forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 19:55:42

Nom: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 19:55:42
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu orqali siz yoqtirgan aforizmlaringizni kiritishingiz mumkin. Kiritilayotganda, to`liq matn va muallif keltirilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Boshladik:

Sevaman, sevilaman.
Yunus Emro

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=intell&action=display&thread=1105632519&page=1)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:33:47
Yo asling kabi ko`rin yo ko`ringaning kabi bo`l.
Jaloliddin Rumiy


Yutganing o`zingniki, chaynaganing - gumon.
Cho'pon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:34:55
Keldim, ko`rdim, g`alba qozondim.
Yuliy Sezar


"O'qish,o'qish va yana o'qish"
V.I.Lenin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:36:40
O'zga yurtda shoh bo'lgandan ko'ra,o'z yurtinda gado bo'lgan afzal.
Z.M.Bobur


Ikki qo'chqorning kallasi bir qozonda qaynamas.
Amir Temur
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:38:12
Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Gyote


Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:38:52
Erkaklarning ishonchidan ko'ra ayollarning gumoni to'g'ri chiqadi.
R.Kipling


Madaniyatning qay darajadaligi ayolga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.
M.Gorkiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:41:30
Hamma vaqt o‘zingning nimani hohlayotganingni aniq bil. Sahro ichkarisiga kirganingdan so‘ng tamom orqaga yo‘l yo‘q, faqat oldinga yurish kerak. Qolgani Ollohning qo‘lida.
Paolo Koelo


Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.
Pavlenko
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:42:35
O`zgalar sirini oshkor etish — sotqinlik, o`z sirini oshkor etish axmoqlikdir.
Valter


Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.
Paolo Koelo
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:43:20
Biz hech qachon o‘zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko‘rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo‘lsak shundayligimizcha ko‘rinadigan bo‘lsak, borligimizcha namoyon bo‘lsak, odamlarning nazarida ko‘p narsa yutgan bo‘lardik.
Larofushko


Inson o`ziga-o`zi bo`ysunishni va o`z qarorlariga itoat qilishni o`rganmog`i lozim.
Sitseron
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:44:47
Birovni o`rgatishingga o`zing o`ganishing uchun lozim bo`lgandan ko`ra ham ko`proq aql kerak.
Mishel de Monten


Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da bu bunyo otini hayot deydi. Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
Tog'ay Murod
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:45:24
Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.
Tohir Malik


Tananing qayta tirilishiga ishonmoq uchun shu tananing istaklarini yenga bilish darkordir. Tanning istaklarini suiste’mol qiladiganlar, uning qayta tirilishini tasavvur ham qila olmaydiganlardir, bu ularga yuborilgan jazodir.
Jon Milton
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:46:33
Xullas qanday holatda bo`lishingdan qat'iy nazar o‘zingni shunday tutki, aql o`rganmoq uchun biron soatingni ham zoye ketkizma, axir aqlni nodondan ham o`rganish mumkin.
Qobus


Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
Ishdan haydalgan ojiz banda—o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta—xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa—namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa—machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa—shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!
Tog'ay Murod
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:48:26
Ko'z toshni yoribdi desa yolg'on diyishdan avval o'ylab ko'r
Ibn Sino


Tabiat ayolga shunday deydi: uddasidan chiqsang go'zal bo'l, hohlasang oqila bo'l, ammo idrokli bo'lmog'ing shart.
P.Bomarshe
 
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:49:12
Jondan sevmagan odam uchun hayotning yarmi va buning ustiga eng go'zal qismi mavhumligicha qolaveradi.
Stendal'


Ayolning vazifasi — erkakning qalb shuurini, undagi oliyjanob ehtiroslarni alangalatish, burch tuyg'usi va yuksaklik hamda buyuklikka bo'lgan intilishini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir — ayolning qismati shu va bu qismat buyuk va muqaddasdir.
V. G. Belinskiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:50:03
Vafodorlik - muhabbatning doimiy orzusidir.
L. Voverang


Sevgi - ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak.
Stendal'
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:50:51
Muhabbat! Bu barcha ehtiroslarning cho'qqisi va eng g'olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz oliyjanoblik va deyarli tasavvurga sig'maydigan darajadagi beg'arazlikdan iboratdir.
H. Heine


...Nahotki insoniyat o'z kashfi bilan o'zini o'zi vayron etadi.
Javoharla'l Neru
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:52:07
Inson bolasining ming bir qusurlaridan biri shulki, u o‘zining qusurlaridan ko‘ra begona kimsaning qusurlarini sanashni afzal ko‘radi.
Jon Milton


Biri mahv bo‘layotgan joyda ikki kishi birlashib biri-birini qutqarishi mumkin.
O. Balzak
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:52:50
Kim o‘z vataniga daxldor bo‘lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas.
V. G. Belinskiy


Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
L. Feyerbax
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:53:24
Oqila qiz qilgan ishni husndor qiz hech qachon qilolmaydi.
P. A. Povlenko


Buyuk ishlarni amalga oshirish uchun kishi xuddi hech o‘lmaydigandek yashashi kerak.
L. Vovenar
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:53:59
Bittagina bugun ikkita ertaga arziydi.
B. Franklin


Hamma narsa boy berilgan taqdirda ham hali oldinda kelajak bor.
K. Bouvi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:54:33
Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi.
I. Gyote


Qanday bo‘lsalar o‘shanday qolishga ahd qilganlargina ­ nodon.
Aflotun
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:55:14
Qanchadan-qancha ishlar to ro‘yobga chiqarilmaguncha mumkin bo‘lmagan narsalar, deb hisoblangan edi.
Katta Pliniy


Boshqa odamlarga hech qachon vosita deb qaramangiz, ularni maqsad deb bilingiz.
Imanuel Kant
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:56:15
Dunyodan ko‘ra, o‘zingni yenganing yaxshiroqdir.
R. Dekart


Inson turmushi uchun abadiy hayot ishonchi shu qadar kerakli ekan, binobarin,bu tuyg‘u bashariyatning aynan sog‘lom-sokin holatidir, shunday bo‘lgach, o‘lmas ingsoniy ruhning mavjudligiga shubha yo‘qdir.
F. Dostoyevskiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:57:15
Odam borki, odam aning naqshidir,
Odam borki, hayvon undan yaxshidir.
Alisher Navoiy


Kim ko’p so’zlaydi besharmu hayo,
Topolmas issatu obro’ el aro.
Firdavsiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:58:30
Odam ersang demagil odami,
Anikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Alisher Navoiy


Ziyraklar suhbati etar baxtiyor
Nodon nafidan ham doim zarar bor.
Nosir Xisrav
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 02:59:51
O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so’zlamasdi ham.
Nosir Xisrav


Sababsiz jang boshlar ekan qay inson,
Bo’lur jigari qon, rangi zafaron.
Firdavsiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:00:56
Uzoq bo’l, yomonlik zaharli ilon.
Yomonlik chiqadi ilondan yomon.
Nosir Xisrav


Mazlumlar dilini og’ritma bir zum,
Balki bir kun o’zing bo’larsan mazlum.
Sa'diy Sheroziy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:02:01
Agar tarbiyat ko’rmasa odam,
Eshak bo’lib qolur yuzga kirsa ham.
Sadiy Sheroziy

Jahonning shodligi yig’ilsa butun
Do’stlar diydoridan bo’lolmas ustun.
Har qancha bo’lsa olamdan achchiq,
Achchiqroqdir dono do’stdan ayriliq.
Ro'dakiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:02:48
O’z nafsini mag’lub etolgan marddir,
G’iybatdan uzoq-uzoq ketolgan marddir.
A. Rudakiy


To’g’ri har fatdan qutilib ketar,
Masal bor: "œTo’g’rilar maqsadga yetar"
K. Binoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:03:23
Tug'ilish - o'limga qo'yilgan birinchi qadamdir.
Gyote


Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
Imom G'azzoliy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:03:52
Umidini yo`qotgan odamning yo`qotadigan boshqa narsasi qolmaydi.
Bayse


Boyning xasis bo`lishi unga berilgan jazodir.
Hazrat Ali
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:08:03
Ey,butun kechani tonggacha uxlab otkazadigan bechora, ertaga yotadigan zim-ziyo qora tuproqqa ham qandil yoq.
F.Attor


Zerikkaniggiz zamon biron ish bilan mashg'ul boling.
Abdulqodir Jiyloniy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:09:36
Ko'p gapiradiganlarning qalbi kasaldir.
F.Attor


Hech kimga zarar yetkazmaydigan yolg‘onni ham gunohsiz, deb bo‘lmaydi
I.Kant
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:18:01
Улуг одам кичик одамнинг сухбати билан кичик бўлмайди, балки кичик одам улуг одам хизматида улуг бўлади.
Абу Бакр ал-Хоразмий


Акл камтарлик узугида ўзгача нур сочувчи гавхардир.
М. Горький
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:20:30
Tarbiyaning asosiy vazifasi bu faqatgina yaxshilik qilishga o'rgatish emas, balki o'sha qilingan yaxshilikdan lazzatlanishga majbur qilishdir. Xuddi shuningdek, ishlash emas, balki o'z ishini sevishni han o'rgatish lozim.
Jon Ryoskin


Kishini hech qanday iztirobdan xalos qilmaydigan faylasufning so‘zlari quruqdir. Vujuddan kasallikni quvolmagan meditsinadan hech qanday naf yo‘q bo‘lganidek, qalbdan xastalikni quvolmagan falsafadan ham hech qanday foyda yo‘q.
Epikur
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:21:35
Har qanday kasbda ham kasbni sevish muvaffaqiyat garovi hisoblanadi, ayniqsa, bu ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘proq qo‘l keladi.
Iren Jolio Kyuri


Insondagi eng yaxshi jihatlar bir qancha kamchiliklar bilangina namoyon bo'lishi mumkin.
Jon Ryoskin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:22:23
Atrofimda o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishni bilmay, eng bema’ni ish va o‘yin-kulgilarni o‘ylab topayotgan kishilarni ko‘rar ekanman, qo‘limga kitob olaman-da, o‘z-o‘zimga: yolg‘iz shuning o‘zi bir umrga kifoya-ku, deyman.
Fyodor Dostoyevskiy


Insonga baho berishda uning niyatlari majmuini va harakatlari natijasini ko‘rib chiqish joizdir.
Mao Szi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:23:02
Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur.
Az-Zamahshariy


Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.
Abu Ali ibn Sino
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:23:40
Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
Viktor Gyugo


Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Amir Temur
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:25:28
Bilim — kuch! Kuch esa bilimdadir.
Frensis Bekon


Masalaning bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.
Demokrit
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:26:27
Haqiqatdan qo`rqmaydigan odamning yolg`ondan qo`rqishiga asos yo`q.
Jeferson


Fan favqulodda zarur, aytish mumkinki, nondek azizdir.
Konstantin Siolkovskiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:27:07
Ezgulikdan bir qal’a barpo aylang¬kim, mahkamlikda anga hech narsa teng bo‘lolmas.
Jaloliddin Rumiy


Xalq qonunni o‘z tayanchi, o‘zini muhofaza qiluvchi devor sifatida himoya etmog‘i lozim.
Geraklit
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:28:18
Iymon — ko’rolmaganimizga ishonmoq, bu iymonning mokofoti esa, ishonganlarimzni ko’rishligimizdir.
Avgustin


Johil dovulga o’xshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo’shdir.
Sa’diy Sheroziy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:29:42
Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil


Juda ko’p insonlarni ko’rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni chog’da hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.
Namiq Kamol
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:20:06
Berilgan har narsangni ajal bilan yuzlashmasdan oldin berib qolishing lozim.
Jaloliddin Rumiy


Sukut insonning eng harir libosidir.
Umar ibn Xattob
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:20:30
Juda ko’p odamlarni ko’rdim, ular o’tayotgan kunlaridan ko’ra dirhamlariga ko’proq bahillik qilishadi.
Xasan Basriy


Ne’matning zavol topishiga uning qadriga etmay, mensimaslikdan ko’ra kattaroq sabab yo’q.
Umar ibn Xattob
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:21:10
Tilingni avayla - omondir boshing,
So’zingni avayla — uzayar yoshing.
Kishi so’z tufayli bo’ladi malik,
Ortiq so’z bu boshni qiladi egik.
"œQutadg’u bilig"dan


Yo madhing yozaymi iftihor bilan,
Ko’ksimda barq urgan navbahor bilan,
Oh, aziz tilginam, shirin so’zginam,
Joningga tasadduq bo’lay o’zginam,
Har so’zing bir quyosh, kel, bir nurlan!
Shuhrat
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:21:42
Hech kimning xabari yo'q, yoshlikning o'tginchiligidan,
Ammo hamma xabardor uning o'tib bo'lganligidan.
Lt. Senka


Gozallik qariyani ham yosh ko'rsatadi.
V. Shekspir
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:22:13
Har doim yoshimizga doir ish tutaylik.
Goratskiy


Xushbichimlik badanga qanday darkor bo'lsa, ma'nolilik ham shunday zarur.
F. Laroshfuko
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:22:52
Sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo'q.
Suqrot


Yoshlikda adashishlik ham bo'ladi, ammo uni qarilikka ham hamroh qilib bo'lmaydi.
I.V. Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:23:19
Baxtli yoshlar sira g'urur etmagay,
Qarilar so'zidan uzoq ketmagay.
Sa'diy Sheroziy


Yoshlik - baxt, chunki uni kelajagi bor.
N. V. Gogol'
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:33:12
Kimki yaxshilikni kasb qilishga intilsa, yaxshi maqtovlarga sazovor bo'ladi.
Jolinus Hakim


Qanchalik kuch-quvvatga ega bo'lmagin, dushman bilan doimo tinchlik yo'lini ixtiyor qil.
Jolinus Hakim
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:33:39
Muloyimlik quvvatibilan g'azab olovini so'ndirolgan kishi haqiqiy maqtov va olqishga loyiqdir.
Jolinus hakim


G'azab o't olganda muloyimlik ko'rsata olish va g'ururni sindira olish aqlli kishilarning salomatligi va omonligi boisidir.
Jolinus hakim
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:34:07
Sakkiz narsa parishonxotirlik keltiradi: chiroyli narsani ko'rib, uning shakl-shamoyilini dilga o'rnatish; boshning orqa tomonidan qon oldirish, yo'lda tik turib qovuqni bo'shatish, nahorda olma yeyish, odamlarning uyat joylariga nazar solish, xasis bilan ulfat bo'lish, qo'rquvdan uzoq yurish, xunuk xatni o'qish.
Jolinus hakim


Uch narsa uch narsa bilan birga bo'lolmaydi: ochko'zlik bilan halollik, g'azab bilan mehribonlik, laqmalik bilan rostgo'ylik.
Jolinus hakim
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:34:38
Imon keltirganimiz din bizga yerni, osmonni, o’lim va hayotni tushuntiradi.
Abdurahmon Dilipak


Saodat bir charxpalak kabi aylanadi. Kimni yuqori ko’taradi, kimni pastga tushiradi.
Lev Tolstoy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:35:09
Dinsiz ilm ko’r, ilmsiz din kardir. Dinsiz ilm, ilmsiz din bo’lmaydi.
La Edri


Ko’p bilganlar gapirmaydi, ko’p gapirganlar bilmaydi.
Lao Tzi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:35:28
Bir avlodning qadriyatini undan oldingi avlod belgilaydi.
Konfutsiy


Bir odamning umri yomonlik qilish uchun juda ko’p, yaxshilik qilish uchun juda oz.
La Edri
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:35:51
To’g’rilikka ishonmagan aqlning o’tkir bo’lganidan foyda yoq. Soatning ham yugirib ketishi emas, to’g’ri yurishi muhimdir.
Juvenar


Gunohlar yuki ostida ezilib, umidsizlikka tushish og’ir falokatdir.
La Erdi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:36:43
Mutolaa insonni bilimdon qiladi, suhbat zukko bo‘lishga, yozib olish odati esa aniq bo‘lishga yordam beradi.
Frensis Bekon


«Hamma narsa hali oldimda» jumlasi «Men hamma narsaning orqasidaman» deyishdan yaxshiroq.
Vadim Zverev
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:37:14
Men o'z qalbimning kapitaniman.
Va men o'z taqdirimning egasiman.
Uilyam Helli


Siz hayotdan o'zingiz istagan hamma narsani olishingiz mumkin. Faqat boshqa insonlarga ham o'zlari istaganiga erishishi uchun yordam bersangiz.
Zig Ziglar
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:37:42
Fikr - har qanday boylik, har qanday muvaffaqiyat, har qanday moddiy farovonlik, barcha buyuk kashfiyotlar va ixtirolarning birinchi manbasi.
Klord M.Bristol


G'alaba ba'zan kelmasligi kerak; u hamisha kelishga majbur.
Vins Lombardi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:38:08
Tasavvur faktlardan ko'ra muhimroqdir.
Albert Eynshteyn


Besh yildan so'ng siz bugun qanday inson bo'lsangiz shundayligingizcha qolasiz. Faqat siz uchratadigan odamlar va siz o'qigan kitoblarni hisobga olmaganda.
Charli Jons
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:39:12
Baxt kaliti - bu sog'lom tandagi sog'lom ruhdir.
Teodor Ruzvelt


Agar siz tezroq muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, omadsizliklarni ikki baravar ko'paytirishingiz kerak. Muvaffaqiyat omadsizlikning qarama-qarshi tomonida yotadi.
Tomas J. Uotson
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:39:43
Butun hayotingiz davomida o'zingiz qo'rqqan narsalarni qilishga odatlaning. Agar o'zingiz qo'rqadigan ishlarni qilsangiz qo'rquv albatta o'ladi.
Ralf Emerson


Buyuk narsalarni orzu qiling: faqat buyuk orzulargina insolar qalbiga ta'sir qilishi mumkin.
Mark Avreliy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:40:20
Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l!
Jaloliddin Rumiy


Dunyoni go'zallik qutqaradi
Dostoyevskiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:40:58
Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngul.
Jaloliddin Rumiy


Kishi ilm o'rganishda davom etayotgan pallada olimdir."Olim bo'ldim,endi bas"deb xulosa chiqargan chog'idan boshlab johildir.
Abdulloh Ibn Muborak
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:15:48
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq — fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga  erishish uchun bir-biriga yordam bersa, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi.
Abu Nasr FOROBIY

* * *

Harakat ta’sir jihatidan har qanday dorining o‘rnini bosishi mumkin. Lekin dunyodagi jamiki dori-darmon harakatchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
T.TASSO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:16:00
Xalqlar taraqqiy etib, o‘sa olishi, shon-sharafga burkanib, muvaffaqiyatli ravishda fikrlay va ishlay olishi uchun — hayotlarining negizida taraqqiyot g‘oyalari yotishi kerak.
Emilio KASTELAR

* * *

Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishidadir.
ABU RAYHON BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:16:20
Kim hunarni desa, u dono bo‘lur,
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.
Abdurahmon JOMIY

* * *

Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor — jaholat.
SUQROT
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:16:30
O‘qish — eng yaxshi ta’lim. Buyuk allomaning fikriga ergashish eng qiziqarli ilmdir.
A.S.PUSHKIN

* * *

Saodatni hunarg‘a yor qilg‘il,
Hunardin bizni xabardor qilg‘il.
XORAZMIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:16:39
Inson bilim tufayligina barhayotdir. Bilim, tafakkur inson hayoti, barhayotligi negizidir.
GEGEL

* * *

O‘z kuchini ko‘z-ko‘z qilgan, aslida ojizligini namoyon qiladi.
Robindranat TXAKUR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:16:51
Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,
Ham jonlarg‘a moyai darmon bo‘lg‘il.
Alisher NAVOIY

* * *

Bilim ham hunar ol, qadrla uni,
Bilim-la hunar ham qadrlar seni.
Yusuf Xos HOJIB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:17:00
Yoshlik o‘tib borayotganini hech kim sezmaydi, ammo uning o‘tib ketganini hamma his qiladi.
SENEKA

* * *

Hech bir ishni ertaga surma, chunki u ish sendan keyin osonlashib qolmaydi.
Jan POL`
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:17:10
Insonning fazilati favqulodda jasoratlar bilan emas, balki uning kundalik ishlari bilan o‘lchanadi.
Blez PASKAL

* * *

Kamol ahli aro, albatta, topg‘ay izzatu oliy,
Har qaysi kasbida har kimsakim qildi hunar ixlos.
OGAHIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:17:19
Do‘stlar fikridin va dushmanlar makridin beparvolig‘ joiz ermas va bu ish nadomatdin o‘zga natija bermas.
Alisher NAVOIY

* * *

Ta’limga ehtiyoj har bir kishida mujassam; xalq nafas olish uchun havoni qanchalik ardoqlasa va izlasa, ta’limni ham shu qadar e’zozlaydi va izlaydi.
Lev TOLSTOY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:17:26
Kimning xulq-atvori, fe’li yaxshi bo‘lsa,
U tilagini topadi, oyu kun unga kulib boqadi.
Yusuf Xos HOJIB

* * *

Mamlakat tafakkuri butun mamlakat demakdir.
Onore de BALZAK
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:17:36
Maktab, o‘z sistemasida mujassamlangan asosiy predmet va printsiplariga ko‘ra, xalqlar va davlatlar turmushi hamda taqdirini belgilashda bag‘oyat buyuk kuchdir.
Dmitriy MENDELEYEV

* * *

Kelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar: aqliy fikr kishisi va mehnat kishisi qo‘lidadir. Aslida ular bir butunlikni tashkil etadi, zero fikrlash mehnat qilish demakdir.
Viktor GYUGO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:17:46
Vatanni uning ulkanligi uchun emas, balki o‘zlariniki ekanligi uchun sevadilar.
SENEKA

* * *

O‘zgalar topgan nafosatni sen o‘zing uchun topsang, uni bilib qadriga yetsang — axir, bu ham yaratishdan kam emas-ku?
Iogann GYOTE
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:04:34
Og‘izga kelganni demak nodon ishi,
Olig‘a kelganni yemak hayvon ishi.
Alisher NAVOIY


Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.
Abu Rayhon BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:04:44
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab, in’om etuvchi vositadir.
Ibn Sino


Saxiylik — bu (biror narsani) boshqa kishiga hech qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir.
Majid XAVOFIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:04:51
Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur dunyosidir.
A.DISTERVEG


Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r — mingni.
Amir TEMUR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:05:02
Donishmand va olimlarning xulqlaridan o‘rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo‘q qiladi.
Abu Rayhon BERUNIY


Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan.
Najmiddin KUBRO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:05:09
Har ishda  shitob qilmag‘aysan,
Bu demak murodg‘a yetmagaysan.
Bobur


Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo‘lmas.
Boborahim MASHRAB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:05:22
Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan baxt va davlat ketadi.
Mahmud KOSHG‘ARIY


Do‘stlar fikridin va dushmanlar makridin beparvolig‘ joiz ermas va bu ish nadomatdin o‘zga natija bermas.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:05:33
Vatanni uning ulkanligi uchun emas, balki o‘zlariniki ekanligi uchun sevadilar.
SENEKA
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:07:03
Har na yaxshilik qilsang, qilki yurt uchun,
O‘zingdan orttiru o‘zgaga bermak uchun.
Haydar XORAZMIY


Odamiylik zebi-zohirdan demas,
Kim andin faxr etar odam emas.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:07:47
Olimlik, bilim va kasb-hunar orqali haqiqatga erishasan. Qayerdaki saxiyliging va qadr-qimmating ardoqlansa, bilginki, shu yerda seni tan olishadi.
Majid Havofiy

* * *

Odamlar, insonparvar bo‘ling! Bu sizning birinchi burchingiz.
J.J.Russo
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:08:15
Barcha kamchiliklardan qat’i nazar, odamlar har narsadan ham ko‘ra ko‘proq mehrga loyiq.
  I.Gyote

* * *

Odamning hayoti uning saxovati bilan teppa-teng.
R. Emerson
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:08:48
Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
V. Gyugo

* * *

Men ezgulikdan boshqa biror afzallikni  bilmayman.
L. Betxoven
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:09:10
Inson qanchalik dono va saxovatli bo‘lsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik ko‘proq  payqaydi.
B. Paskal

* * *

Kim chinakam qalb egasi bo‘lmasa, u ezgulik qilishga qodir emas: faqat xushfe’l bo‘la olishi mumkin.
N. Shamfor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:09:41
Ezgulik hech eskirmaydigan birdan-bir libosdir.
G. Toro

* * *

Ilm — narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.
Abu Ali ibn SINO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:10:04
Odamda bo‘lsa gar yaxshi tilak,
Xalq uchun tebratgusi doim bilak.
Anbar OTIN

* * *

O‘z yurtingda xalq ichida xizmatda bo‘l,
Hushyor bo‘l, o‘sal bo‘lma, sezgir bo‘l.
Yusuf Xos HOJIB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:10:56
Umrni zoe etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil.
Alisher Navoiy

* * *

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi  go‘zal   bu qadar.
A.JOMIY                             
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:11:23
O‘quv qunt beradi, bilim — sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Yusuf Xos HOJIB

* * *

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
A.BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:11:41
Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas.
Abu Abdullo RO‘DAKIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 01 Oktyabr 2006, 07:14:43
Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi.
Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 01 Oktyabr 2006, 07:15:12
Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir.
Abulqosim az-Zamaxshariy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 01 Oktyabr 2006, 07:15:42
Hayot zavqini va lazzatini istasangiz, hayotingizni iymon ila hayotlantiringiz, farzand ila ziynatlantiringiz, haromlardan saqlanish ila muhofaza etingiz.
Badiuzzamon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 20 Oktyabr 2006, 02:43:22
Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandanafzalroqdir.
Abu Rayhon BERUNIY


Ilm insoniyat gavharidir.
Mirzo  BEDIL
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 20 Oktyabr 2006, 02:43:58
Ko‘ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so‘z bil.
Alisher NAVOIY


Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2006, 12:55:25
Qop-qora odamda oppoq kiyim, oq odamda esa qora.

Ko’ngli qora odam hammaning ko’ngliniqora, deb o’ylaydi va hech kimga ishonmaydi. Ko’ngli oq odam hammanikini oq, deb o’ylaydi va har kimga ishonaverib, ohir aldanadi.

Hayot bu — janggoh.
Jangning ibtidosidan intixosiga qadar bo’lgan davr esa umrdir.

Qurilgan imoratni zilzila bilan sinamoq kerak.
Qattiqqo’llikning zarari yoq.

Yurak — ko’ksimiz ostidagi quticha. Har kim o’z qutichasiga nimanidir yashiradi.
Inson u dunyoga hech vaqosiz ketadi, deganlari yolg’on. Qutichadagi yashirgan narsasini olib ketadi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2006, 12:56:54
Yopiq eshikni ochib kirdingmi, avvalgidek yopib qo’y.

-Soyang yo’qolmaydi. Uni ergashtirib yurishga majbursan,- dedi yuragimning o’ng tomoni.
-Soyang yo’qoladi. Zulmatga kirganing zahot,- dedi yuragimning chap tomoni.

Ba’zilar tilladek nodir va bebaho bo’lishni istashadi. Ba’zilar esa arslondek kuchli, dovyurak bo’lishni.
Men esa pol lattaga havas qilaman. Bugun kirchirlar tanamga singib ketsa-yu, hammayoq chinnidek yarqirab, top-toza bo’lib tursa"¦
Erudit gazetasidan
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2006, 12:59:28
Ничто не может принести вам мир, кроме вас самих.
Ральф Уолдо Эмерсон

Ничего великого нельзя достичь без энтузиазма
Ральф Уолдо Эмерсон

Есть замечательная приправа ко всем наслаждениям — благодарить тех, кого мы любим
Мольер

Человеческий ум таков, что он может и ад сделать небесным и небеса адом
Мильтон
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2006, 13:01:38
Человеческий организм имеет одну способность, которой не обладает машина, - способность восстанавливаться.
Е. Крайль

Не давайте обещаний — делайте добро
Элберт Хабборд 

То что не используется, то теряется
Поль Брег

Предки нам дают свыше, но привычки плохие и хорошие мы выбираем сами


Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2006, 13:02:46
Трудности создают ум, а труд — тело.

Кто не может найти время для занятий спортом, тот должен будет найти время для болезни
Лорд Дебри

Силен тот, кто может победить свои слабости
Бенджамин Франклин

Жизнь — самый крупный результат химии
В.И.Майо

Главное в жизни не в том, где ты находиться, а в том, куда движешься

Все что сверх нормы, противно природе
Гиппократ
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2006, 13:03:33
Твоя пища должна быть твоим лекарством
Гиппократ

Даже самом плохом из нас так много хорошего, и так много плохого в лучшем из нас, что трудно выделить кого-либо.

Лучше иметь любовь и потерять ее, чем не иметь ее вовсе.

За деньги можно купить кровать, но вы не купите сон; книги, но не ум; пищу, но не аппетит; пышные наряды, но не красоту; лекарство, но не здоровье; роскошь, но не культуру; развлечение, но не счастье; религию, но не спасение.

Бывает странно видеть людей, которые пьют и едят все, что перед ними поставят, но очень внимательно проверяют масло, залитое в их автомобиль.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:36:38
Har vaqtki ko‘rgasen mening so‘zumni,
So‘zumni o‘qub anglag‘aysen o‘zumni.
Zahiriddin Muhammad BOBUR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:37:42
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
                                Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:51:01
Mehnatu bedorlikka oshno bo‘l, ey rafiq,
Barcha yo‘llar ichra senga bu asl yo‘l, ey rafiq.
Bu jahonda qo‘lga kirmas bemashaqqat tole, baxt,
G‘aflat uyqusila bo‘lsin o‘zga mashg‘ul, ey rafiq.
Abu Ali ibn SINO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:51:28
Har kim tug‘ilgan, o‘sgan yerini jonidan ortiq suyar.
                                                                         A.Avloniy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:51:54
Sahovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.
J.J.Russo
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:52:16
Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir.
M.Robespper


Eng yoqimli va dolzarb ishlar ham vatanga xavf soluvchi xatar oldida nari surib qo‘yiladi.
L.M.Leonov
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:53:23
Eng maqbul fazilat — vatanga va odamzodga ko‘rsatilgan xizmatda.
J.Delilp


Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
J.Bayron
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:55:03
O‘z yurtidan yuz o‘girganlar o‘z vijdonlaridan ham yuz o‘giradilar.
Ya.Galan


O‘z vataniga dog‘ tushirish — uni sotish degan so‘z.
]V.Gyugo
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:55:47
Shunday jinoyat borki, uni oqlab bo‘lmaydi, - bu vatanga xiyonatdir.
P.Baust


Keksalikning ozig‘i donolik ekanini yodda tutib, yoshlikda shunday harakat qilginki, keksalik oziqsiz qolmasin.
Leonardo da Vinchi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 06 Dekabr 2006, 22:32:35
Saodatni hunarg‘a yor qilg‘il,
Hunardan bizni xabardor qilg‘il.
XORAZMIY   
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 06 Dekabr 2006, 22:33:03
Maqsadni amalga oshirishga qasd va g‘ayrat qilish mo‘ljallangan ishni bajarishda katta ahamiyatga ega.
FOROBIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 06 Dekabr 2006, 22:33:26
Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo‘lmas.
MASHRAB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Tilla 07 Dekabr 2006, 14:32:20
Dunyo oxiratning shudgoridir..(mulla)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 03 Yanvar 2007, 17:30:24
Yo asling kabi ko'rin,
Yo ko'ringaning kabi bo'l!


                                            Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 28 Yanvar 2007, 11:19:47
Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,
Ham jonlarig‘a moyai darmon bo‘lg‘il.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 28 Yanvar 2007, 11:19:59
Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim. Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.
Amir TEMUR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 28 Yanvar 2007, 11:20:12
Bilimdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim ilm bepoyon.
Abulqosim FIRDAVSIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 28 Yanvar 2007, 11:20:24
Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
Asqad MUXTOR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 28 Yanvar 2007, 11:20:32
Hamma narsani tadqiq et, aql-idrokka birinchi o‘rinni ber.
PIFAGOR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:51:58
Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
Amir TEMUR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdusalom 22 Mart 2007, 10:04:44
Nafs orzu-istaklari cheksizdir. Nafs faqat o‘zini o‘ylaydi. Vaholanki, nafs uchun foydali tuyulgan narsa inson va jamiyat uchun zarar keltirishi mumkin. Biz zararli, foydasiz narsalarni tark etishimiz lozim. Bu esa, faqat Islomiyat orqali amalga oshadi. Faqat musulmon kishigina bu ishning uddasidan chiqishi mumkin.
Umar Foruq Saydo al-Jazariy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 07 Aprel 2007, 10:30:21
Hech bir amaliy ish qilmaydigan odamgina xato qilmaydi.
V.I.Lenin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 07 Aprel 2007, 10:31:03
O’zini hurmat qilmaydigan kishi erkin bo’lolmaydi.
J.J.Russo
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 07 Aprel 2007, 10:31:30
Hamma narsa boy berilgan taqdirda ham hali oldinda kelajak bor.
K.Bouvi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 07 Aprel 2007, 10:31:49
Faqat o’zi uchun yashash insonlikni suiiste’mol qilishdir.
V.Shekspir
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 07 Aprel 2007, 10:33:36
Tirikmisan, hali hech nima yo’qotmagansan.
R.Rollan
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 07 Aprel 2007, 10:34:20
Kishi o’zining ayanchli ahvolidan qutilishini jon-dilidan istar ekan, bunday istak natijasiz qolmaydi.
Petrarka
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 07 Aprel 2007, 10:38:44
Farzandlar haqida

Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Navoiy

Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek bolalarni ham qo’riqlab turuvchi posbondir; u ota va onani kulfat va g’amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
O.Bal’zak

Shunday g’aroyib otalar ham borki, to umrlarining oxirigacha faqat farzandlarini o’zlaridan bezdirish bilan shug’ullanadilar.
J.Laryueyr, farangiston yozuvchisi

Farzandlaringiz qabringiz ustida yig’lay olishlari uchun ularning ko’zyoshlarini to’kmang
Pifagor

Avvaliga biz bolalarimizni o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni hohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.
Ya.Raynis, latish shoiri
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 07 Aprel 2007, 13:58:47
Assalomu alaykum!

*
Kishi insof bilan dunyo dinlarini tahlil qilsa, u albatta Islom diniga kiradi!
*
Sharqda yettita buyuk shoir bor, ularning eng kuchsizi ham mendan ustun turadi!
Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 09 Aprel 2007, 23:55:10
Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdur.
Abdulla Avloniy

Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o‘zi ulug‘ mukofotdir.
Oybek

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Digit 10 Aprel 2007, 09:41:59
"Öyle horozlar vardır ki, öttükleri için güneşin doğduğunu sanırlar."
H.DUNANT
"İnsanlar her zaman kahraman olamazlar ama her zaman insan olabilirler." BENJAMIN FRANKLIN

"Silgi kullanmadan resim çizme sanatına hayat diyoruz."

"Aptallarla tartışmayın görenler aranızdaki farkı anlamayabilirler." 

"Cevizin kabuğunu kırıp özüne inmeyen cevizin hepsini kabuk zanneder."

GAZALİ

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Digit 10 Aprel 2007, 09:42:42
"Güzelliğin beş para etmez, bu bendeki aşk olmasa."

AŞIK VEYSEL
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 17:27:42
Do'st - kulfatda, botir jangda, vijdonli qarzni to'lashda, xotin - kambag'allikda, qarindoshlar og'irchilikda bilinadi.
                                                                              Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 17:34:46
Inson unda hayotga intilishning haddan tashqari kuchliligidan o'lganini ham bilmay qoladi. Lao-Szi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 17:49:56
"Xudolar va odamlar o'rtasidan Nizo yo'qolsin.."- deganida Gomer yanglishgan.Zero, u hamma narsalar yo'qolsin deya iltijo qilayotganini tushunmagan.Ixtilofsiz Uyg'unlik tug'ilmas. Geraklit
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 17:52:43
Falsafa kishiga o'limni nazar pisand qilmaslikni tuhfa qiladi.Zenon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 17:54:37
Odamga qanchalik kam narsa kerak bo'lsa u Xudolarga shunchalik yaqin.Suqrot
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 17:57:20
Kema uchun darg'a, arava uchun aravakash, qo'shiq uchun boshlovchi, qo'shin uchun sarkarda va davlat uchun qonun qanday vazifa bajarsa, Xudo olam uchun xuddi shunday vazifani o'taydi.         Aristotel
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 18:00:54
Hamma musibatlardan eng qo'rqinchlisi o'limning bizga hech qanday aloqasi yo'q, chunki biz bor ekanmiz, o'lim hali yo'q, u kelganida biz yo'q bo'lamiz. Epikur
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Aprel 2007, 18:02:32
Agar Xudo odamlarning duolariga quloq solganda edi, hamma odamlar bir-birlariga yomonlik tilab halok bo'lgan bo'lardilar. Epikur
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 21 Aprel 2007, 10:03:30
Beruniy hikmatlari

Yaxshi bilmagan narsasiga uringan kishi sharmanda bo’ladi.

Kichik narsaga e’tiborsiz qarama, uning foydali o’rin bor, katta ishning kerakli joyi bor.

Odamlarning tuban darajalisi ham o’zidan tubanroq bo’lgan birovga eglik va raislik qilishidan xoli emas.

Xato sodir bo’lmaslik uchun donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va halal yetish imkoniyatidan saqlanishni tavsiya qilganlar.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 21 Aprel 2007, 10:04:46
Asalarilar ham o’z jinsidan bo’latturib, ishlamay kuvadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o’ldirib tashlaydi.

Sevimli narsalarga mashaqqat bilan, yaxshilikka esa o’ziga sevimli bo’lgan narsalarni sarf qilish bilan erishiladi.

Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi.

Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 21 Aprel 2007, 10:05:36
Bilimsiz kishining ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi.

Doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi.

Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko’zi bilan qaraydilar.

Bugunning chorasini ko’rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

Ommaga nisbatan podshohda faqir bo’lib qolish xavfi kamroq, halokatga yaqinlashish xatari ko’proq bo’ladi; albatta, u kam narsa (ya’ni faqirlikdan qo’rqish) ko’paymaydi va u ko’p narsa (ya’ni xalokatga yaqinlashish xatari) yo’q bo’lmaydi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Mahdiyah 21 Aprel 2007, 10:06:47
Ulug’ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi.

Har bir yangi narsada lazzat bor.

Maqsad va irodalar har xil bo’lgach, hunar va sinoatlar ham rang-barang bo’ladi.

Birovni zo’rlik bilan va yollab ishlatish doimiy bo’lmaydi, to’g’ri ham kelavermaydi.

Ilmlarning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir.

"œFan va turmush" jurnali, 1993
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 02 May 2007, 23:18:05
Abadiy yashayman deb xomtama bo'lmang! Baribir bunga vaqtingiz yetmaydi.
Bernard Shou
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 04 May 2007, 06:16:07
Bilim va ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim.
Abu Nasr FOROBIY

O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o‘zungdin istagil.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 04 May 2007, 06:17:20
Sarxil meva bergan daraxtning shoxi,
Mevasiz ming  bog‘dan afzaldir  gohi.
Xusrav Dehlaviy

Kimningki qo‘lidan xayr-barakali va purhikmat ishlar kelmasa, uning nasabi sharafligiyu ulug‘ligi befoydadir.
Az-ZAmahshariy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 04 May 2007, 06:18:31
Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar.
Alisher NAVOIY

Qo‘lingdan kelgancha yaxshilik qilg‘il,
Jahonda senga shul mehr qoladi.
Abdurahmon JOMIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 31 May 2007, 01:55:52
Fan xolis xizmat qilganlarga ajoyib istiqbollar ochadi.
Frederik Jolio-KYURI
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 31 May 2007, 01:56:07
El xizmatida hamma rutbalar sharaflidir.
OYBEK
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 31 May 2007, 01:56:19
Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir.  Shu bois, mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.
Abu Ali ibn SINO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 31 May 2007, 01:56:33
Gimnastika, jismoniy mashqlar, piyoda yurish mehnat qobiliyatini va salomatligini saqlab qolmoqchi bo‘lgan, chinakam va shodmon hayot kechirishni xohlagan har bir odamning kundalik turmushidan mustahkam o‘rin olmog‘i lozim.
GIPPOKRAT
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 31 May 2007, 01:56:47
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 31 May 2007, 01:56:59
Madaniy jamiyat shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo‘ladi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar.
Abu Nasr FOROBIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 14 Iyun 2007, 18:23:41
Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishdadir.
Abu Rayhon BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: muxbir 14 Iyun 2007, 18:23:57
Yigitlikda yig‘ ilmning mahzani,
Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: p2p 16 Iyun 2007, 18:29:16
Aqlli, odobli, diyonatli odam bilan do‘st tutinish kerak. Bunday go‘zal sifatlarga ega odam samimiy do‘st bo‘ladi. Samimiy do‘st hech vaqt seni unutmaydi, sendan yordamini ayamaydi, hojatingni ado etadi

Ibn Sammok
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: p2p 16 Iyun 2007, 18:33:53
Insonga «Nima ish yaxshidir?» dedi, - Xomushlik, xomushlik, yana xomushlik!

Ibn Kamolposhsho
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: p2p 16 Iyun 2007, 18:35:02
Xalq yaxshi bo‘lsa, yaxshi boshliq keladi, xalq yomon bo‘lsa, yomon boshliq.

Ka’bul Axbor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: p2p 23 Iyun 2007, 17:01:34
O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi
Qobus
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2007, 16:58:50
Xayrli ishning o‘zi kifoya emas, bu ishni vaqtida va mavridi bilan bajarmoq lozim.
Uilyam METYUZ`
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2007, 16:59:01
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan — olim,
Orlanib so‘ramagan — o‘ziga zolim.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2007, 16:59:25
Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2007, 07:01:29
Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.
Amir TEMUR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2007, 07:02:15
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat.
Xusrav DEHLAVIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2007, 07:03:03
Har kimki pok nazardir,
Jahonda mo‘tabardir.
Farididdin ATTOR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Laylo 31 Iyul 2007, 03:41:48
Narsa yo‘qkim, xoriji olam erur,
Har ne istarsen, o‘zingda jam erur.
Jaloliddin RUMIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Laylo 31 Iyul 2007, 03:42:22
Ko‘ngli ogoh kimsani davlatli bil.
Jaloliddin RUMIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2007, 18:32:13
Insonning qimmati emas siymu zar,
Insonning qimmati ilm ham hunar.
   
Bedil
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2007, 18:32:36
Aqlga ilm birla bergil ko‘mak,
Aql — bu ilmga xaridor demak.

Nosir Xusrav
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 08 Avgust 2007, 14:25:10
Assalomu alaykum!

Har kun umrimizning bir safaridir,
Har on kunimizning bir gavharidir.
Tinchlik, omonlikda otgan har bir tong
Ollohning bizlarga xushxabaridir!..

Muallifi noma'lum
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 09 Avgust 2007, 11:24:39
Assalomu alaykum!

Bir kuni Boylik, Ilm va Or-nomus uchrashib qolishdi. Boylik aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam, saroyda bo'laman.
Ilm aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam, masjid va madrasadan izlanglar, o'sha yerda bo'laman.
- Agar men yo'qolib qolsam - dedi Or-nomus. - Izlab o'tirmanglar, hech qaerdan topaolmaysizlar...

UzIslam.Comdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=Forums&file=viewtopic&t=157)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: topsync 28 Avgust 2007, 13:07:53
Qanday bo`lmasin uylaning yigitlar!
"Agar xotiningiz oqila bo`lib chiqsa baxtingiz .Aksincha bo`lsa ham uncha kuyinish kerak emas faylasuf bo`lasiz."degan ekan bitta odam.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:06:02
Qalb ko`zdan oldin sezadi

Yuragingizni ko`z qorachig`idek asrang, chunki u hayotning asosidir.
V. Garvey
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:06:37
Yuragida o`ti yo`qni harorati yo`q.
O`zbek maqoli

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:07:02
Odam yuragi bilan, daraxt ildizi bilan baquvvat.
Gruzin maqoli

***
Dili ochiqqa yo`l ham ochiq.
Turkman maqoli
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:07:41
Qalb ko`zdan oldin sezadi.
Arab maqoli

***
Bir-biriga o`xshagan aft bo`lmaganidek, bir-biriga o`xshagan qalb ham bo`lmaydi.
Xitoy maqoli

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:08:26
Barmoq og`rig`ini qalb sezadi, qalb dardi esa pinhon kezadi.
Habash maqoli

***
Keng qalb qarimaydi.
Kurd maqoli

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:08:57
Yurak bamisoli shishadan yasalgan qasr, sinsa yamab bo`lmaydi.
Turk maqoli

***
Yurak dardga to`lmaguncha ko`zdan yosh kelmaydi.
Arman maqoli
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:09:38
Yuragi sog`ni ko`zi yoshli bo`lmaydi.
Turk maqoli

***
Tosh yurak temirdan ham qattiq.
Hind maqoli
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:11:00
 

 Odamga joy tor bo`lsa mayli, ammo yuraka emas.
Kombodj maqoli

***
Qalb sezmasa ko`z ham sezmaydi.
Gruzin maqoli


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:11:35


Yoshlik hayot guli



Go`zal bordir go`zallardan ziyoda,
Uning xizmatida turging keadi.
Odobli, ikromli, xushxulq, ozoda,
To o`lguningcha birga yurging keladi.

Maxtumquli
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:12:08
***
Hech kimning xabari yo`q, yoshlikning o`tginchiligidan,
Ammo hamma xabardor uning o`tib bo`lganligidan.
Lt. Senka

***
Gozallik qariyani ham yosh ko`rsatadi.
V. Shekspir

***
Har doim yoshimizga doir ish tutaylik.
Goratskiy
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:12:49
Besh xil ayollar uchun aziyat cheksa arziydi:

olijanob, pokiza va go`zallar uchun;
aqlli, qanoatli, iffatli, vafolililar uchun;
butun harakatlarini o`ylab qiladigan, erning borida ham yo`g`ida ham xurmatlab, o`zini va nomusini saqlaganlar uchun;
yaxshi va yomon kunlarda fidokor bo`lishni o`ziga shior qilib olganlar uchun;
yuzidan kulgi arimaydigan, tili shirin, qo`li barakali, qadami qutlug` bo`lganlar uchun.
'Kalila va Dimna' dan

***
Xushbichimlik badanga qanday darkor bo`lsa, ma`nolilik ham shunday zarur.
F. Laroshfuk
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:13:24
Sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo`q.
Suqrot

***
Yoshlikda adashishlik ham bo`ladi, ammo uni qarilikka ham hamroh qilib bo`lmaydi.
V. Gyote

***
Baxtli yoshlar sira g`urur etmagay,
Qarilar so`zidan uzoq ketmagay.
Sa`diy Sheroziy

***
Yoshlik - baxt, chunki uni kelajagi bor.
N. V. Gogol`
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:14:12
Yoshlik bamisoli xazina, undan barcha istagan boylikni topish mumkin.
Har qanday go`zallik ham ma`no bilan baholanadi.
Dili yoshning umri yosh.
O`zbek maqoli

***
Chiroyli gul hamma vaqt ham yaxshi meva beravermaydi.
Yapon maqoli

***
Go`zalli bamisoli toj, hammaga ham nasib bo`lavermaydi.
Ozarbayjon maqoli
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:15:02
Yoshlik bir martta keladi, go`daklik ikki martta
Fin maqoli

***
Kishi 70 yil umr ko`rsa, shundan 12 yilini gaplashishga sarf qilar ekan.
Tibbiy manbalardan
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:15:49
Ulug`larimizdan biridan so`radilar: "œOdam bolasining qancha aybi bor ekan?". Ul zot javob berdi: "œSanab sanog`iga yetib bo`lmaydi. Biroq insonda bir xislat borki, u kishining hamma aybini berkitib turadi. U — tilni tiyishdir."



* * *


Buzurgmehrdan so`rashdi: "œyigitlikda qaysi ish yaxshi va qarilikda qaysi ish?". U: "œYigitlikda ilm kasb qilmoq va qarilikda uni amalga keltirmak yaxshidir", - deb javob berdi.


* * *
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:16:32
Ne`matlar haqdan yiroqlashishga sabab bo`ladi. Kimki haqqa ne`matlari uchun shukur qilsa, ne`matlarsiz qolganda ham shukur qiladi. Balo Haqqa yaqinlashishga sabab bo`ladi, agar kimniki balo yomon yo`lga boshlasa, u haqdan yiroqlashadi.


* * *


Yaxshilikdan yomonlikni yaxshiroq bilmasang, yaxshilarga qo`shul, yaxshilik tegrasiga evrula olmasang, yaxshi tegrasiga evrul.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:17:27
Yamon tillik andoqkim, el ko`ngliga jarohat etkurur, o`z boshiga ham ofat etkurur.


* * *


Iymon — ko`rolmaganimizga ishonmoq, bu iymonning mokofoti esa, ishonganlarimzni ko`rishligimizdir.

(Avgustin)

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:18:11
Olam bir daryodir, uning qirg`og`i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo`lib, odamzotning hammasi shu daryodan o`tuvchi musofirlardir.

(Shayh Abu Ishoq Zuhuriy)



* * *


Kitob — mashg`ullik paytingda o`zi so`z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko`rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o`rtoq, seni aldamaydigan do`st, malol kelmaydigan yo`ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo`ydir.

(Ahmad ibn Ismoil)


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:18:43
Juda ko`p insonlarni ko`rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni chog`da hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.

(Namiq Kamol)



* * *


Shubhali bir dirhamni tark etishim yuz ming dirham sadaqa qilishimdan ko`ra afzalloq.

(Abdulloh ibn Muborak)



* * *


Johil dovulga o`xshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo`shdir.

(Sa`diy Sheroziy)


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:19:13
Dunyo — mo`minlarning bozori: kecha va kunduz — sarmoyalari, go`zal amallar — tijorat mollari, jannat — foydalari, jahannam esa zararlaridir.

(Abu Bakr Siddiq)



* * *


Xorlikka chidab ilm odim. Pirovardida ulug`likka erishdim.

(Ibn Abbos)



* * *


Johil uchun eng yaxshi narsa jim turmoqdir. Agar buni bilganda balki johil bo`lmasdi.

(Sa`diy Sheroziy)


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:19:41
Berilgan har narsangni ajal bilan yuzlashmasdan oldin berib qolishing lozim.

(Jaloliddin Rumiy)



* * *


Sukut insonning eng harir libosidir.

(Umar ibn Xattob)



* * *


Juda ko`p odamlarni ko`rdim, ular o`tayotgan kunlaridan ko`ra dirhamlariga ko`proq bahillik qilishadi.

(Xasan Basriy)



* * *


Ne`matning zavol topishiga uning qadriga etmay, mensimaslikdan ko`ra kattaroq sabab yo`q.

(Umar ibn Xattob)
 
 
 
 
Murojaat uchun telefonlar(Platinum Express): 138-59-99, 138-55-55, e-mail: [email protected],
Viloyatlar uchun: 8-805-140-00-09 (qo`ng`iroq bepul) © MCHJ "INTSOFT-SERVIS", 2006
Barcha huquqlar himoyalangan
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:20:12
Ne`matning zavol topishiga uning qadriga etmay, mensimaslikdan ko`ra kattaroq sabab yo`q.

(Umar ibn Xattob)
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Ashiq Garib 12 Sentyabr 2007, 12:22:04
Rivoyat qilurlarki,yahshi hulq 7 qismdan iboratdir:

1: Latofat (poklik ,xushfe'llik,xushta'blik),
2: Malohat (istarasi issiqlik,jozibadorlik,nuroniylik),
3: Ziyo    (nur,yorug'lik ),
4: Nur,
5: Qorong'ulik,
6: Yumshoqlik,
7: Kibr xavoni tark etish
Olloh ta'olo  xulqni mana shu 7 qismdan yaratgan vaqtda
latofatni jannnatdan ,malohatni xurlardan ,ziyoni shamshiradan ,nurni oydan   ,zulmatni tundan olib ,er va osmon olamini ular bilan  ziynatladi .Odam alexissalom va Xavo raziollohu anxoni xalq etganda ushbu 7 xususiyatli ashyo b-n ularni xam ziynatladi.
1: Latofatni ular ruhiga, 
2: Malohatni tillariga ,
3: Ziyoni chexralariga ,
4: Nurni ko'zlariga ,
5: Zulmatni sochlariga ,
6: Yumshoqlikni qalblariga ,
7: Xavoni kiymlariga qoydi.
Inson ushbu narsalar bilan bezangandir .
Olloh subhanahu va  ta'olo aytadiki : "O'zi istagan suratda tartib berdi senga   
"Infitor" surasi ,8 oyat
Muhammad Salim ibn Muhammad Raxim Buhoriy (Durratul-Va'izin
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:03:13
Gyotening go‘zal va hikmatli satrlari     
Olmon shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang Gyote (1749-1832)ning shajarasida bir tomchi turk qoni ham bo‘lganligi to‘g‘risida Niels Hansenning tadqiqiy maqolasi da o’qigan bo’lsangiz kerak. Endi uning ayrim ijod namunalari bilan tanishib chiqishimiz foydadan xoli emas.
Aslida Gyote kattalarning shoiri va uning nomi jahonning Shekspir, Bayron, Pushkin, Gyugo kabi klassiklari qatorida turadi. Hatto, uni olmonlarning Navoiysi desak ham bo‘ladi. Shoirning «Faust», «G‘arbu Sharq devoni» singari katta she’riy asarlari, «Yosh Verterning iztiroblari», «Vilgelm Meysterning o‘qish yillari» nomli nasriy asarlari, «She’riyat va haqiqat» degan tarjimai hol, ayni chog‘da she’r va hayot tadqiqiga oid katta kitoblari ikki asrdan beri o‘quvchilar qo‘lidan tushmay keladi. Har qanday buyuk ijodkor asar yaratarkan, yosh kitobxonlarni ham nazaridan chetda qoldirmaydi. Gyote ham bundan mustasno emas.

XVIII asrda yashab o‘tgan mashhur olmon adabiyotchisi Gotfrid Herder (1744-1803) xalq og‘zaki ijodiga, milliy tarix va xalq she’riyatiga yaqinlik adabiyotning taraqqiy etishiga unumli ta’sir o‘tkazishini ko‘p ta’kidlar edi. Uning o‘zi ham xalq qo‘shiqlari, dostonlarini el og‘zidan yozib olish bilan shug‘ullanar va bu sohaga katta shoir yozuvchilarni ham jalb qilgan edi. Bu ishning natijasi o‘laroq, «Qo‘shiqlarda xalq ovozlari» nomli to‘plam tayyorlab nashr ettirganda, bu hodisa olmon she’riyatida romantik harakatning shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. Ana shu to‘plamga Gyote yozib olgan bir qator xalq qo‘shiqlari ham kiritilgan. Uning xalq og‘zaki ijodiyotiga, xalq qo‘shig‘iga qiziqishi, qo‘shiqlardagi samimiyat va obrazli tilning yorqinligi uni bir talay she’rlar yaratishga undadi. Ayniqsa, uning «Yovvoyi gul», «O‘rmon shohi» kabi balladalari va hikmatli she’rlari el orasida katta olqishlarga sazovor bo‘ldi. Quyida biz Gyotening o‘sha balladalari va bir qator hikmatli she’rlarini siz, mushtariylar e’tiboriga havola qilamiz.


 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:03:43

Kimda sho‘xlik menga yoqar doimo?
Bolada! Sababi: uniki dunyo!

JAMIYAT

Katta bir majlisdan katta bir olim
Turdi-da, uyiga jo‘nab ketdi jim.
«Yoqdimi?» — dedilar, u berdi javob:
«Ular kitob bo‘lsa o‘qimas edim».

***

Sabrsizlik qilgan xarob bo‘ladi,
Pushaymonlig‘ undan ham battar.
Biridan gunohing yanada ortar,
Biri yangisiga sabab bo‘ladi.

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:04:04
«Ne qilding, ishlaring bu qadar ulkan?
Derlarki, sen yaxshi inson ekansan!»
Avlodlar! Men oqil harakat qildim,
O‘ylamay bosmadim bironta odim.

***

Parchala, hukm sur! Qanday beorlik!
Birlashtir, yetakla! Eng go‘zal boylik!

***

O‘zi aytganiga kim qilsa amal,
Yetakchilik — unda ko‘rinar go‘zal.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:04:23
Har kim eshik oldin supursa o‘zi,
Toza bo‘lar butun tumanning yuzi.
Har kim o‘z burchini ado etsa soz,
Hammaning ishi ham bitadi a’lo.

***

Bekorga sen izlama shifo!
Dardimizning eng og‘ir siri
Hovliqmalik, befarqlik aro
Turibdi-ku qachondan beri.

***

Eng yaxshi bir sirni berayin sizga:
Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:04:43
Yomonlarni ayblamangiz, etmang halak,
Yaxshilardan olib yursin yaxshi o‘rnak.
Ammo kimdan asranishni yaxshilar ham
Bilishi shart, chuqur o‘ylab bossin qadam.

***

Tinch, shovqinsiz qilaver mehnat,
Mayli, ergashmagin kimgadir.
Lekin ko‘rmoq istasang hurmat,
O‘zgani ham qilgin-da qadr.

***

Xohi sevu, xohi hazar qil,
Birovlarga yetkazma ozor.
Boshqalarga tekkizmasang til,
Bilki, elda sening o‘rning bor.

***

Mening merosim komil, naqadar keng, omondir,
Mening mol-mulkim zamon, mening dalam zamondir.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:05:10
O‘zgani tanigan, o‘ziga qarab,
Bu yerda ham bir yakunga kelmasa bo‘lmas.
Sharq ila G‘arb
Endi bir-biridan ayrilmas.

Ikki dunyo oralig‘ida
Kerak deyman o‘ylab qadam bosishimiz.
Ya’ni Sharqu G‘arb orasida
Yaxshi bo‘lmog‘i shart har bir ishimiz.

***

She’r yozishni istasang
She’r yurtida yashab qol.
Shoirni bilmoq bo‘lsang
Shoirning yurtiga bor.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:05:29
Haqiqatni yomon ko`radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko`radilar.
Felenon
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:06:17
Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida       
Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchilar hech qachon o‘z mahallasi doirasidan tashqari chiqmaydi, lekin o‘zini klassik hisoblaydi. Shuning uchun bularni mahalla klassiklari deb atash mumkin.

* * *

Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘lik bo‘ladi. Bundoq asarga hech qanaqa g‘oya, muhim mavzu jon kirita olmaydi.
* * *
Mikrob qanchalik xavfli bo‘lsa, uni shunchalik katta qilib ko‘rsatadigan mikroskop kerak. Satira o‘tiga uchragan kishi vijdoni bo‘lsa, odamlarning yuziga qarolmaydi, vijdoni bo‘lmasa og‘zidan ko‘pik sochib, yozuvchining ketidan bolta ko‘tarib yuradi.

 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:06:39
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.
* * *

Klassiklarda ham, xalq adabiyotida ham odatan yigitlar yaxshi ko‘rgan qizlarini maqtashar edi: ko‘zing undoq, o‘zing bundoq deyishar edi, hozirgi ko‘p ashullalarda qizlar o‘zlarini maqtashadi: u yog‘im bundoq, bu yog‘im bundoq deyishadi.

"Ey shoir, tashabbus erkakdan bo‘lishi kerak, bulbulning ham erkagi sayraydi-ku!" deydigan odam yo‘q.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:06:58
Boshqa ishga yaramay adabiyotda tanqidchilik qilib yurgan tanqidchi qo‘rqoq qorovulday har sharpadan cho‘chib, shaqildoq chalaberadi.

* * *

Adabiyotga  o‘g‘ri mushukday tuynukdan tushadigan odamlar ham bo‘ladi. Bular adabiyotni hunardan kasbga, ya'ni sababi tirikchilikka aylantirib olishadi. Bunaqa odamlar qadim zamonda ham bo‘lgan, hozir ham bor, ehtimol bundan keyin ham bo‘lsa.

* * *

Yozuvchini hech qachon hech kim ko‘tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlar ko‘taradi, yaxshi yozuvchi ko‘tarilib ketganini hatto o‘zi ham bilmay qoladi.

* * *

Illatlarga qarshi kurashar ekanmiz, bir tomondan, illatni bahona qilib hayotimizni qoralashga urinadigan kishilarga yo‘l bermasligimiz, avvalda dimiqib qolgan  va endi ochiq havoda xursandligidan o‘ynoqlab "polizni buzadigan" kishilarni tanqid qilishimiz, ikkinchi tomondan, illatlarga qarshi kurashda bizga xalal beradigan kishilarga zarba berishimiz kerak...

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:07:22
Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli ekaniga bog‘liq.

Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun talantning o‘zi kifoya qilmaydi, insof ham kerak.

* * *

Odam o‘zining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi bo‘lishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.

* * *

Yozuvchi yoshligida yoshligiga rioya talab qilsa talantiga shira tushadi, erta qariydi, keyin qariligiga rioya talab qiladi-yu, umumadabiyot gazini ko‘rganda qunishadi, inqillaydi...

* * *

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:07:45
Ming ketmon urishga, tog‘ni qo‘porib tashlashga qodir odam bir ketmon urib qo‘yib kerilmaydi, o‘zini yelpimaydi, tahsin va ofarin kutmaydi. Bir ketmon urib, tahsin va ofarin umidida atrofga qaragan odam shu bilan ikkinchi ketmonni urishga ojizligini ko‘rsatadi.

* * *

Chuqur bilim, haqiqiy talant egasi o‘z kuchiga, oldinda ketayotganlarga yetib olishiga, bir safda ketayotib, hech qachon orqada qolmasligiga ishonadi. Ma'rifatsiz, talantsiz yozuvchi (yozuvchi emas) esa, birovga yetib olishga ojizlik qiladi-yu, uni chalib yiqitishga, loaqal bo‘yniga kir latta ilib ta'bini xira qilishga, yurgani xalal berishga urinadi. Haqiqiy talant egasi bir-biriga hasad emas, havas qiladi, bir-birining g‘ayratini keltiradi. Bular orasida raqobat emas, jamiyatimizni olg‘a siljitadigan kuch-musobaqa bo‘ladi.

* * *

Tanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dalol, shirinkomaga vijdonini sotadigan dalol bo‘lmasligi kerak.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:08:07
Hayotdan va o‘zidan o‘zish uchun odam ideal qidiradi. O‘zishni istamagan odam o‘ziga o‘zi ideal bo‘lib ko‘rinadi.

***

Kishilar ko‘pincha idealni o‘tmishdan qidiradilar, chunki tirik ideallar o‘zlarining qusurlari va illatlarini oshkor qiladi.

***

Yetish mumkin bo‘lgan ideal oxirida o‘kinch uyg‘otadi.

***

Hayotiy ideal topmay turib, o‘zingdan o‘zish aqldan osish alomatidir. Bunga Nisshe qismati misol.

***

Tarix shirin o‘y va orzularga burkangan ideallar  ko‘milgan qabristondir.

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:08:23
Hayotiy idealiga qarab kishi ruhining nimaga mushtoqligini bilsa bo‘ladi.

***

Idealimning hayotiy maqsadi mening ham hayotiy maqsadimdir. Lekin bu idealimning qismati, albatta, mening ham qismatim bo‘lishi zarurligini anglatmaydi.

***

Umr bo‘yi bir idealga intilgan emas, balki butun umr ideallar izlab yashagan menda havas uyg‘otadi.

***

Odam qalbi yetadigan idealga emas, yeta olmaydigan, ammo tinmay o‘ziga chorlaydigan idealga talpinadi.

***

Farzandlariga ideal bo‘lgan otani uchratmadim; demak, gap yo otalarda ibratli fazilatlarning kamligida, yo farzandlarda ideal izlash istagining yo‘qligida.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:08:48
Odamni illatlardan xalos qilmoqchimisiz, unga ezgulikka chorlovchi ideallar bering!

***

Hayotiy idealga qarab kishining qanday tarbiya ko‘rganini aytib bersa bo‘ladi.

***

Ideal sig‘inishga emas, yaratib yashashga undasa, kishini illatlardan xalos etadi.

***

Ideal sevgi ma’budasi emas, u goho suygan kishingdan voz kechishni talab qilishi mumkin.

***

Ideal xalos qilishi mumkin, xarob ham. Ideal tanlash yostiqdosh tanlashdan og‘ir.

***

Idealda muqaddaslashtirishga arzigulik nimadir bor, aks holda xalqlar Rabni ideal bilmasdi.

***

Agar tiynatini yaxshilasa, odamning Ya’juj-Ma’jujni ideal tutgani ham xafvli emas.

***

Idealga topinmaydilar, idealga talpinadilar.

***

Ayol ideal qidirmaydi, u "œideal"larni tug‘adi.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:09:33
Firdavsiy hikmatlaridan      
Hikmatlar - Aforizmlar 
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,   
Nodonga yondashma, bosmasin g‘aflat.

* * *

Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir. * * *

Ikki do‘st turarkan yelkama-elka,
Tog‘larni ham oson aylaydi tilka.

* * *
   
Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,   
Qarosin yuqtirar doimo qozon

* * *

Donolar so‘ziga quloq ilmasang,
Eng nodon sendirsan - bilgil, bilmasang.

* * *
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:09:53
Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,
Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni - yuz.

* * *

Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.

* * *

Tajribali it barsni tutib yer,
Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher.

* * *

Aql ulug‘likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog‘ida band.

* * *
 
Kimki tig‘ ko‘tarar birov joniga,
Zamon tashna bo‘lur uning qoniga.

* * *

Birovga sog‘insa har kim yomonlik,
Nihoyat ul o‘zi topmas omonlik
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:10:09
To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.

* * *

Qayda ravshan bo‘lsa to‘g‘rilik nuri,
Egrilik so‘nadi, quriydi sho‘ri.

* * *

Gapirmagan gaping ichingda nihon,
Har tomon yoyilar aytganing zamon.

* * *

O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.

* * *

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:10:28
To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.

* * *

Qayda ravshan bo‘lsa to‘g‘rilik nuri,
Egrilik so‘nadi, quriydi sho‘ri.

* * *

Gapirmagan gaping ichingda nihon,
Har tomon yoyilar aytganing zamon.

* * *

O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.

* * *

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma.

* * *

O’z yovin parvarish qilgan odam xom,
Jahonda chiqarar axmoq degan nom.

* * *

Tirik qolib g‘anim bo‘lgandan shodon,
Sharaf bilan o‘lish yaxshiroq chandon. 
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:11:04
Abu Rayhon Beruniy hikmatlari       
Hikmatlar - Aforizmlar 
Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.

* * *

Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.


 

* * *


Odamlarning tuban  darajalisi  ham  o‘zidan  tubanroq  bo‘lgan   birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas.

* * *

Har bir yangi narsada lazzat bor.

* * *

Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.


 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:11:24
Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.

* * *

Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.

* * *

Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi.

* * *

Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.

* * *

Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.

* * *

Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:11:47
Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

* * *

O’z istagiga erishishga taqdir yordam bermagan kishiga malomat qilinmaydi.

* * *

Odamlar yoqtirgan  kishilari tarafini olib, yomon  ko‘rgan  kishilarini ta’na qilishadi.

* * *

Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

* * *

Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi.

* * *

Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir.

* * *

Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab - odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tug‘ilishidir.

* * *

Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan o‘zini qo‘riqlash bor.

* * *

Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.

* * *

Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi.

 
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:12:22
Mahmud Koshg'ariy maqollaridan       
Hikmatlar - Aforizmlar 
«Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur» («Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa qo‘tir bo‘ladi»). Mahmud Koshg‘ariy izohlashicha, «bu maqol o‘z elini, urug‘ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi».

* * *


«Erik erpi yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘» («Tirishqoqning labi yog‘lik, erinchoqning boshi qonlik»). Bu maqol yalqovlikni tashlashga, g‘ayrat bilan ishlashga undab aytiladi.


* * *


«Suv ichirmasga sut ber». U senga yomonlik qilganga ham yaxshilik qil, degan ma’noda ishlatiladi.
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:12:45
«O’kuz azaqi bo‘lg‘incha, buzag‘u bashi bo‘lsa yik» («Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq»). U «mustaqillik bo‘ysunishdan yaxshi» degan ma’noda qo‘llanadi.


* * *


«Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas» («Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi»). Bu maqol ishni boshida puxta o‘ylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi aytilgan.


* * *


«Uma kelsa, qut kelar» («Mehmon kelsa qut kelar»). Bunda «senga mehmon kelsa, u bilan birga baraka, qut-baxt keladi, qo‘noqni yaxshi qarshi oladilar, malol olmaydilar» degan fikr ilgari surilgan.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:13:09
«Qiz kishi savi yo‘rig‘li bo‘lmas» («Baxil odam obro‘ topmaydi»). Bu maqol odamlarni yaxshi nom chiqarish, saxiy bo‘lish uchun undab aytiladi.


* * *


«Erdam bashi til» («Odobning boshi til») .


* * *


«Tilin tug‘mishin tishin yazmas» («Til bilan tug‘ilganni, tish bilan yechib bo‘lmas»)


«Devoni lug’otut-turk»dan
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:14:04
Konfutsiy hikmatlari       
Hikmatlar - Aforizmlar 
Ustoz aytardi:
—    Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.
Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o’rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o’rnigagina qiyoslash mumkin, xolos.

Konfutsiy miloddan ilgari taxminan 551—471-yillarda yashagan. Uning butun dunyoda mashhur bo’lgan nomi «kun» va «futszi» so’zlari asosida yasalgan «Kun» hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, «fu» faylasuf, «szi» o’qituvchi ma'nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya'ni Konfutsiy «falsafa o’qituvchisi» degan so’zlarning familiya maqomini olgan shaklidir.
Konfutsiy yashagan davrdan «To’rt asos» va «Besh asos» degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. «Besh asos» Konfutsiyga qadar yaratilgan «Qo’shiqlar kitobi», «Taomillar kitobi» («Marosimlar kitobi»), «Rivoyatlar kitobi» va «Folbinlik kitobi» («o’zgarishlar kitobi») singari qismlardan iborat bo’lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta'limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta'limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. «To’rt asos» esa Konfutsiy «Hikmatlar»idan tashqari, «Menszi» («Men-muallim»), «Buyuk ta'limot» va «Oraliq haqidagi ta'limot» sin-gari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so’zlaridan tashkil topgan.
Konfutsiy ta'limoti markazida «muruwatli zot» turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili bo’lib, Konfutsiy ta'limoti yordamida o’zida jamiyat farovonligini ta'minlay va ma'naviy asoslarini ifodalay oladigan olijanob fazilatlarni shakllantirgan. Konfutsiy «Hikmatlar»i «muruwatli zot»ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi.
Aniqroq aytsak, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruwatli bo’luvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an'analarning to’la-to’kis bajarilishini ta'minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning o’gitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar e'zozlanib va qadrlanib keladi.
 
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:14:21
Men Sun ustozdan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Ustoz javob berdi:
—    Tuzukdan chiqmaslik.
Fan Chi ot aravani haydab borardi, shunda Ustoz aytdi:
—    Men Sun mendan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Men unga: tuzukni buzmaslikdir, deb aytdim.
—    Buning ma'nosi nima? — deb so’radi Fan Chi.
Shunda Ustoz javob berdi:
—    Ota-ona tirikligida ularga yaxshi xizmat qilmoqdir. Qazo qilsalar — ko’mib kelmoq va zarur rasm-rusumlarni ado etmoqlikdir.

* * *

Ustoz aytardi:
—    Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o’ylasang-u o’qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

* * *

Ustoz aytardi:
—    Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur bo’lib qolsa, qayerga borishingizni ularga malum qilib keting.

* * *

Ustoz aytardi:
— Qadimlarda kam so’ylashardi, o’z so’zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo’rqishardi.

* * *

Ustoz aytardi:
—    Ehtiyotkor odamlar kamdan-kam xato qiladilar.

* * *

Ustoz aytardi:
—    Munosib xulqli kishi so’zlarni shoshilmasdan so’ylagani ma'qul va ishlarni jadal ado etmog’i afzal.

* * *
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:14:40
Yan Yuan haqiqiy odamiylik nima, deb so’radi.
—    Odam o’zini tuta bilishi va adab taomillariga rioya etishi kerak, — deb javob berdi Ustoz, — mana shu chinakam odamiylik bo’ladi. Bir safar o’zingni tutishga o’rgansang va adabga rioya qilgan holda harakat qilsang, shunda butun Osmon seni odamiy ekan, deb ataydi. Odamiy bo’lish yoki bo’lmaslik faqat kishining o’zigagina bog’liq, — axir bu narsa boshqalarga bog’liq bo’lishi sira aqlga to’g’ri keladimi?
—    Marhamat qilib ayting-chi, bunga qanday erishsa boiadi?
Ustoz aytdi:
—    Adabga zid narsalarga qaramang. Adabga zid narsalarni eshitmang. Adabga xilof narsalarni gapirmang. Adabga xilof narsalarni qilmang.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:15:02
Adabiyot — fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta'rif adabiyotning to’g’ri ta'rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.

FITRAT


* * *

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:15:27
Adabiyot so’zini tuzukkina anglatmoq uchun boshlab san'at ham go'zal san'atlar degan so’zni ta'rif qilib o’tish lozimdir...
Go’zal san'atlarda tovar (material) tovush ohang bo’lsa, go’zal san'at musiqiy bo’ladir; bo’yovlar, chiziqlar bo’lsa, rasm bo’ladir; tosh yo boshqa turli ma'dan esa haykalchilik bo’ladir; tosh, yog’och, kirpich, ganch turnoq (tuproq, loy) bo’lsa, me'morlik bo’ladir; tan, mug’a (qo’l, qosh, ko’z) harakatlari esa o’yin (tans) bo’ladir; gap, so’z esa adabiyot bo’ladir...
Go’zal sao’atlarning mana shu olti turlari bir-biriga yaqinlashmoq e'tibori bilan ikki turkumga ayriladir. Adabiyot, musiqa, o’yin (tans) — bir turkum; rasm, haykalchilik, me'morlik bir turkum bo’ladir.

FITRAT



* * *


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:15:44
Adabiyot har bir millatning hisli ko’ngil tarixining eng qorong’u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg’on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur...
... Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma'rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladirg’on  buloq suvi bo’lg’onlig’idan bizga g’oyat kerakdir...

CHO’LPON


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:16:06
Adabiyot — fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo sayqallanadigan, to’xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha...
... Adabiyot turmushni aks ettiradi, turmushdagi voqealar, hodisalar, fikr va tuyg’ularni umumiylashtirib, obrazlar bilan turmushni, dunyoni anglashga tirishadi...
... Adabiyotimizning tasvir obyekti — xalqimiz turmushi. U o’z taraqqiyotida xalq hayotini, kurashini, orzu-armonlarini, his-tuyg’ularini, fikr-xayollarini yangi jamiyat qurish yo’lidagi faoliyatini badiiy aks ettirib rivojlandi, benihoya yutuqlarni qo’lga kiritdi...

OYBEK


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:16:28
Adabiy asarlar turmushni jonli ko’rsatib, odamlarning fikr va tuyg’ulariga kuchli ta'sir qiladi. Badiiy chuqur, fikr-his jihatidan to’la adabiy asarlar o’quvchini uzoq vaqt bog’lab, asir qilib oladi. Adabiyot turmushni abstrakt (mavhum) tushuntir-may, konkret (aniq) badiiy umumlashtirib, jonli anglatadi.
Adabiy asarlar ila ma'lum bir yo’nalishda ommani tarbiya qilish, madaniy saviyasini, zavqini ko’rsatish mumkin. Davrni to’lqinlantirgan ulug’ ideyalar, vazifalar, millionlarning hayotida ko’rilgan o’zgarishlar san'at asarlarida tajassumlanishi kerak.
Adabiyot xalqning jon-tani bo’lgan bir ishdir, shuning uchun bizning bu sohadagi har bir muvaffaqiyatimizni, may-donga chiqqan har bir qimmatli asarni xalq o’z g’alabasi, deb biladi.

OYBEK



* * *

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:16:49
Adabiyot — ko’ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg’usiz, ilhom-siz yozilgan asar changlanmagan gulga o’xshaydi — meva tug-maydi. Ko’ngil rozi bo’lgan asargina kitobxonning ko’ngliga yoi topadi, kitobxonning ko’nglida meva tugadi...
... Quyosh, havo, yer, suv barcha jonvor va ko’katlarga ozuqa berganidek, xalq hayoti yozuvchiga ilhom beradi. Yozuvchi qanchalik iste'dodli, uning qalam tutgan qo’Ii qan-chalik tajribali bo’lsa, xalq undan shunchalik chuqurroq minnatdor bo’ladi, uning ijodini, umuman, Adabiyotni shunchalik chuqurroq hurmat qiladi.

Abdulla QAHHOR



* * *


San'at asari chaqmoq, mushak, kamalak singari lahzani obod qiladigan umri qisqa, mag’zi puch go’zallik emas, balki adabiyotni bezaydigan, umri boqiy va mag’zi to’q go’zallikdir...
... o’qishli kitob go’zallikdir, lekin go’zallikda ham go’zallik bor. Qorong’i kechada otilgan mushak ham go’zal, quyosh-ga qarab xandon tashlab turgan gul ham go’zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go’zalligi qamashtirsa ham puch go’zallik, shuning uchun bebahodir. Gulning go’zalligi esa to’q go’zallik, chunki uning bag’rida hayot bor, shuning uchun abadiy go’zallikdir. G’uncha guldan ham go’zalroq, chunki uning bag’rida ikki hayot — o’z hayoti va yana gul hayoti bor.

Abdulla QAHHOR


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:17:05
Lirika — inson qalbini, zamondoshimiz qalbini kashf etish, uning orzu va intilishlarini, muqarrar dramalarini idrok etisb demakdir. Kishilarning ruhiy olami nechog’lik chuqur payqab va ilg’ab olinsa, she'riyat shu qadar boy va ta'sirchan bo’ladi. Lekin kashf etish fikr qilish, o’ylash demakdir. Hozirgi zamon she'riyatining mohiyati, rivojlanishining asosiy yo’nalishi ham ana shundadir...
... Mening hayotimda o’ta baxtli kunlar ham, musibatli oniar ham ko’p bo’ldi. Biroq hatto og’ir, mushkul daqiqalarda ham o’zimning dard-u hasratlarimni she'rga tushirarkanman, meni muhabbatimning g’olib qudrati hech qachon tark etma-di. Mening shaxsiy hayotim — xalq hayotining bir zarrasi. Men xuddi shunda ham grajdanlikning ifodasini ko’raman.

ZULFIYA



* * *


Qatrada quyosh aks etganidek, lirikaning eng kichik janri-da ham katta hayotiy mazmun va olijanob tuyg’ular ifoda etiladi. Shuning uchun ham u qiyin, shuning uchun ham u san'at asari, deb yuksak qadrlanadi... Ammo ba'zi bir shoirlarimizda kichik janrlarga nisbatan o’ta mas'uliyatsizlik bilan yondoshilayotganligi sezilib qolmoqda. o’zbek poeziyasining quyoshi deb ataganimiz Alisher Navoiyning ham umr bo’yi yozgan ruboiylari barmoq bilan sanarlidir. Biroq bu ruboiylaming har birida bir jahon mazmun bor.

ZULFIYA



* * *


She'r — tuyg’ular, hayotdan olingan taassurot va tafakkurlar mevasi!..
... Tuyg’ular! She'r — tuyg’ular farzandi. Chuqur fikrlar, yoniq, samimiy hislar farzandi bo’ladi she'r...

ZULFIYA


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:17:27
Fransuz faylasufi Gelvetsiy: «She'r yo yuksak cho’qqilarda, yoki g’orlarda yaratiladi», deydi. Darhaqiqat, she'r inson ruhining birmuncha g’ayritabiiy, ayricha holatidan tug’iladiki, zukko faylasuf buni obrazli qilib ifoda etgan. o’sha cheksiz ufqlar, sirli miltiragan sonsiz yulduzlar kimda ham his-tuyg’ular uyg’otmaydi, deysiz! Albatta, hammada ham. Faqat ijod dardiga chalingan odamda bu tuyg’u cheksiz armonga, go’zal iztirobga, qondirilishi nihoyatda zarur bo’lgan ehtiyojga aylanadi.

Abdulla ORIPOV


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:17:45
She'r shoir qalbida tug’ilgan hayotiy tuyg’ularni ifoda qila-di va shu bilan o’quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o’zi yonmasa, boshqalarni yondirolmaydi, qalb hislarida otash bo’lmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi. Bu sehrli otashsiz har qanday she'riy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yo’q.

Erkin VOHIDOV



* * *


Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. She'riyat yurak sadosi bo’lganidan ana shu murakkab tuyg’ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun ham bir she'rni o’qib quvonsak, ko’ksimiz g’urur va iftixor tuyg’ulariga to’lsa, ikkinchi bir she'rni o’qib, hayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo’lamiz.
Shoirlikxo’sha tuyg’ulaming tabiiyligi va haqqoniyligiga she'rxonni ishontira olishdir.
Ishontira olish — iste'dodning ibtidosi.

Erkin VOHIDOV


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:18:03
Aziz va yosh do’stlarim!.. She'riyat quyoshi, musiqasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng go’zal inson husnini beradi, eng nafis zavq bag’ishlaydi. She'r va muzika dunyosida xulqingiz nozik go’zaUik, chuqur hissiyot kashf etadi.

OYBEK
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:18:43
Alisher Navoiy hikmatlari     
Hikmatlar - Aforizmlar   
Hilm inson vujudining xushmanzara bog’idir va odamiylik olamining javohirga boy tog’idir. Yumshoq ko’ngillik hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo’ladi. Hilm axloqi odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi.
Hilm natijasida odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor bo’ladi; hilm tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi.
Katta kishilar yoshlarni masxara va kulgi qilsa, ular qoshida o’zi shuncha obro’siz va bachkana tuyuladi; yoshlar ham kattalarga nisbatan hazil va yengiltaklik qilsa, uning qoshida uyatsiz va e'tiborsiz bo’ladi.
Bu davr bog’ining xasxashak singari odamlari shamoldek betayin, yengiltak kishilari oldida hilm ahli go’yo og’ir tabiatli va yomon fe'lli, deb kamsitiladi. Ularning o’zlari esa, quyundek tuproqni havoga to’zitadilar va yengiltabiatlilari bilan boshlarini go’yo ko’kka yetkazadilar. Tog’ jussasini oyoq osti qilmoq — odatlari; dala-dashtlardagi zarralarni havoga sovurmoq — bularning salobatlari. Bunday odamlar yeldek har eshikdan kirishga or qilmaydi; o’tdek otashdonni qizdirishdan o’zga ishni bilmaydi. Yel — garchi lolaning tojini uchiradi, ammo tog’ qoyalari kamariga qanday ta'sir qila oladi? o’t tog’ etagidagi xas-xashaklarni kuydirishi mumkin, lekin quyosh uchquniga qanday tenglasha oladi?..
Yel, agar ko’kka yetsa ham, baribir yengil va qadrsiz; tog’ agar tuproqqa botsa ham salobatlidir. Yelning orasida o’tga yoqiladigan xas-xashaklar bor; hilm mazmunida esa, shoh tojiga qadalgudek cho’g’ kabi qizil la'l bor.

 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:19:06
Kimki ko’ngilni qattiq so’z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko’ngiida til nayzasining jarohati bitmas; u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas.
Agar bir ko’ngilda til nayzasining jarohati bordir, faqat yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so’z — vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar — ohang bilan afsun o’qib, ilonni inidan chiqaradi.
Tilga ixtiyorsiz — elga e'tiborsiz. Ko’p, bemaza so’zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam — xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmog’i — eshakning bemahal hangramog’i. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am — uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; «nafasning joni bor...»
O’zi xunuk, gapi bema'ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o’xshaydi. Baxt bag’ishlovchi toza ruh manbayi ham til; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam — donishmand oqil; so’zga erk bergan odam — beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi; til bilan dil bir bo’lsa yana yaxshi. Til bilan dil — insondagi eng yaxshi a'zolardir. Bo’stonda — gulsafsar, gulg’uncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir.
Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:19:31
Til shirinligi — ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir.


* * *


Har kimningki so’zi — yolg’on, yolg’onligi bilingach, uyatga qolg’on; yolg’onni chindek gapiruvchi so’z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg’on-afsonalar bilan uyqu keltiruvchi yolg’onchi — uyquda alahlovchi. Yolg’on gapiruvchi g’aflatdadir; so’zning bir-biridan farqi ko’pdir, ammo yolg’ondan yomonroq turi yo’qdir.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:19:48
Yolg’on gapirish bilan o’z vaqtini o’tkazuvchi odam, bu qilig’i yomon tuyulish o’rniga, kishilami aldagani bilan faxrlanadi ham. Yolg’onchi o’z gapiga go’llik bilan quloq soluvchini topsa, ularga yolg’onni chinga o’tkazsa, murodiga yetgan bo’ladi. Yolg’onchi — haq qoshida gunohkor; xalq oldida sharmanda. Bunday nahsning beor yuzi yomonlikka o’girilgan bo’ladi; bunday nahsga botgan odam qutlug’ uydan nari bo’lg’ay.


* * *


Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.


* * *


U yerdan bu yerga gap tashuvchilar elning gunohini o’z bo’yniga oluvchilardir. Chaqimchilik hatto chin gap bo’lsa ham ko’ngilsizdir, yolg’on bo’lsa yanada nafratlidir. So’z yetkazuvchining xoh kattasi, xoh kichigi — do’zax o’tining tutanturug’i bil.


* * *


Yolg’onchi odam — unutuvchi; u andisha va ehtiyotdan chetda turuvchi. Har kimning so’zi chin bo’lmasa, rostgo’ylar ko’ngliga u so’z qabul bo’lmas. Yolg’onchi o’zining yolg’on so’ziga bir-ikki marta ishontiradi, keyin nima qiladi? Yolg’onchiligi ma'lum bo’lgach, u rasvo bo’ladi, uning so’ziga xalq ishonchi yo’qoladi. Ko’ngil xazinasining qulfi — til; u xazinaning kalitini — so’z bil.


* * *


Chin so’z — mo’tabar; yaxshi so’z qisqa — muxtasar. Ko’p so’zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta gapiruvchi — aqldan ozgan. Ayb izlovchi — aybli; kishi aybini gapiruvchi — o’ziga yomonlik sog’inuvchi. To’g’rilik bilan qarovchi — pokiza nazarli; kishilarning yaxshi tomonlarini ko’ruvchi — to’g’ri nazarli. Kimning miyasida illat bo’lsa — so’zida mantiq bo’lmaydi. Miyasi sog’lom bo’lsa, gap-so’zi yoqimli va xatosiz bo’ladi. So’zi hisobsiz — o’zi hisobsiz. So’zida parishonlik — o’zida pushaymonlik. Agar so’z go’zallik ziynati bilan bezalmagan bo’lsa — unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolg’onchining gapi qanchalik chiroyli bo’lsa, shunchalik qabihdir. Chin so’z qanchalik betakalluf bo’lmasin, so’zlovchi uchun taassuf yo’qdir. Gul libosi yirtiq bo’lsa ham ziyonsiz; sadaf xunuk bo’lsa ham inju, uchun nuqsonsiz.
Yolg’on so’z she'rdan boshqa yerda nomaqbul va yolg’onni aytuvchi aqlsizdir.
Yomon qiliqli odam — badfe'l; achchig’i tez — bir baloga giriftor, bir ofatga mubtalo badbasharadir. Bular qayon borsa — balodan qutilmas; har yerga qochsa ham ofatdan xalos bo’lmas. Yomon qiliq g’olib dushmandir va qahrli yovdir, yomon qiliqli kishi esa doim unga mag’lub va vujudi undan
majruh.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:20:07
Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.


* * *


Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.


* * *


Noxush xabarni chin bo’lsa ham do’stingga yetkazma; birovdan ayb ko’rsang yuziga solma. Qo’yaver, o’sha chin xabarni dushman yetkazsin va sen sabr qil, u ayb mojarosini dushmani qilsin.
Aqlli odam yolg’on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to’g’ri emas. Birovning ko’zi g’ilay — nogirondir; ammo, bunga u aybdor emasdir... Birovni nohaq hijolatga solmoq — o’z nodonligini izhor qilmoq va bir ko’ngilni og’ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so’zdan ko’ra zarurat yuzasidan — o’rni bilan gapirilgan yolg’on yaxshiroqdir.


«Mahbub ul-qulub»dan
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:20:26
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.

    * * *

Ilmni kim vositayi joh etar,
O‘ziniyu xalqni gumroh etar.

    * * *

O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o‘zungdin istagil.

    * * *

Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,
O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo.

    * * *
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:20:51
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

    * * *

Menga ne ishqu, ne  oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam,  ushbu basdur.

    * * *

Yuz jafo qilsa manga bir
        qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, yuz 
        qatla faryod aylaram.

    * * *

Kimki kishi  o‘lmakidan shod erur,
Go‘rkanu g‘osilu jallod erur.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:21:09
Bordur inson zotida oncha sharaf, —
Kim yamon axloqin  etsa bartaraf.

    * * *

Xush durur bog‘u koinot guli,
Barchadin yaxshiroq hayot guli.

    * * *

Bu gulshan ichraki, yo‘qdur
        baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa
        yaxshilik bila ot.

    * * *

So‘zda, Navoiy, ne desang chin degil,
Rost navo nag‘maga  tahsin degil.

    * * *

Kimniki inson desang, inson emas —
Shaklda — bir, fe’lda —  yakson emas.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:21:30
Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.

    * * *

Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishona anga iymon erur.

    * * *

Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut.
O‘tgan gar erur yamon — taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi — tasarrufni unut.

    * * *

El qochsa birovdin,  el yamoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus baloyi  joni bil oni,
Olam elining yamon-yamoni bil oni.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:21:49
Kamol et kasbkim,  olam uyidin
Sango farz o‘lmag‘ay  g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom  o‘tmak biayni,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.

    * * *

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon  bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar  qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.

    * * *

Onalar oyog‘i ostidadur
Ravzayi jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.
 
 
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2007, 06:13:00
Vatanni uning ulkanligi uchun emas, balki o‘zlariniki ekanligi uchun sevadilar.
SENEKA
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2007, 06:14:22
Kimki insofu adldin qildi libosin go‘zal,
Himmat xazinasida Hotam aning gadosi.
NODIRA
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2007, 05:33:14
Agar hikmatga bo‘lsa iltifoting —
Ki, bo‘lsun Nuh umricha hayoting!
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2007, 05:33:29
Faylasuf haqiqatga oshiq kishidir. Shunga ko‘ra, har bir haqiqattalab odam ma’lum darajada faylasufdir.
Abu Rayhon BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 12:49:35
Olam bir daryodir,uning qirg'og'i oxiratdir.Ul daryoning kemasi taqvodir.Odamizodning hammasi musofirdir. Shayx Abu Ishoq Zuhurhuriy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 12:53:36
Senki dunyoga tolibdursan,dunyo sening sultoningdir,halok bo'lmog'ing uning qo'lidadir,vaqtiki dunyodin yuz o'girsang dunyoning sultoni bo'lursan.  Shayx Abulhasan Xarraqoniy
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:07:40
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,   
Nodonga yondashma, bosmasin g‘aflat.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:08:00
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:09:13
Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Gyote
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:09:44
Ikki do‘st turarkan yelkama-elka,
Tog‘larni ham oson aylaydi tilka.

* * *
   
Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,   
Qarosin yuqtirar doimo qozon

* * *

Donolar so‘ziga quloq ilmasang,
Eng nodon sendirsan - bilgil, bilmasang.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:10:18
Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,
Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni - yuz.

* * *

Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.

* * *

Tajribali it barsni tutib yer,
Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher.

* * *

Aql ulug‘likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog‘ida band.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:10:56
Gapirmagan gaping ichingda nihon,
Har tomon yoyilar aytganing zamon.

* * *

O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.

* * *

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma.

* * *

O’z yovin parvarish qilgan odam xom,
Jahonda chiqarar axmoq degan nom.

* * *

Tirik qolib g‘anim bo‘lgandan shodon,
Sharaf bilan o‘lish yaxshiroq chandon.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:11:45
Abu Rayhon Beruniy hikmatlari     
Hikmatlar - Aforizmlar 
Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.

* * *

Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.


 

* * *


Odamlarning tuban  darajalisi  ham  o‘zidan  tubanroq  bo‘lgan   birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas.

* * *

Har bir yangi narsada lazzat bor.

* * *

 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:12:14
Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

* * *

Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.

* * *

Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.

* * *

Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi.

* * *

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:12:59
Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.

* * *

Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.

* * *

Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi.

* * *

Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

* * *

O’z istagiga erishishga taqdir yordam bermagan kishiga malomat qilinmaydi.
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:13:32
Odamlar yoqtirgan  kishilari tarafini olib, yomon  ko‘rgan  kishilarini ta’na qilishadi.

* * *

Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

* * *

Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi.

* * *

Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir.

* * *

Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab - odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tug‘ilishidir.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:14:28
Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan o‘zini qo‘riqlash bor.

* * *

Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.

* * *

Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi.

 
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:14:49
Mahmud Koshg'ariy maqollaridan     
Hikmatlar - Aforizmlar 
«Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur» («Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa qo‘tir bo‘ladi»). Mahmud Koshg‘ariy izohlashicha, «bu maqol o‘z elini, urug‘ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi».

* * *


«Erik erpi yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘» («Tirishqoqning labi yog‘lik, erinchoqning boshi qonlik»). Bu maqol yalqovlikni tashlashga, g‘ayrat bilan ishlashga undab aytiladi.


* * *

 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:15:41
Suv ichirmasga sut ber». U senga yomonlik qilganga ham yaxshilik qil, degan ma’noda ishlatiladi.


* * *


«O’kuz azaqi bo‘lg‘incha, buzag‘u bashi bo‘lsa yik» («Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq»). U «mustaqillik bo‘ysunishdan yaxshi» degan ma’noda qo‘llanadi.


* * *


«Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas» («Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi»). Bu maqol ishni boshida puxta o‘ylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi aytilgan.


* * *

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:16:32
Uma kelsa, qut kelar» («Mehmon kelsa qut kelar»). Bunda «senga mehmon kelsa, u bilan birga baraka, qut-baxt keladi, qo‘noqni yaxshi qarshi oladilar, malol olmaydilar» degan fikr ilgari surilgan.


* * *


«Qiz kishi savi yo‘rig‘li bo‘lmas» («Baxil odam obro‘ topmaydi»). Bu maqol odamlarni yaxshi nom chiqarish, saxiy bo‘lish uchun undab aytiladi.


* * *


«Erdam bashi til» («Odobning boshi til») .


* * *


«Tilin tug‘mishin tishin yazmas» («Til bilan tug‘ilganni, tish bilan yechib bo‘lmas»)
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:18:47
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl 
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:19:59
Bilim tomon yo'l qisqa emas. (Yapon xalq maqoli)
Ko'pchilik g'ozni oqqush, deb o'ylaydi. (Ingliz xalq maqoli)
O'ylamay gapirish- mo'ljalga olmay o'q uzishdir. (Ispan xalq maqoli)
Sukut saqlab ham xato qilish mumkin. (Ingliz xalq maqoli)
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:20:23
QAYROQI FIKRLAR

"¢ Ko'pchilik g'ozni oqqush, deb o'ylaydi. (Ingliz xalq maqoli)
"¢ O'ylamay gapirish- mo'ljalga olmay o'q uzishdir. (Ispan xalq maqoli)
"¢ Sukut saqlab ham xato qilish mumkin. (Ingliz xalq maqoli)
"¢ Sohildan qaraganda, dengiz chiroyli. Dengizdan qaraganda esa sohil go'zaldir. (Daniya xalq maqoli)
"¢ Daraxt ildizi bilan tirik, inson do'sti bilan. (Rus xalq maqoli)
"¢ Nima o'qiganingni emas, nima uqqanligingni so'zla. (Tojik xalq maqoli)
"¢ Bevatan odam kuylamaydigan bulbulga o'xshaydi. (Rus xalq maqoli)

KOREYS XALQ MAQOLLARI

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:20:56
KOREYS XALQ MAQOLLARI

"¢ Kaltakning birinchisi yaxshi tegadi.
"¢ Ishongan bolta oyoqni chopar.
"¢ Igna boradigan joyga ip ham boradi.
"¢ Boshingga loyiq qalpoq kiy.
"¢ Duming uzun bo'lsa, tutilasan.
"¢ Odam bir marta o'ladi.
"¢ Go'zal chehra ortida xunuk qalb borligini bilib bo'lmaydi.
"¢ Yaxshi erning xotini ham yaxshi bo'ladi.
"¢ Go'dak va ahmoq rostgo'y bo'ladi.
"¢ Mehnat baxtning onasidir.
"¢ Inson yeyish uchun yashamasligi kerak. Balki yashash uchun yeyishi lozim.
"¢ Xudo erta uyg'onadigan odamga yordam beradi.
"¢ Pul bilan baxt yasab bo'lmaydi.
"¢ Tabiat eng buyuk tabibdir.
"¢ Do'sti yo'q odam - baxtsiz odamdir.
"¢ Ahmoqlikni davolaydigan dori yo'q.
"¢ So'z pichoqdan o'tkir.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:21:46
Hamma vaqt o‘zingning nimani hohlayotganingni aniq bil. Sahro ichkarisiga kirganingdan so‘ng tamom orqaga yo‘l yo‘q, faqat oldinga yurish kerak. Qolgani Ollohning qo‘lida.

Muhimi hech ish chiqmasligidan qo‘rqmaslik zarur.

* * *

Jamiki sir-asror aynan shu hozirgi kunda jam bo‘lgan. Ayni damdagi ahvolingni yaxshiladingmi, demak, ertangni ham o‘nglay olasan.

* * *

Bir nafasga ham bo‘shashmaslik kerak, bir nafas hayolingni bo‘lsang bas, halokatga uchraysan.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:22:08
Mehrob sahrolar bilan o‘ralgan.

* * *

Ular yo‘lda bekitilgan xazinalarni izlash bilan ovora bo‘lib, yo‘ldan chetga chiqib ketishgan.

* * *

Bu dunyoning mavjudligining o‘zi—boshqa, bundanda mukammal dunyo borligining kafolatidir.

* * *

Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:22:35
Azob chekishdan cho‘chish, azobning o‘zidan ko‘ra yomonroq.

* * *

Yerda yashayotgan har bir odamni uning hazinasi kutib yotadi. Odamlar esa uni qo‘lga kiritishni xohlashmaydi.

* * *

Yuragingga ishon, biroq o‘zingning sahroda ekanligingni bir daqiqa ham yodingdan chiqarma.

* * *

Kimki o‘z yo‘lidan borayotgan ekan, u hamma narsani biladi va uddalay oladi. Faqat bir narsa orzuning ro‘yobga chiqishiga mone’lik qiladi — bu omadsizlikdan cho‘chish.

* * *
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Sentyabr 2007, 19:22:55
Odam cheksiz imkoniyatlarga ega.

* * *

Olam qalbi Tangri qalbining bir bo‘lagi, holos.

* * *

Bir bo‘lgan hodisa boshqa takrorlanmasligi mumkin. Biroq ikki bor ro‘y bergan hodisa, albatta, 3-marta ham ro‘y beradi.

* * *

Ish maqsadga to‘la erishilgandagina bitgan hisoblanadi.

* * *

Pul ajalingni bir lahzaga ham kechiktira olmaydi.


"œAlkimyogar". Paulo Koelo.
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:42:42

Qalb ko'zdan oldin sezadi

Yuragingizni ko'z qorachig'idek asrang, chunki u hayotning asosidir.
V. Garvey

***
Yuragida o'ti yo'qni xarorati yo'q.
O'zbek maqoli

***
Odam yuragi bilan, daraxt ildizi bilan baquvvat.
Gruzin maqoli
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:43:11
Dili ochiqqa yo'l ham ochiq.
Turkman maqoli

***
Qalb ko'zdan oldin sezadi.
Arab maqoli

***
Bir-biriga o'xshagan aft bo'lmaganidek, bir-biriga o'xshagan qalb ham bo'lmaydi.
Xitoy maqoli

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:43:30
Barmoq og'rig'ini qalb sezadi, qalb dardi esa pinxon kezadi.
Habash maqoli

***
Keng qalb qarimaydi.
Kurd maqoli

***
Yurak bamisoli shishadan yasalgan qasr, sinsa yamab bo'lmaydi.
Turk maqoli

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:45:23
Yoshlik hayot guli


Go'zal bordir go'zallardan ziyoda,
Uning xizmatida turging keadi.
Odobli, ikromli, xushxulq, ozoda,
To o'lguningcha birga yurging keladi.

Maxtumquli

***
Hech kimning xabari yo'q, yoshlikning o'tginchiligidan,
Ammo hamma xabardor uning o'tib bo'lganligidan.
Lt. Senka

***
Gozallik qariyani ham yosh ko'rsatadi.
V. Shekspir

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:45:50
Har doim yoshimizga doir ish tutaylik.
Goratskiy

***
Besh xil ayollar uchun aziyat cheksa arziydi:

olijanob, pokiza va go'zal,lar uchun;
aqlli, qanoatli, iffatli, vafolililar uchun;
butun harakatlarini o'ylab qiladigan, erning borida ham yo'g'ida ham xurmatlab, o'zini va nomusini saqlaganlar uchun;
yaxshi va yomon kunlarda fidokor bo'lishni o'ziga shior qilib olganlar uchun;
yuzidan kulgi arimaydigan, tili shirin, qo'li barakali, qadami qutlug' bo'lganlar uchun.
"Kalila va Dimna" dan

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:46:16
Xushbichimlik badanga qanday darkor bo'lsa, ma'nolilik ham shunday zarur.
F. Laroshfuko

***
Sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo'q.
Cuqrot

***
Yoshlikda adashishlik ham bo'ladi, ammo uni qarilikka ham hamroh qilib bo'lmaydi.
V. Gyote

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:46:35
***
Yoshlikda adashishlik ham bo'ladi, ammo uni qarilikka ham hamroh qilib bo'lmaydi.
V. Gyote

***
Baxtli yoshlar sira g'urur etmagay,
Qarilar so'zidan uzoq ketmagay.
Sa'diy Sheroziy

***
Yoshlik - baxt, chunki uni kelajagi bor.
N. V. Gogol'

***
Yoshlikni yangi libosdek asrash kerak.
Gruzin maqoli

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:47:01
Yoshlik bamisoli xazina, undan barcha istagan boylikni topish mumkin.
Har qanday go'zallik ham ma'no bilan baholanadi.
Dili yoshning umri yosh.
O'zbek maqoli

***
Chiroyli gul hamma vaqt ham yaxshi meva beravermaydi.
Yapon maqoli

***
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:47:41
Go'zalli bamisoli toj, hammaga ham nasib bo'lavermaydi.
Ozarbayjon maqoli

***
Yoshlik bir martta keladi, go'daklik ikki martta
Fin maqoli

***
Kishi 70 yil umr ko'rsa, shundan 12 yilini gaplashishga sarf qilar ekan.
Tibbiy manbalardan
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:49:30
Ulug’larimizdan biridan so’radilar: "œOdam bolasining qancha aybi bor ekan?". Ul zot javob berdi: "œSanab sanog’iga yetib bo’lmaydi. Biroq insonda bir xislat borki, u kishining hamma aybini berkitib turadi. U — tilni tiyishdir."



* * *


Buzurgmehrdan so’rashdi: "œyigitlikda qaysi ish yaxshi va qarilikda qaysi ish?". U: "œYigitlikda ilm kasb qilmoq va qarilikda uni amalga keltirmak yaxshidir", - deb javob berdi.


* * *
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:51:43
 Ne’matlar haqdan yiroqlashishga sabab bo’ladi. Kimki haqqa ne’matlari uchun shukur qilsa, ne’matlarsiz qolganda ham shukur qiladi. Balo Haqqa yaqinlashishga sabab bo’ladi, agar kimniki balo yomon yo’lga boshlasa, u haqdan yiroqlashadi.


* * *


Yaxshilikdan yomonlikni yaxshiroq bilmasang, yaxshilarga qo’shul, yaxshilik tegrasiga evrula olmasang, yaxshi tegrasiga evrul.


* * *


Yamon tillik andoqkim, el ko’ngliga jarohat etkurur, o’z boshiga ham ofat etkurur.


* * *
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:52:16
Iymon — ko’rolmaganimizga ishonmoq, bu iymonning mokofoti esa, ishonganlarimzni ko’rishligimizdir.

(Avgustin)



* * *


Olam bir daryodir, uning qirg’og’i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo’lib, odamzotning hammasi shu daryodan o’tuvchi musofirlardir.

(Shayh Abu Ishoq Zuhuriy)



* * *


Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.

(Ahmad ibn Ismoil)


Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:53:01
Juda ko’p insonlarni ko’rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni chog’da hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.

(Namiq Kamol)



* * *


Shubhali bir dirhamni tark etishim yuz ming dirham sadaqa qilishimdan ko’ra afzalloq.

(Abdulloh ibn Muborak)



* * *
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:53:26


Juda ko’p insonlarni ko’rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni chog’da hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.

(Namiq Kamol)



* * *


Shubhali bir dirhamni tark etishim yuz ming dirham sadaqa qilishimdan ko’ra afzalloq.

(Abdulloh ibn Muborak)



* * *


Johil dovulga o’xshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo’shdir.

(Sa’diy Sheroziy)



* * *


Dunyo — mo’minlarning bozori: kecha va kunduz — sarmoyalari, go’zal amallar — tijorat mollari, jannat — foydalari, jahannam esa zararlaridir.

(Abu Bakr Siddiq)



* * *


Xorlikka chidab ilm odim. Pirovardida ulug’likka erishdim.

(Ibn Abbos)



* * *


Johil uchun eng yaxshi narsa jim turmoqdir. Agar buni bilganda balki johil bo’lmasdi.

(Sa’diy Sheroziy)



* * *


Berilgan har narsangni ajal bilan yuzlashmasdan oldin berib qolishing lozim.

(Jaloliddin Rumiy)



* * *


Sukut insonning eng harir libosidir.

(Umar ibn Xattob)



* * *


Juda ko’p odamlarni ko’rdim, ular o’tayotgan kunlaridan ko’ra dirhamlariga ko’proq bahillik qilishadi.

(Xasan Basriy)



* * *


Ne’matning zavol topishiga uning qadriga etmay, mensimaslikdan ko’ra kattaroq sabab yo’q.

(Umar ibn Xattob)
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Sentyabr 2007, 13:54:29
Donishmadlik — fanlarning eng anig’i.
Arastu 
 
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Robiya 26 Sentyabr 2007, 14:46:49
Chinakam do'st aytgan har o'git,masal
Sirti zahar erur,tomiri - asal  (N.Xusrav)
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Robiya 26 Sentyabr 2007, 14:48:33
Qancha kuchanmasin soxta bilimdon
U yuksala olmas ko'kka hech qachon
Unga o'z-o'zining buyukligi bas
U bundan boshqacha olamni bilmas  (Mirza Shafiy)
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 06:33:26
Odam o`z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o`z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o`z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o`zining QO`RQOQligini o`ylamaydi.
Shou
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 06:33:48
Odam o`z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o`z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o`z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o`zining QO`RQOQligini o`ylamaydi.
Shou

Yutganing o`zingniki, chaynaganing — gumon.
Cho`lpon
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:22:12
Bilmaganni so‘rab

                    o‘rgangan olim,

Orlanib so‘ramagan

                    o‘ziga zolim.

                    Alisher Navoiy

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:22:30
Yigitlikda yig‘

                    ilmning mag‘zini,

Qarigan chog‘ xarj qilg‘il ani.

                     Alisher Navoiy

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:22:49
Bilimdan bir shu’la

                    dilga tushgan on,

Shunda bilursankim

                    ilm bepoyon.

                           Firdavsiy

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:23:10
Ilmdan dunyoning

                    ishi sozdir boq,

Ilmsizning ishi

                    cho‘zilur  uzoq.

             Abdurahmon Jomiy

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:23:29
Harchand o‘qibsan

                    bilimdonsan,

Agar amal qilmading,

                    nodonsan.         

             Sa’diy Sheroziy
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:23:51
Bu olam ichraki yo‘q

        baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur

        yaxshilik ila chiqsa ot.

                     Alisher Navoiy
Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:24:15
Baxt keltiruvchi toza

        ruh manbai til,

Tilini tiyolgan odam —

        donishmand, bil.

                    Alisher Navoiy

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:24:42
Tiriklik  kunjida

                    undan  har mahal,

Yuz rohat yetar, lek 

                    ozor bo‘lmas.           

             Abdurahmon Jomiy

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:25:21
Bilimdonlik ajab

                    yaxshi  matodur,

Bu boyliksiz qolmoq

                    katta  xatodur.

         Nizomiy Ganjaviy

Nom: Donolar so'ylaydi
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Sentyabr 2007, 13:25:49
Har kimki jafo qilsa

                    jafo topqusidir,

Yaxshi kishi ko‘rmagay

                    yomonlik hargiz,

Har kimki  yomon bo‘lsa

                    jazo topqusidir.

                        Zahiriddin

Muhammad Bobur

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 01 Oktyabr 2007, 09:33:47
Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan,ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir.Unga chiroyli ko’rinishing shart emas.Kitob senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq,seni aldamaydigan do’st,malol kelmaydigan yo’ldosh,tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.                       (Ahmad ibn Ismoil)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 10 Oktyabr 2007, 14:23:32
Kimning kulgusi ko’p bo’lsa, haybati kamayadi,kim ko’p hazillashsa,yengiltabiat ko’rinadi.Kim bir narsani ko’p gapirsa,o’sha bilan nom chiqaradi.So’zi ko’pning xatosi ko’payadi.Xatosi ko’paysa,hayosi kamayadi,kimning hayosi kamaysa,taqvosi kamayadi.Taqvosi kamayganning esa qalbi o’ladi.(Hazrati Umar r.a.)

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Oktyabr 2007, 16:17:39
Yal-yal yongan yoshlik husni ortiqcha pardoz-andoz kasridan gullagan paytidayoq xazon bo'ladi.  Leonardo da Vinchi

Vaqt bizning eng arzon va ayni vaqtda eng qimmatbaho mulkimizdir,chunki vaqt tufayli biz hamma narsaga erishamiz. Ya.Raynis.

Bittagina "bugun" ikkita "ertaga" arziydi. B.Franklin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 03 Noyabr 2007, 07:01:12
Qaerda aql bo‘lsa, qudrat ham o‘sha yerdadir.
Viktor GYUGO

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, qo‘lingdan kel¬gancha tera olsang bas.
Abu Abdulla RUDAKIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 04 Noyabr 2007, 09:02:15
Birovga o'rgatilmagan ilm qulf solib qo'yilgan xazinaga o'xshaydi!
Rasululloh(SAV)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 04 Noyabr 2007, 09:04:13
Agar inson aql-idrok,(vijdon) bilan dunyo dinlarini o'rgansa u albatta Islom dinini tanlaydi!
Muallifi aniq esimda yo'q, Viktor Gyugo yoki Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 04 Noyabr 2007, 09:11:55
Yaxshilikka buyurgan kishi o'sha yaxshilikni qilgan kabidir!
Rasululloh(SAV)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 14:03:31
Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog’ing farzdir: "œAssalomu alaykum", "œBismillohir rahmonir rahim", "œAllohu akbar". Abu Lays Samarqandiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 14:04:29
E’tiqodingizga ko’ra yashamayotgan bo’lsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz. Umar ibn Xattob

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 05 Noyabr 2007, 07:37:32
Go‘zal xulqlarning eng yaxshisi va maqbuli, odobning eng sarasi, maqtovga sazovor bo‘lgani karam va saxovat shevasidir.
XONDAMIR

Tilga e’tibor — elga e’tibor.
O‘zbek xalq maqoli
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:02:30
Nechog‘li metin bo‘lmasin, dunyoda inson irodasi va tafakkuriga qarshi turadigan devor yo‘q.

J.Amadu
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:02:51
Odamlar ko‘pincha aqllarini nodonlikka sarflab yuradilar.
F. Laroshfuko

Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq kerak.
Monteske
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 07 Noyabr 2007, 07:49:14
Kitoblar aql farzandlaridir.
Jonatan SVIFT

O‘z aqling aqldir,
Elning aqli naqldir
O‘zbek xalq maqoli
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 07 Noyabr 2007, 07:49:38
Baxt belgisi ilm va aqldir.
Mahmud KOSHG‘ARIY

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
Abdurahmon JOMIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 08 Noyabr 2007, 07:56:44
Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil — muallim, uning tafakkur dunyosidir.
A. DISTERVEG

Hamma narsani idrok et, aql-idrokka birinchi o‘rinni ber.
PIFAGOR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 08 Noyabr 2007, 20:12:16
"Gul tarqatuvchi insonning qo'llarida doimo bir miqdor gul hidi qoladi".

Muallifi esimda yo'q
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:24:48
Yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa, o‘lim kelib tutmaguncha o‘zgarmaydi.
Yusuf Xos HOJIB

Yomg‘ir daraxt g‘uborini yuvganiday, gimnastika badan g‘uborini tozalaydi.
GIPPOKRAT
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 09 Noyabr 2007, 10:57:54
Baxildan so'rama chunki bermasa yomon ko'rib qolasan, agar bersa seni yomon ko'rib qoladi.

www.islom.uz
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 10 Noyabr 2007, 07:06:08
 Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.
Amir TEMUR

Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
Viktor GYUGO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 10 Noyabr 2007, 10:10:48
Nechun, bilasizmi xo'roz har sahar
Turib motamzoda oh-nola qilar.
U bizga deydiki tong oynasida:
"Umringdan tun o'tdi, senchi bexabar!"

Umar Xayyom
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 11 Noyabr 2007, 12:34:18
O'zini-o'zi aldash dahshat,chunki bunda aldovchi hamisha aldanuvchida mujassam bo'ladi.  Aflotun
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Fantomas 11 Noyabr 2007, 18:19:21
Agar o`qisangu o`ylamasang,chalkashib ketasan,o`ylasangu o`qimasang shubha gumonlar ostida qolasan.   
Konfutziy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 12 Noyabr 2007, 08:33:34
Qaerda aql bo‘lsa, qudrat ham o‘sha yerdadir.
Viktor GYuGO


Yurtni obod qilaman degan kishi o‘zi obod bo‘ladi.
Abdulla QAHHOR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 12 Noyabr 2007, 18:34:56
Bori elg'a yaxshilik qilg'ilki bundin yaxshi yo'q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig'.

Zahriddin Muhammad Bobur
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Fantomas 13 Noyabr 2007, 16:28:09
Sen bilan biror ishga kirishgan begona yurtdan bo`lsa, uning so`zsiz boshqa fikr va tushunchalari ham bordir. Chunki sen yomon vaziyatga tushganingda, u o`z xavfini ko`zlab qochib qolishi juda mumkin. Uning o`z yurti bor, axir.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 13 Noyabr 2007, 17:17:59
Ey ko'ngil qilding gunoh hargiz pushaymon bo'lmading,
So'fimen deb lof urib tolibi jonon bo'lmading.
Hayf umring o'tdi, bir lahza giryon bo'lmading,
So'finaxsh bo'lding vale hargiz musulmon bo'lmading.

Xoja Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Salmoni Forsiy 14 Noyabr 2007, 09:19:01
Don't trouble if the trouble troubles you.
(English proverb)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 14 Noyabr 2007, 19:54:35
Shunday insonlar ko'rdimki ustlarida kiyim yo'q,
Shunday kiyimlar ko'rdimki ichlarida inson yo'q.

Mavlono Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 16 Noyabr 2007, 16:10:59
Ey do'st, ulug'larni izzat qil, foydasiz har narsaga aralashish va tortishuvdan saqlan.

Ahmad Yugnakiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 16 Noyabr 2007, 16:12:09
O'g'ilginam, totimagil baxil nonidan,
Uzoq bo'l, baxilning dasturxonidan.

Farididdin Attor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 17 Noyabr 2007, 19:26:55
Go'zal axloq namunalaridan biri VAFOdir!

Mahmud As'ad Jo'shon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 23 Noyabr 2007, 09:30:00
Sen tanangni boqding, ammo unda farqlash xossasi yo'qdir!

Mavlono Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:41:58
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
    Alisher Navoiy
 
Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
    Abdurahmon Jomiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 26 Noyabr 2007, 11:04:58
Asl g’avvos bo’lsang, durni topgaysen
Sof bo’lsang ketar chog’ing, hurni ko’rgaysen
Hammayoq zulmat deb shikoyat qilma
O’zingda nur bo’lsa, nurni ko’rgaysen.

Muallifi noma'lum
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:14:47
Agar ba’zi birlar seni ranjitsa,
Azob otashida o‘rtanma butkul!
O‘zing bilasanki, hammani esa
Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul.

Ba’zida joningni jabborga berib,
Asl haqiqatni so‘zlaganing dam,
Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib
Mumkin seni nodon deyishlari ham.

Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon,
Aminman topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor.

Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib,
Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul.
Do‘stim, haqiqatu rostini aytib,
Faqat, vijdoningni buyurganin qil!


/Shukrullo/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:16:11
Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo‘lsa-da, ko‘p ish qilganiga qarab baholanadigan bo‘lsa, Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir. Payg‘ambar, notiq, da’vatchi, qonunshunos, jangchi, qalblarning himoyachisi, g‘oyalar targ‘ibotchisi, imom, davlat arbobi, yer yuzining yigirma mintaqasida islomiiy saltanat qura olgan... Muhammad (alayhissalom) ana shunday zot edi!  Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki u o‘lchovlarga sig‘sa?!

/Lamartin/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:16:56
Alloh taoloning birligi va borligini Muso (alayhissalom) millatiga, Iso (alayhissalom) ummatiga, Muhammad (alayhissalom) butun insoniyatga bildirdi.

/Napoleon/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:26:50
Aqlli bo`lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir.

/Rene Dekart/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:27:15
Barmoq og`rig`ini qalb sezadi, qalb dardi esa pinhon kezadi.

/Habash maqoli/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:27:45
Besh xil ayollar uchun aziyat cheksa arziydi: olijanob, pokiza va go`zallar uchun; aqlli, qanoatli, iffatli, vafolililar uchun; butun harakatlarini o`ylab qiladigan, erning borida ham yo`g`ida ham xurmatlab, o`zini va nomusini saqlaganlar uchun; yaxshi va yomon kunlarda fidokor bo`lishni o`ziga shior qilib olganlar uchun; yuzidan kulgi arimaydigan, tili shirin, qo`li barakali, qadami qutlug` bo`lganlar uchun.

/'Kalila va Dimna' dan/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:28:21
Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

/Gyote/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:28:50
Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko`ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g`oyat mushkul bo`lib qoladi.

/Benedikt Spinoza/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:29:11
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

/Karleyl/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:29:56
Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro‘yxatining boshiga Muhammadni (alayhissalom) yozib qo‘ysam, ehtimol ayrim muxlislarim taajjubga tushishar? Boshqalar buni ehtimol boshqacha tushunishar? Nima bo‘lganida ham, u dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo‘’tabar maqomga munosibdir.

/Mishel Xart/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:30:15
Hammaga do`st bo`lgan odam hech kimga do`st emas.

/Arastu/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:30:40
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

/Karleyl/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:31:09
Juda ko`p insonlarni ko`rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni chog`da hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.

/Namiq Kamol/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:31:34
Inson o`ziga-o`zi bo`ysunishni va o`z qarorlariga itoat qilishni o`rganmog`I lozim.

/Sitseron/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:32:30
Hazrati Muhammad (alayhissalom) haqida gapirganlarimiz bir nuqtada to‘planadi. U ham bo‘lsa, bu zotning xulq-atvori yuksakligi, axloqining pokizaligidir. Bular shundayin ulug‘ fazilatlarki, u zamondagi makkaliklar orasida juda nodir edi.

/Vilyam Muir/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 03 Dekabr 2007, 17:32:56
Hazrati Muhammadning (alayhissalom) odam bolasi bo‘lgani butun insoniyatga faxrdir. Chunki u zot umumiy bo‘lsa-da, o‘n to‘rt asr avval shunday qonun va asoslarni keltirdiki, biz ovrupaliklar ikki ming sanadan keyin ularning qiymati va haqiqatini anglab yetsak, eng mas’ud, eng saodatli nasllar bo‘lamiz. 

/Shebol/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 04 Dekabr 2007, 16:56:21
Kishi o‘ziga biror mashaqqatni olmasa, boshqaninng ko‘nglini ololmaydi.

/Jon Milton/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 04 Dekabr 2007, 16:56:51
Kitob — mashg`ullik paytingda o`zi so`z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko`rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o`rtoq, seni aldamaydigan do`st, malol kelmaydigan yo`ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo`ydir.

/Ahmad ibn Ismoil/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 04 Dekabr 2007, 16:57:31
Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammadning (alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Hazrati Muhammad so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi.

/Gyote/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 04 Dekabr 2007, 16:57:55
U bir paytnign o‘zida ham Papa, ham Sezar edi. Ammo Papa bo‘lib, unda Papaning iddaolari yo‘q edi. Sezar bo‘lib, unda Sezarning behisob lashkari ham yo‘q edi. Agar biron bir shaxs muntazam qo‘shinsiz, tansoqchilarsiz, saroylarsiz, davlat daromadi (soliqlarsiz), men Uning izni-ixtiyori bilan boshqardim, deya olsa, unda u Muhammaddir (alayhisssalom). Chunki uning qo‘lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi.

/Annay Bezant/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 04 Dekabr 2007, 16:58:19
Xayol bilimdan muhimroq.

/Enshteyn/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 04 Dekabr 2007, 16:58:45
Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki? U qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi.

/Jan Jak Russo/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 05 Dekabr 2007, 18:50:44
Ilm qum solingan teshik aravaga o'xshaydi, agar uni to'ldirib turmasangiz to'kilib tamom bo'lib qolishi aniq!

Muallifi noma'lum
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:25:50
Gapirishi mumkin bo'lgan barcha narsani gapirgan odamning holiga voy.
/Volter/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:27:28
Aqlli, lekin shu bilgan birgalikda zaif xarakterga ega kishining holiga voy.
/N.Shamfor/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:29:06
Maqsadsiz faoliyat, manfaatsiz maqsad, faoliyatsiz hayot yo'q
/Pubiliy/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:30:34
Maqsadsiz faoliyat, manfaatsiz maqsad, faoliyatsiz hayot yo'q
/Pubiliy/
[/b]P.S.[/b] uzr /Belinski/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:32:35
[/b]Mulohazali Jasur bo'l[/b]
/B. Grasian/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:34:05
Fikrlaringizga e'tiborli bo'ling, zero aynan ular amallaringizning ibtidosidir
/Lao Szi/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abu Abdulloh 11 Dekabr 2007, 18:35:31
Yolg’onchining gapi qanchalik chiroyli bo’lsa, shunchalik qabihdir. Chin so’z qanchalik betakalluf bo’lmasin, so’zlovchi uchun taassuf yo’qdir

(Nomalum)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:38:46
O'zingizga nisbatan qattiqqo'l, boshqalarga esa halim bo'ling
/Konfutsiy/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:40:10
Daholikning 1%i iste'dod. qolgan 99%i mehnatdandir
/Edison/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:41:15
Ruhiy dangasalik, tana dangasaligidan ko'proq.
/F. Laroshfuko/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:43:04
Barcha vaziyatdan ham tasalli topsa bo'ladi, agar yaxshilab izlasa
/D.Defo/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:44:38
Zaruratda - birdamlik, gumonda - ozodlik, barchasida - muhabbat

/Avgustin/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:52:30
Eng buyuk g'alaba - o‘z ustingdan qilingan g‘alabadir!!
/de la Barka/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:53:42
E'tiqod, har qanday donishmandlikning ibtidosi emas, balki intihosidir
/I.Gete/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 11 Dekabr 2007, 18:54:34
Aldanishning eng oson yo'li bu o'zini o'zgalardan aqlliroq bilishdir
/F. Laroshfuko/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:46:21
Istamay mutolaa qilayotgan talaba — qanotsiz qush.    Sa’diy.
Ko’p narsaga ruju’ qilgan odam ko’p narsada xato qilishi muqarrar.     Menandr.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 13 Dekabr 2007, 12:50:42
Every man dies but not every man really lives

/William Walls/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 15 Dekabr 2007, 14:20:10
 Faqat qoralanishgagina yoki faqat maqtalishgagina loyiq odam bo'lmagan, yo'q va bo'lmaydi.

 Boylik va sog'lik, do'st va shirinsuxan xotin, itoatkor o'g'il va foydali bilim - mana, bu dunyodagi oltita ne'mat.

 Kim barcha mavjudotlarda o'zini va o'zida - barcha mavjudotlarni ko'rsa, o'sha oliy saltanatga erishadi.

 
Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:14:47
Taqdir bashoratlari Xudolargagina ayondir.

Ertangi kunga , hali u kelmaguncha , umid bog’lama, negaki, u kunning qanday musibatlar olib kelishini hech kim bilmaydi.

Kim haddan tashqari uzoqni ko’rsa, qalban notinchdri. Hech nima xususida oldindan tashvishlanmagin va hali yo’q narsaga quvonmagin.

Qadimgi Misr hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:15:51
Yodda tut: mana shu hayotninggina bahosi bor!

Mamlakat osoyishtaligi — adolatda.

Haqiqat, ertami yoki kechmi, baribir, yorug’likka chiqadi, yolg’on esa yo’q bo’ladi.

Qadimgi Misr hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:16:39
Kim to’r qo’ysa, unga o’zi tushadi; kim chuqur qazisa, unga o’zi yiqiladi; kim qilich charxlasa, o’zi qilichdan halok bo’ladi.

Shikoyatchi qandayin bebaxt! Arzg’oy bo’lish bebaxtning qismatidir.

Do’stlarni yo’qotmoq uchun ularni kechirmoq lozim.

Qadimgi Misr hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:17:39
Odam boshqalar bilan qanday muomala qilsa, uning bilan shunday muomala qil.

Senga nimaiki demasinlar, hech kim bilan, xuddi uning sen bilan so’zlashishga haqi yo’qday, gaplashma.

Kim o’ldirsa, o’zi ham o’ldiriladi. Kim o’ldirishga amr qilsa, o’zi ham amr bilan o’ldiriladi.

Chinakam ulkan odamning ochko’z bo’lishi mumkin emas.

Qadimgi Misr hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 17 Dekabr 2007, 18:54:10
Haq ohang zaif bo'lishi mumkin emas.
Bernard Shou
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 17 Dekabr 2007, 18:57:37
Urush - mardlikni, g'azab - donishmandlikni, muhtojlik - do'stni sinaydi
/Sharq hikmati/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 17 Dekabr 2007, 18:58:31
Tasavvur bilimdan ko'ra ancha muhim
/Albert Eynshteyn/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 17 Dekabr 2007, 19:01:17
Hamma erkaklar o'zlari maftun bo'lgan ayollar oldida bir xildirlar.
/Bernard Shou/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Dekabr 2007, 11:04:31
Agar baxtsizlik keltiradigan bo’lsa, haqiqat to’g’risida ham churq etmaslik lozim.

O’z umidlarining quli — hamma odamlarning quli, o’z umidlarining hukmdori — butun olam hukmdori.

Haqqoniy va yoqimlini gapir; haqqoniy, ammo yoqimsizni gapirma; yoqimli, ammo, haqqoniy emasni gapirma — mana azaliy qat’iy qoida..

Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Dekabr 2007, 11:08:11
Nima mumkin bo’lmasa, o’sha mumkin emas; nima mumkin bo’lsa, o’sha mumkin. Arava suv yuzida yurmaydi, kema quruqlikda suzmaydi.

Oqibati haqida o’ylamay, burchingni ado et; bu senga baxt keltiradimi yoki bebaxtlik, burchingni ado et. Kim o’z burchini, xursand bo’lmay va qayg’uga tushmay , xotirjam ado etsa, har qanday oqibatlarni qarshi olsa, o’sha, darhaqiqat, qalban ulkandir.

Yot burchni ado etgandan, o’z  burchini yomon ado etish yaxshiroq.

Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:45:08
Aqlsiz odamga ilmdan na foyda? Ko’zi ojiz kishiga ko’zgudan qanday naf bor?

Odamning bezagi — donolik, donolikning bezagi — osoyishtalik, osoyishtalikning bezagi — jasurlik, jasurlikning bezagi — muloyimlik.

Hech qanday ishga kirishma — mana donolikning birinchi belgisi. Ishga kirishganingdan keyin uni oxiriga yetkaz — mana donolikning ikkinchi belgisi.

Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:47:49
Agar sen dono bo’lsang, boyga, hukmdorga, yosh bolaga, keksa kishiga, darveshga, donishmandga, ayol kishiga, tentakka va ustozga e’tiroz bildirma.

Xudolar kimni xarob qilishni niyat qilsalar, o’shani aqldan mahrum etadilar.

Kim barchaga adovatsizlik bilan va noto’g’ri fikrlarsiz qarasa, uning uchun dunyo xursandchiliklarga to’la.

Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:50:25
Bitta, uni eshitib xotirjam bo’linadigan so’z, minglab, befoyda so’zlardan tuzilgan, nutqlardan yaxshiroq.

Sukut so’zlardan afzal.

Millionlab yillar qonunsiz hayotdan, qonunda yashagan lahza afzal.

Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:51:34
Hech kim boshqarmayotgan, ayol yoki go’dak boshqarayotgan mamlakatda yashama.

Senga erkinlik muhayyo etilgan bo’lsa, shundagina tug’ilishga arziydi. Modomiki, hayot — qullik ekan, unda o’lim nima?

Botir odam, olim kishi va go’zal ayol qayerga bormasinlar, hamma yerda panoh topadilar.

Qadimgi Hindiston hikmatlari
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:47:42
Jasoratsiz arl — ayolning xususiyati; aqlsiz jasorat — hayvonning xususiyati.

Xavf tug’ilmaguncha, undan qo’rq; xavf kelganida esa undan qo’rqma, u bilan kurash.

Tentak bilan do’st bo’lgandan ko’ra, aqlli bilan dushman bo’lish yaxshiroq.

Berish, olish, sirlashish, so’rash, mehmon qilish, mehmon bo’lish — mana do’stlikning oltita belgisi.

Uy bekasi — mana, uy nima degani. Bekasiz uy o’rmonga o’xshaydi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:49:09
O’z o’g’ling qandayin yomon — tarbiyasiz, badbashara, nodon, sayoq, bexosiyat bo’lmasin, u har holda, qalbni quvontiradi.

O’g’ling bilan besh yoshgacha shoh bilan kabi muomalada bo’l, besh yoshdan o’n beshgacha — xuddi xizmatkor bilanday, o’n beshdan keyin — do’st bilan singari. Erning xotin bilan, otaning o’g’il bilan ishlariga aralashma.

Hatto, dushmaningdagi yaxshi narsalarga taqlid qil, hatto, ota — onangdagi yomon narsalarga taqlid qilma.

U dushmaning bo’lganida ham — mehmonga e’tiborli bo’l. Hatto, qo’lida boltasi bor o’rmon kesuvchidan daraxtlar o’z soyalarini ayamaydilar.

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:49:39
Aqlli kishiga majlisda boshqa kishi haqida yomon so’zlarni aytish yarashmaydi.

Podsholarga, olovga, boshliqlarga va ayollarga juda yaqin ham, ulardan juda uzoq ham bo’lma: juda yaqin bo’lsang — ular seni nobud qiladilar; juda uzoq bo’lsang — ular sen uchun befoyda bo’ladilar.

Boylikka egalik qilishda ikkita xatoga yo’l qo’yilishi mumkin: noloyiqqa berish va loyiqqa bermaslik.

Pishgan mevaga uzilib, yerga tushishdan o’zga hech nima xavf — xatar solmaydi; yorug’ dunyoga kelganga o’limdan boshqa hech nima xavf — xatar solmaydi.

Vaqt hech kimni sevmaydi va hech kimdan nafratlanmaydi, vaqt hech kimga befarq emas — u barchani olib ketadi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 14 Yanvar 2008, 23:03:56
Assalomu alaykum!
Rasululloh(s.a.v.) dedilar: "...Rostgo'ylik ezgulikka boshlaydi, ezgulik esa Jannatga,.."
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:47:56
Nima bo’lgan bo’lsa, o’sha bo’ladi, nima yaratilgan bo’lsa, o’sha yaratiladi, bu quyosh ostida hech qanday yangi narsaning o’zi yo’q.


Ko’rdimki, bamisoli, zulmatdan yorug’likning foydaligi kabi, donishmandlik nodonlikdan foydaliroq.


Sulaymon payg'ambar
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:50:14
Qo’rquvni his etmay desang — judayam haqiqatgo’y va o’ta donishmand bo’lmagin.


Xudo odamlarni to’g’ri qilib yaratdi, odamlar esa ko’plab hiyra — nayranglarni axtaradilar.


Sulaymon payg'ambar
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:51:45
Inson yorug’ dunyo ishlarining mohiyatini topa olmaydi — uni topishga qanchalik urinmasin, baribir, topa olmaydi; hatto, donishmand uni topa olasan, deganda ham topa olmaydi.


Yuksak lavozimlarga nodonlik qo’yilgan, munosiblar esa pastda qolib ketganlar
.

Sulaymon payg'ambar
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:53:04
Sen, bamisoli, ona qornidaligingda nafas olishning qanday yuz berganligini va suyaklaringning qayerdan paydo bo’lganligini bilmaganingdek, barcha narsalarni yaratuvchi — Xudoning ishlarini ham bila olmaysan.


Sulaymon payg’ambar
[/b]
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 19 Yanvar 2008, 08:21:07
Qulab tushgan minoralar tarkibi axlatdan iborat.
Filip Larkin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 20 Yanvar 2008, 08:15:06
Bandaning Allohdan qo'rqishi, uning ilmli ekaniga kifoya qiladi, uning ilmi bilan maqtanishi esa , ilmi ozligiga dalolatdir.
(Masruq (R.A.))
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 21 Yanvar 2008, 08:41:47
Қсл билан биттани ютасан, ақл билан мингтани.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 25 Yanvar 2008, 07:58:49
Salomatlik sog' odamlar boshidagi tojdir, uni faqat kasallar ko'radi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 25 Yanvar 2008, 08:00:06
Baht ham huddi salomatlik kabidir. U borida sezilmaydi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:50:20
Axmoqqa boshingdan xushbo’y moy quyishga ijozat bergandan ko’ra, aqllidan yuzta zarba olganing yaxshiroq.

Agar maxfiy so’zni eshitsang, u sening qalbingda o’lib qo’yaqolsin.

Axikar Ossuriya podshosi Sinaxeribning mirzasi (VIII — VII asrlarda yashagan)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:50:45
Sendan to’yib ketmasligi va seni yomon ko’rib qolmasligi uchun, do’stning huzuriga juda tez — tez tashrif buyurmaslik lozim.

Ayolning chinakam go’zalligi — uning fe’l — atvorining muloyimligida, ayolning jozibadorligi esa — uning so’zlarining yumshoqligida.

Axikar Ossuriya podshosi Sinaxeribning mirzasi (VIII — VII asrlarda yashagan)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:51:11
Ayolning go’zalligi ko’plarni halok qiladi, negaki, go’zal ayolning muhabbati kuydirib kul qiluvchi alangaga o’xshaydi.

Shoxlar va mevalar daraxtni, qalin o’rmon — tog’ni bezagani kabi, erkak kishini uning farzandlari va xotini bezaydilar. Na aka — ukalari, na xotini, na o’g’illari yo’q kishi o’z dushmanlari nigohida arzimasdir. U yo’llar chorrahasida o’sayotgan daraxtga o’xshaydi: har bir o’tkinchi uning mevalarini yuladi, dala yirtqichlari uni g’ajiydilar.

Axikar Ossuriya podshosi Sinaxeribning mirzasi (VIII — VII asrlarda yashagan)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:51:39
Men toshlarni ag’dar-to’ntar qildim, ammo, o’z qaynotasining uyida yashayotgan kuyovchalik og’ir hech nimani topmadim.

Bahslashishayotgan joydan qochib qolishga shoshil va sening joning tinchlantirilgan bo’ladi.

Men temir va qo’rg’oshinni ko’tardim, ammo g’iybat va tuhmatdan og’irroq hech nimani topmadim.


Axikar Ossuriya podshosi Sinaxeribning mirzasi (VIII — VII asrlarda yashagan)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 28 Yanvar 2008, 12:48:51
Ko'zni yumgil ko'zga aylansin ko'ngil,
Ko'z bo'lurmi, haqni ko'rmas bo'lsa ul!..

Mavlono Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 29 Yanvar 2008, 08:42:45
Kimda uchta xislat bo'lmasa, u oshiq emasdir: Allohning kalomini insonlarning kalomidan ustun ko'rmasa, Alloh bilan uchrashuvni insonlar bilan uchrashuvdn ustun qo'ymasa, Allohga ibodatni insonlar xizmatidan ustun ko'rmasa.
(Yahyo ibn Muoz)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 11:50:53
G’azabingni tiy.

Vatan uchun joningni fido qilishga tayyor bo’l.


Periandr ("œYetti donishmand"ning biri, 666-586 yy.)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 11:51:58
Baxtli onlarda mo’tadil, baxtsizlikda esa — aqlli bo’l.

Nafaqat qilmish baklki yomon niyat uchun ham jazola.

Periandr ("œYetti donishmand"ning biri, 666-586 yy.)

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 11:53:21
Yaxshi kishi bo’lish juda qiyin.

Hammaga yaxshi ko’rinishni xohlagin.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 11:54:54
G’araz yeb — to’ymasdir.

Haqiqatga, sadoqatga, tajribalilikka, haqgo’ylikka, do’stlikka tayan.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 11:56:30
Odamning kimligini hokimiyat namoyon qiladi.

Kulfatni oldindan, hali u yetib kelamsidan ko’ra bilish — aqllilarning ishi, kulfat kelgandan keyin unga bas kelish choralarini ko’rish — dovyuraklarning ishi.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 11:58:19
Biror — bir ishni niyat qilsang, u haqda gapirma: uddasidan chiqa olmasang — kulgiga qolasan.

Do’sting haqida, hatto, dushmaning to’g’risida ham yomon gapirma.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)


Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 11:59:31
Diyonatlilikni mashq qil.

Mo’tadillikni sevgin.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)



Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:00:43
Qasd olgandan ko’ra, kechirgan yaxshi.

Ishni qoyilmaqom qiladigan kishini qanday topish mumkin? Agar ortiqcha talabchanlik bilan istalsa, bunday kishini topish amri mahol.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:01:32
Do’stingni u bilan yakkama-yakka qolganingda aybla, ko’pchilik oldida — maqta.

Hammadan yoqimlisini emas, balki, hammasidan foydalisini maslahat ber.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)


 
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:03:01
Tenglik urushni tug’dirmaydi.

O’limidan avval hech kimni baxtli , deb atash mumkin emas.

Pittak ("œYetti donishmand"ning biri, 651-569 yy.)

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Usmon 29 Yanvar 2008, 18:44:41
Vaqt hech kimni sevmaydi va hech kimdan nafratlanmaydi, vaqt hech kimga befarq emas — u barchani olib ketadi.

/R/
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 03 Fevral 2008, 07:41:11
Insonni tug'ilganidan o'lguniga qadar doimo taqib qilib yuradigan eng yomon dushmani bu nafsdir.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2008, 08:02:22
Ulug‘ ishlar uchun tolmas sabot kerak.
VOLTER
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 04 Fevral 2008, 07:55:08
Sevimli narsalarga mashaqqat bilan, yahshilikka bo’lsa o’ziga sevimli bo’lgan narsalarni sarflash bilan erishiladi

(Beruniy).
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 04 Fevral 2008, 08:03:30
Vaqtni boy berayotganda xunob bo‘lgan odam eng dono odamdir.
Dante


Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq kerak.
Monteske
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Farida 06 Fevral 2008, 16:05:51
Kimki mehnatdan o‘zini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi.
Jon Milton
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 07 Fevral 2008, 07:47:07
Har qanday narsa ko’paysa qadri tushadi, ammo ilm va odob bundan mustasno.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2008, 10:08:30
Hayot yo‘lida birinchi masala — maktab masalasidir.
Fitrat

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
A.Firdavsiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2008, 10:10:06

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.
Yusuf Xos Hojib


Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2008, 10:10:51
Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang, bas.
Abu Abdullo Rudakiy


O‘quv qunt beradi, bilim — sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Baxt belgisi ilm va aqldir.
Mahmud Koshg‘ariy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2008, 10:12:10
Aql — aqldan quvvat oladi.
Jaloliddin Rumiy


Ilmsiz gap shamoldir.
Maqol
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 08 Fevral 2008, 07:40:40
Haqiqatni odamlarga qarab tanima, balki oldin haqiqatni topib ol. Shundan keyin uning ahlini tanisan.  (Ali r.a.)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 09 Fevral 2008, 14:54:05
Ilmni kim vositai joh etar,
O‘ziniyu xalqni gumroh etar.
Alisher Navoiy

Bir marta o‘qisa bo‘ladigan asarni o‘qimasa ham bo‘laveradi.
Tohir MALIK

Haqiqiy do‘st bu dunyodagi eng ulug‘ ne’matdir. Holbuki, biz ayni shu ne’matning ortidan har narsadan ko‘ra kamroq quvlaymiz.
Fransua Laroshfuko
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:28:35
Faoliyat bilimlarga olib boradigan yagona yo‘ldir.
Bernard SHOU
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:28:44
Harakat — hayot xazinasi.
ARASTU
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:28:54
Adolat barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir.
SITSERON
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:29:07
Bugunning chorasini ko‘rib ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Abu Rayhon BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:29:16
Bilim va ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim.
Abu Nasr FOROBIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:29:33
El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog‘i — qimmat.
O‘zbek xalq maqoli.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:29:52
Aqlli baxt topar,
Baxt bilan taxt topar.
O‘zbek xalq maqoli
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 00:53:58
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l bu —faoliyatdir.
B.Shou
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 00:55:13
O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.
E. Xabbard

O‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir.
D.I.Mendeleev
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 00:56:42
O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir.
J.Juber

Bilganlarimizning cheki bor, bilmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo‘q.
P.Laplas
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 00:58:26
Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.
I.Gyote

Fikr! Buyuk narsa! Insonning ulug‘vorligi ham fikrdan bo‘lmay nimadan?
A.S.Pushkin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 01:00:09
Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir.
Epiktet

Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil — muallim, uning tafakkur dunyosidir.
A.Disterveg
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 01:02:03
Birovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lganidan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.
M.Monten

Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri — o‘quvchiga hurmatda.
R.Emerson
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 01:04:59
Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
V.O.Distervig

Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.
Sh.Monteske
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: otabek80 11 Fevral 2008, 07:38:05
Men qanchalik ko'p bilganim sari, shuncha kam bilishimni anglamoqdaman.
Umar Hayyom.



Men hech narsani bilmasligimni bildim.
Suqrot
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AL_laziz87 12 Fevral 2008, 19:47:05
Tilning aqldan o'zib ketishiga yo'l qoyma
Xilolin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 12:23:39
Cheksiz vaqt barcha narsalarning ibtidosidir.

Qayerdan kelsak, o’sha yerga qaytarmiz.

Anaksimandr

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 14 Fevral 2008, 09:56:01
Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.
Imom G’azzoliy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:04:46
 Dunyoda yomonlik hukm suradi.

 Yomon odamni tuzatib bo’lmaydi, u hulqini emas,afti angorinigina o’zgartirishi mumkin.

Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:05:56
 Tentak hch ham yahshi kishiga aylana olmaydi, yaxshi kishi esa — osongina tentakka aylanishi mumkin.

 Sen umid bog’lagan kishilar seni halok qilishlari, sen mensimagan odamlar esa — seni qutqarishlari mumkin.

Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:07:09
 Nafs halokatlidir, chunki, u insonni ko’r qilib qo’yadi.

 Qo’rquv kishini olovdan olib, alangaga tashlaydi.


Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:08:51
Shaxvoniylik, hasadgo’ylik, ishonuvchanlik-halokatli hirslardirlar.

Har kimning o’z ishi, har ishning esa — o’z vaqti bor.

O’z ishingda faqat o’zinga va o’z mehnatinga ishonmog’ing darkor.

Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:14:58
Turmush qiyinchiliklarida sabr — bardoshlilik va hamma narsani yumshatish odatlarini orttirmoq kerak.

Hayot, nima bo’lganda ham, o’limdan hamisha afzal.

Katta yoshga kirganingda ham o’qib-o’rganishdan uyalma:hechidan ko’ra kechikib o’rgangan ham yahshi.

Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:16:56
Agar puling ko’p bo’lsa — quvonma, agar kam bo’lsa- kuyinma.       

Omad xursandchilikka, omadsizlik esa — g’am-alam chekishga arzimaydi; barchasi o’tkinchi, hech narsa insonga bog’liq emas.

Sirtdan ko’rinish aldoqchi: ko’pincha, yaxshi so’zlar ortida axmoqona ishlar berkingan bo’ladilar, vajohatli ko’rinish ortida esa — bo’lmag’ur fe’l-atvor yotadi.

Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:17:29
Do’st va yordamchilarni ehtiyotkorlik bilan tanlamoq, ularga yaxshilik qaytarmoq kerak, ammo hech kimdan o’zingga minnatdorchilik kutma.


Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Rukhiya 21 Fevral 2008, 20:35:59
O'rmondagi o'nta qushdan ko'ra ,qo'lingdagi bitta qush avfzaldir. Shvet maqoli.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:34:05
Tilingni, qorningni, shahvoniy nafsingni jilovla. Anaxarsis. Qadimgi yunon donishmandi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:35:18
Bir vaqtnnig o’zida odamda nima yaxshi va yomon, degan savolga u javob berdi: "œTil". Anaxarsis (Qadimgi yunon donishmandi)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:36:09
Kemalardan qaysilari eng xavfsizrog’i, deb undan so’radilar. — Qirg’oqqa chiqarib tashlanganlari. Anaxarsis (Qadimgi yunon donishmandi)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:37:08
Tiriklar ko’pmi yoki o’lganlarmi, degan savolga u qayta savol berdi: "œSuzayotganlarni kim deb hisoblamoq kerak?" Anaxarsis (Qadimgi yunon donishmandi)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:37:38
Kema taxtasinnig to’rt barmoq qalinligida ekanligini bilib, u aytdi: kemadagilar o’limdan to’rt barmoq narida suzarkanlar. Anaxarsis. Qadimgi yunon donishmandi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 10:33:36
Odamning kallasiga nimaning kelishi uning izmida emas. Avgustin Avreliy.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 10:35:04
O'lim, bu - senga otilgan o'q, hayot esa - u senga yetib borguncha o'tadigan lahza. Al-Xusriy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 10:38:00
Bu olam sirtidan go'zal, ichidan esa puch paxta guliga o'xshaydi. Uning yolg'onlariga uchma. Hayot uchun senga ko'p narsa berilmagan. Kabir
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Mart 2008, 07:01:09
Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim.
Abu Nasr FOROBIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Mart 2008, 07:01:28
Haqiqiy qayg‘u andishali bo‘ladi.
E.Gebbel
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Mart 2008, 07:01:39
Dushmaningga do‘st bo‘lgan odamni o‘zingga do‘st deb bilma.
Aristotel
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:08:34
Shu darajadagi hech qanday barkamollik yo’qki, toki u har qanday ta’na-dashnomdan xoli bo’lsin.  Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:10:11
O’lim, baxtli odamlar uchun, boshqalarga qaraganda, hech ham azob emas, balki, hatto, huzur-halovatdir.
Ezop
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:11:18
Agar puling ko’p bo’lsa — quvonma, agar kam bo’lsa — kuyinma.  Ezop.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:12:44
Qonunlar o’rgimchak to’riga o’xshaydilar: zaifni domlariga tortib oladilar, kuchli esa ularni yirtib tashlaydi. Solon.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:13:45
Kimki ko’plar uchun qo’rqinchli bo’lsa, u ko’plardan qo’rqmog’i kerak.  Solon.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:14:11
Sukut — so’zlashdan, hozirjavoblik esa — sukutdan tiyadi. Solon.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:14:57
O’limidan avval hech kimni baxtli deb atash mumkin emas.  Solon.

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:15:47
Qayerdan kelsak, o’sha yerga qaytarmiz.  Anaksimandr

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:16:59
Ota-onalaringizga qanday munosabatda bo’lsangiz, bolalaringiz siz bilan xuddi shunday munosabatda bo’lishlarini yodda tutinglar.  Fales.



Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:17:57
Gunoh ishlarni sodir etuvchilar xudoning nigohidan bekina ololmaydilar va, hatto, undan o’z fikrlarini ham sir tutolmaydilar.  Fales.

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:18:39
Seni hech qanday mulohazalar senga ishonganlardan qaytarmasin.  Fales.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:19:25
Boshqalar to’g’risida bo’htonni pichirlayotgan kishini uydan hayda.  Fales.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:30:34
Do’q-po’pisa qilma, bu janjalkash ayollarning ishi.  Xilon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:31:09
Tilingni tiy, xususan ziyofatda.  Xilon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:34:02
Nikoh to’ying dabdabasiz bo’lsin. Xilon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:34:41
Yo’qotish nojo’ya foydadan afzalroq: biridan faqat bir martali alam kelsa, boshqasidan bir umrga dog’ qoladi.  Xilon

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:35:14
Tiling fikrdan ildam yurmasin.  Xilon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:36:07
Eng aqlli faylasufning eng be’mani savollarga javob berishi mushkuldir.   Xilon.

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:11:03
Yorug’ dunyoda hamma narsa o’tkinchidir. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:11:36
Ozga intilib, yutasan, ko’pga intilib — adashasan. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:12:39
Oh, baxtsizlik! U baxt tayanchi. Oh, baxt! Unda baxtsizlik pinhondir. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:13:04
Kim bilsa, u gapirmaydi; kim gapirsa, u bilmaydi. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:13:34
Kim ko’p va’da bersa, u ishonchga sazovor emas. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:14:01
To’g’ri so’zlar bejirim emaslar. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:14:35
Dono odam, o’zini bilib, kerilmaydi. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:16:33
Kimki o’z jonini pisand qilmas ekan, u ayni shuning o’zi bilan o’z hayotini qadrlaydi. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:16:55
Agar osonlikka umid bog’lansa, unda, so’zsiz, ko’p qiyinchiliklar bo’ladi. Lao-Tszi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:17:17
Chinakam ma’rifatli kishi jang qilmaydi. Lao-Stzi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:31:58
O’zingizga shamchiroq bo’ling. Budda
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:36:06
Yaxshilik qilishga shoshilmagan kishining qalbi yomonlikdan huzur topadi. Budda
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:36:56
Kam biladigan odam xuddi ho’kizday qariydi: uning mushaklari o’sib ketadi, aqli esa oshmaydi. Budda
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:37:56
Faqat tanbehga yoki faqat maqtovga loyiq bironta ham odam bo’lmagan, bo’lmagan ham, shunday odam hozir ham yo’q. Budda.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 16 Aprel 2008, 07:32:37
Sizga hamisha sof haqiqatni aytuvchi do‘stlaringiz bo‘lishidan ham yoqimliroq narsa yo‘q.
O’GENRI
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 16 Aprel 2008, 07:34:26
Inson zebu ziynati bilim va odobdir.
Ularni shogirdlariga singdirgan ustozlargina chinakam ustozdir.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 19 Aprel 2008, 07:22:12
Dunyoda hech qanday dalil qolmagan taqdirda ham, bir mikrobning hayoti Allohni anglash va anglatish uchun yetarlidir.
PASTERNAK
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:04:00
Xalqlar! Birinchi galda, qonunlarga qaraganda, yaxshi xulq-odobga ega bo’lishga harakat qilinglar: yaxshi xulq-odob, aslida, eng birinchi qonundir.  Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:05:29
O’zingga do’st tanla; tanho o’zing baxtli bo’la olmaysan: baxt ikki kishining ishi.  Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:06:15
Bolalar bilan, ayollar bilan, avom bilan fikrlashma.  Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:13:03
Aqli rasolikning bir tomchisini o’qimishlilikning butun bir xazinasidan afzalroq ko’r. Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:13:37
Hayot tomoshagohga o’xshaydi: unda ko’pincha, juda yomon odamlar eng yaxshi o’rinlarni egallaydilar. Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:14:17
Sukut saqla yoki sukut saqlashdan nima afzal bo’lsa, o’shani gapir.  Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:17:13
Ibtido barcha narsalarning yarmidir.  Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:22:54
Avvalambor, o’zingni hurmat qilishni yo’qotma.  Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:27:11
Ertalab uyg’onayotib, o’zingdan so’ra: "œBugun nima qilmog’im zarur?" Kechqurun, uyqudan oldin: "œMen nimalar qildim?"

Hasharotni o’ldirishda aybdor farzandingni qattiq jazola: odam o’ldirish shundan boshlanadi.

Hazilni, xuddi tuz kabi me’yorida ishlatmoq kerak.   Pifagor

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:28:18
Eskiga murojaat etib, yangini kashf etishga qobiliyatli kishi ustoz bo’lishga munosibdir.

Axmoq kishi odamlar meni yaxshi bilmaydilar, deb shikoyat qiladi, oqil kishi esa — aksincha, men odamlarni bilmayman, deb koyinadi.

Eng donolar va eng nodonlargina ta’limga bo’yin bermaydilar.  Konfutsiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:29:29
Umrining to’rt yilini o’qishga berib yuqori mansabni egallashni orzu qilmagan odamni uchratish oson emas.

Qadimda o’zlarini takomillashtirish uchun o’qiganlar. Hozir boshqalarni hayron qoldirish uchun o’qiydilar.

Qorong’ilikni la’natlagandan ko’ra, bitta shamni yoqish osonroq.   Konfutsiy


Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:39:03
Hech nima hech qachon mavjud emas, biroq, hamisha vujudga keladi.

Avval odamning kimlar bilan do’stligini bil, so’ng u bilan do’stlash.

Umringdan ko’p qoldimi yoki oz — senga baribir bo’lsin.

Yo’q, sen gapingda kuchli emassan,balki, sukut saqlay olmasligingda zaifsan.   Epixarm
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:48:41
Bitta daryoga ikki bor kirish mumkin emas.

Odamlarning xohish-istaklari ro’yobga chiqaversa, bu — ular uchun yaxshi emas.

Menga yoqadigan bitta — mingta, agar u eng yaxshi bo’lsa.  Geraklit

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:49:33
Yashayotganimzida — jonimiz o’lik bo’ladi, o’layotganimizda — ular tirila boshlaydilar.

Ajraluvchilar hamisha qo’shiladilar.

Hatto, maymunlardan eng chiroylisi xunukdir.   Geraklit
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:52:37
 Falsafa kishiga o’limni nazar-pisand qilmaslikni o’rgatadi.  Zenon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:53:28
Men hech nimani bilmasligimni bilaman.

Faylasuf donishmand bilan nodon o’rtasidagi oraliq o’rinni egallaydilar.

Uylanasanmi yoki uylanmaysanmi — baribir, pushaymon bo’lasan.  Suqrot
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:54:39
Go’zallik, bu — umri qisqa qirolicha.

Quyoshda bitta kamchilik bor: u o’zini o’zi ko’ra olmaydi.

So’z kor qilmaganda, kaltak ham yordam bermaydi. Suqrot

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 15:55:45
Yo’g’idan qayg’uga botmaydigan, boriga shukr qiladigan kishi — aqlli odam.

Kimga yaxshi kuyov uchragan bo’lsa, o’sha o’g’ilga ega bo’libdi, kimga yaramasi uchragan bo’lsa — o’sha qizini yo’qotibdi.  Demokrit
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 16:04:50
Ko’p o’qiyotgan emas, balki foyda bilan mutolaa qilayotgan kishi olimdir.

So’kinmoq sening huquqing, eshitmaslik — mening huquqim.  Aristipp


Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:32:25
Dushmaningga bepisand bo’lma, ular sening xatolaringni birinchi bo’lib payqaydilar.

Antisfen
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:34:33
Biz, darhaqiqat, hech nimani bilmaymiz.

Har qanday savolga, agar u to’g’ri berilgan bo’lsa, javob berish mumkin.

Platon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:36:51
Nimaiki yo’lqikdan borliqqa o’tishni keltirib chiqarsa, bu — ijod.

Falsafaga haddan tashqari berilib ketish zararli.

Platon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:39:57
Bizning jonimiz tug’ilgunimizgacha ham mavjud bo’lgan.

Kim bu hayotni oliy ne’mat, deb bilsa, u uni badnom qiladi.

O’zgalar baxti to’g’risida qayg’urib, biz o’zimiznikini topamiz.

Platon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:42:36
Kitob — tilsiz muallim.

Yaqin do’stlik o’zaro o’xshash kishilarda bo’ladi.

Platon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:45:08
Bizlardan hech birimiz hali o’lmaydigan bo’lib tug’ilganimiz yo’q, va, agar bu biron-bir kishi bilan yuz berganida edi, u, buning ko’plarga tuyulganichalik, baxtli bo’lmasdi.

Uyat — kutilayotgan sharmandalik oldidagi qo’rquv.      Platon

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:46:16
Eng qimmatbaho yo’qotish — bu vaqt.   Teofrast
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:47:32
Hamma narsa e’tiqodga bog’liq.   Monim
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:48:37
Yurishni xohlaganni taqdir yetaklaydi, xohlamaganni — sudraydi.   Kleanf
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:49:32
Butun hayot davomida, so’nggi nafasgacha o’qimoq kerak. Kim o’qishni tashlasa, u — vahshiydir.   Syun Tszi

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 03 Dekabr 2008, 12:13:29
men bekorchilikka o'z-o'ziga qilingan o'ziga xos suiqasd deb qarayman!
                                                                         (F. Chesterfild).
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 03 Dekabr 2008, 12:15:59
bilim-kuch, kuch esa bilimdir!
                       (F Bekon)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 03 Dekabr 2008, 12:18:04
Tarbiyada butun ish tarbiyachining kim ekanligiga bog'liq.
                                                         (D. I. Pisariev)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 03 Dekabr 2008, 12:20:19
Ish erur ulkim, o'zi oni qilur,
Hikmat ulkim, ham o'zi oni bilur.
                               (A. Navoiy)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 03 Dekabr 2008, 12:21:48
Namunasiz hech narsani o'rganolmaysan.
                                         (Y. Komenskiy)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 03 Dekabr 2008, 12:24:43
Oz bo'lsa ham bilmoq uchun ko'p o'qimoq zarur.
                                                          (Sh. Montesk'e)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 04 Dekabr 2008, 11:08:28
Kitob-inson undan foydalana bilar ekan, beqiyos kuchdir.
                                                                  (A. A. Blok)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:29:08
Har bir kitobni o'qiy bilmoq lozim. B Paskal
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:43:24
turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so'zlarni to'plash tengsiz davlatdir. I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:45:23
Har kuni aqalli bitta qo'shiq eshitish, yaxshi rasm ko'rish va iloji bo'lsa, istagan bir hikmatli so'zni o'qib olish darkor. I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:46:49
Begona yurt vatan bo'la olmaydi. I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:48:29
Kishi uzlatda yashay olmaydi. unga jamoat kerak. I gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:48:41
Faqat odamlar orasidagina kishi o'z-o'zinianglashga qodir I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:49:54
Kishining tanho qolishi, ayniqsa u yakka o'zi ishlasa behad yomon; agar u biron-bir narsaga erishmoqchi bo'lsa unga, hamdard lik va ma'naviy yordam kereak. I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:51:07
Aynan boshqalarning hayrixoxligidan baxra topgan holdagina hayot nashali bo'ladi. I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:52:02
Ro'yi zaminda inson bo'lmoq ajoyib rutbadir. M Gorkiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:52:29
Hamisha qahramon bo'lish mumkin emasdir, lekin hamisha inson bo'lib qolish mumkin. I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:55:19
inson qanchalar ajoyib, agar u chinakam inson bo'lsa. Menandr
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:55:48
inson bo'lish-kurashchi bo'lmoqdir. I Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:57:12
Hayotning manosi-insonning kamolatga erishuvidir. M Gorkiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 08 Dekabr 2008, 23:59:42
Inson ezgulikni va ulug'likni orzu qilish kerak. A. Gumboldt
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:02:42
Xulq tuzatilishiga qaraganda buzilishga moyilroq. L Vovenarg
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:05:48
Jahonda inson uchun odamlardan ko'ra g'aroyibrog'i yo'q. V Gumbolt
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:18:08
Insonni bilish uchun uni sevish kerak. L. Feyerbax
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:22:11
o'zingda ham, boshqalarda ham insoniy shaxsiyotni ezozlang. D. I. Pisarev
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:24:37
Boshqalarni hurmat qilish o'z-o'zini hurmat qilishga olib keladi. R. Dekart
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:26:13
Odamlarni hurmat qilish-o'zini hurmat qilishdir. J. Golsuorsi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:30:06
kishini erkalash-hech qachon ziyon keltirmaydi. M. Gorkiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:31:06
chinakam yaqinlik o'zaro muravvat ko'rsatishdadir. Publiliy Sir
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:31:56
sani birov maqtasa bilginki sani aybing bor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:32:56
hizmati kam kishilar boshqalarni kam maqtaydi. Plutarx
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:34:41
O'zing ham yerga urilmay turib, birovni yerga urolmaysan. B. Vashinton
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:35:28
Mehnat insonda ijodiy kuch uyg'otadi. A. N. Tolstoy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:36:43
Inson mehnat yordamida kamol topadi. T. Karleyl'
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:37:29
Birdan-bir chinakam davlat inson mehnatidir. A. Frans
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:38:53
mehnat chinakam olijanoblikning yagona unvonidir! R. Rollon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:39:55
Insoning vazifasi oqilona faoliyatdir. Arastu
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:41:17
ish qilishdan -to'xtasak yashashdan to'xtaymiz. B Shou
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:43:57
Burchga sadoqat harakter gul tojidir. N. V. Shelunov
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:44:40
ikkilanish kuchni yo'qotish demakdir. O Balzak
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:45:20
Buyuk ishlar birdan qilinmaydi. Sofokl
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:46:52
Kishining qalbi uning qilgan ishlarida aks etadi. G. Ibsen
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:47:49
har- birimiz qilgan ishlarimizning farzandimiz. M Servantes
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:49:16
Faoliyat bilmlarga olib boradigan yagona yo'ldir. B. Shou
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 09 Dekabr 2008, 00:50:38
Harakat nazariya va amaliyotning jonli birligidir. Arastu
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 06 Mart 2009, 11:37:41
Hali hech kim muvaffaqiyat narvoniga qo'lini cho'ntagiga suqib chiqmagan ....
to'g'risi muallifi esimda yo'q ,lekin juda yoqadi ....
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 14:00:01
Har lahza muborak va chiroylidir. Shayx Ali Samarqandiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 14:00:48
Kim nimani qidirsa topadi. Shayx Ali Samarqandiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 14:01:37
Niyat xayr - oqibat xayr. Shayx Ali Samarqandiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 14:02:47
Jahon bog'inda oqil budur maqbul insu jins,
Na sen o'zgadan xafa,na o'zga xafa sendan. Shayx Ali Samarqandiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 14:04:08
Qiyinchilik isnonlar uchundir. Lekin u ham bir vazifadir. Shayx Ali Samarqandiy.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:28:25
Aqlli odam yolg’on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to’g’ri emas. Birovning ko’zi g’ilay — nogirondir; ammo, bunga u aybdor emasdir... Birovni nohaq hijolatga solmoq — o’z nodonligini izhor qilmoq va bir ko’ngilni og’ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so’zdan ko’ra zarurat yuzasidan — o’rni bilan gapirilgan yolg’on yaxshiroqdir.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:28:46
Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:29:20
Yolg’on so’z she'rdan boshqa yerda nomaqbul va yolg’onni aytuvchi aqlsizdir.
Yomon qiliqli odam — badfe'l; achchig’i tez — bir baloga giriftor, bir ofatga mubtalo badbasharadir. Bular qayon borsa — balodan qutilmas; har yerga qochsa ham ofatdan xalos bo’lmas. Yomon qiliq g’olib dushmandir va qahrli yovdir, yomon qiliqli kishi esa doim unga mag’lub va vujudi undan majruh.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:30:12
Chin so’z — mo’tabar; yaxshi so’z qisqa — muxtasar. Ko’p so’zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta gapiruvchi — aqldan ozgan. Ayb izlovchi — aybli; kishi aybini gapiruvchi — o’ziga yomonlik sog’inuvchi. To’g’rilik bilan qarovchi — pokiza nazarli; kishilarning yaxshi tomonlarini ko’ruvchi — to’g’ri nazarli. Kimning miyasida illat bo’lsa — so’zida mantiq bo’lmaydi. Miyasi sog’lom bo’lsa, gap-so’zi yoqimli va xatosiz bo’ladi.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:30:49
U yerdan bu yerga gap tashuvchilar elning gunohini o’z bo’yniga oluvchilardir. Chaqimchilik hatto chin gap bo’lsa ham ko’ngilsizdir, yolg’on bo’lsa yanada nafratlidir. So’z yetkazuvchining xoh kattasi, xoh kichigi — do’zax o’tining tutanturug’i bil.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:32:04
Yolg’on gapirish bilan o’z vaqtini o’tkazuvchi odam, bu qilig’i yomon tuyulish o’rniga, kishilami aldagani bilan faxrlanadi ham. Yolg’onchi o’z gapiga go’llik bilan quloq soluvchini topsa, ularga yolg’onni chinga o’tkazsa, murodiga yetgan bo’ladi. Yolg’onchi — haq qoshida gunohkor; xalq oldida sharmanda. Bunday nahsning beor yuzi yomonlikka o’girilgan bo’ladi; bunday nahsga botgan odam qutlug’ uydan nari bo’lg’ay.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:32:32
Til shirinligi — ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:34:00
So’zi hisobsiz — o’zi hisobsiz. So’zida parishonlik — o’zida pushaymonlik. Agar so’z go’zallik ziynati bilan bezalmagan bo’lsa — unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolg’onchining gapi qanchalik chiroyli bo’lsa, shunchalik qabihdir. Chin so’z qanchalik betakalluf bo’lmasin, so’zlovchi uchun taassuf yo’qdir. Gul libosi yirtiq bo’lsa ham ziyonsiz; sadaf xunuk bo’lsa ham inju, uchun nuqsonsiz.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:35:04
Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muhyiddin 27 Mart 2009, 15:23:06
Ўз-сзингни англа, тани.
Фалес.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 31 Mart 2009, 07:40:00
Men uchun bir necha ayolni yarashtirishdan ko'ra ,butun Yevropani murosaga keltirish osonroq .
                             
                     Lyudovik O'n to'rtinchi
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muhseena 01 Aprel 2009, 22:16:57
Odamning kimligi bo'yi bilan belgilanmaganidek,xalqning ulug'ligi ham soni bilan o'lchanmaydi.Yagona mezon uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
                                          Viktor Gyugo.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 02 Aprel 2009, 02:39:15
Faqat chin do'st do'stining zaif tomonlariga chidaydi.

W. Shekspir
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 02 Aprel 2009, 02:39:53
Doim birga yashaydigan odaming bilan ahil yashamoqni istasang, o'zingni u bilan atigi uch oyda bir marta ko'rishayotgandek tut.

J. Renar

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 02 Aprel 2009, 10:03:27
Ayol kishi erkakni jannatdan olib chiqib ketgan.Ammo erkakni jannatga olib kiradigan ham ayoldir.   Ahmad Donish
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 02 Aprel 2009, 10:04:42
Erkak san'atkor bo'lsa, oilaviy hayot sahnaga aylanadi. Agar ayol san'atkor bo'lsa, vafosizlik soya kabi ajralmaydi. Ahmad Donish
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 02 Aprel 2009, 10:05:46
Ayolni erkakning zulmi emas, uning beparvoligi azoblaydi. Jyul' Lishle
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 02 Aprel 2009, 10:07:36
Chinakam yolg'izlik - bu oldingda seni tushunmaydigan odamning bo'lishidir. El'bert Xabbard
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 02 Aprel 2009, 10:09:35
Erkak kishi uchun axmoq deb haqorat qilishdan, ayol uchun esa uni xunuk deyishdan ortiqroq xafa qiladigan narsa yo'q. Kant
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muhyiddin 06 Aprel 2009, 17:15:47
Dononing hukmi boshqalarga kengroqdir, o’ziga esa torroq aytiladi, sababi, boshqalarga kengroq hukm chiqarib berish (shariat masalalarida) ilmlilik belgisi, o’ziga torroq hududlarni belgilab, hayot kechirishi xudojo’ylik namunasidir. Ruvaym bin Ahmad al-Bag’dodiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 07 Aprel 2009, 06:20:50
Fikirlaringizga ehtiyot bo'ling -ular qilmishlaringiz ibtidosidir .
                                                       Lao Szi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 07 Aprel 2009, 06:22:22
Parvoz qanchalik yuksak bo'lsa ,qulash shunchalik dahshatlidir .
                                                   
                                               Abulqosim Firdavsiy .
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 07 Aprel 2009, 06:23:50
Yomonlik jazosiz qolmaydi.Holbuki ,bu illatga ega bo'lishning o'ziyoq -eng birinchi jazo.
                                             Boesiy .
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdurRohman 08 Aprel 2009, 11:56:24
Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
                                     
                                                      Imom G'azzoliy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 08 Aprel 2009, 15:54:07
Taroq bazida sochni tartibga solish uchun ishlatiladiyu,ammo shu bilan birga u sochlarning bazilarini joyidan yulib tushiradi .
                              Abu Ali ibn SIno
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muhyiddin 08 Aprel 2009, 19:54:30
"Menga mavzu bering", deb aytma,
"Menga ko'z bering" deb ayt.


Yosh yozuvchiga aytilgan o'git. (Rasul Hamzatov "Mening Dog'istonim")
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muhyiddin 19 May 2009, 11:14:02
Киши айбинг деса, дам урмағилким, ул срур ксзгу,
Чу ксзгу тийра бслди, сзга айбинг зоҳир айларму?!

Алишер Аавоий
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 17 Avgust 2009, 22:14:11
Har qanday o'zgarish harakat demakdir. Tomas Gobbs (1588-1679)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 17 Avgust 2009, 22:15:18
Sezgi "nima" degan so'roqqa javob beradi. Tomas Gobbs (1588-1679)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 17 Avgust 2009, 22:16:17
Muhtojlik ahmoqlikdan afzalroqdir. Tomas Gobbs (1588-1679)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 17 Avgust 2009, 22:18:22
Hayratga moyil odamlar yoki juda kam biladilar. yoki o'zgalardan ko'ra aqllliroqdirlar. Tomas Gobbs (1588-1679)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 17 Avgust 2009, 22:19:45
O'zlikni anglashdan ko'ra sermahsulroq mashg'ulot yo'qdir. Rene Dekart (1596-1650)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 17 Avgust 2009, 22:22:06
Kuchli va olijanob odamlarning kayfiyati xotirjamlik onlarida ham, kulfatga ro'para bo'lganda ham o'zgarmaydi. 
Rene Dekart (1596-1650)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: asr 17 Avgust 2009, 22:24:29
Hayot-o'yin.
Baltasar Grasian (1601-1658)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ansora 18 Avgust 2009, 03:28:40
İhonatning kattasi, kichigi bo'lmaz. Haz. İso.

Do'stlik quvvatli bor bo'gichdir. Pulga ehtiyoj his qilganda murojaat qilinmazsa umr bo'yi davom etacaktir. Mark Twain

İshonmagan bir ko'ngil, ichida qushi bo'lmagan qafasga o'hshar.
Abdulqodir Geylani

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 14 Oktyabr 2009, 08:04:19
Faqat chin do'st do'stining zaif tomonlariga chidaydi.
W. Shekspir
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: siddiqa 14 Oktyabr 2009, 08:05:44

 Aql barkamollashib, yosh ulg'aygandagi do'stlikkina mustahkam bo'ladi.
Ciceron
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 15 Oktyabr 2009, 19:58:14
- Yarashgan ishni qil, qo`ldan kelganini emas.

- Sabr yo`q har kishida hikmat yo`q.

- Ahmoqqa maqtov yoqadi.
Sa'diy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Foniy 17 Oktyabr 2009, 16:33:05
Dedilar:
- Donishmand tabibning qo`lida zahar bo`lsa ham, u foydali.
Agar ahmoqning qo`lida asal bo`lsa ham, uni tekshirib ko`rib, keyin foydalan.

- Donishmand hikmat aytib, tentak (ahmoq) esa baqirib o`ziga jalb qiladi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:20:50
Eng fazilatli ish — vaqtni maqsadga muvofiq sarflashdir.
Abu Abdulloh Mag‘ribiy

Himmat kamarini bog‘lagan hamon,
Chumoli yengadi sherni begumon.
Mirzo Bedil
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:21:02
Har kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi.
Gustav Freytag

O‘qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.
Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:21:18
Mardlarning mardi shu bo‘lar doimo,
Olamni olsa ham kerilmas aslo.
Yusuf Xos Hojib

Qaysi bir hunar, qaysi bir kasb bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz ham undan kutilgan maqsad xalq uchun foyda yetkazish bo‘lsin.
Ahmad Donish
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:21:30
Do‘st tutmoq oson, rioya qilmog‘i qiyin,
Dushman bo‘lmoq oson, yarashmog‘i qiyin.
Yusuf Xos Hojib

Kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
Amir Temur
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:21:46
Har vaqtki, ko‘rgasen mening so‘zumni,
So‘zimni o‘qub anglagaysen o‘zumni.
Bobur

Ilm ortuqkim, ikki jahon shohlig‘i.
Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:21:51
To‘g‘ri yo‘lning ochqusi bilimdir.
Moturidiy

Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab,
Lek sharaf keldi hayovu adab.
Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:22:04
Yaxshi odamlar ishidan ibrat ol,
Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol.
Anbar Otin

Nafing agar xalqqa beshak durur,
Bilki bu naf o‘zingg‘a ko‘proq durur.
Alisher Navoiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 04 Noyabr 2009, 15:22:28
Ezgulik qarimas, sinmas qanoti,
Umri uzun bo‘lar, buzilmas oti.
Yusuf Xos Hojib

Mardlik kuchda va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir.
Sa’diy Sheroziy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdulhafiz 05 Noyabr 2009, 07:16:41
Yomonlar ichida yaxshisi bo'lgandan,
Yaxshilar ichida yomoni bo'l.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:42:28
O‘zni emas, doim el nafini bil,
Elingga yuk ortma, o‘zing yukchi bo‘l.
Yusuf Xos HOJIB

Uquv qut beradi, bilim — sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Yusuf Xos HOJIB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:42:35
Bu so‘zni ahli hikmat debdurur xo‘b:
«Yamondin oz behkim, yaxshidin ko‘p».
Alisher NAVOIY

Aydi: «Xalq ichra bu bir kasbdur,
Kasbni boshinga kiysang nasbdur»
GULXANIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:42:42
Kim aql yo‘lida tutsa ma’vo oxir,
Tong yo‘q, el ichinda bo‘lsa dono oxir.
Alisher NAVOIY

Dono so‘zi go‘yo oqar suv erur,
Suv oqsa, yer uzra ko‘p ne’mat unur.
Yusuf Xos HOJIB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:42:50
Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.
Yusuf Xos HOJIB

Ilm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur.
Farididdin ATTOR
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:42:58
Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko‘ngil sofi safoyi ilmdandur.
Anbar OTIN

Ishlari darsu saboq, ilmu adab takrordur,
Ofarin, ming ofarin, bu ilm bir asrordur.
Nodim
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:43:09
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Yusuf Xos HOJIB

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon BERUNIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:43:19
Aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat — ruhiy kuch bilan bog‘liqdir.
Abu Nasr FOROBIY

Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg‘akim,
Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango.
Ogahiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:43:26
Ko‘rgin, turli yaxshiliklar o‘quv-idrokdan keladi,
Kishi bilim tufayli ulg‘ayadi, mashhur bo‘ladi.
Yusuf Xos HOJIB

Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.
Yusuf Xos HOJIB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:43:37
Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg‘akim,
Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango.
Ogahiy

Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan.
Najmiddin KUBRO
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:43:43
O‘qib o‘rganilgan har bitta hunar,
Hunarmandga bir kun foyda keltirar.
Nizomiy GANJAVIY

Uquvli-idrokli bo‘lsa qay odam,
Kishi deb atagin, maqtagin har dam.
YuSUF XOS HOJIB
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:43:58
Bilim kimyo misol: u turadi jam,
Zakovat saroyi kabi o‘zi ham.
Yusuf Xos HOJIB

Muruvvat birla jonni nisor et,
Hamisha yaxshilikni shior et.
Sayqaliy

Barchadin ashrafki, ul inson erur —
Kim, kamolida xirad hayron erur.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: _B_E_K_ 17 Noyabr 2009, 14:00:54
Лайлак юришини киламан деб чумчукнинг чатаноги йиртилибди
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurzoda 17 Noyabr 2009, 18:02:11
Ikki ish qo'ymas bani odamda dahr ichra malol:
Bir taassuf o'tgan ish uchun,bittasi amri mahol.
Odam ersang,ko'p taasssuf qilma o'tgan ish uchun,
Aytmagil so'zni maholu,chekmagil undan malol.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurzoda 17 Noyabr 2009, 18:05:38
-Tog'rilik uchun qurbon bo'lish - yolg'onchi bo'lib uzoq uzr ko'rishdan ko'ra xayrliroqdir.

Arastu.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurzoda 17 Noyabr 2009, 18:31:42
Gaflat uyqusidan uyg'on gar
                              tilar bo'lsang murod,
Kim,yetar maqsadga  har kim
                              bo'lsa ul bedorroq.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: saltanat 19 Noyabr 2009, 13:18:01
Лайлак юришини киламан деб чумчукнинг чатаноги йиртилибди

adashmasam  o'rdak g'ozga etaman deb......
 edi, bunaqa maqollarni odam o'z davrasida aytgani ma'qulmidi, forumda erkak-ayol aralash qatnashadi,sal qog'ozga o'rab yozsak yaxshi bolardi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: saltanat 21 Noyabr 2009, 06:39:07

Nurzodaga-------sizga yigitlarni shunaqa gaplari yoqadimi?..
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2009, 18:39:07
"Riyoziyot aniq fandir, u bilan shug'ullangan kishining tabiati qat'iy va sabotli bo'ladi".

"Axloqi Jaloliy"dan.

"Ikki kishidan sen yashirma darding,
Biri tabib erur, biri hamdarding".


Attor.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2009, 18:40:58
"Adolat butun kamolot majmui bo'lsa,yomonlik uning aksi, ya'ni butun kamchiliklar majmuidir".

"Axloqi Jaloliy"dan.

"O'z uyida baxtli bo'lgan kishigina baxtlidir".

L.N.Tolstoy.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2009, 18:42:53
"Yomon o'rtoqdan ko'ra yolg'izlik yaxshi".

Qobus.

"O'z mehnati bilan kun ko'ruvchi kishi, Hotam minnatidan ozod bo'ladi."

"Risolayi Hotamiyya"dan.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2009, 18:44:06
"Xatolaringni ochib tashlaydigan dushman, ularni xaspo'shlaydigan do'stdan ancha-muncha nafli".

Leonardo da Vinchi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2009, 18:45:06
"Eng og'ir haqorat sendan hech yomonlik ko'rmagan kishining haqoratidir".

Abul Faroj.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: _NOSTRA_ 21 Noyabr 2009, 21:37:19
Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
Ishdan haydalgan ojiz banda—o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta—xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa—namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa—machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa—shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!
Tog'ay Murod
***
Kimdir ko'lmakga qarab osmondagi yangi to'lgan oyni ko'radi kimdir esa loy balchiqlarni...
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurzoda 22 Noyabr 2009, 02:36:49
Parvoz shunchalik yuksak bo'lsa,
Qulash shunchalik dahshatlidir.
                     
                           (Abulqosim Firdavsiy)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurzoda 22 Noyabr 2009, 02:40:16
Men insoniy ahloqning as mohiyatini anglab yetdim. bu qimmat baho ne'mat sukut saqlamoqdir

                          (Al-Maarriy Abul Ala)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Sardor. 25 Noyabr 2009, 16:52:42
Boy boyga boqar suv soyga oqar.

Eramizdan bir necha yillar avvolgi maqol.

Yiqilmoqlik emas yiqilib qolmaqlik ayb hisoblanadi.

Xitoy xalq maqoli.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AL_laziz87 06 Dekabr 2009, 10:24:48
Sevib sevgisidan ajragan inson emas, sevishni bilmaydigan inson baxtsizroqdir.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ummu Muslima 06 Dekabr 2009, 11:37:22
 :as:
Olim bo'lish oson ,Odam bo'lish qiyin.

muallifini bilmayman
(Dadamni bisotlaridan))
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: MSJON 17 Dekabr 2009, 15:28:43
"Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".
 Benjamin Franklin.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2009, 15:32:47
"Yaxshi do'sti bo'lgan insonning oynaga qarashga ehtiyoji yo'q"....

Jaloliddin Rumiy Hazratlari.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2009, 15:35:00
Jaholat bilan daholikning o'rtasidagi haqiqiy farq nima bilasizmi?

Dahoning chegarasi bor, johilning esa hech qanday chegarasi yo'qdir....

                                                                                  Whoopi Goldberg
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2009, 15:35:37
"Bekorchi vaqt yo'qdir, bekorga o'tgan vaqt bordir "

                                                                         Tagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2009, 15:36:47
"Birovlar menga achinishidan ko'ra, meni qizg'onishi yaxshiroqdir"
                                                                             Gerodot
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2009, 15:38:03
To'g'rilik-so'ngsizlikning quyoshidir. Nima bo'lsa ham bu quyosh bir kuni chiqadi.
                                                                                      Wendell Phillips
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Dekabr 2009, 23:12:00

Xushmuomalalikka haq to'lanmasa ham u ko'p naf keltiradi.
Montegyu


Barchani o'z gazi bilan o'lchash tor aql ko'chasiga kirishdir.

Pisarev


Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Dekabr 2009, 23:15:58

Odam yaxshi bo'lgan sari o'limdan kamroq qo'rqadigan bo'ladi.
Tolstoy



Yaxshi maslahatni qabul qilmoq-shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq degani.

Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Ummu Muslima 06 May 2010, 14:49:40
Gapirgandan  gapirmagan yahshiroq,
gapirib qo'yib boshimga tegdi tayoq.

(muallifin bilmayman ,uzr)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 May 2010, 17:25:24
Devorning ham qulog'i bor,u odamlarni tinglab yashaydi. Ichida kulgi,mehr shevalari yangragan imorat nuramaydi. G'aybulla as-Salom
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 May 2010, 17:35:38
Yumshoq odam tomonidan belgilangan jazo ancha og'irroq tuyuladi. Seneka
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 May 2010, 17:36:27
Doim ikkilanishga qaraganda, bir marotaba yiqilishni afzal ko'rmagan kishi yo'q. Seneka
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Robiya 19 May 2010, 18:54:48
Suhbatni shunday olib bormoq kerakki, toinki, suhbatdoshlar do'stlardan dushmanlarga emas, balki, dushmanlardan do'stlarga aylansinlar. Pifagor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: yoqutxon 20 Sentyabr 2010, 23:47:18
Xech nima qilmaydigan  odamgina hatoga yo'l qo'ymaydi, xolbuki uning asosiy hatosi ham shudir.
                                           A.N.Tolstoy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: yoqutxon 20 Sentyabr 2010, 23:48:48
Baht besabr odamlarga ko'p narsalarni pullab qo'yadi-yu, sabrlilarga ularni tekinga beradi.
                                           F.Bekon
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: yoqutxon 20 Sentyabr 2010, 23:52:08
Hayotdagi qariyb hamma baxtsizliklar ishimizning yurishmayotgani xususidagi sohta tasavvurlarimizdan kelib chiqadi. Binobarin, odamlarni yahshi bilish va voqealar haqida sog'lom fikr yuritish bizni baxtga yetaklaydi.
                                                             Stendal
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: UzMuslim 22 Sentyabr 2010, 01:55:29
Donishmadlik — fanlarning eng anig’i.
Arastu
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Hadija 24 Sentyabr 2010, 09:56:32
Агарда хаётдан олмаса таьлим.
Унга таьлим бера олмас хеч бир муаллим.

А.Аавоий.

(сузларида адашган булсам узр. маьноси шунака сди.)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Hadija 04 Oktyabr 2010, 12:12:34
Бечора сшак-ки бетамиздур
Юк кутаргани учун азиздур
А.Аавоий.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: _IYMONA_ 07 Oktyabr 2010, 06:23:00
Bilmaganini "bilmayman" deya tan olish ham yarim amaldur.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Hadija 20 Oktyabr 2010, 16:04:45
Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.
Paolo Koelo
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: braupov 20 Oktyabr 2010, 16:21:56
Агарда хаётдан олмаса таьлим.
Унга таьлим бера олмас хеч бир муаллим.

А.Аавоий.

(сузларида адашган булсам узр. маьноси шунака сди.)

Hayotning o'zi bermasa t'alim, Talim bera olmas hech bir muallim
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 20 Oktyabr 2010, 16:51:08
Gar hayotdan olmasang ta'lim,
Uni o'rgatomas, hech bir muallim...
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 20 Oktyabr 2010, 16:51:59
Odam o'lganidan keyin, unga hech qanday ma'ruzani keragi yo'q...
Xasan Basriy
Nom: Hikmat
Yuborildi: Habib 26 Oktyabr 2010, 09:41:14
Қсл ювиб юрсанг, нима ейишингни биласан,
Тил тийиб юрсанг, нима дейишингни биласан.

                                           Aлишер Аавоий
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Hadija 26 Oktyabr 2010, 16:29:53
Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko`ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g`oyat mushkul bo`lib qoladi.
Benedikt Spinoza
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 26 Oktyabr 2010, 17:08:14
ALLOHga tavakkul qilgan el,
Na qalqonni va na talqonni g'amini yer.
So'fi Olloyor.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: AbdulAziz 27 Oktyabr 2010, 09:20:39
ALLOHga tavakkul qilgan el,
Na qalqonni va na talqonni g'amini yer.
So'fi Olloyor.

To'g'risi:

"Tavakkaltu alalloh"ni degan er,
Na qalqonu, na talqonni g'amin yer.


So'fi Olloyor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: yoqutxon 27 Oktyabr 2010, 23:36:45
Agar ani unutsa banda one,
Tirik ermas, agarchi bo'lsa joni.


So'fi Olloyor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: yoqutxon 27 Oktyabr 2010, 23:40:17
Amal qilmoqlik uchun kirsang, bu yo'lda
Kerakdur shami ilm albatta qo'lda



So'fi Olloyor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: yoqutxon 27 Oktyabr 2010, 23:42:42
Taajub fitnalikdir bu zamona,
Tushubdur erlar ahvoli yomona.


So'fi Olloyor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Aqoid 28 Oktyabr 2010, 07:02:32
 :as: Aqoid bilmagan shaytonga eldir,
       Agar ming yil ibodat qilsa yeldir.
                                                  So'fi Olloyor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 10 Noyabr 2010, 15:03:24
Bu ummatlar ajab zisht etti xolin,
Yopar bid'at bilan sunnat jamolin
Bahoyimdek ishi, ichmak-yemakdur
Quruq til birla ummatmiz demakdur!



So'fi Olloyor
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Hadija 10 Noyabr 2010, 15:29:30
Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: _IYMONA_ 21 Noyabr 2010, 18:37:17
Gunohning katta kichikligiga qarama. Undan uzoq bo'l. Agar gunohni kichik deb bilsan, Allohdan qo'rqmagan bo'lasan!
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: JeeS 22 Noyabr 2010, 04:06:17
Harom yeydigan odamni tana a'zolari hohlasa-hohlamasa gunohga boraveradi, halol yeydigan odamniki esa toatga.
Abdulloh ibn Tustariy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Habibilloh 22 Noyabr 2010, 06:33:38
Men uchun butun Yevropani birlashtirish, bir necha ayolni birlashtirishdan ko'ra osondir!!!
Lyudovik IV
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Habibilloh 22 Noyabr 2010, 06:39:17
OTA-ONANGGA HASSA OLIB BERMA
ULARGA O'ZING SUYANCHIQ BO'L
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Habibilloh 22 Noyabr 2010, 06:41:15
KECHIRMOQLIK HIMMAT
KECHIRIM SO'RAMOQLIK MARDLIKDIR (KIM AYBDOR BO'LISHI AHAMYATSIZ)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: _IYMONA_ 22 Noyabr 2010, 07:09:48
Meni senga o'gitim - Qur'oni karim hukmlarini hamisha oliy tut va solih zotlar yo'lidan chiqma. Biror lahza ham o'limni esdan chiqarma!
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: _IYMONA_ 22 Noyabr 2010, 07:13:31
Ertami-kech hayotdan bir kun ketasan, Yomon niyat aylab, ey kas, netasan! Shirin so'z bo'lginu neklikni o'yla, Neni niyat qilsang shunga yetasan! (Kaloniy)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: _IYMONA_ 26 Noyabr 2010, 21:13:00
Har qanday oliy maqsadga ham shoshilib emas, balki sabr qanoat va chidamkorlik ila erishish mumkin.
Nom: O'zlikni anglash
Yuborildi: Zamiraxon 03 Dekabr 2010, 17:03:23
 :as:

- Eng go'zal narsa nima?
- Odam. Chunki u Tangrining yaratganidir.

- Eng tez narsa nima?
- Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi.

- Hammadan donoroq narsa-chi?
- Vaqt. Chunki faqat vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi.

- Hammaga xos narsa nima?
- Umid. Chunki u yo'qsillarda ham mavjud.

- Eng kuchli narsa nima?
- Ehtiyoj. Chunki u hamma narsaga hukmronlik qiladi.

- Eng qiyin narsa nima?
- O'zlikni anglash.

- Eng osoni-chi?
- Boshqalarga maslahat berish.

- Kim eng baxtli?
- Jismi sog', ruhi xotirjam, iste'dodini o'stira olgan odam.

- Baxtsizlikka chidashning oson yo'li nima?
- Dushmanlarning sendan ham yomon ahvolga tushganini ko'rish.

                                                                                   Miletlik Fales
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: UzMuslim 04 Dekabr 2010, 17:13:24
Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.
Paolo Koelo
 
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: UzMuslim 04 Dekabr 2010, 17:19:48
Yolg‘on — xoinlik belgisidir. U bilimning ayniganini, fikrning soxtalashganini ko‘rsatadi. Yolg‘on qalbning noaniq orzularga hakalak otishi, to‘g‘rini egri qilib ko‘rsatish, adolatdan og‘ishdir.

Bir faylasuf aytgan ekan: "œYolg‘onchi — murdaga o‘xshaydi, zero, tirik odamning ustunligi nutqidadir. Agar uning so‘zlariga ishonib bo‘lmasa, demak, uning umri bekorga o‘tayapti".

Yolg‘onchi — bilan bir go‘r. Faqat o‘g‘ri sening buyumingni o‘marsa, yolg‘onchi aqlingni o‘g‘irlaydi.

Kimdir sening foydang uchun aldagan bo‘lsa, boshqa safar yolg‘ondan senga qarshi foydalanadi. Kimdir sening oldingda birovni yomonlayotgan bo‘lsa, boshqa joyda seni yomonlashdan toymaydi.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: braupov 08 Dekabr 2010, 22:34:50
 :as:

Bir qarashdayoq kishi haqida xukm chiqarish yaramaydi, fazilatlar odamda, kamtarlik pardasi bilan o’ralgan, kamchiliklar munofiqlik pardasiga yashiringan.
                              J. Labryuer
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: braupov 08 Dekabr 2010, 22:37:12
Seni kimdeb hisoblashlari emas aslida kimligin muhim.          
                           Publiliy Sir   
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: yoqutxon 17 Yanvar 2011, 23:15:13
 :as:

Yursang yakka , dev boshingni yanchar,
Qaroqchi to'ppidan ayrilganni sanchar.


So'ffi Olloyor.


Yanikim jamotdan ajralib yolg'iz yursang, shayton-layn boshingni yanchibb, ahllinngdan ozdiradi. Qaroqchilar ham karvondn ajragan yakkalarni boshini olib, sanchadi degan ma'noda.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurdinboy 18 Yanvar 2011, 00:28:49
Agar yaxshi kishining yomon bo'lsa bolasi,
Gunohkordir o'zi ham behuda oh nolasi.
Abulhasan Ro'dakiy.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurdinboy 18 Yanvar 2011, 00:31:39
Jo'yali savol - yarim bilimdir.

Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurdinboy 18 Yanvar 2011, 00:34:13
Kapalak ham qarchig'ay ham qanot qoqib uchadi, ammo ikkovining uchishi birday emas.

Az Zamahshariy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Nurdinboy 18 Yanvar 2011, 00:41:52
Sening kerakligingni hamisha his etsinlar, bu sening kundalik qoidang bo'lsin.
***
Fikrda ozchilik bilan, so'zda ko'pchilik bilan bo'lgin.
***
Aqlsizlik qilgan ahmoq emas, balki aqlsizlik qilib uni yashirmagan odam ahmoq.
***
Oson ishga qiyin ish kabi, qiyin ishga oson ish kabi kirishgin.

Baltasar Grasian.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: braupov 30 Yanvar 2011, 21:08:27
Maloxatli xurlar sening qoshingda oshiyon qurmog'in istasang, tiling o'z oq qalasiga bandi qamalsin (AYOLLAR XIKMATI kitobidan)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Rustamova 22 Sentyabr 2011, 12:09:25
O'ylash oson, harakat qilish qiyin, fikrni harakatga keltirish - dunyodagi eng mushkul ish. 
                                               
I.Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Rustamova 22 Sentyabr 2011, 12:25:37
O'zi harakat qilmasa, hech kim hech qachon maqsadiga erisha olmaydi. Birov ko'rsatgan har qanday yordam ham sen qilgan urinishlarning o'rnini bosolmaydi.
                                                                                           N.A.Rubakin
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: akula 22 Sentyabr 2011, 14:27:57
O'zi harakat qilmasa, hech kim hech qachon maqsadiga erisha olmaydi. Birov ko'rsatgan har qanday yordam ham sen qilgan urinishlarning o'rnini bosolmaydi.
                                                                                           N.A.Rubakin

sendan harakat mendan barokat !  degan Olloh Taolloh
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Rabella 22 Sentyabr 2011, 22:37:25
Dono  fikrlar allaqachon yuz martalab o`ylab  ko`rilgan.
Lekin u chinakam sizniki bo`lib, miyangizda chuqur ildiz
otishi uchun uni yana va yana mulohaza qilish kerak..
                                                                                Gyote
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muallim 22 Sentyabr 2011, 23:36:49
"Education is the most powerful weapon which you can use to change the world." - Nelson Mandela
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muallim 12 Oktyabr 2011, 23:52:31
"œКимки сътиқод қилаётгандек сшамас скан, амал қилаётганидек сътиқоддадир" - Умар ал-Фаруқ р.а.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Lu`lu` 15 Dekabr 2011, 03:40:00
Шоир ҳар нарсадан гурбат смас,
хикмат излаб сшади:

Иллат излаганга иллатдир дунё,

Гурбат излаганга гурбатдур дунё.

Ким нени изласа, топар бегумон,

Хикмат излаганга хикматдур дунё.

Садриддин Салим Бухорий
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muhammad Sanjar 15 Dekabr 2011, 22:37:26
Bir do'stim: "O'zimdan ham ko'ra soyamni yaxshi ko'raman!" - degandi.
Sababini hamon o'ylayman: "Hech narsa tama qilmay, umr bo'yi izingda yurgani uchunmi?!"
   
Ko'zingni yum, o'tmishingni ko'rasan, lekin undan ko'zingni yumma!

Ba'zan men kimdandir kutib turgan narsani... u mendan kutayotgan bo'ladi.

Omon Matjon "Quyosh soati" kitobidan

Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: braupov 12 Yanvar 2012, 14:22:06
Aql haj qilish uchun tuya topguncha, muhabbat Ka'bani bir marta aylanib bo‘ldi.  (T.U)
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Rabella 01 Iyul 2012, 23:20:52
Insonning qadrini o`lchash uchun inson o`zi tayyorlagan buzuq
tarozini emas, Xoliqi tayyorlagan odil tarozini ishlatishi kerak.

 
                                                                                                  Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Secret 18 Avgust 2012, 08:53:40
  Uch narsa do'stingga bo'lgan muxabbatingni uning yuragida yanada yaqin qiladi:

1. Undan oldin salom berishing.

2. O'zi yaxshi ko'rgan ism yoki laqabi bilan chaqirishing.

3. Yig'ilishlarda unga joy olib  qo'yishing.
                 
                                                                               Hazrati Umar r.a.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Bobur Sharipov 12 Sentyabr 2012, 00:45:56
Ochko'z kishida hayo, muruvvat qilmagan odamda din, aqllida faqirlik, yolg'onchida izzat, baxilda rohat, qanoatli kishida g'am bo'lmas. Hazrati Ali r.a.
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Bobur Sharipov 12 Sentyabr 2012, 00:48:26
Allohning imtihoni bizni bilish uchun emas,bizni o'zimizga bildirish uchundir Tohir Mavloniy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shuhrat_ 12 Sentyabr 2012, 06:23:53
Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
"œMusulmonning xotinidek ayolni
dunyoda topolmaysiz. ஐღஐ
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Bobur Sharipov 12 Sentyabr 2012, 15:10:18
Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib, G'arb dunyo topdi Allohdan kechib.Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Donolar bisotidan
Yuborildi: Bobur Sharipov 13 Sentyabr 2012, 21:58:40
Buyuk saodatlar buyuk iztiroblarning yonidadir. Erhan Bener
Nom: Javob: Donolar bisotidan
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 27 Mart 2013, 09:09:57
Ahmoqqa- Sukut


                          (S.N)
Nom: Javob: Donolar bisotidan
Yuborildi: Lu`lu` 27 Mart 2013, 10:33:13
Саййид — у уз нафсида узини паст тутувчи, молида ахмок саналадиган, гина-кудратни ташлаб юборувчи ва оммани фойда ишини касд килувчидир. Адий ибн Хотам Тоий
                           
Nom: Javob: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muxsiya 27 Mart 2013, 13:15:03
ахмок уз замонидан оркада колиб кетади, аклли замонаси билан тенг юради, доно уз замонасидан узиб кетади, ахмок сса замонаси йулига туганок булади
Nom: Javob: Donolar bisotidan
Yuborildi: Shokir63 28 Mart 2013, 13:59:45
Bir do'stim: "O'zimdan ham ko'ra soyamni yaxshi ko'raman!" - degandi.
Sababini hamon o'ylayman: "Hech narsa tama qilmay, umr bo'yi izingda yurgani uchunmi?!"
   
Ko'zingni yum, o'tmishingni ko'rasan, lekin undan ko'zingni yumma!

Ba'zan men kimdandir kutib turgan narsani... u mendan kutayotgan bo'ladi.

Omon Matjon "Quyosh soati" kitobidan



Ba'zilar esa soyani bevafo deyishadi

charag'on kunlarda yonigda turib, zulmatli tunlarda tark etgani uchun.
Nom: Javob: Donolar bisotidan
Yuborildi: Muxsiya 10 May 2013, 12:05:36
narsalarga qiziqishing yo'qolsa xotirangdan ham ayrilasan
Nom: Javob: Donolar bisotidan
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 27 May 2015, 10:28:30
Ҳикматли сўзлар
   Сабр килинглар, чунки сабр этиш иймондандир. Худди бош жасадда булганидек, сабр хам иймонда булади ! (Али ибн Абу Толиб)

   “Шаҳват туфайли қилинган ҳар қандай гуноҳ кечирилишига умид қилинади. Чунки Одам алайҳиссаломнинг хатоси аслида шаҳватдан бўлган. Кибр туфайли қилинган ҳар қандай гуноҳ кечирилишига умид йўқ. Чунки Иблиснинг гуноҳи асли кибрдан бўлган”.( Суфёни Саврий)

   Илм шундай нарсаки, унга узингни бутунлай топширманунингча хеч нарса бермайди ! (Абу Юсуф)

   Ҳаммага дўст бўлган одам ҳеч кимга дўст эмас. (Арасту)

   Сўзлаган вақтимда оғзимдан ёмон сўзлар ҳам чиқиб кетиши мумкин. Душманим эса оғзимдан чиққан ёмон сўзларнигина териб олади. Чунки душманнинг назари ёмондан бўлакка тушмайди. (Саъдий Шерозий)

   Дунёнинг қийинчиликлари тўртта: Ғурбатда касаллик, қариликда ёлғизлик, ҳеч нарсаси бўлмаганда қарздорлик, сафарда узоқ йўл. (Ибн Микаффа)

   Ёлғон ҳам ичкиликбозликнинг ўзи. Ёлғончи ўлаётганда ҳам ёлғон гапириб ўлади. (А. П. Чехов)

   Дунёдаги энг сергап одамлар бекорчилардир. (Павленко)

   Иймон - кўролмаганларига ишонмоқ, бу иймоннинг мукофоти эса ишонганларимизни кўришлигимиздир. (Августин)
 
   Риёкордан кўра бебахт бўлмаса керак. Ё дунёнинг лаззатини қозонолмади ва ё охиратнинг жаннатини. (Мустафо Сибоий)

   Беш киши билан суҳбатлашма:
   – ёлгончи билан;
   – аҳмоқ билан. У сенга фойда етказаман деб зарар етказади;
   – бахил. Эҳтиёжинг пайтида сени қутқармайди;
   – юраксиз қўрқоқ. Ўзини қуткариш учун сени душманга тутқазади.
   – фосиқ. У сени бир луқмага сотиб кетади. (Жаъфари Содиқ)

   Маҳмуджон Абдураҳимов
   Абдулқосим Ҳолматов
Nom: Javob: Donolar bisotidan
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 27 May 2015, 10:43:15
ЛУҚМОНИ ҲАКИМНИНГ НАСИҲАТЛАРИ
   Ибн Жарирнинг ривоятига кўра Луқмони ҳаким ҳожаси қўй сўйишга буюрди. Сўнг:
-   Унинг энг ширин икки жойидан келтир, - деди. Қўйнинг тили билан юрагини олиб келди.
-   Бир қанча муддат ўтгач яна қўй сўйишга буюриб:
-   Унинг энг аччиқ икки жойидан келтир, - деди. Қўйнинг тили билан юрагини олиб келди.
-   Мен сенга энг ширин жойи десам тили билан юрагини олиб келдинг, энг аччиқ жойи десам ҳам тили билан юрагини олиб келдинг? – деб сўраганидан Луқмони ҳаким шундай жавоб берган экан:
-   Ширинликда ҳам, аччиқликда ҳам бу иккисига тенг келадиган бўлмайди.
   Яна ривоят қилинишича Луқмони ҳақим ўз фарзандига насиҳат қилиб шундай деган:
   Эй ўғлим, ота-онангни доимо ҳурмат қилиб, хизматларида бўл, устоз ва муаллимларингга жону дилингдан эҳтиром кўрсат, барча ишларда ўртача йўл тут, киримга қараб чиқим қил, саҳий бўл, меҳмонни эъзозла, унга тилингни эҳтиёт қил, душманлардан бир лаҳза ҳам ғофил қолма, бирон гапни гапиришдан олдин унинг жавобини беришни ўйла, бахил ва такаббур кишилардан узоқ юр, қаноатни ҳақиқий бойлик деб ҳисобла.
   Эй ўғлим, илм талабида бўл, қайсар бўлма, ўз айтганингда туриб олма, ўзгалар гапини ҳам эътиборга ол, муроса йўлини танла, ҳамиша одамлар ичида бўл, улардан ажрама, кексаларни ҳурмат қил, барчани эҳтиром билан тилга олгин, кимнинг тузини тотган бўлсанг, унинг ҳаққини адо қилишни унутма.
   Эй ўғлим, уст-бошингни тоза тут, ким билан гаплашсанг, унинг ўзига лойиқ бўлган гапни гапир, тунда кишилар билан суҳбат қурсанг сўзни юмшоқ ва оҳиста гапир, сўзлаётган вақтингда бир кишига қараб гапираверма, ҳаммага назар сол, кам ейиш ва кам ухлаш сенинг севган ишинг бўлсин! Ўзингга нимани раво кўрсанг, уни ўзгаларга ҳам раво кўр. Ўзинг яхши ўқимаган ва билмаган ҳолда бировга ўргатма ва устозлик қилма.

   
   Алишер Эргашев. Мулла Абдулазиз ҳожи жомеъ масжиди мутаваллиси
   Фозилжон Мамажонов. Муҳаммадсолеҳ ҳожи жомеъ масжиди мутаваллиси
   Асака