forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Ziyovuddin 27 Yanvar 2009, 09:37:39

Nom: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Ziyovuddin 27 Yanvar 2009, 09:37:39
Hozirgi kunda ota-onalar farzandlariga islomiy, ma`noli ismlar qo'yishmoqda. Shuning bilan birga boshqacha ismlar ham. Masalan Indira, Damira va boshqalar. Bu ismlar o'zi o'zbekchami? Ma`nosi nima?
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 09:53:36
Hozirgi kunda ota-onalar farzandlariga islomiy, ma`noli ismlar qo'yishmoqda. Shuning bilan birga boshqacha ismlar ham. Masalan Indira, Damira va boshqalar. Bu ismlar o'zi o'zbekchami? Ma`nosi nima?

Indira - hindcha ism bo'lib, ma'nosi hashamatli, ulug', yorqin degan ma'nolarni anglatar ekan. Hind mifologiyasiga ko'ra u Vishnuning xotini.

Damira - yahudiycha ism bo'lib, ma'nosi dunyoda uzoq yashovchi.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Kamol.uz 27 Yanvar 2009, 18:17:57
Assalomu alaykum!

Samira, Kamilla ismlarining ma'nosi nima?

Mukkarram ismining fazilati bormi?
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: AbdulAziz 28 Yanvar 2009, 00:59:38
Assalomu alaykum!

Samira, Kamilla ismlarining ma'nosi nima?

Mukkarram ismining fazilati bormi?

Va alaykum assalom!

Samira - arabchada:
1. Ko'ngilni xush qiluvchi.
2. Tong saxar nafasi, hidi.
3. Go'zal suhbatdosh.

Hindchada - Tonggi sabo ma'nolarida keladi.

Kamilla - asli lotincha ism (Camilla) bo'lib, mifologiyaga ko'ra, sarkarda ayol bo'lgan. Ism ma'nosi cherkovda xizmat qiluvchi yosh qiz.
Bu ismining Komila shaklidagi arabcha ma'nosi - komil, mukammal, nuqsonlardan holi degan ma'noni anglatadi.

Mukarram - islomiy ism bo'lib, hurmatlangan, hurmatga sazovor, muhtaram degan ma'nolarni anglatadi.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Зайнаб 08 Oktyabr 2009, 10:27:13
Ассалому алайкум. Мубина ва Феруза исмларининг тулик маъноси нима? Узим тушунишим буйича Феруза пок, мусаффо, Мубина сса аник, равшан каби маъноларни беради.  Тугри ва туликрок маъноларини берсангиз. А ахмат.  
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: roziyaa 08 Oktyabr 2009, 14:22:17
assalomu alaykum Abdulaziz aka manga roziya ismni manosini bilib bera olasizmi. oldindan rahmat
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2009, 14:38:57
assalomu alaykum Abdulaziz aka manga roziya ismni manosini bilib bera olasizmi. oldindan rahmat

Va alaykum assalom!
Roziya hazrat Fotimaning ismlaridan biri bo'lib, dilbar, yoqimli, quvnoq degan ma'nolarni anglatar ekan.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2009, 14:44:16
Ассалому алайкум. Мубина ва Феруза исмларининг тулик маъноси нима? Узим тушунишим буйича Феруза пок, мусаффо, Мубина сса аник, равшан каби маъноларни беради.  Тугри ва туликрок маъноларини берсангиз. А ахмат. 

Mubina ismi haqida siz keltirgan ma'nodan tashqari ma'lumot topa olmadim.
Feruza ismi esa, arab tilida "g'alaba keltiruvchi", fors tilida esa "omadli, baxtli" degan ma'nolarni bildirar ekan.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: _B_E_K_ 11 Oktyabr 2009, 11:25:57
Бахром ва Илхом исмларини маъноси нима ?
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Ansora 11 Oktyabr 2009, 13:18:01
İlhom- Arabcha so'z bo'lib, "İjodiy g'ayrat va zavq jo'sh urgan holat, ko'tarinki ijodiy ruh", degan ma'nolarni bildirar ekan.

O'zbek tilining izohli lug'ati. 1 chi jild. 324. chi sahifa.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Ansora 11 Oktyabr 2009, 13:20:46
Bahrom- Forscha so'z bo'lib, Mirrih yulduzi, Mars, degan ma'noni bildirar ekan.

Misolli Turkcha so'zlik. 1 chi jild. 318 chi sahifa.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Foniy 15 Oktyabr 2009, 16:05:41
 :as:
Forumda kimdir farzandiga Osiyo deb ism qo`ymoqchiman, degan edi.

Ибн Умар розиаллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Умарнинг бир қизи Осис - гуноҳкор деб номланар сди. А асулуллоҳи соллаллоҳу алайҳи васаллам уни Жамила деб номладилар».
Муслим, Абу Довуд ваТермизий ривост қилган. Манба. (http://muslimaat.uz/content/view/790/114/)
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2009, 16:52:52
Osiya bilan Osiyoni farqi bor shekilli.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 17:48:34
:as:
Forumda kimdir farzandiga Osiyo deb ism qo`ymoqchiman, degan edi.

Ибн Умар розиаллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Умарнинг бир қизи Осис - гуноҳкор деб номланар сди. А асулуллоҳи соллаллоҳу алайҳи васаллам уни Жамила деб номладилар».
Муслим, Абу Довуд ваТермизий ривост қилган. Манба. (http://muslimaat.uz/content/view/790/114/)

Osiyo bilan Osiyani katta farqi bor.

Абу Мусо ал-Ашъарий разисллоҳу анҳу ривост қиладилар. «А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деб марҳамат қилдилар: «Оишанинг (бошқа) аёллардан афзаллиги — сирийднинг бошқа таомлардан афзаллиги кабидур. А­ркаклардан кспчилиги камолотга сришди, аёллардан сса Имрон қизм Марсм ва Фиръавннинг аёли Осиёдан бслаклар камолотга сришмади». (Саҳиҳи Бухорийдан)

Osiyo zolim fir'avnning ayoli bo'lib, iymonli bo'lgani uchun fir'avn u zotga ko'p aziyatlar yetkazadi.
Osiyo nomi yahudiycha bo'lib, arabchadagi "Munavvar"ga yaqin kelarkan. Ya'ni nurli, nur yuzli degan ma'noni bildirar ekan.
Nom: Re: Yangi o'zbek ismlarini tahlil qilaylik.
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 12:58:30
Turkiyada ham Asya bilan Asiye'ni aralashtirib yuborishadi.
Asiye- Osiy ayol, degan ma'noda, afsus juda keng tarqalgan.
Bolaga ism qo'yayotganda albatta uni yaxshilab surishtirish kerak.