forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 10:11:59

Nom: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 10:11:59
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.
O'z bek adabiyotida yaqindagina nomayon bo'lgan va tezda o'z muxlislarini topgan ushbu dostonni shu yerga joylashga qaror qildik. Bu kitobchani Islomiy kitoblar bo'limiga joylasak ham bo'lardi, lekin bu bo'limga kiruvchilarni ko'pligini hisobga olgan holda, bu kitobda aytilgan so'zlar har bir INSONMAN degan insonga taalluqli bo'lgani uchun va bunga hamma muhtojligini hisobga olgan holda shu yerga joylashga qaror qildim.
Bundagi satrlarni chuqur mulohaza bilan o'qib, uqishingizni iltimos qilardim.
Bunda zikr qilinga har so'z, har bir jumla hammamizga aslida kim ekanligimizni, bizning burchlarimiz nimadan iborat ekanligini judsa ustalik va go'zal satrlar ila yetkazilganiga amin bo'lasiz,InshaAlloh.
Allohda yordam va madad so'ragan holda, bu "Insonnoma" ni har bir INSONga yetkazishlikni boshlaymiz.
Alloh barchamizni O'zining eng suyukli bandalari qatorida qilsin.
Allohga hamdu sano, Uning suyukli Rasuliga SAV salovatlar bo'lsin. Amiyn.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 10:13:18
Abdug’ofur Sobir Mirzoning "œInsonnoma" asari haqida.

Tan olish kerak "œInsonnoma" bugungi adabiy jarayondagi go’zal bir kashfiyot bo’ldi. Unutilayozgan uslub adabiyotda tiklandi. "œQutadg’u bilig","ma’naviy masnaviy", Hazrati Yassaviy hikmatlari,"Sabot ul-ojiziyn" va yana o’nlab benazir nazm va hikmat javohirlari qatori ushbu asar ham odamzot uchun g’oyat zarur bo’lgan ma’naviy zuqa.
"œInsonnoma"ni o’qiy turib, men o’tgan ulug’larimizni esladim. Dastlabki to’rtliklarni o’qigan chog’dayoq bu asarni besh-o’n sh’eriy kitoblar muallifi emas, kechagina sa’natda dovrug’ taratib, endi adabiyotda o’zini sinayotgan kishi yozganiga ishonging kelmaydi. Naqadar quyma satrlar, naqadar chuqur ma’noli hikmatlar. Shoirning :bul bitikni demasdirman liq to’ladir hikmatga" deb yozganini kamtarlikka yo’yamiz. Asarda bo’sh, puch asar yo’q. Bemaqsad aytilgan fikrlar yo’q. Ibrat bo’larli satrlarni istagancha, hatto behisob keltirish mumkin. Ishonamizki, nuqtadonlik ila bitilgan bu asarni o’qigan har bir odam o’zini inson qilib yaratgan Allohga shukrlar qilgani holda zimmasidagi vazifalarni, mas’uliyatni ham o’ylab ko’radi. Haromdan qochadi, hidoyatga intiladi. Asar ma’naviyat gulshanidagi toza va xushbo’y gullardan ekanligi shubhasizdir.

Tohir Malik,
O’zbekiston xalq yozuvchisi.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 10:14:13
Xitoblardan tuzilgan kitob.

Odatda, shoirlarning ilk kitoblari sh’erlardan iborat bo’lardi.Ammo jahongashta Abdug’ofurning ilk kitobi "œInsonnoma" dostonidan iborat bo’ldi. To’g’ri, jahon adabiyotida inson nomi bilan bog’liq sh’erlar, dostonlar anchagina mavjud. Yo’qsa, bu qnadya "œInsonnoma"? Unda insonlik sharafi ko’klarga ko’atirb maqtalganmi? Yo’q, unda inson aqliga xitob qilingan, insonlik sharfini oyoq osti qilayotgan insonlarning ahvoli o’zlariga eslatib qo’yilgan. Muallifning dardli-darmonli, alamli-armonli, g’azabli-shafqatli, achchiq-tiziq va mehrli so’zlarining boisi shu: inson inson bo’la turib,yaxshilikdan o’gayotgani, insonlikdan chiqayotgani, tobora halokatga qarab ketayotgani, o’z oyog’iga o’zi bolta urayotgani, insof-adolatni unutayotgani,noshukrlik botqog’iga botayotgani.Muallif odamzod o’z-o’zini va yaratgan Parvardigorini tanishini xohlaydi, butun insoniyatning niyati dunyodagi solih zotlar niyatiga mos kelishini istaydi.
Hadisi sharifda:"Kimki o’z nafsini tanisa, bas, u Rabbisini taniydi" deb marhamat qilingan. Ushbu doston insonga o’z o’zini tanitish yo’lida, uni yaxshilikka qaytarish yo’lida muallifning bir nidosi, faryodi, chaqirig’idir.
Doston shoirning birinchi asari ekanini hisobga olsak, u ilk bitikdayoq ravon,mantiqli fikrga, ta’sirchan she’riy san’atga erishganini ko’ramiz. Shoirning tuyg’ulari jo’sh urib turmasa, sh’eriy san’atga erishganini ko’ramiz. Shoirning tuyg’ulari jo’sh urib turmasa,sh’eriy asar jarangdor chiqmaydi. Bu doston esa jo’shqin, jarangdor va tuyg’ularga boy. Muallif talay bandlarda hikmat aytishga ham intilgan. To’g’ri, dostonda ba’zan "œyuzma-yuz", Avlodlarga maktub","Ruhlar isyoni" kabi mahshur asarlar ruhi yoki ohangi ta’siri sezilib turadi. Ammo muallif o’z iste’dodi va ilmi bilan o’z so’zini aytishga erishgan. Doston janri muallifga kenglikda yayrab, barilla so’zlashga imkon bergan. Dostonning ilk nusxasini o’qib, bo’limlarga jaratish, mos sarlavhalarni qo’yish,b’azi ta’sirlardan tozalash, islomiy aqoidga muvofiq keltirish, ba’zi mavzulardan voz kechish, xat usuli o’rniga xitob usulini qo’llash haqida ojizona fikrlarimizni bildiraganimizdan keyin Abdug’ofur aka uzoq vaqt ko’rinmay ketdi.Asarni sabr va tahammul bilan sobirona ishladi. Yana zarur izohlar va ilovalar bilan boyitdi. Endi u ilk kitobi bilan sh’eriyat muhiblarning mehri va hurmatini qozona oladi, deb umid qilaman. "œInsonnoma" xalq nazdida ham,Haq nazdida ham maqbul bo’lishini, muallif va kitobxonlarning dunyoyu oxiratlari uchun manfaat keltirishini tilayman.

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 10:17:59
"¦Shubhasiz,Alloh insonlarga biron zulm — adolatsizlik qilmas, Balki, insonlar o’zlariga o’zlari zulm qilurlar.
Yunus surasi, 44-oyat.


Bitik boshi.

"œBismillah"¦" deb boshlagum,Haq
Olsin o’z panohiga,
Barcha hamdu sano bo’lsin
Borliq mulkin Shohiga.

Salovat durudlar bo’lsin
Habibi,Rasuliga,
Ul Muhammad Mustafoga —
Haqning sodiq quliga.

Haqning rahmat salomlari
Bo’lsin chahoryorlarga,
Ashoblarga, ya’ni ul dam
Ul saflarda borlarga.

Barcha o’tgan mo’minlarga,
Tilab rahmat, mag’firat,
Inson,senga iymon tilab,
Nomingga yozdim bir xat.

Bag’rimda bir bahr bo’ldi,
Fikrlar toma-toma,
Bul bitikni bitdim,hamda,
Nomladim "œinsonnoma".

Qo’lda qalam ibodatim
Sira qilmay kanda man,
Kechir hatim bo’lsa xato,
Men ham ojiz bandaman.

Bul bitikni demasdirman
Liq to’ladir hikmatga,
Liq to’la dil hasratimni
Ag’darmisham bu xatga.

Yo’q, bu noma hasrat emas,
Ezgu niyatli xatdur,
Insonligin bilmaslarga,
Insonlikka da’vatdur.

Kimdir qarshi bo’lar balki,
Ko’ngli to’lmas bu xatdan,
Kimdir hissa chiqargay bul,
Qissayi nasihatdan.

Kimgadir bul maqbul bo’lar,
Kimga mutlaq yoqmasdur,
Kimdir dildan o’qib boqar,
Kimdir qarab boqmasdur.

Qalbim undar rost aytishga,
U yolg’onni to’qimas,
Kimdur buni yod olgaydur,
Kimdur mutlaq o’qimas.

Kimgadir xush kelib, balki
Xolis bir fikr aytar,
InshaAlloh, kimdir qayda,
Nopok bir yo’ldan qaytar.

Bul bitigim boshlamasdur
Biron bir buzuq yo’lga,
Niyating pok qilib so’ngra
Olgin bu xatni qo’lga.

Har insonga har dam zarur,
Haq so’zlar bordur bunda.
Bul damda bul soz’alr kerak,
Har qadamda, har kunda.

Har bandida bordur foyda,
Bunda also yo’q zarar,
Anglab amal aylasang gar,
Fe’ling tubdan o’zgarar.

Bul bitikning chin maqsadi,
Johillikni yo’qotish,   
Haq yo’lida halol yashab,
Halol rizq ta’min totish.

Sh’aningga so’z bitmoqlikka,
Men o’zimni chog’ladim,
Biroz bo’lsin ta’sir kuchi
Deb qofiya bog’ladim.

Yo’q!Kerakmas shuhrat menga,
Yozmadim men shon uchun,
Istarmki, ma’no tutgil,
Yozmadim unvon uhcun.

Hayron bo’lma, ba’zi baytlar
Sal tuyulsa be’tamroq,
Ko’proq yozdim xatolaring,
Shundan maqtovi kamroq.

Men unutib turmushdagi,
Bor mayday tashvishlarni,
Xo’b izladim izohlarni,
Ko’p noma’qul ishlarni.

Men yozmadim bir millatga,
Yoki ma’lum bir Xonga,
Yozdim umumbashar uchun
Ya’ni,senga — INSONga!

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:11:23
Bilgil, burching buyukdir!

Tanang Alloh amri ila
Qora loydan qorilgan,*
Ruhing Alloh lutfi hamda
Mehri-la sug’orilgan.

Go’zal shklu shamoyiling,
Va bor go’zal tafakkur,
Oliy hilqat bu o’zingsan,
Aytmoq kerak tashakkur.

Go’zal hislat, fazilatlar
Jamuljam, senda bisyor,
Bu hislatlar, bu muruvvat
Yana qay jonzotda bor?

Yaratgandan o’zga ayt-chi,
Yana kimga qaramsan?
Qara qanday ulug’langan,
Aziz mukarramsan!**

Barcha borliq sen uchundir —
Shu bir tirik jon uchun.
Borlqidagi borki borlar —
Hazrtai INSON uchun.

Yozilmishdur taqdringa
Xalifalik maqomi.***
Berilmishdir senga zamin,
Ham osti hamda tomi.

Xalifasan — Yerda shohsan,
Bilgil, bu burch buyukdir.
O’yin bilma vazingni,
Bu — burch senga, bu yukdir.

Shunga loyiq bo’lgan buyuk
Xatarni ham unutma,****
Gunohing behisob bo’lsa,
Ezgu ajrni kutma!

So’ravim shul, diqqat ila,
Quloq solgil so’zimga,
Bu so’z senga, bu so’z unga,
Ularga va o’zimga.

Inson kimdir?...U — sen, u — men,
Ular, sizlar va bizlar.
Lekin bu nomga loyiq faqat,
Ul kim,kim Haqni izlar.

* "œHijr" s. 26-oyat,"mo’minlar" s.12-oyat,"Rahmon"s.14-oyat.
** "œAl-Isro"s.70-oyat.
***"Baqara"s. 30-oyat.
**** Imom G’azzoliydan.


Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:17:23
Taajjubli ta’rinfing.

Tomchi suvdan nutfa bo’lding,
So’ngra alaq qon bo’lding,
So’ng bir parcha go’sht bo’lding va
Raso bir inson bo’lding.*

Erkak hamda ayol bo’lding,
O’z jufting-la topishding,
Zurriyotlar orttirishga
Yoppasiga yopishding.

Yaxshi — yomon ishlaring ko’p,
Bir qorasan, bir oqsan,
Ulug’ so’zda yozilgandek,
Mag’rursan, maqtanchoqsan.**

Biring tarso, biring mushrik,
Biring-chi, musulmonsan.
Ota-onang birdur, vale,
Turli tanli bir jonsan.***

Ba’zan tekis yo’ldadursan,
Ba’zan yo’l yo’qotgansan,
Ba’zan ogoh, ba’zan esa,
G’aflatda tosh qotgansan.

Biring qo’lsa qamchi quldor,
Biring qora tan qulsan,
Biring qozi, biring qotil
Boshqa biring maqtulsan.

Mahkum bo’lgan o’zingdursan,
Ham hukmdor o’zingsan,
Osilguvchi o’zingdursan,
Osguvchi dor o’zingsan.

Poylanguvchi o’zingdursan,
O’zingdandur soqchilar,
Xabar kutgan o’zingdursan,
O’zingdan ayg’oqchilar.

Mazlum kimdur?bu o’zingsan,
Va zolim ham o’zingsan.****
Johil kimdur?Bu ham o’zing,
Va olim ham o’zingsan.

Bir yonda xasis, ziqna,
Bir yon hotamtoylaring.
Bir yon to’la faqirlarga,
Bir yonda-chi, boylaring.

Xaridor ham o’zingdursan,
O’z ichingdan tojirlar,
Vafodor qatoringda,
Va oz emas fojirlar.

Istagancha kengliklarni,
Sayhon qilgan o’zingsan,
Ekin ekkkan o’zingsan, so’ng
Payhon qilgan o’zingsan.

Bunyod etib shaharlarni
Dong’I ketgan o’zingsan,
Barchasini bir zumdayoq
Vayron qilgan o’zingsan.

Barcha jonzot hurkib turar,
"œOdam" otlig’ otingdan.
To’g’ri "œzo’r"san, lekin qiziq,
Qo’rqoq ham o’z zotingdan.

Biring doim vahimada,
Qarilikdan,tolishdan,
Boshqa biring boyligidan,
Ayro tushib qolishdan.

Kaltak yegan kim bo’ldi-yu,
Zarba urgan kim bo’ldi?
Chekkada qo’l qovushtirib,
Qarab turgan kim bo’ldi?

Barcha ta’rif egasi bu
O’zingsan g’ofil INSON,
Yaxshi yomon ishlar bari,
Senikidir,bil INSON.

Yana qancha ta’rif kerak,
Yo’q,charchamam aytishdan,
Qani ayt-chi, umid bormi,
O’zligingga qaytishdan.

Oq-qorani ko’rib nahot,
Farqin anglab yetmasang,
Bunchalar ham o’zligingdan,
Yiroqlashib ketmasang!

* "Mo'minlar" surasi,13,14-oyatlar, "Qiyomat" surasi, 37-38-oyatlar.
** "Hud" surasi 10- oyat.
*** "Hujurot" surasi,13-oyat.
**** "Ibrohim" surasi, 34-oyat.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:18:20
Tarixing ta’rifinda.

Fosiq fe’lli ko’p kaslaring,
Noming bulg’ar alhazar,
Shul o’rinda tarixingga,
Tashlasak bir dam nazar"¦

Qirg’in-barot, qiy chuv ila,
O’tdi qancha asrlar,
Vayron bo’ldi, kuyib bitdi,
Qancha qo’rg’on qasrlar.

Qay elating buyuk bo’ldi,
Egalladi sharf — shon.
Qay biridan qatli om-la,
Qolmadi hech nom nishon.

Xudolikni da’vo qilgan,
Uch to’rt badxulq kasriga,
Qirg’in to’ldi tarixingning
Har bir yilu asriga.

Qirg’iningga qo’l keldi ko’p,
Qilgan kashfiyotlaring,
Insonligin unutdi ko’p,
O’z zotingga yotlaring.

Ilk yasalgan qurollaring,
Turli suyak toshlardan,
Qancha-qancha tanalarni,
Judo qildi boshlardan.

Jonga qasdni qildi maqsad,
Topilgan turli tig’ing,
Qirg’iningni qildi oson,
So’ngra pilta piltig’ing.

Lek miltig’ing kor kelmadi,
Qo’rg’onlarni buzishga,
Zambarakni o’ylab topding,
Kor kelar deb bu ishga.

To’p-to’p qilib odamlarni,
To’plab otdi to’plaring,
Bu ham kamday ixtironi
To’xtatmasdi ko’plaring.

Va nihoyat kashf qilindi,
O’zi yurar qurollar,
Qirildi ko’p begunohlar,
Ayollar, yoshlar,chollar.

So’ngra o’zi uchar, otar,
Qurollar ham topildi,
Go’yoki tosh qurollaring,
Sahifasi yopildi.

Yo’q!Yo’q!Yana bir bora — Yo’q!
Bekorlarni aytasan,
Bu ahvolda yana tezda,
Tosh qurolga qaytasan.

Tarixdagi urushlaring,
Sanog’iga cho’t yetmas,
Yana urush, qirg’in barot,
Miyangdan nari ketmas.

Bul ketishda omonatin,
Xojang qaytib olgaydir,
Minglab yillar yiqqanlaring,
Keyin kimga qolgaydir.

Qurollaring kor kelmasdir,
Haq balosi kelsa zo’r,
Qani, keyin qolarmikan,
Sendan bitta merosxo’r?

Har tarafdan turli to’fon,
O’rlab holing bo’lsa tang,
Kor kelmasdur qanotliyu
Va qanotsiz raketang.

Butun boshli koinoting,
Yonib tursa o’choqday,
Topgan atom bombalaring,
Uchar pista po’choqday.

Nafs yo’lida topganlaring,
Seningcha hali kamdur.
Har topganing tanazzulga,
Qo’yilgan bir qadamdur.

Har g’arazli kashfiyoting,
Har bir yangilik ishing,-
Oqibati bir vaqt kelib,
Boshga balo ortishing.

Har kashfingdan hayratdasan,
Oshib zavqu g’ayrating,
Bu borlqini bor qilganga,
Yo’qdir aslo hayrating.

Ildam bo’l-u,hovliqmagil,
O’zdan ketib shoshmagil,
Har ixtiro borasinda,
Hech haddingdan oshmagil.

Maqsad quyon ovlashmidur,
Yoki o’rdak otishdur?
Qurolingdan maqsad bitta,
Zotingni yo’qotishdir.

Nima bu bir adashishmi,
Yoki istak xohishmi?
Yoki ermak o’yinmidur,
Yo boshqa zarur ishmi?

Tinchligingni tinch yo’l ila,
Nahot hal qilolmasang,
O’zing boshlab o’yiningni,
Adog’in bilolmasang?

Balki dersan bu bir ermak,
Yoki tinchlik qurishdir,
Yo’q,aldama,niyating bad,
Maqsading — shum urushdir.

Orangdagi uch-to’rt kasning,
Cho’ntagi, pul uchundir,
Asli erta paydo bo’lar,
Vayrona, kul uchundir.

Qurollaring uchun bozor
Erur urush maydoni,
Nishon tayin, bu o’zingsan,
Ya’nikim, inson joni.

Ba’zi damlar ketib o’zdan,
Chalib shodlik kuyini,
Huvillatib qo’yding ancha,
Allohning Bayt — uyini.

Ulug’ ibodatxonalar,
Vayron bo’ldi talandi,
Sharobxona ombor bo’ldi,
Va yoki o’t qalandi.

Harom-harish narsa tiqding,
Boqding unda cho’chqalar,
Hozirda ham kimdir qayda,
Ulug’ baytga o’t qalar.

Gumrohlikning sahrosida,
Adashding,kezding, chopding,
Unutib sen Haqni, turli
Dohiylar o’ylab topding.

Tarixingda qaysi bir zot,
Doxiylikni istadi,
Omma aqlin axta qilib,
Daxriylikka qistadi.

Ul "œdaho"lar xohlamasdan
Xoliqning xohishini,
Xohladilarkim, xaloyiq
Haqni unutishini.

Qani o’sha dixiylaring,
Qani o’sha "œdaho"lar?
Bilmam,endi Xollaq O’zi,
Buni qandoq baholar?

To’g’ri o’rgan o’tmishini,
Zaminning har xalqini,
Tarxingni to’g’ri bitgil,
To’g’ri bo’lsin talqini.

Ko’p kuzatdim tarixingda,
Yolg’on yashiq bitishlar,
Kimlargadir kerak bo’ldi,
Turli taftish-titishlar.

Avlodlaring adashtirgay,
Bundayin usti ostlik,
Tarix talab qilar sendan,
Hamisha ro’yi rostlik.

Tarix bu — osor maktuba -
Ajdodlaringdan xatdur,
Tarix aytar kimligingni,
Tarix saboq, ibratdur.

Qavmlaring shajarasin
Ko’plar chalkash tuzmishlar,
Atay toptab o’tmishingni,
Tarixingni buzmishlar.

Kim tilabdur o’zga elga,
Bosqinlik, zulm, zo’rlik,
Bir kun oxir qavmi ko’rgay,
Battar bir xorlik, xo’rlik.

Kim quturib tig’ o’natar,
O’zga elat qoshida,
O’sha tig’I bir kun o’ynar,
O’z xalqining boshida.

Kim agar kin, g’araz ila
Yer yuziga chang solar,
Oqibat o’z eli cuhun
Do’ppidek bir yer qolar.

Biz buyukmiz degan zotlar,
Yurtlariga bir-bir boq,
Shumlik shunday saboq berar,
Tarixdan shunday saboq.

Qani o’sha yer yuzini,
Olmoqchi sarkardalar.
Barchasining borlig’iga,
Tarix tutdi pardalar.

Birir oqil, biri johil,
O’tdi qancha amirlar.
O’tdi qancha "œbexabarlar"
Hamda valiylar,pirlar.

O’tdi barcha johillar ham,
Ham barcha ahli donnish,
O’tdi jimgina yurganlar,
O’tdi qilgan dil xonish.

O’tdi qancha faqir gado,
O’tdi qancha boylar ham,
Qurib bitdi qancha daryo,
Qancha toshqin soylar ham.

Ketdi qancha tog’,o’rmonlar,
Kesildi qancha tollar,
Ketdi ming yillik chinorlar,
Ketdi yosh navnihollar.

Qora qondan qancha-qancha
Daryolar to’ldi, toshdi,
Qancha yo’llar uzra qavming,
Qilig’I haddin oshdi.

Shu qisqa bir tarixingda
Qavming to’kdi qancha qon,
Xamirturushingga tuproq
Bergan zamin pushaymon.

Oh, ul qancha istamovdi,
O’shal payti ibtido,
Quloq tutgil,qat qatidan,
Har lahza qilur nido.

Sezgan erdi kirdikoring,
Ul berarda loyini,
Ne ilojkim, sendan qochib,
Tark etolmas joyini.

Har quturgan holatingda,
Bo’lmasdur seni tanib,
"œLoy hadya"si yodga tushib,
Zamin qo’yar siltanib.

Ba’zan boshi, ba’zan qalbi,
Yo boshqa joy tebranar,
Zotingdagi tushunmaslar,
Tushunmay ajablanar.

Sig’dirolmay ichga alam,
Zamin titragan damda,
Qaysidir bir qavimng qolar,
Falokat g’am alamda.

So’ngra samo saltanati,
Yig’lagay to’yib to’yib,
Sen qolarsan sel ichinda,
Tinchliging bir yon qo’yib.

Ul zamonkim osmon zamin,
Yo’qotsa sabru toqat,
O’shal damda yog’ilgaydur
Boshingga bir falokat.

Qani qavming qachon o’zin,
Fe’lu xuyin tuzatar,
Degandayin Sobir senga
Sezdirmayin kuzatar.

Tugal topmas ta’rifingdan
Qalqisin ko’zda yoshing.
Bitik bitib bilmam charchoq
Yetsa bo’ldi bardoshing"¦

Nazarimda ko’pchiliging
Kimligin unutganday,
Qani edi ta’sir qilsa
Yozganim men kutganday.

Bul bitigim ta’sir qilsin
Misoli bir chaqinday,
Bul ketishda,nazarimda
Halokating yaqinday.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:26:58
Hozirgi holat haqinda!

Shaharlaring suv bosmoqda,
O’rmonlaring yonadur,
Bul barchasi, balki yaqin,
Jazodan nishonadur.

Yerning qay bir nuqtasida,
Tinmas to’fon, dovullar,
Qayda bilmam, qahatchilik,
Qayda olov lovullar.

"œYutuq"laring tutunlari,
To’lmoqda shaharlarga,
Sof havolar o’z o’rnini,
Topshirar zaharlarga.

Ekinlaring suvga zordir,
Dengizlaring suv so’rar,
Borliq bu hol sababini
Sening fe’lingdan ko’rar.

Zaminga ayt endi uzring,
Unutmagil jazoni,
Tavba qilgil, tazarru’ qil,
Tinch qo’y endi fazoni.

Otish, titish va qo’porish
Bilan yer bag’rin o’yding,
Bu ham kamday kimyo ila
Giyohvand qilib qo’yding.

Yer bag’rini o’yma, bu choh,
O’z halokat chohingdur,
Zamin senga Vatan axir,
Beshik qarorgohingdur.*

Ona yerda rizq topib sen,
Yegaydursan, kiyarsan,
Unga ozor orttirishdan
Qachon o’zni tiyarsan?

Yerga ozor berma zinhor,
Ey,Allohning hilqati,
Ajdodlaring suyagidan
Ko’tarilmish bir qati.

Yaxshi ermas yer sha’niga,
Noma’qul so’z aytishing,
Yeb-yeb oxir yer deganga,
Bordir bir kun qaytishing.

Hosiling sal o’xshamsa,
Ko’rasan ob-havodan,
Xo’b emasdur andisha qil,
Bul noo’rin da’vodan.

Senga suvin beray degan,
Bulutga to’p otasan,
Yomg’ir yog’sa hududingga
Ayt-chi, ne yo’qotasan?

Kun bo’yi qor yog’sa agar,
Buncha yog’ar ko’p deysan,
Na sovuuqa ko’nadursan,
Na issiqqa  xop deysan.

Issiq, sovuq o’z o’rnida,
Ayblamagil yoz qishni,
Aljirama,ayta ko’rma
Haqq xush kelmas ishni.

Qayga quyosh nuri kerak,
Qayga yog’in shodasi,
Bu barchasi Haq hukmidan,
Bari Haq irodasi.

Ba’zan yoqmas bir narsaning
Na ho’lu na qurug’i
Ba’zilar der tarvuz yesa,
"œChiqmasaydi urug’i".

Har narsaning o’z o’rni bor,
Hayotda aytsam senga,
Deylik bejiz terilmagan
Tikan tipratikonga.

Yaxshiyamki, sen yo’q eding,
Bu olam yaralganda.
Bilmama holi ne bo’lardi,
So’zingga qaralganda?

Alloh sening irodangga
Emasdur aslo muhtoj.
Beadad hamd, sano aytgil,
Boshingga kiydirmush toj.

Fe’ling o’ngla kuch berguncha
Turli "œohu-voh"ingga
Turmushing gar tuzalmasa,
Ag’darma ilohingga.

"œBevafo" deb dunyo sha’nin
Sharhlashga doim sahysan,
Dunyo hovlisida yashab,
Dunyosini yomonlaysan.

Haq berdi bu sayyorani,
"œSenga keragi jam" deb
Bekam yaralgan dunyoni,
Qoralaysan "œbir kam’ deb.

Bu go’yoki bir hovliga
Kirib, to’yib, ichib, yeb
Ketishdir bu boy hovlidan
"œHovlining kami ko’p" deb.

Omonat dunyoda yasha,
Ijarachi mehmondek,
Ketishing ko’p og’ir bo’lar,
Gar yashasang mezbondek.

Hayot yo’ling ba’zan bo’lib,
Yaxshigayu yomonga,
Biron kamlik chiqib qolsa,
Ag’darasan zamonga.

Hey, zamonni sent inch qo’ygin,
O’z Egasi bor uning.
Har zamonning miqdori teng,
Teng o’tar yil, oy, kuning.

Unutmagil tinglovchi bor,
Doim ohu zoringni,
Sen esa kam eslaydursan,
Oliy hukmdoringni.

Qilg’ilikni o’zing qilib,
Deysanki:"Shayton ishi",
Shayton miltiq tirab turgan,
Ko’rmadim biron kishi.

Nima qo’ling bog’lab shayton,
Qialrmu seni majbur?
Unda qurol yo’qdir qo’rqma,
Undan faqat yuzing bur.

U hunari to’g’risida
Bilarmusan ne aytar.
Bor yomonni "œyaxshi" deydi,
Bu hiylaga sen shay tur.

Uni qo’ygil o’z holiga,
Gunohlari yetadur,
Gar qilmasang aytganini,
Sendan nari ketadur.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:27:48
Shayton faqat fikr tashlar,
Shundan qaytsang bo’lgani,
Bu osondur,Alloh aytgan,
So’zni aytsang bo’lgani.

Bilmasang bu soz’ni bul dam,
Bildiray, bu nimadur —
Zoting uchun har dam zarur,
Aytilar kalimadur.

Alloh sen-chun nozil qilgan,
Buyuk Kalomga ko’ra,
Shaddod shaytonning sharridan,
Allohdan panoh so’ra.**

Ba’zan do’stday bo’lib Iblis,
Har yonga boshlab qochar,
Ishonmagil Ulug’ Kunda
Ul "œdo’sting" tashlab qochar.

Ne kor bo’lsa o’zingdandur,
Aybni qidir o’zingdan.
Tavba o’rniga aytilgan,
Ko’p noma’qul so’zingdan.

Izla,q ay yo’l bilan topgan,
Ichgan oshu tuzingdan.
Hayot fasllaring ichra
O’tgan bahor kuzingdan.

Qilmishingdan qidir, senga
Har bir yomonlik yetsa,
Yaratganing ishi bo’lar,
Ul ofat nari ketsa.***

Alloh derki:"O’nglamasman
O’nglamsang o’izngni"****
Aks holda jazong aniq,
Kattaroq och ko’zingni.

Bul kundagi holatingni,
Aytsam, iqror bo’l chindan,
Avjga chiqqan tubanliklar,
Bani basher ichinda.

Tovuq yuzin ko’rsatmayin,
Jo’jalarni ochirsang,
Buqa yuzin ko’rsatmayin,
Molni sun’iy qochirsang.

Anglamasdan koo’zlab oxir,
Bebiliska qoidani,
Buzma Alloh belgilagan,
Buzilmas qoidani.

Benasib qilma jonni,
Belgilangan savobdan,
O’zni o’ngla, tafakkur qil
Qo’rqqil og’ir javobdan.

Ko’plar oila baxtidan,
Yuzni chetga burmishlar,
Qator-qator qurilgandir,
Ko’p nikohsiz turmushlar.

Padari kim, bilolmasdan,
Zurriyotlar ozorda,
Erman degan uyda qolib,
Xotin yursa bozorda.

Er erkakka nikohlansin
Desa ba’zi davlatlar,
Essiz"¦erkak deb berilgan
Arosatli savlatlar.

Izlanish deb tirik inson,
Tanalrin tilsalar,
Jarrohlaring erni ayol,
Ayolni er qilsalar.

Ayollaring tug’maslikka
Qandaydir sim soldirsa,
Hohlaganda bola tug’ib,
Hohlaganda oldirsa.

O’,bunchalar ko’p xohishlaring,
Yana nelar tilarsan?
Lekin Xoliq xohishini
Ayt-chi, qachon qilarsan?

Bul kun endi sen joy qilding sen,
Quturish qoyasini,
Inson sun’iy tug’ilmoqda
Ko’rmasdan doyasini.

E, yo’q!Tilim bormagaydur,
Endi inson atashga,
Kim ijozat berdi senga
Sun’iy inson yasashga?

Bu "œhunar"ing ochiq oydin,
Da’vodir Xudolikka.
Bu gumrohlik, ko’rnamaklik
Raqiblikdir Malikka.

Bu bir belgi erur inson
Insonlikdan bezganin,
Bul dam ochiq aytadurman
Ko’nglim neki sezganin.

Bu qilmishing qilmishlaring,
So’nggisidir, so’nggi had,
Gar bu haddan bir hatlasang,
Tamom!Ish boshlar Ahad.

Gar bir qadam qo’yding tamom"¦.
Qarabsanki, jardasan.
Ne degaysan, bu "œqiliq"qa
Ul Kun so’z aytarda san.

Yoqmasa-da so’zim tingla,
Tishga qo’yib tishingni,
Bundan buyon boshqacharoq,
Bilib qilgin ishingni.

Tinglasunlar tomirida
Insonning qoni borlar.
Tinglamaslar meni devor,
Tinglams jonivorlar.

Bu bir faryod bu bir o’kinch,
So’zim shundoq shakdir,
Sabab, bu hat muallifi,
Ham senga bir vakildir.

Bu fayrodim shu’la bo’lib,
Yer yuziga sochilsa,
Ko’zi ochiq ko’rmaslarning,
Ko’r pardasi ochilsa.

Yetar, bas qil!To’xta!Jim bo’l!
Bo’lma bir pas so’zimni!
Tavba qilgil, Yaratgandan,
So’ra sabr,to’zimni.

Dilda qotgan tugunlarni,
Tangri O’zi yechirsin,
Yetar shuncha gunohimiz,
Tangri O’zi kechirsin.

Bilkim,bul kun zarur erur,
So’z va ishning puxtasi,
Bul kun kutar endi seni,
O’nglanishning nuqtasi.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:28:44
Unutmagil Yer yuzida
Behisob sonligingni,
Unutmagil Yaratganni,
Hamda Insonligingni.

Unutmagil,Alloh bergan
Qanday ulug’ taxting bor,
Shukr qilgil,istig’for ayt.
Hali hamki vaqting bor.

Maqsadimning ma’nosini
Chaqqil chuqur o’ylagil,
Bilmaganga bildir sen ham,
So’raganga so’ylagil.

Sen unga ayt, u-chi unga,
U aytsin qolganlarga,
Faqat aytgin angglaganga,
Ozuqa olganlarga.

Anglat so’zim yo’l istagan,
G’aflatda yotganlarga,
Behudaga so’z qotmagil,
Dili tosh qotganlarga.

Anglat so’zim quloq tutar,
Keksalarga, yoshlarga,
Aytma quloq tutmaslarga,
Dili xarsang toshlarga.

Aytma husni karaxt qilgan,
Mag’rur qalam qoshlarga,
Bor muddati uch-to’rt kunlik,
Qo’lma qo’l taloshlarga.

Dillar ichra dil poralar,
Toshdan qattiq dillar bor.
Shunday dilga ega bo’lgan,
Behisob vakillar bor.

Uyg’on, axir,qiyomatdan,
Ko’rinar alomatlar,
Ko’rnamaklar o’z qavmiga
Yog’dirar malomatlar.

Haqligini tan olmay yov
Chang solar Haq diniga,
Mehrsizlar mulk talashar
Og’a yotdir iniga.

Iymonlilar boshlariga
Qadalgan tig’ tug’laring,
Fosiqlaring ortib borar
Kamayar ulug’laring.

Otalar o’z farzandlarin
Ilmdan qaytararlar,
Ilm ahliga yov ko’rgandek
Bad nigohla qararlar.

Amirlaring avom haqin
Yamlamasdan yutarlar.
Bilib turib tubanlikka
Shunchalar yuz tutarlar.

Mazlumlarga zulmkorning
Zulmi ziyod ortadur.
Begunohlar soat sayin,
Nohaq azob tortadur.

Mehnatkashing mehnatiga
Arzimas chaqa olgay,
Yer yuzida asta-sekin
Adolat ham yo’qolgay.

Har qadamda xaridorlar
Haqligiga xiyonat,
Tansiqlikning ro’yxatidan
Joy olmoqda diyonat.

Ko’plar oxir bormay qolar,
Halol-harom farqiga,
Inson qadri baholanar,
Oddiy narsa narhiga.

Demishlarkim, bular bari
Qiyomatdan xabardir,
Balo kelsa yaxshi yomon
Barchaga barobardir.

Inson uchun umumqo’rg’on,
Nuraydir asta-asta,
Hushyor bo’l-u, hayron bo’lma,
Jazo olsang bir pasda.

Insonlikning o’zi senga
Alloh bergan inoyat,
Haq yo’li har bir qilgan,
Xatong — ulkan jinoyat.

Keragidan ortib ketdi,
Jinoyating to’plami,
Yetar shuncha jinoyating
Yo bormi, hali kami?

Axir tokay davom etar,
Bundayin xunuk holat,
Xunuk holat tugashiga
Bormi biron kafolat?

Yo, alhazar,nelar bo’lar
Zamonangda shu tobda?
Begunohlar o’ldirilsin
Deyilmish qay kitobda?

Zo’ravonlik,bosqin,zulm,
O’zga yurtni talashlar,
Ayrim aymoq ajdodlarin
Go’riga o’t qalashlar.

Har nuqtaga xohlab uchar
Har xil harbiy uchoqlar,
Har soniya kimdir yig’lab,
Jonsiz tana quchoqlar.

Qay bir elda azob tortar,
Peshonasi sho’rlaring,
Boshqa elda yana battar
Quturadi "œzo’r"laring.

Kim xohlasa titkilasa,
O’zga bir yurt yerini,
Qidirganday onasining
Ikkinchi bir erini.

Ayt, kimga kim ruxsat berdi
O’zga yurtni talashga,
Kambag’alning quruq qora
Qozonini yalashga.

Bir bechora el holiga
Kulishga,"ho-ho"lashga,
Yoki "œbiz bir buyuk halqmiz"
Deb o’zni baholashga.

Bu buyugu,boshqa xalqlar
Nima, kuyuk, xas — xormu,
O’zni buyuk atashlikka,
Allohdan yorliq bormu?

Kerak bo’lsa, har elatning,
O’z ichida "œyot"lar bor,
Chin insonlik nomin olgan,
Ulug-ulug’ zotlar bor.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:29:31
Har insonga teng berilmish,
Inson degan ulug’ nom,
Inson bo’lib ko’z ochdimi,
Berilgay ushbu maqom.

Har chaqaloq yo’rgagida,
Chinqiragan pallasi,
Ona tilda yangragaydir,
Onasining allasi.

Onaning bu dil sadosin,
Bejiz topmagan bashar,
Bir umr vujudingda,
Bu nido birga yashar.

Ayt-chi,tokay Ona zoti
Qo’rqib yurak hovuchlar?
Bu qo’rquvchi his qilarmu,
Mal’unlar — yovuz kuchlar?

Tavba,Ona talab qilsa,
Bolalar — yosh jonlardan:
"œJon bolalar hushyor bo’ling,
Ko’chada INSONlardan!"

Kichkintoylar kulib qilsa
Boshlarin sarak-sarak,
To kelguncha onalarning,
Koz’lari olazarak.

Ana,inson hayotining,
Holidan bir manzara,
Ne kunlarga qoldi bosing,
Ahvolingga bir qara.

Bu yovuzlik illatining
Bormikan bir dorisi
Bu illatga ilashganning,
Bo’lmasin bir vorisi.

Inson emas ul yovuzlar —
Harakatli haykallar.
Xo’sh, ularning bo’sh qalbini
Ayt-chi, nima sayqallar?

Topsang-u tup tugadigan,
Tuvagiga tupursang,
Tarixingdan temir tishli,
Supurgi-la supursang.

Qirg’in barot ortar,go’yo
Tugab borar to’ylaring,
Yerni go’yo bo’ri bosgan,
Qirilmoqda "œqo’y"laring.

Farmonlarda tinchlik degan,
Moddalar kamaymoqda,
Mug’ombirlar safi ortib,
Soddalar kamaymoqda.

Badxulq kaslar shumligidan,
Dunyo ozor tortmoqda
Demak inson shaklidagi
Shayton sfi ortmoqda.

To’lmay turib bu iblislar,
Bu badkorlar orasi,
Qidir,izlan, to’plan, so’ra
Bormi tinchlik chorasi?

Bunga chora barcha birdan,
Sof Iymonga kelishdir,
Bunga imkon borku senda
Nahot, bu o’gir ishdir?

Tokaygacha tinchlik uchun,
To’xtam yo’q bir bitimga
O’zni bunday aldab yashash
Ayt-chi, kerakdir kimga?

Qani, tinchlik uchun tayyor,
Insoniylik g’ururi?
Qachon qaytar qalblaringga
O’sha tinchlik sururi?

Tinchlik istab bul bitikni
Bitarman, bilsang, atay,
O’rgat menga tinchlik nedur,
Bilmasang,kel o’rgatay.

Yetar "œurush-urush"!Kirish,
Buzganlaring butlashga,
Tadbir tuzgil endi tinchlik,
Tantanasin qutlashga.

"œZo’r"ligingdan tuynuk solding,
Sen zaminning tomiga,*****
O’ylamassan uchrashingni
Alloh intiqomiga.

Sezmadingmu,yaqin kunda
Zamin ichdan ketdi darz,******
O’nglanmasang foyda bermas,
Ul Kundagi nolish,arz.

Darz ketdi Yer-qarorgohing,
Qo’rg’oning o’qi,sinchi,
Bir sen emas, bor jonzotning,
Buzildi rohat, tinchi.

Yo’q, maqsadim qo’rqitishmas,
Vahima gap emasdur,
Bu gaplarni har odamga,
Har uchragan demasdur.

Anglarmusan, negaligin,
Avming xilma-xilliging,
Alloh sinab ko’rmoq bo’lar,
O’zaro ahilliging.*******

Qani, Alloh kutgan o’shal,
Ahilligu ittifoq,
U tark etar yurtlaringni,
O’rtada nizo-nifoq.

Shul bois har elatingda
Turli balo, kasofat,
Har tarafdan o’rlab kelar,
Yeru samoviy ofat.

Inson uchun ziynat erur,
Birodarlik, ahillik,
Ne kerakdur qavming aro,
Nohaqligu baxillik?

Nohaqliging ko’pdir sanab
Sig’dirib bo’lmas tanga,
Ot o’g’risi jazo bersa
Tovuq o’g’irlaganga.

Johilingda qop-qop oltin,
Olimingda mis tanga,
Qay biri ko[p foyda berar,
Elu yurtga, vatanga.

Har elingda, har bir yurtda
Uchragay bunday holat,
Dunyo xarob holga kelgay
Bo’lmasa gar adolat.

G’alamislar ko’p orangda,
Qilmishiga payt poylar,
Imkon topsa zumda qalbga,
G’alamis urug’ joylar.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:30:20
Insoniylik burchin ular,
Hech zamonda uqqanmas,
Inson bo’lsang bil ularni,
Inson zoti tuqqanmas.

Ul badfe’llar ko’zlaringga,
Keng dunyoni tor qilar,
Farzandim deb atashlikka,
Onalar ham or qilar.

Afsus deging kelar afsus,
Ularning ham joni bor,
Mingta unday g’alamisdan,
Afzal bitta jonivor.

Ba’zilari boshliq bo’lib,
Jamoasin talaydur,
Xalqqa zulm qilib rahbar,
Tovonini yalaydur.

Harom harish lqumalardan,
Qorinlari osilgay,
Quruq shishgan o’pkalari,
Faqat o’lsa bosilgay.

Qarg’ish olsin deya, so’kar,
Har bir xodim a’zosi,
O’ylagayki, hech vaqt kelmas,
Qilmishlarin jazosi.

Vaqtinchadir unday kasga,
Har kun tekin ziyofat.
Lek abadiy erur uning,
Boshiga kelar ofat.

Ularni hech qiziqtirmas,
Haq yo’linda majolis,
Quruq, qurtlagan qalblari,
Bunday majlisdan oils.

Saflaringda sonsiz sag’ir,
Siqilgan sof siynalar,
Qilmishingdan qancha-qancha,
Qaynoq qalblar qiynalar.

Bul kun olam to’lgan, anglab
Bo’lmas yolg’on rostlarga,
Bilib bilmay berilgaylar,
Yolg’on extiroslarga.

Qara, zamin hayot uchun
Qanday go’zal qurilgan.
Sen tufayli uning husni,
Bugun biroz buzilgan.

O’zni o’ngla,o’tmay turib,
Yillaring misli poyga,
Bir kun olib borishar sen
Xohlamagan bir joyga.

Ayrimlaring sof iymonli,
Ibodati ham sozdir,
Taassufkim,ayrim damlar
Alar saflari ozdir.

Qani,ulug’ bobolaring
O’gitlari o’ldimi?
MAqsad mujmal kop’laringda,
Shul ham yashash bo’ldimi?

Birov atay birovlarni
Urushgali qistaydur,
Yana derki:"Neki bo’lsa
Alloh O’zi istaydur".

Shunchalar ham singib ketmish
Urush inson qoniga,
Zoting parvo qilmas hatto
Oylarning sultoniga.

Ulug’ oyda ham tinchi yo’q
Qancha mamlakatlarning,
Ko’milgaydurlar ostiga
Kimlardur la’natlarning.

Qadimda ko’p kimsa bu oy
Iymonin yo’qotmagan,
Hatto urush maydonida,
Bironta o’q otmagan.

Ul damlarda Ulug’ Oyda
To’xtatilgan urushlar,
To’xtatilgan boshqa bir yurt
Qavm ustiga yurushlar.

Bir xabardan bexabardur
Ko’p o’lkalar, ko’p joylar,
Bilmas qaysi oylar urush
Harom qiliungan oylar.

Alloh aytmish kalomida:
"œDo’st tutgil bir-biringni",
Tirnoq ostidan qidirma
Bir-biringning kiringni.

Bu ne holat bir-biringga
Yov qarashlar qilarsan,
Tap tortmasdan bir-biringga
Ba’d niyatlar tilarsan.

Bir-birigni quturgandek
Hech qayovsiz qoparsan,
Bu ham kamday yana turli,
Nizo o’ylab toparsan.
Bir-biringni hayvon deysan,
Eshshak deysan, it deysan,
Tushunsa gar biron hayvon,
Hushyor bo’l, tepki yeysan.

Hayvon debon so’kma sira,
Biron ablah odamni,
Tushunsa gar,ko’tarolmas,
Hayvon aslo bu g’amni.

Bir-biringni so’kma zinhor,
Do’st tut o’zing o’zingni,
Darig’ tutma yaxshilikni
Shirin qilgil so’zingni.

Alloh senga tavba uchun
Imkon berar atayin,
Yo’qsa, barcha berganini
Tortib olishi tayin.

Yo’q, maqsadim qo’rqitishmas,
Aytaman yana takror,
Tavba qilgil, tazarru’ qil,
Hali hamki imkon bor.

Maqsadim bu kuyunishim,
Senga ta’sir qilsaydi,
"œKarquloq"lar qulog’iga
Biroz gapim ilsaydi.

Hafa bo’lma, ko’p to’xtalsam
Nopokliklar haqinda
Istak:umumbashar ofat
Kelmasligi yaqinda.

Yetar, endi chek qo’ygil sen
Qirg’in barot,ur-surga
BAxt toparsan,amal qilgil
Alloh bergan dasturga.

Yaratganning dasturi bu
Nozil qilgan Kalomi.
Anglaganga bo’lsin doim,
Haqning rahmat salomi.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:31:37
Erta kunga ishonching yo’q,
Vujudingda tolishlar"¦
Qarashlaring horg’in, ma’yus,
Og’ir nafas olishlar.

B’azan hadding bilding, ba’zan
Haddingdan xop oshgansan,
Tekis, ravon yo’l turib
Tor yo’lda adashgansan.

Bilib-bilmay kirishding sen
O’zliging yo’q qilarga
Tinchimaysan,tirmashasan
Qandaydir cho’qqilarga.

Ko’p urinma, befoydadir,
Joy olmassan samodan,
Neki bo’lsa, yerda qilgil,
Talab shu tirik jondan.

Ko’k qiroli burgutning ham
Rizqini shu yer berur,
Sayri-parvoz ko’k bo’lsa ham
Rizqini yerdan terur.

Bunchalar xush ko’radursan,
Ko’kni,baland parvozni,
Ko’rgil holing ne bo’lishin
Yelda uchgan qog’ozni.

Shamol uni uchirgaydur,
Istasa cho’lga, toqqa.
Yo o’ynatib ko’kda bir dam
Birdan urar botqoqqa.

Xarindingga pul yetmasa,
Deysan:"O’lsin, pul o’lsin",
Qo’y, o’lmasin, o’sha puling,
Bo’lsin me’yorda bo’lsin.

PUl,mol uchun odam qirish,
Portlatish,chopish,otish?!
Bunga ta’rif bitta bo’lar,
Bu faqat IYMON sotish.

Hozir bir gap aytsam senga
Iltimosim,kulmaysan,
Suv sotganing mayliku-ya,
Havoni ham pullaysan.

Yana bir gap aytsam agar
Ko’plar toshdek qotadir,
Ko’pchiliging kezi kelsa,
IYMONin ham sotadir.

Chunki uni yeb bo’lmasdir,
Ust,boshga ham kiyilmas,
Alloh,O’zing kechir bu til,
Bunchalar ham tiyilmas.

Vujudingda,qulubingda,
Ruhingda bo’lar IYMON,
Barcha xislat IYMONdandur,
Bunga chin dildan ishon.

Alloh O’zi nigohimiz
Haq yo’ldan qayirmasin,
QO’ymasin hech narsadan ham,
IYMONdan ayirmasin.

Har insonda har insonga
Bo’lsin mehr,intilish,
Nega kerak qirg’in barot,
Tana tilish, qalb tilish?

Bir-biring sev dushman dema
Bo’lmasa ham u dindosh,
Ota-onang bir-ku, barchang
Bir-biringga qarindosh.

Xudo O’zi xohlab bo’lmish
Barchani turli dinga,********
Bu bir sinov qon to’kmagil,
Qiliching solgin qinga.

Barchani bir yo’lga buray
Deb qurol olma qo’lga,
Haq xohlasa barchamizni
Boshlar O’zi Haq yo’lga.

Axir, dinda yo’qdir aslo
DInga zo’rlab kiritish,*********
Demak jangga yo’qdir hojat,
Kerak fikr yuritish.

"œBexabar" va "œbilmas" banda
Dinga kirmasdir birdan,
Pand-nasihar ila bo’lsa,
Naf border bu tadbirdan.

Sen "œkofir" deb kulganlarning
Haq yo’lda yurgani bor,
"œMo’minman" deb mo’minlarni
Haq yo’ldan urgani bor.

Yurt kezib, ul yurtni buzib
Jar solma sen har yonga,
Kim mo’min, kim kofir erur
Hojat yo’qdir bayonga.

Din bahona yurtni buzib,
Ag’darma biron taxtni,
Alloh O’zi jazolagay
Har bir kofir — badbaxtni.

Bu dunyoda din bahona
Bul kun ko’plab g’alayon,
Qay din haqdur Haq biladi
Haqiqat Haqqa ayon.

Har ish Haqning hukmi bilan
Hayoling yig’ bir yona,
Har bandaga IYMON tilab
Duo qil g’oyibona.,

To’xtab jangu jadal birdan
Jahonda barcha jimsa,
O’z — o’zidan jang boshlamas,
Jahoinda biron kimsa.

Har bir jangga sabab — hasad
Va yo’qligi adolat,
So’ngra so’ngisz davom etar
Saflaringda razolat"¦

Ibtidoda hasad sabab
To’ng’ich akalarimiz
Urushdilar"¦Hozirgacha
Urushamiz barchamiz.

Arzimas bir sabab kimlar
Qasd qilib biror jonga,
Jang boshlagay"¦so’ngra bu jang
Tarqalar keng jahonga.

Tarixingni o’qib,izlab
Bunga men bo’ldim iqror,
Har urushga men bu bobda
Sanab o’tgan sabab bor.

Hasad,haqsizlik haqida
Xulosamga quloq sol,
Hasad — shayton qo’lidagi
Senga qarshi bir qurol.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2008, 11:32:31
Haqiszlik, bu bo’lmasligi
Biron joyda adolat,
Bu ham shayton amalidan —
Senga qarshi adovat.

Har betayin bayramlarning
Topib turli turini,
Har bir dining turli vaqtda
Kutar yangi yilini.

Turli tuman mazhablaring
Tinim bilmay bash aylar,
Barchasi "œbiz haqmiz" deya
Tinmayin tortishgaylar.

Tortishgaylar kecha kunduz,
Tortishar hatto xobda,
Sababi tan olmagaylar
Haq aytganin Kalomda.

Turli-tuman fikr tashlab
Qalblarin shayton ovlar,
Haq aytadur:"Avvaldan ham
O’tkazdik ko’p sinovlar".**********

Haqman degan banda haqmas,
Haqning O’zi haq erur,
Banda aytgan bari bekor,
Haq aytgani haqd erur.

Dastlab holda vahshiy yashab,
Badaviy bo’lib so’ngra,
Endi raso bo’lganingda
Yig’lab qolmagin xo’ngrab.

O’ngla o’zing fursat bordir
Yig’ib aqlu hushingni,
Imkon bordir asrab qolgin
Chalajon baxt qushingni.

*  "œZuxruf" surasi,10-oyat.
**  "œA’rof" surasi,200-oyat, "œNahl" surasi,98-pyat.
***  "œNiso" surasi,79-oyat.
****  "œRa’d" surasi,11-oyat.
*****  Osmonda paydo bo’lgan azon tuynugi.
******  2004 — yil, 26-dekabr.Tinch okeanidagi sunami ta’siri.
*******  "œHujurot" surasi,13- oyat.
******** "œMoida" surasi,48-oyat.
********* "œBaqara" surasi,256-oyat.
********** "œOli-Imron"s, 137-oyat, "œAn’om" s,6-oyat,"Yunus" s, 13-oyat,"Yusuf" s, 109-oyat,"Maryam" s,74-oyat.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2008, 08:17:20
HAYVONOT HAYRATI.

Fikrlaring ba’zan teran,
Ba’zan o’ta sayozdir.
Ba’zan o’ta qaynoq,ba’zan
Bamisoli ayozdir.

"œAjdodlarim maymunlar"¦"deb
Aljirab ham qo’ygansan,
Uzoq yur xom hayollardan,
Nahot,jondan to’ygansan.

Lekin ba’zi qiliqlaring
MAymunlardan qolishmas,
Havas qilma, ular seni
Qatoriga olishmas.

Hatto qushlar ko’rsa, zumda
Qochar u yon bu yonga,
O’qday uchib "œquyon" bo’lar
Uchrab qolsang quyonga.

Bexos borsang suv bo’yiga
Gar tomog’ing taqillab,
Ko’rgan baqa birdan o’zin
Suvga otar "œvaqillab".

Zoting borki, qimirlagan
Jonning qilin siyohlar,
Tegmasin deb tovonlaring
Titrab turar giyohlar.

Qo’lda bolta, kirmasin deb
Senday zo’ravon botir,
O’rmondagi har bir daraxtDoim olar xavotir.

Bor yovvoyi hayvon zumda
Urib qochar joyidan,
Chora qilar qutulishga
Sendayin "œyovvoyi"dan.

Faqat qochmas sendan nari
Yaqinlashgan onlaring,
Sen bo’ynidan bog’lab qo’ygan
B’azi uy hayvonlaring.

Balki ular ham o’ylarlar
Bekor qolsa gohida,
Yasharmidi erkin"¦arqon
Bo’lmasa gar shohida.

Ular zormas qo’ldan bergan
Bir tutam ko’k o’tingga,
Ichlarida aytar:"Ko’zim
Tushmasa — ko’z betingga".

O’z jismidan ming bor baland
Sakrar burgaga qarang!
Sen-chi bo’ying barobarga
Sakraysan arang-arang.

Bas, har qancha sakrasang ham
Ko’z tikib bir burdaga,
Bul xususda yetolmassan
Shunday "œojiz" burgaga.

Yoki quzg’un baland ko’kdan
Tikilib turik jonga,
Ko’rib, ko’kdan tikka tashlar
Sen ko’rmagan sichqonga.

Sen sezmagan bir narsani
Sen ko’rmagan bir "œish"ni,
Qorong’uda ko’rib xo’roz,
Boshlagay qichqirishni.

Yoki otlar sen sezmagan
Bor sharpani qilar his,
Qara,bunday hislatlarning
Qanchasi senda tanqis.

Atrofingda biron xatar
Yaqinlashib kelsa gar,
Senga sodiq sanalganlar —
Ot va it bergay xabar.

Oting hurkib kishnab aytar
Sezsa biron sharpani,
Sen-chi, undan qizg’onasan
Ba’zan oddiy arpani.

Itsiz cho’pon qo’ralari
Yaylov qolar huvillab,
It bo’lmasa, kim bo’ridan
Ogoh etar uvillab?

Itlar sen "œzo’r" sezmaydigan
Xavfni sezib turadi,
B’azi noxush xatarlardan
Ogoh qilib huradi.

Ba’zi jonivor, hashorotlar
Xavfni sezib oldindan,
Qavmi qator-qator bo’lib,
Qochishar chiqib indan.

Bul ajoyib alomatni
Sen-chi, ilmassan ko’zga,
Ular senga aytishlikni
Ravo ko’rmaslar o’zga.

Chunki hatto hashorotlar
Sendayin "œzo’r"dan bezor,
Bul bezorlik sabablari
Qilmishingda "œqop"lab bor.

Faat o’zi qochar xavfdan,
"œSenchi battar bo’l" deydi,
"œBizni qirding, endi o’zing,
Bir qirilib o’l",-deydi.

Asalari dala kezib,
Senga bo’lsin deb kirim,
Zarraday bir boli uchun
Uchar minglab chaqirim.

Fil gavdangni oldida u
Misoli bir pistaday,
Tinglab  bunday misollarni
Albat, kulging qistagay.

Zotingdagi ba’zilaring
Yurib qolsa piyoda,
Uch-to’rt qadam qo’ydi, tamom
Yurolmaslar ziyoda.

Halol mehnat, ahillikni

Yo o’rgan chumolidan,
Turtsang hamki, ajralmagay
Halol topgan molidan.

Gar sinchiklab nazar solsang,
Har lahzalik holiga,
Harakatin ko’rib dersan:
"œBuyursin haloliga!"

Ibrat olgin undan rizqni
Topishni, puxtalikni,
Bir-biringga oqibatni,
Hatto salom-alikni.

Bir-biriga duch kelsalar,
O’tmagaylar salomsiz,
Faqat bizning nazdimizda
Tovushlarsiz, kalomsiz.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2008, 08:18:49
E,voh, qani endi senda
Bo’lsa shunday ittifoq,
Senda zabon, aql bor-u,
Ishing-chi, nizo nifoq.

Bekor qolib, ba’zan uning
Inini ham buzasan,
Unit inch qo’y, o’zing qachon
Tinchlik reja tuzasan?

Qancha-qancha jonivorlar
Qirildi jon qasdidan,
Ko’plarining nomi o’chdi
Och nafsingni dastidan.

Fursat o’tmay bog’la nafsing,
Shukr qilgil boringga,
Ne tanlashing berilmishdir
Sening ixtiyoringga"¦

Oving zavqi uchun qirsang
Hatto nahang, kitlarni,
Zavq olay deb urushtirsang
QO’chqor, xo’roz, itlarni.

Jonivor turin tanlamassan
Chiqsa bo’ldi foydasi,
Uyat, axir, o’yin bo’lsa
Suvaraklar poygasi..

Uyat, "œurush" o’yin qilib
Davralar qurishlaring,
Yo, kammidir ichingdagi
O’zaro urushlaring?

O’yin atab ikki inson
Urushsa, yuz qontalash
Kim uchundir zo’r tomosha
O’rtada-chi, jontalash.

Bu betayin urushlaring
Turi tokay ortadur?
Insonsan-ku, nega qoning
Vahshiylikka tortadur?

Yetar, axir tomosha,deb
Sof dillarni tig’lashing,
Zavq o’rniga o’rinlidir
Bu holatga yig’lashing"¦

Hayvon zoti "œhayvon"liging
Aytar, bir-biroviga,
O’lgan yaxshi, kirishgandan
Inson inson oviga!!!

Qachon bo’lar, axir o’zni
Yovuzlikdan tiyishlar,
Bechoralar holini tang
Qilib rizqni qiyishlar?

Har ne qilsa, olsa-bersa
Haq hamisha haq erur,
Hali cho’zib imtohonni
Insofga ilhaq erur"¦

Zo’rman dema, unutmagil,
Kimdir bordir sendan zo’r.
Ul "œKIM"ning kim ekanligin
Bir dam to’xtab o’ylab ko’r!

"œZo’rman!" dema, "œZO’R" oldida
Bandasan, oddiy qulsan,
Yer atalmish bu maydonda
Oddiy bir qorovulsan.

Parvarishgu himoyasi
Bordir sening zimmangda,
Sinalgaydur bul vazifang
Hayot atalmish jangda.

Ha, bu hayot deganlari
Tiriklik-chun kurashdir,
Sabrliga baxt mukofot,
Besabrga nurashgdir.

Ha, yot derlar, bir vaqt kelib
Yotdek bo’lib yotmoq bor,
Hayot qadrin bilmaslarga
Azoblarga botmoq bor.

Yaratganning O’zi senga
Ibtidoda demishdir:
"œQimirlagan har bir jonivor
Sening uchun yemishdir."

FAqat senga ta’qiqlaydi
Joni bilan yeyishni,
Ya’ni joni tirik holda
Qoni bilan yeyishni.

Lekin "œYesa bo’lar"¦" debon
Har yemish qilmasin rom,
Ba’zi noma’qul narsalar
Qilinmish butkul harom.*

Lek bir-biring yeyishingni
HAq ko’zda tutmagandir,
Bir-biringga hamla, hujum
Haq sendan kutmagandir.

To’g’ri, axir sen ham yerda
Qimirlagan bir jonsan,
Bul degani jonivor emas,
Ongli maxluq — Insonsan!

Nega axir bir-bringni
Qon-joningga tashnalik,
Qani Alloh talab qilgan
Sadoqatga oshnalik?

Kim begunoh bir insonning
Qonini to’kkan uchun,
Qat’iy nazar kim bo’lsin ul,
Alloh talab qilar xun"¦

Kimda bo’lsa bir insonning
Qoniga bir tashnalik,
Ul kim shaytoni la’inga
Qilar ul dam "œoshnalik".

Qonga tashnalikka, bo’ldi
Boshqa bir so’z demasman,
Insoniylik shu bo’lsa gar,
Kechir inson emasman.

Ajib holat davom etar
Uzoq o’tgan damlardan"¦
Ajab qo’riqlasa odam
Odamni odamlardan.

Qadim-qadim asrlardan
Doim yurishdi o’rab,
Qo’rqishib har qadamida
Turdilar soqchi so’rab.

Qornin yorib ketmasdiku,
To’ng’iz kelib to’qaydan,
Yo bo’rilar yeb ketmasdi
Kelishib allaqaydan.

O’z zotini o’z zotidan
Hayvon qilmas himoya,
O’z zotingdan o’zing qo’rqsang,
Bu endi qanday g’oya?
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2008, 08:19:45
It bor seni qo’riqlashga
Kunduz hamda tunlarda,
Balki u ham ba’zan o’ylar:
"œOdamlar majnunlar-da"¦

Kunduz talab bir-birini,
Hamma yoqni loylatib,
Tunda o’zi qotib yotar
Biz itlarga poylatib.

O’zi to’yib ovqat yeydi,
Tindirmayin iyakni,
Bizlarga-chi ravo ko’rar
Bor-yo’g’i bir suyakni.

Boz ustiga ba’zan urib,
"œitsan" deb quturishar,
O’zlari-chi, kezi kelsa
Bizdan battar urushar.

Kim bularning qilar ishin
Sababin surishtirar?
O’z urushi yetmaganday,
Bzini ham urushtirar.

Ba’zan bizga quturishni
O’rgatar haddan osha,
Urushtirib bir-birimiz,
O’zi qilar tomosha.

Bir-birimiz o’ldirsak ham,
Bizlar bilan ishi yo’q,
"œUyat axir bu ishalring!"
Deydigan bir kishi yo’q.

Bir-biriga qarab "œItsan"
Deyishni yo’qotsaydi"¦
E, charchadim,qorin ochdi,
Ahh,tezroq tong otsaydi"¦"

Uzr,hayol sal chalg’idi,
Bir oz oshirdim lofni,
Itdan battar bo’lma senga
Alloh bersin insofni.

Dema aslo:"Odamlarga
Itning ne keragi bor?"
Senda mumkin bo’lmasligi
Lek itning yuragi bor.

Haddan ortiq gap gapirsam,
Sen ranjima lafzimga,
Bu tanbehlar qaratilgan
Avvalo o’z nafsimga.

Hech bir jonivor o’z-o’zidan
Senga hujum qilmaydur,
Unda faqat nafs bordur,
O’zga g’amni bilmaydur.

Hech bir hayvon senga qarshi
Qondoshlarin jamlamas,
Qo’rqadigan narsang tayin,
Bu hayvoniy hamlamas.

Sen qo’rqqan zot,senga aytsam,
Oz’ingdan o’z aslingdan,
Qo’rqqan o’zing, qorqituvchi
O’z zotingdan, naslingdan.

Qo’rquv solgan ul qondoshing
Har na qilishga shaydir,
Sabab shulkim, saflaringda
Nohalqik bor qandaydir.

Tinch yashashing tayin, tortib
Olmasang birov haqin,
Yoqmasa ham senga so’zim
Haqiqatga bu yaqin.

Bul mavzuning xulosasi
Kelmasin senga malol,
Asos — xotirjam hayotga
Halol topishdir, halol!!!

Halol luqma har lahzada
Huzur bag’ishlar jonga,
Halollikning hislati bu
Bog’liq erur iymonga"¦

Maqsadim shul: - Men to’xtalib
Har sohaga,har ishga,
Undagayman har insonni
O’zligiga qaytishga.

* "œMoida" surasi,3-oyat; "œAn’om" surasi, 146-oyat; "œNahl" surasi,115-oyat.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2008, 08:45:57
HAQ YO'L - HAQNING YO'LIDIR!!!

Bu dunyoda tiriklik-chun
Senga turli yo'llar bor,
Bu yo'llarda turli to'fon,
Qor yomg'irlar, do'llar bor.

Dunyo to'la turli yo'lga,
To'lib ketgan o'ngu so'l,
Lek dunyoda yagonadir
Nurli, ravon, to'g'ri yo'l.

Bu yo'l yolg'iz HAqning yo'li
Yursang faqat shunda yur,*
To'g'ri ko'rgil, to'g'ri tanla,
To'g'ri yurgil, to'g'ri tur.

Tikla qadding, boq olisga,
Ortingni ham unutma,
Bu borliqda tanho yo'l shu
O'zga yo'lni sen tutma.

Adashmagil, to'g'ri yo'ldan
Ketmagil yuz o'girib,
Oh-nadomat qilma oxir
Boshi berk yo'lga kirib.

Bilsang barcha bu dunyoda
Bir yo'lovchi musofir,
Amal qil Ul Eslatmaga,**
Bo'lma ko'rnamak-kofir.

Yo'lovchi yo'l eslatmaga
Qarab ulov boshqarur,
Hayotingda Haq Kalomi
Senga shundayin zarur.

O'qi, o'rgan, e'tibor qil
Har muqaddas oyatga,
Shunda Alloh O'zi boshlar
Seni Haq hidoyatga.

Ul Zot barcha qilayotgan
Ishlaring bilguvchidir,
U - ogohdir, U - farmondor
Mag'firat qilguvchidir.

Sen-chi og'ir damda unidan
Shafqat, madad kutarsan,
IShing bitgacha, madadkoring
Bir zumda unutarsan.***

Kim Allohni tanibdi,ul
O'zligin ham taniydi,
Ushbu sirli haqiqatni
Barcha bilsa qaniydi.

Bir kun oxir o'z-o'zingga
"Men kimman?" deb so'ylash bor,
O'zligini anglaganga
Oxiratni o'ylash bor.

Hayotingdan oliy maqsad
Qalbing ichra pinhondur.
Anglaganga foniy dunyo
Bir sinov-imtihondur.****
Surar davring vaqtincha, bil,
Qachonki kuning botdi,
Xonumoning befoydadur,
Naf bermas oldi-sotdi.

Unutmagil INSON, seni
Hayotga yo'llganni,
Butun umring davomida
Hamisha qo'llaganni.

Unutmagil har dam, har dam
Holingni bilguvchini,
Tayyor turgil so'rog'iga
Tez hisob qilguvchini.*****

Bor mavjudot tasbeh aytar,
Hamd-la o'tar har oni,
Bari bilar bu dunyoda
Bor jonzot erur foniy.

Faqat boqiy yashar O'zi -
ZUL JALOLI VAL IKROM.******
Bu borliqni bir sir ila
Bog'lab O'zga qilib rom.

Faqat bilmas ko'p insonlar
Bu Haq So'zni albatta,
"Bu bo'lmagan bir so'z" deya
Yotadurlar g'aflatda.

Alloh O'zi ochsin ular
Ko'zlarin,aylab ogoh,
Aytsunlar dil va tillardan:
"Tavba!Astag'firulloh!"...

Nurga intil, chiqqil g'aflat
Chodirining tagidan,
Izla oliy baxt yo'lini,
Tutgil baxt etagidan.

Ne-la, qanday o'lchangaydur
Yaratganga salovat?
Belgisi shu:IYMON,TAQVO
Ibodat, sabru toqat.

Solih amal oxiratda
Yuzga bergay jilva nur,
Vujudingga bir sokinlik,
Dilingga berur surur.

Agarki, sen dilda iymon,
Bo'lsin desang mustahkam,
Ibodating qil vaqtida,
Haq dinni tutgil mahkam.

Javob olmoq istarmusan
Desang agar:"Kimman-da?"
Sen bir oddiy bajaruvchi
Neki borki zimmangda.

Zimmangdagi ish - zaminni
Gullatish obod etish,
Bul tuhfani hadya etgan
Yartaganni yod etish.

Do'st bilib sen har elatni,
Dildan mehr ato etish,
Agar qilsang neki aksin
Ul gunoh, xato ketish.

Gunoh bilib, sira shayton
Aytganini qilmaslik,
Ul mal'undek bir umrga
Tavqi la'nat ilmaslik.

Halol mehnat, ibodat-la
Tunu kun mashg'ul bo'lish,
Burching budir:Yaratganga
Sadoqatli qul bo'lish.

Banda ishi o'z boshiga
Kelmasdan sharmandalik,
Sodiq bo'lib Yaratganga
Qilmoq erur bandalik!!!


* "Hud" surasi,112-oyat;
** "Takvir" surasi,27-28-oyatlar;
*** "Yunus" surasi,12-oyat; "Zumar" surasi,49-oyat.
**** "Baqara" surasi,155-oyat; "Kahf" surasi,7-oyat; "Toha" surasi,35-oyat; "Mulk" surasi,2-oyat;
***** "Ol-i Imron" surasi,199-oyat;
****** "Rahmon" surasi,26-27-oyatlar.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2008, 09:14:35
NAFSGA NIGOH NAFSSIZDIR.*

Gar undasa gunoh ishga
Kimni nafsi "ammora".
Kalimai istig'forni
Aytishdir unga chora.

Jilov bilmas nafsing har dam
Har ishga buyurgaydur,
Buyrug'ini bajarsang gar
Yuzga qaro surgaydur.

Nafsga nigoh nafssiz erur,
Qildirar xijolatga,
Oxiratda solgaydur ul
Seni og'ir holatga.

G'olib bo'lgi har dam jangda
Nafs atalgan yov-la,
Qulligu qulluq qilma
Ul badfe'lni jilovla.

Ajdar nafsning   huzurida
Qul qalblarga og'ridir,
Har dam ajal dahshatidan
Qaltirab turar dir-dir.

Mana misol...deylik, mayda
Baliqning holi tang-a?
Suv betida qushga yemdir,
Ostida-chi nahangga!

Dev qomatga lol qolgin-u,
Ehtiyot bo'l zarraga,
Zarra devdan battar qilar
Yetib olsa marraga.

Zarra ko'zga ko'rinmasdir,
Nafs ham ko'zga ko'rinmas,
Lek ogoh bo'l, iymoningga
Hamlasi bir dam tinmas.

Nafs yo'lida ertayu kech
Tinimsiz yugurasan,
Ko'p yugurma, nasibangni
Olishga ulgurasan.

Tez ketar bu naqd dunyoni
Bunchalar xush ko'rasan?**
Tez ketar bu naqd dunyoda
Vaqtincha bir to'rasan.

Mol-davlatim - kuch qudratim
Degan so'zing xatodir,
Bu dunyo bir o'tkinchi va
Aldaguvchi matodir.***

Kech ortiqcha mol dunyodan,
Haqni bil, Haqni tani,
Kim dunyoni do'st bilar
U Allohning dushmani.

Tushunchamni to'g'ri tushun,
Tushmayin tushkunlikka,
Tenglasang bas, o'tar umring
Muddatin "uch kun"likka.

Muddating bor tugamasdan
Bog'la nafs havoyingni,
Vaqting o'tsa, tinglamslar
Sening dodu voyingni...

Qay bir dasturxonlaringda
Yegulik ne'matlar xor,
Qancha - qancha xonadonlar
Qotgan parcha nonga zor.

Kimdir tekintomoq holda
Ayshin sursa bemalol,
Kimdir ko'rar kuni kulfat,
Yotsa, behol, bemajol.

Qay yurtlarda dili vayron
Och0yupun gado bisyor,
Qay yurtda deb so'rma, qara,
Balki shunday qo'shing bor.

"O'zi kelar" daromaddan
Qasr qurganlar goh-goh
Bir devor past kulbaga ham
Tashlab qo'ysinlar nigoh.

So'rab qo'ysa bul ham savob -
Ul hamsoya holini,
Sipo bo'lib talaguncha
Miskinlarning molini.

Kim haloldan topib qursa,
Haq bersin omadini,
Zar, kumushdan tiklay qolsin
Qasrining qomatini.

Kim qursa qanday qurgaydir,
Har kimning o'zin ta'bi,
Tushunganlar turmush tutar
Kamtarin zotlar kabi.

Tarixda to'q toifalar
Ma'lum, oxir netganlar,
Barchalri bu dunyodan
Quruq qo'l-la ketganlar.

Neni olib ketmoqchisan
Bu besh kunlik muhlatdan?
Kamtarin bo'l va hushyor bo'l,
Qochgil soxta shuhratdan.

Topgan boylik - oltin,kumush,
Deylik yo gavhar toshdir,
Barchasi so'ng avlodlaring
Orasinda taloshdir.

Bul barchasi bir vaqt kelib
Bir baloni boshlagay,
Ul dam senga begonday
Ko'p ko'zlarni yoshlagay.

Bir-birini qirishgaydir
Ul boylikni talashib,
Bunga qancha-qancha misol
To'lib yotar qalashib.

Ul bevafo boylik aytar:
"Mendan tezroq ket nari!"
Qilgan solih amal erur
Sen-la birga ketari!!!


* Nafs haqida - "Yusuf" surasi,53-oyat; "Qiyomat" surasi, 40-oyat;"Fajr"surasi,27-oyat.
** "Qiyomat" surasi, 20-oyat;
***"Ol-i Imron" surasi, 185-oyat; "Hadid" surasi,20-oyat.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Noyabr 2008, 12:10:15
SHARHI SHUARO.

Shu kunlarda shunday bitik
Kerakdir, noo’rinmas,
Men bir qalam tutguvchiman,
"œFikr berar" ko’rinmas.

Kimdir aytish kerak bo’lgan
So’zga men saylanmishman,
KImgadir do’st, kim uchundir
Dushmanga aylanmishman.

Eshit, barcha bir\tganlarim
Bo’lsa ham biroz noxush,
Bitganlarim bor haqiqat,
Ro’yo yo emasdur tush.

Bul barchasi bir kun oxir
Aytishi kerak kimdir,
Aytishga men qaror qildim,
Sabab — saflaring jimdir.

Men ham jim yurdim qanchalar
Endi jim yurolmasman,
Kim jimdur, ul jim bilan
Anjuman qurolmasman.

Senga qulay bo’lsin uchun
Bitigim bitdim soda,
O’qilgan har misra qolar
Osonlik bilan yodda.

Oson bilma  bul ishimni,
Yo’qsa,sen ham bitib ko’r,
Taxmon to’la tarixiy bul
Kitoblarim titib ko’r.

Aytaramki, nazm bog’ining
Betinim bulbuliman,
Menkim Alloh aytgan So’zni
Anglatuvchi quliman.

Bir tun bedor holatimda
Ichki bir ovoz dedi:
"œEndi biroz bilganlaring
Bildirganing soz!" — dedi.

Shul sababdan ahd ayladim
Sen-la suhbat qurishga,
Senga sabr bersin, menga
Quloq tutib turishga.

Senga xolis hayol ila
Bitadurman bu xatim,
Senga foyda saboq erur,
Qo’rqtishmas niyatim.

Sening ishing, menga quloq
Solma yoki solgin sen,
Istagim shul:ortiqchamas,
Oz bo’lsayam olgin sen.

E’tibor qil har misraga,
Undan — bundan cho’qima,
Fosiqona fikr qilsang,
Qo’y yaxshisi o’qima.

Istak ermas shuhratimni
Keng dunyoga tarqatish,
MAqsad — diqqat e’tiboring
Yaratganga qaratish.

Ijod ishin eplolmagan
Bozori ko’p kasodlar,
Balkim endi uyushtirar
Turli fitna fasodlar.

Balki do’st ham kular mendan,
Balki ba’zi bir hesh der:
"œAna kelar shoirsifat —
Bizdan chiqqan darvesh der.

Senga, menga do’st erur kim
Bul ishimdan quvonsa,
O’ziga yov erur ul kim
Hasad o’tida yonsa.

G’animlarim endi tinmay
G’iybatimni qilarlar,
Men bir bandayi ojizga
Ayon neni tilarlar.

Sirtlaridan salomlashib,
Sezdrimayin so’karlar,
O’zlariga gunoh olib,
Menikini to;karlar.

Ezgu amal hech ularning
Xush kelmagay joniga,
Hasad o’tin alangasi
Yetgay ustixoniga.

Ular inson emas, ular-
Qimirlovchi arosat,
Miyasining o’rni boru,
Lek unda yo’q farosat.

Mahshar kuni mo’minlikni
Alar istab qolarlar,
Afsus unda kech bo’lgaydur,
Befoydaga nolurlar.

Kechir meni"¦Ul kaslardan
Olmoq uchun alamim,
Tuzukroq bie tgarmu deb
Qo’lga oldim qalamim.

Kechir, hasrat oshib ketdi,
OShdi kin-kudrat, gina,
Bitikning bosh mavzusidan
Chetlab ketdim ozgina.

Hali aytar gaplarim ko’p
Ha, gaplarim yana bor,
O’z o’rnida hazily bor,
O’z o’rnida ta’na bor.

Shul o’rinda qilib o’tay
Shoirlikning ta’rifin.
Chin shoirga menda aslo
Yo’q adovat, zarra kin.

Shoir debon atagum yo’q
Sh’er yozarlarning barin,
Kimki yozsa haqiqatni
Faqat shunga ofarin.

B’azilari qalam tutar
Tirikchilik yo’lida,
Maqtov,shuhrat bo’lsa bo’ldi
Doim o’ngu so’lida.

Ba’zilari bo’lmag’ur bayt —
Yolg’onlarni yozganlar,
Undaylarga ergashgaydur
O’z yo’lidan zoganlar.*

Ayrimlari so’z aytarda
O’ta "œbaland"parvozlar,
Behuda bir baqirishlar,
Baland parsa ovozlar.

"œMen ham shoir" degnalar ko’p,
Ko’pi yozar son uchun
B’azi birin bitganlari
Yozilgan unvon uchun.
Ba’zilari bitganiga
O’zi amal qilmagan,
Bitganlari bo’lar bo’lmas
Bitikligin bilmagan.

Shoir bilsin ne bitganin,
O’tkirlab qalam uchun,
Bilsin shoirlik qismatin,
His qilsin sh’erning kuchin.

Aytar, bitar so’zi sira
Bo’lmasin haqdan yiroq,
Hadis bordir:"Shoir otar
O’qning ti’gi o’tkirroq".

Esla yana o’tmishdan bir
Ulug’ shoir so’zin ham:
"Qilich olmas yer yuzini
Zabt qila olur qalam".**

Men-ku hakam emasdurman
Bul sohada bul ishda,
HAqni yozgan haq shoirlar,
Ko’pi qolmish o’tmishda.

Haq yodi-la o’tkazmishlar,
Alar har bir onlarin,
Asarlari abadiy ul
Sh’eriyat sultonlarin.

Hozir ham chin shoir sabab
Nash’alidur nazm nahri,
Chin shoir chin baytlar bitar,
Chin shoir — millat faxri.

Xalq o’zi haq so’z aytishga
Chin shoirni saylasun,
Chunki shoir qofiyali
So’z aytguvchi faylasuf.

Haq yo’lida haq so’a aytish
Sharh bilganga sharafdur,
Ushbu yo’lda haq bir taraf
Nohaq boshqa tafadur.

* "œShuaro" surasi,224-oyat.
**  Munis Xorazmiydan.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Noyabr 2008, 12:11:39
XUNUK XABARLAR HAQINDA.

Bul kun qirg’in har qadamda
Kim sabab, nelar sabab?
Barcha buzg’unliklaringga
Qayerdan kelar sabab?

Bul behayo buzg’unchilar
Hech nasradan tortmas tap,
Insoniylik qiyofasi
Yo’q,bu axir qanday gap?

Har kun, har dam turli tuman
Vahimayu mish-mishlar,
Bir-biringga uyushtirgan
Jirkanchli xunuk ishlar.

Har kuningga to’la xunuk
Xabarlar,vahimalar,
Katta yoshlar qilar qiliq
Murg’ak jonlar qiynalar.

Ro’znomalar to’lib yotar
Mash’um ma’lumotlardan,
Har elating pusib yotsa
Ichidagi "œyot"lardan.

Ko’pdir to’ng’iz qavmli to’da,
Ongli majruh qoloqlar,
Farqi bo’lmas nishoniga
Onalar,chaqaloqlar.

Yonib bitsin va kul bo’lsin
Yovuz kuchlar tiragi,
Sinib bitsin yovuzlikning
Arava,g’ildiragi.

Nomi o’chsin yovuzlikning
Tarixning har betida
Tavqi la’nat, duoyi ba’d
Quvib yetsin ortidan.

Har dam xunuk xabarlardan
Jaridalar jar solar,
Adog’szi shum xabarlardan
Ko’z tinar, quloq tolar.

Shum xabralar to’lib ketdi
Oynayi jahonlarga,
Tasvirlari to’la turli
Noxush lahza, onlarga.

Asablar dosh bermas bunday
So’zga quloq osishga,
Dil hayiqar, yaqin kelib
Tugmasini bosihga.

Yoqding, tamom, boshlanadi
Yana kimdir urushar,
Til boshlaydi la’natlashni,
Afting birdan burishar.

Og’ri, xunuk xabralarsiz
O’tmagay biron kuni,
Ey,Xudoyim, bormikan bul
G’avg’olarning yakuni?

Nega buncha dil poralik
Dillar nega dog’likdir?
Bu kori-hol tomoshlar
Inson, senga bog’liqdir.

Maqsad nadir?Vujudingni
Iymonga to’ldirishmi
Yoki "œurush-urush" o’ynab
Bir-biring o’ldirishmi?

Nega zoting ahd ayladi
Bu o’yinga kirishga?
Kim zotingga amr ayladi
Bir-birigni qirishga?

Loydan bo’lga inson nomin
Rostdan loyga qorishga,
Uyat!O’zni jazm aylasang
Portlatish, qo’porishga.

Bunday jirkanch barcha holat
Yarashmas sendek zotga,
Bul ketishda INSON nomi
Qolgay, axir, isnodga.

Borki jonzot kular axir,
Kular Osmon,Yer tog’lar
Vayron bo’lsa qo’rg’onlarin
Huvillab qolsa bog’lar.

Gar maqsading buzish bo’lsa
Maqsadingga yetmagil,
Yaratganga ayon ishing
Bo’ldi, o’zdan ketmagil!

Kelsa gar bir noxush xabar
Deylik bir tayyoradan,
Kelib yordam bermagaylar
O’zga bir sayyoradan.

Faqat inson yordam berar
O’zga bir inson uchun,
O’zga jonzot qo’l uzatmas
Ko’makka bu jon uchun.

Albat avval zarur erur
Har ishga Haq hohishi,
Hohlamasa Haq bekordur
Har kishining har ishi.

Niyating pok bo’lsa, unga
Loyiq Alloh royishi,
Go’zal bo’lsa dilda iymon,
Go’zaldir farmoyishi.

Balki bo’lgan bir bitimlar
Dersan:"Bari bu ozda",
Albat, ozday tuyulgaydur
Bari qolsa qog’ozda.

Bu bitimlar bari bekor,
Gar amalgam oshmasa,
Inson o’zi barqarorlik
Chorasiga shoshmasa.

Xalqlar aro tuzgin ko’proq
Turli-tuman kengashlar,
Faqat bo’lsin bir foydasi,
Befoydasi dil g’ashlar.

Jahondagi janjallaring
Kel, bir tomon suraylik,
Istasang,kel, yo men boray,
Shirin suhbat quraylik.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Noyabr 2008, 12:13:07
YOG’ILMASIN YOSHLAR YOSHLARGA!!!

Yuksalikka yetgan sari
Kundan-kun ahli bashar,
Ne sababdan ortmoqdadur
Saflaringda ahli shar?

Ko’p zotdoshing zoti quruq,
Suratlari so’likdir,
Ko’plab ko’zi ochiqlaring
Tirik murda — o’likdir.

Bul barchasin tingla xolis,
Uyma qovoq-qoshlaring,
O’yla erta-indin kuning,
Ehtiyot qil yoshlaring.

Ko’p yoshlaring bosmas qadam
Bobolar bosgan izda,
Yaroqlisi sanoqlidir,
Ko’pi tugar o’ttizda.

Ho’lu quruq giyohlarni
Tortgan,ichiga tiqqan,
Turli sanchqi ignalardan,
Tomirlari toliqqan.

Turli maraz, illatlardan
Qaltirar qarichlari,
Ezilgan,ko’p xarob bo’lgan
Tugab bo’lgan ichlari.

Tanasidan taralgaydur
Har turli badbo’y hidlar,
Har millatda ortib borar
So’nggi vabo — SPIDlar.

Giyohvandlik bozirga
Bul kuch oson borilar,
Har soniya is’temolda
Qop-qop qora dorilar.

Xarob holda yotsa hamki,
Qanchalar majruh-mayib,
Xumor tutib "œqora yem"ga
Qo’l uzatar bukchayib.

Tomirlga turli tuman
Ignalarni sanchadur,
Bilsang edi, bular soni
Saflaringda qanchadir?

Xumor tutib xurpayadur
Xuruj qilar asablar,
Parvoyingyo’q,qurib borar,
Tugar naslu nasablar.

Bul fojia sababi ham
Och nafsingga taqalar,
Nahot afzal bo’lsa INSON
Zotidan shul chaqalar?

Tutam o’lat o’qiga sen
Voh, shunchalar asirsan,
Seskan, axir, yo alhazar
Bunchalar be’tasirsan.

Ozor berar ozuqalar
Ortasan oshqozonga,
Barg tutatib, ichga tortib
Puflaydursan har yonga.

Boshda bu xil hunarlarni
O’rganasan arang sen,
So’ngra bu xil xunarlardan
Qutulolmay garangsan"¦

Qizlar qirqar sochlarini
Qirq kokil o’rmasdan,
Qancha qizlar — tayyor kelin,
Chimildiqni ko’rmasdan.

Yosh nigohlar tayyor turar
Bir ko’rishda yoqishga,
Ba’zi kuyov chora bilmas,
Hatto o’zin boqishga.

Gul yuzli oy chehralarni
Kelinlikka so’rmaslar,
Ko’p yoshalring kuyovlikka
O’zni loyiq ko’rmaslar.

Yo to’y qilib uch kun o’tmay
Turli qiliq, zardalar,
Soxta sevgi, hatto soxta
Erur iffat pardalar.

Haqqa xiyonat emasmu
Bunday qiliq,sohirlik?
O’z sha’ningni toptashmasmu,
Bunday sun’iy zohirlik?

Ko’pdir, kimsa kiyim demas
"œKiyim"larni kiyishlar,
So’z talashar tushuntirsang,
Yo’qdir tilni tiyishlar.

Tushungali tobi yo’qdir
Gap talashar basma-bas,
Yoshalringga yozadurman:
"œBu holni qilmang havas!"

Shunday yoshlar ham bor alar
To’g’ri yo’ldan toyishmas,
Duo qilib barchalarin
Keksalar ham koyishmas.

Yosh avloding Yaratganga
Sodiq bir avlod bo’lsin,
Sodiqlarning har savobli
Sohada safi to’lsin.

Yoshlarni deb bir kun ko’zdan
Yog’ilmasin yoshlaring
Yoshlarga de:"Buzilmasdan
Bu yoshlikdan oshlaring".

Yoshlik barcha mahluqotning
Chiroyli bir gul fasli,
Bul yoshlikning bil qadrini
Qurimay INSON nasli!!!
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 14 Noyabr 2008, 14:41:54
UNUTMAGIL UNI — UL KUNNI!

Imkon qidir har soniya
Yaratganga yoqishga,
Bul imkoning imkon berur
Ul Kun Unga boqishga.

Bul tiriklik chog’ing mashg’ul
Bo’l ibodat toatda,
Shunda qo’rquv bilmagaysan
Sur chalaingan soatda.

Vaqt kelibki qo’lga olsang
Nomai a’molingni,
Hech bir qondosh kelib so’rmas
Ne bo’ldi deb holingni.

Do’st-birodar kor kelgaydur
Bu o’tkinchi olamda,
Ulug’ Kunda birov so’rmas
Ne kundasan, ne g’amda.

Molu dunyo amal unda
Bermagay aslo najot,
Unda bordir ajr mukofot,
Hamda turli darajot.

Ul dam afsus nadomatlar,
Tavbalardan foyda yo’q,
Tanish-bilish,qon qarindosh
Oshnalar ul joyda yo’q.

Mol-davlating so’nggi nafas
To tanangdan ketguncha
Do’st deganing jonsiz tanang —
To qabrga yetguncha.

So’ngra kiming borar ekan
Xarob holing so’rgali,
Darcha, tuynuk bitilmagan
Zax kulbangni ko’rgali.

Senga abad hamrohlikka
Amallaring qoladir,
Amalingga qarab ruhing
Chap-o’ngdan joy oladir.

Kofir,badbaxt,fosiq uchun
Ulug’ Kunda, o’shal dam
Kor qilmasudr hatto oqlov,
Qilsa hamki bor odam.

Ul payt bo’lmas do’st birodar
Yoramu qo’llash, yoqlash,
Ish bermagay amal, unvon,
Iltimos, so’rov, oqlash.

Tog’lar kelib bir junbushga,
Quyosh birlashsa oyga,*
Lom-mim demay borgaydursan
Haq hukm qilgan joyga.

Ul Kun iloj yo’qdir biron
Janjalga, "œsan-san"lashga,
Belgilangan joying aniq,
Imkon yo’q joy tanlashga.

Barcha borliq jonzot uchun
Bo’lur umututulish,
Yodga kelmas va topilmas
Biron chora qutulish.

Ul Kun aqlu irodangga
Bo’ysunmas butun tanang,
Ul Kun bo’lmas bir najotkor,
Bo’lmas biror boshpanang.**

Ul Kun hech zot quloq solmas
Hech kimsa oh vohiga,
To’dalar teng yo’l olishar,
Haqning qarorgohiga.

Ul Kun yana tinglamaslar
Hech kimsaning zorini,
Ul Kun barcha birday tinglar
To’plovchi qarorini.

Ul Kun senga berilgaydir
Barcha ishing xabari,***
To’plam holda tutilgaydur
Yaxshi — yomoning bari.

Rost bitilgan bo’lur barcha
Qilgan amal nechog’liq,
Ajri esa o’ngu chapdan
"œNoma" olishga bog’liq.

"œNoma" qolga tekkach faqir
Yoki deylik, boydadur,
Iltimoslar ish bermagay,
Barchasi befoydadur.

Ulug’ Kunda maydon bitta,
Barcha bitta joydadur,
Yosh-u qari, sho-u gado
Barchaga bir qoidadur.

Holingdan hech xabar olmas
Farzand yo ota-ona,
Ul Kun bekor befoydadur
Biror uzr, bahona.****

Ul Kundagi holatingni
Ta’rif etsam yanada,
Guvoh bo’lur har bir a’zo
Neki borki tanada.

Qilgan ishing barchasini
Deyolmassan:"Qilmadim"
Hohlarsan-u til aytolmas,
Xatoligin bilmadim.

Yolborish-u, iltijolar
Ul Kun ko’kka yetmaydi,
Hayotdagi turli qiliq,
Mug’ombirlik ketmaydi.

Dod-voyingga bir ko’makchi
Bir qayrilib qaramas,
Qilganmiding yaramaslik,
Tamom!Noming —"œYaramas".

Tiriklikda tinglab, amal
Qilmasang har oyatga,
Ul Kun jazong aniq, ul dam
O"rin yo’q shikoyatga.

Yuzi qaro kofir qavmni
Ul maydondan surishar,
Balo o’rlab boshlariga,
Qaro yuzlar burishar.*****

To’gri tanla tadoruking
Tanda nafas borida,
Haq asrasin, bo’lishlikdan,
Badbaxtlar qatorida.

Pok asragil Alloh ato
Qilgan tana,jon, ruhni,
To’g’ri tanlab, lozim topgil,
Saodatmand guruhni.

Sharaf ishing sharbatini
Sezarsan sen ketarda,
Qo’rqinch, armon sezmagaysan,
Jon xalqumga yetarda.

Omonatin olg’uvchisi
Omonat so’rg’onida,
Oson yengil xatlagaysan
Bu dunyo qo’rg’onidan.

Bilarmusen ne degani
Bu dunyodan ajralish?
Bu degani amalingga
Loyiq biron ajr olish.

Inkor o’tmas, taklif bo’lgach
Oxirat diyoriga,
Ne hojatdur, kegash yig’in
Inson do’stu yoriga.

Tanag taslim, yotganingda
Oyoqlaring chalmashib,******
Jon o’rniga molu-dunyo
Olmagaylar almashib.

Xo’sh, kelarmu yo qo’lingdan"¦
Istagan moling alish!
Topilarmu biron zo’ring
Farmon bo’lsa "œHaydalish".*******

Bir yaqining yaramasdur
Seni olib qolishga,
Zarra parvo qilmagaylar
"œDavolab, dam solishga".

Tinglab parvo qilmagaylar
Hatto zo’rlar zo’riga,
Gar bandasi safar qilsa
Allohning huzuriga.

Oy-kun bitib xalqumingga
Taqalsa agar joning,
Befoyda bor boyliklaring
Befoyda xonumoning.

Obro’ mansab befoydadur,
Befoydadur shavkat shon,
Taslimi jon olidda sen
Ojizsan,ojiz INSON.

Gar haytoing zulmat kabi
To’lsa bir jaholatga,
Uni hayot atamagil
Ta’rif yo’q bu holatga.

Kim Allohning Kalomini
Agarki der:"Yolg’ondir!"
To abad ul o’z bo’yniga
Tavqi la’nat olg’ondir.

Yaratganning O’zi uni
Shunday ko’yga solg’aydur,
Xor-zor bo’lib,Ulug’ Baxtdan
Ul benasib qog’aydur.

Ul mal’unning ta’rifini
Yozarga bormas qo’lim,
Alloh O’zi tilar unga
Takror va takror o’lim.********

Alloh uni to abadga
Koz’larin yoshlab qo’yar,
O’tin qilib jahannamga
To abad tashlab qo’yar.

Men bir bora yashayman,deb
Kerilganlar kibordur,
Anglaganga bir bor emas
Tiriklik ikki bordur.

Avvaligisi bamisoli
Biro y yo bir kun bo’lar,
Bir zum kechar hayotingga
Bir sinov, yakun bo’lar.

Keyingisi abadiydir
Boqiy, bilmas nihoya,
U bordur, bir haqiqatdur
Dema:"Oddiy hikoya".

Ruh hozircha tanagdadur
Demak hali imkon bor,
Bu imkoning tavba uchun
Tavba qil, ayt istig’for.

Bu dunyoda kimki agar,
O’zin qo’yar yuqori,
Ul Kun shuncha pastda bo’lur
Bo’lsin ul shoh yo qori.

Gar soz’alrim hushyor tinglab
Ma’nosini chaqqing yo’q,
Deak, demam inson seni
Bu xatoga haqqing yo’q!

Bular bari bir haqiqat,
Demagil:- "œCho’zding rosa".
Istagim ol keragini
O’zing yasa xulosa!

* "œQiyomat" surasi,9-oyat.
** "œQiyomat" surasi,11-oyat.
*** "œQiyomat" surasi,13-oyat.
**** "œQiyomat" surasi,14-15-oyatlar.
***** "œQiyomat"surasi,24-oyat.
****** "œQiyomat" surasi,29-oyat.
******* "œQiyomat surasi,30-oyat.
******** "œQiyomat" surasi,34-35-oyatlar.


Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 14 Noyabr 2008, 14:43:53
SIRLAR SABABLARI SIR.

Yetti o’lcha bu hayoting
Oddiy keldi kettdimas,
Osmon, zamin qati va rang
SOni bejiz yettimas.

Sir ko’p sirli bu olamda
Sirlar ongda uyular,
Biz bilmagan barcha narsa
Mo’jizaday tuyular.*

Son-sanoqsiz sayyoralar
Aylabon sokin sayr,
Pat-qanotsiz, hamda unsiz
Uchsalar misli tayr"¦

Bis jismni bir bo’shliqda
Sen muallaq qotirchi,
Eplolmassan nega debon
Miyang o’yga botirchi!

Bul behisob jismlarni
Tergan ma’lum tizmiga,
Barchasini, shak — shubhasiz
Bo’ysundurgan izmiga.

Bu ne xilqat, bun e kuchdir,
Nega hayron qolmassan?
Atrof to’la tirik misol
Nega ibrat olmassan?

Maysa — yashil, ko’mir — qora,
Qor va paxta nega oq?
Bilmagaylar hanuz sirin,
Bekor boqma, o’ylab bor!

Bir muddatga yashil bo’lib
Yashnagan har bir yaproq,
Tus yo’qotgan jon taslimda,
Xazon fasli kelgan chog’.

Ko’klam chog’I biron nihol
Libos kiysa g’unchadan,
Kim kiydurmush yiroqdursan
Bundayin tushunchadan.

Seni faqat qiziqtirar
Shirin-totli mevasi,
Ishing yo’qdir ichida ne,
Senga zarur tevasi.**

Daraxt qulluq eshitmagay
Mevaga to’lgan chog’da,
Gar hosili sal kamaysa,
O’zin ko’rar o’choqda.

Mevasini bir zumdayoq
Terib yeysan tindirib,
Uzgaydursan ozor berib,
SHox-shabbasin sindirib.

Tayyorini yeyish oson,
Bog’ yaratish qiyindir,
Qiyin ishga qo’l bog’layu,
Yerni ko’kka kiyintir.

Shukr qil-u, ushrini ber
Daraxt hosil tutganda,
Shukr qilgil Yaratganga,
HAr luqmani yutganda.

Hosil uchun, rizqing uchun
Yaratganga shukr qil,
Ushr beru, barakot ko’r
Hosildan kelasi yil!

Barakot bor bog’laringda
Dilda shukr bor qilsang,
Tortib olgay bog’ingni cho’l,
Hosilin gar xor qilsang.

Mehringga zor bo’lib nihol
Harakating kuzatar,
E’tiboru parvarishga
Loyiq meva uzatar.

Sezmagaysan, senga so’zlar
Dilda borin shivirlar,
Sezmagaysan, behisobdur
Atrofing to’la sirlar.

Shuncha dalil ko’ra turib,
Kufr yo’liga shaylansang,
Seni yo’qdan bor qilganni
RAqibiga aylansang!

Hayron bo’lma, biroz o’yla
Desamki, nuqul sir-sir,
O"qi, izlan,shunda sirlar
"œSirlarin" ochar bir — bir.

Dunyo o’zi yaralishi
Bilsang, axir sir bo’lgan,
Shundanmi, bu dunyo otlig’
Ichi ham sirga to’lgan.

Sirdir — ko’rib, tinglab, o’qib,
Bilib o’yga tolishing,
Hayoting sir, sirdir hatto,
Har bir nafas olishing.

Sirdir turli kechinmalar,
Sirdir qalbda his nima,
Ko’rish, sezish, barchasi sir,
Rang nima-yu, is nima?

Sirdir maqsad istaklaring,
ULarga yetishing sir,
Sirga to’la bu dunyoga
Kelishu ketisning sir.

Samoviy, sir, yer sirlari
Qaydadur avval boshi?
FAqat ayondur Xoliqqa
Yetmas inson bardoshi!

Sizga to’la bu hayoting
Sirlar ichra kechgaydur,
Sir sababin so’rganlarga
Uni ilm yechgaydur.

Sen bilishing mumkin emas
DUnyoda sirlar qancha,
Bilishingga bilim berar,
Haq O’zi istagancha.***

Atrofga boq, har jismga,
Har harakat, har holat —
Yaratganning borligiga
Emasmudur dalolat?

Yer, Oy, Quyosh bir maromda
Aylanishib yurgaydur,
O’ylarmusan kim yurguzar
Va yo kim buyurgaydur?

BArchasini bir tizimga
Boylantirguvchisi bor,
Har aylanar narsa borki,
Ayalntirguvchisi bor.

Ushbu sirga tafakkuri
Tiniq qari, yosh qarar,
Ular bilar bu borliqni
ILohiy kuch boshqarar.

Bu ilohiy kuch tizgini
Yolg’iz Alloh qo’lida,
Shukr qilu, ibodat qil
Yaratganning yo’lida!

Atrofga boq, hushyor qara,
Ayatim dilda saqla,
Sirlar senga ochar sirin
O’tir, kitob varaqla!

Sirli qilib yaralgandur
Borliqning bor ta’siri,
Ilm ila yechilgaydir
Borlqining barcha siri!

*  Augistindan.
**  Tepasi ma’nosida.
***  "œBaqara" surasi,255-oyat.


Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 14 Noyabr 2008, 14:46:38
"œKO’RINMAS"LAR KO’RINMAS.

Ko’pdir ko’rinmas narsalar
Lekin ular bordir, bil,
Kunda ko’rib bilganingdan
Keltiray senga dalil.

Issiq, sovuq, achchiq, shirin
Ko’rinmasdur barchasi,
Ko’rinmaslar hidlar hamda
Biron narsaning sasi.

Ko’rinmasdur tuzning ta’mi,
Yoki shaker shirini,
Hozirgacha hech kim bilmas
Bu barchaisn sirini.

Maysa, daraxtni tebratib
O’zi ko’rinmas shamol.
Demak, u bor, biladursan
Ko’rsatmasa ham jamol.

Bul ko’rinmas narsalarni
Bilarsanki bari bor,
Maloika,jin borligin
Nega qilasan inkor?

Butun borliqni tebratib
Turgan "œkuch"ga ne deysan?
Yana ne dey?...Ishonmasang
G’ofil bandasan, ey san!

Erur osmon, falak, fazo-
Farishtalar makoni,
Sanog’iga teng kelmasdur
Hattoki qumlar soni!

Tasavvur qil, maloika
Saflari ko’pdir qancha,
Qancha ko’pdir kori dunyong,
Yozgaydurlar o’shancha.

Bilib bitib turgaydurlar
Xatga barcha koringni,*
Sezdirmasdan senga yozgay
Hatto dilda boringni.

Allomalar bilib aytgan:
-Har sohada, har ishda
Haq hukmiga havola,-deb
"œOmin" degay farishta.

His qilarsan borliklarin,
Lek o’zlarin ko’rmassan,
Bul qissadan hissa shulki,
Sen ulardan zo’rmassan.

Sen ko’rmaysan,lekin qushlar
"œKo’rinmas"ni ko’rarlar,
Senga xabar bergandayin,
Doim sayrab turarlar.

Allohga hamd aytar ular
Chor atrofda sayrashib,
"œKo’rinmas"lar kelishganda
Tasbeh aytar yayrashib.

Bir alloma bir so’z demish
Buni tahlil etarda,
:Ko’rinmas"ni ko’ri-chun qush
Ko’zida bordir parda.

"œZo’rman!" debon zamin yuzin
Buzay deb qilma niyat,
Senday "œzo’r"ga berilmagan
Qushlardagi xosiyat!

Bu ayondir yolg’iz Haqqa
Sendan soqit siridir,
Sirlari ko’p Yaratganning
Bu ulardan biridir.

Farishtalar Yaratganning
Ko’rinmas bir lashkari,
Ko’rinmas ko’p ko’pdir yana
Bu kuchlardan tashqari.

Ko’rinmaslar ichra bordir,
Shuningdek, yovuzlari,
Ular yashar yovuzlar-la
Yo yasharlar oz’lari.

Toza qalbli vakillaring
Ko’rolmaslar undaylar,
Har qadamda yomonlarni
Yomonlikka undaylar.

Qo’rqqin doim ul mal’unlar
Eshigingni qoqishin,
Chunki ular xohlamaslar
Yaratganning xohishin.

Maqsadlari chin insonga
Qo’yishdir doim tuzoq,
Iymon dgan tushunchadan
Barchasi butkul uzoq.

Yo’q! Barchasi deyish xato
Bordir iymonlisi ham,**
Faqat o’sha iymonlisi
Uchragaydur kamdan-kam.

Chin mo’minga ular doim
Havas bilan qarashar,
Chin mo’minga havas bilan
Qarash albat yarashar.

Balki bunga ishonmassan,
Sabab — ko’rinmas bari,
Lek ularning yomoni ko’p,
Yolg’onchidir ko’plari.***

Shul o’rinda bir so’z aytay
Aqli sog’ har kishiga,
Bila turib kirishmagil
Shaytonning har ishiga!

Har dam sening qulog’ingga
Yomon soz’alr osar u,
Zotingdagi zolimlar-chun
"œBadal — o’rinbosar" u.****

Bilki, "œbadal" — dushmaning
Yotar ekan qo’yningda,
Yer yuzida barcha buzuq
Ishlar sening bo’yningda.

Iblis undab har xil ishga,
Inson zotin har qadam,
"œIsh" bitirib, qochib qolar,
Isnodga qolar odam.

Ul "œqora qalb" qurib bo’lgan
Qalbingni battar siqar,
Bul ketishda yaqin kunda
Qo’yningdan boshga chiqar.

Boshga chiqdi, dunyo ishi —
Tamom! Zeru zabardur.
Nega zoting vakillari
Bul ishdan bexabardur?

"œDos’t" ko’rinib ali kular
Har bir fahmi kaltangga,
U tufayli to’lib ketdi
Gunoh "œgunoh xaltang"ga.

Gunohlarga to’ldi xalatang
To’ldi yovuzlik jomi,
To’lsa hamki, bor idishing
To’xtamasdur davomi.

Iblis "œizn"I to Qiyomat,
Muddati qisqarmoqda,
Shul sababdir ergashganlar
Safi ortib bormoqda!

Kim bimasa kimligini,
Kim biladir ul kimdir,
Johillarning boshlarida
Shayton doim hokimdir.

Barcha illat egasi bu,
Shaytonligin bilsang bas,
Buzuq ishlar yaramasdur,
Qutlug’ nomingga,ey, kas!

* "œAn’om"surasi,61-oyat; "œRa’d"surasi,11-oyat; "œToriq" surasi,4-oyat.
** "œJin" surasi,1-2oyatlar.
*** "œShuaro"surasi,223-oyat.
**** "œKahf" surasi,50-oyat.


Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 14 Noyabr 2008, 14:49:47
RISOLAI RIZQ.

Rizq topmoqlik muammongni
Jamlab jonu jismga,
Bu yo’ldagi toifangni
Bo’ldim to’rtta qismga.

Bir toifang halol topib,
HArom qilib yeyishar,
Topgani hech yuqmagandan
Bebaraka deyishar.

Oylab topib, zumda sochib
Mehnat qadrin bilmaslar,
Halol rizqning qoidasiga
Ular amal qilmaslar.

Boshqa qisming harom topib
Sarf qilar haromlarga,
Nopoklikka to’liq to’lgan
Osti buzuq tomlarga.

Bor betayin buzuqliklar
Borki, bular bilgaylar,
Barcha bezor badfe’llar
Bor bisoting shilgaylar.

Ularga hech ta’sir qilmas
Ozor tortganlar dodi,
Afsus, juda kech bo’lgaydur
So’nggi o’kinch, faryodi.

Uchinchi bir qisming, iqziq,
Harom topib, halol yer,
Buni ne deb atagaylar
Qani, o’zing javob ber?

Ayt, ularga o’rin bormi
Odamzod orasida?
Ular turli yo’l izlashar
Tiriklik chorasida.

To’rtinchi egn so’nggi qisming
Halol  yer. Halol topar,
Har xil xarom luqmalardan
Qo’l tortar, o’giz yopar.

Bilsang, ular bor orangda
Ular bor, dunyo bordir,
Bilsang, ular hisobiga
Borliging barqarordir.

Ular kun-tun Yaratgandan
Halollikni so’rarlar,
Boir barokat sababini
Halollikdan ko’rarlar.

Halol topib, sarf qilguncha
Kim biladi, kimlarga,
Afzal bo’lgay,silab boshin
Yedirsang yetimlarga.

Bilsinkim, betayin bo’lsa
Kimningki kasbi-kori,
Bo’lmas uyda barakoti,
But bo’lmagay ro’zg’ori.

Alloh berar rizq mo’l-ko’ldir,
Barchaga yetib ortar,
Lekin kimdir jig’ildonga
Kimdandir ortiq tortar.

HArom luqma bir vaqt kelib
Misoli bir manjaniq,
Yo bir moling yoki joning
Yulib otishi aniq!

Hurmat ila eslasunlar
Desang agar otingni,
Mol topgin, dunyo topgin,
Unutma zakotingni!
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 14 Noyabr 2008, 14:53:25
MEHNATGA MUNOSABAT.

Hayvonlaru qushlar rizqin
Kezib, izlab topadi,
Inson esa o’z rizqini
Halol ishlab topadi.

Qurt-qumursqa ham shundayin,
Kecha-kunduz chopadi,
Ketmon chopib ishlamaydi,
Tayyorini topadi.

Hayvonlaru hasharotning
Kecha kunduz kechishi —
Nazdida shu harakatni
Mehnatligin sezishi.

Insonliging shulki, Inson
Ongli mehnat yelkangda,*
Shul mehnating bosi Alloh
Fayz yog’dirar o’lkanda.

Bejizgamas, bir bitikni
Bitishgandir ulug’lar,
Inson mehnat bilan tirik,
Uni mehnat ulug’lar!

Bul xususda o’tmishdagi
Bir ulug’ zot — alloma,
BAshariyat uchun bitmish
Chiroyli,qisqa noma:

"œQo’ling ishda, lek hamisha
Alloh bo’lsin dilingda!"
Bul shior bir dastak bo’lsin
Har bitta vakilingda!

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Chustiy 21 Noyabr 2008, 02:43:03
 :bs1:

Омад олар бахт берар

А­нди бошқа бир мавзудан ссзламоққа қилдим ахд,
Гсё сгиздек туюлган омад недир, недир бахт?
Иккиси хам асли сенга шодлик, қувонч бағишлар,
Маъносида бордир гсё бир бирига оғишлар.

Лек омадни хар лахзада келиш кетиши осон,
Хаётда бир ё сришар ё сришмас бир инсон,
Хеч инсонга омад келмас кунда ё кун ора,
Хаётингда омад келар бир ёки икки бора.

Бирон ютуқ ютсанг агар, дейликки келиб омад,
Бил, бу ютуқ хузурингда бир муддатлик омонат,
Осон олган омонатинг омад кетарда олар,
Бахт бергани бисотингда билки боқийга қолар.

Фақат омад орқасиндан инсон ризқин емасдур,
Омад деган ссз бу билсанг бу бахт дегани смасдур,
Бахтни сенга хадс қилмас бирон дсстинг ё таниш,
Бахтни қслга киритмоқ учун керак илм, изланиш.

Бахт ногахон омад каби кириб келмас сшикдан,
Бахт боқишин боши билсанг агар бошлангайдур бешикдан,
Бахт дегани умринг бсйи илминг ила топилгай,
Ғофил, нодон, жохил учун бахт сшиги ёпилгай.

Билим отлиқ калит очагай, бахт қасрин дарвозасин,
Ул қасирки қабул қилар, фақат қалблар тозасин,
Қслингдаги мол-давлатинг, хону монинг бахт смас,
Аки бахт бу, остингдаги вақтинчалик тахт смас.

Тожу тахтинг, бор давлатинг бир неча кун ойликдир,
Чин бахт сса абадийдур, битмас боқий бойликдир,
Бахт бобига бслди, бу байт бслар бслса хотима,
Ўқи, излан, Хақни бил сснг биларсан бахт нима.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Dekabr 2008, 12:24:54
ME’YORGA MUNOSABAT.

Har dam bilki, hayotingda
Me’yor zarur har ishda,
Fasllarga boqsang u bor
Bahor, yoz, kuz va qishda.

Kun,oy,yil ham bir me’yorda
Vaqtidan hech ham oshmas
Sayri sayyor bir me’yorda
Kech qolmas yoki shoshmas.

Me’yorin bil har narsaning,
U suv, hoh olov bo’lar,
Me’yordan sal oshirsng gar
Bilgilki, u yov bo’lar.

Me’yor bo’lsin har kundagi
Ichish ovqat yeyishda,
KO’rish, tinglash, o’ylash, so’ylash
Pand nasihat deyishda.

Me’yor bo’lsin xaridingda
Me’yor bo’lsin sotishda,
Me’yor bo’lsin mehtaingda
Huzur qilib yotishda.

Hattoki eng xush ko’rganing
Asal qilgaydur kasal,
Bir qoshiqdan ortiq bo’lib
Me’yoridan oshsa sal.

Me’yor zarur har bir ishda
Har hayrli odatda,
Hatto ilm izlashingda,
Ham toat ibodatda.

Ertayu kech ibodatla
Mashg’ul inson bo’lmagay,
Tinim bilmas ibodatga
Unda imkon bo’lmagay.

Yetar "œme’yor-me’yor" deyish,
Endi-chi yakun darkor,
Xulosa shul unutmagil,
Umringda ham me’yor bor!

Avval ming yil yashaganlar
Bari xatga olingan,
Hozirda-chi, hayot zavqi
Bir me’yorga solingan.

Solih amal, ibodatga
Shu me’yor ham yetadur,
Oqilona sarf etmasang,
Baxting qo’ldan ketadur.

Oliy baxtga erishmoq-chun
Shul ham yetib ortadur,
Bundan ortsa inson zoti
Faqat azob tortadur.

Baxting — insonliging erur,
Har dam nafas olishing,
O’z muqaddas vazifangga
Har dam sodiq qolishing.

Bundan-da bir buyuk baxt bor —
Yaratganni tanishing,
Zikr et, shukr et, shunda doim
Unum topar har ishing!

Ba’zilar der:"Tashvishim ko’p
Hozir bu yosh boshimda,
Ibodatni keyin qilgum
Yetmish-sakson yoshimda"¦"

Bu bir xomlik, o’ta xomlik
O’ta ayanchli holat,
Xo’sh!Qo’lida bormu uning
Sakson yoshga kafolat?

Yoki yuz yil yashashiga
Bormu biron nomasi,
Yoki Alloh bilan yakka
Tuzilgan shartnomasi?

Bunday hujjat hech zotda yo’q,
Unda ham bunday xat,
Tayin uning oxirati,
Izohga yo’qdir hojat"¦

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Dekabr 2008, 12:25:37
JUFTLIK JUZ’I.

Endi aytar fikrimni sen
Takrorlab turgin bot-bot,
Har narsaning jufti bordir
Keltiray senga isbot.

Sendan boshlay.Yolg’izlikda
Sen parishon hayolsan,
Toparsan yor,qarabsanki,
Juftsan, erkak ayolsan.

Kunning jufti tun bo’ladir,
Oyniki-chi Quyoshdir,
Osmon juftlik qilar Yerga,
Oyoqqa esa boshdir.

Past-baland,oq-qora juftdir,
Achchiqla juft shirindir,
Barcha juftlik ichra senga
Bir ma’no yashirindir"¦

Dunyodagi borki narsa
Juft erur, juftdir alar,
Biz bilgan bu dunyoga-chi,
Oxirat juft sanalar.

Bu ochiq bir isbot senga
Boqiy dunyo borliqqa,
Yo’q deb, borma xatolikka
Borma fikri torlikka!

Hayotingga ma’no to’lar
Bul isbotga ishonsang,
Va aksincha, aksi bo’lar
Agar miysoqdan tonsang.*

Ha, har narsa jufti bordir,
Faqat Alloh ahaddur,
Uni bilmas bandalarga
Ahadning qahri baddur!

* Odam zurriyotlari ruhining yaralishidan avvalgi va’dasi.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Dekabr 2008, 12:28:07
ILM VA FAN FARQI.

Endi ilm — fan farqini
Qilaylik bir oz tahlil,
Quloq tut bul suhbatimga,
So’ng barining farqin bil!

Fandagi bor yutuqlaring
O’tkinchi omonatdur,
Barcha faning foniy dunyo
Kori uchun hojatdur.

Fan degani hayotingning
Bir qismi-chun zarurdir,
Ilm ikki dunyo baxtin
Taratguvchi bir nurdir.

Istagan bir faningni ol,
Qilaylik mushohada,
U kerakdir tiriklikda
Har qadam har sohada.

Lekin fandan olganlaring
Bu dunyoga qoladir,
Ilm esa har insonni
Haq yo’liga soladir.

Bu degani:"Ilm izlayu,
Fanni tashlab qo’y"masdir,
Fozil kishi har ikkisin
Teng izlashdan to’ymasdir.

Ko’p ulug’lar borliq nadur
Bilishga intilganlar,
Barcha sirlar kalitini
ILmda deb bilganlar.

Ilm izlab o’zliklarin
Qiynamishlar beayov,
Qancha-qancha o’lkalarni
Kezmishlar ular yayov.

Ushbu yo’lda hormamishlar
Farqlamayin qishmu yoz,
Ko’ngli to’lmay bor bilimdan
Izlashmish ulug’ ustoz.

Har ish kabi ilmni ham
Boshlagil:"Bismilloh"¦"dan,
Ezgi maqsad matlabingni
So’ragil sen Allohdan.

Dono ustoz etagin tut,
Boshlagil "œAlif,lom"¦"dan,
Ilm uchun bor javobni
Topgaydursan Kalomdan.

Bul sohada bo’lmasa gar
Ustoz — ulug’, donishmand
Barcha avqting zoye o’tgay
Behudaga bo’lib band.

Ilm izlash bu — riyozat,
Mashaqqat,lek soz ishdir,
Ilm izlash go’yo igna
Bilan quduq qazishdir.

Kitoblarga "œko’mil" hamda
Allohdan so’ra, tilan,
Tilaganga Tangri bergay,
Ilm ham tilak bilan.

Ilm qaydan, qachon kelar
Deb jim yotib ko’z tikma,
Seni izlab kelmagaydur
Bag’doddan "œBayt-ul Hikma".

Buloq sari borgay beshak
Suv izlagan tashna lab,
Kim ishongay buloq kelsa
U labni o’zi izlab.

To tanangda jon bor ekan
Ilm izlagil har mahal,
Bildirayin bir hadisni:
"œIbodatdan ilm afzal".

Yana hadis:"Teng kelmasdur
Oltmish yillik ibodat,
Kimki limning halqasida
Bo’lsa agar bir soat".

Iymonim hech ketmasin deb
Istasang o’z dilimdan,
"œBeshikdan to lahadgacha
Baxt izlagil ilmdan".

Ilm izla,Haq tanirsan
Oyu kun o’tgan sayin,
Fikr bo’lib tiniq, ravon,
So’z bo’lur o’tlug’, mayin.

Sof ilmni izlashni sen
Astoydil qilsang niyat,
His qilarsan qanchalar keng
Sendagi imkoniyat.

O’zlashtirgil o’zingga sen
Yorug’lik g’oyasini,
Bilsang chiroq ko’rmas aslo
O’zining soyasini.

Bul borlqini yoritishdir
Ul yorug’lik nur ishi,
Shabistonni ko’rmaslikdir
Uning yolg’iz tashvishi"¦

Kim ilmni ulamolar
Oldida maqtanishga,
Yo bahs uchun nodon bilan
Yo diqqat qaratishga

O’rgansa gar ul "œolim"ning
Joyi erur Jahannam!
Bul hadisni yodingda tut
Ilm izlar chog’ing har dam.

Qancha bilsang bilarman deb
O’zingni tutma "œkatta",
Bor biliming borni bilish
Uchun ozdir albatta.

Ilming bo’lsa g’urulanma,
Bunday g’urur bekordur,
Unutmagil ilmda ham
Sendan kuchlilar bordur!

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Dekabr 2008, 12:28:45
TUSH TUSHUNCHASI.

Kel, endi bir to’xtatalamiz,
Kunda ko’rar tushingga,
Tush degani nimaligi
Helarmu hech hushingga?

O’nga ko’rgan kechirganing
Tushda tushga tushgaydur,
Ba’zan oddiy holatdasan,
Ba’zan jisming uchgaydur.

Tush deganda ruhing tushar
O’zgacha bir olamga,
Ba’zan to’lar u quvonchga,
Ba’zida g’am alamga.

Tushingdagi turli holat,
Quvonchlaru havf xatar,
Ruhing tanang tin olsa ham,
Yashashini eslatar.

Uxlaganda butun tanang
HArakatda bo’lmaydi,
Bor holatni ruhing ko’rar,
Demak, ruhing o’lmaydi"¦

Deydilarki, uxlaganda
Ruhing tanangdan ketar,*
Tanang jim-u, ruhingdachi,
HArakat davom etar.

Tana bilan ruhning ushbu
VAqtincha ayri holi —
Ruhing boqiy yashashligin
Ochiq oydin misoli.

Tushda og’ir holat bo’lsa,
Uyg’onib qutularsan,
Mahsharda ish og’ir bo’lsa,
Bu holda ne qilarsan?

* "œAn’om"surasi,60-oyat; Shul mazmunda hadis ham bor. Abu Lays Samarqandiy,"Bo’ston ul orifiyn",52-bob,"Uxlash odobi haqida" bobida ham shunday fikr berilgan.


Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2008, 10:42:15

NOTIQLIK NAFOSATI.

Yana boshqa bir mavzuning
Keldi yana fursati,
Bul mavzuning nomi erur:
"œNotiqlik nafosati".

Yo boshqacha qilib aytsam,
Bul bo’limning niyati —
Notiqlikning siri,ya’ni —
Nutq madaniyati.

Voizlikka eng muhimi,
Biliming bo’lsin puxta,
Nutq bo’lmasin, chala, yolg’on
So’zlar ila omuxta.

Qay davrda bo’lsang avval
SO’zingni unga mosla,
Tinglovchini ishontirgil,
Har bir so’zing asosla!

Qay bir notiq to’g’ri tanlab
Bilmas agar mavzuni,
Dildan tinglab xushlamaslar,
Tinglamasdurlar uni.

Talaffuzing tiniq qilib,
Soz’lagil dona-dona,
Har aytilgan so’zing o’qdek
Aniq tegsin nishonga.

Tinglaganni tinglay bilish
Holatini so’rab tur,
Qabul qilar u qandayin
Ko’zlaridan ko’rib tur!

Ko’zlari,axir, aytib turar
Tushunar yo tushunmas,
Koz’lari bejo bo’lsa demak,
So’zlaring u uchunmas.

Ta’na toshlar tegmasin-chun
Rost soz’lardan tom ayla,
Suhbatingni soz ayla-yu,
Har bir qalbni rom ayla!

Shirin so’zlar shirasidan
Totgan har dil "œoh"lasin,
"œOh"lab yana totmoqlikni
Takror-takror hohlasin.

Va’z vaqtida hayajoning
Eng birinchi dushmaning,
Biladurgan bor bisoting
Chalg’itish ishi oning.

Jumlalaring bo’lar mujmal,
Hayajon agar bossa,
Qani endi,ul suhbatga
Biror kim quloq ossa!

Bu barchasi notiq uchun
Erur gapning yotig’I,
Amal qilgan notiq erur
Notiqlarning notig’i.

Istagan har inson uchun
Bul maslahat asqotar,
Istamaslar so’zlaganda
Gap boshlar-u, bosh qotar.

Yana bitta fikr aytsam,
Bul tegmasin g’ashingga,
Yomon fikr ichda qolsin,
Qo’y, chiqmasin tashingga!
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2008, 10:44:17
G’IYBAT,TUHMAT TA’RIFINDA.

G’iybat,tuhmat ta’rifi bu —
Behuda vaqt o’tkazish,
Kimdir ortidan tosh otib,
Kimgadur chuqur qazish.

G’iybat — hasadning bolasi,
Ha, hasaddan tug’ilgay.
Tuhmat dilga ozor berib,
Tirnagay, yulgay, tilgay.

G’iybat asli yeyish erur
Birodarning go’shtini.*
Tuhmat qilar ul kimsakim,
Kimgadir bo’lsa kini.

G’iybat turli ayb-nuqsonga
El diqqatin tortishdir,
Tuhmat esa yo’q gunohni
Kimlargadur ortishdur.**

Kasb aylar bul ikkisinkim,
Kim Xudodan bexabar,
Yoar og’zin oxir og’ir
OQibatin bilsa gar.

Qay dilda gar bo’lsa doim
Baxillik, hasad, g’araz.
Oxiratda oqibatin
Qaniydi qilsa faraz!

Kim g’iybatchi yo tuhmatchi
Hech vaqt do’st tutma ani,
Bilsang alar borligini
Tark etgil ul davrani.

Tillari tosh otar doim
Gap tinglamas u "œkar"lar,
"œbulbul" bo’lib bildirgani
Bari onging zaharlar.

G’iybat tuhmat har qandayin
Davraning dardi dog’I,
Kel to’xtatay ta’rifini,
Chunki yo’qdir adog’i.

*"Hujurot"surasi,12-oyat;
**"Hadis"dan.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2008, 10:45:13

YIG’I  IZOHI.

Endi navbat boshqa bobga,
Bob nomi — "œNadur yig’i?"
Ul ko’z yoshi — biror zarba,
Yo bir zahar til tig’i"¦

Kel, chiroyli gap qilaylik,
Bunday bobni boshlatmay,
Qisqa qilay inson bo’lsang,
Inson ko’zin yoshlatma!

Aytmasam-da allaqancha
Koz’lari to’ladir yoshga,
Qisqa bayon qilay, so’ngra
Suhbat qilaylik boshqa.

Qisqasi shu — gar yig’lasang,
Yig’lagil Yaratganga.
So’ng ko’r, yig’I qanday huzur
Baxsh etar jonu tanga!

Yig’a yolg’iz, yig’la xolis,
Qolmasin hech armoning.
Yig’la tavba qilib dildan,
Ketgunicha darmoning.

Bir yig’laki toshbag’irning
Kelsun senga havasi,
Ko’z yoshi bu dilingdagi
Dardlarning "œmag’zavasi".

Hayron bo’lma bu so’zga sen
Xunuk so’z deb"¦Quloq sol!
Bul o’xshatish o’rinlidur
Keltiray bunga misol.

Kirni yuvib bir necha bor
Siqilsa, bu orada,
Siqilgandan chiqqan kir suv
Yig’ilar tog’orada.

So’ng matoni siltash, yoyish,
Bajarasan bu ishni,
Undan keyin mag’zavadan
Bo’shatasan idishni.

So’ngra yengil tin olasan,
Qilasan yengil huzur"¦
Menimcha sharh kerakmasdur,
Izohin qilmam, uzr!

Izohtalab narsa boshqa,
Bir marosim yig’ilish,
Ketgan bir inson ortidan
To’xtamay yig’I qilish.

Ko’z yoshga ham me’yor kerak,
U axir so’ngisz selmas,
Ko’p ko’zyoshi befoydadur,
Ketganlar qaytib kelmas.

Yig’I kerak g’aflatdagi
"œBexabar" tiriklarga,
Bu dunyoda ustunlikka
Da’vogar "œyirik"larga.

Haq yo’lini tan olmagan
Ko’kragi keriklarga,
Yurar yo’lin xatar bozgan,
Shaytonga "œsherik"larga.

Barchalari bexabardur
"œnoma"ga ne yig’ilar,
Ana ular yig’lasunlar,
SO’ng befoyda yig’ilar.

Xato yo’ldan chiqib, kirgan
Mo’minlar ro’yxatiga,
Yig’lasinkim shukr qilib
Alloh marhamatiga.

Bu — bu dunyo sahnidagi
Tengsiz bir baxtdir g’oyat,
Haqning Kalomida ko’pdir
Bunday mazmunda oyat.

Anglab oyatlar mazmunin
Baxtin izla har damda,
Yig’lab kelib, yig’lab ketar
Bu bebaqo olamda.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2008, 10:46:12
JAHL JAVOBI.

Endi tahlil qilaylik bir,
Jahl neni anglatar?
Gar jahldor bo’lsa fe’ling
Hayoting to’la xatar!

Qiyosini qilsak agar
Zang tushgandek temirga,
Jahl otlig’ illat
Asablaring kemirgay.

Amal qilgin ajdodlaring
Aytgan ushbu naqlga:
"œJahl kelsa ot qamchilar,
O’rin qolmas aqlga".

Jahl chiqish sababi ham
Farmoyishi shaytondan,
JAhl kelsa aql ketgay
Miya otlig’ maydondan.

Juda muhim erur jahl
Neligini uqqaning,
Bul qusur gar odat bo’lsa,
Tanimassan tuqqaning.

JAhl bir kun oxir albat
Ayirgay do’st — yoringdan,
Molu mulku es-hushingdan,
Xullas butkul boringdan.

Yetkalagay jahl jarga,
Ul jarga nom — "œjonsizlik"
Johillik bu — nodonlikdir,
Johillik — irfonsizlik.

Ul ajratar jamiyatning
YAxshi — yomon kasini,
Johillik bu belgilagay
Iymon darajasini.

Qutulishga chora buldir:
Sen shaytonga bo’lma qul,
Jahl kelsa shu zahoti
Istig’for aytgan ma’qul.

Bilar bo’lsang buni qancha
Bilishliging bu sozdir,
Lekin barcha bilishiliklar
Bilganlar uchun ozdir.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 10 Yanvar 2009, 11:43:47
AHMOQ AYTAR,JINNI JIM.

Ming muammo ichra bilsang,
Bir muammo hech halmas,
Barcha dardga davo bordir
Lekin ahmoq tuzalmas.

Ko’p izlanmish donishmandlar
Hamda ular kabilar,
Ahmoq zotin tuzatolmay
O’tmish hatto nabiylar.

Milodiy yil boshlaridan
Bordir shunday bir xabar:
"œAhmoqqa yo’q hech bir davo"
Demish Iyso payg’ambar.

Ahmoq, jinni ikkisi bir,
Deyishing mumkin, balkim.
Aslo unday emas, aytay:
-Ahmoq kim-u, jinni kim?

To’g’ri yo’lni ko’rib turib,
Unda yurmas ahmoqdur.
Uning ishi ne gap bo’lsa
O’ylamasdan aymoqdur.

Unga biron pand nasihat
Befoyda kor qilmaydur,
Bir tayinli yaqini yo’q,
Bir do’stu yor qilmaydur.

Quloq tutmas biron so’zga,
O’zinikin ma’qullar,
Xullas, ular ixtiyorin
Shaytonga bergan qullar.

Lekin qiziq, birontasi
Aytmaski:"Men ahmoqman!"
Barchasi der:"Aqlliman,
Sen nohaqsan, men haqman.

Qachon ko’rding, birontasi
"œXo’p" deb tilini tiydi,
Ranjigali arzimasdur
Lek aslida arziydi.

Bir axmoq deb bir aymoqning
Burdi, tinchi ketadi,
Butun boshli yutni ahmoq
Bossa, ul yurt netadi?

Haq asrasin, agar bir yurt
Bo’lsa ahmoq qo’lida
Xalqi teshik qayiq bilan
Suzar xorlik ko’lida!

Yana bir bor hech tugamas
TA’rifin qilsam aning,
Bilib qo’ygil ahmoq erur
Eng "œoily nav" dushmaning"¦

Hozirda ham ko’pdir ular,
Har elda ular bordur,
Alar safu qatorlari
Eng xavfli qatordur.

Xullas, ular haqda shunday
Bir ma’no tutsa bo’lar:
Uzoq yurgin ahmoqlardan
Har balo kutsa bo’lar!

Haq borligin yolg’on degan
Ahmoqning eng kattasi,
FAqat uning qo’lida yo’q
"œAhmoq" degan pattasi.

Ahmoqlikning bobbin bo’ldi,
Shul baytda men to’xtatay,
O’xshamagil ula kaslarga
Deb bir oz cho’zdim atay.

O’hshamagil ularga deb,
Qara, ibrat ol uchun,
Alloh O’zi yaratmish har
Narsani misol uchun"¦

Sen jinni deb kulgan zotning
Senga yo’q yomonligi,
Faqat qo’ldan ketmish oning,
Sog’ligi, omonligi.

"œJinni" emas, asli "œjinli",
Talaffuzi buzilgan.
Yillar o’tib is’temoldan
Bitta harfi uzilgan.

"œLom" o’rniga yana bitta
Qo’yilmishdir harfi ‘nun".
Bir ikkita misol aytay
Senga bir izoh uchun.

Uyi borni uyli deysan,
Ko’ylagi bor ko’ylakli,
Jini borning jinli desang,
Tuzalar so’zning shakli.

Xullas,o’sha zot — "œjinni" deb
Ataladirgan jinli,
Hatti harakatlarida
Ma’no bo’lmas tayinli.

Yeyish-ichish qiziqtirmas,
So’zlari ham poyma-poy.
Kiyim-kechak tanlamasdur,
Tanlamasdur hatto joy.

Uni dunyong qiziqtirmas,
Unda o’zga dunyo bor,
Ahmoqqa sen kulsang kul-u,
Jinniga kulma zinhor.

Jinni kechar holat, albat,
Tushunchangdan tashqari,
Uni o’rab olgan jinlar
Ketmaslar undan nari.

Ular bilan doim suhbat
Qurar "œko’ngli chog’" bo’lib,
Ko’rardir ul ko’rinmasni
Ko’rmassan sen so’g bo’lib!

Ne bitilar qay insonga
Barchasi Yaratgandan,
Kimga neni bitishlikni
Ulug’ Zot so’rmas sandan!

Har ishingda yolg’iz Haqdan
So’ragil yordam madad,
Xizmatingda Yer — Samoviy
Lashkarlari beadad"¦

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 10 Yanvar 2009, 11:45:50
XATO XUSUSINDA.

Ana endi to’xtalamiz
Yana bir so’z — xatoga,
Bu gap asli taqalgaydur
Davri Odam Atoga.

Ilk ro’y bergan xatolikni
So’ylab o’tmish ajdodlar,
Qiyomatga qadar qissa
Qilinar qilib "œdod"lar.

Ul xatokim, ibtidoda,
Qilingankim adashib,
Davomini hech uzmayin,
Avlodlar kelar tashib.

Ma’luminkim, ul xatoga
Sababchi Iblis erur,
O’z ishidan mamnun mal’un
Hozir ham ko’krak kerur.

Ul  ibliskim Yaratgandan
Izn olmish to Qiyomat,
Uning hiyla nayrangidan
Har qadam bir alomat.

HAr xatoning hatoligin
Bila turib xos, avom,
Quloq tutar ul mal’unga
Xatoda eue davom.

Xato so’zin tahliliga
Menda bor bir urinish,
Borki, xato harakatda
Bordir ikki ko’rinish.

Biri, xatoligin bilmay
Qilinar beixtiyor,
Yana biri, xatoligin
Bilib qasddan qilish bor.

Bul hayotda har sohada,
Xatolar ko’pdir g’oyat,
Bilib xato qilishlik bu —
Xato emas — jinoyat!*

Kim xatoni bilmay qilsa,
Kechirish, avf mumkindir,
Bilib qilsa, jazolagin
Qat’iy nazar, u kimdir.

Bilmay qilsa xato ishni
Tushuntir, unga uqdir,
Gar bu ishni qilsa takror
Kechirim keyin yo’qdir.

Adashgan, so’ng haq yo’l topgan
Banda har elatda bor,
Adashgaydur har bir banda,
Beayb bu — Parvardigor!

Xato yo’ldan, gumrohlikdan,
Yomonlikdan bazsa kim,
To’g’ri yo’ldan toyib, chetda
Yurganligin sezsa kim.

So’ngra to’g’ri yo’l topsa gar,
Unga kulishni bas qil
Darrov tutgil etagidan,
Ergash, unga havas qil!

Xato yo’lning xatoligin
Bilib, qaytganga qoyil!
Demak, sezdi kimligini
Dili Iymonga moyil.

Iymoni but banda uning
Darhol tutsin dastini,
Va o’rgatsin unga to’g’ri
Yo’lning baland pastini.

O’zi qaytmay xato yo’ldan,
Qaytganga bor kulganlar,
Undaylarda xasta ruhni
Ko’tarib yurgay tanlar.

Ahli taqvo ul kaslardan
O’zni olib qochgaydur,
Alloh O’zi istaganning
Qulfi dilin ochgaydur.

Alloh bergay kimda bo’lsa
Xohish, istak, intilish
Muslim bo’lish asta-asta
O’zni va Haqni bilish.

* "Ahzob" surasi,5-oyat.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Yanvar 2009, 17:02:37
QO’RQUV — QANDOQ NARSA U ?

Bitigimda boblar ko’pdir,
Bir-birin qilar "œquv-quv",
Bul bobda bir tahlil qilsak
Qo’rquv — qandoq narsa u?

Har qadamda Yaratgandan
Qo’rqish bu — taqvodorlik.
Taqvosizlik tortiq qilar
Har ikki olam xorlik.

Gar qalbingda qo’rquv yo’qdir
Qalbingni Qodir ochmas,
Qo’rquv bilmas qalblarga Haq
Iymon urug’in sochmas.

Qo’rqqil eng oily qo’rquvdan —
Allohga yov bo’lishdan,
Bila turib o’z baxtingga,
O’zing bir go’v bo’lishdan.

Qo’rqqil har dam, har soniya,
Haq yo’lidan toyishdan,
Behuda har harakatdan
Va ortiqcha boyishdan.
Qo’rqqil harom topishlaru,
Harom luqma yutishdan,
Yoki uni bir qondosh yo
Tug’ishganga tutishdan.

Qo’rqma o’ylab ajrashingni,
Ba’zida xonumondan,
Dod faryod qil agar sezsang,
Ajralishing Iymondan!

Qo’rqma, Allohdan qo’rqqandan,
Unga o’zni yaqin tut,
Qo’rqmas ersa kim Allohdan,
Undan har baloni kut!

Yov ko’rinsa, do’stdek qo’rqqil,
Qo’rqqil do’st nayrangidan,
Qo’rqqil, qarmoq, tuzoq tutgan,
Turli jinlar jangidan.

Yana qo’rqqil bir narsadan —
Shu narsadan qo’rq juda,
Qimmatli har vaqting sarfin
Qilishlikdan behuda"¦

O’ylab jondan ajralishni
Qo’rqasan, tosh qotasan,
Neni yaxshi ko’rib, qo’rqsang
O’sani yo’qotasan.

Yo’q demagil, kamday yana,
Bir gunohga botasan,
Qo’rqsang hamki, vaqti kelib,
Yerda yo’giz yotasan!

"œBul qo’rqadur" deb kelganlar
Ketmaslar senga tegmay,
Hech kim qolmas bu dunyoda
Abadiy, boshin egmay!

Hosil pishgach sohib kelib,
Tekis o’rar maydonni,
Birday solar o’rog’ini,
Qoldirmas biror donni.

Faraz qilgil biror boshoq,
Chetda qolsa o’roqdan,
Biron hayvon yeb ketishi,
Tayin, eklib bir yoqdan.

Yoki biron qush ul donni
Bir zumda ketar cho’qib,
Ana endi xulosani
O’zing qil, buni o’qib!

Qo’rqsang hamki ko’tarishar
Bir kun boshing bolishdan,
Qo’rqqin burching adog’ini
Qilolmasdan qolishdan!

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Yanvar 2009, 17:03:13
ISHQ IZOHI

So’rdilar bir ulug’ zotdan:
"œAlloh ishqi ne aytgil?"
Ul ulug’ zot qisqa javob
Ayladi:"Men bo’l-da, bil!" *

Ulug’larning ulug;ligi
Shundadir, ko’p tasanno!
Javob qisqa, lek har so’zda
Olamga to’la ma’no.

Bunday a’lo javib yo’qdir,
O’zga javob yo’q andoq.
Ul ulug’ zot so’zlaridan
O’rtiq so’z topay qandoq?

Haq ishqiga izoh istab,
Tortmoq kerak oh-zorlik,
Kunduzlari tinim bilmay,
Tunda kerak bedorlik.

Alloh ishqin yod qylasang,
Bezovtalik boshlanar
Jisming junbushga kelib ko’z
Beixtiyor yoshlanar.

Ta’rifiga hech qanday soz’,
Hech bir izoh topilmas,
Tunlardachi, to tonggacha
Ko’zlar bedor, yopilmas.

Ayrimlaring ayrimlardan
Ishqda baland ustundir,
Bunga bois ibodatda
O’tkazilar kun, tundir.

Asta-asta har qadamda
Har dam tavba qilishing,
Asta-asta o’zligingni,
Yaratganni bilishing.

Ishq neligin tushuntirib,
Tortishma axmoq bilan,
O’z ishqingni ko’rsat go’zal
Amal, xush axloq bilan.

Allohga ishq belgisi bu —
Haqqa xush har bir ishing,
Har ibodat, har bir damda
Haqqa xush ko’rinishing.

* Mavlono Jalolinddin Rumiy.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Yanvar 2009, 17:17:54
DUNYODA DO’ST DARKORDIR

Hayot chog’I har bir inson
Sodiq bir do’stga zordir,
Yolg’izlikdan yomoni yo’q,
Dunyoda do’st darkordir.

Do’sting qancha bo’lsa ham kam,
Haq asrasin bir yovdan,
Har do’st do’st emas, do’st ulkim,
O’ta olsa sinovdan.

Do’st uldirkim, borin berib,
Yo’qchilikda yo’qlasa,
Toparingda to’planmasdan,
Ochligingda to’qlasa.

Do’st ul — hamisha his qilsa,
Neligini sadoqat,
Do’st ul — ochiq, achchiq aytsang,
Tinglasa topib toqat.

Do’st emas ul odat qilsa,
Doim ko’krak kerishni,
Istamasa senga o’gir
Damda yordam berishni.

Do’st emas ul, holsin qilib
Ko’zlaringni yoshlasa,
Haq yo’lida do’st erur kim,
Haq yo’liga boshlasa.

Agar HAnqi tanitsalar
Ota-onang chin do’sting,
Alar sabab dunyo ko’rding,
Ulg’ayding, unib o’sding.

Alar senga hohlamaslar
Hech bir yomon qiliqni,
Alloh O’zi buyurmishdir
Alarga yaxshilikni. *

Ayoling do’st — gar vafodor.
Qilich bo’lsang, u qining,
Alloh uchun do’st bo’lsa kim,
Uldir chindan yaqining.

Haq tanisa farzanding do’st,
Nurga to’lar hayoting,
Oxirating obod ortda
Qolsa pok zurriyoting.

Holing xarob bo’lgay agar
Do’st aylansa dushmanga,
Oldinroq olmasang oldin,
So’ng chora bekor sanga.

Bilki, mushkuldir davolash
Dardlansa ichdan taning,
Tan gar sirtdan yaralansa
Shifosi oson aning.

Do’st toparda do’sting kimdir
Bilsang bo’lar ko’zidan,
Ko’zidan sir ololmasang
Angla aytar so’zidan.

Bu tadbirga tasdiq uchun
Asta so’rgil o’zidan,
Lek xulosa qilma kiygan
Ipak yoki bo’zidan.

Sezsang yurish-turishlari
Do’sting kimdir bildirar,
So’z ohangi anglatgaydur —
Gapga kirmas yo kirar.

Do’sting qanday insonligin,
Dilda neki borini,
Aytar hatti-harakati,
Ayatr aftu angora.

Bul hayotda topa olsang
Bir haqiqiy, sodiq do’st,
Ayt:"Yashadim shul hayotda
Bearmon, bekamu, ko’st".

Xulosaga har tomondan
Go’yo kelur bir nido:
"œHar bandaga eng sodiq do’st —
Yolg’iz Xudodir, Xudo!"

Haqni bilgan bandalarning
Barchasiga bu ayon,
Ul Sodiqqa sodiqliging
Har lahza qil namoyon!

Do’st ta’rifi tugab bitmas,
Beadad bul fikrlar,
Bejiz avval "œHaq do’st!"debon
Qilishmagan zikrlar.

Barcha o’tgan ulug’ zotlar
To’xtalmishlar bir so’zga:
"œTopmadik xo’p dunyo kezib,
Biron do’st Haqdan o’zga!"

* "œNiso" surasi,36-oyat; "œLuqmon"surasi,14-oyat; "œAhqof" surasi,15-oyat.


Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 12 Yanvar 2009, 17:18:49
TIL TA’RIFINDA.

Endi yana bir ta’rifga
Ya’ni tilga to’xtalsak,
Bul besuyak go’sht tufayli
Yersan osh yoki kaltak.

Ogoh bo’l, til biron yomon
So’z aytishga bormoqqa,
Til tufayli "œko’rinmaslar"
Ilintirar qarmoqqa.

Bosh qismingdan joy olgan til
Boshing to’siqqa tirar,
Gar so’ylasang o’ylamasdan
Boshga kulfat keltirar.

Boq, alloma deb atalgan
Har bir ulug’ siymoga,
Anglamishlar alar tilning
Bog’liqligin Iymonga.

Til haqinda bayon etay
Tushuncham uncha-muncha,
Til ta’rifi to’g’risinda
Bordir ikki tushuncha.

Birinchi til ikki jag’ning
Orasida yotadur,
Diling xohishiga qarab,
Biron bir so’z qotadir.

Ikkinchisi biron-bir xalq
Tilidir tub ma’noda,
Har bir xalqning milliy tili
Bordur dorulfanoda.

Til bilgan hech xor o’lmasdir,
Bordur shunday aqida,
Bunda bitay bir masalni
Shu til bilish haqida.

"¦Hovli kezar baroq mushuk,
Sababi — tirikchilik,
Hech vaqo yo’q oshqozonda
Qurib borardi ilik.

Ochlik qursin, ul Baroqvoy
Bezovta tinch yotmaydi,
Chunki mana uch kundirki,
Hattoki tuz totmaydi.

Zo’rg’a-zo’rg’a qadam bosib,
Kezar ko’zga qon to’lib,
Qimirlagan jon ko’ziga
Ko’rinar sichqon bo’lib.

Endi hol yo’q qimirlashga,
Asablar bo’ldi tarang,
Birdan qotdi ul hayratdan,
"œIye, sichqonmi?Qarang!"

Ishonmasdir ko’zlariga
Tilla topgan qul kabi,
Kuylashiga sal qoldiya,
Go’yo mast bulbul kabi.

Lek kuylashni ortga surdi,
Otildi o’lja tomon,
Chaqqon o’lja bu hamladan
Qutuldi "œeson-omon".

Darmonsizlik sabab biroz,
Hatto ketdi mo’ljali,
Attang! QQo’ldan chiqardiya
Shunday shirin o’ljani.

Ah,afsus!Tayyor tushlikka
Panjalari yetmadi,
Lekin nasibadan kechib,
In og’zidan ketmadi.

"œYeyman" degan shum fikrni
Miyasiga joyladi,
Ul in oldida qaltirab,
Kun botguncha poyladi.

Kun botgach, "œkechki ovqatni"
Orziqib poylab yotdi,
Hamon darak yo’qdir indan,
Tun ham o’tib tong otdi.

Balki endi ko’ringaydur
"œnonushta"ning qorasi,
NAhotki shu yegulikning
Topilmasa chorasi?

Yig’lashiga sal-sal qolar,
Sal qolar dod deyishga,
Lek baribir qaror qildi
Shul "œtaom"ni yeyishga.

O’ylab oxir topdi chora,
Irg’ishladi tom bo’yi,
Bo’ldi xursand, go’yo bugun
Mushukning nikoh to’yi.

Mushuk asta it tilida
Ikki bor "œvov-vov" dedi.
Sichqon rostdan it keldi deb:
"œO’l-a keldi, yov!"- dedi.

"œQani endi ochko’z baroq,
Topchi uying, xonangni,
Olapar it endi senga,
Ko’rsatadi onangni".

Holingni bir ko’ray debon
Sichqon chidi inidan,
Voh! Dahshatli bir holatdan
Koz’lar chiqdi qinidan.

Allaqanday bir zarbadan
Es-xush ketdi sichqondan,
Anglab ulgurmadiya,ul
Zarba keldi qay yondan.

Hovliqqanning holi shuldir,
Ayrildi aziz jondan,
Bir zum o’tmay uning go’shti
Joy oldi oshqozondan"¦

Alqissa shul:Baroq mushuk:
"œShoir bo’lsang yoz! — dedi
O’zga elning tilin bilish
Qara, qanday soz!"-dedi.



Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 25 Fevral 2009, 09:10:03
MURUVVAT MUHTOJGA QUVVAT.

Muhtoj uchun baxsh etilgan,
Zarraday bir muruvvat,
Ul muhtojga o’shal damda,
Baxsh etar tog’dek quvvat.

Yo o’rinli qilingan bir,
Arzimas kichik tortiq,
Hojatmandga o’shal damda,
Bir qop oltindan ortiq.

Deylik, kishi behold yotsa,
Sahroda"¦atrof cho’l,qum,
Bor bisotin berar beshak,
Suv tutsang gar bir qultum.

Yaxshilikka oid oyat,
Aytay senga quloq sol,
Ul Kun ko’rar kim yaxshilik,
Qilsa bir zarra misqol.*

Ya’ni, tirik chog’ing qilsang,
YAxshilik topib muhtoj,
Ul yaxshilik qaytar ul Kun,
Boshingga bo’lib bir toj.

Misol mehru muruvvatga
Hayotingda to’ladir,
Bu mavzuga qisqagina,
Shu yozganim bo’ladir.

* "œZalzala" surasi, 7-oyat.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 25 Fevral 2009, 09:10:47
TARBIYA TA’RIFINDA.

Farzand o’sib, aqlin tanib
Ulg’ayguniga qadar,
Yaratganni tanitishi
Kerak volida,padar.

O’rgatmog’i kerak iymon
Va ibodar shevasin,
Kamol topgach, farzand berar
Ul tarbiya mevasin.

Halol to’g’ri tarbiyaga
Sabab ota-onadur,
Eng avvalo halol luqma
Iymonga nishonadur.

Ona iymoni pok bo’lsa
Halol, pok sut bo’ladir,
Hamda halol osh non yesa,
Iymon ham but bo’ladir.

Ota ham o’z Iymonini
Agarki pok saqlagay,
Oqibatda zurriyoti
O’ch burchini oqlagay.

Ota o’z tarbiyasiga
Avvalo, bir qarasin,
Urib so’kish berar oxir
Yomon bir samarasin.

Farzand quloq solmas urib,
Deyish-u, "œbil-bil"iga,
Ota avval yaxshi niyat
Solsin bola diliga.

Tushuntirsin kimligini
Yaratgan ul Zotini
Amalda-chi ko’rsatsin ul
Tasdig’u isbotini.

Yana bir gap — to;ib qo’ysin
Bola ismin, otini,
Bola ismi belgilagay
Kelajak hayotini.

Yana ota burchi erur
Bolaga ilm egallash,
To’g’ri yo’lga solish hamda
To’g’ri kasb — hunar tanlash.

Va shu kabi davom etar
Bola yurish-turishi,
Ulg’aytirish, nazorati
Hamda turmush qurishi"¦

Ota-ona farzandini
Nega buncha suyadi?
Qara, taom pishgunicha
Qozon qancha kuyadi!

Taom toza pishgunicha
Ostida olov tinmas,
Qiziq"¦O’sha pishirguvchi
Taomga hech ko’rinmas.

Inson bo’lib olma aslo
Ota-ona qarg’ishin,
U ko’chirgay asta-asta
Hayot qasrin bir g’ishtin.

Anglatganim har oila,
Hamma teng qilsa niyat,
Goz’al bo’lur dunyo,bo’lur
Go’zal har bir jamiyat.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 25 Fevral 2009, 09:11:15
BUYUKLIK BOBI.

Bolangga yo buyumingga
Hushyor bo’l nom qo’yishga,
Donolar ko’p voqelikni
Ismlarga yo’yishgan.

Buyuk, ulug’ atamagil,
Atamagil yagona,
Nahot, bolang bu dunyoda
Bo’lsa yolg’iz, bir dona.

Har qandayin ‘buyuk" ishing
"œBu bir buyuk ish" dema,
Ne oqibat topdi "œbuyuk"
Atalgan kichik kema.*

Po’choqdek ul qayig’ingga
Buyuk degan nom berding,
O’ylamasdan oqibatin,
Shun omni sen xom berding.

"œBuyuk kemang" bir kechdayoq
Zarab yeb muz tog’idan,
Parchalanib g’arq bo’ldi-ku
Safarin ilk chog’idan.

Ojzi qolding"¦Ummon tubi
Bo’ldi kemang ma’vosi,
Mana senga buyuklikning
Noo’rin bir da’vosi.

Bilsalarda bul qissani
Orangdagi ba’zialr
Bilmaganday bugunda ham
Buyuklik da’vo qilar.

Buyuklikka da’vo qilma,
Buyuklik bu Haqqa xos,
Buyuk oldida barchamiz
Oddiy bir banda xolos.

*"Titanik" kemasi ko’zda tutilgan.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 25 Fevral 2009, 09:11:45
SHAROB SHARHI.

Ko’p qabohat ishalringga
May, sharob erur bois,
Axir, bejiz atamaslar
Uni "œummul habois".

Chin do’stlaring chetda qolib
Agarki unga "œyor"san,
O’zing bilmay har qandayin,
Gunoh ishga tayyorsan.

Bul obi shar ham shaytonning
Senga "œsovg’a" hunari,
Inson ersang ishin menga,
Ket har dam ondin nari.

Ul sababkim, tug’ilgaydur
Turli mayib, majruhlar,
Oh, bilsayding qay daraja
Majruhda ruhlar "œuh"lar!

Erkak ayol bir davrada
Ichsalar to’yib chog’ir,
Yo, alhazar, azim gunoh
Bormikin bundan og’ir?

Ko’z quloq va dil xushlamas
Turli jarang-jurunglar,
Jilovini shayton olgan
Ko’pdir bunday gurunglar"¦

Bul ishing ham qator-qator
Qilmishing bir qismidir,
Inson o’zi xato qilib
Unutguvchi ismidir.

Mayni topgan uning mudhish
Oqibatin bilmagan,
Barcha borliqni bilguvchi
Bekorga man qilmagan.*

*"Moida" surasi, 90-oyat.
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 26 Fevral 2009, 13:05:39
ERKAK VA AYOL HAQINDA XAYOL.

Ko’pdir ayollik sha’niga
Befarq boqqan ayollar,
Oqibatda ko’z yoshlari
Soydek oqqan ayollar.

Gulday ayollaring kirib
Go’zallik degan uyga,
Go’zal bo’ldim deb chiqsalar
Tushib kulguli ko’yga.

Uzun sochlar kalta bo’lib,
Aylanar sap-sariqqa,
Yarim ochiq ko’kragida
Ko’zing tushar ariqqa.

Qalin qaro qoshlar go’yo
Igna misol terilgan,
Qoshlar terib tashlashgamas,
Husn uchun berilgan.

Ko’z qovoqlar ko’m-ko’k, xuddi
Eri uch kun urganday,
Labga turli bo’yoq bergan
"œHaligini" surganday.

Gulday yuzga uch to’rt qavat
Sun’iy suvoq suvalgan,
Bo’ynidachi shoda simlar
Chuvalchangday chuvalgan.

Bul yasam qo’g’irchoqqa
Qalbing qanday ochasan,
Tirnoqlarin ko’rgandayoq
Jonin saqlab qochasan.

Yeng, yoqasiz kalta ko’ylak
Xuddi tars yorilguday
Shumi chiroy, bo’lsakim ul
Tuproqqa qorilgudek.

Ziyon zahmat tegmasin ayt,
Alloh bergan chiroyga,
Axir pardoz bermaslarku
Dog’li sanalgan oyga.

Bunday o’zdan ketishlari
Bo’ldi o’zidan ketsin,
Bosit bilib bergan borki,
Chiroyga nima yetsin.

Ba’zi xotin xonadonda
Erga tashlanar tikka,
Xonadonda xo’jayinday
Da’vo qilar erlikka.

Er dodini berib bu "œer"
Bul ishi kamday tag’in,
Ko’cha ko’yda ham "œzo’r’ erur,
Jilovlamasdur jag’in.

Er o’rnida ko’rmay erni
Bigizday barmoq sancha,
Erni haydan "œboshi ochiq"
Yurganlar soni qancha.

Qialr ishi sharobxo’rlik,
Tortib turli tamaki,
Tunlarda-chi, turli mehmon,
Turli tuman amaki"¦

Chala yarim pardoz qilib
Qo’lga qo’yib "œxino"lar
Qilar ochiq oydin gunoh
Ochiq oydin zinolar.

Buni go’yo go’zal hayot
Bilib kayfin surishar,
Yo, alhazar, bun e bilsang
Basharalar burishar.

Deging kelar:"Ayol bo’lib
Burching bilganing qani?
Erga ayol itoati —
Bu Haqqa bosh eggani!

Unutmagin ayolliging
Har kech, har tong ertalab,
Haq asrasin bo’lishingdan
Har kun har xil er talab.

Har ayolda iffat, iymon
Bo’lmasin hech mosuvo,
Har ayolga insof istab
Qo’l ochib qilgum duo"¦

Nima bo’ldi ko’p erlarga
Balki jinlar chalishgan?
Nazarimda kiyimlari
Xotin bilan alishgan.

Bozor, ko’cha aylanarlar
Kiyib ich kiyimini,
Chunki xotin tortib olgan
Ustga kiyar shimini.   

Shim deb kiygan kalta shimi
Arang yopar sonini,
Balki ko’z-ko’z qilmoq bo’lar
Erkakalik nishonini?

Axir to’g’ri kiymaysanmi,
Ota-bobong ne kiygan,
Alar kofircha kiyimdan,
Har dam oz’larin tiygan.

Sochlar sal kam belda, tayyor
Pilik solib o’rgudek,
Chin insonning bu holatni
Ko’zi yo’qdir ko’rgudek.

Hujjatida erkak bo’lib,
Quloqqa taqsa baldoq,
O’z erkaklik vazifasin
Bajararkan ul qandoq?

Yana qiziq,qo’l bo’yinga
Turli taqin taqishlar,
Tutib turli tamakini,
Chappilatars aqichlar.

Otilgaydir og’izlardan,
Har turli shaloq so’zlar,
Bir ma’no yo’q jalanaglagan,
Ko’zlar foydani ‘ko’zlar".

Bunday hol bor barcha yurtda
Har bir qishloq, ovulda,
Chunki hayol Haqda emas,
Xayollar bari pulda.

Xayollarda bor behayo
Xarom ishni o’ylashlar,
O’ylamasdir oilasin,
Xayolida ‘o’ynash"lar.

Yana ne deb ta’rif qilay
Zotingning bunday kazin?
Ta’rif tamom"¦Tez ayt unga,
Tezroq qilsin tavabasin.

Go’zal bo’lsin har holating,
So’zlaring bo’lsin bolday,
Erkak erkak bo’lib qolsin,
Ayol qolsin ayolday!

So’zlarim noo’rin bo’lsa
Mendan qilmagil araz,
Istaramki, sendan ketsin,
Har turli illat, maraz!

Shirin bo’lsin so’zing, bo’lsin
Qalb go’zal, iymon go’zal,
Barcha dil bir go’zal bo’lsa
Bo’lgaydur har yon go’zal!

Go’zal so’zi nadir o’zi?-
Avval Haqqa yoqishdir,
Barcha birday ul narsaga
Havas bilan boqishdir!
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 26 Fevral 2009, 13:06:27
MAQTOVGA MUNOSABAT.

Qaysiki bir mamlakatda
Neb or maqtovga doir,
Albat olgay qalamiga
O’sha yurtdagi shoir.

Men yozarda bul nomani
Boshqacha yo’l tutarman,
Ko’proq aytib xatolaring,
O’nglanishing kutarman.

Senga dushman illatlardan
Biri bu maqtov bo’lar,
Bu "œchiroyli so’z" hayotda,
Ko’rinmas bir g’ov bo’lar.

"œZo’rsiz!" degan yaqiningga
Yaqin turma, undan qoch,
Xatolaring ochiq aytar
Begonaga qalbing och!

To’g’ri ba’zi ishlaring bor
Maqtovlarga sazovor,
Lek ul ishni haddab ortiq
Maqtovchi bandalar bor.

Hech kimsa bul maqtov uchun
Berilmasin, shoshmasin,
Maqtasa ham, ul maqtovlar
Keragidan oshmasin!

Maqtovga mast bo’lgan, maddoh
Madhiga mastdek qarar,
Bilmasmudir hayotini
Maqtov izdan chiqarar.

Hamdu sano xususinda
Shunga sen bo’lgil amin,
Barcha maqtov Egasi bu —
Yolg’iz Robbil olamiyn.

Bandaning soz har ishiga
Sozdir maqtovning ozi,
Kamtarlarga kifoyadir
Har ishda Rahmon rozi.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 26 Fevral 2009, 13:07:46
LAGANBARDOR HAR DAM BOR.

Har millatda minglab bordir
Laganbardor kimsalar,
Qani endi tumandayin
Tarqamasdan tinsalar.

O’tmishda ham ul kimsalar
Bo’lishgan qator-qator,
Odam borki bu olamda
Laganbardor har dam bor.

Bu kasallik bo’lsakim, gar
Qay kimsaning qonida,
Chora qilgay bo’lishlikka
Biror rahbar yonida.

Ilk istagi avval o’sha
Rahbar qo’njiga kirish,
Ya’ni maqtab ul to’rani
Biror bir naf undirish.

Darhol yotar kichikkina
Ul rahbari "œYOT!" desa,
Hatto o’zin tomdan otar
O’sha rahbar "œOT" desa.

O’sha rahbar tovonini
Yalashga ham tayyordir,
Davri o’tsa, go’riga o’t
Qalashga ham tayyordir.

Laganbardor tabiatan
Shaytonga qul malaydur,
Har kimsani yomon otlig’
Qilib ortdan talaydur.

Ha, ularning atrofida
Shayton doim pildirar,
Ne istasa, shu zahoti
Aytganini qildirar

Unda insof bo’lmas aslo,
Diyonat or bilmasdur,
Chin insonga qadriyatga
Zarra parvo qilmasdur.

Olsa bo’ldi o’sah rahbar
Qo’lidan oltin, zardan,
Qo’rqsa edi Allohdan ham,
Qo’rqqandayin rahbardan.

Bul xususda bir shoiring
Chiroyli so’z degandi,
Mana o’sha shoiringning
Sh’eridan uch — to’rt bandi.

"œ"¦Hayot bizni shunday ko’yga
Solib qo’ygan netamiz,
Qaysi yo’lga boshlasangiz,
O’sha yo’ldan ketamiz.

Og’zingizdan chiqqan so’zni
Ma’qullaymiz, qo’llaymiz,
Gap qaytarib, fikr aytib,
Fikringizni bo’lmaymiz.

Siz donosiz, siz mehribon,
Sizdir g’amxo’r otamiz,
Birov sizni desa yomon
Drahol kelib sotamiz.

O, rahnamo bilmaysizda
Bizlar asli kimlarmiz,
O’zimiz ham bilolmagan
Jumboqmiz, tilsimlarmiz"¦"

Mutlaqo chin ular aslo
Bilishmas kimligini,
Bilishmaski, boshlarida
Shayton xokimligini.

Rahbarnimas, asli sahyton
Aytganini qilishar,
Ko’z rahbarda, lek quloqqa
Shayton soz’in ilishar.

Ular inson shaklidagi
Jamiyatning yarasi,
Qoch ulardan, hazar qilgil,
Bo’lsang inson sarasi.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 26 Fevral 2009, 13:08:59
PORA HAQINDA PORA.

Uzr, ancha xatolaring
Majbur bo’ldim yozishga,
Yana biroz to’xtalaman
Ba’zi bir xunuk ishga.

Mani doim o’ylantirar
Ajib qiziq bir narsa,
Jinoyatni qo’lar qilib,
Hayodan yuz qizarsa!

Poraxo’rga pora bergan
Insonlar bari "œtanish",
Uzatsalar darrov olar
Unda yo’q ikkilanish.

Poraxo’rlik illatiga
Duchor bo’lsa kimda-kim,
Bilsin azim gunohligin,
Jazo ham erur azim!

Pora borki, bari xarom
Yoq’dir uning tozasi,
Poraxo’rga pora ochar
Do’zaxning darvozasin.

Qilmishlari qiyomatda
Uni ichkari boshlar,
Guvoh bo’lur pul deb olgan
Qarg’ish, alam, ko’z yoshlar.

Pora olguvchida bo’lgay
Qo’llar go’yo to’rttadan,
Gunohkordir olgan, bergan,
Yana turgan o’rtada.

Bu illatga chalingan kas,
Turolmaslar olmasdan,
Nazarimda shu illating
Qolgaydur yo’qolmasdan.

Nima yetsin yaxshilikka
Bo’lib to’g’ri, halol, sof,
Barcha qo’li egrilarga
Egamiz bersin insof!

Ha, ko’plaring sarhad bilmas
Gunohlarga egadur,
Sabab, bilmay o’z egasin,
Shaytonga bosh egadur.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 28 Fevral 2009, 14:03:15
O’G’RILIK VA TO’G’RILIK.

Nima yetsin bu dunyoda
Yashashga to’g’ri bo’lib,
Hech bir banda tug’ilmasdir,
Onadan o’g’ri bo’lib.

Ko’z ochib dunyo ko’rib ul,
Bunga asta qo’l urar,
:Ta’min" tuyib, so’ngra butkul
Bu illatga yuz burar.

O’marishni boshlagaydur
Avval oddiy tuxumni
So’ngra sekin tinchitadur
Yog’, asal to’la xumni.

So’ngra tovuq, xo’roz, qo’chqor"¦
Bir kun yetar xo’kizga,
Shul yo’sinda tushib olar,
Bir zumda "œyaxshi" izga.

Bu shaytoniy hislat uning
Singmasaydi qoniga,
Tegmas erdi hattoki bir
Chumolining doniga.

Ba’zisi der:"Bunga sabab
Menda bir oz yo’qchilik".
Xo’sh, ne sabab ro’kach qilar
Yurtda bo’lsa to’qchilik?

Hamma o’g’ri hayoti ham
O’tmagay bir xil tusda,
Ko’pi o’nglab hayotini,
Tavba qilar afsusda.

Bir voqea soz’lab beray
Senga sh’eriy yo’sinda,
Hech kim senga aytmagan bir
O’g’rilik xususinda.

"¦Qaysidir  bir qishloqda yosh
Eru xotin o’rta hol
Yashashardi, bunga sabab
Topishar edi halol.

Kuyov bir oz ishlab topib,
To’lagach to’yning qarzin,
Sog’in sigir xohlab qoldi,
Eshitib xotin arzin.

Ayol qilib ayolligin,
Kunda javrab, ochib jag’,
Eri sho’rlik tinmay topib
To’plashdi bir oz mablag’.

Kam yeb, kamroq ichib, kunda
Orttirganini hammasi,
Bo’g’oz bo’lgan bir sigirga
Yetar bo’ldi chamasi.

Bir kun kech payt kelin asta
Joyni soldi ayvonga,
Kuyov pulni sanab ko’rdi
Yetarmi deb hayvonga.

Barakasin tilab kelin,
O’tirar choy uzatib,
Bu holatni hamsoyasi
Turar edi kuzatib.

Kuyov pulni sanab so’ngra
Bir belboqqa boyladi,
So’ng belbog’ni uyga kirib
Qayergadir joyladi.

Bir oz o’tib, ko’ngli to’lmay
Yostiq tagiga joylar,
Hamsoya ham hamon bedor,
O’marishga payt poylar"¦

Va nihoyat payt keldi deb
Yarmidan oqqanda tun,
Qo’shni "œish"ga kirishdiyu,
Devordan oshdi beun.

Shuncha yillik do’st qo’shni bir
Zumda aylanib yovga,
Astagina yaqin keldi
Yotgan kelin kuyovga.

"œIsh" boshladi har bir nafas,
Xurrakka quloq osib,
"œPishiq"kuyov qotib yotar,
Yostiqni mahkam bosib.

Olish kerak pulni!Tamom!
Bo’lmas uni olmasa,
Nahot buning ilojini
Tonggacha topolmasa?

Xayolidan turli yovuz
Fikr bir-bir o’tardi,
Oxir kelin yonidagi
Beshikni shart ko’tardi.

Ko’zi kelin-kuyovda-yu,
Asta yurdi ketiga,
So’ng beshikni olib bordi
Hovlining bir chetiga.

Beshikda tinch orom olar
Chaqaloq — uch to’rt oylik,
Hamsoyaning hayolidan
Ketmasdi tekin boylik.

So’ngra asta chaqaloqni
Belidan chimchiladi,
U bilardi, shunday qilsa
Kuyov joydan jiladi.

Bola boshlab chinqirishni
Bo’ldi xuddi aytgani,
Avval xotin sakrab turdi
"œVoy, sjo’rom, bola qani?"

So’ngra birdan dod voy solib
Erni siltab uyg’otdi,
Er anglamay ne bo’lganin,
"œchiroyli" bir so’z qotdi.

So’ng chiqarib xotinini,
"œOvsar, jinni yomon"ga
Ikkov birdan otilishdi
Ovoz kelgan tomonga.

Qorong’uda paypaslashib,
Beshiklarin topishdi,
Bu lahzada "œuchar" qo’shni,
"œO’ljasiga" yopishdi.

Aytsam shu payt ne bo’lganin
Hayron qolar har kishi,
Xuddi shu payt birdaniga
Boshlandi yer silkishi!

Hamsoyaning ul holiga
Hatto maymun kuladi,
Ul badfe’lning boshiga bir
Balo — ayvon quladi!

Shum niyatli ul tadbirkor,
Bo’yaldi o’z qoniga,
Yosh oila omon qoldi,
Pul ham qoldi yoniga.

Angladilar keyin ko’rib
Jonsiz qo’shni tanasin,
Ana senga halollig-u,
Haqiqat tantanasin!
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 28 Fevral 2009, 14:04:59
MUSIQA MOHIYATI.

Endi bir oz quvib yomon
Gapni ruhu tanlardan,
Tanlagaymiz boshqa mavzu —
Senga tanish fanlardan.

Aytar bo’lsam ochiq oydin,
Ushbu bobning niyati:
Anglatishdir neligini
Musiqa mohiyati.

Tabiatan Tangri bermish
Dardga dori davoni,
Deylik, bulbul xonishini,
Tabiiy kuy, navoni!

Musiqaning mazmunida
Sehrli sir bo’ladir,
Ohang toza bo’lsa tebrab,
Ko’ngling zavqqa to’ladir.

E’tibor qil har usulni
Soz berib turishiga,
Har zarbasi hamohangdir
Yuraging urishiga.

Ikki holda tebratasan
Boshni — tanang tomini,
Tinglay turib Haq kalomin
Hamda xalq maqomini.

Olis damlar mamnun bo’lib,
Musiqaning boridan,
O’rin bermishlar falsafiy,
Fanlarning qatoridan.

Ko’p zotlarga ta’sir qilib
Jozibali nolalar,
Izlab sirli ma’nosini,
Bitishgan risolalar.

Sezsang sof kuy so’ylar senga:
"œMakoni yeti pardam,
Tutash yeti qat falakka
Nolishim shundan har dam.

Yetti qat yer sadosidan
Jo’rovoz qil nolishing,
Eplolmasang jozibamdan
Tayin ajrab qolishing.

Qovushtirgil kuy, ovozni,
Dil tubidan kuyla"¦Kuy!
Ta’rifini til topmasdir,
Ta’birga taajjud tuy!"

Kuyni tinglab ushbu sirga
Go’yo e’tibor qilmassan,
Demak, yolg’on tinglaganing,
Sen tinglashni bilmassan.

Ermak uchun sozni qo’lga
Tutma, aslo ushlama,
Tinglaganning g’ash dilini
Aldab soxta xushlama!

Sahnalarda sonsiz bu kun
Soxta, yolg’on yonishlar,
Be’tasir kuy, be’tasir dard
Ko’p be’tasir xonishlar.

Ko’p yurtlarda yoshlar ba’zi
Xunuk holga ko’z tashlar,
Qiyqirishar bo’lsa agar
Qip-yalang’och kuylashlar.

Tomoshagoh ta’rifini
Bitar bo’lsam baayni,
Eslatgaydur bamisoli
To’ng’iz bosgan to’qayni.

Tomoshabin to’lganidan
Bosib bo’lmasdir oyoq,
Soatlab soz chalish qolib,
Taqillar quruq tayoq.

Yo, alhazar, bun e holat
Bu kuy atalar qanday?
Yoshlar tinglab quturishar
Jazavaga tushganday.

Yo’q bu kuymas, san’at emas,
San’atga qarshi san’at,
Agar shuni san’at desang
Ul san’atga ming la’nat!

Qo’ziqorin kabi bosgan
Ko’p kuylar ta’sir qilmas,
Tayinli bir muxlis topib
O’ziga asir qilmas.

Sozandang ko’p sen soz degan,
Lek sozlari soz emas,
Qichqiriqni ovoz deysan,
Garchi bu ovoz emas.

Eshakda ham ovoz bordir,
Hangrashdir uning ishi,
Uning ishin eslatgay ko’p
Xonandalar xonishi.

Chalasavod ular, chunki
Chalasavod ustozi,
Chala erur chalganlari,
Chala chalinur sozi"¦
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:04:29
KULGU VA TABASSUM TA’RIFI.

Endi kulgu haqida erur
Xatimning ushbu bobi,
Bilaman ba’zilarning
Shu bobga yo’qdir tobi.

Kulish yoki kulmaslik bu
Inson uchun farz emas,
Kulmaslarga albat bu bob,
O’qish uchun arzimas.

Kalomdan bir so’z keltiray,
Bu Allohning so’zidir:
"Yig’latgan ham Uning O’zi,
Kuldurgan ham O’zidir".*

Bul his ham har inson uchun
Allohning bir ne’mati,
Go’yo qushga berilgandek
Qanotining bir pati.

Shirin hayot mazmunida
Unda ham bir ulush bor,
Lek har kulish kulishmasdir
Kulishdayam kulish bor.

Kulgan inson haddin bilsin,
Xandon urib qotmasin,
Hushyor qilsin, qaysidir bir
Dilga og’ir botmasin.

Kulsang shunday kulki,kluging
Bo’lsin sof,go’zal, xolis,
Dilozorlik turli tuman,
G’arazdan bo’lsin oils.

Hech vaqt behold, bechorani
Kulib qilma masxara,
Ul sho’rlikka bitilgan sho’r
Taqdirga to’g’ri qara!

Bo’lsa imkon, ber boringni
Olma borini shilib,
Kelsa qo’ldan, qo’y qo’ling ul
Qo’lga kulsin qo’shilib.

Kulgu haqda fikrim shudir:
Kulgudan oily niyat —
Insonlarga baxsh etishdir
Bir oz yaxshi kayfiyat.

Sof kulguning sof maqsadi
Yuvish dul g’uborini,
Dildagi g’ashliklar-u
G’am-alamning borini.

Kulgu — qora qalbni qoqish,
Tanni toza qildirish,
Kulgu — davradoshlaringga
Hamrozliging bildirish.

Faraz qilgin, bir insonga
Boqsang agar xo’mrayib,
Fikr qilar senga boqib:
"œBalki bir joyi mayib?

Yoki biron bir joyiga
Kirib qolgandir tikan,
Nega buncha qovoq osar
Balki qarzim bormikan?"

Tabassuming darig’ tutma,
Axir ul emas yemak,
Bir insonga tabassuming —
"œSizga mehrim bor" — demak.

Tabassuming dildan bo’lsa
Bu — bir huzuri jondir,
Xabar beray bir hadisdan:
"œTabassum ham ehsondir".

Mo’min ko’rsa bir mo’minni
Quchoq ochsin quvonib,
Boqmasinlar xo’marayishib,
Iymonlaridan tonib.

Kulmaydigan el yo’q, kulgu
Berilgan har millatga,
Chin kulgu bir zo’r zarbadir
Ko’plab buzuq illatga.

Turi ko’pdir:Tabassum bor,
Qahqaha bor, xanda bor,
O’z-o’zingga bergil savol"
"œXo’sh qay biri manda bor?"

Iljayish bor, tirjayish bor,
Turi ko’p mayday-chuyda,
Bo’lmagani yaxshiroqdir
Bachkanasi hech uyda.

Yengil hazil mutoyiba
Aylanmasin pichingga,
Kulsang kulgil me’yorda va
Ehtoyit bo’l ichingga!

Yetar ancha sayr qildik
Kulgu degan vohada,
Sabab shulkim, ijod qildim
Uzoq yil shu sohada.

Nega ketding deb so’rsalar,
Javobim shuldir manim,:
"œEndi jiddiy gaplar aytay,
Yetar shu kuldirganim".

Nelar aytdim, nelar bitdim
Shuncha yil, shu yoshgacha,
Bildim, ba’zan bo’lmish xato,
Bul kun fikrim boshqacha.

Boshdan boshlash uchun ortga
Qaytishga iloj yo’qdir,
Endi bosar qadam aniq,
Bu yo’ldan ko’nglim to’qdir.

Kun ortidan kun kelgandek,
Yoz ketidan qish bordek,
Ko’p kulguning orqasida
Bilgil bir tashvish bordek.

Shul o’rinda bir hadisni
Keltirsam erur sozroq:
"œMen bilganni bilsalaring
Kular edinglar ozroq.

Kam kulib, ko’p yig’lashni siz
Qilar edingiz odat".
Bul hadisning ma’nosini
Anglamoqlik — saodat!

*"Van-najm" surasi, 43-oyat.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:05:20
TAN TUZILISHI TA’RIFINDA.

Ong berildi anglagil deb
Sen Haq bilan botilni,
Ko’r, shukr qil, tushuntir deb
Berdi Haq ko’z va tilni. *

Har a’zoni ul Musavvir
Nozik did ila bosdi,
Eshitgil har tarafdan deb
Har yonga quloq osdi.

Berdi oyoq-qo’llaringni
Rizq, nasiba topgil deb,
Og’iz berdi keragin yeb,
Nokerakka yopgil deb.

Keragidan oshmasin deb
Har bir olgan nafasi,
Bir shaklda terilgandir
Inson ko’krak qafasi.

Ko’plab nozik a’zolaring
Shu qafasga joylangan,
Barchasining ta’minoti
Qon tomirga boylangan.

Katta-katta yeb botmasin
Deb gunohi azimga,
Berdi kichik bir oshqozon
Ovqat uchun hazmga.

Bular barin bilsang hamki,
Shunchaki bir bayondir,
Qolgan ba’zi a’zolaring
Vazifasi ayondir.

Barcha shalu suratlarning
Eng hayratli qizig’I,
Sen siriga yetmas bo’lgan
Barmoqlaring chizig’i. **

Fikrlashga sabab senda
Uchragaydur xilma-xil,
Fikr ongga joylashgaydur,
Ongga-chi, miyya, manzil.

O’ylangan o’y qandayligin
Baholab turgaydur dil,
Uning hukmu xulasasin
Bayon qilib turgay til.

Voqelikni ko’z qulog’ing
Ko’rib, tinglab bilguvchi,
Ma’lumotni zudlik bilan
Miyya qabul qilguvchi.

Miyya darhol farmon berar
Kerakli bir qismga,
Ul qismchi, ta’sir qilar
Ko’z ko’rgan ul jismga.

Bor a’zoni ta’min etar
Tanangda neki boring,
Kunda uch bor so’rab turar
Qorin degan omboring.

Barchasining nazoratin
Qilguvchi bosh miyyadir,
Har noma’qul farmoyishdan
Uni Iymon tiyadir.

Bu barchasin borligi ne?
Bunga jiddiy qara-da,
Tafakku qil va bil: bu jon
Tanangda ijarada.

Ma’lum muddat omonatdir
Joning bu "œjon qafas"da,
Faqat Haq bilgay bu muddat
Qanchadir qaysi kasda. ***

Tanang tirik chog’I to’ldir
Joningni Iymon bilan,
Tanni topshirib tuproqqa
Iymon qolar jon bilan.

Achchiq aytsam ajablanma,
Hozrdagi holima,
Aytarimga amal ayla,
So’ngra yig’lab, nolima.

* "œNahl" surasi,78-oyat;
** "œQiyomat" surasi,4-oyat;
*** "œLuqmon"surasi,34-oyat.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:06:08
MA’NAVIYAT     MA’NOSI.

Inson umri davomida
Ustun bo’lar uch jihat,
Buni bilsang, senga doim
Haroh tinchlik va sihat.

Birinchisi, ma’naviyat,
Iqtisod bu ikkinchi,
So’ng siyosat deb bilganning
Buzilmas sira tinchi.

Erta tongda turib avval
Qilgaydursan ibodat,
So’ng nonushta, so’ngra esa
Xalq xizmati — bu odat.

Ibodating ma’naviyat,
Iqtisod — ichish, yeyish,
Siyosat bu hushyor holda
Xalqqa ma’qul so’z deyish.

Ma’naviyat tom ma’noda
Allohga bog’lanishdir,
Har bandaga o’zligin va
Yaratganni tanishdir.

Iqtisod bu — banda bilan
Tabiatga bir rishta,
Siyosat bu bir-biringga
Bog’lanishing har ishda.

Yaralishning chin ma’nosin
Bilish, bu ma’naviyat,
Ma’naviyat chin ma’nosin
Bilmaslik chindan uyat.

Ma’naviy bir buzuq derlar
Kim shundayin kishini,
Anglamasni bu dunyoga
Kelishu ketishini.

Kim bilmasa bu dunyoga
Kelishdan maqsadini,
Ulkim buzgay chin insonlik
Saroyining sadini.

Ma’naviyat ma’nosini
Bilsa kim, dono bo’lar,
Donolikdan hayotingda
Chiroyli ma’no bo’lar.

Ma’no bu Iymondandur
Ma’naviyat Iymondur,
Qay zamonda Iymon ustun
Go’zal o’sha zamondur.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:06:56
IQTISOD IZOHI.

Endi navbat iqtisodga
Ya’ni, uning mazmuni,
O’ylab tahlil qilib shunday
Izohladim men uni.

Topish tutish, tirikchilik —
IQtisodga kiradur,
Tejab-tergab sarf qilmagan
Hayot doim xiradur.

Iqtisod bu o’rgatadur
Tirikchilik sarfini,
To’kin hayot uchun to’g’ri
O’rgan har bir harfini!

Ne karakdir Haq joylamish
Yerning usti ostiga,
Keragin ol, ne karkdur
Tog’lab "œbosti-bosti"ga.

Iqtisodda barqarorlik
Nafsingga bog’liq bo’lar,
O’zgani ham o’ylab yesang,
Barakotga uy to’lar.

Iqtisodning tub mazmuni
Bu moddiy ta’minoting,
Hisobing gar to’g’ri bo’lsa,
Doim to’kin hayoting!

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:07:36
SIYOSAT SAHIFASI.

Siyosat, bu — bandalarning
O’zaro aloqasi,
Aloqani bo’sh qilganga
Joydir jarning yoqasi.

Siyosati to’g’ri elning
Ishin bo’lur rivoji,
Xalqi rozi bo’lib,shohin
Ketmas boshidan toji.

Kelajakka eltar har bir
Yo’llari ham ravondir,
Mamalakat tinch, davlat mahkam,
Xalqi to’q, farovondur.

Rizqin to’liq berur Razzoq
Xalq Haq tanigan sorin,
Xalq holiga qarab xoliq
Belgilagay sardorin.

Lek siyosat ko’p yurtlarda
Avom uchun o’yindur,
Quchoq-quchoq va’da qilgan
Asli bo’m-bo’sh qo’yindur.

Haq siyosat xalqni doim
Haq yo’liga undagay,
Aksi go’yo haql boshini
Qo’yar bir kun kundaga!

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:14:49
AYRIMLARGA   AYTARIM.

Elga shohni tayin etish
Irodangdan tashqari,
Senga ayon, oson emas
Inson zotin boshqarish.

To’rt odamga to’ra bo’lib
Hech kim tengday yoqmagan,
Berganiga ma’qul kelar,
Bermagani boqmagan.

Podshoih axir Yaratganning
Yerdagi bir soyasi,
Norizolik bekorchining
Bo’lmag’ur bir g’oyasi.

Ahyon ahyon ayrimlaring
Amirlaring ayblaydur,
Qo’yib bersang, shoh sh’niga
Har ne deyishga shaydur.

Aytish oson"¦og’izda bir
Ishni qilish osondur,
U ham ba’zan adashgaydur,
U ham, axir, insondur.

Ayblamagil zamon, shohni,
Xalqing holiga qara,
Avval tuzat o’z fe’lingni
Shundan bir naff, samara.

Ibodat qil, istaganing
Allohdan so’ra berar,
Fe’lu holing, amalingga
Munosib to’ra berar! *

Halollikni kasb qilsa qavm,
Jamoa har xodimi,
Tetik bo’lar rahbarining
Ruhi hamda odimi.

Shohlik tojin kiygan shohing
Shoh bo’lsin qay Vatanda,
Unutmasin Yaratganga
U ham oddiy bir banda.

Podshohing hech faslga,
Bilki, farmon berolmas,
Magar qishga farmon bersin,
Lekin qish qorsiz qolmas.

Sening shohing yerda shohdir
Yerda uning amali,
Eng zo’r ishi yo quradur
Yoki biron qamali.

Haq yo’linda Haqdan so’ra,
Odil bo’lsin rahbaring,
Haq yo’lidan toysa to’rang,
Jardan joy olgung baring!

* Hadis:"O'zlaringiz qanday bo'lsangiz, ustingizga ham shunday hokim kelur".
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:15:48
EL,ELAT VA MILLAT.

Agarki bir yurt xor bo’lib,
Xalqi gar xarob bo’lar,
Oqibati yo’qlik bo’lib,
O’ylari sarob bo’lar.

Haq tanimas xalq xalqmasdur,
Elatmas, haloyiqmas,
El ekanin bilmagan el
El deyishga loyiqmas.

Bir vaqt kelib ko’r qalbiga
Qadalgay o’q u elning,
Kechar kuni yolg’on erur,
Ertasi yo’q u elning!


El bo’lib, xor qilsa o’zni
U elga zamin zormas,
Tug’ishganni talaganni
El deyishga til bormas.

Ulamosin aylasa xor,
Adolatsiz umaro,
Oxirati kuyib bo’lgay
Qiyomatda yuz qaro.

Hazar qilmay haromdan el,
Nafsi-la mashg’ul bo’lar,
Ul yurtgakim boshdin oyoq
Gado to’lar, qul to’lar.

Har qadamda aldob, shilish,
Yurting to’lsa xoingga,
Havas qilma bundayin xor
Yurt atalmish joyingga.

Xoinlik, bu senga aytsam,
Iymonsizlik belgisi,
Sotqin zoti iymonga hech
Kelmasdur past kelgisi.

Qasd qilgandan iymon, albat,
O’z qasdini oladir,
Oqibat har ikki dunyo
Xarob holga soladir.

Halqumiga harom tiqqan
Borki ba’zi "œjo’ra"lar,
O’ylamaki javobsiz deb,
Bari bir kun so’ralar.

Bir elat o’zga elning
Bo’lsa erkin qasdida,
Ul hayot ermas hayotki,
Bo’lsa ta’qib ostida.

Millat ko’pmas bu dunyoda
Bor faqat ikki millat,
Shu ikkisi o’rtasida
Tug’ilar barcha illat.

Biri doim taqvodadir,
Yaratganga shukr etar,
Boshqa biri bosh ko’tarmay
Boshi berk yo’ldan ketar.

Biri borliq boisini
Boisidan deb bilar,
Boshqa biri zalolatdan
Chiqmaslik yo’lin qilar.

Haq yo’linda hamroz bo’lib,
Birlashgan xalq to’zimas,
Bunga amal tadbir kerak,
Quruq gapning o’zimas.

Qay elatda har qadamda
Bo’lsa mehru oqibat,
Barcha ellar ichra ul el
Eng baxtli eldur albat.

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:16:36
ORZULANGAN  OLAM.

Kel, birga bir boqaylik men
Havas qilgan olamga,
Shu istagim to’lmasaydi
Dillar anduh alamga.

Barcha ellar bu zaminda
Yashasa do’stu inoq,
Farq qilmasa millat, rangi,
Qorami u yoki oq.

Ahillik va do’stlik degan
Istak agar tandadur,
Ul joyda bor baxt saodat,
Bor barokat andadur.

Gar ahillik, hamjihatlik
Qaysi bir eldan ketar,
Ul elatni baxtu davlat
Shul zahoti tark etar.

Istagim — hech bir elatga
Bunday zahmat yetmasin,
Chora qilsin ul elatkim,
Baxti qo’ldan ketmasin.

Zamin uzra to abadga
Yangrasa tinchlik sozi,
Hech bironta nuqtasidan
Chiqmasa o’q ovozi.

O’q degani otilmasa
Hatto ko’kda qushlarga,
Urush degan kirmasaydi
Hatto tunda tushlarga.

Zoting sira bilmasaydi
Bir-biridan qo’rqishni,
Tinch osuda o’tkazsaydi
Har yilu yozu qishni.

Har o’lkada qurilsaydi
Tinchlik nomli bir qasr,
Peshtoqida yozuv bo’lsa:
"œTinch o’tdi bizning asr!"

Va kelgusi avlodlarga
Bundan bir ilhom bo’lib,
SHunday shirin shiorlarga
Ketsa har bino to’lib.

Bir madhiya bo’lsa umum
Bashar-chun erk kuyiday,
Har tong bir bor yangrasa ul
Har insonning uyida.

Ul madhiya Insonlikka
Da’vat kabi yaralsa,
Zamin uzra barcha dilga
Bir nur kabi taralsa.

Har bir inson umri o’tsa
O’sha nurday charog’li,
Hech qayerda hech insonning
Bo’lmasa dili dog’li.

Qani, kunda bo’lsa ko’kda
Tinchlik qushi parvozda,
Tinchlik kuyi yangrasaydi
Baralla bor ovozda.

Hech elatning osmonini
Qora bulut bosmasa,
Hech bir elga urush yovuz
Shironi osmasa.

Yer yuzida qani endi
Tinchlik qilsa tantana,
Faraz qilgil ul hayotni,
Zavq ana, shodlik ana!

Qani eni biron yuz yil
Yo’q, loaqal bion yil,
Shunday yashab ko’rmoqlikka
Biron chora, tadbir qil!

Ma’qul bo’lsa abadiyga
Shunday yashab qolaver,
Qaysi hayot ma’qul bo’lsa,
O’zing tanlab olaver!

Qani, kirish bul tadbirga,
Urushlarga ber barham,
Bul tadbirning to’g’riligin,
Bilar bog’cha bola ham.

Qolma, axir sen isnodga
Avlodlaring oldida,
Aytmasinlar:"Ular bizni
Shunday ko’yga soldi-da!"

To’g’ri tanla chora, tadbir,
O’z nomingga mosini,
Toza topshir avlodlarga
Ajdodlar merosini!

Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:19:29
SUHBAT SO’NGSO’ZI.

Endi bir dam to’xtam topsa
Kamina hikoyati,
Bu hikoyat kaminaga
Allohning inoyati.

Ko’rib bilgan qayg’u hamda
Shodliklarim bo’ldi dars,
Asar bitdim shul sababkim,
Ikki qo’ldan chiqar qars.

Satrlarim safi to’ldi
Undovlarga, so’roqqa,
Foydali gap olgandursan
Ilingudek "œo’roq"qa?

Satrlarga to’ldirdim men
So’rog’u undovlarni,
Bul undovlar undash bo’lsin
Yo’qotgali g’ovlarni.

Seni bilmam, lekin men ko’p
Naf oldim bul suhbatdan,
Alloh O’zi panoh bersin
Turli fitna, tuhmatdan.

Nasib qilsa suhbatimiz
Davom etar unoq kun,
Hozircha bul bitganlarim
Vaqtincha topsa yakun"¦

To’kildi to’rt tomonimga
To’lib dard alam jomi,
Endi boqding bir tarafga
Hali ko’pdir davomi"¦

Bul barchasi debochadur,
Aytar gapim ko’p hali,
Istagim shul Yaratgandan —
Imkon bersin aytgali"¦
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:20:59
Hayrulla Hamidov.

"œInsonnoma"ga noma!!!


"œInsonnoma" — ya’ni, menga
Noma ekansan oldim,
Har baytingni o’qib hayron,
Men chuqur o’yga toldim.

Har baytin bu haqiqatdur,
Haqqa chorlov,xitoblar,
Avval ham ko’p qo’lga oldim
"œNoma" nomlig’ kitoblar.

Ish muhabbat, zafar hamda
Ko’p shohlarga nomlar,
Bitgandurlar o’tmishda xo’p
Donishmand, allomalar.

Lekin "œInsonnoma" otlig’
Sen bitilding nihoyat,
Boqib borki bob-baytingga
Hayratda qoldim g’oyat.

Insonga xos har hislatni
QOldirmabsan javobsiz,
Kimligimni anglab endi
Yashay olmam savobsiz.

Qancha umrim gunohlarga
To’lib o’tdi, tamom puch"¦
Bundan bayon o’nglanishga
Baytlaring baxsh etdi kuch.

Hayqiriqlar ummonida
Suzib, ichimda alam,
Ko’nglim tusab senga javob,
Qo’limga oldim qalam.

Sendan ilhom olib, men ham
Yozgim keldi senga hat,
Bul nomaga sabab senga
Mendagi bo’lgan hayrat.

Bul javobim bitganlaring
Barchasini tan olish,
Tan olmagan bandalarni
Mushkuldir yo’lga solish.

Garchi menga bul uslubing
Bo’lsa ham sal noqulay,
Ijozat men ham bir oz
Baytlaringga bayt ulay.

Bir oz kechib yeb ichishdan
Balki bir oz ozarman,
Haq qo’llasa, hechmas, men ham
Senga loyiq yozarman.

Niyatim shul qo’lda qalam
Hamda shashtim sinmasin,
Mendek muxlislar tillari
Tasannodan tinmasin.

Ko’nglim sezar muxlislaring
Safi ortgani sayin,
Ko’p adashgan bandalarning
O’zin tanishi tayin.

Sabab — seni o’qib men ham
Kimligim anglab yetdim,
Qilmishlarim qanchasining
Xatoligin his etdim.

Qayta qayta o’qib seni
Quvondi xo’p ko’zlarim,
Xolis Alloh uchun aytgum
Tashakkurli so’zlarim.

"œInsonnoma", xitobingga
Go’zal javob yo’llay, deb
Men ham nomamni sensirab
Yozdim yaqin bo’lay deb.

Bitganlaring barchasini
Bir qonun deb bilay men,
Savollaring bari javob
Topishini tilaymen.

Sening har bir xitongda
Har insonga ulush bor,
Ymonlik va yovuzliklar
Ildizini yuvish bor.

O"qib chindan, chin xulosa
Chiqargaydur chin odam,
U badbaxtdir, ortga qaytsa
Shuncha gapdan keyin ham.

"œInsonnoma", senga rahmat
O’tmishimni eslatding,
Sekinlashgan harakatim
Bu shahtingla tezlatding.

Ko’zimdan yosh oqqaniga
Bo’lib qolgandi ancha,
Yig’lab chiqdim kechalari
Uxlamay tong otguncha.

Sen aytganday bir paytlar
Osiyliklar qilgandim,
O’zimcha shoh, boshqalardan
O’zni ustun bilgandim.

Seni o’qib, o’zim go’yo
His qildim og’ir xasta,
Birovlarga qilgan zulmim
Anglab yetdim birpasda.

Yodga tushdi zulmat tunlar,
Allohdan yiroq damlar,
Bilmam,hozir qayda mendan
Ranjib ketgan odamlar?

Kayf safoga o’chligim-chun
Vijdonim qo’ygandim yeb,
Allakimlar aytishgandi,
"œSen ham insonmisan"¦",deb

Sen-chi, ro’y rost eslatding
Menga insonligimni,
Barcha tirik ongli
Bir tirik jonligimni.

Menga bitgan o’gitingdan
Xulosam bo’ldi beshak:
Men o’zimni bundan buyon
Alday olmasam kerak!

Agar Haqqa ibodatni
Qo’yolmasak joyiga,
Qorishgani yaxshimasmi
Inson asli — loyiga?

Tanimasdan Tangrisini,
Sajda bilmay yursa bosh,
Bunday boshga hayot nechun,
Nechun yer, nechun quyosh?

Bitganlaring bari bor gap
Inson vaxshiy gohida,
Bu vahshaylik sado berar
So’nggi ohi-vohida.

Inson qachon bilsa o’zin
Yig’lab Haqqa qaytadi,
Peshonasi sajdada-yu
Osiyman, deb aytadi.

Ulug’ zotlar haqiqatni
Aylamishlar qasida:
"œChin rohat boshlanar faqat
Jannat ichkarisida’.

Xullas, seni o’qib bildim
Kimligimni, o’zimni,
Hamda endi izhor etay
Tilagimni so’zimni.

Ajab ermas, agar tutsang
Qay kimsaning qo’lini,
Ul kimsa ham hohlab qolsa
Yaratganning yo’lini.

Senga oq yo’l tilagum men,
Yo’llaring bo’lsin ravon,
Dunyo kezgil, izla muxlis,
Yurtlar kez, oshgil dovon.

Ma’nolaring makon topsin
Har bir inson dilida,
Satrlaring sado bersin
Har bir millat tilida"¦
Nom: Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
Yuborildi: Munira xonim 04 Mart 2009, 08:23:51
Assalamu alaykum.
Mana nihoyat, ancha vaqtda bo'lsa ham bu mo'jazgina, lekin hikmatu nasihatlarga boy bo'lgan risolani barcha birodarlarimizga taqdim qilib tugatdik. Har bir INSON bunda bitilgan hikmatlardan, haqiqatlardan o'ziga foyda olsa, o'z ayblarini, kamchiliklarini anglasa, Yaratganga ozgina bo'lsa ham yaqinlashishiga sabab bo'lsa biz o'zimizni baxtli hisoblardik.
Bu bitiklarni bitgan shaxsdan, buni kitob qilib bizga yetib kelishiga sababchi bo'lgan har bir inosndan Alloh rozi bo'lsin.
Ularga ikki dunyo saodatini nasib qilsin!!! Amiyn!!!