinchilik ko‘rmagan, ayniqsa, diniy odamlar, katta-kichik boylar, xalq ichida ko‘zga ko‘rinarlik kishilar, birinchi navbatda qo‘lga olinmishdurlar. Ular ichida Muhammadoxun xalpitim yuqorida aytilganidek, tungonlar qiynovida vafot topgan bo‘lsa ham, biz bilgan Koshg‘ar ulamolaridan tubandagi kishilar: domla Sobitoxun otush, Sobitoxun qizil biya, Hoshimoxun xalpitim, Shamsiddin domla boshliq oz bo‘lganda din ulamolaridan 40 50 odam shu inqilobning qurboni bo‘ldilar. Bular ichida yuqorida nomlari yozilgan olimlar kitob yozib asar tasnif qilishga qudratlari yetarlik edi. Afsuski, domla Sobitdan boshqa birortalaridan o‘z tillarida yozilgan asar borligi bizga ma’lum emas. Shunday bo‘lib, bechoralarning qiynov ostida o‘lganlaridan qolganlarini qo‘l oyoqlariga temir zanjirlar solingan holda Urumchiga, Shing Duban bosqinchining oldiga olib kelib, oz bo‘lganida 10 yildan kam emas, turmaga kesdilar.
Ota bobolarimizdan qolgan o‘z vatanimizga, el qatori insoniy haqlarimizga boshqalar kabi biz ham ega bo‘laylik, degan to‘gri talablaridan boshqa bularning nima gunohlari bor edi?
«Va aidduv lahum min quvvatin». Bu oyat ma’nosi: «Dushmaninglarga qarshi imkoniyat boricha kuch kuvvat tayyor qilinglar», demakdur. Musulmonlar Qur’onning yolgizgina shu hukmiga amal qilgan bo‘lsalar, butun insonlar ustiga hukmron bo‘lib, islom adolati yer ustida o‘rnashgan bo‘lur edi. Bu so‘zning haqligiga shak yo‘qdir, chunki payg‘ambarimiz aytdilar: «Mening ummatlarimdan qaysi kishi yaxshilik ko‘rsa uni Allohdan ko‘rsin, buni menga Alloh berdi deb bilsin; agar yomonlik ko‘rar ekan, o‘zidan ko‘rsin, o‘zini malomat qilsin», dedilar.
Kur’on hukmiga ko‘ra, boshqalarga Vatanlarini bostirib, o‘z milliy hukumatlaridan ajrab, ularga tobun bo‘lgan musulmonlar, Alloh amrini bajarmaganlikdan xudo oldida javobga tortilib, ikki dunyoda ham xorlikka qoladilar. Bizning inqirozimizga eng birinchi sabablardan biri ittifoqsizligimiz bo‘ldi. Kur’onda mo‘minlarni birlik, ittifoqlikka qattiq undaydi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:24:47
DAHSHATLI KUNLAR

Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Qizil sehrchilar qo‘li bilan yondirilgan fitna o‘tlari yana shularning qurol kuchlari orqali so‘ndirilib, 1934 yili o‘zlari tilaganlaricha Shing Duban hukumati qurildi. Ili viloyatiga voliy qilib Shing Duban o‘z qaynotasi Chusiling degan bir qari xitoyni G’uljaga yubordi. To‘qmoqdan borgan boylardan, asli Koshg‘arlik Olmosbek o‘g‘li Turdoxunbekni unga o‘rinbosar qildi. Lekin, Shing Duban hukumati har tomondan sovet siyosatiga bog‘langanliqdan butun ishlari sovet konsuli maslahati bilangina yurgazilmoqda edi. Chunki, yaponlar Manchjuriyani bosib olgach, Sharqiy Turkiston tomonga ko‘z solish xavfi tug‘ildi. Shunga ko‘ra, Sharqiy Turkiston o‘lkasiga yapon askarlarini o‘tkazmaslik uchun, Shin Shisho qismog‘iga sovet tomonidan 20 ming chamali askar qo‘yilmish edi. Butun Sharqiy Turkiston, G’arbiy Turkistonga o‘xshab har yoqlama sovet siyosatiga o‘ralgan holda iqtisodiy ishlarini o‘z qo‘llariga olgan bo‘lsa ham, xitoy hukumatiga yaponga qarshi ittifoqdosh bo‘lganligidan qog‘oz ustida bu o‘lka Jungguning ayrilmas bir qismi hisoblanar edi.
Shunday qilib, Sharqiy Turkiston Uyg‘uriston tuprog‘i Chanqayshi xitoy hukumatiga qaragan bo‘lsa ham, ostirtdan sovet Rusiyasi har tomonlama o‘z ta’siri ostiga olish uchun qattiq kirisha boshladi. Ayniqsa, bu o‘lkaning iqtisodiy ishlari butunlay Sovetga bog‘liq bo‘lgani uchun, tijorat ishlari to‘sqinlikka uchrab, bu sohada ko‘pchilik kishilar kasbdan ajrab, ishsiz qolishga to‘g‘ri keldi. Ma’lumdirki, qanchalik xalqaro iqtisodiy qismchilik ko‘payar ekan, shunchalik bular halokat tuzog‘iga yaqinlashadilar.
Eshitar quloqqa yoqimlik olti shiorni oldiga otib, sovetning nayrangi bilan butun xalqni turlik o‘ying‘a o‘ynatqali turdi. Buning ustiga yaponlarga qarshi orqa safimizni mustahkamlab xitoy Chanqayshi hukumatiga yordam beramiz degan bahona bilan boylardan ko‘plab soliq ola boshladilar. Shunday qilib xalqni turlik yo‘llar bilan o‘ynatib, 1937 yilga yetgach, o‘z rejasiga muvofiq birdaniga ish o‘zgarib, qish sovug‘i yanvar oyida G’ulja shahridan birinchi navbatda Turdoxunboy boshliq 30 dan ortiq kishi hech qanday sababsiz qamoqqa olindi. Shundoqki, oldinroq sovet konsuli tuzgan reja orqalik kerakli kishilar G’ulja voliysi Chusiling tomonidan majlisga chaqirildilar. Kechasi soat 12 larda majlisdan qaytib kelayotganda tayyorlab qo‘yilgan to‘rt nafar qurollik xitoy askari ularning oldidan chiqa kelib, Turdoxunboyning mashinasini to‘xtatadi. Uning qishlik kiyimini yechintirib, bir qavat ko‘ylagi bilan o‘zini yolg‘iz qorong‘i podvalga qamab qo‘yadi. Boshqa qo‘lga olinganlarning ahvoli bu ishdan ochiq ma’lumdir.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:25:25
Yarim tunda hech narsadan xabarsiz yotgan oilasi ustiga bostirib kirib, yirqichlarcha dahshat solib, xotin, qiz, kelinlarining bo‘yn boshlaridagi butun ziynat asboblarini talab olib, o‘zlarini eski kiygiz to‘shaklari bilan qarshisidagi qaqshab, muzlab yotgan Axtamboyning quruq qo‘rosiga shu qahraton qishda haydab chiqarishadi. Eng achinarlisi shu ediki, Turd-xunboyning 20 yoshdan o‘tgan Nurtoy va 20 ga hali yetmagan Ahmadbek degan ikki gunohsiz o‘spirin o‘g‘lini, yotgan yerlaridan shunday sovuqda ko‘ylakchan haydab olib borib podvalga qamaganlar. Shu qamalganidan so‘ng bir necha oy vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, bular haqida hech qanday xabar topish imkoniyati yo‘q edi. O’zlaridan xabar olish buyoqda tursin, noz ne’mat vaqtida birga bo‘lgan, eng yaqin ko‘rgan oshno og‘aynilarining hech qaysilari, ularning och yalang‘och qolgan oilalari holidan xabar olishga ham jur’at qilolmadilar.
Birinchi navbatda qamalgan kishilarning qo‘ra joy, mol-mulk, uy-ro‘zg‘or, jonliq jonsiz barcha narsalari olinib, bola chaqalari ko‘chaga haydab chiqarildi. Turdoxunboy inisi Qurbontoy qori, qulog‘i yo‘q hisobidan garang bo‘lgani uchun, davlat sherigi bo‘lsa ham, qo‘ra joy o‘z oldiga bo‘lib boshqa o‘ltirg‘anligi uchun unga tegmagan edilar. Vaqtida seldek kelgan, qaytarida yuz o‘girib quyundek ketayotqan davlatni qo‘li bilan to‘smoqchi bo‘lib, qo‘y desak unamay, chet yoqada qolgan mol dunyolaridan qisib qimtib yoshirincha olib qolmoqchi bo‘lib edi, Xitoy birdan ushlab, qo‘ra joy bilan borliq narsalarini yog‘u qilib, o‘zini qamab qo‘ydi. Bechora singlisi Toshxon xitoy amaldorlarining bo‘sag‘asiga bosh urib qatnayverishi natijasida 70 kun deganda Qurbontoy qori bo‘shanib chiqdi.
B a y t:
Davlat boshdan ketarda keng kiyiming tor bo‘lur,
Qo‘y degang‘a ko‘nmagan orachig‘a zor bo‘lur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:25:45
Allohning amrini qilib, nahiydan qaytmagan kishilarni balodan kim qutqara olg‘usidir. Xdlol kasb bilan musulmon molini dunyolik, oxiratlik ofatlaridan omon saqlash uchun Alloh taolo zakotini temir qo‘rg‘onni qurmish kerak edi. Dunyoga ko‘ngli bilan qattiq berilganlikdan, Qur’on hukmiga, payg‘ambar so‘ziga gumon keltirib, zakotsiz, xayr ehsonsiz yig‘gan, qo‘rg‘on tashqarisida qolgan qora mol dunyolarining it qushlarga yem bo‘lishidan kim saqlay oladi? Qur’onning aytishicha, hech vaqt Alloh taolo mo‘min qullariga ato qilgan halol rizqlarini haromxo‘r kofirlarga yedirishi mumkun emasdur.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. «Davlatim boshimda bo‘lgach, yor jo‘ralarim qoshimda» degandek, quvvati o‘chgan, davlati qochgan kunlarda har kimning o‘e oilasi, ayniqsa, ota onasi yoki g‘arazsiz do‘sti bo‘lmasa, bulardan boshqalari dushman tomoniga o‘tib ketadilar. Shunga ko‘ra, Turdoxunboy oilasidan xabar olishga shuncha ko‘p yor do‘stlari bo‘la turib, birortasi ham yaramadi. Buni ko‘rgach, o‘zim har qancha tashvish ichida turgan bo‘lsam ham chidab turolmay, yarim qo‘y eti, bir tandir kulcha yoptirib, marhum ayolimizni kirgizib edim, eshikdan kirishi hamon katta kichik bola chaqalari: «Hay, bu dunyoda bizni ham yo‘qlovchi kishimiz bor ekan», deb, yig‘i sig‘i bilan eng achinarlik og‘ir bir holda, qarshi olibdilar.
Birinchi navbatda qo‘lga olingan bu kishilarning mol mulki, qo‘ra-joylari butunlay yorg‘u bo‘lib, oilalari uchun boshpana bo‘lg‘udek joy qolmagach, ularni G’ulja shahri atrofiga tarqatib yubormish edi. Bular bilan eng so‘nggi aloqamiz shu bo‘lib, keyingi kunlarda esa, bizga o‘xshash kishilarning barchasi o‘z tashvishi bilan bo‘lib, boshqani unutmish edilar. Chunki bu jallodlar qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham, ikki kishining birini iskovichlik xizmatiga bog‘lab, xalq ichiga ko‘p buzuqlik soldi. «Po‘choq pulga iymonlarini sotadurlar», degan Qulxo‘ja Ahmad sultonim so‘zlari shu kunlari amalda ko‘rilmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:26:11
Jannat misollik, urug‘ aymog‘lik, suyukli ona Vatanimizdan ajragan holda omon olg‘udek joy izlab kelmish edik. Qizil sehrchilar shum qadamlari yetishi bilanoq bu yerlardan ham xayr barakat yo‘qolib, tinchlik, omonlik butunlay ko‘tarildi. Bu voqea bo‘lmasdan ilgari sharqiy ichki Xitoy, janubiy Hindiston yo‘llari ochiq turgan bo‘lsa ham, ish boshlanishi bilan ort atrof yo‘llar butunlay to‘silmish edi. Bizga o‘xshash siyosiy qochoqlar uchun olam qorong‘u bo‘ldi.
Boy o‘g‘li qushining shum ko‘zi kechasi ochilgandek, 6u qonxo‘r jallodlarning ko‘zlari ham kechada, ayniqsa yarim tundan o‘tganda ochilur edi. Ko‘p kishilar o‘z uyida yotolmay, agar yotsa ko‘ngli tinchib uxlayolmay, bola-chaqalari bilan yurak o‘ynoqi bo‘lgan holda kun o‘tkazmokda edilar. Yana bu inson vahshiylari nohaq, hech qanday gunohsiz kishilarni zulm ostida dahshat vahshat bilan kechalab bosqonlariga qanoat qilmay, ushlagan kishilarining qo‘l oyoqlariga og‘ir zanjir kishanlar solish, bularning suygan odatlari edi.
Mana qarang, XX asrda insonlar huquqining oyoq osti qilinishini! Birinchi navbatda ushlangan kishilar so‘nggida zulm haddan tashqari oshdi. Og‘ir kunlar, qo‘rqinchli tunlar bilan uch to‘rt oylik qish o‘tib, ko‘klam kunlari yetkach, yana yangidan yangi qo‘rqinchli ishlar, sovuq xabarlar eshitilgali turdi. Shundoqki, ikkinchi navbatda qamoqqa olinadigan kishilar tizimi ichida mening ham borlig‘im ma’lum bo‘lmish edi. Shunga ko‘ra har bir kechasi biz uchun tong otmaydigan uzundan uzun, g‘am qayg‘u tunlari bo‘lib, necha xil qo‘rqinchli xayol uyqusi ostida ag‘anab yotib tong ottirmoqda edik. Chunki har kecha ertalab turganimizda paloni palonilar bu bosqinchilar tomonidan hibsga olingan xabari eshitilmoqda edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:26:54
Shu hol bilan 6 10 kunlar o‘tgan so‘nggida, bir kecha yarim tun vaqtida, ko‘cha eshigi taqillag‘ali turdi. O’g‘limni chaqirib: «Asilxon, och eshikni!», degan o‘zbeklar oqsoqoli Sharop shangyuning (rais, mahalla raisi) dovushi eshitildi. «Hozir, ochqichni topay», degan bahona bilan o‘g‘lim yugurganicha kelib, menga xabar berdi. O’zim ham tayyorlanib turgan edim. Tashqariga chiqsam havo o‘zgarib, qattiq bo‘ron yomg‘iri bo‘lib turgan ekan. Dushmanga taslim bo‘lish uchun tavakkal qilib oldiga chiqay deb bir ikki qadam bosgan edim, o‘g‘lim Asilxon: «Jon dada, zolim jallodlar oldiga chiqish aqldan emas, qo‘llarida zanjir kishanlari shaldirab turibdi» degach, qochish ham payg‘ambarimizdan qolgan emasmu xayoli bilan, tun qorong‘usi, qattiq bo‘ron yomg‘iridan foydalanib, o‘g‘lim Asilxon oyog‘imdan dast ko‘targach, egiz tom osha qo‘shni qo‘rasiga o‘zimni tashladim.
Qattiq bo‘ron, shamol aralash yomg‘ir urib turganlikdan har qanday sharpa bo‘lsa ham, uqulg‘udek (bilingudek, ko‘ringudek) emas edi. Shundan foydalanib, qo‘radan qo‘raga tom osha tushib, ko‘cha boshidagi tom ustiga uyilgan bir o‘ram hashak ostiga kirib yoshirindim. Orada 5 6 hovli bo‘lib, o‘zim uzoqda turgan bo‘lsam ham, ikki ora ochiqlik edi. Shunga ko‘ra o‘z qo‘ramizda bo‘layotgan ishlarni yiroqdan bo‘lsa ham payqab turdim. Bosh oyoq uylarimizni, qo‘ni qo‘shnilarimizni qoldirmay, 1 2 soat ontar-to‘ntar qilishib meni topisholmagach, Asilxonni olib jo‘nadilar. Bu zolimlar ketganlaricha, uy ichi oilalarimizga vahshiylarcha ko‘rsatgan dahshatlariga qaralsa, bularni: «Ikki oyoqli yirtqichlar», deyishlik xato aytilmagan bo‘ladi.
Bular ketib tong sahar yaqinlashgancha tarnovdan quygandek to‘xtamay yomg‘ir yog‘mokda edi. Egni boshim siqib olg‘udek bo‘lib suvga chilanib qoldim va ham tong otmasdan ilgariroq bu joydan boshqa bir o‘ringa yo‘tkalib yoshirinishim hammadan zarur edi. Shuning uchun ko‘chamizdagi o‘z do‘stlarimizdan koshg‘arlik Ayuboxun usta qo‘rasiga tushib, ming hijolatlik bilan sekingina o‘zi yotgan uy eshigini taqillatib edim, dovushimdan tanidi bo‘lg‘ay, tura kelib eshikni ochib, musulmonga yarashgan axloq bilan meni yaxshi qarshiladi. Bu voqea 1937 yili mart oyida bo‘lmish edi. Shu oradan 33 yil o‘tib, bu kitobni yozmoqdaman. Agar ming yil o‘tsa ham, bu yaxshilik hech vaqt unutilmay doimiy saqlang‘usidir. Alloh uni rahmat qilsin!
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:30:35
Ho‘l kiyimlarim quritilib bo‘lg‘ach, erta namoz azoni aytilgach, katta salla, uzun chopon bilan Ayuboxun uyidan «Bismilloh» deb masjidga ketayotgan bo‘lib eshik oldimizdan o‘tayotganimizda qarasam, darvozamiz oldida ikki nafar xitoy cherigi turmish ekandur. Shu o‘tganimizcha Ayuboxun usta boshlab olib, marhum Usmon qorim uyiga yetkazdi. Ko‘cha eshigi ochilmagan, hali bomdot vaqti bo‘lmagan edi. Devordan oshib tushib, mening xabarimni onglatgach, yugurganicha chiqa kelib, ko‘ngil ko‘targich so‘zlar bilan do‘stlig‘ini bildirib, o‘ylagandan ortiqroq hurmat bilan meni kutib oldi. Alloh ulug‘ ajrlar bersin u kishiga!
Bu kishining uyida turishimiz ehtiyot yuzasidan to‘g‘ri kelmaganlikdan, o‘zidan yiroqroq orqa ko‘chasida kuyov o‘g‘li qo‘rasida turishimizni maslahat ko‘rdilar. Mana shu joyda 10 kun chamali turgandan keyin, bir kun hukumat josuslaridan bo‘lgan vijdonsiz vatan xoini Sharop shangyu Usmon qorimga kelib mening to‘g‘rimda so‘z so‘rabdur. U ketgandan keyin ehtiyot yuzasidan o‘rin yangilash lozim bo‘lib qoldi. Qorimning bog‘i orqasida necha yillik tashlandi, eski, buzulgan xumdoni bor ekan, shoshilinchda joy topolmagach, shuning ichiga tushib, to‘qqiz soat yoshirinib yotdim. Shu kuni kechqurun bu joydan yo‘tkalib, daryo bo‘yiga yaqin bir xilvat yer topib, bir necha kunlik aziz umrimni u joyda o‘tkazdim.
Mening bu kabi eng og‘ir kunlarimda vafodorlik qilib, do‘stlik haqini o‘tagan erlarning eng birinchisi to‘qmoqlik Abdurahmon edi. O’g‘li Abduqodir boshliq katta kichik butun oilasi bilan mening yordamimda bo‘ldilar. Ikkinchisi, otushlik savdogarlardan menga jonfido ixloslik bo‘lgan Matniyoz edi. Bu qahramon Oltoy va Mong‘uliyada G’ulja yilqisi pul ekan degan bahona bilan, ataylab men uchun yuz yilqi olib, Mong‘uliyaga haydamoqchi bo‘ldi. Bundan maqsadi esa, meni ham xizmatchi yilqichilar qatoriga qo‘shib olib, Mong‘uliyaga yetgach, u kunlari Manjuriyada turgan yaponlarga o‘tkazvormoqchi edi. Chin ko‘ngli bilan biz uchun bu ishga kirishgan bo‘lsa ham, bu ish to‘g‘ri kelmagach, yo‘limiz boshqa yoqqa burildi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:31:04
Yo Rabbim, bu bandalaringning bizga qilgan yaxshiliklariga yarasha hech qanday ish qilolmadim. O’zing bilursan, sening yo‘lingda har kimga yaxshilik qilish, har kimga foyda yetkazish mening eng suyub tilagan maqsadim edi. Endi men qilolmagan bo‘lsam, ey ulug‘ Tangrim, men uchun bularga ikki dunyo yaxshiliklarini sen o‘zing bergin! Omin.
Dunyoda qochgandan, yoshiringandan og‘ir ish yo‘q ekan. Shunday bo‘lsa ham boshga tushgandan keyin chora yo‘q. Ovchidan qochgan tulkidek u teshikdan bu teshikka yo‘tkalib yurib, ikki oy o‘tkazdim. Shu orada marhum o‘g‘lim G’apporxon, va’da bo‘yicha safar jamolg‘asi bilan ikki ot tayyorlagan holda Kunasdan keldi. Xitoy hukumati meni birinchi bosgan kechasi qo‘lga tushurolmagach, 18 yoshlik o‘g‘lim Asilxonni olib ketganligi yuqorida aytilmish edi.
«Buning yaqin kishilari kimlar?», deb Xitoy hukumati tomonidan so‘ralganida, ba’zi bir munofiqlar: «Buning yaqinlari boshqalardan ko‘ra tungonlardan ko‘proq», deb xech narsadan xabari yo‘q So‘quluq tungoni do‘stlarimizdan marhum Yong shangyu bilan bolasi Xoshimni ko‘rsatgan ekan. Bularni idoraga keltirib, Xitoy vahshiylari odatlaricha urib so‘kib biz uchun ko‘p azob bermish edilar. Bilmagan, ko‘rmagan ishlari haqida so‘roq berib bularni qiynagani bilan foyda chiqmasligini bilgach, hammalarini bo‘shatib yuborgan xabari bizga yetib, xafaligimiz ancha ko‘tarilmish edi. So‘ngra, yoshirin holda kechalab, uy oilamizni ko‘rishga borib, ularga otaliq nasihat va sihatlarimizni o‘tagan so‘nggida, qaytib Abdurahmon uyiga keldim. Bu yerda bizni uzatish uchun Yosin xalfatim boshliq sirdosh yoru do‘stlarimizdan kutishib o‘ltirg‘an odamlar bilan hajga ketayotqandek quchoqlashib, yig‘lashib, xo‘shlashgan so‘nggida, yarim tunda ota bola To‘pado‘ng bilan G’uljadan chiqib, Nilqi yo‘li orqalik Kunaska qarab jo‘nadik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:31:42
Bu yer G’ulja shahrining to‘ppa to‘g‘ri sharq tomonida bo‘lib, teskay yo‘li orqalik 4-5 kunlik yo‘l bo‘lsa ham, biz kungay Bog‘ati yolg‘izoyoq yo‘li bilan kun tunlab yurib Ko‘ktol to‘g‘risiga keldik. Shu yerda bizni To‘qmoqdan qirg‘izlar bilan birinchi martaba qochib chiqqanimizdagi yo‘ldoshlarimizdan Haydarali degan og‘aynimiz kutib olmoqchi bo‘lgan. U kishi esa o‘g‘lim G’apporxonga bergan va’dasi bo‘yicha, Tyan-Shan tarmoqlaridan bo‘lgan Qo‘yoshuv tog‘larining qarag‘ayligida bizni kutib yotgan qirg‘iz Turg‘unboy uyiga boshlab bormoqchi ekan.
Mo‘ljallangan yerga kelmagach, «Biror hodisa bo‘lmasa kelishi kerak edi, endi o‘zim borib xabar olib kelay», deb o‘g‘lim G’apporxon uning uyiga qarab ketdi. Borib qarasa, katta fojialik voqea ustidan chiqmishdur. Shundoqki, bu kishi ikki ayollik bo‘lsa ham, uzun yillardan beri bola ko‘rmay yurib, axiri ko‘p tilov emidemilar o‘tkazgan so‘nggida topgan, 5 6 yoshlik bo‘lib to‘y qilishga yetgan bir o‘g‘li bor edi. G’apporxonning borishidan oldin ilon chaqib, u bolani o‘ldirmish ekan. Qon yig‘lab o‘ltirgan kishilarga boshqa so‘z sig‘magach, borar joyimiz yo‘llarini so‘rab, mo‘l olib qaytmishdur. Bunday og‘ir hol ustida ketayotganimizda to‘satdan 6u hodisaning bo‘lishi biz uchun eng og‘ir sezilmish edi. Shunday bo‘lsa ham, o‘g‘lim G’apporxon: «Borar joyimizni belgilab oldim, adashmay topib borurmiz» degach, u yerdan qo‘zg‘alib yo‘lga tushdik.
Kechalab yurganimizcha Oroltepa sirti bilan tun yarmida Kunas daryosi bo‘yiga keldik. Qorong‘u tunda hayqirib oqayotgan suvni kechib o‘tish anchagina qo‘rqinlik bo‘lsa ham, xudo yordami bilan esonomon o‘tdik. Uzun tun bo‘yi ot ustidan tushmaganlikdan horib-charchagan holda, tog‘ etagiga tushib, biroz bo‘lsa ham uxlab oldik. Lekin, tog‘ ichida yolg‘izoyoq yo‘llarda yurib ko‘nmagan kishi yo‘lboshchisi bo‘lmasa, izlagan joyini mo‘ljal bilan topib borishi ko‘p qiyin ishdur. Shunga ko‘ra ertalabdan yurganimizcha nimadurki belgilangan yerlarni payqamay qolib, shu kuni kechga davr tog‘tosh ichida yo‘l topolmay adashib yurdik. Bulutga tiralgan ulug‘ tog‘lardan boshqa hech narsa ko‘zga ko‘rinmas edi. Shu adashganimizcha, kunduzni kechaga ulashtirib hufton vaqti kirgach, yog‘du yo‘qolib olamni qorong‘ulik qopladi. Qalin cho‘plar ichida ko‘zla-rimiz qorovlanib, yurar yo‘limiz yo‘qolgach, to‘g‘ri kelgan bir yerni topib, tushishga majbur bo‘ldik. Biroz o‘ltirganimiz so‘nggida yana chidayolmay ko‘ngilga vahima keldiki, bu yer Xitoy qorovulxonasiga yaqin bo‘lsa, ertalab cheriklarini chorlab chiqqanlarida falokat bosib bizga yo‘liqishib qolmasin, men buni payqab kelishim kerak deb, G’apporxon otlanib ketdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:33:06
Xudo xohlasa balo yo‘q degandek, biroz yurganidan keyin yiroqqan chiroq yorug‘ini ko‘rgach qozoq ovuli bo‘lg‘aymu, bulardan yo‘l so‘rayman deb, borib qaraydi. Bir uy liq to‘liq yaraq jabduqlik, uxlab yotgan xitoy qorovullari Dog‘ut, Toyoshuv dovon yo‘lini to‘sib yotgan qalmoq askarlari ekandur. Xudo saqlashini ko‘ringki, qo‘yilgan qorovullari, boqqan bo‘riday soqchi itlari, yotganlaricha qotib uxlab qolmish edilar. Bu kabi dahshatlik vahshiylar balosidan qutulib kelib, voqeani aytishi bilan darhol orqaga qaytib, yo‘lga tushdik.
Kelishimizda ko‘rinmagan mo‘ljallik belgilarimiz qaytishimizda ot qashqasidek bo‘lib oldimizda ko‘rina boshladi. Shundan mo‘ljal olib tog‘ tepasiga qarab tortilgan yolg‘izoyoq yo‘lga tushganimizcha, uch to‘rt bel oshib, tutash tog‘lar orasida ketayotgan edik; yo‘ldoshidan ajragan yo‘lborsdek, bir hayqiriq chikdi. Buni eshitgach, har ikkovlan tinglashib (jim bo‘lib ma’nosida) quloq solsak, ikkinchi tog‘ betida arang ko‘ringan kishi qorasi tomonidan «Hoy, G’apporxon!» deb chin yurakdan chiqargan qiyqiriq dovushi ekandur. Bu tovush egasi mo‘ljal bo‘yicha o‘tgan kuni kechgacha bizning kelish yo‘limizni to‘sib kutgan ekan. Biz adashib bir kun kechikib qolganligimizdan har turlik qo‘rqinchlik ishlar ko‘ngliga kelib, bugun yo‘lda yo‘liqishmasak Oroltepaga bormoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqmishdur. Bu tovush eshitilishi bilan G’apporxon ham tog‘ ustiga chiqib, o‘zini ko‘rsatmish edi. U orqasiga qaytib, biz tomonga qarab yura boshladi. Yaqinlashib kelganida ko‘zi menga tushgach, o‘zini otdan tashlab, yig‘laganicha kelib men bilan ko‘rishdi.
Bu kishi esa bizdan bir-ikki yil ilgari ruslar zulmiga chidayolmay G’uljaga qochib o‘tgan To‘qmoq qirg‘izlaridan edi. Mening boshimga shu kabi zulm kunlari, qorong‘u tunlari tushib, hech yerga sig‘may qochib yurganimni eshitgach, ko‘p xafa bo‘lib: «Mening oldimga kelsun, Yulduz dovoni yo‘llari ochilguncha men o‘zim u kishini saqlayman», deb o‘g‘lim G’apporxonga va’da bermish ekandur.
Bundan ilgari ko‘rishib tanishmagan bo‘lsak ham, bir yurtlik haqini saqlab, shundoq og‘ir qo‘rqinchlik kunlarimizda bizga boshpana bo‘lib, ulug‘ xizmat qilmish edi. Agar bu kishi vafot bo‘lib dunyodan o‘tgan bo‘lsa, Alloh u kishini rahmat suviga cho‘mildirib, jannatdan darajali joylar ato qilsin! Agar hayot bo‘lsa, oxirgi kunlarigacha Allohning panohida bo‘lsin!
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:33:59
B a y t:
Yaxshilik qilg‘on kishini hech unutmas Sog‘uniy,
To hayoti boricha doim duo qilg‘ay oni.

Shunday qilib, bu do‘stimiz Turg‘un og‘a bilan yo‘l ustida topishqan so‘nggida, Qo‘yoshuv degan dovonga yaqin yerda, qalin qarag‘aylik tog‘ ichida biz uchun tayyorlangan yolg‘iz o‘tovga kelib tushdik. Marhum o‘g‘lim G’apporxon meni shu joyga o‘rinlashtirib qo‘ygach, o‘z tirikchiligi uchun Oroltepaga qaytib ketdi. Mening bu turgan joyim esa, har taraflama yigirma o‘ttiz chaqirimlab xalqdan yiroq, egiz tog‘lar, qalin qarag‘aylar, o‘rmonlar orasida bo‘lganlikdan inson yirtqichlari, zolim vahshiylardan o‘zimni qutilgan hisoblab, hurriyat osmoni ostida oz bo‘lsa ham ozodlik lazzatini tatig‘andek bo‘lib yashamokda edim.
Vaqtlik bo‘lsa ham shu fursatdan foydalanib, tibbiyot xizmatida o‘tgan kunlarimda to‘plangan tajribalarimni jamlab, umrim uzulgan so‘nggida xalq uchun, ayniqsa o‘z avlodim uchun esdalik bo‘larmikin degan umid bilan, ochiq turkiy tilida bir kitobcha yozib, nomini «Shifoul ilal» (Kasalliklar davosi) qo‘ydim. Agar shu kitobchani hushyorroq bir kishi oldimizdan o‘tkazib, tushunarlik ta’lim olar ekan, o‘zi va boshqalar uchun bundan foyda olishi aniqdur. Buning ustiga bu kitobcha ko‘zga kichik ko‘rinsa ham, tarixi ulug‘ voqealik dahshatlik kunlarda yozilg‘anliqdan, avlodimiz uchun esdalik bo‘lib har oilada bundan bir nusxa bo‘lishi albatta lozimdur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:34:19
Shu bilan bosh panohimiz Turg‘unboy uyida biror oydan oshiqroq turib, iyun oyi oxirlashib kelganda, tog‘lardagi qorlar erib, dovon yo‘llari ochilar vaqti bo‘lgach, ulug‘ Yulduz orqali Oltishahar safariga chiqmoqchi bo‘ldim. Biroq bu uzun og‘ir safarimda menga yordamchi yo‘ldosh bo‘lg‘udek hech kimsa yo‘q edi. Bu to‘g‘rida maslahatlashib, kengashimiz shunga kelib to‘ldikim, Turg‘unboy og‘a yo‘lboshchi bo‘lib, ulug‘ Yulduzga meni yetkazmoqchi bo‘ldi. Undan u yog‘iga bo‘lsa, Kuchar shahridan keladigan savdogarlar eshakchilariga qo‘shilib, o‘zim ketmoqchi bo‘ldim. So‘z shunga to‘xtalgach, marhum o‘g‘lim G’apporxon oto‘lov tayyorlab, safar jamolg‘asini keltirdi. 1937 yili iyul oyiing avvali payshanba kuni ertalab qo‘shxonamiz Tug‘unboy og‘aning yolg‘iz uyidan «Bismilloh» deb otlanib chiqdik.
Ikki-uch chaqirim yo‘l yurilgach so‘nggida, o‘g‘lim G’apporxon otidan tushib uzangimga ko‘zini surtib, yuzini qo‘limga qo‘yib yig‘lagan holda mendan rozilik so‘radi. Xontangri tarmoqlari ulug‘ tog‘lar orasida ota bola yig‘lashgan holda bir birimizdan ajradik. Hali mehrimga to‘yib qonmagan yosh bolalarimning jaldirab qolayotganlarini eskarib, ular uchun o‘z o‘rnimda mehr muhabbat qilishga buyurdim. Hayot olamida keraklik, dunyo va oxiratda foyda zararlik narsalarni biroz bayon qilib, vasiyat qilganim so‘nggida o‘g‘lim G’apporxon ko‘zi yoshlangan, ko‘ngli munglangan holda orqaga qaytdi.
Biz ikkovlan bo‘lsak uzoqdan yaltirab ko‘ringan, muz qor oynalar bilan cho‘qqilari qoplangan, ulug‘ Tyan-Shan tog‘lari tomrn qarab yuzlandik. Biroz yurganimizdan keyin qarshimizdagi Qo‘yoshuv dovonini oshib, Chopqi yaylovidan tushdik. Buni kichik Yulduz deb ham ataydilar. Bu yaylovda ilgari To‘rg‘ovut qalmoqlari yashab kelgan bo‘lsalar ham, biror yuz yillardan beri qizay qozoqlari egallab turadilar.
Bu o‘rinda yozilgan «Qo‘yoshuv» degan so‘z bundan sakkiz yuz yil ilgari, hozirgi Jambul Talas o‘lkasida o‘tgan turk ulusining tupki urug‘i qirg‘iz xalqidan chiqqan qahramon Manas bahodirni eskartadi. Bu qahramon Ili Olmalig‘ qalmoqlari ustida chopul qilmoqchi bo‘lib, qo‘shin tortqanida aytgan so‘zlarini qirg‘iz dostonchilari tasvirlab, tubandagicha irlamishdurlar: Ilining boshi uch orol ko‘rgan jo‘ra barsinbi, Toyoshuv menen qo‘yoshuv ashqan jo‘ra barsinbi, degan so‘zi xalq og‘zida yaqin 800 yil saqlanib kelgan.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:35:37
YULDUZ YAYLOVI

Qo‘yoshuvni bugungi kunda menim oshib o‘tishim, biz uchun bir tarixiy voqea bo‘lib hisoblanadi. Qo‘noq bo‘lib biz tushgan ovul qozoqlari bizni Yulduzchi savdogarlardan bo‘lsa kerak, deb o‘yladilar. Shu bilan ertalab u yerdan qo‘zg‘alib, tushga yaqin Qorako‘l oshuvi ostiga yetdik. Uch to‘rt soat mo‘ljalida dovon ustiga chiqdik. Dovon yo‘llaridan qor ketib, qorayib qolganligi uchun otdan tushib, yayov yurishga hojat tushmadi. Chopqi o‘ymanidan o‘rlab, yuqori tog‘ boshiga chiqib, biroz yurganimizdayoq ikki tog‘ orasida ko‘zga qoramtil ko‘ringan bir qora ko‘l oldimizda yaltirab ko‘rina boshladi. Shu ko‘lni yoqalab bir necha soat yurganimizcha, tog‘ orasidan o‘tib, bosh oyog‘i ko‘rinmagan ulug‘ Yulduz yaylovining tuganmas tuzlangiga chiqa keldik.
Tarixlarda doston bo‘lgan turk ulusining aydari deb atalgan bu keng maydonning g‘arbi G’ulja, Tekas tog‘lari; sharqi Urumchi, Dovonchin tog‘lari; janubi Kuchar, Qorashahar tog‘lari; shimoli Tyan-Shan tarmoq tog‘lari bilan o‘ralmish edi. Bu yaylovning boshidan oyoq aylanasi ot yurishida o‘n kundan ortiq deb chamalaydilar. Mana shu kengri yaylovda bosh oyog‘i 10 ming oilaga yetmagan Sumul, Bo‘lus, To‘rg‘ovut mo‘g‘ullari yashaydilar. Bular esa, bundan 200 yillar ilgari Ashtarxon atrofidan ko‘chib qochgan mo‘g‘ullardan bo‘lishlari tarixlardan onglanadi. Dashti qipchaq cho‘llarini bosib o‘tayotganlarida ko‘chmanchi turk uluslarining hujumlariga uchrag‘onlaridan omonliq topqanlari yarim sonlarini yo‘qotmish edilar.
Bu keng tekis maydon havosida bir turlik o‘zgarish borligidan bo‘lsa kerak, qo‘y echkilari yiroqdan tuyaday; otlari, tuyalari esa qaragan kishi ko‘ziga devday bo‘lib ko‘rinar ekan. Qish kunlarining qanday bo‘lishini bilmadik, lekin biz o‘tgan yoz chillasida tog‘ parchalaridek oq bulutlar osmonda aylangach, dahshatli momaqaldiroqlar ichida chaqmoqlar chaqnashib, birpasda havo o‘zgarur edi. Buning ortidan qor, muz do‘l aralash yomg‘ir yoqqani turib, yana xiyol o‘tmay oq qora bulutlar tarqalib, yaltirab quyosh chiqa boshlaydi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:36:20
Yulduzning yeri tekis, to‘qay yo‘q bo‘lsa ham, mayda gulli o‘tlar ko‘p bo‘lganliqdan, ov qushlarining har turlari bu yerlarda ko‘pdur. Bulardan boshqa yer qo‘ynida yashovchi bo‘rsiq, sug‘ur, qo‘shquloq kabi in hayvonlari ham hisobsiz ko‘pdur. Biroq yerlik mo‘g‘ullar odatlaricha, bu in hayvonlaridan ko‘p yemas ekanlar. G’oz, o‘rdak kabi uchar qushlarni ovlab bulardan foydalanish ham ko‘p odat emas ekan. Ayniqsa, qanotli qushlar ichida oqquv qushini Tangri qushi deb bilganliklari uchun, buni bek hurmatlab, unga ozor 6eruvchilarni qattiq jazolar ekan. Bu yerning qo‘l hayvonlari, qir hayvonlari esa boshqa yerlarnikiga ko‘ra ortiqcha sifatli, kuch quvvatlik bo‘ladi. Ayniqsa To‘rg‘ovut otlari o‘lka bo‘yicha otoqlik bo‘lib yo‘rg‘alar, yo‘rtoqilar (otning silliq yurish turlari) shulardan chiqadi.
Endi o‘zimni shunday cheksiz keng bir hayrat maydonida turganimni ko‘rgach, bu hayot olamida agar madaniyat haqiqiy insoniy islomiyat adolatiga qurilmas ekan, sharmanda madaniyat siqindisi (siqimi, bosimi, zulmi) ostida yashagandan ko‘ra badaviyat maydonida umr o‘tkazishni o‘zim uchun ortiqroq ko‘rdim.
Bu Yulduz yaylovining boshqa tarixiy voqealarini qo‘yaturgan taqdirda, shuni aytib o‘tish kerakki, mo‘g‘ullar saltanatiga Temur sulton eng so‘nggi zarbani shu o‘rinda bermish edi. Mo‘g‘ul askarlari yengilgach, qilichdan qutilg‘anlari Ilyosxo‘ja o‘g‘li O’g‘lonxonni olib, asli vatanlari Qoraqurum Mo‘g‘ulistonga qarab qochmish edilar. Bular ortidan Mirzo Ulug‘bek qo‘mondasida shipirma qilich 10 ming chamasida Temur ackarlari quvlaganicha Irtish suvidan dushmanlarini o‘tkazib, bobosi oldiga ulug‘ Yulduz yayloviga qaytib keladi. So‘ngra Oltishahar o‘lkasidan mo‘g‘ullar saltanatining qoldiqlarini yo‘q qilish uchun, Mirzo Ulug‘bekni yetarlik askar bilan Koshg‘ar tomoniga jo‘natgan so‘nggida, o‘zi Olmalig‘ga tushib, Samarqandga qaytmishdur. Shu davrdan boshlab Ili o‘lkasi Jung‘oriya tekisligi bilan Uyg‘uriston-Oltishahar qo‘shilib, Chin iqlimi chegarasigacha Turon podshohi, Turkiston hoqoni Temur sulton hukmiga o‘tmishdur.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:36:43
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shundoq qilib, Yulduz keng maydoniga ertalab chiqib, shu yurganimizcha kechga yaqin Yulduzli savdogarlardan otushlik Qosimhojim degan kishining qo‘shxonasiga kelib tushdik. Bularning turgan joylari Yulduz qalmoqlarining savdoxonasi ekan. Uy egalari bilan ilgari ko‘rishib tanishmagan bo‘lsak ham, Turkiston xalqi odaticha qo‘y so‘yib mehmondo‘stlik ko‘rsatib, bizni yaxshi kutdilar. Lekin bizning voqeamizdan biroz xabarlari bo‘lsa kerak, bu yerdan tezroq chiqib ketishimizni kutgandek bo‘lib turishdi. Biz ham ko‘p turolmay, ertasi kuniyoq Turg‘unboy og‘a ikkovimiz yo‘lga chiqdik. Yusufg‘ujg‘ur degan kucharlik savdogarning qo‘shxonasida Kuchardan kelgan eshakchi kirakashlar bor deb eshitib, ularga qo‘shilib ketmoqchi bo‘ldim.
Qo‘shxonamizdan otlanib chiqqach, Yulduz yaylovining janub tomonida Tyan-Shan tizma tog‘lari qatorlarida ikki «og‘iz» ko‘rina boshladi. Botish tomondagisi mo‘g‘ulcha Qo‘naqay, chiqish yog‘idagisi Quyqun atalmish edi. 20-30 chaqirim yirog‘liqda turib, yurar yo‘limiz bo‘lgan savdogar eshakchilarining qatnov yo‘lini Turg‘unboy og‘a menga aniqlab ko‘rsatib qo‘ydi. So‘ngra, ikkovimiz Yulduzning kishi yo‘q keng maydonida ko‘zlarimizdan qayg‘uli yoshlar oqizib, ot ustida quchoqlashgan holda xo‘shlashib ajrashtik. Ul orqaga qaytdi. Men bo‘lsam, yolg‘izoyoq yo‘lga tushib, olg‘a qarab mo‘ljallangan yerga jo‘nadim. Biroq bizga o‘xshab kuchlik dushmandan qochgan, yo‘ldoshi yo‘q yolg‘iz odamning, o‘ziga aqli xushi yetarlik darajada yordam yetkazolmasligini, shu xatarli safarimda tajribamdan o‘tkazdim.
Shuning uchun hukamolar demishdurlar ofat urgan, musibat yetgan kishilarning yor-do‘stlari, urug‘ aymoqlari unga qo‘ltiqtayoq bo‘lishib, to‘g‘ri maslahat berib turishlari, albatta, lozimdur. Jon qo‘rqinchisi bo‘lmagan taqdirda, bu kabi xatarlik safarga yo‘ldoshsiz yo‘lga chiqish to‘g‘ri emas edi. Madaniyat olamininng yirtqichlaridan vaqtlik bo‘lsa ham qutilmish edim, biroq bu ketayotgan oldimdagi yo‘lda yer usti yaylovlarining eng ulug‘i atalgan Yulduz tizma tog‘larini oralab yurishga to‘g‘ri kelur edi. Bunday bo‘lg‘ach, yo‘ldoshsiz, qurolsiz yolg‘iz ketayotqanimda oldimdan, tepasi oq qora bulutlar bilan o‘ralgan Olatog‘dan yirtqich hayvonlar chiqib kelsa, mana bu holda qanday chora ko‘rishim kerak? degan dahshatlik xayollar bosib, yurar yo‘limdan adashib qoldim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:37:12
Turg‘unboy og‘a yiroqdan belgilab bergan Quyqun yo‘lini qoldirib, mo‘g‘ullarning boshi tuyuq yaylovi Qo‘naqay yo‘liga kirmish ekanman. Mo‘ljal bergan joydan eshakchi savdogarlarining o‘zlari emas, izlarini ham topolmadim. Shunday bo‘lsa ham yo‘ldan adashganimni o‘zim bilmasdan, yaylovga ko‘chgan qalmoqlar (mo‘g‘ullarning Dashti qipchoqqan Mo‘g‘ulistonga qo‘chib qochganda Yulduz yaylovlarida qolib ketgan qismi) qoldirgan izlariga aldanib, ular ortidan iz quvlaganimcha yuraverdim. Oldinroq o‘tgan ot eshak izlari ham ora-sira ko‘zga chalinmoqda edi. Lekin tog‘ ichiga ichkariroq kirgan sayin yo‘llar torayib, izlar ozaygani turdi. Aksincha, bo‘riga o‘xshash yirtqich vahshiylar va bulardan qochgan kiyiklar kabi ov hayvonlarining qoldirgan izlari borgan sari ko‘paya boshladi. Shu yerdan o‘tib, yolg‘izoyoq yo‘l bilan biroz yurganimdan keyin, soy ichida haybatlik oqib yotgan kattagina suv bo‘yiga kelib yetdim. Qarasam, suvning u tomonidagi yo‘l oqarib ko‘rinmokda edi.
Yolg‘iz kishi uchun sinalmagan bunday suvlardan kechib o‘tish anchagina qo‘rqinchlik bo‘lsa ham, suv kechish ishlarida biroz tajriba ko‘rganimdan osonlik ila u tomonga o‘tib, asr nomozini o‘qidim. So‘ngra, shu yo‘l orqaliq yarim soat chamali yurib edim, oldingidan xunukroq yana bir suv ustiga kelib, u tomonda iz bo‘lib ko‘rinayotgan yo‘lga o‘tmoq xayoli bilan otni suvga soldim. O’rtalab kelganimda oyog‘i toshga qoqilib otim yiqildi. Suv belimga chiqishi bilan: «Yo, Alloh!» sadosini tortib tepinib edim, o‘rnidan sapchib tura keldi. Jilov burib orqaga qaytdim. Qarasam, shu vaqtda kun botib, shom nomozining vaqti ham kirmish edi.
Shu oraliq tog‘ boshlarida olalab yotgan oq qora bulutlar har yoqdan ko‘zg‘alishga boshladi. Havo yuzin qoplag‘ach, kun gurkirab, chaqmoqlar chaqilishi bilan, do‘l aralash qattiq yomg‘ir quyg‘ali turdi. Soatimga qarasam, Yulduz yaylovidan o‘tib tog‘ ichiga kirganim so‘nggida ot choptirib dam olgan vaqtlarimdan boshqa, shu yerga kelguncha 10 soat o‘tmish ekandur. Har soatiga 10 chaqirimdan oz yurmaganligim ma’lumdur. Qora bulut ostidan tarnovday quyilib yotgan yomg‘ir suvi hiyol o‘tmayoq ichki tashqi kiyimlarimdan o‘ta boshladi. Tanam suvga chilanib, sovuqqa chidayolmay titrab qaltirag‘ali turdim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:40:39
Buni qarangkim, jahongir Chingiz, sohibqiron Temur kabi ulug‘ qo‘mondonlar ko‘riklar o‘tkazgan, sanoqsiz askarlar ot ulovlarining tuyoq izlarini, o‘z ko‘kragida ko‘targan tamg‘adek ko‘rib, yuzi ustida slagan Yulduz yaylovining ko‘kka tiralgan tog‘lari ostida yolg‘iz o‘zim suvga botib qaltirab o‘ltirishim, inson hayotida eng oz ko‘riladigan tarixiy bir voqea emasmi?
So‘ngra, to‘rt tomonga qarasam, boshi bulutga erishgan haybatli ola tog‘lardan o‘zga, yomg‘irdan dalda bo‘lg‘udek hech narsa ko‘rinmas edi. Buning ustiga odam yirtqichlaridan vaqtlik omon qolgan bo‘lsam ham, tog‘ yirtqichlarining qo‘rqinchlik oyoq izlari har yerda ko‘rinar edi. Mana shu kabi dahshat vahshatlik qorong‘u kechasida eng halokatlik o‘rinda turgan bo‘lsam ham, ko‘nglimdagi iymonim sababli, yaratguvchi mehribon Alloh yordamiga umid bog‘lamish edim. Ruhoniy quvvatim jnsmoniy kuchimga madad berishi bilan, bo‘ron-shamoldan daldaroq deb, soy ichiga tushdim.
Uzun yo‘l yurib horgan, o‘y chuqur yerlardan o‘tarda urinib charchagan har qanday otni tong otqizish kerak bo‘lgani uchun otni qontardim. Lekin hayot olami sababga bog‘liq degan Qo‘r’on qonuniga qarab, o‘zimni saqlamoq uchun mushtumdek toshlardan o‘n o‘nbeshini oldimga to‘pladim. Pichoq bog‘imiga latta o‘rab, o‘ng qo‘limga ushladim. Tabiat olamining vahshiylari o‘t yorug‘idan qo‘rqishini eskarib, qo‘limga govut qopini oldim. Mana shular bilan imkoniyat boricha mumkin qadar insoniy, hayvoniy dushmanlarimga qarshi qo‘yarlik qurol tayyorlagan bo‘ldim. Va «Oyatal kursiy», «Li iylofi quraysh» surasini ham og‘zimdan tushurmay o‘qig‘ali turdim.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalam aytmishdurlar: «Rohat kunlari Allohni unutmay oning amrini ushlasang, o‘l dog‘i mehnat kunlari boshingga kelsa, seni unutmog‘oy».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:41:22
B a y t:
Har gunoh qilg‘an ersang, chin ko‘ngildan tovba qil!
Chin ko‘ngildan tovba qilsang, har gunohni yuvg‘isi.
Sen Yaratqon amrini ushlar ersang rohat kuni,
Boshingga mehnat kuni tushdi ersa qutqorg‘usi.
Ey, o‘g‘il-qizlar! Xudo amrin qoldirmay tuting!
Bo‘lsa mushkil ishlaring, yordam xudodin bo‘lg‘usi.
Sog‘uniy qilg‘ay nasihat to ajal yetkunchalik,
Chin ko‘ngil do‘stlarig‘a esdalik qoldurg‘usi.

Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Tushgan yerim soy ichi bo‘lib, izg‘irin shamol aralash to‘xtovsiz quyilib turg‘on yomg‘ir ostida, ichim toshim suvga cho‘mganliqdan sovuqqa chidoyolmay qaltirab, titrag‘oni turdim. Lekin shu kabi og‘ir dahshatlik qorong‘u kechada manim jon yo‘ldoshim jonivor otim men uchun qorovullik xizmatini bajarmish edi. Shundoqki yirokdan biror narsaning sharpasini sezishi bilan darhol bo‘ynini ko‘tarib, quloqlarini o‘ynatib, menga hozir bo‘l xabarini berar edi. Shu bilan g‘am qayg‘ulik bu kabi uzundan uzun tunda yor vaslini kutgan oshiqdek qachon tong otar ekan deb, telmurib o‘lturdim.
Yalt etib tong otishi bilan talpinib ochirqob turgan otimni o‘tga qo‘yib, bu o‘xshash dahshatli kecha ofatlaridan omon chiqqanim uchun Tangriga yolvorib shukr sajdasini qildim. Yulduz yaylovidan o‘tib tog‘ ichiga kirgach, o‘n ikki soat yo‘l yurib shu o‘ringa kelgan edim. Endi esa boshi tuyuq yaylov yo‘liga kirib adashib yurganimni bilgach, yana orqaga qaytmoqchi bo‘ldim. Otim jonivor adashganimni mendan ilgari bilgan ekan. Chunki, bu yoqqa kelishda zo‘r bilan qamchi ostida yurib kelgan edi, sal bo‘sh qo‘ysam yurishini sekinlatib orqaga qaytishga intilar edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:43:21
Yomg‘ir qattiq yog‘ib, jala quyganlikdan yolg‘izoyoq yo‘llar yo‘qolib, ot tuyoq izlari bosilmish edi. Boshoyog‘i jar bo‘lib oqqan ulug‘ suv bo‘ylab, kechik yo‘lni topolmay, to‘rt besh soat ovora bo‘ldim. Buning ustiga yana havo buzilib, kiyim boshim sergamay (qurimay) turib, qor aralash yomg‘ir yoqqali turdi. Oxiri tinkam qurib ketganlikdan otto‘nni, xurjun xalashni qoldirib, jardan sakrab suv suzib u tomonga o‘tsammi ham dedim. Biroq bu ishim o‘zim suvdan o‘tgan taqdirda ham xatarlik bo‘lgani uchun, bundan voz kechib yana «Alloh» deb otimga mindim. Mening uchun shu chog‘da ot izini ko‘rmak, yor yuzini o‘pmakdan ham ortiqroq ko‘rinar edi.
B a y t:
Yor yuzini zavqini rohat ahli bilgaylar,
Yo‘l yo‘qotgan odamlar ot izini so‘rg‘aylar.

Qaytadan otimga mingach, tizzaga chiqqan cho‘plar ichida iz izlab ketayotganimda xudo o‘nglab, bulut ichidan chiqib kelgan oydek «yalt» etib, taqali ot izi qo‘zimga ko‘rindi. Agar buning o‘rnida oltin tuyoq yotgan bo‘lsa ham, bunchalik suyunmas edim. Bu izni ko‘rib ko‘zimga surtgach, buning boshchiligi bilan yo‘l topib, daryo kechigi orqalik u tomonga o‘tmoqchi bo‘lib suvga kirdim. Biroq u tomondagi bir tog‘ning tumshug‘i osilib, suvning yarmigacha kirib turmish edi. Suv yo‘li esa shu tumshuqning o‘ng yog‘ida ekan, men bo‘lsam buni bilmasdan so‘l yog‘iga qarab yurib, qattiq oqayotgan suv epkini (to‘lqini, oqimi) bilan qarshimdagi tog‘ tubiga chiqib qoldim. Qarasam, tog‘ etagida jar bo‘lib eshilib yotgan 30 40 gazcha shag‘al qum bor ekan. Uning ustidan ketgan katta yo‘l borligini bilgach, to‘g‘ri yo‘lga kesib chiqmoqchi bo‘lib, hayhaylaganimcha tog‘ga qarab ot soldim. Qiy qassuron bilan yarim beliga chiqayozganimda ot oyog‘i to‘xtamay, qum-shag‘al aralash ko‘chki ko‘chgandek sirpaganimcha suv bo‘yiga yetib to‘xtadim. Shu bilan 2-3 soat suv ichida ovora bo‘lib hayronlikda qolgach, yo‘lni mo‘ljallash uchun yana suvning u tomoniga kechib o‘tdim. Axir Alloh yordami yetib ikkinchi kirganimda yo‘l topib, qarshimdagi katta tog‘ yo‘liga kelib chiqdim. Mana shu chog‘da yer ko‘k bir xilda ko‘karib, bulutlar tarqalgan, havo ochilib, quyosh yaraqlamish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:46:58
Suvga cho‘kkan kishidek ho‘l bo‘lgan egin bosh, ot jabduqlarimni kunga solib, qoq tushgacha shu yerda yotdim. Lekin bu yotishda ko‘kargan yeru ko‘kdan, havodagi bulutdan, osmondagi quyoshdan boshqa biror narsa ko‘zga ko‘rinmas edi. Bu yerda ikki uch soatlarcha yotib, hordig‘im chiqib, usti boshlarim qurigach, yana ot ustiga minib yo‘lga gushdim. Ne ajab sirdurkim, bu yo‘lda kelayotganimda adashganimni otim bilgandek, bosgan oyog‘i orqaga tortib, o‘z ixtiyoricha bir qadam yo‘l olg‘a bosmay, qamchi ostidagina kelmish edi. Endi qaytar vaqtida qarasam, jonivor bir turlik quvonchlik bildirib, qamchiga qaramay o‘z erki bilan olg‘a intilmoqda edi.
Tajribaga ko‘ra hayvonlarda, ayniqsa, otlarda ilohi tomondan berilgan bir turlik sezgu bo‘lishi kerakdur. Bu yo‘li qaytib ketayotganimda odatdagicha yurmasdan, otimning intilishicha tasqaqlatib (o‘ziga qo‘yib choptirmoq), qattiq yurishga to‘g‘ri keldi. Chunki borar joyim olis bo‘lganlikdan tun qorong‘usiga qolish qo‘rqinchi bor edi. Ikki tomonimdan bulutga tiralgan egiz tog‘ orasidagi so‘qmoq yo‘l bilan ot jilovini qo‘yganimcha soldirib ketayotsam, yiroqdan bir kishi boshini shunday ko‘tarib, yana yoshirindi. Buni ko‘rgach, bu kishi yolg‘iz emas, yo‘lto‘sar qaroqchilardan bo‘lishi kerak, degan vahima bilan ko‘nglimga qo‘rqinch tushdi.
Islomiyat qonuni bo‘yicha ziyondur, xayondur (foydadur) insonga har ishning sababini qilmoqlik lozim bo‘lg‘onlikdan darhol otdan tushib, ayil ulanlarimni (egarni otda ushlab turadigan tasmalar) qattiq tortib, egar taqimlarimni (egar tagidan solinadigan maxsus kiygiz parchasi) o‘ngladim. Choponimning ikki yengi uchini bo‘g‘ib boylab, ichiga 5 10 tosh solib yana qo‘yin-qo‘ltiqlarimni toshga to‘ldirib oldim, qolganini Allohga topshirib otga mindim ersa, o‘g‘ri quvgandek ot qo‘yib, 5-6 chaqirim chamasi yurganimcha to‘xtamay chopdim. Qanday bo‘lsa ham, shu bilan qo‘rqinchlik mendan ko‘tarildi. Yo‘lda ko‘ringan kishining sharpasi chiqmay, kim ekanligi bilinmay, eson omon u yerdan o‘tib, cho‘ng suv bo‘yidagi qalmoqlar tikkan Tiklixon archasiga yetib keldim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:47:48
Mo‘g‘ullar odatlaricha katta suvlarning bo‘ylariga, dovon oshuv tog‘lar cho‘qqilariga quruq archa butoqlarini qadab o‘ltirg‘izadilar. Aylantira tog‘ to‘dalab, archa shoxlariga oq latta boylab qo‘yadilar. Rasululloh alayhi vasallam payg‘ambarimiz: «Har inson o‘z podshohining dinida yashaydi», dedilar. Shunga ko‘ra, Turkiston o‘lkasi uzun yillar mo‘g‘ullar hokimiyati ostida yashaganlikdan do‘lana, qayrag‘ochlarning shoh butoqlariga xotin xalajlarning oq latta boylab qo‘yishlari shularning qoldiqlaridur.
Shu yerga yetganimcha hurriyat olamida erkinlik bilan yashovchi insonlar ko‘ngillaridek ochilgan havo ostida yog‘in-chopin ko‘rmay kelgan bo‘lsam ham, Tiklixon archasidan o‘tganim so‘nggida tog‘ parchalaridek oq qora dahshatlik bulutlar har tomondan qo‘zg‘algali turdi. Momaqaldiroq qahr g‘azabi bilan bulutga haybat ko‘rsatib edi, u qo‘rqqanidan butun vujudi teshilib, ko‘z yoshin qoldirmay to‘kishga boshladi. Bir damda yorug‘ olamni qorong‘ulik qoplab, quyosh botishi bilan tun ustida qozon to‘nkargandek qosh qorong‘ulik ichida qoldim. Endi qop qora tun qorong‘iligi bilan qalin qor bulutlar ostida turib, ustidan izg‘irin shamol aralash tarnovdan tushkanday sovuq yomg‘ir urib, suv ichida shildirab turgan bir odamning holi na bo‘lg‘usidir. Oxiri, ilojim ketganlikdan, otimdan tushib, yomg‘irdan boshpana bo‘lg‘udek bir yer topilarmikan deb paypaslab yursam, shu yerda chuqurligi bir odam bo‘yi kelgudek jar borligi bilindi. Darrov jar ichiga tushib otimni chigallab, chilbirini belimga bog‘lab oldim; o‘zim bo‘lsam shu jar ichida suv olib kamor (o‘pirilib ketgan o‘yiq joy) qilib ketgan, arang bir kishi sig‘qudek bir o‘rin bor ekan, kuch bilan bo‘lsa ham shu kamorga kirib oldim. Biroq usti boshim butunlay yomg‘ir suviga chilanganlikdan, suv ichida yotgandek bo‘lib qiynaldim. Shunday bo‘lsa ham uyqusizligim ustiga charchashlik qo‘shilganlikdan bu kabi dahshatlik joyda hech bir narsa sezmasdan tong otquncha uxlamish edim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:48:39
So‘ngra uyg‘onib qarasam, havoda parcha bulut qolmagan, ko‘k ko‘karib, yulduzlar charaqlab, yangidangina tong yuzi yorimish ekandur. Tezdan turib tong otquncha otimni jardan chiqarib o‘tga qo‘ydim. Lekin, qor aralash yoqqan yomg‘irdan so‘ng eskan tong shamolining salqini, kiyimlarim ho‘l bo‘lgani uchun meni qaltiratib titratqali turdi. Bir tomondan sovuqqa chidayolmay turganim ustiga, kun bo‘yi ot ustidan tushmay yurib, uringanligimdan menda qattiq chanqovlik paydo bo‘lmish edi. Yomg‘ir har qancha ko‘p yog‘ib turgan bo‘lsa ham, yerning tekisligi, so‘rg‘aqligidan (so‘rib oluvchi, tez so‘ruvchi) bo‘lishi kerak, chanqoqligimni bosqudek ham suv topolmay, axiri cho‘plarni qoqib silkib yurib arang uch to‘rt qoshiq suv yig‘ib, shu bilan tomog‘imni ho‘llab turdim. Shu orada quyosh ham yaltirab chiqa boshladi. Yomg‘irga chilanib (ivib, bo‘kib, ho‘l bo‘lib), suv bo‘lgan egin-boshim, ot-jabduqlarimni kunga qoqlab (yoyib quritib), uch to‘rt soat shu yerda yotdim. So‘ngra bu yerdan otlanib, mo‘ljallangan tomonimga qarab ikki soat yurganimdan keyin, oldimdan yaltirab ko‘ringan oqar suvga ko‘zim tushgach, Hizr alayhissalom ichgan obihayot suvini topgandek, quvonmish edim.
B a y t:
Och kishiga non yuzi yorning yuzidin yaxshiroq,
Chanqamish odamga suv hurining ko‘zidin yaxshiroq.

Ot jonivor ham yiroqdan suvga ko‘zi tushishi bilan qanday yetganini bilmasdan tumshug‘ini suvga botirmish edi. Men ham shu barobar ot ustidan sakrab tushib, har ikkovimiz chanqog‘imiz qonguncha bosh ko‘tarmay suv ichkani turdik. So‘ngra, bu yerdan otlanib, bundan uch kun ilgari qo‘nib o‘tgan, yiroqdan ko‘rinib turgan oq chodirlarga qarab jo‘nadim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:49:27
Yo‘lda ketayotganimda 14-15 yosh chamalik, mol boqib yurgan bir qalmoq bolasi menga yo‘ldosh bo‘lib, bir ikki chaqirimgacha ergashib birga keldi. O’z tilida g‘uldurlab, uzundan-uzun so‘zlagan bo‘lsa ham, mo‘g‘ul tilini birinchi martaba eshitayotganim uchun, nima deganini bilolmadim. Axir qilgan imo ishoralaridan tushunsam, qo‘lidagi eski yomon qamchisini menga qoldirib, mening el ichida bir qo‘y turadigan yaxshi qamchimni so‘ramish ekan. Qarasam, boshqa chora bilan mendan ajramaydi, so‘z tushuntiray desam til bilmaydi. Kel, ikkovimiz ot chopishaylik degan bo‘lib, ot boshini qo‘yib orqamga qarasam, changgimga ham yetolmay qolibdur. Shu bilan kechga yaqin bir chodirga kelib tushdim. Ilgarigi tanishgan yerimga tushmakni o‘zimga ma’qul ko‘rmadim, chunki ul odamlar meni sezgan bo‘lishlari kerak. Bir kecha qo‘ndirib ertasi uzatib qutulgancha ko‘zlari to‘rt bo‘lmish edi.
Endi u kunlari kommunist bolsheviklarning qilayotgan vahshiyona zulmlariga ko‘ra, bunga yuz barobar insoniy sharaflarini qurbon qilib, o‘zlarini halokatdan saqlashga majbur edilar. Chunki, bunday kunlari pesar yo‘lini tutmoq, ya’ni o‘zgani o‘ziday bilmoq, balki, bir musulmonni o‘zidan ham ortiq ko‘rmoq bu kabi ulug‘ sharafga haqiqiy islom yo‘lini tutgan chin mo‘min musulmonlardan boshqa kim ega bo‘lg‘usidur!
Shu bilan bir kecha bu yerda yotib, ertasi Kuchar tomonga ketadigan yo‘ldosh izlab, u yerdan chikdim. Chiqar vaqtimda borar joyimni yirokdan ko‘ringan oq chodirlarni mo‘l ko‘rsatishgan bo‘lsalar ham, qandaydirki, oq chodirlarni yo‘lda qoldirib, undan 10 chaqirimcha yuqorida ko‘rinib turgan qalmoqlarning oq o‘tovlariga qarab ketibman. Orada 3-4 chaqirim kelgudek bilqillama sozlik yer bor ekan, bundan ming turlik mashaqqatlar bilan arang u tomonga o‘tib o‘tovlarga yaqinlashib edim, oldi eshakdek keladigan 10 chog‘li itlar kelib otimni o‘rtaga oldi. Bular ichidan bir katta oq da’vat otilib chiqib, tizzamga og‘iz solg‘udek bo‘lganda chaqqonlik qilib, qamchi bilan tumshug‘iga tortib qolib edim, vangillaganicha qochib ikkinchi menga yo‘lay olmadi. Biroq, es olgan so‘nggida yana kelib otimning orqa oyog‘iga tish solib edi, temir tuyog‘i bilan shundoq teptiki, ikki uch yumalab ketdi. Ungachalik uy egalari qalmoqlar yugurishib chiqib, itlarini haydagandan so‘ngra, meni Kuchardan mol bilan kelayotgan katta savdogar deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, o‘z odatlaricha kishilik ko‘rsatib, otdan tushuvimni so‘radilar.
Men ham sir bermasdan: «Orqada molim kelayotibdi. Yusufg‘ujg‘ur qo‘shiga tushmoqchi edim», degan bo‘lib, darrov otdan tushdim. Qarasam, hay-xo‘y degancha yigirma chog‘lik katta-kichik qalmoq bolalari meni o‘rab olmish edilar. Men ham darhol xurjun og‘zidan bir kilo qand olib, atrofimda yig‘ilib turganlarga ulashib berdim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:49:59
Bu joyda To‘rg‘ovut mo‘g‘ullari ichida savdogarlar tinch omon erkinlikda yashar ekanlar, chunki ularning tirikchiliklari yolg‘izgina chorva mol orqali bo‘lganlikdan, hayot uchun kerakli hamma narsaga muhtoj edilar. Mana shuning uchun boylik havasiga tushgan G’ulja, Oltishahar savdogarlari bu yo‘lda har qancha og‘irchilik tortsalar ham, foydaga qiziqib, bular bilan aloqalarini uzmas ekanlar. Buning ustiga Xitoy xonlari tomonidan ilgaridan beri tanilib kelingan To‘rg‘ovut mo‘g‘ullarining o‘zlaridan chiqqan xonlari ham bordir. Ular tomonidan qo‘yilgan Uqurtoy, Ilgadoy unvonli no‘yunlari bo‘lib, Chingizxon yasaqnomasi hukmi bo‘yicha qora qalmoqlar o‘z no‘yunlariga qattiq bo‘yinsunganlar. Bular ersa kelib ketib turgan savdogarlarni ko‘pchilik xalq va ham o‘zlari uchun foydali hisoblab, ularga qarshi tartib buzuvchilarni qattiq jazoga tortganlar. Shunga ko‘ra, savdogarlar o‘zlari buzilib, zolimlik qilib, xiyonatga kirishmasalar, boshqa tarafdan ularga hech qanday qarshilik ko‘rsatilmagan. Aksincha, u yerdagi mo‘g‘ullar qo‘rqqanidan emas, o‘z ko‘ngillari bilan savdogarlarni siylab, hurmatlashgan.
Shuning uchun meni ham savdogar gumon qilib, 6oradigan joyimgacha bir qalmoq yo‘l boshlab boradigan bo‘ldi. Yo‘q esa, orada 3-4 soatliksozlik botqoqlik yo‘llardan yurib o‘tishga to‘g‘ri kelganlikdan, yo‘l bilmagan kishining o‘zi yurishi qiyin edi. Shuning uchun men buni g‘animat bilib, biroz qand, choy bilan og‘zini shirin qilib edim, ikki uch soatcha botqoqqa botib yurib, hufton vaqtida degan joyimga keltirib qo‘ydi. Agar u boshchilik qilmaganda, bu yo‘lda salomat qolishim xatarlik ekan. Meni bu yerga yetkazib, yo‘lboshchim qalmoq qaytgan so‘nggida qarasam, bir chodirdan yiltiragan chiroq ko‘rinib turibdi. Ustiga borib: «Kishi bormi?», — deyishim bilan yugirib chiqqan bir uyg‘ur yigiti «Mehmon keldi», deb otimni ushladi. Chodir ichida o‘t tutatib o‘ltirishgan uch to‘rt kishi esa, turk xalqi odatlaricha do‘stlik ko‘rsatib, meni to‘rga chiqarishdi. Ahvolga loyiq yegudek ovqatlarini keltirib, birga o‘ltirishdi. Uch kunlik dahshatlik safarimdan beri og‘zim oshga tegmagan, do‘st kishilar yuziga ko‘zim tushmagan edi. Shunga ko‘ra, o‘zimni bularning aziz mehmoni hisoblab rohat uyqusi bilan kechani o‘tkazdim.
Tong otib choy vaqti bo‘lib edi, har tarafdan chiqqan bir necha savdogar eshakchilari Kucharga qaytmoqchi bo‘lib shu yerga yig‘ilmish edilar. Men ham bularga qo‘shilib, yo‘ldosh bo‘ldim. Men adashgan Quyqun tog‘larini o‘ng qo‘lda qoldirib, Qo‘naqay tog‘larini oralab, Kucharga qarata yo‘lga tushdik.
Birinchi qo‘nalg‘uni Kuchar savdogarlarining chodir uylarida o‘tkazgan bo‘lsak ham, orada uch kungacha o‘zlari mo‘l olishgan tog‘u tosh dalalarida yotishga to‘g‘ri keldi. Yaxshiyamki, shu orada yog‘in sochin bo‘lmasdan turdi. Yemak ichmaklarimiz mo‘l bo‘ldi. Tog‘ sovug‘ini yog‘ qaytaradi deb, har kuni kechqurin safar boshlig‘imiz yog‘liq palov qilishga buyurur edi. Uchinchi kun Ayg‘iroshuv degan dovondan o‘tib, Ko‘l degan joydagi saroyga kelib tushdik. Lekin, shu yerga kelguncha yolg‘iz oyoq yo‘ldan boshqa hech narsa ko‘zga ko‘rimas edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:50:37
Bu yerda 30 40 uylik To‘qmoq, Pishpek atrofidagi Sulta, Sarbag‘ish qirg‘izlaridan qochib kelgan bir yurtlik kishilar bor deb eshitdim. Ular bilan ko‘rishib so‘zlashmoqqa qiziqqan bo‘lsam ham, yo‘l usti bo‘lib, yo‘liqolmay qoldim. Ertasi kun Ko‘l saroyidan chiqqanimizcha yurib o‘ltirib, Qirg‘izoshuv degan dovon ustiga chiqdik. Qarasam, bu dovon cho‘qqisi ikki yoqdagi egiz tog‘ toshlari bilan qisilib qolgan torgina bir yo‘l ekan. Shuning uchun marhum Yoqubbek otaliq Oltishahar Uyg‘uriston hukumatini qurganda, Kuchar xalqini Yulduzdagi To‘rg‘ovut qalmoqlari hujumlaridan saqlamoq uchun bo‘lsa kerak, bu yerni chegara hisoblab, katta^ qarag‘ay, og‘ir toshlar keltirib cheb bog‘lamishdur. O’z davriga ko‘ra takdirlanarlik ish bo‘lganlikdan, marhumni fotiha bilan eskarib o‘tdim.
Shu kuni kechqurin Saksonkechik va Qirg‘izoshuv o‘rtalig‘ida yana Yoqubbek tomonidan chegara soqchilari uchun qurilgan kattagina bir qo‘rg‘on harobasiga kelib tushdik. Bu esa, ot uloqlari, qo‘rxona oshxonasi bilan ikki uch yuz kishiga joy bo‘lg‘udek kenglikda ko‘rinur edi. Uch-to‘rt yuz gaz egizlikdagi yerda askarlar uchun yasalgan masjid harobasini ko‘rib, uni ziyorat qildim. O’z vaqtida yaxshigina san’at ko‘rsatib yasalganligiga, peshtaq-mehroblaridagi qo‘l hunar qoldiqlari guvohlik bermokda edi. Menga o‘xshash maqsadi qo‘lga kirmagan bo‘lsa ham, istiqbolidagi istiqloli uchun kurashib, qurbon bo‘lgan o‘zbek o‘g‘li bir qahramondan qolgan asar bo‘lganligini hurmatlab, mehrob tupgxjlarini ko‘zimga surtdim.
Uz vaqtiga ko‘ra marhumni, bir tomondan, taqdirlagan bo‘lsam ham, ikkinchi tomondan, tanqidiy qarashlarimdan o‘zimni saqlayolmadim. Yo‘q esa, o‘z zamonasiga ko‘ra butun sharoit qo‘lga keltirilmish edi. Ikki qayta Londonga, ikki martaba Turkiya sultoni Abdulazizxonga elchi yubormishdur. London elchilari birinchi borishda 12 ming, ikkinchi borishida esa 24 ming farang miltig‘i olib qaytmish edilar. Bular esa zamonaviy qurollarning oldi hisoblanganliqdan nafaqat xitoy qurollaridan, balki, o‘sha zamonda bizni bosib olgan rus qurollaridan ham ortiqroq edi. Buning ustiga vaqtning ham qulayligi, chunki Angliya bilan Rusiya davlatlari o‘rtasidagi raqobat keskinligi uzluksiz ravishda o‘smoqda edi. Mana shu o‘xshash qulay fursatlar o‘tib, atrofda qarab turgan kuchlik yordamchilar qo‘lda bo‘laturib, bulardan foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Yana u davrda butun Ovrupo davlatlari, islom chirog‘ini o‘chirish qasdida, islomiyat markazi deb tanilgan Turkiya davlati ustiga hujum boshlamish edilar. Shunga ko‘ra, Xalifa hazratlari qurollik kuch orqalik yordam yetkazolmagan bo‘lsalar ham, zamonga loyiq nizomiy askar tayyorlash uchun olti nafar harbiy zobitlarini qurol-yaroqlari bilan yuborgan edilar. Bular kelgandan keyin otliq yayov butun askarlar oz fursat ichida intizomga olinib, temir saf bog‘lagandek chekinmas bir nizomiy qo‘shinga aylanmish edi. Bu ish yolg‘iz so‘zdagina emas, amalda ko‘rilib, Urumchi urushida 20 mingga yaqin olomon tungon askarlari 500 ga yetmagan otliq nizomiy askarlar tomonidan tor mor bo‘lmish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:53:04
Shu qadar tajribali ishlar ko‘z oldida ko‘rilgan bo‘lsa ham, yana xalq og‘zidagi «Voy, Xitoy buzilsa, olam buzilib qiyomat qoyim bo‘lar emish», degan xurofiy so‘zlardan ta’sirlanishi marhumning irodasi bo‘shligini, zamona ahvolidan xabarsizligini bildiradi. Yo‘q esa 14 yillik davlat boshlig‘i, agar chin irodalik siyosiy bir qo‘mondon bo‘lsa, qo‘lida nizomiy, qurollangan 40 mingga yaqin islom askari tursa, o‘z davlatini kofir dushmanga qanday topshira olsin?
Bandadan kamchiliklar o‘tmaguncha bergan ne’matini qaytarib olish, Allohga odat emasdir. Hayot olamida urush maydonlaridagi zafar yoki xatar har ikkovi ham bir qancha sabablarga bogliqdir. Agar zafar asboblarini imkoniyat boricha to‘liqlamay tu-rib urushga kirishar ekan, Qur’oni karim hukmicha bunday odam xato ishlagan bo‘lib, shariat oldida javobga tortiladi. Shu o‘xshash uning sharoitiga to‘lti bilan ega bo‘la turib, yana orqaga chekinar ekan, tarix yuzini qoralovchilardan, islom haqiga xiyonat qiluvchilardan hisoblatusidir. Dunyo va oxirat baxtini davlatlari uchun, ilohiy qonun hukmida belgilangan, har ishning o‘ziga tegishlik sabablarini bajarib, qo‘lga keltirmay turib: «X,a endi, taqdir shul ekan», deb o‘ltirish eng katta nodonlik bo‘lib, Alloh qonuniga qarshilik qilmoqlikdur.
B a y t:
Sababni qil musabbibni unutma!
Haqiqat shul erur teskari ketma.
Ota Soguniy qilmishdur nasihat
Tushunganlar bu so‘zdin olgay ibrat.
Dema: «O’zgarmas olam ish bitibdur»,
Na bo‘lgay ertagi kun kim bilibdur.
Hayotingni tuzatmoqqa sabab qil,
Vatanni qutqazishning chorasin bil.
Birinchi chorasi ilm o‘qimoqdur,
Jaholat ooshiga to‘qmoq ham tayaqdur.
Jaholat bizni ajratdi Vatandin
Vatan yolgiz emas, ham jonu-tandin.
Bo‘lar ish bo‘ldi, endi kimligingni
Unutma, ey o‘gil, o‘zbekligingni.
Yutulmasdan burun saqla tilingni-
Qutqar qulluqqa tushgan bu elingni.
Agar til saqlamas ersang, yutarlar-
Oyoq ostiga solgay, qul etarlar.
Seni yutmoqqa tayyor ajdaholar,
Koradur yoki oq to‘ymas balolar.
Na bo‘ldi, Uturiston, och ko‘zingni
Ko‘zing och, O’zbekiston, ko‘r o‘zingni.
Na erding, endi ne bo‘lding, qarab boq,
Qachon bir joyda bo‘lgay juft bilan toq.
Farishtaga yaqin bo‘lgay musulmon,
Agar din ushlasa, bu hukmi Kur’on.
Bilib diningni saqla, ey musulmon,
Judo bo‘lgan kishiga ming pushoymon.
Ota Soguniy qildi bu nasihat,
Ajab ermas, kishilar olsa ibrat.
 
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:53:23
Endi marhumning bu tarixiy voqeasi hasratlik dostonlar qatorida yozilgan bo‘lsa ham, kelajakda bolalarimiz haqlari uchun foydasiz emasdur.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Ustida shunchalik tarixiy so‘zlar yozilgan bu qo‘rg‘onda bir kecha yotib, ertasi kuni bulutga tiralgan ikki tog‘ qismog‘ida Saksonkechik atalgan oqar suv izi bo‘ylab yo‘lga tushdik. Qarasak, bu yo‘limizda saksonkechik emas, yuzdan ortiq suv kechgan bo‘lsak ham, yana suv kechiklarini sanab tugatolmadik. Shu bilan yozning uzun kunlari kechga davr to‘xtamay yurganimizcha kech qilg‘ach, har tomondan tuman aralash qora bulutlar qo‘zg‘alib, yomg‘ir quyishi boshlandi. Osti ustilarimiz yomg‘ir suvi bilan chilanib, yo‘l qorong‘uligini tun qorong‘uligi qopladi. Hayron bo‘lib turganimizda, oldimizda tog‘ bag‘ri tomonidan yaltirab o‘t yorug‘i yiroqdan ko‘rilgali turdi. Buni ko‘rgach, darhol ot jilovini shu yoqqa burib qarasak, baraka topkur yaylovga chiqadurgan Kuchar qo‘ychilari bo‘lib, yomg‘irdan quriqlanib tog‘ kamorida yotgan ekanlar. Dahshatli kechada topilgan shunga o‘xshash tog‘ o‘nqiri esa, bizning ko‘zimizda oqsaroy uylaridan ham ortiqroq ko‘rinar edi.
Bu va u olam ishlaridan xabari yo‘q, oldida haydagan bir to‘p qo‘y echkidan boshqa boqar kutari yo‘q, ikki dunyo g‘am qayg‘ulari bilan ham chatog‘i yo‘q, qo‘y dushmani bo‘ridan boshqa tashvishi yo‘q, bir necha cho‘ponlar bilan o‘nqir ichida yoqilgan olov aylanasida o‘lti rib o‘tkazgan badavlat majlis lazzatini eskarsam, madaniyat vahshiylariga chin ko‘nglimdan la’nat o‘qigim kelar edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:10:53
KUChAR

Shunday qilib sof ko‘ngilli, to‘g‘ri tilli uyg‘ur cho‘ponlari bilan o‘nqir ichida gurunglashib o‘ltirib, shu kechani o‘tkazdik. Ertasi kuni tongota hangragan eshaklarni haydashgan eshakchilar bilan biz ham yo‘lga tushdik. So‘ngra 2-3 soat o‘tar o‘tmas Saksonkechikni orqada qoldirib, qismoq og‘ziga chiqdik. Shu yurib o‘ltirganimizcha Tekmon degan uyg‘ur qishlog‘ida tushlanib, bu yerdan o‘tgach, kechga yaqin tepa tog‘lar uzilishida joylashgan, atrofi qalin daraxtlik bir saroyga keldik. Bu biz bilan kelayotgan eshakchilar xo‘jayiniga qarashlik keng bir qo‘rg‘on ekan. Shu kecha u yerda yotib, ertasi kuni Abdurahmon degan bir kucharlik savdogar bola bilan birga Kuchar shahriga qarab jo‘nadik. Kechga yaqin, Kuchar sapilidan 4 5 chaqirimcha yiroq bo‘lgan Shamolbog‘ degan qishloqdagi bolaning joyiga kelib tushdik. Ob-havosi toza, suvlari mo‘l, bog‘u bo‘stonlik kelishgan yer ekan.
Bu joyda ikki uch kuncha turib, hordig‘imiz chiqqandan keyin, shahar ko‘rmakni havas qilib, bola bilan birga bozorga kirdik. Aylanib yurganimizda bir kishi kelib qo‘limni ushladi. Qarasam, G’uljadagi do‘stlarimizdan otushlik Turdiqori ekan. Menga o‘xshab u kishi ham Koshg‘ardan qochib chiqib, hech yerga sig‘masdan Kucharga kelgach, qo‘ra-joyli bir tul xotinga uylanib, shu bilan yoshirincha kun kechirmokda ekan. Meni ko‘rib: «Voy to‘ram, ajabmu yaxshi keldingiz. Sizni xudoyim menga yetkazdi, peshonamizda nima ish bo‘lsa, endi birga ko‘ramiz», deb yopishib olganicha, ajramay Shamolbog‘idagi qo‘shxonamizga birga keldi. So‘ngra uy egasidan meni so‘ragan bo‘lib, ot uloq, xurjun xalashlarimni olib, o‘z uyiga keltirdi.
Ikki qochoq bosh qo‘shganimizdan keyin sirimiz ochildi. Qarasak Koshg‘ar, G’ulja va boshqa shaharlarda bo‘lgan voqealar hamma yerda birdaniga boshlangan ekan. Ikkovimiz bir necha kecha kunduzlab so‘zimiz tugamay, suhbatga to‘ymay, parang so‘qishib (suhbat qurishib) ajramasdan yurdik. Shu orada Koshg‘ardan otushlik Salay domla ham qochoq bo‘lmish ekan, kelib bizga qo‘shildi. Har tomondan kelgan qochoqlar topishib oldik.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:11:14
Pishiqchilik vaqti bo‘lganligidan bog‘ sayli ziyofatlarida birgalashib yurib, tinchlik bilan 10-15 kunni o‘tkazdik. Bu o‘rtada mulla Hoshim degan Buxoroda men bilan birga o‘qigan kishining kuchorlik ta-labalaridan biri kelib, u kishining uyiga taklif qildi. Shahar tashqarisida oqar suvlik, bog‘u bo‘stonlik kelishgan bir qishloq masjidida imom ekan. 1921 yili Buxorodan qaytib To‘qmoq orqalik ketayotganida yo‘ldoshlari bilan biznikida bir hafta mehmon bo‘lishib o‘tgan edilar. Salayoxun domla boshliq hammamiz kelib, bu kishi uyida bir kecha kunduz mehmon bo‘ldik. Izzat hurmat ko‘rsatib, qo‘y so‘yib, o‘z odatlaricha oliy ziyofatlar qildi. Ichimizda bir-ikki ilmlik kishilar bo‘lganligi uchun vaqtimiz ko‘proq kitob o‘qish va ilmiy munozaralar bilan o‘tmoqda edi. «Uzoq yaqindan olim mehmonlar keladilar», deb uy egasi xabar qilgan bo‘lishi kerak, mahalla boshliqlari va boshqalardan bo‘lib yana besho‘n kishi bizning suhbatimizga qo‘shilishdi. Ertasi kuni xursandlik bilan bu yerdan chiqib, har qaysimiz joy joylarimizga tarqashdik. Turdiqori eshaklik, men otliq edim.
Shahardan 15-20 chaqirim yerdagi bir qishlokdan ikkovimiz mevalik bir bog‘ olib, yoz ichini shu yerda o‘tkazmoqchi bo‘lgan edik. Shu qishloqda qorimning ishonimlik bir og‘aynisi bor bo‘lib, shom vaqti bilan u kishining uyiga kelib tushdik. Yaxshi odam ekan, ilgari ko‘rishib tanishmagan bo‘lsam ham, hurmat bilan mehmondo‘stligini bildirib, bizni yaxshi qarshiladi. Borliq ovqatini oldimizga qo‘yib, topqanini keltirdi. Keyin qorini bir chetga tortib, uzoqdan uzoq shivirlashkani turdi. Men ham gumonga tushib: «Hay, bir voqea bo‘ldimi, bu kishining xabari borga o‘xshaydi?», deb qarab turdim. Birozdan keyin Turdiqori o‘zgargan holda yonimga kelib: «Voy taqsir, balo qoshimizga kelganga o‘xshaydi. Biz chiqqan kuni kechqurin Go‘nangjuza bosqinchilari bizning uyni bosib: «Bu yerga yot kishilardan kim keldi? Ering qori qayoqka ketdi? Sen bilishing kerak», deb bizning xotinni qiynashib turgan chog‘da, bu do‘stimiz bizdan xabar olmoqchi bo‘lib, tuyuqsizdan bu ishning ustiga kirib qolibdi. Bu kishini ko‘rgach: «Sen bularning yaqini o‘xshaysan, bu uyga kelgan kishilardan xabaring bo‘lishi kerak», deb buni ham qiynamoqchi ekan, yerlik bir qancha tanish kishilar guvohlik berishgani so‘nggida, ular qo‘lidan arang qutulib, hozirgina kelib o‘ltirmish ekan. Endi maslahat shulkim, balodan hazar, ish chorasini ilgari qilishimiz lozim, kelib qolmasdan burunroq bu yerdan ketaylik», dedi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:11:36
Shoshilinch ravishda otlarimizni yetaklaganimizcha yo‘l bilan emas, bog‘dan boqqa tun qorong‘usida turtinib yurib, ikkinchi bir qishloqqa o‘tdik. Ungachalik tun yarimdan og‘ib, qayon borib, kimning eshigini qoqishni bilmasdan hayron bo‘ldik. Oxiri Turdi qorim: «Shu yerda bir xo‘ja kishi bor edi, chala tanish bo‘lsa ham shunikiga boraylik, boshqa choramiz yo‘q», deb unikiga bordik. U bechora har yili tog‘ ichlaridagi qirg‘izlarga borib, murid ovlaydigan xo‘jalardan ekan. Muridlaridan topgan qo‘y echkilarini haydab kelgan kechasida, kelishmaslikni qarang, biz ham kelib eshik taqillatibmiz. Bechora xo‘ja: «Ustimdan Go‘nangjuza bosqinchilari meni bosqani kelishgan ekan», deb jon-moni qolmabdur. Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinur degandek, o‘z qo‘rqishlarimiz ham yetarlik edi, buning ustiga tinch yotgan birovlarni qo‘rqitishga sabab bo‘lishimiz bizga ortiqcha bo‘ldi. Qora chiroq yoqilgan uyda qo‘rqqanidan hali o‘ziga kelmagan xo‘jamdan hol so‘rashib, biroz o‘ltirgandan keyin tashqariga chiqib yotdik.
Hatarlik kun qursin! «Ertagi kunda qayoqqa borarmiz, kimning uyiga sig‘armiz?», degan tashvishli o‘y bilan tong otguncha uxlayolmay chikdim. Tong yorishi bilan otlanib yo‘lga chiqqanimdan keyin kengashib: «Kechagi mehmon bo‘lgan uy egasi Hoshim domlanikiga boraylik, qanday bo‘lsa ham ilmi bor, qadr bilgan odam, biz uchun biror maslahatlik ish ko‘rsatsa ajab emas», deb kechagi chiqqan joyimizga keldik.
Qarasak, Hoshim domlamdan darak yo‘q. Tol tagida quruq yerda hayron bo‘lib, uzundan uzun o‘ltirdik. Shu orada ichki qo‘ra eshigidan bir xotin kishi bosh boqib qarab qo‘ydi. O’tgan kuni kelgan mehmon ekanligimizni tanigan bo‘lishi kerak, birozdan keyin bir yosh bola quruq bir kiygizni sudraganicha oldimizga keltirib tashladi. Dastlabda kelganimizda qarindoshlarcha qizg‘inlik bilan ko‘rishgan bir ikki kishilar esa, bu uchrashishimizda so‘li yo‘q, so‘zi yo‘q, qo‘l uchlari bilangina ko‘rishib, biror narsadan qo‘rqqandek ko‘p o‘ltirolmay qaytib ketishdi. Endi bu ishlarni ko‘rgach, ko‘nglimizga har turli xayollar kelib, bu yerda ham katta bir voqea bo‘lgan o‘xshaydi deb turgan edik, birinchi kelganimizda ko‘rishgan hoji otaning o‘g‘li kelib qoldi va bu haqda bizga to‘liq ma’lumot berdi. Shundoqki, Shing Duban hukumati qurilgan kundan boshlab, butun O’yg‘uriston o‘lkasi Sovet hukumati nazorati ostiga olinmish edi. Ayniqsa Uchturpon, Oqsuv, Kuchar shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri GPU tomonidan tayyorlangan, o‘z otasini ham tanimaydigan tatar, uyg‘ur bolalarini keltirmish edilar. Ular har joyning ko‘zga ko‘rinarlik kishilarini, o‘zlarining iflos odatlaricha, majburiy ravishda josuslik balosiga bog‘lamish ekanlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:14:31
O’tgan kuni ziyofat majlisimizda bulardan bir qanchalari bo‘lganlikdan, biz ketgan kuni kechqurin uy egasi Hoshimoxun domlani Go‘nangjuza jallodlari tomonidan qamoqqa olmish ekanlar. Bizlarni ham qo‘lga olish qasdida bosmachilardek Turdioxun uyini bosgan bo‘lsa ham, bog‘ olamiz bahonasi bilan qishloqda qolganligimizdan, u kuni jallodlar qo‘liga tushmagan ekanmiz. Ikkinchi qaerda ko‘rsanglar yoki eshitsanglar, darhol bizga xabar bermas ekansizlar, ul chog‘da baringlar javob qaytarasizlar, degan mazmunda uy oilalaridan va biz bilan ko‘rishgan kishilardan tilxat olmishdur.
Bu kabi dahshatli shum xabarni onglashimiz bilan hushimiz boshimizdan uchdi. Bir kun bo‘lsa ham dinsiz, rahmsiz dushman ilkiga ilinmay, omon bo‘lish umidi bilan kelgan kishilar edik. Bizni deb uy egasining shunday og‘ir kulfatda qolganini ko‘rib, qattiq qayg‘urib, ko‘p xafa bo‘ldik. Bir zolimlardan, shu o‘xshash ahmoq nodonlardan payg‘ambarlar ham qochgan ekanlar. Shuni eskargach, Hoshimoxun domlani zolimlar qo‘lidan qutqarish uchun o‘zimizni taslim qilishlikni loyiq topmay, qochishni ortiqroq ko‘rdik. Ilgargi kuni kelganimizda bolga uymalashgan chivinday bo‘lgan kishilar bugun esa yirokdan qoralari ko‘ringan bo‘lsa ham, o‘zlari yaqinimizga yo‘layolmadilar. Buning ustiga biz kelib otdan tushishimiz Bilan tegishlik o‘ringa xabar yetishi aniq bo‘lganlikdan, har bir nafasda ushlanib qolish qo‘rquvi kuchaymoqda edi. Shunga ko‘ra, borliq odamlar bizdan qo‘rqib tarqashgan vaqtdan foydalanib, ot uloqlarimizni qoldirgan holda yayovlashib tubanda oqib yotgan katta soyga tushdik. Qarasak, soyning u tomonida otliq odam kirsa ko‘rinmaydigan, o‘skandan o‘skan jo‘xori ko‘rindi.
Vahshiy dushmanlarimiz orqamizdan qoramiz uzulmay turib izlab chiqqan bo‘lsalar ham, bu yerga kirganimizni o‘ylamas, deb suvdan chiqishimiz bilan qalin jo‘xori ichiga kirib oldik. Ertalab, choy vaqti bilan kirgan bo‘yimizcha, 6 soat chamasi dimiq jo‘xori ichida chirkayga (chivinga) talanib o‘ltirdik. Tush og‘ib, quyosh qizib turgan chog‘da, aylana atrofimizni sinchiklab qarab hech kimni ko‘rmagach, jo‘xori ichidan chiqdik. Biroq, qayoqqa borishimizni, qaerdan boshpana topishimizni belgilamasdan, oldimizda yiroqdan ko‘ringan qalin qora daraxtzorni mo‘l yurganimizcha, asr namozi vaqti bilan qishloq chetidagi cho‘ng qopqalik (darvozalik) bir dehqon qo‘rasiga kelib kirdik. Biroq bu kishi mehmon kutmagan, odamgarchilikni bilmagan kishi ekan. Oqshom namozi o‘tgandan keyin: «Biz mehmon kutolmaymiz, boshqa bir joyga boringlar», deb bizni u joydan chiqishga majbur qildi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:16:15
B a y t:
Sog‘uniy, er qadrini bilmas ekan, deb qayg‘urma,
Hazrat Muso qadrini ham bilmaganni esga ol!

«O’zi kelgan qo‘noqni (yotib qolishga kelgan mehmon) qaytarish iymondan emas», degan payg‘ambarimizning so‘ziga qarshi turgan kishiga nima degali bo‘lur? Nochor u yerdan chiqib qaerga borishimizni bilmay, qorong‘u kechada to‘xtamay yurib, bir boqqa kirdik. Kishi ko‘rib qolmasin deb shu yerda uyquga kirguncha, qalin chirg‘anaq (tikonli butazor) ichida chivin chirkayga talanib yotdik. Bir necha soat o‘tgan so‘nggida bu yerdan chiqqan bo‘lsak ham, qaerga borib, nima ish qilishimizni bilolmay ko‘cha aylanib, axiri eshigi ochiq bir masjid oldidan chikdik. Buni g‘animat bilib shu yerda yotmoqchi bo‘lib edik, ertangi kuni xatarini o‘ylashib so‘zimiz to‘xtalmay turganda, xudo o‘nglab, Kuchar tarafdan kelayotgan bir arava sharpasi bilindi. Xonaqatom degan bir joyda bo‘ladigan qishloq bozoriga mol bilan ketayotgan bir savdogar kishi ekan. Buni ko‘rgach, Hizrga yo‘liqqandek suyunishib, sirimizni bildirmasdan shunga ergashganimizcha kechalab yo‘lga tushdik. 30 chaqirimcha yo‘l yurib, tun yarimi bo‘layozganda bir bedalikka kelib dam olish uchun o‘ltirdik.
Yo‘ldoshim Turdiqori mendan yosh bo‘lsa ham, safarga chidamsizroq ekan, shu yerda biroz bo‘lsa ham uxlab olaylik, deb ko‘p yalinib edi; yo‘ldoshdan ajrab qolsak adashamiz deb, men unamadim. Shu yurganimizcha u yerda bu yerda uchragan siyrak tomlik 3 4 qishloq mahallasidan o‘ta borib, tongga yaqin yana bir mahalla chetiga keldik. Shu yerda uyqusizlik ko‘p g‘alaba qilgach, qalin daraxt tagiga kirib, namoz vaqtigacha uxlab qoldik. Ertalab turganimizda qarasak, ko‘k yuzini qora bulutlar qoplab, yomg‘ir yog‘a boshlamish edi. Biz ham tura kelib, har biri tubiga duva-duva qum uymalagan qari qora yulg‘un yog‘ochlarini oralaganimizcha, yomg‘ir aralash yo‘lga tushdik. Ketayotib, yo‘l ustida ovqatlanish uchun uylariga tushgan kishilar bizni ko‘rgach, kiyim boshlarimizga qarab hayron bo‘lishar edi. O’zlari esa, hozirgi madaniyat olamidan bir yoqlama yiroq turganliklari uchun, siyosatchilarni hayratda qoldirgudek siy sifatga ega bo‘lganlikdan, o‘tmishdagi o‘rta asr uyg‘urlarini eslatmokda edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:17:51
Bu yoziq sir insonlar islomiyat sharaflaridan yolgizgina ism egasi bo‘lsalar ham, haligacha insoni yat axloqlaridan ajramagan edi. Endi esa, Mao tszedun mal’un zulmi ostida ezilib yotgan bir qancha million qon-qarindosh, din orqadoshlarimiz uygur ulusi diniy, milliy huquqlaridan butunlay mahrum etilgan holda, qizil yolmogiz yordami bilan qora yalmog'iz bo‘gziga kirib, yutilish oldida turibdilar. Bu kabi cheksiz xiyonat, kechirilmas jinoyat ishlovchilarini uygur o‘zbek ikki Turkiston o‘glonlari ulug bobolari O’guzxon arvohi haqi hech vaqt unutmaslar. Agar unutar ekanlar hayot olamining qora sahifalariga haqiqat yozuvchilari uygur xalqining qizil qonlari bilan bu jinoyatni yozib qoldiradilar.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Yo‘lda yo‘liqib so‘z so‘rovchi kishilarga Xonaqatom bozoriga mol yuborgan edik, aravamiz ilgarilab ketgan edi, degan bahona bilan boshoyog‘i ko‘rinmagan yulg‘unlik uzun cho‘l ichida yura yura peshin namoz vaqti bilan Xonaqatom bozoriga yetib keldik. Bu esa Kuchar atrofidagi qishloq bozorlari ichida xalq ko‘pligi, savdosining qizg‘inligi bilan birinchi bozor atalur ekan. Bozor ichidan biror chaqirim chetdaroq yerda, qalin daraxtlar orasida Xonaqatom mozori ko‘rinib turmoqda edi. Ilon chaqqan kishi arqon shaklini ko‘rsa qo‘rqqandek, bozorga kirishdan qo‘rqib, qori ikkovimiz to‘g‘ri mozorga bordik. Qarasak, atrofi ochiq, eldan qochiq, daraxtzor, havosi yaxshi, oldida oqar suvi bor, o‘lturg‘udek uyi ham bor ekan. Mana shu yerda o‘zimni bu vahshiylardan qutilgandek chog‘lab, tarki dunyo qilgan so‘pilar odatlaricha payshanba kuni og‘iz berkitib, boshqa kunlari quruq nonga qanoat qilib, 40 kundan ortiqroq yotdim.
Bizning Chiqish, Botish ikki Turkiston xalqi ichida ilgaridan beri mozorparastlik bid’ati, to‘g‘ridan to‘g‘ri aziz avliyolarga sig‘inish odati ko‘p rivoj olgandir. Shunga ko‘ra, ko‘pchilik qishloq xalqi Xonaqatom mozorini Turkistonda hikmat aytgan mashhur Qulxo‘ja Ahmad Yassaviy mozori deb ishonar ekanlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:18:16
Bu yoziq sir insonlar islomiyat sharaflaridan yolgizgina ism egasi bo‘lsalar ham, haligacha insoni yat axloqlaridan ajramagan edi. Endi esa, Mao tszedun mal’un zulmi ostida ezilib yotgan bir qancha million qon-qarindosh, din orqadoshlarimiz uygur ulusi diniy, milliy huquqlaridan butunlay mahrum etilgan holda, qizil yolmogiz yordami bilan qora yalmog'iz bo‘gziga kirib, yutilish oldida turibdilar. Bu kabi cheksiz xiyonat, kechirilmas jinoyat ishlovchilarini uygur o‘zbek ikki Turkiston o‘glonlari ulug bobolari O’guzxon arvohi haqi hech vaqt unutmaslar. Agar unutar ekanlar hayot olamining qora sahifalariga haqiqat yozuvchilari uygur xalqining qizil qonlari bilan bu jinoyatni yozib qoldiradilar.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Yo‘lda yo‘liqib so‘z so‘rovchi kishilarga Xonaqatom bozoriga mol yuborgan edik, aravamiz ilgarilab ketgan edi, degan bahona bilan boshoyog‘i ko‘rinmagan yulg‘unlik uzun cho‘l ichida yura yura peshin namoz vaqti bilan Xonaqatom bozoriga yetib keldik. Bu esa Kuchar atrofidagi qishloq bozorlari ichida xalq ko‘pligi, savdosining qizg‘inligi bilan birinchi bozor atalur ekan. Bozor ichidan biror chaqirim chetdaroq yerda, qalin daraxtlar orasida Xonaqatom mozori ko‘rinib turmoqda edi. Ilon chaqqan kishi arqon shaklini ko‘rsa qo‘rqqandek, bozorga kirishdan qo‘rqib, qori ikkovimiz to‘g‘ri mozorga bordik. Qarasak, atrofi ochiq, eldan qochiq, daraxtzor, havosi yaxshi, oldida oqar suvi bor, o‘lturg‘udek uyi ham bor ekan. Mana shu yerda o‘zimni bu vahshiylardan qutilgandek chog‘lab, tarki dunyo qilgan so‘pilar odatlaricha payshanba kuni og‘iz berkitib, boshqa kunlari quruq nonga qanoat qilib, 40 kundan ortiqroq yotdim.
Bizning Chiqish, Botish ikki Turkiston xalqi ichida ilgaridan beri mozorparastlik bid’ati, to‘g‘ridan to‘g‘ri aziz avliyolarga sig‘inish odati ko‘p rivoj olgandir. Shunga ko‘ra, ko‘pchilik qishloq xalqi Xonaqatom mozorini Turkistonda hikmat aytgan mashhur Qulxo‘ja Ahmad Yassaviy mozori deb ishonar ekanlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:18:34
Mana shu yerga kelgach payqab qarasam, Kuchardan 80 90 chaqirimcha janub tarafda Taklimakon cho‘llarining g‘arbiy etagi, Himoloy tog‘larining sharqiy tomonidan chiqqan Torim daryosi bo‘yiga kelgan ekanman. Shu yerdan Lobnur ko‘li orqalik To‘g‘rak jangali (to‘qayzori) oralagan yo‘l bilan 12 kunda to‘g‘ri Xo‘tan shahriga chiqsa bo‘lar ekan. Bu yerga kelgandan keyin kishi bilmas, dushman qadami yetmas tinch joyga keldim o‘xshaydi desam, bir ikki juma o‘tishi bilanoq: «Vay, falon mozorga xo‘jamlardan shundoq bir kishi kelibdimish», degan so‘z tarqalib, atrofdagi odamlar ziyoratga kelgali turishdi.
Bundan ilgari Xo‘janiyoz qo‘zg‘olonida ish ko‘rsatgan sahro xalqi ichida shangyu, miroblar bo‘lib, bulardan atog‘i chiqqanlari ikki kishi birovi Obil mirob, ikkinchisi Matniyoz shangyu deganlar edi. Ular esa, yaqin bir yildan beri biz o‘xshash qochoq bo‘lib, bosqinchilarga tutqich bermay keng dala, qalin to‘qay ichida zolimlar qo‘liga tushmay, jon saqlab yurgan ekanlar. Har ikkovi ham yarim kechada kelishib, men bilan ko‘rishib ketdilar. Sirdosh bo‘lib qolgach kundan kunga muhabbatlashib, har ikki-uch kunda ko‘rishib turmasak chidayolmaydigan bo‘lib qoldik.
Obilmirob o‘zi savodsiz o‘qimagan bo‘lsa ham, ota bobosidan tortib yurt so‘rab, el bilib kelgan ochiq yuzlik, chechan tillik, er yurak kishi edi. Matniyoz shangyu undan ko‘ra biroz yoshroq, og‘ir bosiq, madrasa ko‘rgan, oz bo‘lsa ham siyosat ko‘rib, ko‘zi ochilgan xushxulq, adablik yigit edi. Bulardan boshqa uzoq yaqindan eshitib kelgan oshna og‘aynilar kundan kunga ko‘payishkali turdi.
Qochgan kishidek emas, sayohatga chiqqan bir kishidek bo‘lib, chaqirgan joyga bormay turolmadik. Buni ko‘rgan Turdiqorimning rangi qum o‘chib qo‘rqqanlikdan bahona qilib: «Falon qishloqda bir og‘ayni kishim bor edi, shu yerga borib, Kuchardagi uyimdan xabar oldirsam, biror hafta ichida qaytib kelardim», deb mendan ruxsat so‘radi. Qochoq kishiga har yoqlama ikki kishidan bir kishining yengil bo‘lishini o‘ylab, qoriga javob berdim. Bu kishi ketgandan keyin Obilmirob bilan maslahatlashib, har ikkovimiz jangal yo‘li bilan Xo‘tanga o‘tib, u yerdan Tibet orqali Hindistonga ketmoqchi bo‘ldik. Safar jamolg‘asi bilan bari iqim chiqimni o‘zi ko‘tarmoqchi bo‘ldi. O’zining aytishicha mol dunyosi ko‘p, farzandi yo‘q, qadrdon xotini o‘lib ketgan, keyingi xotinidan bola bo‘lmagan ekan. Shunga ko‘ra orqasida qoladigan, qayg‘urgudek kimsasi bo‘lmagach va ham zolim bosqinchi hukumat tomonidan biz o‘xshash qattiq ta’qibga tushganlikdan bezor bo‘lib, boshqa bir mamlakatga ketish niyati bor ekan. Biroq, o‘zi davlat egasi bo‘lgani bilan o‘z yeridan chiqmagan, uzoq yaqin safar ko‘rmagani uchun, qanday qilarini bilmay turgan vaqtida bizning kelib qolishimiz bunga qulay bo‘lmish edi. O’ziga hamdardligimni onglagach, joni kirib, safar ishini tezlatgani turdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:19:35
To‘g‘roq janggali yo‘lini yurganimizda ikki uch kunlik suvsiz cho‘lni kesib o‘tishga to‘g‘ri kelar ekan, bunga xachirdan boshqa hayvon chidayolmaydir. «O’zimning 10 otga bermaydigan ishonimlik xachirim bordir. Sizga ham shunga o‘xshash bir xachir olishim kerak. Yana shundoq vahshatlik janggal, cho‘l yo‘llarida ko‘p safar qilgan, bu yo‘lning o‘y chuqurini yaxshi bilgan mohir yo‘lboshchi bilan ham uqushib qo‘ydim», deb har qancha qiziqtirgan bo‘lsa ham, nimagadir bu safarga ko‘nglim rizolik bermay, kechiktirib turdim. Yo‘q esa, safar jamolg‘alari har tomonlama to‘liqlanib qo‘lga keltirilmish edi.
B a y t:
Ko‘rguluk bo‘lsa qaerda ani ko‘rmay chora yo‘q,
Tuz nasibang qayda tushsa oni totmay chora yo‘q

deganday, har ikkovimizga ham ko‘rgilik vaqti kelib qolgan ekan. Bundan xabarimiz yo‘q, biz unga chora izlab yurganimizda tuyuqsizdan kechasi kelib, Go‘nangjuza jallodlari do‘stimiz Obilmirobni qo‘lga tushirmishdur. Yotgan joyimiz qishloqdan chetroqda bo‘lganliqdan kechasi bo‘lgan bu voqeadan xabar topmagan ekanmiz, ertalab kelgan Obilmirob inisidan eshitib, hayron bo‘lib tursam, o‘zimizga qarashlik yana bir kishi: «Vay, hojim, uch to‘rt kun bo‘lsa ham, bu yerdan boshqaroq joyga yo‘tkalmasak bo‘lmaydi», deb maslahat ko‘rsatib, shu damdayoq meni yashirin yo‘l bilan 10 chaqirimcha qumliq ichidagi birovning qo‘rg‘oniga eltib qo‘ydi. Soq bo‘l bek bo‘l bilan kechani shu yerda o‘tkazib, ortiq turishga imkoniyat bo‘lmagach, ertasigayoq qaytib mozorga keldim. Qarasam, ishlar boshqacha bo‘lib, har xil so‘zlar ko‘payganini sezdim. Shu kechalab Obilmirob oilasiga ko‘ngil aytgani va ham ulardan o‘z to‘g‘rimda maslahat so‘ragani borib edim, ko‘rishgan do‘st kishilar bu yerdan tezroq ketishimga maslahat berdilar. Shuning uchun Obilmirobning qaynisi bilan bu joyga kelganimizdan beri oshnoligimiz bor edi, bu voqeani anglab, ahvol so‘ragani kelgan ekan, bu kishi mening hijolatimni ko‘rib: «Domlahojim, ko‘p xafa bo‘lmang, shu kechadan qoldirmay sizni Kucharga yetkazib, o‘z uyimda saqlayman. Bu ishlar biroz jimiqqandan keyin maslahat bilan siz aytgan joyga yetkazib qo‘yishga ham yaraymiz», degan so‘z qilib edi, anchagina ko‘nglim ko‘tarildi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:20:10
Shu kecha va’dalashgan joyga mirobning o‘gay o‘g‘li boyagi maqtovlik xachir qo‘shgan mapani (Xitoy aravasini) keltirgach, cho‘ng yo‘lni qoldirib, cho‘l bilan to‘xtovsiz yurib tong otar vaqtida manzil joyimizga yetib keldik. Yo‘l bilan, kishilarning aytishicha, 100 chaqirimcha yurgan o‘xshaymiz. Ichkari Xitoydan mapa bilan bir kunda 100 chaqirimdan ortiq yo‘l yuradigan 10 yombulik asl xachirlar borligini eshitgan edim, shu safarimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yo‘l yurganda g‘amza bilan raqsga tushganday quloqlarini o‘ynatib, oyoq bosgani bilinmay yelkan kema ketgandek, qamchi ursa uchgandek, bechora mirob bunga 10 ot emas, har qancha baho qo‘ysa ham arzir ekan deb, Xdndiston safari yodimga tushgach, afsuslanib ko‘nglim buzilmish edi.
Kechagina birga yurgan jon yo‘ldoshimizni o‘g‘riga oldirib, uzun safarga atalgan 10 otliq ulog‘ini men minib, qochgan joyimga qaytishim qaysi baloni mening boshimga keltirur ekan, degan qayg‘ulik o‘y bilan belgilangan uyga kirib o‘ltirdim. U yoq bu yoq ko‘cha ko‘yga chiqishni qo‘yib, chilla o‘ltirgan kishilardek, toat ibodatga kirishgani turdim.
Mozorda turgan kunlarimda asli ko‘na (eski) turponlik, Koshg‘ar madrasalarida o‘qigan, o‘ziga yarasha ilmi bor, xalq og‘zida «qozioxun» atalmish Mullaniyoz nomli bir kishi mendan dars o‘qib yurgan edi. Mozor mahalla odamlari bu voqea bo‘lib bizdan ajraganlari uchun qayg‘urishib, xafalangan ekanlar. Biz ketib 10 kuncha o‘tgandan keyin har qandoq bo‘lsa ham yo‘qlab kelishimiz kerak deb, qirq ellik so‘m pul bilan qozn oxunni bizga yuboribdilar. Biz bilan ko‘rishib borgandan so‘ng qarasa, hukumat tomonidan ortiga tushgan kishi bo‘lishi kerak: «Qayoqqa bording, pul bergan olgan kishilarni ko‘rsat, u bilan kimlar aloqa qilgan?», deb oxunim bechorani qattiq qiynab so‘roq qilgan ekan, qiynovga chidayolmoy jon achchig‘ida hamma so‘zni ortig‘i bilan aytib beribdi. So‘ngra Go‘nangjuza xitoy jallodlari mozor mahallaga kelib, biz bilan aloqa bog‘lagan kishilarni qiyin qistovga olib: «Qani, u odamni topinglar?» deb siyosat qilsa, ko‘rqishib turgan qishloq xalqi: «Shu kishi bo‘ladi», deb qozini ko‘rsatibdilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:20:44
Bu voqeadan xabarim yo‘q, qozi kelib biror hafta o‘tgandan so‘ng, qo‘shxonamda yolg‘iz qolib zerikkanimdan, bizga yaqin mahallada ko‘p yillardan beri turg‘un bo‘lib qolgan bir andijonlik kishi bor ekan, uni ko‘rishga xumor bo‘lib, bog‘iga bordim. U ham o‘z yurtligini sog‘ingan bo‘lishi kerak, akauka topishgandek quchoqlashib muhabbat bilan ko‘rishdik. Yana o‘z og‘aynilarimizdan g‘uljalik Tursunboy men bilan ko‘rishib G’uljaga qaytmoqchi ekan, u ham kelib biz bilan o‘ltirdi. Mana shu orada o‘zaro g‘imir shivir bo‘lib, qulog‘imga sovuqroq so‘z eshitilib qolgach, hadik olib tashqariga chiqdim. Ikki yosh bola oldimga yugurganicha kelib: «Sizni izlashib yuribdilar, Go‘nangjuza kishilari qo‘shxonangizga kirib ketdi», deb xabar berishib qoldi.
So‘z aytishga ham fursat bo‘lmadi. Yonimdagi mavzur soatimni: «Sizga omonat, uyga berib qo‘ying», deb Tursunboyga topshirdim. Bir nafas bo‘lsa ham zolim yuzini ko‘rmasga eng so‘nggi chora qilgan bo‘lib, bir parcha o‘sgan jo‘xori ichida yoshirinib turdim. Hali nafasim ham rostlangani yo‘q edi, ikki qurollik askarga besh olti qurolsiz kishilar ergashgan holda chopganlaricha kelishib, jo‘xori ichida yotgan menga ot ustida turib ko‘zlari tushdi. Men ham qochish davrining tugaganini ko‘rgach, baloga sabr qilib, o‘zimni taslim etishga majbur bo‘ldim. Qarasam, Honaqa tomondan qozioxunni, tushgan joyimdan uy egasini majbur ravishda birga keltirgan ekanlar. Har ikkovlari ham biz uchun anchagina kulfat ko‘rib, mashaqqat chekkanlari yuz ko‘zlaridan ko‘rinib turgan edi. Menga yordam yetkazish uchun yurgan bu kishilarni bu kabi achinarlik holda ko‘rib, qattiq qayg‘urgan bo‘lsam ham, qurollik kuch oldida bo‘yinsunmoqdan boshqa choram yo‘q edi.
Shundoq qilib, meni qo‘lga tushirib olgach, o‘zlari kelturgan qora mapaga o‘ltirg‘izib, oldi orqasini kishi ko‘rinmaydigan qilib o‘rab qo‘ydi. «Boshingni chiqara ko‘rma, ko‘rasan!» deb, qurollik askarlar o‘rtaga olgan holda, shu haybat bilan yurib bir yerga kelgach to‘xtadilar. Oldi orqamda ikki askar meni haydaganicha ichkaridan ichkari kiritib, usti yopiq, qorong‘u uzun yo‘lak to‘riga oborib, eshik ochilishi bilan orqamdan itarib kirgizishdi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:21:15
Xudo saqlasin, go‘r qorong‘usidek hech yerdan teshigi ko‘rinmagach, «Lo havla»ni o‘qib, birikki minut turib edim, siniq dovush bilan sekingina «Salom alaykum» degan kishi qorasi ko‘rinib, ko‘rishmak uchun qo‘lini uzatdi. Men ham kishi borlig‘ini bilgach, o‘zimni to‘xtatib olib, undan holahvol so‘radim. «Bu yerda yotganimga 20 kun bo‘ddi, hammadan yolg‘izlik yomon ekan, xafa bo‘lmaysiz, xudoyim menga rahm qilib, sizni yetkazdi. O’zim xo‘tanlik, otim To‘roxun, mollarim qo‘lga gushib, savdogarchiliqda ayblanib qamaldim», dedi. Men ham: «Birodar, peshonaga yozilgan yaxshi yomon ishlarni ko‘rmasga choramiz yo‘kdir. Sabr qilaylik, ko‘p xafa bo‘lmay o‘ltiraylik. Siz, biz Qur’onga ishongan musulmonlarmiz. Qur’on so‘zi Alloh so‘zidur. Allohning aytishicha: «Har bir og‘irlik orqasidan, albatta, yengillik kelgusidur». Shu o‘xshash har ikkovimizga quvvat berguday diniy so‘zlarni aytib, zindon yo‘ldoshimni ham bir ozgina yupantirgan bo‘ldim.
Mening egnimda bo‘lsa, bir qavat yozgi kiyimimdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Erta kechada yeydigan ovqatimizga bir kosa qaynoq suv, bir dona mo‘ma1 non berar edi. Yotgan uyimizning uzunligi to‘rt gazcha kelsa ham, eni torligidan ko‘ndalang yotolmas edik. Ostimizda esa tuproqqa qorishib ketgan bir parcha bo‘yradan boshqa hech narsa yo‘q edi. Kelgan
Bug‘da oshirib pishirilgan hamirli non.
kunim kechasi meni qurollik bir askar so‘roqqa olib chiqdi. Uzundan uzun qorong‘u tor yo‘lakda o‘qlangan miltiqni orqamga taqab yurganicha lampa yoqilgan kattaroq bir uyga olib kirdi. Qarasam, ustal (stol) yonida birorta ham xitoy urug‘idan yo‘q, uyg‘urcha do‘ppini chekkasiga qo‘ygan bir tatar bolasi o‘ltiribdur. «Hay, shu shumoyoqlar bu yerlarga ham yetib kelgan o‘xshaydi»,deb o‘ylanib turib, ko‘rsatgan joyiga o‘ltirdim. Nimagadir yuzimga qaragach, tezdan gapirolmasdan, 5 6 minut o‘tgandan so‘ng tikilib turib: «Falonchi degan kishi senmisan, qaydin chiqding, qayoqqa bormoqchi eding?», dedi. «G’uljadan chiqdim, men tabibman, Xo‘tanga borib, Hindiston dorilaridan olib qaytmoqchi edim» deganimda, «Yolg‘on», dedi. Bunga qaraganda, mening ma’lumotimni G’uljadan olib, to‘lig‘i bilan bilgan o‘xshaydi deb, o‘ylanib qoldim.
Bu chaqiriqda so‘ragan so‘zi shu bo‘lib, boshqa hech narsa demadi. Oradan 10 minutcha ham vaqt o‘tmasdan turib, meni qaytarib yubordi. Eshiqdan qorong‘u uyga qadam qo‘yishim bilan, yo‘ldoshim To‘roxun o‘rnidan tura kelib: «Vay, xo‘jam, sizni olib chiqib ketgandan beri xavotirlanib o‘ltirdim», deb mening haqimda qilgan tashvishini gapirdi. Boshqalarni so‘roqqa olib borib qaytarganda tayoqning zarbi bilan o‘zi yurolmasdan askarlar uni yo‘lovsuyovlar bilan keltirib tashlar ekanlar. Bunday ishlardan Alloh meni o‘zi saqlamish edi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:22:29
B a y t:
Yaxshilik kunlarda xudoni hech unutma Sog‘uniy,
Boshingga tushsa qora kun, tashlamas u ham sani.
Yoshliging o‘tdi, g‘ururlik birla toat qilmading
Keksalikda ketdi kuch, solgan imorating qani?
Yosh yetibdur qon yutib, g‘am-qayg‘udin ayrilmading,
Barchasi haq yo‘lida bilgil xudoning bergani.
Oq soqoli haqiga bu Sog‘uniy bechoraga
Ko‘rsatib o‘lmasdan burunroq ul Muhammad qabrini.
Kim o‘qisa har qachon Sog‘un otaning she’rini,
Bir og‘iz Qur’on o‘qib shod aylasin arvohini.
 

Bu kabi jallodlar qo‘lida ziyon zahmatga uchramay, chekinmay, qutilganim uchun Allohga tashakkur qilib, ko‘p hamdu sanolar aytdim. Shu bilan meni bir yo‘l chaqirganicha, ikkinchi o‘zlari yo‘qlamagach, u zolim qonxo‘rlar yuzini ko‘rmaganligim uchun Allohga tashakkurlar qildim.
Oradan uch to‘rt kun o‘tar o‘tmas, zindon yo‘ldoshim To‘roxunni so‘roqqa chaqirdilar. Bundan ilgari ham qiynov qistov ishlarini ko‘rib o‘tkizgan bo‘lishi kerak: «Hay, mening ishim qanday bo‘lar ekan?», deb jon hovuchlagan kishilarday qo‘rqqanicha ketdi. «Kemaga tushgan kishining joni bir», deganday yo‘ldoshim qayg‘usi ustiga, insonchilik ekan, o‘zim ham qayg‘ura boshladim. Oradan uch to‘rt soat o‘tgandan keyin qarasam, o‘zi aytgandek, bechora To‘roxunni yo‘lab suyab eshik oldiga keltirishib, ichkariga itarishib yubordi. U gandiraklaganicha kelib, mening oldimga yiqilib tushdi. Qarasam, ustidan suv quygandek qora terga tushgan ekan. Eshik ortida tinglashib turishlaridan qo‘rqib, hol so‘rashga ham jur’at qilolmadim. «Xudoyo, bular zulmidan o‘zing asramasang, ko‘rar kunimiz shul ekan», deb «Lo havla»ni o‘qib, ustida jaldirab o‘ltirdim.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:22:45
«Mo‘minlar uchun eng og‘ir zamon qaysidur?», deb rasulullohdan so‘raganlarida, «Haromzodalar xalq ustiga hukmron bo‘lsa», degan mo‘‘jiza so‘zlarini ko‘z oldimizdan o‘tkazdik. Bu vahshiy yirtqichlar vahshiyona qilgan zulmlarini yoshirib uyalgandan emas, balki shaytonligidan hech kimga aytmasligi uchun har bir zulm ko‘rgan kishilardan shartlik tilxat oladilar. «Joningni olaman, dovushingni chiqarma», degandek, bechora kishilar boshqa so‘roqchilarga ham o‘z ustilaridan o‘tgan nohaq zulmlardan bir og‘iz gapirolmaydilar.
Shu ahvolga tushib tashqariga chiqilmasdan, kecha kunduzi bilinmagan qorong‘u uyda hafta o‘n kunni shunday qiyinchiliklar bilan o‘tkazdik. Men kelgan kundan boshlab, har kuni ikki uch vaqt biz yotgan qamoqxona orqasida qandaydurki bir ayol kishining yig‘lagan dovushi eshitilgan so‘nggida, tom orqasini dupillatib so‘qqali turadi. «Bu nimadur?», — deb yo‘ldoshimdan so‘rasam: «Men kelgandan beri shu tom orqasida har kuni necha qayta yig‘i ovozi chiqadi. Yig‘idan to‘xtar ekan, tom orqasini urib, yana dovush chiqarib, «Kishi bormi?» degandek chaqirib qo‘yadi. Men ham bunga yarasha javob qaytaray desam, soqchi askarlardan qo‘rqaman», dedi. Yana bir kuni yig‘i solib tom qoqib edi, qarasam, soqchi askarlar ko‘rinmagach, To‘roxunni eshik poyloqchi qilib, orqa tomni gupillatgan so‘nggida: «Siz kim bo‘lasiz?», deb qichqirib edim, «Men dubbegining xotini bo‘laman, olti oy bo‘ldi shu yolg‘iz uyda qamoqdaman, qo‘rqqanimdan, yolg‘izlikka chidayolmay, kunda uch to‘rt marta yig‘i solib sizlarga ham tinchlik bermadim. Boshqa ilojim yo‘q, qandoq bo‘lsa ham xafa bo‘lmanglar», dedi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:23:02
Bu xotin olti oydan beri yolg‘iz uyda, yolg‘iz yotib, bu rahmsiz toshyurak qora ko‘ngillar qo‘lida tortgan jabr jafolarini onglagach, buning oldida bizning ishimiz holva bo‘lib qoldi. Yana bir kuni qarasam, o‘rtamizdagi devor tangadek teshilib, bir narsa qimirlagandek bo‘ldi. Tortib olsam cho‘ka yog‘ochi ekan. U bilan oramiz ochilib, telefon qurgandek bemalol gaplashgani turdik. Eri dubbegi bo‘lgani uchun qanchadur oltin solib, shuni to‘latmoqchi ekan. Bundan boshqa ham turma sirlaridan birmuncha ishlarini bizga tushuntirib turdi. Keyin eshitsam, bu xotin turmadan qutilgach, o‘z odatlaricha dindorlik bilan masturalikda yurib, umri qisqa ekan, dunyodan o‘tibdur. Xudo rahmat qilsin!
Yigirma kunga yaqin bu uyning qiyinchiliklarini ko‘rganimizdan so‘ngra, bizni bu yerdan ko‘ra kengroq, yorug‘roq bo‘lgan yonimizdagi uyga chiqazdi. Bunda esa Kuchar oqsoqoli Muhammadali oxun yo‘ldoshi bilan, men To‘roxun bilan to‘rt kishi o‘n kuncha o‘ltirganimizdan keyin, ikki askar kelib bizni haydaganicha bir maydonga chiqardi. Qarasak, oldi orqasi o‘ralgan, ikki ot qo‘shilgan ko‘tak (yog‘och arava) arava tayyor turibdi. Qurollik uch askar boshchisi qirg‘iz, qolgan ikkovi uyg‘ur, birovi oldimizda, ikkovi yonimizda xitoy odatlaricha miltiqlari tiklangan holda turardi. «Nari tur», deb qichqirib yo‘lovchilarni qo‘rqitgach, ko‘z qo‘rqitish, yurak cho‘chitish uchun bo‘lsa kerak, oldi-orqamizni o‘ragan askar, xalq ko‘p bozor o‘rtasidan yurib, aravani qattiq haydaganlaricha shahardan chiqardilar. Yo‘ldoshlarimizdan Muhammadali oqsoqol sodda ko‘ngil, eski odamlardan ekan. O’limga ketayotgan kishi duo qilgandek, turgan xalqqa qarab uzun o‘sgan soqolini silab boshini egdi. Buni ko‘rgan bechora musulmonlar ham soqollarini silashib, bizga qarab duo qilgan bo‘ldilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:23:54
Shu ahvol bilan Kuchardan chiqqanimizcha yurib, birinchi qo‘nalg‘uga yetdik. Yo‘lda ketayotganimizda beshlab, o‘nlab ot eshak mingan bozorchi, yo‘lovchi kishilar uchrar edi. «Chetga tort!», degan baqiriqni eshitishlari bilan biz o‘tib ketguncha ko‘cha chetida uloqlarining boshini burib, teskari qarab turardilar. Yirtqichlar oldida boshqa jonivorlar qandoq qo‘rqib turishsa, bu bechoralar ham shu ahvolda qo‘rqib turganlarini ko‘rdik. Birinchi qo‘nalg‘uga kelgan kechada askar boshlig‘i meni chaqirib: «Siz yaxshi kishi ko‘rinasiz, bizning qoidamiz bo‘yicha gunohkorlarni kechasi uyga qamab, qo‘loyoqlariga zanjir solishimiz kerak edi, sizni ko‘rib bunday qilishga botinolmay qoldik. Xukumat buyrug‘i bo‘lgach, biz buni bajarishdan boshqa erkimiz yo‘qdir. Sizlar tinch bo‘lsanglar hech ish yo‘q, biz ham tinch bo‘lamiz», dedi.
To‘xtagan joyimiz, Boy degan otiga yarasha bog‘u bo‘stonlik, qalin daraxtzor bilan o‘ralgan, oqar suvlik, havosi kelishgan bir qishloq ekan. Shu kecha soqchilarimiz bizni yerlik Go‘nangjuzaga topshirib, o‘zlari ko‘rinishmadi. Bu yerdagi xizmatchi uyg‘ur bolalariga qarasam, oldi 30 ga yetmagan, 18 20 yosh oralarida bo‘lib, ikki so‘zning birida «bizning sinfiy dushmanlarimiz» deyishni o‘rganmish ekanlar. Shunga ko‘ra bizni ham dushman hisobida ko‘rib, biz kabi asirlar haqqiga xiyonat qildilar.
Hayot olamida tarbiyat-sahobat kabi ta’sirlik narsa yo‘qligi shubhasizdur. Yolgiz insonga emas, barcha jonlik mavjudotlarda ta’lim-tarbiya ta’siri ko‘z oldimizda ko‘rilib, buning natijalari butun dunyoga tarqalib turmoqda. O’qitish o‘rgatish buyon tursin, suhbat o‘zi ham, suhbatdoshlarga o‘t bilan suvdek tez o‘tadi. Shuning uchun ham har kimga, suhbat yo‘ldoshlariga qarab baho beriladi. Nuh payg‘ambarimizning o‘gli yomon yo‘ldoshlarga qo‘shilib edi, payg‘ambarzodalik fay-zidan ajradi. Ashobi Kahfning iti yaxshilarga ergashib, Kur’onda qissasi aytilib, haq yo‘ldagi odamlar qatoriga kirdi. Ayniqsa, islomning otidan, Qur’onning xatidan boshqa hech narsaga ega bo‘lmagan bir mil-lat bolalari, ularning ko‘ngil ko‘zlariga yaxshi-yomon hech bir narsaning aksi tushmaganlikdan, nima bo‘lsa ham birinchi aksni darrov qabul qiladilar. Shunga ko‘ra sovet siyosatchilari, Shing Duban hukumati qurilgan kundan boshlaboq, bu o‘lkani qizil Ushuriston qilish uchun qalam ko‘rmagan, xat tushmagan daftar kabi top toza ko‘ngillik uygur bolalarini kommunistlik ruhida tayyorlamish edilar. Mana, baxtimizga qarshi, biz sho‘rlik qo‘lga olingan kunimizdan boshlab otasini tanimagan shu bolalar oldida so‘roq berishga majbur bo‘ldik. Endi esa, bizning ustimizda qanchalik ogir ishlar o‘tganligini, mening shu so‘zlarimdan keyin,oqil odamlar to‘liq tushunib onglagandirlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:24:13
Shu bilan ertasi kuni o‘z soqchilarimiz kelgach, odatdagi ishlar bilan uchinchi qo‘nalg‘uga qarab jo‘na-dik. Qopsalan suvidan o‘tib ketayotganimizda To‘ra oxunning ko‘ngli buzilib: «Bu zolimlar bizni sog‘ qo‘yishiga ko‘zim yetmaydi, kechaning qorong‘ulig‘idan foydalanib, boshqalarga qaramay ikkovimiz qochaylik. Jangal yo‘liga yetib olsak, u yog‘iga o‘zim boshlayman», deb meni qo‘zg‘ab ko‘rib edi; bu ish xatarlik bo‘lgani uchun rozilik bermadim. Shu bilan yurib kechga yaqin Sayram qishlog‘iga yetdik.
Bu joyning Sayram atalishining sababi esa, bundan 200 yillar oldin yerlik xonlarining ittifoqsizligi, hukumatlarining kuchsiz rasvoligidan foydalanib, G’ulja xoni qalmoq Ko‘ngtoji talonchilik qilib, o‘lja asir olmoq uchun G’uljadan askar tortib chiqadi va Sayram shahrini qamal qiladi. Atrofdagi Buxoro, Xorazm xonliqlari esa tomoshachi bo‘lib qarab turadilar. Bir necha kunlar o‘tkach, qalmoqlar himoyasiz qolgan shaharga bostirib kiradilar. Talab bulab, vayron talqon qilgan so‘nggida, ikkinchi o‘zlariga qarshilik ko‘rsatmaslikka garov olgandek bo‘lib, ko‘zga ko‘ringan yurt yaxshilaridan 30 necha uylik oilani, o‘z odatlaricha, oq uylik qilib olib ketadilar.
Ko‘ngtoji o‘lgan so‘nggida, Oqsuv Uchturpon yo‘li bilan ular o‘z eliga qaytib kelayotganlarida, shu yerga yetgach qarasalar, bu yer ham ona Vatanlari Sayram
erlariga o‘xshab ketar ekan. Rost, bular deganlaridek oqar suvlarining mo‘lligi, atrofdagi adirlarning ekinlik bo‘lishi bilan, ikki Sayramning bir biriga o‘xshagan yeri bordek ko‘rinadi. Bu bahona bo‘lib, horib charchab kelayotgan xalq bir ikki yil shu yerda turib hordiq olaylik, qachon el tinchib, yo‘llar ochilib ketar ekan, shunda yurtimizga qaytarmiz degan bo‘lsalar ham, o‘sha zamon sharoiti to‘sqinlik qilib, shu yerda qolib ketgan ekanlar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:24:28
Yoqubbek tarixini yozgan va ham o‘zi uning xizmatida bo‘lgan Muso Sayramiy shu biz yozayotgan Boy Sayramlik kishidur. Tarixga qiziquvchilar u kishining chig‘atoy turkcha yozilgan «Tarixi Aminiya» asarini topib o‘qisinlar. Bu kitobda har yoqlama foydalik so‘zlar ko‘pdir. Bu yerga kelganimizda yerlik qariya kishilar bilan ko‘rishib, ulardan bu to‘g‘rilik oz ko‘p tarixiy ma’lumot top moqqa qiziqqan bo‘lsam ham, haydabog‘la bilan ixtiyorsiz bo‘lganlikdan, bir kechagina yotib ketishga to‘g‘ri keldi. Shu yerdan chiqqan kunimizdan boshlab Oqsuvga yetguncha, yulg‘unto‘g‘roq yog‘ochidan boshqa narsa unmagan qumluq yo‘l bilan yurib ertasi beshinchi kuni deganda, kechga yaqin Oqsuv shahri qopqasiga yetdik. Sapl ichiga kirgach, hech bir yerda to‘xtamasdan, to‘g‘ri turmaga keltirib, bizni topshirishdi. Bu voqea 1938 yili, avgust oyining boshlarida bo‘lgan edi.
Shing Duban hukumati pardasi ostida yoshiringan sovet Rusiyasining eng qonlik, fojialik kunlari esa 37 yili boshlanib, 38 39 yillarda eng yuqori avjiga chiqqan edi. Baxtga qarshi ko‘rgilik ekan, nakd shu qora davrning eng fojialik kunlarining birida men turmaga olinmish edim. Bu zulmxonaga birinchi qadam qo‘yib kirganimdayoq yo‘ldoshlarimdan ajratib, har birimizni har yoqqa tarqatdi. Meni ham har yoqdan olib kelingan bir to‘p janivorlar ichiga kirgizib qo‘yishdi. Qarasam, bir qanchalari qozi, mufti a’lam, oxunlardan boshlab, imomoxun, mazinoxun bo‘lsalar, qolganlari shangyu, begim, dubbegi, yurt oqsoqoli qatorlik qop qora hech narsadan xabari yo‘q kishilar ekan. Boshqalari esa ozdur ko‘ddur yeri, suvi bor, yoki yuqoridagilarga bog‘lanishi bor odamlar ekan.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:25:12
SO’NG SO’Z O’RNIDA

Bobomiz «Turkiston qayg‘usi» asariga shu yerga yetganda oxirgi nuqtani qo‘ydilar, ya’ni tarix tugallanmasdan turib nuqta qo‘yildi. Nega? Nima uchun shu yerda nuqta qo‘yildi? degan tabiiy savol hammani qiziqtiradi. Bu savolga javob topish uchun kitob yozilgan davrni va u qanday sharoitda yozilganini eslamoq kerak. Kitobga kirishilgan vaqt, uning so‘z boshida aytilganidek, 1966 yil edi, tugallangan vaqti 1973 yil bo‘ldi. Bu davr ichida bobomiz sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» asarini fors tilidan ikkinchi marta qayta tarjima qilib 1967 yili tamomladilar, chunki birinchi tarjima qilingan qo‘lyozma asar favqulodda holatda g‘oyib bo‘lgan edi. Birinchi tarjimani biz, ya’ni u kishining o‘g‘il nabiralari, yaqin qarindosh va qadrdon maslakdoshlari, bobomlar ishtirokida 1964 yil davomida yig‘ilish va majlislarda o‘qib yakunlagan edik. Shu majlislarning biridan qaytib kelayotgan vaqtda, kitob taksi mashinada qolgan degan taxmin bilan yo‘qoldi. Ko‘p qilingan qidirish harakatlari natija bermadi. Bu kitob shu paytdagi tekshiruv kuzatuv rasmiy tashkilotlari tomonidan tashkil qilingan sa’y harakatlar natijasida yo‘qoldi degan gumon bor, chunki bobomiz Toshkentga kelgan vaqtdan boshlab bir kun ham KGB tegishli idoralar etiboridan chetda emas edilar.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:25:30
1971 yilga kelib bobomlarning umr bo‘yi niyat qilib o‘ylab yurgan shoh asarlari «Tarixi Muhammadiy» yakunlandi. Bu asar oqqa ko‘chirilib, qo‘lyozma kitob shakliga keltirilishida bobomning birinchi yordamchisi hattoti rahmatli amakimiz Muhammadyorxon edilar. U kishi deyarli har kuni ishdan chiqib, bobomning oldiga kelib kechalari yarim tungacha kitobni oqqa ko‘chirish bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Bobomlar shu ko‘chirish jarayonida qo‘lyozmani o‘zlari o‘qib berar edilar, unga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritardilar. Amakimiz chiroyli xusnixat egasi edilar, kitob arab imlosida ko‘chirilar edi. Bobomlar uzoq yillar davomida o‘g‘illari bilan birga ishlab, u kishiga qattiq suyanib qolgan edi, chunki amakimiz bobomizga nafaqat yordamchi bo‘lib qolmay, u kishini bu buyuk ijodiy ishlariga ilhomlantirar, shu og‘ir siyosiy davrda hamfikr, hammaslakdosh fidoyilari edilar. Odat bo‘yicha har hafta payshanba kunlari biz bobomizning iftorliklarida xizmatda bo‘lar edik. Shu yig‘ilishlarda u kishining o‘g‘illari Muhammadyorxon oldida ko‘p ochilib, xursandlik ruhida yayrab o‘tirishlari alohida sezilar edi.
Menimcha, buning yana sabablaridan biri bobomlarning suyukli o‘g‘illaridan Asilxonto‘ra uzoq yillardan keyin butun oilasi bilan G’ulja shahridan eson omon ota bag‘riga kelgani edi. Duolar ijobati farzandlari yonlarida mujassam bo‘lib, nabiralar o‘z tarbiyati ostida o‘smokda edi. Bu payshanbaliklarda Allohga shukronalar qilinib, islom dini, Vatanimiz Turkiston tarixidan ko‘p so‘zlar aytilar edi.
1973 yil 10 sentyabr kuni amakimiz Muhammadyorxon to‘satdan oq qon kasalligiga mubtalo bo‘lib Alloh irodasi bilan bu dunyodan ko‘z yumdilar. O’zlarining sohasi qon kasalligi 10 kun ichida u kishini olib ketdi, hatto Maskovdan chaqirilgan vrachlar konsiliumi ham natija bermadi. Bu musibat 88 yoshga kirgan bobomlarning qarilik yuki ostida bukilgan qaddini yanada bukdi. Ulug‘ maqsadli, hayajonli majlislar fayzi ketganday edi. Bu yig‘ilish va majlislarda u kishining «oh», «uh» tortishlari, uzoq qayg‘uli tikilishlari, g‘amgin va jim o‘ltirishlari hammani qattiq ezar, ko‘ngillarni iztirobga solar edi. Barchamizning qilgan harakatlarimiz, urinishlarimiz, topgan yangiligu keltirgan xabarlarimiz, har birimiz va hammamiz birga bo‘lib u kishining oldida o‘g‘illari Muhammadyorxonning o‘rnini bosolmadik. Ko‘ngilga uncha xush kelmay qolgan, yo‘q o‘g‘li ning o‘rnini bildirib yuraklarni o‘rtab turadigan bu yig‘ilishlar asta sekin so‘na boshladi.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:25:54
Bir kuni bobomiz otamiz Asilxonto‘rani o‘z oldilariga chaqirib, shunday deydilar: «O’g‘lim, mening yoshim 90 ga yaqinlashmoqda. Biz pishib yetishgan olma misoli, Tangrim chaqirsayoq uzilib tushamiz. Senga ko‘pdan beri aytadigan vasiyatim bor edi. Alloh menga uzoq, sermazmun umr berdi. Hayotimning ongli qismini dinim, Vatnim, xalqim rivoji yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlab o‘tkazdim. Bu yo‘lda faqat da’vat qilmay, qo‘lga qurol olib, jon berib, jon olib xalqimiz ozodligi va musta-qilligi uchun kurashdik. Ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur hazratlarining «Temur tuzuklari»ni o‘z merosxo‘rlari kelajak bo‘g‘inlarimizga asliday kilib qaytardim. Inshoalloh, bu kitob qisman bo‘lsa ham nashr qilinib, ko‘pchilik xalqimizga yetib bordi va ular onggida kimlar naslidan ekanligini bildirib, shonli sharafli Vatanining haqiqiy tarixidan bir lavha bo‘lib xizmat qiladi. Parvardigorim yordami ila payg‘ambarimiz hazrat Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning tarix va tavsiflarini yozib yakunladim.
Shu bilan birga o‘z Vatanlarida turib g‘arib bo‘lgan xalqimiz uchun, Vatan ustida bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham buning kelajakdagi natijalarini ko‘rsatib, kelajak Vatan bolalari uchun tarixiy bir asar yozib otini «Turkiston qayg‘usi» qo‘ydim. Bu kitobda mening Vatanimiz o‘tmishi, hozirgi kunlar va kelajagimiz to‘g‘risida ko‘p yillar davomida qattiq o‘ylagan o‘ylarim, tashvish va umidlarim o‘z aksini topgan. Aqldan tashqari, buzuq maslakli, mustabid, zamonamiz tuzumi, albatta, yemirilajak, o‘rniga tiklanadigan davlatchiligimiz tarix saboqlaridan ibrat olib to‘g‘ri yo‘lni tanlashi uchun bu asar yordam xizmatini o‘taydi degan umiddaman. Shuning uchun senga aytadigan vasiyatim:
Farzandlarim ichida hozir kattasi bo‘lganing uchun hammani birlashtirib birinchi navbatda «Tarixi Muhammadiy» kitobini nashr qilish ilojini qilgil. Hozirgi kunda bu kitob xalqimiz uchun baliqqa suv o‘rnida bo‘lishi menga ko‘pdan beri seziladi.
Og‘ir sharoitda, yoshirin holatda yozilgan «Turkiston qayg‘usi» kitobim oxiriga yetmay qoldi. Sharqiy Turkistonda 1941 1946 yillar davomida bo‘lib o‘tgan ulug‘ tarixiy voqealarga o‘zim boshchilik qilib emgakim singgan, ko‘zim ko‘rgan bo‘lsa ham, ukangning o‘limidan keyin bu ish men uchun endi og‘irlik qildi. Qayg‘uli o‘y fikrlarim, Vatanimiz o‘tmishi va kadriyatlarimiz, uzoq yillardan beri qullikda yashayotganimiz sabablari, qullik asoratidan qutulish uchun kelajak bo‘g‘inlarimiz nimalar qilmoqlari kerakligi, mustaqil davlatchiligimiz kurilganda nimalarga etibor berishimiz zarurligi bularning bari kitobimda o‘z o‘rnini topdi. Bu asarim kelajakda Vatanim O’zbekistonda va boshqa ko‘p tillarda chop etilishiga ishonaman. Birinchi navbatda Turkiston elining yoziq sir farzandlari qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur tillarida nashr qilinishiga umid qilaman, chunki ularning tarixiga taalluqli ko‘p ma’lumotlar bordir. Shu bilan birga men ishtirok etgan tarixiy voqealarni kelajakda yozuvchilar, tahlil etuvchilar ko‘p bo‘ladi. Bu tarix hech qachon ko‘milib ketmaydi. Sen shularning birinchilaridan bo‘lgin, chunki u tarixiy voqealarning tirik ishtirokchisidursan. O’tgan hodisalarda bo‘lgan voqealarni hech yoqqa burmasdan, bo‘lganicha to‘g‘ri yozishni senga topshiraman. Sen bu vazifani, albatta, bajara olasan. Ko‘pdan beri yozish qobiliyati senda borligini sezaman».
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 13:26:42
Bu suhbat ota bola o‘rtasida 1974 yili oktyabr oyla-rida bo‘lib o‘tadi. Suhbat mazmunini biz otamizdan ko‘p marta eshitganmiz. U kishi ilgaridan o‘tmish xotiralarini qog‘ozlarga qisman tushirib yurishlarini bilar edim. 1976 yili 29 fevralda bobomiz Alixonto‘ra Sog‘uniy bu foniy dunyoni tark etdilar. Qayg‘uli, alamli, turg‘un yillar uzoq vaqt davom etdi.
Oxiri bobomiz intiqib, orziqib kutgan, 30 yillar oldin, ya’ni sovet mustabid tuzumi kuch-qudratga ayni to‘lgan davrda bashorat qilib aytgan totalitar qizil imperiya inqirozi yuz berdi va bizning Vatanimiz o‘z Istiqlolini qo‘lga kiritdi. Buning sharofati ila bobomizning ilmiy meroslari tartibga solinib, birin ketin bahola qudrat nashr qilinib xalqqa tanitildi va tanitilmoqda. Bu kitobning nashrga tayyorlanishi va chop etilishi ham bobomiz vasiyatlarini amalga oshirish yo‘lida qo‘yilgan yana bir qadamdir. Otamiz og‘ir kasallikka uchraganligiga qaramay, bobomlarning vasiyatiga binoan bu kitobining davomini yozishga kirishdilar va o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etgan Sharqiy Turkiston Ozodlik inqilobining tarixiy voqealari yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Kitobda bobomizning Oqsuv turmasidan qanday chiqishi tarixi, Ozodlik inqilobi oldidan Sharqiy Turkistondagi vaziyat, Inqilob taassurotlari va ishtirokchilari haqida, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyati va uning faoliyati, bobomizning bu ishni amalga oshirishda ko‘rsatgan shijoat va qahramonliklari to‘g‘risida so‘z boradi. Nasib etsa ikkinchi kitob ham shu tarixiy voqealarga qiziquvchi kitobxonlarga yaqin kunlarda taqdim etilajak.
Bobomlarning bu mazkur tarixiy asarini mulk egalari vakillarining ijozati ila nashrga tayyorlash va chop etish uchun kompyuterga kiritishni 2002 yil 16 martda boshlab ulug‘ ramazon oyi ichida, ya’ni 24 noyabrda Alloh yordami ila yakunladim.
Uvaysxonto‘ra Shokirov.
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2008, 07:52:45
MUNDARIJA

Ulug‘ bobom va «Turkiston qayg‘usi» asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136287#msg136287)
So‘z boshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136573#msg136573)
Koshg‘arga o‘tishim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136580#msg136580)
Vatan ahliga deganlarim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg136951#msg136951)
Andijon safari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg137256#msg137256)
Qorako‘l shahri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg137950#msg137950)
Sharqiy Turkistonga o‘tishga harakat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138051#msg138051)
Jilaqarag‘ay dovoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138067#msg138067)
Zulmxona (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138089#msg138089)
Ta’qib va Sharqiy Turkistonga o‘tish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg138824#msg138824)
G’ulja shahri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139321#msg139321)
Qumul voqeasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139398#msg139398)
Dahshatli kunlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139434#msg139434)
Yulduz yaylovi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139454#msg139454)
Kuchar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139481#msg139481)
So‘ng so‘z o‘rnida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.msg139500#msg139500)
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2008, 08:47:25
Turkiston qayg'usi

(http://ziyouz.com/images/books/Turkiston1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=231)

Muallif: Alixonto'ra Sog'uniy
Hajmi: 540 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=231)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.0)
Nom: Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixonto‘ra Sog‘uniy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2008, 08:47:55
Turkiston qayg'usi (кирилл алифбосида)

(http://ziyouz.com/images/books/turkiston2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=232)

Muallif: Alixonto'ra Sog'uniy
Hajmi: 1,29 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=232)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2716.0)