forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Ziyovuddin 29 Yanvar 2009, 10:38:29

Nom: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Ziyovuddin 29 Yanvar 2009, 10:38:29
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar. Men bu mavzuni ochishimga sabab bo'lgan ko'chalarimizdagi ko'ngilsiz voqealar ya`ni avtohalokatlardir. Bu halokatlarni aksariyatini ayollar boshqaruvidagi transprort vositalari tashkil qiladi.
 Ayollar tashkil qiladi deyishimga sabab shaxsan o'zim ko'pgina xolatlarning guvohi bo'lganman. Qolaversa so'ngi dunyo statistika ma`lumotlari ham buni tasdiqlaydi.
 To'g'ri har kim ham mashina boshqarishni yaxshi ko'radi ayniqsa qizlar. Lekin biz bunga oqibatlarini o'ylamay ayollarimizni va boshqa insonlarni hayotini xavfga qo'yapmiz.
 Masalan men ayol kishini mashina boshqarmasligi tarafdoriman.
 Aziz forumdoshlar keling shu haqda fikringizni bildiring. Qizlar ham o'z fikrlarini bayon qilishsa nur ustiga a`lo  nur bo'lardi.
        Ochiq oydin fikrimni bildirganim uchun uzr.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: The_Alchemist 29 Yanvar 2009, 11:09:00
Hormones make women safer drivers

The female hormone oestrogen could give women the edge when it comes to tasks such as safe driving, say researchers.

Tests showed attention span and ability to learn rules were far better among women than men.
The Bradford University scientists told a hormone conference in London how tasks requiring mental flexibility favour women over men.
A woman's oestrogen levels may prime the part of the brain involved in such skills - the frontal lobe - they said.

Amarylis Fox, Dr Kay Marshall and Jo Neill asked 43 men and women aged 18-35 to perform a battery of neuropsychological tests that assessed skills such as spatial recognition memory, rule learning, attention, planning and motor control.

The women were far better at being able to shift their attention from one stimulus to another, making it easier for them to perform everyday actions like driving and reading.
This might explain why girls find it easier than boys to concentrate at school and why women are more careful drivers, the researchers hypothesise.
Speaking at the Society for Endocrinology meeting, they said: "This study demonstrates that tasks requiring mental flexibility favour women over men, an area previously not considered to elicit strong sex differences.
"Driving could be an example of how this is applied to everyday life.
"Our study suggests that oestrogens may positively influence neuronal activity in the frontal lobes, the area of the brain stimulated by tasks of attention and rule learning, which could explain the female advantage when performing these tasks."
Over-simplified
However, other researchers in the past have suggested that spatial skills such as map reading and parking may be difficult for some women because they had too little testosterone in the womb.
Dr Peter Marsh, author of Driving Passion: The Psychology of the Car, believes men and women have inherent differences which manifest themselves behind the wheel.
He says men like risk-taking, the thrill of the chase and sensation-seeking, while women are more cautious.

Women's accidents tend to be at roundabouts and T-junctions but at slower speeds than men, who are involved in more serious crashes because they can't brake quickly enough.
Dr Nick Neave, an evolutionary psychologist at the University of Northumbria who has researched spatial awareness and gender differences, said: "The thing about driving is that it is not a single skill. There are many skills involved. There is a motor skill, there is rule learning, attention, spatial awareness and confidence as well.
"What we tend to find is that in certain aspects men are better - things like navigation, spatial awareness and confidence. But they have more accidents.
"For things like attention, there is evidence that females are better.
"There is a female advantage on certain frontal cortex tasks. We know that this brain area has oestrogen receptors so it is sensitive to this hormone.
"But we have to be cautious. The researchers have not looked at driving tests, so it is a bit of a leap for them to extrapolate.
"We would like to see more research on driving ability."

BBC NEWS/ Health

http://news.bbc.co.uk/1/hi/health/4406176.stm


Yuqoridagi malumotlarga qaraganda ayollar erkaklarga qaraganda ancha moslashuvchan va ehtiyotkor haydovchilar bulishar ekan va erkaklar ayollarga qaraganda kuproq avtohalokatga uchrashar ekan. Erkaklar maqtana olishmaydi avtahalokatlar statistikasi buyicha bunga sabab esa erkaklar tezlikni va tavakkalchilikni kuproq yaxshi kurishadi, uzlariga keragidan ortiqcha ishonishadi, ayollar esa erkaklardan anchagina ehtiyotkor bulishadi va sekin haydashadi olimlar tekshiruvlariga kura.

Demak ayollarni avtohalokat sababchilari yoki ehtiyotkorliklari pand beradi degan uyda bulishimiz yaxshi emas. Boshqacharoq sabablar kursatganimiz maqul mashina haydamasliklarini istasak :)

The Alchemist
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: The Best 24 Fevral 2009, 07:46:10
Ayolla AVTO ni boshqarishi xozirgi kunda oddiy hol bo'p qoldi. Ayolla AVTO ni boshqarvotgan qoidalani erkelaga qaraganda kam buzishadi. Mani fikrimcha AVTO ni boshqarish ayollaga yarashadi ;) Xurmatli ayolla faqat esdan chiqarmela, erke qalbiga yo'l-oshqozon orqali o'tadi :)
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: x-boy 24 Fevral 2009, 15:35:13
shaxsan men o'zim o'rgatgan bo'lar edim mashina minishni ayolimga lekin minib yurishiga qarshiman. minishni bilsa buldi. bilgani ba'zi vaziyatlarda kerak bulib qoladi.  : )
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Abdullоh 24 Fevral 2009, 15:44:43
Ayollar mashina minishiga tarafdorlarga bir savolim bor. Aytinglarchi, mashina qayerda miniladi, albatta ko'chada. Bu degani ayol ko'p vaqtini ko'chada o'tkazadi, bu esa bizning shariatga ziq. Chunki shariat ko'rsatmasi bo'yicha ayollar zarur hollarda ko'chaga chiqish joiz deyilgan, ishini bitirib tezda uyga qaytgan ma'qul. Bu degani ayollar umuman ko'chaga chiqmasligi kerak demoqchi emasman. Faqat ko'chaga chiqqanda ham shariat ko'rsatmasiga muvofiq kiyinib chiqishi lozim. Chunki ko'chada ming-minglab nomahramlar unga yomon ko'z bilan qarashi mumkin. Bu esa o'z vaqtida ko'z zinosiga olib keladi.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: AbdurRohman 24 Fevral 2009, 21:13:34
 :as:
manam o'zimni fikrimni yozsam. to'g'ri hali uylanmaganmanu, lekin uylanganimdan keyin imkon boricha inshaAllah mashina olib beraman. chunki balki ishlar, balki uyda o'tirar, lekin biror joyga borishi kerak bo'lib qolsa o'zini mashinasida borgani juda ma'qul. agar taksida boradigan bo'lsa unga qanaqa kishila chiqadi yolg'iz Allohga a'yon. jamoat transportlarida ham qanchadan qancha nomahram bo'ladi. har holda imkon bo'lsa mashina boshqarishgani yaxshiroq!
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Oy :} 24 Fevral 2009, 22:05:51
Assalamu alaykum! :) ayol kishini avtomobil boshqarishga fikr bildirilishi so'ralgan ekan, shaxsan avtomobil haydashni juddayam yaxshi ko'ruvchi ayol sifatida men ham fikrimni bildirmoqchiman :)
    Aslida, ayollani faqat mashina minishni yaxshi ko'rganliklari uchun haydashlarini to'g'ri deb bilmayman, lekin ba'zan shunaqa holatlar bo'ladiki (ayniqsa, o'qiydigan yoki ishlaydigan) qiz-ayollar jamoat transportlarida yurganda AbdurRohman aytganlaridek, nomahramlar, har xil odamlar bilan yaqin holatda turib qolishga to'g'ri keladi... ayniqsa, ertalab o'qish yoki ishga ketayotganda va qaytish vaqtlarida judayam tiqilinch... :) taksini bo'lsa doim ham "cho'ntak ko'taravermaydi" va asosiysi taksichila ham asosan nomahramla... to'g'ri, mashina haydayotgan ayol ham yo'lda, odamlani, boshqa erkak haydovchilani ko'zida bo'ladi... undan tashqari mashinani buzilib qolishi bor... lekin solishtirib ko'rganda ikkinchi ya'ni mashina haydash jarayonidagi muammolani hal qilish oldin aytib o'tilgan muammolani hal qilishdan osonroq, manimcha...
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Oy :} 24 Fevral 2009, 22:19:11
...endi mavzuni ochilishiga sabab bo'lgan "avariyalar" haqida to'htalsak, haqiqatdan ham ayolla eng tez qaror qabul qilish kerak bo'lgan vaqtlarda nima qilishni bilmay qolishadi-bu mani bir ayol kishi sifatidagi fikrim (yuqorida tadqiqotchi olimlani fikrlari ham keltirilibdi...) :) bekorga ayol kishi haydayotgan mashinaga belgi(ingichka poshnali tufli) belgi qo'yilmiydiku, :) atrofdagi erkakla shuni e'tiborga olib haydashlari kerakda ...  lekin ko'p narsa tajribaga ham bog'liq... (duo qilila, akam mashina oberaman desala onam ko'nmayaptila, hayrlisi bo'lsin...)
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: salsabila 26 Fevral 2009, 16:27:01
qarshi masman qftobusda ihtilot orasida yurgandan kora mashina boshqargan
yahshi
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Muhseena 26 Fevral 2009, 16:32:50
ha avtobusda ko'z zinosi ko'proq bo'ladi,shaxsan o'zim mashina haydash haqida o'ylab ko'rmaganmanu,lekin,avtobusda kamroq yurishni holiman.Ko'pincha o'qishga ketvotganimda atrofimda 5-6 ta bola bo'ladi.Ula manga qarashadimi,yo'mi bilmadimu,lekin manga tikilib ketvotganga o'xshiydi,keyin bitta joyga tikilib ketish kere.Shunaqa paytda mashina bo'lsa yomon bo'lmasdi deb o'yliman.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Abdullоh 26 Fevral 2009, 17:12:29
Ayollar mashina minishiga tarafdorlarga bir savolim bor. Aytinglarchi, mashina qayerda miniladi, albatta ko'chada. Bu degani ayol ko'p vaqtini ko'chada o'tkazadi, bu esa bizning shariatga ziq. Chunki shariat ko'rsatmasi bo'yicha ayollar zarur hollarda ko'chaga chiqish joiz deyilgan, ishini bitirib tezda uyga qaytgan ma'qul. Bu degani ayollar umuman ko'chaga chiqmasligi kerak demoqchi emasman. Faqat ko'chaga chiqqanda ham shariat ko'rsatmasiga muvofiq kiyinib chiqishi lozim. Chunki ko'chada ming-minglab nomahramlar unga yomon ko'z bilan qarashi mumkin. Bu esa o'z vaqtida ko'z zinosiga olib keladi.
postizzi boshi b-n oxirida umuman bog'liqlik yo'q..sizgayam bitta savolim bor: ayol kishi mashina minishi/haydashi deganda, sizzi ko'z oldizga taksis ayol kishilar gavdalanadimi? yoki dalniyga qatnaydigan ayollarmi? endi zarur hollarda degan gapizga kelsak.....misol uchun bir kishini ayoli maktabda o'qituvchi,endi o'sha ayol maktabga moshinasini haydab borsayu,maktabga yetgandan keyin "vuy endi qaytmasam bo'lmaydi,darsni o'zila o'tib qo'yurila o'quvchila" deb qaytmaydiku...axir plan,grafik,norma degan narsalar bor...ish soati 8 dan 6 gacha bo'lsa bu yerda tezda uyga qaytish degan narsa bo'lmaydi....endi kiyim haqidagi gaplariz esa umuman boshqa mavzu bo'pti....bizayam mashina minadigan ayol kishi yalang'och yoki yarim yalang'och bo'ladi demayapmiz :)


Assalomu alaykum. Agar bu postim birovning jahlini chiqargan bo'lsa avvalambor uzr so'rayman. Qolaversa mening o'zimni oqlaydigan gaplarim ham bor. Siz aytganday ayol kishining maktabda ishlashi haqida gapirsam, bu juda yaxshi va savobli ish, bolalarga ilm o'rgatish katta savob hisoblanadi. Keyin esa maktab ko'cha emas. Men bu postni qilayotganimda huda-behuda ko'chada mashina minib yuradiganlarni nazarda tutgan edim. Mening fikrimcha er iloji boricha ayolni uning ish joyiga o'zi mashinasida yoki jamoat transportida bo'lsa ham birga olib borgani ma'qulroq(Erning imkoniga qarab). Siz aytganday ishiga mashinada borib ishdan keyin tezda uyiga qaytadigan ayollar haqida esa hech qanday nomaqbul gap aytmoqchi emasman, hatto bunga haqqim ham yo'q.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: ibnUyayna 27 Fevral 2009, 07:42:35
  Assalamu alaykum wr wb!
  Man bu haqda fikr bildirishga ojizman.Chunki har bir ishda shariatga amal qilgan holda ish yuritish kerak.Bu masala bo`yicha ulamolar fatvolari bor.Endi fatvolar turganda mani fikrim shunaqa deyishim ayni johillik bo`ladi.
 Manimcha savolni  shariatda ayol kishining avtomobil boshqarishini hukmi nima berilsa to`g`riroq bo`lardi.Vallohu a`lam.
  Assalamu alaykum wr wb!
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: zuhrahon 27 Iyul 2009, 22:42:44
Assalomu  alaykum.Ayollar  jamiyatning  eng  kata  bo'lagi  bir  ayol  kishi  uchun  Markab  boshqarish  va  unda  Hojatini  chiqarish  yomon  ish  emas  lekin !Markabi  bor  ayol  go  goda   sayir  qilgisi  dugonallari  bilan  Markabda  ul  bul  joyga borishni  istaydi  Hamamiz  bilamizki  ayollar  birga  bo'lishsa  har  hil  sho'xlikllar  boshlanadi.Erkak  markab  sohibllarini  qiziqishini  uyg'otishadi  yani ko'pgina  fitnallarga  sabab  bo'lishadi.Allbatda  bu  mening  fikrim. ;)
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Abdurahmon-Solih 28 Iyul 2009, 18:49:43
 :as:ayol   ojizadir!!!
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 29 Iyul 2009, 16:53:04
Assalomu aleykum!!!

Birodarlar ayol kishi avtomobil minishi man uchun juda qo'rqinchli. 4,5 kunlar oldin tunda dukonimiz oldida bir ayol, bir bolakay yoshi tahminan 5, 6 larda bo'lsa kere urib yubordi, urgani yetmagandi ezib ham o'tib ketdi, hamma kuchada tupalin dar xol IIB bo'limi hodimlari kelishdi ayoldi na bir hujjati bor, na moshinasini documenti bor. Naxotki hech qanday hujjatsiz moshina minib kuchaga chiqsa, Bola usha zahoti bu yorug' olam bilan hayrlashdi. Keyin nima bo'ldi bilmiman, hamma tarqaldi gayi hodimlari moshina bilan ayoldi olib ketishdi, ayol juda ham boy ekan, o'ziz o'ylab kurin hozirgi kunda bir odamdi o'ldirib pora berib qutilib ketishyabdi, usha ayol ham ertaga gayi hodimlarini qo'lidan chiqsa yana kelib moshina minmasligiga kim kafolat beradi. Mani fikrim shundan iboratki Agar haqiqiy musulmon e'tiqodli mo'min er bo'lsa, ayolini hech qachon kuchaga na ishga, moshina minish naryag'da tursin kuchadagi moshinaga ham chiqarmidi. Insholloh man ayolimni moshina mindirmagan bo'lardim. CHunki moshina minish faqat erkaklar uchun ayollardi vazifasi uyda o'tirish moshinada yurish emas.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: roziyaa 29 Iyul 2009, 21:48:16
Assalomu alaykum. Jamshit aka man sizni fikrizga qoshilaman ayol kishiga chiqarilmagan. Erin oldida o'tirgani maqul dib o'yliman. Chunki ayollani shaton tez yoldan adashtiradi. moshina minib kochada yurishsa kibr havoga o'tib ketishadi.Mnai fikirimcha ayol kishi moshina haydamaslik kere dib o'yliman.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Мубина 30 Iyul 2009, 21:13:03
Roziyaa, Jamshidjon, man fikrilaga qushilmiman.
Qancha erkaklar ichvolib, odamni urib-uldirib, tuhtami utib ketishadi. Bitta ayolni hatosi bilan, hamma ayollar tugrisida yozish notugri. Wallohu a'lam.
Ayolni oldida eri yuq bulsachi? Akasi, adasi yuq bulsachi? Nima qilish kerak? Bozor qilib, avtobusda, tramvayda qiynalib yurish kerakmi? Taksida ham yurish mumkin emas, chunki haydovchi nomahram.
Kibr haqida yozilibdi... erkaklarda kibr bumidimi? Erkaklarni shayton yuldan urmidimi? Gap ayol yoki erkak haqida emas...Gap odam qanaqaligida. Wallohu a'lam.
Uzr qattiq gapirgan bulsa, lekin qaysi forumga qarama, hammasida  ayol kishi haqida har-hil gapla yozilgan.
Yonida eri,akasi,adasi yuq ayollarni urniga uzilani quyib kurila, nima qilgan bulardiz? Yoki setka setka narsa, bitta qulida bola, bozor qilishi tugrimikin....
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Afruza 30 Iyul 2009, 21:56:43
Mavzu yaxshi tanlangan. Mani shaxsiy fikrimcha, ayollarni mashina boshqarishini yomon tarafi yo'q. Avtomobil hozirgi kunda oddiy kundalik ehtiyojga aylangan. Shu kundalik ehtiyojdan erkaklar qatori ayollar ham foydalansa buni manimcha qo'rqinchli joyi yo'q. Yo'llarda nomahram ko'zi tushadi dedingiz. To'g'ri, lekin zaruriyat yuzasidan jamoat transportlaridan foydalangandachi? (ayniqsa, tiqilichda)
Masalan, mani o'zim nasib qilsa, turmush o'rtog'imning ruhsatlari bilan kerak paytda avtomobilimda qaynonam,  farzandlarimni  biror joyga olib borishni xoxlayman. Ayol kishi hamma ishni eplay olishi kerak deb hisoblayman.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: IXLOS 30 Iyul 2009, 22:16:58
Uzr qattiq gapirgan bulsa, lekin qaysi forumga qarama, hammasida  ayol kishi haqida har-hil gapla yozilgan.
Yonida eri,akasi,adasi yuq ayollarni urniga uzilani quyib kurila, nima qilgan bulardiz?
Assalomu aleykum va raxmatullohi va barakatuhu!
Barchangizni tuningiz xayrli o'tsin ilohim!
Manimcha siz Mubina opa bo'lsangiz kerak adashgan bo'lsam uzr so'rayman. Mubina opa siz unday
deb xafa bo'lyapsizmi, xech xam xafa bo'lmang bu yerda faqat fikr bildirilyapti xolos siz ayollar
to'g'ringizda yomon narsa aytimayapti bu qarshi gaplarni xammasi xam sizlarni foydangiz uchun
gapirilyapti siz buni noto'g'ri tushunmang iltimos.
Meni bunga fikrim Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga qarshiman,chunki biz ayollarga javobgarmiz.
Lekin Mubina opa aytgan xolat bo'lsa o'qishi yoki boshqa ishlari uzoqrog'da bo'lsa ko'chadagi avtomobilda
yurgandan ko'ra
shaxsiy avtomobilda yurgan maqul.

Qodir egam biz gunoxkor qullarini to'g'ri yo'ldan adashtirmasin
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: lolo 30 Iyul 2009, 22:27:38
Assalamu alaykum.
Avvalambor Alloh iymonli ayollarga uylarida o’tirishlarini, hijob kiyishlarini, o'z go'zalliklarini begona erkaklarga ko’rsatmaslikni buyurgandir.

Islomda ayollarning o'rni juda ham kattadir va Islom ayollarga nisbatan ularning sofligini yo'qotish uchun qilinadigan barcha narsalarni harom qildi. Shuning uchun ham ba'zi ulamolar ayollarning mashina haydashlari mana shu yomon narsaga olib boradigan holat deb hisoblashadi.

Bu yerda shu o’rinda 2 ta usulni aytib o’tish joizdir:
1. Haromga yetaklaydigan narsaning, ishning o'zi haromdir.
2. Yomonlikdan qaytarish yaxshilikka chaqirishdan ustun turadi.

Mana shu 2 usulni e'tiborga olsak, ayollarning mashina haydashi quyidagi yomonliklarni olib keladi:

1. Mashina haydayotgan ayolning niqobini olishga to’g’ri kelib qoladi. Ayol kishinig go'zalligi asosan yuziga qarab bilinadi. Agar bir kishi aytsaki ayol niqobi bilan mashina hayday oladi, masalan ko’ziga qora ochki taqib, keyin yuzlarini o'rab hayday oladi desa, bunga javob shuki ayol mashina haydayotganda ko’p hollarda bunaqa bo’lib chiqmaydi. Agar qilishsa ham, u narsa ko’pga yetib bormaydi.
Ko’p hollarda boshida yaxshi boshlashadiyu keyin yomonlashib ketishadi.

2. Yana yomon tomonlaridan biri shuki ayol hayosini yo'qotadi. Hayo bu iymondandir deb payg'ambarimiz sahih hadisda aytganlar. Hayo ayol kishining go'zal hislatlaridan biri va u ularni fitnalardan saqlaydi. Ayolning hayosi yo'qoldimi keyin u haqda so’ramanglar deyishadi.

3. Mashina haydash ayol kishini uyidan juda ko’p marta chiqishiga sabab bo’ladi. Yuqoridagi oyatlarda ko’rdikki ayol kishi uchun uy eng yaxshi joy. Mashina haydashni yaxshi ko'ruvchilar haydash bilan rosa maza qilishadi, shu sabab ularning u yer bu yerda sababsiz mashina bilan maza qilish uchun haydab yurganlarini ko’rasiz.

4. Eridan ajralgan ayollarning mashina bilan xohlagan joyiga xohlagan vaqtlarda borganlarini ko’rasiz, kechasimi yoki kunduzi. Juda ham kechgacha tashqarida bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Bu narsa esa yaxshi emas ayol kishi uchun.

5. Mashina haydash ayollarning oilasi va eriga qarshi chiqishiga sabab bo’ladi, ya'ni uylaridan mashina haydab biror joyda tinchlik olish uchun chiqib ketishlariga sabab bo’ladi. Ya'ni oddiy biror tushunmovchilik bo’lganda yoki biror shunga o’xshash sabab qidirib "tinch olib kelay" deb chiqib ketishadi.

6. Mashina haydash masalan svetoforda to’xtaganda, yoki benzin olish uchun to’xtaganda, yoki militsiya xodimlari tomonidan to’xtatilganda yoki umuman mashina buzilib to’xtaganda kattaroq fitnalarga sabab bo’ladi. Tasavvur qiling ayolning holati nima bo’ladi shu hollarda? Ko'chadagi erkaklarning hammasi ham yaxshi, insofi bor deb kim garantiya bera oladi? Shu sabab masalan, o’sha erkak kishi yomon niyatda bo’lsa ayolga yordam berish orqali boshqa yomon ishlarga qolini olib borishi mumkin.

7. Ayol kishi mashina haydagandan keyin yoshlarning ham ko’chada ayol kishi bilan "Musobaqa" qilaman degan bo'lib mashina bilan chiqishlariga sabab bo’ladi, shu sabab ham ko’chada mashinalar gavjum. Ayniqsa ko’pchilik yoshlar mashina bilan chiqishsa o’ynashadi va h.k...

8. Mashina haydash ayol kishini go’zalligini ko’rsatishga sabab bo’ladi, ya'ni masalan, aytaylik yangi moda paydo bo'ldi, ko’pincha ayollar eski kiyimlarini tashlab mana shu yangi modadagi kiyimlarni kiyib olishadi va hokazolar.

Bu yuqoridagi mulohazalar arab mamlakatlaridagi ulamolarning nima uchun ayollar mashina haydashi mumkin emas, degan savolga javoblaridan olingan.
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2009, 00:40:51
Ayol kishi ayni onda bir onadir. Nima uchun bu holatga faqat bir taraflama qarashimiz kerak. Katta shaharlarda farzandlarini o'qishga, bog'chaga olib borish hozirgi kunda asosan ayollarga tushgan. Keyin erkak kishi har doim uyda bo'lavermaydi. Bola kasal bo'lgan payti uni tezlik bilan kasalxonaga olib borish eng kerakli harakat deb o'ylayman. Bazi o'zini bilmagan insonlarimiz dunyo molini boshqalarga ko'z ko'z qilish uchun rulga o'tirayotgan bo'lishi ham mumkin. U mashinani o'zi olgan bo'lsa ham mayli edi:) Lekin mashinasi bor bo'lsa va ayol ham agar yaxshi haydovchi bo'lsa nima uchun mashina haydamasinki?
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: BecK_Uz 11 Sentyabr 2009, 21:18:54
To'grisini Etsam Man Bunga Qarshiman IslomGa To'gri Kemeydi .Hayrulla Hamidovni Sherlari bor edi.ku dayuslar degan O'shandan Hulasa chiqarib oleylik.Nahotki erkaklar O'zlari Ayyolarga O'rnini bo'shatib berishyapti,Ayoli Mashina Haydab Ketyapti Orqqasida Eri O'tiribdi Bradarllar Hech Shunaqa Vaziyatni Ko'rganmisilar,,Ko'rib Qoaslarin Yoqa Ushlameylar Chunki bugungi kunda Bunaqalr juda ham Ko'p....Olloh Barchasiga Insof Bersin...
Nom: Re: Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.
Yuborildi: _B_E_K_ 01 Oktyabr 2009, 12:30:39
Каршилик йук. Бемалол хайдайверишсин. Аёлларимизга  автомобил хйдашни такиклаш тугрисида бирон конун коидани курмадим хали.