forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:26:02

Nom: Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:26:02
QALBIMIZNING NURI

To‘plovchi va tarjimon
Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li

Toshkent
“Istiqlol” nashriyoti
2003

Ushbu kitobga «Hidoyat», «Yosh kuch» jurnallari, «Islom nuri» gazetasi, «Musulmonlar taqvim kitobi» va boshqa nashrlarda chop etilgan ibratli rivoyatlar jamlandi.
Mazkur rivoyatlar Yusuf Kandehlaviyning to‘rt jildlik «Hayotus-sahoba» kitobi, shuningdek, «Al-Kanz», «Al-Hilya», «Al-Bidoya», «Fatxul Boriy», «Al-Adab», «Al-mustadrak» kabi mo‘‘tabar manbalardan tarjima qilingan.
Ushbu kitobning tasnif etilishiga bir vasila bo‘lgan Naqshbandiya tariqati ustozlaridan Shayx Umar Foruq Saydo al-Jazariy hazratlariga, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar Tursunga, «Hidoyat» jurnalining bosh muharriri Nurulloh Muhammad Raufxonga, zahmatkash muharririmiz Abdul Jalil Xo‘jamga va boshqa do‘stlarga samimiy tashakkurimizni izhor etamiz.
Musannif
Mas’ul muharrir:
Anvar Tursun

Muharrir:
Abdul Jalil Xo’jam

MUNDARIJA
 
Qalbimizning nuri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158975#msg158975)
Qabrdan kelgan nido (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158976#msg158976)
Gapiruvchi bo‘ri yoxud qiyomat alomati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158977#msg158977)
Salmon Forsiy ibrati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158978#msg158978)
Sen nega yig‘layapsan? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158979#msg158979)
Xotirjamlik siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158980#msg158980)
Eng sara ozuqa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158981#msg158981)
Muomaladagi extiyotkorlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158982#msg158982)
Oqilona javob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158983#msg158983)
Eng shiddatli oyat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158984#msg158984)
Sizni yaxshi ko‘raman (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158985#msg158985)
Uch harakat tarixi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158986#msg158986)
Til o‘rgangin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158987#msg158987)
Yomonlikka yaxshilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158988#msg158988)
Noumid shayton (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158989#msg158989)
Besh ming qo‘ydan afzal (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158990#msg158990)
Xayrli oqibat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158991#msg158991)
Eskisini kiymaganga yangisi yo‘qdir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158992#msg158992)
"Ya, arhamarrohimiyn" (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158993#msg158993)
Fitnadan yiroq bo‘ling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158994#msg158994)
Yuksak martaba (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158995#msg158995)
Insonlar ikki hovuchdirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158996#msg158996)
Ellik ming dirhamlik xurmozor (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158997#msg158997)
Naqadar yomon ish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158998#msg158998)
Kim Allohga ishonsa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158999#msg158999)
Riyodan ogohlantirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159000#msg159000)
Olovda birinchi yonadiganlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159001#msg159001)
Oxiratdagi xayru saodat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159004#msg159004)
Zuhd chegarasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159005#msg159005)
Barakotli kun (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159006#msg159006)
Alloh xohlagan joyda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159007#msg159007)
Xaloskor malak (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159008#msg159008)
Eridan shikoyat qilgan ayol (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159009#msg159009)
G’aflatning sababi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159010#msg159010)
Asiring nima dedi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159011#msg159011)
Mazlumning haqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159012#msg159012)
Yaxshi bir dalil (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159013#msg159013)
"Yo axmoqsan yoki munofiq" (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159014#msg159014)
Yetmish qamchidan keyin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159015#msg159015)
Jonbaxsh duo yoxud tirilgan murda  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159016#msg159016)
Xushxabar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159017#msg159017)
Bir ansoriyning tushi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159018#msg159018)
Amalim qabul bo‘lsin desangiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159019#msg159019)
Sadaqa raddi balo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159020#msg159020)
To‘rt turli qalb (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159021#msg159021)
Imkon va istig‘for (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159022#msg159022)
Tahlika nima? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159023#msg159023)
Mushrikdan olingan mukofot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159024#msg159024)
Naqd savob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159025#msg159025)
Shahidlar havas qilgan martaba (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159026#msg159026)
Abu Ayyubning mehmonlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159027#msg159027)
Rasululloh o‘rgatgan duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159028#msg159028)
Odamxo‘r daryo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159029#msg159029)
Hazrati Umar o‘pgan bosh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159030#msg159030)
Payg‘ambarni yig‘latgan oyat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159031#msg159031)
Ilohiy hikmat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159032#msg159032)
Nega yoqtiramiz? Kelishmaymiz? Unutamiz? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159033#msg159033)
Abu Bakr Siddiqning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159034#msg159034)
Hazrati Umarning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159035#msg159035)
Usmon ibn Affonning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159036#msg159036)
Abdulloh ibn Mas’udning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159037#msg159037)
Salmon Forsiyning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159038#msg159038)
Abu Dardoning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159039#msg159039)
Muoz ibn Jabalning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159040#msg159040)
Utba ibn G’azvonning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159041#msg159041)
Abu Zarr G’iforiyning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159043#msg159043)
Ubay ibn Ka’bning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159044#msg159044)
Abu Umomaning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159045#msg159045)
Abdulloh ibn Abbosning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159046#msg159046)
Iftorlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159048#msg159048)
"Uhud bizni yaxshi ko‘radi..." (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159049#msg159049)
Menga ishonasizmi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159050#msg159050)
Hazrati Musoning jannatdagi hamrohi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159051#msg159051)
Azroildan qo‘rqqan odam (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159052#msg159052)
Xurmo pishgan kunlarda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159053#msg159053)
Xushu’ va xuzu’ xosiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159054#msg159054)
Alloh ko‘rib turibdi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159055#msg159055)
Ikki eshik orasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159056#msg159056)
Tavsiya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159057#msg159057)
Muhtojning ehtiyoji (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159058#msg159058)
Allohning fazli va rahmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159059#msg159059)
Yashil ko'ylak (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159060#msg159060)
Egasini qidirgan yurak (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159061#msg159061)
Xayrli xotima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159062#msg159062)
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:27:52
Bismillahir rohmanir rohim

QALBIMIZNING NURI

Bizni mo‘minlardan qilgan Alloh taologa behisob hamdu sano, Muhammad Payg’ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, durudu salovotlar bo‘lsin.
Qalb Alloh taoloning nazargohidir. Qalbimizda bizga berilgan eng ulug’ ne’mat  — imon gavharimiz o‘rnashgan. «Payg’ambarimiz, alayhissalom, bir hadisi shariflarida: "œIt kirgan uyga farishtalar kirmaydi", deb marhamat qilganlar. Qalb ham bir uy, farishtalar qo‘nadigan makon. Аˆazab, shahvat, gina, hasad, kibr, manmanlik va boshqa razil sifatlar qopog’on itlar kabidir»  . Shu bois har doim  qalbimizni go‘zal va obod  saqlashga, uni turli illatlardan, yomon xulqlardan poklashga, shayton va nafs vasvasalaridan muhofaza etishga intilmog’imiz zarur.
Bu borada bizga Payg’ambarimizning, alayhissalom, sunnatlarida, sahobalar hamda salafi solihlarning hayotlarida ajoyib ibratlar, buyuk o‘rnaklar mavjud.
Qo‘lingizdagi kitob ana shunday ibratli rivoyatlardan tasnif etildi. Ularning har birida qalbimizni uyg’otuvchi bir da’vat, ruhimizdagi dardlarga bir shifo yashiringan. Ibrat nazari bilan o‘qisak, inshaalloh, bahramand bo‘lamiz. Shu uchun ham kitobni yaxshi niyatda  "œQalbimizning nuri" deb nomladik.

Abdul JALIL
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:30:05
Ushbu kitobni Padari buzrukvorim
Xolmurod Tilavning yorqin xotirasiga bag‘ishlayman.
Musannif


QABRDAN KELGAN NIDO

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda jamoat bilan o‘qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni nihoyatda yaxshi ko‘rar edilar. Yigitning juda qarib qolgan otasi bor edi. Yigit har kuni xufton namozidan so‘ng otasini ziyorat qilgani kelardi.
Yo‘l bo‘yidagi uylardan birida yashovchi ayol bu yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Ayol har kun yigitning yo‘lini poylab, uni o‘ziga og‘dirishga harakat qilardi. Nihoyat, bir safar yigit o‘zini boshqara olmay, ayolning ortidan ergashdi. Biroq ostonadan kirar ekan, Allohni esga olib, hushyor tortdi va: "œTaqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biror vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar" (A’rof, 201) mazmunli oyati karimani o‘qidi-yu, hushsiz yiqildi.
Ayol darhol bir joriyasini chaqirdi. Ikkalasi yigitni otasining uyiga eltib, eshikni taqillatdilar. Eshikni ochgan ota ostonada behush yotgan o‘g‘lini ko‘rdi. Uni ichkariga oldilar. Yigit yarim tunda o‘ziga keldi.
— O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? — so‘radi ota.
— Hech narsa, hammasi joyida.
Ota:
 — Xudo haqqi, menga to‘g‘risini ayt, — deb qo‘ymagach, yigit bo‘lgan voqeani gapirib berdi.
— O‘g‘lim, sen qaysi oyatni o‘qiding? — deya so‘radi otasi.
Yigit o‘sha oyatni takror o‘qigach, yana hushdan ketdi. Qancha urinishmasin, o‘ziga kelmadi. Yigit jon taslim qilgan edi. O‘sha kechadayoq uni yuvib, dafn etishdi.
Ertalab bo‘lgan voqeani Hazrati Umarga, roziyallohu anhu, yetkazdilar. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, yigitning otasiga ta’ziya izhor qilgach:
— Nega meni chaqirmadingiz? — dedilar.
— Ey mo‘minlarning amiri! Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi, sizni bezovta qilgimiz kelmadi, — dedi ota.
— Unday bo‘lsa, yuring, birga qabr boshiga boraylik, — dedi xalifa va ikkovlon u yerga yetgach:
— Ey falonchi! — deb marhum yigitni chaqirdi va: "œParvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir" (Rahmon, 46) mazmunli oyatni o‘qidi.
Ittifoqo, qabrdan yigitning:
— Ey Umar! Siz eslatgan ikki jannatni Rabbim menga ikki bora in’om qildi, — degan ovozi eshitildi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:30:35
GAPIRUVCHI BO‘RI YOXUD QIYOMAT ALOMATI

Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "œBir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib oldi. Shunda bo‘ri tilga kirib:
— Allohdan qo‘rqmaysanmi? Parvardigor menga yuborgan rizqni nega qaytarib olyapsan? — dedi.
— Vo ajab? Bo‘ri inson kabi gapirmoqda! — hayratini yashira olmadi cho‘pon.
— Mening odamday gapirganimga ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa bor. Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga yangi dinni ta’lim bermoqda, — dedi bo‘ri.
Shundan so‘ng cho‘pon suruvini haydab Madinaga keldi. Qo‘ylarni bir pana joyda qoldirib, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga keldi va bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho‘ponga:
— Ko‘rganlaringni bularga ham so‘zlab ber, — dedilar.
Cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. Shunda Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
— Birodaringiz to‘g‘ri gapiryapti. Muhammadning qayoti izmida bo‘lgan Allohga qasamki, jonivorlar insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq kiyimidagi bog‘ich ip tilga kirib, so‘zlamagunicha va kishining soni, u ko‘chada yo safarda bo‘lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya’ni, shunday zamonlar kelmay turib) qiyomat qoim bo‘lmaydi».
(Mazkur hadisni Imom Ahmad Abu Hurayradan, Abu Nu’aym esa, Anasdan va Bayhaqiy Ibn Umardan rivoyat qilishgan).
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:30:47
SALMONI FORSIY IBRATI

Zayd ibn Savhonning ozod etilgan quli Solim hikoya qiladi:
«Xo‘jayinim Zayd ibn Savhon bilan birga bozorda edik. Salmoni Forsiy yonimizdan o‘tdi. Ancha-muncha oziq-ovqat ko‘tarib olibdi. Xo‘jayinim unga:
— Sen Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, sahobasisan. Buncha ko‘p zahira to‘plashga ehtiyoj sezmasliging kerak-ku, — dedi.
— Yanglishyapsan. Kishi o‘zini bunday narsalar bilan ta’minlab qo‘ysa, ham xotirjam bo‘ladi, ham ibodat uchun ko‘p vaqt topadi, shayton ham uni vasvasa qilishdan umidini uzadi, — deb javob berdi Salmoni Forsiy».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:32:00
SEN NEGA YIG‘LAYAPSAN?

Qays ibn Abi Hozim hikoya qiladi: Bir kuni Abdulloh ibn Ravoha  ayolining tizzasiga bosh qo‘yib yotarkan, yig‘ladi. Buni ko‘rgan ayoli ham o‘zini tutib turolmadi. Abdulloh undan:
— Sen nega yig‘layapsan? — deb so‘radi.
— Yig‘layotganingizni ko‘rib, men ham yig‘ladim, —  javob qildi xotini. Shunda Abdulloh:
— Men Alloh taoloning: "œSizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushguvchidirsiz" (Maryam, 71, mazmuni) degan amri esimga tushib qolib yig‘ladim, — dedi Abdulloh xotiniga.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:34:58
XOTIRJAMLIK SIRI

Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar:
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so‘radilar:
— Seni nima bezovta qilyapti?
— Gunohlarim.
— Ko‘ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku!
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: «Har oqshom Voqea surasini o‘qigan kishi hech qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb marhamat qilganlarini eshitgan edim, — dedi»
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:36:25
ENG SARA OZUQA

Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar:
«Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib yurar edik. Jabbon qabristoni yonidan o‘tayotganimizda, qabristonga qarab:
— Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib, tuproqqa qorishganlar, ey qoronHuliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o‘ksiz va yetim qoldi va xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor? — deb so‘radilar.
So‘ngra men tomonga burilib:
— Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn berilganida: "œOzuqaning eng yaxshisi taqvodir", deb aytishgan bo‘lar edi, — dedilar.
Birozdan keyin esa yig‘lab, bunday dedilar:
— Ey Kumayl, qabr amallar sandig’idir. Buni faqat o‘lganingdan so‘ng bilasan...»
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:37:36
MUOMALADAGI EHTIYOTKORLIK

Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar:
«Bir odam Janobi Payg‘ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun ruxsat so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi dog’dir, — dedilar.
Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot ko‘rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so‘radi.
— Naqadar yaxshi inson. Oilasi iftixor qilgulik bir farzanddir, — dedilar. Lekin Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, bu kishiga avvalgi odamga ko‘rsatilganchalik iltifot qilmadilar. U kishi chiqqach, Oyisha onamiz:
— Yo Rasulalloh, birinchi kishini yomon deganingiz holda unga yaxshi muomala qildingiz. Ikkinchisini yaxshi deb turib, unchalik iltifot etmadingiz, — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Ey Oyisha, insonlar orasida shundaylari borki, fe’li yomon bo‘lgani uchun ulardan ehtiyot bo‘lish kerak, — deya marhamat qildilar».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:38:52
OQILONA JAVOB

Bir kuni bir yahudiy kelib Janobi Payg‘ambarimizdan, sollallohu alayhi va sallam, mashiat (iroda) haqida so‘radi.
 — Mashiat yolg‘iz Allohnikidir, — dedilar. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam.
— Sen shunday deyapsan, ammo agar men turishni xohlasamgina turaman, — dedi yahudiy.
— Sen o‘rningdan turasan, biroq Uning iroda va xohishi bilan turasan.
— Xohlasam, o‘tiraman ham.
— Alloh xohlagan bo‘ladiki, o‘tirasan, — dedilar.
— Men istasam, shu xurmo daraxtini kesaman.
— Alloh xohlagan bo‘lsa, kesasan.
— Xohlamasam, kesmayman, — dedi yahudiy.
— Alloh kesmasligingni xohlagan bo‘ladiki, kesmaysan.
Shu asno Jabroil, alayhissalom, tushib Janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam:
— Siz ham Ibrohim, alayhissalom, kabi raqibingizni Allohning yordami bilan mot qildingiz, — dedilar. Shunda: "œSizning biron-bir xurmo daraxtini kesishingiz yoxud uni kesmay o‘z poyasida qoldirishingiz, Allohning izni-irodasi bilandir. Alloh yo‘ldan adashgan (fosiq-itoatsiz) kimsalarni ana shunday uyaltirib, rasvo etar" (Hijr, 5) mazmunli oyati karima nozil bo‘ldi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:39:50
ENG SHIDDATLI OYAT

Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar, roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi va:
— O‘zingcha qanday "œtadqiqot" o‘tkazdingki, bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi kishi u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar.
"œKim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko‘radi" oyatidir. Zero, hech yomonlik qilmagan odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), — dedi u kishi.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat, Alloh taolo: "œKim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar — ko‘rar" (Niso, 110) mazmunli  oyati karimani nozil qildi, — dedilar».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:40:52
SIZNI YAXSHI KO‘RAMAN...

Abdulloh ibn Sarjasdan, roziyallohu anhu:
«Janobi Payg‘ambarimizga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin.
Shundan so‘ng Abu Zarrni topib:
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar:
— Yaxshi ko‘rgan kishingga: "œSizni yaxshi ko‘raman", deyishing savobdir».

***

Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi.
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob berdi u.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:41:38
UCH HARAKAT TARIXI

Sa’saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, siz: "œLaa ya’kuluhu alla’l-xootuun" (Al-Haaqqa, 37) oyatini (zohiriy ma’nosi: "œqonli yiringni faqat qadam bosganlar yeydi") qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo‘lsa? — deb so‘radi.
 Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so‘zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. "œLaa ya’kuluhu alla’lxootuun" emas "œilla’l-xootiuun". (Jahannamda qonli yiringni faqat gunohkorlar yeydi"),  deb to‘g‘ri o‘qigin, —dedilar.
— Ha, ey amiral mo‘minin. To‘g‘risi siz aytganingizday bo‘ladi, — dedi u arab.
Shundan so‘ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad ad-Dualiyga o‘girilib:
— Bugun arab bo‘lmagan bir necha millatlar musulmon bo‘lib, arablarga qo‘shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday  narsani o‘rgatginki, u bilan arabiy tilni buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
Shundan keyin Abu Asvad yozuvda ustun, o‘tra, asra usulini qo‘llay boshladi".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:42:14
TIL O‘RGANGIN

Zayd ibn Sobitdan, roziyallohu anhu:
"œJanobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, menga:
— Sen suryoniy tilini yaxshi bilasanmi? Chunki menga ushbu tilda yozilgan xatlar keladi, — dedilar.
— Yo‘q, — dedim men.
— O‘rgangin, — deya marhamat qildilar. Shundan so‘ng men suryoniy  tilini o‘rganishga kirishdim va o‘n yetti kun ichida o‘rganib oldim".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:43:05
YOMONLIKKA YAXSHILIK

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Bir kun bir ayol oldimga kelib:
— Men ham zino qildim, ham zinodan tug’ilgan bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba qilsam bo‘ladimi?  — deb so‘radi.
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik bermasin...
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim — Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom:
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir "œUlar Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir" (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya marhamat qildilar.
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha zahoti sajda qildi va:
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:47:59
NOUMID SHAYTON

Tabaroniydan rivoyat qilinadi:
"œAbu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:48:22
BESH MING QO‘YDAN AFZAL

Hazrati Alidan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar, sollallohu alayhi va sallam, bir kuni mendan:
— Ey Ali, senga besh ming qo‘y beraymi yoki ham dunyo, ham oxirat uchun foydali  besh kalimani o‘rgatayinmi? — deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, besh ming qo‘y ozmuncha foyda emas. Biroq menga o‘sha besh foydali kalimani o‘rgatishingizni xohlayman, — dedim.
Shunda Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ushbu duoni o‘rgatdilar:
— Allohim, gunohlarimni mag‘firat qil. Menga keng fe’l va halol bir daromad nasib et. Nafsimni bergan rizqingga qanoatli qil va qalbimni O‘zing man’ etgan narsalarga moyil qilib qo‘yma».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:48:33
XAYRLI OQIBAT

Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etishlariga yaqin qolgan soatlarda qayta-qayta: "œTong otdimi?" deb so‘rar, har gal unga: "œHali tong otmadi", deb javob berishar edi. Nihoyat , "œTong otdi", deyishgach, Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu:
— Tonggida otashga ketiladigan kechadan Allohning panohiga sig’inaman. Ey o‘lim, xush kelding, safo kelding. Sen umrim davomida menga ilk bor tashrif buyurgan bir ziyoratchisan, bir faqir do‘stiga murojaat etgan suyukli mahramsan.
Allohim, bugungacha men Sendan qo‘rqib keldim. Biroq bugun Sening rahmatingdan umidvorman. Senga ayonki, dunyo molini to‘plash, ariqlar ochib dalalarni bog‘-rog‘ qilish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish uchun dunyoda qolmoqchi emasman. Mayli, shiddatli issiqlarda chanqoq qolayin, dunyo hayotining mashaqqatlarini tortayin, biroq zikr halqalarida olimlarning tizzalariga tizzamni qo‘yib seni zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman, — deb iltijo qildilar.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:49:21
ESKISINI KIYMAGANGA YANGISI YO‘QDIR

Qusayr ibn Ubayddan, roziyallohu anhu:
«Mo‘minlarning onasi Oyishaning, roziyallohu anho, ziyoratiga bordim. Menga:
— Hozir, bir oz kutib tur, ko‘ylagimning shu yirtiq joyini tikib olay, so‘ng gaplashamiz, — dedilar.
— Ey ummul mo‘minin, hozir shu ishingni odamlarga aytsam, seni xasisga chiqarishadi, — dedim.
Oyisha, roziyallohu anho, shunday dedilar:
— Bolam, aqlli bo‘l. Eskirgan kiyimlarini kiymagan kishi uchun yangi ko‘ylak yo‘qdir».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:49:40
"œYA, ARHAMARROHIMIYN!"

Lays ibn Sa’ddan, roziyallohu anhu:
«Zayd ibn Horisa, roziyallohu anhu, toiflik bir odamdan bir xachirni kiraga olgani haqida gapirib berdilar.
— Seni xohlagan joyimda tushirish sharti bilan xachirni kiraga beraman, — dedi xachirning egasi.
Ikkovlon yo‘lga tushdik. Xachirning egasi bir xarobaga yetib borgach, menga:
— Tush! — dedi.
Xachirdan tushdim, xaroba ichida bir necha o‘liklarni ko‘rdim. Xachirning egasi meni ham o‘ldirmoqqa chog’lanayotgan ekan. Men:
— Ikki rakat namoz o‘qib olay! — dedim.
— O‘qiy qol. Sendan oldin mana bu o‘liklar ham namoz o‘qishgan, biroq namoz-niyozlari o‘zlariga hech bir foyda bergani yo‘q, — dedi u.
 Namoz o‘qib bo‘lganimdan so‘ng haligi odam meni o‘ldirmoqchi bo‘lib ilgarilagan edi, "œYa, arhamarrohimiyn", dedim. Ittifoqo: "œUni o‘ldirma!" degan ovoz eshitildi. U odam qo‘rqib, bu ovoz egasini topish uchun tashqariga chiqdi, biroq hech kim ko‘rinmagach, yana ortga qaytdi. Men bu safar uch marta: "Ya, arhamarrohimiyn" deb baqirdim. Shu payt bir otliq ichkariga kirdi. Qo‘lida temir nayza, nayzaning uchi olovli edi. U nayzasini qaroqchining ko‘ksiga sanchib, orqasidan chiqardi. Qaroqchi o‘ldi. Otliq menga qarab:
— Birinchi bor «Ya, arhamarrohimiyn» deganingda men yettinchi qavat osmonda edim. Ikkinchi marta duo qilganingda eng pastki qavatga tushdim. Uchinchi marta duo etganingda, bu yerga  yetib keldim, — dedi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:49:52
FITNADAN YIROQ BO‘LING

Abu Nuaymdan, raqmatullohi alayq:
"œHuzayfa, roziyallohu anhu, shunday nasihat qildilar:
— Fitna qalblarda bosh ko‘targay. Fitnadan ozroq ozuqa olgan qalbda bir dog‘ paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng unda fitnaga nisbatan nafrat uyg’onsa, dog’ ketadi. Kimki qalbi fitnaga duchor bo‘lgan-bo‘lmaganini bilmoqchi ekan, qalbini taftish qilsin. Agar avval harom deb bilgan narsani halol desa, yoki asli halol narsani harom der ekan, demak, qalbi fitnaga makon bo‘libdi.
Fitnalardan ehtiyot bo‘ling. Hech kim fitnaga berilmasin. Allohga qasamki, kimki fitnaga yuzlansa, toshqin sel yo‘ldagi notoza narsalarni surib ketganidek, fitna ham u kimsani ana shunday sudrab olib ketgay. Fitna dastlab haq-rost qiyofasiga o‘ranib, boshlanadi. Shu darajadaki, ba’zilar uni haq bir da’vo deb biladilar. Faqat o‘rtadan ko‘tarilganidan keyingina uning fitnaligini tushunib yetadi. Binobarin, fitnani ko‘rganingizda uyingizda o‘tiring, qilichlaringizni sindiring va yoylaringizning ipini kesib tashlang.
Hatto suv qo‘shilmagan sharob ham fitna kabi insonlar qalbini aldab, chalg‘ita olmaydi.
Shunday bir zamon keladiki, suvga cho‘kayotgan odam kabi astoydil duo-niyoz qilgan kishigina fitnadan omon qoladi, boshqa hech kim qutulolmaydi.
Dunyo uchun oxiratni unutgan, oxirat uchun dunyoni tashlagan kimsalar  sizlarning yaxshilaringiz emas. Yaxshilaringiz har ikkalasidan ham to‘g‘ri foydalana olganlaringizdir".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:50:29
YUKSAK MARTABA

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
"œJanobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Qiyomat kuni martabalariga payg‘ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning xabarini berayinmi? — deya marhamat qildilar.
— Ular kimlar, yo Rasulalloh? — so‘rashdi ashob.
— Allohning qullarini Allohga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir.
— Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo‘ladi? — deb so‘radim.
— Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko‘rgan narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni sevadi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:51:16
INSONLAR IKKI HOVUCHDIRLAR

Tabaroniydan, raqmatuloqi alayq, rivoyat qilinadi:
"œMuoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etar chog’i yig‘ladilar. U kishidan:
— Nega yig‘layapsan? — deb so‘rashdi.
— Vallohi, men o‘lim azobidan qiynalib yoki ortimda mol-dunyo qolib ketayotgani bois yig‘layotganim yo‘q, — dedilar. — Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi jannatda, bir hovuchi esa do‘zaxda", deganlarini eshitganman. Mana shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganimdan yig‘lamoqdaman", — dedilar Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:53:01
ELLIK MING DIRHAMLIK XURMOZOR

Abdulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar:
«Ansorlardan biri Madinaning Kuf degan darasida namoz o‘qiyotgan edi. Xurmolar rosa pishib yetilgan, shoxlar orasi g‘ij-g‘ij meva edi. Hosil mo‘lligidan ansorning ko‘ngli chog‘ bo‘ldi. Fikri ancha vaqt xurmolariga bog‘lanib qoldi. So‘ng yana namoziga qaytdi, ammo necha rakat o‘qiganini unutgan edi... Shundan so‘ng u:
— Bu dunyo moli tufayli dinim halok bo‘lmasin, — dedi. Keyin amiral mo‘minin Hazrati Usmonning, roziyallohu anhu, huzuriga borib, maqsadini aytdi:
— Shu bog‘im Alloh yo‘lida sadaqadir. Uni o‘zingiz ma’qul ko‘rgan yo‘lda ishlating.
Hazrati Usmon, roziyallohu anhu, xurmozorni ellik ming dirhamga sotib, pulini xazina hisobiga o‘tkazdilar.
Shundan keyin bu bog‘ "œellik ming dirhamlik xurmozor" nomini oldi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:53:21
NAQADAR YOMON ISH

Abul Hasan, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: "œNabiyning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida o‘tirar edik. Davradan kimdir turib ketdi, biroq oyoq kiyimini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirib oldi. Haligi kishi bir ozdan keyin qaytib kelib, oyoq kiyimini so‘radi.
— Biz ko‘rmadik, — deyishdi. Poyafzal egasi bezovtalanib qoldi. So‘ng uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirgan kishi:
— Mana, oyoq kiyiming, — dedi.
Shunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Musulmon kishini bezovta qilish naqadar yomon ish, — dedilar.
— Men hazillashdim, — dedi u kishi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yana o‘sha gaplarini takrorladilar".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:53:49
KIM ALLOHGA ISHONSA

Sulaymon ibn Surod, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: "œBadaviy arablardan biri Nabiyga, sollallohu alayhi va sallam, iqtido etib namoz o‘qirkan, yonida teridan qilingan o‘qdoni turar edi. Sheriklaridan biri o‘qdonni yashirib qo‘ydi. Namoz o‘qib bo‘lingach, a’robiy:
— Mening o‘qdonim qani? — deb so‘radi. Sheriklari kulishdi. Shunda Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam:
— Kim Allohga, oxirat kuniga ishonsa, hech bir musulmonni bezovta qilmasin, — dedilar".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:54:20
RIYODAN OGOHLANTIRISH

Ibn Abbosdan, roziayllohu anhu:
"œHazrati Umar, roziyallohu anhu, bir kuni yonidagi odamlardan:
— Men bu kecha bir oyatni o‘qidim. Tonggacha uxlayolmadim. Oyatning ma’nosi quyidagicha: "œOstidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlari bor, turli xil mevalari mo‘l bog‘i bo‘lgan bir odam o‘zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o‘sha bog‘ini olovli to‘fon urib, yonib ketishini xohlaydimi? Tafakkur qilursizlar, deb Alloh o‘z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi" (Baqara, 265, mazmuni). Bu misol savobli ishlarni riyo bilan amalga oshiruvchi kishiga nisbatan aytilgan. Yong’in tufayli bog‘bon ne umidlar bilan parvarish qilgan bog‘-rog’idan mahrum bo‘lganidek, riyokor odam ham oxiratda ajru savobdan bebahra qolishi to‘g‘risida ogohlantirilmoqda. Alloh bu tamsili bilan nimani nazarda tutgan ekan? — deya so‘radi.
— Alloh biladi, — deb javob qildi o‘sha yerda o‘tirganlardan biri.
— Alloh bilishini men ham bilaman, — dedi Hazrati Umar, — men birortangiz bu borada biror narsa bilsangiz yoxud eshitgan bo‘lsangiz, gapiring, deb so‘radim.
Shunda hamma jim qoldi. Faqat men bir narsalarni pichirladim. Hazrati Umar meni ko‘rishi bilan:
 — Tortinma, jiyan. Bilgan narsang bo‘lsa, gapiraqol, — dedi.
— Alloh taolo bu tamsil bilan kishining amalini nazarda tutgan. Ortiqcha tafsilot qilolmayman, — dedim.
Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, izohlay boshladilar:
— To‘g‘ri aytasan. Alloh taolo bu tamsil orqali kishining amalini eslatmoqda. Kishi qariganida va bir necha kichik va boqimanda bolalari bo‘lganida, shunday daromadli bir boqqa ko‘p muhtoj bo‘ladi. Ha, sen juda to‘g‘risini gapirding».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:55:05
OLOVDA BIRINCHI YONADIGANLAR

Valid ibn Abu Valid va Abu Usmon al-Madaniydan Uqba ibn Muslim rivoyat qiladi:
"œBir safar Madinaga borganimda xalqning bir odam atrofida to‘planganini ko‘rib:
— Bu  odam kim? — deb so‘radim.
— Abu Hurayra, — deyishdi.
Shundan so‘ng uning yoniga borib o‘tirdim. Abu Hurayra yig‘ilganlarga va’z aytardi. So‘zlarini tugatganidan so‘ng, jamoat tarqalgach, unga:
— Alloh roziligi uchun, agar Janobi Payg‘ambarimizdan eshitib, xotirangda yaxshi saqlangan hadis bo‘lsa, menga aytib ber, — dedim.
Abu Hurayra:
— Mayli, Rasuli akramdan eshitgan va yaxshi eslaydiganim bir hadisni aytaqolay, — dedi-yu, hushidan ketib, yerga yiqildi. Anchadan keyin o‘ziga kelib, yana:
— Janobi Rasulullohdan eshitgan va yaxshi eslaydiganim bir hadisni senga aytib beray, dedi-yu, takror behush holda yiqildi.
Tag’in o‘ziga kelgach:
— Ha, ha, senga Payg‘ambarimizning o‘zlari bilan mendan bo‘lak biror kimsa yo‘qligida aytgan hadislarini so‘zlayin, — dedi va bu safar yanada qattiqroq behush bo‘lib, yuzi bilan yerga yiqildi.
Uni yelkalaridan ushlab, ko‘kragim bilan suyadim. Nihoyat hushyor tortib, yuz-ko‘zini ishqalaganidan so‘ng, quyidagilarni aytdi:
— Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, o‘shanda marhamat qildilarki, Alloh taolo qiyomat kuni hammani hisob-kitob qiladi. To‘planganlar tiz cho‘kkan ko‘yi, navbatini kutadilar. Eng avval uch toifa odam chaqiraladi: Qur’onni ko‘kragida jamlagan kishi, mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi va shahid bo‘lgan kishi.
Alloh taolo Qur’onni yod olgan kishidan:
— Payg‘ambarga nozil etilganlarni senga o‘rgatmadimmi? — deb so‘raydi.
— Menga bildirding, yo Rab.
— Senga o‘rgatilgan ilmga muvofiq harakat qildingmi?
— Ha, yo Rabbim! Men kecha-kunduz Senga ibodat qilardim.
Alloh taolo:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deydi.
— Sen yolg‘on gapiryapsan, — deyishadi farishtalar ham.
Alloh taolo:
— Boshqalarning: "œFalonchi o‘qigan odam, ilmli", deb maqtashlari uchun o‘qib-o‘rgangan eding. Seni shunday deyishdi ham, — deydi.
Undan keyin mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi o‘rtaga olib chiqiladi. Alloh taolo undan:
— Men senga yetarlicha mol-dunyo bermadimmi, hatto hech kimga muhtoj bo‘lmaydigan darajada seni boy qilib qo‘ymadimmi? — deb so‘raydi.
— Ha, yo Rabbiy, — deya javob beradi u odam.
Alloh taolo:
— Senga berilgan molni nima qilding, qanday sarflading? — deb so‘raydi.
— Qarindoshlik haqlariga rioya etdim, sadaqa qildim, muhtojlarga yordam berdim.
Alloh taolo:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deydi.
Farishtalar ham:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deyishadi.
Alloh taolo:
— Sen "œOdamlar meni saxiy deb atasin" deya shunday qilarding. Seni shunday atashdi ham.
Shundan so‘ng shahid bo‘lgan kishi olib kelinadi. Janobi Haq undan:
— Sen nima uchun o‘ldirilding? — deb so‘raydi.
— Yo Rabbiy, Sening yo‘lingda qurbon bo‘ldim.
Alloh taolo unga:
— Yolg‘on aytyapsan, — deydi.
— Yolg‘on so‘zlayapsan, — deyishadi farishtalar ham.
Alloh taolo unga deydi:
— Mening amrimni ado etish uchun emas, odamlarning: "œFalonchi jasur ekan" deyishlari uchun kurashding. Odamlar  seni shunday deyishdi-ku".
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, davom etib, aytdiki: "œJanobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shundan keyin, mening tizzamga urib:
— Ey Abu Hurayra, qiyomat kuni Allohning maxluqlaridan jahannam olovida birinchi yonadiganlari ana shu uch odamdir, — dedilar".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 08:56:30
***

Abu Usmon al-Madaniy rivoyat qiladi: A’lo ibn Abu Hakim shunday dedilar:
— Men Muoviyaning qilichbardori edim. Bir kun bir kishi kelib, Abu Hurayradan eshitgan bu hadisni unga naql qildi. Shunda Muoviya:
— Bu uch kishining ahvoli shunday bo‘lsa, boshqalarning holi qanday bo‘larkin? — deb yig‘lashga tushdi. Shunchalar kuyib yig‘ladiki, biz uni o‘lib qoladimi deb o‘ylab:
— Bu odam bizga tashvish keltirdi, — deyishgacha bordik.
Shunda Muoviya ko‘zlarini ochib, yuzini silab:
— Allohning Payg‘ambari rost so‘zlabdilar. Chunki Alloh taolo: "œKimki dunyo hayoti va uning ziynatini istasa, ularga amallarining (savobini) shu (dunyoda) mukammal berurmiz va ular (dunyoda) ziyon ko‘rmaydilar. (Ya’ni, savoblari uchun ajrni ham shu dunyoda olib, oxiratda benasib bo‘lurlar). Ana o‘shalar uchun oxiratda do‘zaxdan boshqa (narsa) yo‘qdir. (Ularning) savobli ishlari habata (barbod) va qilib yurgan amallari botil bo‘lur" (Hadid, 15-16, mazmuni) deya marhamat qilgan-ku! — dedi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:00:45
OXIRATDAGI XAYRU SAODAT

Kanona al-Adviydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œUmar, roziyallohu anhu, harbiy qo‘mondonlarga: "œQo‘shiningiz ichidagi Qur’onni bilguvchilarning ro‘yxatini menga bering. Maoshlarini orttirib, Qur’oni karimni o‘rgatish uchun xalq orasiga yuboraman", deya xat yozdi. Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhu, Hazrati Umarga: "œMening atrofimda ayni paytda uch yuz kishidan oshiq Qur’on bilimdonlari mavjud" deya javob maktubi yubordi.
Shunda Hazrati Umar quyidagi maktubni yozdi: "œMehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohning quli Umardan, Abdulloh ibn Qaysning atrofidagi Qur’on homiylariga. Sizlarga Allohning salomi bo‘lsin.
Birodarlar, unutmangki, Qur’on siz uchun oxiratda xayru saodat, dunyoda esa, baland qadr-qimmat va hayot (tiriklik) manbaidir. Bas, shunday ekan, uning ortidan ketishingiz kerak. U sizning ortingizdan ketmasin. Zero, Qur’on kimning ortidan ketsa, u kimsa yuztuban yiqiladi, dumalab-dumalab, jahannamga qulaydi. Qur’onning orqasidan ketgan kishini Qur’on Firdavs jannatiga olib boradi. Shunday qilingki, Qur’on sizlarga da’vogar emas, shafoatchi bo‘lsin. Zero, shafoatchisi Qur’on bo‘lgan kishi jannatiy, da’vogari Qur’on bo‘lgan kishi esa do‘zaxiydir.
Shuni ham bilingki, Qur’onning har bir oyati hidoyat manbai, bir ilm chechagidir. Qur’on buyuk marhamat sohibi Allohning ulug’ Kitobidir. Alloh u bilan ko‘r ko‘zlarni, kar quloqlarni va qulflog’li qalblarni ochadi. Bilingki, banda kechaning bir qismida turib, og’zini misvoklab, tahorat olgach, takbir aytib, Qur’on o‘qiy boshlasa, Alloh subhanahu va taolo unga: "œO‘qi, o‘qi! Shu toza-pokiza va xushbo‘y og’zing-la o‘qi. Senga muborak bo‘lsin", deydi. Bilingki, namoz ichida Qur’on o‘qish fazilatlarning ko‘rinmas xazinasi, xayr va barakot dasturxonidir. Shunday ekan, bu buyuk foydani qo‘lga kiritmoq uchun kuchingiz yetgunicha harakat qiling. Chunki namoz zulmat pardasini yirtuvchi bir nurdir. Zakot yaxshilik yo‘lini ko‘rsatuvchi bir mayoqdir. Ro‘za yomonliklardan asraguvchi bir qalqondir. Sabr rohatbaxsh bir nurdir. Binobarin, Qur’onga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, unga bepisand va past nazarda qaramang. Haq taolo Qur’onni hurmat qilganlarga baland darajotlar beradi. Unga bepisand bo‘lganlarni esa kamsitadi. Qur’onni yodlab, uning amrlariga rioya qilganlarning duosi Alloh dargohida mutlaqo qabul bo‘ladi. Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va bitmas-tuganmasdir».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:01:11
ZUHD CHEGARASI

Abu Yazid Bastomiy deydi:
«Meni hech kim balxlik bir yigitdek mag’lub qilgan emas. U haj qilib qaytayotganimizda biz bilan uchrashib qoldi va:
— Sizlarda zuhdni qanday tushunishadi? — deb so‘radi.
— Topilsa yeb, topilmasa, sabr etishni zuhd deymiz.
— Balxning kuchuklari shunday qiladi...
— Xo‘sh, unda zuhdning chegarasi bormi? — deb so‘radik undan.
— Topmasa sabr, topilsa, o‘zgalarga tortiq etish, — dedi u».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:01:54
BARAKOTLI KUN

Suvayd ibn Qafladan rivoyat qilinadi:
"œHazrati Ali, roziyallohu anhu, ma’lum bir payt moddiy jihatdan ancha qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunda Fotimadan:
— Otang quzurlariga borib, ozroq yordam so‘rasang bo‘larmidi, — deya uni Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, yonlariga jo‘natdi.
Fotima eshik taqillatganida Ummu Ayman onamiz Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida edi.
— Bu Fotimaning eshik taqillatishiga o‘xshaydi. Bemahalda nimaga keldi ekan? — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.
Fotima ichkari kirdi va:
— Yo Rasulalloh, farishtalarning ozig’i: "œAllohdan o‘zga iloh yo‘q" deyish, Allohga hamd va tasbeh aytishdir. Bizning ozig’imiz nima? — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bir oydan beri Muhammadning uyida ovqat pishirish uchun olov yoqilgani yo‘q. Bizga bir nechta echki keltirishibdi. Xohlasang, beshtasini sizlarga berishni buyuraman. Xohlasang, Jabroil, alayhissalom, menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataman, — deya marhamat qildilar.
Shunda Fotima, roziyallohu anho:
— Yo Rasulalloh, menga Jabroil, alayhissalom, Sizga aytgan o‘sha kalimalarni o‘rgating, — dedi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— "œEy ibtidosi va intihosi yo‘q tanho Zot! Ey kuch-qudrat egasi Alloh, ey marhamatlilarning eng marhamatlisi Allohim", degin, — dedilar.
Shundan so‘ng Fotima, roziyallohu anho, uylariga qaytib keldi.
— Nima gap? — so‘radi Ali, roziyallohu anhu.
— Dunyo istab chiqqan edim, oxirat ne’matini olib keldim.
Ali, roziyallohu anhu, bu gapdan g’oyat ta’sirlanib:
— Bugun sen uchun eng xayrli va barakotli kun bo‘libdi, — dedilar".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:02:11
ALLOH XOHLAGAN JOYDA

Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
"œBir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so‘radi:
— Qur’onda: "œJannatning kengligi osmonlar va yer barobarida..." (Ol-i-Imron, 133, mazmuni) deyilgan. Xo‘sh, ayting-chi, unda do‘zax qaerda bo‘ladi?
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga:
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob chiqmadi. Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan:
— Har kuni ko‘rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi. Ayt-chi, tun cho‘kkanida kunduz qaerda bo‘ladi? — deb so‘radilar.
— Alloh xohlagan joyda.
— Unday bo‘lsa, do‘zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir.
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay:
— Ey mo‘minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan kitobda (Tavrotda) ham xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:02:49
XALOSKOR MALAK

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Ashobdan Abu Malik ismli bir odam bor edi. Bu odam tijorat bilan shug’ullanar, o‘zi va boshqalarning puli qisobiga savdo-sotiq qilardi.
Ibodat va taqvo sohibi edi. Tijorat maqsadida chiqqan bir safarida qurollangan bir qaroqchiga duch keldi. Qaroqchi unga:
— Narsalaringni yerga qo‘y, seni o‘ldiraman, — dedi.
 Abu Malik:
— Sening maqsading moldir. Mening hamma narsam senga bo‘lsin, — dedi.
Qaroqchi:
— Yo‘q, mening maqsadim mol emas, sening joningdir, — degach, Abu Malik:
— Unday bo‘lsa ruxsat ber, namoz o‘qiyin. Undan keyin xohlaganingni qil, — dedi.
Qaroqchi bunga rozi bo‘ldi. Abu Malik tahorat olib, namoz o‘qiy boshladi va shunday duo qildi:
"œEy qullarini sevuvchi, ey buyuk Arsh sohibi, ey tilaklarni bajo qilguvchi Allohim! Sendan hech bir kishi xohlab sohibi bo‘lolmagan qudrating, hech bir kishi e’tiroz bildirolmaydigan hukmronliging va Arshning har tarafini to‘ldirgan nuring haqqi-hurmati, meni bu qaroqchining tajovuzidan qutqarishingni so‘rayman".
Abu Malik bu duosini uch bor takrorlaganidan so‘ng qo‘lida nayza tutgan bir otliqning qaroqchi yonida paydo bo‘lganini ko‘rdi. Otliq qaroqchini bir zarba bilan urib, yerga qulatganidan so‘ng Abu Malikka o‘girildi. Abu Malik:
— Sen kimsanki, Aziz va Jalil Alloh menga seni yordamga jo‘natdi?— deya so‘radi.
Otliq:
— Men to‘rtinchi qavat osmoni mo‘minlaridanman. Ilk duo qilgan vaqtingda samo eshiklaridan bir guldirash eshitdim. Yana duo qilding, bu safar samo mo‘minlaridan bir shovqin eshitdim. So‘ng uchinchi marotaba duo qilganingda: "œBu mushkulotda qolgan bir bechoraning duosidir", deyishdi. Shundan so‘ng men ham Allohdan bu qaroqchini o‘ldirish vazifasini menga topshirishini niyoz etdim. Senga xushxabar keltirdim: kim tahorat olib, to‘rt rakat namoz o‘qiganidan so‘ng bu duoni uch marotaba takrorlasa, mushkulotda qolsin-qolmasin, uning duosi albatta qabul qilinadi, — deb ko‘zdan g’oyib bo‘ldi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:03:50
ERIDAN SHIKOYAT QILGAN AYOL

Sha’biydan, raqmatullohi alayq:
«Bir ayol Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, huzuriga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, sizga insonlarning eng yaxshisi ustidan shikoyat qilgani keldim. U shunday odamki, yaxshi amal borasida unga yetadiganlar juda oz. Kechasi tonggacha namoz o‘qiydi va kunduzlari doimo ro‘zador bo‘ladi, — deganidan keyin uyalib, aslida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aytolmadi va:
— Ey amiral mo‘minin, meni kechiring, — dedi.
— Yaxshi, — dedilar Hazrati Umar. — Alloh sendan rozi bo‘lsin. Sen u odamni juda yaxshi sifatlar bilan maqtading. U haqda bundan ortiq biror narsa gapirishingga hojat yo‘q.
Ayol chiqib ketdi. U ketgach, o‘sha yerda turgan Ka’b ibn Sur, roziyallohu anhu:
— Ey amiral mo‘minin, ayol uyalib shikoyatini so‘zlay olmadi, — dedi.
— Ayolning qanday shikoyati bor edi? — so‘radilar Hazrati Umar.
— Ayol eridan "œzavjiyat (er-xotinlik) haq-huquqlariga rioya etmayotir" deb shikoyat qilmoqchi edi.
Shundan so‘ng Hazrati Umar, roziyallohu anhu, ayolni orqaga qaytarib, uning eriga ham xabar yubordilar va ayolning eri ham kelgach, Ka’bga:
— Oralarida sen hakamlik qil, — dedilar.
— Siz shu yerda ekansiz, men qanday hakamlik qilaman, — dedi Ka’b.
— Men tushunmagan narsaga sening aqling yetdi. Binobarin, ularni eshitib, oralarida hukm etmoq sening haqqingdir, — dedi xalifa.
Shunda, Ka’b haligi odamga:
— Alloh subhanahu va taolo erkaklarga xitoban: "œAgar yetim qizlarga adolatli bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar" (Niso, 3, mazmuni) deya marhamat qilganiga ko‘ra, ko‘pi bilan uch kun (nafl) ro‘za tutishing mumkin. To‘rtinchi kun tutmasliging kerak va ko‘pi bilan uch kecha tonggacha ibodat qilishing mumkin. To‘rtinchi kecha ayolingning yonida yotishing lozim, — dedi.
Er xotin ketishgach, Hazrati Umar Ka’bga:
— Sening bu topag’onliging boyagisidan ham go‘zaldir, — dedilar va uni Basraga qozi etib tayinladilar».
(Rohila Ro‘zmanova tayyorladi)
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:04:25
G’AFLATNING SABABI

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig‘ilganini ko‘rdik. Bir kishi o‘rtada turib, tinmay gapirar edi. Abu Muso menga:
— Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko‘ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayHusi deyarli yo‘q, oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi.
— Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni g’aflatga yetaklamoqda, — dedim.
— Yo‘q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko‘rsatilgan, oxirat esa ulardan pardalangan. Agar dunyoni ko‘rganlari yanglig’ oxiratni ham ko‘rganlarida edi, oxiratdan yuz o‘girmas va dunyoga bu qadar o‘ralashib qolmas edilar, — dedi Abu Muso».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:06:10
ASIRING NIMA DEDI?

Abu Hurayra, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi:
«Payg‘ambar, alayhissalom, menga bir necha kun xurmo bog‘ini qo‘riqlab turishni tayinladilar. Kechalardan birida bir odam kelib, xurmo ola boshladi. Uni darhol tutib oldim va:
— Seni Rasulullohning oldiga olib boraman, — dedim. U esa yolvorib:
— Men bir bechora, muhtoj odamman. Oilamni boqishim kerak, — dedi. Achinganimdan uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, mendan so‘radilar:
— Ey Abu Hurayra, oqshom tutgan asiringga nima bo‘ldi?
— Yo Rasulalloh, u menga bola-chaqasi ko‘p va ular och qolganini aytdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
— U seni aldabdi, yaqinda yana keladi.
Uning yana kelishiga ishonib, poyladim. Darhaqiqat, u yana keldi va xurmo terishga tushdi. Ushlab oldim:
— Seni albatta Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, olib boraman, — dedim. U yana:
— Xudo xayringni bersin, meni qo‘yib yubor. Axir men bir muhtoj odam bo‘lsam, oilam mening qo‘limga qarab turgan bo‘lsa, nima qilay? Endi kelmayman, — deb yolvordi. Rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Kunduzi Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam:
— Ha, Abu Hurayra, bugun oqshom asiring nima dedi? — deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, bu safar ham o‘ta muhtojligini aytib yolvordi: «Endi kelmayman», deb so‘z berdi. Rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
— Seni yana aldabdi. Mana ko‘rasan, yaqinda u yana keladi.
Yana uni poyladim. U kelib, hech tap tortmay xurmolardan ola boshladi. Yana ushlab oldim va jahl bilan:
— Qanaqa odamsan o‘zi? Uchinchi marta qo‘lga tushyapsan. Har safar «Endi kelmayman», deb ketasan. Endi seni Rasulullohning huzurlariga olib bormasam bo‘lmaydi, — dedim. Bu safar u shunday dedi:
— Meni qo‘yib yuborgin. Senga ba’zi bir kalimalarni o‘rgataman. Ular tufayli Alloh senga xayr va barakot ehson etadi.
— U qanday kalimalar ekan?
— Uxlashdan oldin «Oyatul kursiy»ni oxirigacha o‘qigin. Ertalabgacha ustingda Alloh tarafidan yuborilgan bir qo‘riqlovchi turadi. Senga shayton ham yaqin kelolmaydi, — dedi. Shundan keyin uni qo‘yib yubordim.
Bomdoddan so‘ng Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, mendan yana so‘radilar:
— Bugun kechqurun asiring nimalar dedi?
— Yo Rasulalloh, bu asir menga bir necha kalimalar o‘rgatishini va bu kalimalar qurmatiga Alloh taoloning menga xayr va barakot eqson etishini va’da qildi. Men uni qo‘yib yubordim.
— Xo‘sh, ular qanday kalimalar ekan?
— «Oyatal kursiy»ni (Allohu la ilaqa illa qu al qayyul qoyyum...) oxirigacha o‘qidi va menga: «Uxlashdan oldin» «Oyatal kursiy»ni o‘qigin, shunda ertalabgacha ustingda Alloh tomonidan yuborilgan bir qo‘riqchi turadi. Senga shayton qam yaqinlashmaydi»,  dedi.
— Bu asir yolg‘onchi bo‘lsa qamki senga bir marta to‘g‘ri gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kechadan beri sen bilan kim gaplashganini bilasanmi?
— Bilmayman, yo Rasulalloh?
— U inson qiyofasiga kirgan shayton edi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:06:41
MAZLUMNING HAQI

Shayx Ibrohim Haqqiy yoshligida avliyoullohlardan bo‘lgan Ismoil Faqirulloh hazratlarining qo‘llarida tahsil va tarbiya ko‘rgan edi. Bir kuni ustozi uni chaqirtirdi. Ibrohim yugurib keldi:
— Labbay, ustoz?
— Shu ko‘zada buloqdan suv olib kelgin. Ibrohim ko‘zani olib buloqqa bordi. Ko‘zani to‘ldirayotganida bir otliq keldi va:
— Qani, nari tur, — deb Ibrohimni itarib yubordi. Ibrohimning ko‘zasi yerga tushib, sindi. U yig‘lab ustozining huzuriga keldi.
— Nima bo‘ldi, o‘g’lim? — deb so‘radi ustozi.
— Buloqdan suv olayotuvdim, bir otliq kelib, itarib yuborganida, ko‘za qo‘limdan tushib, sindi.
— Ko‘zani sindirgan odamga biron nima dedingmi?
— Yo‘q, hech nima demadim.
— Bir og’iz ham gapirmadingmi?
— Yo‘q.
— Tezda u yerga borib, otliqqa biror narsa degin. Yana tezda ortga qayt.
Ismoil Faqirullohning bunday buyruq berishlaridan hamma hayron qoldi. Ibrohim yugurib buloq boshiga keldi. Haligi kishi otini yuvar edi. Ibrohim anchagacha talmovsirandi, lekin hech narsa deyolmay, qaytib keldi.
Ustozi:
— Gapirdingmi? — deb so‘radi.
— Yo‘q.
— Vaqt o‘tkazmay yugur. Unga biror yomon gap aytib kel!
Ibrohim yana yugurib buloq boshiga keldi. Qarasa, uni itargan otliq yerda yotibdi. Unga yaqin keldi. Otliq boshi yorilgan holda behush yotardi.
Bu holatdan yuragi yorilayozgan Ibrohim ustozining yoniga keldi. Ustozi yana so‘radi:
— Biror narsa dedingmi, Ibrohim?
— Yo‘q, ustoz. Bu safar borganimda uning boshi yorilgan, qonga belanib yotgan ekan. Peshonasida ot tuyog’ining izi ko‘rindi.
Ismoil hazratlari:
— Ey o‘g’lim, birgina ko‘za uchun bir odamni o‘ldirtirding! Bu endi qandoq bo‘ldi?! Unga bir og’iz so‘z, bir og’iz yomon so‘z aytganingda, bu hodisa ro‘y bermasmidi... — dedilar.
Ismoil Faqirulloh hazratlarining atrofidagilar:
— Ustoz, aytgan gapingizga uncha yaxshi tushunmadik, — deyishdi.
Ha, — dedi Ismoil Faqirulloh hazratlari, — bir zolim biror kishini xafa qilsa, yig‘latsa-yu, mazlum u zolimga qarshi hech narsa qilolmasa, mazlumning ko‘ngli ozor topgani uchun Haq taolo zolimdan uning haqini oladi. Ibrohim ham ko‘zasi singach,  u otliqqa hech bo‘lmasa:
— Nima qilib qo‘yding? — deganida otining tepkisidan omon qolarmidi...
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:08:12
YAXSHI BIR DALIL
 
Kunlardan bir kun Xalifa Ma’mun vaziri Hasan Soldan so‘radi:
— Bizdan oldin o‘tganlarning so‘zlari bizga hujjat — yo‘llanma bo‘lyapti. Biz unga ko‘ra amal qilyapmiz. Buning siri nimada ekan?
Vazir shunday deb javob berdi:
— Agar ular chiroyli so‘z va ishonarli dalil bo‘lmaganida, bizgacha yetib kelmasdi. Yaxshi bo‘lgani uchun ham bizdan oldingilar ko‘rib, ishonib qabul qilishgan... Bu shuni ko‘rsatyaptiki, ajdodlarimiz yaxshi, rost va mustahkam so‘zlashar ekan. Xalifa Ma’munning bu javobdan ko‘ngli to‘ldi va shunday dedi:
Yaxshi so‘z aytilgan joyida qolmas, asrlardan oshar, hech qachon tolmas.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:09:23
YO AXMOQSAN YOKI MUNOFIQ

Bir kun Iskandar Zulqarnayn maslahatchisiga dedi:
— Shu paytgacha senga qanchadan-qancha in’om-ehsonlar berdim. Ammo menga chin dildan, sadoqat bilan xizmat qilganingni ko‘rmadim. Dovdirab qolgan maslahatchi:
— Avf etasiz, hukmdorim, aybim nimada? — deb so‘radi.
— Bir marta bo‘lsa hamki, kamchiligimni yuzimga aytmading. Bu qanday sadoqat, bu qanday yaqinlik?
— Hukmdorim, sizda hech bir kamchilik yo‘q...
— Yo‘q, yanglishasan! Menda kamchilik borligi aniq. Chunki inson aybsiz-nuqsonsiz bo‘lmaydi. Agar sen menda qandaydir xato-kamchilik ko‘rmayotgan bo‘lsang, g’irt axmoqsan. Mabodo ko‘ra turib, aytmayotgan bo‘lsang — munofiqsan.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:10:03
YETMISH QAMCHIDAN KEYIN...

Allohning valiy qullaridan Abu Turob Taxsabiy shunday hikoya qiladilar:
— Nafsim juda tansiq va lazzatli taomlar talab qilmas edi. Lekin bir kuni go‘sht, tuxum va asal yeyishni xohlab qoldi. Nafsimga:
— Bulardan voz kecha qol, — dedim. Biroq uni qaytarolmadim. Nafsim ushbu taomlarni zo‘r ishtaha bilan yeyishga orzumand edi. Yurib-yurib bir notanish qishloqqa borib qoldim.
Shu payt bir odam yoqamga yopishib, baqira ketdi:
— O‘g’rilarning ichida sen ham bor eding...
Yelkamni yalang’och qilib yetmish qamchi urishdi, yetmishinchi qamchi tushar-tushmas, shu qishloqli bir odam meni tanib qoldi:
— Axir bu odam Abu Turob-ku!
Mendan kechirim so‘rashdi. Qishloqdagilardan birib meni uyiga olib bordi. Dasturxon yozib, oldimga go‘sht, tuxum va asal qo‘ydi. Men esa nafsimga xitob qilib dedim:
— Yetmish qamchidan so‘ng, yeyaqol endi!
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:10:31
JONBAXSH DUO YOXUD TIRILGAN MURDA

Abdulloh ibn Avndan, roziyallohu anhu, Anas ibn Molik, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: "œRasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida, Suffada edik. Rasuli akramning huzurlariga hijrat qilgan bir ayol keldi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, uni ayollar yoniga, o‘g’lini esa bizning yonimizga yubordilar. Oradan ko‘p o‘tmay ayolning o‘g’li Madinada tarqalgan vabo xastaligiga chalinib, vafot etdi. Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, yigitning ko‘zlarini yumganlaridan so‘ng, jasadni ko‘tarishimizni buyurdilar. Uni yuvish uchun tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, menga:
— Ey Anas! Bor, onasiga ayt, — dedilar.
Onasiga xabar berdim. Onasi kelib o‘lgan o‘g’lining oyoq uchi tomoniga o‘tirdi va oyoqlarini ushlab:
— Allohim! Men o‘z xohishim bilan musulmon bo‘ldim. Sening diningga kirdim. Butlarga sig’inishni tark etdim. O‘z xohishim bilan Senga yukindim va Payg‘ambaringni sevdim.
Allohim! Meni balo-musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va toqatim yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama... — deb duo qildi.
Allohga qasamki, ayol duo qilib bo‘lar-bo‘lmas, o‘lik oyoqlarini qimirlatib, ko‘zini ochdi va o‘rnidan turib ketdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etgunlariga qadar o‘sha yigit ham tirik edi...».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:11:00
XUSHXABAR

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œEy imon keltirganlar, o‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilg’isi odamlar va toshlardan bo‘lmish do‘zaxdan saqlangizki, unda qattiqqo‘l, Allohning buyurganiga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni bajaradigan farishtalar (turur)" (Tahrim, 6, mazmuni) mazmunli oyati karima nozil bo‘lgach, Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, sahobalariga o‘qib eshittirgan edilar, o‘sha yerda turgan bir yosh yigit hushidan ketib yiqildi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, muborak qo‘llarini yigitning ko‘kragiga qo‘ydilar va yuragi urayotganini bilgach, unga: "œLa ilaha illalloh", degin, dedilar. Yigit kalimani qaytargach, Payg‘ambarimiz, alayhissalom, unga oxirati haqida xushxabar aytdilar.
Sahobalar so‘rashdi:
— Yo Rasulalloh! Bu mujda oramizda faqat unga tegishlimi?
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ularga:
—Alloh taoloning: "œBu mujda (va’da) Mening huzurimda (hisob-kitob uchun) turishdan  qo‘rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavfda yashovchi kishilar uchundir" deb marhamat etilgan oyatini eshitmaganmisiz? — deya javob qildilar.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:11:55
BIR ANSORIYNING TUSHI

Salim ibn Abdullohdan, roziyallohu anhu:
«Ansordan bir kishining shunday deganini eshitdim: "œAziz va Jalil Allohdan Hazrati Umarni, roziyallohu anhu, tushimda  ko‘rsatishini iltijo etdim. Nihoyat, o‘n yildan so‘ng uni tushimda ko‘rdim.
— Yo amiral mo‘minin, qandaysiz? — deya so‘radim.
— Hisob-kitobim endigina tugadi. Agar Rabbimdan marhamat ko‘rmaganimda edi, mahv bo‘lardim, — dedilar".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:12:21
AMALIM QABUL BO‘LSIN DESANGIZ...

Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan: "œBir payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu, oldimizga keldi va:
— Allohni yaxshi ko‘rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni buzgan kishi bo‘lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi.
Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
— Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œOdam bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi", deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun shunday degan edim".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:16:37
SADAQA RADDI BALO

Muhammad ibn Usmon otasidan rivoyat qiladi:
«Horisa ibn No‘’monning ko‘zlari ko‘rmas edi. Shuning uchun namoz o‘qiydigan hujrasida eshik oldigacha bir ip tortib qo‘ygan edi. Biror tilanchi kelsa, shu ipdan tutib eshikkacha borar va sadaqa berardi. Bolalari:
— Otajon, nega o‘zingizni buncha ovora qilasiz? Sizning o‘rningizga bu ishni biz ham qilamiz-ku, — deyishdi.
Shunda Horisa ibn No‘’mon:
— Nabiyning, sollallohu alayhi va sallam: "œKishining o‘z qo‘li bilan kambag’alga (sadaqa) berishi, uni yomon hollarga tushib qolishdan saqlaydi", deya marhamat qilganlarini eshitganman, — dedilar».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:18:05
TO‘RT TURLI QALB

Abu Nuaymdan rivoyat qilinadi:
«Huzayfa ibn Yamon, roziyallohu anhu, va’z qila turib:
— Bir xil qalb bordirki, bo‘m-bo‘shdir. Bu kofirning qalbidir. Bir  xili borki, goh unday, goh bunday. Bu esa munofiqning qalbidir. Yana bir qalb borki, unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu mo‘minning qalbidir. Yana bir qalbda esa, ham imon, ham nifoq bor. Imon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to‘yinib, shishib ketgan yaraga o‘xshaydi. Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi biri ko‘p bo‘lsa, o‘sha g’olib keladi, — dedilar».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:19:25
IMKON VA ISTIG’FOR

— Halok  bo‘lmaslik uchun qo‘lida imkoni bo‘laturib, halok bo‘lgan kishiga hayronman, — dedilar Hazrati Ali, roziyallohu anhu.
So‘rashdi:
— U qanday imkon?
— Istig’fordir. — deb javob berdilar.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:19:47
TAHLIKA NIMA?

Bir odam Baro’ ibn Molikdan so‘radi:
— Ey Abu Amora! Alloh taolo Qur’oni karimda: "œO‘z qo‘llaringiz ila (baxillik qilish) bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz" (Baqara, 1—3, mazmuni), dedilar. Bu tahlika kishining dushman bilan to‘qnashib, shahid bo‘lgunicha jang qilishimi?
— Yo‘q, bu tahlika emas. Tahlika  kishining bir gunoh ish qilgach: "œEndi Alloh meni kechirmaydi", deb noumid bo‘lmog’idir", —dedi Baro’ ibn Molik, roziyallohu anhu.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:20:06
MUSHRIKDAN OLINGAN MUKOFOT

Ibn Abu Hotamdan: "œJuda yaqin yerda Rum mag’lub bo‘ldi.  (Lekin) ular (ya’ni, rumliklar) bu mag’lubiyatlaridan so‘ng, bir necha yil ichida albatta g’alaba qilurlar, Avvalu oxir, barcha ish Allohning (izmida) dir. O‘sha kunda Alloh madad bergani sababli, mo‘minlar shodlanurlar. (U) xohlagan kishiga madad berur. U qudratli va rahmlidir" (Rum, 2—5) mazmunidagi oyatlar nozil bo‘lganida, mushriklar Abu Bakrga, roziyallohu anhu:
— Eshityapsanmi, bu birodaring nimalar deyapti? Rumliklar eronliklarni yengar emish-a, — deyishdi.
— To‘g‘ri aytyapti, — dedilar Abu Bakr, roziyallohu anhu.
— Biz bilan bu borada bahslashasanmi? — so‘rashdi mushriklar.
— Ha, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu. Bu g’alaba falon paytda bo‘ladi, — deya ma’lum bir muddatni  aytdilar.
Bu haqda eshitgan Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Abu Bakrdan:
— Nega bunday qilding?— deya so‘radilar.
— Men Alloh va uning Payg‘ambari bergan xabarga aniq ishonganim uchun ular bilan bahs boylashdim, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qo‘lingdan kelsa, borib ular bilan bu borada kattaroq mukofot qo‘yib qayta garov bog‘la va muddatni yana  biroz cho‘zdir, — dedilar.
 Abu Bakr ularning yoniga borib:
— Yana bir marta bahslashamizmi? — dedi.
Ular bu taklifni qabul qilishdi. Aytilgan muddat to‘lmay,  rumliklar  eronliklarni yengib, otlarini Madoin shahriga bog‘ladilar va Eronda Rumiya nomli bir shahar bunyod qildilar. Abu Bakr, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga kelib:
— Yo Rasulalloh! Mushriklardan olgan mukofotim mashru bo‘lmagan bir daromad-ku. Endi uni nima qilay? — deb so‘radi.
— Kambag’allarga ulash, — deya marhamat qildilar Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:20:31
NAQD SAVOB

Omir ibn Sa’d ibn Abi Vaqqosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œBir kuni Abdulloh ibn Umarning uyida edim. Ittifoqo, Habbob kirib keldi va:
— Ey Abdulloh, Abu Hurayrani ko‘rmaysanmi? Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œMarhumning uyidan chiqib (janoza) namozini o‘qigach, dafn etilguniga qadar birga bo‘lgan kishi har biri Uhud tog’icha keladigan ikki ajr oladi va janoza namozini o‘qiganidan so‘ng qaytgan kishi ham Uhud tog’idek ajrga ega bo‘ladi", deya marhamat qilganlarini gapiryapti, — dedi.
Ibn Umar unga:
— Borib Oyishadan so‘ra-chi, Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, haqiqatan ham shunday deb aytganmikanlar? — dedi.
Habbob ketgach, Ibn Umar yerdan toshchalarni olib qo‘lida aylantirib turdi. Habbob qaytib:
— Ha, Abu Hurayra to‘g‘ri gapirgan ekan, — degach, qo‘lidagi toshchalarni otib:
— Vallohi, biz tog’day-tog’day ajr xirmonlaridan quruq qolibmiz, — dedi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:20:49
SHAHIDLAR HAVAS QILGAN MARTABA

Abu Dardodan, roziyallohu anhu:
«Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
—Alloh subhanahu va taolo qiyomat kuni bir necha kishilarni yuzlari nurli va olmosdan yasalgan minbarlar ustida turgan holatda qabrlaridan turg’izadi. Hamma  ularga havas bilan qaraydi. Holbuki, ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas.
Shunda bir badaviy arab tiz cho‘kib:
— Yo Rasulalloh, ularni bizga ta’riflang, tanib olaylik, — dedi.
— Bular turli qabilalardan va har xil  uzoq joylardan bo‘lganlari holda bir yerda to‘planishib, Allohni zikr qilganlardir, — deya marhamat etdilar Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:21:01
ABU AYYUBNING MEHMONLARI

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu: "œBir kuni Abu Bakr kunning eng issiq paytida uyidan chiqib masjidga keldi. Buni eshitgan Umar ham masjidga keldi va Abu Bakrdan:
— Bu issiqda uydan chiqishing boisi nedir? — deb so‘radi.
— Vallohi, dahshatli ochlikdan boshqa sababi yo‘q, — dedi Abu Bakr.
Shu payt Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, keldilar va ulardan:
— Bu soatda tashqarida nima ishingiz bor? — deya so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, bizni bu paytda  uydan chiqargan faqat ochlikdir, — dedilar.
Nabiy, sollallohu alayhi va sallam:
 — Hayotim izmida bo‘lgan Allohga qasamki, mening ham  uydan chiqishimning sababi shundan boshqa narsa emas. Yuringlar, Abu Ayyub Ansoriyning uyiga boraylik, — dedilar.
Abu Ayyub Ansoriy, roziyallohu anhu, har kuni Janobi Payg‘ambarimiznikiga  biror yegulik yoxud sut olib kelardi. O‘sha kuni kech qolgan, biror narsa keltirmay, xurmozorlarida ishlash uchun uyidan chiqqan edi. Payg‘ambarimiz do‘stlari bilan uning eshigi oldiga kelganlarida, ayoli quvonib:
— Allohning Payg‘ambari va u zotning sheriklari, xush kelibsiz, — dedi.
Payg‘ambarimiz:
— Abu Ayyub qaerda?  — deb so‘raganlaridanoq, Abu Ayyub Sarvari olamning ovozlarini eshitib, yugurib keldi va:
— Allohning Payg‘ambari va Ul zot bilan birga kelganlar, marhabo! Yo Rasulalloh, siz bunday paytda hech aylanmas edingiz? — dedi.
— To‘g‘ri aytasan, — deya marhamat qildilar Sarvari olam.
Abu Ayyub bog‘iga qaytib kirdi va qurigan, ho‘l va yetilgan uch xil xurmodan keltirdi.
— Yo Rasulalloh, yeysizlar deya har uch xilidan terib keldim. Endi bir mol ham so‘yaman.
Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, aytdilar:
— So‘ymoqchi bo‘lsang, sog’iladiganlaridan so‘yma.
Abu Ayyub bir uloq so‘ydi va xotiniga:
— Bizga tez ovqat tayyorlagin, — dedi.
Uloqning yarmini pishirib, yarmidan kabob qildi. Ovqat mehmonlarning oldiga qo‘yilgach, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir parcha go‘shtni bir nonning ustiga qo‘yib, Abu Ayyubga:
— Buni Fotimaga olib bor. Zero, necha kundan beri ular ham bunday bir taom yeyishmagan, — dedilar.
Abu Ayyub taomni Fotima onamizga olib bordi. O‘rtoqlari bilan ovqatni yeb to‘ygach, Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, ko‘zlari yoshlanib:
— Non, go‘sht va xilma-xil xurmolar... Allohga qasamki, bular qiyomat kuni hisobi beriladigan ne’matlardir, — dedilar. So‘ngra bu so‘zlaridan ashobning andishalanganini ko‘rgach:
— Biroq bunday ne’matlarni yeyishdan oldin: "œBismilloh", deng va to‘ygach: "œBizni to‘ydirgan va biz loyiq bo‘lmagan ne’matlarni bizga ehson etgan Allohga hamd bo‘lsin", deb ayting. Zero, bu ne’matning shukronasi bo‘ladi, — deya marhamat qildilar.
Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, bir odatlari bor edi. Birovdan ko‘rgan yaxshilikni sira javobsiz qoldirmas edilar. Abu Ayyubnnig uyidan chiqarkan, unga:
— Ertaga biznikiga bor, — dedilar.
Biroq Abu Ayyub  bu so‘zni eshitmagani uchun Umar, roziyallohu anhu, unga:
— Janobimiz ertaga uylariga borishingni buyurmoqdalar, — dedi.
Ertasi kuni Abu Ayyubga Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bir joriyani hadya qildilar va joriyaga yaxshi munosabatda bo‘lishini tavsiya etib:
— Biz bu joriyadan faqatgina yaxshilik ko‘rdik, — deya marhamat qildilar.
Abu Ayyub: "œJanobi Payg‘ambarimizning tavsiyalariga faqat bu joriyani ozod etib amal qila olaman", dedi va uni ozod qilib yubordi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:21:19
RASULULLOH O‘RGATGAN DUO

Abu Umomadan, roziyallohu anhu:
"œXolid ibn Valid Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, kechalari dahshatli tushlar ko‘rayotgani, bu hol uni namozdan chalg’itayotganini kuyinib so‘zladi. Shunda Alloh rasuli unga:
Ey Xolid! Bir duo borki, uni uch marta o‘qib tugatmasingdanoq Alloh taolo seni bu holdan qutqaradi, —dedilar.
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh! O‘sha duoni menga o‘rgating, — dedi Xolid ibn Valid.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, quyidagi duoni o‘qidilar:
"œAllohning azobidan, jazosidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning bug’zu adovatidan (gij-gijlashidan) va yonimda bo‘lishlaridan Allohning kalimalari panohiga qochaman".
Oyisha, roziyallohu anho, deydilar: Oradan bir necha kun o‘tgach, Xolid ibn Valid yana kelib:
— Yo Rasulalloh! Ota-onam sizga fido bo‘lsin! Sizni haq payg‘ambar etib yuborgan Allohga qasamki, siz menga o‘tgatgan duoni uch bora (uch kecha) o‘qimasimdan Alloh taolo avvalgi mushkul holdan meni xalos ayladi. Bundan buyon kechalari arslonning iniga kirsam-da, parvoyimga kelmas, — dedi".
Amr ibn Shuayb ham bobosidan rivoyat qilib, "œBirortalaringiz uyquda qo‘rqsangiz, ushbu duoni o‘qisin", deb aytganlar. Abdulloh ibn Os, roziyallohu anhu, esa har doim bolalariga bu duoni o‘rgatar edilar.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:21:31
ODAMXO‘R DARYO

Qays ibn Hajjojdan, roziyallohu anhu:
«Misr  musulmonlar tomonidan ishg’ol qilinganida Misr  xalqi  Amr ibn Osning oldiga keldilar. Amr ibn Os o‘shanda Misr voliyi bo‘lib, yaqinda egallangan Bu’na  shahrida turar edi. Unga:
— Ey amir, bizning Nil daryosi bilan bog‘liq bir odatimiz bor. O‘sha odat amalga  oshirilmasa, daryo suvi toshmaydi. Hozirgi oydan o‘n ikki kecha-kunduz o‘tgach, bir bokira qizni ota-onasidan sotib olamiz va qizga chiroyli liboslar kiydirib, javohirlar taqib, uni Nilga otamiz. Shundan keyingina Nilning suvi toshadi.  Bu vodiy tuproqlaridan yaxshi hosil olinishi uchun Nil toshishi kerak, — deyishdi.
Amr ibn Os:
— Islomiyatda bunday qilish mumkin emas. Islom dini oldin  mavjud bo‘lgan barcha yomon va g’ayriinsoniy urf-odatlarni bekor qilgan, — dedi.
Amr ibn Os huzuriga kelgan hay’at u yerdan ketmay, Bu’nada qoldi. Nil esa toshish vaqti bo‘lganiga qaramay, hech toshmas edi. Katta qurg’oqchilik boshlanay deb qoldi. Shunda Amr ibn Os vaziyatni Hazrati Umarga yozishga majbur bo‘ldi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "œSen to‘g‘ri yo‘l tutibsan, islomiyatda bunday narsa (botil ishonch)larga  yo‘l yo‘q. Senga yuborilayotgan bu xat orasida bir parcha qog’oz bor. Uni Nilga otgin", deb javob yozdi.

***

Bu hikoya to‘la holda "œTayyidati g’oybiyya va daryolarning bo‘ysundirilishi" bahsida keladiki, uning oxiri quyidagicha:
"œAmr ibn Os qog’oz parchasini daryoga otdi. Ertasiga shanba kuni edi. Ertalab turganlarida Nilning suvi o‘n olti ziro’ (uzunlik o‘lchovi) ko‘tarilganini ko‘rdilar va o‘sha kundan boshlab, bu yomon odat Misr xalqi orasida bekor bo‘ldi".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:22:13
HAZRATI UMAR O‘PGAN BOSH

Abu Rofe’dan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, rimliklar ustiga bir qo‘shin yubordi. Qo‘shinda ashoblardan Abdulloh ibn Huzofa ismli bir zot ham bor edi. Rimliklar uni asir olib, qirollari yoniga olib bordilar va:
— Bu odam Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, sahobalaridan ekan, — dedilar. Qirol Abdullohga:
— Hozir seni o‘zimga sherik qilib olsam, nasroniy bo‘lasanmi? — dedi.
— Meni o‘zingga sherik qilishgina emas, butun hukmdorlik va saltanatingni menga o‘tkazsang va bunga qo‘shimcha tarzda arablarga qarashli barcha yerlarni menga bersang ham, Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, dinidan aslo voz kechmayman, — dedi Abdulloh.
— Unday bo‘lsa, seni o‘ldiraman.
— O‘zing bilasan.
Bu savol-javobdan so‘ng qirol uni chor  mixga osib, otishni buyurdi. Biroq otuvchilarga:
— O‘q otayotib, tekkizmang va har safar otishdan oldin unga nasroniylikni taklif qiling, — deya tayinladi.
Kamonchilar shunday qilishdi. Ammo Abdulloh nasroniylikni qabul qilmadi. Nihoyat qirolning amri bilan uni tushirdilar. So‘ng bir ulkan qozonga suv quyib, qaynatdilar.
Boshqa bir musulmon asirni keltirishib:
— Xristian bo‘lmasang, seni shu qaynoq suvga otamiz, — deyishda va qabul qilmagach, qaynoq qozonga tashlab yuborishdi.
Qirol endi qaynoq suvga Abdullohni tashlashni buyurdi. Buyruqni bajarishga kirishar ekan, Abdulloh yig‘ladi. Shunda ahvolni qirolga ma’lum qildilar. Qirol umidlanib:
— Uni huzurimga keltiring, — dedi.
Olib kelishdi. Qirol yana nasroniylikni taklif qildi.  Abdulloh yana rozi bo‘lmadi.
— Unda nega yig‘lading? — so‘radi qirol.
— Men o‘z-o‘zimga dedimki, hozir seni qaynoq suvga tashlaydilar va besh daqiqa ichida o‘lib ketasan... Holbuki, men vujudimdagi tuklar qadar ko‘p jonim bo‘lsa, har kuni ulardan bittasini Alloh yo‘lida fido etishni orzu qilaman.
Shunda qirol:
— Hozir seni qo‘yib yuborsam, mening boshimni o‘pasanmi? — deb so‘radi.
— Bir o‘zimni emas, sheriklarimni ham qo‘yib yuborsang, boshingni o‘paman, — dedi Abdulloh.
Abdulloh ibn Huzofa, roziyallohu anhu, deydilar: "œIchimda bu odam Allohga qanchalar dushman bo‘lsa-da, o‘zimni va o‘rtoqlarimni qutqarish uchun boshini o‘pishimning nima zarari bor?" dedim va borib boshini o‘pdim. U ham asirlarni qo‘yib yubordi".
Abdulloh asirlar bilan Madinaga kelganida Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "œAbdulloh ibn Huzofaning boshini o‘pish har bir musulmonga fazilatdir. Bu vazifani eng avvalo men ado etmog’im kerak", dedilar va turib Abdullohning boshini o‘pdilar».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:22:45
PAYG‘AMBARNI YIG‘LATGAN OYAT

Abdullohdan, roziyalllohu anhu:
Janobi Payg‘ambarimiz:
— Menga Qur’on o‘qib berasanmi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh! Qur’on Sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa-yu men o‘qib beraymi? — dedim.
— Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot.
Shundan so‘ng "œNiso" surasini o‘qiy boshladim va:
"œHar bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne kechur?!" oyatiga yetganimda:
— Bas, yetar, — dedilar.
Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig‘layotgan ekanlar.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:22:55
ILOHIY HIKMAT

Abdulloh ibn Mug’affaldan, roziyallohu anhu:
Bir ayol johiliyat davrida yomon yo‘lda edi. Bir odam uning yonidan o‘tarkan, shilqimlik qildi. Ayol:
— Meni o‘z holimga qo‘y. Alloh subhanahu va taolo barcha iflosliklar bilan birga butparastlikni  ham bekor qilib, Islom dinini nozil etdi, — dedi u.
Bu gapdan so‘ng haligi odam ayoldan uzoq ketsa hamki, ko‘zlarini undan uzmay borar edi. Nihoyat, yuzi bilan bir devorga urildi. So‘ng voqeani borib Payg‘ambarimizga, sollalllohu alayhi va sallam, aytdi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam unga:
— Sen Alloh taolo yaxshilik istagan banda ekansan. Zero, Alloh taolo bir quliga yaxshilik iroda qilsa, sodir etgan gunohi uchun darhol uni jazolaydi va biror bandasiga yomonlik istasa, unga qiyomat kuni jazo berish maqsadida, gunohlarida davom etish imkonini beradi, — dedilar.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:23:11
NEGA YOQTIRAMIZ? KELISHMAYMIZ? UNUTAMIZ?

Ibn Umardan, roziyallohu anhu:
"œBir kuni Hazrati Umar, roziyallohu anhu, Hazrati Aliga:
— Ey Abu Hasan, ko‘pdan beri sendan so‘rashning imkoni bo‘lmayotir. Ba’zan seni topolmaymiz. Seni bu yerdaligingda biz boshqa joyda bo‘lamiz. Meni o‘ylantirib yurgan uch savol bor. Shuni sendan so‘rayman, — dedi.
— Qanday savollar ekan? — so‘radi Hazrati Ali.
— Ba’zan bir odam boshqa bir odamni, undan hech qanday yaxshilik ko‘rmagan bo‘lsa hamki, yaxshi ko‘radi. Ba’zi kishilar esa boshqa birovga, undan biror yomonlik ko‘rmagani holda bug’zu adovat qilishadi. Buning sababi ne?
— Ruhlar havoda guruh-guruh  holida qo‘nimgohlarda to‘plangan askarlarga o‘xshaydilar, bir-birlari bilan tanishib, do‘stlashadilar, — javob bera boshladi Hazrati Ali. — U yerda tanishib, bir-birlari bilan ahil-inoq bo‘lganlari bu yerda ham topishadilar, o‘zaro kelishadilar. U yerda bir-birini tanimay, bir-birlaridan uzoq qolganlar bu yerda ham kelisha olmaydilar.
— Bu birinchi savolim edi. Ikkinchisini eshit. Kishining ko‘rgan tushlaridan bir qismi to‘g‘ri chiqadi. Bir qismining esa haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q. Nega shunday?
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œErkakmi-ayolmi, har bir banda uyquga ketganidan so‘ng ruhi Arshgacha ko‘tariladi. Arshga yetib borgunicha uyg’onmagan ruhlarning ko‘rgan tushlari to‘g‘ri chiqadi. Arshga bormasidan uyg’onib qolgan ruhlarning tushlari esa yolg‘onchi tushlardir", deya marhamat qilganlarini eshitgan edim.
— Ikkinchisi ham hal bo‘ldi. Endi uchinchisini aytay. Goho kishi biror narsani tushuntirmoqchi bo‘ladi-yu, o‘sha zahoti unutib yuboradi, oradan ozroq vaqt o‘tib yana esiga tushadi. Nega bunday bo‘larkin-a?
— Har bir miyada oyning yuzini pardalagan (to‘sgan) xira bulut parchasi yanglig’ bir "œbulut" bor. Oy nur socharkan, bir bulut parchasi kelib, yuzini to‘sgani, ko‘p o‘tmay yana ochilgani singari kishi ham gapirayotganida, to‘satdan o‘sha "œbulut" kelib, aqlini o‘rab oladi. Shunda kishi tushuntirmoqchi bo‘lgan narsasini unutib qo‘yadi va "œbulut" tarqalishi bilan uni qayta eslaydi.
— Mana shu uch narsa doim zehnimni xira qilib turardi. Allohga shukrlar bo‘lsin, endi tinchlandim, — dedilar Hazrati Umar, roziyallohu anhu".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:23:55
ABU BAKR SIDDIQNING O‘GITLARI

"œMen ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O‘z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo‘q.
To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho‘p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo‘ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin.
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, gaflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O‘limdan qo‘rqing, otalardan, o‘g’illardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling..."
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:24:30
HAZRATI UMARNING O‘GITLARI

"œShu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qorong’uliklarida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o‘rganingiz.
Qur’onga g’ilof, ilmga manba bo‘ling. Allohdan kunlik rizqingizni so‘rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo‘ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir.
Allohdan qo‘rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo‘lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko‘rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting...»
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:25:48
USMON IBN AFFONNING O‘GITLARI

Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
"œUsmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lg’in edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
"œBas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin" (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va g’aflatda qolmang. Zero, siz g’aflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira g’aflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o‘g’illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: "œ(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog’dirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:26:29
ABDULLOH IBN MAS’UDNING O‘GITLARI

«Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman.
Orangizda tonggacha losh (o‘lik) kabi o‘rnidan qimirlamay yotadigan va tong otgach esa, olov pashshasi kabi u yoqdan-bu yoqqa sakraydigan kimsani ko‘rmayin.
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O‘lim musulmon uchun sovg’adir.
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambag’allik qanday ajoyib narsalardir. Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamdirman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Banda imon cho‘qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambag’allikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko‘rmagunicha va uni maqtagan va yomonlagan kishilarni bir xilda ko‘rmagunicha imon cho‘qqisiga chiqa olmaydi.
O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, musulmon holda tong ottirib, kechqurun shu holda uyquga ketgan bandaga dunyoning musibatlari zarar bermaydi.
Barchangiz mehmonsiz, qo‘lingizdagi dunyo moli esa omonatdir. Mehmon albatta bir kuni ketadi va omonat egasiga beriladi.
Haq og’irdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:27:06
SALMONI FORSIYNING O‘GITLARI

«Mo‘min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o‘xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko‘ngli bir narsani tusaganida: "œZinhor buni yeya ko‘rma! Mabodo yesang, seni o‘limga olib boradi!" deya ogohlantirib turganidek, mo‘min kishining ko‘ngli ham ko‘p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:28:35
ABU DARDONING O‘GITLARI

«Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas’ul bo‘lmagan narsalarga mas’ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so‘roqqa tutmang.
Ey inson o‘g’li! Sen o‘z amalingga boq. Zero, xalqdan ko‘rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayg’u chekadi va hech qachon alami so‘nmaydi.
Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilingiz. O‘zingizni o‘liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo‘ldan ozdirib, g’aflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo‘lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
Yaxshilik mol va farzandlarning ko‘pligida emas. Yaxshilik keng fe’lli, axloqli bo‘lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo‘lishdadir.
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo‘ysangiz, albatta Allohdan mag‘firat so‘rang».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:31:02
MUOZ IBN JABALNING O‘GITLARI

Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
"œBir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: "œSenga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko‘ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil.
O‘g’lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilgin, mo‘min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi.
Ro‘za (nafl ro‘za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o‘qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Kimda shu uch narsa bo‘lsa, Allohning g’azabiga uchraydi: noo‘rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo‘l-ko‘lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko‘proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko‘ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo‘yurlar, kambag’alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:32:37
UTBA IBN G’AZVONNING O‘GITLARI

Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: "œUtba ibn G’azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo‘lganida bizga bir xutba o‘qidi. Allohga hamd va sanodan so‘ng shunday dedi:
«Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan,  bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo‘g’i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so‘ngsiz bir hayotga o‘tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo‘lingizda eng xayrli narsa nima bo‘lsa, o‘shani o‘zingiz bilan olib ketishga g’ayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so‘ngsiz bo‘shliq insonlar bilan to‘lajakdir. Bunga hayron bo‘lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo‘q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa’d ibn Molik ikkimiz bo‘lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o‘lkaning hokimlarimiz. O‘zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo‘lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:45:06
ABU ZARR G’IFORIYNING O‘GITLARI

Sufyon as-Savriydan, roziyallohu anhu:
"œAbu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, Ka’ba yonida turib:
— Ey insonlar! Sizning foydangizni o‘ylagan bir birodaringiz sifatida bir-ikki og’iz gapirmoqchiman, — dedi.
Odamlar uning gaplarini eshitib atrofini o‘rab olishdi. Abu Zarr G’iforiy ulardan:
— Mobodo yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz safar uchun kerakli narsalar tayyorlaysizmi, yo‘qmi? — deya so‘radi.
Odamlar:
— Albatta, tayyorlaymiz, — deb javob berishdi.
— Qiyomat safari eng uzoq safardir. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ring.
— Qanday hozirlik ko‘rishimiz kerak?
— Katta tashvish-xavotirlardan xalos bo‘lish uchun haj farzini ado etingiz. Qiyomat kunida qattiq savol-javob bo‘lishini o‘ylab, issiq kunlarda ro‘za tuting. Qabrning dahshati va u yerdagi yolg‘izlikni o‘ylab, kechaning tim qorong’usida turib, namoz o‘qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o‘ylab, doimo foydali gaplarni ayting. Agar buni uddalay olmasangiz, zararli biror so‘z aytib yubormaslik uchun jim turing. Molingiz bilan muhtojlarga yordam bering. Kuningizni ikkiga bo‘lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan o‘tkazing. Uchinchi bo‘limining esa sizga foydasi yo‘q, zarari bordir. Molingizni ham ikkiga bo‘ling. Bir qismini bola-chaqangiz uchun sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foyda emas, zarari borligi uchun, unga ehtiyojingiz yo‘qdir.
Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, so‘zining oxirida baland ovozda:
— Ey insonlar! Azaldan bor bo‘lgan, oxiri ham ko‘rinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni o‘ldirmasin, — deb hayqirdilar".

***

Abu Nuaymdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi.
Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, aytdilar:
"œInsonlar o‘lmoq uchun tug’iladi, yiqilmoq uchun baland imoratlar qurishadi, o‘tkinchi hayotlari uchun butun kuchlari bilan harakat qilishadi-yu, abadiy hayotlari uchun ozgina g’ayrat ko‘rsatishmaydi. Oh!.. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan uch narsa aslida naqadar go‘zal: faqirlik, xastalik va o‘lim..."
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:45:57
UBAY IBN KA’BNING O‘GITLARI

«Mo‘min to‘rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne’mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to‘g‘ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo‘minning besh narsasi nurdir. Mo‘min kishi haqida Alloh "œNur’un a’la nur" (nur ustiga nur) yog’dirgan. Inchunun, mo‘minning yaxshi so‘zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so‘zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:46:43
ABU UMOMANING O‘GITLARI

Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "œAbu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o‘qilgach, mayyitni ko‘ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko‘rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko‘chib o‘tishga majbursiz. Bu qabr yolg‘izlik, qorong’ulik uyidir, bo‘rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o‘tasiz va u yerda Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so‘ng yana boshqa bir maydonga ketasiz. U yerda sizni qorong’u zulmat bosadi. Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo‘minlarga beriladi, kofir va munofiqlar bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: "œYoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘qdir" (Nur, 40, mazmuni) oyati karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko‘r kimsa ko‘zi ko‘radigan kishining ko‘zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo‘minning nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo‘minlarga: "œBizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik", — deydilar. (Ularga): "œOrtingizga qaytib nur istangizlar", deyilur" (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar aldanishlari uchun bir hiyladir. Shundan so‘ng munofiqlar nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va yana bir bor qaytayotganlarida: "œSo‘ng ular bilan mo‘minlar o‘rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob (do‘zax) bo‘lur" (Hadid, 13, mazmuni).
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:46:59
ABDULLOH IBN ABBOSNING O‘GITLARI

— Ey gunoh ish qilgan kishi! Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin bo‘lma. Hech bir gunoh yo‘qki, uni qilganingdan so‘ng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o‘ng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging, sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib, kulishing qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qo‘ldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa bo‘lishing gunohdan ko‘ra kattaroqdir. Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda, qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Xudo xayringni bergur, bilasanmi, Alloh subhanahu va taolo Ayyubning, alayhissalom, qay ishi uchun shunday ko‘p sarvatini oldi va kasalliklarga duchor etdi? Bir bechora bir zolim qo‘lidan qutulmoq uchun uning huzuriga keldi. Ayyub, alayhissalom, esa, unga yordam bermadi va (himoyaga muhtoj) u kimsani zolimning zulmidan himoya qilmadi. Ittifoqo, Alloh ul zotni u katta musibatlarga duchor qildi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:50:45
SAODATLI ONLAR

Haj  taassurotlarini til bilan ham, qalam bilan ham ifodalab berish nihoyatda mushkul. Bu shunday ichki, ruhiy, botiniy va huzurbaxsh kechinmaki, uni faqat yashamoq kerak. Barcha mushtariylarga ushbu saodat nasib etishini jonu ko‘ngildan tamanni etgan holda muborak safar davomida boshimdan kechirganim bir-ikki holatni ming bir andisha ila siz azizlarga bayon etmoqchiman.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:51:24
IFTORLIK

Kechki ovqat har galgidek nafis bo‘lgani uchunmi, bir o‘zim ikki kishilik ovqatni yeb oldim.
Ka’batullohga qaytgach, saharlik qilmay nafl ro‘zaga niyat qildim.
Yashirmayman, ayniqsa, iftorga yaqin og’zim qurib, ochlik kuchini ko‘rsata boshladi.
Ikkinchi qavatda turib Ka’bani tavof qilarkanman, beixtiyor Rasuli Akramni esladim. Ul zotning xurmo bilan og’iz ochganlari, Zamzam suvining ochga taom bo‘lishi haqidagi hadislari yodimga tushdi. "œHozir shom namozini o‘qiyman-u, yotoqxonaga jo‘nayman, borib to‘yib-to‘yib ovqatlanaman". Biroq bir andisha bor edi — yotoqxonaga borsam, xuftonni jamoat bilan o‘qishga ulgurmas edim. Qaniydi, xurmo bo‘lsayu shu bilan iftorlik qilsam...
So‘nggi — yettinchi tavofni tugatar ekanman, hojilardan birining bir hovuch xurmo tutib menga qarayotganini ko‘rdim. Xurmoni olar ekanman, beixtiyor ko‘zlarimdan yosh keldi...
Zamzam suvi va xurmolar menga xufton namozini o‘qib, yana bir necha soatga Ka’batullohda qolishimga sabab bo‘ldi.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:51:54
"œUHUD BIZNI YAXSHI KO‘RADI"

Uhud shahidlarining ziyoratiga borar ekanmiz, mezbonimiz—ota-bobolari asli namanganlik bo‘lishgan amakimizning so‘zlaridan nihoyatda ta’sirlandik:
"œBirodarlar, mana bu Uhud tog’i. Uhud tog’i jannatga kirajak tog’lardandir. Uhud tog’i bizni yaxshi ko‘radi, biz ham Uhud tog’ini yaxshi ko‘ramiz. Ro‘zi qiyomatda bu tog’ bizlarga shafoatchilik qilgay. "œAllohim, bu bandalaring Sening roziligingni istab, meni ziyorat qilgan edi", degay. Ha, do‘stlar, Uhud tog’i bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz. Qarang unga, qanday ham kulib turibdi!"
Bu gapdan so‘ng "œkulib turgan" toqqa boshqacha qaray boshladik...
Mezbon ko‘zida mamnuniyat yoshlari ila yana quyidagilarni aytdi.
— Bundan o‘n-o‘n besh yillar avval O‘rta Osiyodan juda sanoqli hojilar kelishar, biroq biz bir-birimizga yaqin borolmas, suqbat qilolmas edik. Uzoqdan termulib, qon yig‘lab qolardik. Mana, Allohning lutfu karami ila mustaqil bo‘lgach, siz azizlar bilan bemalol diydor ko‘rishib turibmiz, alhamdulillah. 
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:52:30
MENGA ISHONASIZMI?

Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o‘g’illari, ey Fihra o‘g’illari, ey Zuhra o‘g’illari, — deya qabila ulug’larini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar:
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog’ning etagida dushman otliqlari bor!  Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi?
 Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki  hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik,  —dedilar.
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:53:06
HAZRATI MUSONING JANNATDAGI QO‘SHNISI

Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishini  so‘rab, yolvorar edi.
Bir kuni shunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi...
Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uchun bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdilar. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini  ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira holi yo‘q bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan so‘radi:
— O‘g’lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
— Bu ayol  mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelgunicha hushnud etishga harakat qilaman.
Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
— Ey Rabbim! Men o‘g’limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Hazrati  Musoga qo‘shni qilgin deb duo etdi. Shunda Muso, alayhissalom, o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundilar va:
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, — deya marhamat qildilar.
(Zirg’omshoh Sherali o‘g’li tayyorladi)
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:53:48
AZROILDAN QO‘RQQAN ODAM

Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga:
—   Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog’i, — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, undan:
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar.
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, quzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon:
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? —  deya so‘radi.
Azroil esa:
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim.
Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:54:27
XURMO PISHGAN KUNLARDA

Abu Dardo, roziyallohu anhu, Hazrati Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda, Payg‘ambarimizning  ortlarida turib o‘qishga harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan bo‘ldi. Bu hol Payg‘ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga chaqirib:
— Sening masjidga kelib-ketishingda bir o‘zgarish  ko‘ryapman. Nima bo‘ldi? — deb so‘radilar.
Abu Dardo shunday dedi:
— Shu kunlarda qo‘shnimizning xurmo daraxti mevalarini to‘ka boshladi. Xurmolar bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo‘shnimdan beso‘roq ulardan yeb qo‘yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to‘kilgan  xurmolarni to‘plab, qo‘shnimning bog‘iga o‘tkazib qo‘yaman. Shu sabab masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to‘kiladi. Ularni yig‘ib qo‘shnimnikiga qo‘yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam bolalarim harom yemaydi, qo‘shnimga ham zarar yetmaydi.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so‘zlaridan mamnun bo‘ldilar va uning haqqiga duo qildilar.
(Shohjahon Sherali o‘g’li tayyorladi).
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:54:59
XUSHU’ VA XUZU’ XOSIYATI

Janglarning birida Hazrati Alining oyog’iga o‘q tegdi. O‘q oyoq suyagiga ham ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati Aliga qarab shunday dedi:
— Bu o‘qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo‘ladi. Yo‘qsa, og’riqqa chidayolmaysiz.
Hazrati Ali aytdilar:
— Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo‘q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o‘qiy boshlaganimda olib tashlaysiz.
Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyog’ini yorib, o‘qni chiqardi. Yarani bog‘lab qo‘ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib, tabibdan so‘radilar:
— O‘qni chiqardingizmi?
— Ha, chiqardim, — dedi tabib.
— Men hech narsa  sezganim yo‘q, — dedilar Hazrati Ali roziyallohi anqi.
Namozdagi xushu’-xuzu’ Hazrati Alini go‘yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudlaridagi og’riqni aslo sezmadilar.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:55:28
ALLOH KO‘RIB TURIBDI

Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q!
— Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan  so‘ng uyga qaytdilar. O‘g’illari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.
(Shukrona Sherali qizi tayyorladi).
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:56:51
IKKI ESHIK ORASI

Muslim ibn Bishrdan:
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotar ekan, unsiz  yig‘lar edilar. Bir kuni u kishidan: «Nega yig‘laysiz?" deya so‘rashdi. U shunday javob qildi:
— Oldimdagi safar juda uzoq. Ozuqam esa oz. Shu boisdan yig‘layman. Hozir meni ikki eshikning ro‘parasiga keltirishgan: eshiklardan  biri jahannamga, ikkinchisi esa, jannatga ochiladi.  Meni qaysinisidan ichkariga olib kirishlarini bilmayman.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 09:59:25
TAVSIYA

Habib ibn Abdullohdan:
Bir odam Abu Dardoga:
 — Menga nimalarni tavsiya etasiz? — dedi.
— Xursandchilik va to‘qchilik paytlaringda Allohni unutmagin, Alloh ham qiyin ahvolga tushganingda seni unutmaydi. Biror dunyoviy ishga kirishmoqchi bo‘lsang, qanday natija chiqishini o‘yla, shundan keyingina boshla, — deb javob berdi Abu Dardo roziyallohi anhu».
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 10:00:07
MUHTOJNING EHTIYOJI

Xolid ibn Mi’doddan, roziyallohu anhu:
"œUmar ibn Xattob, roziyallohu anhu, Said ibn Omir ibn Huzaym al-Jumahiyni Humaysga voliy etib tayinladilar. Bir kuni  Humaysga kelganlarida xalqdan:
— Voliyingiz qanday? — deb so‘radilar.
— Undan mamnun emasmiz, — deyishdi.
— Nega?
— To‘rt sababi bor. Birinchidan, quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, ikkinchidan, oyda bir kun hech tashqariga chiqmaydi, uchinchidan, ba’zan u shunday xafahol bo‘lib qoladiki, xuddi telbaga o‘xshab ko‘rinadi va hech ish qilolmaydi, to‘rtinchidan, kechqurunlari hech kimni qabul qilmaydi.
— Bular katta nuqsonlardir, — dedi Umar va Saidga xabar yubordi.
Xalifa Saidga ishonchi tufayli xabar jo‘natayotganida: «Allohim, u haqdagi fikrimni o‘zgartirmagin", deb duo qildi.
Said kelganida Hazrati Umar Humays xalqiga:
— Voliy ustidan shikoyatingizni yana bir bor ayting, — dedi.
— Quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, — deyishdi.
— Vallohi, ey mo‘minlar amiri. Men aslida  hech kimga aytmoqchi emasdim. Uyimda xizmatkor bo‘lmagani uchun erta turib, non pishirib olgach, tahoratimni yangilab, keyin ishga chiqaman, — dedi Said.
— Yana qanday shikoyatingiz bor?  — so‘radi Hazrati Umar.
— Kechqurun bo‘lishi bilan hech kimning ishiga qaramaydi.
— Bunga nima deysan, Said?
— Aslida bu haqda ham gapirmoqchi emasdim. Men kunduzni odamlarga, kechani esa Allohga ajratganman.
— Yana bir shikoyatingiz bormidi?  — so‘radi xalifa.
— Oyda  bir marta  hech tashqariga chiqmaydi, — deyishdi.
— Xo‘sh, bunga nima sabab?
— Hali aytganimdek, xizmatkor tutmaganim uchun kirlarimni o‘zim yuvaman va qurishini poylayman. Sababi, menda qo‘shimcha boshqa ust-bosh yo‘q. Shuning uchun o‘sha kuni shomga yaqin chiqa olaman.
— Yana qanday shikoyatingiz bor? — so‘radi Umar, roziyallohu anhu.
— Orada bir telbaga aylanadi-qoladi va biror ish qilolmaydi.
Said buni shunday izohladi:
— Hubayb al-Ansoriy Makkada o‘ldirilganida men o‘sha yerda edim. Mushriklar uni ushlab, bir necha joyidan go‘sht parchalarini kesib olishganidan so‘ng, bir daraxtga osib mixladilar va undan: «Hozir sening  o‘rningda Muhammad bo‘lishini xohlarmiding?" deb so‘rashdi. U esa: «Vallohi, hozir men ul zotning oyoqlariga bir tikan kirishini ham istamayman" dedi va "œYo Muhammad" deya baqira-baqira jon berdi.
Men o‘sha payt buyuk Allohning borligiga imon keltirmagan bir mushrik bo‘lganim uchun unga hech qanday yordam berolmagan edim. Hatto unga achinmadim va vijdonim ham qiynalmadi. Shuni eslasam, Alloh taolo meni  kechirarmikan, deb o‘ylab hushimdan ketib qolaman.
Ittifoqo, Hazrati Umar, roziyallohu anhu:
— Allohga shukrlar bo‘lsinkim, mening ojiz farosatim noto‘g‘ri bo‘lib  chiqmadi, — dedi va  Saidga ming dinor berilishini buyurib:
— Buni ehtiyojlaring uchun sarfla, — dedi.
Saidning ayoli buni eshitib nihoyatda  xursand bo‘ldi va eriga:
— Bizni sizning xizmatingizga muhtoj bo‘lmoqdan xalos etgan Allohga hamd bo‘lsin, — dedi.
Said ayoliga qarab:
— Bu pullarni o‘z ehtiyojlarimizga  ishlatmay, sen uchun yanada foydaliroq bo‘lgan bir ish qilsam nima deysan? Ularni bizdan ham muhtojlarga tarqatsak, biz uchun yanada foydalidir, — dedi. Ayoli ham:
— Mayli, — degach, xonadon ahlidan eng ishonchli deb bilgan bir kishini chaqirdi.
Pul solingan xaltachaning og’zini bog‘lagach, unga:
— Ol, shu pullarni, falon mahallada falonchi ayol beva, falon bola yetim, falon joyda bir faqir bor, falon mahallada  bir bemor yotibdi, falon joyda musibatga uchragan bir odam bor, o‘shalarga tarqat, — dedi.
Haligi odam pulni aytilgan odamlarga tarqatib chiqdi. Qaytganida qo‘lida bir dinor qolgan edi.
Ayoli Saidga:
— Xudo xayringizni bersin. Pullarni  tarqatdingiz, yaxshi. Lekin hech bo‘lmasa, bizga bir xizmatkor olsangiz  bo‘lar edi. Shuncha pulda bizning hech bir ulushimiz yo‘qmidi? — dedi.
Said shunday dedi:
— Xonim, shunday bir kun keladiki, sen bu pulga bugungidan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lasan...
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 10:00:24
ALLOHNING FAZLI VA RAHMATI

Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: "œRamazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi.  Ro‘zamizni ocholmay uxladik, saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayg’urib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
— Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach:
— Allohim, Sendan fazl va rahmat  so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo  qildilar.
Biz "œOmin", dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz to‘ygunimizcha yedik.  Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo‘yibdi".
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 10:00:40
YASHIL KO’YLAK

Uni yo‘lda uchratganimda, azon chaqiralayotgan edi.
—   Yur. seni masjidga olib borayin. Bilasan, bugun juma, — dedim.
—   Sen ham bilasanki, men masjidga bormayman, - dedi.
—   Masjidga bormasligingni bilaman, ammo sababi nimaykin, deb ko‘p o‘ylayman.
—   O’zim ham tushunmayman, nimagadir hech tortmaydi-da, — dedi. — Balki muhitning ta’siri bordir. Ham shimimning dazmoli buzilib, tizzalarimning o‘rni chiqib qoladi, deb qo‘rqaman...
Beixtiyor kulib yubordim.
—   Hazillashyapsanmi?! Shu ham bahona bo‘ldi-yu...
—   Jiddiy gapiryapman, — dedi u. — Kiyimga, ayniqsa, yashil kiyimga o‘chligimni bilasan-ku.
Haqiqatan, do‘stim ajoyib edi. Bir-biridan go‘zal kiyimlarini albatta yashildan yoxud yashilning boshqa bir tusidan tanlar va har doim dazmolli holda yurar edi.
—   Xo‘p, mayli... Hayotingda hech masjidga bormaganmisan?
—   Bolaligimda, bobom bilan birga bir necha bor borganman,— deya javob qildi u. — Har qalay, u paytlar tizzalarim yeyilishidan ham qo‘rqmagan bo‘lsam kerak. Lekin endi masjidga borishimga ko‘zim yetmaydi.
Uning mulohazalari meni nihoyatda hayratda qoldirdi va bu haqda gap ochganimga pushaymon bo‘ldim. Nihoyat, qo‘l siqishib xayrlashdik.
Bu suhbatimizdan ikki oylar o‘tgan edi. Uning masjidda ekanini aytishdi. Darhol yetib bordim. Ayvondagi namoz saflarining eng oldidan topdim. Ustida yana yashilliklar...
Sekingina yoniga yaqinlashdim va past ovozda:
   —   Ha, og‘ayni, masjidga kelmoqchi emasding? - dedim.
Lom-mim demadi. Chunki... musallo toshi ustida, yashil yopinchikdi bir tobut ichida yotardi u.
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 10:01:10
EGASINI QIDIRGAN YURAK...
(Qonli bo‘shliq)

Yigit nim qorong‘ulikda yurib borar ekan, yumshoq, bir narsaga qoqildi. Egilib qaradi... Yo Allohim, o‘zing omonlik ber... oyoqlarining orasida makonidan ustalik bilan sug‘urib^ olingan bir yurak turardi. Rasmlardagi kabi tirik va qonli... Yigit go‘yo sehrlangandek bo‘lib, uni hovuchlariga oldi va dahshatdan aqldan ozayozdi: yurak duk-duk urar va issiqqina edi.
Iigit, xuddi qo‘llariga yopishib, boshqa bir a’zosi holiga ay-langan yuraqdan qutulishni istar, biroq o‘zi anglayolmagan tuyg‘ular unga to‘sqinlik qilayotganday his etar edi. Bir muddatdan so‘ng o‘zini sal bosib olib, yurakning egasini topish uchun eng yaqindagi uyning eshigini qoqdi va zanjir oralig‘idan qaragan yosh qizga:
—   Bu yurak sizniki emasmi? — deya so‘radi. — Hozirgina topib oldim...
Qiz uyatchan bir ovozda:
—   Men yuragimni uch oy oldin uchratganim bir bevafoga berdim. Qo‘shni uydan so‘rang, balki ularnikidir, — dedi.
Qiz ko‘rsatgan uy ko‘zni qamashtirar darajadagi hashamatli edi. Eshikni ochgan xizmatkorlar uni yuqori qavatda o‘tirgan uy sohibiga olib bordilar.
Yigit yumshoq gilamlarning ustiga tomchilayotgan qonlarni oyoqlari bilan yopishga urinar ekan:
—   Bu yurak siznikimi? - dedi. - Hali ham dukillayapti... Uy sohibi qo‘lidagi billur qadahdagi sharobdan xo‘rillatib bir qultum ichdi va tilla tishlarini ko‘rsatib:
—   Men yuragimni dunyoga sotganman, ukovsi. Qo‘shni uyda bir majzub (jazbaga berilgan, Alloh ishqida aqlini yo‘qotgan) bor. U biladi buning egasini, - dedi.
Tezda soviy boshlagan va borgan sayin sekin urayotgan yurakni qo‘shni pastqamgina uydagi cholga yugurib olib borgan yigit hovliqib:
—   Bu siznikimi? Tezroq ayting, bo‘lmasa, hali zamon to‘xtab qoladi, — deya iltijo qildi.
Chol o‘qiyotgan Qur’oni Karimni sekin yopar ekan:
—   Men yuragimni hamma narsam bilan birga Allohga berdim, bolam, - deya kulimsiradi. - Qo‘lingdagining egasini nega ota-onangdan so‘ramayapsan?
—   E, ular har ikkalovi ham qarib-qartaydi. Yosh bolaga o‘xshab hadeb xarxasha qilaverganlaridan, uch kun oldin janjal ko‘tarib, ularni tashlab chiqib ketdim, — dedi yigit.
—   Tashlab chiqib ketding?! Demak, tashlab qo‘ydingmi?!
Yigit bu gaplar qarshisida loqayd ko‘rinar edi. Holbuki, qari kishi kutilgan javobni ancha oldin olib bo‘lgan edi. U ildam qadamlar bilan yigitning yoniga keldi va ko‘ylagining ikki yoqasidan ushlab, yirtib yubordi.
Yigitning chap ko‘kragida qo‘llarida tutib turgani yurak kattaligidagi bir qonli bo‘shliq bor edi...
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2009, 10:01:42
XAYRLI XOTIMA
(Shayx Umar Foruq Saydo al-Jazariydan)

Nafs orzu-istaklari cheksizdir. Nafs faqat o‘zini o‘ylaydi. Vaholanki, nafs uchun foydali tuyulgan narsa inson va jamiyat uchun zarar keltirishi mumkin. Zero, biz zararli, foydasiz narsalarini tark etishimiz lozim. Bu esa, faqat islomiyat orqali amalga oshadi. Faqat musulmon kishigina bu ishning uddasidan chiqishi mumkin. Allohga ishongan, ahli taqvo — obid kimsalar eplaydi buni. Darvoqe, buning uchun Allohga ishonch bilan birga kuchli ibodat ham kerak. Toat-ibodat, itoat qilish va mute’ bir qul bo‘lish sharti bajarilishi lozim. Shunda saodatga erishiladi...
Musulmon kishi Alloh taologa ishongani, Uni sevgani va Undan qo‘rqqani uchun nafsini jilovlaydi, Alloh taoloning amrlariga itoat etadi. Uning suyukli payg‘ambari Muhammadning, alayhissalom, ko‘rsatmalariga amal qiladi. Chunki u hayot faqat bu dunyodagi umrdan iborat emasligiga ishonadi. U o‘zini  muhim va go‘zal bir hayot — OXIRAT kutayotganini aslo unutmaydi. O‘limdan, hisob-kitobdan keyin Alloh taolo mo‘minlarga, ahli taqvolarga go‘zal bir hayot baxsh etadi. Chin mo‘min o‘sha hayotga ishonadi va manzilga yorug’ yuz ila yetmoq uchun fidoyilik qiladi.
Nafsoniy orzu-istaklariga: "œTo‘xta!" deb buyruq beradi, ularni jilovlaydi. 
Agar biz mo‘min bo‘laturib, nafsimizni jilovlay olmasak, demak, biz hali komil mo‘min va komil imon egasi emasmiz. Komil imonga ega bo‘lmaganimizdan nafsoniy orzu-havaslarni jilovlay olmayapmiz.
Inson gohida go‘zal bilan xunukni bir-biridan ajrata bilmay qoladi. Biz uchun go‘zal bo‘lgan narsa boshqa birov uchun xunukdir. Biz uchun foydali ko‘ringani boshqa birovga zararli bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay: "œMenga foydali bo‘lsa bas, boshqa bilan ishim yo‘q", deyish katta xatodir. Bunday qaysarlikni tashlash, bu kabi xatolardan uzoq turish uchun komil musulmon bo‘lmoq lozim. Alloh taologa itoat etgan, Uning amrlariga bo‘ysungan, farmonlariga ergashgan banda bo‘lmoq kerak.
Alal-oqibat hamma gap TAQVOga kelib taqaladi. Ha, foyda ko‘rish uchun amal lozim!
Biz amal qilayotganimiz — namoz, ro‘za, haj kabi farzlar, ya’ni Alloh taoloning amrlari va Payg‘ambarimizning, alayhissalom, sunnatlari, zikrlar, avrodlar inson uchun, insonning ma’naviy kamoloti uchun, uning dardi uchun, nafsining tarbiyasi uchun bir dori, bir vosita o‘rnidadir...
Nifoq  juda yomon, yuqumli, hatto halok etuvchi xastalikdir. Bunday tahlikali kasalliklardan saqlanishimiz uchun o‘zimizni bir kafolat ostiga olishimiz kerak. Bir shifoxonada, bir doktorning nazorati ostida bo‘lishimiz zarur.
Chunki dunyoda nafsning istak-xohishlarini qo‘zitadigan, nafsga xush yoqadigan narsalar ko‘p. Alloh taolo qaytargan, gunohga sabab bo‘luvchi narsalarni nafs har doim yaxshi ko‘radi. Nafsimizga hokim bo‘lish, unga g’olib kelish, uni tarbiya qilish uchun kuchli ruhga, go‘zal ma’naviyatga ega bo‘lishimiz kerak. Buning uchun esa hayotda toat-ibodatda, doimo taqvo bilan amal etishimiz, zikrdan, salovotlardan ko‘p istifoda qilishimiz lozim. Qur’oni karimdan, ha, eng avvalo, Qur’oni karimdan foydalanishimiz kerak. O‘qib-o‘rganaylik, o‘qiganlarimizni anglashga, uqishga harakat qilaylik va bilganlarimizni nafsimizga tatbiq etishga intilaylik. Bu ish quruq gap bilan bo‘lmaydi.
"œMen musulmonman, Qur’oni karim o‘qiyapman... Menga to‘g‘ri kelganini olaman, boshqasini qo‘yib tur...", deb bo‘lmaydi.
Chunki bu hayotdagi amallar hisobi Qiyomat kuni Alloh taolo huzurida beriladi. Har bir so‘z, bosilgan har bir qadam uchun hisob beramiz. Bunga aslo shubha yo‘q. Musulmon kishi bunga so‘zsiz ishonadi.
Modomiki, Alloh huzurida bu hayotning hisobi berilar ekan, buni go‘zal bir tarzda ado etish uchun Uning barcha amrlariga itoat qilish shart.
Ozgina tanballika yo‘l qo‘yilgan joyda nafs sizga hokim bo‘la boshlaydi. Inson to o‘limga qadar shayton va nafs hujumidan amin bo‘la olmaydi. Inchunun, Alloh Qur’oni karimda: "œVa’bud Robbaka hatta ya’tiyakal yaqiyn — To sizga aniq narsa (ya’ni, o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga ibodat qiling" (Hijr, 99, mazmuni) deb buyuradi.
Haq subhanahu va taolo hammamizni o‘limga qadar ixlos bilan ibodat etguvchilardan qilsin. Hashr kuni Payg‘ambarimiz, aylayhissalotu va sallam, solih insonlar bilan birga bo‘lishni nasib aylasin. Shayton va nafs yomonligidan muhofaza etsin. Haq taolo barchamizni komil imon, yorug’ yuz bilan huzuriga qovushtirsin. Omin...
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 08:57:03
MUNDARIJA
 
Qalbimizning nuri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158975#msg158975)
Qabrdan kelgan nido (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158976#msg158976)
Gapiruvchi bo‘ri yoxud qiyomat alomati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158977#msg158977)
Salmon Forsiy ibrati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158978#msg158978)
Sen nega yig‘layapsan? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158979#msg158979)
Xotirjamlik siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158980#msg158980)
Eng sara ozuqa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158981#msg158981)
Muomaladagi extiyotkorlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158982#msg158982)
Oqilona javob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158983#msg158983)
Eng shiddatli oyat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158984#msg158984)
Sizni yaxshi ko‘raman (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158985#msg158985)
Uch harakat tarixi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158986#msg158986)
Til o‘rgangin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158987#msg158987)
Yomonlikka yaxshilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158988#msg158988)
Noumid shayton (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158989#msg158989)
Besh ming qo‘ydan afzal (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158990#msg158990)
Xayrli oqibat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158991#msg158991)
Eskisini kiymaganga yangisi yo‘qdir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158992#msg158992)
"Ya, arhamarrohimiyn" (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158993#msg158993)
Fitnadan yiroq bo‘ling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158994#msg158994)
Yuksak martaba (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158995#msg158995)
Insonlar ikki hovuchdirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158996#msg158996)
Ellik ming dirhamlik xurmozor (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158997#msg158997)
Naqadar yomon ish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158998#msg158998)
Kim Allohga ishonsa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg158999#msg158999)
Riyodan ogohlantirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159000#msg159000)
Olovda birinchi yonadiganlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159001#msg159001)
Oxiratdagi xayru saodat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159004#msg159004)
Zuhd chegarasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159005#msg159005)
Barakotli kun (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159006#msg159006)
Alloh xohlagan joyda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159007#msg159007)
Xaloskor malak (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159008#msg159008)
Eridan shikoyat qilgan ayol (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159009#msg159009)
G’aflatning sababi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159010#msg159010)
Asiring nima dedi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159011#msg159011)
Mazlumning haqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159012#msg159012)
Yaxshi bir dalil (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159013#msg159013)
"Yo axmoqsan yoki munofiq" (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159014#msg159014)
Yetmish qamchidan keyin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159015#msg159015)
Jonbaxsh duo yoxud tirilgan murda  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159016#msg159016)
Xushxabar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159017#msg159017)
Bir ansoriyning tushi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159018#msg159018)
Amalim qabul bo‘lsin desangiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159019#msg159019)
Sadaqa raddi balo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159020#msg159020)
To‘rt turli qalb (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159021#msg159021)
Imkon va istig‘for (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159022#msg159022)
Tahlika nima? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159023#msg159023)
Mushrikdan olingan mukofot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159024#msg159024)
Naqd savob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159025#msg159025)
Shahidlar havas qilgan martaba (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159026#msg159026)
Abu Ayyubning mehmonlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159027#msg159027)
Rasululloh o‘rgatgan duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159028#msg159028)
Odamxo‘r daryo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159029#msg159029)
Hazrati Umar o‘pgan bosh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159030#msg159030)
Payg‘ambarni yig‘latgan oyat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159031#msg159031)
Ilohiy hikmat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159032#msg159032)
Nega yoqtiramiz? Kelishmaymiz? Unutamiz? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159033#msg159033)
Abu Bakr Siddiqning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159034#msg159034)
Hazrati Umarning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159035#msg159035)
Usmon ibn Affonning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159036#msg159036)
Abdulloh ibn Mas’udning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159037#msg159037)
Salmon Forsiyning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159038#msg159038)
Abu Dardoning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159039#msg159039)
Muoz ibn Jabalning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159040#msg159040)
Utba ibn G’azvonning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159041#msg159041)
Abu Zarr G’iforiyning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159043#msg159043)
Ubay ibn Ka’bning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159044#msg159044)
Abu Umomaning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159045#msg159045)
Abdulloh ibn Abbosning o‘gitlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159046#msg159046)
Iftorlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159048#msg159048)
"Uhud bizni yaxshi ko‘radi..." (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159049#msg159049)
Menga ishonasizmi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159050#msg159050)
Hazrati Musoning jannatdagi hamrohi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159051#msg159051)
Azroildan qo‘rqqan odam (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159052#msg159052)
Xurmo pishgan kunlarda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159053#msg159053)
Xushu’ va xuzu’ xosiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159054#msg159054)
Alloh ko‘rib turibdi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159055#msg159055)
Ikki eshik orasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159056#msg159056)
Tavsiya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159057#msg159057)
Muhtojning ehtiyoji (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159058#msg159058)
Allohning fazli va rahmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159059#msg159059)
Yashil ko'ylak (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159060#msg159060)
Egasini qidirgan yurak (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159061#msg159061)
Xayrli xotima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.msg159062#msg159062)
Nom: Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod oʻg’li
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 09:00:19
Qalbimizning nuri

(http://www.ziyouz.com/images/books/qalbimiz.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=333)

Muallif: Abdulloh Murod Holmurod o'g'li
Hajmi: 184 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=333)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3290.0)