forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Buxoro viloyati => Mavzu boshlandi: Mr.Twister 21 Avgust 2008, 15:12:39

Nom: Buxoro - mashhur kishilar vatani!
Yuborildi: Mr.Twister 21 Avgust 2008, 15:12:39
Assalom alaykum! Aziz forumdoshlar, ushbu mavzuda Buxoro tuprog'ida tug'ilib, voyaga yetgan, shahrimiz va yurtimiz dong'ini butun dunyoga taratgan mashhur kishilar haqida ma'lumot berib boriladi. Kim haqida ma'lumot olishni istaysiz, yozib yuborsangiz, shutakliflarga asosan mavzuni shaklantirardik.
Nom: Re: Buxoro - mashhur kishilar vatani!
Yuborildi: Mr.Twister 30 Sentyabr 2008, 12:09:46
Sadriddin Salim Buxoriy -
Shoir, tarixchi olim bo‘lish qatorida o‘tkir publitsist hamdir. Uning qator maqolalari Buxoro ziyoratgohlarining omon qolishi, obod bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan edi. U — tasavvufshunos olim. Tariqat ilmi bilan bog‘liq maqolalarini olmonlaru faranglar biladi. U — tarjimon. Nemis allomasi Gyotening «G‘arbu Sharq devoni»ni to‘liq holda tarjima qildi. Sadriddin Salim Buxoriy o‘qituvchilarning ham ustozidir. Ayni kunda ustoz Buxoro viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida faoliyat yuritayotir. Uning ta’lim-tarbiya, ustozlik maqomi xususidagi fikrlarida o‘ziga xoslik mavjud.