forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Musannif Adham 17 Avgust 2008, 16:08:48

Nom: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Tavba kitobi)
Yuborildi: Musannif Adham 17 Avgust 2008, 16:08:48
Abu Homid G'azzoliy

IHYOU ULUMID-DIN

TAVBA KITOBI

Tarjimon va lug'at tuzuvchi filologiya fanlari nomzodi
Rashid Zohid

Muharrirlar
Abduljalil Xo'jam
Abdug'afur Iskandar

Noshir
To'lqin Nurmuhammad

"Movarounnahr" 2003

MUNDARIJA

Tavba kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142803#msg142803)
Tavba sabog'i (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142848#msg142848)
So'zboshi o'rnida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142851#msg142851)
Birinchi bob. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142899#msg142899)
Tavbaning mohiyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142899#msg142899)
Tavba nima? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142899#msg142899)
Tavbaning vojibligi va fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142900#msg142900)
Tavbaga shoshilish vojib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142961#msg142961)
Tavbaning har qanday sharoitda hech bir istisnosiz vojibligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142971#msg142971)
Shartlar to'liq bo'lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143303#msg143303)
Ikkinchi bob. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143651#msg143651)
Kichik va katta gunohlardan tavba qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143651#msg143651)
Gunohlarning qismlarga bo'linishi va bandalik sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143653#msg143653)
Oxiratdagi darajalarning dunyoda qilingan yaxshilik va yomonliklarga ko'ra taqsimlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143939#msg143939)
Kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144323#msg144323)
Uchinchi bob.  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144330#msg144330)
Tavbaning mukammal bo‘lish shartlari va uning umr oxirigacha davom etishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144330#msg144330)
Tavbaning davomiyligiga ko'ra bandalarning toifalarga bo'linishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144361#msg144361)
Tavba qiluvchi nimalarga shoshilmog‘i lozim? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144374#msg144374)
To'rtinchi bob. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144573#msg144573)
Tavbaning shifobaxshligi va gunohdan tiyilmaslik dardining muolaja yo’li (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144573#msg144573)
Lug'at (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144710#msg144710)
Manbalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144718#msg144718)
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 06:34:16
Ushbu kitob ulug’ imom, "œHujjatul-Islom" Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Abu Homid At-Tusiy Al-G’azzoliyning Bayrutda nashr qilingan IV jildlik "œIhyou ulumid-din" ("œDin ilmlarini jonlantirish") asaridan tanlandi.

Kitobda tavba amali bilan bog’liq barcha holat-xususiyatlar Qur’on, hadis va solih salaflarimizning so'zlari asosida batafsil yoritilgan.

"œTavba kitobi"dan Islom tarixi, iymon asoslari va taqvo masalalariga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin. 
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 06:38:18
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

TAVBA SABOG’I

Jamiki maxluqoti ichra insonni mukarram etib yaratgan, insonlar ichida bizni musulmonlar jumlasidan qilgan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin!

Insonni jaholatdan ma’rifatg‘a. zulmdan adolatga, halokatdan iajotga boshlagan hidoyat elchisi Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga durud va salovotlar aytamiz.

"Odam farzandlarining barchasi ko‘p xato qilguvchidir. Xato qilguvchilarning yaxshisi tavba qiluvchilaridir",- deb marhamat qiladi so‘zlaguvchilarining eng rostgo‘yi Rasululloh sallAllohu alayhi vasallam.

Demak, xato qilish, adashish bandaga xos tabiat. Undan qochib qutilishning iloji yo‘q.

Mavlono Jaloliddin Rumiy aytganlaridek:

Zindagi omad baroyi bandagi,
Zindagi bebandagi sharmandagi.

Ya’ni: "Tiriklik shubhasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 06:40:18
Darhaqiqat, banda borki, gunohdan holi emas, muhimi, sodir etilgan xatoni tan olish, uni o‘z vaqtida tuzatish. Bu ish esa, faqat tavba bilangina amalga oshadi. Zero, Qur’oni Karimda zikr etilgan mavzularning barchasi jiddiy e’tiborga molik mavzulardir. "Tavba" aynan shunday markaziy mavzulardan biri desak, yanglishmaymiz.

Binobarin, Alloh Rasulining biz ummatlarga ko‘rsatgan yo‘li ham tavba yo‘lidir. Hidoyat tavba yo‘lidan bosh-lanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning sa-hobalari ham, ulardan so‘nggilar va ulardan so’nggilar ham shu yo‘ldan yurdilar. Agar tarixga nazar solsangiz, ulamo ummatning butun hayoti tavba sabog‘idan iborat.

Hujjatul islom Abu Homid G’azzoliyning "Ihyou ulum-id-din" asaridan olingan ushbu kitob ham tom ma’noda tavba sabog‘idan dars beruvchi qo‘llanmadir. Bu qo‘llanma bizni tavba jarayoniga olib kiradi, shu jarayon ichida biz tavba neligini, tavbasiz yashash mumkin emasligini, anglaymiz, nihoyat, tavba qilishni o‘rganamiz.

G’azzoliyni tushunish, uning asarlarini boshqa tilga tarjima qilish oson emas. Tabiiyki, tarjimon bu mushkullikni qaysidir darajada anglagan va ishga mas’uliyat bilan yondashgan. Kitob uchun tuzilgan lug‘at ham ishning muvaffaqiyati, qolaversa, kelajakda qilinadigan ishlarga namuna bo‘larlik tajribadir.
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 06:41:46
Aziz kitobxon! So‘zimning so‘ngida barchamizga tegishli bir savol bermoqchiman: "Ustozlar tavba sabog‘idan dars berishga shay, tayyormisiz?!"

Mana Imom G’azzoliy shogirdlariga qanday nasihat qiladi: "Ey ilm tolibi! Doimo Alloh yodi bilan bo‘l. Agar Alloh yodi bilan bo‘lmasang, nafsing‘ ilgidasan. Yoxud sen muhim sanayotgan fahming, ilming, yoding, tobe bo‘layotgan imommng, har narsadan ustun qo‘yayotgan sog‘liging yoki shunga o‘xshash boshqa narsalar seni boshqarajak. Agar amaling Alloh uchun bo‘lmasa, ilming ham Allohdan o‘zgasi uchundir...

Ma’nolar iboralardan qamrovliroq, qalblar ta’lif qilingan kitoblardan kengroqdir. Ilm izohga muhtoj. Qalb nazarini eng chekka nuqtalarga qarat. Shunda maqsad eshigi ochiladi. Uni darhol "to‘g‘ri" deyishdan saqlan. "Noto‘g‘ri" deb hukm chiqarishga ham shoshilma. Nazaring yaxshilangani sayin, chigallaring yechiladi, ma’nolar oydinlashadi. Kimda yaxshilik va yomonlikni omuxta ko‘rsang, yaxshiligini yoyib, yomonligining uzrli tomonlarini qidir. Ishi faqat iflos joylarga qo‘nish bo‘lgan pashshadek bo‘lma. Birovni xatoda, jaholatda ayblashga oshiqma. Balki buning hikmati keyinroq ochilar, balki hozir sen uni sezmayotgandirsan..."

Anvar Tursun
Toshkent shahar bosh imom xatibi
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 06:44:10
SO’ZBOSHI O’RNIDA

Har bir ishda o‘zining borligi va birligini namoyon etib qalblarga nurli yo‘l solgan Zot — Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin. Yaratgan egamning diydoriga faqat salim qalb bilan yetish mumkinligini bashorat etgan va bu yo‘lda insoniyatga namuna bo‘lgan habib Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga, uning ahli baytlari va ashobiga salavotu salomlar bo‘lsin.

Hofiz al-imomul-faqih Abu Fazl Iroqiy «Ihyou ulumid-din» («Din ilmlarini jonlashtirpsh») kitobiga qilgan «taxrij»i (ma’lum bir asarda keltirilgan hadislarning roviysi va san’at yo‘llarini aniqlab, yuzaga chiqarish)ning muqaddimasida deydi: «Ihyou ulumid-din» halol va qaromni tanitadigan ulug‘ kitoblardan biridir. Unda jamlangan hukmlar qalblarga yo‘naltirilgan. Kitob yolg‘iz furu’ (asosiy masaladan kelshb chiquvchi ikkinchi darajali masalalar) va masoyil (dalillar orqali hal kilinadigan muayyan bir mavzudagi ishlar) bilan cheklanib qolmagan. Shu bilan birga, sohilga qaytish imkonsiz bo‘ladigan darajada tubsizlikka ham sho‘ng‘ib ketilmagan. Balki unda zohir va botin ilmi qorishib, ma’nolar eng go‘zal o‘rinlarda mavjlanadi va aniq, tiniq, nafis lafzlar ichra oqadi. Bu oqimning sifati mo‘tadillikdir».

Shayx Abdulloh Idrus shunday deydi: «Barcha sirlar kaliti Kitob va sunnatga ergashishdadir. Kitob va sunnatga ergashish shariatga ergashish, shariat esa «zamon ajoyibati» deb nomlangan «Ihyou ulumid-din» kitobida sharhlangan».

«Agar barcha ilmlar yo‘qolsa, ularni «Ihyo» dan chiqarib olardim», deydi Shayx Abu Muhammad al-Kozruniy.
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 06:51:36
Darhaqiqat, «hujjatul islom» nomi bilan olamga tanilgan Abu Homid G’azzoliy hazratlarining asarlari, xususan, «Ihyou ulumid-din» kitobining ta’rifida aytilgan so‘zlar ko‘p. Lekin bizning nazarimizda, eng yaxsh, balki eng samimiy ta’rif — har bir o‘quvchining kitob bilan tanishganidan so‘nggi ilk taassuroti va vaqt o‘tib, ta’sirlar sovigandan keyin tug‘ilgan xulosalari.

«Ihyou ulumid-din» kitobi «Ibodatlar», «Odatlar». «Muhlikyt» (halokatga olib boruvchi ofatlar) va «Munjiyot» (najotga eltuvchi amallar) deb nomlangan to‘rtta katta qisiga bo‘lingan. Bu to‘rtta qismning har biri muhim mavzularga bag‘ishlangan o‘nta kitobni o‘z ichiga oladi.

«Tavba» «Munjiyot» qismining birinchi kitobi bo‘lib, unda tavbaning mohiyati, uning vojibligi va fazilatlari, kichik va katta gunohlar, tavbaning mukammallik shartlari, tavbasiz qalb dardshshng muolaja yo‘llari kabi bir qancha mavzular zohir va botin jihatidan tadqiq etipgan. Tadqiq yo‘li, aksar holda, butunni qismlarga ajratish, har bir qismning mohiyatiga nazar solib, unga aniq ta’rif beradi, aniqlikka ega bo‘lgan bu qismlarning butunga nisbatan va o‘zaro bog‘liqlik darajalarini belgilash orqali kechgan.
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 06:53:22
«Tavba kitobi»ning yana bir xususiyati, ayrim so‘zlar lug‘aviy ma’nosidan tashqari matn doirasida qo‘shimcha ma’nolarda ham qo‘llangan.

Amallarning ko‘z ilg‘amas jihatlariga fahm nazarini qaratgan G’azzoliy hazratlari ma’noni majozlar bilan tahqiq etadi, anglanishi mushkil, ammo muhim ma’naviy hodisalarni majoziy muqoyasa bilan jonli hayotga ko‘chiradi. Ta’bir joyiz bo‘lsa, bu ko‘chishni zaiflikdan kuchlilikka, uyqudan uyg‘oqlikka, o‘limdan tiriklikka o‘tish, deb izohlash mumkin. Majoz tilining ahamiyatini G’azzoliy shunday ta’riflaydi: «Oxiratga nisbatan uyqu hisoblangan bu dunyoda payg‘ambarlar odamlarga yuzlanib, asl ma’nolarni zarbulmasallar vositasida ularga yetkazdilar. Keltirilgan misollar Alloh taoloning hikmati va bandasiga lugfi sifatida fahmlarda jonlanadi, bandaning idroki ojizalik qiladigan o‘rinlarda yordamga kelib, ilg‘ash va anglashni osonlashtiradi».

Shu tariqa mutoala davomida mavzular osha ba’zan «falsafiy», ba’zan majoziy so‘qmoqlardan yurib, manzilga yaqinlashasiz. Ammo. endi marraga yetay deb turganingizda «ustoz» kutilmaganda «shogirdi» nomidan o‘rtaga savol tashlab, o‘zi hal qilgan masalaga e’tiroz bildiradi. Ba’zan bu savol-javoblar keskin tus oladi. Lekin «ustoz»ning javoblari shu darajada qamrovli bo‘ladiki, bu javoblardan so‘ng masala yanada oydinlashganini, yo‘l oldingidan ham ravonlashganini his qilasiz.
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 07:00:28
Xo‘sh, uslubdagi mana shu o‘ziga xosliklar, fazilatlar tarjimada qay darajada aks etgan? Umuman olganda, tarjima asliyatga muvofiqmi? O’zaro farqlar nimalardan iborat?

Avvalo, shuni aytish lozimki, tarjima hech qachon asliyat bo‘lolmaydi, bu tan olingan haqiqat. Tarjima jarayonida asosiy e’tiborni ma’noga qaratdik. Chunki, majozlar tili bilan gapirilgan matnda maqsadni ilg‘ash birlamchi vazifadir. Buni unutishning iloji yo‘q.

Odatda har qanday ishning avvali qiyin kechadi. Tarjimada ham bu holni kuzatish mumkin. Zukko kitobxon buni tez ilgaydi. To matn ruhiga kirib, so‘zlarga yuklangan qo‘shimcha ma’nolar ochilguncha, maqsad oydinlashib, mazmun va shakl uyg‘unligi his qilinguncha, bu hol davom etadi.

Arab tili tabiatidagi «siqiqlik», takrorlarning odatiyligi ayrim jumlalarni kengaytirib, ba’zan esa takrorlardan qochib, jumlalarni qisqartirib tarjima qilishga sabab bo‘ldi.
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 07:04:16
Asliyat ruhini saqlash uchun tilimizning boy imkoniyatlaridan foydalandik. Tushunilishi qiyinroq ayrim so‘z va iboralar ba’zan matn ichida, ba’zan qavs bilan ajratilib, ba’zan sahifa ostida izohlandi, ayrim tushunchalar arabcha muqobili bilan berildi. Shuningdek, «Kur’oni karim oyatlari va hadislarni arab tilidan boshqa tillarga tarjima yoki sharh qilishda arabcha matn albatta birga bo‘lishi kerak», degan talabga amal qilindi. Har bir hadisning sanadi hadis tarjimasidan so‘ng keltirildi.

Taxrijda sanadi aniqlanmagan hadislarni sahifa ostida «sanadi noma’lum» deb ko‘rsatildi. Hajman katta hadislarni, imkoniyatdan kelib chiqib, faqat tarjimasini berish bilan cheklandik. Muhim sanalgan so‘zlar va «shogird» savollari kursiv bilan ajratildi. Kitob oxirida mavjud izohlarni to‘ldirish va yangi izohlar uchun lug‘at tuzildi.

Haqli ravishda shunday savol tug‘ilishi mumkin: "Tarjima uchun nega aynan "Tavba kitobi" tanlandi?"

Buning sabablari ko‘p. Keling, eng muhimini aytib qo‘ya qolaylik. Negaki, boshqa barcha sabablar, aslida, biz muhim sanayotgan o‘sha asosiy sababga tobedir.


Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 07:06:02
Mo‘jizani qarangki, Alloh va rasulining Kitob va sunnatda musulmon ummati haqida bayon etgan bashoratlari bugun — ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lyapti. Mashaqqatu sinovlar oshgani sayin ma’rifat ahlining safi kengayapti, sifat o‘syapti, insonlar shiddat-la saralanyapti. Masjidlar, madrasalar, ommaviy nashrlar doirasida iliga tashna jamoat shakllanyapti. Ma’lum darajada amallar zohirini o‘zlashtirilgan bu jamoatda botin tarbiyasiga ehtiyoj sezilyapti. "Tavba kitobi" ning tarjimasi ayni o‘sha ehtiyojning mahsulidir.

Bu sharafli ishga bizni sababchi qilgan Alloh taologa shukrimiz behad! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonidan to hozirgacha kelyotgan ilm silsilasining mustahkam xalqalaridan bo‘lmish ustozlarning doimiy e’tibori oldida esa hamisha qarzdormiz.

Muhtaram o‘quvchi! Tavba yo‘li muborak bo‘lsin! Mutolaadan manfaat olsangiz, Alloh taologa hamd aytib, ustozlarimiz haqqiga duo qiling. Nuqsonu kamchilik topsangiz, ulug‘ va qudratli Zotdan biz uchun afv tilang.

Alloh taolo barchamizni rahmatiga noil etsin.

Tarjimondan.
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 07:17:49
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

                                 
Bismillahir rohmanir rohiym.

Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Har yaxshi kitob U zotga hamd bilan ochilar, har yaxshi xitob U zotning zikri bilan boshlanar, oxiratda saodat ahli U zotning hamdi bilan ne’matlanar, shaqovat ahli (badbaxtlar) esa U zotning rahmatiga ko‘z tikar.

U zot saodat ahli bilan shaqovat ahlining orasini to‘sdi. Bu to‘siq — devorning eshigi bor. Eshikdan ichkariga kirsang, rahmat, tashqarida qolsang, azob bor. Olamlar parvardigori, Musabbibul asbob (sabablarni yaratuvchi zot) Allohga haqiqiy iymon keltirgan kishi yang-lig‘ tavba qilamiz. Rahmli, gunohlarni kechiruvchi, tav-balarni qabul etuvchi Allohni mutlaq podshoh deb tanigan kishi Undan qanday umidvor bo‘lsa, shunday umid qilamiz. Shubha va gumonlardan holi kishi yanglig‘ qo‘rqinch va umid ila nafas olamiz.

Alloh gunohlarni kechiruvchi, tavbalarni qabul qiluvchidir, shu bilan birga, Uning azobi ham qattiqdir.

Payg‘ambarimiz Muhammadga, u zotning ahli baytla-riga va sahobalariga salovot va salomlar bo‘lsin. Bu salovot qilgan amallarimiz o‘zimizga ko‘rsatiladigan Hisob kitob-kunining dahshatidan najot topishimizga sabab bo‘lsin.
Nom: Re: TAVBA KITOBI. Abu Homid G'azzoliy.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 07:35:34
Ayblarni yopuvchi, g‘ayblarni biluvchi Zotga qaytish orqali gunohlardan tavba qilish - solihlar yo‘lining ibtidosi, haq yo‘lni iroda qilganlarning ilk qadamlari bo‘lib, bobomiz Odam alayhissalom bu yo‘lga dastlab qadam qo‘yganlardandir. Ota-bobolarga ergashish farzandlarga naqadar munosib ish! Demak, odamzot biror gunoh ish qilib qo‘ysa, buning ajablanadigan joyi yo‘q. Shu jihatdan kimki bobosiga o‘xshasa, bu hali zulm emas. Chunki, bobomiz singanni yamadi, buzilganni tuzatdi, achchiq pushaymon ta’mini totib, tavba sari yuzlandi. Shuning uchun kimki, tavbani tark qilib, "xato insonga azaliy meros" degan qarash bilangina gunohini oqlamoqchi bo‘lsa, albatta adashadi.

O’zni butkul xayrga bag‘ishlash - muqarrab farishtalarga xos tabiat. O’nglanishni o‘ylamasdan, faqat yomonlikka berilish - shaytoniy fe’l. Yomonlikdan so‘ng yaxshilikka qaytish esa insoniy zaruratdir. Kim tavba qilsa, o‘zining "odam" degan sog‘lom o‘zlikka daxldorligini isbotlagan bo‘ladi. Kim doimo zulmu tug‘yonda bo‘lsa, o‘zini shaytonga topshirgan hisoblanadi. Nafsni butkul xayrga bag‘ishlab, farishta bo‘lish esa imkondan tashqari ishdir.

Yomonlik — odamzot tiynatidagi (loyidagi) yaxshilik bilan juda puxta, maromiga yetkazib qorilgan ma’jun. Bu qorishiq ikki o‘tning birida ajraladi: yo dunyo hayotida nadomat o‘ti bilan, yoki jahannamda do‘zax o‘ti bilan. Inson bu hayotda nadomat o‘ti tufayli javharini yomonlikdan xalos etmas ekan, oxiratda uning chorasi jahannam olovidir.
Hozir senda bu ikki o‘tdan yengilrog‘ini, tafti past-rog‘ini tanlash imkoniyati bor. Sen uchun to‘shalgan ixtiyor gilami hali yig‘ishtirilgani mo‘q. Hali sen jannatda bo‘lmasang-da, zo‘rlik bilan jahannamga ham haydalmading. To imkon bor ekan, nadomatga shoshil, do‘zaxdan saqlan...
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:18:00
I bob
Tavbaning mohiyati haqida
Tavba nima?

Bilgilki, tavba uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich - ilm, ikkinchi bosqich - hol va uchinchisi - fe’l. Bu bosqichlarning har biri o‘zidan keyingi bosqich uchun zaruratdir. Chunki Allohning mulk va malakutga joriy etgan qonunidagi uzluksizlik shuni taqozo qiladi.

Ilm — gunohlar tufayli sodir bo‘lib, banda bilan uning suyukli narsalari orasini to‘sadigan ulkan zararni aiglash. Bu ulkan zararni to‘la anglagan kishi qalbiga g‘olib bo‘ladi. Bu anglash suyukli narsasini boy bergan qalbda alam-og‘riq paydo qiladi. Qalbda yo‘qotish hissi ortgani sayin alamning shiddati ham kuchayadi. Mahbubini o‘zining bir yomon fe’li sabab boy bergani uchun qalb afsus chekadi. Qalbning bu og‘rig‘i — nadomat deyiladi. Og‘riq ichkarini butunlay egallab olganidan so‘ng qalbda iroda esa qasd deb atalgan o‘zgacha bir holat namoyoya bo‘ladi (qasd - gunohni tark etishni maqsad qilish, shu maqsad tomon qadam tashlash).

Tavbaning bugun, kelajak, o‘tmishg‘a bog‘liq jihatlari bor: mahbubdan to‘suvchi gunohlarni bugun tark qilyapsan; mahbubdan ayiruvchi gunohga kelgusida minba’d qaytmaslikka azm etding; shu azm o‘tmishdagi xatoning o‘nglanishiga umid uyg‘otadi. Bu yaxshiliklarning avvali ilmdir. Ilm deyilganda iymon va yaqin (shak-shubhasiz, aniq va haqiqiy bilish) nazarda tutilyapti. Gunohlarning do‘zaxdan tinimsiz esib turadigan, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan samum shamoli yanglig‘ halokatli ekanini tasdiqlash iymondir. Bu tasdiqni ta’kidlab, shubhalardan butkul xalos bo‘lish va tasdiqning qalbni to‘la egallashi esa yaqindir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:18:51
Tavbaning vojibligi va fazilati

Bilgilki, tavbaning vojibligi oyat va xabarlarda bayon qilingan. Basirati, ya’ni idrok va zehn quvvati ochilgan kishiga bu narsa kunday ravshan.

Alloh ko‘ksiga iymonni joylagan inson uning nuri bilan oldidagi jaholat zulmatlarini yorib o‘tishga, har qadamda dovdirab, yetakchiga ehtiyoj sezavermasdan, sabot bilan dadil yurishga qodir bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, solik, ya’ni oxirat yo‘lchisi ikki xil: ko‘zi ojiz kishi kabi doimo, har qadamda yetovga muhtoj bo‘lishi yoxud avval hidoyat topib, so‘ng nafsini hidoyatga boshlaydigan basirat sohibi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, odamlar ham din yo‘lida ikki toifaga ajraladilar. Kimki bu yo‘lga qadam qo‘yib, taqliddan nariga o‘tolmasa, u har qadamda Allohning kitobi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatidan biror dalilga muhtoj bo‘ladi. Ko‘pincha ehtiyojini qondirolmaydi, hayronlik ichra qoladi. Umri qanchalik uzun, jiddu jahdi qanchalik qattiq bo‘lmasin, uning bu harakatida mahdudlik, qadam tashlashida zaiflik. bor.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:19:59
Kimning qalbini Alloh Islomga ochib, saodatmand etgan ekan, u Parvardigori tomonidan bo‘ladigan nur ustidadir. U ozgina ishora bilan chalkash yo‘l sinoatidan ogoh bo‘ladi, mashaqqatli dovonlardan oshib, qalbi Qur’on va iymon nuri bilan yog‘duga to‘ladi. Botinidagi nurning porlashi uchun ozgina bayon kifoya. Garchi olov tegmasa ham, xuddi yog‘ga botirilgan pilikdek ziyo taratadi. Agar olov tegsa, nur ustiga nur! Alloh o‘zi xohlagan kishini O’z nuriga hidoyat qiladi.

Mana shu holni o‘zida hosil qilgan kishi tavbaning vojibligini bilishni xohlasa, avvalo, basirat nuri ila tavbaning mohiyatiga, keyin uning vojibligi ma’nosi nimadan iboratligiga nazar solsin. So‘ngra bu ma’nolarni aqlida jamlab, tafakkur qilsin. Shak yo‘qki, shundan keyin u o‘zining tavba yo‘lida sobit turishi zarurligiga qat’iy amin bo‘ladi.

Abadiy halokatdan najot topib, abadiy saodatga erishish uchun tavba vojib ekan, demak, baxt yo baxtsizlik tushunchalari biror ishni amalga oshirish yoki uni tark qilishni taqozo etadi. Aks holda, vojib so‘zining ma’nosi vojiblik sifatini yo‘qotadi.

Qachonki, vojib so‘zining ma’nosi abadiy saodat yo‘lidagi vosita deb anglansa; boqiy uydagi farog‘at Alloh taolo diydori ila hosil bo‘lishi va undan to‘suvchi har bir narsa shaksiz baloga yo‘liqtirishi, nafs va uning istagi orasida vositachi bo‘lgan kishining firoq va jahannam olovida kuyishi anglansa; dunyo istaklariga qul bo‘lish, bu dunyo bilan do‘st tutinish, bevafo matohlarga butun mehru muhabbatni berib bog‘lanish Alloh taoloning diydoridan uzoqlashtiruvchi narsalar ekani anglansa, shubhasiz, o‘shanda uzoqlashish yo‘lidan kechib, yaqinlik yo‘liga qadam qo‘yish vojibligi ayon bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:21:55
Qachonki, qalb bilan bu olam ziynatlari orasidagi aloqa barham topib, uning o‘rnini davomli zikr egallasa, banda bilan Yaratuvchi o‘rtasidagi uns va muhabbat yanada ortadi. Muhabbat kuchaygan sayin har kim toqatiga yarasha ulug‘lik va qudrat egasi bo‘lmish Zotga yaqinlasha boradi, gunoh neligini anglaydi. Gunoh Allohdan yuz o‘girish va shaytonga ergashish ekanini, shayton Dargohdan to‘silgani sabab Allohdan uzoqlashtiruvchi dushman ekanini ichdan his etadi. Oqibat, uzoqlashishni tark etib, yaqinlashish yo‘liga o‘tish vojib ekaniga zarracha shubha qilmaydi.

Bu kechish ilm (gunoh neligini anglash), nadomat va azm bilan mukammal bo‘ladi. Kimki gunohlar mahbubdan uzoqlashishga sabab bo‘lishini anglamas ekan, nadomat neligini anglamaydi. Nadomat chekmagan kishi dard neligin anglamaydi. Kimki dard chekmas ekan, demak, qaytmaydi.

"Qaytish"ning ma’nosi gunohlarni tark etish va ularni qayta qilmaslikka azmdir. Shubhasiz, bu uch ma’no, ya’ni  ilm, nadomat va azm  mahbubga yetish yo‘lidagi zaruratlardir. Xullas, basirat nuridan hosil bo‘lgan iymon quvvati shu tarzda namoyon bo‘ladi.

Aksar xalq bu baland cho‘qqiga ko‘tarila olmaydi. Taqlid va ergashish ularning najot qal’asidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:24:16
Keling, tavba haqida Alloh taoloning kalomi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va salaflarimizning so‘zlariga diqqat qilaylik:

وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

"Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar" (Nur surasi, 31). Bu mlohiy amr hammaga qarata aytilgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا تُوبُوا إِلَى اللَّهِ تَوْبَةً نَصُوحًا

"Ey mo‘minlar, Allohga holis tavba qilinglar" (Tahrim surasi, 8-oyat). Oyatdagi "nasux" so‘zining ma’nosi: "Holis Alloh taolo uchun", "shubhalardan holi bo‘lib", deganidir. Alloh taoloning ushbu so‘zi tavbaning fazilatiga ochiq dalolat qiladi:

إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ

"Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi" (Baqara surasi, 222).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam deydilar:
"Tavba qiluvchi kishi Allohning suyg‘an qulidir. Gunohdan tavba qilar ekan, go‘yo u gunohi yo‘q kishi kabidir" (Ibn Moja rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:27:35
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Mo‘min bandasining tavbasi Allohni ko‘nroq quvontiradi... yonida ulovi, ulovida taomi va suvi bo‘lgan bir yo‘lchi qo‘rqinchli, xavf-xatarga boy, notanish bir joyda to‘xtadi. Safar davomida horib-charchagani bois o‘sha yerda ozgina mizg‘idi. Uyg‘onib qarasa, yonida ulovi yo‘q. Ulovini rosa izladi. Borgan sari kun qizib, tashnalik ichini yondirardi. "Allohning xohlagani bo‘ldi, endi joyimga qaytib, o‘sha yerda bo‘lay. Balki, ko‘zim ilinib, uyquda jonim chiqqanini sezmay qolarman", - dedi o‘ziga o‘zi. Keyin boshini bilagiga qo‘yib, go‘yoki jon taslim qilishga hozirday bir holda yotdi. Bir payt uyg‘onib qarasa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yo‘l ozig‘i va suvlari ortilgan ulovi qarshisida turardi. Shunday paytda ulovini topgan kishining quvonchi qanchalik kuchli, samimiy bo‘ladi! Mo‘min bandasi qilgan tavbadan Alloh taoloning quvonchi bundanda kuchliroqdir" (Muttafaqun alayh).

Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: "Odam alayhissalom Alloh taologa tavba qilgach, farishtalar bundan mamnun bo‘lishdi. Jibril va Mikoil (ularga Allohning salomi bo‘lsin) Odam alayhissalom oldiga tushib deyishdi:

- Ey Odam, Alloh bergan, ko‘zlaringni quvontirgan bu tavba senga muborak bo‘lsin!

Odam alayhissalom so‘radilar:

- Ey Jibril, bu tavbadan so‘ng mening maqomim qaerda bo‘ladi?

Alloh taolo unga vahiy qildi:

 - Ey Odam! Mashaqqat va azob-uqubatni zurriyotingga meros qildim, ularga tavbani meros qildim. Kimki Menga duo qilsa, xuddi senga javob berganimdek, uning duosiga ham javob beraman. Kimki Mendan mag‘firat tilasa, unga baxillik qilmayman. Ey Odam, Men duogo‘yga eng yaqin va duolarni ijobat qilguvchi zotdirman. Tavba qiluvchilarni xushnud va jilmaygan hollarida qabrlardan chiqarib, mahshargohda to‘playman, ularning duolari mustajobdir".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:30:32
Bu xususda kelgan axbor va asarlar behisob. Ummat tavbaning vojibligiga ijmo’ qilgan. Zero, vojibning ma’nosi  Alloh taolodan yiroqlashtiruvchi, halokatga sudrovchi ma’siyat va gunohlarni anglashdir. Bu esa iymonning vojibligiga doxil jihatdir. Lekin ba’zida aynan mana shu jihatdan g‘aflatda qolish kishini dahshatga soladi. Aslida mazkur ilm, ya’ni gunohning halokatli bo‘lishini anglash o‘sha g‘aflatni ketkizishdir.

Tavbaning yana: "darhol gunohlarni tark qilmoq", "kelajakda gunohni takrorlamaslikka azm etmoq", "o‘tgan xatolarni o‘nglamoq" kabi ma’nolari bor.

Darhaqiqat, o‘tgan xatodan pushaymon bo‘lib, g‘amga botish musulmon uchun vojibdir. Bu hol  tavbaning ruhi, u bilan o‘nglanish kamoliga yetadi. Shunday ekan, tavba qanday vojib bo‘lmasin?!

Tavba shunday og‘riqki, u bekor o‘tayotgan umrni his qilish, Allohning g‘azabi ostida zoe’ bo‘layozgan bebaho ne’mat  o‘tgan va o‘tayotgan kunlarni o‘ylab, qonli yoshlar to‘kishdir.

Agar sen: "Qalb og’rig’i ixtiyoriy emas, zarurat tufayli tug’iladi. Shunday ekan, qanday qilib, u vujub sifati bilan sifatlanishi mumkin?" desang, javob shuki, mahbub narsaning qo‘ldan ketganini anglash qalbga azob beradi. Bu og‘riqda og‘riqning sababi tomon yo‘l bor. Xuddi shuningdek, ilm, ya’ni gunohning halokatli ekanini anglash — vujubda, ya’ni tavbaning vojibligi ichida mavjud. Bundan zinhor, "banda ilmni yaratadi va uni ongida paydo qiladi", degan ma’no kelib chiqmasligi kerak.

"Axir banda biron ishni qilish va qilmaslikda ixtpiyorli emasmi?" desang, aytamiz: ha, bandaga ixtiyor berilgan. Lekin bu gap ushbu: "Butun borliqni Alloh taolo yaratgan, ixtiyor ham Allohning xilqati. Banda o‘ziga berilgan ixtiyorga muhtoj qilib yaratilgan", degan so‘zimizga zid emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:32:56
Alloh taolo sog‘lom qo‘lni va shirin taomlarni yaratdi. Oshqozonda taom uchun istakni, qalbda taomning istakni qondirishi haqida xabar beruvchi ilmni yaratdi. Shu bilan birga, "taomda zarar bo‘lishi mumkinmi, uni tanovul etishga monelik qiladigan sabab yo‘qmi?" degan kabi ziddiyatli o‘y-fikrlarni ham yaratdi. Yana o‘sha taomni tanovul qilishga mone’ bo‘ladigan sababning yo‘qligini bildiradigan ilmni ham yaratdi. Bu sabablar jamlanganidan so‘ng iroda "taomni tanovul qilish mumkin", degan to‘xtamga keladi.

Har xil o‘y-fikrlarning taraddudidan keyin, taom uchun xohish voqe bo‘lganidan so‘ng yuzaga chiqqan irodaning to‘xtami ixtiyor deb nomlandi, Ixtiyor hosil bo‘lishi uchun uning hamma sabablari oxirigacha yuzaga chiqishi lozim.

Alloh taolo tarafidan yaratilgan iroda qachon jazm hosil qilsa, o‘shanda sog‘lom qo‘l qiyinchiliksiz taomga cho‘ziladi. Iroda va qudrat mukammal bo‘lganidan so‘ng, biron ishning yuzaga chiqishi zaruratga aylanadi, harakat hosil bo‘ladi. Qudrat va irodaning jazmi hosil bo‘lgach, harakatni Alloh yaratadi. Qudrat va irodaning jazmi ham Alloh tarafidan yaratilgandir. Irodaning jazmi haqiqiy istak va to‘siqlarning yo‘qligini anglashdan so‘ng hosil bo‘ladi. Bu istak va anglash ham Alloh tomonidan yaratilgan. Lekin bu yaratilmishlar Alloh taoloning qonuniga ko‘ra joriy tartib asosida, ba’zisi ba’zisining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladi:

فَلَنْ تَجِدَ لِسُنَّةِ اللَّهِ تَبْدِيلا

""¦Siz hargiz Allohning sunnati-qonunining o‘zgargainini ko‘rmassiz"¦" (Fotir surasi, 43).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:35:00
Alloh taolo qo‘lga qudratni, hayotni, qat’iy irodani bermagunicha, tartibli bir yozuvni yozish uchun qo‘lning harakatini yaratmaydi, istak va nafsdagi maylni yaratmagunicha, qat’iy irodani xalq etmaydi. Shuningdek, maylning hozir yoki kelajakda nafsga muvofiq ekanini bilish ( عِلْمٌ بِأَنَّهُ مُوَافِقٌ لِلنَّفْسِ ) tuyg‘usi yaratilmagunicha bu mayl to‘la yuzaga chiqmaydi. Albatta, bu bilish tuyg‘usining yaratilishi ham harakat, iroda va ilm kabi boshqa sabablarga bog‘liq.

Ilm va tabiiy mayldan so‘ng qat’iy iroda yuzaga chiqadi. Qudrat va iroda izidan esa harakat ergashib keladi. Bandaning barcha fe’lida mana shu tartib mavjud. Bularning hammasi Alloh taolo tarafidan biri boshqasini taqozo etuvchi qilib yaratilgan. Shuning uchun ham bu fe’llarning biri oldin, boshqasi keyin yuzaga chiqishi vojib. Xuddi ilmdan keyin iroda, hayotdan keyin ilm, jismdan keyin hayot yaratilgani kabi. Shunga ko‘ra, "jismdan hayot tug‘iladi" emas, balki jismning yaratilishi hayotning paydo bo‘lishi uchun shart, "hayotdan ilm tug‘iladi", emas, balki hayotning yaratilishi ilm yaratilishi uchun bir shartdir, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Hayot mavjud bo‘lsagina, ilmni qabul qilish uchun joy hozirlangan hisoblanadi. Demak, "iroda ilmdan paydo bo‘ldi" emas, balki ilmning yaratilishi irodaning jazmi uchun shart, deyish maqsadga muvofiqdir. Irodani hayot va ilm sohibi bo‘lgan jismgina qabul qiladi...

Xullas, tavba o‘zining ilm, nadomat va tark (gunohni tark qilish) kabi barcha qismlari bilan vojibdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 05:46:35
Tavbaga shoshilish vojib

Gunohdan so‘ng darhol tavba qilish vojibdir. Chunkp gunohning haloqatli ekanini anglash iymon taqozosidir. Tavbani kechiktmrish mumkin emasligini anglagan kishi darhol amalga o‘tadi, o‘zini yomon fe’llardan tiya boshlaydi. Bu ma’rlfat (ya’ni zudlik bilan tavba qilishning vojibligini anglash) amalga bog‘lanmagan mukoshafa ilmlari jumlasidan emas, balki muomala ilmidandir.(Mukofasha va muomala ilmi haqida yaqinda (2003 yil) "Monarouniahr" nashtriyoti tomonidan chop etilgan "Ilm kitobi"ning "Farzi kifoya ilmlar bayoni" bo‘limida batafsil ma’lumot berilgan.)

Har bir ilm amal qilish uchun o‘rganiladi. Modomiki, ilm amalga sabab bo‘lmas ekan, uning mas’uliyatini to‘la his qilish mushkul. Gunohlarning zararini bilish, anglab yetish ilmdir. Mana shunday ilm gunohlarni tark qilishga sabab bo‘ladi. Undan ko‘zlangan maqsad ham aslida ana shu.

Kimki gunohlarni tark etmas ekan, iymonidan bir juz’ni yo‘qotgan hisoblanadi. Payg‘ambarimizning ushbu so‘zlariga diqqat qiling:

"Zinokor zino qilayotganida mo‘min emas" (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 05:52:10
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zlari bilan Allohning borligini, birligini, sifatlari, kitoblari, payg‘ambarlarini tanish kabm mukoshafa ilmlaridan kelib chiquvchi iymonning yo‘qligini nazarda tutmayaptilar. Chunki zino va ma’siyat iymonni yo‘qqa chiqarolmaydi. Balki hadisdan ko‘zlangan maqsad zinoning Allohdan uzoqlashtiruvchi, Allohning nafratiga duchor etuvchi gunoh ekaniga zinokorda iymo-nishonch yo‘qligini ko‘rsatishdir.

Misol uchun tabib: "Bu zahar, uni ichma", - dedi. Shu ogohlantirishdan keyin ham kimdir uni ichdi. Endi bu odam haqida shunday deyish mumkin: "Bu kishi zaharni iste’mol qilayotgan paytda mo‘min emas edi". (Ya’ni zaharning o‘ldiruvchi xususiyatiga ishonuvchi emas edi.) Bu gap tabibning borligiga, uning tabib ekaniga iymon keltirmadi, uni tasdiqlamadi, degan ma’noni bildirmaydi. Balki, bunda tabibning "zahar halokatlidir", degan so‘zini kimningdir tasdiqlamagani nazarda tutilyapti. Negaki, zaharning halokatli ekanini bilgan odam uni aslo og‘ziga olmaydi.

Zarurat tufayli gunoh qilgan kishining iymoni noqisdir. Iymon bir butun emas, u yetmishdan ortiq juz’dan iborat. Bu juz’larning eng oliy darajasi "La ilaha illalloh" deb guvohlik berish bo‘lsa, eng quyi darajasi aziyat yetkazuvchi narsanm yo‘ldan chetga olib' tashlamoqdir.

Bu holatga shunday qiyos keltiriladi. Inson yaxlit bir vujud emas, balki yetmishdan ortiq a’zodan iborat. Ularning eng yuksagi qalb va ruh bo‘lsa, eng quyisi ozor yetkazuvchi narsani yo‘q qilish. Masalan, mo‘ylovni qisqartirish, tirnoqni olish, kirlardan tozalanish va hokazo. Agar inson shu ishlarni qilmasa, panja va tuyoqlaridagi uzun tirnoqlari tezagi bilan bulg‘angan kir va iflos hayvonlarga o‘xshab qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 05:54:07
Iymon ham inson kabidir. Tavhid shahodatining yo‘qolishi ruhning yo‘qolishi kabidir. Nimadir yo‘qolar ekan, nimadir uning o‘rnini egallaydi. Tavhid shahodatining yo‘qolishi esa to‘la botillikni vujudga keltiradi.

Shuningdek, faqat tavhid va risolat (La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh) shahodati bilan cheklangan inson ham oyoq-qo‘li kesilgan, ko‘zlari o‘yilgan, zohiru botin a’zolarini yo‘qotgan kimsaga o‘xshaydi. Unda ruh ne qilsin?!

Uning holati xuddi o‘limi yaqinlashayotgan kishining ahvolini eslatadi: bir paytlar a’zolarga quvvat bo‘lib, ularni doimo olg‘a boshlagan ruh endi yakkalanib, zo‘rg‘a sudralib, a’zolardan ortda qolyapti, ulardan ayrilyapti.

Kimdaki iymon bo‘lib, amal bo‘lmasa, o‘tkinchi shamollar uni qulatishi tayin. Toki iymon daraxti shakshubhadan holi bo‘lgan mo‘min qalbga ildiz otib, novdayu shoxlarini amal ichra yoymas ekan, bu daraxt o‘lim farishtasi kelgan paytda esuvchi dahshatli shamollarga dosh berolmaydi. Qanday yomon xotima! Lekin kunlariyu tunlari, soatlariyu daqiqalari Allohga toat bilan sug‘orilgan iymonning xotimasi naqadar go‘zal! U har qanday holatda mustahkam va sobitdir!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 05:58:46
Bir osiy Allohning toatida bo‘lgan mute’ kishiga: "Men ham senga o‘xshagan mo‘minman", - dedi.

Uning bu gapi qovoqning sanobar daraxtiga aytgan so‘zlarini eslatadi:

— Men ham daraxtman, sen ham daraxtsan. Sanobar daraxti unga shunday javob qildi:

- Ildiz neligidan g‘ofilsan. Hali kuz shamoli essin, zaif ildizlaring yerdan uziladi, barglaring to‘kilib, o‘zingni qanday aldaganing ochilib qoladi:

Hali to‘zon tinsin, ko‘rasan beshak,
Mingan ulovingni — otmi yo eshak?
(She’rlarni Fozil Zohid o‘zbekchalashtirgan)

Bu savolning javobi oxirgi nafaslarda ayon bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:11:56
Jonchiqar holatning dahshatlarini eslaganda, Allohni tanigan kishilarning qalbi qo‘rqinchdan yorilay deydi. Zero, oxirgi nafasda sobit bo‘lish kamdankam insonlarga nasmb etadi.

Osiy kishi gunohlari tufayli do‘zaxda abadiy qolishdan qo‘rqmaydi. Chunki u tanijoni sog‘lom bo‘lgani uchun o‘limni eslamamdi. Zararli, hohish-istaklarga mukkasidan ketadi. Sog‘lom odam betob bo‘lib qolishdan qo‘rqadi. Betob bo‘lgach, o‘limdan qo‘rqadi, deyishadi. Osim kishi ham jon halqumga kelgach, so‘nggi nafasning dahshatidan qo‘rquvga tushadi, o‘sha dahshatni boshidan kechiradi. Ana endi do‘zaxda abadiy yonish unga vojib bo‘ladi. (Alloh asrasin)

Zararli oziqlar badanga qanday ta’sir etsa, gunohlar ham iymonga shunday ta’sir qiladi. Doimiy ravishda ichkarida to‘planib qolayotgan zararli oziklar kishi sezmagan holda uning mizojini o‘zgartiradi, hatto uni buzishgacha olib boradi. Natijada kishi daf’atan dardga chalinadi, daf’atan o‘ladi.

Gunohlarning iymonga ta’siri ham shu yo‘sinda boshlanib, shu yo‘sinda yakun topadi. Demak, bu o‘tkinchi dunyoda o‘limdan qo‘rquvchi kishiga darhol va har qanday holatda zararli oziklardan tiyilmoq vojib. Abadiy halokatdan qo‘rquvchi kishiga esa gunohlardan tiyilishning vojibligi yana bir hissa ko‘proqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:24:04
Dinning zahari — gunoh. Kimki uni sodir etsa, fursat borida bu qilmishidan qaytmog‘i vojib. Bu fursat umrdir. Fursat boy berilsa, umr zoe’ bo‘ladi. Gunoh zaharidan, umrning zoe’ bo‘lishidanda xavflirog‘i va alamlirog‘i muqim ne’mat va bugok mulkka to‘la boqiy oxiratni boy berish, so‘ngra jahannam olovida yonish, doimiy azobga giriftor bo‘lishdir. Bu dunyodagi umrlarning bir qanchasini jamlaganda ham oxiratdagi azob muddatining mingdan biricha bo‘lolmaydi. Negaki, u azobning muddati cheksiz, tuganmas.

Bas, gunohlar zahari iymon ruhini zaharlamasidan avval tavbaga shoshilmoq zarur. Aks holda ish tabiblarga, ularning ixtiyoriga o‘tadi. Bundan so‘ng himoya naf bermaydi, nasihatgo‘ylarning nasihati najot bo‘lolmaydi, voizlarning va’zi befoyda. Endi uning halokatga mahkumlar jumlasidan ekaniga shubha qolmaydi va Alloh taoloning ushbu so‘zidagi umumiy hukm unga ham tegshli bo‘ladi:

إِنَّا جَعَلْنَا فِي أَعْنَاقِهِمْ أَغْلالا فَهِيَ إِلَى الأذْقَانِ فَهُمْ مُقْمَحُونَ (٨)وَجَعَلْنَا مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَأَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لا يُبْصِرُونَ (٩)وَسَوَاءٌ عَلَيْهِمْ أَأَنْذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ لا يُؤْمِنُونَ

"Darhaqiqat, Biz ularning bo‘yinlariga to iyaklarigacha (etadigan) kishanlarni urib qo‘ydik, bas, ular g‘o‘dayib qoldilar (ya’ni ular Haqqa egilmaslar). Va Biz ularning oldilaridan bir to‘siqparda qilib, ularni o‘rab qo‘ydik. Bas, ular ko‘ra olmaslar. (Ey Muhammad), siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadi-ngizmi, ularga barobardir — iymon keltirmaslar" (Yosin surasi, 8-10).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:25:58
Oldin bayon qilinganidek, iymon yetmishdan ortiq juz’dan iborat. "Zino qilayotgan paytda zinokor mo‘min bo‘lolmaydi". O’sha payt u iymonning shox va novdalariga shikast yetkazadi. Ahvol shu tarzda davom etar ekan, oxirgi nafaslarida u ildiz bo‘lmish iymondan ajraladi.

Daraxt shox va novdalarsiz uzoq yasholmaydi. Shox-novdalar ildizsiz mavjud bo‘lolmaydi. Ildiz va shox-novdalar bitta jihat bilan farqlanadi: shox va novdaning mavjud bo‘lishi va yashashi uchun ildiz bor bo‘lishi shart. Ammo ildizning mavjudligi uchun shox va novdalarning bo‘lishi shart emas. Balki ular ildizning yashashiga muhtojdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:34:08
Tavbaning har qanday sharoitda, hech bir istisnosiz vojibligi

Qur’oni karimda Alloh taolo shunday buyuradi:

وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

"Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki najot topsanglar" (Nur surasi, 31)

Bu xitob umumiydir. Aslida basirat nuri ham insonnk shu yo‘l sari boshlaydi. Zero, tavbaning ma’nosi Allohdan uzoqlashtirib, shaytonga yaqinlashtiradigan yo‘ldan qaytmoq ekan, buni oqil insongina tasavvur qiladi. Shahvat va g‘azab g‘arizasi (tabiat ehtiyoji), shuningdek, insonni chalg‘ituvchi shaytoniy vositalardan bo‘lmish boshqa yaramas sifatlar shakllanmagunicha, aql g‘arizasi kamol topmaydi. Shuning uchun aqlning dastlabki alomatlari yetti yoshdan so‘ng ko‘rinadi. Balog‘at yoshida aqlning asosi tugal bo‘ladi, yosh qirqlarga borganida aql to‘lishib, komillik darajasiga yetadi.

Ayon bo‘lsinki, shahvatlar — shaytonning qo‘shinlari, aqllar — farishtalarning qo‘shinlaridir. Agar ular o‘zaro duch kelib qolishsa, oralarida jang bo‘lishi muqarrar. Chunki ular tabiatan birbirlariga zid, birbirlariga toqat qilolmaydi. Ularning olishuvi tun bilan kunning, nur bilan zulmatning olishuvi kabidir. Biri g‘alaba qozonsa, boshqasi chekinishga majbur bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:38:50
Bilgilki, shahvatlar aql komil bo‘lishidan ilgari — bolalik va o‘smirlik yillarida kamolga yetib ulguradi. Shaytonning qo‘shini peshqadamlik qilib, joyini avvalroq egallaydi. Qalbda u bilan oshnolik va ulfatlik aloqalari tiklanadi. Shu tarzda shahvatlar o‘z ehtiyojlarini bemalol qondirib, qalbga hokim bo‘la boshlaydi. Qaniydi, tezroq qutulish chorasi topilsa?...

Ana shunda Allohning hizbi va qo‘shini bo‘lgan, Allohning do‘stlarini dushmanlari changalidan kutqaruvchi aql yorishib, ko‘zlarni ochadi. Toki aql quvvat olib, komil bo‘lmagunicha, qalb mamlakati shaytonga taslim va uning uchun misoli hozirlab qo‘yilgan joydir:

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلائِكَةِ اسْجُدُوا لآدَمَ فَسَجَدُوا إِلا إِبْلِيسَ قَالَ أَأَسْجُدُ لِمَنْ خَلَقْتَ طِينًا (٦١)قَالَ أَرَأَيْتَكَ هَذَا الَّذِي كَرَّمْتَ عَلَيَّ لَئِنْ أَخَّرْتَنِ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ لأحْتَنِكَنَّ ذُرِّيَّتَهُ إِلا قَلِيلا

"Eslang, farishtalarga: "Odamga sajda qilmng", dsyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat iblis (kibru-havo qilib): "Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?" dedi. U (yana shunday) dedi: "Menga xabar berginchi, mana shu kimsani mendan ulug‘  ustun qildingmi? Qasamki, agar Sen meni qiyomat kunigacha (tirik) qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini qirib yuborurman (ya’ni haq yo‘ldan ozdirib, halokat yo‘llariga burib goborurman), magar ozginalarigina (haq yo‘lda) qolurlar" (Isro surasi, 61-62).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:48:28
Aql kamolga yetib, quvvatlanar ekan, endi uning bosh vazifasi — shahvatlarni so‘ndirish bilan shaytonning qo‘shinini yanchish, yaramas odatlardan uzilib, tabiatni ibodatga qaytarish. Demak, yetakchisi shahvat, qo‘riqchisi shayton bo‘lgan yo‘ldan Alloh taoloning yo‘liga qaytish ayni tavbadir. Borliq olamda hech bir inson yo‘qki, shahvati aqlidan, shaytoniy tabiati rahmoniy tabiatidan o‘zmagan bo‘lsa. Shunday ekan, shahvatlarni kuchaytiradigan yo‘ldan qaytish, xoh nabiy bo‘lsin, xoh g‘abiy (ahmoq), har bir inson uchun zaruratdir. Bu zarurat faqat Odam alayhissalomga xos deb o‘ylasang, yanglishasan. Axir bejiz aytilmagan:

O’ylamang, g’addorlik yolg’iz Hindda bor,
Har go‘zalda bir Hind yashirin, makkor...


Tavbaga yuzlanish inson jinsiga farz qilingan azaliy hukmdir. Modomiki, ilohiy qonun o‘zgarmas ekan (o‘zgartirishning iloji ham yo‘q), bu farzga ters chiqish aslo mumkin bo‘lmagan ishdir. Kofir, johil bo‘lib voyaga yetgan har bir kishi o‘zining kufri va jaholatidan tavba qilmog‘i farz. Kimki Islom haqiqatidan g‘ofil holatda, ota-onasiga taqlidan musulmon bo‘lib balog‘atga yetgan bo‘lsa, Islomning ma’nosini tushunish bilan g‘aflatidan tavba qilishi farz. Negaki, to o‘zi Islomda bo‘lmaguncha, ota-onasining musulmonligidan unga naf yo‘q. Buni anglagan insonga yaramas odatlardan, shahvat ortidan chopishdan qaytishi, Alloh taolo bandasi uchun belgilagan hududga to‘la-to‘kis o‘tishi farz. Tabiiyki, tavbaning bu eshigiga tinimsiz mashaqqat va ranj bilan yetiladi.

Bularning barchasi qaytish va tavba demakdir. Mana shu xususiyat tavbaning har bir shaxs zimmasidagi farzi ayn ekaniga dalolat qiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:49:54
Bobomiz Odam alayhissalom tavbaga muhtoj bo‘lgan ekanlar, endi kim ham "tavbadan holiman", deya oladi? Otaning xilqati sig‘dirolmagan narsani farzandnging xilqati qanday sig‘dirsin?! Inson zoti begunoh emas ekan, demak, unga har bir holatda tavba qilish vojibdir.

Ayrim holatlarda a’zolar ma’siyatidan saqlanish mumkindir, lekin qalbdagi gunohlar yukidan qutulish-chi? Ba’zida bu yukdan qutulishning iloji bo‘lsayu, Allohning zikrini unuttirib, ko‘ngilga har xil xatarlar soladigan shaytonning vasvasadan holi bo‘lishning iloji bormi? Vasvasadan qutilishning ham chorasi topilar, lekin g‘aflatdan, Allohni, Uning sifatlari va fe’llarini anglashdagi qusurdan holi bo‘lishning chorasi bormi?

Bularning barchasi nuqsondir, uning sabablari bor. o‘sha sabablarni topib, ularni bartaraf etish uchun ularning ziddinm yuzaga chiqarish kerak. Bu ish, ayni paytda, bitta yo‘ldan uning ziddi bo‘lgan boshqa yo‘lga qaytish ila amalga oshadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 06:52:07
Insonlar nuqsonning bor-yo‘qligiga qarab emas, balki uning miqdoriga ko‘ra farqlanadilar. Inson zoti nuqsonsiz bo‘lishi mumkin emas. Hatto janob payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham aytgan edilar:

"Mening qalbimga ham shahvat soya soladi, hatto bir kecha-kunduzda Allohga yetmish marta istig‘for aytaman" (Abu Hurayradan Buxoriy va Muslim rivoyati).

Shuning uchun ham Alloh taolo:

لِيَغْفِرَ لَكَ اللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ

"(Ey Muhammad) Alloh sizning oldingi va keyingi gunohlaringizpi mag‘firat qilishi uchun" (Fath surasi, 2) deb boshlanuvchi oyatlari bilan o‘z habibini mukarram qildi.

Alloh payg‘ambarining holi shu bo‘lsa, boshqalarning ahvoli qanday bo‘larkin?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 08:51:01
Agar sen aytsangki: "Qalbga bostirib keladigan tashvish va harakatlar nuqson sanaladi. Komillik esa nuqsondan holi bo‘lishdir. Alloh buyukligining moxiyatini yetarli anglamaslik ham bir nuqson ekani sir emas. Ma’rifat ziyodalashgani sayin kamolot darajasi ham yuksalib boradi. Nuqsondan komillik tomonga o‘tish - qaytish, qaytish va tavbadir. Lekin bular farz emas, fazilat-ku?! Tovba tar qanday holatda vojibdir, degan so‘z bilan u mutlaqlashyapti. Aslida, bunday ishlarda-chi tavba qilish vojib emas. Chunki shariatda komillikka yetish vojib qilinmagan. Har qanday holatda tavba qilish vojib, degan so‘zdan maqsad nima?"

Bilgilki, oldin aytilganidek, inson tabiati shakllanishdanoq shahvatlarga tobe’dir. Tavbaning ma’nosi shahvatlarni tark etish bilan cheklanmaydi. Balki, o‘tmishda bo’lgan ishlarni ham o‘nglash bilan tavba mukammal bo‘ladi. Shahvat borki, insonni bo‘ysundiradi. Xuddi tiniq oynani inson nafasi xira qilgani kabi, shahvatdan inson qalbiga zulmat yog‘iladi. Og‘izdan chiqayotgan dam ko‘zgu yuzini kir qilgani kabi shahvatlar zulmati qalbda to‘planib, to‘suvchi pardaga aylanadi. Alloh taolo aytadi:

كَلا بَلْ رَانَ عَلَى قُلُوبِهِمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ

"Yo‘q! Balki ularnnng dillarini o‘zlarining qilgan gunohlari qoplab olgandir" (Mutaffifun surasi, 14).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 08:53:35
Shahvatlarga tobe’ bo‘lish qusurini o‘nglash uchun kelajakda shahvatlardan kechishning o‘zi kifoya emas. Balki, qalbni qoplagan kirlardan ham xalos bo‘lish lozim. Ko‘zguning yuzidagi kirlarni artib tashlamas ekansan, uni xiralashtirayotgan nafasingni qanchalik ichga yutma, suvratingni tiniq ko‘rolmaysan. Ma’siyat va shahvatlardan qalbga zulmat cho‘kkani kabi, toat bilan, shahvatlarni so‘ndirish bilan qalbga nur yog‘iladi, ma’siyat zulmati toat nuri bilan mahv etiladi. Payg‘ambar alayhissalomning ushbu so‘zlari bunga ishoradir:

"Yomonlikka uni yo’q qiluvchi yaxshilikni ergashtir" (Termiziy rivoyati).

Demak, banda qaysidir holatda savoblari vositasida gunohlar dog‘ini qalbidan ketkazmoqqa ehtiyols sezadi. Bu ehtiyoj qalbga, avvalo. o‘zining asliy sofligi va jilosini qaytaradi. So‘ngra tashqi sabablar ta’sirida so‘nish ro‘y bersa ham, poklik uzoq saqlanib qoladi. Ko‘zguni har xil iflosliklardan poklash ko‘zguga qarash kabi tez bitadigan ish emas. Bu muttasil va uzoq davom etadigan jarayondir.

"Bu aytilganlar vojib deyilmaydi, balki u fazilat va komillikni talab qilishdir", degan so‘zingga kelsak, bilgilki, vojibning ikki ma’nosi bor: biri shar’iy fatvoga tegishli bo‘lib, unga hamma amal qilishi zarur. Bu shunday o‘lchovki, agar butun xalq u bilan mashg‘ul bo‘lsa, olam buzilmaydi. Bas, agar barcha odamlar zimmasiga Allohdan haqiqiy taqvo bilan qo‘rqish yuklanganida edi (xuddi payg‘ambarlarga yuklangaindek), odamlar tirikchilikni tark etib, dunyodan to‘la yuz o‘girgan bo‘lardilar.

Bu esa oxir-oqibat taqvoning butunlay buzilishiga olib kelardi. Negaki, turmush-tirikchilik taqsimoti izdan chiqar ekan, biror kishining taqvo haqida o‘ylashga vaqti qolmaydi. Balki har bir kishi tikuvchilik, dehqonchilik, nonvoylik kabi ehtiyoj seziladigan ishlarga butun umrini sarflashi kerak bo‘ladi. Shu e’tiborga ko‘ra, bu darajalar vojib emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 08:54:58
Vojibning yana bir ma’nosi shuki, uni ado qilish orqali butun olamlar Parvardigoriga qurbat hosil qilinadi va siddiqlar orasida maqtalgan maqomga erishiladi. Bu maqomga yetish uchun albatta tavba vojibdir. Xuddi "nafl namozda tahorat vojib" deyilganidek. Ya’ni namozni niyat qilgan kishi tahoratlik holda namozga kiradi. Ammo kimki nuqsonga va nafl namozining fazlidan mahrum bo‘lishga rozi ekan, unga tahorat vojib emas.

Bu gap xuddi "insonning mavjudligi uchun ko‘z, quloq, qo‘l, oyoq kerak", deganga o‘xshaydi. Ya’ni bu a’zolar komil inson bo‘lishni, o‘zining insoniyligi bilan foyda berishni, insoniyligi bilan baland martabalarga erishishni xohlovchi kishi uchun zarurdir. Ammo kimki faqat tirikligi bilan qanoatlanib, taxta ustiga tashlangan parcha go‘shtdek, uloqtirilgan lattadek bo‘lishga rozi ekan, bunday hayot uchun ko‘z, qo‘l, oyoq shart emas.

Umumiy fatvoga daxldor vojiblar najotga, najot saodatga eltadi. Anbiyo, avliyo, ulamo va u zotlarga o‘xshaganlar najot sari intilib, o‘zlarining xohishiroda, histuyg‘ularini shu yo‘lga mosladilar. Shuning uchun ular dunyo lazzatlaridan to‘lig‘icha voz kecha bildilar. Hatto Iso alayhissalom toshni yostiq qilib yotishgacha borib yetdilar. "O’shanda shayton uning oldiga kelib, degan edi:

 - Oxiratni deb dunyodan kechdingmi?

 - Ha, nima bo‘libdi?!

 - Sening bu toshga suyanishing dunyodan ne’matlanish-ku! Nega boshingni yerga qo‘ymaysan?

 Shunda Iso alayhissalom toshni uloqtirdi va boshini yerga qo‘ydi".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 09:03:32
Iso alayhissalomning - toshni uloqtirishi dunyodan huzurlanishni rad etish, bundan tavba qilish edi. Iso alayhissalom boshni yerga qo‘yish umumiy fatvoda vojib emasligini bilmasmidilar?! Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam egnilaridagi yangi ko‘ylaklari namozda xotirlarini mashg‘ul qilib qo‘yayotganini payqab, uni yechib tashlagan edilar. Kovushlariga bog‘langan yangi bog‘ich e’tiborini tortganida, yechib, o‘rniga eskisini bog‘laganlar. Nima, Allohning elchisi, ummatiga shariat yo‘lini ko‘rsatib bergan Muhammad sollallohu alayhi vasallam shariatda bu ishning vojib emasligini bilmasmidilar? Juda yaxshi bilar edilar. Bilgan hollarida tark etish vojib bo‘lmagan narsani tark etib, tavba qildilar. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishning qalbda o‘chmas iz qoldirishini, bu iz va’da qilingan maqomi mahmudga yetishdan to‘sajagini ich-ichidan anglar edilar.

Abu Bakr Siddiq (Alloh undan rozi bo‘lsin) ichgan sutida shubhaga bordi. So‘ng barmog‘ini bo‘g‘zigacha tiqib, sutni qayt qilib tashladi. Hatto joni chiqib ketay dedi. Nima, Abu Bakr Siddiqday zot shu shubhali narsani bilmasdan yeb yo ichib qo‘yganida, buning uchun gunohkor bo‘lmasligidan, fiqhiy fatvoda uni qayt qilish vojib emasligidan bexabarmidi? Agar xabardor bo‘lsa, nega bu ishdan tavba qildi?

Bu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ko‘ksiga chuqur o‘rnashgan sirdir. Shu sir unga umumiy fatvoning yo‘rig‘i boshqaligini, oxirat yo‘lining xatarini siddiqlargina anglashini ayon etadi. Sahobalar Allohni, Allohning xalqini, Allohning yo‘lini. Allohning "makri"ni, "Alloh" deb aldanib qolishning yashirin jihatlarini bilguvchi, taniguvchi zotlar edilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 09:05:30
Dunyo hayoti seni aldab qo‘yishidan bir martagina saqlan! Tilingda "Alloh" deb, dilingda shaytonga aldanib qolishdan ming-ming marta saqlan!

Bu sirlarning xush bo‘ylaridan bahramand bo‘lgan kishi Alloh taolo yo‘lidagi solih banda uchun samimiy tavbaning naqadar lozimligini yaxshi biladi. Samimiy tavba solih bandaga doimiy hamrohdir. Agar u Nuh alayhissalom umricha yashasa ham, har olgan nafasida shu tavba bilan birgadir.

Abu Sulaymon Doroniy ushbu so‘zida haq edi: "Oqil kishi umrining qolgan qismiga emas, balki toatsiz o‘tgan umri uchun yig‘lasa edi, bu yig‘i uning o‘limigacha davom etgan bo‘lardi. Ajabo, inson o‘z umrining johillik bilan kechgan qismiga nazar solsa, qolgan qismini qanday kutib olarkan?"

Ya’ni oqil kishi nodir bir javharga ega bo‘lsayu, uning bir qismini hech foydasiz zoe’ qilsa, shubhasiz u buning uchun yig‘laydi. Agar bu zoe’ qilish uning halokatiga sabab bo‘lsa, yig‘i yanada dahshatliroq tus oladi. Umrning har bir soati, balki har bir nafas nodir javhar yanglig’ bebahodir, hech narsa uning o‘rnini bosolmaydi. Chunki u abadiy shaqovatdan qutqarib, abadiy saodat sari eltadigan imkondir. Shunday ekan, bundan ham nodirroq javohir bo‘lishi mumkinmi?!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 09:06:08
Agar bu nodir javharni g‘aflat og‘ushida zoe’ qilsang, ochiq ziyon ko‘rasan. Agar uni gunoh yo‘lida sarflasang, sharmandali halok bo‘lasan. Gunohlaring uchun haligacha yig‘lamayotgan ekansan, bu holat nodonliging tufaylidir. Gunohlaringni anglamayotganing har qanday gunohdan og‘irroq gunohdir. Jaholat shunday musibatki, unga yo‘liqqan kishi o‘zining musibat egasi ekanini bilmaydi. Negaki, g‘aflat uyqusi uni bilishdan to‘sadi.

Odamlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onadilar. Ana o‘sha paytda har bir muflisning nochorligi, har bir musibat egasining halokati ochilib qoladi. Xatolarni tuzatish uchun berilgan imkon tugaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 09:20:44
Oriflardan biri deydi: "O’lim farishtasi (unga Ollohning salomi bo‘lsin) bandasiga ko‘rinib: "Bir soatlmk umring qoldi, uni bir daqiqaga ham uzaytirolmaysan", desa, banda afsus va nadomat bilan shunday hasrat chekadiki, o‘sha qolgan bir soatini tavbalarg‘a to‘la, xatolari o‘nglangan boshqa bir soatga almashtirish uchun borini, agar butun dunyo uniki bo‘lsa, barcha-barchasini sarflag‘an bo‘lardi. Lekin qani bunga yo‘l topolsa!" Alloh taoloning oyatlari ham shu ma’nolarga ishorat qiladi:

وَحِيلَ بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ مَا يَشْتَهُونَ

""¦ular bilan o‘zlari istaydigan narsaning (ya’ni iymon keltirib, do‘zax azobidan qutulib qolishining) o‘rtasi to‘sib qo‘yildi" (Saba’ surasi, 54).

وَأَنْفِقُوا مِنْ مَا رَزَقْنَاكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلا أَخَّرْتَنِي إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُنْ مِنَ الصَّالِحِينَ (١٠)وَلَنْ يُؤَخِّرَ اللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَاءَ أَجَلُهَا وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ

"Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: "Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo‘lsam", deb qolishdan ilgari — Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Alloh biron jonni ajali kelgan vaqtida (vafot ettirmasdan) qoldirmas" (Munofiqun surasi, 10—11).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 09:21:45
Oyatdagi "alajalul qarib", ya’ni "ozgina muddat" so‘zining tafsirida aytiladi: "Parda ko‘tarilar ekan, banda o‘lim farishtasiga;

— Ey Malakul-mavt, bir kungina muhlat ber, Rabbimga yuzlanib kechirim so‘ray, gunohlarimdan tavba qilay, nafsim uchun bir solih amal hozirlay, — deydi.

Shunda Malakul mavt aytadi:

— Kunlarni tugatding, kun qolmadi.

— Loaqal bir soatgina muhlat ber.

— Soatlar bitdi, endi soat yo‘q".

Bas, tavba eshigi unga yopiladi. Jon g‘arg‘araga keladi, so‘nggi nafas bo‘g‘izda titraydi, g‘ussaga to‘la noumid ko‘zlar umrning zoe’ ketganidan achchiq nadomat va so‘ngsiz hasrat ila jovdiraydi. Bu holatlar zarbidan iymon iztirob chekadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 09:23:49
So‘nggi nafaslarda Allohdan rahmat yetib, jon tavhid bilan chiqsa, naqadar go‘zal xotima! Alloh asrasin, taqdirda badbaxtlik bitilgan bo‘lsa, jon shak-shubha va iztirob bilan chiqadi. Bu juda yomon xotima! Xuddi ushbu oyatlarda aytilganidek:

وَلَيْسَتِ التَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السَّيِّئَاتِ حَتَّى إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ إِنِّي تُبْتُ الآنَ وَلا الَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ أُولَئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا

"Mudom gunoh ishlar qilib yurib, qachonki (birovlariga) o‘lim kelganida: "Endi tavba qildim" deydigan va kofir holda o‘lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas. Ular uchun alamli azobni tayyorlab qo‘ygavmiz" (Niso surasi, 18)

إِنَّمَا التَّوْبَةُ عَلَى اللَّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السُّوءَ بِجَهَالَةٍ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِنْ قَرِيبٍ فَأُولَئِكَ يَتُوبُ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا

"Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilish faqat biror gunohni nodonlik bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qiladigan kishilar uchundir" (Niso, 17-oyat).

Ya’ni xato qilgan zahoti xatodan pushaymon bo‘lish, xatoning izini darhol bir yaxshi ish bilan yuvish lozim. Toki xatolar to‘planib, qalbda o‘chmas iz qoldirmasin, shuning uchun ham Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Yomonlikka uni yo‘q qiluvchi yaxshilikni ergashtir", deganlar. Shunindek, Luqmoni Hakim ham o‘g‘liga aytganlar: "Ey o‘g‘lim, tavbani kechiktirma! Chunki o‘lim kutilmaganda keladi. Kim tavbani kechiktirib, najotga shoshilmas ekan, ikkita katta xatar ichida qoladi. Bittasi, gunohlar zulmati to‘planmb, qalbni to‘la qoplaydi, so‘ng uni muhrlab tashlaydi. Gunoh muhrlangan qalbdan o‘chmaydi. Ikkinchi xatar shuki, kasallik yoki o‘lim tavbadan ilgari kelib, xatolarni o‘nglash uchun vaqt qolmaydi".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 05:39:16
Xabarda kelganidek:

"Jahannam ahli qichqirig‘ining aksari tavbani kechiktirishdandir". (Ya’ni jahannam azobiga chidayolmay baqirayotganlarning ko‘ptchiligi tavbani kechiktirgan kishilardir.)

Kim Alloh huzuriga sog‘lom qalb bilan borar ekan, najot topadi. Qalb Alloh taolodan bandasiga berilgan omonatdir. Umr ham Allohning omonati.
Shuningdek, toatga sabab bo‘luvchi barcha narsalar omonat. Kimki omonatga xiyonat qilib, tavba qilmasa, xatarli jazoga yo‘liqajak.

Oriflardan biri deydi: "Alloh taoloning bandasiga tegishli ikkita siri bor. Ulug‘ va qudratli zot ilhom yo‘li bilan bu sirlarni bandasiga bildirgan. Avvalgisi shuki, bola ona qornidan chiqar ekan, unga aytadi: "Bandam, pok va toza holda seni dunyoga keltirdim, umringni senga ishonib topshirdim, omonatga berdim. Bas, omonatni qanday saqlashingni o‘yla, ro‘baro‘ bo‘lursan!" Keyingisi shuki, ruh bandadan chiqyotganida Alloh taolo aytadi: "Bandam, ishonib topshirgan omonatimni nima qilding? Ahdga ko‘ra, Menga ro‘baro‘ bo‘lguningcha uni saqlay oldingmi? Agar omonatimni saqlagan bo‘lsang, ahdimga vafo qilib, mukofot bilan qarshilayman. Agar omonatimga xiyonat qilgan bo‘lsang, omonatni talab qilib, jazo bilan kutib olaman". Alloh taoloning ushbu so‘zlari bunga ishoradir:

يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اذْكُرُوا نِعْمَتِيَ الَّتِي أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَوْفُوا بِعَهْدِي أُوفِ بِعَهْدِكُمْ

"Allohga tavba qiling. Shunda men ham ahdga vafo qilaman..." (Baqara surasi, 40)

وَالَّذِينَ هُمْ لأمَانَاتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَاعُونَ

"Ular (ya’ni mo‘minlar) o‘zlariga ishonilgan omonatlarga va bergan ahdu paymonlariga rioya qiluvchi kishilardir" (Mo‘minun surasi, 8-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 05:44:46
Shartlar to‘liq bo‘lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi

Bilgilki, agar "qabul" (qabul bo‘lish) so‘zining ma’nosini fahmlasang, har qanday sahih tavbaning maqbul ekaniga shubhang qolmaydi. Qur’on nurlaridan quvvat olib, basirat ko‘zi bilan ko‘ruvchilar biladilar: har qanday salim qalb Alloh huzurida maqbuldir; oxiratda Alloh taologa qo‘shni — yaqin bo‘lish saodati bilan ne’matlangandir; Alloh taoloning diydoriga boqiy ko‘z bilan nazar solishga hoz1fdir. Qalb aslan salim yaratilishi, har bir chaqaloq islomiy fitratda dunyoga kelishi, keyinchalik gunohlar g‘ubori va zulmati qalb salomatligini yemirishi ularga ma’lum. Ular biladilar: nadomat o‘ti gunohlar g‘uborini, kuydirib kul qiladi, yaxshi amallar nuri yomon amallar zulmatini qalbning yuzidan sidirib tashlaydi.

Kir quyqasi sovunning ko‘pirtirishiga, tun sharpasi Kuyosh yog‘dusiga dosh berolmaganidek, ma’siyatlar zulmati savob amallar nuriga toqat qilolmaydi. Bu dunyo sultonlari kir ko‘ylakni libos o‘rnida qabul qilmas ekan, nechun butun olamlar rabbi bo‘lgan Alloh taolo qoraygan qalbni o‘ziga qo‘shni — yaqin bo‘lishga munbsib bilsin?! Iflos yumushlarda ishlatilgan libos kir bo‘lgani kabi shahvatlar yo‘lida ishlatilgan qalb ham kirlanadi. Kirini ketkazib, toza qilish uchun libosni issik suvda sovun bilan yuvish lozim. Qalb esa, tavba ko‘z yoshlari va nadomat o‘ti bilan govilsaptna, bunday kirg‘uborlardan poklanadi. Har qanday toza libos yoqimli bo‘lganidek, qalb ham po kiza bo‘lsagina maqbuldir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 06:02:59
Tozalik va poklash sizning zimmangizda. Qabul esa taqdiri azaliyda bitib qo‘yilgan, Alloh taolo huzuridan beriladigan ne’matdir. Ulug‘ va qudratli Alloh uni o‘z kalomida "falah" (najot) deb nomladi:

قَدْ أَفْلَحَ مَنْ زَكَّاهَا

"Darhaqiqat, uni (qalbni) poklagan kishi najot topdi" (Vash-Shams surasi, 9).

Qalb ma’siyatdan va toatdan bir-biriga zid ta’sirlar oladi. Jaholat zulmat lafzi bilan sifatlanganidek, ma’siyatdan olingan ta’sirga ham zulmat sifatini berish mumkin. Shuningdek, ilm nur lafzi bilan sifatlanganidek, toatdan olingap ta’sirga nur sifati beriladi. Nur va zulmat qaramaqarshi ikkita xilqat bo‘lgani uchun ularning orasini zaruriy ziddiyat ajratib turadi. Demak. o‘zaro zid bo‘lgan nur va zulmatning birlashuvi tasavvurdan yiroqdir.

Kimki mana shu aytilganlarni ko‘z bilan ko‘rgandan so‘ng hosil bo‘ladigan bilishdan kuchliroq deb tan olingan ma’rifat bilan, ya’ni moddiy emas, ma’naviy vositalar bilan anglamas ekan, u go‘yo dinning mag‘zini qo‘yib, po‘stini olgak kishiga o‘xshaydi. U kishi dinning o‘ziga emas, uning nomigagina bog‘langan. Qalbi dinning haqiqatini, hatto o‘z nafsining haqiqatini, uning sifatlarini bilishdan to‘silgandir. O’z nafsini tanimagan kishi boshqani qanday tanisin?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 06:06:06
Uzoq vaqt davomida yig‘ilib, libosning to‘qimalarigacha singib ketgan kirlarni shunchaki sovun yordamida chayish bilan ketkazib bo‘lmaydi. Sovun bunday yopishqoq kir — dog‘larni butkul ketkazishga qodir emas. Bu xuddi gunohlar yig‘ilib, ichkarini zang qoplab, qalbning muhrlanib qolishiga o‘xshaydi. Muhrlangan qalb toatga kaytish neligini, tavba qilish nimaligini bilmaydi.

Bunday qalb egasi ba’zan tilida "tavba qildim", deydi, Bamisoli, matoii oqqa bo‘yovchi kishi til uchida "ko‘ylakni yuvdim", deganidek. Aslida bu bilan libos poklanmaydi. To libosga o‘rnashgan kir-dog‘ uning ziddi bo‘lgan narsani qo‘llab poklanmagunicha, libos o‘zining asl sifati poklikka qaytmagunicha bu hol davom etaveradi. Bu tavbadan yuz o‘girish holatidir. Bu holat bizga begona emas. Dunyoga quchog‘ini to‘la ochib, Allohdan batamom yuz o‘girgan kishilarning barchasida bu holni kuzatish mumkin.

Tavbaning qabul bo‘lishi xususida aytilgan bu gaplar basirat egasi bo‘lgan kishilarga kifoyadir. Shunday bo‘lsa ham oyatlar, xabarlar va asarlarni naql qilish, bilish bilan ularni tasdiqlaymiz. Negaki, har qanday jiddiy kuzatuv, jiddiy mulohazaga Kitob va sunnat guvoh bo‘lmas ekan, u ishonchsizdir. Alloh taolo aytadi:

وَهُوَ الَّذِي يَقْبَلُ التَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِ وَيَعْفُو عَنِ السَّيِّئَاتِ وَيَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ

"U (Alloh) bandalaridan tavba-tazarrupi qabul qiladigan, yomonliklarni avf etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir" (Sho‘ro, 25).

تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ (٢)غَافِرِ الذَّنْبِ وَقَابِلِ التَّوْبِ شَدِيدِ الْعِقَابِ ذِي الطَّوْلِ

"(Ushbu Qur’on) qudratli va bilguvchi, gunohni magfirat qilguvchi, tavba-tazarruii qabul qilguvchi, azobi qattiq va in’om-ehson egasi bo‘lmish Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir" (G’ofir surasi, 2 — 3).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 06:13:04
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

"Albatta, ulug‘ va qudratli Alloh, to quyosh mag‘ribdan chiqadigan kun kelgunicha kechadan kunduzga qadar, kunduzdan kechaga qadar tavbaga qo‘l ochadi" (Muslim rivoyati).

"Tavbaga qo‘l ochish"dan murod tavbani xohlamoqdir. Ya’ni Alloh taolo bandasining tavba qilishini istaydi. Istak qabulni taqozo etadi. Kishi biron narsani istamasa, uni qabul qilishi ham mumkin, qabul qilmasligi ham mumkin. Lekin istasa, albatta qabul qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

"Agar ko‘kka yetgudek gunohlar qilib, keyin xatolaringizdan pushaymon bo‘lsangiz, albatta Alloh tavbangizni qabul qiladi" (Ibn Moja rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Banda gunoh qiladi, keyin shu gunohi tufayli jannatga kiradi", - dedilar. "Bu qanday bo‘ladi, ey Rasululloh?" deb so‘rashdi. "Sodir etgan gunohi doimo o‘zining ko‘z o‘ngida turadi. Gunohdan tavba qiladi, undan qochadi, hatto jannatga kiradi", - dedilar Nabiy alayhissalom (Ibn Muborak rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana aytadilar: "Gunohning kafforati pushaymonlikdir" (Ahmad, Tabaroniy, Bayhaqiylar rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Gunohdan tavba qiluvchi kishi gunohi yo‘q kishi kabidir".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 07:47:20
Rivoyat qilinishicha, bir habashiy janob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan: "Ey Allohning rasuli, men fahsh ishlar qilgan edim, endi tavba qilishim kerakmi?"- deb so‘radi. "Ha", - dedilar Sarvari olam. U asta yura boshladi, so‘ng orqasiga qaytib, yana so‘radi: "Ey Allohning rasuli, u ishlarni qilganimda Alloh meni ko‘rib turganmidi?" "Ha", - dedilar yana Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Shunda habashiy chinqirib yubordi va o‘sha zahoti jon taslim qildi".

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo iblisni la’natlagan paytda mal’un iblis Alloh taolodan muhlat so‘radi. "Qiyomatgacha senga muhlat berdim", - dedi ulug‘ va qudratli Zot. "Ulug‘ligingga qasamki, — dedi Iblis, — to joni jasadini tark etmagunicha, Odam farzandlarining qalbidan chikmayman". "Ulug‘ligmm va buyukligimga qasamki,  dedi ulug‘ va buyuk Zot,  to ruhi tanasida ekan, bandalarim uchun tavba eshigi ochiqdir" (Ahmad, Abu Ya’lo, Hakim rivoyati, sahih).

Bunday xabarlarni ko‘plab keltirish mumkin.


Endi asarlarga quloq tutaylik.....

Said ibn Musayyab Alloh taoloning:
 
فَإِنَّهُ كَانَ لِلأوَّابِينَ غَفُورًا

"Zero, u tavba qiluvchilarni mag'firat etuvchi bo‘lgan Zotdir" (Isro surasi, 25) oyati xususida deydi: "Bu oyat gunoh qilgan, so‘ng gunohidan tavba qilgan, keyin yana gunoh qilib, gunohidan tavba qilgan kishi xususidadir".(Sanadi noma’lum).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 07:53:26
Fuzayl deydi: "Alloh taolo: "Gunohkorlarga xushxabar bering, agar tavba etsalar qabul qilaman. Siddiqlarni ogoh eting, agar ularga adlim bilan hukm yurgizsam, azoblanajaklar", deb aytgan".

Talq ibn Habib deydi: "Allohning haqlari bandasining u haqlarni ado qilishidan ulug‘roqdir. (Ya’ni banda qanchalik urinmasin. bu haqlarni to‘la ado qilolmaydi.) Lekin banda tavba bilan tong ottiradi va tavba bilan kun bottiradi".

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu deydi: "Kimki gunohini eslab alam cheksa, keyin qalbida bundan qo‘rquv hosil bo‘lsa, uning bu gunohi Ummul kitobdan (Lavhul mahfuz) o‘chiriladi".

Rivoyat qilinadi: "Bani Isroil payg‘ambarlaridan biri gunoh sodir etdi. Alloh taolo unga vahiy qildi: "...Ulug‘ligim haqqi, agar yana takrorlasang, albatga seni azoblayman". Shunda u: "Ey Rabbim, Sen Sensan, men menman. Ulug‘ligingga qasamki, agar o‘zing meni asramasang, shaksiz yana gunohga botaman". Keyin Alloh taolo uni gunohdan saqladi".

O’tgan azizlardan biri deydi: "Banda bir gunohni sodir etar ekan, to jannatga kirguncha undan pushaymon yeydi. Shunda Iblis: Koshkiydi, uni gunohga botirmagan bo‘lsam", deb afsus chekadi".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 07:56:02
Habib ibn Sobit deydi: "Qiyomat kuni kishiga gunohlari ko‘rsatiladi. Keyin u gunohi yonidan o‘tayotib: "Axir men gunohdan qo‘rqmasmidim?!" deb aytadi. Shunda uning gunohi kechiriladi.

Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan; "Sodir etgan gunohim uchun tavba bormi?" deb so‘radi. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu undan yuzini o‘tirdilar. Keyin yana unga qayrilib qaradi va ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rdi. So‘ng unga dedi: "Jannatning sakkizta eshigi bor, bittasidan boshqa barchasi ochiladi va yopiladi. Faqat bitta tavba eshigigina doimo ochiqdir. Eshikning yopilmasdan ochiq turishi uchun bitta farishta tayinlangan. Bas, noumid bo‘lma, solih amal qil!"

Abdurahmon ibn Abu Qosim deydi: "Alloh taoloning:

إِنْ يَنْتَهُوا يُغْفَرْ لَهُمْ مَا قَدْ سَلَفَ

"Agar (kufridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur" (Anfol, 38), degan oyatini esladik. Shunda Abdurahim: "Umid qilamanki, musulmon kishi Alloh huzurida bundanda go‘zal holatda bo‘ladi. Endi anglayapman, musulmonning tavbasi islomdan keyingi islom kabi ekan", - dedi".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:06:30
Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu deydi: "Sizga faqat Allohning Rasulidan yoki Allohning kitobidan shuni aytamanki, banda biror gunohni qilib qo‘yib, keyin ko‘z yumib ochgunicha undan pushaymon bo‘lar ekan, gunohi ko‘z yumib ochishidan ham tezroq to‘kiladi".

Umar roziyallohu anhu deydi: "Tavba qiluvchilar majlisiga shoshiling, chunki, ular qalblari halim zotlardir".

Bir kishi: "Alloh qachon meni mag‘firat qilishini bilaman", - dedi. "Qachon?" deb so‘rashdi. "Tavbam qabul bo‘lgan zahoti", - dedi u.

Yana biri aytadi: "Men mag‘firatdan mahrum bo‘lishdan ko‘ra tavbadan mahrum bo‘lishdan ko‘proq qo‘rqaman".

Rivoyat qilinishicha, Bani Isroilda bir yosh yigit bor ekan. U Alloh taologa yigirma yil ibodat qilibdi. Keyin yana ymgirma yil gunoh ishlar bilan mashg‘ul bo‘libdi. Kunlardan bir kuni oynaga qarab, soqoliga oq oralaganini ko‘ribdi. Bundan noxush bo‘lib, iltijo qilibdi: "Ilohim, yigirma yil senga itoat etdim, keyin yigirma yil ma’siyatga botdim. Endi o‘zingga qaytsam, tavbamni qabul qilurmisan?" Shunda g‘oyibdan sado kelibdi; "Bizni suyding, biz ham seni suydik, bizni tark etding, biz ham seni tark etdik, bizga itoatsizlik qilding, senga muhlat berdik. Agar bizga qaytsang, tavbangni qabul qilurmiz".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:26:36
Alloh taolo rahmatgiga olsin, Zunnun Misriy deydi: "Allohning shunday qullari bor, ular gunoh darajalrrini qalbning nazar tushadigan joylariga ekdilar va uni tavba suvi bilan sug’ordilar. Daraxtlar pushaymonlik va hazinlik hosilini berdi. Ular jununsiz majnun bo‘ldilarr. Ular hayrat ichra qotdilar, lekin hayratdan duduqlanib, soqovlanib qolmadilar. Chunki, ular Alloh va Rasulini taniguvchi bolig’, fasih, orif edilar. Keyin ular safo kosasini simirdilar, natijada uzoq sinovlarga sabrli bo‘lishii meros qilib oldilar. So‘ngra ularning qalblari molakut olamida bexud bo‘ldi, fikrlari jabarut pardalari aro kezdi. Ular nadomat ravoqining soyasida to‘xtadilar va gunohlar sahifasini o‘qidilar. Natijada ular o‘z nafslariga qo’rqinchu qayg’uni meros qoldirdilar. Hatto taqvo narvoni bilan zuhd cho’qqisiga ko’tarildilar. Dunyodan kechish achchig’ini shirin dedilar, qo‘pol, dag’al to’shakni mayin bildilar. Hatto najot qal’asini egallab, omonlik xalqasini mahkam tutdilar to‘liq bo‘lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi bildilar. Ruhlari yuksak-yukspklarga talpinib, jannat bog’larida qo‘nim topdilar. Tiriklik dengiziga sho‘ng’ib, qo‘rquv va qayg’u handaqlarini ko‘mdilar. Ishqsu ishtiyoq ko‘priklaridan o‘tib, ilm maydoniga chodir tikdilar. Hikmat daryosidan hovuchlab ichib, zako kemasiga mindilar. Najot shamoli esib, omonlik bahrida suzib ketdilar. So‘ngra sakinat bog’lariga, izzat va hurmat koniga yetdilar".

Mana shu aytilgan so‘zlar haqiqiy tavbaning shaksiz maqbul ekaniga kifoya emasmi?!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:29:47
Sen menga: "Bu qarashingiz bilai mo‘taziliylarning: "Tavbani qabul qilish Allohga vojibdir", degan so‘zlarini takrorlamayapsizmi?" deb e’tiroz bildirishing mumkin.

Yuqorida keltirganlarim tavbani qabul qilish Allohga vojibdir, degan ma’noni anglatmaydi. Masalan, shunday deyish mumkin: agar kiyim sovun bilan yuvilsa, kirning ketishi vojib bo‘ladi (ya’ni albatta kiri yo‘qoladi). Tashna kishi suv ichsa, chanqog‘ining yo‘qolishi vojib (ya’ni albatta chanqog‘i bosiladi). Agar u bir muddat suvdan to‘silsa, tashnalik vojib bo‘ladi. Tashnalik davom etaversa, o‘lim vojib bo‘ladi.

Bu kabi so‘zlarda mo‘tazila iroda qilganidek, "Alloh taologa nimanidir vojib qilish" ma’nosi yo‘q. Gap shuki, Alloh taolo toatni ma’siyatga kafforat, yaxshilikni yomonlikni ketkazuvchi qilib yaratdi. Xuddi suvni tashnalikni qondiruvchi qilib yaratgani kabi. Agar xohlasa, Alloh buning teskarisini ham qilishga qodir. Alloh taologa hech narsa vojib emas. Lekin U zotnint azaliy irodasi nimaga qaror etsa, shubhasiz, uning bo‘lishi vojibdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:15:28
II bob: Kichik va katta gunohlardan tavba qilish

Bilgilki, tavba gunohni tark etishdir. Biron narsani tark etish uchun avval uni bilish lozim. Tavba vojib bo‘lgan zahoti unga bog‘liq narsalar ham vojib bo‘ladi. Demak, gunohlarni bilish ham vojibdir. Gunoh Alloh taoloning amriga xilof ravishda biron fe’lni tark etish yoki qilishdir. Buni butun tafsiloti bilan bayon qilish uchun shar’iy takliflarg‘a boshidan oxirigacha sharhlash kerak. Lekin bizning maqsadimiz bu emas. Biz faqat gunohning umumiy tomonlariga, ularning qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarga to‘xtalamiz. Alloh bizni o‘z rahmati bilan to‘grilikka yo‘llasin.

Gunohlarning qismlarga bo‘linishi  va bandaning sifatlari:

Bilgilki, insonning sifatlari va xulqlari ko‘pdir. Gunohlarning kelib chiqishi ushbu to‘rtta sifatga borib taqaladi.

a) rububiylik sifatlari (yaratuvchiga xos sifatlar);

b) shaytoniylik sifatlari;

v) hayvoniylik sifatlari;

g) yovvoyilik sifatlari.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:17:18
Inson tiynati har xil aralashmalardan qorilgan. Hammasi o‘z ta’siriga ega, bamisoli shakar, sirka va za’faron ' sikanjabin qorishmasida turli ta’sirlarga ega bo‘lganidek.

Kibr, faxr, g‘urur, maqtovni sevish, behojatlikni yaxshi ko‘rish, boqiy qolishni orzu qilish, hammadan ustun bo‘lishni istash, hatto "men sizning parvardigoringizman", degan darajagacha borish kabilar rububiylik sifatlariga ishtiyoqni qo‘zg‘aydi. Barcha gunohi kabiralar mana shu nuqtadan yoyiladi. Ko‘pchilik bu gunohlardan g‘ofil qolib, ularni gunoh sanamaydi. Aslida ular shaksiz halokatga olib boruvchi eng katta gunohlar bo‘lib, aksar jinoyatlarning onasidir.

Hasad, zulm-sitam, hiyla, aldamchilik, fasod va makrga buyurish, tovlamachilik, munofggqlik, bidtat va zalolatga da’vat qilish kabilar shaytoniy sifatlardan tarqaladi.

Qizg‘anchiqlik, ochko‘zlik, jinsiy va qorin shahatini qondirish uchun hirs bllan tashlanish, zino, bachchabozlik, o‘g’rilik, yetimlarning moliga xiyonat, dunyo orttirishga mehr kabilar hayvoniy sifatdan tug‘iladi.

Yovvoyplik sifati esa, g‘azab, nafrat, odamlarga qo‘l ko‘tarish, so‘kish, o‘ldirish, mol-mulkni zoe’ qilish kabi illatlarni paydo qiladi.

Barcha gunohlar mana shu sifatlardan tarmoqlanib, yoyiladi. Bu sifatlar inson fitratida asta-sekin harakatlanib, biri ikkikchisiga yo‘l ochadi. Avvalo, hayvoniylik sifati g‘olib kelib, keyin unga yovvoyilik sifatlari ergashadi. Ular birlashib, aqlni qalloblik, makkorlik va xiyla yo‘lida ishlatadi. Bu shaytoniy sifatdir. Keyin faxr, izzat, ulug‘lik va buyuklikni da’vo qilish, barchadan ustunlikni qasd qilish kabi rububiylik sifatlari fitratni egallaydi. Mazkur sifatlar gunohlarning onasi va manbaidir. So‘ng gunohlar a’zolarga yoyiladi. Kufr, bid’at, nifoq, ichiqoralik kabi sifatlar qalbda qaror topadi. Ba’zilari ko‘z va quloqda muqim bo‘lsa, yana ba’zilari tilda, qorin va jinsiy a’zolarda, qo‘l va oyoqlarda, umuman, barcha a’zolarda maskan topadi.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:18:27
Gunohlarning qismlarga bo'linishi va bandalik sifatlari

Bilgilki, gunohlar ikki qismga ajraladi:

1) banda va Alloh taolo orasidagi gunohlar;

2) bandalarning haqlariga taalluqli gunohlar.

Namozni, ro‘zani, maxsus vojiblarni tark etish nafsga taalluqli gunohdir.

Zakotni tark etish, biron jonni o‘ldirish, mol-mulkka bosqinchilik qilish, or-nomusni toptash bandalarning haqlariga taalluqli gunohlardir. Shuningdek, bid’at amallarga chaqirib, gunohlarga rag‘bat uygotish, Alloh taolo rozi bo‘lmaydigan ishlarga jur’at etish ham (xavfu rajoni barobar bilmasdan, rajoni xavfdal ustun qo‘ygan ba’zi voizlarni mana shunday "jur’at''da ayblash mumkin) o‘zgalarning haqlariga tajovuz sanaladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:21:06
Banda va Alloh taolo orasidagi gunoh, agar shirk bo‘lmasa, afv etilishiga umid qilish mumkin. Xabarda keladi: "Bitiklar uchtadir: kechiriladigan gunohlar bitigi; kechirilmaydigan gunohlar bitigi; tark qilinmaydigan bitik. Bandalar bilan Alloh taolo orasidagi gunohlar kechiriladigan gunohlar bitigida, Alloh taologa shirk qilish kechirilmaydigan gunohlar bitigidadir. Bandalarning haqlariga tajovuz qilgan zolimlar, to afv etilgunga qadar zulmi uchun hisob beradi. Ularning gunohlari tark etilmaydigan bitikda qayd qilingan" (Ahmad, Xakim rivoyati, sahih).

Bilgilki, gunohlar sag‘oir (kichik gunohlar) va kaboirga (katta gunohlar) bo‘linadi. Gunohlarni katta-kichikka bo‘lishda har xilliklar mavjud. Ba’zilar aytadi: "Gunohning katta yo kichigi yo‘q. Allohga qarshi har bir ish ulug‘ jinoyatdir". Bu zaif qarash. Chunki, Alloh taolo aytadi:

إِنْ تَجْتَنِبُوا كَبَائِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُمْ مُدْخَلا كَرِيمًا

"Agar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilg‘an kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil — jannatga kiriturmiz" (Niso surasi, 31)

الَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الإثْمِ وَالْفَوَاحِشَ إِلا اللَّمَمَ إِنَّ رَبَّكَ وَاسِعُ الْمَغْفِرَةِ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنْشَأَكُمْ مِنَ الأرْضِ وَإِذْ أَنْتُمْ أَجِنَّةٌ فِي بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ فَلا تُزَكُّوا أَنْفُسَكُمْ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ اتَّقَى

"Ular (ya’ni jannatga sazovor bo‘lganlar) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir. U sizlarni (ya’ni otalaringiz Odamni) o‘zi yerdan — tuproqdan paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringizning qornida homila bo‘lgan paytingizdapoq juda yaxshi bilguvchidir. Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar! U taqvodor bo‘lgan kishilarni ham juda yaxshi bilguvchidir" (Najm surasi, 32).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:23:07
Rasululloh sollallohu a.layhi vasallam aytadilar:

"Besh vaqt namoz va juma namozlari ularning orasidagi gunohlarga kafforatdir, agar katta gunohlardan saqlanilsa" (Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini rivoyat qiladi:

"Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish, yolg‘on g‘asam ichish katta gunohlardandir" (Buxoriy rivoyati).

Sahoba va tobe’inlar katta gunohlarni to‘rtta, yettita, to‘qqizta, o‘n bitta va undan ortiq deb, ularning sonida ixtilofga borishgan. Ibn Mas’ud katta gunohlar sonini to‘rtta, Ibn Umar yettita, Abdulloh ibn Amr to‘qqizta deyishgan.

Ibn Abbos Ibn Umarning: "Katta gunohlar soni yettita", degan so‘zini eshitib, shunday degan ekan: "Gunohi kabiraning yettitadan ko‘ra yetmishta ekani haqiqatga yaqinroqdir".

Murra roziyallohu anhu deydi: "Alloh qaytargan har bir narsa gunohi kabiradir''.

Boshqasi aytadi: "Alloh tarafidan evaziga jahannam va’da qilingan har bir gunoh kabira jumlasidandir".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:25:47
Salaflardan ba’zilari deydi: "Dunyoda jazoni vojib qiladigan har qanday ish gunohi kabiradir".

Yana shunday xabar ham bor: "Katta gunohlar mubhamdir, ularning sonini aniqlab bo‘lmaydi, xuddi Qadr kechasini, juma kunidagi duolar ijobat bo‘ladigan soatni aniq belgilab bo‘lmagani kabi".

Shu haqda Ibn Mas’ud roziyallohu anhuga savol berishganida: "Niso" surasining avvalidan, to "agar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar" (Niso surasi, 31), oyatigacha o‘qinglar. Mana shu surada mazkur oyatgacha bo‘lgan o‘rinda Alloh qaytargan barcha narsalar gunohi kabiradir", deb aytgan.

Abu Tolib Makkiy gunohi kabiralarni o‘n yettita sanab, bu sanoqni xabarlardan va Ibn Abbos, Ibn Mas’ud, Mbn Umarlarning so‘zlaridan xulosa qilib aytadi: "Katta gunohning to‘rttasi qalbga tegishli:

— Allohga shirk;

— gunohda qat’iy turish;

— Alloh rahmatidan noumid bo‘lish;

— Allohning azobidan xotirjam bo‘lish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:27:07
To‘rttasi tilga tegishli:

— yolg‘on gunohlik berish;

— pokdamon ayolni badnom qilish;

— g‘amus qasam, ya’ni u tufayli botil haqqa, haq botilta aylanadi yoki bir mo‘min-ning moli nohaq tortib olinadi, garchi u mol arzimas misvok bo‘lsa ham. Bu qasam jahannamga tortuvchi bo‘lgani uchun ham "g‘amus" deb nomlandi;

— sehr.

Insonni va boshqa jismlarni asl xilqatidan o‘zgartirib ko‘rsatadigan har bir gap sehrdir.

Katta gunohning uchtasi qoringa tegishli:

— ichkilik ichish va mast bo‘lish;

— zulm bilan yetimning moliga tajovuz qilish;

— sudxo‘rlik ekanini bilgani holda uning foizini yeyish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:29:46
Ikkitasi jinsiy a’zoga tegishli:

— zino;

— bachchabozlik.

Ikkitasi qo‘lga tegishli:

— o‘ldirish;

— o‘g‘Irlik

Bittasi oyoqqa tegishli:

— bir musulmonning ikkita kofirdan, o‘n musulmonning yigirmata kofirdan qochmog‘i.

Bittasi butun a’zolarga tegishli:

— ota-onaga oq bo‘lish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:32:19
Abu Said Xudriy va boshqa sahobalar (roziyallohu anhum) aytishgan:
"Sizlar qilayotgan amallaringizni ko‘zingiz oldidagi qilcha ham ko‘rmaysizlar. Holbuki, biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonida ularni gunohi kabiralardan deb bilardik" (Buxoriy rivoyati).

Olimlardan bir toifasi gunohi kabira haqida shunday deydilar: "Qasddan qilingan har bir gunoh kabiradir. Alloh qaytargan har bir narsa kabiradir".

"O’g‘irlik gunohi kabirami, yo‘qmi?" degan savolga "kabira" so‘zining ma’nosini fahmlamaguncha to‘g‘ri javob berib bo‘lmaydi. Bu gap "o‘g‘irlik harommi yo harom emas?" degan kishining so‘ziga o‘xshaydi. Buning uchun, avvalo, haromning ma’nosini anglash zarur. Keyin o‘g‘irlik fe’lida haromning ishtiroki bormi yo yo‘qligi aniqlanadi. Gunohi kabira lafz jihatidan mubham. Ya’ni na lug‘atda, na shariatda uning qat’iy chegarasi bor. Negaki, "katta" va "kichik" tushunchasi nisbiydir. Gunohning katta deb hisoblanishi undan quyiroqda kichik gunoh turgani uchun, gunohning kichik deb hisoblanishi undan balandroqda katta gunoh turgani uchundir. Begona ayolga qarashga nisbatan begona ayol bilan bir to‘shakda yotish og‘ir gunohdir. Lekin bir to‘shakda yotish u bilan zino qilishdan yengilroq gunohdir. Musulmonning qo‘lini kesish uni kaltaklashga nisbatan og‘ir gunoh, ammo uni o‘ldirishga nisbatan yengil gunohdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:34:16
Inson o‘zi sodir etgan qandaydir yomon fe’li uchun jahannam bilan qo‘rqitilsa, do‘zaxiylikka sabab bo‘luvchi bu amalni kabira deb atash mumkin. Biz bu o‘rinda jahannamning olovi bilan azoblanishning ulug‘ligini nazarda tutyapmiz. Shuningdek, bu dunyoda og‘ir jazoni vojib qiladigan amalni ham gunohi kabira deyish joiz. Alloh taolo Dur’onda qaysi amallardan qaytargan bo‘lsa, ularni ham gunohi kabira deb atash mumkin. Qur’oni karimda maxsus zikr etilishining o‘zi bu ishning kattaligiga dalolat qiladi. Keyin bu ishning ulug, katta bo‘lishi, shaksiz nimagadir nisbatan olinadi. Chunki, Qur’on kalomlari darajada ham farqlanadi.

Umuman olganda, gunohi kabiraga berilgan bu ta’riflarning zarari yo‘q. Sahobalar tarafidan naql qilingan ta’riflar ham mazkur ehtimollardan uzoq emas. Muhimi,

إِنْ تَجْتَنِبُوا كَبَائِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ

"Agar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlaneanglar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz" (Niso surasi, 31), oyatining ma’nosini anglamoqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:36:04
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydilar:

"Namozlar ular orasida sodir etilgan gunohlarga kafforatdir. Kabiralar bundan mustasno".

Mana shuning o‘zi gunohlar katta va kichikka bo‘linishi isbotidir. Shariat nazarida gunohlar uch qisiga bo‘linadi:

— kabiraligi shariatda ma’lum gunohlar;

— sag‘iralar jumlasida sanalgan gunohlar;

— kabira yo sag‘iraligi ishtibohli bo‘lgan, hukmi noma’lum gunohlar.

Demak, gunohlarning qat’iy chegarasini yoki ularning sonini bilishga intilish mumkin bo‘lmagan narsani xohlashdir. Chunki, buning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Men o‘nta yoki beshta gunohi kabirani iroda qildim", deb aytganlari va ularni ajratib ko‘rsatganlari ashitilgan bo‘lishi kerak. Lekin Payg‘ambar alayhissalom bunday demaganlar. Balki, ba’zi lafzlarda "gunohi kabiradan uchtasi", "gunoh kabiradan yettitasi", deb aytganlari vorid bo‘lgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:37:47
Shariat sanog‘ini bildirmagan narsaning sanog‘ini bilish mumkinmi?! Shariatda ba’zi narsalarning aniqligi qasd qilinmaydi. Toki bandalar shu narsaga bo‘lgan e’tmborini kuchaytirsinlar, doimo undan ogoh bo‘lsinlar. Masalan, odamlarning Qadr kechasiga bo‘lgan intilishlari kuchli bo‘lishi uchun "laylatul qadr"ning vaqti aniq qilinmadi.

To‘g‘ri, gunohi kabiralarning jinslari va navlarini anmqlash mumkin. Lekin uning zoti va haddini aniqlashda faqat shubha va taxminlargapsha asoslanamiz. Guttohi kabiralarning eng kattasinm bilamiz, ammo eng kichik, gunohni bilishning iloji yo‘q. Shar’iy dalillar va basirat nuri ila anglaymizki, shariatning butun maqsadi xalqni Alloh taologa yaqinlik hosil qilishga, dmydori saodatini topishga undashdir. Bunga yetishning yagona yo‘li  Alloh taoloni, uning sifatlarini, kitoblarini, payg‘ambarlarini tanishdir. Alloh taoloning ushbu so‘zlari shunga ishoradir:

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالإنْسَ إِلا لِيَعْبُدُونِ

"Men jin va insni faqat o‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim" (Zoriyot surasi, 56).

Ya’ni odamlarni menga banda bo‘lishlari uchun yaratdim: bandaga banda bo‘lish uchun emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 07:39:20
Bandaga bandalik Allohni Parvardigor deb, nafsini qul deb bilmaslikdan tug‘iladi. Payg‘ambarlar yuborilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu. Lekin bu maqsad faqat dunyo hayotidagina to‘la amalg‘a oshadi. Payg‘ambarlarning ushbu so‘zlaridagi ma’no ham shudir:

"Dunyo oxiratning shudgoridir" (Uqaliy zaif hadislar jumlasida rivoyat qilgan).

Dunyoni asrash ham dinga tobe’ maqsaddir. Chunki dunyo din uchun vositadir. Dunyoda oxirat bilan bog‘langan ikki narsa bor: jonlar va mollar. Alloh taoloning ma’rifati (Allohni tanish) eshigini yopuvchi har qanday narsa gunohi kabiraning eng ka^tasidir. Insonning hayot eshigini yopuvchi narsalar undan keyingi o‘rinda, odamlarning tirikchiligi eshigini yopuvchi narsalar undan keyingi o‘rinda turadi. Mana shu uchta darajadir.

Qalblarning ma’rifatni, bandalarning hayotni, shaxslarning mollarni asrashlari shariatda zaruriydir. Bu uchta ish xususida hech bir din ixtilofga bormaydi. Albatta, Alloh taoloning biror payg‘ambarni xalqning dini va dunyosini isloh qilish uchun jo‘natib, keyin ularni Alloh rasullarini tanishdan to‘sadigai ishlarga yoki kishilarni o‘ldirib, mollarnm halok qilishga buyurishi hech joiz bo‘lmagan ishdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:39:07
Gunohi kabiralarning uchta darajasi bor:

Birinchi daraja — Alloh taoloni va uning rasullarini tanishdan to‘sadigan kufr. Kufrdan o‘tadigan gunohi kabira yo‘q. Chunki Alloh va banda o‘rtasidagi parda jaholatdir. Bandani Allohga yaqinlashtiruvchi vosita esa, ilm va ma’rifat.

Banda ma’rifati miqdorida Allohga yaqinlashadi, jaholati miqdorida Undan uzoqlashadi. Kufr deb nomlangan jaholatning orqasidan "azobdan qutulib qolaman", degan xom-xayol va Allohning rahmatidan noumid bo‘lish darajasi keladi. Bu ham ayni jaholatniig o‘zidir. Kimki Allohni tanisa, Allohning azobidan qutilib kolishini xayoliga ham keltirmaydi, noumid ham bo‘lmaydi.

Bu darajadan keyin keladigan bid’atlar bir-birdan shiddatlidir. Allohning zoti, sifatlari, fe’llari bilan bog‘liq bu bid’atlar o‘zaro farqlanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:42:19
Ikkinchi daraja  — jon, ya’ni inson hayotidir. Chunki tiriklik sifati bilan Allohni tanish hosil bo‘ladi. Jonga qasd qilish garchi kufrdan kichik gunoh bo‘lsa ham, shaksiz gunohi kabiradir. Negaki, bu bilan ayni maqsad va maqsad vasilasi barham topadi. Dunyo hayotidan ko‘zlangan maqsad oxiratdir. Oxiratga yetishish Allohni tanish orqaligina amalga oshadi.

A’zolarni kesish va umuman insonning halokatiga sabab bo‘luvchi har bir harakat, hatto kaltaklash ham jonga qasd qilishdan keyingi gunohi kabiradir. Zino va bachchavozlik ham shu ikkinchi martabadagi gunohi kabiradir. Agar odamlar mana shunday buzuq asosda yaqinlik qilsalar, nasl qirqiladi, vujud halokat sari yuzlanadi. Zino mavjudlikning asosini yo‘qotolmaydi, lekin nasablarni qorishtirib, vorislik nizomini, hayot intizomini izdan chiqaradi. Zinoga ijozat bo‘lsa, qanday qilib bu nizom buzilmasin!?

Hayvonlarning erkagi va urg‘ochisi bir-biriga xoslanmagani uchun ularning bu ishida intizom bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsadi isloh etish bo‘lgan hech bir shariatda zinoga ruxsat berilishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:45:46
Uchinchi daraja — mol-mulklar. Ular xalqning tirikchilik vositasi bo‘lib, ularni har kim o‘zicha qanday xohlasa, shunday idora qilmog‘i (masalan, bosqinchilik, o‘g‘rilik va hokazo yo‘llar bilan qo‘lga kiritmog‘i) joiz emas. Balki, mollar jonlarning, ya’ni insonlarniig yashashi uchun asralmog‘i lozim. Agar mollar olib qo‘yilsa, ularni qaytarib olish imkoni bor. Ammo mollar keyin tuzatish qiyin bo‘lgan yo‘l bilan qo‘lga kiritilsa, gunohi kabira bo‘lib qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:47:13
Tuzatish qiyin bo‘lgan yo‘llar to‘rttadir:

1. Yashirin yo‘l bilan. Bu o‘g‘irlikdir. Ko‘pincha mol egasi o‘g‘irlikdan bexabar qoladi (Agar xabardor bo‘lsa, o‘g‘irlik ro‘y bermasdi). Ug‘ri noma’lum bo‘lganidan keyin molini kimdan talab qilsin.

2. Yetimning molini yeyish. Bu ham yashirin yo‘l bilan amalga otadi.
Yetimning yaqini, yetimning moliga mutasaddi kishi bu ishda sinaladi. Chunki, u yetimning moli ishonib topshirilgan kishidir. Unga yetimdan boshqa da’vogar yo‘q. Lekin yetim yesh bola, da’vo qilishni bilmaydi. Demak, yetimning molini yeyishni ulug‘ gunoh sanash bu o‘rinda vojibdir. Bosqinchilik esa buning xilofidir. Chunki, bosqinchilik yashirin emas, ochiq sodir etiladi. Shuningdek, omonatga xiyonat ham buning xilofi bo‘lib, omonat egasi o‘z molini da’vo qilishga haqlidir.

3. Yolg’on guvohlik bilan o‘zgalarning moliga ega bo‘lish.

4. Soxta qasam bilan omonat yoki omonat bo‘lmagan molni olish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:48:55
Bularning barchasida mollar tuzatish imkonsiz bo‘lgan yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan. Ularni aslan harom qilishga shariatda har xillik bo‘lishi joiz emas. Garchi bu to‘rtta yo‘lning ba’zilariga shariat jazo tayinlamagan bo‘lsa ham, ular gunohi kabira sanalishga munosibdir. O’zgalarning moliga bu tariqa ega bo‘lishning oqibati xususida Alloh va Rasulining tahdid — va’idi ko‘p, bu yo‘llarning dunyo manfaatiga salbiy ta’siri katta.

Ribo, ya’ni sudxo‘rlikka kelsak, bu yerda ikkm tomonning roziligi asosida shariat qo‘ygan shartni buzish bilan o‘zganing molini yeyish bor. Bu kabi ishlarda shariatda har xillik bo‘lishi mumkin. Birovning molini o‘sha odamning va shariatning rozilig‘isiz talash gunohi kabira qilinmadi. Ribo esa mol egasining roziligi bilan, ammo shariatning noroziligi bilan hosil bo‘ladi.

Shariat zinoni ulug‘ gunohlardan sanab, undan qaytarar ekan, talash va boshqa yo‘llar bilan bo‘ladigan zulmni, xiyonatni ham ulug‘ gunoh deb bildi. Ammo, xiyonat yo talash yo‘li bilan mayda pulchaqalarni o‘zlashtirishni ham gunohi kabiralar jumlasiga qo‘shish shubhali masaladir. Bu hukm gumonga asoslangan. Gumonning og‘irroq pallasida "bunday ishlar gunohi kabira doirasiga kirmaydi" degan qarash tosh bosyapti. Gunohi kabira shariat ixtilof qilmaydigan jihat bilan xoslanmog‘i lozim. Chunki bu dinda juda muhim masala. Demak, bu aytilganlardan so‘ng, Abu Tolib Makkiy sanagan gunohi kabiralardan quyidagilar qoladi: badnom qilish; mast qiluvchi ichkilik ichish; sehr; jang maydonidan qochish; ota-onaga oq bo‘lish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:49:56
Mast qiluvchi ichkilik ichishning gunohi kabira qatorida sanalishiga kelsak, ichkilik aqlni ketkazadi, demak, uni gunohi kabira deyish to‘g‘ri. Shariatning bu xususidagi qattiq tahdidlari va sog‘lom nazar yo‘li shunga dalolat qiladi. Xuddi nafs kabi aql ham insonga bermlgan ne’matdir. Agar aql bo‘lmasa, quruq nafsdan nima foyda?!

Kishi mast qiluvchi ichimlikdan bir tomchi tushgan suvni ichishi gunohi kabira emas, chunki u najasli suvni ichib qo‘ygan bo‘ladi. Qachonki shariat biror gunohga jazo belgilar ekan, bu holat gunohning moddiyligiga dalolat qiladi va u gunoh shariat bo‘yicha gunohi kabira sanaladi. Shariatning barcha sirlaridan voqif bo‘lishga insoniyatning quvvati yetmaydi. Shuning uchun qaysi ishning gunohi kabira ekani ijmo’ bilan sobit bo‘lgan bo‘lsa, bu hukmga ergashish vojib. Agar aksincha bo‘lsa (ya’ni xujjat sobit bo‘lmasa), bu o‘rinda tafakkur qilishga imkon bor.

Badnom qilish nomusni toptashdir. Kishining nomusini toptash kishining moliga xiyonat qilishdek og’iroq martabada turadi. Nomusni toptashning‘ bir necha darajalari bor. Eng kattasi zinoda ayblab, badnom qilishdir. Shariat nazdida bu jiddiy ishdir. O’ylaymizki, sahobalar jazo vojib bo‘lgan har amalni gunohi kabira deb hisoblaganlar.

Shu e’tiborga ko‘ra, badnom qilishdek gunohi kabiraga besh vaqt namoz o‘qish kafforat bo‘lolmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:51:30
Sehr xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, sehrga kufr aralashgan va insonning o‘limiga va uning xastalanishiga yoki boshqa zararlarga sabab bo‘lishiga ko‘ra, sehrning nechog‘li og‘ir gunohligi belgilanadi.

Jang maydonidan qochish va ota-onaga oq bo‘lish masalasiga kelsak, bu o‘rinda ham qiyosga murojaat qilish lozim. Zero, kishini zinodan bo‘lak har qanday yomonlik bilan haqoratlash, urish, mollarini tortib olish, uyidan, shaharidan haydab chiqarish, vatanidan ko‘chirish bilan zulm qilish yuqorida sanalgan o‘n yettita gunoh qatorida yo‘qligi uchun gunohi kabira hisoblanmas ekan, demak, bu o‘rinda tavaqquf — sukut saqlash joiz ko‘rinadi. Lekin hadislar buning gunohi kabira ekaniga dalolat qiladi.

Xullas, shar’iy hukm bilan besh vaqt namoz kafforat bo‘lolmaydigan gunohni gunohi kabira deb e’tibor qilish to‘g‘riroqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:52:19
Bundan kelib chiqadiki, gunohlar uch qism:

namozlarning kafforat bo‘lmasligi aniq bo‘lgan gunohlar;

namozlar kafforat bo‘lishi lozim gunohlar,

namozlar kafforat bo‘lish-bo‘lmasligi xususida sukut saqlangan gunohlar.

Yuqorida aytilganlar gunohi kabiraga aniq ta’rif berish mushkul ekanini ko‘rsatuvchi hujjatlardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:54:45
"Hududi noma’lum narsa xususida shariat qanday qilib qat’iy javob bera oladi?" deyishing mumkin.

Bilgilki, dunyoda qaysi narsa biror hukm bilan bog‘lanmagan ekan, unga mubhamlik yo‘l topadi. Chunki bu dunyo sarhisob qilish emas, topshiriqlarni zimmaga olish dunyosidir. Demak, bu dunyoda gunohning kattaligini qat’iy belgilaydigan hukm ham yo‘q. Balki, jazoni vojib qiluvchi barcha gunohlar o‘z ismlari bilan ma’lum (o‘g‘irlik, zino va hokazo). Besh vaqt namoz g‘unohi kabiraga kafforat bo‘lolmaydi. Bu oxiratga taalluqli ishdir. Bu ishga aniqlik emas, mubhamlik munosib. Toki odamlar gunohi kabirani sodir etib qo‘yishdan doimo xavfsirab, hushyor va ziyrak tursinlar.

Shuningdek, katta gunohlardan saqlanish kichik gunohlarga kafforatdir.

إِنْ تَجْتَنِبُوا كَبَائِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُمْ مُدْخَلا كَرِيمًا

"Agar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansanglar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz" (Niso surasi, 31). Lekin buning uchun kishida albatta gunohdan saqlanishga qudrat va iroda bo‘lishi shart. Misoli, bir kishi begona ayol bilan birga bo‘lishga, u bilan jinsiy yaqinlik qilishga imkoni bo‘laturib, qo‘shilishdan nafsini tiygani, faqat qarash yoki silash bilan kifoyalangaii kabi. Chunki, nafsning noshar’iy qo‘shilishdan tiyilishga intilishi qalbni munavvar qiladi. Bu intilishning qalbni yoritishga ta’siri nazarni begonalarga qaratib, zulmatlarda adashish ta’siridan shiddatliroqdir. Katta gunohdan saqlanish kichik gunohlarga kafforat bo‘lishining ma’nosi shudir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:56:59
Nafs begona ayoldan tiyilar ekan, agar bunga mijozning sustligi yoki boshqa ojizlik tufayli tug‘ilgan zaruratlar sabab bo‘lsa, yoxud jinsiy yaqinlashuvga qodir bo‘lsayu, boshqa bir muammoning xavfi zinoga monelik qilsa, gunohdan bu tariqa tiyilish aslo kafforatga sabab bo‘lolmaydi.

Kimki xamrni (mast qiluvchi ichimlik) ichishga imkon berilganida ham og‘ziga olmasayu, lekin ko‘nglida uning mste’moliga mayl bo‘lsa, bunday tiyilish kichik gunohlarga, jumladan, kuy-qo‘shiqlarni tinglash kabi xamr ichishdan kichikroq bo‘lgan gunohlarga kafforat bo‘lmaydi.

Bu uxroviy hukmlarning tafsiloti shar’iy hujjat asosidagina oydinlashadi. Vaholanki, aynan shu vaziyatlar uchun qat’iy hujjat vorid bo‘lmagan, balki xilma-xil lafzlar mavjud.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Namoz namozgacha bo‘lgan gunohlarga kafforatdir. Ramazon ro‘zasi ramazon ro‘zasigacha bo‘lgan gunohlarga kafforatdir. Lekin uchta gunoh bundan mustasno: Allohga shirk keltirish; sunnatni tark kilish; kelishuvni buzish". "Sunnatni tark qilish qanday bo‘ladi?" deb so‘rashganida, "Sunnatni tark qilish jamoatdan ajralishdir. Kelishuvni buzish esa, avval bir kishi bilan ahdlashib, keyin unga qarshi qilich o‘qtalib chiqishdir", - dedilar".

Bunga o‘xshash lafzlarning sanog‘i yo‘q. Ularni bitta doirada jamlash mushkul. Demak, ular doimo mubham bo‘lib qolaveradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 22 Avgust 2008, 08:59:59
Sen: "Gunohi kabiradan saqlangan kishininggina guvohligi qabul bo‘ladi. Guvohlikning qabul bo‘lishida kichik gunohlardan saqlanish shart qilinmagan va bu dunyo ishlariga bog’liq hukmlar-ku?!" deb aytishing mumkin. Bilgilki, biz shahodatning rad qilinishini gunohi kabiraga bog‘lamaymiz. Kuy-musiqa asboblarini tinglaydigan, ipak matolarni kiyadigan, tilla uzuk taqadigan, oltin va kumush idishlarda yeb-ichadigan kishining guvohligi qabul qilinmaydi. Holbuki, hech bir imom bu ishlarni gunohi kabira deb hukm etmagan.

Shofe’iy rahmatullohi alayh deydilar: "Agar hanafiy mazhabidagi bir kishi nabiz (mast qiluvchi ichimlik) ichsa, unga jazo tayin etaman. Lekin uning guvohligini qaytarmayman". Demak, Imom Shofe’iyga ko‘ra, qaysi gunoh uchun jazo belgilansa, bu gunohi kabiradir. Lekin jazoning belgilanishi guvohlikni rad etmaydi. Bu qarash yana shunga dalolat qiladiki, guvohlikning rad yoki qabul bo‘lishi gunohning katta kichikligiga bog‘liq emas. Balki, barcha gunohlar adolat mezonining buzilishiga olib keladi.

G’iybat, josuslik. yomon gumon qilish, so‘zlarga yolg‘on qo‘shish, g‘iybatni tinglash, amri ma’ruf va nahyi munkarni tark qilish, shubhali narsalarni yeyish, farzandlari va xizmatkorlarini haqoratlamoq, tanbehda haddan oshib, g‘azabini bosolmasdan ularni kaltaklamoq, zolim sultonlarga hurmat ko‘rsatish, fojirlar bilan do‘stlashmoq, yaqinlari va farzandiga diniy ishlardan ta’lim berishda yalqovlik qilish kabilar bundan mustasno. Bular shunday gunohlarki, guvohlik beruvchi kishi bu gunohlarnlng ozi yo ko‘pidan holi bo‘lishi tasavvurga sig‘maydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 06:56:55
Oxiratdagi darajalarning dunyoda qilingan yaxshilik va
yomonliklarga ko‘ra taqsimlanishi

Bilgilki, bu dunyo mulk va shahodat (ko‘zga ko‘rinuvchi, moddiyat) olammdan, oxirat esa g‘ayb va malakut (ilohiyot) olamidan iborat. Dunyo deganda o‘limdan oldingi, oxirat deganda esa, o‘limdan keyingi holat nazarda tutilyapti. Demak, sening dunyo va oxirating  sening sifat va qolatlaringdir. Bu sifat va holatlarning yaqinrog‘i dunyo, uzoqrog‘i oxirat deb nomlandi.

Biz hozir oxirat dunyosi haqida suhbatlashmoqchimiz. Chunki, ayni paytda mulk olamidan iborat dunyodamiz, shu dunyoda turib gagtaryapmiz.
Shunday esada, maqsadimiz  malakut olami bo‘lmish oxiratni sharhlash. Aslida mulk olamida malakut olamini sharhlash tasavvurga sig‘maydi. Ammo majoziy suratda, zarbulmasal vositasida bu ishni qaysidir darajada eplash mumkin. Alloh taolo aytadi:

وَتِلْكَ الأمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ وَمَا يَعْقِلُهَا إِلا الْعَالِمُونَ

"Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olsinlar) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar" (Ankabut surasi, 43).

Chunki, mulk olami malakut olamiga nisbatan uyqudir. Shuning uchun Rasululloh sollalohu alayhi va sallam:

"Insonlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onurlar", deganlar. (Bu hadisning sanadi Rasulullohgacha bormagan. Ali ibn Abu Tolibga nisbat berilgan.)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 06:58:21
O’ngda ro‘y berishi mumkin ayrim hodisalar tushda ayon bo‘lishini tajribalar orqali bilamiz. Shuningdek, uxroviy uyg‘oqlikda ro‘y beradigan hodisalar dunyoviy uyquda namoyon bo‘lmasa ham, majozan masallarda ayon bo‘lishi mumkin. Masallar deganda, ta’bir ilmidan biladiganlarimizni nazarda tutyapmiz. Uchta misol keltiramiz. Tushungan kishiga shular kifoyadir.

Bir kishi Ibn Sirinning huzuriga kelib dedi: "Tush ko‘rdim. Tushimda uzugimdagi muhr bilan erkaklarning og‘izlarini, aellarning farjlarini muhrlyotgan ekanman". Ibn Sirin bu tushni shunday ta’bir qildi: "Sen muazzinsan, ramazon oyida tong otishidan oldin azon aytar eding". "Ha, to‘gri aytdingiz", - dedi u kishi.

Ibn Sirindan yana boshqa bir kishi tushining ta’birini so‘radi: "Tushimda zaytun yog‘ini zaytun daraxtiga to‘kayotgaimmni ko‘rdim", - dedi u. "Agar qaramog‘ingda sotib olgan cho‘ring bo‘lsa, uning ilgarigi taqdirini surishtir. Albatta, sen go‘dak paytingda onang asirga tushgan. Chunki zaytun daraxti zaytun yeg‘ining aslidir. Asldan chiqqan narsa, albatta, aslga qaytadi", deb javob qildi Ibn Sirin. Keyin u kishi bu holatni o‘rganib, shunga amin bo‘ldiki, qaramog‘idagi cho‘ri u go‘daklik paytida asir tushib ketgan o‘z onasi ekan.

Yana bir kishi Ibn Siringa: "Tushimda to‘ng‘izlarning bo‘yinlariga marjon taqayotganimni ko‘rdim", - dedi. Ibn Sirin unga: "Hikmatni hikmat ahliga emas, hikmatdan begona odamlarga sochayotgan ekansan", deb aytdi. Bu tush ta’biri ham Ibn Sirin aytganidek bo‘lib chiqdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:13:31
Ta’bir yo‘li boshda-noxir ramzlardan iborat bo‘ladi. Ta’birlardagi ramziy masallar qissadan hissa chiqarishni o‘rgatadi. Biz masal deganda suratdagi ma’noni nazarda tutyapmiz. Agar masal ma’nosiga diqqat qilsang, to‘g‘rilikni topasan. Agar surati, shakliga boqsang, yolg‘ondek tuyuladi. Masalan, uzukdagi muhrning faqat shakliga nazar solgan muazzin u bilan farjlarni muhrlash mumkinligiga ishonmaydi. Chunki, hech qachon farjlar muhr bilan muhrlanmagan. Agar muazzin ramzlar ma’nosiga nazar solsa, masalning to‘g‘riligiga ishonadi. Negaki, ramzlar masalning ma’nosini ochib beryapti. Og‘izlarning muhrlanishi yeyishichishdan tiyilish, farjlarning muhrlanishi — jinsiy aloqadan tiyilish ma’nosini anglatyapti.

Darhaqiqat, payg‘ambarlar (alayhimussalom) ham ummatlariga haqni izhor qilar ekan, masallar bilan murojaat etganlar. Chunki, ularga odamlarning aqllari ko‘taradigan darajada gapirish vazifasi topshirilgan. Odamlarning aql darajasiga kelsak, ular uykudadirlar. Uyqudagi kishiga narsalar mohiyati tush orqali namoyoi bo‘ladi. Zero, insonlar o‘lgach, uyg‘onurlar va tushning haqiqat ekanini anglaydilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Mo‘minning qalbi Rahmonning ikkala barmog‘i orasidadir", deganlar.

Bu misolni olim kishilargina anglaydi. Johillar ta’vil deb nomlanmish tafsir ilmidan bexabar bo‘lgani uchun bu misolning zohiridan nariga o‘tolmaydi. Natijada Alloh taoloni qo‘l va barmoq bilan tasavvur qiladilar. Alloh taolo bunday noqis tasavvurlardan yuqori va ulug’dir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:15:52
Shuningdek, "Albatta, Alloh Odamni o‘zining suratida yaratdi", hadisidagi "surat" so‘zini ham rang, shakl, hay’at sifatlari bilan izohlashadi. Lekin Alloh taolo bandaga xos bunday sifatlardan pok va yuksak zotdir. Ba’zida xudosiz kishilar oxirat manzaralari xususida keltirilgan masallarni uydirma deb topib, inkor qilishadi. Chunki, ularning nazari zohiriy surat atrofida qotib qolgan, ichlari esa ziddiyatga to‘la.

Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"Qiyomat kuni o‘lim ko‘zlariga oq tushgan qo‘y suratida keltiriladi, so‘ngra so‘yiladi" (Muttafaqun alayh). Xudosiz ahmoqlar bunday xabardan jazavaga tushishadi. Bu xabarni payg‘ambarlarning yolg‘onchi ekaniga dalil sifatida keltirib: "Ajabo! O‘lim moddiy bo‘lmagan borliq, qo‘y esa moddiy bir jism bo‘lsa, qanday qilib moddiy bo‘lmagan borliq moddiy jismga aylanishi mumkii? Yo‘q, bu muhol narsa!" deyishadi.

Ha, o‘sha ahmoqlarning bu ish sir-asroridan voqif bo‘lishlari anchayin mushkul. Alloh taolo ularni bu ma’rifatdan uzoqlashtirgan:

وَتِلْكَ الأمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ وَمَا يَعْقِلُهَا إِلا الْعَالِمُونَ
   
"Biz ushbu masallarni odamlar (ibrat olsinlar) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar" (Ankabut surasi, 43).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:20:37
Oxiratga nisbatan uyqu hisoblangan bu dunyoda payg‘ambarlar odamlarga yuzlanib, asl ma’nolarni zarbulmasallar vositasida yetkazdilar. Keltirilgan misollar Alloh taoloning hikmati va bandasiga lutfi sifatida fahmlarda jonlanadi, bandaning idroki ojizlik qiladigan o‘rinlarda yordamga kelib, ilg‘ash va anglashni osonlashtiradi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Qiyomatda o‘lim ko‘zlariga oq tushgan qo‘y suratida keltiriladi..." degan so‘zlari bir misoldir. Oxirat azoblaridan o‘lib qutilib bo‘lmaydi. Chuiki u yoqda o‘limning o‘zi yo‘q, Shunday ekan, oxiratda azobdan xalos bo‘lish uchun o‘limga umid bog‘lash befoyda. Hadisdan misol mana shu ma’noni yetkazish uchun keltirilgan.

Qalb shunday misollardan ta’sirlanishga moyil qilib yaratilgan. Shunday misollar vositasidagina ma’gyular qalbga mustahkam o‘rnashadi. Qur’oni karimda qudratning eng so‘ng chegarasi shunday ifodalangan:

إِنَّمَا أَمْرُهُ إِذَا أَرَادَ شَيْئًا أَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

"Biror narsani (yaratishni) iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina "Bo‘l", demoqligidir. Bas, u (narsa) bo‘lur — vujudga kelur" (Yosin surasi, 82).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:25:53
Endi mavzuga qaytsak, maqsadimiz — oxiratdagi darajalarning dunyoda qilingan yaxshilik va yomonliklarga qarab taqsimlanishini ta’riflash. Albatta bu ish ham faqat masallar vositasida amalga oshishi mumkin.

Odamlar oxiratda bir necha toifaga bo‘linadilar. Xuddi dunyoda baxt va baxtsizlik farqlangani kabi oxirat saodatining darajalari va shaqovatining tabaqalarida ham sonsiz tafovutlar mavjud. Ayni shu jihatdan bu dunyo oxiratga o‘xshab ketadi. Chunki, mulk olamining ham, malakut olamining ham boshqaruvchisi bitta, yagona zotdir. U zotning azaliy irodasidan kelib chiquvchi qonuni o‘zgarmasdir.

Odamlar oxiratda zaruriy ravishda to‘rt qismga ajraladilar:

— halok bo‘luvchilar;

— azobga duchor bo‘lganlar;

— najot topganlar;

— zafar quchganlar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:28:44
Buning dunyodagi misoli shunday: Bir podshoh qaysidir o‘lkani zabt etar ekan, xalqining ba’zisini o‘ldiradi. Ular halok bo‘luvchilardir. Ba’zisini o‘ldirmasdan, biror muddat iskanjaga olib turadi. Ular azobga duchor bo‘lganlardir. Ayrimlari ozod qo‘yib yuboriladi. Ular najot topganlardir. Ayrimlari taqdirlanadilar, ular zafar quchganlardir.

Agar podshoh odil bo‘lsa, mana shu taqsimotni munosib va muvofiqlik ila amalga oshiradi. Shohlikka mustahiqligini inkor etuvchilarni, davlatning asosiga qarshi chiquvchilarnigina o‘ldiradi. Kim podshohning saltanatini, uning makomi ulug‘ligini e’tirof etgani holda, xizmatida qosirlik qilsa, jazolanadi. Kim shohlik martabasini e’tirof etib, taqdirlanadigan darajada bo‘lmasa ham, jazoga tortilmaydigan darajada xizmat qilsa, ozod qo‘yiladi. Kim butun umrini shohning xizmatiga bag‘ishlab, ko‘makka tayor tursa, u taqdirlanadi, zafar quchuvchilar jumlasidan bo‘ladi. Halok bo‘luvchilarning jazolanishida ham tafovut bor, kimlarningdir boshi kesilsa, kimlardir itoatsizligining darajasiga qarab, musla qilinadi (a’zolar kesiladi). Jazolanuvchilarning yengil yo qattiq, uzoq muddatli yo qisqa va boshqa tur jazolar bilan azobga duchor etilishi isyonlari darajasiga ko‘ra belgilanadi.

Xullas, rutbalar behisob darajalarga bo‘linadi, ularni sanab chiqishning imkoni yo‘q.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:31:51
Oxiratda ham odamlar ushbu misoldagidek farqlanadilar. Kimdir halok bo‘ladi, kimdir bir muddat azoblanadi. Yana kimdir tinchlik diyorida najot topadi va kimdir zafar quchadi. Zafar quchuvchilar "jannatu adn" yo "jannatul ma’vo" yoki "jannatul firdavs"da qo‘nim topuvchi sinflarga ajraladilar. Azobga duchor bo‘luvchilar - ozgina yo ming yil yoki yetti ming yil azoblanuvchi guruhlarga bo‘linadilar, Xabarda vorid bo‘lishiga ko‘ra, ular do‘zaxdan eng oxirda chiquvchi kishilardir.

Do‘zaxning pastlab boruvchi tabaqalaridagi tafovut ham toat va ma’siyatning xillariga qarab farqlanadi.

Keling, bu tabaqalarning toat va ma’siyatlariga ko‘ra taqsimlanishiga bir nazar solaylik.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:37:30
Birinchi rutba. U Alloh taoloning rahmatidan umid uzgan halok bo‘luvchilar rutbasidir. Chunki, podshohning rizoligi va hurmatidan ularning umidi yo‘q. Yuqorida keltirilgan misolning ma’nolariga diqqat qilsangiz, bunga amin bo‘lasiz. Bu rutba haqni inkor qiluvchilar, haqiqatdan yuz o‘giruvchilar, dunyoga mukkasidan ketganlar, Allohni, Allohning rasullari va kitoblarini yolg‘on deyuvchilarning darajasidir.

Bilgil, uxroviy saodat Allohga dqinlikda, Allohning diydoriga yetishda. Bil, shu darajaga faqat iymon va tasdiq deb nomlangan ma’rifat bilangina sazovor bo‘lish mumkin. Inkor qiluvchilar munkir, yolg‘on deb topuvchilar esa Alloh taoloning rahmatidan abadul-abad noumid bo‘lgan kishilardir. Ular butun olamlar Rabbini, uning jo‘natgan payg‘ambarlarini yolg‘onchilikda ayblashdi. Albatta, ular o‘sha kunda o‘z Parvardigoridan to‘siladilar.

"Jahannam olovidan xalos bo‘luvchi oxirgi kishi do‘zaxda yetti ming yil azoblanadi". Hakim Termiziy bu hadisni Abu Hurayradan "Navodirul usul" kitobida zaif sanad bilan keltirganligiga shubha yo‘q. Mahbubidan to‘silgan har bir kishi o‘zi va istak-orzusi o‘rtasidagi devorni his qiladi, firoq o‘ti bilan jahannam olovini yondiradi. Shuning uchun ham oriflar deydilar: "Bizning qo‘rqinchimiz jahannam olovidan emas, ohu ko‘zli hurlarga ham ko‘z tikmaymiz. Balki, bizning yolg‘iz talabimiz diydor, diydoridan to‘suvchi pardadan saqlanish, xolos".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:40:34
Yana deyiladi: "Kim qilyotgan ibodatiga Allohdan evaz tama’ etsa, u minnatchi, ta’nachidir". Go‘yo u jannatni xohlagani yoki do‘zaxdan qo‘rqqani uchun ibodat qiladi. Orif kishi esa Allohning zoti uchun ibodat etadi, yagona orzusi ham Allohning zoti. Orif kishining ohu ko‘zli hurlarga, jannat mevalariga xohishi yo‘q, do‘zax olovidan ham hayiqmaydi. Chunki uning vujudini firoq o‘ti egallagan. Endi unga jismlarni yondiruvchi jahannam otashi pisand emas. Negaki, firoq o‘ti  Allohning o‘ti, Qalblarga tutashuvchi bu o‘tning yolqini chegara bilmas. Jahannamning olovi esa jismlar uchun. Jism chekkan alam qalb alami oldida arzimas:

Oshiq qalbin yoqqan hijron otashi,
Dema hijroi otashi, iymon otashi.
Qiyos qilki, bu o‘tning eng salqini,
Jahannamning alangali yolqini.

Oxirat olamida shunday bo‘ladi. Inkor etishga shoshilmang. Zero, bunday manzara dunyo olamida mavjud. Ehtiros g‘olib kelib, kimdir olov tomon qadam tashlaydi, qalbida jo‘sh urgan nafrat sababli oyoqlariga qadalgan tikanlarni sezmaydi. Jangga kirar ekan, vujudini g‘azab egallaydi, o‘sha onda jarohatlar unga pisand emas. Chunki, g‘azab qalbdagi yelqindir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydilar:

"G’azab olovdan bir parchadir" (Termiziy rivoyati). Qalblarning yonishi jasadning yonishidan kuchliroqdir. Kuchliroq sezgi kuchsizroqni mahv qiladi. Shunchaki kuyish, shunchaki chopilish bilan jism o‘lmaydi. Qachon birini boshqasiga bog‘lab turgan juz’lar bir-biridan ajratilsagina, jismga olov yo qo’rqinchdan halokat yetishi mumkin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:42:23
Qalb va uning mahbubini bog‘laydigan robita jismning juz’larini birlashtirib turuvchi robitadan mustahkamdir. Shuning uchun qalb mahbubidan ajratilganida yetadigan og‘riq jismning ju’zlari ajratilganida paydo bo‘ladigan og‘riqdan shiddatliroq. Basirat va qalb sohiblari buni yaxshi biladi. Qalbsiz odam bu alamning shiddatini his qilishdan yiroq. U jism chekayotgan alamga chiday olmaydi-yu, yana qalb og‘rig‘ini arzimas sanaydi.

Masalan, yosh bolaga koptokchasi va cho‘qmor tayoqchasidan mahrum bo‘lish alamini totish bilan saltanatdan mahrum bo‘lish alamini totish ixtiyori berilsa, u saltanatdan mahrum bo‘lish alamini umuman his qilmas edi, uni alam deb hisoblamasdi qam. Uning uchun o‘yin maydonida cho‘qmor tayoq bilan chopish podshohning mingta taxtidan suyumlidir. Agar taomdan boshqani o‘ylamaydigan qorin bandasiga: "yo holvoyitarni yoki dushmanlarning qahrini keltirib, do‘stlarni quvontiradigan chiroyli xulqni tanla", deyilsa, u albatta holvoyitarni tanlagan bo‘lardi. Negaki, uning ongida taomning lazzatini his qilishdan o‘zga ma’no yo‘q.

Hayvoniy sifatlarga qul bo‘lgan kishidan farishtalar qochadi. Chunki, ma’sum farishtalar butun olamlar rabbi Allohga qullik qiladilar, bu yaqinlikdan lazzat oladilar. Aksincha, Allohdan uzoqlashsa, ozor chekadilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:43:43
Inson ma’sum emas. Lekin ta’m totish tilga, eshitish quloqqa xos bo‘lgani kabi farishtalik sifati uning qalbida mulsassamdir. Qalbi bor kishigina bu hisni tuya oladi. Aks holda, uning ovozlarni eshitmaydigan, chiroyli surat va ranglarni ko‘ra olmaydigan kar va ko‘r kishidan farqi yo‘qdir:

إِنَّ فِي ذَلِكَ لَذِكْرَى لِمَنْ كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ

"Albatta, bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan holda, (ya’ni sidqidildan) quloq tutgai kishi uchun eslatmaibratlar bordir" (Qof surasi, 37).

Demak, qalbi bor kishigina Qur’ondan ibratlanadi. Kimki Kur’ondan ibratlanmas ekan, unda qalb yo‘qdir. Qalb deganda ko‘krak qafasiga qamalgan bir parcha etni nazarda tutmayagaymiz. Qalb  amr-farmon olamining siridir. Maxluqot olamidan bo‘lgan parcha et esa, qalbning arshi, ko‘krak uning kursisi, boshqa a’zolar uning saltanati.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:45:44
Yaratish va buyurish yolg‘iz Alloh taologa xosdir. Chunonchi, o‘sha sir haqida Alloh taolo buyuradi:

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الرُّوحِ قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُمْ مِنَ الْعِلْمِ إِلا قَلِيلا

"Ayting: Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir" (Isro surasi, 85). Amru farmon sohibi va xaqiqiy podshoh bo‘lmish Alloh taolo shunday tartib o‘rnatdi: amr-farmon olami maxluqot olamiga ammrdir. Qalb latifdir. Agar u solih bo‘lsa, qolgan barcha a’zolar isloh topadi. Kimki qalbni tanisa, shubhasiz, nafsini taniydi. Nafsini tanigan, albatta, Rabbini taniydi. Rabbini tanigan bandagina ma’no ichiga yashirin xush bo‘ylardan bahramand bo‘la oladi. Bu xushbo‘ylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Albatta, Alloh odamni o‘z suratida yaratdi", degan so‘zlaridan ham anqib turibdi. Bu hadis talqinida kimdir lafzlarning zohiriga suyanadi, kimdir ularning ta’vilida mustaqil yo‘l tutadi. Nima bo‘lgandayam, Alloh taolo bu ikkala toifaga ham rahmat nazari bilan qaraydi. Ammo ta’vilda mustaqil yo‘l tutganlarga nisbatan zohir lafzga suyanuvchilarga Allohning rahmati ko‘proqdir. Chunki rahmat musibatning miqdoriga ko‘ra bo‘ladi. Garchi bu ikki toifa ham mohiyatni anglashdan mahrumlikda barobar musibatlangan bo‘lsa-da, zohir lafzga suyanuvchilarning musibati ko‘proqdir.

Ha, buyuk fazl egasi bo‘lgan Alloh taolo o‘zi xohlagan kishiga fazl ko‘rsatadi, o‘zi xohlagan bandasiga hikmat ato etadi:

يُؤْتِي الْحِكْمَةَ مَنْ يَشَاءُ وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ أُوتِيَ خَيْرًا كَثِيرًا وَمَا يَذَّكَّرُ إِلا أُولُو الألْبَابِ

"Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, batahqiq, unga ko‘p yaxshilik berilibdi" (Baqara surasi, 269).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:48:30
Ikkinchi rutba. U azobga duchor bo‘lganlar rutbasi. Bu rutbadagi kishilar iymonning asli bilan kifoyalanib, iymon taqozosi bo‘lmish amalda qosirlik qiladilar. Iymonning avvali "la ilaha illalloh"dir. Kimki kibru havosiga ergashsa, demak, u kibr-xavosini isloh qilib olibdi. Demak, u faqat tilidagina tavhid kalimasini takrorlaydigan muvahhiddir.

قُلِ اللَّهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِي خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ

"(Ey Muhammad) "Alloh", deb javob qiling. So‘ngra ularni o‘zlari sho‘ng‘igan noto‘g‘ri yo‘llarida adashgan hollarida tark eting" (An’om surasi, 91)

Tavhid komil bo‘lishi uchun albatta sirotul mustaqim (to‘g‘ri yo‘l) uzra istiqomat lozim. To‘g‘ri yo‘l esa xuddi oxiratdagi sirot yaiglig‘ qildan ingichka va qilichdan o‘tkirdir.

Inson doimo, hatto arzimagan, mayda ishlarda ham istiqomatdan yuz o‘girishga tayyor. Chunki u kibr-havodan holi bo‘lolmaydi. Kibr-havo esa insonni to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradi. Inson to‘g‘ri yo‘ldan qanchalik chalg‘isa, tavhidning kamoliga shunchalik ko‘p nuqson yetadi. Natijada, bu nuqson Ollohga yaqinlik darajasini (qurbat) piasaytiradi.

Har qanday nuqson ikki o‘t orasida: ayriliq va jahannam o‘ti. Nuqson tufayli komillikdan ajrab, ayriliq o‘tida yonadi. Jahannam o‘tining vasfi esa Qur’onda zikr qilingan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:50:51
Demak, to‘g‘ri yo‘ldan ozgan kishi ikki marta azoblanadi. Azobning og‘ir-engilligi, azobning farqlari azob muddatining cho‘zilishig‘a bog‘liq. Buning ikkita sababi bor: birinchisi, iymonning kuchli yo zaif bo‘lishi; ikkinchisi, kibr-havoga ko‘proq yoki kamroq ergashish.

Alloh taolo eslatadi:

وَإِنْ مِنْكُمْ إِلا وَارِدُهَا كَانَ عَلَى رَبِّكَ حَتْمًا مَقْضِيًّا (٧١)ثُمَّ نُنَجِّي الَّذِينَ اتَّقَوْا وَنَذَرُ الظَّالِمِينَ فِيهَا جِثِيًّا

"Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvoli zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz" (Maryam surasi, 71-72). Shuning uchun salaflar to‘la qo‘rqinch bilan: "Qo‘rqamiz, chunki ishonchimiz komilki biz do‘zaxga tushguvchimiz, bizga najot bo‘larmikan?" der edilar.

Hasan Basriy shunday kishi haqidagi bir xabarni rivoyat qiladi: "Bir kishi ming yil jahannamda yonib, keyin undan: "Yo Hannon, yo Mannon" deb chiqarkan. Koshki edi men o‘sha kishi bo‘lsam" (Imom Ahmad rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:51:47
Bilgilki, xabarlarda kelishicha, do‘zaxni eng oxirgi tark etuvchi kishi yetti ming yildan so‘ng jahannamdan chiqadi. Do‘zaxda bo‘lish muddati xususidagi ixtilof eng kami bir lahzadan tortib, to yetti miig yil orasidagi farqlardan iborat. Ba’zilar hatto jahannamda chaqmoq chaqqanchalik muddat turmaydi. Bir lahza bilan yetti ming yil orasidagi darajalar tafovutli bo‘lib, ular bir kun, hafta, oy va hokazo muddatlarpi o‘z ichiga oladi.

Azobning yuqori darajasiga chegara yo‘q. Quyi darajasi hisob paytida savolga tutilmoqdir. Xuddi podshoh ba’zan amalda qosirlik qilganlarni so‘roqqa tutish bilan azoblab, so‘ngra afv etgani kabi. Ba’zan gunohkor kaltak bilan savalanib, jazolanishi mumkin. Xullas, jazoga qarab azobning turlari ham ko‘p. Demak, azoblar muddatining uzun yo qisqaligi, shiddatining og‘ir yo yentilligidan tashqari, navlari bilan ham farqlanadi.

Darhaqiqat, molini musodara qilish bilan azobga tortilgan kishi molini olib qo‘yish, farzandini o‘ldirish. yaqinlarini qiynoqqa solish, urish, tilini, qo‘lini, burnini, qulog‘ini kesish kabi azoblarga tortllgan kishiga o‘xshamaydi. Shar’iy dalillarga ko‘ra, oxiratda ham azobning turlari xilma-xil bo‘ladi. Iymonning quvvatli va zaifligiga, toat va gunohlarning ozu ko‘pligiga qarab, oxirat azoblari farqlanadi. Azobning ko‘pligi va qattiqligi gunohning ko‘pligi va qabihligiga, azobning xilma-xilligi esa, gunohlarning xilma-xilligiga bog‘liq.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:54:57
Ichi iymon nuri bilan yorishgan qalb ahliga bu ma’nolar kunday ravshan:

مَنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِنَفْسِهِ وَمَنْ أَسَاءَ فَعَلَيْهَا وَمَا رَبُّكَ بِظَلامٍ لِلْعَبِيدِ

"Parvardaggoringyz bandalariga zulm qilgo‘vchi emasdir" (Fussilat surasi, 46);

الْيَوْمَ تُجْزَى كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ لا ظُلْمَ الْيَوْمَ إِنَّ اللَّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ

"Bu kunda har bir jon o‘zi qilgan amalm bilai jazolanur" (G’ofir surasi, 17);

وَأَنْ لَيْسَ لِلإنْسَانِ إِلا مَا سَعَى

"Inson uchun faqat o‘zi qilgan harakatigina bo‘lur" (Najm surasi, 39);

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ (٧)وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

"œBas kim (hayoti dunyoda) zarra misqolicha yaxshilik qilsa, (qiyomatda) o’shani ko’rur. Kim zarra misqolicha yomonli qilsa, (qiyomatda) uni ham ko’rur". (Zalzala surasi, 7-8. )
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:56:32
Amallarga yarasha jazo-mukofot sifatida azob va savobga dalolat etuvchi bunday ma’nolar Kitob va sunnatda ko’p vorid bo’lgan. Oyat va hadislardagi bu ma’nolar zulm emas, ayni adolatga musoldir. Adolat tarozusi qanchalik "œbeshafqat" bo’lmasin, Yaratgan egamning fazli keng, tarozuning afv va rahmat pallasi og’irroqdir. Mehribon va rahmli Alloh o’zining Payg’ambari sollallohu alayhi va sallamga bildirdiki:

سَبَقَتْ رَحْمَتِي غَضَبِي

"œRahmatim g’azabimdan ildamdir". (Muslim rivoyati)

Alloh Ta’olo aytadi:

إِنَّ اللَّهَ لا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ وَإِنْ تَكُ حَسَنَةً يُضَاعِفْهَا وَيُؤْتِ مِنْ لَدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًا

"œShubhasiz Alloh birovga zarracha zulm qilmas. Agar zarracha yaxshilik bo’lsa, uni bir necha barobar qilur va o’z huzuridan ulug’ ajr ato qilur". (Niso surasi, 40.)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:57:06
Oyat va hadislar dalolat etgan umumiy hukmlardan ayon bo’ladiki, jannatda yuksalish va do’zaxdagi tubanlashuv darajalari savoblar bilan gunohlarga bog’liq. Bu holatlarni tafsiloti bilan bilishga kelsak, bunday bilim faqat taxmin va farazlarga, xabarlarning zohiriga suyanish va qaysidir darajada ichki sezgiga asoslanadi. Shulardan kelib chiqqan holda aytamiz: kim iymonning aslini mustahkamlasa, barcha gunohi kabiralardan saqlansa, Islomning besh rukni bo’lmish farzlarni chiroyli ado qilsa, undan faqat ayrim kichik gunohlar sodir bo’lishi mumkin. Shunda ham u bu gunohlardan darhol qaytadi. Bu kishiga beriladigan azob hisob paytidagi so’roqdir, xolos. Chunki hisobga tortilgan taqdirda ham uning qilgan yaxshiliklari gunohlaridan og’ir keladi. Zero, xabarlardan ma’lumki, besh vaqt namoz, jum’a namozi, ramazon ro’zasi orada sodir etilgan gunohlarga kafforatdir. Shuningdek, katta gunohlardan saqlanib yurish kichik gunohlarga kafforatdir. Bu hukm Qur’oniy dalil bilan sobit bo’lgan. 

Kafforatning eng kam darajasi, garchi hisob-kitobni bekor qilolmasa ham, azobni ketkazmshi mumkin.

Mana shu holatga yetgan har bir kishiga rizolik hayoti muborak bo‘lsin! Chunki, uning yaxshi amallari gunohlaridan og‘ir keladi, hisobi oson kechadi. Ha, o‘ng tomon egalariga Alloh taologa yaqin qilinguvchi zotlar izidan yetishmoq, mangu jannatlarda, firdavsi a’loda qolmoq qanday saodat!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 07:59:22
Azoblanuvchi toifalar turli darajalarda bo‘lgani kabi, iymon ham ikki turga bo‘linadi: taqlidiy iymon va kashfiy iymon. Eshitganini tasdiqlab, shunday yashashda davom etadigan avomning iymoni taqlidiy iymondir. Kashfiy iymon esa qalbning ochilishi tufayli hosil bo‘ladi. Qalb Allohning nuri bilan ochiladi. Bunday iymon sohiblariga butun borliq o‘z aslida namoyon bo‘ladi, har bir narsa Allohdan va Allohga qaytguvchi ekani unga aniq-ravshan ko‘rinadi. Ular "firdavsi a’lo"da maskan tutgan muqarrab — Allohga yaqin qilinguvchi zotlar toifasidandir. "Malail a’lo"ga, ya’ni eng yuksak mavjudotlarga (farishtalar) g‘oyat yaqin bo‘lgan bu zotlar ham Alloh taoloni anglash (ma’rifat) darajalariga ko‘ra farqlanadi. Jumladan, sobiqun — peshqadamlar, ya’ni bu dunyoda yaxshi amallarga, oxiratda jannat ne’matlariga erishishda peshqadam bo‘lganlar, keyin ulardan quyiroq darajadagilar va hokazo.

Alloh taolo ma’rifati yo‘lidagi oriflarning darajalariga chegara yo‘q. Negaki, Allohning ulug‘ligini qamrab olish imkonsiz. Ma’rifat dengizining esa na tubi, na sohili bor. G’avvoslar bu dengizga quvvatlari darajasida, azalda Alloh taolo taqdir etgan yergacha sho‘ng‘iydilar. Demak, Yaratuvchi tomon eltadigan yo‘lning manzillari nihoyasiz. Bu yo‘ldagi yo‘lchilarning darajalari ham benihoya turli-tumandir.

Iymoni taqlidiy bo‘lgan mo‘min ashobul-yamin (o‘ng tomon egalari) jumlasidandir. "Ashobul yaqin" darajasi "muqarrabun" (Allohga yaqin etilganlar) maqomidan quyiroqda bo‘lib, ular ham rutbada farqlanadi. "Ashobul yamin"ning eng yuqori darajasi "muqarrabun"ning quyi darajalariga to‘g‘ri keladi. Bu barcha gunohi kabiralardan saqlangan, shuningdek, kalimai shahodat, namoz, zakot, ro‘za va haj kabi farzlarni to‘la ado qilgan kishining holatidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:00:39
Kimki bitta yo undan ko‘proq gunohi kabiralar sodir etsa, yoki ba’zi farzlarni e’tiborsizlik bilan unutsa va o‘limidan oldin bu qilmishlari uchun tavba qilsa, gunoh qilmaganlar safiga qo‘shiladi. Chunki, gunohdan tavba qilgan odam gunohi yo‘q odam kabi, yuvilgan kiyim misoli kir tegmagan kiyimdekdir.

Tavbasiz o‘lish o‘limning o‘zidan-da xatarliroqdir. Negaki, tavbaga ulgurmasdan vafot etgan kishi so‘ngsiz gunoh ustida qoladi, iymon darz ketadi, oqibat, o‘ta dahshatli, xunuk xotima topadi. Ayniqsa, taqlidiy iymonda bu zavol sezilarli kechadi. Chunki, qanchalik qat’iy bo‘lmasin, taqlid ozgina shak, ozgina o‘y-xayoldan yakson bo‘lishi mumkin.

Basirat ko‘zi ochiq orif esa yomon xotima xavfidan yiroq. Lekin taqlidiy iymon egasi ham, Alloh ma’rifati yo‘lidagi orif ham, garchi iymon bilan vafot etsalarda, agar Alloh afv etmasa, azoblanishlari muqarrar. Bu azob hisob paytidagi so‘roq azobiga qo‘shimchadir. Dunyo hayotida gunohdan tiyilmaslik, ya’ni gunohda davom qilish muddati qanchalik cho‘zilsa, oxiratda azob muddati ham shunchalik uzayadi. Gunohi kabira qanchalik qabih bo‘lsa, azob ham shunchalik kattiq bo‘ladi. Azobshshg xilma-xil bo‘lishi sodir etilgan gunohlarning xilma-xil bo‘lgani tufaylidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:01:55
Jazo muddati tugashi bilan taqlidiy iymon egalari "ashobul yamin" darajalarida, basirat sohibi bo‘lmish oriflar illiyyun (Illiyyun  hadisda aytilgaincha, yechtinchi osmonda, Alloh taolonlig arshi a’losi ostidagi bir makon bo‘lib, insu jindan bo‘lmish mo’minlarning nomai a’mollari bitilgan kitob o‘sha makonda saqlanadi) yuksakligida maskan topadilar. Xabarda aytiladi:

"Do‘zaxdan oxirgi chiqqan kishiga dunyo mislining o‘n barobari beriladi" (Muttafaqun alayh).

Hadisda aytilganlarni shunday misol bilan izohlab ko‘raylik. Bir kishi: "Bir tuya oldi va o‘n barobar qilib qaytardi", desa, demak, tuyaning qiymati o‘n dinor bo‘lsa, unga yuz dinor bergan bo‘ladi. Agar e’tiborimiz misolda tilga olinayotgan o‘lchov doirasida qolib ketsa, ma’nodan uzoqlashamiz. Masalan, zohiriga ko‘ra hukm yuritadigan bo‘lsak, tarozining bir pallasiga qo‘yilgan yuz dinor hech qachon narigi palladagi tuyaning yuzdan biricha ham bo‘lmaydi. Maqsad  tuyaning og‘irligi, bo‘yi, eni, tutadigan o‘rni, ya’ni go‘sht va qondan iborat jism emas, balki tuyaning moliyaviy-ashyoviy ruhidir. Yuz dinorning o‘n barobar deb hisoblaiishi jismoniy emas, ruhoniy o‘lchovga ko‘radir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:02:42
Oltin va kumushning moliyayaviy qiymatidan xabardor kishi bu ta’vilni to‘g‘ri tushunadi. Agar bir kishi og‘irligi bir misqol, qiymati yuz dinor gavharni birovga taqdim etib: "o‘n barobarini berdim", desa, u haq bo‘ladi. Lekin bu haqiqatni gavhar bilan shug‘ullanuvchi kishilargina to‘liq anglaydi. Chunki, gavharning holatini faqat ko‘rish bilan idrok qilib bo‘lmaydi. Balki, bu yerda ko‘rishdanda o‘tkirroq his — ziyraklik talab qilinadi. Shuning uchun yosh bola yoki bir qishloqi badaviy bu gapni g‘irt yolg’on sanaydi. "Bu gavhar emas, bor-yo‘g’i bir misqol tosh-ku! Tuyaning og‘irligi esa milyon misqol bo‘lsa, qanaqasiga arzimas tosh uning o‘n mislicha bo‘lishi mumkin?" deydi.

Aslida, o‘sha go‘dakning o‘zi haqiqiy yolg‘onchidir, ammo buni anglashga hali unda imkon yo‘q. U balogatta yetib, kamol topishi, qalbida gavhar va boshqa narsalarnnng latif holatini ilg‘aydigan nurli idrok. hosil bo‘lishi lozim. Ana o‘shandagina unga bu so‘zlarning haqiqati ochiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bildirgan o‘lchovning to‘rriligiga shubha yo‘q. Taqlidchi buni idrok qilolmasligi, orif esa buni unga anglatolmasligi mumkin. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Jannat osmonlardadir" (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:04:27
Xabarlarda vorid bo‘lishicha, osmonlar dunyo tarkibidadir. Shunday ekan, dunyo ichida unga o‘n barobar dunyo bo‘lishi mumkinmi? Hatto balog‘atga yetgan kishi ham yosh bolaga bu o‘lchovni tushuntira olmaydi. Shunshggdek, gavharning bebaho qiymatini badaviy yoki qishloqiga anglatishda qiynalayotgan zargar ham ojiz va rahmatga muhtojdir. Befahm ahmoqqa bu o‘lchovni tushuntirolmay, g‘amga botgan orif ham rahmatga muhtoj.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydilar:

"Uch kishiga rahm qilinglar: johillar orasidagi olimga; qavmning boyi bo‘lib, so‘ng qashshoq bo‘lib qolgan kishiga; qavmning azizi bo‘lib, so‘ng xor bo‘lgan kishiga" (Ibn Hibbon rivoyati).

Shu sababga ko‘ra, payg‘ambarlar ummat orasida rahmatga muhtojdir. Aqli qosir ummat tufayli chekiladigan qayg‘ular payg‘ambarlar uchun fitna, Alloh tarafidan sinovdir. Bu sinovlar azaliy qazo va qadarda payg‘ambarlarga yuklangan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

"Balo-sinovlar payg‘ambarlarga, keyin valiylarga, so‘ng ularga o‘xshagan va ularga o‘xshaganlarga berilgan" (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:07:06
Bu yerda tilga olinayotgan balo Ayyub alayhissalomga yuzlangan balo emas. Chunki, u balo badanda sinaldi. Nuh alayhissalomga yuzlangan balo esa ulug‘ edi. U o‘z qavmini Allohga qanchalik da’vat etmasin, qavmi undan qochardi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi kishilarning so‘zlaridan ozor ko‘rganlarida:

"Birodarim Musoga Allohning rahmati bo‘lsin. U bundan og‘irroq aziyat yetganda ham sabr qilardi", deb aytar edilar (Buxoriy rivoyati).

Demak, payg‘ambarlar kofirlar balosidan, avliyo va ulamo johillar balosidan holi emas. Shuning uchun Allohning do‘stlari bo‘lmish ma’rifat ahli doimo balo va ig‘vo tig‘iga nishon. Ahli dunyo nazarida ularning itoati — isyon, ibodati - kufron, ixlosi — dindan chiqish bo‘lib ko‘rinadi. Shu tufayli ular quvg‘inda...

Mana, ma’rifat ahlining johillar huzurida topgan manzili. Bu nuqtalarni anglaganingdan so‘ng, Payg‘ambarmizni11g: "Do‘zaxdan oxirgi chiqqan kishiga dunyo mislining o‘n barobari beriladi", degan so‘zlarig‘a iymon keltirasan.

Faqat ko‘z ko‘rib, hislar sezadigan narsanigina tasdiqlaydigan bo‘lib qolishdan saqlan. Bu hayvonlarga xos tabiat. Sen insonni hayvondan ajratuvchi ilohiy sirga egasan. Bu sir osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga oshkor etilganida ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Beshta sezgi olamidan tashqaridagi narsalarni idrok qilish insonni hayvondan ajratuvchi o‘sha sir olamidagina mavjud. Kimki bu haqiqatni unutsa, uni e’tiborsiz tashlab qo‘ysa, hayvoniy daraja bilan qanoatlanib, moddiyatdan nariga o‘tmasa, demak, u o‘zligini o‘ldiribdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:09:04
Zinhor Allohni unutuvchi bo‘lma! Aks holda, Alloh o‘zingni o‘zingga unuttirib qo‘yadi. Faqat hislar orqali idrok qiladigan kimsa Allohni unutadi. Chunki, bu olamda Allohning zoti beshta sezgi bilan idrok qilinmaydi. Kim Allohni uiutsa, shubhasiz, Alloh uning o‘ziga o‘zini unuttiradi, oqibatda u hayvoniy darajaga tushib qoladi. Samo ufqlariga yuksalish endi unga begona. U Alloh topshirgan omonatga xiyonat qildi, ne’matlarini inkor etdi. Uning ahvoli hayvonnikidan ham nochorroq! Hayvon o‘lib qutuladi, u-chi?

Uning zimmasida unga ishonib topshirilgan, egasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan omonat bor. Balqigan quyosh kabi bu omonat foniy badan osmoniga botgan... Hali bu quyosh mag‘ribdan bosh ko‘taradi. Foniy badan xaroblikka yuz tutayotgan bir mahal ko‘tarilib chiqadigan bu quyosh yo zim-ziyo zulmat bo‘lib, yo nurafshon porlab Yaratuvchisiga qaytadi. Nurafshon porlagan quyoshga Parvardigor huzuri ochiq, Qorayib, zim-ziyo zulmatga do‘ngan quyosh ham dargohga qaytuvchidir. "Illiyyun" yuksakligidan "asfala sofilin" (eng tuban do‘zax) tomon botayotgan quyoshning boshi egik:

وَلَوْ تَرَى إِذِ الْمُجْرِمُونَ نَاكِسُو رُءُوسِهِمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ

"Siz u jinoyatchi kimsalarning Parvardigori huzurida boshlari egik holda turganini ko‘rsangiz edi..." (Sajda surasi, 12)

Ha, Parvardigori huzurida yuzlari teskari qilingan, boshlari egik bu kimsalar tavfiqdan mahrum, hidoyatdan yiroq. Parvardigoro, o‘zing bizni zalolatdan va johillar darajasiga tushib qolishdan saqla!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:09:55
Demak, do‘zaxdan chiqqanidan so‘ng dunyo mislining o‘n barobari yoki undan ko‘prog‘i bilan siylanadigan kishilar shu tartibda darajalarga ega bo‘ladilar.
Tavhid ahli do‘zaxda abadmy qolmaydi. Tavhid deganda faqat til bilan "la ilaha illalloh"ni aytish nazarda tutilmayapti. Chunki, til mulk va shahodat olamiga tegishli bo‘lib, shu olamdagina undan manfaat bor. Ya’ni til "la ilaha illalloh" desa, bo‘yin sari sermalajak qilichlar qinga qaytadi. Til sabab bo‘lib, bo‘yin omon qoladi.

G’animat(jangda qo‘lga tushgan o‘lja)ga cho‘zilgan qo‘llar "la ilaha illalloh"ni aytgan kishining molidan chekiladi. Til sabab bo‘lib, mol omon qoladi. Bu holat hayot muddati qadar, to o‘lim kelguncha davom etadi. Keyin-chi? ...keyin na bo‘yin bor, na mol. Endi tildan manfaat yo‘q. Balki, bu kunda chin tavhid, tavhidning kamoli foyda beradi. Tavhidning kamoli nima?

Qachonki, barcha ishlar faqat Allohdan, deb bilinsa, mana shu tavhidning kamolidir. Buning alomati shuki, bo‘lib o‘tgan ish uchun birorta bandaga g‘azab qilinmaydi. Negaki, tavhidning kamoliga erishgan inson uchun har bir ishning sodir bo‘lishiga vositalar emas, balki "musabbibul asbob" sababdir.

Bu tavhid ham tafovutlidir. Kimningdir tavhidi tog‘lar misoli, kimnikidir bir misqol. Kimdadir tavhid xantal urug‘icha, kimdadir zarra miqdor. Bas, qalbida dinor misqolicha iymoni bor kishi do‘zaxdan avval chiqadi. Qalbida zarra misqolicha iymoni bor kishi esa, do‘zaxdan oxirgi chiqadigan kishidir.

Tavhid ahlining do‘zaxga kirishiga bandalarga qilingan zulmlar ko‘proq sabab bo‘ladi. Bandalarning haqlari yozilgan daftar tark etilmaydi. Qolgan gunohlar afv va kafforat ila kechiriladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:11:29
Asarda keladi: "Bandaning yaxshi amallari tog‘larcha bo‘lsa ham, u Alloh oldida turg‘iziladi. Agar ular uchun savob olsa, jannatga kiradi. Keyin zolimlar titrab-qaqshab o‘rnidan qalqadilar. Kimdir birovning sha’niga tekkan, birovning molini olgan, birovni urgan... Zolimning zimmasida ketgan haqlar endi mazlumga qanday qaytariladi? Albatta, uning savoblari mazlumlarga olib beriladi. Hatto uning o‘ziga birorta savob qolmaydi. Shunda farishtalar: "Parvardigoro! Bu bandangning savoblari taqsimlab bo‘lindi. Haqdorlar esa ko‘p", deb Alloh taologa murojaat qillshadi. "Mazlumlarining gunohlarini uning gunohlariga qo‘shinglar va uni jahannamga eltadigan vasiqa bilan do‘zaxga haydanglar!"  deydi Alloh taolo.

Ibn Jalodan hikoya qilinadi: "Bitta birodari uni g‘iybat qilibdi. Keyin u g‘iybatchi istihlol (ya’ni qilmishidan kechirim) so‘rab, Ibn Jaloning huzuriga kelibdi. Shunda Ibn Jalo: "Bunday qilolmayman. Chunki, sahifamda bundan afzalroq savob yo‘q, uni qanday o‘chiray! Birodarimning gunohlari keltirgan savoblar bilan sahifamni ziynatlay", degan ekan.

Biz aynan mana shuni, ya’ni Qiyomatda saodat va shaqovat darajalariga ko‘ra bandalarning farqlanishini eslatmoqchi edik.


Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:18:05
Mazkur bo‘lganlarning barchasi zohiriy sabablar asosida hukm qilishdir. Bu hukm tabibning o‘limi yaqin qolgan, tuzalishiniig hech iloji yo‘q bemorga yoki dardi yengil, tuzalib ketishi shubhasiz bo‘lgan boshqa bir bemorga chiqargan hukmiga o‘xshaydi. Tabibning tajribaga asoslangan bu gumonlari aksar holda haq bo‘lib chiqadi. Lekin. ba’zan o‘limi muqarrar bemor tabib ilg‘amagan sababga ko‘ra, bedavo darddan butunlay xalos bo‘ladi. Ba’zan dard deyishga til bormaydigan kichkina bir illat bemorni kutilmaganda ajal sari yetaklaydi.

Tabib tagiga yetolmagan sabablar Alloh taoloning insonlardan yashirgan sirlaridir. Musabbibul asbob tomonidan muayyan bir o‘lchovda tartib berilgan u sabablarning siri bu bandasiga qorong‘u. Ularning mohiyatidan voqif bo‘lish bashariy quvvat doirasidan tashqaridir. Shuningdek, oxiratdagi najot va muvafaqqiyatning ham yashirin sabablari bo‘lib, inson ongi ularni anglashga ojiz. Najotga eltuvchi o‘sha maxfiy sabab "afv" va "rizo" deb, halokatga sudrovchi sabab esa "g‘azab" va "intiqom" deb ta’bir qilinadi. Bundan ham ichkariroqda azaliy ilohiy iroda siri bo‘lib, banda unga yetolmaydi. Shuning uchun osiyning zohiriy gunohlari har qancha ko‘p bo‘lsa-da, afv etilishini, mute’ning zohiriy toatlari har qancha ko‘p bo‘lsada, g‘azabga duchor bo‘lishini joiz deb bilmog‘ing lozim. Chunki, tayanchimiz taqvodir. Taqvo esa qalbda!

Qalb shunday sirliki, uni hatto egasi anglolmaydi, o‘zgalar qanday anglasin! Lekin qalb ahliga yaxshi ayon: qachonki, afvni taqozo qiladigan yashirin sabab bo‘lsa, banda kechirilishi mumkin. Qachonki, Allohdan uzoqlashishni taqozo qiladigan botiniy sabab bo‘lsa, banda g‘azabga duchor bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lmaganida, amal va sifatlarga jazo tariqasidagi afv va g‘azab ham bo‘lmas edi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:20:54
Agar adolat bo‘lmasa, Alloh taoloning ushbu so‘zi to‘g‘ri bo‘larmidi:

وَمَا رَبُّكَ بِظَلامٍ لِلْعَبِيدِ

"Parvardigoringiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir" (Fussilat surasi, 46);

إِنَّ اللَّهَ لا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ

"Shubhasiz, Alloh birovga zarracha zulm qilmas" (Niso surasi, 40).

Bu misollarning barchasi sahih. Jumladan, inson nima qilsa, o‘zi uchun qiladi. Har bir jon, qilgan amali sababli do‘zaxda ushlanadi haq yo‘ldan og‘salar, Alloh ularning qalblarini hidoyatdan og‘dirib qo‘yadi. O‘zlarini o‘zgartirsalar, Alloh ularni o‘zgartiradi:

إِنَّ اللَّهَ لا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِمْ

"Aniqki, biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmaydi" (Ra’d surasi, 11).

Bu Qur’oniy ma’nolar qalb ahlining botin ko‘zlarini ochadi. Botinning nazari ko‘zning nazaridan ravshanroqdir. Ko‘z ba’zan uzoqni yaqin, kattani kichik ko‘rib, adashishi mumkin. Lekin qalb ko‘zi adashmaydi. Hamma gap uning ochilishida. Basirat ochilar ekan, bu nazarda zinhor yolg‘on bo‘lmaydi:

مَا كَذَبَ الْفُؤَادُ مَا رَأَى

"Ko‘ngil ko‘rgan narsasini yolg‘on demadi" (Najm surasi, 11-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:22:53
Uchiichi rutba. U najot topuvchilar rutbasidir. Bunda tilga olinayotgan "najot" so‘zi "saodat topish, zafar quchish" ma’nosida emas, balki "salomat bo‘lish" ma’nosida qo‘llanyapti.

Bu rutbadagilar na u yoqlik, na bu yoqlik bir qavmdir. Ularda taqdirlangudek xizmat ham, jazolangudek ayb ham yo‘q. Ularning holati majnunlar ahvoliga, kofirlarning bolalari tushgan holatga, aqli noqis tug‘ilganlar holiga o‘xshaydi. Ularning umri da’vat yetib bormagan chekka o‘lkalarda kechgan. Oqibat, befahm, ma’rifatsiz bo‘lib o‘tganlar. Ularda na isyon, na toat, na Allohga yaqinlashtirguvchi bir vasila va na Allohdan uzoqlashtiruvchi ma’siyat bor. Ular na jannat ahlidan, na do‘zax ahlidan. Ularning joyi jannat va do‘zax arasidagi A’rof deb nomlangan uchinchi bir manzildadir. Bandalardan bir toifaning qo‘nalg‘asi bo‘lgan A’rof xususida oyat va hadislarda xabar berilgan.

Norasida bolalarni A’rof toifasidan deb hukm etmakka kelsak, bu noaniq va shubhali masaladir. Bu masalaning aniq va haqiqiy bilimi nubuvvat olamida. Avliyo va ulamoning maqomi ham u ilmga yetolmaydi. Norasidaning haqqi xususidagi xabarlar ham ziddiyatlidir.

Oisha roziyallohu anho hayotdan ko‘z yumgan norasida bolaga qarab: "Jannat qushchalaridan biri", deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Senga buning xabari keldimi", deya koyigan edilar (Muslim rivoyati).

Demak, bu mavzudagi xabarlar ancha ziddiyatli va ishtibohga to‘ladir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:25:53
To‘rtinchi rutba. U saodatga erishganlar rutbasi. Bu rutba egalari muqallid (taqlid qiluvchi) emas. Balki, ular barcha yaxshi amallarga peshqadam bo‘lguvchi, Alloh taologa yaqin qilinguvchi orif zotlardir.

Muqallidlar jannatda nechog‘li yuksak darajalarga erishmasinlar, ularning bari ashobul yamin jumlasidan bo‘ladilar. Peshqadamlar esa, muqarrab, ya’ni Allohga yaqin qilinuvchilardir. Bu toifa haqida Qur’onda bayon qilingan. Alloh taoloning bayonidan so‘pg yana qanday bayon bo‘lishi mumkin! Bu olamda u tomfani ta’birlashga imkon yo‘q:

فَلا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

"Bas ularning amallariga mukofot qilib, ular uchun yashirib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini biron jon bilmas" (Sajda surasi, 17).

Ushbu qudsiy hadis ham shu ma’noga ishoradir: "Solih bandalarim uchun shunday bir ne’matni hozirlab qo‘ydimki, uni na ko‘z ko‘rgan, na quloq eshitgan, hech bir inson zoti uni xayoliga ham keltirmagan" (Buxoriy. Muslim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:27:05
Oriflar bu dunyoda inson tasavvuri sig‘dirolmaydigan bir holat sog‘inchida yashaydilar. Ular jannatdagi ko‘shk hurlar, mevalaru sharoblar, sutlaru asallar, zebu ziynatlarga och emas, ular bu ne’matlar bilan qanoatlanmaydilar. Ularning yagona orzusi  - Alloh jamoli. Aslida, eng buyuk saodat va eng oliy lazzat ham shudir.

Alloh rahmatiga olsin, Robia al-Adaviyadan: "Jannatda nimaga rag‘bat qilgan bo‘lardingiz?" deb so‘rashibdi. "Avval qo‘shni, keyin uy", deb javob bergan ekan Robia.

Bu shunday qavmki, ularni uy va uning ziynatidan ko‘ra, uy egasiga muhabbat ko‘proq mashg‘ul qilgan. Bu muhabbat ular uchun barcha narsadan, hatto o‘zlaridan ham ortiqdir. Ular ma’shuqiga butkul berilgan, bor g‘ami, butun fikru zikri ma’shuqining diydoriga yetish bo‘lgan oshiqqa o‘xshaydi. U ma’shuqining ishqiga g‘arq, ishq yo‘lida bexudu benavo, oyoqlariga sanchilgan tikonlarni sezmaydi.

Bu holat "o‘zidan foniy bo‘lmoq", deb ta’bir qilinadi. Buning ma’nosi, o‘zining o‘zgaga singib ketmog‘i, qalbidagi har xil g‘amlarning bitta g‘amga aylanmog‘idir. Bu g‘am uning mahbubi, endi uning vujudida boshqa mahbub uchun joy yo‘q. Endi u na o‘ziga, na o‘zidan boshqasiga boqadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:28:53
Oxiratda ko‘zlar quvonchini hadya etadigan holat mana shudir. Bu quvonch dunyo kishisining ko‘ziga notanish, tasavvuridan yiroq. Xuddi ko‘rning ko‘zlariga ranglar, karning quloqlariga saslar notanish bo‘lgani kabi. Qachonki, ko‘rish va eshitishni to‘sib turgan pardalar ko‘tarilsagina, ular o‘z holatini idrok qila boshlaydi, ko‘z va quloqlari ochilmasdan ilgari bunday holatni tasavvur ham qila olmaganlarini aniq anglaydilar.

Darhaqiqat, dunyo pardadir. Parda ko‘tarilishi bilan haqiqat ochiladi. Ana o‘sha payt shkiza hayot epkini joilanadi:

وَمَا هَذِهِ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلا لَهْوٌ وَلَعِبٌ وَإِنَّ الدَّارَ الآخِرَةَ لَهِيَ الْحَيَوَانُ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ

"Bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgudir. Agar bilsalar, oxirat diyorigina (mangu) hayot (diyoridir)" (Ankabut surasi, 64).

Mana shu o‘lchovning o‘zi yaxshi amallarga qarab, darajalarning taqsimlanishi bayoniga kifoya qiladi. Alloh o‘z lutfi ila bizni oxirat darajalariga muvaffaq aylasin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:40:53
Kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablar

Bilgil, shunday sabablar borki, ular kichik gunohni katta gunohga aylantirib qo‘yadi. Gunohdan tiyilmaslik, gunoh qilishda davom etish shunday sabablar jumlasidandir. Chuponchi, aytildi: "œGunoh kichik bo‘lsa ham, undan qaytilmas ekan, endi bu gunoh kichik deyilmaydi. Gunoh bo‘lsa ham, istig‘for bor ekan, u gunoh katta hmsoblanmaydi".

Kichik gunohni doimiy qilib yurgan kishidan ko‘ra, bitta katta gunohni sodir etib, darhol undan qaytgan va qayta takrorlamagan kishining afv etilishi umidliroqdir. Buning misoli shuki, suv tomchilari davomli ravishda bitta toshning ustiga tomchilab tursa, toshda iz qoldiradi. Agar o‘shancha miqdordagi suvni birdaniga toshning ustiga quyilsa, toshda iz qolmaydi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Amallarning yaxshisi, garchi oz bo‘lsa ham, davomlisidir", deganlar (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:42:12
Narsalar o‘z ziddi bilan yuzaga chiqadi. Garchi oz bo‘lsa ham, davomli bo‘ladigan amal foydalidir. Ko‘p bo‘lib, to‘xtab qoladigan amalning qalbni nurlantirib, poklashdagi manfaati kamdir. Shuningdek, kichik gunoh agar davomli sodir etilsa, qalbning qorayishini kuchaytiradi. Davomli kichik gunohlarsiz to‘satdan katta gunoh qilish kam uchraydigan hodisa. Masalan, zinokor avvalo, ayolning ko‘ngliga qo‘l soladi, uni shahvoniy suhbatlarga chorlaydi, tegajoqlik qiladi... Keyin ish zinoga borib taqaladi. Aksincha bo‘lishi kam uchraydi. Yoki ko‘ngilda dushmanlik va nafrat saqlamasdan turib, daf’atan birovni o‘ldirish ham deyarli uchramaydi. Bilgilki, har qanday katta gunoh oldinroq yo keyinroq sodir bo‘lgan kichik gunohlar bilan qurshalgandir. Umr bo‘yi davom etgan kichik gunohdan ko‘ra, qayta takrorlanmagan katta gunohning kechirilishi osonroq kechsa, ne ajab!

Gunohni arzimas bilib, nazarga ilmaslik ham kichik gunohni katta gunohga aylantiradigan sabablardandir. Chunki, qandayligidan qat’i nazar, sodir etilgan gunohni banda katta deb bilsa, Alloh nazdida u gunoh shuncha kichik bo‘ladi. Zero, gunohni katta deb bilish, qalbning o‘sha gunohdan qochishidan, uni yomon ko‘rishidan kelib chiqadi. Bu qochish qalbni gunohning shiddatli ta’siridan to‘sadi. Gunohni kichik sanash esa gunoh bilan ulfat tutinishdan kelib chiqadi. Bu ulfatchilik gunohning qalbdagi izini chuqurlashtiradi. Qalbni toat bilan munavvar aylash biz uchun matlub, gunohlar bilan qoraytirish halokatdir. Xabarda keladi:

"Mo‘min qilgan gunohini yelkaga ortilgan tog‘ deb biladi, tog‘ ustiga qulab ketishidan qo‘rqib yuradi. Munofiq esa qilgan gunohini burni atrofida vizillayotgan, haydasa uchib ketadigan pashsha deb biladi" (Buxoriy rivoyati).

O’tgan zotlardan biri: "Bandaning, "œkoshki, qilgan barcha gunohim mana shu gunohimdek arzimas bo‘lsa edi", deb yozg’irishining o‘zi kechirilmas gunohdir", degan ekan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:43:36
Allohning ulug‘ligi va qudratini bilgani uchun ham mo‘min qalb nazdida har qanday gunoh ulkan sanaladi, isyonning dahshatli soyasida kichik gunohni katta tasavvur qiladi. Alloh taolo ba’zi payg‘ambarlariga: "Hidoyatning ozligiga emas, hidoyat egasining ulug‘ligiga boq! Xatoning kichikligiga emas, sen xatolaring bilan ro‘baro‘ bo‘ladigan Zotning ulug‘ligiga"boq!" deb vahiy qilgan edi. Binobarin, oriflardan biri: "Kichik gunoh yo‘q, balki haqqa qarshi har qanday harakat ulug’ gunohdir", degan edi. Shuningdek, Alloh rozi bo‘lsin, sahobalardan biri tobe’inlarga aytgan edi: "Albatta, sizlar shunday amallar qilasiz, ko‘z oldingazda ular ro‘yo qildanda, ingichka ko‘rinadi. Biz esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonida ularni ulkan gunoh deb bilar edik".

Ha, sahobalarda Allohning ulug‘ligini anglash ma’rifati komil edi. Ularning nazdida kichik gunohlar Alloh taoloning ulug‘ligi karshisida kattarib ketardi.

Shu sababdan, olim kishining katta deb bilgan gunohi johil iazarida arzimasdir. Ayrim ishlarda avom kishilardan sodir bo‘ladigan nuqson kechiriladi, lekin shu nuqson oriflardan o‘tsa, kechirilmaydi. Chunki, banda Yaratuvchisini qanchalik tanigan sayin, qilgan gunohining yuki shuncha og‘irlasha boradi. Qilgan gunohiga ichdan quvonish va u bilan maqtanish, gunohga mohirligini ne’mat deb hisoblash va gunohning baxtsizlikka sabab ekanidan g‘ofil bo‘lish ham kichik gunohni katta gunohga aylantiradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:45:44
Banda gunoh "halovatini" totgani sayin qalbning qorayishi zo‘rayadi. Hatto gunohi bilan g‘ururlanadigan, maqtanadigan, gunoh ishni eplaganiga quvonadigan darajaga boradi. U deydi: "Ko‘rdingmi, uning obro‘sini qanday to‘kdim!" Bahsu munozaradan so‘ng bittasi deydi: "Bopladim, hamma ishlarini yuziga solib, sharmanda qildim!" Tijoratchi deydi: "Uning molini yerga urib, soxta molimni qanday o‘tkazganimni ko‘rdingmi? Uni avrab, rosa ahmoq qildim-a!"

Bunga o‘xshash harakatlar kichik gunohlarning kattayishiga sabab bo‘ladi. Banda gunohga berilsa, shayton g‘olib kelib, gunoh yukini unga ortadi. Natijada, bandaga musibat yuzlanadi, Alloh taolodan uzoqlashgani, shaytonga maqlub bo‘lgani uchun afsus chekadi. Bemor dori solingan idish sinib qolsa, quvonadi, chunki u achchiq dorini ichish g‘amidan xalos bo‘ldi. Lekin shifo-chi?

Alloh taoloning gunohlarni yopuvchi, hilmu marhamatli, bandasiga muhlat beruvchi Zot ekaniga yengil, e’tiborsiz qarash ham kichik gunohni katta gunohga aylantmruvchi sabablardandir. Banda berilgan muhlat tufayli gunohi ortayotganini, ko‘proq nafratga sazovor bo‘layotganini bilmaydi. U ma’siyatlarga imkon topayotganini Alloh taoloning unga ko‘rsatyotgan inoyati deb o‘ylaydi.

وَيَقُولُونَ فِي أَنْفُسِهِمْ لَوْلا يُعَذِّبُنَا اللَّهُ بِمَا نَقُولُ حَسْبُهُمْ جَهَنَّمُ يَصْلَوْنَهَا فَبِئْسَ الْمَصِيرُ

"Nega aytayotgan so‘zimiz sababli Alloh bizlarni azoblamayapti", derlar. Ularga o‘zlari kiradigan jahaniam kifoya qilar! Bas, naqadar yomon oqibat (bu)!" (Mujodala surasi, 8-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:49:06
O’tgan gunohini kimgadir aytib, ovoza qilish yoki gunohni kimningdir guvohligida oshkora sodir etish ham kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablardandir. Chunki, bu ish gunohni yopuvchi Zotga qarshi jinoyat va gunohga guvoh bo‘lgan yoki gunohni eshitgan kishini yomonlikka undovchi harakatdir. Demak, bitta gunohga bu ikkita jinoyat qo‘shilib, jinoyatlar soni ortadi. Agar bunga "boshqalarni ham o‘sha gunohga targ‘ib qilish, shunday gunoh qilishlari uchun imkon tug‘dirish" jinoyatini ham qo‘shsa, jinoyatlar to‘rtta bo‘lib, yuk yanada og‘irlashadi. Xabarda keladi:

"Barcha kishining gunohi afv etiladi, illo, ushbu kishining gunohi kechirilmaydi: u kechasi gunoh sodir etdi. Alloh uning gunohini berkitdi, gunohiga parda yopdi. Ertalab u Alloh yopgan pardani ochdi — gunohini gapirib, barchaga ovoza etdi" (Muttafaqun alayh).

Gunohni yopuvchi Allohdir. Allohning bu sifati bandalariga fazl va ne’mat bo‘lib, mehribon va rahmli Zot shu sifati bilan bandalarining chiroyli amallarini zohir qiladi, xunuk amallarini yashiradi. Shunday ekan, Allohning yashirganini bandaning oshkor qilishi - ne’matga kufr keltirishdan boshqa narsa emas.

O’tganlardan biri: "Gunoh qilma! Agar qilib qo‘ysang, loaqal, boshqani unga targib etma! Aks holda, ikkita gunoh sodir etgan bo‘lasan", degan ekan. Alloh taolo deydi:

الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ بَعْضُهُمْ مِنْ بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمُنْكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمَعْرُوفِ


"Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandir. Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan to‘xtatadilar" (Tavba surasi, 67).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:51:20
Izidan odamlar ergashadigan olimning gunohkor bo‘lishi, jumladan, ipakdan libos kiyishi, oltin egarli markabga minishi, sultonlarning shubhali molidan olishi, ularning huzuriga kirib turishi, ular haqida gapirganida, taraddudlanishi, inkor etish lozim bo‘lgan o‘rinlarda ham ularni ma’qullashi, dilozorlik qilishi, behuda bahsga chorlab, kimnidir tahqirlashni qasd etishi, faqat dunyoviy manfaat talabida ilm bilan mashg‘ul bo‘lishi ham kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablardandir. Negaki, ushbu gunohlarni qilayotgan olimga odamlar ergashadi. Vaqti kelib, u olim olamdan o‘tadi. Lekin uning yomonliklari bu olamda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bas, gunohlari o‘zi bilan birga ketgan kishi naqadar baxtli!
 
Xabarda keladi:

"Kim bir yomonlik paydo qilsa, o‘sha yomonlikning va unga amal qilganlarning gunohi zarracha kamaytirilmasdan yomonlikni paydo qilgan kishining zimmasiga yuklanadi" (Muslim rivoyati).

Alloh taolo aytadi:

وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا وَآثَارَهُمْ

"Ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qo‘yurmiz" (Yosin surasi, 12).

Oyatdagi "asar" (ya’ni qoldirgan izlari) lafzi o‘zidan keyin qoldirgan yomonliklarga ishoradir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:52:14
O’tganlardan biri aytgan ekan: "Olim kishining adashishi misoli kemaga talofat yetishiday gap. Kemaga talofat yetsa, kema ham, ichidagi odamlar ham suvga g‘arq bo‘ladi".

Isroiliyotda shunday xabar vorid bo‘lgan: "Bir olim kishi bid’at paydo qilib, odamlarni adashtirdi. Keyin o‘ziga kelib, tavba qildi va ancha vaqt bu amalning islohi bilan mashg‘ul bo‘ldi. Shunda Alloh taolo ularning payg‘ambariga vahiy nozil etib: "Unga ayting, bu gunohi o‘rtamizda bo‘lganida kechirardim. Lekin, bandalarimni adashtirib, jahannamga kiritgan kishini qanday kechiray?!" - dedi.

Demak, olimlarning ahvoli o‘ta xatarli. Ularning zimmasida ikki vazifa bor: gunohni tark etish va gunohni berkitish. Ularga yuklangan gunohlar ikki hissa oshgani kabi, ularga ergashganlarning yaxshiliklariga qarab, savoblari ham ikki hissa ortadi. Agar olim dunyo bilan ziynatlanish va dunyoga berilishni tark etsa, quvvat bo‘lgudek ozgina taom bilan, eski bo‘lsa ham, pok kiyim bilan qanoatlansa, olim ham, avom ham unga ergashadi. Oqibat, ularning savobicha savob topadi. Aksincha, olim dunyoga ko‘ngil bersa, avom mukkasidan ketadi. Faqat sultonlar xizmatiga bel bog‘lab. haromdan boylik to‘plagan olimgina dunyo bilan faxr etadi.

Xulosa shuki, mana shu tafsilotlar kichik gunohlarni katta gunohga aylantiradigan sabablarni bilishing uchun kifoya qiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:53:37
III bob: Tavbaning mukammal bo‘lish shartlari va uning umr oxirigacha davom etishi

Yuqorida tavbaning nadomat-pushaymondan iborat ekani va nadomatdan so‘ng azm va qasd kelishini aytib o‘tgan edik. Darhaqiqat, ilm, ya’ni gunohning mahbubdan to‘suvchi narsa ekanini bilish nadomatni keltirib chiqaradi. Ilm, nadomat va azm kabi mazkur smfatlarning har birida davomlilik va mukammallik xususiyati mavjud. Shuningdek, bu mukammallikning alomati, davomiylikning sharti bor.

Qalbning mahbubini yo‘qotgan paytdagi alami nadomatdir. Nadomatning alomati — uzun hasrat, chuqur hazinlik, to‘xtovsiz ko‘zyosh va fikr. Farzandiga yoki yaqin bir kishisiga yetgan musibatni his etgan kishi uzoq vaqtgacha bu musibat ta’siridan qutulolmaydi, tinimsiz yig‘laydi.

Endi aytingchi, kishiga o‘zidan azizroq kim bor? Olovdan ham shiddatli uqubat bormi? Gunoh jazo uchun eng munosib sabab emasmi? Alloh va Rasulidan ko‘ra rostgo‘yroq xabar beruvchi bormi?

Agar tabib bittasiga: "O’g‘ling tuzalmaydigan dardga yo‘liqqan, qazo kuni yaqin", desa, shu zahoti u cheksiz g‘amga botadi. Holbuki, farzand o‘zidan aziz emas! Tabib ham na Allohdan va na Rasulidan bilguvchiroq! Jahannam azobi esa o‘lim azobidan qattiq. Gunohlarning Alloh g‘azabiga va jahannam oloviga sabab bo‘lishi kasallikning o‘limga sabab bo‘lishidan ko‘ra aniqroq va haqiqatga yaqinroqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:55:18
Qachonki, nadomat alami kuchaysa, gunohlarga kafforat umidi ko‘payadi. Sog‘lom nadomatning alomati ko‘ngilning yumshashi, ko‘z yoshining‘ mo‘lligidir.

Xabarda keladi: "Tavba qiluvchilar bilan majlis quringlar. Chunki, ular eng ko‘igilchan kishilardir" (Ibn Abu Dunyo rivoyati). Agar qalbda gunohning halovati emas, achchig‘i hukmron ekan, gunohga maylning o‘rnini gunohni yomon ko‘rish, gunohga rag‘batning o‘rnini gunohdan qochish egallagan ekan, bu ham nadomatning alomatlaridandir.

Isroiliyyotda keladi: "Payg‘ambarlardan biri ko‘p yillar ibodatga jahd etsa ham, tavbasi qabul bo‘lmayotgan bandaning tavbasi qabul bo‘lishini so‘rab, Allohga iltijo qildi. Shunda Alloh taolo dedi: "Buyukligim va ulug’ligimga qasamki, gunohining halovati hanuz qalbidan ketmagan ekan, yeru osmon ahli unga shafoat tilasalar ham, minba’d tavbasini qabul qilmagayman".

"Gunoh inson tabiati xohlagan amal bo‘lsa, qanday qilib uning achchiqligini sezish mumkin?" deb so‘rayapsan. Bu savolingga shunday misol bilan javob beramiz: ichiga zahar qo‘shilgan asalni iste’mol qilgan kishi, dastavval zahar ta’mini sezmaydi, balki faqat asalning lazzatini tuyadi. Keyinroq o‘zini noxush his etadi. Isitmasi ko‘tarilib, o‘qchiydi. Bo‘g‘inlarda og‘riq zo‘rayib, holsizlanadi, tuklari to‘kilib, a’zolari falaj bo‘lib qoladi. Endi bitta savol: agar shu kishiga yana asal uzatishsa, garchi o‘lguday och, shirinlikka "tashna" bo‘lsa-da, asaldan o‘zini olib qochadimi yoki yo‘q? Albatta, bunday holatda uning "ichida zahari bor" degan shubha bilan asaldan qochish ehtimoli ko‘proq. Kamdan-kam holatda, ya’ni bir totib ko‘rish yoki zarurat tufayligina asalga qo‘l cho‘zishi mumkin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 05:56:32
Tavba qiluvchi ham gunohning achchiqligini xuddi shunday sezadi. Chunki u gunohning toti asaldek bo‘lsa ham, ta’siri zahardek ekanini biladi. Faqat mana shunday iymon bilangina tavba sahih va rost bo‘ladi. Bunday iymon nodir bo‘lgani uchun bunday tavba va tavba qiluvchi ham nodir, kamyobdir. Chunki, aksar tavba qiluvchilarga qarab, ularni Allohdan yuz o‘girgan, gunohlarga e’tiborsiz, gunohlardan qaytmagan holda ko‘rasiz.

Demak, mana shular nadomatning mukammal bo‘lish shartlaridir. Nadomat umr oxirigacha davom etishi, uning achchiqligi, xoh ilk bor sodir bo‘lgan, xoh takroriy bo‘lsin, barcha gunohlarda his etilishi lozim. Bamisoli, zahar qo‘shilgan asalni iste’mol qilgan kishi ichiga zahar solinganini bilgach, sovuq suvdan ham hazar qilgani kabi. Chunki. u asaldan emas, uning ichidagi zahardan zarar ko‘rgan edi. Ha, o‘g‘irlik yoki zino qiluvchiga yetadigan zarar gunohning o‘g‘irlik yoki zino deb nomlangani uchun emas. Balki bu qilmishlar Alloh taoloning amriga xilof bo‘lgani uchun ham zararlidir. Bu qarash barcha gunohlarga taalluqli.

Qasd, ya’ni "xatoimni o‘nglayman" degan maqsad, xohish ham nadomat tufayli yuzaga keladi. Makoni qalb bo‘lgan "qasd"ning zamoniy jihatidan hozir, o‘tmishi va kelajakka bog‘liqligi bor. Kim xatosini o‘nglashni maqsad qilgan ekan, shu zahoti, hoziroq gunohdan to‘xtashi va hozir, ayni payt oldida turgan farzlarni ado qilishga kirishmog‘i lozim. Banda xatoni tuzatishni diliga tukkan ekan, niyatining amalida qat’iy bo‘lsa, o‘tmish xatosi ham o‘nglanadi. Tavbani qasd etgan kishi doimo Allohning itoatida bo‘ladi, gunohini tark etish ham hayotining so‘ngigacha, davom etadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:09:50
Qilgan tavbasi sahih bo‘lishini xohlagan inson fikrini balog‘atga yetgan ilk davriga qaratmog‘i, umrini yilma-yil, oyma-oy, kunba-kun, boringki, har nafasigacha taftish etmog‘i, toatlarda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni, tavbadan uzoqlashtiruvchi gunohlarii bir-bir eslab, ibratlanmog‘n zarur. O‘tmishga bog‘liqligi jihatidan tavbaning sahih bo‘lish shartlari mana shulardir.

Deylik, o‘tmishda bir namozni tark etgan yoki namozni najas kiyimda ado qilgan yoxud niyat shartini bilmagani uchun namozni noto‘g‘ri niyat bilan o‘qiganu, lekin haligacha xatolarini tuzatmagan. Ya’ni bu namozlarni qaytadan o‘qimagan. Demak, tavbasi sahih bo‘lishi uchun u kishi bu namozlarning qazosini o‘qishi shart. Agar qaytadan o‘qilishi lozim bo‘lgan qazo namozlarining sonida adashsa, balog‘atga yetgan davridan boshlab, to xatosini aniq bilgan davrgacha bo‘lgan namozlarning qazosini o‘qiydi. Hisobda gumon qaysi tarafga ko‘proq bo‘lsa, taxmin va ijtihod yo‘li bilan shu olinadi.

Agar safarda ro‘zani qoldirgan yoki ro‘zasini atayin ochgan yo saharda niyat qilishni unutganu, haligacha bu ro‘zalarning qazosini ado qilmagan bo‘lsa, barchasini hisob-kitob qilib, taxmin va ijtihod yo‘li bilan qazo ro‘zalarini tutib beradi.

Zakot va haj ibodatlari ham shunday e’tibor bilan tekshiriladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:13:15
Gunohlarga kelsak, tavbasi sahih bo‘lishini xohlagan inson balog‘at davrining ilk kunlaridan to hozirgacha barcha a’zolari sodir etgan gunohlarini taftish bilmog‘i, so‘ngra o‘tgan barcha kunlari, soatlarini ko‘ngildan o‘tkazib, gunohlar daftarini ko‘zdan kechirmog‘i, sodir etgan katta-kichik gunohlarni bir-bir eslamog‘i, keyin bandalar haqqiga bog‘liq bo‘lmagan, Alloh va o‘zi o‘rtasidagi gunohlarga diqqat qilmog‘i vojib. Nomahramga qarash, junub holida masjidda o‘tirish, mushafni betahorat ushlash, bid’atlarga e’tiqod qilish, mast qiluvchi ichkilik ichish, musiqa tinglash va shu kabi boshqa ishlar bandalarning haqqiga bog‘lanmagan gunohlardir. Ulardan tavba qilishi nadomat va hasrat bilan, har bir gunohga muvofiq keladigan yaxshilikni yuzaga chiqarish bilan amalga oshadi. Lekin qilinadigan savob ishlar qilingan gunohlar miqdoridan kam bo‘lib qolmasin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qaerda bo‘lsang qam, Allohdan qo‘rq! Gunohning izidan uni ketkazadigan yaxshilik qil" (Termiziy rivoyati).

Alloh taolo deydi:

إِنَّ الْحَسَنَاتِ يُذْهِبْنَ السَّيِّئَاتِ

"Albatta, yaxshi amallar yomonlik — gunohlarni ketkazur" (Hud surasi, 114).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:17:02
Musiqa tinglash gunohiga Qur’onni tinglash va zikr majlislari, masjidda junub holida o‘tirish gunohiga — masjidda ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘lib, e’tikof o‘tirish savobi kafforat bo‘ladi. Mushafni betahorat ushlashga  Qur’ondan ko‘p qiroat qilish, uni o‘pib hurmatlash, vaqfga tarqatish kafforatdir. Mast qiluvchi ichimlik ichish gunohiga esa halol, pok ichimliklarni sadaqa qilish kafforat bo‘ladi.

Hamma gunohlarni sanab chiqish imkoni yo‘q. Maqsadimiz — ziddiyatdagi o‘zaro muvofiqlikni izohlash. Ma’lumki, har qanday dardga uning ziddi davo bo‘ladi. Gunoh tufayli qalbga o‘rlagan zulmatni faqatgina uning ziddi bo‘lgan nur qalbdan ketkaza oladi. Qalbda nur paydo bo‘lishiga esa, Alloh yo‘lida qilingan yaxshilik sababchi. Ziddiyat mutanosiblikdir. Shuning uchun har qanday yomonlikni yomonlik jinsidan bo‘lgan, lekin unga zid yaxshilik bilan ketkazish lozim. Zero, oq qora bilan ketkaziladi, issiq yoki sovuq bilan emas. Gunohni yuvish yo‘lidagi bu tadrij va tahqiq Alloh taoloning biz bandalarga ato etgan lutfu marhamatidir. Bu yo‘lda eng sodiq va ishonchli hamrohimiz — umid!

Demak, Alloh va bandasi o‘rtasidagi gunohning kafforatiga oid ushbu hukm har bir narsa o‘zining ziddiga kafforat bo‘lishiga dalolat qiladi. Albatta, dunyoni sevish barcha xatoning boshi, dunyoga tobe’likning qalbdagi alomati esa, dunyo uchun quvonish va butun borlig‘i bilan dunyoni xohlashdir. Shak yo‘qki, musulmonga yetadigan har bir ozor uning qalbini dunyodan bezdiradi. Qalb g‘am va qayg‘ular sabab g‘amxonadan uzoqlashadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydilar:

"Shunday gunohlar borki, faqat g‘am-qayg‘ular ularga kafforat bo‘lur" (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:19:14
Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: "Agar bandaning gunohlari ko‘p bo‘lib, ularga kafforat bo‘ladigan amali bo‘lmasa, Alloh taolo unga g‘am-qayg‘ular yuboradi va bu g‘am-qayg‘ular uning gunohlariga kafforat bo‘ladi".

Shunday savol tug‘ilishi tabiiy: "Insonlar ko‘pincha mol-dunyo, bola-chaqa, martaba uchun qayg’uradi, g’am chekadi. Lekin bunday qilish noto‘g‘ri. Bas, xato ish qanday kafforat bo‘lishi mumkin?".

Ha, o‘rinli savol. Bilgil, dunyo va undagi narsalarga muhabbat qo‘yish xato, bu muhabbatdan yuz o‘girish kafforat. Dunyo va uning matohlari bilan lazzatlanish xatoni to‘ldiruvchi sabablardan biridir.

Rivoyat qilinadi: "Jibril alayhissalom zindonga Yusuf alayhissalom oldiga kirdilar. Yusuf alayhissalom so‘radilar:

- G’amlarga cho‘kib qolgan cholning (otalari Yoqub alayhissalom) ahvoli qanday?

- Farzandi dog‘ida kuygan yuzta onaning qayg‘usi nechog‘li bo‘lsa, shuncha hasrat bilan senga qayg‘uryapti.

-  Alloh huzurida unga ajr bormi?

- Yuzta shahidning ajri bor, - deb javob berdilar Jibril alayhissalom.

Demak, g‘am-qayg‘ular ham Allohning haqlariga kafforat bo‘ladi
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:22:05
Bandalarga nisbatan qilingan zulmlarga kelsak, ularda ham Alloh taoloning haqqiga ma’siyat va jinoyat mavjud. Negaki, Alloh taolo bandalarga zulm qilishdan qaytargan. Bu zulmning Alloh taolo haqqiga taalluqli qismi — nadomat va hasrat bilan xatolarini tuzatish, kelajakda ularni takrorlamaslik, gunohning ziddi bo‘lgan savob ishlarii ko‘paytirish. Odamlarga yetkazgan ozoriga ularga qilgan ehsoni, bosqinchilik bilan olgan mollariga halol mulkidan qilgan sadaqalari kafforat bo‘ladi. G’iybat va qo‘pol so‘zlar bilan kimlarningdir obro‘sini to‘kkan bo‘lsa, bu gunohiga din ahlini maqtashi, yaqinlari, birodarlaridagi yaxshi xislatlarni oshkor qilishi kafforat bo‘ladi.

Jonga nisbatan qilingan gunohning ham o‘ziga xos kafforati bor. Agar birovni bilmasdan o‘ldirib qo‘ysa, qotil o‘z mulkidan yo yaqinlari mulkidan haqdorga, ya’ni o‘likning egasiga xun haqqini bermog‘i vojib. Shu bilan qotilning tavbasi tamomiga yetadi. Haq haqdorga yetib borishi bilan mas’uliyat zimmasidan tushadi. Agar biror jonni qasddan, qasosga sabab bo‘ladigan tarzda o‘ldirsa, qasos bilan tavba tamomiga yetadi. Lekin qatl qasddan bo‘lsa ham, qasosga yetarli asos topilmasa yoki sabablar noma’lum bo‘lgani uchun buni bilishning umuman imkoni bo‘lmasa, bu holat o‘likning egasiga bildiriladi va qotilning taqdiri uning hukmiga havola qilinadi. Xohlasa, qotilni kechiradi, xohlasa, o‘ldiradi. Ushbu holatlar so‘ngiga yetganidan keyingina mas’uliyat qotildan soqit bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:23:20
Xoh qasddan. xoh bilmasdan bo‘lsin, inson o‘limi bilan bog‘liq gunohni yashirish joiz emas. Chunki, odam o‘ldirish gunohi zino, o‘g‘irlik, yo‘lto‘sarlik, mast qiluvchi ichkilik ichish yoki Alloh taoloning jazosiga sabab bo‘luvchi boshqa gunohlardan tubdan farq qiladi. Negaki, bu gunohlardan tavba qilinganida aybni oshkor etish shart emas. Balki, bunda tavba qiluvchi kishi Alloh taoloning rahmat pardasi bilan to‘silmog‘i, turli azob va mashaqqatlar bilan o‘z nafsiga Alloh taolning jazosini joriy etmog‘i lozim. Zero, afv - Allohning haqqi. Nadomat ichra yonayotgan tavba qiluvchini Alloh taolo albatta kechiradi.

Lekin shunday bo‘lsa ham, gunohini oshkor tan olib, voliyga murojaat etgan kishiga jazo tatbiq qilinadi va Alloh taolo huzurida uning tavbasi sahih, maqbuldir. Hadisda rivoyat qilinishicha, "Mo’iz ibn Molik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib:

— Ey Allohning rasuli, zino qilib, nafsimga zulm etdim. Meni gunohdan poklang, — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni rad etdilar. Mo’iz ertasiga yana Nabiy alayhissalom huzurlariga kelib:

—Ey Allohning rasuli, zino qilib, nafsimga zulm qildim. Meni gunohdan poklab qo‘ying, — dedi.

Payg‘ambar alayhissalom ikkinchi marta ham uni rad etdilar. Uchinchi marta kelganidagina uni jazoga hukm etdilar. Zinokor uchun chuqur qazildi, keyin toshbo‘ron qilishga amr etildi. Jazodan so‘ng kimlardir: "Mo’iz gunohga botdi, oxirati kuydi", desa, kimlardir: "U haqiqiy tavba sohibidir, uning tavbasidan sodiqroq tavba yo‘q", deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

— Mo’iz shunday tavba etdiki, agar uning tavbasi butun ummatga taqsim qilinsa, tavba barchani qamrab olajak" (Muslim rivoyati).

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:25:28
"G’omida qabilasidan bitta ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib:

— Ey Allohning rasuli, gunohga botdim, meni poklang,  dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni rad qildilar. Ertasiga u ayol yana keldi va:

— Ey Allohning rasuli! Xuddi Mo’izga qilganingizdek, meni ham rad qilib, qaytarmoqchimisiz? Allohga qasamki, men homiladorman, - dedi.

— Endi bor, to tuqquningcha sabr qil, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Ma’lum muddatdan so‘ng ayolning ko‘zi yoridi. Ayol darhol chaqaloqni bir bo‘zga o‘rab, Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga shoshildi. Xabarni yetkazgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

— Bor, endi to sutdan chiqquncha uni emiz,  dedilar. Bolasi sutdan chiqqanidan so‘ng ayol uni ko‘tarib, Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga keldi. Bolaning qo‘lida bir parcha non bor edi. Ayol:

— Ey Allohning rasuli! Bolani ko‘krakdan ajratdim, mana non yeyapti, - dedi...

Bola ayolning qo‘lidan olinib. musulmonlardan birining qo‘liga topshirildi. Zoniya ayol jazoga hukm etildi. Chuqur kavlab, uni ko‘kragigacha ko‘mishdi. Keyin toshbo‘ron qilishga amr bo‘ldi. Tosh ota boshlashdi. Xolid ibn Valid otgan tosh ayolning boshiga tegib, qon sachrab ketdi. Xolid yuziga sachragan qondan jirkanib, ayolni so‘kdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolidning so‘kkanini eshitib:

— Ey Xolid, o‘zingni bos! Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, agar soliq yig‘uvchi ham mana shu ayoldek tavba qilganida edi, gunohlari kechirilar edi.

Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhumaning janozasini o‘qib, dafn qilishni buyurdilar" (Muslim rivoyati).

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:42:23
Kimki bosqinchlik yo xiyonat yoki turli aldov yo‘llari bilan to‘plangan mol-dunyoga ega bo‘lsa, balog‘atga yetgan paytidan emas, balki mol qo‘liga kirgan dastlabki kundan boshlab topganlarini taftish qiladi. Chunki, yosh bolaning molidagi haq, agar qarovchisi (valiy) berolmagan bo‘lsa, bola balog‘atga yetganidan so‘ng berishi vojib. Agar bermasa, gunohkor bo‘ladi. Negaki, sabiy (yosh bola) va bolig‘ (balog‘atga yetgan kishi) mulkiy huquqda tengdir.

Shunday ekan, har bir tavba qiluvchi hayotining ilk kunidan, to tavba kunigacha olgan hadyalaru pullarning hisobini Qiyomatdagi so‘roqdan oldin nafsidan so‘rasin, muhokamaga tortilishdan avval o‘zini muhokama qilsin. Kim bu dunyoda nafsini so‘roqqa tutmas ekan, oxiratdagi so‘rog‘i og‘ir bo‘ladi. Iymon borida xoh aniq asoslarga, xoh taxmin va ijtihodga suyanib, sendan zulm ko‘rgan kishilarni xotirla, ularning ismlarini bittama-bitta yoz, takror yoz. Agar dunyoning bir chekkasida bo‘lsa ham, ularni izlab top, ulardan qilgan zulming tufayli qoraygan yuzingni poklashlarini so‘ra, haqlarini ado qil. Bunday tavba, ayniqsa, zolimlarga va savdogarlarga mashaqqat tug‘diradi. Chunki ular qanchalik yelib-yugurmasin, topg‘anlarining borini sochmasin, o‘zlari muomala qilgan kishilarni yoki ularning vorislarini birma-bir izlab topmoqlari amri mahol. Lekin iloji boricha, shu yo‘lda harakat qilmoqlari kerak. Agar bunga ojiz bo‘lsalar, savob ishlardan to‘xtamasinlar, savoblarni ko‘p-ko‘p yig‘sinlar. Hali savoblari olinib, mazlumlarga beriladigan kunlar keladi. Demak, zulm o‘tkazgan mazlumlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, savoblar ham shunga muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Aks holda, bergani savob topolmasdan, mazlumlarning gunohini yelkasiga ortib oladi, o‘zganing gunohi bilan chohga qulaydi.

Har bir tavba qiluvchining mazlumlar haqqini qaytarishdagi yo‘li mana shudir.

Buning uchun insonning umri savob ishlarga ko‘milishi zarur, qachonki umr zulm muddati kabi uzoq bo‘lsa, albatta. Lekin umrning qanchaga cho‘zilishi noma’lum. Ajal esa kutilmaganda keladi. Bas, vaqt juda oz, savobga yeng shimarmoq kerak! Afsus, juda ko‘p vaqtimiz gunohlarga yeng shimarib o‘tdi.

Zimmaga ortilgan zulmning hukmi mana shudir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:44:34
Qo‘lida turgan molning (أَمْوَالُهُ الْحَاضِرَةُ) hukmi shuki, agar egasi aniq bo‘lsa, egasiga qaytaradi, egasi noma’lum bo‘lsa, sadaqa qiladi. Agar halol va harom aralashib ketgan bo‘lsa, haromning miqdorini ijtihod bilan ajratib, sadaqa qilishi kerak.

Odamlarni ortidan yomonlash qalblarga qilingan xiyonatdir. Kimki o‘ziga qarshi so‘zlagan odamlarning diliga tili yo biron fe’li bilan ozor yetkazgan bo‘lsa, ularning har birini izlab topib, gunohlari uchun kechirim so‘rasin. Agar mazlumlardan ba’zilari olamdan o‘tgan yoki g‘oyib bo‘lsa, nachora. Endigi ish faqat savob amallarni ko‘paytirishdir.

Qilingan gunohni gapirish va ta’riflashning o‘zi ham bir gunohdir. Undan poklanmoq zarur. Aks holda. gunohkor zulm yuki ostida qoladi. Shuning uchun gunohi kechirilishini xohlagan zolim mazlumga yumshoq muomala qilmog‘i, muhim ishlarida ko‘maklashmog‘i, unga nisbatan mehru muhabbatini zohir etmog‘i lozim, toki mazlumning ko‘ngli yumshasin, o‘zaro samimiyat uyg‘onsin.

Darhaqiqat, inson - ehsonning gadosi. Bitta yomonlik bilan qo‘rqitilgan kishi, bitta yaxshilik bilan o‘zgaradi. O’ziga ko‘rsatilayotgan muhabbat va halimlikni qalb sezgani sayin nafs kechirimli bo‘ladi. Agar shunchalik harakatdan so‘ng ham mazlumning ko‘ngli yumshamasa, qilinayotgan halimlik va uzrxohliklar poklanishni xohlayotgan zolimning savob amallariga qo‘shilishi, shu tufayli qiyomatda xatosi o‘nglanishi mumkin. Mehr-muhabbat ko‘rsatib, mazlumning qalbiga surur bag‘ishlash yo‘lidagi sa’y-harakatning miqdori unga yetkazilgan aziyatlar yo‘lidagi sa’y-harakatlar miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Negaki, qiyomatda bu ikkalasi yuzlashtiriladi, Allohning izmi bilan biri boshqasidan o‘z haqqini oladi. Deylik, bir kishi bu dunyoda birovning moliga zarar yetkazib qo‘ydi. Keyin u molning egasiga shunga o‘xshash boshqa molni keltirib berdi. Mol egasi bu molni undan qabul qilmadi. Ish hokimga arz etilgach, mol egasi xohlasa ham, xohlamasa ham olib kelingan molni qabul qilishga hukm etiladi. Hokimlar hokimi, odillar odili Allohning ham qiyomatdagi hukmi shunday.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:49:15
Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar alayhissalom dedilar: "Sizdan oldin o‘tgan ummatlar ichida to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirgan bir kishi bor edi. U yer yuzidagi eng olim kishidan o‘zining tavbasi haqida so‘ramoqni qasd etdi. Uni bitta rohibning oldiga yo‘llashdi. U rohibning oldiga borib:

- Men to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirdim, tavbam qabul bo‘ladimi? — deb so‘radi. Rohib "yo‘q", deb javob bergan edi, qotil uni ham o‘ldirib, hisobidagi o‘liklar sonini yuztaga to‘ldirdi. Keyin yana yer yuzidagi eng olim kishini unga ko‘rsatishlarini so‘radi. Bitta olim kishiga uni yo‘llashdi. Qotil u olimga uchrab:

- Men yuzta jonni o‘ldirdim, tavbam qabul bo‘ladimi? - deb so‘radi.

- Ha,  dedi olim. Tavbani kim ham to‘sa olardi. Endi falon-falon yerga bor. U yerda ulug‘ va qudratli zot — Allohga ibodat qiladigan odamlar bor. Ular bilan birga Alloh taologa ibodat qil. O’z yeringga qaytma, chunki u yomon yerdir.

Yuzta jonning hayotiga zomin bo‘lgan qotil olim aytgan tomonga yo‘l oldi. Yo‘l yarmiga yetganida, ahvoli og‘irlashib, ajali yaqinlashib qoldi. Shunda rahmat va azob farishtalari u haqda tortisha boshlashdi:

- Axir bu inson chin qalbdan Allohga yuzlanib, tavba niyatida yo‘lga chiqdiku! — der edilar rahmat farishtalari.

 - U bironta yaxshi amal qilmagan, - der edilar azob farishtalari.

Shu payt odam suratidagi bir farishta bu nizoning ustiga kelib qoldi. Darhol uni o‘zlari orasida hakam qilishdi. U shunday yechimni taklif etdi:

- Ikkala yergacha (ya’ni tavba tomon va azob tomon) bo‘lgan masofani ham o‘lchanglar. Qotil qaysi yerga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha manzilning odamidir. O’lchadilar, tavba niyatida qasd qilingan tomon azob farishtalari chorlayotgan tomondan yaqinroq ekan. Natijada, rahmat farishtalari uni olib ketdilar" (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:52:01
Demak, tavba qiluvchi yaxshi amallarni ko‘paytirsagina azobdan xalos bo‘lishi mumkin. Chunki, zarra misqol bo‘lsa ham savob amallarning mezonda og‘ir kelishi — najotning birdan-bir garovidir.

Tavbani qasd qilishning o‘tmishga bog‘liq tomoni mana shu jihatlardan iborat. Endi kelajakka bog‘liq tomoni-chi?

Gunohkor banda tavbaga azm etar ekan, kelajakda bu va shunga o‘xshash gunohni qayta takrorlamaslikka ahd qiladi. Ahd Alloh bilan bo‘lgani uchun ishonchli va mustahkam bo‘ladi. Masalan, meva-cheva dardiga dard qo‘shishini bilgan bemor, to kasali tuzalmagunicha, uni og‘ziga olmaslikka qat’iy ahd etadi. Garchi keyin istaklar g‘olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, ayni shu paytda ahdning mustahkamlik darajasi kuchli bo‘ladi. Agar o‘sha paytda ahd mustahkam bo‘lmasa, qanday qilib bu tavba tavba bo‘lsin!

Tavba yo‘lidagi kishining azmi mukammal bo‘lishi uchun avvalo, uzlat, sukut, kam yeyish va kam uxlash, halol rizq kasb etishi lozim. Kimgaki halol moldan meros qolsa yoki tirikchiligiga kifoya qiladigan kasbi bo‘lsa, shu bilan qanoatlansin. Zero, gunohlarning boshi harom yemoqdir. Halol bilan qanoatlanmaydigan, shubhali narsalarni tark etmaydigan inson taomlar va kiyimlarga bo‘lgan ochko‘zlikdan qutula oladimi?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:54:55
O’tganlardan biri aytgan ekan: "Kim chin dildan shahvatni (dunyo istaklarini) tark etib, Alloh uchun nafsi bilan yetti marta jihod etsa, shahvatga mubtalo bo‘lmaydi".

Yana biri: "Kim bir gunohdan tavba qilib, yetti yil tavbada mustahkam bo‘lsa, endi hech qachon u gunohni takrorlamaydi", degan ekan.

Tavba qiluvchi kishi agar olim bo‘lmasa, uning muhim vazifalaridan biri, kelajakda unga nima vojib va nima harom bo‘lishini o‘rganmog‘idir. Buni anglagan inson tabiatida istiqomat (ya’ni shariatda sobitlik) ruhi shakllanadi. Istiqomat mukammal bo‘lishi uchun, albatta, uzlat ixtiyor etilishi lozim. Chunki, dunyo yomonliklaridan butkul uzilmagan kishi — faqat ayrim gunohlardan, masalan, aroqdan yo zinodan yo bosqinchilikdang‘ina tavba qilgan kishiga o‘xshaydi. Bu hali haqiqiy tavba emas.

Ba’zilar: "Bunday tavba qilish sahih emas", deydi. Kimlardir uni sahih degan. "Sahih" lafzi bu o‘rinda mujmal ifodalangani uchun ikkala qarashdagilarga ham o‘z fikrimizni batafsilroq bayon qilamiz.

Agar "sahih emas" degan qarash, gunohlardan ba’zilarinigina tark etish aslo foyda bermaydi, bunday tark etishning bori bilan yo‘g‘i barobar, degan ma’nodan iborat bo‘lsa, bu katta xatodir. Chunki, gunohning ko‘p bo‘lishi azobning ko‘payishiga, gunohning ozligi azobning ozayishiga sabab bo‘ladi.

Agar "bu tavba sahih" degan qarash bilan, ayrim gunohlardangina tavba qilish ham najot va muvaffaqiyatga olib boradi, deyilmoqchi bo‘lsa, bu ham adashishdir. Chunki, oxiratdagi najot va muvaffaqiyatga barcha gunohlarni tark etish bilan erishiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:56:15
"Ayrim gunohlardangina qilingan tavba sahih emas" deyuvchilar aytsa: "Biz bu qarashimiz bilan, tavba pushaymondan iborat, demoqchi edik. Masalan, o‘g‘rilik qilganidan pushaymon bo‘lgan kishi "o‘g‘ri" degan nomni olgani uchun emas, balki gunoh ish qilgani uchun ko‘lroq nadomat chekadi. Gunoh pushaymonlikka sabab ekan, o‘g‘irlikdan pushaymon bo‘lib, zinodan pushaymon bo‘lmaslikni qanday tushunish mumkin? Axir gunoh tushunchasi o‘g‘irlikka ham, zinoga ham birdek tegishli-ku? Deylik, farzandi qilich bilan o‘ldirilganida, chuqur g‘amga botgan ota, farzandi pichoq bilan o‘ldirilganida ham shunday g‘amga botar edi. Chunki, uning qayg‘usiga qilich yo pichrq emas, balki suyukli farzandidan ajrab qolgani sabab bo‘lyapti. Shuningdek, banda ham gunoh tufayli mahbubidan ayriladi. Mahbubiga qilgan isyoni o‘g‘irlik shaklidami yo zino shaklida, buning farqi yo‘q. Uni qiynaydigan narsa — ayrmliq o‘ti. Bu o‘t esa barcha gunohlarga xos. Demak, gunoh mahbubdan ayiruvchi narsa ekanini anglash pushaymonlikni keltirib chiqaradi. Bir gunoh uchun pushaymon bo‘lib, boshqasi uchun pushaymon bo‘lmaslik aqlga sig‘maydigan hodisa. Agar bunday pushaymonlik joiz bo‘lganida edi, musallasga to‘la ikkita xumning birinchisidan ichib qo‘yilsa, tavba zarur, ikkinchi xumdan ichilsa, tavba zarur emas, deb hukm chiqarish mumkin bo‘lar edi. Bu esa muhol ish.

Negaki, ikkala xumdagi suyuqlikning ham sifati bir, ya’ni mast qiluvchidir. Mast qiluvchi narsa shar’an harom hisoblanadi. Xumlarga kelsak, ular faqat idish, haromlik sifatini idish belgilamaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:57:47
Shuningdek, gunohlarning shakllari turlicha bo‘lgani bilan, Allohning amriga xiloflik jihatidan ular bittadir. Demak, "ayrim gunohlardangina qilingan tavba sahih emas", deyishimizning ma’nosi bunday: "Alloh taolo tavba qiluvchilarga martaba va’da qilgan. Bu martabaga faqat nadomat bilan erishiladi. Shunday ekan, ba’zi gunohlarga pushaymon bo‘lib, ba’zilariga pushaymon bo‘lmaslik holatini tasavvur qilish qiyin. Ha, nadomat iyjob (berdim) va qabul (oldim) lafzlaridan kelib chiquvchi mulk kabidir. Dachonki, iyjob va qabul shartlashuvi tamomiga yetmasa, shartnoma sahih bo‘lmaydi. Ya’ni undan samara chiqmaydi".

Bizningcha, ba’zi gunohlardan tavba qilish quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:

— faqat katta gunohlardan tavba qilish;

— faqat kichik gunohlardan tavba qilish;

— katta gunohning bittasidan tavba qilib, boshqasidan tavba qilmaslik.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 06:58:49
Faqat katta gunohlardan tavba qilish mumkin bo‘lgan ish. Chunki, banda Allohning nafrati va g‘azabiga duchor etuvchi gunohning Alloh nazdidagi dahshatini biladi. Kichik gunohlarning esa kechirilishi oson. Bundan kelib chiqadiki, faqat katta gunohdan tavba qilib, unga pushaymon bo‘lish muhol emas. Masalan, bir kishi podshohning yaqinlaridan biriga nisbatan gunoh ish qilsa va unga tegishli chorva hayvoniga nisbatan ham gunoh ish qilsa, podshohning yaqiniga qilgan jinoyat uni ko‘proq xavfga soladi, hayvonga qilgan jinoyat uning oldida arzimas bo‘lib ko‘rinadi. Gunoh qanchalik katta bo‘lsa va Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi deb e’tiqod qilinsa, pushaymonlik ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Bu shariatda mavjud, kuzatilgan hodisadir. Tarixga nazar solinsa, qancha tavba qiluvchilar o‘tgan, ulardan birortasi ham ma’sum bo‘lmagan. Negaki, tavba insondan begunohlikni talab qilmaydi. Masalan, tabib ba’zan bemorni asal va shakar yeyishdan jiddiy qaytaradi. Uning asalnga man’ etishi o‘ta qat’iy va keskin bo‘lgani holda, shakardan qaytarishi, "uni iste’mol qilsang ham bo‘laveradi", degan ma’noga yaqin bo‘ladi. Bemor tabibning bu ogohlantirishi bilan asaldan tiyiladi, lekin shakardan emas. Agar istaklar g‘olib kelib, bemor asalni ham, shakarni ham iste’mol qilib qo‘ysa, u shakar emas, asal yeb qo‘ygani uchun pushaymon bo‘ladi.

Katta gunohlarning ba’zisi ba’zisidan shiddatli va og‘irroq deb e’tiqod qilingani uchun ularning ayrimlaridangina tavba etish holati ham uchraydi. Bamisoli, odam o‘ldirishdan, o‘g‘rilikdan, kishilarga zulm qilishdan tavba qilgani kabi. Alloh bilan bandasi o‘rtasidagi haqning adosi og‘ir bo‘lishini bilgani uchun ham u bu gunohlarni farqlaydi. Shuning uchun ba’zan bandalarning haqlariga taalluqli bo‘lmagan ayrim katta gunohlardan tavba qiladi. Masalan, zino qilaveradi, lekin mast qiluvchi ichkilik ichmaydi.

Chunki, ichkilik barcha gunohlarning kaliti ekani unga ma’lum. Agar ichsa, aqli ketib, turli-tuman gunohlarga yo‘l ochilishini yaxshi biladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:00:33
Kichik gunohlardan tavba qilib, katta gunohlardan tiyilmagai kishilar ham bo‘ladi. Masalan, g‘iybatdan, nomahramga qarashdan tavba qiladi-yu, aroq ichishdan to‘xtamaydi. Nega shunday?

Biror mo‘min yo‘qki, qilgan gunohlari oqibatidan qo‘rqmasa yoxud qilmishidan ozmi-ko‘pmi nadomat chekmasa. Lekin nafsning gunohdan lazzatlanishi qalbning gunoh xavfida alam chekishidan kuchliroq bo‘ladi. Chunki, gunohdan qo‘rqish tuyg‘usi jaholat va g‘aflat tufayli zaiflashib, dunyo istaklari (shahvat) kuchayadi. To‘g‘ri, unda qaysidir darajada pushaymonlik bor, lekin azmni harakatlantiradigan darajada emas. Dunyo istaklari qanchalik kuchli bo‘lmasin, agar banda ulardan uzoqlasha olsa, qalbidagi xavf shahvatni yengadi va gunohdan qaytishga majbur etadi.

Ba’zan fosiq kishi ichkilikka butkul berilib, ichkmliksiz turolmaydigan holga keladi. Uning Allohdan qo‘rqinchi past darajada bo‘lib, zaif istaklargagina hukmini o‘tkaza oladi. Qo‘rqinchning bitta nimjon askari kuchli istaklarni qanday mag‘lub qila olsin? Qo‘rqinch qo‘shinga aylansagina, ochko‘z istaklarg‘a bas kelishi mumkin. Ana shunda inson tavbaga azm etadi, gunohdan qaytadi. Hatto mana shu holatda ham o‘sha fosiq inson o‘ziga o‘zi deydi: "Shayton shahvatga mayl uyg‘otish yo‘li bilan meni ba’zi gunohlarga majburlagan bo‘lsa ham, jilovnm butkul unga berib qo‘ymadim, hayo pardasining ko‘tarilishidan saqlandim. Ba’zi gunohlar tufayli u bilan kurashyapman, shoyad g‘olib bo‘lsam. Nahotki, bu harakatlarim qaysidir gunohimga kafforat bo‘lmasa?"
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:02:51
"Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas, bu tasavvurdan tashqari hodisa" degan o‘yga borsangiz, u holda fosiqning namoz o‘qishi va ro‘za tutishi ham tasavvurga sig‘maydigan hodisa bo‘lib chiqadi va unga shunday deyishingiz lozim bo‘ladi: "Agar namozing Allohdan o‘zgasi uchun bo‘lsa, durust emas. Agar Alloh uchun bo‘lsa, fisqni ham Alloh uchun tark et! Chunki, bu xususda Allohning amri bitta fisq-fujur bilan Allohdan uzoqlashayotgan bir paytingda namoz bilan Allohga yaqinlashishni xohlamog‘ingni qanday tushunish mumkin?"

Bunday deyishimiz qiyin. Negaki, fosiqning ushbu so‘zlari bunga imkon bermaydi: "Allohning ikkita amri mening zimmamda. Ikkala amrga ham xilof yo‘l tutganim uchun menga ikkita jazo bor. Holbuki, ba’zida shaytondan g‘olib keldim, ba’zida ojiz qoldim. Qodir bo‘lganimda shaytonni yengdim. Albatta, bu kurashim shahvat g‘olib kelib, undan ojiz qolgan paytimda, sodir etgan ba’zi gunohlarga kafforat bo‘ladi".

Fosiqning bunday demasligiga kim kafolat beradi? Axir har bir musulmonning holi shu emasmi? Birorta musulmon yo‘qki, toat va ma’siyatni o‘zida jamlamagan bo‘lsa. Mana sabab qaerda! Buni fahmlagan inson shahvatdan g‘olib kelgan qo‘rqinchning ta’siri ba’zida ayrim gunohlardagina ko‘rinishi mumkinligini tushunadi. Sodir bo‘lib o‘tgan bir fe’lning oqibatidan qo‘rqish nadomatni keltirib chiqaradi, nadomat esa azmga sabab bo‘ladi. "Nadomat tavbadir", deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Ammo nadomat uchun barcha gunohlarning to‘planishi shart qilinmadi: "Gunohdan tavba qiluvchi kishi gunohi yo‘q kishi kabidir".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:04:03
E’tibor bering: "barcha gunohlardan tavba qiluvchi" deyilmayapti, balki "gunohdan tavba qiluvchi" deb, "gunoh" lafzi birlikda qo‘llanyapti.

Mana shu ma’nolar yordamida "gunohlarning ba’zisidangina tavba qilish mumkin emas, negaki ular dunyoni istash (shahvat) va Alloh taoloning g‘azabiga duchor bo‘lish jihatidan o‘xshashdir", degan qarashning noto‘g‘riligi ayon bo‘ladi. Ha, kimdir aroq ichishdan tavba etib, musallas ichishdan tiyilmasligi mumkin. Har holda u gunohning ozini qilib, ko‘pidan tavba qilyapti. Chunki, gunohning ko‘p bo‘lishi azobning ko‘payishiga sababdir. U ojizligi darajasida istaklariga bo‘ysunadi. Aksincha, Alloh taolo uchun ba’zi istaklaridan voz kechadi ham. Bamisoli, tabib tomonidan meva-chevalarni yeyishdan ogohlantirilgan bemor kabi. U ba’zan mevadan oz-oz totadi, ammo undan yeyishni ko‘paytirmaydi.

Demak, aynan o‘xshash ikkita gunohning bittasidan tavba qilib, ikkinchisidan tavba qilmaslik mumkin. Tavba qilmngan gunoh yo shiddatda, yo shahvatga maylda tavba qilinmagan gunohdan farqlanadi. Qachon tavba qiluvchining e’tiqodida mana shu tafovut hosil bo‘lsa, uning qo‘rqinchi va nadomatidagi farqni tasavvur etish mumkin. Keyin gunoh tarkidagi farqlar ham oydinlashadi. Gunohga nadomat chekishi, nadomatiga sodiq qolishi gunohni tark etish uchun qiliigan azmiga bog‘liq. Mana shulardan so‘nggina u gunoh qilmagan kishilar safiga qo‘shiladi, garchi Allohning barcha buyruq va qaytariqlariga itoat qilmagan bo‘lsa ham.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:14:26
"Zinoga ojiz bo‘lib qolgan odam, ojiz bo‘lishidan ilgari sodir etgan gunohidan tavba qilsa, tavbasi durust bo‘ladimi?" degan savolingga: "Yo‘q, durust bo‘lmaydi", deb javob beramiz. Chunki, tavba pushaymonlikdan iborat. Pushaymonlik gunohni tark etishga rag‘bat uyg‘otadigan azmni paydo qiladi. "Gunohni tark etish" deganimizda, gunohni qilishga qodir bo‘lmay qolish natijasidagi tarkni emas, balki gunoh ishga qodir bo‘la turib, uni tark etishni nazarda tutyapmiz.

Balki kimdir zinoga qodir bo‘lmay qolganidan so‘ng, daf’atan butun qalbri bilan zinoning zararini to‘la anglab, nafsida zinoga qarshi cheksiz nafrat tuyishi mumkin. Bu o‘t, bu hasrat, bu nadomat shu darajaga yetadiki, shu tobda u kishida shahvat istagi uyg‘onsa edi, nadomat alangasi uni kuydirib kul qilardi. Umid qilamiz, kechikib bo‘lsa ham qilingan bu pushaymon gunohga kafforat bo‘ladi, yomonlikni o‘chiradi. Bamisoli, jinsiy zaif bo‘lib qolishdan oldinroq tavba qilib, keyin o‘lib qolgan kishi shubhasiz tavba qiluvchilar jumlasidan hisoblangani kabi. Garchi shahvatga undovchi, shahvatga imkon beruvchi holat unga yuzlanmagan bo‘lsa ham. Uning tavba qiluvchilar jumlasidan bo‘lishining sababi shuki, nadomati yuksak darajaga yetdi, shu maqomda uning maqsadi yomonlikdan yaxshilik tomon burildi.

Demak, jinsiy zaiflashib qolgan kishi ham ilgari sodir etgan gunohi — zinodan qattiq pushaymonga botib, tavbasi maqbul bo‘ladigan darajaga yetishi mumkin. Chunki, kishi nimanidir xohlasa, ozgina xavf yordamida o‘zini o‘sha narsani tark qilishga qodir deb biladi. Holbuki, Alloh taolo uning qalbini. uning kanchalik nadomat chekayotganini bilguvchi Zotdir. Ehtimol, Alloh uning tavbasini qabul qilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:21:14
Bu ma’nolarni anglash gunohning zulmat ekanini anglashga borib taqaladi. Ikki narsa gunoh zulmatini qalbdan ketkazadi: nadomat o‘ti va kurash shiddati (ya’ni kelajakda gunohni takrorlamaslik bilan nafsga qarshi kurashni kuchaytirish). Shahvat yo‘qolishi bilan kurash to‘xtaydi. Albatta, agar nadomat kuchaysa, kurashning ishtirokisiz, nadomatning o‘zi ham gunoh zulmatini yo‘q qilishi mumkin, bu muhol emas. Aks holda: "Agar tavba qiluvchi tavbadan so‘ng ozgina muddat yashab, shu muddat ichida tavbaga sabab bo‘lgan gunoh xususida nafsi bilan bir necha marta tortishmas ekan, tavbasi qabul emas", degan bo‘lar edik. Lekin shariat tavbada bunday shartga dalolat qilmaydi.

Faraz qilaylik, ikkita tavba qiluvchidan birining nafsi gunohga mayl qilishdan to‘xtadi. Ikkinchining nafsida esa, bu mayl hali o‘lgani yo‘q, lekin nafs egasi unga qarshi kurashyapti, imkon darajasidan uning yo‘lini to‘sishga harakat qilyapti. Bu tavba qiluvchilardan qay biri afzal?

Bilgilkim, bu masalada olimlar ixtilofga borishgan. Ahmad ibn Abu Havoriy va Abu Sulaymon Doroniyning ashobi deydi: "Nafsiga qarshi kurashyotgan tavba qiluvchi afzaldir. Chunki, unda tavba bilan birga nafsga qarshi jihod fazilati ham bor".

Basralik olimlar: "Avvalgi tavba qiluvchi afzaldir. Chunki, u sustlik qilayotgan bo‘lsa ham, gunohdan to‘xtadi. Narigisi esa nafsiga qarshi kurashayotgan bo‘lsa-da, hali gunohdan to‘xtamadi. Shuning uchun avvalgi kishining tavbasi keyingisinikidan sog‘lomroq va haqqa yaqinroqdir", -  deydilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:24:35
Darvoqe’, bu ikkala qarash ham to‘g‘ri, shu bilan birga, qusurdan ham holi emas. Nafsi gunohga mayl qilishdan to‘xtagan kishida ikkita holat mavjud. Birinchisi, shahvat istagining tabiiy so‘nishi, u faqat shuning uchun gunohga mayl qilishdan to‘xtadi. Bunday tavba qiluvchidan nafsi bilan kurashayotgan gunohkor afzal. Har holda u o‘zining kurashi bilan qaysidir darajada gunohdan uzoqlashyapti. Shu bilan dinining shahvat istaklaridan ustunligini ko‘rsatyapti. Mana shuning o‘zi unda yaqin (Allohni aniq, shubhasiz tanish) va dinning quvvatlanayotganiga qat’iy dalildir. Dinning quvvati deganda, shaytonlar ta’sirida uyg‘onuvchi shahvatni yo‘q qiladigan, yaqin ishorati bilan zohir bo‘ladigan iroda quvvatini nazarda tutyapmiz. Mana shu quvvatlar tufayli kurash sodir bo‘ladi.

"Bir oz sustroq esa-da, gunohdan to‘xtagan kishining tavbasi salomatroqdir", degan qarash ham to‘g‘ri. Lekin bu o‘rinda "afzal" lafzining qo‘llanishi noto‘g‘ri. Buni so‘zlovchining shunday so‘zlariga o‘xshatish mumkin: "Jimo’ga qodir bo‘lmagan kishi jimo’ga qudrati zo‘r erkakdan afzaldir. Chunki jimo’ga qodir bo‘lmagan kishi shahvat xataridan omon bo‘ladi. Shuningdek, yosh bola balog‘atga yetgan kishidan afzal, chunki go‘dak gunohdan pok. Qashshoq kishi dushmaniga shafqatsiz, qahri qattiq podshohdan afzal. Negaki, qashshoqning dushmani yo‘q. Podshohning esa dushmani ko‘p. U, ko‘pincha, dushmanlaridan g‘olib kelsa-da, ba’zan mag‘lub bo‘ladi".

Ha, bu so‘zlar qalbi toza kishining so‘zlaridir. Lekin bu qarash narsalarning zohirinigina ko‘radi. Azizlik yo‘li xatarlardan iboratligini, ulug‘likning sharti g‘ururni o‘ldirish ekanini anglamaydi. Ularning aytganini, bamisoli, so‘zlovchining ushbu so‘zlariga ham o‘xshatish mumkin: "Oti va iti yo‘q ovchi ov ovlash va martaba darajasiga ko‘ra oti va iti bor ovchidan afzaldir. Chunki, oti bo‘lmasa, otdan yiqilib, a’zolari shikast topishidan, iti bo‘lmasa, iti ustiga tashlanib, g‘ajib tashlashi xavfidan omon bo‘ladi". Bu noto‘g‘ridir. Negaki, oti va iti bor ovchi uddaburon, hayvonlarni tarbiyalash ilmini to‘la egallagan bo‘lsa, u ovlash saodatiga eng munosib, martabasi ulug‘ ovchidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:29:58
Nafsi gunohga mayl qilishdan to‘xtagan kishidagi ikkinchi holat shunday bo‘lishi mumkin. Qalbida Allohni aniq va shubhasiz tanish tuyg‘usi kuchaygani uchun va ilgariroq nafs bilan bo‘lgan kurashdagi samimiylik tufayli unda gunohga mayl yo‘qoladi, shahvat hayajoni bosiladi, hatto u shariat odobi bilan xulqlana boshlaydi. Endi u shahvat bilan emas, din bilan to‘lqinlanib, din bilan sokinlashadigan daryoga aylanadi. Darhaqiqat, bu kishi martabada shahvatni so‘ndirish, uning hayajonini bosish uchun zahmat chekayotgan kurashchidan yuqoridir. Nafs bilan jihod etmsh maqsadini to‘la anglamagan odamgina "bu kishida jihod fazilati yo‘q", deyishi mumkin. Nafsga qarshi jihoddan murod — dushmanning yovuzligini so‘ndirish, toki u sizni shahvat tomon tortmasin. U sizni shahvat tomon tortolmas ekan, demak, u din yo‘lida davom etishingizga ham to‘sqinlik qilolmaydi. Dushmanni yengsangiz, murod hosil bo‘ladi. Butun jang davomida g‘alaba talabida bo‘lib, nihoyat zafar quchdingiz. Buning misoli, jihodda oldingm saflarda turib, qanday salomat qolishini bilmayotgan kishi bilan dushmanni yengib, asir olgan kishining misoliga o‘xshaydi. Yoki bu holatni majozan shunday tasvirlash ham mumkin: iti va otining tarbiyasi bilan endi shug‘ullanishni boshlagan, hali o‘rgatish mashaqqatlarini tortayotgan kishi qayda-yu, kuchli e’tibor va qattiq tarbiyadan so‘ng qopog‘onligini tashlab, ovchilikka o‘rgangan itidan, sarkashligini tark etib, yuvosh bo‘lib qolgan otidan mamnun holda dam olayotgan kishi qayda?!

Ba’zilar mana shu nuqtada adashib, nafs bilan jihod qilishni eng so‘nggi maqsad deb gumon etdilar. Jihod faqat yo‘ldagi to‘siqlardan xalos bo‘lish uchungina kerakligini anglamadilar. Kimlardir, maqsad — shahvatlarini so‘ndirish va ularni butunlay yo‘q qishishdir, degan o‘yga borib, hatto ba’zilari buni o‘zlarida sinab ko‘rishdi. Lekin ojizlik qildilar, bu ishning imkonsiz ekanini tan oldilar. Koshki shu yerda to‘xtasalar edi, yo‘q, ular shariatni yolg‘onga chiqarib, (barcha ishga ruxsat) yo‘lini tutdilar, behayolarcha shahvatga oshkora ergashdilar.

Tabiiy, bularning barchasi jaholat va adashish edi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:31:34
Shunday savol tug‘ilishi mumkin: "Gunohni unutib, u haqida umuman fikr qilmagan tavba qiluvchi bo’lgan gunohini ko‘zi oldida tutib, u odatda doimiy tafakkur qilayotgan va nadomat o‘tida yonayotgan tavba qiluvchidan qay biri afzal?"

Bilgil, bu xususda ham turlicha qarashlar mavjud. Ba’zilar deydi: "Tavbaning mohiyati gunohni ko‘z oldida tutishdir".

Kimdir aytadi: "Tavbaning mohiyati gunohni unutishdir" Bizningcha, bu ikkala qarashda ham jon bor. Faqat u ikkita holat bilan belgilanadi.

Mutasavvuflarning so‘zi doimo cheklangan bo‘ladi. Chunki, ular faqat o‘z holidan xabardor, o‘zganing holi ularni qiziqtirmaydi. Holatlar har xil bo‘lg‘ani uchun javoblar ham har xil bo‘ladi. Bu esa himmat, iroda va ulug‘likka nisbatan nuqsondir. Mazkur sifatlar sohibining nazari o‘z nafsi doirasida cheklangan, o‘zidan o‘zganing ishi uni qiziqtirmaydi. Chunki, uning Allohga olib boradigan yo‘li — nafsi, yo‘ldagi manzillar uning holatlaridir.

Ba’zan bandaning Allohga olib boradigan yo‘li ilmdan iborat bo‘ladi. Alloh taologa olib boruvchi yo‘llar ko‘p, lekin ular yaqinlik va uzoqlik jihatidan farqlanadi. Xulosa shuki, kimning yo‘li hidoyatliroq ekanini Alloh bilguvchiroqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:32:32
Bizningcha, qilgan gunohini eslab, iztirob chekmoq tavbaga ilk qadamlarni qo‘ygan kishining kamolotidan nishonadir. Agar u gunohini unutganida, yuragi kuymas edi. Yuragi kuymasa, poklanmas edi. Chunki, gunohni unutish hazinlikni va gunohga yana qaytish yo‘lini to‘sadigan xavfni qalbdan chiqaradi. Gunohni unutish g‘ofilga nisbatan kamol deb bilinsa, haq yo‘ldagi solikka nisbatan nuqsondir. Negaki bu haq yo‘ldan qaytaruvchi mashg‘ulot bo‘lib, solikning vazifasi haq yo‘ldan og‘maslik, o‘z sulukidan chalg‘imaslikdir. Qachonki, solikda o‘zini anglash kurtaklari ko‘rina boshlar ekan, qalbi ma’rifat nurlariga to‘ladi, ruhi ilohiy fayzga butkul g‘arq bo‘ladi, o‘tgan holatlarga qarash uchun unda vaqt qolmaydi. Mana shu ayni komillikdir.

Qaysidir o‘lkaga otlangan musofirning yo‘lini daryo to‘sib qo‘ydi. Sal ilgariroq daryoning suvi toshib, ko‘prik xarob bo‘lgan edi. Musofir ancha vaqtini boy berib, ko‘p urinishlardan so‘ng daryodan kechib o‘tdi. Tasavvur qiling, u daryoning narigi betiga o‘tganidan keyin yo‘lida davom etmasdan, sohilda o‘tirib olib, ko‘prikning buzilgani uchun afsus chekib, tinimsiz yig‘layversa, uning bu holati bitta to‘siqdan qutulib, ikkinchi to‘siqqa tutilish emasmi?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:34:19
Agar kech tushib qolgan bo‘lsa yoki yo‘lda shunga o‘xshash yana boshqa daryolar ham uchrab, ulardan kechib o‘tish xavfli bo‘lgani uchun yurishni davom ettirishning iloji bo‘lmasa, bunday sharoitda tuni bilan yig‘lab, ko‘prikning buzilganiga qayg‘ursa, arziydi. Albatta, uning qayg‘usi qancha zo‘r bo‘lsa, mashaqqatlarni yengishga bo‘lgan azmi ham shuncha mustahkam bo‘ladi. Nafsi bu azmga "labbay" deb javob berar ekan, haqiqatan ham u endi bunday mashaqqatlarga zinxor yo‘lamaydi.

Ha, yo‘lda davom etish, ko‘prikning xarob bo‘lganini eslab, tinimsiz yig‘layverishdan avloroqdir. Yo‘lni tanigan, maqsadni bilgan, to‘siqni sezgan va suluk tariqidan xabardor kishigina buni anglaydi.

Bizningcha, tavba davomiyligining sharti oxirat ne’matlari xususida ko‘p fikr qilishdir. Ana shunda ularga rag‘bat kuchli bo‘ladi. Lekin tavbaga endi qadam qo‘yayotgan o‘smir yigit oxirat ne’matlari haqida o‘ylar ekan, fikri hurlar, qasrlar kabi bu dunyoda o‘xshashi bor narsalarga mashg‘ul bo‘lib qolmasligi lozim. Chunki, bunday o‘ylar uning rag‘batini qo‘zg‘aydi. Natijada u hozir qo‘lga kirishi mumkin narsalarni xohlaydi, kelajakdagi ne’matlarga rozi bo‘lmaydi. Shuning uchun u faqat bu dunyoda tengi yo‘q saodat  Alloh diydorining lazzati haqida tafakkur etsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:35:09
Ba’zan gunohni eslash ham shahvatga ishtiyoq qo‘zg‘aydi. Ko‘pincha endi tavba yo‘liga qadam qo‘ygan kishi bundan zarar ko‘radi. Balki, mazkur holatda unga eng afzali gunohni unutmoqdir.

To‘g‘ri, tariximizda Dovud alayhissalomning yig‘iyu fig‘onlari hikoya qilingan o‘rinlar ko‘p. Lekin ular biz keltirgan haqiqatni tasdiqlashingizga to‘sqinlik qilmaydi. Albatta, ba’zan payg‘ambarlar so‘z va fe’llarida ummati bilan baravar darajaga tushadilar. Chunki ular ummatga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun yuborilgan. Payg‘ambarlar zimmasida ummatga manfaat bo‘ladigan ishlarda bevosita aralashish majburiyati ham bor, garchi bu ishlar ularni yuksak maqomdan tushirsa ham.

Shunday shayxlar borki, qachon ular muridiga bir riyozatni buyursalar, o‘zlari bu maktabni o‘tgan bo‘lsalar-da, muridi bilan birga o‘sha ishga sho‘ng‘iydilar, shu yo‘l bilan muridiga qulaylik tug‘diradilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:37:24
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

"Men unutmayman. Lekin (nimanidir) unutsam, bu ham shariatdir" (Molik rivoyati).

Buning hech ajablanadigan joyi yo‘q. Chunki, bolalar otalarining shafqat quchog‘ida bo‘lganidek, ummat ham Payg‘ambarning shafqat quchog‘idadir. Xuddi chorva hayvonlari cho‘ponlar yetovida bo‘lganidek.

Yosh bolasini gapirtirishni xohlagan otaning bola darajasiga tushib, qanday gapirayotganini ko‘rmaysanmi?! Xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam novarasi Hasanga: "Qax, qax"("Tashla, mumkin emas", ma’nosida), deganlari kabi.

O’shanda Hasan sadaqa qilingan xurmodan bittasini olib, og‘ziga solgan edi. Nahotki, o‘sha payt fasohat va balog‘atda tengsiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Bu xurmoni tashla, u harom", deyishiga fasohatlari yetmagan bo‘lsa?! Yo‘q, Allohning payg‘ambari bolaning bunday gaplarni tushunmasligini bilardilar. Shuning uchun fasohatni tark etib, bola darajasiga tushib, bolaga bola tilida uqtirdilar.

Bu nozikliklardan ogoh bo‘l! Chunki, ular nafaqat g‘ofillarning, balki oriflarning ham qadamini toydiradi.

Alloh taolo bizga lutfu karami bilan chiroyli tavfiq ato etsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:41:44
Tavbaning davomiyligiga ko‘ra bandalarning toifalarga bo‘linishi

Bilgilki, tavba qiluvchilar to‘rt tabaqaga bo‘linadi.

Birinchi tabaqa: Bu tabaqadagilar gunohdan tavba qilib, umrining oxirigacha tavbasida mustahkam turadi. Shu yo‘l bilan o‘tgan xatolarini o‘nglab, qayta ularni takrorlamaslikka nafsini iqror etadi. Tavbada mustaqim turish degani mana shudir. Bu martabaga yetgan kishi savob ishlarga peshqadam bo‘ladi, yomonliklarini yaxshilikka o‘zgartirib boradi. Mazkur tavbaning nomi  "at-tavbatun nasuh"dir. Nasuh tavbaga yo‘g‘rilgan sokin nafs esa "an-nafsul mutmainna" (xotirjam nafs) deyiladi. Xotirjam nafs Alloh ato etgan ne’matlardan rozi bo‘lgan va Alloh ham uning amallaridan rozi bo‘lgan holda Rabbiga qaytadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari shunday zotlarga ishoradir: Yosh bolalarni ogohlantirish uchun qo‘llanadigan tanpidiy so‘z.

"Alloh taoloning zikri bilan mast bo‘lgan bandalar zikr tufayli gunoh yuklaridan xalos bo‘ladilar va qiyomatda (qushday) yengil bo‘lib turadilar" (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:43:43
Shahvatga mayli jihatidan bu tabaqa ham martabalarga bo‘linadi. Shunday tavba qiluvchilar borki, ulardagi ma’rifat quvvati shahvatlarni jilovlab turadi. Jilovlangan istaklar esa solikni yo‘ldan chalg‘itolmaydi. Yana shunday tavba qiluvchilar bor, doimo nafsi bilan kurashadi. Lekin nafs ham ulardan bo‘sh kelmaydi, o‘zaro nizo to‘xtamaydi.

Ko‘pligi yo ozligiga, muddati va navlarining har xilligiga qarab, nizoning darajalari farqlanadi. Kimdir tavba qilgani hamono vafot etadi. Havasga arzigulik tavba. Chunki, tavba zaiflashishidan ilgari uning egasi o‘lim topdi. Natijada tavba salomat qoldi.

Kimdir uzoq umr ko‘radi. Nafsiga qarshi kurashi va sabri ham shunga yarasha uzun, tavbadagi istiqomati davomli, yaxshiliklari ko‘p bo‘ladi. Bu eng afzal holatdir. negaki, yaxshilikning ko‘p bo‘lishi yomoilikni ketkazish imkonining ko‘p bo‘lishi demakdir. Hatto ayrim olimlar deydi: "Ichidan toshib chiqayotgan kuchli istak vositasida o‘n barobar ko‘proq gunoh qilishga qodir bo‘laturib, bitta gunoh bilan kifoyalangan osiyning gunohi kechiriladi, qachonki, Allohdan qo‘rqib, istagini so‘ndirsa va sabr qllsa". Lekin, ta’siri nechog‘li ulug‘ bo‘lmasin, bunday shart qo‘yish  ehtimoldan uzoq narsa. Chunki, iymoni zaif kishi bu yo‘lda tez adashadi, shahvatlarga erk beradi, gunoh sodir etguncha shoshiladi. Keyin esa gunohdan qaytishni xohlab qoladi. Lekin uning shahvat jilovini qo‘ldan chiqarmasliga kafolat yo‘q. Agar shunday bo‘lsa, u gunohga yuzlanadi, tavba noqis bo‘ladi.

Tavba to‘liq bo‘lishining yo‘li, avvalo, gunohga qulaylik tug‘diruvchi sabablardan qochishdir. Toki, bu sabablarning inson nafsi tomon borishi to‘silsin. Ana shunda bu inson shahvatlarini so‘ndirishga qodir bo‘ladi va boshidanoq tavbaning sihati ta’minlanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:48:59
Ikkinchi tabaqa: Bu tabaqadagi tavba qiluvchi ibodatning asoslarini mahkam ushlab, tavbada mustaqim turadi, katta gunohlarni tark etadi. Albatta, u gunohlardan batamom holi emas. Gohida o‘zi bilmagani holda, ha, atayin yo qasddan emas, sharoit oqimiga tushib, gunohlarga mubtalo bo‘ladi. Ammo gunohga botgan zahoti nafsini malomat qiladi, afsus-nadomat chekib, endi gunoh sabablaridan saqlanishga kayta azm etadi. Bu — "an-nafsul lavvoma", ya’ni malomat qiluvchi nafs deb ataladi. Egasi tufayli ayanch hollarga tushgan bu nafs egasiga ulkan malomatlar yog‘diradi.

Ikkinchi tabaqa avvlgisidan quyiroq tursa-da, darajasi baland, aksar tavba qiluvchilar shu tabaqaga mansub. Chunki, odamzod loyiga gunoh qo‘shib qorilgan, undan butunlay xalos bo‘lishning iloji yo‘q. Inson harakatining eng cho‘qqisi yaxshiligi yomonligidan g‘olib kelishi, natijada, torozuning savoblar pallasi og‘ir bosishidir. Ularga Alloh taoloning go‘zal va’dasi bor:

الَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الإثْمِ وَالْفَوَاحِشَ إِلا اللَّمَمَ إِنَّ رَبَّكَ وَاسِعُ الْمَغْفِرَةِ

"Ular kichik xatolardan emas, katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir" (Najm surasi, 32).

Sodir etilgan har qanday kichik gunohni takrorlashga odatlanilmas ekan, u kechirilishga munosib. Alloh taolo deydi:

وَالَّذِينَ إِذَا فَعَلُوا فَاحِشَةً أَوْ ظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ ذَكَرُوا اللَّهَ فَاسْتَغْفَرُوا لِذُنُوبِهِمْ

"Ular qachon bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini so‘raydigan zotlardir" (Oli Imron surasi, 135). O'zlariga zulm qilsalar-da, Alloh ularni maqtayapti. Chunki ular qilmishidan pushaymon, nafsi malomatda.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 07:50:55
Hazrati Alining Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilgan shunday so‘zlari bor:

"Sizlarning yaxshilaringiz gunoh sodir etib, so‘ng ko‘p tavba qiluvchilaringizdir" (Bayhaqiy rivoyati).

Boshqa xabarda keladi:

"Mo‘min boshoq kabi goh tik bo‘ladi, goh egiladi" (Abu Ya’lo va Ibn Hibbon rivoyati).

Demak, kichik gunoh yuqorida aytilganlarga binoan bo‘lsa, tavbani buzmaydi, tavba qiluvchi bu gunohi bilan doimiy gunoh qiluvchilar safiga qo‘shilib ham qolmaydi. Buni inkor qilgan kishini no‘noq bir tabibga yoki chalaroq faqihga o‘xshatish mumkin. Agar tabib: "Meva-chevalarni va issiq taomlarni davomli va uzluksiz emas, balki o‘qtin-o‘qtin iste’mol qilayotganing uchun, garchi sog‘lom bo‘lsang-da, sog‘ligingni yo‘qotasan", deb unda noumidlik uyg‘otsa, bu tabibning nuqsonidir. Shuningdek, garsni takrorlash va daftar hoshiyasiga muhim qoidalarni yozib qo‘yishga yalqovlik qilayotgani tufayli "bundan faqih chiqmaydi", degan hukm bilan shogirdini noumid etish ham faqihning kamchiligidir. Aslida, haqiqiy faqih ba’zan uchraydigan dangasalik va xatolar tufayli xalqni saodatlar darajotidan noumid etmaydi.

Payg‘ambar alayhissalom deydilar: "Odam farzandlarining barchasi xatolarni ko‘p qilguvchidir. Xato qiluvchilarning yaxshisi tavba qiluvchilar va gunohlarining afv etilishini so‘rovchilardir" (Termiziy rivoyati).

Alloh taolo aytadi:

أُولَئِكَ يُؤْتَوْنَ أَجْرَهُمْ مَرَّتَيْنِ بِمَا صَبَرُوا وَيَدْرَءُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ

"Ana o‘sha zotlarga sabr qilganlari sababli ajr-mukofotlari qayta-qayta ato etilur. Ular yaxshilik bilan yomonlikni daf qilur..." (Qasas surasi, 54).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:01:38
Uchinchi tabaqa: Bu tabaqadagi kishi tavba qiladi, biron muddat tavbasiga sodiq qoladi. Keyin shahvatlar g‘olib kelib, istaklarga taslim bo‘ladi. Ba’zi gunohlarni sodir etadi. Lekin shu bilan birga u toatlarga beriladi, qilishni xohlab, qilishga qodir bo‘la turib, ayrim gunohlarni tark etadi. Ha, u bir yoki ikki istakka taslim bo‘lgan. Lekin Alloh taolo agar qudrat bersa, u bu istaklarni to‘la mag‘lub etishni, shu bilan ularning yomonligidan saqlanishni juda istaydi. Istagi amalga oshib, orzusi poyoniga yetgan zahoti u pushaymon bo‘lib deydi: "Koshki bu gunohni qilmasam edi. Endi tavba qilaman. Gunohga yetaklaydigan bu istakni mag‘lub etish uchun nafsim bilan kurashaman!" Lekin u nafsining vasvasasiga uchadi, tavbani iloji boricha orqaga suradi, kundan kunga kechiktiradi. Bu nafs  "an-nafsul musavvila", ya’ni tilanuvchi nafs deyiladi. U haqda Alloh taolo aytadi:

وَآخَرُونَ اعْتَرَفُوا بِذُنُوبِهِمْ خَلَطُوا عَمَلا صَالِحًا وَآخَرَ سَيِّئًا

"Yana boshqa bir kishilar borki, gunohlarini e’tirof qilurlar. Ular yaxshi amalni boshqa — yomoniga aralashtirib yuborganlar" (Tavba surasi, 102).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:02:12
Toki ibodatda davom etib, gunohlaridan nadomat chekar ekan, bu toifaning taqdiri umidlidir. Alloh taolo ularning tavbasini qabul qilsa, ajabmas. Agar tavbani orqaga surib, kechiktirsalar, buning oqibati xatarli. Tavba qilmasdan burun vafot etib qolsalar, ishi Yaratuvchining xohishiga havola. Alloh o‘z fazli bilan ularning xatolarini o‘nglab, afv etsa, peshqadamlar safiga qo‘shiladilar. Mabodo, badbaxtligi g‘olib kelib, shahvatga bo‘yin egsalar, so‘nggi nafaslari taqdiri azaliyda bitilgan baxtiqarolik bilan nihoyalanish xavfi bor. Zero, faqihlik talabida bo‘lgan kishi ta’lim mashg‘ulotlaridan o‘zini qanchalik chetga tortsa, uning bu harakati taqdiri azaliyda unga johillik bitilganiga dalolat qiladi. Tokp holat shu tarzda davom etar ekan, bu "faqih"dan nima umid qilish mumkin? Aksincha, unda fiqh tahsiliga mayl kuchli bo‘lsa va butun vaktmni shunga sarflayotgan ekan. mana shu sabab uning olimlar jumlasidan bo‘lishi azalda bitib qo‘yilganiga dalolatdir.

Shuningdek, oxirat saodati va oxiratdagi darajalarning savob va gunoh amallarga bog‘liqligi ham taqdir hukmi bilan bo‘ladi. Xuddi, dard va sihat yeguliklar bilan oziklanish va dorilarni qabul qilishga bog‘liq bo‘lgani yoki fiqhda munosib darajaga erishmoq tanballikni tark etib, davomli ravishda ilmini chuqurlashtirishga bog‘liq bo‘lgani kabi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:07:32
Raislik, qozilik, ilmda peshqadamlik martabasiga uzoq vaqt fiqhni o‘rganmasdan, uning butun sir-sinoatini o‘zlashtirib olmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Shuningdek, gunohlar tarkini ko‘paytirmasdan va uzoq poklanishlarsiz oxirat mulkiga, uning ne’matlariga va butun olamlar Rabbiga yaqinlik hosil qilishga erishib bo‘lmaydi. Pokiza bo‘lgan salim qalbgina bu martabaga yetadi. Butun olamlar Rabbining ilohiy tadbiri ila hukmi azaliyda shunday bitilgan.

Alloh taolo aytadi:

وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّاهَا (٧)فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا (٨)قَدْ أَفْلَحَ مَنْ زَكَّاهَا (٩)وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسَّاهَا

"Jonga va uni raso qilib yaratib, unga fisq-fujurni ham, taqvosini ham ilhom qilib — o‘rgatib qo‘ygan Zotga qasamki, darhaqiqat uni (nafsini) poklagan kishi najot topdi. Va u (jonni fisq-fujur bilan) ko‘mib xorlagan kimsa nomurod bo‘ldi" (Shams surasi, 7-10).

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:09:56
Qachonki, banda gunoh qilib, gunohini naqd, tavbani nasiya etar ekan, bu xorlik alomatidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

"Banda yetmish yil jannat ahlining amalini qilganidan so‘ng odamlar unga, bu kishi jannat ahlidan bo‘ldi, deyishadi, u bilan jannat orasida bor-yo‘qi bir qarichgina masofa qoladi. Ammo hukmi azaliyda bitilgani bo‘ladi. U do‘zax ahlining amalini qiladi va to‘g‘ri jahannamga kiradi" (Muttafaqun alayh).

Demak, tavbadan oldingi so‘nggi nafas, ya’ni tavbaga ulgurmay jon taslim qilish naqadar xavfli! Har olingan nafas o‘zidan oldingisiga nisbatan so‘nggi nafasdir.

Qaydan bilasiz, balki mana shu olayotgan nafasingiz so‘nggida sizni o‘lim kutayotgandir. Bas, har olgan nafasga ogoh bo‘ling, aks holda, halokatga yo‘liqasiz, hasrat foyda bermaydigan lahzalarda hasratda qolasiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:11:50
To‘rtinchi tabaqa: Bu tabaqadagi kishi tavba qiladi, bir oz muddat tavbada mustaqim turadi, so‘ngra yana gunohlarga sho‘ng‘iydi. Qilmishlariga afsus chekmaydi, tavbani xayoliga ham keltirmaydi, g‘ofillarcha shahvatlar ketidan chopadi. Bu kishi gunohda qat’iy turadigan, gunohdan qaytmaydiganlar jumlasidandir. Shuning uchun uning nafsi "an-nafsul ammoratu bissu’i", ya’ni yomonlikka buyuruvchi nafs deyiladi. Yomonlikka bugoruvchi nafs yaxshilikdan qochadi. Yaxshilkdan qochgan nafsning esa, yomon xotima topish xavfi bor. Agar taqdirda yomonlik yozilgan bo‘lsa, so‘ngsiz xorlikka yo‘liqadi. Agar oxiri yaxshilik bilan tugab, tavhidda jon taslim qilsa, sal keyinroq bo‘lsa-da, do‘zaxdan xalos bo‘lishi kutiladi. Albatta, u Allohning o‘ziga ayon sirlar sababli umumiy afv kamrovidagi kishilar jumlasidan bo‘lib qolishi ham muhol emas. Bamisoli, bir inson xazina topish uchun xarobaga kirib, xazina egasiga aylangani kabi yoki omi bir kimsaning payg‘ambarlarga o‘xshab, hech kishidan ta’lim olmasdan, uyda o‘tirgan holida olim bo‘lib qolishi kabi.

Shuningdek, ibodatlar vositasida Allohdan mag‘firat tilash tinimsiz harakat va takrorlash vositasida ilm talab qilishga, tijorat va dengiz safarlari orqali mol-dunyo izlashga o‘xshaydi. Amallari qusurli bo‘lgani uchun yolg‘iz umidning o‘zi bilangina magfirat tilash  xarobadan ganj qidirgan kabi yoki farishtalar ta’limi orqali ilm hosil qilishni istagan kabidir. Koshki, jiddu jahd etgan har bir kishi ilm hosil qilsa. Koshki, tijorat qilgan har bir kishi boyib ketsa. Koshki edi, ro‘zasini tutib, namozini o‘qigan har bir kishi mag‘firat qilinsa. Ha, ko‘pchilik bu saodatdan mahrum, faqat olimlar mustasno. Yo‘q, olimlar ham bu saodatdan mahrum, faqat ilmiga amal qiluvchilar mustasno. Yo‘q, ilmiga amal qiluvchilar ham bu saodatdan mahrumdirlar, faqat muxlislar mustasno. Lekin ixlos egalariga ham ulkan xatarlar yuzlangan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:14:09
Gunohlardan qaytmaydigan, toati qusurli, mag‘firat yo‘lining yo‘lchisi bo‘lmagan bir kishining Alloh taoloning fazlidan mag‘firat kutishi, ahli qalb nazdida, bema’nilik, balki ahmoqlikdir. Ajabo, bu ahmoqning "aqli raso"ligini qarangki, shunday go‘zal iboralar bilan o‘z hamoqatini "ko‘z-ko‘z" qiladi: "Alloh sahovati keng zotdir! Jannati men kabilarni ham sig‘diradi. Gunohimdan unga zarar yetmaydi", deydi.

Keyin uning oltin-kumush talabida dunyo dengizlari osha suzayotganini ko‘rasan. Bu yo‘lda u qanchalik mashaqqat bo‘lsa ham chidaydi, xavf-xatarlar unga pisand emas. Shunda unga: "Darhaqiqat, Alloh sahovatli zot, oltin-kumushlar esa, uning xazinasi. Bu xazina oldida sening faqirliging nima degan gap! Shunday ekan, tijoratingni tark etib, ozshna yalqovlik qilsang, nima bo‘pti?! Alloh o‘zing o‘ylamagan tomondan seni rizqlantirishini kutib, uyingda maza qilib yotmaysanmi?" desang, seni jinniga chiqarib, masxara qiladi: "Bu qanday ahmoqlik! Axir, oltin-kumush osmondan yog‘maydiku! Unga kasd qilib erishiladi. Alloh taolo shunday taqdir qilgan. Shu taqdir bilan qonunini joriy etadi. Allohning qonuni o‘zgarmasdir", deydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:20:43
Dunyoga aldangan bu kas oxiratning ham, dunyoning ham parvardigori yagona Alloh ekanini, Uning qonuni oxirat uchun ham, dunyo uchun ham bir xil va uni o‘zgartirib bo‘lmasligini qaydan bilsin?!

وَأَنْ لَيْسَ لِلإنْسَانِ إِلا مَا سَعَى

"Inson uchun faqat o‘zi qilgan harakatigina bo‘lur" (Najm surasi, 39).

Shunday ekan, nega u "Allohning sahovati faqat oxiratga daxldor, bu dunyoga emas", deb e’tiqod qiladi? Nahotki, sahovat ma’nosi kasb etib, mol topishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslikni taqozo etadiyu, muhim mulk, doimiy ne’mat uchun harakat qilishda sustkashroq bo‘lishni targ‘ib qiladi? Nahotki: "Oxirat uchun jiddu jahd etma, uni Alloh shundayicha beradi. Ammo dunyo uchun tirish, o‘lib tiril, faqat shundagina u qo‘lga kiradi!" deyish sahovatning hukmi bo‘lsa?!

Yo‘q, bu odam Allohning mana bu so‘zlarini unutyapti:

وَفِي السَّمَاءِ رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ

"Osmonda esa sizlarning rizqu ro‘zlaringiz va sizlarga va’da qilinayotgan narsa bordir" (Zoriyot surasi, 22).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:22:25
Bunday ko‘rlik va zalolatdan Alloh asrasin! Bunday o‘ylash yuz-tuban yiqilish, jaholat zulmatlarida adashishdan boshqa narsa emas. Ularning haqiqiy ahvoli Allohning ushbu so‘zlarida mujassam:

وَلَوْ تَرَى إِذِ الْمُجْرِمُونَ نَاكِسُو رُءُوسِهِمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ رَبَّنَا أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَارْجِعْنَا نَعْمَلْ صَالِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ

"Agar siz u jinoyatchi kimsalarni Parvardigori huzurida boshlari egik holda turib: Parvardigoro, (va’dang rost ekanini) ko‘rdik va eshitdik, bas bizlarni (hayotga) qaytargin, yaxshi amal qilaylik(deyishlarini) ko‘rsangiz edi" (Sajda surasi, 12). Lekin buning iloji yo‘q. Endi ularga so‘ngsiz azob bo‘lajak.

Alloh bizni jaholatdan, yomon xotimaga eltuvchi shak-shubhadan saqlasin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:23:53
Tavba qiluvchi nimalarga shoshilmog‘i lozim?

Bilgil, oldin eslatganimizdek, kichik yo katta gunohni atayin yoki bilmasdan sodir etgan kishiga tavba qilish, nadomat chekish va gunohning ziddi — savob ish bilan gunohini yuvish vojib. Agar shahvati g‘olib kelib, gunohni tark etishga nafsida azm uyg‘onmasa, ikkita vojibning bittasini bajarishdan ojizlik qilgan bo‘ladi. Lekin u: "Bitta vojibni bajarmadim, keyingisini qilganimdan nima foyda!" degap badgumon bilan ikkinchi vojib  yaxshilik bilan yomonlikni ketkazish amalini ham tark etmasligi zarur. Shunda u faqat yomon amallar emas, har holda, yaxshi va yomon amali aralashgan kishilar jumlasidan bo‘ladi.

Yaxshiliklarning gunohlarga kafforat bo‘lishi yo qalb, yo til, yo a’zolar orqali amalga oshadi. Qilinadigan savob amal sodir etilgan gunohning o‘rnida va uning sabablariga bog‘liq bo‘lmog‘i lozim.

Alloh taologa tazarru qilib, mag‘firat va afv tilash qalb gunohiga kafforatdir. Kochoq quldek zalil ahvolga tushgan banda o‘zgalarga seziladigan darajada nafsini xor tutadi, kibrni tark etadi. Axir, o‘zi gunohi naqd bo‘ynida bo‘lgan qochoq qul bo‘lsayu, qanday kilib unda o‘zgalarga kibr bo‘lsin! Shuningdek, gunohini anglagan kishida takabburlik ne qilsin? Endi u musulmonlarga yomonlikni emas, yaxshilikni sog‘inadi, ibodatga bel bog‘laydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:26:01
"Rabbim, o‘zimga zarar etdim, gunoh qildim, gunohlarimni mag‘firat et", deb zulmini tan olish tilning gunohiga kafforat bo‘ladi. Bu xususda duolar va zikrlar kitobida ko‘p xabarlar vorid bo‘lgan.

Toat va ibodatlarni ko‘paytirish, Alloh yo‘lida sadaqalar qilish a’zolarining gunohiga kafforatdir. Xabarlarning dalolat qilishicha, kimki bir gunoh qilib, gunohining izidan ushbu sakkiz amalni davomli ado etsa, gunohi afv etilishiga umid bor. Bu amallarning avvalgi to‘rttasi qalbga daxldor:

— tavbaga azm qilish;

— gunohdan uzoqlashishni yaxshi ko‘rish;

— gunohning oqibatidan qo‘rqish;

— gunohi mag‘firat qilinishidan umidvor bo‘lish.

Qolgan to‘rttasi a’zolar amali:

— gunohdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish;

— yetmish marta "astag‘firulloh" deb Allohdan mag‘firat tilash va "SubhanAllohil azim va bihamdihi" deyish;
— sadaqa qilish;

— bir kun ro‘za tutish.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:30:15
Bu xususda yana shunday xabarlar ham vorid bo‘lgan:

Tahorat olish va masjidga kirib, ikki rakat namoz o‘qish (Abu Bakr Siddiqdan "Sunan" sohiblari rivoyat qilishgan).

To‘rt rakat namoz o‘qish (Ibn Abbos roziyallohu anhudan Bayhaqiy rivoyat qilgan).

"Agar bir gunoh qilsangiz, unga kafforat bo‘ladigan bitta yaxshilik qiling. Maxfiy gunohga maxfiy yaxshilik, oshkora gunohga oshkora yaxshilik kafforat bo‘ladi" (Muoz ibn Jabaldan Bayhaqiy rivoyat qilgan).

Sahih xabarda kelishicha, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dedi:

— Men bir xotinga ilakishib, u bilan zinodan bo‘lak barcha ishni qildim. Menga Allohning hukmini joriy eting, ey Rasulalloh. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

— Biz bilan bomdod namozini o‘qidingmi?  dedilar.

— Ha.

— Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:31:58
Bundan kelib chiqadiki, to ish zinogacha bormas ekan, bu ishlardan so‘nggi namoz kichik gunohlarga kafforatdir. Payg‘ambarimizning so‘zlariga ko‘ra, besh vaqt namoz namozlar orasida sodir bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir.

Xullas, bandasi barcha holatlarda har kuni o‘ziga hisob bermog‘i, yomonliklarni jamlab, ularni yaxshiliklar vositasida yo‘qotishga harakat qilmog‘i lozim.

Shunday savol tug‘ilishi mumkin: "Gunohdar qaytmagan kishining istig‘foridan foyda bormi? Axir xabarda kelgan: "Gunohda bardavom bo‘laturib, gunohning kechirulishini so‘rashi, bamisoli, Allohning oyatlaaridan istehzo qilishga o‘hshaydi" (Ibn Abu Dunyo rivoyati).

Olimlardan biri aytgan ekan: "Astag‘firulloh, degan so‘zim uchun Allohga istig‘for aytaman".

Yana aytiladi: "Til bilan istig‘for aytish kazzoblarning tavbasidir".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:36:48
Robia al-Adaviya shunday deydi: "Biz aytgan istig‘forning o‘zi ko‘p istig‘forga muhtojdir..."

Bu savolga shunday javob beramiz. Bilgil, istig‘forning afzali to‘g‘risida haddan ziyod xabarlar vorid bo‘lgan. Bu haqda "Zikrlar va duolar kitobi"da batafsil to‘xtalgan edik. Alloh taolo Qur’onda istig‘forni va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hozir bo‘lishlarini bir maqomda qo‘yib zikr etadi:

وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنْتَ فِيهِمْ وَمَا كَانَ اللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

"Modomiki, siz ularniig orasida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emas" (Anfol, 33).

Ba’zi sahobalar aytishardi: "Biz uchun ikkita omonlik bor edi. Biri — Alloh rasulining oramizda bo‘lishi. Bu omonlik ketdi. Lekin ikkinchi omonlik — istig‘for biz bilan birgadir. Agar u ham ketsa, halok bo‘lamiz" (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:38:45
Bizningcha, "kazzoblar tavbasi" deb atalgan istig‘for qalbning ishtirokisiz, faqat til bilan aytilgan istig‘fordir. Bamisoli, inson odatiy tarzda; g‘aflat bilan "astag‘firulloh" degani kabi yoki do‘zax eslanganida, qalb dahshatdan titrab, larzaga tushgani uchun emas, shuggchaki til uchida "na’uzu billahi minha" (Alloh bizni undan saqlasin) degani kabi. Faqat tilning harakatidan foyda yo‘q. Ammo bu harakatga Allohga yuzlangan qalbning tazarrusi, samimiy xohish, holis niyat va rag‘bat, mag‘firatni yolvorib so‘rash ham qo‘shilsa, ana shunda bu amal gunohni ketkazishga salohiyatli bo‘ladi.

Binobarin, istig‘forning fazli haqida vorid bo‘lgan xabarlarni istig‘forning mana shu turidan deb bilmoq lozim.

Tavba va istig‘forning darajalari bor. Agar yuksak darajalariga yetishga qodir bo‘lmasang, har holda, avvalgi darajalari ham foydadan holi emas.

Shuning uchun Sahl Tustariy deydi: "Har qanday holatda bandasiga Mavlosi kerak. Bandaning eng go‘zal holati har bir ishda Mavlosiga qaytmakdir. Agar banda isyon qilsa: "Yo Rabbim, o‘zing ayb-gunohimni yop, odamlar oldida sharmanda bo‘lishdan saqla", deydi. Gunohdan so‘ng: "Ey Rabbim, tavbamni maqbul ayla", deydi. Tavba qilgach, aytadi: "Ey Rabbim, meni gunohdan holi et!" Amalga o‘tgach esa: "Yo Rabbim, amalimni qabul ayla", deydi".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:41:17
Gunohlarga kafforat bo‘ladigan istig‘for haqida so‘ralganida, Tustariy dedi: "Istig‘forning avvali istijobat (ijro), keyin inobat (afv tilab yolvormoq), keyin tavbadir. Istijobat - a’zolar amali. Inobat - qalb amali. Tavba Mavloga yuzlanmakdir. Mavloga yuzlanmak xalqni tark etish bilan bo‘ladi. So‘ngra ichidagi qusurlar uchun, ne’matni bilmagani va shukrni tark etgani uchun Allohdan mag‘firat tilaydi. Mag‘firat qilinadi, Mavlosi huzuridan joy oladi. So‘ngra tanholikka ko‘chadi. Tanholikdan sabotga, sabotdan bayonga, bayondan fikrga, fikrdan ma’rifatga, ma’rifatdan munojotga, munojotdan musofatga (o‘zaro samimiyat), musofatdan muvolatga (do‘stlik), muvolatdan sirlashuvga o‘tadi. Sirlashuv esa, muhabbatdir. Bu sifatlar bandaning qalbida mustahkam o‘rnashishi uchun mlm uning ozig‘i, zikr quvvati, rizo zahirasi, tavakkul yo‘ldoshi bo‘lmog‘i lozim. Shunda u bandaga Allohning nazari tushadi, Alloh uni Arshga ko‘taradi. Natijada uning maqomi arshni ko‘tarib turuvchilar maqomi bilan barobar bo‘ladi".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Tavba qiluvchi Allohning habibidir", degan so‘zlari xususida Tustariydan so‘ralganida, u:

التَّائِبُونَ الْعَابِدُونَ الْحَامِدُونَ السَّائِحُونَ الرَّاكِعُونَ السَّاجِدُونَ الآمِرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَالنَّاهُونَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَالْحَافِظُونَ لِحُدُودِ اللَّهِ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ

 "("Ular —) tavba qiluvchilar (Allohning o‘ziga) ibodat qiluvchilar, shukr qiluvchilar, ro‘za tutuvchilar, ruku’-sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to‘xtatguvchilar va Alloh belgilab qo‘ygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qiluvchi (mo‘minlar)dir" (Tavba surasi, 112) oyatini o‘qib, degan edi: "Kimki Alloh taoloning ushbu oyatida zikr qilingan sifatlarga ega bo‘lsa, u habibdir". Yana deydi: "Habib habibi yomon ko‘rgan narsadan uzoqlashadigan kishidir".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:43:13
Tavbada ikkita samara bor.

Birinchisi, tavbaning gunohlarga kafforat bo‘lishidir. Hatto tavba qiluvchi kafforat yo‘li bilan gunohdan to‘la poklanishi mumkin. Ikkinchi samara tavba qiluvchining yuksak martabalariga erishuvidir. Hatto u tavba bilan habib maqomiga yetishi mumkin.

Kafforat ham bir necha darajalarga bo‘linib, ba’zisi gunohni to‘la o‘chiradi, ba’zisi uni qisman yengillatadi. Kafforatlardagi tafovut esa, tavba darajalariga qarab farqlanadi.

Mushohada ahli va qalb egalari Alloh taoloning ushbu so‘zini shak-shubhasiz anglaydilar:

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ

"Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolchalik yaxshilik qilsa, (Kiyomat kunida) o‘shani ko‘rur!" (Zalzala surasi, 7).

Darhaqiqat, zarra misqolicha bo‘lsa ham, yaxshilikdan iz qoladi, xuddi pallaga tushgan bir dona arpa ham tarozuga ta’sir qilgani kabi. Agar tarozudagi birinchi arpa tosh bosmaganida edi, xuddi shu hajmdagi ikkinchi arpa ham tarozuga ta’sir qilmagan bo‘lardi va pallaga qanchalik ko‘p arpa yuklanmasin, o‘lchov o‘zgarmay, bir xilda turaverardi. Lekin bunday bo‘lishi muhol. Bil’aks, zarracha yaxshilik bilan tarozuning savoblar pallasi og‘ir bosadi, yomonliklar qo‘yilgan pallasi yengil kelib, ko‘tariladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:48:42
Shunday ekan, ibodat zarra miqdor bo‘lsa ham, uni kichik sanama! Shuningdek, gunohning zarralari gunoh emas, deya qaytadan gunohga botma! Nodon bir xotin ip yigirishga erinib, shunday so‘zlar bilan o‘zini oqlagan ekan: "Bir soatda atigi bitta ip yigirdim. Bu ip nima bo‘lardi, yarimta ko‘ylakka ham yetmaydi?"

E voh! Bu xotin shu darajada nodonki, dunyo kiyimlari bitta-bitta ipdan jamlanib to‘qilishini, olam jismlari qanchalik ulkan bo‘lmasin. Zarra-zarradan yig‘ilishini anglamaydi...

Demak, qalbdagi tazarru va istigfor aslo zoe’ bo‘lmaydigan mulk, Alloh huzuridagi yaxshilikdir. Qalbdagi bu mulkni, bu ilohiy ne’matni til zohir qilsa, ne baxt! Ammo, yuqorida aytilganidek, qalb tazarru va istig‘fordan g‘ofil qolib, yolvorish va istig‘for faqat tilda bo‘lsa, bu ishdan natija kam, albatta. Lekin, bizningcha, ayrim hollarda til istig‘fori ham savobdan holi emas. Deylik, bir musulmonni g‘iybat qilib yoki o‘zaro behuda gap sotib o‘tirgandan ko‘ra, tilning istig‘for bilan mashg‘ul bo‘lishi a’loroq emasmi?
Mayli, o‘sha payt qalb g‘aflatda bo‘lsin, lekin til g‘iybatda emas, istig‘forda-ku! Hatto istig‘forsiz sukutdan qalbning ishtirokisiz, faqat til bilan bo‘lsa ham, istig‘for aytmoq afzaldir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:51:45
Shayx Abu Usmon Mag‘ribiydan shogirdi so‘radi: "Nega ba’zan qalbim g‘ofil bo‘la turib, tilim zikr va Qur’onga shoshadi?" Shunda shayx muridiga: "Allohga shukr et, a’zolaringdan birini — tilingni yaxshilikka buribdi, tilingni behuda so‘zlardan tiyib, zikrni uning odati qilibdi", degan ekan.

Darhaqiqat, a’zolar savob ishlarga odatlansa, bu odat uning tabiatiga singib, shu tabiat bilan jumla gunohlarni daf qilish mumkin bo‘ladi. Tili istig‘forga o‘rgangan odam, yolg‘onni eshitgan zahoti: "Astag‘firulloh", deydi. Ortiqcha so‘zlashga odatlangan kishi esa xuddi shunday vaziyatda: "Odam ham shunchalik ahmoq bo‘ladimi, g‘irt yolg‘on gapiryapsan-ku!" deb boshlaydi so‘zini. Kimning tili Ollohdan panoh so‘rashga odatlangan bo‘lsa, yomonlik sabablari ko‘rina boshlashi bilan: "Na’uzu billah" (Allohdan panoh tilayman), deydi. Behuda, ortiqcha so‘zlarga o‘rgangan til esa: "Unga Allohning la’nati bo‘lsin", deb ikki so‘zining bittasida gunohga botadi.

إِنَّ اللَّهَ لا يُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ

"Zotan, Alloh yaxshilik qiluvchilarning amallarini zoe’ qilmas" (Tavba surasi, 120).

إِنَّ اللَّهَ لا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ وَإِنْ تَكُ حَسَنَةً يُضَاعِفْهَا وَيُؤْتِ مِنْ لَدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًا

"Shubhasiz, Alloh birovga zarracha zulm qilmas. Agar zarracha yaxshilik bo‘lsa, uni bir pecha barobar qilur va o‘z huzuridan ulug‘ ajr ato qilur" (Niso surasi, 40).

E’tibor ber: bitta yaxshilikka bir necha barobar savob.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:54:09
Qalb g‘aflatda bo‘lsa ham, til istig‘forni odat etsa, shu odat tufayli g‘iybat, la’nat, behuda so‘z kabi gunohlardan saqlanish mumkin. Bu dunyoda ozgina amal qilib, bir necha barobar savob olishning ma’nosi mana shudir. Oxiratda amalning bir necha barobar qilinishi esa shunday:

كَذَلِكَ الْعَذَابُ وَلَعَذَابُ الآخِرَةِ أَكْبَرُ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ

"Agar bilsalar, oxirat azobi shak-shubhasiz yanada kattaroqdir" (Qalam surasi, 33).

Toatga ofat deb qaramoqdan saqlan. Bunday qarash seni ibodatdan sovutadi. Ibodatdan sovish shaytonning tuzog‘iga ilinish, shaytonning hiylasiga aldanishdir. Bu tuzoqqa mag‘rurlar ilinadi. Ular o‘zlarni basirat sohibi, sir-sanoatdan xabardor fatonat ahlidan deb bilishadi. Istig‘forga o‘rgangan tilga istehzo bilan: "Qalb g‘aflatda ekan, tinimsiz istig‘for aytgandan ne foyda", deyishadi.

Bunday hiylaga munosabat jihatidan xalq uch qismga bo‘linadi:

— nafsiga zulm qilganlar;

— muqtasidlar (o‘rtacha, me’yorida harakat qilganlar);

— yaxshi ishlarga peshqadam bo‘lganlar.

Yaxshiliklarda peshqadam kishi deydi: "Ey mal’un shayton! Sen to‘g‘ri gapirding. Lekin bu haq so‘zing bilan haqsizlikni iroda qilyapsan. Hechqisi yo‘q, men seni ikki karra azoblayman, burningni yerga ishqalayman: tilnim harakatiga qalb harakatini ham qo‘shaman, tilu dilim bilan istig‘for aytaman". Bu kishi shaytonning yarasiga tuz sepib davolayotgan odamga o‘xshaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:55:03
Nafsiga zulm qilgan mag‘rur kishiga kelsak, u o‘zini qalbga xos nozik jihatlarni ilg‘aydigan zakiy sanab, manmansiraydi. Natijada uning qalbida xolisllik yo‘qoladi, tili zikrni tark etadi. Bu qilmishlari bilan shaytonga yordam beradi, g‘urur arqoniga osilib, tuban ketadi. Shu bilan shayton va u kishining orasida to‘la sheriklik hosil bo‘ladi.

Muqtasid (o‘rtacha) kishi tilning harakatiga qalbni sherik qilishga qodir emas. U til harakati qalb harakatiga nisbatan zaif ekanini sezadi. Tili aytayotgan istig‘forga qalbini sherik qilishni istaydi. Shu yo‘lda kamolga yetish ilinjida hali qalbi uyg‘oq bo‘lmasa ham, tili istig‘forga mashg‘ul bo‘ladi. Chunki u zikrsiz sukutdan, behuda suhbatlardan tilning istig‘for aytishi afzalligini anglaydi. Shuning uchun muqtasid kishining tili doimo istig‘forda. U xayrli amallarni qilishda tili va qalbi birdek ishtirok etishini Allohdan so‘raydi.

Yaxshilikda peshqadam kishini shunday tikuvchiga o‘xshatish mumkin: u tikishidan ayb topib, tikuvchilikni tashlagan va yozuvchi bo‘lgan. Nafsiga zulm qiluvchi zolim esa, bamisoli, tikuvchilikni butunlay yig‘ishtirib, farroshlikni tanlagan kishi kabidir. Muqtasid kishi, bamisoli yozishga qodir bo‘lmagan kishidir. U deydi: "Men tikuvchilikning yetakchi kasblardan biri ekanini inkor etmayman. To‘g‘ri, tikuvchilik yozuvchilikka nisbatan mavqeda past, lekin farroshlikdan yuqoridir. Men yozishga qodir emasman, shuning uchun tikuvchilik bilan mashg‘ulman".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 27 Avgust 2008, 08:56:30
Robia al-Adaviya degan edi: "Biz aytgam istig‘forning o‘zi ko‘o‘p istig‘forga muhtoj". Bu o‘rinda til istig‘fori emas, qalb g‘aflati mazammat qilinyapti. Ya’ni u tilning harakati uchun emas, qalbning g‘aflati uchun istig‘for aytishga muhtoj. Mayli, qalb g‘aflatda ekap, agar til bilan ham istig‘for aytmasa, ikkita istig‘forga muhtoj bo‘lib qoladi.

Bundan kelib chiqadiki, avvalo, nima mazammat qilinyotganini, nima maqtalayotganini anglab olmoq zarur. Aks holda, g‘oyat topib aytilgan ushbu so‘zning ma’nosini anglashda qiynalasan. Abror kishilarning savob amallari muqarrab kishilar uchun gunoh sanaladi. Negaki, bu ishlarning sobitligi kimgadir nisbatan olinadi. Shuning uchun toat yoki ma’siyatni garchi zarradek bo‘lsa ham, haqir sanamaslik lozim.

Ja’far Sodiq deydi: "Alloh taolo uchta narsani uchta narsa ichiga yashirdi:

1) roziligini toatning ichiga yashirdi. Shunday ekan, ibodatlardan birortasini arzimas deb qaramaslik lozim. Balki, Allohning roziligi siz arzimas deb qarayotgan o‘sha ibodatdadir;

 2) g‘azabini gunohlar ichiga yashirdi. Shuning uchun, qandayligidan qat’iy nazar, gunohni kichik deb bilmaslik kerak. Balki, Allohning g‘azabi aynan o‘sha siz kichik sanayotgan gunohda yashirindir;

 3) do‘stligini (valoyatini) bandalar ichra yashirdi. Ollohning bandasini haqir ko‘rma. Balki, sen tahqirlayotgan banda Allohning do‘sti  valiyullohdir".
Ja’far Sodiq bu so‘zlariga yana qo‘shimcha qildi: "Alloh taolo ijobatni duoga yashirdi. Bas, duoni tark etmanglar! Balki, ijobat siz tark etgan duodadir".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 06:23:38
IV bob: Tavbaning shifobaxshligi va gunohdan tiyilmaslik dardining muolaja yo’li

Bilgilki, odamlar ikki qismga bo‘linadi: Birinchisi, yoshlik beboshliklaridan holi, yomonlikdan uzoq bo‘lib, yaxshilikda voyaga yetgan yigit. U haqda Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam: "Yoshlik beboshliklardan holi bo‘lib voyaga yetgan yigitga Rabbingiz ham hayratlanadi" (Ahmad va Tabaroniy rivoyati).

Bu juda nodir holat.

Ikkinchisi, gunoh amallardan holi bo‘lmagan kishilar. Bular gunohdan qaytmaganlarga va tavba qiluvchilarga ajraladi.

Bilgil, tavba shifobaxsh doridir. Dardning tashxisini bilmagan odam dardga nima davo bo‘lishini bilmaydi. Dori dardni keltirib chiqaruvchi sabablarga zid bo‘lsagina davoda ma’no bo‘ladi. Dardning davosi dardni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo‘q qilishdan iborat. Biror narsani yo‘q qilish uchun esa o‘sha narsaning ziddini yuzaga chiqarmoq zarur.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 06:25:17
Gunohdan tiyilmaslik dardining sababi  g‘aflat va shahvat. G’aflatning ziddi — ilm (ogohlik), shahvatning ziddi sabr, ya’ni shahvatga updovchi sabablarning payini qirqishga sabr bilan chidashdir. Xatolarning boshi g‘aflatdir. Bu haqda aytilgan:

أُولَئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ وَسَمْعِهِمْ وَأَبْصَارِهِمْ وَأُولَئِكَ هُمُ الْغَافِلُونَ (١٠٨)لا جَرَمَ أَنَّهُمْ فِي الآخِرَةِ هُمُ الْخَاسِرُونَ

"Alloh unday kimsalarning dillarini, quloqlarini va ko‘zlarini muhrlab qo‘ygandir. Ular g‘ofil kimsalardir. Shak-shubha yo‘qki, ular oxiratda ziyon ko‘rguvchilardir" (Nahl surasi, 108-109).

Tavba dorisi ilmning shirinligi bilan sabrning achchiqligi qorishtirib tayyorlangan ma’jundir. Bamisoli shakarning shirinligi va sirkaning nordonligi jamlanib, iskanjabin hosil bo‘lgani kabi. Dori sifatida qorishtirilgan bu ikkala moddaning har biri muolajada bitta maqsadga xizmat qiladi: safroni qo‘zg‘ovchi sabablarni daf etadi. Gunohdan tiyila bilmaslik dardiga chalingan qalbning muolajasini ham shunday tushunmoq kerak. Demak, bu muolajaning asosi ikkita: ilm va sabr.

"Gunohdan tiyila bilmaslik dardini davolashda ilmlarning uammasi ham foydalimi yo bunaing uchun maxsus ilm kerakmi?" degan savol tug‘ilsa, bilgilki, barcha ilmlar qalb dardiga davodir. Lekin har dardning o‘z ishi bor. Masalan, tib ilmini bilish barcha kasalliklarning muolajasida foyda beradi. Ammo har bir illat o‘ziga xos xususyati bilan boshqasidan farq qiladi. Xuddi shuningdek, gunohdan tiyila bilmaslik dardining ham o‘ziga xos xususiyatlari borki, ularni bilmasdan turib, bu kasallik haqida, uning muolajasi bilan shug‘ullanuvchi ilm to‘g‘risida so‘z aytish mushkul.

Keling, tasavvur kilishga oson bo‘lishi uchun bu ilmning xossalarini badan kasalliklariga qiyosan ko‘rib chiqaylik.

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 06:39:21
Bemor bir necha sabablarni tasdiq etishga muhtoj. Quyida ularni keltiramiz:

1. Dard va sihatning sabablari bor. Kishi o‘z ixtiyori bilan sabablarni yaratuvchi zot — Allohning tartibiga ko‘ra o‘sha sabablarga bog‘lanadi. Bemor kishi buni tasdiq etishga muhtoj. Tibbiyotga ishonch ayni shu tasdiqdan kelib chiqadi. Tib ilmiga ishonmagan kimsa muolajaga mashg‘ul bo‘lmaydi. Natijada unga o‘lim yuzlanadi.

Mana shu qiyosga binoan aytadigan bo‘lsak, oxirat saodatiga yetishning birdan bir sababi — toat, badbaxtlikning sababi esa, ma’siyat. Shariatning asosiga iymon keltirish mana shudir. Xoh tahqiq, xoh taqlid yo‘li bilan bo‘lsin, banda bu iymonga ega bo‘lmog‘i lozim. Aslida bu yo‘ldagi tahqiq ham, taqlid ham iymon jumlasidandir.

2. Bemor kishi muayyan bir tabibni tanlab, uning tib ilmida bilimdon, berayotgan ko‘rsatma va maslahatlarida lshonchli va to‘g‘riso‘z ekaniga inonmog‘i lozim. Negaki, tibbiyotga ishonib, tabibga ishonmasa, bu iymondan foyda yo‘q. Keltirilayotgan misolimizning ilohiy voqelikdagi qiyosi shunday: Muhammad alayhissalom Alloh taoloning haqiqiy rasulidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bitta aytgan so‘zlari haq, ularda na yolg‘on, na ixtilof bor.

3. Bemor kishi tabibning ogohlantirishini eshitmog‘i lozim. Deylik, tabib bemorni mevalar iste’molidan qaytarar ekan, tabiiy ravishda bemorda mevalarni yeb qo‘yishdan cho‘chish xavfi paydo bo‘ladi. Xavf ko‘payib borgani sayin, zarardan himoyalanish kafolati ham ortadi. Buning dindagi qiyosi shunday: mo‘min kishi Allohning oyatlarini tinglaydi, taqvoga rag‘bat uyg‘otuvchi gunohlardan va kibr-havoga ergashishdan ogoh etuvchi xabarlarga quloq tutadi. Oyat va xabarlar orqali qulog‘iga quyilgan har bir narsani tasdiq etadi. Tasdiq xavfni paydo qiladi, xavf sabrni kuchaytiradi. Sabr esa muolajaning oxirgi ustunidir.

4. Bemor dardiga tegishli jihatlar xususida va nimalardan, qanday saqlanish lozimligi haqida tabibning aytganlarini diqqat bilan tinglamog‘i kerak. Chunki, tabib boshidanoq, qanday harakat va holatlar, qanday taom va ichimliklar zarar ekanini bemorga batafsil bildiradi. Muolajada barcha bemorlar bir xil narsalardan parhez qilishi shart etilgan. Shuningdek, bitta dardga dunyodagi hamma dorilardan davo izlanmaydi. Har illatni davolashning maxsus ilmi va dorisi bor. Buning dindagi misoli shunday: har bir banda dunyoda mavjud shahvat va gunohlarning barchasiga mubtalo bo‘lolmaydi. Balki, har mo‘minning o‘zigagina xos gunohi yo gunohlari bor.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 06:40:11
Shu bilan birga, mo‘min kishi bu ishlarning gunoh ekanini, ularning ofatlari va zarari miqdorini, ularga qay tariqa sabr etilishinm va qilingan gunohlar kafforati qanday bo‘lishini bilmoqqa muhtojdir.

Bu ilmlar bilan din tabiblari, ya’ni payg‘ambarlar vorisi bo‘lmish olimlar shug‘ullanadilar. Osiy o‘z isyonini anglar ekan, tabibga murojaat etib, undan dori so‘raydi. Tabib kim? Albatta, ulamo. Qachonki, osiy o‘z qilmishining gunoh ekanini anglashga qodir bo‘lmasa, olim unga buni anglatishi, yo shahar, yo mahalla, yo masjid kabi ma’lum hududga mas’ul bo‘lmog‘i shart. Bu joy ahllarini doimiy ravishda din hukmlaridan xabardor etib turmog‘i, zararni haqiqiy foydadan, badbaxtlikni asl saodatdan farqlay bilishni o‘rgatib bormog‘i kerak. So‘rasa, javob beraman, deb tablig‘ni (dinni yetkazish) uzrsiz kechiktirish ulamoga yot tabiat. Odamlarning olim tomon borishlariga olimning o‘zi mutasaddidir. Negaki, olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Payg‘ambarlar qavmini jaholatga tashlab qo‘ymadilar. Balki, da’vatning ilk kunlaridan boshlab, xalq orasiga kirib, ularni haqqa chorladilar, hovlima-hovli gorib, odamlarni hidoyatga boshladilar. Chunki, qalbi xasta kimsalar o‘zlarining bemor ekanini bilmaydilar. Bamisoli, ko‘ziga oq tushgan kishi yonida oyna bo‘lmasa, to birov bildirmaguncha, ko‘zidagi oqni bilmagani kabi.


Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 06:43:08
Demak, bu vazifa barcha ulamoga farzi ayndir. Xuddi shu maqsadda sultonlar har bir qishloqqa, har bir mahallaga din faqihini tayin etmog‘i lozim. Negaki, xalq jaholatga botgan, farzandlar jaholat ichra dunyoga kelyapti. Ularni dinning asli va farmohlaridan xabardor qilmoq kerak.

Dunyo bir bemorxona, yer ostida faqat o‘liklar, yer ustida esa, bemorlargina bor. Qalbi xastalanganlar jismi xastalanganlardan ko‘ra ko‘proq. Olimlar tabib. sultonlar esa, bemorxona boshqaruvchilaridir. Olimning muolajasini qabul qilmagan osiyni yomonlikdan tiyib qo‘yish sultonga topshiriladi. Xuddi, tabibning aytganiga itoat qilmaydigan yoki jinni bo‘lib qolgan bemorni o‘zi va o‘zgalarga yetadigan zarardan himoyalash maqsadida kishanlab qo‘yish uchun qarovchisiga yuborilgani kabi.

Takror aytamiz: qalb xastaligi jism xastaligidan og‘irdir. Buning uchta sababi bor.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 06:47:17
Birinchi sabab shuki, bemor o‘zining bemor ekanini bilmaydi.

Ikkinchi sabab, qalb xastaligining oqibati, jism xastaligi oqibatiga teskari o‘laroq, bu olamda yuzaga chiqmaydi. Jismoniy xastalikning oqibati esa, o‘lim ekani va inson tabiati undan qochishi kunday ravshan. Ammo o‘limdan keyingi narsalar insonga qorong‘u.

Binobarin, gunohlarning oqibati qalbning o‘limi bilan natijalanadi. Lekin bu o‘limni bu dunyoda bu ko‘zlar bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Qilmishlarnning gunoh ekanini bilsalar-da, kamdan-kam inson gunohdan tiyiladi. Shuning uchun ularning qalb xastaligini Allohga havola etib, o‘zlari faqat badaniy xastaliklar muolajasi bilan band bo‘lib qolayotganini ko‘rasan.

Ha, qalb xastaligi muolajasini butkul Allohga topshirib, badaniy xastalik muolajasida esa, zinhor Allohga tavakkul qilmayotganiga guvoh bo‘lasan.

Uchinchi sabab, qalb xastaligining muolajasi og‘irdir. Bu xastalikni tabibsiz davolab bo‘lmaydi. Tabiblar kim? Albatta, olimlardir. Afsuski, asrimiz olimlarining o‘zlari xastalikka chalinib, o‘zlari davoga muhtoj bo‘ldilar. Olimlarning bu nuqsoni ommaviy tus olgan qalb xastaligi orasida ko‘rinmay qoldi. Hatto bu ularga tasalli bo‘ldi. Natijada olimlar xalqni chalg‘itdilar, dardni ziyoda qiladigan dorilarni ularga buyurdilar. Chunki, o‘ta halokatli bo‘lgan "hubb ud-dunyo" (dunyoni yaxshi ko‘rish) deb atalgan o‘lat chor tarafni egallagan edi. Bu dard tabiblarni ham to‘la mag‘lub qildi. Endi ular xalqni bu kasallikdan ogoh etishga qodir emas edilar. Nega? Chunki, o‘zlariga nisbatan haqli ravishda shunday gaplar aytilishidan cho‘chirdilar: "Sizga nima bo‘ldi? O’zingiz bu darddan qutulolmay turib, yana bizga undan qanday xolos bo‘lish yo‘lini o‘rgatmoqchimisiz?"
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:04:53
Shu sababdan bu dard xalq orasida vabodek tarqaldi, emlash yo‘llari kesildi, xalq tabiblarini topa olmay, halokatga yuz tutdi. Tabiblar esa chalg‘itish, adashtirish fanlarini o‘zlashtiryash bilan mashg‘ul.
 
Koshki, ular nasihat qilmasalar — aldamasalar edi!

Koshki, ular isloh qilmasalar — buzmasalar edi!

Koshki, ular sukut qilsalar — gapirmasalar edi!..

Chunki, ular gapirsalar, ularning mav’izlarini eshitgan odamda dunyoga rag‘bat, qalblarda dunyoga moyillik kuchayadi. Bundam mav’izalarni tinglash quloqqa yoqimli, tabiat ham ularni oson qabul qiladi. Natijada, xalq bu va’z majlislaridan gunohlarga jur’atlangan va Allohning fazliga ishonchi o‘ta ortgan holda siljiydi.

Qachonki, tabib nodon va xoin bo‘lsa, bemorni halokatga sudraydi. Chunki, uning dorisi zahar, davolash yo‘li undan ham battar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:06:32
Qalb xastaligining davosi ikkita: xavf va rajodir (umid). Kimda faqat xavf ustivor bo‘lsa, dunyodan to‘la yuz o‘giradi. Toqat qilib bo‘lmas darajadagi yukni nafsiga ortib, hayotni unga tang etadi. Bu kishi xavf borasida haddan oshgan. Unga dinda rajo ham borligini eslatib, harakatlarini to‘g‘ri o‘zanga — mo‘tadil holatga qaytarish lozim. Shuningdek, xohlagani holda gunohlardan qaytmayotgan, qilgan gunohlarini ulug‘ sanab, ularning kechirilishidan noumid bo‘layotgan kishining shifosi ham shu: umid dorisi bilan muolaja qilinadi, tavbaning qabul bo‘lishiga umid uyg‘otiladi. Shunda u shifo topib, tavba sari qadam tashlaydi. Lekin gunoh dengiziga sho‘ng‘igan, bebosh, mag‘rur kishilarga rajo dorisini qo‘llab bo‘lmaydi. Bu, bamisoli, isitmasi chiqqan bemorga asal berganday gap. Nodon va ahmoqlargina bunga jur’at qiladi.

Demak, tabiblarning buzilishi halokatga olib boruvchi bedavo darddir.

Savol tug’ilishi mumkin: Voiz xolis bilan birga bo‘lishi uchun va’z yo‘li qanday bo‘lmogi kerak?

Buni muxtasar izohlab bo‘lmaydi. Bilgilki, gunohdan tiyilmaslik, doim gunoh qilaverish — bir tugun. Bu tugunni yechishning va odamlarni gunohlarni tark etishga undashning to‘rt xil yo‘li bor.

Birinchisi, gunohkor va osiylar qalbiga xavf soluvchi Qur’on oyatlarini zikr qilmoq. Shuningdek, tegishli xabar va asarlarni keltirmoq. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari kabi: "Tong otib, kun yorishgan har sahar, kun botib, shafaqlar yo‘qolgan har kecha borki, unda ikki farishta to‘rt xil ovozda bir-biriga deydi: "Koshki, bu xalq yaratilmasa edi!" Boshqasi deydi: "Koshki, ular yaratilganlaridan so‘ng nima uchun yaratilganlarini bilsalar edi!" Yana biri deydi: "Koshki, ular nima uchun yaratilganini bilganlaridan so‘ng, bilganlariga amal qilsalar edi!" (Daylamiy rivoyati)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:11:33
Ba’zi rivoyatlarda keladi: "Koshki, ular ilm majlisi qurib, bilganlarini bir-biriga eslatsalar edi", Boshqasi deydi: "Mayli, ular bilganlariga amal qilmagan ekan, koshki, qilgan amallariga tavba etsalar edi".

Salaflardan biri deydi: "O’ng tomondagi farishta chap tomondagi farishtaga amirdir. Banda gunoh qilib qo‘ysa, o‘ng tomondagi farishta chap tomondagi farishtaga: "Olti soat o‘tguncha gunohini yozmay tur", deb bugoradi. Agar banda tavba qilib, mag‘firat tilasa, gunohi amallar daftariga yozilmaydi. Agar istig‘for aytmasa, gunohi amallar daftariga bitiladi".

Yana shunday deyiladi: "Qachonki, banda Allohga isyon qilar ekan, bu osiy bandaning oyog‘i ostidagi yer uni yutish uchun Allohdan izn so‘raydi. Tepasidagi osmon ham parcha-parcha bo‘lib, u osiy bandaning ustiga qulash uchun Ollohdan izn so‘raydi. Shunda Alloh taolo yer va osmonga deydi: "Bandamni tinch qo‘yinglar, unga muhlat beringlar. Chunki, uni sizlar yaratmadinglar. Agar yaratganlaringda edi, albatta unga rahm qilgan bo‘lardinglar. Balki, hali u Menga tavba qilar. Shunda Men uning gunohini mag‘firat qilaman. Balki, u qilmishini solih amal bilan yuvar.. Shunda Men uning yomonliklarini yaxshilikka almashtiraman".

إِنَّ اللَّهَ يُمْسِكُ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضَ أَنْ تَزُولا وَلَئِنْ زَالَتَا إِنْ أَمْسَكَهُمَا مِنْ أَحَدٍ مِنْ بَعْدِهِ

"Albatta, Alloh osmonlar va yerni qulab tushishdan ushlab asrab turur. Aniqki, agar ular qulasalar, U zotdan so‘ng (ya’ni Allohdan o‘zga) biron kimsa ularni tutib tura olmas" (Fotir surasi, 41).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:14:45
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Muhr arsh ustuniga osig‘liqdir. Qachonki. bandalar Alloh chegaralagan hududdan chiqib, haromni halol deya boshlasalar, Alloh u muhrni arshdan yerga indirib, qalblarni ichidagi sirlari bilan birga muhrlab tashlaydi" (Ibn Adiy va Ibn Hibbon rivoyati).

Mujohid shunday hadisni keltiradi: "Qalb ochiq kaftga o‘xshaydi. Xuddi barmoqlar bitta-bittadan bukilganda kaft yopilgani kabi qalb ham har gunoh sodir etilganida yopilib boradi. Hatto oxirida butkul bekilib qoladi. Mana shu qalbning muhrlanishidir" (Bayhaqiy rivoyati).

Hasan Basriy aytadi: "Banda va Alloh o‘rtasida gunohlardan iborat ma’lum chegara bor. Agar banda shu chegaraga yetsa, Alloh uning qalbini muhrlab qo‘yadi. Keyin u yaxshilikka muvaffaq bo‘la olmaydi".
Gunohlarning qoralanishi va tavba qiluvchilarning maqtalishi xususida xabar va asarlar ko‘p. Agar voiz o‘zini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vorisi deb hisoblasa, uning mav’izalari mana shunday xabarlarga to‘la bo‘lishi lozim. "Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oltinu kumushni emas, ilm va hikmatni meros qoldirdi. Har bir olim o‘z darajasida bu merosga vorisdir" (Buxoriy rivoyati).

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:15:55
Gunohlarni tark etishga undashning ikkinchi yo‘li payg‘ambarlar va o‘tmishdagi solih kishilar haqida, gunohlari tufayli ularning boshiga tushgan musibatlar xususida hikoya qilishdir. Qalblarini titratib, ularda chuqur iz qoldiruvchi bu hikoyalarning xalq uchun manfaati katta. Masalan Odam alayhissalom haqidagi hikoyaga quloq tutaylik.

"Odam alayhissalom Alloh man’ etgan o‘simlik mevasidan yeb qo‘ydi. Shunda badanlarini yopib turgan jannat ziynatlari uni tark etib, uchib ketdi. Odam alayhissalomning avrati ochilib qoldi. Gavhar bilan bezalgan toj uning boshidan ko‘tarilishga hayo qildi. Jibril alayhissalom kelib, Odam Atoning boshidan tojni oldi. Shu payt arshi a’lodan nido keldi: "Ikkalangiz (Odam ato va Havo momo) ham huzurimdan (erga) tushing. Kimki Menga isyon qilsa, Menga qo‘shni bo‘lolmaydi". Roviy davom etib, - dedi: "Mana eng avvalgi gunoh! Mana uning oqibati — bizni habibimizga qo‘shnichilikdan ayirgan, e voh!"
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:19:01
Muso alayhissalom qissasida keladi: "Muso alayhissalom Xizr alayhissalomdan so‘radi:

— Qaysi ishing tufayli Alloh taolo senga g‘ayb ilmini bildirdi?

— Alloh taoloni deb gunohlarni tark etganim uchun, - dedi Xizr alayhissalom".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:29:00
Rivoyat qilinadi: "Shamol Sulaymon alayhissalomni boradigan manzillariga eltib qo‘yardi. Bir gal uchib borar ekanlar, nogohon egniga yangi ko‘ylak kiygizilganini payqab qoldilar va dillaridan, ajabo, nahot, bu ishni shamol qilgan bo‘lsaya, degan gumon o‘tdi va shu zahoti yerga "tap" etib tushdilar. Shunda Sulaymon alayhissalom:

— E, nima qilyapsan, men senga buni buyurmadimku? - dedilar shamoldan norozi bo‘lib.

— Allohga itoat qilsanggina, senga itoat qilaman, - dedi unga shamol".

Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:31:55
Rivoyat qilinadi: "Yoqub alayhissalomga Alloh taolodan vahiy bo‘ldi:

— Sening va o‘g‘ling Yusufning orasiga nima sababdan ayriliq solganimni bilasanmi?

— Yo‘q, bilmayman? — dedi Yoqub alayhissalom.

—   Ayriliqqa Yusufning og‘a-inilariga aytgan:

وَأَخَافُ أَنْ يَأْكُلَهُ الذِّئْبُ وَأَنْتُمْ عَنْهُ غَافِلُونَ

"Men sizlar g‘aflatda qolib, uni bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqaman" (Yusuf surasi,13), degan so‘zlaring sabab bo‘ldi. Nega uni bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqding-u, Menga umid bog‘lamading? Yusufni senga nima uchun qaytarganimni bilasanmi? - dedi Alloh taolo.

— Yo‘q, bilmayman? — dedi Yoqub alayhissalom.

— Chunki, sen Mendan: "Shoyadki, Alloh ularning barchalarini (Yusuf, Binyamin va katta o‘gillarimni) bag‘rimga qaytarsa" (Yusuf surasi, 83), deb umid qilding.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:34:27
Bunga o‘xshash hikoyatlar juda ko‘p. Ularning Qur’on va xabarlarda vorid bo‘lishi bejiz emas. Biz bu voqealarga jiddiy e’tibor qilmog‘imiz, ulardan ibratlanmogimiz lozim. Axir, payg‘ambarlar (ularga Allohning salomi bo‘lsin) kichik gunohlari uchun shunchalik uqubatlarga solingan ekan, katta gunohlarga botgan bizning ahvolimiz qanday bo‘ladi?! Ha, jazoning oxiratga qoldirilmasdan, shu dunyoda berilishi payg‘ambarlarning saodatidir! Badbaxt kimsalarga esa, gunohlari yanada ziyoda bo‘lishi uchun muhlat beriladi. Ular bu dunyoda go‘yo baxtli, shodmon hayot kechiradilar-u, aslida, gunohga chuqurroq botib, o‘zlarini do‘zaxga o‘tin qilish uchun hozirlaydilar.

Demak, oxirat azobining og‘ir va shiddatli ekanini eslatish ham gunohdan tiyilmaslik dardiga davodir, tavbaga olib keluvchi sabablardandir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:40:34
Gunohlarni tark etishga undashning uchinchi yo‘li, bu — dunyoda gunohlar uchun beriladigan jazoning tez kelishini insonlar zehnida qaror toptirish. Chunki, banda musibatga yo‘liqar ekan, albatta, bu uning biror jinoyatiga jazodir. Ko‘pincha, inson o‘zining haddan ortiq nodonligi tufayli oxirat ishiga yengil qaraydi, bu dunyodagi jazodan ko‘proq qo‘rqadi. Demak, insondagi mana shu xususiyatdan kelib chiqqan holda uni tavba tomon burish Dovud va Sulaymon payg‘ambarlar (ularga Allohning salomi bo‘lsin) qissalarida hikoya etilgani kabi, gunohi tufayli bandaning rizqi tang qilinsa, ba’zan qalblardan joy olgan martabasini yo‘qotishi, dushmanlari uni egallab olishi mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydllar: "Banda sodir etgan gunohi tufayli yutuqdan mahrum bo‘ladi" (Ibi Moja, Hakim rivoyati).


Ibn Mas’ud roziyallohu anhu deydi: "Mei shunday o’yga keldimki, albatta, banda sodir etgan gunohi tufayli ilmni unutadi". Ibn Mas’udning bu gapi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Kim bir gunoh qilsa, aql undan ajraladi va hech qachon qaytmaydi", degan so‘zlari ma’nosiga yaqin.

Salaflardan biri deydi: "La’nat yuzning qaroligi emas. La’nat moldagi nuqson ham emas. Balki, haqiqiy la’nat bir gunohdan shunga o‘xshash yoki undan ham yomonroq boshqa bir gunohga o‘tishdir".

Naqadar to‘g‘ri aytilgan gap! Haqiqatan ham la’nat rahmat dargohidan quvilish, tavfiq rizqidan mahrum bo‘lishdir. Bu esa, eng katta mahrumlik. Tasavvur qil: sodir etilgan bitta gunoh insonni ikkinchi gunohga chorlaydi. Shu tariqa gunohlar ko‘payib boradi. Darabsanki, banda gunohlari tufayli foydali rizqdan  gunohlardan to‘xtashga sabab bo‘luvchi olim va solihlar majlisidan mahrum bo‘ladi. Solih kishilarning nafratiga sazovor bo‘lgani uchun Alloh ham undan nafratlanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:42:49
Hikoya qilinadi: "Oriflardan biri balchiq yo‘lda ehtiyot bo‘lib, to‘nining etagini yig‘ishtirib ketayotgan edi. Qo‘qqisdan oyog‘i toyib yiqildi. Keyin o‘rnidan turdi va to‘gri balchiqning o‘rtasidan yurib ketdi, so‘ng yig‘lab, "Mening‘ bu holatim doimo gunohlardan saqlanib, kutilmaganda bir yo ikkita gunohni sodir etib, keyin gunohlar deng‘iziga sho‘ng‘ig‘an bandaning‘ ahvoliga o‘xshaydi", - dedi. Bu voqea g‘unohning jazosi boshqa gunohg‘a tortilish bilan ham hosil bo‘lishiga ishoradir. Shuniig uchun Fuzayl aytadi: "Zamonning evrilishldan, do‘stlarning bevafoligidan qilayotgan shikoyating gunohlaringning seng‘a qoldirgan merosidir".

O’tganlardan biri aytgan ekan: "Eshagimning qaysarligini gunohimga jazo deb bilaman".

Yana biri degan: "Uyimdagi sichqonlar gunohimga jazodir".

Shomlik so‘fiylardan biri hikoya qiladi: "Bir kuni ketayotib, chiroyli nasroniy bolaga ko‘zim tushdi. To‘xtab, unga ajablanib qarab turgan edim, yonimdan damashqlik Ibn Jalo o‘tib qoldi. U mening‘ qo‘limdan tortdi, sal xijolat bo‘ldim. Keyin dedim: "Ey Abu Abdulloh! Subhonalloh! Shunday chiroyli yuz, shunday mukammal san’atning qanday qilib jahannam uchun yaratilg‘aniga ajablanyapman?" Shunda Ibn Jalo qo‘limni siqib, - dedi: "Bu ishingning jazosini sal keyinroq, albatta, ko‘rasan". Darhaqiqat, o‘ttiz yildan so‘ng‘ bu qilmishimning jazosini oldim".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:44:58
Abu Sulaymon Doroniy deydi: "Ihtilom ham jazodir". Yana aytadi: "Kishi gunohi tufayligina jamoat namozini o‘tkazib yuboradi".

Xabarda keladi: "Zamondan nolishingizning sababi amallaringizning buzilganidir" (Bayhaqiy rivoyati).

Yana aytiladi: "Alloh taolo deydi: "Agar banda shahvatini toatimdan yuqori qo‘ysa, unga beradiganim eng kichik jazo — munojotim lazzatidan uni mahrum qilaman" (G’arib hadis, roviyi noma’lum).

Abu Amr ibn Ulvon hikoya qiladi: "Bir kuni namoz o‘qiyotib, qiyom holatida turganimda qalbimni dunyo istaklari chulg‘ab oldi, orzu-havaslarga berildim. Shunda daf’atan tizzalarim bukilib, joynamoz ustiga o‘tirib qoldim. Qarasam, badanimning hamma yog‘i qoraygan. Uch kungacha a’zoi badanim yonib, ko‘chaga qadam bosmadim. Shu uch kun ichida hammomdan chiqmasdan, qoraygan badanimni yuvish bilan mashg‘ul bo‘ldim. Lekin yuvganim sayin badanim battar qorayar edi. To‘rtinchi kuni Junayd Bag‘dodiy meni huzuriga chorladi. Men o‘shanda Iroqning Riqha shahrida, Junayd esa Bag‘dodda edi. Uning huzuriga bordim. Junayd meni ko‘rib dedi: "Allohning oldida turib, nafsingni shahvat bilan quvontirishga uyalmadingmi? Hatto, shahvat seni to‘la egalladi, Allohdan uzoqlashding. Agar sen uchun Allohga yolvorib, gunohingni kechirishini so‘ramaganimda, Qiyomatda mana shu qora yuz bilan Allohga ro‘baro‘ bo‘lar eding".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:45:42
Bilgilki, banda gunoh qilsa, qalb yuzi qorayadi. Agar u saodatmand bo‘lsa, gunohdan tezroq tiyilishi uchun ichdagi qoralik tashiga chiqadi. Agar u badbaxt bo‘lsa, qoralik ichida yashirin bo‘lib, o‘zi ham uni sezmaydi. Natijada gunohga beriladi, jahannamga tushishi muqarrar bo‘ladi.

Gunohlarning bu dunyoda qashshoqlik, xastalik va boshqa ofatlarga sabab bo’lishi haqida kelgan xabarlar ko’p. Kishi gunoh sodir etganidan so’ng shu gunohning sifatiga ega bo’lishi ham gunohning bu dunyodagi musibatidandir. Negaki, kishi nimaga mubtalo bo’lsa, bu unga jazo va shu narsa uni go’zal rizqdan mahrum qiladi, badbaxtlik ustiga badbaxtlik keltiradi. Agar bir pe’matga yetishsa, bu ne’mat unga tuzoq vazifasini o‘taydi. Tuzoqqa ilinib, shukr ne’matidan mahrum bo‘ladi, hatto nonko‘rligi uchun jazolanadi.

Allohga itoat etgan kishi esa toatning barakotidan ko‘p ne’matlarga erishadi. Bu uning ibodati va shukronasiga berilgan mukofot. Unga yuzlangan har bir balo gunohlariga kafforat va yuksak maqomlarga sababdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:48:10
Gunohlarni tark etishga undashning to‘rtinchi yo‘li mast qiluvchi ichkilik ichish, zino, o‘g‘irlik, odam o‘ldirish, g‘iybat, kibr, hasad kabi gunohlarning har biri uchun beriladigan jazolarni alohida-alohida eslatishdir. Chunki, egasiga aytilmagan gap, bamisoli, malhamni jarohatdan boshqa joyga surish bilan barobardir. Olim go‘yoki hoziq tabib. Avvalo, u bemorning tomir urishini o‘lchaydi. Tashqi holatini kuzatib, ichdagi illatlarning harakatini tekshiradi. Keyin dardning muolajasiga kirishadi. Olim ham inson holatining alomatlariga qarab, uning yashirin sifatlariga nazar soladi. Kuzatgan narsalarining illatini aniqlashda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashadi.

Bir kishi Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga kelib: "Ey Allohning rasuli, menga muxtasargina nasihat qilnng", - dedi. "G’azablanma!" dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Yana biri dedi: "Ey Allohning rasuli, menga nasihat qiling". "Odamlarning qo‘lidagi boylikdan umidingni uz. Asl boylik shudir! Tama’dan saqlan! Chunki tama’ tayyor qashshoqlikdir. Ado qilayotg‘an namozing vidolashayotgan odamning namoziga o‘xshasin. Ortidan uzr so‘raladigan ishlardan saqlan", - dedilar Nabiy alayhissalom (Ibn Moja, Hakim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:49:09
Bir kishi Muhammad ibn Vosi’ga: "Menga nasihat qiling", - dedi. "Dunyo va oxiratning podshohi bo‘lishga harakat qil!" deb maslahat berdi. "Bunga qanday erishaman?" deb so‘ragan edi, "Bu dunyoda zuhd bilan mashg‘ul bo‘l", - dedi Ibn Vosi’.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalgi so‘rovchida g‘azab alomatlarini ko‘rib, uni g‘azabdan kaytarganlari yoki keyingi so‘rovchida odamlardan ta’ma qilish va orzu-havasga moyillikni ko‘rib, bu illatlardan ogohlantirganlari kabi, Muhammad ibn Vosi’ ham so‘rovchi kishida dunyoga harislikni ko‘rib, uni zuxdga undadi.

Muozga: "Menga nasihat eting", - dedi bir kishi. "Rahmli bo‘lsang, jannatiy bo‘lishinggga kafilman", - dedi Muoz. Chunki u kishi so‘rovchida qo‘pollik va dilozorlik alomatlarini sezganday edi.

So‘rovchining holatidan kelib chiqib javob berish javob beruvchining holiga ko‘ra gapirishdan afzaldir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:51:35
Alloh rahmatiga olsin, Muoviya: "Menga qisqagina nasihat qiling", deb Oisha onamiz roziyallohu anhoga maktub jo‘natdi. Oisha onamiz roziyallohu anho maktubida dedilar: "Oishadan Muoviyaga. Senga Allohning salomi bo‘lsin. Amma ba’d. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: "Kimki odamlarning nafratiga sabab bo‘lsa ham, Alloh roziligini istasa, Alloh uni odamlarga muhtoj qilmaydi. Kimki odamlarning roziligi yo‘lida Allohning g‘azabi keladigan ishni xohlasa, Alloh uni o‘sha odamlarga topshirib qo‘yadi. Vassalom!" (Termiziy, Hakim rivoyati).

Qara, Alloh rozi bo‘lsin, Oyisha onamiz xalqni boshqaruvchi hokimlarga yuzma-yuz bo‘ladigan ofatni qanday bildiryaptilar! Bu ofat nima? Xalqning rioyasini qilaman deb, ularning roziligini istash.

Yana bir maktubda Oisha onamiz roziyallohu anho yozib yuborgan edilar: "Allohdan qo‘rq! Chunki, Allohdan qo‘rqsanggina, Alloh seni odamlarning yomonligidan saqlaydi. Agar sen odamlardan qo‘rqsang, odamlar seni Allohdan yetadigan bironta balodan qutqara olmas. Vassalom".

Demak, har bir nasihatgo‘y nasihat so‘rayotgan kishining yashirin sifatlariga, uning ahvoli ruhiyasiga jiddiy e’tibor qilmog‘i lozim. Ana shunda uning diqqati munosib va muhim nuqtaga qaratilgan bo‘ladi. Chunki, shariatning barcha jihatlarini har bir kishiga tushuntirishning imkoni yo‘q. Qolaversa, nasihat so‘ragan kishiga hojati bo‘lmagan narsalarni gapirish vaktni zoe’ qilishdan boshqa narsa emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:55:04
Agar voiz butun jamoatga gapirsa yoki kimdir undan mav’iza qilishni so‘rasa-yu, u esa so‘rovchining botiniy holatini ilg‘ab ololmasa, nima qiladi?

Bilgilki, bunday vaziyatda butun xalq yoki ko‘pchilik ehtiyoj sezadigan umumiy mavzuda mav’iza qilinadi.

Shariat ilmida oziqlar ham, dori-darmonlar ham bor. Oziqlar hamma uchun, doridarmonlar illat egalari uchun. Bitta misol:

Bir kishi Abu Said Xudriyga:

— Menga nasihat qiling, — dedi.

— Ulug‘ va qudratli zot Allohga taqvo qil! Taqvo barcha xayrning boshi. Nafsga qarshi jihodni mahkam tut! Jihod islomdagi rohiblikdir. Qur’on o‘qi! Tilovat sen uchun zamin ahli orasida nur, samo ahli orasida zikrdir. Faqat xayrni gapir, yo‘qsa, sukut qil! Shundagina shaytonni mag‘lub etasan, - dedi Abu Said Xudriy.

Bir kishi Hasan Basriyga: "Menga nasihat qiling", - dedi. Shunda Hasan Basriy aytdi: "Allohning amrini aziz bil, Alloh seni aziz qiladi".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 07:57:08
Luqmon o‘g‘liga dedi: "Ey o‘glim! Tizzangni olimlar tizzasiga yaqin tut, ularning majlislarida bo‘l! Ular bilan mujodala qilma, nafratiga yo‘liqasan. Dunyodan nasibangni ol. Kasb etib topgan narsangaing ko‘prog‘ini oxirating uchun sarfla. Dunyodan butunlay yuz o‘girib, kimlargadir va kimlarningdir bo‘ynida yuk bo‘lib qolishdan saqlan. Tutgan ro‘zang shahvatingni sindirsin. Agar namozingga zarar yetkazsa, ro‘za tutma. Chunki, namoz ro‘zadan afzaldir. Ahmoqlar bilan hamsuhbat bo‘lma, ikkiyuzlamachilarga aralashma".

Yana dedi: "Ey o‘g‘lim! Sababsiz kulma, maqsadsiz yurma, o‘zing uchun ahamiyati bo‘lmagan narsa haqida savol berma. O‘z molingni zoe’ etma, o‘zganing molini isloh et. Oxirat uchun hozirlagan amaling — o‘z moling, e’tiborsiz tark etgan amaling o‘zganing molidir. Ey o‘g‘lim! Kim rahmli bo‘lsa, rahmatga sazovor. Kim xomush bo‘lsa, omonlik unga yor. Kim xayrni gapirsa, davlatiga davlat qo‘shiladi. Kim yomonlikni desa, ma’siyat uzra ma’siyatga botadi..."

Bir kishi Abu Hozimga: "Menga nasihat qiling", - dedi. "O’lim kelgan paytda g‘animat bo‘ladigan har bir ishni hozir qilib qol. O’lim kelganida, senga musibat bo‘ladigan har qanday ishdan uzoqlash", - dedi Abu Hozim.

Muso alayhissalom Xizr alayhisalomga: "Menga nasihat qil", - dedi. "Tabassumli bo‘l, g‘azabnok bo‘lma! Manfaat yetkazuvchi bo‘l, zarar beruvchi bo‘lma. O’jarlikni tark et. Hojati bo‘lmagan yerga yurma, sababsiz kulma. Xato qilganning xatosini yuziga solib, izza qilma. O‘zingning xatolaringga yig‘la, ey Imronning o‘g‘li!"  dedi Xizr alayhissalom.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:00:43
Bir kishi Muhammad ibn Karramga: "Nasihat qiling", - dedi. "Nafsing roziligi yo‘lida qanchalik harakat qilsang, seni yaratgan Zotning roziligi yo‘lida shunchalik harakat qil", - dedi unga Ibn Karram.

Yana bir kishi Homid Lifofga: "Menga nasihat qiling, - dedi. "Qur’onni g‘iloflaganing kabi diningii ham g‘iloflab ol, ofatlar kiri yuqmasin", - dedi Homid Lifof. "Dinning g‘ilofi nima?" deb so‘radi haligi kishi. "Eng zarur narsalardan boshqasida dunyoni talab qilmaslik, eng zarur o‘rinlardan o‘zgasida ko‘p gapirmaslik, eng zarur vaziyatdan boshqa paytlarda xalqqa aralashib yurmaslik", - dedi Homid Lifof.

Hasan Basriy Umar ibn Abdulazizga shunday ma’noda maktub yozdi: "Alloh qo‘rqitg‘an narsadan qo‘rq. Alloh ogohlantirgan narsadan ogoh bo‘l. Bugun qo‘lingda bo‘lgan narsadan ertanggi yo‘lga oziq hozirla. Hushyor bo‘l, o‘lim xabari aniq keladi. Vassalom".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:02:29
Umar ibn Abdulaziz nasihat so‘rab, Hasan Basriyga maktub jo‘natdi. Hasan Basriy unga shunday nasihat qildi: "Darhaqiqat, oldingda ulug‘ qo‘rqinch va dahshatli ishlar turibdi. Mushohada et, yo najot topasan, yo halokatga yuz tutasan. Bilgilki, nafsini hisob-kitob qilgan odamning savdosi foydali bo‘ldi. Kim bundan g‘ofil qoldi, savdosi kasod bo‘ldi. Amalining oqibatiga nazar solgan kishi najot topdi, havosiga ergashgan kishi adashdi. Halimlik  boylik. Allohdan xavfi bisyor odam - xavfdan omon odam. Xavfdan omon odam ibratlanuvchidir. Ibratlangan odam basirat sohibidir. Kimki basirat egasi ekan, u fahmli zotdir. Fahmli zot Allohni tanuvchi zotdir. Angla! Yo‘ldan toygan zahoti, yo‘lga qayt! Pushaymonlik tug‘ilgan zahoti, gunohlar ichidan sug‘urilib chiq. Bilmasang, so‘ra. G’azablansang, g‘azabingni bos!"

Mutarrif ibn Abdulaziz (Alloh rahmatiga olsin) Umar ibn Abdulazizga shunday maktub yozdi: "Darhaqiqat, dunyo jazo uyidir. Aqli yo‘q kimsalar dunyo to‘playdi. Ilmi yo‘q kimsalar dunyo bilan g‘ururlanadi. Ey mo‘minlar amiri! Sen bu dunyoda o‘z jarohatini davolayotgal, dardinrshg oqibatidan qo‘rqib, dakoning shiddatiga sabr bilan chidayotgan kishi kabi bo‘l".

Umar ibn Abdulaziz, Alloh undan rozi bo‘lsin, Adiy ibn Artoga shunday maktub yozdi: "Albatta, dunyo Alloh do‘stlarining dushmani va Alloh dushmanlarining ham dushmanidir. Chunki, dunyo Allohning do‘stlariga g‘am keltiradi, Allohning dushmanlarini esa aldaydi".

Umar ibn Abduaziz voliylardan biriga shunday maktub jo‘natdi: "Sen bandalarga zulm qilishga qodirsan, senga shu imkon berildi. Agar birovga zulm etishga chog‘lansang, tepangda Allohnyng qudrati borligini esla. Yodda tut, odamlarga yetkazgan zulming ulardan ketadi, ammo sening bo‘yningda qoladi. Ulug‘ va qudratli Alloh mazlumlar haqqini zolimlardan olib beruvchi zotdir, vassalom!".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:04:09
Demak, butun jamoatga qilinadigan yoki so‘rovchining botiniy holati ilg‘ab olinmagan vaziyatdagi nasihat mana shu tarzda bayon etilmog‘i joiz. Bunday mav’izalar, bamisoli, ko‘pchilikka xush yoqadigan taomlarga o‘xshaydi, ko‘ngilga tegmaydi, ruhga oziq bo‘ladi. Lekin, qani u voizlar?..

Afsus, nasihatlar eshigi yopildi, gunohlar ko‘paydi, fasod avj oldi. Xalq turli-tuman baytlarni tizib, quruq va’zlar bilan aljiraydigan beamal voizlarga yo‘liqdi. Ular o‘zlari ko‘tara olmaydigan yukni yelkaga olmoqchi bo‘ladilar, befoyda chiranadilar, kimlargadir taqlid qiladilar. So‘zlari qalbdan chiqmagani uchun qalblarga yetib bormaydi, viqoru salobatlari tez o‘chib ketadi. Bu voizlar maqtanchoq mutakabbir, ularga quloq tutganlar esa zo‘rma-zo‘raki tinglovchilardir. Bularning har ikkalasi ham haqiqatdan yuz o‘girgan, haqiqat karvonidan orqada qolgan kishilardir.

Demak, bemor uchun ilk muolaja tabibni izlashdan boshlanadi. Gunohlar uchun ham muolajaning avvali ulamo izlashdir. Bu ish muolajaning ruknlaridan, uning yo‘llaridan biridir.

Muolaja ruknlaridan yana biri sabrdir. Bemor sog‘ayishiga zarar beruvchi narsalarni iste’mol qilgani uchun ham xastaligi cho‘ziladi. Yo g‘aflat tufayli yoki shahvat g‘olib kelib, zararli narsalarni iste’mol qiladi. Yuqorida aytilganlar g‘aflatni davolash yo‘li edi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:06:48
Ba’zan bemorning zararli narsalarni yeyishga istagi kuchli bo‘ladi. Bu shahvat natijasidir. Shahvatni davolash uchun bemor tahiqlangan narsalardagi ulkan zararni his qilmog‘i, keyin ularni ko‘z o‘ngidan yo‘qotib, shu suratdagi, faqat zarari yo‘q narsalar bilan ovunmog‘i, so‘ngra odat bo‘lib qolgan zararli narsalarni tark qilganida yetadigan alamga sabr etmog‘i lozim. Bunda unga qo‘rqinch quvvati tayanch bo‘ladi. Xullas, har qanday holatda achchiq sabr ta’mini totmoq zarur.

Gunohlarga bo‘lgan shahvat ham shu yo‘l bilan muolaja qilinadi. Masalan, shahvati g‘olib kelgan yigit ko‘zini, qalbini va a’zolarini tiyishga qodir bo‘lmaydi, shahvati ketidan halloslab chopadi. Qachonki, gunoh neligini anglasa, shu xususda kelgan oyat va hadislarni o‘qisa, gunohdan tiyiladi. O’shanda uning Allohdan qo‘rqinchi kuchayib, shahvatga undovchi sabablardan uzoqlashadi. Shahvatga undaydigan tashqi sabab — xohlayotgan narsaning hozir bo‘lishi va unga nazar solishdir. Buning muolajasi xohlanayotgan narsadan qochish, undan chekinish orqali amalga oshadi. Ba’zi ichki sabablar ham shahvatga undashi mumkin. Masalan, lazzatli taomlarni tanovul qilish. Buning muolajasi ochlik va doimiy ro‘zadir. Buning uchun sabr talab qilinadi. Sabr esa xavfdan tug‘iladi. Xavf ilmni taqozo etadi. Ilm basirat va fikr, eshitish va taqlid orqali hosil bo‘ladi. Buning uchun kishi, avvalo, zikr majlislarida doimo hozir bo‘lmog‘i, quloq lag‘vdan forig‘ bo‘lib, faqat qalbdan tinglamoqqa odatlanishi lozim. Shubha yo‘qki, fahmlash to‘liq bo‘lsa, qo‘rqinch paydo bo‘ladi. Qachonki qo‘rqinch kuchaysa, sabr qilish osonroq kechadi va muolajani izlashga sabablar yuzaga keladi. Albatta bu harakatlar so‘ngida Alloh tarafidan bo‘ladigan tavfiq va yengillikka erishiladi. Kimki xavfni tinglay bilsa, xavfni his qiladi. Xavfni his etgan odam gunohlardan saqlanadi, savob umidida xayrli amallar sari shoshadi, go‘zal oqibatii, ya’ni jannatni tasdiq etadi. Shunda Alloh taolo uning ishlarini oson va qulay qilib qo‘yadi. Kimki Alloh yo‘lida xayr-sahovat ko‘rsatishdan baxillik qilsa va o‘zini Alloh huzuridagi ajrdan behojat bilsa hamda go‘zal oqibatni, ya’ni Alloh va’da qilgan jannatni yolg‘on desa, Alloh uni badbaxtlikka sabab bo‘luvchi og‘ir yo‘lga osongina yo‘llab qo‘yadi. Topgan dunyolari uni abadiy halokatdan qutqara olmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:09:17
Hidoyat yo‘liga chorlamoq payg‘ambarlar zimmasida. Dunyo va oxirat Allohnikidir.

Shunday e’tiroz bo‘lishi mumkin: "Aytilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, demak barcha ish iymonga bog‘langan. Chunki, gunohni tark etishga sabr bilan, sabr xavfni anglash bilan, xavf ilm bilan, ilm gunohlarning ulkan zararini tasdiqlash bilan hosil bo‘ladi. Gunohlarning ulkan zararini tasdiqlash Alloh va Rasulini tasdiqlash; Alloh va Rasulini tasdiqlash esa ayni iymondir. Lekin gunoh qilishda davom etayotgan odam mo‘min emasligi tufayli gunohdan qaytmayotgan bo‘lsa-chi?"
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:12:43
Bilgilki, kishining gunohdan qaytmayotganiga iymonining yo‘qligi emas, balki iymonining zaifligi sabab bo‘ladi. Zero, har bir mo‘min gunohning Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi va oxiratda jazoga giriftor etguvchi sabab ekanini tasdiqlaydi. Ammo uning gunohga botishining bir necha sabablari bor:

Birinchisi, va’da qilingan jazoning ijrosi hozir emas, keyinroqqa qoldirilgaii, ya’ni g‘ayb ekanidir. Ma’lumki, inson nafsi naqd narsadan ta’sirlanishga moyil. Ya’ni nafsning navd narsadan ta’sirlanishi g‘oyibda va’da qilingan narsadan ta’sirlanishiga qaraganda kuchliroqdir.

Ikkinchisi, gunohga undovchi shahvatlar doimo egasiga intizor, unga oshno tutingani hamono bo‘ynidan quchib olishi va izmiga bo‘ysundirmagunicha qo‘yib yubormasligidir.

Darhaqiqat, keyin bo‘ladigan ishlardan qo‘rqib, hozir qo‘lida naqd bo‘lgan narsalardan ayrilish og‘ir. Alloh taolo dedi:

كَلا بَلْ تُحِبُّونَ الْعَاجِلَةَ

"Yo‘q, balki sizlar naqdni (dunyoni) yaxshi ko‘rursizlar" (Qiyomat surasi, 20)

بَلْ تُؤْثِرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا

"Yo‘q, sizlar dunyo hayotini ustun quyasiz" (A’lo surasi, 16).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:16:40
Alloh rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallam deydilar:

"Jannatning atrofi yomonliklar bilan, do‘zaxning atrofi shahvatlar bilan o‘ralgandir" (Muttafaqun alayh).

"Alloh taolo do‘zaxni yaratib. Jibril alayhissalomga dedi: "Bor, jahannamga kara!" Jibril alayhissalom jahannamga boqib: "Ulug‘ligingga qasamki, jahannam haqida eshitgan bironta odam unga yo‘lolmaydi", - dedi. Keyin Alloh taolo jahannam atrofini shahvatlar bilan o‘radi va Jibrilga: "Bor, jahannamga qara", - dedi. Shunda Jibril alayhissalom jahannamga boqib: "Parvardigoro, ulugligingga qasam, endi biror kishi qolmasdan jahannamga kirishidan qo‘rqayapman," dedi. Alloh taolo jannatni yaratib, Jibrilga dedi: "Bor, jannatga bir qara!" Shunda Jibril jannatga boqib: "Ulug‘ligingga qasamki, jagshat haqida eshitgan odam, unga kirishga shoshiladi", - dedi. Keyin Alloh taolo jannat atrofini yomonliklar bilan o‘rab, Jibrilga dedi: "Bor, jannatga qara!" Jibril alayhissalom jannatga boqib: "Ey qudratli Zot! Ulug‘ligishta qasam, endi birorta odam unga kirolmaydi, deb qo‘rqaman", - dedi" (Abu Dovud, Termizmy, Hakim rivoyati).

Demak, shahvatning bugun vaqtni boy bermasdan yopirilishi va jazoning ertaga — oxiratga qadar kechiktirilishi tufayli inson mo‘min bo‘laturib, beboshlikka yuz burishi mumkin ekan. Masalan, betob paytida muzdek suvni ichib qo‘ygan har bir kishini tibbiyotning‘ aslini inkor qilyalti, desak, to‘g‘ri bo‘ladimi! Axir u, tibbiyotning asli nari tursin, hatto sovuq suvning betob kishiga zarar yetkazishini ham inkor qilmayapti-ku? Nachora, banda shahvati g‘olib kelib, shundoq yonida turgan muzdek suvdan ichib qo‘yadi, sal keyinroq yuzaga chiqadigan oqibatlarga o‘sha paytda parvo qilmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:19:20
Uchinchisi, inson tabiatida "hali uzoq yashayman, umrim davomida tavbaga ulguraman" degan orzu-xayolning mavjudligidir.

Gunohkor mo‘min ko‘pincha gunohdan tavba qilishga, yomonliklarni yaxshi amallar bilan yuvishga azm etadi. Chunki, u tavba tufayli gunohlarning kechirilishi Alloh tarafidan va’da qilishganidan xabardor. Lekin tabiatidagi "tavbaga ulguraman", degan ishonch uni aldab qo‘yadi, tavbani kechiktirishiga sabab bo‘ladi. Iymon bilan tavbani umid qilaturib, gunohga yo‘naladi.

To‘rtiinchisi, gunohlari avf etilishiga ishonib qolish.
Haqiqiy mo‘min doimo gunohlarga beriladigan jazoning afvga aylanib ketishi mumkiiligiga ishonadi. Shunga ko‘ra, u gunoh qilar ekan, Alloh taoloning fazliga suyangan holda ulug‘ va har ishga qodir Zot tarafidan bo‘ladigan avfga ko‘z tikadi.

Demak, iymonli bo‘laturib, gunohni davomli qilaverishning to‘rtta sababi mana shulardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:24:39
Ha, gunohkor ba’zan beshinchi sabab tufayli ham iymon asosiga zarar yetkazadi. Bu sabab  payg‘ambarlarning rostgo‘y bo‘lganlariga shubha bilai qarash. Alloh asrasin, bu ish kufrdir. Bamisoli, tabib bemorni zararli narsalarni iste’mol qilishdan ogohlantirsa-yu, bemor bu ogohlantiruvchining tib olimi ekaniga ishonmasdan, u haqda shubhaga borsa, bu harakat bemorning tabibga nisbatan kufri deb e’tibor qilinishi ayon.

Gunohga undaydigan beshinchi sababning muolajasi qanday bo‘ladi, deb so‘ralsa, buning davosi fikrdir. Ya’ni o‘limning oyoq kiyimi bog‘ichidan-da yaqinroq ekani haqida fikrlasak, jazo kunlning uzoq emasligini his etamiz.

Ogoh bo‘l, qiyomat soati yaqin! Nafs esa tinimsiz dunyo ketidan chopmoqda, kunlar zoe’ ketmoqda. Bugun g‘amlamasam, ertaga och qolaman degan xavf bilan dengizlar osha suzib, zahmat chekmoqda.

Arzimas foydani ko‘zlab, bebaho, boqiy ganjni boy bermoqda. Agar bitta nasroniy tabib bemorga sovuq suv ichishning zararli ekanini, hatto bu ish o‘limga ham sababchi bo‘lishini aytsa, sovuq suvni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, bemor uni ichmaydi. Zotan, inson o‘limdan keypigi narsalardan qo‘rqmas ekan, o‘lim paytidagi alam bir lahzadir. Inson, albatta bir kun dunyodan o‘tadi. Ajabo! Insonning dunyoda mavjud bo‘lish muddati uning azalu abad yo‘qolishiga nisbatan nima degan gap?! Qara, tabibligini biron mo‘jiza bilan isbotlamagan zimmiyning (musulmonlar himoyasida bo‘lgan g‘ayrimuslim) gapi bilan inson eng lazzatli narsalarni qanday tark qilayotganini ko‘rmaysanmi!

Buni anglagan inson, shoyad o‘ziga o‘zi desa: "Alloh bergan mo‘jizalar bilan quvvatlangan payg‘ambarlarning so‘zi tabiblikni da’vo qilayotgan, aslida, tabibligiga avom xalqdan boshqa guvohi bo‘lmagan nasroniyning so‘zidan past bo‘lishi mumkinmi? Nahotki, shunga ham aqlim yetmagan bo‘lsa?! Do‘zax azobi bu dunyodagi xastalik azobidan qanday yengil bo‘lishi mumkin? Axir, oxiratning bir kuni bu dunyoning ellik ming yili miqdorida emasmi?"

Mana shunday tafakkur bilan banda nafsini ortiqcha dunyoviy lazzatlardan kechishga majbur qiladi. U deydi: "Sanoqli kunlardan iborat umrning lazzatlarini tark etolmayotgan ekanman, uni abadul abad qanday tark etaman? Sabrning alamiga toqat qilolmayotgan ekanman, do‘zax alamiga qanday chidayman? Agar g‘amu rohati, sofligiga kirib, aralashgan dunyo ziynatlari meni shunchalik bexud qilsa, oxirat ne’matlari oldida ahvolim qanday bo‘ladi?"
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:26:17
Tavbani kechiktirish dardining davosi ham fikrlash bilan amalga oshadi. Masalan, do‘zax ahlining ko‘pchiligi tavbani kechiktirgani uchun faryod qilishi haqida fikr qilgan kishi darhol tavbaga keladi. Tavbani kechiktiruvchi odam o‘zini go‘yo bu dunyoda doimiy qolmoqchidek tutadi. Balki, u ertaga bu dunyoni tark etar, balki tark etmas. Lekin bugun tavba qilishga qodir bo‘lmagan kishi ertaga tavba qila oladimi? Bugun uni tavbadan to‘sgan narsa shahvatdan o‘zga ne bo‘lishi mumkin? Shu shahvat ertaga ham uni tavbadan to‘smasligiga kim guvohlik beroladi? Yo‘q, bu shahvat undan ajralmaydi. Aksincha, ertaga bu shahvat unga mahkamroq yopishadi. Chunki, shahvat odatlanish bilan kuchayadi. Odat bilan mustahkamlangan shahvat boshqa shahvatlarga o‘xshamaydi. Tavbani kechiktiruvchilarning halokatiga xuddi mana shu shahvat sabab bo‘ladi. Ular o‘xshash narsalardagi farqni ajratadilar-u, lekin shahvatlarini tark qilishda barcha kunlar bir-biriga o‘xshash, mashaqqatlarga to‘la ekanini anglab yetolmaydilar.

Tavbani kechiktiruvchilarni shunga o‘xshatish mumkin: Bir kishi daraxtni ildizi bilan qo‘porib olishi lozim edi. Ko‘rdiki, daraxt osonlikcha sug‘urilmaydi, buning uchun ko‘p mashaqqat sarflash kerak. Shunda u: "Kel shuni yanagi yil sug‘ura qolay", deb bu ishni keyingi yilga qoldirdi. Keyingi yil kelib ko‘rdiki, daraxt oldingidan ham baquvvat. Shunday qilib, bu daraxt yildan-yilga mustahkam bo‘la bordi. U odam esa umr o‘tgan sayin zaiflashib, quvvatdan qoldi.

Dunyoda bu odamning ahmoqligidan kattaroq ahmoqlik bormi? Quvvati borida zaif narsaga qarshi turmadi. O’zini doimo kuchli, u narsani esa zaifligicha qoladi, degan gumonda bo‘ldi. Oqibat, o‘ylaganining aksi bo‘lib chikdi, zaif kuchga kirib, uni mag‘lub etdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:29:53
Alloh taoloning kechirishiga muntazir bo‘lib qolgan kishining misoli, barcha mol-dunyosini infoq qilib, o‘zi va oilasini qashshoqlik girdobiga tashlagan, agar biror xarobadan xazina topsa, shu bilan Alloh ularni rizqlantirishlik kutyotgan odamga o‘xshaydi. Demak, xarobadan xazina topish imkoni qanchalik bo‘lsa, avfga suyanib qolgan kishining kechirilish imkoni hm shunchalikdir. Bamisoli, tunda shaharni qaroqchilar bosishini kutib, butun boyligini hovli sahnida qoldirgan odam kabi bo‘lgan bir noma’lum kishiga ishonyapsiz? Oxirat kuniga, yaxshi amallarga savob, yomon amallarga jazo berilishiga ishongan odamnigina oqil deyish mumkin. Agar siz yolg’onchiga chiqargan payg‘ambarlar haqgo‘y bo‘lib chiqsa, siz mana shu o‘tkinchi, kir dunyoning shahvatlaridan boshqa narsani yo‘qotmaysiz".

Bunday fikrlash, agar fikrlovchi oqil bo‘lsa, shubhalarni ketkazishga kifoya. Negaki, abadiyatga nisbatan umr hech narsa. Agar dunyo donga to‘ldirilsa, bir qush millyon yilda bir dona yesa, vaqti kelib, bu donlar yo‘qoladi, lekin abadiyatdan hech narsa kamaymaydi.

Shunday ekan, nega oqil kishi abadiy saodat uchun shahvatdan nari borsa, yuz yil tiyilmasin! Shuning uchun Abu Alo Ahmad ibn Sulaymon Tanuhiy Maarri deydi:

Men dedim: o‘lgandan so‘ng tirilish bor,
Munajjimu tabiblar qildi inkor.
So‘zingiz rost bo‘lsa, menga ne zarar,
Mep haq bo‘lsam, sizning holipgiz dushvor.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:44:24
Alloh rozi bo‘lsin, Hazrati Ali bu masalaning mohiyatini fahmlashdan aqli ojizlik qilib, shubhaga borgan bir kishiga dedi: "Agar sening aytganing rost bo‘lsa, hammamiz xalos bo‘lamiz. Agar aksi bo‘lsa, men xalos bo‘laman, sen halok bo‘lasan!"

Oqil kishi barcha holatda xavfsiz yo‘lni tanlaydi.

Agar: "Bu xususda fikrlashni tark etgan, bu ish ularga og‘ir kelgan qalb egalarining axvoli qandoq bo‘ladi? Bu qalb egalarini, ayniqsa, shariatning asliga va uning tafsilotlariga iymon keltirgan kishilarni mana shunday fikrlashga qaytarish uchun iima qilish kerak?" deb so‘rasang, aytay.

Bilgilki, insonni bunday xatodan ikki narsa to‘sadi:

Birinchisi, foydali fikr. Bu oxirat azobi, uniig shiddati va dahshatlari, abadiy ne’matdan mahrum bo‘lgan osiylarning hasratlari haqidagi fikrdir. Qalb undan qochadi. Qalb o‘yin-kulgu va huzur-halovatni yanada ziyoda qilish uchun dunyo ishlari xususida fikrlashdan lazzat oladi.

Ikkinchisi, tafakkurning dunyo lazzatlari va shahvatlarga bo‘ysunishdan to‘suvchi mashg‘ulot ekanidir. Inson borki, har bir holatida, har olgan nafasida shahvatga qullik qiladi. Aql ham shahvat izmida. Aql hiyla tadbiri bilan band, har xil hiyla bilan shahvatni yuzaga chiqarib lazzat oladi. Fikr esa uni bundan man’ etadi.

Bu ikkala fikrdan to‘suvchi illatlarning muolajasi qanday bo‘ladi? Avvalombor, qalbga o‘lim va undan keyingi narsalar haqida fikrlashdan to‘sish nodonlik ekanini anglatmoq lozim. U o‘lim xavfini arzimas sanayapti-yu, lekin uni xotirlashdan qo‘rqyapti. O’lim va undan keyingi holatlar tasavvuriga dosh berolmayapti-yu, qanday qilib o‘lim kelganida, uning shafqatsizliklariga chidasin?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:48:28
Fikr dunyo lazzatlarini ketkazishga majbur qiladi va oxirat lazzatlarini boy berish juda katta yo‘qotish ekanini anglatadi. Chunki, oxirat lazzatining so‘nggi yo‘q, unda kudurat yo‘q, soflik bor. Dunyoning o‘tkinchi lazzatlari esa tiniqlikka begona, g‘am va g‘ashlikka qorilgan quyqadir.

Gunohlardan tavba etib, toatga yuzlanmoq, Alloh taologa murojaaat qilib, lazzat topmoq, Allohning ma’rifati va unsiyati bilan rohatlanmoq naqadar go‘zal! Allohga toat etuvchi inson amaliga mukofot sifatida ibodat halovatini, Allohga qilayotgan munojoti orqali yakka-yu yagona Do‘stini topadi. Bu dunyo saodati shundan ortiq bo‘lmas. Agar bunga oxirat saodati ham qo‘shilsa, nur ustiga nur!

To‘g‘ri, tavbaning avvalida lazzat bo‘lmaydi. Lekin biron muddat tavbaga sabr qilgandan so‘ng xuddi yomonlik odat bo‘lgani kabi yaxshilik ham odatga aylanadi. Nafs nimaga odatlansa, uni qabul qiladi, unga moslashadi. Yaxshilik odat, yomonlik esa o‘jarlikdir.

Demak, bu fikrlar Allohdan qo‘rqinch tuyg‘usini uyg‘otadi. Qo‘rqinch esa lazzatlardan tiyilishga chidash quvvatini paydo qiladi. Bu fikrlar tufayli mav’izalar samimiyatga yo‘g‘riladi, qalb bu fikrlardan o‘ziga xos eslatmalar va ibratlar oladi. Natijada bu fikr inson tabiatiga muvofmqlashib, qalb unga monil bo‘la boradi. Xayrga sabab bo‘lgan fikr bilan inson tabiati orasida muvofiqlik paydo bo‘lishi ayni tavfiqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 29 Avgust 2008, 08:49:35
Rivoyat qilinishicha, Ammor ibn Yosir hazrati Alining huzurida o‘rnidan turib dedi: "Ey mo‘minlarning amiri, bizga kufr haqida xabar bering, kufr nimaga asoslanadi?" "Kufrning‘ to‘rtta asosi bor: jafo, amo (ko‘rlik), g‘aflat va shak. Kim jafoga mubtalo bo‘lsa, ya’ni shafqatsiz bo‘lsa, haqni arzimas biladi, yolg‘onni yoyadi, olimlarga nafratini sochadi. Kimki ko‘r bo‘lsa, zikrni unutadi. Kim g‘aflatga berilsa, hidoyatdan chalg‘iydi. Kim shubhaga yuz bursa, orzu-istaklarga aldanadi, hasrat va nadomat uni egallaydi. Alloh tarafidan unga sonsiz balolar yuzlanadi", - dedi hazrati Ali roziyallohu anhu.

Fikrdan chalg‘itadigan, kishini g‘aflatda qoldiradigan ba’zi ofatlarni bayon qildik va bu aytilganlar tavba xususida fikrlashimiz uchun kifoya qiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:27:44
LUG‘AT

(ba’zi so‘z va iboralarpiig matniy ma’yaolari izohi)

azm — biron ishni qilishga chidam va sabot bilan urinish, tirishish, qaror etmoq, ahd etmoq

anglamoq - bilishdan keyingi bosqich, bilish zohirmy ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan nihoyalanadi. Anglash esa zohiriy ma’lumotlarga ega bo‘lishdan boshlanadi.

Allohning «makri» - makr so‘zi bu o‘riida majozan qo‘llanayotgani uchun qo‘shtirnoqda berilyapti. Tafsirda izohlangapicha, bu «makr» — qudrat, g‘azab va azobga ishoradir.

an-nafsul ammora - yomonlikka buyuruvchi nafs (Yusuf surasi, 53 oyat)

an-nafsul lavvoma
- malomat yog‘diruvchi nafs. Ya’ni egasining amaldagi qosirligi tufayli ayanch holga tushgan bu nafs egasiga ulkan malomatlar yog‘diradi.

an-nafsul mutmainna - ikkilanishlardan to‘xtab. sabot va qaror hosil qilgan qalb. Qur’omi karimda bu ibora: "Alloh yerga ato etgan ne’matlaridan rozi bo‘lgan va Alloh ham uning amallaridan rozi bo‘lgan xotirjam-sokin jon" (Valfajr surasi, 77oyat) deb izohlangan. Matnda: "Holis tavbaga yo‘naltirilgan sokin nafs", deb tarif berilgan.

asar(osor deb ham qo‘llanadi) - lug‘aviy ma’nosi "iz", "belgi". Istilohda sahoba va tobe’inlarning aytgan so‘zlari va qilgan fe’llari.

ashobul yamin - o‘ng tomon egalari. Bu zotlar hayoti dun yodan iymo-ne’tiqod bilan o‘tganlari sababli Qiyomat kunida nomai a’mollari o‘ng tomonidan borilib, jannat ne’matlariga sazovor bo‘lgan kishilardir.(Voqea va Muddassir suralarida kelgan)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:31:37
balo - sinov

basirat - idrok va ogoh quvvati

darajot - yuksaklashuv bosqichlari

darakot - tubanlashuv bosqichlari

jazm — biror ishga kirishmoq. Matnda keladi: "œQudrat va irodaning jazmi hosil bo’lgach, harakatni Alloh yaratadi".

fosid - buzg‘unchi.

fosiq - shariat chegarasidan chiquvchi.

g‘aiimat - o‘lja
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:33:36
habib - sevilgan, yaxshi ko‘rilgan zot. Habibulloh—Muhammad alayhissalomning sifatlari

hol - vaqt e’tibori bilan «hozir». Bandaning hozirgi, ayni paytdagi manzili. Aytiladiki, hol — u holatdan bu holatga o‘tish, qalbning o‘zgarib tu'rishidir. Yana aytiladi, hol zoyil bo‘lmaydi, agar zoyil bo‘lsa, u hol emas.
ilg‘amoq - o‘ta hushyorlik va noziklik ila hosil bo‘ladigan hislat, anglashning dastlabki bosqichi. «Payqamoq»  ham «ilg‘amoq» fe’liga ma’nodosh. ammo «payqamoq» moddiy hodisalarga, «ilg‘amoq» ma’naviy hodisalarga nisbatan qo‘llanadi.

ilm bilmoq - anglamoq. Matnda ko‘proq «anglamoq» ma’nosida berildi.

iroda - maqsadni amalga oshirish uchun bo‘lgan kuchli istak; ixtiyor, qat’iyat.

isroiliyyot - muqaddam o‘tgan xalqlar va ularning payg‘ambarlari xususida yahudiy va nasroniylardan olingan rivoyatlar. Ulamolar isroiliyyotni uch qismga ajratishadi:

1) maqbul xabarlar — Rasulullohdan sahih naql orqali to‘g‘riligi varid bo‘lgan. Masalan, Xizr alayhissalomning nomlari. Bu haqda sahih hadis mavjud;

2) maskutun anhu — u haqda sukut qilingan xabarlar. Ya’ni, to‘g‘riligi yoki yolg‘onligi noma’lum xabarlar. Bunday isroiliyyotni ibrat sifatida hikoya qilish mumkin. Lekin uni tasdiqlamaymiz va yolg‘onga ham chiqarmaymiz. Payg‘ambar alayhis salomning ushbu amriga muvofiq: "Ahli kitobni tasdiqlamanglar va yolg‘onchiga ham chiqarmanglar. (Balki) Allohga va bizlarga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, denglar";

3) marfuz — inkor qilingan xabarlar. Ya’ni shariatimizga zid va aqlga xilofligi ayon xabarlar. Bunday isroiliyyotni tasdiqlash, qabul qilish, rivoyat etish durust emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:34:55
isror - yomonlik va gunohdan qaytmaslik.

istihlol - biron narsani halol deb hisoblash; halollashni so‘rash. Masalan, g‘iybat sababli qalb kirlandi — haromga botdi. Endi bu haromdan halol hududiga o‘tish — poklanishning yagona yo‘li zolimning mazlumdan kechirim so‘rashidir.

ixtiyor - irodaning har xil o‘y-fikrlar taraddudidan keyingi to‘xtami.

kafforat - gunohning mag‘firat qilinishiga sabab bo‘luvchi amal. Har qanday gunohning ziddi o‘sha gunohga kafforat bo‘lishi mumkin. Muhimi, zidlik darajasini to‘g‘ri va aniq belgilashda. Masalan,  yolg‘on so‘zning ziddi - rost so‘z. Bu ikki tushunchaning zidlik darajasi birbiriga to‘la muvofiq.

Shuning uchun yolg‘onning kafforati faqat rostlikdir.

karramallohu vajhahu - Alloh uning yuzini muborak qilsin. Aliy roziyallohu anhuniig nomlari shu duo bilan sifatlanadi.


Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:39:52
ma’rifat - Allohni tanimoq. «Tanimoq» fe’li «bilmoq» dan ko‘ra kengroq, «bilmoq» fe’li esa «tanimoq» dan chuqurroqdir. Shuning uchun hech qachon «Ollohni bildim» deyilmaydi.

ma’siyat - bu so‘zning o‘zak ma’nosi "œitoatsizlik qilmoq", "œbuyruqqa xilof ish tutmoq". Agar bu harakat nohaqlikka emas, haqqa nisbatan qaratilsa, «gunoh» deyiladi. «Ma’siyat» ayni shu ma’nodadir. «Isyon» so‘zi ham «ma’siyat» bilan o‘zakdosh bo‘lib, aksar holda Haqqa itoatsizlikni ifodalaydi.

ma’sum - bu sifat payg‘ambarlarga xos bo‘lib, "gunohlardan" qo‘rilgan, himoya qilingan, Alloh taoloning o‘zi gunohlardan saqlagan» degan ma’nodadir.

majlis - o‘tiriladigan joy. Ko‘pincha bu so‘z ma’lum joyda yig‘ilgan toifaning suhbatiga ishoratan «majlis qurdik», ya’ni «suhbatlashdik» ma’no sida ishlatiladi.

malaul a’lo — farishtalar.

maqomi mahmud - maqtalgan maqom. Bu haqda Isro surasining 79-oyatida aytiladi: "Kechaning bir qismida uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni(Qiyomat kunida) maqtovli(ya’ni gunohkor ummatlaringizni shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tiriltirur". Aksar ulamo "œmaqomi mahmud"ni shafoat maqomi deb ta’vil qilishgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:41:48
munojot - Alloh bilan sirlashuv.

muqarrabun - yaqin qilinguvchilar, ya’ni bu dunyoda doimo yaxshi amalga peshqadam bo‘lib, jannatda Alloh taologa yaqin qilinguvchilar.

muqoyasa - bir narsani boshqa narsaga solishtirish.

musofot - o‘zaro mehr-muhabbat.

Mussabbibul asbob - sabablar Sababchisi, ya’ni sabablarni yaratuvchi Zot. Sabablar ko‘p, olamdagi barcha narsalar sababdir. Sababchi esa yakkayu yolg‘iz Alloh  taolodir.

muvolot - samimiy do‘stlik.

nafs - jon, ruh (nafsning turlari haqida yuqorida aytildi).

qasd - maqsad
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:45:48
rahmat - rahm. Rahm — Alloh taoloning bandalarga ato etgan ne’mati, xayri.

raziyAllohu anhu - «Alloh undan rozi bo‘lsin» degan ma’nodagi duo. Sahobalarga nisbatan ishlatiladi.

rutba - biron ishning amalga oshishi uchun lozim bo‘lgan asos

sollAllohu alayhi va sallam - unga Allohning salavoti va salomi bo‘lsin. Payg‘ambarimiz Muhammad alay hissalomning nomlari zikr qilinganida, salavot aytish Qur’on va hadis bilan sobit bo‘ltan: "Albatta Alloh ham, uning farishtalari ham Payg‘ambarga duoyu salavotlar ayturlar: "œEy mo‘minlar, sizlar ham u zotga salavot va salom aytinglar" (Ahzob surasi, 5-oyat).

shahvat - kuchli istak, nafsoniy quvvat. «Ishtaha» ham shahvatga o‘zakdosh so‘z. Shahvat dunyo hosilasi bo‘lgani uchun uni: «dunyoga ishtaha bilan tashlanish», deb ta’riflash to‘griroqdir.

sidratul muntaho - jannat chetidagi nilufar. Bu haqda "Najm" surasining 13-15 oyatlarida aytiladi: "Qasamki,(Muhammad alayhissalom Jabroil farishtani o‘zining asliy suratida) ikkinchi bor(jannat) chetidagi nilufar oldida ko‘rdi. Jannati ma’vo ham o‘sha (nilufar)ning oldidadir. O’shanda nilufrni o‘ragan narsa(ya’ni Alloh taoloning fayzi ilohiysi) o‘rab olgan edi".
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:47:21
tahqiq - haqni yuzaga chiqarmoq, amalda isbotlamoq

taraddud - ikkilanish, bir to‘xtamga kelolmaslik.

to‘xtam - ikkilanish batamom to‘xtab, shak to‘la yo‘qolganidan keyin tutiladigan qat’iy qaror

toat - Allohga itoat

xalil -  haqiqiy do‘st. Xalilulloh—Ibrohim alayhissalomning sifatlari.

xamr - mast qiluvchi ichimlik.

yaqin — shak-shubhasiz, aniq bilim. Qur’oni Karim tafsirida «o‘lim» ma’nosida ham sharhlangan: «To sizga aniq narsa (ya’ni o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga ibodat qiling» (Hajr surasi, 99-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 30 Avgust 2008, 06:49:06
MANBALAR

1. Al-mo‘jamul vosit. Dorudda’va. Istanbul, 1989.
2. Al-mo‘jamul mufaxris li alfozil Qur’on. Dorudda’va, Istanbul, 1990
3. Al-munjid fillugoti vala’lam. Maktabat ush-sharhiyya, Bayrut, 1986.
4. Al-qomus ul-jadid. Tunis-Jazoir, 1985.
5. Ihyou ulumid din. Abu Homid G’azzoliy. Dorul-ihyo. Bayrut
6. Kitabul imla fi ishkalatil-ihyo. Abu Homid G’azzoliy. Dorul-misriyyal-lubnaniyya.
7. Riyoz us-solihiyn. Muodyiddin Abu Zakariyo An-Navaviy. Santlada. M., 1993.
8. Ruscha-o‘zbekcha lug’at. I-II t. T., 1983.
9. Taysir mustalahul hadis. Maumud Tohhon. Maktabat ul-maorif, Ar-Riyoz, 1987.
10. Tafsirul Qur’anil azim. Imomuddin Abu Fido Ismoil ibp Kasir. Dorulma’rifat. Bayrut-Lubpan, 1989.
11. O’zbek tilining izohli lug‘ati. M., 1981.
12. Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima. Tarjima, va izohlar muallifi Shayx Alouddin Mansur. T., 1992.
13. Hadis va hayot. 1-juz. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. T., 2003 y.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: Musannif Adham 31 Avgust 2008, 07:23:54
MUNDARIJA
Tavba kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142803#msg142803)
Tavba sabog'i (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142848#msg142848)
So'zboshi o'rnida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142851#msg142851)
Birinchi bob. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142899#msg142899)
Tavbaning mohiyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142899#msg142899)
Tavba nima? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142899#msg142899)
Tavbaning vojibligi va fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142900#msg142900)
Tavbaga shoshilish vojib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142961#msg142961)
Tavbaning har qanday sharoitda hech bir istisnosiz vojibligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg142971#msg142971)
Shartlar to'liq bo'lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143303#msg143303)
Ikkinchi bob. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143651#msg143651)
Kichik va katta gunohlardan tavba qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143651#msg143651)
Gunohlarning qismlarga bo'linishi va bandalik sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143653#msg143653)
Oxiratdagi darajalarning dunyoda qilingan yaxshilik va yomonliklarga ko'ra taqsimlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg143939#msg143939)
Kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144323#msg144323)
Uchinchi bob.  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144330#msg144330)
Tavbaning mukammal bo‘lish shartlari va uning umr oxirigacha davom etishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144330#msg144330)
Tavbaning davomiyligiga ko'ra bandalarning toifalarga bo'linishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144361#msg144361)
Tavba qiluvchi nimalarga shoshilmog‘i lozim? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144374#msg144374)
To'rtinchi bob. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144573#msg144573)
Tavbaning shifobaxshligi va gunohdan tiyilmaslik dardining muolaja yo’li (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144573#msg144573)
Lug'at (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144710#msg144710)
Manbalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.msg144718#msg144718)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2008, 00:41:06
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

(http://ziyouz.com/images/books/ihyo_tavba.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=256)

Muallif: Imom G'azzoliy
Hajmi: 485 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=256)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2820.0)