forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 31 Iyul 2008, 13:14:00

Nom: XXI asr she'riyati: Fotima Bekchanova
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:14:00
XXI asr she'riyati:

Fotima Bekchanova

(http://i296.photobucket.com/albums/mm192/shoir/XXasr/fotima_bekjanova.jpg)


ONA

Poyingga bosh qo’yib aytay bir kalom,
Kalomki, har jonga xush yoqar sasli
Qalbimda joy olgan bu sehrli nom
Onajon, onajon, ismingiz asli.

Siz-ku, yuragimda uyg’ongan havas,
Qalbimning tubida o’sayotgan nur.
Onajon ko’nglingiz doimo sergak,
Siz bilan umrimda ma’no va huzur.

Boqib to’ymagayman hech ko’zingizga
Siz menga termulib to’ymagan kabi.
Duo qilib turing shu qizingizga
Doim hamroh bo’lsin hayot matlabi..
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Fotima Bekchanova
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:14:35
BAHOR

Bahorim xush kelding o’lkamga shu on,
Tabiat uyg’ondi sening sehringdan.
Boychechak nur emar, ko’kda shams hayron,
Yer qizir onadek sening mehringdan.

Qay yonga qaramang bahor nafasi
Maysalar yoqimli  qo’shig’in to’qir.
O’rik gullarining  serjilo raqsi
Hatto falak unga tasanno o’qir.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.