forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Pishiriqlar, shirinliklar => Mavzu boshlandi: Rukhiya 22 Noyabr 2008, 00:21:08

Nom: Mazzali bulochkalar.
Yuborildi: Rukhiya 22 Noyabr 2008, 00:21:08
Булочки с корияей

(http://www.fotosidan.se/cldocpart/9277.jpg)

Kerakli masalliqlar:

500 gr un
250gr sut
50-100 gr shakar (ta'bga ko'ra)
1 pachka quruq droja
100gr saryog'
2ta tuhum
bir chimdim tuz


Tayyorlash:
Iliq sutga eritilgan saryog' yarmi ,shakar,tuz,droja,2ta tuhumni solib barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiriladi.So'ngra unni solib yumshoq hamir qilinadi. Hamir rosa yumshoq qo'lga yopishadigan bo'ladi. Ammo hamirga yaxshilab ishlov beriladi ko'p ezish kk. Shunda yopishdan to'xtaydi. Ustini yopib iliq joyga 1 soatcha qo'yiladi. Ihtiyot bo'lish kk. Rosa ko'pib ketsa drojani isi kelib qolish mumkin.



Ko'pgandan so'ng stol ustiga bir oz unlab hamirni 1 sm qalinlikda  yoyib olamiz. So'ng  ozgina saryog' eritib hamirga yaxshilab suramiz va shakar sepamiz. Ohirida koritsa sepiladi. Hamirni rulet shaklida o'raladi va 2sm qalinlikda kesib listga teriladi.


(http://farm1.static.flickr.com/109/292383183_9341801dfd.jpg?v=0)



Ustiga tuhum surib 15 daqiqa atrofida 200' da qizarguncha qadar pishiriladi.

(http://antjesblog.martinpelzer.de/wp-content/uploads/2006/10/IMG_3207.JPG)



Yoqimli ishtaha!
Mazzasiga gap bo'lishi mumkin emas! ;)
 











(http://accel92.mettre-put-idata.over-blog.com/0/10/40/01/suede2/atelier-kanelbullar-18mai-_23_m.jpg)
Nom: Re: Mazzali bulochkalar.
Yuborildi: registan 22 Noyabr 2008, 00:28:55
Qooyiil! Rosa mazali bo'lsa kerak, ishtahani qitiqlaydi. Bilasizmi nima, man shu receptlarizdan birortasini uyda qilib ko'rmoqchiman, iltimos birorta osonrog'ini bering, iloji bo'lsa xamir qilish shart bo'lmaganidan. Bir pazandalik qilib ko'raychi qani qanaqa chiqakan. :D Yaxshi chiqcha albatta rasmini forumga joylayman ins.
Nom: Re: Mazzali bulochkalar.
Yuborildi: Rukhiya 08 Yanvar 2009, 16:06:33
Molokolik bulochkalar.

(http://i031.radikal.ru/0901/28/ff504ff1fa3b.jpg)






Tayyorlanishi:


Sut ilitib,issiq sutga saryog' +shakar+tuz drojja solinadi.Tuhum alohida idishda yaxshilab aralashtiriladi va sutli massaga qo'shiladi. Hammasini yaxshilab aralashtirilgandan so'ng oz-ozdan un solib yumshoq hamir qilinadi.Hamir qo'lga yopishishi mumkin,unday paytga un solavermang.Aks holda hamir yumshoqligini yuqotadi. Hamirga ko'p ishlov berilgan sari qo'lga yopishmay qoladi. Tayyor hamirni iliq joyga 30-40 daqiqa ga ko'ptirgani qo'yiladi. Ko'pgandan so'ng istagan shaklda yasab ichiga nachinka solishiz mumkin!
Yuqoridagi shaklda qilish uchun kichik sharikchlar yasab,ichiga moloko solinadi. Ustiga tuhum surtib yong'oq sepiladi. Va yana iliq joyga 20-30 daqiqaga qo'yiladi. Song 200 gradusda 15-20 minut davomida pishiriladi.

Nachinkasiga:
Sgushyonniy molokoni  3 soatcha ochilmagan holida qaynatiladi.


(http://s40.radikal.ru/i088/0901/1e/086a855dabae.jpg)




(http://s53.radikal.ru/i141/0901/a8/e1da7a8f41cd.jpg)
Nom: Re: Mazzali bulochkalar.
Yuborildi: salsabila 16 Mart 2009, 21:10:13
 :as:rukhiya qoil qullarizga gul janim  : )
Nom: Re: Mazzali bulochkalar.
Yuborildi: Ansora 06 Dekabr 2009, 22:03:54
Pishloqli bulochkalar:

Hamir uchun masalliqlar:
1. 3 dona tuxum (2 donasining sarig'ini ajrating, ustiga surtasiz)
2. 1 stakan (250 gr) qatiq
3. 1 piyola salat yog'i
4. 1 paket (250 gr) margarin, xona issiqligida erigan bo'lishi kerak
5. 0.5 paket soda (5 gr)
6. tuz
7. olganichalik un (hamir qattiq ham suyuq ham bo'lmasligi kerak)

İchidagi masalliqlar:

1. tvorog yoki pishloq (brınza) - 150-200 gr atrofida
2. to'g'ralgan petrushka, istakka qarab, lekin foydali:)

Tayyorlanishi:

1. Undan tashqari butun masalliqlarni aralashtiring. Unni oz-ozdan to'kib, yumshoq lekin qo'lingizga yopishmagan hamir qoring. 15 daqiqa tindiring.

2. 1 tahtachani unlang. Hamirni ikkiga bo'lib uzun shaklga keltiring. So'ng tuxum kattaligida parchalar olib hammasini dumaloq shaklga keltiring.

3. Eng boshda dumaloqlagan hamiringizdan boshlab o'rtasidan barmoq uchlaringiz bilan bostirib masalliq uchun joy oching. Lekin hamirni qattiq bosmang, bo'lmasa shishmaydi.

4. Hamirni o'rtasiga yarim qoshiq masalliq solib yumshoq harakatlar bilan bulochkalarni yoping.

5. Tuxum sarig'ini bulochkalarni ustiga surting. İstakka qarab sedana ham sepishingiz mumkin.

6. Bulochkalarni duxovka listiga tering. Oldingan 200 % isitilgan bo'lishi kerak (10 daqiqa atrofida) 45 daqiqada tayyor bo'ladi insh.

Yoqimli ishtaha...


Bulochkalarning rasmi: "O'zimiz tayyorlagan taomlar! " mavzusining 49 chi sahifasida berilgan.





Nom: Re: Mazzali bulochkalar.
Yuborildi: _Risolat_ 25 Fevral 2010, 23:51:26
Assalomu aleykum wr wb! MashaAlloh Judayam chiroylik chiqibdi qo`llarilar dard ko`rmasin, Mazasiga ham gap bo`lishi mumkin bo`lmasa kerak SubhanaAlloh!
Fotolar uchun Tashakkur!  :)