:as:
СМОААИАГ ОХИА И...дан (парча)
Чақалоқ учун ҳамма нарсанинг боши-охири Она кскраги. Офтобни чақалоққа схшатиш мумкин бслса, унинг боши осмоннинг ксксида. Хсш осмоннинг боши кимнинг ксксида? Тоғларнинг боши Ернинг ксксида. Ернинг бошичи?... Билмайман. Билмаганимдан хижолат ҳам смасман. Бу ёруғ дунё аслида "œбилмайман" деган ссздан иборат. Мен қачон туғилганимни айтиб беришган. Мен қачон юришни срганганимни ёлғиз онам билади. Қачон тилим чиққанини ҳам. Мен биринчи шеьримни қачон ёзганимни сзим билмайман. Хсш, қани ким айтади, охиргисини қачон ёзаман?... билиб туриб бировга озор беришдан ёмони йсқ. Ўзинг ҳам билмасдан бировга схшилик қилишдан ортиқ схшилик йсқ. Шеьр ёзиш ҳам сзинг билмай бировга схшилик қилишдай гап. Ҳақиқий шеьрист ҳамиша оёқ остида. Мисралар қулунлар каби тупроққа ағанаб ётишибди. Тур, тойчоқ, чопамиз, десанг бас. Биз ҳар замон бир оёқ остига боқиб шеьр топамиз. Кейин унинг чангини қоқамиз ва қанча ксп қоқсак — шунча ксп шеьр йсқотамиз...
Барча буюк зотларнинг буюклиги ҳам хокисорлигидир!
***
Кенг бир стлоқ бслса. Атрофинг ксм-кск майса. Осмон тип-тиниқ. Майсага сстаниб ётсанг-у... слиб қолсанг! Бедазорда ана шундай хаёл суриб ётсам, қанотлари оппоқ бир капалак келиб, елкамга чордона қуриб стириб олди. Салом, оғайни. Аега кайфистинг ёмон? Чарчадим, дедим унга. Яшашдан чарчадим. Капалак бир хсрсиниб жснаворди. Қизиқ, унда ҳам бола-чақа бормикин? Капалакнинг капаси қаерда? Аега шундай ожиз ва нафис жонзот ҳам одамдан юқорида учиб юради. Бақувват ва вазмин нарсалар ҳамиша оёқ остида бслишадими? Демак, одам оғир-босиқлиги учун хорми? Енгилтак ва хушомадгсё кимсаларни шунинг учун ошиғи олчи скан-да...
"œФикрларингизни жиловлаб олинг, улар ҳамма нарсанинг бошланишидир".
Ҳалиги капалакнинг қанотидаги ёзув бу. Танишганимдан хурсанд сдим. Тонгда мен уни боғда ксрдим. Атиргулнинг шохида. Кечаги тушкун холатим учун услдим. Узр ссрамоқчи бслдим. Аммо кечикдим.
Атиргулдан юмалади капалак,
Бир силкиниб қсймади ҳам гул шохи.
Жон талашиб, қум слади капалак,
Ксчди менинг ксксимга ҳам титроғи.
Мен ундан Осмоннинг охири қаерда деб ссрамоқчи сдим. Ахир, буни фақат сша қаноти ожиз қуш билиши мумкин сди-да...
Яқиндагина шоир Мухаммад Юсуфнинг китобидан "Осмоннинг охири" номли мулохазали фикрларини сқигандим. Юқорида ёзганларим, айни сша мулохазадан парча...
Шу сринда, охирги кунларда жуда севиб сқийдиган шеьралимдан бирини ҳам киритмоқчи сдим, мавзуга алоқадор бслмаса ҳам...
ХАВОТИА
Қсрқаман, сртага мен слиб кетсам,
Атар бслсам қумга ботиб ксзларим,
Кснглимни ксчкидай босади бир ғам —
Йиғлашни ҳам билмас менинг қизларим...
Анг сқин дсстларим ғийбатим қилар,
Анг заиф душманим устимдан кулар.
Улар-ку не қилса сзлари билар,
Шоир слса ким ҳам куюнар дейсиз?,
Мадҳисбоз хозир суваракдан ҳам ксп.
Улар мисли қишда тарновдаги муз,
Бармоқ тегса ерга тскилар тсп-тсп...
Тилдан қолсам ксзда қотиб ёшларим.
Кснглимдан бошқа бор ахир, не зарим?
Ерларга сгилган куни бошларим,
Йиғлашни ҳам билмас менинг қизларим.
Улар ёш. Ўлимдан қсрқаман ёмон,
Чунки, дардига ҳеч қулоқ солмадим.
Қабримнинг устида йиғласин дебон,
Қизларим ксз ёшин асрай олмадим!
Манбаа: "М.Юсуф" китоби
Shu o'rinda bir yaqinda bo'lib o'tgan voqeani aytib o'tishni o'zimga joiz deb topdim.
Universitetimizda bir ayol hodima ishlardi. Ishlarda deyishimning boisi u kishi endi bu yorug' dunyoda yo'q. (Alloh u kishining gunohlarini mag'firat qilgan bo'lsin). U ayolni adashmasam voqeadan bir kun oldin ko'rgan edim. Juda quvnoq edi... Ertasi kuni yotoqxonaga kiraverishda u ayolning katta suratini ko'rdim. Surat ostida esa quyidagi yozuvlar bor edi.
"Universitet ma'muriyati avtomobil falokatida halok bo'lgan ......... ............. ning oila a'zolariga ta'ziya bildiradi"
Tanamdan sovuq ter chiqib ketdi...
:as:
:bsm:
O'lim
Alloh taolo bandalarining eng yaxshisi Muhammad alayhissalom sahih hadisda "lazzatlarni kesuvchi o'limni ko'proq eslanglar" deganlar. Bugun nimagadir mana shu hadis hayotimizdan ko'tarilgandek. Banda har bir lahzani g'animat bilib, Allohga duch kelishi uchun tayyor turishi kerakligini ko'pchilik unutgandek. Chunki u Robbisining elchilari ruhini olish uchun qachon kelishlarini bilmaydi. Alloh taolo o'z kalomida "hech bir jon qayerda o'lishini bilmasligini bir qator o'rinda aytib o'tgan." Shuningdek "Har bir jon o'limni totguvchidir" degan Alloh naqadar haq so'zni aytgan. Bazi salaf olimlari "bu oyat barcha odamlar uchun taziyadur" dedilar. Zotan, yer yuzidagi har bir insonning o'lim sharbatini totmay iloji yo'qdir. Bu lahza uchun tayyorlangan inson qanday baxtli. Jibril alayhissalom Muhammad :saw ga "Ey Muhammad hohlaganingizcha yashang, biroq bu dunyodan ketasiz. hohlagan kimsa bilan do'st bo'ling, undan ajralasiz. Hohlagan ishingizni qiling unga yarasha mukofot olasiz" dedi.
Alloh yo'lidagi singlim(birodarim), unutmangki dunyo foniydir va qaytish Alloh taoloning huzuriga. Yo Jannatga yoki Jahannamgadir. U yerda o'limsiz mangulik hukumlar ko'tarilgan mangulik bor. Alloh taolo dedi: "Darhaqiqat Allohning qayta tiriltirib, hisob-kitob qilishi haqidagi va'dasi haqdir. hargiz sizlarni dunyo hayoti aldab qo'ymasin va hargiz sizlarni aldaguvchi ya'ni shayton alayhi la'na Alloh bilan u har qanday gunohlarni kechiraveradi deya aldamasin."
Singlim(birodarim), dunyo shahvatlari nafs tizginlarini, bo’sh qo’ygan qancha-qancha insonlarn ko’rdikki ular lazzat asiriga aylanib, o’lim va hisob-kitob qilish kuning kelishini unutdilar. Ular solih kishilar nasihat qilganlarida "œyoshliklarini" bahona qilishgan va cheksiz orzularga aldangan edilar. O’lim kelganidan so’ng esa, Alloh nomiga ont ichib aytamizki, tuproqqa dafn etildilar va qilgan yomon ishlariga garov bo’ldilar. Ularning lazzat olishlari tugadi. Honanda qizlar undan ajradilar, uning zimmasida javobgarliklar qoldi holos. Allohning huzuriga fosiqlar va hayosizlarning amallari bilan keldi. Alloh bizni va sizni uning nomalaridek nomadan, hotimasidek hotimadan asrasin.
Ey Allohning cho’risi, Allohdan qo’rqing va taqvo qiling, hamda siz ular kabi bo’lmang. Siz bu dunyo o’tkinchi karvon saroy, oxirat esa oldingizdagi safar ekanligini juda yaxshi bilasiz. Shunday ekan yomon amallaringiz ko’p va yaxshi amallaringiz oz bo’lsa, bu dunyodan oxiratga o’tish lahzangiz qanday bo’lishi mumkunligi haqida bir tafakkur qilib ko’ring.
O’lsak bizni tark etarlar va toparlar katta rohat.
O’lgandan so’ng biz tirilsak hisob-kitob bor haqiqat.
Alloh yo’lidagi opa-singillar(birodarlar)im, bilinglarki biz safar jarayonidamiz,. Unutmanglarki har bir boshlanishning nihoyasi bor. Barchamiz hoh kichik va hoh katta bo’laylik, bir kuni kelib o’lamiz va odamlr eshigimizni qoqib, "œfalonchi qazo qilibdi taziyamizni qabul qilinglar, o’lim barhaq" deb aytadilar. Alloh taolo aytadi: "œMana o’lim masligi ya’ni, jon chiqar payti haqiqat rost yetib keldi. Ey inson bu o’lim, sen qovguvchi bo’lgan narsadir." (Qof su’rasi 19 oyat)
O’lim, qabr, hisob-kitob yaxshilikka yaxshi va yomonlikka yomon mukofotlar. Musulmonlar ichida yetishib chiqqan, dono shoirlardan biri, ushbu baytni yozgan:
Yotar joyimdan ajradim, yo’qoldi hush oromim
Shoir bu so’zlari bilan, oilamning uyidan qo’shnilar honadoniga bir kecha uxlash uchun bordim, biroq yotoq va uyning farqliligi sababli mijja qoqa olmadim, demoqchi. Qabr haqida nima fikrdasiz? U yerdagi holatingiz nima bo’ladi? U yerda nima deysiz va u yerga qanday ko’nikasiz? Qizlaringiz, otangiz, onangiz va uylaringiz qayerda? Qabrdagi birinchi kecha. Birinchi o’tirish. Sarg’ayish kechasi deb nomlangan birinchi kecha. O’lim soati. Otangiz va bobolaringiz qo’yilgan chuqurga kafanlaringiz bilan yotqizilgan ilk kecha. Shohlar u chuqurga qo’yildilar, biroq, lashkarlari, qo’riqchilari va qasrlarini tashlab ketdilar. Rasululloh s.a.v tomonlaridan rivoyat qilingan sahih hadisda ushbu satrlar bor: Usmon r.a qabr ustida turar ekan yig’lar, Jannat va Jahannam eslatilsa qabr ustida yig’laganidek yig’lamas edi. Bunga atrofdagilar, "œnega Jannat va Jahannam eslatilsa yig’lamaysiz" deb savol derganlaida, "œhalilim, do’stim Muhammad s.a.v Qabr oxirat manzilgohlarining birinchisidir degan edilar" deb javob berdi. U muhtaram payg;ambar tomonidan aytlgan Rost so’zlardir. Qabr Oxirat manzilgohlarining avvalidir.
Singil(birodar)im, qilgan amallaringiz va so’zlagan so’zlaringiz bilan tanho qoladigan shu birinchi kecha haqida tafakkur qilib ko’ring?!
Alloh yo’lidagi singlim(birodarim), qabrda o’tkazadiganingiz shu birinchi kecha haqida o’ylab ko’ring. Chunki bu kecha haqida tafakkurning mo’minlar qalbiga ta’siri, solih kishilar qalbiga esa, toat ibodatlarga undovchi turtkisi border"¦Qabrdagi bu ilk kechani unutmang. Yagona va qudratli zot bilan uchrashuvga o’zingizni solih amallar bilan tayyorlang. Shoyad u dahshatli kechada najot topishingizga sabab bo’ladigan Allohning rahmatiga sazovor bo’lsangiz. Ali r.a qabriston oldidan o’tar ekan shunday der edi: "œdahshat va muhtojlik hukumron surgan diyorning sohiblari sizga salomlar bo’lsin. Sizlar bizdan avval o’tdingiz, bizlar sizlarning ortingizdan kelamiz. Bizlar tez kunda huzuringizga yetib kelamiz. Ilohim, bizni va ularni gunohlarini kechir va avf et. O’lim va oxiratni esalab hisob-kitob uchun ish qilganlarga hushxabarlar bo’lsin. Ey qabrdagilar, xotinlaringiz turmush qildilar, uylaringizga boshqalar joylashdilar va mul-u, mulkingiz taqsimlandi. Bu biz tarafimizdagi xabarlar. Siz taraflarda qanday xabarlar bor. Nega javob bermayapsizlar? So’ngra, Ali r.a atrofidagi do’stlariga boqib, agar ular javob bersalar edi, taqvoning eng yaxshi amal ekanini aytgan bo’lar edilar dedida yig’ladilar va atrofidagilarni ham yig’latdilar."
Singlim, qabrdagilarning sukuti bilan aldanmang, chunki, qancha-qancha jonlar borki, qabrda hisob-kitob qilinadi. Qancha-qancha jonlar borki, qabrda fitnalarga mubtalo bo’ladi. Qancha-qancha jonlar borki azoblanadi, qancha-qancha qabrlar borki, unda qovurg’alar bir-biriga kirishib ketadi. Agar qabrning tili bo’lsa edi, shunday degan bo’lar edi: "œMen tanholik, dahshat, g’urbat, qurtlar va xorlik uyidirman. Men kafanni iplaridan, sonlarni tizzalardan, tizzalarni boldirlardan, boldirlarni barmoqlardan ajrataman. Agar qornimdagi o’likni, 3 kechadan so’ng ko’rsangiz edi, qo’rqqan bo’lar edingiz. Uning ko’zlari chavaqlaridan, dudoqlari tishlaridan ajragan, yiring va qonlar og’iz va burunlaridan chiqqan, qorinlari otilib chiqqan va ko’kraklari ko’tarilgan". Robbim o’zing rahm qil.
Ziynatli kiyimlar kiydik, yumshoq o’rindirli mashinalar mindik, mansab va vazifalar sohibi bo’ldik, qabrda nima qila olamiz?!
Qabristonga hayqirdim, qani aziz mo’tabar
Biron sas yo’q go’yoki hamma uyduga ketmish
Demak ushbu jim-jitlik asli bizga bir xabar
Buyuk sukunat ila Allohim ogoh etmish.
Nega tafakkur qilmaymiz? Nega ibrat olmaymiz? Nega yagona, qudratli zot bilan uchrashishga tayyorgarlik ko’rmaymiz? Alloh taolo aytadi: "œzahira hozirlangiz, zahiralarning yaxshirog’I taqvodir." Abul Vayim rahimahulloh, Alhilya kitobida shunday degan: "œMutarrifun Abdulloh orif kishilardan biri bo’lib, qabristonlarni ziyorat qilar, yig’lar va qabrdagilar haqqiga duo qilar edi. Kechalarning birida qabristonni ziyorat qilmoqchi bo’ldi, kecha sovuq va yomg’irli edi, u ziyoratga bora olmay orom olish uchun ko’rpaga o’raldi, tushiga qabristonga yotgan odamlardan biri kirdi va dedi: "œHoy Mutarrif bu kecha bizni ziyorat qilmading, yagona iloh bo’lmish zot Alloh nomiga ont ichib aytamanki biz sening ziyorating bilan bu yerga ko’nikamiz, Alloh taolo o’z ziyorating sababli qabrlarimizni munavvar etadi. Ey Mutarrif, "œLa Ilaha Illolloh" bilan zahirangni ko’paytir, chunki bz bilan "œLa Ilaha Illolloh" o’rtasi endi to’sib qo’yildi. Alloh nomiga ont ichib aytamanki agarda "œLa Ilaha Illolloh"ning foydasini bilsang edi, nafaslaringning barchasini unga sarf qilgan bo’lar eding."" Alloh taolo sa’ba su’rasining 54 oyatida marhamat qiladi, "mana endi xuddi ulardan ilgari o’tgan ham maslaklariga qilingani kabi ular bilan o’zlari istagan narsaning ya’ni iymon keltirib do’zax azobidan qutilib qolishning o’rtasi to’sib qo’yildi, zero ular hayoti dunyodagi paytlarida shak-shubha ostida edilar".
Hoy Allohning bandasi, qabrdagilar ichida qaysi maqom va makonda bo’lasiz bilasizmi?! Alloh taolo quyidagi oyatida bayon qilgan kishilar, katta zarar ko’rgan kishilardir. "œayting, qiyomat kunida o’zlari va oilalariga zarar bergan kishilargina, ziyonkor kishilardir. O’shagina, ochiq ziyonkorlikdir." (Zumar su’rasi 15 oyat) Alloh taolo quyidagi oyatida esa, katta zafarga erishgan kishilarni bayon qildi.Jahannamdan uzoqlashtirilgan va Jahannamdan cheklatilgan odamgina, zafarga erishgan odamdir dunyo hayoti aldamchi matodir. "œOli Imron su’rasi 185 oyat"
Arzimas foniy nasibani boqiy va bebaho nasiba ustiga afzal ko’rgan hamda kengligi yer-u osmoncha bo’lgan Jannatni foniy dunyodagi tor zindon badaliga sotgan kishini naqadar qiziq. Allohning xitobini eshitish fasot qo’shiqlar eshitishga lag’v so’zlarga alishtirgan odam naqadar ajoyib.
Ey g’ofil oxiratni esla, o’lim va o’limdan keyingi narsalar haqida tafakkur qil, o’lim umidlarni so’ndirish, lazzatlarni kesish, jamoatlardan ayirishga kifoyadir. Qanday kifoya qilmasin, axir o’lim ortidan Jahannamga tushasanmi Jannatgami bila olmaysanku?!
Qudrat sohibi bo’lgan Robbingiz, ular aytayotgan sifatlardan, har qanday ayb-u, nuqsondan pokdir. Payg’ambarlarga salomlar, hamd-u sano barcha olamlar robbisi bo’lgan Alloh uchundir.
H.Hamidov "Xolislik sari" dasturidan
Yuqorida bejizga H.Hamidov maqolalaridan iqtibos keltirmadim, asosiy maqsadim musulmon birodar ekanmiz-ki, o'tib borayotgan har bir soniyalarimiz, qabr hayoti so'ngra Qiyomat kuniga yetaklab borayotganini bir eslatish...
Birodarlar yuqorida keltirilgan maqoladagi savollarning qay biriga aniq va dadil javob bera olamiz va javob topa oldik?! Biz qilib borayotgan amallarimiz va bahs qilayotgan mavzularimiz qabrdagi u ilk kunlarimizda qanchalik as qotadi?!
P\S: Muslima singillaringiz haqqiga duolaringizni ayamaysiz degan umiddaman...
:as:
:bsm:
Жаннатни истайман
Мадоиннинг улуғи Ҳузайфа ибн Ямон :ra оғир бемор ҳолда ётибдилар. Кишилар кетма-кет у кишини ксргани келишмоқда. Баьзилари юрак ютиб беморнинг кснглини кстариш учун ҳол ссрашади:
- Аимани истайсиз?
- Жаннатни истайман, - жавоб берди бемор.
- Аимадан шикостингиз бор?
- Гуноҳлардан.
- Табиб чақирайликми?
- Табибнинг сзи бемор қилди.
Ўлим лаҳзаси келганда Ҳузайфа ибн Ямон :ra :
"Марҳабо, слим, хуш келдинг. Марҳабо, камбағалликда келган ҳабибга. Ким надомат қилса, нажот топмабди.
Ай Аллоҳим! Мен дунёни қудуқ қазиш, дарахт скиш учун суйганим йсқ. Мен уни кечаси бедор бслиш, иссиқда чанқаш, ксп рукуь ва сажда стиш, Аллоҳ азза ва жалланинг зикрида бслиш учун севдим", дедилар.
Ирфон тақвими 2009й
O'limning o'zi bir borliq...
Bismillahir rohmanir rohiym
Borliq moddiy va ma'naviy qismlardan iboratdir. Masalan, och qolish, qo'rqish, hayol surish, iztirob chekish kabi manaviy borliqlar ko'zga ko'rinmaydi, qo'l bilan tutilmaydi, lekin bajargan ishlari bilan o'zlarini ko'rsatadi. Tush ko'rmaganga tushning nima ekanini anglatish mumkin bo'lmaganidek, tishi og'rimagan odamga ham tish og'rig'ini anglatib bo'lmaydi. Shuning uchun "Ruhiy hodisalar his qilish bilan bilinadi" deyishadi.
Binobarin, o'lim ham ma'naviy bir borliqdir, uning o'zini ko'rmasak ham, qilgan ishlarini ko'ramiz. O'lim borliq hisoblangach, o'lganlarni yuqlikga ketishi mumkin emas. O'lim holat o'zgarishidir. Biz ruhlar olamida o'lib, onamizning vujudida tirildik, onamizning vujudida o'lib, dunyoda tirildik, dunyoda ham o'lamiz, qabr eshigidan o'tib, oxiratda qayta tirilamiz.
O'lim holat o'zgarishi bo'lgach, "daraxt o'ldi", deb bo'lmaydi. Chunki uning danagi qoladi. Danakni tuproqqa kumsak, o'nib chiqadi, ya'ni, yosh va guzal ko'rinishda qayta tiriladi.
Danakni hech qachon yuq qilib bo'lmaydi. Uni esak ozuqa, yoqsak, issiqlik bo'ladi. Chirindisi esa, o'g'it bo'lib tiriladi. Erga sepsak,tuproqqa aralashadi, tuproq esa,o'simliklar vujudida tiriladi.
Ulkan o'rik daraxtini kichraytirib, danak ismli tobutga solgan ALLOH danakning vujudida bir vaqtning o'zida o'lim va hayotni mujassamlashtiradi. Masalan,stol ustida quyilgan danak o'lik, lekin ayni vaqtning o'zida u tirikdir, chunki u tuproqqa ko'milsa o'sa boshlaydi. Shuningdek, tobutdagi inson ham dunyo nuqtai nazaridan o'lik, oxirat nuqtai nazaridan tirikdir. Chunki inson bir urug', bir danak kabi tuproqqa ko'miladi, qabr eshigidan o'tib, oxirat hayotini davom ettiradi.
O'lim hayotning ziddidir.Zid narsalar bir-birini to'ldirishi e'tiborga olinsa, o'lim ham hayotni poyoniga etkazadi. Shuningdek, oshqozonimizda o'lgan ozuqalar bizga hayot bo'ladi. Zamon daryosida oqayotgan moddalarni bir (tirik) holatdan boshqa (o'lik) holatga o'tishini o'zgaruvchan tokning faza va amplitudasi davrlariga o'xshatishimiz mumkin. Sigir egan o'tlar o'ladi. O'lgan o'tlar sigirning vujudida tiriladi, go'sht, sut va buzoqqa aylanadi. Sigirning go'ngi o'tlarning ildizida qayta tirilib, o'simlik bo'ladi. Go'nglar tirilayotgan bu olamda insonning tirilmasdan qabrda yotishi aqlga va ilmga ziddir.
Go'nglar tiriladi, lekin ahloqsizlikning iflos va tuban hayotini madaniyat hisoblagan insonlar Islomiyatning moddiy va ma'naviy olamlarida tirilmasligi mumkin. Holbuki, har kim uchun tavba eshigi doimo ochiqdir. Chunki tirilishimiz kabi, tirilib jannatga ketishimiz ham muhimdir.
Turk muallifi Ismoil Hakim o'g'lining "O'lim yuqlikmi?" kitobidan olindi.