forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 31 Iyul 2008, 14:38:36

Nom: XXI asr she'riyati: Hotam Rahim
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 14:38:36
XXI asr she'riyati:

Hotam Rahim


TOG‘ QOYALARI


Go‘yo ko‘kka qadam qo‘yaman asta,
Vujud yashnar qoya ustida.
Bu keng zamin poyondoz misol,
Qolib ketar oyog‘ ostida.

Kengliklarga hayrat-la boqib,
Quvonaman ichimdan, ammo —
Ammo qushlar uchar balandda,
Men oyog‘i ostida go‘yo.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Hotam Rahim
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 14:38:53
OY NURLARI

Oy nurlari asta xonamga,
Kirib kelar ibolangancha.
Ul makriga ishondi go‘yo,
Va aldandi qo‘riqchi archa.

Shiddat bilan shabboda esar,
Shovqin-suron ko‘tarar u — on.
Nurlar shosha-shosha berkinar,
Yig‘lar sag‘ir bulut va osmon.

Men-ku dardning azobin tortib,
Bexabarman ko‘k durlaridan.
Shamol qurg‘ur to‘kib ko‘z yoshim,
Voh, ayirdi oy nurlaridan.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.