forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Munira xonim 07 Mart 2009, 20:46:15

Nom: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2009, 20:46:15
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!!!
OILA Alloh taoloning eng mo'jizali qo'rg'onidir. Oila buloqlarning boshi, har bir INSON uchun birinchi qarorgoh, birinchi vatandir. INSONning har bir fazilatlari, yaxshi yomon tomonlari, asosan oilada shakllanadi.
Men ajoyib bir risolani o'qib qoldim. Bundagi fikrlar, mahorat bilan o'quvchiga yetkazilgan go'zal satrlar meni lol qoldirdi. Bu nasrani har bir inson xoh erkak xoh ayol bo'lsin, o'qishi uqushi, o'z hayotiga tadbiq etishi shart deb o'yladim. Albatta bu foydadan xoli bo'lmaydi,InshaAlloh.
Bu mo'jazgina kitob muallifi Tursunoy Sodiqova. Bu insondan Alloh rozi bo'lsin.
Bu yerdagi go'zal fikrlarni bergan Allohga hamd aytmasdan ilojimiz yo'q. Bu firklar bilan har bir yigit qizlarimiz tanishib o'zlari xulosa chiqarishadi va o'zlari uchun eng kerakli narsalarni olishadi deb umid qilaman.
Bu kelajakda OILA ostonasida turgan yoki oila qurgan, farzand tarbiya qilayotgan,o'zini kleinlikka,kuyovlikka, onalikka, otalikka, qaynona qaynotalikka tayorlayotgan har bir INSON uchun manfaatli bo'lishini Allohdan so'ragan holda har kuni oz -ozdan berib borishga harakt qilaman. InshaAlloh.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2009, 20:50:26
Ayol - KIM?

O'zim shu toifadan bo'lsam-da, ayol iqlimini hayrat bilan kuzataman. Allohning betakror mo'jizasi u! Bir joyda aytibman:ayol sirli bir kitob - varaqlagan sayin qizig'i chiqaveradi. Yil fasllari faqat to'rtta, ayolning esa ming bitta fasli bor. Uni butkul tushunib yetgan odam yo'q bu dunyoda! Uni tomosha qilib zerikkan inson yo'q yer yuzida! Unga ishi tushmagan kishi yo'q! Uni suymagan va u deb kuymagan erkak yo'q! Uni yozmay kimni yozay, kimni ta'riflay? Ayolni tushunish o'zi bir ilm. Bu ilmga yetishganlar qancha ko'paysa, baxtli ayollar soni shuncha ko'payajakdir,InshaAlloh.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2009, 20:55:04
"AYOL" deb atalgan mo'jizaning hali tom ma'nodagi tarifi, o'lchovi va yarashiqli bahosi topilgani yo'q. Ayollik olamida yurgan ayolning o'zi ham o'zini tugal tanimaydi. Olis sayyorlar o'rganildi, yetti qat osmonning siri oshkor bo'ldi, ammo ayol qalbidagi ochilmagan necha-necha qit'alar shundayligicha qolib bormoqda. Ruhiyatida, imkonlarida ko'zi ochilmagan ming bir buloqlarning, qalbida sonsiz xazinalarning, bag'rida daxshatli vulqonlarning mavjudligini bilmagan ayol siniqqina qadam bosadi. Sokingina beshik tebratadi. Nimta'zim bilan xushbo'y saboday ohista va sharpasiz yoningizdan o'tib ketadi. Shikasta ovoz bilan sizdan hol so'raydi, uning etaklarining nimovoz, mayin shildirashidan atrofingizda jannatiy havolar yaraladi. Bir so'zi bilan bor bo'lasiz, bir so'zi bilan yo'q...
AYOL KIM O'ZI???
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2009, 21:01:34
Gohida shudnay gaplarni eshitasiz:
-Ayol kishiga o'xshama!
-Ayolligiga borib xato qilibdi, hafa bo'lmang!
-Xotin kishidek maydalashma!
Mana shu gapni aytganni o'zi ushoq. Ayol xususida bunday demoqdan tiyilmoq joiz. Va ogoh bo'laylikki, dunyodagi jami yaxlitlik va butunlik AYOL bilandir! O'rmalagan jonning bari ayolga yuzlanajak, onam deb, juftimdeb, opam, singlim, momom, qizim deb undan jon olajak, nur, madad olajakdur! Ayol - Alloh yaratgan ne'matlarning sinoatlisi, mo'jizalisidir. Ayolsiz hayot darvozasi berk bo'lsa, hamma ishimiz unga tushib tursa, halovatga ha, halokatga ham ayol sababchi bo'lsa, nega ayol deb atalgan ilmni o'rganmaymiz? "O'zini tanigan kishi Allohni taniydi",deyilgan muqaddas kitobda. O'zligimizning yarim dunyosi Ayol bo'lsa, uni tanimaslik,tilini o'rganmaslik, uning ruhiyat qatlamlarini o'qiy bilmaslik gunohi azimgina bo'lib qolmay, yo'llarimizni bog'laydigan g'ofillik ham ekan.
AYOL KIM O'ZI?
O'zim ayol bo'la turib bu sinoatning poyiniga yeta bilmasman!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2009, 21:10:54
Ayolsiz uy - tun. Ranglar yo'qolgan. Atrofingiz beshakl. Gullarning hidini tuyasiz-u, o'zini ko'rmaysiz. Feruza osmon yo'q. Ko'ksingizni yayratgan qushchalar berkingan, ko'zingizni yashnatgan chechaklar yumilgan. Bu kamlikdan, bu yarimlikdan, bu huvillashdan junjikkan yuragingiz ham qobirg'alaringiz ham ostiga cho'kib, mung'ayib oladi...
-Onang qayoqqa ketdi?-zarda bilan so'raydi erkak.
-Men ertaga boraman, onam uyda bo'lib tursinlar,-deydi uzatilgan qiz.
-Ayajo-o-o-on siz qani?-ostonada onasining orqasidan chrillaydi qiz.
-Kunim oqshimga o'xshaydi, yetimlar zor qaqshaydi,
Yetimni holini so'rsang,onosi yo'qqa o'xshaydi,-deya bag'ri sim-sim oqib yig'laydi men kabi onasizlar....
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2009, 21:16:08
Ayol - sehr. Barmoqlarini shunday yugurtirsa, keraksiz qiyqimlar chaman shakli tushgan yostiqqa, ko'rpachaga aylanadi. Uyga bir kirib chiqsa, pardalargayu devorlarga, javonlargayu mehroblarga bahor yuqqanday, izlarida ifor ufurganday bo'ladi. Ayoli bor uyning dasturxoni kambag'al bo'lsa ham, mazasi totli.
Dimog'ingni onangning ko'ksiga bosgan zahoting butun jismi joning to'yadi. U bir jilmaysa, ukang yupanadi, otang jahlidan tushadi. Uning hilm bir imosi, shikastagina daldasi bilan uydagi hamma ishlar yurishib ketadi.
-Ayajonim kelyapsizmi? hali o'zimni ko'rmay yuqori qavatdan qiyqiradi yigit bo'lib qolgan o'g'lim. Har kuni shu. Eshikni ochib iljayib turadi. Xuddi juda uzoq qidirgan narsasini hozir topganday!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2009, 21:24:02
Ayolni mayda deganlar soz'larini qaytib olsinlar. Ko'p yillar burun bir sh'er o'qigandim: Ona bemor, holati tobora orqaga ketyapti, so'nayotgan sham kabi joni lipillab turibdi. Bittagina farzandi boshida mo'ltirab o'tiribdi, mizg'igani qo'rqadi, ko'zini yumsa onasi uziladiganday! Ammo g'aflat ustun keldi, o'g'il oanning ko'ksiga boshini qo'yganicha bir zum pnakka ketdi. "Shunda,-deydi shoir,-bolasining uyqusini buzib yubormaslik uchun ONA o'z yurak urishini to'xtatdi!"
Yuragingning o'rtasiga bir narsa sanchiladi! Nafsing ichingga yutilib qoladi! Shoir bu gapni to'qib aytdi, elkin shunday aytdiki! Bir joyda o'qigandim:"Adabiyot yolg'on gapiradi, elkin u haqiqatning o'zidan ko'ra rostroqdir",deb. U yolg'onmas, u farzand uchun ayolning jismida ko'pchib turgan ming imkonning bittasi, xolos. Bunday imkonining borligini ayol o'zi ham bilmaydi. Bu qudrat keragida paydo bo'ladi. Uni Alloh beradi! Yuriy Andreyvning "BAxtli bo'l, o'g'lim" kitobida bolasini halokatdan qutqarish uchun jon - jahdi bilan urilib, yelib kelayotgan mashinani ag'darib yuborgan ayol haqida gap boradi....
AYOL O'ZI KIM? deya yoqangni ushlaysan. Bamisoli u to'g'onga qamalgan suv. Ochilib ketguday bo'lsa, xo;ku quruqni baravar yuvib ketadi!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 09:35:20
Oloy malikasi deya ta'rif etilgan, "general" unvoniga sazovar bo'lgan Qurbonjon dodxohning o'g'lini osib o'ldirishga hukm qildilar. Dor qurilgan, hech yig'ilmagan olomon yig'ilgan, hammaning holatida muvozanat yo'q, dodxohning holi endi ne kechadi degan o'y!
Shu payt uzoqdan chang ko'tarilib,bir otliq uchib kela boshladi - Qurbonjon momo! U nafasi ichiga tushgan olomonni yo;rgancha to'g'ri dor ostiga keldi va bolasiga tik qarab:"O'g'lim, shahid ketish bizga merosdir!" dedi va shartta jilovini tortib, otning boshini orqaga burdi-da, qanday kelgan bo'lsa, shunday maydondan yelib chiqib ketdi.
Yo,Alloh, uni nedan yaratding? Bu kichkina jon bu qadar qodirlikni qandya ko'tardi? Bu zotni ko'ryapsizmi? Dor ostidagi bolasining ko'ziga qarab turib, rizolik berolgan ayol bu! Javdirab turgan farzandiga orqa o'girib ketolgan ayol bu!Yuragida olov portlasa ham ko'ziga chiqarmaslikni eplagan ayol bu! Qo'li jilovni qo'yib yubormagan, do'st-dushmanning oldida otdan yiqilib tushmaslikni uddalagan ayol bu!
Bu iroda, bu oriyat, bunday shijoatni unga Alloh bergan! Bu Alloh yaratgan ne'mati aziz- HAZRATI AYOLDIR!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 09:45:56
Kulibgina turibdi, xotirjamgina turibdi, deb bo'lmaydi ayolni!
Kulibgina turibdi, rozigina turibdi, deb bo'lmaydi ayolni!
Uning ichiga o't tushsa ham, bag'ri kulga aylansa ham, zohiri sokin ko'rinaveradi, egilmaydigan qoyalarni ichida yutib yuraveradi...
Bir hikoya o'qigandim. AYol o'z juftini yeru ko'kka ishonmaydi. Uni qizg'anib tunida uyqu, kunida halovat yo'q. Jazillagan rashk o'ti uni sakratib o'ynatadi. Go'yo Erkin Vohidovning:
"Seni yotlar tugul, qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam, bo'lurman g'ash ko'zimdan ham",
bayti shu ayolning fe'lidan olinganday!
Vodarig'ki, ayolning olov ustida yurib asragan jufti kun kelib qazo qilibdi. Bamisoli ayolning quyoshi o;chdi. Qabri uzra bag'ri tamom to'kilguncha, ko'zining yoshi tugaguncha faryod qiladi. SO'ng qaddini ko'tarib, yengil tin oladi-da, bir nima deb pichirlaydi. Hay-hay, bir gapni deydi. Deganda ham yuraging uvishadigan gapni deb qo'yadi. "Xudoga shukr, endi seni mendan hech kim ololmaydi!"deydi-ya!
Meni dahshat bosadi, AYOL KIM O'ZI! Uning botinidagi g'alati kuch nima? U juftining yonida turib ham unga to'ymay yashardi. Sochining oqi shu eri tufayli edi, qovurilishlariga ham u bois edi. Tirigiga qancha intilgan, o'ligiga kuymaydi, deysizmi? Ammo ayni daqiqada erining o'lganiga u xursand.Baxtini begonadan qiz'anib yurgandan ko'ra, hatto ko'mib bo'lsa-da, berkitishni ma'qul ko'rmoqda! Baxtsiz qolsa ham mayli, suyganiga birov qo'l cho'zmasa bo'ldi. Siz uni xudbin deyapsizmi? Yo'q, bu ayriliq hali unga qimmatga tushadi. Balki kuya-kuya dard oshirar, kim biladi deysiz, orqasidan ergashib ketib qolishi ham mumkin...
Bot-bot o'sha qabr quchib o'tirgan ayol xayolimga kelaveradi. Qulog'imda uning pichirlashi jaranglaeyveradi:"ENDI SENI MENDAN HECH KIM OLOLMAYDI!".
AYOL KIM O'ZI!?
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 09:55:33
Yuqoridagi voqeaga boshqa bir misolni solishtiraman-da, ayolda bir asnoda to'rt fasl jam turishi rost deyman.
Onam dadamning ketidan musofir bo'ldi, aziyat tortdi. Ketma-ket farzand dog'ini ko'rdi. Toshknetu Andijonning mozorlarida onam sho'rlikning farzandlari sochilib yotibdi. Sizga aytsam, onamning bir iqlimi, bir dunyosini hanuz singdirolmay hayratlanaman.
KIM O'ZI AYOL!?
Kenglikda osmonmi, cheksizlikda dengizmi?
Onamning ismi Ergashxon aya edi,lekin hujjatlarda Xosiyatxon yozilardi.  Shu tarzda yetmish to'rt yil yashadilar.Dadam o'tganlaridan keyin bir haqiqatni bilib qoldim va yuragim hayratdan uvishib qoldi. "Xosiyatxon" onam kundoshining ismi ekan. U kishi farznad ko'rishda qazo qilgan, ikkinchi turmushi bo'lgan onam o'sha ayolning pasporti bilan yashab yuraveribdi.
"ONajon, nega unday qildingiz?Bir umr birovning ismi bilan o'tibsiz-a?" - desam,"Hay-hay, unday dema! O'zi o'lib ketibdi, nomi ham o'chib ketsinmi? - deb uzoq tin oldi-da, sekin qo'shib qo'ydi:- Dadangning ko'ngli uchun shunday qildim, bolam, nima bo'lganda ham ko'z ochib ko'rgani-da!", - dedi.
ANA SIZGA AYOL,ANA SIZGA UNING DUNYOSI....
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 19:59:40
Ayolni ayollik yuki qadamida yer tishlatib  qo'yishi mumkin edi, ammo uni Xudoning o'zi asrab turadi...Bu yorug' dunyoda hech bir gazot ayolning ona bo'lish daqiqalaridek og'ir kechmagay. Farzand dunyoga kelar ekan, ayol o'z etining nimta-nimta bo'layotganini, so'ngaklarini qirsillayotganini eshitib turadi. Jismiga o't tushadi. Jon taslim qilayotgan kishida nafas qanday bo'g'ziga tiqilib kelsa, ko'z chanog'idan jilsa, bu dunyo bilan u dunyoning orasi qilchalik qolsa, yangi insonni shu tarzda topadilar. Nazarimda, bola bilan birga har gal onaning jismidan jin ham ajraydi, ajraydiy-u  bu g'azot azobini Alloh , kompyuterdan o'chirgan kabi ayol xotirasidan o'chirib yuboradi. Bu ham sinoat! Agar Alloh unuttirmaganida, hech bir ayol bolasini qo'liga olmagan, betiga qaramagan, orqasiga burilib ketvorgan bo'lardi.
Alloh ichingdagi farzand degan tikonni oladi-yu, o'rniga tirnog'ingning uchigacha to'ldirib Onalik mehri ummonini soladi. Shu bir parcha et dunyoyingga aylanadi.Hamma ipingning uchi shuginaga bog'lanib qoladi. Men hali bola bilan jon ham ko'chadiyu deb bekor aytibman! Bola bilan birga jon ham chiqadi! Sening faqat harakatdagi loshing qoladi xolos! Endi sening joning shu - BOLA! Shu bola og'risa og'rib, yig'lasa yig'laysan. Avval joningni qovurg'alaring orasida avaylab saqlarding, endi u to'rt tomonidan shamol urib turgan yerga tushdi. Oh, uni endi asrash naqadar og'ir!
Eslamaydi emas, bola topishdagi og'riqni eslaydi, faqat bir holatda - qachonki farzandi uni kuydirsa! O'shanda ham:"Sen tug'ilmay qo'ya qolsnag bo'lmasmidi?" demaydi, "Sening o'lganing yaxhsi edi" demaydi. "seni tug'may men o'lay!" deydi. "O'sha to'lg'oqning ichida o'lib ketaversam bo'lmasmidi!" deya faryod soladi.
Suyaklarimizdan sindirib o'g'il yasading,Alloh, o'g'lonlarimizga insof ber!!!
Etlarimizdan uzib qiz bino qilding Alloh, qizlarimizga to'zim ber!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 20:24:37
Ayol - misli go'dak!!! Yolg'ondan yupatsangiz ishonadi. Bir shirin gap bilan baxtiyor bo'ladi. Bola onasiz javdirab qolgani kabi, ayol o'z bolaisga, juftiga, uyiga shunday mubtalo bo'lib yashaydi. Uning uchun dunyoni titratgan muammolar ikkinchi o'rindadir. Jufti eson omon ishdan qaytsa, bas, uning uchun farovonlik - shu! Joy-joyida uxlab yotgan bolalari jonini yayratgan sururdir. Go'dak uchun ota-onaning xunuk chiroyligi, boy kambag'ali bo'lmagani kabi, ayol uchun ham shunday, agar uni suysalar, e;tibor bersalar, avaylab muoala qilsalar, qora juftini oppog'im deb, sodda ro'zg'orini saltanatim deb, bag'riga bosib o'taveradi.
Biz odmigina yashardik. Dadam mullo odam edilar, ammo o'zlarini o'tga cho'qqa uradigan uddaburon emasdilar.Onam chopon tikardilar. Oilamizda g'amlash, to'plash imkoni bo'lgan emas. Ammo dadam qoplab narsa keltirmasalar ham, hech qachon ro'zg'orga paxta yog'i aralashtirmaganlar."Onangga yoqmaydi, qo'y yog'i quvvat vo'ladi", erdilar. Onam yuklik bo'lsa tinmay sut qaymoq tashir, "sut onaning ham bolaning ham mijozini tozalaydi" derdilar. Esimni tanibmanki, qish kelsa, cho'yan peshka ishlatardik. Saharlab olov yoqish, ko;mir keltirish, tuntantiriq tayorlash kabi ishlarni hech qachon onamga bermaganlar...Ro'zg'orning jami o'pirilgan joylarini dadamning mehr sadoqati to'ldirib turgani uchunmi, onamdan biron og'iz o'ksish, armon so'zlarini eshitmaganman. Aksincha, hadeganda:"Bugungi kun yaxshi o'tdi, ertaga Ya Razzoq!" deb qo'yardilar.
Bolaga onaning tafti jon ozig'i bo'lgani kabi, ayolga juftining mehri bamisoli sof havo ekan...
Qo'li yupqagina dadam bilan onam go'yo davlatmand edilar. Dadam hayotdan ketdi, go'yo onamning saltanati ham ketdi. To'rt tarafni to'ldirgan, bir gapirib, o'n kuladigan onam tinib-tinib qoldi, go'yo uning bari shodmonligi ham dadamga ergashib ketdi. Onam ko'z yosh to'kib yig'lamadi,"oh, cholim undog' edi, bundog' edi" deb sannamadi ham. Jimib qoldi, xolos. Biz onamning tilab-tilab joncha suygan bolalari bo'lsakda, dadamning o'rnini bosolmadik. Ko'p o'tmay, hech kimga maslahat solmay, dadamning orqasidan o'zi ham ketdi. Go'dak kabi ergashib ketdi...
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2009, 12:27:41
"Ipak bilan po'latdan quymish bizni tabiat", deb yozgandim bir she'rimda. Ellik yildan ziyodki o'zimni kuzataman. Ayol bo'la turib, hanuz ayollik olamining tilini tushunolmayman. Ba'zan o'z gappim, o'z ishimdan o'zim hayratlanaman. Boshqa ayollarni ham zavq bilan kuzataman. Ertaga yana nimalarni sodir etrakinmin, deb ishqiboz tomoshabinday ertangi kunimni kutib yashayman. Ayolki o'zini tushunolmay tangmi, yana ham erkaklar bizni uqolmay gangib qolmas ekan-da deyman o'zimga! Nafsilamrini aytganda, ayolning kamalkday fe'l atvorini mazza qilib tomosha qilishni bilgan erkak baxtiyor erkakdir! Ayolning har bir barmog'i gullaydi. Gul bo'lganda hma bugun bir turda gullasa, ertasiga boshqacha! Ayol bugun ipak bo'lsa, ertaga olov, uning vujudida ishtiyoq, u izlanuvchan jon - har kuni har xil narsani o'rganayotgan bo'ladi!
Bu zot kim o'zi? Onam farzandlar dog'ini, umr sargardonliklarini filday ko'tardi. Ammo dadam hayotdan ketishi bilan chirt uzildi. U bargi xazon kabi mo'rt ekan aslida. Onamga quvvat berib turgan otamning mehri ekan, birodar!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2009, 12:45:13
AYol haqiqatan mo'rt! To'rt - besh yetimni bitta qanot bilan boqsa-da, lochinday boqadi, bolalariga kelgan baloni arslonlarday daf qiladi, bu zahmatlarni tortar ekan, bitta jonida o'nta erkakning irodasini yasaydi. Ammo...kinlardan bir kun bitta fahmi kalta:"Eringiz o'ttiz yil burun o'lib ketgan falonchini yaxshi ko'rgan ekan", deb qo'ysa, bo'sh qopday yer bag'irlab qoladi. Qaddi dol bo'ladi. O'lib ketgan erining o'lib ketgan muhabbatdi uchun-a?!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2009, 12:49:05
Gohida erkaklar ayollarni kiyimparast, tilloparast deydilar. Unday emas! Siz ayolingizni oltin taxtga o'tqazib, tillodan libos kiydiring. Ana, sen uchun yu yilga yetadigan mol g'amlab qo'ydim deng! Ammo birov shunchaki:"Eringiz juda kelishimli ekan, ehtiyot bo'ling-da", deb qo'ysa, bas, (e'tibor bering hali gunoh yo'q, hali guvoh yo'q) ayolga hadya etgan arkoni davlatingizkultepa bo'ladi qo'yadi. Tovoning tagiga cho'g' tushib, yonishga tushadi.
Bu zot kim o'zi!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2009, 12:52:25
Bir hujjatli fil'm ko'rgandim. O'nta o'g'li urushga ketib qaytmagan ayol haqida edi. O'g'loinlari o'ldi, urush tugaganiga o'ttiz yildan oshdi. U esa tirik,  u hamon tirik. Bir farzandining dog'i ado bo'lishga yetadi, o'ntasining o'ti nechun yondirib yubormadi?!
"Shoshmay tur,-deydi ajalga o'zidan o'zi,-senga o'nta bolaisni bergan mardman men, mening jonim jon ekanmi, faqta men o'lib ketsam bolalarimni chirog'ini kim yoqadi, ularning haqqiga kim duo qiladi?"
Shunda ham u bolalarini o'yladi.
Ayol kim o'zi? U nedan yaralgan?
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2009, 12:57:50
Hadeganda bolalari o'laverib, hisobdan o'chirtirib kelaverib, adoyi tamom bo'lgan ota onam men tug'ilganimda tug'ilganlik guvohnomasini olishmagan ekan. O'n to'rt yoshga kirganimda maxsus vakillar eshikma-eshik yurib, urush payti va urushdan keyin tug'ilgan bolalarning hujjlatlarni tiklashga kirishdilar. Shu bahonayi sabab bilan ota-onam guvohnomaga boribdilar. "Qizingiz necha yosh?' - degan savolga dadam:"O'n to'rt" desa, onam:"O'n olti" ,- deb javob qilarmish. Dadam:"Nega ikki yosh qo'shib aytaypsiz, undog' qilmang", deb tanbeh bersa,"Hech yo'q o'n besh deng bo'lmasa, harna bir yosh qo'shilgani!" dermish onam nuqul.
Mana endi tahlil qilyapman. Onam sho'rlik katta bo'layotganimga ishonib ishonmay kuzatar, meni yildan yilga o'tkazib olguncha zor qaqshab turar ekan. YAxshi niyat qilay, hech yo'q qog'ozda ikki yosh ulg'ayib tursin, deb turgan joyi ekan onajonimning!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2009, 13:03:19
Eru ayol birga yashayversa, bir-biriga qovurg'aday payvasta bo'lib ketar ekna. Otamdan keyin jimib qolgan onam ba'zan ba'zan tizzasiga urib:"Voy, o'lmay o'lsin-a otang? deb qo'yardi.
U shindoq der ekan,  ko'ziga yosh kelmasdi, ammo ichi qovjirab tutab turgnaini shuundoqqina bilsa bo'lardi. Vodarig' deyman bugun, bu:"Sensiz qanday yashayman endi", degani ekan bu. "Mana izingdan ketyapman, nega meni ergashtirib ketyapsan", degani ekan.  "Sen o'lmasang men ham o'lmasdim", deb bo'zlab borayotgan onam ekan u.
O'g'li ergashmadi otamning ketidan, bir dona suyumli qizining -mening qo'limdan kelmadi ergashib ketish. Onamgina keta oladi, onamgina...
Eh, yigitlarjon, qizingizdan ham o'g'lingizdan ham avval ayolingizni deng! Undan boshqa vafodiringiz yo'q....
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2009, 13:12:17
Ro'zg'or deganning sehri bor. Joningni hamma ipini o'ziga bog'lab, seni sochilgani qo'ymaydi. Yerda bo'lsang ham ko'kda bo'lsang ham, bog'i eramda ham, e bular o'taversin,hatto ota-onangning bag'ridan ham imlab, qora qozoning joylashgan ostonaga tinmay chaqirib turadi. Birovning koshonasida mixning tepasida o'tirganday o'tirib, o'zingning kulbangda hamma chigiling yozilib yayraysan...
Bir hikoya eshitib edim:tog'lik qishloqda bir kechasi olatasir boshlanibdi, to'polon tingach, qarashsa, qishloqning go'zal bir qizi yo'q emish. Uni kimdir olib qochgan, degan gap tarqalibdi. U qizning otasi, oltovlon akalari obdon izlab topolmabdilar. G'amdan bukilgan ota o'limi oldidan o'g'illariga vasiyat qilib, singillarini albatta topishni tayinlabdi.
Yillar o'tibdi. Akalari qidirishni davom ettiribdilar. Kunlardn bir kun qiz topilibdi. Katta g'or og'zida o'tiribdi emish, yonida bahaybat ayiq, atrofida esa yarmi ayiq, yarmi odam ikkita bolacha o'ynab yuribdi emish. Akalarini ko'rgan singil talpinib yugursa, ayiq yo'lini to'sarmish, akalari yaqinlash desa ularga hamla qilarmish. Ayiqchalar ham qizning oyoqlariga yopishib olganmish. Akalari majbur bo'lib ayiqni va ayiqchalarni otib o'ldiribdilar va singillarini uyga olib kelibdilar. Ular mamnun, ota vasiyati bajarildi deb. Ammo ishning eng yomoni endi boshlanibdi...Qiz kunda tong qorong'usida tomga chiqib olib, tog' tomonga termulganicha nola boshlarmish........

Ayolning faqat Allohgagina ayon dunyosi bu....
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 10 Mart 2009, 12:09:59
Birga ishlaydigan xodimimizning onasi, saksondan oshgan Hamroxon ayaning menga ixlosmnad ekanlgini eshitib yurardim. Bir kuni telefonda to'g'ri kelib qoldim-da, hol ahvol so'rashuvdan keyin:"Sizni ziyoratingizga bormoqchi edim", dedim. Ayaning quvonganini va negadir taraddudlaganini ham sezdim.
-Qaniydi, onam kelgandek bo'lardi, ammo sizga bahorlar yarashadi-a! Kelsangiz olchamiz gullaganda keling,ayalnay,-dedi.
Ayol yuzga kirsa ham ayol-da! Bilaman, ular turadigan joylar Toshkentning buziladigan eski mahallalari edi. Qishda, ayniqsa, qaramay qo'shilgan devor-darmiyonlar g'arib ko'rinar, kampir shuning uchun ham xijolatlik chekmoqda edi. Umr boyi ro'zg'orini-yu o'zini atrofga tekislab ko'rsatishga urinib o'tgan ayolning bezovtaligi edi bu. Saksonga kirganda ham o'ziga qo'yilgan bahoning pasayishini xohlamagan  ayol ORIYATI edi bu. Men bu gapdan hatto zavqlandim va bostirib bormadim. Bahor keldi, bu fasl boyu kambag'alni bir xilda siylaydi. Ayaning hovlisi ham kelin tushgan uyday bo'libdi, quyuq gullagan olchalar o'rovida ko'rimsiz hoylar ham bilinmay ketgan. Ammo ming dodki, olcha gulga kirguncha Hamroxon aya olamdan o'tdi. O'shanda ayolik qilmay, nima bo'lsa bo'lar, kelavring deganda, ko'rishib qolarmidik...Bu ham Allohning irodasi ekanda!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 10 Mart 2009, 12:23:47
U ayolning erkakgi ko'tarib ko'tarib kelardi, o'g'li ham toparman tutarmon edi. Lekin bu oilada hech qanday bayram, hatto hayit degan narsa ham yo'q edi.  Ayol ham bunga ko'nikib ketgan. Ammo yoshiga yosh qo'shildimi yo bolalaridan qo'li bo'shab, xotin xalajga aralashgani uchunmi, o'zini ularga solishtirib ko'rdimi, haytovur yuragining bir chetida mening erkaklarim nega bee'tibor, degan og'riqqa o'xshash narsa uyg'ondi.
"BAyramga necha kun qolganini sanay boshladim,-deydi ayol,- bir kun qoldi, hech kim indamaydi, bayram kuni bo'ldi yana jimlik. Tush bo'ldi, sado yo'q, kech kirdi, vujudim bilan tilanib turibman. Na er, na o'g'il bayramdan og'iz ochdilar. Kechki ovqatga o'tirdik, kutyapman. Qaydandir taomlar orasiga bir kosa talqon ham xontaxtaga qo'yilgan ekan. Kosaga engashib go'yo tolqon yeyapman, ammo unsiz yig'layapman. Ovozim chiqib ketmasin, deb zo'r berib, bir kosa talqonni qanday tugatganimni bilmayman". Ayolning ko'z yoshi yuzini yuvar ekan, iljayishga harakat qilib qo'shib qo'yadi:"PAstkashligimni qarang, tabriklamadi, uchta gul bo'lsa ham ilinmadi, deb shuncha kuyibman-a! Fe'lim yomon shekilli-da o'zimning".
Aylanay sizdan , o'ksik oyim, nega andisha qilasiz? Siz bu bezavq, behafsala juftingizni oilali to'ralardan qildingiz, o'g'il qizli boyvachcha qildingiz. Yura yo'lini supurdingiz, himarilib qo'liga sochiq tutdingiz, doimo taomning issig'ini, kalomning shirini ilindingiz. Kamini to'ldirdingiz. Bu fidolik evaziga o'zingizni kun-bakun so'ldirdingiz. Uning qo'liga gulday bo'lib kelgan eidngiz, kamonday egilib bormoqdasiz. Anavi o'g'londan koyinmang - otasiga qarab ish tutadi-da! Siz ulardan ot bilan tuya so'rayapsizmi? Tillo baxt so'rayapsizmi? Atigi bir dastagina gulning ilinjida mo'ltirab turibsiz. Uchtagina gul bilan baxtiyor bo'lardim, deb bag'ringiz sizib turibdi. Armonli oyim, o'ylamanki, bu so'ppaygan eringiz nokas emas aslida, sizdan pul yoki mol qizg'onmaydi. Faqat bunga farosati ishlamaydi, noshukrlik qiladi xolos. Sizni ularga Alloh bergan ne'mat ekanligingizni, odatda o'ziga berilgan ne'matni asrash, uning uchun shukrona aytish farz ekanligini bilsa, bundoq qilmas edi balki.
Allohdan ularga iymonu ziyraklik tilaylik.Ayol uchun farzanddan buyurgan baxt yarim davlat ekanligi, erdan ko'rilgan mehr muhabbat esa butun, haqiqiy baxt ekanligini erkaklar qaydan bilsinlar!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 10:50:56
Erkak uchun ham, ayol uchun ham eng og’ir gunoh — zinodir! Nikoh osmoniydir, umr yo’ldoshlik Alloh tuzgan uyushmadir. Zino — pokiza nikoh, pokiza farzand. Ohorli ostonangiz, halol rizqingiz-u toza vujudingizga bosilgan nopok tamg’adir. Endi siz abraka topmaysiz.. Endi bu yog’iga tishingizni tishingizga qo’yishingiz shart! Boisi, yillar g’irillab o’tib ketadi va ogoh bo’lingki, qismatingizda o’g’lingiz yoki qizingizning siz qilgan xatoni hech yo’q bir marta qilishi bordir. Bir iztirob chekishingiz bor. Siz Allohning oily ne’mati edingiz, o’zingizni asrolmadingiz. Javobini berasiz endi. Achinarlisi shuki, o’sha insonlar Alloh ularni rosa yorlaqaganda; ko’rki to’lib, imkonlari ko’payib, atrofga bo’yi ko’ringanda dhu gunohga qo’l urib qo’yadilar. U ne’matlarning uvoli tutmasinmi?
Xo’sh, soz’imiz ayol xususida edi: aslida zino qilgan erkakgu ayolning bahosi bir xil. Ammo shu xunuk xato ichra ham ayol erkakdan ko’ra durustroq — aynigan erkak topganini ko’chaga sochadi, sovurib keladi. Ayol badnomlik ichida ham topganini uyiga tashiydi. Gunoh dengizi ichida ham, yuragining bir cheti:"Men bolam uchun javobgarman!" deb chinqirib turadi"¦.

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 10:52:34
Ro’zg’or — tildagiyu fe’ldagi pardozni silkib, aslingizni yuzaga chiqarib qo’yadigan sinovdir. Ro’zg’ordan asli tozalargina rohat ola biladilar, iymoni butunlargina uning chiroyli tomonlarini kashf eta biladilar.Ro’zg’oridan ketibdi, umr yo’ldoshiga ko’ngilsiz bo’lib tashlab, boshqa bilan turmush quribdi, degan gaplarni asosan erkaklar haqida eshitamiz. Ularning barilari ro’kach qiladigan armonlari bor: ayoli ko’rimsiz yoki tili yomon yoki ivirsiq yoki kasal! Endi armon bilan o’tib ketmaslik uchun o’z monandini qidirib qolibdi emish. Yoki juda insofli bo’lsa, ikki ro’zg’orni baravar olib borar emish! Bu gaplarni ensamiz qotibgina eshitamiz-u, lekin sapchib tushmaymiz, etimiz uvushmaydi. Hatto mening o’zim ham bir kun radioda:"Juvonmarg erkak ham yaxshi xotindan ketib qolmaydi-da", deb edim!
Aslida-chi?Erkakning ta’bidan ko’ra nafisligu nazokat, xinoyu mushk-anbar ichra bo’lgan ayolning ta’bi yuz bora oritq nozikroq emasmi? Ayolda ko’ngil yo’qmi? Unda suyib yashashga ehtiyoj, yayrashga ishtiyoq yo’qmi? Siz o’ylaysizki, ayolni tanlab seviladi-yu, erkakning yaxshisiyu yomoni — yoppasiga sevilishga loyiqmi? Ovozi darvozadan chiqmay, birovga shikoyat qilmay, yashyotgan ayol borki, hammasi baxtlimi? "œDadasi, dadasi" deb mulozamat qilayotgan, juftining ko’ngliga bisyor qarayotgan ayolki erini yaxshi ko’radimi?
Yigitlarjon, atrofingizda mayday ishlarni qiliz, sizga yoqqan yoqmagan mayday gaplarni gapirib yurgan ayol ro’zg’orga munosabat masalasida sizdan ko’ra yuz bora yaxlitoq, yirikroqdir. Ne-ne ayollar erlarini ko’rgani ko’zi bo’lmasa ham, tug’ilib qolgan bolalar haqqi, ularning otasiz o’ksimalsigi uchun tosh tishlab, chidab yashaydilar. Har gal erlaridan ko’ngil sovib, armon yuraklarini yumdalaganda, javdiragan bolalariga ko’zi tushgan zahoti, tok urganday xijolat teriga botadilar:"O’g’illik, qizlik bo’lganimda erim menga yoqadimi, yoqmaydimi deyish yengiltaklik, bachkanalik, emasmi, oriyat emasmi", deb o’zlarini sud qilailar. Unday ayol dili muzlab tursa ham, atayi ovoz chiqarib:"Men juftimni yaxshi ko’raman, shuning uchun ham unga ixlos bilan taom pishiraman, ishdan kelishini zoriqib kutaman, uni yoqtirganim uchun yasanib tusanib ko’rinyapman, men eng baxtli ayolman, shuning uchun uyim joyim deb o’tiribman", deb tinmay o’zini ishontirib yashaydi. Atrofdagilarni ham ishontiradi.
Siz o’ylamanki, ayol erkakka zor, erkak bo’lmasa bolasini boqolmaydi, tirikchiligi o’tmaydi, deb! Bolalariga qo’shib, erini ham boqayotgan, ro’zg’orini tishida tishlab o’tayotgan ayolalrni o’zingiz ham har qadamda ko’rib turibsiz.
Duo qilaylikki, ilohim, aylllaringiz sizni sevib yashasinlar. Bir martagina beriladigan umrda siz tirik turib, sizning yoningizda yuraklarda armon toshini ko’tarib o’tmasinlar. Qiz kuyovniki bo’lib ketar ekan, o’g’il kelinniki. Nabiralar, ming suymaylik, g’animatdir — ayolingizning yonida sizdan boshqa hech kim qolmayotir. Ostonangizni yalab, faqat sizning bolangizni boqib, aziyatini tortib, szining yaqinlaringizni xizmatini qilib, umrini sizga qurbon qilib o’tsa ham, shu jafokashga jilla yoqay deb urinmaysizmi?
Yo’qotishalrining o’rnini bosay, demaysizmi? Undan olayotgan muruvvatlar haqqi o’zingizni qarzdor his qilmaysizmi? "œKo’nglimdagidek bo’lmasa ham bolalarimning otasida", deb o’tib boryapti ayol.
"œYomon bo’lsa ham bolalarimning onasi-da", deyish nahot qo’lingizdan kelmasa, yigitlarjon"¦

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 10:54:47
Ayollik dunyosi ajoyibotxona — yoqangni ushlab tomosha qilasan.
Turmay — turmay turgan bola bo’lsam ham, eslab ko’rsam,onam meni hech qachon erkalab suymagan, quchoqlab o’pmagan ekan. Gohi — gohi o’ksigan paytlarim ham bo’lgan"¦Oilada katta farzand bo’lganim bois, katta bolamiz o’g’il bo’lmadi deya ota onam o’ksimasin uchun, yoshligimdan o’g’ilning uddasini ko’rsatmoqqa, dadamning yukini o’g’lonlarcha qo’lidan olmoqqa urinib, o’g’il farzand mag’zini beray deb,tirishib tirmashib o’tdim. Bu atrofga ham sezilsa kerak, bir kuni qo’shni aya:"Bolani siz tug’ibsiz-da, Ergashxon aya, qaniydi menikilarning hech yo’q bittasi shu qizingizga o’xshasa",-dedi. Onamga bu gap yoqmadi:"U bizga nima qilib qo’yibdiki, shunday deysiz?" dedi qovoqlarini uyib. Yuragim muzlab qoldi. Izza tortdim.  Onam bo’la turib shuncha yaxhsiligimni bilmadi-ya, deb bir qancha muddat og’rinib yurdim"¦U holatlarning mag’zini endi chaqyapman. Onam tabiatan bolajon edi. Qo’ni qo’shnilarning bolalarini yuraklari yayrab suyar, baytlar to’qib erkalatar edi. Olti bolasi ketib, o’lmay qolgani bo’lsam-u, meni yaxshi ko’rmasmidi deysiz! O’pib quchoqlagisi, farzandining hidi bilanyayragisi kelmasmidi, deysiz? Endi — endi balsam, juda xohlar-xohlar ekan, faqat o’zini tiyib yashab o’tibdi. Ko’zini ko’zimdan, o’zini o’zimdan olib qochgan onajonim, meni til kelib erkalatsa, Allohning qahri keladiganday, Ibrohim Adham qissasi boshiga tushadiganday, bittagina  bolasidan ham ayrilib qolayotganday bo’larkan-da. Birov meni maqtasa ham shuning uchun bezillar, ko’z tegib qolmasaydi, deb qovurilib turar ekan.
O’lganlariga-ku, xo’p kuydi, tirik qolganiga ham suyunishga qo’rqib o’tgan onam-a"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 10:55:46
SO’Z ayol dunyosining javohiri, o’rni kelganda, keskir qilichdir. So’z ayolning tilida gavharga aylanadi — ular donalab terib, yuraklarida yillar asrab, eslab yuradilar. Ayolning shikasta ovozi bilan aytilgan so’zi kuydir — vujudingiz mumday eriydi. Yaxshilab eslang, siz qachon jahldan tushasiz — faqat ayolning so’zi bilan! Yaqinlaringizni qachon yo’qlab qolasiz — onangizning, ayolingizning, opa-singlingizning so’ziy ishorasi bilan!
Ammo yigitlarjon, borivning faoliyatini, o’ylarini, fe’llarini o’zgartiradigan so’zni topish oson bo’libdimi? Bunday kuchli so’zni topish uchun ayolning boshida aql koni, qalbida mehr dengizi bo’lishi kerak. Tomirida qon emas, ziyraklik, xushyorlik aylanishi kerak. Har bir hujayrasining qulog’I bo’lishi kerak va ayol misli g’ovvos bo’lib har daqiqada o’z ichki imkonidan kerakli ma’naviy ozuqani topib, sizga uzata olishi keeak. Xuddi sahnadagi artist kabi bir umr o’zining hamma harakatiga sizni ishontirishi kerak. Yoningizdagi sizga yoqqan va yoqmagan ayolingiz shu tarzda yashab o’tyapti. Uning ana shunday, siz bilmagan ichki qudrati bordir.
Topib gapirgan odam, yoqib gapirganki, odam aqlan o’tkirdir, ma’nan baquvvatdir. So’z — kishining kimligini bildiradigan hujjatdir. Ayol zoti bu ne’matdan shu qadar ustalik bilan foydalanadiki, uning so’zi bilan arslonlar yengilganini, maydalar yiriklashganini, yomonlar yaxshi bo’lganini sezmay qoladi. Ayol lutfi, ayol muomalasi shohlarni-da mot qilgan, olamshumul hayratlarga sabab bo’lgan. Shoira Nodirabegimni eslang. Umarxon bilan oralarida gap qochadi-yu sarxush holatda bo’lgan xon:"Kerakli narsalaringizni olib Andijonga keting", deb yuborganini bilmay qoladi. Ziyrak malika aqli bilan ish tutadi va shirakayf holda uxlab qolgan Umarxonni ko’roaga o’rab aravaga yotqizdiradi-yu Andijonga yo’l oladi. Manzilga yetay deganda, xon o’ziga keladi va malikaga:"Bu ne hol",-deydi. "œKerakli narsangni olib otangnikiga ket,-dedingiz,- sizning amringizni vojib hazratim, mening yolg’iz keragim o’zingizsiz, mana olib ketyapman",-dedi mutf bilan. Masrur va mot bo’lgan Umarxon otning jilovini Qo’qonga burdirgan ekan"¦.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 10:56:22
Turon tarixida bunday misollar anchagina: Ray hukmroni Faxriddin Davlo vafot etadi. Sulton Mahmud G’aznaviy (998-1030) bu yurtni o’z ixtiyoriga olmoqchi bo’ladi. Ray saltanatini kichik o’g’li nomidan marhumning ayoli Saida Xotun boshqarayotgan edi. Bir umr bu mamlakatga ishtiyoqmand bo’lgan Sulton Mahmud G’aznaviy Saida Xotunga noma yuboradi. Unda:"Yurtingni yaxshilik bilan menga topshir, juma namozi xutbasiga mening nomimni qo’shib o’qittir va mening ismim bitilgan tanga zarb qildir, yo’qsa, yeringni bosib olib xalqingni xonavayron qilaman", deb yozilgan edi. Endi Saida Xotunning javobini eshiting:"Men sizni sultonlar ichida eng donosi va mardi deb bilaman. Mening erim Faxriddin Davlo sizning hujumingizdan doimo xavotirda turardi. Erim vafotidan keyin bu masalada xotirjam bo’ldim Chunki sizday aqlli  hukmron xotin kishi bilan jangga kirishishni o’ziga ep ko’rmasa kerak. Ammo men jangdan qochmayman, lekin shuni aytayki,sherning erkagigina emas, urg’ochisi ham xavflidir. Ikkidan biri bo’ladi. Yo siz yengasiz, yo men. Agar g’olib kelsangizda, bu sizga saodat keltirmagay, sababi xotin kishi bilan jang qilib muzaffar bo’lgan erkakni tarix mardlar qatoriga qo’shmagay. Mabodo men yengsam, sizday dovruqli sultonning xotin kishiga yengilib o’tirishi, siz uchun yana uyatli bo’lur".
Xatni olib qo’shni xoqon lol bo’libdi-yu, shashtidan qaytibdi va Saida Xotun olamdan o’tguncha, o’ttiz to’qqiz yil davomida Rayga hujum qilmabdi. Qarbsizki, ayolning topib aytgan so’zi bilan xalqaro urushlar oldi olinibdi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:40:29
Dadamning onasi — Xadicha onam qazo qilganlarida sakson to’rt yoshda ekanlar va xaridorga tikib tayorlab qo’yganuchta cho’ponlari tuguglik qolgan ekan. Hanuz dog’ qolib, o’ylayman: olti bolasi aravasini o’zi tortib ketgan bo’lsa, yoshi to’qsonni qoralab qolgan bo’lsa, igananing teshigiga tarmilib zarilmi edi?
Tasannolar aytasan ayol zotiga. Alloh yaratgan ne’matlarning ichida durdonasi ayol! Uning sakson yoshidagi harakatlarida ham xislat va ibrat bordir. To’rt tanga bo’lsa ham pul topay, kelin kertakka malolim kelmasin deganimi u? Mana, mehnat qilish, yaratish, qo’limdan kelyapti, ahli yaroqsiz bo’lganim yo’q demak, hali o’lmayman deb o’zini ovutganimi yo? Yoki bir ikki so’m g’amlasam, bolalarimning qo’li kaltarog’I kelsa, tutqazaman degan bezovtalikmi? Onaizor-a"¦
"¦.Ona to o’lguncha bolam, deb bo’zlab o’tarkan, bevafo bola esa onasidan ayrilgach "œonam"lab bo’zlashni boshlarkan"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:40:54
Ukalarimga muruvvat qilganim sari, onam rasmana koyinar va qattiq og’rinib:"Unaqa boshvoqsiz bo’lmagi,bolam! Ertaga ham kuning bor, bir etak bolang bo’lsa! Esingda bo’lsin, jigar jigardir! Asli vafo boladan onaga, onadan bolaga bo’ladi!" der edilar nuqul.
Odil onam, adolatli onam! Axir bersam, uning bolasiga beryapman-ku! O’ziga kerak va yoqib turgan narsadan meni deb voz kecha olgan, o’zi och qolib meni to’q bo’lishini istagan onam!
Jonini senlab, bolasini sizlagan Hazrati Ayol bu!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:41:22
"œTurmay turmay turgan bo;la bo’lganim uchun o’lguday erka, sho’x qizaloq edim,- deb aytib berardi onam,-to’palonchiligimdan qizlar meni to’piga qo’shmas, o’g’il bolalar bilan juda iqim chiqishar edi. Eng yaqin o’rtog’im Omonjon edi. U meni hech hafa qilmas, urushsak ham birinchi bo’lib yarashar edi. Ulg’ayganda ham hammaga ma’qul yigit bo’ldi. Va juda chiroyli qizga uylandi. Ular ertaklardagidek kelin kuyov bo’lishgan edi. Bir oylik kuyov Omonjonni urushga chaqirishdi. Uning ketar paytida butun mahalla guzargacha ergashib bordi. Kelinchagi yomon kuydi. Olti oygacha o’rnini yig’madi. Gohida derazasidan asta mo’ralardim. U qalin solingan shohi ko’rpalar ustida tizzasini quchoqlagancha o’tirar va yum-yum yig’lardi. Derazaning ortidan esa uning holiga men yig’lardim. "œEy, xudo, hech yo’q, uning Omonjoni qaytsin",-deya tilardim"¦
Ketganlarning ko’pi qaytdi, lekin Omonjon qaytmadi"¦O’rtoqjonim Omonjon-a,- deb xuddi uni kecha kuzatganday diydalari erib yig’lardi onam"¦
Toifamdan ming aylanib, ming o’rgilib aytamanki, dunyoda eng go’zal, eng ma’sum va eng buyuk mavjudot — yo’l qaragan ayollardir!!!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:42:23
Onamning onasi — Tuhfaxon enam qo’li gul ayol edi. Charx yigirib o’tirganlarini, kashtalar tikkanlarini eslayman. U kishi men o’n yoshligimda vafot etgandilar. O’sha paytdan to to’yimgacha onam har sandiq ochganlarida qizil satinga qaytarma chok bilan naqshlar tikilgan joynamozni avaylab olar va silab-silab:"Enang senga atb tikkan, bolam", deb qo’yardilar.
Enam nega menga choyshab yoki ko’ylak emas, ayanan joynamoz tikib qoldirdi, deb o’ylayman. Ilmli ayol edi enam, og’ir karvon, mayizdek ayol edi"¦Enam qoldirgan falsafani uqishga harakat qilaman. Qo’llarimning izi bolamning bolasi poyida tursin, degani ekanmi! Nabiramning bosh qo’yadigan joyiga gullar tikib qo’yay deganimi yo! So’rasang, Allodan so’ragin, bosh ursang, faqat Allohga yukingin deya, joynamoz qoldirib ketganmikin?! Yo "œAllohni tanigan o’zini taniydi" ishorasini berib ketdimi, deya hayol qilaman"¦.

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:42:51
Bir o’rtog’imning onasi erta oldamda o’tdi. O’n bolasining uchtasi joylangan, yettitasi xom qolgan edi. Otalarini farzand ko’rmagan yoshgina yolga uylab qo’ydilar. Bolalar ichlari to’kilib tursa ham,chehra ochib kutib oldilar. Ayol ham ularning o’tidan kirib, kulidan chiqib, bu xonadonga qovushdi qoldi.
Har borganimda, baribir, bu ayolni kuzataman va ba’zan tang qolaman. Eski qadrdonlar keldi deguncha o’rtog’imning otasi (menga ustoz bo’lardilar) qazo qilgan ayolini eslab ko’z yoshi qilardi. Yangi ayoli esa yonida o’tirgancha jimgina tinglar va eridan ko’ra ko’proq yosh to’kar edi. Go’yo o’lgan ayol uning egachisi yoki onasiday!
Uyning to’riga eri bilan kundoshining suratini ilib qo’ygan. Ba’zan xolis suhbatlashib qolsak, suratiga imlab:"O’rnini menga bo’shatib bergan mard oyim-da bu! Bolam yo’q, deb yig’layverma, etgaingni bolaga to’ldirib tashlayman, deb kamimni to’ldirib, rohatini menga tashlab ketgan oyimda bu!"-deydiyu, ko’zining yosi yuzini yuvadi.
Qolgan yeti bolani joylashda ham tuqqan onasiday kuymalandi. Har to’y, har ma’rakada farzandlar onasini eslab, xomush tortsalar, mumday oqib:"O’lmay yursa bo’lmasmidi", deb ko’rmagan kundoshiga yig’I solib o’tiradi.
Alloh shu bolalari bilan ovuntirsin. Kundoshining bolalariga jonini uzib bera olgan Hazrati ayoldir bu!!!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:43:19
Ulg’ayib qolgan bir kishi ko’z yoshlarini arta-arta hol so’ragan odamga hasrat qilayapti emish:"Ey, birodar turmushim bekamu ko’st, farzandlarim solih, yemak ichmak yetib ortadi, faqat, faqat,-dermish u va bosh chayqagancha shiftga ishora qilarmish,- chiroq yo’q faqat, chiroq!"
U kishining ayoli ayoli qazo qilgan ekan. Yigitlarjon, hech bir erkakning chirg’i o’chmasin!...
 
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:43:45
"œOtasi yaxshi — bittasi yaxshi, onasi yaxshi — hammasi yaxshi", degan gap bor.Jami fazlu afzallik avvalo ayoldan boshlanmog’I sher. Mardlik, tantilik, lafzda turish kabi xislatlar ayol toifasida kuchliroq. Sevgisini yashirin asrash — mardlik, shaytonning yo’liga yurmay, sharmu hayo bilan turish — mardlik, hamisha o’zini kamtar va siniq tutish — mardlik, birinchi bo’lib kechirish, oiladdagi pastu baland ishlarga o’zini javobgar his qilish, hammaga parvona bo’lish — o’n marta mardlik va tantilik, bolasini ko’rmay ketgan, bolaisni hatto sog’inmaydigan erkak soni mingta, ammo bir boladan tortib, o’nta bolgacha bo’lgan yukni qyol joni bilan yakka o’zi ko’tarib yashash — oily darajadagi mardlik va tantilikdir!
Lafzi halollik va mardlikni erkaklar ayollardan o’rgansin!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:43:59
Ayolning baxti nimada? Bola emizib o’tirgan ayol dunyodagi  eng baxtli ayoldir.  Darvozadan kirib kelayotgan erkak ayolning jufti emas, misli yo’q toleidir. Berilib ko’ylakcha tikayotgan, kuymalanib kulcha yopayotgan ayolning nazdida o’zidan saodatmandroq kishi yo’q! Ayol atrofidagilardan katta harajat, ulkan fidoyilik so’ramaydi: unga mehr bilan tikilib astoydil ko’ngil qo’ysangiz bo’ldi. AYol chor tarafga mehrini, mehnatini, lutfini, husnini, jonini ayamay sochadi. Ammo hargiz ta’na qilmaydi, qaytim so’ramaydi. Unga butun dunyoni mukofot qilib tutsangiz unga qaramasligi, sha’niga oltin haykallar o’rnatsalar sevinmasligi mumkin. Ammo u yurakalrning o’rtasi bilan faqat juftidangina sovg’a kutadi, bitta taroqchalik bo’lsa-da e’tibor kutadi. Erkakning qo’lidan sovg’a olayotgan ayol, hayotlik olayotgan boladan-da baxtiyordir! Ayoliga bir durra yoyinki arzon kavush bo’lsa-da sovg’a qilgan erkak unga jahon bankini bergan kabi rizolik oladi. Shunday, azizim, AYOL o’zining asl bahosini bilmay o’tayotgan buyuklikdir"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:44:13
Uning ismi va mijozi ayol, uning baxti o’sha iqlimni masray bilishida. Dunyoga ayol bo’lib kelib, ayolday yashab o’tishida! Tani joni sog’ bo’lsa, olov yoqadigan o’z o’chog’I bo;lsa, boshidan chakka o’tmaydigan o’z boshpanasi, bir kaft bo’lsa-da unga nenidir ilinib, unga intilib eshikdan kirib keladigan  erkagi, qizdir, o’g’ildir, yoqasiga chirmshib turadigan bir jon parchasi bor bo’lsa, bo’ldi, ayolning vujudini to’ldirib, tindirib turadigan baxti shu! Alloh har bir ayolga shunday yashab o’tish imkonini bersin!
Ayol — ayol emas, ro’zg’or degan g’or ichida, oila ataladigan dovulli, chaqinli, fasl ichida hamisha titrab turguvchi, shunda ham muattar bo’ylarini sochaverguvchi, to’rt tomonga egilib bukilaverguvchi, ammo negadir hech sinmaguvchi bir guldir! Hargiz "œKerak emassan"¦" deya ko’rmang unga! "œkim bo’lib qolibsan?" deb yubormang. Bir qaddi niholi bilan poyingizga chaman fayzini to’shab turibdi, nogahonda tovoningiz bilan ezib qo’ymang uni! Sizning xatolarga to’la shu turishingizdan baxt kuyini yarataman deb qoshingizga keldi, uning yangroq torlarini uzib qo’ymang yana! "œMenc chiroylimasman, begim!" desa, yolg’ondan bo’lsa-da,’Undog’ dema, oyimsan!" deng! :Sizni rozi qilolmayapman", deb uqalansa, "œYo’q, men sen rozi bo’ladigan ishlar qilay!" — deb fidoyi ko’rsating o’zingizni. Uning dunyosiga sig’mas baxti shu! Unign sizdan so’rab turgani shugina xolos!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:44:29
Bugungi ayolning ahvoli yaxshi emas. U erkakdan bir qadam ilgarilab ketdi. Hali ketmonga, hali ignaga, hali bozor xaltasiga osilib, ro’zg’or yuritish dardida qoldi. Erkagidan ilgarilab ketish o’zbek ayoliga hech qachon rohat bag’ishlagan emas. Biz bolalarimizga otasini ustivor ko’rsatib, unga ergashtirib tarbiya berish bilan ro’zg’orni butun ushlab kelganmiz. Bugungi erkak ayolyi bolasiga munosabat borasida ham, tirikchilik qilish borasida ham sust ketdi. Natijada ayolda zo’riqish paydo bo’ldi. O’qitivchi ayolmi, shifokor ayolmi, uy bekasimi, e;tabor bilan qarasangiz, hamasi jismonan toliqqan. Yemak kiymaklari yetarli bo’lganlari ham ruhan charchagan. O’zbekning erkagi oriyatli, bir so’zli, g’ayratli, qo’li gul, ro’zg’orparvar bo’lguchi edi, asliga qaytishi shart! Axir oila tutish madaniyati deyarli yo’q bo’ldi! Eri suyamagan, o’g’li asramagan ayolning kimi bor? Ayolni asrash ham siyosatdir. Har galgi gapimni yana aytgim keladi: millatning sifat belgisini ayol ta’minlaydi. Uning jismini ham, kayfiyatini ham butun asrash lozim"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:44:53
Menga bot — bot siz qanday zayolni zamonaviy ayol deb bilasiz, degan savol bilan yuzlanishadi. O’zi yashab turgan zamon va makonning afzalliklari va kamchiliklarini ilg’ay olgan, o’ziga va farzandlariga uning hayrli o’zgarishlarini tezdan yuqtirgan, qusurlaridan sqlay bilgan ayol — zamonaviy ayoldir!
Insonda gen(irsiyat) degan narsa bor. U har bir millatga ALloh tomonidan berilgan yashash tarzidir. U bizning ichki qo’rg’onimzdir. Tashqi ta’sir bostirib kelaveradi, tinmay sizga urilaveradi. Ammo u faqat bir-ikki qavat etingizni zabt eta oladi, xolos, undan ichkari kirolmaydi. Haligi gen deganimiz vujudingizda doimiy himoyachi bo’lib yashayveradi. Yaratganning O’zi insonga juda kerakli bo’lgan, yurish turishini muvozanatga solib turadigan bunday ne’matlarning yo’qolib ketishiga aslo yo’l qo’ymaydi. Bandasi unga qarshi ming urinsin, ‘sulton suyagini xorlatib qo’ymas"ligi isbot bo’laveradi.
Kishining yoshiga yosh qo’shilgani sari, chiqib olgan hamma cho’qqingdan tushib, aslingga qayting, ya’ni ota-bobongning tutimini tutging, keng uylarda, milliy ko’ylaklarda yurging, qadimiy kuy qo’shiqlarni erib erib eshitging kelib qolar ekan. Bu o’sah — qoningda uyg’oq qon chaqiriqlaridir!
Xulosa, shuki, farzandlarining o’ziga o’zligini tanittira olgan, ularni asrlardan beri o’lmay kelayotgan, demak, yo’q bo’lib ketishi mumkin bo’lmagan milliy ko’nikma, urfu — odat, dini — iymon va qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalagn ayol ham eng zamonaviy ayoldir!!!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2009, 09:45:07
Goho o’z ayolligimning yoqasidan tutaman-da, o’zimni o’zim sud qilaman"¦YAqinda Samarqandni qayta ziyorat qildim. Hazrati Imom Buxoriy, Amir Temur bobomiz, ULug’bek Sulton, Xo’ja Ahroriy Valiy, Maxdum A’zamlarning poyida sel bo’lib o’tirdim. Ulug’bek rasadxonasiga kirib o’tirgach"¦bo’g’zimga bir faryod keldiki! O’zimni tutolmay qoldim. Bu faxr yig’isi, hayrat yig’isi edi! Bu qarzdorlik, bu burch yig’isi edi! Bir tomirdan shuncha ulug; unsa, qandya tomir, qandayin nasl ekan mening naslim-a, dedim! Shunday zotlarni bergan izlarni bosib turibman, o’sha shajaraning davomiman, deb turibman. Ammo qayerim ularga o’xshaydiyu, qay ishim ularga yarashiqlik, degan andisha yoqamdan oladi. Bu ulug’lar iziga arzon qadamlarni solib qo’ydim. Tuqqan bolalarim qay baholi bo’ldi"¦kabi iztiroblar ichra qoldim. Millat ozod bo’ldi, millatning qo’lidan, tilidan kishan tushdi. Endi uxloq tomirlarimizni uyg’otgin,Alloh, deyman! TAfakkurimizni qo’zg’otgin, vujudlarda o’zlik hujayralarini bodroqday ochiltirib yubor! Millat bolasining barmog’ini avj pardaga sur, degan iltijolar to’kiladi dilimdan.
O’zbek oyim, men uddalamagan ishni siz qiling, mening bo’yimdan sizning bo’yingiz baland, ovozingiz adl bo’lsin,o’tinaman sizdan, XXI asrda hech yo’q bitta Ulug’bek dunyoga keltiring! Hech yo’q bitta Beruniy, bitta Navoiy, bitta Buxoriyni dunyoga keltiring! Bu tuprolar urib qo’ymasin bizni! Bu ulug’larning ruhi sud qilmasin bizni. O’zingizga aylaning endi, o’zbek oyimlar!!!

 

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 14 Mart 2009, 08:23:17
Men juftimni qanday angladim?

Umr yo’ldoshim g’oyat kamgap, xokisor kishi. Insoniylik qanday bo’ladi bo’lishini shu kishida kuzatdim, uqdim. O’nta barmog’I o’nta hunarga moyil. Mehnat degan narsaning, g’ayrat degan narsaning surati qanaqa bo’ladi desa, shu odamni ko’rsatsa bo’lar.
Mubtalo bo’lib mutola qilishni ham shu odamda ko’rdim.Uyimizdagi barcha kitoblarni keltirgan u. Bolalarimning hamma savollariga javob topadigan u. Bolalar uyida katta bo’lgani, rus tilida o’qigani uchun, o’zbek adabiyotidan to’kis xabardor emas, lekin rus, Ovro’pa adabiyotni, dunyo tarixi, Osiyo tarixini  astoydil, burro bilishidan hamisha hayratlanamna. U kishi hech qachon bilgan narsasi haqida og’iz ochmaydi, o’rni, kezi kelganda o’zingiz fahmlab qolasiz. Ammo eng yaxshi odam shu ekan ham demang. Uning botiniy butunligiga gap yo’q. Lekin zohirida mening tilim bilan aytganda, "œmuzdekkina"! Nazokatli soz’alrni bilmaydi, lutfni bilmaydi. Betob bo’lsangiz sizga qarab rangi sarg’ayib ektishi mumkin, ammo hol so’rolmaydi. Sovg’a olib kelishni bilmaydi"¦
Keling, yaxhisi, ayol kishining o’z jufti haqida birovga aytadigan va aytmaydigan qanday kechinmalari, o’ylari bo’lishini bir aytib ko’ray"¦.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 14 Mart 2009, 08:23:46
Deyman, o’zim ham shoir bo’lganim cuhun sal g’alatiroqmanmi, to’ydan oldin, ikkilanib turganimda, bu odamning ayanan o’sha yo’nilmagan, sovuqqina jihatlarini ko’rib, rozilik bildirgim kelgan. Biz bir-birimizni tanimas edik. YAxhsi odamlar o’rtaga tushdi, sovchilar qatnovi boshlandi. Kuyov qayerdadir meni ko’ribdi emish. Ammo men kuyovni ko’rolmay dog’da edim. Elchilari ko’z ochirmay, ammo o’zi yo’q. Bir kuni jur’atimni to’pladim-da, ishiga qo’ng’iroq qildim. Zalvorli ovozda javob ekldi. Edni meni eshitsangiz:"Men Tursunoyman. Siz haqingizda eshitdim, bildim, yaxshi odam ekansiz. Men qidirgan odam bo’lsa sizchalik bo’lar. Ammo bir narsaga qoyilmasman. Siz kimga uylansangiz baribir ekan-da! Men boshqa shaharda besh yil o’qib kelgan bo’lsam, to’g’rimanmi, egrimanmi, yaxshimanmi, yomonmanmi, gapim qanaqa, fahmim qanaqa siz uchun ahamiyati yo’ qekan-da! Boshingiz ikkita bo’lib qolsa bo’ldi ekan-da!" va yana nimalardir deb yubordim. Uzoq sukutdan keyin, ovozi titrabgina nima deydi deng?! "œEy, men"¦.men borar edim, shu"¦.shu desnagiz, ish ko’p!", deydi! O’sha zahoti yuragim tiniqlashdi, bu yomon odam emas, deydi ko’nglim va xo’p deganim bo’lsin, deb qo’ydim. Sababi,  bu gap pokiza odamning, hali siyqalashmagan, ayollar bilan hech muomala qilmagan, ularga yoqishni hech mashq qiliub ko’ramagan, toz odamning muomalasi edi"¦.

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 14 Mart 2009, 08:24:07
Umr yo’ldoshim sovg’a keltirmasdi, dedim. Xuddi shunday, mavridi kelsa, hech yo’q so’z bilan ham tabriklab qo’ymasdi. To’g’rirog’I tabriklay olmasdi. Ammo hech qachon ichimda ham, tashimda ham ortiqcha o’ksingan, hafa bo’lgan emasman. U kishi maosh olsa, ma’lum bir joyga qo’yib qo’yar va tortinibgina:"Ana u yerda pul bor", deb menga ogohlik berardi. Hozir o’ylasam, biz hech qachon bir-birimizdan qancha oylik oldingiz yoki olasiz, deb so’ramagan ekanmiz. U kishi bayramlar arafasida, ayniqsa bezovta bo’lib qolar va yo’g’on ovoz bilan qo’polgina qilib:"Pul borligi esinglardami?" deb qo’yardi"¦Ayol hech qachon sovg’a so’ramaydiu, so’raganidan keyin keltirilgan sovg’a esa yayraydigan joyiga singmaydi.Ammo u bir umr arzondir, qimmatdir juftining sovg’asini yosh boladay yashnab qbaul qiladi yo uning ilinjida yashaydi. O’shanaqa istakalr menda bo’lmadimi deysiz? Mening o’rnimda boshqa yol bo’lsa, ko’ngli og’rinib o’tardi ehtimol. Mening esa bunday qilishga haqqim yo’q. Eru xotinlikda hamisha  xolis tahlil joiz — u sho’rlik yetimxonada o’sgan bo’lsa. Haqiqat shuki, mehr ko’rgan, mehribonlikni mazasini totgan odam mehr ko’rsata oladi, mehribonchilik qila oladi. Mana, to’rt farzand katta qilyapmiz, lekin biron marta dadasining bolalarni o’pganini,"undoq bolam, bundoq bolam" deb ovoz chiqarib erkalatganini ko’rmabman. U bu ishni qnadoq ilsinki, o’zi ota arddog’ini ko’rmagan, ona erkalatishlariga to’ymay o’tgan bo’lsa!
UNing tabrik, sovg’a borasidagi holatini ham tushunaman: sovg’a olsamu ayolim kutganidan arzonrog’ini yoki nomunosibini olib qo’ysam-chi, deb olmasa kerak. Shuning o’zi menga atalgan buyuk mehr emasmi? Hech yo’q pulini qo’limga tutmaganiga sabab, kutganidan ko’ra kam berib qo’ysam, ranjib qolarmikin, deb andiusha qilsa kerak. Bu har qanday sovg’adan a’lo emasmi?
Mana bu ko’ylagingiz yarashibdi, mana bu sovg’a sizga yo siz uchun mana bunday fidoliklarga tayyorman, deyishini bir emas, ming marta xohlayotganini, lekin uni izhor etolmayaotganini sezib turaman. Bu menga ochilmagan xazina bilan teng emasmi?!
Shuni  angladim — men juftimni umr bo’yi tinglab emas, uqib keldim va uqish bilan birga uning shugina turishiga o’zimni ko’ndira olsih ham qo’limdan keldi"¦

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 16 Mart 2009, 20:41:23
Yolg’on bo’lmasin, kam bo’lsa-da sovg’a olganman. Boshqa shahardagi qarindoshlarni yo’qlab boryapmiz. Yo’lda bozor qilmoqqa to’xtadik. Men bolalarim bilan mashinada o’tiribman. Bir payt dadasi qog’ozga o’rog’lik narsa olib kelib uzatdi. Qarasam, qizil gulli silon xalat. Boradigan joyimiz uchun sovg’a deb o’ylab:"Ajab qilibsiz, quvonadigan bo’lishdi", dedim. U:"Yo’q, bu narsa sizga", degan ishorani berdi. "œRost-a?" —deyman,-megami?" deyman uni ustma ust silay silay. Hadeb 3-4 yosh tirmizak bolalarimga ko’rsataman:"Qaranglar, dadangiz menga nima olib berganini!" Uning o’zini quvonganini ko’rsangiz. Harakatlari yengil, hazil huzullari ko’paygan,shodon edi.
Mehmonga boriboq xalatni kiyib oldim. Nazarimda hech bir kiyim menga bunchalik yarashmagan. Oynaga payt poylab qarab qo’yaveraman. Bu xalatni yuvsam ham yayrayman, dazmollasam ham! Dadamizning sovg’asini qarang, deb necha kishiga ko’z-ko’z qilganimni aytmaysizmi? O’shanga 25yil bo’libdi. Xalat urinib qolgach, ikkita yostiqcha qilib qo’ydim. U ham charchagach, bitta yostiqqa tushirdim. U ham eskirgach, choynakka qalpoq qilib qo’ydim. Har kuni xontaxtam ustida turadi. Jim tursam ham mayli-ya:"Dadangning sovg’asidan tikilgan qalpoq qani, dadang olib kelgan narsa-ya, ehtiyot qil", deya jaranglatib eslatganim eslatgan. Va har bor eslatganimda dadasining yayrashi, minnatdor kayfiyatini ko’rsangiz!
Qanday yaxshi, birovga nenidir ilinish! Qanday yaxshi, senga ilinganlari uchun yayraganingni ularga sezdirib,ularni ham yayratib yashash!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 16 Mart 2009, 20:41:44
Men shu kungacha bilolmayman, juftimga kongil qo’ydimmi yo qo’yolmadimmi? Yo u mnega sodiq do’st tarzidami? Ishongan, suyangan tog’immi? Unga singilday suyanib yashayapmanmi? Yo meni otaday panohiga olganmi? Kim u men uchun? Ba’zida ko’rgani ko’zim yo’q, u yo’q joyga esa, men ham sig’may qolaman.  U mening soyammi yo men uning soyasimanmi? Bilmadim"¦
Ammo bir narsani aniq bilamanki, agar umr yo’ldoshimni ombir bilan hayotimdan sug’urib olsalar, mening faqat po’chog’im qoladi!!!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 16 Mart 2009, 20:42:18
Oila, ro’zg’or muqaddas o’quvxonadir. Gohida er — ustoz, ayol — shoigrd. Va gohida esa buni aksi"¦
Tashqaridan qaraganda u kishim odamlar e’tiborini tortavermaydi. Yangi kiyim kiydirolmaysiz, ko’chaga yasantirib chiqarolmaysiz. Ammo xokisorlikni yashash tarsi deb hisoblaydigan bunday odamlar hadeganda topilavermaydi,deb o’ylayman. O’z nafsini qul qilib olish oson bo’libdimi? Bu odam shunday — irodali.
U — me’mor, o’z kasbining ustasi.MAs’ul ishlarda ishaldi va har doim uning xizmat mashinasi bo’lguchi edi. Lekin u mashinani hech kutib turmas, piyoda jo’navorar, haydovchi uni yo’ldan-cho’ldan terib ketardi. Olti yeti bekat oralig’idagi yumushlarga hamisha piyoda ketardi. Salomatlik cuhun shunday qiladiganlar ham bor, lekin bu kishi u haqida ham o’ylamas, nazarimda, mashinada yurish martabasini o’zi ep ko’rmasdi. Balki shu jihatlari menda ixlos uyg’otgandir"¦
U uzoq yillar Andijon shahrida bosh me’morlik qildi. Shaharning ostiyu ustini yod bilarkan. (O’zidan eshitib bo’psiz bunday gaplarni, birovlarning ta’rifi bo’yicha aytyapman) Bu mansabdan, ya’ni bosh me’mrolik yumushidan charchadi va ozod bo’lib oldi. Sobiq haydovchining hikoya qilishicha, nima bo’libdi-yu, shaharning eng sosiy yo’li tagidagi quvurlar ishdan chiqibdi. O’sha joyni topish kerak. Bir necha nhuqtani kavlab ochadilar, mo’ljal noto’g’ri chiqadi. Kimdir:"Buni faqat falonchi topadi", deb dadamizni aytadi. Iltimos qilib, olib boradilar. U indamaygina qadam bilan o’lchab borib, ko’chaning bir joyini chiqizib:"Shu yerdan kavlang", deydi. Buzilgan quvur naq o’sha yerda ekan. Odamlar xursand, mansabdor shaxslar rahmat aytib qo’yaylik, deyishsa, dadamiz allaqachon jo’nab qolgan ekan. Men uning o’rnida bo’lsam, hech yo’q:"Qalay, xursand bo’ldinglarmi,aylanaylar", deb qo’yardim-da!
Balki shu fe’llari bilan menga yoqib qolgandir"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 16 Mart 2009, 20:43:23
Ota-onamning boshpanali bo’lishiga ham shu odam sababchi bo’ldi. Menda aka yo’q, o’sha paytda ukalarim sakkiz, o’n yoshda edi. Xizmatdan qaytgach, eski kiyimlarini kiyadi-da,guvala, g’isht quyadi, o’zi devor ko’taradi, o’zi suvaydi. Otam yetmish yoshdalar, yordamchi yo’q. Kunda shu hol, bir necha yillab shu hol. Ishxonada amaldor, ota-onamning uyida esa mardikor. Uni hech kim bu ishga qistamaydi, odati shu — bir ishga urinsa, oxiriga yetmay qo’ymaydi. Bu ancha muncha yaxhsi odamning qo’lidan kelishi mumkindir, lekin boshqa jihatiga e’tiboringizni tortaman. O’sha ishlarga o’ttiz yil bo’ldi. O’ttiz yildirki, men umr yo’ldoshimning og’zini poylayman. O’sha xizmatlarini pisanda qilib qolarmikin deyman! Yo,q til kelib gapirmadi. Men bosh bola bo’lib o’g’il bo’lmaganim uchun umr bo’yi ich yetimni yeb o’tdim. Agar jahli chiqqanida yoki shirakayf holatda ota-onangga, ukalaringga yaxshilik qilganman deb, bir marta aytganda ham vayron bo’lardim, tamom bo’lardim. Hech yo’q yaxshi ma’noda ham, masalan:"Siz uchun sizni hurmat qilish uchun shunday qildim", deyishi mumkin edi-ku! Yo’q, unday ham demadi.
Shu fe’llari bilan meni mot qilgandir balki!
Juftimning zeru zabarsiz muomalasidan andak ranjib qolgan paytlarim o’zimni o’zim uyaltirishga tushaman: Sendan ko’ra to’rt tarafi to’kis qizga uylanganda, uning joni bu qadar qiynalmasdi! Hali undan qarzing, juda ko’p deyman, o’zimga o’zim"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 16 Mart 2009, 20:43:43
Onam uzilishi oldidan besh daqiqacha tildan qoldi. Shu orada menga ko’zi bilan nenidir betoqat ishora qilardi. Oxiri tushunganday bo’ldim:"Kuyovingizni chaqiraymi?"dedim. Onamning yuzi yorishdi. U ham darhol onam yoniga cho’kdi. Onajonim qo’llarini yuziga olib bormoqchi bo’ladi, qo’lidan hol ketgan, ko’tarilmaydi. Bildimki, umr yo’ldoshimga duo bermoqchi. Labi qimirlay olmas, ko’zining ikki chetidan tinmay yosh oqardi. Ammo nigohi unga termulganicha nimalardir derdi. Ko’zi iltijo mo’ltirardi. Bu — rizolik so’rash, bu — qarzdorlik, bu — uzr vidolari edi,ehtimol! Onam menga o’g’illariga unday qilmadi, faqat ko’zlari bilan oxirgi gaplarini kuyoviga aytdi!
Onam charaqlab yurgan paytlarida ham tez-tez:"Hoy, qiz, agar shu yetimning dilini og’ritadigan bo’lsang, u dunyo-yu bu dunyo rozi emasman", deb qo’yar, qaynona — kuyov hamisha bir birini yoqlab munosabatda bo’lishardi.
Onamga yoqqani, unga malham bo’lolgani uchun ham, umr yo’ldoshimning izlariyu ozorlarini ko’zimga surtib yurgandirman"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 16 Mart 2009, 20:44:39
Rashkchi erkakning ayolo eng ozurda ayoldir. O’ziga kelmay, ochilmay, yayramay yuradi! Erkak rashk qilmasa-chi? Buni qarangki, bunda ham ayol ozorlanar ekan. O’zini xor sezarkan. Uyimizda rashk yo’q edi, boshidan shunday bo’ldi. Tanish-bilishlar ko’cha ko’yda so’rashishsa ham, sinfdosh kursdosh do’stlarim uyga mehmon bo’lib kelishsa ham, turmush o’rtog’im ochiqlik bilan, yugurib yelib muomala qilar, ortlaridan ham iliq taassurot bildirardi. Hech qachon ular haqida xijil savollar bermas, o’zi ham g’ashlanmas edi. Ayollikning g’alatiligini qarangki: bu menga yoqmay boshladi: rashk muhabbatdan tug’iladi, demak, menga ko’ngli yo’q ekan-da, deyman. Men rashk qilishga arzimabmanki, deyman. O’z ayolini birovdan qizg’onmagan erkak nech pul bo’ladi deyman. Xudo urgan bo’shang odamga uchrabman-da deyman. Yana, yana"¦ichim cheksiz "œdeyish"larga to’lib ketdi. Oxiri:"Nega meni rashk qilmaysiz?" Mavzusida katta janjalga tayorlandim. Bir hafta davomida eng kuchli gaplarni yodlab, qurollandim. Va bir kuni urushni boshaldim. Chunon bexato, chunon zo’r gapirdimki, hatto orada bir ikki nozikroq gap ham o’tib ketdi. "œEh, endi sapchib ketmasaydi" deb cho’chib ham turibman. Yodlangan nutqim tugab, javob kutyapman. U nima qildi deng? Shu daqiqagacha yuzini to’sib, o’qiyotganday bo’lib o’tirgandi. Gazetani yuzidan tushirdida:"Xo’sh, gapingiz tugadimi? Yuring endi bir choy ichamiz", deydi! Endi alam qilishini ko’ring:rashk qilmaganiga emas, endi zo’rg’a yiqqan soz’alrimning bekor ketganiga yig’lardim! Ayol ruhiyatining murakkabligini qarang: noroziligim kuchayaverdi. Bir kuni:"Menga befarq bo’lsangiz, bu uyda o’tirishdan ne hojat?’ deb yana xuruj boshladim.
Shunda u kishi stolni zarb bilan bir chertdi-da:"Bilib qo’ying, hali rashk qiladigan ish yo’q. Mabodo bo’lguday bo’lsa, nima qilishimni o’shanda ko’rasiz!" dedi. Bu gap past ovozda aytilgan bo’lsa ham, shunday jarangladiki, suyaklarimgacha yetib bordi. Bir zum qotib qoldim. So’ng"¦bir sinoat bo’ldi. Butun jismimga yayrash taraldi. O’tim o’chdi, tugunim tarqaldi.  Biram tiniq, biram yoqimli rohat hissini tuydim.
Demak yaxshi ko’rarkan, deyman, demak yuragida rashki bor, deyman. Demak, turmush o’rtog’imhamma narsaga yo’l beraveradigan bo’shang, orsizlardan emas, shukr, ming shukr,d eyman"¦
Ana sizga ayol! Tavba, tavba, jufti siylasa yoqmadi, o’ta hurmat qilsa yoqmadi, kechirsa yoqmadi.Bir zarda qilgan edi, ipakday yumshadi va erkagiga avvalgidan ziyod bog’lanish sezdi..
KIM O’ZI AYOL!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 28 Mart 2009, 20:17:10
Deylik ertaga og’rib qolmaslik uchun bugun ehtiyotimizni qilamiz. Bu bir jon tashvishidir. Bir nech yil keyin beradigan mevasi ilinjida bugu ko’chat ekamiz. Bu nafs tashvishi. Keljakda yaxhsi odam bo’lishi uchun, bolamizga mushtdekligidan boshlab tarbiya bera boshlaymiz. Bu kelinniki yoki kuyovniki bo’lib ketadigan bola uchun qilingan tadbirkorlik. Uning oldida ro’zg’or degan, eru ayollik degan narsa katta uyushma va ellik-oltmish yilga mo’ljallangan buyuk bitimku!Hamma tayorgarlik, ziyraklik va tadbirkorlik shunga bag’ishlanishi va oila ruhiyati degan nozik muhit sindirilmay saqlanishi lozim!
Janobimiz RAsululloh SAV biro y oilalariga bormay idda saqlab, masjidda yotib yudilar. Bir kuni ayollaridan biri tamaddi ko’tarib kelibdi. Ul janob ayollarini darvozagacha kuzatib qo’ymoqchi bo’libdilar. Xuddi shu asnoda yonlaridan ikki odam o’tib qolibdi. Shunda RAsululloh sav ularni to’xtatib:"Birodarlar ko’nglingizga kelmasin, bu ayol rafiqam Ummu Salama bo’ladi", degan ekanlar.
Xo’sh, ul zot nega unday qildilar? Eru ayolning bir-biriga ishonib turishi kifoya emasmidi? Ul Hazrat el ichida o'zi haqida gumonlar tarqalishini oldini olyaptilar. Birgina gumon ham oilani zilzilaga soladi.
Dunyoning jami tirik mavjudoti tashqi ta'sir ostida yoki yaxshilanadi, yoki yomonlashadi. Oilaga putur yetkazadigan narsa - GAPdir. Va u tashqaridan keladi. Yaxshi - yomon gaplardan nafaqat bugunimizni balki, bundan keyingi yillarimizni ham asrash harakatida bo'lishimiz lozim. Buni doktorlar kasalni oldini olish deyishadi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 28 Mart 2009, 20:30:20
Erkak ayoliga astoydil ishonchli bo'lsa, ayol shunchalik tarang tortib, oz'ini qarzdor sezaverar ekan. Bu ishonchni nima bilan taqdirlasam ekan, degan bezovtalik bilan yasharkan. Navbatdagi she'riy to'plamim chiqadigan bo'ldi-yu Toshkentga qo'lyozmamni umr yo'ldoshim olib boradigan bo'ldi. Qog'oz o'ramimni qo'limdan olarkan,"Nega buni cho'g'i kam?" dedi. Men muhabbat haiqdagi she'rlarimni ajratib qoldirgandim. Juftimning hurmati uchun shudnay ilqgnadim. Nimaiki yozsam birinchi shu kishiga o'qiyman, sh'erni nozik tushunadi.Ammo muhabbat mavzusida ham yozyapsizmi, yoki yozganingiz qani deb soramagan. Yoshim katta bo'lib qoldi, muhabbat haqidagilarni qo'shamdim, dedim zo'rg'a."Bekor aytibsiz, qani darrov qo'shib qo'yingchi, shuncha mehnat bekor qolib ketadimi?" dedi va ularni ham olib ketdi. Ma'lumki, she'r oshkoru maxfiy dard, armonu istak degani. Hamma maloli shu kishiga bo'ladigan gaplar bo'lishi mumkin. Kitoblarim chiqadi, u kishining bir oz sinib, o'ychan bo'lib qolganidan bilamanki, uni hij o'qib chiqqan."qanday bo'libdi, dadasi?" deyman. Kitobning hamma jihatiga ko'nglimni ko'taradigan izohlar topadi, ammo muhabbat mavzuyidagi she'rlar xususida lom mim demaydi, go'yo ularni o'qimaganday.
Ana o'shana meni ich ichimdan izza bo'lishimni ko'rsangiz. Ayolning fe'li jumboq:ayni shu ko'ngil xususida erkagi tergavversa, uni yomon ko'rib nari bo'laverarkan. Agar beparvo bo'lsa, juftiga talpinib yasharkan....
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 28 Mart 2009, 20:40:34
"Urush va tinchlik" romanining bir joyi bor:"biz birovlarni bizga qilgan yaxshiliklariga qarab emas, o'zimizning ularga ketgan yaxshiliklarimizga qarab yaxhsi ko'ramiz", deyilgan.
Ro'zg'ordagi eru xotin shuning uchun ham bir biri bilan kirishib, payvandlashib, borib-borib biri ketsa,ikkinchisi ham ergashib ketadigan bo'lib qolarkan. Bu ham bo'lsa Allohning mo'jizasi.
Bilasizmi, ayol zotining yo'qdan bor qilish, o'z qo'li bilan o'zini tiklash, o'ziga o'zi tabiblik qilish imkoni qonida borligiga o'zimning misolimda ko'p guvoh bo'lganman.
Iztirob bo'lardi hayotimda, muammolar, chorasizliklar bo'lardi. Ammo uni hech kimga aytmasdim. Aytsam kattarib, ko'payib ketayotganga o'xshardi. Yuragimdagini tilim eshitib ikkitaga, qulog'im eshitib uchtaga, ro'paramdagi kishi eshitib bir nechtaga ko'paytirishni ne nafi bor? Gahmlaganmisiz, birov sizga achingani sayin dardingiz og'irlashadi, ko'paygani shuda! Men esa aksincha teskari bir ish qilardim. Juftimning bir yaxshi ishini o'n kishiga ta'riflab berardim. Ta'riflash jarayonida, dilim, tilim, quloqlarim yayrardi. Eshitayotgan kishi:"Qarang, qanday yaxshi,inson ekan-a" desa,"ana ko'rdingmi, uning yaxshiligini hatto boshqalar blyapti. sen esa nuqul aybini topasan" deb o'zimni g'azablashga tushardim....
Ayol zoti shu tarzda o'zini o'zi eritib, ro'zg'or degan mushkul taqdirga o'zini o'zi ko'niktirib, isitib borarkan...
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 28 Mart 2009, 20:52:46
Men o'ylarkanman - ro'zg'orim men bilan tirik, har nuqtasida barmoqlarim izi bor: unday emas ekan. Turmush o'rtog'im og'rib qoldi. Jarroxlik amaliyotini qiladigan bo;lishdi. Har xil taxminlar aytildi. endi qaytma-saya, degan vahm bosdi meni! Uyimga, hovlimga nazar solaman. Bir sovuq, hamma yoq bo'm bosh. Y yasagan eshiklar so'ppayib turadi, u yasagan derazalarning ko'zi baqraygan. Qozon quchoqlab yig'layotgan qopqoqni ham o'zi yasab bergan. Ko'zimga u bolg'a, randa, ketmon ko'targancha hali shiftda, hali tomda, hali qoziqda, hali gulzorda ko'rinaverardi...

Bu charx avval osmonni, tog'ni, ummonni,
Xullas, bari cho'gnlikni-yu kengni yaratdi.
So'ng shu osmon, tog', umondan bir ajib jonni -
Sizni - barcha cho'nliklarga tengni yaratdi.

Qolgan hamma mavjudtning nomi maydadir,
Szining qadar yaratmadi - neni yaratdi.
Sizday zotning ta'rifini ijod ayla,deb
Eng so'nggida zarralardan meni yaratdi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 28 Mart 2009, 21:14:46
KELINLIK MAS'ULIYATI.

Juftingiz bilan nonushta qilyapsiz. Shu payt qaynonangizni ovozi keldi:"YAxshi bor bolam. Albatta tushlik qilgin, och yurmagin, bo'ptimi?" "Oyim ukangizni kuzatyaptila, omon bo'lsinlar, juda mehribonlardsa,- deysiz choy uzatayotib va kulib turib yumshoqqina qilib qo'shib qo'yasiz,-lekin sizga unaqamaslar, sizdan unchalik havotir olmaydilar".
Erkagingizga bu gap malol keladi. "Onam menga jonini ham berishi mumkinligini sen qaydn bilasan", deydi ichida. Bu gap o'tdi ketdi deylik.
Bir kuni o'g'li charchab turgan vaqtida onasi bitmay qogan ishni eslatadi. Har safar xijolat chekib:"Esimdan chiqib, oyijon" deydigan o'g'ilning ko'ngliga bu gal:"Nega endi bu ishni faqat men qilishim kerak?" degan zardali o'y keladi.  Bu ham o'tdi...
Kunlardan bir kuni onasi yana bir oz ginali gap qilib qoladi. Onaning ko'ziga biror marta ko'z qadan gapirmagan o'g'il birdaniga:"Nima, men o'gaymanmi yo boshqa o'g'illaringiz osmondan tushib men yerdan chiqqanmanmi!" deb baqirib yuborganini o'zi ham bilmay qoldi! O'zining o'shqirig'idan o'zi ham karaxt qotdi. Xonadonni go'zal qilib turgan nafis qobiq jaranglab sindi. Nozik tor uzildi, onaning boshidan qaynoq suv quyildi. Yoq, yo'q, boshiga emas, yuragiga quyildi - "jaz-z-z' etdi bir narsa ko'ksida!...
Xo'sh, kelin oyim, endi nima bo'ldi? Shu holat maq'ulmi sizga? O'zingizning ham rangingizda rang qolmabdi. Hovliga ilon kirganday sovuq vaziyat siz tufayli sodir bo'ldi, Eshilibgina choy uzata turib, tilingizdan ketgan xiyonatning hosilasi bu! Et bilan turnoqning orasiga nish urish bu!
Tog'ni talqon qilguvchi erkakning bir ojizligi bor, dunyoni xushyor qoo'riqlashga qodir erkakning bir g'ofilligi bor-ki: u o'z ayolidan ehtiyot bo'lmaydi! Ayolning bir ishorasi bilan insoniylikdan chiqadi, ayolning bir gugurt chaqishi bilan dunyosiga o't qo'yib, qarab o'tiradi.
Ta'kid: Siz bu notavon erkak qoshida yomonlik keltiradigan ishoralardan tiyiling. Ko'rdingizmi, tilingizning qilday gunohidan filday ko'ngilsizlik bino bo'ldi. Hali buning qaytimi bo'lmaydi deysizmi? FAqat uning bolangizga qaytgani yomon, kelin oyim!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 28 Mart 2009, 21:25:29
Kelin oyim, siz chiroyli gapirasiz, juftingizga yoqadigan qilib gapirasiz. Erkak zoti maqtovga besuyak bo'ladi, bu sizga qo'l keladi:"Onam sizni undoq suyadilar, opam bunday deb maqtaydilar. Akam sizga mana bu ko'ylakni berib yuboribdi, hurmatingizni balandligi-da bu!" deganingiz sayin eringiz sariyog'day erib ketadi. Qarabsizki, hayit arafalarda avval sizning onangizni yo'qlab, keyingina o'z onasinikiga keladi. Szining opa ukalaringizni to'rt besh yo'qlaganidan keyin, o'z egachi singlisinikiga bir kirib qo'yadi. Sizga bu hol xijolatlik tuyulmaydi, hatto yoqadi. Tuppa tuzuk yigit qo'lingizda manqurtga aylanadi. "Men kamolga yetgunimcha onamning ikki ko'zi qonu yiringga to'lgan, avval o'sha mushtiparimni ko'ray" demaydi erkagingiz. "Xotinimning  urug'i meni uch to'rt marta siylagan bo'lsa, jigarlarim meni ulg'aytirdi, yemay yedirdi, kiymay kiydirdi, shu tovusday tovlanib turgan xotinni ham shular olib berdi - izlarini o'pib, avval shularning konglini olay", demaydi erkagingiz. Chunki u sizning yetovingizda.
Erkagingiz faqat shu tomonga yukinib, ota-ona va jigarlaridan nari bo'la boshladimi, ogoh bo'lingki, u erta indin sizdan kechib, sizga orqa o'girib, xotinini etagida namoz o'iydigan, sizni zor qaqshatadigan o'g'il bo'lib taqdiringizga qaytadi, kelin oyim!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 29 Mart 2009, 16:28:00
Siz eringizga og’a inisini hech qachon yomon demagansiz. Ular kelsa ketsa joningizni sadaqa qilib kutasiz. Hatto birovlarga ulardan minnatdor gapirasiz. Erkagingiz o’ktam yigit, qo’lidan kelsa, hammaga yaxshilik qilsa. Jigarlaridan hech narsani ayamaydi. Ammo bu ketayotgan sarf harajatlar ba’zan yuragingizning tagida g’ashlik paydo qiladi. Eringiz esa tinmay ayxshilik bilan band. U hech qachon buni rahmat eshitish yoki atrofga ko’rsatish uchun qilmaydi — uning fe’li shunaqa.
Kelin oyim oraga yana siz oraladingiz:
-Ukangizga olib bergan kastyum juda yarashibdi-ya, akasi borlarning baxti bor-da! ,- dedingiz
-Singlingizga yasattirib bergan javoningiz uyini yashnatib yubordi. Qizi tushmagurning o’gir bosiqligini qarang, o’rnida bo’lsa, bo’yiningizga osilib rahmat aytardim,- deb qo’ydingiz!
-Mana ikki oydan beri akangizning ishini qilyapsiz,rahmat sizga. Kimning uaksi tirikchiligidan ortib akasi uchun o’lib yotibdi. Sizlarga juda-juda havasim keladi,- deysiz niqtab tezda-tezda"¦
Bundoq qarasa gaplaringiz shirin. Hech kimni qarg’amayapsiz, mena bu ishni xato demayapsiz, yaxshilikni to’xtating ham deganingiz yo’q. FAqat yuragiga sezdirmay tariqdekkina gumon va minnat urug’ini qadab qo’ydingiz. Erkak mo’rt-da! "œDarvoqe, o’lib tirilib ularga ilinaman. Demak atrofda mendaqasi kam. Nega jigarlarim xursandchiligini menga bildirmaydi? Xo’sh, ualr menga nima qilib berdi-yu, men ularga nima qildim?", degan o’rgimchak tushadi o’ylariga. Va miyasida aylanaveradi. Aqli uning to’riga o’ralashadi, qarabsizki, bir kuni akasi kelsa"¦muzday so’rashadi va unga norizo tarzda tikilib qo’yadi:"Ishingizni qulday bajarib qo’ydim, rahmating qani?" deydi u ko’z. "œUruntirib qo’ymadimmi, xoling qanday deyishga ham yaramaysan-a?" deydi u nigoh.
Kelinb oyim nim qochirimlaringiz ish berdi — og’a ini o’rtasidagi jannatiy ko’prikka o’t ketdi. Jigarlarning qiyg’os gullagan, ularni yayratib, yashnatayotgan bahoriga qor ufurdingiz! Minnat fasli boshlandi! Eringiz og’ainisiga qilgan yaxshiligini hisob kitob qila boshladi! Bu orqaga ketish, bu tanazzuldir! Bir-birini rozi qilgan jigarlarni Alloh yorlaqaydi. "œKimki umrim uzun, rizqim uzun bo’lsin desa, qarindosh urug’lariga mehr oqibatli bo’lsin", deyilgan Hadisi Sharifda.
Vodarig’! Siz minnatni qo’g’otib, duo olib turgan bog’ingizga garmsel chorladingiz, kelin o’yim"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 29 Mart 2009, 16:28:23
Manman degan erkak ham ayolining gapiga laqqa tushadi. "œXotinidan qo’rqqan erkak erkak emas" deydi ko’ksiga urib ayrimlari. Haqiqatan ayol undan zirillaydi. To ko’chaga chiqib ketgunicha atrofida bo’z qo’yib yuguradi. Ko’zlari hadik bilan unga javdirab boqadi. Shuning uchun erkakning ko’ngli to’q — "œgah" desam qo’limga qo’nadi, uyda xo’jayin menman deydi! Aslida esa asosiy ishlar ayolining boshqaruvi bilan bajariladi. Ayoli kimni maqtasa, erkak o’shanga iljayib boqadi, kimni yomon desa, o’shani yomon ko’radi. Ikki og’izgina xezlab qo’ysa, qo’shni bilan urushib chiqadi, ozgina gap yedirsa, xotini aytgan odamni borib mukofatlab keladi"¦
Kelin oyim, shu o’rinda erkakdan g’azabga minmayapman, uni laqmaga ham chiqarmayapman. Balki Alloh ularni bizning foydamizga shunday samimiy, ishonuvchan yaratgandir."Mana senga zo’r, ammo g’o’r zot. Senga berganim — tafakkur bilan undan YAXSHILIK YASAYSAN!",degandir, balki. Bunday o’ylab ko’rsangiz, kuchga to’lgan bilagi, ixtiroga qodir aqli, yuragida sherday shiddati bilan erkak QUYMA OLTIN!!! Ammo uni shu turishda na pul qilib bo’ladi van a chakkanga qistargani gul!
Ayol zoti esa ZARGAR! Umr bo’yi erkagidan oilasi uchun kerakli bir narsa yasash uchun urinib o’tadi.
Kelin oyim, ilohim, insofli zargar bo’ling!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 29 Mart 2009, 16:28:54
Kelin oyim, oilangizga uzoq yaqin bo’lgan kishilardan ozorlansangiz, ichingizga yutib yuring. Obdan mulohaza qilangina erkagingizga sezdiring. Yo’qsa, sizning gapingiz bilan bir sovigan kishisiga u qayta isimaydi. Keyin obdon o’t yoqsangiz ham o’rniga kelmaydi. Juftingizga u egachi- singildir, tog’ya — jiyandir yo onadir, yo sizning qavm qarindoshingzidir, har ehtimolga qarshi, ualr haqida erkakka faqat yaxshi axborotlarni aytish lozim. Deylik, siz juftingizga yaqinlari haqida hech yomon gap aytmaysiz. Lekin bu siz uchun hali yutuq emas, bu bilan hali nomingiz yaxshiga chiqmaydi. Boisi, uylangan erkak uchun ayol tayanch nuqta, iqlim yaratadigan manbaa bo’lib qolarkan. Ayol bamilosi dirijo’r, qo’lidagi cho’pi qayoqqa qimirlasa, oiladagi kuy shu yoqqa o’zgaveradi. Balki bu tabiiydir, shunday bo’lishi kerakdir. Demak, erlarimiz g’ofil bo’lsa, biz aybdor! Odamgarchiligi sust ketsa, bizda xato! Juftingiz opasini yoki singlisini yo’qlamay qo’ydi. Siz bormang demadingiz, lekin boring deb ham eslatmadingiz. O’zingiz esladingiz, lekin bormasa bormasharajat kamroq bo’ladi, deb atayin aytmadingiz yoki yodingizdan ko’tarildi. Gohida eslatmasangiz ham bormasligi mumkin. Ba’zan shunday gaplarni ham eshitamiz:"Mend anima gunoh, ming marta opangizganikiga boring, boring, deb eslataman, hatto yig’lab ham undab kordim, bormadi", deydi. Demak, u jigarning bir gapi yoki u yashaydigan muhit uni itarib turadi, u tomonning tomonning yurak tortadigan iliqligi kam.
Kelin oyim, mana shu o’rinlarda juda xushyor turish kerak: erkakka ochiq xitob, so’ppaygan taklif singmaydi. Eng yaxshisi, siz joyini topib o’sha qaynsingil yoki qaynog’angizning yaxshi ishalridan gap tashalb boring. Ularning erkagingiz haqidagi yaxshi gaplarini qo’shib chatib eslatib turing. Yana shunday gaplarni ham deb turing:
-Eshikdan akangnimi, ukangnimi kirib kelgani quyoshning kelishi bilan teng bo’larkan! Tunov kuni akam kelgandi chunon yayradimki"¦
-Qaynonam yaxshi ham sizlarni o’g’il qiz qilib tug’ibdilar. Akasini ko’rganda singlisini hamma g’ami unutiladi"¦
-Xudo xohlasa, hayit kelsa opangizni uyiga saharlab kirib boring, dadasi tirilib kelganday bo’ladi. Bilasizmi, erning uyi jannat bo’lsa ham, ayol kishi ostona poylab jigarini kutadi"¦
Yoki:
-Bugun tushimga singlingiz kiribdi, sal xomushroq ko’rdimda, tinchlikmikin-a?
"¦Va hokazo! Shunday gaplar asnosida juftingizning jigariga moyillashib, isib borayotganini ko’rib mazza qilib borasiz. Dunyoda uzilganni ulashdek, yarimlarni yaxlitlashdek farog’at bormi?!
Kelin oyim, esingizda bo’lsinkim, jigarlar hech qachon bir-biridan oz’laricha sovumaydi. Ularni oraga kirgan begonalar ajratadi. Bunday hollarda hamisha hadik va gumon kelinda bo’ladi. O’sha yomon nom sizdan soqit bo’lsin.
Yana o’ylarsiz, shuncha zahmat bir kelinga ko’p emasmi, bolamni boqamanmi, jigarlarni topishtiramanmi, deb.Uzoqni ko’zlasangiz, shudnay qialsiz. Sizning nomingiz topishtiruvchi bo’lsin, ayxshiliklarni uyushtiruvchibo’lsin. Javobiga o’g’illaringizga o’zingizday insofli, iymonli, jon ozig’i kelinlar kelajak, InshaAlloh!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 29 Mart 2009, 16:29:27
O’g’il bolalar onalariga suykaluvchi bo’ladilar.Ona sifatida aytamanki, o’g’illarimga ko’proq bog’liqligimni, har safar ular haqida o’ylasam, yuragimda tog’lar yuksalayotganini sezaman. Ayol borki, men kabidir.
Kelin kelgach bir bulbuling ikkita bo’lganday, ikki oy, ikki quyosh uyingga baravar tushganday bo’ladi. Xonadoning kamalak rangiga belanadi. Sururdan boshing aylanadi. Lekin shu bialn birga, o’g’lingni sendan asta sekin uzilayotganini va kelin tomonga bog’lanayotgani sezila boshlaydi. Yaxshi ona:"O’g’lim o’z juftini topdi-da, hali bular yoshda", deya o’zini yupatadi. Kaltabin ona esa:"Kecha kelib o’g’limni o’ziga qaratib oldi-ya", yoki "œo’g’lim kelinni mendan a’lo ko’rdi-ya", deydi. Birinchi ona yuragida mung tursa-da, o’zini bu holatga oson ko’ndiradi. Keyingi battol ona esa, shu ondan e’tiboran kelinchakning xatolarini izlashga tushadi. Nafaqat ona, opalar, singillar ham nihoyatda yashirin holatda, sal bo’lsayam, kelinchakdan jigarlarini qizg’onadilar. Buyuk Shrq odobida kelinlik ilmi katta ilm hisoblangan. Kelin oila muvozanatini saqlaydigan o’q tomiridir. Uning har bitta hatti harakati hisobda turadi va momolarimiz bu borada shunday yo’l tutgan ekanlar:
1.Kelinchak oila a’zolari qoshida kuyoviga hech qachon yuzlanmagan.
2.Kuyov ham uyidagilar eshitadigan joyda kelinni otini atab chaqirmagan, hatto umr bo’yi eru ayol bir birini farzandlarining nomi bilan chaqirganlar.
3.Atrofdagilar qarab turganida kelin kuyov bir birlari bilan pichirlashib gaplashmagan.
4.Kelinning oila a’zolari oldida kuyovga noz istig’no qilishi yoki kuyovning kelinga atoyi lutf qilishi uyat hisoblangan.
Kelin to oilaga kirishib, kuyovning xonadoni uni farzandday suyub qolguniga qadar, yuroqidagi usul muolaja o’rnida bo’lgan yoki aytish mumkinki, o’shanday yo’l bilan kelin kuyovning yaqinlariga botmaygina singib borgan.
Kelin oyim, shu kuyov sizniki — umringzining oxirigacha ming aylanib, ming o’rgilib yashayverasiz. Faqat o’zingizni shunday tutingki, kuyovga ham obdon o’rgatingki, go’yo o’g’ilalri sizdan ko’ra ota-onaisni, aka ukasini, opa singillarini ko’proq yaxshi ko’radi va shuning uchun ularga doim e’tibor beradi. Ana o’shanda siz malol kelmaysiz, oiladagilar xotirjam yashaydilar, o’zingizga ham eklinlik tatiydi.
Nafsilamrini aytganda, opa singillar uchb ketadigan qushalrdir, ota-onaning yo’li esa darvozaga yaqinlashib qolgan. Ualrni ko’rib qolish, suhbatlashib, erkalanib yayrab qolish, duolarini olib qolish  ham o’g’il uchun g’animat! Ota-ona bola boqib emas, kelin ko’rib, qiz chiqarib ko’proq aziyat chekadilar. Ularning kun botarida duosini olib qoling, kelin oyim!!!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 29 Mart 2009, 16:30:12
Qush uyasida kelin oilasida ko’rganini qiladi. Uyadagi ishalrning xato bo’lganini anglab turib ham, uni takrorlab qo’yaverar ekan bandasi"¦
Kamolga yetgach, keyinchalik oilalik bo’lganimdan keyin ham, onamning ba’zan jahl ustida aytib yuboradigan ayrim so’zlaridan o’grinar, bunday qattiq gapni aytmang, deb norozilik bildirardim.
25ga kirdim — unday so’zdan o’zimni tiydim.
30ga kirdim — aytmadim. O’qiganman-da, onamdan ko’ra madaniyroqman, deyman o’zimcha!
35ga kirdim, bolalarim avji to’palonchi bo’lgan, ketma ket og’riydi, hech narsaga ulgurmayman, asabim qaqshagan. Bir kuni to’s to’palonning ichida o’sha emn yomon ko’rgan xitob jaranglab eshitilyapti-ku! Dog’ qoladigan joyi shu edi-ki, o’sha so’zni o’zim aytayotgan edim! Ana sizga "œuya"ning ta’siri.
Kelin oyim, hatto musavvir ham bola ko’chirganday nusxa ko’chirolmaydi.Katta bo’laversin, to’g’risini o’rgatib qo’yaman, deb g’ofil bo’lmang. Bolani birov deb o’ylang va uning oldida aybga sanaladigan ishlarni qilmang. Yashirin qilayotgan xatolaringizni kun kelib, bolangiz o’zining misolida oshkora qiladi. Bola onaning tili bilan aytganini yoki urib so’kib o’rgatganini emas, balki uning qilganini oladi. Oshxonangiz to’la yuvuqsiz idish, kunda shu. Oshxona shunaqa bo’ladi, deb ko’nikyapti qizlaringiz. Oilangizdagilar narsalarini xohlagan joylariga qo’yib ketaveradi, chunki uyingizda hech narsaning o’z joyi yo’q! Kech tiktirgan ko’ylagingiz kirlarga aralashib yotadi — bu qizingiz uchun ham andoza. Kiyim jovoningizni ochishingiz bilan ichidagi matoxlar boshingizdan quyilib tushadi. Tokchalarda chang bosgan buyumlar yig’lab yotadi"¦ Qaynonangiz keladigan kun hamma yoqni jon talvasasida bir qarab qo’yasiz. Boshqa kunlari esaa axlatning ichida ham non yeb, axlatning ichida uxlayverasiz! Shuning ichida qizingiz ham ulg’ayyapti"¦
Sizga endi gapirishni foydasi yo’q, sizning suyagingiz shundayligicha qotdi endi. Faqat bu bexosiyat tutum qizlringiz bilan boshqa xonadonlarga ham o’tjagiga yig’layman.Sarflangan pulniyu qo’yavering, birovlarning qizlaringizga bag’ishlanadigan umrlari uvoli uchun ham yig’layman.
Kelin oyim, dunyoda duolar son mingta. Ammo sizga faqat va faqat pokizalik tilayman. Pokiza bo’lmasangiz uyingizga boylik kelmaydi. Kelsa ham barakot bo’lmaydi! Barakot bo’lsa-d tinch bo’lmaydi.
Alloh, avvalo ayolning ta’bini poklasin ekan"¦
 
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: gulnora 30 Mart 2009, 04:52:10
ALLOHNI SEVASANMI?
Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman. Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar. Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman! Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2009, 09:16:17
Siz kelin bo’ldingiz. Onangiz sizga bo’lgan muhabbati tufaylimi yoki qudalariga o’ktamligini ko’rsatib qo’yish uchunmi, haytovur, kunda kun orada tugun jo’nataveradi. Ota-onangizni topish tutishi yaxshi. Uning ustiga siz ham telefonda buyurtma berishni qo’ymaysiz! Bir necha yilki shu ahvol.
Kelin oyim, shu o’rinda bir tahlil qilib ko’ring:
Birinchidan, atrofdagi kelinlarning orqasidan har kuni shunday tugun kelyaptimi? Kelmayotgan bo’lsa, nima uchunligini o’ylab ko’rdingizmi? Ovsinlaringizni o’ksib qolishini ham hisobga olyapsizmi?
Ikkinchidan, ota-onangiz kon emas, erta turib indinga imkoniyati torayib qolsa, tinmay oqayotgan ariq to’xtab qolsa, unga o’rganib qolganlarning muvozanati qandya bo’ladi?
Uchinchidan, tushgan joyingiz oziga to’q oila. Nega ular qudaning oziq ovqat tashishidan oriyat qilmayaptilar? Bezovta bo’lmanglar, bitta kelinni eplab boqib olamiz, demayaptilar? Ularning oriyati qani? Va yana bir xatarli tomoni bor:"Quda bekorga og’zi burnimni moylayotgani yo’q, boshqa qudalari mening darajamda emas shekilli, demak, men qudachilikni zo’r qilyapman, qolaversa, o’g’limga qizidan ming marta chiroylirog’ini ham olib berishim mumkin edi, shuning uchun ham poyi patak bo’lyapti", degan gumroh fikrlar tug’ilib qolishi ham mumkin.
Yana buning ustiga: bora — bora kuyovingizning g’ururi sust ketadi. Qaynotaning kaftidan don yeyishni o’rganadi. Va Xudo ko’rsatmasinki, kunlardan bir kuni"Boyvachcha otangga ayt, u olib bersin, bu olib bersin" yoki" bor, otang boqib olsin" deb qolishi ham hech gapmas!
Qiz bola tushgan joyi yog’ yesa yog’ yeydi, tosh yesa tosh! Boriga shukr qiladi, yo’g’iga sabr! Ro’zg’orning qizig’i ham shunda!
Kuyovning ostonasiga qudalarning kunda kun ora iljayib kirib kelaverishi ham oz’bekchilikdan emas. O’rni keladi, qolaversa, el qatori hayit arafalarda yarashig’I bo’laveradi.
Kelin oyim, ko’p berma, kongil qo’yma, degan gap ham kuyganlarning gapidir. Birovga keragidan ortiq izhor qilingan mehr muhabbat ham xorlik keltiradi. Shu qulog’ingizda bo’lsin"¦

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2009, 09:16:36
Juftingiz bozor qilib kelganida chehrangiz doimo ochiq bo’lsin. Chunki olomonning ichida savdo qilish, og;ir yukni  uygacha keltirish aziyatli ish. Erkagingiz nima olib kelgan bo’lsa ham, o’sha narsalar tugaguncha ko’nglingiz to’lmaganini bildirmang. Qilgan yaxshi savdosini bot-bot maqtab turing. "œOlgan kartoshkangiz bir yaxshi chiqdi-ya, choyni zo’ridan olibsiz, gurunch tanlashga juda ustasiz-da", kabi lutflar erkakni tarbiyalaydi. Uning ko’ngli o’sadi, keyingi gal yanada astiydil bo’ladi. "œNega qolgan narsalar haqida gapirmaysiz,ular yoqmadimi?"deydi. "œYo’q ular ham yaxshi" deysiz qisqagina qilib. O’sha yomon narsa tugab, juftingizni yana bozorga yo’llayotganingizda yotig’I bilan:"O’tgan safar go’sh yoki sabzining falon aybi borini olib qo’yibsiz, endi o’sha tomonlariga ehtiyot boling", desangiz kifoya.
Umuman, kelin oyim, ro’zg’orga ilinib qimmatmi, arzonmi qo’lida nimanidir ko’tarib kelayotganki erkak YAXSHIdir! Ularga rag’bat berib, zukko bozor qiladigan, olib kelgan buyumlarini bsohimizga qo’yib yurib, ro’zg’orga qayishadigan, bolalarni chug’urlatib rahmat ayttirib yurib bolam chaqam deydigan qilib olamiz-da"¦

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2009, 09:16:58
Erkakning yana bir zaifligi bor. Puli tugab qolsa, qovog’i tushib torayib qoladi. Shunday paytlarda sizga tinchlik kerak bo’lsa, unga noxush gaplarni aytmay turing. Dunyoning puldan ko’ra ming marta go’zal ne’matlari borligiga, ularni ko’rib, tuyib mazza qilishga chorlang, bolalarning yaxshi ishi, shirin gapidan, atrofdagi yaxshi chiroyli ishlardan gapirib uni chalg’iting, tor dunyosini yoriting.
Kuch ketadigan, vaqt,kayfiyat ketadigan, balki mablag’ ketadigan muammo va maslahatlarni juftingizning puli bor vaqtiga to’g’rilang. O’shanda kayfiyati yaxshi bo’ladi. Ishingiz oson bitadi.
"œAyol yuragiga qiz sig’may turagnida ham, hamma ishga balogardon-ku" demang,"erlar nega bunday", deb siqilmang. U kuchli salohiyat ayolga berilgan, erkakda yo’q. Kaptardan bulbullikni, olchadan o’riklikni so’rolmaysiz-ku! Insondan imkoniyati borini talab qilish lozim.
"œErni er qilish"¦" mashaqqati shu bo’lsa kerak"¦.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2009, 09:17:11
Kelin oyim, oila, ro’zg’or degani hamisha bir necha fikr va fe’lning tinmay to’qnashuvi, munozaraga kirishivi demakdir. Gohida bir onadan tug’ilganlar bir-biriga singmay qoladi-yu, chetdan kelgan kelin ancha muncha ilg’anishi turgan gap.
Gap qaytarish beodoblik! Ammo har gal indamay qo’yaversangiz, asta sekin yelkangizga oyoq qo’yib yuborsalar, vaziyani yengillatadigan javob topin, sizda ham o’tish mumkin bo’lmagan chegara borligini ozgina sezdiring. Lekin, hafa bo’lsangiz, jahlingiz chiqsa, jahlingizni chiqargan oxirgi narsa haqidagina gapiring. HArgiz eski tuski ginalarni sanamang, ozor berganni qarg’amang, atab chaqirmang, ovozingizni ko’tarmang! Chunki bu to’qnashuvdan keyin, xayrlashib chiqib keta olmaysiz, yana hayot bor. Shu uyda bir necha yildan beri yashayapsiz. Qanchadan-qancha yaxshiliklar, chiroyli kunlar bo’lgan albatta. Nega ularni unutasiz-u, hamma xato yoki yomon ishlarni xotira xaltangizda asrab yurasiz?! Ko’ngli, fe’li qora odam shunday qiladi, yodingizda bo’lsin.
Birovni yomonlaydigan odam avvalo o’zini qaritadi. G’iybatchilik, ginachilik yomon elektronni ichida yashash demakdir. G’aybulla as-Salom "œTolibnoma" kitobida:"Devorning ham qulog’I bor, u odmalarni tinglab yashaydi. Ichida kulgu, mehr muhabbat shevalari yangragan imorat nuramaydi. Ammo haqorat, yig’I, janjal bor xonadon zimdan to’kilib boradi", deydi.
Kelin oyim, sizning shevangizdan nafaqat kishilarning, balki, sizga quloq solib yashayotgan imoratlarning ham bag’ri butun bo’lsin"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2009, 09:17:47
Mana o’zingiz kein bo’lib ko’rdingiz. Kelin o’zidan o’tganini o’zi biladi-yu Xudo biladi: birovlar uchun xizmat, har bir qadamingga qator nazoratchi, qisinib ovqatlanish,  qisinib gapirish, bir paytning o’zida hammaga "œtez yordam" bo’lish"¦osonmi? "œRo’zg’or" degan sinoatu, "œbola" degan shirin dushman ushlab turmasayu, har daqiqada uchib ketging keladi bu dargohdan"¦
Kelin oyim, o’z uyingizda qaynsingil yoki qaynegachi tarzida kelganingizda bergan ozorlaringizni endi yuving. O’zingizdan kichik qaynsingilning sizga tepadanq arashi, hatto tanbeh berishi joningzini og’ritganida, kim edimu kim bo’ldim deb, ichingiz yig’laganda kelinoyingizdan hayolan uzr so’rab qo’ying. Uning yuragiga o’zingiz sanchgan tikonlarni olib tashlashni niyat qilib qo’ying.
Agar onangizni haqiqiy sevsangiz, unga sadoqat ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, uning kelinlarini eriting, ularga yoqib oling. Chunki kattalar yoshiga yosh qo’shilgani sayin fe’llari toraya boradi. Bundan bu yog’iga ota-onangizning yoqadigan ishidan yoqmaydigan ishi ko’p bo’lishi aniq. Va ularning hamma ishi kelinga tushib turadi. Ota-onangiz aytmagan minnatdorchilikni siz aytib turing, ular ilinmaganini siz ilining. Oralariga ko’prik bo’ling, ikki tarafni bir-biriga tushuntiruvchi, isituvchi bo’ling.
Birovga yomonlik qilib hehc kim rohat topgan emas. Sizdan minnatdor bo’lgan keliningiz sizni rozi qilish uchun ham ota-onangizga muhabbat bilan xizmat qiladi. Sizning bu "œyamoqchi", bu "œsuvoqchi"ligingizdan hamma manfaatdor:ota-onangiz mehr ichida, keliningiz xursand, o’zingiz xotirjamsiz"¦
 
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2009, 09:18:14
Senga ko’z, quloq va tafakkur berdim, ehtiyotingni o’zing qil,d eydi Alloh. Ko’ring, eshiting va tanangizga o’ylang: Akaning xotiniga qttiq dilozorlik qilgan bir ayolni bilaman. Bir qizi bebaxt bo’ldi, ikkinchi qizining farzandi turmadi, uchinchi qizi kasalvand. Bir nabirasi nogiron tug’ildi, ikkinchisi yana aybdor"¦
Shaharni vayron qilishdan ko’ngilni vayron qilish yomon. Dilozorga Allohning javobini ko’rib turibsiz"¦.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2009, 09:18:29
Jismingizning jami a’zolarini Alloh hurlikda yaratgan.Ya’ni ko’z, quloq, qo’llar, oyoqlar"¦bari erkin. Ammo, taassufki, til degan narsaga ko’p hadik bildirdi. Dastavval, unga tish atalgan toshlardan ikki qator qo’rg’on yasadi, hadigi ortavergach esa, lablarni darvoza sayladi. Bu ham xavotirli bolgach, tafakkurni unga soqchi qildi. Allohki havfsiragan narsadan bandasi qo’rqmasinmi? Tog’ ko’chib o’lmagan, o’qqa uchib o’lmagan odam bir og’iz so’zdan tugashi mumkin. Yomon til xohlagan kishisini bemor qila oaldi. Yarog’ bilan odam o’ldirgan kimsaning oti qotil va undan umrbod seskanib o’tadiar. Lekin eru farzandlarning asablarini, kayfiyatini, yuragini kunda bir necha bor o’ldirib yuradigan ayolga kim deb qarash kerak? Uning jazosi nima? Qariyalar uylariga nazar soling/ Farzandlari keltirib qo’yibdi emish. Ona ham jonga tegishi mumkinmi, ona-ya? To’shakka qadalib yotgan ona ham hech yo’q bir og’iz maslahati bilan bolsiga dalda bo’ladi-ku. Onasi yuzga kirib o’lganlar, to’ymadim deb yig’laganlar, yana yuz yil yashasa bo’lardi deya bo’zlaydilar.
G’aribxonadagilar esa (Alloh meni kechirsinu) bolalarini tillari bilan, fe’llari bilan zada qilganlar-ov! Seni tug’ib qo’ydim, seni boqib qo’ydim, deganingizdayoq Allohning qahri keladi. Farzandni sizga Alloh bergan, Unga ta’na qilyapsizmi? "œHamma e’tiboring menga bo’lsin, hamma topganing meniki bo’lsin, hali mendan qarzing ko’p" dedingizmi, hamma savobingiz kuyadi. Axir ona bola ko’chadagi  yo’lovchimi, qo’shnimiki birga bir qilib hisoblashsa! Bola bizning tanimizdan, jonimizdan o’sib chiqadiku? Bola bizning o’zimizku. Aslida, onaning eng yomonini ham farzand qo’lida ko’tarishi kerak. Bu uning burchi! Ammo o’z bolasini tinimsiz yaralab, tili bilan nashtar sanchishga qodir onadan mehribon bola qanday tug;ilsin? Bug’doydan bug’doy, kurmakdan kurmak unadi-da!
Demak, kelin oyim, hali bag’ringizda bola degan g’uncha tug’ilmay turib, niyat qiling, fe’lingiz sozlansin, toki sizdan hech kim ozorlanmasin, Otingiz MEHR bo’lsin, odatingiz HALIMLIK. Taqdirning hukmi shu: tili shirin onaga bola — ROHAT, tili yomon onaga esa bolasi o’zidan chiqqan — JAZOdir!!!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:51:51
Keyingi paytlarda kuyovnikiga singib ketmagan kelinlaru, hadeb janjali ko’chaga chiqaveradigan qaynonalarga, qizining baxti yurishmagan onalarga achinmaydigan bo’lib qoldim.
Men siyrati go’zal, nozik did bialn o’ziga qaragan oily ma’lumotli talay odamlarni ko’raman. Ammo ular so’zlay boshlaganda"¦og’zidan chiqayotgan so’zlarga odam emas, temir ham turish bermaydi. Bundaylarni so’z ma’nosiniajratolmaydi deyolmayman — ular yaxshi bir hunarning, amalning egasi, hatto ijod qilayotgan odamlardir!
Axir, baxt nima o’zi? Baxt — birovni ayash, unga jami yaxshiliklarni ilinish. Baxt — sening muruvvatingdano’zganing gurkirab ko’karishi, o’sib — unishi. O’zining sochgan yaxshiliklaridan ezguliklar ko’payayotganini ko’rish va atrofingda sendan minnatdor ko’zlarni tuyish va suyish — bu eng totli baxt. Sen hayotdan odamlardan baxt talab qilib, dod solishdan avval bir dam hisob qil: o’zing necha kishini baxtiyor qilding? Necha ko’ngilni obod qilding? Birgina olmada ham quyoshning, ham tuprqoning, ham suvning, ham dexqonning haqqi bor. Unga ega bo’lish uchun shu haqdorlarni barini rozi qilmoq kerakdur.
-Borib so’rang, erimning yoqasi hech qachon kir yurmagan, uch mahal ovqatini tayyor qilmagan kunim yo’q, tillolarimni sotib uy qurishdim, oyligimdan onamga bitta ko’ylak olib bergan bo’lsam o’lay agar, shu uyga tashiyman. Ammo qaynonam pashsha bo’lyapti. Men uning ham xizmatini ham qilishim kerak emish. Erimning aka-ukalari bilan ishi bo’lmay qolganmish. Endi ularning ham bitini tozalashim bormidi? Mening ikkita bolamni kim o’ylaydi"¦
Labi-labiga tegmay bidirlayotgan bu juvon o’zining va erining halolligi, pokligi, mehnatkashligi haqqi ularni qaynonadan xalos qilishimni so’radi.
"¦Hay, kelinchak, shu kojliging bo’lsa, senga gap uqtirishning ilojisi yo’q. Sen shu shahdingda tur, juftingni o’z dunyosidan shartta ajratib, o’z-o’zingniki qilib, olib chiqib ket. Hayot esa senga kamida shunday keljak beradi: oppoq ko’ylak, shirin taom, mo’may pulga ega bo’lgan, farzandlik, jigarlik, odamiylik qarzlarini unutgan o’sha jonivor sifat erring qattiq ko’rgulikka uchraydi: yo tuzalmaydign dardga chalinadi, yo ishalrida unum bo’lmaydi, el ichra qadrsizlanadi va hokazo"¦
Sening esa sho’rigga sho’r qo’shilaveradi: uyingda baraka, xotirjamlik bo’lmaydi, farzandlaring o’zinggayu bir biriga beoqibat, bemehr bo’ladi, sen qaynonangni qaysi til bilan jarohatlagan bo’lsang, o’sha til bilan o’zingni tig’laydilar. Ana o’shanda tavba qilgani mehrob topolmaysan. Qaynonangni ruhi esa ostonangda chirqillab turadi. Juftingni bog’boni qaynonang, quyoshi qaynotang edi. U suv ichib ulg’aygan tuproq sen kelin bo’lib tushgan ostona edi. O’shalarni rozi qilgan taqdiringda ham, juftingga ellik foiz haqdor bo’la, olasan, xolos! Axir ular tirnoq bilan et!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:52:15
Yana bir kelinni eshiting:
-Ikki haftaga onamnikiga ketsam, qaynonam uyimni ochib, biznikida yashabdi, hatto bilasizmi, mehmon bo’lib kelgan qaynegachim emning choyshabim va korpamda yotibdi. Bitta sochig’im hovlida yuribdi!Menga eng alm qilgani shuki, ular mendan kechirim so’ramadi!
Chiroyli koz’alrini ko’zimgaq adab, xuddi meni so’roq qilmoqqa xezlanib, og’iz ochishga qo’ymay shang’illayotgan bu kelinchak o’sha kundan beri ko’z o’ngimdan ketmaydi. Uning bemulohaza, beandisha, nehis, bemehr javrashlari asablarimga hayolan toshday yog’iladi va hayolimdan shu so’zlaro’ta boshlaydi:
"œSening uyingga qaynonang o’n besh kun emas, umrbod haqdordir. Bu uyning guvalasini kim qo’ydi, seni kelin qilib olib kelguncha kim toliqdi? Kelin olsam, to’riga o’tsam, deb kim tunlari orzu havas qildi? Shu qaynonang emasmi? Sening hisobingga o’tgan 25yoshli jufting qaynonangni 25 yillik umri emasmi? 25yillik topgan tutganini, chiroyini, quvvatini, orzu — armonlarini farzandiga o’tkazmaganmi shu ayol!? Sen  avval biri endi uchga kirgan, biri birga kirgan go’daklaringni 25ga kirgizib ko’r. Sening isming dilozordir. Dilozor o’z baxtsizligini o’z tili bilan yaratdi. Boshingga neki kelsa o’zingdan ko’r"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:55:20
Bir kuni menga shunday savol berishdi:"Ham o’qib, ham ishlab, risoladagidek kelin bo’lish mumkinmi?"
-Oilamiz ma’nili va qozonimiz rizqli bo’lishi uchun ilmu hunar o’rganamiz,oilani munavvar va mukammal qilish cuhun tongda ketib tunda qaytamiz. Qoro terga botib ishlaymiz. O’g’ilni oilasini va katta oila deb atalmish vatanni himoya qilishga tayorlaymiz. Bir oilaga munosib beak bo’lsin deb qizlarni pishitamiz. Shoshilib va sog’inib keladigan joy shu — UY! Jon tomirimiz qachon uziladi? Oiladan ayro tushganda"¦
Ko’ryapsizmi, insonning dunyoga kelib topgan eng muqaddas narsasi bu oilasidir. Birinchi navbatda mana shu nuqta obod bo’lishi kerak. Ham o’qib, ham ishlab, ham kelin bo’ladigan oyimning uchchala sohasi ham g’arib bo’ladi. Sababki, Arastuchalik kallang, fildek kuching bo’lsa ham, bu yumushlarni bir yo’la tortish ogir bo’ladi. Avvalo, ixlos bilan o’qib, bir sohaning puxta mutaxassisi bo’lishga yarasang, o’qi! Chala ilm birinchidan jamiyatga zarar, qolaversa, jamiyatga zarra keltirib topgan pulingni bolangga yedirsang, uni baxtsiz qilasan. Qizlarini erta turmushga berayotganlar va kelinlikning kasridan chala mulla bo’layotganlar o’zini ham, o’zidan tarqayotganlarni ham yarimta qiladi. Qizlarning o’qishalri bitgachgina uzatish kerak. Bu jiddiy masala, bolasiga haqiqiy mehribon ota-ona shu yo’lni tutadi.
Ammo ayolning ilmli bo’lishi shart, chunki onaning dunyoqarashi bolaning dunyoqarashidir! Ilmning katta kichigi yo’q, katta o’qish bo’lmasa, kichigida o’qisin. Agar o’qiy olmasa, mustaqil bo’lsa-da o’qisin. Qiz bolan albatta bu dunyoning tosh tarozusidan boxabar bo’lib, so’nggina oila qursin. Jamiyatning ravnaqi onalarning sifatiga bog’liq.
Endi ishlash masalasi,agar sening topganingga tushgan joying ehtiyojmand bo’lsa, ishla. Ammo juftingning topgani yetarli bo’lsa, ming bog’cha, ming enaga tarbiyasidan ko’ra onaning tarbiyasi singishimlidir. Bolang aqalli maktabga borguncha o’z bag’ring va ko’z qorachig’ingda bo’lgani qandoq yaxshi! Hech kim bolangga senchalik muhabbat va ixlos bilan tarbiya berolmaydi. Ular o’zini o’zi eplab qolgach, xotirjam bo’lib, ijtimoiy hayotda yana javlon uraverasan. Jamiyatga ham o’shandagina unum bera olasan. Oilasiga e’tibor, ayniqsa bolalariga qo’l, vaqt topmagan ayolning uyida muvozanati buziladi. Oila jamiyatning poydevoridir, bu poydevorni mustahkam qiladigan esa, ayolning qo’lidir.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:55:50
Agar juftimga yoqay desangiz va eng yaxsho ro’zg’or meniki bo’lsin desangiz, quyidagi gaplarim qulog’ingizda bo’lsin:
1.Kuyovning ostonasini ham sizlab bosing, dastlabki ikki yilda tilingizni ham, mehnatingizni ham shu uydagilarga yoqishga sarflang. Yoqish degani avval ularning manfaatini o’ylab, so’nggida o’zingizni eslash, demakdir. Qancha jafo cheksangiz cheking-u, yoqib oling ularga — shu xonadonning hamishalik MALIKAsi bo’lasiz, qolasiz!
2.Agar uzilganni ulaydigan, kemtikni to’ldiradigan, urishganni yarashtiradigan bo’lsa, bir oz "œyolg’on"ni ham so’zlang.
3.Gumon qilishdan o’zingizni tiying. Sababi, kimning o’zida yomon xislatlar bo’lsa, o’zgalarni ham shunday deb o’ylaydilar. Kim yolg’onchi, sotqin yoki o’g’ri bo’lsa, boshqalarni ham hamisha shunday deb o’ylaydi. O’zingizni o’zingiz sharmanda qilmang.
4.Juftidan qasd oladigan, uning ta’zirini berib qo’yishning payida yuradigan, undan ustun kelishga intiladigan ayolga oilaviy baxt yo’q. Chunki u xudbin — o’z manfaati yo’lida hamma narsani qurbon qiladi. Ota-ona o’tadi, bola chaqa, aka uka o’z yo’liga, umringizning oxirigacha kuzatiganingiz shu mahramingizdir.
5.Erkaklar soda bo’ladilar. Siz ulardan murakkab, har tomonlama o’ylangan e’tibor va odamgarchilikni kutmang. Ualrning ko’nglida cho’kib yotgan o’sha fazilatlarni topishga harakat qiling, juftingizni farzandlaringizning eng injig’I, e’tibor talabi deb biling — uning tilini topishga, iqlimini yumshatishga harakt qiling. Yaxshi er tutish uchun yaxshi ARTIST bo’lish lozim.
6.Onangiz olib kelgan sovg’ani bir marta, eringiz va uning urug’lari olib kelgan sovg’ani o’n martalab maqtang.
7.Juftingizni jon qadars eving, ammao bu muhabbatingizni hech qachon izhor qilmang.
8.JUFTINGIZDAN PAST KELIB BALAND ISHLARINGZINI BITIRIB OLING.

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:56:18
Aka — ukalar orasidan oqibat qochsa, kelinlarni ayblang.

Ovsinlarning tili bir bo’lsa, erlarning dili bir bo’ladi.

YAxshi kelini bor xonadona bosh taragan qizdek yaraqlab turadi.

Kir to’plamagan kelinning uyiga dur to’planadi.

Gap qaytarmagan kelin — bolangdan aziz.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:56:53
Yaxshi kelin musavvirdir — ro’zg’orni badiiy asarga aylantiradi.

Aytganingni qiladigan kelinga rahmat! Ammo aytamagningni ham qiladigan kein ROHATdir!

Kelinning eng yaxshisi — mo’l narsadan zo’r nasa yasaydigani emas, balki kam narsadan zo’r narsa yasaydiganidir.

Ayolning baxti tilidandir.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:57:19
Avvalo yaxshi kelin so’ra, keyingina o’g’il so’ra. Kelining yomon bo’lsa, o’g’lingdan ajrab qolaverasan.

Agar o’g’illar ota hovlini sotsalar, yo yer talashib janjalxonaga aylantirsalar, ruhlarning qo’li kelinlarning bo’ynida bo’ladi.

Bolaligingda onang ardog’ida qanday yayragan bo’lsang, kelinli bo’lgach, uning bag’rida yana onasini topgan boladek mazza qilasan"¦

O’g’limdan ham, qizimdan ham kelinlarimni ortiq ko’rishim rost, chunki, og’zimdan chiqqanini muhayyo qiladigan beminnatlarim — ular!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:57:50
Qo’li ochiq kleinning yo’li ochiq bo’ladi.

Yaxshi kelin "œmeniki" degan so’zni ishlatmaydi.

Avval o’g’lini hurmat qilib, keyin onasini e’zozlang. Bola onaning jonidir.

Kelinimning o’g’limga dashnom berishini eshitishim o’zimning badnom bo’lishimdir.

O’g’limga qo’lini paxsa, ovozini qilich qilib gapirayotgan kelin — meniki emas!

Butun boshli avlod shajarasini buzadigan ham, tuzadigan ham shu kelinlardir.Chunki zanjir ular, ko’prik ulardir.

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 20:58:38
Onam rahmatli dangal ayol edi. O’zi bilgan ayrim xonadonlarning to’yiga ham kirmasdi. "œUy tutmay o’lsin shu ayol, umr bo’yi to’shagi oqarmay o’tdi-ya", der edi astoydil kuyinib. Kelinning chatog’I ko’rpachasidan ma’lum bo’ladi.
Uyimizdan kam ko’stlar ko’p bo’lardi, lekin hech qachon kir to’shak bo’lmasdi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 21:00:01
Bolalarini og’ritmay katta qilgan kelin dono kelin, uyidan shiptir hidi kelmaydigan kelin esa undan ham a’lo kelindir.

Bola gul — undan gulning hidi kelib turishi kerak.

Doimo nimanidir o’rganayotgan kelin — bo’ladigan kelin.

Kelinning savol beradigan emas, tinglaydigan eng yaxshisidir.

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 21:00:26
To’y kechasi chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’ilni bir bor chaqirib o’ziga qaratish udum emish. Toki onasining ovozi qulog’iga, nigohi nigohiga yozilib qolsin uchun. Toki ayolining poyiga muk tushmasdan, ortiga bot-bot qarab, onasining ko’zini izlab turishi uchun"¦
Kelin oyim, yaxshi kelin atalay desangiz, juftingizga ortda qolgan onasini tez-tez eslatib turing"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 06 Aprel 2009, 21:03:47
Bir kuni bir kelinchak:"Ota-onalar ham o’g’illari uylangach, ualrni mustaqil yashashga qo’yishlari kerak", deya chimirilib qoldi.
Qani menga qarangchi, oyim singlim! O’g’il tilagan, o’g’il boqqan — men bilan otasi bu yoqda qolib, o’g’limni oldingizga solib, yetim qozoningizni qo’ltiqlab chiqib ketsangiz, ro’zg’oringizda baraka bo’ladimi? Qaynona-qaynotasiz uyga kelin bo’lgan men edim: yaxshi yomon kunlarda duo berguvchim yo’q, juftimdan og’rinsam yupatguvchim yo’q. Yuklik bo’lsam, mana bundoq kiyinib, mana bundoq ayaling, deydigan yo’q. Birinchi farzandimda orttirgan oyoq og’rig’imdan hanuz qutulmayman. Hali bolamga, hali qozonga, hali kirga yuguraveribman. Bola chirillashga tushadiku. Yeb ichib so’ng yugurgin, bo’lmasa bolangni och qoldirasan, deydiganim yo’q. Mehmon kelsa, qaynonam bo’lgandam hech yo’q beshik tebratib turardi, deb ichimdan zil ketardim.
Kattasi bor uyning farishtasi bor. Lekin sizni ham tushunaman, yuragingizdagi qadoqni sezib turibman. Hozirgi ajrimlarning 60-70foiziga qaynona- qaynsingillar sababchi bo’lyapti. Ammo aybni tamoman ularga ham qo’yib bo’lmaydi. Biz shu kungacha elga ro’zg’or sirari haqida bilim berdikmi? O’quv maskanlarida ona-bola bo’lish, kelin — kuyov bo’lish, qaynona, qaynota va qaynsingil hamda aka uka bo’lish ilmi, san’ati haqida risola yozib dars o’tdikmi? Buyuk Sharqning rozg’or tutumlari haqida tahsil berdikmi? Berib qo’ygan qaysi bilimimizning ijrosini so’raymiz?
Allohdan so’raylik, millatimiz ma’naviyati asliga qaytsin. "œBu dargohdan hech kim norizo ketmasligi kerak", deydigan Yusufbek hojilar bizdan. "œMarg’ilonda shunday kelinimiz bor ekanku"¦" deyishni biladigan go’zal lutflilar bizdan. Qizini "œbolam", deb, kelinni esa"Jonim bolam" chaqiradigan nazokatli ayollar bizdan!
Olamda o’g’il tilgan qancha? Alloh menga o’g’il berdimi,  bu mukofot. Uning ketidan gulday kelin kirib keldimi, bu oily mukofot! Shu tuhfalarni olib turib, menda shukrona bo’lmasa, bag’rimdagi g’uncha oila- kelin kuyov mendan suv ichib shig’il boqqa aylanmasa, mening tirikligimdan ne hojat? Ikki yosh gul bo’lib kirib kelib, mening qo’limda so’ladigan bo’lsa, otim QIRG’IN bo’lmaydimi? Xudo urib qo’ymaydimi meni?
Onalikka, otalikka, jigarbandlikka, o’z navbatida farzandlikka ham munosib bo’lishimizni Allohdan yolvorib so’raylik.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyul 2009, 10:28:08
Qayonona qay Ona?

Odam Ato bilan Havvo Momo  bir-birlarini ko’rdilar va o’zaro ma’qul keldilar. Ammo Jabroil a.s.ga:"Nikoh o’qilmaguncha ko’rishmay tursinlar", degan vahiy keldi. So’ng insoniyat tarixida birinchi bor nikoh o’qildi. Uni JAbroil a.s. o’qidilar. "œGuvohlikka esa O’zim o’taman", dedi Alloh taolo. Demak, yodimizdan bo’lsinki, har bir nikohga birinchi bo’lib Alloh guvohdir.
Yana Hadisi Sharifda:"O’zi ruxsat bergan ishlar ichida Allohning eng yomon ko’rgani taloqdir", deyilgan. Oila Alloh tuzgan muqaddas uyushmadir. Shuning uchun har bora taloq so’zi yangraganda Arshi A’lo larzaga kelar ekan. Bu — Yaratgan bezovta bo’ldi, norizo bo’ldi, emakdir. Bu — bandasi u dunyo-yu bu dunyoda buning javobini beradi, degan gapdir. Bundan har kimni O’zi asrasin.
Qo’ynimizdan endigina uchirma bo’lgan, hali yuragida shayton g’ulu solib turgan g’o’r bo’lalarimiz bu nozikchilikni qanday his qilsinlar. Yangi oila yangi ko’chat ekanligi, unga ziyrak bog’bon darkorligi, bog’larning payhon bo’lmasligi parvarishga bog’liq ekanligini bu javdiragan yoshlar qaydin bilsin? Xuddi shu jarayonga javobgar, otalik-onalik martabasiga saylangan bizlarmiz-ku! O’sha bog’bno bizku. Va shu bog’bonlikka yillab duolar qilib, zo’rg’a yetishdikku. Agar bzining guvohligimizda, ko’z o’ngimizda oilalar buzilar ekan, gunohi bizning, ayniqsa, onalarning bo’ynidadir, birodar!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyul 2009, 10:30:09
Farzand degan buyuk ne’mat saodatmand kishilargagina nasib etadi. Odamdan odam paydo bo’lishi takrori yo’q inqilob! Qoshu ko’zi, fe’lu atvori, hattoki ovozigacha o’zingga o’xshab turgan bu mavjudot joningni parchasidir. U yoningda turs jismu joning butun. Nari ketsa, ikkingiz ham yarimtasiz. Farzandlik oilalardagi ajrim ular uchun dunyoning to’fonga to’lishi, quyoshning ko’kdan ag’nashi, yuraklarning o’rtasidan darz ketishidir. Bir-biridan ayrilgan bir kishilar endi umrlarning oxirigacha nur ko’rmay sovuqqotib yashaydilar. Bir shoira aytganiday, doimo yuraklarga yomg’ir to’lib turadi. Bolalar gullarning hidini emas, otasining bo’yini sog’inib yashaydi. Otasi esa buyuk-buyuk maqsadlarni emas, bolasining ko’zlarini qidirib o’tadi.
Bolasidan ketgan otaning hech qachon qaddi baland bo’lmagay, tirik yetim bo’lib o’sgan o’glon yoki qiz chimildiqda baxtli o’ltirmagay. Ona bo’lsa, allasi doimo g’arib, ota bo’lsa yuragini bir qush cho’qib turadi. Qaynonalikka yetib bu fojealarni oldini ololmasak, o’z bolamizning inini o’zimiz butun saqlolmasak,Alllohning oldiga qay yuz bilan boramiz? Bolasining uyi buzilishiga sababchi bo’lgan o’z bolasining uyini o’zi kuydirgan qotil emasmi, majnun emasmi? Bu qismatga hech qaysinimizni yo’liqtirmasin, ilohim!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyul 2009, 10:31:02
Qiz bola tug’ilganidan boshlab, hech qaysi ota-ona:"Katta bo’lsa meni boqadi yoki menga u qilib beradi, bu qilib beradi", demaydi. "œBolam Xudo xohlasa, aqlli eng chiroyli qiz bo’ladi, yaxshi kishilarga uzatamiz, o’sha yerda baxtli — taxtli bo’ladi", deya tilaydi. Shu tarzda 20yil mttasil uning aqliga aql, joniga jon qo’sha qo’sha, o’zalri bo’yraday to’zib boradilar. Bir qo’l bilan farzandni parvarish qilsalar, bir qo’llari bilan sandiqqan sep yig’adilar. Va buni zavqu shavq va ming rizolik bilan qiladilar.
Birovning qizini kelinlikka olib ketar ekansiz, bilingki, ota-onaning yigirma yillik ijodini, shuncha yilgi umrini olib ketyapsiz, ularning orzu umidlarini, farzandiga o’tib qo’lgan jon tomirlarini olib ketyapsiz. Qizlari voyaga yetguncha ota-onai unga qo’shilishib xizmatkor bo’ldilar. U endi ulg’ayib zxizmatga yarab qolganida, o’roqda yo’q, mashoqda yo’q, xirmonda hozir bo’la qoldingiz-da, birovning bebaho bolaisni qaytib bermaslikka, umrbodlikka olib ketyapsiz.
Birodar, bir zum to’xtangda, emnga bir javobni ayting:Onasidan ayri tushub ketaytogan shu g’o’rgina qizga onalik qila olasizmi? Kamini kechirasizmi? YAxshisiga quvonasizmi? Shu javdirab turgan niholning katta daraxt bo’lishida bog’bon bo’lish qo’lingizdan keladimi?  Keladi desangiz qo’l cho’zing. Gumon qilsangiz, avval o’zingizni bog’bonlikka tayorlab oling. Toki bilib bilmay gunohga botmang, toki qiz boqqanning ohiga qolmang"¦
Yaxshi yoki yomon qaynona bo’lish yoshu qarilik, ko’p tuqqan oz tuqqanlik, o’qigan yoki o’qimaganlikka bog’liq emas. U ayolning fe’lida cho’kib yotgan asliga, iymoniga, niyatiga bog’liqdir.
Agar sizning aslingizda yillar tagida ko’milib ketgan uyatli ishalr bo’lgan bo’lsa, ya’ni sizdan  yoki ota-onangizdan xato ketgan joylar bo’lsa, tinmay tavba joizdir. Boisi, bu qaytimli dunyo — onangizga qilganingizni bolangizdan, qaynonangizga qilganingizni keliningizdan ko’rishingiz aniqdir. Alloh hech narsani javobsiz qoldirmaydi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyul 2009, 10:31:23
Qur’oni KArimning deyarli har sahifasida "œAlloh kechirguvchidir" degan jumla takrorlanib turadi. Haj safariga yaxshilarning orasida kurmaklar ham ralashib qolayotganiga ko’nglim hijil tortar, u yoqqa faqat munosiblar borishi lozim, deb qovurilar edim. Ammo bu ham Yaratganning cheksiz marhamatidan biri, dargohining kengligi ekan. Haj ibodatini bajargan kishi onadan qayta tug’ilgan kabi begunohga aylanar ekan. Alloh uning tirikligida poklanish cuhun yana imkon yaratishi shu ehtimol. MAna seni poklab qo’ydim, endi u yog’iga yo’ling savob ichra bo’lsa,, ajab ermas, der ekan.
Allohning ishi bandasiga mayoq bo’lmog’I lozim. Qaynoan bo’lish degani, yangi tug’ilgan oilaga muallif bo’lish demakdir. Ajab emaski, shu bahona yaratgan egam sizning bor gunohlaringizni kechib yuborsa! Niyat qiling, bu yog’iga sizdan atrofga ozor yetmasin, xatolaringizni bolangiz takrorlamasin. Iloho, kelin kelgan kundan boshlab o’zingizga ham qayta yangilanish, afzallanish nasib etsin!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyul 2009, 10:31:56
Katta falsafani qo’ya turaylikda, oddiygina itning fe’lini kuzataylik. Agar mayinlik bilan yemak tutsangiz, bir bora boshini silab qo’ysangiz, har ko’rganda talpinib kelaveradi, ovqat bermasnagiz ham boshini silashingizni kutib suykalaveradi. Agar ovqatni zarda bilan irg’itib bersangiz, bargan narsangizga siz ketganingizdan keyingina yaqinlashadi.  Bordi-yu uni turtkilab, oyog’ingiz bilan nuqib ko’ringchi, yoningizga kelarmikan? Kelmaydi!!! Qo’polligingiz takror bo’laversa, sizni ko’rganda "œvov" deydigan va nari ketadigan bo’ladi.
Kelin esa inson! Uning itchalik ham oriyati bo’lmasinmi? Bezdirsangiz, nari ketadi-da! Kelin tobe, siz kattasiz. Ishora kattadan boshlanadi, tobe kishi ergashuvchidir!!!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:15:58
Kelinchagimning sharpasidan uyg’onib ketsam, andisha bosadi:saharlab shuncha ishni qilibdi-ya, o’zimning qizim uxlab yotibdi. Onasinikida bo’lsa, bu go’dakkina ham erkalanib yotardi hozir. DArvoqe, yoshligimda o’zim qanday edim, sh kelinchalik tutumim bormidi, deya o’zimni solishtiraman. Yuzimni yuvar yuvmas:"Aylanayin-a, ko’p ham qo’lingizni sovuq suvga uravermang," deya alqashga tushaman.
Gohida uxlab qolsa, shosha-pisha qaynotasiga:"Siz suv seeping, men supuraman", deb imlayman. Ishga tushib ketamiz. Kelin bechorani ming xijolatlik bilan uydan chiqishini:"Ayajon, o’zim qilardim", deb tipichilashini ko’rsangiz! "œSizga shugina yordamni ham qilmaylikmi!", deyamn chehramni ochib.
Kelinning uzr so’rab turgan holati go’zal, qaynonaning samimiy munosabati undan ham go’zal!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:16:35
"œHamma narsa niyatga bog’liqdir", degan hadisi sharif bor. Kelinga:"Bu kelin emas, o’zimning bolam bo’ladi", deb qarasangiz, ko’zingiz faqat yutug’ini ko’radi. "œBu kelin, hech qachon el bo’lmaydi, boshidan hushyor turish kerak", deb yotsirasangiz, uning faqat kamchiliklarini ko’rasiz.
Yutug’ini topib, shukrona aytganingiz sari, kelinning chehrasi, ochilaveradi, sizning charaqlagan kunlaringizni Alloh ko’paytiradi. Kelinni hafa qilgach, sog’ligingiz yomonlashsa, ko’nglingiz qorong’u bo’lsa, bilinki, bu Allohning javobi:"BErma mo’minimga ozor", degan joyi bor. Kelinimga ona bo’lib olaman, degan niyatni qiling. Bolaga ko’krak tutganda yetmish ikki tomiringiz iyib kelganday, Alloh niyatingizga yarasha ko’nglingizga shafqat eshigini ochadi. Kelinga suyumli bo’lib yashash gashti o’z bolangga yoqib yashashdan ming bora rohatliroqdir!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:17:12
O’g’lingizni, keliningizni oldida zinhor, zinhor so’kmang, aybini aytmang. (umuman bola borki, birovning oldida tanbeh berib bo’lmaydi) Er yigitga ayolining oldida ota-onadan gap eshitishday og’ir narsa yo’q. Bu harakatingiz bilan, birinchidan, o’g’lingizni o’zingizdan sovutasiz. Ikkinchidan, o’zingizda odob yo’qligini ko’rsatasiz. Uchinchidan, eklinning tarbiyasini buzasiz. Nafaqat bu, balki bu yosh oilaning farishtasini o’z qo’lingiz bilan ketkazasiz. Sizdan andoza olgan kelin o’g’lingizga dag’dag’a qiladi:"Qandayligingni onang aytdiku!", deydi. "œNimangni hurmat qilaman", deydi. Aqlli kelin bo’lsa, o’g’lingizga siz qo’pol gapirganda, u yumshoq gapiradi. Sizdan topmagan e’zozini o’g’lingiz keliningizdan topadi va qarabsizki, onamdan ko’ra ayolim yaxshi, degan xulosaga keladi. Xo’sh, buning og’rig’i qalay? Ammo alam qilmasin: ekkaningizni olyapsiz"¦
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:17:51
Birov so’rasa, so’ramasa kelinni yomonlaydigan qaynona, bilingki, o’z davrida qaynonasini uchraganga g’iybat qilib kelgan nomard kelindir.
Kelinni maqtagan qaynonaning kelini esa, avvalo o’zi yaxshidir! Yoshlik degani g’uj-g’uj hato degani, xatosini yashirib, yaxshisini oshiryaptimi, bu qaynonaga, InshaAlloh, eklindan astoydil buyurgusidir!!!
 
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:18:24
Siz o’g’lingzini kelindan qizg’onyapsiz. Shu rashk sizni tobora bezovta qiladi. Boisi shuki, siz tabiatan xudbinsiz. O’z kelinligingizni o’ylayverasiz. Juftingizga onasini dedirmay qo’yganlaringiz, et bilan tirnoqni ajratib yuborganingiz esingizga kelvardi. KElinim ham meni o’g’limga yomonlayotgan bo’lsa kerak, o’z tomoniga burib olyaptiyov, o’g’lim bugun ochilib gaplashmadi, kelinning kasri bu"¦degan o’ylar iskanjasida qolasiz. KElin paytingizda o’zingiz gunoh yo’lidan borgansiz. Ro’parangizdagi qo’shkaptarday kelin kuyovga gumon ko’zi bialn qarab, gunohingizni yana ikki qilmang. Tavab deng va bular men qilgan xatoni qilmasinlar, deb tilang. Yo’q aytganim aytgan, deb bezdiraversangiz, o’g’lingiz ham otasi qilgan nomardlikni qilib qo’yishi, ya’ni sizga ters o’girlib olishi hech gap emas!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:18:50
Aytingchi, kelin sizga farzandmi yoki xizmatkormi? Agar farzand bo’lsa, nega qizingizga buyurmagan ishingizni kelinga buyurasiz? Nega qizingiz bajaragn har bir ishga shukr keltirasiz, dilingizdayi tilingizda minnatdor bo’lasiz-u, kelinning  bajargan ishini ko’rmay, bajara olmagan ishini sanab yurasiz? Qizingiz xato qilsa kechirasiz, hafa bo’lsa yupatasiz. NIma uchun kelinni kechirmaysiz, kayfiyati bilan ishingiz yo’q? Kelin qilgan ovqatni yeysiz, u tozalagan joylarda yelpinib yotasiz, ammo tilingizda tinmay uning g’iybati bo’ladi? Bir erkakni epaqaga solib yurishni o’zi g’urbat. Uyning xizmati, erning xizmati, bola injiqligi dastidan cho’zilib — cho’zilib uzilishga kelgan kelinga tinmay kesatiq qilasiz?
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:19:31
Bir insofga keeling-da, tasavvur qilib ko’ring: siz kelinga qilgan pichinglarni, zardalarni birov qizingizga qilsa. Shu torligingiz bilan chidab tura olarmidingiz? Keliningzining onasi shu kungacha bir og’iz indamadi. Tanangizga o’ylab ko’ring, nega u sizni boplab qo’yishga shoshilmayapti? Bolasi o’gaymi yoki kelinning onasi ona emas, toshmi sizningcha? U sizni avaylagani cuhun, hurmatingizni saqlagani uchun o’zini bosib turibdi. U sizning insofga kelishingizni kutib, Allohdan tinmay shuni tilayapti!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:19:58
Kelin bialn o’g’lingiz inoq bo’lsa titraysiz. Kelini bilan o’g’lining suhbatini poylab yuradigan xudobexabar qaynonalar ham yo’q emas. Buning otini g’ayirlik, o’g’ilni qizg’onish deyiladi. Bu kundoshlik bialn teng narsa. Bu ona sha’ni cuhun sharmandalik, bu uaytdan o’zingizni ehtiyot qiling, birodar!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:20:24
O’g’lingzini qizg’onishingizni bolasidan uzoqlashib ketgan onaning alami, deb tushunish mumkindir. Ammo siz kelindan qaynotani ham qizg’ona boshladingiz. Keliningiz qaynotaga hurmatini oshirsa ham, uyda chiroyli kiyinib yursa ham g’ashingiz keladi. Ko’zingiz izidan qolmaydi. Nima dedi, nima qo’ydi olazaraksiz. Tabiatan ota qizga, qaynota kelinga mehribon bo’ladi. Eringiz sho’rlik kelinga odatiy gaplarni aytishga ham qo’rqadi. Chiroyli eklin olib boshqalar baxtiyor bo’lsa, siz keliningizning aynan shu chiroyini ko’rgani ko’zingiz yo’q. To’xtang, oyim, mana shu joyda o’zingizni aslida kim ekaningizni ochib qo’ydingiz:demak, ayol sifatida sizning o’zingizga ishoncha yoq. Yoshligingizda lov etib ko’ringan erkakka tez berilgingiz eklib turgan, tabiatingiz yengilroq bo’lganidan, ehtimol, gunohdan o’zingizni asrashga kuchingiz yetmay, umr bo’yi armon qilib yurgan joyingiz bordir.
Ko’zingizni oching, birodar, gunohdan qo’rqmaysizmi? Allohdan bu ayolga men iymon tilayman. Toki u jismidagi ayollik badnafsligini yengsin, tiysin. Toki undan tarqalayotgan avlodga bu qusuri o’tib qolmasin.
Dunyoda eng yomon ko’rganim — ayol parast erkagu, erkakparast ayoldir! Bular hamisha gunoh qilishga tayyor, xatarli insonlardir!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:21:06
Kelinini neri beri qilavergan qaynonaga deyishyapti:"Uyingizni orasta ushlasa, ovqatingizni qilsa, siz kapgir ushlamasangiz, supurgi tutmasangiz, bir og’iz rag’bat so’ziga yaramaysizmi?" "œQilgan bo’lsa, o’z vazifasini qilyapti", ters javob beradi u. Bu ayolning vijdonidan so’raging keladi:kelinligingizda o’sha vazifalarni o’zingiz bajarganmisiz,deb? Kelin fidoyi mehnatni asosan, qaynota-qaynonasiga yoqish uchun qiladi. Aksari hollarda qaynonasini kuydirib aso qilgan kelinlardan yomon qaynona chiqadi. Haligi qaynona o’z davrida ixlos bilan kelinlik qilgan bo’lsaydi, birovning ko’nglini olish rohat-azoblarini o’z badanida tuygan bo’lsaydi, eklinga bunday  toshbag’ir bo’lmasdi!
Bu ayolga ikki yoqlama uvol bordir: uni rohat ko’rmay o’tib ketgan qaynonasining ohi tutsa, qo’lida ozorlanib yashayotgan kelinning armoni ikkinchi tomondn tutgusidir!

Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:21:38
Bir gap quloqlarimizga mixlanib qolgan:"Qizing tushgan mahalla itiga ham egilib salom ber", emish. Bu bizning ko’nikmamizdagi noto’g’ri jihatlarimizdandir. Adolat qilinsa, aslida menga qizini berganlarga yukinmoq joiz. Bolasini jonidan uzib olib kelganim uchun, qizimni mehmon qilib o’tqazib, kelinni xizmatga solayotganim uchun, uning hatto otasi ismini o’chirib o’z nomimga ko’chirib olganim uchun ulardan umrbod qarzdorman. O’g’ilni onasi qiynalib tuqqan bo’lsa, qiz bozordan sotib olinmagan. Onam rahmatli aytardilar:"Tug’iladigan qizning to’lg’og’I ham achchiq bo’ladi", deb! Qiz bola o’z joyini topib ketguncha, ota-ona ignani ustida yashaydi. Kelinning uncha muncha kamchiligi uchun onasiga xo’mrayish yoki bepisand bo’lish iymonli kishining ishi emas. Kerak bo’ls, uni o’zingiz bosh qilib o’zagrtirib olasiz. O’zingiz ham shu kungacha kimdandandir nimanidir tinimsiz o’rganib kelyapsizku!  Keliningiz hali sizning yarim yoshingizda, bilganidan bilmagani ko’p. Beayb Parvardigorning O’zi!
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:22:20
Endi o’g’lingiz haqida gapiraylik. Xo’s,q ani aytingchi, uning hamma ishi tekismi? Ba’zi xomliklaridan ichingizni it tirnab yuradiku. Buni kelin taraf bilmaydi va yuragi uvishmaydi, deysizmi?
Aslida, har ikki yosh risoladagidek yo’lga tushib olguncha qudalar xufiya-yu oshkor maslakdosh, hasratdosh bo’lmoqlari kerak. O’g’il tuqqanim uchun, kamchiligim bisyor bo’lsa-da, emn zo’rman, xohlasam salom beraman, bo’lmasa yo’q, deb tursangiz, jabr o’zingizga bo’ladi. Hadisi sharifda shunday deyilgan:"Har bir qo’pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimg’dor kishi ahli do’zaxdir". (4-jild, 83-bob,116-bet)
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:22:45
Kelinim ko’p andishali, halol, mehnatkash qiz, ammo taom pishirishda juda usta emas. Uni ovqatga urinayotganini ko’rsam,eh, yana o’xshamay qolsa-ya, deb bezovta bo’laman. Shu asnoda qo’shni chiqib qoladi-yu, oshxona oldidan o’tar ekan luqma tashlaydi:"Ha, ovqat qilyapsizmi?" Paytdan yutaman-da, deyman:"Bolam kelib qo’lim uzayib qoldi, och qolsam boqadiganim bor edni. Hali ko’rasiz, opasi, qizim shunaqa pazanda bo’lib ketadiki, mahallaning hamma kelinlari meni qizimdan o’rganishga chiqadi".
Shu gap bilan kelinchagimdan ko’p yaxshi ishlar kutayotganimni kelinim bildi va ko’p o’tmay qo’shnim:"Keliningiz yaxhsi, qiziquvchangina ekan, mendan falon taomlarning tavsiyasini yozib chiqib ketdi", dedi.
Bir quvonib qo’ydim. Demak, ish jildi. Kattadan botmaydigan bir ishora bas, kichik u yog’iga yo’rg’alib ketaveradi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:23:14
Kelin bola hayotga endigina kirib kelayotgan javdiragan jon. Hech vaqt un iota-onasi drvozangizdan zo’rlab kiritib, shuni olsang ham, olamasang ham olasan demagandir. Xaridor bo’lib, qo’ylar berib, to’ylar qilib o’zingiz olib kelgansiz. Endi bu yog’ini Farmonbibi aytganiday, sizning maktabingizda o’qiydi. Lekin hayotda ozurda holatlarni ko’rgan odam sifatida qulog’ingizga shularni aytay: kelinni bir ishi sizni ranjitsa, avval ikki-uch yaxshi ishni eslab, minnatdorchilik bildirib, so’nggina shunday yaxshi ishlar qilgan odam, shuni chatoq qilibsizda, deng, og’rig’i yengil bo’ladi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2009, 21:25:46
Hargiz piching va kesatiq ishlamang, u dushmanning usulidir.

Kelinning ota-onasi haqida salbiy gaplarni unga eshittirib aytmang, siz bilan uni bog’lab turgan nozik ip uziladi.

Musulmonhilikning asosiy belgilaridan biri — Halimlikdir. Dilozor ming ibodat qilmasin, bari bekordir.

Qizidan ko’nglingiz to’lmasa ham qudalarga marhamatli bo’ling — sizdan quvonsa qizini sizga egib beradi.

Ayolning yaxshi yomonli kelin olganda ma’lum bo’ladi.

Tilingizda doimo duo bo’lsin. Yildan — yilga orqaga ketayotgan jonimiz, kelinlarga malolimizni keltirmayigan yagona malham ularning o’ziga ehsittirib qilinga duodir.

O’g’lingiz bilan keliningizni ahilligi g’ashingizga tega boshladimi, bilingki, shaytonning yo’liga kirdingiz, tezda o’zingizni rostlang.

Yetim yigitlar emas, ko’proq ota-onasi tirik yigitlar oiladan ko’p siqiladi. Ko’proq shular yurak va asab kasaliga duchor bo’ladilar..Ularning bag’ri butunligi qayerga bordi?

Kelinni o’g’lingizga yomonlamang, sochingizni oqi bilan unga siz chora topolmayapsizku, g’o’r yigit nima qila olardi?


Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 24 Sentyabr 2009, 12:05:58
O'g'lingizni kelinga maqtang, uni eshitib o'g'lingiz sizga yaqinlashadi, ikkinchi tomondan kelinni oldida boshi baland bo'ladi.

O'zimdan keyin qizlarim xor bo'lmasin desangiz, kelinning ko'nglini oling. Eshigingizni ochib, chirog'ingizni yoqib qoladigan, qizlaringiz kelsa, ko'rpacha solib, sizning o'rningizga qozon osadiganlar shulr!

O'zingiz to'ng'lab tursangiz ham, qizlaringizni kelinlarga himmat va mehr ko'rsatmoqqa chorlang,hatto majbur qiling. Bizdan keyin jigarlarni bir-biridan judo qiladigan ham, birlashtiradigan ham shu kelinlardir.

Qaynona odil bo'lmagan uyda har kun "qiyomat".

Kelin olib gapini tashqariga chiqarmagan ayolga qizingni ber.

Keliningizni qovog'i uyilib ochilmay tursa, eng yaqinda turgan siz aybdorsiz - sovuq havo tegaversa,shig'il meva qilgan daraxt ham kasovga aylanadi.
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 24 Sentyabr 2009, 12:11:43
Eringizning urug'i ham, keliningiz ham,o'g'lingiz ham, qudangiz ham ko'zingizga yomon ko'rinaversa,demak,gap o'zingizda.Qur'oni Karimda shunday deyiladi:"...Aniqki,to biron qavm o'zlarini o'zgartirmaguncha Alloh ularning ahvolini o'zgartirmas". (Ra'd surasi,11-oyat)
Nom: Re: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Munira xonim 24 Sentyabr 2009, 12:26:25
Kuni kecha o'zingiz ham kelin edingiz. Mustarlik bilan javdirab turardingiz - qaynonamning nega qovog'i soliq,qaysi ishim yoqmadi ekan? Qaynegachim xomush ko'rishdi - bilmay gunoh qilib qo'ydimmi, deb bezillaganingiz bezillagan edi.
Ertalab hammani yedirib ichirib, kiyim-boshlarini to'g'rilab, yalab yulqab o'qishga jo'natguningizcha ancha vaqt o'tadi. Uyni yig'ishtiraman deguningizcha tushlik taomning hozirligi boshlanadi. Qo'kingiz kafgirdayu, hayolingiz to'planib qolgan kirda. Taomni ham chala yeysizda,kirga tushasiz. Kech kiradi, yana qozon. Oraliqda bunisi kelib, unisi ketib turadi. Keyin dazmol, yana oshxona...Buning ustiga sizga yoqqan, yoqmagan odamlarning bariga birdek iljayib turishingiz kerak! "Yaxshilab ovqatlaning" deydi qaynonagiz. Shapir-shupur yegani tortinasiz, qimtinibgina yeb, turib ketasiz. Og'ir ish bo'lmasada, bir-biriga ulanib, davom etavergan harakat, hammaga ma'qul tushaman, deb asablarning tarang turishi zo'r keladi, tinkanagiz quriydi. Dam olgani esa haqqingiz yo'q. Ishdan kelgan kuyovingiz yonboshlab yotadi, o'qishdan kelgan qaynsingillar bir-bir uxlab chiqishadi. siz kelinsiz, ishdan kelsangiz ham, o'qishdan kelsangiz ham, hovlining u boshidan bu boshiga bo'z qo'yib yuguruib chiqishingiz shart! Bolalarim charchaydi, nega bu charchamaydi, demaydi qaynonangiz.
Bugun esa o'zingiz qaynonasiz, bir shirin jon qo'lingizda xuddi shu ahvolga tushib turibdi,ko'rgan kunlaringizni bir eslangda, unga rahmingiz kelsin!!!
Nom: Javob: "Yashash tilsimi"
Yuborildi: Muxsiya 24 Mart 2014, 15:11:24
Qaynonam undoq bundoq deb yurgan kelinlar yoki kelinidan ayb topib hammaga yomonlab yuradigan qaynonalar o'qisa  juda foydali asar ekan.