forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Darsxona => Iqtisod saboqlari => Mavzu boshlandi: Usmon 18 Noyabr 2008, 18:12:54
-
:as:
Mazkur mavzuni "Umumiy" bo'limga joylashtirmadim, to'g'rirog'i uning o'rni aynan "Oila va jamiyat" bo'limida deb o'yladim.
Ko'pchiligimiz "Oriflame", "Faberlic", "Avon" kabi mashhur kosmetika, parfumeriya va maishiy kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish hamda ularning savdosi bilan shug'ullanuvchi kompaniyalarni bilamiz. Shu bilan birga ayni mahsulotlarga ixtisoslashgan boshqa gigant kompaniyalar - "Procter & Gamble", "L'Oreal", "Schwarzkopf & Henkel" va shu kabilar ham ko'pchilikka ma'lum. Kompaniyalarni ikki toifaga ajratib sanashimdan maqsad ular orasidagi prinsipial farqni ko'rsatish edi.
Ikkinchi bo'lib sanab o'tilgan va shularga o'xshash firmalar jahon bozorining eng katta ulushini qamrab oladi va yillik tovar aylanmasi, daromadi, foydasi jihatdan eng yuqori o'rinlarni egallaydi. Ayni paytda birinchi bo'lib sanab o'tilganlari va ularga o'xshashlari ham ushbu bozorning kattagina qismini egallab, daromad jihatdan ham boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha ham ular bilan bemalol bellasha oladi.
Xo'sh unda farq nimada?
Gap shundaki, ikki toifa kompaniya orasidagi asosiy farq ularning o'z mahsulotlarini sotish usullaridan iborat. "Procter & Gamble", "L'Oreal", "Schwarzkopf & Henkel" va shularga o'xshash firmalar o'z mahsulotlarini sotishda hammamiz bilgan yo'ldan foydalanadi. Bu quyidagicha ko'rinishda amalga oshiriladi:
Ishlab chiqaruvchi --> yirik ulgurji sotib oluvchilar (vositachi) --> boshqa ulgurji sotib oluvchilar (vositachi) --> yakuniy iste'molchi
Bu mahsulot klassik sotilish zanjirining eng sodda ko'rinishi. Iste'molchi bu usulda sotilgan mahsulotni do'kon, bozor, supermarket va hk. lardan xarid qilishi mumkin.
Albatta, bunda mahsulot tannarxiga har bir ishtirokchinig foydasi va boshqa xarajatlar qo'shiladi va yakuniy narx biroz qimmatroq bo'ladi. Bu usul hammamiz ko'nikkan va kundalik turmushning bir qismiga aylangan usul.
U holda ikkinchi toifadagilar mahsulotlarini qay tarzda sotadilar? Sanab o'tilgan "Oriflame", "Faberlic", "Avon" kabi kompaniyalar bunda "tarmoq marketingi" (сетевой маркетинг Multi-level marketing, MLM)dan foydalanadilar. Buni qisqacha quyidagicha tushuntirish mumkin:
Ishlab chiqaruvchi
|| || ||.... || || ||
Distributorlar
(=iste'molchilar)
|| || || || || ||.... || || || || || || ||
Distributorlar
(=iste'molchilar)
...
Iste'molchilar
Bu sxema uncha tushunarsiz bo'lishi mumkin. Tarmoq marketingida mahsulot do'konlarga chiqarilmaydi. U OAVda reklama ham qilinmaydi. Faqat individual distribyutorlar mahsulotning sifatlari to'g'risidagi axborotni odamlarga yetkazib,
1) mahsulotni sotadilar
2) yangi distributorlarni taklif qiladilar.
Agar tushungan bo'lsangiz, mavzu "Tarmoq marketingi" bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar haqida. Tarmoq marketingi haqida batafsil bilmoqchi bo'lsangiz, сетевой маркетинг, Multi-level marketing, MLM kabi so'zlarni Google yoki Yandexga berib to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Bir qarashda, tarmoq marketingining nimasi yomon? Eplabdimi, qandini ursin deyish mumkinga o'xshaydi. Men yuqorida sanab o'tgan tarmoq marketingi bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar faoliyati ahloqiy-etik normalarga qaysidir ma'noda javob bera oladi. Bu kompaniylarning asosiy maqsadi distributorlarni ko'paytirish emas (biroq bu ham maqsadlardan biri, asosiy bo'lmasa-da), balki mahsulotni iste'molchilarga sotish. Biroq.....
Masalaning boshqa jihatiga yaxshilab e'tibor beraylik.
Shunday kompaniylardan biri Amway misolida "tarmoq marketingi"ga bir nazar tashlaylik.
Ko'rinishidan ijtimoiy-ma'naviy harakat bilan hech qanday aloqasi yo'q tashkilot. Ekologik toza mahsulot savdosi bilan shug'ullanadi. Assortimenti turli tozalovchi vositalar, kir yuvish kukunlari, shaxsiy gigiyena vositlari va h.k. dan iborat. Kompaniya e'tirof etishicha, bularning barchasi tabiiy, zararsiz komponentlardan tayyorlangan. Foydalanib ko'rganlar fikricha ham sifat jihatdan yomon emas.
Ammo bu masalaning yuzaki qismi ekan. "Amwaychilar" barcha tarmoq marketingi kompaniyalari kabi taxminan haftada bir marotaba yig'ilish o'tkazadilar. Ular biror binodan zalni ijaraga oladilar. Yig'ilish oldidan vestibulda individual uchrashuvlar o'tkaziladi. Odatdagi quchoqlashib, o'pishishlar (majburiy, xuddi qarindoshlar kabi). Qat'iy ierarxiya. Piramida tizimi. Distributorlar - yuqoridagilar. Suhbat faqat qanday qilib ko'p pul ishlash va endilikda ularning hech kimdan moliyaviy va boshqa jihatdan qaram emasliklari haqida boradi. Hamma gap faqat inson o'z orzulariga yetishishi shartligi, bu o'z qo'lida ekanligi va bunda Amway "biznesi"ning ahamiyati haqida boradi. Shunisi e'tiborga loyiqki, asosiy urg'u Amwayga qaratilmaydi, balki moddiy boylik, orzular, qaram bo'lmaslik suhbatning asosiy mavzularidir. Hozirda jamiyatda amal qilayotgan tizimning qanday noto'g'riligi, Amwayda esa xohlagan inson qisqa muddatda boyib ketishi uqtiriladi.
Mohiyatan "Amway" diniy sektasi tuzilgan desa ham bo'ladi. Pastki pog'onadagilar distributorlarga havas qiladilar va o'zlari ham distributor bo'lishni orzu qiladilar. Buning uchun ular yangi a'zolarni jalb qilishlari va ularga "ishchi to'plam (kit)" ("Amway" mahsulotlari ma'lum to'plami)ni sotishlari lozim. Shuning hisobiga piramida yashaydi. Uchrashuv yakunida Amway madhiyasi kuylanadi. Maqsad - muvaffaqiyatli va boy bo'lish, shundagina barcha orzularga yetishasan.
Bu Amway haftalik majlisidan bir lavha edi.
Bunday firmalar faoliyatda juda ko'p o'xshashlik bor. Deyarli barchasida yuqoridagidek majlis, trening, seminarlar o'tkaziladi (maqsad - pastki qismdagilarning motivatsiyasini oshirish), yilda, yarim yilda bir marotaba "eng muvaffaqiyatli" biznesmenlar chet ellarda dam oladi, "konferensiya"larda ishtirok etadi, bayramlar korporativ tarzda nishonlanadi (bayramda, albatta, kompaniya, uning mahsulotlari ko'klarga ko'tariladi), muvaffaqiyatli distributorlarga "Diamond Director", "Brilliant ambassador" kabi unvonlar beriladi (vaholanki, kompaniya xohlagan paytda ularni "chiqarib tashlaydi"), turli xil ball, bonus tizimlari yo'lga qo'yilgan bo'ladi va h.k.
Nega tarmoq marketingini nopok deb topish mumkin:
1) Davlat oldida nopoklik.
- Ba'zi davlatlarda tarmoq marketingi umuman ta'qiqlab qo'yilgan. Masalan: Shvetsiya. Ba'zilarida piramida xususiyatiga ega bo'lganlarigina, ba'zi parametrlariga ko'ra firibgarlik sifatida ta'qiqlangan (MMM, Xoper invest voqealarini eslaylik, bular tarmoq marketingi bo'lmasa-da, prinsip o'xshash) [e'tibor bering bunday kompaniyalarning barchasini ham bir qarashda yaqqol firibgar deb bo'lmaydi].
- Tadbirkor sifatida soliqlardan bosh tortish.
2) Iste'molchi oldida nopoklik.
- Mahsulotga unda yo'q xususiyatlarni "yopishtirish". Ko'pchilik hollarda mahsulot (ko'pincha dorivor mahsulotlar, bilogik aktiv qo'shimchalar) haqida inson ongiga mahsulotda yo'q xususiyatlar, uning shifobaxshligi shunday singdiriladiki, natijada "ixlos - xalos" effektiga guvoh bo'lishimiz ham mumkin.
- Mahsulot narxi. Erkin savdoda xuddi shu mahsulot, ba'zan undan ham yaxshirog'i ikki uch - o'n ...barobar arzon narxda bo'ladi.
- Mahsulot tarkibi. Tarkibi odatda "Tabiiy", "Ekologik toza", deb uqtiriladigan mahsulot odatda qisman, ba'zan esa umuman boshqa tarkibga ega bo'ladi.
3) Inson oldida nopoklik
Eng alam qiladigani ham shu bo'lsa kerak. Kompaniya "to'ri"ga ilingan inson bundan chiqishi amri mahol bo'ladi. O'y-fikrlar, suhbatlar, maqsad - barcha-barchasi, faqatgina moliyaviy mustaqil bo'lish, muvaffaqiyat, boylikka erishish va... kompaniya faoliyati va uning mahsulotlari bilan bog'liq bo'ladi.
Eng achinarlisi, bu "biznes"ga kirgan odam, o'z xotini (eri), qarindoshlari, hatto bola (!)larini ham shunga tortadi. Insonda kompaniyaga qarshi gapiradigan, fikrlaydiganlarga nisbatan "ma'naviy immunitet" hosil qilinadi, demakki, hoh u do'st bo'lsin, boshqa bo'lsin, bunday odam "kerakmas buyum"dek uloqtiriladi. Insondagi qadriyatlar mutlaqo o'zgaradi. Kompaniya distributori uchun kompaniya, uning faoliyati hayotning, borliqning asosiy mazmuni, maqsadiga aylanadi. Kompaniyasiz hayotni tasavvur qila olmaslik darajasigacha borish mumkin.
To'g'ri bu ishda hamma ham MMMdagidek xonavayron bo'lmaydi. Shaxsan o'zim bu "biznes" orqali kattagina daromad olayotgan insonlarni taniyman. Lekin pul, moddiy ta'minot uchun ruhni iblisga "sotish" mumkinmi? Bu halol "biznes" MI?
Bu hammasi emas, men hali aytib o'tmagan, esdan chiqargan jihatlar juda ko'p.
(Mana bu linkdan batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin http://www.mlm.marksman.su)
P.S. Shaxsan o'zim eng yaqin insonlarimdan biridan aynan shu "biznes" tufayli ajraldim. Bu juda og'ir bo'larkan. Shu sababli, aziz forumdosh, mehmon, buni shunchaki o'qimang. O'zingizni, yaqinlaringizni bunday biznes sektalardan saqlang, agar yaqiningiz shunga o'xshash "biznes"ga kirish arafasida turgan bo'lsa qaytaring. Agar kirib bo'lgan bo'lsa, professional psixologga murojaat qiling, ALLOHdan yordam so'rang.
-
Va alaykum assalom!
Ko'pchilik uchun foydali ma'lumotlarni berganligingiz uchun tashakkur.
Haqiqatdan ham, ayniqsa mustaqil hayotga qadam qo'yib, osmon-osmon orzular girdobida yurgan yoshlarning "niyat"larini "haqiqat"ga aylantiradigan sohalardan biri сетевой маркетингdir.
Usmon aytganday, bu yo'l bilan boyib, orzulari ushalganlarni ko'rmadikku, lekin o'sha orzular mamlakatiga qadam qo'yib, o'zini sinab ko'rganlarni va oqibatda pushaymon bo'lganlarni ko'p ko'rdik.
Masalaning shar'iy jihati yuqorida ma'lum bo'ldi.
Mahsulotga unda yo'q xususiyatlarni "yopishtirish". - Savdoda yolg'on aralashtirish va mahsulotning o'zida yo'q xususiyatlar bilan maqtab sotish yoxud tabiiy bo'lmagan mahsulotni mutlaqo tabiiy tarkibga ega degan iddao bilan sotish qat'iyan haromdir.
O'y-fikrlar, suhbatlar, maqsad - barcha-barchasi, faqatgina moliyaviy mustaqil bo'lish, muvaffaqiyat, boylikka erishish va... - Islom esa faqatgina boylik va muvaffaqiyat izidan quvib, nafsga qul bo'lishdan qaytaradi.
Kompaniya distributori uchun kompaniya, uning faoliyati hayotning, borliqning asosiy mazmuni, maqsadiga aylanadi. - Bu esa insonni tubanlikka yetaklab, oxirat va dunyo hayotida Alloh rizoligini va xolislikni unutishga sabab bo'ladi.
Usmon, o'zingiz bu "tijorat"ga yoshlarni qanday jalb etish usulllari va kirdikorlari haqida yana ma'lumot berib bersangiz.
-
Assalomu Alaykum!
Haqiqatan ham foydali ma'lumot, kiritganlari uchun Usmonga tashakkur aytamiz.
-
Assalomu alaykum!
Ma'lumotlar uchun rahmat Usmonbek! Shaxsan mening bir qarindoshim ham shu ish bilan shug'ullanardi. Ko'p marta ta'kidlardim, bu ishni tashlagin, o'qishing qolib ketmoqda, bu yaxshimas deb. Yaqinda nihoyat aqli kirib bu ishdan voz kechdi. O'tgan davr mobaynida xisoblab ko'rsa ziyon qilsa qilibdiki, ammo foydadan asar ham yo'q.
Menga yaqinda QuestNet ni taklif etishdi. Sen bizga keraksan, bu juda zo'r ish deya maqtashdi. Ammo men qat'iy rad etdim. Ushbu firma haqida sizda ma'lumot bormi? Buning shar'iy jihatlari haqida qanday ma'lumotlar bor? Chunki mening ko'p yaqinlarim ham shu marketingda yurishadi.
Oldindan rahmat.
-
Assalomu Alaykum.
Birodarlar mana bu yerlardagi ma'lumotlarni diqqat bilan o'qib chiqing.
http://forum.islom.uz/smf/index.php?topic=10060.0
http://forum.islom.uz/smf/index.php?topic=9715.0
http://forum.islom.uz/smf/index.php?topic=6496.0
Agar biroz sabr qilib tursak, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan ham aniq javob olsak kerak, InshaAlloh:
http://forum.islom.uz/smf/index.php?topic=10049.new#new
-
Хозирги кунда Ўзбекистонда пирамида ёки тармоқли маркетинг ксринишидаги бизнес авж олиб келмоқда скан, сз-сзидан савол туғилади, бу йсл билан пул топиш ҳалолми ёки ҳаром?
Саволга жавоб беришдан аввал савдо-сотиқнинг ушбу ксриниши ҳақида бироз маълумот берайлик. Бизнеснинг бу турини қисқача қуйидагича тушунтириш мумкин: Бир киши компанис маҳсулотини сотиб олади ва шу билан бирга бу компанис маҳсулотларини бошқаларга сотиш ҳуқуқига ҳам сга бслади. Анди унинг мақсади кспроқ клиентларни жалб қилиш, ҳамда уларни ҳам компанис маҳсулотларини ундан сотиб олишга ундаш. Ҳар бир қсшилган клиент сса сна бошқаларни жалб қилиш ҳуқуқига сга бслади. Демак мисол қилиб олсак, бир киши икки кишини таклиф қилади, у икки киши сса ҳар бири сна икки кишидан жалб қилаверади ва натижада катта бир пирамида ҳосил бслади.
Лирамидада қанча юқори турсангиз савдодан шунча куп фойда оласиз, сабаби сиз таклиф қилган одамлар сони ошган сари сиз олаётган фойдангиз сзгараверади. Бунинг асосий сабаби пирамидада юқори кстарилган сари маҳсулотнинг нарҳи тушиб бораверади ёки компанис томонидан сизга бериладиган чегирма ва "œбонус"лар кспайиб боради ва ҳоказо.
Бу бизнес туриниг бир нечта номи бор "œЛирамида", "œТармоқли маркетинг", "œСетевой маркетинг", "œмногоуровневс‹й маркетинг", "œnetwork marketing", "œmulti level marketing" ва ҳоказо лекин уларнинг фаолисти десрли бир ҳил. Бу компанисларнинг мақсади сз маҳсулотини сотиш смас, аслида таклиф қилинаётган махсулот бир алдов, ксзбссмачилик ҳолос, уларнинг асосий мақсади сса пирамидага кспроқ одамларни жалб қилишдир.
Агар мақсад маҳсулотни сотиш бслганда сди бунинг бир қанча осонроқ ва ишончлироқ йсллари бор. Ҳар куни миллионлаб-миллиардлаб товарлар ҳеч қандай пирамидасиз ҳам сотилиб, уларнинг сгалари фойда қилиб кун ксришаспти.
Ҳозирги кунда бизнинг юртмизида бир нечта бундай компанислар мавжуд, масалан quest.net, herbalife, tyanshi ва бошқалар.
Биз бу бизнес тури ҳалолми ёки ҳаром деган саволга жавобни қидирдик ва барча олимлар бир овоздан бу йсл билан бизнес қилишни ҳаром деб фатво берганликларини топдик.
Биз қуйида Илмий Тадқиқотлар ва Фатво Бериш Доимий Қсмитасининг фатвосини келтирамиз:
Бу каби олди-берди қилиш ҳаром. Сабаби бу олди-бердидан мақсад маҳсулотни сотиш смас балки кспроқ фойда қилишдир. Бунда сн мингга сотилаётган маҳсулотнинг асл нарҳи юз сумдан ҳам ошмаслиги мумкин. Бундай компанислар сизни қандайдур бир кичик миқдордаги пул билан (бирон бир маҳсулотни сотиб олиш билан) компанисга қсшилишни кейин сса бу пулини бир неча баробар қилиб қайтариб олиш билан сзларига жалб қиладилар. Аслида компанис таклиф қилаётган маҳсулот бу ксзбссмачилик ҳолос ва компаниснинг асосий мақсади бу маҳсулотни сотиш смас балки кспроқ одамларни пирамидага жалб қилиш. Бу сса қуйидаги сабабларга ксра ҳаромдир.
1. Бу ксринигдаши олди-берди икки ҳил рибони сз ичига олади: рибо-ал фазл (бир жинсдаги нарсани алмаштиришда зиёда олишдир) ва насис рибоси (қарзни адо стишни кечга суруш свазига олинадиган фойда). Ҳар бир компанис аъзосининг мақсади камроқ пул билан қсшилиб кейинчалик пулини кспроқ қилиб ундириб олиш, съни камроқ пулни вақт стганидан сснг кспроқ пулга сотиш. Бу сса аксар уламолар томонидан ҳаром дейилган. Компанис таклиф қилаётган маҳсулот сса бу бир восита ҳолос, асосий мақсад юқорида айтилганидек клиентлар сонини ошириш, пирамидани юқорироқ кстариш.
2. Олди-бердининг бу ксриниши ғарар (гумонли, ноаниқ савдо) ҳам дейилади. Сабаби снги қсшилган инсон бу ишга сна снги клиентларни жалб қила оладими йсқми билмайди. Яъни бу иш унга келажакда фойда келтирадими ёки йсқми, пирамиданинг юқорисида бсладими ёки снг пастидаги "œбахтсизлардан" бири бслиб қоладими аниқ билмайди. Аслида мана бу олди-бердидан ютқазганларнинг сони ютганларга қараганда кспроқ. Демак бу ишга киришаётган одамнинг олдида богдан-бош иккита йсл бор, бу сса гумонли ёки ноаниқ савдо дейилади. А асулаллоҳ с.а.в. Имом Муслимдан ривост қилинган саҳиҳ ҳадисда бундай савдодан қайтарганлар.
3. Бу турдаги олди-берди инсонлар бойлигини ботил йсл билан ейиш ҳамдир. Сабаби бунда фақатгина пирамида тепасида турган ва омади келадиганлар ютаверади, қолган сса ютқазиб пулларгиа куйиб қолаверадилар. Аллоҳ таоло марҳамат қилиб айтади: "œАй иймон келтирганлар! Бир-бирларингизнинг молларингизни ботил йсл билан еманглар. Магар сзаро розилик ила тижорат бслса, майли" (Аисо, 29).
4. Бу каби олди-бердида алдов, ҳийла, ксзбссмачилик ва инсонларни лақиллатиш срин олган. Юқорида айтилганидек компанис сзининг асосий мақсади қилиб сз маҳсулотини сотиш қилиб ксрсатади, бу сса ёлғон. Шунингдек инсонларга агар компанисга аъзо бслишса катта фойдалар олиб келишини ваъда қилишади, бу сса ҳали ноаниқ.
А асулаллоҳ с.а.в. дедилар "œКимки бизни алдаса у биздан смас" (Имом Муслим ривости).
Ҳаким ибн Ҳизомдан р.а. ривост қилинган бошқа ҳадисда сса А асулаллоҳ с.а.в. "œСотувчи ва ҳаридор то тарқалгунларига қадар ихтиёр сзларидадир. Агар рост ссзласалар ва молнинг айбини айтсалар уларнинг бу савдоларига барака берилади. Агар молнинг айбини сширсалар ва ёлғон ссзласалар уларнинг бу савдоларининг баракаси бслмайди", дедилар (Имом Бухорий ва Муслим ривостлари).
Баъзилар бу каби савдони даллоллик билан тенглаштирадилар. Бу нотсғри, сабаби даллол бировнинг молини сотиб бергани учун қандайдур миқдорда пул олади. Тармоқли маркетингда сса бировни молини сотиш учун кириш пул тсланади. Даллолликдан мақсад сз молини тезроқ сотиш, тармоқли маркетингдан мақсад сса пирамида аъзоларини кспайтириш. Демак бу иккаласи орасидаги фарқ аниқ-тиниқ ксриниб турибди.
Компанис томонидан рағбатлантириш, совға, ҳадс, бонус ёки шунга схшаш ксринишда фойда оладиганларга сса жавоб шундай. Бу ҳам нотсғри сабаби исломда ҳар қандай совғани ҳам қабул қилинавермайди. Абдуллоҳ ибн Салом Абу Бурдага айтган скан: "œСен рибо тарқалган ердасан, агар сени бировда ҳаққинг бслса, у сенга сомон ёки арпа ё пос миқдорида бслса ҳам ҳадс берса, қабул қилмагин, чунки у рибодир" (Бухорий ривости).
Исломда ҳадс, берилган мақсадига қараб ҳукм қилинади. Абу Ҳумайд ас-Соъдийдан р.а. ривост қилади: "œАабий с.а.в. Азд қабиласига мансуб Ибн ал-Лутбис исмли бир кишини закот йиғувчи қилиб тайинладилар. У закот йиғиб келгач: "œМана бу нарса сизга, мана бу сса менга ҳадс қилинди", деди. Шунда у зот: "œОтасининг уйида ёҳуд онасининг уйида пойлаб стирса унга ҳадс қиладиларми ёки йсқми?!" дедилар (Бухорий ва Муслим ривости).
Бу каби рағбатлантиришлар қандай номланишидан қатъий назар битта мақсадга йсналтирилган, у ҳам бслса сизни компанисга қсшилишга ундаш ва бошқаларни ҳам унга қизиқтириш.
Ҳозирги кунда афсуски бундай компанислар кспайиб кетди. Улар нима таклиф қилишидан, қандай номланишидан ва кандай маҳсулот сотишидан қатъий назар уларнинг иш юритиш фаолисти юқорида айтлигани кабидир.
Илмий Тадқиқотлар ва Фатво Бериш Доимий Қсмитасининг 22935 рақамли фатвоси.
Хижрий сана 14/3/1425
Демак ҳулоса қилиб айтсак бу усулда савдо қилиб кун ксриш ҳаром скан. Бунинг сабаблари:
1. А ибо аралашиши
2. Аоаниқ (ғарар) савдо
3. Ботил йсл билан инсонлар пулини ейиш
4. Алдов ва ҳийла ишлатиб савдо қилиш
Юқоридагиларнинг барчаси ҳам жуда оғир гуноҳлар саналади. Савдо борасида бундай найрангларни ишлатиш ва айниқса рибо аралашиши исломда жуда қаттиқ қораланган, ва охиратда жуда ҳам азобли жазолар ваъда қилинган.
Аллоҳ таоло айтади: "œА ибони ейдиганлар (қабрларидан) фақат шайтон уриб, жинни бслган кишидек довдираб турарлар. Бундай бслиши, уларнинг, тижорат ҳам рибога схшаш-да, деганлари учундир. Ва ҳолбуки, Аллоҳ тижоратни ҳалол, рибони ҳаром қилган. Кимки А оббидан мавъиза келганда тсхтаса, аввал стгани сзига ва унинг иши Аллоҳнинг Ўзига ҳавола. Кимки, сна (рибога) қайтса, ана сшалар дсзах сгаларидир. Улар унда абадий қолурлар", (Бақара, 275-ост).
Аллоҳ таоло: "œАллоҳ рибони доимо нуқсонга учратур ва садақаларни зиёда қилур. Ва Аллоҳ ҳар бир кофир, гуноҳкорни хуш ксрмас", деган (Бақара, 276).
Жобир розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: "œА асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам рибохсрни, унинг едирувчисини, котибини ва икки шоҳидини лаънатладилар ва улар баробардирлар", дедилар». (Муслим, Абу Довуд ва Термизий ривост қилган)
Биз бу мавзуда жуда гапларни айтишимиз мумкин, лекин бизгача бу гаплар минг марталаб айтилган ва иймонли-инсофли одамлар бундан ҳулоса чиқариб олганлар. Қолганларни сса Аллоҳ сзи ҳидостга бошласин.
Ҳаммасидан ачинарлиси бу каби ҳаромлиги очиқ-ойдин бслган олди-бердига юртимиздаги баъзи катта мавқеъга ва лавозимга сга имом ва шайхларнинг ҳалол деб фатво беришларидир. Улар бу фатволарни очиқчасига смас балки шу компанислар бошлиқларининг талабларига жавобан бир нусҳада, маҳфиёна берганлари сса унданда ачинарлидир.
Ссзимиз скунида сса ҳар қандай савдога қсл уришдан олдин шариатнинг бу борадаги хукмини схшилаб срганиб чиқишни ва ҳеч бслмаганда қуйидаги мақолаларни сқиб чиқишни тавсис қиламиз:
"œСАҲИҲ, БОТИЛ, ФОСИД ВА МАКА УҲ САВДО", Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
"œА ИБО ВА САА Ф ҲАҚИДА", Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
"œАаҳий қилинган савдолар ҳақида", Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Илмий Тадқиқотлар ва Фатво Бериш Доимий Қсмитасининг 22935 рақамли фатвоси
"œТармоқли маркетинг ҳақида" Шайх Муҳаммад Солиҳ Ал-Мунажжид
"œЛирамида компанислар билан иш юритиш" Шайх Муҳаммад Солиҳ Ал-Мунажжид
"œТармоқли маркетинг хақида қисқача маълумот" Шайх Муҳаммад Солиҳ Ал-Мунажжид
"œTasweeq.net компаниссига аъзо бслиш ҳақида" Шайх Муҳаммад Солиҳ Ал-Мунажжид
www.islomolami.com
-
Assalomu alaykum birodarlar
Ushbu dolzarb mavzuni ko'targanlaringiz uchun sizlarga rahmat! Haqiqatdan ham hozir universitetlarda mana shu nomaqbul biznesga o'z kursdoshlarini, hatto domlalarini ham targ'ib qilayotgan ucharlar ko'paygan.
Ularning hatti-harakatlaridan yaqqol ko'rinib turibdiki, ular birorovning shifo topishinidan yoki arzon va sifatli mahsulotga ega bo'lishidan ko'ra ko'proq tezroq boyishni istaydilar...
Muftiyatimiz va bunga mas'ul davlat idoralari biror zaruriy chora ko'rishmasmikan bularga qarshi...
-
Aslida moliyaviy buhron, ya'ni financial crisis ham aslida mana shunday piramidaning sababi tufayli bo'ldi deb o'ylayman. Negaki, piramidaning eng quyi qismi jabrlanuvchilar hisoblanishadi va ularda pul qolmaganligi uchun, sekin tepasiga ta'sir utqazib, butun boshli kompaniyalar, banklarning sinishiga olib keldi. Haqiqiy manbalarni yaxshilab tahlil qilib chiqsangiz, fikrimga qo'shilasizlar.
salomat bo'lgaysizlar,
T.Yusupov
-
Maqola egasiga katta rahmat
-
Amway kompaniyasini yaxshi taniyman. Juda katta kompaniya. Mahsulotlarining hammasi ham sifatli emas. Narxlari arzon deydi. Bo'lmagan gap. Amwayning 1-2 ta yaxshi mahsulotlari bor. Lekin tarmoqli marketing orqali pul topish bu nina bilan quduq kavlashdek bir gap. Eng tepadagilarni ham ko'rganman. Kompaniya tomonidan uyushtirilgan sayohatlarni aytmasa, qo'liga ilinadigan hech narsasi yo'q. Hayotlari havas qilsa arzugilik odamlar emas. Man ham aralashganman bu ishga, ammo vaqtida zararsiz chiqqanman. Lekin haliyam Amway kompaniyasining "firibgari"man. Ba'zida bir-ikkita mahsulotlarini ora-sira o'zim foydalanishim uchun sotib olaman. Reklama qilyapti deb o'ylamanglar yana :) Umuman, qat'iyan bu yo'ldan qaytargan bo'lardim. Alloh nasib qilsa, bu tarmoqning hisob-kitobli tomonlarini yoritishga harakat qilaman.
Allohning O'zi to'g'ri yo'ldan adashtirmasin...
-
2 kursda o'qiyotganimda qandaydir dori firmasiga a'zo ayol o'qituvchi dars o'tar va dars deyarli reklama tarzida o'tardi. Imtihon payti qanaqadir dorini sotib olganlarga baho qo'yib beriwini aytdi . Ko'pchilik sotib oldi bundan xabar topgan kafedra mudiri barcha baholarni otkaz qilib o'zi imtihon oldi. Dori olgan talabalar haligi o'qituvchidan dorilarni nima qilelik opa deb so'rawganda o'zini hech nimadan bexabar odamdek tutgan. Pulga kuygan talabalar dorini birorta dorixongayam sotiwolmagan SSV ro'yxatida o'tmagan dorini qaysi dorixona sotib olardi. Bir kurdowim aytgandi wuncha pulga olibmana alamimdan wu dorini o'zim ichvore desam hayvon qoni qo'wilganakan deb