forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Mr.Twister 24 Oktyabr 2008, 14:15:34

Nom: Ota-ona roziligi - Jannat kaliti
Yuborildi: Mr.Twister 24 Oktyabr 2008, 14:15:34
Assalomu alaykum wr wb!
Ancha oldin eshitgan bir va sizlarga ravo ko`rmoqchi bo`lib yurgan mavzuimni bugun yozish nasib qilgan ekan bu uchun Allohga hamdlar aytaman.

Muhammad Mustafo (s.a.v.) oldilariga bir Asxobi Ikrom kelib:
"Yo Allohning rasuli, men bir katta gunoh qildim, shu gunohni yuvish uchun menga tavsiya bering" dedi.
Shunda Payg`ambarimiz:
"Ota-onangizning roziligini oling" dedilar
Muhammad Mustafo (s.a.v.) aytdilar:
"Har erta ota-onasini yo`qlagan farzand uchun Alloh taolo Jannatning ikki eshigini ochib qo`yadi" dedilar.

Alloh va ota-ona roziligida bo`laylik.

Xatolar bo`lsa Alloh kechirsin.
Nom: Re: Ota-ona roziligi - Jannat kaliti
Yuborildi: NeilaXonim 03 Noyabr 2008, 23:01:03
Darhaqiqat Ota-ona roziligi-Jannat kalitidir!
Ota-onani qadrlash borasida ba'zi ma'lumotlarni havola etmoqchiman:
 
Konfutsiy hikmatlari        
Ustoz aytardi:
—    Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.
Men Sun ustozdan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Ustoz javob berdi:
—    Tuzukdan chiqmaslik.
Fan Chi ot aravani haydab borardi, shunda Ustoz aytdi:
—    Men Sun mendan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Men unga: tuzukni buzmaslikdir, deb aytdim.
—    Buning ma'nosi nima? — deb so’radi Fan Chi.
Shunda Ustoz javob berdi:
—    Ota-ona tirikligida ularga yaxshi xizmat qilmoqdir. Qazo qilsalar — ko’mib kelmoq va zarur rasm-rusumlarni ado etmoqlikdir.

* * *

Ustoz aytardi:
—    Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur bo’lib qolsa, qayerga borishingizni ularga malum qilib keting.

* * *
Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek, bolalarni ham qo‘riqlab turuvchi posbondir; u ota-onani kulfat va g‘amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
O. BALZAK

Ota-onaga nisbatan hurmat va muhabbat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg‘udir.
V. G. BELINSKIY


Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha balandparvoz maqtovlar o‘g‘illik muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY

...Ota-ona qalbi, bu eng olijanob hakam, eng yaxshi do‘st, bu alangasi intilishlarimizning muqaddas majmuasini isitadigan muhabbat quyoshi!
K. MARKS

Ota-onaga muhabbat — barcha yaxshi fazilatlarning asosi.
SITSERON

Ona-otang bilan munosabatda rostgo‘y bo‘l. Ular ma’qullaydigan ishga ulardan ruxsat va ijozat so‘ra. Intizomli farzand bo‘lish qiz va o‘g‘ilning haqiqiy erkinligidir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Biz hamisha qarzdor bo‘lgan eng ulug‘ zot onadir.
N. A. OSTROVSKIY

Ona — zamindagi yagona xudodir.
E. LEOUVYE

Murg‘ak bolalar tili va dilidagi xudo — ona.
U. TEKKEREY

Ona muhabbatidan muqad dasroq va beg‘arazroq hech narsa yo‘q; har qanday mehr-muhabbat, har qanday ehtiros ham unga nisbatan yo ojiz, yo g‘arazlidir.
V. G. BELINSKIY

Ona qalbi bitmas-tuganmas mo‘‘jizalar manbaidir.
P. BERANJE

Inson o‘z onasini ruhiy jihatdan ham o‘ziga qadrdon deb bilishi noyob baxtdir.
M. GORKIY

Jahonning butun g‘ururi onalardan. Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt yo‘q, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz shoir ham, qahramon ham bo‘lmaydi.
 M. GORKIY

Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayolni — Onani sharaflaylik! Insondagi butun go‘zallik quyosh nurlari-yu, Ona mehridan.
M. GORKIY

Sen bolalikdan ona ko‘zlariga boqib, ulardagi tashvish va halovatni, surur va hayajonni ko‘rishga o‘rganmagan ekansan —bir umrga axloqiy jihatdan nogiron bo‘lib qolasan. Sevgidagi qo‘pollik singari axloqiy nogironlik ham kishilar boshiga kulfat, jamiyatga zarar keltiradi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Ko‘rnamak o‘g‘il begonadan yomon. U jinoyatchidir, chunki onaga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishga o‘g‘ilning haqqi yo‘q.
G. MOPASSAN

Ajdodlar hurmatini chin qalbdan bajo keltiruvchi kishi baxtlidir.
I. GYOTE



Ajdodlarga hurmatsizlik axloqsizlikning birinchi belgisidir.
A. S. PUSHKIN



Bolalaring senga qanday munosabatda bo‘lishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda bo‘l.
ISOKRAT

Otalar bilan bolalar bir-birlaridan rozi-rizolik kutib o‘tirmasdan, zarur narsalarni oldindan bir-birlariga berishlari lozim, lekin bu ishni birinchi bo‘lib ota qilishi kerak.
DIOGEN

Siz ota-onangiz bilan qanday muomalada bo‘lsangiz, bolalaringiz ham sizbilan shunday muomala qilishini yodda tuting.
FALES

Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat ham sevishganlar o‘rtasidagi munosabat singari mashaqqatli va shu qadar hayajonlidir.
A. MORUA

Bolalar yigirma besh yoshgacha ota-onalarini sevadilar; yigirma besh yoshda ularni qoralaydilar, so‘ngra ularni kechiradilar.
I. TEN

Eng razil, ayni paytda eng oddiy va azaliy ko‘rnamaklik — bu farzandlarning ota-onani qadrlamasligidir.
L. VOVENARG


Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida butunlay sir bo‘lmasligi dunyoda eng kam uchraydigan hodisadir.
R. ROLLAN

Bolalar o‘z ota-onalarida o‘tmishni, ota-onalar o‘z farzandlarida kelajakni ko‘radilar; ota-onalarda bolalariga nisbatan farzandlarning ota-onalarga muhabbatiga qaraganda ko‘proq mehr uchratar ekanmiz, bu qayg‘uli, ayni paytda tabiiy holdir. Xotirotlaridan ko‘ra orzu-umidlarini ko‘proq yaxshi ko‘rmaydigan odam bormi?
I.ETVES


O’z farzandlarini baxtli qilishga intiluvchi mehribon ona ko‘p hollarda o‘zining tor qarashlari, kaltabin mo‘ljallari, keraksiz g‘amxo‘rlik va mehribonliklari bilan ularning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yadi.
D. D. PISAREV

Har bir ona o‘ziga qaraganda tsizi yaxshiroq erga tegishiga umid qiladi va o‘g‘li hech qachon otasidan yaxshi xotin ololmasligiga ishonadi.
M. ANDERSEN-NEKSE

Hayotning muhim vaziyatlarida ota-onaning suyanchig‘i bo‘lish ajoyib ish, biroq ularning ko‘p ikir-chikir va bema’ni talablari jonli, erkin, dadil iste’dodni bo‘g‘adi.
A.S. GRIBOYEDOV


Otaning xizmatlaridan bola foydalanmasligi kerak.
M. SERVANTES
Nom: Re: Ota-ona roziligi - Jannat kaliti
Yuborildi: Mr.Twister 06 Noyabr 2008, 22:49:50
Aforizmlar uchun rahmat!
Nom: Re: Ota-ona roziligi - Jannat kaliti
Yuborildi: Mr.Twister 06 Noyabr 2008, 22:51:06
Bu mavzuni Umumiy bo`limda ochib to`g`ri qildimmi? Agar xato qilgan bo`lsam Moderatorlardan iltimos uni o`z joyiga o`tkazishsin.
Nom: Re: Ota-ona roziligi - Jannat kaliti
Yuborildi: siddiqa 05 Dekabr 2008, 15:40:19
Allohga ota onamiz bizga qanday mehribonlik bn yoshligimizdan parvarishlashgan bo'lsa ularga shu mehrni ko'rsatishini so'rimiz.lekin gohida ota onalrning farzandlarini ALLOH va uning Rasulidan oldin yahshi ko'rishlari ,farzandlarga aziyatlar beradi lekin bu muhabbat ularni ko'zlarini ko'r qilib qo'ygan,aziz onajonlar otalar biz farzandlaringizdan oldin ALLOHni keyin Rasulullohni yahsi ko'ring .