forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: gul 15 Noyabr 2008, 09:08:00

Nom: Endi sizga so'z...
Yuborildi: gul 15 Noyabr 2008, 09:08:00
Assalomu alaykum,  bu  mabzuni  ochish  xayolimga  kelganiga  ancha  bo’ldi, lekin  mavzuni ochishim to’grimi yo’qmi deb ko’p o’yladim"¦ va  axiri  tavakkal  qilib ochdim, mani  ilmim kuchli emas, agar bu mavzuni ochishim xato  bo’lsa,  iltimos,  o’chirib   tashlang.Shuncaki siz, biz nima javob qilgan bo'lardik, bu savolga deb qiziqdim.
 
          Bol tafsiri"¦

Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam g’azotdan qaytayotib, sahobalari bilan birga kiyovlari  Alini uyida to’htadilar.Fotima raziallohu anhu dasturhon yozib, bir yaltiroq jomda asal olib keldilar.Asalni ichida bir qil  ko’rindi. SHunda Nabiy alayhisalom ashoblaridan jomdagi asalga  tarif  berishlarini  so’radilar.
Nihoyat abu Bakir og’iz ochib shunday dedilar: "œNamoz  o’qigan qalb, bu jomdan nurlidir, namoz  rukunlari bu  qildan  nozikdir".
So’ng Umarul Foruq dedilar: "œ Musofir mehmonni sevuchi qalb nurlidir bu jomdan, Musofir bilan suhbat shirindir bu boldan, Musofir qalbi nozikdur bu qildan".
Kegin Xazrati Usmon so’z oldilar: "œQur’on  o’qigan qalb, nurlidir bu jomdan, Olim bilan suhbat shirindir bu boldan, Quronga ma’no berish,  nozikdur bu qildan".
Navbatdagi ta’rifni Xazrati Ali keltirdilar:"G’azotga chiqgan qalb nurlidir bu jomdan. Kurashib qonga belanish shirindir bu boldan. O’lja olmagan qalb nozikdur bu qildan".
So’ng Fotima raziallohu anhu aytdilar: "œErga itoatli ayolning qali nurlidir bu jomdan, Jafo o’rniga , vafo qilish  shirindir bu boldan, Er rizoligi nozikdur bu qildan".
Ohirida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam dedilar:"  Ummatimning qalbi nurlidir bu jomdan, Xaq uchun tortilgan azonning toti totli bu boldan, Sunnatga Muvofiq yashash nozikdur bu qildan".
Shu payt Jabroil alayhi salom Allohdan xabar keltirdi: "œ Mening habibim nurlidir bu toshdan. Kavsar suvi shirindir bu boldan. Sirot ko’prigi  ingichkadir  bu  qildan".
Nom: Re: Endi sizga so'z...
Yuborildi: gul 15 Noyabr 2008, 09:10:04
"œAllohni sevgan qalb nurlidir bu toshdan. Kalimai shahodat shirindir bu boldan. O’lim  va  Xayot  orasi  ingichkadir  bu  qildan".
Nom: Re: Endi sizga so'z...
Yuborildi: registan 15 Noyabr 2008, 15:27:28
Va alaykum assalom!

Bilmadim bu hadismi yoki rivoyat, lekin manga Alloh taloning Jabroil alayhissalomdan yuborgan javobi juda yoqdi. Ilohim bizni o'zini, so'ng payg'ambarini sevuvchilardan qilsin.
Nom: Re: Endi sizga so'z...
Yuborildi: siddiqa 05 Dekabr 2008, 15:31:25
hicham eshitmagan ekanman.ALLOh rozi bn ,judatasirli ekan,
YA,RASULULLOH shu yrda ham ummat deganmisiz?!
Nom: Re: Endi sizga so'z...
Yuborildi: ibnUyayna 27 Dekabr 2008, 07:05:07
Assalamu alaykum wr wb!
Iltimos ilmsizlik bn bu kabi narsalarri yozmanglar.Asosli,hujjatini keltira oladigan narsalarilarri yozila.
Undan ko`ra bilmagan narsalarni o`gansak yaxshi ku o`zimizga.