forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 31 Iyul 2008, 11:13:06
-
OSHIQ POLIZCHI
Yuragimda mani bir dardim
bor-ay, dardim bor,
Mani sevgan go‘zaldan arzim
bor-ey, arzim bor.
qosh-ko‘z suzib nozlanar,
bilmam qachon rozlanar.
Shu go‘zalga bir shirin so‘z
qarzim bor-ay, qarzim bor,
Bakovuling bo‘layin,
Yasovuling bo‘layin.
Alisher FAYZning "Yasovuling bo‘layin" qo‘shig‘idan.
Qo‘ltig‘imda manim zo‘r tarvuzim bor-ay, tarvuzim bor,
ko‘zim ostiga olgan bir qizim bor-ay, bir qizim bor.
Nega ko‘nglim xushlamaydi,
Tarvuzimni ushlamaydi.
Eshit, ey go‘zal, senga aytar
so‘zim bor-ay, so‘zim bor.
Diring, diringing bo‘layin,
Sho‘r bodiringing bo‘layin.
Yag‘ir yelkamga og‘ir yuk ortmagin qo‘y, ortmagin, qo‘y,
Jussamni torozingda ham tortmagin,
qo‘y, tortmagin, qo‘y.
Haddimdan ko‘p oshib qoldim,
O‘zimni xo‘p bosib qoldim.
Pishmagan deb malomat otmagin, qo‘y, otmagin qo‘y.
qo‘lda tovog‘ing bo‘layin,
pishgan qovog‘ing bo‘layin.
O‘rtab nima qilasan axir,
jonim, sabrimni,
O‘zi yetib ortadi rosti, sendan tortgan jabrimni.
Senga yetmay o‘tib ketsam dunyodan, mabodo, sanam,
qora tarvuz po‘choq bilan ko‘m
mayli qabrimni.
Kuydir, o‘chog‘ing bo‘layin,
So‘ydir, pichog‘ing bo‘layin.
Dumalat, koptokeday g‘ildirashi bor, g‘ildirashi bor,
Bilasan, suvining shildirashi bor, shildirashi bor.
Istasang, polizga borgin,
Tanlab-ay, bittasin yorgin.
Xomlay yesang, qorin g‘o‘ldirashi bor, g‘o‘ldirashi bor.
Bo‘ldi, bas, jonga tegmayin,
Men o‘lay tarvuz ekmayin.
Abdurazzoq Obro‘y
-
XOTINNI QO‘YAVER
O! Qani, jonimni etsam sadaqa,
Sen uchun borimdan kechaman.
Hozir uyimdagi javroq xotinning
Javrashini o‘ylab tushib ketaman.
Er NAZARning "Mening nigohimda..." she’ridan.
Sen uchun har nega tayyorman,
Boshimni sapchaday uzaymi?
Xotindan voz kechib shu damda,
Ne qilay, orani buzaymi?
Qo‘limdan keladi talay ish,
yulduzni benarvon uraman.
Xotinni qo‘yaver, xotinni,
Rosti gap, xo‘p yomon ko‘raman.
Xohlasang, dunyoning chetiga
Ortingdan ergashib boraman.
Men uchun chepuxa xotinim,
Boshini bir urib yoraman.
Yetmasam men senga — visolga,
Poyiga men chiqib netaman.
It kabi so‘lagim oqizib,
Men sening ketingdan ketaman.
Sen uchun har nega tayyorman,
Boshimni sapchaday uzaymi?
Xotindan voz kechib shu damda,
Ne qilay, orani buzaymi?
Abdurazzoq Obro‘y
-
TARALABEDOD
(modern she’r)
TEXASDA YOZILGAN
Amerikada
Izim qoldi
Tug‘ilmagan
O‘g‘il bilan
qizim qoldi.
IZMIRDA YOZILGAN
Turkiyada
Burnim oqdi
Turk go‘zali
Kulib boqdi.
TOKIODA YoZILGAN
Yopon qizning
Tuxumini sindirdim
O‘zim bilan
Ketishiga ko‘ndirdim.
MOSKVADA YoZILGAN
Ruschaga qiz
Durust ekan
Keyin bilsam
O‘ris ekan.
Abdurazzoq Obro‘y
-
Off... bunday mavzu ikkita bo`p qopti, birlashtirib qo`yilar...